folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Auditorlar palatasi bajarilgan ishlar haqida hisobot berdi
Xalqaro standartlarni joriy qilish Prezidentning 24.04.2015 yildagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Auditorlar palatasi Xalqaro buхgalterlar federatsiyasining (XBF) uyushgan a’zosi hisoblanadi. Bu Palataga amaliy faoliyatida mulkdori XBF boʻlgan XAS va MHXS hujjatlarini qoʻllash imkonini beradi. Buхgalterlarni milliy sertifikatlash Auditorlar palatasi auditorlar va buхgalterlarning professional birlashmalari bilan birgalikda Buхgalterlarni milliy sertifikatlashni ishlab chiqdi va joriy qildi. Shuningdek, auditorlarga buхgalter milliy sertifikatlarini  berishda tashabbus koʻrsatdi. Auditorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Palata kirish badallarini undirmasdan buхgalter milliy sertifikatlarini berish amaliyotini joriy qildi. Bugungi kunda 190 nafar buхgalterlar sertifikatlar olishdi. Ichki audit Moliya vazirligi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2361, 2012 yil 12 may) bilan tasdiqlangan Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Auditorlar palatasi ichki auditor sertifikatini olishga nomzodlar uchun imtihonlar oʻtkazdi. Jami imtihonlarda 127 nafar kishi ishtirok etdi, ulardan 77 nafari ichki auditor sertifikatini oldi. Oʻquv markazlari Shuningdek, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi  XAS va MHXS boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida auditorlik tashkilotlari va aksiyadorlik jamiyatlari хodimlarini oʻqitishga koʻmaklashdi. Inchunun, 2016 yil mobaynida tinglovchilar quyidagi fanlar boʻyicha oʻqitildi: Darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari Yil mobaynida quyidagi oʻquv qoʻllanmalari ishlab chiqildi:  “Xalqaro audit standartlari” fani boʻyicha sertifikatlash Auditorlar palatasi Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi bilan hamkorlikda tajriba loyihasini – “Xalqaro audit standartlari” fani boʻyicha imtihonlar oʻtkazdi. Mavzuga oid material: Poytaхtda eng yaхshi auditorlar va buхgalterlar taqdirlandi
58
1,980
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Adliya vazirligi huzurida qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti va “Adolat” yuridik adabiyotlar nashriyoti tashkil etilsin. Adliya vazirligi institut va nashriyotning faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy aktlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari: davlat va xo‘jalik idoralarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligi bilan har yili bitim tuzishni ta’minlasinlar. 7. Adliya vazirligi bir oy muddat ichida: Vazirlar Mahkamasiga: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy aktlarini huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida; tegishli yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida; huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risida takliflar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlasin va tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, “Adolat” nashriyoti tashkil etilishi va “Hayot va qonun” jurnali chiqarilishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Adliya vazirligi ishtirokida ikki oy muddat ichida sudlar, adliya idoralari, notariat muassasalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo‘limlari muassasalarini binolar, transport vositalari va zamonaviy tashkiliy texnika bilan ta’minlashning aniq dasturini amalga oshirsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish Qoidalarini tasdiqlash, ularning ro‘yxatga olinganlik uchun to‘lovlarini yig‘ish tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarorining 5-bandiga o‘zgarish kiritilib quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur qarorga muvofiq jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olganlik va ularga keyinchalik o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi uchun olinadigan to‘lovlar summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda foydalaniladi”. 10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Yustitsiya ministrligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1972-yil 27-sentabrdagi 427-son qarori (O‘zSSR QT, 1972-y., № , 57-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. Qarorning qanday amalga oshirilayoganligi 1993-yilning aprel oyida ko‘rib chiqilsin.
94
3,239
Qonunchilik
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIGA OLIShNING XABARDOR QILISh TARTIBIDA RO‘YXATGA OLUVChI ORGANLAR VA DAVLAT SOLIQ XIZMATI HAMDA DAVLAT STATISTIKA ORGANLARI O‘RTASIDA O‘ZARO AXBOROT ALMAShINUVI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”, “Davlat statistikasi to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-357-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 174-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olishning xabardor qilish tartibida ro‘yxatga oluvchi organlar va davlat soliq xizmati hamda davlat statistika organlari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”, “Davlat statistikasi to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ–357-son qaroriga asosan, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari, tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar), davlat soliq xizmati hamda davlat statistika organlari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar. korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda — KTUT) xos raqamlari kvotasi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mustaqil berish uchun ajratilgan xos raqamlar kvotasi. elektron hujjat aylanishi — elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisi. 2. Ro‘yxatga oluvchi organ KTUT xos raqamlarining tegishli kvotasidan KTUT xos raqamini beradi. KTUT xos raqamlari kvotasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga oluvchi organga mustaqil ravishda berish uchun ajratilgan KTUT xos raqamlarining miqdoridan iboratdir. KTUT xos raqamlari kvotasi har bir ro‘yxatga oluvchi organga har oyning 5 sanasidan kechiktirmay uzluksiz ravishda taqdim etiladi (mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi). 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi har oyda KTUT zaxira xos raqamlarining zarur miqdorini shakllantiradi va ro‘yxatga oluvchi organlarga elektron shaklda taqdim etadi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari elektron pochta yoki faksimil aloqa orqali KTUT xos raqamlarini: adliya organlari ro‘yxatga oladigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha —Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalariga; tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) ro‘yxatga oladigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha — tuman (shahar) davlat statistika bo‘limlariga taqdim etadilar. 5. KTUT xos raqamlari kvotasi har bir ro‘yxatga oluvchi organda bir oyda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning o‘rtacha sonidan kelib chiqib ajratiladi. 6. Ro‘yxatga oluvchi organlarda KTUT xos raqamlarining yetarli miqdordan kamayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Keyingi oyning 5 sanasigacha ro‘yxatga oluvchi organlarga ajratilgan KTUT xos raqamlari kvotasi yetarli bo‘lmasa, ro‘yxatga oluvchi organ oldindan tegishli hududiy statistika organiga belgilangan shaklda so‘rovnoma bilan murojaat qiladi (mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi). So‘rovnomani olgan davlat statistika organi ikki ish kuni ichida kerakli miqdordagi qo‘shimcha KTUT xos raqamlarini ro‘yxatga oluvchi organga ajratib berishi shart. 7. KTUT xos raqami ro‘yxatga oluvchi organlar tomonidan qat’iy ketma-ketlik bilan beriladi. KTUT xos raqamining to‘g‘ri berilishi uchun ro‘yxatga oluvchi organlar javobgardir. 8. Yuridik shaxsga ro‘yxatga olish vaqtida berilgan KTUT xos raqami boshqa yuridik shaxsga qaytadan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (yuridik shaxs belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda ham). Yuridik shaxs takroran ro‘yxatdan o‘tganda, uning asosiy faoliyat turi, mulkchilik shakli, tashkiliy huquqiy shakli, nomlanishi, yuridik manzili, ta’sischilar tarkibi, nizom jamg‘armasi, idoraviy mansubligi o‘zgarganda KTUT xos raqami o‘zgartirilmaydi. 9. Davlat statistika organlari ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan berilgan KTUT xos raqamlarining ular tomonidan ajratilgan xos raqamlarga mos kelishini tekshiradi. Xatolar aniqlangan taqdirda, bir ish kuni davomida elektron pochta yoki faksimil aloqa orqali tegishli ro‘yxatga oluvchi organ xabardor qilinadi. 10. Ro‘yxatga oluvchi organ, tegishli xabarnomani olgandan so‘ng bir ish kuni davomida Yuridik shaxslarning Davlat reyestriga o‘zgartirish kiritib, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqida yangi guvohnoma rasmiylashtirib, bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi va unga yangi guvohnoma beradi. Berilgan yangi guvohnoma uchun davlat boji undirilmaydi. 11. Soliq to‘lovchilar identifikatsiya raqamlarini (keyingi o‘rinlarda — STIR) berish quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan: O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reyestrini shakllantirish; soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish; soliqlarning budjetga tushishini hisobga olish va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lumotlarni kompyuterda ishlashni joriy etish; soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama tekshirilishi va nazorat qilinishini tashkil etish; davlat soliq xizmati organlari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, tijorat banklari va moliyaviy, shuningdek ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar, to‘langan soliqlar, ijtimoiy va boshqa sug‘urtalar bo‘yicha davlat jamg‘armalariga to‘lovlarni hisobga olishni birxillashtirish. 12. Yuridik shaxslarga KTUT xos raqami berilganidan keyin, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ elektron pochta aloqasi orqali yuridik shaxs tomonidan arizada ko‘rsatilgan pochta manzilidagi davlat soliq xizmati organlariga STIR berish uchun belgilangan shaklda ushbu organ mansabdor shaxsining elektron imzosi bilan tasdiqlangan so‘rovnoma yuboradi (mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi). 13. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari uchun elektron pochta aloqasi orqali jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha turar joy manzilidagi davlat soliq xizmati organiga STIR berish uchun belgilangan shaklda ushbu organ mansabdor shaxsining elektron imzosi bilan tasdiqlangan so‘rovnoma yuboradi (mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasi). Elektron pochta aloqasi mavjud bo‘lmagan hollarda STIR berish uchun so‘rovnoma faksimil aloqa orqali yuboriladi. Bunda STIR berish va uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuborish vaqti sakkiz ish soatidan oshmasligi lozim. 14. Davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga STIR berish uchun yuborilgan so‘rovnomaning belgilangan shaklga mos kelmasligini yoki xato va kamchiliklar bilan to‘ldirilganligini aniqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu so‘rovnomani qayta ishlash uchun bir ish soati ichida yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qayta ishlash uchun yuborilgan so‘rovnomadagi kamchiliklarni tuzatish uchun ketgan vaqt davlat soliq xizmati organi tomonidan STIR berish uchun belgilangan sakkiz ish soatiga kirmaydi. So‘rovnomadagi kamchiliklar tuzatilib, davlat soliq xizmati organiga qayta yuborilganda, yangidan yuborilgan so‘rovnoma deb hisoblanadi. 15. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan elektron pochta yoki faksimil aloqa orqali so‘rovnomalarning kelgan vaqtini qayd etish maqsadida davlat soliq xizmati organlarining tegishli bo‘limlarida mazkur Yo‘riqnomaning 7-8-ilovalarida ko‘rsatilgan shakldagi “Yuridik shaxslarga STIR berish va ularni davlat soliq xizmati organlarida hisobga olishni monitoring qilish” va “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligiga STIR berish va ularni davlat soliq xizmati organlarida hisobga olishni monitoring qilish” jurnallar yuritiladi. Jurnallar tikilgan, raqamlangan, sanasi ko‘rsatilib, mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan hamda muhrlangan bo‘lishi lozim. 16. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi hamda davlat soliq xizmati organlarida texnik talablarga javob beradigan kompyuter va faks o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Tadbirkorlik subyektlariga STIR berish uchun yuborilgan so‘rovnoma davlat soliq xizmati organlarining tegishli bo‘linmasida alohida elektron manzilga ega bo‘lgan kompyuterda qabul qilib olinadi. Elektron hujjatlarda taqdim etilayotgan so‘rovnomalardagi ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash maqsadida, elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan kriptografiya himoya vositalari qo‘llaniladi. 17. Davlat soliq xizmati organlari belgilangan shakllardagi so‘rovnomalarni qabul qilib olgach, aniq vaqt rejimida soliq to‘lovchilarning identifikatsion raqamlari markazlashtirilgan bazasi orqali tadbirkorlik subyektiga STIR beradi. 18. Tadbirkorlik subyektlariga STIR berilgandan keyin, davlat soliq xizmati organlari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga tadbirkorlik subyektiga STIR berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani elektron pochta orqali yuboradi (mazkur Yo‘riqnomaning 5 va 6-ilovalari). Elektron pochta aloqasi bo‘lmagan taqdirda STIR berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma faksimil aloqa orqali yuboriladi. 19. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektlari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati va davlat statistika organlariga rasmiy ravishda mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasida belgilangan shaklda ma’lumotnoma hamda ariza-xabarnoma nusxasini yuboradi. 20. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingandan so‘ng, ikki ish kuni mobaynida yuridik shaxsni, yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligini hisobga oladi. Shu bilan bir vaqtda, ularni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar to‘lovchilari sifatida (tegishli jamg‘armalarga to‘lovchilar hisoblangan subyektlar uchun) hisobga qo‘yadilar. 21. Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda tadbirkorlik subyektining vakolatli boshqaruv organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab 7 ish kuni mobaynida, pochta yoki yuridik manzili o‘zgargan taqdirda — o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar xabarnomani olgandan boshlab ikki kun muddatda ushbu o‘zgarish haqida belgilangan shaklda tadbirkorlik subyekti avval joylashgan hamda yangi manzil bo‘yicha joylashgan davlat soliq xizmati va davlat statistika organlarini xabardor qiladi. Tadbirkorlik subyektini ilgari hisobga olgan tegishli davlat soliq xizmati organi ushbu xabarnomani olgandan so‘ng, ikki ish kuni davomida tadbirkorlik subyektiga tegishli barcha ma’lumotlarni yangi manzil bo‘yicha joylashgan davlat soliq xizmati va davlat statistika organlariga yuboradi (mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasi). 22. Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat reyestriga o‘zgartirish kiritishga olib keluvchi tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni o‘zgarsa, davlat statistika organlari tadbirkorlik subyektlarini jalb qilmagan holda qonunchilikka muvofiq taqdim qilinadigan yillik statistik hisobotlar asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni, davlat soliq xizmati organlarini hamda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi (mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasi). 23. Yakka tartibdagi tadbirkor unga berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqidagi guvohnomada ko‘rsatilgan faoliyat joyi o‘zgargan taqdirda, o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabarnomani olgan kundan boshlab ikki kun muddatda ushbu o‘zgarish haqida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va davlat soliq xizmati organlari ushbu o‘zgarish haqida xabarni olgandan keyin, uch kun muddatda yakka tartibdagi tadbirkorni ular tomonidan ro‘yxatga va hisobga olish hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yakka tartibdagi tadbirkorga xabar bilan birga o‘zgargan faoliyat joyini ko‘rsatgan holda yangi guvohnoma berishi shart. Ushbu holatda dastlabki guvohnoma olib qo‘yiladi. Yangi guvohnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 23-1. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish yoki tiklash to‘g‘risidagi arizasini olgan ro‘yxatga oluvchi organ keyingi ish kuni tugashidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini vaqtincha to‘xtatganligi yoki tiklaganligi to‘g‘risida soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmatiga axborot taqdim etadi. 24. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar yilning har choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobga qo‘yilgan tadbirkorlik subyektlari sonini davlat soliq xizmati va davlat statistika organlari bilan solishtiradi. 25. Mazkur Yo‘riqnoma buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 26. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
245
14,931
Qonunchilik
TIBBIYOT TEXNIKASI IShLAB ChIQARIShNI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining va “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi muassislarining “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zfarmsanoat” davlat konserni tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari hisoblansin: tibbiyot muassasalari va aholining zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojini chuqur o‘rganib chiqish va ushbu ehtiyojlarni qondirish yuzasidan takliflar tayyorlash; zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni ta’minlash; montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini, tibbiyot asbob-uskunalarining texnik servisini amalga oshirish; sog‘liqni saqlash muassasalarini texnik jihozlash bo‘yicha loyihalarini va texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish; tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish muhandis-texnik xodimlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. 3. “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004—2006-yillarda respublika tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash va unga texnik servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi va emissiya prospektini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin; davlatga tegishli aktivlarni boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakili tayinlanishini ta’minlasin; “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalari ijrosi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 283-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
96
2,907
Qonunchilik
“Elektron hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 29-dekabrdagi 2018-79-son “Elektron hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3136, 2019-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 6-son, 112-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
210
779
Qonunchilik
Strategik tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularda qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish hamda ularning moliyaviy ahvolini barqaror saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJning tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga “O‘ztransgaz” AJ tomonidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undirilishi tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. “O‘ztransgaz” AJ ushbu qaror qabul qilinguniga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tashkilotlarga shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatini 1,4 koeffitsiyent qo‘llanmagan holda qayta hisoblab chiqsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 105-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “105. Iste’molchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan ko‘p hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, iste’molchidan (ushbu qoidalarga ilovada ko‘rsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar bundan mustasno) shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undiriladi. Vujudga kelgan qarzdorlik uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda: ushbu qoidalarga ilovada ko‘rsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar gaz ta’minoti tashkilotiga to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; qolgan iste’molchilar gaz ta’minoti tashkilotiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to‘laydi”. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zammasiga yuklansin.
164
2,402
Qonunchilik
MUIC oʻz rezidentlarining loyihalarini davlat organlariga taqdim etadi
Mirzo Ulugbek Innovation Center aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasiga davlat-хususiy sheriklikni joriy etish bilan shugʻullanadi, deya хabar beriladi markaz saytida. Xususan, davlat boshqaruvi tizimida qoʻllashga mos tayyor loyihalari boʻlgan rezidentlarga koʻmak beriladi. Qiziqarli va samarali gʻoyalarga ega boʻlgan mahalliy IT-kompaniyalar har doim ham oʻzlarini namoyon etib, davlat organlarining e’tiborini oʻz ishlanmalariga jalb qila olmaydilar. Shu sababli MUIC AKT sohasi vakillari (markaz rezidentlari timsolida) va hokimiyat oʻrtasida muloqotni ta’minlash vazifasini zimmasiga oladi. Davlat organlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan rezidentlar yuqori turuvchi hokimiyat organlari hamda vakolatli idoralar vakillari ishtirokida kelgusida muhokama qilinishi uchun oʻz takliflarini 30 sentyabrgacha MUIC direksiyasiga taqdim etishlari lozim. Buning natijasida MUIC rezidentiga FHSh formatida loyihani amalga oshirish uchun eksklyuziv huquqlar taqdim etilishi mumkin. Loyiha mazmuni, qoʻllash sohalari va alohida afzalliklari bayon etilgan taqdimotlar quyidagi ye-mail orqali qabul qilinadi: [email protected].
70
1,148
Qonunchilik
Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 17-sentabrdagi 43, 78 va 01/19-26/11-son qarori (ro‘yxat raqami 2508, 2013-yil 17-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 38-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, suyultirilgan gazni tovar xomashyo birjalari (bundan buyon matnda Birja deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladigan birja savdolarida sotish tartibini belgilaydi”. 2. 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 13-banddagi “litsenziyasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi” degan so‘zlar “litsenziyasining asl nusxasini taqdim etadi, broker litsenziyadan nusxa olib, asl nusxasini qaytarib beradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 32 va 33-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zRTXB” AJ bilan kelishilgan.
106
2,922
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisining sanoq komissiyalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining ovozlarini hisoblash uchun quyidagi tarkibda Sanoq komissiyasi tuzilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining ovozlarini hisoblash uchun quyidagi tarkibda Sanoq komissiyasi tuzilsin: 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
120
448
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-147-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari V. Svetkov, B. Artikov, N. Xalilova, D. Fayziyeva va E. Xalbutayev tomonidan 2016-yil 25-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-147-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
200
817
Qonunchilik
Chet tillar oʻqituvchilarining qaysilari ustama olish uchun test topshirmaydilar
Test sinovlaridan oʻtmagan holda lavozim maoshlariga oylik ustama oladigan chet tillar oʻqituvchilari toifalari roʻyхati kengaytirildi (roʻyхat raqami 2520-3, 30.12.2019 yil). Roʻyхatdagi testdan oʻtishdan ozod etilgan oʻqituvchilar qatoriga Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan oʻtkaziladigan «APTIS for teachers» testlari boʻyicha S1 darajasini topshirganlar kiritildi. Shuningdek TOEFL (Test of English as a Foreign Language) testlari boʻyicha 95 ball toʻplagan oʻqituvchilar oylik ustamalar olish uchun sinovlardan oʻtishi shart emas. Ilgari zaruriy minimum 110 ballni tashkil etgan. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish mezonlari esa qat’iylashtirildi. Endi quyidagi ballarni toʻplagan oʻqituvchilar test sinovlaridan oʻtgan hisoblanadi: Eslatib oʻtamiz, ta’lim muassasalarining chet tillar, хorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maхsus fanlari oʻqituvchilariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15%idan 30%igacha miqdorida oylik ustamalar belgilanadi. Bunda quyidagilar majburiydir: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2019 yildan kuchga kirdi.   Lenara Xikmatova.
80
1,174
Qonunchilik
MHXS «PROFI: Xabardor boʻling!» bepul onlayn-konferensiyasi 18 maydan 22 mayga qadar oʻtkaziladi
Profi Training biznes-maktabi barcha хohlovchilarni MHXS «PROFI: Xabardor boʻling!» boʻyicha bepul onlayn-konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. Unda moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonov va хalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Konferensiya qanday masalalarni ochib berishi mumkin Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qaroriga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab  moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtishi kerak. Xuddi shu yildan boshlab kamida 3 nafar mutaхassis kompaniyada akkreditatsiyadan oʻtgan хalqaro oʻquv markazlarida oʻqishdan oʻtgan holda "MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida hujjatga ega boʻlishi shart. Shu munosabat bilan Profi Training, ACCA DipIFR (Rus)ning akkreditatsiyadan oʻtgan markazi ekspertlarni yigʻdi, ularning fikri va tajribasi mutaхassislarga «PROFI: Xabardor boʻling!» konferensiyasi jonli efirida aniq savollarga toʻliq javob olish imkonini beradi. https://profimsfo.uz/ havolasi boʻyicha yakka tartibda savol berish mumkin. Tadbir quyidagilarga moʻljallangan: Konferensiyadan: ONLAYN-KONFERENSIYa DASTURI: 1. 2020 yil 18 may “Oʻzbekistonda MHXSni jadal joriy etishni ragʻbatlantirish boʻyicha choralar” Spiker: Dilshod Sultonov – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari Spiker: Altin Shakirхanova – ASSAning Qozogʻiston va Markaziy Osiyodagi vakolatхonasi rahbari 2. 2020 yil 19 may “MHXSni dastlab qoʻllash” Spiker: Jamshid Qambarov – MHXSni joriy qilish va hisobotni transformatsiya qilish amaliyotiga ega auditor, Big4 (Deloitte & PwC) хalqaro eksperti 3. 2020 yil 20 may “MHXM boʻyicha hisobotni tayyorlash jarayonining tuzilishi” Spiker: Almira Shakiyeva – KPMG ning Qozogʻiston va Markaziy Osiyodagi direktori 4. 2020 yil 21 may “Oʻzbekistonda MHXSni joriy etish: “Oʻzbekneftgaz” AJning tajribasi Spiker: Hamza Tuхsanov - “Oʻzbekneftgaz” AJning MHXSni joriy etish boʻlimi boshligʻi 5. 2020 yil 22 may “ASSA bilan moliyada karyera” Spiker: Janna Iskenova –Qozogʻiston va Markaziy Osiyoda ASSAning ta’lim qismi boʻyicha menejeri Barcha efir YouTube platformasida 18 maydan 22 mayga qadar soat 17:00 dan boshlab oʻtkaziladi. https://profimsfo.uz/ havola boʻyicha oʻtib roʻyхatdan oʻtish mumkin Tashkilotchi - Profi Training biznes-maktabi: Barcha oʻzgarishlardan хabardor boʻling - Profi Training bilan birga boʻling! Kontaktlar: Roʻyхatdan oʻtish uchun havola: https://profimsfo.uz/ Ishtirok etish qiymati: bepul. Youtube https://www.youtube.com/channel/UCV8jzDioWb4Mb4G1GJw4T9g?view_as=subscriber Facebook https://www.facebook.com/profitraininguz TG https://bit.ly/2OKG1G5 Sayt https://uztraining.uz/ Kontaktlar: (+998 71) 200-24-27, (+998 90) 957-24-27 Email: [email protected]
96
2,850
Qonunchilik
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. 47-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yetkazib berish xizmati xizmatlaridan foydalanish.” 2. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. Elektron tijoratda to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi: naqd pul bilan — nazorat-kassa apparatidan foydalanish orqali naqd pul mablag‘lari qabul qilingani to‘g‘risida nazorat-kassa apparati cheki yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburan taqdim etish, shuningdek, belgilangan tartibda inkassatsiya qoidalariga rioya etgan holda, olingan pullarni xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirishni ta’minlash; elektron to‘lov vositalari bilan — to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob terminali yoki virtual terminal (E-POS) orqali shaxsiy va korporativ bank kartalaridan foydalanish orqali chakana to‘lov tizimida sotuvchi va xaridorga elektron to‘lov cheki yoki to‘lovni tasdiqlovchi boshqa hujjatni albatta taqdim etgan holda; pul mablag‘larini bank hisob raqamlaridan o‘tkazish yo‘li bilan — pul mablag‘larini bank hisob raqamlaridan (shu jumladan karta hisob raqamlaridan) shaxsiy kabinet (masofaviy bank hisob raqamlaridan xizmat ko‘rsatish tizimi) yoki chakana to‘lov tizimi orqali o‘tkazgan holda”. 3. Quyidagi mazmundagi 481 — 483 — bandlari bilan to‘ldirilsin: “481. Elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda xaridorga kassa chekini elektron shaklda (bundan keyin elektron chek) xaridor ko‘rsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga taqdim etishni ta’minlash zarur. Elektron chek nazorat kassa apparati mashinasidan chiqarilgan qog‘oz ko‘rinishidagi chekka tenglashtiriladi. 482. Etkazib berish xizmatlariga sotuvchining nomidan tovarlar uchun to‘lovlarni qabul qilish huquqi shartnomaga asosan xaridor tovarni sotib olganligini tasdiqlovchi kassa cheki yoki boshqa hujjatni taqdim etgan holda beriladi. 483. Tovarlar milliy pochta aloqasi operatori orqali yetkazib berilgan taqdirda tovarning to‘lovi pochta pul o‘tkazmalari ustama to‘lov orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu to‘lov usulida tovarni jo‘natish ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari orqali amalga oshirilishi kerak. Pochta jo‘natmalari orqali yetkaziladigan va ustama to‘lov qo‘llanilgan tovar xaridor tomonidan ustama to‘lov to‘liq to‘lanib, kvitansiya taqdim etilgandan so‘ng beriladi. Ustama to‘lov summalarini sotuvchi manziliga jo‘natish milliy pochta aloqasi operatori tomonidan pul mablag‘larini pochta orqali o‘tkazishning Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
97
3,681
Qonunchilik
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchi o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi o‘rinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya: o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash; o‘quvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasini berish masalasini hal etish; o‘quvchilarga ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida o‘tkaziladi. 2. Yakuniy attestatsiya ta’lim muassasalarida turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinlarda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun bir ta’lim muassasasida ta’lim yo‘nalishlaridagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, bir nechta DAK tashkil etilishi mumkin. 4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash; DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy xulosalarini tayyorlash; davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni (keyingi o‘rinlarda malakaviy ish deb yuritiladi) himoyasini o‘tkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash; topshiriqlar to‘plamini va baholash mezonlarini tasdiqlash; o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni tasdiqlash; ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risida o‘quvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish. 5. DAK o‘z faoliyatini mazkur Nizom va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi. 6. Ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchilar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yakuniy attestatsiyadan o‘tishlari majburiy. 7. Yakuniy attestatsiya quyidagi ko‘rinishdagi attestatsiya sinovlaridan iborat: davlat imtihonlarini topshirish; malakaviy ishni himoya qilish. 8. Akademik litseylarda davlat imtihonlari o‘quv rejadagi O‘zbekiston tarixi fani va chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlardan iborat. 9. Kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari o‘quv rejadagi O‘zbekiston tarixi fani, kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi yoki uning o‘rniga kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha imtihonlardan iborat. Bunda malakaviy ish himoyasi o‘rniga kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha davlat imtihonlarini topshirishga tavsiya etiladigan kasblar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari malakaviy ish himoyasi o‘rniga kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha davlat imtihonlarini topshirishni tanlash huquqiga ega. 10. Akademik litseylarda muayyan mutaxassislik (ta’lim yo‘nalishi) bo‘yicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni o‘tkazish muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasiga muvofiq belgilanadi. Kasb-hunar kollejlarida muayyan mutaxassislik (ta’lim yo‘nalishi) bo‘yicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni o‘tkazish muddati Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasiga muvofiq belgilanadi. 11. Davlat imtihonlarini o‘tkazish va malakaviy ishni himoya qilish jadvali ta’lim muassasasi direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin tasdiqlanadi. 12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning davlat ta’lim standarti (tarmoq ta’lim standarti)ga muvofiq o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart. 13. DAK a’zolari tarkibi 7 yoki 9 kishidan iborat bo‘lib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi. 14. Akademik litseylarda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, turdosh va mazkur ta’lim muassasasining tajribali, malakali o‘qituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi. Akademik litseylarda DAK a’zolari tarkibining kamida o‘ttiz foizini oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda turdosh ta’lim muassasasining vakillari tashkil etishi lozim. 15. Kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, vazirlik va idoralarning soha mutaxassislari hamda turdosh kasb-hunar kollejlari va mazkur ta’lim muassasasining tajribali, malakali maxsus fan o‘qituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi. Kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o‘qituvchilari ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarining tavsiyasi asosida DAK a’zolari tarkibiga kiritiladi. Kasb-hunar kollejlarida DAK a’zolari tarkibining kamida qirq foizini ish beruvchi tashkilotlarning vakillari tashkil etishi lozim. Madaniyat, san’at, musiqa kollejlarida DAK a’zolari tarkibining kamida yigirma foizini ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy ta’lim muassasasi vakillari tashkil etishi lozim. 16. Yakuniy attestatsiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin. 17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin. 18. DAK a’zolari tarkibi ta’lim muassasasi direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy ta’lim muassasalari, ish beruvchi tashkilotlar va turdosh ta’lim muassasalari rahbarlariga yo‘llagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik xati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi. 19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining (vazirlik, idora yoki oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun shu vazirlik, idora yoki oliy ta’lim muassasasi rahbarining), DAK a’zolari esa, ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari tarkibidan va kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi. 21. Bir kishi ketma-ket bir ta’lim muassasasida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha ikki martadan ortiq DAK raisi bo‘lishi mumkin emas. 22. Ta’lim muassasasining direktori yoki uning o‘rinbosarlari (xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosaridan tashqari) DAK raisi o‘rinbosari hisoblanadi. 23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning xulosa va qarorlarini imzolaydi hamda o‘quvchilarga qo‘yilgan talablarning bir xilligini ta’minlaydi. DAK raisi o‘rinbosari yakuniy attestatsiyani o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga mas’ul hisoblanadi. 24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davridan boshlab keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar faoliyat ko‘rsatadi. 25. O‘quv reja va dasturlarining barcha talablarini to‘liq bajargan o‘quvchi ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi. 26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan o‘quvchiga belgilangan tartibda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi. 27. O‘quv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “a’lo” va qolgan fanlardan “yaxshi” bo‘lgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan “a’lo” baholar olgan, namunali xulqqa ega bo‘lgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga imtiyozli diplom beriladi. 28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “qoniqarsiz” baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan kelmagan o‘quvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi. 29. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasining belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan o‘tmagan 3-bosqich o‘quvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat ko‘rsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega. 30. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani topshirmagan o‘quvchilar 3-bosqichda qayta o‘qish uchun ariza berishlari mumkin. 3-bosqichda qayta o‘qish uchun ariza bermagan o‘quvchiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasining to‘liq kursini tamomlaganligi to‘g‘risida akademik ma’lumotnoma beriladi. Mazkur ma’lumotnomada semestr kesimida o‘quv rejasida belgilangan fanlarga mos o‘quv yuklamasi miqdori (soatda), o‘quvchining fanlar va amaliyotlardan to‘plagan reyting ballari, yakuniy attestatsiya sinovlari natijalari, o‘quvchilar safidan chetlashtirish sababi (buyruq raqami va sanasi), shuningdek ma’lumotnomaning qayd etilgan raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilishi hamda u ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim. 31. Akademik litsey o‘quvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat imtihonlari test sinovlari shaklida mazkur bobning 3-paragrafi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 32. Chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha davlat imtihonlari o‘quv rejalarining izoh qismida keltirilgan (oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari topshiriladigan) fanlardan o‘tkaziladi. 33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, qolgan fanlardan og‘zaki sinovlar ko‘rinishida o‘tkaziladi. 34. Davlat imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan materiallar hamda mezonlar asosida o‘tkaziladi. 35. Yozma ravishda o‘tkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tayanch o‘quv rejasida davlat attestatsiyasi uchun ko‘zda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi. 36. Kasb-hunar kollejlarida O‘zbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha davlat imtihoni test sinovlari usulida o‘tkaziladi. Test sinovlarini tashkil etish hamda tartibli, xolisona va adolatli o‘tkazish mas’uliyati DAK a’zolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi. 37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining pedagog (test o‘tkaziladigan fan o‘qituvchilaridan tashqari), muhandis-pedagog, ishlab chiqarish ta’limi ustasi hamda taklif etilgan (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi. 38. Test sinovlari topshiriqlari to‘plami o‘quv dasturlari mazmunini to‘liq qamrab olgan holda ta’lim muassasasi o‘qituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli bo‘lim (kafedra)larda muhokama qilinadi. 39. DAK test sinovlari topshiriqlari to‘plami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini ta’minlaydi. 40. Test sinovlari topshiriqlari soni o‘quv guruhlari sonidan kam bo‘lmasligi kerak. O‘zbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin o‘quvchilarning e’tiboriga yetkazilishi lozim. 41. Test sinovlari boshlangandan keyin hech kim sinov o‘tkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, o‘quvchilar test materiallarini o‘rnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi. 42. Test sinovlari topshiriqlarida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarish ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varag‘i orqali yoki axborot kommunikatsiya vositalari yetarli bo‘lgan ta’lim muassasalarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. 43. Test sinovlari topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat bo‘ladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt beriladi. 44. Test sinovlari jarayonida o‘quvchilar tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan o‘quvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda o‘sha zahoti dalolatnoma tuziladi. 45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi, o‘quvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi. 46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 — 100 foizi to‘g‘ri bajarilgan holda 5 baho, 71 — 85 foizi to‘g‘ri bajarilgan holda 4 baho, 56 — 70 foizi to‘g‘ri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha to‘g‘ri bajarilgan holda 2 baho qo‘yiladi. 47. DAKning xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar, o‘quvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi. 48. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihon kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining egallagan kasb-hunari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarining shakllanganligi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni aniqlaydi. 49. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlar o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari tugagandan hamda O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha davlat imtihoni topshirilganidan so‘ng malakaviy ish himoyasidan yoki kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha davlat imtihonlaridan oldin o‘tkaziladi. O‘quv rejasiga muvofiq yakuniy attestatsiyani o‘tkazishga ajratilgan ikki haftaning birinchi haftasida O‘zbekiston tarixi fani va kasblar bo‘yicha amaliy imtihon, ikkinchi haftasida malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha davlat imtihonlari rejalashtiriladi. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihon bilan malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari bo‘yicha davlat imtihonlari oralig‘ida o‘quvchining tayyorgarlik ko‘rishi uchun kamida uch kun vaqt ajratilishi lozim. 50. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish shakli, beriladigan topshiriqlar mazmuni egallanayotgan kasbning xususiyati va kasbiy faoliyatning mazmuniga oid ko‘rsatkichlardan kelib chiqib belgilanadi. 51. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlar ta’lim muassasasining o‘quv ustaxonasi, laboratoriyasi yoki ishlab chiqarish korxonalari (texnologik jarayonlar bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha) bazasida tashkil etiladi. 52. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihon topshiriqlarining variantlari ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari, kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, bosh usta, maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan kompleks ishlar ko‘rinishida tanlanadi hamda kasblar bo‘yicha amaliy imtihon topshiriqlarini bajarishga kerak bo‘ladigan xomashyo materiallari, chizmalar, texnologik xarita, o‘lchash va kesish asbob-uskunalari ro‘yxati aniqlanadi. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihon topshiriqlari yo‘nalishning tarmoq ta’lim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tuziladi. 53. Amaliy imtihon topshiriqlarini bajarish uchun ketadigan vaqt me’yori har bir kasbning murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 54. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ta’lim muassasasi ish o‘rinlarini kerakli jihozlar, o‘lchov asbob-uskunalari, texnik hujjatlar hamda xomashyo materiallari bilan ta’minlaydi. 55. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin DAK a’zolaridan biri o‘quvchilarni topshiriqlar mazmuni, texnik shartlar, baholash mezoni, vaqt me’yori va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida operatsiyalarning bajarilish ketma-ketligini har bir o‘quvchi o‘zi mustaqil aniqlaydi. 56. DAKning kasblar bo‘yicha amaliy imtihon xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kasblar bo‘yicha amaliy imtihonning natijalari umumlashtiriladi, kasbiy amaliy imtihon natijalari bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni berish to‘g‘risidagi qaror va imtihonni o‘tkazish bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi. 57. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun talab etiladigan xarajatlar ta’lim muassasasining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. 58. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlarning xarajatlari ish beruvchi tashkilotlar, vasiy va homiylar yoki ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. 59. Ta’lim muassasasining hisobxona bo‘limi kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun xomashyoga talab etiladigan sarf-xarajatlarni o‘quv ishlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan birgalikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi. 60. Malakaviy ish himoyasi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan topshiriladigan yakuniy attestatsiya sinovi hisoblanadi. 61. Malakaviy ish mavzulari o‘quvchilarga III-kurs boshlanganidan so‘ng uch oy davomida taqsimot qilinadi. 62. Malakaviy ish o‘quvchilar tomonidan tayyorlagan turli buyum, qurilma (jihoz, maket va shu kabilar), jarayon va hodisalarning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyat yoki xossalarini o‘rganishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va elektron asboblar majmuasi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. 63. Malakaviy ishni tashkil etish va uning bajarilishini nazorat qilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi. 64. Malakaviy ish monitoringi bo‘lim (kafedra) mudirlari hamda malakaviy ish rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. 65. Malakaviy ish mavzulari kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda tuzilib, bo‘lim (kafedra) yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi. Malakaviy ish mavzulari ro‘yxati va ularning o‘quvchilar orasidagi taqsimoti kasb-hunar kollejining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Malakaviy ish mavzulari har o‘quv yilida qayta ko‘rib chiqiladi. 66. Malakaviy ishning tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi: titul varag‘i; malakaviy ishning tavsifi; mundarija; kirish (mavzuning mohiyati, dolzarbligi, maqsadning qo‘yilishi); nazariy qism (asosiy tushuncha, dalil, tamoyil, kategoriya va ular orasidagi bog‘lanishlar, ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari va shu kabilar); texnologik qism (tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari, belgilangan vazifani hal etish usullari); jihozlash qismi (tarmoq texnologiyasi bo‘yicha jihozlar va uskunalar haqida ma’lumot, texnikaviy va foydalanish tavsifnomalari); iqtisodiy qism (texnik-iqtisodiy samaradorlik tahlili, texnik samaradorlikni asoslash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish maqsadlari); mehnat muhofazasi qismi (xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi); xulosa (malakaviy ish natijalarini umumlashtirish, qiyosiy baholash, muammoni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar); foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (rahbariy va ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ro‘yxati hamda internet ma’lumotlari); ilova (fotosuratlar, ishchi va boshqa hujjatlar, yordamchi ma’lumotlar, jadvallar, chizmalar, grafiklar va slaydlar). Mutaxassisliklar xususiyatidan kelib chiqib, malakaviy ish tuzilmasining qismlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 67. Malakaviy ish quyidagi ko‘rinishlarda bajariladi: a) tajribaviy-amaliy malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni chuqurroq tahliliy o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, muayyan muammoni yechishga qaratilgan bo‘ladi; b) sinov-tadqiqot malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni takomillashtirish maqsadida kichik tadqiqot o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Unda sinov o‘tkazish rejasi, sinov ishlari usullarining tavsifnomalari, sinovning asosiy bosqichlari, tajribaviy sinov ishi natijalarining tahlili va olingan natijalarni amaliy qo‘llash imkoniyatlari haqida tavsiyalardan iborat bo‘ladi; v) loyiha malakaviy ishi — mazmunan yangi texnologik jarayon ishlanmasi yoki yangi mahsulotni yaratishdan iborat ijodiy faoliyat mahsuli. 68. Malakaviy ish loyiha ko‘rinishida bajarilganda, u ko‘pi bilan to‘rt nafar o‘quvchidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday hollarda har bir o‘quvchiga individual topshiriqlar beriladi. 69. Loyiha malakaviy ishi guruh tomonidan bajarilganda, har bir o‘quvchining malakaviy ishni bajarishga qo‘shgan hissasi aniq ko‘rsatilishi shart. 70. Malakaviy ish mavzuining mazmuni ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligiga mos kelishi hamda tarmoqdagi yangi texnologik jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 71. Malakaviy ishni bajaruvchi o‘quvchining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: mavzuga mos adabiyotlarni tanlash va ularni tahlil qilish; malakaviy ishning bajarilish jadvaliga rioya qilish; malakaviy ishni sifatli bajarish; malakaviy ish bo‘yicha taqdimot tayyorlash; malakaviy ishni belgilangan muddatda himoya qilish. 72. Malakaviy ish rahbarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: malakaviy ish mavzui bo‘yicha individual topshiriqlarni ishlab chiqish; malakaviy ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligi bo‘yicha maslahatlar berish; mavzuga mos adabiyotlar tanlash va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarga amaliy yordamlar ko‘rsatish; malakaviy ishning bajarilish taqvim rejasini ishlab chiqish va o‘quvchi tomonidan uning mustaqil bajarilishini nazorat qilish; malakaviy ishga yozma xulosa tayyorlash; ish beruvchi tashkilotlardan taqriz olinishini muvofiqlashtirish; malakaviy ish himoyasida ishtirok etish. 73. Malakaviy ish rahbari o‘quvchi bajargan malakaviy ishning mazmuni, sifati hamda olingan natijalar va mavjud ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mas’ul hisoblanadi. 74. Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan ishning ayrim bo‘limlari bo‘yicha kasb-hunar kollejining o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari maslahatchilar sifatida jalb etilishi mumkin. 75. Malakaviy ishni rasmiylashtirishga quyidagi talablar qo‘yiladi: malakaviy ishning matni 210 x 297 mm o‘lchamdagi A-4 formatdagi yozuv qog‘ozining bir tomoniga yozilgan, qo‘l yozma shaklida 60 betdan (madaniyat va sport hamda san’at yo‘nalishlarida 25 betdan) va kompyuter yordamida 30 betdan (madaniyat va sport hamda san’at yo‘nalishlarida 10 betdan) kam bo‘lmagan hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda Times New Roman nomli 12 o‘lchamli shriftda, 1,5 yoki 2 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 2 sm bo‘lishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim; malakaviy ishning titul varag‘idan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi; malakaviy ishning grafik, chizmalar qismi qo‘lda yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda A1 yoki A3 formatda bajariladi; malakaviy ish uchun zarur bo‘lgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi ko‘rsatiladi; tushuntiruv yozuvi bo‘lim yoki kichik bo‘limlarga bo‘linadi. Har bir bo‘lim alohida sahifadan boshlanadi va alohida tartib raqamga ega bo‘ladi. Masalan: 1, 2, 3, .... ; har bir kichik bo‘lim esa quyidagicha belgilanadi: 2.1, 3.2, 4.2, ... ; sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval bo‘lishi lozim; foydalanilgan adabiyotlar to‘g‘risida muallifning ism-familiyasi, adabiyotning nomi, qayerda va qachon chop etilganligi, davriy nashrlardan foydalanilgan taqdirda, foydalanilgan gazeta (jurnal) nomi va sanasi yoziladi; malakaviy ishda keltirilgan rasm, jadval hamda chizma (sxema)larning barchasi ketma-ket raqamlanadi. 76. Malakaviy ish to‘liq bajarilgach, 1 nusxada muqovalanadi. 77. Ta’lim muassasasining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari malakaviy ishga malakaviy ish rahbari taqrizidan tashqari xolis tomon taqrizini ham olinishini ta’minlaydi. Xolis taqriz malakaviy ish mavzuiga aloqador tashkilotlarning mutaxassislaridan yoki mazkur ta’lim muassasasining umumkasbiy yoki maxsus fan o‘qituvchisi tomonidan olinadi. 78. Taqriz asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: malakaviy ish mazmunining berilgan mavzuga mosligi to‘g‘risida xulosa; malakaviy ishdagi har bir bo‘limning bajarilish mazmuni va sifatiga berilgan baho; qo‘yilgan masalalarning yechilish darajasini, ishning nazariy va amaliy qiymatini baholash; taqdim etilgan malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirish darajasini baholash. 79. Taqrizning mazmuni bilan o‘quvchi malakaviy ish himoyasidan kamida 3 kun avval tanishtirilishi kerak. 80. Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan malakaviy ish himoyasidan oldin DAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: tarmoq ta’lim standarti; yakuniy attestatsiyani o‘tkazishga oid qonunchilik hujjatlari; o‘quvchilarni yakuniy attestatsiyaga ruxsat etilganligi to‘g‘risidagi ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i; kasblar bo‘yicha amaliy imtihon natijalari; tashkilotlarning biridan ishlab chiqarish amaliyoti natijalari bo‘yicha o‘quvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik daraja (ta’rif razryadi)si; o‘quv rejaga kiritilgan barcha fanlarni o‘quvchining o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; o‘quvchining reyting daftarchasi; DAKning majlislar bayoni kitobi. 81. Malakaviy ish himoyasi o‘quv rejasida belgilangan yakuniy attestatsiya uchun ajratilgan ikki hafta davomida kasblar bo‘yicha amaliy imtihondan so‘ng o‘tkaziladi. 82. Malakaviy ish himoyasida har bir o‘quvchiga o‘zining ishini taqdimot qilishi uchun 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi, taqdimot tugagandan so‘ng malakaviy ishga berilgan xulosa va taqrizlar o‘qib eshittiriladi. 83. Malakaviy ish himoyasini baholash DAK tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bahoni belgilashda baholash varaqasida quyidagilar hisobga olinadi: mavzuning dolzarbligi; malakaviy ishning sifati va rasmiylashtirilishi; o‘quvchining loyiha bo‘yicha taqdimoti; o‘quvchining berilgan savollarga javobi; o‘quvchining nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi; malakaviy ish rahbarining xulosasi; taqrizchining bahosi. 84. Malakaviy ish himoyasining bahosi DAKning majlisida ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Bunda, o‘quvchining kasblar bo‘yicha amaliy imtihon va malakaviy ish himoyasidan olgan natijalari hisobga olinadi (ovozlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda, natija o‘quvchining foydasiga hal etiladi). 85. DAKning yakuniy kengash qarorida o‘quvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni tasdiqlash, tegishli kasblarni egallagani hamda kasb-hunar kollejini tamomlagani to‘g‘risida davlat namunasidagi diplomni berish bo‘yicha xulosalar aks ettiriladi. DAKning qarori o‘quvchining ta’lim muassasasini tugatganligi yoki uni o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asos bo‘ladi. 86. Yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘yicha tuzilgan hisobotlar va malakaviy ishlar, ta’lim muassasasi arxivida 4 yil davomida saqlanadi. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bo‘yicha tashkil etilgan komissiya majlisi qaroriga ko‘ra malakaviy ishlar o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqariladi. 87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan o‘quvchilarning arizasini ko‘rib chiqish uchun ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan apellatsiya komissiyasi tuziladi. Mazkur buyruq bilan apellatsiya komissiyasining tarkibi, ishlash tartibi va vakolatlari rasmiylashtiriladi hamda yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi. 88. Yakuniy attestatsiya sinovlari jarayonida qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan o‘quvchi faqat yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan paytda apellatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Apellatsiya komissiyasi shu kunning o‘zida bevosita joyida arizachining murojaatini hal etadi va tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa kunlari o‘quvchi tomonidan bildirilgan e’tiroz va shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi. 89. Ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi. 90. Ushbu Nizom idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tatbiq etiladi. 91. Mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi. 93. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK bilan kelishilgan.
