folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni qanday aniqlanadi?
Belgilanishicha, tadbirkorlik sub’yektlari хodimlarining oʻrtacha yillik soni tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan barcha хodimlarni, shuningdek fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarni (bundan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlar bajarayotgan, хizmatlar koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) oʻz ichiga oladi. Bunda unitar korхonalar, vakolatхonalar va filiallarda (agar mavjud boʻlsa) ishlayotgan хodimlarning soni ham hisobga olinadi. Hujjatda mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning, tashqi oʻrindoshlar va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha yillik va oʻrtacha oylik sonini hisoblash formulalari, shuningdek tadbirkorlik sub’yekti хodimlarining oʻrtacha yillik sonini hisoblash boʻyicha quyidagi shartli misol keltirilgan. Tadbirkorlik sub’yekti oʻz faoliyatini 24 may sanasida boshladi. Mazkur tadbirkorlik sub’yekti bilan 24 mayda mehnat shartnomalari tuzgan va mehnat daftarchalari rasmiylashtirilgan хodimlar soni 70 kishini tashkil qildi. 27 mayda 6 kishi ishga qabul qilindi, 28 mayda 1 kishi bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 29 mayda 5 kishi va 31 mayda yana 4 kishi ishga qabul qilindi. Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha oylik soni hisobot oyining har bir kalendar kuni uchun хodimlar sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini hisobot oyining kalendar kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi. Bunda dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi хodimlarning soni ushbu kunlardan oldingi ish kunidagi хodimlarning soniga teng deb hisoblanadi. May oyi sanasi Xodimlar soni (kishi) 24 70 25 (dam olish kuni) 70 26 (dam olish kuni) 70 27 76 28 75 29 80 30 80 31 84 Xodimlarning oʻrtacha oylik soni (70 + 70 + 70 + 76 + 75 + 80 + 80 + 84) : 31 = 19,5 Yilning keyingi oylari uchun mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha oylik soni хuddi shu tarzda aniqlanadi. Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni mazkur хodimlarning oʻrtacha oylik sonini qoʻshish va hosil boʻlgan yigʻindini 12 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Oylar Xodimlarning oʻrtacha oylik soni (kishi) May 19,5 Iyun 85 Iyul 90 Avgust 90 Sentyabr 92 Oktyabr 93 Noyabr 89 Dekabr 87 Xodimlarning oʻrtacha yillik soni (19,5 + 85 + 90 + 90 + 92 + 93 + 89 + 87) : 12 = 53,8 Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oktyabr oyida 3 nafar tashqi oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomalari tuzilib, 1-tashqi oʻrindosh uchun ish vaqtining muddati kuniga 3 soatdan 26 kun, 2-tashqi oʻrindosh uchun kuniga 2 soatdan 20 kun va 3-tashqi oʻrindosh uchun kuniga 1 soatdan 15 kun belgilangan. Tashqi oʻrindoshlar Tashqi oʻrindoshlarning joriy oyda ishlagan ish vaqti (soat) 1-tashqi oʻrindosh 78 (26 kun х 3 soat) 2-tashqi oʻrindosh 40 (20 kun х 2 soat) 3-tashqi oʻrindosh 15 (15 kun х 1 soat) Tashqi oʻrindoshlarning jami ishlagan ish vaqti 78 + 40 + 15 = 133 Mehnat kodeksining 115-moddasiga muvofiq olti kunlik (40 soatli) ish haftasi uchun oktyabr oyida ish vaqtining normal muddati 174 soatni tashkil etadi. Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni quyidagiga teng boʻladi:  133 kishi*soat –––––––––––––– = 0,8 kishi            174 soat Yilning keyingi oylari uchun tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni хuddi shu tarzda aniqlanadi. Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi: Oylar Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha oylik soni (kishi) Oktyabr 0,8 Noyabr 1,2 Dekabr 1,8 Tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni (0,8 + 1,2 + 1,8) : 12 = 0,3 Dekabr oyida tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 5 nafar jismoniy shaхs bilan хizmat koʻrsatish boʻyicha hisobot yilining 13 dekabridan 23 dekabrigacha boʻlgan muddatga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzildi. Mazkur holatda, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha oylik soni quyidagicha aniqlanadi: Dekabr oyi sanasi Xodimlar soni (kishi) 13 5 14 5 15 5 16 5 17 (dam olish kuni) 5 18 (dam olish kuni) 5 19 5 20 5 21 5 22 5 23 5 Oʻrtacha oylik soni  (5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5 + 5) : 31 = 1,8 Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi:   1,8 kishi ––––––––– = 0,2 kishi        12 Shu tariqa, hisobot yili uchun mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni 53,8 ni, tashqi oʻrindoshlarning oʻrtacha yillik soni 0,3 ni, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni 0,2 ni tashkil qildi. Tadbirkorlik sub’yekti хodimlarining oʻrtacha yillik soni quyidagicha aniqlanadi: Xodimlarning tiplari Xodimlarning oʻrtacha yillik soni (kishi) Mehnat daftarchalari mavjud boʻlgan хodimlar 53,8 Tashqi oʻrindoshlar 0,3 Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan хodimlar 0,2 Jami 53,8 + 0,3 + 0,2 = 54,3 Olingan natija koʻp qiymatga qarab butun songacha yaхlitlanadi. Demak, hisobot yilida tadbirkorlik sub’yekti хodimlarining oʻrtacha yillik soni 55 kishini tashkil qiladi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 20 maydan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
52
5,426
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 4 MARTDAGI PF-1378-SON FARMONIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 4-martdagi PF-1378-son Farmoniga o‘zgartishlar kiritilib, ushbu Farmon 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin: “3. Aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbarlik qilish: O‘zbekiston Respublikasida — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga:”.
198
451
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXSLAR VA YuRIDIK ShAXS BO‘LMAGAN YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN ChOY XOM AShYoSINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-yanvardagi “Samarqand choy qadoqlash fabrikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 15-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan choy xomashyosini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizom* tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
189
665
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-910-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2022-yil 7-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-910-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini to‘rt oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
710
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADI (FOYDASI)GA SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3878-son farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 192-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-475-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 387-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 15, 2002-12-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)ga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1109 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 122-modda; 2005-y., 5-6-son, 45-modda; 2006-y., 18-son, 153-modda; 2007-y., 13-son, 122-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
181
1,417
Qonunchilik
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 301-bob bilan to‘ldirilsin: 541. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol; xalq tabobati vakili uchun ish stoli; stullar; kushetka; muolaja xonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani o‘tkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bo‘lganda); tonometr va fonendoskop; tibbiyot termometri. 542. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol; xalq tabobati vakili uchun ish stoli; hamshiralar posti uchun stol; stullar; kushetka; sovutgich (xolodilnik); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani o‘tkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bo‘lganda); karavotlar; tonometr va fonendoskop; tibbiyot termometri.”. 2. Mazkur qo‘shimcha Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
216
2,021
Qonunchilik
Futbol bo‘yicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida sport o‘quv-metodik muassasi bo‘lgan hamda o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida amalga oshiruvchi Futbol bo‘yicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining taklif etilayotgan tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. Quyidagilar Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: sport terma jamoalari va professional futbol klublari uchun bosh murabbiylar va katta murabbiylar, shuningdek futbol bo‘yicha maktab-internatlar professional futbol klublari huzuridagi futbol bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari uchun bosh murabbiylar tayyorlash; futbol bo‘yicha respublika musobaqalari va xalqaro sport musobaqalarida yuqori sifatli hakamlikni ta’minlash uchun malakali sport hakamlari tayyorlash. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining tinglovchilari sifatida: o‘qish muddati 6 oy bo‘lgan trenerlik bo‘limiga — milliy chempionatlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkibida o‘yin tajribasiga, tegishli trenerlik stajiga, Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” trenerlik litsenziyasiga, kamida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari; o‘qish muddati 3 oy bo‘lgan hakamlik bo‘limiga — futbol bo‘yicha sport musobaqalarida hakamlik qilish tajribasiga, FIFA tavsiyalariga javob beruvchi antrometrik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, yoshi 35 yoshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan birgalikda: bir oy muddatda Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining ustavini tasdiqlasin va Maktabning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda futbol bo‘yicha trenerlar va sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; ta’lim jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabini malakali mutaxassislar bilan butlash, zarur o‘quv-metodik adabiyotlarni tanlagan holda o‘quv auditoriyalarini jihozlash chora-tadbirlarini ta’minlasin; futbol nazariyasi va metodikasi, sport hakamlari tayyorlash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqsin va nashrga tayyorlasin; Futbol bo‘yicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabining futbol bo‘yicha trenerlar va sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy ta’lim va ilmiy markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini ta’minlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabiga o‘qishga yuboriladigan tinlovchilarni tanlab olish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda mintaqaviy futbol federatsiyalariga, futbol klublari, maktablariga va boshqa tashkilotlarga ularning vakillarini o‘qishga yuborishda har tomonlama ko‘maklashsin. 6. Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabida o‘qish uchun jalb qilinayotgan tinglovchilarga o‘qish davrida ularning asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: futbol bo‘yicha trenerlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi bo‘yicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi; futbol bo‘yicha sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi bo‘yicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga futbol bo‘yicha xalqaro sport musobaqalariga va respublika sport musobaqalariga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli sport hakamining malaka toifasini olish huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi; 8. Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sog‘lomlashtirish markazi bazasida joylashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sog‘lomlashtirish markazi Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini shartnoma asosida maktab ma’muriyatining ishlashi, sport uskunalari, jihozlari va formalarini saqlash uchun zarur binolar, nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun auditoriyalar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun sport inshootlari, yordamchi binolar va boshqa binolar bilan ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
112
5,446
Qonunchilik
IPAK IShLAB ChIQARISh “ANDIJON IPAGI” AKSIONERLIK KOMPANIYASI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Andijon viloyatida pillachilikning, shu jumladan ipak qurti urug‘i, pilla, xom ipak iplar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, joylarda ipak ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan korxonalar va bo‘linmalar majmui faoliyatiga operativ rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Xon atlas” aksionerlik kompaniyasi, “Buloqboshi ipagi” aksionerlik jamiyati, “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va Andijon viloyati hokimligining 1-ilovaga muvofiq tarkibda ochiq turdagi “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi: ipak qurti urug‘ini yetishtirish, tut daraxtlarini parvarish qilish, xom pilla tayyorlash, ularga dastlabki ishlov berish va ulardan xom ipak iplar ishlab chiqarishni ta’minlaydi; o‘z faoliyatini kompaniya ustaviga muvofiq amalga oshiradi va “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasining yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan a’zosi hisoblanadi. “Andijon ipagi” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi pillaga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar qishloq xo‘jaligi korxonasi maqomini saqlab qoladilar. “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi bilan tut bargi yetishtiruvchi xo‘jaliklar va “Pilla” uyushmasining tuman pillakorlar shirkatlari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar amaldagi maxsus namunaviy shartnomalar bilan tartibga solinadi. 3. Aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati funksiyasi “Buloqboshi ipagi” aksionerlik jamiyatiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasi aksiyalarining 20 foizgachasini xom pilla yetishtiruvchi tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga sotishni nazarda tutsin; “Andijon ipagi” aksionerlik kompaniyasidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqini shartnoma asosida “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga bersin; davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni 1997-yilning 1-fevraligacha shartnoma asosida “Andijon ipagi” kompaniyasida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga bersin. 5. “Andijon ipagi” kompaniyasi tarkibiga kirgan korxonalar “Xon atlas” aksionerlik kompaniyasi tarkibidan va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-fevraldagi 28-son qaroriga 1-ilovaning “Xon atlas” aksionerlik kompaniyasi qismidan chiqarilsin. 1. “Buloqboshi ipagi” AJ: 2. Ipak qurti urug‘i zavodlari: Andijon ipak qurti zavodi Xo‘jaobod ipak qurti zavodi Asaka ipak qurti zavodi 3. Pillaga dastlabki ishlov beruvchi tuman bazalari: Oltinko‘l bazasi Andijon — ” — Baliqchi — ” — Jalolquduq — ” — Ulug‘nor — ” — Qo‘rg‘ontepa — ” — Asaka — ” — Marhamat — ” — Shahrixon — ” — Paxtaobod — ” — Xo‘jaobod — ” — Bo‘z — ” — Buloq boshi — ” — Izboskan — ” — 4. Andijon avtokorxonasi
87
2,921
Qonunchilik
Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 3, 43, 80, 5-3-6/3 va 2/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1706, 2007-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 363-modda) bilan tasdiqlangan Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Ilmiy grant mablag‘i miqdorining 95 foizi tadqiqot davri mobaynida ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi. Qolgan 5 foizi — keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan o‘tkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan so‘ng ajratiladi.”. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
142
1,681
Qonunchilik
Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash, viloyatning shahar va tumanlari infratuzilmasini takomillashtirish, viloyat hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, uning farovonligini ta’minlovchi keng ko‘lamli dasturlarda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati hokimligi huzurida Obodonlashtirish bosh boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi deb ataladi) tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Toshkent viloyati hokimiga xodimlarning shtatdagi belgilangan soni doirasida Obodonlashtirish bosh boshqarmasining apparati tuzilmasiga hamda shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Quyidagilar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin: sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish; Toshkent viloyati shaharlar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirib borish; mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan va qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va ko‘chalarni yuvish); ko‘chalar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sug‘orish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish; yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan (ko‘chalarning qatnov qismidagi yo‘l qoplamasi, yo‘lkalar, to‘xtash joylaridagi shiyponlar, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport yo‘llari ajraladigan joylar va ko‘tarma ko‘priklar, yo‘l chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlardan) foydalanish; drenaj xo‘jaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sun’iy suv havzalari, yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqaradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish; elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish ishlarini muvofiqlashtirish; nazoratsiz, shu jumladan, egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga olib kelish ishlarini nazorat qilish; qabristonlarni saqlash hamda ular hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish. 4. Belgilansinki: Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq; shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari boshliqlari hududiy hokimliklarning tavsiyanomasiga asosan Obodonlashtirish bosh boshqarmasining buyrug‘iga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati xokimligining hisob-kitoblari asosida Obodonlashtirish bosh boshqarmasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2019-yilda Toshkent viloyati mahalliy budjetining xarajatlari parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 6. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi haqidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga bitta yengil avtomobil va bitta maxsus texnika bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘larni ajratsin. 8. Toshkent viloyati hokimligi yangi tashkil etilgan Obodonlashtirish bosh boshqarmasini Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Xurramlik ko‘chasi, 46-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
100
4,782
Qonunchilik
SURUNKALI ALKOGOLIZM VA GIYoHVANDLIK KASALIGA ChALINGAN BEMORLARNI DAVOLASh UChUN IXTISOSLAShTIRILGAN DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARI TARMOG‘INI KENGAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 15-martdagi 113-son qarorini bajarish yuzasidan va surunkali alkogolizm yoki giyohvandlik tarqalishining oldini olish, bunday kasalliklarga chalingan bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlik kasaliga chalingan bemorlarni majburiy davolash bo‘yicha narkologiya tibbiyot tarmog‘ini kengaytirish va ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari (kasalxonalar tarkibida bo‘limlar) tashkil etish bo‘yicha topshiriq xarajatlar “Sog‘liqni saqlash” sohasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar hisobiga kiritilgan holda ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Birinchi Toshkent tibbiyot institutining bo‘sh turgan 12-yotoqxonasi binosida “Sog‘liqni saqlash” sohasi bo‘yicha yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari doirasida, mavjud tibbiyot muassasalarini qayta tashkil etish hisobiga 1999-yil 1-dekabrgacha Respublika narkologiya markazini tashkil etsin; Respublika narkologiya markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilasin: surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikning tarqalishini va bunday kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini tahlil qilish; surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka chalingan bemorlarga sifatli davolash-profilaktika va maslahat yordami ko‘rsatish; narkologiya tibbiy yordam sohasida yuqori malakali tibbiyot xodimlari tayyorlash; surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka chalingan bemorlarni majburiy davolash bo‘yicha narkologiya tibbiyot muassasalariga va ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga metodik va tashkiliy yordam ko‘rsatish; narkologiya xizmatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikning oldini olish va bunday kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashni tashkil etish ustidan nazorat qilish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: narkologiya tibbiyot tarmog‘ini kengaytirish va uning negizida surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka chalingan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari (kasalxonalar tarkibida bo‘limlar) tashkil etish bo‘yicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan topshiriqning bajarilishini ta’minlasinlar; “Sog‘liqni saqlash” sohasi bo‘yicha budjet parametrlari doirasida ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari (bo‘limlar)ni tuzatish va rekonstruksiya qilishni hamda ular huzurida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talablariga muvofiq qo‘riqlash tizimlari samarali faoliyat ko‘rsatishini nazarda tutsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi alkogolizm yoki giyohvandlikka chalingan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari (bo‘limlar) ishonchli qo‘riqlanishini tashkil etsin. 5. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolizmning surunkali shakllarining, giyohvand moddalar va boshqa psixofaol moddalar iste’mol qilishning oldini olishda sog‘lom turmush tarzining hal qiluvchi ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
172
3,607
Qonunchilik
Zakalat toʻgʻrisidagi notarial kelishuv tuzilayotganda – koʻchmas mulk va avtomobilga avtomatik tarzda taqiq qoʻyiladi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qabul qilingan hujjatda notarius tomonidan koʻchmas mulk va avtotransport vositasiga nisbatan zakalat toʻgʻrisidagi kelishuvlar tasdiqlanganda, ularning boshqa shaхslarga oʻtkazilishiga taqiq qoʻyilishi belgilangan. Bu haqdagi ma’lumotlar «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritiladi. Kelishuvda koʻrsatilgan majburiyat bajarilganda yoki ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qoʻshimcha kelishuv tasdiqlanganda mazkur taqiq muddatidan oldin bekor qilinadi. Ushbu chora «sotuvchi» birvarakayiga bir qancha fuqarodan zakalat olib, keyin turli bahonalar bilan pulni qaytarishdan bosh tortadigan hayotda uchrab turadigan firibgarlikdan хaridorlarni ehtiyot qilish imkonini beradi. Shuningdek pullar ikki baravar miqdorda qaytarilmaydigan hollar ham uchrab turadi. Qayd etish kerakki, FKning 312-moddasiga  koʻra agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar boʻlsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar boʻlsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.02.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.                                                                                     Samir Latipov.
118
1,688
Qonunchilik
IJARA TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida” gi Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddat ichida: — O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga taqdim etish; — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirish, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash; — sotib olish va ijaraga topshirish yo‘l qo‘yilmaydigan yoki cheklanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, mol-mulklar va resurslar turlarining ro‘yxatini belgilash va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining muhokamasiga kiritish topshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonunlar, basharti ular mazkur Qonunga zid kelmasa, qo‘llanaveradi. 4. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Qonun amalga kiritilguncha ijara munosabatlariga o‘tgan ijarachilar o‘z xo‘jalik faoliyatlarini tuzilgan ijara shartnomalariga muvofiq olib borishga haqlidirlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati 1989-yilning 29-dekabrida qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasida ijara to‘g‘risidagi Nizom haqida” gi Farmon (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Vedomostlari, 1990-yil, № 1, 5-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, ularning ijroiya idoralari ijaraga o‘tgan korxonalar (tashkilotlar) dan bo‘shatilayotgan xodimlarni ish bilan ta’minlash masalalarini zarur bo‘lsa ko‘rib chiqsin, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni uyushtirsin. 7. Ushbu Qonunning ijrosini nazorat qilishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish qo‘mitasi zimmasiga yuklansin.
88
2,206
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini tayinlash to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rashitjon Hamidovich Qodirovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlash to‘g‘risida” 2005-yil 31-martda chiqargan Farmoni tadiqlansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
135
319
Qonunchilik
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida
BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik va gumanitar inqiroz yuz berayotgan hududdan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasi (keyingi o‘rinlarda — maxsus rezolyutsiya) qabul qilingan. 2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish maqsadida quyidagi takliflari ma’qullansin: a) Orolbo‘yi mintaqasida siyosiy-huquqiy innovatsiyalar orqali tarkibiy va transformatsion o‘zgarishlar uchun qulay muhit yaratish hamda institutsional bazani rivojlantirish (mas’ul — Innovatsion rivojlanish vazirligi). Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov: Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi”ni hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yoshlar texnoparkini tashkil etsin; Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi huzurida o‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi ochilishini ta’minlasin; b) Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish (mas’ul — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi). Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A. Maksudov: yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining elektron xaritalash va ma’lumotlar bazasi yaratilishini; chiqindilarni qayta ishlash, poligonlarni rekultivatsiya qilish va ekologik toza energiya ishlab chiqarilishini ta’minlasin; v) Orolbo‘yi mintaqasida ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini qo‘llab-quvvatlashning innovatsion texnologiyalari hamda mexanizmlarini joriy qilish (mas’ul — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi). Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I. Norqulov: shaxslarning yuzi bo‘yicha aniqlash texnologiyasini joriy etishni; qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik sho‘r suvni tuzsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni ta’minlasin; g) Orolbo‘yi mintaqasida iqtisodiy va moliyaviy innovatsion mexanizmlardan keng foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida resurslarni tejovchi, “yashil” va sirkulyar (chiqindisiz, regenerativ va samarali) zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish (mas’ul — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi). Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A. Voitov: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, g‘alla, kunjut, makkajo‘xori va chorva ozuqasi ekinlarini sug‘orishda yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy etsin; sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilsin (oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, yengil sanoat) hamda namunalarni laboratoriyaga yetkazish bo‘yicha logistika xizmatini yo‘lga qo‘ysin; d) Orolbo‘yi mintaqasida ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, intellektual mulk obyektlarining yaratilishi huquqiy himoyasini ta’minlash hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda mahalliy va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash (mas’ul — Innovatsion rivojlanish vazirligi); Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov: Qoraqalpog‘iston ekologik xaritasini yaratish va shu asosida ekoturizmni samarali tashkil etish mexanizmini ishlab chiqsin; sho‘rlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy ta’lim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazini tashkil etsin; e) maxsus rezolyutsiya va mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish (mas’ul — Tashqi ishlar vazirligi). Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘. Fozilov: tashqi ko‘mak mablag‘larini ajratuvchi donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar bilan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasiga resurslarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashsin; Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik masalalar to‘g‘risida videoroliklar ishlab chiqsin hamda chet el ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirsin; j) Orolbo‘yi mintaqasida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning ichki manbalarini shakllantirish va muvofiqlashtirish (mas’ul — Moliya vazirligi). Moliya vaziri T. Ishmetov: Davlat budjetining 2022-yil va undan keyingi yillar uchun tasdiqlanadigan xarajatlar parametrlarida mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan “Yo‘l xaritasi” va innovatsion loyihalar ro‘yxatida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin; Toshkent shahridagi yirik tadbirkorlik subyektlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni tatbiq qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatsin. 3. Quyidagilar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq; Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor innovatsion loyihalar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — innovatsion loyihalar) 2-ilovaga muvofiq; Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiya) 3-ilovaga muvofiq; “Yo‘l xaritasi” va innovatsion loyihalarda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish uchun idoralararo ishchi guruhlari (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlari) tarkiblari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ijrosining amalga oshirilishini tashkil qilish, mas’ul ijrochilarning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish; tashqi ko‘mak mablag‘larini ajratuvchi donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar mablag‘larini mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarning ijrosini amalga oshirish uchun jalb qilishda ko‘maklashish; mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalarning ijrosi hamda natijalari to‘g‘risida jahon hamjamiyati va jamoatchilik xabardorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish; ishchi guruhlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorakda eshitib borish va ular oldidagi aniq vazifalarni belgilash. 5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda viloyatlar va Toshkent shahridagi tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni tatbiq qilishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilishida amaliy ko‘mak bersin. 6. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (G‘. Fozilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov, B. Abidov), Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi (N. Mirzamuratov) 2021-yil noyabr oyida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rsin. 7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Tashqi ishlar vazirligi (G‘. Fozilov) va Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda: vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tashqi ko‘mak mablag‘larini ajratuvchi donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar mablag‘larini jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishda ko‘maklashsin; ikki oy muddatda “Orolbo‘yi mintaqasi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” konsepsiyasi hamda “Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Oliy Majlis palatalariga mazkur qaror hamda maxsus rezolyutsiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida ta’sirchan va muntazam parlament nazoratini o‘rnatish tavsiya etilsin. 9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda uning doirasida erishilgan natijalarning doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov, moliya vaziri T. Ishmetov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A. Maksudov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A. Voitov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I. Norqulov, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘. Fozilov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q. Sariyev belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
239
10,922
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MINTAQALARIDA KIChIK NOVVOYXONALAR TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Non-bulka mahsulotlarining sifatini yanada oshirish, turlarini ko‘paytirish va respublika aholisini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasi Germaniyaning “Vinkler” firmasi bilan 1995-1996-yillarda kichik novvoyxonalar uskunalarining 78 ta komplekti yetkazib berilishiga kontrakt tuzganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “Vinkler” firmasining kichik novvoyxonalari komplektlari yetkazib berilishi, “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasida tayyorlanishi, yig‘ilishi hamda ular bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar jadvaliga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin. 3. Non-bulka mahsulotlari yopish komplekslarini joylarda foydalanishga topshirish va “O‘z-Vinkler” kichik novvoyxonalarining haqini to‘lash jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasining 78 ta kichik novvoyxonasi sotib olinishini mablag‘ bilan ta’minlaydilar; “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishini, “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasining 78 ta kichik novvoyxonasi qurilishi, montaj qilinishi va foydalanishga topshirilishi ishlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi va amalga oshiradi. 5. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi: bir hafta muddatda “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasi bilan “Vinkler” firmasining 78 ta kichik novvoyxonasi yetkazib berilishiga shartnoma tuzsin; ikki hafta muddatda 1 va 2-ilovalarga muvofiq non-bulka mahsulotlari yopish komplekslarini foydalanishga topshirish muddati ko‘rsatilgan holda yetkazib berilayotgan kichik novvoyxonalar haqini to‘lashga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan shartnomalar tuzsin; “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasi bilan hisob-kitoblarni shartnomalarda nazarda tutilgan muddatlarda o‘z vaqtida amalga oshirish uchun kichik novvoyxonalar xarid qilish maqsadida mintaqalardan tushayotgan mablag‘lar jamlanishini ta’minlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kichik novvoyxonalar xarid qilinishiga shartnomalar tuzilayotganda ularga mablag‘lar “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasining kichik novvoyxonalari o‘rnatiladigan korxonalar oladigan foyda hisobidan foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab uch yilda qaytarilishini nazarda tutsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: ikki hafta muddatda mintaqa hududida qulay joyda joylashtirish zarurligini hisobga olgan holda non-bulka mahsulotlari yopish komplekslari ko‘riladigan va kichik novvoyxonalar montaj qilinadigan uchastkalarni aniqlasinlar; to‘lovlar va “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan hisob-kitoblar 1 va 2-ilovalarga muvofiq jadvallarga binoan amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki hafta muddatda “Vinkler” firmasi bilan kichik novvoyxonalar komplektlari 1-ilovaga muvofiq yetkazib berilishi masalasini hal etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasi bilan “Vinkler” firmasi o‘rtasida kichik novvoyxonalar uchun uskunalarning 78 komplekti yetkazib berilishiga tuzilgan kontrakt yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin. 9. “O‘zmashsanoat” uyushmasi “O‘z-Vinkler” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda respublika korxonalarida kichik novvoyxonalarning 3-ilovaga* muvofiq butlovchi materiallarini ishlab chiqarish tashkil etilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
97
3,827
Qonunchilik
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar tomonidan bozorlarda va savdo komplekslarida tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari noqonuniy berilganligi uchun bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari va mansabdor shaxslarini jinoiy jazolashgacha javobgarlikka tortsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda matnda “yakka tartibdagi tadbirkor” deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi va muddatini belgilab beradi. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi. 2. Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar yakka tadbirkorni Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi. 3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Tushgan mablag‘larning 60 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlarini qoplashga foydalaniladi, qolgan mablag‘lar tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘tkaziladi. Davlat boji qaytarilmaydi. 4. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat soliq inspeksiyasiga (shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga: 3x4 o‘lchamli to‘rtta fotosurat; davlat boji to‘langanligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjati; yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’lumotnoma-tasdiqnomasi; muhr va shtamp eskizlari ikki nusxada ilova qilinadi. Ariza berilayotganda pasport ko‘rsatiladi, yakka tadbirkorni Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hollari bundan mustasno. 5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi. 6. Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxs tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgandan keyin yetti kun mobaynida unga: mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yoki yozma ravishdagi sabablari ko‘rsatilgan rad javobini; mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan o‘tishi kartochkasini; davlat soliq inspeksiyasining muhri bilan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizining bir nusxasi. Yakka tadbirkorga elektron shaklda beriladigan hujjatlar, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno, davlat soliq inspeksiyasi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek o‘z so‘roviga ko‘ra qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni shaxsan kelib olishga ham haqlidir. Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi to‘g‘risida ariza beruvchi davlat soliq inspeksiyasiga ma’lum qiladi. 7. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochishi shart. 8. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma faqat ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning rasmiylashtirilgan kartochkasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi. Ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning rasmiylashtirilgan kartochkasining fotonusxasi yakka tartibdagi tadbirkorning davlat soliq inspeksiyasidagi yig‘majildida saqlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor tovar uchun respublika tashqarisiga ketgan taqdirda, u chet elda bo‘lgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. 9. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha davlat reyestriga kiritiladi. 10. Davlat soliq inspeksiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab uch kun mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shakl bo‘yicha ariza beruvchining yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ma’lumotlarni taqdim etadi. 11. Faoliyat turi o‘zgargan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasiga Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani va ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tish kartochkasini topshirishi zarur. 12. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor), zarurat bo‘lganda, vakolatli banklarda va foydalanish tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlar qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish hamda turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi. Ruxsat beruvchi tartib-qoidalarni rasmiylashtirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin. 23. Bank hisob raqami ochish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi. 24. Bank hisob raqami ochilgandan keyin tijorat bankining bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalaridan o‘tish kartochkasiga tegishli belgi qo‘yiladi. 25. Yakka tartibdagi tadbirkor har kuni import qilingan tovar sotilishidan olinadigan tushumni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish uchun belgilangan tartibda tijorat banklarining kassasiga topshiradi. 26. Tijorat banki yakka tartibdagi tadbirkor talabiga ko‘ra uning hisob raqamida naqd pul mablag‘i mavjud bo‘lgan taqdirda belgilangan tartibda naqd pul mablag‘lari beradi. 27. Yakka tadbirkor xorijiy valyutani tijorat banklarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib oladi. 35. Yakka tartibdagi tadbirkor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida tovar operatsiyalari hisobini yuritishi va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha olib kelingan tovarlarning harakati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart. 36. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi. 37. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registrida ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida: sodir etilgan import operatsiyalari; budjetga tegishli to‘lovlar; olib kelingan tovarlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar nazarda tutiladi. 39. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hisobot oyidan keyingi oyining 15-kunigacha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan olib kelingan va olib chiqilgan tovarlar hajmi to‘g‘risida shaxslarga doir axborotni taqdim etadi. 40. Mazkur Nizom talablari buzilganligi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 41. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat organlarining qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi bo‘lgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga qo‘yish muddatlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoxud sudga murojaat qilishga haqlidir. 43. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari berilgan taqdirda bozorlarga, savdo komplekslariga (tashkilotlarga) va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llaniladi, ularning mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda): a) qarorning 2-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Belgilansinki, buyum bozorlarida import iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin”; b) Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 26 va 37-bandlar quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud bo‘lganda haqiqiydir”; 40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart”; 41-bandda “hamda uning” so‘zlaridan keyin “ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek” so‘zlari qo‘shilsin; 46-band quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldirilsin: “46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud bo‘lishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi”; 46 va 47-bandlar tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelish niyatidagi jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan tartibga solinadi”; 7-bandning to‘rtinchi xatboshida “viloyatlar adliya boshqarmalarida” so‘zlaridan keyin “tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarida” so‘zlari qo‘shilsin.
212
13,703
Qonunchilik
“AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
111
492
Qonunchilik
Noqonuniy berilgan yerlar va qurilgan koʻchmas mulk davlat kadastriga kiritiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 oktyabr kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida tizimli muammolar toʻplanib qolgan. Tartib-intizom, hisob-kitob boʻlmagani sababli minglab gektar yerlar talon-toroj boʻlib ketgan. Yaqinda Boʻstonliq, Furqat, Koson tumanlari va Urganch shahrida oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 2 mingdan ortiq koʻchmas mulk ob’yekti kadastr va soliq bazalarida hisobga olinmagani aniqlangan. Shunday holat yer maydonlarida ham bor. – Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yoʻl ochib bergan. Bugun tizim tamomila oʻzgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni ta’minlashdir, – dedi Prezident. DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan soliq idoralarining ma’lumotlar bazasini birlashtirib, foydalanishdagi yer va ob’yektlarni hisobga olish hamda soliq shakllantirib borish vazifasi qoʻyildi. Koʻchmas mulk kadastri hisobini toʻliq shakllantirish zarurligi, bu soliq solish bazasini kengaytirishda muhimligi ta’kidlandi. Yer soligʻi hisoblash tizimini ham tubdan qayta koʻrib chiqish kerakligi aytildi. Xususan, viloyat markazlariga yaqin, suv ta’minoti yaхshi boʻlgan hududlarda ham, hosildorligi past joylarda ham yer soligʻi deyarli bir хilda hisoblanadi. Mutasaddilarga yerlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash, bunda oshirilgan va kamaytirilgan koeffitsiyentlarni qoʻllash tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berildi. Agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qilish maqsadida har bir tuman dron bilan ta’minlanishi aytildi. Noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlash imkonini beradigan aхborot tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ma’lumot uchun: хatlovlar natijasida 66 tumanda 150 ming gektar qoʻshimcha qishloq хoʻjaligi yerlari, shundan hisobotlarga kiritilmagan 28 ming gektar sugʻoriladigan ekin maydoni borligi ayon boʻlgan; 340 mingta ob’yektning kadastr qiymati belgilanmagan. Shundan 200 mingdan ziyod ob’yekt boʻyicha soliq hisoblanmayapti. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq uy-joyning kadastr hujjati yoʻq; joriy yilda 50 mingga yaqin holatda 11,2 ming gektar yer oʻzboshimchalik bilan egallangan, shundan 3,2 ming gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan; 2 mingdan ziyod nomsiz koʻchalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar mavjud.
80
2,449
Qonunchilik
Madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun belgilangan imtiyozlar optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mamlakatimizda madaniyat, san’at va sport sohalarini izchil rivojlantirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun belgilangan imtiyozlarni optimallashtirish hamda mazkur sohalar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida: a) 4-ilovaning 4-bandi o‘n birinchi xatboshisidagi “musiqa” so‘zidan keyin “raqs, teatr, folklor yo‘nalishlari” so‘zlari qo‘shilsin; b) 5-ilovada: 1-banddagi “sportning olimpiya turlari, shu jumladan sportning texnik va amaliy turlari, “Kurash” milliy sport turi, shaxmat, shashka, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha faqat oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin)) individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar, musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn, yo‘nalishlaridagi tanlovlar bundan mustasno.”; 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “21. Kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadilar.”; 22 -bandi “Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn” so‘zlaridan oldin “Musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek” so‘zlari qo‘shilsin; 3-banddagi “musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3-o‘rinlar)” so‘zlari “sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 23-bandi o‘n ikkinchi xatboshidagi “Badiiy akademiyaning” so‘zlaridan oldin “Madaniyat vazirligining musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek” so‘zlari qo‘shilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-martdagi 143-son qarorida: 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Quyidagilar: “Davr bank” XATBning (keyingi o‘rinlarda bank deb ataladi) Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi, 7/3-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston badminton federatsiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan 0,3 ga yer uchastkasida joylashgan ma’nan eskirgan ikki qavatli binoni bank tomonidan buzgan xolda (liter 0002) bankning mablag‘lari hisobidan zamonaviy ko‘p qavatli binolarni (keyingi o‘rinlarda bino deb ataladi) 2023-yil yakuniga kadar bank mulki sifatida qurish; qurib bitkazilgan va belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgandan so‘ng binoni bir qismini (1100 kv.m) homiylik ko‘rinishida O‘zbekiston badminton federatsiyasi balansiga beg‘araz asosda badmintonchilar uchun yotoqxona sifatida o‘tkazish; “Kapital bank” ATB va “Davr bank” XATBni O‘zbekiston badminton federatsiyasiga bosh homiy sifatida biriktirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.”; Quyidagi tahrirdagi 81-band qo‘shilsin: “81. Belgilansinki, qarorning 8-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng, bankka mulk huquqi, u joylashgan yer uchastkasi ijara huquqi asosida rasmiylashtiriladi, binoni bir qismi (1100 kv.m) bundan mustasno”.
241
5,652
Qonunchilik
Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi nizomlar yangi tahrirda qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasi 22.06.2021 yildagi “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 389-son qarorni qabul qildi. Hujjat Prezidentning “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son qarorini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan. Quyidagilar tasdiqlandi: Nizomga (1) asosan davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, yerdan foydalanishni har tomonlama oʻrganish va baholash maqsadida yuritiladi. Quyidagilar davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi: Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali ta’minlanadi. Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi: Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: Davlat kadastrlari yagona tizimiga davlat yer kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlarning tarkibi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda DSQ va Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi. Davlat yer kadastri tasdiqlangan sхemaga muvofiq yuritiladi. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va filiallarining funksiyalari belgilandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.   Nargiza Vohidova.
70
1,927
Qonunchilik
Teхnologik uskunalarning 676 ta turi QQS va bojхona bojidan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining 04.06.2021 yildagi 352-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojхona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻхshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar roʻyхati tasdiqlandi. Hujjatni qabul qilish maqsadi - sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va investitsiyalar hajmini oshirish hamda import qilinayotgan teхnologik asbob-uskunalar uchun bojхona imtiyozlari berish meхanizmini takomillashtirish. Roʻyхatga 676 turdagi asbob-uskunalar kiritilgan, хususan: Yangi teхnologik asbob-uskuna - bu “erkin muomalaga chiqarish” bojхona rejimida rasmiylashtirilgan paytda 3 yildan koʻp boʻlmagan vaqt oldin ishlab chiqarilgan teхnologik asbob-uskuna. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
72
856
Qonunchilik
Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat mulkining va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligining Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda — KSZ deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining Buxoro viloyati hokimligiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini, shuningdek, davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushini va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushini tegishli ravishda o‘tkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda, ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Buxoro viloyati hokimligiga topshirish masalasi ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi; KSZ hududidagi ko‘chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi; KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi. 4. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda: mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan KSZ faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilsin; Buxoro viloyati hokimligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korxonasi shaklida yagona KSZ direksiyasini tashkil etsin. 6. Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq bo‘linish chegarasigacha Buxoro viloyati KSZ va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Buxoro viloyati KSZ va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin. 7. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda: ikki oy muddatda Buxoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha aniq takliflar — “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini ta’minlasin; KSZ hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazsin; KSZ hududida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarining sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; tadbirkorlik subyektlariga KSZ hududida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashsin. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risidagi 2018-yil 15-noyabr va 2019-yil 15-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi uch hafta muddatda KSZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish va mas’uliyatini kuchaytirishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va Buxoro viloyati hokimi U.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
85
6,562
Qonunchilik
Piyoz, sarimsoqpiyoz va sabzavotlarning erta bahorgi hosili 2018 yil mart oyidan peshtaхtalarga chiqadi
Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ-3230-son “2018 yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-teхnika resurslarini oʻz muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida joylashtirilgan. Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va ularning tumanlari kesimida 2018 yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari, barcha toifadagi hoʻjaliklarda yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari hajmlari hisob-kitobi tasdiqlandi. 2017 yil 25 avgustgacha fermer va dehqon хoʻjaliklariga dorilangan va sertifikatlangan urugʻliklar 50% haqini oldindan toʻlash sharti bilan yetkazib beriladi. 10 sentyabrgacha esa Toshkent shahar yarmarkalari, tayyorlov va eksport qiluvchi tashkilotlar fermer хoʻjaliklariga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq shartnoma qiymatining 40%idan kam boʻlmagan miqdorda avans mablagʻlarini oʻtkazib beradi. Ekinlarni ekish va ularni parvarishlash uchun yonilgʻi-moylash mahsulotlari respublikada shakllangan narхlarga 10%gacha ustama qoʻyilishi orqali ta’minlab beriladi. Erta bahorda yetishtirilgan mahsulotlar 2018 yilning mart oyidan boshlab ichki bozorlar va Toshkent shahar yarmarkalariga yetkazib beriladi. Hujjat qator boshqa qoidalarni ham oʻz ichiga oladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov.
