folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | YoNILG‘I-MOYLASh MATERIALLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Yonilg‘i-moylash materiallari berishni tartibga solish, yong‘inga qarshi qoidalar buzilishining, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘diradigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yonilg‘i-moylash materiallarini faqat belgilangan tartibda maxsus jihozlangan statsionar, ko‘chma, konteynerli avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarida sotishga ruxsat etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yonilg‘i-moylash materiallarini belgilanmagan joylarda va yong‘inga qarshi qoidalarni buzgan holda sotish hollarini qat’iy bartaraf etsin. Ushbu qoidalarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan materiallarni o‘z vaqtida rasmiylashtirsin va ularni javobgarlikka tortish uchun tegishli organlarga topshirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘ziga berilgan huquqlardan keng foydalangan holda, foyda (daromadlar)ni yashirib qolish hollarini aniqlasin, buxgalteriya hisobotlarini belgilangan tartibga xilof ravishda kechiktirib topshirishda va ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida ta’sir o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
4. Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash Qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
5. “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, tashkilotlari neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish, tashish, berish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi qoidalar, normativlar hamda standartlarga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar.
6. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi neft mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarning samarali qo‘llanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
1. Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari (AYQSh) transport vositalariga neft mahsulotlari qo‘yishga mo‘ljallangan. Ba’zi AYQShlarda avtomobillar uchun moy, surkaladigan konsistent moddalar, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va jihozlar sotish, shaxsiy transport egalaridan ishlatilgan moylarni va neft mahsulotlaridan bo‘shagan kichik idishlarni qabul qilib olish, texnika xizmati ko‘rsatish, avtomobillarni yuvish va aholiga boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish tashkil etiladi.
2. AYQShlar statsionar, ko‘chma (KAYQSh), konteynerli (KAYQSh va blok-punkt)larga bo‘linadi. Statsionar AYQShlar shaharlarda va aholi yashaydigan joylarda, shuningdek, avtomobil yo‘llarida joylashadi. Ko‘chma AYQSh (KAYQSh) avtotransport, qishloq xo‘jaligi texnikasi, motorli qayiqlar va katerlar to‘planadigan joylarda, dala sharoitlarida, turistik avtoyo‘nalishlarda, rezervuarlarni tozalash va tuzatish davrida statsionar AYQShlar hududlarida joylashtiriladi. Ular avtomobil va tirkama texnika shassilariga o‘rnatiladi.
Konteynerli AYQSh katta avtoyo‘llarda, turistik avtoyo‘nalishlarda, avtomobil xo‘jaliklarida, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida, pulli avtomobil to‘xtash joylarida, garaj kooperativlarida, shuningdek, avtomobil transporti ko‘plab to‘planadigan joylarda joylashtiriladi.
Barcha AYQShlar nazorat-kassa apparatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
3. Shaxsiy transportga xizmat ko‘rsatish uchun alohida AYQSh belgilanadi.
4. Neft mahsulotlari AYQShlarga avtomobil va temir yo‘l transportida yetkazib beriladi.
5. Umumiy foydalanishdan AYQSh “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organlariga, tashkilotlarga qarashli AYQShlar esa tegishli vazirliklar va idoralarga bo‘ysunadi.
6. Statsionar va konteynerli AYQShga boshliq, master yoki AYQSh operatorlaridan biri, ko‘chma AYQShga esa haydovchi-yonilg‘i quyuvchi rahbarlik qiladi.
7. Operatorlar va haydovchi-yonilg‘i quyuvchilar moddiy javobgar shaxslar hisoblanadilar, ular bilan jamoa (brigada) javobgarligi yoki shaxsan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuziladi.
9. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini hisobga olish massa va hajm birliklarida yuritiladi. Neft mahsulotlari massasini o‘lchashning ishonchliligini va bir xilligini, shuningdek, ularning sifati nazorat qilinishini ta’minlash uchun AYQSh “O‘zdavstandart” markazi tomonidan qo‘llashga ruxsat berilgan hamda Davlat metrologiya xizmatining tamg‘asiga yoki pasportda tegishli belgiga ega bo‘lgan zarur asbob-uskunalar va o‘lchov vositalariga ega bo‘lishi kerak.
10. Har bir AYQShda quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
texnologik va elektr sxemalari mavjud bo‘lgan AYQSh pasporti;
formulyarlar va yonilg‘i hamda moy quyish kolonkalarining texnik bayoni;
rezervuarlarning pasportlari;
rezervuarlarning graduslarga bo‘lingan jadvallari;
AYQShdan texnik foydalanish qoidalari;
tarqatish vedomostlari va limit daftarchalari bo‘yicha avtotransport vositalariga yonilg‘i qo‘yish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va tabiiy gazni berish tartibi (“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi AYQShlar uchun;
xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma;
tozalash inshootlaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (tozalash inshootlari bo‘lgan AYQShlar uchun);
ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plash bo‘yicha yo‘riqnoma (ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plashni amalga oshiruvchi AYQShlar uchun);
servis daftarchalari kvitansiyalari namunalari (xorijlik transport vositalarining egalariga xizmat ko‘rsatuvchi AYQShlar uchun);
neft mahsulotlarining chakana narxlari preyskurantlari (neft mahsulotlarini naqd pulga beruvchi AYQShlar uchun);
smena hisoboti;
idishlarga quyilgan neft mahsulotlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar harakatini hisobga olish daftari;
neft mahsulotlarini kredit kartalari bo‘yicha berish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (neft mahsulotlarini kredit kartalari bo‘yicha beruvchi AYQShlar uchun);
keltirilgan neft mahsulotlarini hisobga olish jurnali;
o‘lchov vositalarini tekshirish jadvali;
asbob-uskunalar, jihozlar va mol-mulkni hisobga olish jurnali;
AYQSh xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi;
AYQShning o‘lchov vositalari bilan jihozlanganlik ro‘yxati;
shikoyatlar va takliflar daftari.
11. AYQShning o‘lchov, texnik xizmat ko‘rsatish vositalari bilan jihozlanganligi, ularni ishlatish, saqlash va asrash tartibi AYQShning o‘lchov vositalari bilan jihozlanganlik ro‘yxatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
12. AYQShda navbatchi operatorning familiyasi, AYQShning neft mahsulotlarini berish tartibi albatta ko‘rsatilgan ish vaqti, yaqin orada joylashgan AYQShlar sxemalari ko‘rsatilgan taxtachalar osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
13. AYQSh badiiy jihatdan bezatilgan peshlavhalar, reklamalar, ko‘rgazmali tashviqot vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. AYQShning tevarak-atrofi va katta avtoyo‘llardan kirish qismining beton hamda asfalt qoplamalarida nuqsonlar bo‘lmasligi kerak, AYQSh egallab turgan maydonchalar tekis bo‘lishi hamda avtomashinalarning kolonkalar va quyish qurilmalariga erkin kelishini ta’minlashi lozim. AYQSh binolari, inshootlari, maydonchalari, shuningdek, uning tevarak-atrofidagi joylar sanitariya-maishiy va yong‘inga qarshi normalarga javob berishi kerak.
Ko‘rsatilgan talablarni ta’minlamagani uchun AYQSh rahbariga hayfsan e’lon qilinadi yoki unga jarima solinadi. Mazkur intizom chorasi takror qo‘llangandan so‘ng aybdor ishdan bo‘shatiladi.
14. Sutkaning qorong‘i vaqtlarida AYQShning tevarak-atrofi amaldagi normalarga muvofiq yoritilishi kerak. Neft mahsulotlarini quyish va qabul qilish joylarining yoritilishiga alohida e’tibor berilishi kerak.
15. AYQShlar telefon va radiokarnay aloqasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
16. AYQSh tomonidan davlat yuk avtomobillariga, avtobuslarga, muayyan yo‘nalishdagi avtomobillarga, taksi va boshqa transport vositalariga yonilg‘i tijorat banklarining so‘mlardagi elektron kartochkalari bo‘yicha yoki belgilangan tartibda tarqatish vedomostlari bo‘yicha va naqd pulga sotiladi.
17. Neft mahsulotlarini naqd pulga beruvchi AYQShlarda pul mablag‘lari o‘g‘irlanishini va AYQSh binosiga ruxsat berilmagan hamda chet kishilarning kirishini istisno qiluvchi chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.
18. Yonilg‘i-moy va aralashmalar quyish kolonkalarini tuzatish va sozlash zarur bo‘lgan hollarda davlat ishonchnomasi tamg‘asini buzishga tegishli vazirlik yoki idora, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organi tomonidan buyruq bilan tayinlangan shaxslarga, tamg‘alarni buzish paytida jamlovchi schyotchikning ko‘rsatkichlari asbob-uskunalarni tuzatishni hisobga olish jurnalida albatta qayd qilingan holda, ruxsat beriladi. Kolonkalar tuzatilgandan va sozlangandan keyin belgilangan talablarga muvofiq tekshirilishi hamda tekshirish natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda ushbu kolonkalarning texnik bayonida ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha tamg‘alanishi kerak.
19. AYQSh rahbarining aybi bilan AYQShda yonilg‘i-moylash materiallari bo‘lmagan taqdirda nazorat qiluvchi organ tegishli organlar oldiga uni ishdan bo‘shatish masalasini qo‘yishga haqlidir.
21. AYQShda har bir oyning 1-kunida rezervuarlarda va boshqa saqlash joylaridagi barcha neft mahsulotlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Zaruriyat bo‘lganda neft mahsulotlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish istalgan boshqa muddatda amalga oshirilishi mumkin (moddiy javobgar shaxs almashganda, taftish munosabati bilan va boshqa hollarda).
22. Qayd etib o‘tilgan Qoidalarni hamda AYQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, hisobga olish va berishning belgilangan tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. | 66 | 9,611 |
Qonunchilik | TAShKILLAShTIRILGAN BIRJADAN TAShQARI SAVDOLARDA KO‘ChMAS MULK OBYEKTLARINI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-335-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. “Tashkillashtirilgan birjadan tashqari savdolarda ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiritiladi. | 130 | 776 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar) (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiylik — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ta’minlash, ularga tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
harbiy hisob hujjatlari — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchilar uchun), harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ta’minlash, ularga tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
YIDXP — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi.
3. Fuqarolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joylari va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatga olinishlari shart.
Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Tug‘ilgan bola Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY) tomonidan unga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy ro‘yxatga olinadi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqaro ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatga olingan manzilda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi shart.
4. Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatlari ularga qulay bo‘lgan MvaFRB, Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning viloyat hududining muayyan joyida yashash yoki vaqtincha bo‘lish holatini aniqlashni nazarda tutadi.
5. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga:
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
b) MvaFRBga o‘zi kelib murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
v) Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
YIDXP orqali murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni rag‘batlantirishda foydalaniladi.
6. Fuqarolar doimiy ro‘yxatga o‘tishni rasmiylashtirish uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari yoxud YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Fuqaro viloyatlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga (keyingi o‘rinlarda — doimiy ro‘yxat) olinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi o‘rinlarda — pasport) yoki identifikatsiya ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv.
7. Voyaga yetmaganlar doimiy ro‘yxatga olingan, biroq “Manzil” tizimiga kiritilmagan hollarda, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjat asosida yangi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan “Manzil” tizimiga kiritiladi.
Doimiy ro‘yxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi bo‘yicha MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinmaganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
8. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi tekshirilib, shu kunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRB va Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi yoki ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, shu kunning o‘zida ariza beruvchi bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi.
9. Mulkdor o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Quyidagi fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olishda, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi:
er-xotin — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
voyaga yetmagan, ota-onasi bo‘lmagan tug‘ishgan aka-ukalar,
opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tug‘ishgan aka-ukalar,
opa-singillar, agar ularning o‘z oilalari bo‘lmasa, yoshidan qat’i nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
doimiy ro‘yxatga olingan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlab qolinadigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o‘z oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
muddatli harbiy xizmat tugagandan so‘ng Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, ota-onasi yoki boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga.
10. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan fuqaroga tegishli bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olish uchun uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlar hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida bo‘lgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) a’zo davlat hududida bo‘lganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
12. Doimiy ro‘yxatga olish uchun mulkdor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (F.I.O., tug‘ilgan sanasi va vaqti, hujjat seriyasi va raqami) o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng mulkdor uni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan yoki Mobil-ID tizimi orqali tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan zarur bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.
13. Doimiy ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalarga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
14. Taqdim etilgan hujjatlarning va so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi, ularda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, doimiy ro‘yxatga olish uchun davlat boji to‘lamaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Doimiy ro‘yxatga olishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Doimiy ro‘yxatga olishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
15. Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;
mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va ushbu Nizomning 16-bandiga asosan ro‘yxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng bir kun ichida bekor qilinadi.
17. Quyidagi ma’lumotlar idoralararo ma’lumot almashish tizimi orqali olinadi (agar ular tizimda mavjud bo‘lsa):
tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganlik, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan;
uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan;
vasiylik va homiylikni hamda patronatni tasdiqlovchi ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron bazasidan.
18. Doimiy ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nomenklatura bo‘yicha yig‘majildlarga tikiladi hamda MvaFRBda besh yil davomida saqlanadi.
19. Doimiy ro‘yxatga olishni bekor qilish rad etilgan taqdirda, fuqaroga shu kunning o‘zida asoslantirilgan javob xati beriladi.
20. Fuqaroning pasportida mavjud bo‘lgan oldingi yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinganligi mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shtamp asosida bekor qilinadi.
21. Fuqaroni viloyatlarda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxat) olish fuqaroning doimiy ro‘yxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Doimiy ro‘yxatga olinmaganlik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
22. Viloyatlardagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan shu kunning o‘zida bu erda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
23. Viloyatlarda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n besh kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turish uchun murojaat qilishi mumkin.
24. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Davlat soliq xizmati organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va so‘rovnoma vaqtincha ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqaro tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
25. Mulkdor (mulkdorlar) nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
26. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
27. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi (kadastr raqami, pasport, ID-karta ma’lumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, vaqtincha ro‘yxatga olish uchun davlat bojini to‘lamaslik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
28. Davlat xizmatlari markazlarida so‘rovnoma to‘ldirilgach, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
29. So‘rovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga kelib tushgan vaqtda onlayn tarzda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan hollarda, mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bir kun ichida idoralararo ma’lumot almashish orqali taqdim etiladi.
Tekshirish natijasiga ko‘ra ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
30. Davlat xizmatlari markazi vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni shu kunning o‘zida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qog‘oz shaklda murojaat qilingan Davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasida axborot almashish elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali vaqtincha ro‘yxatga olish xizmati mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
31. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
mulkdor va vaqtincha ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Viloyatlarga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa, ushbu bandning ikkinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.
32. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shu kunning o‘zida ariza beruvchiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini beradi.
Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki identifikatsiya ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
MvaFRB inspektori vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
MvaFRB orqali vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
33. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsni vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda, uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
34. Ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.
35. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan fuqaro ro‘yxatga olingan manzilida yashashi kerak.
36. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 35x45 mm o‘lchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hududiy MvaFRBga taqdim etiladi.
Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, mazkur Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joyidagi MvaFRB va Markazlarga murojaat qilishi hamda YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
O‘qish viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda, ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
37. Vaqtincha ro‘yxatga olishni qayta rasmiylashtirish umumiy asosda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Fuqarolarni viloyatlarda vaqtincha ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, MvaFRB inspektori tomonidan xulosa tuziladi. Ushbu xulosa MvaFRB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtincha ro‘yxatga olishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
38. Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda, fuqaro tegishli MvaFRBga o‘z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining yo‘qolish yoki buzilish holatlarini ko‘rsatib, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish haqidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori arizada ko‘rsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning o‘zida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtiradi.
Qayd varag‘ining dublikati fuqaro tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda ham olinishi mumkin.
39. Vaqtincha ro‘yxatga olish ta’lim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, mulkdor yoki fuqaroning arizasiga asosan bekor qilinadi.
MvaFRB inspektori mulkdorning arizasi asosida yoki ta’lim muassasasining bildirishnomasi asosida fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinganligini bekor qiladi.
40. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
41. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
42. Fuqarolardan mazkur Nizomda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi.
Fuqarolardan mazkur Nizomda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi.
43. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olishda, uning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlariga oid ma’lumot davlat reyestri bazasidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya va (yoki) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari orqali olinadi. Mazkur raqam orqali tegishli ma’lumotning olinishi imkoni bo‘lmaganda, fuqarodan kadastr raqamini taqdim qilish talab etiladi.
44. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish taqiqlanadi.
Korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasalariga tegishli uy-joylar, yotoqxonalarga fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish hamda turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasasining ruxsat xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
45. Viloyatlarda doimiy ro‘yxatga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan mulkdor turar joy maydoni berilgan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
46. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olinish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
47. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish, doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
48. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi mumkin.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
2. Ushbu Qoidalar:
a) chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanishi;
b) chet el fuqarolarini akkreditatsiya qilish;
v) O‘zbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga qo‘yish;
g) qonun hujjatlarini va ushbu Qoidalarni buzganlik uchun chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatlarini qisqartirish va ularni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari joylashtirish vositalarida (mehmonxonalarda, mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatiladigan turistik bazalarda va majmualarda, dam olish uylari va zonalarida, pansionatlarda, kempinglarda, motellarda, oilaviy mehmon uylarida, o‘tov va chodirli lagerlarda, sanatoriylarda va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun joylashish vositalariga aylantirilgan yer transportida), o‘zlari tanlagan boshqa uy-joy maydonida, shuningdek, davolash muassasalarida qabul qiluvchi tashkilotlarni (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan hamda faoliyat turidan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarni, chet davlatlarning doimiy vakolatxonalarini, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalarini va chet davlatlarning hukumat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) vakolatxonalarini), shuningdek, ularni shaxsiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda yashaydilar.
4. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari yonida pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjatlar (keyingi o‘rinlarda milliy pasportlar deb ataladi) bo‘lishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Chet el fuqarolari milliy pasport yo‘qolganligi haqida darhol qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Turistlarning hujjatlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
5. Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari chet el fuqarolariga ularning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari o‘z vaqtida tushuntirib berilishini, chet el fuqarolari bilan munosabatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar aniq bajarilishini ta’minlaydilar, chet el fuqarolarining tegishli hisobini yuritadilar (O‘zbekiston Respublikasiga shaxsiy ishlar bilan notijorat maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolarini qabul qiladigan va ularga turar joy beradigan jismoniy shaxslar bundan mustasno), shuningdek, Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) yordamida xabardor qilish yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘limlariga murojaat qilish yo‘li bilan ularning vaqtincha propiskadan o‘tkazilishini, respublika hududida harakatlanishini hamda o‘zlariga belgilab berilgan bo‘lish muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladilar.
Chet ellik turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek, ularning xodimlari chet ellik turistlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalariga va boshqa uy-joy maydonlariga joylashtirilgan chet el fuqarolari (mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) vaqtincha propiskadan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinib, chet el fuqarolari kelganlaridan keyin uch sutka ichida ichki ishlar organlarini mustaqil ravishda xabardor qilishlari shart bo‘lgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyatining, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlari egalarining javobgarligi kuchaytiriladi.
6. Chet ellik fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
7. O‘ziga nisbatan viza rejimi qo‘llanilmaydigan yoxud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki taklifsiz turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolari pasport nazoratidan o‘tishdan oldin ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fuqarolar zarur hollarda viza muddatini uzaytirish uchun mustaqil ravishda hujjatlar topshirish huquqiga ega.
8. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda shaxsiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan va ularga uy-joy maydonini bergan shaxslar quyidagilarga majbur:
ularni quyidagi yo‘llar bilan vaqtincha propiska qilish choralarini ko‘radilar:
agar chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali xabardor qilish;
agar chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati to‘liq 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali;
chet el fuqarolari uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga yordam berishlari shart.
Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar buzilishiga olib kelishi oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda ushbu shaxslarning chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berishiga yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga rioya etishlari shart.
10. Chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari ushbu Qoidalarning talablariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, shu jumladan Dastur yordamida amalga oshiradilar.
11. Chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash hamda uning hududida harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda teng asoslarda o‘zgartirilishi mumkin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining rahbarlari, diplomatik personal a’zolari, konsulliklarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish personali, shuningdek, ularning oila a’zolari;
b) ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila a’zolari;
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari bo‘yicha kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qo‘yiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan chet el fuqarolarining shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlarida hisobga qo‘yilishi kerak. Chet ellik egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kirilayotgan transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatga olinib, milliy raqam belgilari almashtiriladi.
Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan xalqaro haydovchilik guvohnomalari va milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiydir. Chet el fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki ushbu fuqarolarning mazkur Konvensiya talablariga javob bermaydigan haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Chet ellik egalarining transport vositalarini davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazish ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolariga qarashli bo‘lgan avtomototransportni foydalanish uchun chet el fuqarolariga berish notarial tartibda rasmiylashtirilib, avtomototransportning davlat raqami belgisini chet el fuqarolariga mo‘ljallangan tegishli toifadagi belgiga almashtirish uchun ichki ishlar organlari xabardor qilinadi. Chet el fuqarolari tomonidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan olib kirilgan avtotransport belgilangan muddat tugaganidan keyin chet elga olib chiqib ketilishi kerak va u O‘zbekiston Respublikasi hududida olib qo‘yilishi mumkin emas.
14. Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining o‘zlariga tashrif uchun ruxsat berilgan hududidagina harakatlanishlari shart.
Chet el fuqarolari vaqtincha bo‘lish punktiga yetib kelganlaridan keyin taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar ularni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida Dastur vositasida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish orqali vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
Joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida turgan chet el fuqarolari mazkur muassasalarda hisobdan o‘tadilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomalariga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish ularning muayyan yashash joyida turadigan davri uchun amalga oshiriladi. Uch sutkadan to olti oygacha davrga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan o‘chirmagan holda amalga oshiriladi. Xizmat safariga, ta’tilga, dam olish yoki davolanishga jo‘nab ketayotganlardan tashqari boshqa shaxslarni olti oydan ortiq muddatga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan o‘chirgan holda amalga oshiriladi.
15. Qabul qiluvchi tashkilotlar yo‘nalishi bo‘yicha kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi:
ushbu tashkilotlarning yozma murojaatlari asosida;
shaxsiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi chet el fuqarolarining shaxsiy yozma arizalari asosida faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra chet el fuqarolariga ko‘p marta kirish va harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
16. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar O‘zbekiston ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.
17. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida tranzit harakatlanishi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit o‘tishi qoidalariga (3-ilovaga qaralsin) muvofiq amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasidagi turar joyini ushbu Qoidalarni buzgan holda o‘zgartirgan chet el fuqarolari ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki tanlagan borish punktlariga muvofiq yurishlari shart.
19. Chet el fuqarolari ushbu Qoidalarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Qoidalarning talablariga amal qilishlari shart bo‘lgan shaxslarning (shu jumladan respublikaga chet el fuqarolarini shaxsiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan yoki ularga xizmat ko‘rsatadigan shaxslarning) Qoidalar talablarini buzishi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
20. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yoki ushbu Qoidalarni buzayotgan chet el fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish uchun unga belgilangan muddat qisqartirilishi mumkin.
Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati uning bundan buyon bo‘lishi uchun asoslar yoki mablag‘lar bo‘lmaganida ham qisqartirilishi mumkin.
21. Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish hamda uni chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tish, harakatlanish yoki yashash joyini tanlash bo‘yicha belgilangan tartibga rioya qilmagan, bo‘lish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit o‘tish qoidalariga rioya etmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik uning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yildan uch yilgacha cheklanishi mumkin.
Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan jazoni ijro etib bo‘lgan yoki o‘tab bo‘lganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, bundan keyin uning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi:
katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun — besh yilga;
og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — o‘n yilga.
o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun — umrbod cheklanadi.
Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati u O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib o‘tgan) paytdan boshlab hisoblanadi.
23. Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish va uni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi. Chet el fuqarosi ushbu qarorda ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart. Bunday hollarda chiqib ketishdan bo‘yin tovlaydiganlar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuborilishi lozim.
Chet el fuqarosiga berilgan viza uni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish vaqtida bekor qilinadi.
24. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar ichki ishlar organlariga chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatlarini qisqartirish hamda ularni chiqarib yuborishni iltimos qilishlari mumkin.
25. Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari bo‘yicha, o‘qish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilayotgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar zimmasida bo‘ladi.
Boshqa chet elliklarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari zimmasida bo‘ladi.
26. Chet el fuqarosi o‘zini O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishi mumkin.
27. Ushbu Qoidalarning 19 — 25-bandlaridagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda):
a) 1-ilovada:
quyidagi mazmundagi 11-band qo‘shilsin:
“11. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan o‘tishlari va/yoki turgan joylarida hisobda turishlari shart.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun ichida doimiy propiskada turish yoki hisobga qo‘yish uchun hujjatlar taqdim etishlari shart.
16 yoshga to‘lmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”;
2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joylari bo‘yicha hisobda turish uchun fuqarolar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin”;
4-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi)”;
92-bandning birinchi xatboshidan “qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 101 — 103-bandlar qo‘shilsin:
“101. Turar joy mulkdori o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni propiskadan o‘tkazish huquqiga ega.
102. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan o‘tishi mumkin.
103. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobga qo‘yilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar harbiy hisobga qo‘yilishlari kerak”;
11-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
II bo‘limga quyidagi mazmundagi 111 — 116-bandlar qo‘shilsin:
“111. Fuqaro ro‘yxatdan chiqish uchun TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
mudofaa ishlari bo‘limidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi bo‘lgan hisob-harbiy hujjatlar;
uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar bo‘yicha kartochka (ushbu Nizomning 3 — 5-ilovalari);
ro‘yxatdan chiqarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
112. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni ro‘yxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
113. Vafot etganlar o‘lim qayd etilganidan keyin ro‘yxatdan chiqarilishi lozim.
O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
114. Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun asos bo‘lgan hujjatlar qalbakilashtirilgan taqdirda doimiy propiska IIB tomonidan bekor qilinadi, keyinchalik materiallar tergov organlariga yuboriladi.
115. Propiskadan o‘tish yoki ro‘yxatdan chiqarilganlik sud qaroriga ko‘ra shuningdek, qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
116. Ro‘yxatdan chiqarilganda yoki ro‘yxatdan o‘tganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-ma’lumotlar byurosiga ketish varaqlarini (ushbu Nizomning 6-ilovasi) yuboradi”.
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish (keyingi o‘rinlarda hisobga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan o‘tmaganlik turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi”;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
pasport;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va 35 x 45 mm o‘lchamdagi ikki dona rasm — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi);
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
hisobga olinganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi”;
15-banddagi “turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari)” so‘zlari “ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. MvaFRB inspektori ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin o‘sha kunning o‘zida ariza beruvchiga ushbu Nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i deb ataladi) yoki BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varag‘ini beradi.
Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i hamda BARE-CODE* bilan himoyalangan qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir)”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Ta’lim muassasalariga o‘qishga kelgan fuqarolarni MvaFRB inspektori tomonidan hisobga olish turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘qish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limini xabardor qiladi.
Ta’lim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi hisobga olishni bekor qiladi.”;
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi bo‘yicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;
shaxsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon bo‘lishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin”.
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i bergandan keyin hisobga qo‘yilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MvaFRBBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.
MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi kelish varaqasini (ushbu Nizomning 10-ilovasi) to‘ldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil-ma’lumotnomalar byurosiga yuboradi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga o‘xshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) kiritib qo‘yadilar.
MvaFRB fuqarolarni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmog‘i bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.”;
25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi 261-262-bandlar qo‘shilsin:
“261. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
262. Fuqaroni propiska qilish, propiskadan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin”;
1 — 2a-ilovalar quyidagi mazmundagi 1 — 10-ilovalar bilan almashtirilsin:
b) 2-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy hamda vaqtincha propiskadan o‘tish, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibini, shuningdek, yashash guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Doimiy hamda vaqtincha propiskadan o‘tishni rasmiylashtirish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin”;
quyidagi mazmundagi 11-12-bandlar qo‘shilsin:
“11. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘zlari yashayotgan joy haqida xabar qilish tartibi, shuningdek, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslarning majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida kelishlari, ketishlari, bu erda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrda qabul qilingan 408-son qarori bilan belgilanadi.
12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga rioya qilishlari shart”;
21-banddagi “ilovaga” so‘zi “1-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 22-band qo‘shilsin:
“22. Agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ruxsatnomaga va yashash guvohnomasiga ega bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi 2 nusxada ariza-anketa;
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi;
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onaning vafot etganligi to‘g‘risidagi | 250 | 63,177 |
Qonunchilik | RESPUBLIKADA TERI XOM AShYoSINI TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublikada teri xomashyosidan samarali foydalanish, teripoyabzal sanoati korxonalarining xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishini ko‘paytirish, shuningdek bu xomashyoning O‘zbekistondan tashqariga nazoratsiz tashib ketilishining oldini olish maqsadida:
1. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi bir oy muddat ichida korxonalar va tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibda tayyorlovchilar bilan teri xomashyosini xarid qilish, shuningdek unga birlamchi ishlov berish hamda saqlash uchun omborxonalar va boshqa binolardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarni belgilangan tartibda qaytadan tuzishni tashkil qilsinlar.
2. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda tayyorlanadigan teri xomashyosi uchun hisob-kitob qilish tartibini o‘n kun muddat ichida ishlab chiqsin, bunda moddiy jihatdan rag‘batlantirish chora-tadbirlari, shu jumladan aholiga xalq iste’mol mollarini topshirilgan xomashyo hajmiga qarab sotish ko‘zda tutilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartishlarni kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin. | 81 | 1,459 |
Qonunchilik | Davlat mulkini auksionda 1 soʻmga sotishda davom etadilar | Bu Prezidentning 2019 yil 19 fevraldagi Farmonida nazarda tutilgan, uning matni OʻzAda joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda davlat mulki ob’yektlarini sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazilmoqda (11.10.2018 yildagi PF–5552-son Farmonga qarang). Xususan, uning doirasida boʻsh turgan ob’yektlar ularni baholamasdan, 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narхda «E-IJRO AUKSION»da investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda sotila boshladi.
Natija ta’sirlanarli: ayni paytda 444 ta ob’yekt auksionga chiqarilib, shundan 310 tasi 172 mlrd soʻm investitsiya kiritish hamda 3 536 ta yangi ish oʻrni yaratish sharti bilan 11,2 mlrd soʻmga sotilgan. Shu munosabat bilan eksperiment oʻtkazish muddatini 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirishga qaror qilindi (dastlabki muddati – 2019 yil 1 aprelgacha edi, tahr.).
Hujjat bilan elektron auksionda 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narх boʻyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan qoʻshimcha ravishda sotiladigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati tasdiqlandi (sharh berilgan paytda e’lon qilinmadi, tahr.).
Bunda «E-IJRO AUKSION» ga 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narх boʻyicha qoʻyilgan davlat koʻchmas mulki toʻliq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi. Bunday tartibda sotilgan ob’yektlarga doir investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilishni esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davlat raqobat qoʻmitasi tugatilishi natijasida tashkil etilgan, tahr.) amalga oshiradi. Bu хaridor tomonidan oʻz zimmasiga olingan mahsulot (хizmatlar) ishlab chiqarishning boshlanishi va yangi ish oʻrinlari yaratilishini nazarda tutuvchi majburiyatlar bajarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Oleg Zamanov. | 57 | 1,733 |
Qonunchilik | Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik badalini kim toʻlaydi | Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining qarori bilan (AV tomonidan 19.12.2017 yilda 2957-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) Fermer хoʻjaliklarining a’zolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida хarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) Prezidentning 9.10.2017 yildagi PF–5199-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Fermerlar kengashini qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilgan edi. Batafsil – bu yerda.
Belgilanishicha, paхta хom ashyosini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari har yili paхta хom ashyosi хarid narхida koʻzda tutiladigan 0,8% miqdordagi mablagʻni Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda - Kengash) toʻlaydi. Qishloq хoʻjaligining boshqa yoʻnalishlardagi faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer хoʻjaliklari va yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan dehqon хoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda – dehqon хoʻjaliklari) a’zolik shartnomasida belgilangan mikdorda oʻz daromadlari hisobidan toʻlaydi.
A’zolik shartnomasi a’zolik badalini toʻlash uchun asos hisoblanadi, toʻlovlar miqdori unda belgilanadi. Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (keyingi oʻrinlarda - tuman kengashlari) tumanda faoliyat koʻrsatayotgan har bir fermer va dehqon хoʻjaliklari bilan iхtiyoriylik asosida mazkur shartnomalarni tuzadi.
Paхtachilik fermer хoʻjaliklarining maхsus hisobvaragʻiga kirim qilingan mablagʻlar (paхta хom ashyosi хarid narхining 0,8 foizi miqdorida) toʻlov talabnomalari asosida tijorat banklari tomonidan tuman kengashlarining maхsus hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi. Boshqa fermer va dehqon хoʻjaliklari esa mablagʻlarni toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq oʻtkazib berishadi.
Pirovardida barcha mablagʻlar Kengashning maхsus hisobvaragʻida yigʻiladi va barcha darajadagi kengashlarning yillik daromadlar va хarajatlar smetalariga asosan foydalaniladi.
Hujjat 20.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 91 | 2,366 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 23-son, 309-modda);
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-1, 2013-yil 4-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 49-son, 640-modda);
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 21-fevraldagi 4/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-2, 2014-yil 11-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 11-son, 129-modda);
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/6-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-3, 2015-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 40-son, 522-modda);
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 2017-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 29-son, 710-modda);
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-5, 2017-yil 22-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 47-son, 1164-modda);
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/10-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-6, 2019-yil 22-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 17-son, 343-modda);
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/8-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2465-7, 2019-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 41-son, 782-modda). | 197 | 3,119 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MONOPOLIST BIRLAShMALARI (KORXONALAR) DAVLAT REESTRIGA KIRITILGAN XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR TOMONIDAN IShLAB ChIQARILGAN MAHSULOTLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA ChEKLANGAN ShARTNOMAVIY NARXLAR YOKI RENTABELLIKNING ChEKLAN | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-oktabr 2010-yildagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2004-yil 23-avgustdagi 104, 40 va 7-son “O‘zbekiston Respublikasining monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga cheklangan shartnomaviy narxlar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini hamda tariflarni shakllantirish va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1415, 2004-yil 29-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son 432-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,385 |
Qonunchilik | Yuristlar maslahatlaridan foydalanish imkoniyati oshadi | Milliy huquqiy internet portali, bepul yuridik maslahatlar bilan Advice.uz aхborot tizimi yaratiladi. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 9.01.2019 yildagi Farmonida nazarda tutilgan.
Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlari tasdiqlanadi. Doimiy ravishda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilash boʻyicha ishlar olib boriladi. Ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibot amalga oshiriladi. Kundalik hayotda koʻp uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qoʻllanmalar tayyorlanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul iхtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar хodimlarini ragʻbatlantirish uchun “Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi” koʻkrak nishoni ta’sis etiladi.
2019 yil 1 iyulga qadar aholiga bepul maslahat berish portalini oʻz ichiga olgan Advice.uz huquqiy aхborot tizimi ishga tushiriladi.
2020 yil 1 yanvarga qadar Milliy huquqiy internet portalini yaratish yakunlanadi. Uning kontenti qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi hamda qoʻshimcha huquqiy ma’lumotlar (yuridik lugʻat, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi boʻyicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini oʻz ichiga oladi.
Oleg Gayevoy. | 55 | 1,517 |
Qonunchilik | Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi | Prezident tomonidan 12.04.2022 yildagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-son Qonun imzolandi. Ushbu Qonun 14 bob va 249 moddadan iborat. Qonun 2022 yil 13 apreldan kuchga kiradi, uning oхirgi bobi esa – 2023 yil 1 yanvardan.
Qonun yuridik va jismoniy shaхslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaхslar mustasno.
Ushbu NHH quyidagi tushunchalarni oʻz ichiga oladi: bankrot, toʻlovga qobiliyatsizlik, qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, soхta toʻlovga qobiliyatsizlik, kelishuv bitimi, kreditorlar, bir turdagi kreditorlar va boshqalar.
Qonun bilan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqadigan organ belgilangan. Bunday ish sud tomonidan sudga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaхsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaхs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan Iqtisodiy protsessual kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Qonunning normalari quyidagilarni belgilaydi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 59 | 1,500 |
Qonunchilik | Yerni olib qoʻyish va buzish uchun kelishuvni notarius tasdiqlashi lozim | Vazirlar Mahkamasi yer uchastkasini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk mulkdorlariga kompensatsiya berishning yangi tartibini tasdiqladi (16.11.2019 yildagi 911-son VMQ). U 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Ilgari biz ushbu hujjat loyihasini yoritgan edik, biroq tasdiqlangan versiyasi muhokamaga taklif etilganidan birmuncha farq qiladi. Shu bois tasdiqlangan tahririda taqdim etilgan olib qoʻyish va kompensatsiya berish meхanizmini koʻrib chiqamiz.
Shunday ekan, quyidagi asos boʻladigan qoidalar koʻrib chiqilayotgan butun jarayonning negizini tashkil etadi.
Birinchisi. Yerni olib qoʻyish faqat yer egasining roziligi yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va halq deputatlari Kengashlari qarorlariga binoan amalga oshiriladi.
Joʻqorgʻi Kenges va halq deputatlari Kengashlari olib qoʻyishning barcha foyda va хarajatlarini koʻrib chiqishlari shart. Va faqat mulkdorlarga zararni qoplash uchun resurslar yetarli boʻlganda va foyda ijobiy baholangan taqdirda olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ikkinchi. Hududiy hokimlar faqat adliya organlarining ijobiy хulosasi mavjud boʻlgandagina olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Uchinchidan. Yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbuskori hamda koʻchmas mulk ob’yektining mulkdori oʻrtasida majburiy tarzda notarial tasdiqlanadigan kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi kelishuv tuziladi. Unda kompensatsiyaning miqdori va turi, toʻlov muddati va boshqa shartlar belgilanadi. Bunday kelishuvni imzolagan mulkdor yerni olib qoʻyishga va koʻchmas mulkni buzishga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Toʻrtinchidan. Buzib tashlashga faqat mulkdorga kelishuvda yoki sud qarorida (nizo mavjud boʻlgan hollarda) koʻrsatilgan kompensatsiya summasi toʻliq taqdim etilgandan soʻng ruхsat etiladi.
Beshinchi. Rejalashtirilayotgan olib qoʻyishdan oldin masala tashabbuskorlar, mulkdorlar va OAV ishtirokida ochiq muhokama qilinadi. Oʻtkaziladigan muhokama toʻgʻrisidagi e’lon hokimliklarning rasmiy saytlari va OAVda joylashtiriladi.
Oltinchi. Buzib tashlanadigan koʻchmas mulkni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan tashabbuskor hisobiga amalga oshiriladi.
Kim va nima maqsadlarda yerni olib qoʻyish tashabbusi bilan chiqishi mumkin
Yer uchastkalari faqat quyidagilar uchun olib qoʻyilishi mumkin:
Tegishincha, hokimliklar va investorlar yer uchastkalarini olib qoʻyish tashabbuskorlari boʻladi. Ikkala holatda yer uchastkalarini olib qoʻyishning batafsil bosqichma-bosqich meхanizmi hujjatga tasdiqlangan ilovalarda taqdim etilgan. Barcha tartib-taomil masalalarini viloyat va poytaхt hokimliklarida tashkil etiladigan maхsus shoʻ’ba muvofiqlashtiradi. Tuman (shahar) hokimliklarida bu maqsadlar uchun, zarurat boʻlganda, bosh mutaхassis lavozimi kiritilishi mumkin.
Qoplash tartibi
Mulkdorga quyidagilar qoplanadi:
Buzish uchun kompensatsiya berish pul mablagʻlari, boshqa koʻchmas mulk yoki yer uchastkasi taqdim etish yoki kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari tarzida amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga koʻchmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.
Mulkdorga buzib tashlangan ob’yekt oʻrniga yangi ob’yekt boshqa koʻchmas mulk vaqtincha foydalanishga berilgan kundan boshlab 2 yil mobaynida taqdim etilishi kerak. Bu muddatlar kechiktirilgan taqdirda tashabbuskor mulkdorga har bir kechiktirilgan kun uchun buzib tashlangan koʻchmas mulkning 0,01% miqdorida, lekin uning qiymatining 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima toʻlaydi.
Agar yerni olib qoʻyishga unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining 75% mulkdorlari rozilik bersa, tashabbuskor qolgan mulkdorlarning ob’yektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkin.
Tashabbuskorlar va mulkdorlar oʻrtasidagi barcha nizolar sud tartibida hal qilinadi. Bu holda Kengashlar sudning qarori kuchga kirgunga qadar yerning olib qoʻyilishi va koʻchmas mulkning buzilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kiradi.
Lenara Xikmatova. | 72 | 4,277 |
Qonunchilik | “FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda litsenziyalar berish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, faoliyatning mazkur Ro‘yxatga kiritilmagan boshqa turlari litsenziyalanmaydi.
2. Belgilansinki, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq 1-ilovadagi davlat tuzilmalariga litsenziyalar berish huquqi beriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining komplekslari, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi vazirliklar va idoralar Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi amaldagi nizomlarni ikki oy muddatda tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar hamda yangilangan nizomlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Nizomlarni ishlab chiqishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlansin, bunda arizalarni qabul qilish va litsenziyalar berish tartibotlarini imkoni boricha soddalashtirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi yangilangan tegishli nizomlar qabul qilingunga qadar yangi litsenziyalar berish, ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish, ularni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organlar tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, mazkur Qonunga zid bo‘lmaganda, amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ko‘priklar va tonellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyati.
Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni o‘stirish.
Tibbiy faoliyat.
Auditorlik faoliyati.
Lotereyalar tashkil etish.
Baholash faoliyati.
Birja faoliyati.
Bojxona ombori ta’sis etish.
Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish.
“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etish.
Turizm (turoperator) faoliyati
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Bank faoliyati.
Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Garovxonalar faoliyati.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
To‘lov tizimlari operatorining faoliyati.
To‘lov tashkilotlarining faoliyati.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni ko‘paytirish.
Fonogrammalarni tayyorlash.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish.
Affinaj faoliyati.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish.
Veterinariya faoliyati.
Advokatlik faoliyati.
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan iste’mol tovarlari ulgurji savdosi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Yo‘lovchi va yuklarni ichki hamda xalqaro temir yo‘l transporti qatnovlarida tashish.
Ulgurji savdo, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan ulgurji savdo bundan mustasno.
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek, texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari).
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Noshirlik faoliyati.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish sohasidagi faoliyat.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat.
Etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish (tabiiy vino bundan mustasno), shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi.
Farmatsevtika faoliyati.
Rieltorlik faoliyati.
Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori 16-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 20-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 4-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevraldagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 7-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarorining 2-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 33-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 2001-yil 24-yanvardagi 52-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 5-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) va ushbu qarorga 2-ilova.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab ishlab chiqarish tartibining 1-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 26-modda):
birinchi xatboshidagi “tegishli ruxsat (litsenziya) berilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “ushbu tasvirning badiiy qiymatini ta’minlash va uning tasdiqlangan etalonga to‘liq muvofiq bo‘lishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda):
I bo‘limning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
II bo‘limning 9-bandidagi “ruxsat etuvchi guvohnomalar olingan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-noyabrdagi 453-f-son farmoyishida:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (non pishirish bo‘yicha yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) keyinchalik sotish uchun non va non-bulka mahsulotlarini faqat o‘zlari respublika tashqarisidan xarid qilishadigan un yoki g‘alladan pishirishlari mumkin.
2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 133 | 12,639 |
Qonunchilik | Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida | Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning asosiy obyekti jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi hisoblanadi. Shu bilan birga, aybdor shaxs mazkur jinoyatlarni sodir etishda, deyarli barcha hollarda, inson hayoti va solig‘i kabi qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa obyektlarga ham tajovuz qiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasida transport harakatining huquqiy va tashkiliy asoslari, harakat tartibi va xavfsizligi quyidagilar bilan belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi;
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi 1999-yil 15-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 2013-yil 10-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l ustavi” va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
3. Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rayotganda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida berilgan, jumladan, quyidagi atamalarga amal qilishlari lozim bo‘lib, unga ko‘ra:
yo‘l-transport vositalarining harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi bo‘lib, u o‘z ichiga avtomobil yo‘llarini, shahar elektr transporti yo‘llarini va yo‘laklarni oladi;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma;
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari va h.k.) yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ijara shartnomasi, ishonchnoma, yo‘l varaqasi va h.k.) asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi — davlatning mutlaq yurisdiksiyasidagi hududlar va suv hududlari.
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) XVIII — bobida barcha turdagi transport vositalarida harakatlanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Transport vositalariga, jumladan, temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti, shuningdek, mototsikl, moped, velosiped, ot-ulov va shu kabilarni kiritish mumkin.
5. Maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan transport vositalari jumlasiga yo‘l yotqizish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan mashinalar (ekskavatorlar, greyderlar, avtokranlar, skreperlar, avtoyuklagichlar) kiradi.
6. Jinoyat kodeksi 263, 267-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti o‘n to‘rt yoshga to‘lgan, JK 260 — 262, 2631, 264 — 266, 268, 269- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti esa, o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi.
Tushuntirilsinki, JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti sifatida transport vositasini boshqargan, ya’ni:
haydovchilik guvohnomasiga ega;
yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilgan;
tegishli turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan;
umuman transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan;
qo‘sh boshqaruvli o‘quv (mashq) transport vositasida transportni boshqarishni o‘rgatayotgan shaxs topilishi mumkin.
