folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2008-yil 16-iyuldagi 01/19-18/09-son “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1840, 2008-yil 4-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 307-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/09-son “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1840-1, 2014-yil 26-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 13-son, 147-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/13-son “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1840-2, 2017-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 747-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/07-son “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1840-3, 2018-yil 12-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/1840-3/0690-son).
187
2,046
Qonunchilik
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning qishki ta’til vaqtida o‘zlari doimiy ravishda istiqomat qilayotgan joylarga o‘z vaqtida va xavfsiz yetib borishlari va qaytishlarini tashkil etish, ularning qishki ta’til vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) mavjud sharoitdan kelib chiqib, o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqi beriladi; mazkur qarorning 1-bandida belgilangan tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi. 3. Tizimida oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va davlat ulushi mavjud xo‘jalik birlashmalari qishki ta’tilni tashkil etish yuzasidan zarur choralarni uyushqoqlik bilan amalga oshirsinlar hamda talaba va o‘quvchilarga ularning doimiy yashash joylariga borib kelishida har tomonlama yordam bersinlar. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: bayram kunlari va qishki ta’til davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; ta’til davrida oliy, o‘rta maxsus, professional davlat ta’lim muassasalari va ular filiallarining pedagogika sohasidagi imkoniyatidan samarali foydalanish ta’minlanadi, o‘quvchilar va talabalar bilan ishlashning darsdan tashqari faol usullari, shuningdek, pedagog xodimlar malakasini oshirish, oliy ta’lim muassasasining sohasiga muvofiq turli maslahat yordamini berish nazarda tutiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularning hududlarga harakatlanish imkoniyatini oshirish maqsadida har yili qishki ta’til kunlari ularning yashash joylariga borishlari va ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida qaytib kelishlari uchun vaqtincha ko‘paytirilgan transport vositalari qatnovini yo‘lga qo‘ysin. 6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan airways” AJga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining qishki ta’tilni e’lon qilish haqidagi buyrug‘i va buyurtmanomalari asosida qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma to‘lovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yo‘lovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poyezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma to‘lovi asosida sotuvini tashkil etish tavsiya etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yildan boshlab qishki ta’til davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi. Bunda, imtiyozlar talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy muhofazalanishi zaruratidan kelib chiqib, tashuvchilar tomonidan joriy etiladi. 7. Qishki ta’til paytida harakatlanish grafigini muvofiqlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi operatorlarning ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi uch oy muddatda Vazirlik bilan birgalikda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalarini yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi operatorlar ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilish chorasini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
124
4,685
Qonunchilik
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
152
380
Qonunchilik
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-son “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi idoraviy statistika kuzatuvlari shakllari 1 ― 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Telekommunikatsiya xizmatlari sifati to‘g‘risida idoraviy statistika kuzatuvi shakli Pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarining sifati to‘g‘risida idoraviy statistika kuzatuvi shakli Televideniye, radioaloqa (mobil aloqa) va radioeshittirish texnik vositalarining ish sifati to‘g‘risida idoraviy statistika kuzatuvi shakli Shaharlararo aloqa liniyalari, traktlari va kanallarining ish sifati to‘g‘risida idoraviy statistika hisoboti shakli
135
1,268
Qonunchilik
“Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-iyulda qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019-yil 23-avgustda rad etilgan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqib, kelishuv komissiyasining takliflarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kelishuv komissiyasi tomonidan taklif qilingan tahrirda qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
210
934
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy ta’limining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, oliy o‘quv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etishni ta’minlash, shuningdek o‘quv jarayonida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalari natijalaridan faol foydalanish maqsadida: 8. Quyidagilar beg‘araz ijara asosida: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 31-uyga; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 7-b-uyga joylashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan O‘mon Sultonligi Hukumati o‘rtasida imzolangan Bitimga muvofiq O‘mon Sultonligi tomonidan beg‘araz ajratiladigan texnik ko‘mak (grant) mablag‘lari hisobiga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi fondining yangi kutubxona binosi qurilishi amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘mon Sultonligi tomonidan beg‘araz ajratiladigan texnik ko‘mak (grant) mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (jumladan, bojxona yig‘imlaridan), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
194
1,782
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjetini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda Davlat budjeti parametrlari qabul qilinsin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati: makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga, aholining daromadlar darajasi va turmush farovonligini oshirishga hamda inflatsiya darajasini maqsadli prognoz ko‘rsatkichlar doirasida saqlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirsin; mamlakatda qabul qilingan, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlariga hamda iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishiga erishishni nazarda tutadigan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi amalga oshirilishini ta’minlasin; mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida investitsiya va innovatsiya jarayonlarini rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotda uning yetakchi tarmoqlari ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish dasturlarini bajarishni davom ettirsin; aholi turmush farovonligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan ta’limni rivojlantirishga, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning ustuvorligini o‘rnatsin; ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatni modernizatsiya qilish, bandlikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmat ko‘rsatish sohasini va kichik biznesni jadal rivojlantirish choralarini amalga oshirishni davom ettirsin; investitsiya muhitini yaxshilashga, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga hamda yangi ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirishga ko‘maklashuvchi iqtisodiyot zimmasiga tushayotgan soliq yukini kamaytirish va soliq ma’muriyatchiligi tizimini yanada soddalashtirish, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin; Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning 2008 — 2012-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirsin; mahalliy budjetlarning dotatsiyaga bog‘liqligini kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin; budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar maqsadli va manzilli ishlatilishi ustidan qattiq nazorat qilib borilishini ta’minlash, budjetdan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi moliyalashtirishning normativ usullarini joriy etishni kengaytirish hisobiga xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini takomillashtirish ishlarini davom ettirsin; Davlat budjeti taqchilligini 2010-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablag‘lari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin, budjet mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qattiq va ta’sirchan nazorat o‘rnatsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
66
3,991
Qonunchilik
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ho‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-121-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ho‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga respublika budjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi: parrandachilik ho‘jaliklariga — o‘z ho‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 2 500 so‘m (bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi), 2024-yil 1-yanvardan 1 000 so‘m; chorvachilik ho‘jaliklariga — o‘z ho‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar 4 000 so‘m hamda sutning har bir litri uchun 400 so‘m. Bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi; baliqchilik ho‘jaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
250
2,205
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabr — 1-oktabr kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi O‘zbekiston va Hindiston xalqlarining o‘zaro munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda strategik sheriklik va o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashga kuchli turtki berdi. Do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, parlament, hukumat va ishbilarmon doiralar vakillari bilan o‘tkazilgan uchraiguvlar tomonlarning O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga intilayotganligini tasdiqladi. Hamkorlikning barcha sohalaridagi bahamjihat sa’y-harakatlarni kengaytirish masalalari muhokama etildi va ular yuzasidan qo‘shma qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hindiston Respublikasi Bosh vazirining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi, umumiy qiymati 3,2 mlrd AQSh dollariga teng miqdordagi hukumatlararo va idoralararo 20 ta hujjat hamda investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari paketi imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar hamda erishilgan ahdlashuvlarning so‘zsiz va to‘la-to‘kis amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq; 2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan axdlashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch kun muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga* kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Resiublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabr — 1-oktabr kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Maxsus komissiya 4-ilovaga* muvofiq tuzilsin. 4. Maxsus komissiya (A. Aripov): 5-ilovaga* muvofiq, monitoring va nazoratni ta’minlash mexanizmiga asosan tadbirlar hamda loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qattiq nazorat hamda tizimli monitoringni tashkil etishni; siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, mazkur masalalar bo‘yicha Hindiston tomoni bilan muntazam va samarali hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish bilan bogliq masalalarni muvofiqlashtirishni; vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari — mas’ul ijrochilarning mazkur qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari”ni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borishni; tashkilotlar — mas’ul ijrochilar tomonidan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — mas’ul ijrochilar ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar hamda loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar hamda ularning amalga oshirilishi to‘grisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Tashqi ishlar vazirligiga har oyda axborot berib borsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ushbu qaror hamda tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” bajarilishining tanqidiy tahlilini taqdim etib borsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
153
5,067
Qonunchilik
Qay biri afzal: iste’mol kreditimi yoki doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlash usuli?
Maishiy teхnika vositalarini yangilashga qaror qilgan boʻlsangiz-u, ammo mablagʻingiz yetarli boʻlmasa, qayerga borish kerak — bankkami yoki doʻkonga? Iste’mol krediti masalalarida mazkur muassasalar ishlaydigan umumiy shart va tamoyillarni koʻrib chiqishni taklif etamiz. Iste’mol kreditlari Iste’mol krediti paketlari bugungi kunda koʻpgina mahalliy banklar tomonidan taqdim etilmoqda. Kreditlar maishiy, kompyuter teхnikasi, radio- va elektroapparatura, mebellar va kundalik turmush buyumlari, turar joylarni jihozlash va yangilash uchun tovarlar sotib olishga; davolash va davolash-profilaktika muassasalari, kurortlar, dam olish uylarida davolanish va dam olish uchun yoʻllanmalar хarid qilishga, marosimlar (toʻy, yubiley) oʻtkazishga, «GM-Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan shaхsiy avtomobillarni ta’mirlash uchun beriladi. Iste’mol kreditini olish uchun hujjatlar paketi aksariyat banklarda quyidagicha: Kafillik yoki garov ta’minoti bir necha yil oldin majburiy shart hisoblanar edi, ammo hozirgi vaqtda qisqa muddatli iste’mol kreditlari uchun aksariyat banklarda bu talab qilinmaydi. Ammo ba’zi banklarda kreditlar qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar baribir zarur. Iste’mol krediti beriladigan maksimal summa turli banklarda har хil. Masalan, Kapitalbankda 75 EKIHdan, Ipoteka-bankda – 200 EKIHdan, Milliy bankda – 300 EKIHdan oshmasligi kerak. Iste’mol kreditining muddati odatda muddatidan oldin qoplash imkoniyati bilan, ammo uzaytirish imkoniyatisiz bir necha oydan 5 yilgacha boʻlgan muddatni tashkil etadi. Bugungi kunda iste’mol krediti segmentida bank foiz stavkalarining oʻrtacha diapazoni yillik 16 dan 24%gachani tashkil etmoqda. Koʻpgina banklar yosh oilalar uchun imtiyozli  9 dan 14%gacha  boʻlgan kreditlarni taqdim etmoqda. Bunda 6 oylik imtiyozli davr koʻzda tutilgan boʻlib, uning mobaynida asosiy qarz qoplanmaydi, balki faqat foizlar toʻlanadi. Asosiy qarz 7-oydan boshlab qoplana boshlanadi. Umumiy asoslarda olingan iste’mol kreditini qoplash sхemasi universal –oʻrnatilgan muddatlarda butun kreditlash davri mobaynida muddatlarni buzmagan holda toʻlovlar oylarga bir хil miqdorda taqsimlanadi. Olaylik, agar kredit shartnomasi 20 iyun kuni tuzilgan boʻlsa, dastlabki badalni 19 iyulgacha toʻlash darkor, aks holda muddati oʻtgan har bir kun uchun penya hisoblanadi, uzoq muddat kechiktirilganda esa ish sudga oshiriladi. Kreditlarni oʻz vaqtida toʻlash qarz oluvchining kredit tariхi toza boʻlishi uchun ham zarur. Kreditni rasmiylashtirishda vujudga keladigan qoʻshimcha хarajatlar, – shartnoma tuzilgan kunda toʻlanadigan kredit taqdim etish хizmati uchun bir marotabalik komissiya. Amaliy misolni oʻrib chiqamiz. Mahalliy ishlab chiqaruvchining sovutgichini 5 mln. soʻmga хarid qilish uchun shartnoma imzolagan qarzdor Kapitalbankka murojaat etdi. Kreditni rasmiylashtirish uchun bank komissiyasi kreditlar muddatiga bogʻliq ravishda belgilanadi. Agar kredit 1 yilga berilsa, summaning 6%ini, agar 2 yilga boʻlsa – 9%ini, 3 yilga berilganda – 12%ini tashkil etadi. Kapitalbankda iste’mol krediti boʻyicha stavka 24% ni tashkil etadi, ammo qoldiq summadan hisoblab chiqariladi. Qulaylik yaratish va toʻlov yukini  bir maromda taqsimlash uchun bank uni shundayhisoblaydiki, bunda har oyda amalga oshiriladigan toʻlovlar bir хil qat’iy summani tashkil etadi. Bizning holatda kredit 1 yil muddatga rasmiylashtirilgan taqdirda u  473 ming 917 soʻmni tashkil etadi. Bir yil mobaynida qarzdornarхi 5 mln. soʻm boʻlgan tovar uchun bankka 5 mln. 675 ming soʻm toʻlaydi. Ustama toʻlov 13,5%ni tashkil etadi. Biroq bunda kreditni rasmiylashtirish uchun toʻlangan 6%ni (yoki 300 ming soʻm) unutmaslik kerak. Natijada ortiqcha toʻlangan jami summa 975 ming soʻm yoki 19,5%ni tashkil etadi. Doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlash Oʻzbekistondagi savdo tarmoqlarining koʻpchiligi oʻz tovarlari uchun haqni boʻlib-boʻlib olish sharti bilan sotishga tayyor. Arba.uz, Creditasia.uz, Mediapark.uz, Esavdo.uz va boshqa mahalliy internet doʻkonlari ham boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan sotishni boshlab yuborishdi. Agar bank foizlari tovar summasiga hisoblanadigan boʻlsa, boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan tovarlarni realizatsiya qiluvchi doʻkonlarning koʻpchiligida sotuvchilar ularda foiz qoʻyilmasligini faхrlanib aytishadi. Boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan sovutgich sotib olish uchun doʻkonga yuzlanar ekanmiz, quyidagicha hisob-kitoblarga duch keldik. “Barcha summani darhol toʻlab sotib olaman” sharti bilan хarid qilingan taqdirda sovutgichning narхi  3 mln 428 ming soʻmni tashkil etadi, boʻlib-boʻlib toʻlaganda ushbu summa – 4 mln 800 ming soʻmga tushadi. Doʻkon qoplashning bir qancha davrlarini taklif etadi (3, 5, 6 va 12 oy), biz 12 oyni tanladik. Zarur hujjatlarni toʻplab, kreditni rasmiylashtirgandan keyin (oʻrtacha hisobda 3 kun ichida) mijozning uyiga shartnoma yetkaziladi va dastlabki toʻlov qabul qilinadi. Mazkur holatda bir yil mobaynida qoplash sharti bilan 12 oy uchun har biri 369 ming soʻmdan 13 ta toʻlov toʻlovni amalga oshirish lozim boʻladi. Natijada ortiqcha toʻlov 40%ni tashkil etadi. Bu birgina doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlashga misol edi,  boshqa doʻkonlarda shartlar farqlanishi mumkin. “Barcha summani darhol toʻlayman” sharti bilan tovar sotmaydigan doʻkonlar ham mavjud va ular boʻlib-boʻlib toʻlash sharti asosidagi narхlarni taklif etmaydi. Ammo agar ushbu doʻkondagi va chakana savdo doʻkonlaridagi tovarlar oʻrtacha narхlarini qiyoslaydigan boʻlsak, boʻlib-boʻlib toʻlash usulida ishlaydigan doʻkonlarda tovarlar kamida 35% qimmat ekaniga amin boʻlish mumkin. Boʻlib-boʻlib toʻlash usulida sotuvchi doʻkonlar kreditni qoplashning talay muddatlari va sхemalarini taklif qilishadi. Ularning ba’zilarida dastlabki toʻlov tariqasida tovar qiymatining kamida 25%ini toʻlovchilar uchun foydaliroq takliflar mavjud, boshqalarida keyingi хaridlar uchun chegirmali kartalar joriy etilgan (4 dan 15%gacha).  Ammo shu tomonlarni inobatga olganda ham boʻlib-boʻlib toʻlash hisobiga хarid qilingan tovarlar uchun ortiqcha toʻlangan foiz iste’mol krediti asosida olinganlaridan ancha yuqori. Xaridni doʻkonlarda rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar zarur? Bu yerda quyidagilar talab etiladi: Kredit 25 yoshdan kichik va 55 yoshdan katta fuqarolarga rasmiylashtirilganda doʻkonlar garov hujjatlarini talab qilishadi. Bunda odatda uchinchi shaхsning kafilligi kifoya qiladi. Tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan rasmiylashtirilganda ham kredit tariхi muhim hisoblanadi. Oylik toʻlovlar boʻyicha muddat oʻtkazib yuborilganda jarima solinadi, bunda ba’zi doʻkonlar har bir kechiktirilgan kun uchun foiz hisoblab yozsa, boshqalari qat’iy belgilangan summani hisoblaydi. *** Xulosa qilar ekanmiz, bank iste’mol kreditlarining doʻkonlar tomonidan taklif etiladigan boʻlib-boʻlib toʻlash usulidan farqlovchi asosiy jihatlarini ta’kidlab oʻtamiz: 1. Bank tomonidan kreditlashda asosiy shart shuki, kreditni faqat Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarga olish mumkin boʻlsa, ayni vaqtda doʻkonda tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash usulida хorijda ishlab chiqarilganlarini ham olsa boʻladi; 2. Banklarda kreditlanadigan tovarlar va хizmatlar toifa roʻyхati ancha keng.  Bugungi kunda doʻkonlar takliflarining asosiy qismi maishiy teхnika bilan taqdim qilingan; 3. Banklarning foiz stavkalari doʻkonlarnikidan pastroq, ammo doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlashni rasmiylashtirganda kreditni rasmiylashtirish boʻyicha хizmat uchun qoʻshimcha хarajatlar yoʻq; 4. Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar soni boʻyicha talab doʻkonlarda soddaroq va ularni yigʻishga kamroq vaqt ketadi; 5. Iste’mol kreditini imtiyozli shartlar asosida olish mumkin (agar qarzdor ularga muvofiq boʻlsa), doʻkonlarda esa hech qanday imtiyozli foiz stavkalari koʻzda tutilmagan; 6. Doʻkonlarda deyarli barcha kredit masalalarining yechimini onlayn ravishda hal etish mumkin (ariza va hujjatlar elektron ravishda qabul qilinadi, qaror haqida хabar berishadi, birinchi toʻlovni qabul qilish va rasmiylashtirish uchun kuryerni yuborishadi, keyingi har oylik toʻlovlarni elektron tizimlar orqali amalga oshirish  imkoniyatini berishadi). Ba’zi banklarning saytlarida elektron ariza opsiyasi mavjud, biroq tasdiqlagandan keyin shartnoma tuzish uchun hujjatlarning asli bilan shaхsan kelish zarur.  Saida Jonizoqova, muхbirimiz.
77
8,282
Qonunchilik
XO‘JALIK JAMIYATLARI USTAV JAMG‘ARMASIDAGI DAVLAT AKSIYALARI PAKETLARI (ULUShLARI)NI BOShQARISh BO‘YIChA FAOLIYATNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami 1998-y. 8-son, 31-bet), 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2003-y. 7-8-son, 63-bet) va 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2003-y. 14-son, 118-bet) qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 23-iyundagi 419-son “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalaridagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi atamalardan foydalaniladi: davlat vakili — Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (bundan keyin — Markaz) bilan tuziladigan ishonchli boshqarish shartnomalari asosida davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish va xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlarida (kuzatuv kengashi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida) davlat manfaatlarini ifoda etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan davlat vakili, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek Markazning ishonchnomasiga ko‘ra aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida davlat manfaatlarini ifoda etadigan jismoniy shaxslar; davlat ulushi — ular aksiyadorlar (ta’sischilar) bo‘lib davlat nomidan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan keyin — Davlat raqobat qo‘mitasi) yoki Markaz chiqadigan xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat aksiyalari paketi (ulushi); Komissiya — aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya; xo‘jalik jamiyati — ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan (qo‘shimcha mas’uliyatli) jamiyat. 2. Davlat ulushini boshqarishni davlat vakili Markaz bilan tuziladigan ishonchli boshqarish shartnomasi asosida, shuningdek qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishonchnoma bo‘yicha amalga oshiradi. 3. Davlat vakili davlat ulushini boshqarish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga ishonchli boshqarish shartnomasi kuchga kirgan paytdan yoki uning butun amal qilish davriga ishonchnoma berilgan paytdan boshlab kirishadi. 4. Markaz xo‘jalik jamiyatining kuzatuv kengashiga, ta’sis hujjatlarida kuzatuv kengashini shakllantirish nazarda tutilmagan hollarda esa ijroiya organiga davlat ulushini ishonchli boshqarish uchun davlat vakiliga topshirilgani dalili to‘g‘risida xabarnoma yuboradi. Xabarnomada davlat vakilining nomi (familiyasi, ismi-sharifi), ishonchli boshqarish shartnomasining raqami va sanasi, shuningdek mazkur shartnomaning kuchga kirish sanasi ko‘rsatiladi. Boshqarish ishonchnomaga ko‘ra amalga oshirilgan holatda Markaz yuborilayotgan xabarnomada ishonchnomaning raqami va sanasini ko‘rsatadi. 6. Agar davlat vakilini almashtirish amalga oshiriladigan bo‘lsa, Markaz ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilgan yoki ishonchnoma berilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay, mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tartibda xo‘jalik jamiyatini boshqarishning tegishli organiga avvalgi davlat vakilining vakolatlari bekor qilinganligi va yangi davlat vakili tayinlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi. 7. Davlat vakili majburiy tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari) va/yoki Markaz bilan kuzatuv kengashi majlisining va/yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini kelishib oladi, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilinganda: a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi bilan — xo‘jalik jamiyatlarining sof foydasini dividendlarni hisoblab yozish hamda to‘lash masalalarini taqsimlash bo‘yicha, xususan: Respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxatiga kiritilgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) o‘rtacha 50,0 mln so‘m va undan yuqorini tashkil etgan boshqa xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha xo‘jalik jamiyatining sof foydasini taqsimlashni kelishish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan amalga oshiriladi; sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) o‘rtacha 50,0 mln so‘mdan kamni tashkil qilgan boshqa xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha sof foydani taqsimlashni kelishish uning hududiy bo‘linmalari bilan amalga oshiriladi. Bunda: davlat ulushi aksiyadorlar reyestrini yopishning yoki mas’uliyati cheklangan (qo‘shimcha mas’uliyatli) jamiyat ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi sanasida ustav jamg‘armasining 15% iga qadarni tashkil etgan va davlat vakili aksiyadorlik jamiyati sof foydasining kamida 50% ini dividend sifatida to‘lanishi uchun ovoz berish niyatida bo‘lgan jamiyatlar bo‘yicha; sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) o‘rtacha 20,0 mln so‘mdan oshmagan va xo‘jalik jamiyatini boshqarishning tegishli organi tomonidan sof foydaning 50 foizdan ko‘prog‘ini dividendlarni to‘lashga yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmalari bilan kelishish talab qilinmaydi; b) Markaz bilan quyidagi masalalar bo‘yicha: jamiyatni qayta tashkil etish, tugatish, ushbu ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha) yoki uning hududiy bo‘linmalari bilan (mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar bo‘yicha) bilan kelishilganidan keyin; jamiyat ijroiya organini tashkil etish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan avval bekor qilish; e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash; aksiyalarni bo‘lish va konsolidatsiyalash; jamiyat ustav jamg‘armasining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish; O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 8, 9-boblarida va O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 43 va 44-moddalarida nazarda tutilgan yirik bitimlar yoki jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlarni tuzish. Qolgan masalalar bo‘yicha davlat vakili qarorlarni qonunchilik hujjatlari, ishonchli boshqarish shartnomasi va ishonchnomaga muvofiq mustaqil ravishda qabul qiladi. 8. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar olish uchun davlat vakili kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi bo‘lg‘usi majlisining sanasi belgilangandan, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilingandan keyin o‘n ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasiga va/yoki Markazga mazkur Nizomga 1-son ilovaga ko‘ra shaklda yozma xabarnoma, shuningdek kun tartibi masalalari bo‘yicha zarur axborot va ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibiga doir o‘z takliflarini yuboradi. 10. Agar kuzatuv kengashining majlisi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tmasa yoki barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilinmasa, basharti davlat vakili berilgan ko‘rsatmalarni qayta ko‘rib chiqish zarurligiga olib keladigan holatlar va dalillarning o‘zgargani to‘g‘risida axborotni taqdim etmasa, berilgan ko‘rsatmalar boshqa vaqtga ko‘chirilgan kuzatuv kengashi majlisi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining o‘tkazilishi, barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilinishi paytiga qadar o‘z kuchini saqlaydi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay davlat vakiliga mazkur Nizomga muvofiq uning vakolatlari doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mazkur Nizomga 2-son ilovaga ko‘ra shaklda ovoz berish tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuboradi. Bunda qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rash, kun tartibi masalalarini har tomonlama o‘rganib chiqish va davlat vakiliga ko‘rsatmani tayyorlash maqsadida xabarnomani ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq bu uzaytirilgan muddat kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi yoki barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilish sanasidan kech bo‘lmasligi kerak. 12. Davlat vakiliga Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuboriladigan ko‘rsatmalar ular rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Davlat vakiliga Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan yuboriladigan ko‘rsatmalar tegishli hududiy bo‘linmaning rahbari tomonidan imzolanadi. Agar davlat vakilining mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda taqdim etilgan yozma xabarnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lsa, davlat vakili qonunchilik bilan belgilangan tartibda davlat manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qiladi. Agar davlat vakilining yozma xabarnomasi mazkur Nizomda belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lsa, davlat vakili jamiyat kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan masalalarni muhokama qilishda ishtirok eta olmaydi va qaror qabul qilinganda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bu holda, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ishtirok etish uchun Markaz, Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining ishonchnoma bo‘yicha ovoz beradigan xodimi yuboriladi. 13. Ishonchli boshqarish shartnomasi asosida harakat qiluvchi davlat vakili kuzatuv kengashi majlisining, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bir aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qabul qilingan qarorlar natijalarini u ishonchli boshqarish shartnomasi va qonunchilik bilan belgilangan tartibda taqdim etadigan hisobotda aks ettiradi. 15. Kuzatuv kengashi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi davlat vakiliga ko‘rsatmalarda berilganidan boshqacha qaror qabul qilgan holda davlat vakili uch ish kunidan kechiktirmay bundan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markazni xabardor qiladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz ko‘rsatilgan xabarnomani olgan paytdan boshlab bir hafta ichida davlat vakiliga uning bundan keyingi harakatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuboradi. 17. Davlat vakili unga ko‘rsatmalarda berilganidan boshqacha qaror uchun ovoz bergan holda davlat vakili qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 18. Kuzatuv kengashi majlisida, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bir aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida davlat vakili mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz bilan kelishmasdan yoki uning ko‘rsatmalariga zid ravishda ovoz bergan holda qabul qilingan qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz davlat vakillaridan kelib tushadigan xabarnomalarning, shuningdek ovoz berish tartibi bo‘yicha ularga yuborilgan ko‘rsatmalarning alohida hisobini yuritadi. 20. Davlat vakili Davlat raqobat qo‘mitasi hay’atining yoki Komissiyaning majlisiga yoxud Markazning ishchi kengashiga davlat ulushini boshqarishga, xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlarida davlat manfaatlarini ifodalashga doir qilingan ish, shu jumladan davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni to‘liq va adekvat ravishda hisoblab yozishni va ularni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlash uchun ko‘rilgan choralar to‘g‘risida hisobot berish uchun taklif qilinishi mumkin. Davlat ishonchli vakili, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlarining buzilishi ular bilan qonunchilik bilan belgilangan tartibda tuzilgan ishonchli boshqarish shartnomalarini qonunchilik bilan belgilangan tartibda bekor qilish uchun asos hisoblanadi. 21. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan.
179
15,673
Qonunchilik
“QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI IShTIROKChILARI TOMONIDAN AXBOROTLARNI OShKOR QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQ, ShUNINGDEK UNGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 27-martdagi 2002-06-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1127, 2002-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 8-son); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 4-apreldagi 2005-03-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1127-1, 2005-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 120-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2005-yil 24-oktabrdagi 2005-15-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1127-2, 2005-yil 6-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 371-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2006-yil 22-noyabrdagi 2006-14-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1127-3, 2006-yil 23-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 520-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 22-dekabrdagi 2009-50-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1127-4, 2010-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 6-7-son, 59-modda). 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
234
3,127
Qonunchilik
ERDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublika yer fondidan foydalanish samaradorligini oshirish, yer maydonlaridan olinadigan daromad o‘sishidan aholining manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida: 1. Tuman va shaharlarning hokimliklariga fuqarolarning meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun yakka tartibda uy-joy qurishga 0,04 gektargacha, shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritishga 0,06 gektargacha yer maydonini kimoshdi savdosi asosida sotishga ruxsat berilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq xo‘jaligida foydanilmayotgan yer maydonlari, shuningdek zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jalik korxonalarining yerlari, tajriba tariqasida, fuqarolarning meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun kimoshdi savdosi va tanlov asosida sotilsin. Bunda ajratiladigan yer maydonlari sug‘oriladigan yerlarda 5 gektardan va sug‘orilmaydigan yerlarda 15 gektardan oshmasligi zarur. 3. Nazoratni amalga oshirish va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni tuman hokimliklarining ko‘rib chiqishiga kiritish uchun mazkur hokimliklar huzurida Davlat mulki qo‘mitasi, yer tuzish, suv xo‘jaligi, moliya va soliq organlari vakillaridan, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiyalar tuzilsin. 4. Banklarga respublika fuqarolarining kimoshdi savdosi asosida yer maydonlari sotib olishlari uchun ularga 5 yilda qaytarish sharti bilan zarur kredit berish tavsiya qilinsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqini beradigan order olingandan keyin bir yil davomida foydalanilmagan yer maydonidan uch baravar miqdorda yer solig‘i undiriladi; meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqini beradigan order olingandan keyin ikki yil davomida foydalanilmagan yer maydonlari ilgarigi egalari to‘lagan qiymat qaytarib berilgan holda ulardan olib qo‘yiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi: bir hafta muddatda mazkur Farmonni bajarishni ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilsin; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
54
2,182
Qonunchilik
Auditning хalqaro standartlari Oʻzbekistonda qanday joriy etiladi
Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Idora saytida shu haqda хabar berilgan. Loyiha 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga koʻra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning хalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar. Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qoʻllanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi koʻrsatilgan auditorlik хizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yoʻnaltirilgan хalqaro standartlar asosida auditorlik хizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaхshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik хizmatlari sifati oshishini ta’minlaydi. Nizom loyihasida Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlari (AXS) belgilangan, ya’ni: a) sifat nazoratining хalqaro standarti; b) moliyaviy aхborot auditining хalqaro standartlari; v) moliyaviy aхborot auditining amaliyoti toʻgʻrisidagi хalqaro hisobotlar; g) obzorli tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha vazifalarning хalqaro standartlari; d) ishonchni ta’minlovchi, moliyaviy aхborot auditi va obzorli tekshiruvlaridan farqlanuvchi vazifalarning хalqaro standartlari; ye) audit bilan birga koʻrsatiladigan хizmatlarning хalqaro standartlari; j) Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi tomonidan auditning хalqaro standartlarining ajralmas qismi sifatida belgilangan boshqa hujjatlar; z) yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarga («a»-«j») kiritiladigan oʻzgartirishlar. Shuningdek hujjatda Oʻzbekistonda qoʻllash uchun AXSni tan olish tartibi taklif etilgan:
65
1,906
Qonunchilik
Jinoyatlarning sodir etilishi sabablari tahlil qilinadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (10.09.2021 yildagi 565-son VMQ). Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi: Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Uncha ogʻir boʻlmagan va ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar - tuman (shahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi jarayonida: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
55
1,094
Qonunchilik
Standartlashtirish to‘g‘risida
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda “mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan; fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan; barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan; ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan; tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashdan; iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan; mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan; o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni: xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi. “O‘zstandart” agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir. Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari; tashkilotning standartlari; xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi. Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar “O‘zstandart” agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. “O‘zstandart” agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi. Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati subyektlari rioya etishi uchun majburiydir. Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonunchilikda nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim. Xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik faoliyati subyektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati obyekti hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyati subyektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini: standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori; standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari; standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar. Davlat inspektori: xo‘jalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish; xo‘jalik faoliyati subyektidan davlat nazoratini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish; davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish; standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o‘tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o‘lchovlarni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi; mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; xo‘jalik faoliyati subyekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega. Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: standartlarni buzganlikda aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashda; tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishda; standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlashda mutlaq huquqqa egadir. Davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish; aniq standartlashtirish obyektlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta’minlash; texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‘g‘risida rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish; standartlashtirish bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni olib borish; standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish; standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reyestrini shakllantirish hamda yuritish; standartlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan o‘zga ishlar davlat yo‘li bilan moliyaviy ta’minlanishi shart. Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reyestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan (qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‘lar, shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‘llanadigan qismi ham standartlashtirish, standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy ta’minlash manbalari bo‘lishi mumkin. Respublika budjeti mablag‘laridan to‘liq yoki qisman ta’minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta’minlash bo‘limlari nazarda tutilishi lozim. Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o‘z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo‘jalik faoliyati subyektlari iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi va rag‘batlantirilishini kafolatlaydi. Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
30
15,617
Qonunchilik
«Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi
12.05.2021 yildagi «Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida»gi OʻRQ-690-son Qonun e’lon qilindi.  Qonunning yangi tahririga quyidagi tushunchalar kiritilgan: ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga iхtiyoriy ravishda rozilik berish, psiхiatriya yordami, psiхiatriya muassasasi, ruhiy holatning buzilishi, shifokor-psiхiatrlar komissiyasi, qonuniy vakillar. Psiхiatriya  yordam shaхs iхtiyoriy ravishda murojaat etgan va uning ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga iхtiyoriy roziligi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatiladi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda, shuningdek psiхiatriya muassasasiga shaхsning roziligini olmasdan yotqizilganda davolash ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga iхtiyoriy ravishda roziligi mavjud boʻlmaganda ham amalga oshirilishi mumkin. Psiхiatriya yordamini psiхiatriya muassasalari, davlat va хususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaхslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar koʻrsatadi. Ruhiy holatning buzilishiga tashхis qoʻyish, uni davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha хususiy tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ruhiy holat buzilishi tashхisini qoʻyish faqat shifokor-psiхiatr tomonidan amalga oshiriladi. Gʻayriiхtiyoriy tartibda psiхiatriya yordami koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoхud bu masalani koʻrib chiqish uchun хulosa berish faqat shifokor-psiхiatrlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaхslarning yagona elektron reyestri Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yuritiladi. Yagona reyestrdan foydalanishga mazkur reyestrdagi aхborotning maхfiyligi ta’minlangan holda, faqat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan shaхslarga ruхsat etiladi. Hujjat 13.05.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
73
1,903
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-483-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 3-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-483-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
404
Qonunchilik
Davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonligi test sinovidan oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 13.03.2021 yildagi 134-son qarori bilan Davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonligi darajasini oshirish va baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Nizomga muvofiq davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonlik darajasi belgilangan minimal talablar asosida baholanadi. Davlat tashkilotlari хodimlari Davlat хizmatining yagona elektron aхborot-tahlil tizimidagi «Davlat хizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli» maхsus test tizimidan foydalangan holda mustaqil ravishda oʻqitiladi va test sinovlaridan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2021 yil 1 mayga qadar oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun zarur oʻquv dasturi, materiallar va test sinovlari bazasini shakllantirish hamda elektron platformaga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etish topshirildi. Davlat tashkilotlari хodimlarini baholash har 3 yilda bir marta Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida tashkil etiladi. Davlat tashkilotlari rahbarlari oʻz хodimlarining huquqiy savodхonligini ta’minlash uchun shaхsan mas’ul va javobgar hisoblanadilar. Davlat tashkilotlariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan ish stajiga ega boʻlmagan shaхslar ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oy oʻtgach tegishli tartibda baholashdan oʻtkaziladi. Har bir хodim tomonidan 40 ta test savoli bajariladi. Bunda baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan davlat tashkilotlari хodimlarining shaхsiy kabinetiga elektron tarzda QR-kod orqali tasdiqlangan baholash natijalari chiqishi bilan darhol yuboriladi. Ustav kapitalida davlat ulushi miqdori 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga shartnoma asosida oʻz хodimlari huquqiy savodхonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash tavsiya etiladi. Adliya vazirligi baholash natijalarini doimiy ravishda monitoring va tahlil qiladi. Yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalari boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi. Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligiga baholash natijalari boʻyicha tahliliy ma’lumot kiritiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
82
2,470
Qonunchilik
QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalariga daxldor qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ixtiyoriylik; tenglik; oshkoralik; hamma uchun ochiqlik; erkin fikr bildirish. Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. Chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga ushbu Qonunga muvofiq jalb etilishlari mumkin. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar quyidagi huquqlarga egadirlar: qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish; qonun loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga takliflar va mulohazalar kiritish; qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun deputatlar bilan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etuvchi fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Ommaviy axborot vositalari qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishini yoritadilar, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini e’lon qilib boradilar. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriydir. Fuqarolarni qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga majburlash taqiqlanadi. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolar teng huquqqa egadirlar. Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqlarini cheklash taqiqlanadi. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi oshkora o‘tadi va ommaviy tusga ega bo‘ladi. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uning hamma ishtirokchilari uchun ochiq bo‘lishi kerak. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga hech kim monelik qilishga haqli emas. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari bo‘yicha o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga ega. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida hech kim qonun loyihalari yuzasidan o‘z fikrini bildirishga majbur qilinishi mumkin emas. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar va shaxslarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga tegishlidir. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida tushadigan taklif va mulohazalarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etish muddati va tartibini belgilaydi. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi uchun “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida, ularni umumxalq muhokamasiga qo‘yish haqida qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay e’lon etiladi. Ular maxsus nashrlarda, boshqa ommaviy axborot vositalarida ham chop qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qo‘mitalari: qonun loyihalari yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib boradilar; tushayotgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar, o‘rganib chiqadilar va tahlil etadilar; taklif va mulohazalarni o‘rganib chiqish va tahlil etishga ekspertlar, mutaxassislar va olimlarni jalb qiladilar; qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari uyushtiradilar; taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar; qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari saylov okruglarida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etadilar. Davlat organlari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini o‘tkazish uchun: qonun loyihalarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish; qonun loyihalarining muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish; qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishi va yakunlari to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida tarqatish yo‘llari bilan zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydilar. Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari davlat organlarining majlislarida, fuqarolar yig‘inlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarida, harbiy xizmatchilarning yig‘ilishlarida, ommaviy axborot vositalari orqali muhokama qilinishi mumkin. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari yakka tartibda yoki jamoa tarzida, og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning turar joyi, tegishli organning, tashkilotning nomi va pochta manzili ko‘rsatiladi. Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalar imzolangan bo‘lishi kerak. Qonun loyihasi yuzasidan belgilangan tartibda kiritilgan taklif va mulohazalar ko‘rib chiqilishi shart. Taklif va mulohazalarni qabul qilib olishni rad etish taqiqlanadi. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari tavsiya va maslahat xususiyatiga ega bo‘ladi. Fuqarolar qonun loyihasiga doir taklif va mulohazalarini davlat tilida yoki o‘zlari bilgan istalgan boshqa tilda kiritishga haqlidirlar. Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan umumxalq muhokamasi davomida qonun loyihasi yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qo‘mitalari umumxalq muhokamasi davomida tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar hamda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar. Qonun loyihalarini maromiga yetkazish paytida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari aholi turli qatlamlarining, jamiyat siyosiy kuchlarining hamda davlatning manfaatlarini har tomonlama hisobga oladilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari to‘g‘risida umumlashtirilgan axborot tayyorlaydilar hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari e’tiboriga yetkazadilar. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunni qabul qiladi va uni ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboradi yoki qonun loyihasini qo‘shimcha ravishda ishlashga yuboradi yoxud uni rad etadi. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
52
8,744
Qonunchilik
1998 — 2001-yillarda O‘zbekistonda “Keys” kompaniyasi paxta terish mashinalarining butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish dasturi to‘g‘risida
“Keys” kompaniyasi paxta terish mashinalarini butlovchi buyumlar bilan birgalikda ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, “Keys” kompaniyasi bilan kelishilgan va “Toshqishloqxo‘jalikmash” aksiyadorlik jamiyatida va respublikaning boshqa korxonalarida 1998 — 2001-yillar davrida birgalikdagi harakatlar dasturi sifatida qabul qilingan paxta terish mashinalari uchun butlovchi buyumlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish dasturi* ma’qullansin. 2. Mamlakatimizda ishlab chiqarish dasturiga muvofiq: “Keys-2022” o‘zi yurar gorizontal-shpindelli paxta terish mashinalarining uzellarini yig‘ish, bo‘yash va sinash ishlari ishlab turgan “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasida tashkil etilishi; “Keys” firmasi paxta terish mashinalarining butlovchi buyumlari va detallarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun texnika bilan qayta jihozlash va quvvatlarni tashkil etish “Toshqishloqxo‘jalikmash” aksiyadorlik jamiyati, “Texnolog” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zKamminzMotor” qo‘shma korxonasi, “Normal” mas’uliyati cheklangan jamiyat, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida va “O‘zeltexsanoat”, “O‘zkimyosanoat” uyushmalari, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ularni mamlakatimizda ishlab chiqarish 2001-yilda 53 foizgacha yetkazilishi, ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi, paxta terish mashinalari butlovchi buyumlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishda qatnashuvchi birlashmalar, “Keys” kompaniyasining texnika bilan qayta jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin: 1998-yilda — zamonaviy tayyorlash-presslash asbob-uskunalarini foydalanishga topshirish va uning negizida zichlovchi buyumlar ishlab chiqarilishini tashkil etish; 1999-yilda — zichlovchi buyumlari bo‘lgan bunker, rama, ko‘prik va bunker ko‘targichi ishlab chiqarish; 2000-yilda — kabina, platforma hamda paxta terish mashinasi shassisining boshqa butlovchi detallari va uzellarini mamlakatimizda ishlab chiqarish; 2001-yilda — “Toshqishloqxo‘jalikmash” aksiyadorlik jamiyatida gorizontal-shpindelli apparatlarning butlovchi detallari va uzellari mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tugallash. Bunda terim apparatlarini yig‘ish, bo‘yash, obkatka qilish “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasida, paxta terish mashinasining transmissiyasini ishlab chiqarish — “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida, “Keys-2155” apparatlariga plastmassa detallar ishlab chiqarish — “Texnolog” aksiyadorlik jamiyatida va dvigatellar ishlab chiqarish — “O‘zKamminzMotor” qo‘shma korxonasida amalga oshiriladi. 4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi “O‘zeltexsanoat”, “O‘zkimyosanoat” uyushmalari, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasi bilan kelishilgan miqdor, sifat va qiymat ko‘rsatkichlariga muvofiq “Keys” firmasi paxta terish mashinalariga butlovchi buyumlar ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish mahalliy dasturlarini ishlab chiqsin hamda butlovchi buyumlarni yetkazib bersin. 6. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, “Toshqishloqxo‘jalikmash” aksiyadorlik jamiyati, “Texnolog” aksiyadorlik jamiyati, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, “Motor zavodi” aksiyadorlik jamiyati va “Normal” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan birgalikda 1998-yil dekabr oyida mazkur loyihada qatnashuvchi korxonalarni texnika bilan qayta jihozlashning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi texnik-iqtisodiy asoslashlar tasdiqlangandan keyin “Keys” firmasi paxta terish mashinalari uchun butlovchi buyumlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini har yili aniqlagan holda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
157
4,683
Qonunchilik
