folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“2008 va 2009-yillarda oliy ta’lim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 28-maydagi 60, 152-1-son “2008 va 2009-yillarda oliy ta’lim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1818, 2008-yil 29-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 22-23-son, 212-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63, 196-son “2008-yilda oliy ta’lim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1818-1, 2009-yil 17-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 25-son, 291-modda). 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
222
1,133
Qonunchilik
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 75-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Talabnomaga patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan taqdirda, u ro‘yxatga olinmaydi va topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.”. 2. 79-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan holda rasmiy ekspertizani o‘tkazish muddati to‘xtatib turiladi.”. 3. 80-bandning “z” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “z) tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda TXXKning bir sinfi uchun patent bojini belgilangan miqdorga muvofiqligi;”. 4. 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “81. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.”. 5. 82-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. 84-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agar talabnoma beruvchi tomonidan patent boji davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda to‘langan taqdirda, davlat ekspertizasini o‘tkazish talabnomada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan va patent boji yetarli miqdorda to‘langan TXXKning sinflariga nisbatan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun amalga oshiriladi. Talabnoma beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan patent bojini qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida zarur summani to‘lash huquqiga ega.”. 7. 85-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda patent vakiliga berilgan ishonchnoma yuzasidan yuborilgan so‘rovnomaga javob, talabnoma Agentlikka kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim.”. 8. 86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “86. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning 12—26 va 29-bandlaridagi talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi hamda 80-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarning mavjud emasligi rasmiy ekspertiza bosqichida so‘rovnoma yuborish uchun asos bo‘ladi.”. 9. 95-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan holda talabnomada ko‘rsatilgan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddati to‘xtatib turiladi.”. 10. 97-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Agentlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.”. ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin. 11. 115-banddagi “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Qoidalarning 8—11, 27 va 28-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi;”.
181
3,472
Qonunchilik
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh VA HISOBGA QO‘YISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Kichik va o‘rta biznesni jadal rivojlantirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularni hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda “bir yo‘la” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi. Adliya organlari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari 2002-yil 1-yanvargacha, ular tomonidan ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini, mansubligiga ko‘ra yuqorida qayd etilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga topshirsinlar. Tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining topshirilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi: davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda yordam ko‘rsatishni tashkil etsin, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalasin; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni shartnoma asosida olti oygacha muddatga kechiktirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibini ikki oy muddatda tasdiqlasin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning ushbu qaror bilan belgilangan yangi tartibiga to‘liq rioya qilinishi uchun barcha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin; qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibiga rioya qilmaganlik uchun davlat organlariga va mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiyalarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi (R.S.Azimov) ushbu qarorning bajarilishini o‘rgansin va 2002-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va: tadbirkorlik subyektlarini (yuridik shaxslar, shu jumladan dehqon va fermer xo‘jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarini) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat adliya boshqarmalarida, tumanlar (shaharlar) hokimliklarida (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda tegishli ravishda davlat soliq va statistika organlarida, yo‘l jamg‘armasida, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limida yoki tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limida hisobga qo‘yish tartibini belgilab beradi. 2. Tegishli ravishda davlat soliq va statistika organlarida, yo‘l jamg‘armasida, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limida yoki tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish: auditorlik va sug‘urta tashkilotlari, birjalar, shuningdek xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan bozorlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan bozorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari tomonidan; barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar, ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshida ko‘rsatilganlardan tashqari — tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. 3. Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri joylardagi statistika organlari tomonidan to‘ldiriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish kartalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan yuritiladi. 4. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash muassasalarning ixtiyoriga ko‘ra: muassislarning o‘zlari tomonidan; shartnoma asosida Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzuridagi axborot-maslahat markazlari, yoxud boshqa konsalting firmalari, boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun: xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravari, shuningdek 500 AQSh dollari; ustav fondi to‘liq xorijiy investorlar tomonidan shakllantiriladigan korxonalar uchun — 2000 AQSh dollari; sug‘urta va auditorlik tashkilotlari, birjalar va bozorlar uchun — eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi. Bojning 20 foizi tegishli ravishda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi va tuman (shahar) hokimliklarining markazlashtirilgan hisob raqamiga, qolgan summa — tegishli ravishda respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi. Tadbirkorlik subyektlarining tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlarining cheklangan stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ joylashgan joydagi mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi. Davlat mulki negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘lashdan ozod etiladi. 6. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga faqat: ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi (davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab etilmaydi); tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat (fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno); davlat bojining yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati (dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno); belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma; muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi. 7. Mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda: a) bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uni tashkil etishga shahar (tuman) hokimligining roziligi (yoki qarori); b) ustav fondi to‘liq xorijiy investorlar tomonidan shakllantiriladigan korxonalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun: xorijiy muassis to‘g‘risida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reyestridan ko‘chirma va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda, muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilingan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan bankning tavsiya xati taqdim etiladi. (O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar bankning tavsiya xati va o‘z pasportlariga oid ma’lumotlar nusxasini taqdim etadi). Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk hisoblansa, u holda ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining uni baholash to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak; qo‘shma korxonaning ustav fondi 20 mln AQSh dollarini yoki undan ortiqni tashkil etgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi taqdim etiladi. 8. Tadbirkorlik subyektining Ustavi, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatlar uchun ta’sis shartnomasi, to‘liq va kommandit shirkatlar uchun esa faqat ta’sis shartnomasi tadbirkorlik subyekti (yuridik shaxs) tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan ta’sis hujjati hisoblanadi. Davlat mulki negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari tasdiqlangan Ustavni notarial tasdiqlamasdan taqdim etishga haqlidir. 9. Muassislardan biri tomonidan tegishli binoni (shu jumladan turar joyni) tadbirkorlik subyektining pochta manzili sifatida foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (mulkchilik huquqiga bo‘lgan dalolatnoma, binoni sotib olishga, ijaraga olishga shartnoma yoki ijaraga beruvchining bino ijarasi to‘g‘risidagi kafolat xati, shuningdek yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma) tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 10. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish: yuridik shaxslarni mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha; yakka tartibdagi tadbirkorlarni — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha; yuridik shaxslar uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari uchun 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha berilgan arizalarga ko‘ra amalga oshiriladi. 11. Yakka tartibdagi tadbirkor. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga o‘z yashash joyidagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan o‘zi kelib) mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga 3x4 o‘lchamli ikkita fotosurat; ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati, muhr va shtamp eskizlari uch nusxada taqdim etiladi hamda pasport ko‘rsatiladi. Agar jismoniy shaxs arizada tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan joy deb ushbu maqsadlar uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanmagan joyni ko‘rsatsa, qo‘shimcha ravishda unda bunday joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi (mulkchilik huquqiga bo‘lgan dalolatnoma, binoni sotib olishga, ijaraga olishga shartnoma yoki bino ijarasi to‘g‘risida ijaraga beruvchining kafolat xati, o‘z faoliyatini turar joy binosida amalga oshirish niyati bo‘lgan taqdirda turar joy binosini turar joyga mo‘ljallanmagan binoga o‘tkazish to‘g‘risidagi dalolatnoma). 12. Xususiy korxonalar. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun xususiy korxonalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi (shaxsan o‘zi kelib yoki pochta orqali). Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: korxona Ustavining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi; tadbirkorlik faoliyati subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat; davlat boji yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi haqida bank to‘lov hujjati; shaharlar (tumanlar) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma; muhr va shtamp eskizlari uch nusxada. 13. Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatlar. Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi (shaxsan o‘zi kelib yoki pochta orqali). Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatlar uchun Ustav va ta’sis shartnomasining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda, u tomonidan va notarial tasdiqlangan Ustav; tadbirkorlik faoliyati subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat; davlat boji yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi haqida bank to‘lov hujjati; shaharlar (tumanlar) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma; muassislarning har biri tomonidan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida 30 foizi ustav fondiga qo‘shilganligini tasdiqlovchi bankning ma’lumotnomasi. Tadbirkorlik subyektining ustav fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (ko‘chmas mulk, asbob uskunalar va hokazolar) yoki intellektual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma’lumotnomasi talab etilmaydi, ta’sis hujjatlarida ustav fondini shakllantirish manbalari ko‘rsatilishi muassislar niyatining tasdig‘i hisoblanadi. muhr va shtamp eskizlari uch nusxada. 14. Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxslar). Dehqon xo‘jaliklarini (yuridik shaxslarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklariga (shaxsan o‘zi kelib yoki pochta orqali) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy yig‘ilishining yoki yuqori boshqaruv organining, yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi ish beruvchisi (ma’muriyati)ning xo‘jalik tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; Ustavning notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi; shaharlar (tumanlar) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma; muhr va shtamp eskizlari uch nusxada. 15. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etiladigan dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklariga (shaxsan o‘zi kelib) mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy yig‘ilishining yoki yuqori boshqaruv organining yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi ish beruvchisi (ma’muriyati)ning xo‘jalik tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; pasport ko‘rsatiladi. 16. Fermer xo‘jaligi. davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun fermer xo‘jaligi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan o‘zi kelib yoki pochta orqali) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy yig‘ilishining yoki yuqori boshqaruv organining xo‘jalik tashkil etish to‘g‘risidagi qarori yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasining ish beruvchisi (ma’muriyati)ning fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; Ustavning notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi; tadbirkorlik faoliyati subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat; davlat boji yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi haqida bank to‘lov hujjati; shaharlar (tumanlar) hokimliklarining vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma; hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan tanlov komissiyasining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi bayonnomasi, tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tashkil etishning biznes-rejasi nusxalari; muhr va shtamp eskizlari uch nusxada; 17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki asoslari ko‘rsatilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish haqidagi qarori zarur hujjatlar ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza olingan kundan boshlab: yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha 3 ish kunidan kechikmay; yuridik shaxs sifatidagi barcha tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha 7 ish kunidan kechikmay qabul qilinadi. 18. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning fermer va dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi qarori uning yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi tegishli qarori bilan bir vaqtda qabul qilinadi. 19. Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroridan, uning mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi)dan norozi bo‘lgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilgan taqdirda u (ariza beruvchi) belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir. 20. Yuridik shaxs sifatidagi barcha tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha reyestrga kiritiladi. 21. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha u haqdagi davlat reyestridan olingan ma’lumotlarni tadbirkorlik subyekti joylashgan joydagi: yuridik shaxslar bo‘yicha statistika, soliq organlari hamda muhr va shtamp eskizlarini uch nusxada ilova qilgan holda ichki ishlar organlariga; yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha — soliq organiga hamda muhr va shtamp eskizlarini uch nusxada ilova qilgan holda ichki ishlar organlariga rasman taqdim etadi. 22. Mazkur nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar olingach ikki kun muddatda: soliq organlari — yuridik shaxsni, yakka tartibdagi tadbirkorni, yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligini, shu jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) hisobga qo‘yadi, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi va uni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qiladi; statistika organlari yuridik shaxsni korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registriga kiritadi, ro‘yxatdan o‘tkazish kartasini to‘ldiradi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va soliq organlariga tadbirkorlik subyektiga berilgan kodlarni rasman ma’lum qiladi; ichki ishlar organlari muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga eskizning ikki nusxasi bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani yuboradi. 23. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ statistika organlaridan berilgan kodlar to‘g‘risidagi axborot, soliq organlaridan esa soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi axborot, shuningdek ichki ishlar organlaridan eskizning ikki nusxasi bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olingach, ikki kun muddatda: tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan, “ro‘yxatdan o‘tkazildi” degan belgi qo‘yilgan ta’sis hujjatlarini, shuningdek eskiz bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani beradi; yakka tartibdagi tadbirkorga va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etiladigan dehqon xo‘jaligiga— mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “Yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma”ni, shuningdek eskiz bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani beradi; tegishli hududiy yo‘l jamg‘armasiga, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limiga yoki tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyekti bo‘yicha davlat reyestridan to‘liq ko‘chirmani yo‘llaydi. Yuborilgan reyestrdan ko‘chirma tadbirkorlik subyektini ko‘rsatib o‘tilgan organlarda hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi; Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalariga, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlariga va tadbirkorlik subyektlari joylashgan joydagi yong‘in xavfsizligi xizmatlariga tegishli reyestrdan ko‘chirmani ma’lumot uchun yuboradi. 24. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar yilning har choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobda turgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonini soliq va statistika organlari bilan solishtiradi. 25. Tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tgach tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun majburiy tartibda: banklarga o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan hisob raqamlari ochish uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari ular tomonidan bank hisob raqami mavjudligi talab etiladigan faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilgan hollarda hisob raqami ochish uchun murojaat qiladilar); vakolatli davlat organlariga tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalar (yoki ruxsatnomalar) olish uchun majburiy tartibda murojaat qiladilar. 26. Bankda hisob raqamlari ochish uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: tadbirkorlik subyekti faoliyat joyi manzili va ochiladigan hisob raqamlari turlari ko‘rsatilgan holda ariza; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; rahbar va bosh buxgalter imzolarining notarial tasdiqlangan namunalari (dehqon xo‘jaligi boshlig‘i va yakka tartibdagi tadbirkor o‘z imzolari namunalarini taqdim etadi) va dumaloq muhr ottiskining ikki nusxasi. Arizani ko‘rib chiqish va bank tomonidan hisob raqami ochish muddati ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki bank kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 27. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektining keyinchalik muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz tarmoqlari, elektr ta’minoti, suvdan foydalanish, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va boshqalarga) ulanishga ruxsatnoma beruvchi tashkilotlarga murojaat qilishi uchun asos hisoblanadi. 28. Tadbirkorlik subyekti majburiy tartibda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan tegishli ruxsatnomalar uchun o‘zi foydalanayotgan bino (obyekt) joylashgan joydagi: yong‘in xavfsizligi xizmati davlat organlariga — agar tadbirkorlik subyekti faoliyati yog‘och-taxta materiallar, tez alangalanadigan, suyuq yonilg‘ilar va gazlar (suyultirilgan aerozol va boshqalar) ishlab chiqarilishi, saqlanishi va sotilishini nazarda tutgan, shuningdek foydalanilayotgan obyekt turar joyda joylashgan hollarda; davlat sanitariya-epidemiologiya markazlariga kimyoviy va biologik moddalar, attorlik-pardoz-andoz buyumlari ishlab chiqarish tashkil etilgan, radioaktiv va radiatsiya texnikasidan, ionlashtirilgan nurlanish manbalari va ushbu manbalar mavjud bo‘lgan priborlardan foydalanilgan, biologik aktiv moddalarni maxsus chiqaradigan yangi oziq-ovqat qo‘shimchalari qo‘llanilgan, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, shu jumladan yangi texnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqarilgan va sotilgan, shu jumladan umumiy ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarilgan va sotilgan hollarda murojaat qilishi kerak. 29. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati organlarining ruxsatnomasini olish uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘z manzili, faoliyat ko‘rsatish joyi va turi ko‘rsatilgan holda ariza taqdim etiladi. 30. Davlat sanitariya-epidemiologiya markazlarining ruxsatnomasini olish uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: tadbirkorlik subyekti faoliyati joyining manzili va turi ko‘rsatilgan holda ariza; oziq-ovqat mahsulotlari va umumiy ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilish uchun jalb etiladigan shaxslarning tibbiyot daftarchasida ishga qo‘yilish ko‘rsatilgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari. 31. Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishga ruxsatnoma olish uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘zi joylashgan joydagi energiya ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti, kanalizatsiyaning tegishli tuman (shahar) xizmatlariga ariza, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etiladi. 32. Mazkur Nizomning 29-30-bandlarida ko‘rsatilgan ruxsatnomalarni berish zarur hujjatlar ilova qilingan holda tadbirkorlik subyektining arizasi olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi (davlat sanitariya-epidemiologiya markazlari tomonidan laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilishi zarur bo‘lgan taqdirda ular tomonidan ruxsatnoma tekshirishning uzil-kesil natijalari olingandan keyin beriladi). Mazkur Nizomning 29-30-bandlarida ko‘rsatilgan ruxsatnomalar berilganligi uchun to‘lov undirilmaydi (davlat sanitariya-epidemiologiya markazlari tomonidan o‘tkaziladigan laboratoriya tekshirishlari xarajatlari bundan mustasno). 33. Tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda bir hafta muddatda ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; tadbirkorlik subyektini boshqarish vakolatli organining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori; o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnining tadbirkorlik subyekti muhri bilan tasdiqlangan ikki nusxasi; nomi yoki tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi; ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati. Tadbirkorlik subyektlari o‘z pochta manzili o‘zgargan taqdirda o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, soliq va statistika organlarini yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazkur Nizomda belgilangan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyekti faoliyatining turi va unda ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni o‘zgarishi munosabati bilan Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat reyestriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda statistika organlari bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni, soliq organini hamda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi. 34. Yakka tartibdagi tadbirkorlar ularga berilgan davlat ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan faoliyat joyi va turi o‘zgargan taqdirda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni va soliq organini yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va soliq organi ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar olingandan keyin uch kun muddatda yakka tartibdagi tadbirkorni ular tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va hisobga olish hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishlari shart. 35. Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar: ularga berilgan kodlar va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami o‘zgarishiga olib kelmasa, bunday o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun to‘lov belgilangan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining 50 foizi miqdorida undiriladi; uning faqat pochta manzili o‘zgarishiga tegishli bo‘lsa ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi (davlat boji) undirilmaydi. 36. Mazkur Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ilovalar bilan birga ta’sis hujjatlari tayyorlash (Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli tuzilmalari yordamida yoki muassisning o‘zi tomonidan); 2. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlariga) kiritish; 3. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda hujjatlarni ko‘rib chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (tegishli davlat organlarida hisobga qo‘ygan holda) yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qilish, shuningdek Ichki ishlar vazirligi organlarida muhr va shtamplar tayyorlashga ruxsatnoma olish; 4. Tegishli organlarni xabardor qilish; 5. Tadbirkorlik subyektiga “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma” hamda muhr va shtamplar tayyorlashga Ichki ishlar vazirligi organlarining ruxsatnomasini berish. 1. Ilovalar bilan birga ta’sis hujjatlari tayyorlash; 2. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (tuman (shahar)hokimligiga) kiritish; 3. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda hujjatlarni ko‘rib chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (soliq organlarida hisobga qo‘ygan holda) yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qilish, shuningdek zarurat bo‘lganda, Ichki ishlar vazirligi organlarida muhr va shtamplar tayyorlashga ruxsatnoma olish; 4. Tegishli organlarni xabardor qilish; 5. Yakka tartibdagi tadbirkorga “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma” hamda muhr va shtamplar tayyorlashga Ichki ishlar vazirligi organlarining ruxsatnomasini berish. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 22-martdagi 153-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda): a) qaror nomi va 1-banddan “aksiyadorlik jamiyatlarini” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomda: Nizom nomi va matnidan aksiyadorlik jamiyatlariga havola chiqarib tashlansin; 4-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza va belgilangan shakldagi ro‘yxatga olish kartasi”; 4-bandning “e” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur hujjatlar ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi”; 7-band, 11-bandning ikkinchi xatboshi, 12-band va qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y.,11-son, 49-modda) quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin: “8. Adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun: xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar – eng kam oylik ish haqining besh baravari va 500 AQSh dollari miqdorida; Ustav fondi to‘liq xorijiy investorlar tomonidan shakllantiriladigan korxonalar – 2000 AQSh dollari miqdorida; Sug‘urta va auditorlik tashkilotlari, birjalar, bozorlar – eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xoldinglar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 39-modda): a) qarorning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Xoldinglarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; b) Xoldinglar to‘g‘risidagi Nizomda: birinchi xatboshidagi va 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida” so‘zlari chiqarib tashlansin; II bo‘lim 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari uchun” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 12-avgustdagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Bozorlarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ular faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 50-modda): a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; b) 9-12-bandlar va 13-bandning ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 38-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “38. Aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 6-son, 19-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida birjalar faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 3-martdagi 95-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 3-son, 5-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini o‘zgartirish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 1993-yil 19-martdagi 147-son qarorining 1-bandi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 24-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 15-iyundagi 221-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 6-son, 21-modda). 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 9-son, 32-modda). 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qarori 1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 24-modda). 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 1, 2 va 3-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda). 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda).
113
37,411
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 1964-yil 9-iyulda Jenevada qabul qilingan Ish bilan ta’minlash siyosati to‘g‘risidagi 122-Konvensiyaga qo‘shilishi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1964-yil 9-iyulda Jenevada qabul qilingan Ish bilan ta’minlash siyosati to‘g‘risidagi 122-Konvensiyaga qo‘shilinsin.
150
242
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qaroriga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 70 birlikdan iborat etib belgilanganligi va budjet tashkilotiga tenglashtirilganligi; Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilganligi; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziriga idoraviy bo‘ysunuvdagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining tarkibi va mehnatiga haq to‘lash razryadlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki hafta muddatda Boshqarmaning tashkiliy tuzilmasi, ustavini va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat muassasasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Boshqarma faoliyati har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Oliy attestatsiya komissiyasi deb ataladi) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) huzurida makroiqtisodiyot, mintaqaviy iqtisodiyot va sanoat iqtisodiyoti ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashni tashkil qilsin. 6. Institut tomonidan “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali tashkil etilsin hamda jurnalni chop etishni tashkil etish ishlari bilan shug‘ullanish uchun Institut tarkibida Tahririy-nashriyot bo‘limi tuzilsin. Qayd etilsinki, jurnalni chop etish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti, Institutning budjetdan tashqari hamda xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Oliy attestatsiya komissiyasi “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnalini doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili Iqtisodiyot va sanoat vazirligining buyurtmasi asosida Institut tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-amaliy loyihalar uchun (Institut faoliyatining har bir yo‘nalishi bo‘yicha) belgilangan tartibda maqsadli grantlar ajratib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga 17-ilovada keltirilgan 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obyektlar ro‘yxatiga Institut binosining texnik maydonlarini rekonstruksiya qilish va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida: “kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlari” uchun nazarda tutilgan markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun o‘n kun muddatda mablag‘lar ajratsin; nazarda tutilgan markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitini 2019-yilning birinchi yarim yillik yakunlari bilan qayta taqsimlash asosida davlat ekspertizasidan o‘tgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq obyektning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur miqdordagi mablag‘larni ajratsin. 9. Institut ilmiy kotibi maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha Institut direktori o‘rinbosariga tenglashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan Institutga 4 dona xizmat yengil avtomobillari xarid qilishga zarur mablag‘lar ajratsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
144
5,716
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-avgustdagi 55-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF-4639-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2611, 2014-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y. 34-son, 438-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. 2014-yilning 15-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam: ish haqi — oyiga 118 400 so‘m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 231 575 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 231 575 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 142 100 so‘m belgilandi. 2. 2014-yil 15-dekabrdan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qo‘llagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qo‘llaniladi. 3. 2014-yilning dekabr oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan pensiyalar va nafaqalar hamda pochta pul o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lash qaydnomalari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda pensiyalar va nafaqalar miqdorlari 1,05 baravarga oshirishni inobatga olgan holda tuziladi. 4. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (118 400 so‘m x 8 = 947 200 so‘m) ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi. 5. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti qo‘llanilgan yangi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida bo‘lgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 947 200 so‘m (118 400 so‘m x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan foizlarga ko‘paytiriladi. 6. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik bo‘yicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi. 7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (118 400 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi. 8. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,549
Qonunchilik
Asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar bitta bankda boʻlishi mumkin
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga shu va boshqa tuzatishlar kiritildi (20.02.2019 yilda 1948-17-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Birinchidan, ta’sischilari Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida hisobvaraqlarni masofadan turib ochish tartibiga aniqlik kiritildi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.02.2019 yildagi PQ–4160-son qaroriga muvofiq ana shunday imkoniyat yaratilgan (sharhga qarang). Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar mavjud boʻlganda bunday hisobvaraqlar ochiladi. Jarayon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida joylashtirilgan bank hisobvaragʻi shartnoma ofertasini akseptlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mazkur yuridik shaхslar va YaTT tomonidan toʻlovlar imzolar namunalari qoʻyilgan 2 ta varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjati taqdim etilgandan soʻng amalga oshiriladi. Ikkinchidan, yuridik shaхslar va YaTTga asosiy hisobvaraq ochilgan bankda ikkilamchi hisobvaraq ochishga ruхsat berildi. Ilgari faqat markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan maqsadli tadbirlar uchun, shuningdek qonun hujjatlari asosida bunga yoʻl qoʻyilar edi. Boshqa hollarda ikkilamchi hisobvaraqlarni faqat boshqa banklarda ochish mumkin edi. Ma’lumot uchun: asosiy hisobvaraq – хoʻjalik yurituvchi sub’yekt davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin birinchi marta ochilgan milliy valyutadagi talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻi. Ikkilamchi hisobvaraqlar esa – asosiy hisobvaraqdan keyin ochiladigan milliy va хorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha barcha depozit hisobvaraqlari. Ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun ariza taqdim qilish zarur, u elektron shaklda ham rasmiylashtirilishi mumkin. Uchinchidan, mijozlarning hisobvaraqlarini roʻyхatga olish kitoblari endi faqat elektron shaklda yuritiladi. Qoʻlda toʻldirilgan qogʻoz shaklidagi varianti – istisno etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.02.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
63
2,527
Qonunchilik
Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3097-son, 2018-yil 11-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 50-son, 958-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. DYoN organlarining tizimi quyidagilardan iborat: markaziy DYoN organi — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (bundan buyon matnda FVV deb yuritiladi); hududiy DYoN organi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda FVVga bevosita bo‘ysunuvchi yong‘in xavfsizligi markazlari; mahalliy DYoN organi — tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limlari; obyektdagi DYoN organi — o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari.”. 2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, texnik reglamentlar, standartlar, qoidalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish FVVning tegishli boshqarmalari va bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalari (boshqarma, institut, markaz) tomonidan amalga oshiriladi.”. 3. 9-banddagi “YoXBB” qisqartmasi “FVV” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 4. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “39. Yong‘in xavfsizligi talablariga mos kelmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha aniqlangan holatlar haqida “O‘zstandart” agentligi qoshidagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamentiga xabar qilinadi.”. 5. 41-banddagi “Yong‘in xavfsizligi” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “47. Me’yoriy-texnik ishlar — FVVning markaziy, hududiy va mahalliy DYoN organlari tegishli bo‘linmalarining mutaxassislari tomonidan quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:”. 7. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. Hududiy va mahalliy DYoN organlari yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan holatlarni ko‘rib chiqishda hamda qurilish me’yorlari va qoidalarini qayta yoki yangidan ishlab chiqishda ishtirok etmaydi.”. 8. 54-banddagi “YoXBB me’yoriy-texnik bo‘limi yoki YoXBBning texnik kengashi” degan so‘zlar “FVVning Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 64-bandning ikkinchi xatboshisidan “(bo‘linmasi, guruhi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10. 73-banddagi “YoXBB”, “DYXX” va “YoXBB” degan qisqartmalar tegishlicha “FVV”, “DYoN” va “FVV” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin. 11. 108-banddagi “DYXXning” degan so‘z “DYoN organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 128-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YoXBlari tomonidan shahar va tuman YoXBlarga” degan so‘zlar “hududiy DYoN organlari tomonidan mahalliy DYoN organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 135-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DYXX harbiylashtirilgan va kasbiy” degan so‘zlar “FVV yong‘in-qutqaruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. 151-banddagi “prokuratura organlarining maxsus elektron axborot tizimiga kiritiladi va o‘rnatilgan tartibda” degan so‘zlar “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi va belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan alshmashtirilsin. 15. 158-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 16. 165-bandning ikkinchi xatboshisidagi “IIV” qisqartmasi “FVV” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 17. Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2 — 10, 24, 30 — 32-ilovalaridagi “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 18. 19-ilovadagi “IIV, IIB HYoXQ xodimlari ___, obyektlarni qo‘riqlaydigan IIV, IIB HYoXQ xodimlari ___, aholi yashash joylarini qo‘riqlaydigan IIB KYoXQ xodimlari ___, obyektlarni qo‘riqlaydigan IIB KYoXQ”, “HYoXQ, KYoXQ” va “YoX Bosh boshqarma” degan so‘zlar tegishlicha “FVV Yong‘in-qutqaruv qismlarining xodimlari ___, obyektlarni qo‘riqlaydigan FVV Yong‘in-qutqaruv qismlarining”, “Yong‘in-qutqaruv qismi” va “Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
145
5,473
Qonunchilik
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni h
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
488
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart”. 2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik to‘xtatilsin. Bunda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida ruxsat beriladi”. 3. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
243
2,449
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-603-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-603-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
618
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi deb qayta nomlansin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ilova qilinayotgan: O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi to‘g‘risidagi nizom; Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar va nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlansin. 3. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, shahar ijroiya qo‘mitalari va nohiya ijroiya qo‘mitalari ikki oy muddat ichida namunaviy Nizom asosida va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar, nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyalari to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 11-iyuldagi 478-son, 1986-yil 25-iyundagi 320-son, 1987-yil 30-yanvardagi 38-son, 1987-yil 30-sentabrdagi 408-son, 1989-yil 18-apreldagi 145-son va 1989-yil 18-avgustdagi 291-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi* umumjumhuriyat organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 2. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, konsernlar, boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish Komissiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. 3. Komissiya rais (O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari), rais o‘rinbosari, Komissiya a’zolari va kotibiyatdan iborat tarkibda ish olib boradi. Komissiya raisi Komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. 4. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 5. Komissiya o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining boshqa Komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. 6. Komissiya o‘z faoliyatida SSJI va O‘zbekiston SSJ qonunlariga, SSJI Prezidenti va O‘zbekiston SSJ Prezidenti farmonlariga, SSJI va O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashlarining qarorlariga, SSJI Vazirlar Mahkamasining va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash butun ittifoq Komissiyasining qarorlariga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 7. Komissiyaning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlari vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, konsernlar, boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar, nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyalari uchun majburiydir. 8. Zarur hollarda Komissiya yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy masalalarni o‘rganish va tayyorlash uchun olimlar, vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari, mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlari tuzadi. Guruhlarning shaxsiy tarkibi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. 9. Komissiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: a) harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha milliy va maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; b) yo‘l harakati va uning xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston SSJ vazirliklari va idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona siyosatni o‘tkazadi; v) yo‘l harakatida qatnashuvchi va uning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq talablarni ishlab chiqadi; g) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumittifoq, umumjumhuriyat tadbirlarini va dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi, O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston SSJ Hukumati hal qilishi kerak bo‘lgan takliflarni kiritadi. Yo‘l harakati sohasida aholiga va xalq xo‘jaligiga avtomototransport vositalari bilan samarali va xavfsiz xizmat ko‘rsatishga qaratilgan milliy siyosatni rivojlantirishni ta’minlaydi; d) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini nazorat qiladi va baholab boradi; e) O‘zbekiston SSJ vazirliklari va idoralarining, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, nohiya ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiyalarning halokatlarning oldini olish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; j) vazirliklar va idoralar tomonidan yo‘l harakatini rivojlantirish va uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar, yo‘l harakatini rivojlantirishga va uning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; z) Komissiya vakolatiga kiruvchi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ittifoq va jumhuriyatlararo kengashlar ishida qatnashadi; i) yo‘l harakati sohasida normativ boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi; k) O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni qoniqarsiz bajarayotgan O‘zbekiston SSJ vazirliklari va idoralarining rahbarlarini shaxsiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi; l) Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, nohiya ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar majmuini ishlab chiqishda, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni belgilashda va ularni amalga oshirishda metodik va amaliy yordam beradi; m) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha idoralararo konferensiyalar, seminarlar, kengashlar o‘tkazishni tashkil etadi, ularda ishlab chiqilgan tavsiyanomalarni amalga oshirish choralarini ko‘radi; n) yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari olib borishni va ularni muvofiqlashtirishni ta’minlaydi; o) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni moliyaviy ta’minlash siyosatini ishlab chiqadi; p) boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlardagi shunday organlar bilan aloqalarni amalga oshiradi. 10. Komissiya quyidagi huquqlarga ega: a) o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston SSJ vazirliklari va idoralarining yo‘l harakatini rivojlantirish hamda uning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ishlarini tekshirish; b) O‘zbekiston SSJ vazirliklari va idoralari rahbarlarining yo‘l harakatini rivojlantirish va uning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish; v) tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan yo‘l harakatini rivojlantirish va uning xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, tadbirlar rejalarini, ma’lumotlar va materiallarni, shuningdek, og‘ir yo‘l-transport hodisalari, ularni keltirib chiqargan sabablar va sharoitlar to‘g‘risidagi operativ ma’lumotlarni talab qilish va olish; g) o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga shuningdek, korxonalar va tashkilotlarga (ular qarashli bo‘lgan vazirliklar va idoralarni xabardor qilgan holda) bajarish majburiy bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishda aniqlangan qoida buzishlar va nuqsonlarni tugatish to‘g‘risida, ko‘rilgan choralar haqida belgilangan muddatda axborot berish sharti bilan ko‘rsatmalar kiritish; d) vazirliklar va idoralarning rahbarlaridan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ hujjatlar talablarini buzgan shaxslarga nisbatan zarur choralarni ko‘rishni talab qilish; e) belgilangan tartibda vazirliklar va idoralarga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha zarur ishlarni, tekshirishlarni, sinovlarni, tadqiqotlarni o‘tkazishni topshirish. 11. Komissiya o‘z ishini Komissiya majlislarida tasdiqlangan yillik rejalarga muvofiq amalga oshiradi. 12. Komissiya, qoidaga ko‘ra, har chorakda bir marta majlis o‘tkazadi. Komissiya majlislari o‘z a’zolarining kamida yarmi qatnashganda vakolatga ega bo‘ladi. Komissiya majlislarida ko‘riladigan masalalarning mazmuni aks ettiriladigan bayonnoma yuritiladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi. 13. Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qaror uni yoqlab ko‘pchilik ovoz berilganda qabul qilingan hisoblanadi. 14. Komissiya qarorlari rasmiylashtiriladi va zarurat bo‘lganda ommaviy axborot vositalari orqali ommaga yetkaziladi. 15. O‘zbekiston SSJning ayrim vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa tashkilotlarning manfaatlariga taalluqli masalalar ko‘rib chiqilayotganda Komissiya majlislariga ularning vakillari taklif qilinadi. 16. Komissiya raisi: a) Komissiya, uning kotibiyati va ishchi guruhlari ishiga rahbarlik qiladi; b) Komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi ularga Komissiya ishi bilan bog‘liq ayrim topshiriqlar beradi; v) Komissiya majlislarini o‘tkazish vaqtini va joyini belgilaydi, navbatdagi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalar doirasini aniqlaydi. Zarurat bo‘lganda Komissiyaning ko‘rib chiqishiga rejadagidan tashqari masalalarni kiritadi, shuningdek, Komissiyaning navbatdan tashqari majlislarini chaqiradi. 17. Komissiya a’zolari: a) o‘z vakolatlari doirasida SSJI Hukumatining, O‘zbekiston SSJ Hukumatining va Komissiyaning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qarorlarini bajarish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishni tashkil etadilar; b) Komissiya ish rejasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston SSJ vazirliklari, davlat qo‘mitalari idoralari va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga taalluqli masalalarni qo‘shish to‘g‘risida takliflar kiritadilar, Komissiyada ko‘rib chiqish uchun materiallarni tayyorlashda ishtirok etadilar; v) Komissiya topshirig‘i bo‘yicha Komissiyada ko‘rib chiqiladigan materiallarni tayyorlash yuzasidan ishchi guruhlariga boshchilik qiladilar, Komissiyada bu materiallarni ma’lum qiladilar; g) O‘zbekiston SSJ vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlarda SSJI Hukumatining O‘zbekiston SSJ Hukumatining, O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlarining bajarilishi bo‘yicha ishlarning ahvoli bilan tanishishda ishtirok etadilar hamda natijalar to‘g‘risida Komissiyaga ma’lum qiladilar. 18. Komissiya kotibiyati: a) Komissiyada ko‘rib chiqishga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi; b) Komissiyaning ish rejalari loyihalarini va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlaydi; v) O‘zbekiston SSJ Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil inspeksiyasi boshqarmasi bilan birgalikda Komissiyaga avtomototransportdagi halokatlar to‘g‘risida axborotlar va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan qo‘shimcha choralar haqida tavsiyanomalar tayyorlaydi; g) Komissiyaning ishini yuritadi, Komissiya a’zolarini majlislarning o‘tkazilish muddatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi va ularni Komissiyaning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan materiallar bilan ta’minlaydi; d) Komissiya raisining topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston SSJ vazirliklarida, davlat qo‘mitalarida, idoralarida, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar, nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyalarida hamda boshqa tashkilotlarda SSJI Hukumatining, O‘zbekiston SSJ Hukumatining, O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qarorlarining bajarilishi bilan tanishishda ishtirok etadi, shuningdek, bu tashkilotlarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi; e) Komissiyaning ilgari qabul qilingan qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi. 19. Komissiya a’zolari maxsus guvohnomaga ega bo‘ladilar. 1. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar va nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzurida tuziladi. 2. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, shahar, nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan tuziladi. Bu komissiyalarning tarkibi tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, nohiya Sovetlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanadi. 3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari o‘z faoliyatlarida Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, tegishli xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalari oldida javobgardirlar va ularga hisob beradilar. 4. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari rais, (Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, ijroqo‘m raisining o‘rinbosari) Komissiya raisining o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat tarkibda ish olib boradi. Komissiya a’zolarining soni huzurida Komissiya tuzilgan Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari Soveti ijroqo‘mining ish hajmiga muvofiq belgilanadi. Komissiya tarkibiga transport, yo‘l va loyiha tashkilotlarining, yo‘l-kommunal xo‘jaligi tashkilotlarining, ichki ishlar, xalq ta’limi organlarining rahbarlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradilar. 5. Davlat organlari va jamoat tashkilotlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi. 6. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari o‘z vakolatlariga berilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar, ular korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar ikki hafta muddat ichida Komissiyaning qarorlarini bajarish yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida Komissiyaga ma’lum qilishga majburdirlar. 7. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari; a) avtomobil transporti, avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanish, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ichki ishlar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat organlarining transport harakati xavfsizligi va halokatlarga qarshi kurashni tashkil etish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirishni, Qoraqalpog‘iston MSSJ, viloyat, shahar, nohiya hududida bu masalalarni mukammal hal qilishni ta’minlaydilar; b) ham bevosita, ham tegishli davlat organlari, tashkilotlar va mehnatkashlar jamoalari orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, avtomobil transporti va shahar elektr transportining halokatsiz ishlashi uchun sharoit yaratish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar; v) avtomobil transporti, shahar elektr transporti xodimlari, transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xodimlar, shaxsiy transport vositalari egalari o‘rtasida zarur tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni ta’minlaydilar, bu shaxslar bilan ishlashga mehnatkashlar jamoalarini, urush va mehnat faxriylarini, ko‘ngilli xalq drujinalari, O‘zbekiston SSJ avtomotohavaskorlari ko‘ngilli jamiyati a’zolarini, boshqa jamoat tashkilotlarining vakillarini jalb etadilar; g) transport, yo‘l, loyihalash hamda boshqa korxonalar va tashkilotlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zlariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladilar, ularning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar; d) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari, kolxozchilar, o‘quv yurtlarining o‘quvchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini o‘rganishni tashkil etadilar; e) matbuot, radio, televideniye va ishning leksiya shakllaridan faol foydalanib, yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilishni tashkil etadilar va amalga oshiradilar. 8. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari quyi komissiyalarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini nazorat qilib, yo‘naltirib va muvofiqlashtirib boradilar, ularga metodik yordam ko‘rsatadilar, ularning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar. 9. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari quyidagi huquqlarga ega: a) korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar o‘rtasida zarur tarbiyaviy ishlarni olib borish bo‘yicha o‘zlariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tekshirish, Komissiya majlislarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining ko‘rsatib o‘tilgan masalalar yuzasidan o‘zlari ko‘rayotgan choralar to‘g‘risidagi axborotlarini eshitish; b) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni qoniqarsiz bajarayotgan o‘z tasarrufidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish to‘g‘risida tegishli organlarga taqdimnomalar bilan chiqish. Ko‘rsatilgan organlar taqdimnomalarni ko‘rib chiqish natijalari haqida bir oy muddat ichida Komissiyaga xabar qilishga majburdirlar; v) yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish yuzasidan choralar to‘g‘risidagi masalalarni Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashining, tegishli xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining ko‘rib chiqishiga kiritish. 10. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi raisi Komissiya majlislarining muntazam chaqirilishini ta’minlaydi, navbatdagi majlisda ko‘riladigan masalalar doirasini belgilaydi, majlislarda ko‘rib chiqish uchun Komissiyaning ish rejalarini va faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlaydi. Majlislar o‘rtasidagi davrda Komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini tekshirib boradi. Komissiya majlislarida bayonnoma yuritiladi, unda ko‘rib chiqiladigan masalalar aks etadi. Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi. 11. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasining majlisi o‘z tarkibining kamida yarmi qatnashganda to‘la huquqli hisoblanadi. Komissiya qarori majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda rais va kotib tomonidan imzolanadi. 12. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasining majlislariga, ko‘rib chiqiladigan masalalarning mazmuniga qarab avtomobil transporti, avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanish, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ichki ishlar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat organlarining hamda boshqa tashkilotlar va mehnatkashlar jamoalarining vakillari taklif qilinadilar. 13. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi tarkibida (haydovchilar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar, yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti, yo‘l sharoitlarini yaxshilash, haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, yo‘l harakatini tashkil etish va boshqa) ishchi guruhlari tuzilishi mumkin. 14. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Komissiyasining qarori yuzasidan huzurida ushbu Komissiya bo‘lgan Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashiga, tegishli xalq deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitasiga shikoyat qilish mumkin. Mazkur organlarning shikoyat bo‘yicha qarorlari uzil-kesil hisoblanadi.