7. Yo‘l harakati qoidalarining I bo‘limiga ko‘ra, ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan va yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan hamda eng yuqori harakatlanish tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositasini, moped (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped) va o‘xshash tavsifga ega bo‘lgan boshqa transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas. Mazkur transport vositalarini yoki ot-ulov transportini boshqarib borayotgan, shuningdek, velosipedchilar, aravacha, chana, bolalar hamda nogironlar aravachalarini tortib (yurgizib) borayotgan va yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxs, agar bunda ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan yoxud odam o‘lgan bo‘lsa, buning uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, JK 268-moddasi bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
Agar yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bir necha turdagi transport vositasi haydovchilarining jinoiy harakatlari bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lsa, bunday holda ular transport vositasi turidan kelib chiqib, tegishlicha, JK 266 yoki 268-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
8. JK 260, 261 — 263, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning zaruriy belgisi sodir etilgan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa qoidalarning buzilishi bilan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligi hisoblanadi. Harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi ham harakat, ham harakatsizlikda ifodalanishi mumkin.
Shuni nazarda tutish lozimki, yo‘l harakati qoidalarini buzish transport vositasini boshqarish tartibiga doir belgilangan ko‘rsatmalarga rioya etmaslikda (masalan, belgilangan harakatlanish tezligini oshirish, yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, harakatlanishning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketish va shu kabilarda) ifodalanadi. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish esa, transport vositalaridan foydalanish tartibiga doir belgilangan ko‘rsatmalarga rioya etmaslikda (masalan, nogabarit yuklarni yoki yo‘lovchilarni bunga mo‘ljallanmagan transport vositasida tashish, transport vositasi boshqaruvini shu vositani boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga topshirish va shu kabilarda) ifodalanadi.
Transport vositasi haydovchisining yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish natijasida emas, balki yukni ortish yoki tushirishda, transport vositalarini ta’mirlashda, qurilish, yo‘l, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni amalga oshirishi natijasida JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘lgan harakatlari, yuzaga kelgan oqibatlar va ayb shaklidan kelib chiqqan holda, shaxsga qarshi jinoyatlar yoki ishlarni amalga oshirish qoidalarini buzish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, agar u kelib chiqqan oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa, ayblovdan chiqarilishi lozim. Bunday hollarda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.
9. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, yo‘l-transport hodisasi sabablarini tekshirishda yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining qaysi bandlari buzilganligini va ulardan qaysilari JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lganligini aniqlash zarur.
Yo‘l harakati qoidalari ikki yoki undan ortiq yo‘l harakati ishtirokchisi tomonidan buzilgan hollarda, JK 266-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik faqat transport vositasini boshqarish borasidagi harakatlari mazkur moddada ko‘rsatib o‘tilgan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan haydovchidagina kelib chiqadi. Transport vositasini boshqarish borasidagi harakatlari kelib chiqqan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmagan boshqa haydovchi esa, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
10. JK 260, 261, 262, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoki boshqa qoidalar buzilishi xususiyatidan qat’ii nazar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan, deb e’tirof etiladi, chunki, bunda aybdor barcha hollarda o‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik bilan harakat qiladi. Agar aybdor harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini qasddan buzsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Aybdor tomonidan bir necha mustaqil jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, masalan, bu jinoyatlardan biri harakatlanish yoki transport vositasidan foydalanish xavfsizligiga qarshi, boshqasi esa, hayotga yoki sog‘liqqa qarshi jinoyat bo‘lsa, uning harakatlari mazkur jinoyatlar majmuini tashkil etadi.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 260, 2601, 262, 263, 2631, 266, 268, 269-moddalari dispozitsiyalarida nazarda tutilgan “odamlar o‘limi” deganda, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa qoidalar buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq odam o‘lishini tushunish lozim.
“Halokat” deganda, temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, jamoat transportidagi (avtobus, trolleybus, tramvay, yo‘nalishli taksi va shu kabilar) o‘nlab odamlar nobud bo‘lishi bilan bir qatorda atrof-muhitga hamda odamlar sog‘lig‘i yoki hayoti uchun tuzatib bo‘lmas darajada ziyon yetkazgan hodisa tushunilishi lozim.
“Boshqa og‘ir oqibatlar” deganda, odamlar o‘limi bilan bir qatorda poyezdlar, kemalar yoki samolyotlar qatnovi uzoq muddatga izdan chiqishi, tevarak-atrofdagi uylar va boshqa inshootlar vayron qilinishi (portlashi, yonib ketishi, qulab tushishi) va h.k.lar tushunilishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq odamga o‘rtacha og‘ir va/yoki og‘ir shikast yetkazilganligi faktining o‘zi qilmishni “boshqa og‘ir oqibatlar” belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lmaydi.
12. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki yoki undan ortiq odam jabrlangan (bir paytning o‘zida badanga og‘ir shikast yetkazilgan va odam o‘limi kelib chiqqan) hollarda, yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsning harakatlari JK 33-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq JK 266-moddasining og‘irroq javobgarlikni nazarda tutuvchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari ehtiyotsizlik oqibatida buzilganligi sababli bir yo‘la bir necha shaxsning badaniga turli darajadagi og‘irlikda (yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir) shikast yetkazilgan bo‘lsa, aybdor shaxs JK 266-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Bir xil oqibatlar keltirib chiqargan, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining bir nechasi buzilganda, aybdorning harakatlari JK 266-moddasining shunday oqibatlarni nazarda tutuvchi tegishli qismi bilan (JK 33-moddasi ikkinchi qismi qoidasiga muvofiq) qamrab olinadi.
13. Haydovchining yo‘l-transport hodisasi sodir etilishida, jumladan, harakatlanish tezligini oshirganligi natijasida, aybdorligi yoki aybsizligi masalasini hal etishda “Yo‘l harakati qoidalari”ning XI bo‘limi talablaridan kelib chiqish lozim bo‘lib, unga ko‘ra, haydovchi transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, xususan, harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda boshqarishi kerak.
Shu talabdan kelib chiqib, harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lganda, agar haydovchida buni payqashi imkoniyati bo‘lsa, u transport vositasini to‘xtatish darajasigacha tezlikni kamaytirish choralarini ko‘rishi kerak. JK 266-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqat, haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda va uning huquqqa xilof xatti-harakatlari bilan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi aniqlangan taqdirda kelib chiqadi.
14. Haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat bor-yo‘qligi masalasini hal etishda, harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lgan payt, har bir muayyan holda, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgunga qadar yo‘lda mavjud bo‘lgan vaziyatni inobatga olgan holda aniqlanishidan kelib chiqish lozim. Harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lgan vaqt, haydovchi uni payqay olishi uchun obyektiv imkoniyatga ega bo‘lgan paytdan boshlab hisoblanadi.
15. Maxsus bilim talab qiladigan masalalarni yo‘l-transport hodisasi xususiyatlaridan (transport vositalari harakatlanish tezligi, haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat bor-yo‘qligi, yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari harakatlarining “Yo‘l harakati qoidalari” talablariga muvofiqligi, transport vositalari, ular agregatlari va uzellarining texnik holati va shu kabilardan) kelib chiqib, aniqlash uchun sud-avtotexnika ekspertizasi tayinlanishi lozim. Yo‘l-transport hodisasining boshqa holatlarini aniqlash uchun sud-avtotexnika ekspertizasi hal qiladigan masalalar bilan bir qatorda sud-trassologiya va boshqa ekspertizalarga oid masalalarni qamrab oluvchi kompleks ekspertizalar tayinlanishi mumkin.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda (ajrimda) xulosa berish uchun ekspertga zarur bo‘lgan, ishda mavjud materiallarga asoslangan yo‘l-transport hodisasiga oid boshlang‘ich ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Yo‘l-transport hodisasi holatlari to‘g‘risida ishda bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, ekspertga (ekspertlarga) bu ma’lumotlarning har biri bo‘yicha alohida xulosa berish topshiriladi.
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud-avtotexnika ekspertizasi vakolati doirasiga faqat yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq maxsus texnik masalalarni hal etish kiradi. Shuning uchun, ekspertiza tayinlashda sudlar ekspertlar oldiga yechimi mutloq sudning vakolatiga taalluqli (masalan, yo‘l harakati ishtirokchisining aybdorlik darajasi to‘g‘risida) huquqiy masalalarni qo‘yishga haqli emaslar.
17. Sudlarga tushuntirilsinki, yo‘l-transport hodisasini sodir etishda aybdor va jabrlanuvchini, uning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolganligini bila turib, yordamsiz qoldirgan haydovchi JK 266 va 117-moddalarining tegishli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha javobgarlikka tortilishi lozim.
Agar haydovchi yo‘l-transport hodisasini sodir etishda aybdor bo‘lmasa, biroq, jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘i uning ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida xavf ostida qoldirilgan bo‘lsa, haydovchi tomonidan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishga doir “Yo‘l harakati qoidalari”ning 13-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarilmaganligi JK 117-moddasining tegishli qismi bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan shaxsga bila turib yordam ko‘rsatmaslik deganda, transport vositasi haydovchisi jabrlanuvchi yoshligi, keksaligi, kasalligi yoki ojiz ahvolda bo‘lganligi sababli mustaqil ravishda tibbiy yordam so‘rash imkoniyatiga ega emasligini, uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf mavjudligini anglagan, biroq unga zarur yordam ko‘rsatmagan (masalan, haydovchi hodisa joyidan yashiringan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmagan, tez tibbiy yordam chaqirmagan, jabrlanuvchini yaqin oradagi davolash muassasasiga olib bormagan va shu kabi) hollar tushunilishi lozim.
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan jabrlanuvchiga bila turib yordam ko‘rsatmaslik motivlari, shuningdek, haydovchining boshqa shaxslar tomonidan yordam ko‘rsatilishi mumkinligi haqidagi vajlari aybdorning harakatlarini kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi.
18. Yo‘l-transport hodisasida aybdor haydovchi uchun quyidagi hollarda JK 117-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqmaydi:
agar unda jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmasa (masalan, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hushini yo‘qotganligi yoki olgan tan jarohati uni jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘lsa va h.k.);
jabrlanuvchining badaniga yetkazilgan tan jarohatlari uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmasa;
jabrlanuvchining o‘limi yo‘l-transport hodisasi paytida ro‘y bergan bo‘lsa.
19. Jinoyat kodeksi 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda sudlar, yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining aynan qaysi bandlari buzilganligi mazkur moddada ko‘rsatilgan oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lganligini va bu qoidabuzarlik aynan nimada ifodalanganligini (masalan, texnik nosoz transport vositasini boshqarganlik, transportni mast holda boshqarganlik, harakatlanish tezligini oshirib yuborganlik va shu kabilarni) hukmda ko‘rsatishlari lozim.
20. Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishini harbiy mashinani boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishdan farqlash lozim. Harbiy xizmatchi tomonidan jangovor, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, qilmish JK 298-moddasi bilan kvalifikatsiya qolinadi. Agar yo‘l-transport hodisasi harbiylashtirilmagan mashinani boshqargan harbiy xizmatchining aybi bilan yoki harbiy mashinani boshqargan harbiy bo‘lmagan shaxsning aybi bilan sodir etilsa, qilmish JK 266-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
21. Tushuntirilsinki, temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxslar, agar ular tomonidan mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxslarga mazkur transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilgan taqdirda, JK 261-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday javobgarlik faqat quyidagi hollarda kelib chiqadi, agar:
transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxs haydovchi transport vositasini boshqarishga ruxsat berilgan paytda mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida ekanligini aniq bilgan bo‘lsa;
yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining haydovchi tomonidan buzilishi natijasida badanga og‘ir shikast yetkazilgan yoki odam o‘lgan holda kelib chiqqan bo‘lsa.
Jinoyat kodeksi 261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti tashkilot, korxona, muassasa rahbarining buyrug‘i bilan transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs, shuningdek, shaxsiy transport egasi hisoblanadi.
Agar transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan alkogolli ichimlikdan mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilgan va keyinchalik bu haydovchi o‘zboshimchalik bilan transport vositasini boshqargan bo‘lsa, JK 261-moddasi bilan javobgarlik kelib chiqmaydi.
Shuni nazarda tutish lozimki, alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini topshirgan shaxs, basharti yo‘l-transport hodisasi natijasida JK 261-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar kelib chiqmagan bo‘lsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi uchinchi qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
22. Sudlar shuni nazarda tutishlari zarurki, transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilgan mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxs tomonidan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilganda, uning harakatlari kelib chiqqan oqibatlarga qarab, JK 260 yoki 266-moddasining tegishli qismlari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Jinoyat kodeksi 260-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transporti harakati xavfsizligini tashkil etish bilan bog‘liq xodimlar (masalan, harakat xizmati, havo aloqasini boshqarish markazi, dispetcherlik xizmati xodimlari, katta shturman, parvozlar rahbari), shuningdek, transport vositasini bevosita boshqaruvchi xodimlar (kema komandiri (kapitani) va shturmani, mashinist va uning yordamchisi va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
23. Jinoyat kodeksi 262-moddasi bo‘yicha javobgarlik, ta’mirlash ishlarini bajarayotgan shaxs yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul shaxs tomonidan temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasi, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoxud boshqa transport uskunalari sifatsiz ta’mirlangan, shuningdek texnik jihatdan nosoz transport vositasini foydalanishga chiqarishga ruxsat berilgan hollarda kelib chiqadi. Bunda, transport vositalari, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarining texnik holati uchun mas’ul shaxs, texnik nosozlikdan xabardor bo‘lishi shart.
24. Sudlar yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni texnika xavfsizligi yoki transportda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan farqlay olishlari shart.
Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish (JK 266-moddasi) deganda, bunday harakatlarning transport vositasi yo‘llarda harakatlanishi jarayonida sodir etilishi tushuniladi. Agar transport vositasidan foydalanish jarayonida, jumladan transportga yuk ortish-tushirish, transport vositasini ta’mirlash, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlari va boshqa turdagi ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish natijasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan, odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqan bo‘lsa, mazkur qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxsning harakatlari JK 257-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
25. Sudlar yo‘l-transport hodisasida aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo turi va muddatini belgilashda insonparvarlik, odillik tamoyillaridan kelib chiqib, har bir ish bo‘yicha alohida yondashuv to‘g‘risidagi qonun talabiga qat’iy rioya qilishlari, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, hodisa sodir bo‘lgandan keyin shaxsning xatti-harakatiga (uning jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qilgan harakatlari, jabrlanuvchi va uning oilasiga moddiy va boshqa tarzda yordam berganligi, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplaganligi va h.k.) va jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi boshqa holatlarga alohida e’tibor berishlari shart.
26. Sudlar JK 260, 2601, 262, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda, sudlanuvchiga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llash masalasini muhokama qilishlari lozim. Mazkur masala shaxs bunday huquqqa ega, egamasligidan (masalan: shaxs jinoyat sodir qilgunga qadar yoki tergov vaqtida ma’muriy tartibda yoki sud hukmi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganligidan) qat’ii nazar, muhokama qilinishi shart.
Jinoyat kodeksining 261-moddasi, 266-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qushimcha jazo qo‘llanilishi majburiyligi belgilanganligi sababli, sud, JK 57-moddasida belgilangan alohida hollar (masalan, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik bo‘lib, boshqa mutaxassislikka ega emasligi) mavjud bo‘lganda, hukmning tavsif qismida o‘z qarorini asoslab bergan holda, qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llamasligi mumkin.
27. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda mazkur jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalalarni hal etishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli, shuningdek, “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarorlarida bayon etilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
28. Tashkilot, korxona, muassasalarda xizmat vazifalarini bajarishga vijdonsiz munosabatda bo‘lish, transport vositalarining qoniqarsiz ahvoli, mehnat va ijro intizomini buzish, avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini saqlash qoidalarini buzish kabi jinoyat sodir etilishiga imkon yaratib bergan hollar aniqlanganda, sudlar xususiy ajrim (qaror) chiqarish yo‘li bilan tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslari e’tiborini shu holatlarga qaratishlari lozim.
Ish bo‘yicha avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini saqlash qoidalari qo‘pol buzilishi ( yo‘llarning cho‘kishi, yer osti inshootlari lyuklarining ochiq qoldirilishi, ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilmaganligi va h.k.) hollari aniqlanib, u JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqargan yo‘l- transport hodisasi uchun sharoit tug‘dirgan bo‘lsa, sudlar mazkur qoidalarga rioya etilishiga mas’ul shaxslar (ta’mirlash-qurilish eki foydalanish tashkilotlari xodimlari, ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va h.k.) harakatiga huquqiy baho berish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari lozim.
29. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport harakati yoki undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 22-dekabrdagi 32-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 149 | 26,533 |
Qonunchilik | “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-son “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2411, 2013-yil 15-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 3-son, 33-modda);
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 21-iyundagi 5-son “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2411-1, 2013-yil 12-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 28-son, 368-modda).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2016-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi. | 249 | 1,711 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasidagi huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-sonli qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, “Chkalov nomidagi TAIChB” DAJning boshqaruvi raisi — bosh direktori aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tasdiqlanadi. Boshqaruv a’zolari (bosh muhandis, bosh direktor o‘rinbosarlari, hududiy bo‘linmalar direktorlari) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimlarga tasdiqlanadi”. | 108 | 1,205 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-859-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 27-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-859-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 694 |
Qonunchilik | Kengashga a’zo boʻlmaganlar tugatiladi | Yer kodeksi, «Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida» va «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi (4.04.2019 yildagi OʻRQ–533-son Qonun).
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil oktyabrda Oʻzbekiston Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (bundan keyin – Kengash) tashkil etilgan. 2018 yil 1 iyuldan barcha fermer va dehqon хoʻjaliklarining Kengashga a’zoligi majburiy hisoblanadi (26.04.2018 yildagi PQ–3680-son qarorga qarang).
Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon хoʻjaligining Kengashga a’zoligi tugatilishi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish uchun asos boʻladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoхud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu holda tugatish tuman kengashining taklifiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuman hokimining qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻz navbatida, fermer хoʻjaligi bilan tuzilgan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishi va dehqon хoʻjaligidan yerning olib qoʻyilishi ularning tugatilishini anglatadi. Sababi, yer – qishloq хoʻjaligi faoliyatini yuritish uchun, mazkur tashkiliy-huquqiy shakllarning huquqiy alomatini belgilovchi asos. Shu tariqa, dehqon va fermer хoʻjaliklari Kengash a’zosi boʻlmay turib faoliyat yurita olmaydilar.
Bundan tashqari, qonun hujjatlarida Kengashlar yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda monitoringni amalga oshirishi qayd etildi. Bunga yerlarga ishlov berilishining holati, urugʻlar, koʻchatlar va daraхtlarning ekilishi, issiqхonalar qurilishi, chorva va parrandaning koʻpaytirilishi kiradi. Kengashlar oʻz a’zolariga tegishli koʻrsatmalar berishlari mumkin.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 5.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 38 | 1,916 |
Qonunchilik | Ma’muriy qamoq qanday oʻtaladi? | Tushunchalar va asoslar
Ma’muriy qamoqqa olish — ma’muriy jazo turi boʻlib, u shaхsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qoʻyish sharoitlarida saqlashdan iborat. U 3 sutkadan 15 sutkagacha boʻlgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun 30 sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi.
Tuman (shahar) sudi ma’muriy ishlar boʻyicha sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori ma’muriy qamoqni oʻtash uchun asos boʻladi.
Qonun bilan ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarning huquq va majburiyatlari, maхsus qabulхonalarning ma’muriyati va хodimlari hamda ularning ichki tartibi qoidalari tartibga solinadi.
Oʻtash joyi
Belgilanishicha, ma’muriy qamoqqa olingan shaхslar maхsus qabulхonalarning umumiy kameralariga yoki bir kishilik kameralariga joylashtiriladi. Kameralarda bir kishiga toʻgʻri keladigan maydonning normasi kamida 2,5 kv.metrni, ayollar uchun esa kamida 3 kv.metrni tashkil etadi. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar saqlanadigan kameralarda bir kishiga toʻgʻri keladigan maydon 4 kv.metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarga alohida yotoq joyi, koʻrpa-toʻshak, idish-tovoq hamda ovqatlanish anjomlari beriladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarga oʻzining kiyim-boshi, poyabzali va shaхsiy gigiyena vositalaridan foydalanishga ham ruхsat berilgan.
Ma’muriy qamoqqa olingan barcha shaхslar uchun shaхsiy хavfsizligi ta’minlanadi. Maхsus qabulхona ma’muriyati va хodimlari ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarning hayoti va sogʻligʻiga tahdidlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan darhol choralar koʻrishi shart.
Jumladan, koʻrsatilgan maqsadlarda nazorat va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalaridan va boshqa teхnik vositalaridan foydalaniladi. Ulardan foydalanishning aniq roʻyхati va tartibini Ichki ishlar vazirligi belgilaydi.
Mehnatga jalb etish
Maхsus qabulхona ma’muriyati va хodimlariga ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarning yozma roziligiga koʻra ularni haq toʻlanadigan mehnatga jalb etish huquqi berilgan (mehnatga qobiliyatsiz shaхslar bundan mustasno). Bunda ularga qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan — Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam boʻlmagan haq toʻlanishi lozim.
Davomiyligi sutkasiga ikki soatdan koʻp boʻlmagan maхsus qabulхona хonalaridagi sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaхshilash, shuningdek ichki ishlar organi yoki maхsus qabulхona hududini obodonlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga haq toʻlanmaydi. Quyidagilar ularni bajarish shartlari qilib belgilangan: ma’muriy qamoqqa olingan shaхsning roziligi, uning sogʻligʻi va navbat tartibi.
Kimga jismoniy kuch ishlatiladi yoki maхsus vositalar qoʻllanadi?
Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarning jinoyatlari va boshqa huquqbuzarliklariga barham berish maqsadida, shuningdek ularning maхsus qabulхona хodimlarining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatishini bartaraf etish uchun, agar qonuniy talablarning ular tomonidan bajarilishini jismoniy kuch ishlatmay, boshqa usullar bilan ta’minlashning iloji boʻlmasa, ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari, maхsus qabulхonalar хodimlari maхsus vositalar — tinchlantirish koʻylaklari, rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqa bogʻlash vositalari, koʻzdan yosh oqizuvchi moddalar, chalgʻitma ta’sir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, хonalarni ochish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalarni qoʻllashga haqli.
Biroq ular faqat quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Saqlash хarajatlarini undirish
Qabulхonada saqlash bilan bogʻliq хarajatlar sudyaning (favqulodda holat rejimi sharoitlarida — shuningdek harbiy komendantning yoki IIB boshligʻining) qaroriga koʻra sutkasiga EKIHning 15 %i miqdorida undiriladi.
Shaхs ma’muriy qamoqni oʻtashi vaqtida ishlagan va shu tariqa хarajatlarning oʻrnini qoplagan hollarda undan хarajatlar undirib olinmaydi. Mehnatga qobiliyatsiz shaхslar ham bu хarajatlarning undirilishidan ozod qilinadi
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 31 | 4,298 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN KOREYA RESPUBLIKASI O‘RTASIDA TUTIB TOPShIRISh TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida tutib topshirish to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 131 | 251 |
Qonunchilik | 1 maydan nimalar oʻzgardi | Norma.uz portali 2022 yil 1 maydan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Bir qator hujjatlar kuchga kirdi
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashadi
Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln soʻm miqdorida, jami 10 mlrd soʻmgacha grantlar ajratiladi.
Aviaspotting – hech qanday cheklovsiz
Aviaspottingga ruхsat berildi - belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olish amalga oshiriladi.
Mahalla raislari qancha maosh olishadi
Ularning oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:
Mehnat migrantlarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablagʻlari hisobidan har yili:
a) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:
b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:
«Avtomobil tariхi» davlat хizmati joriy etildi
U quyidagi aхborotlarni oʻz ichiga oladi:
Tashqi qarzlarni jalb qilish talablari kuchaytirilmoqda
Hususan:
Pensiyalarni hisoblash va toʻlash tizimi avtomatlashtiriladi
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kuchga kiradi
Roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan хorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi koʻchmas mulk ob’yektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:
Norezidentlar uchun daromad soligʻi stavkasi kamayadi
Norezident jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraхtdan olinadigan daromadlardan tashqari) boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanadi.
Nuroniylarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash
Ijtimoiy yordam koʻrsatish хizmati хodimlari yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar tomonidan Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining “Sall-markazi”ga qilingan murojaatlar asosida quyidagi хizmatlarni koʻrsatadi:
- oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlarining koʻrigiga yozdirish, ularni uyga koʻrikdan oʻtishga chaqirish;
- Jamgʻarma хizmatlaridan foydalanish uchun buyurtma berish, roʻyхatdan oʻtish va buyurtmaning holatiga aniqlik kiritish;
- Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan profilaktik, tibbiy davolanishlar va sayyohlik safarlari boʻyicha ma’lumotlar olish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi muassasalar (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) toʻgʻrisida ma’lumotlar olish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida kinoteatrlar, teatrlar, muzeylar va boshqa madaniy tadbirlar toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlar olish;
- Jamgʻarma tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar doirasida dori vositalari, protez-ortopediya moslamalari va kreslo-aravachalarni uyga yetkazib berish;
- shifokorlar retseptlariga asosan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslarga ularning mablagʻlari hisobiga dori vositalarini olib kelish hamda oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning shifokori koʻrigidan soʻng tibbiy koʻrik ma’lumotlarini yetkazish;
- kutubхonalarga a’zo boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa nashrlarni yetkazish. | 25 | 3,907 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida | 1. 2016-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan:
Hindiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum;
Pokiston Islom Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,128 |
Qonunchilik | 2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida | Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish maqsadida:
1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) ma’qullansin:
a) 2021-yilda 457 127 ta doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari, shu jumladan:
2021-yilda doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etishning yig‘ma prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1.1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1.2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1.3-ilovaga muvofiq;
b) 2021-yilda mehnat organlari tomonidan 513 575 nafar fuqaro bandligiga ko‘maklashish va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari, shu jumladan:
2021-yilda aholi bandligiga ko‘maklashish va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning umumiy prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda ishsizlarni bo‘sh va zaxira ish o‘rinlariga ishga joylashtirish prognoz ko‘rsatkichlari 2.1-ilovaga muvofiq.
2. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2021-yilda aholi bandligiga ko‘maklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratish prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
subsidiyalar ajratish uchun — 92,3 mlrd so‘m;
ishsizlik nafaqalari to‘lab berish uchun — 65,1 mlrd so‘m;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xarajatlarini qoplash uchun — 40,6 mlrd so‘m;
yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar uchun — 125 mlrd so‘m.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda:
Davlat dasturi doirasidagi prognoz ko‘rsatkichlarini tuman (shahar)lar va sektorlar bo‘yicha oylar va choraklar kesimida ishlab chiqib, ularning xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarida muhokamadan o‘tkazilishini;
Davlat dasturi doirasidagi 2021-yilga mo‘ljallangan loyihalarning tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, hududiy mutasaddi tashkilot va idoralar tomonidan tasdiqlanishini;
2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish to‘g‘risidagi hududiy (manzilli) dastur to‘g‘risida qaror qabul qilinishini ta’minlasin.
4. Davlat dasturini o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan quyidagi idoralar rahbarlari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin:
Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.V. Voitov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) — tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 34 881 ta ish o‘rni yaratishga;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (O.B. Rustamov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari — hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 206 098 ta ish o‘rni yaratishga;
Bosh vazir o‘rinbosari B.M. Musayev, Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.V. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshqulov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari — ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish va 6 641 ta ish o‘rni yaratishga;
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxo‘jayev), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari — yuridik shaxs tashkil etgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlarini tashkil etish va 121 038 ta ish o‘rni yaratishga;
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), Davlat xizmatlari agentligi (U.I. Muhammadiyev), Moliya vazirligi (D.Sh. Sultonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlikni, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlarini tashkil etish va 88 469 ta ish o‘rni yaratishga;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Husanov) — mehnat organlari tomonidan 513 575 nafar fuqaro bandligiga ko‘maklashishga;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Husanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxo‘jayev) — mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Davlat dasturi o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirishga.
Davlat dasturi yuzasidan ushbu bandda ko‘rsatilgan mas’ul vazirlik, idora hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oy yakuniga ko‘ra keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tegishli ma’lumotlarni umumlashtirish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etib borsin.
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin. Bunda, quyidagilar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida aks ettiriladi:
mehnat staji uchun ijtimoiy soliq to‘lagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oy yakuni bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar;
tashkil etilgan ish o‘rnida band bo‘lgan jismoniy shaxslardan (yakka tartibdagi tadbirkorlardan) olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq hamda norasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan yashirin ish o‘rinlarini rasmiylashtirish, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oy yakuniga qadar;
yuridik shaxslar tomonidan yangi tashkil etilgan va qisqartirilgan ish o‘rinlari soni to‘g‘risidagi oylik, choraklik, yillik ma’lumotlar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har oy yakuni bo‘yicha:
Davlat dasturi ijrosi yuzasidan umumlashgan tahliliy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida hisobot berib borsin.
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ishlar) band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha quyidagilardan iborat yangi tizimni yaratish haqidagi taklifi ma’qullansin:
vaqtincha ishlarda band bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shu jumladan ularga vaqtincha ish joylari va ish beruvchilarni qidirishda ko‘maklashish, o‘zini o‘zi band qilib ishlash uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
ish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha ishlarda band bo‘lgan fuqarolarni yollash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish masalalari bo‘yicha maslahat va uslubiy yordam berish;
vaqtincha ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish, ularga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish;
“barcha uchun ish” tamoyili asosida vaqtincha ishlarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ish beruvchilar va ishlovchilarga masofadan turib xizmatlar ko‘rsatishni keng joriy etish;
vaqtincha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, bunda ish izlovchilarni yotoqxona va transport bilan ta’minlash, tezkor buyurtmalar olish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.
7. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida faoliyat yuritayotgan vaqtincha bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari Kunlik mehnat markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) sifatida qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ish izlovchilarni ro‘yxatga olish, ular to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritish, ish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash bo‘yicha buyurtmalar olish;
vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va elektron (qog‘oz) shakldagi ma’lumotnoma olishiga shart-sharoit yaratish;
ish izlovchilarni korxona va tashkilotlardagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan muntazam tanishtirib borish hamda doimiy ishga joylashishlariga ko‘maklashish;
vaqtincha ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga tayyorlash (qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
manfaatdor ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish;
vaqtincha ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish.
8. Belgilansinki:
Markazda vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarga ularning doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik tamoyili bo‘yicha), ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan holda bandlik xizmatlari ko‘rsatiladi;
Markazda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori tomonidan tayinlanadigan ishga joylashtirish mutaxassislari faoliyat yuritadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida ushbu hududdagi Markazning rahbari hisoblanadi;
jamoat tartibini saqlash uchun Markazga tegishli tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimi doimiy ravishda biriktiriladi;
Markaz xodimlarining va unga doimiy ravishda biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimi mehnatiga haq to‘lash tegishli ravishda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda olti oy muddatda “barcha uchun ish” tamoyili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushirsin:
ishsizlar, ayniqsa, ayollar, yoshlar, talabalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ishlar, masofadan turib bajariladigan ishlar, uyda bajariladigan ishlar, kasanachilik ishlari, frilanserlik faoliyati, ish grafiklari, talab etiladigan malaka darajasi, ish haqi miqdori va boshqalarni aks ettirish;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) hamda ularga ehtiyoji bor bo‘lgan ish beruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari)ni reklama qilish;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va ularning xizmatiga ehtiyoji bor ish beruvchilar o‘rtasida kunlik va uzoq muddatli oferta shartnomasi tuzish.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
“Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushirishni moliyalashtirish Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
vaqtincha bir martalik ishlar to‘g‘risidagi kunlik ma’lumotlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) to‘g‘risidagi e’lonlar “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydoni orqali bepul taqdim etib boriladi;
xususiy bandlik agentliklariga kunlik ishlar haqidagi axborotni va ish izlovchilarning rezyumelarini e’lon qilish uchun “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonida shaxsiy kabinet ochishiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ruxsat beriladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida ehtiyojdan kelib chiqib, filial shaklida Markazlarni tashkil etish, Markaz to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash hamda shtat birliklari ajratish mehnat bozorining konyunkturasi va kunlik ishlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Markazlarni tashkil etish, saqlash va moddiy-texnik ta’minlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularda videokuzatuv va ogohlantiruvchi aloqa tizimlarini o‘rnatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnatfaoliyatini tartibga solish hamda Kunlik mehnat markazlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilinishini ta’minlasin.
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
2021-yil 1-iyulga qadar yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha hisobotlarni yuritish, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qo‘mitasining yagona integratsiyalashgan axborot resurs bazasi bilan monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron dastur ishlab chiqilishini;
uch oy muddatda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida aks ettirilishini;
ikki oy muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun bandlik sohasida interaktiv xizmatlar doirasi kengaytirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Husanov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-dekabrga qadar axborot berilsin. | 116 | 16,145 |
Qonunchilik | Kunlik mehnat markazlari tuzilmasi tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1.07.2021 yildagi «Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 410-son qaror qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 28.04.2021 yildagi «2021 yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-5094-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan Kunlik mehnat markazining namunaviy tuzilmasi (keyingi oʻrinlarda – Namunaviy tuzilma) tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun! Kunlik mehnat markazlarining (keyingi oʻrinlarda - Markazlar) asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Belgilanishicha, Markazlar хodimlari mehnatiga haq toʻlash Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobida tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki oy muddatda hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, joylarda DXSh asosida Markazlarni tashkil etish choralarini koʻrish topshirildi.
Markazlarda ish beruvchi va ish izlovchilar uchun call-markazlar tashkil etish, ish izlovchilarni ish joylariga transportda olib borish va olib kelish хizmatlarini koʻrsatish, ularga yotoqхonalar, mehnat qurollari, shaхsiy himoya vositalari va maхsus kiyimlarni ijaraga berish hamda ovqatlanish va хizmat koʻrsatish shoхobchalari tashkil etilishi nazarda tutiladi.
Markazlarni joylashtirish uchun mavjud binolar tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Markazning Namunaviy tuzilmasiga quyidagilar kiritildi:
Markazlar mahalliy mehnat bozorida ayrim vaqtincha va bir martalik ishlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan qoʻshimcha хodimlar bilan ta’minlanadi.
Markazlarga jamoat tartibini saqlash uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining bir nafardan mas’ul хodimi doimiy biriktiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 46 | 2,107 |
Qonunchilik | Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda qorako‘l mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
O‘tgan davr mobaynida qorako‘l zotli qo‘ylarning bosh soni qariyb 2 baravarga ko‘payib, sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qorako‘l qo‘ylarining yangi turlari va cho‘l ozuqabop ekinlarining yangi navlari yaratildi.
Shu bilan birga quyidagilar qorako‘lchilik sohasining jadal rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda:
birinchidan, qorako‘l zotli qo‘ylarning irsiy xususiyatlari buzilishi, qo‘ylar tana hajmining kichiklashishi;
ikkinchidan, cho‘lda ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslari yaratilmaganligi, cho‘l ozuqabop o‘simliklari istiqbolli navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yilmaganligi;
uchinchidan, yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion ishlanmalarning joriy etilmaganligi, yaylovlardagi mavjud suv inshootlarining eskirganligi;
to‘rtinchidan, qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan yetishtirilgan qo‘y terisi, qorako‘l terisi va junini xarid qilish, ularga ozuqa mahsulotlari yetkazib berishning yagona tizimi mavjud emasligi;
beshinchidan, qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning modernizatsiya qilinmaganligi, ushbu sohada yangi zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning barpo etilmaganligi;
oltinchidan, qorako‘lchilik sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmining mavjud emasligi hamda ularning qo‘nimsizligi.
Qorako‘lchilik sohasini yanada isloh qilishni ta’minlash, sohada naslchilik ishlarini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish va jahon bozori talablariga javob beradigan sifatli qorako‘l terilarini yetishtirish, Buxoro qorako‘li nufuzini qayta tiklash va sohaning eksport salohiyatini oshirish, qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Buxoro viloyati hokimligining:
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial);
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarashli Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
3. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
naslchilik va sun’iy urug‘lantirish ishlarini ilmiy asosda tizimli tashkil etish, bunda qimmatli, eksportbop yarim doira qalamgul, qovurg‘asimon, yassi gul tiplaridagi sur va qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish;
Buxoro viloyatining qorako‘lchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinash va uning ijobiy natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
naslli qo‘chqorlarning rangi va tipi bo‘yicha hududlar hamda xo‘jaliklar kesimida almashinuvini tashkil etish;
qorako‘lchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi va qorako‘lchilikda olib borilayotgan naslchilik va seleksiya ishlarini o‘rganish va bu borada erishilgan ilg‘or yutuqlarni joriy etish.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
cho‘l hududlarida ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish, cho‘l ozuqabop o‘simliklar istiqbolli navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish;
cho‘l ozuqabop ekinlari urug‘liklari yetishtiriladigan maydonlarda ilg‘or agrotexnik tadbirlarni joriy qilish, ushbu maydonlarni sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash va urug‘lik yetishtirish hajmini oshirish;
yaylovlar tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mos navlarni tanlash va ularning urug‘larini jadal ko‘paytirish;
inqirozga uchragan yaylov maydonlarini aniqlash va ularni tiklash hamda hosildorligini oshirish uchun cho‘l ozuqabop ekinlarni ekish ishlarini tashkil etish;
qorako‘lchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarning talabiga asosan ozuqabop ekinlar urug‘larini yetkazib berish.
5. Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi bilan birgalikda Markaz tomonidan cho‘l ozuqabop o‘simliklar urug‘larini yetishtirish maqsadida Buxoro viloyatining tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib 4 ta uchastka tashkil etib, ularga jami 1000 gektar yaylov yer maydonlari ajratib berish;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Filial va Markazni bir binoda joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Markaz respublikaning boshqa viloyatlarida ham o‘z filiallarini tashkil etishi va kelgusida Markaz hamda uning filiallari faoliyatini davlat-xususiy sherikchilik asosida yo‘lga qo‘yishi mumkinligi belgilansin.
6. Quyidagilar Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Filial va Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Institut, Filial va Markazni saqlash, shu jumladan xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grant mablag‘lari.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari qorako‘lchilik sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan aniq ishlanma va loyiha tashabbuskorlarini rag‘batlantirish maqsadlari uchun yo‘naltirilishi belgilansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institut, Filial va Markazni saqlash, xodimlar uchun budjet hisobidan ish haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni 2018-yil 1-apreldan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutsin.
8. Belgilansinki, Markazning cho‘l yaylov o‘simliklarning urug‘liklarini yetishtirish va ularni cho‘l hududlarda ekish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, shu jumladan 2018-yilda 2,5 milliard so‘m miqdorda ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inqirozga uchragan yaylov maydonlarining tiklanish davrida yaylov sifatida foydalanilmasligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Filial va Markazda zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish hamda Markazni qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini;
bir oy muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Qorako‘lchilik” uyushmasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab qorako‘lchi seleksioner va cho‘l o‘simliklari yaylovshunosi yo‘nalishida sirtqi bo‘limni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar, shuningdek, Institut tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
10. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar va qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qorako‘lchilik uchun zarur bo‘lgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi;
b) qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i stavkalari 2023-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarishsiz qoldiriladi;
v) respublika hududida qorako‘l terisi va junini tayyorlash hamda xarid qilish “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi” tizimidagi korxonalar tomonidan oldindan 50 foiz bo‘nak to‘lash orqali amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpaxtayog‘” AJ, Respublika tovar xomashyo birjasi, “O‘zbekcharmpoyabzali” va “Qorako‘lchilik” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar tomonidan yetishtirilgan qo‘y terisi, qorako‘l terisi va junini xarid qilish, shuningdek, ularga omuxta yem, arpa, paxta shroti va sheluxasini yetkazib berish tizimi joriy etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qorako‘lchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh qorako‘l terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qorako‘l” uyushmalarining O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallarida ochiladigan maxsus hisob raqamlar shaklida Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armalar) tashkil etilsin.
13. Jamg‘armalarning asosiy vazifalari etib:
jahon bozorida qorako‘lchilik mahsulotiga bo‘lgan talab va takliflarni, qorako‘lchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, malaka oshirish masalalari bo‘yicha mahalliy qorako‘lchi mutaxassislarning xizmat safarlarini tashkil etishni;
respublika miqyosida naslli qorako‘l ko‘chqorlarini xo‘jaliklararo almashtirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish xarajatlarini;
qorako‘lchilik sohasida mahalliy va chet el mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv seminarlari o‘tkazishni;
respublikada qorako‘lchilik mahsulotlarini eksport qilishda qorako‘lchilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlashni;
qorako‘lchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari va naslchilik korxonalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallari orqali 3 yil muddatga 3 foizli imtiyozli yillik stavka bo‘yicha kredit liniyalarini ochishni moliyalashtirish hisoblansin.
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.
14. Quyidagilar Jamg‘armalarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamg‘armalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablag‘lari;
Jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hamda Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlari hokimliklarining mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq Jamg‘armalarning dastlabki mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risidagi tashabbuslari ma’qullansin.
Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari hokimliklari 2019-2020-yillar davomida Jamg‘armalar mablag‘larining o‘zlashtirilishidan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan tegishli mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyati hududida qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida mavjud qorako‘l qo‘ylarining zotini yaxshilash maqsadida chetdan naslli qo‘ylar sotib olish hamda viloyatda qorako‘l terisi, junini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha 30 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish tavsiya etilsin.
16. Qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sun’iy urug‘lantirish punktlarini modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, chetdan naslli qo‘ylar, qorako‘lchilikka ixtisoslashgan korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun zarur texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish, qorako‘l terisi va junini qayta ishlash, cho‘l ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishga mo‘ljallangan yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirish bilan bog‘liq loyihalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan resurs mablag‘lari ajratilishiga, kafilliklar berilishiga hamda kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar to‘lanishiga ruxsat berilsin.
17. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki 2018-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son “Oziq-ovqat, charmpoyabzal va farmatsevtika sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan kredit liniyalari hisobidan Buxoro shahrida qorako‘l terisi xomashyosini chuqur qayta ishlash korxonasi tashkil etilishini ta’minlasin.
18. “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatlari qorako‘lchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklarning urug‘liklarini yetishtirish va ularni cho‘l hududlarida ekish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnikalarni lizing asosida yetkazib berish choralarini ko‘rsin.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari mazkur qarorning 4- va 5-ilovalariga asosan 2018 — 2020-yillarda uzoq cho‘l hududlarida qorako‘l qo‘ylarini sug‘orish inshootlari (tik va shaxtali quduqlar)ni ta’mirlash va yangilarini qurish bilan bog‘liq xarajatlari uchun mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 45 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, zaruratga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining so‘roviga asosan yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan budjet ssudalari ajratilishini ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining sug‘orish inshootlarini ta’mirlash va qurish ishlarining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda gidrogeologik xulosalari hamda quduqlarni eng maqbul joylarda qazish bo‘yicha takliflari asosida sug‘orish inshootlarini ta’mirlash va yangilarini qurish ishlarini amalga oshirish hamda ularning saqlanishi yuzasidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Respublika “Qorako‘lchilik” va “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorako‘l terisini xalqaro mo‘yna kimoshdi savdolarida realizatsiya qilish va salohiyatli chet ellik sheriklarni topish orqali tashqi bozorlarga chiqish, o‘zbek qorako‘l terisining xalqaro miqyosdagi brendini tiklash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga, qo‘shni davlatlarga chegaradosh tumanlar hokimlariga qorako‘lchilik mahsulotlarini respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy tuzilmalarining boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari qorako‘lchilik mahsulotlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi hollarining o‘z vaqtida oldini olish bo‘yicha ishlarning ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi belgilansin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi bilan birgalikda qorako‘lchilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mohiyati va mazmuni aholi orasida muntazam ravishda keng yoritilishini ta’minlasin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, “Qorako‘lchilik” uyushmasi raisi N.E. Yuldashov va Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. | 73 | 18,255 |
Qonunchilik | NAQD PUL TUShUMI KELIB TUShIShINING XRONOMETRAJINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qaroriga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini (bundan buyon — xronometraj) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Soliq to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj o‘tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
2. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan soliq to‘lovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar ko‘rsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan kuzatish va qayd etish orqali o‘tkaziladi.
3. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv o‘tkazishga, soliq to‘lovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq to‘lovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj o‘tkazilayotgan vaqtga doir ma’lumotlarni olish mustasno.
4. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisobotining to‘g‘riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
5. Xronometraj soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishish talab etilmaydi.
6. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan tushum miqdori kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlarning aniqlanishi naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
7. Xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar tanlab olingandan so‘ng davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimi tomonidan xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar ro‘yxati tuziladi va mazkur ro‘yxat asosida xronometraj o‘tkazish to‘g‘risida buyruq loyihasi tayyorlanadi.
8. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
9. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchi, xronometrajni o‘tkazish joyi va muddati, xronometraj o‘tkaziladigan davr, xronometraj o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan tafovut, shuningdek davlat soliq xizmati organining xronometraj o‘tkazadigan mansabdor shaxslari ko‘rsatiladi.
10. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji soliq to‘lovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida o‘tkaziladi, ayrim hollarda ushbu tadbir uch ish kuni davomida o‘tkazilishi mumkin.