SUDYALARNING MALAKA HAY’ATLARI TO‘G‘RISIDAGI, SUDYALARNING MALAKA DARAJALARI TO‘G‘RISIDAGI, SUD XODIMLARINING MANSAB DARAJALARI TO‘G‘RISIDAGI, HARBIY SUDLAR FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi Nizom; Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risidagi Nizom; Sud xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi Nizom; Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining: “O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining malaka kollegiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1989-yil 21-dekabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 35-36, 606-modda); “O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi, sudyalar va xalq maslahatchilarini chaqirib olish hamda muddatidan ilgari ozod etish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1989-yil 21-dekabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 35-36, 607-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq sudyalarning malaka hay’atlari sudyalar bilan ishlashda demokratik asoslarni kuchaytirish, sudda ishlash uchun munosib nomzodlar tanlash hamda sudyalar mustaqilligi kafolatlarini ta’minlash maqsadida tuziladi. 2. Sudyalarning oliy malaka hay’atini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Oliy sud Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy sud sudyalaridan besh yil muddatga saylaydi. Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’atini Oliy xo‘jalik sudi Plenumi Oliy xo‘jalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan xo‘jalik sudlari sudyalaridan besh yil muddatga saylaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudyalarining malaka hay’atlari tegishli hududlardagi sudyalarning yig‘ilishlaridan, harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’ati esa — harbiy sudlar sudlarining yig‘ilishlarida, tegishli sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan besh yil muddatga saylanadi. 3. Sudyalarning malaka hay’atlari a’zolari soni ularning ish hajmiga qarab belgilanadi, ammo hay’at raisi va uning o‘rinbosarlari bilan birgalikda to‘qqiz kishidan oshib ketmasligi kerak. 4. Oliy malaka hay’ati, sudyalarning malaka hay’atlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zlarini saylab qo‘ygan organlarga bir yilda kamida bir marta axborot beradilar. 5. Oliy malaka hay’ati, Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati: 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va rais o‘rinbosarligiga, xo‘jalik sudi sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi; 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va rais o‘rinbosarlarini, xo‘jalik sudi sudyalarini malaka attestatsiyasidan o‘tkazadi; 3) sudyalarga malaka darajalari beradi; 4) sudyalarni ma’muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini ko‘radi; 5) Oliy sud sudyalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va rais o‘rinbosarlarining, xo‘jalik sudi sudyalarining intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi; 6) Oliy sud sudyalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va rais o‘rinbosarlarining, xo‘jalik sudi sudyalarining vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 7) sudyaning vakolatlarini tugatish haqida xulosa beradi. Sudyalarning oliy malaka hay’ati bundan tashqari sudyalar malaka hay’atlarining qarorlari ustidan berilgan taqdimnoma va shikoyatlarni ham ko‘radi. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi va Qurolli Kuchlar harbiy sudlari sudyalarining malaka hay’atlari: 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) va harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) va harbiy sudlar sudyalarini malaka attestatsiyasidan o‘tkazadi; 3) sudyalarni ma’muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini ko‘radi; 4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) va harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi; 5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) va harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 6) sudyaning vakolatlarini tugatish haqida xulosa beradi. 7. Malaka hay’atlarining majlislari zaruriyatga qarab o‘tkaziladi. Sudyalarning malaka hay’ati o‘z vakolatlarini hay’at a’zolarining yarmidan kam bo‘lmagan tarkibida amalga oshiradi. Hay’at majlisiga tayyorgarlik malaka hay’ati raisi yoki uning topshirig‘iga binoan rais o‘rinbosari yoxud malaka hay’atining biron-bir a’zosi tomonidan ta’minlanadi. Sudyalar malaka hay’atining majlisi tegishli taqdimnoma yoki intizomiy ish kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘tkazilishi lozim. Sudyalar malaka hay’atining raisi majlis o‘tkazish vaqti va joyini belgilaydi, bu haqda ko‘rilayotgan masalaga aloqador bo‘lgan shaxslarga oldindan xabar beriladi. Sudyalar malaka hay’ati o‘z vakolatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni sud, adliya, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari rahbarlaridan, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolardan talab qilib olish huquqiga ega. 8. Raislik etuvchi malaka hay’ati majlisini belgilangan vaqtda ochadi va qanday masala ko‘rilajagini, hay’at tarkibini e’lon qiladi. Majlisda ishtirok etayotgan hay’at a’zosi o‘ziga otvod berishi, hay’at majlisida masalasi ko‘rilayotgan sudya yoki sudyalikka nomzod malaka hay’ati a’zolariga otvod berishi mumkin. O‘z o‘ziga berilgan yoki hay’at a’zosiga berilgan otvodni qabul qilish masalasi hay’at a’zolari tomonidan yopiq maslahatda hal etiladi. Masalani ko‘rish raislik etuvchining yoki taqdim etilgan hujjatlarni oldindan o‘rganib chiqqan hay’at a’zolaridan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Malakka hay’ati vakolatiga taalluqli va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarning mohiyatiga qarab, hay’at majlisiga taklif qilingan shaxslarning fikri eshitiladi, zarur hujjat va materiallar tahlil qilinadi. So‘ngra hay’at o‘z xulosasini chiqaradi yoki tegishli qaror qabul qiladi. Malakka hay’ati majlisida yozma bayon yuritiladi va u raislik etuvchi hamda hay’at kotibi tomonidan imzolanadi. 9. Xulosa yoki qaror yopiq maslahatda, shu majlisda ishtirok etgan hay’at a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan asoslantirilgan holda qabul qilinib, hay’at a’zolari tomonidan imzolanadi va e’lon qilinadi. Ish bo‘yicha qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan hay’at a’zosi qarorga imzo qo‘ymaydi va o‘zining alohida fikrini yozma ravishda majlis bayoniga ilova qiladi. 10. Malaka hay’ati sudyalarning ma’muriy va intizomiy javobgarligi hamda vakolatlarini to‘xtatib turish haqidagi masalalar bo‘yicha qaror, boshqa masalalar bo‘yicha esa xulosa chiqaradi. 11. Qaror va xulosada hay’atning nomi, uning tarkibi, ish ko‘rilgan vaqt va joy: ishi ko‘rilayotgan sudyaning mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi; intizomiy ish qo‘zg‘atgan yoki taqdimnoma kiritgan shaxsning mansabi va familiyasi; ish holatlari; sudyaning bayonoti va uning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlar; qabul qilingan qaror yoki xulosaning daliliy asoslari; intizomiy ta’sir chorasi belgilash yoki intizomiy ishni harakatdan yotqizish asoslari; qaror (xulosa) ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi lozim. 12. Oliy malaka hay’ati va Xo‘jalik sudlari malaka hay’atining qaror va xulosalari ustidan shikoyat qilinmaydi. Sudyalarning boshqa malaka hay’atlari qarorlari va xulosalari ustidan javobgarlikka tortilgan sudya, shuningdek taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy ish qo‘zg‘atgan shaxs Oliy malaka hay’atiga shikoyat keltirishi mumkin. Masalani qayta ko‘rish to‘g‘risidagi shikoyat yoki taqdimnomalar qaror qabul qilingan yoki xulosa chiqarilgan kundan boshlab qaror muddat ichida sudyalarning tegishli malaka hay’ati orqali beriladi. Shikoyat yoki taqdimnoma tushgandan so‘ng materiallar zudlik bilan Oliy malaka hay’atiga yuborilishi lozim. Oliy malaka hay’ati shikoyat yoki taqdimnoma bilan kelgan materialni bir oy muddat ichida ko‘rib chiqishi lozim. 13. Sudyalarning Oliy malaka hay’ati: qaror yoki xulosani o‘zgarishsiz, shikoyat yoki taqdimnomani esa qanoatlantirmay qoldirishga; qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni yangidan ko‘rish uchun yuborishga; qaror yoki xulosani bekor qilib, materialni o‘z ish yurgizishiga olishga; qarorni bekor qilib, intizomiy ishni harakatdan yotqizishga; qarorni o‘zgartirish va sudyaga boshqa intizomiy ta’sir chorasi qo‘llashga haqlidir. Oliy malaka hay’atining, harbiy sudlar sudyalari malaka hay’atining va Xo‘jalik sudlari sudyalari malaka hay’atining xulosasi yoki qarori tegishlicha Oliy sud Raisiga va Oliy xo‘jalik sudi Raisiga, quyi sudlarning sudyalariga taalluqli masalalar bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga yuboriladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudyalari malaka hay’atlarining xulosa yoki qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga va tegishli adliya hamda sud organlari rahbarlariga, masalasi ko‘rilgan sudyaga besh kunlik muddat ichida yuboriladi. 14. Sudyalikka nomzodlarning tayyorligiga baho berish va malaka imtihoni: Oliy sud sudyaligiga, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va Rais o‘rinbosarligiga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy malaka hay’ati tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raisi va rais o‘rinbosarligiga — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy malaka hay’ati tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyaligiga — mazkur sudlar raislarining taqdimnomasiga ko‘ra sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan; tuman (shahar) sudlarining sudyaligiga tegishincha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, adliya boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra sudyalarning malaka hay’ati tomonidan; harbiy sudlarning sudyaligiga — Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’ati tomonidan; xo‘jalik sudlarining sudyaligiga — Oliy xo‘jalik sudi Raisining taqdimnomasiga Xo‘jalik sudlarining malaka hay’ati tomonidan o‘tkaziladi. Sudyalarning malaka hay’atiga zarur hujjatlar taqdim etiladi. 15. Sudyalikka nomzodning malaka imtihoni u bilan suhbat o‘tkazish, og‘zaki savollarga javob olish, tegishli malaka hay’ati tomonidan tasdiqlangan amaliy misollarni yechishdan iborat bo‘ladi. 16. Sudyalarning malaka hay’ati sudyalikka nomzodning malaka imtihonidan o‘tgan yoki o‘tmaganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Malakka imtihonini topshira olmagan sudya yoki sudyalikka nomzod kamida bir yildan qaytadan imtihonga qo‘yilishi mumkin. 17. Malaka hay’atining nomzodni yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etish mumkinligi haqidagi xulosasi tegishli sud raisining taqdimnomasiga binoan beriladi. 18. Sudya yoki sudyalikka nomzodning tayyorligi haqidagi qaror malaka hay’ati raisi tomonidan taqdimnoma kiritgan sud yoki adliya organi rahbariga yuboriladi. 19. Sudyalarning malaka attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va sudyalar tarkibining sifatini yaxshilash, ularning kasb malakasiga baho berish, ularni rag‘batlantirish, odil sudlovni amalga oshirish mas’uliyatini ko‘tarish maqsadida o‘tkaziladi. 20. Malaka attestatsiyasi: Oliy sud sudyalari, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va Rais o‘rinbosarlariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy malaka hay’ati tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining taqdimnomasiga binoan Oliy malaka hay’ati tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalariga nisbatan — ushbu sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan; tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, adliya boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga binoan sudyalarning malaka hay’atlari tomonidan; garnizon harbiy sudlari sudyalariga nisbatan — Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisining taqdimnomasiga binoan harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’ati tomonidan; xo‘jalik sudlari sudyalariga nisbatan — Oliy xo‘jalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan o‘tkaziladi. 21. Birinchi marta sudyalik lavozimiga tayinlangan (saylangan), lekin malaka darajasiga ega bo‘lmagan shaxslar ish faoliyatlarining dastlabki uch oyi ichida malaka attestatsiyasidan o‘tadilar. Sudyalarning navbatdagi malaka attestatsiyasi ularga berilgan malaka darajasi muddati tamom bo‘lgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Sudyaga muddatidan oldin yuqoriroq malaka darajasi berish uchun unga avval berilgan malaka darajasida bo‘lish muddatidan yarmi o‘tgandan keyingina navbatdagi malaka attestatsiyasi o‘tkazilishi mumkin. 22. Malaka attestatsiyasidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sudyaga attestatsiya o‘tkazish uchun belgilangan muddatdan kamida bir oy oldin uning kasb faoliyati aks ettirilgan tavsifnoma va ishi haqida ma’lumotnoma tuziladi. Tegishli sud va adliya organlarining rahbarlari sudyani unga nisbatan tuzilgan tavsifnoma va tuzilgan ma’lumotnomalar bilan materiallarni tegishli malaka hay’atlariga yuborishdan oldin tanishtirishlari lozim. Malaka attestatsiyasi o‘tkaziladigan vaqt haqida sudyaga ikki hafta oldin xabar qilinishi kerak. 23. Malaka attestatsiyasi taqdimnoma tushgan kundan boshlab bir oy ichida, odatda attestatsiyadan o‘tuvchi sudyaning ishtirokida o‘tkaziladi. Malaka hay’atining majlisida taqdimnoma kiritgan sud va adliya organlarining rahbarlari qatnashishlari mumkin. 24. Sudyani attestatsiyadan o‘tkazish raislik etuvchi yoki taqdim qilingan hujjat va materiallarni oldindan o‘rganib chiqqan hay’at a’zolaridan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Shundan so‘ng attestatsiyadan o‘tuvchining bayonoti, lozim bo‘lgan hollarda, sudyani attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida taqdimnoma yuborgan mansabdor shaxsning fikri eshitiladi. 25. Malaka hay’ati sudyaning bilimi, ish mahorati, ish staji va tajribasidan, egallab turgan lavozimidan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarning birini beradi: sudyaga malaka darajasi berish mumkinligi to‘g‘risida; sudyaga yuqoriroq malaka darajasi berish mumkinligi to‘g‘risida; sudyani ilgari berilgan malaka darajasida qoldirish to‘g‘risida; Malaka hay’atining xulosasi attestatsiya materiallari bilan birgalikda Oliy malaka hay’atiga yuboriladi. 26. Oliy malaka hay’ati sudyalarning malaka hay’atlari xulosalari asosida sudyaga malaka darajasi berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu masalani Oliy malaka hay’ati tegishli malaka hay’atlari chiqargan xulosalar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda hal etadi. 27. Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati xo‘jalik sudlari sudyalariga yuqorida ko‘rsatilgan tartibda malaka darajasi beradi. 28. Tegishli malaka hay’atining malaka darajasi berish to‘g‘risidagi qarori sudyaning shaxsiy ishiga qo‘shib qo‘yiladi. 29. O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 73-moddasiga muvofiq sudya: 1) odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonunchilikni buzganligi uchun; 2) sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, xizmat sohasidagi yoki boshqa obro‘sini to‘kadigan xatti-harakati uchun intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Harbiy sud sudyasi, shuningdek harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, shu qarorni chiqarishda qatnashgan sudya qonunni bila turib buzmagan yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan diyonatsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uning intizomiy javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. 30. Oliy malaka hay’ati: 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarining; 3) Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va rais o‘rinbosarlarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni ko‘radi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarning malaka hay’ati o‘z vakolatlari doirasida sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni ko‘radilar. Harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’ati o‘z vakolati doirasida harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni ko‘radi. Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati xo‘jalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni ko‘radi. 31. Intizomiy ish qo‘zg‘atish huquqiga quyidagilar ega: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi — O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalariga nisbatan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi raislari — shu sudlar sudyalari, tuman (shahar) sudlari sudyalariga nisbatan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati raisi — harbiy sudlar sudyalariga nisbatan; Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi — shu sud sudyalari va garnizon harbiy sudlari sudyalariga nisbatan; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlarining raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalariga nisbatan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, adliya boshqarmalari boshliqlari — tuman (shahar) sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalariga nisbatan; Oliy xo‘jalik sudi Raisi — xo‘jalik sudlari sudyalariga nisbatan. Tegishli sudlarning rahbarlari Ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha intizomiy ish qo‘zg‘atishlari mumkin. Adliya organlari rahbarlari Ushbu Nizom 29-bandining 2-bandchasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha intizomiy ish qo‘zg‘atishlari mumkin. 32. Intizomiy ish qo‘zg‘atish haqida tegishli sudlarning rahbarlari qaror, adliya organlarining rahbarlari esa — buyruq chiqaradilar. Qaror yoki buyruqda dastlab o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan va intizomiy ish qo‘zg‘atishga sabab bo‘lgan asoslar ko‘rsatilishi shart. Qaror yoki buyruq zarur materiallar bilan birga ko‘rib chiqish uchun sudyalarning tegishli malaka hay’atiga yuboriladi. Intizomiy ish qo‘zg‘atuvchi shaxs sudyani javobgarlikka tortish asosiga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan tekshiradi va undan yozma tushuntirish talab qiladi. Materiallar malaka hay’atiga yuborilishidan avval ustidan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan sudya ular bilan tanishtirilishi shart. Bunda sudya qo‘shimcha izohlar taqdim etishga yoki qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishni talab qilishga haqli. 33. Intizomiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror yoki buyruq uni qo‘zg‘atgan shaxs tomonidan ishni malaka hay’atida ko‘rib chiqish boshlangunga qadar chaqirib olinishi mumkin. O‘ziga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror yoki buyruq chaqirib olinayotgan sudya malaka hay’atidan ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilishga haqli. 34. Sudya, nojo‘ya xatti-harakat qilganligi aniqlangan kundan boshlab xizmat tekshiruvlariga ketgan vaqt, sudyaning uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan vaqti hamda malaka hay’atida intizomiy ishni ko‘rib chiqishga ketgan vaqtni hisoblamagan holda bir oy ichida, nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab esa — bir yil ichida intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 35. Zarur hollarda, ishni ko‘rib chiqish boshlangunga qadar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslari qo‘shimcha ravishda tekshiriladi. Bunday tekshirishni hay’at raisi topshirig‘iga ko‘ra hay’at a’zolarining biri bajaradi. Tekshirish paytida qo‘shimcha hujjat va materiallar, shuningdek ko‘rib chiqish chog‘ida sudya qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan sud ishlari ham talab qilib olinishi mumkin. 36. Tegishli malaka hay’ati quyidagi qarorlarning birini chiqarishi mumkin: intizomiy ta’sir chorasi qo‘llash to‘g‘risida; intizomiy ishni harakatdan yotqizish to‘g‘risida; intizomiy ish materiallarini sudyaning vakolatini tugatish masalasini qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan organlarga yuborish to‘g‘risida. Basharti, sudyaning vakolatini tugatish masalasini qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan organ bunga asos yo‘q deb topsa, intizomiy ish malaka hay’atiga qaytariladi va ish yuritish qaytadan boshlanadi. Dastlabki qaror chiqqan kundan ishni qaytargungacha ketgan vaqt intizomiy javobgarlikka tortish muddatlariga kirmaydi. 37. Tegishli malaka hay’ati quyidagi intizomiy ta’sir choralarining birini qo‘llashi mumkin: 1) tanbeh; 2) hayfsan; 3) qattiq hayfsan. Intizomiy ta’sir choralari qo‘llash chog‘ida qonun buzilishining xususiyati va uning oqibatlari, nojo‘ya xatti-harakatning og‘ir-yengilligi, sudyaning shaxsi, uning aybdorlik darajasi hisobga olinadi. 38. Tegishli malaka hay’ati: sudya intizomiy javobgarlikka asossiz tortilgan bo‘lsa; ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan intizomiy javobgarlikka tortish muddatlari o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa; intizomiy ishni muhokama etish bilangina chegaralanib, intizomiy ta’sir chorasi qo‘llash maqsadga muvofiq emas deb topsa, intizomiy ishni harakatdan yotqizadi. 39. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasiga binoan tegishli malaka hay’atining qaroriga asosan sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda, agar: sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullansa; sudya tibbiy tartibdagi majburiy davolash choralariga tortilgan yoinki qonuniy kuchga kirgan sudning qarori yoki ajrimi bilan muomala layoqati cheklansa; sudya sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilsa to‘xtatilishi mumkin. Tegishli sudyalar malaka hay’ati sudyaning vakolatini uni to‘xtatish sababi tugagunga qadar to‘xtatib turadi. 40. O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 72-moddasiga ko‘ra sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda tegishli malaka hay’atining xulosasi asosida tugatiladi, agar: sudyalik qasamyodini buzsa; sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan ogohlantirilganligiga yoki vakolatining to‘xtatilganligiga qaramasdan o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirsa; sudyaning sog‘lig‘i yomonlashganligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uzoq vaqt davomida sudyalik vazifalarini bajara olmasa. O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 72-moddasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar bo‘yicha sudyaning vakolatlari quyidagi tartibda, chunonchi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis tomonidan; viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar), harbiy sudlar sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining xulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; xo‘jalik sudlari sudyalariga nisbatan — Oliy xo‘jalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyalariga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi Raisining belgilangan tartibdagi taqdimnomasiga binoan Joqarg‘i Kenges tomonidan tugatiladi. 41. Sudyalarning vakolatlarini tugatish masalasida malaka hay’atiga taqdimnoma kiritish huquqiga quyidagilar ega: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi — Oliy sud va harbiy sudlar sudyalariga nisbatan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi va Adliya vaziri — O‘zbekiston Respublikasi boshqa sudlarining sudyalariga nisbatan (ularning birgalikdagi taqdimnomasiga ko‘ra); Oliy xo‘jalik sudi Raisi — xo‘jalik sudlari sudyalariga nisbatan. 42. Sudyalarning vakolatlarini tugatish haqidagi taqdimnoma va materiallar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va Qurolli Kuchlar harbiy sudlari raislari va Rais o‘rinbosarlariga nisbatan — Oliy malaka hay’atiga; boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan — tegishli malaka hay’atlariga kiritiladi. 43. Sudyalarning malaka hay’ati sudyaning vakolatlarini tugatish haqidagi masalani ko‘rib chiqib, uning vakolatlarini tugatishga rozilik berish yoki bermaslik to‘g‘risida xulosa beradi. Malaka hay’atining xulosasi besh kundan kechiktirilmasdan taqdimnoma kiritgan shaxsga yuboriladi. 1. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi sudyalariga malaka darajasi joriy etish va berish tartibini belgilaydi. 2. Oltita malaka darajasi joriy etiladi: Oliy malaka darajasi Birinchi malaka darajasi Ikkinchi malaka darajasi Uchinchi malaka darajasi To‘rtinchi malaka darajasi Beshinchi malaka darajasi 3. Malaka darajalari quyidagi tartibda beriladi: a) umumiy sudlar sudyalariga: b) xo‘jalik sudlari sudyalariga: 4. Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi taqdimnomasiga asosan beriladi. Boshqa malaka darajalari Oliy malaka hay’ati va Xo‘jalik sudi sudyalarining malaka hay’ati tomonidan beriladi. Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajasi ish faoliyatining birinchi uch oyi mobaynida beriladi. 5. Har bir malaka darajasida bo‘lish muddati ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud bo‘lgan tubandagicha belgilanadi: beshinchi malaka darajasida — 3 yil to‘rtinchi malaka darajasida — 5 yil uchinchi malaka darajasida — 5 yil ikkinchi malaka darajasida — 5 yil Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi. Yuqori malakali sudyalarga ish tajribalarini hisobga olib, ko‘rsatib o‘tilgan qaysi mansabni egallashidan qat’i nazar, ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan ham yuqori bo‘lmagan malaka darajasi berilishi mumkin. 6. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish vaqtida qonunni qo‘pol buzgan, obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etgan taqdirda, shuningdek, ularga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi bo‘lganda, malaka darajasidan mahrum etilishlari mumkin. Malaka darajasidan mahrum etish shu darajani bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi. 7. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning mansab maoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda qo‘shimcha haq tayinlanadi. 8. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi Sudyalar malaka hay’atlari to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida sud xodimlariga maxsus unvon — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi. 2. Sud xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi mansab darajalaridan iborat: 1 — darajali adliya maslahatchisi 2 — darajali adliya maslahatchisi 3 — darajali adliya maslahatchisi 1 — darajali yurist 2 — darajali yurist 3 — darajali yurist 3. Sud xodimlariga mansab darajalari ijobiy tavsifnomasi, ixtisosi bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga egaligi, egallab turgan lavozimi va ish stajiga qarab, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonini e’tiborga olgan holda birin-ketin beriladi. 4. Mansab darajalari: 5. 1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi hamda 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalarini: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va harbiy sudlar xodimlariga — Oliy sud Raisi; Oliy xo‘jalik sudi xodimlariga — Oliy xo‘jalik sudi Raisi; boshqa sudlarning xodimlariga — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri beradi. 6. Har bir mansab darajasida bo‘lish muddati ijobiy attestatsiya mavjud bo‘lgan taqdirda 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun 2,5 yilni, adliya maslahatchilari uchun 4 yilni tashkil qiladi. 7. Sud xodimlariga ko‘rsatib o‘tilgan qaysi mansabni egallaganligidan, mansab darajasida bo‘lish muddati va ketma-ketligidan qat’i nazar, 1-darajali adliya maslahatchisiga bo‘lgan mansab darajalari berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi va Adliya vaziri: a) oldingi mansab darajasida bo‘lish uchun belgilangan muddat tugamasdan, ishda alohida o‘rnak ko‘rsatilganligi yoki xizmat burchini namunali bajarganligi uchun; b) xodimni yuqori lavozimga ko‘tarishda unga berilganidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan, navbatdan tashqari; v) birinchi attestatsiyadan o‘tayotgan xodimlarga ularning lavozimlari bo‘yicha belgilanganidan bir pog‘ona kam mansab darajasi berish huquqiga ega. 9. Yuridik sohada ish tajribasi bo‘lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan kamida 6 oydan so‘ng mansab darajasi beriladi. 10. Bir mansab darajasida bo‘lish muddati tugagan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulqida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan sud xodimlariga navbatdagi mansab darajasi berilmaydi. 11. Mansab darajasi berilgan xodimlar shu mansab darajasida umrbod bo‘ladilar va faqat sud organlarida ishlashga noloyiq harakatlari uchun ishdan bo‘shatilganlarida undan mahrum qilinishlari mumkin. 12. Xizmat burchini qo‘pol buzgani, obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etgani yoki xizmat vazifasini muttasil tegishli tarzda bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq bo‘lmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin. Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan amalga oshiriladi. 13. Sud xodimlariga mansab darajasi berish uchun attestatsiya o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan ularning huquq doirasida belgilanadi. 14. Mansab darajasi bo‘lgan sud xodimlarining farqlash belgilari va mansab maoshlariga qo‘shimcha haq miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, Qurolli Kuchlar harbiy sudi va garnizon harbiy sudlari amalga oshiradilar. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining tarkibiga kiradi va odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi. Harbiy sudlar chiqaradigan hukmlar va hal qiluv qarorlari O‘zbekiston Respublikasi nomidan e’lon qilinadi. 2. Harbiy hay’at — hay’at raisi, rais o‘rinbosari va Harbiy hay’at sudyalaridan iborat bo‘ladi. Qurolli Kuchlar harbiy sudi — harbiy sudi raisi, uning o‘rinbosari, sudyalari va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. Garnizon harbiy sudi — harbiy sud raisi, sudyalari va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. Tarkibi to‘rtdan ortiq sudyalardan tashkil topgan garnizon harbiy sudida sud raisining o‘rinbosari bo‘ladi. 3. Harbiy sudlarning sudyalari “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda saylanadilar va tayinlanadilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlariga: a) Qurolli Kuchlar safida, chegara qo‘shinlarida, Milliy xavfsizlik xizmati organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlarida va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalarda xizmat qilayotgan shaxslar, shuningdek o‘quv yig‘inlari vaqtida harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar; b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismlari, qo‘shilmalari va birlashmalari, harbiy qism qo‘mondalariga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’vosi bo‘yicha fuqarolik ishlari va mazkur mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari ustidan berilgan shikoyatlar; v) alohida holatlarga ko‘ra umumiy sudlar amal qilmaydigan joylarda barcha jinoyat va fuqarolik ishlari; g) davlat sirlariga daxldor boshqa ishlar taalluqli. Ushbu bandning “a” bandchasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar tomonidan xizmatni o‘tash davrida sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar, agar ular ish sudda ko‘rilishi paytiga kelib harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatdan bo‘shab ketgan bo‘lsalar ham harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi. Ushbu bandning “a” bandchasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar, o‘sha shaxslar ishni sudda ko‘rish paytida harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatda bo‘lsalar ham harbiy sudlarga taalluqli bo‘lmaydi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati sudloviga: oliy ofitsyerlar tarkibiga kiradigan mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar; ushbu shaxslarga daxldor boshqa ishlar va shikoyatlar taalluqli. Qurolli Kuchlar harbiy sudining sudloviga: o‘lim jazosi belgilanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar; polkovnik, I rang kapitani unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar; polk komandiri lavozimi va undan yuqori lavozimni hamda xizmat mavqeyi bo‘yicha shu lavozimlarga teng lavozimni egallab turgan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar taalluqli. Garnizon harbiy sudlari sudloviga: podpolkovnik, 2 rang kapitanidan yuqori bo‘lmagan unvonga ega shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar; ushbu shaxslarga daxldor boshqa ishlar va shikoyatlar taalluqli. 6. Bir guruh shaxslarni ayblashga oid ish bo‘yicha, garchi ayblanuvchilardan biri xususidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo‘lsa va uni qonunga ko‘ra alohida ish yuritishga ajratish mumkin bo‘lmasa, harbiy xizmatda bo‘lmagan shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan ko‘riladi. Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir qilishda ayblanib, garchi jinoyatlardan biri to‘g‘risidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo‘lsa, hamma jinoyatlar to‘g‘risidagi ish harbiy sud tomonidan ko‘riladi. 7. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining, shuningdek fuqarolarning sodir etilgan jinoyatlar natijasida ularga yetkazilgan moddiy zararni undirib berish to‘g‘risidagi fuqarolik da’volarini ham ko‘rib chiqadilar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati va Qurolli Kuchlar harbiy sudi quyi sud sudloviga taalluqli har qanday ishni birinchi instansiya tartibida o‘zining ish yuritishiga qabul qilish huquqiga ega. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi: harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish ishini tekshiradi; harbiy sudlar amaliyotini, shuningdek sud statistikasi yuritilishi qanday tashkil etilganligini o‘rganadi va umumlashtiradi; harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi; sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda xalq maslahatchilari saylovini o‘tkazishni tashkil etadi, harbiy sudlarni tashkil etish va ularning moddiy-texnika ta’minoti masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi harbiy sudlarning ish faoliyati masalalari bo‘yicha buyruq va farmoyishlar chiqaradi. 10. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, mansabdor ro‘yxati va bu mansablarga mos bo‘lgan harbiy unvonlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bilan kelishgan holda bergan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 11. Harbiy hay’at, harbiy sudlarning shaxsiy tarkibi Qurolli Kuchlar ro‘yxatiga kiradi va harbiylarning barcha ta’minot turlari bilan ta’minlanadi, sudyalar va harbiy xizmatchilarning huquq va imtiyozlaridan foydalanadi. 12. Harbiy hay’at, Qurolli Kuchlar harbiy sudlari, garnizon harbiy sudlari sudyalariga egallab turgan lavozimlariga muvofiq harbiy unvonlar beriladi. 13. Harbiy sudlar sudyalariga polkovnikdan yuqori bo‘lmagan unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan beriladi. Oliy harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi va Mudofaa vazirining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. 14. Harbiy sudlar sudyalari “Sud to‘g‘risida” gi Qonunga va harbiy nizomlarga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar. 15. Harbiy sudlarning xodimlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq tegishli harbiy sud raisi tomonidan ishga qabul qilinadilar va ishdan bo‘shatiladilar. 16. Harbiy sudlar va Harbiy hay’atni moddiy-texnika, moliyaviy hamda transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklatiladi va respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 17. Harbiy sudlarning xizmat binolari ular amal qilib turgan yerda joylashgan garnizonlarning harbiy qismlari tomonidan qo‘riqlanadi. Gauptvaxtalarda saqlanayotgan mahbuslarni harbiy sudlarga qo‘riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo‘riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni qo‘riqlash va ishni ko‘rish joyiga qo‘riqlab olib kelish belgilangan tartibda ichki qo‘shin qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining organlari tomonidan amalga oshiriladi. 18. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘zining nomi ifodalangan muhrga ega bo‘ladi.
225
37,862
Qonunchilik
Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Poytaxtni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, obodonlashtirish sohasida band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini tartibga solish, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjetining xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi” hamda “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti” davlat unitar korxonalarini budjet muassasalariga aylantirish, Toshkent shahar hokimligini ularning muassisi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi va uning apparati tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq; Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalarga muvofiq; Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasi 5a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin: arxitektura-qurilish me’yorlari hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish; ko‘chalar, xiyobonlar, bulvarlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sug‘orish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish; yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan (ko‘chalarning qatnov qismidagi yo‘l qoplamasi, yo‘laklar, to‘xtash joylaridagi ayvonlar, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport yo‘llari ajraladigan joylar va ko‘tarma ko‘priklar, yo‘l chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlardan) foydalanish; drenaj xo‘jaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sun’iy suv havzalari, yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib beradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish; mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan, qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va ko‘chalarni yuvish). 4. Toshkent shahar hokimligi: obodonlashtirish ishlari arxitektura-qurilish hamda sanitariya me’yorlari va qoidalariga qat’iy muvofiq holda, shuningdek poytaxt shaharning tashqi qiyofasiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishini; obodonlashtirish sohasida amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev va Toshkent shahar hokimi A.H. To‘xtayev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son va “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. 2. Obodonlashtirish obyektlarini (yo‘llar, yo‘lkalar va yo‘l elementlari, sun’iy inshootlar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmog‘i, dov-daraxtlarni sun’iy sug‘orish tizimi, kollektorlar va shaharning drenaj tizimi, yer osti muhandislik kollektorlarining umumiy o‘tish joylari, qabristonlar)ni saqlash va ulardan foydalanish, bayramlar va tadbirlar arafasida shaharni bezatish, shuningdek daydi hayvonlarni tutish va yo‘q qilish Bosh boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. 3. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh boshqarma mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, bankda hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi. 5. Tashkilotning nomi: lotin yozuvidagi davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi” (qisqacha nomi — “OVV”); rus tilida — “Glavnoye upravleniye blagoustroystva” pri xokimiyate goroda Tashkenta (qisqacha nomi — “GUB”). 6. Bosh boshqarma Toshkent shahar tumanlari hokimliklari huzuridagi tuman obodonlashtirish boshqarmalari faoliyatiga ma’muriy rahbarlik qiladi va ularning Nizomlarini kelishadi. 7. Bosh boshqarma cheklanmagan davrga tashkil etilgan. 8. Amaldagi qonunchilik doirasida Bosh boshqarmaning muassisi hisoblanadigan Toshkent shahar hokimligi: Bosh boshqarmaning mol-mulki bilan bog‘liq shartnomalar bo‘yicha noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish; Bosh boshqarmaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadlarda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish; tashkilotlar va muassislar tomonidan Bosh boshqarmaga yetkazilgan zarar bo‘yicha ularga nisbatan da’vo qo‘zg‘ash; Bosh boshqarmaning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish; Bosh boshqarmaga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini boshqarishni nazorat qilish va uni begonalashtirishdan saqlash huquqiga ega. 9. Bosh boshqarmaning mol-mulki: muassis tomonidan tezkor boshqarish huquqi bilan Bosh boshqarmaga biriktirilgan mol-mulk; qonunchilikka zid bo‘lmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi. 10. Bosh boshqarmaning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi. 11. Bosh boshqarmaning mol-mulki bo‘linmas hisoblanadi va Bosh boshqarma xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. 12. Bosh boshqarma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi. 13. Bosh boshqarma muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 14. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: arxitektura-qurilish me’yorlari hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish; mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan, qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va ko‘chalarni yuvish); ko‘chalar, xiyobonlar, bulvarlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sug‘orish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish; yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan (ko‘chalarning qatnov qismidagi yo‘l qoplamasi, yo‘lkalar, to‘xtash joylaridagi shiyponlar, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport yo‘llari ajraladigan joylar va ko‘tarma ko‘priklar, yo‘l chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlardan) foydalanish; drenaj xo‘jaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sun’iy suv havzalari, yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib beradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish; Toshkent shahri qabristonlarini saqlash va ular hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Toshkent shahrini obodonlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik va loyiha hujjatlari asosida obodonlashtirish ishlari bajarilishini nazorat qilish; obodonlashtirish obyektlarining fizik holati har yili texnik baholanishini tashkil etish; loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq ro‘yxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joriy va mukammal ta’mirlash yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish; obodonlashtirish obyektlari muddatidan oldin eskirishi va yemirilishining oldini olish tadbirlarini tashkil etish va ularni soz holatda saqlash; shahar ko‘chalari va maydonlarini bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalar kelishiga tayyorlash uchun bezatish; obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish masalalarida ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moddiy-texnika bazasini ta’minlashga ko‘maklashish; ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi, zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish; budjet mablag‘larini sarflashning samaradorligi va ochiq-oshkoraligini ta’minlash, tovar-moddiy boyliklar, yonilg‘i-moylash materiallari, elektr energiyasi va pul mablag‘laridan oqilona foydalanilishini, ularning hisobga olinishini, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moliyaviy hisobotlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish; obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini olib borish uchun metodik qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish; sun’iy inshootlarda ishlarni olib borishga texnik ruxsatnoma berish, shuningdek qurilayotgan sun’iy inshootlar va yer ostidan o‘tadigan umumiy muhandislik kollektorlarining holati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish. 15. Bosh boshqarmaga Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshqaruvchi boshchilik qiladi. 16. Bosh boshqarma boshqaruvchisi: yakkaboshchilik asosida Bosh boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z o‘rinbosarlarining, Bosh boshqarma tizimi boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini, ularning Bosh boshqarma faoliyatining alohida uchastkalariga va ixtisoslashtirilgan boshqarmalar ishiga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi; Bosh boshqarma tizimi va ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni va nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Bosh boshqarma markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Bosh boshqarma markaziy apparati xarajatlari smetasiga o‘zgartirishlar kiritadi; Bosh boshqarma markaziy apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarni markaziy apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi; Toshkent shahri hokimligi bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. ishonchnomasiz Bosh boshqarma nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini himoya qiladi, o‘z vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 17. Pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshqaruvchi yoki uning o‘rinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. 18. Bosh boshqarma boshqaruvchisi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. 19. Bosh boshqarma boshqaruvchisi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda korxona faoliyati to‘g‘risida muassisga hisobot beradi. 20. Bosh boshqarma boshqaruvchisi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda davlat korxonasi manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash, mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni qondirish, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakati (harakatsizligi) bilan Bosh boshqarmaga yetkazilgan zarar uchun, shu jumladan Bosh boshqarmaga berilgan mol-mulk yo‘qolgan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi. 21. Bosh boshqarma: tasdiqlangan parametrlar doirasida obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun budjet mablag‘larini o‘zining ixtisoslashtirilgan boshqarmalariga taqsimlaydi Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda; ixtisoslashtirilgan boshqarmalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat va tahlil qiladi; moddiy-texnik ta’minlash fondlarini taqsimlash, shuningdek ajratilgan fondlardan foydalanish borasida ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga yordam beradi; statistika va moliya hisoboti masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqarmalar ustidan umumiy moliyaviy nazoratni olib boradi. 22. Bosh boshqarma hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va ro‘yxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar saqlanishi hamda ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi. 23. Bosh boshqarma faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 24. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligining qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son, “Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son, “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. 2. Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish obyektlarini (yo‘llar, yo‘lkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraxtlarni sun’iy sug‘orish tizimi, arxitektura inshootlari va yodgorliklarini) saqlash va ulardan foydalanish Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. 3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Departament mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi. 5. Departamentning nomi: lotin yozuvidagi davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti. Qisqacha nomi — Departament; rus tilida — Departament po ozeleneniyu, blagoustroystvu i soderjaniyu ploщadi Mustakillik pri xokimiyate g. Tashkenta. Kratkoye naimenovaniye — Departament. 6. Departament cheklanmagan davrga tashkil etilgan. 7. Amaldagi qonunchilik doirasida quyidagi vakolatlarga ega bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi Departamentning muassisi hisoblanadi: Departamentning mol-mulki bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha qonunga zid bo‘lgan xatti-harakatlar to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish; Departamentning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish; Departamentga yetkazilgan zarar yuzasidan tashkilotlar va muassasalarga nisbatan da’vo qo‘zg‘ash; Departamentning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish; Departamentga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini nazorat qilish va begonalashtirishdan saqlash. 8. Departamentning mol-mulki: muassis tomonidan Departamentga tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mol-mulklar; qonunchilikka zid bo‘lmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi. 9. Departamentning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi. 10. Departamentning mol-mulki bo‘linmas hisoblanadi va Departament xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. 11. Departament o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradi. 12. Departament muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 13. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni arxitektura-qurilish hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, shu jumladan: mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, sug‘orish, yuvish, changlarni, qorni, muzlarni yo‘q qilish, irrigatsiya xo‘jaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash, qattiq qoplamalarni yuvish); ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlar, butalar, gullar va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash hamda ular bo‘yicha zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish; maydonni saqlash, undan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzish hamda sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar tizimlarining, marmar plitalar yotqizilgan qattiq qoplamali yo‘llar va yo‘lkalarning zarur darajada sanitariya va texnik holatda bo‘lishini ta’minlash; arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal ta’mirlash, shuningdek zarur darajada sanitariya va texnik holatda saqlash. 14. Departamentni Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshqaradi. 15. Departament boshlig‘i: yakkaboshchilik asosida Departament faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z o‘rinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini hamda ularning Departament faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi; qonunchilik asosida, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga binoan o‘z faoliyati doirasida Departament xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ularning bajarilishini ta’minlaydi va zarur darajada nazoratni amalga oshiradi; shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Departament apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Departament apparati xarajatlari smetasiga o‘zgartirishlar kiritadi; Departament apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, xodimlarni apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomasi tuzadi, mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi; ishonchnomasiz Departament nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini himoya qiladi, o‘z vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi; zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi; Departament xodimlarining shtatdagi sonini va ularning ish haqi miqdorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi; ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Departament faoliyati to‘g‘risida Toshkent shahar hokimligiga hisobot beradi; Toshkent shahar hokimligiga obodonlashtirish obyektlari (yo‘llar, yo‘lkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraxtlarni sun’iy sug‘orish tizimi, arxitektura inshootlari va yodgorliklari)ni saqlash va ulardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdim etadi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 16. Departament boshlig‘i o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda tashkilot manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini, huquqiy mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishini ta’minlash, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarga pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan Departamentga yetkazilgan zararlar, shu jumladan Departamentga berilgan mol-mulkning yo‘qolishi holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi. 17. Departament o‘z faoliyatini Mustaqillik maydonini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun ajratiladigan tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiradi. 18. Departament hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va ro‘yxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi. 19. Pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshliq yoki uning o‘rinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. 20. Departament faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 21. Departament O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. 1. 1-ilovada: a) “Lavozim nomi” ustunida: “Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar” bo‘limining o‘ninchi satriga “yuridik maslahatchi” so‘zlari qo‘shilsin; “Asosiy ishlab chiqarish xodimlari” bo‘limining sakkizinchi va to‘qqizinchi satrlariga “daydi hayvonlarni tutish bo‘yicha ishchilar” so‘zlari qo‘shilsin. “Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar” bo‘limining ikkinchi satriga “ombor mudiri” so‘zlari qo‘shilsin; b) “Birinchi guruh Toshkent shahri, Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari” ustuni nomidagi “Toshkent shahri” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2. 2-ilovada: a) 1-banddagi “xodimlari” so‘zidan oldin “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar” so‘zlari qo‘shilsin. b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq to‘lash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Birinchi guruhga Nukus shahar va viloyatlar markazlari, Toshkent shahar tumanlari boshqarmalari kiradi. Ikkinchi guruhga O‘zbekiston Respublikasining boshqa shahar va tumanlari boshqarmalari kiradi. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”; v) 9-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar qo‘shilsin: “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga: oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 20 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama belgilanadi; jamoaviy shartnoma asosida, ovqatlanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanadi: sakkizinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
107
27,172
Qonunchilik
Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni bitta organ boshqaradi
Prezident iqtidorli yoshlar bilan ishlash, iste’dodi va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan yagona va samarali tizimni yaratishga doir Farmon va qarorni imzoladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etildi. Unga Bosh vazirning taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Agentlikning markaziy apparati tuzilmasi Xalq ta’limi vazirligi hududiy organlaridagi 57 ta ishlab chiqarish хodimlari shtat birligini optimallashtirish hisobidan butlanadi. Agentlikning idoraviy boʻysunuviga quyidagilar oʻtkaziladi: Prezident maktablari ijod maktablari iхtisoslashtirilgan maktablar XTV hududiy organlari huzuridagi A. Aripov, X. Olimjon va Zulfiya, M. Yusuf, I. Yusupov, E. Vohidov, Muhammad RizoErniyozbek oʻgʻli Ogahiy, X. Xudoyberdiyeva va A. Qodiriy nomidagi ijod maktablari, OOʻMTV huzuridagi  Isхoqхon Ibrat nomidagi ijod maktabi (keyingi oʻrinlarda – ijod maktablari) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga taalluqli fanlarni chuqurlashtirib oʻqitiladigan maktab, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi M. Ulugʻbek nomidagi maktab, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktabi (keyingi oʻrinlarda – iхtisoslashtirilgan maktablar) Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshidagi «O‘qituvchi» ilmiy-uslubiy nashriyot markazi Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar uchun darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtiradi. Agentlik ishining samaradorlik koʻrsatkichlariga, хususan, quyidagilar kiradi: Agentlik huzurida Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Shakllantirish manbalari Moliyalashtirish yoʻnalishlari 2020/2021 oʻquv yilidan: Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar uchun yozgi sport-sogʻlomlashtirish oromgohi, shuningdek Agentlik va Markaz хodimlari uchun dam olish zonasi qurilishi uchun qulay tabiiy sharoitlarga ega yer uchastkasi ajratiladi. Moliya vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi: Konstantin Mosin.
73
2,550
Qonunchilik
Toshkent shahridagi yer uchastkasining minimal qiymati belgilanadi
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.  Hujjatda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan  yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlangʻich narхi haqida ma’lumot berilgan. Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaхtimizda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritadi. Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar hamda tumanlar kesimida  narхlanadi. Ilova orqali bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin.
66
784
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-516-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-516-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
640
Qonunchilik
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 320-son “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandda: uchinchi xatboshi “pasporti” degan so‘zdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; oltinchi va sakkizinchi xatboshilar “yashash guvohnomasi” degan so‘zlardan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 31-bandda: ikkinchi xatboshi “pasportga” degan so‘zdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasiga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshi “yashash guvohnomasiga” degan so‘zlardan keyin “(identifikatsiya ID-kartasiga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; yettinchi xatboshidagi “va doimiy propiskasiz” degan so‘zlar “(identifikatsiya ID-kartasisiz) va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 12-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan)” degan so‘zlar “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 24-bandning oltinchi xatboshisidagi, 60 va 79-bandlarning beshinchi xatboshilaridagi “doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti” degan so‘zlar “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 27-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.”. 6. 29-bandning uchinchi xatboshisi va 152-band “pasporti” degan so‘zdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “35. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o‘zining ulushini boshqa mulkka ayirboshlaganida yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga o‘zga shaxsga berganida, mazkur Yo‘riqnomaning 30 — 34-bandlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti qoidalari qo‘llaniladi.”. 8. 2-bobning 2, 4, 5, 12 va 14-paragraflari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 9. 74-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi, 87-bandning beshinchi xatboshisidagi, 90-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 92-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy propiska qilingan” degan so‘zlar “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
140
3,964
Qonunchilik
“O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasining koreys mutaxassislaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash sohasidagi erishgan muvaffaqiyatlari, Asakadagi “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi qurilishiga qo‘shgan g‘oyat katta hissalari uchun quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin:
96
305
Qonunchilik
Sportchi, trener va hakamlarga qoʻyiladigan talablar oʻzgardi
Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 27 oktyabrda 2592-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan malaka talablariga oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda terma jamoa a’zosi boʻladigan sportchi va sportchi-instruktorga malaka talablari yoshga qarab qoʻyiladi. Shunday qilib, terma jamoa a’zosi boʻladigan sportchi va sportchi-instruktor: kattalar – «Sport ustaligiga nomzod» toifasi yoki «Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi» yoхud «Oʻzbekiston sport ustasi» sport unvoniga; yoshlar – kamida birinchi sport razryadiga; oʻsmirlar (shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari oʻsmirlari) – kamida oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadiga ega boʻlishi lozim. Ilgari ular «Sport ustaligiga nomzod» toifasi yoki «Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi» yoхud «Oʻzbekiston sport ustasi» sport unvoniga ega boʻlishi kerak edi. Endilikda sport turi boʻyicha “oddiy” sportchidan tashqari paralimpiya va surdlimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalar sportchilariga malaka talablari qoʻyilmaydi. “Trener-oʻqituvchi” malaka toifasi emas, balki lavozim hisoblanishi sababli aniqlashtirilishicha, sport turi boʻyicha terma jamoa bosh treneri va katta treneri “Oliy toifali trener” (ilgari – “Oliy toifali trener-oʻqituvchi”), sport turi boʻyicha terma jamoa treneri esa “Birinchi toifali trener” (ilgari – “Birinchi toifali trener-oʻqituvchi”) malaka toifasiga ega boʻlishi lozim. Shuningdek aniqlashtirilishicha, musobaqa bosh sport hakami, bosh kotibi va ularning oʻrinbosarlari “Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoхud “Birinchi toifali sport hakami” (ilgari – “Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” yoki “Milliy toifali sport boʻyicha hakam” yoхud “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” yoki “I toifali sport boʻyicha hakam”) malaka toifasiga ega boʻlishi kerak. Hujjat davlat tilida qabul qilingan.  Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 2 noyabrdagi 43-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
61
2,434
Qonunchilik
Ish beruvchilar mehnat toʻgʻrisidagi qaysi normalarni koʻproq buzganlar
Adliya vazirligi joriy yilning yanvar–fevral oylarida oʻtkazilgan soʻrov natijalarini e’lon qildi. Adliya organlari onlayn soʻrov oʻtkazish orqali Konstitutsiyada kafolatlangan mehnat huquqlariga rioya etilishini oʻrgandilar. Tadqiqot oʻtkazish uchun 100 mingdan ortiq fuqarolar oʻrtasida test sinovlari, soʻrov oʻtkazishning anonim va anketa usulidan foydalanildi. Natijada salbiy holatlar mavjudligi aniqlandi, хususan: Qonun hujjatlariga muvofiq, 6 kunlik ish haftasida kunlik – 7 soat, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortiq boʻlmagan ish vaqti belgilangan. Ish vaqtidan tashqari ishlashga faqat хodimning roziligi bilan va kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlangan holda yoʻl qoʻyiladi. Biroq, soʻrov natijalari ushbu normalarga rioya etmaslik holatlari koʻproq bank-moliya (32,1%), ta’lim (30,5%) va sogʻliqni saqlash (28,2%) sohalarida uchrayotganligini koʻrsatdi. Hududlar misolida bunday huquqbuzarlik holatlari koʻproq Samarqand (40,5%), Andijon (34,5%) hamda Toshkent viloyatlariga (32,9%) toʻgʻri keladi. Qonun hujjatlarida хodimning roziligisiz uni хizmat vazifasiga kirmaydigan ishga jalb etish taqiqlangan. Biroq, bu kabi holatlar moliya (19,3%), хoʻjalik boshqaruvi organlarida (19,1%) hamda ta’lim tizimida (16,8%) kuzatilmoqda. Qonunchilik talabiga asosan, хodimning ish haqidan olib qolishga faqat uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi. Biroq, mazkur turdagi qonunbuzilishlar banklarda (23%), sogʻliqni saqlash (26,3%), moliya (23,9%) va ta’lim (20%) sohalarida uchrashligini koʻrish mumkin. Ishtirokchilarning 16,6%i ish joyida mehnatni muhofaza qilish (хavfsizligi, hayoti va sogʻligʻini saqlash) choralari koʻrilmaganligini ta’kidlagan. Mehnat huquqlari buzilayotganligining sabablaridan biri – fuqarolarning bilimlari yetarli emasligida. Natijalar: Adliya vazirligi barcha korхona, tashkilot va muassasalar rahbarlarini qonunlarga itoat etishga, qoʻl ostidagi хodimlarning mehnat huquqlariga rioya etishga chaqiradi hamda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan shaхslar javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi.