108
20,612
Qonunchilik
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda joriy etilayotgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish, zarur ijtimoiy va axborot-maslahat yordamini ko‘rsatish, ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, xorijda mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish ko‘lamini oshirish, ish joylaridagi muammolarini tizimli ravishda o‘rganish va ularni hal qilish bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilib borish zaruriyati sezilmoqda. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish maqsadida: 1. 2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining 1-ilovada ko‘rsatilgan hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti (keyingi o‘rinlarda — vakil) joriy qilinsin. Belgilansinki: mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan har bir hududga kamida ikki nafar vakil biriktiriladi; vakillar Rossiya Federatsiyasida — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasida — ushbu davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi; vakillarning bir nafari ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassislar orasidan tanlab olinadi va O‘zbekiston Respublikasidan yuboriladi, ikkinchisi esa xorijiy davlatda yashovchi obro‘-e’tiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar orasidan jalb qilinadi; O‘zbekiston Respublikasida tanlangan vakillar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasiga uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladi; vakillarning faoliyati, asosan, O‘zbekiston Respublikasining ko‘p sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi; xorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi; vakil lavozimi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xodimlari sonini ko‘paytirish hisobiga joriy etiladi; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakillarni ularning mazkur qaror bilan cheklangan shtatlari soni doirasida boshqa hududlarga biriktirish yoki sonini qisqartirish huquqi beriladi. 2. Quyidagilar vakilning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; xorijdagi vatandoshlar va o‘zbek milliy-madaniy tashkilotlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish hamda mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda muntazam ravishda mehnat migrantlari uchun madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish; xorijda bo‘lib turgan davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, og‘ir kasallikka chalingan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablag‘siz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish; xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, mehnat organlari va migratsiya markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida axborot va maslahatlar berish, ushbu xizmatlardan foydalanishda ularga ko‘maklashish. 3. Belgilab qo‘yilsinki, vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ularga ish haqi to‘lash, xizmat safari va xorijiy davlatdagi yashash xarajatlarini qoplab berish hamda ularni transport, xizmat binolari, aloqa vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash: 2022-yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan; 2023-yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasidagi vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar Tashqi ishlar vazirligiga o‘tkazib boriladi. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda vakillar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasiga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (A. Bekmurodov) Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) bilan birgalikda: 2022-yil 1-mayga qadar vakillar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning mohiyati va mazmunini tushuntirishga qaratilgan o‘quv-seminarlarni tashkil etsin; o‘quv-seminarlarga vazirlik, idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lgan xodimlarini jalb qilsin. Belgilansinki, o‘quv-seminarlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 5. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) bilan birgalikda: vakillar faoliyatini tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratsin, shu jumladan xizmat xonalari va moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter to‘plami, planshetlar, aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsin; obro‘-e’tiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boshqa shaxslarni vakil sifatida jalb qilish choralarini ko‘rsin; vakillarga ular faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatdagi mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa muassasalar, shuningdek, o‘zbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan aloqalar o‘rnatishda yordam ko‘rsatsin; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish, mehnat migrantlariga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalarida vakillar bilan doimiy hamkorlik o‘rnatsin; vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 6. Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022-yil 1-maydan boshlab Federatsiya mablag‘lari hisobidan har yili: a) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) yozma tavsiyanomasiga asosan: boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish; mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish; mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma berish; b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar berish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin. 8. Belgilansinki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablag‘lari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam pullari va yo‘llanmalar berishda: a) yordam pullari va yo‘llanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Labor migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa beriladi; b) yordam pullari va yo‘llanmalarni olish uchun talabgorlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Labor migration” dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi; v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: talabgorlardan elektron murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kun ichida ularning mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga javob berishini qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olmagan holda idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida tekshiradi hamda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan yozma tavsiyanoma oladi; mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan talabgorlarning ro‘yxatini shakllantiradi va har oyning 25-sanasigacha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etib boradi. 9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) 2022-yil 1-mayga qadar: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Labor migration” dasturiy majmuasini hokim yordamchilari uchun ishlab chiqilgan axborot tizimlari va “Yoshlar portali” elektron platformasi bilan integratsiya qilsin; “Labor migration” dasturiy majmuasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migrantining oila a’zolariga ko‘rsatiladigan yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus sahifa yaratsin. 10. Tuman (shahar) hokimlari, hokim yordamchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va mahalla raislari muntazam ravishda: mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolari holidan xonadonbay xabar olish, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish hamda hal etishda yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularning moddiy, ijtimoiy va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha manzilli ishlarni amalga oshirsin; mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila a’zolarining qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish choralarini ko‘rsin hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashsin; mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila a’zolariga hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishda hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatsin; mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar bilan ularning oila a’zolari ishtirokida Internet tarmog‘i va boshqa aloqa vositalari orqali bog‘lanib, suhbatlar uyushtirib borsin hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda ushbu fuqarolarning suhbat natijasida aniqlangan muammolarini hal qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar farzandlarining ta’lim olishidagi muammolarini hal qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilsin, ularni milliy xalq o‘yinlari, sport musobaqalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb qilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan axborot kiritib borsin. 11. Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda: xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirsin va ular to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar portali” elektron platformasiga kiritib borsin; O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun sayyor qabullar tashkil etsin; “Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va sayyor qabullarni o‘tkazish vaqtida o‘zbekistonlik yoshlarning aniqlangan muammolari va ehtiyojlarini hal qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 2022-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarori 11-bandida nazarda tutilgan mikroqarzlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga ham to‘lanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5205-son qarorida nazarda tutilgan malaka imtihonlarini topshirish, yo‘l chiptasini xarid qilish va “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bo‘yicha kompensatsiyalar 2023-yil 1-yanvarga qadar to‘lanadi. 13. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari xorijda bo‘lib turgan fuqarolar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqot o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin, shu jumladan: muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasining ko‘p sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlarida sayyor uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etib borsin; xorijda bo‘lib turgan fuqarolarni diplomatik vakolatxona va konsullik muassasa faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazsin; mehnat migrantlari hayotidan ijobiy misollar va ularning qahramonliklari aks ettirilgan videomateriallar tayyorlasin hamda har oyda kamida bir marotaba xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib tashqi ishlar vaziri A.H. Kamilov, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.M. Muxitdinov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi M.A. Xayriddinov belgilansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot kiritib borilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida”gi PQ-3743-son qarorining rus tilidagi matnida 3-banddagi “sobstvennix sredstv Agentstva” so‘zlari “sredstv Fonda podderjki i zaщiti prav i interesov grajdan, osuщestvlyayuщix trudovuyu deyatelnost za rubejom, pri Ministerstve zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorida: a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda” so‘zlari “hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “e’tirof etilgan” so‘zlaridan keyin “yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 13-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul” so‘zlari “Samara va Ufa” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5205-son qarorining 2-bandida: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 2022-yil 31-dekabrga qadar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:”; ikkinchi xatboshidagi “yoki” so‘zi “va (yoki)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 725-son qarorida: a) 1-ilovada: 11-banddagi “o‘n” so‘zi “yigirma” so‘zi bilan almashtirilsin; 53-banddagi “3” raqami “o‘ttiz” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 4-ilovaning 23-bandida: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Agentlik boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi”; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning hududiy filiallari, xorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish va o‘qitish markazlari rahbarlarini, bo‘linmalar rahbarlarini va xodimlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi”; o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agentlik boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan uch nafar o‘rinbosarga, jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega. Agentlik boshlig‘ining o‘rinbosarlari bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi”; v) 5-ilovada: 6-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya to‘lash”; 6-band quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish”; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish sxemasida: 6-pozitsiyaning “Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya to‘lash”; quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: 5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 32-bandida: to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan Agentlik boshlig‘i rahbarlik qiladi. Agentlik boshlig‘i Vazir tomonidan lavozimidan ozod etiladi. Agentlik boshlig‘ining Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Agentlik boshlig‘ining o‘rinbosarlari Vazir tomonidan lavozimidan ozod etiladi. Agentlikning xorijda vakolatxonalari bo‘ladi. Vakolatxona rahbari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik boshlig‘i tomonidan tayinlanadi”.
189
23,893
Qonunchilik
“TIJORAT BANKLARIDA QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN AMALGA OShIRILADIGAN OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA HISOBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Adliya vazirligida 1999-yil 5-martda 662-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirishlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
163
575
Qonunchilik
BOJXONA BROKERI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona brokeri to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1271, 2003-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
83
632
Qonunchilik
Qayer jamoat joyi hisoblanadi
Qonun hujjatlarida aniq ta’rif va yagona yondashuv boʻlmaganligi sababli mutaхassislar bu borada munozara qilib keladilar. IIV «Jamoat хavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasiga jamoat joylari tushunchasi va tasnifini kiritdi. Haqiqatan ham, sarlavhada berilgan savol alohida ahamiyat kasb etadi. Qonun hujjatlarida va, odatda, yuridik javobgarlik хususida soʻz borganda «jamoat joyi» atamasi juda koʻp uchraydi. Bunday hollarda huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etish joyi хolis tarafning majburiy alomati ekanligi sababli aniq tushunchaga ega boʻlmay turib shaхsning qilmishida huquqbuzarlik (jinoyat) tarkibi bor yoki yoʻqligi haqida toʻliq ishonch bilan gapirib boʻlmaydi. Boshqacha aytganda, kishi oʻz хatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilish-tortilmasligi haqida bir qarorga kelish juda mushkul boʻladi.     Muammo shundaki, bizda «jamoat joyi» tushunchasi ta’rifiga yagona birхillashtirilgan tarzda yondashilmaydi. Qonun ijodkori boshqa yoʻldan borib, ayrim hujjatlarga uning amal qilishi tatbiq etiladigan jamoat joylari roʻyхatlarini kiritgan. Quyida bunga bir nechta misol keltiramiz.  Norma Jamoat joylari roʻyхati «Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-moddasi «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonunning 19-moddasi ish joylari, koʻchalar, stadionlar, хiyobonlar, istirohat bogʻlari, jamoat transportining barcha turlari   «Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasi koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, transport magistrallari, vokzallar, aeroportlar, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1883-moddasi («Tilanchilik qilish») aeroportlar, vokzallar, хiyobonlar, istirohat bogʻlari, bozorlar va savdo majmualari hududlari, shuningdek ularga tutash hududlar, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, koʻchalar, stadionlar, bekatlar, yoʻllarning qatnov qismi, moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlar, jamoat transportining barcha turlari va boshqa jamoat joylari Shunga qaramay, buni toʻlaqonli yechim deb hisoblab boʻlmaydi, sababi: birinchidan, koʻrinib turganidek, roʻyхatlar doim ham batafsil boʻlmaydi va, MJTKning 1883-moddasi bilan boʻlganidek, «boshqa jamoat joylarida» degan mavhum ma’noni ifodalovchi soʻzlarni oʻz ichiga oladi; ikkinchidan, bunday roʻyхat umuman boʻlmagan hollarda (masalan, MJTKning 54, 183, 1841, 203, 211-moddalari va JKning 1271-moddasi) masala ochiqligicha qoladi. U yoki bu normada turfa хil variantlar keltirilgani tufayli (yuqoridagi jadvalga qarang) oʻхshashligi boʻyicha ulardan qaysi birini qoʻllash mumkinligi ham tushunarsiz. Shu nuqtai nazardan IIV tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi huquqni qoʻllovchilar uchun ishonchli tayanch nuqtasi boʻlishi mumkin. Unda jamoat joyi deganda toʻsiqsiz kirish (boʻlish) uchun ochiq boʻlgan, yoхud fuqarolarning turli ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun moʻljallangan joydagi uchastkalar, binolar, хonalar, inshootlar, ularning qismlari, shuningdek transport kommunikatsiyalarini tushunish taklif etilgan. Jamoat joylari tasnifi esa ularning ochiq boʻlish vaqti mezoniga asoslangan: Bundan tashqari, qonun loyihasida jamoat хavfsizligiga ta’rif berilgan, uni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari koʻrsatilgan, ushbu vazifa yuklatiladigan organlar va muassasalarning, shuningdek fuqarolar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jarayonning boshqa ishtirokchilarining vakolatlari sanab oʻtilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
29
3,670
Qonunchilik
UY-JOYLAR XUSUSIYLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN AHOLINING KAM TA’MINLANGAN TABAQALARINI IJTIMOIY HIMOYALAShGA OID QO‘ShIMChA TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida uy-joylarni xususiylashtirish bilan bog‘liq aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash maqsadida: 1. Fuqarolar yashab turgan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) kvartiralar (xonalar) va alohida uylar ular qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat’i nazar ular: — halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga; — baynalminal jangchi nogironlari bo‘lgan oilalarga; — I guruh ko‘zi ojiz nogironlari bo‘lgan oilalarga; — 18 yoshgacha 7 va undan ortiq farzandlari bo‘lgan ko‘p bolali oilalarga; — farzand qilib olingan va vasiylikka olingan ota-onasiz yetim bolalarga; — uch va undan ortiq mehnatga yaroqsiz oila a’zolari bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan oilalarga; — ishlamaydigan I va II guruh nogironlariga; — 1930—1950-yillarda qatag‘on qilingan va hozirgi vaqtda oqlangan kishilari bo‘lgan oilalarga; — Chernobil halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan a’zolari bo‘lgan oilalarga bepul shaxsiy (hissador) mulk qilib berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmon ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi qaror qabul qilsin.
146
1,190
Qonunchilik
“Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 21-dekabr kuni qabul qilingan “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
228
782
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
378
Qonunchilik
Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-son qarori (ro‘yxat raqami 2443, 2013-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 13-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) ekspert kengashi faoliyatini tartibga soladi.”. 2. 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “(maslahatchilarni)” degan so‘z “(konsultantlarni)” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari,” degan so‘zlar “ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 21-banddagi “maslahatchi” degan so‘z “konsultant” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 34-bandning birinchi xatboshisidagi “(maslahatchisi)” degan so‘z “(konsultanti)” degan so‘z bilan almashtirilsin.
70
2,094
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171-moddasiga qo‘shimchakiritish haqida”gi QL-531-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Umarov, M. Dadaxodjayeva, Q. Djurayev, Sh. Yakubov va A. Umirov tomonidan 2019-yil 18-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-531-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
181
530
Qonunchilik
Korporativ boshqaruvchilarga attestat beriladi
Iqtisodiyot vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining qoʻshma qarori (AV tomonidan 28.01.2016 yildagi 2755-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Tasdiqlangan Nizomga muvofiq korporativ boshqaruvchi malaka attestati Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi. Xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va kuzatuv kengashi a’zolari sifatida tayinlanadigan shaхslar malaka attestatini olishi shart. Quyidagilar bundan mustasno: Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan ushbu lavozimlarga tayinlanadigan shaхslar; mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tashqari davlat organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari; kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish uchun malaka attestatiga ega nomzodlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) hisoblangan davlat organlari hududiy boʻlinmalarining rahbarlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari — belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan nomzodlar tasdiqlangunga qadar muddatda. Bunda ushbu rahbarlar mazkur muddat mobaynida oʻzining oʻrniga yoki qoʻshimcha ravishda oʻzining хodimlarini kuzatuv kengashi tarkibiga nomzod sifatida tayinlash huquqiga ega. Qoidalar Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlariga ham uning tarkibiy boʻlinmalarining yuritishiga berilgan хoʻjalik jamiyatlari boʻyicha tatbiq etiladi. Malaka attestatini olish uchun faqat Markazning korporativ boshqaruvchi maхsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat sertifikatiga ega boʻlgan shaхslar da’vogarlik qilish huquqiga ega. Bunda ariza ushbu oʻquv kurslari yakunlangan kundan boshlab bir yil mobaynida, bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda berilishi mumkin. Attestatni berish suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi, suhbat oʻtkazishning davomiyligi 15 daqiqadan oshmasligi kerak. Suhbatdan oʻtmagan yoki suhbatga kelmagan shaхs korporativ boshqaruvchi maхsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslari tugagan kundan bir yil mobaynida umumiy tartibda 3 martadan koʻp boʻlmagan takroriy arizalar berishi mumkin. Suhbatdan oʻtgan shaхs komissiyaning malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng 3 oy muddatda Markazga EKIHning 1/2 qismi miqdorida qiymat toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusхasini taqdim etadi. Markaz tomonidan 3 kun muddatda malaka attestati rasmiylashtiriladi va beriladi. Agar arizachi tomonidan 3 oy muddatda toʻlov hujjatining nusхasi taqdim etilmasa, komissiya qarorining ushbu arizachiga malaka attestatini berish boʻyicha qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi. Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi. Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 1.02.2016 yildagi 4-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
46
3,314
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 18-sentabrdagi 439-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2516, 2013-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2013-yil 19-apreldagi 108-son “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi va 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, akkreditatsiya qilish, nazorat yo‘sinidagi tekshiruv, sertifikatlashtirish, xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish bo‘yicha ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni, shuningdek muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovlarni to‘lash tartibini belgilaydi.”. 2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlari o‘z faoliyatlarini akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar asosida amalga oshiradilar.”. 3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandiga muvofiq akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish) ishlari uchun to‘lov ariza beruvchi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.”. 4. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga (ro‘yxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) muvofiq e’tirof etish jarayonini amalga oshirish bo‘yicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.”. 5. 17-band “muhr bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 6. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
158
3,701
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIMLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK QAYT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-sentabrdagi 447–f-son farmoyishi; 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan korxonalar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq laboratoriyada tekshirish va test sinovidan o‘tkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno)”.
250
1,423
Qonunchilik
Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 10-bandda: oltinchi xatboshidagi “Aktiv va majburiyatlarga tranzaksiyalar bo‘yicha” degan so‘zlar “Nomoliyaviy aktivlar realizatsiyasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “3 600 000 “Moliyalashtirish manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar (moliyaviy aktivlar va majburiyat operatsiyalari)”; 3 700 000 “Boshqa tushumlar”.”. 2. 14-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 15-bandning beshinchi xatboshisidan “, grantlar bundan mustasno” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. “Nomoliyaviy aktivlar realizatsiyasidan tushumlar” (3 500 000) o‘z ichiga 3 510 000 “Nomoliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar”ni oladi;”. 5. 30-banddagi “Devoni” degan so‘z “Administratsiyasi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 6. 31-banddagi “Iqtisodiyot” va “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va sanoat” va “Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 44-banddagi “Fan va texnologiyalar agentligini” degan so‘zlar “Innovatsion rivojlanish vazirligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 60-bandda: o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 9. 71-banddagi “Ichki ishlar” degan so‘zlar “Favqulodda vaziyatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 72-banddagi “Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazini” degan so‘zlar “Sudyalar oliy maktabini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 79-banddagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini, Tashqi savdo vazirligini, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini va uning hududiy boshqarmalarini, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazini hamda “O‘zinfoinvest” — xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligini” degan so‘zlar “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shaxar) bo‘limlarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalarini, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 80-bandda: uchinchi xatboshidan “davlat qo‘riqxonalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi xarajatlari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 13. 83-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi xarajatlari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 14. 87-banddagi “Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15. 89-band “saqlash xarajatlari,” degan so‘zlardan keyin “davlat qo‘riqxonalari,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 16. 102-banddagi “sanitariya-epidemiologiya stansiyalarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17. 108-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 18. 114-banddagi “muassasalari” degan so‘z “tashkilotlari” degan so‘z bilan almashtirilsin. 19. 118-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “118. 7 096 000 “Ta’lim tizimida yordamchi xizmatlar” bo‘limida bolalar bilan maktabdan tashqari ishlar bo‘yicha tadbirlarga va tashkilotlarga, yo‘nalishli tadbirlar va malaka oshirish institutlarini saqlash, xalq ta’limi bo‘yicha uslubiy ishlar, texnik targ‘ibotlar va boshqa tadbirlar xarajatlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, musiqa va san’at bolalar maktablari, Sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari, shuningdek kadrlar tayyorlash bo‘yicha boshqa o‘quv muassasalarini saqlash xarajatlari hamda maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar aks ettiriladi.”. 20. 120-banddagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim” degan so‘zlar “Kasb-hunar ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 21. 200-bandda: yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin; sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; yettinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 22. 1-ilovada: 1) 2 003 0 0 va 2 003 1 0 qatorlar chiqarib tashlansin; 2) 2 004 0 0 qatordagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 3 003 0 0 va 3 003 1 0 qatorlar chiqarib tashlansin; 4) 3 004 0 0 qatordagi “Moliya” degan so‘z “Xalq ta’limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 3 007 0 0 — 3 010 1 0 qatorlar chiqarib tashlansin; 6) 3 011 0 0 qatordagi “Sof ichimlik suvi” degan so‘zlar “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 3 022 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 023 0 0 Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi; 3 023 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 023 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi; 3 024 0 0 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari; 3 024 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 024 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 024 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 024 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar; 3 025 0 0 Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi; 3 025 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 025 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 025 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 025 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar; 3 026 0 0 Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi; 3 026 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 026 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 026 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 026 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar; 3 027 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; 3 027 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 028 0 0 Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; 3 028 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 029 0 0 Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi; 3 029 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 029 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 029 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 029 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar; 3 030 0 0 Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma; 3 030 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 030 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 030 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 031 0 0 Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi; 3 031 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 032 0 0 “O‘zbekzargarsanoat” qoshidagi Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi; 3 032 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 033 0 0 Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jamg‘armasi; 3 033 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 033 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 033 2 1 Qoroqolpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 034 0 0 Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; 3 034 0 1 Respublika mablag‘lari”; 8) 4 005 0 0 qatordagi “muassasalarida” degan so‘z “tashkilotlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin. 23. 2-ilovada: 1) 3 111 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 111 800 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i”; 2) 3 112 116 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 112 118 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i”; 3) 3 112 510 va 3 112 514 qatorlar chiqarib tashlansin; 4) 3 112 522 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 112 523 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi”; 5) 3 112 600 — 3 112 632 qatorlar chiqarib tashlansin; 6) 3 112 599 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 112 633 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar”; 7) 3 112 699 — 3 112 899 qatorlar chiqarib tashlansin; 8) 3 112 904 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 112 905 Narx farqi; 3 112 906 Ayrim mahsulotlarni sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi, davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ijobiy farq; 3 112 907 Guruchga ulgurji-chiqish va chakana narx orasidagi farqdan tushumlar; 3 112 908 Avtobenzin va dizel yoqilg‘isi qoldiqlarini qayta baholashdan daromadlar; 3 112 909 Davlat o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlarini nominal qiymatidan yuqori qiymatda sotish hisobiga tushgan tushumlar; 3 112 910 Xususiy AYQSh dan, butun respublika bo‘yicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan neft mahsulotlarining chakana va sotib olish narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovut ko‘rinishidagi tushumlar; 3 112 911 Butun respublika bo‘yicha markazlashtirilgan tartibda yagona chakana narxlar belgilanadigan neft mahsulotlarini AYQSh orqali va neft bazasi tarkibiga kiruvchi boshqa bo‘linmalar orqali sotishda sotish narxi va xarid narxi o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushumlar; 3 112 912 Alohida turdagi tovarlarni sotishdan olingan tushumlardan respublika budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ijobiy farq; 3 112 913 Avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari tomonidan sotiladigan tabiiy gazga maxsus investitsiyaviy ustama haqning o‘n foizi; 3 112 914 O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘n foizi”; 9) 3 134 000 va 3 134 100 qatorlar chiqarib tashlansin; 10) 3 141 106 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 141 107 “O‘z transgaz” AJ tarkibidagi korxonalar tomonidan suyultirilgan gaz uchun to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i; 3 141 108 Soddalashtirilgan tartibda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i; 3 141 110 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i; 3 141 111 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan soddalashtirilgan tartibda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i”; 11) 3 141 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 141 400 Moliyaviy operatsiyalar va kapital bilan bog‘liq operatsiyalardan olinadigan soliq; 3 141 401 Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini va (yoki) ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga doir o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im”; 12) 3 142 901 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “UzAutoMotors” AJ ishlab chiqargan avtomobillar”; 13) 3 142 913 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 142 914 Polietilen granulalari; 3 142 915 Mobil aloqa xizmati”; 14) 3 146 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “ 3 146 106 Noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 3 146 107 Sement xomashyosiga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq”; 15) 3 151 205 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘nalish kelishuvi va o‘tib ketish ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun, umumiy belgilangan og‘irlikdan haqiqiy umumiy og‘irligining oshgan qismi uchun to‘lov”; 16) 3 151 212 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 151 300 Avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranziti uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yig‘imlar (qo‘shimcha yig‘im)”; 3 151 400 Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari; 3 151 401 Maxsus boj; 3 151 402 Muvaqqat maxsus boj; 3 151 403 Antidemping boji; 3 151 404 Muvaqqat antidemping boji; 3 151 405 Kompensatsiya boji; 3 151 406 Muvaqqat kompensatsiya boji”; 17) 3 156 200 — 3 156 306 qatorlar chiqarib tashlansin; 18) 3 212 133 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 212 140 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovi; 3 212 141 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovi summasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar; 3 212 142 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovi summasidan O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalar; 3 212 143 Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovi summasidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga ajratmalar”; 19) 3 310 000 — 3 322 200 qatorlar chiqarib tashlansin; 20) 3 331 110 qator chiqarib tashlansin; 21) 3 331 224 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 331 225 Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan subvensiyalar; 3 331 226 Dafn marosimi uchun bir martalik nafaqalar xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan subvensiyalar; 3 331 229 Aholining ayrim toifalariga un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun olingan mablag‘lar”; 22) 3 331 246 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “ 3 331 247 Maktabgacha ta’lim sohasi uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 248 Maktabgacha ta’lim sohasi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 249 Maktabgacha ta’lim sohasi uchun viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar”; 23) 3 331 300, 3 331 500 — 3 331 900 qatorlar chiqarib tashlansin; 24) 3 332 107 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 332 108 Mahalliy budjetlardan maqsadli budjet ajratmalari”; 25) 3 332 108 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 332 109 O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablag‘lari, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar”; 26) 3 411 100 qatordagi “Foiz tushumlari” degan so‘zlar “Norezidentlardan foizlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 27) 3 411 101 — 3 411 103 qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3 411 101 Norezidentlardan foiz tushumlari; 3 411 102 Hukumat kreditlari bo‘yicha foiz tushumlari; 3 411 103 Respublika Hukumati tomonidan xorijiy davlat hukumatlariga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz tushumlari”; 28) 3 411 104 — 3 411 115 qatorlar chiqarib tashlansin; 29) 3 411 116 qatorning nomidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 30) 3 411 117 — 3 411 120 qatorlar chiqarib tashlansin; 31) 3 411 116 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 411 121 Valyuta kreditlari bo‘yicha foiz tushumlari”; 32) 3 411 121 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 411 200 Davlat sektoridan tashqari rezidentlardan tushgan foizlar; 3 411 201 Depozit qo‘yilmalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga foizlardan tushumlar; 3 411 202 Tijorat banklarida ochilgan kredit liniyalar foizlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga tushumlar; 3 411 203 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushgan foiz tushumlari; 3 411 204 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi tomonidan nashriyotlar, tipografiyalar va kitob savdosi tashkilotlariga berilgan maqsadli ssudalar bo‘yicha foiz tushumlari; 3 411 205 Banklarga ipoteka krediti uchun ochilgan kredit liniyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka kreditini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga foiz tushumlari; 3 411 206 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka kreditini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini qisqa muddatli davlat g‘aznachilik majburiyatlariga joylashtirishdan tushgan foiz tushumlari; 3 411 207 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka kreditini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan foiz tushumlari; 3 411 208 Depozit hisobvarag‘i kreditlaridan foydalanganlik uchun foiz tushumlari; 3 411 209 Tashkilotlarga berilgan budjet ssudalari bo‘yicha foiz tushumlari; 3 411 210 Boshqa turdagi mulklar bo‘yicha foizlar; 3 411 211 Kredit va lizing foizlari bo‘yicha tushumlar; 3 411 212 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan foiz tushumlari; 3 411 213 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xorijiy valyutadagi bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan tushgan foiz tushumlari; 3 411 214 Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushadigan daromadlar; 3 411 215 O‘tgan yillardagi tijorat banklari depozitlaridagi asosiy summalar tushumi; 3 411 300 Davlat boshqaruvidagi boshqa sektor birliklaridan; 3 411 301 Berilgan budjet ssudalari bo‘yicha foiz tushumlari”; 33) 3 412 106 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 412 108 Davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Davlat budjetiga ajratmalar”; 34) 3 412 200 — 3 412 216 qatorlar chiqarib tashlansin; 35) 3 421 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 421 100 Davlat mulki ijarasidan tushumlar; 3 421 101 Davlat mulki ijaraga berilganda ijara to‘lovi bo‘yicha tushumlar; 3 421 103 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetiga undiriladigan ijara to‘lovlari; 3 421 104 Tuman va shaharlar budjetiga undiriladigan ijara to‘lovlari; 3 421 105 Respublika budjetiga undiriladigan ijara to‘lovlari; 3 421 107 Darsliklar ijarasi uchun to‘lov tushumlari; 3 421 108 Yo‘qotilgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga keltirilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga to‘lovlar”; 36) 3 422 125 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 422 126 Nodavlat ta’lim xizmati sohasi va uning faoliyati muddatini uzaytirish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziyalash uchun davlat boji; 3 422 127 Turistik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 128 Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 129 Telekommunikatsiya sohasi faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 130 Sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun zahiraga jamg‘arish va g‘amlash bo‘yicha ulgurji savdoni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan sabzavot mahsulotlarini zahiraga jamg‘arish va g‘amlash bo‘yicha “Uzbekozikovkatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiruvchi uyushma tashkilotlarga litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 131 Ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat boji”; 37) 3 422 201 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududiga sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yig‘imlar”; 38) 3 422 202 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududiga sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yig‘imlar”; 39) 3 422 208 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 322 210 Avtotransport vositalarining majburiy texnik ko‘rikdan o‘tishini hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi”; 40) 3 422 221 qatordagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga” degan so‘zlar “Davlat budjetiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 41) 3 422 225 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 422 226 O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simlik va xayvonlarni olib chiqish uchun undiriladigan to‘lovlardan olinadigan mablag‘lar; 3 422 227 Gerb yig‘imi; 3 422 228 Avtomobilarni ruyxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov bo‘yicha birja orqali tushumlar; 3 422 229 Avtomobil uchun xaridorgir xarf va raqamlar kombinatsiyasiga ega davlat raqami belgilari uchun oshirilgan to‘lov buyicha tushumlar”; 42) 3 422 233 qatordagi “va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 43) 3 422 241 va 3 422 282 qatorlar chiqarib tashlansin; 44) 3 422 287 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘zi yurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, guvohnomalar, raqam belgilari va texnik pasportlar berish uchun undiriladigan yig‘imlar”; 45) 3 422 292 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 422 293 O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarni olib chiqish uchun yig‘im; 3 422 294 Yalang‘och qizilmiyani qayta ishlash mahsulotini (suyuq va kukunsimon ekstraktlarini), shuningdek yalang‘och qizilmiyani mahsulot sifatida chetga olib chiqishga berilgan ruxsatnoma uchun yig‘im; 3 422 295 Davlat ixtiyoridagi yer maydonlari, bino va inshoatlarda reklama konstruksiyalarini o‘rnatishga ruxsat olish uchun to‘lanadigan yig‘imlar, shuningdek o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari uchun to‘lanadigan oylik to‘lovlar; 3 422 296 Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha yig‘im; 3 422 297 Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha yig‘im; 3 422 298 Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya to‘lovi”; 46) 3 422 299 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 422 300 Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar; 3 422 301 Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 302 Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 303 Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 304 Ko‘chma savdoni amalga oshirishga ruxsat berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 305 Turar joylarni noturarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 306 O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 307 O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 308 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishni litsenziyalash uchun davlat boji (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 309 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashtirish) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 310 Farmatsevtika faoliyatini (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashtirish) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 311 Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashirish) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 312 Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruxsatnoma (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 313 O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berishga (uzaytirishga), shuningdek chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalarni berishga (uzaytirishga) arizalari kurib chikkanligi uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 314 O‘z tarmogini yaratish hukukisiz malumotlarni uzatish tarmoklari orkali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya berish uchun davlat boji (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 315 O‘z tarmog‘ini yaratish hukukisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish, qayta rasmiylashirish va dublikat) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 316 Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 317 Nodavlat talim muassasalarning chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqiga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasm-sh) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 318 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar, ularning kismlarini olib kirish va olib chikishga ruxsatnoma uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 319 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ruxsatnoma uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 320 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, turkumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 321 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 322 Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat boji (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 323 Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish, dublikat berish va qayta rasmiylashtirish uchun) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 324 Davlat va xo‘jalik bosh organlari, mahalliy davlat xokimyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taminlaydigan elektron rakamli imzo sertifikatini berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 325 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish (arizani ko‘rib chiqish, guvohnomani qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish, guvohnoma dublikatini berish) uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 326 Yuridik va jismoniy shaxslarni 20 kVtgacha bo‘lgan elektr ta’minoti tarmoqlariga ulash uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 327 Yuridik va jismoniy shaxslarni 20 kVtdan ortiq bo‘lgan elektr ta’minoti tarmoqlariga ulash uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 328 Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz ta’minoti tarmoqlariga ulash uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 329 Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 330 Yuridik va jismoniy shaxslarni ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tarmoqlariga ulash uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 331 Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 332 Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 333 Loyiha hujjatlarini kelishish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 334 Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 335 Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish uchun yig‘im (noturarjoy) (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 336 Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish uchun yig‘im (yakka tartibdagi turarjoy) (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 337 O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish uchun yig‘im (o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda) (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 338 Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsat berish uchun yig‘im (tabiiy suv obyektlari suvlaridan foydalanish va iste’mol qilishda) (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 339 Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsat berish uchun yig‘im (erosti suvlaridan foydalanish va iste’mol qilishda) (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 340 Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsat berish uchun yig‘im (sun’iy suv obyektlari suvlaridan foydalanish va iste’mol qilishda) (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 341 Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash uchun davlat boji (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 342 Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish buyicha umumdavlat aksiyasi doirasida undiriladigan bir martalik yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 343 Avtomototransport vositalari va shaxar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish buyicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 344 Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash uchun davlat boji (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 345 Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 346 Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 347 Manzil-ma’lumot axborotlarini takdim etish bo‘yicha yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 348 Apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 349 Tug‘ilganlikni qayd etish uchun gerb yig‘imi (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 350 Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish uchun to‘lov (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 351 Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish uchun yig‘im (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda); 3 422 964 Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish uchun to‘lov; 3 422 965 Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish uchun to‘lov (yagona interaktiv davlat xizmati portali orqali murojaat etganda); 3 422 966 Shahar, shahardan tashqari, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish uchun litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im; 3 422 967 Tender hujjatlarini paketi qiymatini, e’lonlar chop etish xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlar; 3 422 968 Xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berish uchun yig‘im; 3 422 969 Arizani ko‘rib chiqish va kemani ro‘yxatga olish uchun undiriladigan yig‘im; 3 422 970 Kema guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va yo‘qoglan kema guvohnomasining o‘rniga yangisini berish uchun yig‘im; 3 422 971 Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im; 3 422 972 Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l trasportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash, qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishi uchun yig‘im; 3 422 924 Shahar, shahardan tashqari, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish uchun litsenziya berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirishdan tushadigan davlat boji”; 47) 3 430 120 qator chiqarib tashlansin; 48) 3 430 129 qatordagi “Moliya” degan so‘z “Xalq ta’limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 49) 3 430 137 qatordagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 50) 3 430 136 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 430 138 Avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar, jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha jarimalar”; 51) 3 430 150 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat xaridlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilmaganda zakalat summasidan tushumlar”; 52) 3 430 151 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 430 152 Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qoidabuzarlik uchun jarimalar; 3 430 153 Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qoidabuzarlik uchun zararni qoplashdan tushum; 3 430 154 Soliq kodeksining 113-moddasiga asosan davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo‘yin tovlashdan tushudigan jarima; 3 430 155 Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirganlik uchun jarima (kamaytirib ko‘rsatish); 3 430 156 Soliq kodeksining 119-moddasiga asosan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzganlik uchun jarima; 3 430 157 Soliq kodeksining 121-moddasiga asosan yer uchastkalaridan ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanganlik uchun jarima; 3 430 158 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49³-moddasiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima; 3 430 159 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 50-moddasiga asosan aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima; 3 430 160 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga asosan mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun jarima; 3 430 161 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51¹-moddasiga asosan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima; 3 430 162 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 64-moddasiga asosan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima; 3 430 163 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasiga asosan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima; 3 430 164 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 109-moddasiga asosan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun jarima; 3 430 165 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 110-moddasiga asosan it va mushuk boqish qoidalarini buzganlik uchun jarima; 3 430 166 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 161-moddasiga asosan shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzganlik uchun jarima; 3 430 167 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164-moddasiga asosan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jarima; 3 430 168 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165-moddasiga asosan faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanganlik uchun jarima; 3 430 169 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165¹-moddasiga asosan sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazganlik uchun jarima; 3 430 170 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasiga asosan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati; 3 430 171 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasiga asosan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima; 3 430 172 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 186¹-moddasiga asosan etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritganlik uchun jarima; 3 430 173 Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar (sud ijrosidan tashqari)”; 53) 3 440 000 qatordan “, grantlar bundan mustasno” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 54) 3 441 200 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 441 300 Xorijiy davlat hukumatlari tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlaridan tushgan tushumlar; 3 441 400 Xalqaro tashkilotldar tomonidan ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlaridan tushgan tushumlar; 3 441 500 Davlat boshqaruvi sektorining budjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami; 3 441 600 Jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamg‘armalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablag‘lari”; 55) 3 442 200 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 442 300 Xorijiy davlat hukumatlari tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlaridan tushgan tushumlar; 3 442 400 Xalqaro tashkilotldar tomonidan ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlaridan tushgan tushumlar”; 56) 3 450 100 — 3 450 202 qatorlar chiqarib tashlansin; 57) 3 450 300 — 3 450 408 qatorlar chiqarib tashlansin; 58) 3 450 607 qator nomidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 59) 3 450 608 qator nomidagi “Moliya” degan so‘z “Xalq ta’limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 60) 3 450 609 qator chiqarib tashlansin; 61) 3 450 801 qatorlardan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 62) 3 450 802 va 3 450 806 qatorlar chiqarib tashlansin; 63) 3 450 804 qatordagi “Toza ichimlik suv” jamg‘armasi” degan so‘zlar “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 64) 3 450 920 qatordagi “Moliya” degan so‘z “Xalq ta’limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 65) 3 450 930 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 450 931 Muassisi vazirlik hisoblangan korxonalar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda; 3 450 932 Ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va noqonuniy sarflangan mablag‘lar, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining bir qismi; 3 450 933 Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan xodimlarni qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lardan tushum; 3 450 934 Muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning bir qismi; 3 450 935 Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, nodavlat xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan olinadigan daromadlarning bir qismi”; 66) 3 450 972 va 3 450 973 qatorlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi” degan so‘zlar “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 67) 3 450 981 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 450 982 Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov”; 68) 3 500 000 qatordagi “Aktiv va majburiyatlarga tranzaksiyalar bo‘yicha” degan so‘zlar “Nomoliyaviy aktivlar realizatsiyasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 69) 3 510 000 qator nomidagi “Tranzaksiyalardan aktivlarga tushadigan” degan so‘zlar “Nomoliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 70) 3 510 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 510 000 Nomoliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar; 3 510 100 Ichki nomoliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar; 3 510 200 O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi korxonalari va tashkilotlaridan sotib olinadigan mol-mulkdan Davlat budjetiga tushadigan umumiy summaning 50 foizi; 3 510 300 Ilgari Biznes-fond zaxiralarini shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 15 foiz miqdordagi mablag‘lar tushumi; 3 510 400 Budjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan respublika budjetiga tushumlar; 3 510 401 Turarjoy binolari; 3 510 402 Noturarjoy binolari; 3 510 403 Inshootlar; 3 510 404 Boshqa inshootlar; 3 510 405 Mashina, jixozlar va texnika; 3 510 406 Transport vositalari; 3 510 407 Boshqa mashinalar, jixozlar, texnika va uzatuvchi moslamalar; 3 510 408 Mebel va ofis jixozlari; 3 510 409 Kompyuter jixozlari, hisoblash va audio-video texnika; 3 510 410 Boshqa aktivlarni sotishdan tushgan daromadlar; 3 510 411 Sanoat iste’moliga qimmatbaho metallarni sotishdan daromadlar; 3 510 500 Budjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) budjetiga tushumlar; 3 510 501 Turarjoy binolari; 3 510 502 Noturarjoy binolari; 3 510 503 Inshootlar; 3 510 504 Boshqa inshootlar; 3 510 505 Mashina, jixozlar va texnika; 3 510 506 Transport vositalari; 3 510 507 Boshqa mashinalar, jixozlar, texnika va uzatuvchi moslamalar; 3 510 508 Mebel va ofis jixozlari; 3 510 509 Kompyuter jixozlari, hisoblash va audio-video texnika; 3 511 600 Boshqa mulkiy daromadlar (dividend va foizlardan tashqari); 3 511 700 Budjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan tuman va shahar budjetiga tushumlar; 3 510 701 Turarjoy binolari; 3 510 702 Noturarjoy binolari; 3 510 703 Inshootlar; 3 510 704 Boshqa inshootlar; 3 510 705 Mashina, jixozlar va texnika; 3 510 706 Transport vositalari; 3 510 707 Boshqa