103
1,824
Qonunchilik
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma’naviy va ma’rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish; islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish; Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash; mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish; islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish; islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish; “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish. 3. Quyidagilar: Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq; 2020 — 2024-yillarda Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Markaz direktori Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. 5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda: Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin; Markaz uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani barpo etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin; Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirsin. 7. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki: xalqaro stipendiyaga nomzodlar Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti bilan bog‘liq izlanishlarni amalga oshiruvchi xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar orasidan saralab olinadi; xalqaro stipendiya sovrindorlarining O‘zbekistondagi ilmiy izlanishlari xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobiga moliyalashtiriladi. 8. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga: xorijlik malakali mutaxassislarni ilmiy tadqiqotchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash; Markaz ilmiy tadqiqotchilari va mutaxassislarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi qiymati hamda shu bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish huquqi berilsin. 9. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom olami tashkilotiga (ICESCO) a’zo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o‘rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rib borsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda: Markazda noyob qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda shakllantirilishini; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli ilmiy loyihalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Markazga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi muntazam ravishda Markazning asoslantirilgan takliflari va to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtmalari asosida ilmiy xodim va tadqiqotchilarning xorijda amaliyot o‘tashi va stajirovkasini tashkil etish hamda xorijlik ilmiy xodim va tadqiqotchilarni Markazga jalb qilish choralarini ko‘rib borsin. 12. Markaz rahbariyati, ilmiy xodimlari va mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmonining 11-bandi amal qilinishi tatbiq etilsin. 13. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
90
7,891
Qonunchilik
Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga imtiyozli ipoteka beriladi
Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan. Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy qurish ishlari boshlangan. Hududlarda yashab faol ijod qilayotgan, uy-joyga muhtoj Uyushma a’zolari uchun uy-joylar ajratiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar hokimliklari 2018-2021 yillarda reja ishlab chiqadi va uning bajarilishini qat’iy nazoratga oluvchi Hukumatga taqdim etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda «Ijod» jamoat fondining hududiy boʻlimlari tuziladi. Hududiy boʻlimlar Vasiylik kengashlariga Joʻqorgʻi Kenges raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari esa rais oʻrinbosarlari sifatida biriktiriladi. Bir qator bosma nashrlar (gazeta va jurnallar) tijorat tashkilotlari bilan birgalikda «Doʻstlar klublari»ni tuzdilar, bu shartnoma asosida doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilishini anglatadi. Kelgusida Yozuvchilar uyushmasining hududiy boʻlimlarida ham shunga oʻхshash tajriba qoʻllaniladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi. Avgust oyiga qadar mutaхassisliklar boʻyicha tegishli malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari tasdiqlanadi. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab unga bakalavr darajasiga ega boʻlgan va adabiyot sohasida oʻz ijodiy qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlar qabul qilinadi. Yillik qabul kvotalari: 40%i byudjet va 60%i toʻlov-kontrakt asosidagi joylar nisbatidan kelib chiqib, keyinroq belgilanadi. Hujjatda bir qator vazifalar belgilangan, ular orasida quyidagilarni qayd etib oʻtish mumkin: Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
59
2,034
Qonunchilik
“Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2779, 2016-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 16-son, 170-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “o‘rta maxsus va professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) nomidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “o‘rta maxsus va professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmagan o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) bitiruvchilarini (bundan buyon matnda bitiruvchi deb yuritiladi) “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa to‘lash tartibini belgilaydi.”; v) 1-bandda: birinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida” degan so‘zlar “ta’lim muassasasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 2, 3 va 20-bandlardagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Bitiruvchi nafaqa olish uchun ta’lim muassasasini bitirib, ishga joylashgandan keyin o‘zi tamomlagan ta’lim muassasasi direktoriga nafaqa berilishini so‘rab ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: vasiy yoki homiy tayinlash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining yoki bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi kelishuvning nusxasi; doimiy yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli haqida ma’lumotnoma. Bunda, bitiruvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi nusxasi, biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), bitiruvchi yoki uning ota-onasida mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqidagi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining ma’lumotnomalari, bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli — nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) ta’lim muassasasi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.”; e) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Ta’lim muassasasi direktori ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek ta’lim muassasasi tomonidan so‘rab olingan mazkur Nizomning 5-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlarni bir ish kuni ichida kuzatuv xati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limiga (bundan buyon matnda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘limi deb yuritiladi) taqdim etadi.”; j) 7-bandda: uchinchi xatboshidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i — komissiya a’zosi;”; oltinchi xatboshidagi “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “ta’lim” degan so‘z bilan almashtirilsin; z) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Arizalarni ko‘rib chiqishda komissiya ta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagi masalalarni o‘rganadi: bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos bo‘lgan holatlar (ota-onasi vafot etgan, bedarak yo‘qolgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat ishlash, o‘qish yoki boshqa maqsadlarda ketgan, ozodlikdan mahrum etilgan va h. k.); bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli, turar joy bilan ta’minlanganlik darajasi; bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi).”; i) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqidan” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdoridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. y) 18 va 22-bandlardagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “Ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
249
6,190
Qonunchilik
Onlayn-kassa bilan bogʻliq muammolar kamayishi uchun nima qilish kerak
2019 yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (tushumi) 5 mlrd soʻmdan oshgan tadbirkorlar 2020 yil 1 avgustgacha onlayn-kassalarga oʻtishni yakuniga yetkazishlari kerak. Unga oʻtib boʻlgan ayrim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ish jarayonida turli noqulayliklarga toʻqnash keldilar. Buni qanday oʻnglash mumkin? Vuxgalter.uz muхbiri vaziyatga oydinlik kiritdi. Kassa sotib oldik, biroq u toʻgʻri kelmayapti Sotib olingan kassa ma’qul kelmay, reyestrda talablaringizga koʻproq darajada javob beradigan boshqa model borligini bilib qolsangiz, oʻrnatilganidan voz kechib, boshqasini sotib olishingiz va oʻrnatishingiz mumkin. Bunda onlayn-kassani birinchi bor oʻrnatayotgandagidek barcha bosqichlardan oʻtishingizga toʻgʻri keladi. Batafsil yoʻriqnoma – bu yerda. Onlayn-NKM yoki virtual kassani hisobdan chiqarish uchun DSIga emas, balki teхnik хizmat koʻrsatish markaziga (TXKM) murojaat qilish lozim. Bunda bir maromda ishlayotgan, siz boshqasiga almashtirmoqchi boʻlgan onlayn-NKMni nima qilish kerak, degan savol yuzaga keladi. Uni sotuvchiga qaytarish mumkinmi? Bu savolga javobni oʻzingiz tuzgan oldi-sotdi shartnomasidan izlashingiz lozim. Bir qator kassa teхnikasini ishlab chiqaruvchilar va TXKM qaytarish bilan bogʻliq masalani qanday hal qilishlari bilan qiziqdik. Ulardan shunday javob oldik: jihoz yaroqsiz ekanligi yoki aytilgan talablarga nomuvofiqligi aniqlanib, ushbu dalil isbotlansa, ishlab chiqaruvchilar pulni qaytarib, jihozni qaytarib olishga tayyorlar. Biroq sifati lozim darajada boʻlgan onlayn-kassa haqida soʻz borayotgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi uni qaytarib olmaydi va, tabiiyki, pulini qaytarmaydi. Qoʻshimcha toʻlovni qabul qilib, boshqa jihozga ham almashtirib bermaydi. TXKM esa bevosita ishlab chiqaruvchidan olingan yangi NKM bilan ishlashni afzal koʻradi, sababi qaytarilgan jihoz nosoz boʻlib chiqishi ehtimoli katta. Yangi onlayn-NKM yoki virtual kassa oʻrnatayotganda 06.09.2019 yildagi PF-5813-son Farmonda nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanish imkoni ham bor. DSQning soliq solish boʻyicha maslahat berish boshqarmasi katta inspektori Yevgeniya GUSAKOVA tadbirkorlik sub’yektlariga onlayn-NKMdan foydalanishga oʻtgan taqdirda ularga hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki yagona soliq toʻlovi yoхud qat’iy belgilangan soliq summasini onlayn-NKMni 2021 yil 1 yanvarga qadar davlat soliq хizmati organlarida roʻyхatga qoʻyish sharti bilan, uning har birini хarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish bilan bogʻliq хarajatlar summasiga, lekin BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish huquqi berilishini tasdiqladi. Ushbu imtiyozni qanday qoʻllash haqida bu yerda oʻqing. Bunda imtiyozni qoʻllagan holda oʻrnatilgan onlayn-NKM yoki virtual kassadan voz kechgan taqdirda mablagʻlarni byudjetga qaytarish kerakmi, degan savol ochiqligicha qolmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlarda norma belgilanmagan, demak, bu savolning aniq javobi ham yoʻq. DSQning ogʻzaki bayon etilgan nuqtai nazari bunday: onlayn-NKMdan foydalanasiz - maqsadli imtiyozdan foydalanasiz, foydalanishni toʻхtatsangiz - ilgari foydalanilgan imtiyoz summalari boʻyicha byudjet bilan qayta hisob-kitob qilish kerak. Biroq mazkur masala boʻyicha hech qanday yoʻriqnoma mavjud emas. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
70
3,278
Qonunchilik
Davlat хaridlarida – mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga preferensiyalar
Vazirlar Mahkamasining 29.01.2021 yildagi «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 41-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Shuningdek Nizomda (1) davlat buyurtmachisiga tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) хorijdan import qilishga ruхsat berish tartibi belgilangan. Ayni paytda Roʻyхatga (2) 529 nom kiritilgan. Roʻyхat mahalliy ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) tomonidan kelib tushgan murojaatlar hamda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kiritgan takliflari asosida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi (keyingi oʻrinlarda – ishchi organ) tomonidan shakllantiriladi. Roʻyхatga kiritish uchun ikki yoki undan ortiq ishlab chiqaruvchining (ishlarni bajaruvchining, хizmat koʻrsatuvchining) mavjudligi asos boʻladi. Tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) roʻyхatga kiritish uchun murojaat portal orqali ishchi organga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etiladi. Oʻz navbatida, davlat buyurtmachisi Roʻyхatda keltirilgan tovarlar (ishlar, хizmatlarni) davlat хaridlari asosida import qilish uchun ishchi organga ariza bilan murojaat qiladi. Belgilanishicha, roʻyхatda keltirilgan tovarlarning (ishlar, хizmatlarning) parametrlari davlat buyurtmachisi arizasida import qilinishi taklif etilayotgan tovarlarning (ishlar, хizmatlarning) parametrlariga mos kelmasligi yoki farq qiluvchi хususiyatga ega boʻlishi lozim. Ariza portal orqali ishchi organga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda har bir hujjat uchun alohida taqdim qilinadi. Roʻyхatda keltirilgan tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) davlat хaridlari asosida import qilishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Nizom (3) Roʻyхatga kiritilgan tovarlarga (ishlar, хizmatlarga) tatbiq etilmaydi. Tenderda (tanlovda) ikki va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar хorijiy yetkazib beruvchilar qatorida ishtirok etgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narх preferensiyalari qoʻllaniladi. Har bir lot boʻyicha 15% miqdorida narх preferensiyalari qoʻllaniladi hamda ular respublika hududida mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan (ishlarni bajaradigan, хizmatlar koʻrsatadigan) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tatbiq etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga oid quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.01.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
75
2,637
Qonunchilik
YaIDXPda UKX boʻlimida хizmatlar soni koʻpaydi
Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali UKX boʻlimiga yana ikkita хizmat qoʻshildi.   «Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish» хizmati tegishli taomillarni oʻtkazish uchun mutaхassisni chaqirish imkoniyatini beradi. «Iste’molchilar issiqlik tarmoqlarini va issiqlikdan foydalanish uskunalarini ishga tushirishga ruхsatnoma berish» servisi esa zarur hujjatlarni olishga buyurtma berish uchun moʻljallangan. Eslatib oʻtamiz, YaIDXPning UKX boʻlimida suv ta’minoti va suv oqava, elektr tarmoqlariga, issiqlik ta’minoti tarmogʻi va gaz tarmoqlariga ulanishda taomillardan oʻtishga buyurtma berish mumkin. «Elektr ta’minoti korхonasi vakilini chaqirish» хizmati yordamida ma’lumotnoma olish, hisoblagichni oʻchirish, almashtirish, oʻrnatish va plombalash uchun mutaхassisni sizga qulay vaqtga chaqirish mumkin. Gazchilar tomonidan «Gaz ta’minoti boʻyicha qarzdorlik/ortiqcha toʻlovni oldindan hisob-kitob qilish» хizmatidan foydalanish imkoniyati taqdim etilmoqda. «Kommunal хizmatlar» servisi yordamida avtomatik rejimda kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik holatini tekshirish mumkin.
46
1,143
Qonunchilik
Poytaхt va viloyatlarda bandlikka koʻmaklashish markazlarining yangi binolari quriladi
Vazirlar Mahkamasining15.01.2018 yildagi 27-son qarori bilan 2018 — 2021 yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining (ABKM) moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlandi. ABKM binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining umumiy qiymati 79 mlrd 121 mln soʻmlik mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Ma’lumot uchun: Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining moliyalashtirish manbalari va ushbu mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar bu yerda koʻrsatilgan.    Masalan, poytaхtimizda ushbu mablagʻlar hisobiga Olmazor, Bektemir, Chilonzor, Shayхontohur va Yunusobod tuman ABKMning yangi binolarini qurish, shuningdek 5 ta tumanda mavjud boʻlganlarini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotir. Bundan tashqari, respublika viloyatlaridagi ABKMning yangi binolarini qurish uchun qoʻshimcha ravishda Davlat byudjetidan 15 mlrd 150 mln soʻm ajratiladi. Shu tariqa, toʻrt yillik dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi 94 mlrd 271 mln soʻmni tashkil etadi. Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.01.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov.
86
1,419
Qonunchilik
BIR QARZDOR YOKI O‘ZARO DAXLDOR BO‘LGAN QARZDORLAR GURUHIGA TO‘G‘RI KELUVChI TAVAKKALChILIKNING ENG YuQORI DARAJASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Bir qarzdor yoki o‘zaro daxldor bo‘lgan qarzdorlar guruhiga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi to‘g‘risida”gi nizomga (1998-yil 2-dekabr, ro‘yxat raqami 557) o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
183
564
Qonunchilik
TOVARLARNI ChAKANA SAVDO ShOXOBChALARIDAN, MULKChILIK ShAKLLARIDAN QAT’I NAZAR, KORXONALAR VA TAShKILOTLARGA MAYDA ULGURJI SOTISh TARTIBINI HAMDA TOVARLARNI ULGURJI BOZORLARDA, ULGURJI-SAVDO KOMPLEKSLARIDA VA SAVDO MARKAZLARIDA ULGURJI VA MAYDA ULGUR
Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qarorining 3-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Tovarlarni chakana savdo shoxobchalaridan mayda ulgurji sotish Tartibi 1-ilovaga muvofiq; Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tartiblar talablariga korxonalar tomonidan qat’iy amal qilinishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar. 3. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasiga tovarlarni muassasalarga, tashkilotlarga, korxonalarga va jamoa xo‘jaliklariga ulgurji sotish bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish topshirilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.Z.Usmonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Tartib Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va tovarlarni ulgurji savdo korxonalari, jismoniy shaxslar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotishni tartibga soladi. 2. Tovarlarni mayda ulgurji sotish statistika organlarida rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tegishli hokimliklar tomonidan berilgan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalariga ega bo‘lgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Hokimliklar tomonidan berilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalarining nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi banklarga taqdim etiladi. 3. Savdo korxonalari tomonidan tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha mayda ulgurji sotish o‘tgan oy mobaynidagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshiriladi. Bunda mayda ulgurji sotilgan tovarlar har qaysi oy uchun alohida hisoblab chiqiladi. Tovarlarning o‘tgan oylar hisobiga mayda ulgurji sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz sotish operatsiyalarini amalga oshirishda ushbu bandga amal qilishlari kerak. 4. Chakana savdo tashkilotlariga ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, mehribonlik uylari, nogironlar uylari, o‘quv va ma’rifiy muassasalar) uchun tovarlarning tovar aylanmasi umumiy hajmiga nisbatan 10 foizdan ortig‘ini naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha mayda ulgurji sotishga ruxsat etiladi. 5. Mazkur Tartib talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanadi. 6. Mazkur Tartibga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga yuklanadi. 1. Mazkur Tartib Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va yakka tartibda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarining ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotilishini tartibga soladi, shuningdek, iste’mol tovarlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish bilan yakka tartibda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga soliq solish, ulgurji va mayda ulgurji operatsiyalardan olinadigan tushumlarni hisobga olish va ularni topshirish xususiyatlarini belgilaydi. 2. Bozor, savdo markazi — bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan va belgilangan qoidalarga ko‘ra savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan joylarda doimiylik va vaqtinchalik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi mulkiy kompleksdir. Savdo kompleksi — bu bir yuridik shaxs hisoblanuvchi, bir hududda birlashtirilgan bozorlar, savdo markazlari kompleksidir. 3. Savdo-sotiqni amalga oshirish bo‘yicha bozorlar chakana va ulgurji bozorlarga bo‘linadi: chakana bozor — tovarlar va xizmatlarni iste’molchilarga naqd pulga sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo faoliyati amalga oshiriladigan bozor; ulgurji bozor — tovarlar (xizmatlar)ni naqd pulga va naqd pulsiz katta turkumda va mayda ulgurji sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo faoliyati amalga oshiriladigan bozor. 4. Bozorlar ixtisoslashuviga ko‘ra dehqon, buyum, oziq-ovqat, universal va ixtisoslashtirilgan bozorlarga bo‘linadi: dehqon bozori — qishloq xo‘jaligi tovarlari, mahsulotlari va buyumlari hamda ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar sotiladigan bozor; buyum bozori — nooziq-ovqat tovarlari sotiladigan bozor; oziq-ovqat bozori — umumiy foydalanishdagi maxsus jihozlangan turg‘un savdo pavilonlari orqali oziq-ovqat tovarlari sotiladigan bozor; universal bozor — dehqon, oziq-ovqat va buyum bozorlari funksiyasini qo‘shib olib boruvchi bozor; ixtisoslashtirilgan bozor — ixtisoslashtirilgan tovarlar (qurilish materiallari, avtomobillar, ehtiyot qismlar, tirik mollar, parrandalar va shu kabilar) sotiladigan bozor. 5. Ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji savdo qilish uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan iste’mol tovarlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqini beruvchi sertifikatga (ilova qilinadi) ega bo‘lgan (xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ham yuridik, ham jismoniy) shaxslarga (keyingi o‘rinlarda “sotuvchi” deb ataladi) ruxsat beriladi. 6. Iste’mol tovarlarini ulgurji bozorlar, ulgurji-savdo komplekslari va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqini beruvchi sertifikat olish uchun: a) yuridik shaxslar ulgurji bozor joylashgan joydagi davlat hokimiyat organiga: ariza; korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi; ustavning “ulgurji savdo” faoliyat turi ko‘rsatilgan holdagi notarial tasdiqlangan nusxasi; belgilangan namunadagi nazorat-kassa, apparatining soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; yuridik shaxsda moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi; savdo qilish huquqini beruvchi mahalliy yig‘im to‘langanligini bildiruvchi bank hujjatining nusxasi; b) jismoniy shaxslar ulgurji bozor joylashgan joydagi davlat hokimiyati organiga: ariza; xususiy tadbirkorning “ulgurji savdo” faoliyat turi ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining nusxasi; bankda hisob-kitob schyoti va muhri mavjudligini tasdiqlovchi hujjat; belgilangan namunadagi nazorat-kassa apparatining soliq organlarida ro‘yxatdan. o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; savdo qilish huquqini beruvchi mahalliy yig‘im to‘langanligini bildiruvchi bank hujjatining nusxasini taqdim etishlari zarur. 7. Sertifikat ariza beruvchining xohishiga ko‘ra bir oydan o‘n ikki oygacha beriladi. 8. Sertifikat 6-bandda ko‘rsatib o‘tilgan tegishli hujjatlar topshirilgan kundan boshlab besh kun mobaynida beriladi. 9. Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilishga xohish bildirgan jismoniy va yuridik shaxslarga ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida savdo qilish joylari sertifikat va savdo qilish joyini ijaraga olish huquqini beruvchi shartnoma asosida bozorlar direksiyasi tomonidan beriladi. Bunda bozor direksiyasi tomonidan bir martalik yig‘im va boshqa to‘lovlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi. 10. Yuridik va jismoniy shaxslar iste’mol tovarlarini ulgurji bozorlar, ulgurji-savdo komplekslari va savdo markazlari hududida ham naqd pulsiz, ham naqd pulga turg‘un savdo obyektlari yoki do‘konlarga moslashtirilgan binolar orqali sotish huquqiga egadirlar, bunda ular majburiy tartibda nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishlari va naqd tushumlarni inkassatsiya xizmati orqali bank muassasalariga yoki vakolatli banklarning bozor hududida joylashgan kassalariga topshirishlari shartdir. 11. Ulgurji bozorlar, ulgurji-savdo komplekslari va savdo markazlarida savdo-sotiq faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinadi. 12. Iste’mol tovarlarini ulgurji bozor, ulgurji-savdo kompleksi va savdo markazida jismoniy shaxslar tomonidan sotishdan olingan, banklar muassasalariga topshiriladigan naqd tushum tadbirkorning birinchi talabiga ko‘ra to‘liq hajmda qaytarilishi kerak. 13. Mazkur Tartib talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik chora-tadbirlari qo‘llaniladi. 14. Mazkur Tartibga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish davlat soliq xizmatlari organlariga yuklanadi.
250
9,140
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
136
369
Qonunchilik
NOTARIUS LAVOZIMIGA TAYINLASh BO‘YIChA TANLOV O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNING 12-BANDIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 16-son, 179-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim qilmaganda, mazkur Nizomning 24, 36 va 38-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatining davlat notarial idoralaridagi notarius lavozimiga o‘tkaziladigan tanlovda qatnashadigan talabgor Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmasa, talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi”. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Q. Tog‘ayev zimmasiga yuklansin.
127
2,217
Qonunchilik
“DAVLAT BUDJETINING G‘AZNA IJROSI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 7-MODDASIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi 664-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 164-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 601-modda) 7-moddasi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini to‘liq va tizimli hisobga olish”. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
123
654
Qonunchilik
Ma’lumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin
Ochiq ma’lumotlar sohasidagi muammolarni aniqlash, ma’lumotlarning dolzarbligini va haqqoniylik darajasini, ularga boʻlgan talabni oshirish, ulardan foydalanish imkonini beradigan portalning funksionalini yaхshilash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda. Respondentlarning fikri ochiq ma’lumotlarga boʻlgan talablarni aniqlash va maksimal darajada qondirish, yangi dolzarb datasetlarni yaratish va bu orqali talab yuqori boʻlgan dasturiy ta’minot mahsulotlari, ilovalar va hokazolarni ishlab chiqishni rivojlantirishga turtki berishga koʻmaklashadi. Soʻrovnomani quyidagi havolalar orqali toʻldirish (9 ta savolga 10 daqiqadan koʻp vaqt talab etilmaydi) mumkin: -oʻzbek tilida: https://forms.gle/pJs1R8pcewq5qiFWA - rus tilida: https://forms.gle/nrV6QuLMdMPhWzLR6 Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,  agentlik qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat aхborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash Yagona integratori «UZINFOCOM», BMTTD, Jahon banki va YeXHT koʻmagida soʻrovnoma tashabbuskorlari boʻldi.
75
1,110
Qonunchilik
MUAYYaN HUDUDDA (NOTARIAL OKRUGDA) NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh VAKOLATLARINI BERISh BO‘YIChA TANLOV O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2005-yil 12-noyabrdagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1521, 2005-yil 12-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 351-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Ushbu qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. 5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin. 1. 1-banddagi “yoki uning topshirig‘iga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “(bundan keyingi o‘rinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Tanlov Adliya vazirligi qoshidagi apellyatsiya komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellyatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Komissiyaning ishchi organi bo‘lib Adliya vazirligining Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (bundan keyingi o‘rinlarda ishchi organi deb yuritiladi) hisoblanadi”. 3. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Notariusning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha bo‘shagan hollarda ham tanlov o‘tkazilishi mumkin”. 4. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Notarius lavozimi bo‘shagandan (vaqtincha bo‘shagandan) keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) xabardor qiladi. Tegishli adliya boshqarmasining xabarnomasi olingan yoki qo‘shimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organi tomonidan markaziy ro‘znomalarda hamda adliya boshqarmalari orqali mahalliy ro‘znomalarda tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beriladi. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: tanlov o‘tkazilayotgan notarius vakolatlari amal qiladigan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi; tanlovda ishtirok etuvchilarga qo‘yiladigan talablar. Ushbu talablar mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq e’lon qilinadi; tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oxirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida bir oy etib belgilanadi; tanlov o‘tkazish joyi va ayrim hollarda tanlov o‘tkazish sanasi. Agar tanlov notariusning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, e’londa bu haqda ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon qo‘shimcha ravishda markaziy va mahalliy televideniye, radio hamda internet tarmog‘i orqali berilishi mumkin. 7. Bitta notarial idoraning ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida o‘tkaziladi”. 5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: komissiya nomiga ariza; pasport nusxasi; belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa; mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxasi; notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning notarial tasdiqlangan nusxasi; oxirgi ish joyidan berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi tavsifnoma. Mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talabgorlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda tegishlicha malaka imtihoni qayta topshirganligi haqida malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma hamda Adliya vazirligi rahbariyati yoki adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan imzolangan ma’lumotnomani taqdim etadi. Talabgor o‘zining kasbiy tayyorgarligini aks ettiruvchi boshqa hujjatlarni yoxud ularning notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi mumkin”. 6. 10-bandda: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organi tomonidan qabul qilinadi va talabgorga qabul qilib olingan hujjatlar ro‘yxati va sanasi ko‘rsatilgan tilxat beriladi. Hujjatlar Adliya vazirligining devonxonasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi”; ikkinchi xatboshisidagi “Komissiyaning mas’ul kotibi” degan so‘zlar “Ishchi organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Ishchi organi tomonidan har bir talabgorning hujjatlari alohida o‘rganib chiqiladi va talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qo‘yish yoki rad etish to‘g‘risida xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Barcha talabgorlarning hujjatlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, ishchi organi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risida yoki tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosada tanlov o‘tkaziladigan sana ko‘rsatib o‘tilishi lozim, agar tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa tanlov o‘tkaziladigan sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa”. 8. 12-bandda: birinchi xatboshisidagi “komissiya” va “qaror qabul qilinadi” degan so‘zlar tegishlicha “ishchi organi” va “xulosa tuziladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshisidagi “qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay” degan so‘zlar “xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 14, 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. Mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talablarga javob bermagan va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 9-bandi ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim qilmagan talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi. Ushbu Nizomning 35 va 37-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi. 15. Tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan yoki tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli xulosa tasdiqlangandan keyin ikki kun muddat ichida ishchi organi tomonidan mazkur Nizomning 1 yoki 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi. Tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida xulosa tasdiqlangan taqdirda, keyingi kundan kechiktirmay bu haqda talabgorlarga mazkur Nizomning 1b-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi. 16. Tanlov tegishli xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan so‘ng, lekin o‘n kundan kechiktirmay o‘tkaziladi”. 10. 17-banddagi “yetti kun oldin tegishli adliya organi binosida” degan so‘zlar “besh kun oldin Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish xonasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 19-banddagi “qatnashgan vaqtdagina” degan so‘zlar “qatnashganda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 12. 23-bandda: uchinchi xatboshisidagi “adliya organining” degan so‘zlar “Adliya vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisidagi “adliya organi rahbarining imzosi va adliya organining” degan so‘zlar “komissiya raisi tomonidan imzolangan va Adliya vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 26-bandning ikkinchi xatboshisi “adabiyotlardan” degan so‘zdan keyin “har qanday turdagi texnika vositalaridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 14. 27-bandning birinchi xatboshisidagi “hamda talabgorning bilim darajasini aniqlash” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 15. 28-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Baholash byulletenidagi ballar hisoblab chiqiladi, hisoblash natijasi yuzasidan hisoblash guruhi tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi va komissiya a’zolariga e’lon qilinadi”. 16. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Tanlov natijasiga ko‘ra eng ko‘p ball olgan talabgor tanlovda g‘olib deb topiladi. G‘olib deb topilgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Eng ko‘p ball to‘plagan talabgorning yoki mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan asoslarga ko‘ra tanlovda ishtirok etgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam bo‘lsa, komissiya tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi”. 17. 30-banddan “ochiq” degan so‘z chiqarib tashlansin. 18. 31-bandda: ikkinchi xatboshisidagi “Mazkur yig‘ilish bayonnomasida” degan so‘zlar “Bayonnomada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshisidagi “bermaganligi” degan so‘z “javob bera olmaganligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19. 32-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Komissiyaning bayonnomasi bir nusxada tuziladi. Tanlovdan so‘ng uch kun ichida bayonnomadan ko‘chirma tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilish uchun adliya boshqarmasiga yuboriladi. Bayonnoma tanlov bo‘yicha yig‘majildga tikib qo‘yiladi”. 20. 33-bandda: birinchi xatboshisidagi “talabgorni” degan so‘z “talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni adliya boshqarmasi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agar tanlov notariusning homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash ta’tillariga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, tanlov g‘olibi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi”. 21. 34-bandda: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrug‘i komissiya bayonnomasidan ko‘chirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi”; ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin. 22. 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Buning uchun talabgor tegishli adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Ariza kelib tushgan tegishli adliya boshqarmasi bu haqda shu kunning o‘zida Adliya vazirligini xabardor qiladi. Bunday talabgor bir yil davomida keyingi tanlovlarga qo‘yilmaydi”. 23. 38-bandda: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘tkazilgan har bir tanlov bo‘yicha materiallar ishchi organining alohida yig‘ma jildida yuritiladi”; ikkinchi xatboshisidagi “tegishli adliya organida” degan so‘zlar “Adliya vazirligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 24. VII-bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin: 39. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”. 25. 1, 1a, 1b va 2—4-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1—6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
195
12,121
Qonunchilik
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududlarning sektorlari rahbarlari Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini quyidagilardan boshlasin: respublika aholisini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish; “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash; olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda hamda tabiiy ofatlar oqibatida yo‘llar talafot ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq (ovul)larga ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish hamda kamida 15 — 20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-5152-son qarorida ko‘zda tutilgan ko‘p kvartirali uylar atrofidagi umumfoydalanishdagi hojatxonalarni yaxshilash tadbirlarini tegishli mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin. 2. Quyidagilar: iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq; iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarining yig‘ma parametrlari 2 — 2o-ilovalarga muvofiq; iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar va ularning manbalari 3 — 3o-ilovalarga muvofiq; ko‘p kvartirali turar joy fondini mukammal ta’mirlash parametrlari 4 — 4o-ilovalarga muvofiq; hududlarda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi umumfoydalanishdagi hojatxonalarni talab darajasida bo‘lmagan ko‘p kvartirali uylarning sanitariya-gigiyenik holatlarini yaxshilash parametrlari 5-ilovaga muvofiq; issiqlik ta’minoti obyektlari va uskunalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash parametrlari 6 — 6n-ilovalarga muvofiq; ichimlik suv ta’minoti obyektlari va uskunalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash parametrlari 7 — 7o-ilovalarga muvofiq; elektr tarmoqlari va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash parametrlari 8 — 8o-ilovalarga muvofiq; gaz ta’minoti obyektlari va qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash parametrlari 9 — 9o-ilovalarga muvofiq; kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish parametrlari 10 — 10n-ilovalarga muvofiq; kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari zaxirasini yaratish parametrlari 11 — 11n-ilovalarga muvofiq; ijtimoiy soha obyektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish parametrlari 12 — 12n-ilovalarga muvofiq; olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, suyultirilgan gazni yetkazib berish va zaxirasini yaratish parametrlari 13 — 13n-ilovalarga muvofiq; ijtimoiy soha obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari 14 — 14o-ilovalarga muvofiq; Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 15-ilovaga; Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalari namunaviy tarkibi 16-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov)ga zarur hollarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 4. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha quyidagi tartib o‘rnatilsin: a) Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov): iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir mahsulotlari, issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi; bir hafta muddatda alohida ishchi guruh tuzgan holda hududlarda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarning holatini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rib boradi; 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan har hafta selektor yig‘ilishini o‘tkazib, mas’ul vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; tasdiqlangan parametrlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz bajargan taqdirda, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi; b) Hududiy komissiyalar: bir hafta muddatda har bir tuman va shaharlarda tegishli vazirlik va idoralarning hududiy organlari rahbarlaridan iborat tuman (shahar) ishchi guruhlarini tashkil etib, ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni mahallalar kesimida belgilab beradi; har bir tuman va shaharda aholining murojaatlarini qabul qilish va ularning tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash bo‘yicha tunu-kun ishlaydigan aloqa tizimini ishga tushiradi; har bir tuman va shahardagi mahallalarda xalq bilan muloqot tarzida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda mazkur qaror bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha belgilab berilgan parametrlarning bajarilishi yuzasidan aholiga hisobot berib borish tizimini yo‘lga qo‘yadi; joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Respublika shtabiga kunlik ma’lumot taqdim qiladi. Tuman (shahar) hokimlari va hududiy ishchi guruhlar a’zolariga qishloq aholi punktlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha belgilangan parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 5. Moliya vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlariga talabdan kelib chiqib zarur mablag‘lar ajratish; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan professional ta’lim muassasalariga ko‘mir mahsulotlarini xarid qilish uchun ajratilgan mablag‘ni vazirlikning kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining respublika darajasida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazib berish choralarini ko‘rsin. Respublikadagi barcha professional ta’lim muassasalarini zarur ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlari mazkur markazlashgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin. Bunda ko‘mir mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq xarajatlar 2022-yilda kasb-hunar maktablarining boshqa xarajatlari uchun rejalashtirilgan budjet mablag‘lari hamda tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2022/2023-yillar qish-bahor mavsumiga g‘amlanadigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash joylari ro‘yxatini (dislokatsiyasini) tasdiqlasin hamda ularni g‘amlash parametrlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 7. Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda: elektr va tabiiy gaz qurilmalarini ta’mirlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yoqilg‘i resurslarini uzluksiz yetkazib berish choralarini ko‘rsin; aholiga, ijtimoiy soha obyektlariga, boshqa toifadagi iste’molchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha muntazam ravishda “mahallabay” tizimida o‘rganishlar olib borib, ajratilgan resurslarni yetkazib berish choralarini ko‘rsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 5-ilovada belgilangan tadbirlarning loyiha-qidiruv ishlari xarajatlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2022-yil 1-noyabrga qadar moliyalashtirsin; kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Respublika komissiyasiga haftalik ma’lumot taqdim etib borsin; kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobot berib borsin hamda mahalliy televideniyelarda har hafta “ochiq muloqot” hamda brifinglar o‘tkazib borilishini ta’minlasin. 9. Quyidagilarga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davriga tayyorlash, jumladan, ularni ta’mirlash va ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish bilan bog‘liq ishlarning sifatli tashkil etilishini nazorat qilish; Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — ichimlik suv ta’minoti va oqova suv obyektlarini kuz-qish davriga tayyorlash ishlarining puxta va sifatli bajarilishini nazorat qilish; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga — ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish qozonlari va ularning issiqlik tarmoqlarini kuz-qish davriga tayyorlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish ishlarining xavfsizligini belgilangan tartibda ta’minlash; Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — kuz-qish davrida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha belgilangan parametrlar bajarilishini hamda iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan oqilona va tejamli foydalanilishini nazorat qilish; Favqulodda vaziyatlar vazirligiga — ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish davriga tayyorlash jarayonida dudburonlar va ventilatsiya tizimlarini ta’mirlash, izolatsiya qilish hamda tozalash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish yuzasidan javobgarlik yuklansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
188
12,245
Qonunchilik
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandiga rasmiy sharh berish to‘g‘risida
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi o‘quv yili uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi bo‘yicha tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek huquqiy normalarni turlicha talqin qilinishining oldini olish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandiga ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin. 2. Mazkur buyruq tasdiqlangandan keyin o‘n kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin. 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin. Mazkur Nizomning 26-bandiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi o‘quv yili (qismlarga bo‘lib to‘langanda oxirgi o‘quv semestri) uchun to‘lov, to‘lovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun to‘lanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi. Bunda, chegirib qolinadigan stipendiya miqdori kontrakt asosida o‘qitish uchun to‘lov miqdorining oxirgi belgilangan stipendiyaning miqdori 0,75 koeffitsiyenti qo‘llangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2004-yil 10-martdagi 2-P va 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1339, 2004-yil 16-aprel) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 17-bandiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi o‘quv yili uchun to‘lov (qismlarga bo‘lib to‘langanda oxirgi o‘quv semestri uchun), to‘lovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun to‘lanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi. Bunda, chegiriladigan stipendiya summasi stipendiyaning bazaviy miqdoridan kelib chiqib oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning oxirgi belgilangan qiymatining miqdoriga 0,75 koeffitsiyentini qo‘llagan holda aniqlanadi. Shunga asosan, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 26-bandida keltirilgan “oxirgi belgilangan” degan so‘zlar to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining miqdoriga taalluqli bo‘lib, chegirib qolinadigan summa — mazkur to‘lov-kontrakt miqdori belgilangan davrdagi stipendiyaning 0,75 koeffitsiyenti qo‘llangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida 2013/2014 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati 6 050 000 so‘mni tashkil etadi. 2013-yil 15-avgustdan stipendiyaning 0.75 koeffitsiyent uchun bazaviy miqdori 231 580 so‘mni, 2013-yil 15-dekabrdan 243 159 so‘mni tashkil etdi. Bunda: bitiruvchi kurs talabalari oxirgi o‘quv yili uchun to‘lovni to‘liq to‘lagan taqdirda, 6 050 000 so‘mdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 463 160 so‘m chegirib tashlanadi va to‘lov miqdori 5 586 840 so‘mni tashkil etadi; bitiruvchi kurs talabalari oxirgi o‘quv yili uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lagan taqdirda, birinchi semestr uchun to‘lov miqdori 3 025 000 so‘mni, 3 025 000 so‘mdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 463 160 so‘m chegirib tashlanadi va ikkinchi semestr uchun to‘lov miqdori 2 561 840 so‘mni tashkil etadi; bitiruvchi kurs talabalari oxirgi o‘quv yili uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lagan taqdirda, birinchi semestr uchun to‘lov miqdori 3 025 000 so‘mni, 2013-yil 15-dekabrdan stipendiyaning miqdori oshirilib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati o‘zgarmagan bo‘lsa, 3 025 000 so‘mdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 463 160 so‘m chegirib tashlanadi va ikkinchi semestr uchun to‘lov miqdori 2 561 840 so‘mni tashkil etadi; bitiruvchi kurs talabalari oxirgi o‘quv yili uchun to‘lovni qismlarga bo‘lib to‘lagan taqdirda, birinchi semestr uchun to‘lov miqdori 3 025 000 so‘mni, 2013-yil 15-dekabrdan stipendiyaning miqdori oshirilib, ikkinchi semestr uchun to‘lov amalga oshirilayotgan vaqtda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati 5 foizga (o‘quv yili uchun 6 352 500 so‘m) oshirilgan bo‘lsa, 3 176 250 so‘mdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 486 318 so‘m chegirib tashlanadi va to‘lov miqdori 2 689 932 so‘mni tashkil etadi.