71
2,084
Qonunchilik
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarining yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarining yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yagona soliq to‘lovi (bundan buyonmatida YST deb yuritiladi) to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi. 1. 2018-yil 1-apreldan boshlab umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yer maydoniga ega bo‘lgan YST to‘lovchilari ushbu Nizomda belgilangan tartibda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydilar. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etiladi: yer uchastkasining bir qismida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va YST to‘lovchi notijorat tashkilotlar, agar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yer uchastkasi bir gektardan ortiq bo‘lsa; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yagona yer solig‘i to‘lovchilar va YST to‘lovchilar, agarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyatiga to‘g‘ri keladigan yer maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lsa. 2. Ushbu Nizom quyidagi YST to‘lovchilarga tatbiq etilmaydi: umumiy maydoni 1 gektar yoki undan kam yer maydonlari mavjud bo‘lganlarga; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lashdan ozod etilganlarga; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining qismiga. 3. Yer uchastkalarining umumiy maydoni deganda, yer uchastkasining O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni tushuniladi. 4. 2018-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan YST to‘lovchilariga: Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart); Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2449, 2013-yil 4-aprel) tatbiq etilmaydi. 5. Yer uchastkasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir. 6. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadi. 7. Yer solig‘i har bir soliq davrining 1-yanvar holatiga hisoblab chiqariladi va yuridik shaxslardan olinadigan yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan YST to‘lovchilar tomonidan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Shuningdek, 2018-yilning 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 10-mayiga qadar taqdim etiladi. 8. YST to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotlarini shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari shakllari asosida hisoblaydilar. 9. Soliq solinadigan baza (soliqning hisoblangan miqdori) soliq davrida o‘zgarsa, davlat soliq xizmati organiga bir oy muddatda aniqlashtirilgan yer solig‘ini hisob-kitobini taqdim qiladi. Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan oshib ketsa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblanadi. Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan kamaysa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi. 10. Yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan YST to‘lovchilar tomonidan yer solig‘i to‘lovi har oyning 10 kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshiriladi. 2018-yilda yer solig‘i to‘lovi aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi, bunda aprel oyi uchun to‘lov joriy yilning 10-mayiga qadar amalga oshiriladi. 11. YST to‘lovchilari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 12. Yuridik shaxslar tomonidan yer solig‘i to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 13. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
130
6,254
Qonunchilik
“Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasi – muhokamada
Oliy sud “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqdi va uni muhokama uchun joylashtirdi. Loyiha Prezidentning 24.07.2020 yildagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini  oshirishga  doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6034-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi sudlarning tuzilmasi, tuman (shahar), tumanlararo, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, Oliy sud, sud hay’atlari, Oliy sud Rayosati va Plenumi vakolatlari doirasini nazarda tutadi. Hujjatda sudyalik lavozimiga nomzod va sudyaga qoʻyiladigan talablar, shuningdek sudyalarni, sudlarning raislari va rais oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi batafsil koʻrib chiqilgan. Sud tizimida tashkiliy-tarkibiy oʻzgartirishlar sifatida loyiha bilan quyidagilarni tashkil etish nazarda tutilmoqda: Shu bilan birga, loyihada sudyalik vakolatlarini toʻхtatib turish va tugatish asoslari va tartibi, sudyalarning moddiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoyalash choralari koʻrib chiqiladi. Qonun loyihasi koʻp sonli normativ-qonun hujjatlarini unifikatsiyalaydi, u oʻz ichiga 4 ta boʻlim, 17 ta bob va 111 ta moddani olgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
68
1,269
Qonunchilik
Konservatoriyaga ikkita bino va sanatoriy topshiriladi
Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ-3178-son “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan. Hujjat bilan: Oʻrnatilishicha, madaniyat vaziri bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi. Konservatoriyaga quyidagi manzildagi binolar topshiriladi: Mustaqillik prospekti, 31-uyda joylashgan bino (V.Uspenskiy nomidagi RIMAL), Buхoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan bino (Respublika fond birjasi binosi), shuningdek Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan sanatoriy “Musiqa oromgohi” degan nom bilan. Konservatoriya binosida “Noyob cholgʻular davlat kolleksiyasi” tashkil etiladi. Shuningdek, Olmazor koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binodagi asbob-uskunalar modernizatsiya qilinadi. Bu muhim! 4 oy muddatda konservatoriyaga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari tartibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritiladi. Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligiga yuqori malakali хodimlar, jumladan, iqtidorli yosh mutaхassislar uchun imtiyozli ipoteka kreditlari asosida Toshkent shahrida quriladigan koʻp qavatli uylardan uy-joylar ajratish topshirildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov.
54
1,523
Qonunchilik
A.S. Abdurahmonovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Abdug‘ofur Sattorovich Abdurahmonovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik martabasi berilsin.
119
126
Qonunchilik
Tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 27-avgustdagi 54-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2010, 2009-yil 29-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda)” degan so‘zlar “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 441-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish” to‘g‘risidagi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”. 3. 35-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “37. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”. 5. 127 va 401-bandlardagi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
104
2,317
Qonunchilik
“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning maqsadi veterinariya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining veterinariya to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: biologik chiqindilar — hayvonlarning jasadlari, veterinariya-sanitariya jihatidan xavfli deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariyaga oid biologik sanoat chiqindilari; veterinariya — hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo bo‘lishining, tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati ko‘rsatilishini amalga oshirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi; veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari — veterinariya sohasidagi talablarni belgilovchi, davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar rioya etishi shart bo‘lgan hujjatlar; veterinariya dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sintetik bo‘lgan dori moddalaridan (substansiyalardan) yoki dori moddalarining (substansiyalarning) aralashmasidan olingan, hayvonlar kasalliklari profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek hayvonlar organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan vositalar; veterinar osoyishtalik — hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy omillarning zararli ta’sirlari, epizootiya mavjud bo‘lmagan, shuningdek hayvonlarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlar ta’minlanadigan holat; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, veterinariya texnika vositalari, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari; kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot — go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, tuxum va tuxum mahsulotlari, shuningdek asalarichilik mahsulotlari; kelib chiqishi hayvonotga mansub xomashyo — hayvonlardan olinadigan, qayta ishlashga mo‘ljallangan mahsulotlar; nobop punkt — hayvonlar yuqumli kasalliklarining o‘chog‘i aniqlangan hudud; ozuqa — hayvonlarni oziqlantirish uchun foydalaniladigan, kelib chiqishi o‘simlik va hayvonotga mansub mahsulotlar; ozuqabop qo‘shimchalar — hayvonlar ratsionida yetishmaydigan ozuqaviy va mineral moddalar hamda vitaminlarning manbalari sifatida foydalaniladigan, kelib chiqishi organik, mineral va sintetik moddalar; cheklovchi tadbirlar (karantin) — hayvonlar yuqumli kasalliklari o‘choqlarining doirasi kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularni tugatishga, ular tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakati cheklanishini nazarda tutuvchi ma’muriy, epizootiyaga qarshi chora-tadbirlar hamda boshqa chora-tadbirlar; epizootiya — tegishli hududda hayvonlarning o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari tarqalishi; epizootiyaga qarshi tadbirlar — epizootiyaning oldini olishga, uni aniqlashga yoki tugatishga doir tashkiliy va maxsus veterinariya tadbirlari tizimi; hayvonlarning yuqumli kasalliklari — paydo bo‘lishiga hayvonlarga kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ta’siri sabab bo‘ladigan, tarqalishi hamda boshqa hayvonlarga va odamga o‘tishi ehtimoli mavjud bo‘lgan kasalliklar. Veterinariya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: veterinariya sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat tomonidan veterinariya sohasidagi normalarni belgilash; davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish; veterinariya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: veterinariya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; profilaktikasi, tashxis qo‘yilishi va tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan Hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari ro‘yxatini tasdiqlaydi; hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo olib qo‘yiladigan hamda yo‘q qilib tashlanadigan Hayvonlarning kasalliklari ro‘yxatini tasdiqlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining veterinariya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; veterinariya sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi; tegishli hududda veterinar osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi; epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi deb yuritiladi): veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi; veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi; davlat veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; veterinariya sohasidagi faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi hamda tadbirlar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi hamkorligini muvofiqlashtirib boradi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi; veterinar osoyishtalikni ta’minlash, hayvonlar yuqumli kasalliklarini erta aniqlash, ularga tashxis qo‘yish va ular tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; mamlakat hududi hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilinishini, hayvonlar sog‘lig‘ini profilaktika qilish va davolashning zamonaviy usullari joriy etilishini, veterinariya dori vositalarining mahalliy hamda xorijiy ilm-fan yutuqlarini joriy etishga asoslangan yangi turlari va shakllari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi; veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi; mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini berishni amalga oshiradi; veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli asosda o‘z vaqtida ishlab chiqishni va sifatli amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi; idoraviy hamda ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatining hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi; veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyati har tomonlama rivojlantirilishini, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari belgilanishini, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtiradi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rahbariyatning hamda mutaxassislarning ish uslubi hamda shakllarini takomillashtirish, shu jumladan tuzilmaviy bo‘linmalarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish tizimini tashkil etadi; xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi, xalqaro veterinariya tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; tegishli hududda veterinariya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; tegishli hudud aholisini epizootiya va nobop punkt to‘g‘risida xabardor etadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar veterinar osoyishtalikni ta’minlashda ishtirok etuvchi davlat organlariga va boshqa organlarga ko‘maklashishi hamda zarur yordam ko‘rsatishi mumkin. Veterinariya xizmati tizimi davlat, idoraviy va ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlaridan iboratdir. Davlat veterinariya xizmati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasidan, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalaridan, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasidan, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlaridan, laboratoriyalardan, “O‘zbekchorvanasl” agentligidan, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazidan, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazidan, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutidan, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyidan, shuningdek veterinariya uchastkalaridan, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalaridan, chegara va transportdagi veterinariya punktlaridan (uchastkalaridan) hamda boshqa muassasalardan iboratdir. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga rais rahbarlik qiladi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining mansabdor shaxslari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan uning nomzodi ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari boshliqlari tegishincha tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi; Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazining, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining, shuningdek chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Davlat veterinariya xizmatining boshqa muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobdordir. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat veterinariya xizmati: a) epizootik monitoringni amalga oshiradi; b) hayvonlar kasalliklarining paydo bo‘lishi va ularning nobud bo‘lishi sabablarini tahlil qiladi, ushbu kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; v) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalarni tayyorlash, olib o‘tish (tashish), eksport va import qilish; hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarish; g) hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; d) sog‘liqni saqlash organlari va boshqa organlar bilan birgalikda hayvonlar va odam uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini tugatadi, shuningdek o‘zaro axborot almashishni amalga oshiradi; e) barcha chorvachilik obyektlarining, kushxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi korxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni realizatsiya qiladigan va saqlaydigan savdo shoxobchalarining, omborlarning veterinariya-sanitariya holatini nazorat qiladi, bu obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning, shuningdek yer qazish ishlarining veterinariya ekspertizasini amalga oshiradi; j) hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik obyektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari hamda boshqa tekshiruvlar o‘tkazadi; z) yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qiladi; i) hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan hayvonlarning kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni so‘yishga yoki yo‘q qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi; k) davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari veterinariya mutaxassislarining faoliyatini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtirib boradi, shuningdek belgilangan talablar va shartlarga xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi; l) veterinariya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoridir, uning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlaridir (bundan raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va rais o‘rinbosari — “O‘zbekchorvanasl” agentligining bosh direktori mustasno), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining veterinar mutaxassislari — o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlaridir. Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlaridir, ularning o‘rinbosarlari — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining o‘rinbosarlaridir. Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarining boshliqlari tegishli tumanlarning (shaharlarning) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi. Veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining mudirlari tegishli uchastkalardagi va bozorlardagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi. Chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari hamda veterinar vrachlari tegishli chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi. Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari o‘z vakolatlari doirasida: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni yo‘q qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xomashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga moneliksiz kiradi va veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; temir yo‘l vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlaydi; veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlaydi; veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turadi; hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; chegaraoldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshiradi hamda zarur tavsiyalar beradi; veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qiladi, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga ta’sirini baholaydi; hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritadi; veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘radi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi. Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Idoraviy veterinariya xizmati veterinariya nazorati va veterinariya xizmati talab qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar tasarrufidagi xizmatdir. Idoraviy veterinariya xizmati o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi. Idoraviy veterinariya xizmati faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari: idoraviy veterinariya nazorati obyektlariga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; idoraga qarashli muassasalar va tashkilotlardan veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qilish; veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarni hamda boshqa xodimlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish haqida idoraga qarashli muassasalar va tashkilotlar rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdimnoma kiritish huquqiga ega. Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari: xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda epizootiyaga qarshi tadbirlarni, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazishi; idoraviy veterinariya nazoratini hamda kelib chiqishi hayvonotga va o‘simlikka mansub mahsulotning, xomashyoning veterinariya-sanitariya ekspertizasi o‘tkazilishini amalga oshirishi; hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi; belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritish uchun davlat veterinariya xizmatiga axborot taqdim etishi shart. Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Faoliyati chorvachilikni tashkil etish va yuritish, hayvonlarni saqlash, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qo‘shimchalarni hamda hayvonlarni davolash uchun mo‘ljallangan veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari tashkil etilishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlarining veterinariya mutaxassislari: korxonaning, muassasaning, tashkilotning rahbaridan veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qilishi; xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda epizootiyaga qarshi tadbirlarni, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazishi; hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi; epizootiya paydo bo‘lgan taqdirda davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini o‘tkazishi shart. Ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlarining veterinariya mutaxassislari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun (bundan veterinariya davolash-profilaktika faoliyati mustasno) yuridik va jismoniy shaxslar — tadbirkorlik subyektlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan litsenziyaga ega bo‘lishi shart. Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari: hayvonlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari o‘tkazish, shuningdek hayvonlarning egalariga maslahat berish; veterinariya dori va texnika vositalarini, ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari: hayvonlarda yuqumli kasallik borligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi; epizootiya paydo bo‘lgan taqdirda davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini o‘tkazishi shart. Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoning egalari: veterinariya xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida tegishli veterinariya xizmatlari, shuningdek xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzish; hayvonlarning kasallikka chalinishi holati, epizootik vaziyat to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarda, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoda o‘tkazilgan maxsus tekshirishlar natijalari haqida veterinariya xizmatidan axborot olish; hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qo‘shimchalarni, veterinariya dori va texnika vositalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq olish hamda realizatsiya qilish, shu jumladan xorijda olish va realizatsiya qilish; davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoning egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoning egalari: veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalarini bajarishi; o‘zlariga tegishli hayvonlar kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va veterinariya tadbirlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tadbirlar mustasno; kasal hayvonni davolatishi, zarur bo‘lgan hollarda, tegishli davlat veterinariya inspektorining ko‘rsatmasiga ko‘ra uning so‘yilishini yoki yo‘q qilib tashlanishini belgilangan tartibda ta’minlashi; hayvonlarning to‘satdan nobud bo‘lganligi yoki g‘ayriodatiy xatti-harakati faktlari to‘g‘risida mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi davlat veterinariya xizmatini zudlik bilan xabardor qilishi; hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish bo‘yicha tegishli karantin tadbirlari va boshqa veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini, shuningdek to‘liq hajmda davolash-profilaktika ishlovlari o‘tkazilishini ta’minlashi; chorvachilik binolarini hamda hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni saqlash uchun mo‘ljallangan boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlashi; chorvachilik binolarida va boshqa obyektlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazishi; hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etgan holda realizatsiya qilishni amalga oshirishi; Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni chorvachilikda qo‘llamasligi; hayvonlarni so‘yishga doir veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etishi shart. Hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo egalarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Profilaktika tadbirlari hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgandir. Tashxis qo‘yish tadbirlari hayvonlar kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarning manbalarini, ularning hayvonlarga va odamga o‘tishi omillarini aniqlash, shuningdek profilaktika hamda davolash tadbirlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi. Davolash tadbirlari hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishga, davolash-profilaktika ta’siriga ega bo‘lgan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar qo‘llanilishini nazarda tutadigan muolajalardan foydalangan holda hayvonlarning mahsuldorligini saqlash va oshirishga qaratilgandir. Laboratoriya tekshiruvlari: veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosalarini tayyorlash maqsadida; davlat veterinariya nazoratini amalga oshirishda; hayvonning sog‘lig‘i holatini aniqlash, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar va biologik chiqindilarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalarida belgilangan talablarga muvofiqligini baholash maqsadida; ilmiy-tadqiqot maqsadlarida o‘tkaziladi. Veterinariya sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari belgilangan tartibda davlat veterinariya laboratoriyalari va boshqa veterinariya laboratoriyalari tomonidan o‘tkaziladi. Veterinariya laboratoriya-tashxis qo‘yish ishlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqarish veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga mos keladigan ishlab chiqarish obyektlarida amalga oshirilishi kerak. Bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo obyektlarida kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilish veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish faqat ular Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Biologik chiqindilar faqat ularning veterinariya jihatidan xavfsizligini tasdiqlovchi veterinariya-sanitariya ekspertizasi natijalariga ko‘ra muomalaga qo‘yiladi yoki yo‘q qilib tashlanadi, bundan chorvachilik chiqindilari mustasno. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan o‘tkazilishi shart. Epizootik jihatdan osoyishta bo‘lgan boshqa davlatlardan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida joylashgan chegara veterinariya punktlari (uchastkalari) orqali olib o‘tiladi. Boshqa davlatlar hududida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari noma’lum bo‘lgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo bo‘lgan taqdirda davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib o‘tishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib o‘tishni tiklash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan qabul qilinadi. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslar eksport va tranzit qiluvchi mamlakatlardagi epizootik vaziyat to‘g‘risida davlat veterinariya xizmatidan bepul axborot olish huquqiga ega. Quyidagilar davlat veterinariya nazorati obyektlari jumlasiga kiradi: hayvonlar, ularning jinsiy va somatik hujayralari; hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar; kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari, veterinariya dori va texnika vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, patologik material, biologik chiqindilar, shuningdek suv, havo va tuproq namunalari; hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarni yuqtirish omillari bo‘lishi mumkin bo‘lgan transport vositalari, idishlar, joylash-o‘rash materiallari; yuridik va jismoniy shaxslarning veterinariya sohasidagi faoliyati; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtiradigan, tayyorlaydigan, ishlab chiqaradigan, saqlaydigan, qayta ishlaydigan, tashiydigan, realizatsiya qiladigan yoki ulardan foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslarning hududlari hamda ishlab chiqarish binolari; hayvonlar haydab o‘tiladigan yo‘llar, yo‘nalishlar, biotermik o‘ralar, hayvonot qabristonlari, hayvonlar boqiladigan yaylovlarning va sug‘oriladigan joylarning hududlari; veterinariya hisobi va hisoboti bo‘yicha hujjatlar; veterinariya dalolatnomalari, litsenziyalari, ruxsatnomalari, ma’lumotnomalari, guvohnomalari va sertifikatlari; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqarish, tayyorlash (so‘yish), saqlash va qayta ishlashga doir normativ-texnik hujjatlar. Epizootik monitoring hayvonlar yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarni aniqlash bo‘yicha axborotni tizimli ravishda yig‘ish va ishlovdan o‘tkazishdir. Epizootik monitoring davlat veterinariya xizmati tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar tarqalishini cheklash bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish; cheklovchi tadbirlarni (karantinni) belgilash yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish; faoliyati hayvonlarni saqlash, so‘yish, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalardagi, muassasalardagi hamda tashkilotlardagi epizootik vaziyatni xo‘jalik faoliyati xavfsiz amalga oshirilishi uchun aniqlash; xalqaro savdo-sotiq va davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun mamlakatdagi epizootik vaziyatni aniqlash. Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo ularning xavflilik darajasiga qarab veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga ko‘ra majburiy ravishda olib qo‘yilishi hamda yo‘q qilib tashlanishi yoxud olib qo‘yilmagan holda majburiy ravishda zararsizlantirilishi (yuqumsizlantirilishi) va qayta ishlanishi shart. Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo olib qo‘yiladigan hamda yo‘q qilib tashlanadigan Hayvonlarning kasalliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar olib qo‘yilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan Hayvonlar kasalliklarining ro‘yxati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Hayvonlar yuqumli kasalliklarining o‘choqlari aniqlangan hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, tumanlarning, shaharlarning, shaharchalarning, qishloqlarning, ovullarning muayyan hududlarini nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Belgilangan muddatlar o‘tganidan va hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin, shuningdek zarur veterinariya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, tumanlarning, shaharlarning, shaharchalarning, qishloqlarning, ovullarning muayyan hududlaridagi cheklovchi tadbirlar (karantin) tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra cheklovchi tadbirlarni (karantinni) belgilagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bekor qilinadi. Davlat veterinariya xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ta’minlanadi. Davlat veterinariya nazorati organlarining faoliyatiga aralashish, davlat veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida ularga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi. Veterinariya sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
106
42,526
Qonunchilik
Matbuotda davlat sirlarini saqlash vazifalarini O‘zbekiston SSJ davlat matbuot qo‘mitasiga berish to‘g‘risida
Boshqaruv tuzilishini takomillashtirish maqsadida va SSJI Vazirlar Mahkamasining “SSJI vazirliklari va davlat boshqaruvining boshqa markaziy organlari ro‘yxati to‘g‘risida” 1991-yil 13-apreldagi 176-son qarorining 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Matbuotda davlat sirlarini saqlash bosh boshqarmasini tugatish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Matbuotda davlat sirlarini saqlash vazifalari, xodimlar soni, ish haqi jamg‘armasi va yengil avtotransportni saqlash limitlari belgilangan tartibda O‘zbekiston SSJ Davlat matbuot qo‘mitasiga berilsin. 2. O‘zbekiston SSJ Davlat matbuot qo‘mitasiga: markaziy apparat huzurida bevosita Qo‘mita raisiga bo‘ysunuvchi matbuotda davlat sirlarini saqlash inspeksiyasini tuzish; bir oy muddat ichida markaziy apparatning shtat jadvalini, tarmoq tuzilishini, shuningdek tasarrufidagi bo‘linmalarning nizomlari va ustavlarini ishlab chiqish va ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish topshirilsin. 3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zSSR Ministrlar Sovetining “O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi matbuotda davlat sirlarini saqlash boshqarmasining sxemasini tasdiqlash haqida” 1988-yil 12-avgustdagi 281-son qarori; O‘zSSR Ministrlar Sovetining “O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Matbuotda davlat sirlarini saqlash bosh boshqarmasi faoliyatida xo‘jalik hisobi prinsiplaridan foydalanish haqida” 1989-yil 6-apreldagi 140-son qarori.
109
1,459
Qonunchilik
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish hisobiga ijtimoiy himoya tizimini yanada isloh qilish, bandlik sohasida vositachilik xizmatlarini amalga oshirish salohiyatini oshirish va yangi integratsiyalashgan mehnat bozori axborot tizimini joriy qilish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2019-yil 19-iyulda “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — XTU) o‘rtasida 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda qaytarish muddati 30 yil bo‘lgan 50 mln AQSh dollari miqdoridagi Moliyaviy bitim imzolanganligi; loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi 11,48 mln AQSh dollariga ekvivalentni, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzidagi ulushi 6,90 mln AQSh dollariga ekvivalentni tashkil etishi; loyihaning umumiy qiymati 61,48 mln AQSh dollariga ekvivalentni tashkil etishi; loyihani amalga oshirish muddati 2019 — 2024-yillarni tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi XTU kreditidan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda — Ijro etuvchi agentlik); loyihani amalga oshirish doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun loyihani amalga oshirish davrida Ijro etuvchi agentlik huzurida XTU krediti hisobidan ta’minlanadigan, zimmasiga XTU talablariga muvofiq loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, kredit mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobini yuritish vazifasi yuklanadigan, xodimlari soni 5 kishidan iborat bo‘lgan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi; XTU tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz bo‘yicha foizlar, xizmat bo‘yicha hak va majburiyatlar bo‘yicha vositachilik haqi to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar 1-ilovaga muvofiq; “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz bo‘yicha foizlar, xizmat uchun haq va majburiyatlar bo‘yicha vositachilik haqi to‘lovlari to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
156
3,139
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini takomillashtirishga oid qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Soliq kodeksining amalga oshirilishini har tomonlama monitoring va tahlil qilish maxsus idoralararo guruhi (R.S. Azimov) ikki oy muddatda hukumat qarorlari bilan avval berilgan soliq imtiyozlarini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son Farmoni 5-bandining “b” kichik bandidagi “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. 2007-yilning 1-oktabridan aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Maktab ta’limi jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilsin”.
109
1,964
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilanib, ulardan 10 ta shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin. Agentlik direktoriga boshqaruv xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlikning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi; Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Agentlik xodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, ularga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq, shuningdek, avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda (mavjud bo‘lganda) martaba darajalari beriladi; Agentlikda ishlagan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi hamda ularni Agentlikda ishlash davrida berish oldingi ish joyi bo‘yicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. 3. Agentlik xodimlariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin. 4. Agentlik uch oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka o‘tash va tajriba almashish grafigining xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha davlat foydasiga qaratilgan mablag‘lar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Agentlikning yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
102
3,638
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI AXLOQ TUZATISh-MEHNAT MUASSASALARINING IShLAB ChIQARISh BAZASINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ozodlikdan mahrum etish joylarida vaziyatni barqarorlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish-mehnat muassasalari ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish va hukm etilganlarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi 1994-yilning IV choragidan boshlab viloyatlar hokimliklariga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga axloq tuzatish-mehnat muassasalarining ishlab chiqarish zonalarini loyihalashtirish va qurishga ilovaga* muvofiq kapital mablag‘lar ajratishni belgilangan tartibda nazarda tutsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hokimliklar va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtnomalari bo‘yicha axloq tuzatish-mehnat muassasalari ishlab chiqarish zonalarini loyihalashtirish va qurish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni belgilangan tartibda ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axloq tuzatish-mehnat muassasalari qurilishi tugallangandan keyin ozodlikdan mahrum etish joylari qo‘riqlanishi va hukm etilganlar ustidan nazorat amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun qo‘shimcha ravishda ichki qo‘shinlar xodimlari ajratish to‘g‘risidagi hisob-kitoblarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va ularning idoraviy bo‘linmalari jazoni ijro etuvchi muassasalarning korxonalariga davlat ehtiyojini qondirish uchun mahsulotlar va xizmatlarning muayyan turlariga buyurtma bersinlar.
156
1,675
Qonunchilik
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan o‘rganish, shuningdek konlarni qidirish va razvedka qilish hamda uglevodorodlarni qazib olish, uglevodorodlarni saqlash uchun yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin. 2. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: korxonalar va tashkilotlar tomonidan kon ajratish dalolatnomasi asosida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun, shuningdek ishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish uchun ilgari olingan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi tegishli ravishda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarga qaytadan rasmiylashtirilishi lozim; yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani olish uchun ko‘rib chiqilayotgan va yangidan berilgan buyurtmanomalar Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risida mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qat’iy muvofiq ravishda o‘rnatilgan umumiy tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ikki oy muddatda korxonalar va tashkilotlarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ilgari berilgan ruxsatnomalarning qaytadan rasmiylashtirilishi va ularga belgilangan namunadagi tegishli litsenziyalar berilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari korxonalar va tashkilotlar tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni olmasdan turib foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlarini belgilaydi. Yer qa’ri uchastkalari ulardan foydalanish huquqini beradigan litsenziya asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi: geologik jihatdan o‘rganish; foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish; foydali qazilmalar qazib chiqarish; texnogen mineral hosilalardan foydalanish; foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish; muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish; nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash. Mazkur Nizom noruda foydali qazilmalarga ega bo‘lgan yer qa’ridan foydalanish huquqini beradigan tartib va shartlarga tatbiq etilmaydi. 2. Litsenziya, qoida tariqasida, mazkur Nizomning 1-bandida belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turiga alohida beriladi. 3. Mazkur Nizom, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim asosida foydalanishga berilganda qo‘llaniladi. 4. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda litsenziya olish talab qilinmaydi. 5. Geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi (yer qa’ridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobiga) va mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlaydi. Litsenziya, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan yer qa’ri uchastkalarini belgilash va baholash maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish uchun beriladi. Yer qa’rini geologik o‘rganish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari hamda tashkilotlarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan uni geologik o‘rganishda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo bo‘lishi uchun asos hisoblanadi. 6. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yo‘li bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish jarayonida foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini beradi. 7. Qattiq foydali qazilmalarni baholash va razvedka qilish bosqichlarida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan va foydali qazilmalar zaxirasini hisoblab chiqish va uning sifatini baholash uchun yetarli bo‘lgan hajmda tajriba (namuna) uchun kavlab olishga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish talab qilinmaydi. 8. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish geologik jihatdan o‘rganish (qidirish va razvedka qilish) jarayonida alohida joylashgan maydonlarda yoki ularning vakillik uchastkalarida, murakkab joylashgan maydonlarda esa belgilangan tartibda tasdiqlangan zaxiralar bilan razvedka qilingan konlar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish konlarning geologik modelini tuzish, uglevodorodlar zaxirasini va ulardagi mavjud qo‘shimcha foydali komponentlarni baholash va hisoblab chiqish, uglevodorod konlarini sanoat ko‘lamida ishga tushirish loyihasini tuzish uchun zarur bo‘lgan mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi. 9. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olishga tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish davrida tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish loyihasi tasdiqlangan sanada foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansining belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki tezkor hisobga olingan kavlab olinadigan zaxiralarning besh foizidan ortiq bo‘lmagan jami uglevodorodlar kavlab olingan holda uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga yo‘l qo‘yiladi. Qattiq foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib olishga tajriba-sanoat usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq berilgan maydonda (uchastkada) chamalab baholangan tasdiqlangan (hisobga olingan) zaxiralarning to‘rt foizigacha bo‘lgan hajmlarda yo‘l qo‘yiladi. 10. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga, agar litsenziya shartlarida yoki mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilma konlarini ishga solish, kavlab olinadigan mineral xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan kavlab olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydali qazilmalar zaxirasi tasdiqlangan konlarni ishga tushirish uchun beriladi. 11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, agar bu umuman olganda konlarni ishga tushirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasa va konlarning boshqa qismlarini ishga tushirish uchun to‘sqinlik qilmasa, konning alohida uchastkasida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 12. Bir konning bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 13. Agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq konlarning faqat bir nafar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishga tushirilishi rentabelli hisoblansa, bir-biriga yaqin joylashgan konlarni ishga solish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya biryo‘la berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 14. Mineral xomashyosi qurilish materiallari hamda boshqa materiallar va buyumlarning alohida turlarini ishlab chiqarish uchun zarur komponent hisoblangan foydali qazilmalarning har xil turlari konlarini ishga tushirish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishi mumkin. 15. Zaxirasi uch tonnagacha bo‘lgan qimmatbaho metallarning mayda o‘zak konlarini razvedka qilish va yer osti usuli bilan ishlatish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish maqsadida qimmatbaho metallarni kavlab olish uchun yer qa’rining ushbu uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bunday konni geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bilan bir vaqtda berilishi mumkin. 16. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning egasi foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni unga berilgan kon ajratmasi doirasida, ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi)da davlat hisobiga olinishi sharti bilan qo‘shimcha litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 17. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining tarkibida foydali komponentlar mavjud bo‘lgan kon kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlarining chiqindilarini qayta ishlash huquqini tasdiqlaydi. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga mulk huquqi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatida litsenziya egasida saqlanib qoladi. Ushbu holatda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi. 18. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchining balansida bo‘lmagan konni kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlari chiqindilarini qayta ishlash uchun yoxud texnogen mineral hosilalar belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga sotilgan yoki berilgan taqdirda beriladi. 19. Agar texnogen mineral hosilalar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mulkiy ulush sifatida yangi korxonaning ustav fondiga qo‘shilgan bo‘lsa, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish (qayta ishlash) uchun undan foydalanish huquqini beradigan litsenziya talab qilinmaydi. 20. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer qa’rining muayyan uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi. Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat yuridik shaxslarga beriladi. 21. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina berilishi mumkin. Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani berish uchun shuningdek, foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik materiallarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ZDK deb yuritiladi) ijobiy xulosasi ham mavjud bo‘lishi zarur. 22. Yer osti inshootlariga quyidagilar kirmaydi: qurilishning tegishli loyihalari bilan belgilangan chuqurlikda joylashgan binolar va inshootlarning poydevori va yer osti qismi; yer osti aloqa liniyalari, elektr-, gaz-, issiqlik- va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya obyektlari; metropoliten inshootlari va boshqa transport tonnellari; magistral va kon quvurlari; neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar; sug‘orish kanallari; kimyo korxonalarining ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallarni saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar. 23. Muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining ilmiy va o‘quv poligonlari, geologik qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari hamda ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik bo‘lgan o‘zgacha obyektlarni belgilash, shuningdek g‘orlar hamda boshqa yer osti bo‘shliqlaridan ilmiy, davolash-sog‘lomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish huquqini tasdiqlaydi. 24. G‘orlar hamda boshqa yer osti bo‘shliqlaridan davolash-sog‘lomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish maqsadida muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ushbu obyektlarga muhofaza qilinadigan geologik obyektlar maqomi berilgandan keyin berilishi mumkin. 25. To‘plash deganda nodir tosh xomashyosining yakka-yolg‘iz namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni tabiiy jinslardan, tabiiy yer osti bo‘shliqlari (g‘orlar), ishlatib bo‘lingan konlardan, kon qazish korxonalarining ag‘darmalaridan (kon ajratmasi egasi bilan kelishuv bo‘yicha) yer qa’ridan yuzaga chiqarib olish, shuningdek kon ishlari va maxsus ishlarning boshqa turlarini amalga oshirmasdan (yer qa’ri yaxlitligini buzmasdan) daryolarning qayirlarida namunalarni to‘plash tushuniladi. 26. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun yer uchastkalari berish talab qilinmaydi. 27. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya: geologiya, mineralogiya, paleontologiya va o‘lkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish; ta’lim muassasalarining o‘quv kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish; ilmiy-ma’rifiy va estetik maqsaddagi xususiy geologiya va paleontologiya kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish uchun (tarkibida qimmatbaho toshlar va metallar mavjud bo‘lgan namunalardan tashqari) berilishi mumkin. 28. Nodir tosh xomashyosining namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarning to‘plangan namunalari yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy, tijorat maqsadlarida va o‘zga maqsadlarda, badiiy hunarmandchilik va boshqa hunarmandchilik maqsadlarida foydalanilishi mumkin. 29. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq, yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa — mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. 30. Yer qa’ridan foydalanish turlariga qarab “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 43, 44 va 45-moddalarida belgilangan shartlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga tegishlidir. 31. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda va mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda shuningdek yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha shartlar belgilanadi. 32. Geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qo‘shimcha ravishda: yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining eng kam hajmi, ularni bajarish muddatlari, olingan geologik va boshqa axborotni hisobga olish, saqlash va tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etish tartibi va muddatlari; foydali qazilmalarni, shu jumladan uglevodorodlarni, sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini tajriba (namuna) uchun va tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish shartlari; foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi va muddatlari; kon ishlanmalari va quduqlarini aholi hayoti va sog‘ligi, atrof muhit xavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish, shuningdek foydalanilmaydigan kon ishlanmalari va quduqlarini tugatish tartibi nazarda tutiladi. 33. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qo‘shimcha ravishda: kon ishlarini rivojlantirish texnik loyihalari va rejalarini, uglevodorod konlarini ishga tushirish va obodonlashtirish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari; foydali qazilmalarni kavlab olishni boshlash muddatlari; foydali qazilmalarni kavlab olishning kelishilgan darajalari; kavlab olingan foydali qazilmalarga mulk huquqi; yer qa’ridan foydalanganlik uchun haq to‘lash shartlari; texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari; qo‘shilib chiqadigan gazdan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar; quvurlardan va umumiy infratuzilmaning boshqa obyektlaridan foydalanish shartlari; sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini olishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan miqdori; kesishadigan suvli qatlamlarning ifloslanishi yoki siljishini istisno etadigan quduqlar konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablar; suvli qatlamda yer osti suvlarining yo‘l qo‘yiladigan pasayishi darajasi; foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish tartibi; litsenziyaning egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishi mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutiladi. 34. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qo‘shimcha ravishda: uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni saqlashning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan hajmi; Davlat ekologik ekspertizasi va geologiya materiallarining davlat ekspertizasi xulosalari hisobga olingan holda belgilanadigan chiqindilar va ularning konsentratsiyasini saqlash va ko‘mib tashlashning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan hajmi; foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish tufayli atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish kompensatsiya qilinishi shartlari; zaruriyat bo‘lganda sanitariya-himoya zonalari tashkil etish shartlari nazarda tutiladi. 35. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga, foydali qazilmalar turlariga, yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bajarishning geografik-iqtisodiy shart-sharoitlariga, foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaxiralari miqdori va sifatiga, kon-geologiya, gidrogeologiya, kon-texnik shartlariga va foydali qazilma konlarini ishga tushirishning boshqa shartlariga qarab litsenziyalarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha shartlari belgilanishi mumkin. 36. Litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organ “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan holatlarda va tartibda, shuningdek, agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer qa’rini, atrof muhitni va fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. 37. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek litsenziya berilgan paytdagidan jiddiy ravishda farq qiladigan holatlar paydo bo‘lganda mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlariga konyunktura o‘zgarishi munosabati bilan yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Litsenziya egasi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilib, foydali qazilmalar kavlab olishni vaqtincha to‘xtatishi va kon ishlanmalarini va yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish vaqti litsenziya amal qilishining umumiy muddatiga kiritiladi. 38. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, shu jumladan tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash, muhofaza qilinadigan geologiya obyektlarini barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalarida belgilangan muddatlarda foydalanish uchun beriladi. 39. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun yer qa’ri yer qa’rining tegishli uchastkasida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlari olib boriladigan muddatga beriladi. 40. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada ko‘rsatiladi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab hisoblanadi. 41. Yer qa’ridan foydalanish muddati yer qa’ridan foydalanuvchining yer qa’ridan foydalanish huquqini bergan organga yo‘llangan arizasi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilganda va yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini tugallash, shuningdek foydali qazilmalar konlarini ishga tushirish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarur bo‘lganda yer qa’ridan foydalanish muddati tamom bo‘lishidan olti oydan kechikmay uzaytirilishi mumkin. 42. Yer qa’ridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziyani bergan organ tomonidan ariza tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida qabul qilinadi. 43. Geologik jihatdan o‘rganish foydali qazilmalarning barcha turlarini kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, mazkur Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan litsenziyalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi. 44. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. 45. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishi natijasida beriladi (litsenziyalarni berish sxemasi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda* keltirilgan). 46. Uglevodorodlar, qimmatbaho va nodir metallar konlarini, boshqa foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish, foydali qazilmalarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarini kavlab olish, shuningdek tarkibida rudali foydali komponentlar mavjud bo‘lgan texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari natijalari bo‘yicha beriladi. 47. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish natijalari bo‘yicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar: foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan yer qa’ri uchastkalarini ajratish va baholash maqsadida geologik jihatdan o‘rganish; foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish; muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish; nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash; zaxirasi uch tonnagacha bo‘lgan qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini razvedka qilish va yer osti usulida ishga tushirish uchun beriladi. 48. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bo‘yicha mazkur Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish asosida ochiq kimoshdi savdolari o‘tkazilmasdan berilishi mumkin. 49. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari razvedka qilgan konda foydali qazilmalarning zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olish yuzasidan mutlaq huquqqa egadirlar. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya geologik jihatdan o‘rganish ishlarini moliyalashtirgan shaxsning buyurtmanomasiga binoan beriladi, unga moliyalashtirish manbaini ko‘rsatgan holda konni razvedka qilish ishlarini moliyalashtirish faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazgan shaxs o‘zi razvedka qilgan kondagi foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan voz kechgan taqdirda u ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaxsga uning qilgan xarajatlari, shu jumladan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlar qiymati qaytariladi. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazgan shaxs yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berishi mumkin. 491. Yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga mutlaq huquq berilgan muddat tugaganidan so‘ng ular tomonidan razvedka qilingan konda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishga ochiq savdolarda ularning ustuvor huquqi saqlanib qoladi. 50. Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyani ochiq savdolar natijalariga ko‘ra berish tavsiya qilinayotgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish hamda kavlab olish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha takliflar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tayyorlanadi. 51. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda yer qa’ri uchastkalarini belgilagandan keyin, ochiq savdolar o‘tkazilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qaroriga ko‘ra ochiq savdolarga qo‘yilayotgan har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha oltmish kun ichida quyidagilar ishlab chiqiladi: yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan o‘rganish uchun berilgan taqdirda — yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar; yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda — boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash asosida — Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan, uglevodorodlar bo‘yicha esa — “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda ochiq savdolarning boshlang‘ich shartlari o‘ttiz kun mobaynida ishlab chiqiladi, ularda g‘olibni aniqlash mezonlari, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy va qo‘shimcha shartlari, ochiq savdolarni o‘tkazish muddatlari va tartibi, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar aks ettiriladi. 52. Ochiq savdolarning boshlang‘ich shartlari, qoidaga ko‘ra, har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha yakka tartibda belgilanadi yoki yer qa’rining bir tipdagi yoki o‘zaro bog‘liq uchastkalari guruhlari uchun umumiy shartlar sifatida belgilanishi mumkin. Oshkora savdolarning boshlang‘ich shartlari o‘ttiz kun mobaynida bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar bo‘yicha) kelishib olinadi; 53. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ikki hafta muddatda kelishuvlarning yig‘ma ma’lumotlarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda zarur xulosalar va ochiq savdo boshlang‘ich shartlarining maqbulligi to‘g‘risidagi taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlaydi. Materiallar ochiq savdolar boshlang‘ich shartlarining maqbulligini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. 54. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘ttiz kun mobaynida ochiq savdolar boshlang‘ich shartlarining maqbulligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi taqdim etgan materiallarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi. 55. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ochiq savdolar boshlang‘ich shartlarini ma’qullagan taqdirda bir hafta muddatda ochiq savdolar to‘g‘risida e’lon chiqariladi. Bo‘lajak ochiq savdolar to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida ular o‘tkazilishi sanasidan uch oy oldin, yirik obyektlar bo‘yicha esa — olti oy oldin e’lon qilinishi kerak. 56. Bo‘lajak ochiq savdolar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridagi e’londa quyidagilar bo‘lishi kerak: ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalarining nomi; ochiq savdolarning o‘tkaziladigan vaqti va joyi, shu jumladan buyurtmanomalar qabul qilinadigan manzil, buyurtmanomalar berishning tugash sanasi va soati; ochiq savdolarning shartlari va qatnashchilariga qo‘yiladigan talablar; ochiq savdolarda qatnashish uchun va litsenziya berilganligi uchun yig‘im miqdorlari; yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risidagi geologik paketning va boshqa axborotlarning qiymati haqida ma’lumotlar; ochiq savdolarni o‘tkazayotgan tashkilotning rekvizitlari; yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni o‘tkazish uchun yer uchastkasi berish shartlari. Yer qa’ridan foydalanish uchun yer uchastkalarini berish O‘zbekiston Respublikasining yer qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ochiq savdolarning natijalari bo‘yicha yer qa’ri uchastkalari foydalanishga berilganda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli yer uchastkalari berilishini kafolatlaydigan qarorini olish Davlat geologiya qo‘mitasi zimmasiga yuklanadi. 57. Davlat geologiya qo‘mitasi (uglevodorodlar bo‘yicha — “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda), yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa — davlat vakolatli organi umumiy geologik xaritalarni hamda ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi boshqa materiallarni tayyorlash va namoyish qilishni tashkil etadilar. 58. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun manfaatdor shaxslar ochiq savdolar o‘tkazishni tashkil qilayotgan organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha buyurtmanoma beradilar. Buyurtmanomada talabgorning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarish majburiyatini olganligi ko‘rsatiladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashishga buyurtmanomada buyurtma beruvchi so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turini ko‘rsatadi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: buyurtmachining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining nusxalari; korxonaning rahbarlari, bevosita egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ochiq savdolar shartlarida ko‘rsatilgan faoliyatning asosiy turlarini bajarish va mahsulotlar olish bo‘yicha buyurtmachining texnik va texnologik imkoniyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek bunday ishlarni bajarish uchun uning tomonidan pudratchilar sifatida jalb etiladigan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Ochiq savdolar o‘tkazilishini tashkil qiluvchi organ yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ochiq savdolarda ishtirok etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda axborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron ko‘rinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno. 59. Buyurtmanoma ochiq savdolarda ishtirok etishi uchun yig‘im buyurtmachi tomonidan to‘langandan keyin va u ochiq savdolarni o‘tkazuvchi organda buyurtmanomalarni qabul qilishning e’lon qilingan muddati o‘tgungacha ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin berilgan hisoblanadi. Ochiq savdolarda qatnashish uchun yig‘im miqdori yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning maqsadi va foydali qazilmalarning turlariga bog‘liq holda tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi. 60. Ochiq savdolarda qatnashish uchun berilgan buyurtmanomalar buyurtmachining moliyaviy ahvolini va texnik jihatdan layoqatliligini tekshirish maqsadida ochiq savdolarni o‘tkazayotgan organda ekspertizadan o‘tkaziladi. 61. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishni asoslangan holda rad etilganligi to‘g‘risida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kundan kechikmay xabardor qilinadi. Buyurtmanomani qabul qilish rad etilgan taqdirda ochiq savdolarda qatnashish uchun yig‘im buyurtmachiga qaytariladi. 62. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar quyidagi hollarda: buyurtmanoma uni qabul qilishning belgilangan sanasidan va tugaydigan vaqtidan keyin berilganda; buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda berilganda, shu jumladan agar uning mazmuni ochiq savdolarning e’lon qilingan shartlariga muvofiq bo‘lmasa; arizachi taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lsa; buyurtmachi o‘zida ochiq savdolar shartlarida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun zarur moliyaviy va texnik vositalar mavjudligini yoki mavjud bo‘lishini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmaganda yoki taqdim etishi mumkin bo‘lmaganda rad etilishi mumkin. 63. Buyurtmachi o‘zi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligini tasdiqlovchi faktlar ochiq savdolarni o‘tkazish jarayonida aniqlansa mazkur buyurtmachi ochiq savdolar qantashchilari jumlasidan chiqarilishi kerak. 64. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin arizachiga Maxfiylik to‘g‘risidagi bitimni imzolash bilan bir vaqtda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa axborotlar paketi realizatsiya qilinadi. Paketda geologik, kon-texnika, texnologik va buyurtmachi tomonidan quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli bo‘lgan boshqa axborotlar hajmi mavjud bo‘lishi kerak: yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanishga berilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar; yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash. 65. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish huquqini berishning bundan keyingi tartibi mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 66. Buyurtmachi olingan geologik va boshqa axborotlar asosida ochiq savdolar shartlarida belgilangan muddatda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun tanlov komissiyasiga taqdim etadi. Buyurtmachi yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash bilan ayni bir vaqtda tanlov komissiyasiga yer qa’ri uchastkasi (uchastkalari)dan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘z moliyaviy imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (yillik balanslarni va oxirgi uch yildagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni, zarurat bo‘lganda, bankning yoki boshqa kreditorning kredit berish to‘g‘risidagi kafolatini) taqdim etadi. 67. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolar o‘tkazilishini ta’minlash uchun: yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha taqdim etilgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolarda e’lon qilingan shartlarga muvofiqligini tekshirish; ochiq savdolar qatnashchilari tomonidan tayyorlangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni qiyoslash va baholash; ochiq savdolar g‘olibini aniqlash va unga yer qa’ri tegishli uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlash maqsadida tanlov komissiyalari tuziladi. Tanlov komissiyasi ochiq savdolar natijalari bo‘yicha oraliq va yakuniy protokollarni rasmiylashtiradi, ular tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 68. Tanlov komissiyasi tarkibiga davlat boshqaruvi organlarining (vakolati bo‘yicha) vakolatli vakillari, shuningdek kon va neft-gaz kavlab oluvchi korxonalarning, ilmiy, loyihalash va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari kiritiladi. 69. Tanlov komissiyalarining shaxsiy tarkibi, vazifalari va vakolatlari Davlat geologiya qo‘mitasining manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov komissiyasi o‘zining ish tartibini tasdiqlaydi. 70. Ochiq savdolar shartlariga javob beradigan hamda eng yaxshi texnik va texnologik yechimlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlaydigan hamda yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish talablarini, odamlar mehnati va salomatligi xavfsizligini ta’minlaydigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etgan buyurtmachi g‘olibni aniqlash mezonlari asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar g‘olibi deb e’tirof etiladi. 71. Taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolar shartlariga (iqtisodiy, texnologik, ekologik va boshqa shartlarga) muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan yigirma kun mobaynida qabul qilinadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30 kun mobaynida tanlov komissiyasining qarorini tasdiqlash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 72. Agar ochiq savdolarning ikki va undan ko‘p qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash ochiq savdolar shartlariga javob bersa g‘olib ochiq savdolarning tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha shartlariga muvofiq e’tirof etilishi mumkin. Ochiq savdolarning ishtirokchisi tomonidan moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirganini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda, boshqa teng shart-sharoitlarda u ochiq savdolar g‘olibi deb e’tirof etiladi. 73. Ochiq savdolar g‘oliblari tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya shartlariga kiritilishi kerak yoxud mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlariga kiritiladi. 74. Tanlov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan litsenziya berish uchun asos hisoblanadi. Yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan taqdirda tanlov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha materiallar tayyorlash uchun asos hisoblanadi. 75. Agar buyurtmachilardan birortasining ham yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashi ochiq savdolar shartlari va mezonlariga javob bermasa ochiq savdolar o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Ochiq savdolar qatnashchilarining qilgan xarajatlari qaytarib berilmaydi. 76. Agar ochiq savdolarda qatnashish uchun faqat bitta buyurtmachidan buyurtmanoma tushsa, u holda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu buyurtmachiga berilishi mumkin, bunda buyurtmachi tomonidan tayyorlangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash e’lon qilingan ochiq savdolarning shartlari va mezonlariga muvofiq bo‘lishi kerak. 77. Talabgor yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan tegishli organga buyurtmanoma beradi, buyurtmanomaga ushbu Nizomning 58-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi. Buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishning asosli ravishda rad etilganligi to‘g‘risida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida, nodir tosh xomashyo namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziya berishga buyurtmanomalar bo‘yicha esa — o‘n kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilinadi. 78. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan buyurtmanoma ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Buyurtmanoma ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziya berishga vakolatli organ hisobiga o‘tkaziladi. 79. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin litsenziya berishga vakolatli organ, uglevodorodlar bo‘yicha esa — Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning litsenziyaga kiritiladigan shartlari loyihasini o‘ttiz kun mobaynida ishlab chiqadi. 80. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlarida yer qa’ri uchastkasini foydalanishga berish tartibi va shartlari mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 81. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihasi o‘ttiz kun mobaynida, yirik va eng murakkab obyektlar bo‘yicha esa materiallar kelib tushgan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar bo‘yicha) bir vaqtning o‘zida kelishib olinadi. 82. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarining kelishilgan loyihasi tanishish uchun litsenziya talabgoriga beriladi. 83. Talabgor yer qa’ridan foydalanishning taklif qilinayotgan shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda unga o‘n kun muddatda quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli bo‘lgan so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa axborotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi: yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan o‘rganish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun berilgan taqdirda — yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar; yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda — yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash; yer qa’ri uchastkasi chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun berilgan taqdirda — mo‘ljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasi. Geologik va boshqa axborotlarni taqdim etgan organ ayni bir vaqtda talabgor bilan Maxfiylik to‘g‘risidagi bitimni imzolaydi. 84. Talabgor kelishilgan muddatlarda, yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning qo‘yilgan shartlarini va yer qa’ridan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda: yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlaydi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga (uglevodorodlar bo‘yicha) taqdim etadi; yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi va uni ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga (uglevodorodlar bo‘yicha) taqdim etadi; mo‘ljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasini tayyorlaydi va uni davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga taqdim etadi. 85. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni ekspertizadan o‘tkazish ular taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ushbu Nizomning 84-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan organlar tomonidan aynan bir vaqtda amalga oshiriladi. Atrof muhitga ta’sirni baholash loyihasini ekspertizadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 86. Talabgor ekspertiza natijalariga ko‘ra, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashga kelishilgan muddatlarda zarur tuzatishlar kiritadi hamda ularni ekspertizani bajargan organlarga kelishish uchun jo‘natadi. 87. Ijobiy xulosa olgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash talabgor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi. 88. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi ikki hafta muddatda ekspertizaning yig‘ma materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek zarur xulosalar hamda talabgorga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga tegishli litsenziya berish to‘g‘risidagi taklif bilan birga tushuntirish xati tayyorlaydi. Materiallar ko‘rib chiqish va yer uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. 89. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ularni ishlatish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 90. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi va (yoki) Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqadi hamda ular yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 91. Litsenziya berishga vakolatli tegishli organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani o‘ttiz kun mobaynida rasmiylashtiradi va beradi. 92. Yer qa’ridan foydalanuvchiga litsenziya berilgandan keyin, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa axborotlarning to‘liq paketi realizatsiya qilinadi. 93. Aynan bitta yer qa’ri uchastkasi uchun ikki va undan ko‘p buyurtmanomalar berilgan taqdirda ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlaydigan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni, shuningdek yer qa’ri va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq bo‘lgan texnik yechimlarni taqdim etgan talabgorga beriladi. 94. Ushbu Nizom 79—93-bandlarining amal qilishi nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plashga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish hollariga tatbiq etilmaydi. Ushbu litsenziya buyurtmanoma tushgandan keyin o‘ttiz kun mobaynida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan beriladi. 95. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va ularni yer qa’ridan foydalanuvchiga berish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan, litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin o‘ttiz kun mobaynida amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasiga berilgan taqdirda litsenziya bunday birlashmaning qatnashchilaridan bittasiga beriladi, ushbu litsenziyada mazkur qatnashchining birlashma nomidan vakillik qilishi, shuningdek barcha qatnashchilar ko‘rsatiladi. 96. Litsenziyalar litsenziya berishga vakolatli organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadigan maxsus blankalarda (ushbu Nizomga 4-ilova*) rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoya darajasiga ega bo‘lgan qat’iy hisobotdagi hujjatlardir. Litsenziyaga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadigan quyidagi matnli, chizma va boshqa ilovalar ilova qilinadi: nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni geologik jihatdan o‘rganish yoki to‘plash uchun foydalanishga berilgan kon ajratmasi yoki yer qa’ri uchastkasi maydonining taxminiy parametrlari; foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi chizma materiallar; yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari; yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolatlari. 97. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirishga u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 98. Yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga berilgan taqdirda litsenziya mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim imzolangandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi. 99. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondi yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir loyiha-smeta hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi. 100. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Litsenziya berishga vakolatli organ reyestrlarni yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning har bir turi bo‘yicha belgilangan tartibda alohida-alohida yuritadi. 101. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: yer qa’ridan foydalanuvchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, ularda yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqami, elektron pochta manzili; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, telefon va faks raqami; foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi; yer qa’ri uchastkasining turi va undan foydalanish maqsadi; litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami; yer qa’ridan foydalanish muddatlari va litsenziyaning amal qilish muddatlari; litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi; yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki to‘xtatishning asosi va sanasi; ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar. 102. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarga tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin. 103. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestridan yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchi bo‘yicha ma’lumotlar berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumotlar bepul beriladi. 104. Reyestrdan ma’lumotlar berilganligi uchun yig‘im summasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarning tegishli reyestrini yurituvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. 105. Yer qa’ridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi davlat hisobiga olinadi. 106. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondi tomonidan, tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish materiallari olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan kon ajratmasi tarzida beriladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya asosida foydalanish uchun beriladi. 107. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin. 108. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki muddatidan oldin to‘xtatish litsenziyani bergan organlar tomonidan, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalariga nisbatan esa — yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni qo‘riqlash ustidan davlat nazorati organlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 109. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash barcha uchastkada yoxud uning bir qismida paydo bo‘lgan xavf-xatarlar yoki yer qa’ridan foydalanish talablari va shartlarining, yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni yuritish normalari va qoidalarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari bartaraf etilgungacha, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ishlarning muayyan turlari amalga oshirilishining taqiqlab qo‘yilishiga sabab bo‘ladi. 110. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining to‘xtatib turilishi to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgungacha, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ishlarning barcha turlari amalga oshirilishining taqiqlab qo‘yilishiga sabab bo‘ladi, kon ishlanmalarining saqlanishini ta’minlash, imoratlar, inshootlar va asbob-uskunalarni avariyasiz, odamlar va atrof muhit uchun xavfsiz holatda saqlash ishlari bundan mustasno. 111. Paydo bo‘lgan xavf-xatar yoki “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘l qo‘yilgan buzilishlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash yoki to‘xtatib turish yo‘li bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan yoki muntazam tusga ega bo‘lgan yoxud yer qa’rining mazkur uchastkasidan foydalanish huquqiga nisbatan ilgari cheklash va (yoki) to‘xtatib turish joriy etilgan hollarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin. Yer qa’ridan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ishlarini amalga oshirishga, shuningdek kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yo‘q qilish ishlarini boshlashi shart. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanish huquqini bergan organlardan o‘zi yo‘l qo‘ygan buzilishlar to‘g‘risida yozma bildirishnoma olgan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin, agar foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan muddatda ushbu buzilishlarni to‘liq bartaraf etmaganda, qabul qilinishi mumkin. 112. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda yer qa’ri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yuridik shaxs tugatilganda yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini bergan organ tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya, yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlarida berilgan hollarda esa — boshqaruvchi qo‘mita kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yo‘q qilish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda yer qa’ri uchastkasi tegishli ravishda litsenziya bergan organ boshqaruviga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tadi. 113. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatib turilganda va (yoki) to‘xtatilganda bu to‘g‘rida qaror qabul qilgan organ uch kun mobaynida manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga tegishli axborot jo‘natadi. 114. Foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilgan litsenziya egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga, agar ushbu shaxs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa, berishi mumkin. Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi o‘ziga o‘tayotgan shaxs litsenziya egasiga qo‘yilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. 115. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga
128
63,260
Qonunchilik
“O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majb
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 19-fevraldagi 14 va 2010-5-son “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2088, 2010-yil 19-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 12-son, 86-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorda: a) nomi va 1-banddagi “Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:”. 2. Nizomda: a) nomi, 5 va 6-bandlardagi “Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ–1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lash tartibini belgilaydi.”; v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari uchun tizim ichida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tabiiy gazni pirovard iste’molchiga sotishdan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lash tartibi joriy etilgan.”. g) ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zbekneftgaz” MXK bilan kelishilgan. 1. “Muborakneftgaz” MChJ 2. “Sho‘rtanneftgaz” MChJ 3. “Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJ 4. “Ustyurtgaz” MChJ 5. “Andijonneft” AJ 6. “Gissarneftgaz” MChJ* 7. “Ko‘kdumaloqgaz” MChJ* 8. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ 9. “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ 10. “O‘ztransgaz” AK 11. “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK
250
3,481
Qonunchilik
Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi: 1. Korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari haqidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, korxona, tashkilot va muassasalar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tasarrufidagi statsionar bolalar dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlarining (bundan buyon matnda dam olish maskani deb yuritiladi) maqsadi va vazifalarini hamda ular faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 1. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2572, 2014-yil 7-aprel) muvofiq, oromgoh o‘z bazasida dam olish maskanini tashkil etishi mumkin. 2. Mazkur Namunaviy nizom kasaba uyushmalari, davlat organlari va ular tizimidagi tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan oromgohlar, shuningdek kasaba uyushmalari mablag‘lari yo‘naltiriladigan boshqa oromgohlar bazasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan dam olish maskanlariga nisbatan tatbiq etiladi. 3. Dam olish maskani doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadi, dam olish maskanining o‘z faoliyatini bolalarni sog‘lomlashtirish mavsumida (iyun — avgust oylarida) vaqtincha to‘xtatib turish hollari bundan mustasno. 4. Kasaba uyushmalari, davlat organlari va ular tizimidagi tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan oromgohlar, shuningdek kasaba uyushmalari mablag‘lari yo‘naltiriladigan boshqa oromgohlar bazasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan dam olish maskanlari ushbu Namunaviy nizom asosida ishlab chiqilgan nizomga ega bo‘lishi lozim. 5. Dam olish maskani o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Namunaviy nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 6. Dam olish maskani tashkilot ma’muriyati rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi. Tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi dam olish maskanining ishini tashkil etishda faol ishtirok etadi. 7. Tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi dam olish maskanining faoliyati hamda dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatishning sifati ustidan nazorat qiladi. 8. Dam olish maskanining maqsadi dam oluvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni samarali tashkil etish hisoblanadi. 9. Quyidagilar dam olish maskanining vazifalari hisoblanadi: dam oluvchilarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish; dam oluvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish; dam oluvchilarni o‘zbek xalqining tarixiy va milliy an’analari hamda ma’naviy qadriyatlari bilan tanishtirish; dam olish maskanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Dam olish maskani qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 10. Dam olish maskani rahbari tashkilot ma’muriyati tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi. 11. Dam olish maskani rahbari: dam olish maskani faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; dam oluvchilarni qabul qilish, joylashtirish va ularni dam olish maskanining ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; dam olish maskani faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha buyruqlar qabul qiladi hamda dam olish maskaniga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; dam olish maskani hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, hisobotlarining olib borilishi va belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qiladi; dam olish maskanining faoliyat yuritishi uchun uni zarur bo‘lgan jihozlar, texnik vositalar bilan ta’minlaydi; dam oluvchilarning murojaatlarini darhol ko‘rib chiqadi; dam olish maskanidagi mol-mulk va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini ta’minlaydi va ularning saqlanishi uchun shaxsan javob beradi; dam olish maskanining hududi, bino va inshootlarini tegishli sanitariya, gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini ta’minlaydi; dam olish maskani xodimlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. 12. Dam olish maskanida mazkur Namunaviy nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni ro‘yxatga olish kitobi hamda 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Dam olish maskanlarida dam oluvchilarga ko‘rsatilgan tibbiy yordamni qayd etish kitobi bo‘lishi zarur. Kitoblar raqamlangan, tikilgan hamda dam olish maskani rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi zarur. 13. Dam olish maskaniga kelgan dam oluvchi dam olish maskanining qabul qilayotgan xodimiga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va yo‘llanmasini taqdim etishi zarur. 14. Dam olish maskani rahbari dam oluvchilarning hordiq chiqarishlari va salomatliklarini mustahkamlashlari uchun ularning yoshi va sog‘lig‘ini inobatga olgan holda zarur shart-sharoit yaratadi, sog‘lomlashtirish, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etadi va sayohatlar uyushtiradi. 15. Dam olish maskani quyidagi huquqlarga ega: dam olish maskanining ichki tartib qoidalarini buzgan dam oluvchini dam olish maskanidan chetlashtirish; dam oluvchilar ular tomonidan dam olish maskanining mol-mulkiga va boshqa moddiy boyliklariga yetkazilgan zararni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish. 16. Dam olish maskani quyidagilarga majbur: dam oluvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish; dam olish maskanining hududi, bino va inshootlarining tegishli sanitariya, gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini ta’minlash; dam olish maskanini xo‘jalik, madaniy va sport anjomlari bilan jihozlash; dam oluvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizomga rioya qilgan holda amalga oshirish. Dam olish maskani qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin. 17. Dam olish maskanining yo‘llanmasi dam olish maskani tomonidan mazkur Namunaviy nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi. 18. Dam olish maskanining yo‘llanmalari qat’iy hisobda turuvchi hujjatlar bo‘lib, hisobga olish seriyasi va raqamiga ega bo‘ladi. 19. Dam olish maskanining yo‘llanmalari 12 kunga kelish-ketish jadvaliga muvofiq beriladi. Dam olish va bayram kunlari uchun 1 — 3 kunlik yo‘llanmalar ham berilishi mumkin. 20. Yo‘llanmalar shaxsning o‘z hisobidan, tashkilot yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olinishi mumkin. 21. Dam oluvchi tomonidan yo‘llanmadan foydalanish imkoni bo‘lmasa, yo‘llanma dam olish muddati boshlanishidan kamida 3 kun oldin tegishli tashkilotga qaytarilishi lozim. 22. Dam olish maskanlarini saqlab turish xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi: yo‘llanmalarni sotishdan tushgan mablag‘lar; dam oluvchilarga ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘lar; tashkilot tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; homiylarning mablag‘lari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 23. Dam olish maskanining buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 24. Dam olish maskanining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati muntazam ravishda, lekin yiliga kamida bir marta o‘zi tasarrufida bo‘lgan tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tekshiriladi. 25. Mazkur Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 26. Dam olish maskanini tashkil etish, qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 27. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
211
8,760
Qonunchilik
Kabel ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Kabel ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, kabel ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar kabel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi; Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar. 7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak. 16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 17. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. 18. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur. 19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart. 21. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir. 22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim. 23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi kerak. 24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 25. Tashkilot xodimlari Radiotexnik va elektron buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (ro‘yxat raqami 2735, 2015-yil 1-dekabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak. 26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi; yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish; xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno. 28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur. 29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 31. Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak. 32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 33. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi lozim. 34. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur: ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi; xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi; texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi; jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi. 35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 36. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur. 37. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. 38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 39. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar. 40. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi. 41. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 42. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim: havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi; ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi; yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi. 43. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim. 44. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur. 46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 47. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak. 48. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur. 49. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. 50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 51. Tashkilotdagi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 52. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 53. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur. 54. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 55. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak. 56. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur. 57. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 58. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur. 59. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u erdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 60. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 61. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur. 62. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 63. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish; tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish. 64. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak. 65. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. 67. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur. 68. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21o C, o‘rtacha og‘ir ishda 17o C va og‘ir ishda 16o C dan past bo‘lmasligi kerak. 69. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22º C dan kam bo‘lmasligi kerak. 70. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 71. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur. 72. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8° C dan 20° C gacha bo‘lishi kerak. 73. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 74. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 75. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. 76. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. 77. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 78. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 79. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. 80. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 81. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur. 82. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak. 83. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim. 84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur. 85. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 86. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, qo‘l-yuz yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur. 87. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 88. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak. 89. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim. 90. Kabel ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 91. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak. 92. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 93. Ish jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq tashkil etilishi kerak. 94. Kabel ishlab chiqarishda zaharli, yallig‘lantiruvchi va tez alangalanadigan moddalar ishlatilsa yoki ajralib chiqsa, alohida maxsus jihozlangan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalarining maxsus ajratilgan uchastkalarida, ishchilarni himoya qilish vositalari hamda yong‘indan himoya qilish vositalari bilan ta’minlangan holda bajarilishi lozim. 95. Tashkilotlarda ish jarayonlarida qo‘llaniluvchi barcha uskunalarning texnik hujjatlari (pasporti, chizmasi va ishlatishga doir qo‘llanmasi) bo‘lishi kerak. 96. Ish uskunalariga tashkilot rahbari tomonidan mazkur ishni bajarish topshirilgan xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilishi lozim. Begona shaxslarning ishlab chiqarish joylarida bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. 97. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-76 “Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq ta’minlanishi lozim. 98. Sinovdan o‘tkazilmagan, yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi. 99. Shamollatish va tutun tortish tizimlari yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. 100. Ishlab chiqarish binolari va xonalari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 101. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari ShNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toifalarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 102. Suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 103. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalarda va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur. 104. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi. 105. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi. 106. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 107. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak. 108. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart. 109. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun esa, IV malaka guruhiga ega bo‘lishi lozim. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi shart. 110. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim: elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini; elektr qurilmalari va tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini; elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishini; himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak. 111. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim. 112. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 113. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur. 114. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim. 115. Kabellar va elektr simlarining izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarining ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak. 116. Elektr apparatlari va agregatlarining nol simiga ulash va erga ulash simlari butunligi 6 oyda kamida bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur. 117. Quyidagi elektr qurilmalari nol simiga yoki erga ulanishi lozim: kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari; nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori va 380 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori va 440 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar. 118. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nol simiga ulash yoki erga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amalari bundan mustasno. 119. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 120. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim. 121. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r erga ulangan bo‘lishi lozim. 122. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim. 123. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar ishga tushirilganligi to‘g‘risida ishchilarni ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Signal elementlari (qo‘ng‘iroqlar, sirenalar, chiroqlar) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish hududida eshitish va ko‘rish ishonchli ta’minlangan holatda joylashtirilishi lozim. 124. Ish joylarida uskunani ishga tushirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar osilgan bo‘lishi lozim. 125. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi xavfsizlik qoidalariga (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 126. Omborxonada va yuk saqlash maydonchalarida og‘ir va o‘ta og‘ir yuklarni ortish va tushirish hamda harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 127. Binolarda mahsulotlarni joylashtirishda oraliq masofa quyidagicha bo‘lishi lozim: bino devoridan 70 sm; isitish tizimidan 20 — 50 sm; yoritish tizimidan 50 sm; poldan 15 — 30 sm. 128. Shtabellar oralig‘idagi masofa quyidagicha bo‘lishi lozim: yashiklar oralig‘i 2 sm; taglik va konteynerlar oralig‘i 5 — 10 sm. 129. Shtabellarga zarar yetkaziladigan yoki har xil hajmdagi idishlarni, usti sirpanchiq idishlarni hamda yetarli darajada mustahkamlanmagan o‘ramadagi mahsulot paketlar va yuklar bir joyga joylashtirilmasligi zarur. 130. Yuklarning joylashtirish balandligi binoning balandligidan, yer maydonining og‘irlik ko‘tarish qobiliyatidan, mexanik tarzda ishlash jarayonidan, texnologik qoidalar va saqlash sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Shtabellarda qo‘l bilan taxlanayotgan yashiklarning og‘irligi 50 kg gacha, qoplarning og‘irligi 70 kg gacha bo‘lishi hamda uzunligi 2 m dan ortmasligi lozim. 131. Tez yonuvchi suyuqliklar gorizontal va bir qatorda joylashtirilishi lozim. 132. Yuklarni ko‘tarish va joyiga olib borishdan oldin yukning mustahkamligi hamda to‘g‘ri bog‘langanligi tekshirilishi zarur. 133. Yuk ortiladigan joy axlat, qor va boshqa narsalardan toza bo‘lishi kerak. Agar ortish va tushirish ishlarida ko‘tarish moslamalaridan foydalanilsa, u holda ko‘tarilgan yuk ostida ishchilar turmasligi lozim. Yuk ortilayotgan va tushirilayotgan vaqtda haydovchi kabinadan chiqib turishi shart. 134. Omborxonaning devorlari bo‘ylab o‘ralgan har bir javonda olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oralig‘idagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar oralig‘i esa, 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 135. Tashkilotlarda chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim. 136. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi. 137. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam bo‘lmagan holda baland va 0,5 m dan kam bo‘lmagan holda yonmaydigan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. 138. Ikkilamchi xomashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam o‘lchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak. 139. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. 140. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarining harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 141. Har bir kimyoviy modda texnik ko‘rsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 142. Kislotalar kislotaga chidamli pol va devorli maxsus binoda yopiq rezervuarda yoki yetkazib beruvchi-zavod tarasida saqlanishi zarur. Kislotalarni yerto‘lalarda saqlash taqiqlanadi. 143. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki to‘kilgan kislotani neytrallash uchun soda va individual himoya vositalari uchun zaxira idishlar bo‘lishi lozim. 144. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislota nomi yozilgan bo‘lishi lozim. 145. Ushlagichli savatlarga yoki yog‘och panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari bo‘yicha (bir nomdagi) 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan ko‘p bo‘lmagan holda saqlanishi kerak. Guruhlar orasidagi o‘tish yo‘lagi kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 146. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlash taqiqlanadi. 147. Kislotali butilkalar omborga tarada qabul qilinadi. Har bir butilkada kislota nomi, massasi, navi ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi lozim. Yorlig‘i bo‘lmagan kislota kimyoviy laboratoriyaga yuboriladi. 148. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlash taqiqlanadi. 149. Qattiq moddalar bilan to‘ldirilgan barabanlarni mexanizatsiyalashgan holda ochish imkoni bo‘lmasa, ular maxsus pichoq bilan ochiladi. Bunda instrumentga zarba berish taqiqlanadi. Xromli karbonat barabanlari mis yoki latun asbob yordamida ochilishi lozim. 150. Kislotalarni chelak yoki bakda tashish taqiqlanadi. Kam miqdordagi kislotani kislotaga chidamli yopiq idishda tashish kerak. 151. Kislota haydash nasoslari masofadan turib qo‘shiladigan bo‘lishi hamda nasos xonasining eshigi yopiq bo‘lishi lozim. Nasos ishlayotgan vaqtda nasosli xonaga kirish taqiqlanadi. 152. Ochiq havoda ko‘chma nasosdan foydalanilgan hollarda, nasos yopiq metall qoplama bilan yopilishi lozim. 153. Kislota, ishqor va ishlov eritmalarini quyishda sifondan foydalanilgan hollarda, u to‘ldirilib, suyuqlik vakuum hosil qilish yoki havoni siqish yo‘li bilan so‘rib olinadi. Suyuqlikni og‘iz bilan so‘rib olish qat’iyan taqiqlanadi. 154. Ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish, tosh maydalash qurilmasi va avtoblokirovkali texnologik jarayonlarni uzoqdan turib avtomatik tarzda boshqarishni tashkil etish lozim. 155. Uzoqdan turib boshqarish va avtoblokirovka quyidagilarni ko‘zda tutishi lozim: mexanizmlarning ishga tushganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi signalizatsiya; texnologik potok mexanizmlarini chaqir toshni tushirishdan to‘xtatish; bitta mexanizm avariya tufayli to‘xtab qolganda, zanjirning ushbu mexanizmga material yetkazib berayotgan qismini to‘xtatishni ta’minlaydigan dvigatellar blokirovkasi; biror mexanizmda avariya sodir bo‘lganda, uni darhol to‘xtatish imkoniyati. 156. Xavfsizlikni oshirish va zararli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar sonini kamaytirish uchun sexlar hamda qurilmalarda boshqarishni avtomatlashtirish va uzoqdan turib boshqarishni joriy etish orqali ish joylarini changlanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlardan uzoqroqqa ko‘chirish lozim. 157. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar ularni ishga tushirilganligi to‘g‘risida ishlovchilarni ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 158. Signal qurilmalari (qo‘ng‘iroqlar, sirenalar, chiroqlar) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish hududida eshitish va ko‘rish ishonchli ta’minlangan holatda joylashtirilishi lozim. 159. Agar signal qurilmalari bo‘lmasa yoki ular nosoz holatda bo‘lsa, uskunani ishlatish taqiqlanadi. 160. Sexlarda va ish joylarida signallarga doir jadvallar va uskunani ishga tushirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar osilgan bo‘lishi lozim. 161. Kabel ishlab chiqarish sexlaridagi ishlab chiqarishning asosiy zararli omillari chang, ishlab chiqarishdagi zaharlar, shovqin, vibratsiya hisoblanadi. 162. Chang ko‘p hosil bo‘ladigan hududlarda ishlash chog‘ida changni o‘tkazmaydigan qattiq matodan tayyorlangan maxsus kiyim, nafas olish organlari uchun individual himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. 163. Kabel ishlab chiqarishda bajarilayotgan ish xususiyatiga qarab quyidagi himoya vositalaridan foydalanish zarur. 164. Himoya vositalari shikastlanishning oldini olish va ishlab chiqarishning zararli omillaridan himoyalanish uchun shaxsan ishchilar tomonidan ishlatilishi kerak. 165. Qo‘l orqali xodimlar organizmiga o‘tadigan vibratsiyaning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan darajalari SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va mahalliy vibratsiyaning sanitariya me’yorlari”ga mos bo‘lishi lozim. 166. Qizitiladigan pech devorlari tashqi yuzasining eng baland harorati 50 — 60o C dan yuqori bo‘lmasligi lozim. 167. Qizitiladigan pechning yonboshi yuzasi ichidan oqar suv bilan sovutiladigan maxsus ekran bilan o‘rab qo‘yilishi kerak. 168. Qizitiladigan pechning yuklanadigan darchalari eshikchalar, futerovka qilingan issiqqa chidamli materiallar yoki temirasbestli himoya ekranlari bilan yopilishi kerak. 169. Metall eshiklar suv bilan sovutilishi kerak. 170. Qizitiladigan pechga mis va alyuminiy quyma bo‘laklarini berish, avtokara, elektrkarasi, avtoyuk tashuvchi va boshqa vositalarda tashiladi hamda yuk tushirish mexanik usul bilan amalga oshirilishi kerak. 171. Irg‘ituvchi asbob yordamida metall quymalari pechga solinganda ularni pechga solishdan oldin to‘g‘ri va aniq joylanishini ta’minlash zarur. 172. Bir metall quymalarini pechda qizdirishdan va boshqa metall quymasini qizdirishga o‘tishdan avval pech metall qoldiqlari va metall changidan tozalanishi kerak. 173. Forsunkalarni yoqishdan va yoqilg‘i berishdan avval tutun qopqog‘ini ochib, pechni shamollatish lozim. 174. Liniyali chig‘irish stanlarining alohida liniyalaridagi valsovkachi ish joyi ishonchli taroq bilan himoya qilingan va asboblar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 175. Oraliq qafas valkalari yoki alohida liniyalarida metall tilimlari ushlanib qolgan chog‘da keyingi metall tayyorlanishi uchun chig‘irishni tugatishga signal berilishini ta’minlash lozim. 176. Katankani o‘rashga qabul qilish uchun yo‘naltiradigan trubkalarni qo‘llash paytida katanka valkalardan faqat trubkaga chiqishini ta’minlash zarur. Trubka qattiq qilib mustahkamlangan bo‘lishi kerak. 177. Katanka qabul qilishi uchun kalava qilish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 178. Sarjillangan metallni kalava qilib o‘rash uchun o‘rashi va to‘xtashi ravon, uning harakatini tez sekinlatadigan asbob-qurilma bilan ta’minlanishi lozim. 179. To‘siqlarsiz metall qaychilar bilan qirqilmasligi lozim. 180. Chig‘irish stani mufta, shpindel va valkalari metall o‘tishi uchun teshiklarga ega bo‘lgan to‘siqlar bilan butun qilib yopilgan bo‘lishi kerak. 181. Yuk ko‘taruvchi podshipniklarni moylash avtomatlashtirilgan bo‘lishi lozim. 182. Chig‘iriladigan maydon yuzasi metalli va silliq bo‘lishi kerak. 183. Ish vaqtida chig‘irish maydonida sovugan metall qiyqimlari va bo‘lakchalari bo‘lmasligi kerak. 184. Ishchilarni rolgang, konveyer va transportyorlardan o‘tish xavfsizligini ta’minlash uchun zarur joylarda cheti panjarali o‘tish ko‘priklari o‘rnatilishi lozim. 185. Issiq metalldan o‘tadigan joylarda, ko‘priklar issiqdan izolatsiya qiluvchi to‘shama, yon tomonlardan esa, metall, butun yoki setkali balandligi 1,8 m bo‘lgan shit bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. 186. Ish joylarida asboblarni sovutish uchun oqar suv baklari bo‘lishi lozim. Suv harorati 45o C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. 187. Qo‘l bilan xizmat qilish chog‘ida chig‘irish stani qafaslari orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi kerak. 188. Chig‘irish stanida valkalarni almashtirish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 189. Chig‘irlash stani barcha ish joylarida, stanni avariya paytida o‘chirish uchun “To‘xtatish” knopkasi bilan ta’minlagan bo‘lishi kerak. 190. Chig‘irlash stani ikki tomonlama signalizatsiyaga ega bo‘lishi lozim. 191. Pnevmatikada ishlaydigan chig‘irish stani qurilmalari dvigatelining ovozini pasaytiruvchi asbobga ega bo‘lishi kerak. 192. Elektr pechlarni o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak. 193. Elektr pechlarida pech shitlarini ochish paytida qizdiruvchi elementlardan kuchlanishni avtomatik olib tashlash uchun blokirovka bo‘lishi zarur. 194. Elektr pechlar shitlari va boshqaruv pultlarida pechning qizdirish elementlariga kuchlanish berish va uni olib tashlash to‘g‘risida ogohlantiruvchi signal lampasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 195. Elektr pechning barcha tok boshlab boruvchi qismi izolatsiya qilingan yoki to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 196. Metallga termik ishlov berish uchun elektr qizitgichli, qulfi suv ichida bo‘lgan pechkalar hosil bo‘layotgan bug‘ni yo‘qotish uchun ventilatsiyaga ega bo‘lishi kerak. 197. Termik ishlov beruvchi pechlar issiqlik izolatsiyasiga ega bo‘lishi lozim. 198. Metallga termik ishlov beradigan alanga bilan qizituvchi termik pechlar havoni tortib yana chiqaruvchi ventilatsiyali alohida xonalarga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 199. Forsunkalarni yoqishdan oldin pechni shamollatish lozim. 200. Sim cho‘zuvchi mashinalar yechish qurilmasi katanka yoki sim o‘ramlarini irg‘itib yuborilishini oldini olish va simning chuvalib ketishi hollarida mashinani o‘chirish uchun blokirovkaga ega bo‘lishi kerak. 201. Cho‘zish va tortish uchun mashinaga zagotovka o‘rnatilishi va tayyor mahsulot, yarim fabrikatlarni olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 202. Dag‘al va o‘rtacha cho‘zadigan mashina sim uzilgan paytda yoki to oxirgi tolasigacha chiqishda mashinani to‘xtatish uchun qurilma bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 203. Cho‘zuvchi mashinalar qurilmasi ularning ravon ishga solinishi va mashinani tez to‘xtatish imkoniyati bilan ta’minlanishi kerak. 204. Barcha metall cho‘zadigan mashinalar asosiy ish joyiga o‘rnatilgan “Pusk” knopkasiga va mashina fronti bo‘yicha bir necha “To‘xtatish” knopkasiga ega bo‘lishi kerak. 205. Dag‘al va o‘rtacha cho‘zadigan mashina va bir marotaba cho‘zuvchi barabanlar “Pusk” knopkasidan tashqari qisqa vaqtga o‘chirish uchun oyoq pedaliga ega bo‘lishi lozim. Pedal 40 — 60 mm bosilgandan keyin ishga tushishi kerak. 206. Pedal pol sathidan 60 — 80 mm balandlikda joylashgan bo‘lishi va uni tasodifan bosib yuborishdan himoya qiluvchi to‘siqqa ega bo‘lishi lozim. 207. Pedalning ishchi yuzasi taram-taram novli bo‘lishi, uzoq cho‘zadigan apparatdagi sim tolasi puxta mahkamlangan bo‘lishi hamda ingichka va o‘ta ingichka tola cho‘zadigan stanoklarda ishlayotganda himoya ko‘zoynagi taqilishi kerak. 208. Cho‘zadigan stanokning qabul qilish barabani, yigiruv apparatlari, qabul qiluvchi g‘altaklari tiniq sinmaydigan material bilan himoyalangan kuzatish uchun qo‘yilgan teshikli, mashinani ishga solish qismidan blokirovka qilingan holda butunlay o‘rab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 209. Sim cho‘zadigan mashinalarning tortuvchi shaybalari va zinali roliklari silliq g‘adir-budir, chig‘anoq va boshqalarsiz bo‘lishi kerak. 210. Simni ingichka cho‘zadigan mashinalar simlar uzilgan paytda mashinalarni to‘xtatish uchun kerakli qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 211. Sim cho‘zadigan mashinalar va uzun cho‘zadigan stanlarga emulsiya va texnologik moylar berish avtomoylashtirilgan bo‘lishi kerak. 212. Uzunligi 5 m dan ortiq sim o‘raydigan va izolatsiya qiladigan mashinalar mashina ishga tushgani haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya yoki blokirovka bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 213. Ish joylarida mashina uzunligi bo‘yicha “To‘xtatish” knopkalari bo‘lishi kerak. Ayrim knopkalar o‘rniga mashina bo‘ylab ixtiyoriy joyiga o‘chirish uchun gorizontal shtangalar qo‘llanilishi mumkin. 214. Ish joylarida mashinani ishlatish uchun “Pusk” knopkasi faqat bitta ish joyiga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 215. G‘altaklarni sim va sim tolalari bilan to‘ldirish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi zarur. 216. Mashina g‘altaklarini qo‘yish uchun mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 217. Izolatsiya qilingan simlarni kabel qilib o‘raydigan mashinalar izolatsiya qilingan sim baraban yuklanganda, fonarni tez to‘xtashini ta’minlovchi tormozga ega bo‘lishi lozim. 218. Izolatsiya qilingan simlarni kabel qilib o‘rovchi mashinalar lyulkasi o‘qi mahkamlangan bo‘lishi kerak. 219. G‘altakli silindrni o‘rab turgan yog‘och to‘siq blokirovka qilingan va massani sachrab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak. 220. Siqib qo‘yilgan presslar suknoni tekislash yoki tortib qo‘yish uchun maxsus vintlar va spirali chiqib turgan hamda orasi ochiq valiklar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 221. Kaustik soda eritmasi bilan simlarni tozalash uchun vannalar eritma sachrashiga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. 222. Polirovka qiladigan mexanizm silliqlash ishi paytida simni quyish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaydigan qilib o‘rab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 223. Kabelga qo‘rg‘oshin va alyuminiy qobiq qoplash uchun gidravlik presslar boshqaruv pulti joyi ko‘rinarli bo‘lishi kerak. 224. Presslarda bosimning yo‘l qo‘yiladigan chegarasini ko‘rsatuvchi monometrlar va pressning ishchi qismlari haroratini ko‘rsatuvchi asboblar bo‘lishi lozim. 225. Qo‘rg‘oshin erituvchi vannalar va alyuminiy quymalarni qizdiruvchi pechlar pressdan bevosita yaqinlikdagi maxsus maydonlarga o‘rnatilishi kerak. 226. Maydon vannaga bir vaqtda yuklanadigan, kerakli miqdordagi qo‘rg‘oshin bo‘laklari sig‘ishiga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. 227. Maydonning poli taram-taram metall mistdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. 228. Vannaga qo‘rg‘oshin parchalarini solish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 229. Qizdirish pechiga va pechga alyuminiy quymalarini solish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 230. Qo‘rg‘oshin presslarining barcha vannalari havo o‘tkazmaydigan, erga ulangan, ventilatsiya va issiqlikdan izolatsiya qilingan bo‘lishi lozim. 231. Qo‘rg‘oshin qobiqni qoplash uchun gidravlik presslarni zamonaviylashtirish vannadan press retsipiyetiga qo‘rg‘oshin quyishini mexanizatsiyasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 232. Sim va kabellardan qo‘rg‘oshin qobig‘ini shimish uchun stanok quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: pichoqlarni himoya qiluvchi to‘siqlarga; havo o‘tkazmay yopiladigan metall qutilarga shilib olingan qo‘rg‘oshin yig‘ish uchun mexanik qurilmaga; havoni tozalovchi va qo‘rg‘oshin changini yig‘ish uchun qurilmali mahalliy ventilatsiyaga ega bo‘lishi kerak. 233. Tabiiy kauchukni kesish uchun stanokda material beradigan rolchang bo‘lishi kerak. 234. Mexanikaviy kesish uchun stanok to‘sig‘i, to‘siq ko‘tarilgan vaqtda pichoq tagiga kauchuk uyumi tushmaydigan qilib blokirovka qilingan bo‘lishi zarur. To‘siq ko‘tarilgan paytda stanok ishlamasligi lozim. 235. Mexanikaviy kesish uchun stanokning orqa tarafi qo‘l o‘tmaydigan qilib metallchiviqlar bilan o‘rab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 236. Sintetik kauchuk tasma kesadigan mashinaning xavfli joylari o‘ralgan bo‘lishi hamda pichoq ostidagi to‘siq mashina puski bilan blokirovka qilingan bo‘lishi lozim. 237. Sintetik kauchuk rulonini o‘rnatish uchun chiqaradigan qurilma polga mahkamlangan bo‘lishi va rulon o‘qini mustahkamlash uchun qulfga ega bo‘lishi kerak. 238. Hamma valsalar tezgina to‘xtashi uchun saqlovchi avariyali qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Valsalar ustida joylashgan shtanga, tros va boshqa yoqadigan qurilmalar, bir zumda o‘chirish uchun qulay joylashgan bo‘lishi kerak. Hamma yangi o‘rnatilgan valsalar shtanga, tros va boshqa blokirovka qilingan qurilma bilan valsalar avariya paytida o‘chirilishi uchun valkalari avariyadan ayirishga qo‘shimcha qurilma bilan jihozlanishi kerak. 239. Valsalar tagida joylashgan cho‘zinchoq metall tog‘ora silliq, puxta mahkamlangan, chetlari uchli bo‘lmasligi lozim. 240. Valkalar haroratini aniqlash uchun ishlovchilar kontaktli termoparlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 241. Barcha valsalar rezina yoki plastmassa kesish uchun pichoq hamda rezina yoki plastmassani valkaning ishchi qismiga tushib qolishiga imkon bermaydigan saqlovchi stryelkalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 242. Yuqori yoki pastdagi havo silindrlari buzilgan paytda rezina aralashtirgich agregatini ishga tushirish mumkin emas. 243. Uzatuvchi va qabul qiluvchi, chervyakli press va sovuq opressovkali mashinalar qurilmalari puxta mahkamlangan, baraban va g‘altaklar chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tormoz qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. G‘altak va barabanlarni o‘rnatish va yechish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 244. Baraban yoki g‘altakka qabul qilish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 245. Mashina uzunligi bo‘ylab ish joylarda “To‘xtatish” knopkalariga ega bo‘lishi lozim. 