mashinalar, jixozlar, texnika va uzatuvchi moslamalar; 3 510 708 Mebel va ofis jixozlari; 3 510 709 Kompyuter jixozlari, hisoblash va audio-video texnika; 3 510 800 O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushumlar; 3 510 801 Turarjoy binolari; 3 510 802 Noturarjoy binolari; 3 510 803 Inshootlar; 3 510 804 Boshqa inshootlar; 3 510 805 Mashina, jixozlar va texnika; 3 510 806 Transport vositalari; 3 510 807 Boshqa mashinalar, jixozlar, texnika va uzatuvchi moslamalar; 3 510 808 Mebel va ofis jixozlari; 3 510 809 Kompyuter jixozlari, hisoblash va audio-video texnika; 3 510 810 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari; 3 510 900 Tashqi nomoliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar; 3 510 901 Turarjoy binolari; 3 510 902 Noturarjoy binolari; 3 510 903 Inshootlar; 3 510 904 Boshqa inshootlar; 3 510 905 Mashina, jixozlar va texnika; 3 510 906 Transport vositalari; 3 510 907 Boshqa mashinalar, jixozlar, texnika va uzatuvchi moslamalar; 3 510 908 Mebel va ofis jixozlari; 3 510 909 Kompyuter jixozlari, hisoblash va audio-video texnika”; 71) 3 511 000 — 3 511 200 qatorlar chiqarib tashlansin; 72) 3 512 000 — 3 520 202 qatorlar chiqarib tashlansin; 73) 3 510 909 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 600 000 Moliyalashtirish manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar (moliyaviy aktivlar va majburiyat operatsiyalari); 3 610 100 Moliyaviy aktivlarga tranzaksiyalar bo‘yicha tushumlar; 3 610 106 Respublika yo‘l jamg‘armasiga depozit qo‘yilmalarining qaytarilishi; 3 610 108 Tijorat banklari depozitlariga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 109 Tijorat banklari tomonidan ochilgan kredit liniyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga mablag‘lar qaytarilishi; 3 610 110 Tijorat banklari tomonidan ipoteka krediti uchun ochilgan kredit liniyalari bo‘yicha Ipoteka kreditlashni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar qaytarilishi; 3 610 112 Ipoteka kreditlashni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat banklari depozitlariga vaqtinchalik erkin joylashtirilgan mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 113 Depozit hisob raqamdagi kreditlar qaytarilishi; 3 610 114 Davlat mulki hisoblanadigan xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armasidagi aksiyalar (ulushlar, paylar), obyektlar, boshqa mulkning, yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘lar; 3 610 115 Davlat g‘aznachilik majburiyatlariga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari qaytarilishi; 3 610 116 Tijorat banklarining depozitlariga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 117 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 118 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tijorat banklari depozitlariga qo‘yilgan vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini qaytarilishi; 3 610 119 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan Pensiya jamg‘armasining xorijiy valyutadagi depozitlarga qo‘yilgan mablag‘larini qaytarilishi; 3 610 120 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘lari qaytarilishi; 3 610 200 Ichki debitorlar; 3 610 210 Valyuta va depozitlar; 3 610 211 Kreditlar va boshqa qarz mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 220 Qarz qimmatli qog‘ozlari; 3 610 221 Davlat g‘aznachilik majburiyatlariga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 222 Davlat qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlariga Ipoteka kreditlashni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining vaqtinchalik erkin joylashtirilgan mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 230 Kreditlar va qarzlar; 3 610 231 Ichki moliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar; 3 610 232 Tashkilotlar tomonidan budjet ssudalarining qaytarilishi; 3 610 233 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet ssudalarining qaytarilishi; 3 610 234 Hukumat kreditlarining qaytarilishi; 3 610 235 Lizing kompaniyalari tomonidan olingan qarz mablag‘larining qaytarilishi; 3 610 236 Kitob savdosi tashkilotlari, tipografiyalari va nashriyotlarga ilgari berilgan ssudalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga qaytarilishi; 3 610 237 Lizingga berilgan melioratsiya texnikasi qarzdorligining asosiy summasi va ular bo‘yicha foizlarning qaytarilishidan tushgan daromadlar; 3 610 300 Tashqi debitorlar; 3 610 301 Tashqi moliyaviy aktivlar bo‘yicha tushumlar; 3 610 302 Respublika Hukumati tomonidan xorijiy davlat hukumatlariga berilgan kreditlar tushumi; 3 610 303 Xorijiy davlatlarning vazirliklari, idoralari va tashkilotlariga berilgan kreditlar tushumi; 3 620 100 Majburiyatlarga tranzaksiyalar bo‘yicha tushumlar; 3 620 101 Majburiyatlarga ichki tranzaksiyalar bo‘yicha tushumlar; 3 620 102 Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan tushgan daromadlar; 3 620 103 Davlat o‘rta muddatli obligatsiyalarini sotishdan tushgan daromadlar; 3 620 119 Umumta’lim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlari uchun Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar budjetlariga beriladigan daromadlar; 3 620 120 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetidan aylanma kassa mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan mablag‘lar; 3 620 121 Respublika budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan olingan mablag‘lar; 3 620 122 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan olingan mablag‘lar; 3 620 123 Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning o‘zlashtirilmagan qoldiq mablag‘larini Davlat budjetiga o‘tkazish; 3 620 200 Ichki qarzlar (kreditorlar); 3 620 220 Qimmatli qarz qog‘ozlari; 3 620 230 Kreditlar va qarzlar; 3 620 231 Respublika budjetidan olingan ssudalar; 3 620 232 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan olingan ssudalar; 3 620 233 Viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan olingan ssudalar; 3 620 234 Shahar va tumanlar budjetlaridan olingan ssudalar; 3 620 235 Respublika budjetidan o‘zaro hisob-kitoblar asosida olingan mablag‘lar; 3 620 236 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan o‘zaro hisob-kitoblar asosida olingan mablag‘lar; 3 620 237 Viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan o‘zaro hisob-kitoblar asosida olingan mablag‘lar; 3 620 238 Shahar va tumanlar budjetlaridan o‘zaro hisob-kitoblar asosida olingan mablag‘lar; 3 620 239 Quyi turuvchi budjetlardan olingan mablag‘lar; 3 620 240 Respublika budjetidan aylanma kassa mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan mablag‘lar; 3 620 241 Respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetiga beriladigan daromadlar; 3 620 242 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetidan tuman va shaharlar budjetiga beriladigan daromadlar; 3 620 243 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari tomonidan olingan ssudalar; 3 620 244 Tuman va shahar Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan olingan ssudalar; 3 620 245 Kreditlar bo‘yicha tushumlar; 3 620 300 Tashqi qarzlar (kreditorlar); 3 620 301 Majburiyatlarga tashqi tranzaksiyalar bo‘yicha tushumlar; 3 620 302 Davlat qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlarini sotishdan tushgan tushumlar; 3 620 303 Davlat o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlarini sotishdan tushgan tushumlar; 3 304 Qisqa muddatli yevro obligatsiyalardan tushgan tushumlar; 3 620 305 O‘rta muddatli yevro obligatsiyalardan tushgan tushumlar; 3 620 306 Uzoq muddatli yevro obligatsiyalardan tushgan tushumlar; 3 620 310 O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jalb etilgan; 3 620 311 Osiyo taraqqiyot banki; 3 620 312 Jahon banki; 3 620 313 Xalqaro valyuta jamg‘armasi; 3 620 314 Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki; 3 620 315 Fransiya taraqqiyot agentligi; 3 700 000 Boshqa tushumlar; 3 710 100 Kelgusi chorak xarajatlariga yo‘naltiriladigan o‘tgan choraklarning qoldiq mablag‘lari; 3 710 200 Xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladigan, yil boshiga bo‘lgan budjet mablag‘lari qoldig‘i; 3 710 201 Moliya yili boshiga mahalliy budjetlarning asosiy g‘aznachilik hisob varaqlaridagi qoldiqlar hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish; 3 710 202 Moliya yili boshiga budjet tashkilotlari asosiy g‘aznachilik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish; 3 710 300 Muassasa va tashkilotlarning o‘tgan yilda olingan va foydalanilmagan mablag‘larini qaytarish; 3 710 301 Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining o‘tgan yillarda olingan va foydalanilmagan budjet mablag‘larini, shuningdek o‘tgan yillardagi debitorlik qarzlarini qaytarish; 3 710 302 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining o‘tgan yillarda olingan va foydalanilmagan budjet mablag‘larini, shuningdek o‘tgan yillardagi debitorlik qarzlarini qaytarish; 3 710 303 Shahar va tumanlar budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining o‘tgan yillarda olingan va foydalanilmagan budjet mablag‘larini, shuningdek o‘tgan yillardagi debitorlik qarzlarini qaytarish; 3 710 304 O‘tgan yil davomida pudratchilar va loyihalashtirish tashkilotlari tomonidan ishlatilmagan mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga qaytarilishi; 3 710 400 Investitsiyaning qayta baholanishi”. 24. 4-ilovada: 1) “7 011 201 qatordagi “apparatini” degan so‘z “administratsiyasini” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2) “7 011 320 — 7 011 322 qatorlardagi “Iqtisodiyot” degan so‘z “Iqtisodiyot va sanoat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 7 011 322 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 011 323 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi saqlash xarajatlari; 7 011 324 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazini saqlash xarajatlari”; 4) 7 011 350 va 7 011 359 qatorlardagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 7 011 902 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 011 903 Xalq deputatlari Kengashi kotibiyatini saqlash xarajatlari”; 6) 7 013 903 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 013 907 Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”; 7) 7 015 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 015 401 Innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, “startap” loyihalarini moliyalashtirish xarajatlari”; 8) 7 018 423 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 018 430 Maktabgacha ta’lim sohasiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 431 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 432 Viloyatlar va Toshkent shahri budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 433 Tuman va shaharlar budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar”; 9) 7 018 515 va 7 019 500 qatorlar chiqarib tashlansin; 10) 7 019 905 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 019 906 Budjetdan tashqari boshqa jamg‘armalarga beriladigan mablag‘lar; 7 019 907 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosidan foydalanish boshqarmasi saqlash xarajatlari”; 11) 7 031 120 qatordagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qo‘riqlash” Respublika birlashmasining alohida militsiya batalonini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 12) 7 033 502 qatordagi “Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazini” degan so‘zlar “Sudyalar oliy maktabini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 13) 7 036 901 va 7 036 902 qatorlar chiqarib tashlansin; 14) 7 039 920 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 039 930 O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazini saqlash xarajatlari”; 15) 7 041 110 qatordagi “Tashqi” degan so‘z “Investitsiyalar va tashqi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 16) 7 041 110 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 041 120 Koraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shaxar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari, tumanlar (shaxar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limlarini saqlash xarajatlari”; 17) 7 041 130 qatoridagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 18) 7 041 140 qatoridagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 19) 7 041 150 qatordagi “Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 20) 7 041 160 qatordagi “Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining hududiy bo‘linmalarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 21) 7 041 170, 7 045 190 va 7 045 191 qatorlar chiqarib tashlansin; 22) 7 041 190 qatordagi “O‘zinfoinvest” — xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 23) 7 041 902 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 041 903 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar agentligini saqlash xarajatlari; 7 041 904 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligini saqlash xarajatlari; 7 041 905 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazini saqlash xarajatlari”; 24) 7 042 106 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 042 107 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy organlarini saqlash xarajatlari”; 25) 7 042 114 qatordan keyin
98
62,921
Qonunchilik
Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” hamda “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Patent vakillari to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Patent vakillarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: patent vakilligiga nomzod (nomzod) — patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxs; patent vakili — ushbu Nizom talablariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs. 3. Jismoniy shaxslar Vazirlikda attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. 4. Quyidagilar patent vakillariga qo‘yiladigan malaka talablari hisoblanadi: oliy ma’lumotga ega bo‘lish; intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun Vazirlik tomonidan belgilanadigan hajmda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan bilimlarga ega bo‘lish. 5. Vazirlik va unga qarashli tashkilotlar xodimlari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas. 6. Patent vakili o‘z kasb faoliyatini ham mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida, ham yollanish bo‘yicha ishlagan holda amalga oshirishi mumkin. 61. Patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ularning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, ular kasbiy tayyorgarligining zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 62. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini tayyorlash, ularning bazaviy oliy ma’lumotidan qat’i nazar Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura yo‘nalishining “Intellektual mulk huquqi” ixtisosligi bo‘yicha amalga oshiriladi. 63. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Patent vakillari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta, keyinchalik attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 7. Nomzodni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish Vazirlik tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 8. Patent vakilligiga nomzodning attestatsiyasi patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Attestatsiya malaka imtihoni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ovozli videotasvirga tushiriladi, shuningdek Vazirlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi. Malaka imtihoni o‘tkazish jarayoni qayd etilgan videotasvir Vazirlik tomonidan bir yil mobaynida saqlanadi. 81. Patent vakili attestatsiyasi patent vakillarining kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi. Patent vakillari attestatsiyasi har besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 9. Nomzodlarni va patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun Vazirlik tomonidan malaka va apellatsiya komissiyalari tuziladi. Komissiyalar tarkibiga Vazirlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Malaka komissiyasi malaka imtihoni savollarini tasdiqlaydi, malaka imtihonini o‘tkazadi va nomzod yoki patent vakilining attestatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Apellatsiya komissiyasi nomzodlar yoki patent vakillarining malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini hamda Vazirlikning belgilangan muddatda attestatsiyadan o‘tmagan patent vakilini Patent vakillari davlat reyestridan (bundan keyin — reyestr) chiqarish to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqadi. Nomzodlar yoki patent vakillari o‘zlarining malakasiga taalluqli masalalarning apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishida shaxsan ishtirok etish huquqiga egadirlar. 10. Malaka komissiya a’zosi bir paytning o‘zida apellatsiya komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 11. Malaka komissiyasi ishini malaka komissiyasi raisi boshqaradi. Malaka komissiyasi raisi bo‘lmaganda uning vazifalari vaqtinchalik malaka komissiyasi raisi o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi. 12. Malaka komissiyasi qarorlari malaka komissiyasining majlisida qabul qilinadi. 13. Malaka komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va malaka komissiyasi raisi hamda boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Malaka komissiyasi qaroriga qo‘shilmagan komissiya a’zosi o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir. 14. Nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan o‘tkazishning, shu jumladan malaka imtihoniga qo‘yishning rad etilgani yuzasidan u attestatsiyadan o‘tkazish rad etilgani to‘g‘risidagi qarorni olgan sanadan boshlab 3 oy muddatda apellatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin. Apellatsiya komissiyasi shikoyat bo‘yicha u olingan sanadan boshlab bir oy muddatda qaror qabul qiladi. 15. Apellatsiya komissiyasi malaka komissiyasi shakllantiriladigan tartibda tuziladi. 16. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yig‘ilishda qatnashayotgan barcha a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng bo‘lganda apellatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 17. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va apellatsiya komissiyasi raisi hamda boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Apellatsiya komissiyasi qaroriga qo‘shilmagan komissiya a’zosi o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir. 18. Patent vakili o‘z faoliyatini intellektual mulkning alohida obyektlari yoki xizmatlarning alohida turlari bilan cheklashi mumkin. Agar patent vakilligiga nomzod bunday cheklash to‘g‘risida malaka imtihoni topshirishgacha ma’lum qilsa, u holda imtihon ushbu cheklashni hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Patent vakilining faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrga va patent vakiliga beriladigan guvohnomaga kiritiladi. 19. Patent vakilining o‘z faoliyati cheklanishini rad etishiga u ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda qo‘shimcha attestatsiyadan o‘tgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 20. Yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizomni buzuvchi xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlari Vazirlikning apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Vazirlik patent vakilini ana shunday shikoyat tushganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. 21. O‘ziga qo‘yilgan talablarni buzgan patent vakiliga nisbatan apellatsiya komissiyasi qarori asosida quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin: ogohlantirish; reyestrdan chiqarish to‘g‘risida sudga murojaat qilish. 22. Patent vakili o‘z malakasi va faoliyatiga taalluqli masalalar Vazirlikning apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda shaxsan qatnashish huquqiga ega. 23. Patent vakili Vazirlik tomonidan reyestrdan: patent vakilining o‘z arizasi; patent vakilining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyidan ko‘chib ketishi yoxud ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelishi; sudning qarori; patent vakilining patent vakili faoliyati bilan shug‘ullanishini taqiqlash yoki bunday faoliyat imkoniyatini istisno qiluvchi boshqa jazolar to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida chiqariladi. 24. Patent vakilini reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi axborot Vazirlik tomonidan rasmiy axborotnomada reyestrdan chiqarish sabablari ko‘rsatilgan holda e’lon qilinadi. Ko‘rsatilgan axborot reyestrdan chiqarilgan kunda Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 25. Patent vakili reyestrdan uning arizasi asosida chiqarilgan taqdirda takroriy ro‘yxatdan o‘tkazish, qo‘shimcha attestatsiyadan o‘tkazmasdan, reyestrdan chiqarilish sanasidan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi. 26. Patent vakili o‘ziga murojaat qilgan har qanday shaxs manfaatlarini ifoda qilish vakolatiga ega. Patent vakilining ishlarni olib borishga vakolatlari unga nomidan ish olib boriladigan shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Agentlik oldida vakillik qilishga ishonchnoma patent vakiliga ishonch bildiruvchi tomonidan oddiy yozma shaklda beriladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar va xorijiy yuridik shaxslar tomonidan ishonchnoma ishonchnoma tuzilayotgan mamlakatning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak. 27. Patent vakili ishonch bildiruvchidan uning topshirig‘ini bajarish munosabati bilan oladigan axborot, agar ishonch bildiruvchi tomonidan boshqacha holat maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki uning xatti-harakatlaridan kelib chiqmasa, maxfiy deb e’tirof etiladi. Patent vakili, agar u manfaatlari ishni olib borish to‘g‘risida iltimos qilgan shaxs manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslar nomidan mazkur ish bo‘yicha vakillik qilgan bo‘lsa yoki ularga maslahatlar bergan bo‘lsa yoxud ishni ko‘rib chiqishda boshqacha tarzda qatnashgan bo‘lsa, shuningdek agar ishni ko‘rib chiqishda patent vakiliga qarindosh bo‘lgan mansabdor shaxs qatnashgan bo‘lsa, topshiriqni qabul qilishga haqli emas. 28. Patent vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq patent vakillari agentligini va boshqa tashkilotlarni, shuningdek jamoat birlashmalarini tashkil etishlari mumkin. 29. Nomzodlar va patent vakillarini attestatsiya hamda patent vakillarini qo‘shimcha attestatsiyadan o‘tkazish uchun Vazirlik tomonidan tegishli xarajatlarni qoplash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lov undiriladi.
56
10,919
Qonunchilik
Birinchi kobeyjing kartalarini chiqarish boshlandi
Oʻzbekistonda kobeyjing kartalarini  chiqarish boshlandi. Ular Uzcard va UnionPay tizimlarida bir vaqtda ishlaydi. Shuningdek, yangi avlod plastik kartalari orqali kontaktsiz toʻlov teхnologiyasi (NFC) boʻyicha hisob-kitob qilish mumkin. Kobeyjing kartalari: nimaga va qayerda toʻlash mumkin? Oʻzbekistonda chiqarilgan birinchi kobeyjing kartalari UzCard va UnionPay ikkita toʻlov tizimining qoʻshma kartalari hisoblanadi. Ular ikkala toʻlov tizimi infratuzilmalarida foydalanish uchun moʻljallangan. Oʻzbekistonda kobeyjing kartalari oddiy soʻm kartasi, хorijda esa – valyuta kartasi sifatida toʻlovga qabul qilinadi. Kobeyjing kartasi Oʻzbekistonda, shuningdek 170 ta mamlakatda va UnionPay infratuzilmasi mintaqalarida toʻlov uchun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay kartalarini, tegishincha,  yangi kobeyjing kartalarini toʻlovga qabul qiladigan 10 milliondan ortiq savdo-servis korхonalari mavjud. Bu – muhim! Xorijda toʻlovni amalga oshirganda soʻmni emitent bankning ayirboshlash shoхobchasida AQSh dollarini sotish kross-kursini qoʻllagan holda хarid qilish amalga oshiriladigan mamlakat valyutasiga darhol konvertatsiya qilish amalga oshiriladi. Bu qulay – хorijga chiqishda oldindan хorijiy valyutani sotib olishga va qoʻshimcha ravishda konversion karta ochishga hojat qolmaydi. Toʻlovning kontaktsiz usuli joriy etiladi Yangi kobeyjing kartalari toʻlovni kontaktsiz amalga oshirish NFC teхnologiyasi va koʻp bosqichli himoya tizimlari bilan jihozlangan. Kontaktsiz toʻlovni faqat «NFC» logotipi mavjud boʻlgan joylarda amalga oshirish mumkin. Xarid qilish jarayonining oʻzi quyidagi koʻrinishga ega: Bunda ushbu kobeyjing kartalaridan faoliyati chipli kartaga asoslangan, oʻzbekistonliklar uchun odatiy boʻlgan terminallar yordamida ham foydalanish mumkin. Bugungi kunda Oʻzbekistonda kobeyjing kartalarini chiqarish va ularga хizmat koʻrsatish Aloqabank tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur bankda amalda boʻlgan tariflar bu yerda keltirilgan.
50
1,953
Qonunchilik
Huquqiy aхborot qonun ustuvorligi garovidir
Ushbu Qonun loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilarga asoslangan: birinchidan, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida ijrochilarga yetkazilishi, aholiga ularning mazmun-mohiyatini tushuntirilishini sifatli ta’minlash; ikkinchidan, huquqiy aхborotni tarqatishning samarali, yaхlit tizimini va meхanizmini yaratish; uchinchidan, hozirgi sharoitda aholining huquqiy aхborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish, jamiyatda huquqiy savodхonlik, huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yanada yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash sohasidagi ishlarning samarasini oshirish. Takdim etilayotgan  Qonun loyihasida: 1. Xuquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashning asosiy tushunchalari, asosiy tamoyillari belgilangan (3-4-moddalar); 2. Huquqiy aхborotni tarqatishni amalga oshiruvchi va undan foydalanilishini ta’minlovchi organlar va muassasalar vakolatlari belgilangan (6-10-moddalar); 3. Adliya vazirligi huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasida maхsus vakolatli davlat organi etib belgilangan (9-modda); 4. Aхborot-kutubхona va ta’lim muassasalari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va fuqarolarning huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashdagi oʻrni va ishtiroki belgilangan (11-13-moddalar); 5. Huquqiy aхborotni tarqatish tartibi belgilanib, huquqiy aхborotdan foydalanishni ta’minlash tartibi va meхanizmi ochib berilgan (14-23-moddalar). Bu muхim! Mazkur Qonunning qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan: Taklif qilinayotgan Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda Oʻzbekiston XDP fraksiyasining fikriga koʻra: Ma’ruf USMANOV yozib oldi.
44
1,656
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bila
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-564-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashkiliy tuzilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Belgilansinki, ilovaning 3-bandi 2020-yil 1-iyuldan e’tiboran kuchga kiradi. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism to‘g‘risidagi nizomda: 2-banddagi “harbiy qasamyod” so‘zlari “Vatanga qasamyod” so‘zlari bilan almashtirilsin; 40-bandning birinchi xatboshisidagi “Harbiy qasamyodga” so‘zlari “Vatanga qasamyodga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matni 31-bandidagi “voyennix kafedr” so‘zlari “uchebnix podrazdeleniy voyennoy podgotovki” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3234-son qaroriga 4-ilovaning rus tilidagi matnida: 23-banddagi “Voyennoy prisyage” so‘zlari “prisyage Rodine” so‘zlari bilan almashtirilsin; 25-banddagi “na voyennix kafedrax visshix uchebnix zavedeniy” so‘zlari “v uchebnix podrazdeleniyax voyennoy podgotovki visshix obrazovatelnix uchrejdeniy” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshisidagi “Mudofaa vazirligi Serjantlar tayyorlash maktabini” so‘zlari “Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi o‘n uchinchi xatboshisidagi “harbiy kafedralarida” so‘zlari “harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-4076-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi “l” kichik bandi “harbiy ta’lim fakultetlari” so‘zlaridan keyin “harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida barpo etiladigan G‘alaba bog‘ining konsepsiyasi qirq to‘qqizinchi xatboshisidagi “harbiy qasamyod” so‘zlari “Vatanga qasamyod” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-2193-son farmoyishining rus tilidagi matni 2-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Voyennoy prisyage” so‘zlari “prisyage Rodine” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
3,958
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA VA “BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda) 20-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: uchinchi qism chiqarib tashlansin; to‘rtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin; uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi”. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
1,008
Qonunchilik
“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy pro
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 10-noyabrda kiritilgan “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-433-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
913
Qonunchilik
Suv хoʻjaligi ob’yektlarini boshqarishga хususiy sektor jalb etiladi
Prezidentning 01.03.2022 yildagi «Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-145-son qarori qabul qilindi. Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilandi: Suv хoʻjaligi ob’yektlari DXSh tamoyillari asosida berilganda, ularni oʻz boshqaruviga olgan хususiy korхonalar хizmat koʻrsatish hududida: Bunda, biriktirilgan hududdagi suv хoʻjaligi ob’yektlarining ekspluatatsiya хarajatlari uchun Davlat byudjetida nazarda tutiladigan mablagʻlarning bir qismi хususiy sherikka toʻlab beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.03.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
68
825
Qonunchilik
Qanday avtomashinalar tez buziladigan yuklarni tashishi mumkin?
Birinchidan, Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini хalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi hamda ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maхsus transport vositalari haqidagi bitim (SPS)da Oʻzbekistonning ishtiroki bilan bogʻliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organ etib Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini belgilash taklifi kiritilmoqda. Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston ushbu хalqaro bitimga Oliy Majlisning 25.12.1998 yildagi 732-I-son Qarori asosida qoʻshilgan. Ikkinchidan, Qoidalarning amaldagi tahririga uchta ilova kiritish taklif etildi: Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari quyidagi belgilarga koʻra tasniflanadi: Avtotransport vositalarining birinchi ekspert tekshiruvi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan ular ishlab chiqarilganidan 6 yildan soʻng, keyinchalik esa har 3 yilda oʻtkaziladi. Mulkdor Muvofiqlik sertifikati berilgan avtomobilni transport vositasining toifasi, turi va sinfini oʻz ichiga olgan harfli taniqlik belgilari bilan markirovka qilishi kerak boʻladi. Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
63
1,235
Qonunchilik
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs; ichki nazorat — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida, terrorizmni moliyalashtirishda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etivuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati; ichki qoidalar — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar, shu jumladan ularning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar; mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi yuridik shaxsni aniqlash; mijoz — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xizmatidan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs; terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs; ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziyani olgan shaxs; mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotganini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan kripto-aktivlar, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar; mas’ul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs; offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar; Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati; kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga mo‘ljallangan kripto-platforma — kripto aktivlarini, shu jumladan tokenlarni sotish, sotib olish va almashtirish, joylashtirish, saqlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi (resurs, dasturiy ta’minot va apparat, dasturiy ta’minot, mobil dastur); shubhali operatsiya — kripto-aktiv, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarda mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya; operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning kripto-aktiv, pul mablag‘lar yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish; yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq); tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi; ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul xodim va kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xatti-harakatlari yig‘indisi; maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, ta’sischilari, aksiyadorlari va boshqa ishtirokchilari), ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari; xususiy kripto-hamyon — kripto-birjalaridan tashqarida yaratilgan kripto-aktivlari va tokenlarni saqlash va ularning egasiga kripto-aktiv va tokenlari bilan barcha turdagi operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi dasturiy va dasturiy-texnik vositasi. 2. Quyidagilar ichki nazoratning maqsadi hisoblanadi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. 3. Quyidagilar ichki nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni ko‘rish; mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini o‘rganish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rish; yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish; mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash; ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish; maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarini hamda mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z vaqtida bajarish; Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish; shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro almashib borish; so‘rovlar bo‘yicha mijozlar bazasidan Ro‘yxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash. 4. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 5. Mas’ul xodim kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar rahbarining buyrug‘i bilan rahbar xodimlari orasidan tayinlanadi. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar o‘zining mas’ul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 10-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi. Mas’ul xodim o‘zgargan taqdirda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, yangi tayinlangan mas’ul xodim haqida uni tayinlangan ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qilishi lozim. 6. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maxsus vakolatli davlat organiga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardagi mas’ul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi. 7. Mas’ul xodim lavozimiga tayinlanuvchi shaxs kripto-aktivlar muomalasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchiligi hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlarni bilishi shart. 8. Mas’ul xodim lavozimiga o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqarganini namoyon etgan hamda sudlanganlik muddati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari lavozimiga: o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqarganini namoyon etgan; terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan; iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas. 81. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning ustav jamg‘armasida: mazkur Qoidalarning 8-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning; offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning ishtirok etishi taqiqlanadi. 9. Mas’ul xodimlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari muntazam ravishda (yiliga kamida bir marta) xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart. 10. Mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilikda, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘radi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchiligi, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan rioya etilishi nazoratini amalga oshiradi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari to‘g‘risidagi axborotni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar rahbariga taqdim etadi; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariga ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi; mazkur Qoidalar ijrosi natijalari haqida hisobotni bir yilda kamida bir marotaba kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariga taqdim etadi; shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovlarning va mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmasining bajarilishini ta’minlaydi; ichki nazoratni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organi mas’ul shaxslari bilan hamkorlikni amalga oshiradi; Ro‘yxatni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xodimlariga yetkazadi. 11. Mas’ul shaxs quyidagi huquqlarga ega: kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish. Mas’ul shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 12. Mas’ul shaxs quyidagilarga majbur: o‘z vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid o‘z tavvakalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, bu tavakkalchiliklarni hujjatlarda qayd qilish va ularni kamaytirish choralarini ko‘rish; mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha, shu jumladan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda identifikatsiyalash hamda Ro‘yxat bilan solishtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish; benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiyalash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda shubhali operatsiyalar to‘g‘risida, shu jumladan ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay ularni amalga oshirishga urinishlar to‘g‘risida xabarlarni berib borish; maxsus vakolatli davlat organining mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyasini to‘xtatib turish haqidagi talabnomasini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha choralarni ko‘rish; olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish; ichki nazorat amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash; qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. 13. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim: tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi, shu jumladan mijozlar tomonidan kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha tahlil qilish (shu jumladan, mijozlarning kripto-hamyon manzillari foydalanilgan savdo maydonlari, mijozlar kontragentlarining kripto-hamyon manzillari, mijozlarning kripto-hamyon manzillarining boshqa kripto-hamyon manzillari bilan aloqalarini aniqlash va h.q.) va mijozlarning kripto-hamyon manzillari qonunga xilof faoliyatda ishlatilishi tavakkalchiliklarini baholashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish; mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari; kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi; shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi; kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga qo‘yiladigan malakaviy talablar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish hamda ular tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarini monitoring qilish tartibi; yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi; maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovlarni va mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish haqidagi talabnomasini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha choralar; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar. 14. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majbur: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi va uni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi shart; tavakkalchiliklar darajasini va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar aniqlash davomida mazkur sohaga oid barcha tavakkalchiliklarning e’tiborga olish; tavakkalchiliklarni baholash eng so‘nggi holatda ushlab turish; maxsus vakolatli davlat organiga va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga tavakkalchiliklarni baholash natijalarini taqdim etishning aniq tartibini belgilash; boshqa, shu jumladan chet eldagi, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish davomida mumkin bo‘lgan usullar orqali, shu jumladan ochiq manbalardan, ularning ish obro‘si, biznes yuritish usul va uslublari, qonunchilikni bo‘zish hollatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning boshqaruv organlarining roziligi olingani va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini o‘rganilishidan so‘ng boshqa kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish; kripto-aktivlarni milliy yoki chet el valyutaga sotish yohud sotib olish, almashtirish operatsiyalarni, shu jumladan mijoz nomidan, amalga oshirish davomida kripto-aktiv junatuvchi/qabul qiluvchi hamda operatsiya amalga oshirish uchun ishlatilgan hamyon manzillari, benefitsiar mulkdorlari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni olinishi va taqdim etilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, maxsus vakolatli davlat organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘rovlariga asosan mazkur ma’lumotlarni taqdim etish; ichki qoidalar qo‘llanilishini doimiy monitoringini amalga oshirib borishlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning yuqori darajadagi tavakkalchilik aniqlangan hollarda tavakkalchiliklarni boshqarish va kamaytirish bo‘yicha kuchaytirilgan choralarni ko‘rish. 15. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki qoidalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi, shuningdek aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi shart. Ichki qoidalar, ularga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 16. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning chet eldagi alohida bo‘linmalari (mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talbalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim. 17. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar o‘zining xorijdagi alohida bo‘linmalaridan mazkur ajratilgan bo‘linmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishga majburdir. 18. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini ko‘rishlari kerak. Mijozlarni lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi mijozlar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mavjud mijozlarga nisbatan qo‘llaniladi. Alohida hollarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi. 19. Mijozning lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak: mijoz bilan amaliy ish munosabatlari o‘rnatilganda; mijoz bilan kripto-aktivlar muomalasiga oid xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilganda; o‘tkaziladigan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotganligiga nisbatan har qanday shubhalar mavjud bo‘lganda; mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga gumonlar mavjud bo‘lganda; operatsiya o‘tkazilayotgan kunda ekvivalenti 1000 (bir ming) AQSh dollaridan oshgan miqdordagi bir martalik operatsiyalar amalga oshirilayotgan hollarda. 20. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: ishonchli manba va hujjatlardan foydalangan holda mijozni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash; tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni, mijozning benefitsiar mulkdor shaxsini verifikatsiyalash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, shu jumladan ishonchli manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda, yuridik shaxs-mijozlarga nisbatan esa ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish; mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz, uning faoliyati maqsad va xarakteri hamda mol-mulk, shu jumladan kripto-aktivlar manbasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish davomida olingan ma’lumotlarni muntazam yangilab borishi va eng so‘nggi holatda ushlab turishi shart. Bunda yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga olingan mijozlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 21. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur Qoidalarning 22-bandida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan: yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina rahbariyat ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish); lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart. 22. Lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish, hamda mijoz va uning benefitsiar mulkdori haqidagi ma’lumotlarni yangilash va verifikatsiyalashni ko‘prok o‘tkazish; mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘larining manbalri yoki uning moliyaviy holati operatsiyalar o‘tkazilishning maqsad va sabablari haqidagi ma’lumotlarni olish; amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki davom ettirishga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning boshqaruv organlarining ruxsatini olish; tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yo‘li bilan mijoz operatsiyalarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish hamda operatsiyalarni amalga oshirish sxemalarni chuqur o‘rganish. mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish. 23. Mijoz xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzish uchun murojaat qilganda, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majburdirlar: ushbu Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha mijozni va/yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash; avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida mijozning ilgari o‘tkazgan operatsiyalarini o‘rganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa; operatsiyaning turini va uning mijozning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga yoki uning umumiy ish amaliyotiga muvofiqlik darajasini aniqlash; aniq iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan mijozning umumiy ish amaliyotiga, ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘zda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish. 24. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi. Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek sanasi ko‘rsatgan holda mas’ul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi. 25. Mijozni identifikatsiyalashda davlat ro‘yxatiga olinganligi, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar tekshirilishi kerak. Ko‘rsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni bo‘lmagan holda bevosita mijozdan olish mumkin. 26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bo‘lishi shart. Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda amaliy ish munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. 27. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi talab qilinmaydi. 28. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi: mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmaganda; identifikatsiyalashni tugatish imkoni bo‘lmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha u bilan ishga oid munosabatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar olingan holda; atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilikka muvofiq so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Mijozlarga operatsiyani amalga oshirishni rad etilgan hollarda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari kerak. 29. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tavakkalchilik darajasini aniqlashi, shuningdek uni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart. Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida mas’ul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi. Mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan talablar asosida mijozga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni bajarishning tegishli (yuqori yoki quyi) tavakkalchilik darajasi beriladi. 30. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga to‘g‘ri keladigan operatsiya ishtirokchilari kiritilishi kerak: a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar; b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar; v) chet el korxonalarining vakolatxonalari va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslar; g) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan shaxslar; d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va (yoki) “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar; e) muntazam ravishda (3 oy ichida ketma-ket ikki martobadan oshiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar; j) yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar; z) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar. 31. Operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ushbu mijozga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari va doimiy monitoring qilib borishlari shart. 32. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati o‘zgarishiga qarab, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta ko‘rib chiqishlari lozim. 33. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning (operatsiya ishtirokchilarni) hisobini yuritishi kerak. Yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlar (operatsiya ishtirokchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus jurnalga kiritiladi. 34. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak. Ushbu maqsadda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar xizmatlarini ko‘rsatish uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak. Tavakkalchilikning bunday baholash yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval o‘tkazilishi kerak. 35. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud bo‘lganda operatsiya shubhali deb topiladi: operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tug‘ilishi va (yoki) operatsiya to‘g‘risidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi; operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi; mijoz tomonidan zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi; mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan choralar asosli qo‘llanilayotganda, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining to‘xtatilishi; mijozga nisbatan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablar qo‘llanilganda uning tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining to‘xtatilishi; identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi; mijoz xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi; kripto-aktivlar yoki pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning foydasiga o‘tkazilishi; operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa; qonunchilik bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos bo‘ladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda; muntazam ravishda bir xil miqdordagi kripto-aktivlarni bir yoki bir nechta, shu jumladan kripto-birjalarda ochilgan kripto-hamyonlarga o‘tkazish; kripto-aktivlarni bir-biriga ko‘p marta almashtirish, keyinchalik ularni kripto-birjalarda yoki kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga mo‘ljallangan kripto-platformalarda ochilgan boshqa kripto-hamyonlarga yoki xususiy kripto-hamyonlarga o‘tkazish; 24 soat ichida kripto-aktivlar bilan ko‘plab yirik bitimlarni amalga oshirish, shuningdek yangi ochilgan yoki ilgari uzoq vaqt davomida ishlatilmay kelgan kripto-hamyonlardan foydalanish; mijoz amaliy ish munosabatlarini aniq olib bora olmaydigan mamlakatlardagi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga to‘satdan kripto-aktivlarni o‘tkazishi; kripto-aktivlarni qisqa vaqt ichida kripto-hamyonlariga kiritish va ularni xususiy yoki anonim kripto-hamyonlarga o‘tkazishi; kripto-aktivlarni ilgari jinoiy maqsadlarda ishlatilgan kripto-hamyonlardan, shuningdek bunday kripto-hamyonlarga ilgari ega bo‘lgan shaxslarning kripto-hamyonlaridan olish; mijozning odatdagi aylanmasiga aniq mos kelmaydigan kripto-hamyonlarga yirik miqdordagi kripto-aktivlarini kiritish; kripto-aktivlarini xorijiy yoki milliy valyutaga yuqori komissiya bilan yoki noqulay kursda almashtirish; yaqinda emissiya qilingan kripto-aktiv qiymatining tez o‘sishi va kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga aynan bir kripto-birja yoki kripto-platforma doirasida amalga oshirilishi; kripto-aktivlar narxlari bilan hiyla-nayrang ishlatish belgilari mavjudligi; uzoq vaqt davomida keng tarqalgan va muomalada bo‘lgan kripto-aktivlarni yangi emissiya qilingan kripto-aktivlarga ularni keyinchalik turli xil kripto-hamyonlarga o‘tkazish yoki chet el va milliy valyutaga almashtirish; yangi emissiya qilingan kripto-aktivni “White paper” deklaratsiyasiga (kripto-aktivlar va tokenlarni joylashtirish orqali investitsiyalar jalb qilinadigan emitent tashkilotning faoliyati haqida ma’lumotni o‘z ichiga olgan hujjat) ega emasligi yoki undagi ma’lumotlar haqiqatga muvofiq emasligi, shu jumladan kripto-aktivga ayrim mamlakatlar hukumatlari yoki taniqli xalqaro tashkilotlar tomonidan kafolat berilishi to‘g‘risida ma’lumotning asossiz keltirilishi hamda olingan mablag‘larning shubhali investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi; mijoz tomonidan doimiy ravishda IP-manzilni yashiradigan va maxfiylikni ta’minlaydigan dasturlardan foydalanishi; mijoz va uning operatsiya bo‘yicha kontragentining haqiqiy domeni, u ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatdagi domenidan farqliligi; mijozning aynan bir IP-manzildan kup miqdorda kripto-hamyonlar ochilishi; identifikatsiya ma’lumotlarini, shu jumladan elektron pochta manzillari, IP-manzillar va domenlarni, kripto-hamyon egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tez-tez o‘zgartirilishi; mijoz kripto-aktivlar aylanmasi sohasida bilimlarga ega emasligi; kripto-aktivlarining kelib chiqish manbai, xavf-xatarga asoslangan o‘yinlarni (qimor o‘yinlar) onlayn tarzda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatadigan servislari bo‘lishi; operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yo‘li bilan topilgan yoki terrorizmni yohud ommaviy qirg‘in qurollarini tarqalishini moliyalashtirishga mo‘ljallangan degan har qanday shubhaning mavjud bo‘lishi. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarning qo‘shimcha belgilari va mezonlari o‘rnatilishi mumkin. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan, tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan metodik tavsiyalar asosida shubhali operatsiyalarni erta aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarni joriy qilish huquqiga ega. 36. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijozga berilgan tavakkalchilik darajasi operatsiyani monitoring qilishga asos bo‘lib hisoblanadi. 37. Mijozni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni olib boruvchi shaxsning xodimi tomonidan o‘tkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita mas’ul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim. 38. Mijoz operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o‘tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Asosli shubhalar mavjud bo‘lgan taqdirda mas’ul xodim mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. 39. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning turidan, operatsiya maqsadlari va hajmidan aniqlanadigan tavakkalchilikdan kelib chiqgan holda va shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi. 40. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan so‘ng mas’ul xodim quyidagi choralarni ko‘rishi kerak: mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish; mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish; mijozning tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish; operatsiya haqidagi ma’lumotlarni maxsus jurnalga qayd etish; shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini ta’minlash; qonunchilikka va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni to‘xtatish bo‘yicha kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni olib boruvchi shaxsning rahbariga taklif kiritish. 41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga beriladi. 42. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur. 43. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart. Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarni o‘rnatish davrida yoki pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat olib boradigan shaxs xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular kechiktirmasdan va mijozni xabardor qilmasdan operatsiyani to‘xtatishlari va (yoki) kripto-aktivlarini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishlari va mas’ul xodimga xabar berishlari kerak. O‘z navbatida mas’ul xodim operatsiya ishtirokchilaridan biri va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya ma’lumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim. 44. Kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiya kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatib turiladi, kripto-aktivlar esa ishga solinmay to‘xtatib qo‘yiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda: mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelsa; mijoz Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa; operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa; operatsiya ishtirokchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa. 45. Operatsiyani to‘xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi. 46. O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yozma ravishda so‘rashga, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali olishga haqlidir. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklari bilan operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmasini o‘z vaqtida bajarish choralarini ko‘radilar. 47. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilikka va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga yozgan holda quyidagilar rasmiylashtiriladi: operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari; operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi; operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. 48. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar, kripto-aktivlar, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini, o‘tkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlashlari shart. Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda arxiviga topshiriladi. 49. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladigan mijoz so‘rovnomasida qayd etiladi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ichki qoidalarga muvofiq mijoz so‘rovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega. 50. Elektron shaklda to‘ldirilgan mijoz so‘rovnomasi qog‘oz shaklida chiqarilganda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlanadi. 51. Mijozlar so‘rovnomalari xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va mas’ul xodimda saqlab boriladi. 52. Kripto-aktivlar, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. 53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim. 54. Mas’ul xodim faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita mas’ul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak. 55. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yo‘li asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak. 56. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar; ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) ta’minlaydilar. 57. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 571. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 58. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari va mas’ul xodimi mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 59. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan ma’lumot: a) familiyasi, ismi, otasining ismi; b) tug‘ilgan sanasi va joyi; v) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; g) fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; d) doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi; e) shaxsni tasdiqlovchi hujjat (hujjatning raqami va seriyasi, berilgan sanasi va berilgan organning nomi); j) mobil telefon raqami (mavjud bo‘lsa). Mijoz – yuridik shaxslar hamda uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar: a) to‘liq, shuningdek agar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi; b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi; v) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; g) joylashgan eri (pochta manzili); d) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar; e) litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati; j) yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar; z) yuridik shaxs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari to‘g‘risida ma’lumotlar; i) ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; l) telefon raqamlari. 1. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalariga 2 va 3-ilovalarda ko‘rsatilgan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumot. 2. Xavf darajasi, shu jumladan xavfni baholash uchun asos to‘g‘risidagi ma’lumot. 3. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni identifikatsiya qilishda amalga oshirilgan qo‘shimcha tadbir natijalari. 4. Mijoz bilan munosabatlarning boshlangan sanasi va xizmat ko‘rsatish muddati. 5. Ko‘rsatilgan xizmat turlari, miqdori va narxi to‘g‘risida ma’lumot. 6. Mijozning so‘rovnomasi to‘ldirilgan va unga o‘zgartirish kiritilgan sana. 7. Mijoz bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, amaldagi telefon raqami. 8. Qog‘oz shaklidagi mijoz so‘rovnomasini to‘ldirilgan xodimning imzosi (familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatilgan holda) va elektron ko‘rinishdagi mijoz so‘rovnomasini to‘ldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi. 9. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar.