135
31,501
Qonunchilik
ChAKANA SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA “ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING TARQATILIShI HAMDA ISTE’MOL QILINIShINI ChEKLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida” 2011-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-302-son Qonunini amalga oshirish, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish tartibining yagona tarzda qo‘llanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi ishlab turgan savdo obyektlari joylashuvini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi guruh tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi ishlab turgan savdo obyektlari joylashuvini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek ularni yangi joylarga joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi har bir savdo obyekti bo‘yicha qayta joylashtirishning aniq muddatlarini belgilash, shuningdek joylashtiriladigan yangi joylarning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash; alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi savdo obyektlarini optimallashtirish va qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi savdo obyektlarining amaldagi joylashuvi hamda joylashuvi qonunchilik talablariga javob bermaydigan savdo obyektlarini qayta joylashtirish yuzasidan takliflarni uch kun muddatda Ishchi guruhga taqdim etsinlar; Ishchi guruh qarori asosida, belgilangan muddatlarda, savdo obyektlari qonunchilik talablariga javob beradigan binolar va xonalarga qayta joylashtirilishini ta’minlasinlar; Ishchi guruhning chakana savdo obyektlari qayta joylashtirilishi, ularni qayta joylashtirish muddatlari va joyi to‘g‘risidagi qarorini tegishli tadbirkorlik subyektlariga yetkazsinlar; tegishli savdo obyektlarini qonunchilik talablariga javob beradigan yangi joylarga qayta joylashtirishda tadbirkorlik subyektlariga zarur yordam ko‘rsatsinlar. 4. Ishchi guruh (Azimov R.S.) alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi ishlab turgan savdo obyektlarining joylashuvini xatlovdan o‘tkazish asosida uch kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari ko‘rib chiqilishini va kelishilishini ta’minlasin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, ishlab turgan savdo obyektlari ular yangi joyga joylashtirilgunga qadar, kechi bilan 2013-yil 1-aprelgacha ilgari berilgan ruxsat guvohnomalariga muvofiq alkogolli, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqiga egadirlar. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bundan buyon alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berishda alkogolli mahsulotlarni chakana sotish obyektlarini joylashtirish yuzasidan qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini bir hafta muddatda belgilangan tartibda kiritsinlar. 9. Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ilgari berilgan ruxsat guvohnomalari ular berilgan muddat tugagungacha amal qilishi hamda alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun yig‘im to‘lash majburiyatlari saqlanib qolishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 10. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida (qarorga 1-ilova): a) 3-bandning yettinchi xatboshidagi “umumiy ovqatlanish savdo obyektlari” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 63-banddagi “Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarida (qarorga 2-ilova): a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “savdo obyektida” so‘zlari “korxonasida” so‘zi bilan almashtirilsin; b) 9-bandning birinchi xatboshidagi “savdo obyektlarining” so‘zlari “korxonalarining” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 14-bandning birinchi xatboshidagi “savdo obyekti” so‘zlari “obyekt” so‘zi bilan almashtirilsin; g) 15-banddagi “savdo obyektlari” so‘zlari “umumiy ovqatlanish obyektlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 19-banddagi “savdo obyektlaridagi” so‘zlari “korxonalarida” so‘zi bilan almashtirilsin; e) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “20. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat guvohnomasi mavjud bo‘lganda sotiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak”.
218
6,128
Qonunchilik
Metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. 16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 17. Tashkilotlar o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishlari lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart. 19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir. 21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi. 26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi; yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi; xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim. 29. Xodimlar Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 248-modda) va Sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1877, 2008-yil 2-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 49-son, 486-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 30. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. 32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 33. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 34. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi. 35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim. 36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 37. Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim. 38. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas. 39. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi. 40. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim: xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi; ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi; xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi. 43. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim. 44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim. 45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak. 46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 48. Tashkilotning hududi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 49. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak. 50. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur. 51. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. 52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yong‘in texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat ko‘rsatilishi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 53. Tashkilot hududi har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi lozim. 54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak. 55. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim. 56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qo‘yilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak. 57. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 59. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak. 60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak. 62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland bo‘lishi kerak. 63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak. 64. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 66. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim. 67. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 69. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim. 70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, o‘rtacha og‘ir ishda 17º C va og‘ir ishda 16º C dan past bo‘lmasligi kerak. 71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22o C dan kam bo‘lmasligi kerak. 72. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish; tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak. 75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak. 76. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos bo‘lishi kerak. 77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi kanalizatsiyaga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak. 78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi va suv quvurlari bo‘lmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 79. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak. 80. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak. 81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 82. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi bo‘lmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining bo‘lishiga ruxsat etiladi. 83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim. 84. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim. 85. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak. 86. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 87. Yoritish vositalari ko‘zni qamashtirishidan saqlash uchun choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 88. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak. 89. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 90. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim. 91. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim. 92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim. 93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim. 94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar bo‘lishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim. 95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim. 96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim. 98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 99. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak. 100. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 101. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 102. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim: ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash; ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi. 103. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 104. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim. Liniya to‘xtagandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi. 105. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. 106. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslar kirishi taqiqlanadi. 107. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 108. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 109. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 110. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak. 111. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 112. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 113. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi. 114. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil bo‘lishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali erga ulanishi kerak. 115. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 116. Sexlarda (bo‘limlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarida) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek yong‘in o‘chirish anjomlarining soz holda bo‘lishiga shu bo‘linmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari mas’uldir. 117. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish binolari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 118. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim. 119. Qo‘lda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz bo‘lgan yoki yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi. 120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. 121. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak. 122. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart. 123. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim. 124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 125. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim. 126. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim. 127. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim. 128. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak. 129. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va erga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 130. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 131. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 132. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim. 133. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va erga ulangan bo‘lishi lozim. 134. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. 135. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. 136. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 137. Qoplamalarni ishlab chiqarish va metallarga kimyoviy ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash, tashkil etish va olib borishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: zararli va yong‘in uchun xavfli moddalarni zararli, zararsiz va yonmaydigan moddalarga almashtirish; organizmga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar va eritmalar bilan bevosita ishlashning oldini olish; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari manbai hisoblangan texnologik jarayonlarni amalga oshirishda uskunalarni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va germetiklash. 138. Texnologik uskunalar, jihozlar va boshqa elektr uskunalar ishlash jarayonida statik elektr hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda zaminlashtirilgan bo‘lishi lozim. 139. Organik eritmalar bilan yog‘sizlantirishda quyidagi talablar bajarilishi lozim: tortuvchi-so‘rib oluvchi ventilatsiyali va yong‘inni o‘chirish vositalari o‘rnatilgan alohida binoda amalga oshirilishi; mexanik usulda bajarilishi; antistatik qo‘shimchali eritmalar qo‘llanilishi; ish boshlashdan oldin eritmalar aralashtirib olinishi. 140. Qo‘lda artib yog‘sizlantirishda statik elektr to‘planmaydigan ip-gazlama matodan (salfetka va tampon) foydalanish lozim. 141. Xlorli uglevodorodda yog‘sizlantirish germetiklangan uskunalarda bajarilishi kerak. 142. Binoda yog‘sizlantirish uchun organik eritmalar smena ehtiyojidan oshmagan miqdorda saqlanishi lozim. 143. Ish tugagandan keyin ishlatilgan artish matosi zich yopiladigan metall qutilarga solib, maxsus joyga chiqarib tashlanishi lozim. 144. Elektrokimyoviy yog‘sizlantirishda eritma yuzasidagi ko‘pik vaqti-vaqti bilan olib tashlanishi va uchqun chiqishining oldini olish uchun choralar ko‘rilishi kerak. Bunda ko‘pik metaldan ishlangan va ishqorli muhitga chidamli asbob bilan olib tashlanishi kerak. 145. Yonuvchi ishqor konsentratsiyali eritma va ishqorli quyma bilan ishlaganda ogohlantiruvchi eritmani vannadan to‘kish uchun quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim: yuklashdan oldin detallar va asboblarning sirtidagi suvlar quritilishi; eritmani to‘g‘rilashdan oldin quyma qotgunga qadar 100° C gacha sovutilishi; ishqor maxsus asbob (teshikli chelak va setka) bilan vannada eritilishi va qorishtirilishi; vanna tubigacha yetadigan trubka orqali ishqorli eritmani qo‘shish; eritmali vannada ishlaganda ishqor kuzatib turilishi; kimyoviy oksidlash vannasini ishga tayyorlashda ishqorning vanna yuzasida va tubida qotib qolgan qobig‘i buzib chiqilishi va eritma kerakli haroratga kelgunga qadar isitilib aralashtirilishi. 146. Ajralib chiqadigan zararli bug‘lar xodimlarga ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi kerak: kimyoviy ishlov berish kislotalariga ko‘pirtiruvchi yoki kimyoviy ishlov berish ingibitorlarini qo‘shish; xromlashda elektrolitlarga xromin qo‘shimchasi qo‘shish yoki vanna oynasi shisha yoki g‘ovak sharchali plastmassa bilan qoplanishi; alyuminiyli qotishmalar oltingugurt kislotali va xrom kislotali oksidlash vannasi sathini penoplast bilan qoplanishi. 147. Elektrsayqallash jarayonlarini o‘tkazishda quyidagi choralar ko‘rilishi lozim: shtanglarni tutashuviga yo‘l qo‘ymaslik; detallarni qattiq birikishini ta’minlash; vannada ishlash vaqtida detallarni yuklash, tushirish va silkitmaslik; ventilatsiya to‘xtab qolganda elektrsayqallashni to‘xtatish. 148. Magniyli va titanli qotishmalarni kimyoviy qayta ishlashda quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak: magniyli detallarni eritilgan ishqorga solmaslik; magniyli qotishmalarga kimyoviy ishlov berish eritmalarida azot kislotasi konsentratsiyasi 50 g/l dan oshmasligi; qalay miqdori yuqori bo‘lgan titan qotishmalarini ishqor eritmalarida qayta ishlamaslik; titan va uning qotishmasini tutayotgan azot kislotasi bilan to‘qnashishiga yo‘l qo‘ymaslik; tarkibida azot kislotasi bo‘lgan eritmada titanga kimyoviy ishlov berishda ishlov berilayotgan detal yuzasi bilan eritma hajmi mutanosibligiga rioya qilish; po‘latdan tayyorlangan texnologik asbob-uskunalardan (ilmoq, setka va boshqalar) foydalanmaslik va po‘lat ilmoqlarni polimer materiallar (polietilen, ftoriplast va polixlorvinil) bilan izolatsiyalash; magniy va titandan bo‘lgan buyumlar qayta ishlanadigan binolarda kislota va ishqorlarni saqlamaslik. 149. Magniy va uning qotishmasini suv, tetraxlorli o‘t o‘chirgich va karbonat kislota bilan so‘ndirish qat’iyan taqiqlanadi. 150. Yonayotgan titanni o‘chirish uchun suv, karbonat kislota, azot, to‘rt xlorli karbonat va qum ishlatmaslik kerak. 151. Qayta ishlangan tsianidli tuz eritmalari, tozalashdan keyingi cho‘kmalar va yuvishda ishlatilgan suv kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tozalash inshootlarida zararsizlantirilishi lozim. 152. Ishlovdan o‘tgan kislota va ishqor eritmalari oqar suvga tashlanishidan oldin neytrallashtirilishi lozim. 153. Kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish vannalari yon devorlarida so‘rish tuynuklari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 154. Yuqori haroratda ishlaydigan vannadagi mahalliy tortuvchi ventilatsiya vanna isitilishidan oldin yoqilishi va to‘liq sovutilgandan so‘ng o‘chirilishi zarur. 155. Tarkibida xavfliligi 1 va 2-toifali moddalar bo‘lgan vannalar, shuningdek ishlash chog‘ida kislota va ishqorlarning yuqori konsentratsiyasi bo‘lgan tuman ajralib chiqadigan eritmali vannalar (xromlash vannasi, titanga, alyuminga kimyoviy ishlov berish, oksidlash va fosfatlash vannasi) qopqoq va quyuvchi asboblar (sifon va nasos) bilan jihozlangan bo‘lishi va eritmalarning isitilishi avtomatik tarzda tartibga solib turilishi lozim. 156. Sianidli elektrolit vannalar qopqoq va qulf bilan jihozlanishi zarur. Vannalarning qopqoqlari ishlash vaqtida yopilishi, ish tugagandan so‘ng va tanaffusda vannalar qopqoqlari yopilib qulflanishi lozim. Kalitlar sex boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga topshirilishi kerak. 157. Avtomatik va yarim avtomatik liniyalardagi tsianidli elektrolit vannalarga ish vaqtidan tashqari unga o‘tish imkonini bermaydigan to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lsa, qopqoqlarni o‘rnatmaslikka ruxsat etiladi. 158. Elektrokimyoviy jarayonlarni bajarishda tokdan shikastlanmaslik uchun quyidagi choralar ko‘rilishi zarur: shtanglar vanna korpusidan ishonchli izolatsiyalanishi; detallarni ortish, tushirish, kontaktlarni to‘g‘rilash va shtanglarni tozalash o‘chirilgan tokda amalga oshirilishi. 159. Sachrash yuzaga kelgan taqdirda, eritmalarni quruq muz bilan sovutmaslik kerak. Vannalar sovutish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 160. Ilish asboblari kislota va ishqorga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. 161. Vannaga tushib ketgan detallarni vannadan kuchlanishni va isitgichni o‘chirgan holda uzun dastali belkurak, ilmoq va magnit yordamida olish lozim. 162. Sianidli vannalarda qo‘llaniladigan instrumentlar farqlanadigan rangda bo‘yalgan bo‘lishi kerak. 163. Anodlar vannadan chiqarib olinib, suv bilan yuvib tashlangandan so‘ng tozalanishini zarur. 164. Uskuna ta’mirlashdan oldin nam holatda tozalanishi lozim. 165. Uskunani qismlarga ajratish, tozalash va ta’mirlashda qo‘llaniladigan barcha instrument va asbob-uskunalar ish tugagandan so‘ng, zararsizlantirilishi va yuvilishi lozim. 166. Ishchilar ta’mirlash ishlariga kirishishdan oldin, xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bilan tanishtirilishi lozim. 167. Moy va moylash bilan ishlov beriladigan qismlar boshqa ishlab chiqarish jarayonlaridan izolatsiyalangan bo‘lishi va yong‘inni o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 168. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim. 169. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga muvofiq bo‘lishi kerak. 170. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 171. Omborxonaning devorlari bo‘ylab o‘ralgan har bir javonda olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda xomashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oralig‘idagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar bilan oralig‘i esa 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 172. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim. 173. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi. 174. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 175. Ikkilamchi xomashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bog‘lamlarga o‘ralgan holda qabul qilinishi kerak. 176. Ikkilamchi xomashyo bog‘lamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim. 177. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam bo‘lmagan holda baland va 0,5 m dan kam bo‘lmagan holda yonmaydigan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. 178. Ikkilamchi xomashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam o‘lchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak. 179. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada ag‘anamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi lozim. 180. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. 181. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 182. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq bo‘lgan yuklarni tashish va taxlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 183. Kimyoviy moddalar maxsus jihozlangan binoda (omborxonada) kimyoviy ta’sir xususiyatiga ko‘ra bog‘liqligi bo‘yicha alohida joylarda saqlanishi zarur. Omborxonalarda har xil kimyoviy moddalar birgalikda saqlanishi uchun ularning ro‘yxati bo‘lishi lozim. 184. Har bir kimyoviy modda texnik ko‘rsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 185. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki to‘kilgan kislotani neytrallash uchun soda va himoya vositalari uchun zaxira idishlar bo‘lishi lozim. 186. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislotaning nomi yozilgan bo‘lishi lozim. 187. Kislota uchun rezervuarlarga benzin, kerosin, yog‘ va spirt tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 188. Ushlagichli savatlarga yoki yog‘och panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari bo‘yicha 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan ko‘p bo‘lmagan holda saqlash zarur. Guruhlar orasidagi o‘tish yo‘lagining kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 189. Butilkalar xlorli kalsiy eritmasi shimdirilgan material bilan qoplangan bo‘lishi kerak. 190. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlamaslik kerak. 191. Qattiq o‘yuvchi natriy (o‘yuvchi kaliy) temir barabanlarda, suyuq o‘yuvchi natriy (kaliy) — temir banka, idish (bak), barabanlarda, yozda esa shisha butilkalarda yumshoq qatlam bilan panjaralangan holda saqlanishi lozim. O‘yuvchi natriyli idishlarda “Xavfli — o‘yuvchi natriy” (o‘yuvchi kaliy) yozuvi bo‘lishi lozim. 192. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlamaslik kerak. 193. Detallarni kimyoviy ishlov berish usuli bilan tozalashda ishlov berish va yuvish vannalari yonma-yon joylashtirilishi kerak. Bunda yuvish vannalari o‘rtasidagi oralig‘i polga eritma tushishini oldini olish uchun rezina to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim. 194. Detallarga kimyoviy ishlov berish usulida yuvish vannalari kanalizatsiyaga berk quvurlar orqali ulangan bo‘lishi lozim. Eritgichlarni ochiq tarnovlar va ariqchalar orqali oqizish taqiqlanadi. 195. Yuvish vannalari joylashgan joydagi pol yog‘ochli katak-katak panjaralar bilan qoplanishi kerak. 196. Detalga kimyoviy ishlov beruvchi ishga aloqasi bo‘lmagan boshqa shaxslarning kirishi taqiqlanadi. 197. To‘kilgan va ishlatilgan aralashmalar (kislota) zararsizlantirilgandan so‘ng kanalizatsiyaga oqizilishi kerak. 198. Detallarga isitilgan kislotalar bilan ishlov berishda uning harorati 35°C dan va oltingugurt kislotasida 65°C dan oshmasligi lozim. 199. Kimyoviy ishlov berish usulida tozalanadigan detallar quritilgan bo‘lishi lozim. 200. Har bir yuvish vannasida undan foydalanish, aralashma tarkibi va harorat rejimi ko‘rsatilgan jadval bo‘lishi kerak. 201. Yuqori haroratgacha qizdiriladigan aralashmali, agressiv aralashmali, shuningdek yon tomonlama so‘rg‘ichlarsiz uzoq texnologik jarayonda bo‘ladigan yuvish vannalari qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 202. Kislotalarni, ishqorlarni, tuzlarni eritish va eritmalarni zararsizlantiruvchi baklar, to‘plagichlar va o‘lchagichlar qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 203. Yuvish vannalarini ko‘chirish va o‘rnatish, xonalardan chiqindilarni chiqarish ishlari mexanizatsiya yordamida bajarilishi lozim. 204. Baraban va boshqa idishlardan tuz va ishqorlarni tushirish mexanik va gidravlik qurilmalar yordamida amalga oshirilishi lozim. 205. Yuvish vannalariga katta miqdordagi xavfli suyuqliklarni berish ishlari nasoslar yoki vakum-nasoslar bilan, shuningdek kombinatsiyalashgan usulda amalga oshirilishi lozim. 206. Yuvish vannasini isitish, haroratni nazorat qilish, detallarni yuvish vannasiga botirishdan oldin isitish, gidrid natriy generatoriga gaz berish, kaustik erishiga qarab generator holatini to‘g‘rilash ishlari maxsus avtomatlashtirilgan uskunalarda bajarilishi lozim. 207. Detallarni kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda eritmalar uning tarkibiy qismlari kimyoviy tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng tayyorlanishi kerak. 208. Aralashma kimyo muhandisi yoki usta boshchiligida, xodimga aralashma tarkibi, tarkibiy qismlari miqdori, solish ketma-ketligi va tayyorlanishini nazorat qilish ishlari haqida berilgan yozma ko‘rsatma asosida tayyorlanishi lozim. 209. Kislotalarni, ishqorlarni va tuzlarni ko‘tarish va joyini o‘zgartirish maxsus aravalar yoki moslamalar yordamida amalga oshirilishi kerak. 210. Kimyoviy modda idishlarining qopqog‘i maxsus moslamalar bilan ochilishi lozim. Qadoqlash, tortish, kimyoviy moddalarni eritish va aralashmani yuvish vannasida aralashtirish ishlari ham maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi lozim. 211. Butilkaga suyuqlik quyishdan oldin havo chiqaradigan naychali yopiq voronka qo‘yish lozim. 212. Aralashmalarni tayyorlashda yuvish vannasini suv bilan to‘ldirish, azot yoki fosfor kislotasini quyish va shundan so‘ng, oltingugurt kislotasini quyish kerak. 213. Yuqori konsentratsiyali azot kislotasi bilan ish olib boriladigan joylarda quruq buyumlar bo‘lmasligi lozim, ular olib qo‘yilishi yoki suv bilan ho‘l qilinishi lozim. 214. Detallar ilish moslamalariga ilinganda, ular yuvish vannasiga tushib ketishining oldini olish kerak. 215. Ilish moslamalari (ilgaklar va savatlar) mustahkam va qulay bo‘lishi hamda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli materiallardan tayyorlanishi kerak. 216. Moslamalarga detallarni mahkamlash ishonchli bo‘lishi lozim. Moslamalarga mahkamlangan detallarning ishonchliligi yuvish vannasidan tashqarida silkitib ko‘rib tekshiriladi. Yuvish vannasi ustida detallar ilgakka mahkam osilganligini tekshirish uchun ularni silkitib ko‘rish taqiqlanadi. 217. Detal yuvish vannasiga tushib ketgan hollarda, detal tok va qizdirgich o‘chirilgandan so‘ng maxsus moslamalar yordamida olinishi kerak. 218. Yuvish vannasiga detallarni solish va olish ishlari siltamasdan amalga oshirilishi kerak. 219. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003 — 91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda bo‘lishi lozim. 220. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar va elektr simlarining zararlanish xavfi bartaraf etilgan bo‘lishi kerak. 221. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim. 222. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 223. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 224. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak. 225. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari bo‘lmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi. 226. Buzilgan jihoz ustiga unda ishlash mumkin emasligini bildiruvchi va ogohlantiruvchi belgi qo‘yilishi lozim. Qurilmada uni ta’mirlash ishlari tugatilmaguniga qadar ishga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘rilishi lozim. 227. Yuvish vannasiga xizmat ko‘rsatish maydonchalarining eni kamida 1,5 m bo‘lishi lozim. 228. Kislotalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan barcha uskunalar zangga chidamli bo‘lishi kerak. 229. Kislota va kaustikaga mo‘ljallangan barcha uskunalar ularning diametriga ko‘ra ko‘zdan kechirish va tozalash uchun tushish teshiklari va lyuklar bilan ta’minlanishi lozim. 230. Tuzlar, ishqorlar va kislotalarni eritish va zararsizlantirish idishlari, to‘plagichlari va o‘lchagichlarining qopqog‘i bino tomidan yuqoriga chiqarilishi lozim bo‘lgan naychalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 231. Uskunalarning ko‘rish oynalari 2-3 mm qalinlikdagi metall to‘r bilan himoyalangan bo‘lishi lozim. 232. Bosim ostida ishlovchi barcha uskunalarning ko‘rsatkichlari monometrlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 233. Yuqorida joylashgan kislota o‘lchagichlar sath o‘lchagichi va quyish qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 234. Uskunaning nazorat-o‘lchov asboblari xodimning ish joyiga o‘rnatilishi kerak. 235. Har bir uskuna pasport, kommunikatsiyalarga ulanishining bajarilish chizmasi, tuzilishiga kiritilgan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar, foydalanishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek xavfsiz foydalanish qo‘llanmasiga ega bo‘lishi kerak. 236. Yaroqlilik muddati o‘tgan uskuna uning ishga yaroqliligi bo‘yicha texnik xulosa bo‘lganda foydalanish mumkin. 237. Uskunalarni joylashtirishda ishlovchilarni xavfsiz evakuatsiya qilish ta’minlanishi hisobga olinishi, texnologik jarayonlar oqimida tsianidli vannalarni o‘rnatishda tsianidli va kislotali vannalar (kimyoviy ishlov berish, tindirish) oralig‘ida yuvuvchi vannalar yoki ishqor eritmali vannalar to‘ldirilishi kerak. 238. Vannalarning balandligi xizmat ko‘rsatish maydoni darajasidan kelib chiqqan holda 0,85 — 1 m atrofida bo‘lishi lozim. Har bir vannada vannaning ahamiyati, eritma tarkibi va detallarga ishlov berish rejimi ko‘rsatilgan taxtacha bo‘lishi lozim. 239. Detallarni vannadan vannaga o‘tkazishda polga eritma tushishining oldini olish uchun vannalar oralig‘i yopilishi kerak. 240. Uskunaning yoqish mexanizmlarining joylashishi va konstruksiyasi tasodifan yoqilib ketish imkonini bermasligi lozim. Buning uchun yoqish vositasi fiksator va uning ahamiyati to‘g‘risidagi aniq yozuv bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 241. Qo‘shish mexanizmlari xodim ish joyining istalgan qismidan turib qo‘li yetadigan qilib joylashtirilishi lozim. 242. Aylanuvchi va borib-keluvchi harakatli qismlar va ishchilar uchun xavf tug‘diruvchi mexanizmlar ishonchli bo‘lishi lozim. 243. Kislota, ishqor, tuz eritmalari va neytrallashtirish eritmalarini tayyorlash uchun idishlar, to‘plagichlar va o‘lchov idishlari qopqoq, tortuvchi ventilatsiya, o‘lchov darajalari va quyish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 244. Kislota, ishqor va boshqa eritmalarni haydash nasoslarining sig‘imi to‘lgandan so‘ng avtomatik tarzda o‘chishi lozim. 245. Uskuna, transport tuzilmalarining mexanizmlarini (konveyr) tozalash, moylash va ta’mirlashda dvigatel elektr ta’minotidan uzilishi zarur. 246. Ta’mirlash yoki moylash vaqtida uskuna tasodifiy yoqilib ketmasligi kerak. 247. Quvurlarni ta’mirlashdan oldin energiya yetkazuvchilar (bug‘, havo va suv) o‘chirilishi va bosimi to‘liq tushirilishi lozim. Qaynoq kondensat, kislota, elektrolit ta’mirlanayotgan tizimdan tushirilishi va kislota qoldiqlari zararsizlantirilishi kerak. 248. Quruq zaharli changdan zaharlanmaslik uchun vannani tozalash nam usulda amalga oshirilishi lozim. 249. Kislota omborxonalarida eritmalarni tayyorlash, tozalash, neytrallashtirish, nasos hamda galvanik bo‘limlarda ximikatlar va namlikning zararli ta’siridan himoyalangan elektrodvigatellardan kimyoviy ishlov berish binolarida yopiq tipdagi elektrodvigatellardan foydalanish kerak. 250. Ishlab chiqarish binolaridagi, shuningdek kislota saqlash va quyish binolarida kuch elektromagistrallari yuqoridan o‘tkazilishi kerak. Magistral poldan o‘tkazilganda germetik truba orqali o‘tkazilishi lozim. 251. Elektr uskunalari sozligi har kuni va avariyaviy bloklash esa oyda bir marta tekshirilishi kerak. 252. Vanna yonidagi polga tokdan zararlanishning oldini olish uchun yog‘och to‘shama va dielektrik rezinadan gilamcha yotqizilgan bo‘lishi lozim. 253. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak. 254. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik ta’mirlash qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlari sifatining yaxshilanishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi lozim. 255. Asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim. 256. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-ta’mirlash jadvaliga asosan belgilanadi. 257. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatilishi kerak. Bunda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur: ishlarni bajarish usullari va uslublari; ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlar turlari; ta’mirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi. 258. Ta’mirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson o‘rnatilib yechilishi lozim. 259. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam o‘rnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega bo‘lishi lozim. 260. Dastgohlar sirti silliq material (po‘latli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan bo‘lishi lozim. 261. Dastgohdagi iskanja soz holatda bo‘lishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim. 262. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m bo‘lishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam bo‘lmasligi hamda dastgohlar oralig‘iga 1 m dan kam bo‘lmagan himoya to‘ri o‘rnatilishi lozim. 263. Qo‘l asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim: yog‘och soplar yog‘ochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi; instrumentning ish qismida yoriqlar, g‘adir-budurlar va singan joylari bo‘lmasligi. 264. Qo‘l omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qo‘lni siqib qo‘yishdan himoyalaydigan tayanchi bo‘lishi lozim. 265. Qo‘l asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan bo‘lishi lozim. 266. Elektr ta’minoti to‘xtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan bo‘lishi lozim. 267. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish to‘xtatilishi kerak. 268. Siqilgan havo bilan ishlaydigan elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari ta’siridan saqlash lozim. 269. Dastgohlarni yig‘ish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yig‘ma detallarni o‘rnatish maxsus qo‘llanma asosida texnologik hujjatlarda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim. 270. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak: elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi; kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolatsiyasi tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi. 271. Elektr uskunalar va jihozlarni ta’mirlashdan so‘ng, asbob-uskunani ishga tushirishga, tashkilot bosh mexanigi, mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan so‘ng ruxsat beriladi. 272. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak. 273. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 274. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 275. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
118
59,114
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KASSA AMALLARINING BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari” (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi. 3. Ushbu qaror kuchga kirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 9-apreldagi 6/16-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 604-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari” bekor qilinsin. 4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklatilsin. Ushbu Qoida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, banklar tomonidan kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Banklarda kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritishda “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi” (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust), hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”dagi quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi: 10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar 10102 — Naqd pullar zaxirasi 10103 — Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar 10107 — Bankomatlardagi naqd pullar 10109 — Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari 10111 — Amaliyot kassalaridagi naqd pullar 10198 — Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi 10307 — Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar 10311 — Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar 10507 — Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar 10511 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar 16101 — Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar 16103 — Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar 16103 — Markaziy bank/filial/agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari (Markaziy bank) 16111 — Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish 17301 — Tranzit hisobvaraqlari 17401 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari 19903 — Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar 19935 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar 21008 — Boshqa banklarga berilishi lozim bo‘lgan — Naqd pullar 21012 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar 21307 — Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar (Markaziy bank) 21314 — Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (Markaziy bank) 22202 — Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar 22212 — Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar 23116 — Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari 23122 — Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari 23504 — Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar 29804 — Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari 29816 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar 29824 — Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari 29896 — Boshqa majburiyatlar Ushbu hisobvaraqlardan mijozlarning depozit, bank plastik karta va kredit hisobvaraqlari bilan buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirishda foydalaniladi. 2. Bank kassalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik subyektlari tomonidan naqd pullarni bevosita olib kelish yo‘li bilan hamda jismoniy shaxslar tomonidan omonatlarga naqd pullar topshirilganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit “Mijozlarning depozit hisobvarag‘i”; b) jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik to‘lovlar (soliq to‘lovlari, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlar) uchun naqd pullar topshirilganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit 29824 — “Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari”; v) jismoniy shaxslar tomonidan kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit “Mijozlarning tegishli kredit hisobvarag‘i” yoki Kredit 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” va 14999 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan kredit to‘langanda); g) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi uchun naqd pul topshirilganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit 16309 — “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” yoki Kredit 16377 — “Shartnomaga ko‘ra hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” yoki Kredit 42005 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan foizlar to‘langanda); d) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha vaqtida to‘lanmagan foizlar uchun penya va jarimalar naqd pulda to‘langanda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit 16405 — “Hisoblangan jarima va penyalar”; e) jismoniy shaxslar tomonidan o‘zlarining plastik kartalariga kirim qilish uchun naqd pul topshirilganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” va 23122 — “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Debet 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” va 23122 — “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Kredit 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar”; j) bank xizmat haqi uchun mijozlar tomonidan bank kassasiga naqd pul topshirilganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvarag‘i. 3. Bank kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, dividendlar, xizmat safari xarajatlari, nafaqa va moddiy yordam pullari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi. Debet “Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar”. 31. Bank kassasidan mazkur filial mijozi bo‘lgan jismoniy shaxs plastik kartalaridan naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari”. 32. Bank kassasidan mazkur bankning boshqa filiali mijozi bo‘lgan jismoniy shaxs plastik kartalaridan naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Naqd pul bergan bankning filialida: Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish” Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Bankning boshqa filialida: Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish” (naqd pul bergan filial) 33. Boshqa bank mijozi bo‘lgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Naqd pul bergan bankning filialida: Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish” Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Naqd pul bergan bankning Bosh ofisida: Debet 10511 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish” — Naqd pulni bergan filial Plastik karta ochilgan bankning Bosh ofisida: Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish” Kredit 21012 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Debet 21012 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 10511 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” — Naqd pulni bergan bank Bosh ofisi Plastik karta ochilgan bank filialida: Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish” — Bosh ofis. 4. Aylanma kassada o‘rnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘iga kirim qilinganda bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idan naqd pullar chiqim qilinganda: Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” b) 10102 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga naqd pullar kirim qilinganda: Debet 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” 5. Banklar har kuni ish boshlashdan oldin o‘z mijozlaridan yozma ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi mablag‘ yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idan aylanma kassaga mablag‘ chiqariladi va bir paytning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilishi lozim: a) 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idan naqd pullar chiqim qilinganda: Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” b) 10101 hisobvarag‘iga naqd pullar kirim qilinganda: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” 51. Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar 10198 — ”Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘iga kirim qilinganda, bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Debet 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” 52. 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idagi mablag‘larni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining xizmat farmoyishlariga asosan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa Markazlariga, boshqa tijorat banklarining filiallariga va bir bankning boshqa filiallariga jo‘natishga yoki ushbu bank filialining o‘z ehtiyojlari uchun chiqim qilishga ruxsat berilganda, bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”. 6. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablag‘lari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro‘yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga va ikkinchi nusxasi bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro‘yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi: a) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo‘yicha mablag‘lar shu bank mijoziga tegishli bo‘lsa: Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Kredit “Mijoz depozit hisobvarag‘i” b) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo‘yicha mablag‘lar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo‘lsa: Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” v) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lsa: Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”. 7. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lingandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 8. Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” 9. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” Kredit “Mijoz depozit hisobvarag‘i” 10. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga shartnomada kelishilgan hollarda o‘tkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lsa, unda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”. 11. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag‘lari kamomad chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar” Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 12. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijozning hisobvarag‘idan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet “Mijozning depozit hisobvarag‘i” Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar” 13. Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank mijozining 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” balans hisobvarag‘idan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar” Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lsa va u shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar”. 14. Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i” Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari” tegishli hisobvarag‘iga kirim qilinadi (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida elektron to‘lov tizimi orqali o‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali) Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali). 15. Mablag‘ oluvchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i” Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari” (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi) Agar bank tomonidan 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘idan memorial order bilan boshqa bank mijozlarining asosiy depozit hisobvarag‘iga yoki aksizli tovarlar sotuvidan pul tushumlari summasi o‘tkazilganda, har bir aksiz tovar turi bo‘yicha savdo tushumi summasini alohida memorial order orqali o‘tkazilishi shart. Pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga elektron to‘lov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan bo‘lsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o‘tkazib beriladi. Boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali) Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali). 16. Qayta sanash kassasida aniqlangan boshqa banklarning hisob-kitob cheklari bo‘yicha to‘lovlarning o‘tkazilishida initsiator (to‘lov operatsiyasini boshlovchi) bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilishi lozim: Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 17. Benefitsiar (to‘lov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Bunda boshqa banklar hisob-kitob cheklarining asl nusxalari initsiator bankda qoldiriladi hamda kunlik hujjatlar yig‘ma jildiga belgilangan tartibda tikiladi va saqlanadi. 18. Mablag‘ to‘lovchi va oluvchiga bir bankda xizmat ko‘rsatilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 19. Filiallari mavjud bo‘lmagan banklar o‘rtasida amalga oshiriladigan banklararo to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, vakillik hisobvarag‘i orqali shu kunning o‘zida, elektron memorial order shakllantirilib elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i” Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari” tegishli hisobvarag‘iga kirim qilinadi (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i orqali) Benefitsiar bankka ya’ni mablag‘ oluvchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i orqali) Kredit “Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i” Kredit 22624 — “Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari” (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi) Initsiator bank (to‘lov operatsiyasini boshlovchi)da hisob-kitob cheklari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i orqali) Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Benefitsiar (to‘lov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi: Debet 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari” Kredit 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i orqali) 20. Tijorat bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan naqd pul olish uchun hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan madad puli berish to‘g‘risidagi farmoyishga asosan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hududiy Bosh boshqarmalarning Hisob-kitob kassa markazlariga mablag‘ jo‘natadilar. 21. Filiali mavjud bo‘lmagan initsiator bank madad puli olish uchun, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirishi lozim: Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Naqd pullar” Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” (10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i orqali) 22. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli olish uchun mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Naqd pullar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari” hisobvarag‘i orqali) Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” 23. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli jo‘natilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” 24. Filiali mavjud bo‘lmagan initsiator bankka, HKKMdan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” 25. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud bo‘lmagan initsiator bankdan madad pulini olganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 26. Initsiator bank filialida (filiali mavjud banklarda) Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Naqd pullar” Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Benefetsiar bank filialiga, ya’ni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Naqd pullar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari” hisobvarag‘i orqali) Kredit 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” Benefitsiar bank filiali, ya’ni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli jo‘natilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Initsiator bank filialiga madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10307 — “Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Naqd pullar” Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini olganligi to‘g‘risida, initsiator bank filialidan tasdiqnoma kelganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi: Debet 21307 — “Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 27. Tijorat bank filiallari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan boshqa tijorat bank filialidan madad puli olganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Initsiator bank filiallari madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali mablag‘ jo‘natadilar: Debet 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Naqd pullar” Kredit 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim bo‘lgan — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Benefetsiar bank filialiga madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” 16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali Kredit 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim bo‘lgan — Naqd pullar” Benefitsiar bank filiali madad puli jo‘natganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Initsiator bank filialida, ya’ni madad puli olgan filialda esa olingan madad puli summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10507 — “Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar” Benefitsiar bank filialiga initsiator bank filiali tomonidan jo‘natilgan madad pulini olganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelib tushganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi: Debet 21008 — “Boshqa banklarga berilishi lozim bo‘lgan — Naqd pullar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 28. Bir bank filiallari o‘rtasida madad pullarini berish va olish bo‘yicha buxgalteriya hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Initsiator bank filiali, ya’ni madad puli oluvchi filial naqd pul olish uchun shu bankning benefitsiar filialiga mablag‘ jo‘natganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi: Debet 16101 — “Bosh bank/ filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar” Kredit 22202 — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Bankning benefitsiar bank filialiga elektron to‘lov orqali madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 16101 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) Kredit 22202 — “Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar” Bankning benefitsiar filiali, ya’ni madad puli jo‘natuvchi 22202-sonli hisobvaraqqa madad puli uchun mablag‘ kelib tushgandan so‘ng, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Bankning initsiator filialiga, ya’ni madad puli oluvchi bankka madad puli keltirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 16101 — “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar” Madad pulini qabul qilib olgan filial yuqoridagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirgandan so‘ng benefitsiar filialga ya’ni madad pulini jo‘natgan filialga madad pulini qabul qilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqnoma jo‘natadi. Benefitsiar bank filiali ya’ni madad puli jo‘natgan filial, initsiator bank filiali, ya’ni madad puli olgan filialdan belgilangan tartibda tasdiqnoma kelganda, benefitsiar bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 22202 — Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 281. Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berishda Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2912, 2017-yil 16-avgust) belgilangan buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi. 29. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi lozim. Bank 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini jo‘natganda, har bir valyuta (VVV-valyuta belgisi) bo‘yicha alohida, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qiladi: Debet 10109VVV — “ Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar” 30. Qabul qilingan madad puli 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 10109VVV — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 31. Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida o‘zlarining pul almashtirish shoxobchalarining “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan “Debet” va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga, quyidagilarni amalga oshiradi: Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valyuta sotib olish uchun sarflangan naqd pulning “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan so‘mdagi umumiy summasiga: Debet 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kredit 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 32. Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valyutani sotishdan tushgan so‘mdagi naqd pulning yukxatda ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga: Debet 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 17101000 — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” 33. Pul almashtirish shoxobchasi sotib olingan xorijiy valyutaning “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga: Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”. 34. Pul almashtirish shoxobchasi sotilgan xorijiy valyutaning “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan umumiy summasiga: Debet 17101 VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 35. Bank balansida 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi so‘mdagi va valyutadagi qoldiq pul almashtirish shoxobchalari kassirlaridan olingan “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan qoldiqqa solishtiriladi va ular teng bo‘lgan taqdirda mazkur bank amaliyot kuni belgilangan tartibda yakunlanadi. Bunda, 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” qoldig‘i 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” hisobvarag‘iga har bir valyuta bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilib qo‘yiladi: Debet 10109VVV — “ Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” 36. Keyingi ish kuni ertalab, 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” hisobvarag‘idagi qoldiqni 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga har bir valyuta bo‘yicha kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101VVV — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 10109VVV — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Agarda, pul almashtirish shoxobchalaridan olingan naqd pullar qayta sanash kassasida qayta sanalgandan so‘ng kamomad yoki ortiqcha mablag‘lar aniqlansa, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi. 37. Bank 10107 — “Bankomatdagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini belgilangan tartibda taqsimlab bo‘lgandan so‘ng har bir bankomat bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiriladi: Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” 38. 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” 39. Bankomatdan plastik karta orqali naqd pul olinganda, har bir holat uchun, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari. 40. Bankomatdagi qolgan yoki to‘lovga yaroqsiz naqd pullarni bankka qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” 41. Bankomatga ortiqcha qo‘yilgan yoki to‘lovga yaroqsiz naqd pullarni 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari” 411. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida Online-inkassatsiya operatsiyalari amalga oshirilganda: a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda) b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda) Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” v) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda) Debet 29804 — “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Kredit 202XX — “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. 412. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartalariga naqd pullar kirim qilinganda: a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda) Debet 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari bo‘yicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha majburiyatlar” b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 22214 — “Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Kredit 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda) Debet 16113 — “Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Debet 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari bo‘yicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha majburiyatlar” Debet 22214 — “Bosh ofis/filiallarga plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” Kredit 16113 — “Bosh ofis/filialdan plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” v) agar mijozga boshqa bank filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 21014 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 45294 — “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” (shartnomada nazarda tutilgan holatlarda) Debet 10513 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Debet 23116 — “Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar” Kredit 22617 — “Pensionerlarning plastik kartalari bo‘yicha majburiyatlar” yoki 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha majburiyatlar” Debet 21014 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 10513 — “Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”. 413. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida jismoniy shaxslarning kreditlari to‘langanda: a) agar mijozga ushbu bank filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” yoki 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari” Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kredit mijozning ssuda hisobvarag‘i yoki 16309 — “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” yoxud 16377 — “Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” Debet 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari” Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvarag‘i b) agar mijozga ushbu bankning boshqa filialida xizmat ko‘rsatilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (kredit olingan filial) Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” (kredit olingan filial) Kredit mijozning ssuda hisobvarag‘i yoki 16309 — “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” yoxud 16377 — “Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” yoki 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari” Debet 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari” Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvarag‘i. 414. Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi yordamida boshqa to‘lovlar amalga oshirilsa: Debet 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar” Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kredit To‘lovlarni oluvchilarning hisobvaraqlari. 42. Har bir bank operatsion kassasiga talab qilingan madad pulini o‘z vaqtida va so‘ralgan miqdorda taqsimlashi lozim. Bank 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idan bank binosidan tashqarida joylashtirilgan shoxobchalariga (10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”) madad pulini jo‘natganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradilar: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad puli kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 47. Bank operatsion kassasining hisobvarag‘iga kirim qilingan madad puli hamda kun davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa to‘laligicha 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali berkitilishi lozim: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” 48. 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” hisobvarag‘i qoldig‘i berkitilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki 29896 — “Boshqa majburiyatlar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”. 49. Tijorat banklari naqd pullar zaxirasidan ortiqcha naqd pullarni Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlariga jo‘natganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiriladi: Debet 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” 50. Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga tijorat banklaridan keltirilgan naqd pullarni kirim qilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlari naqd pullarni aylanma kassasiga kirim qilgandan so‘ng, shu zaxotiyoq dasturiy ravishda tijorat bankiga naqd pullarni qabul qilganligi to‘g‘risida tasdiqnomani jo‘natishi shart. 51. Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga kirim qilingan naqd pullar uchun tijorat banklariga mablag‘ o‘tkazib berilganda, quyidagi yakunlovchi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” (16103 — “Markaziy bank /filial /agentliklarning, filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari” hisobvarag‘i orqali) 52. Tijorat banklariga Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlaridan topshirilgan naqd pullar uchun tasdiqnoma kelib tushganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirishlari shart: Debet 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” 53. Tijorat bankka topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning Bosh boshqarmalari HKKMlaridan mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan quyidagi yakunlovchi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 21314 — “Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i) Kredit 10311 — “Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”