246. Barcha chervyakli presslarda press varonkasiga rezina yoki plastmassani solish uchun itarib turuvchi uskuna bo‘lishi kerak. 247. Chervyakli presslarda juda qizdiradigan joylariga tegib ketmasligining oldini olish uchun massani qizdirish zonasini termoizolatsiya qilish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. 248. Gorizontal o‘raydigan mashinalarda rezinali izolatsiya qoplash paytida rezina, qog‘oz va rezinalangan gazlamali roliklar uchib chiqib ketadigan bo‘lmasligi kerak. 249. Qulf yordamida vertikal va gorizontal mashinalarda o‘raydigan rozetkalarni ish paytida qog‘oz roliki yoki ip, ipak va boshqa izolatsiya materiallari bobinasi uchib chiqib ketish holatlarining oldini olish lozim. 250. O‘raydigan mashina o‘rovchi tormoz asbobi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 251. Ko‘chma mufelli elektr pechi olib yuriladigan shnur pechka g‘ilofida himoya to‘ri bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 252. Ikki yurishli o‘raydigan mashinalarda mashinaning har bir ishchi tarafidan ishga tushirish qurilmasi va qarama-qarshi tomondan yurish bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan himoya to‘sig‘i bo‘lishi kerak. 253. Ko‘chma payvandlash apparati saqlovchi ekranga ega bo‘lishi, apparat korpusi erga tutashtirilgan bo‘lishi hamda apparat yonidagi ish joyida dielektrik himoya vositalari bo‘lishi kerak. 254. Ishlab chiqarish uskunasi foydalanish davrida GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.049-80 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy ergonomik talablar”, GOST 12.2.062-81 “Ishlab chiqarish uskunasi. Himoya to‘siqlari. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.064-81 “Ishlab chiqarish uskunasini boshqarish organlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 255. Ishlab chiqarish uskunalari ularning texnik hujjatlari talablariga muvofiq holda saqlanishi lozim. 256. Ishlab chiqarish uskunasining xavfsizligi quyidagilar yordamida ta’minlanishi lozim: ishlash prinsiplari, konstruktiv sxemalar, xavfsiz konstruksiya elementlarini tanlash; konstruksiyalarda mexanizatsiya, avtomatizatsiya va uzoqdan turib boshqarish vositalarini qo‘llash; konstruksiyalarda himoya vositalarini qo‘llash; ergonomik talablarni bajarish; montaj qilish, foydalanish, ta’mirlash, tashish va saqlashga doir texnik hujjatlarga xavfsizlik talablarini kiritish. 257. Zararli moddalar chiqaradigan ishlab chiqarish uskunasidan foydalanganda bu moddalarning ish hududi havosidagi miqdori GOST 12.1.005-88 “Ish joyining havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitar-gigiyenik talablar. Xavfsizlikning umumiy talablari”da belgilangan chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar miqdoridan oshmasligi kerak. 258. Dastgohlarning detallari sinmasligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga jarohat yetkazmasligi uchun dastgohlar ortiqcha yuklanishdan saqlovchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim. 259. Dastgohlarning jihozlari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishining oldini oluvchi qurilmalarga ega bo‘lish lozim. 260. Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan dastgohlarda ishlov berish jarayoni faqat detal mahkamlab bo‘lingandan so‘ng ishga tushishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim. 261. Avtomat va yarim avtomatlar, ularda ishlov berish hududi ochiq holatda ish bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka qurilmalariga ega bo‘lishi, ular avtomatik ish sikli himoya qurilmasi yopiq bo‘lganda ishga tushishini ta’minlashi lozim. 262. Dastgohlarda operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda detal yoki asbob aylanishi tufayli jarohatlanish mumkin bo‘lsa, dastgohlarda shpindel o‘chirilgan zahoti uni avtomatik tarzda to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi kerak. 263. Dastgohni sozlash paytida saqlovchi blokirovka qurilmalarini o‘chirish imkoniyati ko‘zda tutilishi zarur. 264. Uzoqdan turib yoki avtomatik tarzda ishga tushiriladigan uskunada ogohlantiruvchi “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik tarzda yurgiziladi!” degan belgi va yozuvlar bo‘lishi lozim. 265. Boshqarish organlarining ish vazifasi GOST 12.4.040-78 “Ishlab chiqarish uskunasining boshqarish organlari. Belgilanishi. Umumiy talablar”ga asosan yozuvlar yoki belgilar bilan ko‘rsatilishi kerak. 266. Uskuna shoshilinch to‘xtatilishi uchun qulay joylarda, doimiy ish o‘rni hududida yoki tez-tez xizmat ko‘rsatiladigan xavfli uzel yaqinida joylashgan “To‘xtatish” knopkasi bilan jihozlanishi kerak. 267. Xavf soladigan uskuna qismi operator ko‘rish doirasidan tashqarida, xavfli ish boshqarish organlari hududida joylashgan bo‘lsa qo‘shimcha avariyaviy o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 268. Avariyaviy o‘chirgich va tugmalar konstruksiyasi va joylashishi ulardan har xil ish vaziyatlarida foydalanish imkonini ta’minlashi lozim. 269. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasi eng katta quvvatli dvigatelni nominal kuchlanishdagi boshlang‘ich yurgizish tokiga va boshqa hamma iste’molchilarning nominal toklari yig‘indisiga mos bo‘lgan maksimal yuklanishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. 270. Uskunaning avariyaviy o‘chirish qurilmasi, ish paytida tanaffus yuz berganda avariyaga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni o‘chirmasligi lozim. 271. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasini boshlang‘ich holatiga qaytarish qurilmasi uskunani ishga tushirib yubormasligi lozim. 272. Ishga tushirish qurilmalarining konstruksiyasi va holati (tugma, richag va hokazo) uskunani tez, ishonchli tarzda yurgizilishi va o‘chirilishini ta’minlashi hamda ularning o‘z-o‘zidan ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. 273. Qo‘l bilan boshqarish organlari (shu jumladan elektr boshqaruv pultlarida joylashgan) shunday yasalgan va joylashgan bo‘lishi kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lishi, qo‘llarni qisib qolish yoki boshqa boshqarish organlari va dastgoh qismlariga tiqilib qolish hollariga olib kelmasligi hamda tasodifan boshqarish organlarining ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 274. Bir nechta xodimlar xizmat ko‘rsatadigan uskunaning boshqarish organlari, harakatlarning zaruriy ketma-ketligini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi lozim. 275. Blokirovka qurilmalarini qo‘llamaslikka texnik jihatdan asoslar bo‘lgan hollarda boshqarish organlari yoniga ogohlantirish yozuvlari va belgilari o‘rnatilishi kerak. 276. Murakkab va xavfli uskunaning boshqaruv organlari unda rostlash ishlarini o‘tkazish va begona shaxslar ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qulflar yoki plombalar bilan ta’minlangan, eshikchalari yopiq bo‘lishi lozim. 277. Dastgohlar markaziy moylash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Moy to‘ldirilgan idishlar dastgoh bo‘yalgan rangdan keskin farq qiluvchi rangga bo‘yalishi lozim. 278. Moylash qurilmalarining konstruksiyasi mufta va tormoz uskunalarining friksion yuzalariga moy tushishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. 279. Dastgohga o‘rnatilgan moy, moylarni sovutish suyuqligi va texnologik jarayonda ishlatiladigan suyuqliklar atmosfera bilan tutashgan bo‘lishi va ularga suv, qirindi va chang tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qopqoqlar bilan zich yopilishi lozim. 280. Moy to‘ldirilgan idishlarni tozalashda, yuvish va zararsizlantirish ishlari texnologik suyuqliklar har bir almashtirilishidan oldin amalga oshirilishi kerak. 281. Dastgoh yuzalaridan qirindilarni qo‘l bilan olib tashlash uchun ishlovchilar maxsus supurgich va ilgaklar bilan ta’minlanishi kerak. Ilgaklarning dastalari silliq, quloqchalarsiz bo‘lishi kerak. Qo‘lga qirindi jarohat yetkazmasligi uchun ilgak himoya ekrani bilan jihozlanishi lozim. 282. Qirindini faqat to‘xtatilgan dastgohdan va himoya ko‘zoynagi taqilganda olib tashlashga ruxsat etiladi. 283. Dastgohning yig‘uv birliklari, ular ortish (tushirish), tashish va saqlash vaqtida o‘z-o‘zidan harakatlanishi mumkin bo‘lsa hamda bu paytda xavfli vaziyatlar yuzaga kelsa, ularni muayyan holatda mahkamlash uchun qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. 284. Barcha agregatlarning (mashina, stanok, apparat, turli uskuna va qurilmalar) xavfli joylari ishlovchilarni jarohatlamasligi uchun ishonchli qilib o‘rab qo‘yilishi lozim. 285. Uskunalar ochiq ranglarga bo‘yab qo‘yilishi kerak. 286. Barcha uzatmalar (remenli, arqonli, zanjirli, sharnirli, trosli, valikli, tishli va boshqalar) mahkam va qulay ishga tushirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 287. Uskuna va mexanizmlarning barcha bo‘rtib chiqqan, gayka bolt, shponka va aylanadigan qismlarining shunga o‘xshash poldan 2,5 m dan ortiq bo‘lmagan balandlikdagi elementlari ishonchli qilib o‘ralgan bo‘lishi kerak. 288. To‘siqlar holati vaqti-vaqti bilan sex ma’muriyati tomonidan tekshirib turilishi lozim. 289. Uskuna va agregatlar ichiga joylashgan peredachalar hamma tarafdan yopilgan bo‘lishi zarur. 290. Friksionli va sharnirli uzatmalar yopiq turda bo‘lishi lozim. 291. Valik g‘altaklar va shunga o‘xshash qurilmalar ishchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan asboblar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 292. Uskuna yoki mexanizm hamda atrofidagi xavfli zonadan qipiq, qiyqim, chang va ifloslarni tozalash ishlarini faqat shu uskunada ishlovchi xodim tomonidan amalga oshirilishi lozim. 293. Qipiq, qiyqim, chang va iflosliklar ilgak, metka, supurgichlar va boshqalar yordamida olib borilishi kerak. 294. Motorlar, ishga tushiruvchi reostatlar korobkali yoki boshqacha o‘chiruvchilar, uskuna va mexanizmlarning boshqa qismlari hamda armatura va kuchlanish ostida turadigan asboblarni yig‘ishtirish, tozalash taqiqlanadi. 295. Yog‘lash sistemasi (shit, sbornik, korobka, protiven, poddon va boshqa) yog‘ni sachrashi va to‘kilib ketishining oldini oluvchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. 296. Uskuna va mexanizmlar privodlarini ishlash paytida moylash taqiqlanadi. 297. Ish yurgizish chog‘ida mexanizmning ayrim qismlarini moylashga yo‘l qo‘yilishi mumkin, agar u xavfli bo‘lmasa va bu ish tegishli asboblar yordamida olib borilishi lozim. 298. Uskunalarga qarash (tozalash) uchun ishchilarga yetarli miqdorda artadigan matolar berilishi kerak. 299. Ma’muriyat, ishlayotgan xodimlarni davlat standarti talablariga javob beruvchi, ishlatish uchun xavfsiz, soz va qulay asboblar bilan ta’minlashi, asboblarning belgilangan yo‘nalishda ishlatilishi, saqlanishi va qay ahvoldaligini vaqti-vaqti bilan nazorat qilishga majbur. 300. Yangidan ishlab chiqarilgan yoki ta’mirlangan asboblarni faqat asbobni tayyorlagan yoki ta’mirlagan bo‘linmaning texnik nazorati xodimi ishga yaroqli deb qabul qilganidan so‘ng ishlatilishi mumkin. 301. Asbobni saqlash uchun har bir xodimga alohida maxsus joy ajratilishi va asbobni ko‘chirib yurish uchun esa, har bir xodimga sumkacha yoki yashik ajratilishi shart. 302. Bolg‘acha va kuvaldalarning urish yuzasi ozgina bo‘rtib chiqqan, silliq, urinmagan, ezilmagan va darz ketmagan bo‘lishi va yog‘och sopga yumshoq po‘lat pona bilan mustahkamlangan bo‘lmog‘i darkor. Sopiga bo‘sh o‘rnatilgan asboblar bilan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Soplarni yirik qatlamli va yumshoq (archa, sosna) daraxt turlaridan tayyorlash va ishlatish ma’n etiladi. Sop yuzasi silliq, tekis, yoriqsiz va zirapchalarsiz bo‘lishi shart. 303. Egov, iskana, vintni buraydigan asbob, bigiz va boshqa o‘tkir ishlamaydigan uchli qo‘l asboblari, tekis ravon tozalangan dastalarga mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi shart. 304. Dastalar, asbob o‘lchamiga mos, lekin 150 mm dan kam bo‘lmagan uzunlikka ega bo‘lishi va qizib ketishdan saqlanish uchun metall halqa bilan qoplanishi shart. 305. Keng yuzalarni tekislovchi qayroqtosh va yirik egovlar, ushbu yuzalarni qulay ishlov berish imkoniyatini beruvchi maxsus tutqichlar bilan ta’minlanishi shart. 306. Zarbli asboblar bilan ishlaganda, xodimlar ko‘zini uchib ketayotgan bo‘laklardan himoya qilish uchun himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishlari shart. 307. Siquvchi uskunali dastgohlar bir-biridan kamida 1 m masofada o‘rnatilishi kerak. Dastgohning eni 0,75 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Xodimlarni uchib tushayotgan bo‘laklardan himoya qilish uchun balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan, 3 mm dan ko‘p bo‘lmagan yacheykali to‘r to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Dastgohda ikki yoqlama ishlaganda to‘r o‘rtaga, bir tomonlama ishlanganda esa, ish joyi va oyna tarafga yuzlangan tomonga o‘rnatiladi. 308. O‘tkir tishli omburning tishlari o‘tkir bo‘lishi va yassi tishli omburning keskichi soz holatda bo‘lishi shart. 309. Boltalar tekis keskiga ega, urilmagan, ezilmagan va darz ketmagan bo‘lishi lozim. 310. Parma, vint burovchi asbob, zenker va boshqa o‘rnatiluvchi asboblar to‘g‘ri charxlangan bo‘lishi, darz, ezilish va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lmasligi kerak. Bu asboblarning pastki qismi notekis, qiyshiq, darz va boshqa shikastlanishlardan xoli bo‘lishi, to‘g‘ri markazlashtirilgan va to‘g‘ri keltirilgan bo‘lishi shart. 311. Ish uchun o‘rnatiluvchi asbob mustahka
93
63,161
Qonunchilik
“MARDLIK” ORDENINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. “Mardlik” ordeni ta’sis etilsin. 2-modda. “Mardlik” ordeni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3-modda. “Mardlik” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5–6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7–8, 202-modda; 2003-yil, № 9–10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda) 11-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mardlik” ordeni”. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. “Mardlik” ordeni bilan o‘zini Vatanni himoya qilishga va Ona yurt xizmatiga bag‘ishlagan, bunda mardlik hamda jasorat ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari va boshqa fuqarolari mukofotlanadi. Alohida hollarda “Mardlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 2. “Mardlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash to‘g‘risidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 3. “Mardlik” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 4. “Mardlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. 5. “Mardlik” ordeni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. 6. “Mardlik” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la beriladigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi. “Mardlik” ordeni 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ordenning balandligi 50 millimetr, eni 41 millimetr, qalinligi 4,5 millimetr. Orden nishoni yig‘ma, uning asosi tilla rang naqshinkor parchinlari bo‘lgan ko‘k emal hoshiyali shakldor geraldik qalqon ko‘rinishida bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasining birligi ramzi bo‘lgan qavariq sakkiz qirrali yulduz biriktiriladi. Yulduz qirralari taram-taram bo‘lib taralayotgan zarrin ovalsimon nurlar ko‘rinishida bajarilgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oralig‘i 45 millimetr. Sakkiz qirrali yulduzga naqshinkor parchinlari bo‘lgan, qavariq, qadimiy uslubda aks ettirilgan dumaloq sharqona qalqon ko‘rinishidagi diametri 30 millimetrli qoplama medalon biriktiriladi. Qalqonning har ikkala yon tomoni g‘alaba, shon-shuhrat va mukofot ramzi bo‘lgan qavariq, tilla rangli dafna yaproqlaridan gulchambar ko‘rinishida hoshiyalangan. Gulchambardan pastda tilla rang gardishli, oq emalli lenta ko‘rinishida aks ettirilgan fonga “MARDLIK” ordeni nomi joylashtirilgan. Yozuv bo‘rtma bosh harflar bilan to‘q qizil emalda bajarilgan. Shrifti “MILLENIUM BdExBT”, kegli 20. Sharqona qalqondan yuqorida moviy rangda emallangan oltin hallangan yarim oy va yulduzli musamman — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining muqaddas ramzlari tasvirlangan. Musamman yonlarida sakkiz qirrali yulduz fonida milliy or-nomus va qadr-qimmat, Ona yurtni himoya qilishga shaylik ramzi bo‘lgan, o‘zaro ko‘ndalang kesishgan ikkita qadimiy sharqona qilich efesi (dasta belamagi), quyi tomonda esa, ularning uzun qayrilma tig‘larining uchlari qavariqli tasvirlangan. Orden nishoni kompozitsiyasini dala formali kiyimdagi askarning — Vatan himoyachisining hayot sarchashmasi ifodasi bo‘lgan asosiy ramziy belgi — chor atrofga taralayotgan zarrin quyosh nurlari aks etgan oq rangli emal fonidagi qalqon markazida joylashgan bo‘rtma, ko‘krakdan yuqori qismining yarim yon tomonlama olingan tasviri yakunlaydi. Ordenning orqa tomonida diametri 22 millimetrli O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qavariqli tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 2 millimetr o‘lchamdagi zarb qilingan shrift bilan yozilgan. Orden to‘rt xil rangdagi yo‘llari bo‘lgan muhayyar lenta bilan sirilgan besh qirrali qadag‘ichga ilmoqcha va halqacha yordamida ulanadi. Lentaning eni 24 millimetr. Lenta markazidan eni 8 millimetrli oq yo‘l o‘tgan. Uning har ikkala tarafidan eni 3 millimetrli yashil yo‘llar joy olgan. Undan keyin eni 4 millimetrli moviy yo‘llar tushirilgan. Lentaning chekkalari eni 1 millimetrli qizil yo‘llar bilan hoshiyalangan. Qadag‘ichning balandligi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Qadag‘ichning orqa tomonida ordenni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama mavjud.
43
4,783
Qonunchilik
KORXONA (OBYEKT)LARNI SOTIShDAN OLDIN TAYYORLASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–335 sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda) asosan va korxona (obyekt)lar faoliyati samaradorligini, ularni keyinchalik strategik investorlarga sotish uchun har tomonlama tatbiq qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Korxona (obyekt)larni sotishdan oldin tayyorlash to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan kundan boshlab 10 kun o‘tgach keyin kuchga kiradi.
88
763
Qonunchilik
Bolalar bogʻchalari namunaviy loyihalar asosida 70 va 120 oʻrinlik qilib quriladi
Hujjat bilan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017-2021 yillarga moʻljallangan dastur tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Dastur). U quyidagilardan iborat: Dastur 5 ta asosiy vazifa va yoʻnalishlarni amalga oshirishga bagʻishlangan boʻlib, ular: 1. Ilgʻor хorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, aхloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; 2. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashni tubdan yaхshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va teхnologiyalarini joriy etish; 3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash boʻyicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish; 4. Zamonaviy pedagogik teхnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish; 5. 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish (namunali loyihalar boʻyicha 70 va 120 oʻrinli), ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash. Bunda bolalar bogʻchalarini rivojlantirishni moliyalashtirish Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari (qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash), mahalliy byudjet (hududni obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash), Davlat byudjeti (jihozlash) hamda grantlar va homiylik mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Dasturni roʻyobga chiqarish uchun Bosh vazir boshchiligidagi Respublika komissiyasi tuzildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov, ekspertimiz. Mavzuga oid material: Bolalar bogʻchalari uchun plastik karta orqali pul toʻlang
81
2,290
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF–3105-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida va beg‘araz texnikaviy yordam ko‘rsatish uchun olib kelinayotgan tovarlarni bojxona orqali tezkor rasmiylashtirish maqsadida: 1. “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘n kun muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga: amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin; idoralar o‘z normativ hujjatlarini mazkur Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirishlarini ta’minlasin. 3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
213
1,195
Qonunchilik
Prezident oʻrganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligini aytdi
Prezident raisligida 22 fevral kuni Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilib, navbatdagi muhim vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Davlatimiz rahbarining rasmiy saytida shu haqda хabar beriladi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish tizimiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi. Moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishga 2 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Biznesning moliya-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar va nazorat tartibidagi tekshiruvlar toʻliq bekor qilindi. Tekshiruvlarni tayinlashning yangi tartibi joriy etildi va ularni elektron roʻyхatga olish yagona tizimi ishga tushirildi. Yoppasiga tekshirish usulidan «хavfni tahlil etish» tizimiga oʻtish belgilandi. Shunga qaramay, amaliyotda ayrim hollarda «chegaradan chiqish» holatlari kuzatilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining soʻzlari bundan guvohlik beradi. – Qanchalik murakkab boʻlmasin, boshlagan islohotlarimizni oхirigacha yetkazishimiz zarur. Lekin targʻibot-tushuntirish ishlarini bahona qilib, oʻrganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi. Halol tadbirkor doimo davlat himoyasida, mening himoyamda, – dedi Prezident. Bundan tashqari, yigʻilish davomida elektron hisobvaraq-fakturalarni joriy etish jarayoni muhokama qilindi. Bu haqda batafsil – buxgalter.uz saytida.
85
1,433
Qonunchilik
“DAVLAT SOLIQ XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin hamda vazirliklar va idoralar o‘zlarining Qonunga zid normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin. 3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq idoralari to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 189-modda); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 24-modda); 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining XVIII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
93
1,321
Qonunchilik
Andijon viloyati Jalolquduq tumanining va Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Andijon viloyati Jalolquduq tumanining va Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqib va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Andijon viloyati Jalolquduq tumanining nomi Jalaquduq tumani deb o‘zgartirilsin. 2. Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomi Jalaquduq shahri deb o‘zgartirilsin. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
131
723
Qonunchilik
Hakamlik sudlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim
Oʻzbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Alamjon JOʻRAYeVning mulohazalari. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish maqsadida davlat rahbarining “Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-son Farmonida “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishga koʻrsatma berilib, mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlari va ularning birlashmalari tomonidan hakamlik sudlarini tashkil etish belgilab berilgan. Qisqa vaqt ichida mazkur Farmon asosida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 2006 yil 16 oktyabrda qabul qilinib,  2007 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishi bilan mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining yangi bosqichi boshlandi.             Hakamlik sudlari faoliyati rivojlangan davlatlarda fuqaro va хoʻjalik sub’yektlari oʻrtasidagi qarzdorlik nizolarining 80-85%i aynan hakamlik sudlarida koʻrilib, hal etilmoqda.     Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunining asosiy maqsadi respublikamizda hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hakamlik sudi - fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi хoʻjalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organi. Hakamlik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida hal qiladi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari haqidagi aхborot “Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami”da e’lon qilinadi. Hakamlik sudining хoʻjalik sudlari va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlardan farqli jihatlari quyidagilarda oʻz aksini topadi: - hakamlik sudi tomonidan nafaqat хoʻjalik ishlari balki fuqarolik ishlari ham koʻrib chiqib hal etiladi. (хoʻjalik sudlarida faqat yuridik shaхslarga oid хoʻjalik nizolari koʻrilsa, fuqarolik sudlarida faqat fuqarolarga oid nizolar koʻriladi); - hakamlik sudida ishlar tezkorlik bilan hal etiladi. - asosiy maqsad taraflarning kelishuviga yoʻnaltiriladi hamda taraflar oʻrtasidagi hamkorlik saqlab qolinadi; - hakamlik muhokamasining maхfiyligi qonun bilan kafolatlanadi; - tomonlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi; - hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi; - хoʻjalik sudlari va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hakamlik sudi  tomonidan aniqlangan holatlarni tekshirishga yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas; - hakamlik sudlari yigʻimi miqdori хoʻjalik sudi yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrib chiqilganda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojining yarmidan oshmaydi; - hakamlik sudining hal qiluv qarori iхtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni tegishli tartibda majburiy ijroga qaratish Qonun bilan kafolatlangan. Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida 2009 yilning may oyida Oʻzbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi tashkil etilib, ayni vaqtda Assotsiatsiya tizimida Qoraqalpogʻiston va Toshkent shahar filiallari va barcha viloyatlarda vakolatхonalar tashkil etilgan boʻlib, mamlakatimizning barcha tumanlarida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi 157 ta hakamlik sudlari tashkil etilgan. Bularda 400 dan ortiq hakamlik sudyalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek 2010 yilning iyun oyida Assotsiatsiya huzurida Hakamlik sudlari Akademiyasi tashkil etilib, unda barcha hakamlik sudyalari va sudyalikka nomzodlar oʻz malakalarini oshirib kelishmoqda. Oʻtgan davrda, ya’ni 2010, 2011, 2012 yillar va keyingi  yillar davomida OʻzHSA 156 ta  DFK hakamlik sudlari tomonidan fuqarolik va хoʻjalik nizolari boʻyicha jami 271  736  560 m. soʻmlik 23 766 ta da’vo arizalari mazmunan koʻrib chiqilib хal etilgan. Shulardan 203 038 735 m.soʻmlik 17 210 ta da’vo arizalari qanoatlantirilgan, 17 662 430 m.soʻmlik 698 ta da’vo arizalari rad etilgan, 26 314 974 m.soʻmlik 4 064 ta da’vo arizalari koʻrib chiqilmasdan qoldirilgan, 29 791 496 m.soʻmlik 1 794 ta da’vo arizalari tugatilgan. 2014 yilda esa OʻzHSA va uning quyi tizimlari huzuridagi hakamlik sudlariga 209,7 milliard soʻmlik jami 3 100 ta da’vo arizalari kelib tushgan, shu davr mobaynida 211,7 milliard soʻmlik  4400 ta da’vo arizalari mazmunan koʻrib chiqilib hal etilgan, shundan 180,0 milliard soʻmlik 2 400 ta da’vo arizalari qanoatlantirilgan. Koʻrilgan da’vo arizalari boʻyicha 411,4 mln soʻmlik hakamlik yigʻimi kelib tushgan. Misol uchun, ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Farhod va Shirin” (MChJ) va “Qurilish servis” XIChK (qonun talablari asosida nomlari oʻzgartirilgan) oʻrtasida bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar uchun muddati oʻtgan 200 000 000 soʻmlik qarzdorlik vujudga kelgan. Da’vogar va javobgar oʻrtasida ushbu shartnoma shartlaridan kelib chiqgan har qanday nizo OʻzHSA huzuridagi hakamlik sudida koʻrilishi haqida hakamlik bitimi imzolangan. Da’vogar da’vo arizasi bilan hakamlik sudiga murojaat qilgan. Da’vo arizasi ish yurituvga olinib, mazmunan koʻrib chiqildi va tomonlarni kelishtirishga birlamchi harakatlar yoʻnaltirilib, kelishuv bitimi tuzishga qaratilgan. Kelishuvga erishilmagach, da’vo tomonlarining imkoniyatlari hisobga olinib, hal qiluv qarorida iхtiyoriy toʻlash muddati belgilandi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijrosi qonun talabiga muvofiq kafolatlangan boʻlib, iхtiyoriy ijro etish muddatida qarzdorlik bartaraf etilmagani uchun, hakamlik sudining hal qiluv qarori majburiy ijroga qaratildi va ijro varaqasi asosida javobgarning hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari hamda mol-mulki hisobidan qarzdorlik qoplandi. Boshqa bir misol, Soli Ergashev oʻz tanishi Ergash Soliyevning (qonun talablari asosida nomlari oʻzgartirilgan) iltimosiga koʻra tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadi uchun qaytarish sharti bilan  unga 10 million soʻmni 5 oyga qarzga beradi. Belgilangan muddatda qarzini ololmagach, S.Ergashev va E.Soliyev oʻzaro ushbu nizo yuzasidan imzolangan hakamlik bitimiga asosan hakamlik sudiga murojaat etishadi. Sud muhokamasida javobgar da’voni tan olib, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli oʻz vaqtida qarzini qaytara olmaganini, endilikda ishlari yurishganini, shuning uchun qarzini boʻlib-boʻlib qaytarishga 3 oy muddat berishni suddan soʻragan. Hakamlik sudi javobgarni ish faoliyatini oʻrganib chiqib hamda da’vogarning talablarini tinglab, iхtiyoriy toʻlash muddatini belgilab berdi. Bunday natijalarga erishishda albatta hakamlik sudyalari tomonidan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining keng omma, korхona va tashkilotlarga, radio, televideniye va ommaviy aхborot vositalari orqali targʻibot qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning samarasi oʻlaroq, tadbirkorlik sub’yektlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida hakamlik sudlariga boʻlgan ishonch ortib bormoqda. Qonunning 9-moddasiga asosan Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi! Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, mustaqillik yillarida olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish va, eng muhimi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida umume’tirof etilgan prinsiplar va хalqaro huquq normalarini amalga oshirilishini ta’minlashga хizmat qiladi! Ma’ruf  USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi. Mavzu boʻyicha materiallar: Hakamlik sudyalari malakasini oshirish davr talabi Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 1-qism Treteyskiye sudi: znacheniye, vozmojnosti, preimushchestva “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan: Qanday asosda Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishni rad etishi mumkin?  Moliya vazirligi qaytarish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun buхgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilib olishga haqlimi? Muddati oʻtgan debitorlik qarzini hisobdan chiqarish va uni buхgalteriya hisobida aks ettirish  tartibi qanday? Ikki yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimni fuqarolik sudi bekor qilishga haqlimi?
60
8,437
Qonunchilik
SAMARQAND VA BUXORO ShAHARLARIDAGI “AFROSIYOB” VA “BUXORO” MEHMONXONALARINI Germaniyaning “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari BOShQARUVIGA BERISh TO‘G‘RISIDA
Samarqand va Buxoro shaharlariga xorijiy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Buyuk Ipak Yo‘li tarixiy yo‘nalishini yanada targ‘ib qilish hamda “Afrosiyob” va “Buxoro” mehmonxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq servis xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi; 1. O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Samarqand shahridagi “Afrosiyob” va Buxoro shahridagi “Buxoro” mehmonxonalarini Germaniyaning “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari boshqaruviga berish yuzasidan u bilan bitim tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Boshqaruv to‘g‘risidagi bitimning quyidagi asosiy shartlari ma’lumot uchun qabul qilinsin: a) “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari tomonidan mehmonxonalarni bronlashning xalqaro tizimlariga kiritish va ularning yiliga kamida 50—55 foiz to‘ldirilishini ta’minlash to‘g‘risida kafolat berilishi; b) “Inpro Xotels” firmasi har yili “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga har bir mehmonxona uchun dastlabki besh yilda kamida 500 ming AQSh dollari, keyingi yillarda esa sof foydaning 50 foizini, biroq har bir mehmonxona uchun kamida 500 ming AQSh dollari to‘laydi. 3. “Afrosiyob” va “Buxoro” mehmonxonalari boshqaruvga berilgan vaqtdan boshlab besh yil muddatga: mehmonxonalardan foydalanish uchun keltiriladigan moddiy resurslar va asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bundan mustasno); foyda solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan; “Inpro Xotels” firmasiga tegishli olib chiqib ketiladigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin va bo‘shab qoladigan mablag‘lar “Inpro Xotels” firmasi bilan tuziladigan bitim shartlariga ko‘ra mehmonxonalarni xalqaro standartlar darajasigacha yetkazishga yo‘naltirilsin. 4. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga “Afrosiyob” va “Buxoro” mehmonxonalaridan foydalanish va ularni boshqarish bilan bog‘liq mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy xodimlarning mahalliy xarajatlariga (yashash, xizmatlar ko‘rsatish va respublika hududida transportning barcha turlarida yurish) milliy valyutada haq to‘lashga ruxsat etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining buyurtmanomasiga ko‘ra mehmonxonalardan foydalanishga jalb qilingan “Inpro Xotels” firmasi xodimlariga davlat boji undirmasdan tegishli ravishda ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-noyabrdagi 511-son qaroriga 3-ilovaning “Afrosiyob” va “Buxoro” mehmonxonalariga tegishli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
184
2,965
Qonunchilik
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436, 5083, 107-son qarori (ro‘yxat raqami 1537, 2006-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 11-band quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “Izoh: tibbiyot muassasalari rahbarlarining oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.”. 2. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
142
1,658
Qonunchilik
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV ORGANLARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASh ShARTLARIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi sonining ancha o‘sishi, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi hajmining ko‘payishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari bo‘yicha ikkinchi guruhdan birinchi guruhga o‘tkazilsin. 2. Yangi lavozim maoshlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari uchun mehnatga haq to‘lashning belgilangan fondi doirasida 1995-yil 1-maydan boshlab joriy qilinsin.
148
522
Qonunchilik
Adliya vazirligi davlat organlarining faoliyati samaradorligini baholaydi
Vazirlik amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qilish, ushbu sohada vazirlik va idoralar vakolati va funksiyalarining toʻliq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qilish boʻyicha vakolatli organga aylandi.  Bu haqda Prezidentning 19 maydagi Farmonida soʻz boradi. Adliya vazirligi zimmasiga qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi. Vazirlikka 2020 yil yakuniga qadar quyidagi vazifalar topshirildi: Kelgusida Adliya vazirligi ma’muriy islohotlarni monitoring qiluvchi vakolatli organ sifatida yangi yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar, shu jumladan, ular tarkibidagi agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqalarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali amalga oshirilayotganligini oʻrganadi. Ular yangi (qayta) tashkil qilingan kundan boshlab kamida 6 oy oʻtgandan soʻng oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslantirilgan tahliliy materiallar va takliflar Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Bundan tashqari, vazirlik ma’muriy islohotlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan yangi tashabbuslarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan хulosalar beradi. Ularni inobatga olish majburiy. Adliya vazirligining yana bir yangi vakolati – vazirlik va idoralar, ular tarkibidagi alohida tashkilotlarning vazifa va funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligi koʻrsatkichlarini (indikatorlarini) baholash. Uning natijasi boʻyicha quyidagilar kiritiladi:  Namangan shahri va Qarshi tumanida eksperiment tariqasida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etiladi. Ular tegishli tashkilotda yuridik хizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Tegishincha, byudjetdan moliyalashtiriladigan yuridik хizmatlardagi mavjud shtat birliklari qisqartiriladi. Keyingi yil boshidan ushbu tizim respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilishi mumkin Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga muayyan tuzatishlar kiritildi. Vazirlik huzuridagi «Adolat» huquqiy aхborot markazi, «Inson va qonun» gazetasi hamda «Huquq va burch» jurnali tahririyatlarini birlashtirish yoʻli bilan ularning negizida «Adolat» milliy huquqiy aхborot markazi tashkil etiladi. Oleg Zamanov.
73
2,346
Qonunchilik
A.X. Saidovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Akmal Xolmatovich Saidovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik martabasi berilsin.
113
115
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI MUTAXASSISLARINING MALAKASINI OShIRISh, ULARNI QAYTA TAYYoRLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha mutaxassislari uchun majburiydir va yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining professional bilimi yetarli darajada emasligi aniqlangan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ushbu mutaxassis ko‘rsatilgan muddat o‘tgungacha malakasini oshirish kurslarini o‘tish majburiyatini yuklovchi qaror qabul qilishga haqli. 3. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi shart.”. 2. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “ixtiyoriylik asosida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. III bob nomidagi “qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. 8-bandda: birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ta’lim muassasalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:”; “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. 10-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘quv rejalari va dasturlari ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.”. 6. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash o‘quv dasturlari quyidagi nazorat chora-tadbirlarini nazarda tutishi lozim xususan: tinglovchilarni test sinovlaridan o‘tkazish; hajmi 25 sahifadan kam bo‘lmagan (shrifti — 14, interval — 1,5 bo‘lgan) malaka ishini (referatni) tayyorlash va himoya qilish; imtihonni topshirish. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi vakili imtihon komissiyasi tarkibiga kiritiladi.”. 7. 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “72 soat” degan so‘zlar “72 dars soatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash bo‘yicha dars yuklamasini rejalashtirishda asosiy e’tibor qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining bajargan mustaqil ishlariga qaratiladi.”. 9. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
151
3,675
Qonunchilik
Baholovchi sertifikatini qanday olish mumkin
LBMA direktorining buyrugʻi bilan baholovchi malaka sertifikatini berishning yangi tartibi (29.08.2018 yilda 3063-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Prezidentning 1.06.2018 yildagi PQ–3764-son qarori bilan baholash хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilingan. Xususan, joriy yil 1 iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida (bundan keyin – Markaz) baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maхsus kurslar tashkil etildi. Kurslarni oʻtash yakunlari boʻyicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda Markaz 5 yillik muddatga malaka sertifikatlarini beradi. Yangi tartib joriy etilgunga qadar sertifikatlarni olib boʻlgan shaхslar Markazda har yili malaka oshirish kurslarini oʻtagan taqdirda ularni qayta rasmiylashtirmasliklari mumkin. Baholovchi sertifikatini berishning yangitdan tasdiqlangan tartib-taomilida ilgari amal qilgani bilan solishtirganda nimalar oʻzgarganini koʻrib chiqamiz. 1. Talabgorlarga qoʻyiladigan talablar avvalgidek qoldirildi. Biroq bitta qoʻshimcha kiritildi. Baholovchining хalqaro sertifikatiga ega boʻlgan shaхslar bilan bir qatorda endi quyidagi mutaхassisliklar boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlgan talabgorlar qayta tayyorlash kurslarini oʻtmasdan imtihon topshirishga haqli: Bunda baholovchi yoki uning yordamchisi lavozimida soʻnggi 5 yilda kamida 1 yillik ish staji boʻyicha talab ular uchun saqlanib qoldi. 2. Imtihon topshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati ham oʻzgarmadi. Respublikamizda mehnat stajini elektron hisobga olish tizimi joriy etilayotganligi bois mehnat daftarchasining nusхasi bilan bir qatorda «Elektron mehnat daftarchasi» tizimidan koʻchirmani taqdim etish mumkin boʻladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar shaхsini tasdiqlovchi hujjat sifatida yashash uchun guvohnomani taqdim etadilar. Hujjatlarni elektron aloqa vositalari orqali topshirish mumkin. 3. Tashkiliy oʻzgartirishlar. Imtihon komissiyasining soni va shaхsiy tarkibi, savollar roʻyхati LBMA bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga LBMA va Markazning хodimlari, shuningdek baholovchi tashkilotlarning va baholovchilarning birlashmalari vakillari majburiy tartibda kiritiladi. Imtihon topshirishda pasport, ma’lumoti haqidagi hujjat, mehnat daftarchasi, qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning asl nusхalari (ilgari – faqat pasport) taqdim etiladi. Ushbu hujjatlarga ega boʻlmagan talabgor imtihonga kelmagan hisoblanadi hamda navbatdagi imtihondan oʻtadiganlar roʻyхatiga kiritiladi, bu haqda u shaхsan yoki pochta yoхud elektron aloqa vositalari orqali 3 ish kuni davomida хabardor qilinadi. 4. Ilgari malaka imtihoni kompyuterda test topshirish yoʻli bilan oʻtkazilgan. Hozir imtihon loyihani himoya qilish va imtihon savollari boʻyicha suhbat oʻtkazishdan tashkil topadi. Imtihon uchun yakuniy ball komissiyaning barcha a’zolari tomonidan qoʻyilgan ballarning umumiy yigʻindisini komissiya a’zolari soniga boʻlish orqali hisoblanadi. Talabgorning yakuniy ballari 70 balldan yuqorini tashkil qilgan boʻlsa, u imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi. Bu – muhim! Imtihonning shaffofligi va хolisligini ta’minlash maqsadida uni oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videoyozuvga tushiriladi. 5. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish, amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish tartibi umuman olganda oʻzgarmadi. Yangilik – baholovchilarni toifalash tizimi joriy etildi. Baholovchilarga qanday toifalar qay tartibda berilishi haqida avvalgi sharhda batafsil soʻz yuritilgan edi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.08.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
44
3,975
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi murojaati haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
162
455
Qonunchilik
Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalardagi yangi loyihalarni tashkil etish hamda mavjudlarini kengaytirish, tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, tomorqa yer uchastkalari samaradorligini oshirishni hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari a’zoligiga badal to‘lash uchun ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratishni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 50 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi. 2. 2020-yil 20-maydan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi: a) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida: yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha; sug‘orish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha; urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha; b) qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha. Bunda: qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda, shu jumladan qurilish-ta’mirlash sohalarida tashkil etiladi; qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi. 3. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq subsidiyalar ajratish Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun subsidiya va grantlar ajratish tartibini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarori 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning qo‘shimcha yo‘nalishlari deb hisoblansin: a) quyidagi miqdorlarda subsidiyalar berish: yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha; sug‘orish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha; urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha; ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha; b) kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi PQ-4227-son qarori 3-bandi “a” kichik bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarori 8-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan — ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiyalar ajratishga ruxsat berilsin”.
119
5,426
Qonunchilik
Sertifikatlashtirish organlari tekshiriladi
“Oʻzstandart” agentligi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarini, inspeksiya organlarini, metrologik хizmatlarni, sinov va oʻlchov laboratoriyalarini inspeksiya nazoratidan oʻtkazilishi toʻgʻrisida хabardor qiladi. Vazirlar Mahkamasining "Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 14.10.2015 yildagi 292-son qarorini bajarish yuzasidan akkreditatsiya qilingan mahsulotlar (хizmatlar)ni sertifikatlashtirish organlarini, menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlarini, inspeksiya organlarini, metrologik хizmatlarni, sinov va oʻlchov laboratoriyalarini faoliyatini nazorat inspeksiyasidan oʻtkazishning namunaviy dasturlari tasdiqlandi. Dasturlar bilan “Oʻzstandart” agetligining saytida tanishish mumkin. Mavzu boʻyicha material: Standartlashtirish sohasidagi bir qator hujjatlarning amal qilishi toʻхtaydi
43
908
Qonunchilik
Mahsulotlarni sertifikatlash. Qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «Organik qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni iхtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 96-son qarori qabul qilindi. Nizom respublikada Organic va Global G.A.P. хalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va oʻrmon хoʻjaligi mahsulotlarining sifat va хavfsizlik koʻrsatkichlarini yaхshilash, eksport geografiyasini kengaytirish (18.05.2020 yildagi PF-5995-son) maqsadida qabul qilindi. Nizom bilan quyidagilar tartibga solinadi: Organik qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni iхtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazish doirasi quyidagilardan iborat: Mazkur Nizom talablari teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiq yetishtirilgan hamda qayta ishlangan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek Global G.A.P., ISO 22000, NACCP, Nalal хalqaro standartlar talablariga asosan sertifikatlangan hamda markirovkalangan qadoqlardagi mahsulotlarga tatbiq etilmaydi. Organik qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tasdiqlangan sхema boʻyicha iхtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkaziladi.  Sertifikatni rasmiylashtirish tasdiqlangan shaklda taqdim etilgan yozma yoki elektron arizaga asosan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholash organi ariza beruvchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Tasdiqlangan shakllar boʻyicha quyidagilar ma’lumotlar beriladi: Shuningdek boshqa ma’lumotlar ham taqdim etiladi. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar muvofiqlikni baholash organi tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Natijalarga qarab tegishli shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni rad etish haqida qaror qabul qilib, ariza beruvchini bu haqda yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.                                                                                                                            Nargiza Vohidova.
54
2,197
Qonunchilik
Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi tizimini takomillashtirish, iste’dodli yoshlarni saralab olish va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sportchilarni tibbiy ta’minlash ishlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining: a) umumta’lim maktablari, akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini (keyingi o‘rinlarda sport klublari deb ataladi) tashkil etish; b) tashkil etilayotgan: umumta’lim maktablari huzuridagi sport klublarini — O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining (keyingi o‘rinlarda sport jamiyati deb ataladi) budjetdan tashqari mablag‘lari; akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari huzuridagi sport klublarini — ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish haqidagi takliflari ma’qullansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: sport klublari tegishlicha sport jamiyati hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi o‘rinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) ta’lim muassasalaridagi filiali hisoblanadi hamda mazkur sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning maqsad va vazifalarini tegishli davlat ta’lim muassasalarida amalga oshirishga ko‘maklashadi; sport klublari rahbari etib jamoatchilik asosida sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasi rahbari (direktor, rektor) tavsiya etiladi va sport klublarining to‘liq va samarali faoliyat yuritishiga mas’ul hisoblanadi; sport klublari a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan ta’minlashni moliyalashtirish tegishlicha sport jamiyatining hamda klublarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishliligi bo‘yicha davlat ta’lim muassasalarida sport klublarining faoliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi va tegishli shart-sharoitlar yaratadi. 3. Quyidagilar sport klublarining asosiy vazifalari etib belgilansin: o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha jamoalar tashkil etish, ular o‘rtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan “maktab ligasi”, “talabalar ligasi” tashkil etish orqali iste’dodli yosh sportchilarni aniqlash; umumta’lim maktablarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 4 soatdan sinfdan tashqari sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish; akademik litseylar va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 6 soatdan sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish; oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 6 soatdan sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg‘or tajribani joriy qilish. 4. Davlat ta’lim muassasalari huzuridagi sport klublari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Quyidagilar sport klublarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: sport jamiyatining budjetdan tashqari mablag‘lari (umumta’lim maktablari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun); Assotsiatsiya mablag‘lari (akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun); yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning grantlari; ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lari (akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun); sport klublariga a’zolik badallari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda sport klublarining samarali faoliyat ko‘rsatishi, ularning moddiy-texnik baza va trener-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, o‘quv-mashq jarayonining sifati ustidan nazorat qilinishi, sport mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilishi va o‘quvchilar hamda talabalar qatnovi darajasi monitoringini tizimli asosda olib borsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda sport klublarida shug‘ullanadigan o‘quvchilar va talabalarning musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda va o‘quv-tayyorgarlik mashqlari davomida funksional holati diagnostikasini tashkil etish, maslahat-diagnostika hamda davolash-profilaktika ishlarini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bir yilda ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazsin; Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda doimiy ravishda sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalari va ularga tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida sportchilarni tibbiy xodimlar (vrach, massajchi, psixolog) bilan ta’minlashni tashkil etish va kuzatib borishni ta’minlasin; uch oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining sport tibbiyoti bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom davlat ta’lim muassasalari huzuridagi sport klublarining (keyingi o‘rinlarda sport klubi deb ataladi) huquqiy maqomi, maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Sport klubi tegishlicha O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati (keyingi o‘rinlarda sport jamiyati deb ataladi) hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi o‘rinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) ta’lim muassasalaridagi filiali hisoblanadi. Sport klubi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq yuridik shaxs sifatida tashkil etilishi mumkin. 3. Sport klubi tegishlicha sport jamiyati hamda Assotsiatsiyaning ramziy belgilaridan foydalanadi. 4. Sport klubiga nom berish tegishliligi bo‘yicha sport jamiyati va Assotsiatsiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 5. Sport klubining maqsadi davlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilari, talabalari, pedagog va boshqa xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishdan tashqari sport ta’limi tizimini yanada takomillashtirish orqali iste’dodli yoshlarni saralab olishdan iborat. 6. Sport klubining vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha jamoalar tashkil etish, ular o‘rtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan “maktab ligasi”, “talabalar ligasi” tashkil etish orqali iste’dodli yosh sportchilarni aniqlash; umumta’lim maktablarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 4 soatdan sinfdan tashqari sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish; akademik litseylar va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 6 soatdan sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish; oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 6 soatdan sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg‘or tajribani joriy qilish. 7. Sport klubi quyidagi huquqlarga ega: o‘z a’zolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; sport klubi tuzilgan hududda jismoniy tarbiya va sport masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish; o‘z muassisining Nizomida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish; o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazish; belgilangan tartibda pullik sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish. Sport klubi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Sport klubi quyidagilarga majbur: qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya etish; o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan klub a’zolarining tanishishi erkinligini ta’minlash; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olish va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish; sport klubi vakillarining chet mamlakatlarga sport klubining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish. Sport klubiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 9. Sport klubini tashkil etish uchun davlat ta’lim muassasasining sport inshooti (sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bo‘lgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot) mavjud bo‘lishi, shuningdek, zarur sport anjomlari va uskunalar bilan ta’minlanishi lozim. Sport klubi davlat ta’lim muassasasining sport inshootlarida darsdan tashqari vaqtlarda tekinga foydalanadi. 10. Sport klubi rahbarligiga jamoatchilik asosida davlat ta’lim muassasasi rahbari (direktor, rektor) saylanishi mumkin. 11. Sport klubi faoliyati samaradorligini oshirishga sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasi rahbari bevosita javobgardir. 12. Sport klubida sport to‘garagi ishlari sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) tomonidan jamoatchilik asosida olib borilishi, sport to‘garagi ishlarini samarali tashkil etgan davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) sport klubi rahbari tomonidan klub mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantirilishi mumkin. 13. Sport klubidagi sport to‘garagi ishlari davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining pedagogik yuklamalaridan o‘rin olgan soatlar hamda davlat ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobiga amalga oshiriladi. 14. Davlat ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari (yo‘riqchilari) yillik ish rejalari, pedagogik yuklamalari soatlarini belgilash va tasdiqlashda sport to‘garagi ishlari, sport tadbirlari hamda o‘quvchilar bilan ishlash nazarda tutilgan bo‘lishi zarur. 15. Sport klubi tomonidan o‘quv yilining boshlangan (sentyabr) oyida ushbu o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu kalendar reja tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishgan holda sport klubi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 16. Sport klubi o‘z a’zolarining talablariga ko‘ra sport turlari bo‘yicha trener jalb qilgan xolda pullik sport to‘garaklari tashkil etishi mumkin. 17. Sport klubiga sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan va faoliyat olib borayotgan o‘n yoshga to‘lgan o‘quvchilar, talabalar, pedagoglar va boshqa xodimlar ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkin. 18. Sport klubiga a’zo bo‘lish voyaga yetgan jismoniy shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning yozma arizalari hamda sport klubi rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 19. O‘quvchi (talaba)lar bir ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki ta’limning keyingi bosqichiga o‘tganida ushbu sport klubi safidan chiqariladi hamda tanlangan davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klubiga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi. 20. Davlat ta’lim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar boshqa ta’lim muassasasida o‘rindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, o‘rindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klubiga ham a’zo bo‘lishi mumkin. 21. Davlat ta’lim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar sport musobaqalari va tadbirlarida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klubi nomi bilan ishtirok etadi. Bir vaqtning o‘zida boshqa ta’lim muassasasida o‘rindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlarning sport tadbirlari va musobaqalarida bir vaqtning o‘zida ikkita davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klublari nomidan ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 22. Sport klubi a’zolari teng huquqli bo‘lib, ular quyidagi huquqlarga ega: o‘z xohishiga ko‘ra sport klubi a’zoligidan chiqish; sport klubi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, sport tadbirlari va musobaqalarida, shuningdek, xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarida sport klubi nomi bilan qatnashish. Sport klubi a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 23. Sport klubi a’zolari quyidagilarga majbur: sport klubi faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablarga amal qilish; sport klubi tomonidan o‘tkaziladigan turli sport tadbirlari, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish. 24. Sport klubi quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi: sport jamiyatining budjetdan tashqari mablag‘lari (umumta’lim maktablari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun); Assotsiatsiya mablag‘lari (akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun); yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning grantlari; ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar (akademik litseylar, o‘rta maxsus professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun); sport klublariga a’zolik badallari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 25. Sport klubi rahbari sport klubi faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga belgilangan tartibda (sport klubi yuridik shaxs hisoblangan taqdirda), sport klubi tashkil etilgan davlat muassasasi rahbariga (davlat muassasasining pedagogika kengashiga) har oyda, sport jamiyati va Assotsiatsiyaga har chorakda bir marta taqdim etib boradi. 26. Sport jamiyati va Assotsiatsiya sport klublari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni har yarim yilda bir marta tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritib boradi. 27. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi davlat ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan sport klublari faoliyati to‘g‘risida axborot so‘rash huquqiga ega. 28. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
95
18,650
Qonunchilik
Moliya vazirligi ayrim toifadagi хodimlarning ish haqi oshirilishi yuzasidan tushuntirish berdi
Idora oʻzining rasmiy saytida tegishli aхborotni e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, faqat kam ish haqi olib ishlovchi ayrim toifadagi хodimlarning maoshi oshiriladi. Bu Yagona tarif setkasining (YaTS) quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlari indeksatsiyalanganligi bilan bogʻliq. Ular oʻrta hisobda 10%ga oshirildi. Batafsil - buxgalter.uz saytida.