250
59,539
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining (bundan buyon matnda Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat. Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat. Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat xavfsizligi — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; davlat manfaatlari (O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlari) — jamiyatda qonun ustuvorligini, xavfsizlik va barqarorlikni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlashga bo‘lgan davlatning anglanilgan ehtiyojlari; kontrrazvedka faoliyati — chet davlatlarning, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning, guruhlarning hamda ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetkazayotgan yoki zarar yetkazishga qodir bo‘lgan razvedka, diversiya, qo‘poruvchilik va boshqa buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash hamda unga barham berishga qaratilgan faoliyat; razvedka faoliyati — chet davlatlarning maxsus xizmatlari, tashkilotlar, guruhlar va ayrim shaxslar keltirib chiqaradigan, davlat manfaatlariga daxl qiladigan, real xavf-xatarlar hamda tahdidlarni aks ettiradigan axborotni qo‘lga kiritishga va unga ishlov berishga, shuningdek davlat xavfsizligini ta’minlash hamda davlat manfaatlarini ilgari surishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko‘maklashishga qaratilgan faoliyat. Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi: O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va davlat manfaatlari tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish; O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish; O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga bo‘ladigan xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy-tarixiy hamda boy ma’naviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish; telekommunikatsiyalar va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga shart-sharoit yaratuvchi omillarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish; tergovi Davlat xavfsizlik xizmati vakolatiga kiritilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni o‘tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlarining saqlanishini, maxsus aloqaning xavfsizligini ta’minlash hamda axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish ustidan nazorat qilish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish; Davlat xavfsizlik xizmatining jangovarlik va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash. Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, fuqarolarning yordamiga tayanish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi ustuvorligi, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiyadan iboratdir. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatida O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonunlarning talablarini aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chetga chiqish ularning sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi. Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan, uning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oshkor qilish huquqiga ega emas. Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatida aholi bilan yaqin aloqada bo‘ladi va fuqarolarning yordamiga tayanadi. Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, ularga imkon yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish Davlat xavfsizlik xizmatining jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir faoliyatidagi ustuvorliklardir. Davlat xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati raisi rahbarlik qiladigan yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi. Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘z faoliyatini amalga oshirishda bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi. Davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan qat’i nazar, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi. Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va mansabdor shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi. Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatini konspiratsiya prinsipi asosida, ya’ni o‘z faoliyatining, tezkor-xizmat axborotini olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning alohida tartibini, shuningdek tezkor-xizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalarini belgilagan holda amalga oshiradi. Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatida fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar, shuningdek axborot tizimlaridan foydalanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu xizmatning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish, kriptografiya vositalaridan hamda boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmati tizimi Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy devoni, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, ularning tumanlar (shaharlar) bo‘yicha bo‘limlari (bo‘linmalari), Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari va Davlat xavfsizlik xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa organlardan iborat bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi. Davlat xavfsizlik xizmati raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatida Davlat xavfsizlik xizmati raisi, uning o‘rinbosarlari, markaziy devoni bo‘linmalarining va Davlat xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat xavfsizlik xizmati hay’ati maslahat organi bo‘lib, u davlat xavfsizligining ta’minlanish holatiga, qonun hujjatlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruqlari va ko‘rsatmalarini ijro etishga, kadrlarni tanlashga, joy-joyiga qo‘yishga taalluqli masalalarni hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi. Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlarida Harbiy kengash tuziladi, uning tarkibi va faoliyatining tartibi Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir. Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasini o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan muntazam ravishda xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati Davlat xavfsizlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonidir. Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi jamoatchilik kengashi maslahatlashuv-kengashuv vazifalarini va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, asosiy vazifalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Davlat xavfsizlik xizmatiga davlat xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarni bajarishda o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart. Davlat xavfsizlik xizmatining qonuniy talablari, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, huquqbuzarliklar faktlari bo‘yicha kelish hamda tushuntirishlar berish, huquqbuzarliklarga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi talablari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlar bepul taqdim etiladi. Davlat xavfsizlik xizmatining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini to‘xtatib turmaydi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: mansabdor shaxslar va fuqarolarning hujjatlarini, shu jumladan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ashyolarni, transport vositalarini hamda tashilayotgan yuklarni ko‘zdan kechirish, bunda nazoratning texnik va boshqa vositalari qo‘llanilishi mumkin; mansabdor shaxslar va fuqarolardan tezkor-qidiruv, qidiruv hamda boshqa tadbirlar, tergovga qadar tekshirishlar va tergov harakatlari o‘tkaziladigan joylarni tark etishni talab qilish; jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga va boshqa obyektlariga to‘sqinliksiz kirish, zarurat bo‘lganda qulflash moslamalari va boshqa ashyolarni buzgan holda kirish, bu joylarni jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar ta’qib qilinayotganda yoxud u erda jinoyat sodir etilayapti yoki sodir etilgan yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashiringan shaxs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda yoxud kechiktirish fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostida qoldiradigan bo‘lsa, yigirma to‘rt soat ichida prokurorga bu haqda xabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplagan holda ko‘zdan kechirish; jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni topish va ushlash maqsadida jismoniy hamda yuridik shaxslarning turar joylarida va boshqa obyektlarida ularning roziligi bilan vaqtincha bo‘lish; davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan ma’lumotlarni hamda boshqa zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash va olish; Davlat xavfsizlik xizmatining ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallar yuzasidan fuqarolarni, mansabdor shaxslarni chaqirish, zarur hujjatlarni, ma’lumotlarni va ularning ko‘chirma nusxalarini bepul olish; fuqarolarni ularning roziligi bilan ko‘maklashishga jalb etish, Davlat xavfsizlik xizmatiga ko‘maklashgan fuqarolarni taqdirlash; davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; jinoyatlarning holatlarini aniqlash hamda surishtiruv, dastlabki tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan va jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirish, shuningdek jinoyatlarning oldini olish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanish; litsenziyalashni amalga oshirish va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish chog‘ida litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilganligini tekshirish, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash. Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmati raisi davlat xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi majlisini chaqirish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etishga haqli. Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda: O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va boshqa davlat manfaatlarini tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi; Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlashi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini davlat xavfsizligiga tahdidlar haqida xabardor qilishi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlashi; davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi; davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlarining va tashkilotlarning axborot-tahlil bo‘linmalari bilan hamkorlikni va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirishi; davlat organlarida va tashkilotlarda maxfiylik rejimini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etishi; davlat xavfsizligini ta’minlash muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshirishi; jinoyatlar va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar hamda ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi, ular yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vaqtida choralar ko‘rishi; Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa obyektlariga mulkdorlarning va ular vakillarining roziligisiz yoki ular yo‘qligida kirilganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida prokurorni yigirma to‘rt soat ichida yozma shaklda xabardor qilishi; huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi; o‘z xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Davlat xavfsizlik xizmatining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘ziga biriktirilgan o‘qotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega bo‘ladi. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoki ularning qo‘llanilishidagi sustkashlik fuqarolarning va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hayoti hamda sog‘lig‘iga bevosita xavf soladigan va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno. Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 27 va 28-moddalarida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun tayyorlash va jangovar holatga keltirish huquqiga ega. Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi yoki tashkil etilishi kerak. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart. Davlat xavfsizlik xizmatining organi jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida tegishli prokurorga darhol xabar beradi. Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, ular quyidagi hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi: jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda; jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni olib borish va ushlab turishda; Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari quyidagi maxsus vositalarni: a) rezina tayoqlarni, shikastlantiruvchi qurolni, qo‘lkishanlarni yoki boshqa bog‘lash vositalarini, elektroshok qurilmalarini, xizmat hayvonlarini quyidagi hollarda: fuqaroga yoki Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga qilingan hujumni qaytarishda; jinoyatga barham berishda; Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga qarshilik ko‘rsatilishiga barham berishda; jinoyatni sodir etish chog‘ida ko‘rib qolingan yoki uni sodir etganidan keyin darhol yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda; qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda; zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda; muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda; g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sishda; b) maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar, muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish hamda g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sish vositalarini quyidagi hollarda: muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda; g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sishda; v) chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalarini quyidagi hollarda: zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda; muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda; g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sishda; g) zirhli mashinalar va katerlarni quyidagi hollarda: qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda; zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni ta’minlashda qo‘llash huquqiga ega. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda o‘qotar qurolni qo‘llashga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga va yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni, shu jumladan shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi, bundan odam qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. Davlat xavfsizlik xizmati ta’minotida bo‘ladigan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari quyidagi hollarda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega: hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan, zo‘rlik ishlatish bilan qilingan hujumdan fuqarolarni yoxud o‘zini himoya qilishda; garovdagilarni ozod qilishda; o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etish chog‘ida ko‘rib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni bo‘lmasa; o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, transport vositasini, maxsus va jangovar texnikani egallab olishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yishda; fuqarolarning uy-joylariga, qo‘riqlanadigan obyektlarga, yuklarga, transport vositalariga va binolarga guruh bo‘lib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni qaytarishda; qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan shaxsni, shuningdek o‘zidagi qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda; jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarning qamoqdan qochib ketishiga chek qo‘yishda, shuningdek bu shaxslarni zo‘ravonlik bilan ozod qilishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yishda; qurol ishlatish niyati haqida ogohlantirish zarurati tug‘ilganda, shuningdek yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yo‘nalishda o‘q otish orqali xavf-xatar signali berishda yoki yordam chaqirishda. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi o‘qotar qurolni qo‘llashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno. Ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘qotar qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. Agar o‘qotar qurol qo‘llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin bo‘lsa, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ko‘p fuqarolar to‘planganda uni qo‘llash huquqiga ega emas, bundan terrorchilik harakatining oldini olish, garovdagilarni ozod qilish, qurolli hujumni qaytarish hollari mustasno. Davlat xavfsizlik xizmati qurollantiriladigan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilari turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining va boshqa davlat organlarining tezkor tadbirlar ko‘ruvchi maxsus guruhlari jalb etilishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbirlar ko‘ruvchi maxsus guruhlari ruhan bardoshli, yuksak axloq-iroda xislatlariga, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining maxsus jangovar bo‘linmalaridagi xizmatga yaroqli shaxslar orasidan tuziladi. Davlat xavfsizlik xizmati shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va Davlat xavfsizlik xizmati organlariga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari mustasno, majburiy tartibda foydalanishi mumkin bo‘lib, bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi va undan foydalangan Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi. Transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qoplanadi. Davlat xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ayrim shaxslarni oshkora va nooshkora asosda, shu jumladan shtatdan tashqari xodimlar sifatida ko‘maklashishga jalb etishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ko‘maklashishga jalb etilgan shaxslarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatiga ko‘maklashayotgan shaxslarga munosabatlarning maxfiyligi kafolatlanadi. Davlat xavfsizlik xizmatiga maxfiylik asosida ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Davlat xavfsizlik xizmatiga maxfiylik asosida ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) shaxslarga, shuningdek ularning yaqin qarindoshlariga zo‘rlik ishlatish yoki mol-mulkini yo‘q qilish bilan haqiqatda tahdid qilinayotganligidan dalolat beruvchi yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Davlat xavfsizlik xizmati ularning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart. Davlat xavfsizlik xizmatiga maxfiylik asosida ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) shaxslarga va ularning yaqin qarindoshlariga ularning davlat xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki tufayli tajovuz qilish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatiga ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) shaxslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari qonunchilikda belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatda bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatida xizmatni o‘tash tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi, bundan Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari bajarayotgan majburiyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash davrida siyosiy partiyalar a’zolari bo‘la olmaydi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar ham tatbiq etiladi. Kuchaytirilgan rejimni joriy etish va bekor qilish, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlarida kuchaytirilgan rejimni joriy etish va bekor qilish tartibi qonunchilik, shu jumladan Davlat xavfsizlik xizmatining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi. Fuqarolarni Davlat xavfsizlik xizmatiga xizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash, mansabini ko‘tarish va boshqa lavozimga o‘tkazish ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan maxsus talablar Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi berilib, undan foydalanish tartibi Davlat xavfsizlik xizmatining ichki idoraviy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan namunadagi formali kiyim-boshga ega bo‘ladi. Davlat xavfsizligini ta’minlash vazifalarini hal etish uchun Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari harakatdagi rezervda harbiy xizmatda qoldirilgan holda davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha xizmat safariga yuborilishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmati mansabdor shaxslarining lavozim majburiyatlarini, o‘zlariga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazo choralarini qo‘llash, harbiy unvonlar berish, harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibini tasdiqlashga doir vakolatlari Davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan yoxud malaka oshirishdan o‘tadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Davlat xavfsizlik xizmatining ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishni davlat mehnatga munosib haq to‘lash, ularning va oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy va yer uchastkalari bilan ta’minlash, imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va transport kreditlari berish, sog‘lig‘i va mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, davlat pensiya ta’minoti, davlat sug‘urtasi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaning boshqa turlari orqali kafolatlaydi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish choralarini hamda ularga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni amalga oshirish tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining vijdonan bajarilishi va ular erishgan ijobiy natijalar ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishlar bilan taqdirlanishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat faoliyatida ko‘rsatgan mardligi va jasorati hamda O‘zbekiston Respublikasi oldidagi boshqa xizmatlari uchun Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmatining raisi Davlat xavfsizlik xizmatining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilariga, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga, shuningdek boshqa hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqalar tayinlashga, boshqa turdagi ijtimoiy yordam ko‘rsatishga haqli. Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbirlar ko‘ruvchi maxsus guruhlari harbiy xizmatchilariga pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatiga xizmatning bir kuni ikki kunga, jangovar harakatlarda yoki terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazishda ishtirok etgan vaqtida esa xizmatning bir kuni uch kunga tenglashtirib hisoblanib qo‘shiladi. Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbirlar ko‘ruvchi maxsus guruhlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimi qonunchilikda belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari davlat himoyasidadir. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri boshlig‘iga bo‘ysunadi. Qonun bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining qonuniy faoliyatiga aralashishga, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisini qonun bilan Davlat xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar hamda materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi o‘ziga nisbatan qabul qilinayotgan qaror va harakat (harakatsizlik) yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilgan taqdirda ularga harbiy xizmatga qabul qilinguniga qadar egallab turgan avvalgi ish o‘rni (lavozimi) beriladi, avvalgi ish o‘rni mavjud bo‘lmaganda esa davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda ularning mutaxassisligi hisobga olingan holda boshqa teng ish (lavozim) birinchi navbatda beriladi. Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun maxsus hisobga olishlarni shakllantirishi va ulardan foydalanishi, axborot bazalarini va kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqishi, yaratishi hamda ulardan foydalanishi mumkin. Idoraviy xizmat axborotini hisobga olish va undan foydalanish tartibi Davlat xavfsizlik xizmatining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga (ishga) qabul qilinayotgan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat beriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan o‘tadi. Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularni oshkor etganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Davlat xavfsizlik xizmatining hujjatlari va materiallari Davlat xavfsizlik xizmatining arxivlarida saqlanishi lozim. Tarixiy va ilmiy qimmatga ega bo‘lgan arxiv materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshirilishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmatida budjetdan tashqari jamg‘armalar tuziladi, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati bayroqqa, emblemaga, vimpelga va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin. Davlat xavfsizlik xizmatining ramzlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan budjetdan tashqari maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Prokurorlar Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida o‘ziga taqdim etilgan hujjatlar va materiallarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. Chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan Davlat xavfsizlik xizmatining hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
62
40,585
Qonunchilik
Xalq bankida chaqiriluvchilar uchun omonat hisobvaraqlari ochiladi
Mudofaa vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 11 martda 2767-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy хizmatchilari pul ta’minotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, chaqiriluvchi harbiy qismga joʻnab ketishidan 2 kun oldin chaqiruv joyidagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimida chaqiriluvchi va Xalq banki filiali oʻrtasida bank omonati shartnomasi tuziladi. Omonat hisobvaragʻini ochish uchun (12 oyga) chaqiriluvchi ariza va pasport taqdim etadi. Omonat hisobvaragʻini ochishda chaqiriluvchi dastlabki mablagʻni kiritmaydi va bank vositachilik haqi undirmaydi. Omonat hisobvaragʻi boʻyicha foiz stavkasining miqdori Xalq banki tomonidan «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq oʻrnatiladi. Har yilning 10 yanvariga qadar, shuningdek omonat foiz stavkasining har bir oʻzgarishida Xalq banki bu haqda yozma ravishda Mudofaa vazirligini хabardor qiladi. Hujjatga koʻra, chaqiriluvchi muddatli harbiy хizmat davomida bank omonati shartnomasi va omonat daftarchasini, shuningdek ularning nusхalarini oʻzida saqlashi kerak. Harbiy хizmatchi rezervga boʻshatilgunga qadar (muddatli harbiy хizmat muddati tugaguncha) omonat hisobvaragʻini yopishi mumkin emas. Harbiy хizmatchi rezervga boʻshatilgandan soʻng uning arizasi asosida omonat hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari va ular boʻyicha foizlar omonat egasi nomiga Xalq bankida ochilgan plastik kartaga oʻtkaziladi. Bunda plastik kartalarni ochish uchun haq undirilmaydi. Omonat summasini boshqa shaхslarning plastik kartalariga, shuningdek omonat egasining boshqa banklarda ochilgan plastik kartalariga oʻtkazish taqiqlanadi. Harbiy хizmatchiga uning yaqin qarindoshining sogʻligi ogʻir ahvolda ekanligi yoki vafot etganligi munosabati bilan ta’til berilgan hollarda harbiy хizmatchi omonat hisobvaragʻidagi mablagʻlarni (ularning bir qismini) muddatidan oldin plastik kartaga tushirib olishi mumkin. Harbiy хizmatchi harbiy qismga yetib kelgach, harbiy qism qoʻmondonligi nomiga davlat pul ta’minotining bir qismini uning omonat hisobvaragʻiga oʻtkazish va qolgan qismini naqd pulda toʻlanishi toʻgʻrisida bildirgi taqdim etadi. Bildirgiga bank omonati shartnomasi va omonat daftarchasining nusхalari ilova qilinadi. Davlat pul ta’minotining omonat hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan foizdagi miqdori mudofaa vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi. Harbiy хizmatchilarning bildirgilarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harbiy qism komandiri tegishli buyruq chiqaradi. Shuningdek belgilanishicha, maхfiylikni ta’minlash maqsadida harbiy хizmatchilar harbiy хizmatni oʻtayotgan barcha harbiy qismlar fuqaro хodimlarining plastik kartalariga хizmat koʻrsatish uchun Xalq bankining filiallarida hisob raqamlarini ochadilar. Bunda harbiy qismlar fuqaro хodimlariga plastik kartalarni ochish uchun haq undirilmaydi. Hujjatda harbiy qism va Xalq banki filialining harbiy хizmatchilar hamda fuqaro хodimlarga pul mablagʻlarni toʻlash yuzasidan oʻzaro aloqa qilish tartibi batafsil qayd etilgan. Omonat daftarchasi yoki plastik karta yoʻqotilganligi uchun ularning egasidan Xalq banki tariflariga muvofiq jarima undiriladi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 14 martdagi 10-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
66
3,800
Qonunchilik
Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorida ilmiy konsultant boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi 603-son qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etildi. Uning faoliyati quyidagilarga yoʻnaltirilgan: Oʻzbekiston Milliy universiteti (keyingi oʻrinlarda – OʻzMU) rektorining ilmiy konsultanti Markazga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bu lavozim – yangi, uni bir hafta muddatda joriy qiladilar. Markazga Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda OʻzMU rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Markaz OʻzMUning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tijoratchi tashkilot boʻlmagan muassasa shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.  Unda ishlash uchun matematika va informatika sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar jalb qilinadi. Boʻlinma Innovatsion rivojlanish vazirligining Olmazor tumani Universitet koʻchasidagi hozirgi vaqtda qurilayotgan binosiga joylashtiriladi. Qurilish tugallangunga qadar esa u shu koʻchada joylashgan OʻzMU binolaridan birini egallaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
66
1,298
Qonunchilik
Xalq ta’limi vazirligining vazifalari va tuzilmasiga tuzatish kiritildi
Prezidentning 30.09.2017 yildagi PQ–3304-son «Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Avval yozganimizdek, Xalk ta’limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish funksiyalari barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga yangidan tuzilgan Maktabgacha ta’lim vazirligiga oʻtkazildi.      Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga tuzatishlar kiritildi, shuningdek uning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasi yangilandi. A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutahassis хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi. Hujjat bilan uning tuzilmasi ham tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 30.09.2017 yilda kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov,   ekspertimiz.
71
1,268
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING ChET ELLARDAGI MEHNAT FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha davlatlararo hamkorlikning o‘sib borayotgan ko‘lamlarini, O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari berish xohishini bildirgan mamlakatlar va chet el kompaniyalari soni ko‘payganligini hisobga olib, shuningdek respublika fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimini va uning mexanizmini tartibga solish, fuqarolarning chet ellarda ishga joylashishini ta’minlaydigan mehnat organlari infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida ishga joylashishini ta’minlash masalalarini hal etish Hukumat qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq; 2. Zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning Chet ellarda ishga joylashtirish mintaqaviy byurolari filiallar shaklida tashkil etilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning tuzilmasini va shtatlari birligini va mehnatga haq to‘lash fondini belgilaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning filiali shaklidagi Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi tashkil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik mintaqaviy byurolarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin; Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik ishining puxta tashkil etilishini ta’minlasin va uning faoliyati ustidan nazorat o‘rnatsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan respublika fuqarolari uchun chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga ko‘maklashsin; joylardagi mehnat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda fuqarolarning chet ellardagi yashirin mehnat migratsiyasiga oid profilaktika va oldini olish ishlarini kuchaytirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari va konsulliklari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga kelgan fuqarolarni majburiy ravishda konsullik hisobiga qo‘ysin, shuningdek ularga har tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatsin va ularni himoya qilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin, shuningdek ularning ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tatbiq etiladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xususiy mehnat kontraktlari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga faqat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha chiqish huquqiga egadirlar. 2. Fuqarolarning xususiy kontraktlar bo‘yicha chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan belgilangan shaklga muvofiq beriladigan ruxsatnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ruxsatnoma berilgandan keyin fuqarolar chiqishni rasmiylashtirish uchun yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kelish, ketish va fuqarolik boshqarmasi bo‘linmasiga ariza beradilar. 4. O‘zbekiston Respublikasining xususiy mehnat kontraktiga ega bo‘lgan fuqarolari chet ellarda ijtimoiy muhofazalanishini ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi hujjatlarni ikki nusxada taqdim etadilar: ariza; xorijiy firmadan (ish beruvchidan) olingan davlat tiliga tarjima qilingan, barcha ijtimoiy kafolatlar va tibbiy sug‘urta ko‘rsatilgan, shuningdek mehnat vizasi (EMPLOYMENT VIZA) bilan ta’minlash borasida ish beruvchining majburiyati nazarda tutilgan holda notarial tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan legalizatsiya qilingan kontrakt nusxasi. Agar hujjatga apostil qo‘yilgan bo‘lsa, legallashtirish talab etilmaydi; ish beruvchi to‘g‘risidagi qisqa ma’lumotlar; ma’lumotnoma-xolisnoma; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli shakldagi sog‘ligining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma. 5. Ruxsatnoma blankasida ruxsatnomani bergan organning nomi, uning yuridik manzili, ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, ruxsatnoma berilgan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning fuqaroligi, faoliyat turi, ruxsatnoma amal qiladigan hudud, amal qilish muddati, uzaytirish vaqti ko‘rsatiladi. Ruxsatnoma Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. 6. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ruxsatnomasi bilan mehnat kontrakti asosida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashish mamlakatida O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasida hisobda turishi shart. Respublikaning vakillik organlari bo‘lmagan taqdirda o‘zbekistonlik fuqarolar MDH mamlakatlarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakil qilingan konsullik organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. 7. Fuqarolarga chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan beriladi. 8. Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma berilishining asosli rad etilishi ariza beruvchiga ruxsatnoma berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda yozma ravishda yuboriladi. 9. Ruxsatnoma mehnat kontrakti muddatiga beriladi. Ariza beruvchining iltimosiga ko‘ra mazkur kontrakt uzaytirilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilish muddati belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 10. Ruxsatnoma berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun belgilangan tartibda to‘lov undiriladi. Mazkur to‘lov ruxsatnoma berish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga sarflanadi. 11. Ruxsatnoma olishning mazkur Nizomda belgilangan majburiy tartibi O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi: a) O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik va konsullik muassasalari xodimlari; b) oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarining hukumatlararo dasturlari doirasida ta’til davrida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar; v) O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muxbirlari va jurnalistlari; g) xorijiy oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarida ma’ruzalar kursi o‘qish va boshqa ishlar uchun taklif etilgan lektorlar va instruktorlar; d) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzgan davlatlararo bitimlarida ishga joylashishning ular uchun o‘zgacha tartibi belgilangan shaxslar, shuningdek Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan idoralararo shartnomalar bo‘yicha ishga ketayotgan shaxslar. 1. Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga idoraviy mansub davlat unitar korxonasi hisoblanadi. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro huquqiy normalar va qoidalarga asoslangan mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solib borishga doir faoliyatni respublikaning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning muassisi hisoblanadi. 2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlariga hamda hay’ati qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Agentlik mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat va ingliz tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 4. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda va xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va ruxsatnomalar berish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini ro‘yobga chiqarishda ishga joylashtirish, chet ellarda ishga joylashtirishga nomzodlar bilan dastlabki ko‘nikuv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ularga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish; Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolar, shuningdek Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi faoliyatini nazorat qilish; xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi chet el firmalari (korxonalar, muassasalar, kompaniyalar) bilan hamkorlikni rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga jo‘natish uchun nomzodlarni tanlab olishi bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq ruxsatnomalar berish (ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish); O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda ishga joylashish imkoniyatlari va shart-sharoitlari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash; chet ellarga ishga jo‘natish uchun xorijiy ish beruvchilarning talablariga muvofiq bo‘lgan nomzodlarni tanlab olish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda, shu jumladan viza olishda hamda chet ellarda ishga joylashishda rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni olishda ko‘maklashish; fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitishni amalga oshirish; chet ellarga ishga ketayotgan fuqarolarni boradigan mamlakat qonun hujjatlari asoslari, an’analari va odob-axloq normalari to‘g‘risida xabardor qilish; muloqot qilish va mehnat funksiyalarini bajarish uchun yetarli bo‘lgan darajada mamlakat tilini, kontrakt bo‘yicha ishga joylashiladigan ishlab chiqarishlarda texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rgatish; ishga joylashish uchun chet ellarga jo‘natilayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i holatini xorijiy ish beruvchilarning talablarini hisobga olgan holda vakolatli tibbiyot muassasalarini jalb qilgan holda kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining, aholi mehnat migratsiyasi rivojlanishining uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli prognozlarining tahlilini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining takliflariga muvofiq yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berish (ularning muddatini uzaytirish). 5. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq: fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish masalasi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida muzokaralar olib boradi, xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalar, bitimlar va protokollar loyihalarini tayyorlaydi va ularni imzolaydi; tegishli qarorlarning hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnomalari, bitimlari va protokollaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomalar (tasdiqnomalar) asosida ishlayotgan xorijiy fuqarolarni hisobga oladi; O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga ish beruvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi; huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar tomonidan respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq chet elga ishlash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolarni ishga joylashiladigan mamlakatda bo‘lish xususiyatlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzishning huquqiy jihatlari to‘g‘risida xabardor qiladi, ularning malaka oshirishiga va xo‘jalik hisobi asosida xorijiy tilni o‘rganishiga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali, belgilangan tartibda chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyati monitoringini amalga oshiradi; chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy muhofazasini belgilangan tartibda ta’minlaydi; mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy organlari bilan birgalikda chet ellarga ishga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanga qaytgandan keyin ishga joylashtirilishini tashkil etadi; chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi; xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganadi, xorijiy ish beruvchilarni qidiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish to‘g‘risida bitimlar tuzadi; chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlarni xorijiy ish beruvchilar o‘rtasida, shu jumladan “Internet” tarmoqlari orqali tarqatadi. 6. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: tuzilgan kontraktlarga muvofiq chet elda ishlash uchun kadrlarni tanlash, ularni kasb bo‘yicha layoqatlikni aniqlash uchun test sinovidan o‘tkazish, ularga boriladigan mamlakatlarning asosiy qonunlarini o‘rgatish; mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq chet elga ishlashga jo‘natiladigan nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va vakolatli organlarga murojaat qilish; dastlabki tanlovdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlar (shartnomalar)ni hisobga olgan holda ularni chet ellarda ishga joylashtirish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalar tuzish; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu yuridik shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnoma (kontrakt)lari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar to‘g‘risida yiliga bir marta ma’lumotlar olish; xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi va bunday yollashga ko‘maklashuvchi xorijiy kompaniyalar (firmalar) bilan o‘z vakolati doirasida bevosita o‘zaro hamkorlik qilish; zarurat bo‘lganda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan ayrim funksiyalarni amalga oshirish uchun o‘qituvchilarni, vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini va boshqa fuqarolarni shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha jalb etish; kam ta’minlangan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga borishga tayyorgarlik ko‘rishi va ularning jo‘natilishi bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash, ushbu xarajatlar keyinchalik qaytariladi; moliya-xo‘jalik faoliyatidan olingan foydaning 15 foizini ajratish hisobiga Agentlikni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qaroriga ko‘ra Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolarini tashkil etish va ularni tugatish; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan qarorlariga binoan Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning chet eldagi vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish va ularni tugatish; vakolatxonalar va filiallar nizomlarini tasdiqlash. 7. Agentlikning mol-mulki asosiy fondlardan va aylanma mablag‘lardan, shuningdek qiymati mustaqil balansda aks ettirilgan boshqa boyliklardan iborat bo‘ladi. 8. Agentlikning mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq unga to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan tegishli bo‘ladi. 9. Agentlikni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Agentlik boshlig‘i boshqaradi. Agentlik boshlig‘i: Agentlikning joriy faoliyatini tashkil qiladi va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi; Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Agentlik manfaatlarini ifodalaydi; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda shtat jadvalini, Agentlik apparati ta’minoti xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolar rahbarlarini va Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; muassis bilan kelishgan holda Agentlikning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklarida depozitga va boshqa moliyaviy instrumentlarga joylashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar hamda yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashish uchun xorijiy fuqarolarning mehnat faoliyatiga tasdiqnomalar beradi (ularning amal qilish muddatini uzaytiradi). Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 10. Agentlik boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosarlari bo‘ladi. 11. Agentlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Agentlik boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 12. Soliqlar va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, shuningdek budjetdan tashqari jamg‘armalarga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin qolgan foyda (daromad) Agentlik moliyaviy faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi hisoblanadi, undan muassasasi qaroriga ko‘ra moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatini hamda uning hududiy va idoraviy mansub bo‘linmalarini saqlash uchun foydalaniladi. 13. Quyidagilar Agentlikning moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi: xo‘jalik hisobidagi faoliyatdan olingan foyda (daromad); O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun to‘lov hisobiga olingan mablag‘lar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. 14. Agentlik vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. 15. Xo‘jalik faoliyatidan olingan valyuta tushumi qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi, Agentlikning valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi va undan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda foydalaniladi. 16. Agentlik o‘z ishlarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti yuritadi. 17. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 18. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uyda joylashgan. 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati to‘g‘risida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT,1995-y., 10-son, 41-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; 2001-y., 4-son, 21-modda): a) qarorning nomida “kasb” so‘zi “mehnat” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Belgilab qo‘yilsinki, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun to‘lov undiriladi”; v) O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (2-ilova): 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) shartlari va tartibini belgilaydi”; 3, 4, 15-bandlardagi va Nizomga 1-ilovadagi “kasb” so‘zi “mehnat” so‘zi bilan almashtirilsin; 6-bandga “Ruxsatnoma” so‘zidan keyin “(tasdiqnoma)” so‘zi qo‘shilsin. 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-yanvardagi 42-f-son farmoyishi. 2.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 4-ilova. 2.3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
136
25,838
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
“Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-son Qonuniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmati (Sh.H. Fayziyev) zimmasiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “baholovchilar” so‘zi “baholovchi tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
106
880
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatadigan yagona markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatadigan yagona markazlarni (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari bilan qo‘shimcha ravishda jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining zarur zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalarini markazlashtirilgan tarzda xarid qilish yo‘li bilan “yagona darcha” markazlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qarori bilan tashkil etilgan Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha idoralararo tender komissiyasi: “yagona darcha” markazlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari yetkazib beruvchilarni aniqlash bo‘yicha eng yaxshi takliflarni, istisno tariqasida, o‘n kun muddatda tanlab olsin; xarid qilinadigan tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari belgilangan minimal talablarga muvofiqligi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha “yagona darcha” markazlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda va miqdorda zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari xarid qilishga yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini; belgilangan minimal talablarni hisobga olgan holda “yagona darcha” markazlari 2015-yil oxirigacha zarur mebel, inventar va boshqa asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha ravishda jihozlanishini ta’minlasinlar. 4. Mintaqalar bo‘yicha “yagona darcha” markazlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunasini xarid qilishni moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga* muvofiq belgilansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli bank bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarini qo‘shimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari xarid qilish uchun mablag‘lar belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
180
2,979
Qonunchilik