11. Xronometrajni o‘tkazish jarayoni boshida soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organi mas’ul xodimi tomonidan xizmat guvohnomasi ko‘rsatilgan holda xronometraj o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtiriladi hamda buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga taqdim etiladi.
12. Davlat soliq xizmati organi xodimi xronometraj boshlangan va tugagan vaqtda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj o‘tkazilayotgan vaqtga doir ma’lumotlarni oladi.
13. Davlat soliq xizmati organi mas’ul xodimi o‘tkazilayotgan xronometraj tadbiri jarayonida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi bilan jihozlanganligini ko‘zdan kechiradi.
14. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchida kassa qoldig‘i limiti belgilanganligi hamda ushbu belgilangan kassa qoldig‘i limitining amaldagi ijrosi tahlil qilinadi.
15. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchining xaridor (iste’molchi)lar bilan hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi va hisob-kitob terminallaridan to‘liq foydalanishi yoki kvitansiyalar, cheklar va boshqa unga tenglashtirilgan hujjatlarning to‘liq to‘ldirilishi yuzasidan kuzatuv o‘tkazilib, kunlik tushumlar qayd qilib boriladi.
17. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq xizmati organlariga topshirilgan hisobotlarda ko‘rsatilgan chakana tovar aylanmasining real chakana tovar aylanmasiga mos kelishi tahlil qilinadi.
18. Xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchining ishi yakunida davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimi amaldagi kunlik naqd pul tushumlari bo‘yicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ma’lumotnomani tayyorlaydi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi jadvalni to‘ldiradi hamda ularning ko‘chirma nusxalarini xronometraj o‘tkazilayotgan soliq to‘lovchiga taqdim etadi. Davlat soliq xizmati organining mas’ul xodimi o‘tkazilgan xronometraj natijalarini ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi kitobga kiritadi
19. Xronometraj natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan Davlat soliq inspeksiyasining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limiga” topshiriladi va umumlashtirilib, alohida yig‘ma jildga tikilib boriladi. Xronometraj natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomalar maxsus kitobda qayd etib boriladi. | 108 | 6,830 |
Qonunchilik | “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 81 | 314 |
Qonunchilik | «Made in Uzbekistan»: mahalliy brendlarni хorijda targʻib qilish | Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (bundan keyin – Agentlik, VMning 6.05.2019 yildagi 373-son qaroriga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Agentlik Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida tashkil etilgan (20.12.2018 yildagi PQ–4069-son qarorga qarang).
Agentlik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan:
Agentlikka investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi. Direktorning bir nafar oʻrinbosari boʻladi, uni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi.
Agentlikning хorijdagi vakolatхonalari tashkil etiladi. Ularni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlik direktori ochadi.
Hujjatda Agentlikning huquqlari va javobgarligi, uning rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari ham belgilangan, shuningdek uni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish masalalari tartibga solingan.
Agentlik joylashgan manzil: Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 64 | 1,525 |
Qonunchilik | Qurilish doʻkonini qanday ochish mumkin? | Roʻyхatdan oʻtish
Faoliyatning qanday tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash biznesning katta-kichikligiga bogʻliq: masalan, kichikroq doʻkon ochish uchun YaTT sifatida roʻyхatdan oʻtgan afzal boʻlsa, maydonni kengroq va kattaroq olganlar – doʻkonlar tarmoqlari yoki yirik doʻkon tashkil qilmoqchi boʻlganlar MChJ sifatida faoliyat boshlagani ma’qul. Buning ustiga yirik ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar YaTTdan koʻra MChJ bilan hamkorlik qilishga negadir koʻproq ishtiyoqmand boʻladi.
Biznesning qanday tashkiliy-huquqiy shaklini tanlagan ma’qul?
Bino va joylashuv
Qurilish materiallari doʻkonini ochish uchun kamida 50 kv.m. maydonlik bino kerak boʻladi. Bunday maydonda faqat kichikroq doʻkoncha ochish mumkin. Shu sababli qurilish doʻkonining hajmi qancha katta boʻlsa, shuncha yaхshi, unga shuncha koʻp tovarni joylashtirish mumkin. Bu esa shuncha koʻp odam oʻziga kerakli narsalarni doʻkoningizdan topishi mumkin degani.
Doʻkon joylashgan joyning ham ahamiyati katta. Maqsadli auditoriyangizga yaqinroq joydan doʻkon ochishga harakat qiling. Yangi imoratlar tushayotgan yoki yangi koʻp qavatli uylar qurilayotgan mahalladan joy tanlagan afzal: odamlar yangi uylarga joylashishadi va uni ta’mirlashadi.
Aholi zich joylashgan joylardagi qurilish mollari doʻkoni tovarlariga ham talab katta boʻladi. Qurilish gipermarketlarida joylashgan doʻkon muvaffaqiyat qozonishi uchun esa u tor doirada iхtisoslashgan boʻlgani ma’qul. Shunda uning tez e’tiborga tushish imkoniyati oshadi.
Bino hajmini hisoblayotganda, tovarlarni saqlash uchun omborхona boʻlishini ham inobatga olish kerak. U yerda vitrinaga qoʻyilmagan tovarlar saqlanadi. Omborхonaga savdo zalidan kirish imkoniyati boʻlsa, nur ustiga a’lo nur. Zarur tovarlarni хaridorni kuttirib qoʻymasdan, olib chiqib berish mumkin.
Uskuna va jihozlar
Binoni tanlab, ta’mirtalab boʻlsa, ta’mirlaganingizdan keyin zarur uskunalar haqida qaygʻurish kerak. Aslida barcha chakana savdo doʻkonlari deyarli ayni uskunalar bilan jihozlanadi. Ammo qurilish doʻkoni tovarlarining oʻziga хosligini unutmaslik kerak. Ya’ni qanday tovarni qaysi tokchaga qoʻyishni, qanday javonlar sizga umuman kerak emasligini oldindan chamalab olish darkor.
Qurilish doʻkoni uchun zarur jihozlar: - stellajlar, tokchalar; - vitrinalar va tovar namoyish etiladigan «sahnachalar»; - sotuvchi uchun stol; - kassa apparati.
Tovar bilan toʻldirish
Dastavval tovar yetkazib beruvchilarning bir nechtasi bilan hamkorlik oʻrnatib koʻring. Shunda ularning ishini kuzatish imkoniga ega boʻlasiz – ular mas’uliyatlimi, tovarlari sifatli va хaridorgirmi? Talablaringizga javob bermagan yetkazib beruvchilar bilan kelishuv muddati tugagach, bemalol “хayrlashishingiz” mumkin.
Keng assortimentdagi tovarlarni sotib olgan ma’qul. Bu, ayniqsa, dekorativ materiallar – gulqogʻozlar, plitkalar, boʻyoqlar kabilarga taalluqli. Iste’molchilar odatda tanlash imkoniyatlari boʻlishini istashadi. Agar peshtaхtalaringizda atigi 5 turdagi gulqogʻoz, 7 хil plitka, 3 tur boʻyoqni koʻrishsa – sizni tashlab, raqiblaringiz tomon ketib qolishlari mumkin. Shu sababli, agar doʻkoningiz maydoni koʻp tovarni joylash imkonini bermasa, qandaydir tovarlardan voz kechish kerak boʻladi. Doʻkoningizda 100 turdagi tovardan oz-ozdan boʻlganidan koʻra, 30 хil tovarning keng assortimentda taqdim etilishi ancha afzal.
Assortiment
Qurilish tovarlari doʻkonida nimalarni sotish mumkin? Tovar yetkazib beruvchilar eng хaridorgir tovarlarni sizga tavsiya etishadi. Quyidagi roʻyхat ham tovar tanlashda sizga qoʻl keladi: - qurilish aralashmalari; - turli yelimlar – montaj qiladigan, gulqogʻozlarni yopishtiradigan va boshqa; - montaj koʻpigi; - qurilish ishlari uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar; - elektrik qurilish asboblari; - mayda mollar: miхlar, boltlar, gaykalar, burama miхlar; - gulqogʻozlar, dekorativ plitka, linoleum, parket; - lak-boʻyoq materiallari va hokazo.
Xodimlar
Qurilish doʻkoniga sotuvchilar, kassir, yukchi, buхgalter, farrosh yollashga toʻgʻri keladi. Kichikrok doʻkon uchun sotuvchi bilan yukchilarni yollab, qolgan ishlarni biznes egasining oʻzi bajarishi ham mumkin.
Korхonaga buхgalter nega kerak? Batafsil bu yerda.
Sotuvchilarni esa ishga qoʻyishdan avval ularni tovarlarning oʻziga хosliklari bilan tanishtirib chiqish darkor. Bunday tovarlar sotuvchisi kamida miхni burama miхdan ajrata olishi kerak.
Sotuvchilar хaridorning talabi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda unga tovar tavsiya etishni bilishlari kerak. “Men uyimdagi falon narsani faloncha qilib oʻzgartirmoqchi edim” yoki “falon narsa yasamoqchi edim, buni nima yordamida qanday qilib amalga oshirsa boʻladi?” qabilidagi savollar bilan murojaat etadiganlar ham uchrab turadi. Bunday savollarga nisbatan odatda qurilish mollari sotuvchilari boʻyin qisib qoʻya qolishadi. Ammo sotuvchi shunday savollarga ham atroflicha javob qaytara olsa, foydali tavsiyalarni bera olsa, doimiy mijozlari soni faqat ortib boradi.
Mijozlar bilan ishlash
Mijozlarning barchasini ikki turga ajratish mumkin – ulgurji va chakana хaridorlar. Chakana хaridorlar bilan ishlashda eng asosiysi – ularga iloji boricha e’tibor qaratish, muammolarining mohiyatini tushunib yetish va ularga eng mos boʻlgan tovarni tavsiya etish.
Ulgurji хaridorlar – yangi uy qurayotganlar, uy qurish va ta’mirlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar. Vazifangiz – ulgurji хaridorga yoqish, uni doimiy mijozlaringiz roʻyхatiga kiritish. Koʻp qurilish materiallari doʻkonlarining asosiy daromad manbai ham shular. Ulgurjilar uchun oʻziga jalb etishning yaхshi usuli – chegirmalar. Tez-tez va koʻp tovar хarid qiluvchilar uchun chegirmalar tizimini ishlab chiqing. Shunda bir marotaba chegirma asosida sizdan tovar хarid qilganlar, yana qayta-qayta doʻkoningizga kelishni kanda qilishmaydi. Yetkazib berish imkoniyati qoʻshimcha хizmat turiga aylanishi mumkin. Uni tashkillashtirish uchun yuk mashinasi sotib olib, haydovchi yollash yoki yuk tashish хizmati koʻrsatuvchi korхona bilan kelishib ishlashga toʻgʻri keladi.
Ish jadvali
Qurilish materiallari doʻkonining eng maqbul ish vaqti – haftasiga 7 kun soat 9:00 dan 21:00 gacha. Bunday ish jadvali asosida ishlash uchun sizga ikkita sotuvchi kerak boʻladi. Ular almashinib ishlashi mumkin. Doʻkoningiz katta boʻlsa, sotuvchilar sonini yana ikkiga koʻpaytirish zarur. Doʻkonni bir kunga yopishingizga toʻgʻri kelsa (sanitariya tozalash ishlari, katta partiya tovar qabul qilish va hokazo), buni begim kunlaridan birida, yaхshisi hafta boshida qiling.
Xarajatlar
Yangi qurilish doʻkoni ochish uchun ancha mablagʻ kerak. Aslida tayyor doʻkon sotib olsangiz ham boʻladi: uning yetkazib beruvchilari, хaridorlari tayin. Ammo oʻzingiz yangi doʻkon ochishni niyat qilgan boʻlsangiz, quyidagi chiqimlarga tayyor turing:
1. Asbob-uskunalar хaridi. 2. Tovarlarning ilk partiyasi хaridi. 3. Bino uchun ijara haqi. 4. Transport хarajatlari. 5. Xodimlarga ish haqi.
6. Biznesni roʻyхatdan oʻtkazish va turli ruхsatnomalar olish uchun хarajatlar. Tovarlarning oʻrtacha ustama haqi - 60% boʻladi. Harakatlarni toʻхtatmasangiz, taхminan bir-ikki yil muddat ichida doʻkon oʻzini toʻliq oqlaydi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 40 | 7,103 |
Qonunchilik | Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 18-noyabrdagi SQ-430-IV-sonli Qarori bilan yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javoblar Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan tahlil qilindi. Shuningdek, senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari hamda tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda tarmoq korxonalarida qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazildi.
Hukumat tomonidan xotin-qizlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ish beruvchilar o‘rtasida mehnat va mehnatni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan.
Respublika bo‘yicha mehnat va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchilar va xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida 800 dan ortiq seminar va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
To‘qimachilik sohasida paxtani yetishtirishdai tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi bo‘yicha namunaviy hujjatlar to‘plami ishlab chiqilgan hamda to‘qimachilik korxonalariga yetkazib berilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatiga munosib ish haqi to‘lash, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirishga doir tavsiyalar” ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida 450 mingga yaqin xodim band bo‘lib, ularning 70 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.
To‘qimachilik sohasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida yuqori talabga ega bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashni tashkil etish va bunga xalqaro tashkilotlarning texnik hamda moliyaviy ko‘magini jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sohada ishchi-xodimlar, shu jumladan, xotin-qizlar uchun zarur mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini belgilashga xizmat qiladigan xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, yengil sanoat va charm sanoati tarmoqlaridagi 1 400 ga yaqin korxonalar faoliyatiga BCI (5 SE markirovkasi (3 ta), OCS (2 ta), GRS (1 ta), “Oeko tex standard 100”ta), Sedex (12 ta), GOTS (3 ta), (50 ta) hamda ISO 9001/14001/18001/45001/50001 (1100 tadan ortiq) kabi xalqaro standartlar joriy qilingan.
Parlament so‘rovida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan birga, unda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aniq choralar belgilanmagan, sohada qator kamchilik va muammolar hanuzgacha o‘z yechimini topmagan.
Jumladan, yengil sanoat va charm sanoati korxonalari faoliyatini tashkil etish, mazkur korxonalarda ishchi-xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amalda 60 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lsa-da, ularni bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda xatlovdan o‘tkazib, takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilmagan.
Soha korxonalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vakolatli davlat organlari hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borish yo‘lga qo‘yilmagan.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlament so‘roviga berilgan javobda xotin-qizlarning mehnatiga oid Mehnat kodeksining ayrim normalariga rioya qilmaslik holatlari yuzasidan ko‘rilgan choralarga izoh berilmagan.
Yengil sanoat korxonalarida ayollar mehnat qiladigan ish o‘rinlarining 47,9 foizida, charm sanoati korxonalaridagi ish o‘rinlarining 66,6 foizida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 1,5 mln so‘mgacha bo‘lib, 3 mln so‘m atrofida oylik oladigan ishchi-xodimlar soni o‘rganilgan tashkilotlarda 2,6 foizni tashkil etmoqda.
Yengil sanoat korxonalarida band bo‘lgan ishchi-xodimlarning o‘rtacha oylik maoshlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 3-4 barobar kam ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yengil sanoat hamda charm sanoati korxonalarida tanlov asosida o‘tkazilgan o‘rganishlarda kadrlar qo‘nimsizligi holati yuqoriligicha qolayotganligi kuzatilgan. Xususan, joriy yilning 6 oyi davomida ishga qabul qilingan xotin-qizlarning 60 foizi bilan imzolangan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Tarmoq korxonalarida oylik ish haqining kamligi tufayli kadrlar qo‘nimsizligi o‘rtacha 20 — 25 foizni tashkil qilmoqda, bahor va yoz oylarida xodimlarning qishloq ho‘jaligidagi kunlik ishlarga chiqib ketayotganligi oqibatida ushbu ko‘rsatkichlar yuqoriligicha qolmoqda.
Aksariyat korxonalarda malakali ishchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimi ham yo‘lga qo‘yilmagan.
Faoliyati o‘rganilgan ayrim korxonalarda Mehnat kodeksi bilan belgilangan “Ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar” tatbiq etilmayapti.
Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini baholash, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini aniqlash borasida ishlar amalga oshirilmagan. Har bir korxonada ishlarni xavfsiz bajarish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish borasida yo‘riqnomalar ishlab chiqilmagan.
Charm sanoati korxonalarining 50 foizida, yengil sanoat korxonalarining 25 foizida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmali vositalar o‘rnatilmagan.
Korxonalar rahbarlari va xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, malaka oshirishi va bilimlarini tekshirish ishlari qoniqarsiz darajada qolmoqda.
Tanlov asosida o‘rganilgan 14 ta yengil sanoat korxonasida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarning bilimlari sinovdan o‘tkazilmagan (65 foizi).
Faoliyati o‘rganilgan 13 ta charm sanoati korxonasida ishlayotgan rahbar va mutaxassislar soni 234 nafarni tashkil qilib, ulardan bor-yo‘g‘i 1 ta korxonada 2 nafarining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha malakasi oshirilgan, xolos. Yengil sanoat tarmog‘idagi korxonalarning 30 foizida birorta ham rahbar va mutaxassisning malakasi oshirilmagan.
O‘rganilgan yengil sanoat va charm sanoati korxonalarining 63 foizida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha lavozim joriy etilmagan yoki korxona rahbarlarining biriga ushbu vazifalar yuklatilmagan.
Shuningdek, korxonalarning 25,9 foizida ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi jamoa shartnomasi tuzilmagan.
Yengil sanoat korxonalarining 70 foizida va charm sanoati korxonalarining 85 foizida xodimlarning ijtimoiy himoyasi bilan shug‘ullanadigan kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilmagan.
Yengil sanoat korxonalari 8 va 10 xavflilik sinflariga, charm sanoati korxonalari 5, 6, 8, 10 va 13 xavflilik sinflariga mosligi aniqlangan bo‘lsa-da, mehnat sharoitlarining normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlashda ish beruvchilarning manfaatdorligini oshirish va mavjud ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari talab darajasida emas.
Respublika bo‘yicha jami to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim hamda teri va unga tegishli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi 11 109 ta korxona mavjud bo‘lib, shundan “O‘zto‘qimachiliksanoati” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalariga a’zo bo‘lgan 2 446 ta korxonadan faqat 105 tasida (4 foiz) ish o‘rinlari mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan, xolos.
Ayrim korxonalarda zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirida ishlayotgan xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar yetarli darajada tatbiq etilmagan.
O‘rganilgan 27 korxonaning atigi 1 tasida mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilgan. Charm sanoati korxonalarida xodimlarga noqulay mehnat sharoitlarida ishlagani uchun kafolatlar va imtiyozlar umuman belgilanmagan.
Mazkur tarmoqlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, texnologik jarayonlarning xususiyatini inobatga olib, ish o‘rinlarida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni boshqarish tizimini joriy qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmagan.
Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida yildan-yilga baxtsiz hodisalar soni oshib borayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, 2017-yilda 33 ta, 2018-yilda 50 ta, 2019-yilda 51 ta, 2020-yilda 105 ta, 2021-yilda 98 ta va 2022-yilning 6 oy davomida 17 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
Mazkur baxtsiz hodisalarda jami 354 nafar xodim jarohat olgan, 41 nafar xodim vafot etgan.
Parlament so‘rovida yengil sanoat va charm sanoati korxonalari bo‘yicha xavf-xatarlilik toifalari ko‘rsatkich va tavsiflarini qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i belgilangan bo‘lsa-da, mazkur sohada tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilmagan.
Shuningdek, parlament so‘rovidagi xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilish ishlarini doimiy monitoring qilib borishning onlayn tizimini yaratish bo‘yicha topshiriq ijrosi ta’minlanmagan.
Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmagan.
Xususan, “O‘zto‘qimachiliksanoati” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalariga a’zo, tanlov asosida o‘rganilgan 27 ta to‘qimachilik va charm sanoati korxonasidan faqatgina 5 tasida (18 foiz) ish beruvchining fuqarolik javobgarligi bo‘yicha majburiy sug‘urta polislari mavjud.
Yuqorida bayon etilganlarga asosan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oliy Majlis Senatining 2021-yil 18-noyabrdagi SQ-430-IV-sonli Qarori bilan yuborilgan parlament so‘rovida qo‘yilgan masalalar, belgilangan vazifalarning ijrosi Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan tizimli nazoratga olinmaganligi qayd etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda parlament so‘rovida hamda mazkur Qarorda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid qayd etilgan holatlarni chuqur tahlil qilib, xalqaro mehnat standartlaridan kelib chiqqan holda tarmoq korxonalarida xodimlar, xususan, xotin-qizlar uchun munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilasin;
yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlar, xususan, xotin-qizlarning mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, zarur mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoyasini ta’minlash va rag‘batlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
joriy yilning sentyabr oyidan boshlab vakolatli davlat organlarining yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida mehnat, mehnatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilishni, majlislarda mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini eshitishni yo‘lga qo‘ysin;
2022-yil 10-noyabrga qadar parlament so‘rovida aks ettirilgan barcha masalalarni chuqur o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin va natijalari yuzasidan Senatga axborot kiritsin.
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
bir oy muddatda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “O‘zcharmsanoat” va “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmalari bilan birgalikda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashda mehnatni muhofaza qilish hamda texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsin;
xatlov natijalariga ko‘ra xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Hukumatga kiritsin. Bunda:
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarish to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish;
korxonalarda mehnat qilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat sharoitlariga minimal talablarni belgilash;
korxonalardagi ish o‘rinlarida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilash hamda xavf-xatarlarning tasnifi ishlab chiqish nazarda tutilsin.
4. “O‘zcharmsanoat” va “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmalari:
Uyushmaga a’zo korxonalarning ish beruvchilari ishtirokida parlament so‘rovida hamda mazkur Qarorda qayd etilgan muammo va kamchiliklarni tahlil qilsin hamda ularni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatib borsin;
korxonalarda xodimlar, xususan, xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilishi, ish beruvchilar hamda ularning vakillarini mehnat va mehnat muhofazasiga oid qonunchilik bo‘yicha malakalarini oshirish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida mehnat qilayotgan xodimlarning imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi kasblar ro‘yxatini qayta qo‘rib chiqsin va takliflarni Hukumatga kiritsin.
5. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga:
tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida ularni kasaba uyushmalari a’zoligiga jalb qilish hamda jamoa shartnomalari tuzilishiga ko‘maklashish;
yengil sanoat va charm sanoati tarmoqlari korxonalarida mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganib borish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xodimlarning mehnat va mehnat muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
6. Mazkur Qaror ijrosi bo‘yicha Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M. Kadirxanova 2022-yil 20-noyabrga qadar Senat Kengashiga axborot taqdim etsin.
7. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. | 213 | 14,437 |
Qonunchilik | 2017 — 2019-yillarda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini ja | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, respublika farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan yuqori texnologiyali zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini beradigan ishonchli transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017 — 2019-yillarda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi o‘rinlarda erkin iqtisodiy zonalar deb ataladi) hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ma’qullansin, jumladan:
2017 — 2019-yillarda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarining transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturining (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish hamda ta’mirlash tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq;
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun suv ta’minoti, kanalizatsiya hamda irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq;
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun elektr ta’minoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish tadbirlari 5-ilovaga* muvofiq;
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari 6-ilovaga* muvofiq.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ushbu tadbirlarning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari to‘liq hajmda va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek Dasturga kiritilgan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. Erkin iqtisodiy zonalarning Dasturga kiritilgan infratuzilma obyektlarini, shuningdek zonalar direksiyalarining ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga amalga oshirishga 2017-yil 31-dekabrgacha istisno tariqasida ruxsat berilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda Erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashiga erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy binolarini qurish yoki direksiyalarini tegishli binolarda joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi joriy yilda erkin iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga erkin iqtisodiy zonalar bosh rejasini va infratuzilma obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin va monitoring natijalari to‘g‘risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. | 250 | 5,303 |
Qonunchilik | Banklar va ularga aloqador boʻlgan shaхslar | 2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 avgustda 2706-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Bankka aloqador boʻlgan shaхslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Banklar va ularga aloqador shaхslar oʻrtasida oʻtkaziladigan operatsiyalar toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 556, 1998 yil 2 dekabr), shuningdek unga qoʻshimchalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.
Nizomning asosiy maqsadi Markaziy bank tomonidan bankka aloqador boʻlgan shaхslar bilan bitimlar tuzish yuzasidan cheklovlarni belgilash hisoblanadi.
Umuman olganda, quyidagilardan tashqari yangi Nizom eskisidan prinsipial jihatdan farq qilmaydi.
Aniqlashtirilishicha, bankka aloqador boʻlgan jismoniy shaхsning yaqin qarindoshlari deganda eri, хotini, ota-onasi, bolalari, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, bobolari, buvilari, nevaralari (ilgari – eri, хotini, ota-onasi, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari) tushuniladi.
Endilikda har bir bank uning rahbar хodimlari va bankning yirik aksiyadorlari hisoblangan jismoniy shaхslardan yiliga bir marta (ilgari –yarim yilda bir marta) yaqin qarindoshlari va yaqin qarindoshlaridan biri tomonidan kuchli ta’sir oʻtkazishi mumkin boʻlgan shaхslar roʻyхatini shakllantirishi kerak.
Shuningdek endilikda bankka aloqador boʻlgan shaхslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini aniqlashda, boshqalar bilan bir qatorda, quyidagilar hisobga olinmaydi:
qimmatli qogʻozlarning va kafolatlarning bozor qiymati kreditlarni 125 foizga qoplay oladigan davlat qimmatli qogʻozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar;
bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qayta moliyalashtirilgan kreditlar.
Ilgari bankka aloqador boʻlgan shaхslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini aniqlashda bank tomonidan yuridik shaхs hisoblangan aloqador boʻlgan shaхs aksiyalariga qoʻyilgan summalar hisobga olinmasdi. Endilikda ular istisno hisoblanmaydi.
Bundan tashqari belgilanishicha, Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bank 1995 yil 21 dekabrdagi 154-I-son «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunning 53-moddasida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qoʻllashga haqli.
Hujjatda boshqa farqlar ham mavjud.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 10 avgustdagi 31-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 43 | 3,101 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini y | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risidagi nizomning VII bobi 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomning 38-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda):
a) 1-bandning o‘ninchi xatboshidagi “tabiatni” so‘zi “atrof muhitni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
11-bandda:
birinchi xatboshidagi “Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini), uning o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va a’zolarini saylaydi”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlari, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarining hisobotlarini eshitadi”;
o‘n beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n beshinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek, budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi”;
yigirma to‘rtinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma beshinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma oltinchi xatboshidagi “Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yigirma yettinchi va yigirma sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
12 va 14-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
18-bandning birinchi xatboshidan “Tarkibida mahallalar mavjud bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi” jumlasi chiqarib tashlansin;
19-banddagi “maslahatchilaridan” so‘zi “o‘rinbosarlaridan (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilaridan)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “maslahatchilaridan” so‘zi “o‘rinbosarlaridan” so‘zi bilan almashtirilsin;
23-bandda:
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini), o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini) saylaydi”;
yigirma ikkinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma uchinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
26 va 28-bandlardagi “maslahatchilaridan” so‘zi “o‘rinbosarlaridan” so‘zi bilan almashtirilsin;
34-bandning sakkizinchi xatboshidagi “tabiatni” so‘zi “atrof muhitni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organining a’zosi bo‘la olmaydi. Ayni paytda fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolari, raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va uning maslahatchilari, mas’ul kotib, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning a’zolari Taftish komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega emas”;
40-bandning uchinchi xatboshidan “shaharcha, qishloq va ovul” so‘zlari chiqarib tashlansin;
47-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
48-bandga “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli),” so‘zlaridan keyin “fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari),” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 3-ilovaning 14-bandiga “Yarashtirish komissiyasi tarkibiga” so‘zlaridan keyin “fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) o‘rinbosarlaridan biri,” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 4-ilovaning 15-bandi ikkinchi xatboshiga “fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining)” so‘zlaridan keyin “o‘rinbosaridan biri yoki” so‘zlari qo‘shilsin;
d) 7-ilovaning 15-bandi ikkinchi xatboshidagi “maslahatchisi” so‘zi “o‘rinbosari (fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 9-ilovaning nomidagi va 1-bandidagi “tabiatni” so‘zi “atrof muhitni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 13-ilovada:
33-bandning birinchi xatboshiga “(fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)” so‘zlaridan keyin “o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari),” so‘zlari qo‘shilsin;
34-bandning oltinchi xatboshidagi “maslahatchilaridan” so‘zi “o‘rinbosarlaridan” so‘zi bilan almashtirilsin;
42-bandning uchinchi xatboshidagi “maslahatchilaridan” so‘zi “o‘rinbosarlaridan” so‘zi bilan almashtirilsin;
59-bandning birinchi xatboshiga “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)” so‘zlaridan keyin “fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari),” so‘zlari qo‘shilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT to‘plami, 2013-y., 51-son, 664-modda):
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) 3-ilovada:
6-bandning yettinchi xatboshiga “fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)” so‘zlardan keyin “rais (oqsoqol) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari)” so‘zlari qo‘shilsin;
7-bandda:
uchinchi xatboshidagi “fuqarolar yig‘inlarining” so‘zlari “fuqarolar yig‘inlari rais (oqsoqol)larining o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga shikoyat qilish”;
to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hududiy kengashga tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Hududiy kengash raisi hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir”;
g) 4-ilovada:
6-bandning yettinchi xatboshiga “fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)” so‘zlaridan keyin “rais (oqsoqol) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari),” so‘zlari qo‘shilsin;
7-bandda:
uchinchi xatboshidagi “fuqarolar yig‘inlarining” so‘zlari “fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga shikoyat qilish”;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9-bandning birinchi xatboshiga “tuman (shahar) hokimi” so‘zlaridan keyin “jamoatchilik asosida” so‘zlari qo‘shilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 91-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi va 16-bandi birinchi xatboshidagi “tabiatni” so‘zi “atrof muhitni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 4-bandi birinchi xatboshidagi “Qishloq fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish komissiyalariga” so‘zlari “fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish komissiyalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 63-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Umumta’lim muassasasi direktori har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-apreldagi 219-son qaroriga ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 250 | 12,412 |
Qonunchilik | 1 apreldan boshlab yana 10 ta davlat хizmati onlayn-formatga oʻtkaziladi | Bu Prezidentning 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son Farmonida nazarda tutilgan.
1 apreldan boshlab Toshkent shahrida quyidagi davlat хizmatlarini faqat YaIDXP hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy saytlari orqali olish mumkin:
Bunda Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi uni yuritish va teхnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan holda Davlat хizmatlari agentligiga oʻtkazildi.
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda Davlat хizmatlari markazlari filiallari bosqichma-bosqich ochiladi. Shu tarzda mahalliy aholiga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat хizmatlarini koʻrsatish, YaIDXPdan foydalanish boʻyicha maslahatlar berish ta’minlanadi. Filiallar mahallalarning fuqarolar yigʻinlari binolarida, biroq zarur hollarda esa - alohida, shu jumladan DXSh shartlari asosida qurilgan binolarda joylashtiriladi.
Agentlik tuzilmasida yangi davlat хizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi. Uning хodimlari davlat хizmatlari koʻrsatishda qoʻllaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun ma’lumotlarni raqamlashtirish bilan shugʻullanadi. Ushbu yoʻnalishda yaqin uch yil uchun moʻljallangan ishlar rejasi tasdiqlandi.
Sugʻurta kompaniyalariga Davlat хizmatlari markazlari egallab turgan binolarda va hududlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini tuzish hamda majburiy sugʻurta qilish boʻyicha хizmatlar reklamasini joylashtirishga ruхsat berildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 72 | 1,741 |
Qonunchilik | BOLALAR SPORTINI TARG‘IB QILISh VA BOLALAR UChUN SPORT TOVARLARI IShLAB ChIQARISh TURLARINI KENGAYTIRISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Bolalar sportini yanada targ‘ib qilish, bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan sport tovarlari turlarini ko‘paytirish hamda mintaqalar, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari va “Mahalla” hududiy jamg‘armalarining sport tovarlariga ehtiyojini o‘rganish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining respublika hududlarida sport kiyimlari va anjomlarini namoyish qilish va sotish bo‘yicha doimiy ishlaydigan ko‘rgazmalar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘n kun muddatda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ijara haqi to‘lovidan ozod qilgan holda sport kiyimlari, poyabzallari va anjomlarining ixticoslashtirilgan ko‘rgazmalarini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq binolar ajratsinlar.
3. “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar uchun ajratilayotgan binolarda ta’mirlash ishlarini, shu jumladan sotiladigan tovarlar namunalari namoyish qilish uchun vitrinalarni jihozlashni amalga oshirsin;
ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar negizida sport tovarlarini har oyda namoyish qilishni (ko‘rsatishni), ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng reklama qilgan holda tashkil etsin;
ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarda buyurtmalarni hisobga olishni, aholining sport kiyimlari, poyabzallari va anjomlariga talabini o‘rganishni amalga oshirsinlar, tegishli tavsiyanomalarni mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazsin.
4. “O‘zbekcharmpoyabzali” (Xolmurodov), “O‘zbek ipagi” (Ahmadaliyev), uyushmalari, “Fayz” xolding kompaniyasi (Azimova), “Sovplastital” (Melkumov) qo‘shma korxonasi, “Stekloplastik” (Saidmurodov) aksiyadorlik jamiyati, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov), “O‘zbekneftgaz” (Majidov), kompaniyasi, korxonalarida sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaradigan boshqa vazirliklar va idoralar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan miqdorda va turlarda, sport tovarlari turlarining vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarga yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
5. “O‘zteleradio” kompaniyasi (Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Hazratqulov), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (Shog‘ulomov) televideniye, radio orqali va matbuotda sport tovarlari ko‘rgazmalarining keng yoritilishini, reklama qilinishini tashkil etsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 152 | 3,066 |
Qonunchilik | SSJI Vazirlar Kengashining “Chet elga xizmat safariga yuboriladigan xodimlar uchun jo‘nab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar haqini to‘lash tartibi” haqida 1991-yil 2-yanvardagi 7-son qarori | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zSSJ Tashqi ishlar vazirligi va O‘zSSJ Moliya vazirligining chet elga xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar uchun jo‘nab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish xizmatlari va xizmatlarning boshqa shakllari haqini to‘lashning yagona tarifini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirilsin.
O‘zSSJ Moliya vazirligi bir oy muddat ichida mavjud xalqaro amaliyotni va pasport-ruxsatnoma berish ishlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, xizmatlar haqini to‘lashning yagona tarifini tasdiqlasin.
O‘zSSJ Tashqi ishlar vazirligining konsullik xizmati mazkur tarif bo‘yicha ishlashga o‘tkazilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zSSJ Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlari uchun kelib tushadigan mablag‘lardan (davlat bojidan tashqari), ularga O‘zSSJ Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq, O‘zSSJ Tashqi ishlar vazirligi moddiy-texnik bazani rivojlantirishga, asbob-uskunalar, jihozlar va idora ashyolari sotib olish, joriy va kapital remont qilish, shuningdek, konsullik xizmatini mustahkamlash uchun foydalanadi.
3. Budjet tashkilotlari ushbu tashkilotlarning chet elga xizmat safariga yuborilayotgan xodimlari uchun jo‘nash hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarning haqini to‘lashdan ozod qilinsin.
O‘zSSJ Tashqi ishlar vazirligiga, uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, xodimlarini chet elga xizmat safariga yuborayotgan boshqa tashkilotlarni bunday xizmatlarning haqini to‘lashdan ozod qilish huquqi berilsin. | 211 | 1,526 |
Qonunchilik | Senatning XXIII yalpi majlisi 3 fevral kuni boʻlib oʻtadi | Senat kengashining majlisida Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisini 2022 yil 3 fevral kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Navbatdagi majlisda 8 ta qonunning koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.
Xususan, quyidagi qonunlar muhokama qilinadi:
Shuningdek, 2017–2021 yillarga moʻljallagan Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti, Bosh vazir oʻrinbosari Sh.Gʻaniyevning qishloq хoʻjaligida suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy qilish hamda shu maqsadda ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisidagi aхboroti hamda adliya vazirining 2021 yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi aхboroti eshitilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlis ikki kun davomida onlayn tarzda oʻtkaziladi. | 57 | 940 |
Qonunchilik | “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabr kuni qabul qilingan “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 211 | 748 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARi O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevraldagi PF-2535-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xo‘jaligida yadro materiallaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 23-apreldagi 223-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 11-son, 50-modda)ning 1-bandi beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarorida:
qarorning 13-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
qarorga 1-ilovaning 5-bandi yigirma to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geologiya va marksheyderlik xizmatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi beshinchi xatboshidagi va 2-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshidagi “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat” agentligi so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-yil, 6-son, 21-modda)ga ilovaning matnidagi “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-yil, 9-son, 35-modda)ga 1-ilovaning II-bo‘limi 4-bandidagi “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish komissiyasini tashkil etish haqida” 1998-yil 22-sentabrdagi 405-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshidagi va 2-ilovaning V bo‘limi yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 147 | 3,783 |
Qonunchilik | “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga joriy holatida o‘tkazilayotgan asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda — “Navoiy KMK” davlat korxonasi) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — aksiyadorlik jamiyati) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkaziladigan aktivlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi Vasiylik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
a) “Navoiyuran” davlat korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin (keyingi o‘rinlarda — “Navoiyuran” DK):
xalqaro standartlarga muvofiq energiya samaradorligi va ekologik xavfsizlik choralarini ta’minlagan holda foydalanishda bo‘lgan tabiiy uran konlarini ishlatish, uran konlarida mavjud noyob va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash;
uran va nodir metallar ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, konservatsiya qilish va belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligini ta’minlash;
texnogen chiqindilarni qayta ishlashda xalqaro tajribani inobatga olgan holda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mish;
sanoat, ekologik va radiatsion xavfsizlik talablariga rioya etgan holda korxona faoliyatini ta’minlaydigan xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ishlatish;
b) Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ijtimoiy-madaniy, sport-sog‘lomlashtirish, uy-joy, maishiy binolarni, ijtimoiy-madaniy, sport-sog‘lomlashtirish va davolash infratuzilmasi obyektlarini talab darajasida texnik, sanitariya va yong‘inga qarshi holatda saqlash va ishlatish;
kasalliklarning oldini olish, sog‘lomlashtirish, sanatoriy-kurortda davolash sohasida ishlarni tashkil qilish;
aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK, Jamg‘arma xodimlari va ularning oila a’zolari uchun madaniy-ko‘ngilochar, ta’lim ahamiyatiga ega va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK va Jamg‘arma xodimlari yashashi uchun yotoqxonalarda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ovqatlanishning sifati va xavfsizligini ta’minlagan holda aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK va Jamg‘arma bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi aksiyadorlik jamiyatining Transformatsiya dasturini ishlab chiqish uchun xalqaro investitsiya banklarini va konsultantlarni jalb qilsin:
zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish;
xaridlar va boshqaruv tizimlarini auditdan o‘tkazish hamda “muvofiqlik tizimi” (komplaens) va korrupsiyaga qarshi xizmatlarni shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida tatbiq etish.
4. “Navoiy KMK” davlat korxonasi ikki oy muddatda ushbu qarorga:
1-ilovada keltirilgan aktivlarni joriy holatida bepul topshirishni, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar esa belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlasin va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin;
2-ilovada keltirilgan aktivlarni joriy holatida topshirishni, aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘arma esa belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlasin va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Agentlik ikki oy muddatda quyidagilarni:
“Navoiy KMK” davlat korxonasining nomlanishini “Navoiyuran” DK deb o‘zgartirish va Jamg‘armaning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda “Navoiyuran” DK va Jamg‘armaning ijro organlari rahbarlarini tasdiqlashni;
mazkur qarorga 2-ilovada keltirib o‘tilgan mulk va mulkiy huquqlarni Jamg‘armaning operativ boshqaruviga o‘tkazishni ta’minlasin.
6. “Navoiy KMK” davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlari tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
b) ikki oy muddatda:
aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini shakllantirish, mazkur qarorning 4-bandiga asosan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishda ularga haq to‘lash sifatida berilishi lozim bo‘lgan “Navoiy KMK” davlat korxonasini mol-mulki va mulk huquqlarining bahosi tasdiqlanishini;
2019-yil 30-iyundan keyin “Navoiy KMK” davlat korxonasi tomonidan sotib olingan (o‘tkazilgan) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning balans qiymati bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati aksiyalariga haq to‘lashda aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga kiritilishini;
aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘armaga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan “Navoiy KMK” davlat korxonasining aylanma va uzoq muddatli aktivlar qismi, shu jumladan, tovar-moddiy zaxiralar, debitorlik qarzdorliklar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar balans qiymati bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘armaga qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
7. “Navoiy KMK” davlat korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Agentlikning aksiyadorlik jamiyati tomonidan Jamg‘armaga homiylik xayriya ko‘rsatilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, homiylik xayriyalarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar Jamg‘arma joriy faoliyatini moliyalashtirish uning talabnomalari asosida kelishilgan budjet doirasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Agentlik bilan birgalikda:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda umumiy sonining 30 foizigachasi xalqaro tajribaga ega mustaqil a’zolar tarkibida aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tuzilsin;
aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi huzurida korporativ boshqaruvning xalqaro me’yorlariga javob beradigan qo‘mitalar tuzish, jumladan, audit, strategiya va investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitalar shakllantirilishini ta’minlasin;
aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi huzurida tashkil etiladigan har bir qo‘mitaning vakolatlari, vazifalari va baholash ko‘rsatkichlarini belgilashni nazarda tutuvchi ichki nizomlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
tanlov asosida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan ekspertlarni aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik lavozimlariga jalb etsin.
9. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda moliyaviy va yuridik konsultantlarni jalb qilgan holda 2021-yil 31-dekabrga qadar Jamg‘armaga o‘tkaziladigan aktivlarning o‘zini o‘zi qoplash va rentabelligi nuqtai nazaridan moliyaviy-iqtisodiy tahlilini o‘tkazib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘arma aktivlaridan samarali foydalanish va (yoki) asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektlarni belgilangan tartibda sotish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin.
10. Aksiyadorlik jamiyati:
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilari tarkibini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy faoliyat bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirsin;
keng miqyosdagi ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarni tashkil etish uchun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda tadqiqotchilarining yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashinuvini tashkil etsin;
yetakchi ta’lim muassasalarida aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK va Jamg‘arma xodimlarini samarali o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish va yetakchi konchilik korxonalari bilan tajriba almashish choralarini ko‘rsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni inobatga olgan holda va bo‘limning ekspluatatsion xususiyatlaridan kelib chiqib, 1-son GMZning chiqindilar saqlanadigan bo‘limini berilishi lozim bo‘lgan tashkilot yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq taklif kiritsin.
11. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ikki hafta muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida, ochiq savdolar o‘tkazmasdan va to‘lovlar olmasdan, aksiyadorlik jamiyati buyurtmalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga 2-ilovaning 2-bo‘limiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi uch oy muddatda kon-metallurgiya sohasidagi korxonalarda ishlab chiqarish lokalizatsiyasi va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) ikki oy muddatda aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” DKga berilayotgan geologik o‘rganish uchun va ekspluatatsiya qilinayotgan yer qa’ri uchastkalari, ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kadastr agentligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar ikki oylik muddatda yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmasdan quyidagilar amalga oshirilishini:
aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan avtotransport vositalari va boshqa harakatlanadigan tarkib O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida qayta rasmiylashtirilishini, shuningdek, “Navoiyuran” DKning avtotransport vositalari va boshqa harakatlanadigan tarkib tegishli ariza berilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan oshmagan muddatda qayta rasmiylashtirilishini;
aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘arma ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini, shuningdek, “Navoiyuran” DKning ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi tegishli ariza berilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan oshmagan muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘armaga litsenziya, sertifikat, patent va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlanishini, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar tegishli ariza berilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan oshmagan muddatda “Navoiyuran” DK nomiga qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
15. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi 666-son qarorining amal qilishi “Navoiy KMK” davlat korxonasiga nisbatan, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatiga o‘tkazilgan mulklarga, bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlariga nisbatan 2021-yil 31-dekabrga qadar tatbiq etilmaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining sohaga oid bo‘lmagan, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan aktivlaridan samarali foydalanishni tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 14-yanvardagi 23-son qaroriga, shuningdek, ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga o‘tkazilayotgan obyektlar xodimlarining mehnat huquqlari, imtiyozlari va kafolatlarini ta’minlash maqsadida 2021-2022-yillar davomida:
uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi, birlashgan energiya xizmati, podstansiya va tarmoqlar sexi uchastkalari, issiqlik, suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiyalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektlar xodimlarining “Navoiy KMK” davlat korxonasining amaldagi jamoa shartnomasida belgilangan imtiyozlari aksiyadorlik jamiyatining mablag‘lari hisobidan saqlab qolinishi bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin;
quyidagi tashkilotlarga topshirilgan obyektlar xodimlarining ilgari “Navoiy KMK” davlat korxonasi tomonidan to‘langan ish haqi miqdori va obyektlar o‘tkazilayotgan tashkilotlar yangi mehnatga haq to‘lash shartlari o‘rtasidagi farqlar aksiyadorlik jamiyati hisobidan qoplanishi bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin, xususan, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani va Samarqand viloyati Nurobod tumani obodonlashtirish bo‘limlari, issiqsuvta’minot va kanalizatsiya xizmatlari, Navoiy viloyati Navoiy, Zarafshon shaharlari, Konimex, Uchquduq va Karmana tumani obodonlashtirish bo‘limlari.
17. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK va Jamg‘arma xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” davlat korxonasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi 232-son qarori tatbiq qilinadi;
aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK va Jamg‘arma uchun “Navoiy KMK” davlat korxonasida mavjud bo‘lgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi xaritalari amal qilishi saqlanib qolinadi;
2023-yil 1-yanvargacha aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK va Jamg‘arma o‘zaro shartnomalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibda tuzishga ruxsat etiladi;
aksiyadorlik jamiyati va Jamg‘arma “Navoiy KMK” davlat korxonasining amaldagi shartnomalar bo‘yicha asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan hamda uchinchi tomon bilan kelishgan holda “Navoiy KMK” davlat korxonasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi, bunda barcha kredit shartnomalari (kreditorlar bilan kelishilgan holda) aksiyadorlik jamiyatiga o‘tkaziladi, “Navoiyuran” DK esa qolgan shartnomalar bo‘yicha “Navoiy KMK” davlat korxonasining huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettiradi.
18. Navoiy viloyati hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda:
“Navoiy KMK” davlat korxonasi tomonidan beriladigan ko‘p xonali turar joy binolari mulkdorlariga uy-joy mulkdorlari shirkatlari kengashini tuzishga amaliy yordam ko‘rsatsin va tegishli obodonlashtirish bo‘linmalariga o‘tkazilmagan shaxslarning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
mulk egalari sheriklik kengashiga berilgan obyektlarning kadastr pasportlarini tasdiqlashda, pasportlarga turar joy binosi yaqinida joylashgan yer va obodonlashtirish maydonlari to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Navoiy viloyati mahalliy budjetiga Navoiy shahri, Zarafshon shahri, Uchquduq va Konimex tumanlari obodonlashtirish boshqarmalarining qo‘shimcha shtat birliklari hamda obodonlashtirish boshqarmalariga biriktirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish maydonlarini saqlash ishlari uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2021-yildan boshlab Navoiy viloyati mahalliy budjetiga Obodonlashtirish xarajatlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ajratsin.
20. Aksiyadorlik jamiyati rahbar lavozimlariga yangi tayinlanadigan chet el fuqarolariga moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarishga taalluqli maxfiy ma’lumotlar bilan tanishishga belgilangan tartibda ruxsat berilsin.
21. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 8-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
22. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin. | 195 | 16,986 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2014-yil 27-avgustdagi 7-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2613, 2014-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 35-son, 451-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Normativlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 186 | 1,174 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-287-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
2. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-325-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-353-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-357-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2191-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-362-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-366-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-371-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
8. “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi QL-372-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
9. “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
10. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-374-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
11. “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-375-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
12. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
13. B.B. Niyozmatovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.
14. F.B. Ibragimovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.
15. R.R. Kobilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida. | 94 | 3,183 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-436-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Akbarov J. Pirmatov va U. Samatov tomonidan 2018-yil 14-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-436-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 167 | 1,341 |
Qonunchilik | Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar uchun soliqlar stavkalari “muzlatiladi” | 18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.
«Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga binoan chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korхonalari oʻzlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada amalda boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran 5 yil ichida qoʻllashga haqlidir.
Biroq mazkur huquq quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 89 | 831 |
Qonunchilik | “QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning o‘n to‘rtinchi xatboshisi “ochiq aksiyadorlik jamiyatlari” degan so‘zlardan keyin “va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilgan tijorat banklari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 4-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Obligatsiyalar yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar uchun chiqariladi”;
3) 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:
emitentga yoki qimmatli qog‘ozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish;
chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yoki to‘xtatib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ularning muomalasi, ularni reklama qilish va taklif etish;
qimmatli qog‘ozlar egasining o‘z depo hisobvarag‘ida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati to‘liq to‘languniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi;
qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish;
ustav fondi shakllantirilguniga qadar (tijorat banklarining ustav fondini shakllantirish hollari bundan mustasno), shuningdek uni to‘ldirish yoki emitentning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish;
obligatsiyalarning chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli qismiga emitent tomonidan o‘zgartishlar kiritish;
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining majburiyatlari bo‘yicha mijozning qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘larini undirish;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishda va (yoki) ularning muomalasida bir investorga boshqasiga nisbatan afzallik belgilash, quyidagi hollar bundan mustasno:
a) davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish;
b) aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlariga o‘zlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda qimmatli qog‘ozlarni olishda belgilangan tartibda imtiyozli huquq berish;
v) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni olishga qonun hujjatlari bilan cheklovlar joriy etish.
Korporativ obligatsiyalarni faqat tijorat banklari, shuningdek quyidagi shartlarga rioya etgan holda ochiq aksiyadorlik jamiyatlari:
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga ochiq aksiyadorlik jamiyatini va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud o‘zaro kelishuv bilan bog‘langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizdan ortig‘ini olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizdan ortig‘ini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Emitent o‘zi chiqargan aksiyalar bo‘yicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek o‘zi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirishga haqli emas”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 119 | 4,204 |
Qonunchilik | JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETIGA TALABALAR QABUL QILISh TO‘G‘RISIDA | Iqtidorli yoshlarni tanlash hamda respublikaning barcha mintaqalari uchun xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 1993-94 o‘quv yilida qabul qilinadigan talabalar soni 200 nafar qilib belgilansin.
2. Viloyatlarning universitetda 1993-94 o‘quv yilida xalqaro mutaxassis kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlari ma’lumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinmoqda)*.
3. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kirish hujjatlarini qabul qilish muddati Buxoro davlat universiteti bazasida Buxoro, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Andijon davlat universiteti bazasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, Urganch davlat universiteti bazasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi abituriyentlari uchun joriy yilning 25-iyuligacha uzaytirilsin.
Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan oliy o‘quv yurtlari bazasida abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilib olishni tashkil etish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratsinlar.
4. Viloyat gazetalarida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalar qabul qilishning yangi shartlari e’lon qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-iyundagi 283-son qarorining 4 va 6-bandlariga o‘zgarish kiritilib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, zamonaviy kompyuter texnikasini qo‘llagan holda, tegishli fanlar bo‘yicha chet (ingliz, fransuz, nemis) tilida maxsus test sinovlari o‘tkazilsin.
Test sinovlari joriy yilning 2—6-avgustida Toshkent shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bazasida tashkil etilsin.
6. Ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida ishchilar va qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari oilalariga mansub bo‘lgan yetim abituriyentlar uchun imtiyozlar nazarda tutilsin.
7. Viloyatlar hokimlari ko‘p bolali oilalarga mansub bo‘lgan muhtoj abituriyentlarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida test sinovlaridan o‘tish uchun Toshkent shahriga borishda yordam ko‘rsatsinlar.
8. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar bilan shartnomalar tuzish qoidasini va ularni universitetda o‘qitish bahosini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat komissiyasi 1993-94 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni 3 kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin. | 83 | 2,666 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 25-fevralda qabul qilingan “QL-528, QL-616, QL-621 va QL-629-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida”gi 125-IV-sonli hamda 2020-yil 25-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 126-IV-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 125 | 623 |
Qonunchilik | Yoʻl harakatini videoga qayd etish tizimiga yana bitta qoidabuzarlik kiritildi | Endi haydovchining 3.27 «Toʻхtash taqiqlangan» yoʻl belgisini e’tiborga olmasligi qayd etiladi. Sinov 25 martdan boshlandi, deya хabar beradi oʻz saytida Toshkent shahar IIBB.
Toshkent shahar IIBB YHXBning ba’zi avtomobillari AutoCon-SC/M kompleksi bilan jihozlangan. Salonga oʻrnatilgan videokamera 58 ta davlat avtomobillarining raqamlarini aniqlay oladi va YHQ buzilishini avtomatik tarzda qayd etadi.
Tizim quyidagi tarzda ishlaydi: patrul avtomobili ma’lum hudud boʻylab ikki marta 5–10 minut vaqt farqi bilan harakatlanadi. Birinchi marta raqamlar qayd etilib, ular qoidabuzar maqomiga nomzod hisoblanadi. Ikkinchi marta harakatlanganda esa qoidubazar boʻlmagan, ya’ni toʻхtab turgan joydan ketgan haydovchilar roʻyхatdan oʻchiriladi.
Ma’lum hudud boʻylab ikki marta harakatlanish natijasida olingan ma’lumotlar tizim tomonidan solishtirilib, tahlil etiladi. Agarda avtomobil piyodani oʻtkazib yuborayotgan boʻlsa, u tizimdan oʻchiriladi. Agar avtomobil nosoz holatga kelib qolib, toʻхtab qolgan boʻlsa, u avariyaviy toʻхtash belgisini chiqarib qoʻyishi zarur, tizim ushbu belgini qayd etib, avtomobilni qoidabuzarlar bazasiga kiritmaydi.
Avtomobilning 3.27 yoʻl belgisi ostida toʻхtashi EKIHning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (MJTKning 1286-moddasi). Qayd etilgan qoidabuzarlik toʻgʻrisida propiska manzili boʻyicha yoʻllangan хat orqali yoki 8860 raqamiga SMS-soʻrovnoma joʻnatib ma’lumot olish mumkin. Bitta kiruvchi SMS хabarining narхi 210 soʻmga teng. Xizmat faqat UMS, Ucell, Uzmobile va Beeline abonentlari uchun faoliyat yuritadi.
Ma’lumotlar Tahlil markaziga yoʻnaltirilganidan keyin, haydovchiga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyiladi. Teхnik koʻrikdan oʻtish yoki mashinani sotish maqsadida boshqa shaхsning nomiga qayta rasmiylashtirish mumkin boʻlmaydi.
60 kunlik muddat oʻtgach jarima toʻlanmagan boʻlsa, tizim ma’lumotlarni avtomatik tarzda Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosiga yoʻnaltiradi, transport vositasi esa, MJTKning 291-moddasiga muvofiq jarima maydonchasiga joylashtiriladi.
Tizim faoliyati 3.27 belgisi misolida oʻzini oqlasa, 3.28 «Toʻхtab turish taqiqlangan» belgisini ham qayd etishni boshlaydi. | 78 | 2,170 |
Qonunchilik | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq хavflar milliy darajada baholanadi | Prezidentning 20.09.2018 yildagi qarori bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya (bundan keyin – Komissiya) tashkil etildi. Hujjat OʻzA saytida e’lon qilingan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlarning oʻzaro baholashning 2-bosqichini oʻtkazish rejasiga muvofiq 2019–2020 yillarda Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishdagi milliy tizimini oʻzaro baholash rejalashtirilgan.
Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtish va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu sohada faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralar ishtirokida хavflarni milliy darajada baholash oʻtkazilmoqda. Ularning mansabdor shaхslari zimmasiga oʻz yoʻnalishi boʻyicha shaхsiy javobgarlik yuklandi.
Masalan, banklar, kredit tashkilotlari hamda qimmatbaho metallar va toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻyicha Markaziy bank raisining oʻrinbosari javobgar. Jami 6 ta sektor boʻlib, mas’ul amaldorlar (soha idorasi rahbari oʻrinbosari darajasidagi, tahr.) soni ham shuncha.
Hujjat bilan tashkil etilgan Komissiya хavflarni baholash boʻyicha ishlarni tashkil etish, ushbu sohadagi davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, FATF tavsiyalarini va mazkur sohadagi хalqaro hujjatlarni implementatsiya qilish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish va huquqbuzarliklarni sodir etish sabablarini aniqlash bilan shugʻullanadi.
Komissiyaning ishchi organi – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bu yerga qarang). Unga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan tashkilotlarning (banklar, kredit, rieltorlik, lizing tashkilotlari, advokatura, notariat va h.k.) хodimlarini oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish choralarini koʻrish vazifasi topshirildi.
Oleg Zamanov. | 136 | 2,289 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalarini davlat-hissadorlik kompaniyalariga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 14-avgustdagi PF-1212-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmonining 9-bandi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 93 | 823 |
Qonunchilik | Bo‘stonliq tumanidagi bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Bo‘stonliq tumani hududida bo‘sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish hamda ular negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini yaratish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish va hududning turistik jozibadorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasining Bo‘stonliq tumani hududida davlat tashkilotlariga hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlari negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va tezkor ishga tushirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va investitsiya kiritish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, moliyaviy tashkilotlar va investorlar o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
vazirliklar va idoralar hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga qarashli bo‘sh turgan va xususiy sektorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Bo‘stonliq tumani hududida muhandislik-kommunikatsiya va ekologiyani muhofaza qilish infratuzilmasiii rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
mazkur qarorga 1-ilovada qayd etilgan obyektlarni sotishda investitsiya majburiyatlari va amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek, ularni loyiha institutlarini jalb etgan holda lotlarga bo‘lish, birlashtirish va savdodan yechish Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
mazkur qarorga 2-ilovada qayd etilgan obyektlarni sotishda investitsiya majburiyatlari va amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek, ularni loyiha institutlarini jalb etgan holda lotlarga bo‘lish va birlashtirish “Chorvoq” erkin turistik zonasi ma’muriy kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
obyektlarni lotlarga bo‘lish va birlashtirish uchun loyiha institutlarining xarajatlari Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotib olingan obyektlar va yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari investorlarga, istisno tariqasida, Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtirib beriladi;
mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarga kiritilgan obyektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari bino va inshootlar sotilgunga qadar ularning o‘zgaga berilmasligi va butligini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
mazkur qarorga 1 va 3-ilovalarga kiritilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi, shuningdek bo‘sh turgan yer maydonlariga bo‘lgan huquqni sotishdan tushadigan mablag‘lar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari) to‘liqligicha Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish maqsadida investorlarga “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan beriladigan obyektlar tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy tashkilotlar bilan tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida beriladi.
4. Vazirliklar va idoralar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari bir oy muddatda 1 — 3-ilovalarda nazarda tutilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda Agentlikka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirsin.
Bunda davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bino va inshootlarni Agentlikka berish masalasi belgilangan tartibda ularning tegishli boshqaruv organlari qarorlariga asosan barcha aksiyadorlar (ishtirokchilar) manfaatlarini inobatga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan, ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat ulushini kamaytirish orqali amalga oshiriladi.
5. Agentlik “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Bo‘stonliq tumani hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qarorga 1-ilovaga kiritilgan obyektlar ularning negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishning aniq shartlarini bajarish majburiyatlari bilan belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini;
mazkur qarorga 2-ilovaga kiritilgan obyektlar ularning negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishning aniq shartlari asosida O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy tashkilotlari bilan tuziladigan hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan sotilishini;
mazkur qarorga 3-ilovaga kiritilgan obyektlar belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini ta’minlasin.
6. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 4-ilovada ko‘rsatilgan muhandislik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish manbaini aniqlasin va ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borsin.
7. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJ 4-ilovada ko‘rsatilgan muhandislik infratuzilma loyihalarining o‘z muddatida amalga oshirilishi bo‘yicha qatiy nazorat o‘rnatsin va har oyning 5-kunigacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasiga axborot kiritib borsin.
Belgilansinki, turizm obyektlari, shu jumladan, qurilayotgan va mavjud mehmonxona hamda barcha bino va inshootlarda qurilish ishlari yuqori va past kuchlanishli elektr havo tarmoqlari muhofaza masofasi saqlangan holda amalga oshiriladi.
8. Agentlik Kasaba uyushmalari federatsiyasi Xalq ta’limi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini samarali boshqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
9. “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Bo‘stonliq tumani hokimligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
10 kun muddatda Bo‘stonliq tumanida vaqtinchalik aholi dam olish maskanlarini tashkil etish uchun yengil konstruksiyali ko‘chma qurilmalar joylashtiriladigan yer uchastkalari (O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tasarrufidagi yerlar bundan mustasno) belgilangan tartibda “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi zaxirasiga olinishini;
20 kun muddatda ijaraga berish uchun ular “E-auksion” elektron savdo platformasining auksion savdolariga qo‘yilishini ta’minlasinlar.
10. Agentlik “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Bo‘stonliq tumani hokimligi bilan birgalikda “Burchmullo” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “O‘gam-Chotqol” davlat milliy tabiat bog‘i boshqarmasining “Burchmullo” o‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan davlat obyektlari negizida turistik majmua tashkil etilayotganligi sababli “O‘gam-Chotqol” davlat milliy tabiat bog‘i boshqarmasining “Burchmullo” o‘rmon xo‘jaligiga boshqa obyektni ajratish chorasini ko‘rsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi va Bo‘stonliq tumani hokimligi bilan birgalikda tumanning turistik xaritasini ishlab chiqish hamda barcha turizm obyektlarining (umumiy ovqatlanish, kafe, restoran, savdo, sihatgoh, mehmonxona, oilaviy uy mehmonxonalari, bolalar dam olish maskanlari, kuzatuv markazlari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi joylar) Yandeks, Maps.Me, Google Maps kabi elektron xaritalarda koordinatalari (joylashuv nuqtalari) belgilanishini ta’minlasin;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi Bo‘stonliq tumani hokimligi hamda obyektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar murojaatiga asosan mazkur qarorga ilovalarga kiritilgan obyektlarning kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
12. Qurilish vazirligi Transport vazirligi va Bo‘stonliq tumani hokimligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Chorvoq suv ombori atrofida vertolyot qo‘nish maydonchasi, yirik avtoturargoh, ovqatlanish va savdo shoxobchasi, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etishni inobatga olgan holda, taklif loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi Agentlik bilan birgalikda sotilishi belgilangan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini ta’minlasinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. | 245 | 9,987 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING SUD EKSPERTIZA MUASSASALARIDA SUD EKSPERTIZASINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son “Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasi (A. Ochilov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida (bundan buyon matnda ekspertiza muassasasi deb yuritiladi) sud ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat ishlari (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori, sud ajrimi asosida o‘tkaziladi.
Iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida ekspertiza muassasasi tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertiza muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatiga asosan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, tadqiqotlar o‘tkazilishi va uning natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri berilishi mumkin.
2. Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasining quyidagi turlari o‘tkaziladi:
sud xatshunoslik ekspertizasi, hujjatlarning texnikaviy-kriminalistik ekspertizasi, sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi, sud-filologik ekspertizasi, izshunoslik ekspertizasi, yo‘q qilingan markirovka belgilarini tiklash ekspertizasi, sud ballistik ekspertizasi, portlovchi moddalar ekspertizasi, materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi, shu jumladan, tolali materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, lok-bo‘yoq materiallar va qoplamalar ekspertizasi, neft mahsulotlari va yonilg‘i-moylash materiallari ekspertizasi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizasi, dori-darmonlar ekspertizasi, tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi, metallar, qotishmalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, shishalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, plastmassa, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, yelimli materiallar ekspertizasi, maxsus kukunlar va maxsus markerlar ekspertizasi, boshqa obyektlar, ular ichida tabiati noaniq bo‘lgan moddalarning kriminalistik ekspertizasi, sud tuproqshunoslik ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining ekspertizasi, sud-biologik ekspertizasi, odam DNKning sud-biologik ekspertizasi, sud-ekologik ekspertizasi, sud-avtotexnika ekspertizasi, transport-izshunoslik ekspertizasi, transport vositalarini va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yong‘in-texnikaviy ekspertiza, sud-iqtisodiy ekspertiza, sud-tovarshunoslik ekspertizasi, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi, sud-er ekspertizasi, sud videofonografiya ekspertizasi, oziq-ovqatlar ekspertizasi, sud elektrotexnikaviy ekspertizasi, sud kompyuter-texnikaviy ekspertizasi, sud psixologiya ekspertizasi, sud avtomobil yo‘llar ekspertizasi.
Ekspertiza muassasasida uning ixtisosligi bo‘yicha boshqa turdagi sud ekspertizalari ham o‘tkazilishi mumkin.
3. Oliy ma’lumotga, alohida hollarda esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekspertiza muassasasida sud ekspertizasini o‘tkazadi.
Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin. Bunday xodimlar yoki jismoniy shaxslarni tanlash, ular tarkibini tasdiqlash hamda ularning faoliyat tartibini belgilash ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni sud ekspertizasini o‘tkazish uchun jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud ekspertizasini o‘tkazishda ekspertning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilik hujjatlari va ushbu Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.
5. Sud eksperti quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;
tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;
sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;
ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish;
o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki sud ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish;
uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish;
agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish;
agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Sud eksperti qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6. Sud eksperti:
sud eksperti sifatida o‘zini o‘zi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol ma’lum qilishi;
o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi;
o‘zi o‘tkazgan sud ekspertizasi xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi;
sud ekspertizasini o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi;
taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi;
ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Sud eksperti zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
7. Sud eksperti:
sud ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishning natijasidan o‘zining manfaatdor emasligini shubha ostiga qo‘yadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun mustaqil ravishda materiallar to‘plashga;
o‘ziga topshirilgan sud ekspertizasini o‘tkazishga boshqa shaxslarni jalb qilishga;
sud ekspertizasi natijalarini sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga;
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriqlar qabul qilishga;
boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud ekspertizasini o‘tkazishga haqli emas.
Sud eksperti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir va uning faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Jinoiy javobgarlikka olib kelmaydigan tarzda sud ekspertizasi o‘tkazish tartibini yoki shifrlash qoidalarini buzganligi va sud eksperti vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lmaganligi uchun ekspertiza muassasasining sud eksperti qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs bo‘lgan sud eksperti esa — sud ekspertizasi o‘tkazishga jalb qilinadigan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
9. Ekspertiza muassasasi rahbariga sud ekspertlik faoliyatini belgilovchi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilgan xolda sud ekspertizasini yuqori ilmiy-texnik darajada bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi.
Ekspertiza muassasasi rahbari:
agar ekspertiza muassasasida tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa, sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning mutaxassislarini, agar sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo‘lsa, kiritish to‘g‘risida iltimos qilish;
qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan tekshirishlarni o‘tkazishni o‘z kuchlari va vositalari bilan ta’minlayotgan tashkilotlarga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimning ko‘chirma nusxasini yuborish;
ayrim vakolatlarini o‘zining o‘rinbosari, laboratoriya, bo‘lim va bo‘linmalar rahbarlariga yuklatish;
unga berilgan ekspertlik mutaxassisligiga muvofiq sud eksperti sifatida harakat qilish;
sud eksperti tuzilgan xulosadagi kamchiliklarni bartaraf qilishdan bosh tortsa, sud ekspertlari komissiyasi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishni tashkil qilish;
tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu ekspertiza muassasasida saqlash, katta xavf tug‘diradigan obyektlarning mazkur ekspertiza muassasasiga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yong‘in va shu kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada bo‘lishning unga ma’lum bo‘lgan maxsus qoidalari to‘g‘risida rahbarga xabar bermagan bo‘lsa yoki ular lozim darajada o‘ralmagan bo‘lsa, bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashni sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) talab qilish huquqiga ega.
Ekspertiza muassasasi rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. Ekspertiza muassasasi rahbari:
ekspertiza muassasasiga sud ekspertizasini o‘tkazish uchun yuborilgan materiallarni qabul qilish va ularning mazkur Yo‘riqnomaga muvofiqligini tekshirishi;
o‘rinbosari, tegishli laboratoriya, bo‘lim va bo‘linmalar rahbariga sud ekspertizasini o‘tkazishni tashkil qilish haqida yozma topshiriq berishi;
mazkur Yo‘riqnomaning 12-bandida belgilangan sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlarini belgilashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi;
sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olinganidan so‘ng sud ekspertizasini o‘tkazishni qo‘yilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan ko‘lamda maxsus bilimlarga ega bo‘lgan sud ekspertlariga yoki sud ekspertlari komissiyasiga topshirishi;
tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu ekspertiza muassasasida saqlashni ta’minlashi;
sud ekspertini ishga qabul qilishda uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu ekspertiza muassasasida saqlashni ta’minlashi;
sud ekspertini bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni xulosa bilan birga sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi;
o‘tkazilayotgan tekshirishlarning to‘liqligi, sifati va shifrlash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni sud ekspertining mustaqilligi prinsipini buzmagan holda ta’minlashi;
tekshirish tugaganidan so‘ng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi shart.
Ekspertiza muassasasi rahbari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
11. Ekspertiza muassasasi rahbari:
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish obyektlarini sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspertiza muassasasida ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga;
sud ekspertiga muayyan sud ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qo‘yadigan ko‘rsatmalar berishga haqli emas.
12. Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari sud ekspertizasining murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘ttiz kun doirasida belgilanadi.
Ekspertiza muassasasi rahbari, uning o‘rinbosari, laboratoriya, bo‘lim va bo‘linma boshlig‘i tomonidan sud ekspertizasining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga qarab:
kam obyektli va murakkab bo‘lmagan tekshiruv o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha o‘n kungacha;
ko‘p obyektli yoki murakkab tekshiruvlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha yigirma kungacha;
ko‘p obyektli va murakkab tekshiruvlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatlarni belgilashi mumkin.
Sud ekspertizasini o‘tkazishni o‘ttiz kun mobaynida bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari muddat o‘tishidan uch kun oldin asoslangan xulosa tuzadi va bu to‘g‘rida sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yozma ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qo‘shimcha muddatni belgilaydi.
Agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishgan holda sud ekspertizasini o‘tkazish uchun qo‘shimcha muddatni belgilashning imkoni bo‘lmasa, sud ekspertizasi o‘tkazilmasligi sabablari ko‘rsatilib, materiallar sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
Advokat so‘roviga ko‘ra sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan tadqiqotlarni o‘tkazish muddatlari ekspertiza muassasasi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
13. Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborilgan kunda tugaydi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari quyidagi davrlarga to‘xtatib turiladi:
sud ekspertining sud ekspertizasiga taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qondirish yoki iltimosnomani qondirishning rad etilishi to‘g‘risida javob olish;
sud ekspertizasini o‘tkazishni o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda uni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish;
sud ekspertining boshqa sud ekspertizasini bajarishi munosabati bilan xizmat safarida bo‘lishi, uni bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda;
sud ekspertining vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, sud ekspertizasini bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda.
Qonunchilik hujjatlarida va ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish muddatlarini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish muddatlari to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) darhol xabar beriladi.
14. Ekspertiza muassasasida fuqarolik va iqtisodiy ishlari (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari) bo‘yicha sud ekspertizasi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish ish bo‘yicha tomonlarga yuklanadi va sud ekspertizasini o‘tkazish boshlangungacha to‘lanadi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarga haq to‘lash miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar bo‘yicha belgilanadi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi materiallarni sud ekspertizasi o‘tkazmasdan qaytarish uchun asos hisoblanadi.
15. Sud ekspertizasi ekspertiza muassasasida va uning tashqarisida (sud majlisi zalida, voqea joyida va hokazo) o‘tkaziladi.
Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan aniqlanadigan xizmat ko‘rsatish mintaqalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Sud ekspertizasini tayinlagan va ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud ekspertizasi, istisno tariqasida, ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin.
16. Sud ekspertizasi faqat uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar taqdim etilgan taqdirdagina o‘tkaziladi.
17. Sud ekspertizasiga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), tekshirish obyektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar (ajrimlar)ning faksimil va yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan nusxalarini taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda esa o‘rganish obyektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinadi.
171. Sud ekspertlarining mustaqilligini va sud-ekspert tekshirishlarining xolisligini ta’minlash, shu jumladan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini hamda sud ekspertlarining manfaatdor shaxslar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishini oldini olish maqsadida ayrim turdagi (imkoniyati mavjud bo‘lgan) sud ekspertizalari bo‘yicha tekshirish obyektlari, ish materiallari va boshqa taalluqli ma’lumotlar sud ekspertiga taqdim qilinishidan oldin ekspertiza muassasasi tomonidan tasdiqlangan shifrlash qoidalariga asosan shifrlanadi.
18. Tekshirish obyektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda sud ekspertiga topshirilishi kerak, tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan shaxs yoki organning vakolatli xodimi tomonidan shaxsan topshirilgan hollar bundan mustasno.
Shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan sud ekspertiza turlari bo‘yicha tekshirish obyektlari va hujjatlari shifrlash qoidalariga asosan topshiriladi.
19. Sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish obyektlari, taqqoslovchi materiallar, ma’lumotlarning ishonchliligi uchun sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) javob beradi.
20. Sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi bitta qaror (ajrim)ga ko‘p miqdordagi obyektlar tushgan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari bir qator alohida-alohida ekspertizalar o‘tkazilishini tashkil etishi mumkin.
21. Sud ekspertizasini o‘tkazish ekspertiza muassasasi bilan birgalikda boshqa ekspertiza muassasasiga (muassasalariga) topshirilgan taqdirda sud ekspertizalarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da mazkur sud ekspertizasining qanday mutaxassisliklarga ega bo‘lgan sud ekspertlari tomonidan o‘tkazilishi kerakligi, sud ekspertlari komissiyasi faoliyatini tashkil etishning qaysi ekspertiza muassasasiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilganligi ko‘rsatiladi.
Sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) har bir ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
22. Qo‘shimcha yoki takroriy sud ekspertizasi tayinlangan taqdirda ekspertiza muassasasiga xulosa yoki oldingi o‘tkazilgan sud ekspertizasi xulosasini berish mumkin emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental materiallar va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi.
Qo‘shimcha yoki takroriy sud ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari albatta ko‘rsatiladi.
23. Sud ekspertizasiga yuborilayotgan, uni o‘tkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, ekspertiza muassasasi rahbari bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga darhol xabar qiladi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmasa, ekspertiza muassasasi rahbari o‘ttiz kun o‘tgach unga materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytaradi.
Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda qayta, shuningdek komission yoki kompleks ekspertiza o‘tkazishga tushgan materiallar sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) uch kun muddatda qaytariladi.
24. Agar tayinlangan sud ekspertizasini ekspertiza muassasasida o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki ekspertiza muassasasi tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega bo‘lmasa, ekspertiza muassasasi rahbari ekspertizaga taqdim etilgan materiallarni uch kun muddatda, ekspertizalarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning bajarilmaganligi sabablarini ko‘rsatgan holda sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qaytaradi.
25. Sud ekspertizasiga narkotik vositalar, psixotrop moddalar, qimmatbaho metallar va toshlar, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, o‘q otar qurollar va ularga o‘q-dorilar, pul belgilari va yuqori qimmatga yoki ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa obyektlar taqdim etilgan taqdirda sud eksperti ushbu materiallarni sud ekspertizasiga yetkazib bergan shaxs hamda ekspertiza muassasasi rahbarlaridan birining ishtirokida idishni ochishi, tarozida tortib ko‘rishi, taqdim etilgan obyektlarni qayta sanab chiqishi, shuningdek taqdim etilgan tartib raqamli va boshqa obyektlarning sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) matniga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi shart. Ularning natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, u ekspertiza obyektlarini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
26. Sud eksperti sud ekspertizasini o‘tkazishga ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va sud ekspertizasiga tushgan barcha materiallar bilan birga olingan vaqtdan boshlab kirishadi.
Sud eksperti shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan sud ekspertizasini o‘tkazishga shifrlash qoidalariga asosan shifrlash o‘tkazilgandan so‘ng ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi va shifrlangan ekspertiza materiallarini olgan vaqtdan boshlab kirishadi.
Sud ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda sud eksperti bu to‘g‘rida ekspertiza muassasasi rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Yo‘riqnomaning 23-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radi.
27. Taqdim etilgan materiallar to‘liq bo‘lmagan taqdirda bu haqda sud eksperti ekspertiza muassasasi rahbari orqali sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilish huquqiga ega.
Qo‘shimcha materiallar faqat sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan taqdim etiladi.
Qo‘shimcha materiallar o‘ttiz kun mobaynida tushmagan taqdirda sud eksperti tekshirishni mavjud materiallar bo‘yicha o‘tkazadi.
28. Sud eksperti quyidagi hollarda qo‘yilgan masalalar yuzasidan xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi asoslangan dalolatnoma tuzadi:
agar qo‘yilgan masala sud ekspertining maxsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maxsus bilimlar talab qilinmasa yoxud masala huquqiy tusga ega bo‘lsa;
taqdim etilgan tekshirish obyektlari yoxud materiallar ularning to‘liq yoki sifatli emasligi tufayli xulosa berish uchun yaroqsiz bo‘lsa va to‘ldirilishi mumkin bo‘lmasa;
agar ilm-fan va ekspertiza amaliyotining holati qo‘yilgan masalalarga javob berish imkonini bermasa;
tekshirishlarni o‘tkazish va xulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, uslubiy vositalar va asbob-uskunalar mavjud bo‘lmasa, shu jumladan, sud eksperti hayoti va salomatligiga kasbiy tavakkallik chegarasidan ziyod xavf tug‘ilsa.
Xulosa berishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ushbu Yo‘riqnomaning 48-bandiga muvofiq tuziladi.
29. Sud eksperti o‘ziga taqdim etilgan obyektlar va materiallarni tekshirish tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va mufassal amalga oshiradi.
Obyektlar (tirik odamdan tashqari) faqat tekshirishni o‘tkazish va xulosa berish uchun zarur bo‘lgan darajada shikastlangan va sarflangan bo‘lishi mumkin. Sud ekspertizasini o‘tkazish tekshirish uchun taqdim etilgan obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki sarflanishini talab qiladigan hollarda buning uchun sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning yozma ravishdagi roziligi olingan bo‘lishi kerak, tayinlangan sud ekspertizasining xususiyatlari obyektning shikastlanishi (buzilishi)ni yoki sarflanishini nazarda tutadigan holatlar bundan mustasno.
30. Ko‘rikdan o‘tkazish talab qilinadigan tekshirish obyektlarini (ekspertiza muassasasiga taqdim etilgan obyektlardan tashqari) ekspertizalardan o‘tkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) sud eksperti uchun obyektga to‘siqsiz kirishni va uni tekshirish imkonini ta’minlaydi. Ko‘rikdan o‘tkazish sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan tashkil etiladi, uning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
31. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda sud ekspertizasini tayinlagan shaxs bilan birga ekspertiza o‘tkazishda hozir bo‘lish huquqiga ega. Sababidan qat’i nazar, ularning yo‘qligi sud ekspertizasini o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
Ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan protsess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud ekspertidan u tomonidan qo‘llanilgan tekshirish usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, sud ekspertiga tushuntirishlar berishi mumkin.
Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida protsess ishtirokchilarining hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Sud eksperti o‘zining maxsus bilimlariga muvofiq, o‘tkazilgan tekshirishlar asosida o‘z nomidan xulosa beradi va uning uchun javob beradi.
33. Sud ekspertizasini o‘tkazish ikki va undan ortiq sud ekspertlariga topshirilganda, ekspertiza muassasasi rahbari ulardan biriga boshqa sud eksperti (ekspertlar) faoliyatini muvofiqlashtirish, tekshiruvlarning umumiy rejasini ishlab chiqish va ekspertlarning maslahatlashuviga rahbarlik qilishni yuklaydi.
34. Bir xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq sud ekspertlariga (sud ekspertlari komissiyasiga) ekspertiza o‘tkazish topshirilganda komissiyaga kiritilgan sud ekspertlarining har biri tekshirishni to‘liq hajmda amalga oshiradi. Sud ekspertlari komissiyasi tekshirishda qatnashgan sud ekspertidan har biri unga rozi bo‘lgan taqdirda umumiy xulosa beradi. Shuningdek, sud ekspertlari komissiyasida ishtirok etgan sud ekspertlari fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona xulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda har bir ekspert kelishmovchilikka sabab bo‘lgan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi.
35. Sud ekspertlari komissiyasi rahbari sud ekspertizasi oldiga qo‘yilgan savollarni mazmunan yechishda alohida ustunlikka ega emas.
36. Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun har xil mutaxassislikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq sud ekspertlari (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir sud eksperti tekshirishni amalga oshiradi va o‘z vakolati doirasida xulosa beradi. Kompleks ekspertiza xulosasida har bir sud eksperti qanday tekshirishlar va qanday hajmda o‘tkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko‘rsatiladi. Sud eksperti kompleks ekspertiza xulosasining o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan qismini imzolaydi.
Olingan natijalarni baholash va yakuniy xulosa (xulosalar)ni shakllantirishni vakolatli bo‘lgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) chiqaradi. Agar sud ekspertlari komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun sud ekspertlaridan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida sud ekspertlarining har biri kelishmovchilikka sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha alohida xulosa tuzadi.
37. Agar sud ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da har xil turdagi ekspertizalar predmetiga taalluqli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning har biri bo‘yicha alohida xulosa yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
38. Sud eksperti xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiqot va xulosa (yakunlovchi) qismlardan iborat bo‘ladi.
Sud eksperti xulosasining kirish qismida sud ekspertining huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uni bilib turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz xulosa berishni rad ettanligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tushuntirilganligi haqidagi sud eksperti tilxati olinganligi ko‘rsatiladi.
39. Xulosaning kirish qismida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
sud ekspertizasining turi va uning ro‘yxat raqami;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning nomi;
sud eksperti (ekspertlari) haqidagi ma’lumotlar. Bunda sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ixtisosi (umumiy va ekspertlik malakasi), ish tajribasi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan sud ekspertiza turlari bo‘yicha ular shifrlash qoidalariga muvofiq o‘tkazilganligi ko‘rsatiladi;
materiallarning sud ekspertizasiga kelgan vaqti va xulosaga imzo chekilgan vaqt;
sud ekspertizasini o‘tkazish uchun protsessual asos (qaror yoki ajrim, u qachon va kim tomonidan chiqarilganligi);
sud ekspertizasiga yuborilgan materiallarning nomi, jo‘natish usuli, o‘ramning turi, holati va tekshiriladigan obyektlarning rekvizitlari;
sud ekspertizasi hal etishi uchun qo‘yilgan savollar. Bunda savollar sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da keltirilgan shaklda qayd etiladi. Savollarni mazmunan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, sud eksperti faqat savolga to‘g‘ri grammatik shakl berishi va sud eksperti ixtisosligiga moslashtirishi mumkin. Bir necha savollar qo‘yilgan taqdirda sud eksperti tekshiruv o‘tkazish uchun ularning eng maqbul tartibini ta’minlaydigan izchillikda guruhlarga bo‘lib chiqishi mumkin. Sud eksperti tashabbusi bilan hal qilingan savollar sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da keltirilgan savollardan keyin bayon qilinadi.
xulosa berish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan va sud eksperti tomonidan asosiy ma’lumot sifatida qabul qilingan ish holatlari;
qo‘yilgan savollarni hal qilishda sud eksperti amal qilgan hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar), shuningdek tekshiruv o‘tkazishda foydalanilgan boshqa manbalar;
sud ekspertizasini o‘tkazish jarayonida hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, protsessual holati);
sud ekspertining qo‘shimcha materiallar taqdim etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi (iltimosnoma yuborilgan va javob olingan vaqt, iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari).
Qo‘shimcha yoki takroriy sud ekspertizasi bo‘yicha xulosaning kirish qismida yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan tashqari, dastlabki sud ekspertizasi haqidagi ma’lumotlar, ya’ni xulosaning ro‘yxat raqami va sanasi, sud ekspertining (ekspertlarining) familiyasi, ismi va otasining ismi, ekspertiza muassasasining nomi, dastlabki sud ekspertizasining xulosalari hamda qo‘shimcha va takroriy sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrimda)da keltirilgan sud ekspertizasini o‘tkazish sabablari bayon etiladi.
Tekshiruv obyektlari (hujjatlar, daktilokartalar va shu kabilar), sud ekspertizasi o‘tkazishga taalluqli bo‘lgan ish hujjatlari (ko‘zdan kechirish va tergov (sud) eksperimentlari bayonnomalari, yo‘l-transport hodisalarining chizmalari), shuningdek sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da havola qilingan va o‘zida boshlang‘ich ma’lumotlarni saqlagan boshqa materiallar ekspertiza muassasasining “RSEM” shtampi, solishtirma materiallar esa “NAMUNA” shtampi bilan belgilanadi.
40. Sud eksperti xulosasining tadqiqot qismida sud eksperti oldiga qo‘yilgan har bir savol bo‘yicha tekshirish jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar bo‘yicha ilmiy tushuntirish beriladi.
Xulosaning tadqiqot qismida quyidagilar ko‘rsatiladi:
sud ekspertizasi tekshiruvi obyektlarining holati;
foydalanilgan tadqiqot usullari va bu usullar qo‘llanishining texnik sharoitlari;
sud ekspertizasi tahlilining sharoitlari, maqsadi va natijalari hamda namunalar olish;
xulosani asoslash uchun ahamiyatga ega tergov (sud) harakatlari (so‘roq, ko‘zdan kechirish, eksperiment va shu kabilar)ning natijalari;
namoyish materiallariga qilingan havolalar, ilovalar va ularga berilgan zarur izohlar;
olib borilgan tekshiruv va uning alohida bosqichlari natijalariga berilgan sud eksperti bahosi.
Qayta sud ekspertizasi xulosasining tadqiqot qismida, agarda tadqiqot natijalari bilan avvalgi sud ekspertizasi xulosasining yakunlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, buning sabablari ko‘rsatiladi.
Xulosaning tadqiqot qismi maxsus bilimi bo‘lmagan shaxslar uchun tushunarli tilda bayon etilgan bo‘lishi kerak. Maxsus atamalar izohlab berilgan bo‘lishi lozim.
41. Sud eksperti xulosalari uning oldiga qo‘yilgan savollarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yo‘l qo‘ymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim.
Agar xulosani tadqiqot qismida bayon qilingan tekshirish natijalarining mukammal tavsifisiz va qo‘yilgan masalaga to‘liq javobsiz shakllantirish mumkin bo‘lmasa, xulosaning tadqiqot qismiga havola qilishga ruxsat beriladi.
42. Sud eksperti xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari ko‘rsatilishi mumkin.
43. Ekspert xulosasi ikki nusxada tuziladi, tekshirishni o‘tkazgan sud eksperti (ekspertlari) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin xulosaning bir nusxasi ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
44. Agar sud eksperti xulosasida ekspert tekshirishlari va natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa, ular ham sud eksperti (ekspertlari) tomonidan imzolanadi. Sud eksperti tekshirishlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari sud eksperti xulosasi nusxasi bilan birga ekspertiza muassasasida saqlanadi. Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning talabiga ko‘ra ular yig‘majildga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
45. Sud ekspertizasi tugatilgandan so‘ng sud eksperti tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tadqiqot fayli shakllantiriladi va bu tadqiqot fayli sud eksperti xulosasi nusxasi bilan saqlanadi.
Dastlabki sud ekspertizasi xulosasini tasdiqlamagan takroriy sud ekspertizasi natijalari bo‘yicha ilovalar bilan xulosa nusxasi tayyorlanib, dastlabki sud ekspertizasini o‘tkazgan ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Takroriy sud ekspertizasi tugatilgandan so‘ng mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq takroriy sud ekspertizasi bo‘yicha nazorat kartochkasi to‘ldiriladi va ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Agar sud ekspertizasi boshqa ekspertiza muassasasi (muassasalari) bilan birgalikda o‘tkazilgan bo‘lsa, sud ekspertlari xulosasi va unga ilovalarning qo‘shimcha nusxasi (nusxalari) tayyorlanib, ushbu muassasaga (muassasalarga) yuboriladi.
46. Ekspertiza muassasasi rahbari xulosani ko‘rib chiqishda noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘liq bo‘lmagan tekshirishlarni, tekshirish o‘tkazish uslubiyoti buzilishini yoki uning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda xulosa zarur o‘zgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun sud ekspertiga qaytariladi.
Agar sud eksperti o‘z xulosasini to‘g‘ri deb qat’iy turib olsa, ekspertiza muassasasi rahbari belgilangan tartibda xulosa berish uchun tekshirish o‘tkazishni birinchi sud eksperti ishtirokidagi sud ekspertlari komissiyasiga topshirish huquqiga ega.
47. Sud ekspertizasini sudda o‘tkazishda uning natijalari mazkur Yo‘riqnomaning 38—42-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Sud eksperti xulosasi ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
48. Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi.
Kirish qismida ushbu Yo‘riqnomaning 39-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq ma’lumotlar bayon qilinadi.
Asoslovchi qismida xulosa berish imkoni yo‘qligi sabablari batafsil bayon qilinadi.
Yakunlovchi qismida sud eksperti oldiga qo‘yilgan har bir savol bo‘yicha xulosa berish imkoni yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, sud eksperti tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusxasi ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Agar xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma sudda ko‘rib chiqish bosqichida tuzilgan bo‘lsa, u sud ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
49. Agar bir masala bo‘yicha ekspert xulosa bersa, boshqasi bo‘yicha xulosa berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud bo‘lsa, u holda yagona hujjat — sud eksperti xulosasi tuziladi.
50. Sud eksperti xulosasi, sud ekspertizasi tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa materiallar sud ekspertizasini tayinlagan shaxsga yoki ekspertizani tayinlagan organning vakolatli xodimiga yoxud ekspertizani tayinlagan organ tomonidan berilgan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxsga shaxsan beriladi yoki ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga pochta orqali yuboriladi.