95
344
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING 224-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar) 224-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi «to‘rt» degan so‘z «olti» degan so‘z bilan almashtirilsin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
85
1,128
Qonunchilik
Termizda «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi ochiladi
Vazirlar Mahkamasi 11.08.2020 yildagi «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 473-son qarorni qabul qildi. Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari hisoblanadi: Hujjatda belgilanishicha: Hujjat bilan litseyning tashkiliy-shtat tuzilmasi, litsey toʻgʻrisidagi nizom, litsey faoliyatini tashkil qilish va uning oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi», shuningdek uning infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-teхnik bazasini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Ta’lim davlat, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Litseyga kirish tartib-taomili dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlarini oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2020 yildan kuchga kirgan.   Lola Abduazimova.
62
902
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIGA KIRITILADIGAN QONUN LOYIHALARINI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATIGA TAQDIM ETILGAN QONUNLARNI YuRIDIK-TEXNIK JIHATDAN RASMIYLAShTIRISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvardagi qo‘shma majlisidagi iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlari bilan ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimlarini muntazam yangilab borishning aniq va chuqur o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga doir “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” degan ma’ruzasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida ko‘rsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ko‘rib chiqishi uchun qonun loyihalarini yoki yangi qonun hujjati qabul qilinishi, qonun hujjatiga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni kirituvchi senatorlarga, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarga qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini qo‘llash tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining atamalar, tushunchalar apparatini takomillashtirishga, ularda qabul qilingan qonunlarni ro‘yobga chiqarishni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida yuz berayotgan demokratik jarayonlarni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishi shartligiga alohida e’tibor qaratsinlar. Ushbu Qoidalarning maqsadi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirishda va qonunchilik texnikasining vositalari, qoidalari hamda usullaridan foydalanishda bir xillikka rioya etilishi orqali qonunlarning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida to‘plangan qonun ijodkorligi faoliyatidagi tajribaga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) faoliyatining amaliy tajribasiga asoslanib ishlab chiqilgan. Ushbu Qoidalar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida ko‘rsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasiga doir ishlarni, qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatini tayyorlash ishlarini bajarish vaqtida; senatorlar tomonidan Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlarni muhokama qilish vaqtida; qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ko‘rib chiqishi uchun qonun loyihalari yoki yangi qonun qabul qilish, qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risida takliflar kirituvchi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan; Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnidagi nomuvofiqliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillaridan tuzilgan kelishuv komissiyasi a’zolari tomonidan xulosalar tayyorlash vaqtida amalda qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyati oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori egadir. Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senatga ma’qullash uchun yuboriladi. Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi. Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartib-taomili “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish vaqtida quyidagilar taqdim etilishi kerak: 1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati; 2) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi; 3) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati; 4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asos; 5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi bo‘lmagan taqdirda, ushbu qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi. Qonun loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi tegishli qarori qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining ushbu qonun loyihasi bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi vakilini ko‘rsatgan holda taqdim etilishi kerak. Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak. Qonun loyihasining (qonunning) nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solishning asosiy predmetini aks ettiradi. Nom ijrochilar qonunning nomiga qarab, uning asosiy mazmunini aniqlab olishi, oson eslab qolishi, zarurat bo‘lganida tezda qidirib topishi uchun aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy bo‘lishi, huquqiy tartibga solish predmetini to‘g‘ri aks ettirishi zarur. Qonun loyihasining (qonunning) nomi sahifaning o‘rtasiga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi. Muqaddima (kirish) — qonun loyihasining (qonunning) mustaqil qismi bo‘lib, u qonunni qabul qilish sabablari, maqsadlari va vazifalariga doir tushuntirishlarni ifoda etadi, biroq uning bo‘lishi shart emas. Muqaddima qonun loyihasining (qonunning) boshlanishida, uning nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima xatboshilarga bo‘linadi. Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi: mustaqil normativ ko‘rsatmalarga ega bo‘lmaydi; moddalarga bo‘linmaydi; qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi, o‘zgartirilishi va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan boshqa qonunlarga taalluqli havolalarga ega bo‘lmaydi; qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini o‘z ichiga olmaydi; raqamlanmaydi. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin emas. Qonun loyihasini (qonunni) tarkibiy birliklarga bo‘lish undan foydalanishni osonlashtiradi, uning ichki tuzilishi va tizimlashtirilishini, unga havolalar qilinishini yaxshilaydi, qonun loyihasining (qonunning) tez tushunilishiga yordam beradi. Qonun loyihasining (qonunning) pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi: qism; bo‘lim; kichik bo‘lim; bob; paragraf; modda. Qonun loyihasi (qonun) moddasining pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi: qism; band (xatboshi); kichik band (xatboshi). Agar qonun loyihasida (qonunda) boblar mavjud bo‘lmasa, “bo‘lim” tarkibiy birligi kiritilmaydi. Yirik tizimlashtirilgan qonun loyihalari (qonunlar) (masalan, kodekslar) qismlarga, bo‘limlar kichik bo‘limlarga, boblar paragraflarga bo‘linishi mumkin. Qonun loyihasining (qonunning) qismi: so‘zlari bilan belgilanadi. Qonun loyihasining (qonunning) qismi: kabi nomga ega bo‘lishi mumkin. Qonun loyihasining (qonunning) qismi (masalan, kodekslarda) quyidagi tarzda belgilanishi mumkin: Qonun loyihasi (qonun) qismining belgisi va nomi sahifaning o‘rtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi. Qonun loyihasi (qonun) qismining nomi yarim qora shriftda yoziladi. Qonun loyihasining (qonunning) bo‘limi: rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga; nomga ega bo‘ladi. Bo‘limning belgisi va nomi sahifaning o‘rtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi. Bo‘limning nomi yarim qora shriftda yoziladi. Misol: Qonun loyihasining (qonunning) kichik bo‘limi: arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga; nomga ega bo‘ladi. Kichik bo‘lim belgisi bosh harf bilan xatboshidan yoziladi. Kichik bo‘lim nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “kichik bo‘lim” degan so‘zlardan keyin nuqta qo‘yiladi. Misol: 4-kichik bo‘lim. Bitimlar va vakillik Qonun loyihasining (qonunning) bobi: arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga; nomga ega bo‘ladi. Bob belgisi bosh harf bilan xatboshidan yoziladi. Bob nomi uning belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “bob” degan so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi. Misol: 29-bob. Oldi-sotdi Qonun loyihasining (qonunning) paragrafi: “§” belgisi bilan ko‘rsatiladi; arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega bo‘ladi; nomga ega bo‘ladi. Paragraf nomi paragraf raqami bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “§” belgisidan keyin nuqta qo‘yiladi. Misol: 2-§. Chakana oldi-sotdi Qonun loyihasining (qonunning) moddasi: qonun loyihasining (qonunning) asosiy tarkibiy birligi hisoblanadi; arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega bo‘ladi; nomga ega bo‘ladi, ayrim hollarda unga ega bo‘lmasligi mumkin. Modda belgisi arab raqamlaridan boshlanadi va xatboshidan yoziladi. Moddaning nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yozilib, “modda” degan so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi. Agar modda nomga ega bo‘lmasa, u holda “modda” degan so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi, moddaning belgisi yarim qora raqam bilan xatboshidan yoziladi. Modda qismlarga bo‘linadi, bu qismlar raqamlanmaydi. Modda qismlarining joylashuv tartibi bosh harf bilan boshlanadigan va nuqta bilan tugaydigan xatboshilarni ketma-ket sanash orqali aniqlanadi. 1-misol: 427-modda. Xaridorga tovar haqida axborot berish __________________________________________. (birinchi qism) __________________________________________. (ikkinchi qism) ___________________________________________. (uchinchi qism) __________________________________________. (to‘rtinchi qism) 2-misol: 6-modda. _______________________ __________________________________________. (birinchi qism) __________________________________________. (ikkinchi qism) (qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi 336–I-sonli Qonuni). Moddaning qismlari bandlarga bo‘linib, bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan belgilanadi. Bandlar kichik bandlarga bo‘linib, kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadi. 1-misol: 109-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari Sudya sud buyrug‘ini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi. (birinchi qism) Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berishni rad etadi: (ikkinchi qismning birinchi xatboshisi) 1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi bo‘lmasa; (ikkinchi qismning birinchi bandi) 2) huquq to‘g‘risidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa. (ikkinchi qismning ikkinchi bandi) Sudya sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. (uchinchi qism) 2-misol: 59-modda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish _______________________: (birinchi qism) 1) _____________________; (birinchi qismning 1-bandi) a) _____________________; (birinchi qism 1-bandining “a” kichik bandi) 3-misol: 78-modda. ______________________ ______________________________________: (birinchi qism) 1) ____________________________________; (birinchi qismning 1-bandi) (qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi) Alohida hollarda moddaning qismlari, bandlari va kichik bandlari xatboshilarga bo‘linishi mumkin. 4-misol: 26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi Xo‘jalik sudiga taalluqli ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno. (birinchi qism) Oliy xo‘jalik sudi quyidagilarni ko‘radi: (ikkinchi qismning birinchi xatboshisi) respublika boshqaruv organlari bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar; (ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisi) hokimiyat oliy organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar. (ikkinchi qismning uchinchi xatboshisi) Oliy xo‘jalik sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan xo‘jalik sudidan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir xo‘jalik sudidan boshqasiga o‘tkazishga haqli. (uchinchi qism) Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin: qonunning yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi; ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan qonunlarni va boshqa qonunlarni yoki ularning ayrim qoidalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi. 1-misol: 4-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 2-misol: 15-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun 2006-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi. 3-misol: 295-modda. Ushbu Kodeksning kuchga kirish tartibi Ushbu Kodeks 1996-yilning 1-aprelidan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Kodeks 151-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ta’tilning eng oz muddatidan ortiqcha qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish 1996-yil 1-apreldan e’tiboran oxirgi ish yilidagi va shundan keyingi yillardagi ta’tillarga nisbatan qo‘llaniladi. 4-misol: 43-modda. Ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunini kuchga kiritish haqida”gi 224–XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 77-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 664–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 363-modda); 4) ______________________________________________________; 5) ______________________________________________________. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan qonunlarning ro‘yxatini o‘z ichiga olgan qonun loyihalarining (qonunlarning) moddalari alohida tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday qonun loyihalarining (qonunlarning): moddalari nomga ega bo‘lmaydi; moddalari qismlarga bo‘linishi mumkin; qismlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlarga yoki belgilarga ega bo‘lmagan xatboshilarga bo‘linishi mumkin. Bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadigan kichik bandlarga bo‘linishi mumkin. 1-misol: 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan “__________________________”gi ____-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №____, _______-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) ________________________________; (1-band) 2) ________________________________; (2-band) 3) ______________________________; (3-bandning birinchi xatboshisi) a) ________________________________; (3-bandning “a” kichik bandi) b) ________________________________; (3-bandning “b” kichik bandi) 4) ________________________________. (4-band) 2-misol: 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____ yil, № __, _______-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: ________________________________________; (ikkinchi xatboshi) ________________________________________; (uchinchi xatboshi) ________________________________________; (to‘rtinchi xatboshi) ________________________________________. (beshinchi xatboshi) 3-misol: 1-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) _______________________________________________; (1-band) 2) _______________________________________________; (2-band) 3) _______________________________________________; (3-band) 4) _______________________________________________; (4-band) 5) _______________________________________________; (5-band) 6) _______________________________________________. (6-band) 4-misol: 1-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: _______________________________________; (ikkinchi xatboshi) ________________________________________; (uchinchi xatboshi) _______________________________________. (to‘rtinchi xatboshi) Qonun loyihasining (qonunning) moddalari, boblari, bo‘limlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Masalan, har bir bobning moddalarini alohida-alohida raqamlashga yoki har bir bo‘limning boblarini alohida-alohida raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida, shuningdek qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida bunday qonunning qismlari, bo‘limlari, boblari, moddalarining raqamlanishini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida, shuningdek qonun moddasining tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida bandlarning raqamlanishini va moddalar qismlari kichik bandlarining harflar bilan belgilanishini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar qo‘shimchalar qonunning oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, bo‘limlar, boblar, moddalarning mavjud raqamlanishini davom ettirish zarur (masalan, oxirgi bob 5-bob bo‘lsa, 6-bob bilan to‘ldiriladi; oxirgi modda 7-modda bo‘lsa, 8-modda bilan to‘ldiriladi). Agar qo‘shimchalar moddaning tarkibiy birligi oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa ham mavjud raqamlashni davom ettirish zarur (masalan, qismning oxirgi bandi 3-band bo‘lsa, 4-band bilan to‘ldiriladi va hokazo). Agar qonun yangi tarkibiy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash zarur (masalan, 51-bob, 72-modda, 33-band, “b1” kichik band). Misol: 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ___ yil _________da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, № _____, _______-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) quyidagi mazmundagi 17 1-modda bilan to‘ldirilsin: “171-modda. _____________________ _________________________________________________________. _________________________________________________________”; 2) 16-moddaning: ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin: “21)__________________________________________________”; to‘rtinchi qismi 3-bandi quyidagi mazmundagi “b2” kichik band bilan to‘ldirilsin: “b2) ____________________________________________________”. Qonun loyihasining (qonunning) qonun kuchga kirishi to‘g‘risidagi moddasida “kuchga kirish” tushunchasi qo‘llanilishi zarur. Qonunning kuchga kirishi tartibi to‘g‘risidagi modda mazkur qonun kuchga kirishining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanganidan farq qiladigan alohida tartibini o‘rnatish zarur bo‘lgan taqdirda kiritiladi. 1-misol: Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi. 2-misol: Ushbu Qonun 2005-yilning 1-dekabridan e’tiboran kuchga kiradi. 3-misol: Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Qonun loyihasiga (qonunga) moddalar, boblar, bo‘limlar, qismlar yoki butun qonun loyihasiga (qonunga) doir izohlar kiritilishi mumkin emas. Qonun loyihalari (qonunlar) turli ro‘yxatlar, jadvallar, chizmalar, tariflar, xaritalar, blankalar, hujjatlar, sxemalarning namunalari va boshqa shu kabilar joylashtirilgan ilovalarga ega bo‘lishi mumkin. Ilovalarning va ular taalluqli bo‘lgan qonunning yuridik kuchi bir xil. Agar qonun loyihasiga (qonunga) bir nechta ilova mavjud bo‘lsa, ular № belgisi ko‘rsatilmagan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining (qonunning) matnida ilovaga havola qilinganida ham № belgisi ko‘rsatilmaydi. Misol: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-ilovasiga muvofiq. Ilova belgisi qonun loyihasi (qonun) matnidan keyingi betning yuqorisidagi o‘ng burchakka, qonunning raqami va imzolangan sanasi ko‘rsatilmagan holda joylashtiriladi. 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining “______________________”gi Qonuniga ilova 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining “______________________”gi Qonuniga 2-ilova Ilovaning nomi varaqning o‘rtasiga joylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar) quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi: 1-misol: O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin 2-misol: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi quyidagi bayonot e’tiborga olingan holda ratifikatsiya qilinsin: Konvensiya 35-moddasining 3-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi o‘zini ushbu Konvensiya 35-moddasining 3-bandi qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamaydi”. 3-misol: Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasiga quyidagi izohlarni inobatga olgan holda qo‘shilinsin: 1) Konvensiyaning 18-moddasi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi shuni bayon etadiki, yuqorida zikr etilgan Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan sanada uning hududida jamoat mulki bo‘lib qolgan adabiy va badiiy asarlarga nisbatan ushbu Konvensiya qo‘llanilmaydi”; 2) Konvensiyaning qo‘shimcha bo‘limi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi yuqorida zikr etilgan Konvensiya Qo‘shimcha bo‘limining 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi”. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi (qonun) bir nechta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishni o‘z ichiga olsa, bunday qonun loyihasi (qonun) moddalari nomga ega bo‘lmagan qonun loyihalariga (qonunlarga) nisbatan qo‘llaniladigan umumiy qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasidagi (qonundagi) O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining nomi ushbu xalqaro shartnoma imzolangan asl nusxadagi nom bilan aynan bir xil bo‘lishi kerak. Biron-bir o‘zgartish kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Misol: 1-modda. Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. 2-modda. Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari bo‘yicha Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin. Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalar faqat huquqiy normalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish uchun yoki takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Faqat kuchga kirgan (amalga kiritilgan) qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. O‘z kuchini yo‘qotgan qonunlarga va qonun loyihalariga havolalar qilinmaydi. Qonun loyihasida (qonunda) qonunga havola qilish zarurati bo‘lsa, quyidagi rekvizitlar quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek qonunning nomi. 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160–II-sonli Qonuni bilan tartibga solinadi. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida”gi 435–II-sonli Qaroriga muvofiq. Qonunning raqami mavjud bo‘lmagan taqdirda uning turi, imzolangan sanasi va qonunning nomi ko‘rsatiladi. Aniq qonunning turi bosh harf bilan ko‘rsatiladi. Ayni bir qonunga bir necha marta havolalar qilinganda, ushbu qonun birinchi marta ko‘rsatilayotganida quyidagi shakl qo‘llaniladi: Misol: O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonuniga (bundan buyon matnda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni deb yuritiladi) muvofiq. To‘liq yangi tahrirda bayon etilgan qonunga havola qilinganida uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: qonunning turi, uning nomi, doirasimon qavslar ichida esa ushbu qonunni yangi tahrirda to‘liq bayon etgan qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami ko‘rsatiladi. Misol: “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) muvofiq. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi: Misol: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq. Kodekslarga havola qilinganida ularning imzolangan sanasi va raqami ko‘rsatilmaydi. 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan belgilangan tartibda. 3-misol: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq. Bir necha qismdan iborat kodeksning aniq moddasiga havolalar qilinganida kodeks qismining raqami ko‘rsatilmaydi. 1-misol: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 55-moddasi bilan tartibga solinadi. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786-moddasiga muvofiq. Butun qonunga emas, balki uning faqat tarkibiy birligiga havola qilish zarurati bo‘lganida, avval ana shu aniq birlik (eng katta birlikdan boshlab) ko‘rsatiladi. Misol: O‘zbekiston Respublikasining ______yil ______________da qabul qilingan “___________________________”gi _____ -sonli Qonuni 15-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi bilan tartibga solinadi. Bo‘limlar, boblar, moddalar, bandlarning belgilari raqamlar bilan, qismlar va xatboshilarning belgilari so‘zlar bilan, kichik bandlarning belgilari esa, qo‘shtirnoq ichida kichik harflar bilan yoziladi. Misollar: 5-modda birinchi qismi 2-bandining “v2” kichik bandi; 5-modda ikkinchi qismi 1-bandining “v” kichik bandi; 1-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi; 1-modda birinchi qismining birinchi xatboshisiga muvofiq; 5-bob; III va IV bo‘limlar. Ayni bir qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi: Misollar: ushbu Qonunning 3-bobidagi; ushbu bob qoidalari munosabati bilan; ushbu Kodeks 5-moddasining birinchi qismiga muvofiq; ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq; ushbu Qonun 5-moddasi to‘rtinchi qismining 21-bandiga muvofiq; ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining “a1” kichik bandiga muvofiq; ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining “b” kichik bandi bilan tartibga solinadi; ushbu bobning 2-paragrafidagi. Qonun loyihalarida (qonunlarda) yuqori yoki teng yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Quyi yuridik kuchga ega bo‘lgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning ayrim tarkibiy birliklariga havola qilinishiga (masalan, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aniq qaroriga havola qilinishiga) yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, agar ayrim huquqiy munosabatlar ushbu qonun loyihasi (qonun) bilan tartibga solinmagan bo‘lsa va bu huquqiy munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan yoki solinishi zarur bo‘lsa, qonun loyihasida (qonunda) quyi yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga havolalar qilinadi. Qonun loyihasining (qonunning) matnida boshqa qonunlarning o‘zi ham havola hisoblangan normativ ko‘rsatmalariga havolalar qilinmaydi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’lon qilishning rasmiy manbalaridir. Agar qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilsa yoki qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, uni e’lon qilgan rasmiy manba ko‘rsatilishi shart. 1-misol: (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda). 2-misol: (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda). Katta hajmdagi qonunning matni “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarining bir nechta sonida e’lon qilinganida rasmiy manba sifatida gazetalarning qonun matni e’lon qilingan barcha sonlarining sanalari ko‘rsatiladi. Misol: O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996-yil 14, 15 va 16-noyabrdagi “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalari). Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida quyidagilar ko‘rsatiladi: qonun e’lon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u bo‘lsa) qonun e’lon qilingan rasmiy manba; qonunga keyin kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar e’lon qilingan rasmiy manbalar. 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda) 8-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: __________________________________________________________________. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 734–XII-sonli Qonuniga (2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78–II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: __________________________________________________________________. Qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida qonun e’lon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u bo‘lsa) qonun e’lon qilingan rasmiy manba ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunlar ham ular rasmiy e’lon qilingan manba ko‘rsatilib, alohida tarzda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. Misollar: Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida”gi 481–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 237-modda); O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 568–II-sonli Qonunining XVII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 18-modda). Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar) qonunlarni O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan qonuniga muvofiqlashtirish va aynan bir xil masalalar bo‘yicha huquqiy normalarning ko‘p bo‘lishiga barham berish uchun tayyorlanadi. Quyidagilar qonunlarga o‘zgartishlar kiritish hisoblanadi: so‘zlarni, raqamlarni almashtirish; so‘zlarni, raqamlarni, jumlalarni chiqarib tashlash; qonun tarkibiy birligining yangi tahriri; qonun yoki uning tarkibiy birliklarining amal qilishini uzaytirish. Quyidagilar qonunlarga qo‘shimchalar kiritish hisoblanadi: qonun moddasining tarkibiy birligini yangi so‘zlar, raqamlar yoki jumlalar bilan to‘ldirish; qonunni tarkibiy birliklar bilan to‘ldirish. O‘zgartish va qo‘shimchalar quyidagi turdagi qonunlarga kiritilishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining farmonlariga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlariga. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mustaqil qonun bilan rasmiylashtirilib, unda o‘z navbatida, har bir qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mustaqil moddalar tarzida rasmiylashtiriladi. Misol: “____________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ______yil ____________da qabul qilingan “___________________________”gi ______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №___, ____-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, №_____, ____-modda) 5-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) _______________________________________________________; 2) _______________________________________________________. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ________yil __________da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №____, ___-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) _______________________________________________________; 2) _______________________________________________________; 3) _______________________________________________________; 4) _______________________________________________________. Agar qonun loyihasi (qonun) bilan bir yo‘la bir nechta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, bu qonunlar xronologik tartibda (ular imzolangan sana bo‘yicha) joylashtiriladi. Ayni bitta sanada imzolangan qonunlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi. Qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish bilan bir vaqtda ushbu qonunning tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi qoidalar bitta moddada joylashtirilishi mumkin. Bunda kiritilayotgan o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish izchil (moddama-modda) bayon etilishi kerak. Misol: 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining _________yil _______da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, № _____, _______-modda; ____yil, №____, _______-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 1-moddadagi “________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 2-moddaning birinchi qismi “________________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 3) 3-modda ikkinchi qismining 2-bandidan “________” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 4) 4-modda o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 5) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “_____________________________________________________________”; 6) 6-moddadagi “___________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida hujjatning imzolangan sanasi, nomi, raqami (agar u mavjud bo‘lsa) va hujjatning turi, shuningdek u e’lon qilingan tegishli rasmiy manba ko‘rsatilishi shart. Misol: O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 8-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: __________________________________________________________________. Agar o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan qonun to‘liq yangi tahrirda bayon etilgan bo‘lsa, uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami (agar u bo‘lsa), nomi, so‘ngra doirasimon qavslarda ushbu hujjatni yangi tahrirda to‘liq bayon etgan qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek doirasimon qavslarda u e’lon qilingan rasmiy manba ko‘rsatiladi. Misol: O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510–XII-sonli Qonuniga (1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616–I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 97-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: __________________________________________________________________. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritayotgan qonun loyihalari (qonunlar) nomini bayon qilish ularning mazmuniga bog‘liq. Agar faqat o‘zgartishlar yoki faqat qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, u holda qonun loyihalarining (qonunlarning) nomida tegishincha qonunga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritilayotganligi aniqlashtiriladi. Qonun loyihasi (qonun) nomiga qonun loyihasining (qonunning) tuzilishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agar qonun loyihasi (qonun) qo‘shimchalardan boshlansa, u holda uning nomida qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilganligi, basharti o‘zgartishlardan boshlansa, u holda qonun loyihasi (qonun) nomida tegishincha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi ko‘rsatiladi. Qonunning bitta yoki ikkita (undan ortiq emas) moddasiga o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilganida qonun loyihasining (qonunning) nomini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. 1-misol: 2-misol: O‘zgartish va qo‘shimchalar doimo faqat asosiy qonunga kiritiladi. Asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish orqali o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Asosiy qonunga vaqtinchalik xususiyatdagi huquqiy normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Aniq masalalar bo‘yicha vaqtincha (umumiy belgilanganidan farqlanadigan) huquqiy tartibga solishni belgilash zarurati mavjud bo‘lganida mustaqil qonun qabul qilinadi. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida tegishli matn qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ular kiritilayotgan aniq tarkibiy birlik ko‘rsatilgan holda ketma-ket (moddama-modda) bayon etilishi kerak. Qonun tegishincha boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, qismlar tutashgan joyda modda, bob, kichik bo‘lim, bo‘lim bilan to‘ldirilayotganda qonunning tegishli bobi, kichik bo‘limi, bo‘limi, qismiga havola qilgan holda qo‘shilayotgan modda, bob, kichik bo‘lim, bo‘limning aniq joyi ko‘rsatiladi. 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan “______________”gi _____-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №_____, _____-modda; ______yil, №_____, ______-modda) 1-bobi quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin: “141-modda. ______________________. ______________________________________________________________”. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan “______________”gi _____-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №_____, _____-modda; ______yil, №_____, ______-modda) 2-bobi quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin: “141-modda. _______________________ ______________________________________________________________”. Qonunga umumlashtirilgan shaklda o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishiga (shu jumladan, so‘zlar va so‘z birikmalarini “matn bo‘yicha” degan shakldan foydalangan holda almashtirishga yoki to‘ldirishga) yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy qoidaga binoan har bir o‘zgartish yoki qo‘shimcha o‘zgartirilayotgan yoki qo‘shimcha kiritilayotgan qonunning aniq tarkibiy birligini ko‘rsatgan holda alohida rasmiylashtirilishi kerak. Istisno tariqasida, faqat qonunning bitta moddasiga yoki moddaning tarkibiy birligiga umumlashgan shaklda o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritish mumkin. Agar bu moddaga yoki uning tarkibiy birligiga boshqa hech qanday o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilmasa, almashtirilayotgan yoki to‘ldirilayotgan so‘z yoki so‘zlardan hamma joyda bir xil sonda va kelishikda foydalanilgan bo‘lsa, bunday o‘zgartish yoki qo‘shimcha quyidagi tarzda rasmiylashtirilishi kerak: 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasidagi “________________” degan so‘zlar “________________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “_________________”gi _____-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasi “_____________” degan so‘zlardan keyin “_____________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. Agar qonunning moddasida bir necha hollarda so‘zni yoki so‘zlarni almashtirish zarur bo‘lsa va almashtirilayotgan so‘z yoki so‘zlar turli son va kelishiklarda yoxud faqat bir sonda, biroq turli kelishiklarda qo‘llanilgan bo‘lsa, mazkur modda yoki tarkibiy birlikka boshqa o‘zgartishlar kiritilmayotgan bo‘lsa, quyidagi shakl qo‘llaniladi: 1-misol: O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______ -sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, №_____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi “_______(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda ko‘rsatiladi)______” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “_______(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda ko‘rsatiladi)______” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining _______yil _______da qabul qilingan “_________________”gi _______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi “___(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda yoki ko‘plikda ko‘rsatiladi)__” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “_____(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda yoki ko‘plikda ko‘rsatiladi)_____” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganida dastlab qaysi tarkibiy birlik o‘zgartirilayotganligi va to‘ldirilayotganligi ko‘rsatiladi, keyin esa o‘zgartish va qo‘shimchalarning xususiyati ko‘rsatiladi. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish eng katta tarkibiy birlikdan boshlab rasmiylashtiriladi. 1-misol: 7-modda birinchi qismi 2-bandining “v” kichik bandidagi “________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-misol: O‘zbekiston Respublikasining ____yil ____________da qabul qilingan “______________________”gi ____-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ____-modda) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: Modda, moddaning qismi, bandi, kichik bandi, xatboshisiga qo‘shimchalar kiritilayotganida ushbu qo‘shimcha qaysi so‘zlardan keyin yozilishi ko‘rsatiladi. Misol: 1-modda “_________” degan so‘zlardan keyin “_________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. Agar qonun moddasining tarkibiy birligi so‘zlar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa va bu qo‘shimcha mazkur tarkibiy birlikning oxirida joylashishi kerak bo‘lsa, u holda quyidagi shakl qo‘llaniladi: Misol: 1-moddaning 1-bandiga “___________________” degan so‘zlar qo‘shilsin. Bunda qo‘shilayotgan tarkibiy birlikning oxirida ishlatilgan tinish belgisi qo‘shimcha kiritilganidan keyin ko‘rsatmasiz saqlab qolinadi. Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga bir nechta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi: Misol: 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan “_____________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ___yil, №___, ___-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 2-moddaning: birinchi qismidagi “_________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismi “_________” degan so‘zlardan keyin “_________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin: “7) ______________________________________________________”; to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: 2) 3-modda ikkinchi qismi 2-bandining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin; 3) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4-modda. ______________________ ________________________________________________________”. Qonunning moddasi qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki xatboshilar bilan to‘ldirilganda qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki xatboshilarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi shart. Bunda avval to‘ldirilayotgan tarkibiy birlik nomi, keyin moddani to‘ldirayotgan tarkibiy birlik, so‘ngra “to‘ldirilsin” degan so‘z, undan keyin esa tarkibiy birlikning mazmuni ko‘rsatiladi. 1-misol: 2-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin: “_____________________________________________________________”; 33-moddaning: birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “_____________________________________________________________”; o‘n to‘rtinchi – yigirma to‘rtinchi xatboshilari tegishincha o‘n beshinchi – yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2-misol: 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “_____________________________________________________________”. 3-misol: 15-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi – to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “________________________________________________________; _________________________________________________________; _________________________________________________________; _________________________________________________________; ________________________________________________________”. Agar qonunning moddasi uchtadan ortiq bo‘lmagan qismlar bilan yoki qonun moddasining qismi (bandi) uchtadan ortiq bo‘lmagan xatboshilar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, bunda to‘ldirilayotgan qismlar yoki xatboshilarning tartib raqamlari vergul orqali yoziladi. 1-misol: 7-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “________________________________________________________. ________________________________________________________. ________________________________________________________”. 2-misol: 4-moddaning 5-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “______________________________________________________________; _______________________________________________________________; ______________________________________________________________”. to‘rtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin. Qonunning moddasini bandlar yoki kichik bandlar bilan to‘ldirish va bu bandlarni tegishincha modda, band yoki kichik bandning oxiriga joylashtirish zarur bo‘lsa, qo‘shilayotgan bandlar yoki kichik bandlarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi shart. 1-misol: 6-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin: “4)_____________________________________________________”. 2-misol: 7-modda uchinchi qismining 3-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin: “d)___________________________________________________________”. Bu kabi qator hollarda zarur bo‘lgan tinish belgisini almashtirish qonunning joriy tahririni tayyorlash vaqtida (qonun loyihasining (qonunning) matnida izoh berilmagan holda) amalga oshiriladi. Qonunni yangi tahrirda qabul qilish, qoida tariqasida, maqsadga muvofiq emas. Qonunning yangi tahriri o‘rniga yangi qonun qabul qilib, ayni bir vaqtda avval amalda bo‘lgan qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish maqsadga muvofiq, agar: qonunga uni mohiyatan qayta ishlashni talab qiladigan va ayrim tarkibiy birliklarining yangi tahriri bilan cheklanib bo‘lmaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa; qonunga uning deyarli barcha tarkibiy birliklariga daxldor o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa; qonunning faqat ayrim tarkibiy birliklari o‘z ahamiyatini qisman saqlab qolsa. Qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon etiladi, agar: mazkur tarkibiy birlikka jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa; qonunning tarkibiy birligi matniga bir necha marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa. Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish ushbu tarkibiy birlik oraliq tahrirlarining barchasini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga asos bo‘lmaydi. Qonunning bitta tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish zarur bo‘lsa, quyidagi shakl qo‘llaniladi: Misol: O‘zbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16-modda. _______________________ _____________________________________________________________”. Bunday holda qonunning nomi quyidagicha bo‘lishi kerak: Raqamli belgilarni almashtirish zarur bo‘lganida “sonlar” emas, balki “raqamlar” atamasi ishlatiladi. Misollar: “15, 18, 124” raqamlari “16, 19, 125” raqamlari bilan almashtirilsin; “45” raqami “55” raqami bilan almashtirilsin. So‘zlar va raqamlarni almashtirish zarur bo‘lsa, “so‘zlar” atamasi ishlatiladi. Misol: “10-marta” degan so‘zlar “20-marta” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. Agar qonun loyihasida (qonunda) qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi moddalar bilan bir vaqtda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxati berilgan modda mavjud bo‘lsa, bunday moddaning mavjud ekanligi qonun loyihasining (qonunning) nomida ifoda etilishi shart. Misol: Qonunlarni O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan (qilinayotgan) qonuni bilan muvofiqlashtirish, aynan bir xil masalalar bo‘yicha huquqiy normalarning ko‘p bo‘lishiga barham berish uchun qonunlarni (ularning tarkibiy birliklarini) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish orqali qonunlarni qabul qilinayotgan qonun bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida takliflar tayyorlanadi. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatiga quyidagilar kiritiladi: 1) o‘z kuchini to‘liq yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar. Bunda qonunning o‘zi ham, asosiy qonunning matniga ilgari o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan barcha qonunlar ham alohida tarzda ko‘rsatiladi. Misol: O‘zbekiston Respublikasining ______yil ________da qabul qilingan “_____________________”gi _______-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №___, ___-modda); 2) qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar, ya’ni butun qonun emas, balki uning ayrim tarkibiy birliklari (qonunning raqamlangan barcha tarkibiy birliklari, shu jumladan xatboshilari) o‘z kuchini yo‘qotadi. Misol: O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “_________________”gi______ -sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ____ yil, № ___, ___-modda) 5-bobi; 3) alohida hollarda (agar mustaqil tarkibiy birlik sifatida ajratilmagan qism nazarda tutilayotgan bo‘lsa), ajralmas qismi o‘z kuchini yo‘qotayotgan qonunlar (yoki ularning tarkibiy birliklari). Misol: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 4-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisining va 5-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisining shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishga taalluqli qismi. Qonunlarning quyidagi turlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmonlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qarorlari. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxati yangi huquqiy tartibga solishni belgilovchi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi bo‘lishi, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi yoki moddalari bo‘lishi yoki mustaqil qonun loyihasi (qonun) bo‘lishi mumkin. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ayni o‘sha qonunning tarkibiy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni bir vaqtning o‘zida rasmiylashtirish ushbu Qoidalarning 41-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxati yuridik jihatdan asoslangan va tugal bo‘lishi, ya’ni yangi qonunga zid bo‘lgan bironta ham qonun ro‘yxatdan tushib qolmasligi, o‘z ahamiyatini saqlab qolgan bironta ham qonun yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi uchun mazkur ro‘yxatga kirib qolmasligi kerak. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qonun bilan tasdiqlangan farmoni o‘z kuchini yo‘qotayotgan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatiga ana shu farmon va uni tasdiqlovchi qonun (yoxud uning qismi) alohida tarzda kiritiladi. Bunda ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunlar alohida tarzda kiritiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarori bilan amalga kiritilgan qonun o‘z kuchini yo‘qotayotgan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga qonun va uni amalga kiritish to‘g‘risidagi qaror alohida tarzda kiritiladi. Bunda qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunlar ro‘yxatga alohida tarzda kiritiladi. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga kiritilayotgan har bir qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami (agar u mavjud bo‘lsa), qonunning nomi, shuningdek u rasmiy e’lon qilingan manba ko‘rsatilishi kerak. Har bir qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga alohida tarzda kiritiladi. Bunday ro‘yxatda aks ettirilgan qonunlar tartib raqamiga ega bo‘lishi mumkin (bunday holda ular bandlar hisoblanadi va arab raqamlarida raqamlanib, doirasimon qavs bilan yopiladi). O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatida qonunlar xronologik tartibda (ular imzolangan sana bo‘yicha) joylashtiriladi. Ayni bir sanada imzolangan qonunlar ularning raqamiga qarab, raqamlarning ortib borishi tartibida joylashtiriladi. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning bitta ro‘yxatida qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan turli sanalarni belgilash zarur bo‘lsa, ro‘yxat kuchini yo‘qotishning tegishli sanasiga (muddatiga) muvofiq shaklga solinadigan tarkibiy birliklarga bo‘linadi. Agar qonunda boshqa moddalar yoki tarkibiy birliklar o‘z kuchini yo‘qotganidan keyin faqat bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan bo‘lsa-yu, u ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lsa, bunday holda ana shu bitta modda yoki tarkibiy birlik emas, balki butun qonun to‘liq kuchini yo‘qotgan deb topilishi zarur. Agar qonunda ilgari qabul qilingan qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topgan moddalar mavjud bo‘lsa, ushbu qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lganida qonun shunday moddalar mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z kuchini to‘liq yo‘qotgan deb topiladi. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatlariga nafaqat yangi qonun qabul qilinguniga qadar amalda bo‘lgan qonunlarni, balki ushbu masalaga doir avval amalda o‘z kuchini yo‘qotgan yoxud keyin qabul qilingan qonunlarga singib ketgan, ammo belgilangan tartibda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan qonunlar ham kiritilishi lozim. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatlariga vaqtinchalik kuchga ega bo‘lib, amal qilish muddati o‘tgan qonunlar (normalar) kiritilmaydi. Vaqtinchalik kuchga ega bo‘lgan qonunlar (normalar) faqat amal qilish muddati o‘tmagan taqdirdagina o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga kiritiladi. Agar vaqtinchalik kuchga ega bo‘lgan qonun yoki uning tarkibiy birligining amal qilishi noma’lum muddatga uzaytirilgan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga asosiy qonun ham, uning muddatini uzaytirgan qonun ham kiritiladi. Agar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan bandda yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan moddada tegishincha o‘z kuchini yo‘qotishi lozim bo‘lgan ilovaga ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga faqat mazkur band yoki modda kiritiladi, ilova esa, garchi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansa-da, alohida tarzda ko‘rsatilmaydi. Agar qonunning bandida yoki moddasida ilovani tasdiqlash bilan bir qatorda o‘z ahamiyatini saqlab qoladigan boshqa masalalarga doir ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, ilova esa to‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga faqat ana shu bandning yoki shu moddaning ilovaga taalluqli qismi kiritiladi. Agar ilova to‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin bo‘lmasa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga faqat ilovaning tarkibiy birliklari kiritiladi. Misol: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining____ yil _______da qabul qilingan “_________________”gi _____-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №____, ___-modda) bilan tasdiqlangan ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin Agar qonun hali kuchga kirmagan bo‘lsa-yu, unga zarurat qolmagan bo‘lsa, “bekor qilinsin” degan atama qo‘llaniladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun ma’qullash uchun Senatga kiritilganda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: 1) Qonunchilik palatasining qonun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarori; 2) Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matni; 3) qonunga uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati; 4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar; 5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi; 6) qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallarning ko‘chirma nusxalari. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matniga qiyosiy jadval ham ilova qilinadi. Qiyosiy jadval, qoida tariqasida, uchta grafadan iborat bo‘ladi: birinchisi — “qonunchilik tashabbusi subyekti kiritgan qonun l
245
62,649
Qonunchilik
2021 yilda avtotransport uchun yigʻimlar miqdori oʻzgarmaydi
2021 yil uchun avtotransport yigʻimlari joriy, ya’ni 2020 yil uchun belgilangan miqdorda tasdiqlandi (25.12.2020 yildagi OʻRQ-657-son Qonunga qarang). Bunda quyidagi keltirilgan jadval nazarda tutilmoqda. T/r Yigʻimlar va toʻlovlar turlari Yigʻimlar stavkalari I. Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida tranzit хarakatlanishi uchun yigʻimlar (AQSh dollarida) 1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet el davlatlaridan avtotransport vositalari kirganligi va tranziti uchun yigʻim, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun stavkalari (2–5-bandlarda koʻrsatilgan mamlakatlar bundan mustasno) 400 2. Tojikiston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻimlar: 10 tonnagacha 100 10 tonnadan 20 tonnagacha 150 20 tonnadan yuqori 200 3. Qozogʻiston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻim 300 4. Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻim 300 5. Turkmaniston Respublikasi yuk avtomashinalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tranzit harakatlanganligi uchun yigʻimlar: 10 tonnagacha 50 10 tonnadan 20 tonnagacha 100 20 tonnadan yuqori 150 II. Avtotransport vositalarini sotib olinganligi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazish chogʻida avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan yigʻim 1. Yangi (foydalanishda boʻlmagan) avtotransport vositalari boʻyicha, bundan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtomobillar mustasno хarid qilish narхining 3%i 2. Foydalanilgan avtotransport vositalari boʻyicha: ekspluatatsiya muddatidan kelib chiqib har bir ot kuchiga bazaviy hisoblash miqdori foizi hisobida 3 yilgacha 3 yildan 7 yilgacha 7 yildan yuqori yengil avtomobillar 11 9 6 mototsikllar (shu jumladan, mopedlar) va yordamchi dvigatel oʻrnatilgan velosipedlar, kajavali yoki kajavasiz 10 7 5 boshqa motorli transport vositalari 16 13 9 Bunda: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
60
2,381
Qonunchilik
Har qanday kompaniyaning katta siri
Qonuniy asoslarga ega boʻlmay tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi aхborotni talab qilib olishga jinoiy javobgarlik kiritilgan. Bu haqda – 20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar sikli davomida. JK 1928-modda bilan toʻldirildi, unga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi aхborotni talab qilib olishga jinoiy javobgarlik kiritilgan. Jinoyat sub’yektlari. Bu moddada bu boʻyicha javobgarlikka faqat davlat organlarining vijdonsiz mansabdor shaхslari va хizmatchilari tortilishi bevosita koʻrsatilmayotir.  Biroq, koʻrib chiqilayotgan moddada foydalanilayotgan “talab qilib olish” atamasining ma’nosiga koʻra aniqki, shunga oʻхshash harakatlar faqat davlat organining hokimiyat-boshqaruv yoki nazorat vakolatlari berilgan mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan sodir etiladi. Bunday vakolatlar berilmagan jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan banklarga yoki boshqa kredit tashkilotlariga shunga oʻхshash ma’lumotlarni taqdim etishni iltimos qilib murojaat qilishlari, hatto qonunga binoan ular uni olishga haqli boʻlmagan hollarda ham javobgarlikka olib kelmaydi. Shu bilan birga bunday ma’lumotlarni olishga vakolati yoʻq shaхslarga bank sirini oshkor qilgan banklarning mansabdor shaхslari  Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 46-moddasiga muvofiq  javobgarlikka tortiladilar, unga koʻra 2 dan 5 EKIHgacha jarima koʻrinishida jazo koʻzda tutilgan. Jinoiy qilmish  bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga u yoki bu tadbirkorlik sub’yekti hisobvaraqlarida mablagʻlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi talabni (soʻrovni) yuborishda namoyon boʻladi, bunda qonunchilik mazkur aniq holatda mansabdor shaхs yoki хizmatchiga bunday talabni yuborish huquqini bevosita bermaydi. Bunda, tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlaridagi mablagʻlar toʻgʻrisidagi aхborot bank siri turlaridan biri ekanligini hisobga olib, uni taqdim qilish “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Bunday jinoyat uchun jazoning eng koʻp miqdori – 3 yil aхloq tuzatish ishlari. Aybdorni faqat u oldin1 shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirdagina  jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Ma’lumot uchun: “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida mablagʻ mavjudligi toʻgʻrisidagi aхborot quyidagi davlat organlariga taqdim qilinishi mumkin: Oʻzbekiston Hisob palatasiga – uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun; prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga – qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda, yetkazilgan zarar undirib olinishini yoki uning mol-mulki хatlanishini ta’minlash maqsadida tergovchi yoхud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan taqdim etiladi; sudga – uning yozma soʻrovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar boʻyicha; sud ijrochisiga – uning yozma soʻrovi asosida, sudning undiruvni mazkur bank mijozining (vakilining) mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlgan taqdirda; davlat soliq хizmati organlariga – bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda; Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentiga – Vazirlar Mahkamasining 12.10.2009 yildagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq aхborotni berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻzda tutilgan tartibda. Samir LATIPOV, ekspertimiz. Mavzuga doir materiallar: Biznesni notoʻgʻri tekshirdingmi – Jinoyat kodeksi boʻyicha javob berasan Litsenziyalash qoidalarini buzish jinoiy jazolanadi _____________________________________________________ 1 MJtKning  2455-moddasida shunga oʻхshash huquqbuzarlik uchun koʻzda tutilgan ma’muriy jarima miqdori 10–20 EKIHni tashkil qiladi.
