folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Yelena Klevitova: «Oʻz kuchimni sinab koʻrmoqchiman…» | «Men qizim bilan birga direktor.uz da shugʻullanamiz. Resurs ikkimiz uchun ham foydali boʻldi», – deb ta’kidladi «XURRAM SHOD» MChJ direktori Yelena Klevitova.
– Yelena Vyacheslavovna, oʻzingiz va ishingiz haqida soʻzlab bering.
– Angrenda yashayman. Ikki yildan beri firma direktori boʻlib ishlayman. Kompaniyamiz oʻn yildan buyon faoliyat yuritadi. Briketlangan koʻmir ishlab chiqarish bilan shugʻullanamiz, joriy yilda kaolinni saralash va transportirovka qilishni boshladik.
– Nima sababdan direktor.uz kursidan oʻtishga qaror qildingiz?
– Atayin oʻqishni rejalashtirmaganman. «Norma» portalining doimiy oʻquvchisi sifatida soʻnggi yangiliklarni koʻrib chiqayotib, «Kichik biznes sub’yektlari moliyaviy savodхonligini oshirish» dasturi haqidagi materialni ochdim. Qiziqib qoldim va oʻzimni sinab koʻrish istagi paydo boʻldi. Oʻqishni boshlagach, bu mashgʻulotlar nafaqat men uchun, balki qizimga ham foydali ekanligini angladim. U yaqinda kollejni tamomlagan, tadbirkor boʻlish uchun qobiliyati yetarli. Oʻz ishini boshlash istagida yuribdi, hozir boshlovchi tadbirkorlarga imtiyozlar ham taqdim etilmoqda.
– Dasturdan yangi, foydali narsalarni topdingizmi?
– Albatta, bu bilim va koʻnikmalarni mustaqil baholashdir. U juda foydali, oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshiradi.
– Siz uch kun ichida darslarning yarmidan koʻpidan oʻtdingiz. Buni qanday uddaladingiz. Hamma ishlarni chetga surib qoʻydingizmi?
– Buni oʻzimiz ham sezmadik. direktor.uz uchun vaqt har doim topiladi. Resurs juda yaхshi ishlangan. Oʻquv materiallari va testlari ustida ishlash juda maroqli, vaqt oʻtganini ham bilmay qolasiz. Mavzular rasmlar bilan tasvirlab berilganligi oʻquv jarayonini yanada qiziqarli qiladi va materialni oʻzlashtirishga yordam beradi.
– direktor.uz dasturi haqidagi taassurotlaringiz qanday?
– Menga juda yoqdi. Dastur juda keng auditoriya uchun ham foydali deb oʻylanman. Faoliyat yuritayotgan rahbarlarga zarur bilimlarini tekshirib koʻrishda yordam beradi, bu esa ularning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi. Rahbarlikni boshlayotganlar va oʻz ishini ochishni rejalashtirayotganlar uchun zarur bilimlarni tezda egallashga yordam beradigan boshlangʻich maydon boʻla oladi.
Men direktor.uz ni buхgalterlarga ham tavsiya qilaman. Ular rahbarlarga qanday vaziyat tutish kerakligini tushuntirishda qiyinchiliklarga duch keladigan holatlar tez-tez uchrab turadi. Bu yerda ular olgan bilimlar direktor bilan munosabatlarda toʻgʻri yoʻl tutishlariga yordam beradi.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 53 | 2,501 |
Qonunchilik | “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh BORASIDAGI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash maqsadida:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2008-2009-yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq qo‘shimcha 72 mlrd. so‘mga ko‘paytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd. so‘mga yetkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va “Mikrokreditbank” ATBning bank tomonidan quyidagi mikromoliyaviy xizmat turlarini taqdim etish bo‘yicha takliflari ma’qullansin:
a) kichik tadbirkorlik subyektlari biznesini boshlash va rivojlantirish (kengaytirish) uchun, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli foiz stavkalarida ajratiladigan mikrokreditlar;
b) kichik tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan mikrofirmalar, kichik korxonalar), dehqon va fermer xo‘jaliklariga — tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 24 oygacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdorida mikrokreditlar;
v) kichik tadbirkorlik subyektlari uchun — texnologik uskunalar va texnikalar sotib olish uchun 3 yilgacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravarigacha miqdorida mikrolizing xizmatlari.
Ajratiladigan mirokreditlar va ko‘rsatiladigan mikrolizing xizmatlari bo‘yicha foiz stavkalari “Mikrokreditbank” ATB siyosatiga asosan belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3750-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 2 va 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 8-bandda:
“2011-yilning” so‘zlari “2015-yilning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“berilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin”. | 166 | 3,481 |
Qonunchilik | “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘sh | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104, 41-son “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2036, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 494-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
o‘ninchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”;
o‘n uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Ro‘yxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati;
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar.”;
4) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish;”;
beshinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 3-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini o‘rganish bo‘yicha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish va operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;”;
beshinchi xatboshidagi “Departamentga” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish;”;
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n birinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish.”;
6) 4-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 5-banddagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 5-1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘zining chet eldagi alohida bo‘linmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonun hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. O‘z navbatida, tashkilot bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi;”;
to‘rtinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 5-2-banddagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi va 7-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga tashkilotdagi mas’ul shaxslarning ro‘yxatini taqdim etadi va bu ro‘yxatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishini ta’minlaydi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan ro‘yxatlarni maxsus vakolatli davlat organiga beradi va bu ro‘yxatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishini ta’minlaydi.”;
11) 9-bandda:
birinchi va beshinchi xatboshilardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi;”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda monitoring va nazorat o‘tkazilish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.”;
12) 11-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan choralarni amalga oshirish;”;
oltinchi xatboshidagi “Departamentga” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv tadbirlarida qatnashish va o‘quv tadbirlarida olingan ma’lumotlarni tashkilot xodimlariga yetkazish;”;
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin:
“111. Mas’ul shaxs lavozimiga tayinlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchiligini hamda xalqaro standartlarni bilishi lozim.”;
14) 12-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 13-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Mas’ul shaxsni o‘qitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda o‘tkaziladi.”;
uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 14-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga o‘zining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.”;
18) quyidagi mazmundagi 151-band bilan to‘ldirilsin:
“151. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
zarur axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartibi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga qo‘yiladigan malaka talablari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish hamda bunday shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarni monitoring qilish tartibi;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish tartibini;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar.”;
19) 16-bandda:
uchinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 161-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni bo‘lmasa, tashkilot mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim.
Tashkilot mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilot rahbari (o‘rinbosari) ruxsati bilan kirishish (yoki davom ettirish);
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, tashkilot mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini to‘xtatishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lgan mijozga mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi.”;
21) 162-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 20-bandning birinchi xatboshisidagi “pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat” degan so‘zlar “pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) quyidagi mazmundagi 211-band bilan to‘ldirilsin:
“Tashkilot mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsil o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
mijoz ustav fondi (kapitali)ning ro‘yxatga olingan miqdoriga.”;
24) 221-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22-1. Mijoz va (yoki) mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tashkilot olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tashkilotga taqdim qilinadigan Ro‘yxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart.”;
25) 23-bandda:
uchinchi xatboshidagi “pasport ma’lumotlariga muvofiq” degan so‘zlar “pasport yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlariga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Departamentga” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 231-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Departamentga” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 232-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;”;
uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;”;
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
28) 234-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 235-band bilan to‘ldirilsin:
“235. Tashkilotning chet eldagi alohida bo‘linmalari (mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim.
Tashkilot o‘zining chet eldagi bo‘linmalaridan ular joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tashkilotlarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tashkilot bu haqda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.”;
30) 24-bandda:
o‘n to‘rtinchi, o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilardagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31) 26 va 261-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatib turiladi va (yoki) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay to‘xtatib qo‘yiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Operatsiyani to‘xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yilgan, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.”;
32) 27-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 28 va 30-bandlardagi, 31-bandning birinchi xatboshisidagi va 331-banddagi “Departamentga” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
33) quyidagi mazmundagi 301-band bilan to‘ldirilsin:
“301. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qo‘shimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.”;
34) 33-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydi, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emas.”;
35) quyidagi mazmundagi 333-band bilan to‘ldirilsin:
“333. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi tashkilot tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”;
36) 34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Tashkilot tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.”;
37) quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Tashkilotlar ichki va tashqi vaziyatlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda, tashkilotning ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Tashkilotida ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”;
38) 35-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 250 | 30,118 |
Qonunchilik | Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida | Yosh avlodni o‘zbek madaniyati va san’ati an’analari, ilg‘or jahon andozalari asosida bilim olishini ta’minlash hamda ushbu soha o‘qituvchi, ilmiy-ijodiy xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, shuningdek, respublika madaniyat va san’at bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining o‘z tasarrufidagi bolalar musiqa va san’at maktablarini “Ta’lim muassasalari” ro‘yxatiga kiritish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
1997-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi:
bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari (direktor, direktor o‘rinbosari, o‘qituvchi va konsertmeystyerlar)ga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-yanvardagi 3-sonli qarorida belgilangan imtiyozlar;
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, konsertmeystyerlariga hamda San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-sonli qarorida belgilangan moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha barcha imtiyozlar tatbiq etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga:
tegishli vazirlik, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda yosh avlodni vatanparvarlik hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, boy milliy-ma’naviy merosimiz, hozirgi zamon ijodiy yutuqlarimiz, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, o‘rganish va o‘zlashtirish ishlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqib amalga oshirish;
bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida iqtidorli yoshlarning milliy an’analarni chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, jahon andozalariga mos ravishda ta’lim olishlari uchun maxsus o‘quv dasturlarini tayyorlash;
o‘quv yurtlarini yuqori sifatli cholg‘u asboblari va zarur zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
nodir, qimmatbaho musiqa asboblarini to‘plash, asrash, ulardan unumli foydalanish maqsadida vazirlik huzurida “Musiqiy cholg‘ular davlat kolleksiyasi”ni tashkil etish;
iste’dodli yoshlarni san’at sohasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar va boshqa turdagi anjumanlarda ishtirok etishlari, ularning chet ellarga ijodiy safarlarga chiqishlari, shuningdek, mamlakatimizda bunday tadbirlarning o‘tkazilishini ta’minlash topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan sarf-xarajatlarni Madaniyat vazirligining buyurtmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qoplasin.
Markaziy bank tegishli mablag‘larni belgilangan tartibda erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni ta’minlasin.
4. Joylardagi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish va bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
5. Ommaviy axborot vositalariga yoshlarning madaniyat va san’at sohasida erishayotgan yutuqlarini keng targ‘ib qilish, yangi iste’dodlarni izlab topish va ularni tanitishda bevosita ishtirok etish tavsiya etilsin. | 100 | 3,365 |
Qonunchilik | Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarining 11-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-son “Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2848, 2016-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 586-modda) 11-ilovasi 5.4-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin. | 114 | 1,893 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida | 1. Quyidagilar:
Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan migrant ishchilar va O‘zbekiston Respublikasidagi Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bo‘lgan migrant ishchilarning mehnat faoliyati va ularning huquqlarini himoya qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilish haqidagi Bitim;
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan so‘ng belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,199 |
Qonunchilik | Turizm sohasi хodimlari Klassifikatorga kiritildi | Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK–2017) qoʻshimchalar kiritildi (27.02.2019 yilda 3140-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan hujjatga qarang).
Oʻzgartirishlar kiritilishi kutilayotgan edi, sababi 2019–2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasida (5.01.2019 yildagi PF–5611-son Farmonga 2-ilova, 35-band) nazarda tutilgan edi.
XALIKK–2017 ga хizmatchilarning uchta yangi lavozimi kiritildi: ichki turizm gid-ekskursovodi, turizmning faol turlari boʻyicha yoʻriqchi-kuzatuvchi va ichki turizm ekskursovodi. Oʻrta maхsus kasb-hunar ma’lumotiga ega shaхslar ushbu lavozimlarda ishlashlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, XALIKK–2017:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 49 | 901 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi PQ-2991-son “Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2654, 2015-yil 9-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 71-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2. Nizomda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.”;
g) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:”;
d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.”;
e) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga kirgan fuqarolar bilan o‘qishni tamomlaganidan keyin taqsimot bo‘yicha besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida yoki boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat o‘tashlari to‘g‘risida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) o‘qishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga qabul qilinmaydi.”;
yo) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bosh boshqarma, boshqarma, birlashma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (bundan buyon matnda IIV-IIBB-IIB deb yuritiladi) ishchi guruhlari va oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) Kadrlar bosh boshqarmasida ishchi guruh tuziladi.
IIV-IIBB-IIBning ishchi guruhlari IIV-IIBB-IIB boshliqlarining buyrug‘i bilan uning tegishli o‘rinbosari rahbarligida tuziladi. Bunda IIV-IIBB-IIB Kadrlar boshqarmalari boshlig‘ining o‘rinbosari va psixologlari, O‘z xavfsizligi boshqarmasi (bo‘lim) boshlig‘i, Yuridik ta’minlash boshqarmasi (bo‘lim) boshlig‘i hamda harbiy-tibbiy komissiya raisi ishchi guruh tarkibiga kiritilishi lozim.”;
j) 8, 12, 13, 14, 15, 35, 37-bandlardagi hamda 4-ilovadagi “oliy harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
z) 9, 49, 57-bandlardagi, 10-ilovaning 10-bandidagi va 11-ilovaning 2-bandidagi “oliy harbiy ta’lim muassasasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 10-banddagi “oliy harbiy ta’lim muassasasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uldir. Bunda tegishli ichki ishlar organi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilarini ko‘rsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishi shart.”;
l) 25, 26, 53, 55 va 58-bandlardagi hamda 11-ilovaning 1-bandidagi “oliy harbiy ta’lim muassasasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 31, 43-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
n) 36-banddagi “Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati” degan so‘zlar “Kadrlar bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o) 38 va 52-bandlaridagi “oliy harbiy ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
p) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish kichik komissiyasi hujjatlarni o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini ro‘yxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.”;
r) 46-banddagi “oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi” degan so‘zlar “qabul komissiyasi tarkibidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
s) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga qabul qilish”;
t) 54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining qabul komissiyasi 10-iyulda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi protokolni rasmiylashtiradi. Mazkur protokol nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.”;
u) 59-banddagi “tegishli oliy harbiy ta’lim muassasasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
f) 1-ilovadagi “Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtiga” va “bilim yurtiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” va “institutga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
x) 2-ilovadagi “shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga” degan so‘zlar “kadrlar boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ts) 3-ilovadagi “Tanlovda _________ mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etaman.*” va “* Izoh: Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtiga o‘qishga kirishga nomzodlar tomonidan to‘ldiriladi.” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ch) 5-ilovada:
15-banddagi “oliy harbiy ta’lim muassasasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-banddagi “oliy harbiy ta’lim muassasalariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sh) 7-ilovadagi “oliy harbiy ta’lim muassasasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 8-ilovada:
14-banddagi “xulosasi” degan so‘zidan keyin “(ball)” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Psixofiziologik o‘rganish natijalari bo‘yicha ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.”;
quyidagi tahrirdagi ilova bilan to‘ldirilsin:
yu) 9-ilovada:
2 va 15-bandlardagi “oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi” degan so‘zlar “qabul komissiyasi tarkibidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning diktantlari kichik komissiya raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.”;
ya) 11-ilovada:
1-banddagi “oliy harbiy ta’lim muassasasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-banddagi “oliy harbiy ta’lim muassasasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.”. | 219 | 12,107 |
Qonunchilik | Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholash mexanizmlari mavjud emasligi sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarga yagona mezon asosida xolisona baho berish va ularning natijadorligini yanada oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash va ularni ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida:
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi o‘rinlarda — reyting baholash) quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;
davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2022-yil 1-fevraldan boshlab reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, 1-ilovada ko‘rsatilgan va o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga;
2022-yil 1-iyuldan boshlab eksperiment natijalarini inobatga olgan holda reyting baholash tizimi barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash (T. Narbayeva) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilish va muhokama qilish hamda reyting baholash tizimining samarali va to‘liq joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
3. Belgilansinki:
reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) orqali tashkil etiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi;
reyting baholash natijalari elektron platformada hisoblab chiqiladi va har yili 1-martga qadar keng jamoatchilik uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boriladi;
har yili oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan davr reyting baholash tizimi bilan qamrab olinadi;
reyting baholash natijalarining xolisligini tekshirish maqsadida kamida 30 foizi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash (T. Narbayeva) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) bilan birgalikda reyting baholash yakunlariga ko‘ra quyidagi choralarni ko‘rsin:
“yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
“qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritish va ularni amalga oshirishda ko‘maklashish;
“qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishini ta’minlab, uning ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlarini har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning yig‘ilishlarida eshitish.
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda:
ikki oy muddatda elektron platforma orqali zarur hujjatlarni onlayn rejimida olish va reyting baholash natijalarini hisoblash imkonini yaratgan holda, uning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin;
eksperiment yakuniga ko‘ra elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish hamda uning samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rib borsin.
Belgilab qo‘yilsinki, elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish, uni texnik va dasturiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar har yili Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
6. Agentlik (A. Burxanov) xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda:
ikki oy muddatda Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etishning tartibi ishlab chiqilib, tasdiqlanishini ta’minlasin;
uch oy muddatda reyting baholash, elektron platformadan foydalanish tartibi bo‘yicha qo‘llanmalarni tayyorlasin, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari uchun reyting baholash, shu jumladan elektron platformadan foydalanish tartibini tushuntirish bo‘yicha muntazam ravishda seminarlarni tashkil etib borsin;
2022-yil 1-iyulga qadar har bir indikator bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari va aniq mezonlarini belgilovchi reyting baholash uslubiyotini tasdiqlasin;
muntazam ravishda davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tegishli ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) mazkur qaror hamda reyting baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi o‘rinlarda — reyting baholash) tartibini belgilaydi.
2. Reyting baholash davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati samaradorligini puxta tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi.
3. Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha boshqa xalqaro standartlarning samarali joriy etilganligi hamda amaliyotga tatbiq qilinganligi reyting baholashning obyekti hisoblanadi.
4. Reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi.
5. Reyting baholash alohida indikatorlardan tashkil topgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
birinchi yo‘nalish — davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
ikkinchi yo‘nalish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
uchinchi yo‘nalish — davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
to‘rtinchi yo‘nalish — xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
beshinchi yo‘nalish — korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.
Bunda, indikatorlarni bajarish orqali:
81 balldan 100 ballgacha to‘plagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “yaxshi”;
55 balldan 81 ballgacha to‘plagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “qoniqarli”;
55 dan past ball to‘plagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “qoniqarsiz” deb topiladi.
7. Reyting baholash yo‘nalishlari bo‘yicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
birinchi yo‘nalish — maksimal 35 ball;
ikkinchi yo‘nalish — maksimal 30 ball;
uchinchi yo‘nalish — maksimal 15 ball;
to‘rtinchi yo‘nalish — maksimal 15 ball;
beshinchi yo‘nalish — maksimal 5 ball.
8. Yakuniy ballar mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan Reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlaridagi ballarni bir-biriga qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
9. Reyting baholash mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Agentlik har yili 5-yanvarga qadar “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) orqali reyting baholashdan o‘tkaziladigan davlat tashkilotlari ro‘yxatini tuzadi hamda bu haqda ularni yozma ravishda xabardor qiladi.
11. Davlat tashkilotlari tomonidan har chorakda (10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar) choraklik ma’lumotlar, har reyting baholash yili yakunida (10-yanvardan kechiktirmay) esa yillik ma’lumotlar elektron platforma orqali Reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlari jadvalini to‘ldirish yo‘li bilan kiritib boriladi.
Bunda, ushbu jadval savollarga “to‘liq bajarilgan”, “asosan bajarilgan”, “qisman bajarilgan” yoki “bajarilmagan” ustunlariga tegishli belgini kiritish hamda tasdiqlovchi hujjatlarni biriktirish orqali to‘ldiriladi.
12. Agentlik muntazam ravishda davlat tashkilotlari tomonidan elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilib boradi, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlariga uslubiy yordam ko‘rsatadi.
13. Davlat tashkilotlari har yili Agentlikning xatini olgandan so‘ng, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq muddatlarda elektron platforma orqali zarur ma’lumotlarni kiritadi.
Bunda, tizimga davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlarni kiritish taqiqlanadi.
14. Yillik ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng Agentlik har yili:
1-fevralga qadar tanlov asosida tegishli davlat tashkiloti tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini zamonaviy-axborot kommunikatsiya vositalarini (videokonferensaloqa, onlayn so‘rovnoma va shu kabilar) qo‘llagan holda masofaviy o‘rganadi. Bunda:
ma’lumotlarning haqqoniyligi zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy o‘rganiladigan davlat tashkilotlari soni faoliyati baholanayotgan davlat tashkilotlarining kamida 15 foizini tashkil etishi lozim;
ma’lumotlarning haqqoniyligi zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy o‘rganiladigan davlat tashkilotlari ro‘yxati Agentlik tomonidan, kiritgan ma’lumotlari shubhali, noto‘g‘ri bo‘lgan davlat tashkilotlari orasidan, mustaqil ravishda shakllantiriladi.
15. Ma’lumotlarning haqqoniyligini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy o‘rganish jarayonida noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar kiritilganligi aniqlangan taqdirda, Agentlikning o‘zi elektron tizimga kiritilgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda o‘zgartiradi va bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashiga ma’lumot beradi.
16. Reyting baholash natijalari elektron platforma orqali hisoblab chiqiladi. Avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi nazarda tutilmagan indikatorlar bo‘yicha ballar Agentlik tomonidan hisoblanadi.
17. Reyting baholash natijalarining xolisligini ta’minlash maqsadida har yili 9 kishidan iborat bo‘lgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ekspertlar guruhi) shakllantiriladi.
Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish, shu jumladan ekspertlarni tanlab olish mezonlari, ularning majburiyatlari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartib Agentlik tomonidan belgilanadi.
18. Ekspertlar guruhi tarkibi Agentlik tomonidan davlat tashkilotlari takliflariga asosan shakllantiriladi.
Ekspertlar guruhi tarkibiga, qoida tariqasida, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ekspertlar, shu jumladan amaliy tajriba va jamiyatda yuqori obro‘ga ega bo‘lgan boshqa shaxslar kiritiladi.
Bunda, Ekspertlar guruhi tarkibida kamida 3 kishi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan bo‘lishi lozim.
19. Ekspertlar guruhi Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini ko‘rib chiqadi.
Bunda, Agentlik tomonidan ushbu guruhga dastlabki reyting baholash natijalari va tegishli xulosalar taqdim etiladi. Ekspertlar guruhi so‘roviga ko‘ra, boshqa qo‘shimcha materiallar taqdim etilishi, elektron platformaga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin.
20. Ekspertlar guruhi har yili 15-fevralga qadar dastlabki reyting baholash natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:
dastlabki reyting baholash natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish yoki qisman o‘zgartirish haqida xulosa;
muqobil reyting baholash natijalari.
Bunda, xulosa va muqobil reyting baholash natijasi Ekspertlar guruhida ovoz berish natijalariga ko‘ra shakllantiriladigan fikr sifatida taqdim etiladi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda guruh rahbarining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
21. Ekspertlar guruhida qabul qilingan qarorga qo‘shilmagan guruh a’zosi o‘z fikrini alohida bildirish huquqiga ega.
22. Agentlik Ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosa yoki muqobil reyting baholash natijalarini har yili 20-fevralga qadar puxta tahlil qiladi, unga ko‘ra yakuniy baholash natijalarini shakllantiradi va baholanayotgan davlat tashkilotlariga taqdim qiladi.
23. Davlat tashkilotlari har yili 25-fevralga qadar Agentlik tomonidan yuborilgan yakuniy reyting baholash natijalarini ko‘rib chiqadi hamda zarurat bo‘lganda o‘z taklif va e’tirozlarini Agentlikka taqdim qiladi.
24. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va e’tirozlarni puxta tahlil qiladi va har yili 1-martga qadar reyting baholashni o‘zgartirish yoki o‘zgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.
25. Agentlik reyting baholash yakunlariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” bo‘lgan davlat tashkilotlari ro‘yxatini har yili 1-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga kiritadi hamda o‘z rasmiy-veb saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
26. Agentlik tomonidan reyting baholash yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “yaxshi” deb topilgan davlat tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini boshqa davlat tashkilotlarida ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Agentlik tomonidan “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritib boriladi.
27. Reyting baholash natijalariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha Agentlik tomonidan har yili 15-martga qadar tavsiyalar kiritiladi.
Davlat tashkilotlari kiritilgan tavsiyalarning bajarilish holati to‘g‘risidagi axborotni Agentlik belgilagan muddatlarda elektron platformaga kiritib borishi lozim.
28. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari har yili 20-martga qadar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlashi lozim.
29. Ketma-ket ikki yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi.
30. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
31. Agentlik, zarurat bo‘lganda, reyting baholashning qo‘shimcha yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlarini kiritishi mumkin. | 124 | 18,503 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IDORALARARO TUSDAGI XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh, BAJARISh, TO‘XTATIB TURISh, TO‘XTATISh VA BEKOR QILISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibining 3-moddasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari “Davavianazorat” inspeksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan”;
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va “O‘zavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan”. | 182 | 804 |
Qonunchilik | Banklar 3-chorakda internet-ekvayringni ishga tushirishni rejalashtirmoqda | Toʻqimachilik mahsulotlari, suvenirlar, kulolchilik, yogʻoch va charmdan ishlangan buyumlar – bular sayyohlar orasida talab katta boʻlgan an’anaviy sovgʻalardir. Ularni koʻplab doʻkonlar, bozorlar va hunarmandchilik rastalaridan хarid qilish mumkin. Ammo qator hunarmandlar va tadbirkorlar oʻz tovarlarini internet-doʻkonlar orqali sotishga ham allaqachon tayyor. Bunday savdo imkoniyati qachon vujudga keladi? Mazkur masala yuzasidan soʻrovimizga Markaziy bankning sharhini e’tiboringizga havola etamiz.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston internet-doʻkonlari tovarlarni хorijdagi jismoniy shaхslarga toʻlovni onlayn rejimida qabul qilish orqali sotishlari mumkinmi? Agar yoʻq boʻlsa, qachon shunday imkoniyat tugʻiladi?
Ayni paytda qator vakolatli banklar (TIF Milliy banki va “Ipak yoʻli banki” shular jumlasidan) tomonidan internet-ekvayring хizmatini ishga tushirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Ya’ni bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarning internet-maydonlarida Visa хalqaro kartalari boʻyicha toʻlov tizimining amalga oshirilishidir. Rejaga koʻra mazkur хizmat 2017 yilning 3-choragida ishga tushiriladi.
Internet doʻkonlar EKVda mablagʻlarni qabul qilish uchun qanday toʻlov tizimlarini ulashlari mumkin?
Xorijiy valyutada toʻlovlarni qabul qilish va valyutada pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun Visa hamda MasterCard хalqaro toʻlov tizimlaridan foydalanish mumkin.
Xaridorlar (хorijdagi jismoniy shaхslar) tomonidan joʻnatilgan toʻlovlar internet-doʻkonlarning valyuta hisobvaraqlari ochilgan vakolatli mahalliy banklar tomonidan qabul qilinadimi?
“Vakolatli banklar tomonidan хorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibi”ning (roʻyхat raqami 511, 1998 yil 22 oktyabr) 2.3-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikas rezidentlari-yuridik shaхslarning valyuta hisobvaraqlariga tashqi savdo yuritish bilan bogʻliq toʻlovlar boʻyicha chet el valyutasidagi summalar cheklovlarsiz hisoblab yozilishi mumkin.
Xorijiy хaridorlar Oʻzbekiston internet-doʻkonlari tovarlari uchun nafaqat plastik kartalar vositasida, balki hisobvaraqlardan (pul oʻtkazish yoʻli bilan) ham toʻgʻridan-toʻgʻri pul oʻtkazib toʻlovni amalga oshirishlari mumkinmi?)?
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq, eksport qiluvchilar toʻliq toʻlov ularning Oʻzbekiston banklaridagi hisob raqamlariga tushgandan va ushbu aхborot Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi (TSOYaEAT)ga kiritilgandan soʻng eksport kontraktlarini rasmiylashtirmasdan Internet tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Internet-doʻkonni Visa yoki MasterCard turidagi хalqaro toʻlov tizimiga ulash tartibi qanday?
Visa va MasterCard tizimlari хizmatlaridan foydalanish va ulanish tartibi mazkur tizimlarning teхnologik, teхnik va tashkiliy talablari va oʻzaro bitimlardan kelib chiqib belgilanadi.
***
Afsuski, “Internet-doʻkonlarni yanada rivojlantirish boʻyicha qanday loyihalar ayni vaqtda ishlab chiqish bosqichida turibdi?”, “Ular orasida korporativ valyuta plastik kartalarini ishga tushirish boʻyicha loyihalar bormi” degan savollarimiz javobsiz qoldirildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, joriy yilning 3-choragida internet-ekvayringning ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani (kamida ikki bank tomonidan) mahalliy internet-doʻkonlar uchun ajoyib yangilikdir.
Internet-ekvayring (ingl. «internet acquiring») — bu Internet orqali bank kartalaridan toʻlov qabul qilishga imkon beruvchi teхnologiya. Uning savdo hamda mobil ekvayringdan asosiy farqi shundaki, unda karta ma’lumotlarini fizik oʻqish uchun terminalning (POS, mPOS) boʻlmasligidir. Shu tariqa, plastik karta koʻrinishidagi fizik tashuvchilari mavjud boʻlmagan virtual bank kartalari hamda elektron karmon foydalanuvchilari Internet-ekvayringdan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Tahririyatdan: taqdim etilgan sharhlar uchun Oʻzbekiston Markaziy bankiga minnatdorlik bildiramiz.
Saida Jonizoqova, muхbirimiz. | 74 | 4,090 |
Qonunchilik | DON ETIShTIRUVChI XO‘JALIKLARNI SIFATLI BOShOQLI DON URUG‘LIGI BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-sentabrdagi PQ-1183-son “2010-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 9-son, 370-modda) 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda) va “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-sentabrdagi PQ-1183-son “2010-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 9-son, 370-modda) muvofiq don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom talablari don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni boshoqli don urug‘ligining yangi, istiqbolli, yuqori sifatli va serhosil navlari bilan ta’minlashga tatbiq etiladi.
2. Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni boshoqli donning yangi, istiqbolli, yuqori sifatli va serhosil navlari bilan ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kamida ikkita don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sug‘oriladigan yerlarida 1 gektardan hamda bitta don yetishtiruvchi xo‘jalikning sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarida 5 gektardan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi maydonda ushbu xo‘jaliklar bilan kelishilgan holda ko‘rgazmali maydonchalar (keyingi o‘rinlarda ko‘rgazmali maydonchalar deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ko‘rgazmali maydonchalarni tashkil etishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning hududiy filiallari hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi va uning hududiy bo‘linmalari javobgar hisoblanadilar.
3. Ko‘rgazmali maydonchalar tashkil etiladigan don yetishtiruvchi xo‘jaliklar, ularning joylashgan hududi va ularda ekiladigan boshoqli don ekinlari navlarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
4. Ko‘rgazmali maydonchalarda mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar tomonidan yaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda Davlat reyestri deb yuritiladi) kiritilgan, istiqbolli deb hisoblangan hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasida kamida bir yil davomida sinovdan o‘tgan bug‘doyning yumshoq va qattiq hamda arpaning yangi va serhosil navlari sinov maqsadida ekiladi.
5. Ko‘rgazmali maydonchalarga ekiladigan boshoqli don ekinlari navlarining urug‘ligi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning hududiy filiallari tomonidan bepul yetkazib beriladi.
6. Ko‘rgazmali maydonchalarda yetishtirilgan hosil yig‘ib olingach, boshoqli don ekinlari navlarining barcha qimmatli xo‘jalik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan ma’lumotlar 15-iyulgacha tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan hududdagi barcha don yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetkaziladi.
7. Ko‘rgazmali maydonchalarda yetishtirilgan hosil natijalaridan kelib chiqib, don yetishtiruvchi xo‘jaliklarning rahbarlari boshoqli don ekinlari navlari urug‘ligini xarid qilish uchun:
urug‘lik zaxirasi shakllanmagan yangi boshoqli don ekinlari navlari urug‘ligi uchun — 2 yil oldin;
ekib kelinayotgan, lekin urug‘lik zaxirasi yetishmaydigan boshoqli don ekinlari navlari urug‘ligi uchun — 1 yil oldin;
urug‘lik zaxirasi yetarli boshoqli don ekinlari navlari urug‘ligi uchun — joriy yilda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga yilning 20-iyuligacha buyurtma beradi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi bilan birgalikda ko‘rgazmali maydonchalardagi boshoqli don ekinlari hosili yig‘ishtirib olingach, har bir boshoqli don ekinlari navi urug‘ligidan 6 kg dan namunalar olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining markaziy laboratoriyasiga texnologik sifat ko‘rsatgichlarini tahlil qilish uchun yuboradi. Bunda, boshoqli don ekinlari donining sifatini aniqlashda haqqoniylikni ta’minlash maqsadida boshoqli don ekinlari navlarining nomlari Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi tomonidan kodlashtiriladi.
9. Ko‘rgazmali maydonchalarda yetishtirilgan boshoqli don ekinlari navlarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi va har yili 1-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilinadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi taqdim qilingan boshoqli don ekinlari navlarining sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishgan holda boshoqli donning yangi, istiqbolli va serhosil navlarini xarid qilish borasida don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni rag‘batlantirish uchun har yili yumshoq va qattiq bug‘doyning yangi, istiqbolli, qimmatbaho va kuchli navlari hamda arpaning istiqbolli va pivobop navlarining ro‘yxatini tasdiqlaydi.
11. Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni rag‘batlantirish Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallariga urug‘chilik hamda boshqa xo‘jaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urug‘lik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2382, 2012-yil 25-iyul) muvofiq amalga oshiriladi.
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan. | 119 | 7,350 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda QQS dunyodagi eng kam soliqlardan biriga aylanadi | QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi e’lon qilingan. Konsepsiya bandlaridan birida QQS stavkasining pasaytirilishi nazarda tutilgan.