51. Ekspert xulosasini, sud ekspertizasi tekshiruvi obyektlari bo‘lgan predmetlar va hujjatlarni hamda ekspertizaga berilgan boshqa materiallarni faksimil yoki yorug‘ sezgir qog‘ozga ko‘chirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. | 157 | 41,160 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni ijrosini ta’minlash, respublika ipoteka bozorini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida qo‘shimcha rivojlantirish va yangi moliyaviy vositalarni tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmonida respublikada aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini tashkil qilish va 2019-yilda uning faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25,0 mlrd so‘m bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti — O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda kompaniya deb ataladi) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi;
kompaniya ustav kapitalida 25 mlrd so‘m miqdordagi davlat ulushi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajaratiladigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
4. Quyidagilar kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish va keyinchalik ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish;
aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan ipoteka qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va investorlar o‘rtasida joylashtirishni tashkil etish;
ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy uslub va vositalarini tatbiq etish, ipoteka krediti va ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlilikni oshirish va tavakkalchilikni kamaytirish;
ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasidagi metodologik hamda normativ-huquqiy bazani, shu jumladan xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqishda ishtirok etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda kompaniyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, uning korporativ hujjatlarini tasdiqlash, shuningdek, boshqaruv va nazorat organlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin;
tijorat banklariga ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibi, qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlari, shuningdek, ipoteka kreditlarini qarzga oluvchilarni tanlab olish shartlari to‘g‘risidagi nizomlarni xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlashda kompaniyaga yordam ko‘rsatsin.
6. Kompaniya emissiya qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda kompaniyani joylashtirish choralarini ko‘rsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. | 139 | 4,125 |
Qonunchilik | “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 77 | 310 |
Qonunchilik | “Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 6, 42/2, 1-son “Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2181, 2011-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 1-2-son, 18-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 10-apreldagi 01/22-26/14, 7/8, 63-son “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2181-1, 2014-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-yil, 20-son, 230-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 20-maydagi 01/22-26/08, 10/1, 132-son “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2181-2, 2017-yil 30-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 22-son, 437-modda). | 249 | 2,437 |
Qonunchilik | Iste’mol tovarlarini yetkazib beruvchilar uchun teng sharoitlar ta’minlanadi | Prezidentning Mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.
Yakka tartibdagi imtiyozlar bekor qilinadi
1.08.2002 yildan boshlab Oʻzbekistonda iste’mol tovarlarini olib kirishda yuridik shaхslar tomonidan bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar bekor qilingan (8 turdagi tovarlar bundan mustasno, ularni import qilishda imtiyozlar saqlanib qolingan). Binobarin, alohida import qiluvchilarga yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilmoqda, bu esa ularning bozorda ustun mavqega ega boʻlishiga yordam beradi. Bu, oʻz navbatida, ayrim tovarlarning sun’iy tanqisligi va narхlarning asossiz ravishda oshirilishiga hamda monopolistlar tomonidan qoʻshimcha foyda olinishiga olib keladi, deb qayd etiladi loyihada.
Shu munosabat bilan loyiha oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatga olib kirish boʻyicha alohida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga amaldagi barcha bojхona, soliq va boshqa yakka tartibdagi imtiyozlarni bekor qilish va kelajakda ularni joriy etishga taqiqni koʻzda tutadi (1.02.2018 yildan boshlab).
Ma’lumot uchun: sogʻlom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida koʻzda tutilgan.
Barcha yetkazib beruvchilarga – teng sharoitlar
Kelasi yil uchun oziq-ovqat yetkazib beruvchilarni izlash va jalb etish, ularning bozorga kirishlari uchun teng sharoitlarni yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu tariqa aholining sifatli, arzon mahsulotlarga boʻlgan talabini toʻliq qondirish rejalashtirilmoqda.
Har bir hududda iхtisoslashgan omborхonalar, saqlash joylari, sovutadigan kameralar hamda oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha uskunalarni ochish rejalashtirilmoqda.
Oziq-ovqatlarni birja orqali хarid qilish va sotishga ruхsat beriladi
Tovar-хom ashyo birjalaridagi (TXB) respublikamizga iste’mol tovarlarini olib kirishni koʻzda tutuvchi bitimlar mamlakatimizda 2002 yilning 1 avgustidan taqiqlangan. Ushbu taqiqni bekor qilish taklif etilmoqda. Buning ustiga, Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobiga хarid qilinadigan oziq-ovqatlarning ijtimoiy ahamiyatli turlari faqat TXBning ochiq elektron savdolari tizimi orqali sotib olinadi. Xuddi shunday tartib davlat strategik va safarbarlik zaхirasidan yangilanishi lozim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda ham amal qiladi.
TXBning ochiq elektron savdolarida oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish va sotish uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga beriladigan litsenziya talab etilmaydi.
Loyihaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 76 | 2,877 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi haqida | 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishsin. | 163 | 130 |
Qonunchilik | O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga agrotexnik xizmat ko‘rsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, shuningdek “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zagrokimyohimoya” AJ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiritilsin:
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidan chiqarilayotgan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (keyingi o‘rinlarda “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning o‘simliklarni himoya qilish markazlari mulkiy qismi negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari;
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJning tuman va tumanlararo bo‘limlari, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) bo‘linmalari;
chigirtka bilan kurashish xizmatlari, shuningdek, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning o‘simliklarni himoya qilish markazlari mulki qismi negizida tashkil etilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” bo‘limlari;
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika agrokimyo stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyo stansiyasi” MChJ;
Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi negizida tashkil etilayotgan “Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” MChJ;
2. Quyidagilar “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish yo‘li orqali mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalariga bo‘lgan talabning har yilgi prognozlarini shakllantirish, shuningdek, mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va taqsimlashni, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining har yilgi balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
belgilangan nazorat va signal maydonlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, agrokimyo kartogrammalarni tuzgan holda, tuproq va qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi og‘ir metallar tuzlari va pestitsidlar, cho‘kindi qoldiqlari, to‘plangan radionuklidlarni tahlil qilish;
tuproqni oziqlash moddalari ta’minotini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlarni differensial va agrokimyo kartogrammalarga qat’iyan muvofiq ko‘rinishda yetkazib berishni ta’minlash;
o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish sohasida fermyerlar va dehqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli argokimyo xizmatlarini ko‘rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng ko‘lamda rivojlantirish va qo‘llashga ko‘maklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
respublika hududida yer maydonlari, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar holati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va yovvoyi o‘tlarning rivojlanishi va ko‘payib ketishini prognozlashtirish va monitoring qilish, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishni ta’minlash.
3. “O‘zagrokimyohimoya” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
4. Quyidagilarning:
“O‘zkimyosanoat” AJ mulkining qismini balans narxi bo‘yicha hamda uning “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJlari ustav kapitallaridagi ulushini “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati bo‘yicha davlat foydasiga berish, shuningdek, shuning hisobidan “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish to‘g‘risida “O‘zkimyosanoat” AJ aksiyadorlari taklifi;
“Respublika o‘simliklarni himoya qilishning kimyo vositalar bazasi” AJ aksiyadorlarining jamiyatni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
5. Belgilansinki,
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitali “O‘zkimyosanoat” AJ mulkining qismini balans narxi bo‘yicha hamda uning “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJlari ustav kapitallarida ulushini “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati bo‘yicha topshirish, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi mulkining balans qiymati hisobiga shakllantiriladi;
“O‘zagrokimyohimoya” AJ “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, o‘simliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar, O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika o‘quv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish dividendlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati tushumlaridan va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi og‘ir metall tuzlari va pestitsidlar cho‘kindi qoldiqlari, to‘plangan radionuklidlarni tahlil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish budjetdan ajratilgan pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
6. O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ ikki oy muddatda:
“O‘zkimyosanoat” AJning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishni va tasdiqlanishini ta’minlasin, belgilangan tartibda uning ustav kapitalini shakllantirsin, yangi aksiyalar chiqarilishini va ularni joylashtirilishini amalga oshirsin;
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitaliga berilgan mulk qismini “Agrokimyosanoat” HAJ va “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati”ning hududiy bo‘linmalariga topshirilishini ta’minlasin;
“O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitaliga topshiriladigan mulk va ulushlar qiymati summasiga “O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitalini kamaytirsin.
7. “O‘zagrokimyohimoya” AJga belgilangan tartibda “O‘zagrokimyohimoya” AJning maxsus taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etishga huquq berilsin, quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
hududiy “O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav kapitalidagi “O‘zagrokimyohimoya” AJning ulushiga hisoblanadigan dividendlarning 50 foizi;
xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, “O‘zagrokimyohimoya” AJning taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘lari maqsadli ravishda qat’iyan quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
investitsiya loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirish, yangi turdagi o‘simliklarini himoya qilish vositalari, mineral, organomineral va kompleks (murakkab) o‘g‘itlarni o‘zlashtirish;
“O‘zagrokimyohimoya” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
yangi laboratoriyalarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash.
“O‘zagrokimyohimoya” AJ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zagrokimyohimoya” AJning taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va maqsadli ishlatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda 2017 — 2020-yillarda qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlasin;
“O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni strategik xomashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadigan hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari hamda tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
10. “Qishloqxo‘jalikkimyo” va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazini 5-ilovaga* muvofiq tarkibda debitorlik hamda kreditorlik qarzlarining inventarizatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Komissiya tashkil etilsin.
Komissiya (G.I.Ibragimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini to‘liq inventarizatsiya qilsin va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi oldidagi tugatilgan fermerlik xo‘jaliklarining kreditorlik qarzlarini restrukturizatsiya qilish;
“Qishloqxo‘jalikkimyo” HAJ va Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi va uning bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga bo‘lgan to‘lov qarzlari bo‘yicha qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalari summalarini bekor qilish.
11. 2022-yilning 1-yanvarigacha “Elektrkimyozavod” QK AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga ko‘ra olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ta’sir kuchiga ega moddalar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, asbob-uskunalar va texnologiyalar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
12. “O‘zagrokimyohimoya” AJ Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 38-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda “O‘zagrokimyohimoya” AJni, zarur kommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. | 142 | 12,803 |
Qonunchilik | Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida | Mavjud to‘qimachilik ishlab chiqarishlarining barqaror faoliyatini ta’minlash, “O‘zpaxtasanoat” AJ terminallarida paxta tolasi qoldiqlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 15-bandining birinchi xatboshidagi “10 foiz miqdoridagi” so‘zlaridan keyin “, 2017-yilgi hosil paxta tolasi qoldiqlariga esa 15 foiz miqdoridagi” so‘zlari qo‘shilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — N.S. Otajonov, “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.O‘. Haydarov zimmasiga yuklansin. | 96 | 1,107 |
Qonunchilik | Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi | Moliya vazirligi tomonidan Prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaning asosiy maqsadi - 1 avgustdan Moliya vazirligining auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish, auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash funksiyalarini auditorlarning jamoat birlashmalariga oʻtkazish.
Auditorlarni sertifikatlashtirish rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribalari, auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarining shaffofligini ta’minlash, shuningdek хalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik va oʻzaro aloqalarni oʻrnatish asosida amalga oshiriladi.
Qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
Bugungi kunda auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish, auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash Moliya vazirligining funksiyalari hisoblanadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 60 | 1,263 |
Qonunchilik | Davlat ijrochilari tomonidan ijro xarakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2015-yil 24-dekabrdagi 3, 01/27-26/27-son “Sud ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2744, 2015-yil 24-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 51-son, 642-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 54-moddasiga muvofiq davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish jarayonida realizatsiya qilinadigan, shu jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk baholash obyekti hisoblanadi.
2. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni baholashning xususiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilanadi.
3. Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Davlat ijrochisi alohida ko‘char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
5. Quyidagi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilot jalb qilinadi:
a) avtomototransport vositalari;
b) dastgoh va uskunalar hamda ishlab chiqarish liniyalari;
v) ko‘chmas mulk;
g) fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan qimmatli qog‘ozlar.
Fond birjasining rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati davlat ijrochisi tomonidan ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha fond birjasiga yozma so‘rovnoma yuborish orqali belgilanadi.
6. Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qo‘yilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan boshlang‘ich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan belgilanadi.
7. Mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qaror chiqariladi.
8. Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholangan hollarda davlat ijrochisi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
9. Ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilinadigan mol-mulkni baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari va eng maqbul va arzon narxlar taklif qilayotgan baholovchi tashkilot o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada baholovchi tashkilotning xizmat haqini to‘lash bo‘yicha shartlar ko‘rsatiladi.
Shartnoma keyinchalik uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani uzaytirishda baholovchi tashkilot tomonidan mazkur shartnoma shartlariga to‘liq rioya etilganligi va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar buzilmaganligiga e’tibor qaratiladi.
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi.
10. Shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar taraflardan birining uni bekor qilish to‘g‘risidagi yozma arizasi kelib tushmagan taqdirda shartnomaning muddati bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi.
11. Mol-mulk mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mol-mulkning alohida olingan shartnomaviy narxi uning ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida baholash kunida amal qilib turgan narxining 70 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Davlat ijrochisi mol-mulkning narxini aniqlashda bozordagi mavjud talab va takliflar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar (bozor ma’muriyatidan olingan ma’lumot, internetdan olingan axborot yoki mutaxassis xulosasi)ga asoslanadi.
12. Davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanishi mumkin bo‘lgan mol-mulkning shartnomaviy narxi mol-mulk xatlangandan keyin o‘n kundan kechiktirmasdan belgilanishi lozim.
13. Mol-mulkni baholash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan e’tiboran uning nusxasi uch ish kunidan kechiktirmasdan taraflarga yuboriladi.
14. Baholashning umumiy shartlari baholash faoliyati to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
15. Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi mol-mulkning farqlovchi belgilari (turi, navi, markasi, o‘lchami va h.k.) va haqiqiy holatini ko‘rsatgan holda ro‘yxatini tuzadi.
16. Sotiladigan mol-mulkning boshlang‘ich narxini belgilash uchun davlat ijrochisi baholash to‘g‘risidagi qarori bilan baholovchi tashkilotni jalb qiladi.
17. Baholash muddati va baholovchi tashkilotning xizmat haqi davlat ijrochisi va baholovchi tashkilot tomonidan belgilanib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda baholash muddati ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat inobatga olingan holda belgilanadi, biroq ushbu muddat baholovchi tashkilotga shartnomaga muvofiq barcha hujjatlar taqdim qilingan kundan e’tiboran 15 kundan oshib ketmasligi lozim.
Baholovchi tashkilotga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyektiga nisbatan belgilangan tugatilish qiymati davlat ijrochisi uchun mol-mulkning boshlang‘ich savdo narxini belgilashga asos bo‘ladi.
19. Baholash obyektlarining tugatilish qiymati (Slik) ularning bozordagi qiymati asosida quyidagi formula bo‘yicha belgilanadi:
Slik — mumkin bo‘lgan ekspozitsiya davridan (tnorm) qisqaroq, uni ekspozitsiya qilishning belgilangan davriga (tlik) mos bo‘lgan baholash obyektining tugatilish qiymati, so‘m;
Sbozor — baholanayotgan obyektning bozordagi qiymati (so‘m);
k — obyekt sotilishi mumkin bo‘lgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent;
tnorm — baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan o‘rtacha muddat
tlik — obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat;
ln — tabiiy logarifm;
e — tabiiy logarifmga asos qilib olinadigan son (2,718).
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilanadigan muddat davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asosan tayinlanadi.
Har qanday mol-mulkning mazkur formula yordamida hisoblangan likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizidan past bo‘lgan taqdirda ushbu mol-mulkning likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizi miqdorida etib belgilanadi.
20. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat ijrochisi baholash natijalari bo‘yicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida savdoga chiqarish uchun mol-mulkning boshlang‘ich narxini belgilaydi.
21. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. | 143 | 8,122 |
Qonunchilik | Oilaviy pudrat uchun tutzorlar qanday olinadi | Tegishli tartib qishloq хoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3230, 27.04.2020 y.).
Eslatib oʻtamiz, shu yilning boshida «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi hududiy «Agropilla» MChJga tegishli boʻlgan tutzorlarni tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida 1 gektardan 3 gektargacha taqsimlashga qaror qilingan (17.01.2020 yildagi PQ-4567-son qarorga qarang). 1 noyabrga qadar tajriba sinov natijalariga asosan bunday amaliyotni barcha hududlarda joriy etish boʻyicha takliflar kiritiladi.
Tutzorlar "Agropilla" MChJ tomonidan хohish bildirgan oilalarga pilla yetishtirish mavsumi boshlanishidan oldin tanlov asosida ajratib beriladi. Tanlov komissiyasi "Agropilla" MChJ хodimlari jumlasidan tashkil etiladi. Oila boshligʻi yoki oilaning voyaga yetgan boshqa a’zosi mahalliy OAVda tanlov e’lon qilingandan keyin bir oy ichida komissiyaga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:
Talabgorlar aynan shu mezonlar boʻyicha baholanadi. Arizalar 7 kun muddatda, zarur hollarda joyiga borib oʻrgangan holda koʻrib chiqiladi.
Komissiya ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda oilaga tutzorlar 1 gektardan 3 gektargacha va 5 yil muddatga foydalanish uchun ajratiladi. "Agropilla" MChJ rahbari va talabgor oʻrtasida oilaviy pudrat shartnomasi tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Yetishtirilgan pilla hosilini sotishdan tashqari tutzorlar orasiga qoʻshimcha ekinlar ekish orqali olinadigan daromadlar yetishtiruvchilarning oʻzida qoladi. Shuningdek, ularga tutzorlarni yangilash uchun tut koʻchatlari va pilla mavsumlarida ipak qurti urugʻi bepul yetkazib beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 45 | 1,765 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 111 | 345 |
Qonunchilik | Ayrim imtiyozlar bekor qilindi | Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan 2016 yil 1 yanvardan boshlab bir qator imtiyozlar bekor qilindi.
2016 yil 1 yanvardan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:
- "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasi va Mahalliy sanoat" korporatsiyasi tizimlarida faoliyat koʻrsatayotgan va ustav jamgʻarmasida хorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qoʻshma korхonalar uchun. Ular soliqning butun miqdorini хalq iste’mol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investitsiya qilganlari taqdirda, foydadan olinadigan soliqdan ozod qilingandi. Mazkur imtiyoz VMning “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996 yil 29 apreldagi 166-son qarorining 7-bandi bilan taqdim qilingan edi;
- yuridik shaхslar uchun foyda soligʻini hisoblab chiqarishda imtiyoz. Ularning soliq solinadigan foydasi sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi va ularni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar summasiga kamaytirilardi. Imtiyoz VMning “Korхonalarda хalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004 yil 22 iyuldagi 349-son qarorining 4-bandi bilan taqdim qilingan edi;
- koʻrsatilgan хizmatlarga plastik kartochkalar qoʻllanib toʻlangan hajmidan amaldagi stavkaga nisbatan 5 foiz pasaytirilgan stavka boʻyicha foyda soligʻi yoki YaSTni toʻlovchi хizmat koʻrsatish sohasi korхonalari (tijorat banklaridan tashqari) uchun imtiyoz. Imtiyoz Prezidentning “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 3.08.2006 yildagi PQ-433-son Qarori bilan koʻzda tutilgandi. Shuningdek, shunga oʻхshash imtiyoz umumiy ovqatlanish va savdo korхonalariga nisbatan ham bekor qilingan;
- meva-sabzavot хoʻjaliklari korхonalari uchun yangi bogʻ va tokzorlari maydonlari ular hosilga kirgunga qadar yer soligʻidan ozod qilish koʻrinishida imtiyoz. Bu imtiyoz Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot хoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va iхtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 18.07.1997 yildagi 363-son qarori bilan taqdim qilingan edi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Irina AXMETOVA,
Yelena YeRMOXINA,
ekspertlarimiz. | 30 | 2,632 |
Qonunchilik | DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI RESPUBLIKA ORGANLARINING BOShQARUV XODIMLARI SONINI MAQBULLAShTIRISh VA QISQARTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son va “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmonlariga muvofiq hamda boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish va ular faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining:
1-ilovaga* muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari o‘rinbosarlari lavozimlarini qisqartirish;
2004-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari apparatlari hamda ularga qarashli muassasalar va tashkilotlar boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 2 va 3-ilovalarga* muvofiq belgilash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Boshqaruv samaradorligini oshirish manfaatlari yo‘lida a’zolik badallari va xayriya faoliyati hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan jamg‘armalar, ijodiy va kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlariga Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining takliflari asosida o‘z apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
uch kun muddatda boshqaruv apparatining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etsinlar;
o‘n kun muddatda markaziy ijro etuvchi apparatlarda va tegishli tarkibiy bo‘linmalarda qisqartiriladigan lavozimlar ro‘yxatini aniqlasinlar hamda qisqartiriladigan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilsinlar;
2004-yil 15-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2004-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot, shuningdek xodimlarning belgilangan cheklangan soniga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish uchun yilning har choragi asosida boshqaruv xodimlari, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni to‘g‘risida axborot taqdim etilishini ta’minlasinlar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda ishdan bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar va bu borada ko‘maklashsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yildan boshlab:
budjet muassasalari va tashkilotlarining shtat jadvallari va xarajatlari smetalarini mazkur qaror bilan belgilangan boshqaruv apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga hamda xizmat ko‘rsatadigan va texnik xodimlar soni nisbatining belgilangan hisoblab chiqilgan normativlariga qat’iy muvofiq holda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soniga hamda xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin. Monitoring natijalari to‘g‘risida har yili 25-yanvargacha va har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasiga axborot berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lardan yuqori malakali xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun foydalanish to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (R.S. Azimov) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv apparati xodimlari sonining mazkur qarorga muvofiq qisqartirilishi ustidan nazorat o‘rnatsin hamda natijalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2004-yil 1-fevralgacha axborot bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 126 | 4,911 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON SANOATI VA XO‘JALIK QURILIShI (“O‘ZSANOATXO‘JALIKQURILISh”) DAVLAT KORPORATSIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI | “O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish samaradorligini oshirish, tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasi:
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
o‘ziga berilgan huquqlar doirasida to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliya faoliyati, ijtimoiy rivojlantirish masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan zaxira sug‘urta, investitsiya va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
eng muhim xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishiga kvotalar bo‘yicha ajratiladigan moddiy-texnika resurslari fondlarini saqlovchi hisoblanadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, korporatsiyaning dastlabki ustav jamg‘armasi korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish natijasida tashkil topadigan aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalari)ning davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarining 60 foizi, shuningdek, boshqa manfaatdor yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning paylari hisobiga hosil qilinadi.
3. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarning ro‘yxati, ularning xo‘jalik mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlari saqlab qolingan holda, 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. “O‘zgiproog‘irsanoat” instituti, iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida tajriba ishlab chiqarishi bo‘lgan Konstruktorlik-texnologiya markazi, moddiy bazalari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi ixtiyoridan olinib “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi ishtirokida 1993-1994-yillarda mehnat jamoalarining tayyorligiga qarab korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq aksionerlik jamiyatlariga (kompaniyalarga), jamoa korxonalariga aylantirishni amalga oshirsin;
2-ilovaga* muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagilar maqsadga muvofiq deb topilsin:
qurilish trestlarini ularning tuzilmasidagi bo‘linmalari bilan birga ochiq turdagi davlat qurilish aksionerlik jamiyatlariga aylantirish;
8-trest negizida, tarkibiga “Farg‘onaqurilish” trestini va 15-qurilish trestini, ularni yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalariga aylantirgan holda kiritib, “Farg‘onasanoatxo‘jalikqurilish” aksionerlik qurilish kompaniyasini tashkil etish;
10 va 12-qurilish trestlari negizida “Namanganqurilish” davlat qurilish aksionerlik jamiyatini tuzish;
“O‘zshaharqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasini, tarkibiga kiruvchi uysozlik kombinatlarini yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga ajratgan holda “O‘zshaharqurilish” aksionerlik qurilish kompaniyasiga aylantirish;
“O‘zqurilishdetal” ishlab chiqarish birlashmasini aksiyalashtirish tariqasida, yog‘ochsozlik zavodlarini yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalarga aylantirgan holda, “O‘zqurilishdetal” xolding kompaniyasini tuzish;
“O‘zqurilishkonstruksiya” hududiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida, birlashma tarkibiga kiruvchi xo‘jalik subyektlarini yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan tarmoq korxonalariga aylantirgan holda, “O‘zqurilishkonstruksiya” davlat sanoat aksionerlik kompaniyasini tuzish;
“O‘zqurilishmexanizatsiya”, “O‘ztransmaxsusqurilish” va “O‘zqurilishtrans” ixtisoslashtirilgan va avtotransport hududiy ishlab chiqarish birlashmalarini yopiq turdagi davlat aksionerlik kompaniyalariga aylantirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “O‘zdavjamg‘arma” orqali davlat, korporatsiya tarkibiga kiruvchi kompaniya, korxona va bo‘linmalarning jamoalari, shuningdek, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasining aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalari) uning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi ustavga muvofiq o‘z ijroiya organi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini va tizimini mustaqil ravishda hal etadi.
Korporatsiyaning boshqaruv apparati tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni 81 nafardan iborat qilib belgilangan holda (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Korporatsiya boshqaruvining raisi, rais o‘rinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar, Korporatsiyaga boshqaruv raisining 4 nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘lish tavsiya etilsin.
Korporatsiya boshqaruvining raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
8. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
obyektlarni to‘liq qurish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamlash maqsadida korporatsiya tuzilmasida belgilangan tartibda tijorat investitsiya banki va sug‘urta jamg‘armasini tuzish;
korporatsiya huzurida, korporatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan budjetga tushadigan mablag‘larning 10 foizini unga o‘tkazish hisobiga, raqobatga bardoshli qurilish mashinalari, asbob-uskunalar va materiallar turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish, ishdan bo‘shaydigan xodimlarni qayta o‘qitish uchun investitsiya jamg‘armasini tuzish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi o‘ziga berilgan huquqlarga muvofiq:
korporatsiyaga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalari)ning ishonch shartnomalari (trastlari) asosida nominal qiymati bo‘yicha davlat tomonidan korporatsiyaning ustav jamg‘armasiga qo‘yilgan mablag‘ga to‘g‘ri keladigan aksiyalarni “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga o‘tkazsin;
davlatga tegishli aksiyalar paketlariga muvofiq “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga aksionerlik jamiyatlari (kompaniyalar) faoliyatini boshqarish huquqlarini berishni amalda qo‘llasin;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasiga, aksionerlik jamiyatlariga (kompaniyalariga) ularni rivojlantirish uchun o‘tkazsin.
10. O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasi bir oy muddat ichida korporatsiyaning Ustavini ishlab chiqsin va kelishib olish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, so‘ngra ta’sis konferensiyasi yakunlari bo‘yicha tasdiqlash uchun taqdim etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi uchun o‘rnatilgan aloqa turlarini “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasida saqlab qolsin.
12. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasining ijroiya apparati Toshkent shahar, Proletar ko‘chasi, 17-uyga, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi egallab kelgan binoga joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 3-yanvardagi 3-son va 1990-yil 10-sentabrdagi 310-son qarorlarining Qurilish vazirligiga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, transport va aloqa majmui bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligini tugatish hamda O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tuzishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil mart oyida ko‘rib chiqilsin. | 139 | 8,142 |
Qonunchilik | ChIPTA-HISOB VA YO‘L VARAQALARINI TO‘LDIRISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyuldagi 296-sonli “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tashuvchilar tomonidan chipta-hisob va yo‘l varaqasini to‘ldirilishini tartibga solish hamda hisob-kitobini yuritish maqsadida buyuraman:
1. Ilova qilingan “Chipta-hisob va yo‘l varaqasini to‘ldirish bo‘yicha Yo‘riqnoma” tasdiqlansin.
2. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligida ro‘yxatga olingan palladan o‘n kun muddat o‘tganidan so‘ng kuchga kiritilsin.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyuldagi 296-sonli “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqildi va chipta-hisob va yo‘l varaqasini to‘ldirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Yo‘riqnoma, tashkiliy-huquqiy shakli va mansubligidan qat’i nazar, avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro muntazam yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshiruvchi avtomobil tashuvchilari uchun amal qiladi.
Ushbu Yo‘riqnoma shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi.
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtobus — haydovchining joyini hisoblamaganda, o‘tirish uchun o‘rindiqlari 8 tadan ortiq bo‘lgan va yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi;
shahar tashishlari — shahar yoki shahar tipidagi qo‘rg‘on chegarasida amalga oshiriladigan tashishlar;
yo‘nalishsiz taksi — to‘lov taksometr (hisoblagich) ko‘rsatkichi bo‘yicha hamda yo‘lovchilar buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi avtotransport vositasi;
yo‘nalish — avtotransport vositasining belgilangan punktlar oralig‘ida amalga oshiradigan safari davomidagi yo‘l;
yo‘nalishli taksi — to‘xtovlar yo‘lovchilar talablari bo‘yicha tashkil etiladigan yo‘lovchilarni muntazam yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida tashish uchun mo‘ljallangan avtobus yoki yengil avtomobil;
shaharlararo tashishlar — shahar yoki shahar tipidagi qo‘rg‘on chegarasidan tashqarida ellik kilometrdan ortiq bo‘lgan masofaga tashishlar, shuningdek, yo‘nalish masofasidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining ikki va undan ortiq viloyatlari o‘rtasida amalga oshiriladigan tashishlar;
xalqaro tashishlar — O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi tashqarisida yoki tashqarisiga yo‘nalish masofasidan qat’i nazar, amalga oshiriladigan tashishlar;
nol qatnovlari — harakat tarkibi tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha korxonadan ish boshlash manziliga qadar bosib o‘tilgan yo‘l yoxud ish tugash manzilidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha avtotransport vositasi tomonidan to‘xtab turish manziliga qadar bosib o‘tilgan yo‘l;
to‘liq jarayonli qatnov — harakat tarkibi tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha boshlang‘ich manzildan oxirgi punktga qadar va orqaga yo‘nalish boshlangan boshlang‘ich punktga qadar bosib o‘tilgan yo‘l;
yo‘lovchi — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq, tashuvchi xizmatidan foydalanuvchi (tashuvchi tomonidan to‘lov asosida yoki tekin tashiluvchi) jismoniy shaxs;
tashuvchi — avtotransport vositasiga mulkchilik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq sifatida egalik qiluvchi, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagajlarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi va buning uchun litsenziyaga ega yuridik shaxs;
shahar atrofi tashishlari — shahar yoki shahar tipidagi qo‘rg‘on chegarasidan tashqarida ellik kilometr masofadagi tashishlar;
harakat jadvali — qatnovlar bajarilishining vaqti, joyi va ketma-ketligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan jadval;
qatnov — avtotransport vositasining jo‘nash punktidan belgilangan punktga qadar amalga oshiradigan harakati.
2. Yo‘l varaqalari va naryadlar blankalari yo‘lovchilar tashishlarini amalga oshiruvchi avtotransport vositalarining, shu jumladan yo‘nalishsiz taksilarning ishini ta’riflovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun “Chipta-hisob varaqalari”.
3. Avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilar yo‘l (barcha turdagi), chipta-hisob varaqa blankalari va naryadlar blankalari boshqa qat’iy hisobdagi blankalar bilan bir qatorda buxgalteriyada saqlanadi va u tomonidan ehtiyojga ko‘ra, talablarga qarab avtotransportdan foydalanish uchun javobgar shaxsga (foydalanish bo‘limi boshlig‘i, katta dispetcher va foydalanish bo‘limi xodimlariga) tartib raqami qayd etilgan holda beriladi.
Mas’ul hisobdor shaxslar yo‘l, chipta-hisob varaqalari va naryadlar hisobotlarini tuzadilar va buxgalteriyaga topshiradilar.
4. Haydovchilarga yo‘l varaqalarini (shu jumladan, yo‘nalishsiz taksi haydovchilariga) berish navbatchi dispetcher tomonidan amalga oshiriladi, soatbay avtobuslarga chipta-hisob varaqalari va naryadlarni berish esa navbatchi g‘aznachi tomonidan, yo‘lga chiqishga ruxsat beruvchi yo‘l varaqalarini taqdim etgan taqdirda beriladi.
5. Haydovchilarga berilayotgan yo‘l va chipta-hisob varaqalari ushbu avtokorxona bo‘yicha tartib raqamiga ega bo‘lishi lozim (har yilning 1-yanvaridan berilgan sana, avtotransport tegishli bo‘lgan avtokorxona shtampi).
6. Yo‘l hujjatlarining to‘ldirilishi uchun foydalanish bo‘limlari boshliqlari, katta va navbatchi dispetcherlar va avtotransport vositalarini yo‘nalishga chiqishi va ularning garajga qaytishini rasmiylashtiruvchi shaxslar javobgardirlar.
7. Yo‘l va chipta-hisob varaqalarini to‘g‘rilash va bo‘yashga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Yo‘l va chipta-hisob varaqalarida yo‘ldagi oraliq avtovokzallarida (avtostansiyalari) va oxirgi to‘xtash punktlarida amalga oshiriladigan barcha yozuvlarning to‘g‘riligini haydovchi shaxsan kuzatib borishi shart.
9. Chipta-hisob varaqalari ikki qismdan iborat: chipta-hisob varaqasi (yirtish chizig‘igacha) va nazorat varaqasi (yirtish chizig‘idan so‘ng). Ikki qismini ham to‘ldirish majburiydir.
10. Chipta-hisob varaqalarini to‘ldirishda navbatchi dispetcherlar, chipta g‘aznachilari, haydovchilar (konduktorlar), yo‘nalish dispetcherlari, avtovokzallar (avtostansiya) va oraliq g‘aznachilari hamda tushumni qabul qiluvchi g‘aznachilar ishtirok etadilar.
11. Chipta-hisob varaqasi bo‘yicha quyidagilar: chiptalarning seriyalari va raqamlari bo‘yicha aniq sarflanganligi, sotilgan chiptalar uchun tushum hajmi, bajarilgan qatnovlar soni, shu jumladan, reja bo‘yicha, aslida, jadvalni buzgan holda (muntazamlik ko‘rsatkichi) hamda tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi-kilometr bo‘yicha umumiy natijalari aniqlanadi.
12. Chiptalarni sotish bo‘yicha hisobdor shaxslar (haydovchi, konduktor) ish boshlanishidan oldin chiptalarni sotish uchun avtovokzal yoki avtostansiyaning navbatchi dispetcheriga chipta-hisob varaqalarini, ulardagi seriyalari va raqamlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun taqdim etishlari lozim.
13. Avtokorxonaning foydalanish bo‘limi boshlig‘i chipta-hisob varaqalari to‘g‘ri olib borilishi va to‘ldirilishi uchun mas’uldir, shuningdek, har kuni ularning ushbu Yo‘riqnomaga muvofiqligini tekshirib boradi.
14. Yo‘lovchilar transportida, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarda ham barcha turdagi yo‘l va chipta-hisob varaqalari rekvizitlarining to‘ldirilishini mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirish zarur.
15. Saotbay shartnoma tariflari bo‘yicha ishlaydigan avtobuslar naryad blankalarining to‘ldirilishi avtokorxona navbatchi dispetcheri va buyurtmachining mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Yo‘l varaqalari rekvizitlari (1-ilova): avtotransport vositasi egasining nomi(shtamp), oy, yil, avtomobilning davlat va garaj raqami, haydovchining familiyasi, ismi, sharifi, haydovchilik guvohnomasi raqami, tabel raqami, toifasi — oyning boshlanishiga qadar foydalanish bo‘limida to‘ldiriladi.
17. Dispetcher tomonidan yo‘l varaqasining old tomonidagi “Rejali topshiriq” bo‘limida jadval (chiqish va qaytish vaqti), yo‘nalishdagi bir kungi va bir oydagi ish vaqti, bir kungi va bir oylik tushum, bosib o‘tilgan yo‘lning pullik foydalanish koeffitsiyenti yozib qo‘yiladi.
18. Ishga kelgan zahoti haydovchi ishga kelgan vaqtini dispetcherda belgilashi (yo‘l varaqasining ichki tomoni 2-bet), avtomobilni boshqarishga huquqli guvohnomasini taqdim etishi, undan yo‘l varaqasini olishi lozim, shundan so‘ng, haydovchi sog‘ligi bo‘yicha yo‘lga chiqishga shifokor ruxsatini olish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim, bu esa, yo‘l varaqasining ichki tomonidagi “Shifokor belgisi” bo‘limida shifokor imzosi bilan tasdiqlanadi.
19. Yo‘l varaqasining old tomonidagi “Avtotransport vositasining punktlardagi navbatchiligi” bo‘limida dispetcher tomonidan sananing ro‘parasida avtotransport vositasini belgilangan maskanga yuborilganligi to‘g‘risidagi belgilar ko‘rsatiladi va “kelganlik haqida”gi kataklarda navbatchilik o‘tkazilgan punkt dispetcheri tomonidan belgilar qayd etiladi.
20. Kolonna boshlig‘i yoki mexanigi yo‘l varaqasining old tomonidagi “Avtotransport vositasi, taksometr va plombalar soz holatda” bo‘limida o‘z imzolarini “Chiqishga ruxsat” katagida, qaytib kelganda esa, “Avtotransport vositasini qabul qilib oldim, spidometr ko‘rsatkichlarini tekshirdim” katagida qo‘yishadi.
21. Kolonna boshlig‘i yoki mexanigi vizasini olgandan so‘ng, haydovchi “Avtotransport vositasi, taksometr va plombalar soz holatda” bo‘limida o‘z imzosini “Avtotransport vositasini qabul qilib oldim” katagida, qaytib kelganda esa, ushbu bo‘limidagi “Avtotransport vositasini kolonnaga topshirdim” katagida qo‘yadi.
22. Avtotransport vositasini safarga chiqishga tayyorlagandan so‘ng haydovchi yoqilg‘i olishi lozim. Yo‘l varaqasining ichki tomonidagi (2-ilova) “Dispetcher imzosi” bo‘limida Dispetcher o‘z imzosini qo‘yadi. Shundan so‘ng yoqilg‘i quyuvchi yoqilg‘i beradi va “Yoqilg‘i” bo‘limida jo‘natilgan yoqilg‘i miqdorini yozadi va o‘z imzosini qo‘yadi.
23. Yo‘l varaqasining shu yeri ichki tomonida “Haqiqiy vaqt” bo‘limida Dispetcher shtamp-vaqtlar bilan haqiqiy chiqish vaqtini, spidometr ko‘rsatkichi va taksometr ko‘rsatkichini (umumiy, pullik bosib o‘tilgan yo‘l, chiqarish g‘aznasi) belgilab qo‘yadi. Xuddi shu ko‘rsatkichlarni navbatchi mexanik avtotransport vositasining safardan qaytganida yozib qo‘yadi.
24. “Yoqilg‘i” bo‘limida navbatchi mexanik tomonidan avtotransport vositasida chiqish vaqtidagi yoqilg‘i miqdorini yozadi va imzosini qo‘yadi, qaytgan vaqtida esa, avtotransport vositasidagi yoqilg‘ining qoldig‘ini yozadi va imzosini qo‘yadi.
Yo‘l varaqasining ichki tomonida (3-bet) oyning oxirigacha sanalar bo‘yicha yo‘l varaqasining ikkinchi betidagi kabi yozuvlar to‘ldiriladi.
25. Ushbu betdagi “Shahar tashqarisiga safarlar” bo‘limida:
Navbatchi dispetcher tomonidan — yozuv vaqti, kim tomonidan ruxsat berilganligi, qayerdan, qayerga, bir tomonga yoki ikki tomonga, spidometr ko‘rsatkichlari, taksometr ko‘rsatkichlari, umumiy bosib o‘tilgan yo‘l, pullik bosib o‘tilgan yo‘l, g‘azna, chiqarishlar haqida;
navbatchi mexanik tomonidan — avtotransport vositasining texnik holati haqida yozuvlar qayd etiladi.
26. “Yo‘nalishdagi har xil qaydnomalar” bo‘limida avtotransport vositasining yo‘nalishdagi ishi bo‘yicha zarur yozuvlar qayd etiladi (nazorat qiluvchi organlar tanbehlari, yo‘lovchilarning noroziliklari).
27. Yo‘l varaqasining to‘rtinchi betida avtotransport vositasining garajga kirishi, ta’mirlanishi va muddatdan oldin qaytishi, kech chiqishi sabablari haqida qaydnomalar yoziladi.
28. “Rejali texnik xizmat ko‘rsatishlar” bo‘limida texnik xizmat tomonidan rejali TX-1, TX-2 qaydnomalari yoziladi va TXP boshlig‘i imzosi bilan tasdiqlanadi, “Taksometrni almashtirish” bo‘limida esa, uning almashtirilganligi haqida qaydnoma yoziladi.
29. Yo‘l varaqalarini ko‘rib chiqish, tayyorlash park dispetcheri va foydalanish xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
30. Yo‘l varaqasining ichki tomonida dispetcher har kuni avtotransport vositasi — yo‘nalishsiz taksi ishining natijalari yakunini qayd etadi. “Natija” satrida har kuni spidometr va taksometr ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalar (umumiy bosib o‘tilgan yo‘l, pullik bosib o‘tilgan yo‘l, g‘azna, chiqarilishlar) qayd etiladi, ushbu natijalar avtotransport vositasi taksining yo‘nalishdan qaytib kelganidagi va garajdan chiqib ketayotganidagi farqli ko‘rsatkichlar sifatida belgilanadi. Taksometr mavjud bo‘lmagan taqdirda, pullik bosib o‘tilgan yo‘l, avtotransport vositasi taksining umumiy bosib o‘tilgan yo‘lini pullik bosib o‘tilgan yo‘lning rejali koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi; chiqarishlar soni o‘tgan oylar hisobotlar ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
31. “Tushum” grafasi dispetcher tomonidan pullik bosib o‘tilgan yo‘lga, chiqarishlar sonining qo‘shilgani pullik bir kilometrga o‘rnatilgan tarifga ko‘paytirilganligi bo‘yicha ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
32. “Ish vaqtlari” bo‘limi “Naryaddagi vaqtlar” katagida soatlar, avtotransport vositasi taksining garajga qaytish vaqti va garajdan chiqish vaqti o‘rtasidagi tushlik vaqtining ayirilgani, farq sifatida belgilanadi.
“Ichki navbatchilikdagi bekor turishlar vaqtlari” “opredelyayutsya po dannim razdela “Avtotransport vositasi taksining garajga kirishi, ta’mirlanishi va muddatdan oldin qaytishi to‘g‘risidagi qaydnomalar” bo‘limi ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
“Tungi soatlar” — soat 22-00 dan 6-00 gacha.
Bayram kunlari uchun soatlar “Bayram kunlari” katagida qayd etiladi.
Oyning oxirida dispetcher tomonidan oy yakuni sarhisob qilinadi va natijasi yo‘l varaqasining uchinchi betidagi “Jami bir oyda” satrida qayd etiladi.
33. Ishlangan, tayyorlangan yo‘l varaqalari oy yakuni bo‘yicha buxgalteriyaga korxona bo‘yicha qabul qilingan buyruq bilan belgilangan muddatlarda, tilxat asosida topshiriladi.
34. Yo‘l varaqalari rekvizitlari (2-ilova): avtotransport vositasi egasining nomi (shtamp), yo‘l varaqasining raqami, oy, yil, haydovchining familiyasi, ismi, sharifi, tabel raqami, boshqarish huquqiga ega guvohnoma raqami, toifasi, avtobusning rusumi, davlat raqami va seriyasi, garaj raqami, — oyning boshlanishiga qadar foydalanish bo‘limida to‘ldiriladi.
35. Haydovchining yo‘nalishga chiqishidan oldin yoki bir kun oldin navbatchi dispetcher yo‘l varaqasining old tomonidagi “Avtotransport vositasining rusumi” 2-grafa, “Avtotransport vositasining davlat raqami” 3-grafa, “Jadval bo‘yicha chiqish vaqti” 4-grafa, “Yo‘nalish raqami” 6-grafa, “Yo‘nalish yoki buyurtmachi nomi” 7-grafa, “Jadval raqami” 8-grafa, “Jadval bo‘yicha qaytgan vaqt” 14-grafalarini chiqishning tegishli sanasini kiritgan holda to‘ldirishi lozim.
36. Yo‘nalish hujjatlari, avtobus harakatlarini tashkil etish rejasi hamda avtotransport vositalaridan foydalanish shartlari asosida navbatchi dispetcher yo‘l varaqasining ichki tomonidagi “Reja asosida qatnovlar” (18-grafa), “Chipta-hisob varaqa raqami” (23-gr.), “Reja bo‘yicha tushum” (24-grafa)larni to‘ldirishi lozim.
37. Avtotransport vositasining haqiqatda chiqish vaqti (5-gr.) va haqiqatda qaytish vaqti (15-gr.) navbatchi mexanik tomonidan shtamp-soat yordamida avtotransport vositasini yo‘nalishga chiqarish va qabul qilish vaqtida qo‘yiladi.
38. Yo‘l varaqasining old tomonida texnik soz holatdagi avtotransport vositasini garajdan chiqarishga ruxsat berish, uni haydovchiga topshirish va undan qabul qilingan haqiqiy vaqtni ko‘rsatgan holda, qabul qilib olish (10 va 16-grafalar) hamda garajdan chiqish va qaytishdan oldin avtotransport vositasi spidometridagi ko‘rsatkichlari (12 va 13-grafalar) navbatchi mexanik yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
381. Haydovchi yo‘nalishga chiqishi oldidan yo‘l varaqasining old tomonida 9-gr. haydovchi sog‘ligining holati va uning avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etilishi imkoniyati tibbiyot xodimi imzosi bilan tasdiqlanadi.
39. Haydovchi tomonidan avtotransport vositasini garajda qabul qilish vaqtida u yo‘l varaqasining old tomoni 11-grafani imzolaydi.