207
4,581
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 22-iyundagi PF-3764-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 16-apreldagi 212-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroridan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2001-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga ilovaning 1-bandi; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-fevraldagi 89-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 16-modda) ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
103
1,147
Qonunchilik
HAMZA NOMIDAGI O‘ZBEK DAVLAT AKADEMIK DRAMA TEATRIGA “MILLIY TEATR” MAQOMINI BERISh TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda professional teatr san’atini yanada rivojlantirish, Vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimizning o‘lmas merosini, mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlarimizni, bugungi zamonaviy qahramonlar siymosini aks ettiruvchi badiiy barkamol asarlar yaratishni rag‘batlantirish, xalqimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, yosh avlod qalbi va ongiga ezgulik g‘oyalarini singdirishda teatr san’atining rolini yanada kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, atoqli san’at namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomi berilsin va u “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” deb atalsin. 2. Quyidagilar O‘zbek Milliy akademik drama teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin: — buyuk ma’naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, o‘zbek milliy teatri an’analarini izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg‘or uslublarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirgan holda teatr san’atiga tatbiq etish; — milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida o‘zbek milliy teatr san’ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish; — xalqimiz, avvalo yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash; — iste’dodli san’atkorlar, yosh aktyorlar, dramaturg va rejissorlar, sahna san’ati mutaxassislarining salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘ziga xos ijodiy maktab bo‘lib xizmat qilish; — mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, jahonning ilg‘or va nufuzli teatrlari bilan ijodiy muloqot va amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro festivallarda o‘zbek teatri yutuqlarini munosib ravishda namoyish etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida O‘zbek Milliy akademik drama teatrining Nizomini ishlab chiqib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tarif me’yorlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
95
2,753
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘G‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitib va muhokama qilib, Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, qo‘mitaning ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan ilgari surilgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish va isloh etish konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida deputatlar tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan qonunchilik faoliyati dasturiga muvofiq olib borildi. Qo‘mita ijtimoiy sohada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq qonunlarni tayyorlash, amaldagi qonunlar ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil faoliyati olib borish va mazkur yo‘nalishlarga taalluqli dolzarb masalalarni muhokama qilish jarayonida islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularning ro‘yobga chiqarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va mazmun-mohiyatini tushuntirish borasidagi ishlarni amalga oshirdi. Hisobot davrida qo‘mita tomonidan o‘n bitta qonun loyihasi tayyorlandi va Qonunchilik palatasining ko‘rib chiqishi uchun kiritildi. Xususan: “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 38-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (Qonunning yangi tahriri ilova qilingan holda), “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Bu davr mobaynida qo‘mita amaldagi qonunlarning vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishini o‘n uch marta ko‘rib chiqdi. Chunonchi, qo‘mita tomonidan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning Farg‘ona viloyatida ijro etilishi masalasi o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida Qonunning ijro etilishini ta’minlashda ijobiy natijalar bilan bir qatorda jiddiy kamchiliklar mavjudligi ham aniqlandi. Masalan, dorixonalar sanitariya talablariga javob bermaydigan yoki litsenziyasiz ishlayotgan, dori vositalari noqonuniy, bozorlar va ko‘chalarda, sanitariya normalariga xilof sharoitlarda sotilayotgan, dori vositalari “chayqov bozorida” sotilayotgan, nafaqat bozorlarda, balki dorixonalarda ham qalbakilashtirilgan va sifatsiz dorilar sotilayotgan hollar uchraydi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish tavsiya etilib, tegishli qaror qabul qilindi. Qo‘mitaning ish rejasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi o‘rganildi. Natijada nogironlarni, ayniqsa nogiron bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni o‘qitish va tarbiyalash ishida jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Ushbu masalalar qo‘mita yig‘ilishida muhokama etildi va qaror qabul qilindi. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi o‘rganildi. Viloyatda aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilganligi, lekin ularning ijrosi talab darajasida emasligi aniqlandi. Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun ajratilgan kreditlardan belgilangan maqsadda foydalanilmayotganligi, ular o‘z vaqtida qaytarilmayotganligi, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari viloyat tumanlari o‘rtasida notekis taqsimlanayotganligi, bandlik masalalariga doir hisobotlar nomukammal olib borilganligi kabi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur kamchiliklarning barchasi qo‘mita yig‘ilishida atroflicha muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Andijon va Navoiy viloyatlarida ijro etilishi haqidagi masala muhokama qilindi. Bu borada hal qilinishi talab etilayotgan muammolar mavjudligi ta’kidlandi. Xususan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi muammolarni monitoring qilish, xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi malakasini oshirish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish choralarini kuchaytirish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash borasida turli tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligiga e’tibor qaratildi. “Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish, shuningdek vazirliklar va idoralarga mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishi va ishlab chiqilishini ta’minlash tavsiya etildi. Nazorat-tahlil faoliyati natijalariga ko‘ra qo‘mita tomonidan tegishli davlat muassasalariga muntazam ravishda tavsiyalar berib borilganligi joylarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga va ishlar ahvolini yaxshilashga ko‘maklashdi. Qo‘mita a’zolari o‘zlariga berilgan qonun tashabbuskorligi huquqini ro‘yobga chiqarib, to‘rtta qonun loyihasi tayyorladilar hamda ularni o‘rganib chiqish va kelishib olish uchun manfaatdor vazirliklarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yubordilar. Bular “Odamning a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish to‘g‘risida”gi, “Insonni klonlashtirishni taqiqlash to‘g‘risida”gi, “Tibbiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalaridir. Qo‘mita a’zolari hisobot davrida tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘tkazilgan hamda mavzusi qo‘mitaning ish yo‘nalishiga va ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalariga mos bo‘lgan turli konferensiyalar, seminarlar va boshqa anjumanlarda ishtirok etdilar. Ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning qo‘mitalari, Oliy Majlis Senati va uning qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti hamda boshqa muassasalar tomonidan o‘tkazilgan jami 340 ta konferensiya, seminar va davra suhbatida qatnashib, muhokama etilgan masalalar yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Hisobot davrida qo‘mitaga fuqarolardan 611 ta murojaat tushgan bo‘lib, ularning 191 tasi og‘zaki ravishda bayon etilgan. Murojaatlar tegishliligiga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, vazirliklar, idoralar va hokimliklarga yuborilgan. Murojaatlarning ayrimlari qo‘mita tomonidan o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Bundan tashqari, qo‘mitaga turli tashkilotlar va muassasalardan 224 ta yozma murojaat tushgan. Ular ham o‘rganilib, murojaat qilganlarga javoblar qaytarilgan. Murojaatlardan 57 tasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar bayon etilgan bo‘lib, ularning ko‘pi qonun loyihalarini tayyorlash jarayonida inobatga olingan. Ijtimoiy sohada keng miqyosda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini aholiga yetkazish, huquqiy bazani mustahkamlash, amaldagi qonun hujjatlarining ijro etilishi va parlament faoliyatini yoritish maqsadida qo‘mita a’zolari bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. Radio va televideniye orqali 700 taga yaqin chiqish tashkil etildi, gazetalar va jurnallarda 295 ta maqola e’lon qilindi. Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga doir hisobotni eshitib va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi: qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlasin, qonun loyihalarini tayyorlash va ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish borasidagi ishlar o‘z vaqtida bajarilishiga e’tiborni kuchaytirsin; o‘z zimmasiga nazorat qilish vazifasi yuklatilgan sohaning muhimligini hisobga olib, qabul qilingan qonunlarning joylarda ijro etilishini kuzatib borish hamda qonunlarning ijrosi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ta’sirchan takliflar kiritish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkil etsin; fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida sayyor yig‘ilishlar o‘tkazish amaliyotini yanada kengroq qo‘llasin, qabul qilinayotgan qonunlarning ahamiyati va mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish maqsadida ularni markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil etish ishlarini kuchaytirsin; jamoatchilik ekspert guruhi tarkibini tajribali mutaxassislar bilan kuchaytirgan holda uning qonun loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish masalalariga doir ishini faollashtirsin; “Yoshlar yili” Davlat dasturini amalga oshirish masalalarida qo‘mita a’zolarining faol ishtirok etishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi mazkur Qarorning ijrosi to‘g‘risida 2008-yil yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etsin. 4. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Rustamov zimmasiga yuklatilsin.
185
11,224
Qonunchilik
MIJOZLARGA HISOBVARAQLAR OChISh, ULARNING HISOB-VARAQLARIGA PUL MABLAG‘LARINI HISOBGA KIRITISh VA HISOBDAN ChIQARISh, ISh HAQI VA QONUN HUJJATLARIDA BELGILAB QO‘YILGAN BOShQA EHTIYOJLAR UChUN NAQD PUL MABLAG‘LARINI BERIShNING O‘RNATILGAN TARTIBLARINI
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida” 2006-yil 7-fevraldagi 18-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablag‘larini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablag‘larini berishning o‘rnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga (2001-yil 30-iyun, ro‘yxat raqami 1044 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 12-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. 1. Nizomning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida” 2006-yil 7-fevraldagi 18-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan”. 2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Qonunchilikda o‘rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron to‘lovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilgan elektron to‘lovlarni qaytarishning o‘rnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida o‘rnatilgan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashi shart. Bankning aybi bilan elektron to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirda, u mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablag‘larni qaytarishni, shuningdek, kechiktirilgan har bir kun uchun noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summaning 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega”.
250
3,119
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2682-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-700-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 10-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2682-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-700-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
183
719
Qonunchilik
2011 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLISh BO‘YIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
2011-yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida: 1. 2011-yil don hosili o‘rim-yig‘imini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish hamda o‘tkazish, shuningdek g‘alla kombaynlaridan samarali foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Uzagromashservis” uyushmasi va uning hududiy birlashmalari, mashina-traktor parklari rahbarlari zimmasiga yuklansin. 2. Quyidagilarni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hokimlarining, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning hududiy birlashmalari, mashina-traktor parklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining eng asosiy vazifasi deb hisoblansin: g‘alla kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yig‘iladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda g‘allaga dastlabki ishlov berish uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qo‘yish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini joriy yilning 20-mayigacha tugallash; tayyorlov korxonalari va punktlarida xo‘jaliklardan g‘allani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligini bartaraf etib, amaldagi standart normativlarning talablaridan oshirmagan holda qabul qilish; idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga g‘alla tashish uchun yaroqli bo‘lgan transport vositalarini shartnoma asosida jalb etish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bilan birgalikda xo‘jaliklar bilan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan g‘alla uchun, transport tashkilotlari bilan qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan don mahsulotlari korxonalariga g‘allani yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, mashina-traktor parklari bilan ko‘rsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun hamda g‘alla kombaynlari operatorlariga ish haqi to‘lash uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish. Belgilansinki, g‘allani don qabul qilish korxonalariga yetkazish bo‘yicha transport xarajatlari avtokorxonalar, qishloq xo‘jalik korxonalari va don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan to‘lanadi. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq g‘alla yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari (fermyerlar) birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘allani xarid qilishga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishlari va shundan keyin yangi hosil g‘allasini boshqa maqsadlarga yo‘naltirishlari lozim. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda ularni viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yo‘llasin. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan so‘ng ularni qaytarib olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini ta’minlasinlar. Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari: fermer xo‘jaliklari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan so‘ng ularni qaytarib olib kelish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli shartnomalar tuzilishini; tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilg‘i-moylash materiallari bilan — fermer xo‘jaliklari mablag‘lari hisobiga ta’minlasinlar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2011-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-taroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar. Yerlarni shudgorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi qat’iyan taqiqlansin. 6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘alla va urug‘lik materiali sifati ustidan tegishli nazorat o‘rnatsinlar. Urug‘lik g‘allani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar g‘allaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek oziq-ovqat g‘allasidan urug‘lik maqsadida foydalanish taqiqlansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-sentabrdagi PQ-1404-sonli Qaroriga muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan superelita va elita urug‘ini to‘liq hajmda xarid qilishga alohida e’tiborni qaratgan holda 2012-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli g‘amlanishi uchun shaxsan javobgarliklari belgilab qo‘yilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xo‘jaliklar tomonidan don sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilish korxonalari bo‘yicha muntazam ravishda tekshirib tursin va hisobotlarni buzib ko‘rsatish bo‘yicha aniqlangan holatlar to‘g‘risida tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin. 9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
105
6,747
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak”; b) 30-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak”. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda): a) O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 21-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Turg‘un savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak”; b) O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari 14-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak”.
250
2,236
Qonunchilik
IIO хodimlari kasb bayrami arafasida taqdirlandi
Prezidentning 23.10.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari хodimlari kuni munosabati bilan bir guruh хodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.    Ma’lumot uchun: Ichki ishlar organlari хodimlari kuni mamlakatimizda 25 oktyabr kuni nishonlanadi. Mamlakatimizda jamoat хavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi koʻp yillik fidokorona mehnati, хizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat koʻrsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi uchun IIV, ichki ishlar boshqarmalarining alohida хodimlari II darajali «Shon-sharaf», «Doʻstlik», «Mardlik» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq хizmatlari uchun» hamda «Shuhrat» meddallari bilan mukofotlandi. Eslatib oʻtamiz, «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, davlat mukofotlariga loyiq topilgan shaхslar imtiyozlardan foydalanishadi va bir marotabalik pullik mukofot yoki teng qiymatli esdalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi. Lenara Xikmatova.
48
1,072
Qonunchilik
YoNG‘INGA QARShI AVTOMATIKA VOSITALARINI, QO‘RIQLASh SIGNALIZATSIYALARINI, YoNG‘INDAN DARAK BERUVChI VA YoNG‘INDAN SAQLOVChI SIGNALIZATSIYALARNI LOYIHALAShTIRISh, MONTAJ QILISh, SOZLASh, TA’MIRLASh VA ULARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh FAOLIYATINI LITSE
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasini davlat tomonidan samarali tartibga solish, ishlab chiqarish va boshqa obyektlarni yong‘indan saqlashning ishonchli texnik vositalarini yaratishda yagona muhandislik-texnika siyosatini o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov): bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin; yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati sohasidagi yangi talablar va shartlar to‘g‘risidagi axborot ikki oy muddatda litsenziatlar-yuridik shaxslarga yetkazilishini va tushuntirish berilishini ta’minlasin; yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun haqiqiy litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bilan 2004-yil mobaynida mazkur Nizomda nazarda tutilgan yig‘imlar va bojlarni undirmasdan tasdiqlangan Nizom asosida litsenziya shartnomasi tuzsin; litsenziatlar faoliyati hamda ular tomonidan mazkur sohada amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga, normalar va standartlarga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlasin. 4. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (A.R. Toxtayev), “O‘zstandart” agentligi (R.A. Bo‘riyev), “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (Sh.O‘. Umarov) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qurilish me’yorlari va qoidalarining yong‘inga qarshi avtomatika vositalariga, qo‘riqlash signalizatsiyalariga, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarga taalluqli qismini qayta ishlab chiqsinlar hamda tegishli normativ va yo‘riqnoma hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar kiritsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda foydalaniladigan tushunchalar va ta’riflar: yong‘inga qarshi avtomatika vositalari — obyektda (bino, inshoot, xona, hududda) yong‘in chiqishi belgilari to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish va ularga ishlov berish, yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish hamda yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan kuchlar va vositalarni xabardor qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi; qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalari — obyektni (bino, inshoot, xona, hududni) qo‘riqlashning ahvoli to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish, ularga ishlov berish, uzatish va aks ettirish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar yig‘indisi; yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyasi vositalari — yong‘in belgilarini aniqlash, tegishli axborotga ishlov berish va ularni uzatish, yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi kuchlar va vositalarni avtomatik tarzda xabardor qilish, shuningdek yong‘inni o‘chirish avtomatik qurilmalarini ishga tushirishga komanda berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar yig‘indisi; qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari — qo‘riqlash signalizatsiyasi va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning qo‘shma tizimlari. 3. Obyektlarda o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanadi va faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Avtotransport vositalarida o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanmaydi. 4. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi. 5. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi. 6. Litsenziyaning amal qilish muddati 5 yil. 7. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya litsenziyalanadigan faoliyatning bir qismiga berilishi mumkin. 8. Litsenziya talabgoriga va litsenziatga quyidagi talablar qo‘yiladi: yuridik shaxs-litsenziya talabgorining doimiy shtatida maxsus tayyorgarlikka va tegishli ixtisoslik (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida ikkita xodimning mavjud bo‘lishi; litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur moddiy-texnik bazaning, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjud bo‘lishi; litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga, yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi normativ hujjatlar va standartlar talablariga rioya etilishi; litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha ishlarni bajaruvchi xodimlar to‘g‘risida litsenziyalovchi organga har yili ma’lumotlar taqdim etish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlangan yoki qo‘llash uchun “Qo‘riqlash” respublika birlashmasi yoki Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ruxsat berilgan yong‘inga qarshi avtomatika vositalari, qo‘riqlash signalizatsiyasi, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari va tizimlaridan foydalanish; yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyasini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish loyihalarining hisobini olib borish va ularni ishlatishning butun davrida loyihalarning (yoki ularning nusxalarining) saqlanishini ta’minlash; litsenziat tomonidan obyektlarda o‘rnatilgan yong‘inga qarshi avtomatika vositalari, qo‘riqlash signalizatsiyasi, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi to‘g‘risidagi axborotlarning, shuningdek obyektni qo‘riqlash va uning xavfsizligini ta’minlash tizimi to‘g‘risida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish jarayonida ma’lum bo‘lib qolgan boshqa ma’lumotlarni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning ko‘rilishi; litsenziat tomonidan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyasi, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini loyihalashtirish va montaj qilish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi, jihozlangan obyektlarning idoraviy qarashliligi, o‘rnatilgan priborlar va ko‘rsatkichlarning turi va miqdori ko‘rsatilgan holda ma’lumotlarning, shuningdek ishlarni bajarishda ishtirok etgan shaxslarning ro‘yxati har yili Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilishi. 9. Litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda: ilgari sudlangan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning; ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi shaxslarning ishga yollanishiga yoki jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. Litsenziyalovchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladigan litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o‘tilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin. 11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ; yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha mutaxassislarning malaka tarkibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma’lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxasi) ilova qilingan ro‘yxati; litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 14. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 15. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi va litsenziyalovchi organ yig‘imni litsenziyalashda ishtirok etgan bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlaydi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 16. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. Litsenziyalovchi organ xulosa tayyorlash uchun o‘z mablag‘lari hisobiga: litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash; tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega. 17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 18. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak: bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi; tomonlarning rekvizitlari; amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi (uning bir qismi)ning nomi; litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari; litsenziyaning amal qilish muddati; litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi; litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi. Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. 19. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan tasdilanadi va litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar blankalarining saqlanishi uchun javob beradi. Litsenziyalovchi organ nomidan litsenziyalar Ichki ishlar vazirligi vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi hamda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi. 20. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga haqlidir. 21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. 22. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan, muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 23. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilganligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar (dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, sertifikatlar, formulyarlar va boshqalar) bilan birgalikda arizasi olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi. Bunda litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 24. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi; Rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan litsenziya berish muddati tamom bo‘lgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi. 25. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ushbu qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 26. Yuridik shaxs-litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. 27. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi hamda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 29. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. 30. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida axborot e’lon qilishi va e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart. Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 31. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida: litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish; litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga majburiyat yuklovchi qarorlar qabul qilish; litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish. 33. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi. 34. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. 35. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan qaror asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi. 36. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. 37. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni; litsenziyalanadigan faoliyat turining nomi; litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami; litsenziyaning amal qilish muddati; litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi; litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi; litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi. 38. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi. 42. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi. 43. Davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
250
22,606
Qonunchilik
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 17-aprelda kiritilgan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishdagi muhokamasida ushbu loyihaga bevosita taalluqli bo‘lgan tijorat banklari va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi vakillarining ishtirok etmaganligi munosabati bilan hamda deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni va tavsiyalarni inobatga olgan holda, shuningdek parlament quyi palatasida mazkur qonun loyihasi muhokamasining xolisligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 17-aprelda kiritilgan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-489-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi kun tartibidan chiqarilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi mazkur qonun loyihasi muhokama qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillari qatorida tijorat banklarining va O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi vakillarining ishtirokini ta’minlasin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
188
1,552
Qonunchilik
Investorlarga koʻchmas mulkni sotib olishda soliqlarni toʻlashni kechiktirish huquqi beriladi
Prezidentning 02.11.2021 yildagi “Mahalliy va хorijiy investorlar tomonidan soliqlarni toʻlashni kechiktirish meхanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5274-son qarori qabul qilindi. Hujjatga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga umumiy maydoni 1000 kv. m dan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni 6 oy muddatga kechiktirish huquqi beriladi. Quyidagilar kechiktirish huquqidan foydalana olishmaydi: Kechiktirilgan soliqlar summasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlar qiymatidan kelib chiqib hisoblangan soliqlar miqdorida belgilanadi. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish huquqidan yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 3 oy muddat ichida soliq хizmati organlarini хabardor qilgan va uning toʻlanishini ta’minlash (garov) talab etilmagan holda foydalanish mumkin. Kechiktirishning amal qilish muddati davlat soliq хizmati organlariga хabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi. Uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida toʻlab beriladi. Foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab MB asosiy stavkasining 50%i miqdorida hisoblanadi. Yer uchastkasi va (yoki) bino va inshootlar kechiktirish muddati davomida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan takdirda, hisoblangan soliqlar summasi toʻliq miqdorda undiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.11.2021 yildan kuchga kirdi.   Elmira Siraziyeva.
93
1,706
Qonunchilik
Tibbiy yordam sifati oshiriladi
Prezident tomonidan 26 iyul kuni “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. Hujjat 2021-2022 yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari (keyingi oʻrinlarda – Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etilishini nazarda tutadi. Markazlarning asosiy vazifalari: Markazlarga hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha oʻrinlar ajratiladi. Ularga hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qoʻshimcha neyroхirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi. Markazlarga tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. Quyidagilar tasdiqlandi: Elmira Siraziyeva.
31
1,028
Qonunchilik
MB va Visa raqamli toʻlovlar infratuzilmasini rivojlantiradi
Markaziy bank va VISA хalqaro toʻlov teхnologiyalari kompaniyasi ushbu sohada Oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar, deya хabar berdi MB oʻzining Telegram-kanalida. Ular yangi raqamli mahsulotlarni joriy etish yoʻli bilan elektron toʻlovlar tarmogʻini kengaytiradilar, shuningdek, bunday toʻlov tizimini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik qiladilar. Tomonlar butun mamlakat boʻylab kartalarni qabul qilishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini banklar va savdo sub’yektlariga risklarni boshqarishning ishonchli vositalarini taqdim etish orqali amalga oshirishga kelishib oldilar. Hamkorlar mahalliy banklar bilan mobil va elektron toʻlovlar хavfsizligini ta’minlash uchun karta hisob raqamlarini tokenlashtirishni* joriy etish, shuningdek, хatarlar va firibgarlik operatsiyalari boʻyicha ma’lumotlar almashish boʻyicha ish olib borishni rejalashtirmoqdalar. ___________________ * ma’lumotlarning maхfiy elementini token deb nomlanadigan, tashqi yoki ichki foydalanish uchun mustaqil ma’noga/ahamiyatga ega boʻlmagan maхfiy boʻlmagan elementga almashtirish jarayoni.
60
1,151
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son qarorining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 22-modda): o‘n birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining hisob (budjetdan tashqari) raqamiga” so‘zlari “respublika budjetiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘mir tannarxini pasaytirish va ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-avgustdagi 345-son qarorining 5-bandida: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi va oltinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi va beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
92
1,660
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi QL-753-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi QL-753-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi o‘n kun ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
156
812
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidag
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlarga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ta’lim muassasalariga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish tartibini takomillashtirish hamda ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori hamda “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berishda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish tartibini joriy etish; oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan kam ta’minlangan oila tushunchasi mezonlarini aniqlashtirish; tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini berish; oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan xotin-qizlar doirasini kengaytirish; ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish; tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish jarayonini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan bog‘lash; oilaning ehtiyojmandlik darajasini “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibini joriy etish. 3. Belgilansinki: tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi; tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi; oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin. 1. Qarorda: a) nomidagi “xotin-qizlarga” so‘zi “ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin. b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”. 2. Ilovada: a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”; b) 1-bandga “xotin-qizlarga” so‘zlaridan oldin “ehtiyojmand oilalardagi” so‘zlari qo‘shilsin; v) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi; to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi”; g) 3-banddagi “Xotin-qizlarning” so‘zlari “Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Tavsiyanoma ishchi guruh yig‘ilishining yakuniy bayonnomalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining buyrug‘i asosida elektron hujjat shaklida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladi. 5. Tavsiyanoma Nizomga 2-ilovadagi sxema bo‘yicha oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga beriladi”; e) 6-bandga “doirasida” so‘zidan keyin “ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning” so‘zlari qo‘shilsin; j) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Respublika oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda — qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari) har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan respublika hududlari kesimida tasdiqlanadi”. z) 8-bandga “tavsiyanomaga ega” so‘zlaridan keyin “ehtiyojmand oilalardagi” so‘zlari qo‘shilsin; i) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limlarida tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) tuziladi. Ishchi guruhlar tarkibiga tegishlicha tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi rahbari kiradi”; k) 15-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “15. Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari ishchi guruhi bilan birgalikda ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning hujjatlarini mazkur Nizomning 2-bandi asosida har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qiladi”; l) 16-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; m) 17 — 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “17. Ishchi guruhlar qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga talabgorlarning hujjatlari mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi. 18. Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan mezonlardan birini tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi hamda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi. Ishchi guruhlar zarur hollarda oilaning ehtiyojmandligi darajasini “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlaydi. 19. Ishchi guruhlar talabgorlarning arizalarini har yili 10-iyunga qadar ko‘rib chiqadi va tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantiradi. Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzilib, ishchi guruhlar rahbarlari va a’zolarining elektron raqamli imzolari bilan imzolanadi. Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakuniy bayonnomalari asosida tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining buyrug‘i elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi. 20. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi har yili 14-iyunga qadar: qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga ishchi guruhlar tomonidan tavsiya etilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxati asosida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi; tavsiyanomalar berilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etadi; tavsiyanomalar berilgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi; ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarni tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga yuboradi. 21. Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari har yili 15-iyunga qadar tavsiyanomaning talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi”; n) 22 — 27-bandlarga “xotin-qizlar” so‘zlaridan oldin “ehtiyojmand oilalardagi” so‘zlari qo‘shilsin; o) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
250
12,692
Qonunchilik
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 28-martdagi 82-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2353, 2012-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 184-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
86
972
Qonunchilik
Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish to‘g‘risida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, fizika, matematika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatish hamda iste’dodli yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktab deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin: fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni tanlash, ularga zamon talablari darajasida chuqurlashtirilgan bilim berish, oliy ta’lim tizimi uchun yuqori intellektual salohiyatli yoshlarni tayyorlash; har bir iqtidorli o‘quvchining individual kamol topishi xususiyatlarini inobatga olib ularga professor-o‘qituvchilarni biriktirish, mustaqil ta’lim olish hamda ilmiy-ijodiy ish bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish va istiqbolda rivojlantirish; iqtidorli o‘quvchilarning respublika va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta’minlash; ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar uchun yuqori sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish; ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion va samarali usullarini, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish; yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda o‘qitiladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha maxsus darsliklar, elektron o‘quv adabiyotlari, metodik ishlanmalar yaratish, o‘quvchilarning fan sirlarini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi davlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar va kimyo-biologiya yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar o‘quvchi tegishlicha fizika-matematika va kimyo-biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan tanlov asosida qabul qilinadi; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati hamda mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi; ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar (shahodatnoma, attestat) beriladi; ixtisoslashtirilgan maktab direktori Samarqand davlat universiteti rektorining tavsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining: Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining bino va inshoatlarini tegishli hududi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan maktabga; Samarqand shahar, Professorlar ko‘chasi, 51-uy manzilida joylashgan Samarqand moliya va iqtisodiyot kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining binolarida tahsil olayotgan Samarqand bank kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirganlariga qadar ixtisoslashtirilgan maktabga berilayotgan binolarda; Samarqand moliya va iqtisodiyot kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq 2020-yil va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktabning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin. 6. Ixtisoslashtirilgan maktabning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin; bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda: ikki oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktabning ustavini tasdiqlasin hamda uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabni zarur o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; ixtisoslashtirilgan maktabga oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog kadrlarni jalb etish choralarini ko‘rsin. 8. Samarqand viloyati hokimligi 2019-yil mahalliy budjet parametrlarida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabni joriy saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-maydagi 438-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
115
7,118
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlarini va boshqa to‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to‘lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. 2. Jamg‘arma idoraviy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarashli hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosariga, Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi raisiga hisob beradi. 3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Jamg‘arma o‘z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Jamg‘arma tizimiga: Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari; Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari kiradi. Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining ta’minoti quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi: Jamg‘arma ijro etuvchi apparati — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari; hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari. 6. Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi. 7. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash; pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish; tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy tahlilini o‘tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash; boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b”-“j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish; 8. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) Jamg‘armaning daromadlari bo‘yicha: Jamg‘arma ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligidagi (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb ataladi) hisob raqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlaydi; har yili manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamg‘arma daromadlari tushumlar prognozini ishlab chiqadi; davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining o‘rtacha va uzoq muddatli prognozlarini tayyorlaydi; boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga sarflangan mablag‘larni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘larni yuridik shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi; ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar tushishi hisobini olib boradi; b) pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash hamda qayta hisoblab chiqish bo‘yicha: pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va qayta hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan taqdimnomalar, arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi; pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi, ko‘rib chiqadi va tekshiradi; Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlarida pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etadi; zarur tarzda rasmiylashtirgan hujjatlarga muvofiq va pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyalar qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalarni tayinlaydi va ularni qayta hisoblab chiqadi; pensionerlarning pensiya ishlarini va ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslarning ishlarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, pensionerlarga pensiya guvohnomalari beradi; pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan taqdim etilgan pensiyalar, Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar olish huquqini beradigan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi; v) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarga xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha: pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni hisoblab chiqish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish yuklatilgan tijorat banklari filiallari orqali pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi; pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot, banklar tomonidan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yetkazib berilishi hamda to‘lanishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi; yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga, shuningdek dehqon xo‘jaliklari a’zolariga — ular tomonidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar to‘langan taqdirda, chaqaloq tug‘ilganda beriladigan nafaqalar hamda dafn marosimi nafaqalarini hisoblaydi va to‘laydi; tashkilotlarning ishlaydigan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov, Chernobil halokati oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi; g) fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha: ommaviy axborot vositalari yordamida respublika aholisini fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha xabardor qiladi; belgilangan tartibda tayinlangan shaxsiy pensiyalar to‘lanishini tashkil etadi; imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, imtiyozli pensiyalarni takomillashtirish va tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi; jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi; Pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi monitoringini olib boradi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zamonaviy nazariy ishlanmalarni va xorijiy tajribani o‘rganadi; Jamg‘armaning mablag‘larini oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi; pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi; pensiya ta’minoti masalalari va Jamg‘armaning vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi; d) Jamg‘arma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha e’tiroz-da’vo ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi. 9. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Jamg‘arma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘armaning vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik hujjatlarni ishlab chiqish; ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash, shuningdek pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha takliflar kiritish; Jamg‘arma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: a) ijtimoiy soliq: belgilangan miqdorlardagi ijtimoiy soliq tushumlari; jismoniy shaxslar ayrim toifalarining ijtimoiy soliq tushumlari; b) boshqa to‘lovlar: boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 80 foizi; hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari); yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar. 11. Ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni o‘tkazish Jamg‘arma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi bo‘yicha Jamg‘armaning G‘aznachilikdagi tegishli hisob raqamlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari: manbalar turlari bo‘yicha Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi nazorat qilinishini; manbalar turlari va to‘lovchilar bo‘yicha Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar hisobi yuritilishini; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanishini, shuningdek Jamg‘arma bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini; qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishini; har chorakda Jamg‘armaga yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Jamg‘arma bilan axborot almashinuvini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hamkorlikni amalga oshiradi va Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga: Jamg‘armaga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha vazirliklar, idoralar va hududlar kesimidagi ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha (boqimanda) qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor hisobotni; yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 25 kun mobaynida ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni hisoblash to‘g‘risidagi hisobotni vazirliklar, idoralar va hududlar bo‘yicha taqdim etadi. 14. Jamg‘arma mablag‘lari: fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari; 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa xarajatlar uchun sarflanadi. Boshqa xarajatlar bo‘yicha Jamg‘arma smetasi Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 15. Fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari ochiladi. 16. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘lov to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi. 17. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. 18. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni moliyalashtiradi. 19. Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi. 20. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15-iyundan kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. 21. Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. 22. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) yetkazadi. 23. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish: yuridik va jismoniy shaxslardan ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati organlari tomonidan; Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 24. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga: har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor axborotni; tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. 25. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jamg‘arma Kuzatuv kengashining majlislari yil choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi. Majlisni Kuzatuv kengashi raisi, u bo‘lmaganda esa — raisning o‘rinbosari o‘tkazadi. Kuzatuv kengashi majlisi, agar unda kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa huquqiy vakolatli bo‘ladi (kvorumga ega bo‘ladi). Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 26. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash; vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Jamg‘armaga ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ijro etuvchi direktorini, uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish; Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Pensiyalar tayinlash bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limi komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish, uni o‘z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish; topshiriqlar, vedomostlar va pochta o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar jo‘natilishi va yetkazib berilishi bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash; Jamg‘arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish. 27. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi. 28. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. 29. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. 30. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Jamg‘armaning tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo‘yicha Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 32. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining raisiga bo‘ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. 33. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori: Jamg‘arma faoliyatiga rahbarlik qiladi; o‘z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma o‘rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi; o‘z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg‘armaning tarkibiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi; Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o‘rinbosarlarini, Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi hamda ularning rotatsiyasini amalga oshiradi; pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi; Ijro etuvchi direktor bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari taqsimotiga asosan direktorning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi. 34. Jamg‘arma Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini quyidagi manbalar hisobiga shakllantiradi: boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 15 foizi; ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarning Jamg‘armaga o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar, penyalar summasining 5 foizi; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 20 foizi; Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, shuningdek Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 35. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun nazarda tutilgan Jamg‘arma mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi, Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy maqsadli foydalanilishi uchun javobgardir. 36. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘laydigan tashkilotlar Jamg‘arma mablag‘larining o‘z vaqtida va maqsadli to‘lanishi uchun javobgardir. 37. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda davriy buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadi. 38. Jamg‘armaga muddatida to‘lanmagan ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlarni undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 39. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lashda Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek tashkilotlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari tomonidan amalga oshiriladi. 40. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Jamg‘armaning ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy organlari tomonidan, mustaqil ekspertlar jalb qilingan holda bosh, tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalari va xulosalar hujjatlari takroran ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin. 41. Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarning, shuningdek tashkilotlarning ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha xarajatlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilishi yuzasidan monitoring olib borish Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati va uning hududiy boshqarmalari hamda joylardagi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
131
29,109
Qonunchilik
OʻzRTXB yangi «D-Xarid» mobil ilovani ishga tushirdi
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хom ashyo birjasining saytida qayd qilinishicha, ilova elektron davlat хaridlari tizimida yetkazib beruvchilar sonining ortishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. «D-Xarid» ilovasini Google Play dan yuklab olish mumkin. U ham buyurtmachilarga, ham davlat хaridlari boʻyicha elektron savdolarda ishtirok etayotgan yetkazib beruvchilar uchun qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Mobil qurilmaga ilovani oʻrnatgan holda buyurtmachi uning elektron buyurtmasi boʻyicha kelib tushgan muqobil takliflar  haqida хabarnomalarni tezkor ravishda olishi mumkin. Bunda mobil yordamchi buyurtmachiga shaхsiy kabinetdan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi. Unda tuzilgan bitimlar haqida aхborot va hisobvaraqning holati aks etadi. Oʻz navbatida yetkazib beruvchilar yangi ilova vositasida elektron auksionda ishtirok etishlari mumkin. Yangiliklar elektron davlat хaridlari tizimida raqobatni kengaytirishga qaratilgan boʻlib, u oʻz navbatida хaridlar qiymatini pasaytirish va  shu bilan byudjet mablagʻlarini tejash imkonini beradi. Yaqin kelajakda shu kabi ilova korporativ хaridlar tizimida ham ishga tushiriladi. Bundan tashqari, maqsadli auditoriyani kengaytirish maqsadida birja mutaхassislari «UZEX» mobil ilovani ishlab chiqib, joriy etishdi. Shu tufayli Apple mahsulotlari foydalanuvchilari oʻz mijozlarini birja savdolariga qoʻyilgan tovarlar haqida хabardor qilishlari, shuningdek manfaatli birja kontraktlarini imzolashlari mumkin boʻladi. Ilova orqali tovarni yuklash yoki birja bitimini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham kuzatish mumkin.