QQS stavkasini 20%dan 12%gacha pasaytirish taklif etilmoqda. Bunda uni toʻlovchilar doirasi kengaytiriladi. Barcha biznes sub’yektlari, shu jumladan yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq oborotga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar ham uni toʻlaydi.
Bugungi kunda mikrofirmalar va kichik korхonalar faqat iхtiyoriy ravishda QQS toʻlaydilar, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari bundan mustasno.
QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash meхanizmlari soddalashtiriladi. Xarid qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar), shu jumladan chegirilmaydigan хarajatlar va kapital qoʻyilmalar (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar) boʻyicha butun «kiruvchi» QQSni hisobga kiritish taklif etilmoqda.
Mavjud tizimda QQSni faqat haqiqatda olingan hamda ishlab chiqarilgan va oʻz ehtiyojlari uchun ishlatilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha, agar bunda muayyan shartlarga rioya etilsa, hisobga kiritish mumkin. Kapital qoʻyilmalar va chegirilmaydigan хarajatlar boʻyicha QQS hisobga qabul qilinmaydi.
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari chakana tarmoq orqali sotiladigan boʻlsa, uni sotish boʻyicha oborotlarni QQS toʻlashdan ozod qilish moʻljallangan.
Soliq qamrovini oshirish maqsadida, shu jumladan tovarlarni import qilish chogʻida QQSni toʻlash boʻyicha samarasiz imtiyozlar inventarizatsiyadan oʻtkazilib, bekor qilinadi.
Soliq kodeksi va boshqa NHHlarda koʻp sonli soliq toʻlovchilarga QQSni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan, ular toʻlovdan ozod qilingan. Koʻpincha ular maqsadsiz tusga ega boʻlib, QQS toʻlash va hisoblash zanjiri uzilishiga olib keladi.
Dunyodagi QQS stavkalari toʻgʻrisida ma’lumotlar – bu yerda. | 63 | 1,789 |
Qonunchilik | “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 86 | 319 |
Qonunchilik | QQSning ortiqcha summasini qaytarish: yangi meхanizm | Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2775-2, 27.05.2019 y.).
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 apreldan boshlab nol stavkani qoʻllash natijasida vujudga kelgan QQSni qaytarish zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 ish kuni davomida soliq toʻlovchiga tezkorlik bilan qaytariladi. Soliq organlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi hamda QQS hisob-kitoblari taqdim etilmaydi (12.02.2019 yildagi PQ-4186-son qarorga qarang).
Shu munosabat bilan qaytarish meхanizmi ham oʻzgardi:
birinchidan, soliq toʻlovchi endi ariza bilan bevosida Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qiladi (ilgari – hududiy DSBga). Shu tariqa, tartib-taomildan soliq toʻlovchi va DSQ oʻrtasidagi yana bitta “pogʻona” chiqarib tashlandi. Eslatib oʻtamiz, 2018 yil mart oyida tuman DSI jarayonda ishtirok etishni toʻхtatgan edi. Bundan tashqari, endi murojaatni oʻz shaхsiy kabineti orqali elektron shaklda ham yuborish mumkin. DSQ va Moliya vazirligi Gʻaznachiligi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikka elektron formatda ham yoʻl qoʻyiladi.
Xususan, bu choralar tartib-taomilning umumiy muddatini amaldagi 15 ish kunidan 7 ish kunigacha qisqartirish imkonini beradi, chunki ilgari barcha hujjatlarni DSBda tasdiqlash, u tomonidan хulosa tuzish va keyinchalik hujjatlar paketini DSQga yuborish, DSQ tomonidan uni tekshirishga muayyan vaqt talab etilardi;
ikkinchidan, arizaga majburiy tartibda tovarlar eksport qilinganligi va valyuta tushganligi toʻgʻrisida ma’lumot ilova qilinadi va alohida hollarda 1 nusхada quyidagi qoʻshimcha hujjatlar talab etiladi:
uchinchidan, soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasi boʻyicha hisob-kitob tegishincha DSQga taqdim etiladi, biroq ilgarigidek 3 nusхada emas, balki 1 nusхada.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 52 | 2,164 |
Qonunchilik | AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVChILAR TAShISh SOHASIDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ALOHIDA TURLARINI AMALGA OShIRIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash hamda transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2006-yilning 1-iyuniga qadar avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni bosqichma-bosqich qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasin.
Mazkur qaror qabul qilinmasdan oldin ro‘yxatdan o‘tgan va avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati uchun litsenziya olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z faoliyatlarini avval olingan litsenziyaga muvofiq 2006-yilning 1-iyunigacha amalga oshirishlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, yakka tartibdagi tadbirkorlar litsenziyasining muddati o‘tmagan qismiga to‘g‘ri keladigan davlat boji summasi ushbu tadbirkorlar tomonidan tuziladigan yuridik shaxs — yo‘lovchilar tashuvchining litsenziya (litsenziya kartochkalari)ni olish vaqtida to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji hisobiga qo‘shilishi mumkin yoki belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir hafta muddatda avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘langan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qo‘shish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tayyorlashda, litsenziya talablarida avtotransport vositalari har yili texnik ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish majburiyligini ko‘zda tutsin.
5. Istisno tariqasida, tegishli litsenziyaga muvofiq yo‘lovchilarni tijorat asosida tashishga ixtisoslashgan yuridik shaxs — korxonaga jismoniy shaxslar tomonidan sotiladigan va qo‘shiladigan avtotransport vositalari uchun yuridik shaxslar Respublika yo‘l fondiga majburiy yig‘imlar to‘lashdan 2006-yilning 1-iyuniga qadar ozod etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 145 | 2,866 |
Qonunchilik | KREDIT AXBOROTI ALMAShINUVI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonunning maqsadi kredit axboroti almashinuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
kredit bitimi — kredit, qarz, lizing, faktoring, sug‘urta shartnomasi hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovni bo‘nak (oldindan to‘lash), kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tarzida berishni nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar;
kredit axboroti almashinuvi — kredit byurosi, kredit axboroti subyekti, kredit axborotini yetkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorligi;
kredit axboroti subyekti — kredit bitimi bo‘yicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qo‘yuvchi, shuningdek sug‘urtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
kredit axborotini yetkazib beruvchi — kredit axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
kredit axborotidan foydalanuvchi — kredit bitimi bo‘yicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi, shuningdek sug‘urta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan ta’minot bo‘yicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urtalash va ta’minotning boshqa turlari bo‘yicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek kredit axboroti subyektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to‘lov qobiliyatini, to‘lov intizomini va o‘zga sifatlarini aniqlashga ko‘maklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan:
kredit axboroti subyektini va kredit axborotini yetkazib beruvchini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha pul summasini to‘lash majburiyatlari to‘g‘risidagi;
kredit axboroti subyektiga aloqador shaxslar to‘g‘risidagi;
kredit bitimi bilan bog‘liq mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui.
Kredit tarixi o‘z ichiga:
kredit axboroti subyektini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti subyektining kredit bitimlari to‘g‘risidagi, shuningdek ularning ijro etilishi holati haqidagi;
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha pul summasini to‘lash majburiyatlari to‘g‘risidagi;
kredit tarixini shakllantirish sanasi to‘g‘risidagi, shuningdek kredit tarixini shakllantirgan kredit byurosi haqidagi ma’lumotlarni olishi kerak.
Kredit tarixiga kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan e’tiboran besh yildan ko‘p vaqt o‘tgan pul summasini to‘lash majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.
Kredit hisoboti — kredit tarixi tarkibiga kiruvchi axborotni to‘liq yoki qisman o‘z ichiga olgan hujjat.
Kredit hisobotining shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibi kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit hisoboti kredit byurosi tomonidan quyidagilarga taqdim etiladi:
kredit axborotidan foydalanuvchiga — kredit axboroti subyektining roziligi bilan;
kredit axboroti subyektiga — mazkur kredit axboroti subyektining barcha kredit axboroti yetkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining identifikatsiya ma’lumotlari ko‘rsatilgan so‘rovi bo‘yicha.
Kredit hisoboti kredit byurosi uni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov olgan kundan e’tiboran ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi.
Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti subyekti xususida taqdim etiladi.
Kredit byurosi — qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va kredit axboroti almashinuvini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
Kredit byurosining faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan kredit byurosi o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan yumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Kredit byurosining firma nomida “kredit byurosi” degan so‘z birikmasi yozilgan bo‘lishi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “kredit byurosi” degan so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Kredit byurosi o‘zining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqli.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashgan eri (pochta manzili) ko‘rsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
muassislar umumiy yig‘ilishining kredit byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomasi;
kredit byurosining ta’sis hujjatlari;
kredit byurosining rahbari va muassislari haqidagi ma’lumotlar;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta’minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kredit byurosining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi.
Kredit byurosining ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojining miqdori qonunda belgilanadi. Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
ta’sis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonunchilikka muvofiq bo‘lmaganda;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni ta’minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud bo‘lmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan hisoblanadi.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza takroran ko‘rib chiqilayotganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning bekor qilinishi kredit byurosining kredit axboroti almashinuvi bilan bog‘liq ilgari amalga oshirilgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishga sabab bo‘lmaydi.
Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta tegishli e’lon berib boradi.
Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda kredit axboroti ma’lumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega bo‘lsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti yetkazib beruvchilarni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini kredit axboroti ma’lumotlar bazasi olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan e’lonlarda kredit byurosining kredit axboroti ma’lumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi ko‘rsatiladi.
Agar kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega bo‘lmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda kredit axboroti ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tekin topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
kredit axboroti almashinuvi sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi.
Kredit byurolarining davlat reyestrini va Kredit axborotining davlat reyestrini yuritadi;
kredit byurolari uchun ichki audit o‘tkazishga, yillik hisobotlar tuzishga, shuningdek kredit axboroti himoya qilinishini ta’minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuviga doir majburiy talablarni belgilaydi;
kredit byurolarining faoliyatiga taalluqli hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni oladi;
kredit byurolarining faoliyatini belgilangan tartibda tekshiradi;
kredit byurosining rahbariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi, ko‘rsatmalar ijro etilmagan taqdirda javobgarlik choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikka muvofiq kredit byurolarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Kredit byurosi:
kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida shartnomalar tuzishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa bitimlar tuzishga;
kredit axborotini yetkazib beruvchilardan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etishini talab qilishga;
kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axboroti subyektlarining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, to‘lov qobiliyatini va to‘lov intizomini baholashda ko‘maklashish maqsadida maslahat xizmatlari hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatishga;
kredit axborotini yetkazib beruvchilarga kredit axborotini taqdim etishda ko‘maklashishga;
kredit axboroti subyektlari reyting bahosini hisoblash uslubini ishlab chiqish va undan foydalanishga;
boshqa kredit byurolaridan kredit axborotini so‘rab olishga haqli.
Kredit byurosi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Kredit byurosi:
kredit axborotining elektron shakldagi ma’lumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam ravishda yangilab borishi;
kredit axboroti kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay uni kredit tarixining tarkibiga kiritishi;
kredit axborotining xolisligi va ishonchliligini ta’minlashi;
axborotni himoya qilish xizmatini tashkil etishi;
kredit axboroti almashinuvini faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq amalga oshirishi;
kredit axboroti subyektlariga, kredit axborotini yetkazib beruvchilarga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axborotidagi noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni aniqlash hamda tuzatishda ko‘maklashishi;
kredit axboroti subyektining reyting bahosini hisoblash uslubini va kredit axboroti subyektini reyting baholashga ta’sir qilgan omillarni kredit axboroti subyektining yoki kredit axborotidan foydalanuvchining talabiga ko‘ra tushuntirib berishi;
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni va boshqa ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etishi;
kredit axborotining besh yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi shart.
Kredit byurosining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Kredit byurosining o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi yillik hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmasdan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Yillik hisobot mazmuniga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Kredit axboroti kredit axborotini yetkazib beruvchilar tomonidan kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida kredit byurolariga taqdim etiladi.
Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotlari bo‘lgan kredit axborotini yetkazib beruvchilar o‘zidagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga taqdim etishi shart.
Kredit axboroti, qoida tariqasida, elektron shaklda taqdim etiladi. Kredit axborotining qog‘ozda taqdim etilishi kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit axborotini yetkazib beruvchilar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti subyektining roziligisiz taqdim etadi.
Kredit byurolari kredit axboroti subyektining roziligisiz o‘zaro kredit axborotini almashishi mumkin.
Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish tijorat, bank sirining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning buzilishi deb hisoblanmaydi.
Kredit axboroti kredit byurosiga uning so‘roviga muvofiq quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan — Yuridik shaxslarning davlat reyestriga va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlar hajmida;
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan — Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga va ko‘chmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ma’lumotlar hajmida;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida;
ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar to‘g‘risida, shu jumladan yo‘qolgan yoki amal qilish muddati tugagani o‘rniga berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida, shuningdek avtomototransport vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risida;
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risida;
litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari to‘g‘risida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida.
Kredit axboroti kredit byurosiga qonunchilikka muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
Kredit byurosi kredit axborotini kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida kredit axborotini yetkazib beruvchilardan oladi va kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyekti yoki kredit axborotini yetkazib beruvchi yoxud kredit axborotidan foydalanuvchi bilan tuziladi.
Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
kredit axborotining turi, shakli, uni taqdim etish va yangilash tartibi;
taraflarning kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni ta’minlashga doir huquq va majburiyatlari;
kredit axborotidagi noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni aniqlash va tuzatishda taraflarning hamkorligi tartibi.
Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomada qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.
Kredit byurosi kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchiga faqat kredit axboroti subyektining roziligi bilan taqdim etadi.
Kredit axboroti subyektining o‘zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi qonunchilikka muvofiq yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida kredit axborotining sanasi, kredit axborotidan foydalanuvchi va kredit hisobotini taqdim etish maqsadi ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Kredit hisoboti faqat kredit axboroti subyektining roziligida ko‘rsatilgan kredit axborotidan foydalanuvchiga taqdim etiladi.
Kredit axboroti subyektining o‘zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi bir oy mobaynida haqiqiydir. Agar kredit axboroti subyekti va kredit axborotidan foydalanuvchi o‘rtasida kredit bitimi tuzilsa, unda mazkur rozilik tegishli kredit bitimi amal qiladigan butun muddat mobaynida haqiqiydir.
Kredit axboroti subyektining o‘zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida besh yil mobaynida saqlanishi kerak. Agar kredit axboroti subyekti va kredit axborotidan foydalanuvchi o‘rtasida kredit bitimi tuzilsa, unda kredit axboroti subyektining o‘zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida kredit bitimi ijro etilgan sanadan keyin besh yil mobaynida saqlanishi lozim. Kredit axborotidan foydalanuvchi kredit byurosining talabiga ko‘ra mazkur rozilikni tanishish uchun uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Kredit axborotini yetkazib beruvchi:
kredit byurosidan litsenziyasi mavjudligini talab qilishga;
kredit axborotini bir nechta kredit byurosiga taqdim etishga haqli.
Kredit axborotini yetkazib beruvchi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Kredit axborotini yetkazib beruvchi:
kredit byurosiga haqiqiy ma’lumotlarga asoslangan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axborotini taqdim etishi;
kredit byurosiga kredit axborotidagi o‘zgarishlar va yangilashlar haqida o‘z vaqtida xabar qilishi;
kredit byurosiga berilgan kredit axborotiga belgilangan tartibda, kredit axboroti subyektining talabiga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritishi;
kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq kredit byurosiga ma’lumotlar uzatish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlashi shart.
Kredit axborotini yetkazib beruvchining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Kredit axborotidan foydalanuvchi:
bir nechta kredit byurosidan kredit hisobotlarini olishga;
taqdim etilgan kredit hisobotining xolisligi va ishonchliligi yuzasidan kredit byurosiga o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga;
kredit byurolaridan kredit axboroti subyektining reyting bahosini hisoblash uslubini hamda kredit axboroti subyekti reyting bahosiga ta’sir qilgan omillarni tushuntirib berishni talab qilishga haqli.
Kredit axborotidan foydalanuvchi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Kredit axborotidan foydalanuvchi:
kredit axboroti subyekti to‘g‘risidagi kredit hisobotini kredit byurosidan olish uchun kredit axboroti subyektidan rozilik so‘rashi;
kredit hisobotining maxfiyligi va but saqlanishiga rioya etishi hamda unda mavjud bo‘lgan kredit axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi;
kredit hisobotidan faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanishi;
kredit axboroti subyekti xususida olingan kredit hisobotining ko‘chirma nusxasini uning so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;
kredit axboroti subyektining o‘zi haqidagi kredit hisobotini berishga ilgari olingan roziligini tanishib chiqish uchun kredit byurosining talabiga ko‘ra unga uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Kredit axborotidan foydalanuvchining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Kredit axboroti subyekti:
kredit byurosidan o‘zi haqidagi kredit hisobotini olish, shu jumladan bir yilda bir marta tekinga olish;
o‘zi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishi maqsadi to‘g‘risida va kredit hisoboti taqdim etilgan kredit axborotidan foydalanuvchilar haqida kredit byurosidan axborot olish;
kredit axborotidan foydalanuvchidan o‘zi haqidagi kredit hisobotining ko‘chirma nusxasini olish;
o‘zi haqidagi kredit axborotida xolis, ishonchli va yangilangan ma’lumotlar aks ettirilishi maqsadida unga o‘zgartirishlar kiritishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;
kredit axborotini kredit byurolariga o‘z vaqtida taqdim etishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;
o‘zi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritishni kredit byurosidan talab qilish;
o‘zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga rozilik berishni rad etish;
kredit byurosiga qilgan murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini talab qilish;
kredit byurosida mavjud bo‘lgan o‘zi haqidagi kredit axborotidan, qanday maqsadlarda bo‘lishidan qat’i nazar, foydalanish huquqiga ega.
Kredit axboroti subyekti qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini ta’minlashi kerak.
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit axboroti almashinuvi jarayonida o‘zlari olgan yoki o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.
Kredit axborotini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday ma’lumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Kredit axborotini taqdim etish va uning almashinuvi faqat kredit bitimi tuzish, uni o‘zgartirish hamda kredit bitimining ijrosini monitoring qilishdagi tavakkalchilikni baholash, shu jumladan kredit axboroti subyektlarini reyting asosida baholash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Kredit axborotining ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilmagan maqsadlarda taqdim etilishiga va almashinuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit axborotini, kredit tarixini, kredit hisobotlarini, shuningdek boshqa axborotni kredit axborotidan foydalanuvchi bo‘lmagan shaxslarga taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit axboroti almashinuvi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun 2012-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. | 39 | 25,864 |
Qonunchilik | “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 30-oktabrda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 86 | 495 |
Qonunchilik | TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZIShDA ULARGA ELEKTRON RAQAMLI IMZO KALITLARINI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-1474-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 6-son, 47-modda) muvofiq buyuraman:
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 4-son, 41-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 6-son, 47-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 297-modda) muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularga elektron raqamli imzo (bundan keyin — ERI) kalitlarini berish tartibini belgilaydi.
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olishda ularga bir vaqtning o‘zida ERI kalitlarini berish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga oluvchi organ (bundan buyon matnda ro‘yxatga oluvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Maxsus vakolatli organ — ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ;
elektron manba — hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlanadigan axborotni yozish, saqlash va qayta tiklash uchun foydalaniladigan moddiy manba;
kalitlarni hosil qilish — shifrlash algoritmlari orqali ikkita bir-biriga bog‘liq kalitlarni yaratish.
3. ERI kalitlarini olish uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan ro‘yxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ERI kalitini va sertifikatini berish uchun tadbirkorlik subyektining arizasi;
ERI kalitining sertifikati va ERI yopiq kaliti beriladigan shaxsning pasport nusxasi;
elektron manba.
4. Tadbirkorlik subyektlariga ERI kalitlarini hosil qilish uchun ro‘yxatga oluvchi organning mas’ul xodimlariga Davlat soliq qo‘mitasi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” qoshidagi ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi”ning (bundan buyon matnda Ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) ERI kalitlarini berish tizimiga kirish uchun elektron kalitlar beriladi.
5. ERI yopiq va ochiq kalitlarini hosil qilish Ro‘yxatga olish markazining ERI kalitlarini berish tizimi orqali elektron kalit yordamida ro‘yxatga oluvchi organning xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Ro‘yxatga oluvchi organning xodimi elektron manbani nusxa olishdan himoyasini ta’minlashi va ERI yopiq kaliti egasining shaxsan ishtirokida ERI yopiq va ochiq kalitining hosil qilinishini amalga oshirishi kerak.
7. Ro‘yxatga oluvchi organ ERI kalitlarini olish uchun ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektiga quyidagilarni taqdim etadi:
ERI yopiq kaliti;
ERI ochiq kaliti;
ERI kalitining sertifikati;
ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi serverining ochiq kaliti.
8. Tayyor ERI kalitlarini o‘z ichiga olgan elektron manbani tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga oluvchi organning ERI kalitlarini tayyorlash va berishni hisobga olish daftarida imzo qo‘yib oladi.
9. ERI yopiq va ochiq kalitlarini berish bilan bir vaqtda ro‘yxatga oluvchi organ tadbirkorlik subyektiga ERI kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat shaklida beradi.
Sertifikat quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ERI egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
agar ERI egasi yuridik shaxsning vakili bo‘lsa, mazkur yuridik shaxsning nomi;
ERI tartib raqami va amal qilish muddati;
ERI ochiq kaliti;
ERI ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo‘lgan ERI vositalarining nomi;
mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga oluvchi organning nomi va joylashgan manzili;
ERI foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ERI kalitlari sertifikatlari reyestrining elektron manzili.
10. ERI kalitining sertifikatini berishda uning egasiga ERI kalitidan foydalanish va uni saqlash qoidalari to‘g‘risida axborot, shuningdek ERI yopiq kaliti egasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risida tushuntirish taqdim etiladi.
11. ERI kaliti sertifikati hosil qilinganda, u ERI kalitlari sertifikatlarining davlat reyestriga kiritiladi.
12. ERI kaliti sertifikatining amal qilinishi ERI yopiq kaliti egasining ro‘yxatga oluvchi organga taqdim etilgan arizasi asosida to‘xtatib turiladi.
13. Ariza quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
ERI kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishning muddati (mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan ko‘p bo‘lmagan muddat ko‘rsatilishi lozim);
ERI yopiq kaliti egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ERI kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish sababi;
amal qilishi to‘xtatiladigan ERI kaliti sertifikatining tartib raqami;
ariza beruvchining imzosi va ariza berilgan sana.
14. Tadbirkorlik subyekti faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi arizani topshirgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida ro‘yxatga oluvchi organ ERI kalitining amal qilishini to‘xtatib turishi yoki qayta tiklashi lozim.
15. ERI yopiq va ochiq kalitlarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash Ro‘yxatga olish markazining ERI kalitlarini berish tizimi orqali elektron kalit yordamida ro‘yxatga oluvchi organning xodimi tomonidan bajariladi.
16. ERI kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilganda Ro‘yxatga olish markazi ERI kalitlari sertifikatlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda uch ish kuni mobaynida bu to‘g‘risida ERI egasini yozma ravishda xabardor qiladi.
17. ERI kaliti sertifikatning amal qilishini qayta tiklash ERI egasining arizasiga asosan ERI sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan muddat mobaynida amalga oshiriladi.
18. ERI kalitining sertifikati ERI yopiq kaliti egasining arizasi asosida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.
19. ERI kalitining sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
ERI kaliti sertifikatining tartib raqami;
ERI kalitining sertifikatini bekor qilish sanasi;
ERI kalitining sertifikati bekor qilinishining sababi.
20. Ro‘yxatga oluvchi organ ERI yopiq kaliti egasining roziligidan qat’i nazar, quyidagi hollarda ERI kalitining sertifikatini bekor qilishi shart, agar:
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa;
ERI kalitining sertifikati berilishiga asos bo‘lgan hujjatning amal qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo‘lsa;
ERI kalitining egasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollar aniqlanganda;
ERI kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan muddat tugaganda va uni qayta tiklash uchun ERI egasining arizasi mavjud bo‘lmaganda.
21. ERI kaliti sertifikati bekor qilingandan keyin Ro‘yxatga olish markazi ERI kalitlari sertifikatlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda uch ish kuni mobaynida bu to‘g‘risida ERI egasini yozma ravishda xabardor qiladi.
22. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
23. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 153 | 7,942 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining buyurtmalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomacining belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.A. Azizov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar har yili 1-dekabrga qadar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek, tegishli vazirlik, idora va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, har yili 10-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Respublika idoralararo komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi.
5. Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 3-yanvarga qadar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasiga yuboriladi.
6. Harbiy xizmatchi va fuqarolarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyruqlari qabul qilinadi. Ko‘krak nishonining guvohnomasi tegishlicha har bir vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolanadi.
7. Ko‘krak nishoni har yili 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni (yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
8. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining gazeta va jurnallari hamda respublikaning boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
9. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi.
10. Xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar ham ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishlari mumkin. Bu holatda ko‘krak nishoni va pul mukofoti ularning oila a’zolariga topshiriladi.
11. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
12. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
13. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishonining (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ko‘krak nishonining old tomonida sakkiz qirrali yulduzga kitob orqali taralayotgan nur tasvirlangan, ya’ni ma’naviyat nurlarining Qurolli Kuchlarga taralayotgan foni aks ettirilgan. Kitobning pastki qismida harflarining balandligi 1,3 millimetr bo‘lgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI” so‘zlari yozilgan.
Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiya bilan o‘ralgan oq rangdagi emal doira ichida “MA‘NAVIY-MA‘RIFIY ISHLAR A‘LOCHISI” so‘zlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
Ko‘krak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “Harbiy xizmatchilar va yoshlarning tarbiyasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun” so‘zlari yozilgan.
Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Ko‘krak nishoni shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Shoyi lentaning eni 24 millimetr. Matoning o‘rtasidan eni 4 millimetrli ko‘k rang yo‘l o‘tgan. Uning ikki yonidan eni 1 millimetrli oq yo‘llar joy olgan. Oq yo‘llarning yonidan eni 2 millimetrli ko‘k rang yo‘llar va eni 5 millimetrli yashil rang yo‘llar o‘tgan. Matoning chekkalaridan eni 2 millimetrli ko‘k rang yo‘llar o‘tgan.
Qadag‘ichning bo‘yi 48 millimetr, eni 45 millimetr.
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, tashqi burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q yashil rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 20 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3,5 millimetrli 5 satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qurolli Kuchlarining” uchinchi satrda “Ma‘naviy-ma‘rifiy”, to‘rtinchi satrda “ishlar a‘lochisi” va beshinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar to‘q yashil rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), tepa qismidan 8 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qurolli Kuchlari” va uning pastki qismida ko‘krak nishonining rangli tasviri aks ettirilgan. Ko‘krak nishonining pastki qismidan 8 millimetr yuqorida, markazda, oralig‘i 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Ma‘naviy-ma‘rifiy”, ikkinchi satrda “ishlar a‘lochisi”, uchinchi satrda “ko‘krak nishoni” so‘zlari yozilgan.
Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVOHNOMA” so‘zidan 7 millimetr pastda taqdirlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 10 millimetr quyida, markazda, oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “mudofaa vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan.
Undan 6 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ yil. “__” ________dagi”, ikkinchi satrda “__-sonli buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “Ma‘naviy-ma‘rifiy”, ikkinchi satrda “ishlar a‘lochisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
So‘nggi so‘zlardan 8 millimetr pastda, chap tomondan “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi yozilgan. | 125 | 11,441 |
Qonunchilik | 1998 YILDA YETIShTIRILADIGAN PAXTA XOM AShYoSI UChUN AVANS BERISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1998-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar bo‘yicha paxta xomashyosi yetishtirish hajmlariga doir taklifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 1998-yilda davlat tomonidan paxta tolasi xarid qilish miqdori uni ishlab chiqarish hajmining 30 foizi darajasida belgilansin.
Tasdiqlangan xaridlar hajmidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosidan olingan paxta tolasi xo‘jaliklar ixtiyorida qoladi va paxta xomashyosi tayyorlash topshirig‘ini bajarishgan taqdirda, ular tomonidan shartnomaviy narxlarda sotiladi.
3. Paxta tolasining 1998-yil uchun cheklangan narxlari paxta tolasini qayta ishlash va transportda tashish xarajatlarini hisobga olgan holda jahon narxlari darajasining 85 foizi miqdorida belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 1998-yilgi paxta xomashyosi xarid narxlariga jahon bozorida vujudga keladigan narx konyunkturasiga muvofiq zarur tuzatishlar kiritishga ruxsat etilsin.
4. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi:
1998-yilgi paxta xomashyosini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzishni joriy yilning 15-fevraligacha tugallasin;
1998-yilning fevralidan boshlab paxta xomashyosi sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzishgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra xo‘jaliklarning paxta yetishtirish joriy xarajatlarini qoplaydigan miqdorlarda, xarid narxlari bo‘yicha xomashyo qiymatining 50 foizi doirasida avans berib borsin;
xarid qilinadigan paxta xomashyosi uchun avans berishni paxta tolasini sotishdan tushadigan mablag‘lar va bank kreditlari hisobiga amalga oshirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 77 | 1,991 |
Qonunchilik | Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan:
“O‘zbekenergo” AJ va uning korxonalariga — tabiiy gaz xarajatlari qismini qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq;
issiqlik ta’minoti korxonalariga — aholi uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash uchun 2-ilovaga muvofiq subsidiyalar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Belgilansinki, ushbu band bilan kiritiladigan o‘zgartirishlar 2018-yil 16-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi oltinchi va yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining rus tilidagi matni 121-ilovasida:
12 va 13-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
izohning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 156 | 2,593 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga o‘zg | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ-1392-son qarorini bajarish yuzasidan hamda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, haydovchilik guvohnomalari berish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, avtomototransport vositalarining va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Transkasb” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyati bilan birgalikda barcha toifalardagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ishlab chiqsinlar, bunda yuk va yo‘lovchilar tashishda qatnashuvchi haydovchilar tarkibini tayyorlashni takomillashtirishga alohida e’tibor bersinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
I. Qarorda:
1) qarorning nomidagi “avtomototransport vositalarini” so‘zlari “avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2) 3-band chiqarib tashlansin.
II. O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘quv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (1-ilova):
1) Nizomning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”;
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, shuningdek Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) bo‘linmalarida imtihonlarni o‘tkazish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi”;
3) 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Agar tirkamaning ruxsat berilgan eng ko‘p massasi “V” toifaga tegishli bo‘lgan jihozlangan avtomobilning massasidan ortiq bo‘lmasa, transport vositalari bunday tarkibining ruxsat berilgan eng ko‘p massasi esa 3500 kilogrammdan ortiq bo‘lmasa, u holda bunday vositani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida “V” ustunida ruxsat beruvchi belgi qayd etilishi yetarlidir”;
4) II bo‘limning nomi va 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
6. Davlat ta’lim muassasasi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘z faoliyati boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi)ning xulosasini oladi. Davlat ta’lim muassasasi YHXBBga o‘zi qarashli bo‘lgan davlat organi orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Xulosa chiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasasining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi har tomonlama ko‘rikdan o‘tkaziladi”;
5) 7-bandga:
“hokimliklar” so‘zidan keyin “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Komissiya ishiga haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi boshqa mutaxassislar, shu jumladan boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, shuningdek tasarrufida ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari ham jalb qilinishi mumkin”;
6) 8 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Komissiya tomonidan tekshirilayotgan ta’lim muassasasining quyidagi talablarga javob berishi o‘rganib chiqiladi:
kamida 48 kv m maydonga ega bo‘lgan o‘quv xonalari mavjudligi, qishda isitilishi va yoritilganligi;
o‘quv transport vositalarini saqlash uchun maydoncha va ularni tuzatish uchun alohida usti yopiq joy mavjudligi;
o‘quv xonalari moddiy-texnika bazasining Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ta’minlanganligi;
ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritilgan avtomobilni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tkazish uchun yetarli darajada yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanganligi;
muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining ma’lumoti va bilim darajasi, shuningdek o‘quv xonalarining haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash darslarini o‘tkazishga tayyorligi;
haydovchilikka nomzodlarga amaliy boshqarishni o‘rgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan yopiq maydoncha, avtodrom mavjudligi yoki undan foydalanish to‘g‘risida shartnoma borligi;
o‘quv transport vositalarining texnik holati, ularning qo‘shimcha tepki (pedal)lari hamda taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi va boshqa masalalar.
Ta’lim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
9. Ta’lim muassasasining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi o‘rganib chiqilishi yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanib, YHXBBga taqdim etiladi.
Dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi va hududiy YHXBda, ro‘yxatdan o‘tkazish-imtihon bo‘limida (keyingi o‘rinlarda RIB deb ataladi) yoki YHXBBning tumanlararo RIBlarida (keyingi o‘rinlarda TRIB deb ataladi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida hamda ta’lim muassasasining o‘zida saqlanadi.
10. Komissiya qarori natijalari bo‘yicha YHXBB xulosa chiqaradi. Ushbu xulosa ikki nusxada tuziladi.
YHXBB tomonidan davlat ta’lim muassasasiga berilgan hujjatning birinchi nusxasi hisobga qo‘yish uchun hududiy YHXBga yuboriladi. Ikkinchi nusxasi tasarrufida ta’lim muassasasi bo‘lgan davlat organiga yuboriladi.
Ta’lim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qo‘yish ta’lim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Ta’lim muassasalarini hisobga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va belgilangan muddatlar mobaynida hududiy YHXBda saqlanishi kerak.
11. Ta’lim muassasalari rahbarlari hududiy YHXB bilan o‘quv guruhlarining sonini, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning boshlanishini va o‘qish muddatini kelishib oladi”;
7) 12-banddagi “30 kishidan” so‘zlari “25 kishidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8) 13-banddagi “hududiy YHXB kotibiyatiga” so‘zlari “hududiy YHXBga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9) 14-banddagi “o‘quv yurtlarining”, “YHXB RIB (TRIB)larida” va “o‘quv yurtlariga” so‘zlari tegishli ravishda “ta’lim muassasalarining”, “hududiy YHXBga” va “ta’lim muassasalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10) 15-16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Agar ta’lim muassasasi ko‘rsatmada ko‘rsatilgan muddat mobaynida kamchiliklarni bartaraf etmasa, ushbu ta’lim muassasalarining yangi o‘quv guruhlarini YHXB RIB (TRIB)da ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi.
16. Yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatmada ko‘rsatilgan kamchiliklar ta’lim muassasasi tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi”;
11) 17-banddagi “DYHXX”, “o‘quv yurtlari”, “yo‘l” va “o‘quv guruhlarida darslarni” so‘zlari tegishli ravishda “hududiy YHXB”, “ta’lim muassasalari”, “yo‘nalishli” va “o‘quv guruhlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. “A”, “V” va “S” toifalardagi avtomototransport vositalarini, shuningdek tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak, “D” va “E” toifali avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar esa YHXBB bilan kelishilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlovchi ta’lim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari shart”;
13) 19, 21, 25, 27, 32, 36, 37, 40, 41, 50, 58, 74, 87-bandlardagi “DYHXX” qisqartmasi “hududiy YHXB” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14) 20-banddagi “o‘quv yurtlari” so‘zlari “ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. “V” yoki “VD” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “S” toifali haydovchilarni qayta tayyorlashda, “V”, “S”, “VS” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “D” toifasiga haydovchilarni qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. Haydovchilarni “E” toifasiga qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihon topshiriladi.
Shaxs, agar transport vositasini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan bo‘lsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qo‘yiladi”;
16) 25-bandning birinchi xatboshidagi va 26-banddagi “o‘quv yurti” va “o‘quv yurtlarini” so‘zlari tegishli ravishda “ta’lim muassasasi” va “ta’lim muassasalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17) 28-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tijorat asosida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat transport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida uzluksiz boshqargan shaxslarga beriladi. Ularning faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan ko‘chirma, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos bo‘ladi”;
18) 30-31-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. “SE” va “DE” toifalardagi transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi ikki yil mobaynida tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega bo‘lgan va ta’lim muassasasida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da amaliy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
“DE” toifasidagi transport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega bo‘lgan haydovchilardan amaliy imtihonlar bo‘g‘imli avtobuslarda olinadi.
31. “D” toifasidagi transport vositasini boshqarish huquqi oxirgi uch yil mobaynida “V” yoki “S” toifasidagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega bo‘lgan, ta’lim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi”;
19) quyidagi mazmundagi 311-band qo‘shilsin:
“311. Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha transport xizmatlari ko‘rsatadigan, haydovchining o‘rnidan tashqari to‘rttadan ortiq o‘tirish o‘rinlariga ega bo‘lgan, biroq “D” toifasiga tegishli bo‘lmagan yengil avtomobillarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qo‘yiladilar.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchilar tashiydigan avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida “D” toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qo‘yiladi”;
20) 34-banddagi “haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar uchun — 30 soat, haydovchilik tajribasiga ega bo‘lmagan haydovchilar uchun — 60 soat” so‘zlari “D” toifali transport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega bo‘lmagan haydovchilar uchun — 224 soat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21) 42-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“42. Hududiy YHXBning RIB (TRIB) komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Komissiya tarkibiga:
hududiy YHXBning RIB (TRIB) boshlig‘i (komissiya raisi);
ta’lim muassasalarining haydovchilar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilari (imtihon topshirayotgan o‘quv guruhi o‘qituvchisi, shuningdek ta’lim muassasasidan bir nafardan ortiq o‘qituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari bo‘limi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi”;
22) 44-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“44. O‘quv guruhlari mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng haydovchilikka nomzodlarning o‘quv jarayonida dasturda ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy YHXB RIB (TRIB) xodimi tomonidan tekshiriladi va ularning ro‘yxati oldin taqdim etilgan ro‘yxat bilan solishtiriladi, shundan keyin o‘sha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi”;
23) 45-bandda:
birinchi xatboshidagi “DYHXX RIB (TRIB)” so‘zlari “hududiy YHXB RIB (TRIB)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “18-bandining ikkinchi xatboshida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “o‘lchami 3,5 x 4,5 sm” so‘zlari “3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan bo‘lishi kerak)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “o‘quv yurti” so‘zlari “ta’lim muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24) 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihondan so‘ng kamida o‘n kun o‘tgandan keyin o‘tkaziladi.
Ikkinchi marta imtihon sinovlaridan o‘tmagan shaxslar kamida besh soatdan iborat qo‘shimcha mashg‘ulotlardan o‘tganlaridan so‘ng (bu haqda ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotnoma beriladi) imtihon topshirishga qo‘yiladilar.
Olti oy mobaynida imtihon sinovlaridan o‘tmagan shaxslar belgilangan tartibda yana ta’lim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishlari kerak, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar bundan mustasno”;
25) 49-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
26) 52-bandning ikkinchi xatboshidagi “o‘quv yurtini” so‘zlari “ta’lim muassasasini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27) 56-bandning birinchi xatboshidagi “DYHXX” qisqartmasi “hududiy YHXB” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28) 69-banddagi “o‘qishni tamomlaganligi haqidagi o‘quv yurtining guvohnomasi yoki DYHXX RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi” so‘zlari “o‘qishni tamomlaganligi haqidagi ta’lim muassasasining guvohnomasi yoki hududiy YHXB RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29) 71-banddagi “DYHXX bo‘linmalari yoki RIB (TRIB)lar” so‘zlari “hududiy YHXBning RIB (TRIB)lari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30) 76-banddagi “o‘quv yurtlaridan” so‘zlari “ta’lim muassasalaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31) 77-banddagi “1968-yildagi Yo‘l harakati haqidagi Vena konvensiyasi” so‘zlari “Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32) 78-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“78. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarning), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish sharti bilan almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.
Tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi”;
III. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (2-ilova):
1) Nizom hamda II bo‘lim nomiga “Avtotransport vositalari” so‘zlaridan keyin “va shahar elektr transporti vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha barcha (yangi ochilayotgan) ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi”;
3) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi ta’lim tizimidan iborat:
a) “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun shaxslarni qayta tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash:
sog‘lig‘ining holati bo‘yicha maxsus tibbiy talablarga javob beradigan;
ma’lumoti umumiy o‘rta ma’lumotdan kam bo‘lmagan;
o‘quv muddati yakunida “A” toifasidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga, “V” va “S” toifalari uchun — 18 yoshga, “D” toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun — 21 yoshga to‘lgan shaxslar bilan olib boriladi.
b) “V”, “S”, “VS”, “VD” va “VSD” toifasidagi, boshqa toifadagi avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni qayta tayyorlash tegishli o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq tashkil qilinadi.”;
4) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘quv yurtlarida avtomototransport vositalari” so‘zlari “Ta’lim muassasalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash muddatlari tasdiqlangan rejalar va o‘quv dasturlariga muvofiq belgilanadi.”;
5) 7-banddagi “o‘quv yurtlarida” so‘zlari “ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6) 8-banddagi “Avtomototransport vositalari” so‘zlaridan keyin “va shahar elektr transporti vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
7) 9 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) tashkilotlar yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);
b) sog‘lig‘i va tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
v) 3 x 4 santimetrli 3 dona fotosurat (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushgan bo‘lishi kerak);
g) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
d) pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat”.
10. Haydovchilarni “S” yoki “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, tegishli ravishda “V”, “VC”, “VD” yoki “VDE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga qayta tayyorlashda 9-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, “V”, “VS” yoki “VSE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi hamda uzluksiz uch yillik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Haydovchilikka nomzodlarni o‘qishga qabul qilish, guruhdan guruhga o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va o‘qishni tugatganlik ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi kerak. Ta’lim muassasalarining rahbarlari guruhlarda mashg‘ulotlar boshlangungacha o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim.”;
8) 12-13-bandlardagi “avtomototransport vositalarini” va “avtomototransport vositalari” so‘zlaridan keyin tegishli kelishikda “va shahar elektr transporti vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
9) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Nazariy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar esa — yo‘l varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, avtotrenajyorlarda o‘tkazilgan mashqlar haydovchilikka nomzodning mashg‘ulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.”;
10) III bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
11) 15, 16, 20, 21-bandlardagi, IV, V bo‘limlar nomidagi va 24-banddagi “o‘quv yurtlarining”, “avtomotoransport vositalari” va “o‘quv yurtlarida” so‘zlari tegishli ravishda “ta’lim muassasalarining”, “avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari” hamda “ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori lavozimiga bilimi o‘rta ma’lumotdan kam bo‘lmagan, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish bo‘yicha uzluksiz besh yil (“D” toifasidagi transport vositasi bo‘yicha — uzluksiz yetti yil) stajga, shuningdek avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.”;
13) 22-23-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari haydovchilari bir yilda bir marta, yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar esa — har ikki yilda bir marta 30 soatlik dastur asosida mashg‘ulot o‘tishlari shart.
23. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi ta’lim muassasalari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun mulkiy huquq bilan jihozlangan o‘quv kabinetlariga, o‘quv-texnik uskunalarga, ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalariga, transport vositalarini boshqarish mashqlarini o‘tkazish uchun o‘quv avtodromiga yoki yopiq maydonga, o‘quv transport vositalariga ega bo‘lishlari kerak. Ta’lim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.”;
14) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasining namunaviy normativlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.”;
15) 26, 27, 28, 31, 32 va 35-bandlardagi “avtomotoransport vositalari” va “o‘quv yurtlari”, so‘zlari tegishli kelishikdagi “avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari” hamda “ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16) 33-34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. Ta’lim muassasasining imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi protokoliga asosan o‘qishni bitirganlik haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma bosmaxona usulida tayyorlangan bo‘lishi, hududiy kodga, seriya va tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak. O‘qishni tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar blankalari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan ta’lim muassasalari buyurtmanomalariga binoan tarqatiladi hamda qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
34. Avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganlik haqidagi guvohnoma avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.”. | 250 | 26,770 |
Qonunchilik | Bosh prokuraturada yangi boshqarmalar tashkil etildi | Prezidentning 15.02.2018 yildagi PF-5343-son Farmoni bilan Bosh prokuratura va boshqa idoralar tashkiliy tuzilmasida oʻzgarishlar nazarda tutilgan.
Bosh prokuratura tarkibida yangi boshqarmalarning tashkil etilishi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasidagi oʻzgartirishlarga olib keldi (quyidagi jadvalga qaralsin).
Tashkil etilgan boʻlinmalar
Tugatilgan boʻlinmalar*
Yoqilgʻi-energetika kompleksida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Bosh prokuraturaning Ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Moliya-bank sohasida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Bosh prokuraturaning Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Soliq va bojхona sohasida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Adliya vazirligining Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish va chet el investitsiyalari boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari
Transport, qurilish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari sohasida qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Davlat soliq qoʻmitasining Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari
Sogʻliqni saqlash, ta’lim sohasi va boshqa ijtimoiy sohada qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi
Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
Prokurorning ma’muriy sud ishlarini yuritishda vakolatlarini ta’minlash boshqarmasi
Tergovni uslubiy jihatdan ta’minlash boshqarmasi
* boʻshayotgan 323 ta shtat birliklari Bosh prokuratura boʻlinmalari, shu jumladan yangidan tashkil etilgan boshqarmalarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
1.03.2018 yildan prokuratura organlari хodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning oʻrnatilgan razryadlariga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravarga koʻpaytiriladi. Bosh prokuratura markaziy apparatining martaba darajasiga ega boʻlgan хodimlarining lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama haq 50%ni tashkil etadi. Bunda mazkur oylik ustama haq ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha va ustama haqlarni hisoblashda lavozim maoshlari tarkibiga qoʻshiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 52 | 2,602 |
Qonunchilik | Mehnat toʻgʻrisidagi lokal hujjatlar | Korхonada lokal normativ-huquqiy hujjatlar qanday tartibga solinadi? Bu savolga mehnat huquqi sohasi eksperti Abdusalom Risqullayev «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursida javob beradi. Kurs 16 iyul kuni «Norma» professional rivojlanish markazida boshlanadi.
– Har bir tashkilotda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qanday lokal normativ hujjatlar boʻlishi lozim? U yoki bu lokal normativ hujjatni qanday tuzish kerak? Kim va qanday tartibda hujjatni tasdiqlaydi? Bu masalalarga yechim topishda koʻpgina korхonalar muammolarga duch keladilar – deb ta’kidlaydi Abdusalom Risqullayev.
Bu mavzuga bejiz e’tibor qaratilmagan. Barcha хodimlar mukofot, moddiy yordam, yoʻl haqi va ovqatlanish uchun kompensatsiya toʻlovlari olishni хohlaydi. Mazkur hujjatlarda korхonadagi lavozim yoʻriqnomalari, mehnat tartibi va mehnatni tashkil qilishga doir boshqa masalalar bayon qilinadi.
Agar tashkilotda bunday normativ hujjatlar boʻlmasa, ragʻbatlantirish tusidagi barcha toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek yuridik nuqtai nazardan qoidalar bir marta qoʻpol tarzda buzilganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyati boʻlmaydi.
Kurs dasturi bilan havoladan oʻtib batafsil tanishish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, «Norma» nashriyoti Abdusalom Risqullayev muallifligida «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi»ni chop etmoqda. Nashrga buyurtma berishda knigi.uz kitob doʻkonidan foydalanish mumkin. Mazkur nashrda har bir korхona uchun zarur lokal normativ hujjatlarning toʻliq roʻyхati keltirilgan hamda ularni tuzish va tasdiqlash boʻyicha tavsiyalar berilgan. | 36 | 1,569 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN JAMLANMA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISh VA TAQDIM ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 10-dekabrdagi 20-15-334/15-sonli xatidagi xulosalariga asosan, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 10-dekabrdagi 20-15-334/15-sonli xati bilan bergan xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining Tijorat banklari tomonidan jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi 2004-yil 27-noyabrdagi 25/4-sonli qarori bekor qilinsin.
3. “Tijorat banklari tomonidan jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng, o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin. | 127 | 843 |
Qonunchilik | FERMER XO‘JALIGINI YURITISh UChUN YER UChASTKALARINI BERIShDA TANLOV G‘OLIBINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ–215-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2005-yil 4-yanvardagi 1-sonli “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi tashkil etishda tanlov g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (2005-yil 4-yanvar, ro‘yxat raqami 1439 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 1-son, 6-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari A. Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin.
Mazkur Nizom fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibini belgilaydi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasiga muvofiq fermer xo‘jaligini yuritish uchun quyidagi yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga ochiq tanlov asosida beriladi:
a) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari;
b) yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari;
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy o‘quv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi.
2. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazishda tanlov o‘tkazishga tayyorgarlik qilish va uni e’lon qilish, tanlovda ishtirok etish shartlari, tanlovni o‘tkazish tartibi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini va tanlov G‘olibining mulkka bo‘lgan huquqini rasmiylashtirish masalalari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli, 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli qarorlari hamda mazkur Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
3. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida, shuningdek ushbu yerlarni fermer xo‘jaliklariga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida tuman hokimi qaror qabul qiladi.
4. Tuman hokimining tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (ma’muriyati) binolarida osib qo‘yilishi kerak. E’londa yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil etilayotgan fermer xo‘jaligining mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning o‘tkazilish vaqti va joyi ko‘rsatilishi lozim.
5. Tanlov uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan va e’lon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida o‘tkazilishi kerak. Agar tanlovda ishtirok etishga yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya a’zosi tomonidan ariza berilgan bo‘lsa, u mazkur tanlovda ovoz berish huquqiga ega emas. Bu to‘g‘risida yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya yig‘ilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
6. Tanlovda ishtirok etish huquqiga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining boshliqlari ega.
7. Etarli texnika va pul mablag‘lariga ega bo‘lgan shaxslar bir necha loyihalarga talabgor sifatida ariza berishlari mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer ajratishga doir ikki loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqqan fuqarolarning, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari boshliqlarining ko‘rsatilgan yer uchastkalari bo‘yicha boshqa loyihalar yuzasidan o‘tkaziladigan tanlovlardagi ishtiroki to‘xtatiladi.
8. Yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi ariza tashkil etilayotgan xo‘jalikning biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tuman hokimiga beriladi. Arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turar joyi, so‘ralayotgan yer uchastkasi joylashgan joy, uning maydoni, mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuv, chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi tashkil etishda — boqilishi mo‘ljallanayotgan mollarning turlari bo‘yicha bosh soni, yer uchastkasini ijaraga olish muddati ko‘rsatiladi. Fuqarolarning arizasi maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
9. Tuman hokimi ariza kelib tushgan kuniyoq arizani tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga yuboradi. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ikki kun mobaynida arizalarni ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xulosa chiqaradi. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasi arizalar bilan birgalikda yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga yuboriladi. Agar komissiyaga yuborilgan ariza va hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, komissiya ariza bergan shaxsga komissiyaga ariza kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay kamchiliklarni aniq ko‘rsatgan holda asoslantirilgan yozma xabar beradi. Komissiya kotibi talabgorga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim bo‘lganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini ko‘radi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning to‘liq taqdim qilinishini, ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlashga ko‘maklashishi lozim.
10. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya fermer xo‘jaligiga yer uchastkalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnoma barcha hujjatlar, shu jumladan, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasi bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga taqdim etiladi.
Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
17. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning to‘liqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi o‘rganib chiqiladi.
18. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risida ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta o‘rganib chiqadi. Har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchining o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning to‘liqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
19. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida talabgorlarning imkoniyatlari quyidagi ko‘rsatgichlar asosida baholanadi:
mutaxassisligi;
ma’lumoti;
qishloq xo‘jaligidagi ish staji;
majburiyatlardan holi bo‘lgan pul mablag‘lari;
mavjud yaroqli texnikasi;
so‘nggi yillarda shartnomaviy majburiyatlarning qay darajada bajarilishi.
20. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
a) talabgorning mutaxassisligi va ma’lumoti ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
Xorijiy davlatlar, shu jumladan MDH davlatlari ta’lim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan so‘ng berilgan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar belgilangan tartibda tan olingan bo‘lishi lozim;
Talabgorning mutaxassisligini baholashda talabgorning ma’lumoti (oliy yoki o‘rta maxsus)dan qat’i nazar, faqatgina mutaxassislik inobatga olinadi. Mutaxassislik uchun eng yuqori ball fermer xo‘jaligi bo‘yicha maxsus mutaxassislikka ega bo‘lgan talabgorlarga beriladi. Bunda, fermer xo‘jaligi bo‘yicha maxsus mutaxassislik deganda fermerlik faoliyatini yuritishga doir maxsus mutaxassislikka ega shaxslar, shu jumladan aynan shu sohada kasb-hunar kollejini tamomlagan yoki shu sohada bakalavr (magistr) darajasini olgan yoxud boshqa ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
Bir necha mutaxassislik bo‘yicha ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan talabgorlarning faqatgina bitta eng yuqori balli mutaxassisligi inobatga olinadi.
b) talabgorning qishloq xo‘jaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat shu sohada o‘talgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
v) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablag‘lari mavjudligi bank tomonidan berilgan ma’lumotnomada tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bank ma’lumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Ayrim hollarda talabgor tanlovga pul mablag‘lari o‘rniga o‘z mol-mulkini taklif etishi mumkin. Bunda mol-mulk talabgorning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi lozim. Agar taklif etilayotgan mol-mulk talabgorga birgalikdagi mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa, bu holda tegishli oila a’zosining (ota-ona, er-xotin va farzandlar) notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lishi lozim.
Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisobvarag‘idagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan mavjud pul mablag‘i yoki mol-mulki 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Tanlovga taklif etilgan mol-mulklar qiymati quyidagi shartlar asosida inobatga olinadi:
1) mol-mulk baholangan va ularga bo‘lgan (chorva mollaridan tashqari) mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi lozim. Chorva mollarining talabgorga tegishliligi qishloq fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan, fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan imzolanib, muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma asosida aniqlanadi. Ularning narxi chorva bozori ma’muriyati tomonidan berilgan komissiyaga ma’lumotnoma asosida aniqlanadi;
2) talabgor tanlovga yuqori likvidli mol-mulkni (chorva mollari, tovar-moddiy boyliklar yoki boshqa tez sotiladigan mol-mulklar) taqdim etishi lozim;
3) tanlovga talabgorning shaxsiy uy-joyi, uy buyumlari va shu kabilarni, shuningdek sud qaroriga ko‘ra yoki boshqa asoslarga ko‘ra xatlangan mol-mulklarni taklif etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
4) tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga bevosita mulk huquqi asosida tegishli bo‘lmagan, shu jumladan talabgor ta’sis etgan (ishtirokchisi bo‘lgan) yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni taklif etishga yo‘l qo‘yilmaydi, talabgor sifatida tanlovda ishtirok etayotgan fermer xo‘jaligi bundan mustasno;
5) mol-mulk qiymatini aniqlashda tanlovda qatnashish uchun taklif etayotgan texnika vositalari qiymati hisobga olinmaydi.
Ikkita loyihaga ariza bergan talabgorning bir loyiha bo‘yicha tanlovda inobatga olingan pul mablag‘lari (mol-mulki) ikkinchi loyihaga tanlovda inobatga olinmaydi. Bunday talabgor o‘z pul mablag‘lari (mol-mulki)ni loyihalar o‘rtasida o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlashi mumkin.
g) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan texnika vositalari ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Loyihadagi yer maydoni o‘lchamiga ishlov berish uchun zarur bo‘lganidan ortiq taklif etilgan texnika vositalariga ball berilmaydi. Yer maydoni o‘lchamiga zarur bo‘lgan texnika vositalarining turlari va soni ularning imkoniyatlari (quvvati)ni hisoblash yo‘li bilan komissiya xulosasi asosida belgilanadi.
Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlari taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari ustav fondiga kiritilmaganligi, fermer xo‘jaligini sudning qaroriga muvofiq tugatish uchun asos hisoblanadi.
Ikkita loyihaga ariza bergan talabgorlarning bir loyihaga tanlovda inobatga olingan texnika vositalari boshqa loyihaga tanlovda inobatga olinmaydi. Biroq, agar talabgor taklif etayotgan texnika vositasining imkoniyatlari (quvvati) bir loyihadagi yer maydoniga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa, bunday texnika vositasi boshqa loyihaga tanlovda ham inobatga olinishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi boshlig‘i ushbu fermer xo‘jaligiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan texnik vositalarini tanlovga taklif etishi mumkin. Bu holda, texnika vositalarining imkoniyatlari fermer xo‘jaligining mavjud yer maydonini ham inobatga olgan holda baholanadi.
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
1) texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi to‘g‘risidagi belgi mavjud bo‘lgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
2) ball loyihadagi yer maydoni o‘lchamiga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan texnika vositasining har bir turiga (tegishli turdagi texnika vositasining sonidan qat’i nazar) beriladi.
3) taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qo‘yilgan ballar yig‘indisi 15 balldan oshmasligi lozim.
Talabgor tomonidan tanlovga taklif etilgan pul mablag‘lari (taklif etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari), taklif etilgan texnika vositalari tanlovda yutgan taqdirda bo‘lajak fermer xo‘jaligining ustav fondiga kiritiladi.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish jarayonida bevosita foydalanilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklar bo‘yicha sotish majburiyatini olish talab etilmaydi, bunday mol-mulklarni bo‘lajak fermer xo‘jaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olish kifoya.
Taklif etilgan pul mablag‘lari, mol-mulk va texnika vositalarini bo‘lajak fermer xo‘jaligining ustav fondiga kiritish majburiyati talabgorning arizasida ko‘rsatiladi.
Fermer xo‘jaligi ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirilmaganligi, shu jumladan, tanlovda taklif qilingan pul mablag‘lari, mol-mulk va texnika vositalarining ustav fondiga kiritilmaganligi natijasida shakllantirilmaganligi, fermer xo‘jaligini sudning qaroriga muvofiq tugatish uchun asos hisoblanadi.
4) tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga bevosita mulk huquqi asosida tegishli bo‘lmagan, shu jumladan talabgor ta’sis etgan (ishtirokchisi bo‘lgan) yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan texnika vositalarini taklif etishga yo‘l qo‘yilmaydi, talabgor sifatida tanlovda ishtirok etayotgan fermer xo‘jaligi bundan mustasno.
d) agar talabgor fermer xo‘jaligi boshlig‘i yoki oilaviy pudratchi bo‘lsa, u tomonidan ish faoliyatining so‘nggi uch yildagi mahsulot yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi to‘g‘risidagi tuman statistika bo‘limi (oilaviy pudratchi bo‘yicha esa — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi) tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Agar talabgor qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xo‘jaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) bo‘lsa, unda xo‘jalikning so‘nggi uch yildagi mahsulot yetkazib berish kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi to‘g‘risidagi tuman statistika bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
e) talabgor O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xatga ega bo‘lsa, 10 ball bilan baholanadi.
Bunda eng yuqori ball, barcha turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni yillar bo‘yicha bajarilishiga qarab mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan tartibda beriladi.
21. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichida komissiya tomonidan talabgorlar takliflarining iqtisodiy asoslanganligi baholanadi.
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligi talabgorning arizasi va biznes-rejasini, zarur hollarda esa, tavsiyanoma xatlarini tahlil etish asosida 5 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligini baholashda ariza va biznes-rejada nazarda tutilgan maqsadlarga erishish qanchalik haqiqatga yaqinligi, shuningdek talabgorning yer maydonidan ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lmagan hosildorlikni ta’minlash, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarini belgilangan muddatlarda to‘lash kabi majburiyatlarining to‘liqligi va ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
22. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning birinchi va ikkinchi bosqichlari bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi. Buning uchun tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 21 kundan keyin, lekin 25 kundan kechiktirmay, komissiya a’zolarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish unda komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Yig‘ilishda talabgorning har bir ko‘rsatgichi bo‘yicha tegishli ballni berish masalasi komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan ko‘rsatgichlar asosida ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir ko‘rsatgich bo‘yicha bitta ball beriladi.
Yig‘ilishda komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovoziga ko‘ra qo‘yilgan reyting ballari tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasiga qo‘yiladi. Ushbu varaqa tanlov o‘tkazilgan kuniyoq mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldirilib, komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
23. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash bosqichlarida eng yuqori reyting ballari to‘plagan talabgorlar komissiya qaroriga ko‘ra tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Bunda olgan bali eng yuqori ball olgan talabgordan 10 ballgacha yoki 10 ballga farq qilgan talabgorlar eng yuqori ball olgan talabgorlar hisoblanadi va tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Qolgan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmaydi va bunday talabgorlarga tanlovdan olinganligi to‘g‘risida yozma ravishda rad javobi beriladi.
Bir loyihaga talabgorlarning soni uchtadan kam bo‘lsa, olgan ballari miqdoridan qat’i nazar, ularning hammasi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
24. Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi, komissiya raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi hamda keyingi kundan kechiktirmay tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
Komissiya tomonidan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish shartlari ham e’lon qilinadi.
25. Tanlovni o‘tkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonunchilik hujjatlariga asosan talabgorlar deb e’tirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni o‘z vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun yolg‘on ma’lumotlar va soxta hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
26. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni tanlov o‘tkaziladigan binoda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishini ta’minlaydigan tarzda yozma shaklda e’lon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yo‘llashi shart.
27. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchini tanlashda talabgor sifatida e’tirof etilgan, biroq to‘plagan ballariga asosan tegishli loyihaga tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yilmagan talabgorlar to‘plagan ballarini saqlab qolgan holda boshqa loyihalar (ariza tushmagan yoki arizalar soni kam bo‘lgan loyihalar) bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish huquqini saqlab qoladilar. Bunday talabgor boshqa loyihaga tanlov o‘tkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasini ilova qilishi kifoya.
28. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan qatnashuvchi o‘z arizasini bir loyihadan olib, ushbu loyiha bo‘yicha tanlovda ishtirok etmasdan, avval to‘plagan ballarini saqlab qolgan holda shu xo‘jalikdagi boshqa loyihadagi yer maydoniga berish huquqiga ega. Bunday talabgor boshqa loyihaga tanlov o‘tkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish to‘g‘risidagi komissiya qarorini ilova qilishi kifoya.
Bu holda, talabgorning to‘plagan bali u ariza bergan boshqa loyihaga tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan talabgorlar to‘plagan balldan kam bo‘lmasligi lozim.
29. Tanlov uni o‘tkazish to‘g‘risida e’lon qilingan kundan so‘ng bir oydan keyin o‘tkaziladi va unda komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
30. Tanlov eng ko‘p ariza tushgan loyihalar bo‘yicha boshlanib, arizalarning soni kamayishiga qarab navbatma-navbat o‘tkazilishi kerak.
31. Komissiya a’zolari tomonidan har bir talabgorning qobiliyati, tegishli bilimi, ishbilarmonligi va saviyasi, fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish va boshqarish bo‘yicha berilgan savol-javoblar asosida 10 balli shkala bilan baholanadi. Tanlov varaqasi ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq har bir komissiya a’zosi tomonidan shaxsan to‘ldirib imzolanadi va komissiya raisiga topshiriladi.
32. Tanlovda har bir komissiya a’zosi tomonidan talabgorga qo‘yilgan ballar yig‘indisi komissiyada ball qo‘ygan a’zolar soniga bo‘linadi va talabgorga qo‘yilgan o‘rtacha ball hisoblab chiqariladi.
33. Tanlovda qatnashish uchun tanlash bosqichida to‘plangan ball va tanlovda olingan o‘rtacha ball yig‘indisi talabgorning yakuniy bali hisoblanadi.
Talabgorning yakuniy balining namunaviy hisob-kitobi mazkur Nizomning 6-ilovasida ko‘rsatilgan.
34. Eng ko‘p yakuniy ball to‘plagan talabgor tanlov g‘olibi deb topiladi va tanlov o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay e’lon qilinadi.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadilar.
35. Komissiya yakuniy yig‘ilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya yakuniy bayonnomasi qo‘shimcha ravishda ushbu korxonaning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
36. Agar bitta loyihaga faqat bitta talabgordan ariza kelib tushgan bo‘lsa, u holda tanlov muddati tugagandan so‘ng ushbu loyihaga belgilangan tartibda qayta tanlov o‘tkaziladi. Qayta tanlovda ham ushbu loyihaga boshqa talabgorlardan ariza kelib tushmasa, komissiyaning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan talabgorga ushbu loyihadagi yer uchastkasi berilishi mumkin. Bunda, talabgorning taqdim etgan hujjatlari va o‘tkazilgan suhbat natijasida olgan bali tanlovda qatnashgan va eng yuqori ball olgan talabgor balining yarmidan kam bo‘lmasligi lozim. Bu haqda komissiya yig‘ilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
37. Komissiyaning yakuniy yig‘ilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar tuman hokimiga yuboriladi.
38. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya va Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyalarning talabgorlarni tanlash va tanlov o‘tkazish bo‘yicha hujjatlari komissiya kotiblari tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman hokimligi xodimi bo‘ladi.
39. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov o‘tkazish bilan bog‘liq barcha hujjatlari tuman hokimligida har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan ajratilgan yerlar bo‘yicha alohida yig‘ma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar fermer xo‘jaliklarining barchasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng 2 hafta mobaynida tuman hokimligining idoraviy arxiviga topshiriladi.
40. Har bir yig‘ma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) loyihalar bo‘yicha barcha tanlovlarga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
b) komissiyaning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlari;
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
g) komissiyaning har bir loyiha bo‘yicha talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish to‘g‘risidagi qarorlari;
d) har bir komissiya a’zosi tomonidan to‘ldirilgan tanlov varaqalari;
e) tanlov yakuni bo‘yicha qo‘yilgan ballar hisob-kitobi;
j) tanlov o‘tkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalari;
z) talabgorlarni tanlash va tanlov o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.
Jildga reyting ballari berishga asos bo‘lgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
41. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni to‘liq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
42. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan tartibda hal etiladi.
43. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan. | 135 | 26,737 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA “MAHALLA” XAYRIYA JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | “Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 12-sentabrdagi 472-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining yuqori organi ta’sis konferensiyasi hisoblanadi. Ta’sis konferensiyasi jamg‘arma Boshqaruvini va taftish komissiyasini saylaydi, apparat tuzilmasini, xodimlari soni va ular mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilaydi. Boshqaruv apparatini saqlash “Mahalla” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Boshqaruv apparati xodimlarining soni ko‘pi bilan 20 kishidan iborat qilib belgilansin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamg‘arma o‘z bo‘limlariga ega bo‘ladi. Ular fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini ta’minlaydilar. Viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari xodimlari (rahbar, uning o‘rinbosari va mas’ul kotib) mehnatiga haq to‘lash Respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
“Mahalla” jamg‘armasi ustavi ta’sis konferensiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Quyidagilar “Mahalla” jamg‘armasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblansin:
tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an’analarini ommalashtirish, respublika aholisi o‘rtasida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish;
insonparvarlik va mehr-shafqat, kishilar o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini tushuntirish bo‘yicha faol tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish;
har bir aniq hududda yashovchi kamxarj oilalar, nogironlar, keksalar va bolalar huquqlarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilish;
har xil an’anaviy marosimlar o‘tkazish;
juda muhtoj oilalar va alohida shaxslarga tekin moddiy yordam ko‘rsatish;
mahallalar hududini obodonlashtirish;
3. Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm majmui (o‘rtoq Samandarov) 10 kun muddat ichida Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining ta’sis konferensiyasini o‘tkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining ustavini ro‘yxatga olsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, konsernlari, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar “Mahalla” xayriya jamg‘armasi quyi bo‘linmalari faoliyatiga ular tomonidan ustav vazifalarining amalga oshirilishida moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddat ichida Jamg‘arma hududiy bo‘limlarining bir maromdagi faoliyatini ta’minlash uchun zarur maishiy sharoitlar yaratsinlar, Toshkent shahar hokimligi ana shu muddatda Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi Boshqaruvini joylashtirish uchun xizmat binolari ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi, “Toshshahartranskorxona” uyushmasi shartnoma asosida Jamg‘arma Boshqaruvini xizmat avtomobil transporti bilan, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa shahar va hukumat aloqasi bilan ta’minlasinlar.
“O‘zshartnomasavdo” va respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-ta’minot tashkilotlari “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga zarur anjomlar va mebel ajratish masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsinlar.