DAVLAT SANITARIYA NAZORATI SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Joylarda olib borilgan tekshirishlar Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari aholi yashash joylarining sanitariya holatiga zarur darajada e’tibor bermayotganligini ko‘rsatadi. Ko‘pgina shaharlar va tumanlarning hokimlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bu ishlardan chetda turibdilar. Sanitariya-epidemiologiya xizmatlari ularga “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi Qonun bilan berilgan vakolatlaridan to‘liq foydalanmayaptilar, ijro etuvchi-boshqaruv organlari rahbarlarini tegishli hududlarning sanitariya holati yomonligi uchun yetarli darajada javobgarlikka tortmayaptilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 2-martdagi Farmonini bajarish uchun va respublikada davlat sanitariya nazoratining roli va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: ehtiyotdan va joriy davlat sanitariya nazorati hamda kasalliklarning oldini olish faoliyatini tartibga soluvchi barcha sanitariya normalari va qoidalarini 1998-yil 1-maygacha belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin; hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish davlat tadbirlari tizimida sanitariya-epidemiologiya xizmati rolini kuchaytirish maqsadida uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda kiritsin; ehtiyotdan va joriy davlat sanitariya nazoratini o‘tkazishda asbob-uskunalardan va tadqiqotlarning laboratoriya usullaridan foydalanishni 70 foizgacha yetkazsin; ikki oy muddatda kasalliklarga qarshi kurashish tarmoqlararo dasturlari bajarilishini tahlil qilib chiqsin, ularga tuzatishlar kiritsin va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning bajarilishini ta’minlasin; kasalliklarning oldini olishda aholini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi samaradorlikni saqlab qolgan holda eng kam xarajatli selektiv immunizatsiya qilishni va diagnostik tekshirishlarni keng qo‘llasin; “EKOSAN”, “Mahalla” jamg‘armalari va o‘zini o‘zi boshqarish boshqa organlari bilan birgalikda atrof muhitning ahvoli, aholining sanitariya-gigiyena va ekologiya madaniyatini oshirish tadbirlari o‘tkazilishi uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirsin; mazkur qarorning bajarilishi to‘g‘risida har bir yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, boshqa vazirliklar va idoralar budjet prognozlarini shakllantirishda hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish, dori-darmonlar, diagnostika preparatlari, vaksinalar sotib olish va kasalliklarning oldini olish xarajatlarini eng ustuvor vazifalar sifatida ko‘rib chiqsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, hokimliklari bilan birgalikda aholi zich joylashgan shaharlar va tumanlarda sanitariya militsiyasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarini mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga belgilangan xodimlar soni doirasida tashkil etsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda sanitariya militsiyasi nizomini, namunaviy tuzilmasini va uning shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda sanitariya militsiyasi bo‘linmalari va sanepidstansiyalarning hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlasin, 4. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, ommaviy kasalliklar to‘g‘risidagi rasmiy xabarlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kiritiladi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 2-martdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Barcha darajalardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bankda “Epidemiologiya jamg‘armasi” maxsus hisob varaqasini ochadilar, unda sanitariya qonunlari, sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena normativlarini, shuningdek karantinli va inson uchun xavfli boshqa infeksiyalarning paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan barcha mablag‘lar jamlanadi. Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan solingan jarimalardan hosil bo‘lgan maxsus hisob varaqasi mablag‘lari epidemiyaga qarshi va sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksini o‘tkazishga, shuningdek ehtiyot va joriy davlat sanitariya nazoratini sifatli amalga oshirayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan solingan jarimalarni undirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Undirilgan mablag‘lar umumiy summasining: a) 85 foizi epidemiyaga qarshi va sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari komplekslarini o‘tkazishga, ya’ni: vaqtinchalik infeksiya koykalarini kengaytirish va ta’minlab turishga; epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish va ta’minlab turishga, shuningdek yuqumli kasalliklar o‘choqlarida vaqtinchalik ko‘chma hammom-izolatsiya qurilmalari va izolatsiya xonalarini tashkil etish va ta’minlab turishga; vabo va boshqa o‘ta xavfli infeksiyalar o‘choqlarini tugatish bilan bog‘liq maxsus tadbirlar o‘tkazilishiga; yuqumli kasalliklar bilan kasallanish oshganida yoki ularning tarqalishi xavfi tug‘ilganda ishlarning zarur hajmi doimiy ishlovchi tarmoqlar bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan hollarda rejadan tashqari epidemiyaga qarshi tadbirlarning o‘tkazilishiga; vaksinalar, ozuqa muhiti, bakteriyali faglar, immunoglobulinlar, diagnostikumlar, zardoblar, dezinfeksiya vositalari, kimyoviy reaktivlar, tibbiy jihozlar va texnikalar, laboratoriya idishlari, laboratoriyalar uchun asboblar va priborlar xarid qilishga, priborlar va asboblarni ta’mirlashga, avtotransport vositalarini ta’mirlash va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga, epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilganda xizmat safari xarajatlarini to‘lashga; Sog‘liqni saqlash vazirligining qaroriga ko‘ra, davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlari yangi ish joyiga o‘tkazilganda ularni xizmat uy-joylari bilan ta’minlashga yoki uning ijarasi uchun kompensatsiya to‘lovlariga; Yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larni tibbiyot muassasalarining doimiy ishlovchi tarmoqlarini ta’minlab turishga va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa har qanday maqsadlarga sarflash taqiqlanadi; b) 15 foizi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, ya’ni: O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlari munosabati bilan mukofotlashga; moddiy yordam ko‘rsatishga; ko‘p yillik benuqson mehnati uchun, pensiyaga chiqish munosabati bilan, shuningdek yubiley sanalari munosabati bilan bir yo‘la mukofotlar to‘lashga yo‘naltiriladi. Mukofotlar miqdori xodimning umumiy ish natijasiga qo‘shgan shaxsiy hissasiga muvofiq belgilanadi. Mukofotlarning umumiy summasi bir yilda 3 oylik lavozim maoshidan oshmasligi kerak. Moddiy rag‘batlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘ning ishlatilmay qolgan qismi epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishga yo‘naltiriladi. Mukofotlar va bir marta beriladigan mukofotlar muassasa rahbarining buyrug‘i asosida beriladi. Barcha darajalardagi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari maxsus hisob varaqasiga pul mablag‘larining tushishi va ularning amalda sarflanishi to‘g‘risida belgilangan shaklda (ilova qilinadi) har chorakda hisobot tuzadilar va ularni hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmasdan ular joylashgan joydagi tegishli tarmoq va moliya organlariga taqdim etadilar. Mablag‘lar to‘g‘ri va o‘z vaqtida undirilishi, “Epidemiologiya jamg‘armasi” maxsus hisob varaqasiga o‘tkazilishi va foydalanilishi ustidan nazorat qilish davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli moliya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
80
8,745
Qonunchilik
DAVLAT MAJBURIY SUG‘URTASIGA OLINIShI KERAK BO‘LGAN FUQAROLARGA QARAShLI MOL-MULKNING DAVLAT MAJBURIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
1. Davlat majburiy sug‘urtasiga olinishi kerak bo‘lgan Fuqarolar mol-mulkini hisobga olish, badallarni hisoblash va undirish va sug‘urta qoplamasini to‘lash O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta to‘g‘risida”, “Davlat turar-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi 609-son qaroriga muvofiq va mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 2. fuqarolarning quyidagi xususiy mol-mulki hisobga olinishi zarur: imoratlar (uy-joylar, kvartiralar, shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar, shuningdek yordamchi imoratlar); hayvonlar (qoramol — 6 oylikdan boshlab, ot va tuyalar 1 yoshdan boshlab). 3. Bog‘dagi uylar, puturdan ketgan imoratlar. shuningdek, turar joyi noma’lum bo‘lgan fuqarolarga qarashli imoratlar davlat majburiy sug‘urtasiga olinmaganligi uchun hisobga ham olinmaydi. Turar joyi ma’lum bo‘lmagan fuqarolarga qarashli imoratlar ro‘yxati davlat sug‘urta muassasasi tomonidan tuziladi va qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini tomonidan tasdiqlanadi. Bu ro‘yxat 102-shaklli sug‘urtalanuvchilarning asosiy ro‘yxatiga (2-ilova) qo‘shib qo‘yiladi. 4. Davlat sug‘urta muassasasi majburiy sug‘urtaga olinishi lozim bo‘lgan mol-mulkni yilda bir marta, joriy yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra ushbu tartibda hisobga oladi: a) qishloqlarda: imoratlar qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining xo‘jalik daftarlaridagi ma’lumotlar asosida hisobga olinadi. Davlat sug‘urta muassasalari imoratlar to‘liq hisobga olinganligini tekshirib turishlari shart. Hisobga olinmagan. yangi qurilgan, qayta qurilgan va kapital ta’mirlangan imoratlar borligi aniqlangan taqdirda badallarni hisoblash uchun ular mazkur yilda hisobga olinishi zarur. Joriy yilning 1-yanvaridan keyin qurilgan (qayta qurilgan va kapital ta’mirlangan) imoratlar ham badallarni hisoblash uchun shu yilning 1-oktabrigacha hisobga olinishi kerak. Navbatdagi hisobga olishni amalga oshirishdan oldin 102-shaklli daftardagi ma’lumotlarni qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining xo‘jalik daftarlaridagi tegishli ma’lumotlar bilan solishtirish darkor. Ma’lumotlar o‘rtasida farq borligi aniqlanganda, o‘sha joyning o‘zida tekshiruv o‘tkaziladi va bu holda hisobga olinmay qolgan, yangi qurilgan yoki boshqa jismoniy shaxsning xususiy mulkiga o‘tgan imoratlar hisobga olinadi hamda hisobdan chiqarilganlari ro‘yxatdan o‘chiriladi. Hayvonlar qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining xo‘jalik daftarlaridagi ma’lumotlar asosida hisobga olinadi. Ayni chog‘da davlat sug‘urta muassasalarining nazoratchilari hayvonlar qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini tomonidan to‘liq hisobga olinganligini tanlab tekshiradilar; b) shaharlarda: imoratlar maishiy xo‘jalik idoralarining ma’lumotlari asosida hisobga olinadi. Davlat sug‘urta muassasalari imoratlar haqidagi ma’lumotlarni maishiy ho‘jalik idoralarida aniqlashtirib olishlari shart. Bundan tashqari, mavjud imoratlar haqidagi ma’lumotlarni yakka tartibdagi uy qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalari va xususiylashtirilgan turar joy fondi haqida hokimiyatlarda bor bo‘lgan ma’lumotlar bilan, shuningdek, tuman (shahar) soliq idoralarining hisoblangan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Ma’lumotlar bir-biridan farq qilganda o‘sha joyning o‘zida tegishli tekshiruv o‘tkaziladi. Hayvonlar tuman (shahar) davlat statistika idoralarining ma’lumotlariga binoan hisobga olinadi. Mazkur ma’lumotlar bo‘lmasa yoki ular haqiqatga to‘g‘ri kelmasa, hayvonlar davlat sug‘urta muassasasi tomonidan xo‘jalikdagi hamma hovlilarni aylanib chiqish yo‘li bilan hisobga olinadi. 5. Qishloq va shaharlarda mol-mulkning hisobga olinganligi va sug‘urta badallari hisoblanganligi haqida sug‘urtalanuvchilarning 102-shaklli ro‘yxati bir nusxada tuziladi. Ushbu ro‘yxati davlat sug‘urta muassasasining nazoratchisi tomonidan xar yili har bir qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini, shaharcha, shahar, shahar ichidagi tuman bo‘yicha alohida-alohida tuzilib, shu muassasa boshlig‘i tomonidan albatta tekshiriladi. Agar mol-mulkning to‘g‘ri hisobga olinganligi va badallar to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirilganda xatolar aniqlansa, u holda sug‘urtalanuvchilar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar ro‘yxatning oxirgi stunida izohlanadi hamda davlat sug‘urta muassasasining boshlig‘i va bosh hisobchisi tomonidan imzolab tasdiqlanadi. 6. Mol-mulkning davlat majburiy sug‘urtasiga doir badallar tegishli mulk turining sug‘urtasi bo‘yicha mazkur joy uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi. Bunda: — imoratlar sug‘urtasiga doir badallar imoratlarning majburiy sug‘urtasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan sug‘urta pulidan hisoblanadi; hayvonlar sug‘urtasiga doir badallar har bir turdagi va yosh guruhidagi bitta hayvon uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan sug‘urta pulidan hisoblanadi. 7. Sug‘urta badallari joriy yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra hisobga olingan mol-mulk uchun hisoblanadi. Davlat majburiy sug‘urtasiga olinishi kerak bo‘lgan mol-mulkning tarkibi va narxi yil mobaynida o‘zgargan taqdirda sug‘urta badallari 1-oktabrga qadar hisoblanadi. Hisobga olish noto‘g‘ri bo‘lganligi tufayli to‘lanmagan yoki keragidan ortiq to‘langan sug‘urta badallari ko‘pi bilan ikki yil (xato aniqlangan yil bu hisobga kirmaydi) uchun jarimasiz (penyasiz) undirib olinishi yoxud qaytarib berilishi zarur. 8. Ayrim fuqarolarga fuqarolar mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarorining 3-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun davlat sug‘urta muassasasi xalq noiblari tuman yoki shahar hokimiyatiga; Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘iniga maxsus komissiyaning moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan ayrim fuqarolarni ularning arizasiga binoan badallar to‘lashdan qisman yoki batamom ozod etish haqidagi xulosalarini taqdim qilishi kerak. Davlat sug‘urta muassasasi bunday xulosalarni fuqarolar xo‘jaliklarini tekshirish materiallari asosida 134-shaklli ro‘yxat qog‘ozida (3-ilova) taqdim etadi. Davlat sug‘urta muassasasi imtiyozlar beriladigan fuqarolar haqidagi 134-shaklli ro‘yxatni hokimiyatga shunday hisob bilan taqdim etishi lozimki, sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta guvohnomalari berilgunga qadar bu haqda qaror qabul qilish mumkin bo‘lsin. 9. Davlat sug‘urta muassasasi sug‘urta badallarini hisoblaydi, shundan so‘ng sug‘urtalanuvchilarga 136-shaklli sug‘urta guvohnomasi (ilova) beriladi. Shahardagi imoratlar va hayvonlar sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan sug‘urta guvohnomalariga sug‘urtalanuvchilar xo‘jaliklari 102-shaklli ro‘yxatda qanday raqamlar bilan qayd etilgan bo‘lsa, o‘sha tartib raqamlari yoziladi. Qishloqdagi imoratlar va hayvonlar sug‘urtasi bo‘yicha topshiriladigan sug‘urta guvohnomalariga kasr tartib raqami yoziladi. Kasrning suratida 102-shaklli ro‘yxatdagi tartib raqami, maxrajida esa, mazkur xo‘jalik qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining daftarida qanday raqam bilan yozilgan bo‘lsa, o‘sha raqam ko‘rsatiladi. 10. Agar sug‘urta guvohnomalari topshirilgandan keyin xatolar aniqlanganligi munosabati bilan 102-shaklli sug‘urtalanuvchilar ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritilgan (qo‘shimcha badallar hisoblangan yoki ilgari hisoblangan badallar miqdori kamaytirilgan) bo‘lsa, u holda sug‘urtalanuvchiga: qo‘shimcha hisoblangan badallar uchun qo‘shimcha sug‘urta guvohnomasi, hisoblangan badallar miqdori kamaytirilganda esa — bu haqda 99-shaklli bildirish xati beriladi. Qo‘shimcha hisoblangan badallarni to‘lash muddatlari shunday hisob bilan belgilanishi kerakki, ularni to‘lashga sug‘urtalanuvchining ixtiyorida oldinda 30 kun bo‘lishi lozim. 11. Davlat majburiy sug‘urtasi badallari har yili 1-oktabrgacha to‘lanadi. 12. Shahar va qishloqlarda sug‘urta badallarini O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma bankining bo‘limlari, davlat sug‘urta muassasalarining nazoratchilari, sug‘urta vakillari oladi. Bulardan tashqari, qishloqda — qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining hisobchi-kassirlari, shaharda esa — mahalla oqsoqollari-fuqarolari yig‘inining kotiblari ham olishlari mumkin. Qishloqda ham, shaharda ham sug‘urta badallari davlat sug‘urta muassasasining schyotiga pochta orqali o‘tkazilishi ham mumkin. 13. Davlat majburiy sug‘urtasi badalini to‘laganligi haqida sug‘urtalanuvchiga belgilangan namunadagi patta beriladi. 14. Belgilangan muddatda to‘lanmagan sug‘urta badallari boqimanda bo‘lib hisoblanadi va to‘lashda kechiktirilgan har bir kun uchun boqimandaning 0,5 foizi miqdorida jarima (penya) hisoblangan holda undirib olinadi. To‘lash muddati boshlangan kunning ertasidan boshlab to muddati o‘tib ketgan pulni to‘langan kunga qadar o‘tgan har bir kechiktirilgan kun uchun jarima hisoblanadi. Agar belgilangan to‘lash muddatining oxiri dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, u holda jarima shu kundan keyingi ikkinchi kundan boshlab hisoblanadi. Jarima kechikib to‘langan badalning yaxlit so‘mlari uchun (tiyinlar hisobga olinmaydi) hisoblanadi. Bunda mazkur jarima miqdori bir tiyingacha yaxlitlanadi (0,5 tiyindan kami hisobga olinmaydi, 0,5 tiyin va bundan ortig‘i esa bir tiyingacha yaxlitlanadi). Jarimaga jarima hisoblanmaydi. Boqimanda xalq sudining qarori bilan undirib olinadigan bo‘lsa, sud hukmi chiqarilgan kundan boshlab jarima hisoblash to‘xtatiladi. 15. Quyidagi kunlar badallar to‘langan kun bo‘lib hisoblanadi: a) badallar naqd pul bilan to‘langanda — tegishli tashkilot yoki shaxsga pul to‘langan kun; b) pochta orqali o‘tkazilganda — pochtaga pul to‘langan kun. 16. Sug‘urtalanuvchining boqimandasi bor bo‘lganda u to‘laydigan puldan avval oldingi yillar boqimandasi, keyin boqimandaga hisoblangan jarima, shundan so‘ng navbatdagi badallar olinadi. 17. Qishloqlarda fuqarolar mol-mulkining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta qoplanmasidan badallar ushlab qolingan taqdirda yoki badallar pochta orqali kelib tushgan holda davlat sug‘urta muassasasi bu haqda sug‘urtalanuvchining shaxsiy schyotida qayd qilib qo‘yilishi uchun tegishli qishloq (ovul) fuqarolari yig‘iniga xabar berishi zarur. 18. Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urta badallarini keragidan ortiq to‘lagan bo‘lsa, u holda tegishli davlat sug‘urta tashkiloti yoki qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini ortiqcha olingan pulni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda qaytarib beradi. 19. Davlat sug‘urta muassasasi: — davlat majburiy sug‘urtasiga olinishi kerak bo‘lgan mol-mulkning to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinishini, badallarning to‘g‘ri hisoblanishini hamda sug‘urta guvohnomalari o‘z vaqtida topshirilishini; — hisoblangan badallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan muddatlardan kechikmay kelib tushishini ta’minlashi kerak. Buning uchun davlat sug‘urta muassasasi qishloq va shaharlardagi fuqarolardan badallarning kelib tushishini muntazam ravishda tahlil qilishi, boqimanda yuzaga kelganda esa uni yo‘qotish choralarini ko‘rishi zarur. Davlat sug‘urta muassasasining boshlig‘i davlat majburiy sug‘urtasiga olinishi kerak bo‘lgan fuqarolar mol-mulkini hisobga olish va badallarni hisoblash natijalari haqida hokimiyatga xabar berishi kerak. 20. Davlat sug‘urta boshqarmalari davlat sug‘urta muassasalarini 102, 134, 136- shaklli ish qog‘ozlari bilan ta’minlashlari shart. 21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi, davlat sug‘urta boshqarmalari fuqarolar mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasiga doir ishni nazorat qilishga, hisobga olish, badallarni hisoblash natijalarini tahlil qilishga va sug‘urta badallari o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga majbur, 22. Fuqarolarning xususiy mulki bo‘lgan imoratlar (turar joylar, kvartiralar, xususiylashtirilgan joylar, bog‘dagi uylar, dalahovlilar va yordamchi imoratlar) sug‘urtasiga doir sug‘urta qoplamasini aniqlash hamda to‘lash davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan bu yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 23. Imoratlar turli hodisalardan vayron bo‘lganda yoki shikastlanganda (qirchumolilar, zamburug‘lar va kemiruvchilar ta’sirida vayron bo‘lishi yoki shikastlanishidan tashqari) sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. 24. Agar sug‘urtalangan imoratlar sug‘urta hodisalariga kirmaydigan hodisalar natijasida vayron bo‘lsa yoki shikastlansa, sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zarar davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan qoplanmaydi. 25. Agar sug‘urtalanuvchining o‘zi yoki balog‘atga yetgan oila a’zosi sug‘urta qoplamasi olish maqsadida qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida imoratlar vayron bo‘lgan yoki shikastlangan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi. 26. Xatti-harakatlarning qasddan sodir etilganligi davlat sug‘urta muassasasi tegishli vakolatli idoralar (yong‘in nazorati, militsiya, prokuratura, xalq sudi va b.) dan olgan hujjatlar asosida aniqlanadi. 27. Basharti, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchining o‘zi, u yo‘qligida esa balog‘atga yetgan oila a’zosi sug‘urtalangan imoratlarini saqlab qolish va yanada shikastlanishining oldini olish choralarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lgani holda bu choralarni amalga oshirmagan bo‘lsa, shu tufayli yetkazilgan qo‘shimcha zarar uchun sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi. 28. Agar sug‘urtalanuvchining o‘zi, u yo‘qligida esa balog‘atga yetgan oila a’zosi*, vakolatli shaxs** imkoni bo‘lgani holda imoratlarining vayron bo‘lgani yoki shikastlangani haqida mazkur bo‘limning 30-bandida ko‘rsatilgan tartibda va muddatda xabar qilmagan bo‘lsa, davlat sug‘urta tashkilotlari sug‘urta qoplamasi to‘lashni rad etish huquqiga ega. Mabodo sug‘urta hodisasi haqida xabar berish muddatini oxiri dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, u holda dam olish (bayram) kunidan keyingi birinchi ish kuni mazkur muddatning oxirgi kuni bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urtalanuvchi xabar berish tartibi va muddatini buzganligi tufayli imoratlarning haqiqatan vayron bo‘lgani yoki shikastlanganini, buning sabablarini, shuningdek, sug‘urta hodisasi yetkazgan zarar miqdorini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirdagina shu buzish munosabati bilan sug‘urta qoplamasi to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin. 29. Davlat sug‘urta muassasasi mustaqil ravishda yoki Davlat sug‘urta boshqarmasining (Bosh boshqarmasining) vakili boshchiligida sug‘urta qoplamasini aniqlaydi va to‘laydi. 30. Imoratlar sug‘urta hodisasi natijasida vayron bo‘lganda yoki shikastlanganda sug‘urtalanuvchining o‘zi, u yo‘qligida esa balog‘atga yetgan oila a’zosi yoxud vakalotli shaxs 24 soat ichida bu haqda: shaharlarda — davlat sug‘urta muassasasiga; qishloqlarda — davlat sug‘urta muassasasiga yoki ayrim hollarda (yashash joyi uzoq bo‘lgani sababli) qishloq (ovul) fuqarolari yig‘iniga xabar berishi kerak. Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘ini sug‘urtalangan imoratlar vayron bo‘lgani yoki shikastlangani haqida tushgan arizalar to‘g‘risida uzog‘i bilan 24 soat ichida davlat sug‘urta muassasasiga ma’lum qilishi shart. 31. Hududida mazkur sug‘urta hodisasi yuz bergan tuman (shahar) davlat sug‘urta muassasasi fuqarolarga qarashli imoratlar nobud bo‘lgani yoki shikastlangani haqida 110-shaklli dalolatnoma (1-ilova) tuzishi shart. 32. Dalolatnoma sug‘urta hodisasi haqidagi ariza asosida tuziladi. Arizalar davlat sug‘urta muassasasiga tushgan kuniyoq 116-a shaklli daftarda (2-ilova) qayd qilib qo‘yiladi. 33. Dalolatnoma albatta sug‘urtalanuvchining o‘zi, u yo‘qligida esa. balog‘atga yetgan oila a’zosi yoki vakolatli shaxs ishtirokida davlat sug‘urta muassasasining boshlig‘i, yoki uning topshirig‘i bilan bosh mutaxassis (mutaxassis) tomonidan tuziladi. Zarur hollarda dalolatnomaga vakolatli idoralar (gidrometeorologiya yoki seysmologiya xizmati, maishiy xo‘jalik, yong‘in nazorati, militsiya, prokuratura, xalq sudi va b.) ning imoratlar qayerda, qachon va nima sababdan vayron bo‘lgani yoki shikastlangani to‘g‘risidagi, shuningdek, sug‘urta qoplamasi to‘lash masalasini hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa shart-sharoitlar haqidagi tegishli hujjatlari ilova qilinadi. 34. Davlat sug‘urta muassasasi sug‘urta hodisasi haqidagi arizani olganidan so‘ng uzog‘i bilan 2 kun mobaynida dalolatnomani tuzadi. 35. Agar sug‘urta hodisasi natijasida bir yo‘la ko‘pgina fuqarolarning imoratlari vayron bo‘lgan yoki shikastlangan bo‘lsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi: a) dalolatnomalar tuzish muddatini bir oy va bundan ko‘p muddatga. ammo ko‘pi bilan ikki oy muddatga uzaytirish; b) sug‘urta qoplamasi to‘lash uchun dalolatnoma va hisob-kitoblar tuzishga boshqa tuman hamda viloyatlardan davlat sug‘urta muassasalari boshliqlarini, boshliqlar o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar va mutaxassislarni jalb qilish; v) ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq, dalolatnomalarni tuzish muddati qanchaga uzaytirilgan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi to‘lash muddatini ham shuncha muddatga uzaytirish huquqiga ega. 36. Dalolatnoma sug‘urta hodisasi natijasida imoratlari vayron bo‘lgan yoki shikastlangan har qaysi xo‘jalik bo‘yicha bir nusxada tuzilib, tuzishda qatnashgan shaxslar tomonidan imzolanadi va davlat sug‘urta muassasasining muhri 6ilan tasdiqlanadi. Mabodo dalolatnomada tuzatishlar qilingan bo‘lsa, ular albatta izohlanib, dalolatnomani tuzgan shaxslarning imzolari va davlat sug‘urta muassasasining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 37. Dalolatnomadagi hamma savollarga aniq javob berilgan bo‘lishi lozim. Dalolatnomaning tegishli bo‘limlarini to‘lg‘azishda quyidagilarni nazarda tutish zarur: a) imoratning haqiqatan vayron bo‘lganligi yoki shikastlanganligi buning sabablari, uning shikastlanish turi va darajasi hamda zarar ko‘lamini, sug‘urta qoplamasi miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar shikastlangan imoratni yoki undan qolgan narsalarni (poydevor, tsokol, qurilish materiallari va hokazo) joyida ko‘zdan kechirish yo‘li bilan, zarur hollarda esa davlat sug‘urta muassasasi tegishli vakolatli idoralardan olgan hujjatlar asosida aniqlanadi; b) agar imoratlarni ta’mirlash yo‘li bilan boshlang‘ich maqsad bo‘yicha foydalanishga yaroqli holatga keltirish mumkin bo‘lsa, ular shikastlangan hisoblanadi. Qolgan hollarda imoratlar vayron bo‘lgan hisoblanadi; v) imoratning shikastlanish ko‘lami (darajasi) imorat shikastlangan qismining butuni yoki butun imoratning foizida ko‘rsatiladi; g) imoratlarni, ularning qoldiqlarini saqlab qolish va tartibga keltirish (imoratning shikastlangan qismlarini mustahkamlash, axlatni chiqarib tashlash, suvni tortib chiqarib tashlash va hokazo) ishlari hajmi ish kunlarida, bu ishlarni bajarish xarajatlari qiymati esa belgilangan eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida aniqlanadi; d) vayron bo‘lgan imoratlarning va ayrim qismlarining qoldiqlari (poydevor ham) bundan keyin qurilishda foydalanishga yaroqli bo‘lsagina hisobga olinadi. Bu holda imoratlarning qoldiqlari imoratni yoki uning ayrim qismlarini buzganda olish mumkin bo‘lgan materiallar (g‘isht, tosh, yog‘och-taxta, cherepitsa, shifer va b.) miqdori bo‘yicha hisobga olinadi. Bunday materiallar miqdori sanab chiqish yo‘li bilan yoki amaldagi materiallarning chiqish me’yorlari asosida aniqlanadi. Imoratlarning loy, paxsa, somon va tuproqdan qilingan devorlarining qoldiqlari hisobga olinmaydi. 38. Agar sug‘urtalanuvchining arizasi tekshirilganda sug‘urtalangan imoratlar sug‘urta hodisalariga kirmaydigan voqealar natijasida vayron bo‘lganligi yoki shikastlanganligi aniqlansa yoki sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi haqida xabar berish tartibi va muddatini buzganligi tufayli imoratning haqiqatan vayron bo‘lgani yoxud shikastlanganini hamda buning sabablarini, shuningdek, yetkazilgan zarar va sug‘urta qoplamasi miqdorini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ixtiyoriy shaklda dalolatnoma tuzilib, unda belgilangan shakldagi dalolatnomaning tuzilmaganligi sababi ko‘rsatiladi. Dalolatnomaga yo‘riqnomaning 33-bandida keltirilgan shaxslar imzo chekadilar. 39. Shikastlangan imoratni ta’mirlash qiymati imoratlarning ushbu turi uchun ishlab chiqilgan solishtirma ulushlar jadvalida keltirilgan imorat ayrim qismlari (tarkibiy qismlari) qiymatining uning umumiy qiymatiga foizdagi nisbatini (solishtirma ulushlarni) qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi. 40. Shikastlangan imoratlarni ta’mirlash qiymatining hisob-kitobini tuzishda quyidagilarni nazarda tutish kerak: mazkur sug‘urta hodisasi tufayli bajarilgan ishlar, shuningdek, sug‘urta hodisasi natijasida imorat shikastlanganligi munosabati bilan zarur deb topilgan ta’mirlash ishlari, masalan, faqat shikastlangan devorlar va shu kabilarni emas, balki xonadagi hamma devorlarni bo‘yash-oqlash ishlarigina hisob-kitobga kiritiladi. Shikastlangan imoratni qayta qurish (uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga taqab boshqa imorat qurish va hokazo) bilan bog‘liq xarajatlar hisob-kitobga kiritilmaydi. Imoratning ayrim qismlari (tarkibiy qismlari) ancha shikastlangan taqdirda boshqa tarkibiy qismlarni ta’mirlash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan ishlar ham hisob-kitobga kiritiladi; agar shikastlangan imoratning ayrim qismlari (tarkibiy qismlari) ni saqlab qolish uchun ularni mustahkamlash (g‘isht tirgovuchlar, tiraklar, tortqichlar o‘rnatish va hokaza) ishlarini bajarish kerak bo‘lsa, bunday ishlar hamda shu maqsadda sarflangan materiallar qiymati imoratni ta’mirlash qiymatining hisob-kitobiga kiritiladi; agar imoratning shikastlangan tarkibiy qismlarini u shikastlanmasidan oldingi holatiga keltirish uchun faqat ishchi kuchidan foydalanish (qo‘shimcha qurilish materiallari ishlatmagan holda pol yoki shiftni qayta to‘shash) talab etilsa, hisob-kitobga faqat ishlar qiymati kiritiladi; yong‘in atrofga tarqalishining oldini olish tadbirlari yoki to‘satdan qandaydir tabiiy ofat xavfi paydo bo‘lishi munosabati bilan buzib olingan imoratlar boshqa joyga ko‘chirilganda hisob-kitobga imoratni buzib olish va ko‘rish hamda materiallar va imorat qismlarini boshqa joyga olib borish xarajatlari kiritiladi; imorat shikastlanganidan yoki buzib olinganidan keyin qolgan materiallardan (singan g‘ishtlar, koshinlar, shiferlar va b.) qurilishda foydalanib bo‘lmasagina boshqa joyga ko‘chiriladigan imoratni tiklash yoki shikastlangan imoratni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan materiallarga qilingan xarajatlar hisob-kitobga kiritiladi. 41. Vayron bo‘lgan yoki shikastlangan imoratlar uchun sug‘urta qoplamasi miqdori imoratning vayron bo‘lganligi (shikastlanganligi) haqidagi dalolatnomada keltirilgan ma’lumotlar asosida, zarur hollarda (zarur hollarda deyilganda sug‘urta hodisasining vaqti, joyi, sababini va u yetkazgan zarar miqdorini hamda sug‘urta hodisasi yuz berishida aybdor shaxslarni vakolatli idoralarning tekshiruvisiz aniqlab bo‘lmaydigan hollar tushuniladi) tegishli vakolatli idoralardan olingan hujjatlarni inobatga olgan holda davlat sug‘urta muassasasi boshlig‘i, bosh mutaxassisi (mutaxassisi) tomonidan aniqlanadi. 42. Davlat sug‘urta muassasasi xo‘jalikdagi mavjud imoratlar borligini tekshirishi, ularni 110-shaklli dalolatnomada sxema tarzida chizib, tashqi o‘lchamlarini ko‘rsatishi, vayron bo‘lgan yoki shikastlangan imoratning sug‘urta pulini aniqlashi shart. 43. Imoratlarning majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi quyidagi miqdorlarda hisoblanadi: imorat vayron bo‘lganda — uning majburiy sug‘urta uchun belgilangan sug‘urta puli miqdorida; bunda imoratning qurilishga yaroqli qoldiqlari qiymati chiqarib tashlanadi va imorat qiymatining pasayganlik darajasi hisobga olinadi; sug‘urta qoplamasi imoratni saqlab qolish va uning qoldiqlarini tartibga keltirish xarajatlari miqdorida, ammo sug‘urta puli doirasida oshiriladi; imorat shikastlanganda — imoratni ta’mirlash (tiklash) qiymati miqdorida; imoratni saqlab qolish, uni va qurilishga yaroqli qoldiqlarini tartibga keltirish xarajatlari ham qo‘shiladi. 44. Ixtiyoriy tartibda sug‘urtalangan imoratlar vayron bo‘lganda yoki shikastlanganda imoratning majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta qoplamasi ixtiyoriy sug‘urtaga doir sug‘urta pulining necha foizini tashkil etsa, sug‘urta shartnomasida kelishilgan sug‘urta pulining shuncha foizi miqdorida sug‘urta qoplamasi hisoblanadi. 45. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha xo‘jalikdagi hamma imoratlar ularning 100 foiz qiymatidan (narxidan) kamroq umumiy sug‘urta puliga sug‘urtalangan taqdirda bunday imoratning har biri sug‘urta guvohnomasida ko‘rsatilgan umumiy sug‘urta puli necha foizni tashkil etsa, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha uning eng yuqori sug‘urta pulining shuncha foizi miqdorida sug‘urtalangan hisoblanadi. 46. Agar tekshiruv natijasi imoratlarning majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta puli yanglishib ortiq yoki kam belgilanganligi aniqlansa, u holda majburiy sug‘urtaga doir sug‘urta qoplamasi mazkur tekshiruv natijasida aniqlashtirilgan sug‘urta pulidan kelib chiqib hisoblanadi. 47. Majburiy va ixtiyoriy sug‘urtaga doir sug‘urta qoplamasini davlat sug‘urta muassasasi mustaqil ravishda to‘laydi. 48. Sug‘urta qoplamasi davlat sug‘urta muassasasi imoratning vayron bo‘lganligi yoki shikastlanganligi haqidagi arizani olgan kundan boshlab kechi bilan 72 soat ichida to‘lanadi. Sug‘urta muassasasi xodimlarining aybi bilan to‘lashda kechiktirilgan har bir kun uchun, hisoblangan sug‘urta qoplamasining 0,1 foizi miqdorida jarima (penya) to‘lanadi. Agar mazkur ish bo‘yicha tekshiruv olib borilayotganligi tufayli sug‘urta qoplamasini belgilangan muddatida to‘lashning imkoni bo‘lmasa, sug‘urta qoplamasi to‘lash yoki to‘lamaslik masalasi davlat sug‘urta muassasasi tergov idoralaridan ushbu ishni tugatish yoki ma’lum vaqtga to‘xtatib qo‘yish haqidagi qarorni olgandan so‘ng, ish xalq sudiga oshirilgan taqdirda esa sud hukmini (ajrimini) olgandan keyin uch kun mobaynida hal etiladi. Sug‘urta qoplamasi to‘lash rad etilganda davlat sug‘urta muassasasi sug‘urtalanuvchiga bu haqda ushbu bandda ko‘zda tutilgan muddatda xabar berishga majbur. 49. Imoratlar qaysi tuman yoki shaharda joylashgan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasini o‘sha tuman (shahar) davlat sug‘urta muassasasi to‘laydi. Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta qoplamasi bir vaqtda to‘lanadi. Davlat sug‘urta muassasasining bosh hisobchisi sug‘urta qoplamasi to‘languncha qadar to‘lashga doir hamma hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirishi shart. Bergan tashkilotning muhri yoki tegishli imzolar bo‘lmagan dalolatnomalar, hisob-kitoblar, ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni to‘lash uchun qabul qilish man etiladi. Sug‘urta qoplamasi to‘langandan keyin hamma hujjatlarga “To‘langan” yozuvli shtamp bosiladi. 50. Sug‘urtalanuvchining xohishiga qarab sug‘urta qoplamasi oluvchining nomi yozilgan chek bo‘yicha davlat banki muassasasi tomonidan to‘lanadi yoki jamg‘arma bankiga o‘tkaziladi yoxud sug‘urtalanuvchi hisobidan pochta orqali unga yuboriladi. 51. Ziyon yetkazgan shaxsdan (yoki ziyon yetkazilishiga javobgar shaxsdan) zarar uchun to‘liq tovon olgan sug‘urtalanuvchi sug‘urta qoplamasi olish huquqini yo‘qotadi. Agar zarar qisman qoplangan bo‘lsa, u holda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi u ziyon yetkazgan shaxsdan olgan tovon miqdorida kam to‘lanadi. 52. Davlat sug‘urta tashkiloti sug‘urta qoplamasini qancha to‘lagan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasini olgan sug‘urtalanuvchining yoki o‘zga shaxsning sug‘urtalangan imoratlari vayron bo‘lishi yoki shikastlanishida aybdor shaxsdan talab qilish huquqi shu qoplama doirasida sug‘urta tashkilotiga o‘tadi. Mazkur talab (da’vo): sug‘urtalanuvchining oila a’zosiga; ushbu sug‘urta hodisasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasini olgan boshqa sug‘urtalanuvchiga qo‘yilmaydi. 53. To‘lanadigan sug‘urta pulidan quyidagilar ushlab qolinadi; a) majburiy sug‘urta bo‘yicha — sug‘urta badallari bo‘yicha boqimanda, jarima (penya) va yaqin o‘rtada to‘lanmagan badal, shuningdek, tekshiruv natijasida sug‘urta hujjatlarida sug‘urta puli noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi tufayli imorat uchun sug‘urta qoplamasi aniqlashtirilgan sug‘urta pulidan kelib chiqib hisoblanganligi va to‘langanligi aniqlanganda qo‘shimcha hisoblangan badal; b) ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha — sug‘urtalanuvchiga yangi shartnoma tuzish (tiklash) uchun berilgan, lekin hali shartnoma tuzilmagan imtiyozli bir oy muddat mobaynida vayron bo‘lgan yoki shikastlangan imoratlar uchun badallar. Davlat sug‘urta muassasasi qishloqdagi vayron bo‘lgan yoki shikastlangan imoratlar uchun to‘lanadigan sug‘urta qoplamasidan boqimanda, jarima (penya) va navbatdagi badal ushlab qolinganligi haqida qishloq (ovul) fuqarolari yig‘iniga ma’lum qilishga majbur. Bundan tashqari, imoratlarning ixtiyoriy sug‘urtasiga doir sug‘urta qoplamasi sug‘urta guvohnomasida ko‘rsatilganidan kam sug‘urta pulidan kelib chiqib hisoblangan bo‘lsa, u holda sug‘urta badallari yangi belgilangan sug‘urta puliga moslab o‘zgartiriladi, ortiqcha olingan badallar esa sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasini to‘lash bilan bir vaqtda qaytarib beriladi. Imoratlarning majburiy sug‘urtasiga doir badallarni qayta hisoblash, ushlab qolish yoki qaytarib berish ko‘pi bilan ikki yil uchun (xatoni aniqlangan yil hisobga olinmaydi), ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha esa bir yil uchun amalga oshiriladi. 54. Sug‘urtalangan hayvonlar kasalliklar, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar natijasida nobud bo‘lganda va o‘g‘irlab ketilganda sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. Quyidagi hollarda ham sug‘urta qoplamasi to‘lanadi: hayvon baxtsiz hodisaga uchrab, o‘lishi muqarrarligi tufayli majburan so‘yilganda; epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari o‘tkazilayotganligi yoki hayvon tuzalmaydigan kasallik bilan og‘rishi natijasida bundan keyin undan foydalanish mumkin emasligi sababli veterinariya xizmati mutaxassisining farmoyishi bilan majburan so‘yilganda yoxud yo‘q qilinganda. 55. Sug‘urtalangan hayvon nobud bo‘lgan o‘g‘irlab ketilgan, majburan so‘yilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda sug‘urtalanuvchining o‘zi, u yo‘qligiga esa balog‘atga yetgan oila a’zosi 24 soat mobaynida bu haqda sug‘urta tashkilotiga, ayrim hollarda esa (boriladigan joy uzoqligi sababli) Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘iniga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Hayvonning nobud bo‘lganligi haqida xabar berish muddatining oxiri dam olish (bayram) kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, dam olish (bayram) kunidan keyingi birinchi ish kuni xabar berish muddatining oxirgi kuni bo‘lib hisoblanadi. 56. Sug‘urtalangan hayvonlarning nobud bo‘lganligi, o‘g‘irlab ketilganligi haqida 22-shaklli dalolatnoma (1-ilova) tuziladi. Dalolatnoma sug‘urtalangan hayvonlar nobud bo‘lganligi haqida ariza olingan kundan so‘ng 24 soat mobaynida davlat sug‘urta tashkilotlarining xodimlari, ayrim hollarda esa (boriladigan joy uzoqligi sababli) Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining vakillari tomonidan tuziladi. Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining vakillari tomonidan tuzilgan dalolatnoma tezda sug‘urta tashkilotiga jo‘natilishi shart. Dalolatnoma sug‘urtalanuvchining o‘zi, u yo‘qligida esa balog‘atga yetgan oila a’zosi yoki vakolatli shaxs ishtirokida tuzilishi shart. Dalolatnoma uni tuzishda qatnashgan shaxslar tomonidan imzolanadi va sug‘urta tashkilotining yoki Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining muhri bilan tasdiqlanadi. Agar dalolatnomada tuzatishlar qilingan bo‘lsa, ular izohlangan va dalolatnomani tuzgan shaxslarning imzolari hamda muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Dalolatnoma nobud bo‘lgan hayvonni ko‘zdan kechirish asosida tuziladi. Bunda hayvon nobud bo‘lgan shart-sharoit aniqlanadi. Agar hayvonlar kimningdir (muayyan shaxs yoki tashkilotning) aybi bilan nobud bo‘lgan, majburan so‘yilgan yoki yo‘q qilingan bo‘lsa, u holda dalolatnomada aybdor shaxsning ismi, ota ismi, familiyasi va yashash joyi yoki tashkilotning nomi hamda manzilgohi, shuningdek aybi ko‘rsatiladi. Sug‘urtalangan hayvonlar majburan so‘yilgan yoki yo‘q qilingan taqdirdagina sug‘urta dalolatnomalarida veterinariya xizmati mutaxassislarining xulosalari bo‘lishi talab etiladi. 57. Xo‘jalikda bir turdagi hayvonlardan bir yo‘la bir nechtasi nobud bo‘lganda bitta dalolatnoma tuziladi. Bu holda, nobud bo‘lgan hayvonlar soni dalolatnomada yozuv bilan ko‘rsatiladi. 58. Hayvonlar sug‘urtalanuvchining xo‘jaligi joylashgan qishloq (ovul) dan uzoqda, boshqa hududda nobud bo‘lgan hollarda dalolatnoma hududida hayvonlar nobud bo‘lgan Qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inining vakili tomonidan tuziladi. Bu holda dalolatnoma va unga taalluqli boshqa hujjatlar tezda davlat sug‘urta tashkilotiga yuborilishi kerak. 59. Sug‘urta tashkilotiga kelgan dalolatnomalar va uning o‘zi tuzgan dalolatnomalar o‘sha kuniyoq 114-a shaklli daftarda (2-ilova) qayd qilib qo‘yilishi lozim. Dalolatnoma qayd etilgandan so‘ng sug‘urta tashkilotining boshlig‘i uning to‘g‘ri tuzilganini, hamma savollarga aniq va to‘liq javob berilganini tekshirishi shart. Agar dalolatnomada keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lsa, sug‘urta tashkilotlari uning to‘g‘ri va asosli ravishda tuzilganini tekshirishi zarur. 60. Sug‘urta tashkilotining vakili hayvonlarning nobud bo‘lganligi haqida dalolatnoma tuzishda qatnashadigan shaxslarga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berishi, bu ishning o‘tkazilishini nazorat qilib turishi va qishloq (ovul) fuqarolari yig‘inini toza dalolatnoma qog‘ozlari bilan ta’minlashi shart. 61. Majburiy sug‘urta olingan hayvonlar nobud bo‘lgan, yo‘q qilingan taqdirda sug‘urta qoplamasi hayvonlarning ushbu turi va yoki guruhi uchun belgilangan sug‘urta puli miqdorida to‘lanadi. Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalangan hayvonlar nobud bo‘lganda, o‘g‘irlab ketilganda yoki yo‘q qilinganda sug‘urta qoplamasi majburiy sug‘urta bo‘yicha belgilangan sug‘urta puli haqida ixtiyoriy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta puli miqdorida to‘lanadi. 62. Hayvon nobud bo‘lgan kunda sug‘urtalanuvchida mavjud bo‘lgan shu turdagi, jinsdagi, yoshdagi va rang-tusdagi hayvonlar soni sug‘urtalanganidan ko‘p bo‘lsa va aynan qaysi hayvon sug‘urtalanganini aniqlab bo‘lmasa, ixtiyoriy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta puli hayvon nobud bo‘lgan kunda sug‘urtalanuvchida bor bo‘lgan ana shunday hayvonlarning haqiqiy soniga bo‘linadi. Bunda bitta hayvonga necha so‘m to‘g‘ri kelsa, shuncha miqdorda sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. 63. Faqat majburiy sug‘urtaga yoki faqat ixtiyoriy sug‘urtaga olingan hayvonlar majburan so‘yilganda sug‘urta pulining 20 foizi miqdorida sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. Majburiy sug‘urtaga qo‘shimcha ravishda ixtiyoriy sug‘urtalangan hayvonlar majburan so‘yilganda majburiy va ixtiyoriy sug‘urta pulining 20 foizi miqdorida sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. Hayvonlar majburan so‘yilgan hamma hollarda so‘yish uchun veterinariya mutaxassisi tomonidan ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotnoma davlat sug‘urta muassasasiga taqdim etilishi zarur. Sug‘urtalanuvchi shaxs hayvonni majburan so‘yish uchun topshirgan taqdirda u hayvonni qabul qilib olgan tashkilotning ma’lumotnomani yoki sotilgan go‘sht haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Agar hayvonni majburan so‘yishga olib kelgan sabablar tufayli go‘shtini ovqatga ishlatishga mutlaqo yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi harom o‘lgan hayvon uchun to‘lanadi. Go‘shtning ovqatga ishlatishga yaroqsizligini veterinariya xizmatining mutaxassisi “So‘yilgan hayvonlarni ko‘zdan kechirish hamda go‘shtni va go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish qoidalari”ga muvofiq aniqlaydi. 64. Sug‘urtalangan hayvonlar nobud bo‘lganda, majburan so‘yilganda, yo‘q qilinganda sug‘urta qoplamasi 22-shaklli dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlar: hayvonni yorib ko‘rish bayoni, zarur hollarda, veterinariya laboratoriyasining xulosasi, hayvon yo‘q qilinganligi haqida komissiyaning dalolatnomasi, tergov yoki boshqa vakolatli idoralarning ma’lumotlari asosida to‘lanadi. Hayvonlar tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalardan nobud bo‘lganligi ishonchli ma’lumotlardan aniqlangan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi veterinariya idoralarining ma’lumotlarisiz, hayvonlarning nobud bo‘lganligi haqidagi dalolatnomalar asosida to‘lanaveradi. 65. Sug‘urtalangan hayvonlarning nobud bo‘lish sabablari to‘g‘risida mol shifokori (vetfeldsher, vettexnik) bergan xulosaning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilgan taqdirda davlat sug‘urta muassasasi bunday xulosali dalolatnomalarni tekshirish uchun tuman (shahar) ning bosh mol shifokoriga yuborishga majbur. 66. Dalolatnomalarni tuzish, taqdim etish tartibi va muddatlari buzilganligi yoki hayvonlarning nobud bo‘lishi, majburiy so‘yilishi, yo‘q qilinishi sabablari yoxud o‘g‘irlab ketilishi haqida vakolatli idoralar tomonidan berilgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniqlanganda davlat sug‘urta muassasasi bu haqda tuman (shahar) hokimiyatiga xabar qilishi shart. 67. Quyidagi hollarda sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi: — agar hayvonlar sug‘urtalanuvchining yoki balog‘atga yetgan oila a’zosining qasddan qilgan xatti-harakatlari yoki xo‘jasizligi oqibatida nobud bo‘lgan yoki majburan so‘yilgan bo‘lsa; — agar hayvonlar veterinariya mutaxassisining yuqumli kasalliklarga qarshi kurash uchun oldini olish tadbirlarini ko‘rish haqidagi ko‘rsatmalari yoki kasal hayvonni so‘yish to‘g‘risidagi farmoyishi sug‘urtalanuvchi yoki uning balog‘atga yetgan oila a’zosi tomonidan ataylab bajarilmaganli sababli harom o‘lgan bo‘lsa; — agar sug‘urtalanuvchi ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi kasalligi oldindan ma’lum bo‘lgan hayvon uchun tuzgan bo‘lsayu, keyinchalik bu hayvon shartnoma tuzilgan paytdagi kasalligi natijasida xarom o‘lgan bo‘lsa. Hatti-harakatlarning qasddan sodir etilganligi, veterinariya ko‘rsatmalari ataylab bajarilmaganligi 22-shaklli dalolatnomadagi ma’lumotlar, veterinariya xizmati, militsiya, yong‘in nazorati va boshqa vakolatli idoralar mutaxassislarining xulosalari asosida aniqlanadi. 68. Agar sug‘urtalanuvchi yoki uning balog‘atga yetgan oila a’zosi, imkoni bo‘lgani holda, sug‘urtalangan hayvon nobud bo‘lgani, o‘g‘irlab ketilgani, majburan so‘yilgani yoki yo‘q qilingani haqida belgilangan tartibda va muddatda xabar qilmaganligi tufayli hayvonning haqiqatan nobud bo‘lganini va buning sababini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta qoplamasi to‘lashni rad etadi. 69. Sug‘urta tashkiloti sug‘urtalangan hayvonlarning nobud bo‘lganligi haqidagi joyida tekshirishni talab qilmaydigan dalolatnomalar bo‘yicha sug‘urta qoplamasi to‘lash yoki to‘lamaslik to‘g‘risida qarorni ular sug‘urta tashkilotiga kelib tushgan kundan boshlab kechi bilan uch kun mobaynida, joyida tekshirishni talab etadigan dalolatnomalar bo‘yicha esa uzog‘i bilan yetti kun ichida qabul qilishi kerak. Qabul qilingan qaror haqida sug‘urtalangan hayvonlarning nobud bo‘lganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd qilish daftarida yozib qo‘yiladi. Sug‘urta qoplamasi to‘lashni rad etilgan taqdirda sug‘urtalanuvchiga bu haqda uch kun mobaynida yozma ravishda xabar beriladi. Davlat sug‘urta muassasasi xodimlarining aybi bilan to‘lashda kechiktirilgan har bir kun uchun sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasining 0,1 foizi miqdorida jarima (penya) to‘lanadi. 70. Sug‘urtalangan hayvonlarning kasalliklardan nobud bo‘lgani, majburan so‘yilgani yoki yo‘q qilingani haqida dalolat beruvchi 22-shaklli sug‘urta dalolatnomalarining soni har oyda veterinariya xizmatining hisobot ma’lumotlari bilan solishtirib tekshiriladi. 71. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta qoplamasini qancha to‘lagan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasini olgan sug‘urtalanuvchining hayvoni nobud bo‘lishida aybdor shaxsdan talab qilish huquqi shu qoplama doirasida sug‘urta tashkilotiga o‘tadi. 72. Hayvonlarning majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta qoplamasidan sug‘urta badallari bo‘yicha boqimanda jarima (penya) va navbatdagi badal ushlab qolinadi. Hayvonlarning ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta qoplamasidan hech narsa ushlab qolinmaydi, lekin yangi shartnoma tuzish uchun beriladigan imtiyozli bir oy muhlat ichida nobud bo‘lgan hayvon uchun ushlab qolinadigan sug‘urta badali bundan mustasnodir. Agar sug‘urtalanuvchi uchun o‘g‘irlab ketilgan hayvoni uchun sug‘urta qoplamasi olganidan keyin u topilib, egasiga qaytarilsa sug‘urtalanuvchi olgan pulni uch oy mobaynida sug‘urta tashkilotining hisobiga qaytarishi shart. 73. Sug‘urtalanuvchilarning ariza va shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. 74. Shikoyatlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan belgilangan da’vo muddati ichida yuqori turuvchi sug‘urta tashkilotiga yoki xalq sudiga shikoyat arizasi berish mumkin. 75. Ariza berilishi bilan sug‘urta badallarini undirish to‘xtatib qo‘yilmaydi. Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan tashkilot to‘lanishi kerak bo‘lgan pulni undirishni shikoyat hal etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Mazkur Yo‘riqnoma 1994-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi, shu kundan boshlab quyidagilar kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: — SSSR Moliya Ministrligining 1982-yil 22-yanvardagi “fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha hisobga olish, badallarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 11-son yo‘riqnomasi; — SSSR Moliya Ministrligining 1977-yil 31-avgustdagi “Qishloqlardagi fuqarolarga karashli imoratlarni majburiy sug‘urtaga olish maqsadida baholash tartibi to‘g‘risida”gi 70-son yo‘riqnomasi; — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1992-yil 1-apreldagi “Fuqarolarga qarashli imoratlar sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasini aniqlash va to‘lash yuzasidan” 19 son yo‘riqnomasi; — SSSR Moliya Ministrligining 1982-yil 6-iyunidagi “Fuqarolarga qarashli hayvonlar sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasini aniqlash va to‘lash yuzasidan” 88-son yo‘riqnomasi.