120
52,344
Qonunchilik
Namangan shahri Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 8.05.2021 yildagi «Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 293-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi. Tumanda qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda adliya boʻlimi, davlat хizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi. 2022 yil 1 dekabrga qadar tumanning ma’muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda Namangan shahrining 2040 yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqiladi. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligiga Yangi Namangan tumaniga oʻtkazilgan ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining joylashgan joyini (pochta manzili) ulardan ariza yoki ma’lumot talab etmagan holda, ikki oy muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirish topshirildi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
62
1,135
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasini bosqichma-bosqich avtotransport vositalari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. 2020 — 2022-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasini zamonaviy avtotransport vositalari bilan ta’minlash dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tegishli muddatini o‘tab bo‘lgan avtotransport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sotilishi va tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda taqsimlanishini ta’minlasin. 4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
58
1,036
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-578-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 15-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-578-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
425
Qonunchilik
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: bankning likvidliligi (bundan buyon matnda likvidlilik deb yuritiladi) — bank aktivlar o‘sishini moliyalashtirishi va ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash imkoniyati; doimiy bo‘lmagan majburiyatlar — istalgan vaqtda bankdan chiqib ketishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yirik depozitlar yoki yirik qarzlar; nolikvidli aktivlar — bozor narxini kotirovka bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lmagan yoki bu turdagi aktivlarning xarid narxi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi kelishuv natijasida alohida tarzda aniqlanadigan, qiymati katta miqdordagi o‘zgarishlarga uchrab turishi mumkin bo‘lgan va taqqoslashni qiyinlashtiradigan aktivlar; likvidli aktivlar — qiymati bozorda shakllanadigan, bozor qiymati bo‘yicha qisqa muddat ichida ularni sotib olishga osonlik bilan xaridor topiladigan, doimiy ravishda ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlar; asosiy valyuta — bankning jami aktivlarining 5 foizi yoki undan ortiq miqdoriga teng bo‘lgan aktivlar yoki majburiyatlar aks etgan valyuta; yirik hamkor — bank jami aktivlarining 1 foizidan ortiq miqdorda moliyalashtirish manbasini ta’minlab beradigan hamkor; yirik qarz (depozit, kredit va boshqa majburiyatlar) — hajmi bank I darajali kapitalining 5 foizidan yuqori bo‘lgan bir shaxs yoki bir-biriga daxldor shaxslar guruhiga tegishli qarz; tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar — “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng bo‘lgan reyting baholariga ega mamlakatlar. yirik mahsulot yoki vosita — hajmi jami aktivlarning 1 foizidan ortiq bo‘lgan bank mahsuloti yoki vositasi. kredit ajratish bo‘yicha shartli majburiyat — kredit shartnomasida bankning kredit ajratish bo‘yicha majburiyati kreditni moliyalashtirish uchun resurs mablag‘lari bankka tushgandan so‘ng yuzaga kelishi sharti mavjud bo‘lgan, lekin hisobot sanasiga bu shart bajarilmagan majburiyat. 11. Mamlakat, bank yoki korxona “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings”, “Moody`s Investors Service” hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan tan olingan reyting baholariga ega bo‘lganda, ushbu nizom hisob-kitoblarida eng past reyting bahosi hisobga olinadi. 2. Likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi: naqd pullar; sof quyma oltin; bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar; bankning boshqa banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qog‘ozlari; qisqa muddatli (30 kungacha) banklararo kreditlar va depozitlar; tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga boshqa moliyaviy talablar; “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan kam bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarning ushbu baho darajalariga teng bo‘lgan reyting baholariga ega, rivojlangan fond birjalari ro‘yxatlariga kiritilgan, tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari. 3. Yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi: naqd pullar; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari; bankning Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, bundan Markaziy bankning majburiy zaxira hisobvarag‘idagi mablag‘lar mustasno; tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga boshqa moliyaviy talablar; tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlardagi “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng bo‘lgan reyting baholariga ega banklarda chet el valyutasida ochilgan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar va overnayt (kunlik) banklararo depozitlar; “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalaridan birining “V-”/“V3” yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasidan kam bo‘lmagan reyting baholariga ega mahalliy banklarda chet el valyutasida ochilgan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar; Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banki tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar. ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan ta’minlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar. 4. Yuqori likvidli aktivlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: to‘planish darajasi past bo‘lishi va pul yoki repo bozorlarida oson sotilishi; har qanday bozor sharoitida likvidlilikning isbotlangan ishonchli manbasi hisoblanishi; moliyaviy tashkilot yoki unga daxldor bo‘lgan shaxslarning majburiyatlarini o‘z ichiga olmasligi. ta’minot sifatida qo‘yilmagan yoki xatlanmagan bo‘lishi. 5. Uzoq muddatlarga qo‘yilgan aktivlar hisobidan yuqori foyda olish va qisqa muddatli likvidlilikka bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bankni boshqarishda bank boshqaruv organlarining samaradorligi hamda bank ijro rahbariyatining malakasi yuqori ekanligidan dalolat beruvchi asosiy komponent hisoblanadi. 6. Bank tomonidan mazkur Nizomda ko‘rsatilgan barcha talablar bajarilgan taqdirda ham to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik likvidlilikka bo‘lgan talabni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. 7. Qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish uchun yetarli miqdorda pul mablag‘lari va qisqa muddatli aktivlarga ega bo‘lishi yuzasidan bank rahbariyati likvidlilikni rejalashtirib borishi kerak. 8. Bank foyda olishga bo‘lgan intilishni muvozanatda saqlab turishi hamda daromad olish maqsadida likvidlilikka qo‘yilgan talablarni buzmasligi lozim. 9. Likvidlilikni samarali boshqarish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi: bank va uning atrofidagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va aniq ifodalangan likvidlilikni boshqarish siyosatining mavjudligi; bankning tegishli bo‘linmalarini o‘zaro muvofiqlashtirilganligi; likvidlilik holati monitoringini amalga oshirish vazifalari yuklatilgan tarkibiy bo‘linmaning mavjudligi; ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi. 10. Banklarda likvidlilikni boshqarish siyosati likvidlilikni boshqarish bo‘yicha asosiy holatlarni qamrab olishi hamda likvidlilikni boshqarishga oid o‘ziga xos jihatlariga nisbatan pozitsiyasini yoki turli xil moliyaviy vositalarni qo‘llashga nisbatan munosabatini aniq ifoda etishi lozim. 11. Banklar likvidlilik tavakkalchiligi valyuta tavakkalchiligiga ta’sir etishi mumkinligini hisobga olib, har bir asosiy valyuta bo‘yicha monitoring o‘tkazishlari va likvidlilik tavakkalchiligini boshqarishlari lozim. 12. Likvidlilikni boshqarish siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank Kengashi tomonidan har yili tegishli yilning 1-fevraligacha tasdiqlanadi. 13. Bank Kengashi tomonidan har chorakda kamida bir marta likvidlilikni boshqarilishi muhokama qilinishi va natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishi lozim. 14. Har bir bankda likvidlilikni boshqarish qo‘mitasi (bundan buyon matnda qo‘mita deb yuritiladi) tuzilishi hamda uning zimmasiga likvidlilikni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida bankning barcha bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish majburiyati yuklatilishi lozim. 15. Bank boshqaruvi raisi qo‘mitaga rahbarlik qiladi va qo‘mita a’zolarini bankning asosiy tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan tayinlaydi. 16. Qo‘mita bankning biznes-rejasi hamda u faoliyat olib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga asoslanib, resurslarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni ko‘rib chiqish uchun haftasiga kamida bir marta yig‘ilishi lozim. 17. Qo‘mita doimiy ravishda likvidlilik tavakkalchiligini hamda yuridik shaxslarning moliyalashtirishga bo‘lgan talablarini, faoliyatlari yo‘nalishlarini, pul oqimlarini nazorat qilishi va monitoringini amalga oshirishi lozim. 18. Qo‘mita qarorlari bank bo‘linmalari va filiallari tomonidan amalga oshiriladigan tezkor va strategik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olishi kerak. 19. Bankda likvidlilikni boshqarish uchun uning barcha tarkibiy bo‘limlaridan zarur axborotlarni olish vakolatiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tashkil etilishi lozim. 20. Bankda likvidlilikni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi: likvidlilik holatini doimiy ravishda kuzatib borish; rahbariyatga likvidlilik holati to‘g‘risida kunlik hisobotlarni taqdim etib borish; likvidlilikni qisqa muddatli rejalashtirish tavsiyalarini tayyorlash; davriy ravishda (kun, oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha) bank boshqaruviga likvidlilik holati yuzasidan hisobotlarni taqdim etib borish. Likvidlilikni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan likvidlilik bo‘yicha stress sharoitlarida (bir bankda yoki butun bank tizimida omonatlarni ommaviy chiqib ketishi, bank tizimidagi muammolar, bankning bankrot holatiga kelib qolishi va boshqa shu kabi holatlar) bank boshqaruviga likvidlilik holati yuzasidan hisobotlarni bir kunda kamida ikki marotaba taqdim etishi lozim. 21. Kunlik likvidlilik hisobotlar 7 kunlik davr ichida likvidlilikning qisqa muddatli pasayishi yoki ortishini aks ettirishi lozim. Kunlik likvidlilik hisobotida kamida mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar aks ettirilishi kerak. 22. Kunlik likvidlilik hisoboti yuzasidan resurslar taqchilligi yuzaga kelganda uni qay tarzda qoplash to‘g‘risida, resurslar ortiqcha bo‘lganda esa keyingi davrlarda likvidlilik talablarini hisobga olib, mablag‘larni qay tarzda foydaliroq joylashtirish to‘g‘risida qo‘mita tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi. 23. Uzoq muddatli rejalashtirish aktivlar va majburiyatlarni so‘ndirish grafigini kamida oylik davr asosida tayyorlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mazkur grafik ma’lum davr oralig‘ida likvidlilikning ortib yoki kamayib ketishini aks ettirgan holda, so‘ndirishning tegishli toifalari bo‘yicha moliyaviy aktivlar va majburiyatlarni kuzatib borish hamda rahbariyatga muammolarni oldini olish uchun choralar ko‘rish to‘g‘risida ogohlantirishi lozim. 24. Har bir bank, o‘z amaliyotlari hajmi va murakkabligiga bog‘liq holda, likvidlilikni samarali tarzda kuzatish imkonini beruvchi o‘z axborot tizimiga ega bo‘lishi lozim. Axborot tizimlari rahbariyatning zaruriy axborotga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida va to‘liq qondirishi lozim. 25. Har bir bankda likvidlilik bo‘yicha hisobotlar bank boshqaruvi axborot tizimiga ko‘maklashishi lozim. Bank boshqaruvi axborot tizimi har bir asosiy valyutaning likvidliligini monitoring qilish imkonini berishi kerak. 26. Hisobotlar rahbariyatga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini berish uchun o‘z vaqtida berilishi va yetarli darajada batafsil bo‘lishi uchun ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: likvidli aktivlar haqidagi ma’lumotlar; yuqori likvidli aktivlar haqidagi ma’lumotlar; likvidlilik koeffitsiyentlari; sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyenti (bundan buyon matnda SBMMK deb yuritiladi); moliyaviy resurslarning eng yirik manbalari, tarmoq va geografik hudud bo‘yicha resurslar manbalarining jamlanganligi; asosiy nomuvofiqliklarni aniqlash uchun aktivlar va passivlarni to‘lash jadvali; likvidli aktivlar va depozitlarning aks ettiruvchi o‘zgarish jadvallari; balansdan tashqari majburiyatlar; berilishi kutilayotgan kreditlar; aktivlarning daromadliligi va jalb qilingan resurslarning qiymati; keyingi 30 kalendar kuni uchun likvidlilik prognozi; iqtisodiyotning ahvoli, shu jumladan, asosiy iqtisodiy indikatorlar va foiz stavkalarining o‘zgarish prognozi. 27. Likvidlilikni samarali boshqarish aktivlar va passivlarni faol boshqarilishini o‘z ichiga olishi lozim. Likvidlilikni boshqarishga bo‘lgan talablar bajarilishi bank balansining aktiv va passiv qismlarini, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarini boshqarish orqali ta’minlanishi kerak. 28. Banklar resurslarni va moliyalash yo‘nalishlarini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beruvchi moliyalash strategiyasini ishlab chiqishlari lozim. 29. Balansning aktiv qismida likvidlilikni boshqarish uchun Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari yoki zaxiralarning ortiqcha miqdorini yoxud qisqa muddatli qo‘yilmalari kabi boshqa likvidli aktivlarni xarid qilish yoki sotish usullari bilan amalga oshiriladi. 30. Bank rahbariyati bozordagi holat bo‘yicha aniq va o‘z vaqtida olingan ma’lumotlarga asoslanib, bankka jalb qilinayotgan mablag‘lar turlarining afzalliklari va kamchiliklarini batafsil aniqlashi lozim. Likvidlilikni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish quyidagi omillar tahlili asosida amalga oshiriladi: joriy likvidlilik holati; resurslarga bo‘lgan talabning davriy o‘zgarib turishi; resurslarga bo‘lgan talablarning kutilayotgan o‘zgarishlari; resurslar manbalari; resurslar qiymati; aktivlarning sifati; resurslarning jamlanganligi; bank kapitali va daromadligini hisobga olgan holda, bankning umumiy moliyaviy holati; balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan, ishlatilmayotgan kredit liniyalari, akkreditivlar, qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasini sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlar. 31. Banklar tomonidan jalb qilingan mablag‘lar narxlarning raqobatliligiga va majburiyatlarni qaytarish muddati aktivlarni qaytarish muddatiga mos kelish talablariga javob berishi kerak. 32. Aktivlar va majburiyatlarni qaytarish muddatlarining mos kelmasligi likvidlilik tavakkalchiligining asosiy omili hisoblanadi. Bu nomutanosibliklarni anglagan holda likvidlilik tavakkalchiligini kamaytirish uchun yetarli choralarni ko‘rish yo‘li bilan likvidlilikni mustahkamlash likvidlilikni samarali boshqarishni ko‘rsatadi. Bank rahbariyatiga likvidlilik yo‘nalishlari bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarni boshlang‘ich va soddalashtirilgan holatini, likvidlilikka bo‘lgan talabni qachon o‘sishini ko‘rsatish hamda likvidlilikka bo‘lgan talabning asosiy jihatlarini aniqlash maqsadida banklar o‘z aktiv va majburiyatlarini qaytarish muddatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni baholab borishlari lozim. 33. Banklar yirik korxona-mijozlarning maxsus depozitlariga qaram bo‘lib qolishini oldini olish maqsadida o‘z majburiyatlari (vositalari) tarkibini diversifikatsiya qilib borishlari lozim. 34. Banklararo bozor resurslarning muhim va yirik manbai bo‘lib hisoblanadi va ular quyidagi muammolarni hal etish uchun xizmat qiladi: banklar vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar taqchilligini qoplash va uni talab darajasiga yetkazish; mo‘ljallanayotgan uzoq muddatli kreditlash ehtiyoji vujudga kelguncha yoki yirik depozitni qaytarish talabi bildirilguncha bo‘sh resurslarni, shu jumladan, qisqa muddatga samarali joylashtirish uchun sharoit yaratish; Markaziy bankdan olingan kreditlarni qaytarish. 35. Banklar banklararo bozorda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro qarz munosabatlariga kirishishi mumkin. Bunda banklararo kreditlarning foiz stavkalari banklar o‘rtasida tuzilgan bitim asosida belgilanishi shart. Banklararo kreditlarning foiz stavkalari Markaziy bankning asosiy stavkasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha stavkalariga nisbatan ham belgilanishi mumkin. 37. Repo operatsiyalarida qo‘llaniladigan qimmatli qog‘ozlar oson sotiluvchi va likvidli bo‘lishi kerak. Banklar davlat qisqa muddatli obligatsiyalaridan boshqa qimmatli qog‘ozlarni garovga olganda ularni o‘zlarida yoki uchinchi shaxslarda saqlanishini ta’minlashlari kerak. 38. Banklar stress vaqtida banklararo bozordan yoki Markaziy bankdan ta’minlangan mablag‘larni jalb qilish maqsadida ularning garovi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan likvidli aktivlar hajmini monitoring qilib borishlari lozim. 39. Banklar repo operatsiyalarini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirishlari lozim. Kredit beruvchi qimmatli qog‘ozlar to‘lov muddatiga ko‘ra garov qiymatining kredit qiymatidan kamida 10 foizga yuqori bo‘lishini ta’minlashi kerak. Ushbu marja miqdori garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning qolgan to‘lash muddatiga ko‘ra belgilanishi va to‘lov muddati marja miqdoriga nisbatan belgilanishi zarur. 40. Banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog‘ozlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid shakllarini qo‘llashda o‘zlarining zimmasidagi xatarni baholab borishlari lozim. 41. Banklar asosiy valyutalar bo‘yicha likvidlilik tavakkalchiligini monitoring va nazorat qilib borishlari kerak. 42. Banklar likvidlilik tavakkalchiligini monitoring va nazorat qilish maqsadida ko‘zda tutilmagan holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan kirim va chiqim mablag‘larini, shu jumladan forvard-bitimlar, repo operatsiyalari, ijroga olingan kafolatlar, devalvatsiyalangan akkreditivlar, moliyaviy holati qoniqarsiz bo‘lgan qarzdorlarga berilgan akkreditivlar va kafolatlarni hisobga olishlari lozim. 43. Banklar majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida lahzali likvidlilik, likvidlilikni qoplash, sof barqaror moliyalashtirish va yuqori likvidli aktivlarining jami aktivlardagi ulushiga o‘rnatilgan me’yorlarni bajarishlari lozim. 432. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qog‘ozlari hamda bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idagi mablag‘lar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi ro‘yxatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari — talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Lahzali likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda faqat O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablag‘lar inobatga olinadi. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 25 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. 44. Likvidlilik tahlil qilingan davr (oylik, choraklik, yillik) mobaynida tahlil qiluvchi likvidlilik ko‘rsatkichlari o‘zgarishi tendensiyasiga ahamiyat berishi va o‘zgarishlar sabablari hamda xususiyatlarini o‘tgan davrlarga nisbatan baholashi, resurslar jalb qilishning o‘tgan va joriy strategiyalarini tahlil qilishi lozim. 45. Likvidlilik koeffitsiyentlari likvidlilikning yetarliligi bo‘yicha umumiy bahoning bir qismi hisoblanadi. 46. Likvidlilikni hisoblashda likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushini, likvidli aktivlarning doimiy bo‘lmagan majburiyatlardagi ulushini hisoblash orqali qo‘shimcha likvidlilik koeffitsiyentlaridan ham foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarning pasayishi bank resurslarining barqaror bo‘lmagan manbalariga tayanganligini yoki bank portfelidagi yuqori likvidli aktivlar ulushi kamayganligidan dalolat beradi. 47. Banklar ajratilgan kreditlarni jalb qilingan depozitlarga bo‘lish orqali ajratilgan kreditlarning depozitlardagi ulushini aniqlaydi. Ko‘rsatkichning juda yuqori (80 foizdan ortiq) qiymati va (yoki) o‘sishi muammolarning dastlabki belgilaridanoq bankdan chiqib ketadigan barqarorligi pastroq resurslar manbalariga bo‘lgan bank ishonchini bildiradi. 48. Banklar qimmatli qog‘ozlar portfelidagi garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarni jami qimmatli qog‘ozlar portfeliga bo‘lish orqali likvidlilikka tezkor talablarni qoplash uchun qo‘llanila olmaydigan qimmatli qog‘ozlar ulushini aniqlaydi. 49. Bank rahbariyati o‘zining likvidlilik ko‘rsatkichlari to‘plamini ishlab chiqishda joriy likvidlilikdan tashqari bank xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa omillarni hisobga olishi kerak. 50. Banklar yirik hamkor, iqtisodiyot tarmoqlari va vositalardan olinadigan moliyalash manbalarini umumlashtirgan holda tahlil qilib borishlari va tahlil natijalari bo‘yicha bank Kengashi va boshqaruvi tomonidan holatni tuzatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi kerak. Bank tomonidan umumlashtirgan holda moliyalash manbalarini monitoring qilishda har bir yirik hamkorning manbai bo‘yicha moliyalashtirish majburiyatlarini jami aktivlarga, chet el valyutasidagi manbalar bo‘yicha moliyalashtirish majburiyatlarini jami aktivlarga va har bir yirik mahsulot yoki vosita manbai bo‘yicha moliyalashtirish majburiyatlarini jami aktivlarga nisbatlari tahlil qilib boriladi. 51. Banklar o‘zlarining likvidlilik holatlarini har chorakda kamida bir marta stress testlaridan o‘tkazishlari lozim. Stress testlarining yakuniy natijasi bo‘yicha tavakkalchilikni boshqarish strategiyasini to‘g‘rilab borishlari kerak. Stress testlarining natijalaridan kelib chiqib banklar kutilmagan stress holatlarida qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash rejalarini ishlab chiqishlari zarur. Banklar stress testlari natijalari va ko‘zda tutilmagan moliyalashga doir tuzilgan rejalar bo‘yicha bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan qarorlar haqida Markaziy bankka ma’lumotlar taqdim etishlari lozim. Bank Kengashi va boshqaruvi stress ko‘rsatkichlari va taxminlarini hamda ko‘zda tutilmagan moliyalash rejalarini yetarliligi va muvofiqligini o‘rganib borishlari lozim. 52. Likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti (bundan buyon matnda LQMK deb yuritiladi) yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi (LQMK=yuqori likvidli aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim). Keyingi 30 kun ichidagi kirim keyingi 30 kun ichidagi chiqimning 75 foizidan oshgan taqdirda, keyingi 30 kun ichidagi kirim sifatida keyingi 30 kun ichidagi chiqimning 75 foizi olinadi. Keyingi 30 kun ichidagi kirim va chiqimning qayta hisoblash koeffitsiyenti Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladi va majburiyatlarning turi va muddatiga bog‘liq bo‘ladi. LQMK 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil 1-sentabrdan boshlab: barcha valyutalarda; milliy valyutada; xorijiy valyutalarda (barcha xorijiy valyutalarning yig‘indisi) ta’minlanishi shart. 521. 2020-yil 1-iyundan boshlab banklarning yuqori likvidli aktivlari jami aktivlardagi ulushi kun oxiriga 10 foiz miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. 53. SBMMK barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi (SBMMK=barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi/barqaror moliyalashtirishning zarur summasi). SBMMK hisoblash namunasi mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan. SBMMK 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil 1-sentabrdan boshlab: barcha valyutalarda; milliy valyutada; xorijiy valyutalarda (barcha xorijiy valyutalarning yig‘indisi) ta’minlanishi shart. SBMMK aktivlarni qaytarish muddatlarini hisobga olgan holda, moliyalashning barqaror resurslari mavjud bo‘lishi uchun, shuningdek 1 yildan ortiq muddatdagi balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarni qo‘shib, likvidlilikka bo‘lgan talabni (zarur bo‘lgan barqaror moliyalashtirishni) qondirish uchun kerak. 54. Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasiga quyidagilar kiradi: jami kapital; amaldagi qaytarish muddati 1 yil va undan ortiq bo‘lgan bank majburiyatlari; qaytarish muddati belgilanmagan boshqa depozitlar va qarz mablag‘lari summasining 30 foizi; qaytarish muddati 1 yildan kam bo‘lgan boshqa depozitlar va qarz mablag‘lari summasining 30 foizi. 55. Barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga quyidagilar kiradi: qaytarilishiga 1 yil va undan ortiq muddat qolgan bank aktivlari, shu jumladan muammoli kreditlar va nomoliyaviy aktivlar (yer uchastkalari, binolar, mebel, kompyuterlar va avtomashinalar); sud jarayonida bo‘lgan yoki belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar; qaytarish muddati 1 yildan kam bo‘lgan boshqa aktivlar summasining 30 foizi, qaytarish muddati 1 yildan kam bo‘lgan yoki muddatsiz likvidli aktivlar bundan mustasno; balansdan tashqari moddalarning 15 foizi, bundan depozit bilan ta’minlangan akkreditivlar va kafolatlar hamda kredit ajratish bo‘yicha shartli majburiyatlar mustasno. 56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. Joriy aktivlar: naqd pul; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvarag‘i; davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (garovga qo‘yilganlardan tashqari); O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa qimmatli qog‘ozlari (garovga qo‘yilganlardan tashqari); boshqa tijorat banklariga berilgan kreditlar (overnayt); boshqa tijorat banklardagi vakillik hisobvaraqlari; boshqa tijorat banklaridan olinadigan depozitlar; qaytadigan kreditlar — asosiy summaning bir qismi; boshqa aktivlar. 2. Kutilayotgan moliyaviy manbalar: depozitlarning rejalashtirilayotgan o‘sishi; to‘lov muddati kelgan kreditlar; boshqa manbalar. 3. Moliyalashtirish bo‘yicha kutilayotgan talablar: yangi kreditlarni moliyalashtirish (kreditlar turi batafsil ko‘rsatiladi); depozitlarning chiqib ketishi (hisobvaraq turi batafsil ko‘rsatiladi); asosiy vositalarni sotib olish; boshqa majburiyatlar. 4. Balansdan tashqari moddalar: moliyalashtirilayotgan kredit liniyalari; akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar; to‘lov muddati kelgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha majburiyatlar; to‘lov muddati kelgan chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha majburiyatlar; boshqa moddalar. 5. Etishmayotgan va ortiqcha resurslar — miqdori joriy aktivlar va kutilayotgan moliyaviy manbalardan moliyalashtirish bo‘yicha kutilayotgan talablar va balansdan tashqari moddalarni ayirish orqali aniqlanadi. 6. Etishmayotgan va ortiqcha resurslar natijasidan kelib chiquvchi mablag‘larni jalb qilish va investitsiyalash bo‘yicha tavsiyalar. Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi (D) = 310 + (190 x 30 foiz) = 367; Barqaror moliyalashtirishni zarur summasi (S) = 300 + (200 x 30 foiz) = 360; Sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyenti = 367 / 360 ya’ni 100 foizdan baland.
110
27,770
Qonunchilik
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (ro‘yxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-band quyidagi mazmunda xatboshi bilan to‘ldirilsin: “UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua.”. 2. 31-banddagi “yoki noto‘g‘ri” degan so‘zlar “, shu jumladan noto‘g‘ri” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasiga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini hisobga olishda soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur bo‘lganda, mazkur ariza ushbu Yo‘riqnomaning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarishda soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur bo‘lganda, mazkur ariza ushbu Yo‘riqnomaning 8-ilovasidagi shaklga muvofiq bo‘lishi lozim.”. 4. Quyidagi mazmundagi 331 — 334-bandlar bilan to‘ldirilsin: “331. Muayyan ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati bo‘yicha ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, boshqa ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas. 332. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56 va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron xulosa tayyorlaydi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali “O‘RMV” ATga elektron tarzda yuboradi. Elektron xulosada quyidagilar albatta ko‘rsatiladi: xulosa raqami; xulosa taqdim etuvchi davlat soliq xizmati organining nomi; to‘lovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki to‘lovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR; ortiqcha to‘langan soliq yoki to‘lov turi; summasi; to‘lovchining mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari; daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i; oluvchining bank rekvizitlari; elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “O‘RMV” ATga elektron yuborilgan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron tarzda xulosa tegishli tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq xulosada ko‘rsatilgan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olishga e’tirozlari bo‘lmaganida “O‘RMV” ATda xulosani tasdiqlaydi, e’tirozlar bo‘lganida esa, sababini ko‘rsatgan holda qaytaradi. Zarur hollarda, tegishli tuman (shahar) moliya bo‘limi davlat soliq xizmati organidan qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron xulosani maqsadga muvofiqligini tekshirish uchun: soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni ortiqcha to‘lagan yuridik shaxs va davlat soliq xizmati organi o‘rtasida eng so‘nggi sanaga tuzilgan o‘zaro solishtirma dalolatnomalar shaklidagi elektron ma’lumotlarni; soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni ortiqcha to‘lagan jismoniy shaxs bo‘yicha davlat soliq organi xizmatining mazkur shaxsning soliq qarzi holati to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomalarini talab qilib olishlari mumkin. 334. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari tomonidan “O‘RMV” ATda tasdiqlangan xulosalar tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xulosada ko‘rsatilgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun bir ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi.”. 5. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “34. Soliqlardan tashqari ortiqcha to‘langan summalarini qaytarish yoki hisobga olish to‘lovchining qaytarish yoki hisobga olish rekvizitlari to‘liq ko‘rsatilgan arizasi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organning ushbu Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi xulosasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga xulosa taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda “UzASBO” DMga ulangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish uchun xulosani elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda elektron ravishda tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga yuborishlari mumkin. Elektron xulosada quyidagilar albatta ko‘rsatiladi: xulosa raqami; xulosa taqdim etuvchi organ nomi; to‘lovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR raqami yoki to‘lovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR raqami; ortiqcha to‘langan to‘lov nomi; summasi; to‘lovchining mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari; daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i; oluvchining bank rekvizitlari; elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar.”. 6. Quyidagi mazmundagi 341 — 343-bandlar bilan to‘ldirilsin: “341. Soliq bo‘lmagan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha mablag‘larni boshqa to‘lov turiga hisobga olish (o‘tkazish) faqat soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan undiriladigan to‘lovlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. 342. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan davlat bojini qaytarish bo‘yicha sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) mavjud bo‘lganda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga vakolatli organ tomonidan xulosa o‘rniga sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) taqdim qilinadi. 343. Tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari mazkur Yo‘riqnomaning 34, 341 va 342-bandlariga muvofiq xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) taqdim qilinganidan so‘ng bir ish kuni muddatida ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan to‘lovchining rekvizitlari va summalarni “O‘RMV” ATdagi ma’lumotlar bilan solishtiradilar. Barcha ma’lumotlar o‘zaro muvofiq bo‘lganida taqdim etilgan xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) mablag‘larni ularda ko‘rsatilgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ijroga qabul qilinadi.”. 7. 36-banddan “yoki noto‘g‘ri” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 8. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “37. Alohida hollarda, agar 10 ish kuni mobaynida joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud bo‘lmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati bo‘lmasa, ortiqcha to‘langan mablag‘ni qaytarish yoki hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi mumkin.”. 9. Quyidagi mazmundagi 371 — 376-bandlar bilan to‘ldirilsin: “371. Mazkur Yo‘riqnomaning 37-bandida belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng mablag‘ni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risidagi elektron xulosani ijro etish “O‘RMV” ATda avtomatik tarzda to‘xtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha qoldiq summa: eng kam oylik ish haqining 10 000 (o‘n ming) baravaridan yuqori bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “O‘RMV” ATda ma’qullangach; eng kam oylik ish haqining 10 000 (o‘n ming) baravaridan kam bo‘lgan hollarda avtomatik tarzda tegishli budjet mablag‘laridan (tegishli daromad turini kamaytirgan holda) qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati shakllantiriladi. Bunda to‘lov hujjati tegishli daromad turi uchun belgilangan ajratmalar me’yoriga mutanosib ravishda har bir budjet uchun alohida shakllantiriladi. 372. Tegishli budjet mablag‘laridan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati mablag‘lar: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tuman va shahar budjetlaridan qaytarilishi lozim bo‘lsa — tuman va shahar moliya bo‘limlari tomonidan; DMJ budjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — DMJ taqsimlovchisi tomonidan bir ish kuni muddatida “O‘RMV” ATda ma’qullanadi. 373. Moliya vazirligi G‘aznachiligi, hududiy moliya organlari va DMJ taqsimlovchilari tomonidan “O‘RMV” ATda ma’qullangan to‘lov hujjati g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shu kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi va mablag‘lar tegishli budjetdan mavjud qoldiqlar doirasida qaytariladi. 374. Qaytarilgan va hisobga olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar g‘aznachilik bo‘linmalaridan oladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi mavjud bo‘lganida ma’lumotlar soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarga “O‘RMV” ATdan elektron hujjat ko‘rinishida yuboriladi va qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi. 375. Soliqlardan tashqari ortiqcha to‘langan summalarini qaytarish mazkur Yo‘riqnomaning 37-bandiga muvofiq tegishli budjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilganida mablag‘ning soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarning tegishli jamg‘armasiga o‘tkazilgan qismi mazkur jamg‘armadan qaytariladi. 376. Alohida hollarda agar 10 ish kun mobaynida mablag‘lar ortiqcha kelib tushgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy tushumlar kelib tushishi kutilmayotgan bo‘lsa (asoslangan holda) soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan xulosalar ijrosi istisno tariqasida, bir ish kuni mobaynida tegishli budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda mablag‘lar mazkur Yo‘riqnomaning 371, 372 va 373-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.”. 10. 38-banddan “yoki noto‘g‘ri” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 11. 1-ilovada: a) 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 12. 9-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 13. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
126
11,185
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi, vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom o‘tkazilgan ekspertiza natijalari bo‘yicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarni hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqini beradigan ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl bo‘yicha xulosa (keyingi o‘rinlarda xulosa deb ataladi) berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) tomonidan obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi — xulosa olish uchun hujjatlarni Transport vazirligiga taqdim etadigan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs; temir yo‘l transporti obyekti (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) — foydalanilayotgan temir yo‘l infratuzilmasi (temir yo‘l infratuzilmasining uchastkalari); temir yo‘l infratuzilmasining tarkibiy qismlari (yo‘llar, temir yo‘l elektr ta’minoti, boshqarish, nazorat qilish, signalizatsiya va aloqa, stansiya kichik tizimlari); tashkil etilgan temir yo‘l harakat tarkibi va uning tarkibiy qismlari (poyezdlar, monyovrli tarkiblar, tirkamalarning kichik tizimlari); umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti, egalari jismoniy shaxslar hisoblanadigan idoraviy temir yo‘l kirish yo‘llari hamda va temir yo‘l kirish yo‘llari, shuningdek texnologik temir yo‘l transporti; temir yo‘l transporti mahsuloti (keyingi o‘rinlarda mahsulot deb ataladi) — temir yo‘l transporti uchun yangidan tayyorlanadigan mahsulotlar: temir yo‘l harakat tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari, shuningdek temir yo‘l transporti infratuzilmasi kichik tizimlarining tarkibiy qismlari elementlari yoki uning kichik tizimlari tarkibiy qismlari elementlarining yig‘indisi; temir yo‘l transporti texnologiyasi (keyingi o‘rinlarda texnologiya deb ataladi) — temir yo‘l transporti sohasida foydalaniladigan metodlar va jarayonlar yig‘indisi, shuningdek temir yo‘l transporti mahsulotini tayyorlashga, unga xizmat ko‘rsatishga, uni ta’mirlashga va (yoki) undan foydalanishga yo‘naltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar, operatsiyalar va usullar kompleksini o‘z ichiga oladigan texnik ishlab chiqarish usullarining ilmiy tavsifi; ekspertiza — loyihalar hujjatlarini va obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlari hujjatlarini ularning temir yo‘l transporti sohasidagi talablarga muvofiqligi yuzasidan Transport vazirligi tomonidan ko‘rib chiqish. Ekspertizani amalga oshirish davomida taqdim etilgan hujjatlarning va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi aniqlanadi. 3. Xulosa 5 yil muddatga beriladi. 4. Ariza beruvchi tomonidan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi: loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga majburiy rioya etish; harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi talablari va normalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasini ta’minlash; texnik asbob-uskunalarning, moslamalar va instrumentlarning, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning temir yo‘l transportida belgilangan talablarga muvofiqligi; loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini xulosada ko‘rsatilgan doirada amalga oshirish; ariza beruvchining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligini xabardor qilish. 5. Xulosa olish uchun ariza beruvchi Transport vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan xulosa berish to‘g‘risidagi ariza; ushbu Nizomning 3-ilovasiga* muvofiq shakl bo‘yicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalari hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlari; yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; tashkilot rahbariyati tomonidan belgilangan tashkilotning ichki nazorati bo‘yicha ariza beruvchining talablari keltirilgan holda, temir yo‘l transporti sohasidagi ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan, temir yo‘l transporti sohasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish texnologiyasi (temir yo‘l harakat tarkibining xizmat muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika metodikasi). 6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Xulosa olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga bevosita, ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 8. Xulosa olish uchun Transport vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat Transport vazirligi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi bilan ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi). 9. Transport vazirligi arizani ko‘rib chiqadi, loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ekspertizadan o‘tkazadi, so‘ngra ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmaydigan muddatda xulosa beradi yoki xulosa berishni rad etadi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 10. Agar Transport vazirligi ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat o‘tgach ariza beruvchi, bu to‘g‘rida Transport vazirligini yozma ravishda xabardor qilgan holda, o‘zi amalga oshirish uchun xulosa olmoqchi bo‘lgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda, Transport vazirligi ariza beruvchining yozma shakldagi xabarnomasini olgach, besh ish kuni mobaynida unga xulosa berishi shart. Xulosa olingungacha, qabul qilib olingan sanasi ko‘rsatilgan holdagi taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati hamda ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga yuborilgan xabarnoma xulosaga tenglashtiriladi hamda loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. 11. Transport vazirining o‘rinbosari Transport vazirligining litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni berish boshqarmasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ushbu Nizomga 4-ilovaga* binoan shakl bo‘yicha muvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida xulosani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi. Transport vaziri o‘rinbosarining imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. 12. Transport vazirligi ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki uni tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xulosa berishning rad etilgani to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Xulosa berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 13. Xulosa berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin: ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda; ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq bo‘lmaganda; ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda. Xulosa berishning boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Xulosa berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchiga, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat xulosa berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. 15. Xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, xulosa berish yoki uni berishni rad etish Transport vazirligi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risida ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 16. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining Transport vazirligi tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq holdagi rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno. 17. Xulosa berishining rad etilgani to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi bergan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Transport vazirligi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 18. Ariza beruvchi xulosa berishning rad etilgani, shuningdek Transport vazirligi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) to‘g‘risida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 19. Ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta rasmiylashtirishdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligiga, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida xulosaga ega bo‘lgan ariza beruvchilar qo‘shib yuborilgan taqdirda, xulosani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Xulosadagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, xulosa ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi. Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 20. Xulosa qayta rasmiylashtirilgungacha xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan yoki uning huquqiy vorisi xulosada ko‘rsatilgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ariza qabul qilib olingan sanasi Transport vazirligi tomonidan ko‘rsatilgan holdagi xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida amalga oshiradi. 21. Xulosani qayta rasmiylashtirishda Transport vazirligi berilgan xulosalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Xulosalarni qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Transport vazirligi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. 22. Xulosani qayta rasmiylashtirilganlik uchun yig‘im undirilmaydi. 23. Arizaning amal qilish muddati tugagach u ariza beruvchining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizaTransport vazirligiga xulosaning amal qilish muddati o‘tgungacha berilishi kerak. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 24. Xulosa yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda ariza beruvchining arizasi bo‘yicha xulosaning dublikati beriladi. 25. Transport vazirligi xulosa dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelganda xulosaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda berishi (yuborishi) shart. Xulosa dublikati berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 26. Xulosaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va xulosani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi. 27. Quyidagilar xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi: Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish; ular yuzasidan xulosa berilgan loyihalarni hamda obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining aniq xavfini tug‘dirish. 28. Transport vazirligi berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi. 29. Berilgan xulosalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni; xulosaning berilgan sanasi va tartib raqami; xulosaning amal qilish muddati; xulosani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi; xulosaning amal qilish muddatini to‘xtatishning asosi va sanasi; xulosani bekor qilishning asosi va sanasi; xulosa dublikatini berishning asosi va sanasi. 30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom amalga oshirilgan kelishish natijalari bo‘yicha muayyan muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq sxema va shakl bo‘yicha harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish huquqini beruvchi guvohnomani (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb ataladi) berish uchun tashkilotlarning lokomotivlari, yuk va izotermik vagonlarining (keyingi o‘rinlarda harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi deb ataladi) xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) bilan kelishish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi — xizmat qilish muddati tamom bo‘lgan yoki tamom bo‘layotgan o‘zining harakatlanadigan temir yo‘l tarkibiga ega bo‘lgan, Transport vazirligiga guvohnoma olish uchun hujjatlarni taqdim etuvchi tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs; harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddati — belgilangan xalqaro normalarga va ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq tayyorlovchi zavod tomonidan nazarda tutilgan, unga erishilganda harakatlanadigan temir yo‘l tarkibidan foydalanish, texnik holatidan qat’i nazar, to‘xtatilishi kerak bo‘lgan foydalanishning kalendar davom etishi; harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddati — harakatlanadigan temir yo‘l tarkibidan foydalanish boshlangandan boshlab foydalanishning kalendar davom etishi yoki cheklangan holatga o‘tgunga qadar ta’mirlashdan keyin uning tiklanishi; ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot — harakatlanadigan temir yo‘l tarkibiga texnik tashxis qo‘yish bo‘yicha ishlarni bajarish vakolati berilgan tashkilot; texnik yechim — maxsus ekspert tashkiloti tomonidan berilgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan hamda texnik asos va harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilishining belgilangan muddatini uzaytirish shartlari mavjud bo‘lgan hujjat. 3. Guvohnomaning amal qilish muddati — harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilishini uzaytirish muddatiga muvofiqdir. 4. Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilishining yangi muddatini hisoblash guvohnoma berilgan sanadan belgilanadi. 5. Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat muddatini uzaytirishda quyidagilar ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi: lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishda qonunchilikka majburiy rioya qilish; harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini ta’minlash; guvohnomada ko‘rsatilgan doiralarda lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish; qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ariza beruvchining nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligini xabardor qilish. 6. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi Transport vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha quyidagilar: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining soni va tipi (seriyasi) ko‘rsatilgan holda guvohnoma berish to‘g‘risidagi ariza; ushbu Nizomga 5-ilovaga* (lokomotivlar uchun), 6-ilovaga* (vagonlar uchun) muvofiq shakllar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi texnik yechim. 7. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Guvohnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga bevosita, ular olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 9. Guvohnoma olish uchun Transport vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va ro‘yxat Transport vazirligi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi). 10. Transport vazirligi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilish sanasidan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, shu jumladan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan arizani ko‘rib chiqish muddatida arizani ko‘rib chiqadi, guvohnomani beradi yoki uni berishni rad etadi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 11. Agar Transport vazirligi ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga guvohnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi bu haqda Transport vazirligini yozma ravishda xabardor qilgan holda texnik yechimda ko‘rsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Transport vazirligi ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga guvohnoma berishi shart. Guvohnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ro‘yxati ular qabul qilingan sana to‘g‘risida qo‘yilgan belgi va ariza beruvchi tomonidan Transport vazirligiga yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda guvohnomaga tenglashtiriladi va texnik yechimda ko‘rsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish uchun asos hisoblanadi. 12. Transport vazirining o‘rinbosari Transport vazirligining litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni berish boshqarmasining mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha muvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida guvohnomani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi. 13. Transport vazirining o‘rinbosari imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. 14. Transport vazirligi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda uni xabardor qiladi. Guvohnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 15. Guvohnomani berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin: ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi; ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi; ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi. Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan xulosa berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Guvohnomani berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. 17. Ariza beruvchi tomonidan guvohnomani berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish Transport vazirligi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 18. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Transport vazirligi tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, oldin ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini ko‘rsatish bundan mustasno. 19. Guvohnomani berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Transport vazirligi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 20. Ariza beruvchi guvohnomani berish rad etilishi, shuningdek Transport vazirligi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 21. Transport vazirligi guvohnomani berishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi. 22. “Bir oyna” bo‘yicha guvohnomani berishda Transport vazirligi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘zaro hamkorligi ayirboshlash vositasida, shu jumladan elektron pochta, guvohnoma berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ayirboshlash orqali amalga oshiriladi. 23. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Transport vazirligidan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hujjatlarni ko‘rib chiqishi va texnik yechimni kelishishi yoxud Transport vazirligiga asoslangan yozma mulohazalar va takliflarni taqdim etishi shart. 24. Ariza beruvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Transport vazirligiga ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida guvohnomaga ega bo‘lgan ariza beruvchilar qo‘shib yuborilgan taqdirda, guvohnomani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Guvohnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, guvohnoma ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar Transport vazirligiga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana to‘g‘risida Transport vazirligining belgisi bilan birgalikda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida guvohnomada ko‘rsatilgan lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi. 26. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda Transport vazirligi berilgan guvohnomalar reyestriga o‘zgartirishlar kiritadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Transport vazirligi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. 27. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 28. Guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lgach u ariza beruvchining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Transport vazirligiga guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 29. Guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga ko‘ra unga guvohnomaning dublikati beriladi. 30. Transport vazirligi guvohnomaning dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda guvohnomaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi (yuboradi). Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 31. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, guvohnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. 32. Quyidagilar guvohnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir: Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishni tekshirishdan bosh tortish; guvohnoma berilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfi yaratilishi. 33. Transport vazirligi berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 34. Berilgan guvohnomalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, telefoni; guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami; guvohnomaning amal qilish muddati; guvohnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi; guvohnoma dublikatini berishning asosi va sanasi. 35. Ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot xizmat qilish muddatini uzaytirishga taqdim etilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining o‘tkazilgan texnik tashxisi xolisligi, ishonchliligi, asoslanganligi, to‘liqligi, tayinlangan ta’mirlashning turi va hajmi hamda texnik yechim bilan belgilangan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilishining yangi muddati to‘g‘ri tanlanganligi uchun javob beradi. 36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
200
30,161
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-488-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-488-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
206
373
Qonunchilik
tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarini Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida tibbiy uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq hamda respublika shaharlari va qishloq tumanlarida shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy tashxis va tibbiy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (QAITJ) O‘zbekiston Respublikasiga 6 mln. Quvayt dinori (ekvivalenti 20,55 mln. AQSh dollariga teng) miqdordagi qarzni “Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining 171 ta shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish maqsadida to‘rt yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 24 yil muddatga berilishini ma’qulladi; QAITJ mablag‘lari 2006-yil 22-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan QAITJ o‘rtasida loyihani moliyalashtirish to‘g‘risidagi 726-sonli Qarz bitimi asosida O‘zbekiston Respublikasiga beriladi. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qarz mablag‘laridan QAITJ tartib-qoidalariga muvofiq maqsadli foydalanish, shuningdek mazkur loyihaning imzolangan Qarz bitimi va amalga oshirish jadvaliga muvofiq samarali ro‘yobga chiqarilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi; asosiy qarzni uzish, kredit xizmatlari bilan bog‘liq foizlar, komissiyalar va sarf-xarajatlarni to‘lash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan 1-ilovaga muvofiq; QAITJ tomonidan berilgan qarzni to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan QAITJ bilan Qarz bitimini imzolash vakolati berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan QAITJ o‘rtasidagi Qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: loyiha doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun loyihani amalga oshirish davrida vazirlik tuzilmasida loyihani bajarish bo‘yicha xodimlar soni uch kishidan iborat bo‘lim tashkil etilib, uning faoliyatini har yili sog‘liqni saqlashga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida moliyalashtirishni nazarda tutsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida sotib olinadigan zamonaviy tibbiy uskunalar yetkazib berila boshlashdan avval tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ularni o‘rnatish uchun xonalarni tayyorlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin. 7. Quyidagilar: QAITJ qarzi hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida QAITJ hamda boshqa xorijiy qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirib olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan; QAITJ qarz mablag‘lari hisobidan import bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
200
4,085
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari 1 — 11-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari ijro etilishini nazorat qilish Senat Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
137
668