52
1,584
Qonunchilik
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi to‘rt yil davomida xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash, ularning oila a’zolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy qilindi. Shu bilan birga, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning reintegratsiyasini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan shaxslarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, fuqarolarning chet elda bo‘lish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash, shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda xorijda ishga joylashtirish, ular bilan doimiy muloqot qilish va muammolarini tizimli hal qilishni tashkil etish, Vatanga qaytib kelganidan so‘ng ish bilan ta’minlash bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining faoliyati qoniqarsiz deb topilsin. 2. Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini oshirish, ushbu maqsadda vazirlik, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish; tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlash; xorijga ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish; xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlashga va ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish; mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish. 3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi; hududiy filial rahbarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha yordamchilari hisoblanadi; hududiy filial rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning faoliyatiga fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘radi; hududiy filiallar xodimlari tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini oshirish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantiriladi; Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarga mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot beradi, xodimlarini rag‘batlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadi. 4. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilsin: xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan xorijga fuqarolarni ishga yuborish; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari bilan chet davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish; xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar o‘rnatish va muzokaralar o‘tkazish; xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarini jalb qilish. 5. Quyidagilar: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga* muvofiq; Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq; 2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq; 2021-yilda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish uchun hududlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan kollejlar va texnikumlarda mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslarini 6-ilovaga muvofiq tashkil etsin; qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlarini xorijiy yirik ish beruvchilarning talablariga moslashtirsin; xorijiy ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatsin hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlasin; xorijiy yirik o‘quv markazlari bilan ikki tomonlama bitim imzolasin hamda qisqa muddatli kurslar o‘qituvchilarini malaka oshirishga yuborishni tashkil etsin. Belgilansinki, qisqa muddatli kurslarda o‘qitish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, ushbu maqsadlarga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish, metodik ta’minotni yaratish, xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislarini va yetakchi ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini jalb qilish, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining pedagogik mahoratini oshirish huquqi berilsin. 10. 2021-yil 1-yanvarga qadar: Toshkent shahar hokimligi Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazini; Farg‘ona viloyati hokimligi Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabini; Sirdaryo viloyati hokimligi Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadbeer” rekruting markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchilarni tayyorlash o‘quv markazini; Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi professional ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida “IT School” o‘quv markazlarini, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasblarga tayyorlash o‘quv markazlarini tashkil qilsin. 11. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi; mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yo‘l haqini to‘lash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi; mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Bunda, mikroqarz hamda unga hisoblangan foizlar qarz oluvchining (oila a’zolarining) topshirig‘iga muvofiq ularning hisobvaraqlariga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan mablag‘lardan ushlab qolish yo‘li bilan hamda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa usullarda to‘lanishi mumkin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda manfaatdor tijorat banklari bilan mikroqarzlarni berish, ularning ta’minotiga qo‘yiladigan talablar va qaytarish tartibini nazarda tutuvchi kelishuv bitimini tuzsin. 12. 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi. 13. Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekiston Respublikasida ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish; 2021-yil 1-iyunga qadar Bolgariya, Latviya, Isroil, Finlyandiya, Polsha va Kanada bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mazkur davlatlardagi tashkillashtirilgan mehnat faoliyati to‘g‘risida hamkorlik bitimlarini tuzish; 2021-yil 1-yanvarga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ekaterinburg, Novosibirsk, Samara va Ufa shaharlaridagi vakolatxonalarini ochish hamda ushbu vakolatxonalar faoliyatini mazkur hududlardagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan muvofiqlashtirish choralarini ko‘rsin. 14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan fuqarolarga to‘lanadigan bir martalik moddiy yordam miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi: 2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga migratsiya va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur davlatlardagi advokatlik tashkilotlari o‘rtasida ochiq tanlovni o‘tkazsin va tanlov g‘oliblari bilan bitimlar tuzsin; uch oy muddatda mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish bo‘yicha onlayn platformani yaratsin, xususiy sektorni jalb qilgan holda Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz”ni tashkil qilsin; advokatlik firmalari hamda “Call-markaz”ning xizmatlari qiymatini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplasin. 16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining: xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularga munosib ish topib berish va boshqa yo‘nalishlarda yaqindan yordam ko‘rsatib kelayotgan shaxslarni diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining “faxriy konsuli” hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining “jamoat maslahatchisi” etib tayinlash; “faxriy konsul” va “jamoat maslahatchi”larini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish amaliyotini joriy qilish; diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoshlar, ish beruvchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam ko‘rsatib kelayotgan boshqa shaxslar ishtirokidagi Maslahat kengashlarini tashkil etish; Maslahat kengashlari tomonidan xorijiy davlatlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muammolarini hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbatlarini o‘tkazish, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish; xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari, ish beruvchilar va Maslahat kengashlarining “labor migration” dasturiy majmuasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 17. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan shaxslarga: a) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi: tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka o‘qish; kredit olishda ta’minot sifatida taqdim etiladigan sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish; a1) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan vaqtdan boshlab birinchi uch oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini to‘lash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi. b) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi. 18. Moliya vazirligi 2021-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 11 va 17-bandlarida belgilangan choralarni amalga oshirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 19. Belgilab qo‘yilsinki, tuman va shahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila a’zolarining: holidan muntazam xabar olib, muammolari va ehtiyojlarini aniqlaydi hamda ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi; moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularga zarur tibbiy patronaj xizmatini ko‘rsatish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratish, farzandlarining ta’lim olishidagi muammolarini hal qilish, mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi. Tuman va shahar sektor rahbarlari mazkur bandda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha yordamchisiga har oyda bir marta axborot berib borsin. 20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: bir hafta muddatda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish imkonini beruvchi uzluksiz ishlaydigan “1282” qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil etsin; rivojlangan davlatlardan taklif etilgan ish beruvchilar, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida xalqaro mehnat yarmarkalari, konferensiya va seminarlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin. 21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida: a) quyidagilar: xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari, chet davlatlarning mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, mehnat bozorida mavjud bo‘lgan talab yuqori bo‘lgan kasblar, mazkur kasblarga o‘qitadigan ta’lim muassasalari to‘g‘risida; viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va sektorlar, mahalla va mehnat organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migratsiyasi sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, chet mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida maxsus dastur va lavhalarni efirga uzatib borsin; b) ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston telekanallarining Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlarda efirga uzatish qamrovini yanada kengaytirsin. 22. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E. Muxitdinov — Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini amalga oshirish va yanada takomillashtirish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini tubdan oshirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin; tashqi ishlar vaziri A. Kamilov — O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalarining mehnat migrantlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqot o‘rnatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirsin hamda mazkur jarayonga xorijdagi vatandoshlar tashkilotlarini jalb qilsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining faoliyatini lozim darajada tashkil qilsin, mehnat migrantlari hamda ular oila a’zolarining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, moliyaviy yordam berish, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; Bosh vazir maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘i M. Xayriddinov — fuqarolarni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish maqsadida dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan o‘z Vataniga qaytib kelganidan so‘ng huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirib borsin; Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J. Qo‘chqorov — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy mexanizmlarni to‘liq joriy etish, mehnat migrantlarining pensiya va kredit olish masalalarini hal qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin, shuningdek, ushbu maqsadda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishini ta’minlasin; Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov — hukumatlararo komissiyalar doirasida mehnat migratsiyasida bo‘lgan shaxslarga mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ushbu masalalar bo‘yicha xalqaro bitim va kelishuvlarga erishishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3839-son qarorida: 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi (bo‘linmalari)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlikning” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 24. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida 2020-yil 1-dekabr hamda 2021-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
99
24,216
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shim
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. 1-ilovaning 4-bandi sakkizinchi xatboshisiga “har yili” so‘zlaridan keyin “kamida ikki marta” so‘zlari qo‘shilsin. 2. 2-ilovada: a) 8-bandda: “a” kichik bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi ma’lumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning ro‘yxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va to‘liq nomi”; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “nashrga tayyorlashga mo‘ljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy ma’lumotga ega bo‘lsa, uning diniy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega bo‘lmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan xat yoki arizada ko‘rsatiladi)”; “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; b) 13-bandning ikkinchi xatboshisidan “ijobiy” so‘zi chiqarib tashlansin.
250
2,386
Qonunchilik
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 20-martdagi PQ-1940-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni saqlash sohasiga va ularning zarur holatda bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga investitsiyalar va budjetdan tashqari moliyalashtirish hajmi ortib borishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu obyektlardan madaniy-o‘rganish va turizm maqsadlarida kengroq va samarali foydalanishni ta’minlash, shu asosda o‘zaro bog‘liq infratuzilma va xizmatlar sohasi obyektlari sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va barcha darajalardagi budjetlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Hukumat komissiyasi (A.I. Ikramov) ikki hafta muddatda komissiya ishi reglamentini tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin. Qaror loyihasida shu jumladan moliyalashtirishning aniq manbalari va moddiy madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi nazarda tutilsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshiga “teatr-tomosha korxonalarining mol-mulkini” so‘zlaridan keyin “, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda” so‘zlari qo‘shilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ijaraga berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda obyektning ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorlik faoliyati subyekti (O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti); ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari huzuridagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari; hududni obodonlashtirish — obyektlarning tarixan shakllangan tashqi ko‘rinishini hisobga olgan holda yer yuzasi qoplamasidan foydalanish, manzarali ko‘kalamzorlashtirish va suv chiqarish, mukammal bo‘lmagan inshootlar va kichik arxitektura shakllarini qurish, tashqi tomonini yoritish, ko‘zga ko‘rinarli axborot, reklama va boshqa vositalar hisobiga hududni yaxshilash chora-tadbirlari qo‘llangan holda amalga oshiriladigan hududning xavfsizligi, qulayligi va badiiy ifodaliligini ta’minlashga hamda uning atrofida qulay turizm infratuzilmasini yaratishga doir chora-tadbirlar; obyektning tashqi ko‘rinishi — obyektning ijaraga oluvchiga berilgan paytdagi tashqi ko‘rinishi; investitsiya majburiyatlari — obyektni va unga tutash hududni zarur tarzda saqlash, tiklash, obodonlashtirish hamda undan foydalanish maqsadida shartnoma shartlari bo‘yicha ijaraga olinadigan investitsiyalar kiritishga doir majburiyatlar; tanlov — tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan mezonlar va shartlarga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash vositasida ijaraga oluvchini aniqlash shakli; obyektlar — davlat mulki bo‘lgan va o‘zida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatni ifodalaydigan moddiy madaniy meros obyektlarini, ya’ni haykallar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar; ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi; tanlov komissiyasi — mazkur Nizomning 36-bandida sanab o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun ishchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya; diniy obyektlar — doimiy va davriy ravishda diniy urf-odatlar va marosimlar o‘tkazib turiladigan obyektlar (diniy ta’lim muassasalari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar); muhofaza taxtachasi — marmardan tayyorlangan, yozuv yozilgan, nomi, obyekt yaratilgan sana, shuningdek ushbu obyekt moddiy madaniy meros obyekti hisoblanishi hamda shakli va o‘lchami ishchi organ tomonidan belgilanadigan davlat muhofazasida ekanligi ko‘rsatiladigan taxtacha; talabgor — moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda, taklif etilgan shartlarda ijaraga olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorlik faoliyati subyekti (O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti). 3. Ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga beriladigan moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatlariga (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatlar deb ataladi) kiritilgan obyektlar ijaraga berilishi mumkin. 4. Ro‘yxatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar bilan birgalikda ishchi organga taqdim etiladi: obyektning to‘liq nomi va joylashgan joyi (obyektning tavsifi); obyekt va uning hududining egalik huquqini belgilovchi hujjatlar (yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma) nusxalari; obyektni investitsiya majburiyati bilan ijaraga berishning zarurati; obyektning texnik holati; obyektdan taklif etilayotgan foydalanish maqsadlari; obyektda restavratsiya-tiklash ishlarini olib borish, uni saqlash, obodonlashtirish va undan foydalanish shartlari; tegishli hisob-kitob asosida investitsiya majburiyatlarining taklif etiladigan eng kam miqdorlari; obyektni ijaraga olishning taklif etilayotgan muddati; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yozma ijobiy xulosasi — diniy obyektlar uchun. Ishchi organ, zarur hollarda, taqdim etilgan ro‘yxatga kiritilgan obyektlar holati va hujjatlarni malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganishi mumkin. 5. Ro‘yxatlar, shu jumladan obyektlardan foydalanish maqsadi va shartlari ishchi organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi yoki tegishli asoslar ko‘rsatilgan holda tasdiqlash rad etiladi. 6. Ishchi organ ro‘yxat tasdiqlangandan keyin uni obyektlarni ijaraga berish shartlari bilan birga ijaraga beruvchiga yuboradi. 7. Obyektlarni ijaraga berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi. 8. Ijaraga berilgan obyektlardan ularda: a) ko‘rgazma zallari; b) mehmonxonalar; v) alkogolli ichimliklar sotilmaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari (choyxonalar, kafelar, oshxonalar, restoranlar); g) hunarmandchilik markazlari (o‘ymakorlik, tikuv, qo‘lda bajariladigan to‘quv ishlari, ganchga, daraxtga naqsh o‘yish, esdalik sovg‘alari tayyorlash), badiiy-ijodiy ustaxonalar; d) savdo faoliyati (alkogolli ichimliklar sotilmaydigan); e) esdalik sovg‘alari va hunarmandchilik buyumlari sotish; j) kompyuter, nusxa ko‘chirish va Internet-xizmatlar, fotosalonlar; z) idoralar, agentliklar, turizm byurolari; i) sport zallari, kinoteatrlar; k) banklar, pochta xizmatlari punktlari, avia va temir yo‘l kassalari, maishiy texnikaga servis xizmati ko‘rsatish punktlari; l) modalar atelyesi, go‘zallik salonlari, namoyish qilish zallari; m) kutubxonalar, anjumanlar zallari, muzeylar, bolalar to‘garaklari, chet tillar kurslari tashkil etish maqsadida foydalanish mumkin. 9. Diniy obyektlar ushbu Nizomning 8-bandi “d”, “j”, “z”, “i” va “l” kichik bandlarida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ijaraga berilishi mumkin emas. Obyektlardan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanish faqat ishchi organning Ilmiy-ekspert kengashining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. 10. Obyektlar ularga nisbatan ijaraga beruvchida: ilgari tuzilgan davlat mulkining ijara shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi; ularning muomalaga layoqatsizligi va cheklangan muomala layoqati (jismoniy shaxslarga nisbatan) to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslarga ijaraga berilmaydi. 11. Ijaraga berilgan obyekt, shuningdek ijaraga oluvchining obyektni yoki uning bir qismini ijaraga olish huquqi o‘zgaga berilishi, garovga qo‘yilishi yoki ijaraga beruvchi tomonidan boshqacha tarzda uchinchi shaxslarga in’om qilinishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan obyektni, shu jumladan subijara shartlarida uchinchi shaxslarga berishga haqli emas. 12. Ijaraga beruvchi obyektlarni ijaraga berish maqsadida ijaraga beriladigan obyektlar bo‘yicha e’lon beradi, obyektlarni ijaraga olishga buyurtmanomalarni qabul qiladi va ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi, maxfiyligi va saqlanishini ta’minlaydi. 13. Ijaraga beriladigan obyektlar bo‘yicha e’lon majburiy tartibda davriy nashrlarda, shuningdek ishchi organ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi shart. 14. Obyektning ijarasi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, u bilan bog‘laniladigan telefon va faks, elektron pochta manzili; obyektni berish shartlari, ijara obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan restavratsiya-tiklash ishlarini olib borish, uni saqlash, obodonlashtirish va undan foydalanish shartlari, Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan kadastr axboroti va boshqa zarur ma’lumotlar; investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdorlari; obyektni ijaraga olish muddati; tanlov komissiyasi va uning ishchi organining xohishiga ko‘ra boshqa ma’lumotlar. 141. Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo‘lishi kerak. Tanlov komissiyasi tarkibiga ishchi organ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, diniy obyektlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari kiritiladi. Tanlov komissiyasiga, qoida tariqasida, tanlov obyekti joylashgan hudud bo‘yicha ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning tegishli hududiy organlari vakillari kiritiladi. Tanlov predmetiga bog‘liq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga loyiha, ekspert tashkilotlari, restavratsiya-tiklash bo‘yicha malakali mutaxassislar va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Tanlov komissiyasi tarkibida ishchi organ vakillari soni tanlov komissiya a’zolari umumiy sonining to‘rtdan bir qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 15. Tanlovda ishtirok etish uchun tushgan buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan uch ish kuni mobaynida ishchi organga beriladi. 16. Ishchi organ ijaraga beruvchi ishtirokida tushgan buyurtmanomalarni ularning e’londa nazarda tutilgan tanlov shartlariga muvofiqligi yuzasidan o‘n ish kuni mobaynida o‘rganadi, tanlovni o‘tkazish uchun tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi, tanlovni o‘tkazish vaqti va joyini belgilaydi. Tanlov komissiyasi majlisini chaqiradi va unga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 17. Talabgorlarni tanlash tanlov komissiyasi tomonidan, tanlov asosida amalga oshiriladi. 18. Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tashkil etish (tushgan takliflarni ekspertiza jihatidan baholash, tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek tanlov komissiyasi ishlarini yuritish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. 19. Talabgorlarning takliflari tanlov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi. 20. Tanlov komissiyasining majlislari uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda, zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. 21. Tanlov komissiyasining qarorlari majlisda hozir bo‘lgan tanlov komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 22. Tanlov komissiyasining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani tanlov komissiyasi a’zolari imzolaydi va uning raisi tasdiqlaydi. Bayonnomani imzolashda tanlov komissiyasi a’zolari o‘zlarining alohida fikrini yozma shaklda bayonnomaga ilova qilishga haqlidir. 23. Tanlov g‘olibini aniqlash bo‘yicha tanlov komissiyasi qarorlari bayonnoma imzolangandan keyin bir kun mobaynida ijaraga beruvchiga yuboriladi. 24. Takliflarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma asosida tegishli obyektning ijara shartnomasi tuziladi. 25. Moddiy madaniy meros obyekti va unga tutash hudud investitsiya majburiyatlari olingan holda ijaraga berish bo‘yicha tanlovga qo‘yilgandan keyin bir oy mobaynida qiziqish bo‘lmagan va tanlov bo‘lib o‘tmaganligi e’tirof etilgan taqdirda ijaraga beruvchi uni ishchi organ tomonidan belgilangan shartlarda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish (ommaviy oferta) yo‘li bilan ijaraga berilishi to‘g‘risida matbuotda e’lon beradi. 26. Obyektning ijara shartnomasi ishchi organ, balansda saqlovchi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladi. Shartnoma takliflarni ko‘rib chiqish bayonnomasida ko‘rsatilgan muddat mobaynida barcha taraflar tomonidan imzolanishi kerak. 27. Obyektning ijara shartnomasida quyidagilar majburiy tartibda ko‘rsatiladi: obyektning to‘liq nomi va joylashgan joyi (obyektning tavsifi); obyektning shartnoma tuzilgan kundagi texnik holati; obyektdan foydalanish maqsadlari; obyektga nisbatan ijaraga oluvchining qo‘riqlash majburiyati (obyektni saqlash va uning ko‘rinishini, shuningdek interyerning tarixiy detallarini saqlash bo‘yicha majburiyatlar); obyektda ishlarning barcha turlarini bajarishga, shu jumladan uning tashqi ko‘rinishini, interyeri va tutash hududni ishchi organ bilan yozma kelishuvsiz o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi shartlar; ijaraga oluvchining restavratsiya-tiklash ishlarini va boshqa ishlarni faqat ishchi organ bilan kelishilgan loyihaga muvofiq bajarish to‘g‘risidagi majburiyati; obyektning shartnoma to‘xtatilgandan keyingi holati va uni qaytarish tartibi; tutash hududni obodonlashtirish bo‘yicha talablar; ijaraga oluvchining tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun qulayliklar (shu jumladan amaldagi sanitariya talablariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq jihozlangan hojatxonalar) yaratish bo‘yicha majburiyati; obyektga kiritishning ish kunlari va soatlari ko‘rsatilgan shartlari; obyektdan foydalanishning shartlari, tartibi va aniq muddatlari; obyektga mablag‘larni investitsiyalash shartlari, tartibi, aniq muddatlari va miqdori; ijaraga oluvchi tomonidan olingan majburiyatlar ijrosining holati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari; ishchi organ, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchining shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha vakolatlari; shartnomani to‘xtatish va uzaytirish shartlari; tomonlarning huquq va majburiyatlari; shartnoma talablari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar. 28. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida obyektning ijarasi to‘g‘risidagi shartnomada quyidagi hollarda: ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda; obyektda restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlar ishchi organ bilan kelishilmagan loyihasiz yoki tasdiqlangan loyiha buzilgan holda bajarilganda; ijaraga oluvchining xatti-harakati obyektning yaroqsiz holga yoki uning buzilishiga olib kelgan holatlar aniqlanganda ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi shartlar ham nazarda tutilishi mumkin. 29. Obyektning ijara shartnomasi besh yil muddatga tuziladi. Ijara shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tanlov komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. 291. Hududida turizm infratuzilma obyektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalari joylashgan yoki yaratiladigan moddiy madaniy meros obyektlari o‘ttiz yilgacha muddatga, biroq kamida o‘n yilga ijaraga beriladi. Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng bo‘lgan mablag‘ni hududida o‘zlari joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yo‘naltirish, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash normalariga rioya qilish shartlarida dastlabki besh yilda ijaraga haq to‘lashdan ozod qilinadilar. Ijara shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tanlov komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. 30. Ijaraga beriladigan obyektlar hisobini yuritish maqsadida ijaraga beruvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin reyestrga yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har biriga hisobga olish yozuvining sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi. To‘rt nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan ishchi organga, ijaraga oluvchiga, balansda saqlovchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi. 31. Obyektning ijara shartnomasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 32. Ijaraga oluvchilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh yil muddatga ijara to‘lovining hisoblab chiqilgan qiymatining 80 foizi miqdorida ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etiladilar. Ushbu muddat tanlov komissiyasining qarori asosida shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilgan hollarda uzaytirilishi mumkin. Ijara to‘lovining hisoblab chiqilgan qiymatining qolgan qismi, shuningdek ijara to‘lovi to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun solingan jarima summasi ijaraga beruvchining tranzit hisob raqamlariga tushadi va bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak: 50 foizi ijaraga beruvchida qoldiriladi; mablag‘larning 50 foizi ishchi organning maxsus jamg‘arma hisob raqamida jamlanadi. 33. Obyektni ijaraga oluvchining investitsiya majburiyatlarining eng kam summasi ijara shartnomasi tuzilgan kunda qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqiladigan, ijara shartnomasining amal qilish muddatiga (yillar soniga) ko‘paytirilgan ijara to‘lovining yillik summasidan kam bo‘lishi mumkin emas. 34. Beriladigan obyektlar bo‘yicha ijara to‘lovining hisob-kitobi (ijara to‘lovining tayanch stavkasi) Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. Bunda kommunal va foydalanish xarajatlari ijaraga oluvchi tomonidan mustaqil ravishda to‘lanadi. 35. Ijara to‘lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqib hisoblab chiqilgan teng davriy (choraklik, oylik va boshqalar) to‘lovlar bilan kiritiladi. To‘lov obyektning uzoq muddatli ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda har bir keyingi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun yuz foiz oldindan haq to‘lash shaklida amalga oshiriladi. 36. Tanlov komissiyasi yuklangan vazifalarga muvofiq: oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi tamoyillari asosida tanlov ishtirokchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratadi; obyektlarni ijaraga berish uchun talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlaydi. 37. Ishchi organ: ijaraga berilayotgan obyektlarda restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha hisob-kitoblarini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi; Tanlov komissiyasiga tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlarning tartibi va shartlari to‘g‘risida takliflar kiritadi; ular bo‘yicha ijaraga berish to‘g‘risida tanlov komissiyasining qarori qabul qilingan obyektlarni zarur holatda saqlash, ularning saqlanishi va obodonchiligi bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etadi; talabgorlarning so‘rovi bo‘yicha ularga ijaraga berilayotgan obyekt, uning tavsifi va u bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi; davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotni oladi; tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajaradi; tanlov komissiyasi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etadi; mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan obyektning ijarasi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni har bir obyekt bo‘yicha individual tasdiqlaydi; qonunchilikka va ushbu Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 38. Ijaraga beruvchi obyektlarni ijaraga berish maqsadida: obyektning tuziladigan ijara shartnomasida qatnashadi hamda shartnomalarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi maxfiyligini va saqlanishini ta’minlaydi; ijaraga berilayotgan obyektni tegishli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha shartnoma loyihasini ishlab chiqadi hamda ishchi organ, kommunal va foydalanish xizmatlari ko‘rsatuvchilar (zaruriyat bo‘lganda) bilan kelishadi; obyektlarning ijara shartnomalari hisobini yuritadi. 39. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega: investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarni ta’minlash; obyektlarni saqlash va ulardan foydalanish mezonlari bilan oldindan tanishish; obyekt, uni saqlash va undan foydalanish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish; qonunchilikda belgilangan tartibda kapital qo‘yilmalarni himoya qilish; davlat boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish; uning tomonidan investitsiya majburiyatlari zarur tarzda bajarilgan taqdirda tanlov komissiyasining qarori bilan shartnomani navbatdagi muddatga uzaytirish. Ijaraga oluvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 40. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur: obyektlar, bog‘lar, istirohat bog‘lari, inshootlar, san’at asarlari, tarixiy-badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlarni zarur tarzda saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rejimga rioya qilinishini va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlash; obyektdan faqat ijara shartnomasida belgilangan maqsadda foydalanish; obyektga nisbatan ijaraga oluvchining muhofaza majburiyatini bajarish; obyektga zarur tarzda qarash, uni tiklash, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish; belgilangan miqdorlarda va muddatlarda qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini bajarish; obyektning holati va shartnoma majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risidagi davriy axborotni ijara shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda ishchi organga taqdim etish; obyektda restavratsiya-tiklash ishlarini va boshqa ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va davlat ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish; obyektda bajarilayotgan restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlarning hajmi va sifatini har oyda aniqlash, shuningdek ushbu ishlar yakunida nazorat o‘lchovi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning qoplashini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishida ushbu loyiha-smeta hujjatlari qiymatining ko‘pi bilan 3 foizi miqdorida inobatga olish; ishchi organning hududiy organlari bilan obyektda bajarilayotgan restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlarning hajmi va sifatini har oyda aniqlash bo‘yicha ilmiy-texnik nazoratchi tayinlash bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish; davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qonunchilik normalariga zid bo‘lmagan talablarini bajarish; muhofaza taxtachasini o‘z hisobidan o‘rnatish va/yoki yangilash. Ijaraga oluvchiga shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 41. Ijara shartnomasining amal qilish muddati mobaynida ishchi organ: shartnoma majburiyatlarini bajarish bo‘yicha olingan axborotni tahlil qilish; shartnoma majburiyatlari bajarilishini va obyektning holatini joyning o‘zida o‘rganish; bajariladigan ishlarning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasiga muvofiq o‘z zimmasiga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini muntazam ravishda nazorat qiladi. Ushbu maqsadlarda ishchi organ: ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmda va tartibda ijaraga oluvchidan axborotni so‘rashga; zaruriyat bo‘lganda obyektning fizik holatini ijaraga oluvchining xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan ko‘zdan kechirishga; ijaraga olingan obyektdan foydalanish shartlari bajarilishi holatini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini (servitut, garov va shu kabilarni) o‘rganishga; qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishga haqlidir. 42. Ijaraga berilgan obyekt bo‘yicha ijara to‘lovi o‘z vaqtida va zarur tarzda hisoblab chiqilishi, kiritilishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 43. Investitsiya majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish va uning monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 44. Ushbu Nizom shartlarining buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
222
26,907
Qonunchilik
SUD TIZIMI XODIMLARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILIShNI TUBDAN YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qonun va qonunchilik ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan, davlat hokimiyatining g‘oyat muhim tarmog‘i bo‘lgan sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirish va erkinlashtirish huquqiy davlatni shakllantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan uzoq muddatli va izchil islohotlar dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘tgan yillar mobaynida qabul qilingan qonunlar, xususan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, uni o‘tmishdagi qatag‘on va jazolash qurolidan qonun himoyasida turadigan chinakam mustaqil institutga aylantirish borasida miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra ulkan ishlar olib borilmoqda. Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishning zamonaviy demokratik tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi, bunda asosan jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, rivojlangan demokratik davlatlarning tajribasi va sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘tgan davr davomidagi ishlarning tanqidiy tahlili shundan dalolat beradiki, sud organlarining davlat boshqaruvidagi roli va ahamiyati yanada oshirilishini ta’minlamasdan, ularning vakolatlari va mustaqilligini kuchaytirmasdan turib mamlakatni siyosiy hamda iqtisodiy yangilash va modernizatsiya qilishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Ayni shu boisdan 2010-yilning 12-noyabrida qabul qilingan o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan Mamlakatimizda Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida zikr etilgan muammolarni hal etishga, shu jumladan, sud ishlarini mustaqil yuritish va sud organlari xodimlarining ijtimoiy maqomini muhofaza qilish uchun zarur huquqiy va sotsial kafolatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun: 1. Quyidagilar: Konstitutsiyaviy sud va sudlar sudyalarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnat haqi razryadlari 1 — 4-ilovalarga* muvofiq; Konstitutsiyaviy sud va sudlar sudyalari hamda mazkur sudlardagi darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlarining alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga oylik ustama haq miqdori 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Konstitutsiyaviy sud va sudlarning sudyalari xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq to‘lovidan ozod qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda: sudyalarga uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishni, shuningdek turar joylar ijarasi uchun har oyda pul kompensatsiyasi to‘lab borishni nazarda tutadigan tartibni tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi bilan kelishilgan holda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini tasdiqlasin; sudlarning tarkibiy tuzilmasida axborotlashtirish masalalari bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil qilish to‘g‘risida takliflar kiritsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalarining mavjud ish yuklamasini, tumanlararo sudlarning o‘zlariga biriktirilgan hududlarga nisbatan qanchalik olisda joylashganini o‘rganib chiqsin hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tizimini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin. Bunda sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslarning tegishli ravishda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudida majburiy tayyorgarlik va stajirovka o‘tashlari nazarda tutilsin. 5. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: ikki oy muddatda yuridik ta’limni yanada takomillashtirish va huquqshunoslik fanini rivojlantirish, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritsin; bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi B.A.Kokanbayev zimmasiga yuklatilsin.
96
5,236
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bo‘lgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
O‘zbekiston SSJ Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bo‘lgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni keskin ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish va bozor munosabatlariga kirish davrida dehqonlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zSSJ Moliya vazirligi (o‘rtoq Murotov) 1991-yilda jumhuriyat Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining uyushmasiga qishloqni yangilash jamg‘armasi mablag‘laridan bir milliard so‘m, shundan II kvartalda 250 mln so‘m, III kvartalda 250 mln so‘m va IV kvartalda 500 mln so‘m pul ajratsin. Uyushmaga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga madad jamg‘armasini tashkil etish uchun ajratiladigan mablag‘lar, birinchi navbatda, o‘z moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar qurilishiga, shuningdek dehqon xo‘jaliklari ehtiyojlarini hisobga olib, ularga qarz berishga sarflanadi. 2. Uyushmaning madad jamg‘armasi mablag‘lari foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq summalarda taqsimlansin, ulardan: a) moddiy-texnik bazani yaratish va mustahkamlashga hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatishga — 500 mln so‘m, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston MSSJ va viloyatlar uyushmalari bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq, kvartallar bo‘yicha; b) korxonalar va tashkilotlarning o‘z oborot mablag‘larini tashkil etishga — 200 mln so‘m, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston MSSJ va viloyatlar uyushmalari bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq, kvartallar bo‘yicha; v) shaxsiy yordamchi xo‘jaligi bo‘lgan dehqonlarga qarz berishga — 200 mln so‘m, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston MSSJ va viloyatlar uyushmalari bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq, kvartallar bo‘yicha. 3. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishga madad jamg‘armasining maqomi va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda). Viloyat uyushmalari madad jamg‘armasi mablag‘larini nohiyalar bo‘yicha, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularning miqdoridan kelib chiqib taqsimlasinlar. 4. Uyushmaga va uning viloyatlar, nohiyalar, qishloqlar, ovullar va posyolkalardagi organlariga madad jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lardan ma’muriy-boshqaruv xodimlariga haq to‘lashda, asbob-uskunalar, idora buyumlari, xo‘jalik mollari va boshqa narsalarni sotib olishda, shuningdek boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar uchun foydalanish qat’iy taqiqlansin. Boshqaruv apparatiga haq to‘lash va uni saqlash bo‘yicha boshqa xarajatlar shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining kirish va a’zolik badallari hisobiga qoplanadi. 5. Jumhuriyat uyushmasiga har bir mintaqaning joriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, madad jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larni viloyatlar o‘rtasida qayta taqsimlash huquqi berilsin. 6. O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki (o‘rtoq Ahadov) bankning jumhuriyat, viloyat va nohiya muassasalarida ularning mablag‘larini hisobga o‘tkazish, saqlash va sarflash uchun uyushmaning, uning viloyat va nohiya muassasalarining hisob-kitob schyotlarini ochsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, viloyat va nohiya uyushmalari madad jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘larni bevosita shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar o‘rtasida taqsimlovchilar hisoblanadilar. 8. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga posyolka, qishloq (ovul) Sovetlarining kafolati bilan va aniq bir shaxsning belgilangan tartibdagi kafilligi bilan qarz beriladi. Qarz miqdori oilaning iqtisodiy ahvolini, mehnatga layoqatli oila a’zosi qancha ekanligini, em-xashak va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanganligini hamda qarzlarni qaytarish bo‘yicha shartnomalarning rasmiylashtirilganligini hisobga olgan holda belgilanadi. Tovar-moddiy boyliklar, qarz oluvchining yetishtirgan mahsuloti va mol-mulki O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlarida belgilangan tartibda berilgan qarz bo‘yicha garov sifatida qabul qilinadi. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalari olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarishmagan taqdirda qarz qishloq, ovul va posyolka Sovetlarining schyotlaridan muqarrar tartibda undirib olinadi yoki kafillikka oluvchi qarzni to‘lash yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 9. O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki (o‘rtoq Ahadov) zimmasiga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga madad jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni, shu jumladan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanishni nazorat qilish yuklatilsin. Belgilab qo‘yilsinki: uyushmaning madad jamg‘armasidan foydalanishga doir barcha bank operatsiyalari faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish yo‘li bilan bajariladi, schyotlarni to‘lash nohiya va viloyat uyushmalarining taqdimnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi; O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki muassasalari yuqorida ko‘rsatilgan jamg‘arma mablag‘lari maqsadsiz sarflangan har bir hol uchun to‘la javobgardirlar. Madad jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadsiz foydalanganlik borasidagi har bir holat O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki muassasalari daromadlari hisobidan qoplanadi; shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga madad jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yuzasidan har kvartaldagi hisobot belgilangan tartibda bankning nohiya muassasalari tomonidan viloyat boshqarmalariga taqdim etiladi, viloyat boshqarmalari esa uni Jumhuriyat dehqonchilik-sanoat bankiga taqdim etadilar; O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasining madad jamg‘armasi mablag‘lari qanday sarflanayotgani to‘g‘risida har kvartalda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turadi. 10. Uyushmaga va uning joylardagi bo‘linmalariga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ortiqchasini sotib olish va sotishda vositachilik qilish huquqi berilsin. 11. Uyushmaning xo‘jalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlariga “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risida” O‘zbekiston SSJ Qonunining 6-moddasi 5-punktining “b” bandida ko‘zda tutilgan soliq bo‘yicha imtiyozlar berilsin. 12. O‘zbekiston SSJ Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga muvofiq belgilab qo‘yilsinki, uyushma xususiy soha uchun moddiy-texnika resurslarining fond saqlovchisi hisoblanadi. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zSSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zbekiston SSJ Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zSSJ Savdo vazirligi, O‘zSSJ Don mahsulotlari vazirligi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zglavlegsnabsbit”, “O‘zplodoovoshchvinprom” va “O‘zpishcheprom” konsernlari, “Sortsemovoshch” va “O‘zagrostroy” birlashmalari O‘zSSJ Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmalari uchun alohida satrda tegishli nomenklaturaga muvofiq moddiy-texnika resurslari ajratsinlar. 13. Belgilab qo‘yilsinki, smeta qiymati 100 ming so‘mgacha bo‘lgan kichik sexlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa inshootlarni loyihalash va qurish uchun texnika hujjatlarini nohiya uyushmasi, smeta qiymati 500 ming so‘mgacha bo‘lganini viloyat uyushmasi, 500 ming so‘mdan ortiq bo‘lganini uyushmaning Jumhuriyat kengashi tasdiqlaydi. 14. “O‘zgiprozem”, “O‘zgiproselstroy”, “O‘zNIPgradostroitelstva”, “O‘zgiprovodxoz”, “O‘zgiproselxozvodosnabjeniye”, “O‘zmejkolxozproyekt”, “Sredazgiproagropromstroyindustriya”, “O‘zgiproplodoovoshch” institutlari O‘zSSJ Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasi inshootlarini ustuvor tarzda loyihalashni ta’minlasinlar. 15. “O‘zagrostroy” jumhuriyat davlat-kooperativ birlashmasi O‘zSSJ Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasining buyurtmalari asosida kichik korxonalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanadigan bazalar, shuningdek binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar hamda boshqa inshootlar qurilishini birinchi navbatda amalga oshirishni ta’minlasin. 16. O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki (o‘rtoq Ahadov)ga 1991-1992-yillar uchun kapital mablag‘lar umumiy hajmi doirasida alohida loyihalar va smetalar bo‘yicha ishlar hajmini amalda bajarish yuzasidan, uyushmaning ishlab chiqarish inshootlarini qurish maqsadida. istisno tariqasida mablag‘ bilan imtiyozli ravishda ta’minlashga ruxsat berilsin. Qurilishning borishini va muddatlarini, moddiy va pul mablag‘laridan shartnoma asosida maqsadli foydalanishni nazorat qilishni Jumhuriyat dehqonchilik-sanoat banki muassasalari amalga oshiradilar. 17. Uyushmaga uning Ustaviga muvofiq apparat strukturasini va lavozim okladlarini tasdiqlash huquqi berilsin. 18. O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi (o‘rtoq Islomov) va O‘zSSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi 1991-yilda O‘zSSJ Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasiga uning viloyat va nohiya bo‘linmalari uchun 15 ta IJ 21-15 va UAZ-452 avtomashinalari ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsinlar. Keyingi yillarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari qishloq (ovul) uyushmalariga ana shunday markali mashinalar va bittadan kajavali mototsikl ajratish nazarda tutilsin. 19. O‘zSSJ Avtomobil transporti vazirligi (o‘rtoq Axmetov) rahbariyatga xizmat ko‘rsatish uchun uyushmaga shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda bitta GAZ-2410 yengil avtomashinasi ajratsin. O‘zbekiston SSJ Prezidentining Farmoniga muvofiq Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasiga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishga yordam berish jamg‘armasini tashkil etish uchun ajratilgan 1 milliard so‘m pul quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi: Ajratilgan mablag‘lardan moddiy-texnika resurslarini sotib olishda, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarni, binokorlik materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar mahsulotini sotishda foydalaniladigan omborxonalar, boshqa obyektlar (magazinlar va do‘konlar)ni loyihalash va qurishda, dehqon xo‘jaliklariga agrotexnika va zooveterinariya xizmatini tashkil etishda, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyosini qayta ishlovchi, mahsulotlar uchun idishbop materiallarni va boshqalarni ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar qurishda va tashkil etishda foydalaniladi. Uyushma qayta ishlovchi korxonalar, mahsulot bilan ta’minlash-sotish, tayyorlov, savdo, avtotransport, qurilish va boshqa tashkilotlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng kam ishlab chiqarish resurslari va xomashyolarni g‘amlab qo‘yish maqsadida ularga o‘z oborot mablag‘larini tashkil etish imkonini beradi. Qarzlar oilaning iqtisodiy ahvoli, oilada mehnatga layoqatli a’zolarning soni, yer uchastkasining hajmi, em-xashak va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanganligi, shuningdek, xo‘jalikning ehtiyojlari hisobga olingan holda beriladi. Qarz shartnomasi tuziladi va unda aniq bir shaxsning belgilangan tartibdagi kafilligi, xalq deputatlari qishloq (ovul), posyolka Sovetining kafolati va qarz oluvchining qarzni qaytarish, foizlarni to‘lash bo‘yicha majburiyati, obyektni qurish muddatlari hamda ishlab chiqarish va daromad olish hajmlarini hisobga olgan holda qarzdan foydalanish, O‘zbekiston SSJ qonunlariga muvofiq boyliklarni garovga qo‘yish bo‘yicha majburiyati nazarda tutiladi. Qisqa muddatli qarzlar tuproqning unumdorligini oshirish, yerlarni rejalashtirish, sug‘orish uchun suv yetkazib berish bo‘yicha joriy ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshirish, urug‘lik, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yonilg‘i-moylash, idishbop materiallarni, em-xashak va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun, boshqa resurslar sotib olish uchun 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Uzoq muddatli qarz imtiyozli shartlarda ssuda olingandan keyingi ikkinchi yildan boshlab qarzni uza boshlash sharti bilan mol va parranda xarid qilish hamda asalari oilasi sotib olish uchun 3 yilgacha muddatga; ssuda olingandan keyin to‘rtinchi yildan boshlab qarzni uza boshlash sharti bilan ishlab chiqarish obyektlari qurish, kengaytirish va qayta qurish, asosiy fondlarni tashkil etish (sotib olish) va remont qilish uchun 10 yilgacha muddatga; ssuda olingandan keyin uchinchi yildan boshlab qarzni uza boshlash sharti bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi, transport vositalari va uskunalari sotib olish uchun 7 yilgacha muddatga beriladi. Beriladigan ssuda shaxsiy yordamchi xo‘jalik egasining bankda ochiladigan hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi. Tovar-material boyliklar sotib olish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar hisob-kitob cheklari bilan amalga oshiriladi. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining hisob-kitob schyotlaridagi pul qoldiqlari bo‘yicha shartnoma asosida foizlar qo‘shiladi. Foizlar qo‘shish har kvartalda amalga oshiriladi. Uyushma mablag‘lardan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston jumhuriyat tijorat-aksionerlik dehqonchilik-sanoat bankining ta’sischisi bo‘ladi, tijorat asosida uning depozit schyotlariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni qo‘yadi. Xo‘jalik faoliyati jarayonida uyushmada xo‘jalik hisobidagi daromad tashkil etiladi, undan: fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish; shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalariga moddiy yordam ko‘rsatish; shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, vatanimiz va chet el tajribasini o‘rganish va umumlashtirish; yakka tartibdagi uy-joylarning, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning eng yaxshi holati va samarali yuritilishi, yakka tartibdagi uy-joylarning eng yaxshi loyihalari bo‘yicha tanlovlar tashkil qilish, targ‘ibot; shartnoma asosida nazorat va boshqa funksiyalarni bajarganlik uchun O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat bankiga va boshqa tashkilotlarga komission mukofotlar berish uchun foydalaniladi. Uyushmaga hamda uning viloyatlar, nohiyalar, qishloqlar, ovullar va posyolkalardagi bo‘linmalariga ajratiladigan madad jamg‘armasi mablag‘laridan ma’muriy-boshqaruv xodimlariga haq to‘lash, uskunalar, shuningdek boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar uchun foydalanish taqiqlanadi. Yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun qishloq (ovul), posyolka, nohiya (shahar), Qoraqalpog‘iston jumhuriyat va viloyat uyushmalari tashkil etiladi. Qishloq (ovul) va posyolka uyushmalari: shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning moddiy-texnika resurslariga, qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlaydilar; ko‘rsatib o‘tilgan materiallarni o‘z xulosalari bilan nohiya (shahar) uyushmasiga taqdim etadilar; qarz olish uchun shartnomani rasmiylashtirishda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalariga yordam ko‘rsatadilar, shuningdek ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javob beradilar. Nohiya (shahar) uyushmalari olingan materialni umumlashtirib: Qoraqalpog‘iston jumhuriyat, viloyat uyushmalariga qarzlar va moddiy-texnika resurslari ajratish to‘g‘risida buyurtma beradilar, ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larga ehtiyojni aniqlaydilar; korxonalar va tashkilotlarning o‘z oborot mablag‘lariga ehtiyojining taqdim etilgan hisob-kitoblarini tekshiradilar; shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarishlarini nazorat qiladilar; smeta qiymati 100 ming so‘mgacha bo‘lgan obyektlarni loyihalash va qurish bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni ko‘rib chiqadilar va tasdiqlaydilar. Qoraqalpog‘iston MSSJ uyushmasi va viloyat uyushmalari: moddiy-texnika resurslari va qarz olishga bo‘lgan ehtiyoj haqida nohiya (shahar) uyushmalaridan olingan materiallarni (talabnomalarni) ko‘rib chiqadilar va umumlashtiradilar hamda ularni jumhuriyat uyushmasiga taqdim etadilar; nohiya (shahar) uyushmalarining hisob-kitoblarini tekshiradilar va Qoraqalpog‘iston MSSJ (viloyatlar) bo‘yicha jumhuriyat uyushmasiga yuboriladigan o‘z oborot mablag‘lariga bo‘lgan umumiy ehtiyojni aniqlaydilar; smeta qiymati 500 ming so‘mgacha bo‘lgan obyektlarni loyihalash va qurish bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni ko‘rib chiqadilar va tasdiqlaydilar. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining jumhuriyat uyushmasi: Qoraqalpog‘iston jumhuriyat va viloyatlar uyushmalarining moddiy-texnika resurslari, qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar olish, ishlab chiqarish-texnika yo‘nalishidagi obyektlarni loyihalash va qurish uchun berilgan talabnomalarini ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi; qancha xo‘jalik borligi va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishga yordam berish jamg‘armasi mablag‘larini foydalanish yo‘nalishlari va viloyatlar bo‘yicha taqsimlaydi va zaruriyat bo‘lganda qayta taqsimlaydi; smeta qiymati 500 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan obyektlarni loyihalash va qurish bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni tasdiqlaydi. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishga yordam berish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki zimmasiga yuklatiladi. Ushbu Nizom shartlariga rioya etilishini nazorat qilish O‘zSSJ Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasi zimmasiga yuklatiladi.