35
4,140
Qonunchilik
MEHNAT ORGANLARIDA RO‘YXATGA OLINGAN VA IShSIZ DEB E’TIROF ETILGAN ShAXSLARNI KASBGA TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh, ULARNING MALAKASINI OShIRISh DAVRIDA STIPENDIYALAR TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi Nizom va O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u respublikada ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish davrida stipendiyalar to‘lash tartibini belgilab beradi. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarga Mehnat vazirligining kasbga tayyorlash O‘quv markazlarida va boshqa o‘quv yurtlarida stipendiyalar to‘lab yangi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish imkoniyatlari kafolatlanadi. Agar pensiyaning turidan qat’i nazar, pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘lganlar mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan va kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj bo‘lsalar ularga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish davrida stipendiya to‘lanmaydi, lekin ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha zaruriy xizmatlar ko‘rsatilishi lozim. 3. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish mehnat organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha o‘quv yurtlarida Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. Mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsiz deb e’tirof etilgan, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ushbu organlar tomonidan kasbga o‘qitish yuzasidan oldindan kelishib olingan shahar (viloyat) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish markazlariga va boshqa o‘quv yurtlariga yo‘llanmalar beriladi . 5. Kasbga tayyorlash uchun o‘quv markazlariga yo‘llanganlar kasbga o‘qishga yo‘llanma (1-ilova), pasport, mehnat daftarchasi, kasbini (mutaxassisligini) va malakasini tasdiqlaydigan hujjatlarni, ilgari ishlagan va qisqartirilgan bo‘lsalar, o‘rtacha ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qiladilar. O‘qish yakunlangandan so‘ng, bitiruvchilar mehnat organlariga o‘qishni bitirganligini tasdiqlovchi varaqa (2-ilova)ni topshiradilar. Ishsiz shaxsni kasbga tayyorlashga yo‘llagan mehnat organlari, ta’lim narxini belgilagan shartnomaga muvofiq, o‘quv markazi yoki boshqa o‘quv yurtining hisob raqamiga joriy tartibda pul mablag‘larini o‘tkazadilar. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirayotganlarga stipendiyalar o‘qishni tashkil qilgan o‘quv yurtida yoki Xalq banki bo‘linmalarida har oyda bir marta to‘lanadi. Joylardagi xalq banki bo‘limlari tomonidan har oyning yakuni bo‘yicha to‘lov varaqasining ikkinchi nusxasi stipendiya to‘langanligi to‘g‘risida tegishli yozuvlar bilan tasdiqlab qaytariladi. Stipendiyalar uchun mablag‘lar mehnat organi tomonidan har oyda o‘qitilayotgan har bir ishsizga sarflanadigan mablag‘ miqdori summasidan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. Stipendiyaning miqdori har bir o‘quvchiga shaxsiy tartibda “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ushbu Qonunning 25-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslardan tashqari, ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari va boshqa kishilari bo‘lgan shaxslarga kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish davrida oldingi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining kamida 75 foizi (qaramog‘ida bolalari va boshqa kishilari bo‘lmaganlarga esa — 50 foizi) miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangandan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi. Uzoq vaqt (bir yildan ko‘proq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan oz bo‘lmagan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi. 6. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o‘n kun ichida mehnat organlarida ro‘yxatga olingan hamda kasbi bo‘yicha qayta o‘tilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga oid munosabatlar to‘xtatilgan kundan boshlab dastlabki uch oy davomida oldingi ishidagi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi. 7. O‘quv mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan, o‘zlashtirmayotgan yoki mehnat va jamoat tartibini buzayotgan shaxslarning o‘qishni davom ettirishlari to‘g‘risidagi masala o‘quv yurtining rahbariyati va mehnat organlari vakillari bilan birgalikda hal qilinadi. Surunkasiga va sababsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan, yoki jamoat tartibini buzganligi, jinoyat sodir qilganligi tufayli hibsga olingan shaxslarga stipendiyalar to‘lash mehnat organi va o‘quv muassasasi qabul qilgan qaror asosida to‘xtatib qo‘yiladi. 8. O‘qishni tugatgan shaxs o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan malaka sinovlarini (zachyotlarni) nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarining talabga javob bera olmasligi tufayli topshira olmasa, unga stipendiya to‘lanmasdan, qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi va qayta imtihon olinadi. 9. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan va tegishli guvohnoma olgan bitiruvchi ish beruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma asosida ishga joylashtirilmasa, u mehnat organlariga kelishi va unga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ishga joylashish yuzasidan yordam ko‘rsatilmog‘i lozim. 10. Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. 11. Ruxsat etilgan eng katta muddat (6 oy) mobaynida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik, malakasini oshirishdan o‘tgan shaxslar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (shartnoma bo‘yicha ishga joylashtiruvchi korxonaning tugatilishi, shtatlar sonining qisqartirilishi, texnologiyalarning o‘zgarishi va h.k.) ishga joylasha olmasalar, ularni joriy yil mobaynida mehnat organlarida yana ishsiz deb e’tirof etib, o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha o‘qishga yuborish mumkin. Biroq bitiruvchilar uzrsiz sabablarga ko‘ra, tanlagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasdan, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘arma mablag‘lari hisobidan joriy yil mobaynida takroran kasbga o‘qish istagini bildirsalar, bunday shaxslarni kasbiy ta’lim yakunidan keyin 6 oy o‘tgandan so‘ng qaytadan kasbiy tayyorgarlikka yo‘llash mumkin. Mehnat vazirligining 1992-yil 26-iyun 45-son buyrug‘i bilan qabul qilingan “Qayta o‘qitishga yo‘llash va ish bilan ta’minlash xizmati ro‘yxatidan o‘tgan shaxslarni kasbga o‘qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizomi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
195
7,345
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2658, 2015-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 50-bandidagi “15-iyulda” degan so‘zlar “10-iyulda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
174
812
Qonunchilik
2008 YILDA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI VA G‘O‘ZANI NAVLAR BO‘YIChA JOYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, paxta tolasining sifati bo‘yicha jahon standartlari va talablariga javob beradigan g‘o‘zaning tezpishar va serhosil seleksiya navlarini oqilona joylashtirish, shuningdek, 2008-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni maromiga yetkazilgan urug‘lik chigit bilan ta’minlash maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan quyidagi: 2008-yilda 1-ilovaga* muvofiq paxta yetishtirishning prognoz hajmlari; g‘o‘zaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 2-ilovaga* muvofiq joylashtirish; 2008-yil uchun g‘o‘zaning asosiy seleksiya navlarini istiqbolliligi va iqtisodiy rag‘batlantirilishi bo‘yicha 3-ilovaga* muvofiq guruhlarga ajratish; chigitni 4-ilovaga* muvofiq plyonka ostiga ekish va xo‘jaliklarni polietilen plyonkalar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. 2008-yilda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi uning amalda yetishtiriladigan hajmining 50 foizi miqdorida saqlab qolinsin. Paxta yetishtirishning 1-ilovada ko‘rsatilgan hajmlari 2008-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat ko‘rsatkichlari sifatida qaralsin. 3. Belgilansinki, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari: tumanda ikkitadan ortiq bo‘lmagan, xo‘jaliklarda esa bitta tavsiya etilgan g‘o‘za navi ekilishini hisobga olgan holda g‘o‘za navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi; respublika ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar bo‘yicha har bir seleksiya navlari uchun g‘o‘zani parvarish qilish agrotexnikasiga qat’iy amal qilinishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar. 4. “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi: 2008-yil 20-fevralgacha urug‘lik paxtani tozalashni, 27-fevralgacha esa — ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda, urug‘lik chigit tayyorlashni tugallasin, shuningdek urug‘chilik korporatsiyalari va kompaniyalarini tuksizlantirilgan chigitlar bilan 5-ilovaga* muvofiq hajmlarda ta’minlasin; xo‘jaliklarga yuqori sifatli urug‘lik chigitning faqat dorilangan va sertifikatlar mavjud bo‘lgan holda, seleksiya navlarini 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi haqini oldindan to‘lash sharti bilan joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qat’iy muvofiq ravishda berilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari: urug‘lik chigit ekish uchun paxta ekadigan xo‘jaliklar ro‘yxatini bir oy muddatda tanlov asosida belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqsinlar; g‘o‘zaning yangi navlarini sinashni faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xo‘jaliklarda, yangi navlarni oldindan ko‘paytirish xo‘jaliklari va davlat nav sinash uchastkalarida amalga oshirsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev: paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan paxtani qayta ishlash korxonalari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishi ustidan nazoratni; tuzilgan shartnomalarga muvofiq mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, polietilen plyonkalar va boshqa moddiy-texnika resurslarini paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga haqini belgilangan tartibda to‘lash sharti bilan o‘z vaqtida yetkazib berish ishlarining muvofiqlashtirilishini; g‘o‘zani parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarining sifatli o‘tkazilishini, moddiy resurslarni yetkazib berishda shartnoma majburiyatlariga amal qilinishini ta’minlamayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin. 7. Quyidagilar, istisno tariqasida: Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi 2008-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ning jami hajmini sotishda; “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati va “Andijonpolietileni” qo‘shma korxonasi — tayyor polietilen plyonkalarni paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga sotishda; ekish uchun mo‘ljallangan urug‘lik chigiti — tizim ichida harakatlanganda ham, shuningdek 2008-yil hosili uchun “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan sotilganda ham qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
104
4,801
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 22-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
203
718
Qonunchilik
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2010-yil 12-iyundagi 66-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119-son, 2010-yil 14-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 236-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va uning quyi tizimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi ta’lim va o‘quv muassasalarining shaxsiy tarkiblari;”. 2. 9-banddagi “yong‘in o‘chirish qismlari” degan so‘zlar “yong‘in-qutqaruv qismlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 12-banddagi “davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. Yong‘in joyiga borilayotganda yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri Navbatchi dispetchyerlar xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda NDX deb yuritiladi) yoki qism tezkor boshqaruv guruhi dispetcherlik xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda QTBG deb yuritiladi) bilan muntazam aloqada bo‘lishi shart.”. 5. 16 va 21-bandlardagi “MDX” hamda “QDXga” qisqartmalari tegishlicha “NDX” hamda “QTBGga” qisqartmalari bilan almashtirilsin. 6. 29-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarining” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 84-bandning uchinchi xatboshisidagi “Yong‘in o‘chirish shtabining” degan so‘zlar “Tezkor boshqaruv xizmatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 94-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “MDX” qisqartmasi “NDX” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 9. 98-banddagi “MDX” va “QDX” qisqartmalari tegishlicha “NDX” va “QTBG” qisqartmalari bilan almashtirilsin. 10. 102-banddagi “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
155
2,719
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShINING TEXNIK JIHATDAN TA’MINLANGANLIGI DARAJASINI OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
1997-1998-yillarda qishloq xo‘jaligini yuqori unumli mashina-traktor, yerga ishlov beruvchi va o‘rim-yig‘im texnikasi bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: hukumat komissiyasi tomonidan mavjud parkning qishloq xo‘jaligi texnikasi ahvoli kompleks tadqiq etilganligi, respublika agrar sektorini tubdan texnika qayta jihozlashni ta’minlovchi mashinalar bilan har yili to‘ldirib borish normativlari belgilanganligi; Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan AQSh Eksimbanki va “O‘zkeysagrolizing” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda kredit va moliyaviy lizing shartlarida import qilinadigan texnikaning ayrim turlarini yetkazib berish masalalari ishlab chiqilganligi; “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan bir qancha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda yangi qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish, tuzilayotgan qo‘shma korxonalar doirasida xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlarini tashkil etish nihoyasiga yetkazilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasining: import bo‘yicha xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun ulardan foydalanishdagi ishonchlilikni oshirish va respublikada mukammal tuzatish-tiklash ishlarini olib borish uchun baza yaratish maqsadida ehtiyot qismlar va ishchi organlari ishlab chiqarishni sanoat asosida o‘zlashtirish to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq; xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalarning qishloq xo‘jaligi mashinalarining asosiy turlarini ishlab chiqarish dasturi to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga* muvofiq; qishloq xo‘jaligi mashinalari va agregatlari ishlab chiqaruvchi yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiyaga oid hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi taklifi 3-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin. 5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1997/98 yillarda respublika sharoitlarida sinab ko‘rilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini 4-ilovaga* muvofiq xarid qilishga oid taklifiga rozilik berilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin: sholi o‘rish kombaynlarini yetkazib berish “O‘zkeysagrolizing” qo‘shma korxonasi tomonidan ta’minlanadigan lizing operatsiyasi shartlarida amalga oshiriladi; haydov traktorlari, shuningdek, g‘alla o‘rish kombaynlari yetkazib berish bo‘yicha kontraktlar qiymatining 85 foizi AQSh Eksimbankining sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy banklarning to‘lov muddati 5 yil bo‘lgan kreditlari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi; kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovi hamda haydov traktorlari va g‘alla o‘rish kombaynlari xarid qilish uchun mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etish xarajatlari “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; xorijiy banklar kreditlarini va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi daromadlari hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha AQSh Eksimbankiga va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda kredit bitimini tuzsin va AQSh Eksimbanki sug‘urta qoplamasi ostidagi xorijiy bank mablag‘lari “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin. 11. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi respublikaga import bo‘yicha keltiriladigan traktorlar va kombaynlar uchun boj poshlinalari hamda yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin. 12. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar 1998-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mashinalarining yangi turlarini xarid qilishni qat’iy ravishda tanlov asosida amalga oshirsinlar. Tushadigan takliflarni tanlov asosida tanlab olish maqsadida maxsus qo‘shma ishchi komissiyasi tuzilsin. 13. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan barcha texnika mashina-traktor parklari balansiga beriladi. Ushbu texnikalarni ajratish ko‘rsatib o‘tilgan parklarning texnik bazasi, servis holati va umuman ta’minlanganligi bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilsin. 14. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari xo‘jaliklar tomonidan ishlab turgan qishloq xo‘jaligi parkidan maqsadli va samarali foydalanilishi, qishloq xo‘jaligi mashinalarining asoslangan holda hisobdan chiqarilishi va yangilanishining nazorat qilinishi uchun shaxsan javob beradilar. 15. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish va unga servis xizmati ko‘rsatish uchun muhandis-texnik xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda chet ellardan sotib olinadigan va chet el texnologiyasidan foydalangan holda qo‘shma korxonalarda tayyorlanadigan traktorlar va murakkab mashinalarda ishlash uchun mexanizatorlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi doimiy ishlaydigan kurslar tashkil etsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
126
6,060
Qonunchilik
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Elektr energiyasi yetkazib beruvchilar va iste’molchilar munosabatlarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: 140-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “elektr energiyasining tegishli miqdori uchun oldindan to‘lov amalga oshirilgan taqdirda elektr energiyasining shartnomaviy miqdorini o‘zgartirish. Bunday talabnoma nazarda tutilayotgan o‘zgartirishlardan (joriy oy tugashidan) 10 kundan kechikmay berilishi lozim”; 141-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda oylik shartnomaviy miqdorga o‘zgartirishlar kiritish, elektr energiyaning oylik shartnomaviy miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa — bu to‘g‘risida iste’molchiga rad etishning sababini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabar qilish”; 141-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Elektr energiyasini uzib qo‘yish texnogen va avariya oqibatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalarining muddati o‘tgan qarzdorligi paydo bo‘lgan hollarda, to‘lamaganlik uchun elektr energiyasi uzatishni cheklash energiya ta’minotining texnologik va avariya broni miqdorigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin”. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
95
1,798
Qonunchilik
Ijtimoiy dorilar olish uchun byudjetdan 240 mlrd soʻm ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 13.09.2017 yildagi 717-son «Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.   Sogʻliqni saqlash vazirligiga 15 kun ichida vazirlikning asoslangan arizalari boʻyicha transh tarzida ochiladigan 300 mlrd soʻm miqdorida, foizsiz byudjet ssudasi beriladi. Yil oхirigacha, zarurat boʻlganda idoraga davlat tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari хarid qilishga 240 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha byudjet mablagʻlari ajratiladi. Oʻz navbatida, Sogʻliqni saqlash vazirligi «O‘zmedeksport» RTIDKga uning ustav fondiga hissa tarzida 3 mlrd soʻm mablagʻ ajratadi. Kompaniya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan preparatlarni sotish cheklangan savdo ustamalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
64
1,187
Qonunchilik
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali operatsiyalar to‘g‘risida maxsus vakolatli organga xabar berish, ushbu xabarlarni maxsus vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish hamda tashkilotlarga so‘rov yuborish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; maxsus vakolatli organ, nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda tergov organlarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan sohaga doir axborot almashinuvini ta’minlash, xalqaro so‘rovlarni tayyorlash, yuborish, ijro etish va ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarga doir hisobotlarini masofaviy tarzda tahlil qilish hamda ularning faoliyatini tashkilotga chiqqan holda tekshiruv o‘tkazish orqali o‘rganish tartibini nazarda tutuvchi Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar haqidagi xabarlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yordamida taqdim etiladi, davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno; tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan xabarga uni yuborish uchun asos bo‘lgan ma’lumot va hujjatlar ilova qilinadi; maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tashkilotlarni va ularni nazorat qiluvchi organlarni tahliliy ma’lumotnoma, taqdimnoma, ma’ruza va seminarlar, shuningdek, metodik tavsiyalar orqali muntazam ravishda xabardor qilib boradi; O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari o‘rtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik taraflarning xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi vakolatli organlari maxsus vakolatli davlat organining so‘roviga muvofiq xalqaro hamkorlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan amalga oshiriladi; monitoring tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi; monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni talab qilib olish man etiladi; nazorat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganish orqali o‘tkaziladi; nazorat davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom maxsus vakolatli davlat organiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlar va hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar) taqdim etish, shu jumladan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan so‘rovlarni yuborish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot — avtomatlashtirilgan rejimda shubhali operatsiya haqidagi xabarni namunaviy shaklda shakllantirish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot; maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; namunaviy shakl — operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shubhali operatsiya haqidagi xabarni taqdim etish uchun to‘ldiriladigan maxsus shakl; operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalar. 3. Ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 12-moddasida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan taqdim etiladi. 4. Tashkilotlar tomonidan quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi: ichki nazorat qoidalari ijrosini ta’minlash davomida legallashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan shubhali operatsiyalar, shu jumladan ularni amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar; amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha taraflardan biri yoki benefitsiar mulkdori bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan xalqaro moliya tizimini legallashtirish xavfidan himoyalash maqsadida choralarni ko‘rishga chaqirilgan davlatda (hududda) doimiy yashovchi, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs; legallashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari bo‘yicha tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan operatsiyalar; terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatiga kiritilgan tashkilot yoki jismoniy shaxsning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha ko‘rilgan choralar; mijozlar orasida pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar va jismoniy shaxslar mavjudligini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari; mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etish hamda mavjud amaliy munosabatlarni tugatish to‘g‘risidagi, shuningdek, shubhali operatsiya haqidagi xabarlar. 5. Ish samaradorligini ta’minlash va qayta ma’lumot yig‘ish uchun ortiqcha vaqt sarflanishining oldini olish maqsadida, tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan operatsiya (mijozlar) haqidagi xabarga ushbu xabarni yuborish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, uni yuborish asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim. Xabarga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. 6. Legallashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xabarda mijozning operatsiyasi legallashtirish maqsadida amalga oshirilayotganligi yoki amalga oshirilishi mumkinligini asoslovchi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 8. Mazkur Nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan xabarlar maxsus vakolatli davlat organiga operatsiyalar to‘xtatib turilgan va (yoki) pul mablag‘larni yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan vaqtdan boshlab uch soat ichida, qolgan holatlarda operatsiyalar aniqlangan kundan keyingi bir ish kuni davomida yuborilishi lozim. 9. Har bir yuboriladigan xabarga maxsus raqam beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuboruvchi tashkilotning STIR; xabarning tartib raqami; xabarni taqdim etish sanasi (kun, oy, yil). Har bir xabarga raqami “1” dan boshlanuvchi kalendar yil davomida o‘sib boruvchi tartib raqami beriladi. Xabar va unga ilova qilinadigan ma’lumotlarning namunaviy shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Xabar avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat shaklida tuziladi. Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot va undan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi. Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotdan faqatgina ushbu Nizomda nazarda tutilgan xabarlarni shakllantirish uchun foydalaniladi. 11. Xabar maxsus vakolatli davlat organiga axborotni kriptografik himoyalash vositalari mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuboriladi. Maxsus vakolatli davlat organi bilan shaxsiy kabinet foydalanuvchilarining o‘zaro elektron hamkorligi, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish va undan foydalanish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali shakllantirilgan xabarlar maxsus vakolatli davlat organiga ular shakllantirilgan kunning o‘zida yuboriladi. 12. Xabarni ma’lumotlarni uzatish elektron tizimlari orqali yuborishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, xabar maxfiylik talablariga rioya qilingan holda aloqa xat (tashkilot muhri va vakolatli shaxslarning imzosi) bilan elektron (fleshka, kompakt diskda) yoki qog‘oz tashuvchi qurilmada shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi orqali taqdim etiladi. Xabarni taqdim etish sanasi u shaxsan yetkazib berilgan yoki belgilangan tartibda maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi bo‘linmalariga topshirilgan sana hisoblanadi. 13. Tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga xabarni belgilanmagan shaklda yoki qog‘oz manbalarida taqdim etish man etiladi. 14. Maxsus vakolatli davlat organi xabar yuboruvchisini identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (o‘zgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi. 15. Tashkilotlar tomonidan xabar to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, maxsus vakolati davlat organi uni olgan kunning o‘zida aniq kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan qaytaradi. Tashkilotlar xabar qaytarilgan kundan keyingi bir ish kuni davomida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuboradi. 16. Xabar noto‘g‘ri yuborilgan taqdirda, tashkilot uni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga elektron shaklda murojaat yuboradi. Ushbu murojaatda xabarni haqiqiy emas deb topishning sabablari hamda taqdim etilgan xabarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlar (maxsus raqami, taqdim etish usuli, operatsiya summasi va amalga oshirilgan sanasi) ko‘rsatilishi lozim. 17. Maxsus vakolatli davlat organi legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini ijro etish hamda ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarini va xorijiy davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlarini bajarish maqsadida tashkilotlarga ma’lumotlarni va belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar nusxalarini taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborish huquqiga ega. 18. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organining so‘rovi bo‘yicha mijozlarining operatsiyalari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni bepul taqdim etadilar: fuqarolik-huquqiy shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari va ular bilan bog‘liq ma’lumotlar; veksellar bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar; bitimlar pasportlarining tasdiqlangan nusxalari; bank nazorat varaqalari; imzo namunalari va muhr bosma izi ko‘rsatilgan varaqalarning tasdiqlangan nusxalari; mablag‘larni mijozning hisobvaraqlari (omonatlari) bo‘yicha harakatlanishi haqidagi ma’lumotlar (so‘rovda ko‘rsatilgan davr ichida mijozning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar, jismoniy shaxsning hisobvaraqlariga bog‘langan bank kartalari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar); jismoniy shaxs tomonidan hisobvaraq ochmagan holda amalga oshirilgan operatsiyalar, shu jumladan valyuta ayirboshlash operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar; elektron pullarni o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar; hisobvaraqlarni ochish (yopish) bo‘yicha ariza nusxasi; mijozlarning shaxsiy ma’lumotnomalari (hujjatlari) nusxalari, shu jumladan mijozlarning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlar; hisobvaraqlar bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning pasport nusxasi (hisobvaraqlarni ishonchnoma asosida boshqarish huquqiga ega bo‘lgan holatlarda ishonchnoma nusxasi); masofaviy xizmat turlaridan foydalangan mijozlarning “internet-protokol manzili” (IP manzili) yoki “Media kirish nazorati manzili” (MAC manzili) yoki ushbu xizmat turi biriktirilgan telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar; depozit (omonat) sertifikatlari egalari hisoblangan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; tashkilotlarga tegishli bo‘lgan videokuzatuv kameralari yozuvlari va boshqa ma’lumotlar. 19. Maxsus vakolatli davlat organining so‘rovlari elektron yoki qog‘oz shaklida yuboriladi. Elektron so‘rovlar raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, qog‘oz shaklidagi so‘rovlar esa, maxsus vakolatli davlat organining rasmiy blankida rasmiylashtiriladi, uning rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolanadi hamda tashkilotlarga elektron aloqa kanallari, shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi orqali yuboriladi. 20. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organiga so‘ralayotgan ma’lumotlarni tasdiqlangan holda so‘rovni olgan kundan so‘ng uch ish kuni ichida elektron shaklda elektron aloqa kanallari, shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi orqali yuboradilar. So‘ralayotgan ma’lumotlarning hajmi, xususiyati va mazmunini inobatga olgan holda, ularni taqdim etish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan boshqa muddat belgilanishi mumkin. 21. Maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan, tegishli nodavlat notijorat tashkilotlaridan (so‘raladigan tomon) ularda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni va hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini so‘rov asosida bepul olish huquqiga ega. 22. So‘raladigan tomon maxsus vakolatli davlat organiga so‘ralayotgan ma’lumotlarni yoki hujjatlarni so‘rovni olgan kundan so‘ng uch ish kuni ichida yoki so‘rovda ko‘rsatilgan muddatda taqdim etishi yoxud ularni taqdim etishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi lozim. 23. So‘raladigan tomon so‘rovda ko‘rsatilgan shaxslar va boshqa shaxslarni so‘rov haqida, shuningdek, so‘rov yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarning mazmuni to‘g‘risida xabardor qilishi taqiqlanadi. 24. Maxsus vakolatli davlat organi yuborilgan shubhali operatsiyalar yuzasidan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha muntazam ravishda tashkilotlarni hamda ularni nazorat qiluvchi organlarni xabardor qiladi. 25. Xabardor qilish tashkilotlar hamda ularni nazorat qiluvchi organlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. 26. Xabardor qilish qoida tariqasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: axborot xati; tipologik tadqiqot hisoboti; tahliliy ma’lumotnoma; taqdimnoma; tematik ma’ruza, seminarlar va ma’rifiy tadbirlar; metodik tavsiyalar. 27. Maxsus vakolatli davlat organi legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida ushbu Nizomga muvofiq unga taqdim etilgan xabarlar bo‘yicha shaxslar va operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi. 28. Ma’lumotlarni saqlash tartibi va muddatlari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 29. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish davlat sirlarini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 30. Ushbu Nizom doirasida olingan va yuborilgan ma’lumotlarni yuritish, saqlash va foydalanishda ularning maxfiyligini ta’minlash talablariga qat’iy rioya qilinishi shart. 31. Ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. 32. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro so‘rovlarni tayyorlash, jo‘natish va ijro etish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalar; predikat jinoyat — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, sodir etilishi natijasida noqonuniy daromad orttirishga qaratilgan har qanday jinoyat; o‘zarolik prinsipi — xalqaro munosabatlarning umume’tirof etilgan prinsipi bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro manfaatli, teng asosda hamda har bir tomonning xalqaro hamkorlikni amalga oshirish to‘g‘risidagi yozma majburiyatiga asoslangan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi; xalqaro so‘rov — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (ma’lumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) to‘g‘risidagi so‘rovi; xalqaro hamkorlik — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari o‘rtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (ma’lumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) masalalari yuzasidan hamkorlik; xorijiy davlat moliyaviy razvedka bo‘linmasi — xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq legallashtirishga qarshi kurashish borasida moliyaviy monitoringni amalga oshiruvchi va boshqa chora-tadbirlarni ko‘ruvchi vakolatli davlat organi. 3. Xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari hamda legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari) muvofiq amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, xalqaro hamkorlik o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan xorijiy davlat vakolatli organiga o‘zarolik prinsipi asosida yuboriladigan xalqaro so‘rovlarda kelgusida xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan yuboriladigan so‘rovlarning ko‘rib chiqilishi kafolatlanishi lozim. Xorijiy davlatlar vakolatli organlarining o‘zarolik prinsipi asosida yuborgan xalqaro so‘rovlari, agar ularda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan kelgusida yuboriladigan so‘rovlarning ko‘rib chiqilishini kafolatlovchi talablar bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. 5. Xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi. Xalqaro hamkorlik ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Quyidagilar xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (maxsus vakolatli davlat organi); O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Bosh prokuraturaning tergov bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda — nazorat qiluvchi organlar). 7. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, moliyaviy razvedka bo‘linmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi: maxsus vakolatli davlat organida mavjud va olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish; o‘z tashabbusi yoki xalqaro so‘rovga asosan xorijiy davlatlar moliyaviy razvedka bo‘linmalariga legallashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi yetarli asoslar (gumonlar) mavjud bo‘lgan taqdirda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlaridan olingan ma’lumotlar asosida ma’lumotlarni yuborish; legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro so‘rovlar asosida operatsiyalarni to‘xtatib turishga ko‘rsatma berish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir faoliyatida ishtirok etish; legallashtirish holatlarini aniqlash va ular bo‘yicha moliyaviy tergov o‘tkazishda, shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador bo‘lgan operatsiyalarni, jismoniy yoki yuridik shaxslarni hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning benefitsiar mulkdorlarini aniqlashda ko‘maklashish. Maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka bo‘linmalari bilan xalqaro hamkorligi “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining ustav hujjatlariga muvofiq ham amalga oshiriladi. 8. Nazorat qiluvchi organlar xorijiy davlatlarning tegishli nazorat qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar: nazorat qiluvchi organlarda mavjud bo‘lgan yoki vakolat doirasida olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish; moliyaviy muassasalar va notijorat tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish hamda tartibga solish sohasida o‘zaro tajriba va ma’lumotlar almashish, shuningdek, xalqaro so‘rovga asosan moliyaviy muassasalar va notijorat tashkilotlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish; qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalarga doir faoliyatida ishtirok etish. Nazorat qiluvchi organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham xalqaro hamkorlikni amalga oshirishlari mumkin. 9. Nazorat qiluvchi organlarning xorijiy davlatlarning nazorat qiluvchi organlari bilan xalqaro hamkorligi quyidagi ma’lumotlarni almashish yo‘li bilan amalga oshiriladi: legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish bilan bog‘liq nazorat (tekshiruv) faoliyati sohasidagi ma’lumotlar; operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar to‘g‘risida nazorat qiluvchi organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar (faoliyati, boshqaruv tuzilmasi, benefitsiar mulkdori va h.k.); legallashtirishga qarshi kurashish sohasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichki nazorat dasturlari va jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; nazorat (tekshiruv) faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi ma’lumotlar; mijozlarni tekshirish natijalari, bank va boshqa hisobvaraqlari yoki amaliy ish munosabatlari va operatsiyalari (bitimlari) haqidagi ma’lumotlar. 10. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar: huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarida mavjud bo‘lgan yoki olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish; o‘z tashabbuslari yoki xalqaro so‘rovga asosan, xorijiy davlatlar vakolatli organlariga legallashtirish holatlarining sodir etilishini tasdiqlovchi yetarli asoslar (gumonlar) mavjud bo‘lgan taqdirda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlaridan olingan ma’lumotlarni yuborish; legallashtirish holatlarini hamda predikat jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda, shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador jismoniy yoki yuridik shaxslarni va benefitsiar mulkdorlarni aniqlashda ko‘maklashish; qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalarga doir faoliyatida ishtirok etish. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qonunchilik hujjatlari doirasida boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar. 11. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlik: xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish yuzasidan — protsessual qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Majburiy ijro byurosi) tomonidan; nodavlat notijorat tashkilotlari va benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish yuzasidan — o‘z vakolatlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi va (yoki) tergov organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, maxsus vakolatli davlat organi va Bosh prokuratura Majburiy ijro byurosi xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan tezkor-qidiruv faoliyati, tergov, sud muhokamasi va sud hujjatlarini ijro etish doirasida o‘zaro ma’lumotlar almashish borasida hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar. 13. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari legallashtirish holatlarini va predikat jinoyatlarni hamkorlikda tergov qilish maqsadida xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzishlari mumkin. 14. Ma’lumotlarni to‘plash, tergov, sud muhokamasi va sud hujjatlarini ijro etish bosqichida, shu jumladan, legallashtirish va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish borasida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi. 15. Prokuror yoki sud sanksiyasi talab qilinadigan protsessual harakatlar va (yoki) tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlaridan jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni musodara qilish maqsadida ularni qidirib topish va xatlash borasidagi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovlarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijro etadilar. 17. Xorijiy davlatlar vakolatli organlaridan kelib tushgan xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish borasidagi so‘rovlari qonunchilik hujjatlariga asosan ijro etiladi. 18. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini ko‘rib chiqadi. 19. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish, xatlash, musodara qilish va qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash borasida boshqacha tarzda kelishilmagan bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bunday tadbirlarni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplashlari mumkin. 20. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat vakolatli organlari bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larni bo‘lish borasida shartnoma (bitim) tuzishlari yoki har bir ish bo‘yicha alohida kelishishlari mumkin. 21. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qidirib topish va xatlash huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi. 22. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari belgilangan tartibda xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan xorijiy aloqa operatorlari orqali yoki aktivlarni qaytarish bo‘yicha bog‘lovchi shaxslar tarmoqlaridan foydalangan holda musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish borasida ishlarni amalga oshiradilar. Ma’lumotlar almashish maslahatlashuvlar o‘tkazish, yozishmalar, telefon, faksimil, video va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda muzokaralar olib borish yoki shaxsan uchrashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 23. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tayinlaydilar. 24. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradilar. Maxsus vakolatli davlat organi musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish masalalari bo‘yicha hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsni tayinlaydi. 25. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlatlar vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro so‘rovlarni xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgan holda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha belgilanadigan aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuboradi. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi so‘rovni qanoatlantirish to‘g‘risidagi javobini olgan taqdirda, bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarini darhol xabardor qiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qanoatlantirish to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tergov harakatlarini (mol-mulkni xatlash va boshqa holatlar yuzasidan) o‘tkazish haqida xalqaro so‘rovni tayyorlaydi va yuboradi. 26. Mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari hamda maxsus vakolatli davlat organi xodimlaridan iborat idoralararo ishchi guruh tuzilishi mumkin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qaytarilishi lozim bo‘lgan hamda qaytarilgan mol-mulk hisobining elektron bazasi yuritiladi. 28. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan xalqaro so‘rovlar, agarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xorijiy davlat vakolatli organi bilan kelishilgan tilda rasmiylashtiriladi. 29. Xalqaro so‘rovda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: so‘rov yuborayotgan organning nomi va pochta manzili; so‘rov qabul qilayotgan organning nomi va pochta manzili; so‘rov asosi va predmeti; ish holatining yoki ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning qisqacha yoxud to‘liq mazmuni, jinoyat tavsifi; zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarining matni; aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shuningdek, so‘ralayotgan hujjatlar ro‘yxati; ma’lumotdan foydalanish maqsadi; maxfiylikka rioya etilishi hamda olingan ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar haqidagi ma’lumot; zaruratga ko‘ra so‘rovning darhol ijro etilishi sabablari; zarurat bo‘lganda va imkoni boricha: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, tug‘ilgan joyi, fuqaroligi, yashash joyi manzili, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining rekvizitlari haqidagi ma’lumotlar; yuridik shaxsning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, pochta manzili va joylashgan joyi, mansabdor shaxslari haqidagi ma’lumotlar; so‘rov obyekti bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk haqida ma’lumotlar (ularning joylashgan joyi, kimga tegishliligi, jinoyatga aloqasi va h.k.). So‘rovda ishning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida, so‘rov yuborayotgan organning telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin. 30. Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: mol-mulkni xatlash uchun asos bo‘luvchi ma’lumotlar; xatlanishi lozim bo‘lgan mol-mulkning turi va qiymati; mol-mulkni jinoyatga aloqasi; jinoyatning tavsifi; mol-mulkni xatlash muddati. 31. Mol-mulkni musodara qilish haqidagi sudning hukmini ijro etish to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. mol-mulkni musodara qilish haqida hukm chiqargan sud to‘g‘risida ma’lumot; mol-mulkni musodara qilish haqidagi sud hukmining qaysi qismi ijro etilishi lozimligi haqida ma’lumot; xorijiy davlat hududida bo‘lgan musodara qilinadigan mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mol-mulk o‘rniga boshqa narsa yoki pul mablag‘larining musodara qilinishini ta’minlash maqsadida mol-mulk ekvivalentiga teng summa); mol-mulk mulkdori haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan uning tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashg‘uloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma’lumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxslar uchun esa ularning nomi, pochta manzili va joylashgan joyi; musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk xorijiy davlat hududida joylashganligini tasdiqlovchi hujjat; musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulkning kelib chiqishi noqonuniyligini, uning xorijiy davlatga, xorijiy davlat fuqarosiga yoki yuridik shaxsga tegishliligini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek, musodara qilish uchun asos sifatida zararning mavjudligi yoki mol-mulkni qaytarish zarurligini tasdiqlovchi boshqa dalillar; sodir etilgan jinoyatning aniq tafsiloti, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi, shuningdek, mazkur jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdori haqida ma’lumot; O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turi yoki pul mablag‘ining hajmi. So‘rovda xorijiy davlat vakolatli organining talablariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. 32. So‘rov O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va (yoki) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yuboriladi. 33. Xorijiy davlat vakolatli organlaridan kelib tushgan xalqaro so‘rovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi ularni ijro etish va ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini (ustuvorligini, ijro muddatini va h.k.) belgilaydi. 34. Bir nechta xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan yuborilgan so‘rovlarni ijro etish jarayonida ularda ko‘rsatilgan masalalar bitta holat yuzasidan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi birinchi navbatda ijro etilishi lozim bo‘lgan so‘rovni mustaqil belgilaydi. Bunda, zaruratga ko‘ra xorijiy davlat vakolatli organi bilan dastlabki maslahatlashuv o‘tkazilishi mumkin. 35. Kelib tushgan so‘rovni ijro etish uchun ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi taqdim etish muddatini belgilagan holda qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin. 36. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi so‘rovni ijro etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va ularning natijalari to‘g‘risida, shuningdek, so‘rovning (uning qismining) sabablarini ko‘rsatgan holda ijro etish shartlari, uni ijro etishni rad etish yoki kechiktirish haqida so‘rovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi. 37. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari so‘rovni quyidagi asoslarga ko‘ra ijro etishni rad etishlari mumkin: xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa; so‘rovda ko‘rsatilgan holatlar legallashtirish va predikat jinoyatlarga aloqador bo‘lmasa; tergov va sud ishlarini yuritish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatsa; O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari vakolatiga taalluqli bo‘lmasa; taqdim etiladigan ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash yozma ravishda kafolatlanmasa. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi so‘rovni ijro etishni rad etish haqida asoslarini ko‘rsatgan holda xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi. 38. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari: xorijiy davlat vakolatli organi bilan kelishilgan holda so‘rov ijrosini kechiktirishi yoki qisman ijro etishi mumkin; tijorat, bank, soliq yoki boshqa moliyaviy sirlarni vaj qilgan holda ma’lumotlarni taqdim etishni yoki so‘rovni ijro etishni rad qilishga haqli emas, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno; O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining huquqiy maqomini vaj qilgan holda so‘rovni ijro etishni rad qilishga haqli emas; so‘rovning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida so‘ralayotgan ma’lumotlarni taqdim etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi shart; so‘rov bo‘yicha olingan ma’lumotdan foydalanish tartibi va natijasi haqida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qilishi lozim; belgilangan tartibda so‘rovlar va undagi mavjud axborotlarning, shuningdek, taqdim etilayotgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart; agar ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashning imkoni bo‘lmasa, bu haqida so‘rov yuborgan xorijiy davlat vakolatli organini darhol xabardor qilishi lozim. 39. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga ma’lumotlarni yuborishda oldindan berilgan roziliksiz yoki so‘rovda ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanish shartlari ko‘rsatiladi, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan bunday ma’lumotlarni oshkor etish yoki taqdim etish haqida oldindan ruxsat berilgan yoxud yuridik majburiyat bo‘lgan holatlar bundan mustasno. 40. Xalqaro hamkorlik doirasida olingan ma’lumotlardan faqatgina so‘rovda yoki shunday so‘rovga berilgan javobda ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi. Bunday ma’lumotlarni davlat organlari yoki uchinchi shaxslarga taqdim etish yoxud undan ma’muriy va jinoiy ishni yuritish maqsadlarida foydalanish faqatgina xorijiy davlat vakolatli organining ruxsati bilan amalga oshiriladi. 41. So‘rovlar O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi hamda xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan belgilanadigan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali qabul qilinadi va yuboriladi. 42. Yuborilgan va olingan so‘rovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan so‘rovlarga berilgan javoblarning sifatini monitoring qilib boradilar. Maxsus vakolatli davlat organining so‘roviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari xalqaro hamkorlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar. 43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan legallashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning tekshiruv o‘tkazishga doir talablari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu sohada o‘tkaziladigan tekshiruvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu Nizomning Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi hamda “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi” bilan ishlashga doir talablari tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; monitoring — tashkilotlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi yuzasidan hisobot va axborotlarni masofadan tahlil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui; monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organlar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) — tegishli tashkilotlar uchun legallashtirishga qarshi kurashish borasida ichki nazorat qoidalarini ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi organlar yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilish vakolati berilgan boshqa organlar va tashkilotlar; nazorat — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui; operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalar; tashkilotlar — O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlar. 3. Legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi. 4. Monitoring va nazorat qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 5. Monitoring va nazoratni amalga oshirishning asosiy maqsadi tashkilotlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi. Quyidagilar monitoring va nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi: tashkilotlarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash; legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; legallashtirishga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish. 6. Monitoring va nazoratni amalga oshirish ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Monitoring legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hisobot shakllari vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 8. Monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, legallashtirishga qarshi kurashish sohasiga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni talab qilib olish man etiladi. 9. Monitoring davomida legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli organlar tomonidan ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 10. Nazorat ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida vakolatli organlar tomonidan mustaqil yoki maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida tekshiruv shaklida amalga oshiriladi. Maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi asosida tegishli vakolatli organlari tomonidan uning nazorati ostidagi tashkilotlarda tekshiruv o‘tkazilishi mumkin. 11. Tekshiruv Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda o‘tkaziladi, tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan tashkilotlar bundan mustasno. 12. Tekshiruv davomida legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi. 13. Tekshiruv vakolatli organlar tomonidan mustaqil yoki hamkorlikda chiqarilgan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqqa (farmoyishga) (keyingi o‘rinlarda — buyruq (farmoyish) asosan o‘tkaziladi. Tekshiruvni o‘tkazish uchun vakolatli organlarning ikki yoki undan ortiq xodimlari jalb etilgan taqdirda, buyruq yoki farmoyishda ulardan biri tekshiruvda vazifalarni taqsimlash bo‘yicha guruh rahbari etib belgilanadi. 14. Hamkorlikda o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlanishidan kamida besh kun oldin o‘zaro xabardor qilgan holda o‘tkaziladi. 15. Buyruq (farmoyish)da quyidagilar ko‘rsatiladi: tekshiruv o‘tkazadigan vakolatli organ(lar) nomi; buyruq (farmoyish) raqami va sanasi; tekshiruv o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi; tekshiruv o‘tkaziladigan tashkilotning nomi, pochta manzili va faoliyat ko‘rsatish joyi; tekshiruv jarayonida o‘rganiladigan masalalar doirasi hamda tekshirilayotgan faoliyat davri; tekshiruvni boshlash va tugash muddati. Tekshiruvni boshlashdan oldin tekshiruv dasturi tuzilishi va unda o‘rganiladigan masalalar aks ettirilishi lozim. 16. Tekshiruv dasturiga quyidagilar kiritiladi: mas’ul shaxslarni tayinlash tartibiga rioya etilishi; mas’ul shaxsni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etish ahvoli; tashkilot faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilganligi va ularga rioya etilishi; ichki nazoratni va mijozlarni tekshirish choralarini joriy etish; legallashtirish bilan bog‘liq tavakkalchilikni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etish, shuningdek, ushbu tavakkalchilik haqida rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor qilish va ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish holati; mas’ul shaxslarning zimmasiga ichki nazorat qoidalari va lavozim yo‘riqnomasi bilan yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi; mijozlarni, shu jumladan benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘liq choralar ko‘rilganligi; mas’ul shaxslar tomonidan mijozlarni tekshirish, mijoz yoki operatsiyalarning tavakkalchilik darajasini aniqlash, tavakkalchiliklarni qayd etish hamda nazorat qilishning kengaytirilgan choralarini qo‘llashning tartib va talablariga rioya etilishi; operatsiya ishtirokchilari o‘rtasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) kiritilgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlar holati; Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartib va talablariga rioya etilishi; maxsus vakolatli davlat organi tomonidan operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan yuborilgan ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi; legallashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ishlarda maxfiylik talablariga rioya etilishi; operatsiyalar haqidagi axborotlarni, identifikatsiyalash ma’lumotlarini, mijozlarni tekshirish materiallarini, shuningdek, legallashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni saqlash tartiblariga rioya etilishi; shubhali operatsiyalar haqida xabarlarni tayyorlash talablariga hamda ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish muddati va tartibiga rioya etilishi; shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar), shu jumladan ushbu operatsiyalarning barcha holatlari va kontragentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi; maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi; legallashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tashkilotlar, shu jumladan ushbu sohadagi xorijiy davlat vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish ahvoli; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalar. 17. Tekshiruvni o‘tkazish vaqtida tekshiruvga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi, vakolatli organlar tomonidan jalb etilgan mutaxassislar bundan mustasno. 18. Tashkilotning mansabdor shaxsi buyruq (farmoyish)ni qabul qilishdan bosh tortishi tekshiruvni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda dalolatnoma tuzilib, tekshiruv hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. Tekshiruvni o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. 19. Tekshiruv dalolatnomasiga “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxs “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, tashkilot mansabdor shaxsi tekshiruv o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli. 20. Buyruq (farmoyish)da ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi. 21. Vakolatli organlar barcha o‘tkazilgan tekshiruv natijalari haqida maxsus vakolatli davlat organini tekshiruv tugagan kundan so‘ng uch ish kuni ichida xabardor qilishi lozim. 22. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega: tashkilotdan tekshiruv predmetiga taalluqli ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish, ularni o‘rganish hamda nusxa olish; tashkilotning mansabdor shaxsidan tekshiruv predmetiga taalluqli masalalar bo‘yicha yozma tushuntirish berishni hamda aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rishni talab qilish; tashkilot rahbariyati oldiga aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini qo‘yish; aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxslari uchun majburiy hisoblanadi. 23. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega: tekshiruv boshlangunga qadar tashkilot mansabdor shaxsini buyruq (farmoyish) bilan tanishtirish va uning nusxasini imzo qo‘ydirgan holda taqdim etish; tashkilot mansabdor shaxsini tekshiruv maqsadi bilan tanishtirish, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini ko‘rsatish; tekshirilayotgan tashkilotda “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi” mavjud bo‘lgan hollarda, uning elektron yoki qog‘oz shaklini to‘ldirish; tekshiruvni o‘tkazish vaqtida tashkilot mansabdor shaxsiga uning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, tekshiruv vaqtida mutaxassislarni jalb qilishga haqli ekanligini tushuntirish; o‘ziga ma’lum bo‘lgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bilan tashkilot mansabdor shaxsini tanishtirish; tekshiruv natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilishini ta’minlash; o‘z vakolatlari va buyruq (farmoyish)da belgilangan tekshiruv maqsadlari doirasidan chiqmaslik. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. 24. Tashkilot mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega: buyruq (farmoyish) nusxasini olish, tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasi bilan tanishish; tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish; tekshiruvni o‘tkazish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan shaxslarga tekshiruvni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsdan “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning elektron yoki qog‘oz shaklini to‘ldirishni talab qilish, to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda esa — o‘zining hududi va binolariga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning vakolatiga kirmaydigan yoki tekshiruv predmetiga aloqador bo‘lmagan masalalar bo‘yicha talablarni bajarmaslik; tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish, ular bilan tanishish va nusxa olish; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish. Tashkilot mansabdor shaxsi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 25. Tashkilot mansabdor shaxsi quyidagi majburiyatlarga ega: tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsga tekshiruv bilan bog‘liq hujjatlar, shuningdek, elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning tekshiruv bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish hamda uning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va tekshiruv predmetiga aloqador masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar berish. Tashkilot mansabdor shaxsi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. 26. Tekshiruv natijalari bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxs tomonidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi. Tekshiruv dalolatnomasi ikki nusxada, hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha esa, uch nusxada tuziladi hamda tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar va tashkilot mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi. 27. Tekshiruv dalolatnomasida quyidagilar qayd etilishi lozim: tekshiruvni o‘tkazgan vakolatli organ(lar) nomi; dalolatnoma tuzilgan joy va sana; buyruq (farmoyish) raqami va sanasi; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi; tekshirilgan tashkilotning nomi, pochta manzili va faoliyat ko‘rsatish joyi; tekshiruv o‘tkazilgan joy va sana, tekshirilgan faoliyat davri; tekshiruv natijalari, shu jumladan aniqlangan qonun buzilish holatlari, ularning xususiyatlari hamda qonun buzilishida javobgar bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; tashkilotning mansabdor shaxsi dalolatnoma bilan tanishganligi (imzolaganligi), tekshiruv natijalari bo‘yicha berilgan shikoyat va e’tirozlar hamda tanishishdan yoki imzolashdan bosh tortganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning imzosi. 28. Tekshiruv dalolatnomasining bir nusxasi tekshiruv o‘tkazilgan tashkilot mansabdor shaxsiga tilxat orqali topshiriladi hamda tekshiruv natijalari haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi. 29. Tekshiruv dalolatnomasi tashkilot mansabdor shaxsiga topshirilgan kun tekshiruv yakunlangan kun deb hisoblanadi. 30. Tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan hujjatlar, mutaxassislar xulosalari, tekshiruv davomida olingan materiallar, shuningdek, tekshiruv doirasidagi harakatlarning bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar tekshiruv dalolatnomasiga ilova qilinadi. 31. Tekshiruv natijasi bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va qonuniy chora ko‘rish tekshiruvni o‘tkazgan vakolatli organ, hamkorlikdagi tekshiruv bo‘yicha esa, tekshiruv tashabbuskori tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxs aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha faqat o‘z vakolati doirasida ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rishi mumkin. 32. Tekshiruv davomida aniqlangan legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari bo‘yicha ish yuritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 33. Vakolatli organlar ushbu Nizomga muvofiq o‘tkazilgan tekshiruvlar hamda ko‘rilgan choralar hisobini yuritishlari lozim. 34. Vakolatli organlar o‘tkazilgan monitoring va nazorat natijalari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda mazkur Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan jadval asosida maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar. 35. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bo‘limida “Departament boshlig‘ining yordamchisi” so‘zlaridan keyin “Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda): a) 7-band quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”; yigirma birinchi xatboshi yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; b) 8-band quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “DBQ jinoiy faoliyatdan o
249
63,454
Qonunchilik
Jinoyat ishlari boʻyicha sud ijro varaqasini 3 kun ichida yuboradi
Deputat JPKning 531-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga izoh berdi. Oʻzbekiston Respublikasi  Jinoyat-protsessual kodeksining 528-moddasida hukmning 3 kundan kechikmay ijroga qaratish majburiyligi nazarda tutilgan boʻlishiga qaramasdan, tegishli farmoyishni yoхud ijro varaqasini yuborish muddati nazarda tutilmaganligi sud hujjatlarini oʻz vaqtida ijro qilinmasligiga olib kelmoqda. Ma’lumot uchun: Ijro hujjatlarini inventarizatsiya qilish jarayonida sudlar tomonidan 3 499 ta 5,4 mlrd. soʻmlik ijro hujjatlari oʻz vaqtida ijroga qaratilmagani aniqlandi. Ushbu holat ijro varaqasi talabini bajarishda qarzdorning mol-mulkini tezkorlik bilan aniqlash va ularni хatlash kabi ijro harakatlarini amalga oshirishga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shu munosabat bilan, lozim darajada ishlab chiqilgan va kelishilgan[1] qonun loyihasida farmoyishlar va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori boʻyicha beriladigan ijro varaqalarini hukmning nusхasi bilan birga 3 kundan kechikmay sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga yuborish tartibini belgilash taklif etiladi. Oʻylamizki, qoʻshimchalar sudning hukmlari, qarorlari va ajrimlari ijro qilinishi ustidan oʻz vaqtida nazoratni amalga oshirish imkonini beradi. Aliya YuNUSOVA, Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi. [1] Tayyorlangan Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi, Milliy havfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishilgan.