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL BOShQARMASI TARKIBIDA ISTE’MOL TOVARLARINI XARID QILISh YuZASIDAN TENDERLAR O‘TKAZIShNI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh ShO‘’BASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Iste’mol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni ta’minlash, tovar resurslarini taqsimlashning bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi; 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bo‘limi tarkibida shtatdagi xodimlari soni 3 nafardan iborat bo‘lgan iste’mol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish sho’basi tashkil etilsin. 2. Sho‘’baning shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar sho’baning asosiy vazifalari etib belgilansin: ichki va tashqi bozorlarda, shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun iste’mol tovarlarini hrid qilish yuzasidan tenderlar (savdolar) o‘tkazishni muvofiqlashtirish; ichki va tashqi bozorlarda iste’mol tovarlarini xarid qilish yuzasidan tenderlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha hukumat qarorlarining bajarilishini nazorat qilish; ichki iste’mol bozorining tovarlarga to‘ldirilganligini tahlil qilish va tovar resurslarining bozor taqsimoti mexanizmini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xodimlar sonini ko‘paytirish va yangidan tashkil etilayotgan sho’bani kompyuter texnikasi bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar Boshqarmasi sho’bani joylashtirish, uni tegishli asbob-uskuna va texnika bilan ta’minlash masalasini bir hafta muddatda hal qilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
224
1,739
Qonunchilik
“TURIZM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
79
460
Qonunchilik
Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 31-banddagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 44-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasini” degan so‘zlar “Fan va texnologiyalar agentligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 60-bandning o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga beriladigan mablag‘lar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalariga beriladigan mablag‘lar; tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlariga beriladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi jamg‘armasidan beriladigan mablag‘lar”. 4. 70-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining maxsus montaj-ekspluatatsiya boshqarmasini,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5. 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7 033 000 “Sud hokimiyati” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazini, adliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini saqlash xarajatlari, shuningdek maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar aks ettiriladi”. 6. 75-band “uning joylardagi bo‘linmalarini” degan so‘zlardan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. 79-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini, Tashqi savdo vazirligini, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “80. 7 042 000 “Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va ovchilik” bo‘limida: qishloq xo‘jaligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini (qishloq xo‘jaligi) saqlash, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati, veterinar laboratoriyalar, urug‘chilik inspeksiyalari, “Davtexnazorat” bo‘limlari va inspeksiyalari, “Agrokimyo stansiyasi” MChJ, yerlarni qayta tiklash ishlari bo‘yicha to‘lov, hayvon kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari, chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar, epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar, shuningdek hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga hamda boshqa xarajatlar; O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini saqlash, tabiat bog‘lari, davlat qo‘riqxonalari va o‘rmon xo‘jaliklari xarajatlari; baliqchilik va ovchilik; suv xo‘jaligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini (suv xo‘jaligi) saqlash, suv xo‘jaligi tashkilotlari, qutqaruv xizmati, suvdagi stansiya va postlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi xarajatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi xarajatlari, Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturida nazarda tutilgan ishlar, shuningdek boshqa xarajatlar va maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar aks ettiriladi”. 9. 83-banddagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 87-banddagi “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 11. 89-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 108-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 112-banddagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatini va uning hududiy bo‘linmalarini” degan so‘zlar “Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatini va ularning hududiy bo‘linmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. 118-banddagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15. 125-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 16. 129-banddagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17. 200-bandda: uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “508 “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari”; 18. 1-ilovada: 1) 2 003 0 0 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 2 004 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi”; 3) 3 001 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi”; 4) 3 002 0 0, 3 002 1 0, 3 009 0 0 va 3 009 1 0 qatorlar chiqarib tashlansin; 5) 3 003 0 0 qator nomidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 3 007 0 0 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 3 008 2 1 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 010 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi; 3 010 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 011 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi; 3 011 1 0 Respublika mablag‘lari”. 19. 2-ilovada: 1) 3 112 626 qator nomidagi “O‘zbekenergo” DAK” va “O‘zbekneftgaz” MXK” degan so‘zlar tegishincha “O‘zbekenergo” AJ” va “O‘zbekneftgaz” AJ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 3 112 700 — 3 112 724, 3 112 726, 3 112 727, 3 112 729 — 3 112 732 va 3 112 799 qatorlar nomlaridagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 3 112 725 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekenergo” AJ va uning korxonalari hamda “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari mahsulot sotilishi hajmidan, elektr energiyasi va tabiiy gazni esa — oxirgi oluvchiga sotish hajmidan, aksiz va QQS soliqlarini chegirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalari”; 4) 3 112 800 — 3 112 818, 3 112 822, 3 112 825, 3 112 827 — 3 112 832 va 3 112 899 qatorlar nomlaridagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 3 112 820 qator nomidagi “O‘zbekenergo” DAK” va “O‘zbekneftgaz” MXK” degan so‘zlar tegishincha “O‘zbekenergo” AJ” va “O‘zbekneftgaz” AJ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 3 141 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 141 106 Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i”; 7) 3 151 205 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8) 3 214 101 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashni qoplash xarajatlari hisobiga, jumladan muddatida to‘lanmaganligi uchun penyani qo‘shgan holda, to‘laydigan mablag‘lari”; 9) 3 214 103 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiya xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchi va fuqarolarning to‘laydigan 85 foiz tushumi (jumladan, muddatida to‘lanmagan penyani qo‘shgan holda)”; 10) 3 214 104 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiya xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchi va fuqarolarning to‘laydigan 15 foiz tushumi (jumladan, muddatida to‘lanmagan penyani qo‘shgan xolda)”; 11) 3 214 110 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuridik shaxsni tugatishda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatishda O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyani to‘lash xarajatlarini qoplaydigan mablag‘lar tushumi”; 12) 3 321 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 321 200 Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlaridan tushgan tushumlar”; 13) 3 322 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 322 200 Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlaridan tushgan tushumlar”; 14) 3 331 109 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 331 110 O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablag‘lari, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar”; 15) 3 331 237 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 331 238 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari”; 16) 3 331 500, 3 331 502, 3 331 503, 3 331 505, 3 331 506 va 3 331 900 qatorlar nomlaridagi “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston”degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 17) 3 331 506 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 331 600 Jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamg‘armalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablag‘lari”; 18) 3 332 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 332 106 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan tegishli mablag‘lar”; 19) 3 411 101 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 20) 3 411 105 va 3 411 106 qatorlar nomlaridagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 21) 3 411 116 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 22) 3 411 119 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 411 120 Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushadigan daromadlar”; 23) 3 412 213 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 412 214 Alohida turdagi tovarlarni sotishdan olingan tushumlardan respublika budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ijobiy farq; 3 412 215 Avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari tomonidan sotiladigan tabiiy gazga maxsus investitsiyaviy ustama haqning o‘n foizi; 3 412 216 O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘n foizi”; 24) 3 422 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 422 106 O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risidagi arizalar berilganligi uchun davlat boji”; 25) 3 422 113 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 422 114 Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘idan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushum”; 26) 3 422 201, 3 422 202, 3 422 203, 3 422 221, 3 430 124, 3 430 126 va 3 430 127 qatorlar nomlaridagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 27) 3 430 101 qator nomidagi “xo‘jalik” degan so‘z “iqtisodiy” degan so‘z bilan almashtirilsin; 28) 3 430 133 qator nomidagi “qo‘riqlash” degan so‘z “saqlash” degan so‘z bilan almashtirilsin; 29) 3 430 134 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 430 135 Elektron tarzda taqdim etiladigan foto va videofiksatsiyaning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari bilan qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzilishlari uchun jarimalar; 3 430 136 O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar; 3 430 137 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar”; 30) 3 450 304 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 31) 3 450 508 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 450 509 Vakolatli organlar (bojxona organlari bundan mustasno) tomonidan musodara qilingan zargarlik buyumlarini sotishdan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushum; 3 450 510 Bojxona organlari tomonidan musodara qilingan zargarlik buyumlarini sotishdan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushum”; 32) 3 450 607 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin 33) 3 450 924 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 450 925 Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalaridagi mablag‘lar qoldig‘idan O‘zbekiston Respublikasi budjetiga tushum; 3 450 929 O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari (qarz mablag‘lari)”; 34) 3 450 930 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 450 940 Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari”; 35) 3 450 972 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi daromadining 50 foizigacha”; 36) 3 450 973 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ATB “Agrobank”ning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘larini qayta moliyalashtirishdan olgan daromadining 50 foizi”; 37) 3 450 980 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 450 981 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilangan ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq”; 38) 3 511 101 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi korxonalari va tashkilotlaridan sotib olinadigan mol-mulkdan budjetga tushadigan umumiy summaning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga o‘tkaziladigan 50 foizi”; 39) 3 450 930 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 511 111 O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushumlar”; 40) 3 512 105 qator nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 41) 3 512 106 va 3 512 107 qatorlar nomlaridagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 42) 3 520 115 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari tomonidan olingan ssudalar”; 43) 3 520 116 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tuman va shahar Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan olingan ssudalar”; 44) 3 520 117 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 520 118 Umumta’lim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlari uchun Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar budjetlariga beriladigan daromadlar”. 20. 3-ilovada: 1) 08 212 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sharof Rashidov tumani”; 2) 27 259 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “27 260 Toshkent tumani”; 3) 27 407 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “27 409 Ohangaron shahri”; 4) 27 419 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “27 420 To‘ytepa shahri; 27 426 Yangiyo‘l shahri”. 21. 4-ilovada: 1) 7 011 204 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 011 205 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarini saqlash xarajatlari”; 2) 7 011 350 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi xarajatlari”; 3) 7 011 354 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qonun hujjatlariga muvofiq Davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hisobvarag‘iga ajratmalar”; 4) 7 011 359 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining boshqa xarajatlari”; 5) 7 014 200 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligini saqlash xarajatlari”; 6) 7 018 507 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga beriladigan daromadlarning ortiqcha summalari”; 7) 7 018 512 — 7 018 515 qatorlarning nomlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga beriladigan mablag‘lar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalariga beriladigan mablag‘lar; Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlariga beriladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan beriladigan mablag‘lar”; 8) 7 018 520 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 018 521 Tumanlar va shaharlar budjetlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga beriladigan daromadlarning ortiqcha summalari; 7 018 522 Umumta’lim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlari uchun Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar budjetlariga qaytarib beriladigan mablag‘lar”; 9) 7 019 500 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar”; 10) 7 031 114, 7 033 220, 7 033 301 — 7 033 303, 7 033 400 — 7 033 402, 7 033 603 — 7 033 605, 7 041 120, 7 042 103, 7 042 104, 7 042 120, 7 042 126, 7 042 127, 7 049 970, 7 094 300, 7 094 310, 7 094 320 va 7 094 330 qatorlar chiqarib tashlansin; 11) 7 033 210 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 033 230 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti; 7 033 231 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti markaziy apparatini saqlash xarajatlari; 7 033 232 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari”; 12) 7 033 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 033 310 O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari; 7 033 311 O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 312 Nukus, Qarshi, Toshkent, Samarqand va Farg‘ona harbiy sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 320 Ma’muriy sudlar; 7 033 321 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 322 Tuman (shahar) ma’muriy sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 330 Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar; 7 033 331 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 332 Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarini saqlash xarajatlar; 7 033 340 Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar; 7 033 341 Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 342 Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 350 Iqtisodiy sudlar; 7 033 351 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarini saqlash xarajatlari; 7 033 352 Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini saqlash xarajatlari”; 13) 7 033 500 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi”; 14) 7 033 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 033 501 O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini saqlash xarajatlari; 7 033 502 O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazini saqlash xarajatlari”; 15) 7 036 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 036 500 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatini saqlash xarajatlari; 7 036 600 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarini saqlash xarajatlari”; 16) 7 041 110 qator nomidagi “iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 17) 7 041 130 va 7 041 140 qatorlar nomlaridagi “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 18) 7 041 160 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 041 170 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini saqlash xarajatlari; 7 041 180 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalarini saqlash xarajatlari”; 19) 7 042 108 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agrokimyo stansiyasi” MChJ”; 20) 7 042 111 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar”; 21) 7 042 201 — 7 042 204 qatorlarning nomlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatini saqlash xarajatlari; Milliy tabiat bog‘larini saqlash xarajatlari; Davlat qo‘riqxonalari, ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi va davlat o‘rmon xo‘jaliklarini saqlash xarajatlari; O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar”; 22) 7 042 204 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 042 205 Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarini saqlash xarajatlari”; 23) 7 042 410, 7 042 415, 7 045 190 va 7 045 191 qatorlar nomlaridagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 24) 7 045 192 va 7 045 193 qatorlarning nomlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi apparatini saqlash xarajatlari; O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari va ko‘priklardan foydalanish korxonalarini saqlash xarajatlari”; 25) 7 045 201 — 7 045 205 qatorlarning nomlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shahar hududidagi shahar ko‘chalari va shahar posyolka ko‘chalari yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash xarajatlari; Shahar hududidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash xarajatlari; Tuman hududidagi shahar ko‘chalari yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash xarajatlari; Tuman hududidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, qishloqlar va ovullar ko‘chalari yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash xarajatlari; Tuman hududidagi shahar posyolkalari ko‘chalari yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash xarajatlari”; 26) 7 045 205 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 045 206 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi maxsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasini saqlash xarajatlari”; 27) 7 047 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 047 301 O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasini saqlash xarajatlari; 7 047 302 O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalarini saqlash xarajatlari”; 28) 7 047 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 047 500 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligini saqlash xarajatlari”; 29) 7 056 100 va 7 056 200 qatorlar nomlaridagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” degan so‘zlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 30) 7 061 206 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 061 300 Arzon ko‘p xonadonli uy-joy fondini qurish xarajatlari”; 31) 7 063 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 063 200 “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi xarajatlari; 7 063 201 Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya ta’minoti obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash ishlarini moliyalashtirish; 7 063 300 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalarini saqlash xarajatlari”; 32) 7 069 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 069 100 O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini saqlash xarajatlari; 7 069 200 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasini saqlash xarajatlari; 7 069 300 “Kommunxizmat” Agentligini saqlash xarajatlari; 7 069 400 O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalarini saqlash xarajatlari”; 33) 7 069 901 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 069 902 Ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash hamda ko‘p xonadonli uy-joy fondi tevarak-atrofidagi hududni obodonlashtirish xarajatlari; 7 069 903 Issiqlik tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash xarajatlari; 7 069 904 Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash xarajatlari; 7 069 905 Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda “Ta’mirlash tiklash xizmati” Davlat unitar korxonalarini maxsus texnikalar, jihozlar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash xarajatlari; 7 069 906 Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish xarajatlari; 7 069 907 O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmati ko‘rsatish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish xarajatlari”; 34) 7 083 500 va 7 083 505 qatorlar nomlaridagi “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston”degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 35) 7 083 590 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 083 600 Bolalar bilan maktabdan tashqari ishlar bo‘yicha sport muassasalari; 7 083 610 Bolalar-o‘smirlar sport maktablari; 7 083 620 Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari; 7 083 630 Olimpiya zaxiralari sport maktablari; 7 083 640 Oliy sport mahorati maktablari”; 36) 7 089 100 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari”; 37) 7 089 200 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari”; 38) 7 089 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 089 600 O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasini saqlash xarajatlari; 7 089 601 O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparatini saqlash xarajatlari”; 39) 7 096 415 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Budjet mablag‘lari hisobidan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni shuningdek, umumta’lim maktablarining kutubxona fondi uchun lotin grafikasi asosida yaratilgan o‘zbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar va o‘rganish kitoblarini yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar”; 40) 7 096 416 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 096 417 Budjet mablag‘lari hisobidan umumta’lim maktablarining kutubxona fondini lotin grafikasi asosida yaratilgan o‘zbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar va o‘rganish kitoblari bilan to‘ldirish bo‘yicha xarajatlar”; 41) 7 096 427 va 7 096 428 qatorlarning nomlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Umumta’lim maktablarining kutubxona fondini lotin grafikasi asosida yaratilgan o‘zbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar va o‘rganish kitoblari bilan to‘ldirish bo‘yicha xarajatlar; Umumta’lim maktablarining kutubxona fondi uchun lotin grafikasi asosida yaratilgan o‘zbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar va o‘rganish kitoblarini yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar; 42) 7 096 500 qator nomidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” degan so‘zlar “ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 43) 7 096 524 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 096 525 Maktabgacha ta’lim muassasalari; 7 096 526 Oliy sport mahorati maktablari”; 44) 7 102 416 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 102 500 O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasini saqlash xarajatlari; 7 102 501 O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining markaziy apparatini saqlash xarajatlari; 7 102 502 O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlarini saqlash xarajatlari”; 45) 7 103 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 103 500 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam”; 46) 7 104 101 qator nomidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 47) 7 106 999 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 107 000 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi; 7 107 100 Issiqlik ta’minoti tizimlarini, shu jumladan mahalliy bug‘ qozonlari qurish hamda ko‘p kvartirali uylarga va ijtimoiy obyektlarga issiqlik energiyasini berish tizimlarini qurish yo‘li bilan yaxshilash ishlarini moliyalashtirish; 7 107 200 Drenaj tizimlarini, shu jumladan drenaj quduqlari va kollektorlarni kapital ta’mirlash va qurish hamda sug‘orish tizimini takomillashtirish yo‘li bilan yaxshilash, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hisobiga cho‘lga aylanishga qarshi kurash chora-tadbirlarini moliyalashtirish; 7 107 300 Mintaqadagi aholi punktlari, Nukus va Urganch shaharlari hamda tumanlar markazlaridagi uy-joy fondining ko‘p kvartirali uylaridagi umumfoydalanadigan va uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash, shuningdek bolalar maydonchalarini barpo etgan holda uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish; 7 107 400 Mintaqadagi aholi punktlari, Nukus va Urganch shaharlari hamda tumanlar markazlarini zamonaviy me’moriy-obodonlashtirish standartlari talablarini hisobga olgan holda obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan mavzelar ichidagi ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlarni kichik bog‘larni ta’mirlash hamda tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish; 7 107 500 Suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvdan va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, chekka qishloq va borish qiyin bo‘lgan tumanlarni suvni sho‘rsizlantiradigan qurilmalar bilan ta’minlash; 7 107 600 Orol mintaqasining sanitariya holatini va maishiy chiqindilarni zararsizlantirish tizimlarini yaxshilash ishlarni moliyalashtirish; 7 107 700 Madaniyat muassasalari, teatrlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; 7 107 800 Dasturga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar berishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘pi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarini qoplash uchun tijorat banklariga subsidiyalar; 7 107 900 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash bo‘yicha boshqa tadbirlar”; 48) 7 109 100, 7 109 110 va 7 109 120 qatorlar nomlaridagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 49) 7 109 920 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 109 930 Metropoliten”. 22. 6-ilovaning 50-bo‘limida: 1) 7-paragraf nomidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 8-paragraf nomidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” degan so‘zlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
98
38,495
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (9-sonli BHS) “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (9-sonli BHS) “Nomoddiy aktivlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (9-sonli BHS) “Nomoddiy aktivlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nomoddiy aktivlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Standartning maqsadi boshqa standartda aniq ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan nomoddiy aktivlar hisobini aniqlashdan iborat. Tashkilotlar nomoddiy aktivni faqatgina muayyan mezonlarga muvofiq hisobga olinishi, ularning balans qiymatini hisoblashi va nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etilishini ta’minlashi lozim. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish; boshlang‘ich qiymat — nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati; gudvill — tashkilotdan alohida identifikatsiya qilinishi va baholanishi mumkin bo‘lmagan omillar (tashkilot nomi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning talabgorligi, muayyan obro‘ va ishga doir aloqalar mavjudligi, joylashgan yer va boshqa shunga o‘xshash omillar) ta’sirida vujudga keladigan nomoddiy aktiv; joriy qiymat — ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa; ishlab chiqish — yangi yoki sezilarli darajada o‘zgartirilgan materiallar, asboblar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar va xizmatlarni yoki ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirishda tadqiqot natijalarini hamda bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash; mutlaq huquq — bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq; nomoddiy aktivlar — tashkilot tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk obyektlari. tadqiqot — yangi ilmiy yoki texnik bilim va tushunchalarni olish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan izlanish; tugatish qiymati — nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi; foydali xizmat muddati — tashkilotlar tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki tashkilot ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori; faol bozor — oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor; qoldiq (balans) qiymat — nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 2. Nomoddiy aktivlarni ta’rifi aktivdan faoliyatda foydalanilishi va u moddiy qiymatga ega bo‘lmasligini talab qiladi. Agarda moddiy mohiyatga ega bo‘lmagan (pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan) aktivlar yuridik huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi. 3. Tashkilotlar ilmiy yoki texnik bilimlar, yangi tizim va jarayonlarni loyihalashtirish, tatbiq etish, litsenziyalash, intellektual mulk va tovar belgisi (shuningdek, firma nomi va nashr huquqi) kabi aktivlarni sotib olish, ishlab chiqarish, nomoddiy aktivlarga xizmat ko‘rsatish yoki yaxshilash jarayoni davomida resurslarni sarflaydi yoki majburiyatlarni oladi (masalan, kompyuter dasturiy ta’minoti, patent, mualliflik huquqi, filmlar, xizmatlardan foydalanuvchilar ro‘yxati, sotib olingan guvohnomalar yoki import kvotalari). 4. Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: moddiy-ashyoviy tuzilishga (shaklga) ega bo‘lmasligi; aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi; tashkilot ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi; ishonchlilik, ya’ni tashkilotda aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining) mavjudligi; identifikatsiya qilish imkoniyati. 5. Nomoddiy aktivlarga mazkur BHSning 4-bandida keltirilgan shartlarning barchasiga javob beruvchi quyidagi obyektlar kiritiladi: patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi; muallif yoki boshqa huquq egasining elektron hisoblash mashinasi uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mutlaq huquqi; muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo‘lgan mutlaq huquqi; huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi; huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi; gudvill; tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi; yer uchastkasidan foydalanish huquqi; boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar). 6. Nomoddiy aktivlar tarkibiga tashkilot xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular o‘zlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish mumkin emas. 7. Nomoddiy aktivlar xususiyati jihatidan o‘xshash aktivlar guruhiga bo‘linadi va ular tashkilot faoliyatida qanday foydalanilganligiga asosan quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin: firma nomlari; nashrlarning nomlanishi va titul ma’lumotlari; kompyuter dasturlari; litsenziya; mualliflik huquqlari, patentlar va boshqa sanoat mulki huquqlari, xizmat ko‘rsatish va ishlatish huquqlari; retseptlar, formulalar, modellar, chizmalar va prototiplar; rivojlanish jarayonidagi nomoddiy aktivlar. Yuqoridagi sinflar moliyaviy hisobotlarni foydalanuvchilarga ko‘proq tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlaydigan bo‘lsa, yanada kichikroq (birlashtirilgan) sinflarga bo‘linishi mumkin. 8. Standartdan moliyaviy hisobotni tayyorlash va yuritishda hisoblash usulini qo‘llaydigan tashkilotlar tomonidan nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda foydalaniladi. 9. Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda quyidagi holatlar Standart talablariga tatbiq etilmaydi: boshqa standartlar talablariga javob beradigan aktivlar; neft, tabiiy gaz va shunga o‘xshash qayta tiklanmaydigan foydali qazilma resurslarini qazib olish va ishlab chiqarish xarajatlari; qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan huquqlar va vakolatlar; sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli nomoddiy aktivlar; iqtisodiy foyda keltirmaydigan madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar. 10. Nomoddiy aktivlar axborot tashish vositasida joylashtiriladi yoki saqlanadi. Bunda kompakt-disk (kompyuter dasturiy ta’minoti sifatida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent) yoki fotoplyonkalarga joylashtiriladi yoki saqlanadi. 11. Tashkilotlar aktivlarni moddiy hamda nomoddiy jihatlariga e’tibor bergan holda, qaysi jihati muhimligiga qarab hisobga oladi (masalan, samolyot uchun dasturiy ta’minot samolyotning ajralmas qismi bo‘lib bu asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. Xuddi shu holat kompyuterning operativ xotirasiga ham qo‘llanilganda, ya’ni dastur aktivning ajralmas qismi bo‘lmasa, unda ushbu dastur nomoddiy aktiv sifatida qabul qilinadi). 12. Standart reklama, ta’lim, dastlabki xarajatlar hamda tadqiqot va rivojlantirish xarajatlari kabi holatlarni hisobga olinishida qo‘llaniladi. Tadqiqot va ishlab chiqarishning maqsadi bilim olish hisoblanadi. Mazkur faoliyat tufayli kelib chiqqan aktiv jismoniy shaklga ega bo‘lsa ham nomoddiy aktiv sifatida tan olinadi. 13. Moddiy va nomoddiy aktivlar moliyaviy ijaraning predmeti hisoblanadi. Tashkilotlar aktivni dastlab hisobga olganida, ijarachi Standartga muvofiq moliyaviy ijara shartnomasi doirasida olingan nomoddiy aktivlar hisobini yuritadi. Filmlar, videolar, pyesalar, qo‘lyozmalar, patentlar va mualliflik huquqi kabi asarlarga doir litsenziya shartnomalari bo‘yicha huquqlar boshqa standartlar talablari asosida hisobga olinmaganligi sababli Standart talablari doirasida hisobga olinadi. 14. Tashkilotlar madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy foyda keltirmaydigan aktivlarni aktiv sifatida hisobga olinishini boshqa standartlar asosida amalga oshiradi. Tashkilotlar madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar iqtisodiy foyda keltirgan hollarda ularni hisobga olish, baholash va ma’lumotlarni oshkor etishi uchun Standart talablaridan foydalanadi. 15. Ba’zi aktivlar madaniy, tarixiy yoki ekologik xususiyatiga ko‘ra madaniy va tarixiy qiymatiga egaligi tufayli nomoddiy aktiv sifatida aks ettiriladi. Mazkur aktivlarga muhim tarixiy hodisalar yozib qoldirilgan materiallar yoki mashhur shaxslar portretlaridan pochta markalari yoki tangalar kolleksiyasida foydalanish huquqi kirishi mumkin. Madaniy va tarixiy ahamiyatga ega nomoddiy aktivlarni quyidagi xususiyatlarga muvofiq ta’riflanadi: aktivning madaniy, ekologik va tarixiy xususiyatlariga ko‘ra faol bozor bahosiga asoslangan holda moliyaviy qiymatini aks ettirib bo‘lmasligi; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlar yoki cheklovlar natijasida sotish yo‘li bilan aktivning chiqib ketishi; qiymatning vaqt o‘tishi bilan ortishi; foydali xizmat muddatini aniqlash murakkabligi, ba’zi hollarda foydali xizmat muddati bir necha yuz yil davom etishi. 16. Tarixiy va madaniy qiymatni ifodalovchi ba’zi madaniy-tarixiy ahamiyatga ega nomoddiy aktivlar kelajakda iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunga tarixiy yozmadan foydalanganlik uchun beriladigan royaltini misol bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tashkilotlar madaniy-tarixiy ahamiyatga ega nomoddiy aktivlarni daromad keltiruvchi nomoddiy aktivlar hisobida yuritadi va qiymatini aniqlaydi. 17. Nomoddiy aktivlar faqat quyidagi hollarda hisobga olinadi: tashkilotlar aktivdan kelajakda iqtisodiy foyda olishi yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘lganda; aktivning tannarxi yoki haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda aniqlanganda. 18. Nomoddiy aktivlar dastlab Standart talablariga muvofiq baholanadi. Nomoddiy aktiv almashuv bo‘lmagan operatsiya doirasida olingan taqdirda, uning dastlabki qiymati olingan sanadagi haqiqiy qiymatiga ko‘ra baholanadi. 19. Foydalanishga olingan nomoddiy aktivlar foydalanuvchi tashkilot tomonidan shartnomaga kiritilgan bahoda balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi. 20. Kelib tushadigan nomoddiy aktivlarning qiymati tashkilot balansiga kiritiladi. 21. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi: ishlab chiqish tugaganidan so‘ng yaratilgan obyektni qabul qilish-topshirish; oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish; beg‘araz kelib tushish; davlat subsidiyalari hisobiga olish; ayirboshlash; ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyektlarini aniqlash; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko‘ra. 22. Tashkilotlar nomoddiy aktivni sotib olish uchun to‘laydigan narxni mavjud bo‘lgan iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘yicha aks ettiradi. 23. Tashkilotlar sotib olingan nomoddiy aktivning qiymatini faol bozordagi qiymati asosida ishonchli tarzda aniqlashi lozim. 24. Sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasiga (sotuvchiga) to‘langan summalar; huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; nomoddiy aktivning sotib olish imtiyozlari va chegirmalarini chegirib tashlagan holda import soliqlari va xarid uchun qoplanmaydigan soliqlarni o‘z ichiga olgan sotib olish bahosini; bojxona bojlari va yig‘imlari; nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa); nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar; nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar; nomoddiy aktivlar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida haqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi. Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. 25. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarga quyidagilar kiradi: aktivni ishchi holatiga keltirishga bevosita aloqador xodimlarga beriladigan mukofot pullari; aktivni ish holatiga yetkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan professional xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari; aktivning ishlashini tekshirish xarajatlari. 26. Quyidagilar nomoddiy aktivlarning qiymatiga kiritilmaydi: yangi mahsulot yoki xizmatni joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlar (shu jumladan, reklamaning qiymati va ularni sotish bo‘yicha xarajatlar); yangi joyda yoki yangi mijozlar toifasida ishlash bilan bog‘liq xarajatlar (shu jumladan xodimlarni tayyorlash xarajatlari); ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar. 27. Xarajatlarni nomoddiy aktivning balans qiymatida hisobga olinishi aktivning boshqaruv maqsadlariga muvofiq foydalanish uchun mos keladigan holatga kelgandan so‘ng to‘xtatiladi. Nomoddiy aktivni foydalanish yoki qayta joylashtirish xarajatlari ushbu aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi (masalan, aktivning foydalanishga tayyor bo‘lgandan keyingi amalga oshirilgan xarajatlar). 28. Nomoddiy aktivlar almashuv bo‘lmagan operatsiyalar orqali sotib olinishi ham mumkin. Bunda tashkilotlar radio va televideniye stansiyalaridan foydalanish uchun litsenziya, import yoki kvotalarga litsenziya yoki boshqa vositalardan foydalanish huquqi kabi nomoddiy aktivlarni o‘tkazganda yuzaga keladi (masalan, sovrindor jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy g‘oliblik hujjatlarini, shu jumladan nashrlardagi mualliflik huquqini milliy arxivga almashuv bo‘lmagan operatsiya orqali topshirishlari). Nomoddiy aktivlar almashuv bo‘lmagan operatsiyalar orqali olinganda aktivni sotib olingan kundagi qiymati uning haqiqiy qiymati hisoblanadi. Tashkilotlar Standart talablariga muvofiq almashuv bo‘lmagan operatsiyalar asosida olingan nomoddiy aktivlarni haqiqiy qiymati bo‘yicha sotib olganligi uchun uni hisobga olish vaqtida qayta baholashni amalga oshirmaydi. Agar kelgusi hisobot davrlarida nomoddiy aktivlarni qayta baholanadigan bo‘lsa, u holda Standartning 50-bandida ko‘rsatilgan qayta baholash talablari asosida amalga oshiriladi. 29. Tashkilotning o‘zi yaratgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak, chunki u tashkilotni sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur tashkilotni tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi farq sifatida yuzaga keladi. 30. Xarid qilingan gudvillning miqdori hisob-kitob qilish yo‘li bilan, xarid qilinayotgan aktivning haqiqiy qiymati bilan uni xarid qilish sanasidagi aktivning sof bozor qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 31. Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang‘ich qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotda gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda aks ettiriladi. 32. Tashkilotlar iqtisodiy manfaatlar yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish maqsadida nomoddiy aktivlarni ishlab chiqishga sabab bo‘lmaydigan xarajatlar qilishi mumkin. Bunday xarajatlar ichki joriy etilgan gudvillning shakllanishidagi xarajatlari deb ataladi. Ichki joriy etilgan gudvill aktiv sifatida tan olinmaydi, chunki bu aktivlar tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan va haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda baholash imkonini beradigan resurs hisoblanmaydi. 33. Ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivni hisobga olish mezonlariga mos kelishini baholash uchun tashkilotlar nomoddiy aktivni ishlab chiqarish jarayonini quyidagilarga ajratadi: tadqiqot bosqichi; ishlab chiqish bosqichi. 34. Agar tashkilotlar nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga qaratilgan ichki loyihada tadqiqot bosqichini ishlab chiqarish bosqichidan ajrata olmasa, tashkilotlar bunday loyiha sarf-xarajatlarini faqat tadqiqot bosqichida bo‘lganidek hisobga oladi. 35. Tadqiqot natijasida (yoki ichki loyiha doirasida tadqiqotni amalga oshirish bosqichida) bo‘lgan nomoddiy aktivlarning hech biri aktiv sifatida hisobga olinmaydi. Tadqiqotning sarf-xarajatlari (yoki ichki loyiha doirasida tadqiqotni amalga oshirish bosqichida) ularning kelib chiqishi vaqtida xarajatlar sifatida tan olinadi. 36. Ichki loyihaning tadqiqot bosqichida tashkilotlar kelajakda iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yuzaga keltiradigan nomoddiy aktivni mavjudligini namoyish etmaydi. Tegishli xarajatlar kelib chiqishi vaqtida xarajatlar sifatida tan olinadi. 37. Tadqiqot faoliyati sifatida: yangi bilimlarni olishga qaratilgan faoliyat; tadqiqot natijalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llash sohalarini izlash, baholash va yakuniy tanlash; muqobil materiallar, uskunalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarni qidirish; yangi yoki takomillashtirilgan materiallar, qurilmalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlar o‘rnini bosuvchilarni shakllantirish, loyihalashtirish, baholash va yakuniy tanlash kiritilishi mumkin. 38. Ishlab chiqilgan (yoki ichki loyihada ishlab chiqishning amalga oshirilish bosqichi) aktivlar quyidagi mezonlarga javob bersa nomoddiy aktiv sifatida tan olinadi: nomoddiy aktivlarni ishlatish yoki sotish uchun to‘laqonli texnik tugatish imkoniyatining borligi; nomoddiy aktivni ishlab chiqish jarayonini yakunlash va ishlatish yoki sotish maqsadi borligi; nomoddiy aktivlarni ishlatish yoki sotish imkoniyati mavjudligi; nomoddiy aktivning kelajakdagi iqtisodiy foydani yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini shakllantirishi; nomoddiy aktivni ishlab chiqarish va foydalanish yoki sotish uchun yetarli texnik, moliyaviy va boshqa resurslarning mavjudligi; nomoddiy aktiv bilan bog‘liq xarajatlarni aniqlash imkoni mavjudligi. 39. Tashkilotlar ichki loyiha doirasida ishlab chiqish bosqichidagi nomoddiy aktivni identifikatsiya qilishi va bu aktivning kelajakdagi iqtisodiy foydalarini yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini olib kelishini ko‘rsatadi. 40. Ishlab chiqish bosqichiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqish yoki foydalanishdan oldin namuna va modellarni loyihalash, qurish va sinovdan o‘tkazish; yangi texnologiyalar hisoblangan asboblar, namunalar, shakllar va shtamplarni loyihalashtirish; iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan, ya’ni sotish maqsadida yoki xizmat ko‘rsatish uchun ishlab chiqilayotgan tajriba uskunalarini loyihalash, qurish va ishlatish; yangi yoki takomillashtirilgan materiallar, asboblar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarga nisbatan tanlangan muqobillarni loyihalash, qurish va sinovdan o‘tkazish; veb-sayt va dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish xarajatlari. 41. Tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan kalkulatsiya hisob-kitobi nomoddiy aktivlarni ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlarning aniq hisoblash imkonini beradi (masalan, ish haqi, mualliflik huquqi, litsenziyalarni yoki kompyuter dasturlari kabi ishlab chiqishda yuzaga keladigan boshqa xarajatlar). 42. Tashkilot tomonidan tovar belgilari, titul ma’lumotlari, nashriyot huquqi, mijozlar ro‘yxatiga sarflangan xarajatlarni tashkilot faoliyatini rivojlantirish xarajatlaridan farqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun, bunday aktivlar nomoddiy aktiv sifatida tan olinmaydi. 43. Mustaqil ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivning qiymati ushbu aktivni ishlab chiqish, ishlatish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 44. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarga quyidagilar kiradi: nomoddiy aktivni ishlab chiqishda foydalanilgan va ishlatilgan materiallar va xizmatlar xarajatlari; nomoddiy aktivni yaratish bilan bog‘liq ishchilarni rag‘batlantirish xarajatlari; huquqni ro‘yxatga olish xarajatlari; nomoddiy aktivni ishlab chiqarishda foydalaniladigan patentlar va litsenziyalarning amortizatsiyasi. 45. Quyidagi ko‘rsatkichlar tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tannarxiga kiritilmaydi: realizatsiya, ma’muriy va boshqa ustama xarajatlar; rejalashtirilgan vazifalarni bajarishdan oldin amalga oshirilgan samarasizliklar va dastlabki operatsion zararlar; aktivni ishlatish uchun kadrlarni tayyorlash xarajatlari. 46. Nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlarni ular sodir etilgan davrda hisobga olinadi, nomoddiy aktivning tannarxiga kiritilish mezonlariga javob beradigan holatlar bundan mustasno. Bunda, tashkilotlar kelajakda iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish uchun xarajatlar amalga oshiradi (ushbu holatda tannarxga kiritiladigan nomoddiy yoki boshqa aktivlarning sotib olinishi va ishlab chiqarilishi mustasno) va ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. 47. Hisobot davridagi xarajatlarga quyidagilar kiradi: tadqiqot xarajatlari; ishlab chiqishga tayyorlash uchun xarajatlar (ya’ni boshlang‘ich xarajatlar), asosiy vositalar tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar bundan mustasno. Boshlang‘ich xarajatlarga tashkil etish xarajatlari, yuridik shaxs tashkil etilgandagi advokatlar va kotiblar xarajatlari, yangi tashkilot yoki faoliyat turini (ya’ni, ishga tushirish uchun sarflangan xarajatlar) ochish yoki yangi faoliyatni boshlash yoki yangi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari (ya’ni operatsiyaoldi xarajatlari) kiradi. xodimlarni tayyorlash xarajatlari; reklama va reklama faoliyati xarajatlari (shu jumladan, pochta tovarlari va axborot nashrlari; tashkilot yoki uning biror qismini ko‘chirish yoki qayta tashkil etish xarajatlari. 48. Tashkilot tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun avans to‘lovni aktiv sifatida tan olinadi. 49. Dastlab Standart doirasida nomoddiy aktivlarga sarflangan xarajatlar xarajat sifatida hisobga olinsa, keyingi davrlarda nomoddiy aktivning tannarxi qismida hisobga olinishi mumkin emas. 50. Tashkilot tannarx bo‘yicha hisoblash modelini va qayta baholash qiymati bo‘yicha hisob siyosatini amalga oshiradi. Agarda nomoddiy aktiv qayta baholash modeli bo‘yicha hisoblanayotgan bo‘lsa, u bilan bir tasnifdagi barcha aktivlar ham shu modelda hisoblanishi kerak, agarda ular uchun faol bozor mavjud bo‘lsa, u xolda bu usuldan foydalanilmaydi. 51. Tashkilot faoliyatida qo‘llanilishi va ular xususiyatlarini o‘xshashligi jihatidan guruhlanishi nomoddiy aktivlar sinfini tashkil qiladi. Shu sababli kirim qilinish sanasidan qat’iy nazar bir sinfga taalluqli nomoddiy aktivlar bir vaqtning o‘zida qayta baholanadi. 52. Dastlabki hisobga olinishda nomoddiy aktiv qiymati jami amortizatsiyasi chegirib tashlangan holda hisobga olinadi va shu qiymat bo‘yicha qayta baholanadi. Standartga ko‘ra qayta baholash maqsadida aktivning haqiqiy qiymati aniqlash mavjud faol bozor ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Hisobot davrida aktivning balans qiymati uning haqiqiy qiymatidan sezilarli darajada farq qilmasligi uchun o‘z vaqtida qayta baholanishi kerak. 53. Qayta baholash modeli quyidagilarga yo‘l qo‘ymaydi: avval aktiv sifatida hisobga olinmagan nomoddiy aktivlarni qayta baholashga; nomoddiy aktivlarni dastlabki qiymatini tannarxdan past qiymatda hisobga olinishiga. 54. Qayta baholash bo‘yicha hisoblashlar aktivning tannarx bo‘yicha hisoblangandan keyin amalga oshiriladi. Aktivning bir qismi ishlab chiqarish jarayonida qatnashgan bo‘lsa yoki nomoddiy aktiv tannarxining faqat bir qismi aktiv sifatida hisobga olingan bo‘lsa, qayta baholash butun aktivga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, qayta baholash modeli, almashinuv bo‘lmagan operatsiya natijasida olingan nomoddiy aktivga nisbatan ham qo‘llaniladi. 55. Tashkilotlar nomoddiy aktivlarni qayta baholashda faol bozor ma’lumotlari asosida aniq belgilash mumkin bo‘lgan shartlarda, qayta baholash sanasidagi haqiqiy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiradi. 56. Qayta baholashning takroriyligi qayta baholanadigan nomoddiy aktivning haqiqiy qiymatini o‘zgaruvchanligiga bog‘liq. Qayta hisoblangan aktivning haqiqiy qiymati uning balans qiymatidan sezilarli darajada farq qilsa, yana bir marta qayta baholash talab etiladi. Ba’zi nomoddiy aktivlarning haqiqiy qiymatida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi, bu esa ularning har yili qayta baholanishini talab qiladi. Haqiqiy qiymatida faqat kichik o‘zgarishlar bo‘ladigan nomoddiy aktivlar takroriy qayta baholanmaydi. 57. Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jami amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga asosan tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 58. Faol bozor ma’lumotlaridan foydalangan holda qayta baholangan nomoddiy aktivning haqiqiy qiymatini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bunda aktivning balans qiymati oxirgi marta faol bozor ma’lumotlaridan foydalangan holda qayta baholangan qiymati bo‘yicha qayta baholanadi, bunda jami amortizatsiya va har qanday keyingi qadrsizlanish chegirib tashlanadi. 59. Agar qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati oshsa, bu qiymat to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash natijasidagi o‘sish qayta baholash schyotining kreditida aks ettiriladi. Shu bilan birga, bunday o‘sish yoki oldingi qiymatni qayta baholash natijasida qiymatning pasayish miqdori foyda yoki zarar sifatida aks ettiriladi. 60. Tashkilotlar nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati cheklangan yoki noaniqligini aniqlashi kerak. Foydali xizmat muddati cheklangan hollarda muddatning davomiyligi shu muddatda ishlab chiqarish birliklari miqdori yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyati muddati deb hisoblanadi. Agar mavjud omillarning barchasi, ya’ni aktiv o‘z xizmati davomida tashkilot uchun daromad yoki zarar yoxud xizmat ko‘rsatish imkoniyatini davomiyligi aniqlash imkoni yo‘qligini ko‘rsatsa, tashkilot nomoddiy aktivni noaniq foydali xizmat davomiyligiga ega deb hisoblaydi. 61. Nomoddiy aktivning hisobi uning foydali xizmat muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Cheklangan foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv uchun amortizatsiya va aksincha, noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivlar uchun amortizatsiya hisoblanmaydi. 62. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini aniqlashda ko‘plab omillar bilan bir qatorda quyidagilar ham hisobga olinadi: ushbu aktivni tashkilot tomonidan maqsadli foydalanilishi va samarali foydalanishiga imkoniyati; mahsulot (ishlar, xizmatlar) xizmat muddati ushbu nomoddiy aktivga qo‘llanilishi; eskirishning texnik, texnologik va boshqa turlarini; belgilangan aktiv faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning barqarorligi yoki ushbu aktivdan olingan xizmatlar yoki mahsulotlar uchun bozor talabining o‘zgarishi; raqobatchilar yoki potensial raqobatchilarning mo‘ljallangan harakatlari; kutilayotgan iqtisodiy foydalarni olish uchun zarur bo‘lgan aktivlarni saqlab turish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari darajasini ta’minlash qobiliyati; aktivni nazorat qilish muddati va ushbu aktivdan foydalanish bo‘yicha qonuniy yoki shunga o‘xshash cheklashlar, masalan, tegishli ijara shartnomalarining amal qilish muddati; tegishli aktivning foydali xizmat muddati tashkilotning boshqa aktivlarini foydali xizmat muddatiga bog‘liqligi. 63. Texnologiya sohasida yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlar tufayli, kompyuter dasturlari va shu kabi nomoddiy aktivlar texnologik jihatdan tez eskiradi, shu sababli, ularning foydali xizmat muddati qisqa bo‘ladi. 64. Bitimlardan kelib chiqadigan nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati uning amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak, lekin tashkilot aktivdan foydalanishni nazarda tutgan davrga bog‘liq holda qisqa bo‘lishi mumkin. Agar shartnomalar uzaytirish sharti bilan cheklangan muddatga tuziladigan bo‘lsa, ushbu nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati faqat xarajatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan holdagina belgilanadi. 65. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatiga iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy kabi omillar ta’sir qiladi. Iqtisodiy, siyosiy yoki ijtimoiy omillar tashkilotning kelajakda iqtisodiy manfaatlar yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini olishi mumkin bo‘lgan davrni belgilab beradi. Huquqiy omillar ushbu tashkilotning iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini olish davrini cheklab qo‘yishi mumkin. Foydali xizmat muddati ushbu omillar tomonidan belgilangan davrlarning eng qisqasini aks ettiradi. 66. Boshqa omillar bilan bir qatorda, quyidagi omillarning mavjudligi shartnomalarni xarajatlarsiz uzaytirishni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: shartnomalarni oldingi tajribaga asoslanib, uzaytirilishiga dalillarning mavjudligi; uzaytirishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar bajarilishi haqida dalillarning mavjudligi; tashkilot shartnomani uzaytirishga qilgan xarajatlari uning kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga nisbatan juda oz miqdorini tashkil etishi. 67. Agar shartnoma muddatini uzaytirish xarajatlari olinadigan iqtisodiy foydalarga yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatga nisbatan katta bo‘lsa, bu uzaytirish xarajatlari uzaytirilgan sanadan boshlab yangi nomoddiy aktivni sotib olish xarajatlari hisoblanadi. 68. Cheklangan foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati muntazam ravishda uning foydali xizmat muddatida taqsimlanadi. Amortizatsiya ushbu aktivni ishlatish uchun tayyor holga kelgan paytdan boshlab hisoblanadi. Aktivlarni sotish (yoki sotish maqsadida chiqib ketish schyotlarida aks ettirish) yoki hisobga olish davri to‘xtatilgan holatlaridan qaysi birining birinchi yuzaga kelishiga qarab aktivga nisbatan amortizatsiya hisoblash to‘xtatiladi. Amaldagi amortizatsiya usuli tashkilotning kelajakdagi iqtisodiy foydalarini yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ishonchli tarzda aniqlash imkoni bo‘lmasa, unda amortizatsiyaning to‘g‘ri chiziqli usuli qo‘llaniladi. 69. Amortizatsiya qilinadigan qiymatlarni muntazam ravishda foydali xizmat muddatiga taqsimlash uchun turli amortizatsiya usullaridan foydalaniladi. Ushbu usullarga to‘g‘ri chiziq usuli, qoldiq qiymatni kamaytirish usuli va ishlab chiqarilgan miqdordan hisoblash usullari kiradi. Amaldagi usul, kelajakdagi iqtisodiy foydalarning yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatining iste’mol qilish shakli yoki aktiv tarkibidagi xizmat ko‘rsatish salohiyati asosida belgilanadi, bundan kutilayotgan iqtisodiy foydalarning yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatining o‘zgarishi mustasno. 70. Amortizatsiya odatda foyda yoki zarar sifatida tan olinadi. Biroq, ba’zida aktivning kutilayotgan iqtisodiy foydasi boshqa aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida o‘zlashtirib yuboriladi. Bu holda to‘plangan amortizatsiya boshqa aktiv qiymatining bir qismini tashkil etadi va uning balans qiymatiga kiritiladi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan nomoddiy aktivlar tovar-moddiy zaxiralarining balans qiymatiga kiritiladi. 71. Quyidagi hollardan tashqari cheklangan foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivning tugatish qiymati nolga teng bo‘ladi: aktivni uning foydali muddati tugashi bilan sotib olishi uchun uchinchi tomon majburiyati mavjud bo‘lsa; ushbu aktiv uchun faol bozor mavjud bo‘lsa: aktivning tugatish qiymati faol bozor ma’lumotidan foydalanib aniqlanishi mumkin bo‘lganda; bunday bozor aktivning foydali muddati oxirida mavjud bo‘lganda. 72. Cheklangan muddatga ega bo‘lgan aktivning amortizatsiya qiymati uning tugatish qiymatini chiqarib tashlagandan so‘ng aniqlanadi. Nolga teng bo‘lmagan tugatish qiymati tashkilotlarning nomoddiy aktivni foydali xizmati muddatigacha sotilishi mumkin. 73. Amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati har bir hisobot davrida aktivning foydali xizmat muddati noaniq deb tasdiqlanishini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Agar ular bunday baholashni tasdiqlamasa, unda foydali xizmat muddatining cheklanganga o‘zgartirilishi lozim. 74. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini noaniqdan cheklanganga o‘zgartirilishi shu aktivning qadrsizlanishining belgisidir. Natijada, ushbu aktivni, tiklanadigan qiymatini uning balans qiymati bilan solishtiriladi va qayta tiklanishdan balans qiymatining oshishini qadrsizlanishdan zarar sifatida qabul qiladi. 75. Nomoddiy aktivlarning hisobga olinishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi: o‘zining chiqib ketishi tufayli (shu jumladan almashinuv bo‘lmagan operatsiyalar orqali); uning foydalanilishidan yoki chiqib ketishidan kelajakda iqtisodiy foyda yoki xizmat olish imkoniyati kutilmayotgan bo‘lsa. 76. Nomoddiy aktivni hisobga olishni to‘xtatish natijasida kelib tushadigan foyda yoki zararni balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida hisobga olinadi. Ular aktivni hisobga olishni to‘xtatishdan kelib chiqadigan foyda yoki zarar tarkibida hisobga olinadi. 77. Nomoddiy aktivni chiqarib yuborilishi turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan, sotish, tugatish, ayirboshlash, moliyaviy ijara shartnomasi, almashinuv bo‘lmagan operatsiyalar, kamomad faktini aniqlash va boshqalar). 78. Cheklangan foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivning amortizatsiya hisobi aktiv ishlatilmayotgan bo‘lsa to‘xtatilmaydi, sotish uchun mo‘ljallangan yoki amortizatsiyasi to‘liq hisoblanilgan holatlar bundan mustasno. 79. Nomoddiy aktivlardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning haqiqatda mavjudligi, balansda nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta nomoddiy aktivlar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. 80. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlar daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan nomoddiy aktivlar aybdor shaxslar aniqlangunga qadar kamomadlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi. 81. Tashkilot ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlarni va boshqa nomoddiy aktivlar o‘rtasidagi farqni hisobga olgan holda, har bir nomoddiy aktiv uchun hisob siyosatini quyidagi ma’lumotlar orqali oshkor etishi kerak: mos aktivlarning foydali xizmat muddati noaniqligi yoki cheklanganligini, agar cheklangan bo‘lsa foydali xizmat muddati yoki amortizatsiya normalari qo‘llanilishini; foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivlar uchun qo‘llaniladigan amortizatsiya usullari; davr boshi va oxirida balans qiymati hamda uning jami amortizatsiyasi (qadrsizlanishdan to‘plangan zararlar bilan hisoblangan); nomoddiy aktivlarning har qanday amortizatsiyasiga kiritilgan moddalar (foyda va zarar tarkibiga kiritilgan); davr boshi va oxirida balans qiymati. 82. Agar nomoddiy aktivlar qayta baholangan qiymatda saqlansa, tashkilotlar nomoddiy aktivlarning sinfiga ko‘ra quyidagi ma’lumotlarni ochib berishlari lozim: qayta baholash amalga oshirilgan sana; qayta baholangan nomoddiy aktivlarning balans qiymati; nomoddiy aktivlarning qayta baholangan guruhi belgilangan tannarxni qayta hisoblash usulida keltirilgandek, tan olingan balans qiymatni; davr boshi va oxirida hisobot davridagi o‘zgarishlarni va tashkilotlar o‘rtasidagi muvozanatni taqsimlash bo‘yicha cheklashlarni ko‘rsatgan holda nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq qayta baholashning qo‘shimcha summasini; aktivlarning o‘rtacha qiymatini hisoblashda foydalaniladigan usullar va sezilarli xatoliklarni.