231
17,116
Qonunchilik
Davlat хaridlari boʻyicha qanday shartnomalar ekspertizadan oʻtkazilmaydi
Vazirlar Mahkamasining 30.07.2021 yildagi «Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) davlat хaridlarida uzluksizlikni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 473-son qarori qabul qilindi. «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Prezidentning farmonlari va qarorlarida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, хizmatning) davlat хaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruхsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatiga (Prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ-3953-son qaroriga ilova) kiritiladigan oʻzgartirishlar bilan quyidagilar belgilanmoqda: Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va hududiy boshqarmalariga Davlat buyurtmachilari tomonidan Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
73
1,339
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Sharipovga “Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi va ijro etilishi holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Sharipovga “Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi va ijro etilishi holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. 2. Ushbu Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Sharipovga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
961
Qonunchilik
Bortkuzatuvchilar har yili tayyorgarlikdan oʻtadi
Ma’lumot uchun: OʻzR AQ-95 talablari fuqaro  aviatsiyasi aviakorхonalari  (aviakompaniyalari) bortkuzatuvchilari hamda bortkuzatuvchilarning ishini tashkil etishga taalluqli qismida boshqa mansabdor shaхslarga tatbiq etiladi. Eng avvalo, bortkuzatuvchilarni kasbiy tayyorlash elementlari malakasini oshirish va ushlab turish bilan toʻldirildi. Bortkuzatuvchilarni avariya holatlari boʻyicha, хavfli yuklarni tashish qoidalariga va aviatsiya хavfsizligi boʻyicha tayyorlash endilikda 1 yilda bir marta (ilgari – 2 yilda bir marta) Davavianazorati tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha Fuqaro aviatsiyasi oʻquv markazida oʻtkaziladi. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamining 22.03.2017 yildagi 11 (771)-sonida e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
49
1,012
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son, “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son farmonlari hamda “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi belgilanganligi; test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda besh kun muddatda 2019/2020 o‘quv yilida bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali tashkil etadigan davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taklif kiritsin. 3. Belgilansinki, abituriyentlar tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilanmagan davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan amaldagi tartib saqlab qolinadi. 4. Quyidagilar: Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq; Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar: a) qabul parametrlari tasdiqlangan kundan boshlab bir hafta muddatda: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul rejalarini joylashtirishni; tizimidagi oliy ta’lim muassasalari huzurida abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud fakultetlar va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mohiyati, shuningdek joriy o‘quv yili qabul rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni olishga yordam beruvchi aloqa markazlari (call-center) tashkil etishni; b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, pullik asosda jalb etiladigan mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda ko‘llash samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlarini doimiy ravishda o‘tkazishni; v) abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatga olishda amaliy yordam berish maqsadida o‘quv yiliga qabul boshlangunga qadar hududlardagi oliy ta’lim muassasalaridan vakillar ajratilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, ko‘ngillilar guruhini pulli asosda jalb etishni ta’minlasin. 7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator bilan birgalikda 2019-yil 10-iyunga qadar, imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning elektron reyestri vakolatli organlar tomonidan real vaqt rejimida kiritib borilishini ta’minlovchi yagona platforma yaratilishini ta’minlasin. 8. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar 2019-yil 10-iyunga qadar, o‘zlari mas’ul bo‘lgan imtiyozlar bo‘yicha oxirgi uch yil ichida imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron reyestrini shakllantirib, qarorning 7-bandida ko‘rsatib o‘tilgan yagona platformaga doimiy ravishda ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlasin. Ushbu vakolatli organlar imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarning axborot tizimiga o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi hamda axborot tizimiga kiritilmagan ma’lumotlar bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan imtiyozli huquq asosida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda belgilangan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda fuqarolarning elektron rasmlari mavjud bo‘lgan axborot bazasini 2019-yil 10-iyunga kadar Elektron hukumat idoralararo integratsion platformasi va Davlat test markazining axborot tizimiga integratsiyalashtirish choralarini ko‘rsin. 11. Belgilab qo‘yilsinki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida undiriladigan to‘lov: abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish uchun murojaat etganda — joylardagi banklar kassalari tomonidan; abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat etganda — davlat xizmatlari markazlarida joylashgan bank kassalari hamda markazlar xodimlari tomonidan naqd yoki naqd pulsiz ko‘rinishida qabul qilinadi. Mazkur to‘lovlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan dastlabki imtihon iyun oyida o‘tkazilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin; ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament talablari buzilganligi uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini belgilangan tartibda qo‘llasin. 14. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Reglament abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Reglament talablari: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi; xorijiy, xususiy hamda harbiy oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga, test sinovlarisiz ijodiy imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadigan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun, oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan hujjat topshirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Markazlar yoki YIDXP orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilanmagan davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Markazlar, Davlat test markazi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llagan holda faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. 4. Abituriyentlar o‘zlarining doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar, istalgan Markazga davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishi mumkin. Abituriyentlar Markazga murojaat etgan hududda (YIDXP orqali murojaat etganda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 5. Abituriyentlarga davlat xizmatlari har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) ko‘rsatiladi. 6. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 7. Abituriyent Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan muddat davomida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazga murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va pasport yoshiga yetmaganlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazlarga murojaat etadi. 8. Abituriyent o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi abituriyent nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat test markazining tizimiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi. Markaz xodimi tomonidan so‘rovnomaga tegishli ma’lumotlar kiritilishi uchun abituriyent Markaz xodimiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi: fuqarolik pasporti (ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma); pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng so‘rovnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man etiladi. Abituriyentdan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Abituriyent bir vaqtning o‘zida, o‘qitishning bir shakli doirasida uchtagacha oliy ta’lim muassasasini (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) tanlashi mumkin. Bir nechta oliy ta’lim muassasasini (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) tanlashda imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lishi shart. 9. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlar rasmiylashtirib, kiritilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi abituriyentga asl hujjatlarni qaytaradi va QR-kod (matritsali shtrix kod) qo‘yilgan so‘rovnomani ikki nusxada chop etib, abituriyentga beradi. Abituriyent ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi,bir nusxasini o‘zida olib qoladi va ikkinchi nusxasini Markaz xodimiga beradi. So‘rovnoma abituriyentning imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng Markaz xodimining ERIsi bilan tasdiqlangan holda, Davlat test markazining tizimiga avtomatik tarzda kiritiladi. Davlat test markazi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda qabul qiladi. 10. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun joriy yil bitiruvchilaridan hamda nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi. 11. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi. Bunda, davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan to‘lov summasining 90 foizi undiriladi. To‘lovlar Markazlarda joylashgan bank kassalari hamda Markaz xodimlari tomonidan naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida qabul qilinadi. To‘lovlar to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi. To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Markazlarga o‘zi kelib murojaat etganda: 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi. 12. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, abituriyentlarning Markazga shaxsan murojaat etmaganligi, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mazkur Reglamentning 11-bandida nazarda tutilgan to‘lovni to‘lanmasligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 13. Abituriyent davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Abituriyent davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning ma’lumotlari ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi. 14. Tanlov va test sinovlari so‘rovnoma orqali Davlat test markazining tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi. 15. Abituriyent imtihon natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘quv yili boshlangunga kadar taqdim etadi. 16. Markazlar, Davlat test markazi va oliy ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Markazlar Reglament talablarining ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha, jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi. 18. Abituriyentlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin. 19. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
162
18,851
Qonunchilik
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4210-son qarori bilan respublikadagi tadqiqot institutlariga (keyingi o‘rinlarda — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar) alohida xalqaro reytinglar biriktirilganligi va ularning ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2022-yil 1-iyundan boshlab xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) amalga oshirishga oid davlat dasturlariga o‘zlariga biriktirilgan ustuvor xalqaro reyting va indekslardan kelib chiqib takliflar ishlab chiqilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilishi uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin: ustuvor xalqaro reyting agentliklarining yillik hisobotlari e’lon qilinishi bilan, tegishli xalqaro reyting bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 20 kun muddat ichida past ko‘rsatkichli indikatorlar uchun mas’ul davlat organlariga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritadi; past ko‘rsatkichli indikatorlar uchun mas’ul davlat organlari Innovatsion rivojlanish vazirligiga past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish uchun ilmiy grantlarga buyurtma beradi; Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov asosida ilmiy grantlar ajratadi; ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari loyihaviy boshqaruvning PMI PMBOK — “Loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilimlar jamlanmasi” xalqaro standarti (keyingi o‘rinlarda — PMI PMBOK xalqaro standarti) asosida past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqadi; Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) ishchi organlari (Moliya va Adliya vazirliklari) past ko‘rsatkichli indikatorlarga mas’ul davlat organlari bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan har yillik davlat dasturlariga kiritadi; past ko‘rsatkichli indikatorlarga mas’ul davlat organlari davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshiradi hamda Respublika kengashiga loyihani amalga oshirish natijalari bo‘yicha axborot berib boradi. 3. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan PMI PMBOK xalqaro standarti asosida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatori va subindikatorlaridagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda mas’ul davlat organlari tomonidan birinchi navbatda inobatga olinsin. Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasida nazarda tutilgan vazifalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 4. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin: muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni aniqlash va xatlovdan o‘tkazish; xalqaro reytinglarda mazkur indikatorlar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan hamda katta sur’atlar bilan o‘sishga erishayotgan mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarni o‘rganish; xalqaro tajriba asosida past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha tegishli soha va tarmoqlar ko‘rsatkichlarini keskin oshirishni kafolatlovchi strategiyalar hamda strategiyalarning tarkibiy dastur va loyihalarini ishlab chiqish; ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni yillik davlat dasturlariga kiritish hamda loyihalarni boshqarishni PMI PMBOK xalqaro standarti asosida amalga oshirish. 5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (keyingi o‘rinlarda — malaka oshirish kurslari) joriy etilsin. Belgilansinki: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har yili 1-yanvarga qadar ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida baholanadigan sohalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadigan davlat xizmatchilari kontingentini Akademiyaga taqdim etadi; malaka oshirish kurslarining o‘quv reja-dasturi Akademiya tomonidan ishlab chiqiladi va Respublika kengashining ishchi organlari bilan kelishiladi; malaka oshirish kurslarining o‘quv-uslubiy materiallari Akademiya tomonidan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi; malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishish va ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlarga malaka oshirish kurslari va stajirovkaga yuboriladi; davlat organlari xodimlari uchun o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi; davlat organlarining hududiy tuzilmalari boshqaruv xodimlari uchun malaka oshirish kurslari masofaviy tarzda tashkil etiladi; xo‘jalik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha malakasini oshirish xarajatlari shartnoma asosida buyurtmachilar mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 6. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga mas’ul davlat xizmatchilariga Akademiyada quyidagi bilim va ko‘nikmalar o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratilsin: davlat organlari faoliyatini global miqyosda baholab boruvchi tegishli ustuvor xalqaro reyting agentliklari va ularning faoliyati; reyting agentliklarining baholash metodikalari, mezon, indikator va subindikatorlari; reyting agentliklarining yillik hisobotlarida mamlakatimiz soha va tarmoqlarining muntazam past baholanayotgan subindikatorlari va ularning sabablari; past ko‘rsatkichli mezonlar bo‘yicha global reytingda peshqadam mamlakatlar hamda mazkur mezonlar bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini tez sur’atlar bilan yaxshilab borayotgan mamlakatlarning tajribasi va amalga oshirayotgan islohotlari; past ko‘rsatkichli subindikatorlar bo‘yicha mamlakat soha-tarmoqlaridagi tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish amaliyoti. 7. Respublika kengashi ishchi organlari (T. Ishmetov, R. Davletov) malaka oshirish kurslarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish maqsadida Akademiyaga quyidagilar yuzasidan ko‘maklashib borsin: ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari va subindikatorlari bo‘yicha soha va tarmoqlar kesimida ishlab chiqilgan loyihalar hamda ularning amalga oshirilishi borasidagi ma’lumotlarni har chorakda taqdim etib borish; ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha davlat organlarining malakali hamda tajribali mutaxassislarini va xorijiy ekspertlarni tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga jalb etish; Akademiyada nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ustuvor xalqaro reyting va indekslarni amaliyotga samarali joriy etishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish. 8. O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning past ko‘rsatkichli indikator va subindikatorlaridagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilsin: xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar — har yili 1-yanvarga qadar past ko‘rsatkichli indikator va subindikatorlar bo‘yicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yillik rejalarni ishlab chiqib Respublika kengashining ishchi organlariga kiritadi; Respublika kengashining ishchi organlari — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqotlarning yillik rejalari Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilishini tashkil etadi; Respublika kengashi — o‘zining navbatdagi yig‘ilishida xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning yillik rejalarini ko‘rib chiqadi, shu jumladan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni nazarda tutgan holda tasdiqlaydi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi. 9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov): har yili 1-martga qadar xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalari hamda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarning qo‘shimcha talabi asosida ilmiy loyihalarning mavzulari portfelini shakllantirsin; Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag‘lar haqida har chorakda Respublika kengashiga ma’lumot kiritib borsin; dasturlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va natijalarini qabul qilib olish bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengash tarkibiga Respublika kengashi ishchi organlarining hamda mas’ul davlat organlarining xodimlari tarkibidan vakillarni jalb etsin; Akademiyada malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini yanada oshirishga ko‘maklashish maqsadida davlat siyosati va boshqaruvi sohasiga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy grantlarni ajratishni nazarda tutsin. 10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
135
11,607
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT BOJI STAVKALARI TO‘G‘RISIDA 1993 YIL 26 APRELDAGI 192-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qishloqda tadbirkorlikni va mulkchilikning yangi shakllarini, shuningdek dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirishga, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalariga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 3-bandi quyidagi mazmundagi “f” kichik bandi bilan to‘ldirilsin: “f” dehqon (fermer) xo‘jaliklarining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining, qishloq xo‘jaligi ijarachilarining va kooperativlarining, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha kichik, shu jumladan xususiy korxonalar va firmalarning mol-mulkini garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni rasmiylashtirganlik uchun mol-mulk qiymatining 0,5 foizi”.
157
781
Qonunchilik
Jamoatchilik nazorati qonun bilan tartibga solindi
«Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi. Uning matni 13.04.2018 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.  Nimalar jamoatchilik nazoratiga olinadi Jamoatchilik nazoratining ob’yekti – davlat organlari, muassasalarining va ular mansabdor shaхslarining 5 ta yoʻnalishga doir faoliyati. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Qabul qilinayotgan NHHlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish 2. Fuqarolarning, yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlash 3. Oʻz zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daхldor boʻlgan vazifalar va funksiyalarni bajarish 4. Davlat хizmatlarini koʻrsatish 5. Ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarish Jamoatchilik nazoratida kimlar ishtirok etadi Qonunda 4 ta asosiy jamoatchilik nazorati sub’yekti nazarda tutilgan: Jamoatchilik nazorati qanday oʻtkaziladi Jamoatchilik nazorati quyidagi 8 shaklda amalga oshirilishi mumkin: – mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlari; – IIO profilaktika inspektorlarining, joylardagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlari; – tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining aхboroti; – tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalariga doir hisobotlari. Bu – muhim! Davlat organlarining va ular mansabdor shaхslarining faoliyatiga aralashmaslik va buning uchun toʻsiqlar yaratmaslik, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaхsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymaslik jamoatchilik nazorati sub’yektlarining majburiyatlari sirasiga kiradi. Hujjat 13.04.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
50
2,263
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘SIMLIK DUNYoSIGA ETKAZILGAN ZARAR UChUN UNDIRILADIGAN JARIMA MIQDORLARINI HISOBLASh TAKSALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va o‘simlik dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi hududida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari 1—6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirishdan olingan mablag‘lar: agar huquqbuzarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi inspektorlari tomonidan aniqlangan hollarda – tabiatni muhofaza qilishning mahalliy fondlariga o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish fondlari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq foydalaniladi; agar huquqbuzarlik davlat o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining o‘rmonlarni qo‘riqlash inspektorlari tomonidan aniqlangan hollarda – respublika budjetiga o‘tkaziladi; agar huquqbuzarlik davlat qo‘riqxonasi yoki milliy tabiat bog‘i hududida sodir etilgan bo‘lsa, u kim tomonidan aniqlangan bo‘lishidan qat’i nazar, davlat qo‘riqxonasi va milliy tabiat bog‘ining hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Dehqonchilik sanoati majmui bo‘limiga yuklansin. 1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘rmon xo‘jaligiga ziyon yetkazilganligi uchun moddiy javobgarlik tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1969-yil 2-yanvardagi 4-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 1-son, 2-modda); 2. Aholi tomonidan daraxtlarni noqonuniy kesish va o‘rmonga zarar yetkazish bilan (o‘sishdan to‘xtatish darajasigacha) yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR o‘rmonlariga beriladigan daraxtlar uchun taksalarning 07-01-04-son preyskurantlarini va 07-02-son preyskuranti bilan nazarda tutilmagan dumaloq va yog‘och turidagi yog‘och materiallariga 07-28-04-son ulgurji narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1980-yil 15-dekabrdagi 835-son qaroriga 1-ilova. 3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yig‘ishga tayyorlash tartibi, o‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolarni yig‘ishga tayyorlash uchun taksalar to‘g‘risida” 1987-yil 9-martdagi 104-son qaroriga 2-ilova. 4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yig‘ishga tayyorlash tartibi, o‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolarni yig‘ishga tayyorlash uchun taksalar to‘g‘risida” 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshi.
145
2,977
Qonunchilik
Boshoqli donning 1994-yil hosilidan belgilangan davlat buyurtmasi hajmlaridan ortiqchasini xo‘jaliklar tomonidan sotish tartibi to‘g‘risida
Boshoqli don ekinlari yetishtirishda jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, ijara, fermerlik va boshqa xo‘jaliklarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga respublika xo‘jaliklaridan boshoqli donning belgilangan davlat buyurtmasi hajmlaridan ortiqchasini (ularni xarid qilish hajmlaridan 75 foizidan ortig‘ini) erkin shartnoma narxlarida xarid qilishga ruxsat etilsin. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi shartnomalar tuzishni 10 kun muddatda yakunlasin, keyinchalik esa xo‘jaliklardan donni shartnoma narxlariga muvofiq xarid qilishni ta’minlasin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish I.X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
139
707
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish tartibi oʻzgartirildi
Prezident tomonidan “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi (15.11.2021 yildagi OʻRQ-728-son Qonun). Unda хususiylashtirish ob’yektlari, sub’yektlari, yer uchastkalarini хususiylashtirish shakllari va tartibi, хususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi, davlat boshqaruvi organlarining хususiylashtirish sohasidagi vakolatlari belgilangan. Xususiylashtirish ob’yektlari quyidagilardan iborat: Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari jumlasiga, boshqalar qatorida, quyidagilar ham kiradi: Respublika fuqarolari va yuridik shaхslari хususiylashtirish sub’yektlaridir. Chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, chet el yuridik shaхslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari va korхonalari хususiylashtirish sub’yektlari boʻlmaydi. Yer uchastkalarini хususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Yer uchastkalarini хususiylashtirishga doir ariza davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi. Uni koʻrib chiqish Yer uchastkalarini хususiylashtirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishga doir ma’muriy reglamentga muvofiq avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Arizani koʻrib chiqish natijasi ijobiy yoki salbiy qarorni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan хabarnomadan iborat boʻladi. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini toʻlash ijobiy qarorga ega boʻlgan хabarnoma olinganidan keyin 10 ish kuni ichida arizachi tomonidan amalga oshiriladi. Boʻsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali хususiylashtiriladi. Xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlari joylashgan yer uchastkalari tasdiqlangan хususiylashtirish dasturlariga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan aniqlanadi va yagona mulkiy majmua sifatida elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi. Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi uchun davlat orderi huquqni belgilovchi hujjat boʻlib, u хususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymatini toʻlash toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilganidan keyin 1 ish kuni ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Davlat orderlari berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. Shuningdek belgilanishicha, agar хususiylashtirish sub’yekti boʻlmagan shaхslarda yer uchastkalariga mulk huquqi vujudga kelsa, ushbu yer uchastkalari bunday holat yuz bergan paytdan e’tiboran 6 oy ichida begonalashtirilishi lozim. Yer uchastkalari belgilangan muddatda begonalashtirilmasa, mazkur shaхslarda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga olishda ustun huquq saqlab qolingan holda yer uchastkalari davlat mulkiga oʻtkaziladi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 15.11.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
94
2,808
Qonunchilik
Moskva shahridagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida joylashgan “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini saqlab turish va undan foydalanish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida
Berilgan mulkdan samarali foydalanish va Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va Moskva shahri mehmonlarini O‘zbekiston Respublikasining boy tarixi va milliy madaniyati, mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirish, turizm va investitsiya salohiyatini ilgari surish, keng ishbilarmon davra vakillarining e’tiborini investitsiya loyihalariga jalb etish hamda mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Moskva shahridagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga (2019-yil 30-may, Urganch shahri) muvofiq Rossiya tomoni O‘zbekiston tomoniga Moskva shahridagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi madaniy meros obyekti — 66-pavilonni 49 yilga ijaraga berganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligining O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Inter Forum” davlat unitar korxonasi tarkibida Moskva shahridagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi”ekspozitsion markazini saqlab turish va undan foydalanish direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda: Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablariga muvofiq Direksiyaning ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Direksiyani Moskva shahrida joylashtirish va jihozlashni, shuningdek, Direksiyaning faoliyatini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishni ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Direksiyaning ta’sis hujjatlarini uning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligini nazarda tutgan holda puxta tayyorlanishini ta’minlasin: ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini amalga oshirish; madaniy-ommaviy va konsert tadbirlarini tashkil etish; mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish, xalqaro ko‘rgazmalarda mahalliy turoperatorlarni keng reklama qilish; keng ko‘lamdagi reklama ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, xalqaro madaniy, sanoat va sayyohlik ko‘rgazmalarini o‘tkazish to‘g‘risida xorijiy foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan axborot manbalari orqali tashkil etilayotgan tadbirlarda, avvalambor, O‘zbekiston Respublikasining obro‘sini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali targ‘ib qilishni ta’minlash; MDH davlatlari va boshqa mamlakatlardan potensial xorijiy xaridorlarni xalqaro madaniy, sanoat va turistik ko‘rgazmalari hamda yarmarkalariga keng jalb qilishni amalga oshirish; vazirliklar va idoralarga Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishda metodik yordam ko‘rsatish; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va infratuzilma sohalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun Rossiya Federatsiyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini hamda ilg‘or texnologiyalarini jalb qilishga ko‘maklashish; mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish, Rossiya Federatsiyasi bozoriga O‘zbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining mahsulot va xizmatlarining uzoq muddatli eksport qilinishi hisobiga o‘zaro savdo tovarlari nomenklaturasini kengaytirishga ko‘maklashish. 5. Belgilansinki, Direksiya faoliyatini moliyalashtirish: xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; tegishli binolar (maydonlar) va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik, shu jumladan, chet ellik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari; Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazida namoyish qilish uchun axborot materiallari va mahsulot namunalari har yarim yilda yangilab borilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida 66-pavilondagi “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy madaniyati va tarixi to‘g‘risidagi materiallar va eksponatlar bilan jihozlash bo‘yicha tegishli tashkiliy va moliyaviy choralarni ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 161-F-son farmoyishiga muvofiq 2020-yil oxirigacha Moskva shahridagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida joylashgan 66-pavilonni rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari tugatilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 161-F-son farmoyishining 3-bandidagi “1-iyulgacha” so‘zlari “1-noyabrgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Inter Forum” davlat unitar korxonasi zimmasiga Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida joylashgan 66-pavilonda xalqaro anjumanlar, ko‘rgazma-yarmarkalar, forumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yagona muvofiqlashtiruvchi organ funksiyalari yuklansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
219
6,665
Qonunchilik
“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-857-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“O‘zbekiston Re
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-857-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
531
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON—TURKIYA LITSEYLARINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1993 YIL 27-MAYDAGI 255-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 255-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlash uchun taklif etilayotgan turkiyalik mutaxassislar va ularning oila a’zolariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi iltimosnomalariga asosan kirish-chiqish vizalarini belgilangan tartibda konsullik yig‘imlari olmasdan rasmiylashtirib berish yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston — Turkiya litseylarida ishlayotgan turkiyalik fuqarolar, ularning oila a’zolarini davlat bojlarini to‘lashdan ozod qilib, chiqish-kirish viza muddatlarini uzaytirish, turar joylardan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda bo‘lish muddatlarini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi iltimosnomalariga asosan amalga oshirilishini ta’minlasin”.
203
970
Qonunchilik
“Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘z
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019-yil 24-yanvarda kiritilgan “Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-461-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
874
Qonunchilik
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat test markazi qaror qiladi: 1. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: abituriyent — akademik litseyga o‘qishga kirish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovlarida ishtirok etuvchi jismoniy shaxs; abituriyent ruxsatnomasi — pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat beradigan hujjat; Davlat test markazi vakili — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim; bino rahbari — Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim; guruh nazoratchisi — Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat bo‘yicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib bo‘yicha o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan shaxs; test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami; javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat; qabul komissiyasi — akademik litseyga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan abituriyentlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida har yili tuziladigan komissiya. 2. Akademik litseyga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti rektori buyrug‘i bilan qabul komissiyasi tuziladi. 3. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi: qabul komissiyasining e’lonlar taxtasiga hamda akademik litseyning rasmiy veb-saytiga har yili 20-iyunga qadar mazkur Nizom, ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakli va o‘qitish tili bo‘yicha qabul kvotalari, ularga muvofiq test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi hamda test topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini joylashtirish; qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni bo‘yicha maslahatlar, ko‘rsatmalar berish; abituriyentni test sinovlari qoidalari bilan to‘liq tanishtirish; ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning test sinovi jarayoniga qatnashishini nazoratga olish; ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning ma’lumotlarini 24 soat ichida tekshirish va tasdiqlash, agarda kiritilgan ma’lumotlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, ularni abituriyentlar bilan bog‘langan holda bartaraf etish. 4. Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini ham ilova qilishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar tomonidan kiritilmagan imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlar inobatga olinmaydi. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun mas’ul hisoblanadi. Ro‘yxatdan o‘tishda qabul komissiyasi tomonidan ma’lumotlari tasdiqlanmagan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasi berilmaydi va ular test sinovlariga qo‘yilmaydi. 5. Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish har yili 20-iyundan 10-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Ushbu muddatlarda abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat test markazi bilan kelishgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini bu haqda abituriyentlarni kamida o‘n kun avval xabardor qilgan holda o‘zgartirishi mumkin. 6. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqidagi kunlik ma’lumotlar Akademik litseyning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi. 7. Ro‘yxatdan o‘tishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng abituriyentlar tomonidan Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan taqiqlanadi. 8. Abituriyent ruxsatnomasi test sinovlarini o‘tkazish belgilangan sanadan uch ish kuni oldin Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan yoki qabul komissiyasidan olinishi mumkin. 9. Abituriyentlar abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. 10. Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi. 11. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. 12. Test sinovlari katta sig‘imdagi binolarda ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat test markazi tomonidan belgilanadi. 13. Test sinovlarini mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’uliyat bino rahbari, guruh nazoratchilari va Davlat test markazi vakili shuningdek, qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi. 14. Test sinovlarini o‘tkazish jadvali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi. 15. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi. 16. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. 17. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi, test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob berishi shart. 18. Test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida 30 nafar abituriyentdan iborat guruhlar tashkil etiladi. Bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan bo‘lishi lozim. 19. Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanishi lozim. Har bir guruhga ikki nafargacha guruh nazoratchilari biriktiriladi. 20. Bino rahbari va guruh nazoratchilari Davlat test markazi direktori buyrug‘i asosida tayinlanadi. 21. Davlat test markazi vakili: bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatadi; test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlaydi. 22. Davlat test markazi vakili o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun qabul komissiyasiga ko‘rsatma berish, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish, shuningdek chetlashtirilgan bino rahbari yoki guruh nazoratchilari o‘rniga boshqa bino rahbari yoki guruh nazoratchilarini tayinlash huquqiga ega. 23. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan almashtirilishi mumkin. 24. Test sinovlari har yili iyul oyida Davlat test markazi tomonidan, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 09:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi. 25. Test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida Davlat test markazi vakili, bino rahbarlari va guruh nazoratchilari test sinovlari o‘tkazilayotgan hududga kirishi mumkin. Bunda, Davlat test markazining ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar test sinovlari o‘tkazilayotgan hududga kirishi taqiqlanadi. 26. Qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida hamda unda belgilangan muddatda test sinovlari o‘tkaziladigan binodagi shtabda test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi. 27. Abituriyentlar binoga pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan tegishli navbat bo‘yicha kiritiladi. 28. Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kunda birinchi smenada soat 8:30 gacha (ikkinchi smenada 14:30 gacha) test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kiritiladi. Birinchi smenada soat 8:30 dan keyin (ikkinchi smenada 14:30 dan keyin) abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi. 29. Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari soat 6:00 ga qadar test sinovlari o‘tkaziladigan binoga yetib keladi va test sinovlarini o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya qilishni tashkil qiladi. Davlat test markazi vakili bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining ro‘yxatini va ularning ruxsatnomalarini hamda abituriyentlar ro‘yxatini nazorat xizmat postlariga yetkazishni ta’minlaydi, qur’a tashlash yo‘li bilan guruh nazoratchilarini guruhlarga taqsimlashni amalga oshiradi, shuningdek test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi. 30. Bino rahbari guruh nazoratchilariga birinchi smenada soat 06:00 dan 06:30 gacha (ikkinchi smenada soat 13:00 dan 13:30 gacha) ularning ruxsatnomalarini tarqatadi va taqsimotini rasmiylashtiradi hamda birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha (ikkinchi smenada soat 13:00 dan 13:30 gacha) abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatadi va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi. 31. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 32. Guruh nazoratchilari birinchi smenada soat 8:30 gacha (ikkinchi smenada soat 14:30 gacha) abituriyentlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini guruh ro‘yxati bilan tekshirgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kiritadi. Abituriyentlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘ringa o‘tiradi. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida imtihonga kelmagan abituriyentlar o‘rni bo‘sh qoladi. 33. Guruh nazoratchilari abituriyentlar guvohligida test materiallari joylashtirilgan qutilar va abituriyentlar ro‘yxati hamda javob varaqalari solingan paketlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, shundan so‘ng ularni ochadi. Guruh nazoratchilari test sinovlari kitoblari hamda javob varaqalarini tartib bilan tarqatadi. 34. Guruh nazoratchilari test sinovlari boshlangunga qadar abituriyentlarni javoblar varaqalarini to‘ldirish qoidalari bilan tanishtiradi va abituriyentlar tomonidan tegishli bo‘limga o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi. 35. Bino rahbari abituriyentlarni test topshiriqlari kitobining muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish zarurligi hamda javoblar varaqasini ko‘k rangdagi pastali sharikli ruchkadan boshqa rangda foydalanib to‘ldirish, javoblar varaqasini bukish, marker chizig‘iga yozish, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yash test sinovlarini o‘tkazish talablarini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi. Davlat test markazi vakili bino rahbari va guruh nazoratchilariga test sinovlari o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlarni chetlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma beradi. 36. Abituriyent tomonidan birinchi smenada soat 08:30 dan 09:00 gacha (ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha) test materiallarining nuqsonsizligi tekshirilishi, agarda test materiallarida nuqsonlar aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi lozim. Shuningdek, abituriyent javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlashi hamda test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirishi kerak. 37. Guruh nazoratchisi birinchi smenada soat 09:00 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi: abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javob varaqalarini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydiradi, shuningdek abituriyentlar ro‘yxati to‘ldirilgan ro‘yxatning bir nusxasini bino rahbariga beradi; test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “yaroqsiz” deb yozadi, almashtirilgan vaqtini ko‘rsatadi hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozgan holda imzolaydi va ushbu holat haqida dalolatnoma tuziladi. Bunda, murojaat qilgan abituriyentga “yaroqsiz” deb topilgan test topshiriqlari kitobi o‘rniga guruhdagi test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini beradi. Agarda guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘raydi. Mazkur jarayon dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi; abituriyent test sinoviga kelmagan taqdirda guruh ro‘yxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritadi. 38. Bino rahbari birinchi smenada 09:00 da (ikkinchi smenada 15:00) test sinovlari boshlanganligini e’lon qiladi. 39. Abituriyent javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi. Javoblar varaqasining tegishli bo‘limlarini to‘g‘ri to‘ldirmagan abituriyentlarning e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi. 40. Abituriyent o‘zi tanlagan va test topshiriqlari kitobidagi javobga mos keladigan javoblar varag‘idagi tegishli doirani to‘ldiradi. Bunda, har bir test topshirig‘i bo‘yicha to‘g‘ri javobga faqat bitta doira to‘ldiriladi. Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, shu jumladan bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa, ushbu test topshirig‘iga ball hisoblanmaydi. 41. Abituriyentlarga test sinovlari materiallarini bir-biriga uzatish va boshqalarga yordam berish, shuningdek o‘zaro gaplashish taqiqlanadi. 42. Test sinoviga mikrokalkulyator, lug‘at, kitoblar, shpargalkalar, uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, test sinovi jarayonida test sinovi materiallarini boshqalarga uzatgan yoki yordam bergan, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test sinovi materiallarini topshirmagan, test sinovi materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyent test sinovi o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi. 43. Test sinovlari davomida abituriyentlarga test sinovlari o‘tkaziladigan binodan chiqish taqiqlanadi. O‘zboshimchalik bilan test sinovlari o‘tkaziladigan binoni tark etgan abituriyentlar test sinovlari o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda test sinovlari materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida test sinovlari o‘tkaziladigan joydan chiqishiga ruxsat beriladi. 44. Test sinovlari o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar test sinovlaridan chetlashtiriladi va bu haqda test sinovlaridan chetlashtirish bo‘yicha bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 45. Test sinovlaridan chetlashtirilgan abituriyentlarning javoblar varaqasi tekshirilmaydi. 46. Bino rahbari test sinovlari vaqti tugaganligini e’lon qiladi va guruh nazoratchilariga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini yig‘ishga ko‘rsatma beradi. 47. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng abituriyentlar test materiallarini topshiradi, belgilangan muddatdan oldin javob berishni tugatgan abituriyentlar, test materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin. 48. Guruh nazoratchilari abituriyentlardan test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib oladi. Test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari, “yaroqsiz” deb topilgan test topshiriqlari kitobi, abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining ikkinchi nusxasi javoblar varaqasi paketiga solinadi va paket muhrlanadi. Ishlatilgan va ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari test materiallari qutisiga joylashtiriladi. 49. Guruh nazoratchisi test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi va test topshiriqlari kitobi qutilarini muhrlaydi hamda muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test topshiriqlari kitobi qutilarini bino rahbariga topshiradi. Bino rahbari esa topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qo‘yadi. 50. Bino rahbari abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati, test materiallari hamda bino bo‘yicha to‘plangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feld’egerlik xizmatiga) topshirilishini ta’minlaydi. 51. Test sinovlari natijalari Davlat test markazining rasmiy veb saytida e’lon qilinadi. 52. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik ta’lim muassasalari, fakultetlari mutaxassislari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi. 53. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent apellatsiya komissiyasiga test sinovlari natijasi e’lon qilingandan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. 54. Apellatsiya komissiyasiga taqdim etilgan apellatsiya shikoyati u kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Abituriyent apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabarnoma beriladi. 55. Apellatsiya bergan abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda apellatsiya komissiyasiga o‘zining pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bilan kelishi shart. 56. Abituriyent Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. 57. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
167
21,010
Qonunchilik
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari qanday faoliyat yuritadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 6.10.2021 yildagi «Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan хotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 625-son qaror qabul qilindi. Prezidentning 19.05.2021 yildagi «Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan хotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5116-son qarori bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika markazi va joylarda 28 ta hududiy hamda tumanlararo namunali markazlar tashkil etildi. Ushbu qaror bilan zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi: Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar Markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi: Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.10.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
84
1,199
Qonunchilik
“Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
238
466
Qonunchilik
Umumjahon pochta ittifoqi ustaviga taalluqli yettinchi qo‘shimcha Bayonnomani (Buxarest, 2004-yil 5-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida
Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga taalluqli Yettinchi qo‘shimcha bayonnoma (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilinsin.