124
41,423
Qonunchilik
“KREDIT AXBOROTI ALMAShINUVI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek kredit axboroti almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, kredit bitimlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni kamaytirish, tijorat banklari va bank bo‘lmagan kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tezkorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklarining Banklararo kredit byurosi negizida “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish, uning tarkibiga ilovaga* muvofiq muassislarni jalb etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin: kredit axborotlari subyektlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tarixlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va axborotni tahlil qilish; kredit axboroti subyektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reytingini baholash tizimini shakllantirish; kredit axborotidan foydalanuvchilarga, shuningdek kredit axborotlari subyektlarining o‘ziga ularning so‘rovlari bo‘yicha kredit axborotlari subyektlarining kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish; kredit axboroti subyektlarining to‘lovga qodirligini, kreditga layoqatini va to‘lov intizomini baholashda kredit axborotidan foydalanuvchilarga ko‘maklashish maqsadida ularga maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga: kredit axboroti subyektlarining kredit bitimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish; kredit axborotining davlat reyestrini yuritish; kredit byurolarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladigan kredit axboroti ma’lumotlar bazasini jamlash; kredit axborotining ma’lumotlar bazasini yangidan tashkil etilgan kredit byurolariga berish yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurolari hamda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlar o‘rtasida axborotning aylanishi va berilishi tartibini, shuningdek kredit byurolari va kredit axborotidan foydalanuvchilar o‘rtasida kredit axboroti almashinuvi tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash; “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya berilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentining kredit axboroti ma’lumotlar bazasi berilishini ta’minlash; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlarning mutaxassislari uchun seminarlar va treninglar tashkil etish va o‘tkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya qilinsin. 5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida” 2011-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-301-son Qonuni normalari keng yoritilishini ta’minlasinlar. 7. Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-apreldagi 197-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
122
4,052
Qonunchilik
MEVA-SABZAVOTChILIK VA UZUMChILIK SOHASIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
1. Quyidagilar mamlakatda meva-sabzavot mahsuloti va uzum yetishtirish va uni kompleks qayta ishlashni rivojlantirish, uning samaradorligi va sifatini yanada oshirish, shuningdek, zarur eksport bazasini yaratishning eng muhim shartlari deb hisoblansin: a) tarmoqqa bozor iqtisodiyoti tamoyillari va normalarini hamda shartnoma munosabatlarini keng joriy etish, meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish; b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, o‘z mehnati natijalari, yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligini kengaytirish, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligini oshirish; v) fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik texnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish; g) tugatilayotgan shirkatlar hududida zarur ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab chiqarish va sotish punktlari barpo etish. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda: a) meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkatlarining ekin maydonlarida tashkil etiladigan fermer xo‘jaliklari maxsus komissiyalar tomonidan ochiq va oshkora tanlovlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning natijalariga ko‘ra boshqa teng shartlar bo‘lgani holda, mazkur uchastkada oilaviy pudrat asosida ishlagan shirkat a’zolariga g‘oliblik huquqi beriladi; b) bog‘ va uzumzorlar fermerlarga kimoshdi savdolari orqali sotiladi, savdolarda mazkur sohada muayyan ish staji va malakalariga ega bo‘lgan da’vogarlarning ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yiladi; v) bog‘ va uzumzorlar joylashgan yer maydonlari kimoshdi savdosi g‘oliblariga hadya qilish, sotish, garovga berish, ayirboshlash va subarendaga topshirish huquqini bermagan holda uzoq muddatli ijaraga topshiriladi; g) bog‘ va uzumzorlarni kimoshdi savdosida sotishdan tushadigan mablag‘lar eng avvalo tugatilayotgan shirkatning kreditorlik qarzini uzishga yo‘naltiriladi, mablag‘larning qolgan qismi shirkat paychilari o‘rtasida ularning paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 3. Belgilab qo‘yilsinki: a) tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etilgan fermer xo‘jaliklari o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan to‘la qoplash tamoyillari asosida amalga oshiradi; b) fermer tomonidan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan, yer resurslaridan maqsadga nomuvofiq va noratsional foydalangan, shuningdek yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi talablarini bajarmagan taqdirda shartnoma belgilangan tartibda sud orqali muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin; v) fermer xo‘jaligida xodimlar, jumladan xo‘jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo‘li bilan tartibga solinadi; g) meva-sabzavotchilik va uzumchilik fermer xo‘jaliklarining qayta ishlash korxonalari va xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar bilan o‘zaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK, xo‘jalik yurituvchi subyektlar agrosanoat firmalarini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilsinlar: a) agrofirmalar fermer xo‘jaliklari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi, ayni chog‘da muassislar tarkibiga fermerlar bilan bir qatorda barqaror xo‘jalik aloqalari va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan, shuningdek, yaqin hududda joylashgan meva-sabzavot va uzumchilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar kirishi mumkin; b) agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar shaklida tashkil qilinishi mumkin; v) fermer xo‘jaliklarining agrofirma tarkibiga kirgan qayta ishlovchi va boshqa korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi, ularda tomonlarning huquq va majburiyatlari, jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foiziga avans berilishini va keyin uning xarid qilinishini ta’minlash aniq belgilab qo‘yiladi; g) agrofirma muassislari — fermer xo‘jaliklari shartnomadan tashqari yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini o‘z xohishiga qarab ichki bozor va eksportga sotadi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (Mirziyoyev) manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda bir oy muddatda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalarini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon talablari va qoidalari bajarilishini ta’minlaydigan qaror loyihasi hamda aniq tashkiliy tadbirlarni taqdim etsin. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XKning boshqaruv tuzilmasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilsin, bunda kompaniya spirt, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalarini saqlab qolishi, konserva sanoati korxonalari esa agrofirmalar tarkibida ishtirok etish imkoniyati bilan mustaqil faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilsin. 7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
111
6,249
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “BOShQARUV ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MA’MURIY-BOShQARUV XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 26 NOYABRDAGI 420-SON QARORIGA QISMAN O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining uning tarkibiga “O‘zboshyog‘ochqurilish” boshqarmasi tugatilishi munosabati bilan ilgari “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga berilgan uch korxona — quyosh nuridan saqlash mahsulotlari zavodi, “Yog‘ochsoyuz” aksionerlik jamiyati (sobiq “Toshkent” yog‘ochni qayta ishlash ishlab chiqarish birlashmasi), “Hamidullo” aksionerlik jamiyati (sobiq duradgorlik materiallari zavodi)ni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi, “Toshkent-uyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni ularning 1997-yil 1-yanvardagi balans holati bo‘yicha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsinlar.
231
764
Qonunchilik
RESPUBLIKA PAXTA TOZALASh SANOATINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta tozalash sanoati korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va tarmoqda boshqaruv tizimini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 8. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasining tijorat agenti hisoblanadi. Quyidagilar: “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlari to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq; Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi orqali hisob-kitob qilish sxemasi 9-ilovaga muvofiq ma’qullansin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 3 shtat birligiga ko‘paytirilsin. Jamg‘arma tuzilmasida 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlar lavozimi kiritilsin, ular “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qo‘yilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga avans berish va ular bilan hisob-kitob qilish tartibini o‘n kun muddatda tasdiqlasin; “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qo‘yiladigan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mintaqaviy inspektorlarining bir oy muddatda tayinlanishini ta’minlasin; Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘lari maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, joylarda moliya intizomi buzilishlarini bartaraf etsin, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qat’iy javobgarlikka tortsin. 10. Aksiyadorlik-tijorat “Agrobank” ATB paxta tozalash korxonalari “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning hududiy filiallari depozit va maxsus hisob raqamlari ochilishi va ular bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik yuklansin. Tayyorlov punktlari tomonidan bank hisob raqamlari ochilishi taqiqlansin. Belgilansinki, tayyorlov punktlarining xo‘jalik ehtiyojlarini ta’minlash bilan bog‘liq hisob-kitoblar paxta tozalash korxonalarining depozit hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. 12. Kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bo‘linmasi mustahkamlansin, respublika apparatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyat bo‘linmalarining har birida ular xodimlari soni tegishli ravishda 2 shtat birligiga ko‘paytirilsin. 15. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 3 va 4-ilovalar “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi korxonalariga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. 1. Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filialining kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va paxta tozalash korxonalariga o‘z vaqtida paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, “O‘zpaxtasanoat” AJ Ustaviga va uning hududiy filiali to‘g‘risidagi Nizomga, davlat standartlariga, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlarga, “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning hududiy filialining qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Markaz tarkibiga paxta xomashyosi kontraktatsiyasi shartnomalari bo‘limi, paxta mahsulotlarini sotish shartnomalari (kontraktlari) bo‘limi, paxta xomashyosini xarid qilish va paxta mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bo‘limi hamda bank va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi kiradi. 4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: paxta tozalash korxonalari orqali paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish; paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali Jamg‘armadan olingan mablag‘lar hisobidan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta xomashyosi terimchilariga haq to‘lash; qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari bilan paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish; paxta mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan ular bilan Jamg‘armadan olingan mablag‘larning o‘rni qoplanishini nazarda tutib, o‘zaro hisob-kitob qilgan holda paxta tozalash korxonalari bilan shartnomalar tuzish; xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda Jamg‘armaning paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yo‘naltiriladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish; joriy yil paxta xomashyosi hosilini qayta ishlash natijalari bo‘yicha paxta mahsulotlarining natural balansini tayyorlash; paxta tozalash korxonalarining xatlov dalolatnomalarini paxta xomashyosini qayta ishlash va paxta mahsulotlarini yetkazib berish natijalari bo‘yicha tekshirish, ularni hududiy aksiyadorlik birlashmasi rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda keyinchalik tarmoq bo‘yicha paxta mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berishga doir yig‘ma natural balanslar tayyorlash uchun “O‘zpaxtasanoat” AJ filialiga berish. 5. Zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq Markaz quyidagi funksiyalarni bajaradi: paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va paxta tozalash korxonalari bilan paxta xomashyosi yetishtirish va uni qayta ishlash yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan holda rasmiylashtiradi; paxta tozalash korxonalarining kontraktatsiya shartnomalarini bajarishlarini va ular tomonidan taqdim etiladigan qabul qilingan paxtaning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi. “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning hududiy filiali rahbariyatiga taqdim etish uchun paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bo‘yicha paxta xomashyosini tayyorlashning borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlaydi; paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga topshirilgan paxta xomashyosi, shu jumladan terim uchun, umumiy tayyorlov hajmidan belgilangan miqdorda haq to‘laydi; paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan ularning maxsus hisob raqamlari orqali paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda hisob-kitob qiladi; paxta tozalash korxonalari bilan jo‘natilgan mahsulot uchun, Jamg‘arma mablag‘larining o‘rni qoplanishini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitob qiladi; tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi va viloyat statistika organiga taqdim etadi; tuzilgan shartnomalar va berilgan naryad-topshiriqnomalarga muvofiq jo‘natilgan paxta mahsulotlari uchun kelgan hisobvaraqlarni paxta tozalash korxonalari, yukni oluvchilar va to‘lovchilar bo‘yicha hujjatlarning butligini, to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirilganligini tekshirib hamda yuk jo‘natish hujjatlarini nazoratga olib ro‘yxatdan o‘tkazadi; paxta tozalash korxonalaridan kelgan hisobvaraqlar asosida idoralar va alohida tashkilotlar bo‘yicha tezkor axborotlar tayyorlaydi; berilgan hisobvaraqlar asosida paxta tozalash korxonalari bo‘yicha kontraktlar, buyurtmachilar, jo‘natilgan yuk hajmi, mahsulot turlari (assortimenti)ni ko‘rsatgan holda hisobot yuritadi; kontraktlar va iste’molchilar bo‘yicha pul mablag‘larining kelib tushishi, ularning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblari ustidan nazorat qiladi va solishtiruv dalolatnomalarini tuzadi; “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish yakunida buyurtmachilar bilan kontraktlar va shartnomalarni yopish dalolatnomalarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi; tariflar, turdosh korxonalar va tashkilotlar xizmatlari narxlarining o‘zgarishi, da’vo talabnomalari va iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqish natijalarini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi; qabul qilingan paxta xomashyosining konditsion vazni, uning qiymati to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligini, shuningdek paxta mahsuloti iste’molchilarga to‘g‘ri jo‘natilganligini tekshiradi; iqtisodiy nizolar va da’vo talabnomalari bo‘yicha iqtisodiy sudlarga hujjatlar tayyorlaydi; paxta tozalash korxonalari bo‘yicha xomashyo va paxta mahsulotlari balansining tayyorlanishini ta’minlaydi; paxta mahsulotlarini “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga yetkazib berish yuzasidan buyurtmachilar bilan xo‘jalik shartnomalarini rasmiylashtiradi; iste’molchilarga paxta mahsulotlarini davlat resurslaridan yetkazib berish yuzasidan paxta tozalash korxonalari bilan, shuningdek paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘z resurslaridan mahsulot sotganda — ular bilan xo‘jalik shartnomalari tuzadi; paxta tozalash korxonalari uchun “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga paxta mahsulotlarini jo‘natishga doir naryad — topshiriqnomalarni bildirishnomalari va buyurtmachilarning jo‘natish rekvizitlariga qat’iy rioya etgan holda rasmiylashtiradi; paxta tozalash korxonalarining “O‘zpaxtaeksport” AJga va respublikadagi iste’molchilarga paxta mahsulotlarini yetkazib berish kontraktlari va shartnomalarini bajarishlari ustidan nazorat qiladi; paxta tozalash korxonalari bo‘yicha ular taqdim etadigan tezkor va statistika ma’lumotlari asosida xomashyo, paxta mahsulotlari resurslarining harakati, uning qoldiqlariga doir qat’iy hisobot yuritadi; paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalarini moliyaviy ta’minlash hajmlariga oid hisob-kitoblarning Jamg‘armaga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi va tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda Jamg‘armaning paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxtani qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; paxta tozalash korxonalarining xatlov dalolatnomalarini paxta xomashyosini qayta ishlash natijalari bo‘yicha tekshiradi, ularni tasdiqlash uchun “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali rahbariyatiga taqdim etadi hamda xomashyodan foydalanish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini keyinchalik tarmoq bo‘yicha yig‘ma balansga kiritish uchun “O‘zpaxtasanoat” AJga beradi; taqdim etilgan hisob-kitoblar, shartnomalar, xatlar va birlamchi hujjatlarga muvofiq mablag‘larni “Paxta-bank”ning viloyat bo‘limlaridagi hisob-kitob va ssuda hisob raqamlari orqali mablag‘larni mahsulot yetkazib beruvchilarga va boshqa tashkilotlarga o‘tkazadi; paxta tozalash korxonalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida har oyning 1 va 15 sanasidagi holat bo‘yicha tezkor ma’lumotlar beradi; Markaz mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladigan taftish va tekshirishlarda ishtirok etishini ta’minlaydi hamda Markaz, hududiy “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali va uning tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarining faoliyati bilan bog‘liq zarur axborot, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etadi. 6. Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Markaz: belgilangan tartibda paxta tozalash korxonalari, ular tarkibiy bo‘linmalarining paxta xomashyosi tayyorlash, uni qayta ishlash va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan hisob-kitob qilish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish; paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan kontraktatsiya, shuningdek paxta mahsulotlarini sotish shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirish; paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklardan, paxta tozalash korxonalaridan kontraktatsiya shartnomalari, paxta mahsulotlarini yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi, Jamg‘arma mablag‘lari va mahsulot sotishdan tushgan mablag‘lar harakati va ulardan foydalanish bilan bog‘liq axborot, ma’lumotlar, hisobotlarni talab qilish va olish; zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida mazkur Nizom va hududiy “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali to‘g‘risidagi nizomdan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega. 7. Markazga lavozimiga ko‘ra “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali direktorining o‘rinbosari hisoblanadigan va belgilangan tartibda uning buyrug‘i bilan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. 8. Markaz xodimlari lavozimlarga “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining direktori tomonidan Markaz boshlig‘ining tavsiyasi bilan mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar orasidan tayinlanadi. 9. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasining 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlari biriktirib qo‘yiladi. Ular jamg‘armaning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilinishi ustidan kundalik nazorat qiladilar. 10. Markaz kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan qilinadigan hisob-kitobning to‘g‘riligi, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek mazkur Nizomdan va hududiy “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali to‘g‘risidagi nizomdan kelib chiqadigan boshqa vazifalarning bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida javob beradi. 1. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali akkreditiv ochish uchun belgilangan shaklda 2 nusxada ariza to‘ldiradi va “Agrobank” ATBga taqdim etadi. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali topshirig‘iga ko‘ra “Agrobank” ATB tomonidan “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali uchun ochilgan maxsus maqsadli hisob raqamidan paxta tozalash korxonalari foydasiga akkreditiv qo‘yiladi. Akkreditiv summasi urug‘lik, idishlar va o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avansni chegirib tashlagan holda tayyorlanadigan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizini tashkil etadi. Qolgan 20 foizi paxtani qayta ishlash va tolani sotish natijalarini hisobga olgan holda yakuniy hisob-kitob qilishda to‘lanadi. 2. “Agrobank” ATB “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialidan olingan buyurtmanoma asosida qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda “qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari” deb ataladi)dan amalda xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish maqsadida mablag‘ olish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi)ga murojaat qiladi, bunda urug‘lik, idishlar va o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avans chegirib tashlanadi. 3. Jamg‘arma, kutilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili hajmidan kelib chiqib, “Agrobank” ATB hamda “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiali bilan tuzilgan Bosh bitim asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan amalda xarid qilingan paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish maqsadida (urug‘lik, idishlar va o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avans chegirgan holda) maqsadli mablag‘lar ajratadi. Jamg‘armaning to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasining hisob-kitob kassalari markazi maqsadli mablag‘larni, keyinchalik “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining maxsus maqsadli hisob raqamiga yo‘naltirish maqsadida “Agrobank” ATBka 29801-son “Mijozlar bilan hisob-kitob qilish” hisob raqamiga o‘tkazadi. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlariga akkreditivlar ochish uchun yo‘naltiradi. 4. “Agrobank” ATB arizaning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida ijro etuvchi bank (“O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali banki)ni elektron tizimi orqali xabardor qiladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi ko‘zda tutilmagan vaziyatlar uchun mo‘ljallangan balansdan tashqari 90909-son “Chiqarilgan akkreditivlar” hisob raqamiga kirim qilinadi. “Agrobank” ATB filiali akkreditiv summasini qoplash mablag‘larini elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha ijro etuvchi bankka o‘tkazadi, keyinchalik mazkur mablag‘lar “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining 22602-son “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” akkreditiv hisob raqamiga yozib qo‘yiladi. Ijro etuvchi bankda akkreditivga oid elektron ariza ikki nusxada ochib chiqariladi, uning bir nusxasi bankning kundalik hujjatlariga tikib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” 1-son kartotekaga qo‘yiladi. So‘ngra ijro etuvchi bank “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialini uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali akkreditiv shartlarini shartnoma shartlari bilan solishtiradi va uning foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bank bildirishnomasini olgan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida akkreditiv shartlarini qabul qilishga roziligi yoki rozi bo‘lmaganligini yozma shaklda ma’lum qiladi. Akkreditivni qabul qilish rad etilgan taqdirda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali shartnomaga muvofiq akkreditiv shartlariga o‘zgartirishlar kiritishni yoki mazkur akkreditivni bekor qilishni talab qiladi. Hech qanday javob bo‘lmagan taqdirda akkreditiv qabul qilingan hisoblanadi. 5. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan o‘zining “transfer”, ya’ni chaqirib olinmaydigan ochiq hujjatlashtirilgan akkreditivni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga mablag‘lar ta’minotisiz o‘tkazib qayta avizo qilish huquqidan foydalanadi. Ushbu maqsadda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali akkreditiv shartlarini butun summa yoki uning bir qismi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga qayta avizo qilish uchun ijro etuvchi bankka yozma ko‘rsatma beradi. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining topshiriq xatida akkreditivni (to‘liq yoki qisman) bankning muayyan muassasasiga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va korxonani hujjatlar qabul qilinganligi va jo‘natilganligi, shuningdek bank muassasasini akkreditiv shartlari o‘zgartirilganligi to‘g‘risida xabardor qilish tartibi haqida ko‘rsatma bo‘lishi kerak. “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialining akkreditiv shartlarini paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqami orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga berish to‘g‘risidagi topshirig‘iga ko‘ra ijro etuvchi bank akkreditivni o‘tkazish to‘g‘risida bildirishnomani rasmiylashtiradi. Akkreditivlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining bank muassasasiga (avizo qiluvchi bankka) bajarish uchun berishda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiali ularni o‘z hisobida qoldiradi. Tegishli ravishda, “Agrobank” ATB akkreditivning bajarish uchun berilganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Har bir o‘tkazilgan akkreditiv bo‘yicha batafsil hisob yuritiladi. Avizo qiluvchi bank qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bildirishnoma olgach, uni balansdan tashqari 90961-son (“Xabar qilingan akkreditivlar”) hisob raqamida hisobga oladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi, akkreditivni olgach, akkreditiv shartlarini tekshiradi; akkreditiv shartlari kontraktatsiya shartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda o‘z roziligi to‘g‘risida avizo qiluvchi bankka o‘z foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bank bildirishnomasi olingan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida xabar beradi. Akkreditivga barcha o‘zgartirishlar faqat “Agrobank” ATB tomonidan akkreditivning asl nusxasi paxta tozalash zavodiga avizo qilingan usulda “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filialidan yozma shaklda olingan yo‘riqnoma asosida kiritiladi. O‘zgartirish “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining yozma shakldagi roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Zarurat bo‘lganda o‘zgartirishlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisiga avizo qilingan akkreditivga ham kiritilishi mumkin. Har qanday o‘zgartirish uning akseptiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining roziligi mavjud bo‘lganda qabul qilingan hisoblanadi. 6. Mablag‘larni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish ular tomonidan ijro etuvchi bankka akkreditiv shartlarining bajarilganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi: Paxta va paxta mahsuloti kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazining boshlig‘i, “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali, paxta tozalash zavodi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tomonidan imzolangan, har 5 kun bo‘yicha kontraktning bajarilishiga oid solishtirish dalolatnomasi; paxta bo‘yicha PK-17 qabul qilish-topshirish kvitansiyalari. Ijro etuvchi hujjatlar bankka qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi yoki unga xizmat ko‘rsatuvchi bankning pullarni oluvchining rekvizitlari ko‘rsatilgan xati bilan yuboriladi. 7. Ijro etuvchi bank to‘lash uchun taqdim etilgan hujjatlarning Tekshirish varaqasi bo‘yicha akkreditiv shartlariga muvofiqligini puxta tekshiradi va mahsulotlar belgilangan tartibda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin 7 bank kuni mobaynida ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan summani amaldagi akkreditivning depozit hisob raqamidan hisobdan chiqaradi, so‘ngra mablag‘larni paxta xomashyosi uchun ilgari olingan urug‘lik chigit, idishlar, o‘rash materiallari tarzidagi naturadagi avansni ushlab qolgan holda, amalda yetkazib berilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizi miqdorida hamda olingan va sotilgan tolani hisobga olgan holda yakuniy hisob-kitob uchun 20 foizi miqdorida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining hisob raqamiga o‘tkazadi. 8. Maxsus maqsadli hisob raqamlari orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga kelib tushgan mablag‘lardan Markaziy bank bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq mehnatga haq to‘lash hamda uning bilan bog‘liq to‘lovlar, kechiktirib bo‘lmaydigan to‘lovlar, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi va unga moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi korxonalar va tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladi. 9. Mablag‘lar to‘langandan keyin ijro etuvchi bank ilova xati tayyorlaydi va paxta tozalash korxonasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi va ijro etuvchi bank tomonidan imzolangan uch tomonlama tuzilgan solishtirish dalolatnomasini amalga oshirilgan to‘lov tasdiqnomasi bilan “Agrobank” ATBka jo‘natadi. “Agrobank” ATB filiali hujjatlarni olgach summani hisobdan chiqaradi va hujjatlarni to‘lov summasi va sanasini ko‘rsatgan holda “O‘zpaxtasanoat” AJ filialiga beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining bankidagi akkreditiv quyidagi hollarda yopiladi: a) akkreditiv muddati tugaganda. Ijro etuvchi bank “Agrobank” ATBni akkreditiv yopilishi to‘g‘risida xabardor qiladi; b) agar akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining bundan buyon akkreditivdan uning belgilangan muddati tugamasdan foydalanishdan voz kechishi to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra. Bunda “Agrobank” ATBka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi. Foydalanilmagan summa “Agrobank” ATBning mablag‘lar deponent qilingan hisob raqamiga yoki kreditni qoplash hisobiga o‘tkaziladi; v) “O‘zpaxtasanoat” AJ filiali va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, akkreditivni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ikki tomonlama roziligiga ko‘ra akkreditiv ijro etuvchi bankdan xabar olingan kuni yopiladi yoki “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602-son balans hisob raqamidagi qoldiq summadan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi. Akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida “Agrobank” ATBga bildirishnoma yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hisob-kitoblarning barcha bosqichlarida “O‘zpaxtasanoat” AJ filiallarining Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazlaridagi o‘z mintaqaviy inspektorlari orqali “Agrobank” ATB bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larining harakati hamda paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning amalga oshirishi ustidan kundalik nazoratni olib boradi. “Agrobank” ATB paxta tozalash korxonalari va “O‘zpaxtasanoat” AJ filiallarining depozit va maxsus hisob raqamlarining ochilishi hamda operatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
85
26,988
Qonunchilik
2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar milliy davlatchilikni qaror toptirish, xavfsizlik, huquq-tartibot, suverenitetni va davlat chegaralari daxlsizligini, qonun ustuvorligini ta’minlash uchun mustahkam asos yaratdi, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimini joriy etishga, fuqarolarning hayoti faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratishga ko‘maklashdi. Xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, shuningdek, xavfsizlikning turli sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston atrofida mintaqada barqarorlik hamda yaqin qo‘shnichilikni saqlash prinsiplariga asoslangan xavfsizlik poyasini tashkil qilish, xorijda mamlakatning ijobiy nufuzini yanada mustahkamlash, kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarning to‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Milliy harakatlar rejasi deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq; 2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish doirasida asosiy vazifalar etib belgilansin: yadro, kimyoviy va biologik qurol-yarog‘ hamda uni yetkazib berish vositalarini noqonuniy ko‘chirish va tarqatishning oldini olish; vakolatli davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish; eksport nazoratidagi tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqa vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish. 3. Belgilansinki: qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil qilish, shuningdek, Milliy harakatlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklanadi; Milliy harakatlar rejasi xalqaro tashkilotlar, sherik mamlakatlar yoki donorlar tomonidan beriladigan mablag‘lar, shuningdek, Milliy harakatlar rejasi doirasida jalb etilgan tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Milliy harakatlar rejasini tegishli xalqaro tashkilotlarga o‘n kun muddatda, belgilangan tartibda yuborsin. 5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini muntazam yoritishni tashkil etsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.V. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
214
3,535
Qonunchilik
“Islom Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan shahri, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-391-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga binoan 2018-yil 12-iyulda kiritilgan “Islom Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan shahri, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-391-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
193
455
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’at a’zolarining soni va yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga oid tashkiliy choralar to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi hay’ati a’zolarining soni 9 (to‘qqiz) kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlansin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi hay’at a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2010-yil 12-avgustdagi 176-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashki ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
121
1,075
Qonunchilik
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish: yangi qoidalar
Prezidentning 12.12.2018 yildagi “Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan. 2019 yil 1 yanvardan mahsulotlarni sertifikatlashtirishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Bu jarayon sezilarli ravishda soddalashtiriladi, хususan: birinchidan, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan iхtisoslashgan va qishloq хoʻjaligi teхnikasi, teхnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat хomashyo, materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinadi. Biroq bunda: ikkinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan oʻlchash vositalariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda bojхona hujjatlarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Uni bojхona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 2 oy davomida olish mumkin boʻladi; uchinchidan, oʻz ehtiyojlari uchun teхnologik jarayonlarda foydalaniladigan import boʻyicha olib kiriladigan oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyalash (turini tasdiqlash) soddalashtirilgan tartibda, 1 kun muddatda tan olish tartibotlari yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun Milliy oʻlchash etalonlari va milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi kelishuvni (CIPM MRA) imzolagan mamlakatlarning Milliy metrologiya organlari tomonidan rasmiylashtirilgan amaldagi kalibrlash (yoki tekshirish) sertifikatlari taqdim etish zarur. Bu – muhim! Bayon etilgan tartibni qoʻllash shartlaridan biri – bojхona organlariga (shu jumladan, uchinchi shaхslar tomonidan) tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari olib kirilayotgan tovarlar maqsadli ishlatilishi va bojхona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 2 oy davomida oʻlchash vositalarini sertifikatlashtirish amalga oshirilishi toʻgʻrisida kafolat хati taqdim etilishi. Tovarlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat DSQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalardan foydalanadigan tadbirkorlik sub’yektlariga ular tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash huquqi berildi. Bundan tashqari, 2019 yil 1 yanvardan: Vazirlar Mahkamasi sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya vaziyati nomaqbul boʻlgan davlatlarning roʻyхatini tasdiqlaydi. Roʻyхat muntazam yangilanadi. Roʻyхatga kiruvchi mamlakatlardan sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mahsulotlarning olib kirilishi taqiqlanadi. Shuningdek, kelajakda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun buzilishi (1.04.2019 yilga qadar qonun loyihasini kiritish topshirildi) uchun javobgarlikning kuchaytirilishi va sifat milliy infratuzilmasini takomillashtirish (1.09.2019 yilga qadar aniq takliflar kiritishlari kerak) koʻzlanmoqda. Oleg Zamanov.
50
3,336
Qonunchilik
2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholining, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur): 2021 — 2023-yillarda Bo‘ka tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Bo‘ka tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Bo‘ka tumanida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlarining manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Bo‘ka tumanida ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Bo‘ka tumanida irrigatsiya va melioratsiya tizimi holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning manzilli ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: Bo‘ka tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish; kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari sonini hamda ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish; muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining toza ichimlik suv, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; ijtimoiy soha obyektlari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish. 3. Toshkent viloyati hokimligi Bo‘ka tumani hokimligi, tuman sektor rahbarlari hamda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan birgalikda mahallalardagi xonadonlarda uyma-uy yurgan holda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Toshkent viloyati va Bo‘ka tumani hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda: davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; muammoli masalalarni muntazam ravishda o‘rganib borish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin; zarur hollarda, belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolgan holda Dasturda belgilangan loyihalarning manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini 2021 — 2023-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining 2021-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirsin hamda kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin. 7. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartib va muddatlarda ulanishi hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishi choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi buyurtmachi va loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin. 9. Toshkent viloyati hokimligi: manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli parametrlarning so‘zsiz bajarilishini, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin; har chorak yakuni bo‘yicha Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilish holatini xalq deputatlari Toshkent viloyati va Bo‘ka tumani Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilib borish choralarini ko‘rsin; har chorak yakuniga ko‘ra Dasturdagi loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligini yig‘ilishlarda muhokama qilib, Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
129
6,780
Qonunchilik
“AVVAL XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR — YaGONA SOLIQ TO‘LOVI TO‘LOVChILARINI UMUMBELGILANGAN SOLIQLARNI TO‘LAShGA O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI VAQTINChALIK NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 10-martdagi 30, 2009-7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1939, 2009-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 16-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan “Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarini umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi so‘nggi ikki chorakda obyektiv sabablarsiz, mol-mulk va yer solig‘ining hisoblangan o‘n karra miqdoridan kam bo‘lgan summani tashkil etgan avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovchilari, bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi korxonalar mustasno, soliq organining xabarnomasiga asosan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovchilari, agar ularning realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi so‘nggi to‘rt chorakda mol-mulk va yer solig‘ining hisoblangan o‘n karra miqdoridan kam bo‘lgan summani tashkil etsa, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.”. 2. 15-bandidagi “2011-yil 1-yanvargacha” degan so‘zlar “2012-yil 1-yanvargacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
199
2,158
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 11-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
133
587
Qonunchilik
“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
246
479
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida: 2. Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘mitaning Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi va unga Qo‘mita raisining o‘rinbosari — Markaz rahbari boshchilik qiladi. Markaz xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari Qo‘mita markaziy apparatining tegishli xodimlari uchun belgilangan razryadlarga tenglashtiriladi. 3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari Markaz so‘roviga ko‘ra unga yuklatilgan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotning bepul taqdim etilishini ta’minlasin. 4. Qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengashning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki: Kengash Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanadi; Qo‘mita raisi lavozimiga ko‘ra Kengash raisi hisoblanadi; Kengash a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi; Kengash o‘z majlislarida respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarning joriy holatini, shu jumladan Markaz tomonidan tayyorlangan axborot-tahliliy materiallarning tegishli qismini doimiy ravishda muhokama qilib boradi va natijasiga ko‘ra Qo‘mitaga tavsiyalar beradi; Kengash Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ushbu qarordan kelib chiqib, 2018-yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili ushbu mablag‘larni nazarda tutsin; Qo‘mitaning asosli hisob-kitoblari asosida yangi tashkil etilgan tarkibiy tuzilmalar va Markaz uchun zarur bo‘ladigan kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar, aloqa tarmog‘i bilan ta’minlash hamda Markaz joylashtiriladigan ma’muriy binoni ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.T. Kamilov va R.S. Kosimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 196-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 41-modda) 1 va 3-bandlari, qarorga 1-ilova. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi va qarorga 3-ilova.
142
3,632
Qonunchilik
Saylovga bagʻishlangan brifing: tayyorgarlik avjida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tomonidan mahalliy ommaviy aхborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi. Yigʻilishda 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining milliy qonunchiligimiz talablariga muvofiq ravishda, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilishi uchun tayyorgarlik koʻrilayotganligi ta’kidlandi. Jumladan, okrug hududida saylov uchastkalarini tuzish masalasi koʻrib chiqildi hamda tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar хususida atroflicha ma’lumot berildi. Tuzilgan 713 ta saylov uchastkasi binolari hududlarida obodonlashtirish ishlari keng yoʻlga qoʻyilganligi hamda uchastka saylov komissiyasi faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli chora-tadbirlar olib borilayotganligi alohida ta’kidlandi.
51
885
Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 19-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 5 — 7-moddalariga muvofiq: 1. Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2022-yil 2-avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat amal qilishi davrida soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilsin. 3. Favqulodda holat amal qilishi davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendaturasi tashkil etilsin va unga O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida nazarda tutilgan barcha vakolatlar berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘mondoni Rustam Mirzayevich Djurayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendanti etib tayinlansin. 4. Favqulodda holat amal qilishi davrida quyidagi choralar va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilsin: a) jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilsin; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan transport vositalari uchun cheklansin; v) jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi, ularning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, ulardagi ashyolar va transport vositalari ko‘zdan kechirilishi ta’minlansin; g) Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish hamda undan chiqish cheklansin; d) tinch yig‘ilishlar, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi taqiqlansin; e) yuridik shaxslar faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlansin; j) qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlansin, shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etilsin; z) jismoniy shaxslardan qurol va o‘q-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaxslardan esa qurol, o‘q-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va o‘quv-harbiy texnika, portlovchi va radioaktiv moddalarning vaqtinchalik olib qo‘yilishi ta’minlansin. 5. Favqulodda holat rejimi sharoitida qo‘llaniladigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi komendaturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalari belgilansin. 6. Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun aniq tahdid, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga hujum qilish, ularning qurol va texnikasini egallab olish holatlarini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari qo‘shimcha ravishda jalb etilsin: favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini ta’minlash; aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi obyektlarni hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diradigan obyektlarni muhofaza qilish; qurol, jangovar va maxsus texnika qo‘llanilgan holda zo‘ravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish; qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qo‘yishda ishtirok etish; Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish. 7. Komendant R.M. Djurayev manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida xavfsizlikni ta’minlash va huquq tartibotni saqlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni talablariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev ushbu Farmon bilan o‘rnatilgan choralar va vaqtinchalik cheklovlarning amalga oshirilishida qonuniylikka rioya etilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va boshqa davlat manbalaridan favqulodda holat rejimini ta’minlash uchun zarur mablag‘larni ajratsin. 10. Mazkur Farmon 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart. 11. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
79
5,514
Qonunchilik
Maktab kutubхonalari uchun qancha darslik zarur
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 28 dekabrda 2577-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Umumta’lim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Belgilanishicha, umumta’lim maktabi kutubхona jamgʻarmasining zaхirasi 1-sinf oʻquvchilariga darsliklarga buyurtmaning umumiy hajmidan 5 foizgacha, 2-9-sinf oʻquvchilariga darsliklardan foydalanish davrlarida eng koʻp oʻquvchilar kontingenti tahlili asosida (ilgari – buyurtmaning umumiy hajmidan 10 foizgacha) shakllantirilishi mumkin. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 31 dekabrdagi 52-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
47
1,186
Qonunchilik
“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi QL-439a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 26-noyabrda kiritilgan “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi QL-439a-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
232
1,189
Qonunchilik
Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tomonidan ta’minlanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati yuridik shaxs bo‘lib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining tuzilmasi, nizomi, shtatlari, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdori va moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga oid munosabatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi, kotibiyat mudiri bundan mustasno. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan uning vakolati muddatiga tayinlanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o‘z nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega bo‘ladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2020-yil № 8, 488-modda) 16-moddasining birinchi qismidagi “Viloyat, tuman, shahar hokimliklari” degan so‘zlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
165
3,233
Qonunchilik
Oʻzini oʻzi ish bilan ta’minlovchilar qanday pensiya oladi?
Hech qanday rasmiylashtirishsiz kirakashlik qiluvchi, хususiy tartibda yollangan holda kunbay haq toʻlanadigan ishlarni va ta’mirlash-qurilish ishlarini bajaruvchi shaхslarni legallashtirish imkoniyati muhokama qilinmoqda, deya хabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.    Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga har yili 4,5 EKIH miqdorida badal toʻlanadigan patentni joriy etish ham variant sifatida koʻrib chiqilmoqda. Bu хodimga toʻlaqonli mehnat faoliyatini yuritgandek mehnat stajini hisoblab chiqarish huquqini bergan boʻlar edi.     Bunday yondashuv norasmiy bandlik bilan bogʻliq dolzarb muammolarni hal qilish imkonini beradi. Bugungi kunda hech qanday rasmiylashtirishsiz ishlayotgan kishilar pensiya yoshiga yetganda stajga ega boʻlmay, oqibatda juda kam miqdorda pensiya yoki nafaqa olish muammosiga toʻqnash kelmoqdalar.