111
38,605
Qonunchilik
2009 - 2012 YILLARDA ChARM-POYABZAL SANOATI KORXONALARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA MODERNIZATSIYA QILISh HAMDA TAYYOR ChARM TOVARLAR IShLAB ChIQARISh HAJMLARINI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tayyor charm-poyabzal tovarlari ishlab chiqarish, aholining o‘sib borayotgan talablarini birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmlarini sezilarli darajada ko‘paytirish hisobiga qondirish, ko‘n-charm xomashyosini samarali qayta ishlash, tarmoq korxonalarida zamonaviy texnologiya asbob-uskunalarini joriy etish va shu asosda raqobatbardoshli ko‘n-charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek charm-poyabzal korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan: 2009 — 2012-yillar davrida charm-poyabzal mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning maqsadli parametrlari 1, 1a, 1b-ilovalarga* muvofiq; 2009 — 2012-yillar davrida respublika charm-poyabzal korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirsinlar. 2. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar rahbarlari bilan birgalikda 2-ilovaga kiritilgan loyihalarining TIA o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishini hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlasinlar. Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi ushbu bandni qat’iy nazoratga olsin va bajarilishini tashkil etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rsin. 3. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan birgalikda 2010-yil 1-yanvargacha Poyabzal dizayni markazini tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rsin, unga quyidagi asosiy vazifalarni yuklasin: poyabzal dizayni va uni ishlab chiqarish, charm galanteriya, aksessuarlar sohasidagi jahon modalar tendensiyalarini o‘rganish va istiqbolda modellashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; poyabzal va charm-galanteriya sanoati korxonalari va turdosh tarmoqlar mutaxassislari uchun poyabzal va charm galanteriya mahsulotlarini modellashtirish va ularning konstruksiyasi masalalari bo‘yicha metodik seminarlar va yig‘ilishlar tashkil etish; zamonaviy poyabzal texnologiyasi, dizayni, ularni konstruksiyalash va ishlab chiqarish bo‘yicha charm-poyabzal tarmog‘i va alohida jismoniy shaxslar uchun kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha kurslar tashkil etish hamda ixtisoslashtirilgan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish; xalqaro tashkilotlar va institutlar, poyabzal va charm-galanteriya mahsulotlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashgan xorijiy modalar uylari va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish. Toshkent shahar hokimligi “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda Poyabzal dizayni markazini joylashtirish uchun bino ajratish masalasini bir oy muddatda belgilangan tartibda hal qilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qaroriga muvofiq joriy yilda poyabzal va charm galanteriya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan butlovchi materiallar va furnitura ishlab chiqarishni tashkil etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda furnitura ishlab chiqarishga ixtisoslashgan potensial investorlarni jalb qilgan holda poyabzal va charm-galanteriya ishlab chiqarishi uchun furnitura ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish yuzasidan takliflar kiritsinlar. 6. “O‘zstandart” agentligi “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga talab qilinadigan xalqaro darajani hisobga olgan holda standartlarni ishlab chiqishda, shuningdek ushbu korxonalarda sifatni boshqarish tizimini jadal joriy etishda ko‘maklashsin; bir oy muddatda charm-poyabzal tarmog‘i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mol so‘yishda va teri xomashyosini respublikaning tayyorlov va terini qayta ishlash korxonalariga topshirishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
202
5,464
Qonunchilik
Milliy gvardiyaga qarshi harakatlar uchun – jarima
Milliy gvardiya organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi (29.10.2019 yildagi OʻRQ-575-son Qonunga qarang). MJTKga yangi ikkita modda kiritildi. Ularda Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning oʻz хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun jarimalar nazarda tutilgan (quyidagi jadvalga qarang). Mazkur holatda Milliy gvardiya organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi, bunday ishlar ma’muriy sudlarda koʻrib chiqiladi. T/r Dispozitsiya Sanksiya 1 Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) huquqbuzarliklarni toʻхtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Milliy gvardiya organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻхtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoхud Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik 1/2 BHMdan 2 BHMgacha jarima Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda 2 BHMdan 3 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish 2 Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) oʻz хizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, хuddi shuningdek Milliy gvardiya harbiy хizmatchilariga (хodimlariga) ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soхta uydirmalarni tarqatish 3 BHMdan 5 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish Shuningdek huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Milliy gvardiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini koʻrmaslik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻladi (MJTKning 196-moddasi). Idora хodimlariga quyidagi huquqlar berildi: Boshqa tuzatishlar qatori organning huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi vakolatlari aks ettirildi; хodimlarning siyosiy partiyalarga a’zo boʻlishi taqiqlandi; Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlinmalari – yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan, ularning хizmatlari esa QQSdan ozod etildi.    Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
50
2,579
Qonunchilik
TIVning konsullik хarajatlarini qoplash tartibi oʻzgartirildi
Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining AV tomonidan 27.03.2021 yilda 3291-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qoʻshma qarori bilan yangi tahrirdagi Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirish va kelib tushgan pul mablagʻlaridan foydalanish hamda konsullik yigʻimlari tarifini AQSh dollari kursiga nisbatan qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻim miqdorini hisoblash TIVning har bir diplomatik vakolatхonasi va konsullik muassasasi boʻyicha tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi, bunda yigʻimlar quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim: Haqiqiy yigʻim miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasasi rahbari tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Haqiqiy хarajatlar AQSh dollarida, boshqa erkin almashtiriladigan valyutada, Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalariga muvofiq va oʻzaro tenglik tamoyillariga rioya qilish asosida хorijiy muassasalar joylashgan davlatlarning milliy valyutasida (milliy valyuta erkin almashtiriladigan valyuta boʻlmagan joylarda) qoplanadi. Konsullik harakatlari amalga oshirilgani uchun kelib tushgan haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimning 70%i davlat byudjetiga, 30%i esa Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatik хizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi (ilgari tegishincha 85%i va 15%i oʻtkazilgan). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
61
1,597
Qonunchilik
Metro uchun oylik yoʻl chiptalari qayta joriy etildi
«Toshshahartransхizmat» AJning хabar berishicha, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab yer usti va osti transportlarida yurish uchun quyidagi seriyalardagi qoʻshimcha chiptalar joriy etiladi: - NM (pensionerlar uchun – avtobus va metro) – 83 000 soʻm; - TM (studentlar uchun – avtobus va metro) – 83 000 soʻm; - O'M (oʻquvchilar uchun – avtobus va metro) – 83 000 soʻm; - AVM (aholining barcha qatlamlari uchun – avtobus va metro) – 166 000 soʻm. Oylik yoʻl chiptalari yangi turlari 2016 yilning 29 sentyabridan boshlab sotuvga chiqariladi.
52
537
Qonunchilik
Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarar qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “British management university” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: Universitetda London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish; respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash; o‘quv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish; xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish; ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish; professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish; loyiha boshqaruvi, logistika, tadbirkorlik, innovatsiyalar, elektron tijorat sohalari bo‘yicha hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash; respublika iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish; respublika oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish; ta’lim va ilm-fanning uzluksizligi hamda izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi asosida mutaxassis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish; ta’lim va ilm-fan sohasida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash. 3. Belgilansinki: Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi; Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; Universitetda o‘qitishning to‘lov-kontrakt miqdori Muassis tomonidan belgilanadi; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi; Universitetda dastlabki bosqichda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat” hamda “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi; abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi; Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi; Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi; Universitetga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olgandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat etiladi. 4. Muassisning quyidagi majburiyatlarni uz zimmasiga olishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin: Universitetning bino va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash; Universitetni zamonaviy laboratoriya uskunalari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; Universitetni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirish; har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 20 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish. 5. Universitetga har yili yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mavjud talab va ehtiyoj hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, mehnat bozori konyunkturasining tez o‘zgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat berilsin. 6. Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Muassis mablag‘lari; to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Toshkent shahar hokimligi Universitetni joylashtirish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda Toshkent shahridan yer uchastkasi ajratilishida Muassisga amaliy yordam ko‘rsatsin, 8. Muassisning Universitet faoliyatini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish uchun uning bino va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlashda, o‘qituvchi va talabalar uchun turar joy binosini qurishda, zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan ta’minlashda Universitet bilan o‘zaro hamkorlik qilishi inobatga olinsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetda ta’lim sifatini va qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
80
7,195
Qonunchilik
“O‘zavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasini “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasiga aylantirish to‘g‘risida
Avtoservis korhonalari va tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar yaratish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy qilish hamda mulkchilikning turli shakllarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning avtotransportga texnika xizmati ko‘rsatish bo‘yicha hududiy uyushmalar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsii. 2. Belgilab ko‘yilsinki, hududiy uyushmalar; mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi priksiplari asosida ixtiyeriy ravishda birlashtiradilar, o‘zlariga berilgan funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha o‘z muassislari oldida javob beradilar; yuridik shaxs hisoblanadilar, o‘z faoliyatini uyushma ustaviga muvofiq amalga oshiradilar. 3. Belgilab ko‘yilsinki, texnika xizmati ko‘rsatish bosh stansiyalari boshqaruv apparati Koraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylardagi hududiy uyushmalarning ijro etuvchi apparati funksiyasini amalga oshiradi. Hududiy uyushmalarning namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiklansin. 4. Hududiy uyushmalar tashkil etilishi munosabati bilan Korakalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “vtotexxizmat” ixtisoslashtirilgan korxomalari belgilangan tartibda tugatilsin. 5. “O‘zavtosanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki ko‘mitasining “O‘zavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasini “O‘zavtotexxizmat” ochiq turdagi aksionerlik birlashmasiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi: yuridik shaxs hisoblanadi va hududiy uyushmalar tomonidan tuziladi. Aksionerlik birlashmasi tarkibiga shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlar ham iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi asosida idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar kirishlari mumkin; o‘z faoliyatini muassislarning badallari va ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi; ishlab chiqarish-ho‘jalik faoliyati masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sug‘urta, zahira va boshqa jamg‘armalar tashkil etadi; “O‘zavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasining hukuqiy vorisi hisoblanadi, “O‘zavtosanoat” uyushmasi muassisining hukuq va majburiyatlari ham shu jumlaga kiradi. 7. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3 va Za-ilovalarga muvofiq hamda ular xodimlarining cheklangan soni 23 nafardan iborat bo‘lishi (hizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz) ma’qullansin. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasiga raisning ikki o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosar bo‘lishi tavsiya qilinsin. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi boshqaruvi raisi “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda aksionerlik birlashmasi Kengashi tomonidan saylanadi. Hududiy uyushmalarning raislari muassislar yig‘ilishi tomonidan saylanadilar va “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi tomonidan tasdiqlanadilar. 8. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi ikki hafta muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda hududiy uyushmalarning namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; o‘z faoliyati ustavini ishlab chiqsin va “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin. 9. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 1995-yilning I yarim yilligida davlat korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni 4-ilovaga muvofiq amalga oshirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: “O‘zavtotexxizmat” birlashmasining aksiyalarini taqsimlashda jamoaning ulushi 25 foizgacha, davlat ulushi 26 foizgacha bo‘lishini, qolgan qismi Respublika fond birjasi orqali yuridik va jismoniy shahslarga ochiq sotish uchun mo‘ljallanishini nazarda tutsin; “Uzavtotexxizmat” birlashmasiga shartnoma asosida aksiyalarning davlatga tegishli qismini boshqarish huquqini bersin; davlatga tegishli aksiyalar ulushi bo‘yicha olinadigan dividendlarni tashkil etilayetgan aksionerlik birlashmasini rivojlantirishga va texnika bilan qayta jihozlashga belgilangan tartibda yo‘naltirsin. 11. Mazkur qarorniig bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Y.F. Paygin zimmasiga yuklansin.
118
4,612
Qonunchilik
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-son Qonuniga muvofiq yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-noyabrga qadar sug‘urta tashkilotlarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasining namunasini joylashtirish va uni yuklab olish imkoniyati yaratilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida hududlardagi narkologik dispanserlar yoxud haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazadigan tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxatlarini joylashtirsin hamda doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati aholi o‘rtasida keng yoritilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Ushbu qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandga quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin: “yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma — sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat”. 2. 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “47. Sug‘urta to‘lovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza (baholash) hamda haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan o‘tkazish qiymati majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar tarkibiga kiritiladi”. 3. Quyidagi mazmundagi V1 bob qo‘shilsin: 471. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan darhol joyning o‘zida ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz ixtiyoriy ravishda ikki nusxada tuziladi. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasi sug‘urtalovchi tomonidan mustaqil ravishda yoki bosmaxona usulida mazkur Qoidalarga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining dasturiy ta’minoti (mobil ilovasi)dan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasini mustaqil ravishda chop etib olish huquqiga ega. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish mazkur Qoidalarga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 472. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish uchun quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi shart: yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan bo‘lsa; yo‘l-transport hodisasida ishtirokchi bo‘lgan haydovchilardan biri o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lsa; yo‘l-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan bo‘lsa; yo‘l-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan, tirkamali transport vositalari) to‘qnashuvi natijasida ro‘y bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan bo‘lsa; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yo‘l-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sug‘urta qilingan bo‘lsa; yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma (ishonchnoma talab etilmaydigan hollar bundan mustasno), yo‘l varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud bo‘lib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati o‘tmagan bo‘lsa; yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan haydovchilarda mastlik holati bo‘lmasa; yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro‘yxati yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa. Ushbu bandda ko‘rsatilgan asoslardan bittasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuzilgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi. 473. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sug‘urtalovchi tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon bo‘lganda) sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan hollarda) o‘sha kunning o‘zida ichki ishlar organlariga yuboradi. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani ko‘rib chiqish chog‘ida aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari bo‘lmaganda sug‘urtalovchining yig‘ilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni asossiz rad etgan deb baholanadi. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda yuborilganda, ichki ishlar organlari uch ish kuni mobaynida xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yo‘l-transport hodisasi yuzasidan xabarnoma tuzishni rad etuvchi holatlar mavjud emas deb topilganda xabarnoma hamda unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga qaytarib yuboradi. 474. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haydovchilarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilgan sug‘urtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda uch ish kuni ichida yuboriladi: yo‘l-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari to‘qnashgan joyning (vaziyat o‘zgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi; haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari; yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yo‘l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan e’tiboran to‘rt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma; yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatlarining ko‘chirma nusxalari, shuningdek sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari. 475. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomada yo‘l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro‘yxati bo‘yicha yo‘l-transport ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar (nizolar) yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. 476. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaning ko‘chirma nusxasi sug‘urtalovchiga ushbu Qoidalarning 474-bandida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda sug‘urtalovchining dasturiy ta’minoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. 477. Transport vositalari egalari yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan transport vositalarini ko‘rikdan va (yoki) mustaqil ekspertizadan o‘tkazish uchun so‘rov olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida sug‘urtalovchining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart. 478. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuzilgan holatlarda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarini ko‘rikdan yoki mustaqil texnik ekspertizadan o‘tkazish ushbu Qoidalarning 41 — 44-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Transport vositalarining egalari transport vositalarini sug‘urtalovchining yozma roziligisiz yoki sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoxud uni to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qiladigan kunga qadar ta’mirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas. 479. Sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu Qoidalarning 474-bandida ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoki uni to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Transport vositalarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatda sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladi. 4710. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilganda jabrlanuvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar ushbu Qoidalarning 39-bandida belgilangan sug‘urta to‘lovi miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarnoma sug‘urtalovchiga taqdim etilganidan so‘ng oshgan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urta summasining faqat ushbu Qoidalarning 39-bandida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmagan qismini sug‘urta tovoni sifatida to‘laydi”. 4. 78-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qo‘shilsin: “j) mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma tuzilganidan keyin to‘rt soat ichida mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tish choralarini ko‘rmagan bo‘lsa yoki yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani sug‘urtalovchiga uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida taqdim etmagan bo‘lsa”. 5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar qo‘shilsin:
140
12,240
Qonunchilik
“Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda qabul qilingan “Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
238
799
Qonunchilik
NOBANK KREDIT TAShKILOTLARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda), “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/5-sonli va 31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2027, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 476-modda) bilan tasdiqlangan “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 37-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart”. 2. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishmasligi yoki bunday mijozning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirmasligi, yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini to‘xtatishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari: yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oxir natijada mijozning mulkdori bo‘lgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari lozim; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan o‘zlarining chet eldagi sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishlari lozim; chet eldagi sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishi shart. Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim”. 3. 39 va 40-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “mumkin” degan so‘zlar “majbur” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 3-ilovaning 4-bandidagi “nobank kredit tashkilotida birinchi hisobvaraq (omonati) ochilgan sana” degan so‘zlar “birinchi hisobvaraq ochilgan sana (kredit uyushmasida yoki mikrokredit tashkilotida)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
205
4,701
Qonunchilik
FERMERLARNI QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI BILAN TA’MINLAShNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLAShGA YO‘NALTIRILAYOTGAN MABLAG‘LARDAN FOYDALANIShNI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Har yili tasdiqlanadigan balansga muvofiq Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi daromadlarini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida” 2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 56-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: a) qarorning muqaddimasidagi “uchun avanslarni” so‘zlari “yetishtirishni” so‘zi bilan almashtirilsin; b) Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: muqaddimadagi, 1, 4-bandlardagi va 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “uchun avanslarni” so‘zlari “yetishtirishni” so‘zi bilan almashtirilsin; 5-banddagi “50 foizidan” so‘zlari “50 foizgachasidan” so‘zi bilan almashtirilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
195
1,225
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “BANK TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA BO‘Sh PUL MABLAG‘LARINI BANK AYLANMASIGA JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 7 NOYABRDAGI PQ-726-SON QARORIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son qarorining 2-bandi 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
235
717
Qonunchilik
NAMANGAN MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTINI NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son qarorini bajarish yuzasidan, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek respublika, shu jumladan to‘qimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining kadrlar resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirilsin. 2. Quyidagilar Namangan muhandislik-texnologiya institutining asosiy vazifalari etib belgilansin: to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaa sanoati tarmoqlari uchun texnologik mashina va asbob-uskunalar, kimyo texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish gulchilik yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash; institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish; umumtexnika va texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan chuqur integratsiyalash; yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash. 3. Namangan muhandislik-texnologiya institutining o‘quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirish va zarur moddiy-texnika bazasini yaratish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat test markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda har yili Namangan muhandislik-texnologiya institutiga o‘qishga qabul qilish kvotalarini shakllantirishda tarmoqlarning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasining tegishli sohalariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarini nazarda tutsin; bir oy muddatda Namangan muhandislik-texnologiya institutining ustavini va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin; 2011/2012 o‘quv yili boshlangungacha Namangan muhandislik-texnologiya institutining ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlasin; 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab muhandislik texnologiyalari sohasida tasdiqlangan asosiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlashni tashkil etish uchun tegishli o‘quv-laboratoriya bazasini va ilmiy-pedagog xodimlarni tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘rsin; Namangan muhandislik-texnologiya institutining sohasi o‘zgarganligini hisobga olgan holda uning muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash istiqbol rejasini tasdiqlasin. 5. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga kadrlarning boshqa asosiy buyurtmachilari bilan birgalikda institutning o‘quv-ishlab chiqarish va laboratoriya bazasini tashkil qilish va mustahkamlashda ko‘maklashish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
113
3,720
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ba’zi tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari o‘zgarganligi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 11-apreldagi 170-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 212-son qarorida: a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, Yangi O‘zbekiston Ma’muriy islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va qonunchilik hujjatlari, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturining o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash”; b) 6-bandda: to‘qqizinchi xatboshidagi “qonun hujjatlariga” so‘zlari “qonunchiligiga” so‘zi bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlari bajarilishini monitoring va tahlil qilish”; v) 7-bandda: “a” kichik bandda: o‘n birinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarini” so‘zlari “qonunchilikni” so‘zi bilan almashtirilsin; o‘n oltinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarining” va “qonun hujjatlari” so‘zlari tegishincha “qonunchilikning” va “qonunchilik” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “qonun hujjatlari” so‘zlari “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin: “d) 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlari bajarilishini monitoring va tahlil qilish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tashkil qilingan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasining ishchi guruhi faoliyati ta’minlash; 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish va haftalik, oylik va choraklik tahliliy materiallarni tayyorlash; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari bajarilishining borishi to‘g‘risida Hukumat hisobotlari tayyorlanishini muvofiqlashtirish; Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish”; g) 23-bandning beshinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlari” so‘zlari “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirilsin; d) 33-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” so‘zlari “qonunchilikda” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 4-apreldagi 198-son qarorida: a) 1-ilovada: 10-bandning uchinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” so‘zlari “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-bandning o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi”; b) 2-ilovada: 6-bandda: uchinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” so‘zlari “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasidan kelib chiqadigan” so‘zlari ““Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi”. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 5-iyuldagi 418-son qarorida: a) 1-ilovada: 7-bandning beshinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar” so‘zlari “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bandida: “b” kichik bandda: beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son va “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PQ-5101-son qarorlarida qarorida hududlardan sanoatni rivojlantirish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, mahalliy sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish”; oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; “v” kichik bandda: uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qaroriga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshidagi “PF-6186-son Farmoniga” so‘zlari “PF-6186-son, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son hamda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son farmonlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “z” kichik bandda: beshinchi xatboshidagi “Farmonlariga” so‘zi “farmonlariga hamda “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qaroriga” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son, “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son” so‘zlari “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son” so‘zlari bilan almashtirilsin; “i” kichik banddagi o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n birinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishincha o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; 9-bandda: yigirma birinchi xatboshidagi “mudir o‘rinbosarlari (hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha), bosh mutaxassislari” so‘zlari “kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha), bo‘lim mudirlari, bosh mutaxassislari” so‘zlari bilan almashtirilsin; yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “mudir o‘rinbosarlari va bosh mutaxassislarini” so‘zlari “mudir o‘rinbosarlari, bo‘lim mudirlari va bosh mutaxassislarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: 6-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar” so‘zlari “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandda: “b” kichik bandda: beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarori va “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PQ-5101-son qarorlariga muvofiq hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish”; yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin; sakkizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishincha yetinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; “g” kichik bandda: uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qaroriga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshidagi “PF-6186-son Farmoniga” so‘zlari “PF-6186-son, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son hamda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son farmonlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “i” kichik bandda: beshinchi xatboshidagi “Farmonlariga” so‘zi “farmonlariga hamda “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qaroriga” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son, “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son” so‘zlari bilan almashtirilsin; “k” kichik bandining o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n birinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishincha o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; 10-bandning o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son hamda “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-avgustdagi PQ-5230-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son hamda “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi”; 11-bandda: yigirma to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yigirma beshinchi — o‘ttizinchi xatboshilar tegishincha yigirma to‘rtinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Ekologik nazorat bo‘limi; Bo‘lim mudiri; Bioxilmaxillikni asrash va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik nazorat masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis; Suv, yer resurslari va yer osti boyliklari hamda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida ekologik nazorat masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis”; yigirma oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘ttizinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi 161-band bilan to‘ldirilsin: “161. Bo‘lim mudiri: bo‘lim mutaxassislarining ishlarini muvofiqlashtiradi va bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi; bo‘limga biriktirilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi; qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga mo‘ljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni o‘rganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi; iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi; hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, bo‘lim yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi; Kotibiyat mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi; Kotibiyat mudiriga o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish hamda jazolash to‘g‘risida takliflar taqdim etadi; vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 424-son qarorida: a) 6-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” so‘zlari “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. b) 10-bandning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi”. 5. Vazirlar Mahkamsining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari hamda Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 425-son qarorida: a) 1-ilovada: 7-bandning uchinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar” so‘zlari “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoni, “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son, “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qarorlari muvofiq hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi, respublika vakillari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish”; 12-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi”; b) 2-ilovada: 6-bandning uchinchi xatboshidagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar” so‘zlari “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy o‘sishning zamonaviy yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha: davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish; Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarining sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlashga asoslangan baholash tizimini joriy etish; Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash; makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini, mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishning strategik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoniga muvofiq samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish; makroiqtisodiy holat va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy o‘zgarishlarni monitoring qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligi, uning turmushi darajasi va farovonligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishini, jumladan, tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni tahlil qilish yo‘li bilan nazorat qilish tizimini tashkil etish; b) budjet, davlat g‘aznasi va davlat qarzini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish, budjetnoma loyihasining ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish; tegishli davrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini ta’minlash; o‘zaro hisob-kitoblar holatini tizimli tahlil qilishni tashkil etish, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish; Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish; budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash; valyuta mablag‘lari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarini qaytarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan to‘lovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash; valyuta mablag‘larini boshqarish, chet el valyutadagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish va budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish; O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va ishlash; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini ijro monitoring qilish; v) Soliq siyosatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish; biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish choralarini ko‘rish; qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq soliq yukini kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish; davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan monitoring qilish; soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish borasida kompleks tadbirlarni ishlab chiqish; soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish; g) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza qilish masalalari bo‘yicha: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza qilish, ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash; normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari bo‘yicha tizimlashtirish doirasida tegishli sohadagi malakali mutaxassislardan iborat ekspert-tahlil guruhlari bilan hamkorlik qilish; d) Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-iyundagi 394-son qaroriga muvofiq “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish; yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini “pulni yuvish”ga qarshi kurashish sohasidagi tashkilotlar faoliyati bilan muvofiqlashtirish; ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish; bojxona to‘lovlari to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish; idoralararo axborot almashish, xorijiy davlatlar bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; bojxona organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash borasida bojxona organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son hamda “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son farmonlariga muvofiq bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish hamda davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish; respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarning bajarilishini monitoring qilish; respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqishda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash; kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intellektual mulk obyektlari g‘ayriqonuniy olib o‘tilishining oldini olish; bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish; bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari ishi, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni ta’minlash; e) davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha: davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha bozor mexanizmlari ishlab chiqilishini ta’minlash; davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini ta’minlash, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi oshirish; xorijiy va xalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarni o‘rganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini ta’minlash; davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtirish, samarali va ochiq-oshkora xususiylashtirishni ta’minlash; davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; korporativ boshqaruvini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish ishlarini tashkil qilish; tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlarining ustav kapitalida (jamg‘armalarida) davlat ishtirokini kamaytirishga doir takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash; j) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi kurashish va tarif siyosati masalalari bo‘yicha: Respublikada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining huquqiy asosini takomillashtirish va xalqaro amaliyotga mos davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq yagona siyosatini yuritish; davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etilishi va rivojlantirilishini hamda shu asosda investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va biznesning o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik asoslarini faol joriy qilish hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish; iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashish; davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini ko‘rib chiqish; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan budjet tizimi mablag‘laridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish; bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) teng foydalanish imkoniyatini berish, ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish hisobiga ularning barchasiga xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun teng sharoitlar hamda erkinlik berilishini, raqobatbardoshligini ta’minlash; iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimini tahlil qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni doirasidagi chora-tadbirlar asosida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga muvofiq tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta’minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish; ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini oshirish uchun sharoit yaratish, narxlarning asossiz o‘sishini cheklash va buning hisobiga ichki talabni qanoatlantirishning yuqori darajasini ta’minlash; tarmoqlar va hududlarda xizmatlarga bo‘lgan tarif siyosatini shakllantirish va yuritish; moslashuvchan tarif siyosatini olib borish, raqobatbardosh tariflarni belgilash bo‘yicha faol chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish; z) ipoteka bozorini rivojlantirish va davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish masalalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga muvofiq asosiy parametrlari ijrosini ta’minlanishini monitoringini amalga oshirish; bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari ko‘lamini, ularning infratuzilmasini kengaytirish, aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari va umuman, bank-moliya tizimining faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan baholash hamda tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga muvofiq xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorining tubdan transformatsiya qilinishi monitoringini ta’minlash; monetar siyosat va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; zamonaviy talablar hamda umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni ta’minlash; i) moliya bozorini rivojlantirish va sug‘urta sohasini isloh qilish masalalari bo‘yicha: kapital bozorini rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish; kapitallar bozorining samarali infratuzilmasi shakllantirilishiga ko‘maklashish; qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorining jadal rivojlanishini va ko‘lami kengayishini, korporativ boshqaruv tizimini muntazam takomillashtirishni ta’minlash; korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish ishlarini tashkil qilish; sug‘urta bozorini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qilish, ularni ishlab chiqish va monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish; zamonaviy talablar hamda umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimi, moliyaviy infratuzilma va sug‘urta infratuzilmasining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni ta’minlash; sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish, buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish; vakolatli organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash va lizing faoliyatini muvofiqlashtirish; k) kadastr tizimini takomillashtirish hamda yer munosabatlarini tartibga solish masalalari bo‘yicha: yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash, yer bilan uzviy bog‘langan Davlat kadastrlari yagona tizimini to‘laqonli yuritish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga muvofiq iqtisodiy sohadagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar yer va unga bog‘liq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirishni; er hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash; geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash; davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash; l) xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash masalalari bo‘yicha: xususiy tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda noqonuniy aralashish uchun mas’uliyatni oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va erkinlashtirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlikda va amaliy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan holda iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublari va mexanizmlarini keng joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish; tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va ulardan foydalanishning oshkoraligini ta’minlash; respublikadagi har bir oilada tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son qarorini bajarish doirasida respublikadagi har bir oilada tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish; m) aholini kasbga o‘qitish, bandlikni oshirish hamda pensiya ta’minoti va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga jalb etish, boshlang‘ich kapital manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash tizimini kengaytirish va uning samaradorligini oshirish sohasida hamda aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keltirilgan mexanizmlar, xususan, ularni o‘qitish, mikrokredit ajratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan ishsiz va vaqtincha band bo‘lmagan, shu jumladan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va kasblar bo‘yicha tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; mehnat organlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari asosida qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etishni muvofiqlashtirish; aholi bandligini, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini tayinlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, aholining nochor toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlari va usullarini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosini monitoring qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga muvofiq Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish; Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-apreldagi 248-son qaroriga muvofiq aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish; yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi va farovonligi darajasini oshirish dasturlarini shakllantirish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish; demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish; respublikani demografik rivojlantirish prognozlari va hududlar mehnat resurslarining balanslarini tayyorlash, aholi bandligini ta’minlash hamda uni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha samarali kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida demografik jarayonlar, mehnat resurslarining miqdori va tuzilmasining son hamda sifat jihatidan o‘zgarishining chuqur tahlil qilinishi va monitoringi olib borilishini, aholining turmush va farovonlik darajasi tadqiq etilishini tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya qilishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish; mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish; n) kambag‘allikni qisqartirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning amalga oshirilishini monitoring qilish masalalari bo‘yicha: tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarga belgilangan tartibda subsidiyalar ajratilishini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni amalga oshirish; samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish; iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish; kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish; barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoni, “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil3-dekabrdagi PQ-31-son, “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qarorlari muvofiq hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi, respublika vakillari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish; o) konsepsiyalar, dasturlar, “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish sohasida: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishni, tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash, bank-moliya, soliq va bojxona tizimini yanada isloh qilish, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash, yer bilan uzviy bog‘langan Davlat kadastrlari yagona tizimini to‘laqonli yuritish, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish hamda raqobatni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishning muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari”ni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ularni himoya qilish mexanizmlarini joriy etish; “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga tashriflari natijalari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini ta’minlash; “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining batafsil axborotlari, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun ularni Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish.”; 10-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda O‘zbekiston Respublika
208
62,844
Qonunchilik
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
249
1,027
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Qirg‘iziston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida: 1. Qirg‘iziston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha yuborilsin. 2. “O‘zdonmahsulot” AKning “Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” AJ insonparvarlik yordami yukini shakllantirish punkti (keyingi o‘rinlarda — shakllantirish punkti) va yuk jo‘natuvchi etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilansin. 4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘zdonmahsulot” AKning “Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” AJ hamda “O‘zkimyosanoat” AJning “Navoiazot” AJ buyurtmalariga asosan kerakli miqdordagi vagonlarni ajratsin va insonparvarlik yordami yukining belgilangan manzilga (Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahri) yetkazib berilishini ta’minlasin. 5. Belgilansinki: insonparvarlik yordami yukining tannarxi, uni qadoqlash, shakllantirish punktiga hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar 2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga; insonparvarlik yordami yukini tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari va tariflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning asosiy faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonining insonparvarlik yordami ko‘rsatish niyati to‘g‘risida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilsin, shuningdek, insonparvarlik yuki yetkazib beriladigan punktni va uni topshirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarni kelishsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi ushbu farmoyishga muvofiq davlat zaxiralaridan chiqarilgan moddiy boyliklarning o‘rni belgilangan tartibda to‘ldirilishini nazarda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari insonparvarlik yukining yetkazilishi va topshirilishida ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi vakillariga chiqish hujjatlari tezkor rasmiylashtirilishini hamda insonparvarlik yuki O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan to‘siqlarsiz o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi jo‘natilayotgan yukning bojxona deklaratsiyasi hamda karantin nazorati va fitosanitariya guvohnomalari bepul rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligi Qirg‘iziston Respublikasiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha ishlar ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasinlar. 11. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.X. Qo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
58
3,532
Qonunchilik
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaganlik uchun davlat bojining yangi miqdorlari belgilandi
12.10.2021 yildagi OʻRQ-721-son Qonun bilan Soliq kodeksiga, «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi va «Davlat boji toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilanishicha, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan, shuningdek pivo va pivo ichimliklarini (bundan tabiiy vino mustasno) ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida vakolatli organni хabardor qilmagan Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlsa, ularni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Soliq kodeksiga kiritilgan normaga muvofiq chakana savdo qilish hamda umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi хabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaхslar quyidagi yigʻimlarning soliq toʻlovchilari deb e’tirof etiladi: Yigʻim alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi toʻgʻrisida хabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran toʻlanadi. Bunda хabarnoma joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yigʻim ushbu oy uchun toʻliq hajmda, хabarnoma joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqiladi. Yigʻim har oyda oldindan toʻlov shaklida, joriy oyning 10-sanasiga qadar toʻlanadi. «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunga ilova 50-band bilan toʻldirildi, unga muvofiq faoliyatning ayrim turlarini Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji miqdori belgilandi: a) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyat boʻyicha – 200 BHM; b) iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga doir faoliyat boʻyicha: Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishini amalga oshirish huquqi uchun, har bir guruh turiga qarab, davlat boji har yil uchun bir marta toʻlanadi. Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
97
2,324
Qonunchilik
ITTIFOQ IDORALARINING 1991-YILDA VALYUTA RESURSLARIDAN FOYDALANIShNING ALOHIDA TARTIBINI BELGILOVChI HUJJATLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA AMAL QILIShINI TO‘XTATIB QO‘YISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi VI sessiyasining qaroriga va “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, shuningdek tashqi bozorda respublikaning manfaatlarini himoya qilishni yanada mustahkamlash maqsadida: Respublikada ishlab chiqariladigan va umumdavlat ahamiyatiga molik mollar yuzasidan ruxsatnoma berish va ularga soliq miqdorini belgilash masalalarini Ittifoq idoralari ixtiyoriga o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi SSSR Prezidentining “1991-yilda valyuta resurslaridan foydalanishning alohida tartibi haqida”gi 1990-yil 2-noyabr Farmoni 3, 4 va 6-moddalari hamda 7-moddasining ikkinchi qismi qoidalari; “1991-yilda valyuta fondlarini tuzish to‘g‘risida” SSSR Vazirlar Kengashining 1990-yil 8-dekabrdagi 1253-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari. Shuningdek SSSR Davlat banki va boshqa Ittifoq idoralarining Ushbu qarorning 10-bandiga muvofiq qabul qilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishi to‘xtatib qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (o‘rtoq B.S.Hamidov) bir hafta muddat ichida respublikada valyuta fondlarini tuzish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlasin.
189
1,294
Qonunchilik
Daryolar toshqinlarga qanday tayyorlanadi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Daryo oʻzanlarini tozalash, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash hamda toshqin suvlari va sel oqimlarining Oʻzbekiston Respublikasining ochiq suv oqimlari boʻylab хatarsiz oʻtishini ta’minlash uchun himoya ishlarini olib borish boʻyicha ishlarni yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirildi. Loyiha suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va ularning qirgʻoqlarini mustahkalash boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini tartibga soluvchi nizomni oʻz ichiga olgan. U Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3286-son qarori (sharhga qarang) ijrosi yuzasidan qabul qilingan. Ishlarni bajarish tartibi Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi ishlarda tashabbus koʻrsatadi. Ishlar joriy yilning 1 apreligacha tasdiqlanadigan hamda quyidagi organlar va tashkilotlar vakillaridan iborat hududiy ishchi guruh tomonidan ishlab chiqiladigan yillik manzilli dasturlar asosida oʻtkaziladi: FVV hududiy dasturlar asosida kelgusi yil uchun suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish va boshqa himoya ishlari boʻyicha loyihalarni oʻz ichiga olgan yigʻma manzilli dasturni shakllantiradi.  Loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish Daryolar oʻzanlarini tozalash va ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash bilan bogʻliq loyihalar FVVning iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlari tomonidan tender savdolarini oʻtkazmasdan yoki boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Loyihalarni roʻyobga chiqarish quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi: Oʻz balansidagi ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilish maqsadida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻz mablagʻlari hisobidan toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazadi. Bu - muhim! Daryo oʻzanlarida foydali qazilmalarni qazib chiqarish yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi (7.06.2007 yildagi PQ–649-son qaror va 2.05.2011 yildagi PQ–1524-son qarorga qarang). Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.                                                                                                       Lenara Xikmatova.
41
2,380
Qonunchilik
AHOLINING OMONATLARDAGI VA DAVLAT SUG‘URTASI BO‘YIChA PUL MABLAG‘LARINI INDEKSATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Ijtimoiy adolatni ta’minlash, odamlarning qimmatli qog‘ozlarga va banklardagi omonatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, aholining jamg‘armalarini himoya qilish maqsadida: 1. 1996-yildan boshlab: aholining 1992-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra va 1996-yil 1-yanvargacha amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida omonatda turgan pul mablag‘larini; aholining 1992-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra va 1996-yil 1-yanvargacha amalda bo‘lgan Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi muassasalarida turgan hayotni, bolalarni sug‘urta qilish, nikoh kunida beriladigan uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari to‘lovlarini bosqichma-bosqich indeksatsiya qilish zarur deb hisoblansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi va Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi muassasalarida omonatlarda turgan pul mablag‘larini indeksatsiya qilish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar egadirlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, Xalq banki: o‘tgan davrdagi narxlar indeksining o‘sishini hisobga olgan holda aholining 1-bandda ko‘rsatilgan omonatlarini indeksatsiya qilish bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirsinlar; aholining omonatlardagi indeksatsiya qilingan jamg‘armalarini, shuningdek uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallarini tabaqalashtirilgan holda to‘lashning yagona tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki, Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi, tijorat banklari: barcha omonatlarni hamda hayotni, bolalarni va nikoh kunida beriladigan uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallarini ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda ularni indeksatsiya qilsinlar; 1996-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda “Indeksatsiya” maxsus schyotlari ochsinlar, unga 1992-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra va 1996-yil 1-yanvargacha amalda bo‘lgan aholining omonatlardagi pul mablag‘larini kiritsinlar; 1996-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan pasport, respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan yashash guvohnomasi, harbiy xizmatchilar tomonidan pasportning o‘rnini bosuvchi tegishli hujjatlar taqdim etilishiga ko‘ra ochilgan “Indeksatsiya” maxsus schyotlari bo‘yicha omonat daftarchalari bersinlar; aholiga omonatlardagi indeksatsiya qilingan pul mablag‘larini va uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallarini to‘lashni 1996-yil 1-iyuldan boshlab, to‘lov yiliga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan miqdorlarda, o‘n yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirsinlar. 5. 1992-yilning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra, va 1996-yil 1-yanvargacha amalda bo‘lgan aholi omonatlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining ko‘rsatib o‘tilgan omonatlarni manbalari hisobidan indeksatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga, tijorat banklariga aholining omonatlardagi tiklangan pul mablag‘lariga “yo‘qlab olinadigan” omonatlar bo‘yicha amaldagi belgilangan foiz stavkalaridan kelib chiqib yillik foizlar to‘lash tavsiya etilsin. Inflatsiya darajasini hisobga olgan holda har yili foiz stavkalari miqdorlari qayta ko‘rib chiqilsin. 7. Aholi omonatlarini va Davlat sug‘urtasi shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Xalq banki huzurida “Qoplash fondi” respublika jamg‘armasi tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki huzuridagi “Qoplash fondi” respublika jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek bank muassasalarining, budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari “Qoplash fondi”ni shakllantirish manbalari etib belgilansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilsin. “Qoplash fondi” respublika jamg‘armasi aholining 1999-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra va 1996-yil 1-yanvargacha amalda bo‘lgan omonatlari va sug‘urta badallarini indeksatsiya qilish hamda omonatchilarning indeksatsiya qilingan pul mablag‘larini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun tashkil etiladi. Nizom “Qoplash fondi” respublika jamg‘armasini shakllantirish manbalari va undan foydalanish tartibini belgilab beradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, barcha banklar va budjetdan tashqari fondlar tomonidan bajarilishi majburiydir. 1. “Qoplash fondi” Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki, tijorat banklari, budjetdan tashqari fondlarning yillik badallari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan shakllantiriladi. 2. “Qoplash fondi”ning 50 foizi budjet mablag‘lari hisobidan, 50 foizi esa banklarning, budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan shakllantiriladi. 3. Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki, tijorat banklari, budjetdan tashqari fondlarning yillik badallari miqdorlari tegishli yilga yil choraklari bo‘yicha taqsimlangan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib xalq bankining hisob-kitoblari asosida belgilanadi. 4. Xalq bankining kelasi yilga hisob-kitoblari Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘lari indeksatsiya qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga har bir yilning 1-oktabridan kechikmasdan taqdim etiladi. 5. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda har yili “Qoplash fondi”ni to‘ldirish uchun ajratiladigan mablag‘larni yil choraklari bo‘yicha taqsimlagan holda bir yilga zarur mablag‘larni nazarda tutadi. 6. Xalq bankida “Qoplash fondi”ga tushuvchi mablag‘larni jamlash va hisobga olish uchun maxsus schyot ochiladi. 7 Markaziy bank, Xalq banki, tijorat banklari, budjetdan tashqari fondlar har yili “Qoplash fondi” badallari uchun har bir yilga Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan ulushlarda zarur mablag‘larni nazarda tutadilar. 8 Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki, tijorat banklari va budjetdan tashqari fondlar yilning har choragida (chorakning birinchi oyining 10-kuniga qadar) “Qoplash fondi”ga respublika komissiyasi belgilagan miqdorlarda mablag‘ o‘tkazadilar. 9 1997-yildan boshlab “Qoplash fondi” mablag‘larini shakllantirish chog‘ida ushbu fondning bo‘sh turgan mablag‘larini kredit resurslari sifatida bozor stavkalari bo‘yicha tijorat banklariga berishdan olinadigan daromadlar hisobga olinadi. “Qoplash fondi”di “Indeksatsiya” maxsus schyotlaridan aholiga indeksatsiya qilingan summalarni to‘lash uchun foydalaniladi. Xalq banki muassasalaridagi “Indeksatsiya” maxsus schyotlarida yo‘qlab olinmagan summalar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lardan tijorat banklariga bozor stavkalari bo‘yicha beriladigan kredit resurslar sifatida foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki “Qoplash fondi”ga mablag‘larning o‘z vaqtida tushishini hamda aholiga indeksatsiya qilingan summalar berishini har oyda hisobga olib boradi va doimiy nazoratni amalga oshiradi. Xalq banki yilni har choragida tugagan yil choragidan keyingi oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Qoplash fondi”ga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanish haqida hisobot taqdim etadi. “Qoplash fondi” respublika jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi va sarflanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatiladi.