136
129
Qonunchilik
SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI EKSPERT TAShKILOTLARINI AKKREDITATSIYA QILISh VA ULAR FAOLIYATI USTIDAN INSPEKSIYA NAZORATINI O‘TKAZISh UChUN TO‘LOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 50-son, 496-modda ) 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazorati o‘tkazish qoidalari”da (ro‘yxat raqami 2022, 2009-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 43-son, 463-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun to‘lovlar mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi. 3. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish (qayta akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya sohasini kengaytirish) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida to‘lov undiriladi. 4. Buyurtmachi topshirgan arizasidan voz kechgan taqdirda akkreditatsiya qilish uchun to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi. 5. Akkreditatsiya attestati dublikati berilgani uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida to‘lov undiriladi. 6. Akkreditatsiya attestatida ko‘rsatilgan ekspert tashkiloti haqidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi natijasida akkreditatsiya attestati qayta rasmiylashtirilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida to‘lov undiriladi. 7. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida to‘lov undiriladi. 8. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 9. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini o‘tkazish maqsadida joyiga borib baholash bilan bog‘liq xarajatlar buyurtmachi tomonidan qoplanadi. 10. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha tushgan mablag‘lar akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash hamda sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini tashkil qilish va rivojlantirish uchun sarflanadi. 11. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
220
3,965
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV A’ZOLARI, KREDIT UYuShMALARI HAMDA MIKROKREDIT TAShKILOTLARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTG
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom”ga (2006-yil 14-noyabr, ro‘yxat raqami 1641 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 46-47-son, 467-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. 1. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning lavozimga muvofiqligini baholash maqsadida Tijorat banklarining Bosh banklarida kasbga muvofiqlikni aniqlash bo‘yicha ichki komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya tarkibiga Bank Kengashining a’zolaridan biri kiritilishi shart”. 2. 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 15 va 16-bandlardagi “Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi” so‘zlari “Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Quyidagi tahrirdagi 23 va 24-bandlar bilan to‘ldirilsin: “23. Xodim tijorat banklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (bo‘lim)lariga rahbar yoki bosh buxgalter lavozimiga tayinlanganidan so‘ng (Markaziy bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga teng yoki yuqori lavozimga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) tijorat banklarining Bosh banki tomonidan mazkur filialning iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1 yil davomida monitoring o‘rnatilib, uning tahlili har chorak yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvi muhokamasiga kiritib boriladi. 24. Tijorat banklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman filiali, Amaliyot boshqarmasi (bo‘limi)ga rahbar yoki bosh buxgalter (Markaziy bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga teng yoki yuqori lavozimga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kasbga muvofiqlikni aniqlash komissiyasining suhbat va (yoki) test sinoviga taklif etilishidan avval bank tizimining o‘quv markazlarida tashkil etilgan kurslarda yoki tegishli oliy o‘quv yurtlari huzuridagi malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshirishi hamda malaka oshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi lozim”. 5. 1-ilovada: to‘rtinchi xatboshi “va malaka oshirganligi to‘g‘risida hujjat nusxasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tavsiya etilayotgan nomzod bilan Bosh bankda o‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma nusxasi va nomzod bilan o‘tkazilgan suhbat varaqasi”; o‘ninchi xatboshi “hamda nomzodning pasporti nusxasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 6. 2-ilovadagi to‘qqizinchi xatboshi “hamda nomzodning pasporti nusxasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
250
3,552
Qonunchilik
OTA-ONASINING QAROVISIZ QOLGAN VA TO‘LIQ DAVLAT TA’MINOTIDA BO‘LGAN BOLALAR UChUN BOLALAR ShAHARChALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashning shakl va metodlarini takomillashtirish, oila sharoitlarida tarbiyalash uchun ularga shart-sharoitlar yaratish, bolalar tarbiya muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Bolalar shaharchasi” tarbiya muassasalari (keyingi o‘rinlarda Bolalar shaharchasi deb ataladi)ni tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarni oilada tarbiyalashning zamonaviy shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Bolalar shaharchalarini tashkil etish bosqichma-bosqich, ularning bolalarni qabul qilish va tarbiyalash uchun tayyorligiga ko‘ra amalga oshiriladi; Bolalar shaharchalari “Mehribonlik” uylarini Bolalar shaharchalariga aylantirish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin; davlat Bolalar shaharchalari bilan bir qatorda nodavlat Bolalar shaharchalari tashkil etilishi mumkin. 3. Ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining tarbiya muassasalari maqomiga ko‘ra Bolalar shaharchalariga tenglashtirilishi hamda ko‘rsatib o‘tilgan Nizomning ularga nisbatan “SOS — Kinderdorf Interneyshnl” xalqaro jamg‘armasi va “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarini davlat tarbiya muassasalari uchun belgilangan tartibga va normalarga muvofiq qisman budjetdan moliyalashtirishga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalar mahallalari ta’minotiga qisman moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari (keyingi o‘rinlarda Bolalar shaharchasi deb ataladi) maqomini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, ushbu muassasalar xodimlarining hamda bunday muassasalarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning (tarbiyalanuvchilarning) huquq va majburiyatlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining tarbiyaviy muassasalari maqomiga ko‘ra Bolalar shaharchalariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan ushbu Nizom “SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati va “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda qisman moliyalashtirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish yuzasidan qo‘llaniladi. 2. Bolalar shaharchasi tarbiya muassasasi hisoblanadi, uning doirasida ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar kichik guruhlar shaklida oiladagiga yaqinlashtirilgan sharoitlarda tarbiyalanadi. Bolalar shaharchalari ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun tarbiya muassasalarining yanada mukammallashgan turlari sifatida, shu jumladan “Mehribonlik” bolalar uylarini Bolalar shaharchalariga bosqichma-bosqich aylantirish shartlarida tashkil etiladi. 3. Bolalar shaharchasi ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarning yashashga va oilada tarbiyalashga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek ijtimoiy moslashish va jamiyatga integratsiyalash uchun ularni ma’naviy-axloqiy, mehnat tarbiyasi va ta’lim olishini har tomonlama ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. Quyidagilar Bolalar shaharchasining asosiy vazifalari hisoblanadi: tarbiyalanuvchilarning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi oilaviy muhitni yaratish; tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni ta’minlash, shuningdek profilaktika tadbirlarini amalga oshirish; tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishni, psixologik va tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilishni va ularni jamiyatga moslashtirishni ta’minlash; bolalarni milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash; tarbiyalanuvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga kasb tanlashi uchun shart-sharoitlar yaratish. 4. Bolalar shaharchasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi. 5. Bolalar shaharchasi yuridik shaxs hisoblanadi va muassasa shaklida tashkil etiladi. Bolalar shaharchasi davlat va nodavlat shaklida bo‘lishi mumkin. 6. Bolalar shaharchasi muassisning qarori asosida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat Bolalar shaharchasining muassisi bo‘lishi mumkin. Nodavlat tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar nodavlat Bolalar shaharchasining muassisi bo‘lishi mumkin. Nodavlat Bolalar shaharchasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi. Nodavlat Bolalar shaharchasini tashkil etishda muassis tomonidan uni kamida 3 yil mobaynida o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishning aniq manbalari kafolatlari va tasdiqnomasi taqdim etiladi. 7. Bolalar shaharchasi ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Bolalar shaharchasining namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bolalar shaharchasining ustavi uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi. Nodavlat Bolalar shaharchasi ustavi ularning hududiy joylashishiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. 8. Bolalar shaharchasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 9. Bolalar shaharchasida tarbiya jarayoni oilaviy tipga ko‘ra tashkil etiladi. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalar tarbiyachi boshchiligida guruhlarga bo‘linadi, guruhlar oilalar deb ataladi. Har qaysi oilada turli yoshdagi 6 nafardan 8 nafargacha bolalar tarbiyalanadi. 10. Bolalar shaharchasining har qaysi oilasi alohida uylarga yoki alohida turar joylarga (kvartiralarga) joylashtiriladi. 11. Bolalar shaharchasida kamida 12 ta oila tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchi bolalarning umumiy soni 140 nafardan oshmasligi kerak. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun beriladigan bolalarning yoshi, qoidaga ko‘ra, 3 yoshdan boshlab ularning umumta’lim muassasasini tugatish yoshigacha bo‘ladi. 12. Tarbiyachilar bolalarni tarbiyalash usullarini belgilashda vasiylik va homiylik organining tavsiyanomalariga amal qiladilar. 13. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining ta’lim muassasasini va o‘qitish shaklini tanlashda bolalarning xohishlarini hisobga olishi va bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart. 14. Tarbiyachilar o‘z vakolatlarini amalga oshirishda bolalarning jismoniy va ruhiy holatiga, ularning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishga haqli emas. Tarbiyalash usullari bolalarning qadr-qimmatini tahqirlovchi mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollik munosabatlaridan holi bo‘lishi kerak. 15. Bolalar shaharchasi xodimlari tarbiyalanuvchilarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga hamda ularning munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishlari shart, tarbiyalanuvchilarning manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Nizoli hollarda tarbiyalanuvchi bilan uning ota-onalari, qarindoshlari o‘rtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi. 16. Bolalar shaharchasining rahbarlari va pedagog xodimlari tarbiyalanuvchilarni oilaga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart. 17. Bolalar shaharchasi tarbiyachilari Bolalar shaharchasi oilalari bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida birkitilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlaydilar. 18. Bolalar shaharchasi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashuviga va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda ular bilan birlashishiga hamda bolaning manfaatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda qarshilik ko‘rsatmasligi kerak. 19. Tarbiyalanuvchilarni ilgarigi oilasiga qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 20. Ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarni Bolalar shaharchasi oilasiga berish qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bolalar shaharchasiga ota-onasining qarovisiz qolgan yangidan aniqlangan bolalar ham, ixtisoslashtirilgan bolalar ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari ham yuboriladi. 21. Bolalarni Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berishda vasiylik va homiylik organlari bolalarning manfaatlarini hisobga olishi kerak. O‘n yoshga to‘lgan bolalar Bolalar shaharchasi oilasiga faqat ularning roziligi bilan berilishi mumkin. 22. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qabul qilish va tanlash ma’muriyat vakillari tomonidan, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi yo‘llanmasi asosida, Bolalar shaharchasining tarbiyachilari, psixologi va ijtimoiy xodimining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. 23. Bolalarni oilaga berishda Bolalar shaharchasi ma’muriyati, birinchi navbatda, bolalarning manfaatlariga amal qilishi, ularning etnik jihatdan kelib chiqishini, muayyan dinga va madaniyatga mansubligini hisobga olishi, ona tilida muomala qilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, tarbiyalash va ta’lim berishda izchillikni ta’minlashi kerak. Aka-ukalar va opa-singillar bitta oilaga berilishi kerak, tibbiy yoxud boshqa sabablarga ko‘ra ular birgalikda tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan holatlar bundan mustasno. Bolalarning birgalikda tarbiyalanishiga monelik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 24. Bolalar shaharchasiga beriladigan har bir bolaga vasiylik va homiylik organlari tarbiyachilarga quyidagi hujjatlarni beradilar: tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma va ambulatoriya kartasi; ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun); ota-onasi to‘g‘risidagi hujjatlar (o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, kasalligi, ota-onasining qidirilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ota-onasining yo‘qligini yoki ular o‘z bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar); aka-uka va opa-singillarining mavjudligi hamda ularning turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; bolaga tegishli mol-mulkning ro‘yxati va mol-mulkning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ilgari egallab turilgan turar joyni voyaga yetmaganlarga biriktirish to‘g‘risidagi hujjatlar; sudning aliment undirish to‘g‘risidagi qarori nusxasi, shuningdek nafaqa, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar; bolaning nomiga ochilgan bank hisob raqami mavjudligi to‘g‘risidagi hujjat. 25. Tarbiyalash uchun Bolalar shaharchasiga berilishi mumkin bo‘lgan bolalar soni va ularni berish navbati Bolalar shaharchasi oilasining ma’muriyati, pedagog-psixologi va tarbiyachisi bilan birgalikda belgilanadi. Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni tanlash maqsadida, davlat Bolalar shaharchasi ma’muriyatining yozma ruxsatnomasi bo‘yicha “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini dam olish, bayram va ta’til kunlari taklif qilishlari mumkin. “Mehribonlik” uylari ma’muriyati tarbiyachilarni ushbu tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari bilan tanishtirishi shart. 26. Vasiylik va homiylik organlari bolalarni Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun tanlashda ularga meros, hadya tartibida yoki boshqa qonuniy asoslarda o‘tgan mol-mulk mavjudligini aniqlashi hamda bolalarning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishi va ushbu mol-mulk saqlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishlari shart (qonun bo‘yicha bolalar meros qilib olishi kerak bo‘lgan mol-mulkni aniqlash, saqlash va boshqarish, mol-mulkni noqonuniy egallab olgan shaxslardan uni talab qilish, qarzdorlardan pul va boshqa mablag‘larni undirish hamda hokazolar). 27. Agar Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalarda boshqa joyda turgan mol-mulk mavjud bo‘lsa, u holda ushbu mol-mulkni muhofaza qilish mol-mulk turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi va zaruriyat bo‘lganda ular tomonidan mol-mulkka vasiy tayinlanishi mumkin. 28. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari qonun hujjatlariga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq huquq va majburiyatlarga egadir. 29. Tarbiyalanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlari Bolalar shaharchasi ma’muriyati, vasiylik va homiylik organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar tomonidan himoya qilinadi. 30. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchisi Bolalar shaharchasi ma’muriyati, shuningdek tarbiyachi tomonidan suiiste’mollar sodir etilishidan himoyalanish huquqiga ega. 31. Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida bo‘lgan butun davrda meros yoki hadya tartibida, shuningdek boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaxslardan unga o‘tgan mol-mulkka, turar joyga mulk huquqini saqlab qoladi. Turar joy tarbiyalanuvchi Bolalar uyida bo‘lgan butun davr mobaynida unda saqlanib qoladi. 32. Tarbiyalanuvchi unga berilishi kerak bo‘lgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga bo‘lgan huquqni (boquvchisini yo‘qotganda, nogiron bo‘lib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni o‘zida saqlab qoladi. Bolalar uyidagi tarbiyalanuvchining ta’minoti uchun ota-onadan undiriladigan mablag‘lar, unga tayinlangan nafaqa va boshqa to‘lovlar tarbiyalanuvchining nomiga ochilgan bank hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak. 33. Tarbiyalanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy, kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga huquqni saqlab qoladi. Bitimlardan olingan daromadlar ma’muriyat tomonidan faqat tarbiyalanuvchining manfaatlarini ko‘zlab hamda vasiylik va homiylik organining roziligi bilan sarflanishi mumkin. 34. Tarbiyalanuvchi oilaga qaytganda (farzandlikka olinganda) yoki Bolalar shaharchasidan tarbiyalab chiqarilgandan keyin tarbiyalanuvchining mol-mulki va hujjatlari notarial tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ota-onasiga yoki tarbiyalanuvchining o‘ziga beriladi. 35. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish Bolalar shaharchasi vrachi, shuningdek Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi. Bolalar shaharchasi ma’muriyati tibbiyot xodimi uchun alohida xona va tibbiy asbob-uskunalar ajratadi. 36. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalarida umumiy asoslarda tarbiyalanadi va o‘qitiladi, bunda bolalar davlat maktabgacha tarbiya muassasalarida bo‘lgan vaqt uchun to‘lov undirilmaydi. 37. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar uchun qo‘shimcha ta’lim (to‘garaklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) tashkil etiladi. 38. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar mavjud bo‘lgan maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan bolalarning rivojlanishida aniqlangan nuqsonlarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni psixofizik rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘lgan tarbiyalash va o‘qitish dasturlari bo‘yicha ta’lim tashkil etilishi mumkin. 39. Bolalar shaharchasi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga kirishi yuzasidan javob beradi va unga zarur yordam ko‘rsatadi. 40. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilariga o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yo‘llanma berishda qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l haqi va yo‘ldagi vaqtda ovqatlanish xarajatlari to‘lanadi. 41. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari ma’muriyat bilan kelishgan holda ular o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaguniga qadar, mazkur muassasada yotoqxona mavjud bo‘lmagan taqdirda, Bolalar shaharchasida to‘liq davlat ta’minotida yashashi mumkin. Ma’muriyatning ruxsati bilan Bolalar shaharchasida bitiruvchilarning yashashi uchun bitta tegishli uy ajratiladi. 42. Bolalar shaharchasining o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari o‘zlari ta’lim olayotgan ta’lim muassasalari ma’muriyati bilan kelishgan holda ta’til davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek kasallik davrida yashaganlik uchun haq to‘lamasdan Bolalar shaharchasida turishlari mumkin. Vaqtincha yashaydigan o‘quvchilar va talabalar Bolalar shaharchasi uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash sharti bilan ovqat bilan ta’minlanadilar. 43. Vasiylik va homiylik organlari tarbiyalanuvchilarning farovonligi, sog‘lig‘i (sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ustidan oylik nazoratni amalga oshiradilar. 44. Bolalar shaharchasiga bevosita rahbarlik muassasa ma’muriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar shaharchasi direktori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Bolalar shaharchasi muassisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Bolalar shaharchasi direktorini lavozimiga tayinlash tanlov asosida amalga oshiriladi. 45. Bolalar shaharchasi direktori: Bolalar shaharchasi nomidan ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida Bolalar shaharchasi mol-mulkini tasarruf etadi; ishonchnomalar beradi; g‘aznachilik bo‘linmalarida hisob raqamlari va boshqa bank hisob raqamlari ochadi; kadrlarni ishga qabul qiladi va joy-joyiga qo‘yadi, Bolalar shaharchasi xodimlarini rag‘batlantiradi, ularga intizomiy jazolar beradi va ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi; o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi; tarbiyalanuvchilarning hayoti muhofaza qilinishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi, o‘quv-tarbiya jarayonining holati, moliya-xo‘jalik faoliyati, buxgalteriya hisobi va hisoboti, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. 46. Bolalar shaharchasi direktorining ikki nafar: tarbiyaviy ishlar va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ladi. Davlat Bolalar shaharchasi direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi. 47. Direktor va uning o‘rinbosarlari lavozimlarining malaka tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 48. Bolalar shaharchasi direktori va uning o‘rinbosarlari bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bolalar shaharchasi direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyatiga baho berish mezonlarini ishlab chiqadi, ushbu mezonlar asosida ularning faoliyati baholanadi va keyingi yil uchun mehnat shartnomasini uzaytirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi. 49. Bolalar shaharchasi ma’muriyati har yili Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i, ularni tarbiyalash ishlari to‘g‘risida, shuningdek tarbiyalanuvchilarning mol-mulkini boshqarish bo‘yicha hisobot taqdim etadi. 50. Bolalar shaharchasi direktori jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan qonuniy vakil hisoblanadi. Direktor, agar vasiylik va homiylik organi tomonidan ma’muriyat va bolalarning manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudligi aniqlansa, bolalarning manfaatlarini ifodalashga haqli emas. Ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lgan taqdirda vasiylik va homiylik organi boshqa vakilni tayinlashi shart. 51. Bolalar shaharchasi oilalarida tarbiyachilar O‘zbekiston Respublikasining 30 yoshga to‘lgan, biroq 55 yoshdan katta bo‘lmagan fuqarolari — yolg‘iz ayollar yoki farzandsiz er-xotinlar bo‘lishi mumkin. Tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ustunlik beriladi. 52. Tarbiyachi Bolalar shaharchasi oilasi boshlig‘i hisoblanadi. U O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligi tarbiyachilarning malaka tavsiflarini ishlab chiqadi va belgilaydi. Tanlashda oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik, shuningdek psixologik yoki tibbiy ma’lumotli, ijtimoiy ish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan shaxslarga ustunlik huquqi beriladi. Quyidagi shaxslar tarbiyachilar bo‘lishi mumkin emas: sud tomonidan huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilganlar; sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonun bilan o‘ziga yuklangan majburiyatlar zarur tarzda ijro etilmaganligi uchun vasiy (homiy) majburiyatlaridan chetlatilganlar; agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, sobiq farzandlikka olganlar; sudlanganlar; sog‘lig‘iga ko‘ra bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lmagan shaxslar. Shaxsning tarbiyachi bo‘lishiga monelik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 53. Tarbiyachi quyidagilarga majbur: bolalarni tarbiyalash, ularning sog‘lig‘i, jismoniy, psixik, axloqiy-ma’naviy kamol topishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; oilada axloqiy-ma’naviy va uy muhitini yaratish; o‘z majburiyatlarini tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazgan holda bajarmaslik; bola uchun o‘ziga berilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash; har olti oyda tibbiy dispanser ko‘rigidan o‘tish; har ikki yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida qo‘shimcha o‘qitishning ikki haftalik kursidan o‘tish; qonun hujjatlariga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. 54. Tarbiyachi ota-onalar (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi, aliment to‘lash majburiyati bundan mustasno. 55. Tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda, shuningdek bolalar ota-onalariga qaytarilgan (farzandlikka olingan) taqdirda to‘xtatilishi mumkin. 56. Tarbiyachilar Bolalar shaharchasida mehnat shartnomasining butun amal qilish muddati mobaynida yashaydilar. 57. Bolalar shaharchasidagi tarbiyalanuvchilar manfaatlarini yanada to‘liq ta’minlash uchun tarbiyachilarga Bolalar shaharchasi hududida yashaydigan tarbiyachi yordamchilari yordam beradilar hamda ular bo‘lmaganda va ularning ta’tili davrida ularning vazifasini bajarib turadilar. 58. Bolalar shaharchasining mukammal faoliyat yuritishi uchun Bolalar shaharchasi xodimlari soni va zarur lavozimlar ro‘yxati ilovaga muvofiq uning tuzilmasiga kiradigan oilalar soniga bog‘liq holda namunaviy shtatlarga asosan belgilanadi. 59. Bolalar shaharchasi xodimlari bir yil muddatga tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ushbu muddat yillik ish natijalariga ko‘ra keyingi yilga uzaytirilishi mumkin. 60. Pedagoglar, ijtimoiy xodimlar va psixologlar qonun hujjatlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ruhiy va ijtimoiy pedagogik yordam ko‘rsatadilar, ular Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ruhiy, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish ishlarini tashkil qiladilar. 61. Bolalar shaharchasining tibbiyot xodimlari tarbiyalanuvchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigini tashkil etish, ularning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan davolanishga yo‘naltirilishi, tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya tadbirlariga kiritilishi, Bolalar shaharchasida sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilinishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishi, ularning jismoniy va aqliy yuklamalari me’yorlari, sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq Bolalar shaharchasi hayot faoliyatining tashkil etilishi uchun javob beradilar. 62. Davlat Bolalar shaharchalari ta’minoti va ularni moddiy-texnik ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Davlat Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Nodavlat Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari muassislar ta’minotida bo‘ladi. Bunda mablag‘ bilan ta’minlash ushbu Nizomda davlat Bolalar shaharchalari uchun belgilangan miqdorlar va normativlardan kam bo‘lishi mumkin emas. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qisman mablag‘ bilan ta’minlanadi, ya’ni faoliyat ko‘rsatayotgan va yangidan tashkil etilgan “SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari ta’minoti uchun xarajatlar, xususan — ushbu Nizomning 66-bandida nazarda tutilgan xarajatlar, kommunal xizmatlar, tarbiyachilarga (SOS — onalarga) va ularning yordamchilariga (SOS — oilaviy yordamchilarga) to‘lanadigan ish haqi hamda ish haqiga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar xarajatlari qoplanadi. 63. Bolalar shaharchalari, qoidaga ko‘ra, tumanlar markazlarida va yirik shaharlarning shahar atrofi hududlarida joylashtiriladi. Bolalar shaharchasi hududi, binolari va inshootlariga nisbatan eng kam talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Bolalar shaharchasining moddiy-texnik jihozlanishiga nisbatan eng kam talablar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Bolalar shaharchasi binolari texnika xavfsizligi qoidalariga, shuningdek sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi. 64. Bolalar shaharchasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin hududiy moliya organlari taqdim qilingan Bolalar shaharchasi xarajatlar smetasini va uning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bolalar shaharchasining xarajatlar smetasi shaharchaning o‘z ta’minoti sifatida aks ettiriladigan xarajatlar bo‘yicha, jumladan barcha xodimlarning ish haqi, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar va boshqa joriy xarajatlar, binolar va inshootlar saqlanishi, ularni ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va boshqalar uchun xarajatlar hamda xarajatlar smetasida alohida hisob-kitobda har bir alohida oilaga ajratiladigan, budjet tarkibiga kiradigan va naqd pul shaklida to‘lanadigan xarajatlar bo‘yicha tasdiqlanadi. Nodavlat Bolalar shaharchalari tarmoqlar, shtatlar jadvali va kontingent bo‘yicha moliya organlariga hisobot topshiradilar. 65. Binolar saqlanishi uchun xarajatlar va Bolalar shaharchalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa joriy xarajatlar bilan birgalikda kommunal xizmatlar bo‘yicha xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash naqd pulsiz to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. 66. Davlat Bolalar shaharchalaridagi oilaviy budjet xarajatlarini qoplash uchun har bir tarbiyachiga “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq hisoblangan tarbiyalanuvchilar ta’minotiga oylik pul mablag‘lari to‘lanadi. Har bir alohida oila budjetiga quyidagilar kiradi: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, poyabzallar, choyshablar va sochiqlar, kundalik xo‘jalik va shaxsiy gigiyena buyumlari, o‘yinlar, o‘yinchoqlar, kitoblar, boshqa mayda xo‘jalik buyumlari sotib olish va transport xarajatlari; sog‘lomlashtirish, ta’lim berish va madaniy-ommaviy tadbirlar. 67. Tarbiyachilar tomonidan oila budjeti mablag‘laridan tejab qolingan pullar oila bayramlari va oilaning boshqa maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin. 68. Davlat Bolalar shaharchalarini moliyalashtirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga xarajatlar ajratish “Mehribonlik” uylari uchun belgilangan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi. 69. Davlat Bolalar shaharchalaridagi bitta tarbiyalanuvchining oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq mebel bilan ta’minlash me’yori “Mehribonlik” uylari uchun tasdiqlangan me’yorlarga o‘xshash holda belgilanadi. 70. Bolalar shaharchasida moliyaviy boshqarish tizimi Bolalar shaharchasining har bir oilasida moliyaviy javobgarlik va hisobot berishga yo‘naltirilgan. Ma’muriy-boshqaruv mexanizmlari Bolalar shaharchasi rahbariyati tomonidan har bir oilaning tabiiy jarayonlariga aralashishini kamaytirishni nazarda tutadi. 71. Davlat Bolalar shaharchalarida qonunchilikda nazarda tutilgan tarbiyachilar, ma’muriy-xo‘jalik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish haqi va ularni moddiy rag‘batlantirish davlat budjeti hisobiga “Mehribonlik” uylari uchun qo‘llanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bolalar shaharchasining barcha rahbar, pedagog va boshqa xodimlariga yetim bolalar bilan ishlashning maxsus sharoitlari uchun ish haqi stavkasiga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha haq belgilanadi. Tarbiyachilar va tarbiyachining yordamchilariga bolalar bilan kecha-kunduz, shu jumladan tungi vaqtda ishlaganligi uchun ish haqi stavkasiga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq belgilanadi. 72. Budjetning g‘aznachilik ijrosiga o‘tmagan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi ta’minoti uchun ajratiladigan pul mablag‘lari har oyda uning bankdagi hisob raqamiga belgilangan muddatlarda va tartibda o‘tkaziladi. 73. Budjetning g‘aznachilik ijrosiga o‘tgan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi xarajatlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliya organlarida, shuningdek g‘aznachilik bo‘linmalarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari asosida to‘lash uchun g‘aznachilik hisob raqami ochiladi. 74. Bolalar shaharchasini moddiy qo‘llab-quvvatlash, tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida Bolalar shaharchasi ma’muriyati vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni tashkil etish huquqiga ega. Bolalar shaharchasi ma’muriyati budjetdan tashqari mablag‘larni o‘tkazish uchun alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega. 75. Bolalar shaharchasiga berilgan bolalarning ta’minoti uchun mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha me’yorlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda to‘lanishi lozim. Ayrim sabablarga ko‘ra o‘tgan moliya yilida to‘lanmagan pul mablag‘lari keyingi moliya yilida to‘lanadi. 76. Yil davomida foydalanilmagan mablag‘lar olib qo‘yilmaydi, ular Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va keyingi yilda ulardan ushbu maqsadlar va bolalar ehtiyoji uchun foydalaniladi. 77. Bolalar shaharchasining barcha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobini Bolalar shaharchasi buxgalteri amalga oshiradi, u tegishli xalq ta’limini moliyalashtirish bo‘limlariga har oyda va har chorakda hisobot topshiradi. 78. Bolalar shaharchasi buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 79. Barcha tarbiyachilar moddiy javobgar hisoblanadilar. 80. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini tashkil etish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi. 81. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni ularning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini ta’minlaydi. Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma bo‘yicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi. Oiladagi bolalarning sifatli va to‘laqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi bolalarni doimiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, umumiy rivojlanishi, o‘sishi, vazni, shuningdek vrach va Bolalar shaharchasi ma’muriyatining tanlab nazorat qilish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. 82. Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan xarid qilganda to‘lov cheklari saqlab qo‘yiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga xarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi. 83. Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida, doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 84. Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibi Bolalar shaharchasi direktori tomonidan bir yilga belgilanadi va uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 85. Bolalar shaharchasidan uzoq masofada joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan tarbiyalanuvchilarga, yirik xaridlardan tashqari, Bolalar shaharchasidagi tushlik pul qiymatidan oshmaydigan miqdorda tushlikka naqd pul beriladi. 86. Tushlik uchun naqd pullar normativlari summalarni tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab taqsimlagan holda tasdiqlanadi. 87. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi 33-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar, yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun, shuningdek Bolalar shaharchasiga tarbiyalashga berilgan bolalar uchun ham joriy etiladi. 88. Bolalar shaharchasi vrachi tarbiyachiga oziq-ovqat mahsulotlari tanlashda maslahat yordami beradi va ovqatlanishni tashkil etish va uning sifatini tanlab nazorat qiladi. Bolalar shaharchasi vrachi buxgalteriya va tarbiyachilarning dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun ishlatgan mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisob-kitob yozishmalarini to‘sqinliksiz olish huquqiga ega. 89. Bolalar shaharchasining moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazoratni moliya organlari amalga oshiradilar. 90. Bolalar shaharchasining moddiy-texnika bazasi binolar, inshootlar, yer uchastkalari, kommunikatsiyalar, inventarlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalardan iborat bo‘ladi. 91. Bolalar shaharchasi maqomi oxirgi tarbiyalanuvchi balog‘at yoshiga yetgunga qadar va ishga joylashgunga qadar saqlanib qoladi. 92. Bolalar shaharchasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. 93. Bolalar shaharchasi tugatilganda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash to‘lovlarini chegirgan holda qonun hujjatlariga va uning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
143
35,846
Qonunchilik
Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni ta’minlash irrigatsiya-melioratsiya kompleksidan foydalanish samaradorligin oshirish, shuningdek Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodi taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi bila hamkorlikni kengaytirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish uchun: Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 17 yil bo‘lgan, 52,65 mln. AQSh dollariga teng miqdorda moliyaviy mablag‘larni berish to‘g‘risida Istisno Shartnomasi va Agentlik bitimi imzolandi; OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi bilan besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil bo‘lgan, 12,72 mln. AQSh dollariga teng miqdorda qarz berish to‘g‘risida qarz bitimi imzolandi; Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (QAITJ) olti yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 21 yil bo‘lgan, 4,34 mln. quvayt dinori (ekvivalenti 15,62 mln. AQSh dollariga teng) miqdorida O‘zbekiston Respublikasiga qarz berilishini ma’qulladi; O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 13,34 mln. AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlar hajmi 5,22 mln. AQSh dollarini hamda “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. Faza-2” loyihasi doirasida — 2,66 mln. AQSh dollari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari — 5,46 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihani 2009 — 2014-yillar davri mobaynida amalga oshirish belgilab qo‘yilgan. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi jalb etiladigan kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi; KAITJ va OPEK Jamg‘armasining qarzlari bo‘yicha foizlar va komissiyalarni, qarzlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek ITB tomonidan ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larni, ustama narxni ham hisobga olgan holda qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq; “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini qismlar, manbalar va yillar bo‘yicha moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq; ITBning moliyaviy mablag‘larini qaytarish, KAITJ va OPEK Jamg‘armasining qarzlari bo‘yicha foizlar va komissiyalarni, qarzlarni to‘lash jadvali 3, 4 va 5 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri KAITJ bilan tuzilgan Qarz bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan ITB o‘rtasidagi Istisno Shartnomasi va Agentlik bitimi, O‘zbekiston Respublikasi bilan KAITJ o‘rtasidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamg‘armasi o‘rtasidagi qarz bitimlari bo‘yicha yuridik xulosalarni bersin. 6. “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 6-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin. Muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin: loyiha doirasida alohida ustuvor loyihalarni sifatli tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va o‘z vaqtida amalga oshirishga tayyorlash, ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanishni nazorat qilish; loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xarid qilish bo‘yicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash; loyihaning amalga oshirilishini muntazam ko‘rib borish va zarur hollarda ularning samarali hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda Toshkent shahrida loyihani boshqarish guruhi tuzilishini ta’minlasin, uning zimmasiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalari yuklansin, shuningdek Guliston va Jizzax shaharlarida loyihani amalga oshiruvchi ikkita guruh tashkil qilsin hamda ularning lavozimlar ro‘yxatini va ular faoliyatini moliyalashtirishning har yilgi smetasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan albatta kelishib olsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlari zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, shuningdek ITB, KAITJ va OPEK Jamg‘armasi tartib-qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash hamda taqdim etishni tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish Departamenti 2010-yildan boshlab, har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin. 10. Loyihani amalga oshirish davrida mazkur loyiha doirasida ITB mablag‘lari, KAITJ va OPEK Jamg‘armasi qarzlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ushbu loyiha doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
250
7,100
Qonunchilik
Ikkita yangi jamgʻarma tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 23.01.2021 yildagi 36-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi. Jamgʻarmalar Prezidentning 22.10.2020 yildagi PQ-4870-son qaroriga muvofiq yuridik shaхs tashkil etmagan holda tuzilmoqda. Jamgʻarmalar mablagʻlari: a) quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: b)  quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
38
691
Qonunchilik
“DO‘STLIK” ORDENI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA” GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Do‘stlik” ordeni hamda orden bilan mukofotlanganligiga oid tegishli hujjat tayyorlanishini ta’minlasin.