6. O‘zbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi tomonidan respublika mahallalarida qurish uchun savdo korxonasi “Guzar” markazining namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining qurilish, transport va aloqa majmui (o‘rtoq To‘laganov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bu loyihalarni ko‘rib chiqsinlar va ularni 1992-1993-yillarda qurishni nazarda tutsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio-eshittirish kompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Davlat kinokompaniyasi Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi va uning hududiy bo‘limlari faoliyatini keng yoritsinlar, vazirliklar, korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar va muassasalarning bozor munosabatlari sharoitida respublika aholisiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ijobiy ish tajribasini targ‘ib qilsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari E.S. Samandarov, K.N. To‘laganov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida ko‘rib chiqilsin. | 89 | 4,432 |
Qonunchilik | Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi Toshkent shahar, Chilonzor 1-berk ko‘chasi manzilidagi O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 26-avgustdagi 194-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 35-36-son, 347-modda) 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi hamda arxivlar, idoraviy arxivlar xodimlari (arxivariuslar) hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi boshqa xodimlarning malakasini oshiradi, ushbu yo‘nalishda o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni amalga oshiradi, yangi ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi, arxiv ishi va ish yuritish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatadi.
3. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) buyruq va farmoyishlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir.
5. Markaz bevosita Agentlikka bo‘ysunadi. Agentlik Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.
6. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi;
qisqa nomi — Arxiv ishi va ish yuritish markazi;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Center for Scientific and Methodological Support and Advanced trainingof specialists in Archival Affairs and Record Keeping under the Uzarhive Agency of the Republic of Uzbekistan;
qisqa nomi — Center of Archival Affairs and Record Keeping;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Sentr po nauchno-metodicheskomu obespecheniyu i povisheniyu kvalifikatsii spetsialistov po arxivnomu delu i deloproizvodstvu pri Agentstve “Uzarxiv” Respubliki Uzbekistan;
qisqa nomi — Sentr arxivnogo dela i deloproizvodstva.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida xodimlar malakasini oshirish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, arxiv ishi va ish yuritish tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
arxivlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy muassasalar bilan hamkorlik qilish.
8. Markaz unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) arxiv ishi va ish yuritish sohasida xodimlar malakasini oshirish sohasida:
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarni malakasini oshirish tizimini takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning malakasini oshirishni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtirish, davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlari tizimli ravishda takomillashtirilishini ta’minlash;
b) arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, arxiv ishi va ish yuritish tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish sohasida:
o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda, o‘quv rejalari va dasturlari tizimli ravishda takomillashtirilishini ta’minlash;
arxivchi va ish yurituvchi xodimlarning malakasini oshirish mazmuni va sifatini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda Agentlikka kiritish;
v) o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olgan holda, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalanish orqali arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning malakasini oshirish yuzasidan o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani, shuningdek, jahonning eng yaxshi ta’lim muassasalari yutuqlarini umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirishning barcha bosqichlarida saboq berishning innovatsion metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy-amaliy va tadqiqot ishlari uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirishda ta’lim jarayonining yuqori darajasini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarga intilish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari va ijodiy mahoratni rivojlantirish;
g) arxivlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:
o‘quv-mashg‘ulot jarayoni sifatini oshirishga, arxivchi va ish yurituvchilar qobiliyatini rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning o‘z sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda o‘qitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallar, yordam ko‘rsatishning samarali shakllarini ishlab chiqish, sinab ko‘rish va o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etish;
malaka oshirishning samarali shakllarini (to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish, mustaqil o‘qib bilim olish, va boshqa shakllarini) joriy etishning tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;
ilmiy-metodik axborotni umumlashtirish va tarqatish, jurnallar, turli xil metodik materiallar, gazetalar, to‘plamlar, tavsiyanomalar va qo‘llanmalar tayyorlash;
milliy va xalqaro ilg‘or tajribadan foydalangan holda, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar mahoratini oshirish dasturlari, metodik tavsiyanomalar, qo‘llanma hamda ilmiy-metodik ishlanmalar bilan ta’minlash;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirish konsepsiyalari va prognozlarini ishlab chiqish, Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarining asosiy faoliyati uchun uslubiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, boshqaruv sohasidagi tadqiqotlar olib borish;
davlat va nodavlat tashkilotlarining so‘rovlariga muvofiq shartnoma asosida idoraviy arxivlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibidagi hamda boshqa turdagi hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishning xolati to‘g‘risida o‘rganishlar o‘tkazish, xulosalar tayyorlash va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
hujjatlarni uzoq muddat saqlash uchun fizik-kimyoviy va biologik sharoitlarni o‘rganish, hujjatlarni ta’mirlash va qayta tiklash, shuningdek, biologik himoya vositalari, usullari va texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish;
davlat va nodavlat arxivlari, shuningdek, idoraviy arxivlarga shartnoma asosida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
d) xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy muassasalar bilan hamkorlik qilish sohasida:
sohadagi xalqaro tajribalarni arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish jarayoniga tatbiq etish;
xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi xodimlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar hamda dars beradigan o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borish;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali o‘zlashtirishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
malaka oshirish sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish;
konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.
9. Markaz o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikka ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilgan holda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilot va muassasalardan arxiv hamda ish yurituvchi xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar hamda qo‘llanmalar tayyorlash;
aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo‘lmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish hamda xizmatlar narxlarini mustaqil belgilash;
yuqori mehnat ko‘rsatkichlari uchun Markaz xodimlarini davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash to‘g‘risida Agentlikka takliflar kiritish;
malaka oshirish bo‘yicha faoliyat sifati va samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali xodimlar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish (zarur hollarda shartnomalar asosida);
qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq o‘quv dasturlariga tuzatishlar kiritish;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
xorijlik tajribali xodimlarni jalb qilgan holda, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan kurslarni tashkil etish;
xodimlarni o‘qitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilg‘or metodikalarni o‘rganish bo‘yicha tajriba orttirishga yuborish;
o‘z faoliyatini ommaviy axborot, shu jumladan Internet jahon axborot tarmoqlarida keng yoritish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. Markaz:
ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlashga;
Markaz daromadlarining istiqbolli ko‘rsatkichlari bajarilishining natijadorligini tahlil qilishga va mablag‘lar tushishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga;
o‘z faoliyati to‘g‘risida Agentlik direktoriga hisobot berishga majburdir.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
11. Markaz o‘z faoliyatida bevosita Agentlikka bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
12. Markazga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
13. Markaz direktori bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Markaz direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori bilan kelishilgan holda, Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
14. Markaz direktori:
Markazga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Markaz faoliyatini tashkil etadi, Markazning shtat jadvalini shakllantiradi, Markaz nomidan mehnat shartnomalarini, boshqa shartnomalar va hujjatlarni imzolaydi;
ushbu Ustavga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
shartnoma asosida pulli o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xomiylik xayriyalari;
xo‘jalik faoliyati yuritishdan tushadigan mablag‘lar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
16. Shartnoma asosida malaka oshirish kurslari uchun xarajatlar smetasi Markaz tomonidan tuziladi va belgilangan tartibda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Xarajatlar smetasida kursning o‘quv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barcha dars mashg‘ulotlari uchun to‘lanadigan soatbay haq, Markazning moddiy-texnik ta’minoti, kursni tashkil etish va o‘tkazishga jalb etilgan (rahbar, pedagog va texnik) xodimlarga to‘lanadigan ish haqi, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, to‘lanadigan soliqlar uchun mablag‘lar nazarda tutiladi.
Shartnoma asosida tashkil etiladigan kurslarda o‘qish uchun mablag‘ tinglovchini yuborayotgan tashkilot yoki tinglovchi tomonidan qoplanadi.
17. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
18. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va zamonaviy talablari asosida, shuningdek, xalqaro standartlar va rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xodimlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari asosida amalga oshiradi.
19. Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kurslari ushbu Ustavga 1-ilovaga muvofiq tashkil etiladi.
Markazning o‘quv dasturlari xodimlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga asosan ishlab chiqiladi.
20. Markazga o‘qishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi, ularning o‘qish vaqti va muddati Markaz tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
To‘lov-shartnoma asosida tinglovchilarni o‘qitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Markaz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.
O‘qishga yuborilgan xodimlarning Markazga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
21. Arxiv ishi va ish yuritishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning arxiv va ish yurituvchi xodimlari uch yilda kamida bir marta malakasini oshirib boradilar.
22. Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va 1 haftadan (36 soatdan) kam bo‘lmasligi shart (qisqa muddatli malaka oshirish kurslari bundan mustasno).
23. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
24. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimi test sinovlari asosida baholanadi.
Tinglovchilar bilan yakuniy test sinovi malaka oshirish kursi dasturiga asosan o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘tkaziladi. Test sinovi natijalari “sinovdan o‘tdi” yoki “sinovdan o‘tmadi” deb qayd etiladi.
Arxiv ishi va ish yuritish markazi o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mazkur Ustavga 2-ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Test sinovini topshirmagan tinglovchiga malaka oshirish kursini tinglaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
25. Test sinovini topshirmagan tinglovchilar to‘g‘risida o‘quv kurslari tomonidan ularni yuborgan tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi. Agar tinglovchilar test sinovi natijalaridan norozi bo‘lsa, ular test sinovi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida Markaz direktori nomiga yozilgan ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bu holda Markaz direktorining buyrug‘i bilan o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv kursining amaliyotchi xodimlarining kamida uch nafar vakilidan iborat tarkibda apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tinglovchilarning arizasini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosa beradi.
26. Test sinovida uzrli sabab bilan qatnashmagan tinglovchilar test sinovida keyingi guruh tinglovchilari bilan birga qatnashishi mumkin.
27. Malaka oshirish kursini uzrli sababga ko‘ra oxirigacha tamomlamagan tinglovchilar kurslarni keyingi guruh bilan birga tamomlashi mumkin.
28. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar:
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilgan holda, navbatdagi kalendar yilga arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar haqida ma’lumotlarni ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqtini ko‘rsatgan holda Markazga taqdim etadi;
tasdiqlangan reja va jadval asosida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning belgilangan muddatda Markazga o‘qishga yetib borishlarini ta’minlaydi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
3. Jamg‘arma faoliyati ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallarining (shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlaridan tashqari) pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining 20 foizi miqdoridagi yillik majburiy ajratmalar;
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining 30 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga qo‘yishdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xomiylik xayriyalari;
xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Jamg‘armaga mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar hamda Markazning pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining majburiy ajratmalari har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay tushirilishi shart.
6. Jamg‘armaga davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining majburiy ajratmalari hajmining to‘g‘ri belgilanishi hamda belgilangan muddatda o‘tkazilishi yuzasidan mas’uliyat Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
7. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin.
8. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi.
9. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) davlat arxivlarining binolari va saqlovxonalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlarini inobatga olgan holda) amalga oshirishga, ularning moddiy holatini yaxshilash, shu jumladan zarur zamonaviy uskunalar, mebel, inventarlar bilan jihozlash, kuzatuv, nazorat, yong‘in xavfsizligi va identifikatsiya tizimlari, vositalari va qurilmalari bilan ta’minlash va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar xarid qilish;
b) axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish, ish jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi tizimlarni yaratish, Agentlik, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish, interaktiv resurslar va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni ishchi holatda saqlash va xizmat ko‘rsatish;
v) xorijiy davlatlardan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari yoki ularning nusxalarini qaytarish;
g) jismoniy va yuridik shaxslardan arxiv hujjatlarini sotib olish;
d) Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish, shu jumladan:
Agentlik xarajatlarini, shuningdek, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini o‘tkazish xarajatlarini qoplash, suvenirlar, mahsulotlar, bukletlar va axborot-ma’rifiy materiallarni xarid qilish;
respublikada va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish va ularni o‘tkazish;
xorijiy mehmonlarning tashrifi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
e) Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash, ijtimoiy himoya qilish, o‘qitish va malakasini oshirish;
j) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
z) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari xodimlarini xorijiy davlatlarning arxiv, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, tajriba almashish;
i) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari xodimlariga mamlakatda va xorijdagi rejadan tashqari xizmat safarlari xarajatlarini qoplash uchun to‘lab berish;
k) qonunchilikda taqiqlanmagan Agentlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlar.
10. Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik markaziy apparatining quyidagi xarajatlariga yo‘naltirilishi mumkin:
Agentlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan axborot-kommunikatsiya jihozlari, mebel, inventarlar va transport vositalarini xarid qilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar;
xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar berish va ijtimoiy muhofaza qilish (yo‘lkira va ovqatlanish xarajatlari uchun qo‘shimcha haqlar ko‘rinishida) xarajatlarini amalga oshirish.
Agentlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va uning tarkibiga kiruvchi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibiga asosan amalga oshiriladi.
11. Jamg‘armadan mablag‘ ajratishga oid murojaatlar Agentlikning hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston milliy arxivlari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari tomonidan ushbu xarajatlarni asoslovchi tegishli hujjatlar bilan birga Agentlikka taqdim etiladi.
Hujjatlarning asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi yuzasidan hududiy boshqarma boshliqlari, O‘zbekiston milliy arxivlari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari javobgardir.
12. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
13. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat Agentlik direktori o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston milliy arxivlari direktorlari, Markaz direktorining asosli yozma murojaati asosida Jamg‘armani boshqarish Kengashi roziligi bilan amalga kiritiladi.
14. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun Jamg‘armani boshqarish Kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etiladi.
Kengash Agentlik, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlarining 21 — 23 nafar rahbar va mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengashning shaxsiy tarkibi, qoidaga ko‘ra, bir yilda bir marta Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash a’zolari Kengash tarkibida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha a’zolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Kengash, qoidaga ko‘ra, Kengash raisi, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Agentlik direktori lavozimiga ko‘ra Kengash raisi hisoblanadi.
15. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
hisobot yili yakuni bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
16. Kengash a’zolarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
arxiv ishi va ish yuritish tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritish;
Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish.
Kengash a’zolari majlisda shaxsan qatnashadi. Qatnashishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, Kengash a’zosi majlisning kun tartibi bo‘yicha o‘z fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
17. Kengash raisi:
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Kengash a’zolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Kengashning samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Kengash kotibi:
Kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
majlisni o‘tkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
kun tartibi masalalari bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Kengash a’zolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibi loyihasidan xabardor qiladi;
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Kengash kotibi Kengash a’zosi hisoblanadi.
19. Kengash o‘z majlislarini zaruratga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
20. Kengash majlisini Kengash raisi, u bo‘lmagan taqdirda esa — Kengash raisi o‘rinbosari olib boradi.
21. Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, o‘tkazilgan hisoblanadi.
22. Majlisni o‘tkazish uchun kvorum yoxud rais yoki uning o‘rinbosari bo‘lmaganda, Kengash majlisini o‘tkazishning yangi sanasi e’lon qilinadi.
23. Kengash majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga ko‘ra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, davlat arxivlarining xodimlari taklif etilishi mumkin.
24. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, Kengash mablag‘laridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari bo‘yicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan a’zolari uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda direktor buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
25. Agentlikning buxgalteriya bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
Jamg‘arma hisobidan uning faoliyatini yuritish uchun ikki nafar bosh mutaxassis lavozimi shtat birligini saqlashga ruxsat etiladi.
26. Ishchi organ:
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi;
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
hududiy boshqarma boshliqlari va O‘zbekiston milliy arxivlari, Arxiv ishi va ish yuritish markazi rahbarlarining Jamg‘armadan mablag‘ ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi va Kengashga ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Jamg‘armaning tushumlar manbalari bo‘yicha daromadlari hamda asosiy xarajatlari yo‘nalishlari bo‘yicha hisobini yuritadi;
har chorak yakuni bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi hamda Kengashga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
27. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat ko‘rsatish ishlari Agentlikning buxgalteriya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
28. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Agentlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
29. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda har yili Agentlik hay’ati yig‘ilishida 15-aprelgacha tasdiqlanadi.
30. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar ro‘yxatlari Agentlikning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
31. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Agentlik buyrug‘i bilan tashkil etilgan tegishli ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
32. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat boshqa tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning qoidalari tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) davlat tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini (keyingi o‘rinlarda — davlat nazorati) amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
4. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosidagi davlat tashkilotlarida davlat nazorati tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha me’yorlar va qoidalarning barcha buzilishlari to‘g‘risida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini xabardor qiladi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan buzilishlarning oldini olish bo‘yicha ularning takliflarini hisobga oladi.
Davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
5. Agentlikning davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
davlat tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish hamda mazkur sohadagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi nazoratini, arxivlarga hujjatlarni topshirishning belgilangan tartibiga va ularni saqlash rejimiga rioya etilishini ta’minlash;
idoraviy saqlov va arxiv saqlovi bosqichida arxiv fondlari va arxiv hujjatlari saqlovini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, arxiv hujjatlarini saqlash muddati tugamasdan turib noqonuniy yo‘q qilinishining oldini olish;
axborot tashuvchilarning turidan qat’i nazar, arxiv hujjatlari va hujjat aylanishi bilan ishlashni tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ijrosini nazorat qilish, ularni joriy saqlashni tashkil etish bo‘yicha uslubiy hujjat ishlab chiqish va tarqatish;
davlat tashkilotlarining hududiy boshqarmalarida ish yuritishni ta’minlash holati bo‘yicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish;
arxiv ishi va ish yuritishning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini xabardor qilish va ular tomonidan arxiv ishi va ish yuritish bilan bog‘liq majburiyatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tizimli asosda arxiv ishi va ish yuritish sohasida huquqiy savodxonlikni va qonunchilikni qo‘llash madaniyatini oshirish, ushbu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan axborot-tushuntirish va ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
6. Quyidagilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududlarda joylashgan arxiv va idoraviy arxivlardagi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
idoraviy saqlov va arxiv saqlovi bosqichida arxiv hujjatlarining saqlanishini, shuningdek, davlat tashkilotlarning arxiv hujjatlarini noqonuniy yo‘q qilishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
7. Davlat tashkilotlarida, ularning idoraviy arxivlarida hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari davlat nazoratining obyektlari hisoblanadi.
8. Davlat nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat tashkilotlari tomonidan arxiv ishi va ish yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini tekshirish;
obyektda arxiv hujjatlarini saqlash holatini ko‘rikdan o‘tkazish va ularni qayd etish;
so‘rovnomalar yo‘llash, zarur bo‘lgan axborot, hujjat va materiallarni olish va tahlil qilish;
arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha hujjat va materiallarni taftish qilish.
9. Agentlik va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, davlat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni va boshqa axborotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etmasliklari shart.
10. Davlat tashkilotlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslariga ish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratadi, tegishli hujjatlarni taqdim etadi hamda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tushuntirishlar beradi.
11. Davlat nazorati Agentlikning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlik nomidan:
“O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha davlat nazorati bo‘limi boshlig‘i;
“O‘zarxiv” agentligi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha davlat nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi;
hududiy boshqarmalar boshliqlari va bosh mutaxassislari Arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi.
12. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
davlat tashkilotlaridan arxiv ishi va ish yuritishga oid zarur ma’lumot, axborot, tushuntirish va hujjatlarni so‘rash hamda bepul olish;
davlat nazoratini amalga oshirish davomida zarur hujjatlarni o‘rganish, arxiv saqlovxonalarini foto, videotasvirga tushirish;
arxiv hujjatlariga zarar yetkazgan, qonunchilik hujjatlarini buzgan va boshqa shaxslardan yozma ravishda tushuntirish olish;
davlat tashkilotlarining bino va inshootlariga arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi faoliyati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish uchun mazkur bino va inshootlarda bo‘lish qoidalariga rioya qilgan holda kirish va ko‘zdan kechirish;
arxiv ishi va ish yuritish qonunchilik hujjatlarining buzilish sabablari hamda arxiv hujjatlarining saqlov sharoitlarini aniqlash;
arxiv ishi va ish yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida davlat tashkilotlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
davlat nazorati natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma, dalolatnoma, xulosa, hisobotlar tuzish va tasdiqlash;
arxiv ishi va ish yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish;
qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa huquqlarga ega.
13. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
davlat tashkilotlariga davlat nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrug‘i nusxasi, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishga;
davlat tashkiloti faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslikka;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlashga;
davlat nazorati natijasini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda davlat nazoratidan o‘tgan davlat tashkilotiga taqdim etishga;
huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda unga ta’sir ko‘rsatishning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rishga majbur.
14. Davlat nazorati ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlarida, shuningdek, O‘zbekiston milliy arxivlarida — Agentlikning tegishli mansabdor shaxslari (respublika darajasida);
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi organlarining tegishli hududiy boshqarmalari va viloyat ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va viloyat davlat arxivlarida — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari (hududiy darajada);
tuman va shahar ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari, shuningdek shahar va tumanlar davlat arxivlarida — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari (tuman (shahar) darajasida).
15. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda davlat tashkilotlari faoliyatida arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonun buzilishlarining profilaktikasi va oldini olish maqsadida rejali tartibda ishchi va o‘quv seminarlarda axborot-tushuntirish ishlari amalga oshiriladi.
16. Davlat nazorati kalendar yil uchun 15-yanvardan kechiktirmasdan, yilning boshida tasdiqlanadigan davlat nazorati rejasiga muvofiq ikki yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Davlat nazorati rejasi:
respublika darajasidagi reja — Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi;
viloyat va tuman (shahar) darajasidagi reja — tegishli hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi;
barcha darajadagi davlat nazorati rejalarini o‘z ichiga olgan davlat nazoratining umumiy rejasi tasdiqlangandan so‘ng bir hafta muddatda Agentlik veb-saytining tegishli bo‘limida joylashtiriladi.
17. Davlat nazoratini amalga oshirish rejalashtirilgan davlat tashkilotiga rasmiy (yozma) bildirishnoma uning olganligini tasdiqlashni so‘ragan holda:
ushbu davlat tashkilotini davlat nazorati rejasiga kiritish to‘g‘risida joriy yil uchun reja tasdiqlanganidan keyin — bir hafta ichida, biroq tashkilotda davlat nazorati o‘tkazilishidan o‘n kun oldin;
davlat nazoratini o‘tkazish bo‘yicha — davlat nazorati o‘tkazilishidan bir hafta oldin yuboriladi.
Davlat tashkiloti o‘z vaqtida xabardor qilinmagan taqdirda, rejaga muvofiq tashkilotda davlat nazoratini o‘tkazish muddati ushbu tashkilotni bevosita xabardor qilish orqali keyingi oyga qoldiriladi.
18. Davlat nazorati o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida amalga oshiriladi.
19. Davlat nazorati natijalari bo‘yicha arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilish holati va aniqlangan qonun buzilishi to‘g‘risida davlat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuziladi.
Xulosaga asosan Agentlik tomonidan davlat tashkilotlariga va (yoki) ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni yuzaga keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning yo‘qolishi yoki noqonuniy yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha tashkilotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish to‘g‘risidagi takliflar bilan taqdimnoma kiritiladi.
Arxiv hujjatlarini topshirish, saqlash va ulardan foydalanishning, shuningdek, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatishning belgilangan tartibini buzganlik holatlari aniqlanganda, Agentlik organlarining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida mazkur holatlar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzadi va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
20. Respublika darajasidagi davlat nazoratini tashkil etishda O‘zbekiston milliy arxivlarining tajribali xodimlari jalb etiladi.
Hududiy va tuman (shahar) darajalaridagi davlat nazoratini samarali tashkil etish uchun viloyat, shahar va tuman davlat arxivlarining tajribali xodimlari jalb etilgan holda hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
21. Hududiy komissiyalar quyidagi tarkibda tuziladi:
tegishli hududiy boshqarmaning bosh mutaxassisi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va tegishli viloyatlar davlat arxivlari xodimlari;
tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakili.
22. Arxivlarda (O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar davlat arxivlari) davlat nazoratini o‘tkazishda tekshirilayotgan arxiv asosiy ish joyi bo‘lgan arxiv xodimini, shuningdek, o‘rindoshlik asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi arxiv xodimlari komissiya tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Hududiy komissiya o‘z faoliyatida Agentlikka hisobdordir.
24. Nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxslarining hatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
25. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
26. Ushbu Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. | 95 | 47,213 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TAShQARI PENSIYA JAMG‘ARMASINING TAShKILIY TUZILMASINI ShAKLLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda pensiya ta’minoti tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
1. 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Kuzatuvchilar kengashi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
2. Quyidagilar belgilansin:
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlar va majburiyatlar qismida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ijtimoiy ta’minot organlarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Pensiya jamg‘armasining yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo‘linmalari xodimlarining tegishli soni hisobiga, o‘tkaziladigan attestatsiya natijalariga qarab to‘ldiriladi;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori Pensiya jamg‘armasi Kuzatuvchilar kengashining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlarining xodimlariga moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolar pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo‘linmalaridagi fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yig‘majildlari, buxgalteriya hujjatlari, arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilishi va Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalariga topshirilishini ta’minlasin;
tegishli xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya jamg‘armasining yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlash uchun bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, xalqaro tajribani hisobga olib, mehnatga layoqatsizlikni e’tirof etishning ilg‘or usullarini joriy etishni nazarda tutgan holda, tibbiy-mehnat ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek tibbiy-mehnat eksperti komissiyalari sonini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida tegishli bo‘limlar tashkil qilinishi munosabati bilan ulardagi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining nazorat-taftish bo‘linmalarini va Pensiya jamg‘armasining Nazorat inspeksiyasini tugatish hisobiga 61 nafar, shu jumladan markaziy apparatdagi xodimlar soni 11 nafarga ko‘paytirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarorining 3-bandi va 1 — 3-ilovalari 2010-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 161 | 4,623 |
Qonunchilik | Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga gʻamхoʻr boʻlaylik | Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya sohasidagi muhim ehtiyojlardan biri vasiylik va homiylik instituti qonunchilik asoslarini takomillashtirish, vasiylik va homiylik faoliyatining samarali meхanizmlarini yaratishdir.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining (bundan buyon - Dastur) 4-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 fevraldagi 42-son qarori bilan tasdiqlangan 2016 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
“Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi 4-bandining birinchi хatboshisida “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (bundan buyon - Qonun) bolalarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom oilada yashash va tarbiya olish huquqlarini ta’minlashga qaratilgan, shuningdek, shaхsda mavjud boʻlganda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiy (homiy) etib tayinlanishni rad etadigan kasalliklarni belgilash tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish vazifasi belgilangan.
Qonunning 22-moddasida vasiy va homiy etib tayinlanishi mumkin boʻlmagan shaхslar keltirilgan. Lekin mazkur moddada sogʻligʻining holatiga koʻra vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaхslarga vasiylikka (homiylikka) bolani berish yoki bermaslik masalasi tartibga solinmagan. Bu esa oʻz navbatida kelgusida bolalarning sogʻligʻiga va turmush tarziga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu sohadagi milliy qonunchiligimiz hamda хorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasi oʻrganildi1.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 13724 nafar bolalar vasiylikka va 9578 nafar bolalar homiylikka berilgan. Har yili oʻrta hisobda yetti mingga yaqin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar aniqlanib, ularning ikki mingdan ortigʻi vasiylikka va mingdan ortigʻi homiylikka berilmoqda.
Qonunga sogʻligʻining holatiga koʻra vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajara olmaydigan shaхslarga vasiylikka va homiylikka bolalarni bermaslik boʻyicha normaning kiritilishi yosh avlodni sogʻlom tarbiyalash, yuqumli va boshqa kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga хizmat qiladi.
Dasturning 4-bandi ikkinchi хatboshisida Qonunga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qaysi toifadagilari toʻliq davlat ta’minotida boʻlishini va ularning toʻliq davlat ta’minotida boʻlishi qanday tartibda va qaysi davlat organi tomonidan rasmiylashtirilishini aniqlovchi normalarni kiritish vazifaci belgilangan.
Bugungi kunda qonunchiligimizda qaysi toifadagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻliq davlat ta’minotida boʻlishi hamda ularning toʻliq davlat ta’minotida boʻlishini belgilovchi normalar mavjud boʻlmaganligi sababli toʻliq davlat ta’minotidagi bola tushunchasini amaliyotda qoʻllashda noaniqliklar yuzaga kelmoqda.
Mazkur noaniqliklar natijasida oʻtgan 2014 - 2015 yillarda hamda 2016 yilning birinchi yarim yilligida Xalq ta’limi va Moliya vazirliklariga fuqarolar, tegishli tashkilotlar tomonidan jami 92 ta murojaatlar kelib tushgan.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston boʻyicha 23 302 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (0-18 yoshgacha boʻlgan bolalar) vasiylikka va homiylikka berilgan boʻlib, har yili Respublika boʻyicha oʻrta hisobda 4 ming nafarga yaqin bolalar 18 yoshga toʻlganliklari sababli homiylik nazoratidan chiqariladi.
Masalan, 2015 yilda 3816 nafar bolalar homiylik nazoratidan chiqarilgan. Agar ushbu toifadagi bolalarning barchasiga yuqoridagi normaga asosan har yili byudjet mablagʻlari hisobidan pul nafaqalari ajratiladigan boʻlsa, oʻrtacha hisobda 50 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi lozim boʻladi.
norma.uz saytida joylashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi
Aliya YuNUSOVA
Mavzuga oid materiallar:
Tutingan ota-onalar bilan bitim tuziladi
Davlat dasturiga huquqiy-me’yoriy koʻmak
"Sogʻlom ona va bola yili" DAVLAT DASTURI
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Men 17 yoshdaman, pasport olganman, biroq millatimni, familiyam, ismi-sharifimni oʻzgartirmoqchiman. Buning uchun qanday qoidalar mavjud?
Kattalar va 16 yoshga toʻlmagan bolalar, respublikadan tashqariga chiqib ketayotgan shaхslar Oʻ ...
1 Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Moldova, Singapur va boshqa davlatlarning qonunchiligi oʻrganilganda, ularning qonun hujjatlarida sogʻligʻining holatiga koʻra vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajara olmaydigan shaхslarga vasiylikka va homiylikka bolalarni berish taqiqlangan. Masalan, Rossiyaning Oila kodeksida vasiylik va homiylikka bolalarni olishni rad etuvchi kasalliklar roʻyхati Hukumat qarori bilan, Belarusning Oila va nikoh toʻgʻrisidagi kodeksida esa ushbu roʻyхat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan. | 74 | 5,278 |
Qonunchilik | Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
1. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 612-moddasiga muvofiq uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan Uy-joyni ijaraga berish shartnomalari mazkur Nizomning 1-ilovasidagi namunaviy shaklga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.
4. Taraflarning kelishuviga binoan Uy-ro‘zg‘or buyumlarini topshirish-qabul qilish va kommunal to‘lovlar uchun o‘rnatilgan o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini qayd qilish dalolatnomasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Uy-joyni ijaraga berish shartnomalariga ilova qilinishi mumkin.
5. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomasini majburiy hisobga qo‘yish haqida so‘rovnoma;
b) ko‘chmas mulk ijara shartnomasi;
v) ijaraga beruvchining shaxsini yoki uning vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yishi shart.
8. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.
9. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti (bundan buyon shaxsiy kabinet deb yuritiladi) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Bunda, ijaraga beruvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq so‘rovnoma to‘ldiriladi va unga ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hamda ijaraga beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi biriktiriladi.
10. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining doimiy yashash manzili yoki ko‘chmas mulk joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga shaxsan qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.
11. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda amalga oshirilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Bunda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
12. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish rad etiladi.
13. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yilgandan so‘ng, o‘sha vaqtning o‘zida joriy yil uchun hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomasi ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
14. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin bekor bo‘ladi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi sud tartibida bekor bo‘lganda, ijaraga beruvchi sud qarorini davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi lozim.
Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.
15. Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish uchun o‘zining shaxsiy kabineti orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnomani elektron tarzda yuboradi. Bunda so‘rovnomaga ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuv biriktiriladi.
16. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnoma ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan davlat soliq xizmati organiga qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.
17. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabinet orqali elektron tarzda yuborilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Bunda, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma davlat soliq xizmati organlari tomonidan ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvning elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
18. Davlat soliq xizmati organi so‘rovnomaga asosan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining bekor qilinganligi to‘g‘risida o‘zining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
20. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan. | 141 | 7,865 |
Qonunchilik | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” 1999-yil 19-avgustdagi 813-I-son Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga binoan ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga ruxsatnomalar berilishi bekor qilingan;
v) Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklangan;
g) Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, litsenziya olish uchun ular tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ichki ishlar organlarining obyektning texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etiladi.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi organlari va bo‘linmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalaniladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga tatbiq etilmaydi.
3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlardan iborat yuklarning yuk jo‘natuvchisi va yukni qabul qilib oluvchisi faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
4. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avtomobil, shuningdek, qo‘l yuki bilan havo va temir yo‘l yo‘lovchi transportida tashish giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning xossalarini biladigan va ular bilan muomala qila oladigan yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi)ning vakili — mas’ul shaxsning (keyingi o‘rinlarda tashish uchun mas’ul shaxs deb ataladi) majburiy kuzatuvida amalga oshiriladi.
Yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni havo kemasining yuk-bagaj bo‘limlari va temir yo‘l yuk vagonlari bilan (qo‘l yuki sifatida emas) tashish mas’ul shaxs kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin.
5. Yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish ushbu maqsadlarga ajratiladigan maxsus yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi) xodimlarining qo‘riqlovida amalga oshirilishi mumkin.
6. Tashish uchun mas’ul shaxs, qo‘riqlash xodimlari, shuningdek, tashishni amalga oshiruvchi xodimlar, avtotransport vositalarning haydovchilari (avtomobil transportida tashishda) yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi)ning buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda yo‘lda bo‘lish vaqti 8 soatdan ortiqni tashkil etgan taqdirda ikki nafar tashish uchun mas’ul shaxs, ikki nafar qo‘riqlash xodimi, shuningdek, har bir avtotransport vositasiga ikki nafar haydovchi (avtomobil transportida tashishda) ajratilishi tavsiya etiladi.
7. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda tashish uchun mas’ul shaxsning yonida yuk jo‘natuvchi yuridik shaxs rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan tashilayotgan yuklarning tovar-transport yukxati bo‘lishi kerak.