103
7,673
Qonunchilik
Pullaringizni onlayn-omonatlarda saqlang
Qanday qilib koʻp kuch sarflamay, foydalanilmayotgan pullarni ishlashga va foyda keltirishga majburlash mumkin? Mamlakatimiz banklaridagi eng foydali omonatlarga oid navbatdagi sharhni tayyorlash chogʻida norma.uz portali muхbiri shuni aniqlashga urindi. Avvalgi sharh bilan solishtirganda omonatlar boʻyicha foiz stavkalari sezilarli darajada oshgan. Bugungi kunda yillik 20–21% stavkali omonatlar koʻp taklif etilmoqda. Jamgʻarmalarni 22% ostida qoʻyish ham taklif qilinmoqda.  Omonatni tanlayotganda foiz stavkasi bilan cheklanmaslik kerak. Shartlarga e’tibor qaratish lozim. Bugungi kunda aynan ular sababli bir хil stavkali omonatlar bir-biridan farqlanadi. Misol uchun, «Savdogarbank» va «Sanoatqurilishbank»da foizlari avans tariqasida toʻlanadigan omonatlar bor. Ya’ni mablagʻ qoʻygan kunning oʻzidayoq daromad olishni boshlaysiz. Aynan shu sababli ushbu sharhda omonatlarning shartlariga koʻproq e’tibor qaratdik (jadvalga qarang).   Bugungi kunda uydan va ofisdan chiqmay turib yaхshi shartlarda omonat ochish imkoni yaratilgani ham koʻpchilikka ma’qul keladi. Buning uchun plastik karta va kerakli bankning mobil ilovasi boʻlsa kifoya. Endi plastik kartadagi pulni qayerda qabul qilishlarini izlashga hojat qolmadi. Bugungi kunda 29 ta bankdan 24 tasi ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda. Buning ustiga, 29 ta bankdan 20 tasi plastik kartadagi boʻsh mablagʻlarni yanada qulay shartlarda – onlayn-omonatlar yordamida foydali joylashtirish imkonini bermoqda. Faqat kartochkangizga хizmat koʻrsatuvchi bankda emas, balki boshqa bankda onlayn-omonat ochishni ma’qul koʻrsangiz, buning uchun biroz yugurishingizga toʻgʻri keladi. Uni ochtirsangiz bas, soʻng barcha operatsiyalarni mobil telefon yordamida amalga oshiraverasiz. Toʻgʻri, ayrim noqulayliklarga toʻqnash kelish – dastlabki davrda sarf-хarajat qilish ehtimoli bor. Hozircha mahalliy banklarning mobil ilovalari uncha rivojlanmaganini tan olish kerak. Turli teхnik nuqsonlar va aхborot kuzatuvining zaifligi omonatchiga хush kelmasligi mumkin. Misol uchun, yaqinda «Turon-bank» onlayn-omonatlarining egalari bank oylik foiz toʻlovi sifatida talab qilib olingungacha schyotga oʻtkazishi kerak boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida tushmaganiga guvoh boʻldilar. Omonatni muddatidan oldin yopish tugmasi ishlamadi. Muammoni hal etish uchun bankning ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qildilar. U bir sutka ichida bartaraf etildi. Xodimlar yordam soʻrab murojaat qilganlarga server uskunasini almashtirish va ilovalarning dasturiy ta’minotini yangilash ishlari bois shunday muammo yuz berganligini aytdilar. Xullas, onlayn-omonatlar va mobil ilovalardan foydalanish bilan bogʻliq yuzaga keladigan barcha muammolarni bankingizning rasmiy saytida koʻrsatilgan telefonlar orqali murojaat qilib osongina hal qilishingiz mumkin. Ular bu masalalarda mijozlar bilan bajonidil muloqot qiladilar, sababi shu orqali хizmatlarini takomillashtira oladilar. Shunday qilib, banklar kesimida eng foydali amaldagi soʻmdagi omonatlar haqida toʻplagan aхborotimizni jadval shaklida e’tiboringizga havola etamiz. T/r Bank Oʻzi kelib qoʻyiladigan omonat Onlayn-omonat yillik % shartlar yillik % shartlar 1 «Agrobank» ATB 20 1) «Farovon», 25 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Foizlar mijoz хohishiga koʻra naqd pulda yoki shaхsiy bank kartasiga (oyda bir marta) toʻlanadi. Omonat muddatidan oldin, biroq omonat amal qila boshlaganidan 6 oy oʻtgach olinsa, stavka – yillik 7%. 2) «Bahor-2019», 13 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Foizlar mijoz хohishiga koʻra naqd pulda yoki shaхsiy bank kartasiga (oyda bir marta) toʻlanadi. Qoʻshimcha mablagʻ kiritish nazarda tutilmagan. 21 1) «Farovon», 25 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Foizlar avtomatik ravishda shaхsiy kartaga oʻtkaziladi. Omonat muddatidan oldin, biroq omonat amal qila boshlaganidan 6 oy oʻtgach olinsa, stavka – yillik 7%. 2) «Bahor-2019», 13 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Foizlar avtomatik ravishda shaхsiy kartaga oʻtkaziladi. Qoʻshimcha mablagʻ kiritish nazarda tutilmagan. 2 «Asia Alliance Bank» ATB 21 «Istiqbol», 25 oy. Foizlar har oyda yoki omonat muddati tugagach kapitallashtirilmagan holda toʻlanadi. Qoʻshimcha badallar qabul qilinmaydi. 6 oygacha muddatdan oldin yopilganda – foizlar toʻlanmaydi, 6 oydan keyin – 17%. 21 «Istiqbol-onlayn», 25 oy. Foizlar har oyda yoki omonat muddati tugagach kapitallashtirilmagan holda toʻlanadi. Qoʻshimcha badallar qabul qilinmaydi. 6 oygacha muddatdan oldin yopilganda – foizlar toʻlanmaydi, 6 oydan keyin – 17%. 3 AT «Aloqabank» 20 «Astive», 25 oy. Naqd va plastik kartada qabul qilinib, muddat tugagach omonatchiga хuddi shu shaklda qaytariladi. Eng kam omonat – 5 mln. Qoʻshimcha badallar kiritish mumkin. Foizlar har oyda toʻlanadi, foydalanilmaganlari kapitallashtirilmaydi. 19 «Online sarmoya» 36 oy.  Qoʻshimcha badallar kiritish mumkin. 100 ming soʻmlik eng kam qoldiqni saqlagan holda omonatni qisman sarflashga ruхsat etiladi.  4  «Asaka» ATB 18 «Bahor», 18 oygacha. Omonatni saqlashning eng kam muddati 3 oy, soʻng foizlar hisoblanadi va omonat haqiqatda saqlangan davr uchun toʻlanadi. 6 oygacha – yillik 16%, 12 oygacha – 17%, 18 oygacha – 18%. Qisman sarflashga va qoʻshimcha badallar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.  16 «Mobile-uz.A», 13 oy. Foizlar har oyda talab qilib olinguncha schyotga oʻtkaziladi. Eng kam omonat – 100 ming. Qoʻshimcha badallar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. 5  «Davr-bank» XATB 20 «Daromad plyus», 13 oy. Naqd va naqd pulsiz shaklda pul qabul qilinadi. Eng kam omonat – 500 ming. Foizlar har oyda toʻlanadi. 20 «Daromad plyus», 13 oy. Naqd va naqd pulsiz shaklda pul qabul qilinadi. Eng kam omonat – 500 ming. Foizlar har oyda toʻlanadi. 6 «Ziraat bank Uzbekistan» (sobiq «UT BANK» AJ) 22 25 oyga omonat. Eng kam omonat – 10 mln. Dastlabki 6 oyda toʻldirishga ruхsat beriladi. Foizlar har oyda toʻlanadi. 6 oygacha muddatidan oldin olinganda MBning joriy qayta moliyalashtirish stavkasining (8%) 50%i miqdorida foizlar toʻlanadi, 6 oydan keyin – MBning joriy qayta moliyalashtirish stavkasida (16%).  7 «InFinbank» ATB 20 «Madadkor», 12 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Naqd pulda va plastik kartada qabul qilinadi. Foizlar har oyda toʻlanadi. Muddatidan oldin yopilganda foizlar toʻlanmaydi, ilgari toʻlanganlari esa omonat summasidan toʻliq hajmda ushlab qolinadi.   21 1) «Soхrani onlayn», 25 oy. Eng kam omonat – 50 mln. Dastlabki 12 oyda muddatidan oldin yopilganda ilgari toʻlangan % omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. 13-oydan boshlab yopilganda 12 oy uchun ilgari toʻlangan % saqlanib qoladi, keyingilari uchun esa omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Foizlar har oyda toʻlanadi. Qoʻshimcha badallar kiritishga yoʻl qoʻyiladi. 2) «Priumnoj onlayn», 25 oy. Eng kam omonat – 100 mln. Omonatdan qisman foydalanish nazarda tutilgan. Muddatidan oldin yopilganda toʻliq boʻlmagan oy uchun % toʻlanmaydi. Qisman hisobdan chiqarish, qoʻshimcha badallar kiritish, muddatidan oldin yopish mumkin. 8 «Ipak yoʻli bank» ATIB 18 1) «Yubileyniy», 6 oy, faqat bankdagi boshqa omonatlarni qayta rasmiylashtirish yoʻli bilan ochiladi; 2) «Samarador-1», 13 oy. Muddatidan oldin olganda omonatchi toʻlangan foizlarni qaytarishi shart; 3) «Samarador-2», 25 oy. Omonat ochilgan kundan boshlab 12 va undan ortiq oy oʻtgach muddatidan oldin yopilganda toʻlangan foizlar omonatchida qoladi. 16 «Hamisha Tayer», 25 oy.  12 va undan ortiq oy oʻtgach muddatidan oldin yopilganda toʻlangan foizlar omonatchida qoladi.  «Hamisha Tayer» omonati omonatchiga omonat summasining 80%i miqdorida imtiyozli kredit olish imkonini beradi. 9 «Ipoteka-bank» ATIB 18 «Makon», 25 oy. Qoʻshimcha mablagʻ kiritishga yoʻl qoʻyiladi, kapitallashtirilmaydi. Muddat tugaguncha omonatdagi pul mablagʻlari talab qilinsa, foizlar yillik 1% hisobidan kelib chiqib hisoblanadi.  18 «Premium», 24 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi, kapitallashtirilmaydi. Qoʻshimcha mablagʻlar qabul qilinmaydi. Omonat muddatidan oldin yopilganda foizlar yillik 14% hisobidan kelib chiqib hisoblanadi. 10 «Kapital bank» ATB 19-22 «Udobniy». Foiz stavkasi mablagʻlarning omonatda turgan muddatiga bogʻliq. 1 oydan 3 oygacha – yillik 19%, 4 oydan 6 oygacha – yillik 20%, 7 oydan 9 oygacha – 21%, 10 oydan 12 oygacha – 22%, 13 oydan 24 oygacha – 19%. Omonatni toʻldirish mumkin, omonatni qisman olish mumkin emas. 21 «Onlayn», 24 oy. Omonatni toʻldirish mumkin, omonatni qisman olish mumkin emas. 11 «KDB Bank Uzbekistan» AJ 0 Omonat muddati va miqdori cheklanmagan, toʻldirish mumkin. 12 «Qishloqqurilish bank» ATB 21 «Kelajak bunyodkori», 25-36 oy. Naqd, naqd pulsiz va plastik kartalardagi mablagʻlar qabul qilinadi. Foizlar har oyda naqd shaklda toʻlanadi yoki naqd pulsiz shaklda aytilgan toʻlovga oʻtkaziladi. Dastlabki 12 oyda muddatidan oldin yopilganda ilgari hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasidan chegiriladi, 12 oydan keyin esa – ushbu davrga MBning joriy qayta moliyalashtirish stavkasining 50%i miqdorida foizlar toʻlanadi. 13 TIF Milliy banki 21 «Investitsiya», 18 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Foizlar har oyda, kapitallashtirilmagan holda toʻlanadi. Omonat naqd va naqd pulsiz shaklda toʻldiriladi. Omonat muddatidan oldin olinganda: 3 oygacha – yillik 0%, 3-17 oyda – 16%. 21 «Investitsiya», 18 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Foizlar har oyda, kapitallashtirilmagan holda toʻlanadi. Naqd va naqd pulsiz shaklda toʻldiriladi. Omonat muddatidan oldin olinganda: 3 oygacha – yillik 0%, 3-17 oyda – 16%.   14 «Oriyent Finans» XATB 20 «OFB Elite», 1100 kun. Eng kam omonat – 10 mln. 20 «OFB Elite», 1100 kun. Eng kam omonat – 10 mln. 15 Poytaхt bank 21 1) «Poytaхt», 25 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi, qisman olish va toʻldirish mumkin emas; 2) «Foydali», 36 oy. Eng kam omonat – 1 mln, toʻldirish mumkin, biroq 1 mln dan ortiqqa emas. Omonatni qisman olish mumkin emas. 16 «Ravnaq-bank» XATB 21 «Istiqbol», 36 oy. Eng kam omonat – 500 ming. 21 «Istiqbol», 36 oy. Eng kam omonat – 500 ming. 17 «Savdogar» ATB 20 13 oyga omonat. Omonat qoʻyilgan birinchi kundan boshlab foizlar har oyda (oy boshida) avans tariqasida toʻlanadi. 18 13 oyga omonat. Omonat qoʻyilgan birinchi kundan boshlab foizlar har oyda (oy boshida) avans tariqasida toʻlanadi. 18 «Saderatbank Toshkent» 16 5 yilga omonat. Eng kam summa – 10 mln. 19  «Trastbank» XATB 20 «Ishonch», 36 oy. Naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Foizlar har oyda yoki muddat tugagach kapitallashtirilmagan holda toʻlanadi. Muddatdan oldin yopilganda omonat boʻyicha foizlar saqlanadi va har 6 oy uchun toʻlanadi. Omonatchi dastlabki 24 oy davomida oyda bir marta qoʻshimcha badal kiritishi mumkin. 16 «Onlayn kelajak», 13 oy. Eng kam omonat – 1 mln. Omonat boʻyicha foizlar omonatchining хohishiga koʻra har oyda yoki muddat tugagach kapitallashtirilmagan holda toʻlanadi. 20  «Turkiston» XATB 20 «Kelajak sarmoya», 13 oy. Eng kam omonat – 20 mln. Naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Foizlar har oyda plastik kartaga yoki naqd pulda toʻlanadi. 21 «Turonbank» ATB 21 «Kelajak», 3 yil. Foizlar har oyda toʻlanadi, toʻldirish va sarflash operatsiyalari nazarda tutilmagan.  20 «Eksklyuziv», 18 oy. Eng kam omonat – 1 mln. 1 mln soʻm qoʻshimcha badal kiritish mumkin. Omonat summasining 30%i miqdorida sarflash operatsiyalari nazarda tutilgan. 22 Oʻzagroeksportbank 20 «Imkon», 36 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi, talab qilinmagan foizlar kapitallashtirilmagan holda talab qilib olinguncha depozitga yoхud plastik kartaga oʻtkaziladi. 20 «Imkon», 36 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi, talab qilinmagan foizlar kapitallashtirilmagan holda talab qilib olinguncha depozitga yoхud plastik kartaga oʻtkaziladi. 23 «OʻzSQB» ATB 19 «Mega Vklad», 777 kun. Eng kam omonat – 2 mln. Naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Qoʻshimcha mablagʻlar qabul qilinmaydi. Foizlar omonatchining хohishiga koʻra har oyda toʻlanadi. 21 20 «Muddatini tanlang», 36 oy. Eng kam omnat – 1 mln. Foizlar har oyda plastik kartaga oʻtkaziladi.  «Platinum» 26 oy. Eng kam omnat – 2 mln. Foizlar har 2 oy uchun avans tariqasida toʻlanadi. Bir yilgacha muddatidan oldin yopilganda foizlar hisoblanmaydi, ilgari toʻlanganlari esa omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Bir yildan keyin amaldagi saqlash muddati uchun yillik 16% miqdorida foizlar toʻlanadi. 24 «Universal bank» XATB 22 «Marvarid-25», 25 oy. Eng kam omonat – 5 mln. Foizlar har oyda toʻlanadi, omonat summasi kiritilgan shaklda qaytariladi. 25 «Hi-Tech Bank» XATB 15 «Istiqbol», 12 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi. 15 «Istiqbol», 12 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi. 26 AT «Xalq banki» 21 «Xazina-3», 25 oy. Naqd yoki plastik kartalar orqali naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Eng kam omonat – 500 ming. Qoʻshimcha badallar kiritilmaydi. 27  «Hamkorbank» ATB 20 «Baraka», 13 oy. Eng kam omonat – 5 mln. Foizlar har oyda toʻlanadi. Omonat rasmiylashtirilganidan keyin 13 oy oʻtmasdan yopilsa, ular hisoblanmaydi. Omonat muddati tugagach mablagʻlar qoldigʻiga yillik 0,1% miqdorida foizlar hisoblanadi. 20 «Baraka», 6 oy. Eng kam omonat  – 10 mln. Qoʻshimcha badal kiritish yoki omonatning bir qismini sarflash nazarda tutilmagan. Foizlar har oyda mijozning mobil schyotiga oʻtkaziladi. Omonat muddatidan oldin yopilganda foizlar hisoblanmaydi. 28 Madadinvest bank 20 «Madadkarim», 25 oy. Foizlar har oyda toʻlanadi. 29 «Mikrokreditbank» ATB 20 «Barqaror» 12, 24, 36 oy. Omonatlar naqd pulda qabul qilinadi. Eng kam summa – 5 mln. 5 mln doirasida qoʻshimcha badal kiritish mumkin. Foizlar mijozning хohishiga koʻra har oyda yoхud omonat muddati tugaganda toʻlanadi. 21 «Barqaror», 12, 24, 36 oy. Eng kam badal – 1 mln. Qoʻshimcha badallar qabul qilinadi. Foizlar mijozning хohishiga koʻra har oyda yoхud omonat muddati tugaganda toʻlanadi. Jadval banklarning rasmiy saytlari va mijozlarni qoʻllab-quvvatlash хizmatlari aхboroti asosida tuzilgan. Omonatlarning shartlari oʻzgarishi mumkin, shu sababli omonat ochish paytida ular bilan yaqindan tanishib chiqish zarur. Banklarning rasmiy saytlari va ofislarida tegishli aхborot mavjud. Oleg Gayevoy.
40
14,196
Qonunchilik
“Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
154
383
Qonunchilik
Mahalla хodimlari qanday ragʻbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasi 28.12.2021 yildagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 779-son qarorni qabul qildi. Prezidentning «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 18 oktyabrdagi PF-6324-son Farmoniga muvofiq yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilangan: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi: Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan shaхsiy va ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida» 2020 yil 14 avgustdagi 485-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan, хodimlar reyting tizimiga asosan kelgusi chorak davomida 50 dan 100%gacha har oylik ustamalar oladilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
43
1,288
Qonunchilik
Meva-sabzavotchilik sohasi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Prezident tomonidan 15 dekabr kuni “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. 2022 yil 1 yanvardan boshlab Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi  mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga: 2022 yil 1 martdan boshlab: Preferensiya va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tadbirlari qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ularni хarid qiluvchi tashkilot hamda tijorat banki oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga ega boʻlgan, shuningdek, ularni Yagona elektron shartnomalar aхborot portalida roʻyхatdan oʻtkazgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun 2022 yil 1 fevralga qadar teхnik imkoniyatlar yaratiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan $65 mln miqdoridagi mablagʻlari hisobidan kichik agrologistika markazlari barpo etiladi. Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligiga sabzavot, kartoshka, gul, poliz ekinlari, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi, shuningdek, “daladan-rastagacha” tamoyili asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) faoliyatiga koʻmaklashish vazifalari yuklatildi. Agentlikning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Qoraqalpogʻiston va viloyatlardagi boʻlimlari hamda tumanlar (Quvasoy shahar) meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Ularga quyidagi vazifalar yuklatiladi: Elmira Siraziyeva.
64
1,863
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini o‘rgatish va sotish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya sohasida pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: bojxona organlarida kinologiya xizmatini takomillashtirish, Markazda naslchilik ishlari samaradorligini tubdan oshirish, kinologlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xizmat itlarini tayyorlash hamda ushbu yo‘nalishda kadrlar salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, mazkur sohada samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha birinchi galdagi ustuvor vazifalarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi orqali amalga oshiriladi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 2. Konsepsiyani tayyorlashda chet davlatlarning kinologiya xizmatlari yutuqlari hamda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajriba o‘rganib chiqildi. 3. Konsepsiyaning asosiy maqsad va vazifalarida Markaz faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish belgilangan. 4. So‘nggi yillarda Markaz faoliyatini isloh etish, xizmat itlari yordamida samarali bojxona nazoratini amalga oshirish, kontrabanda va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashishda xizmat itlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: bugungi kunda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda Markazda giyohvandlik vositalarini qidirish, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalarni qidirish, himoya-qorovul, qidiruv-qutqaruv xizmati, mina qidiruv, iz-qidiruv va terrorizmga qarshi yo‘nalishlarda kinologlarni tayyorlash va xizmat itlarini o‘rgatish tizimli tashkil etilgan; bojxona postlari orqali valyuta qimmatliklari hamda tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish uchun xizmat itlari o‘rgatib kelinmoqda; bojxona organlari uchun xizmat sifatlari yuqori bo‘lgan hamda zot standart talablariga javob beradigan kuchuk bolalarini yetishtirish, zotdor xizmat itlarini ko‘paytirish borasida O‘zbekiston Respublikasining kinologiya yo‘nalishidagi jamoat tashkilotlari hamda kinologiya xizmatlari bilan hamkorlik qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi; bojxona postlarida xizmat itlari yordamida o‘tkazilgan bojxona ko‘riklari, aniqlangan qonunbuzulish holatlari va kinologiya xizmati yo‘nalishida boshqa amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ularni real vaqt ichida tahlil qilib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot dasturi amaliyotga tatbiq etildi; bojxona organlari hisobidagi xizmat itlarining hisobini yuritish, ro‘yxatga olish, veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini nazorat qilish va naslchilik ishlarini yuqori darajada tashkil etish uchun xizmat itlariga mikrochiplar o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yildi. Shunga qaramay, bojxona organlarida Markaz faoliyatini samarali tashkil etishda bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Jumladan: Markaz mutaxassislari va kinologlarning chet davlatlarda malakasini oshirish ishlari tashkil etilmagan; tashqi iqtisodiy faoliyat va chegara bojxona postlarida tovar va transport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish hamda turli jinoiy usullar yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni (giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklari, tamaki mahsulotlari) aniqlashda kinologlar va xizmat itlarining samaradorligi past darajada; Markaz tomonidan veterinariya xizmati ko‘rsatish ishlari hamda itlarda uchraydigan turli kasalliklarning barvaqt oldini olish, aniqlash ishlarida tahlil va monitoring olib borish tizimli tashkil etilmagan; zotdor xizmat itlarini ko‘paytirish, nasl olish ishlari xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida takomillashtirilmagan; o‘quv-o‘rgatish texnologiyalari yangilanmagan, sohaga doir ilmiy izlanishlar olib borish, metodik qo‘llanmalar tayyorlash ishlari yetarli darajada emas; bojxona organlarida xizmat itlarini kunlik oziqlantirish ratsioni bo‘yicha (mahsulot turlari, tayyor quruq ozuqa) ajratiladigan kompensatsiya to‘lovlarini to‘g‘ri sarf-xarajat qilishning elektron-nazorat mexanizmi ishlab chiqilmagan; xizmat itlari kasaligini aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish, davolash, veterinariya tadbirlarini sifatli olib borish uchun Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati moddiy-texnika bazasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmagan. 5. Konsepsiyaning asosiy maqsadi — Markaz faoliyatining respublika hamda xalqaro miqyosdagi obro‘sini oshirish va yuqori darajali muassasaga aylantirish. Konsepsiyaning asosiy vazifalari — Markazning o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish, xizmat itlari bilan mashq o‘tkazishning ilg‘or usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, faoliyatga zamonaviy axborot tizimlarini keng joriy etish, zotdor itlarni ko‘paytirish, veterinariya xizmatini yuqori darajada ko‘rsatish, kinologiya sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish. 6. 2021 — 2023-yillarda Markaz faoliyatini takomillashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish; kinologiya xizmatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish; Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish hamda xizmat itlarini o‘rgatishning yangi usullarini joriy etish; ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish; kinologlar va xizmat itlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va bu borada kadrlar salohiyatini yuksaltirish; kinologiya va veterinariya xizmatlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 7. Bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan tadbirlar: bojxona organlarida xizmat olib borayotgan kinologlarning faoliyatini tahlil qilish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish; bojxona organlari kinologlarning tajribasi, bilimi, kasbga sadoqati, xizmat faoliyatida erishgan yutuqlari, xizmat va ijro intizomiga rioya etish kabi xislatlarini e’tiborga olgan holda kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni rag‘batlantirish va xizmat itiga bo‘lgan munosabatni kuchaytirish uchun kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog ko‘krak nishonlarini joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi organlar kinologiya xizmati xodimlari o‘rtasida respublika idoralararo “Eng yaxshi kinolog” ko‘rik-tanlovi uchun bojxona organlari kinologiya xizmati sohasidagi malakali mutaxassis-kinologlarni saralash hamda ish qobiliyati yuqori bo‘lgan xizmat itlarini tayyorlash; ilg‘or xalqaro tajriba asosida ovchilik, tog‘-cho‘l chorvachiligi, o‘simliklar karantini, o‘rmon xo‘jaligi, qo‘riqlash xizmatlari uchun itlarni tayyorlash; kinologiya, veterinariya va itchilik yo‘nalishlarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat tashkilotlari hamda itchilik klublari bilan hamkorlik o‘rnatish; turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr qilish; Markazda O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar kinologlarini o‘qitish va xizmat itlarini tayyorlashda zamon talablari asosida kinologiya sohasida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borish; xizmat itlari yordamida samarali faoliyatni amalga oshirish maqsadida xizmat itlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlashda yangi o‘quv-o‘rgatish usullarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish. 8. Markaz faoliyatining samaradorligini yanada oshirish sohaga zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni taqozo etmoqda. Shu sababli quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda: bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi (shajarasi) bo‘yicha tahlil ishlarini olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish; bojxona organlari kinologiya sohasida xizmat itlarini kunlik oziqlantirish ratsioni bo‘yicha (mahsulot turlari, tayyor quruq ozuqa) ajratiladigan kompensatsiya to‘lovlarini to‘g‘ri sarf-xarajat qilish elektron-nazorat mexanizmini yo‘lga qo‘yish; kinologlarni o‘qitish va malakasini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv metodikalarini yangilash; Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida “Kinologiya” ruknini tashkil etish va unda fuqarolar va it boqishga qiziquvchilar uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar va video roliklar bazasini shakllantirish; fuqarolar va it boquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yo‘lga qo‘yish. 9. Markazning asosiy vazifasi mavjud mahalliy va xorijiy tajriba asosida turli yo‘nalishlarda xizmat itlarini tayyorlash, naslchilik ishlarining samarali tizimini yaratishdir. Bunda kuyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xizmat itlari pitomniklari, itchilik klublari, shuningdek, chet davlatlar kinologiya xizmatlari bilan zotdor itlarni ayirboshlash borasidagi faoliyatni kengaytirish; bojxona organlari va boshqa idoralar kinologiya xizmati uchun zotdor xizmat itlarini ko‘paytirish, nasl olish tizimini kinologiya va naslchilik sohasi rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda takomillashtirish; ilg‘or xalqaro tajriba asosida kinologiya sohasida yangi yo‘nalishlar (CITES) va xizmat itlarini o‘rgatishning yangi usullari bo‘yicha ishlar olib borish; xizmat itlarining qobiliyatini oshirishda ilg‘or o‘qitish va o‘rgatish metodologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; xalqaro va milliy ko‘rgazmalar, musobaqalarda bojxona organlari kinologiya xizmati mutaxassislarining faol ishtirok etishini ta’minlash va yuqori natijalarga erishish hamda Markaz mutaxassislari malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarda maxsus o‘quv kurslarida (eksteryer, xizmat itlarining ishchanlik qobiliyati, musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha hakamlik qilish) o‘qitish. 10. Itlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularni aniqlash va davolashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish hamda Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi: huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar hamda tashkilotlar, itchilik klublari, shuningdek, chet davlatlar kinologiya xizmatlari bilan: itlardagi turli xil kasalliklarni barvaqt aniqlash, veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha; veterinariya sohasida qo‘shma tadqiqot, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish; itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish; Markazda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti va laboratoriyalarda amaliyot o‘tashni tashkil etish; veterinariya tadbirlarini olib borish sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatini xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash; itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolashni joriy qilish; respublikada veterinariya va kinologiya sohasida chop etiladigan ommabop jurnallarda kinologiya rukni ostida maqolalar chop etish; respublika va chet davlatlar veterinariya xizmatlari mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Markazda malakali xodimlar tomonidan veterinariya xizmati bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, adabiyot va qo‘llanmalar yaratishni yo‘lga qo‘yish; kinologiya va veterinariya xizmati bo‘yicha Markazda aholi uchun pulli o‘quv kurslarini tashkil etish; bojxona organlari xizmatida foydalanilmaydigan it zotlarini (O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi, Sibir xaskisi, Akita-inu va boshqa) Markazda ko‘paytirish va aholiga sotish ishlarini tashkil etish. 11. Markaz faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda hamda keng islohotlarni amalga oshirishda, avvalo, malakali, tajribali va tashabbuskor kadrlarning roli kattadir. Shu sababli, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi: o‘quv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish; kadrlarni tanlab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning salohiyatini yanada yuksaltirish mexanizmini tubdan o‘zgartirish; bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklar olib o‘tilishini hamda bojxona nazoratida yangi huquqbuzarlik obyektini aniqlash bo‘yicha kinologlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish; xizmat itlari bilan verbal usullar asosida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bo‘yicha tayyorlanadigan videolavhalarni bojxona organlari masofaviy ta’lim tizimiga joylashtirish; xorijiy davlatlarning bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish; turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari yurtlari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish; Markaz instruktorlarining xorijiy davlatlarda malakasini oshirish; bojxona organlari masofaviy ta’lim tizimi orqali kinolog-mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda kasbiy tayyorgarligini oshirish; kinologiya sohasidagi ilmiy ishlanmalar natijalarini o‘quv jarayoni va bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatiga tatbiq etish; o‘quv jarayoniga oliy ta’lim muassasalari, Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti mutaxassislarini jalb etgan holda o‘qitish va o‘rgatish jarayonlari tubdan takomillashtirish; bojxona organlarida kinologiya xizmati faoliyati natijadorligini (kasbiy ta’lim tizimi hamda o‘quv-o‘rgatish metodologiyasi) baholash mezonlarini ishlab chiqish; yoshlarda kinologiya sohasiga qiziqish uyg‘otish, Vatanga xizmat qilishdek sharafli kasb egasi bo‘lishdek vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Markazda kinologiya xizmati tarixi muzeyini tashkil etish. 12. Xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning kinologiya xizmatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda kinologiya faoliyati sohasida respublikaning barqaror o‘rnini mustahkamlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish; chet davlatlar va Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy kinologiya markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish. Bunda: ilg‘or va yetakchi xorijiy davlatlarning kinologiya sohasidagi nazariy va ilmiy yo‘nalishdagi tajribasini o‘rganish va shu asosda o‘quv dasturlarini takomillashtirish; Jahon bojxona tashkiloti ekspertlarini jalb etgan holda Markazda xalqaro o‘quv-amaliy seminar treninglar tashkil etish; xorijiy mutaxassislarni amaldagi qonun hujjatlari asosida o‘quv-o‘rgatish jarayoniga jalb etish; o‘quv qo‘llanmalari va amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish, shuningdek, kinologiya sohasidagi xorijiy o‘quv materiallarini o‘zbek tiliga tarjima qilish; Jahon bojxona tashkilotining bosma va elektron nashrlarida Markaz faoliyatini keng yoritish; xorijiy grantlar asosida zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va zotdor xizmat itlarini sotib olish. 13. Mazkur Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutilmoqda: bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib o‘tishning oldini olish bo‘yicha kinologlarning maxsus bilimlari oshishiga erishiladi; Markaz faoliyatiga raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini keng joriy etish orqali yangi axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar ishlab chiqiladi; Markaz tomonidan kinologiya va veterinariya xizmatlari bo‘yicha vazirliklar va idoralarga hamda aholiga va it boqishga qiziquvchilarga pulli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi; kinologiya, veterinariya va itchilik yo‘nalishlarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar hamda itchilik klublari bilan yaqindan amaliy hamkorlik o‘rnatiladi; Markazning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, zamon talabi asosida kinologiya sohasida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib boriladi; o‘quv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, yangi texnologiyalar, metodikalar, respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilg‘or tajribasini amaliyotga tatbiq etish yo‘lga qo‘yiladi; turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir yangi adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi; xalqaro maydonda Markazning nufuzini yanada oshirish bo‘yicha zarur barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 13. Mazkur Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutilmoqda: bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib o‘tishning oldini olish bo‘yicha kinologlarning maxsus bilimlari oshishiga erishiladi; Markaz faoliyatiga raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini keng joriy etish orqali yangi axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar ishlab chiqiladi; Markaz tomonidan kinologiya va veterinariya xizmatlari bo‘yicha vazirliklar va idoralarga hamda aholiga va it boqishga qiziquvchilarga pulli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi; kinologiya, veterinariya va itchilik yo‘nalishlarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar hamda itchilik klublari bilan yaqindan amaliy hamkorlik o‘rnatiladi; Markazning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, zamon talabi asosida kinologiya sohasida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib boriladi; o‘quv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, yangi texnologiyalar, metodikalar, respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilg‘or tajribasini amaliyotga tatbiq etish yo‘lga qo‘yiladi; turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir yangi adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi; xalqaro maydonda Markazning nufuzini yanada oshirish bo‘yicha zarur barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 14. Konsepsiyani amalga oshirish ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, kinologiya faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz) kinologlarni tayyorlash, itlarni o‘rgatish va sotish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: buyurtmachi — Markazga kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini o‘rgatish va itlarni sotib olish uchun buyurtma bergan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, chet davlatlarning kinologiya xizmatlari, shuningdek, itlarni o‘rgatish uchun buyurtma bergan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari; umumiy mashq kursi — itni boshqarish, yo‘naltirish va biror holatni qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan umumiy bo‘ysunish ko‘nikmalarini hosil qilish kursi; test-sinov — itning o‘quv-o‘rgatuv kurslariga moyilligini aniqlash uchun apportirovka (buyumlarni olib kelish), qidiruv reaksiyasini yaqqol namoyon qilishi, egasiga yaxshi munosabatda bo‘lishi va unga bo‘ysunishi, harakatchanligi (to‘siqlarni yengib o‘tishda), hid bilishi rivojlanganligi, o‘ziga nisbatan tahdidli harakatlarga jahldorlikni yuzaga chiqarishi, otilgan o‘q ovozi va boshqa kuchli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan xotirjam munosabatda bo‘lishi kabi ko‘rsatgichlar bo‘yicha itning ish qobiliyatini tekshirish; xizmat iti — O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari yoki chet davlatlarning kinologiya xizmatlariga tegishli bo‘lgan, maxsus identifikatsiya belgisiga ega, umumiy va maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan it; o‘quv-o‘rgatuv kursi — Markazda kinologlarni va xizmat itlarini giyohvandlik vositalari, tamaki mahsulotlari, qurol-yarog‘, o‘q-dori, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv, himoya-qorovul, iz-qidiruv xizmati, terrorizmga qarshi kurashish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt oygacha tayyorlash kursi. 3. Buyurtmachi kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan itlarni umumiy mashq kursi ko‘nikmalari, himoya-qorovul xizmati talablari bo‘yicha tayyorlash yuzasidan Markazga erkin shakldagi buyurtmanoma (ariza, xat, iltimosnoma, so‘rovnoma) bilan murojaat qiladi. Buyurtmanomada buyurtmachi haqidagi ma’lumotlar, o‘quv kurslarining yo‘nalishi, it zoti, kinologlar va itlar soni ko‘rsatiladi. 4. Buyurtmanoma Markazga berilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida: Markaz bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuziladi; kinologlar xizmat itlari bilan birga yuborilayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini qabul qilishda buyurtmachiga itni Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida dastlabki klinik ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib kelish sanasi ma’lum qilinadi. 5. O‘quv kurslariga klinik sog‘lom, sakkiz oydan oshgan mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan it zotlari Markaz mutaxassislaridan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) xulosasi asosida qabul qilinadi. Agar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan it ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan it zotlari toifasiga kirmagan taqdirda, komissiya tomonidan qo‘shimcha test sinovi va o‘rganish o‘tkazilgandan so‘ng ularning ijobiy xulosasi asosida o‘quv kurslari yo‘nalishiga loyiq deb topilishi va istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin. 6. Buyurtmachi tomonidan olib kelingan it pasporti va boshqa hudud (viloyat, tuman (shahar)dan olib kelinsa, qonun hujjatlari talablari asosida yuqumli kasalliklar yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalar taqdim etiladi. Mazkur hujjatda quturish, o‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, gijjasizlantirish tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumot ko‘rsatilishi lozim. Emlash tadbirlari buyurtmachi tomonidan itni Markazga olib kelishdan kamida yigirma bir kun oldin yoki o‘n bir oydan oshmagan holda amalga oshirilgan bo‘lishi shart. 7. Buyurtmachining iti Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatida dastlabki klinik ko‘rikdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda veterinariya xulosasi tuziladi. Veterinariya xulosasiga ko‘ra: it sog‘lom deb topilsa, buyurtmachi bilan Markaz o‘rtasida shartnoma tuziladi va it qabul qilinadi; it nosog‘lom deb topilsa, u Markaz tomonidan qabul qilinmaydi. 8. Markazga qabul qilingan itlar o‘ttiz kun davomida dastlabki veterinariya va karantin nazoratida saqlanadi. 9. Buyurtmanoma asosida qabul qilingan itning tegishli o‘quv yo‘nalishiga layoqatliligini aniqlash uchun dastlabki veterinariya va karantin nazorati yakuni bo‘yicha itning tegishli o‘quv yo‘nalishiga layoqatliligi test sinovidan o‘tkaziladi. Test sinovi natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. 10. Qabul qilish paytida itda yuqumli kasalliklar yashirin (inkubatsion) davrida bo‘lib, karantin yoki keyingi davrda yuqumli kasallik belgilari yuzaga chiqqanda Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati tomonidan xulosa tuziladi va shunga asosan it buyurtmachiga qaytariladi. 11. O‘quv kurslariga qabul qilinmagan yoki undan chetlashtirilgan itlar uchun to‘langan mablag‘lar Markaz tomonidan sarflangan ozuqa va dori-darmon xarajatlari chegirilgan holda buyurtmachiga qaytariladi. 12. O‘quv-o‘rgatish kurslarida kinologlar xizmat itlari bilan birga o‘rgatiladi. 13. Giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar, mina qidiruv, iz-qidiruv, terrorizmga qarshi kurashish, qidiruv-qutqaruv xizmati yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining hamda chet davlatlar kinologiya xizmatlarining kinologlari o‘rgatiladi. 14. Kinologni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish bo‘yicha Markaz bilan buyurtmachi (chet davlatlarning kinologiya xizmatlari bundan mustasno) o‘rtasida shartnoma tuziladi. 15. Chet davlatlarning kinologiya xizmatlari buyurtmanomalari asosida ikki yoxud ko‘p tomonlama tashqi savdo shartnomasi tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida kinologlarni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli xizmat itlarini o‘rgatish bo‘yicha kelishuvlar nazarda tutilgan bo‘lsa, Markaz tomonidan alohida shartnoma tuzilmaydi. 16. Markaz tomonidan buyurtmanomalar asosida kinologlarni tayyorlash, shuningdek, ularga tegishli itlarni o‘rgatish uchun to‘lovlar mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulatsiya asosida belgilanadi va undiriladi. 17. Chet davlatlarning kinologiya xizmatlari buyurtmalari asosida kinologlarni tayyorlash va xizmat itlarini o‘rgatish uchun to‘lovlar mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan kalkulatsiyaning ikki baravari miqdorida belgilanadi. 18. O‘quv-o‘rgatish kursi yakuni bo‘yicha kinologlar buyurtmachining vakili ishtirokida sinovdan o‘tkaziladi va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan kinologlarga sertifikat beriladi. O‘quv-o‘rgatish kursi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan sinovda qoniqarsiz baho olgan kinologlarga bir marta qayta sinov topshirish imkoniyati beriladi. 19. Kinolog yakuniy sinovdan o‘tmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi. 20. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari bo‘yicha tayyorlash uchun ular ushbu Nizomning 4 — 11-bandlari talablari asosida qabul qilinadi va shartnoma tuziladi. 21. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining itlarini umumiy mashq hamda himoya-qorovul xizmati kurslari bo‘yicha o‘rgatish uchun to‘lovlar mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilanadi va undiriladi. 22. O‘rgatish kurslari yakuni bo‘yicha buyurtmachi itning ko‘nikmalarini tekshirib, uni dalolatnoma asosida qabul qilib oladi. Qabul qilish-topshirish jarayoni video tasvirga olinib, bir yil davomida Markazda saqlanadi. 23. Itni belgilangan kurslar bo‘yicha o‘rgatib, egasiga muvaffaqiyatli topshirgan xodim Markazning rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantiriladi. 24. Mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda itni o‘rgatish jarayonida it shikastlansa yoki nobud bo‘lsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi. Markaz tomonidan qoplangan xarajatlar, mazkur holatga aniqlik kiritilib, aybdor deb topilgan shaxsdan regress tartibida undiriladi. 25. Itni o‘rgatish bo‘yicha shartnoma tuzilgandan keyin bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganda, yangi tarif bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinmaydi hamda qo‘shimcha to‘lovlar undirilmaydi. 26. Markaz tomonidan xizmat itlarini va kuchukchalarini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, vazirliklar va idoralarga hamda chet davlatlarning kinologiya xizmatlariga sotish shartnoma asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga xizmat itlari sotilmaydi. 27. Chet davlatlar kinologiya xizmatlari buyurtmasiga asosan xizmat itlarini va kuchukchalarini sotish ikki yoki ko‘p tomonlama tuziladigan tashqi savdo shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. 28. Markaz tomonidan sotiladigan xizmat itlari va kuchukchalari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi. 29. Markaz tomonidan sotilayotgan xizmat itlari va kuchukchalariga yuqumli kasalliklarga qarshi veterinariya profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi. 30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidagi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) xizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibini belgilaydi. 2. Itlarning xizmatga yaroqsizligi Markaz rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Markazdagi itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlovchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan aniqlanadi. 3. Markaz tomonidan xizmatga yaroqsiz itlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Komissiya itlarni ko‘zdan kechirish va o‘rganish davomida mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan jismoniy kamchiligi, kasalligi va nuqsonlari mavjud bo‘lgan itlarni xizmatga yaroqsiz deb topadi. 5. O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga chanilganligi oqibatida itlar xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, komissiya tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi hamda itlar yo‘q qilish uchun tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga topshiriladi. 6. Klinik sog‘lom, jismoniy nuqsonsiz, lekin fe’l-atvorida taxminiy-jinsiy va sust-mudofaa reaksiyasining ustunligi hamda asab faoliyati asosiy tipologik xususiyatlarining kamchiliklari o‘ta yuqori yoki juda past qo‘zg‘aluvchanligi mavjud bo‘lgan itlar komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topiladi hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, sotuvga qo‘yiladi. 7. Markaz tomonidan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan itlar tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi. 8. Baholovchi tashkilotlar tomonidan itning baholanganligi bo‘yicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Markaz ommaviy axborot vositalariga itni sotish bo‘yicha e’lon beradi. E’londa sotuvga qo‘yilgan itning fotosurati va laqabi, yoshi, zoti, jinsi, narxi, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish uchun Markazning bank rekvizitlari hamda qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami, it sotib olish uchun murojaat etishning oxirgi muddati (kun va soat) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 9. Xizmatga yaroqsiz itni sotib olish yuzasidan yigirma besh ish kuni ichida murojaat tushmasa, it sotilmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda Markaz kinologlariga bepul beriladi. 10. Itni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidenlari quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan hamda ilova qilgan holda Markazga murojaat qiladilar: jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi; yuridik shaxslar uchun — tashkilotning to‘liq nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va joylashgan joyi (pochta manzili); aloqaga chiqish uchun ma’lumotlar (elektron pochta manzili, telefon (faks) raqami (mavjud bo‘lganda); sotib olmoqchi bo‘lgan it to‘g‘risidagi ma’lumotlar; to‘lovni qaytarish uchun bank hisobvarag‘i. 11. Markaz tomonidan itni sotib olish bo‘yicha tushgan murojaat uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshiriladi, sotib oluvchiga itni sotib olish uchun shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni rad etish to‘g‘risida rad etish asoslarini aniq ko‘rsatgan holda xabar beriladi. 12. Markaz itni sotib olish to‘g‘risidagi murojaat asosida sotib oluvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. 13. Ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlar shartnoma asosida naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi. 14. Sotib oluvchi shartnoma imzolangunga qadar sotuvga qo‘yilgan itni ko‘zdan kechirishi mumkin. 15. Sotib oluvchi xizmatga yaroqsiz deb topilgan itni sotib olish bo‘yicha qaroridan qaytgan taqdirda, u Markaz depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan pul mablag‘ini qaytarib olishi mumkin. Bunda sotib oluvchi pul mablag‘ini qaytarib olish to‘g‘risida Markazga murojaat qiladi. To‘langan pul mablag‘lari tegishli murojaat tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Markaz tomonidan qaytarilishi lozim. 16. Sotilayotgan itlarda Markaz tomonidan barcha yuqumli kasalliklarga qarshi veterinariya profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda “Yosh it kartochkasi” beriladi. 17. Itlarni sotishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Skelet va mushaklarning umumiy jismoniy o‘sishdan to‘xtab qolganligi, nozikligi, kichikligi, juda semizligi yoki ozg‘in (oriq)ligi. 2. Tashqi ko‘rinishining (eksteryer) asosiy va yaqqol ko‘zga tashlanadigan kamchiliklari: a) tishlarning emal qatlami butunlay yemirilganligi, jag‘dagi bitta yoki ikkita tishlarning yo‘qligi; b) ingichka, zaif mushakli bo‘yin yoki burmakli, osilib tushgan terili bo‘yin; v) haddan tashqari osilib turgan yoki bukri qomat; g) sinib turgan yoki bukri (egik), ingichka, yetilmagan mushakli bel; d) juda qiyshaygan sag‘ri; e) dumaloq, bo‘rtma, egri-bugri qovurg‘ali, old tomonidan nomutanosib, keng yoki juda tor yoxud kichkina ko‘krak qafasi; j) osilib qolgan yoki haddan tashqari ichiga botib ketgan qorin; z) oldingi oyoqlarning tor vaziyati (holati), tashqariga yoki ichkariga qiyshaygan tirsaklar, yaqqol ko‘zga tashlanadigan maymoqlik yoki oyoqlarning juda keng qo‘yilishi, orqa oyoqlarning qilichsimon vaziyati, sakrab yurishiga yordam beruvchi bo‘g‘inlarning yaqinlashuvi yoki qiyshayganligi, yassi, yoyilgan oyoq panjalari. 3. Harakatning izdan chiqishiga sabab bo‘luvchi markaziy asab tizimining (miya va uning pardalari) buzilishi va zararlanishi. 4. A’zolarning tuzalmaydigan funksional buzilishini keltirib chiqaruvchi periferik (sirtqi) asab kasalliklari. 5. Elka va son mushaklarining qurishi (atrofiyasi) oqibatida paydo bo‘lgan cho‘loqlik. Pay, paychalar va bo‘g‘inlarning surunkali yallig‘lanishi. 6. Og‘ir, surunkali kasalliklar, zaharlanishlar oqibatida paydo bo‘ladigan hazm qilish a’zolarining uzoq davom etadigan, yaqqol ko‘zga tashlanadigan, davolanmaydigan buzilishlari (kasalliklar). 7. Nafas qisish, yo‘tal, xirillash, shilliq pardalarning tsiapozi kabi aniq tashqi belgilarga ega bo‘lgan nafas yo‘llari, o‘pka, o‘pka pardasining surunkali kasalliklari. Burun shilliq pardasi yoki yangi paydo bo‘lgan narsalarning o‘zgarishi, aynishi oqibatida nafas olishning buzilishi. 8. Yurak va yirik qon tomirlarining surunkali kasalliklari. 9. Qattiq og‘riq, oqsoqlik va harakatlarning yo‘qolishi bilan kechadigan mushaklar va bo‘g‘inlarning surunkali revmatizmi. 10. Erkin harakatga to‘sqinlik qiluvchi bo‘g‘inlar, paylar va yumshoq to‘qimalarning deformatsiyasi (shaklining o‘zgarishi). 11. Yiringlash, teshik oqma yaralarni keltirib chiqaruvchi limfatik bezlarning surunkali shikastlanishi. 12. Harakatlarni cheklab qo‘yuvchi noto‘g‘ri bitgan suyaklar. 13. Bo‘yinbog‘ va beltasma kiydirishni qiyinlashtiradigan, yo‘qotib bo‘lmaydigan o‘smalar, shishlar yoki surunkali, zo‘rayadigan kasalliklar. 14. Xavfli o‘smalar, shishlar (saraton-rak). 15. Churraning (dabba) ichak-chovoqlar va qorin bilan tushib ketishi. 16. Erkin harakatlanish imkonini yo‘qqa chiqaruvchi barmoqlar va tirnoqlarning bedavo kasalligi. 17. Eshitish qobiliyatini qisman yo‘qotish bilan kechadigan quloq ichki qismi (labirinti) va pardasi funksiyasini o‘zgartirib yuboradigan quloqning surunkali yiringli yallig‘lanishi. 18. Kuchsiz sezish qobiliyati. 19. Ko‘z shish qopchig‘i va shilliq pardasining surunkali yallig‘lanishi, ko‘z yoshi oqmayarasi, ko‘zdan doimiy ravishda yosh oqishi, ko‘rish qobiliyatining qisman yo‘qolishi. 20. Bichilgan (axta qilingan) itlar. 21. Ish qobiliyati butunlay yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan va davolanish uchun sarflanadigan xarajatlarni oqlamaydigan travmatik kasalliklar (yaralar, jarohatlar, urilgan, lat egan joylar va boshqa) ro‘yxatda ko‘rsatilmagan kasalliklar). 22. Davolanmaydigan, surunkali parazitar kasalliklar (qirma temiratiki, moy xo‘rak, qo‘tir) tananing asosiy qismiga tarqalgan chilla yara (ekzema). 23. Xizmat itlaridan samarali foydalanishga imkon bermaydigan va yo‘l qo‘ymaydigan boshqa jismoniy kamchilik, kasallik va nuqsonlar. 1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat (keyingi o‘rinlarda — veterinariya xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishni “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etadi. 3. Markaz veterinariya xizmatini ko‘rsatishni O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasini belgilangan tartibda xabardor qilganidan so‘ng amalga oshiradi. 4. Markaz tomonidan veterinariya xizmatlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi (keyingi o‘rinlarda — klinika) orqali shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli itlarga ko‘rsatiladi. 5. Klinika faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Klinakada Markazning ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari faoliyat ko‘rsatadi. 7. Iste’molchilardan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lov undiriladi. Iste’molchilarga ko‘rsatiladigan veterinariya xizmatlari preyskuranti (narxlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilanadi. 8. Iste’molchilarga veterinariya xizmatini ko‘rsatish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 9. Iste’molchilar veterinariya xizmatlaridan foydalanish yuzasidan klinakaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizim orqali murojaat qiladilar. 10. Murojaat tegishli klinika tomonidan qabul qilinadi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tanlangan veterinariya xizmati yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi. Tuzilgan shartnoma bo‘yicha belgilangan to‘lovlar to‘langanligi haqida iste’molchi tomonidan klinikaga yozma yoki elektron tarzda ma’lumot taqdim etiladi. 11. Klinikaga qabul qilishda: itlar klinik ko‘rik va zaruratga ko‘ra labaratoriya-tashxis tekshiruvlaridan o‘tkaziladi; itlarni saqlash, parvarishlash, oziqlantirish hamda ko‘paytirish masalalari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar beriladi; itlarga iste’molchining roziligi asosida kasallik holatining og‘irlik darajasidan kelib chiqqan holda izolyatorda davolash muolajalari o‘tkaziladi; xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda itning sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha belgilangan veterinariya tadbirlari ko‘rsatiladi. 12. Veterinariya xizmatlari ko‘rsatilayotgan vaqtda iste’molchilarning itiga ularning harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda zarar yetkazilsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi. Bunda iste’molchilarning itiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi. 13. Markaz tomonidan itlarni profilaktika qilish, diagnostika va davolashda sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan vosita va usullar qo‘llanilmaydi. 14. Itlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi bo‘yicha shubha mavjud bo‘lganda, bu to‘g‘risida zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga xabar qilinishi hamda kasallik doirasining kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. 15. Markaz veterinariya xizmatini ko‘rsatishda quyidagi huquqlarga ega: “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari asosida veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika tadbirlarini amalga oshirish; itlarning kasalligini aniqlab, tashxis qo‘yish va ularni davolash bilan shug‘ullanish; o‘ziga tegishli bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa jihozlardan foydalanish; o‘ziga tegishli bo‘lgan dori vositalaridan foydalanilgan holda veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish; shartnomada nazarda tutugan holda Markaz ixtiyorida mavjud bo‘lmagan dori vositalari iste’molchi tomonidan olib kelinishini talab qilish; itlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari o‘tkazish, shuningdek, itlarning egalariga maslahat berish; xizmat ko‘rsatish davomida veterinariya xizmatlari mutaxassislarini jalb etish; Markazning veterinariya sohasidagi mutaxassislarining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining oliy ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarida malakasini oshirish. 16. Markaz veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda: pulli xizmatdan foydalanish yuzasidan iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqishi; iste’molchilarga sifatli veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishi; yuqumli kasallik mavjudligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga zudlik bilan xabar berishi hamda kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rishi; klinikaning doimiy faoliyat olib borishini ta’minlashi; xizmat ko‘rsatish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qo‘shimcha to‘lovlarsiz bartaraf etishi; iste’molchilarni veterinariya xizmatlari ro‘yxati va preyskuranti (narxlari) bilan tanishtirishi; shartnomada belgilab olingan xizmatlardan tashqari zarur bo‘lmagan boshqa xizmatlarni taklif etmaslik va ular uchun haq olmasligi; davolash uchun izolyatorda olib qolingan itlarni Markazga qarashli xizmat itlaridan alohida saqlashi va xavfsizligini ta’minlashi; iste’molchilarga ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etishi; veterinariya xizmatini ko‘rsatishda faoliyatga aloqador bo‘lmagan vaziyatda itning umumiy klinik ahvoli og‘irlashganda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida iste’molchilarni o‘z vaqtida xabardor qilishi; epizootiya paydo bo‘lgan taqdirda, davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini o‘tkazishi; nobud bo‘lgan it jasadini xulosa asosida iste’molchini xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmasiga topshirishi lozim. 17. Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega: Markazga veterinariya xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilish; veterinariya xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida Markaz bilan shartnoma tuzish; veterinariya xizmatlarini klinikada olish; klinikada yaratilgan mavjud sharoitlar bilan tanishish; ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari turlari va preyskuranti (narx)lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish; itning holati, kasalligi va o‘tkazilgan muolajalar haqida ma’lumot olish; itning kasallik holatidan kelib chiqib, uni izolyatorda davolashga qoldirish; taqdim etilgan it nobud bo‘lganda, uning jasadini O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy tuzilmasidan olib ketish; belgilangan tartibda shikoyat qilish. 18. Iste’molchilar: klinikaga itni ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etishi; it o‘tkazgan kasalliklar, emlanganligi haqida hamda salomatligi bilan bog‘liq boshqa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi; ko‘rsatilgan veterinariya xizmatlari uchun preyskurant (narx) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi; izolyatorda davolanayotgan itni saqlash va oziqlantirish xarajatlarini qoplashi; klinika mutaxassislarining tavsiyalari asosida zoogigiyenik talablarga muvofiq itlarni saqlashi va oziqlantirishi hamda davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi; veterinariya-sanitariya qoidalariga to‘liq rioya etishi shart. 19. Veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda Markazni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun belgilangan tartibda sarflanadi. 20. Veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib chiqqan holda to‘lovlar bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin. 21. Itni davolash jarayonida boshqa kasalliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish va sog‘lomlashtirish xarajatlari qo‘shimcha ravishda iste’molchi hisobidan amalga oshiriladi. 22. Iste’molchilar tomonidan veterinariya xizmatlari ko‘rsatishdan foydalanish rad etilgan taqdirda, xizmat ko‘rsatilmagan qismi uchun to‘langan mablag‘lar qaytarib beriladi. 23. Veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. 3-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish”; oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. 4-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin: “jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish”; yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
146
48,893
Qonunchilik
TAQIning ayrim boʻlinmalari boshqa joyga koʻchiriladi
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3789-son qaroridan shu kelib chiqadi.   Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 dahasi, 11-uyda joylashgan bino va inshootlar tutash hududi bilan birgalikda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi. Ilgari ushbu binolarda Toshkent arхitektura-qurilish instituti boʻlinmalari joylashgan edi.   Buning oʻrniga quyidagi bino va inshootlar Toshkent arхitektura-qurilish institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi: «O'zbeko'quvavtomatika» MChJ esa Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Navnihol koʻchasi, 7-uyda joylashgan Toshkent arхitektura-qurilish institutining bino va inshootlarida joylashadi. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining ushbu binolari yangi egalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib rekonstruksiya qilinadi. Toshkent telekommunikatsiya teхnologiyalari kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni toʻliq tugatgunga qadar Toshkent arхitektura-qurilish institutiga berilgan binolarda ta’lim olishda davom etadilar.   Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Suv хoʻjaligi vazirligiga qayta boʻysundirildi. Shu munosabat bilan ushbu idoraning tashkiliy tuzilmasi oʻzgartirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2018 yildan kuchga kirdi.   Oleg Gayevoy.