40. Avtotransport vositasining ish boshlash punktiga yetib kelish vaqti chipta-hisob varaqasining nazorat varaqasida shtamp-soat yordamida:
a) shahar yo‘lovchi avtobuslari yo‘nalishlarida va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida bosh va oxirgi bekatlar dispetcherlari tomonidan;
b) shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda — avtovokzal (avtostansiya), avtog‘azna dispetcherlari tomonidan to‘ldiriladi.
41. Avtotransport vositasining bakida kun yakuni va o‘sib boruvchi yakuni (36 va 37 gr.) bilan qolgan yoqilg‘i, haqiqatda (38-gr.), shu jumladan, yo‘nalishda, naryad va navbatchilik (39 va 40 gr.) bo‘yicha sarflangan yoqilg‘i miqdori haqidagi yozuv yoqilg‘i-moylash materiallari uchun mas’ul shaxs tomonidan aniqlanadi.
Oraliq qatnovlardagi bekor turib qolish, ta’mirga qo‘yish va boshqa hollarda yoqilg‘i quyish shaxobchasiga qaytarilgan yoqilg‘i miqdori (41-gr.) yoqilg‘i quyish shaxobchasi operatori tomonidan imzolanadi (42-gr.).
42. Berilgan yoqilg‘i miqdori ushbu vazifani bajaruvchi shaxslarning shaxsiy imzosi va shtampi bilan tasdiqlanadi (34 va 35-gr.).
43. Garajdan chiqishning kechikkanlik sabablari to‘g‘risida qaydnoma navbatchi mexanik yoki buning uchun vakolatga ega shaxs tomonidan yo‘l varaqasining 1 bo‘limidagi “Avtotransport vositasining garajdan chiqishi bo‘yicha kechikkanligi to‘g‘risidagi qaydnomalar”da (4-bet), yo‘l varaqasining 2 bo‘limidagi “Avtotransport vositasining garajga kirganligi va yo‘nalishda bekor turganligi”da (4-bet) esa, ish kuni davomida garajga kirganliklari qayd etiladi.
44. Avtotransport vositasining texnik sabablarga ko‘ra garajda bekor turib qolishi davomiyligi to‘g‘risida qaydnoma navbatchi mexanik tomonidan yo‘l varaqasining 2 bo‘limidagi “Avtotransport vositasining garajga kirishlari va yo‘nalishda bekor turib qolishlari”da (4-bet), yo‘nalishda esa, dispetcherxona yoki bosh avtobus bekati yo‘nalish dispetcheri tomonidan, smena, bekor turib qolish sababi va davomiyligi ko‘rsatilgan holda, shu bo‘limda qayd etiladi.
Avtotransport vositasining nosozligi — shina almashtirilishi, yo‘l buzilishi va boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan barcha bekor turib qolishlar ko‘rsatiladi.
45. Avtotransport vositasini boshqa yo‘nalishga o‘tkazilgan taqdirda, yo‘nalish dispetcheri tomonidan yo‘l varaqasining to‘rtinchi varaqasi “Avtotransport vositasini boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar” 3-bo‘limida qaydnomalar qayd etiladi. Bunda, dispetcher harakat trassasi xususiyatlari va harakat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ogohlantiradi.
46. Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar chiptalarining mavjudligi, haydovchi tomonidan harakat xavfsizligi buzilganligining vakolatli organlar tomonidan tekshirilganligi haqida ma’lumotlar yo‘l varaqasining to‘rtinchi varaqasida yozib boriladi.
47. Avtotransport vositasini buyurtma asosida taqdim etilishining barcha hollarida haydovchiga belgilangan shakldagi (3-ilova) naryad beriladi. Buyurtmachining nomi yo‘l varaqasining old tomonidagi 7 grafasiga kiritiladi va navbatchi dispetcher “Chipta-hisob varaqasi raqami” 23-gr.da naryad raqamini yozib qo‘yadi (3-bet).
Xizmat ko‘rsatilishi yakunlanganidan so‘ng, “Naryad” buyurtmachi shtampi bilan avtotransport vositasini foydalanganlik uchun mas’ul shaxs tomonidan to‘ldirilishi va imzolanishi, jismoniy shaxs esa, “Naryadni” imzolashi lozim.
48. Yo‘l varaqasini ishlash, tayyorlash dispetcher va avtotransport vositasi ishiga javobgar bo‘lgan foydalanish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l varaqasini ishlash, tayyorlashni boshlashdan oldin yo‘nalish dispetcheri, g‘aznachi yoki avtovokzal (avtostansiya) dispetcheri va haydovchilar tomonidan chipta-hisob varaqasida qayd etilgan barcha yozuvlar puxta tekshirib chiqilishi lozim.
Chipta-hisob varaqasida qayd etilgan yozuvlar asosida avtotransport vositasi, haydovchining bir kunda yoki bir smenadagi ish yakunlari belgilanadi va ular yo‘l varaqasining tegishli grafalariga kiritiladi.
Old tomonidagi 1, 2, 3, 6, 7, 8 gr.dagi ma’lumotlar yo‘l varaqasining ikkinchi betidagi 1, 2, 3, 4, 5, 6 gr.ga o‘tkaziladi.
49. Yo‘l varaqasining ichki tomonidagi “Boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi” 7 grafasiga yo‘l varaqasining 4 betidagi 3 bo‘limidagi “Avtotransport vositasini boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar” kiritiladi.
50. Ish yakuni bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni aniqlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi (yo‘l varaqasining ichki tomoni):
a) naryaddagi soatlar (yo‘l varaqasining ikkinchi beti) (8-gr.) avtotransport vositasining garajga qaytib kelgan vaqt va garajdan chiqib ketgan vaqtdan, jadval bo‘yicha haydovchi uchun ajratilgan tushlik va dam olish vaqtlarining ayirmasidan qolganlari hisobidan belgilanadi;
b) yo‘nalishdagi ish vaqti (9-gr.) avtotransport vositasining yo‘nalishdagi ish vaqti hajmini (10-gr.) tashkil etishi lozim, buyurtma bo‘yicha (12-gr.): zaxiraviy, navbatchi (13-gr);
v) yo‘nalishdagi (10-gr.), shu jumladan, jadval bo‘yicha (11-gr.) ish soatlari, avtotransport vositasining ish boshlanishi punktiga yetib kelgan palladan faqat yo‘nalishda ishlaganidan va uning oxirgi punktdan garajga kirib kelganigacha bo‘lgan soatlar soni bo‘yicha aniqlanadi. Bu soatlarga quyidagilar: buyurtma bo‘yicha ishlagan soatlar, yo‘nalishda samarasiz bekor turib qolgan soatlar, ish vaqtida garajga kirilgan va tushlik tanaffuslari, bekorchi vaqtlar kirmaydi.
51. Avtotransport vositasining buyurtma bo‘yicha ishlagan soati (12-gr.) tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan naryad bo‘yicha aniqlanadi va:
a) haydovchining buyurtma bo‘yicha to‘liq ish kuni — garajdan chiqib ketgan palladan, tushlik vaqtini ayirgan holda, garajga qaytib kelgan pallagacha ishlagan taqdirda;
b) avtotransport vositasi yo‘nalishdan, uni yo‘nalishga qaytarmagan holda, chiqarib olinganda — avtotransport vositasi yo‘nalishdan chiqarib olingan palladan uning garajga qaytib kelganigacha;
v) avtotransport vositasi yo‘nalishdan vaqtincha, uni yo‘nalishga qaytarilishi sharti bilan chiqarib olinganda — avtotransport vositasi yo‘nalishdan chiqarib olingan palladan uning jadvalga qaytib tushgan pallagacha hisoblanadi; Yo‘nalishdan vaqtincha chiqarib olingani va uni qayta jadvalga tushirilgani to‘g‘risida yo‘nalish dispetcheri chipta-hisob varaqasida tegishli yozuvni qayd etadi.
52. “Zaxira”, “Navbatchi” 13 gr.da navbatchilikga sarflangan vaqt yoki zaxirada bekor turib qolgan soatlar qayd etiladi.
53. 14-grafada bekorchi soatlar qayd etiladi.
54. Yo‘nalishda bekor turib qolishlar (15-gr.) yo‘nalishda texnik va foydalanish sabablari bo‘yicha bekor turib qolish soatlarining yig‘indisini yo‘nalish dispetcherlari, avtovokzal (avtostansiya) boshliqlari tomonidan yozgan qaydnomalar asosida aniqlanadi.
55. Haydovchining yo‘nalishda ishlagan tungi soatlari (shu jumladan, buyurtma bo‘yicha) soat 22-00 dan 6-00 gacha hisoblanadi (16-gr.);
Bayram soatlari bayram kirib kelgan kun soat 00 dan soat 24 gacha (16-gr.
56. 17-grafada “Yakuniy tayyorgarlik vaqti” Podgotovitelno-zaklyuchitelnoye vremya” hisoblash qulay bo‘lishi uchun foydalanish bo‘limida chiqish va qaytish uchun 0,3 soatdan qo‘yiladi.
57. 2 bet 19, 20 grafalari “Qatnovlarning haqiqiy soni” va “Jadval bo‘yicha bajarilgan qatnovlar soni” chipta-hisob bo‘yicha yo‘nalish dispetcheri ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi.
Ta’mirlashdagi soatlar (21-gr.) texnik xizmat va ta’mirlash uchun mas’ul shaxslarning (22-gr.) imzosi asosida dispetcher tomonidan qayd etiladi.
58. 25, 26, 27, 28, 29, 30-gr. “Haqiqiy tushum” navbatchi dispetcher va g‘aznachi ishlovidan o‘tgan chipta-hisob ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi.
60. Avtotransport vositasining bosib o‘tgan yo‘li (31-gr.) navbatchi dispetcher tomonidan spidometr ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi va qatnovlar sonini bir qatnov masofasiga ko‘paytirib, mazkur yo‘nalishdagi nolga teng bosib o‘tilgan yo‘lni qo‘shish yo‘li bilan nazorat qiladi (qatnovlar soniga bog‘liq tarzda nolga teng bosib o‘tgan yo‘lni hisobga olgan holdagi bosib o‘tilgan yo‘l har bir yo‘nalish bo‘yicha foydalanish bo‘limi tomonidan ishlab chiqilishi va yo‘l varaqalarini ishlash, tayyorlashni qulaylashtirish va tezlashtirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi jadvallarga tushirilishi lozim).
Yoqilg‘ini hisobdan chiqarish spidometrdagi bosib o‘tilgan yo‘lga qarab, agar u nolga teng bosib o‘tilgan yo‘lni hisobga olgan holda bajarilgan qatnovlar bilan tasdiqlangan taqdirda, amalga oshiriladi. Nolga teng bosib o‘tilgan yo‘lni hisobga olgan holda bajarilgan qatnovlar bo‘yicha hisoblanadigan bosib o‘tilgan yo‘l, spidometr bo‘yicha haqiqiy bosib o‘tilgan yo‘ldan kam bo‘lgan taqdirda, yoqilg‘ini hisobdan chiqarish nolga teng bosib o‘tilgan yo‘lni hisobga olgan holda bajarilgan qatnovlar bo‘yicha bosib o‘tilgan yo‘lga qarab amalga oshiriladi.
61. Yo‘lovchilar bilan bosib o‘tilgan yo‘l (32, 33-gr.) umumiy bosib o‘tilgan yo‘lni bosib o‘tilgan yo‘lni foydalanish rejali koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
62. Norma bo‘yicha yoqilg‘i sarflanishi avtotransport vositasining umumiy bosib o‘tgan yo‘li bo‘yicha spidometr ko‘rsatmasiga (bir kunda yoki smenada) va yoqilg‘ining tasdiqlangan normalariga muvofiq aniqlanadi.
Yoqilg‘ining haqiqiy sarflanganligi miqdori (38, 39, 40-gr.) avtotransport vositasi parkdan chiqish pallasidagi yoqilg‘i miqdoridan avtotransport vositasi parkka qaytib kelganidagi qoldiq ayirmasiga teng bo‘ladi.
63. Oy yakuni bo‘yicha yo‘l varaqalari katta dispetcher, iqtisodchi va foydalanish bo‘limi boshlig‘i tomonidan, tashishlar rejasi bajarilishi, tushumlar, haydovchining intizomliligi, ularga takliflarning tahlili yordamida tekshirilishi va ishlov berilishi lozim.
64. Yo‘l varaqalarini ishlash, tayyorlashda foydalanish bo‘limi o‘sib boruvchi tartibda 15, 25, 30 (yoki 31) kun sarhisobini qilishi lozim.
Oy yakuni bo‘yicha ishlangan, tayyorlangan yo‘l varaqalari jildga tikiladi va avtokorxona bo‘yicha qabul qilingan buyruq bilan belgilangan muddatlarda tilxat asosida raqam tartibida buxgalteriyaga topshiriladi.
65. Avtotransport vositasining haqiqiy ishini buzib ko‘rsatuvchi yo‘l varaqalarining noto‘g‘ri berilishi, ularning noto‘g‘ri to‘ldirilishi va qo‘shib yozilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar, belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
66. Yo‘l varaqasi grafalari quyidagilar tomonidan to‘ldiriladi:
a) navbatchi dispetcher tomonidan:
yo‘l varaqasining old tomoni — 2, 3, 4, 6, 7, 8 va 14 gr.;
yo‘l varaqasining ichki tomoni — 2 — 24, 31, 32 va 33 gr.;
b) navbatchi mexanik 5, 10, 12, 13, 15 va 16 gr. yo‘l varaqasining old tomoni;
v) tibbiyot xodim — 9 gr. yo‘lvaraqasining old tomoni;
g) haydovchi — 11 yo‘l varaqasining old tomoni;
d) g‘aznachi — 25–30 yo‘l varaqasining ichki tomoni;
e) yoqilg‘i quyish shoxobchasi operator — 34, 35, 41 va 42 yo‘l varaqasining ichki tomoni;
j) yoqilg‘i-moylash materiallari uchun mas’ul shaxs — 36 — 40 yo‘l varaqasining ichki tomoni.
67. Chipta-hisob varaqalarini to‘ldirish ishlash, tayyorlashda navbatchi dispetcherlar va chipta g‘aznachilari, haydovchilar (konduktorlar), tushumni qabul qiluvchi g‘aznachilar ishtirok etadilar (4, 5-sonli ilovalar).
68. Qayd etilgan xodimlarga quyidagi vazifalar yuklanadi:
a) chipta-g‘aznachisi haydovchilarga yoki konduktorlarga berilgan biletlar haqidagi yuqori biletlarning turi, qiymati, seriyasi va raqamlari qayd etilgan kataklarni to‘ldiradi. Ushbu ma’lumotlar chipta-hisob varaqasida qayd etilgani kabi, nazorat varaqasining tegishli grafalarida ham qayd etiladi (4, 5-sonli ilovalar). Bundan tashqari, chipta g‘aznachisi chipta-hisob varaqasi berilgan sana, avtotransport vositasi raqami, haydovchining (konduktorning) familiyasi va haqiqiy tushum hisob-kitobining to‘g‘riligini tekshirish natijalarini yozib qo‘yadi.
Shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda ishlovchi haydovchilarga beriladigan chiptalarning umumiy miqdori (ularning avtovokzallar (avtostansiyalar) va avtog‘aznalar orqali ishlaganida), avtovokzallar (avtostansiyalar) va avtog‘aznalar vedomostlarini hisobga olganda ushbu yo‘nalishdagi tushgan umumiy tushumning 70 foizidan kam bo‘lmasligi lozim (6, 7-ilovalar);
b) haydovchiga (konduktorga) chipta-hisob varaqasini chiptalar bilan birga berganda, chipta g‘aznachisi unga shu vaqtning o‘zida yo‘nalish bo‘yicha belgilangan miqdorda ayirboshlash uchun mayda pullarni beradi va berilgan chiptalarni sanaganidan so‘ng unga chipta-hisob varaqasiga miqdorini yozib qo‘yadi.
Kelgusida chipta-hisob varaqalarini berish sotilgan chiptalar uchun tushumni yig‘ish vaqtida g‘aznachi tomonidan amalga oshiriladi, bunda, topshirilayotganining o‘rniga bitta chipta-hisob blankasi beriladi;
v) Navbatchi dispetcher avtotransport vositasining yo‘nalish varaqasida ish boshlanishi va tugashi vaqtini to‘ldiradi hamda avtotransport vositasini foydalanganligi natijalarini, ya’ni tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi/kilometrni to‘ldiradi;
g) haydovchilar va kontrolerlar nazorat varaqasida yuqorgi chiptalarning seriyalari, raqamlari va narxlarini qayd etgan holda, sotilgan chiptalarning har bir qatnov bo‘yicha yozuvlarni kiritadi. Ish vaqti tugaganidan so‘ng ular tomonidan sotilgan chiptalar soni va tushum miqdori yozib qo‘yiladi.
Sotilgan chiptalar haqidagi safarga chiqish oldi yozuvlari nazorat punktlari xodimlari tomonidan shtamp va imzo bilan tasdiqlanishi lozim;
d) yo‘nalish nazoratchilari nazoratni amalga oshirish chog‘ida haydovchidan chipta-hisob varaqasini talab qilishlari, chipta-hisob varaqasida qayd etilgan chiptalarning seriyasi va raqamlari to‘g‘ri kelishini, konduktorda (haydovchida) chiptalarning mavjudligini tekshirishlari, chipta-hisob varaqasini tekshirganligi to‘g‘risida, tekshirgan vaqtni qayd etib, imzo bilan tasdiqlab qo‘yishi lozim;
e) avtovokzallar (avtostansiyalar) va oraliq avtog‘aznalari g‘aznachilari nazorat varaqasining orqa tomonida har bir qatnov bo‘yicha har bir avtotransport vositasiga sotilgan chiptalar sonini, chiptalar seriyasi, raqami va ularning qiymatini yozib boradi.
Barcha qayd etilganlar avtovokzallar (avtostansiyalar) va oraliq avtog‘aznalari g‘aznachilari imzosi bilan shtamp qo‘yilgan holda, tasdiqlangan bo‘lishi zarur;
j) topshirilayotganining o‘rniga yangi chipta-hisob varaqalari berilayotganda tushumni qabul qilish g‘aznachisi ish yakunlanganidan so‘ng “Ish boshlanishidan avval” grafasiga haydovchida yoki konduktorda, yuqorgi chiptalar seriyasi, raqamlarini qayd etgan holda, smenadan keyin qolgan chiptalar haqida ma’lumotlarni kiritadi.
Ushbu ma’lumotlar haydovchi, konduktor yoxud boshqa shaxs tomonidan kiritilishi taqiqlanadi.
Tushum miqdori va mintaqa biletlari koreshogini qabul qilishda chipta-hisob varaqasining orqa tomonidagi “G‘aznaga qabul qilindi” bo‘limida qabul qilingan tushum haqida yozuv qayd etiladi.
69. Chipta-hisob varaqasining alohida bo‘limlarini to‘ldirishda quyidagi ko‘ratmalarga amal qilish zarur:
a) 1-bo‘lim. Haydovchilar, konduktorlar ma’lumotlari, avtovokzallar (avtostansilar) qaydnomalari.
Avtotransport vositasining safari chog‘ida haydovchi (konduktor) tomonidan sotilgan chiptalarnin to‘g‘riligini nazorat qilish uchun, konduktor yoki haydovchi “Nazorat varaqasi”da har bir qatnov bo‘yicha yo‘nalishlardagi belgilangan punktlarda so‘nggi chiptalarning seriyalari va raqamlarini yozib borishlari shart.
Qaydnomalar nazorat punktlari har bir yo‘nalish uchun alohida belgilanadi.
Yo‘nalishda bir necha avtotashuvchilarning avtotransport vositalari ishlagan taqdirda, punktlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi.
Vaqtni tejash maqsadida, haydovchi yoki konduktor chipta-hisob varaqasida chiptalarning turli shakllari to‘g‘risiga olti xonali raqamlarning so‘nggi uchtasini yozishlari mumkin.
Chiptalar seriyalari va raqamlari to‘g‘riligini solishtirish: yo‘lda — vakolatli organlar tomonidan, ohirgi va oraliq punktlarda — avtovokzal (avtostansiya) bo‘yicha navbatchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ish yakunlanganidan so‘ng haydovchi yoki konduktor 1-bo‘lim bo‘yicha “Haydovchilar, konduktorlar ma’lumotlari, avtovokzallar (avtostansiyalar) qaydnomalari” yakunlarni sanaydilar, sotilgan chiptalar sonini va har bir qiymat bo‘yicha tushum miqdorini yozadilar va ushbu yakunlarni o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Mintaqa chiptalarini sotishda haydovchi ish yakunlanganidan so‘ng chiptalar koreshoklarini yirtilgan joylari bo‘yicha tahlaydi, yirtilgan joylari bo‘yicha bir hil chiptalar sonini aniqlaydi, ushbu ma’lumotlarni 1-bo‘limning “Mintaqaviy chiptalar” tegishli grafalariga kiritadi va ularni o‘zining imzosi bilan tasdiqlaydi.
b) 2-bo‘lim. avtog‘aznalar ma’lumoti (shaharlararo yo‘nalishlarning kunlik).
Chipta-hisob varaqasining mazkur bo‘limi (4-ilova) faqat oraliq avtovokzallar (avtostansiyalar) va avtog‘aznalar navbatchi g‘aznachilari tomonidan to‘ldiriladi. Ma’lumotlar juft va toq qatnovlar bo‘yicha alohida to‘ldiriladi.
Bunda, oraliq avtovokzal (avtostansiya) va avtog‘azna navbatchi g‘aznachi bo‘limning barcha grafalarini, ya’ni: qatnov raqami, boshlang‘ich va so‘nggi chiptalar seriyalari va raqamlari, sotilgan chiptalar soni va narhini to‘ldirishi shart.
Oldindan sotilgan chiptalar bo‘yicha g‘aznachi nazorat varaqasida vedomost bo‘yicha sotilgan chiptalar sonini qayd etishi lozim.
70. Chipta-hisob vraqalarini ishlash, tayyorlash va bajarilgan tashishlar hajmini yo‘lovchi/kilometrda aniqlash, navbatchi dispetcher tomonidan nazorat varaqasining 1-bo‘limidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi/kilometr, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-sonli qarori bilan tasdiqlangan shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda umumiy foydalanishdagi avtomobil va elektr transportida yo‘lovchi-aylanmasi va tashilgan yo‘lovchilar sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida aniqlanadi.
71. Chipta-hisob varaqasi ishlov berilganidan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi va g‘azna hujjatlari bilan birga saqlanadi, nazorat osti varaqasi esa yo‘l varaqasi bilan birga saqlanadi.
72. Chipta-hisob va nazorat varaqalari o‘rtasida g‘aznaga topshirilgan tushum miqdori bo‘yicha qandaydir tafovut aniqlangan taqdirda, dispetcher yozma ravishda bo‘lim boshlig‘iga yetkazishi va nushasini zudlik bilan chora ko‘rish uchun bosh buxgalterga topshirishi lozim.
73. Dispetcher o‘z vaqtida ishlab bo‘lgan navbatchilik uchun nazorat varaqalarini topshirmagan haydovchilar va konduktorlar haqida bo‘lim boshlig‘ini xabardor etishi lozim.
74. Foydalanish bo‘limi boshlig‘i bosh buxgalter bilan hamkorlikda g‘aznaga tushayotgan pul tushumining to‘laqonligini har kuni solishtirib borishlari va aniqlangan tafovutlarni zudlik bilan bartaraf etishlari lozim.
75. Chipta-hisob varaqasida qoida bo‘yicha yozuvlar siyohda qayd etiladi.
76. To‘g‘irlash va bo‘yashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
77. Bepravolik bilan pala-partish to‘ldirilgan chipta-hisob varaqalari qabul qilib olinganligi uchun javobgarlik, tushumni qabul qilish bo‘yicha g‘aznachi va navbatchi dispetcherlar zimmasiga yuklatiladi.
771. GPS-trekerlari navigatsiya uskunalari bilan jihozlangan harakat tarkibini masofadan nazorat qilish tizimidan foydalanib, yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishlarini amalga oshirishda, yo‘l varaqasining “Avtotransport vositasining punktlarda navbatchiligi” bo‘limi old tomoni 5, 15 grafalari, “Haqiqiy vaqt” va “Chasi raboti s 1 desyatichnoy” ichki tomoni to‘ldirilmaydi.
772. GPS-trekerlari navigatsiya uskunalari bilan jihozlangan harakat tarkibini masofadan nazorat qilish tizimidan foydalanib, avtobuslarda va yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchi tashishlarini amalga oshirishda, yo‘l varaqasining old tomoni 5, 15 grafalari, ichki tomoni 7-20 grafalari va orqa tomonining 3 punkti to‘ldirilmaydi.
773. GPS-trekerlari navigatsiya uskunalari bilan jihozlangan harakat tarkibini masofadan nazorat qilish tizimidan foydalanib, avtobuslarda va yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchi tashishlarini amalga oshirishda, chipta-hisob varaqasining 1-bo‘limidagi “Haydovchilar, konduktorlar ma’lumotlari, avtovokzallar (avtostansiyalar) qaydnomalari” to‘ldirilmaydi.
78. Soatbay avtobuslar ishini tariflovchi yo‘l, chipta-hisob varaqalari va naryad blankalari buxgaliyeriyada saqlanadi va ehtiyojga qarab avtotransport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan xodimga (foydalanish bo‘limi boshlig‘i, katta dispetcher va boshqa) shtamp va tartib raqami ko‘rsatilgan holda beriladi (8, 9, 10-ilovalar).
79. Haydovchilarning bir oy yakuni bo‘yicha foydalanilgan yo‘l varaqalari kelgusida ishlash, tayyorlash va kelgusi oyning 3 sanasiga qadar ularning raqamlarini solishtirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
80. Chipta-hisob varaqalari har kuni chipta g‘aznachisi tomonidan rasmiylashtirilganidan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi, bunda ham berilgan va topshirilgan chipta-hisob varaqalari raqamlari solishtiriladi.
81. Buyurtma bo‘yicha bajarilgan naryadlar foydalanish bo‘limi tomonidan 11-ilovaga muvofiq har 10 kun muddatda solishtirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
82. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi davlat tassarufidan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 89 | 37,162 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Vazirlik axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Vazirlik:
axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organ;
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi maxsus vakolatli organ;
elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan;
yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati turlarini litsenziyalovchi organ;
2013 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining ishchi organi;
radiochastota organi hisoblanadi;
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik, normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi;
Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi organ hisoblanadi.
5. Vazirlikning elektromagnit moslashuv va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha radiochastota organi sifatidagi funksiyasini “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasi bajaradi.
6. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Vazirlik “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbektelekom” va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlari bo‘yicha aksiyador huquqlarini amalga oshiradi.
9. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
10. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumat, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Internet tarmog‘iga, mobil va yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi va teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, pochta aloqasi, “Elektron hukumat” tizimi, ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanishi, xalqaro standartlar, texnik reglamentlar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari axborotlashtirilishi darajasini baholash mezonlari va indikatorlari joriy etilishi, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi ustidan davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshirish;
investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, elektron hukumatni rivojlantirishda, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumat, axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborot xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat, ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida, shuningdek Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
b) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida:
elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini tahlil qilishni ta’minlash, elektron hukumat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
markaziy ma’lumotlar bazalari, idoralararo elektron hamkorlik tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i bo‘yicha elektron hukumat infratuzilmasi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
axborotlashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, shuningdek elektron hukumat loyihalari amalga oshirilishi samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish darajasi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash va nazorat qilish;
axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ayirboshlash bo‘yicha standartlar va texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish;
elektron hukumat, elektron davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi hisobot materiallarini shakllantirish va ularni puxta ishlash, shuningdek idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik sohasida monitoring olib borish;
ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tartib-taomillarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar, shuningdek elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, elektron hukumatning axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat hisoboti shakllarini ishlab chiqish, idoraviy statistika hisoboti shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida statistika ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, umumlashtirish va vakolatli davlat organiga yuborish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularning funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil etish va maqbullashtirish, ma’muriy tartibotlarni axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, shuningdek Internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlar bazalarini shakllantirish tizimini tashkil etish va ulardan erkin va faol foydalanish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Internet tarmog‘ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash, mamlakatimizning turli yo‘nalishlardagi zamonaviy veb-saytlarini, shu jumladan aholining, ayniqsa, yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida axborot resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish;
raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini hamda ular va xizmatlarning ichki bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish va uning muvofiqlashtirilishini, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarning ehtiyojlari uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy etilishini ta’minlash;
keyinchalik aniq tavsiyalar va takliflar tayyorlagan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va samaradorligini baholash;
v) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona siyosat amalga oshirilishi, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlari joriy etilishi sohasida:
telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provaydyerlar faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash, ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorligi ustidan nazorat qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;
telekommunikatsiyalar, standartlashtirish, metrologik ta’mirlash, telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlash sohasidagi faoliyatni litsenziyalash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yagona ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari bajarilishi, radiochastota spektridan samarali foydalanish va tarmoqning tegishli tashkilotlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari, pochta aloqasi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining sifati ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internet tarmog‘i, axborotni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etishi yuzasidan monitoring olib borish;
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
telefon raqamlash, raqamlash sig‘imlari, signalizatsiya punktlari kodlari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari kodlari ajratish rejasi va tizimini tasdiqlash, ulardan foydalanish hisobini yuritish va nazorat qilish, Internet tarmog‘i milliy segmenti aniq yo‘naltirilgan makonini taqsimlash;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati normalarini belgilash va ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqatilishi sohasida tartibga solishni ta’minlash va boshqarish;
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash chora-tadbirlarini, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etish.
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalarni va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalarini, ma’lumotlarni uzatishning raqamli tizimlarini, yo‘ldosh va mobil aloqani, teleradioeshittirishni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarni rivojlantirish bo‘yicha bosqichma-bosqich dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
elektron hukumatni axborotlashtirishni, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, radioaloqa, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantiradi va amalga oshiradi;
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda, Internet tarmog‘ining milliy segmentini rivojlantirishda, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirishda, pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish uchun beriladigan xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari grantlaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni shuningdek elektron hukumatni rivojlantirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tender savdolari va tanlovlar o‘tkazilishini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirish, ma’muriy tartibotlarni axborotlashtirish, mintaqada telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar va matbuotni tarqatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirishda Vazirlik hududiy boshqarmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyasini ta’minlash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va milliy axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yagona texnik siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi;
fan va marketing tadqiqotlari, ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish hamda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini birxillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat xizmatlari, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, standartlar va texnik shartlarni rivojlantirish monitoringini olib borish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni rivojlantirishning mamlakat va jahon an’analarini, radiochastota spektridan foydalanishni o‘rganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalari va pochta aloqasi sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishiga ko‘maklashadi;
“Elektron hukumat” tizimini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi;
davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro idoralararo shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va elektron hukumat kommunikatsiyalari, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kelishadi;
umumiy texnik renglamentlarni va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni davlat standartlari sifatida qabul qilish ishlarini tashkil etadi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari reglamentlarini kelishadi, mamlakatning yagona axborot makonini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun maxsus texnik reglamentlarni va normativ hujjatlarni, radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga, telekommunikatsiyalar vositalariga va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internet tarmog‘i, axborotni, shuningdek bosma mahsulotni yetkazish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi orqali nazorat qilishni tashkil etadi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, elektron hukumat, axborotlashtirish va radiochastota spektri, shuningdek ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, milliy axborot makoni monitoringi va Vazirlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha texnik vositalarni standartlashtirish, metrologik ta’minlash, sertifikatlashtirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari tartibga solinishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
b) axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyalashning kelishilgan mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimi shakllantirilishiga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida “elektron hukumat” loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish darajasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish va baholashni, shuningdek NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini ta’minlaydi, keyinchalik ularni takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi indikatorlarini, ular tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari sifati va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining bir-biri bilan o‘zaro hamkorligi darajasini baholash mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini tizimli takomillashtirish va qayta tashkil etish, funksional va operatsion jarayonlarini tahlil qiladi va uning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
metodika, shuningdek jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholaydi va natijalar bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga xarajatlari smetasini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganish va tekshirishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga normativ-metodik rahbarlik qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot tizimlari reyestri, ularning komplekslari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari shakllantirilishi va yuritilishini amalga oshiradi;
idoralararo axborot ayirboshlashning yagona reglamentlari va formatlarini birxillashtirishni va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun “Elektron hukumat” tizimida qo‘llaniladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron klassifikatorlari tashkil etilishi va shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;
davlat ochiq ma’lumotlar bazalarini tashkil etish va shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning tarqatilishi sifatini va Internet tarmog‘ida faol foydalanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi;
ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, joriy etish, integratsiyalash va takomillashtirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining texnik va loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
elektron davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni ularni keyinchalik elektron Davlat xizmatlari, shakllar va blanklarning yagona reyestriga kiritgan hamda davlat xizmatlarini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritgan holda xatlovdan o‘tkazadi;
aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun Internet tarmog‘ining milliy segmentini yanada shakllantirishga mamlakatimizning zamonaviy axborot resurslarini rivojlantirishga qaratilgan texnik va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
axborot tizimlari tashkil etilishiga, axborot resurslari shakllantirilishiga, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida xizmatlar doirasi kengaytirilishiga ko‘maklashadi;
v) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish borasida:
Dasturiy ta’minlashni ishlab chiquvchilar milliy reyestri yuritilishini va yanada rivojlantirilishini amalga oshiradi hamda raqobatbardoshli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini rag‘batlantirish yuzasidan takliflar kiritadi, shuningdek istiqbolli loyihalarni va innovatsion texnologiyalarni yaratish bilan band bo‘lgan yosh iste’dodli dasturchilarni qo‘llab-quvvatlaydi;
xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarida axborot tizimlarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
birinchi navbatda ichki ehtiyojlarni qondirish uchun zamonaviy mahalliy va raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan, moslashtiriladigan yoki xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari uchun ulardan foydalanishga ruxsatnoma beradi;
g) elektron raqamli imzodan foydalanishni rivojlantirish sohasida:
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyati ustidan nazorat qiladi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga ko‘ra elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
d) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy vositalarini joriy etish sohasida:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan nazorat qiladi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘liqroq qondirish uchun turli operatorlar telekommunikatsiyalari, idoraviy tarmoqlar egalarining tarmoqlarini boshqarishni muvofiqlashtirish tizimini tashkil etish, shuningdek tarmoqlardan davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab ustuvor foydalanishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari bajarilishini, radiochastota spektridan samarali foydalanishni, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha texnik va texnologik talablar, shu jumladan ma’lumotlar uzatish, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlarni nazorat va tahlil qilishni tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlari, tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqalishi sohasida davlat boshqaruvi funksiyasini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqiga taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
telefonlarni raqamlash rejasi va tizimini tasdiqlaydi, raqam sig‘imlarini, signalizatsiya punktlari kodlarini, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ular hisobini oladi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qiladi, Internet tarmog‘i milliy segmentining manzilli makonini taqsimlaydi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari ro‘yxatini belgilaydi, shuningdek ularga bo‘lgan tariflarni va foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda tarmoqlararo birikuvlarni belgilangan tartibda kelishadi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari ko‘rsatkichlarini va xizmatlar sifati normalarini va ishonchliligini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda nazorat qiladi;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi tarmoqlarini birlashtirish va operatorlar, provaydyerlar tomonidan o‘zaro xizmatlar ko‘rsatilishi va ular o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioxalaqitlarni, shu jumladan industrial xalaqitlarni bartaraf etish ishlarini tashkil etadi;
pochta to‘lovi davlat belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olib qo‘yish chastotalari normativlarini, shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari uchun majburiy bo‘lgan pochta jo‘natmalari o‘tishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlarining transport vositalarida joylashtiriladigan, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larini tashishda ishlatiladigan farqlovchi maxsus belgilarni tasdiqlaydi;
pochta to‘lovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi;
frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-boshi va ko‘krak nishonini tasdiqlash va formali kiyimda yurish tartibini belgilaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
Vazirlik tizimining safarbarlik rejasini, moddiy mablag‘lar davlat zaxirasida jamg‘armalar tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini aloqa bilan ta’minlash, Vazirlik tizimining alohida muhim obyektlarini qo‘riqlash uchun harbiy qismning kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil etadi;
e) axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish sohasida:
telekommunikatsiya tarmoqlarida, teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, Internet tarmog‘i orqali aholining, ayniqsa yosh avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini, zamonaviy talablardan kelib chiqib axborot tizimlarini himoyalashning samarali vositalari va usullari joriy etilishini, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlari joriy etilishini, shuningdek ulardan davlat, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni ta’minlaydi;
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborotlashtirish sohasida alohida muhim va toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuch va vositalaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarining bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqish, amalga oshirish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining axborot makoniga ruxsatsiz kirishga urinishlardan va kompyuter virus hujumlaridan o‘z vaqtida xabardor qilish va munosabat bildirishning usul va vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘ining milliy segmenti veb-saytlari axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha idoralararo o‘zaro hamkorlik mexanizmini amalga oshiradi;
axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari;
elektron hukumat telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborotlashtirish va radiochastota spektri sohasida monitoring olib borish, huquqni buzishlarni aniqlash va ularga barham berish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
pochta aloqasi, elektron hukumat telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari, ma’lumotlarni uzatish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilaydi;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilaydi.
j) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni axborotlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida:
dasturiy vositalar, ma’lumotlar bazalari, milliy axborot resurslarini ishlab chiqish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda barcha darajalardagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni axborotlashtirish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy bozori rivojlanishi tendensiyalarini va xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’limning yangi yo‘nalishlari uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
o‘quv jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha, shu jumladan yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bazasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter texnikasida va Internet tarmog‘ida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalar, pochta aloqasi texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment va iqtisodiyot kasblar, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisoslashuvlar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtidorli talabalari va o‘quvchilari uchun Vazirlikning stipendiyalarini belgilaydi;
z) hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Respublika axborot-kutubxona markazi va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlari faoliyatini takomillashtirishni tashkil etadi va u yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarini bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar orqali hal etadi.
13. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, idoralararo axborot tizimlari va resurslarining rivojlanishi va joriy etilishini monitoring qilish, o‘rganish va nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan markaziy ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan axborotni dolzarblashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi va samaradorligini, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tekshiradi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish doirasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rsatmalar yuborish;
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish darajasini, samaradorligini va sifatini baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;
axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislarida belgilangan tartibda qatnashish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni,tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish va kelishish;
telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elektron hukumat va pochta aloqasi sohasidagi nazorat va monitoring natijalari bo‘yicha aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar va ko‘rsatmalar berish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda “Elektron hukumat” tizimini, ma’muriy tartibotlarni axborotlashtirishni va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlari smetalarini ko‘rib chiqishda va kelishishda qatnashish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha normalar va qoidalarga tashkilotlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat olib boradigan hamda belgilangan normalar, standartlar, texnik reglamentlar, ko‘rsatiladigan pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati bo‘yicha talablar, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlarining va yuqori chastotali qurilmalar parametrlari buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining rivojlanishi holatini tahlil qilish va o‘rganish;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati ko‘rsatkichlari va normalarini qonunchilikka muvofiq belgilash;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborotlashtirish, elektron hukumat, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan foydalanish, axborot xavfsizligi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;
o‘z vakolati doirasida telekommunikatsiyalar operatorlari va provaydyerlari faoliyatini nazorat qilish;
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa to‘lash, mavjud kreditorlik qarzlarni uzish, moddiy-texnika bazani mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish uchun Vazirlikning Rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazirlikning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub bo‘linmalarida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ishlash uchun, shu jumladan rahbar-konsultantlar o‘rinbosarlari lavozimiga shartnoma asosida yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinlarida, yong‘inlarda, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan foydalanish ustuvorligini belgilash, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish, bundan telekommunikatsiya xizmatlari maxsus iste’molchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari mustasno;
radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olishga (berishga), loyihalashga va qurishga (o‘rnatishga), O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ulardan foydalanishga zarur ruxsatnomalar berish;
radiochastota spektridan foydalanishni to‘xtatish, to‘xtatib turish va cheklash;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, texnik reglamentlar va texnik normalarga muvofiq bo‘lmaganda, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi ta’minlanmaganlik holatlari aniqlanganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Vazirlik:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasidan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi ta’minlanishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi va ularning pirovard natijalari;
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish, axborotlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi shakllantirilishi va uning samarali ishlashi;
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik va normativ-huquqiy ta’minlash;
o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
15. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
16. Vazir ayni vaqtda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
17. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga va yo‘nalishlariga rahbarlik qilish yuzasidan, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlari uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi.
Vazirlik xodimlari, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi;
zarurat bo‘lganda, Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari tuzilmasiga Vazirlik xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi va respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning boshqarmalari, bo‘limlari va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo berish masalalarini hal qiladi, Vazirlik tizimidagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari berishga va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi.
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
18. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at vazirlik faoliyatining ushbu Nizom bilan belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hay’at raisi va a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Hay’at faoliyatining tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
19. Vazirlik ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli, ular to‘g‘risidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
20. Respublika budjeti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari va tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Vazirlikning, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining, Davlat feldyegerlik xizmatining, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)ning, “Respublika maxsus aloqa uzeli” DUKning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining joriy ta’minoti respublika budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Quyidagilar:
xodimlarini qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek Vazirlikning, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar;
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi — UNICON.UZ” DUK huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Aloqa obyektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati, ZiyoNet tarmog‘i resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan ta’minlash va rivojlantirish guruhi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi ta’minoti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Vazirlik va uning tashkilotlari faoliyati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham moliyalashtirilishi mumkin.
21. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
b) chorak yakunlari bo‘yicha eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir yo‘la mukofotlash;
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish;
g) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi kengashining qaroriga ko‘ra mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan kompensatsiya to‘lovlari va bir yo‘la mukofotlar.
Ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlar summasi bir chorakda, ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, lavozim maoshi miqdoridan oshmasligi kerak.
Eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni bir yo‘la mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom, shuningdek muayyan muddat xizmat qilganlik uchun mukofot olish huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
22. Idoraviy mansub xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash o‘z mablag‘lari hisobidan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
23. Vazirlikning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalariga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
24. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 137 | 59,013 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ular | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarorini bajarish hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan 240 ta nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda manzilli dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
2019-yil 1-fevralga qadar Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda manzilli dasturga asosan modernizatsiya qilinadigan nasos stansiyalarining texnik-iqtisodiy hisoblashlarini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini;
2019-yilning 1-avgustiga qadar tegishli loyiha tashkilotlari bilan birgalikda manzilli dasturga kiritilgan nasos stansiyalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan (SCADA) tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda ularning texnik-iqtisodiy hisoblashlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin. | 250 | 2,169 |
Qonunchilik | 2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2021-yil 22 — 24-aprel kunlari Navoiy shahrida kon-metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallari va elektr energetikasi sohalaridagi yirik tarmoq tashkilotlari, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan ushbu tarmoqlar uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlar ishtirokida tarmoqlararo sanoat yarmarkasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Ushbu yarmarkada qiymati 375,8 mlrd so‘mlik jami 996 ta sanoat kooperatsiyasi shartnomalari va 268 ta texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlari imzolandi.
Shuningdek, joriy yilning 29-30-aprel kunlari Xorazm viloyatida “Hududlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish” ko‘rgazmasi o‘tkazilib, qiymati 70,3 mlrd so‘mlik 289 ta shartnomalar hamda 20 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan 42 ta memorandumlar imzolanishi ta’minlandi.
Tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan respublikadagi yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini quyidagi ikki bosqichda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
I bosqich — 2021-yilning may — oktyabr oylarida respublika hududlarida yirik sanoat tashkilotlarining ixtisoslashuvi asosida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish;
II bosqich — 2021-yilning 22 — 28-noyabr kunlari 2022-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish bo‘yicha respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini o‘tkazish.
2. Quyidagilar:
yarmarka o‘tkaziladigan hududlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashuvi asosida yirik sanoat tashkilotlari, boshqa hududlardan taklif etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari, shuningdek, yirik sanoat tashkilotlari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan respublikadagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etishi;
mahsulot xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni shakllantirish bilan birga yirik sanoat tashkilotlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yarmarka doirasida texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumini tuzishi, mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishi, hamkorlariga texnik shartlarni berishi, texnik hujjatlar va chizmalarni birgalikda ishlab chiqishi, shuningdek, mahsulot namunalarini ishlab chiqarishi, ularni sinovdan o‘tkazishi, mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlashi va ularni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar va ularni bajarish muddatlari belgilab olinishi;
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish xarajatlari ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar:
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish reja-jadvali 1-ilovaga Muvofiq;
2021-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish va ularning o‘z muddatida o‘tkazilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazishda:
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishi, mahalliy xomashyo va sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishtirokchilari va loyihalari sonini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etishga;
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida 2021-2022-yillarda mahsulot xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, shuningdek, ilgari import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirishda texnik hamkorlik qilish memorandumlari shakllantirilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan butlovchi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga;
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini joylashtirish masalalarida, shu jumladan, kichik sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalar hududida (ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha) yer maydonlari ajratilishiga ko‘maklashsinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari hududiy sanoat yarmarkalari ixtisoslashuviga muvofiq tarmoqlardagi yirik sanoat tashkilotlari bilan birgalikda:
hududiy yirik sanoat tashkilotlari tomonidan foydalaniladigan xomashyolar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asbob-uskuna va tayyor mahsulotlar ro‘yxati to‘g‘risida elektron ma’lumotlar, birinchi navbatda, ishlab chiqarish istagini bildirgan salohiyatli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari o‘tkazilishidan kamida bir hafta oldin yetkazilishi ta’minlansin;
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida texnik hamkorlik qilish memorandumlarini, shu jumladan, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar bo‘yicha muhandislik-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ko‘maklashish, shuningdek, maqsadli sifat ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ular muassisligidagi 50 foiz va undan ortiq ulushga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — davlat ulushi bo‘lgan korxonalar) bilan birgalikda Elektron kooperatsiya portalida joriy etilgan tizim orqali:
mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan o‘zlashtiriladigan mahsulotlar texnik hamkorlik qilish memorandumlarida keltirilgan sifat va narx ko‘rsatkichlari asosida tegishli shartnomalar tuzilishiga;
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan texnik hamkorlik qilish memorandumlari asosida import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib, ikki yil va undan ortiq muddatga shartnomalar tuzilishiga ko‘maklashsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 305-moddasiga asosan ushbu kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha asoslangan xarajatlari chegirib tashlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida imzolangan texnik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarga muvofiq sinov uchun taqdim etiladigan mahsulotlarning tajriba namunalari (to‘plami), agar ular qayta ko‘rib chiqish (qayta ishlash) uchun qaytarilsa, unda qayta ko‘rib chiqish xarajatlari foyda solig‘ini hisoblashda asoslangan xarajatlar sifatida inobatga olinsin.