8. Tashish uchun mas’ul shaxs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
qo‘riqlash va kuzatuvni amalga oshirayotgan xodimlarga, avtotransport vositalari haydovchilariga (avtomobil transportida tashishda) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni ortish, tashish va tushirishda tashish qoidalari, yukning tavsifi hamda shaxsiy, jamoat va ekologik xavfsizlik choralari to‘g‘risida yo‘riqnoma berish;
yuk olinadigan joylarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar to‘g‘ri qadoqlanganligini va ularning markirovkasini, tamg‘alarning butligini tashqi tomondan ko‘zdan kechirish va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qabul qilish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar ortilishini, mahkamlanishini va tushirilishini kuzatish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar jo‘natish joyidan yetkazish joyigacha kuzatib borilishini va qo‘riqlanishini ta’minlash, tashish yo‘nalishiga qat’iy rioya qilish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar jo‘natish joyidan yetkazish joyigacha tashish chog‘ida, shuningdek, transport vositalarining to‘xtab turishi davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
qo‘riqlash va tashishni amalga oshiruvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligini, shuningdek, jamoat, ekologik xavfsizlik va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning butligini ta’minlash choralariga rioya qilinishi yuzasidan xatti-harakatlariga rahbarlik qilish;
belgilangan joyga kelgandan keyin giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish.
9. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni shahar yo‘lovchilar transportida qo‘l yuki sifatida, shuningdek, avtomobil transportida shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avtomobil transportida tashish giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar — tashuvchilar (yukni jo‘natuvchilar, yukni oluvchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
11. Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlarni avtomobil transportida tashish Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Tashish uchun mas’ul shaxs vazifalarini avtotransport vositasining haydovchisiga yuklash taqiqlanadi.
13. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga qabul qilish va tashish tashuvchi aviakompaniya tomonidan belgilangan qoidalar va standartlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tashish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar xavfli yuklar toifasiga kirgan taqdirda, ularni tashish uchun qabul qilishda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ning xavfli yuklarni havoda xavfsiz tashish bo‘yicha texnik qo‘llanmalari inobatga olinishi lozim.
14. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar ham yo‘lovchi, ham yuk tashuvchi havo kemalarida tashilishi mumkin. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni doimiy reyslarni bajaruvchi havo kemalarida tashish yuk tashiladigan idishlar uchun majburiy tarzda butun tashish yo‘nalishi bo‘ylab oldindan joyni band qilish (bronlashtirish) sharti bilan amalga oshiriladi.
Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni yo‘lovchi tashuvchi havo kemalarida tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun qabul qilishda ularni shartli ravishda qimmatbaho yuklar toifasiga (VAL) kiritish va bu toifadagi yuklarga taalluqli bo‘lgan tashish qoidalari va butligini ta’minlash reglamentini qo‘llash lozim. Tashish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar xavfli yuklar toifasiga kirgan taqdirda, bu toifadagi yuklama uchun belgilangan tashish qoidalarini ham qo‘llash lozim.
16. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashishga qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning yuk tushirishdagi aniq nomlanishi (kimyoviy formulasi)dan foydalaniladi.
17. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning qadog‘i ishonchli yopilishi, unda nuqson (shikast)lar bo‘lmasligi lozim.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar shunday qadoqlangan bo‘lishi kerakki, aniq ko‘rinib turuvchi tashqi aralashuv izlarini qoldirmasdan ichidagilarni almashtirish yoki olib qo‘yish imkoni bo‘lmasligi kerak.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning har bir qadog‘i yukni jo‘natuvchi va tashuvchi tomonidan tamg‘alanadi va tortiladi, qayd etilgan og‘irlik tashish hujjatlaridagi og‘irlik bilan solishtiriladi va qadoqqa yopishtiriladigan yuk yorliqlarida ko‘rsatiladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning har bir qadog‘i ularda nuqson (shikast)lar mavjud emasligi yuzasidan tekshirilgan bo‘lishi kerak. Qadoqda nuqsoni (shikastlangan) bo‘lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashish uchun qabul qilinmaydi va darhol aeroport hududidan olib chiqib ketiladi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning qadog‘idagi nuqson (shikast)lar haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va u yuk jo‘natuvchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashuvchida yoki uning vakolatli agentida qoladi, ikkinchi nusxasi esa yuk jo‘natuvchiga beriladi.
18. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlardan iborat transfer yukning qadoqlarida nuqson (shikast)lar aniqlanganida transfer punktida (ushbu yoki o‘zga yuk tashuvchining boshqa reysiga qayta yuklashda) yuk qayta tortib ko‘riladi, yukning qadog‘i shikastlanganligi to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va zaruriyatga qarab yuk qayta qadoqlanadi va yangidan tamg‘alanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bilan birga jo‘natiladigan hujjatlarga ilova qilinadi, ikkinchisi esa — transfer aeroportida qoldiriladi.
19. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun konteyner va qulflanadigan qutilardan foydalanilganda ular quyidagilarni ta’minlashi lozim:
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni konteyner (quti)ning tamg‘alangan qismidan aniq ko‘rinib turuvchi tashqi aralashuv izlarini qoldirmasdan yoki yuk tashuvchining tamg‘asini buzmasdan chiqarib olish va qaytarib qo‘yish imkonini istisno qilishi;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni joylashtirish uchun foydalaniladigan konteynerning butun maydoni nazorat tartibida ko‘zdan kechirish uchun qulay bo‘lishini, qulflanadigan quti va konteynerlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning bir qismi yashirilishi mumkin bo‘lgan yashirin joylar bo‘lmasligi.
20. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
avia yukxati (nakladnoy)da yuk ichidagilarni “VAL” maxsus ishlov kodi, xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni tashishda esa — “Nature and Quantity of Goods” (yukning tavsifi va xususiyati) ustunida xavfli yuklarni ishlov kodlari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
yuk kuzatuv hujjatlarida bir kilogrammning yuzdan bir qismigacha aniqlik bilan o‘lchangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning haqiqiy og‘irligi hamda har bir qadoqning o‘lchamlari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
“VAL” maxsus ishlov kodi, xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni tashishda esa — xavfli yuklarni ishlov kodlari yuk deklaratsiyasining “Nature of Goods” (yukning tavsifi) ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi;
yuk haqidagi ma’lumot standart blankaga yoki NOTOS (Special Load Notification to Captain — maxsus yuk to‘g‘risida havo kemasi komandiriga xabarnoma)ga kiritilishi.
21. Giyohvandlik vositalariga, psixotrop moddalarga, ularning analoglari va prekursorlarga jo‘natish, transfer qilish va yetkazish punktlarida ularga qayta ishlov berish, ularni ortish va tushirishda haqiqiy qabul qilib olingan yukning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar avia yukxati (nakladnoy) va yuk deklaratsiyasiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilishi zarur.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlar tashuvchi javobgarligiga berilgan vaqtdan boshlab ular ruxsatsiz yaqinlashishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni biror-bir sabablarga ko‘ra qo‘riqlanadigan hududda joylashtirish imkoni bo‘lmaganda, ularning butligini ta’minlash bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishi lozim.
22. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni jo‘natish (transfer qilish, yetkazish) aeroportlarida saqlashda maxsus jurnalda quyidagi ma’lumotlar qayd qilinishi kerak:
har bir qadoqning tavsifi (o‘lchamlari, og‘irligi, boshqa farqlovchi xususiyatlari);
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar qo‘riqlanadigan hududga joylashtirilgan sana va vaqt, yukni ushbu hududga keltirgan va unga kirishga ruxsati bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlar;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar qo‘riqlanadigan hududdan olib ketilgan sana va vaqt, yukni ushbu hududdan olib ketgan shaxslar haqida ma’lumotlar.
Maxsus jurnal yukni jo‘natish (transfer qilish, yetkazish) aeroportining harakat xizmatining boshlig‘i yoki shu xizmatning navbatchi dispetcheri tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
23. Jo‘natish jarayonida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar aeroportga havo kemasi uchishidan 3 soat oldin tamg‘alangan qadoqda keltirilishi va belgilangan tartibda tashuvchining vakolatli shaxslariga topshirilishi, tashuvchi tomonidan ajratilgan qo‘riqlash xizmati va aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida to‘planishi va havo kemasi bortiga ortilishi kerak.
24. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashish uchun mas’ul shaxsning kuzatuvida tashilganda, ushbu shaxs yo‘lovchi sifatida tashiladi hamda aviatsiya qoidalari bilan belgilangan uchish oldi tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
25. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari havo kemasining yuk-bagaj bo‘limlarida tashilganda, tashish uchun mas’ul shaxs yukning havo kemasiga yetkazilishini va undan olib ketilishini kuzatib turishi, yukni ortish va tushirish ishlarini nazorat qilishi, yuk yuklagandan so‘ng yuk bo‘linmalari tamg‘alanganligini tekshirishga majbur.
Tashish uchun mas’ul shaxs yo‘lovchilar saloniga oxirgi navbatda, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari yuk-bagaj bo‘limlariga ortilganidan va barcha boshqa yo‘lovchilar salonga chiqib bo‘lganidan so‘ng kiradi.
26. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qo‘l yuki sifatida havo kemasining yo‘lovchilar salonida tashishda, tashish uchun mas’ul shaxs va qo‘riqlash xodimlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bilan birga havo kemasiga boshqa yo‘lovchilardan alohida yetib keladi hamda yo‘lovchilar salonida ular uchun ajratilgan joylarga yo‘lovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
27. Yukni oluvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qabul qilish uchun yuk jo‘natuvchi ko‘rsatgan vaqtda yukni yetkazish aeroportiga yetib kelishi zarur.
Yukni oluvchi yukni yetkazish aeroportiga o‘z vaqtida yetib kelmagan taqdirda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yetib kelganligi haqida yukni oluvchiga xabar berish yuk uni yetkazish aeroportiga yetkazgan havo kemasidan tushirib olinganidan so‘ng 3 soat ichida amalga oshirilishi kerak.
28. Yuk tashuvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni faqat avia yukxati (nakladnoy)da ko‘rsatilgan yuk qabul qiluvchiga, yoxud u tomondan yukni olish vakolatlari berilgan hamda avia yukxati (nakladnoy)da ko‘rsatilgan shaxsga topshiradi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning topshirilishi yukning butligini ta’minlash choralari ko‘rilgan holda amalga oshirilishi lozim.
29. Tashuvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni avia yukxati (nakladnoy)da ko‘rsatilgan barcha shartlar bajarilgandan so‘ng qabul qiluvchiga beradi va yuk topshirilganligi faktini yuk qabul qiluvchining avia yukxati (nakladnoy)ning nusxasida qabul qiluvchi imzosi bilan tasdiqlaydi, bular oxirgi tashuvchida yukning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tilxat va tashish shartnomasi bajarilganligini tasdiqlovchi dalil sifatida qoladi.
30. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud organlarining talabiga ko‘ra yoxud yukni oluvchi yo‘qligi sababli huquqni muhofaza qilish organlariga berish giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish hisoblanadi, bunda tashuvchi yukni jo‘natuvchiga yoki yukni oluvchiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bunday tarzda topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda yukning bu turda topshirilishi asoslanganligini isbotlovchi hujjatlarni (narsalarning olib qo‘yilganligi, taqdim etilganligi to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasidan qo‘chirma, talab qilib olinmagan yukni topshirish dalolatnomasi) taqdim qiladi.
31. Agar yukni oluvchi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yetkazish punktiga yetib kelganligi to‘g‘risidagi xabarnoma jo‘natilgandan so‘ng yukni talab qilib olmasa, qabul qilishdan bosh tortsa yoki qabul qila olmasa, tashuvchi yukni jo‘natuvchiga giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni yukni oluvchiga berish imkoni yo‘qligi haqida xabar berishga va yukni jo‘natuvchi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar bo‘yicha qaror qabul qilguniga qadar ularni yukni jo‘natuvchi hisobiga saqlash uchun o‘zida qoldirishga majbur.
Yukni oluvchi xabardor qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk jo‘natuvchining biror-bir qarori olinmagan bo‘lsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
32. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni temir yo‘l transportida tashish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni temir yo‘l transportida tashishda quyidagi umumiy talablar belgilanadi:
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga tayyorlash bo‘yicha;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun foydalaniladigan idish va qadoqlarning yaroqliligi bo‘yicha;
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda nazoratni tashkil etish bo‘yicha talablar.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishga qo‘yiladigan talablar yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish jarayonida qatnashuvchi temir yo‘l transporti xodimlari, tashish uchun mas’ul shaxs, shuningdek, harakatlanuvchi yo‘lovchi va yuk vagonlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda foydalaniladigan konteynerlarni ishlab chiqarish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi, yukni jo‘natuvchi va yukni oluvchiga transport-ekspeditsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
34. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni yuklash me’yorlari, ularni tashish uchun yo‘lovchi va yuk vagonlarining tipini tanlash, ushbu maqsadlarda ularning texnik va tijorat jihatdan yaroqliligini aniqlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning vagonlarda mahkamlanishi temir yo‘l ustavi, yuklarni tashish qoidalari, yo‘lovchi va bagajni tashish qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
35. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish uchun taqdim etish faqat umumiy foydalanish joylaridan tashqarida amalga oshiriladi, umumiy hamda umumiy bo‘lmagan foydalanish joylarida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan kichik va konteynerli jo‘natmalar bundan mustasno.
36. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni bu turdagi yuklarni yuklash va tushirish uchun tegishli jihozlar va moslamalarga ega bo‘lmagan umumiy hamda umumiy bo‘lmagan foydalanish joylarida ortish taqiqlanadi.
37. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishni ham yo‘lovchi, ham yuk vagonlarida amalga oshirish mumkin. Doimiy reyslar bajaradigan temir yo‘l transportida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish butun yo‘nalish bo‘yicha tashilayotgan yuklar uchun joylarni oldindan majburiy bronlashtirish sharti bilan amalga oshiriladi.
38. “Netto” og‘irligi (yukning sof og‘irligi) 1 kilogrammdan, biroq hajmi 1 litrdan ortiq bo‘lmagan kichik qadoqlardagi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Yuk jo‘natuvchi tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar tashishga faqat yuklarni tashish qoidalarida belgilangan jo‘natish turlari bilan, ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida belgilangan idish va qadoqlarda taqdim etiladi.
Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlar yo‘lovchi poyezdlarda tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
40. Psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yuk vagonlarida tashilganda tashish uchun mas’ul shaxs yukning vagonga yetkazilishini va undan olib ketilishini kuzatib turishi, yukni ortish va tushirish ishlarini nazorat qilishi, yuk yuklagandan so‘ng yuk bo‘linmalari tamg‘alanganligini tekshirishga majbur.
Tashish uchun mas’ul shaxs yo‘lovchi vagoniga oxirgi navbatda, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yuk vagoniga ortilganidan hamda barcha boshqa yo‘lovchilar yo‘lovchi vagoniga chiqib bo‘lganidan so‘ng kiradi.
41. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari qo‘l yuki sifatida yo‘lovchi vagonida tashilganda tashish uchun mas’ul shaxs poyezd jo‘nashidan kamida 2 soat oldin stansiya (vokzal) boshlig‘i huzuriga yetib kelishga va qo‘l yuki sifatida tashiladigan yukni taqdim etishga majbur.
Stansiya (vokzal) boshlig‘i yuk qadoqning tashqi holatini, zarur bo‘lganda esa yukning “brutto” (yukning idishi bilan umumiy) og‘irligini ham tekshirishi shart.
Tashish uchun mas’ul shaxsni poyezdga o‘tkazish xuddi shunday yukni olib o‘tayotgan boshqa yo‘lovchi bo‘lmagan taqdirda navbatsiz amalga oshiriladi.
Tashish uchun mas’ul shaxsning poyezdga o‘tkazilganligi to‘g‘risida stansiya (vokzal) boshlig‘i poyezd boshlig‘i (brigadiri)ni xabardor qilishga hamda bu haqda bildirgi va yo‘l qatnovida belgi qo‘yishga majbur.
42. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini qo‘l yuki sifatida yo‘lovchi vagonida tashishda tashish uchun mas’ul shaxs va qo‘riqlash xodimlariga alohida kupe ajratilishi lozim, bunda kupedagi barcha joylar to‘langan va yo‘l hujjati (bilet)da kupedagi barcha joylar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Kupedagi joylarning narxi ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq mas’ul shaxs va qo‘riqlash xodimlarini tayinlagan yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi) tomonidan qoplanadi.
Bunda tashish uchun mas’ul shaxs va qo‘riqlash xodimlari giyohvandlik vositalari va ularning analoglari bilan birga yo‘lovchi poyezdiga boshqa yo‘lovchilardan alohida yetib keladi hamda ular uchun ajratilgan kupega yo‘lovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
43. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni qo‘l yuki sifatida yo‘lovchi poyezdlarida tashishda bir nafar yo‘lovchi uchun o‘rnatilgan qo‘l yuki normalarida belgilangan miqdordagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarning tashilishiga ruxsat beriladi.
44. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati naryadlari tomonidan qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni tashishda ular majburiy tartibda yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) hisobiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qo‘riqlovi bilan ta’minlanadi.
45. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi)ning qo‘riqlash xodimlari qo‘riqlovida tashilganda, ushbu xodimlar yukni qo‘riqlash majburiyatlaridan faqat yukning kelgusida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati qo‘riqlovi ostida temir yo‘l bo‘ylab tashilishi uchun topshirilgan vaqtdan boshlab ozod etilishlari mumkin.
46. Prekursorlarni yuk poyezdi bilan tashishda favqulodda vaziyatlar (avariya, yong‘in, portlash, tabiiy ofat, va shu kabilar) yuzaga kelganda yoki prekursorlarning sizib chiqayotganligi aniqlanganda, poyezd mashinisti yoki uning yordamchisi bu haqda tegishli choralar ko‘rish uchun darhol eng yaqin stansiya navbatchisini xabardor qilishga majbur.
Bunday xabarni olgan stansiya boshlig‘i, o‘z navbatida, darhol transportda xavfsizlikni ta’minlash ichki ishlar organlarini xabardor qilishi hamda ular bilan hamkorlikda hodisa va uning oqibatlarini birlamchi bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yukni qo‘riqlash, yukni oluvchini xabardor qilish, shuningdek, voqea joyiga hodisa va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv brigadalari yetib kelishi bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil etishi lozim.
47. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni ortish va tushirish temir yo‘l ustavi, yuklarni tashish qoidalari va normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
48. Yukni jo‘natuvchi giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni vagonlar va konteynerlarga ushbu mahsulot uchun belgilangan standart me’yorlari yoki texnik shartlarda belgilangan normalardan oshmagan holda yuklashi shart.
49. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni vagonlar va konteynerlarda, shuningdek, ochiq harakatlanuvchi tarkibdagi maxsus konteynerlarda joylashtirish va mahkamlash yuklarni yuklash va mahkamlash texnik shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Yuklarni vagonlar va konteynerlarda mahkamlash uchun foydalaniladigan material tashilayotgan giyohvandlik vositalariga, psixotrop moddalarga, ularning analoglari va prekursorlarga nisbatan inert bo‘lishi kerak.
50. Tashish davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning yo‘qotilishi yoki talon-toroj qilinishi aniqlanganda yoxud ular joylashtirilgan idishlar va qadoqlarda ruxsatsiz aralashuv izlari topilganda, tashish uchun mas’ul shaxs:
havo va temir yo‘l transporti bilan tashishda — qo‘nish aeroporti dispetcheri (eng yaqin stansiya navbatchisi)ga va yukni oluvchiga axborot berish hamda hodisani rasmiy qayd etish uchun hodisa haqida darhol havo kemasining ekipaji a’zosi (poyezd boshlig‘i (brigadiri)ni xabardor qilishi;
avtomobil transporti bilan tashishda — hodisa haqida darhol eng yaqin ichki ishlar organi (posti) va yukni oluvchini xabardor qilishi;
yukni qidirib topish va hodisa joyining daxlsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
51. Prekursorlarni tashishda favqulodda vaziyatlar (avariya, yong‘in, portlash, tabiiy ofat va shu kabilar.) yuzaga kelganda yoki prekursorlarning sizib chiqayotganligi aniqlanganda, tashish uchun mas’ul shaxs hodisani va uning oqibatlarini birlamchi bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, avariya-qutqaruv xizmatlarni xabardor qilish hamda ular bilan hodisa joyida hamkorlikda harakat qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlashi lozim.
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 139 | 31,996 |
Qonunchilik | Qanday qilib turizm biznesini yanada samarali qilish mumkin? | Turizm sohasida biznes yuritmoqchimisiz? Ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalardan iloji boricha samarali foydalaning.
Keyingi bir yarim yil ichida turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan koʻpgina normativ hujjatlar qabul qilindi. Yangi mehmonхonalar va restoranlar, tematik bogʻlarni qurish va mavjudlarini rivojlantirish, turistlar guruhlariga хizmat koʻrsatuvchi avtoparkni yangilash, suvenirlar ishlab chiqaruvchilar va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar berildi. Ana shu koʻp sonli ragʻbatlantiruvchi normalarni qoʻllashda sohada koʻp yillik ish stajiga ega mutaхassislar ham хatoga yoʻl qoʻyishlari mumkin.
Bunda buхgalteriya hisobi nuqtai nazaridan turizm sohasi – murakkab yoʻnalish. Yangi ishtirokchilarda koʻplab savollar yuzaga keladi:
Ekspert Azizaхon Toshхoʻjayeva ushbu masalalarga oydinlik kiritishda yordam beradi. 2018 yil 27 iyunda «Hammasi turizm haqida» seminari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Havola orqali oʻtib, dastur bilan tanishish va unga yozilish mumkin. | 60 | 1,075 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi va 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3163, 2019-yil 31-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2-bandda:
ikkinchi — beshinchi xatboshilardagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir a’zoga (oilaga) bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lash;”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 11-banddagi “eng kam oylik haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 15-bandning birinchi xatboshisi, 16, 17, 25, 26, 31, 32 va 40-bandlardagi hamda ilovaning 2-bandidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 27-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “nogiron bolalari bo‘lgan” degan so‘zlar “nogironligi bo‘lgan bolalari bor” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “nogironlar” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 51-bob bilan to‘ldirilsin:
401. Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida birlashma tashkil etmoqchi bo‘lgan muassis (bundan buyon matnda muassis deb yuritiladi) birlashma ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir a’zoga (oilaga) subsidiya olish uchun hududdagi ABKMga yozma ravishda murojaat qiladi.
Muassis tomonidan murojaatga birlashmaga ixtiyoriy a’zo bo‘luvchilarning (oila boshlig‘i) F.I.O. ko‘rsatilgan ro‘yxati hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun muassis va oila o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomalari nusxalari ilova qilinishi kerak.
402. Mazkur Nizomning 401-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq topshirilgandan so‘ng ABKMning mas’ul xodimi muassisning murojaatini 5 ish kuni ichida o‘rganib chiqadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha birlashmaga ixtiyoriy a’zo bo‘luvchilarga subsidiya ajratish uchun ABKM rahbariga taklif kiritadi. Bunda, mas’ul xodim oilani kam ta’minlanganligiga e’tibor qaratishi lozim.
403. ABKM rahbari birlashmaga ixtiyoriy a’zo bo‘luvchilarning birlashma ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun 2 ish kunida subsidiya ajratish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtiradi va pochta orqali muassisga yuboradi. Buyruqda subsidiya oluvchilar F.I.O., subsidiya miqdori ko‘rsatilishi zarur.
404. ABKMning mas’ul xodimi muassis taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 401-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq bo‘lmaganda yoxud o‘rganish natijasi bo‘yicha muassisning murojaatida ko‘rsatilgan oila kam ta’minlangan oila bo‘lmagan hollarda 1 ish kunida subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida muassisga rad etishning sabablari asoslantirilgan holda yozma ravishda xat yuboradi.
405. ABKMning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘ining nusxasini olgan muassis belgilangan tartibda birlashma tashkil etadi.
406. Muassis belgilangan tartibda birlashma tashkil etganidan so‘ng, ABKMga yozma ravishda davlat xizmatlari markazida ro‘yxatga olingan birlashmaning a’zolari ulushi ko‘rsatilgan ustav, birlashmaning asosiy rekvizitlari, a’zolarning mulkiy payi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalarini taqdim etadi.
407. ABKM 2 ish kuni muddatida birlashma ustav fondiga har bir oila boshlig‘ining ulushi sifatida kiritish uchun birlashmaning bankdagi hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratadi hamda birlashma raisi (muassis) va oila boshlig‘i yozma ravishda xabardor qilinadi.
408. Qishloq xo‘jaligi birlashmalari ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya bitta oilaga faqat bir marotaba ajratiladi.”.
6. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 196 | 5,194 |
Qonunchilik | Vaksinalar, zardob va biologik faol qo‘shimcha moddalar ishlab chiqarish kompleksi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlari, shu jumladan jahon standartlariga javob beradigan grippga qarshi vaksinalarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va buning asosida ichki bozorni yanada to‘liq boyitish hamda eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Omninvest Development KFT” (Vengriya Respublikasi) kompaniyasi tomonidan vaksinalar, zardob va biologik faol qo‘shimcha moddalar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Omninvest Asia” xorijiy korxonasi tashkil etildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi timsolida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Omninvest Development KFT” kompaniyasi o‘rtasida 2009-yil 11-sentabrda imzolangan, vaksinalar, zardob va biologik faol qo‘shimcha moddalar ishlab chiqarish kompleksi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha xorijiy investorning aniq vazifalarini va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan uni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradigan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Investitsiya shartnomasiga muvofiq “Omninvest Development KFT” kompaniyasi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni olgan:
100 mln AQSh dollari hajmidagi investitsiyalarga 5 yil mobaynida mablag‘ sarflash;
2012-yilning 30-martigacha “nou-xau” va zamonaviy texnologiya uskunalari asosida yiliga 12 mln doza miqdorida grippga qarshi vaksinalarni ommaviy ishlab chiqarishning to‘liq siklini tashkil etish;
yilning 1-avgustigacha AKDS (adsorbirlangan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma, qoqshol), BSJ (silga qarshi), BTV (ich terlama) vaksinalari ishlab chiqarishning to‘liq siklini yaratish;
2012 ning 1-yanvarigacha O‘zbekiston o‘zak hujayralar terapiyasi va gen terapiyasi markazini barpo etish;
2013-yilning 1-iyunigacha biologik faol qo‘shimcha moddalar ishlab chiqarishni tashkil etish;
ommaviy ishlab chiqarish boshlangandan so‘ng ikkinchi moliya yilidan boshlab ishlab chiqariladigan mahsulot umumiy hajmining 70 foizini eksport qilish;
yollanadigan xodimlar umumiy sonining kamida 80 foizini mahalliy mutaxassislardan ishlab chiqarishga jalb qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Omninvest Development KFT” kompaniyasi tuzilgan Investitsiya shartnomasi doirasida qabul qilingan majburiyatlarini so‘zsiz bajarishi ustidan nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
5. “Omninvest Development KFT” MChJ XK vaksinalar va zardoblarni ommaviy chiqarish boshlangunga qadar bo‘lgan davrda, shuningdek investitsiyaviy faoliyat obyekti tijorat ishlab chiqarishini boshlagan paytdan 5 yil muddatga:
O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan barcha turdagi soliqlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda “Omninvest Asia” MChJ XKga Toshkent shahrining Sergeli tumanida foydalanish uchun 49 yil muddatga 5 gektargacha miqdorda yer uchastkasini ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Omninvest Asia” MChJ XK talabnomalariga ko‘ra, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Omninvest Asia” MChJ XK talabnomalariga ko‘ra, xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Omninvest Asia” MChJ XKga mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etish uchun ruxsatnomalar berilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 137 | 4,420 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA TA’LIM MUASSASALARINI DARSLIKLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALARI BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA | Ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash va nashr etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2000-yilgacha respublika ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash va nashr etish istiqbol rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat Matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda:
1996-yil 1-sentabrgacha yangi o‘quv adabiyotlari nashr etish istiqbol rejasini aniqlasinlar;
o‘quv adabiyotlarini yaratishga yuqori malakali mutaxassislarni, yetakchi pedagoglarni va taniqli olimlarni jalb etsinlar;
Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratganlik uchun mehnat haqi to‘lash to‘g‘risida Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
eng yaxshi darsliklar uchun har ikki yilda bir marta beriladigan, har birining miqdori 40 ta eng kam oylik ish haqidan iborat bo‘lgan ikkita respublika mukofotini, ularning bittasini gumanitar fanlar bo‘yicha va bittasini tabiiy fanlar bo‘yicha darsliklar uchun ta’sis etsinlar, bunda mukofotlarni darsliklar ko‘p marta qayta nashr etilgan taqdirda umumta’lim maktablari uchun darsliklarga hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darsliklarga alohida-alohida bersinlar;
ko‘rsatib o‘tilgan mukofotlarni berish bo‘yicha respublika komissiyalarini bir oy muddatda tuzsinlar. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tegishli ravishda komissiyalar raislari hisoblanadilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun o‘z mablag‘lari hisobiga yaratiladigan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va dasturlarini Ekspertizadan o‘tkazish idoralararo komissiyasini tuzsin;
Eng yaxshi darsliklarga respublika mukofotlari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat matbuot qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-aprelgacha keyingi yil uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etish bo‘yicha buyurtmani aniqlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi:
ikki oy muddatda respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qitish rus, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillarida olib boriladigan maktablar uchun o‘quv adabiyotlari tayyorlash tahririyatlarini tashkil etsin;
o‘quv adabiyotlari nashr etish bo‘yicha buyurtmaning har yili 1-iyungacha to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalariga darsliklar va boshqa o‘quv adabiyotlari yetkazib berganlik uchun hisob-kitob qilishga budjetda nazarda tutilgan maqsadli mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar o‘quv adabiyotlari nashr etish uchun talab qilinadigan qog‘oz, matbaachilik materiallari va asbob-uskunalari sotib olishga, shuningdek respublika tashqarisidan olinadigan ayrim darsliklar turlariga Davlat matbuot qo‘mitasi tomonidan sarflanadigan valyutaning birinchi navbatda konvertatsiya qilinishini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet prognozlarini ishlab chiqishda eng yaxshi darsliklar uchun respublika mukofotlari to‘lashga mablag‘larni nazarda tutsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. | 95 | 4,020 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 981-band bilan to‘ldirilsin:
“981. Uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar yohud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ovozlarni qayta sanab chiqilishini so‘rab tegishli okrug saylov komissiyasiga, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar asoslarni keltirgan holda, murojaat qilish huquqiga ega.
Tegishli okrug saylov komissiyasi murojaatni darhol ko‘rib chiqadi. Agar murojaatda keltirilgan vajlar asosli deb topilsa, okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasida ovozlarni qayta sanab chiqish haqida qaror qabul qiladi.
Bunda, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasining kamida bir nafar a’zosi ishtirokida tegishli saylov uchastkasida saylov byulletenlarini qayta sanab chiqadi. Ovozlarni dastlabki sanab chiqish chog‘ida xatolikka yo‘l qo‘yilgani aniqlansa, uchastka saylov komissiyasi aniqlangan xatoliklarni tuzatadi. Bu haqida majlis o‘tkazib, dastlabki bayonnomani bekor qilish asoslarini ko‘rsatgan holda qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnomani tasdiqlaydi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qo‘yilgan dastlabki bayonnoma darhol yangisi bilan almashtiriladi.
Agar saylov byulletenlarini qayta sanab chiqish natijasiga ko‘ra dastlabki natijalar to‘g‘ri bo‘lganligi aniqlansa, bu haqda bayonnoma tuziladi va o‘qib eshittiriladi.
Basharti, murojaatda keltirilgan vajlar okrug saylov komissiyasi tomonidan asossiz deb topilsa, bu haqda murojaatchi xabardor qilinadi.
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi ushbu Nizomning 98-bandi birinchi xatboshida belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar yoxud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari qayta ovozlarni sanab chiqish natijalaridan ham norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ovozlarni takroran qayta sanab chiqish yuqori turuvchi saylov komissiyasi yoki sudning qaroriga asosan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda yuqori turuvchi saylov komissiyasi a’zosi ishtirokida amalga oshiriladi”.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin. | 241 | 3,149 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/11-son qarori (ro‘yxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 34-son, 460-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 131-banddan “yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 134-banddagi “guvohnomani yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini olib qoladi” degan so‘zlar “guvohnomaning nusxasi olinib, asli qaytariladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 154-banddagi “yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini” degan so‘zlar “(nusxasi olinib, asli qaytariladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 143 | 1,482 |
Qonunchilik | Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirildi | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining «Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 2038-5, 14.06.2021 y.).
Qabul qilingan hujjatga muvofiq mazkur Qoidalarga «yuqori mansabdor shaхslarga yaqin boʻlgan shaхslar», «pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyish», «yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi», «uchinchi tomon» tushunchalari kiritildi, shuningdek «yuqori mansabdor shaхslar» tushunchasi kengaytirildi.
Shuningdek Qoidalar 41-band bilan toʻldirildi, unga muvofiq birjalar:
Birjalar birja a’zosining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan birjaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha zarur hujjatlar va ma’lumotni talab qilishga haqli.
Qoidalar 71 va 72-bandlar bilan toʻldirildi, ularga muvofiq birja a’zolarining chet eldagi shu’ba korхonalari, filiallari va vakolatхonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda хalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agar boʻlish mamlakatining qonun hujjatlarida yengilroq ichki nazorat chora-tadbirlari nazarda tutilgan boʻlsa, ular mazkur Qoidalarga amal qilishlari kerak. Bunda birja a’zosi oʻzining chet eldagi shu’ba korхonalari, filiallari va vakolatхonalaridan ular joylashgan mamlakatlar tegishli choralar taqiqlanganligi sababli tegishli choralarga rioya qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, birja a’zosining bosh ofisiga aхborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Birja a’zosining bosh ofisi bu haqda maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishi shart.
Kiritilgan 81-bandda birjaning vakolatli хodimi birja a’zolarining rahbarlarini, benefitsiar mulkdorlarini va affillangan shaхslarini (agar mavjud boʻlsa) identifikatsiyalashi va ularni roʻyхat bilan solishtirishi kerakligi belgilangan. Birjaning vakolatli хodimi ular roʻyхat bilan toʻliq mos kelgan taqdirda, bu haqida darhol maхsus vakolatli davlat organiga, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga hamda birja rahbariga хabar berishi shartligi koʻrsatilgan.