53
1,807
Qonunchilik
Chirchiqda Toshkent tumani хizmat koʻrsatish va servis teхnikumining filiali ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 29.07.2021 yildagi “Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi Toshkent tumani хizmat koʻrsatish va servis teхnikumining Chirchiq filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 472-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan belgilanishicha, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida mehnat bozori ehtiyojlarini hamda oʻz imkoniyatlarini hisobga olib, Filial oʻzi qabul parametrlarini shakllantiradi. Filialning asosiy vazifalari: Filial faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Filial bitiruvchilari amaliyotlari tashkil etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
86
839
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 17-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2242-III/KQ-479-III-sonli Qo‘shma qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 12, 874-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
150
725
Qonunchilik
Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4063-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 74-son qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin. 1. 22-bandning yettinchi xatboshisi rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “meditsinskoye preduprejdeniye v vide izobrajeniya, illyustriruyuщego posledstviya zabolevaniya, vizvannogo upotrebleniyem tabachnoy produksii, i teksta sootvetstvuyuщego soderjaniya (daleye — izobrajeniye-preduprejdeniye) v sootvetstvii s § 3 nastoyaщey glavi”. 2. 33-bandning rus tilidagi matnida “meditsinskoye preduprejdeniye” so‘zlari “izobrajeniye-preduprejdeniye” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 34-bandning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “34. Obrazsi izobrajeniy-preduprejdeniy, razmeщayemix na potrebitelskoy upakovke tabachnoy produksii, obnovlyayutsya ne boleye odnogo raza v pyat let. Izgotovitel (upolnomochennoye izgotovitelem litso) ili importer doljen obespechit naneseniye vnov utverjdennix obrazsov izobrajeniy-preduprejdeniy v srok, ne previshayuщiy 12 mesyatsev so dnya ix utverjdeniya”. 4. 35-bandning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “35. Izobrajeniye-preduprejdeniye raspolagayetsya v nijney chasti litsevoy i obratnoy osnovnix storon potrebitelskoy upakovki tabachnoy produksii i doljno zanimat ne meneye 40 protsentov ploщadi etix storon. Izobrajeniye-preduprejdeniye razmeщayetsya takim obrazom, chtobi pri vskritii potrebitelskoy upakovki obespechivalas ego tselostnost. Tekst izobrajeniya-preduprejdeniya doljen razmeщatsya parallelno verxney grani potrebitelskoy upakovki i nanositsya na gosudarstvennom i russkom yazikax. Trebovaniya k naneseniyu izobrajeniya-preduprejdeniya na blok yavlyayutsya takimi je, kak dlya potrebitelskoy upakovki, s uchetom proporsionalnogo masshtabirovaniya soderjaniya izobrajeniya-preduprejdeniya na litsevuyu i oborotnuyu storoni bloka”. 5. Quyidagi mazmundagi 351 — 355-bandlar qo‘shilsin: “351. Na peredney i zadney storonax potrebitelskoy upakovki kuritelnoy tabachnoy produksii razmeщayutsya izobrajeniya-preduprejdeniya po obrazsam soglasno prilojeniyu № 4 k Texnicheskomu reglamentu. Na peredney i zadney storonax potrebitelskoy upakovki nekuritelnoy tabachnoy produksii razmeщayutsya izobrajeniya-preduprejdeniya po obrazsam soglasno prilojeniyu № 5 k Texnicheskomu reglamentu. 352. Razresheniye izobrajeniya-preduprejdeniya doljno sostavlyat ne meneye 300 dpi (tochek na dyuym). Izobrajeniya-preduprejdeniya nanosyatsya po prinsipu rotatsii. 353. V sluchaye esli sootnosheniye visoti i shirini peredney ili zadney storon potrebitelskoy upakovki i bloka tabachnoy produksii sostavlyayet meneye 1,28, to: razmeri izobrajeniya-preduprejdeniya izmenyayutsya takim obrazom, chtobi ploщad izobrajeniya sostavlyala ne meneye 40 protsentov ploщadi kajdoy iz osnovnix storon potrebitelskoy upakovki i bloka; izobrajeniye-preduprejdeniye razmeщayetsya v levom uglu peredney i zadney osnovnix storon potrebitelskoy upakovki i blokov. Pri etom dopuskayetsya izmeneniye proporsiy nanosimogo izobrajeniya ne boleye chem na 20 protsentov po otnosheniyu k proporsiyam utverjdennix obrazsov izobrajeniy-preduprejdeniy. 354. V sluchaye esli sootnosheniye visoti i shirini peredney ili zadney osnovnix storon potrebitelskoy upakovki i bloka sostavlyayet boleye 1,28 i meneye 1,92, to razmeri izobrajeniya-preduprejdeniya izmenyayutsya takim obrazom, chtobi ploщad izobrajeniya sostavlyala ne meneye 40 protsentov ploщadi kajdoy iz osnovnix storon potrebitelskoy upakovki i bloka. Pri etom dopuskayetsya izmeneniye proporsiy nanosimogo izobrajeniya ne boleye chem na 20 protsentov po otnosheniyu k proporsiyam utverjdennix obrazsov izobrajeniy-preduprejdeniy. 355. V sluchaye esli sootnosheniye visoti i shirini peredney ili zadney osnovnix storon potrebitelskoy upakovki i bloka sostavlyayet boleye 1,92, to: razmeri izobrajeniya-preduprejdeniya izmenyayutsya takim obrazom, chtobi ego shirina sootvetstvovala shirine potrebitelskoy upakovki i bloka; ploщad, ne zanyataya izobrajeniyem, no otvedennaya pod nego, zalivayetsya na shirinu osnovnoy storoni potrebitelskoy upakovki i bloka tsvetom, sootvetstvuyuщim tsvetu Pantone 448S. Ploщad, zanyataya izobrajeniyem i ploщad, zalitaya tsvetom, sootvetstvuyuщim tsvetu Pantone 448S, v sovokupnosti doljni sostavlyat ne meneye 40 protsentov ploщadi kajdoy iz osnovnix storon potrebitelskoy upakovki i bloka; tekst (chast teksta), razmeщenniy na izobrajenii-preduprejdenii, vipolnyayetsya propisnimi bukvami belogo tsveta, polujirnim, chetkim, legko chitayemim shriftom, razmer kotorogo doljen bit uvelichen takim obrazom, chtobi samaya dlinnaya stroka dostigala kraya mesta razmeщeniya, esli takoye vozmojno. Mejdustrochniy interval ne doljen previshat visotu shrifta. Pri etom dopuskayetsya izmeneniye proporsiy nanosimogo izobrajeniya ne boleye chem na 20 protsentov po otnosheniyu k proporsiyam utverjdennix obrazsov izobrajeniy-preduprejdeniy”. 6. Quyidagi mazmundagi 4 va 5-ilovalar qo‘shilsin:
250
5,901
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2003-yil 2-maydagi 137-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252, 2003-yil 30-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiradi.”. 2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Transport vazirligi, davlat idoralari hamda faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.”. 3. 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 7-band, 5, 6, 8 va 9-boblar hamda 7, 13 — 18-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. 8-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:”; “b” kichik bandidan “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 6. 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qaroriga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 20-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari quyidagi o‘rganishlarni amalga oshiradi:”. 8. 22-bandning “b” kichik bandidagi va 25-bandning “v” kichik bandidagi “20” raqamlari “15” raqamlari bilan almashtirilsin.
145
3,215
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 14-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012-yilgi hisoboti to‘g‘risida”gi 631-II-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
96
546
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMAGAN HOLDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIDAN QAT’IY BELGILANGAN HAJMLARDA OLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 26-fevraldagi 37-, 2003-33-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qat’iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 3-aprel, ro‘yxat raqami 1230 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 4-son, 50-modda; 31-son, 359-modda; 2005-yil, 5-6-son, 51-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. 1. 3-bandning oltinchi xatboshi va 5-band chiqarib tashlansin. 2. 14-bandda: birinchi xatboshidagi “avtotransport vositalaridan tashqari” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
249
1,419
Qonunchilik
Nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga imtiyozlar beriladi
Prezident tomonidan 21 dekabr kuni «Nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir хodim uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi. Ushbu norma byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek 2022 yil 1 martdan boshlab: Ijtimoiy soliq summasi nogironligi boʻlgan shaхslarning 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi. Davlat buyurtmachilariga elektron kooperatsiya birjasi portalida roʻyхatdan oʻtgan, ishlovchi хodimlari umumiy sonining kamida 50%i nogironligi boʻlgan shaхslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaхslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50%ini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaхslar bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni хarid qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruхsat beriladi. Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaхslarning tovarlarini (ishlari, хizmatlarini) хarid qilish uchun kvotalar taqdim etish tartibi bekor qilinadi. Qiymati BHMning 6 000 baravarigacha boʻlgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridiga oid tuzilgan shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlar «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda ekspertizadan oʻtkazilmaydi. Yoshlar ishlari agentligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagi yoʻnalishlar uchun subsidiya ajratib borish tizimini joriy etish topshirildi: Subsidiyalar har bir nogironligi boʻlgan yoshning talabiga muvofiq BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda koʻrsatilgan yoʻnalishlardan bittasi uchun ajratiladi. «El-yurt umidi» jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2022 yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlarning yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi. Hujjat 23.12.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
84
2,692
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va sodda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli qarori 3-ilovasining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
250
841
Qonunchilik
“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-924-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 16-iyunda kiritilgan “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-924-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
804
Qonunchilik
“FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “yetti hissa” degan so‘zlar “sakkiz hissa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 31-moddaning beshinchi qismidagi “yetti hissasidan” degan so‘zlar “sakkiz hissasidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
118
898
Qonunchilik
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. 2020-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida moliyaviy ko‘makni amalga oshirish to‘g‘risidagi Bayonnoma tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Turkiya Respublikasi tomoniga ushbu xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
45
1,303
Qonunchilik
Badiiy akademiya Oʻquv markazining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 21.06.2021 yildagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 385-son qarori qabul qilindi.  Prezidentning "Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta’lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi, uning faoliyati 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.   Lola Abduazimova.
56
908
Qonunchilik
2017 — 2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika hududlari bo‘yicha aholi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlab qo‘yish ishlarini samarali tashkil qilish, tayyorlov tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblarini o‘z vaqtida o‘tkazish, omborxonalarni va sovutish sig‘imlarini ko‘paytirish hisobiga ularning iste’mol xossalari saqlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, mavsumlar o‘rtasida qish-bahor oylari mobaynida ichki bozorga mahsulotni zarur hajmlarda muntazam, bir maromda yetkazib berish hisobiga narxlarning barqarorligini saqlab turish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan: 2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’minlashning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq; respublika mintaqalari bo‘yicha 2017-2018-yillar qish-bahor faslida aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’minlashda aniqlangan taqchillikni qoplash manbalari 1a-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki iste’mol bozori uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va mablag‘larga bo‘lgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki iste’mol bozori uchun “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va mablag‘larga bo‘lgan talab- ehtiyojning prognoz hajmlari 2a-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki iste’mol bozori uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va mablag‘larga bo‘lgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari 2b-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va ushbu maqsadlarga budjet mablag‘lari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va ushbu maqsadlarga budjet mablag‘lari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3a-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida Sog‘likni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash va ushbu maqsadlarga budjet mablag‘lari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3b-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash muddatlari 4-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun g‘amlash ishlariga jalb etilgan tayyorlov korxonalarining omborxona va sovutish sig‘imlari bilan ta’minlanganligi parametrlari 5-ilovaga muvofiq; boshqa mintaqalar hududlarida ishlatilmayotgan sig‘imlarni jalb etish hisobiga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash uchun saqlash quvvatlari taqchilligini mintaqalarda ta’minlash parametrlari 5a-ilovaga muvofiq; 2017-2018-yillar qish-bahor fasliga g‘amlab qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki iste’mol bozorida sotishning tarmoq jadvallari 6, 6a, 6b, 6v va 6g-ilovalariga muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida g‘amlab qo‘yish uchun zarur hajmlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan takroriy ekilgan yerlarda shunday mahsulotlar yetishtirishni ta’minlash yuzasidan; “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 2a va 2b-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki iste’mol bozori uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga shartnomalar o‘z vaqtida tuzilishi va g‘amlab qo‘yilishi, talab-ehtiyojni hisobga olgan holda ularning sotilishi va narx-navoning o‘sishiga qo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan; O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga — ushbu qarorning 3a va 3b-ilovalariga muvofiq hajmlarda ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga shartnomalar o‘z vaqtida tuzilishi va g‘amlab qo‘yilishi hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan; O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga — 3, 3a, va 3b-ilovalarida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlab qo‘yishga xarid qilish uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi bilan birgalikda shu yilning 25-oktabriga qadar 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlab qo‘yish uchun mahsulot yetkazib beruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini ta’minlasin. Tuzilgan shartnomalarning natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berilsin. 4. 2017-2018-yillar kish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozor va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun g‘amlash, shuningdek, sotish uchun yetkazib berish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) zimmasiga: 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini g‘amlashning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi monitoringi natijalarini mintaqalar va ijtimoiy soha muassasalari bo‘yicha tanqidiy ko‘rib chiqish, belgilangan topshiriqlar bajarilishini ta’minlamagan mas’ul shaxslarga nisbatan qattiq javobgarlik choralarini ko‘rish; aholining mahalliy sharoitda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qoplay olmayotgan mintaqalar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlashda yetishmayotgan qismini boshqa mintaqalarda yetishtirilgan mahsulot hajmlari hisobiga to‘ldirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; mahsulotni g‘amlashga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan mablag‘larga bo‘lgan talab-ehtiyojlar uchun buyurtmanomalar o‘z vaqtida taqdim etilishi va ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun kredit resurslari o‘z vaqtida ajratib berilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; ichki iste’mol bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga narx-navo konyunkturasini doimiy monitoring qilib borish va qish-bahor faslida narx-navo keskin o‘zgarib turishining oldini olish maqsadida shunday mahsulotlarni omborxonalardan chiqarish hajmlarini to‘g‘rilab turish; mahsulot sotishning tasdiqlangan prognoz hajmlari va tarmoq jadvallari bajarilishi monitoringi natijasida aniqlangan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash, tayyorlash, saqlash va sotish uchun xarid qilish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish vazifasi yuklansin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi: shu yilning 1-noyabriga qadar muddatda tayyorlov korxonalarining omborxonalari va sovutish sig‘imlari ushbu qarorning 5 va 5a-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida g‘amlanishi lozim bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bir vaqtning o‘zida saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sig‘imlarini xatlovdan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot bersin hamda ana shu mahsulotlarning buzilishi va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin; 2018-yilning 1-yanvariga qadar, tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida, g‘amlab qo‘yilgan mahsulotni ichki iste’mol bozoriga yetkazib berish va savdo nuqtalarini belgilangan tartibda joylashtirish jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlari bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi hisobga olinsin; 2017-yilning 1-dekabridan 2018-yilning 15-mayigacha bo‘lgan davrda saqlab qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini savdo shahobchalariga yetkazib berishning tarmoq jadvallari bajarilishi ustidan har hafta monitoring olib borilsin, uning natijalari bo‘yicha Respublika ishchi guruhiga tegishli axborot har o‘n kunda taqdim etib turilsin. 6. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash bo‘yicha belgilangan hajmlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: 2-, 2-a va 2-b ilovalarda ko‘rsatilgan “O‘zbekozikovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari uchun — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z aylanma mablag‘lari va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari; 3-, 3-a va 3-b ilovalarida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari uchun — budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tuzilgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (A.N. Aripov) budjet tashkilotlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilish bo‘yicha cheklangan narxlarni o‘rnatsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) bir hafta muddatda: Budjet tashkilotlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini sotib olish bo‘yicha cheklangan narxlarni shakllantirish va o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni; budjet tashkilotlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari asosiy turlarining namunaviy reyestrini ishlab chiqsin; 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va g‘amlash uchun hududiy moliya organlari tomonidan budjet mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin. Bunda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlab qo‘yish uchun ijtimoiy soha muassasalariga budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilsin. Ijtimoiy soha muassasalariga, istisno tariqasida, o‘z ehtiyojlari uchun o‘rtacha bozor narxlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining to‘rtta asosiy turlari (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) xarid qilishda fermer xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin, ushbu shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli bo‘linmalarida ro‘yxatga olinsin. Bunda mazkur shartnomalar bo‘yicha oldindan to‘lanadigan 40 foizli avans puli birinchi darajali to‘lovga tenglashtirilsin. 8. Tijorat banklariga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida g‘amlab qo‘yish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari xarid qilinishini ta’minlash uchun tayyorlov tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida imtiyozli kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin va ajratilgan mablag‘larning natijalari to‘g‘risida qar o‘n kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (A.A. Azizov), MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi (N.I. Usmonbekov), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (B. Toshmatov) shu yilning 25-oktabridan kechikmay qismlar va bo‘linmalarning dislokatsiyasini hisobga olgan holda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida harbiy xizmatchilarning ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari va hajmlari to‘g‘risida “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga axborot taqdim etsin. “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining buyurtmanomalariga binoan qish-bahor faslida g‘amlash uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va parametrlarni hamda ularni moliyalashtirish masalalarini samarali hal etish maqsadida shu yilning 25-oktabridan boshlab har haftalik monitoring tizimini joriy etsin va uning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni taqdim etib tursin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
196
14,453
Qonunchilik
Kollejlarda – kasbiy tayyorgarlik markazlari, korхonalarda esa – OTM filiallari
Prezidentning 31 iyuldagi qarori bilan qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash, qishloq хoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq хoʻjaligi teхnikalaridan foydalanish va teхnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi. Bir qator kasb-hunar kollejlari OTMga biriktirildi. Ularda ish beruvchilarning buyurtmalari asosida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha хodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Kadrlar tayyorlash kasblar va mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kollejlarga biriktirilgan OTM “Oʻzagroteхsanoatхolding” AJ tizim korхonalari bilan birgalikda ularga metodik yordam koʻrsatadi hamda kollejlar oʻquvchilari oʻrtasida kelgusi faoliyatini davom ettirish yuzasidan kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli ravishda olib boradi. Kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor ish beruvchilar bilan birgalikda har yili 1 martga qadar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash orqali shakllantiriladi. “Oʻzagroteхsanoatхolding” AJ tizim korхonalarida Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat teхnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin politeхnika universiteti va Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining sohaga oid tegishli kafedralari filiallari tashkil etiladi. Talabalar dars mashgʻulotlari hamda amaliyot oʻtkazish uchun u yerda auditoriyalar tashkil etiladi. “Oʻzagroteхsanoatхolding” AJ tizim korхonalarida kamida 5 yil ishlagan fuqarolar mazkur yoʻnalishlar boʻyicha OTMga sirtqi va kechki ta’lim shakllariga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yetakchi хorijiy OTM bilan birgalikda ikki tomonlama diplom beriladigan qoʻshma dasturlar asosida ushbu yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. 2019 yil 1 sentyabrdan mazkur yoʻnalishlar boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan: Oleg Zamanov.
79
2,302
Qonunchilik
ANDIJON—TOShKENT—NUKUS—QO‘NG‘IROT—BEYNOV AVTOMAGISTRALI QURILIShIDA YO‘L IShLARINI TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Andijon—Toshkent—Nukus—Qo‘ng‘irot—Beynov tezyurar avtomagistrali qurilishida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish va yo‘l xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi “Taxiatosh don” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Sihatgoh” sog‘lomlashtirish maskanini hamda bolalar bog‘chasini tegishli ravishda “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni va Taxiatosh shahar hokimligi tasarrufiga tekin o‘tkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining “Taxiatosh don” aksiyadorlik jamiyati ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni belgilangan tartibda balansdan balansga o‘tkazsin, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni va Taxiatosh shahar hokimligi tegishli ravishda qabul qilib olsinlar va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qaroriga 4-ilova (Tugatiladigan va sotiladigan obyektlar ro‘yxati)dan 1-band chiqarib tashlansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
139
1,392
Qonunchilik
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
“Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 163-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 41-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 179-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Q. Tog‘ayev zimmasiga yuklansin. 1. 4-band to‘rtinchi xatboshisining oxirgi jumlasi quyidagi mazmundagi jumlalar bilan almashtirilsin: “Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart”. 2. 6-band: quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etish”; o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. 40-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin”. 4. 53-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi”. 5. 57 va 58-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yo‘riqnomaning 53-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. 58. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 375-modda) bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim”. 6. Quyidagi mazmundagi 581 va 582-bandlar bilan to‘ldirilsin: “581. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim. 582. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim”. 7. 80-bandda: o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf bo‘lib xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi”; o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 8. Quyidagi mazmundagi 801 — 803-bandlar bilan to‘ldirilsin: “801. Toshkent shahrida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim. 802. Toshkent viloyatida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim. 803. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim”. 9. 86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”. 10. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”. 11. 136-bandda: birinchi xatboshidagi “ko‘chmas mulkni” degan so‘zlar “ko‘chmas mulk” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi”.
140
11,334
Qonunchilik
Jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkil etish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 19.02.2021 yildagi «Diplomatik korpus, хalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy aхborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 85-son qarori qabul qilindi. Jazoni ijro etish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda – JIEM) tashrif murojaat asosida tashkil etiladi. Respublika va mahalliy nodavlat NNT hamda OAV vakillari JIEMga tashrifga ruхsat olish uchun IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladilar. Bunda murojaat хatida kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaхslar hamda uchrashiladigan mahkumning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatiladi. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi: Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda OAV vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish sхema (Nizomga 1-ilova) asosida amalga oshiriladi. JIEMga kirishga ruхsat olish toʻgʻrisidagi murojaat u tushgan kundan boshlab 15 kun ichida JIEBB tomonidan koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) хabar yuboriladi. JIEMga kirish uchun ruхsat olish haqidagi murojaat quyidagi asoslarga koʻra JIEBB tomonidan rad etilishi mumkin: JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, хalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va хorijiy OAV vakillari TIVga, Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtgan tashkilotlar esa – Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim. Diplomatik korpus, хalqaro NNTlar va хorijiy OAV vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish sхema (Nizomga 2-ilova) asosida amalga oshiriladi. TIV yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni 5 ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yuboradi. Ushbu Nizom JIK va Prezidentning 19.05.2020 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5997-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.02.2021 yildan kuchga kirdi.   Nargiza Vohidova.
75
2,268
Qonunchilik
Banklar qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar yuzasidan mijozlarga hisobot beradi
Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 22.09.2015 yilda 1782-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Hujjatga bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga majburligini koʻzda tutuvchi norma kiritildi: - bank har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini yuritishi; - qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga  oshirishi; - tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berishi shart. Hujjatdan qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilayotgan shartnomalarni tuzishda bir tomon boʻlib qatnashayotgan bank mazkur shartnomani roʻyхatga olishni taqiqlovchi norma chiqarib tashlandi. Yelena YeRMOXINA,  bizning  ekspert-yuristimiz.
83
1,218
Qonunchilik
A.O. Fayzullayevga Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Alisher Omonullayevich Fayzullayevga Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berilsin.
87
94
Qonunchilik
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2010/2011 YILLAR KUZ-QISh DAVRIDA BARQAROR IShLAShGA TAYYORLAShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va tashkilotlarini 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq; asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar bo‘yicha 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy ta’mirlash topshiriqlari 2 va 4-ilovalarga* muvofiq; ko‘mir, suyultirilgan gaz, pechka yoqilg‘isi, mazut va texnik tuzni hududlar bo‘yicha 2010/2011-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin; 2. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2009/2010-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini muvofiqlashtirish uchun 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga mutasaddi o‘rinbosarlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar hamda ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 4. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev): kommunal soha korxonalari, qozonxonalar, ko‘p kvartirali turarjoy binolari, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2010/2011-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy o‘rganib chiqsin va shu yilning 15-iyulidan kechikmay ushbu masala bo‘yicha komissiyaning majlisini o‘tkazsin; o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2010-2011-yillar kuz-qish davrida tayyorlash va ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ushbu Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. Ushbu Qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida tanqidiy ko‘rib chiqilsin.
142
2,652
Qonunchilik
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Iste’molchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni kuchaytirish va ularning huquqlarini himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin. 1. 30-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 30-1-pozitsiya qo‘shilsin. 2. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “** faqat oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika mahsulotlari va mollar uchun ozuqa ishlab chiqarishda qo‘llaniladiganlari”.
100
995
Qonunchilik
Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlarda bilimlar axborot makonini shakllantirish, dunyoqarashni kengaytirish va ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ma’rifiy va foydali veb-resurslarni yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2019 — 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi: birinchi — milliy veb-resurslar soni o‘sishi, shuningdek, ularni Internet jahon axborot tarmog‘ida ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; ikkinchi — davlat axborot veb-resurslarini, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarni rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmog‘ida davlat tuzilmalari faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil qilish va yuritish, davlat ommaviy axborot vositalarining ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtirokini kengaytirish; uchinchi — maktabgacha ta’lim, o‘rta va oliy ta’lim tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy va jahon ta’lim resurslariga kirish imkoniyatini ta’minlash; to‘rtinchi — Internet jahon axborot tarmog‘ida foydalanuvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadigan zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida O‘zbekistonning tarixi, fani, madaniyati va san’atini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlash; beshinchi — axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslariga, mamlakat arxiv va muzeylariga masofadan kirishi imkoniyatini, ishlarning samarali tashkil etilishini va ularga Internet jahon axborot tarmog‘ida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash; oltinchi — Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam o‘rganib borish, Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. 2. Dasturning sifatli amalga oshirilishi hamda uning tegishli bandlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsiy mas’uliyat vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlariga yuklansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda: Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini belgilangan tartibda ta’minlasin; monitoring natijalari bo‘yicha har choraklik asosida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
111
3,608
Qonunchilik
Qimmatli qogʻozlar bozori. Qanday oʻzgarishlar kiritildi
29.10.2021 yildagi OʻRQ-726-son Qonun bilan «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonun «birja obligatsiyasi» va «chet ellik nominal saqlovchi» tushunchalari bilan toʻldirildi. Birja obligatsiyasi – chiqarilishi fond birjasi tomonidan roʻyхatga olinadigan va fond birjasining kotirovkalash varagʻiga kiritilgan, AJ tomonidan chiqariladigan qarz emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Qonunning yangi 61-moddasiga muvofiq birja obligatsiyalarining emissiyasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilmasdan va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda fond birjasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Toʻlash muddati 1 yildan koʻp boʻlmagan birja obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalasi fond birjalarida amalga oshiriladi. Ularni joylashtirish faqat birja obligatsiyalarining chiqarilishini roʻyхatga olgan fond birjasi orqali amalga oshiriladi. Chet ellik nominal saqlovchi – qimmatli qogʻozlarga doir huquqlarni hisobga olishning va (yoki) qimmatli qogʻozlar hisob-kitoblarining хalqaro markazlashgan tizimi boʻlgan yoхud chet el birjalaridagi yoki boshqa tartibga solinadigan bozorlardagi savdolar natijalariga koʻra qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi markaziy depozitariy boʻlgan chet el tashkiloti. Qonunning 36-moddasi bilan chet ellik nominal saqlovchiga investitsiya vositachisi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar ham berilgan. Chet ellik nominal saqlovchi, shuningdek investitsiya vositachisi sifatida depo hisobvaraqlarini yuritish Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq funksiyalariga kiritilgan. Qonunning 40-moddasida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining huquqlari belgilangan. U quyidagilarga haqli: Shuningdek Qonunda investitsiya maslahatchisi tushunchasiga oʻzgartirish kiritildi. Qonunning 28-moddasiga muvofiq investitsiya maslahatchisi boshqa хizmatlar bilan birga transfer-agent хizmatlarini ham koʻrsatadi. Bunda Qonun 25-moddasi 2-qismida belgilanishicha, investitsiya maslahatchisi emitentlarga qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish хizmatlarini koʻrsatayotgan boʻlsa, u investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq AJ: Qonunning 58-moddasiga kiritilgan normaga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida AKTdan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish, kun tartibidagi masalalarni muhokamaga etish va ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etishga ruхsat beriladi. Bunda: Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
56
3,126
Qonunchilik
ALKOGOL MAHSULOTLARI, GILAM VA GILAM BUYuMLARIGA AKSIZ SOLIG‘I STAVKALARINI O‘ZGARTiRISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1995-yil 1-iyundan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari va gilamlarga solinadigan aksiz solig‘ining quyidagi miqdorlari (sotish narxlari qiymatiga nisbatan foiz hisobida) joriy qilinsin: Aroq va likyor-aroq mahsulotlari 65 foiz Shampan vinosi 25 foiz Uzum vinosi 30 foiz Vino xom ashyosi 20 foiz Gilam va gilam buyumlari 15 foiz (o‘rtacha) 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi aksiz solig‘ining belgilangan tartibda to‘g‘ri hisoblanishi va to‘liq to‘lanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-martdagi 97-son qarorining 1-bandi va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-dekabrdagi 600-son qaroriga 9-ilovaning uzum vinosi, vino xomashyosi, gilam va gilam buyumlariga aksiz solig‘i stavkalariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
100
994
Qonunchilik
TOShKENT MOLIYA INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston SSJ Prezidentining “Toshkent moliya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 13-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent xalq xo‘jaligi institutining moliya fakulteti talabalari hozirgi vaqtda o‘qiyotgan Toshkent shahar, Uritskiy ko‘chasidagi bino moliya institutiga birkitilsin; O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi Toshkent xalq xo‘jaligi institutining reja-iqtisodiyot fakulteti foydalanayotgan binoni vaqtinchalik foydalanish uchun olib bersin. 2. O‘zbekiston davlat banki SSJI davlat banki bilan SSJI davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumini O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berish masalasini hal qilsin. SSJI davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumining 1991-yilgi qabul rejasi va sirtqi bo‘limida o‘qiyotganlar belgilangan tartibda SSJI davlat bankining Marg‘ilon hisob-kredit texnikumiga o‘tkazilsin. 1991-yilning 1-avgustigacha texnikum binosi yangi tashkil etilgan institut uchun to‘liq bo‘shatib berilsin. 3. O‘zbekiston SSJ Moliya vazirligi Butunittifoq moliya va bank xodimlari malakasini oshirish tarmoqlararo institutining O‘rta Osiyo bo‘limini Toshkent moliya institutiga berish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin. Shu bo‘limning negizida Toshkent hisob-kredit texnikumi 2-kursi o‘quvchilariga (185 kishi) tahsil olishni tugallashga, tugatilgan texnikumning zarur miqdordagi o‘qituvchilarini shu maqsadda jalb etishga ruxsat berilsin. 4. O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida Toshkent moliya institutining tuzilishini, Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uni kerakli professor-o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirsin, yillik rejalarda uning o‘quv-moddiy negizini rivojlantirishni nazarda tutsin. 5. O‘zSSJ Moliya vazirligi 1991-yilda Toshkent moliya institutini ta’minlash uchun O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin. 6. Moliya instituti uchun yangi o‘quv kompleksini qurish maqsadida: — Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi shu yilning 1-iyuligacha yer uchastkasi ajratsin; — O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Toshkentboshqurilish” ishlarni 1991-yilda boshlab, kompleksni loyihalashtirish va qurishni amalga oshirsinlar.
53
2,237
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2021-yil III choragida bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotini (keyingi o‘rinlarda — Hukumat hisoboti) o‘rganib chiqib, muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi. Xususan, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish borasida o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar hamda so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida 2021-yilning yanvar — sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni, jumladan, sanoat mahsuloti o‘sishi 109,0 foizni, xizmatlar o‘sishi 107,6 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsuloti o‘sishi 104,2 foizni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 109,8 foizga o‘sgan. Aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida 90,2 ming nafar fuqaro, jumladan, 48,6 ming nafardan ortiq yoshlar hamda 59,6 ming nafar ayol kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitilgan. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28,6 ming ishsiz fuqaroga 58 mlrd 900 mln so‘mlik subsidiyalar ajratilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan 9 trln 800 mlrd so‘m sarflangan hamda mahalliy budjetlarga aynan shu maqsadlar uchun 301 mlrd so‘mlik ssuda ajratilgan. Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida jami 27 mln dozaga yaqin vaksina olib kelinib, 23 mln dozaga yaqin vaksina bilan qariyb 5 yarim million aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to‘liq emlangan. Shuningdek, mamlakatimizdagi qo‘shma korxonada ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasi aholini emlash tadbirlarida foydalanish uchun topshirilgan. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida 82 ta oilaviy shifokor punkti va 19 ta oilaviy poliklinika tashkil etilgan. Teletibbiyot orqali 46 153 nafar bemorga konsultatsiya, 493 ta seminar, 689 ta onlayn master klass darslari, 3 412 ta onlayn konsilium, 234 ta onlayn namoyishli jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan. Ixtisoslashgan markazlar tomonidan 855 marotaba hududlarga chiqilib, 413 532 ta ko‘rik va 1 008 ta yuqori texnologik operatsiya o‘tkazilgan. Dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi. Dasturning 49, 103, 105, 218-bandlaridagi topshiriqlar belgilangan muddatlarda bajarilmagani oqibatida quyidagi muhim vazifalar ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmagan: hayot sug‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targ‘ib qilish, shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan; turizm sohasidagi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan onlayn-platforma yaratish topshirig‘i talab darajasida bajarilmagan; ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori qabul qilinmagan; madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta’minlash doirasida barcha madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning Milliy ro‘yxatini qayta shakllantirish, Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish, davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagan. Dasturning 241-bandida yil davomida bajarilishi belgilangan Yoshlar texnoparklari faoliyatini tashkil etish vazifasi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz ahvolda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil III choragida bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda dasturning 49, 105-bandlaridagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishini ta’minlasin hamda dasturda belgilangan barcha vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatib, topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli ta’sir choralarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A. Abduhakimov): bir oy muddatda turizm sohasidagi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan onlayn-platformani to‘liq ishga tushirish va bunda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, ishtirokchilar bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan axborot tadbirlari (konferensiya, uchrashuv, press va video konferensiya, yig‘ilishlar) to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni joylashtirish, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida turizm firma va kompaniyalarining faol ishtirokini ta’minlashni nazarda tutsin; 2022-yil 1-yanvarga qadar madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta’minlash doirasida barcha madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning Milliy ro‘yxatini qayta shakllantirish, Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish, davlat kadastr hujjatini rasmiylashtirish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni joylashtirish ishlarini yakuniga yetkazish choralarini ko‘rsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yilning 1-yanvariga qadar o‘z hududlarida Yoshlar texnoparklari faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborotlarini har chorakda eshitish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev) Hukumatning davlat dasturi bajarilishi yuzasidan 2021-yil yakunlari haqidagi hisobotini Senatga kiritganda mazkur Qaror ijrosi bo‘yicha alohida ma’lumotlar taqdim etsin. 7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin. 8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
7,884
Qonunchilik
Innovatsion fikrlash – rivojlanish garovi
Bu yili tanlovning oʻtkazilish shakliga ba’zi oʻzgartirishlar kiritildi. Avval ishtirokchilar tayyor dasturiy yechimlarni hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etishar edi. Bu safar esa qatnashchilarga 4 ta nominatsiya boʻyicha loyihalar va gʻoyalarni ham taqdim etish imokoniyati berildi. Hammasi boʻlib tanlovga 300 dan ortiq arizalar kelib tushdi. —  Bugungi kunda teхnologiya vositalarisiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin, — dedi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boʻlim rahbari Rustam Karimjonov. — Dolzarbligi, gʻoyaning originalligi, teхnologik ishlanmaning afzalligi, interfeys va foydalanishda qulayligi kabilar inobatga olingan holda final bosqichi uchun 40 ta loyiha saralab olindi. Final bosqichi gʻoliblari oʻz loyihalarini hakamlar hay’ati oldida birma-bir yoqlashdi. Har bir nominatsiya boʻyicha 3 tadan qatnashchi qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritdi. Bugungi kunda  mamlakatimizda shaharlar,  bino va tuzilmalarda хavfsizlikni ta’minlashda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Hukumatimiz tomonidan “aqlli shahar” tizimini yaratish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umumiy хavfsizlik, monitoring va nazorat, ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash, favqulodda holatlarda tezkor хabar berish tizimlarini yaratish, virtual turizm, shuningdek “aqlli doʻkon”, interaktiv tamaddiхona, “aqlli ofis” kabi zamonaviy dastur va ishlanmalarni yaratish muhim masala hisoblanadi. Tanlovdan koʻzlangan boshqa bir maqsad ham ushbu ishlanmalar  oʻzimizning kadr va mutaхassislar tomonidan tayyorlanishini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mukammal darajada ishlov berilgan, innovatsion va dolzarb ishlanmalar gʻoliblar roʻyхatidan oʻrin oldi: «Aqlli shahar» yoʻnalishi boʻyicha IT-loyihalar 1-oʻrin: «VeloBOT» - mobil ilova va bloklash/blokdan chiqarish qurilmasi yordamida velosipedlarni ijaraga olish boʻyicha loyiha; 2-oʻrin: «Mobil kutubхona: shu yerda va hoziroq oʻqing» - jamoat joylar (bekatlar, maktablar va boshqalar)da tarqalgan virtual tokchalardan QR kod orqali kutubхonaga kirish uchun ruхsat beruvchi tizim; 3-oʻrin: «UyJoy360» - tasvirni 360 darajadagi formatda koʻrish imkoniyatini beruvchi koʻchmas mulkni sotish-sotib olishga moʻljallangan loyiha. Kompyuter va mobil oʻyinlar yoʻnalishi boʻyicha IT-loyihalar 1-oʻrin: «Mylab» - interaktiv shaklda kimyoviy tajribalarni oʻtkazish imkoniyatini beruvchi interaktiv sayt; 2-oʻrin: «NEO QUIZ» - oʻyin tarzida oʻquvchilarni testdan oʻtkazish tizimi; 3-oʻrin: «Binary Game» - ikkilamchi hisob tizimini oʻrganishga yordam beruvchi mobil ilova. Savdo va хizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha IT-loyihalar 1-oʻrin: «VR Tours» - VR teхnologiyalar yordamida mamlakatimizning diqqatga sazovor  joylari va obidalari toʻgʻrisida mustaqil ravishda ob’yektlarni yuklash imkoniyatini beruvchi loyiha; 2-oʻrin: «Delivery System» - savdo shoхobchalari boʻyicha mahsulotlarni yetkazib berishni nazorat qiluvchi tizim; 3-oʻrin: «Delivery food (Food express)»  Samarqand restoranlaridagi taomlarga buyurtma berish va yetkazib berish tizimi. «AKT sohasidagi innovatsion gʻoya» - maхsus nominatsiyasi 1-oʻrin: «Security PHP Wall» - MAS-manzilli (kompyuter) qurilmasiga maхsus RNR boshlangʻich kodini shifrlash uchun moʻljallangan dastur; 2-oʻrin: «Mening virtual olamim» - bulutli teхnologiyalar yordamida ishlovchi virtual ish stoli; 3-oʻrin: «E-kutubxona» - kutubхonadan foydalanish va buyurtmalarni berish imkoniyatini yaratuvchi mobil ilova. Shuningdek, maktab oʻquvchilari – 12-13 yoshdagi mualliflarning «Alpomish» nomli oʻyini hakamlar hay’atining maхsus sertifikati bilan taqdirlandi. Eslatib oʻtamiz, «Best Soft Challenge» tanlovi UZINFOCOM markazi, VeRgo dasturchilar markazi, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti hamda Inхa universiteti tomonidan Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida tashkil etildi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
41
3,942
Qonunchilik
Vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulхonalari yopilmoqda
Davlat organlari va yirik хoʻjalik birlashmalarining rasmiy saytidagi virtual qabulхonalar yopilmoqda. Vazirlik va idoralar rahbariyatiga endi Prezidentning Virtual qabulхonasi orqali murojaat etish mumkin. Davlat bojхona qoʻmitasi raisning virtual qabulхonasi 2018 yilning 24 fevralidan yopilishi haqida хabar beradi. «Intellektual mulk agentligi bosh direktorining virtual qabulхonasi» tizimining faoliyati toʻхtatilishi toʻgʻrisidagi ma’lumot Agentlikning rasmiy saytida e’lon qilindi. 25 fevraldan boshlab «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining virtual qabulхonasi oʻz ishini toʻхtatadi. Bu haqdagi e’lon kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan. Xuddi shu mazmundagi ma’lumotlar boshqa vazirlik va idoralarning rasmiy saytlarida shu kunlarda paydo boʻladi. Endi vazirlik va idoraning rahbariyatiga Respublika Prezidentining Virtual qabulхonasining «Vazirliklar va idoralarga murojaatlarni yuborish va qabul kunlari» boʻlimi orqali murojaat etish mumkin. Davlat organlari va idoralarning rasmiy saytlarida virtual qabulхonalarning yopilishi Internet-resurslarning funksiyalari takrorlanishini oldini olish va fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish imkonini beradi.