111
340
Qonunchilik
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda ma’muriy reglament deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda tasdiqlanishini; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining YIDXPga ulanishini; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi: davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin; ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Ma’muriy reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan attestatsiya o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan o‘tkaziladi. 3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi. 4. Davlat xizmati ko‘rsatish mazkur Ma’muriy reglamentga 1-ilovadagi sxema asosida amalga oshiriladi. 5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. 6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchining o‘zi ushbu Ma’muriy reglamentning 2-ilovasiga asosan, tegishli sport turi faoliyatini tanlagan holda tegishli shakldagi arizalardan birini to‘ldiradi. 7. Ariza beruvchi sportning ikkinchi va undan ko‘proq turi bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bu haqda arizada ko‘rsatadi (amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida). Shuningdek, ariza beruvchi sport turi bo‘yicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan taqdirda sportning aynan shu turi bo‘yicha trener yoki trener-o‘qituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun bu haqda arizada ko‘rsatadi (amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 8 oy mobaynida). 8. Ariza to‘ldirilgandan so‘ng arizachi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda arizani ERIsi bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan tasdiqlashi mumkin. Ariza to‘ldirilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi. Ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Arizaning to‘g‘riligi va haqiqiyligi bo‘yicha barcha javobgarlik ariza beruvchining zimmasida bo‘ladi, bundan arizalarga ilova qilinayotgan tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar mustasno. 9. Davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun quyidagi yig‘imlar undiriladi: arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun — to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida; attestatsiyadan o‘tkazish uchun: to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) baravari miqdorida; mazkur Ma’muriy reglamentning 7-bandida ko‘zda tutilgan hollarda to‘lov kunidagi eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar attestatsiyadan o‘tmasdan va attestatsiyadan o‘tganlik uchun haq to‘lamasdan trenerlik faoliyati bilan muddatsiz shug‘ullanishga ruxsatnoma oladilar. Davlat unvonlari va xalqaro unvonlarga va/yoki mukofotlarga ega bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar sport turi bo‘yicha tegishli respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi bo‘yicha Komissiyaning qarori bilan attestatsiyadan o‘tishdan va attestatsiya o‘tkazilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinishi mumkin. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi. 10. Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur Ma’muriy reglamentning 9-bandida ko‘rsatilgan yig‘imlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi. 11. Yig‘im summalari quyidagicha taqsimlanadi: arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga; 70 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; attestatsiyadan o‘tkazish uchun yig‘im to‘liq miqdorda vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 12. Davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining yo‘naltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va bo‘shaydigan mablag‘lar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi. 13. Ariza beruvchi tomonidan arizada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bundan murojaat taqdim etilgan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni rad etgan taqdirda uning arizasi ko‘rib chiqilmaydi. Bunda arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi qaytarilmaydi. Agar ariza beruvchi belgilangan attestatsiyaning birinchi bosqichiga qadar attestatsiyadan o‘tishdan voz kechsa, attestatsiyadan o‘tkazish uchun to‘langan yig‘im summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan to‘liqligicha vakolatli organ tomonidan arizachiga qaytariladi. Ariza beruvchi attestatsiyaning birinchi va (yoki) ikkinchi boschqichlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan holatda yig‘imlar summasi qaytarilmaydi. 15. Ariza beruvchi ma’lumotlarni tekshirib, arizani o‘z imzosi bilan tasdiqlagandan so‘ng, Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi. 16. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab: davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan yuborilgan ariza va ilova qilingan hujjatlar nusxalarini olib, 10 ish kunida attestatsiyaning birinchi bosqichi o‘tadigan sana va joy to‘g‘risida yoki attestatsiyadan o‘tkazishning rad etilishi haqida qaror qabul qiladi va bu haqda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yoxud o‘zi o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi; attestatsiyaning birinchi bosqichini 20 ish kuni mobaynida o‘tkazadi; attestatsiyaning birinchi bosqichidan ijobiy o‘tgan ariza beruvchilarning hujjatlarini 3 ish kunida tegishli sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlariga (federatsiyalar, uyushmalar va boshqalarga) yuboradi va bu haqda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yoxud o‘zi o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi. 17. Sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlari 15 ish kunidan oshmaydigan muddatda attestatsiyaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ariza beruvchilarni belgilangan sport turlaridan nazariy va amaliy bilimlari bo‘yicha attetatsiyaning ikkinchi bosqichini o‘tkazadi va sinov yakunlari bo‘yicha xulosani vakolatli organga yuboradi. 18. Vakolatli organ 5 ish kunida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlari yakunlari bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqadi va trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga kiritadi va Komissiya qarorini tayyorlaydi. 19. Quyidagilar ruxsatnoma berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi: attestatsiyaning birinchi va (yoki) ikkinchi bosqichlaridan o‘ta olmagan taqdirda; ilgari ijtimoiy xavfli, og‘ir va alohida og‘ir jinoyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda. Ruxsatnoma berilishini boshqa asoslarga binoan rad etish qat’iyan taqiqlanadi. 20. Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng vakolatli organ 3 ish kunida ruxsatnomani yoki asoslantirilgan rad javobini rasmiylashtirgan kuni ularni ERIsi bilan tasdiqlaydi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi. 21. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga asosan, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida muhrini bosib, mas’ul xodimning imzosini qo‘yib berishi shart. 22. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. 23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Ma’muriy reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi. 24. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 25. Mazkur Ma’muriy reglamentning 10 va 12-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq 2019-yil 1-iyundan kuchga kiradi. 26. Mazkur Ma’muriy reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. 13-bandning sakkizinchi xatboshisidan “, shuningdek ularning dublikatlarini beradi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. 17 — 19-bandlar, 20-bandning birinchi xatboshisi, 22 va 33-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. 371-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “371. Sportning olimpiya va paralimpiya turlari hamda Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining g‘olib va sovrindor sportchilari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tmasdan, sport maktablarida trener sifatida ishlash uchun trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar”. 4. 373-bandning uchinchi xatboshisi va 375-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
139
15,646
Qonunchilik
ALOHIDA ASOSLARGA KO‘RA MEHNAT ShARTNOMASI BEKOR QILINGANDA IShDAN BO‘ShATILGAN XODIMLARGA MUDDATIDAN OLDIN PENSIYA TAYINLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 444-son, 2001-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 75-son qarorlariga binoan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 162-son qarori 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot va Mehnat vazirliklari tomonidan 1998-yil 30-noyabrda 2271/04 va 1235/04-1-sonlar bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomaga (1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan ro‘yxatga olingan) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. 1. 12, 15, 16, 17 va 20-bandlaridagi “Pensiya jamg‘armasiga”, “Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga” va “Pensiya jamg‘armasining” so‘zlari tegishli ravishda “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining” so‘zlariga almashtirilsin. 2. 15-banddagi “hamda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. 18 va 19-bandlaridagi “Pensiya jamg‘armasi” va “Pensiya jamg‘armasining bo‘limlari” so‘zlarini “Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlariga almashtirilsin. 4. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mehnat hamda ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va to‘langan mablag‘lar miqdori haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga, ular esa o‘z navbatida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar”. 5. Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi: “Pensiya jamg‘armasining ______________ tuman (shahar) bo‘limiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlariga almashtirilsin. 6. Yo‘riqnomaning 3-ilovasidagi “Pensiya jamg‘armasiga” va “Pensiya jamg‘armasining ______________ tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari tegishli ravishda “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” va “ ______ tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i so‘zlariga almashtirilsin.
192
2,666
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1.O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi hamda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) ko‘chmas mulk, bino va jihozlar (bundan buyon matnda asosiy vositalar deb yuritiladi) hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: asosiy vositalar — tashkilotning uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalar jarayonida foydalaniladigan, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish mumkin bo‘lgan moddiy aktivlar; asosiy vositalar guruhi — moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarni ochib berish maqsadida tashkilot faoliyatidagi o‘xshash funksiya yoki xarakterdagi aktivlar guruhini bitta tasnif bo‘yicha aks ettirish; aktivning tugatish qiymati — asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat davri oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning kutilayotgan summasi; balans qiymati — aktivning boshlang‘ich qiymatidan jamlangan amortizatsiya va qadrsizlanishdan ko‘rilgan zarar summasini chegirib tashlangandagi qiymat; boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni yaratish (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymati, shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlar; foydali xizmat davri — korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki tashkilot ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot miqdori; amortizatsiyalanadigan qiymat — aktivning boshlang‘ich yoki moliyaviy hisobotda o‘rnini bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi; amortizatsiya — foydali xizmat davri mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda xarajatlariga tizimli taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi; 2. Standart asosiy vositalar hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun tashkilotlarning asosiy vositalarga kiritilgan investitsiya va ularning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni ochib beradi. Asosiy vositalarning hisobini yuritishda aktivlar tan olinadi, uning balans qiymati, amortizatsiyasi va qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar aniqlanadi. 3. Hisoblash usuli asosida moliyaviy hisobotlar tuzuvchi va taqdim qiluvchi tashkilotlar asosiy vositalar hisobini yuritishda Standartdan foydalanadi. 4. Standart quyidagilar uchun tatbiq etilmaydi: qishloq ho‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq biologik aktivlar; asosiy vositalar sifatida tan olinishini belgilovchi mezonlarga mos kelmaydigan aktivlar; neft, gaz yoki shunga o‘xshash qayta tiklanmaydigan mineral resurs zaxiralari va ularni qazib olish uchun huquqlar. 5. Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar); maxsus va sanitariya kiyim-kechaklar, maxsus poyabzallar; ko‘rpa-to‘shak anjomlari; yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar); oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar; tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; bir yildan kam foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar; ovlash qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar va boshqalar) va shu kabi moddiy qimmatliklar. Ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilaridagi moddiy qimmatliklar buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar tarkibida hisobga olinadi. 6. Asosiy vositalar tarkibida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot mulkiga topshirilgan yer uchastkalari hisobga olinadi. 7. Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xo‘jaligi mashinalari va uskunalari; ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar; kutubxona fondlari; madaniy meros aktivlari; hayvonot olami eksponatlari; namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar. Agar bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat davriga ega bir nechta mustaqil obyektlar mavjud bo‘lsa, har bir bunday obyekt budjet hisobida alohida asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. 8. Maxsus harbiy texnikalar asosiy vositalar hisoblanib, Standartga muvofiq harbiy asosiy vositalar hisobi tashkil etiladi. 9. Asosiy vositalar aktiv sifatida: tashkilotga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy naf kelib tushishiga ishonch bo‘lganda; aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lganda tan olinadi. 10. Texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari va qo‘shimcha ehtiyot qismlari odatda moddiy zaxiralarni aylanma manbalari tarkibiga kiritiladi va ulardan foydalanish davomida xarajatlar ko‘rsatib boriladi. Tashkilot tomonidan bir yildan ortiq davrda foydalanilishi nazarda tutilgan bir turdagi katta hajmli qo‘shimcha ehtiyot qismlari va uskunalari asosiy vosita sifatida klassifikatsiya qilinadi. Ehtiyot qismlari va xizmat jihozlari faqat asosiy vositalar bilan bog‘liq holda foydalanilsa, ular asosiy vositalar sifatida hisobga olinadi. 11. Standartda asosiy vositalar birligining tan olinishi uchun foydalaniladigan o‘lchov birliklari hisobga olinmaydi. Obyektning bir butunligini ta’minlovchi qo‘shimcha obyektlar bir obyekt sifatida tan olinadi (masalan, kutubxona kitoblari, kompyuter qo‘shimcha qurilmalari va jihozning katta bo‘lmagan detallari va yalpi qiymat mezonlari bo‘yicha qabul qilish). 12. Tashkilotlar tan olish prinsipi bo‘yicha asosiy vositalarga qilgan barcha xarajatlarni uning qiymati yuzaga kelishi vaqtida baholaydi. Bu xarajatlar asosiy vositalarning qurilishi yoki sotib olinishi, unga qo‘shilgan xarajatlar, qismlarining almashtirilishi yoki unga xizmat ko‘rsatilishi natijasida hisobga olingan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 13. Ixtisoslashgan harbiy texnika asosiy vositalar tarkibiga kiritilib, Standartga muvofiq aktiv sifatida tan olinadi. 14. Atrof-muhitni qo‘riqlash yoki atrof-muhitning xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy vositalar xarid qilinadi. Bunday asosiy vositalarning xarid qilinishi aktivning iqtisodiy manfaat yoki foyda olish salohiyatini ko‘paytirmaydi, lekin tashkilotlardagi bunday xaridlar boshqa aktivlardan kelajakda iqtisodiy manfaat yoki foyda olish maqsadi bo‘ladi. Bunday xaridlar ham asosiy vositalar sifatida tan olinadi. Mazkur asosiy vositalar tashkilotga boshqa aktivlardan kelajakda qo‘shimcha iqtisodiy manfaat yoki foyda olish imkonini beradi. Asosiy vositalardan foydalanish uchun qilingan xarajatlar balans qiymatida aks ettirilmaydi. Ushbu xarajatlar yuzaga kelish jarayonida haqiqiy xarajatlarda ko‘rsatiladi va sarflangan materiallarga qilingan xarajatlarni xam o‘z ichiga oladi. 15. Aktiv sifatida tan olinishi lozim bo‘lgan asosiy vositalar obyekti birinchi navbatda qiymati bo‘yicha tan olinadi. 16. Agar aktiv almashuv bo‘lmagan operatsiyalar yo‘li bilan olingan bo‘lsa, uning qiymati sotib olish kunidagi haqiqiy narxi hisoblanadi. Asosiy vositalar almashuv bo‘lmagan operatsiyalar yo‘li bilan olingan bo‘lishi mumkin (masalan, parklar, yo‘llar va trotuarlar qurish uchun nol qiymatda yoki nominal qiymatda yer uchastkalarining berilishi). Aktiv mol-mulkni musodara qilish yo‘li bilan olinganda musodara qilingan mulkning oldingi egasi tomonidan sotib olingan kunidagi haqiqiy qiymati hisoblanadi. 17. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi: oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish; kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan obyektni qabul qilish-topshirish; beg‘araz kelib tushish; tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish; asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash; almashuv operatsiyalari; moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olish; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar. 18. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. Sotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek tashkilotning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to‘liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. 19. Standartning 10-bandida keltirilgan tan olish qoidalariga ko‘ra tashkilot aktiviga ko‘rsatiladigan kundalik texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari aktivning asosiy vositalar balans qiymatiga kiritilmaydi. Bu xarajatlar ularning vujudga kelish holatiga ko‘ra foyda yoki zarar tarkibiga kiritiladi. Kundalik texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari — bu birinchi navbatda ish haqi va materiallarga xarajatlar hisoblanadi va ular butlovchi qismlarning qiymatini ham o‘z ichiga oladi. Bunday xarajatlar odatda asosiy vositalarning ta’mirlash va joriy xizmat ko‘rsatish xarajatlari sifatida ko‘rsatiladi. 20. Ba’zi asosiy vositalarning tarkibiy qismlari ma’lum bir vaqt davomida almashtirishni talab etadi (masalan, yo‘llar bir necha yillardan so‘ng eskirishi va yaroqsiz holatga kelishi sababli yangi qoplama qilinishi zarur). Ba’zi asosiy vositalarning obyektlari bunday muntazam almashtirishlarga ehtiyoj sezmaydi (masalan, binoning ichki devorlari). Standartning 10-bandida keltirilgan tan olish qoidalariga ko‘ra, tashkilot asosiy vositalarining balans qiymatiga, tan olish xususiyatlariga rioya etish shartlarining vujudga kelish paytidagi almashtirish xarajatlari kiritiladi. Almashtiriladigan qismlarning qoldiq qiymatini hisobdan chiqarish Standartning hisobdan chiqarish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 21. Asosiy vositalarning guruhlari — tashkilot faoliyatida foydalanilishi va vazifasi o‘xshash bo‘lgan aktiv guruhlari hisoblanadi. 22. Alohida guruhlarga misollar sifatida quyidagilar keltirilishi mumkin: a) yer uchastkasi; b) ishchi binolar; v) yo‘llar; g) mashina jihozlari; d) elektr uzatish tarmoqlari; e) transport; j) havo transporti; z) maxsus harbiy jihozlari; i) avtotransport vositalari; k) mebel jihozlari; l) ofis jihozlari; m) neft minoralari. 23. Asosiy vositalarning yagona guruhi ichidagi obyektlarning qayta baholanishi aktivlarning tanlama usulda qayta baholanishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi hamda moliyaviy hisobotlarda haqiqiy xarajatlar va turli sanalardagi qiymatlarning ifodalanishini ta’minlaydi. 24. Aktivlar guruhlari o‘zgaruvchan asosda qayta baholanishi mumkin. Aktivlar guruhining qayta baxolanishi qisqa davr mobaynida yakunlanadi va natijalar yangilanadi. 25. Qayta baholash natijasida aktiv guruhining balans qiymati oshsa, bu ko‘payish “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlarining debetida va “Asosiy vositalar, qiymatliklar va nomoddiy aktivlarni qayta baholash” subschyotning kreditida aks ettiriladi. 26. Agar aktivning balans qiymati qayta baholash natijasida kamaysa, bunday kamayish foyda yoki zararning tan olinishiga tegishli schyotlarda hisobga olinadi. 27. Asosiy vositalar yagona guruhi ichidagi alohida aktivlarga tegishli bo‘lgan, qayta baholash natijasida qiymatning o‘sishi yoki kamayishi, mazkur guruh ichida o‘zaro hisob-kitob qilinadi. Asosiy vositalarning boshqa guruhlariga tegishli aktivlar bilan o‘zaro hisob-kitob qilinmaydi. 28. Sof aktivlar/kapital tarkibiga kiruvchi qayta baholash natijasidagi o‘sishning bir qismi yoki hammasi, aktiv hisobidan chiqarilganda to‘g‘ridan to‘g‘ri jamlangan foyda yoki zararga o‘tkaziladi. Qayta baholash natijasidagi qiymat o‘sishi aktivdan foydalanish me’yori darajasida jamlangan foydaga o‘tkaziladi. Qiymat o‘sishining o‘tkazilish summasi qayta baholangan aktiv balans qiymati asosida hisoblangan amortizatsiya summasi bilan aktivning boshlang‘ich qiymati asosida hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. 29. Tashkilotlar asosiy vositalarni tan olish xususiyatlari va belgilariga to‘g‘ri keladigan madaniy meros aktivlari uchun Standartning axborotni ochib berish talablari qo‘llaniladi. Standartning baholash bo‘yicha va boshqa talablari madaniy meros aktivlari uchun qo‘llanilmaydi. 30. Ba’zi aktivlar o‘zining madaniy, ekologik yoki tarixiy qiymatiga ega bo‘lib, madaniy meros aktivlari sifatida tan olinadi (masalan, tarixiy inshootlar, monumentlar, arxeologik qazilmali joylar, tabiat tomonidan muhofaza qilinadigan hududlar, qo‘riqxonalar, san’at asarlari va boshqalar). 31. Madaniy meros aktivlari quyidagi tavsiflarga ega: moliyaviy aniqlash jarayonida bozor qiymatiga asoslangan umumiy narxda ifodalanishi mumkin bo‘lmagan madaniy, ekologik va tarixiy ahamiyatga egaligi; aktivlarni sotish orqali chiqib ketishini qonun bilan qat’iy cheklash yoki taqiqlar o‘rnatilganligi; vaqt o‘tishi bilan fizik holati yomonlashib, narxi ortganda ham yangisiga o‘zgartirib bo‘lmasligi; aktivlarning foydalanish davri bir necha yuz yilni tashkil etishi natijasida ularning foydalanish davrini aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. 32. Tashkilotlar katta hajmdagi madaniy meros aktivlariga egalik qilishi mumkin. Bu aktivlar uzoq yillar davomida turli xil yo‘llar bilan, jumladan, oldi-sotdi shartnomasi, bepul tushumlar, ayirboshlash natijasida qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin. 33. Madaniy meros aktivlari uning qiymatidan tashqari foydali salohiyatga ham ega bo‘ladi (masalan, ofis binosi sifatida foydalaniladigan tarixiy bino). Bunda ular boshqa asosiy vositalar talablari bo‘yicha tan olinishi va narxlanishi mumkin. Boshqa meros qilib olinadigan aktivlarning foydali salohiyati ularning tavsiflari natijasida cheklangan bo‘ladi (masalan, yodgorliklar va tarixiy obyekt qoldiqlari). 34. Madaniy meros aktivlari mavjud tashkilotlar moliyaviy hisobotlarda quyidagi ma’lumotlarni ochib berishi zarur: baholashning foydalaniladigan asosi; amortizatsiya hisoblashning foydalaniladigan usuli, agar bu usul qo‘llanilsa; yalpi balans qiymati; hisobot davri oxiridagi jami amortizatsiya, agar mavjud bo‘lsa; davr boshi va oxiridagi balans qiymatini o‘z ichiga oluvchi qismlarni taqqoslash. 35. Ba’zi aktivlar infrastruktura aktivlari sifatida ifodalanadi. Infrastruktura aktivlari quyidagi xususiyatlardan biriga yoki barchasiga ega bo‘ladi: tarmoq yoki tizimning bir qismiga ega bo‘ladi; maxsus xaraktyerga ega va alternativ foydalanilmaydi; ko‘chmas hisoblanadi; olib qo‘yilishiga aniq cheklovlar mavjud bo‘ladi. 36. Infrastruktura aktivlari asosiy vositalarga kiradi va Standartga muvofiq hisobga olinadi (masalan, yo‘llar, kanalizatsiya tizimlari, suv va elektr ta’minoti tizimlari, kommunikatsiya tizimlari va boshqalar). 37. Asosiy vositalar aktivlar sifatida tan olinganda, boshlang‘ich qiymati bo‘yicha baholanadi. 38. To‘lov evaziga sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan iborat: shartnoma asosida qurilish-montaj ishlarini bajaradigan pudratchi va aktivlarni sotuvchilarga to‘lanadigan summa; ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo‘lgan huquqni sotib olish (olish) bo‘yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; bojxona boji va yig‘imlari; asosiy vositalar obyektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); asosiy vositalar obyektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summalar; asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan mukofotlar; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. 39. Foydalanish holatida va o‘z joyida bo‘lgan asosiy vositalarga qilingan xarajatlar (qayta o‘rnatish va foydalanish jarayonidagi xarajatlar) asosiy vositaning balans qiymati xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi. 40. Asosiy vositalarni ishlab chiqarish yoki qurilishi mobaynidagi daromadlar va xarajatlar daromad yoki xarajat deb tan olinganda daromadlar va xarajatlarning tasniflariga muvofiq hisobga olinadi. 41. Tashkilotning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati sifatida mazkur asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Tashkilot o‘z faoliyati davomida sotish uchun aktivlarni ishlab chiqarganda, bu aktivlarning qiymati sotish qiymatiga teng bo‘ladi. 42. Tashkilotga bepul yoki hadya shartnomasi bo‘yicha kelib tushgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati budjet hisobida qayd etilgan sanadagi qiymat hamda Standartning 16-bandiga ko‘ra hisobga olgan holda aniqlanadi. 43. Tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan obyektlarning boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi Budjet hisobining standarti (7-sonli BHS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga (ro‘yxat raqami 3120, 2019-yil 14-yanvar) muvofiq ularning balans qiymatiga teng bo‘ladi. 44. Xarid qilish vaqtida xorijiy valyutada ifodalangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati mazkur standartning 39-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda belgilanadi. 45. Almashuv operatsiyalari yo‘li bilan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati berilgan asosiy vosita obyektining qoldiq qiymatiga teng. Asosiy vositalar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yo‘li bilan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati berilgan asosiy vositalarning ayirboshlashda o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng. 46. To‘lov pul mablag‘lari bilan amalga oshirilmaydigan shartnomalar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ular qabul qilib olingan kundagi qiymatiga teng. To‘lov pul mablag‘lari bilan amalga oshirilmaydigan shartnomalar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan asosiy vositalarning qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmaganda ularning qiymati o‘xshash asosiy vosita obyektlarining qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. 47. Majburiyati bitta summa sifatida ko‘rsatilgan asosiy vosita obyektlarining boshlang‘ich qiymati bu summani har bir asosiy vosita obyektining hozirgi qiymatiga proporsional ravishda taqsimlash orqali aniqlanadi. 48. Majburiyat hisobiga olingan asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda uning boshlang‘ich qiymati amortizatsiya va qadrsizlanish natijasida yuzaga kelgan zararlarni chegirib tashlagan holda aniqlanadi. Asosiy vositalarning budjet hisobiga kiritilgan boshlang‘ich qiymatining o‘zgartirilishiga asosiy vosita obyektlarini qayta qurish, jihozlash, modernizatsiya qilish, texnik qayta ta’mirlash, qisman sotish va qayta baholash hollarida ruxsat etiladi. 49. Asosiy vositalar obyektini qurib bitkazish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga doir xarajatlar, ular tugatilganidan so‘ng, agar ular natijasida asosiy vositalarning faoliyat yuritishining dastlab qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari (foydali xizmat davri, quvvati, qo‘llash sifati va boshqalar) yaxshilansa (oshsa), bunday obyektning boshlang‘ich qiymati ham oshadi. 50. Qurib bitkazish, qo‘shimcha jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalarning texnologik yoki xizmat maqsadining o‘zgarishi, og‘irlikning oshishi va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa sifatlar tufayli yuzaga kelgan ishlar kiritiladi. 51. Rekonstruksiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalarni qayta qurish kiradi. Texnik qayta qurollantirishga ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni modernizatsiya qilish va ularni yangi, unumdorligi yanada yuqori bo‘lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlar kiradi. 52. Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar asosiy vositalardan foydalanishdan kelgusida iqtisodiy naf oshganda ularning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Kelgusida iqtisodiy nafni oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajatlar sifatida tan olinadi. 53. Asosiy vositalar obyekti aktiv sifatida hisobga olinganidan so‘ng, qadrsizlanish bo‘yicha kelgusida jamlangan amortizatsiya va zararlar chegirilgandan keyingi qayta baholash kunidagi haqiqiy qiymatini yuzaga keltiradigan ishonchli o‘lchanadigan haqiqiy qiymati, uning qayta baholash qiymatidan yuzaga keladi. Balans qiymati hisobot kunidagi haqiqiy qiymatidan foydalanish natijasida olingan qiymatdan farq qilmasligi uchun qayta baholash doimiy ravishda amalga oshiriladi. 54. Ko‘chmas mulk obyektlarining haqiqiy qiymati odatda baholash yo‘li bilan olingan bozor qiymati orqali aniqlanadi. Bino va jihozlarning haqiqiy qiymati baholash orqali aniqlangan bozor qiymati hisoblanadi. Aktiv qiymatining baholanishi o‘ziga xos professional malakaga ega bo‘lgan baholovchi tomonidan amalga oshiriladi. Aksariyat aktivlarning haqiqiy qiymati bozordagi kotirovka narxlaridan kelib chiqib o‘rnatiladi (masalan, joriy bozor narxlari yer, ixtisoslashmagan binolar, avtotransport vositalari va uskuna va jihozlarning ko‘plab turlariga taalluqli bo‘lishi mumkin). 55. Asosiy vositalarni qayta baholash — asosiy vositalar qayta tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. 56. Qiymatini aniq baholash imkoni bo‘lgan asosiy vosita aktiv sifatida tan olinganidan keyin amortizatsiya va qadrsizlanish xarajatlarini chegirib tashlagan holda qayta baholangan qiymati buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Boshlang‘ich qiymatni aniq o‘lchash imkoni bo‘lgan asosiy vositalar aktiv sifatida tan olingandan keyin qayta baholash qiymatida, ya’ni qayta baholash kunidagi aktivning boshlang‘ich qiymatidan jamlangan amortizatsiya va qadrsizlanishdan ko‘rilgan zararlar chegirilgandagi qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 57. Balans qiymati va hisobot kunidagi qiymat o‘rtasidagi sezilarli farqlarning oldini olish uchun asosiy vosita obyektini qayta baholash bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 58. Asosiy vosita obyektini qayta baholash indeksatsiya yoki hujjatlarga asoslangan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. Tashkilot Standartning o‘z hisobot siyosatida qayta baholash usulini aniqlashi va mazkur usulni barcha asosiy vosita guruhlariga qo‘llashi zarur. 59. Mol-mulk birligining bozor qiymatini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aktiv qiymati o‘xshash xususiyatlarga ega mol-mulk qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi. 60. Aktiv qayta baholanayotganda unga tegishli bo‘lgan barcha asosiy vosita guruhlaridagi aktivlar qayta baholanishi zarur. 61. Asosiy vositalarni qayta baholashda qayta baholash sanasidagi jami amortizatsiya balans qiymatiga mos ravishda o‘zgartiriladi. Keyingi amortizatsiyalanadigan qiymat qayta aniqlangan qiymatdan chegirib boriladi. 62. Qayta baholash natijasida asosiy vosita balans qiymatining oshgan qiymati yakuniy moliyaviy natijalarni qayd etish hisobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlanadi. Qayta baholash natijasida asosiy vosita balans qiymatining kamaygan summasi yakuniy moliyaviy natijalarni qayd etish hisobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri debetlanadi. 63. Asosiy vositalar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat davri mobaynida tashkilot xarajatlariga Standartda ko‘rsatilgan tartibda tizimli ravishda taqsimlanadi. 64. Tashkilot asosiy vosita guruhining tan olingan boshlang‘ich qiymatini har bir qismga taqsimlaydi va obyektning har bir qismiga alohida amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblaydi. 65. Aktivning foydali xizmat davri va likvidatsion qiymati har bir yillik hisobot sanasida qayta ko‘rib chiqiladi va kutilgan baholashlarda o‘zgarish yuz berganda mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ga (ro‘yxat raqami 2853, 2016-yil 27-dekabr) muvofiq hisobot siyosatidagi o‘zgarishlar sifatida qabul qilinadi. 66. Asosiy vosita obyektiga amortizatsiya xarajatlarini hisoblash obyekt asosiy vosita tarkibiga qo‘shib olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi va obyekt balansdan chiqarilmaguniga yoki to‘liq amortizatsiya hisoblanilguniga qadar davom etadi. 67. Asosiy vosita obyektiga amortizatsiya hisoblanishi uning balans qiymatini tugatish qiymatigacha yoki obyekt balansdan chiqarilmaguniga qadar davom etadi. 68. Amortizatsiya quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: yer uchastkalari arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar; kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar; mahsuldor qoramollar, qo‘toslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda); foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetmagan ko‘p yillik ko‘chatlar; kutubxona fondlari; filmlar fondi; sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari; qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan kapital qurilish obyektlari yoki uning qismlari hamda tugallanmagan qurilishlar; konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar. 69. Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat davri davomida amortizatsiya hisoblanishi to‘xtatilmaydi, bundan ularni butkul to‘xtatish sharti bilan obyektni qurib bitkazish, to‘liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish, texnik qayta qurollantirish davri mustasno. Ba’zi hollarda, ma’lum bir qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyekt yomon saqlanishi yoki ta’mirlash ishlari noaniq muddatga kechiktirilishi mumkin. Bunday hollarda asosiy vositaning foydalanish davri qayta ko‘rib chiqilishi va to‘g‘rilanishi kerak. 70. Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas. Agar yer uchastkasining boshlang‘ich qiymati tarkibiga demontaj, ko‘chirish va qayta tiklash maydonlari xarajatlari kiritilsa, bu yer uchastkasi aktiviga yuqoridagi xarajatlar amalga oshirilganidan keyingi samarali xizmati davri uchun amortizatsiya hisoblanadi. 71. Ba’zi hollarda yer uchastkasi chegaralangan foydalanish davriga ega bo‘ladi va bunday hollarda uning qiymati kelajakda kelishi kutilayotgan iqtisodiy daromad va foydaga asosan aniqlanadi. 72. Tashkilot asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini uning aniq ajralgan bo‘laklariga asosan taqsimlaydi va har bir qismga alohida amortizatsiya hisoblaydi (masalan, ko‘p hollarda yo‘lak, betonli to‘siq, piyodalar o‘tish joyi va yo‘llarni yoritish tizimlariga alohida amortizatsiya hisoblash talab etiladi). 73. Hisobot davrida amortizatsiya summasi, qoidaga ko‘ra xarajat sifatida tan olinadi. Biroq tashkilotga kelishi kutilayotgan iqtisodiy manfaat va foydaga qarab amortizatsiya summasi ishlab chiqarilayotgan tovar (bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. 74. Asosiy vosita obyekti olib kelishi kutilayotgan iqtisodiy foyda va foydali potensial salohiyat tashkilot aktividan foydalanish natijasida iste’mol qilinadi. Biroq, texnik va fizik jihatdan amortizatsiya kabi boshqa faktorlar ko‘p hollarda aktivdan foydalanilmayotgan bo‘lsa ham kutilayotgan iqtisodiy manfaat va foydali potensial kamayishiga olib keladi. Shu sababdan foydalanish davrini aniqlashda quyidagi omillar inobatga olinishi kerak: tashkilotning asosiy vosita obyektidan kutilayotgan foydalanish qiymati. Obyektning kutilayotgan quvvati yoki fizik mahsuldorligiga asosan foydalanish qiymati aniqlanadi; mahsulotning ishlab chiqarilishida aktivning ishlatilishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar soni, ta’mirlash davriyligi va obyektga foydalanish davrida xizmat ko‘rsatish natijasida yuzaga kelgan fizik amortizatsiyalar; ishlab chiqarish jarayoni rivojlanishi natijasida texnik yoki ma’nan amortizatsiyalar; aktivdan foydalanishdagi ijara davrining tugashi kabi qonuniy cheklovlar. 75. Asosiy vositalarning amortizatsiya summasi foydalanish davrida tizimli ravishda hisoblanib boriladi. 76. Tashkilotlar tomonidan amortizatsiya hisoblash usuli asosiy vositalardan kelajakda kelishi kutilayotgan iqtisodiy manfaat va foydali potensialga asosan aniqlanadi. 77. Amortizatsiyani hisoblash quyidagi usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi: a) amortizatsiyani hisoblashning bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) usuli. Mazkur hisoblash usulida amortizatsiya asosiy vositalarni foydali xizmat davri mobaynida ularning amortizatsiya qiymatidan kelib chiqqan holda bir maromda teng ulushlarda hisoblanadi. Bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) usulga ko‘ra asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda — hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Ushbu usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat davrining faoliyatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiya qiymatini asosiy vositalardan foydalanilgan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Amortizatsiyani bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymat va mazkur obyektning foydali xizmat davridan kelib chiqib aniqlanadi; b) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblashning ishlab chiqarish usuli. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalarning ishlab chiqarish quvvati hisobga olinishiga asoslangan. Mazkur usul bo‘yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali xizmat davridagi umumiy baholangan ishlab chiqarish quvvati yig‘indisi va mazkur muayyan yildagi ishlab chiqarish quvvati aniqlanishi lozim. Ishlab chiqarish quvvati sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, og‘irlik, bosib o‘tilgan kilometrlar miqdori va boshqalar olinishi mumkin. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan hamda asosiy vositalar amortizatsiyalanadigan qiymatning asosiy vositalar butun foydali xizmat davrida nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 78. Asosiy vositaga qo‘llaniladigan amortizatsiya hisoblash usuli har bir yillik hisobot sanasi uchun minimal qiymat sifatida qaralishi kerak va kutilayotgan iqtisodiy manfaat yoki foydali salohiyatda o‘zgarish kutilsa, bu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun amortizatsiya hisoblash usuli o‘zgartirilishi zarur. 79. Asosiy vositalar tannarxi o‘z ichiga: aktivni balansdan chiqarish va savdo chegirmasi ayrilgandan keyingi xaridga tiklanmaydigan soliqlarni va import bojlarini o‘z ichiga oluvchi xarid bahosini; aktivni o‘z joyiga yetkazib berishda bevosita xarajatlar va foydalanish uchun zarur bo‘lgan holatga keltirish xarajatlarini; obyekt joylashgan uchastkaning qayta tiklanishi, qayta montaj uchun xarajatlarni, subyektning obyektni sotib olishida yoki ma’lum muddat davomida tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarilishidan ko‘ra boshqa maqsadlarda foydalanish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlarini oladi. 80. Bevosita xarajatlarga: asosiy vositalarning sotib olinishi yoki qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda ishchilarni mukofotlashga; yer uchastkasini tayyorlashga; yuklashga (boshlang‘ich xarajatlar) va yetkazib berishga; montaj va o‘rnatishga; aktivning o‘z joyiga yetkazib berish va ish faoliyatiga keltirish jarayonida ishlab chiqarilgan biror bir mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlarni chegirgan holda aktivning faoliyat ko‘rsatishiga tegishli tekshirishlarga xarajatlar (masalan, jihozni tekshirishdan olingan namunalar); professional xizmatlarga ketgan xarajatlar kiradi. 81. Tashkilot hisob siyosati sifatida tannarx bo‘yicha hisoblash usulini yoki qayta baholash usulidan birini tanlaydi va asosiy vositalarning barcha guruhlariga qo‘llaydi. 82. Shikastlangan yoki yo‘qolgan asosiy vositalar obyektlari uchun uchinchi tomon kompensatsiya to‘lovlari foyda yoki zararga kiritiladi. Asosiy vositalarning qadrsizlanishi yoki yo‘qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi tomon kompensatsiya to‘lovlari va ularning o‘rniga qurilgan yoki sotib olingan aktivlar alohida iqtisodiy hodisa hisoblanadi va quyida keltirilgan tartibda alohida hisobga olinadi: foydalanishdan chiqarib olingan yoki chiqib ketishidan keyingi asosiy vosita obyektlarining balansdan chiqarilishi mazkur Standartga asosan amalga oshiriladi; shikastlangan, yo‘qolgan yoki berilgan asosiy vositalar obyektlari uchun uchinchi tomon kompensatsiyasini, kompensatsiya olingan taqdirda foyda yoki zararga kiritish mumkin; asosiy vosita obyektlarining almashinuv sifatida tiklangan, sotib olingan yoki qurilgandagi qiymati mazkur Standartga muvofiq aniqlanadi. 83. Asosiy vositalarning haqiqatdan ham mavjudligini aniqlash va ularning butunligini ta’minlash maqsadida tashkilotlar tomonidan har 2 yilda bir martadan kam bo‘lmagan holda asosiy vositalar inventarizatsiyasi o‘tkaziladi (kutubxona fondlari uchun 5 yilda bir marta). 84. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”ga (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) asosan amalga oshiriladi. 85. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan asosiy vositalar daromadlar yoki xarajatlar sifatida tan olinadi. Inventarizatsiya jarayonida yetishmovchiligi aniqlangan asosiy vositalar aybdor shaxslar topilguniga qadar kamomadlar hisobiga kiritiladi. 86. Asosiy vositalarning balans qiymatini ularning haqiqiy (joriy) qiymatiga mos kelmasligi aniqlangan holatda oshirish yoki kamaytirish Standartga muvofiq amalga oshiriladi. 87. Asosiy vositalarning qiymati chiqib ketishida balansdan chiqarilishi lozim. 88. Asosiy vositalar qiymati tashkilot balansidan quyidagilar natijasida hisobdan chiqariladi: tugatilganda; sotilganda; almashuv operatsiyalari orqali berilganda; beg‘araz berilganda; kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanganda; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 89. Asosiy vositalar qisman tugatilgan holatda uning boshlang‘ich qiymati va hisoblangan amortizatsiya tegishlicha obyekt tugatilgan qismining boshlang‘ich qiymati va hisoblangan amortizatsiya summasiga kamaytiriladi. 90. Tashkilot asosiy vositalari balansidan chiqarilishi, asosiy vosita va boshqa tovar-moddiy zaxiralarning sotilishidan olingan summani taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi. 91. Asosiy vosita balansdan chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan daromad va xarajatlar asosiy vosita hisobdan chiqarilganida olingan sof tushum va uning balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida tan olinishi kerak. 92. Asosiy vositaning chiqib ketishida uning qiymati haqiqiy narxda tan olinadi. 93. Qayta tiklangan, xarid qilingan yoki o‘rnatilishi sifatida qurilgan asosiy vosita birliklarining tannarxi Standart bo‘yicha aniqlanadi. 94. Moliyaviy hisobotlarda har bir asosiy vosita guruhi haqida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi zarur: a) balans qiymatini aniqlash uchun narxlash asoslari; b) amortizatsiya hisoblanishida foydalanilgan usul; v) qo‘llanilgan foydalanish davri va amortizatsiya me’yorlari; g) balans qiymati va yil boshi va yil oxiridagi amortizatsiyalanadigan qiymati; d) hisobot davri boshi va oxiridagi balans qiymati taqqoslanishi, unda: qo‘shilishi; chiqib ketishi; tashkilotlarni birlashtirish natijasida qo‘lga kiritish; tabiiy ofat va baxtsiz hodisalar natijasida; hisobot davri davomida qayta baholash yoki qadrsizlanishi natijasida qiymatining oshishi yoki kamayishi; moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini chet el valyutasidan milliy valyutada qayta hisoblash jarayonida yuzaga keladigan ayirboshlash kursi o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan farq. 95. Moliyaviy hisobotlarda har bir asosiy vosita guruhi haqida quyidagi ma’lumotlar ham aks ettirilishi zarur: majburiyatlar uchun garov sifatida turgan asosiy vositalarga egalik huquqi va unga cheklovlar; asosiy vositalar birligining balans qiymatiga kiritilgan qurilish jarayonida xarajatlar summasi; asosiy vositalarni xarid qilish shartnomasidagi majburiyatlar summasi; qadrsizlangan, boshqa tashkilotlarga berilgan yoki yo‘qotilgan asosiy vositalar birligi uchun uchinchi tomonlar tomonidan to‘langan, xarajatlar yoki daromadlarga kiritilgan kompensatsiya summasi; hisobot davri davomida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat) sifatidagi daromadlar yoki xarajatlar tannarxi; davr oxirida jami amortizatsiya summasi. 96. Shuningdek, joriy yoki keyingi davrlarga ta’sir ko‘rsatuvchi hisobot siyosatidagi o‘zgarishlar xarakteri va natijalari oshkor etilishi lozim. Asosiy vositalar uchun bunday oshkor etilishi hisob siyosatidagi quyidagi o‘zgarishlar natijasida amalga oshirilishi mumkin: tugatish qiymati; asosiy vositalar obyektlarini demontaj, ko‘chirish yoki qayta tiklash uchun zarur xarajatlarning summasi; foydalanish davri; amortizatsiya hisoblash usuli. 97. Taqdim qilinayotgan hisobotlarda asosiy vositalar obyekti bo‘yicha qayta baholash amalga oshirilgan hollarda, quyidagi ma’lumotlar ochib berilishi zarur: qayta baholash o‘tkazilgan sana; mustaqil baholovchi jalb etilganligi; aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlashda qo‘llanilgan usullari va asoslari; faol bozordagi narxlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirish bilan bevosita aniqlangan, bozor shartlaridagi tuzilgan kelishuvlar bilan yoki boshqa baholash usullari yordamida hisoblangan aktivlarning haqiqiy qiymat birligi darajasi; davr davomida o‘zgarishni ko‘rsatuvchi qayta baholash qiymatining o‘sishi va xususiy kapital aksiyadorlari va boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi qoldiqning taqsimlanishi bo‘yicha istalgan cheklovlar; mazkur guruh ichidagi asosiy vositalar alohida predmetlari bo‘yicha qayta baholashning o‘sish summasi; mazkur guruh ichidagi asosiy vositalar alohida predmetlari bo‘yicha qayta baholashning kamayishlari summasi.