59
850
Qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi suv ta’minoti va suvoqova kommunal tizimidan foydalanish qoidalarini (ro‘yxat raqami 44, 1994-yil 22-aprel) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2012-yil 9-apreldagi 1-6-320/8-son taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi suv ta’minoti va suvoqova kommunal tizimidan foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 44, 1994-yil 22-aprel) hamda O‘zbekiston Respublikasi suv ta’minoti va suvoqova kommunal tizimidan foydalanish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar (ro‘yxat raqami 44-1, 1999-yil 11-mart) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi ushbu normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
69
2,874
Qonunchilik
Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to‘g‘risida
Maqom san’atining ko‘p asrlik ijro yo‘llarini puxta o‘zlashtirish, ularni yosh avlod vakillariga o‘rgatish, shuningdek, maqom san’ati bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Xorazm viloyati hokimligining: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Respublika maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni, Farg‘ona viloyatidagi 1-son, Xorazm viloyatidagi 11-son bolalar musiqa va san’at maktablari, Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati negizida tegishlicha maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni (keyingi o‘rinlarda maqom maktab-internati deb ataladi) tashkil etish; Toshkent shahrida Respublika maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun 200 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi, 300 o‘rinli konsert zali, 200 o‘rinli yotoqxona va oshxona binosini (keyingi o‘rinlarda bino va inshootlar deb ataladi) hamda Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi maqom maktab-internatlari uchun har birida 150 o‘rinli yotoqxona va oshxona, qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binolarini qurish, shuningdek, Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar maqom maktab-internatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin: o‘quvchilarni maqom ijrochiligi yo‘nalishida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or pedagogik usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayoniga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish; o‘quvchilarning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini ta’minlaydigan davlat ta’lim talablari doirasida ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlarini amalga oshirish; maqom san’ati bo‘yicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy an’analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash; ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish. 3. Ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: maqom maktab-internatlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi; 2020/2021 o‘quv yilida maqom maktab-internatlarining 5, 6 va 7-sinflariga, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab esa — 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga maqom maktab-internatlarining moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: a) 2020-yil 1-mayga qadar maqom maktab-internatlarini jihozlash uchun mebel, kompyuter texnikasi, ovoz yozish studiyasi, o‘quv-laboratoriya, asbob-uskunalar va sport anjomlarining texnik parametrlarini ishlab chiqish; b) 2020-yil 1-iyulga qadar: maqom maktab-internatlarining ustavlarini tasdiqlash va ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash; maqom maktab-internatlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash; maqom maktab-internatlarini darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 6. Toshkent shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi va Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda: bir oy muddatda maqom maktab-internatlariga bino va inshootlar qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin; 2020-yil 1-avgustga qadar maqom maktab-internatlari bino va inshootlarini foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin. 7. Quyidagilar maqom maktab-internatlari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati, Xorazm viloyati va Buxoro viloyatining mahalliy budjetlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Republikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
82
5,104
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA
O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahoniy shuhrat qozongan nafis san’atlar maktabining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, milliy tasviriy, amaliy miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, atoqli san’at namoyondalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Akademiya Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning asosida o‘z Boshqaruv kengashiga, haqiqiy hamda faxriy a’zolariga ega bo‘ladi. Uning tarkibiy tizimi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Badiiy Akademiya faoliyatida ijodiy, o‘quv va ilmiy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari asosida yo‘nalishlar ekanligi e’tiborga olinsin. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: o‘zbek xalqining boy badiiy merosi, uning jahon san’ati tarixidagi o‘rni, taraqqiyot bosqichlar va zamonaviy yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash, milliy mustaqillik g‘oyalariga mos tadqiqotlar, darsliklar, metodik qo‘llanmalar yaratish; tasviriy va amaliy san’atlar sohasidagi ijodkorlarni, eng avvalo, yosh iste’dodlarni xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi mas’uliyat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yo‘naltirish hamda bu yo‘ldagi harakatlarni rag‘batlantirish; ijodkorlarni, iqtidorli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda soha muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash; tasviriy va amaliy san’at, dizayn, xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish; xalqaro ijodiy, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekistonda va xorijda keng ko‘rgazma faoliyati orqali o‘zbek milliy san’ati yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, simpoziumlar, boshqa anjumanlar o‘tkazish; Badiiy Akademiya tarkibidagi muassasalarning tashkiliy, moddiy-texnik masalalarni hal qilish, ularni zamonaviy texnika hamda zarur anjomlar bilan ta’minlash. 3. Badiiy Akademiya tarkibida: Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining rassomlik fakulteti va Respublika rassomlik bilim yurti negizlarida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Respublika o‘rta maxsus san’at maktab-internati negizida tasviriy va amaliy san’at litseyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mavjud san’at maktablari negizida bittadan tasviriy va amaliy san’at litseylari tashkil etilsin. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti qoshida o‘rta maxsus ta’lim bo‘g‘ini saqlab qolinsin. 4. Badiiy Akademiyaning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, sohani rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilsin. 5. Badiiy Akademiya tarkibiga quyidagi muassasalar kirishi belgilab qo‘yilsin: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tasviriy va amaliy san’at litseylari Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi Maxsus jamg‘arma Akademiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi 6. Badiiy Akademiya tashkil etilishi munosabati bilan Madaniyat ishlari vazirligi qoshida amaliy san’at rassomlik dizayn sohalaridagi tashkilotlar va korxonalar negizida maxsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tuzilsin. Bu birlashmaning Badiiy Akademiyada yaratilgan ijodiy g‘oyalari, mukammal badiiy loyihalar, nafis san’atlar sohasidagi ilmiy izlanishlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish markazi, ta’lim tizimining asosiy tajriba-amaliyot tayanchi bo‘lishi belgilab qo‘yilsin. 7. Badiiy Akademiya va uning tasarrufidagi tashkilotlar o‘z Nizomlari doirasida faoliyatlari uchun davlat soliqlaridan 5 yilga muddatga ozod etilsin. Soliqdan ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larning sohaning yanada rivojlantirishga, uning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga, shuningdek, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi belgilab qo‘yilsin. 9. Badiiy Akademiyaning markaziy apparati Toshkent shahar Sh. Rashidov ko‘chasi 40-uyga joylashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi Badiiy Akademiyaning yangi zamonaviy binosini, eksperimental haykaltaroshlik ishlab chiqarish kombinatini, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 500 o‘rinli yotoqxonasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, mazkur institut hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining binolarini to‘liq ta’mirlash uchun tegishli mablag‘ ajratishni 1997—1999-yillar rejasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
53
5,547
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-y
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandida: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlariga (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasidan foydalanish va boshqarishni berish hollariga”; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishi ravishda to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida: a) 2-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “transport vositasining egasining yaqin qarindoshlari — transport vositasi egasining transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish uchun notarial tasdiqlanadigan ishonchnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydigan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar)”; uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 12-bandga quyidagi mazmundagi “e” kichik band qo‘shilsin: “e) transport vositasi egasining ixtiyori bilan mazkur transport vositasidan foydalanish va uni boshqarishga qo‘yilgan yaqin qarindoshlarining qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar”; v) 1 va 1a-ilovalar matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
250
2,470
Qonunchilik
1998 – 2000-YILLAR DAVRIDA QIShLOQ AHOLISINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TA’MINLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi sektorida o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, qishloqda rivojlangan infratuzilmani yaratish uchun mahalliy boshqaruv organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1998 — 2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi 1 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari: qishloqning ichimlik suv ta’minotini va gazlashtirishni rivojlantirishning tasdiqlangan ko‘rsatkichlari asosida tumanlar bo‘yicha alohida ana shunday dasturlarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar hamda ularni kelishish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar; aniq dasturlarda import konteyner asbob-uskunalardan foydalangan holda qurilgan suv olish inshootlariga taqsimlovchi tarmoqlar qurilishini 1998-yilda tugallashni nazarda tutsinlar; gazlashtirish va suv ta’minoti obyektlari uchun yer maydoni o‘z vaqtida ajratilishini hamda 1999-2000-yillarda ishlar dasturi uchun mo‘ljallangan loyiha-smeta hujjatlari muddatidan oldin tayyorlanishini ta’minlasinlar; hovli-joylar mavjud gaz va suv quvuri tarmoqlariga ulanishini hamda obyektlar va inshootlar quvvatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlasinlar; Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari va korxonalari tomonidan suv quvuri va gaz tarmoqlari ishga tushirilishi bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bajarilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatilishini tashkil etsinlar. 3. Qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashning quyidagi tartibi belgilansin: mintaqaviy, viloyatlararo, tumanlararo suv quvuri va gaz keltiruvchi, taqsimlovchi gaz quvurlari — asosan respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, markazlashtirilgan kreditlar hisobiga; gaz taqsimlash quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish — respublika va mahalliy budjetlar hamda “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining teng ulushlardagi mablag‘lari hisobiga; ayirish tarmoqlari — xo‘jaliklar va korxonalarning mablag‘lari hamda banklarning ular tomonidan jalb etiladigan kreditlari, shuningdek aholi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1999-2000-yillar investitsiya dasturini shakllantirishda unga ko‘rsatib o‘tilgan Dasturda nazarda tutilgan obyektlar kiritilishini e’tiborda tutsin. 7. Tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, qishloqni qayta o‘zgartirishda barcha darajalardagi ijro etuvchi organlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin. Respublika komissiyasi: Komissiya to‘g‘risidagi Nizomni hamda uning ish rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 1998 — 2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturining bajarilishini har chorakda ko‘rib chiqsin hamda belgilangan topshiriqlar to‘liq bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi: boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida 1999-yil 1-iyulgacha suv ta’minotini rivojlantirish sxemasini aniqlashtirish hamda 1999-yil 1-dekabrgacha respublika hududlarining o‘ziga xos xususiyatlarini va suv ta’minotining mahalliy manbalaridan to‘liqroq foydalanishni hisobga olgan holda yangi normativ va texnologik asosda 2010-yilgacha bo‘lgan davrda gazlashtirishni rivojlantirish sxemasini ishlab chiqish ishlarini tashkil etsinlar. 1998-yilda ushbu ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga joriy yilda ajratilgan markazlashtirilgan sarmoya mablag‘lari limitlari hisobiga amalga oshirilsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab turgan va qurilayotgan mintaqaviy hamda yirik tumanlararo suv quvurlarini Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi balansiga berish to‘g‘risida taklif tayyorlasinlar va bir oy muddatda kiritsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suv ta’minoti obyektlaridan foydalanishning yagona xizmatini tashkil etish to‘g‘risida 3 oy muddatda taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi suv ta’minoti va gazlashtirish obyektlarini loyihalashtirish va ularning loyihalashtirilishi va qurilishi sifati ustidan nazorat qilish uchun loyiha tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga litsenziyalar berishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining buyurtmalari bo‘yicha yerosti chuchuk suvlari batafsil tadqiq etilishini ta’minlasin. 12. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda respublika gipo-xlorid kalsiy, qattiq sulfat kislota alyuminiyi, plastmassa va po‘lat suv-gaz quvurlari, shuningdek konteynyerlar va ballonlarda suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
108
6,069
Qonunchilik
Eksport qilishda tashish хarajatlariga kompensatsiya qanday olinadi
Mahsulotni eksport qilishda tashish хarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 10.08.2019 yildagi 660-son qarori). Hujjat mahalliy eksport qiluvchi korхonalar (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotni eksport qilishda temir yoʻl transportida tashish boʻyicha transport хarajatlarining 50%igacha qismini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi. Ma’lumot uchun: eksport qilishda kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyхati – bu yerda. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi subsidiyalar toʻlash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi. Kompensatsiya  manfaatdor shaхs - Oʻzbekistonda roʻyхatga olingan, mahsulotlarni хorijiy mamlakatlardagi хaridorlarga eksport shartnomasiga muvofik sotuvchi, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga binoan yuk joʻnatuvchi tadbirkorlik sub’yektiga (yoki uning vakolatli vakiliga)  toʻlanadi. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan kompensatsiya taqdim etish shartlari hisoblanadi: Manfaatdor shaхsning kompensatsiya olish yuzasidan arizasi tasdiqlangan sхema boʻyicha koʻrib chiqiladi. Nizomda kompensatsiya miqdorini aniqlash va hisoblash formulasi keltirilgan, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati, shuningdek kompensatsiya berishni rad etish uchun asoslar belgilangan. Kompensatsiya berishni faqat quyidagi asoslar boʻyicha rad etish mumkin: Boshqa asoslarga koʻra kompensatsiya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
67
1,683
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmonining ilovasidagi “R.V. Abduqodirov — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari” so‘zlari “S.X. Bekenov — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli qarorining 3-bandi va uning ilovasi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 21-sentabrdagi R-2836-sonli farmoyishi 2-ilovasining 2-bandi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi va uning 1-ilovasi.
153
1,731
Qonunchilik
Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasida maxfiylikdan chiqariladigan ma’lumotlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 3. Jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo‘yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o‘lim holatlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 5. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo‘llaniladigan mahkumlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
191
1,685
Qonunchilik
XALQ XO‘JALIGIDA O‘ZARO HISOB-KITOBLARNI YaXShILASh VA KORXONALAR AYLANMA MABLAG‘LARINING SAQLANIShINI TA’MINLASh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Xalq xo‘jaligida to‘lov intizomini ta’minlash, korxonalar aylanma mablag‘larini saqlash va to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1-ilovaga muvofiq vazirliklar va idoralar korxonalarning aylanma mablag‘larini (ishlab chiqarish zaxiralarini, tayyor mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlari qoldiqlarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlarini) va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarini 1998-yil 1-oktabrdagi holatiga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar, uning natijalarini 1998-yilning 9 oyi bo‘yicha buxgalteriya hisobotida albatta aks ettirsinlar. Tasarruflaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuqorida qayd etilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalari, uyushmalari va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin. Aylanma mablag‘lar va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish 2-ilovaga* muvofiq tarmoq ekspert komissiyalariga yuklansin. 2. Tarmoq ekspert komissiyalari 1-ilovaga muvofiq vazirliklar va idoralar bo‘yicha aylanma mablag‘larni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini 1998-yil 1-dekabrgacha umumlashtirsinlar hamda aylanma mablag‘larning haqiqiy ahvoli to‘g‘risidagi takliflarni, ularni to‘ldirish manbalari, shu jumladan, budjetdan qarzlar bo‘yicha penyalarni va korxonalarga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli vujudga kelgan bank kreditlari uchun to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan foizlarni hisobdan chiqarish hisobiga to‘ldirish haqidagi takliflar bilan birga, Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taqdim etsinlar. 3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazish davomida aniqlangan ishlab chiqarishda foydalanilmagan yoki ortiqcha ishlab chiqarish zaxiralarini, yarim tayyor mahsulotlarni, o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni sotsinlar, sotishdan olingan tushumni aylanma mablag‘larni to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirsinlar. Nazarda tutilsinki, ko‘rsatib o‘tilgan resurslarni sotish pulini 100 foiz oldindan to‘latish yoki kreditorlik qarzlarni to‘lash, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblamaslik, tushumni daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilish shartlari bilan sotiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlari 1998-yil 31-dekabrgacha qo‘llaniladi. 4. Joriy yilda, Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga binoan “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmalari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minot-tuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar aylanma mablag‘lari respublika budjetidan to‘ldirilganligi, shuningdek boshqa bir qator idoralarning korxonalariga moliyaviy yordam ko‘rsatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining: Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimidagi issiqlik bilan ta’minlash korxonalariga o‘zaro qarzlarni hisoblash yo‘li bilan 3,5 mlrd so‘m miqdorida aylanma mablag‘lar berish; “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimidagi korxonalarga don narxlaridagi tafovut hamda o‘zaro qarzlarni hisoblash hisobiga 7,5 mlrd so‘m miqdorida aylanma mablag‘lar berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 7. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga aylanma mablag‘larni saqlamaganlik, to‘lov muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlar mavjudligi, buxgalteriya hisobi qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha tuzatishlar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar, shuningdek ushbu qonun buzishlar muntazam ravishda sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishini nazarda tutsinlar. 8. Belgilab qo‘yilsinki, quyi soliq organlari rahbarlari korxonalar tomonidan mahsulotni pulini oldindan to‘latmasdan yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlar mavjud bo‘lgani holda sotganlik (ishlarni bajarganlik, xizmatlar ko‘rsatganlik) yuzasidan jazolar qo‘llamaganlik, huquqni muhofaza qilish organlariga berish uchun tegishli materiallarni rasmiylashtirmaganlik uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan darajada javob beradilar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. Energetika vazirligi 2. “O‘zbekneftegaz” milliy korporatsiyasi 3. “O‘zavtosanoat” uyushmasi 4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi 5. “O‘zmashsanoat” uyushmasi 6. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi 7. “O‘zsuvqurilish” davlat konserni 8. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi 9. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi 10. “Eg‘moytamakisanoat” uyushmasi 11. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi 12. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi 13. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi 14. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi 15. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 16. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 17. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi 18. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi 19. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi 20. “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati
161
5,442
Qonunchilik
Himoya orderi oilada zoʻrlik ishlatilishidan himoyalaydi
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2.07.2018 yildagi PQ-3827-son qarorida (14-band) qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Shuningdek mazkur hujjat bilan maхsus reabilitatsiya markazi tashkil etilgan, jabrlanganlar murojaat qilishi uchun «tezkor aloqa» yoʻlga qoʻyilgan.   Taqdim etilgan qonun loyihasining tushunchalar doirasi keng. Avvalambor, maishiy zoʻrlik ishlatish deganda kundalik oilaviy turmushda bir shaхs (bir guruh shaхslar) tomonidan boshqa shaхsga nisbatan uning hayoti, sogʻligʻi, erkinligi, jinsiy daхlsizligi, or-nomusi, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoyalanadigan boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvchi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilishi tushuniladi.   Maishiy zoʻrlik ishlatish turli shaklda boʻlishi mumkin: Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish bilan bevosita prokuratura, adliya, ichki ishlar, mehnat, ta’lim va sogʻliqni saqlash organlari, shuningdek Xotin-qizlar qoʻmitasi, «Oila» markazi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari shugʻullanadilar. Qonun loyihasi bilan ularning vakolatlari batafsil tartibga solingan. Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimi umumiy va yakka tartibdagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Birinchisiga tegishli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, huquqiy targʻibot va tahliliy ishlar kiradi. Ikkinchisi - aniq va maхsus yoʻnaltirilgan tadbirlar: maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish yuzasidan oʻtkaziladigan suhbatlar, himoya orderini rasmiylashtirish, aholini ushbu harakatlarni keltirib chiqaradigan sabablar va shart-sharoitlar haqida хabardor qilish hamda jabrlanganlarni maхsus realibitatsiya markazlariga joylashtirish. Himoya orderi birga yashashda bir-biriga zarar yetkazmaslik va ehtiyotkorlik chorasidir (prokuror nazorati dalolatnomalari, «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunning 40, 42-moddalari). Bu bilan shaхs bundan keyin nojoʻya harakatlarga yoʻl qoʻymasligi, maishiy zoʻrlik ishlatishga moyil хulq-atvori uchun javobgarlikka tortilishi haqida хabardor qilinadi. Orderda quyidagi talablar koʻrsatilishi mumkin: Himoya orderi jabrlanuvchiga (koʻchirma nusхasi - aybdorga), agar u 14 yoshga toʻlmagan boʻlsa, yoki muomalaga layoqatli boʻlmasa - qonuniy vakiliga, vasiylik organiga yoхud voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga beriladi. Bu maishiy zoʻrlik ishlatilganligi dalili belgilangan vaqtdan boshlab bir sutka ichida amalga oshiriladi. Order 15 kungacha amal qiladi, amal qilish muddatini 30 kunga uzaytirish mumkin. Hududiy IIB tomonidan himoya orderlari beriladi va ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib boriladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
56
2,836
Qonunchilik
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi QL-459-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Aytjanova, Z. Bekatova, M. Dadaxodjayeva va D. Fayziyeva tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi QL-459-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Yuridik bo‘lim bir hafta muddatda mazkur qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etsin hamda Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasiga xulosa taqdim etsin. 4. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
132
1,409
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA KORXONALARNI TARKIBIY O‘ZGARTIRISh JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOY
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Iqtisodiy nochor korxonalar qo‘mitasi huzuridagi Korxonalar sanatsiyasi jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qoldig‘i O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda uning mablag‘lari hisoblanadi; 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish, to‘ldirib borish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 1. Jamg‘arma mablag‘lari: xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan mablag‘lar va jarimalar summasining 6 foizi; mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar; davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar summasining 2 foizi; kreditorlar talablari qondirilgan taqdirda, bankrot korxonalar mol-mulkini sotishdan, mol-mulkni sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi tafovut hisobiga tushadigan mablag‘larning bir qismi; Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar; mablag‘larning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga shakllantiriladi. 2. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida jamlanadi. 3. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash budjetdan tashqari maxsus hisob raqamidan, daromadlar va xarajatlarning tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. 4. Jamg‘arma mablag‘larining joriy yilda foydalanilmagan qoldig‘i kelgusi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi. 5. Jamg‘arma mablag‘lari: a) monopolist korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish dasturlarini, shuningdek bozor istiqbollariga ega bo‘lgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni, sarflangan mablag‘lar sanatsiya muddati tugagandan keyin qaytarilgan holda, moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish; b) monopolist korxonalarni hamda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish uchun jalb etilgan konsultantlar xizmatlariga haq to‘lash; v) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, sud boshqaruvchilari uchun normativ-huquqiy, maxsus adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish, shuningdek tadbirkorlarning bankrotlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida amaliy seminarlar o‘tkazish; g) respublika mintaqalarida biznes-inkubatorlar, texnoparklar, biznes-ta’lim tuzilmalarini rivojlantirishga moliyaviy ko‘maklashish, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi bilan kelishgan holda tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari orqali tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlash; d) kichik tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish; j) tugatish boshqaruvchilari buyurtmanomalari bo‘yicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga, bankrot korxonalar mol-mulki sotilgandan keyin mablag‘larni qaytarish sharti bilan haq to‘lash; z) sud boshqaruvchilarini, shuningdek sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; i) tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan respublika tanlovlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; k) monopoliyaga qarshi siyosat, raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazish; l) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida seminarlar o‘tkazish; m) monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlarini moddiy-texnik ta’minlash, ijtimoiy rivojlantirish, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish; n) Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan reklama xizmatlari va e’lonlar uchun haq to‘lash; o) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. 6. Jamg‘arma mablag‘larini qo‘shimcha xodimlar ta’minotiga sarflash taqiqlanadi, Hukumatning ayrim qarorlarida ruxsat etilgan hollar bundan mustasno. 7. Navbatdagi yil uchun daromadlarni aniqlashda Jamg‘arma mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i hamda amaldagi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar hisobga olingan holda keyingi 2 yildagi tushumlar miqdori o‘zgarishidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan yil mobaynidagi prognozlashtirilayotgan tushumlar hajmi hisobga olinadi. 8. Smetaning xarajatlar qismi davlat budjeti xarajatlarining amaldagi klassifikatsiyasiga muvofiq moddalar bo‘yicha xarajatlarning to‘liq izohi va ular yuzasidan hisob-kitoblar ilova qilingan holda xarajatlar guruhlari bo‘yicha tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha xodimlar soni ta’minlangan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarga Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali smetaga ilova qilinadi. 9. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yig‘ma smetasi (shu jumladan yil mobaynida kiritiladigan o‘zgartirishlar) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hay’ati tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlarning budjet smetasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Bunda moddiy-texnika ta’minotiga, xodimlar mehnatiga haq to‘lashga, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishga, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi organlari joriy xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektlarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan jarimalar, shuningdek Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar hamda Jamg‘armaga boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larning 15 foizi miqdoridagi tushumlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 10. Jamg‘arma mablag‘larini ajratish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan mustaqil ravishda, tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiriladi. 11. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida budjet mablag‘lari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 12. Jamg‘arma bo‘yicha mablag‘lar tushumi va harakati hisobi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi markaziy apparatida hamda uning hududiy organlarida budjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shu jumladan budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasidan alohida yuritiladi. Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ularning sarflanishi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi. 13. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 14. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish hollari aniqlangan taqdirda ana shunday foydalanilgan barcha summa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar qo‘llangan holda, davlat budjeti daromadiga olib qo‘yiladi. 1. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) 7-bandining to‘rtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova (Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi to‘g‘risida nizom); Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 27-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 2-modda); Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda); Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 19-yanvardagi 31-son qaroriga ilovadagi 1-bandning “g” va “j” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
250
12,378
Qonunchilik
Namangan viloyatining Zadaryo rayonini mukofotlash to‘g‘risida
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi yutuqlari, ijtimoiy-maishiy va madaniy sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilganligi uchun Namangan viloyatining Zadaryo rayoni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
62
237
Qonunchilik
QURILIShI VA REKONSTRUKSIYA QILINIShI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI DARAJASIDA TASDIQLANIShI LOZIM BO‘LGAN OBYEKTLARNING MANZILLI RO‘YXATLARINI TASDIQLASh BO‘YIChA HUKUMAT KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. 2. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. 3. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 4. Komissiya kollegial organ hisoblanadi, uning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 5. Quyidagilar Komissiyaning vazifalari hisoblanadi: moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd so‘m va undan ortiq bo‘lgan obyektlar bo‘yicha qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash; qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash)ning hisob-kitob (smeta) qiymati oshishiga yo‘l qo‘yilgan obyektlarni har choraklik asosida ko‘rib chiqish, keyinchalik ular bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish; respublika ahamiyatiga molik bo‘lgan ijtimoiy, ishlab chiqarish, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish sxemalari va loyihalarini kelishish; oldin ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha shaharlar va posyolkalarda (tuman markazlarida)gi qurilishi tugallangan ma’muriy markazlar, turarjoy kichik dahalari hududida qurish uchun obyektlarni joylashtirishni kelishish. 6. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va manfaatdor shaxslardan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash; majlislarda o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillarining, loyiha pudrat tashkilotlari, ekspert organlari rahbarlarining, buyurtmachining vakillarining, shuningdek Komissiya a’zolarining hisobotlarini eshitish; qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash)ning oldin tasdiqlangan qiymati o‘zgargan taqdirda tegishli xulosalar mavjud bo‘lgan taqdirda obyektlarning loyiha va qiymat parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish; Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar izchil amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish huquqiga ega. 7. Komissiyaga rahbar boshchilik qiladi, uning vakolatiga: Komissiya majlislari kun tartibini belgilash va uni chaqirish; Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish; Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha uning a’zolari ishini muvofiqlashtirish; Komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan boshqa xatti-harakatlarni bajarish. 8. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasi va jadvalga muvofiq bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiyaning rahbari tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Komissiya tomonidan zaruriyat bo‘lganda ular faoliyati nazorat qilingan holda ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin. 9. Komissiya majlisini uning rahbari olib boradi. Komissiya rahbari hozir bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari olib boradi. Komissiya majlisi, agar unda Komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, huquqiy vakolatli bo‘ladi. 10. Komissiya rahbari bilan kelishgan holda xolisona sabablar bo‘yicha majlisda hozir bo‘lmagan Komissiya a’zolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashadigan vakolatli vakillari almashtirishi mumkin. 11. Komissiya majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar taklif etiladi. 12. Komissiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 13. Komissiya har chorakda Vazirlar Mahkamasiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. 15. Komissiyaning Ishchi organi: navbatdagi davrga Komissiyaning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi; Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi hamda unga vazirliklar, idoralar va yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar va Komissiya a’zolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarini olish huquqi beriladi; tahliliy materiallar tayyorlanishini va kun tartibi masalalari bo‘yicha Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi; axborot va tahliliy materiallarni Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi; Komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. 16. Komissiya kotibi: Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi; Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash bo‘yicha Ishchi organ ishini tashkil etadi; kun tartibi masalalari bo‘yicha Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi; majlislarni o‘tkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini Komissiya rahbari bilan kelishadi; majlis o‘tkaziladigan sana, uning vaqti va joyi to‘g‘risida Komissiya a’zolarini va taklif etilganlarni xabardor qiladi; Komissiya qarorlari bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Komissiya majlisining ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi; Komissiya bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi. 17. Taqdim etilgan materiallar Ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishchi organ materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisi kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar turkumini Komissiya kotibiga taqdim etadi. 18. Komissiya majlisi kun tartibining har bir masalasiga hujjatlar turkumida barcha zarur materiallar va Komissiya qarori loyihasi bo‘lishi kerak. 19. Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Komissiya rahbariga axborot beradi. Komissiya rahbari kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan taqdirda Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi. 20. Komissiya kotibi Ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallari bayonnoma loyihasi bilan birgalikda Komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda esa majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga tarqatilishini ta’minlaydi. 21. Komissiyaning qarori Komissiyaning majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Komissiya rahbarining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha o‘z fikrini yozma ravishda ifodalash huquqiga ega. 22. Komissiya rahbari qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida ayrim masalalar bo‘yicha so‘rov yo‘li bilan Komissiya a’zolari bilan kelishilgan Komissiyaning qarorini tasdiqlashi mumkin. 23. Komissiyaning qarorlari Komissiya majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisining bayonnomasiga Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan qayd belgisi qo‘yiladi, kotib tomonidan imzolanadi, Komissiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. 24. Komissiya bayonnomasining asl nusxasi va unga materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi. 25. Komissiya qarorlari bajarilishini nazorat qilish Ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. 26. Ishchi organ Komissiya qarorlari bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zaruriyat bo‘lganda Komissiya rahbariga tegishli takliflar kiritadi. 27. Manzilli ro‘yxatlarga kiritish uchun taklif etiladigan qurish va rekonstruksiya qilishning hisoblangan qiymati 2 mlrd so‘m va undan ortiq bo‘lgan obyektlar bo‘yicha qarorlarni kiritish, ko‘rib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan buyurtmachilar, xususiy investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar)ning takliflari asosida 10 ish kuni mobaynida tarmoqlarni rivojlantirish ustuvorliklariga va mintaqalarni rivojlantirishning maqsadli dasturlariga muvofiq qurish va rekonstruksiya qilish qiymati 2 mlrd so‘mni va undan ortiqni tashkil etadigan qurilishlarning dastlabki manzilli ro‘yxatini shakllantiradi. Ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari mavjud bo‘lgan obyektlar bo‘yicha materiallar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi; Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Respublika va mintaqaviy investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha esa, — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda 5 kun muddatda manzilli ro‘yxat loyihasiga kiritish uchun obyektlar uzil-kesil tanlab olinadi; manzilli ro‘yxatning kelishilgan loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqish uchun Ishchi organga kiritiladi. 28. Ishchi organ 7 ish kuni mobaynida materiallarni ko‘rib chiqadi hamda manzilli ro‘yxatlar loyihalarini va majlis qarorini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi. 29. Komissiya 10 ish kuni mobaynida Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlar turkumini ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda navbatdagi yilga O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi manzilli qismini shakllantirish uchun (xususiy investorlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga beriladi. 30. Ular bo‘yicha ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lgan qurilish obyektlariga doir materiallar Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun qabul qilinadi 31. Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan materiallar quyidagi talablarga javob berishi kerak: manzilli ro‘yxatlarga kiritish taklif etilayotgan qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, mufassal rejalashtirish loyihalarida va ular asosida ishlab chiqilgan qurish loyihalarida qabul qilingan yechimlarga muvofiq bo‘lishi kerak; obyektni qurish va rekonstruksiya qilish qiymatining hisob-kitobi resurslar qiymatining birlamchi parametrlari xolisona baholanishiga va boshqa qiymat ko‘rsatkichlari asoslanishiga asoslanishi kerak; qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarini loyihalashtirish bosqichida transport va muhandislik kommunikatsiyalarining mavjud sxemalari, ishlab chiqarish, maishiy va ijtimoiy infratuzilma hisobga olinishi kerak. 32. Qurilish obyektlarini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi manzilli qismiga kiritish bo‘yicha majlis qarori loyihasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: loyiha hujjatlariga muvofiq kapital qurish va rekonstruksiya qilish obyektining nomi; qurish turi (yangi qurilish, rekonstruksiya qilish); moliyalashtirish manbai; buyurtmachi, tashabbus ko‘rsatuvchi, yakka tartibda imorat soluvchining nomi; ishga tushirilish kerak bo‘lgan kapital qurish va rekonstruksiya qilish obyektining quvvati (quvvatning o‘sishi); kapital qurish va rekonstruksiya qilish obyektini foydalanishga topshirish muddati. 33. Obyektlar qurilishini o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlaydigan xususiy investorlar (yakka tartibda imorat soluvchilar) uchun Komissiya tomonidan materiallarni ko‘rib chiqish birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar va loyiha-smeta hujjatlari to‘liq hajmda hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 34. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘n kun muddatda xususiy buyurtmachilar (yuridik va jismoniy shaxslar) qurilishlarining manzilli ro‘yxatini shakllantiradi, tayyorlangan materiallarni keyinchalik Komissiyaning ko‘rib chiqishi va tasdiqlashga kiritish uchun Ishchi organga beradi. Qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun kiritish sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
227
13,880
Qonunchilik
Toshkent viloyatida “Angren Pack” XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3997-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent viloyatida qog‘oz mahsulotlari, shu jumladan gofrlangan karton ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va sanoat tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi birja savdolariga qo‘yilgan qiymati 5,39 mln AQSh dollari miqdoridagi davlat aksiyalari paketining 25 foizi (101 598 dona aksiya) sotilmagani; 2018-yil 20-oktabrda Toshkent viloyati hokimligi va Rossiyaning “Nikol Pak UK” kompaniyasi MChJ (keyingi o‘rinlarda investor deb ataladi) o‘rtasida “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotib olish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent viloyati hokimligining “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) investorga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali quyidagi investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: a) kamida 25,0 mln AQSh dollari, jumladan, “Angren Pack” XK AJ infratuzilmasi va binolarini qayta tiklash, shuningdek, qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun 11,5 mln AQSh dollari va jamiyat aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 13,5 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hamda ushbu mablag‘larni investitsiya majburiyatlari bajarilgandan so‘ng “Angren Pack” XK AJ ustav fondiga kapitallashtirgan holda, 2019-2020-yillarda “Angren Pack” XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish (birinchi bosqich); b) kamida 25,0 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritgan holda, 2020-2021-yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (ikkinchi bosqich); v) kamida 25,0 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritgan holda, 2020-2021-yillarda yiliga 300,0 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish (uchinchi bosqich). 3. Belgilab qo‘yilsinki: “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizi (101 598 dona aksiya) investor ushbu qarorning 2-bandi “a” kichik bandida qayd etilgan investitsiya majburiyatlarini to‘liq bajargandan so‘ng unga tasarruf etish huquqi bilan o‘tkaziladi; ushbu qarorning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlariga muvofiq loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini amalga oshirishni boshlash ta’minlanmagan holatda, “Angren Pack” XK AJ yer uchastkasining foydalanilmaydigan qismi Toshkent viloyati hokimligining zaxira fondiga keyinchalik foydalanish uchun olib qo‘yiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda: bir oy muddatda “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) ushbu qarorda belgilangan shartlar asosida “nol” xarid qiymati bo‘yicha investor bilan, jumladan, aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlarining majlislarida kelishiladigan masalalar belgilanishini nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini; “Angren Pack” XK AJ maxsus hisobraqamiga 25,0 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ tushgandan so‘ng “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) boshqarish huquqi investorga berilishini; investor tomonidan ushbu qarorning 2-bandi “a” kichik bandida qayd etilgan investitsiya majburiyatlari tegishli ravishda bajarilishining monitoringini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda: uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiq loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya bitimini tuzsin; investor tomonidan ushbu qarorning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlarida qayd etilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar tegishli ravishda bajarilishining monitoringini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi R.K. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
155
5,232
Qonunchilik
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan: birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‘ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti; ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda; uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-do‘konlar, to‘lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to‘xtatib turilishining sabablaridan biri bo‘lmoqda; to‘rtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni ta’minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, ma’lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda; beshinchidan, ko‘plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti; oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeyini oshirishga doir ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti; yettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur’atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti; sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining: Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkazish; “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi” davlat muassasasini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish; Vazirlik ikki hafta muddatda o‘tkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablag‘larining O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini ta’minlasin. 2. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish; “oxirgi milya” tamoyili bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish; davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo o‘zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash; davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan kelgusida integratsiyalashgan, “aqlli” va “xavfsiz” shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish; texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag‘batlantirish, shart-sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish; yetakchi xorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish; telekommunikatsiya va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish; axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‘llash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqishga, birinchi navbatda, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini va tezkorligini oshirishga, byurokratik tartib-taomillarga barham berishga, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan elektron davlat xizmatlarini joriy etishga ustuvor e’tibor qaratadilar; davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlari uch yilda bir marta mos ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan o‘tadilar; barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari (bo‘linma mavjud bo‘lmaganda mas’ul xodimlari) tegishliligi bo‘yicha Vazirlik va Vazirlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar. 5. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini o‘rgansin hamda ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. Vazirlik Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: “O‘zbekiston pochtasi” AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda isloh qilish; pochta aloqasi operatorlari va kuryerlarining tarmog‘ini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish. 7. Belgilab qo‘yilsinki: a) 2018-yil 1-iyundan: tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega; tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi; b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o‘z IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari Vazirlik hay’ati tomonidan aniqlanadi; g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi; d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma rahbarlari har yil yakunlari bo‘yicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin: telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog‘idan keng doirada foydalanishini ta’minlash; sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, kommunal xizmat ko‘rsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish; davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash; joylarda, ayniqsa, olis joylarda elektron davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini yanada kengaytirish. Belgilansinki, dasturlarni va loyihalarning manzilli ro‘yxatini moliyalashtirish Fond mablag‘lari hisobidan, tegishli hudud mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun kelib tushadigan summaning 5 foizgacha bo‘lgan miqdorida amalga oshiriladi. 9. Mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan dasturlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va idoralararo muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda: dasturlar qabul qilinganidan keyin hududiy kengashlar tarkiblarini tasdiqlasin, shuningdek, dasturlar ijrosining har oyda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; “Kompyuterlashtirish markazi” DUKni “Elektron hokimiyat” axborot tizimini yaratish va joriy etishni asosiy vazifa deb belgilagan holda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rsin. 10. Vazirlik hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sur’atlari bilan uzluksiz aloqasini ta’minlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda o‘quv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; professor o‘qituvchilar tarkibi mehnatini o‘qitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat ta’limga xos tadbirlar asosida ish vaqti hisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantirish huquqi berilsin. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi bo‘yicha o‘qitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik va Inspeksiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari loyihalarini kiritsin; bir oy muddatda Vazirlik va Inspeksiya to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4702-son Farmoni 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
108
16,628
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi: “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunni ro‘yobga chiqarishni ta’minlovchi qarorlar qabul qilsin; amaldagi qonunlarni “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritsin; shu yilning 1-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirsin.
125
874
Qonunchilik
IIO reabilitatsiya markazlaridan kimlar internat uylariga oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 23.08.2011 yildagi 240-son qaroriga ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni «Saхovat» va «Muruvvat» internat uylariga joylashtirish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritildi. Biroq ularning barchasi emas, faqat ikkita asosiy mezonga javob beradigan: tegishli internat uyiga qabul qilinishi lozim boʻlgan fuqarolar toifasiga kiradigan, shuningdek u yerga yoʻllanishiga qarshi umumiy va maхsus tibbiy koʻrsatmalar berilmagan shaхslar oʻtkaziladi (quyidagi jadvalga qarang). Mezon «Saхovat» internat uyi «Muruvvat» internat uyi Internat uyiga joylashtirilishi lozim boʻlgan shaхslar toifasi Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan, Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaхslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironlari Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan 18 yoshdan oshgan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan I va II guruh nogironlari Internat uyiga qabul qilishga qarshi umumiy tibbiy koʻrsatmalar – jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi; – yuqumli teri va soch kasalliklari; – oʻtkir yuqumli kasalliklar; – salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari; – tanosil kasalliklari. Internat uyiga qabul qilishga qarshi maхsus tibbiy koʻrsatmalar – tez-tez (har oyda 5 martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oхiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik; – bemorning oʻzi va atrofidagilar uchun хavfli boʻlgan moyillikning qoʻpol buzilishlari va aхloqiy dagʻallik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar.   – shaхsning nuqsoni borligi koʻzga tashlanmaydigan, samarali simptomli shizofreniya; – tez-tez (har oyda 5 martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oхiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik; – har qanday nozologik mansublik doirasidagi psiхopatiyaga oʻхshash simptomatika; – bemorning oʻzi va atrofidagilar uchun хavfli boʻlgan moyillikning qoʻpol buzilishlari va aхloqiy dagʻallik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar. Reabilitatsiya markazlaridan yuboriladiganlar jadvalda qayd etilgan koʻrsatkichlar boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, uning yakunlari asosida yozma хulosa rasmiylashtiriladi. Vasiylikka olingan shaхsni internat uyiga joylashtirish uchun reabilitatsiya markazi tegishli hujjatlar paketini jamlab, taqdim etadi (quyidagi jadvalga qarang). «Saхovat» internat uyiga joylashtirish uchun  «Muruvvat» internat uyiga joylashtirish uchun «Saхovat» internat uyiga joylashtiriladigan fuqarolar toifasiga kiradigan shaхs tomonidan mazkur internat uyiga joylashtirish toʻgʻrisida reabilitatsiya markazi boshligʻi nomiga berilgan ariza «Muruvvat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaхsning shaхsiy ma’lumotlari «Saхovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaхsning shaхsiy ma’lumotlari «Muruvvat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaхsning sogʻligʻi holati toʻgʻrisida tibbiy хulosa «Saхovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaхsning sogʻligʻi holati toʻgʻrisida tibbiy хulosa hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, sil kasalligiga, oʻsma va teri-tanosil kasalliklariga qarshi kurashish dispanserlarining хulosalari ya hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, sil kasalligiga, oʻsma va teri-tanosil kasalliklariga qarshi kurashish dispanserlarining хulosalari «Muruvvat» internat uyiga joylashtirilayotgan shaхsning 2 ta fotosurati (6 sm х 4 sm hajmli) «Saхovat» internat uyiga joylashtirilayotgan shaхsning 2 ta fotosurati (6 sm х 4 sm hajmli) TMEK tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma nusхasi TMEK tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma nusхasi – «Saхovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaхsning nogironligi borligi aniqlangan taqdirda IIOning reabilitatsiya markazida internat uyiga joylashtirilayotgan har bir shaхs uchun 2 nusхada shaхsiy yigʻmajild yuritiladi, unga yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi. Shaхsiy yigʻmajildning bir nusхasi tegishli internat uyining direktoriga beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.08.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
69
4,442
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2009-yil 13-noyabrdagi PF-1227-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoni ilovasining o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni 2-ilovasining o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudirining birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh kotibi”.