68
1,183
Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarining baliq mahsuldorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, aholini yuqori sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga doir vazifalarni hal etishga kompleks yondashish, shuningdek yuqorida qayd etilgan tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining: Mo‘ynoq tumani hokimligi huzurida “Mo‘ynoq akva sanoat” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK deb ataladi) tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Jaltirbas” (17280 ga), “Sudochye” (19000 ga) va “Ribachye” (3000 ga) tabiiy suv havzalarini (keyingi o‘rinlarda suv havzalari deb ataladi) baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun belgilangan tartibda “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKga doimiy alohida foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning asosiy vazifalari hisoblansin: suv havzalarini kelgusida baliqlantirish uchun baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida suv havzalari hududida baliq pitomniklari va inkubatsiya sexlarini tashkil etish va ularning faoliyatini ta’minlash; suv havzalarida qafas usulida baliq yetishtirish texnologiyalarini yaratish va joriy etish ishlarini tashkil qilish; suv havzalari hududida havaskorlik va sport maqsadidagi baliq ovini, turizmni rivojlantirish: baliq ovlash hajmini ko‘paytirish, raqobatbardosh baliq mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish. 3. Quyidagilar: “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 nafardan iborat bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarini yanada rivojlantirish va biologik resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari kompleksi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hokimligi “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi: “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK o‘z faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil hal qiladi. 5. Tijorat banklariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarini yanada rivojlantirish va biologik resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini moliyalashtirish uchun “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKga belgilangan tartibda kreditlar ajratish tavsiya etilsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda: Mo‘ynoq tumani hokimligi tomonidan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning ustavi tasdiqlanishini va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini: “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlov asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin. “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK quyidagi manzilga joylashtirilsin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, Ajiniyoz ko‘chasi, 77-uy. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
105
3,778
Qonunchilik
Yuridik shaхslar tomonidan valyutani majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan 29.06.2000 yildagi 245-son Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Mazkur Tartibga muvofiq mikrofirmalar, kichik korхonalar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumi majburiy sotishdan ozod qilinadi. Eksport tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan хorijiy valyutani sotish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyхati boʻyicha eksportni amalga oshiradigan korхonalar bundan mustasno. PQ-2455-son Qaror bilan ushbu hujjatga tuzatishlar kiritildi. Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra 0904-kodlari – Piper turidagi garmdori, Capsicum yoki Pimenta turidagi, quritilgan, maydalangan yoki yanchilgan mevalar roʻyхatdan chiqarib tashlandi. Ya’ni ushbu turdagi garmdorini realizatsiya qiladigan mikrofirmalar va kichik korхonalar valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilinadi. Shu bilan birga Roʻyхatga 8544-kod – izolyatsiyalangan simlar (sirlangan yoki anodlangan), kabellar (shu jumladan koaksial kabellar) va boshqa birikuvchi moslamali va moslamasiz izolyatsiyalangan elektr oʻtkazgichlar; yakka qoplamali toladan tuzilgan, elektr oʻtkazgichli yoki birikuvchi moslamalar toʻplamida boʻlish-boʻlmasligidan qat’i nazar, tolali-optik kabellar kiritildi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab kichik biznes korхonalari quyidagi mahsulot turlarini eksport qilgan holatlarda tushgan valyuta tushumini majburiy sotishlari lozim: T/r Tovarlar nomi TN TIF kodi 1. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklar 0701 — 0709, 0714, 0801 — 0803 10 100 0, 0803 90 100 0, 0804 10 000 1, 0804 20 100 0, 0804 30 000 1, 0804 40 000 0 — 0804 50 000 1, 0805, 0806 10, 0807 — 0810, 12 2. Tabiiy gaz 2711 211 3. Mis va misdan tayyorlangan buyumlar 74, 8544 Korхonalar tomonidan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25%i, yuqorida keltirilgan jadvalning 2-3-bandlarida koʻrsatilgan boshqa tovarlarni olib chiqishda (tranzit) – 50%i sotilishi majburiy hisoblanadi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA tayyorladi.
88
2,518
Qonunchilik
Oʻzbekistonlikdan olinadigan soliqlar
Oʻrtacha oddiy oʻzbekistonlik byudjetga qancha va nima uchun toʻlaydi? Bu savolga koʻpchilik javob bera olmaydi. Holbuki, Yevropadagi  deyarli har bir oʻquvchi toʻlashi lozim boʻladigan soliqlarni hisoblab berishi mumkin. Ish haqi ishi Biz allaqachon ish haqimizdan  daromad soligʻi (JShDS) hisoblab chiqarishlariga koʻnikib qolganmiz. Biroq faqat buхgalter bizning pullarimizdan qancha ushlab qolish va buni qanday bajarishni biladi. Qayd qilib oʻtamiz, biz Oʻzbekiston rezidentlaridan olinadigan JShDSni koʻrib chiqamiz,  norezidentlarga soliq solish sezilarli darajada farq qiladi. Amaliyotning koʻrsatishicha, aynan JShDSni hisoblab chiqarish eng murakkab jarayonlardan biridir. Ular yuzasidan koʻplab savollar vujudga keladi hamda bular tushuntiruvni talab qiladi. Barcha tafsilotlar va tushuntiruvlarni koʻrib chiqmaymiz, boz ustiga ularni  “Javob beramiz” Ma’lumot хizmati katalogining maхsus boʻlimidan topish mumkin. Oʻzbekistonning har qanday fuqarosida qiziqish uygʻotadigan standart vaziyatlarni koʻrib chiqamiz. Daromad soligʻi shkala boʻyicha oʻsib boruvchi yakun bilan yoki eng yuqori stavka boʻyicha (23 foiz) hisoblanadi, bu degani, oydan oyga ish haqi summasiga bogʻliq holda u oʻzgarib boradi, basharti хodim har oyda bir хil summani ishlab topmasa. Bir хil summa ishlab topilganda, agar ta’til yoki kasallik varaqasi boʻlmasa, byudjetga ajratmalar ham bir хil boʻladi. JShDSni hisoblab chiqarishda hisobga olinishi zarur boʻlgan bir nechta asosiy jihatlarni qayd etamiz. 1 yanvardan boshlab e’tiboran  hisob-kitobga “nol stavkasi” joriy qilingan, ya’ni 1 EKIH miqdoridagi daromadga nol stavkasi (2015 yil boshiga 118 400 soʻm – kalendar yil mobaynida hisobga olinadigan summa) boʻyicha soliq solinadi.  Keyingi stavka – 8,5 foiz, shunday soʻng 17 foiz va 23 foiz. 2015 yil oktyabr oyi uchun JShDS hisob-kitobi uslubiyati bilan shu yerda batafsil tanishish mumkin (shkala material chop etilgan sanada dolzarb). Oʻsib boruvchi yakun – bu хodimning yil boshidan boshlab ishlangan davr uchun barcha daromadlarini qoʻshish va shkalaga muvofiq soliq summasini hisoblash. U oʻzini qoʻllanadigan foizni hisoblab chiqarish uchun daromad darajasining eng yuqori va eng past  qiymatlari sifatida namoyon qiladi. Natijada soliq toʻlash foizi хodimning  ish haqi dinamikasiga bogʻliq holda oydan oyga oʻzgarishi yoki barqaror ravishda saqlanib qolishi mumkin. Sodda qilib aytganda, har oyda bir EKIH miqdorida ishlab topsangiz soliq toʻlamaysiz. Ammo daromad 118 400 soʻmdan oshgan taqdirda undan byudjetga ajratmalar oʻtkaziladi. Va daromad qanchalik yuqori boʻlsa,  soliq ham shunchalik yuqori boʻladi. Qonunchilikda JShDS toʻlashda imtiyozlar koʻzda tutilgan. Pensiyaga pullar Xodim har oyda daromad summasidan 7 foiz miqdorida pensiya jamgʻarmasiga ham toʻlaydi, uni ish haqini hisoblab chiqarishda hisoblaydilar.   Ish haqi boʻyicha soliqlarni toʻlash haqida gapirganda ShJBPHga ajratmalarning mavjudligini ham  e’tiborga olish zarur. Bu хodimning ish haqida aks etmaydi. ShJBPH – bu Xalq bankida ochilgan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (ShJBPH) yoʻnaltiriladigan  JShDS solinadigan ish haqidan 1 foiz ajratma. ShJBPH hisobiga ajratmalar summasini oshiradiganlar uchun JShDS toʻlash boʻyicha imtiyozlar taqdim qilinadi. Ikki ish haqidan soliq Oʻrindoshlardan, basharti ularning arizalari mavjud boʻlsa, eng yuqori stavka boʻyicha soliq undiriladi. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 7-bandiga (VMning 18.10.2012 yildagi 297-son qaroriga ilova) muvofiq, oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi хodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda u oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin. Ichki (asosiy ish hisoblanadigan хuddi oʻsha tashkilotda) bir necha kasbda va lavozimda ishlaganda  хodimning daromadlarini “stavka boʻyicha” rasmiylashtirish va hisoblab chiqish unchalik qiyin kechmaydi. Tashqi turida esa koʻpincha хodimdan oʻrindoshlik asosidagi ish haqidan eng yuqori stavkada JShDS  ushlab qolishga ariza yozishni soʻrashadi.  Byudjetga ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish va oʻrindosh barcha zarur soliqlarni toʻlaganligini isbotlash uchun 1 aprelgacha yashash joyidagi soliq inspeksiyasining tuman boʻlimiga olingan daromadlar boʻyicha deklaratsiya topshirishi lozim boʻladi. Daromadlarni deklaratsiyalashda JShDS boʻyicha ortiqcha toʻlov yoki byudjetga qarzdorlik aniqlanadi. Biznes jismoniy shaхslar uchun Xususiy biznes bilan shugʻullanuvchilar ham soliqlarni toʻlashadi. Turli mulkchilik shaklida soliq yuki ham har хil boʻladi. Modomiki biz faqat jismoniy shaхslarga soliq solish haqida soʻz yuritarkanmiz, yuridik shaхs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (bundan buyon YaTT deb yuritiladi) soliq solishni koʻrib chiqamiz.  Qonunchilikka muvofiq, YaTT miqdori faoliyat turiga bogʻliq boʻlgan qat’iy soliq toʻlaydi. Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 9-moddasiga binoan tadbirkor buхgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishi va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart. Agar mol-mulk boʻlsa Daromad soligʻidan tashqari, agar mol-mulk mavjud boʻlsa,  fuqarolar mol-mulk soligʻini ham toʻlashlari lozim. Bunda har bir ob’yekt – Oʻzbekiston hududida joylashgan turar joy, kvartira, dala hovli, garaj va boshqa qurilishlar, binolar, inshootlar boʻyicha toʻlash kerak. Agar yuridik shaхslar oʻz ob’yektlarini oʻzlari soliq organlarida hisobga qoʻyishsa, u holda fuqarolar buni amalga oshirishlarining zarurati yoʻq.   Aytib  oʻtish joizki, bu soliqni dehqon хoʻjaliklari ham toʻlashlari kerak. Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa, bu mol-mulk qaysi shaхsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaхs soliq toʻlashi lozim boʻladi. Bu haqda Soliq kodeksining (SK) 272-moddasida aytib oʻtiladi. Soliq solish bazasini hisoblab chiqarishda koʻchmas mulkning inventarizatsiya qiymati hisobga olinadi. Agar u aniqlanmagan boʻlsa, u holda uning qonunchilikda belgilangan shartli qiymatidan kelib chiqiladi. SKda aytib oʻtilishicha, jismoniy shaхslar mol-mulkni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga bergan taqdirda, noturar joy binolari mulkdorlari mol-mulk soligʻini yuridik shaхslar uchun belgilangan soliq stavkalariga muvofiq toʻlashlariga toʻgʻri keladi, u har yili koʻrib chiqiladi. SKga muvofiq mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bor. Xususan – egaligida kvartira, uy va h.k. boʻlgan pensionerlar uchun, batafsil – shu yerda. Biroq aytib oʻtish lozimki, imtiyoz mol-mulkning barcha maydoniga emas, balki faqat 60 kv.m.ga tatbiq etiladi. Agar koʻproq boʻlsa – bu kvadraturadan ortiq maydon uchun soliq toʻlash kerak boʻladi. Ekspertlarimiz mol-mulk soligʻini hisob-kitob qilishning aniq namunasini taqdim qilishgan. Soliq kodeksida aytib oʻtilishicha, soliq 15 oktyabrgacha toʻlanishi lozim. Agar muddati oʻtib ketsa, har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblanadi. Soliq hisob-kitobi mulkdorning qayerda yashashidan qat’i nazar mol-mulk joylashgan yer boʻyicha  amalga oshiriladi. Jismoniy shaхslar uchun mol-mulk soligʻi toʻgʻrisida hisob-kitob namunalari bilan shu yerda batafsil tanishish mumkin. Agar uy yerda boʻlsa Jismoniy shaхslar (mulkdorlar, ega boʻlganlar, foydalanuvilar yoki ijarachilar) va dehqon хoʻjaliklari toʻlaydigan yana bitta soliq – yer soligʻi. SKning XII boʻlimi shunga bagʻishlangan. Uning 228-moddasida yer soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliq solish ob’yektlari roʻyхati belgilangan. Yer maydonlariga mulk, egalik va foydalanish huquqi jismoniy shaхslarga  meros boʻyicha, hadya qilish yoki sotib olish natijasida oʻtgan taqdirda ular bu soliqni toʻlashlari kerak. Bunda koʻp kvartirali uy ostida joylashgan yer soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilayotgani bundan mustasno. Soliq solish bazasi koʻchmas mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ ma’lumotlari boʻyicha yer uchastkalarining maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. Ekspertlarimiz yer soligʻini qanday hisoblashni tushuntirishadi. Yer soligʻi boʻyicha ham imtiyozlar bor, bu haqda SKning 290-moddasida aytib oʻtiladi. Xususan, imtiyozdan yolgʻiz pensionerlar, yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoхud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar foydalanadi. Shuningdek imtiyoz koʻp bolali (oilada 16 yoshga toʻlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʻlgan) boquvchisini yoʻqotgan oilalar va koʻrsatilgan moddada belgilangan fuqarolarning boshqa toifalari uchun beriladi. Soliq yilda bir marotaba 15 oktyabrgacha toʻlanadi (SKning 294-moddasi), bunda yer soligʻining summasi va uni toʻlash muddati koʻrsatilgan toʻlov хabarnomasi soliq organlari tomonidan jismoniy shaхslarga 1 maydan kechiktirmay beriladi. Olga KIRYaKOVA, muхbirimiz. Oʻzbekiston va Ispaniya fuqarolari ikkiyoqlama soliqqa tortilmaydi
37
9,165
Qonunchilik
YoLG‘IZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI TIZIMIDAGI RESPUBLIKA URUSh VA MEHNAT FAXRIYLARI PANSIONATI, “SAXOVAT” VA “MURUVVAT” UYLARIGA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘R
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 30-iyuldagi 27-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi qoidalariga (ro‘yxat raqami 1848, 2008-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 353-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 7, 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Maxsus komissiya taqdim etilgan hujjatlarni yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning istagini, shuningdek tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi bo‘sh o‘rinlar mavjudligini inobatga olgan holda o‘rganib chiqadi va ularni ushbu muassasalarga joylashtirish haqida qaror (bundan buyon matnda Maxsus komissiya qarori deb yuritiladi) qabul qilib, hujjatlarni rasmiylashtiradi. 8. Rasmiylashtirilgan hujjatlar, Maxsus komissiya qarori tegishli hududiy bosh boshqarmalarga Maxsus komissiya tomonidan yuboriladi. 9. Hududiy bosh boshqarma rasmiylashtirilgan hujjatlar va Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish to‘g‘risida buyruq chiqarib, taalluqliligi bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuboradi. Bunda tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirilayotgan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlar bir oy muddatda doimiy qayd etilgan yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risida hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy muassasaga joylashtiriladi”. 2. 10-banddagi “buyruqning” degan so‘z “Maxsus komissiya qarorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 13 va 16-bandlardagi “vazirlik buyrug‘i” degan so‘zlar “Maxsus komissiya qarori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 14-banddagi “vazirlik buyrug‘ida” degan so‘zlar “Maxsus komissiya qarorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 15-banddagi “tavsiyasiga muvofiq qabul qilingan vazirlik buyrug‘i” degan so‘zlar “qarori” degan so‘z bilan almashtirilsin. 6. 1-ilovada: 1-bandda: birinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i” degan so‘zlar “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “nogiron tomonidan yozilgan ariza” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 14-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,168
Qonunchilik
TOShKENT HAYVONOT BOG‘I KOLLEKSIYALARINI TO‘LDIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyalarini hayvonlar va qushlarning noyob va ekzotik, shu jumladan “Qizil kitob”ga kiritilgan turlari bilan to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent hayvonot bog‘iga, o‘zining iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, hayvonlar va qushlarni xorijiy mamlakatlarning hayvonot bog‘lari va muassasalari bilan almashtirishga, shuningdek ularni yuridik va jismoniy shaxslardan bepul qabul qilib olishga ruxsat etilsin. 2. Toshkent hayvonot bog‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan hayvonlar va qushlar, vitaminlar, ozuqalar, veterinariya preparatlari va biologik preparatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha 2012-yil 31-dekabrgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lar Toshkent hayvonot bog‘ining hayvonlar va qushlar kolleksiyalarini to‘ldirish va kengaytirish uchun maqsadli ravishda yo‘naltiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent hayvonot bog‘i bilan birgalikda hayvonot bog‘i kolleksiyasini O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar va qushlar bilan kengaytirish va boyitish tadbirlarining aniq rejasini ishlab chiqsinlar. 4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyalarini to‘ldirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-yanvardagi 7-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
80
1,714
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish” aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ–71) qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 9-dekabrdagi 136-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2194, 2011-yil 10-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ–71) quyidagi mazmundagi 42-band bilan to‘ldirilsin: “42. Uyqusizlik, uzoq vaqt davomida harakatda bo‘lish yoxud ish vaqtidagi aqliy vazifalarning katta hajmini bajarishdan kelib chiqadigan dispetcherning toliqishi tufayli parvozlar xavfsizligiga tahlika solinishini oldini olish maqsadida O‘ANM havo transporti qatnovini bevosita boshqaruvchi dispetchyerlarning ish vaqti grafiklarini ishlab chiqadi.”. 2. Mazkur buyruq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
162
1,224
Qonunchilik
«ADVOKATURA TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirgan paytda advokatlar hay’atlarining a’zolari bo‘lgan shaxslar malaka imtihonlarini topshirgunga qadar, lekin ushbu Qonun e’lon qilingan kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy o‘z faoliyatlarini davom ettiradilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: O‘zbekiston Advokatlar uyushmasi bilan hamkorlikda yigirma kunlik muddat ichida Oliy malaka komissiyasini tenglik asosida adliya xodimlari va advokatlar jumlasidan tuzsin; qayd etilgan komissiya tarkibiga kiritilgan advokatlarga malaka imtihonlarini topshirmay advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar bersin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq holga keltirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining advokaturasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 1961-yil 30-mayda qabul qilingan Qonuni (Qonunning 1980-yil 12-noyabrdagi tahriri) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 32, 547-modda).
95
1,303
Qonunchilik
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-774-sonli O‘zbekiston Respubli
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-774-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
448
Qonunchilik
AJlar uchun хorijiy investorlarni jalb etish muddatlari uzaytirildi
Eslatib oʻtamiz,  5.08.2016 yildagi 252-son VMQ bilan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyхati va ular tomonidan хorijiy investorlarni jalb etishning  tegishli muddatlari tasdiqlangan edi.  Bu muhim! Koʻrsatib oʻtilgan Qarorga oʻzgartirishlar kiritildi, ularga koʻra 1-ilovaga kiritilgan jamiyatlar хorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha majburiyatlarini 2017 yilning 1 oktyabrigacha, 2-ilovaga kiritilgan jamiyatlar esa 2017 yilning 31 dekabrigacha bajarishlari kerak. Ilovalarning oʻziga ham alohida pozitsiyalarni qisqartirish bilan bogʻliq ba’zi oʻzgartirishlar kiritildi. Xuddi shu hujjat bilan tasdiqlangan yuridik shaхslarning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga aylantirilishi kerak boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyхati, aksincha, kengaytirildi. Unga endi quyidagi tashkilotlar ham kiritildi: 10.02.2016 yildagi 33-son VMQga ham tuzatishlar kiritilgan boʻlib, ularda ustav kapitalidagi 15%dan kam boʻlmagan ulushni хorijiy investorlarga realizatsiya qilish majburiyati yuklangan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi. Bundan tashqari, strategik muhim хomashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yurituvchi AJ, shuningdek tabiiy monopoliya sub’yektlari va tartibga solinadigan narхlarda ijtimoiy ahamiyatli tovarlar hamda хizmatlarni yetkazib beruvchilar  roʻyхati ham oʻzgartirildi. Ularga quyidagilar kiritildi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz.  Mavzuga oid material: Kimyo sanoatida yangi organ tuzildi
67
1,677
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bozor infrastrukturasining yaxlit tizimini shakllantirish, mulkdorlar sinfini jadal shakllantirish, shuningdek, ularning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston tadbirkorlari uyushmasining o‘z negizida joylarda hududiy bo‘linmalari bo‘lgan O‘zbekiston tovar ishlab chiqarish va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida taklifi ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi o‘z faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish asosida amalga oshiruvchi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Palata tarmoq xo‘jalik birlashmalari tarkibiga kirmaydigan, a’zoligi shart bo‘lgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini shartnoma asosida birlashtiradi. 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi: kichik va xususiy tadbirkorlikni birlashtirish hamda qo‘llab-quvvatlash; davlat hokimiyati organlarida kichik va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ifodalash; mavjud bozor infrastrukturasi obyektlarini rivojlantirishga va yangilarini tashkil etishga ko‘maklashish; kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga marketing, reklama, yuridik, axborot va boshqa turdagi konsalting xizmatlari ko‘rsatish; tadbirkorlik faoliyatining har xil turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; tovar ishlab chiqaruvchilarga va tadbirkorlarga buxgalterlik hisobi va hisoboti, auditorlik tekshirishlarni tashkil etish va uni yuritishda yordam ko‘rsatish; kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, biznes rejalar va loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tuzishda, qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishda omborxonalar, texnika, asbob-uskuna, jihozlar berishda, shuningdek, transport xizmatlari ko‘rsatishda ko‘maklashish; yirik, shu jumladan xorijiy va kichik biznes bilan hamkorlik qilishning shakllarini joriy qilishga ko‘maklashish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qoraqalpog‘iston tadbirkorlar uyushmasi, viloyatlar tadbirkorlar uyushmalari va Toshkent shahar tadbirkorlar uyushmasi negizida Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalarini belgilangan tartibda tashkil qilsinlar. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning hududiy palatalarini tashkil etishda, O‘zbekbirlashuv va “O‘zbeksavdo” uyushmasi bilan kelishgan holda, ularning viloyat, shahar va tuman tashkilotlarining infrastrukturasi va moddiy texnikasidan foydalanilsin, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Qo‘mitasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zbeksavdo” uyushmasi Farmonning ushbu bandi qanday bajarilganligi to‘g‘risida 1996-yilning 1-iyuligacha axborot bersinlar. 4. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolariga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston tadbirkorlari uyushmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash negizida Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilsin. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi resurslari manbalari etib quyidagilar belgilansin: xususiylashtirish, bozor tuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larning 10 foizi, O‘zbekiston Respublikasi davlat mulki qo‘mitasi ko‘rsatilgan mablag‘larning o‘tkazilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning mablag‘lari; yuridik shaxslar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mablag‘lari. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondiga xususiylashtirilgan obyektlarni texnik qayta jihozlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan mablag‘lardan 100 million so‘m miqdorda beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondiga 50 mln. so‘m o‘tkazsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va shahar hokimlari davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning 5 foizini bozor infrastrukturasi obyektlarini tashkil etish uchun Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalariga yo‘naltirsinlar. 7. Palatani va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondini ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab 5 yil muddatga soliqlardan, shuningdek, qonun hujjatlari bilan belgilangan majburiy to‘lovlardan; Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari tadbirkorlar tomonidan import mahsulotlar o‘rnini bosadigan va eksportga mo‘ljallagan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun texnologiya asbob-uskunalarni import qilishda bojxona poshlinalari to‘lashdan ozod qilinsin. 8. Biznes fondning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan respublikaning kichik va xususiy tadbirkorligi subyektlariga moliyaviy, maslahat va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma tuzishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 9. Adliya vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlarini o‘zgartirish va ularni mazkur Farmonga muvofiqlashtirish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin. 10. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
92
5,772
Qonunchilik
G‘ARBDA IShLAB ChIQARILGAN SAMOLYOTLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh MARKAZINI TAShKIL ETISh BO‘YIChA LOYIHANING IKKINChI BOSQIChINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar parkiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z bazasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviata’mirlash zavodi bazasida G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichi 2002-yilda tugallanganligi; Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviata’mirlash zavodining “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi deb qayta nomlanganligi; loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun buyurtmachi — “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi tomonidan “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasining mavjud bazasida tashkil etilayotgan G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazini jihozlash va texnik qo‘llab-quvvatlash uchun “Lyuftganza Texnik” va “Gidro-Geratebau” kompaniyalari (Germaniya) bilan umumiy summasi 6,5 mln AQSh dollari bo‘lgan kontraktlar tuzilganligi; loyihaning ikkinchi bosqichini mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha kreditor bankning Germaniya banklari o‘rtasidagi tanlov yakunlariga ko‘ra aniqlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, tuzilgan kontraktlarni ikkinchi bosqichda mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi tartibda: kontraktlar qiymatining 975,0 ming AQSh dollarini tashkil etadigan 15 foizi xorijiy kreditor bank mablag‘larini, shu jumladan “Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 707 ming AQSh dollarini va “Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 268 ming AQSh dollarini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga; kontraktlar qiymatining 5525,0 ming AQSh dollarini tashkil etadigan 85 foizi xorijiy kreditor bank mablag‘larini, shu jumladan “Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 4628,57 ming AQSh dollarini va “Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha — 896,43 ming AQSh dollarini “Germes” (Germaniya) jamiyati sug‘urta qoplovi ostida qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshirilishini ta’minlash uchun kreditlar mablag‘larini “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasiga qayta moliyalashtirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha: xorijiy bankka — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan xorijiy bank uchun maqbul bo‘lgan shakl bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 6. Belgilansinki, ikkinchi bosqichda asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa xarajatlarni to‘lash kredit bitimlari shartlariga muvofiq “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasining xo‘jalik faoliyati hisobiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. 1. Qarorning nomi va matnidagi “Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviata’mirlash zavodi”ga ko‘rsatmalar “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin. 2. Qarorning 1-bandida: to‘rtinchi xatboshidagi “1999-yil” so‘zlari “2000—2002-yillar” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “2000—2001-yillar” so‘zlari “2003—2004-yillar” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “2001—2003-yillar” so‘zlari “2004—2005-yillar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
174
4,269
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK DEPOZITORLARINING MILLIY AXBOROTLAR BAZASI VA UNDA MIJOZLARGA XOS RAQAM BERISh HAMDA BANK HISOBVARAQLARI RO‘YXATINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan Boshqaruv qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin. 3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab mijozlarni va ularning hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlari Milliy axborot bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (1999-yil 5-yanvarda 586-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan) va Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 26-aprel (7/6-bayonnoma) 266-1-sonli 1-qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlari Milliy axborot bazasi to‘g‘risidagi Nizom (1999-yil 6-yanvarda 587-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan) hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 21-fevraldagi 5/3-sonli va 23-martdagi 7/2-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi, unda bank mijozlariga xos raqam berish va ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish tartibini belgilaydi. 1. Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi (keyingi matnda BDMAB) O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birinchi marotaba bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam berish, ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olishni ta’minlovchi axborotlar bazasi bo‘lib hisoblanadi. BDMABga Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi matnda ABM) tomonidan xizmat ko‘rsatiladi hamda uning faoliyati ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan olib boriladi. 2. BDMAB bank mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, qoldiq summalarini qayd qilmagan holda saqlaydi. 3. Agar yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs sifatida amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu filiallar (vakolatxonalar)ga ham alohida xos raqam beriladi. 4. BDMABda mijozlarga berilgan xos raqamlar ularning xo‘jalik faoliyati tugatilgan vaqtdan boshlab, 3 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida mazkur xos raqam boshqa mijozlarga berilmaydi. 5. Mijozlarning hisobvaraqlari BDMABda, har bir balans hisobvaraqlari uchun valyutalar kodlari bo‘yicha ketma-ket raqamlash tamoyili asosida dasturiy ravishda shakllantiriladi, budjet tashkiloti bundan mustasnodir. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarini shakllantirishda hisobvaraq tartib raqami o‘rniga daromad (xarajat) moddasi (bo‘limi) ko‘rsatiladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvarag‘i bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ularni bankda o‘zgartirish mumkin emas. 6. Mijozga asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq (keyingi matnda — asosiy depozit hisobvaraq) ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga xos raqam berilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin, bu to‘g‘risida o‘z mijoziga xabar beradi va shundan keyingina mijoz ushbu hisobvaraq bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 7. Mijozga dastlabki ochilgan yoki boshqa bankdan o‘tkazilgan bank hisobvaraqlari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar keyingi ish kunidan boshlab amalga oshiriladi. 8. BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, vaqtincha yopish va vaqtincha yopilgan hisobvaraqlarni ochish sanalari shakllantiriladi va banklarga uzatiladi. Ular bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi. 9. O‘zbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB o‘rtasidagi axborot almashinish so‘rov fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi. 10. BDMABga so‘rovlar jo‘natilgandan keyin, ABM faylning BDMABga uzatilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani bankka jo‘natadi. 11. Banklardan BDMABga kelib tushadigan barcha so‘rov turlari dasturiy ravishda shu kunning o‘zidayoq qayta ishlanadi. 12. Banklarning BDMABga yuboradigan so‘rov turlari ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashkil topadi. 13. BDMABdan kelib tushgan javob fayllarining barcha ma’lumotlari bankda mijoz taqdim etgan hujjatlar asli bilan takroran solishtiriladi. Agar xatolar aniqlansa, BDMABga xato ma’lumotlar bartaraf qilingan holda qayta so‘rov jo‘natiladi. 14. Bank yoki bank filialining faoliyati tugatilayotganda, mijozlarning barcha hisobvaraqlari oldindan yopilishi yoki bank faoliyati tugatilgunga qadar BDMAB orqali boshqa bankka o‘tkazilishi shart. 15. So‘rovlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat haqi ABM va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi. 16. BDMABdagi ma’lumotlarni, shu jumladan bank siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikka zid ravishda oshkor qilishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 17. BDMAB quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) bank depozitorlarining axborotlar bazasini shakllantirish, saqlash, to‘ldirib borish va uni faol holatda saqlab turishni ta’minlash; b) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda, bank siriga rioya etgan holda tegishli davlat organlari bilan bank depozitorlari hisobvaraqlari va depozitorlar turi bo‘yicha elektron ma’lumotlar almashish; v) banklararo elektron to‘lovlarning aniq bajarilishini ta’minlash; g) banklarning so‘rovlariga javob berish; d) banklarning ma’lumotlariga muvofiq axborotlar bazasini tezkor o‘zgartirib borish; e) so‘ralgan axborotlarni tezkor izlash; j) axborotlar bazasi arxivini tashkil etish va uni belgilangan muddatda saqlash; z) tizimning faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha elektron bayonnomasini yuritish; i) qabul qilingan, jo‘natilayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan axborotlar muhofazasini ta’minlash; k) favqulodda holatlar yuz berganda banklarni o‘z mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlash; l) qonunda ko‘zda tutilgan hollarda tegishli davlat organlarining yozma so‘rovlariga asosan BDMABda ro‘yxatga olingan depozitorlar va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. 18. BDMAB bank mijozlarining haqqoniy ma’lumotlarini saqlaydi va quyidagi tarkibdagi ma’lumotlar bilan shakllanadi: a) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR); b) mijozning nomi; v) mijoz maqomi; g) mijoz turi; d) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami; e) ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi; j) ro‘yxatga olgan tashkilot nomi; z) tashkiliy-huquqiy shakli kodi; i) mulkchilik shakli kodi; k) manzil kodi; l) yuridik shaxs kodi; m) tarmoq kodi; n) rezidentlik belgisi (rezident yoki norezident); o) mijozning mamlakat kodi; p) mijozning xos raqami; r) bosh korxonaning STIRi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun); s) bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun); t) bosh korxonaning nomi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun); u) mijozga bank hisobvarag‘i ochgan bank kodi; f) mijozning hisobvarag‘i. 19. BDMAB banklarga quyidagi so‘rov turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi: a) mijozni identifikatsiyalash (0-so‘rov turi); b) mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish (1-so‘rov turi); v) mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish (2-so‘rov turi); g) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish (3-so‘rov turi); d) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish (4-so‘rov turi); e) mijozlarning haqqoniy ma’lumotlarini o‘zgartirish (5-so‘rov turi); j) asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish (6-so‘rov turi); z) mijozlarning hisobvaraqlarini yopish (7-so‘rov turi); i) mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish (8-so‘rov turi); k) mijozning xos raqami faolligini tugatish (9-so‘rov turi). 20. 0-so‘rov turi BDMABda mijozni STIRi orqali aniqlash uchun belgilangan. Bu so‘rov mijozga xos raqam berishdan oldin va unga hisobvaraq ochilayotganda shakllantiriladi hamda mijozni oldin boshqa biror bir bank filialida bank hisobvarag‘i ochgan yoki ochmaganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 21. Mijoz oldin xos raqam olgan bo‘lsa, unda BDMABdan mijoz haqidagi haqqoniy ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda javob qaytariladi. Bank xodimi BDMABdan olingan ma’lumotni mijoz haqidagi ma’lumot bilan taqqoslaydi, ular mos kelgan holda, 2-so‘rov turi yordamida mijozga hisobvaraqlar ochadi. 0-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 1-ilovada keltirilgan. 22. 1-so‘rov turi bank mijozlariga milliy valyutada dastlabki asosiy depozit hisobvarag‘i ochishda ularga BDMABda xos raqam berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu so‘rov faqat mijoz oldin BDMABdan xos raqam olmagan bo‘lsagina shakllantiriladi. 23. Agarda filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lsa, BDMABga 1-so‘rov turini shakllantirishda bosh korxonaning nomi, xos raqami va STIRi ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda filiallar (vakolatxonalar) uchun BDMABga 2-so‘rov turi shakllantiriladi va bosh korxonaning xos raqami va STIRi bilan hisobvaraq ochiladi. 1-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan. 24. 2-so‘rov turi bankda mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochishda qo‘llaniladi. 25. BDMABda mijozlarning mavjudligi tekshiriladi va so‘rovda ko‘rsatilgan balans hisobvarag‘i va valyuta kodi bo‘yicha ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlari tahlil qilinadi hamda hisobvaraq shakllantirilib, javob faylida bankka qaytariladi. 26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilgan yoki vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq (ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ochilmaydi va bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi. 2-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 3-ilovada keltirilgan. 27. 3-so‘rov turi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hujjatlarga asoslangan holda, mijozning hisobvarag‘i bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish uchun bank tomonidan shakllantiriladi. 28. Mijozning barcha hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha so‘rov faqat asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank tomonidan shakllantiriladi. 29. Aniq bir hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish so‘rov turini shu hisobvaraqni ochgan bankning o‘zi shakllantirishi mumkin. 30. Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishga 3-so‘rov turida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 3-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 4-ilovada keltirilgan. 31. Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi o‘rniga — “VVV” uzatiladi. 32. Mijozning hamma valyutalar bo‘yicha barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi o‘rniga — “VVV” va hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” beriladi. 33. BDMABning ma’lumotlar bazasida 3-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin, hisobvaraqlar vaziyatining “harakatda”gi maqomi “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomiga o‘zgaradi. BDMAB 3-so‘rov turini shakllantirgan bankka hisobvaraqlar va banklar ro‘yxatini tegishli javob bilan qaytaradi va hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari to‘xtatiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobvaraqlardan vaqtincha hisobdan chiqarish amallari to‘xtatilgan banklarga, quyidagilarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklar ma’lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi: a) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi; b) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun asos; v) asos berilgan sana; g) mijozning hisobvarag‘i; d) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana. 34. BDMABdan mijozning bank hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sanasi bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risida ma’lumot olingunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi. 35. 4-so‘rov turi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilgan holatdan hisobdan chiqarishga ruxsat etilishida ya’ni harakatga keltirishda shakllantiriladi. Ushbu so‘rov turi faqat BDMABga 3-so‘rov turini jo‘natgan banklar tomonidan shakllantiriladi. 4-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 5-ilovada keltirilgan. 36. Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirishda, hamma ko‘rsatilgan rekvizitlar 4-so‘rov turiga kiritiladi. 37. Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning barcha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirishda hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyuta bo‘yicha ko‘rsatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi o‘rniga — “VVV” uzatiladi. 38. Mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hamma hisobvaraqlarini harakatga keltirishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi o‘rniga — “VVV”, hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” beriladi. 39. BDMABning ma’lumotlar bazasida 4-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin hisobvaraqlar “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomidan “harakatda”gi maqomiga almashtiriladi va bankka hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklar ro‘yxati bilan javob qaytariladi hamda hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlar harakatga keltiriladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobdan chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklarga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklar ma’lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi: a) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi; b) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun asos; v) asos berilgan sana; g) mijozning hisobvarag‘i; d) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana; e) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarning harakatga keltirilgan sanasi. 40. BDMABdan mijozning hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallarini bajarishga ruxsat etiladi. 41. 5-so‘rov turi faqat mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan bank tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan birontasi o‘zgarganda shakllantiriladi. 42. BDMABda 5-so‘rov turi orqali mijozning barcha oldingi tarixiy tavsifnomalari saqlangan holda ma’lumotlari yangilanadi. 5-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 6-ilovada keltirilgan. 43. 6-so‘rov turi mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka ko‘chirishda bank tomonidan shakllantiriladi. 44. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka ko‘chirilishida: a) mijoz boshqa bankka o‘tayotganda bank mijozning arizasi va topshirig‘iga asosan, uning acosiy depozit hisobvarag‘idagi qoldiqni boshqa bankka mijozning arizasida ko‘rsatilgan bankda ochilgan 29801 — “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki hisobvarag‘iga o‘tkazadi va o‘zida asosiy depozit hisobvaraqni 6-so‘rov turi bilan shu kunning o‘zidayoq yopadi; b) mijozni qabul qilayotgan bank o‘zida mijozning yopiladigan hisobvarag‘idagi qoldiqni qabul qilish uchun bankda 29801 — “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki hisobvarag‘ini ochishi kerak. Qoldiqlar ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgandan keyin, keyingi ish kuni BDMABga mijozning xos raqami bo‘yicha unga asosiy depozit hisobvaraq ochish uchun 2-so‘rov turi jo‘natiladi. Bunda BDMABda so‘raladigan rekvizit bo‘yicha hisobvaraqning mavjudligi “ko‘chirilgan” belgi, ya’ni “1” belgi bilan tekshiriladi va ushbu rekvizit bo‘yicha nazorat kalitidan tashqari yangi hisobvaraq ochiladi; v) BDMABga 6-so‘rov turi kelib tushganda hisobvaraq maqomi “aktiv”dan “boshqa bankka ko‘chirildi”ga o‘zgartiriladi. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i bankdan bankka ko‘chirilganda ikkilamchi depozit hisobvaraqlar yopilmaydi va asosiy depozit hisobvaraqning tartib raqami saqlanib qolinadi. 6-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 7-ilovada keltirilgan. 45. BDMABdan javob fayli olinganda ushbu hisobvaraq bo‘yicha so‘rov jo‘natgan bankda hisobvaraqning ko‘chirilgan sanasi dasturiy ravishda bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va barcha amallar to‘xtatiladi. 46. 7-so‘rov turi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun bank tomonidan shakllantiriladi. 47. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilayotgan bo‘lsa, qaysi valyutada bo‘lishidan qat’i nazar, mijozning barcha ikkilamchi hisobvaraqlari yopilishi kerak, aks holda, mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilmaydi. 48. 7-so‘rov turi olinganda BDMABda ko‘rsatilgan hisobvaraq maqomi “harakatdagi”dan “yopilgan”ga o‘zgaradi. 7-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 8-ilovada keltirilgan. 49. 8-so‘rov turi mijozning boshqa banklarda barcha valyuta kodlari bo‘yicha ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u ma’lumotlar olish uchun xizmat qiladi. 50. Mijozning depozit hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun so‘rov turini faqatgina mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bankning o‘zigina shakllantirishi mumkin. 51. Ssuda hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun 8-so‘rov turini shu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bank yuborishi mumkin. 8-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 9-ilovada keltirilgan. 52. Aniq bir balans hisobvarag‘i (talab qilib olinguncha depozit, ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ro‘yxatini olish uchun so‘rovda shu balans hisobvaraq raqami ko‘rsatiladi. 53. Mijozlarning boshqa banklarda ochilgan barcha bank hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000” beriladi. 54. So‘rov turi BDMABda tahlil qilinadi va so‘ralgan mijozning hisobvaraqlari bilan banklar kodini ko‘rsatgan holda bankka javob qaytariladi. 55. 9-so‘rov turi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tegishli hujjatga asoslangan holda, mijozining xos raqami faolligini to‘xtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi. 56. Bunda mijozning barcha hisobvaraqlari BDMABda quyidagi tartibda yopiladi: a) mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank uning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari ro‘yxatini 8-so‘rov turi bilan olishi kerak; b) mijozning xos raqami faolligining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi munosabati bilan banklarga mijozning ikkilamchi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini (agar bor bo‘lsa) asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib yopishi to‘g‘risida asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank xabardor qilishi kerak. v) mijozning depozit va boshqa hisobvaraqlarini yopish 7-so‘rov turi bilan amalga oshiriladi; g) mijozning xos raqami faolligi 9-so‘rov turi bilan to‘xtatiladi. 9-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 10-ilovada keltirilgan. 57. Mijozning xos raqami faolligini to‘xtatishda, uning barcha haqqoniy ma’lumotlari dasturiy ravishda BDMABning ma’lumotlar bazasidan elektron arxiv bazasiga o‘tkaziladi.
200
21,080
Qonunchilik
Yangi qurilgan uyda koʻchmas mulk 1 soʻmga sotib olinganda poytaхt propiskasi beriladi
Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 845-son qarori bilan quyidagi hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi: Eslatib oʻtamiz, 2017 yil iyul-avgustdan boshlab joriy etilgan tartibga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari yangi qurilgan uyda koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan oʻtish imkonini qoʻlga kiritgan edilar. Parallel ravishda bitimning eng kam summasi haqidagi shart joriy etilgan edi:   Keyinchalik shaхs Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatining 1-bandi, shuningdek Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 1-bandiga asosan turar joy mulkdori sifatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan oʻtish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻlgan. Endi Oʻzbekiston fuqarolari uchun bitim summasi boʻyicha cheklovlar toʻliq olib tashlandi. Bitim summasi miqdori hatto 1 soʻm boʻlishi mumkin. Chet el fuqarolari esa, qaysi toifaga mansubligidan qat’i nazar, 3 300 EKIH (material e’lon qilingan sanada – 608 mln 190 ming soʻm) toʻlashlariga toʻgʻri keladi. Shu tariqa, Oʻzbekistonning boshqa mintaqasida propiskaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar koʻproq toʻlaydigan boʻldilar.  Adliya vazirligi 2018 yil fevralda tayyorlagan loyihadan farqli ravishda, qabul qilingan hujjatda propiskaga ega boʻlmay turib ikkilamchi bozorda turar joy sotib olishga ruхsat berilmagan. Garchi bekor qilish taklif etilgan boʻlsa ham, turar joy uchun hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirish tartibi ham saqlanib qoldi.   Ma’lumot uchun: Yangi turar joyni ipotekaga sotib olish propiskadan oʻtishga toʻsqinlik qilmaydi. Bu haqda batafsil – bu yerda. Bu – muhim! Yangiliklarning amalda joriy etilishi muayyan darajada Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (30.03.2010 yilda 2090-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) qabul qilingan hujjatga muvofiqlashtirilishiga ham bogʻliq. Bundan tashqari, Oʻzbekiston fuqarolari uchun bitim summasining eng quyi chegarasi bekor qilingan ekan, demak, turar joyning oldi-sotdi bitimini notarial tasdiqlaganlik uchun davlat bojini yuqorida bayon etilgan tartibda hisoblab chiqarish meхanizmiga ham oʻzgartirish kiritiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.10.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
86
2,611
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash, ekologik holatni sog‘lomlashtirish, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlarini shamol ta’siridan himoyalash, tuproq eroziyasining oldini olish, qumlar ko‘chishini bartaraf etish hamda mintaqada mo‘tadil mikroiqlim sharoitini yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida 2020-2021-yillarda jami 30 km masofada “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari (keyingi o‘rinlarda — “yashil belbog‘”) barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yer maydonlari tanlanilishini va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida 2020-2021-yillarda jami 30 km masofada “yashil belbog‘” barpo etilishini hamda ushbu ishlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin. 3. Quyidagilar 2020-2021-yillar davomida “yashil belbog‘” barpo etish bilan bog‘liq ishlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlarida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘” barpo etishga oid loyihalar bo‘yicha: bir oy muddatda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini; ikki oy muddatda ekspertizadan o‘tkazish, bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish ishlarini yakunlasin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “yashil belbog‘” barpo etilgan hududlardagi daraxtzorlarga shikast yetkazish, ularni payhon qilishdan saqlash, parvarishlash hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini samarali tashkil etsin. 6. Belgilansinki: pudratchi tashkilotlar “yashil belbog‘” barpo etib, dalolatnoma asosida yer egalariga topshiradi; O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “yashil belbog‘” barpo etishda hududlarning iqlim sharoitlariga mos, manzarali daraxt-buta o‘simliklarining ko‘chatlari yetkazib berilishini ta’minlaydi. 7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi K.J. Kamolov hamda Xorazm viloyati hokimi F.O‘. Ermanov zimmasiga yuklansin.
58
3,931
Qonunchilik
A.E. Shayxovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasi berish to‘g‘risida
Alisher Erkinovich Shayxovga Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabasi berilsin.
99
104
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-656-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 12-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-656-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
711
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “IChKI BOZORNI YoG‘OCh-TAXTA MATERIALLARI BILAN TO‘LDIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2003 YIL 7 IYuLDAGI 305-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Vatanimiz laminatlangan plita ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yog‘och-taxta materiallari bilan to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga ilovadagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda) 6-bandining “TIF TN kodi” nomli ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4410 (441032000 dan tashqari)”.
194
463