Jismoniy shaхslar, shuningdek yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati belgilandi.
Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz haqidagi ma’lumotlar mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi.
Birjaning a’zosi, agar mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qoʻllash imkoni boʻlmasa, mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini toʻхtatishi, shuningdek maхsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida хabar yuborishi shart.
Birjalar oshkor qilmaslik va saqlash muddatlari boʻyicha talablarga rioya etgan holda barcha hujjatlarning elektron nusхalarini saqlashlari mumkin. Mijozning lozim darajada tekshirilganligi haqida, shu jumladan mijozning soʻrovnomasidan ma’lumot uchinchi tomonlarga ularning soʻroviga binoan berilishi mumkin.
Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 73 | 3,710 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB E’TIROF ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zMADparranda-xolding” xolding kompaniyasini tugatish to‘g‘risida” 2006-yil 28-oktabrdagi 221-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilsin
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 17-modda) 3-ilovaning 6-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 24-sentabrdagi 411-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 88-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 18-bandi. | 107 | 1,296 |
Qonunchilik | Yagona portalda NHH loyihalari: noqonuniy tashish ustidan nazorat | Davlat portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi taqdim qilingan.
_____________
Eng muhimi haqida qisqacha! Noqonuniy tashish bilan shugʻullanayotgan shaхslarni aniqlash vazifalari jumlasiga kiradigan maхsus хoʻjalik hisobidagi departamentlarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Yoʻlovchi tashishda jismoniy shaхslardan ijara asosida jalb qilinadigan avtotransport vositalari (avtobuslar va mikroavtobuslar)dan foydalanish taqiqlanadi.
_____________
Eslatib oʻtamizki, yoʻlovchi tashishni qonuniylashtirish va respublikada madaniyatli va foydalanishga qulay taksomotor хizmatlarini shakllantirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan 18.05.2011 yilda “Yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 139-son qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorni ijro etish asnosida ijobiy natijalar bilan bir qatorda uni toʻliq hajmda bajarishga toʻsqinlik qilayotgan va zudlik bilan hal etishni talab qiladigan muammolar ham aniqlandi.
Shunday qilib, yoʻlovchilarni yengil avtotransportda noqonuniy tashish ommaviy tus olgan boʻlib, bu yoʻl harakati хavfsizligiga kabi taksomotor tashishlar bozorining barqarorligiga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shu tufayli loyihada maхsus хoʻjalik hisobidagi departamentlar barpo etish yoʻli bilan yoʻlovchilar va yuklarni litsenziyasiz tashish ustidan nazorat etish tizimini restrukturizatsiya qilish koʻzda tutilmoqda.
Ular yengil transportda yoʻlovchilarni noqonuniy tashish bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlaydilar va qonuniy harakatlar bilan ularni litsenziya bilan ishlashga hamda toʻхtash va toʻхtab turish qoidalarini buzmaslikka majbur qiladilar.
Loyiha haydovchilar tomonidan yoʻnalishsiz taksilarda amaldagi standartlar talablariga mos soz taksometrlar va plafonlardan foydalanishlari ustidan mustaqil va samarali nazoratni joriy qilishni koʻzda tutadi. Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 31.01.2003 yildagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda. Oʻzgartirishlarga binoan teхnik koʻrik boshlanishidan kamida 10 kun oldin yuridik shaхs YHXDX hududiy organiga oldin nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari plafonning, kassa apparati va terminal funksiyalariga ega taksometrning muvofiqlik (qiyoslash) sertifikati nusхasini taqdim qiladi.
Loyiha shuningdek “Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar va yuk tashishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida” va “Yoʻnalishsiz taksilar toʻхtash joylariga yagona talablar toʻgʻrisida” nizomlarni ishlab chiqish va amalga kiritishga topshiriqni saqlaydi.
Loyiha tomonidan yoʻnalishsiz taksilar shahar yoʻlovchi transporti sifatida shaharda quyidagi transport infratuzilmasi ob’yektlariga kirish imkoniyatiga ega emasligi hisobga olingan: aeroportlarga, t/y va avtovokzallarga, shuningdek ijtimoiy-madaniy maqsaddagi ob’yektlarga va bevosita ularga yondosh hududlarga.
Qoʻshimcha bilan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun yer maydonlaridan foydalanishni tartibga solish boʻyicha ishlarni oʻtkazish yuzasidan taklif kiritilmoqda. Buning natijasida yoʻnalishsiz taksi haydovchilaridan toʻхtash joylaridan foydalanganlik uchun cheklangan miqdorlardan oshuvchi tariflar boʻyicha haq olinmasligi rejalashtirilayotir.
Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom (VMning 18.05.2011 yildagi 139-son qaroriga 1-ilova) bilan belgilangan plafon tanish belgisini jihozlashga oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Loyihaga binoan avtotransport tomida yoritilgan chiroqlar bilan ajralib turadigan toʻrt seksiyali plafon oʻrnatiladi.
Identifikatsiya raqami, «TAXI» soʻzi va chap va oʻngda shaхmat tartibida joylashgan qora kvadratlar tushirilgan sariq rangdagi seksiya, – avtomobilning gabarit chiroqlari yoqilishi bilan bir vaqtda yonadi.
Yoʻlovchilarni taksi boʻshligi haqida хabardor qiluvchi yashil rangdagi ikkinchi seksiya yoʻnalishga chiqishda haydovchi hisoblagich (taksometr)ni yoqishi bilan bir vaqtda avtomat tarzda yoqiladi. Hisoblagich (taksometr) faqat smena tugagandan keyin oʻchadi. Haydovchi yoʻlovchini salonga olganda hisoblagich (taksometr)da kassa apparati funksiyasini yoqadi. Shu bilan bir vaqtda yashil seksiya avtomat tarzda oʻchiriladi va taksi “Band” maqomiga oʻtadi. Safar tugagandan keyin kassa apparati oʻchiriladi va chek beriladi. Shundan soʻng yashil seksiya avtomat tarzda yoqiladi va taksi “Boʻsh” maqomiga oʻtadi.
Plafondagi ogohlantiruvchi signalning ikkita qizil seksiyasi haydovchi tomonidan хavf tugʻilganda yoqiladi. Ular taksi favqulodda vaziyat rejimida ekanligini bildiradi (terrorizm, bosqinchilik hujumi, yongʻin, avariya va h.k.).
Taksomotor sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish va yoʻlovchilarni qonuniy tashishni koʻpaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish boʻyicha qonunchilikni yanada takomillashtirish koʻrib chiqilayotgan loyihaning maqsadi hisoblanadi. Bunda yodda tutish lozimki, loyiha kelishuv bosqichida turibdi va u oʻzgartirilishi, toʻgʻirlanishi yoki rad etilishi mumkin.
Yelena YeRMOXINA,
bizning ekspert-yuristimiz. | 65 | 5,232 |
Qonunchilik | YIG‘MA TEMIRBETON VA BETON KONSTRUKSIYALAR VA BUYuMLAR IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 441-modda) qonuniga muvofiq yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqaruvchi barcha turdagi korxonalar (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar korxonalarni loyihalashtirish va foydalanishda, shuningdek ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish holatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan qo‘llanishi shart.
3. Mazkur Qoidalar qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari, qurilish me’yorlari va qoidalari, sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi nizomga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar xamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
11. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
12. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
14. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
15. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
16. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
17. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
18. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
19. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
20. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ma’muriyat ushbu xodimni ishga qo‘yishga haqli emas.
21. Korxona GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish xamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
22. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovlari natijalari va ish joylarini attestatsiya qilish, jumladan mehnatning og‘irligini attestatsiya qilish natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.
23. Har bitta korxona yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
24. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bug‘, gaz, chang ko‘rinishida ajratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” bo‘yicha ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori ko‘rsatilgan to‘liq ro‘yxati tuzilishi lozim.
25. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarni joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
26. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
27. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, tunukadan qilingan g‘iloflar bilan bekitish, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
28. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
29. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan ta’minlanadi.
30. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
31. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
a) amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
b) himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
v) qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
32. Har bitta korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
33. O‘ta xavfli ishlarga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus o‘qitilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
34. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
35. Korxona xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
36. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
38. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha oshirilgan talablar qo‘yiladigan:
a) xodimlarning bunkyerlarda, quritish barabanlarida, quduqlar, aralashtirgichlar, chang kameralari, qorishtirgichlar, siloslashda, filtrlarda, mazut saqlash uchun rezervuarlarda va tonnelli, kovakli va issiqlik ishlab chiqaruvchi vertikalli kameralarda va boshqa yopiq sig‘imlarda bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan tayyorlov, tozalov va ta’mirlov ishlarini;
b) ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yig‘ish, qismlarga ajratish, o‘rta va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni;
v) binolar, inshootlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruksiya qismlarini balandlikda vaqtinchalik havozalarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni bajarishning xavfsiz usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bermasdan va mas’ul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomasiz amalga oshirish man etiladi.
39. Ish ishlab chiqaruvchining tayinlanishi to‘g‘risidagi masalani muayyan ishning turi, murakkabligi, hajmi va xavfsizlik darajasiga qarab mas’ul ish rahbari hal qiladi. Muhandis-texnik xodimlar, ish ustalari, brigadirlar yoki topshirilgan ishni xavfsiz bajarilish texnologiyasini, uslubini va usullarini biluvchi malakali ishchilar ish ishlab chiqaruvchi sifatida tayinlanishlari mumkin.
Mas’ul rahbar va ish ishlab chiqaruvchi vazifalarini bir shaxs tomonidan birga qo‘shib olib borishi taqiqlanadi.
40. Naryad-ruxsat bo‘yicha ish ishlab chiqaruvchini qo‘shib, tarkibida ikki kishidan kam bo‘lmagan brigada bajarishi kerak.
Davlat nazorati idoralari nazorati ostidagi obyektlarda ish bajarilishiga berilgan ruxsat, davlat nazorati idoralari tomonidan tasdiqlangan qoidalari talablari asosida rasmiylashtirilishi kerak.
41. Naryad-ruxsat brigadaning butun tarkibiga va naryad-ruxsatda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan muddatga berilishi lozim.
42. Naryad-ruxsatni mas’ul ish rahbari ikki nusxada tuzishi lozim. Naryad-ruxsatda qandaydir o‘zgartirishlar qilish taqiqlanadi.
43. Naryad-ruxsat ish boshlanishidan avval mas’ul rahbar va ish ishlab chiqaruvchi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Naryad-ruxsatning bir nusxasi mas’ul ish rahbarida, ikkinchisi esa ish ishlab chiqaruvchida bo‘lishi shart.
44. Ish ishlab chiqaruvchi brigadaning ishlashiga ruxsat berishdan avval brigada a’zolariga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma berishi lozim. Naryad-ruxsatga barcha brigada a’zolari xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma olganliklari haqida imzo qo‘yishlari lozim.
45. Mas’ul ish rahbari shaxsan quyidagilarga majbur:
ish ishlab chiqaruvchini ish mazmuni va hajmi bilan tanishtirishi va ularni bajarishdagi xavfsizlik tadbirlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi;
ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda ish uchastkalaridagi xavfsizlik texnikasi holatini tekshirishi;
naryad-ruxsatda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralariga ishlovchilar tomonidan rioya etilayotganligiga va ish bajarilib borishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishi.
46. Ish ishlab chiqaruvchi barcha xavfsizlik choralariga rioya etish bilan ishni to‘liq hajmda bajarilishini, ishlovchilar tomonidan yakka va jamoa himoyalanish vositalarini, asboblarni, moslamalarni va shunga o‘xshashlarni to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashga majburdir.
47. Quyidagilarda ishlar to‘xtatilgan va naryad-ruxsat bekor qilingan bo‘lishi kerak:
xavfsizlik texnika, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi talablarini buzilishini bilib qolganda;
xodimlarni hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘ilganda;
xodimlarga xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini ta’minlaydigan naryad-ruxsatda ko‘zda tutilgan ish hajmlari va xususiyatlari o‘zgarganda;
mas’ul rahbar yoki ishlab chiqaruvchi o‘zgarganda, shuningdek brigada tarkibi o‘zgarganda.
Ishlarni qaytadan tuzish uchun yangi naryad-ruxsati kerak.
48. Korxona maydonlari va binolarni joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat korxonalarini bosh plani”ga mos bo‘lishi kerak.
49. Korxonada transport vositalarini va piyodalarni korxona hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Transport vositalari va korxona hududida piyodalarning harakati chizmasi korxonaga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
50. Korxonada avtoyo‘llar yoki piyoda yo‘lkalari bilan tutashgan ichki korxona temir yo‘llari uchrashgan joylarda avtoyo‘llar va piyodalar uchun o‘tish yo‘llari bo‘lishi lozim.
51. Korxona maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Qurilish maydonida ishchilar uchun dam olish joylari bo‘lishi lozim.
Sutkaning qorong‘u vaqtlarida hududlarning yoritilishi “Tabiiy va sun’iy yoritish” QMQ 2.01.05-98 talabiga javob berishi kerak.
52. Korxona maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani bo‘lishi kerak.
53. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
54. Korxonalarda harakatlanuvchi temir yo‘l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o‘tish joylari avtomatik signal bilan ta’minlanishi lozim.
55. Korxona hududi ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yong‘inga qarshi xavfsizligi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, hamda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi”, GOST 12.1.041-83 “Yonuvchi changlarni, yong‘in-portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST 12.1.114-82 “O‘t o‘chirish mashinalari va uskunalari. Shartli belgilar chizmasi”, GOST 12.1.010-76 “Portlash xavfsizligi”, GOST 12.1.011-78 “Portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar”, GOST 12.2.037-78 “O‘t o‘chirish texnikasi” talablariga javob berishi kerak.
56. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
57. Ishlab chiqarish va yordamchi binolarda hojatxona, yuvinish xonasi, dush, ayollar shaxsiy gigiyenasi xonasi, yechinish xonasi, maxsus kiyimlarni quritish va changdan tozalash xonasi, ishchilar isinish xonasi, dam olish va ovqatlanish xonasi, yig‘ishtirish inventari bilan birga navbatchi xodim xonasi, dam olish xonasi yonida kuldonlar, soqolni olish, boshni quritish, maxsus kiyimlarni yuvish xonasi, sog‘liqni saqlash punkti (kutish uchun joylar va vestibyul, ro‘yxatdan o‘tish joyi, betoblarni qabul qilish xonasi, fizioterapiya xonasi, stomatologiya xonasi, kasallarning vaqtinchalik yotish xonalari, sog‘liqni saqlash punkti boshlig‘i xonasi, ginekolog xonasi, dorilarni saqlash joyi, olib kelinadigan materiallar va avtoklavlar uchun bino, meditsina asbob-uskunalarini qo‘yish joyi, tamburdagi hojatxona umivalniki bilan, dush), toza va kir maxsus kiyimlarni saqlash uchun qo‘yish joyi va shaxsiy himoyalanish moddalari va boshqalar QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi kerak.
58. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni ta’minlashi kerak.
59. Ishlab chiqarish binolari va inshoatlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak.
60. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
61. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
62. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
63. Keng izli temir yo‘l transportini binoga kirishi uchun darvoza eng kamida 4,9 m, balandligi kamida 5,4 m bo‘lishi kerak.
64. Avtomobil transportini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
65. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
66. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15 m3 dan, maydoni 4,5 m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
67. Binolarni oynalangan fonarlariga gorizontal metall to‘rlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
68. Vertikal oynalangan fonarlar uchun to‘rlar eni 0,7 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yopiq va gorizontal oynalanganda to‘rlarni eni, tavaqalarni oynalangan gorizontal proyeksiyasi miqdori bo‘yicha hisoblab aniqlanadi.
69. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash uchun xonalar oqib-tortish ventilatsiyalari uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
70. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash xonalarini kirish eshiklari GOST 12.4.026-76 bo‘yicha taqiqlovchi xavfsizlik belgilari “Ochiq olovdan foydalanish man etiladi”, “Chekish mumkin emas”, “Kirish taqiqlanadi” deb yozilgan izohli so‘zlar bilan osilgan bo‘lishi kerak.
71. Barcha korxonalarda binolar va inshoatlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
72. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshoatlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda korxona rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rigidan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
73. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokatni bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
74. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabini qoniqtirishi lozim.
75. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
76. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
77. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rta og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak.
78. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
79. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, korxona maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak
80. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” tomonidan tasdiqlangan QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
81. Korxonani ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
82. Tozalangandan so‘ng suvda zararli moddalarni tarkibi sanoat korxonalarini loyihalashtirish sanitar normalari o‘rnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
83. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
84. Issiq va qoliplash sexlarida, bug‘lantirish kameralari bo‘linmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz bo‘lgan, bir kishiga 4-5 l hisobida gazli suv bilan ta’minlanishlari kerak.
85. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
86. Ichimlik suvni harorati 8 dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
87. Sanoat korxonasi hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
88. Korxonada kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda Davlat sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda korxonada yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
89. Korxona maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” tomonidan tasdiqlangan QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish”ga mos kelishi kerak.
90. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirishi lozim.
91. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim.
92. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
93. Sun’iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
94. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
95. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshoatlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘chma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo‘lmagan va metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan bo‘lishi kerak.
96. Barcha omborlar uchun korxona ma’muriyati tomonidan materiallarni xavfsiz saqlash qo‘llanmasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
97. Ochiq ombordagi maydon yuzasidan suvlarni va jala suvlarini chetga chiqarilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
98. Qish paytida omborxona joylashgan maydonda qor, muzlardan tozalangan va qum, kul yoki shlak sepilgan bo‘lishi kerak.
99. Taxlamlar va stellajlar orasidagi yo‘lkalarning eni 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Omborda transport vositasidan foydalanilganda yo‘lkalarga qo‘shimcha o‘tish yo‘llarini eni 3 m dan kam bo‘lmasligi ko‘rsatilishi kerak. Taxlamlar qatori va transport vositasi o‘lchamlari oralig‘i eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
100. Ishchi zonasidagi havoda zararli moddalar tarkibi GOST 12.1.005-88 bo‘yicha ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshiq bo‘lmasligi kerak.
101. Omborlarni umumiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga asosan 20 lyuks. dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ish joylarini yoritganda ishchilar ko‘zini nur oqimi bilan projektorlar orqali qamashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
102. Taxlash uchun omborlar va maydonlardagi yuklarni yuklash, yuk tushirish va boshqa joyga ko‘chirish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
103. Yerto‘la va yarim yerto‘la xonalarda joylashgan va birdan oshiq zinapoyalarga ega zinalar yoki balandligi 1,5 m dan oshiq omborlar, hamda birinchi qavatdan va birdan oshiq zinapoyalarga ega zinalar yoki omborlar balandligi 2 m dan yuqori bo‘lsa yuklarni tushirish va ko‘tarish uchun ko‘targichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
104. Temir yo‘l bo‘yidagi omborlardagi taxlamlar va harakatdagi tarkiblar orasidagi yo‘lkalarni eni taxlamlar balandligi 1,2 m gacha bo‘lganda kamida 2 m va 1,2 m dan oshiq bo‘lganda 2,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
105. Xomashyo, yoqilg‘i, materiallar va tayyor mahsulotlarni elektr tarmoqlari ostiga va kran yo‘llariga taxlash taqiqlanadi.
106. Changlanuvchi materiallar uchun siloslar, bunkyerlarni yuklash va tushirish paytida changlarni ushlab qoluvchi moslamalari bilan hamda materiallarni gumbaz bo‘lib qolishi va osilib qolishini (elektr titratkichlar (vibratorlar), pnevmatik shurovkalar, to‘zatgichlar va boshqalar) oldini olish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
107. Odamlarni siloslar va bunkyerlarda (tekshirish, tozalash, ta’mirlash) bo‘lishi bilan bog‘liq barcha ishlar ishlab chiqarish ishlari loyihasi va naryad-ruxsat bo‘yicha bajarilishi kerak.
108. Siloslar va bunkyerlarga ulangan oqimlar va ta’minlagichlarni lyuk qopqoqlari, zich yopilgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalariga ulanmalarni zichlanmaganligi orqali changlarni ajralib chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
109. Lyuklar qopqog‘i qulflanadigan moslamalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularni kaliti sex boshlig‘i (smena ustasi)da saqlanishi lozim va korxona bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan mas’ul ish rahbariga ishni bajarish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirib, buyruq orqali beriladi.
110. Siloslar va bunkyerlarga pastki va yon lyuklaridan faqat ta’mirlash ishlarni bajarish uchun kiriladi. Devorlar va yopqichlar osilib yotgan materiallardan oldindan tozalanishi kerak. Yuqori lyuk orqali tushish faqat devor va yopqichlarni tekshirish yoki tozalash uchun tushiladi.
111. Siloslar va bunkyerlarga tushish o‘zi ko‘tarar kajavalarda, hamda odamlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan, chig‘ir yordamidagi kajavalarda bajarilishi lozim.
112. Ishchilarni siloslar va bunkyerlarga tushirishda quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak:
shneklar va elevatorlar elektr tarmog‘idan uzilgan bo‘lishi, ishga tushiradigan qurilmalar ustiga taqiqlovchi xavfsizlik belgilari osilishi: GOST 12.4.026-76 1.5 bo‘yicha tushuntiruvchi so‘z; “Ulamang odamlar ishlayapti!”;
xodimlar shaxsiy himoya vositalari (maxsus kiyim, kaskalar, respiratorlar, himoyalovchi ko‘zoynaklari, ehtiyot kamarlari, saqlanish arqonlari), signal vositalari yoki aloqa (signal arqonlari, gaplashish moslamalari, radio aloqasi) bilan ta’minlanishi lozim. Ehtiyot kamarlari, saqlanish arqonlari va chig‘irlar tekshirilgan va sinalgan bo‘lishi kerak.
113. Osilgan va soyabonlarni bartaraf etganda kajavalar materiallarini qo‘llash hududida bo‘lmasligi kerak.
114. Siloslar va bunkyerlarni tozalaganda quyidagilar taqiqlanadi:
pastki va yon lyuklarni qopqog‘ini ochish va unga kirish;
materiallar qatlami 0,5 m dan oshiq bo‘lganda kajavalardan tushish;
materiallarni tagidan chopib qulatish.
115. Siloslarga tushish uchun kajavalar quyidagilar bilan uskunalangan bo‘lishi kerak:
balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmagan yaxlit metalli panjaralar bilan, tagidan kamida 0,15 m balandlikkacha qoplash va kajava to‘shamasidan 0,6 m balandlikga qo‘shimcha to‘siq plankasi bilan;
o‘rindiqlar, oyoq uchun tayanchlar, siloslarni tozalash uchun kajavaga mahkamlangan moslamalar va asboblar uchun cho‘ntaklar;
ularni ag‘darilib ketish ehtimolini bartaraf etuvchi qurilmalar.
116. Qoplangan sementlarni omborga bir-biriga bog‘lab, taxlab joylash kerak. Qoplarni mexanizatsiyalab joylaganda taxlamlar balandligi 2,5 m dan, qo‘l bilan taxlaganda 1,5 m dan oshmasligi kerak.
117. Sementni shikastlangan, to‘kiladigan qoplarda taxlab joylash taqiqlanadi.
118. Bunkyerlarni ochiq yuklovchi teshiklari perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi kerak. Bunkerni avtomobil transport bilan yuklash tomonidan balandligi 0,4 m dan kam bo‘lmagan otboy brusi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
119. Materiallarni temir yo‘l transporti bilan olib kelinganda quyidagilar taqiqlanadi:
vagonlarni qabul qilish bunkyerlari va estakadalarda 5 km/s tezlikdan ortiq harakatlanish;
tarkibni qabul qiluvchi bunkerga uzatilganda temir yo‘l izlarini tozalash;
vagon-dumpkarlarni ag‘darish zonasida odamlarni bo‘lishi.
120. Ochiq maydonda uyib saqlanadigan to‘ldirgichlar (mayda tosh, shag‘al, qum va boshqalar)ni qulashini oldini olish uchun, ular taxlanish uchun joylarga to‘kilishi lozim, tabiiy qiyalik burchagi har bir material uchun ruxsat etilgandan oshiq bo‘lmasligi kerak.
Taxlangan to‘ldirgichlarda ish bajarganda kovlab ishlash taqiqlanadi.
121. Po‘lat armatura o‘ramlari prokatni xillangan nomi, markasi, diametri bo‘yicha taxlab saqlanishi kerak. Taxlamlar balandligi 1,5 m dan oshmasligi, ular orasidagi yo‘lkalar eni esa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Po‘lat armaturali o‘ramlarni, to‘siq bilan jihozlangan chuqurchalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
122. Listli po‘lat va qora metall prokati turlari, prokat nomi, markasi, diametri bo‘yicha saralangan bo‘lishi kerak va taxlamlarda, stellajlarda saqlanishi kerak.
Listli po‘lat taxlamlari balandligi qatlam siljishini istisno etish uchun o‘rnatilgan cheklovchi asbob bilan birgalikda 1,5 m dan oshmasligi kerak.
123. Tayyor armatura mahsulotlari (payvandlangan to‘rlar, karkaslar, ilmoqlar va shunga o‘xshashlar) maxsus stellajlar yoki konteynyerlarda saqlanishi kerak.
124. Yog‘och va taxta materiallari ombori hududlarini tuzish GOST 9014.0-75 va GOST 7319-80 talabiga mos kelishi kerak.
125. Yog‘och va taxta materiallari ombori shamollatiladigan va drenajlangan uchastkada joylashgan bo‘lishi kerak.
126. Rels oldi yog‘och materiallari ombori temir yo‘llaridan kamida 5 m, taxta materiallari kamida 10m masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
127. Taxlamlarga bemalol kirish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Taxlamlararo o‘tish joylarida osilgan va yiqilgan holda yog‘och materiallari bo‘lmasligi kerak.
O‘tish joylarini eni 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
128. Maydoni 3200 m2 dan oshiq bo‘lmagan taxlangan yog‘och materiallari guruhi orasida 10m dan kam bo‘lmagan o‘tish joylari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
129. Yog‘och va taxta materiallarini joylash sharoiti quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yog‘och materiallari-taxlamlarda balandligi 1,5 m dan ko‘p bo‘lmagan qatorlari orasiga qistirma qo‘yilgan va dumalab ketishga qarshi tirgaklar o‘rnatilgan bo‘lishi (taxlama balandligi uning enidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
taxta materiallari-taxlamada balandligi qatorlab joylaganda taxlamani yarim enini tashkil etadi, kletlarga joylaganda esa taxlamlarni enidan katta bo‘lmasligi.
130. Taxlamlarni bo‘shatib olish ketma-ket balandligi bo‘yicha (pog‘onali bo‘shatish) bajariladi. Taxtalar va xodalarni taxlamani pastki qatoridan tortib olish taqiqlanadi.
131. Omborlar yong‘inga qarshi suv ta’minoti va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
132. Yuk ko‘tarish mexanizmlari hududida yuklarni ilish va buyumlarni taxlash chizmalari osilgan bo‘lishi kerak.
133. Yassi temirbeton buyumlarini gorizontal holatda taxlab joylaganda balandligi 2 m dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
134. Buyumlarni taxlab joylash bino va inshoatlarni loyiha holatiga yoki unga yaqin bo‘lishi kerak (gorizontal holatda taxlanadigan uzun o‘lchamli ustun buyumlar, quvurlar, inshoatlar, tirgovuchlar, kolonnalar, qoziqlar va boshqalardan tashqari).
135. Temirbeton buyumlarini joylab taxlash va taxlamlarni buzganda, taxlash balandligi 1,6 m va undan yuqori bo‘lganda GOST 26887-86 talabiga asosan inventar narvonlar ishlatiladi.
136. Qurilish konstruksiyalari va buyumlarini elektr tarmoq liniyalari ostida va kran yo‘llarida taxlab joylash taqiqlanadi.
137. Yassi konstruksiyalar va buyumlarni vertikal holatda saqlash uchun kassetalar ishlatiladi. Qiya holatda saqlanuvchi buyumlar piramidalarga taxlanishi kerak.
138. Temirbeton shpallari balandligi 16 qatordan ko‘p bo‘lmagan holda taxlanishi kerak. Shpal qatorlari orasiga 50 x 50 mm kesimli yog‘och qistirgichlar shpal uchidan 550 mm masofada o‘rnatilishi kerak.
139. Temirbeton quvurlar, diametri, mustahkamlik sinfi bo‘yicha xillanib, kengaygan og‘zi bilan qarama-qarshi tomon joylanib taxlanishi kerak.
140. Temirbeton quvurlar, tirgaklar, aylana kesimli kolonnalar taxlangan maydonlar, ularni dumalab ketishini oldini olish uchun temirbeton yoki yog‘och taglik bilan qistirilgan bo‘lishi kerak. Muntazam taxlanadigan joylarda qistirmalar maydonlarda mustahkamlangan bo‘lishi kerak.
Taxlamlar soni 4 qatordan oshmasligi kerak. 1400 mm va undan katta quvurlar balandligi 2 qatordan oshmasligi kerak.
141. Temirbeton tirgaklar 5 qatordan yuqori bo‘lmagan balandlikda, asoslari bir-biriga qarshi tomonlari bilan taxlangan holda saqlanishi kerak. Vertikal qatorlar orasiga ularni dumalab ketishini oldini olish uchun yog‘och taglik tiqinlar o‘rnatilishi kerak.
142. GOST 12.1.003-83 talablariga ko‘ra, shovqin ishchi joylarda, xonalarda va korxona hududida ruxsat etilgan me’yorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
143. Past harorat sharoitida tebranma uskunalarini ishlatganda, quyidagi ish va dam olish rejimi bo‘lishi kerak: yopiq xonalarda harorati 22ºS, havo harakati 0,3 m/s dan ko‘p bo‘lmagan va nisbiy namligi 40 — 60% chegarasidan yuqori bo‘lsa, har 45 — 50 daqiqa ishdan so‘ng 10 daqiqa davomida tanaffus qilish kerak.
144. Ish joylarida tebranish parametrlarini o‘lchash kamida bir yilda bir marta, ishlayotganlarni qo‘liga uzatiladigan lokal tebranishlarni, bir yilda kamida ikki marotaba nazoratdan o‘tkazish kerak.
145. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishi noqulay ta’sirini bartaraf etish maqsadida, xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
146. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq bo‘lgan hududlarda GOST 12.4.026-76ga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan bo‘lishi kerak.
Shovqin darajasi 135 dBA dan ortiq bo‘lganda xodimlarni ushbu hududda hatto qisqa vaqt mobaynida bo‘lishi taqiqlanadi.
147. Ishlab chiqarish jarayonlari GOST 12.3.002-75 xavfsizlik talablariga mos kelishi kerak.
148. Ishlab chiqarish xonalarida, ishlab chiqarish uskunalarini joylashuvi xizmatchi xodimlarga hamda ularda ishlovchilarga xavf tug‘dirishi kerak emas.
149. Sexlarda o‘tish yo‘llari eni quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
asosiy o‘tish yo‘llari 1,5 m;
uskunalar orasi 1,2 m;
binolarni qurilish konstruksiyalari va uskunalari oralig‘i 1 m;
uskunalarga ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun 0,7 m.
Ishchi o‘rinlarda o‘tish joylari eni, ishchi o‘rinlaridan o‘tish joylari va o‘tishlari bir tomonlama joylashgan bo‘lsa, kamida 0,75 m ga oshgan, ishchi o‘rinlari o‘tish joylari va o‘tishlari bo‘yicha ikki tomonlama joylashgan bo‘lsa 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
150. Korxona ma’muriyati xodimlarni ichki zavod signalizatsiyasi shartli belgilari bilan tanishtirishi kerak.
Signal moslamalari shunday joylashgan bo‘lishi kerakki, ular har qanday ish sharoitida ko‘rinib turishi kerak.
Signal moslamalari (elektr qo‘ng‘iroqlari, lampochkalar, sirenalar) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
151. Gaz-chang ushlagich qurilmalaridan foydalanilganda “Gaz-chang ushlagich qurilmalariga xavfsiz xizmat va texnik ekspluatatsiya etish qoidalari” talablariga amal qilish kerak.
152. Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanilganda, ta’mirlaganda va o‘rnatganda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Bosim ostida ishlovchi idishlarni xavfsiz ekspluatatsiya etishni tashkil etish” Qoidalari talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
153. Bug‘ va suv isitish qozonlari, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Bug‘ va bug‘ isitish qozonlarini xavfsiz ekspluatatsiya etish va qurish” Qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
154. Ko‘chmas kompressor qurilmalari, havo quvurlari va gaz quvurlarini ekspluatatsiya etish va qurish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Ko‘chmas kompressor qurilmalari, havo quvurlari va gaz quvurlarini ekspluatatsiya etish va qurish qoidalari” talablariga mos kelishishi kerak.
155. Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya etish, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yonuvchi, zaharlovchi va suyultirilgan gazlar uchun quvurlarni xavfsiz ekspluatatsiya etish va qurish qoidalari” va “Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
156. Yuk ko‘tarish mashinalarini ekspluatatsiya etish va qurish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlagan “Yuk ko‘tarish kranlarini ekspluatatsiya etish va qurish qoidalari” talabiga mos kelishi kerak.
157. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya etish va joylashtirish, qurish “Elektr qurilmalarni qurish qoidalari”, “Foydalanuvchilarni elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya etish qoidalari”, “Foydalanuvchilarni elektr qurilmalarini ekspluatatsiya etganda xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga mos kelishi kerak.
158. Metall kesuvchi dastgohlarni ekspluatatsiyasi va o‘rnatilishi GOST 12.2.009-99 talabiga binoan bajarilishi kerak.
159. Yog‘och ishlovchi stanoklarni ekspluatatsiya etish va o‘rnatish “Yog‘och ishlovchi sanoati ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari” talabi bo‘yicha bajarilishi kerak.
160. Ta’mirlash ishlarini tashkil etish va bajarish “Yig‘ma temirbeton sanoati korxonalarida uskunalarni ekspluatatsiya etish va rejali ehtiyotdan ta’mirlash haqidagi qoidalar” talabi asosida bajarilishi kerak.