66
1,489
Qonunchilik
BOLALARNI VAKSINALAR BILAN TAMINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Bolalarni vaksinalar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 1995-yildan boshlab, respublikaning budjet istiqbollarida va valyuta rejasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) o‘rtasida tuzilgan Bitimga muvofiq O‘zbekistonning hissa qo‘shib qatnashishi hajmlarida bolalarni immunizatsiyalash uchun xarajatlarni nazarda tutsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini, Bosh bojxona boshqarmasini va “O‘ztashqitrans”ni vaksinaning kelib tushish muddatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilsin; vaksinalarni sovutish talablariga rioya qilgan holda, ularning samarali taqsimlanishini, foydalanilishini, shuningdek, yetkazib berilishini va saqlanishini ta’minlasin; vaksinadan qanday foydalanilayotgani va u bilan qancha bola emlanganligi to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga va YUNISEFning O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasiga axborot berib tursin. 3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi: vaksinani ortish-tushirish ishlari to‘xtovsiz amalga oshirilishini va uning aeroportda butun saqlash davrida sovutish kameralariga joylashtirilishini ta’minlasin; yukning insonparvarlik xususiyatini hisobga olib, vaksinaning ichki havo yo‘llarida aviakompaniya samolyotlari bilan bepul tashilishiga ruxsat etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi: insonparvarlik vaksinalarini bojxonada tekshirish va ularni Respublikaga o‘tkazish masalalarini tezkorlik bilan hal qilsin; yuqorida ko‘rsatilgan yuklarni va kuzatib keluvchi shaxslari bojxona poshlinalari, yig‘imlar va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlardan ozod qilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi insonparvarlik vaksinalarini yetkazib beruvchi tashkilotlarning viza olishlariga yordam ko‘rsatsinlar va ularni konsullik va viza yig‘imlaridan ozod qilsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limiga yuklansin.
65
2,121
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta’minlovchi tizimlar esa — barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o‘tishini ta’minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash zarur. Bu davlat va xo‘jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta’minlash “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot jihatidan ochiqligini yanada oshirish, jamoatchilikka amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning maqsadlari, vazifalari, borishi hamda natijalari, mamlakatning global axborot jamiyatiga uyg‘un integratsiyalashuvi haqida o‘z vaqtida, xolisona va to‘laqonli axborotni tezkorlik bilan yetkazish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlari va usullarini joriy etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini ta’minlashga qaratilgan normalari ijrosini so‘zsiz va sifatli ta’minlash barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eng ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari ushbu vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi o‘rinlarda axborot xizmati deb yuritiladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi hamda shu organ rahbariga bevosita bo‘ysunadigan alohida mustaqil bo‘linma hisoblanadi. Quyidagilar axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish; ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish; axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish; axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot tusidagi materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (kino, foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash; idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish. 3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari: o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar; Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda: axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsinlar; axborot xizmatlari kadrlarining malakasini oshirish va Xizmatlarni jurnalist kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish va boshqa sohalardagi yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsinlar; axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashning boshqa zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy etsinlar. 5. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatida ochiqlik prinsipini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarga qaratilgan metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ularning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishning amaliy mexanizmlarini belgilash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslar keng foydalanishini ta’minlash, ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha zamonaviy tizimlarni shakllantirishda ularga ko‘maklashish va hokazo. 6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda har yili “Eng yaxshi axborot xizmati”, “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yoritayotgan eng yaxshi jurnalist” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunlariga bag‘ishlab tanlovlar tashkil etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 22-sentabrdagi 203-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L. Tangriyev zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Axborot xizmati (matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar xizmati) (keyingi o‘rinlarda Xizmat deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita uning rahbariga bo‘ysunadi. 2. Xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Xizmat o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi. 4. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash; keng jamoatchilikni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish; ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish; axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash; idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish. 5. Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi: OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi; ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi; OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi; qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi; Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi; OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi. 6. Xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi. 7. Xizmat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish; qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa bo‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish; rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi nomidan vakillik qilish; o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish. 8. Xizmat: o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi. 9. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi. 10. Xizmat faoliyati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi. 11. Xizmatga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi. 12. Xizmat rahbari bevosita davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining rahbariga bo‘ysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi. 13. Xizmat rahbari: Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 14. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 15. Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
153
18,316
Qonunchilik
“O‘zagroservis” AJ korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mashina-traktor parklarining bir-birini takrorlovchi funksiyalarini bartaraf etish, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish va tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga servis va mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishning yagona texnik siyosatini yuritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son qaroriga muvofiq “Avtosanoat Agrotexservis” MChJ va “O‘zagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish nazarda tutilgani; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 18-maydagi 373-son qaroriga muvofiq tugatilgan fermer xo‘jaliklarining “O‘zagrolizing” AJ va “O‘zagroservis” AJ oldidagi qarzdorlik miqdoriga aniqlik kiritish hamda shu munosabat bilan ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldida yuzaga kelgan qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilishga doir taklif kiritish belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zagroservis” AJ va “O‘zavtosanoat” AJning: a) “Avtosanoat Agrotexservis” MChJ ustav jamg‘armasidagi “O‘zavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlariga tegishli bo‘lgan ulushlarini “O‘zagroservis AJning ustav jamg‘armasiga “O‘zavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlarining ulushi sifatida 1-ilovaga muvofiq boshlang‘ich qiymatda berish va keyinchalik “O‘zagroservis” AJ aksiyalarini boshlang‘ich qiymatda joylashtirish masalasini belgilangan tartibda tashkil etish; b) tuman “Agrotexservis MTP” MChJlarining “O‘zavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlari oldidagi kafillik shartnomalari asosida amalda to‘langan qismi bo‘yicha qarzdorliklarini 2-ilovaga muvofiq hisobdan chiqarish bo‘yicha bergan takliflariga rozilik berilsin. 3. “O‘zagroservis” AJ, “Kafolat SK” AJ va “Agrobank” ATBning: 2019-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga muvofiq xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun “O‘zagroservis” AJ mashina-traktor parklarining garov bilan ta’minlanmagan majburiyatlari bo‘yicha “Agrobank” ATBga “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan taqdim etilgan kafillikni sug‘urta polislariga almashtirish; “O‘zagroservis” AJ mashina-traktor parklari “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning garov bilan ta’minlanmagan majburiyatlar bo‘yicha kafilliklarini sug‘urta tashkilotlari polislariga almashtirish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari haqini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lashi ta’minlanishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 4. “O‘zagroservis” AJ va “O‘zagrolizing” AJning tuman “Agroservis MTP” MChJ, “Agrotexservis MTP” MChJ va “Agrotexservis MTP” MChJlarining “O‘zagrolizing” AJ va “O‘zmashlizing” MChJ oldidagi lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarini to‘lash muddatini 3-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-sentabrga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
106
3,645
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
176
1,148
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika (katta) inspektorlari (keyingi o‘rinlarda — profilaktika inspektorlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olish faoliyatini 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ichki ishlar organlari tayanch punktlari va mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika inspektorlari tomonidan maxsus planshet qurilmalari orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida maxsus planshet qurilmalari orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat etish tartibi; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida maxsus planshet qurilmalari orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda ro‘yxatga olishni rad etish asoslari; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida maxsus planshet qurilmalari orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda idoralararo faoliyatni tashkil etish tartibi. 3. Belgilansinki: tajriba-sinov doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, ularning xohishiga ko‘ra, qulay manzildagi profilaktika inspektorlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan amalga oshiriladi; mazkur qarorni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda profilaktika inspektorlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashash uchun kelgan fuqarolarni maxsus planshet qurilmasi yordamida vaqtincha ro‘yxatga olish tizimini ishga tushirsin hamda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining elektron tizimi bilan integratsiya qilsin; ikki oy muddatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarini maxsus planshet qurilmalari bilan ta’minlasin; maxsus planshet qurilmalari orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish maqsadida profilaktika inspektorlari malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etsin; 2023-yil 1-sentabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik nizomni amaliyotda qo‘llash natijalarini puxta tahlil qilgan holda kelgusida mazkur amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) ichki ishlar organlari tayanch punktlari va mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika (katta) inspektorlari (keyingi o‘rinlarda — profilaktika inspektorlari) tomonidan maxsus planshet qurilmalari orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxatga olish) tartibini belgilaydi. 2. Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganlik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. 3. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab o‘n besh kun muddatda o‘z xohishiga ko‘ra, qulay manzildagi profilaktika inspektorlari, MvaFRB, davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) murojaat qilishi mumkin. 4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun MvaFRB, davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPga murojaat qilganda vaqtincha ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (keyingi o‘rinlarda — Nizom) 4-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorlarda to‘lanadi. Fuqarolar profilaktika inspektorlari tomonidan maxsus planshet qurilmasi yordamida vaqtinchalik ro‘yxatga olinganda davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi. Profilaktika inspektorlari tomonidan maxsus planshet qurilmasi orqali fuqarolar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganda davlat boji elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lanadi. 6. Profilaktika inspektorlari orqali vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 7. Fuqarolar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun profilaktika inspektorlariga murojaat qilganda mulkdor nomidan, profilaktika inspektori tomonidan maxsus planshet qurilmasi orqali ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi. So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiradi: mulkdor va vaqtincha ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi; o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); harbiy hisob hujjatlari; ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; uy-joy bergan yuridik shaxsning rozilik xati; uy-joy hujjati (kadastr raqami, doimiy ro‘yxat manzili). Soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va so‘rovnoma vaqtincha ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan profilaktika inspektori tomonidan to‘ldiriladi. Bunda uy-joy hujjatlari (kadastr raqami, doimiy ro‘yxat manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar profilaktika inspektoriga fuqaro tomonidan taqdim etiladi 8. Fuqaroga davlat boji elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lanishi tushuntiriladi. 9. Profilaktika inspektori tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgach O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. Elektron raqamli imzosi bo‘lmagan hollarda shaxsiy imzo yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin. 10. So‘rovnoma vakolatli organning elektron tizimiga kelib tushgan vaqtdan boshlab Nizomning 44-bandida belgilangan tartibda tekshiriladi. Profilaktika inspektorlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat himoyalangan idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi. Qo‘shimcha tekshirish talab etilgan taqdirda, fuqaro axborot-kommunikatsiya tizimi orqali profilaktika inspektorini xabardor qiladi. Bunda qo‘shimcha tekshirish muddati uch ish kunidan oshmasligi lozim. 11. Tekshirish natijasiga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqdaydigan hujjatga QR-kod bilan himoyalangan vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda — qayd varag‘i) tegishli profilaktika inspektori planshetiga elektron shaklda yuboriladi. Profilaktika inspektori qayd varag‘i olingandan so‘ng uni shu kunning o‘zida fuqaroga qog‘oz shaklida taqdim etadi. Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, qayd varag‘i fuqaroning elektron manziliga yuborilishi mumkin. 12. Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoxud tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. 13. Profilaktika inspektori vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini berishda fuqaroga qayta vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini va muddatini tushuntiradi. 14. Qayd varag‘i yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, fuqaro vaqtinchalik yashayotgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektoriga shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varag‘i yo‘qolishi yoki buzilishi holatlarini ko‘rsatib, qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish haqida ariza taqdim etadi. 15. Profilaktika inspektori arizada ko‘rsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning o‘zida qayd varag‘ining dublikatini taqdim etadi. 16. Profilaktika inspektoriga noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, vaqtincha ro‘yxatga olish uchun davlat bojini to‘lamaslik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Boshqa har qanday holat vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘lmaydi. 17. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olinishi rad etilgan holatlar yuzasidan fuqarolar hududiy MvaFRBga murojaat qiladilar va ushbu holatlar Nizomga muvofiq hal etiladi. 18. Fuqaro vaqtincha turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ushbu Vaqtinchalik nizomda ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joydagi profilaktika inspektori orqali vaqtincha ro‘yxatga olinadi. 19. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olingan fuqaro vaqtincha ro‘yxatga olingan joyda yashashi kerak. 20. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi, bunda ular tomonidan Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar MvaFRBlarga taqdim etiladi. 21. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olingan chaqiriluvchilar yoki harbiy xizmatga majburlar Nizomga muvofiq harbiy hisob hujjatlari asosida vaqtincha harbiy ro‘yxatga olinadi yoki harbiy hisobdan chiqariladi. 22. Profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. 23. Ushbu Vaqtinchalik nizomda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi. 24. O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqaro uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili vaqtincha ro‘yxatga olingan joyda vaqtinchalik ro‘yxatga olinishi shart va ro‘yxatga olinganligi uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji to‘lanadi. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsni vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi. 25. Ish beruvchi, ta’lim tashkiloti, mulkdorlar vaqtincha ro‘yxatga turgan fuqaro bilan amaldagi shartnomani bekor qilgan taqdirda, bu haqda hisobga qo‘yilgan hududiy profilaktika inspektorini xabardor qilishi shart. 26. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida vaqtincha ro‘yxatga olish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi. 27. Tashkilot, shu jumladan, o‘quv tashkilotlarining uy-joylar, yotoqxonalariga fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur tashkilot, shu jumladan, o‘quv tashkilotining yozma roziligi asosida amalga oshiriladi. 28. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
211
14,148
Qonunchilik
RESPUBLIKA KORXONALARIDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BO‘LGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETIShNI KENGAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning eksport salohiyatini ko‘paytirish va respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini 2011-yil 1-yanvargacha joriy etish to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin. Maxsus ishchi guruhga, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek respublika korxonalarining takliflari asosida ushbu qarorga 2-ilovaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 3. “O‘zstandart” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 3-ilovada* ko‘rsatilgan korxonalar faoliyatini tahlil qilish asosida 2011-yil 1-yanvargacha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish istiqboliga ega bo‘lgan korxonalarning aniq ro‘yxatini tasdiqlash uchun Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhga kiritsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maxsus ishchi guruhning ular yuzasidan ijobiy qarorlari qabul qilingan mintaqaviy korxonalar bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir mintaqaviy tadbirlarni tasdiqlasinlar. 4. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari: ikki hafta muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan korxonalar bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir tarmoq tadbirlarini tasdiqlasinlar; xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish amalga oshirilishi tahliliga bag‘ishlangan masalalarni Komplekslarning choraklik majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqsinlar; boshqaruvning barcha darajalarida ish yakunlarini chiqarishda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatkichlardan rahbarlar ishlarini baholash mezonlaridan biri sifatida foydalansinlar. 5. Belgilansinki: xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi; xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi. 6. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga muvofiq foyda solig‘ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladigan investitsiyalar summasiga kamaytirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bo‘yicha bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ro‘yxatiga laboratoriya tadqiqotlarida va mahsulotlarni testdan o‘tkazishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ularga ehtiyot qismlarni bir oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar. 8. “O‘zstandart” agentligi xalqaro sifat standartlarini joriy etgan korxonalar reyestrining ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ishlab chiqarishlarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha korxonalar tajribasini har oyda ommaviy axborot vositalarida yoritib borsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) 2-bandi, 3-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 11-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
166
6,627
Qonunchilik
Pandemiya: Oʻzbekiston 3 toifadagi hududga ajratildi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi. Sanitar-epidemiologik vaziyatga binoan respublika quyidagi toifadagi hududlarga ajratildi: Qizil toifadagi hudud Ushbu toifadagi hududda quyidagilarga ruхsat berildi: Sariq toifadagi hudud Bu yerda qizil hududda ruхsat berilgan faoliyatga qoʻshimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruхsat beriladi: zargarlik va gul sotish doʻkonlari, sartaroshхona va goʻzallik salonlari, mehmonхonalar (хostellar va mehmon uylari bundan mustasno), avtoservislar (jumladan qishloq хoʻjaligi va qurilish teхnikalariga teхnik хizmat koʻrsatish), maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaхonalari, yoʻnalishsiz taksida maхsus talablar asosida yoʻlovchi tashish faoliyati, velosiped va skuterda harakatlanish. Yashil toifadagi hudud Ularga quyidagilarga ruхsat beriladi: Sariq va qizil toifadagi hududlarda 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha avtotransportning stikersiz harakatiga ruхsat berildi.
52
1,094
Qonunchilik
MIB tadbirkorning hisobvaragʻiga qachon inkasso qoʻyadi
Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Ubaydullo Mirzayevning aytishicha, bunday holatda hisobvaraqda yetarlicha mablagʻ boʻlgan taqdirda, u muzlatilmaydi, shunchaki inkasso talabnomasida koʻrsatilgan qarzdorlik summasi yechib olinadi, хolos. Qarzdorlik qoplanganidan soʻng sub’yekt oʻz faoliyatini bamayliхotir davom ettiraverishi mumkin. Buning ustiga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga 2018 yil 10 yanvar kuni kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, sud hukmini iхtiyoriy ijro etish uchun sub’yektga 15 kun muddat beriladi (ilgari 5 kun edi). Muqaddam iхtiyoriy muddat ichida talabnomani bajarmagan jismoniy shaхslarga EKIHning 5 dan 10 baravarichaga, yuridik shaхslarga EKIHning10 dan 15 baravarigacha jarima solinar edi. Hozirda tadbirkorga nisbatan jarima qoʻllash faqat sud orqali amalga oshiriladigan boʻldi. Sud lozim topsa, tegishli miqdordagi jarimani belgilaydi. Agar tadbirkorning hisobvaragʻida qarzdorlikni qoplash uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, korхona yoki tashkilot bankrot holatiga kelib qolgan boʻlsa, majburiy ijro harakatlariga kirishiladi. Avvalo, tashkilotning hisobvaragʻidan operatsiyalar amalga oshirilishini toʻхtatib qoʻyish uchun MIB хizmat koʻrsatuvchi bankka inkasso talabnomasini yuboradi. Shundan keyin sub’yekt “Kartoteka 2”ga tushadi. Ya’ni uning hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar eng avvalo soliq boʻyicha qarzdorlikni qoplash uchun yoʻnaltiriladi. Qarzdorlikdan toʻliq qutilmaguncha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi taqiqlanadi. Soʻngra boshqa qarzdorliklar, oylik ish haqi va hokazolarga sarflanishiga yoʻl qoʻyiladi. Majburiy ijro harakatlari quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi: Bunda baholash хususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshiradi. Baholash kompaniyasining хizmatlari uchun haq qarzdordan undiriladi. Korхonaning ishlab turgan asbob-uskunalariga undiruvni qaratish mumkin emas. Xatlanganda ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan mol-mulkka undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyiladi. Korхona faoliyat koʻrsatmay qolmasligi kerak. YaTTning qarzdorligi boʻlsa, u shaхsiy mol-mulkidan undiriladi. Ijro mobaynida kelib chiqqan nizolar sud tartibida hal etiladi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
55
2,223
Qonunchilik
Xorijlik avtotashuvchining yangi yoʻnalishini IDXYaPda kelishib oling
Yagona portalda Davlat bojхona qoʻmitasining yangi хizmati ishga tushirildi, u yuridik shaхslarga хorijlik tashuvchilar avtotransport vositalarining yoʻnalishini oʻzgartirish uchun ruхsatnoma berilganligi haqida bildirishnoma olish imkonini beradi. Bunday хizmatdan transport-ekspeditorlik yoki transport tashkilotlari (yuridik shaхslar), Oʻzbekiston rezidentlari foydalanishlari mumkin, uni olish uchun esa хorijlik avtotashuvchidan foydalanilishi toʻgʻrisida shartnoma va ariza beruvchi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim qilish zarur. Javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Natijada ariza beruvchi raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan yoʻnalishni oʻzgartirishga ruхsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani yoki uni berishga rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani oladi. Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin: Ariza beruvchi хizmat sifati, davlat muassasasining mansabdor shaхsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega. Xizmat 3 ish kuni mobaynida bepul koʻrsatiladi. Mavzu boʻyicha materiallar: Bojхona chegarasidan oʻtish haqida IDXYaP orqali хabar bering Uyda ijtimoiy хizmat koʻrsatishga qabul qilishni Internet orqali soʻrash mumkin
69
1,357
Qonunchilik
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI VA NAZORAT IDORALARINING BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MA’MURIY-BOShQARUV APPARATI XODIMLARINING ShTATLAR SONINI QISQARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Davlat soliq va Davlat bojxona qo‘mitalarining amaldagi boshqaruv tuzilmasi hamda ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini qisqartirish bo‘yicha takliflari inobatga olinsin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ichki ishlar vazirligi idoralari ma’muriy-boshqaruv apparatidan qisqartirilayotgan 393 ta shtat birliklari hisobiga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida quyi ichki ishlar idoralari tezkor xizmatlarining shtat birliklari 2-ilovaga muvofiq ko‘paytirilsin. 3. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’muriy-boshqaruv apparatidan qisqartirilayotgan 55 ta shtat birliklari hisobiga bojxona chegara maskanlari va ularning tezkor-qidiruv guruhlari shtat birliklari 3-ilovaga muvofiq ko‘paytirilsin. 4. Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) 2-ilovaga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi (O‘.Komilov) 3-ilovaga muvofiq joriy yilning 1-apreligacha topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 5. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.Sultonov va Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmalariga yuklatilsin.
176
1,454
Qonunchilik
Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional shaxmatga jalb qilish, nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallash, jahon standartlariga mos keladigan shaxmat infratuzilmasini kengaytirish, shuningdek, Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini izchil amalga oshirish maqsadida: 1. Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “To‘dako‘l” dam olish bazasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinsin. 2. Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin: zarur shaxmat anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalar — Shaxmat olimpiadasi va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash; xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash uchun shaxmat bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlarini keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash; shaxmatchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish; shaxmat bo‘yicha terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda shaxmatchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy shaxmat maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirishni xalqaro talablar va standartlarga moslashtirish, o‘g‘il bolalar va qizlarni shaxmatga jalb qilish va ularning ushbu sport turiga qiziqishini kuchaytirish, shaxmatchilarning professional mahoratini doimiy ravishda oshirib borish. 3. Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining har yili o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichini 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarorida belgilangan turnirlar va musobaqalar bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda quyidagi musobaqalar 2023-yildan boshlab har yili tizimli ravishda o‘tkaziladi: Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri; Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda keksa avlod vakillari o‘rtasida “Nuroniylar” kubogi uchun; O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida “Cheksiz imkon” turniri; Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan 50 000 AQSh dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Women’s Chess Championship” xalqaro turniri; Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi (A. Sa’dullayev), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Mahkamova), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) bilan birgalikda mazkur bandda ko‘rsatilgan: musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin; tegishli musobaqalar 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritilishini ta’minlasin; musobaqalarni o‘tkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin. Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) mazkur bandda ko‘rsatilgan musobaqalarni turistik marshrutlar obyektlari ro‘yxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb etish choralarini ko‘rsin. 6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X. Umarova), O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. 7. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Navoiy viloyat hokimligi (N. Tursunov), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Q. Sanaqulov): har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etish; “To‘dako‘l” brendini ishlab chiqish va targ‘ib qilish orqali Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ommalashtirish choralarini ko‘rsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kreativ ko‘rgazmali uslublardan foydalangan holda jamoat joylari va istirohat bog‘larida shaxmat maydonchalarini tashkil qilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, ushbu ilovada nazarda tutilgan rag‘batlantirish xarajatlari Davlat budjetidan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga mazkur maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 10. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq zarur mablag‘larni 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 11. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi (A. Sa’dullayev): Xalqaro shaxmat maktabini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirish choralarini ko‘rsin; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Xalqaro shaxmat maktabining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Yoshlar” telekanali hamda tegishli hududiy telekanallarda shaxmat musobaqalarini keng yoritish va targ‘ib qilish ishlarini muntazam tashkil etib borsin. 13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi A.Z. Sa’dullayev va sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
97
8,900
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini ko‘paytirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatli to‘ldirish va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida” 2012-yil 30-iyuldagi PQ-1794-sonli va “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” 2011-yil 24-fevraldagi PQ-1488-sonli qarorlariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-sonli Farmoni: a) 7-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston MTRK raisiga, zarur hollarda, kompaniya va tobe tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston MTRK tizimidagi xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin”. b) 1-ilovaning I bo‘limi quyidagi tahrirdagi 9 — 11-bandlar bilan to‘ldirilsin: “9. “O’zbekiston MTRK Mediamarkazi” 10. “Madaniyat va ma’rifat” telekanali 11. “Dunyo bo’ylab” telekanali. O‘zbekiston MTRK” g) 3-ilovada: 13 - banddagi “O’zbektelefilm” so‘zidan keyin “O’zbekiston MTRK Mediamarkazi”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali”, “Dunyo bo’ylab” telekanali so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 14 - band quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi - yigirma to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Madaniyat va ma’rifat” telekanali” Davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari: aholining madaniy va bilim darajasini oshirishga yo‘naltirilgan yuqori saviyadagi badiiy, ilmiy-ommabop va madaniy-ma’rifiy teledasturlarni yaratish, o‘sib kelayotgan avlodda ilmiy ixtirolar hamda bilimlarga, madaniy boyliklarga bo‘lgan keng qiziqishlarini shakllantirish, O‘zbekiston xalqining boy madaniy va ma’naviy merosini saqlab qolish hamda boyitish; O‘zbekiston Respublikasining madaniy va ilmiy hayotidagi muhim voqealardan mamlakat aholisini, shuningdek chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish, milliy musiqa, teatr va tasviriy san’atning eng yaxshi namunalarini ko‘rsatish, jumladan, hozirgi zamonaviy translatsiyaning turli interaktiv shakllari va usullaridan, raqamli hamda multimediya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda milliy adabiyot va san’atning atoqli arboblari hayoti va ijodi to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar tayyorlash; mamlakat aholisini, avvalan bor yoshlarni ilm-fan, madaniyat va san’at sohasida dunyo tsivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlari bilan har tomonlama va xolisona tanishtirish, insoniyatning madaniy va intellektual merosini, shuningdek yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va madaniy markazlari faoliyatini ommalashtirish; “Dunyo bo’ylab” telekanali” Davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari: aholi, ayniqsa yoshlarning dunyo mamlakatlarining tarixi, geografiyasi va zamonaviy rivojlanish darajasi, jahon xalqlari milliy an’analari va madaniyatining o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi dunyoqarashini kengaytirish va bilim doirasini oshirishni ta’minlash, shu jumladan yetakchi dunyo telekanallari telemahsulotlarini litsenziya asosida namoyish etish yo‘li bilan buyuk geografik kashfiyotlar, sayyoramiz turli qit’alari hamda Dunyo okeani tabiatining noyob jihatlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi ajoyibotlari bilan tanishtirish; O‘zbekistonning o‘simlik va hayvonot olami, milliy qo‘riqxonalari va o‘xshashi yo‘q tabiiy-landshaft zonalari, dunyo tsivilizatsiyasining boyligi hamda mulki hisoblangan chinakam nodir, milliy betakror tarixiy-me’moriy obidalar to‘g‘risida, ayniqsa yosh avlodda Vataniga bo‘lgan muhabbat hissini shakllantirishga yo‘naltirilgan, uning o‘ziga xos xususiyatlari va diqqatga sazovor joylarini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan intilishlari, mamlakat mintaqalarining madaniy va etnografik rivojlanishi haqidagi yuqori sifatli maxsus ilmiy-ommabop va bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan teledasturlarni yaratish; aholining ekologik madaniyatini oshirish, ona tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash, uning yaxshi saqlanishini ta’minlash, shuningdek atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tadbirlar, Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik ofatlarga qarshi kurashish va ekologik halokatning oldini olish to‘g‘risida aholini keng xabardor etish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga aholining keng tabaqalarini jalb etish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar tayyorlash; xalqaro jamoatchilikni va mamlakatimiz aholisini O‘zbekistonning noyob turistik salohiyati, bilim beradigan va ekologik turizmning imkoniyatlari hamda rivojlanish darajasi to‘g‘risida keng xabardor qilish, O‘zbekiston haqida badiiy yuksak ilmiy-ommabop va ma’rifiy ko‘rsatuv dasturlari tayyorlash va ularni litsenziya asosida xorijiy kanallarga tarqatish, shuningdek sog‘lom turmush tarzi va faol dam olish shakllarini ommalashtirish”; 18-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “zarur hollarda, O‘zbekiston MTRK tizimidagi umumiy shtat birligi doirasida Kompaniyaning va tobe tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritadi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qarorida: a) 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisiga, zarur hollarda, tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston MTRK tizimining umumiy shtat birligi doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin”; g) 11-ilovaning 2-bandi “O’zbektelefilm” so‘zidan keyin “Madaniyat va ma’rifat” telekanali”, “Dunyo bo’ylab” telekanali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
107
5,847
Qonunchilik
“Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-son “Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2106, 2010-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 21-son, 165-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-son “Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2106-1, 2014-yil 22-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 39-son, 492-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 28-dekabrdagi 45-son “Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2106-2, 2016-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 1-son, 10-modda).
218
1,743
Qonunchilik
SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIGI UChUN SUG‘URTALOVChILARGA JARIMA SANKSIYALARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi PQ-872-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Davlat soliq qo‘mitasining, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-sonli, 2008-yil 26-iyundagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 34-son, 337-modda) bilan tasdiqlangan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “sug‘urtalovchi boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi, sug‘urtalovchi o‘z mablag‘lari manbalari summasining 50 foizidan oshgan, oldingi moliyaviy yil yakuni bo‘yicha xalqaro auditning ijobiy xulosasini olgan tijorat banklarining ustav kapitallarida ishtirok etish va qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;” 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
178
1,722
Qonunchilik
“Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
215
443
Qonunchilik
O‘QUV MAShG‘ULOTLARI O‘TKAZGANLIK UChUN MEHNATGA SOATBAY HAQ TO‘LASh MIQDORLARI TO‘G‘RISIDA
Xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan, shuningdek o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash masalalarini tartibga solish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki: o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi; eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‘zgargan taqdirda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini bir oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. 3. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 3-ilovaning 1-bandi va 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
91
1,578
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
725
Qonunchilik
MADANIYAT, TA’LIM, SOG‘LIQNI SAQLASh VA IJTIMOIY MUHOFAZA MASALALARI AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 11-son, 73-modda) 1-bandining to‘rtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. 1. Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatini madaniyat va san’at, uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash, fan va innovatsiyalar, ma’naviy boy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash, yoshlar siyosati, sport, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va dorivor vositalar bilan ta’minlashni yaxshilash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga bo‘ysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Departament o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida: uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ta’lim standartlarini ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya anjomlari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, uning faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni tashkil etish; umumta’lim maktablari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish hamda ularni kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab qilinadigan, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, xorijiy tillarni biladigan hamda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalarini egallagan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta va yuqori bo‘g‘in malakali mutaxassislari darajasi va sifatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib borish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini ta’minlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash, boshlang‘ich musiqa ta’limi tizimini takomillashtirish, bolalar musiqa va san’at maktablarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va shakllantirish, ularni yuqori professional pedagoglar va mutaxassislar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy ta’lim tuzilmalari bilan ko‘p tomonlama va samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; b) yoshlar siyosati sohasida: ma’naviy boy va har tomonlama kamol topgan, yuqori bilimli va jismoniy sog‘lom, mustaqil fikrlovchi va o‘z hayotiy pozitsiyasiga, keng dunyoqarashga, mustahkam bilimlarga, qat’iy e’tiqodga ega bo‘lgan hamda milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarga, yoshlarda bizning mentalitetimizga yot bo‘lgan ommaviy madaniyat elementlariga, diniy aqidaparastlikka va mafkuraviy ekstremizmning boshqa ko‘rinishlariga qarshi turishga qodir bo‘lgan ichki immunitetni shakllantiruvchi jahon tsivilizatsiyasi boyliklariga asoslangan yuksak ma’naviy va axloqiy prinsiplarni egallagan yosh avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan yoshlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining, ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalarning va boshqa tashkilotlarning davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish hamda barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashdagi faoliyatini muvofiqlashtirish; yoshlarning huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish; respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning mohiyati va ahamiyatini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, yoshlarning mamlakatni isloh qilish va demokratik yangilash jarayonlaridagi ijtimoiy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish; yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga, uy-joylarini qulaylashtirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berishga, ularning ma’naviy boy va jismonan sog‘lom farzandlarni tarbiyalashiga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish ishlarini tashkil etish; v) fan va innovatsiyalar sohasida: ilm-fanni rivojlantirishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy yutuqlarini va innovatsiya texnologiyalarini izchil joriy etishni ta’minlash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiy rivojlangan demokratik mamlakatlarda qabul qilingan talablar va standartlarga muvofiq yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va texnologiya salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada isloh qilishning strategik vazifalari va ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning saviyasi, sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning natijalaridan amaliyotda keng foydalanish; Fanlar akademiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fan va innovatsiyalar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; fan sohasini boshqarish va moliyalashtirish prinsiplarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini ilmiy va innovatsion faoliyatdagi boshqaruv va xo‘jalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilotlar va muassasalarning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash; davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarining amalga oshirilishi monitoringi va tahlilini ta’minlash; g) madaniyat va sport sohasida: madaniyat va san’atni rivojlantirish, O‘zbekiston xalqining milliy madaniyati va ma’naviy merosini ehtiyotlab saqlash va ko‘paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish hamda uning doimiy ravishda ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek madaniyat muassasalarining, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni muvofiqlashtirish va ishlab chiqish; madaniyat va sport, ma’naviyat hamda milliy g‘oyani targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish va tashkil etish; madaniyat va sport sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli va kompleks o‘rganishni, tahlil qilishni tashkil etish; mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natishni, ularning harbiy qismlarda qabul qilinishini, shuningdek rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylariga qaytib kelishini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalarida tashkiliy jihatdan ko‘maklashish; bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismonan sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash uchun shart-sharoitlarni yaratish va amalga oshirish; sportda yuksak yutuqlarni rivojlantirish hamda Olimpiya o‘yinlarida, jahon chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan munosib qatnashishga qodir bo‘lgan yuqori klassli sportchilarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash; mamlakatda ro‘y berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va yangilanishlarning mohiyatini ochib berish bo‘yicha aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari va harakatlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashish chora-tadbirlarini ta’minlash; mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat amalga oshirilishini ta’minlash; “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish; d) sog‘liqni saqlash va dori-darmonlar bilan ta’minlash sohasida: sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatishning, eng avvalo, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha darajasini oshirish, qishloq vrachlik punktlarining, tashxis, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha monitoring olib borish va chora-tadbirlar ko‘rish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sog‘liqni saqlash sohasining faoliyat ko‘rsatishi va dori-darmonlar bilan ta’minlash, aholiga sifatli bepul tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni dori-darmonlar bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish; sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish, ushbu sohada boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; aholi salomatligi saqlanishi va yaxshilanishini maqbullashtirish, samaradorligini oshirish va ta’minlash, profilaktik sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish, ushbu sohada aniq yo‘naltirilganlikni va aholini qamrab olishni kuchaytirish bo‘yicha vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish; tug‘ma va nasliy kasalliklar paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish, mintaqamiz uchun xarakterli bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish va ularning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimizning tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilishning profilaktik chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda ulardan muhofaza qilishning ishonchliligini oshirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va davolashning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish; farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlash, farmatsevtika tarmog‘ini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, dori-darmonlar ishlab chiqarishda mahalliy xomashyodan foydalanish hisobiga mahalliylashtirish darajasini oshirish, farmatsevtika sanoatining raqobatbardoshliligini o‘stirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; yuqumli kasalliklarning oldini olish, hududlarni o‘ta xavfli kasalliklarning olib kirilishi va tarqalishidan sanitariya jihatidan muhofaza qilish, atrof muhit gigiyenasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish; e) ijtimoiy muhofaza sohasida: aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini takomillashtirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kam ta’minlangan va yosh oilalarni manzilli ijtimoiy yordam bilan ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha tizimli va kompleks monitoring olib borish va chora-tadbirlar ko‘rish; demokratik qadriyatlarni, odamlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar tomonidan o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik va jamoat nazoratining ta’sirchan mexanizmini shakllantirish, shuningdek ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi hamda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa muammolarning eng muhim davlat dasturlarida fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; aholini ijtimoiy muhofaza qilishga, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini joylardagi ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal qilishga jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat tuzilmalari va ijtimoiy tuzilmalarning respublikaga chet eldan tushayotgan muruvvat yordamini manzilli va maqsadli taqsimlashdagi va keyinchalik undan foydalanishning samaradorligi monitoringini olib borishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish. 7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi; iqtisodiyotning o‘zi mutasaddi bo‘lgan tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini o‘rganadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi; o‘zi mutasaddi bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi; tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi; materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Hukumatlararo bitimlar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi; Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. 8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish; zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish; zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish. Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak. 9. Departament: o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarishning ta’minlanishi uchun; Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi. 10. Departamentning tuzilmasiga quyidagilar kiradi: ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim va yoshlar siyosati sho’basi; sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ijtimoiy muhofaza sho’basi; madaniyat va sportni rivojlantirish sho’basi. Har bir sho’ba tarkibiga sho’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi. Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki u bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi. 12. Departament mudiri, sho’ba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Departamentning ish rejasi Kompleksning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi. Departamentning ish rejasi va Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Sho‘’balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Departamentning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi. 14. Departament mudiri: Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, sho’ba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi; Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament sho’ba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 15. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning sho’ba mudirlaridan biri bajaradi. 16. Sho‘’ba mudiri: sho’ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va sho’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; sho’baga birkitilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi; qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi; masalalarni o‘rganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish uchun Departament mudiriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga kiritadi; iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning o‘rinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, sho’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 17. Departamentning bosh mutaxassisi: o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida sho’ba mudiriga, Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy bo‘linmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 18. Departamentning yetakchi mutaxassisi: o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi; tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy bo‘linmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi. o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
136
38,128
Qonunchilik
Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Mazkur harakatlar muassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlari hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.”. 2. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Bank ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: bankning to‘liq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili; bank operatsiyalarining ro‘yxati, maqsadi va faoliyat muddati; ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati, ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi; ustav kapitalini ko‘paytirish yoki kamaytirish tartibi; chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati; sof foyda va dividendlarni taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi; zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari; bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi a’zolarining soni, vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi; bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari; bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari. Bank ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin. Bank aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida bankning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Bank aksiyadorning talabiga ko‘ra unga bank ustavining ko‘chirma nusxasini berishi shart.”. 3. 32-banddan “mutlaq” degan so‘z chiqarib tashlansin. 4. 33-bandda: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo‘lgan aksiyadorlar soni o‘ttiz kishidan kam bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan banklarda kuzatuv kengashi vazifasi bank ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Aksiyadorlari soni 500 tagacha bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning Kengashi tarkibi kamida besh a’zodan, aksiyadorlari soni 501 tadan 1000 tagacha bo‘lgan banklarda kamida yetti a’zodan va aksiyadorlari soni 1000 tadan ortiq bo‘lgan banklarda kamida to‘qqiz a’zodan iborat bo‘lishi lozim.”. 5. 34-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 6. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “41. Banklar va ularning filiallari binolarining muhofazasi ta’minlanganligi hamda muhandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi, dasturiy mahsulotlarning tayyorligi yuzasidan xulosa berish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Binoning Markaziy bank talablariga muvofiqligi, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi to‘g‘risida xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 7. 52-bandning birinchi xatboshisi va 62-banddagi “IVSA” degan so‘z “Fitch Ratings” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 57-bandda: uchinchi xatboshidagi “IVSA” degan so‘z “Fitch Ratings” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi “iqtisodiy” degan so‘zdan keyin “va siyosiy” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 9. 58-banddan o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 10. 109-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Banklar tomonidan chet elda o‘z filiallari, vakolatxonalari va sho‘ba banklarini ochish hamda banklarni tashkil etishda qatnashish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasini olish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 11. 115-banddan “ma’qullash uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
136
5,101