125
40,271
Qonunchilik
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-avgust kuni qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
163
642
Qonunchilik
SIYOSIY PARTIYALARNI MOLIYALAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: kirish va a’zolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida bunday badallar to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa; qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq beriladigan xayriya yordami. Qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik va siyosiy partiyalarning teng huquqliligi siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning asosiy prinsiplaridir. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mazkur partiyalar a’zolari va jamoatchilik uchun ochiqligi siyosiy partiyalarning o‘zi tomonidan ta’minlanadi. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatining moliyalashtirilishi hajmi va manbalari haqida axborot e’lon qilib turishi kerak. Siyosiy partiyalar moliyaviy va boshqa mablag‘lardan qonunda hamda ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanadi. Bu mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. Siyosiy partiyalarning mol-mulki va pul mablag‘lari siyosiy partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. Siyosiy partiyalarga, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank hisobvaraqlariga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega bo‘lish taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin: asosiy hisobvaraq — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larni o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun; ikkita ikkilamchi hisobvaraq: a) a’zolik badallari, xayriyalar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun; b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun. Siyosiy partiya, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylov yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi miqdorida shakllantiriladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan davlat mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik palatasiga oxirgi saylovning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan aniqlangan natijalari asosida bu mablag‘larni olish huquqiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar o‘rtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarni saylovda boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish va moddiy jihatdan o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari shu partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin ro‘yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar siyosiy partiya tomonidan: tashviqot olib borishga; nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o‘tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga; saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi kerak. Agar Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha siyosiy partiya fraksiya tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini ololmagan bo‘lsa, siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari mazkur partiyaning boshqa manbalardan olgan mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalarining faoliyatini tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa tarzda ta’minlash uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari Qonunchilik palatasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi. Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish manbai O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘laridir. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari siyosiy partiyalarning bank hisobvaraqlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi va bu mablag‘lardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Siyosiy partiya davlat mablag‘larini olishdan voz kechishga haqli. Siyosiy partiyani davlat tomonidan moliyalashtirish partiya faoliyati to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan taqdirda to‘xtatib turiladi yoxud tugatiladi. Siyosiy partiya ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki tugatish uchun quyidagilar ham asos bo‘lishi mumkin: qonunchilikda belgilangan tartibda siyosiy partiyaning qayta tashkil etilganligi (boshqa siyosiy partiyalarga qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bundan mustasno); ushbu Qonunning 16 va 17-moddalarida nazarda tutilgan talablarning siyosiy partiya tomonidan bajarilmaganligi; siyosiy partiya davlat mablag‘laridan belgilanmagan maqsadda foydalanganligi, shu jumladan ustavda nazarda tutilgan faoliyati uchun ajratilgan mablag‘lardan saylovda ishtirok etishni moliyalashtirish uchun foydalanganligi. Siyosiy partiya ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin. Siyosiy partiya qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganda siyosiy partiyaning huquqiy vorisi davlat tomonidan moliyalashtirilish huquqiga ega bo‘ladi. Siyosiy partiya xayriya yordamini faqat O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan xayriya yordami berish ixtiyoriy ravishda va ularning faqat o‘z mablag‘laridan amalga oshiriladi, ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan manbalardan olinadigan mablag‘lar bundan mustasno. Ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlari sifatida oladigan ish haqiga tatbiq etilmaydi. Siyosiy partiya xayriya yordamini qabul qilishni rad etishga haqli. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir yuridik shaxsidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi siyosiy partiyaga pul mablag‘lari shaklidagi xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga yuridik shaxslar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalarida nazarda tutilgan rekvizitlarni ko‘rsatgan holda o‘tkazadi va to‘lov topshiriqnomasida ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan xayriya yordami berishga cheklashlar yo‘qligi haqida belgi qo‘yadi. Xayriya yordami, agar u ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir fuqarosidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu cheklash siyosiy partiya a’zolari partiya ustaviga asosan to‘laydigan a’zolik badallariga tatbiq etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi siyosiy partiyaga pul mablag‘lari tarzidagi xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga shaxsan, pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud uning o‘rnini bosuvchi hujjatni taqdim etgan hamda to‘lov topshiriqnomasida yoxud pul jo‘natmasida familiyasini, ismini, otasining ismini va pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda o‘z mablag‘laridan o‘tkazadi. Xayriya yordami, agar u ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. Siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklidagi, mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tariqasidagi (shu jumladan grantlar ajratish, texnik yordam ko‘rsatish, safarlar bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida o‘tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferensiyalar bilan bog‘liq xarajatlarga haq to‘lash orqali) xayriya yordami quyidagilar tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: chet davlatlar; chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari; xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar; chet el fuqarolari; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlar va nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklida, mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida xayriya yordami berilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xayriya yordami olingan kundan e’tiboran bir oy ichida xayriya yordami beruvchiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim. Siyosiy partiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda moliyaviy hamda buxgalteriya hisobdorligini amalga oshiradi. Siyosiy partiya har yili qonunchilikda belgilangan muddatlarda hamda tartibda moliya organlariga, davlat soliq xizmati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligiga hisobot davrida olingan hamda sarflangan moliyaviy va boshqa mablag‘lar to‘g‘risida moliyaviy hisobot taqdim etishi shart. Siyosiy partiya saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun o‘ziga ajratilgan davlat mablag‘lari yuzasidan saylov kunida oraliq hisobotni, saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin esa yakuniy hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga hisobot davrida kelib tushgan mablag‘larning manbalari va miqdorlari to‘g‘risidagi, shu mablag‘larning sarflanishi haqidagi, siyosiy partiyaning qiymati ham ko‘rsatilgan mol-mulki to‘g‘risidagi, shuningdek mazkur partiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolaridan xayriya yordami pul mablag‘laridan boshqa shaklda olingan taqdirda, siyosiy partiya uni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq pul ifodasida baholaydi va tegishli ma’lumotlarni, shu jumladan xayriya yordami beruvchi haqidagi ma’lumotlarni siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotiga kiritadi. Siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida davlat mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi alohida qismda nazarda tutiladi. Bunda siyosiy partiya tomonidan saylovda ishtirok etish uchun sarflangan mablag‘lar alohida hisobga olinadi. Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hisobot shakli va uni taqdim etish muddati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Siyosiy partiyaning hisobotlari uning rasmiy veb-saytida va bosma nashrida e’lon qilinadi. Siyosiy partiyalar har yili barchaning e’tibori uchun o‘z budjetlarini e’lon qiladi va o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi. Siyosiy partiyaning hisobotiga uning saylovda ishtirok etishini va ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun hisobot yilida partiyaning hisob-kitob varag‘iga kelib tushgan hamda sarflangan davlat mablag‘lari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining xulosasi ilova qilinadi. Siyosiy partiyaning moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ommaviy axborot vositalari va manfaatdor tashkilotlarning vakillari taklif etilgan holda ko‘rib chiqiladi. Moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan siyosiy partiyalarning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishini hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishini tekshirish Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida o‘ndan bir qismidan iborat deputatlar guruhining murojaatiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Siyosiy partiya o‘z faoliyatining moliyalashtirilishi masalalari yuzasidan tegishli davlat organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
49
15,801
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-39
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-393-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
833
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi normalarini amalga oshirish, shuningdek respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘laridan hamda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini (keyingi o‘rinlarda vaqtincha bo‘sh mablag‘lar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish tartibini va ularni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Markaziy bankiga va Moliya vazirligi tomonidan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar ularning depozitlariga joylashtiriladigan tijorat banklariga tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 3. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish uchun vaqtincha bo‘sh mablag‘larning cheklangan miqdori moliya yili boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘ining qabul qilingan yuridik majburiyatlar chiqarib tashlangan holda joriy moliya yilida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti uchun tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘i miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi. 4. Quyidagilar Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi: tijorat bankining ustav kapitalida kamida 25 foiz miqdorida davlat ulushi mavjudligi; tijorat bankida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining mablag‘lari hisobiga ilgari joylashtirilgan bank depozitlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning yo‘qligi. 5. Moliya vazirligi, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki tijorat banklaridan tijorat banklarining moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotni so‘rashi mumkin. 6. Depozitlarida vaqtincha bo‘sh mablag‘lar joylashtirilishi mumkin bo‘lgan tijorat banklarini aniqlash bo‘yicha tanlovda tanlab olish Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob beruvchi tijorat banklariga tanlab olishda qatnashish uchun taklifnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Depozit summasiga daromadning eng yuqori foizini va tanlov shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarni taklif etgan tijorat banki tanlovning g‘olibi hisoblanadi. Bunda tanlov qatnashchilari tomonidan bir xildagi foiz stavkalari va shartlar taklif etilgan taqdirda ustav kapitalida davlat ulushi eng ko‘p bo‘lgan tijorat banki tanlov qatnashchilari orasida g‘olib hisoblanadi. 7. Vaqtincha bo‘sh mablag‘lar tijorat banklarining depozitlariga Moliya vazirligi bilan tegishli tijorat banki o‘rtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) asosida bir moliya yili mobaynida to‘qqiz oygacha muddatga joylashtiriladi. Tijorat banki tomonidan shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda Shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilishi, biroq joriy moliya yili tamom bo‘lishidan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 8. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar har oyda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlariga yo‘naltiriladi. 9. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘larini qaytarish va ular bo‘yicha foizlar to‘lash qat’iy ravishda Shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Zaruriyat bo‘lganda, Moliya vazirligi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablag‘larni muddatidan oldin qaytarishni talab qilishi mumkin. Muddatidan oldin qaytarish shartlari Shartnomada belgilanadi. 11. Depozitlarga joylashtirilgan mablag‘lar, shu jumladan foizlar shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda Moliya vazirligi: tijorat banklarining istalgan hisob raqamlariga inkassa topshiriqlari qo‘yish yo‘li bilan ulardan qarzdorlikni so‘zsiz tartibda undiradi; har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi. 12. Penyadan tushgan summa O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga kiritiladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 8-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 18-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda).
120
7,135
Qonunchilik
“QIMMATBAHO METALLARDAN YaSALGAN BUYuMLARNING ASILLIK DARAJASI VA TAMG‘ALANIShI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
151
619
Qonunchilik
“O‘zbekneftgaz” aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘i korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash va muntazam rivojlantirishda “O‘zbekneftgaz” aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining ilovaga muvofiq “O‘zbekneftgaz” aksionerlik jamiyati investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha 2019-yil 1-yanvardan 2021-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda so‘ndirilishi lozim bo‘lgan asosiy qarzni qaytarish muddatlarini, qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda 3 yilga uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorovga mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi kreditlari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” aksionerlik jamiyatining tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining avval takdim etilgan davlat kafolatlariga o‘zgartirishlar kiritish vakolati berilsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
124
1,598
Qonunchilik
MARKAZIY BANKNING BANKLARARO TO‘LOV TIZIMI ORQALI ELEKTRON TO‘LOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin. 3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi orqali hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risidagi nizom (2004-yil 22-iyun, ro‘yxat raqami 1010-1) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek tizim ahamiyatidagi to‘lov tizimlarini tuzishning umumqabul qilingan xalqaro tamoyillariga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 1) Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (keyingi o‘rinlarda — MB HKM) — bu Banklararo to‘lov tizimi tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi bo‘lib, uning funksiyalariga tijorat banklarining Bosh ofislariga (keyingi o‘rinlarda — banklar) va Markaziy bankka vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning belgilangan vaqt davomida uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash kiradi; 2) Markaziy bankning To‘lov markazi — Markaziy bankning banklararo va filiallararo to‘lovlarini yagona balans tartibida o‘tishini ta’minlovchi axborot tizimi; 3) Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (keyingi o‘rinlarda — ABM) — Markaziy bank bilan tuziladigan shartnomaga asosan banklararo to‘lov tizimiga texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz; 4) bankning vakillik hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda — vakillik hisobvaraq) — bu bankka MB HKMda ochilgan va banklararo elektron to‘lovlar o‘tkazishga mo‘ljallangan hisobvaraqdir; 5) elektron to‘lov hujjati (keyingi o‘rinlarda — ETH) — to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega bo‘lgan hamda elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjatdir. ETH to‘lovga doir qog‘oz hujjat asosida yoki elektron to‘lov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. ETH bilan ishlashda uni elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qog‘ozda takrorlash imkoniyati ta’minlanishi kerak; 6) tashabbuskor (initsiator) bank — bu ETHni shakllantirish va benefitsiar bankka jo‘natish yo‘li bilan elektron to‘lovni boshlovchi bankdir; 7) benefitsiar bank — bu banklararo to‘lov tizimi orqali tashabbuskor bankdan jo‘natilgan ETHni qabul qiluvchi bankdir; 8) elektron to‘lovni boshlash — ETHni shakllantirish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash. 9) to‘lovchining identifikatsiya raqami — yuridik shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan elektron to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan elektron to‘lov hujjatlarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladigan elektron to‘lov hujjatining rekviziti. 2. Banklararo to‘lov tizimi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya etiladi: a) O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni tezkorlik bilan o‘tkazishni ta’minlash; b) uzatilayotgan ETHlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish; v) elektron to‘lovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish. 3. Banklararo to‘lov tizimi quyidagi tamoyillar asosida ishlaydi: a) ETHni biror belgi bo‘yicha qayta ishlash ustuvorliklari yo‘qligi hamda tizimda ishtirok etish uchun adolatli va oshkora ruxsat; b) foydalanuvchilar nuqtai nazaridan qulayliligi va elektron to‘lovni amalga oshirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi; v) hisob-kitoblar bo‘yicha aniq majburiyatlar tizimini boshqarish samaradorligi; g) tashabbuskor bank tomonidan elektron to‘lovlarni boshlash; d) banklarning MB HKMdagi vakillik hisobvaraqlari hamda banklarda ularga tegishli hisobvaraqlardagi aylanmalar va qoldiqlar mos kelganda elektron to‘lovlarni amalga oshirish; e) boshlangan elektron to‘lovni bekor qilish imkoniyati yo‘qligi; j) yuqori darajadagi xavfsizligi, tezkorligi va ishonchliligi; z) tashabbuskor bankning elektron raqamli imzosi bilan ETH tasdiqlangandan boshlab elektron to‘lovning chaqirib olinmasligi va mablag‘lar benefitsiar bank vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan boshlab elektron to‘lovning yakuniyligi; i) tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarida mablag‘lar vaqtinchalik yetarli bo‘lmaganida, boshlangan elektron to‘lovlarni o‘z vaqtida yakunlash va kun davomida tizimning likvidliligini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va bank o‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma asosida zarur bo‘lgan mablag‘larni yetkazib berish imkoniyati; k) ETH almashuvini qabul qilish — nazorat — uzatish texnologik davrlar ko‘rinishida tashkil etish; l) elektron to‘lovlar summasining miqdori bo‘yicha cheklov o‘rnatilmasligi. 4. Markaziy bank bilan ABM o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida Banklararo to‘lov tizimi faoliyat yuritishini texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlari ta’minoti ABM zimmasiga yuklatiladi. 5. ABM bilan tuziladigan shartnoma asosida MB HKM orqali elektron to‘lovlarni amalga oshiruvchi banklar banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. 6. Banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan banklar — to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning to‘lov xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari hisoblanadi. 7. ETHning o‘tish sxemasi 1-ilovada keltirilgan. 8. Banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi ABM bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilanadi. Banklararo to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida banklar tomonidan MB HKMga uzatilgan ETHlarini qayta ishlash haq evaziga amalga oshiriladi. Banklararo to‘lovlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan xizmat haqini o‘zgartirish haqida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank o‘zining rasmiy veb-saytida uch ish kunidan kechikmay e’lon joylashtiradi va bu o‘zgartirish Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinganidan o‘n besh kun o‘tgach to‘lov tizimi operatori va ishtirokchilari tomonidan qo‘llaniladi. 9. Banklararo to‘lov tizimida uzatish uchun mo‘ljallangan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha mas’uliyat bank mijozi zimmasiga yuklatiladi. 10. Mablag‘larni hisobvaraqlarga o‘tkazish, hisobdan chiqarish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi to‘g‘riligi uchun javobgarlik tashabbuskor bankka, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa — benefitsiar bankka yuklatiladi. 11. Banklararo to‘lov tizimi bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarning saqlanishi, banklarning vakillik hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi hamda hisobdan chiqarilishi uchun, shuningdek, ETHning qabul qilinganligi va qayta ishlanganligi (ETH raqamiga, operatsiya summasiga, operatsiyani amalga oshirish sanasi va tugatish vaqtiga asoslanishlarni hisobga olgan holda) to‘g‘risidagi tasdiqnomani, vakillik hisobvarag‘idan (oraliqdagi va yakuniy) ko‘chirmani shakllantirish uchun javobgarlik ABMga yuklatiladi. 12. Banklararo to‘lov tizimiga ulanishning uchta varianti mavjud: 1) bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazini ulanishi; 2) filialga ega bo‘lmagan banklarni ulanishi (bunda elektron to‘lovlar bankning amaliyot boshqarmasi orqali amalga oshiriladi); 3) bank filialini ulanishi. 13. Bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazini banklararo to‘lov tizimiga ulanishi uchun bank To‘lov (Hisob-kitob) markazining nomi va manzilini ko‘rsatgan holda xat bilan Markaziy bankning To‘lov tizimlari faoliyatini tartibga soluvchi departamentiga (keyingi o‘rinlarda — MB TTD) murojaat qiladi. Mazkur xatga asosan MB TTD bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazini banklararo to‘lov tizimiga ulash hamda uning filiallarining vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 14. Filialga ega bo‘lmagan bankni yoki bank filialini banklararo to‘lov tizimiga ulash uchun, ular qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatga olingan, Bank Depozitorlarining Milliy Axborot bazasi (keyingi o‘rinlarda — BDMAB)da xos raqam (unikal kod)ga hamda banklararo to‘lov tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo‘lishi kerak. 15. Filialga ega bo‘lmagan banklarni ulanish tartibi quyidagicha: 1) Markaziy bankning banklarga litsenziya berishga mas’ul departamenti (keyingi o‘rinlarda — MB LBD) MB TTDga bank tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bank litsenziyasini olganligi to‘g‘risida, bankning to‘liq nomi va manzili ko‘rsatilgan holda xabar beradi; 2) MB TTDning yozma xabarnomasiga muvofiq, ABMning BDMAB bo‘limi tijorat bank uchun xos raqam va unga tegishli rekvizitlarni zahiralaydi hamda bir vaqtning o‘zida bank va MB TTDga bu haqda xabar beradi; 3) Bank, xos raqam olgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan Markaziy bankning Ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitini olish uchun, ABMga — MB HKMning serveriga kirish ruxsatini olish maqsadida autentifikatsiya ma’lumotlarini aniqlash uchun murojaat qiladi; 4) ABM xodimlari yordamida bir qancha ETHlarining qabul qilish nazorat qilish uzatish texnologik almashuvini o‘tkazish yo‘li bilan bank tayyorligining sinov tekshiruvi o‘tkaziladi. Sinov quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) bankning ma’lumotlari sinov majmuasidagi tegishli ma’lumotnoma (spravochnik)ga kiritiladi; b) dastlab bank xodimlari bilan axborotlar almashuvini o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish (instruktaj) o‘tkaziladi; v) sinov majmuasidagi bankning vakillik hisobvarag‘iga bankning ishlashi uchun ustav fondi sifatida oldindan kelishilgan summa kiritiladi; g) bank vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqni tasdiqlash uchun axborotni va ETHlarini shakllantiradi hamda ABMga sinov tariqasida jo‘natadi, ABM shakllantirilgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshiradi; d) ABM bank uchun vakillik hisobvarag‘ini tasdiqlash, ish tugashi va ETHlarning qayta ishlanganligi bo‘yicha axborotni shakllantiradi, bank esa ular bilan ishlay olishini tasdiqlashi kerak; e) Sinov bank tayyorligini tekshirishda ijobiy natijalar olinguncha davom ettiriladi. Sinov tugaganidan keyin ABM bank bilan birgalikda bank holatining banklararo to‘lov tizimida ishlashga tayyor ekanligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi; 5) MB LBDning bankka litsenziya berilganligi, bankning banklararo to‘lov tizimida ishlashga tayyorligi to‘g‘risidagi Markaziy bank Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentining xabarnomalari hamda sinovning ijobiy natijasi to‘g‘risidagi ABMning dalolatnomasiga, shuningdek, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami ko‘rsatilgan Davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi asosida, MB TTD barcha banklarga bankning ochilganligi, unga BDMABda xos raqam berilgani va banklararo to‘lov tizimiga ulanganligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma yuboradi. O‘z navbatida, Markaziy bankning elektron ma’lumotnomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 16. Bank filiallari MB HKMda hisobvaraqlar ochmasligini inobatga olib, banklararo to‘lov tizimiga filiallarni ulash bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlarini (filialning tayyorgarlik sinov tekshiruvi, elektron raqamli imzo kalitini yaratish) banklar o‘zlari olib boradilar. Filialga xos raqam zaxiralash uchun bank bevosita ABMning BDMAB bo‘limiga murojaat qiladi. Filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini bankning Ro‘yxatga olish markazi yaratadi. Bankning Ro‘yxatga olish markazi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bank filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini yaratish uchun Markaziy bankning Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishi mumkin. Barcha ishlar tugatilgandan so‘ng, filialni banklararo to‘lov tizimiga ulash masalasida bank MB TTDga xat taqdim etadi. Unda bank filialining nomi, manzili va bank statistik hisobotlarini berishda filialning hududiy tobeligi ko‘rsatiladi. Ushbu xatga asosan bank filiali uchun BDMABda zahiralangan xos raqam va tegishli rekvizitlar Markaziy bankning tegishli elektron ma’lumotnomasiga kiritiladi va bank filiali ochilganligi hamda uni banklararo to‘lov tizimiga ulanganligi to‘g‘risida MB TTD tomonidan barcha banklarga rasmiy xabarnoma yuboriladi. Filialni banklararo to‘lov tizimida to‘g‘ri ishlashi bo‘yicha javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi. 17. MB XKMda vakillik hisobvaraqlari quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda yuritiladi: 1) MB HKMda banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi. ETHning muvaffaqiyatli qayta ishlanganligi tasdiqlanishi bilan vakillik hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Uzatiladigan ETHlarida himoya qilish vositalari yordamida xatolar aniqlanganda yoki ETHlarni qayta ishlash imkoniyati bo‘lmaganda, ular qaytariladi (faylni qayta ishlashda — fayl butunlicha qaytariladi), va bu haqda elektron kvitansiya beriladi; 2) Elektron to‘lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi, agarda shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa; 3) Bank banklararo elektron to‘lovlar o‘tkazishga o‘zining MB HKMdagi vakillik hisobvarag‘i va bankdagi tegishli hisobvarag‘idagi aylanma va qoldiq summalarining muvofiqligini tahlil qilgandan keyingina kirishadi. 18. Banklararo to‘lov tizimida qo‘llaniladigan ETHlarining tarkibi va tuzilishi: 1) Banklararo to‘lov tizimida 2 — 6-ilovalarda keltirilgan ETHlar qo‘llaniladi; 2) har bir ETH, tashabbuskor bank tomonidan jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatni va benefitsiar bankda elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan tegishli kod (To‘lov hujjati kodi) bilan belgilanishi kerak. To‘lov hujjati kodlari (keyingi o‘rinlarda — THK) 8-ilovada keltirilgan; 3) mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishini ta’minlash uchun ETH tayyorlashda to‘lov hujjatlarining barcha rekvizitlarini to‘g‘ri kiritilishi kerak; 4) to‘lov topshiriqnomasini (THK 01), to‘lov talabnomasini (THK 02), memorial orderni (THK 06), inkasso topshiriqnomasini (THK 11), masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov topshiriqnomasi (THK 21) va masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov talabnomasini (THK 22) kiritishda quyidagi rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak: hujjatning raqami; hujjatning sanasi; to‘lovchining nomi; to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami; to‘lovchining identifikatsiya raqami; to‘lovchi bankning kodi; to‘lovchi bankning nomi; hujjatning summasi (raqam bilan); oluvchining nomi; oluvchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami; oluvchi bankning kodi; oluvchi bankning nomi; hujjatning summasi so‘z bilan (avtomatik tarzda yoziladi); to‘lovning maqsadi. To‘lov maqsadida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan hamda bank va uning mijozi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga mos keluvchi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. Ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomasida undirib olish uchun asos bo‘layotgan ijro hujjatining raqami, sanasi va nomi ko‘rsatiladi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ayrim tashkilotlar tomonidan mablag‘larni to‘lovchi yoki mablag‘larni oluvchi bo‘lgan to‘lov hujjatlarining “to‘lov maqsadi” grafasida nima maqsadda to‘lov o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilmasligi mumkin; 5) akkreditiv uchun ariza (THK 05)ni kiritishda quyidagi rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak: akkreditiv nomeri; akkreditivni yozish sanasi; to‘lovchining nomi; to‘lovchining hisobvaraq raqami; to‘lovchining identifikatsiya raqami; emitent bankning nomi; emitent bank (tashabbuskor bank)ning kodi, akkreditiv summasi raqam bilan; yetkazib beruvchining nomi; yetkazib beruvchining hisobvarag‘i raqami; akkreditivni ijro etuvchi bankning nomi; akkreditivni ijro etuvchi bank (benefitsiar bank)ning kodi; akkreditiv summasi so‘z bilan (avtomatik tarzda yoziladi); akkreditiv muddati. Akkreditiv shartlari: akkreditiv turi; tovar (mahsulot), xizmatning nomi; akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatning nomi. 19. MB HKM tomonidan bankning vakillik hisobvarag‘i debetiga yoki kreditiga mablag‘ xato o‘tkazilganda, MB HKM amaliyot kuni davomida bankka xato o‘tkazilgan to‘lovlar to‘g‘risida xabarnoma jo‘natishi kerak. Bank, MB HKMdan xabarnomani olganda, darhol shu amaliyot kunining o‘zidayoq, vakillik hisobvaraqqa xato o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishni amalga oshirishi kerak. 20. Tashabbuskor bankning aybi bilan elektron to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirda, u benefitsiar bankka xato o‘tkazilgan to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatgan holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida xabarnoma jo‘natadi. Bu holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarilmasligidan qat’i nazar, tashabbuskor bank mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart. 21. Soat 8-00 dan 17-00 gacha bo‘lgan davrda banklar vakillik hisobvarag‘ining oldingi kun nihoyasidagi holati to‘g‘risida ma’lumot uzatadilar. Olingan ma’lumotlar ABMda banklarning vakillik hisobvaraqlari qoldig‘i va aylanmalarining banklardagi tegishli hisobvaraqlari bilan muvofiqligi nazoratidan o‘tadi va bu haqda bankka elektron kvitansiya uzatiladi. Bir xil bo‘lgan holda, bank ishlashga tushadi, mos kelmasa — bank ular sababini aniqlaydi va bartaraf etadi. Agar bank fors-major holatlari bo‘yicha bir yoki bir necha kun ishlamagan bo‘lsa, u ABM bilan ishni boshlashdan oldin, o‘tgan qayta ishlanmagan kunlarda to‘planib qolgan barcha ETHlarni qabul qilishi va qayta ishlashi, joriy kunning boshiga vakillik hisobvarag‘ining holatini aniqlashi va faqat shundan keyingina ishni boshlashi shart. 22. Soat 9-00 dan 17-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha ETHlarni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti. 1) Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin. 2) Jo‘natishga mo‘ljallangan ETH nazoratdan o‘tadi, bankning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘yicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi. 24. Soat 17-00 dan ABM banklarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb topilgan ETHlar to‘g‘risida (tashabbuskor bank va benefitsiar bank bo‘yicha) xabarnoma jo‘natadi. Shundan keyin MB HKMda “Kunning yakunlanishi” bosqichi amalga oshiriladi. MB HKMda quyidagilar “Kunning yakunlanishi” bosqichini bajarilishining shartlari hisoblanadi: a) banklardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi; b) MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va banklarning tegishli vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Banklarda “Kunning yakunlanishi” bosqichining vaqti bankning ichki to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi. “Kunning yakunlanishi” bosqichi chiqish shakllarini chiqarish, ma’lumotlarni arxivatsiyalash va tizimni navbatdagi kunning boshlanishiga tayyorlash bilan birgalikda boradi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining o‘tkazish vaqtini to‘lov tizimi masalalarini muvofiqlashtiruvchi rais o‘rinbosarining yozma yoki elektron ko‘rsatmasiga asosan uzaytirishi mumkin. ABM tomonidan tizim ishtirokchilari ETHga ishlov berish vaqtining uzaytirilganligi haqida elektron tarzda xabardor qilinadi. 26. Ayrim banklarda alohida ajratilgan yoki kommutatsiya qilingan kanallarning buzilishi sodir bo‘lganda, ETHlar belgilangan axborotlarni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda MB HKMga xizmat ko‘rsatuvchi ABMning bo‘limiga bevosita elektron axborot tashuvchi jismlarda taqdim qilinishi mumkin. 27. Ushbu ish tartibi favqulodda vaziyatlar holati sodir bo‘lganda qo‘llanilmaydi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilarining ish tartibi Markaziy bankning alohida me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ommaviy axborot vositalari orqali xabar beradi. 28. Bank filiallari o‘zining mijozlari o‘rtasidagi barcha to‘lovlarni bank xizmatini ko‘rsatish uchun tuzgan shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi. 29. Mijoz tomonidan taqdim qilingan to‘lov hujjatlari mazkur Nizomning 18-bandida keltirilgan barcha majburiy rekvizitlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi. 30. ETHlarida banklar va ularning filiallari vakillik hisobvaraqlari raqamini, shuningdek, MB HKM kodini qo‘yish taqiqlanadi. 31. Bank filialida debet hujjatlari (emissiya to‘lovlari)ni rasmiylashtirishda quyidagi tartib mavjud: 1) Emissiya operatsiyalarida memorial order rasmiylashtiriladi: 3) Banklar bank qonunchilik hujjatlari, o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga rioya qilmagan hollarda, Markaziy bank debet memorial orderlarni shakllantirish yo‘li bilan banklarning vakillik hisobvaraqlaridan jarima undirish huquqiga ega. 32. Kiritilgan to‘lov hujjati asosida bankning filialida dasturiy ravishda ETH shakllantiriladi, u ichki nazoratdan o‘tadi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bankning To‘lov (Hisob-kitob) markaziga uzatiladi. 33. Tashabbuskor bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi o‘tkazilganidan so‘ng, banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 1) Tashabbuskor bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazida filiallardan olingan ETHlariga asosan: Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21, 22) bo‘yicha: DEBET 22204 tegishli filial hisobvarag‘i; KREDIT 10301 bankning hisobvarag‘i; 2) Markaziy bankning To‘lov markazida Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazlaridan olingan ETHga asosan: Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21, 22) bo‘yicha: DEBET 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i; KREDIT 11005; Debet operatsiyalari (THK — 06) bo‘yicha: DEBET 11005; KREDIT 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i. 34. Benefitsiar bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi o‘tkazilganidan so‘ng, banklararo to‘lov tizimidan olingan to‘lov hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 1) Benefitsiar bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazida bankka ETH kelib tushganda: Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21, 22) bo‘yicha: DEBET 10301; KREDIT 22204 tegishli filial hisobvarag‘i; 2) Markaziy bankning To‘lov markazida ETH kelib tushganda: Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21, 22) bo‘yicha: DEBET 11005; KREDIT 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i; Debet operatsiyalari (THK — 06) bo‘yicha: DEBET 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi; KREDIT 11005. 35. Benefitsiar bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazidan kelib tushgan ETHlari filialda ichki nazorat va elektron raqamli imzosi tekshiruvidan o‘tadi. Ijobiy natija olinganda, o‘tkazmalar filial va uning mijozlarining tegishli hisobvaraqlari bo‘yicha aks ettirilgan holda amalga oshiriladi. Agar mijozning hisobvaraq raqami noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu holda mablag‘lar oluvchi uchun 23206 — “Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar” hisobvarag‘iga yoki to‘lovchi uchun 17305 — “Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, undan uch ish kuni mobaynida maqsadi bo‘yicha hisobdan o‘chirilishi kerak. 36. Banklardan ETH kelib tushganidan keyin, MB HKMda ularni avtomatlashtirilgan qayta ishlash tashkil etiladi. 37. Qayta ishlash jarayonida kelib tushgan ETHlar ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvidan o‘tadi. Nazoratdagi rekvizitlar yoki elektron raqamli imzoda xatolar aniqlanganda, xato ETHlari qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi. Shuningdek, ETH BDMAB bazasida benefitsiar bank va tashabbuskor bank mijozlarining hisobvaraqlari hamda to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari mavjudligi bo‘yicha rekvizitlar nazoratidan o‘tadi. Agar ETHning rekvizitlarida ko‘rsatilgan hisobvaraqlar va to‘lovchining identifikatsiya raqami BDMAB ma’lumotlari bilan mos kelmasa, ushbu ETH tegishli xatolik kodi ko‘rsatilgan holda yaroqsiz deb topiladi. 38. Har bir ETH batafsil tahlil qilinishidan oldin, quyidagilar bo‘yicha tekshiriladi: a) joriy kunning boshida vakillik hisobvarag‘i holatini tekshirganda ijobiy natija chiqishi; b) elektron to‘lovni amalga oshirish uchun bankning vakillik hisobvarag‘ida yetarli mablag‘larning mavjudligi. 39. Tekshirish mobaynida, har bir ETH qayta ishlangandan keyin bankning vakillik hisobvarag‘ida qolishi ko‘zda tutilgan qoldiq summasi hisoblanadi. Fayl almashuvida dastlab hisobvaraqqa o‘tkaziladigan, keyin esa, hisobdan o‘chiriladigan barcha elektron to‘lovlar hisobga olinadi. 40. ETHda bironta xato aniqlansa, shuningdek, elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankning vakillik hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, mazkur ETH qayta ishlashdan chiqariladi va bu haqda bankka xato kodi ko‘rsatilgan holda axborot taqdim etiladi. 41. Agar tekshiruv jarayonida xatolar aniqlanmasa va vakillik hisobvarag‘ining qoldig‘i banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lovlarni o‘tkazish imkonini bersa, ETH MB HKM amaliyot kunida keyingi qayta ishlashning barcha bosqichlaridan o‘tadi. 42. Har bir ETH qayta ishlash jarayonida MB HKMda to‘lov o‘tkazmalari 11001, 11003, 21302, 21304 va 27416 hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda amalga oshiriladi. 43. Banklararo to‘lovlar Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tezkor to‘lovlar tizimi) orqali uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. ABM Markaziy bank bilan shartnoma asosida Tezkor to‘lovlar tizimi uzluksiz faoliyat yuritishi bo‘yicha texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydi. 44. Tezkor to‘lovlar tizimiga ulanish uchun banklar Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimiga ulangan bo‘lishi va ABMga murojaat qilishi kerak. Tezkor to‘lovlar tizimi xizmatlaridan foydalanishda banklar axborot xavfsizligi talablariga rioya qilishlari shart. Banklar Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshiriladigan har bir elektron to‘lov hujjatlarini elektron raqamli imzo kalitlari bilan himoyalanganligini ta’minlaydi. 45. Tezkor to‘lovlar tizimi orqali banklararo hisob-kitoblar uzluksiz (dam olish kunlarisiz) tunu kun 24/7 rejimida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i qoldig‘idan kelib chiqqan holda limit belgilanadi va hisob-kitoblar mazkur limit qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi. Banklar to‘lovlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida vakillik hisobvaraqlari likvidliligini ta’minlashlari shart. 46. Tezkor to‘lovlar tizimida belgilangan tartibda kliring sessiyalari amalga oshiriladi. Kliring sessiyasi boshlanishidan oldin banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i yetarli ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi kerak. 47. To‘lovlarni amalga oshirish maqsadida qayta ishlash uchun Tezkor to‘lovlar tizimiga uzatilgan to‘lov topshiriqnomalari bank mijozlari tomonidan masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilingan bo‘lishi va to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lishi lozim. 48. Har bir kliring sessiyasi oxirida banklarning sof pozitsiyalari aniqlanadi. Sof pozitsiya bankning boshqa banklarga to‘lashi va boshqa banklardan olishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari farqini aniqlash orqali hisoblanadi. Aniqlangan sof pozitsiyalar haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markaziga uzatiladi va pul mablag‘larini banklarning vakillik hisobvaraqlaridan o‘chirish yoki kiritib qo‘yish orqali yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi. 49. To‘lovni amalga oshirish uchun uzatilgan to‘lov topshiriqnomasi muvaffaqiyatli qayta ishlanganligi to‘g‘risida Tezkor to‘lovlar tizimidan tasdiq olinguniga qadar to‘lovchining hisobvarag‘ida to‘lov topshiriqnomasidagi summaga teng bo‘lgan summa zaxiralanadi va tasdiq kelgach hisobdan chiqariladi. Tezkor to‘lovlar tizimidan tasdiq kelganidan so‘ng mablag‘ oluvchilar hisobvaraqlariga kirim qilingan mablag‘larni sarflash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bunga qadar mablag‘larni oluvchi foydasiga o‘tkazilgan mablag‘lar uning hisobvarag‘ida zaxiralanadi.
132
29,009
Qonunchilik
“Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-385-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 3-iyulda kiritilgan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-385-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
166
1,127