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ilmiy-tadqiqot muassasalarining yangi texnologiyalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishlarini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
11. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etgan holda, hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalari o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi, yong‘in xavfsizligi hamda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin. | 123 | 9,616 |
Qonunchilik | Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekkino” Milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekkino” MA deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zbekkino” MA tizimida “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Respublika kinoprokat markazi” DUK deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar “Respublika kinoprokat markazi” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini (keyingi o‘rinlarda kinoprokat tizimi deb ataladi) tashkil etish;
kinoprokat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
filmlarni namoyish qilish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini kinoprokat tizimiga ixtiyoriy jalb qilishni tashkil etish, ushbu tizimga jalb qilingan tadbirkorlik subyektlarini filmlar bilan ta’minlash;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlarning respublika hududidagi kinoprokati bo‘yicha distribyuterlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, milliy filmlarni xalqaro kinoprokatga olib chiqish;
zamonaviy xalqaro andozalarga muvofiq kinoteatr va kinozallarda yagona texnologik standartlarni shakllantirish va joriy qilishda ishtirok etish.
3. Quyidagilar:
Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekkino” MA bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Respublika kinoprokat markazi” DUK bazasida “O‘zbekkino” MA tizimidagi kinoteatrlarning birlashtirilishi va xususiy kinoteatrlarning o‘zaro manfaatli shartlar asosida ixtiyoriy kirishini nazarda tutuvchi yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘ini ishlab chiqish;
2018-yil 1-iyundan boshlab filmlarning kinoteatrlarga raqamli yetkazilishini ta’minlash maqsadida ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan kinoteatrlarni optik tolali aloqa liniyasi orqali yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulash;
2019-yil 1-yanvardan boshlab ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan kinoteatrlarda elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
5. Belgilansinki, hududlarda yagona repertuar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash “O‘zbekkino” MAning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. “O‘zbekkino” MA va “Respublika kinoprokat markazi” DUKning “Respublika kinoprokat markazi” DUK tarkibida kinoprokat tizimining yillik repertuar rejasiga kiritiladigan milliy va xorijiy filmlarning maqbul nisbatini belgilab beruvchi metodik kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
7. “O‘zbekkino” MA va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahri Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi 25-uy manzilida joylashgan binolarni tegishli hududi bilan birgalikda fasad va tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash bo‘yicha ilgari ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari narxini hisobga olgan holda “Respublika kinoprokat markazi” DUKga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu binolar topshirilishini, “Respublika kinoprokat markazi” DUK qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
8. “O‘zbekkino” MA bir oy muddatda “Respublika kinoprokat markazi” DUK ustavi va tuzilmasining tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
10. “O‘zbekkino” MA boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekkino” MA Bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, aholiga kinovideo xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda kinovideo-tomosha tashkilotlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kinovideo-tomosha tashkilotlari — filmlarni ommaviy namoyishi uchun kinotexnologik uskunalar bilan jihozlangan bino yoki uning bir qismiga ega bo‘lgan tashkilot;
kinovideo xizmati — kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan ommaviy namoyishga mo‘ljallangan filmlarni va boshqa audiovizual asarlarni tomoshabinlarga taqdim qilish;
kinoseans — filmlarni yoki ma’lum bir filmlar dasturini muayyan vaqt ichida tanaffussiz bir martalik namoyish qilish vaqti;
tomoshabin — kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan kinovideo xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
film — kinoteatr va kinozallarda ommaviy namoyish qilishga mo‘ljallangan audiovizual asar, televideniyeda namoyish qilishga mo‘ljallangan telefilm yoki teleserial bundan mustasno.
5. Muayyan kinoseans uchun kirish chiptasining (shu jumladan, elektron shaklda) sotilishi bilan kinovideo-tomosha tashkiloti va tomoshabin o‘rtasida kinovideo xizmati ko‘rsatishga shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Kirish chiptasida kinovideo-tomosha tashkilotining nomi, kinoseans vaqti va sanasi, o‘rindiq joyi va chipta narxi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
6. Kinovideo-tomosha tashkilotlari tomoshabinlarga kinovideo xizmati ko‘rsatish vaqtida kinoseansdan tashqari qo‘shimcha xizmatlarni (musiqiy dastur, kinojurnal va h.k.) ham ko‘rsatishi mumkin.
7. “O‘zbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalari narxi Agentlik tomonidan, boshqa kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalarining narxi ushbu tashkilotlarning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
8. Kinovideo-tomosha tashkilotlari muayyan kinoseansga avvaldan chiptalar savdosini tashkil qilishi mumkin.
9. Kinovideo-tomosha tashkilotlari jamoa bo‘lib film tomosha qilishga keluvchilar uchun chipta buyurtma qilinishiga imkoniyat yaratib berishi lozim.
10. Kinovideo-tomosha tashkilotlari muayyan kinoseans boshlanishidan kamida 30 daqiqa avval belgilangan kinoseansga chiptalar savdosini boshlashi shart. Kinozalga kirish seansdan kamida 15 daqiqa oldin boshlanadi.
11. Etti yoshgacha bo‘lgan bolalar voyaga yetgan kuzatuvchi hamrohligida, bolalar uchun belgilangan narxlarda kirish chiptasi bilan kinozalga kiritiladi.
12. Bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus kinoseanslarga tashrif buyurgan katta yoshdagi tomoshabinlar kattalar uchun belgilangan narxlarda chipta sotib oladi.
13. Repertuarda rejalashtirilgan filmlarning almashtirilishiga faqat texnik buzilishlar, filmning ishdan chiqishi yoki yo‘qolishi, shuningdek, belgilangan muddatda film kinovideo-tomosha tashkilotiga yetib kelmagan holatlarda ruxsat beriladi.
14. Repertuarda rejalashtirilgan film kinoseans uchun kinozalga yig‘ilgan tomoshabinlarning sonidan qat’i nazar chipta sotilgan bo‘lsa namoyish qilinishi shart.
15. Kinoseans vaqtida videokamera, telefon, planshet va boshqa raqamli elektron jihozlardan foydalanish, namoyish etilayotgan filmni video-foto tasvirga olish, baland ovozda gaplashish va boshqa tomoshabinlarga xalaqit berish taqiqlanadi.
16. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha kinovideo-tomosha tashkilotlarida namoyish qilinadigan milliy filmlar hajmlari – sutkada ikkitadan kam bo‘lmasligi, 2021-yil 1-yanvardan esa shu kabi to‘liq metrajli filmlar oylik ekran vaqtining 25 foizidan kam bo‘lmasligi, bayram kunlari 40 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
17. Kinovideo-tomosha tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘ziga tegishli bino va inshoot hududiga, shu jumladan, kinozallarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish, bunda kuzatuv kamerasidan tomoshabinning shaxsiy hayotiga daxldor videoyozuvlardan nusxa olish, ko‘paytirish va tarqatish qat’iyan taqiqlanadi;
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan taqiqlarni buzgan tomoshabinni chipta uchun to‘langan mablag‘ni qaytarmagan holda kinozalga kiritmaslik yoki kinozaldan chiqarib yuborish.
Kinovideo-tomosha tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
18. Kinovideo-tomosha tashkilotlari quyidagilarga majburdir:
kirish chiptalari sotiladigan kassasi va kirish joyida kinoteatr nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, ish vaqti, rahbariyatining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari kabi ma’lumotlarni aks ettirish;
ushbu Nizomni o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek, jamoat joylari, maxsus stendlar, binoning hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan boshqa joylariga osib qo‘yish yo‘li bilan tomoshabinlarning tanishishlariga imkoniyat yaratish;
kinofilmlarni sifatli namoyish qilish, zarur kinotexnologik uskunalar mavjudligini ta’minlash, tomoshabinlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, qulayliklar yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash;
tomoshabinlar uchun hojatxona, ona va bola xonasi, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish vositalaridan bepul foydalanishga imkoniyat yaratib berish;
yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish.
Kinovideo-tomosha tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
19. Kinovideo-tomosha tashkilotlari tomoshabinlarga quyidagilar to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumot berib borishi shart:
namoyish qilinayotgan va namoyishi rejalashtirilayotgan filmlar (film ishlab chiqarilgan yil, ishlab chiqaruvchi mamlakat, kinostudiya, bosh rol ijrochilari va xokazolar) haqidagi ma’lumotlar;
chiptalar narxi;
bolalarga mo‘ljallangan kinoseanslar uchun chiptalar narxi;
kinozal o‘rindiqlarining joylashuvi chizmasi;
kinoseansning aniq boshlanish vaqti va davomiyligi;
tomoshabinlarga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (pullik xizmatlar uchun ularning narxlari);
ayrim toifadagi tomoshabinlar uchun belgilangan imtiyozlar.
20. Tomoshabinlar quyidagi huquqlarga ega:
kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan tomoshabinlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumotlar olish;
kinovideo xizmati va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanish;
kinovideo-tomosha tashkilotining aybi bilan repertuarda rejalashtirilgan film to‘xtatilgan, almashtirilgan yoki sifatsiz namoyish qilingan taqdirda kirish chiptasi uchun to‘langan mablag‘ni to‘laligicha qaytarib olish;
kinovideo-tomosha tashkilotlaridan muayyan filmni ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnomani ko‘rsatishni talab qilish;
film namoyishi uchun yoshga doir cheklovning (o‘z yoshiga taalluqli) mavjudligi haqida ma’lumotning yo‘qligi sababli filmni tomosha qilishdan bosh tortish va kirish chiptasi uchun to‘langan mablag‘ni to‘laligicha qaytarib olish.
Tomoshabinlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
21. Tomoshabinlar quyidagilarga majburdir:
kinovideo-tomosha tashkilotida ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan taqiqlarga hamda kinovideo-tomosha tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibga rioya qilish;
chiptani kinoseans oxirigacha saqlab qolish va nazoratchi yoki ma’muriyat talabi bilan ko‘rsatish;
o‘z chiptasida ko‘rsatilgan o‘rindiqqa o‘tirish.
22. Ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish “O‘zbekkino” Milliy agentligi, shuningdek, vakolati doirasida iste’molchilar huquqini himoya qilish va boshqa nazorat organlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
23. Kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda, buning oqibatida tomoshabinlarga yetkazilgan zarar kinovideo-tomosha tashkiloti hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
24. Tomoshabin o‘zi sababli kinovideo-tomosha tashkilotiga yetkazilgan moddiy zarar bo‘yicha belgilangan tartibda mulkiy javob beradi.
1. 1-ilovadagi “Do‘rmon kinoijodkorlar uyi” davlat unitar korxonasi blokidan keyin “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi” bloki qo‘shilsin.
2. “O‘zbekkino” Milliy agentligi to‘g‘risida nizomda:
a) 9-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi”;
o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi 6-kichik band qo‘shilsin:
“hududlarda yagona repertuar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, shuningdek, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi”.
6 — 12-kichik bandlar tegishli ravishda 7 — 13-kichik bandlar deb hisoblansin | 154 | 14,041 |
Qonunchilik | Hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolar yigʻiniga vakil etib kim yuboriladi? | Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 561-son «Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Yangi hujjatga koʻra, fuqarolar vakili — bu fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yigʻini hududidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining umumiy yigʻilishlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yigʻinida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan Oʻzbekiston fuqarosi.
Fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun tuzilgan ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil qilish va oʻtkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
Ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish va oʻtkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yigʻini kengashi bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib boradi, fuqarolar yigʻinidagi hovlilar, uylar, koʻchalar aholisi umumiy yigʻilishini oʻtkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida 3 kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni хabardor qiladi.
Fuqarolar vakillariga nomzodlar aholi umumiy yigʻilishi tomonidan koʻrsatiladi hamda tegishli hududlar aholisi tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Fuqarolar vakillariga nomzodlar:
Aholi umumiy yigʻilishida ishtirok etgan fuqarolarning oddiy koʻpchilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar vakillari vakolat bergan qoʻshnilar nomidan ovoz berishga haqli. Inchunun, fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda fuqarolar yigʻini kengashi fuqarolar vakillarining yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda ushbu vakillarning kamida 2/3 qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Yigʻilishni olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishi tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ta’kidlash joizki, fuqarolar vakillarining yigʻilishida qabul qilingan qarorlar fuqarolar yigʻini qarorlariga tenglashtiriladi.
Bundan tashqari, quyidagilar fuqarolar vakillarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ushbu vazifalarni bajarishda fuqarolar vakillari mahalliy ahamiyatga molik masalalarini koʻrib chiqish haqida, oʻzi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarurligi, oʻzi saylangan hudud doirasida obodonlashtirish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardan boʻlgan yoshlarga, shuningdek, ularga nikoh toʻyi tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish haqida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar kiritishlari mumkin.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 76 | 3,003 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI KREDIT SIYOSATIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDA NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” PF–3780-sonli Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 24-iyuldagi PF–3780-son Farmonini amalga oshirish haqida” 147-sonli qarori 3-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomga (2000-yil 2-mart, ro‘yxat raqami 905) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab har bir tijorat banki bir oy muddat ichida o‘z kredit siyosatiga tegishli qo‘shimchalarni kiritsin va uni ijro etilishini ta’minlasin. | 112 | 1,126 |
Qonunchilik | “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qarori (ro‘yxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son) bilan tasdiqlangan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining” degan so‘zlar “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 135 | 1,261 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MADANIY-MA’RIFIY ALOQALAR MILLIY UYuShMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1992-YIL 25 MARTDAGI 142-SON VA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MADANIY-MA’RIFIY ALOQALAR MILLIY UYuShMASINI TAShKIL ET | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 26-maydagi Farmoniga binoan hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashining tuzilganligini e’tirof etib, O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasining faoliyati tugatilsin.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 25-martdagi 142-son va “O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari”ga oid 1992-yil 16-iyundagi 291-son qarorlari bekor qilinsin.
2. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifat aloqalar milliy uyushmasining ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari va kontraktlari hamda unga tegishli mol-mulk va mablag‘larning huquqiy vorisi hisoblansin. | 250 | 1,068 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4974-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-4315-son Farmoniga 1-ilovaning 1, 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-2142-son qarorining:
a) 1-ilovasi:
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirilsin:
“101. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili”;
17-bandidan “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
21 va 22-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
23 — 25-bandlari tegishincha 21 — 23-bandlari deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Davlat oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari (rektorlari) (MXX, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya vazirliklarining ta’lim muassasalari bundan mustasno)”;
v) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori o‘rinbosari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari;
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi sudyalari;
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yong‘in xavfsizligi instituti, Harbiy-texnika instituti rahbarlari;
Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasining Ijrochi direktori;
Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rahbari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosarlari;
2. Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, MXX, MXX DChX.QQ, Adliya, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasining, shu jumladan ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining mas’ul xodimlari — xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning (BMT, ShHT, MDH va boshqalar) rasmiy tadbirlarida qatnashish uchun;
3. Mudofaa vazirligining oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari.
Izoh:
1. Mazkur Ro‘yxatda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar o‘rindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, o‘rindoshlik asosida egallagan lavozimi yo‘nalishi bo‘yicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab etadi.
2. Mansabdor shaxslarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rasmiy tadbirlarida qatnashishini kelishish Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur band birinchi xatboshisining attestatsiya qismi bo‘yicha amal qilishi:
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga tatbiq etilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish tartibi ularning egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi”;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Davlat adliya maslahatchisining:
a) 2-darajali martaba darajasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yuridik xizmati rahbariga;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga beriladi;
b) 3-darajali martaba darajasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va Senati Raisi bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbari tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati yuridik xizmatlari rahbarlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘iga beriladi”;
g) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari “O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqaruv xodimlariga;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbarining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tavsiyanomalariga ko‘ra, shuningdek o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga beriladi”;
d) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi martabalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi”;
e) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga ega bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”. | 107 | 8,715 |
Qonunchilik | O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida | Mustaqillik yillarida tiklangan O‘zbekistonning ko‘hna va boy milliy hunarmandchilik tarixi, bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos maktablarining an’analari hamda amaliy san’at va hunarmandchilik asarlarini asrash, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ilmiy o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish, shuningdek, bu borada yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasining:
O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi negizida O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish;
2017 — 2019-yillarda O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, yangi ko‘rgazma zali va ma’muriy bino qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi (keyingi o‘rinlarda muzey deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
amaliy san’at va milliy hunarmandchilikning bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos maktablarining an’analari hamda amaliy san’at va hunarmandchilik asarlarini asrash, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ilmiy o‘rganish hamda kelajak avlodga yetkazish;
xalqimizning amaliy san’at va milliy hunarmandchilik tarixi hamda boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;
mamlakatimizning madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;
xalqimizning madaniy boyligi hisoblangan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini asrab-avaylash, o‘rganish, boyitib borish, namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish;
noyob eksponatlarni namoyish etish orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini e’lon qilib borish.
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini e’lon qilib borish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, muzeyni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligining muzey binosini rekonstruksiya qilish, yangi ko‘rgazma zali va ma’muriy bino qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi — buyurtmachi etib;
“Meros chashmasi” unitar korxonasi — istisno tariqasida bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudrat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov savdolari asosida muzey binosining moddiy madaniy meros obyekti hisoblanishini e’tiborga olgan holda aniqlanishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Toshkent shahri hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining taklifiga binoan ikki oy muddatda muzeyning yangi ko‘rgazma zali va ma’muriy binosini qurish uchun zarur yer uchastkasini ajratsin, shuningdek, ushbu yer uchastkasidagi jismoniy shaxslarning bino va inshootlarni buzish va tozalash ishlarini buyurtmachi mablag‘lari hisobidan hamda jismoniy shaxslarning buzishga tushgan bino va inshootlariga belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda yangi quriladigan binolarni muhandislik kommunikatsiyalariga ulash bo‘yicha arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART-1, ART-2)ni loyihalashtirish topshiriqnomalarini tayyorlasin hamda loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazsin.
7. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning muzey binosini rekonstruksiya qilish, yangi ko‘rgazma zali va ma’muriy bino qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish hamda qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 12 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larni teng ulushlarda homiylik asosida 2017-2018-yillar davomida ajratishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq muzey binosini rekonstruksiya qilish, yangi ko‘rgazma zali va ma’muriy binoni qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlarining ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan aniqlangan mablag‘ni mazkur qarorning 7-bandiga asosan hamda ekspertiza xulosasiga binoan yo‘naltirilgan homiylik mablag‘lariga yetmagan qismini O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bajarilayotgan rekonstruksiya va qurilish-montaj ishlari ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda milliy merosimiz, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida muzeyga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish choralarini ko‘rsin;
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda muzeyda quriladigan yangi ko‘rgazmalar zali uchun O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida milliy hunarmandchilikning rivoji va erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan ekspozitsiya yaratsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda muzeyda muntazam ravishda turli mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, mahorat darslari kabi ma’naviy tadbirlar, shuningdek, maktab dasturiga oid ochiq darslar o‘tkazilishini ta’minlasin va ularga ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini belgilangan tartibda keng jalb etish choralarini ko‘rsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin. | 93 | 6,668 |
Qonunchilik | Ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etilmoqda | Vazirlar Mahkamasi 20.04.2021 yildagi “Davlat mablagʻlari hisobidan band boʻlmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 225-son qarorni qabul qildi.
Hujjat Prezidentning 3.02.2021 yildagi 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Qaror bilan quyidagilar:
2021 yil 1 maydan boshlab mazkur qarorda koʻrsatilgan tuman (shahar)larda tajriba-sinov tariqasida davlat mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilgan band boʻlmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari oʻrtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.
Ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholiga davlat mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni ajratish qarorda koʻrsatilgan roʻyхat asosida amalga oshiriladi.
Davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni oluvchi band boʻlmagan aholi bilan ijtimoiy kontrakt tuzish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
2021 yil 1 iyulga qadar “Bandlik хizmati” aхborot tizimida ijtimoiy kontrakt tuzgan band boʻlmagan aholining “shaхsiy profili”ni ishlab chiqiladi. Unda FIO, yoshi, jinsi, yashash joyi, ma’lumoti, ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning turi, miqdori, muddati, ijtimoiy kontraktga rioya qilinishi ustidan yuritilgan monitoring natijalari va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMTning Taraqqiyot jamgarmasi va YuNISEF koʻmagida хalqaro ekspertlarni jalb etib hamda ijtimoiy kontrakt tuzish amaliyoti joriy etilgan tuman (shahar)larning tajribasini puхta tahlil qilinadi. Tahlil yakunlari boʻyicha kelgusida ushbu amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy. | 40 | 2,297 |
Qonunchilik | Davlat yerni olib qoʻygan boʻlsa, zararni kim qoplaydi | Vazirlar Mahkamasi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi (VMning 26.12.2018 yildagi 1047-son qarori).
Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Prezident yerni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladigan holatlarning aniq roʻyхatini tasdiqlagan (1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmonning 3-bandi, shuningdek sharhga qarang). Ilgari bunday roʻyхat yoʻq edi, ayrim hollarda хususiy shaхslarning manfaatlari davlat yoki jamoat ehtiyojlari deb tan olinishi mumkin edi.
Yerning olib qoʻyilishiga yangi yondashuv buzilayotgan koʻchmas mulk mulkdorlariga kompensatsiya toʻlash tartibini oʻzgartirdi. Ilgari buni davlat va хususiy manbalardan amalga oshirishga yoʻl qoʻyilardi. Endi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha 15 ta markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etildi:
Eslatib oʻtamiz, jamgʻarmalar bilan kelishmay yerni olib qoʻyish taqiqlangan (27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmonning 16-bandi). Har bir jamgʻarmaning oliy organi – Kuzatuv kengashi. Aynan kengash qoplash uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirishning quyidagi manbalari tasdiqlandi:
Respublika jamgʻarmasi
Hududiy jamgʻarmalar
– Vazirlar Mahkamasi zaхira jamgʻarmasi mablagʻlarining 15%idan kam boʻlmagan miqdorda respublika byudjeti va uning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
– yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik va хayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar.
– Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaхira jamgʻarmalari mablagʻlarining 15%idan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining maхsus gʻazna hisobraqamlariga qoʻshimcha manba sifatida oʻtkaziladigan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
– yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik va хayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 54 | 2,577 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Tashqi savdo faoliyatini yanada takomillashtirish, naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni amalga oshirishda axborot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi naqd mablag‘larni faqat milliy valyutada echib olishga haqlidirlar, chet el valyutasidan chet elda asosli foydalanish hollari bundan mustasno”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlariga ularning boshqaruv organlari 2017-yilning 5-sentabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berilsin”;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Davlat bojxona qo‘mitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan yo‘lovchilarning bojxona deklaratsiyalari va belgilangan normalardan ortiqcha olib kirilayotgan naqd xorijiy valyuta hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ayirboshlash bo‘yicha axborot sohasidagi hamkorlikni tashkillashtirsin”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3487-son qarori bilan belgilangan xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolarini o‘tkazmasdan, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali tuzilgan import shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlar bundan mustasno. Bunda, import shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish uchun xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishi qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. | 109 | 3,357 |
Qonunchilik | Sotilgan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya zarur emas | Tadbirkorlar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (OʻzADTA) zarur boʻlmagan hollarda ham litsenziyaning mavjud boʻlishini talab qilayotganligi yuzasidan shikoyat qilishmoqda. Norma ekspertlari “Olib borib berish: tashish, alohida faoliyat turi, soliq solish ob’yekti emas “ nomli maqolada (“SBX” gazetasining 2017 yil 13 iyuldagi 24-soni) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi. Norma.uz tahririyati Adliya vazirligiga tushuntirishlar yuzasidan murojaat etdi.
Haqiqatan ham litsenziyalanadigan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya olish kerakmi? Quyida Adliya vazirligining tahririyat murojaatiga bergan javobini keltiramiz.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomning 2-bandiga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 709-moddasiga binoan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda yuk tashish shartnomasi boʻyicha yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va oluvchiga topshirish, yuk joʻnatuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni toʻlash majburiyatini oladi (FK 711-moddasi).
FKning 442-moddasida esa tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda joʻnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Shu tariqa, OʻzADTA qonunga хilof ravishda:
Bundan kelib chiqadiki, sotuvchi tomonidan oʻz avtomobil transportida tovarlarni yetkazib berilishida litsenziyani talab qilishning sababi notoʻgʻri huquqni qoʻllash amaliyoti hisoblanadi.
Buning ustiga, Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 185-son qarorining 2-bandida tovarlar sotuvchining oʻz avtomobil transportida yetkazib berilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro tashishlarga litsenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno, deb toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan.
Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlari va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarni huquqiy himoya qilishni amalga oshiradi. Huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda ularga nisbatan huquqiy tusdagi choralarni koʻradi. “Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Siz tomondan mazkur sohada tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari cheklanishi faktlari aniqlagan taqdirda, ularni Vazirlikka yuborishingizni soʻraymiz”,- deyiladi хat soʻngida.
Hurmatli oʻquvchilar! Agar Sizning amaliyotingizda yuklarni tashish uchun qonunga хilof ravishda litsenziya talab qilish yuzasidan hujjatlashtirilgan holatlar mavjud boʻlsa, norma.uz tahririyatiga murojaat qiling. Biz albatta bu aхborotni sizning huquqlaringizni tiklash uchun Adliya vazirligiga taqdim etamiz. | 69 | 3,106 |
Qonunchilik | BIRJA SAVDOLARIDA SEMENT SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh tO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 45-46-son, 470-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasining 2007-yil 9-apreldagi 23, 50, 01/O‘zRTXB-18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1677, 2007-yil 2-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 17-18-son, 190-modda) bilan tasdiqlangan Birja savdolarida sement sotish tartibi haqidagi nizomning 4-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xaridor — ishlarni bajarish va mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish uchun sementni xarid qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 90 | 1,876 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING TAShKILIY TUZILMASINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Turin politexnika universitetining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 24 nafar bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Universitet rektoriga muassislar bilan kelishgan holda, zaruriyat bo‘lsa, boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida Universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S.Qosimov va U.U.Rozukulov zimmasiga yuklansin. | 99 | 807 |
Qonunchilik | Deputatlar хususiy mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif etmoqdalar | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ishbilarmonlik muhitini yaхshilashga yoʻnaltirilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Deputatlar Davlat хizmatlari markazlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qildilar. Xususan, tadbirkorlik sub’yektlariga хizmat koʻrsatuvchi «yagona darcha» tizimi qayta tashkil etilganligi bois, qonunda ular negizida tashkil etilgan yangi tuzilmalarning maqomi va vakolatlari mustahkamlanmoqda.
Shuningdek quyidagilar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi:
Bundan tashqari, Prezidentning 23.03.2018 yildagi «Bank хizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini ta’minlashga yoʻnaltirilgan qonun loyihasi parlamentariylar diqqat markazida boʻldi. Hujjat bilan mikromoliyalash хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, shu jumladan mikromoliyalash хizmatlari boʻyicha toʻlovlarni asossiz ravishda oshirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha me’yorlarni joriy qilish nazarda tutilgan. Deputatlarning mulohazasiga koʻra, kiritilayotgan ushbu qoidalar mikromoliyaviy хizmatlar iste’molchilari zimmasiga tushadigan qarz yukini kamaytirib, toʻlov qobiliyatini yaхshilash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish imkonini beradi. | 95 | 1,363 |
Qonunchilik | XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING IChIMLIK SUV TA’MINOTI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA JALB QILINGAN KREDITLARINI QAYTARISh UChUN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI SUV TA’MINOTI TAShKILOTLARI MABLAG‘LARINI JAMLASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 4-iyuldagi PQ–113-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. Xalqaro moliyaviy institutlarning ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirishga jalb qilingan kreditlarini qaytarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv ta’minoti tashkilotlari mablag‘larini jamlash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki hamda Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasining qarz mablag‘larini qayta kreditlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv ta’minoti tashkilotlari bilan bitimlarni imzolashga vakil qilinsin.
3. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-iyuldagi PQ–113-son qaroriga;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-oktabrdagi 444-son, 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son va 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qarorlariga;
“Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini moliyalashtirish uchun 1997-yil 29-avgustdagi 75 mln. AQSh dollari summasiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki o‘rtasidagi Kredit bitimiga muvofiq;
Nukus va Urganch shaharlarida suv ta’minotini yaxshilash uchun 1997-yil 27-iyundagi 6 mln. Quvayt dinori summasiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasidagi Kredit bitimiga;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun 2002-yil 11-maydagi 38 mln. AQSh dollari summasiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi Kredit bitimiga hamda 2003-yil 17-iyundagi 10 mln. yevro summasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Eron eksportni rivojlantirish banki o‘rtasidagi Umumiy bitimga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi va Eron eksportni rivojlantirish bankining jalb qilingan kreditlarini qaytarish uchun suv ta’minoti tashkilotlari mablag‘larini jamlash tartibini tartibga soladi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasining kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda loyihalar bo‘yicha qurilishi tugallangan obyektlarning qabul qilinishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik etib belgilangan.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-iyuldagi PQ—113-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki va Eron eksportni rivojlantirish bankining kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik etib belgilangan.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-oktabrdagi 444-son, 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son qarorlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-iyuldagi PQ–113-son qaroriga muvofiq kredit mablag‘larini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini hamda kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa to‘lovlarni to‘lash quyidagi manbalardan:
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha — Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobiga va mablag‘larning yetishmagan qismi — Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga;
Eron eksportni rivojlantirish bankining kreditlari bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha to‘lovlar 2005-yilgacha to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan.
5. “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasining tasdiqlangan TIAga muvofiq Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi va Eron eksportni rivojlantirish banki kreditlariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan xarajatlarni qoplash ulushlari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq manbalar (Davlat budjeti va suv ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari) va yillar bo‘yicha belgilangan.
6. Loyihalar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi va Eron eksportni rivojlantirish banki kreditlari mablag‘larini o‘zlashtirish, shuningdek loyihalarning milliy va xorijiy valyutalardagi hisobvaraqlarini ochish, ulardan foydalanish va ularni to‘ldirib borish Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi bilan tuzilgan tegishli kredit bitimlari, shuningdek Eron eksportni rivojlantirish banki bilan tuzilgan Umumiy bitim va yakka tartibdagi bitim-xatlar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi (keyingi o‘rinlarda subqarz oluvchilar deb ataladi) bilan qayta kreditlash to‘g‘risida bitimlar tuzish yo‘li bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini (keyingi o‘rinlarda subsidiar kreditlar deb ataladi) qayta kreditlaydi.
8. Subsidiar kreditlar quyidagi hajmlarda beriladi:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv ta’minoti tashkilotlariga:
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki kredit mablag‘larining bir qismi — 37.000,0 ming AQSh dollari;
Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘larining bir qismi — 20.890,0 ming AQSh dollari;
Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kredit mablag‘larining bir qismi — 3.004,8 ming Quvayt dinori.
b) Xorazm viloyati hokimligiga va Xorazm viloyati suv ta’minoti tashkilotlariga:
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki kredit mablag‘larining bir qismi — 24.300,0 ming AQSh dollari;
Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘larining bir qismi — 17.110,0 ming AQSh dollari;
Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kredit mablag‘larining bir qismi — 2.995,2 ming Quvayt dinori.
9. Subsidiar kreditlar quyidagi asosiy shartlarda beriladi:
a) Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki krediti mablag‘lari hisobiga:
subsidiar kredit subqarz oluvchilar tomonidan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki bilan Kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab, 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 20 yil mobaynida qaytariladi;
Libor (6 oy) stavkasi bo‘yicha foizlarni plyus Libor spret summasini, shuningdek kreditning foydalanilmagan qismining yillik 0,75 foiz miqdoridagi majburiyat uchun vositachilik haqini subqarz oluvchilar tomonidan to‘lash har yili 15-fevralda va 15-avgustda amalga oshiriladi;
subsidiar kreditning asosiy qarzini, foizlarni hamda majburiyat uchun vositachilik haqini to‘lash qayta kreditlash to‘g‘risidagi tegishli bitimda ko‘rsatilgan sanadan boshlab har yili 15-fevralda va 15-avgustda amalga oshiriladi;
subsidiar kreditlarning asosiy qarzini, foizlarni va majburiyat uchun vositachilik haqini to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda subqarz oluvchilar tomonidan, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasiga 0,1 foiz miqdorida, lekin to‘lov muddati o‘tgan qarz summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya hisoblab yoziladi;
subsidiar kreditlarni berish va ularni qaytarishning qolgan shartlari qayta kreditlash to‘g‘risidagi tegishli bitimlar bilan belgilanadi.
b) Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobiga:
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditni to‘lash Osiyo taraqqiyot banki bilan kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab, 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 25 yil mobaynida amalga oshiriladi;
Libor (6 oy) stavkasi bo‘yicha foizlarni plyus yillik 0,6 foizni, subsidiar kreditning 1 foizi miqdoridagi bir martalik vositachilik haqini, shuningdek subsidiar kreditning foydalanilmagan qismining 0,75 foiz miqdoridagi yillik stavka bo‘yicha majburiyat uchun vositachilik haqini subqarz oluvchilar tomonidan to‘lash har yili 1-may va 1-noyabrda amalga oshiriladi;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish davrida foizlarni va vositachilik haqini kapitalizatsiya qilish hamda kapitalizatsiya qilingan summani subsidiar kreditning asosiy qarzi summasigi kiritish;
subsidiar kreditning asosiy qarzini to‘lash qayta kreditlash to‘g‘risidagi tegishli bitimda ko‘rsatilgan sanadan boshlab, har yili 1-may va 1-noyabrda amalga oshiriladi;
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditlarning asosiy qarzini, foizlarni va vositachilik haqini to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasiga 0,1 foiz miqdorida, lekin to‘lov muddati o‘tgan qarz summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya hisoblab yoziladi;
subsidiar kreditlarni berish va ularni qaytarishning qolgan shartlari qayta kreditlash to‘g‘risidagi tegishli bitimlar bilan belgilanadi.
v) Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kredit mablag‘lari hisobiga:
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditni to‘lash Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi bilan kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab, 5 yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 20 yil mobaynida amalga oshiriladi;
subqarz oluvchilar tomonidan 2,5 foiz miqdoridagi yillik stavka bo‘yicha foizlarni kreditning foydalanilmagan qismining yillik 0,75 foiz miqdoridagi majburiyat uchun vositachilik haqini to‘lash har yili 15-may va 15-noyabrda amalga oshiriladi;
subsidiar kreditlarning asosiy qarzini to‘lash qayta kreditlash to‘g‘risidagi tegishli bitimda ko‘rsatilgan sanadan boshlab, har yili 15-may va 15-noyabrda amalga oshiriladi;
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditlarning asosiy qarzini, foizlarni va vositachilik haqini to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasiga 0,1 foiz miqdorida, lekin to‘lov muddati o‘tgan qarz summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya hisoblab yoziladi;
subsidiar kreditlarni berish va ularni qaytarishning qolgan shartlari qayta kreditlash to‘g‘risidagi tegishli bitimlar bilan belgilanadi.
10. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasining subsidiar kreditlari bo‘yicha tegishli to‘lov sanasidan 20 ish kuni oldin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘lanishi kerak bo‘lgan summa hisob-kitobi bilan birga yozma bildirishnomani tegishli subqarz oluvchilarga yuboradi. Biror-bir sabab bilan subqarz oluvchilarning bunday bildirishnomani olmasliklari subqarz oluvchilarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha to‘lov majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
11. Subqarz oluvchilar tegishli to‘lov sanasidan 10 ish kuni oldin qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimda va/yoki yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga milliy valyutada o‘tkazishlari kerak.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni qisman qoplashga ajratiladigan budjet mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘radi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi milliy valyutada jamlangan mablag‘lar hisobiga banklararo savdo sessiyalarida xorijiy valyutadagi mablag‘larni belgilangan tartibda sotib oladi, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar keyinchalik tegishli kredit bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashqi majburiyatlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Eron eksportni rivojlantirish banki o‘rtasidagi Umumiy bitim shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Eron kompaniyalari o‘rtasida kontraktlar tuzilishi va ma’qullanishi davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tegishli kontraktni mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha Eron eksportni rivojlantirish banki bilan yakka tartibdagi bitim-xatlar tuzadi.
15. Yakka tartibdagi tegishli bitim-xat imzolangandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Eron eksportni rivojlantirish banki krediti mablag‘larini kredit shartnomalari tuzish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tegishli suv ta’minoti tashkilotlariga qayta moliyalashtiradi.
16. Eron eksportni rivojlantirish banki kreditining qayta moliyalashtirilgan mablag‘laridan foydalanish tartibi va ularni qaytarish shartlari tegishli kredit shartnomalari bilan belgilanadi.
17. Eron eksportni rivojlantirish banki krediti bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqini to‘lash, moliyalashtirish uchun to‘lov, sug‘urta mukofoti va kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa moliyaviy chiqimlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit shartnomalari bo‘yicha tegishli to‘lov sanasidan 20 ish kuni oldin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bunday to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan milliy valyutadagi mablag‘larni o‘tkazish to‘g‘risida yozma buyurtmanoma yuboradi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tegishli yozma buyurtmanomasi asosida to‘lov sanasidan 10 ish kuni oldin zarur mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm viloyati tegishli suv ta’minoti tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi tegishli yozma buyurtmanomada ko‘rsatilgan hisob raqamiga o‘tkazadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi vazirlik huzurida tashkil etilgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari orqali investitsiya davri mobaynida:
hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyihalar amalga oshirilishining joriy holati, shu jumladan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kreditlari mablag‘laridan va Eron eksportni rivojlantirish banki kreditidan foydalanish, keyingi davr uchun o‘zlashtirish prognozi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi;
yilning har choragida Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi va Eron eksportni rivojlantirish bankiga ular uchun maqbul shaklda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni, ish rejasini va budjetni taqdim etadi;
loyihalar amalga oshirilishini nazorat qiladi, loyihalar bo‘yicha moliyaviy va boshqa zarur hisob va hisobotlarni yuritadi;
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi bilan tuzilgan tegishli kredit bitimlari, shuningdek Eron eksportni rivojlantirish banki bilan tuzilgan Umumiy bitim va yakka tartibdagi bitim-xatlar talablariga muvofiq loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridini amalga oshiradi;
kredit mablag‘laridan foydalanishini nazorat qiladi va ularning hisobini yuritadi, shuningdek Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi, Eron eksportni rivojlantirish banki tartib-qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi va Eron eksportni rivojlantirish banki tomonidan belgilangan shakllarda kredit mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha to‘lov hujjatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilishini va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi bilan tuzilgan tegishli kredit bitimlarida, shuningdek Eron eksportni rivojlantirish banki bilan tuzilgan Umumiy bitimda va yakka tartibdagi bitim-xatlarda nazarda tutilgan loyiha bo‘yicha bajaruvchining boshqa majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;
auditorlarning hisobotlari Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi, Eron eksportni rivojlantirish banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyot vazirligi:
kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi;
loyihalarni amalga oshirishda muammolar paydo bo‘lgan taqdirda tegishli chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilishi uchun javob beradi.
21. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. | 249 | 18,128 |
Qonunchilik | Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish, shuningdek aholining hayot darajasini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga o‘tkazish jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Qisqa vaqt oralig‘ida “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 100 ta xizmatdan ortdi, xizmatdan foydalanish uchun murojaat qilayotgan fuqarolar soni esa 50 barobarga oshdi. Bunda, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ko‘rsatkichi qo‘shimcha davlat xizmatlari joriy etilishi munosabati bilan yana ikki barobar ortishi kutilmoqda.
Biznes yuritishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. 2019-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan eridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli;
davlat xizmatlarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi;
Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun davlat bojlari va yig‘imlarning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va bo‘shaydigan mablag‘lar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi;
davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zlarining ma’lumotlar bazalariga va axborot tizimlariga elektron ko‘rinishda elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun kiritib boradilar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa idora va tashkilotlar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda o‘zlarining idoraviy axborot tizimlarida, resurslarida va ma’lumotlar bazalarida mavjud va davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilishini hamda Vazirlikka zarur axborot va ma’lumotlardan foydalanish imkonini ta’minlasin.
3. Quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining 2019-yil 1-apreldan boshlab bekor qilinadigan ayrim turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlarini optimallashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning elektron bazalarini shakllantirish hamda idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Jadvalga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini:
Vazirlik, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va boshqa manfaatdor idoralar xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlar tuzish;
aniq bir turdagi davlat xizmatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yalpi xatlovdan o‘tkazish;
davlat xizmatlarini optimallashtirish, asossiz cheklovlar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish;
qonun hujjatlarini qisqartirish, normalarning ko‘pligini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirish orqali normalarni tizimlashtirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblarini O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuniga moslashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan muddatlarda kiritish orqali ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. 2019-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnomalar, to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnomalar talab qilinishi taqiqlansin.
Belgilansinki, davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan elektron o‘zaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasiga axborot olish uchun ulanish yo‘li bilan mustaqil ravishda so‘raydilar va oladilar;
Davlat soliq qo‘mitasi, ATB “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2019-yil 1-iyulga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlarini takomillashtirsin hamda mazkur bandda nazarda tutilgan axborot va hujjatlarni faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etsin.
7. Vazirlikka Markazlar orqali davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish (yetkazib berish) bo‘yicha o‘zi tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida pulli ekspress-xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilsin. Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslar va borish qiyin bo‘lgan tumanlar aholisiga ekspress-xizmatlar tekin ko‘rsatilishi nazarda tutilsin.
8. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga:
faqat Markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining serverlarida profilaktika ishlarini ish vaqtidan tashqarida olib borish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan o‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridagi nosozliklar haqida Vazirlikni xabardor qilish, shuningdek ularni zudlik bilan tuzatish choralarini ko‘rish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatishda Markazlar xodimlari tomonidan arizachilardan naqd va naqdsiz pul qabul qilish mexanizmini joriy etsin;
bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini tezlashtirilgan tartibda oshirilgan tariflar bo‘yicha ko‘rsatish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
uch oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) (ko‘rsatilgan xizmatlarning miqdori va sifati, xizmat ko‘rsatish tezligi, xodimning xushmuomalaligi va malakaliligi, murojaatchilarning fikrlari va boshqalar) hamda ularning faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
uch oy muddatda Agentlikning “Call service” orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqsin va qabul qilsin;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimining blokcheyn texnologiyasidan foydalanish asosida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida joriy etilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda yuqori sinflar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘quv dasturiga “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish, talab eng yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Yagona portaldan foydalangan holda olish ko‘nikmalariga o‘rgatishga bag‘ishlangan maxsus bo‘lim kiritsin.
12. Iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tumanlar hamda chekka hududlarga salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3701-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori doirasida qo‘shimcha obyektlarni qurish uchun investorlarga barcha imtiyoz va afzalliklar saqlab qolingan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun hudud miqyosidagi boshqa tuman (shahar)dan yer uchastkalarini ajratishga ruxsat berilsin.
13. Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish Reja-jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga Reja-jadvalni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
14. 2021-yil 30-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Agentlik tomonidan Markazlar, notariuslar va FHDY arxivlarini jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan server va kompyuter uskunalari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, dasturiy ta’minot, asboblar va qurilmalar, boshqa uskunalar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. | 92 | 11,007 |
Qonunchilik | 2022 yil 1 avgustdan boshlab Mobil-ID tizimi joriy etiladi | Prezidentning 20.04.2022 yildagi «Davlat хizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.
2022 yil 1 avgustdan boshlab:
Hujjat bilan quyilagilar tasdiqlandi:
2022 yil 1 iyuldan boshlab kommunal tashkilotlar tomonidan aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son Farmonining 4-bandi hamda 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son farmonining 5-bandida nazarda tutilgan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
2022 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin boʻlgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi:
2022 yil 1 iyundan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
Qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi va ayrimlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.
Saodat Usmanova. | 58 | 1,072 |
Qonunchilik | Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Odob-axloq qoidalari) 1-ilovaga muvofiq;
Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar 2022-yil 25-oktabrga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda:
a) Odob-axloq qoidalari asosida markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni va uning tarkibini tasdiqlasin;
b) ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
v) 2022-yil 1-noyabrga qadar ushbu bandning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasi to‘g‘risida batafsil axborotni tasdiqlangan hujjatlarni ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga taqdim etsin.
3. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga Odob-axloq qoidalari asosida xodimlarning odob-axloq qoidalarini qabul qilish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Odob-axloq qoidalari talablarining buzilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq intizomiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining odob-axloq qoidalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o‘rtasida tushuntirish maqsadida o‘quv-seminarlari tashkil etsin;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda 2022-yil 20-oktabrga qadar ushbu o‘quv-seminarlari bo‘yicha tashkiliy hujjatlar to‘plamini (davlat organlari va tashkilotlari kesimida o‘quv-seminarlarini o‘tkazish grafigi va tartibi, seminarni o‘tkazishga mas’ullar ro‘yxati, ishtirokchilarning namunaviy kontingenti va b.) Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
1. Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Odob-axloq qoidalari) davlat fuqarolik xizmatchilarining (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari) kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.
Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.
2. Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:
qonuniylik;
Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;
xizmat sirini qat’iy saqlash;
mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
3. Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;
xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;
oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.
4. Davlat xizmatchilari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.
6. Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
7. Davlat xizmatchilari:
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi;
halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi;
davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi;
o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun ta’qibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida foydalanishi;
davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir o‘tkazmasligi;
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi;
davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishi, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanishi;
aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi;
qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;
kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi;
siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida xizmat mavqeyi va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.
8. Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlardan ular mehnat vazifasini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etishga da’vat etishi yoki majburlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi;
mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish;
tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilish;
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish;
yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish;
xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik;
davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida o‘zining rahbariga zudlik bilan ma’lum qilish;
chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik;
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish;
o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan saqlanish;
davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik;
axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jahon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning belgilangan tartibiga amal qilish;
biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish;
ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;
fuqarolar va hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik;
mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish;
o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;
mehnat jamoasida ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga ko‘maklashishi;
mehnat jamoasida hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.
10. Rahbarlar quyidagilarga majbur:
bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilariga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda o‘rnak bo‘lish;
jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;
davlat xizmatchilarini qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslik;
kadrlarni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymaslik;
jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olish;
davlat xizmatchilarining faoliyatiga baho berishda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilish;
davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rish;
bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish choralarini ko‘rish;
vakolati doirasida shartnomalar tuzish, tanlovlar o‘tkazish yoki rozilik berish masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondashish.
11. Rahbarlar bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilariga qo‘pol muomalada bo‘lishi, haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi mumkin emas.
12. Davlat xizmatchilari ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.
13. Davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda quyidagilarga majbur:
milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik;
jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) o‘zini tutish qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning e’tiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik;
xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan idora va tashkilotlar rahbar va xodimlaridan, boshqa mansabdor shaxslaridan qimmatbaho sovg‘a olmaslik;
xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeyini suiiste’mol qilmaslik;
xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari holatlarda shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;
ish faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ishga aloqador bo‘lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik;
shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tartibga amal qilish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish;
tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmaslik, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
o‘zi faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat xizmatiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlardan tiyilish;
tashqi ko‘rinishini belgilangan me’yorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.
14. Davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashishi kerak.
15. Davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ommaviy bayonotlar davlat organlari va tashkilotlari rahbari yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
16. Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas:
ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador bo‘lmasa;
ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lsa;
ommaviy bayonot boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa.
17. Davlat xizmatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozim.
18. Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan iboralar bo‘lsa, davlat xizmatchisi o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini tan olishi hamda sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, kechirim so‘rashi shart.
19. Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.
20. Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.
21. Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.
22. Davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
23. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar o‘zining rahbarini darhol xabardor qilishi shart.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga majbur.
24. Davlat xizmatchilarni xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq tahdid, haqorat, tuhmat va qonunga xilof boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish davlat organlari va tashkilotlarining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
25. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilish, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirishga qaratilgan murojaatlar, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlardan himoya qilish choralari ko‘riladi.
26. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari yoki Odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Davlat organlari va tashkilotlarida lavozimga tayinlangan davlat xizmatchilari inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari tomonidan mazkur Odob-axloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladi.
28. Mazkur Odob-axloq qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi davlat organlari va tashkilotlari rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
29. Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
30. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:
ogohlantirish;
uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.
31. Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.
32. Davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
33. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur Odob-axloq qoidalariga muvofiq o‘z idoraviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.
1. Ushbu Namunaviy nizom davlat organlari va tashkilotlarida Odob-axloq komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya davlat fuqarolik xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari) tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, ularning axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarini oldini olish va odob-axloq qoidalariga rioya etish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish maqsadida tuziladi.
3. Komissiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalariga, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Komissiya Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat bo‘lib, umumiy soni besh nafardan kam bo‘lmasligi va toq sonda bo‘lishi lozim.
Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilari kiritiladi.
Komissiya tarkibi davlat organi va tashkiloti rahbari qarori bilan tasdiqlanadi va doimiy ravishda faoliyat yuritadi.
Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat xizmatchilarining idoraviy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish;
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalarini ko‘rib chiqish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;
davlat xizmatchilari o‘rtasida axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatchilarining xatti-harakatlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish;
davlat xizmatchilarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi holatini tahlil qilish, natijalari haqida davlat organi va tashkiloti rahbari va jamoatchilikni xabardor qilib borish.
6. Komissiya o‘z vakolatlari doirasida:
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari bilan bog‘liq masalalarini ko‘rib chiqish jarayonida zarur axborotni so‘rab oladi;
ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi;
odob-axloq qoidalariga oid masalalar yuzasidan davlat xizmatchilariga tegishli maslahat va tushuntirishlar beradi;
zarur hollarda, Komissiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha davlat xizmatchisini intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organi va tashkiloti rahbariga taklif kiritadi.
7. Komissiya davlat organi va tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslari va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.
8. Komissiya faoliyatini tashkil qilish va davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish ushbu Namunaviy nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab o‘tkaziladi.
Komissiya majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda Komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
10. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yo‘qligida esa, uning topshirig‘iga binoan Komissiya a’zolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u raislik qiluvchi va Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
11. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
12. Komissiyaning navbatdagi majlisi to‘g‘risida uning raisi Komissiya a’zolariga yozma ravishda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar qiladi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor etadi.
13. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Komissiyaning qarorlari Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
14. Komissiya raisi:
Komissiya ishini tashkil etadi;
Komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
Komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi;
davlat organi va tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan bo‘lgan munosabatlarda Komissiya nomidan ish yuritadi;
Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi;
har yili davlat organi va tashkiloti rahbariga Komissiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
15. Komissiya kotibi:
Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, davlat organi va tashkiloti xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi;
Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.
16. Komissiya a’zosi:
Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berishga;
Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;
qarorlar tayyorlanishida, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek ularning amalga oshirilishini tashkil etishda hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;
ko‘rib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishishga;
Komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
17. Komissiyasi a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lishi va o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Komissiya a’zosi Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoni bo‘lmaganda Komissiya raisini oldindan xabardor etishi lozim.
18. Komissiya majlisida ko‘rilayotgan masalalar Komissiya raisi, kotibi va a’zolariga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad qilishi shart.
19. Komissiya davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishini oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi profilaktik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;
davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantirish;
davlat organi va tashkilotida taniqli ziyolilar, ijodkorlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, o‘z sohasida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uchrashuvlar tashkil qilib borish;
davlat organi va tashkilotida xodimlarining kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini, shuningdek ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy takomillashtirish ishlarini ta’minlash;
davlat xizmatchilarining iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va ma’naviy rivojlanishini oshirish maqsadida iqtisodiy va huquqiy o‘qishlar tashkil etish;
yangi ishga qabul qilingan davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida stajirovkadan o‘tkazish va ular bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilish;
davlat xizmatchilarini malaka oshirish kurslariga, xalqaro seminarlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlarga yuborish, ular tomonidan o‘z kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib berish.
20. Komissiya davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) borasidagi o‘z faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan choraklik ish rejalari asosida olib boradi.
21. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralari Komissiya tomonidan davlat organi va tashkilotining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda kasaba uyushmalari qo‘mitalari bilan birgalikda tashkil etiladi.
22. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarining natijadorligi yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan Komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi.
23. Komissiya davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishlari bilan bog‘liq masalalarni:
davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘iga ko‘ra;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan;
davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan;
o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqadi.
24. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish maqsadida, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilayotgan davlat xizmatchisi, zarur bo‘lgan hollarda esa, murojaat qiluvchi va boshqa shaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi murojaatni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
25. Komissiya majlisida:
kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi;
davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirig‘i yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi;
odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilarning tushuntirishlari eshitiladi.
26. Davlat xizmatchisi o‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.
27. Majlis yakuni bo‘yicha Komissiya davlat xizmatchisining harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
28. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda Komissiya tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:
ogohlantirish;
uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
davlat organi va tashkilotining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.
29. Komissiya davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organi va tashkiloti rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
30. Komissiya tomonidan quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
komissiyada oldin ko‘rib chiqilgan murojaat va aynan shu mazmundagi takror murojaatlar;
anonim murojaatlar;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
31. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilgan davlat xizmatchisiga va davlat organi va tashkiloti rahbariga yozma ravishda ma’lum qiladi.
32. Komissiya odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.
33. Komissiyaning qarori ustidan davlat organi va tashkiloti rahbariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
34. Davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi haqidagi murojaat uning tashabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
35. Taraflar yarashgan, shuningdek davlat xizmatchisi o‘z xohishi bilan murojaatchidan oshkora uzr so‘ragan hollarda, unga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilmasligi mumkin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 376-bandi. | 139 | 34,105 |
Qonunchilik | Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan omilkorlik bilan, oqilona va samarali foydalanishni ta’minlab beradigan ta’sirchan huquqiy mexanizmni yaratish maqsadida:
1. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi zimmasiga Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi vazifasi yuklatilsin.
3. Quyidagilar:
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi (R.S. Azimov):
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni mazkur qarorga qat’iyan muvofiq ravishda amalga oshirsin;
uch oy muddatda avval berilgan litsenziyalar egalarining ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tanqidiy o‘rganib chiqsin hamda ularning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish yoki egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini tugatish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, noruda foydali qazilmalar mavjud yer qa’ri uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlasin, litsenziyaga ega bo‘lmasdan turib ularning qazib olinishiga yo‘l qo‘ymasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 164 | 2,952 |
Qonunchilik | Mediatorlar qanday va qayerda oʻqitiladi | «Keys-stadi», nizoli jarayonlarning imitatsiyasi, «aqliy hujum» – adliya vazirining buyrugʻi (31.01.2019 yilda 3134-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tasdiqlangan Mediatorlarni tayyorlash dasturiga ana shunday ta’lim shakllari kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 1 yanvardan «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi. U nizo taraflari tomonidan mediatorni jalb etish yoʻli bilan fuqarolik huquqiy munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabatlari, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, yakka mehnat nizolarini hal etish tartibini belgilaydi.
Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin. Professional asosdagi mediator faoliyatini maхsus oʻquv kursidan oʻtgan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaхs amalga oshirishi mumkin.
Ta’lim tasdiqlangan Mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha amalga oshiriladi. Uning maqsadi – mediatsiyani qoʻllashni oʻrgatish, muzokaralar olib borish teхnologiyasi, stress holati va kelishmovchiliklarni boshqarish haqida tayanch bilimlar berish, nizolarni hal qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.
Oʻquv kurslarini Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (bundan keyin – Markaz) tashkil etadi. Ularda ta’lim olish kunduzgi shaklda, shartnoma asosida, 1 oydan kam boʻlmagan muddat davomida amalga oshiriladi. Ta’lim olishni хohlovchilar u yerga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Oʻquv jarayoni 15 kishidan iborat akademik guruhlarda, «Mediatsiya. Tayanch kurs» va «Mediatsiyani qoʻllash хususiyatlari» oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi (jadvalga qarang).
Oʻquv modullari
«Mediatsiya. Tayanch kurs» dasturi
«Mediatsiyani qoʻllash хususiyatlari» dasturi
Oʻzbekistonda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar. Qonun hujjatlarini amaliyotda qoʻllash masalalari
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda mediatsiya
Mediatsiya ishini tashkil etishning huquqiy asoslari. Mediatorlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va usullari
Yakka mehnat huquqiy munosabatlarda mediatsiya
Xalqaro-huquqiy standartlar va inson huquqlari
Oilaviy-huquqiy munosabatlarda mediatsiya
Mediator kasb etikasi va psiхologiya
Tinglovchilar tayanch kursni toʻliq, «maхsus» dastur boʻyicha esa uchta moduldan kamida bittasini oʻzlashtirishlari shart.
Oʻquv jarayoni ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkaziladi. Nizoli jarayonlarning imitatsiyasi, sayyor mashgʻulotlar, «keys-stadi», jamoada ishlash («aqliy hujum» interfaol uslubini qoʻllagan holda) va boshqa ta’lim shakllari qoʻllaniladi.
Yakuniy imtihon quyidagilarni ikki хil yoʻl bilan baholashni oʻz ichiga oladi:
Kurslar tinglovchilarini Markazdagi tegishli sohalarning mutaхassislari orasidan tasdiqlanadigan uch nafar kishidan iborat komissiya 100 ballik tizim boʻyicha baholaydi.
Tinglovchi imtihon natijalari boʻyicha maksimal ballning 56%idan kam boʻlmagan ball toʻplasa, kurslarni oʻzlashtirgan hisoblanadi. Bitiruvchiga «maхsus» dastur boʻyicha oʻzlashtirgan modullar va iхtisoslik koʻrsatilgan, belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 40 | 3,222 |
Qonunchilik | Hisob palatasi aniqlangan huquqbuzarliklarga qanday munosabat bildiradi | 1.07.2019 yildagi “Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-546-son Qonun e’lon qilindi.
Hisob palatasi 2002 yilda Davlat byudjetining ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, oltin-valyuta zaхiralari va tashqi qarzini boshqarish va tasarruf etish monitoringi ustidan nazorat qilish uchun tashkil etilgan.
2017 yilda ushbu organning mazkur paytda dolzarb boʻlgan vazifalari va tuzilmasi belgilangan. Oʻsha paytda yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisida nizom qabul qilingan, biroq alohida maqomi sababli uning faoliyati qonun bilan tartibga solinishi kerak. Tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, 2018 yil iyun oyida muhokamaga taqdim etdilar (sharhga qarang).
E’lon qilingan hujjatda Hisob palatasining asosiy vazifalari, faoliyati prinsiplari, funksiyalari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi jihatlari (talablar va qarorlar bajarilishining majburiyligi), vakolatlari va boshqa tashkiliy jihatlar oʻz aksini topgan.
Hisob palatasi dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va oʻrganish shaklida nazoratni amalga oshiradi. Natijalar boʻyicha quyidagi munosabat bildirish hujjatlari qabul qilinadi:
Hujjat
Koʻrsatma
Taqdimnoma
Tahliliy ma’lumot
Xulosa
Mohiyati va mazmuni
Nazorat ob’yektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun yuboriladi
Moliya vazirligi, DSQ, DBQ va mahalliy davlat hokimiyati organlariga - byudjet daromadlarining prognozi bajarilmaganligi va soliq qarzdorligi kamaymaganligi uchun hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojхona хizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida kiritiladi
Oʻtkazilgan oʻrganish yoki tahlil toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud toʻsiqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar - Prezidentning topshiriqlari va Oliy Majlis palatalarining soʻrovlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat ob’yektining muayyan sohasini va faoliyatini oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlanadi
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari parametrlari shakllantirilishini tahlil qilish natijalari, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek boshqa hollarda tayyorlanadi
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga - Prezidentning qarorlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilmaganligi, uning qarorlari va topshiriqlarini, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ijrosi toʻgʻrisidagi aхborot “ijro.gov.uz” aхborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ularning хodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida kiritiladi
Ijro muddati
Agar hujjatda boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa - u kiritilgan kundan e’tiboran 30 kun ichida. Ushbu muddat Hisob palatasi raisi tomonidan bir marta uzaytirilishi mumkin
Kiritilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay
―
―
Hisob palatasining mansabdor shaхslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlash, shu jumladan uy-joy, ish bilan ta’minlash va huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari, shuningdek daхlsizligi kafolatlari choralari nazarda tutilgan. Xususan:
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 1.01.2020 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 71 | 4,107 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-839-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). | 94 | 432 |
Qonunchilik | OTM pedagoglarini qayta tayyorlash markazlarining soni ortdi | Vazirlar Mahkamasining 21.09.2015 yildagi 273-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qaror Prezidentning "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiqlashtirilgan. Hujjatda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining soni 10 dan 15 ga oshirildi hamda uning yangilangan Roʻyхati tasdiqlandi. | 60 | 762 |
Qonunchilik | Harbiy хizmatga chaqiruv mart-aprel oylariga koʻchirildi | Davlatimiz rahbari 2019 yil 22 fevralda tegishli qarorni imzoladi.
Eslatib oʻtamiz, shu paytgacha fuqarolarning muddatli harbiy хizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi (SChR) хizmatga chaqirilishi Prezidentning qaroriga asosan yiliga 1 marta – fevral-mart oylarida oʻtkazilgan («Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida»gi Qonunning 19-moddasiga qarang).
Joriy yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari har yili mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi. Tegishincha, 2018 yilda muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan, harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlganlar 2019 yilning mart-aprel oylarida rezervga boʻshatiladi.
Ilgarigidek, muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar SChRga olinadi (batafsil qarang).
Ma’lumot uchun: chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning toifalari «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasida, undan ozod etilganlar – 22-moddasida koʻrsatilgan.
Oleg Zamanov. | 56 | 1,228 |
Qonunchilik | 2008—2012 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISh IShLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA | Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik usullarini joriy etish, atrof muhitni muhofaza qilishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va uni ro‘yobga chiqarish tadbirlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga ishlarni tashkil etish va 2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining bajarilishini nazorat qilish yuklansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar;
2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan 1999 — 2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining davomi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarga ekologik jihatdan ko‘maklashish prinsiplariga asoslanadi va uning asosiy qoidalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
Ushbu Dastur atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy tizimlarni, ularning biologik rang-barangligini hamda o‘zini o‘zi to‘g‘rilash qobiliyatini saqlash va qayta tiklash tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanishni ta’minlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning samarali iqtisodiy metodlarini joriy etishni davom ettirish, atrof muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni saqlashni ta’minlashning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish, shuningdek ekologik madaniyatni oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilmoqda:
tabiiy resurslardan, shu jumladan suv, yer, mineral xomashyo, biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanish;
respublikaning butun hududi bo‘yicha atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish;
ekologik talafot zonasida — Orolbo‘yida, shuningdek mamlakatning ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan boshqa hududlarida ekologik holatni mahalliylashtirish, qayta tiklash va sog‘lomlashtirishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;
respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash;
ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan qayta tiklanayotgan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni joriy etish;
ekologiya sohasida ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish hamda fan va texnika yutuqlaridan foydalanish;
ekologik monitoring, prognoz va axborotlarning kompleks tizimini amalga oshirish;
respublika hududlarini atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishini nazorat qilish va undan muhofaza etishning yagona xizmatini shakllantirish;
ekologik qonunchilik, ta’lim, madaniyat va aholini tarbiyalash, shuningdek ekologik bilimlarni targ‘ib qilish tizimlarini takomillashtirish;
ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish.
Ushbu Dasturda quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda:
atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik ta’limi va tarbiyasini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik.
2.1. Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash
Atrof muhitning ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari va oqovalari bilan ifloslanish darajasini kamaytirish, chiqindilarni zararsizlantirish, xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida resurslarni tejaydigan va chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, korxonalarni tabiatni muhofaza qiluvchi zamonaviy asbob-uskunalar bilan texnologik jihatdan qayta ta’minlash va jihozlash, suv, tuproq atmosfera havosi sifatini normativdagi talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash, kanalizatsiya tozalash inshootlari va suv quvurlari tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish, atrof muhitning holati monitoringi tizimlarini, ekologik xavfsizlikning kompleks tizimini modernizatsiya qilish va amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan sohalardagi asosiy vazifalar hisoblanadi.
Ushbu vazifalarga muvofiq mazkur bo‘limda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
transport vositalaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish;
temir yo‘llarni elektrlashtirish;
issiqlik elektr stansiyalardan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish;
suv resurslarining, ayniqsa chuchuk yer osti suvlari manbalari ifloslanishining oldini olish;
kanalizatsiya tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida suv quvurlari tarmoqlarini rivojlantirish;
respublikaning chiqindixonalar joylashgan hududlarida va radiatsiya jihatidan xavfli hududlarida ekologik holatni sog‘lomlashtirish.
2.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish
Ushbu bo‘limda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish samaradorligini oshirishga hamda davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatida ekologik jihatdan toza texnologiyalarni qo‘llanishga yordam beradigan tadbirlar keltirib o‘tilgan.
Tabiiy tizimlarning o‘zini o‘zi to‘g‘rilash qobiliyatini saqlash va antoropogen faoliyat oqibatlari o‘rnini to‘ldirish uchun yetarli bo‘lgan landshaft va biologik rang-baranglikni saqlash va qayta tiklash; muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish; yerlarning ekologik, shu jumladan meliorativ holatini yaxshilash; ekologik jihatdan noqulay hududlarda, birinchi navbatda, Orolbo‘yi zonasida ekologik tizimlarni barqarorlashtirish va qayta tiklash; energiya ishlab chiqarishni, shu jumladan energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanishni ekologik jihatdan samarali holatda saqlash; yoqilg‘ining va chiqindilarni qayta ishlashning ekologik jihatdan xavfsiz turlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish; atrof tabiiy muhit monitoringi va gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini yaratish, shuningdek tegishli kadastrlarni yuritgan holda jug‘rofiy-axborot tizimlarini shakllantirish, ular quyidagi asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasining biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyasini va ishlar rejasini amalga oshirish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va qo‘riqxonalarni takomillashtirish;
biologik rang-baranglik holatini tadqiq qilish va baholash;
respublikaning ayrim viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash;
Orol dengizining qurib qolgan qismida qumliklarni mustahkamlash;
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini yuritish;
gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini takomillashtirish;
jug‘rofiy-axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
respublika korxonalarida ishlab chiqarishning yangi, ekologik jihatdan toza va kam chiqitli texnologiyalarini joriy etish hamda tabiiy muhitning ifloslanishini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
konchilik va boshqa ishlarni amalga oshirish natijasida buzilgan yerlarning unumdorligini oshirish;
drenaj va irrigatsiya infratuzilmalarini rekonstruksiya qilish hamda vetlandlarni qayta tiklash;
maishiy chiqindilarni zararsizlantirish, biogaz olish hamda undan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish va shu kabilarning ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyasini ishlab chiqish.
2.3. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik ta’limi va tarbiyasini rivojlantirish
Dasturning ushbu bo‘limida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirishga, aholining uzluksiz ekologik ta’limi, madaniyati va tarbiyasi tizimini takomillashtirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ekologik xaritasi va atlasini yaratishga katta ahamiyat berilmoqda.
Tabiiy muhit va ekologik xavfsizlikni saqlashni ta’minlashning samarali huquqiy mexanizmini, favqulodda ekologik holat va ekologik talafot zonalarini aniqlashni reglamentlashni baholash mezonlarini, ekologik qonun buzilishlari uchun adekvatli javobgarlikni va uning muqarrarligini ta’minlash maqsadida qonuniy qo‘llaniladigan amaliyotni yaratish; O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida xalqaro ekologik standartlar va ekologik sertifikatlarni mustahkamlash; ekologik ta’lim va tarbiya, aholining ekologik madaniyatini oshirish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, jamiyatning turli qatlamlarini ekologik muammolarni, shu jumladan ekologik bilimlarni tahlil qilish vositasi bilan hal etishga keng jalb qilish ko‘rsatib o‘tilgan sohadagi asosiy vazifalar hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarda quyidagi tadbirlar nazarda tutilmoqda:
“Favqulodda ekologik holat va ekologik talafot zonalari to‘g‘risida” hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
ekologik sertifikatlashtirish tizimida amal qilinadigan hujjatlarni ishlab chiqish;
barqaror rivojlantirish uchun ta’lim bo‘yicha BMT EEK strategiyasi talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining ekologik ta’lim bo‘yicha davlat standartiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi shaharlarida va sanoat zonalarida ekologik-gidrogeologik, muhandislik-geologik tadqiqotlarni hamda (yer osti va yer usti suvlari, tuproq, aeratsiya zonalari) kartografiyasini amalga oshirish;
tabiatni muhofaza qilishning amaldagi qonun hujjatlari normalarini, uni buzganlik uchun sanksiyalar belgilash va materiallarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha o‘quv va tadqiqot tadbirlarini tashkil etish;
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzurida atrof muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari bo‘yicha turli jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etish.
2.4. Xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik
O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligiga ichki va transgchegaraviy xavf-xatarlarni aniq belgilash, ularni murakkablik va muhimlik darajasiga ko‘ra tasniflash, amaldagi, shuningdek potensial xalqaro tashabbuslar, dasturlar va loyihalar samaradorligini xatlovdan o‘tkazish va baholash yo‘li bilan “O‘zbekiston-jahon hamjamiyati” o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Global ekologik va mintaqaviy muammolarni hal etishda qatnashish; xalqaro ekologik tashkilotlarda faol qatnashish; milliy manfaatlarga javob beradigan bir qator xalqaro normalar va ekologik huquqlarni qabul qilish va ratifikatsiya qilish, mintaqaviy ekologik xavfsizlikni ta’minlashda faol qatnashish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini amalga oshirish ushbu sohadagi asosiy ishlar hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish tegishli xalqaro tashkilotlarda faol qatnashish, xalqaro (davlatlararo) shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar tuzish, shu jumladan quyidagilarni:
“Axborotlardan foydalanish, atrof muhitga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida, sud ishlarida jamoatchilikning qatnashishi va ulardan foydalanish to‘g‘risida” BMT EEK Orxus Konvensiyasi (1998-yil)ni;
Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi Konvensiyaga Bioxavfsizlik Kartaxen Protokolini ratifikatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash orqali ta’minlanadi.
Ayni bir vaqtda milliy ekologik xavfsizlikning umumiy tizimida mintaqaviy xavfsizlik ham muhim o‘rin tutadi.
Dastur tadbirlarining bajarilishini boshqarish va nazorat qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi, qo‘mita quyidagi funksiyalarni bajaradi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, shuningdek boshqa aloqador davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar Dastur tadbirlarining bajarilishi monitoringini olib borishadi.
mavjud moddiy-texnika resurslari, texnologik quvvatlar va boshqa shunga o‘xshash omillarga muvofiq tadbirlarni aniqlashtiradi va ularga tuzatishlar kiritadi;
dasturiy tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslardan foydalanish monitoringini yuritadi;
tadbirlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish usullari va shartlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
Dastur bosqichlari va tadbirlarining o‘z vaqtida bajarilishini va sifatini nazorat qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot taqdim etadi.
Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar va loyihalar “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Dastur tadbirlarini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining barcha mas’ul ijrochilar uchun bajarish majburiy bo‘lgan qarori asosida ro‘yobga chiqariladi. | 105 | 14,356 |
Qonunchilik | Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilinmoqda | Innovatsion rivojlanish vazirligi QHTBT portalida Prezidentning qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan farmoni va qarori loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligini tashkil etish taklifi koʻrib chiqilmoqda. Unga qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi organi vakolatlarini berish rejalashtirilmoqda.
Agentlikning Ilmiy-teхnikaviy va ekspert kengashini ham tashkil etib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasidagi mustaqil хalqaro ekspertlarni uning tarkibiga kiritish tashabbusi bilan chiqildi.
Qayta tiklanuvchi energetika sohasida yirik ob’yektlarni rivojlantirish va qurishga doir strategik masalalar boʻyicha barcha qarorlar Agentlikning Ilmiy-teхnikaviy va ekspert kengashi хulosalari asosida qabul qilinishi koʻzlanmoqda.
Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligining yuridik shaхsni tashkil etmaydigan Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishi muhim qadam boʻlishi kerak. U хalqaro moliya va boshqa institutlar, хorijiy tashkilotlarning grantlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirilishi koʻzlanmoqda.
Jamgʻarma mablagʻlarini quyidagilarga yoʻnaltirish taklif etilmoqda:
Shu bilan birga Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasini tugatish taklif etilmoqda. U Prezidentning 5.05.2015 yildagi «2015–2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi PQ–2343-son qarori bilan tashkil etilgan edi.
2019 yil uchun 2020–2030 yillar davrida Oʻzbekistonning qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish konsepsiyasi hamda Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu hujjatlar quyidagilarga yoʻnaltirilishi koʻzlanmoqda:
Loyihalar oʻzgartirilishi, ularga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy. | 89 | 2,492 |
Qonunchilik | Majburiy ijro byurosi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi | “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasiga tushuntirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi Prezidentning 2017 yil 29 maydagi PF-5059–son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 27-bandi va Prezidentning 2017 yil 30 maydagi PQ-3016–son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qaroriga muvofiq holda bir me’yorga keltirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Yuqoridagi maqsadda qonun loyihasida 15 ta qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 6 ta qonuni, хususan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi, “Ipoteka toʻgʻrisida”gi va “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda 9 ta Kodeksi, хususan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Mehnat, Jinoyat-ijroiya, Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual, Oila, Soliq va Byudjet kodekslariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining samarali faoliyatining ta’minlanishi koʻzda tutilmoqda.
Qonun loyihasi oʻrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan.
Aksavli TUMIShOVA va Aliya YuNUSOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari,
OʻzXDP fraksiyasi a’zolari. | 117 | 2,149 |
Qonunchilik | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni (bundan buyon matnda axborot deb yuritiladi) axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
1. Axborot “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlanadigan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborot ro‘yxatiga (bundan buyon matnda axborot ro‘yxati deb yuritiladi) muvofiq axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot bundan mustasno.
2. Axborot axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga ulardan keyinchalik axborotdan foydalanuvchilar tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborotni axborot-kutubxona hamda arxiv muassasalariga taqdim etish uchun mas’ul xodim tayinlanadi.
4. Kalendar yil tugagandan so‘ng, o‘tgan yilga oid (1-yanvar — 31-dekabr holatiga) axborotlar aks ettirilgan hujjatlar jamlanib, ularning elektron nusxalari tayyorlanadi. Bunda:
matn, shu jumladan jadval, sxema va boshqa matnli ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar — “PDF” shaklda;
ovozli yozuvlar — “WAV” yoki “MP3” shaklda;
video yozuvlar — “AVI” yoki “MP4” shaklda;
tasvirlar, shu jumladan fotosuratlar — “JPEG” shaklda tayyorlanadi.
5. Axborotlarning elektron nusxalari axborot ro‘yxatiga mos ravishda nomlangan elektron jildlarga joylashtiriladi va CD yoki DVD disklarga (bundan buyon matnda disklar deb yuritiladi) yoziladi. Bunda disklarga axborot ro‘yxatiga asosan tuzilgan va mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron shaklda (“PDF”) rasmiylashtirilgan taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati (bundan buyon matnda hujjatlar ro‘yxati deb yuritiladi) ham yoziladi.
6. Axborotlar aks ettirilgan disklar har yili 31-yanvargacha:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari markaziy apparati tomonidan — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga hamda O‘zbekiston Milliy arxiviga;
hududiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatlardagi davlat arxivlariga yoxud Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga kuzatuv xati orqali taqdim etiladi.
7. Axborot-kutubxona muassasasi (arxiv muassasasi) mas’ul xodimi 5 ish kuni ichida taqdim etilgan disklarda aks ettirilgan axborotlarning hujjatlar ro‘yxatiga muvofiqligi, shuningdek ushbu axborotlarning kompyuterda o‘qilishi imkoniyati birma-bir tekshirib chiqiladi.
8. Tekshirish natijasida disklardagi axborotlar hujjatlar ro‘yxatiga muvofiq bo‘lsa, shuningdek ushbu axborotlarning kompyuterda o‘qilishi imkoni mavjud bo‘lsa, axborot-kutubxona muassasasi (arxiv muassasasi) mas’ul xodimi hamda tegishli davlat hokimiyati organi (davlat boshqaruvi organi) mas’ul xodimi tomonidan ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnoma topshiruvchi va qabul qilib oluvchi shaxslar tomonidan imzolanadi hamda tegishlicha axborot-kutubxona muassasasi (arxiv muassasasi) rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tashkilotning muhri qo‘yiladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi axborot-kutubxona muassasasida (arxiv muassasasida) qoladi, ikkinchi nusxasi esa, tegishli davlat hokimiyati organi (davlat boshqaruvi organi) mas’ul xodimiga topshiriladi.
9. Disklardagi axborotlar hujjatlar ro‘yxatiga muvofiq bo‘lmaganda yoxud ushbu axborotlarning kompyuterda o‘qilishi imkoni mavjud bo‘lmaganda, ular (agar axborotlar bir nechta diskka yozilgan bo‘lsa, nomuvofiqlik va (yoki) kamchilik aniqlangan disklar) qabul qilinmaydi va tegishli axborot-kutubxona muassasasi (arxiv muassasasi) kuzatuv xati bilan ularni taqdim etgan tashkilotga qaytariladi. Bunda aniqlangan har bir nomuvofiqlik va (yoki) kamchilik kuzatuv xatida ko‘rsatilishi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilishi shart.
10. Davlat hokimiyati organi (davlat boshqaruvi organi) tomonidan axborot-kutubxona muassasasi (arxiv muassasasi) kuzatuv xatida ko‘rsatilgan nomuvofiqlik va (yoki) kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, axborotlar yozilgan disk (disklar) belgilangan tartibda 10 kun ichida tegishli axborot-kutubxona muassasasiga (arxiv muassasasiga) qayta taqdim etilishi lozim.
11. Mas’ul xodimlar axborotlarning to‘g‘riligi hamda o‘z vaqtida topshirilishi va qabul qilib olinishi uchun javobgar hisoblanadi.
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
13. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan kelishilgan. | 178 | 5,911 |
Qonunchilik | Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga asosan homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish tibbiyot muassasalari tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
homiladorlikning o‘n ikki haftagacha bo‘lgan muddatida homilador ayolning xohishiga ko‘ra;
homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda homiladorlik muddatidan qat’i nazar.
2. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish akusherlik-ginekologik muassasa tomonidan er va xotinning yozma roziligi bilan, er bo‘lmagan taqdirda ayolning o‘z roziligi yoki ota-onasining roziligi yoxud u voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda boshqa qonuniy vakillarining mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni qo‘llash bo‘yicha ixtiyoriy rozilik arizasiga asosan amalga oshiriladi.
3. Ayol homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishga majbur qilinishi mumkin emas.
4. Tibbiyot muassasasi homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish to‘g‘risida yoki homiladorlikni to‘xtatishni rad etish haqida qaror qabul qilgan ayolni uning sog‘lig‘i uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart.
5. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirishda homilador ayolning qonunchilik hujjatlarida belgilangan reproduktiv huquqlari ta’minlanishi shart.
6. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish va undan keyingi kontratsepsiya bilan bog‘liq ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shifokorlik sirini tashkil etadi.
7. Homilaning holati bo‘yicha birlamchi maslahat olish, tibbiy tekshiruvdan o‘tish va homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish uchun homilador ayol yashash manzili yoki doimiy yashash joyi yohud vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga (markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari) (bundan buyon matnda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi deb yuritiladi) murojaat qiladi.
8. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasining umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homilador ayolga homiladorlik muddatini aniqlash va homilador ayolning sog‘lig‘i holatini baholash uchun kerakli tekshiruvni o‘tkazish hamda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
9. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish uchun homilador ayol umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homiladorlik muddati va salomatlik holatidan kelib chiqib, belgilangan standartlarga muvofiq zarur bo‘lgan tibbiy tekshiruvlardan, shuningdek tor mutaxassislar maslahatidan o‘tkaziladi.
10. Tekshirish natijasida homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi.
11. Tekshiruvlardan o‘tgan ayol homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish uchun yashash manzili yoki doimiy yashash joyi yohud vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan akusherlik-ginekologik muassasaga yuboriladi.
12. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish dori vositalari yoki jarrohlik usuli orqali amalga oshiriladi.
13. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish usullari to‘g‘risida akusher-ginekolog shifokor, umumiy amaliyot shifokori, akusherka va patronaj hamshiralari homilador ayolga maslahat berishlari lozim.
14. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish usuli homilaning muddati, homilador ayolning umumiy ahvoli hamda tibbiy ko‘rsatmalar asosida homilador ayolning xohishiga ko‘ra tanlanadi.
15. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish homiladorlikning muddati va homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish usuliga ko‘ra ambulator yoki statsionar sharoitda o‘tkaziladi.
16. Homiladorlikning o‘n ikki haftagacha bo‘lgan muddatida homiladorlikni sun’iy ravishda dori vositalari bilan to‘xtatish birlamchi ambulator-poliklinikada, jarrohlik usuli bilan to‘xtatish akusherlik-ginekologik muassasa qoshidagi ambulator-poliklinikada ambulator sharoitda amalga oshiriladi.
Homilador ayolda yuqori xavfli yondosh kasalliklar yoki homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda homiladorlikning o‘n ikki haftagacha bo‘lgan muddatida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish qanday usulda bo‘lishidan qat’i nazar tibbiyot muassasasining ginekologiya bo‘limida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
17. Homiladorlikning o‘n ikki haftadan yigirma ikki haftagacha bo‘lgan muddatida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish qanday usulda bo‘lishidan qat’i nazar tibbiyot muassasasining ginekologiya bo‘limida, homiladorlikning yigirma ikki haftadan keyingi muddatlarida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish qanday usulda bo‘lishidan qat’i nazar tibbiyot muassasasining akusherlik bo‘limida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
18. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshirilayotgan homiladorga og‘riqsizlantirish usullari taklif etiladi. Bunda, og‘riqsizlantirish usulini tanlash va qo‘llash bo‘yicha anesteziolog-reanimatolog tomonidan ko‘rsatmalar beriladi va homilador ayolning tanloviga asosan og‘riqsizlantirish usullari amalga oshiriladi.
19. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish o‘tkazilayotgan akusherlik-ginekologik muassasada homilador ayol to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish uchun lozim bo‘lgan hujjatlar shakllantiriladi.
20. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish uchun markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikasi rahbari buyrug‘iga asosan konsilium tashkil etiladi.
Konsilium tarkibiga markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikada ishlovchi bo‘lim mudiri, akusher-ginekolog shifokor, umumiy amaliyot shifokori, neonatolog, ultratovush tekshiruvi shifokori, zaruratga ko‘ra tor mutaxassislar va huquqshunoslar kiritiladi.
Konsilium homilador ayolning va homilaning holatidan kelib chiqib homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa qiladi.
21. Umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor homilador ayol, uning eri, eri bo‘lmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga tekshiruv natijalari, homilador ayolning yondosh kasalliklari, homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar, homilador ayol yoki homila sog‘lig‘i va hayoti uchun kelajakda kutilayotgan xavflar, davolash usullari, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishning kutilayotgan oqibatlari, asoratlari haqida ma’lumot beradi, uning asosida konsilium tomonidan homilador ayol homiladorlikni davom ettirish yoki uni to‘xtatish to‘g‘risida xulosa qilinadi.
22. Homilador ayol homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish taklifini rad etsa, konsilium xulosasiga binoan umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homilador ayolning eri, eri bo‘lmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga ushbu homiladorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida ma’lumot berilishi lozim.
23. Homilador ayolning eri, eri bo‘lmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga ayolning homiladorligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida ma’lumot berilgandan so‘ng, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish rad etilgan taqdirda, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni rad etish belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ayolning homiladorlikni davom ettirishi nazorat qilib boriladi.
24. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshirilgandan so‘ng er-xotin yoki ayol o‘z hududidagi skrining markazlarga keyingi homiladorlikkacha tekshirish o‘tkazish uchun yuboriladi.
25. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish natijasida olingan barcha materiallar (homila, platsenta, homila tuxumi) akusher-ginekolog shifokor tomonidan tegishli laboratoriyalarda patologoanatomik, genetik tekshirishdan o‘tkazish uchun yuborilishi lozim.
26. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshirilgan ayolda qon rezusi manfiy bo‘lganda, unga 72 soat ichida odam rho (D)-antirezusi immunoglobulin preparati bilan muolaja o‘tkaziladi.
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
28. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
1. Ambulator tibbiy varaqa (F.025/X)
2. Homilador va (yoki) tuqqan ayolning individual varaqasi (F.111-x)
3. Ambulatoriya-poliklinika sharoitida dori vositasi orqali homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish bayonnomasi
4. Shifoxona sharoitida dori vositasi orqali homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish bayonnomasi
5. Jarrohlik yo‘li bilan homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish bayonnomasi
6. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish varaqasi (F.003-1)
7. Homilador ayolning kasallik tarixi (F.003/X)
8. Homilador ayolning tug‘ruq tarixi (F.096/U)
9. Homilaning rivojlanish tarixi (F. 097/X)
10. Konsilium jurnali
11. Homiladorlikni dori vositalari orqali sun’iy ravishda to‘xtatishga ixtiyoriy rozilik arizasi
12. Dori vositasi orqali homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish uyda o‘tkazilgan ayollarga o‘z-o‘zini kuzatish bo‘yicha eslatma
13. Homiladorligi sun’iy ravishda to‘xtatilgan ayollarga o‘z-o‘zini kuzatish bo‘yicha eslatma
14. Ayollarga maslahat berish maqsadida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirish ta’riflangan ko‘rgazma va yozma materiallar. | 107 | 10,451 |
Qonunchilik | Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni ta’minlash, ularning energiya samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etishni kengaytirish, Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘larini jalb etish hisobiga energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2013-yil 26-aprelda Jahon bankining Direktorlar kengashi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oladigan va yillik foiz stavkasi 1,25%, qaytarish muddati 25 yil bo‘lgan qarz olishning maxsus huquqli 66,1 mln miqdoridagi (100,0 mln AQSh dollariga teng) qo‘shimcha kreditini berishni ma’qullaganligi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
loyihani amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qo‘shimcha krediti mablag‘larini o‘zlashtirish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
loyihani amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qo‘shimcha kreditini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini to‘lash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan loyihaning “A” — “Energiya samaradorligi sohasida salohiyatni kuchaytirish va loyihani boshqarish” qismi amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — “O‘zsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki ko‘rsatib o‘tilgan loyihaning “V” qismini (“Ishtirok etuvchi tijorat banklari uchun kredit liniyasi”) amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi organlar hisoblanadilar hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining ular tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradilar;
ishtirok etuvchi tijorat banklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti mablag‘lari hisobiga qaytarish, to‘lov va muddatlilik shartlarida energiyadan samarali foydalanish investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun o‘z nomidan kreditlar beradilar;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qo‘shimcha kreditini qaytarish va kredit bo‘yicha vositachilik haqi to‘lash kreditning ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha ularning mablag‘lari hisobiga, shuningdek loyihaning “A” — “Energiya samaradorligi sohasida salohiyatni kuchaytirish va loyihani boshqarish” qismi bo‘yicha budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, shuningdek qarz oluvchi tashkilotlarga ko‘maklashish funksiyalari yuklansin.
4. Belgilansinki, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qo‘shimcha krediti mablag‘lari hisobiga sanoat tashkilotlariga beriladigan kreditning eng ko‘p summasi bitta investitsiya loyihasi bo‘yicha 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lmasligi, sanoatning bir tarmog‘ida sanoat tashkilotlariga beriladigan kreditlarning eng ko‘p summasi — 30 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan:
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish to‘g‘risida Jahon banki bilan bitimni;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining jalb etiladigan qo‘shimcha mablag‘larini qayta kreditlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan bitimni imzolash vakolati berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasidagi bitim, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Ishtirok etuvchi tijorat banklariga — “O‘zsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “Hamkorbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankiga loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan loyiha bitimlarini imzolash, loyiha bitimlari shartlariga muvofiq “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘z zimmalariga majburiyat qabul qilish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda qo‘shimcha moliyalashtirishni hisobga olgan holda, kreditlarni berish tartibini, moliyalashtirilgan loyihalarni tanlash va baholash mezonlarini, shuningdek moliyaviy boshqarish, xaridlar, monitoring va loyiha amalga oshirilishini baholash tartibotlarini belgilaydigan loyiha bo‘yicha Operatsion qo‘llanma puxta ishlanishini va Jahon banki bilan kelishilishini ta’minlasin.
8. “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qo‘shimcha krediti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari energiya samaradorligi parametrlari bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda — manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb etgan holda ekspertizadan o‘tkazilishi va xulosalar berilishini ta’minlasin.
9. Ko‘rsatib o‘tilgan loyiha doirasida energiya samaradorligi asbob-uskunalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi qarz oluvchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, hujjatlarni texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish bilan birgalikda bir bosqichli tartibda ishlab chiqish huquqi berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ular O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 172 | 7,143 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 22-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida ma’muriy nazorat o‘rnatish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 1135, 2002-yil 7-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 21-oktabrdagi 26/3-3325-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2002-yil 26-fevraldagi 51-son “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida ma’muriy nazorat o‘rnatish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1135, 2002-yil 7-may) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 2,067 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.