93
1,508
Qonunchilik
Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, nufuzli xalqaro tadbirlarni o‘tkazish va xorijiy mamlakatlardan ko‘plab mehmonlarni qabul qilishga hududni tayyorlash, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va turistlar uchun yangi dam olish maskanlarini barpo etish, hududning iqtisodiy salohiyati va daromad bazasini kengaytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2019 — 2022-yillarda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq; Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; Xalqaro moliya institutlari, shu jumladan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Samarqand viloyati bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va turizm marshrutlari bo‘yicha piyodalar ko‘chalarini qurish obyektlarining ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatovga — Samarqand viloyatida transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish tadbirlarining samarali amalga oshirilishi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimovga — Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli parametrlar va vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi; Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimovga — turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida ajratilishi, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik yuklansin. 3. Belgilansinki, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar, shu jumladan bufer zonalardan tashqari, Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-aukitson orqali taqdim etiladi va quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanadi: maydoni 6 sotixdan 15 sotixgacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda investorga 50 ta xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona qurish; maydoni 15 sotixdan 30 sotixgacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda holatda — 100 xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona; 50 sotix va undan ortiq maydonga ega yer uchastkasini ajratishda — 200 ta xonadan kam bo‘lmagan, 3 — 5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona qurish yuklanadi. 4. Belgilansinki, Samarqand shahrining quyidagi asosiy ko‘chalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda, 2019 — 2021-yillarda turizm infratuzilmasi tashkil qilinadi: “Universitet” xiyoboni — piyodalar uchun alleya va turistlar dam olishi uchun sharoit yaratish (“WI-FI” zonalar, zamonaviy yoritish, veloyo‘lak va yugurish uchun yo‘laklar va boshqalar); Islom Karimov ko‘chasi — piyodalar alleyasini milliy usulda va o‘rta asrlar ruhida obodonlashtirish; Alisher Navoiy va Pushkin ko‘chalari — musiqachilar, rassomlar, ko‘cha aktyorlari va tez ovqatlanish nuqtalari bilan birga piyodalar alleyasini tashkil etish; Orzu Mahmudov ko‘chasi — gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha maxsus hudud tashkil qilish, xususan, turli mamlakatlar taomlari tayyorlanadigan ovqatlanish nuqtalarini tashkil qilish va ularni tungi vaqtda ham ishlashini ta’minlash. 5. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi uch oy muddatda Samarqand shahridagi asosiy ko‘chalarda turizm infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqilishini ta’minlasin. Samarqand viloyati hokimligi master-rejalar ishlab chiqilganidan so‘ng bir oy muddatda ularni xususiy investorlarning eng yaxshi takliflarini belgilangan tartibda tanlab olish va muhandislik hamda kommunikatsiya tarmoqlariga ulashni ta’minlash orqali amalga oshirilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining: Amir Temurning “Bog‘i baland” va “Bog‘i Shamol” bog‘lari joylashgan joyini aniqlash orqali xususiy investorlarni jalb qilgan holda, ularni qayta tashkil etish va tarixiy qiyofasini qayta tiklash; O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Amir Temurning 12 ta bog‘i haqidagi axborotni ular joylashgan joyi, har bir bog‘ning xususiyatlari, maydoni, yaratilish tarixini yorituvchi interfaol xaritalar ishlab chiqish; Samarqand viloyati mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan YUNESKO bilan kelishilgan holda, “Sheroz qal’a” (Bulung‘ur tumani), “Dobusiya” (Paxtachi tumani), Revdat shaharchasi — Kofir qal’a (Samarqand tumani), Afrosiyob shaharchasidagi (Samarqand shahri) arxeologik yodgorliklarni restavratsiya qilish; arxeologik yodgorliklar hududida davlat-xususiy sheriklik shartlar asosida “ochiq osmon ostidagi” muzeylarni tashkil qilish va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimlarini joriy etish, qurilish ishlarini amalga oshirmasdan sanitariya-gigiyena punktlarini, shuningdek, suvenir mahsulotlar sotilishini tashkil qilish. 7. Tajriba sifatida uch yil muddatga shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2020-yil 1-yanvardan: a) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Samarqand viloyati madaniy meros obyektlari va me’moriy yodgorliklariga kirish joylariga elektron hisoblash tizimlariga ega zamonaviy turniketlarni tanlov asosida sotib olinadi, montaj qilinadi va o‘rnatiladi; b) Samarqand viloyatining madaniy meros obyektlari va me’moriy yodgorliklari obyektlarida chiptalar aylamasining yagona elektron tizimi asosida elektron biletlar sotilishidan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash mexanizmi joriy etiladi, unga ko‘ra 2018-yil yakunlari bo‘yicha tushgan mablag‘lar, ushlab qolinib, balans saqlovchilar hisob-raqamlariga yo‘naltirilgandan so‘ng quyidagi tartibda taqsimlanadi: 25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga obyektni rekonstruksiya va restavratsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun; 25 foizi — balans saqlovchilarning hisob-raqamiga obyekt hududida obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish va qulay sharoitlar yaratish uchun; 50-foizi — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish etish uchun. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tajriba yakunlari bo‘yicha uch oy muddatda ushbu mexanizmni respublikaning boshqa hududlaridagi madaniy meros obyektlari va me’moriy yodgorliklarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 8. Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutilgan taklifni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritisin: Samarqand viloyatining eshkak eshish kanaliga tutash hududni zamonaviy kompleks infratuzilma va turistik zonalar, shu jumladan dam olish zonalari, mehmonxonalar, bolalar maydonchalari, suzish havzalarini yaratish bilan birgalikda rekonstruksiya qilish; “Imom Al-Buxoriy” majmuasiga tutash hududlarni turizm infratuzilmasini qurish, shuningdek, ziyoratchilar va turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar, shu jumladan “halol” standarti bo‘yicha umumiy ovqatlanish obyektlari, diniy marosimlar va dam olish uchun joylar yaratish bilan birgalikda rivojlantirish; “Alpomish” zavodi (sobiq “Krasniy dvigatel”) hududida zamonaviy dam olish va ko‘ngil ochar industriyaga ega “Turistik markazi”ni faqat YUNESKOning roziligi olingandan so‘ng tashkil etish. 9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga xalqaro moliya institutlarining 100 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalarini jalb qilish masalasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi: a) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud turizm ehtiyojidan kelib chiqib, xorijiy aviakompaniyalar bilan yangi aviaqatnovlar ochish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish; mahalliy va xorijiy turistik kompaniyalar buyurtmanomalariga asosan “Samarqand” xalqaro aeroportida xorijiy turistlarni tashish uchun charter reyslarni amalga oshirishni tashkil qilish; b) “Uzbekistan Airports” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan birgalikda Samarqand shahriga MDH, XXR, Indoneziya, BAA, Bangladesh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlaridan turistlar oqimni ko‘paytirish uchun aviamarshrutlar ishlab chiqish; v) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qurilish vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida arqonli yo‘l qurish konsepsiyasini uch oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. “Registon” ansamblini muhofaza qilish va undan foydalanish direksiyasi Samarqand viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrdan boshlab: Turizm mavsumi davomida “Registon” kompleksining har kuni soat 7:00 dan (mart — noyabr) 24:00 gacha ish rejimi o‘rnatilishini; turistlar uchun turizm xizmatlarini monetizatsiyalashga qaratilgan tegishli xizmatlar tashkil etilishini (teatr shoularni tashkil qilish, xavo sharida ekskursiya, ansambl tarixi xaqida qisqa metrajli filmlar namoyishi va boshqalar); turizm xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida, obyekt hududida axborot ko‘rsatkich belgilari o‘rnatilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: Samarqand viloyatining madaniy meros obyektlari va me’moriy yodgorliklariga elektron chiptalar bo‘yicha kirish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish va turniketlarlardan o‘tishda inson omilining bartaraf etilishi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda “Registon” ansamblida lazerli “3D-mapping” namoyishi vaqtida jamoat tartibini muhofaza qilishi tashkil etilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy davomida: mavsum bo‘lmagan davrda (20-noyabrdan 20-fevralgacha) respublika fuqarolari uchun narx belgilash qayta ko‘rib chiqilishi va chegirmalar tizimini joriy etish; Samarqand shahrining madaniy meros obyektlari va me’moriy yodgorliklarning soat 22:00 gacha ishlashini ta’minlash orqali ish vaqtini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha choralar ko‘rsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 4-ilovada nazarda tutilgan Samarqand viloyatida turizm marshrutlari bo‘yicha avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va piyodalar ko‘chalarini qurishga doir investitsiya takliflari ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turistlarni keng jalb qilish uchun uch oy muddatda: Amir Temurning 12 bog‘i joylashgan tarixiy joylar; “Sheroz qal’a” (Bulung‘ur tumani), “Dobusiya” (Paxtachi tumani), Revdat shahri — Kofir qal’asi (Samarqand tumani), Afrosiyob shaharchasi (Samarqand shahri) arxeologik yodgorliklarini turistik yo‘nalishlarga kiritish choralarni ko‘rsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-xuquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
134
13,087
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARI KIRIShI, ChIQIShI VA TRANZIT O‘TIShINI NAZORAT QILIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 17 DEKABRDAGI 274-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit bo‘yicha bo‘lishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilovaga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2011-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradi. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 1-banddagi “90” raqami “103” raqami bilan almashtirilsin. 2. 3-banddagi “200” raqami “230” raqami bilan almashtirilsin.
222
880
Qonunchilik
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TAShABBUS KO‘RSATISh VA UNI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublika aholisini tadbirkorlik sohasiga keng ko‘lamda jalb etishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirish maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va respublikaning boshqa tashkilotlari o‘zlarining kundalik faoliyatida: moddiy-texnika, axborot va kadr resurslariga erishishda tadbirkorlar bilan davlat korxonalarining to‘la teng huquqliligini og‘ishmay ta’minlasinlar; qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, tadbirkorlarning tezkor-xo‘jalik va xo‘jalik-tijorat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymasinlar; tomonlardan birining aybi bilan ko‘rilgan zararni va boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, iqtisodiy munosabatlarda boshqaruv organlari bilan tadbirkorlarning ikki tomonlama mas’uliyati prinsipiga amal qilsinlar. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi va Adliya vazirligi tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar hamda Farmonlarning qat’iyan bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasinlar. Ularni so‘zsiz bajarish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tezkor choralarni ko‘rsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi 1995-yilda Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta qurollantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan mablag‘larning 50 foizga qadarini topshirsin. Mazkur mablag‘lar avvalo loyihalarni amalga oshirishda o‘z ulushi bilan qatnashish, kreditlar berish, shuningdek tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar berish yo‘li bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflansin. 6. Xususiy korxonalarda yollanib ishlaydigan xodimlar soni bo‘yicha amaldagi cheklashlar bekor qilinsin. 7. Iqtisodiy sudlarga xususiy korxona egalaridan poshlina haqini oldindan to‘lattirmay da’vo arizalarini qabul qilishga ruxsat berilsin, keyinchalik uning haqi sud qarori chiqarilgandan so‘ng so‘zsiz undirib olinsin. 8. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning moddiy-texnika negizini amalda mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Davlat raqobat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda: mahsulot ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni va turli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish uchun foydalanilmay yotgan ishlab chiqarish binolarini belgilangan tartibda xususiy korxonalarga ijaraga berishni; chala qurilgan ishlab chiqarish inshootlari hamda foydalanilmayotgan uskunalarni kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotishni amalda keng joriy qilsinlar. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi: 1995-yilning I choragida dehqon (fermer)lardan va xususiy korxona egalaridan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlarini xarid qiluvchi doimiy ishlaydigan ulgurji ixtisoslashtirilgan bozorlarni tashkil qilsinlar; bo‘sh yotgan binolarni tadbirkorlarning tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborlarga aylantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashsinlar. 10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, "O‘zbekyengilsanoat" davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi: tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mahalliy xomashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ulgurji-vositachi tuzilmalarni; xomashyo va materiallarga buyurtmalarni yig‘ish, ularni xarid qilish, navlarga ajratish, saqlash, zarur holga yetkazish hamda ularni tadbirkorlarning buyurtmalari bo‘yicha sotish bilan shug‘ullanuvchi tijorat markazlari va savdo uylarini tashkil qilsinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Z. Usmonov respublikaning katta shaharlarida supermarketlar barpo etishda xususiy korxona egalariga yordam ko‘rsatsin. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga turar joy binolarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar — diplomatiya korpusining xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasiga vakil qilib yuborilgan matbuot xodimlariga, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalarining xodimlariga, qo‘shma korxonalarda doimiy asosda ishlaydigan shaxslarga, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiladigan va yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslarga xususiy mulk qilib sotishlariga ruxsat berilsin. 14. Har yili xususiy korxonalar egalarining tanlovlarini o‘tkazib, g‘oliblarni — eksportga mahsulot chiqarish bilan shug‘ullanuvchi firmalarni xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda tanishtirib turish to‘g‘risida Tadbirkorlar uyushmasi bilan Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning taklifi qabul qilinsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat mulk qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida bozor munosabatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmog‘ini kengaytirishga oid tadbirlar tizimini ishlab chiqsin. 16. Toshkent shahar hokimi shu yilning I choragida Respublika jamg‘arma birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasiga ularning faoliyati uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlab beradigan binolar ajratilishini ta’minlasin. 17. O‘zteleradio, gazeta va jurnallarning tahririyatlari xususiy korxona egalarining ish tajribasini targ‘ib qilishni avj oldirsinlar, ularning aniq-ravshan namunalari asosida tayyorga ayyorlik psixologiyasini bartaraf etish va ular shu negizga tayanib o‘zlarining moddiy farovonligini ta’minlash, shuningdek xayriya faoliyatini amalga oshirishi sohasidagi keng imkoniyatlarni namoyish qilsinlar. 18. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid qaror qabul qilsin.
79
6,136
Qonunchilik
Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda) Farmoniga muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2005-yil 14-yanvardagi 3 va 2005-3-son qarori bilan tasdiqlangan Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (2005-yil 31-yanvar, ro‘yxat raqami 1446 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 37-modda) ilovaga* binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
161
1,240
Qonunchilik
Toshkentning yangi tumani boʻyicha yer soligʻi uchun zonalar belgilandi
Toshkent shahar hokimi tomonidan 12.02.2021 yildagi “Yangihayot tumanining yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sхemasi va tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 158-son qaror qabul qilindi. Quyidagi hujjatlar qabul qilindi: Qabul qilingan qaror munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar DSB va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga bir oy muddatda: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va u rasman e’lon qilingandan soʻng kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
71
551
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarish tizimini yanada maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJni tugatish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin va uning bajarilishini ta’minlansin. 3. Belgilansinki, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ korxonalari uchun imtiyozlar va preferensiyalar (qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bundan mustasno) berish bo‘yicha ilgari qabul qilingan qonun hujjatlari o‘z kuchini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qoladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
120
1,319
Qonunchilik
“O‘SIMLIKLAR KARANTINI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: O‘zbekiston Respublikasining O‘simliklar karantini bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin; hukumat qarorlarini “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismlari qo‘llanilaveradi.
99
675
Qonunchilik
Orolboʻyi mintaqasi ekologik innovatsiyalar va teхnologiyalar hududiga aylantiriladi
Prezident tomonidan 29 iyul kuni «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi «Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va teхnologiyalar hududi deb e’lon qilish toʻgʻrisida»gi maхsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.  Oʻzbekiston Respublikasi tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi​ 75-sessiyasida «Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar​ va teхnologiyalar hududi deb e’lon qilish toʻgʻrisida»gi maхsus rezolyutsiyasi qabul qilingan. Qabul qilingan qarorda Orolboʻyi mintaqasida quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan: a) siyosiy-huquqiy innovatsiyalar orqali tarkibiy va transformasion oʻzgarishlar uchun qulay muhit yaratish hamda institutsional bazani rivojlantirish, shu jumladan: b) Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni raqamlashtirish​ va innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish, shu jumladan: v)​ ijtimoiy sohani rivojlantirish​ va aholini qoʻllab-quvvatlashning innovatsion teхnologiyalari hamda meхanizmlarini joriy qilish, shu jumladan: g)​ iqtisodiy va moliyaviy innovasion meхanizmlardan keng foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida resurslarni tejovchi, «yashil» va sirkulyar (chiqindisiz, regenerativ​ va samarali) zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni keng tatbiq qilish, shu jumladan: d)​ ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, intellektual mulk ob’yektlarining yaratilishi huquqiy himoyasini ta’minlash hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda mahalliy va хalqaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan: ye)​ хalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda хorijiy investitsiyalarni jalb etish; j)​ innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning ichki manbalarini shakllantirish​ va muvofiqlashtirish. Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat 30.07.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
84
1,929
Qonunchilik
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-sonli qaroriga asosan 2017-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida 625 ta paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining 1777 ta konturidagi 14700 gektar maydonlariga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi 36100 tonna miqdorida belgilangan. Biroq, tumanning 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat o‘rnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining o‘z vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi natijasida shartnomaviy reja 74,1 foizga bajarilgan yoki 9357,7 tonna paxta xomashyosi kam topshirilishi sababli 17,8 mlrd.so‘m daromad olinmay qolgan. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablari o‘rganilganda ma’lum bo‘ldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida: birinchidan, 350 gektar ekin yer maydonlarini suv bilan ta’minlaydigan Navbahor nasos stansiyasi orqali suv chiqariladigan “Mashkanal”ning 3,6 km qismi qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududida qolib ketganligi sababli suv ta’minoti og‘irligi, shuningdek SIU balansidagi 64 ta nasos agregatlari bosimli quvurlari yaroqsiz holga kelganligi, kerakli ehtiyot qismlar bo‘lmaganligi hisobiga 36 ta fermer xo‘jaliklarining 650 gektar maydoni suv bilan yaxshi ta’minlanmaganligi sababli 568 tonna hosil yetishtirilmagan; ikkinchidan, tumandagi yuqori unumli haydov traktorlaridan 30 donasi eskirganligi sababli chigit ekiladigan maydonlarni shudgorlash ishlari muddatidan kechiktirib, sifatsiz va sayoz o‘tkazilganligi, 83 dona chopiq traktorlari va 83 dona kultivatorlar yetishmasligi natijasida g‘o‘za qator oralariga ishlov berishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, chigit ekishga yer tayyorlashda 26 dona yer tekislagichlar va 7 dona chigit ekish seyalkalari yetishmasligi oqibatida 1446,9 tonna paxta hosili yo‘qotilgan. uchinchidan, tumandagi 130 nafar fermer xo‘jaliklari moliyaviy va iqtisodiy holati nochor bo‘lganligi, moddiy-texnika bazasining yo‘qligi sababli 2998,6 gektar maydonda 4736,8 tonna (13,1%) paxta hosili yetishtirilmagan. to‘rtinchidan, joriy yilning iyul va avgust oylarida ob-havoning keskin isib, havo haroratining 45-46 daraja va undan yuqori ko‘tarilishi, Dalvarzin kanalining 36 km qismi ko‘shni Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tadigan chegara ortida joylashganligi, ushbu hududlarni o‘z vaqtida suv bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelganligi sababli aksariyat maydonlarda g‘o‘zaning hosil elementlari to‘kilishi kuzatilib, 1475 gektar paxta maydonida 1372 tonna kam hosil olingan. Yuqoridagi kabi qo‘pol agrotexnik xatoliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va 2018-yilda yerlardan samarali foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent viloyati Bekobod tumanida: paxta yetishtirish va uni yig‘ib-terib olishda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, go‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatda sifatli o‘tkazilmaganligi uchun Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi O. Israilov ogohlantirilsin; paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida debitor va kreditor qarzdorliklarning o‘sishiga yo‘l qo‘yganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B. Hakimov ogohlantirilsin. 2. O‘zbekistan Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish tavsiya etilsin. 3. Mavjud qarzdorliklarning 2018-yilning 1-apreliga qadar undirilishini ta’minlamagan taqdirda 4 ta sektor rahbarlariga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari ko‘rilishi to‘grisida ogoxdantirilsin. 4. Quyidagilar: Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq; Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi fermer xo‘jaliklariga yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizmlarini yetkazib berishning 2018-yilga mo‘ljallangan prognoz rejalari 2, 2a va 2b-ilovalarga muvofiq; Toshkent viloyati Bekobod tumanida barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini undirish jadvali 3-ilovaga muvofiq; Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sog‘in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq; Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta va galla ekinlari ekiladigan yer maydonlari konturlarining dala chetlari hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq; Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq; Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2018-yil boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasiga fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Bekobod tumanida 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarni tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda samarali joylashtirilishini ta’minl asinl ar. 7. O‘zbekistan Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xo‘jaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar o‘tkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Toshkent viloyati hokimligi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Uzbekistan Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borishi belgilab ko‘yilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
171
7,369
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda bemorlar salomatligini tiklashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishi asoratlarini kamaytirish, bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida davlat tibbiyot muassasalarida 5 mingdan ortiq o‘rin-joylar zaxirasi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya): nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish; nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 3. Belgilansinki: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o‘tkazmasdan aniqlanadi; nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi; ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan muddat Maxsus komissiya tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. 4. O‘rnatilsinki, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat yuzaga kelganda Maxsus komissiya qaroriga asosan koronavirus infeksiyasini aniqlashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishilgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: nodavlat tibbiyot tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni tezkorlik bilan tuzish; nodavlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uni davolashning zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish; koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlarining laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha Maxsus komissiyaga taklif kiritish; bemorlarni nodavlat tibbiyot tashkilotlariga joylashtirish va davolash natijalarining qat’iy hisobini yuritish; nodavlat tibbiyot tashkilotlarining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini shaxsiy gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash; nodavlat tibbiyot tashkilotlari bino-inshootlarining dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini ta’minlash; dezinfeksiya tadbirlarini to‘liq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratish choralarini ko‘rsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
129
3,691
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son, 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5564-son farmonlari va 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga muvofiq, shuningdek, charm va qorako‘l mahsulotlarini eksport qilishda ruxsat berish tartib-taomillarining qisqartirilayotganligi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi “Halq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1154-son Farmoni 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida: birinchi ― uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘rtinchi ― to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha birinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni 3-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, eng kam ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Ko‘rsatilgan hajmdan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4354-son Farmoni 6-bandi beshinchi xatboshisidan “eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-son Farmoni 4-bandidagi “41” raqami “33” raqami bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarorida: 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: tijorat banklarini ularning filiallari buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida, shu jumladan hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamg‘armalari va aylanma kassa mablag‘lari hisobidan naqd pul mablag‘lari bilan cheklanmagan miqdorda ta’minlasin; naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutgan holda respublika hududlari o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirsin”; 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1047-son qarori 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “har kuni inkassatsiya qilinishi shart” so‘zlari “inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-yanvardagi “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-1913-son qarori 3-bandidan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlari tarifining rus tilidagi matni 4-moddasida: quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “― do trex let 350 dollarov SShA”; o‘n oltinchi ― o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘n yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-son qarori 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish” so‘zlari “inkassatsiya qilish (banklarga topshirish)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3693-son qarorida: 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali charm xomashyosi (nostandartlari ham kiradi), momiq mo‘yna xomashyosi, shu jumladan qorako‘l (nostandartlari ham kiradi) xomashyosini (TIF TN bo‘yicha 4101 — 4107, 4112 00 000 0 — 4114, 4301 — 4302 kodlari) olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali charm va momiq mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”; 6-band ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda undiriladigan yig‘imdan tushadigan barcha mablag‘lar”.
170
6,999
Qonunchilik
2004-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini kuzgi ekishni o‘tkazish chora-tadbirlari, don yetishtirish va xarid qilish hajmlari to‘g‘risida
Boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha oqilona joylashtirish, kuzgi don ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishda qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan: 2004-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini 1-ilovaga muvofiq joylashtirish to‘g‘risidagi; 2004-yil hosili uchun boshoqli don yetishtirishning 2-ilovaga muvofiq prognoz hajmlari to‘g‘risidagi; 2004-yil hosilidan 3 va 4-ilovalarga muvofiq yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash va yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, davlat don xaridlari hajmi amalda yetishtirilgan don hajmining 50 foizidan oshmasligi kerak. Xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan don davlat ehtiyojlari uchun faqat qishloq xo‘jaligi korxonalarining roziligi bilan shartnomaviy narxlarda xarid qilinishi mumkin. 3. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2004-yil hosilidan 3 va 4-ilovalarga muvofiq hajmda boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urug‘lari tayyorlanishini ta’minlasin; 2003-yil 1-noyabrgacha 2004-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli ekinlar doni xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini ta’minlasin; 2004-yil don hosili uchun xarid narxlari tasdiqlangungacha, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli ekinlar doni yetishtirish uchun texnologiya kartalari bo‘yicha muddatlar va xarajatlarga muvofiq 2003-yilgi don hosili uchun shakllangan o‘rtacha preyskurant va shartnomaviy narxlar bo‘yicha bosqichma-bosqich avans berib borsin; 2004-yil hosili uchun respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalariga binoan boshoqli don ekinlarining 900 tonna superelita urug‘lari xorijiy ilmiy muassasalardan olib kelinishini ta’minlasin. 4. Kuzgi ekishga boshoqli don ekinlarining sifatli, kalibrlangan, sertifikatlangan urug‘larini tayyorlash hamda asosan birinchi reproduksiyali urug‘lar ekilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi raisi zimmasiga yuklansin. Boshoqli don ekinlarini kuzgi ekishni o‘tkazish natijalari to‘g‘risida 2003-yil 1-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin. 5. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan olib kelinayotgan bug‘doyning 900 tonna hajmidagi superelita urug‘lari bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin. 6. “O‘zkimyosanoat” va “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyalari tuzilgan shartnomalarga asosan, texnologiya kartalari talablaridan kelib chiqib, g‘alla ekuvchi xo‘jaliklarga mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy preparatlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasinlar. 7. “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” va “O‘zneftmahsulot” kompaniyalari tuzilgan shartnomalarga asosan: kuzgi don ekishda, yerlarni haydashda, haydov traktorlari va seyalkalarni tayyorlashda, ularga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar keltirishda qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga), fermer va boshqa g‘alla ekuvchi xo‘jaliklarga amaliy yordam ko‘rsatish; belgilangan limitlar doirasida neft mahsulotlari qiymatining 30 foizi oldindan to‘langandan keyin ularni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi non pishirish xususiyatlari bo‘yicha boshoqli don ekinlari mahalliy navlarining yuqori hosilli, qurg‘oqchilikka bardoshli va yuqori sifatli navlarini chiqargan seleksiyachilar va originatorlarni rag‘batlantirish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
141
4,476
Qonunchilik
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3196-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek sportchi va trenerlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, bir martalik pul mukofotlari nufuzli xalqaro sport musobaqalarida 2018-yil 1-yanvardan boshlab yuksak natijalarga erishgan sportchilarning trenerlariga beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun umrbod oylik to‘lovlarni (keyingi o‘rinlarda umrbod oylik to‘lovlar deb ataladi) tayinlash, to‘lash, miqdorini oshirish va to‘lashni to‘xtatish tartibini belgilaydi. 2. Umrbod oylik to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilarga (keyingi o‘rinlarda sportchi deb ataladi) to‘lanadi. 3. Sportchilarga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. 4. Umrbod oylik to‘lovni olish uchun sportchilar har yili 1-dekabrga qadar quyidagi hujjatlarni Vazirlikka taqdim etadi: mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakldagi ariza; sportchining pasporti nusxasi; Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib yoki sovrindor bo‘lganini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom bo‘lmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining tasdiqlovchi hujjati). 6. Vazirlik Nizomning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni uch kun ichida o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sportchilarga umrbod oylik to‘lovlar tayinlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga umrbod oylik to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risida farmoyishi qabul qilingandan so‘ng Vazirlik sportchiga bir kun ichida bu haqida yozma ravishda ma’lum qiladi. 8. Umrbod oylik to‘lov tayinlangan sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, doimiy yashash manzili o‘zgargan taqdirda, sportchi bu haqida 10 kun muddatda Vazirlikka yozma ravishda xabar berishi lozim. 9. Umrbod oylik to‘lov Vazirlik tomonidan sportchiga quyidagi miqdorda to‘lanadi: oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida; kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida; bronza medali uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida. 10. Umrbod oylik to‘lovlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi. 11. Sportchilar uchun to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi. 12. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lganligi uchun umrbod oylik to‘lovlar tayinlangan sportchilar kelgusi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan taqdirda yoki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining qaroriga muvofiq g‘olib va sovrindor deb topilganda, umrbod oylik to‘lov oshirilgan miqdorda ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qayta tayinlanadi. 13. Quyidagilar umrbod oylik to‘lov to‘xtatilishiga asos bo‘ladi: umrbod oylik to‘lov oladigan sportchi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqarilganda yoki sport musobaqalarida boshqa davlat nomidan ishtirok etganda; Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilganda; sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilganda; sportchi vafot etganda. Umrbod oylik to‘lovlar to‘xtatilishi sportchiga avval to‘langan to‘lovlarni qaytarib olinishiga asos bo‘lmaydi. 14. Sportchiga umrbod oylik to‘lov miqdorining oshirilishi yoki to‘xtatilishi Vazirlikning taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. 15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 16. Umrbod oylik to‘lovlar uchun ajratilgan budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishi bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo o‘yinlarida hamda Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarni (keyingi o‘rinlarda trenerlar deb ataladi) bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 2. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik — deb ataladi) taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. 3. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish xarajatlari Vazirlik Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 4. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi: oltin medal — 20 000 AQSh dollari; kumush medal — 15 000 AQSh dollari; bronza medal — 10 000 AQSh dollari. 5. Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi: oltin medal — 6 000 AQSh dollari; kumush medal — 3 000 AQSh dollari; bronza medal — 1 500 AQSh dollari. 6. Osiyo va Parosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi: oltin medal — 2 500 AQSh dollari; kumush medal — 1 500 AQSh dollari; bronza medal — 1 000 AQSh dollari. 7. Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo o‘yinlarida hamda Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari yakunlangandan so‘ng uch kun ichida mazkur nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar ro‘yxatini Vazirlikka taqdim etadi. 8. Vazirlik sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar tomonidan taqdim etilgan trenerlar ro‘yxatlarini besh kun ichida o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi va trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilingandan so‘ng Vazirlik, Milliy olimpiya qo‘mitasi bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash uchun chet el valyutasiga ayirboshlash uchun vakolatli bankka o‘tkazib beradi. 11. Vakolatli bank o‘rnatilgan tartibda belgilangan bir martalik pul mukofotlarini g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarga Vazirlik va Milliy olimpiya qo‘mitasi taqdim etgan tegishli hujjatlarga asosan AQSh dollarida talab qilib olguncha omonat (depozit) hisobvarag‘iga o‘tkazadi va omonat daftarchasini rasmiylashtirib beradi. 12. Trenerlarga to‘langan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi. 13. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 14. Trenerlarga bir martalik pul mukofotlari uchun ajratilgan budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishi bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga (keyingi o‘rinlarda sportchi deb ataladi) sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. 2. Sportchilar har yili bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga (keyingi o‘rinlarda sanatoriylar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sog‘lomlashtirish kursidan bepul o‘tish huquqiga ega. 3. Sportchilarni sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Sportchilar sanatoriylarda sog‘lomlashtirish kursidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq o‘tadilar. 5. Sportchilar keyingi yilga sanatoriyga yo‘llanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza; sportchining pasport nusxasi; Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi (diplom bo‘lmagan taqdirda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasining tasdiqlovchi hujjati). Yuqoridagi hujjatlar Vazirlikka to‘liq taqdim etilmagan taqdirda sanatoriyga yo‘llanma olish uchun sportchining arizasi qabul qilinmaydi. Vazirlikka taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Yo‘llanmalar so‘rab yozilgan arizalarni ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 6. Yo‘llanma unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi. Sportchilar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra yo‘llanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, yo‘llanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Vazirlikka murojaat qilib, yo‘llanma muddatiga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq muddatga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Vazirlik salomatlikni tiklash muddati ko‘rsatilgan holda ariza bergan sportchilarning ro‘yxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Vazirlik tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni olgandan keyin besh ish kuni mobaynida sportchilarni doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuboradi. 9. Davolash-profilaktika muassasalari taqdim etilgan ro‘yxatlar bo‘yicha bir oy muddatda g‘olib va sovrindor sportchilarni bepul dispanserizatsiyadan o‘tkazadilar va uning natijalariga ko‘ra sanatoriyda sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishini (tashxisi) aniqlaydi. 10. Sportchilarning tibbiy kartasida dispanserizatsiyadan o‘tkazish natijalari asosida sanatoriyda sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishi (tashxisi) va zid ko‘rsatmalar (ular mavjud bo‘lganda) ko‘rsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi. 11. Davolash-profilaktika muassasasi rahbari g‘olib va sovrindor sportchilar dispanserizatsiyadan belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlanishi, shuningdek tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishi (tashxisi) to‘g‘risidagi yozuvlarning to‘g‘riligi, ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi. 12. Davolash-profilaktika muassasasi tibbiy kartadagi yozuv asosida sportchilarning belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yo‘llanma olish uchun asos hisoblanadi. Zarurat bo‘lganda, sportchilar salomatligida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. 13. Sog‘liqni saqlash vazirligi: davolash-profilaktika muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan o‘tgan sportchilarni sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari (tashxisini) qayd etilgan ro‘yxatni oladi; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, tasarrufida sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan birgalikda sanatoriylar nomlarini ko‘rsatgan holda muassasalar ro‘yxatini tuzadilar; besh ish kuni mobaynida ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan ro‘yxatni Vazirlikka taqdim etadi. 14. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ro‘yxat asosida har bir sanatoriy bo‘yicha kelgusi yil uchun Yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. 15. Vazirlik yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan so‘ng undan ko‘chirmani o‘n ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi. Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘llanmalar reyestrini yuritadi. Zarur bo‘lganda, yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga yil mobaynida asosli sabablardan (tibbiy ko‘rsatma, sportchining rad etishi, musobaqa davri va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. O‘zgartirish va qo‘shimchalar Vazirlik tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi. Bunda Vazirlik har oyning 30 sanasiga qadar g‘olib va sovrindor sportchilarni taklifiga asosan sanatoriylarga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan parametrlarini sanatoriylarga yetkazadi. 16. Yo‘llanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega bo‘lgan maxsus blankalarda va “G‘olib va sovrindor sportchilar uchun yo‘llanma” so‘zlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon bo‘ladi. 17. Vazirlik yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan sportchilarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzadi. 18. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq sanatoriylar sportchilarni qabul qilishni ta’minlaydi. 19. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari to‘liq bajarilishiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan mas’uldir. 20. Sportchilarni sanatoriylarda davolash bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 21. Sanatoriylar har oyning 5 sanasigacha o‘tgan oyda sportchilar amalda foydalangan yo‘llanmalardan kelib chiqqan holda bajarilgan ishlar dalolatnomalari va o‘zaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalarini Vazirlikka taqdim etadi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Vazirlikka taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi va asosliligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan mas’uldirlar. 22. Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan sportchilar foydalanishi mumkin. Yo‘llanmaning boshqa shaxsga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Sanatoriyga kelgan sportchilarda pasport, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va o‘rnatilgan tartibda berilgan yo‘llanma bo‘lishi kerak. 24. Sportchilarga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi. Sportchilar sanatoriylardagi mavjud qo‘shimcha xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlarni o‘z hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin. 25. Davolanishga kelgan sportchilarga sanatoriy tomonidan yo‘llanmaning qaytish taloni Vazirlikka topshirish uchun beriladi. Yo‘llanmaning qaytish talonida sportchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda bo‘lgan vaqti ko‘rsatiladi. 26. Sportchilarga berilgan va ular foydalangan yo‘llanmalar bo‘yicha hisob-kitob va nazorat Vazirlik tomonidan olib boriladi. 27. Vazirlik sanatoriy yo‘llanmalarining o‘z vaqtida va maqsadli berilishini ta’minlaydi. 28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 29. Mazkur Nizom asosida ajratilgan mablag‘larni maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
169
18,236
Qonunchilik
NHH loyihalari: хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun monopoliyaga qarshi talablar aniqlashtirilmoqda
Yagona portalda qonun loyihasi joylashtirildi, u bilan “Raqobat toʻgʻrisida” 6.01.2012 yildagi OʻRQ-319-son Qonunga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif qilinmoqda. Loyiha bilan aniqlashtirilishicha, ustun mavqega ega хoʻjalik yurituvchi sub’yektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilar, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquq va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi. Loyiha bilan nazarda tutilishicha, monopoliyaga qarshi organ quyidagi hollarda  хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik beradi: ularning ustav fondida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi 50%dan ortiq boʻlsa; tovar  yoki  moliya  bozorida  ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan boʻlsa; tabiiy monopoliyalar sub’yektlari davlat reyestriga kiritilgan boʻlsa. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar birlashmalarini tashkil etishda oldindan rozilik olish toʻgʻrisidagi qonunda saqlanadigan talab loyiha bilan chiqarib tashlanadi. Yuridik shaхslar aksiyalarini (ulushlarini) sotib olishda monopoliyaga qarshi talablarga va ushbu talablar qoʻyiladigan shaхslar roʻyхatiga, shuningdek  ular tatbiq etilmaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхatiga tuzatish kiritish taklif qilinayotir. Qonun loyihasi bilan hozirgi paytda 100 ming EKIHni tashkil qiladigan va  хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga,  ularning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berishda monopoliyaga qarshi organ tomonidan hisobga olinadigan aktivlarning jami balans qiymati (oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum) mezonini chiqarib tashlash taklif qilinmoqda. Jismoniy shaхslarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ijro etuvchi organlariga yoki kuzatuv kengashlariga tayinlanganidan yoхud saylanganidan keyin monopoliyaga qarshi organni bu haqda хabardor qilishga majbur qiladigan norma ham хuddi shunday tarzda chiqarib tashlanadi. Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
101
2,284
Qonunchilik
Davlatning moliyaviy yordami bilan turizm tiklanmoqda
Prezident tomonidan 28 may kuni pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi. Quyidagilarni tiklash boʻyicha qaror qabul qilindi: Ma’lumot uchun: joylashtirish vositalari – bu mehmonхonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonхona хizmatlari - vaqtincha yashash хizmatlarini koʻrsatadigan boshqa ob’yektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti. Sohaga iqtisodiy “hayot bagʻishlash” uchun quyidagi bosqichlar koʻzlangan. Birinchidan, turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari uchun: Ikkinchidan, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimni toʻlashni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etildi. Muddati - 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga. Qoʻllash tartibi - soliq organlarini хabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash. Uchinchidan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qoʻshimcha moliyalashtirish: a) 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda - quyidagilarga (Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan mezonlar belgilanadi) 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar: b) Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni, shu jumladan, aхborot dasturlari va хizmatlarini  - umumiy 1,5 mlrd soʻm miqdorida qisman subsidiyalash; v) 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda  - grantlar ajratish: Toʻrtinchidan, davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmak koʻrsatish: a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagilarni subsidiyalash: b) joylashtirish vositalarini subsidiyalash koʻrinishida - 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar joylashtirish boʻyicha хizmatlar (mehmonхona хizmatlari) narхining 10%i miqdorida; v) Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: Beshinchidan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovi 18 oydan 24 oygacha uzaytiriladi. Oltinchidan, 2022 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaхslar shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan quyidagilar uchun  bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar va QQSdan tashqari) ozod etiladi: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi teхnikum va kollejlarga 2020 yilda oʻqishga qabul qilingan barcha tinglovchilarga хushхabar – ularni oʻqitish, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oshiriladi.   Oleg Zamanov.
53
2,940
Qonunchilik
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni maqbul joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, yer uchastkalarini berish tartib-taomillari noshaffof va byurokratiyalashtirilgan bo‘lib qolmoqda, bu esa tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarning zamonaviy me’moriy qiyofasini yaratishda yerlardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan yer uchastkalarini berishdagi huquqbuzarliklar yoki ularni asossiz olib qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar yer uchastkalarini berishning tanlov tartibi lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rsatmoqda. Vakolatli organlar faoliyatida yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va kelishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq hajmda foydalanish ta’minlanmayapti, bu esa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarining cho‘zilishiga va byurokratik to‘siqlarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligi, eskirgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan shaharsozlik normalari va qoidalari kompleks qurish talablariga rioya etilmasligiga va aholi punktlarining me’moriy qiyofasi yomonlashuviga olib kelmoqda. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlardagi byurokratik tartib-taomillar va to‘siqlarni qisqartirish maqsadida: 1. 2018-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra: yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshiriladi; yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda elektron shaklda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonun hujjatlari normalarini va amaliyotda ularni qo‘llashdagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilish asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha materiallarni yig‘ish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini bajarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishni, shuningdek, uni “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi bilan integratsiya qilishni; tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion o‘tkazish orqali berilishini tashkil etishni ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: aholi punktlarining bosh rejalari loyihalariga, qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga bo‘lgan talablarni loyihalarning tarkibini, ularni kelishish tartibi va muddatlarini soddalashtirgan, shuningdek, aholi punktlarini rivojlantirish va qurishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini pasaytirgan holda tubdan qayta ko‘rib chiqishni; aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishda tadbirkorlik subyektlari — davlat-xususiy sheriklik ishtirokchilariga batafsil rejalashtirish loyihalarida ko‘rsatilgan chegaralar doirasida yer uchastkalarini olishga ustunlik huquqini taqdim qilgan holda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni; aholi punktlari bosh rejalaridan, qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalaridan ularning ochiq grafik qismini O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari veb-saytlarida e’lon qilish orqali hammaning foydalanish imkoniyatini ta’minlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. Quyidagilar: hisob-kitob (smeta) qiymati 2 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlash; qurilish (rekonstruksiya, kapital ta’mirlash) qiymati oldin e’lon qilingan qiymatidan oshgan ijtimoiy va fuqarolik ahamiyatiga ega obyektlar bo‘yicha xulosalar berish tartibi bekor qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1666-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
173
6,268
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda) 285-moddasi ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “halol yo‘l bilan topgan puliga sotib olgan shaxsga” degan so‘zlar “insofli egallovchiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 137-moddaning o‘zbekcha matnidagi “kashfiyotchilarga” degan so‘z “ixtirochilarga” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2) 512-modda birinchi qismining o‘zbekcha matni “(renta to‘lovchiga)” degan so‘zlardan keyin “mulk qilib” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 3) 1056-modda yettinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “kashfiyotlarni” degan so‘z “ixtirolarni” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi 535-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 4-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: 1) 13-modda quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ushbu muddatning o‘n ikki oyga uzaytirilishiga yo‘l qo‘yiladi”; 2) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “yigirma to‘rt oy muddatgacha” degan so‘zlar “uni sanatsiya qilish muddatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar) 175-moddasining matnidagi “xalq ta’limi bo‘limlariga” degan so‘zlar “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda) 34-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Etkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar, shuningdek, agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) 19-moddasi nomi va birinchi qismining o‘zbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: Boshqa mamlakatlardan qonunga xilof ravishda olib chiqilgan, boshqa davlatlarda o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan madaniy boyliklarni insofli egallovchi ularni qonuniy mulkdoriga qaytarishi lozim. Bunday hollarda insofli egallovchiga belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi”. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “ellik” degan so‘z “qirq” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2) 34-moddaning o‘ninchi qismidagi “uchinchi va o‘n uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar” degan so‘zlar “o‘n ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan masala” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda) 19-moddasi yettinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “kashfiyotlarni” degan so‘z “ixtirolarni” degan so‘z bilan almashtirilsin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-269-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda) 18-moddasi birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi bo‘limlari” degan so‘zlar “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
7,244
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (ro‘yxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 18-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandda: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar deb xisoblansin. 2. 6-bandning ikkinchi xatboshisidan “bank muhri bosilib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. 10-banddan “va naqd pullar zaxirasiga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. 11-bandda: birinchi xatboshidan “va naqd pullar zaxirasining minimal limitlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin. 5. 1-ilova mazkur o‘zgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 6. 4-ilova mazkur o‘zgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
152
1,580
Qonunchilik
“SUG‘URTA TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Sug‘urta to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan vaqtdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida: sug‘urta tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vakolati berilgan boshqaruv organini tashkil etsin; majburiy sug‘urtani tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilasin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi qonuni hujjatlarini “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirsin. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining mazkur Qonunga zid keladigan me’yoriy hujjatlari qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin. 3. Pulning qadrsizlanishini hisobga olgan holda sug‘urta faoliyatini va qayta sug‘urta qilishni amalga oshirish bo‘yicha ustav fondining eng kam miqdorini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshirilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, “Sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan sug‘urta munosabatlari tuzilgan shartnomalarning talablariga muvofiq amal qiladi.
79
1,299