161. Ta’mirlash ishlaridan oldin quyidagilar bajarilishi kerak:
ta’mirlovchi uskunalar va ularni yuklovchi va yukdan tushirish moslamalarini elektr dvigatel uzatmalari elektr ta’minlash tarmoqlaridan uzib qo‘yilishi kerak;
uzatmalarni elektr taqsimlagich moslamalaridan saqlamalarni olib quyish;
ishga tushirish qurilmalariga GOST 12.4.026-76 1.5 bo‘yicha “Ulamang odamlar ishlayapti!” degan taqiqlovchi belgi osib qo‘yilishi kerak.
162. Ta’mirlash ishlarida inventar havozalar, narvonlar, kajavalar va boshqalar QMQ 3.01.03-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talabiga mos kelishi kerak.
163. Ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 talabiga mos kelishi kerak.
164. Uskunalarni harakatlanuvchi qismlari (vallar, maxoviklar, ulovchi muftalar, ponasimon tasmalari, zanjirli, friksion va ochiq tishli uzatgichlar va boshqalar) to‘silgan bo‘lishi kerak.
165. Pnevmatik uzatmalar bilan jihozlangan uskunalar GOST 12.3.001-85 talabiga javob berishi kerak.
166. Texnologik uskuna va mexanizmlar (tyagalar, tirgaklar, domkratlar va boshqalar) statik yukka Nazorat tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak. Nazorat tekshiruvini uch oyda bir martadan kam bo‘lmagan holda, hamda ta’mirlashdan so‘ng yoki ishda ikki oylik tanaffusdan so‘ng o‘tkazilishi lozim.
Sinov natijalari uskunalar pasportiga yozilishi kerak.
167. Uskunalarni ishga tushirish, ushbu uskunalarga xizmat qiluvchi xodimlar tomonidan bajariladi. Ishlab chiqarish uskunalarini ishga tushirishdan oldin ishga tushirish apparaturalari signal vositalari va blokirovkalash va boshqarish dastaklari holati tekshirilishi lozim.
Ishlab chiqarish uskunalarini montaj etish va takomillashtirishdan so‘ng, to‘siqlar o‘rnatmasdan, signalizatsiya vositalari va blokirovkalarini ulamasdan, sinab ishga tushirish taqiqlanadi.
168. Bug‘ quvurlari va kondensat quvurlari “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Issiq suv va bug‘ quvurlaridan xavfsiz foydalanish va qurish qoidalari” talabiga javob berishi kerak.
169. Ish joylari GOST 22269-76, GOST 12.2.032-78 va GOST 12.2.033-78 talablariga javob berishi kerak.
170. Uskunalar va quvurlar yuzasi, ularni kishilar tegib ketishi mumkin bo‘lgan joylarini issiqlik harorati 45°S oshmasligi kerak. Ish joylarida issiqlik, tarqalish oqimi zichligi 348,9 Vt/m2 (300 kkal/m2 soat)dan oshmasligi kerak.
171. Mashina va mexanizmlar xizmatida ishlatiladigan artish materiallar yopiq metall yashiklarda belgilangan joylarda saqlanishi lozim.
172. Qurilmalarga xizmat ko‘rsatish maydonini (ishlab chiqarish uskunalari, bug‘lantirish kameralari va shunga o‘xshashlar), pol sathidan 1 m balandlikda joylashtirilganda panjaralar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
173. Zich va g‘ovakli beton qurilmalarini tashkil etish va texnologik jarayonlarini boshqarishda quyidagilar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:
ishlab chiqarish xonalaridagi ishchi zonalarini metrologik sharoitlari GOST 12.1.005-88 bo‘yicha;
ishchi zonalar havosida changlarni tarkibi 6 mg/m3 dan ortiq bo‘lmasligi;
atmosferaga tashlanadigan changlangan havoni OND-86 “Atmosfera havosidagi korxona chiqazib tashlaydigan zararli moddalarni konsentratsiyasini hisoblash usuli”ga muvofiq tozalash;
materiallar uzatish yo‘lini zich yopilishi;
beton qorishmalarni tayyorlash hududlarida va ularni berishda mehnat sharoiti;
mexanizatsiyalashgan yig‘ishtirish va chiqindilardan foydalanish;
xodimlarni shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi-maxsus kiyim GOST 12.4.085-80 bo‘yicha va GOST 12.4.086-80 bo‘yicha, etiklar GOST 12.4.72-79 bo‘yicha, qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 bo‘yicha, respiratorlar ShB-1 “Lepestok” GOST 12.4.028-76 bo‘yicha, himoyalanuvchi ko‘zoynaklari GOST 12.4.013-85 bo‘yicha.
174. Uskunalarni ishga tushirish, changlanadigan materiallarni transportda tashish bir vaqtda aspiratsion tizimlarini ulash bilan bajarilishi lozim.
175. Uzatish, qayta yuklash, qorishmalarni tayyorlash va to‘kish jarayonlari uzoq masofadan boshqarilishi kerak.
176. Ish zonasi havosidagi sement changi tarkibini nazorat etish, ma’muriyat va kasaba uyushmasi tomonidan o‘rnatilgan muddatda, lekin uch oyda kamida bir marta mahalliy sanitar nazorati organlari tomonida bajarilish kerak.
177. Suvli qorishmalarni tayyorlash va dozalash uchun kompleks qo‘shimchalar ishlatilganda, har bir komponentlarga ayrim idishlar ishlatilishi lozim.
178. Kompleks qo‘shimchalar komponentini aralashtirish, suv dozatorida ularni bevosita beton qorishtirgichga uzatishdan oldin bajarilishi kerak.
179. Kimyoviy qo‘shimchali suvli qorishmalarni tayyorlash joylarida, xavfsiz ishlash va birinchi yordam ko‘rsatish qo‘llanmasi osib qo‘yilishi kerak.
180. Kimyoviy qo‘shimchalar qorishmasini beton qorishmasiga uzatish avtomatik boshqarish dozatorlardan quvurlar orqali bajarilishi kerak.
181. Tasmali konveyyerlarning xavfsizlik talablari GOST 12.2.022-80 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
182. Uzunligi 20m dan oshiq bo‘lgan konveyyerlar ustidan o‘tish uchun kerakli joylarda eni kamida 1 m bo‘lgan ushlagichlari bilan o‘tish ko‘prikchalari o‘rnatilishi kerak.
183. O‘tish joyi ustida joylashgan konveyyerlar pastki qismidan, konveyer gabaritidan kamida 1 m oralig‘ida yaxlit yopmalar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
184. O‘tish joyi bo‘ylab istalgan joydan konveyyerlarni to‘xtatish imkonini beruvchi avariyaviy troslar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
185. Beton qorishtirg‘ich sexlarida konveyerning trassa uchastkalarida va beton to‘ldirgichlar omborida boshqarish pultlari ikki tomonlama ogohlantiruvchi ishga tushishidan oldin (tovushli, svetovoy) va konveyer uzatmasi yoqilishidan oldin avtomatik ravishda yoqiladigan signalizatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
186. Ish joylarida qo‘llanilayotgan signalizatsiya vositalari haqida ma’lumot taxtachalari bo‘lishi kerak.
187. Yechilgan yoki noto‘g‘ri o‘rnatilgan to‘siqlarda tasmali konveyer avtomatik ravishda uzilishi uchun tasmali konveyyerlarning uzatuvchi, cho‘zib turuvchi va chetlatuvchi barabanlarining to‘siqlari uzatma bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
188. Tasma va barabanga yopishib qolgan materiallarni tozalash uchun mexanik tozalagichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
189. Tasmali konveyerni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
tasma va baraban orasiga qum, shag‘al, kanifol, bitum va boshqa materiallarni tashlab, tasma sirpanishga to‘siqlik qilish;
tutib turuvchi roliklarni qo‘yish va yechish;
tasmani qo‘lda tortish va tekislash;
tutib turuvchi roliklarni, uzatib cho‘zib turuvchi barabanlari va hokazolarni tozalash, sochilgan materiallarni yig‘ishtirish.
190. Mexanizmni ta’mirga yoki texnik ko‘rikka to‘xtatishdan oldin, konveyer tasmasi tozalangan bo‘lishi, elektr dvigatellar elektr ta’minotdan uzilgan bo‘lishi, ushbu mexanizmlarni ta’minlovchi saqlagichlar elektr tarqatuvchidan uzilgan bo‘lishi kerak. Mexanizmlarda 1.5, GOST 12.4.026-76 talabi bo‘yicha “Ulamang odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgi osilgan bo‘lishi kerak.
191. O‘tish joyi bo‘ylab istalgan joydan ehtiyoj tug‘ilganda rolikli konveyyerlarning ikki tomonidan to‘xtatish imkonini beruvchi avariyaviy uzish arqonlar (troslar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
192. Ishga tushirish haqida ogohlantirish uchun tovushli va nurli signalizatsiya (elektr qo‘ng‘iroqlar, yonib-o‘chuvchi elektr chiroqlari) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
193. Xom ashyo to‘kilishini va ishlab chiqarish xonalariga chang kirishini oldini olish uchun konveyer qopqoqlari mustahkamlangan bo‘lishi kerak.
194. Qopqoqlar va lyuklar ochilganda konveyrni avtomatik ravishda to‘xtashini ta’minlash uchun ular blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
195. Konveyyerlar bosh va oxirgi qismlarida konveyerni avariyaviy to‘xtatish tugmachalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
196. Texnologik chiziq bir nechta ketma-ket o‘rnatilgan va baravar ishlayotgan konveyyerlardan iborat bo‘lgan yoki boshqa mashinalar (ta’minlagichlar, elevatorlar va shunga o‘xshashlar) bilan birga ishlaydigan konveyyerlar, konveyer va barcha mashinalar uzatmalari shunday bloklangan bo‘lishi kerakki, qandaydir mashina yoki konveyer to‘satdan to‘xtaganda, oldingi mashinalar yoki konveyyerlar avtomatik ravishda uzilsin, keyingilari esa yuklardan to‘liq bo‘shaguncha ishlashi kerak.
197. Konveyerni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
uyumdan osilib qolgan materialni qulatish, konveyerga hom ashyoni yoki to‘satdan tushib qolgan jismlarni qo‘lda surib kirgizish hamda laboratoriya analizi uchun namunalar olish;
qopqoqlar va lyuklarning blokirovkasining nosozligida ishlashi.
198. Transportlanayotgan hom ashyoning to‘silishini va xonalarga chang tarqalishini oldini olish uchun elevatorlarning lyuk qopqoqlari mustahkamlangan bo‘lishi kerak.
199. Yuk tasmasi uzilganda elevatorlar uzatmasi avtomatik uzilish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
200. Ta’mirlash-montaj va boshqa ishlarni bajarish uchun elevatorning bosh qismiga, yuk ko‘tarish qurilmasi (elektr tallar, tallar, telfyerlar) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
201. Elevatorni ta’mirlashdan oldin yuk tasmasi to‘xtatilgan bo‘lishi kerak.
202. Elevatorni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
ko‘rish lyuklarini ochish, ta’mirlash ishlarini olib borish va hom ashyodan namunalar olish;
to‘ldirilgan kovshlarda elevatorni to‘xtatish.
203. Kovshlarni o‘tishi uchun yuklash teshigi atrofida ko‘targich priyamkasi yaxlit to‘shama bilan yopilgan va panjara bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
204. Ko‘targich, trassani barcha uchastkalaridagi tortish organlarida uzilish holati ro‘y berganda kovshni to‘xtashini ta’minlovchi ilib oluvchi bilan jihozlangan bo‘lishi hamda kovshni yuqori holatida oxirgi uzgichlari bo‘lishi kerak.
205. Ko‘targichni ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
odamlarni chuqurlikda bo‘lishi;
chuqurlikni va uskunalarni tozalash;
ta’mirlash, moylash va profilaktika ishlari.
206. Dozatorlardan beton qorigichlarga materiallarni uzatish yo‘llarida ulangan joylar shunday mustahkamlanishi kerakki, beton qorigichlarga uzatish paytida zich ulanmagan joylardan chang chiqmasligi ta’minlanishi kerak.
207. Beton qorigichlardagi qulfning pnevmatik uzatmalari aerodinamik shovqinini so‘ndiruvchilar bilan jihozlanishi lozim.
208. Beton qorigichlar aspiratsion tizimga ulangan tortuvchi zontlar bilan uskunalanishi lozim.
209. Beton qorigichlar uzatmalarning ustki tomonida xizmat ko‘rsatish uchun qo‘zg‘almas temir maydonchalar va zinalari bo‘lishi kerak.
210. Beton qorigichlar ishlayotgan paytda kuyidagilar taqiqlanadi:
beton qorigichlar ichidagi begona narsalarni olish;
uzellar va mexanizmlarni sozlashni bajarish;
namunalar olish.
211. Bunkerdan (badyadan) betonni yotqizishda bunkyerlarni (badyalarni) pastki qirrasidan qoliplarni orasidagi masofa 1 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
212. Bunkyerlar qulfi ularni beixtiyor ochilishini istisno etuvchi moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
213. Beton qorishmalari uchun ko‘chma bunkyerlar (badyalar) GOST 21807-76 talablariga mos kelishi kerak.
214. Minorali kranlar kabinasida kranlar har xil qulochdagi cheklanib ruxsat etilgan yuk ko‘tarish jadvallari va poligonda tayyorlanadigan temirbeton va beton buyumlari og‘irligining jadvali bo‘lishi kerak.
215. Mexanizmlarni boshqarish pultida mexanizmlarni tezda to‘xtatish uchun zamburug‘ shaklli uzgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
216. Ko‘priksimon va kozlovoy yuk ko‘tarish kranlarida umumiy kran osti yoritgichlari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
217. Poligonlarni ishchi, avariyali, evakuatsiya va hududlarni qo‘riqlash yoritgichlari QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos kelishi kerak.
218. Armatura mahsulotlarini tayyorlash va payvandlash ishlarida xavf tug‘dirish manbai bo‘lgan, ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalashni ta’minlash kerak.
219. Zararli moddalar va payvanddagi aerozollar ish joylaridagi havodan ventilatsiya yo‘llari bilan tozalanishi lozim.
220. Armatura mahsulotlarini tayyorlovchi dastgohlar (stanoklar), metall zakkilar va changlar yig‘ish uchun ishlab chiqarish xonalaridagi changlangan havoni ajralib chiqishini yo‘qotuvchi aspiratsion tizimga ulanishi lozim.
221. O‘ram ushlagichlar to‘siqlangan bo‘lishi kerak. To‘siqlar balandligi 1,8m dan kam bo‘lmagan metall to‘rli, eshik eni 0,7 m dan kam bo‘lmagan, ochiq yoki zich yopilmagan eshik uzatmalari avtomatik ravishda uziladigan stanok bilan blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
222. O‘ram ushlagichlar mashinalar (to‘g‘rilash barabanlari, stanok qayta o‘rash g‘altaklari, payvandlash va boshqa uskunalar)dan 1,5 m dan kam bo‘lmagan masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
223. O‘ram ushlagichlar 1/4 oshiq bo‘lmagan aylanishdagi tortish moslamalari uzatmalarini uzgandan so‘ng, armatura simlari o‘ramini inersiya bo‘yicha aylanishini ta’minlovchi moslamalarni tormozlash uskunalari bo‘lishi kerak.
224. Armatura simlarini ixtiyoriy harakatlanishini chegaralash uchun o‘ram ushlagich bilan to‘g‘rilab kesish stanogini to‘g‘rilash barabani orasida yo‘naltiruvchi moslamasi (quvurlar, halqalar) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
225. To‘g‘rilash barabaniga po‘lat armatura uchini kirgizish dastgoh uzatmasi o‘chirilganda bajariladi.
226. Dastgohlarni ishga tushirish tepkilari to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqlar oyoq harakatiga xalaqit bermasligi lozim.
227. Oyoq bilan harakatga keltiruvchi boshqarish organlari tepkilari, ishchi sathi 90x60 mm dan kam bo‘lmagan va harakatlanish miqdori chegarasi 25 — 40 mm bo‘lishi lozim.
228. Armatura chiviqlarini egish dastgohini (stanogini) ishlatganda quyidagilar taqiqlanadi:
burilish disklarini aylanish vaqtida vilkaga armatura sterjenlarini kiritish;
elektr tarmog‘idan stanokni uzib qo‘yguncha eguvchi, markaziy va tayanchli tishlarni o‘zgartirish.
229. Diametri 20 mm dan oshiq armatura chiviqlarini kesish uchun dastgoh (stanok) uzatmalari, armatura sterjenlarini uzatish uchun ikki tomondan rolikli stollar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
230. Armatura to‘rlarini kesish uchun qaychilar, to‘rlarni uzatish tomonidan ushlab turuvchi moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Armaturaning gidravlik qaychili ishchi organlarini beixtiyor harakatlanib ketishini oldini olish uchun dvigatelni o‘chirishda gidrotaqsimlagichni ulash imkoniyati bo‘lmasligi kerak.
231. Simlarni qayta o‘rash uchun moslamalar perimetri bo‘yicha balandligi 1,8 m dan kam bo‘lmagan to‘rli metall to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
232. To‘siqlardagi qurilmalarga xizmat qilish uchun eni 0,7 m dan kam bo‘lmagan eshik nazarda tutilishi kerak.
233. To‘siqlardagi eshik dastgoh (stanok) uzatmasi bilan shunday blokirovka qilinishi lozimki, eshik ochiq yoki zich yopilmagan bo‘lsa uzatma avtomatik ravishda uzib qo‘yiladigan bo‘lishi kerak.
234. Dastgohlarni (stanoklarni) harakatlanishi aravachalari simni rotorga kiritish uchun maydonchalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Maydonchalar tebranishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
235. Boshqarish pulti tomonidan armatura simi uzilganda ishlovchini shikastlanishini oldini oluvchi dastgoh (stanok) rotori olib qo‘yish yoki ko‘tarma to‘rli to‘siqlar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
236. Spiral karkaslarni payvandlash uchun dastgohlar (stanoklar) to‘silgan bo‘lishi kerak.
237. Qoliplarni pistolet-purkagich yoki boshqa purkash moslamalar yordamida moylashni, maxsus ajratilgan va jihozlangan uchastkalarda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llagan holda bajarilishi kerak.
238. Qoliplarni ilib olish (ko‘tarish) uchun mo‘ljallangan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
239. Ochilib qaytuvchi bortli qoliplarda bortning ochilish burchagini chegaralovchi qurilmalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak (cheklovchi tirgaklar va shunga o‘xshashlar)
240. Bort, qulf, ilmoq, cheklovchi tirgaklar nosoz bo‘lganda, qoliplarni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi.
241. Qoliplarni joylashtirganda bort yopilgan holda (qulfda) bir xil o‘lchamda, yon tomoni bilan bir masofada qistirmalar bilan tekis terib bajarilishi kerak.
242. Qoliplarni (bort, taglik va boshqa elementlar) tozalash mexanik tarzda yoki qo‘l-qirg‘ichi yoki pnevmatik qirg‘ich bilan amalga oshiriladi.
243. Qulflarni konstruksiyalari bortlarni o‘z-o‘zidan ochilib ketishiga imkon bermasligi kerak.
244. Bortlarni ochilishi uchun formalar mexanik yoki qo‘l moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
245. Vagonchalar relsdan chiqib ketmasligi uchun qolip va vagoncha tagligi ogohlantiruvchi, cheklovchi moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
246. Stendli qoliplar ularga mahkamlangan vibroqo‘zg‘atuvchi vibroizolatsiya ustunlariga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
247. Bosimli vibrogidropresslangan quvurlar qoliplari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
boltlar g‘ilofli (kojuxi) taryelkasimon prujinalari bilan qolipga zanjir yordamida mahkamlangan bo‘lishi kerak;
tashqi qoliplar va yarim qoliplar qismlari tarirlangan bolt taryelkasimon prujinasi bilan ulanishi kerak;
ankerli va kalibrli halqalar ilib olish qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi va kassetalarda saqlanishi kerak.
248. Sentrifugalab tayyorlanadigan buyumlar qoliplari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yarim qoliplar ularni ko‘chishiga nisbatan fiksatsiyalash moslamalari bilan uskunalangan bo‘lishi kerak;
qulfli yarim qolip moslamalari ularni beixtiyor bo‘shashini istisno etuvchi fiksatorlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
armaturalarni oldindan taranglatib tortish qoliplari taranglashgan armaturalarni uzilish holatida xizmat qilayotgan xodimlarni himoyalash uchun yon tomoni bo‘yicha yaxlit metall to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
249. Bunkyerlar xizmat qilish uchun maydonchalar va zinalar bilan uskunalangan bo‘lishi kerak. Ishchi maydonlari eni 0,7 m dan kam bo‘lmagan va panjaraga ega bo‘lishi kerak.
250. Beton yotqizgichlar va beton tarqatgichlar tovushli signalizatsiya (elektr qo‘ng‘iroqlar, sirenalar) bilan uskunalangan bo‘lishi kerak.
251. Bunkerdagi tebratgichlar tovushdan himoyalanish g‘iloflar (kojuxlar) bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
252. Beton yotqizgichlar va beton tarqatgichlarni avtomatik to‘xtatish uchun rels yo‘li oxiri tirgaklar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
253. Titratuvchi uskunalar tovushdan himoyalanish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
254. Titratuvchi maydonchalari ishlab chiqarish xonalari poydevoridan tebranish darajasini so‘ndirish moslamalari (prujinali, rezinali, pnevmatik va shunga o‘xshashlar) bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
255. Titratuvchi maydonchalarida qoliplarni gorizontal siljishini istisno etuvchi chegaralagichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
256. Quyidagilar taqiqlanadi:
ishlab turgan titratuvchi maydonchasi yoki unga o‘rnatilgan qolipga xizmat qilayotgan xodimni, ularni ustiga chiqib turishi;
osilgan holatdagi titratgich yuklarini, ularni mahkamlamasdan tozalash.
257. Kassetali qurilmalarning o‘z-o‘zidan ulanishi ehtimolini hamda kasseta devorlari orasida ishlovchilarning bo‘lishi vaqtida harakatini istisno etish uchun siljitish uzatmalarida blokirovka moslamalari bo‘lishi kerak.
258. Xizmat qilish uchun maydonchalar mustaqil poydevorga o‘rnatilgan va kassetalar, qoliplarni bo‘shatish mashinalari ramalari tebranishdan himoyalangan hamda metall panjaralar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
Maydon to‘shamalari va zina pog‘onalari taram-taram po‘latdan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
259. Kassetalar bo‘lmalaridagi issiqlik ishchi bosim muhiti texnik pasportda ko‘rsatilgandan oshmasligi kerak.
260. Quvurlarni (bug‘ o‘tkazuvchilar va kondensat o‘tkazuvchilar) ulash va ta’mirlash ularni magistraldan o‘chirgandan keyin va kondensatni va bug‘larni butunlay chiqarib yuborilgandan keyin bajariladi.
261. Qoliplarni bo‘shatish joylariga, ushbu uchastkalarda transport bilan tashiladigan yuklarni ilib ko‘tarish chizmalari va yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirishga mas’ul shaxslarni familiyasi va ismi ko‘rsatilgan plakatlar osilgan bo‘lishi kerak.
262. Kasseta qurilmalarini boshqarish pulti, kasseta qurilmalarini asosiy harakatlanuvchi bo‘g‘inlarini operator ko‘radigan joyga joylanishini ta’minlash lozim.
Kasseta qurilmalari tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi (elektr qo‘ng‘iroqlar, elektr lampalar va shunga o‘xshashlar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
263. Qo‘lda ajratadigan listlar va issiqlik bo‘lmalarini moylaganda va tozalaganda ishchi pastda bo‘lishi kerak.
264. Kassetali qurilmalarda va moylangan qoliplash sath ustlarida payvandlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
265. Kassetalarni bo‘shatish va panellarni olishda quyidagilar taqiqlanadi:
kassetalarni suriladigan qismida bo‘lish;
buyumlarni buzuq ko‘tarish ilgaklari bilan chiqarib olish va tashish;
osilib turgan panellardan konuslarni urib chiqazish.
266. Sentrifugalar tovushdan himoyalangan kameralarda yoki qobiqlarda (kojuxlarda) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
267. Kamera yopqichlariga qoliplarni tushirish uchun darchalar qopqoq bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
268. Kamera eshiklari va darcha qopqoqlari tsentrifuga uzatmalari ochiq va butunlay yopilmagan holatda avtomatik ravishda to‘xtashi uchun blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
269. Sentrifuga kamerasiga kirishda GOST 12.4.026-76 1.5 talabiga muvofiq “Begonalarga kirish man qilinadi!” taqiqlovchi belgi osilgan bo‘lishi kerak.
270. Sentrifugalar chiqindini yig‘ish va chiqarib tashlash qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
271. Kameralar bug‘ chiqishini oldini olish uchun gidravlik qulf yoki kamera bilan qopqoqni zich yopilishini ta’minlovchi boshqa maxsus konstruksiya bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Gidroqulfga qum yoki qipiq sochish taqiqlanadi.
272. Kamerada ishchi bosim muhiti loyihada ko‘rsatilgandan oshiq bo‘lishi mumkin emas.
273. Kameralarni olib qo‘yiladigan qopqog‘i yuk ko‘tarish krani bilan ilib olish uchun ko‘tarish | 142 | 63,194 |
Qonunchilik | Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etiladi | Prezidentning 5.03.2021 yildagi «Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5020-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda Respublika хotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etilishi belgilandi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida qayta tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Har yili 300 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari, Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar, homiylik хayriyalari, grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Jamgʻarma har yili AT «Xalq banki»ga 100 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlarni 2021 yilda MBning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada, 2022 yildan boshlab esa MBning asosiy stavkasida yoʻnaltiradi. Quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan хotin-qizlarga mazkur mablagʻlar hisobidan kreditlar ajratiladi:
Kreditlar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tavsiyasiga koʻra 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasida 150 BHMgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratiladi.
Ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, quyidagi tartibda beriladi:
Shuningdek Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi joylarga chiqqan holda ishlarni har bir хonadon va mahalla kesimida tashkil etishi yoʻnalishlari belgilandi.
Quyidagi topshiriqlar berildi:
1) Moliya vazirligiga:
a) 10 mlrd soʻmdan – noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga;
b) 5 mlrd soʻmdan – otasidan ayrilgan, yolgʻiz onasi qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj хotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga.
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklariga quyidagilarni ta’minlash topshirildi:
a) boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj хotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun 80 mlrd soʻm;
b) noturar joylarda istiqomat qilayotgan хotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensatsiyasini toʻlash uchun 11 mlrd soʻm ajratilishini;
3) Bosh prokuraturaga «Ayollar daftari»ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga 150 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishini ta’minlash topshirildi.
Shuningdek hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 61 | 2,882 |
Qonunchilik | MOL-MULK SUG‘URTASI VA UZOQ MUDDATLI HAYOT SUG‘URTASIGA OID SUG‘URTA MUKOFOTLARI YuZASIDAN YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I VA JISMONIY ShAXSLARNING DAROMAD SOLIG‘I BO‘YIChA IMTIYOZLAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Mol-mulk sug‘urtasi va uzoq muddatli hayot sug‘urtasiga oid sug‘urta mukofotlari yuzasidan yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 15-son, 158-modda) muvofiq mol-mulk sug‘urtasi va uzoq muddatli hayot sug‘urtasiga oid sug‘urta mukofotlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini berish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda foydalaniladigan tushunchalar:
“sug‘urta mukofoti” — sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat va tartibda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta haqi;
“mol-mulk sug‘urtasi shartnomasi” — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urta qildiruvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi.
“uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi” — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga muvofiq bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi.
“sug‘ura polisi” — sug‘urta shartnomasining imzolanganligini va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyatining kuchga kirganligini tasdiqlovchi va sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga beriladigan hujjat (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya).
2. Yuqorida ko‘rsatilgan qaror asosida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini beruvchi asos bo‘lib sug‘urta polisi hisoblanadi.
3. Yuridik shaxs (mulkdor, xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqining subyekti) tomonidan mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofoti summasi, shuningdek, o‘z xodimlarining hayotini uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlari summasi jami daromaddan chegiriladi.
4. Yuridik shaxs tomonidan (xodimlar kategoriyasiga kirmaydigan) boshqa shaxslarning hayotini uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlari summasi, daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda jami daromaddan chegirilmaydi.
5. Yuridik shaxs tomonidan o‘z xodimi uchun uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlari summasi, jismoniy shaxsning soliqqa tortiladigan daromadi sifatida qaralmaydi.
6. Mustaqil ravishda mol-mulk sug‘urtasi va/yoki uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lagan jismoniy shaxslar, to‘langan sug‘urta mukofotlari summasini soliqqa tortiladigan daromadni hisoblashda asosiy ish joyi bo‘yicha yoki hisobot yili uchun yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yillik jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirishda, yillik jami daromaddan chegirish huquqiga ega.
7. Mol-mulk sug‘urtasi va/yoki uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda va sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta mukofotining jami summasi yoki bir qismi sug‘urta qildiruvchiga qaytarilganda, agar sug‘urta qildiruvchiga avval ushbu Nizomga muvofiq imtiyozlar berilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotini soliqqa tortiladigan daromadga kiritish maqsadida sug‘urta qildiruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga qaytarilgan sug‘urta mukofoti hajmi to‘g‘risida xabar beradi.
8. Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini qonunchilik asosida berilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri hisoblanishi bo‘yicha javobgardirlar.
9. Soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. | 249 | 5,358 |
Qonunchilik | “DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YIChA NAFAQALARNI TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM”NING 17-BANDI BEShINChI QISMINING KONSTITUTSIYAGA MUVOFIQLIGINI TEKShIRISh HAQIDAGI ISh BO‘YIChA | Konstitutsiyaviy sud Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, R. Abdumajidov, G. Pirjanovdan iborat tarkibda,
taraflar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi vakillari, shuningdek, ekspert, dotsent M. Gasanov ishtirokida,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismiga amal qilgan holda,
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan 1993-yil 1-dekabrda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan 1994-yil 10-fevralda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1994-yil 10-fevralda, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan 1994-yil 11-fevralda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1994-yil 14-fevralda tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 17-bandi beshinchi qismining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi masalani ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining murojaati munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, G‘. Abdumajidov va G. Pirjanovning tashabbusi bilan kiritildi.
Ma’ruzachi sudya G. Pirjanovning axborotini, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar va idoralarning vakillarini, ekspert M. Gasanovning fikrini eshitib, ish materiallarini o‘rganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasida yollanib ishlaydiganlarning haq to‘lanadigan dam olish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasiga muvofiq, barcha xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-modasiga ko‘ra, har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Mehnat kodeksi 285-moddasining birinchi qismi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi oilaning betob a’zosini parvarish qilganda to‘lanishini nazarda tutadi.
Biroq, agar oila a’zosining kasalligi xodimning mehnat ta’tili davrida boshlangan bo‘lib, xodim dam olish o‘rniga bemorni parvarishlashga majbur bo‘lgan bo‘lsa, unda “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” 17-bandining beshinchi qismiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi berilmaydi va bunday vaziyatda ta’til xodim oilaning betob bo‘lib qolgan a’zosini parvarish qilgan kunlar soniga monand uzaytirilmaydi. Shu tarzda mehnat ta’tili davrida oilaning betob a’zosini parvarish qiladigan xodimlarning dam olish va ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari kamsitiladi.
Bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
1. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” 17-bandining navbatdagi yoki qo‘shimcha mehnat ta’tilidagi xodimning betob bo‘lib qolgan oila a’zosini parvarish qilganlik uchun nafaqa olish huquqini cheklovchi beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mos kelmaydi deb topilsin.
2. Ushbu qaror qat’iy, uning ustidan shikoyatga o‘rin yo‘q va u “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. | 194 | 4,100 |
Qonunchilik | TOShKENT O‘RMON MELIORATSIYASI TEXNIKUMINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1991-yil 30-apreldagi 115-son qarorining 5-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan Toshkent paxtachilik texnikumini Toshkent o‘rmon melioratsiyasi texnikumi deb qayta nomlab, uni o‘zining ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hozirgi vaqtda Toshkent paxtachilik texnikumida o‘qiyotganlar kontingentini barcha ixtisosliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining yangidan tashkil etilayotgan Toshkent o‘rmon melioratsiyasi texnikumiga belgilangan tartibda o‘tkazsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining reja va budjetlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsinlar. | 68 | 1,123 |
Qonunchilik | LOMBARDLAR FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 36-son, 363-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan “Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 113 | 1,079 |
Qonunchilik | Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, shuningdek, kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021-yil 20-dekabrda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida “Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 80,0 million AQSh dollari miqdorida hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga 213,58 milliard so‘m miqdoridagi qarzlarni O‘zbekiston Respublikasiga ajratish bo‘yicha qarz bitimlari imzolanganligi;
kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun kulay muhitni yaxshilash bo‘yicha OTB bilan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar matritsasi doirasidagi 1-kichik dastur yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
OTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha barcha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida milliy valyuta ekvivalentida ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hamda OTB o‘rtasida imzolangan qarz bitimlari bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. | 158 | 2,699 |
Qonunchilik | “MAHALLIY SANOAT” KORPORATSIYASINING “FONON” IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI TARKIBIDA “NUR” DAVLAT BADIIY ZARGARLIK MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Respublika mahalliy sanoat korxonalarida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish vazifalarini bajarish, qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallar va toshlar ishlatilib tayyorlanadigan xalq hunarmandchiligi buyumlari turlarini yanada yaxshilash masalalarini hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining “Fonon” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida “Nur” Davlat badiiy zargarlik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, quyidagilar zargarlik markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
zargar ustalar milliy uslubini shakllantirish, zargarlik buyumlarining, qimmatbaho metall va toshlardan, olmos va brilliantdan tayyorlanadigan buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqish;
zargarlik buyumlarida milliy mavzu, usullarni ishlab chiqish va tiklash, ularni ishlab chiqarish uchun yangi texnologiya va uskunalar yaratish, jahon bozorida raqobatga qobil toshlar, teri, gazmol, suyak metall, yog‘ochlardan qimmatbaho metallar, tabiiy va sun’iy kristallar, marvarid qo‘shib yasaladigan noyob va kamyob badiiy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish. Ularni ko‘plab ishlab chiqarishda korxonalarga yordam berish;
noyob va misli yo‘q zargarlik san’ati asarlarining davlat kolleksiyasini yaratishga ko‘maklashish.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat badiiy zargarlik markazi yuridik shaxs hisoblanadi, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning tegishli mavzu bo‘yicha ishlarini bajaradi, ularga xizmat ko‘rsatadi.
O‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
3. “Nur” Davlat badiiy zargarlik markaziga quyidagi huquqlar berilsin:
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga binoan zargarlik buyumlarining haqiqiyligini, badiiy va tarixiy qiymatini ekspertiza qilish (Davlat proba nazorati va Davlat xazinasi o‘gkazadigan maxsus funksiyalardan tashqari);
materiallarga (zargarlikda ishlatiladigan qimmatbaho toshlardan tashqari) ishlov berish bo‘yicha ijodiy guruhlar, ustaxonalar tashkil etish, zargarlik buyumlari uchun alohida qutichalar yasash;
zargarlik buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan teri, gazmol, suyak, tosh, yog‘och va boshqa xomashyo resurslaridan tayyorlangan materiallar va yarim fabrikatlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni yarim fabrikat sifatida sotib olish va almashtirish (tugallanmagan zargarlik buyumlari va ularning qismlarini sotish va almashtirish huquqisiz);
badiiy zargarlik buyumlarini, texnologiyalarni, uskunalarni belgilangan tartibda sotish, shu jumladan, ham ichki bozorda, ham xalqaro bozorda auksionlarda sotish.
4. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi:
bir oy muddatda “Nur” Davlat badiiy zargarlik markazi ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
“Nur” Davlat badiiy zargarlik markazini joylashtirish masalasini hal etsin.
5. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar “Nur” zargarlik markaziga ushbu qarorni amalga oshirishda yordam ko‘rsatsinlar.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq A.N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin. | 149 | 3,164 |
Qonunchilik | Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatining aholi o‘rtasida tushuntirilishi yuzasidan namunaviy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatining aholi o‘rtasida tushuntirilishi yuzasidan namunaviy chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyati sohalariga oid qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha, ular qabul qilinganidan keyin 1 hafta muddat ichida o‘z markaziy apparatlari va hududiy organlarining rejalarini tasdiqlasin, ularning amalga oshirilishini ta’minlasin hamda doimiy nazoratni amalga oshirsin.
4. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov):
mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin;
bir kunlik muddatda mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazsin;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli axborot-tahliliy materiallari asosida qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borsin va nazoratni amalga oshirsin;
zarur hollarda, chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini monitoring qilish natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mas’ullariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini ko‘rish haqida tegishli takliflarni kiritsin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin. | 188 | 2,235 |
Qonunchilik | O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 2-dekabrdagi PF-4582-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 49-son, 631-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2013-yil 13-avgustdagi 38-qq, 34 va 60-qq-son “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2504, 2013-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 35-son, 473-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 106 | 1,341 |
Qonunchilik | Uchta shaharni rivojlantirish istiqbollari belgilandi | Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatidagi sanoat shaharlari: Olmaliq, Angren va Chirchiqning bosh rejalarini tasdiqladi (VMning 31.01.2019 yildagi 68, 69, 70-son qarorlariga qarang).
Avvalgilari qabul qilinganiga yigirma yildan oshganligi sababli (Olmaliqniki – 1978 yilda, Angrenniki – 1973 yilda, Chirchiqniki – 1992 yilda) bu masala dolzarb hisoblanadi.
Olmaliq va Chirchiqning yangi bosh rejalari 2035 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan.
Olmaliqda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Chirchiqda sanoat ob’yektlarini shahar tashqarisiga olib chiqish rejalashtirilmayapti.
Angrenni rivojlantirishning bosh rejasi 2023 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan. Unda mavjud korхonalarni rekonstruksiya qilish va loyihada nazarda tutilgan hajmda quvvatini oshirish, koʻmir sanoatini va u bilan birga kavlab olinadigan foydali qazilmalarni qayta ishlashni, qurilish materiallari ishlab chiqarishni, oziq-ovqat sanoati ob’yektlarini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Ushbu davrda uchala shaharda turar joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, yoʻllar, vodoprovod, kanalizatsiya tarmoqlari, gaz quvurlari va h.k. foydalanishga topshirgan holda katta hajmdagi qurilish ishlarini olib borish moʻljallanmoqda.
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 53 | 1,329 |
Qonunchilik | 1997-YILDA NAQD PUL EMISSIYASINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Naqd pul muomalasini yanada mustahkamlash, respublika mintaqalarida naqd pul aylanishi tezlashishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda umuman 1997-yilda va yilning 1 choragida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasi prognozlariga va kassa rejasiga 1, 2, 3-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasi prognozlari va kassa rejalari bajarilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1997-yilning keyingi choraklariga naqd pul emissiyasi darajasining aniqlashtirilgan parametrlarini va kassa rejalarini yilning navbatdagi choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya qilinsin.
3. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zmaishiyxizmatuyushma”, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, chakana savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar hokimliklar bilan birgalikda mahalliy bozorlarni xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish va xizmatlar sohasini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Barcha darajalardagi kollegial organlar majlislarida mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi muntazam ravishda ko‘rib chiqilsin, belgilangan kassa rejalari bajarilishi uchun javob beruvchi mansabdor shaxslar va mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish va ularning javobgarligi yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar keng qo‘llanilsin.
Vazirlar Mahkamasi majmuilari rahbarlari mazkur band amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
4. Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar sotilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishidan tushgan naqd pul tushumi o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi ta’minlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Belgilangan tartib buzilganligi aniqlangan hollarda aybdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llansin.
5. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi:
mazkur qarorning bajarilishini har oyda ko‘rib chiqsin va tegishli takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika mintaqalarida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq emissiya darajasining belgilangan parametrlari va kassa rejalari bajarilishini baholashni amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 74 | 3,092 |
Qonunchilik | Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida | Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amaliy ro‘yobga chiqarish doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash hozirgi bosqichda ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Xususan,
birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha uyg‘un faoliyatni ta’minlamaydi. Aksariyat hollarda ularning faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘lib qolgan. Buning ustiga, joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha lozim darajada tashabbus ko‘rsatilmayapti;
ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda, mahalliy davlat hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalg‘itmoqda;
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy ta’sir etayotganligiga qat’iy baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, asoslantirilgan va har tomonlama puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bermayapti;
to‘rtinchidan, respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni ta’minlamayapti;
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish o‘rniga aksariyat hollarda ko‘plab yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda va ularning yakuni bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan qarorlar qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, aholini arzon uy-joy va ish bilan ta’minlash, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar ko‘tarilgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish, ishni tashkil etish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va uslublarini tubdan takomillashtirish, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish, davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatsizligi holatlarining yuzaga kelishiga qat’iy ravishda barham berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar va topshiriqlarning ijrosini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarga, shuningdek, ko‘rilayotgan choralarning kutilayotgan natijalarni bermayotganligiga qaratilsin.
Ko‘rsatilgan rahbarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida belgilangan vazifalarning so‘zsiz va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgarligi haqida ogohlantirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ishlarni tashkil etishning quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimini joriy qilish haqidagi takliflari qabul qilinsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga (keyingi o‘rinlarda sektorlar deb yuritiladi) bo‘lish;
sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklash hamda vakolatlar berish;
hududlarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlariga 1-ilovaga muvofiq biriktirish;
sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga:
islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama o‘rganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktirish;
tegishli mansabdor shaxslarning, birinchi navbatda, aholi oldida davriy hisobot berish tizimini, ularning faoliyatini baholash mezonlarini, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini nazarda tutgan holda, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlash tavsiya etilsin.
3. Quyidagilar sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchidan, uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
ikkinchidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uchinchidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
to‘rtinchidan, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘rish;
beshinchidan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan ishlarni tashkil etish, hududlarning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, jinoyat sodir etilmagan mahallalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish.
4. Belgilansinki, sektorlar ishini tashkil etish 2-ilovada keltirilgan, quyidagilarni nazarda tutadigan Hududlar va tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar ishini tashkil etish sxemasiga muvofiq “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi:
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi bo‘g‘inda – mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish, tuman (shahar)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
hududlar “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish o‘tkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish.
5. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlari majlislarida har chorakda sektorlar rahbarlarining hisobotlari har bir hududga biriktirilgan mas’ul mansabdor shaxslar, deputatlar va senatorlar ishtirokida eshitiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eshitishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish tavsiya etilsin:
tegishli davrda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tanqidiy baholash;
aholi, tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, yoshlarni tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, hududning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun takliflarni muhokama qilish.
Hisobotlarni eshitishga hududlarni rivojlantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishning, shuningdek, sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari mas’uliyatini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari hisobotlarini eshitishning aniq tartibini nazarda tutgan holda, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
6. Sektorlar ishining shakllari va uslublarini, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorligini, ularning vakolatlarini, shuningdek, hisobot berishi va faoliyatini baholash tartibini nazarda tutadigan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarining ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Quyidagilar hududlarga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishini, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolgan tumanlar va shaharlarda samarali tashkil etish;
tumanlar, shaharlar,mahallalardagi yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha ishlarning samaradorligi va uyg‘unligini ta’minlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;
hududning ishchanlik muhiti va ishchanlik faolligini tahlil qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashish, shakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy an’analar, hududning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, hududni rivojlantirish bo‘yicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ahvolini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga ta’sir etish darajasini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hukumat, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilishni talab etadigan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zaxirasiga qo‘shish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini o‘rganish hududlarga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan, qoida tariqasida, bir yo‘la kompleks o‘rganish (3-4 kun davomida) o‘tkazish orqali muvofiqlashtiriladi;
hududlarga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan davrini joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish orqali o‘rganishga ajratadi.
9. Kalendar yilning chorak yakuni bo‘yicha majlislarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning hozirgi amaliyoti samarasiz hamda eskirgan deb topilsin.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangilangan konsepsiyasi 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joriy qilinsin va quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
tuman (shahar) va viloyat darajasida, birinchi navbatda, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, deputatlar va senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb muammolarni aniqlash, shuningdek, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringining ochiqligi va xolisligini oshirish;
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan ko‘rsatkichlarning, ayniqsa qishloq joylarida aholining hayot darajasi va sifatiga real ta’sirini hisobga olgan holda maqroiqtisodiy tahlil o‘tkazish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ahvoli, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralari takliflari, aholi ehtiyojlarining har tomonlama va chuqur tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini, shu jumladan, joylarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining mas’uliyati va tashabbuskorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat va monitoring qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlari o‘rtasida mazkur qaror talablarini tushuntirish bo‘yicha ishlarni tashkil etsin;
2017-yil 20-avgustga qadar muddatda joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarning har tomonlama tahlil etish va umumlashtirish asosida namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni hamda sektorlar rahbarlarining namunaviy ish tartibini ishlab chiqsin;
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini va bajaradigan ishlar hajmini tanqidiy o‘rganish asosida ularning tuzilmasi, vazifalari, funksiya va vakolatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
12. Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga keraksiz ma’muriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalg‘itadigan idoralararo yig‘ilishlarni o‘tkazish qat’iy taqiqlansin.
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga ko‘rib chiqiladigan masalalarga bevosita aloqador bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari taklif qilinishi va ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘rsatilgan talablarning qat’iy bajarilishi ustidan lozim darajada monitoring olib borilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kollegial yig‘ilishlar o‘tkazish zaruratini asoslovchi aniq mezonlarni, ularda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilashni, shuningdek, yig‘ilishlar yakunlarining natijadorligiga talablarni nazarda tutgan holda, barcha darajalarda yig‘ilishlarni tashabbus qilish, unga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (T. Xudaybergenov) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda:
sektorlar rahbarlarining faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qilishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali hamda shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, V.A. Golishev, T.A. Xudaybergenov, O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ushbu Nizom respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor (keyingi o‘rinlarda sektor deb yuritiladi) tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi hisoblanadi.
2.Sektor:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq, tegishli prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari bilan kelishgan holda hamda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining hududiy tuzilmalari rahbarlari (keyingi o‘rinlarda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) boshchiligida;
bir ma’muriy-hududiy birlik hududida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi holati, boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar hamda boshqa mezonlarni inobatga olgan holda uning umumiy maydonini to‘rtga bo‘lish yo‘li bilan tashkil etiladi.
3. To‘rtga bo‘lingan qismlarning har biri sektor rahbariga biriktiriladi (keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan hudud deb yuritiladi).
Sektorlar tarkibiga boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
4. Sektorlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, tegishli hokim hamda mahalliy hokimiyat vakillik organining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Sektorlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy-axborot vositalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Sektorlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
dehqon xo‘jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘rish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan ishlarni tashkil etish.
7. Zimmalariga yuklangan vazifalarga muvofiq sektorlar tegishli biriktirilgan hududlarda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlarini to‘liq hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishiga ko‘maklashadilar;
ishlarning haqqoniy holati, to‘plangan muammolar va tizimli kamchiliklarni, birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish yo‘li bilan chuqur va har tomonlama o‘rganishni amalga oshiradilar;
amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy natijalarini ta’minlash maqsadida aniqlangan va aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita joylarda bartaraf etish bo‘yicha vakolatlari doirasida aniq choralar ko‘radilar;
o‘rganish natijalarini umumlashtiradilar hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi ko‘zlangan islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydilar, ularni yuqori turuvchi organlarga kiritadilar;
joylardagi mahalliy muammolarni hal etishda davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining, ularning zimmasidagi vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, javobgarligini oshirish hamda kuchlarni jamlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradilar;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radilar;
aholi bandligi, xususan, yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadilar;
ijtimoiy soha obyektlarini (sog‘liqni saqlash, ta’lim, shu jumladan, maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari) samarali faoliyat yuritishi, ularni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadilar;
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan ko‘rsatilgan kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
aholi punktlari, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etadilar;
turar-joy kommunal xo‘jaligini yaxshilash choralarini ko‘radilar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal xizmatlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga ko‘maklashadilar;
mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy hayotda oilaning rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
yoshlarni vatanparvarlik, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini yuritish, bilim olishga intilish, ularda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, shu jumladan, uyushmagan yoshlarni aniqlash va ular bilan profilaktika ishlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘radilar;
korxona, muassasa va tashkilotlarda sanitariya-gigiyena va yong‘inga qarshi kurash normalariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni tashkil etadilar;
dehqon bozorlari va “Elga xizmat” korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoringini amalga oshiradilar;
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, shuningdek,faoliyat ko‘rsatmayotgan va bo‘sh yotgan obyektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb etishga ko‘maklashadilar;
ishlab chiqarishga jalb qilinmagan resurslarni, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydilar;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Sektorlar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
8. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sektor rahbari quyidagi huquqlarga ega:
mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organ va tashkilotlardan zarur material hamda ma’lumotlarni so‘rash va olish;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari hamda mutaxassislarini, zarurat bo‘lganda, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish, ularni hal etish choralarini amalga oshirish uchun jalb etish;
mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga o‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa choralar ko‘rish yuzasidan tegishli materiallarni yuborish;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish.
sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar vakillarini rag‘batlantirish va ularni javobgarlikka tortish uchun hokimlikka hamda ish beruvchi tashkilotlarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish;
idora va tashkilotlarning sektorlar shtabi a’zolarini almashtirish to‘g‘risidagi taklifi yuzasidan munosabat bildirish;
har haftada sektor shtabi a’zolarining sektordagi hamda ularga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitish.
Sektor rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Sektorlarning faoliyati “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” prinsipi asosida tashkil etiladi va quyidagilarni nazarda tutadi:
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi bo‘g‘inda –mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish, tuman (shahar)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
hududlar “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish o‘tkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish.
10. Tumanlar (shahar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish maqsadida, sektorlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan yillik “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqadi.
“Yo‘l xaritalari”da hududlarni kompleks rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha, eng avvalo:
aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogiron va muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish;
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish;
tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish;
meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, va boshqa qishloq xo‘jaligi faoliyati turlarini rivojlantirish;
aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish;
huquqbuzarliklarni, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida barvaqt oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha choralar nazarda tutiladi.
101. Sektorlarda sektor a’zolari ishini muvofiqlashtirish hamda umumlashtirish maqsadida sektor shtabi (keyingi o‘rinlarda — shtab) tashkil etiladi.
102. Sektor shtabi tarkibiga o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy ro‘yxatga asosan idora va tashkilotlarning vakillari (keyingi o‘rinlarda — shtab a’zolari) kiritiladi.
103. Shtab a’zolari sektor rahbari qarori bilan mahallalar kesimida sektorning muayyan hududiga bevosita biriktiriladilar.
Shtab a’zosi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
sektorlar vazifa, funksiya va vakolatlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
sektorda o‘zlari mansub bo‘lgan idora va tashkilot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni aniqlash va hal etish choralarini ko‘radi;
biriktirilgan mahallalarda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har chorakda kamida bir marotaba uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni to‘liq o‘rganish va qayd etish orqali aniqlash hamda hal etish choralarini ko‘radi;
aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida ularni tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sektorda tegishli idora va tashkilot faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha hamda o‘ziga bevosita biriktirilgan mahallardagi ijtimoiy va iqtisodiy holat bo‘yicha shaxsan mas’ul hisoblanadi.
104. Idora va tashkilotlarning shtab a’zolarini biriktirish va almashtirish to‘g‘risidagi taklifi sektor rahbari bilan kelishiladi, ular lavozimidan ozod etilgan, ishdan bo‘shatilgan, boshqa ishga o‘tkazilgan yoxud sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sektordagi faoliyatini bajara olmaydigan holatlar bundan mustasno.
105. Sektor shtabi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish maqsadida jamoatchilik asosida sektor shtabi kotibi (keyingi o‘rinlarda — kotib) doimiy ravishda faoliyat yuritadi.
Kotib zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
sektor faoliyatiga oid ma’lumotlar, sektor tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotini shakllantirish va yuritish;
sektorda amalga oshirilgan ishlar hamda qabul qilingan fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini o‘z vaqtida qayd etib borish;
shtab a’zolari faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish;
amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilmagan tadbirlarning sabablarini aniqlash hamda sektor rahbariga axborot berish;
sektorning “yo‘l xaritasi”ga kiritish uchun takliflarni umumlashtirish;
respublika yagona tizimlashtirilgan elektron axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritib boradi;
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari hamda tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga har oyda kamida bir marotaba sektor faoliyatiga oid ma’lumotlar va hisobotlarni taqdim etib boradi.
Kotib faoliyati asosiy ish joyidan ajralgan hamda lavozim maoshi saqlab qolingan holda tashkil etiladi.
Kotib shtabga hokimning qarori asosida biriktiriladi.
11. Sektor rahbarlari va a’zolari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan davrini joylarda ishlarning haqqoniy holatini, shu jumladan, aholi bilan muloqot qilish hamda uyma-uy yurish yo‘li bilan o‘rganishga ajratadilar. Bunda sektorlar rahbarlari va a’zolari bir chorak mobaynida o‘zlariga biriktirilgan hududning barcha joylarida uyma-uy, shu jumladan, uy xo‘jaliklari va boshqa obyektlar bo‘ylab yurishni amalga oshirilishini ta’minlashlari shart.
12. Uyma-uy yurishni hisobga olish uchun sektorlar rahbarlari tomonidan tegishlicha Jo‘qorg‘i Kenges raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Ichki ishlar vaziri, davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar boshqarmasi (bosh boshqarmasi) va davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolangan hamda muhrlangan ip o‘tkazib tikilgan daftar yuritiladi.
Sektor rahbarining uyma-uy yurish daftariga borib ko‘rilgan uy xo‘jaligining egasi, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rsatilgan holda uyma-uy yurish sanasi, vaqti va joylari to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar kiritiladi.
Daftarlarni markazlashgan holda tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.
13. Sektor rahbarlari va a’zolari “Yo‘l xaritasida” belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsan javobgardirlar.
131. Sektorlar hududidagi barcha mahallalar kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, ushbu Nizomning 132-bandida belgilangan tartibda har yili yanvar oyida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bunda:
“yashil” toifadagi mahalla — hududida jinoyat sodir etilmagan mahalla;
“sariq” toifadagi mahalla — hisobot davrida hududida sodir etilgan jinoyatlarning har ming aholi soniga nisbatan salmog‘i tuman (shahar) ko‘rsatkichi bilan barobar yoki undan past bo‘lgan mahalla;
“qizil” toifadagi mahalla — hududida, shu jumladan alohida toifadagi shaxslar, ya’ni voyaga yetmaganlar, ayollar, ishsizlar, ilgari sudlanganlar, mast holatdagi, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har ming aholi soniga nisbatan salmog‘i tuman (shahar) ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘lgan mahalla hisoblanadi.
132. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Milliy gvardiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan respublikaning barcha mahallalari har yili yanvar oyida hisobot davrida hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan har oy yakuni bo‘yicha jinoyatlar statistikasi mahallabay tahlil qilinib, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar mahallalar kesimida hisoblab chiqiladi hamda tuman (shahar) bo‘yicha mazkur toifa jinoyatlarning umumiy salmog‘i har o‘n ming aholiga nisbatan shakllantiriladi.
Sektorlar hududidagi mahallalarda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 98, 99, 103, 104, 105, 106, 109, 110, 112, 115, 118, 119, 122, 123, 125, 126, 128, 129, 132, 134, 136, 137, 138, 139, 140, 141, 1411, 142, 164, 165, 166, 169, 170, 173, 215, 217, 219, 225, 229, 244, 245, 249, 263, 2631, 267, 269 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar hisoblanadi.
133. Sektorlar hududidagi mahallalarda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar statistikasi ichki ishlar organlari tomonidan har oy yakuni bo‘yicha “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi orqali mahallalar kesimida tahlil qilinadi hamda tegishli idoralarga taqdim etiladi.
Ichki ishlar organlari tomonidan sektorlar rahbarlariga biriktirilgan hududlardagi “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi mahallalar to‘g‘risidagi asoslantirilgan tahliliy ma’lumotlar har chorak yakuni bo‘yicha sektor rahbarlariga kiritib boriladi.
134. Sektor rahbarlari “yashil” toifadagi mahallalarda sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni bevosita o‘rganib chiqadi hamda ushbu toifadagi mahallalarning ijobiy ish uslublari, amalga oshirgan tadbirlarini sektorning “sariq” va “qizil” toifadagi mahallalarida ommalashtirish choralarini ko‘radi.
Sektor rahbarlari tomonidan “yashil” toifadagi mahallalarning ijobiy tajribalarni boshqa toifadagi mahallalarga ommalashtirishda quyidagilar samarali tashkil etilganligiga e’tibor qaratiladi:
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan olib borilayotgan tadbirlar;
aholining bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan tadbirlar;
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan yoxud sog‘liqni saqlash muassasalari hisobiga olingan shaxslar bilan olib borilayotgan tadbirlar;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar.
14. Sektor rahbarlari har chorakda sektorning faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari oldida hisobot beradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, tegishli hududga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mas’ul mansabdor shaxslari ishtirok etishlari mumkin.
15. Sektorning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning tegishli hududga biriktirilgan o‘rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
16. Tumanlar (shaharlar) va hududlar sektorlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tizimli ravishda hisobot berib boradilar.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda sektorlar rahbarlarining faoliyatini, ular tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringini amalga oshiradi, quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha ularning faoliyatini xolisona baholaydi;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatining real o‘zgarishi;
tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosining ahvoli;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan hujjatlari, tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur hududlarga tashrifi jarayonidagi topshiriqlarining bajarilishi;
uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni yechish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning natijalari samaradorligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga, eng avvalo, takroran kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligi;
sektor rahbarlarining uyma-uy yurish daftaridagi yozuvlarning haqqoniyligi.
huquqbuzarliklar profilaktikasiga qo‘shgan hissasi.
Sektor rahbarlari faoliyatini baholashda ularning huquqbuzarliklar profilaktikasiga qo‘shgan hissasi natijasida hududidagi “yashil” toifadagi mahallalar salmog‘i yuqoriligiga e’tibor qaratiladi.
Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun ularni lavozimdan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish bo‘yicha har chorakda takliflar kiritib boradilar.
18. Sektor shtabi a’zolari har hafta sektordagi hamda o‘zlariga bevosita biriktirilgan mahallalardagi faoliyati yuzasidan sektor rahbariga axborot beradilar. | 106 | 46,867 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2018-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilinsin. | 155 | 149 |
Qonunchilik | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-ilovasiga qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 17-band bilan to‘ldirilsin:
“17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Suvoqova” davlat unitar korxonalari tomonidan ularning shahar va tuman filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash maqsadida ajratiladigan mablag‘lar uchun ochilgan 22622 — “Yuridik shaxslarning o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lari” hisobvarag‘i.”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 170 | 1,733 |
Qonunchilik | Ijtimoiy himoya: ikkita nafaqa va ikkita ma’lumotnoma – davlat хizmatlari markazlari orqali | Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi (23.05.2020 yildagi 327-son VMQga qarang).
Oʻtgan yili ayrim hududlarda tajriba loyihasi amalga oshirilayotganligi ma’lum qilingan edi, loyiha doirasida farzand tugʻilganda va dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalar Davlat хizmatlari markazlari (DXM) orqali tayinlanadigan boʻldi. Yangi hujjatga binoan ushbu tartib respublika boʻylab tatbiq etiladi. Tegishli ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.
Bundan tashqari, DXM orqali quyidagi ma’lumotnomalar beriladi:
Nafaqalar va ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish jarayoni toʻliq avtomatlashtiriladi. Buning uchun 2020 yil 1 iyunga qadar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali хizmatlar koʻrsatilishi joriy etiladi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasining (PJ) ma’lumotlar bazasi FHDYoning yagona elektron arхivi aхborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Farzand tugʻilganda beriladigan nafaqa, PJning hududiy boʻlimlari tomonidan tayinlanadi hamda nafaqa olish uchun bola tugʻilgan kundan e’tiboran 6 oy mobaynida murojaat etilgan taqdirda ishlamaydigan onalarga DXM orqali nafaqa beriladi. Ishlaydigan va oʻqiydigan ota-onalarga nafaqa ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi (Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 80-bandi).
Dafn marosimi uchun nafaqa quyidagi holatlarda PJning hududiy boʻlimlari tomonidan tayinlanadi hamda DXM orqali rasmiylashtiriladi:
Nafaqa dafn marosimini oʻtkazishni oʻz zimmasiga olgan shaхsga beriladi.
Xodim yoki uning qaramogʻidagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda, tegishli korхona, muassasa yoki tashkilot tomonidan nafaqa tayinlanadi va toʻlanadi (Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi 2-хatboshisi).
Nafaqa va ma’lumnomalarni olish uchun murojaat qilish tartibi
Ikkala turdagi ma’lumotnomalarni olish tartib-taomillari bir хil. Xizmatlardan DXMga oʻzi kelib yoki YaIXDP orqali onlayn tarzda foydalanish mumkin. Xizmatlarni olish uchun murojaat etilganda elektron soʻrovnoma toʻldiriladi, unda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasport seriyasi va raqami, JShShIR, tugʻilganlik (vafot etganlik) haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami, bolaga (marhumga) aloqadorligi va boshqalar. Hujjatlarning asl nusхalarini taqdim etish talab etilmaydi. Toʻldirilgan soʻrovnoma 5 daqiqa mobaynida PJ boʻlimiga yuboriladi, u yerda 5 daqiqa mobaynida nafaqa puli tayinlanadi yoki uni tayinlash rad etiladi (sabablari koʻrsatiladi). Keyin PJ boʻlimi nafaqani qachon va qayerdan olish kerakligi haqida хabardor qiladi.
Fuqaroning pensiya oluvchilar roʻyхatida mavjudligi haqida hamda pensiya miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni DXM orqali olish tartibi yuqorida aytib oʻtilgan tartibga oʻхshashdir. Barcha tartib-taomillar bajarilganidan keyin QR-kod (matrik shtriх-kod) qoʻyilgan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
! Xizmatlar bepul koʻrsatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 91 | 3,137 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARI KIRIShI, ChIQIShI VA TRANZIT O‘TIShINI NAZORAT QILIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 17 DEKABRDAGI 274-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit bo‘yicha bo‘lishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qarori 1-ilovasiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2011-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. 1-banddagi “103” raqami “118” raqami bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “230” raqami “265” raqami bilan almashtirilsin. | 222 | 877 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA YO‘L JAMG‘ARMASIGA ADVOKATLAR BYuROLARI MABLAG‘LAR AJRATIShI LOZIMLIGI YoKI LOZIM EMASLIGI TO‘G‘RISIDA ShARH BERISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasiga amal qilgan holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga advokatlar byurolari mablag‘ ajratishi lozim yoki lozim emasligi xo‘jalik sudlari tomonidan turlicha talqin qilinishi bilan bog‘liq masalani ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Raisi M. Abdusalomov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga mos ravishda kiritilgan.
Ma’ruzachi sudya U. Bozorovning va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari N. Axmonov, O‘zbekiston advokatlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi, Toshkent shahar advokatlar hay’ati rayosatining raisi S. Yoqubov, Respublika yo‘l jamg‘armasi raisi N. Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik bo‘limining mudiri B. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining pul muomalasi, narxlar va moliyaviy balanslar bo‘limining boshlig‘i A. Nabixo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari G‘. Rahimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining raisi A. Boboqulov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari A. Ergashevlarning fikrlarini eshitib, ishga doir materiallar va hujjatlarni o‘rganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Raisi Respublika yo‘l jamg‘armasiga advokatlar byurolari mablag‘ ajratishi lozimligi yoki lozim emasligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qonun va qonun osti hujjatlarini qo‘llashda xo‘jalik sudi sudyalarida ikki xil fikr borligi va unga qonuniy to‘g‘ri baho berish zarurligini ta’kidlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilgan.
Respublika yo‘l jamg‘armasi 2001-yilning aprel oyida “Adolat bilimda” advokatlik byurosining hisob raqamidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi 334-sonli qarorining 3-bandiga asosan inkassa to‘lov topshiriqnomalari orqali 40078 so‘m miqdordagi ajratmani akseptsiz ravishda jamg‘arma uchun undirib olgan. Advokatlik byurosi esa Respublika yo‘l jamg‘armasi “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining talablariga zid ravishda harakat qilib, 40078 so‘mni hisob raqamidan noqonuniy ravishda olgan deb, ushbu summani undirishni so‘rab Toshkent shahar xo‘jalik sudiga murojaat qilgan. Toshkent shahar xo‘jalik sudi 2001-yil 20-iyundagi hal qiluv qarori bilan da’vogarning talabini qanoatlantirishni rad qilgan.
Toshkent shahar xo‘jalik sudining sud hay’ati 2001-yil 9-avgustdagi qarori bilan da’vogarning apellatsiya shikoyatini rad etib, sudning hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Mazkur qarordan da’vogar norozi bo‘lib Oliy xo‘jalik sudiga kassatsiya shikoyati berib, Toshkent shahar xo‘jalik sudining qarorlarini bekor qilishni, da’vo talabini qanoatlantirishni so‘ragan.
Toshkent shahar xo‘jalik sudining 2001-yil 14-martdagi hal qiluv qaroriga asosan esa “Huquqiy xizmat markazi” firmasining Respublika yo‘l jamg‘armasi tomonidan undirib olingan 19555 so‘mni qaytarib berish to‘g‘risidagi da’vosi to‘liq qanoatlantirilgan.
Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil qilish Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 334-sonli qarori va bu qaror bilan tasdiqlangan “Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. Mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatdan tushgan mablag‘larning 1,5 foizini yo‘l jamg‘armasiga o‘tkazishlari belgilangan. Nizomning 18-bandida Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati belgilangan. Ular quyidagilardan iborat: davlat budjetida turuvchi tashkilot va muassasalar, tomosha korxonalari, sanatoriylar, dam olish uylari va pansionatlar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlovchi, ta’mirlovchi, qayta tiklovchi va quruvchi yo‘l xo‘jaligi tashkilotlari, uy-joy ekspluatatsiyasi idoralari va uy-joy boshqarmalari, Markaziy bank muassasalari, davlat sug‘urta organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo birlashmalari, davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarining respublika va mahalliy boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarining korxona va tashkilotlari (ularga bo‘ysunuvchi xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik tashkilotlari bundan mustasno).
Bu ro‘yxatga advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari kiritilmagan. Ammo ro‘yxatga jamoat tashkilotlarining respublika va mahalliy boshqaruv organlari kiritilgan.
Amaldagi qonun va qonun osti hujjatlarida advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari jamoat tashkilotlari hisoblanishi yoki hisoblanmasligi to‘g‘risida aniq norma yo‘q. Ammo 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi birinchi qismiga binoan advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasiga binoan advokatura fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga “yuridik yordam” berish uchun faoliyat ko‘rsatadi va 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga binoan ham advokatura “yuridik yordam” ko‘rsatadi.
Ammo qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarda advokatura ko‘rsatadigan yuridik yordam “yuridik xizmat” deb belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining 1996-yil 7-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 5-fevralda 305-raqam bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga haq evaziga ko‘rsatilgan xizmatlarni hisobga olish bo‘yicha Yo‘riqnoma”ning 13.1-bandida huquqiy xarakterdagi xizmatlarga yuridik maslahat berish xizmatining qiymati, advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam berishdan tushgan pul mablag‘lari kiritiladi deyilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan qonun normalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari Respublika yo‘l jamg‘armasiga mablag‘ ajratishi lozimligi yoki lozim emasligini hal qilish qonun normalarini sharxlashni talab etmaydi. Bu masalani asosan, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 334-sonli qarorining tegishli normalarini sharhlash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasining birinchi qismi 3-bandiga va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 31-moddasining ikkinchi qismiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi faqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi. Qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarning normalariga esa, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasi uchinchi qismiga binoan, shu normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rasmiy sharh berishi lozim. Ushbu normaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorga Vazirlar Mahkamasining o‘zi sharh beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi Qonunning 25 va 26-moddalariga asoslanib Konstitutsiyaviy sud ajrim qildi:
1. Muhokama natijalariga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan qonun normalariga Konstitutsiyaviy sud tomonidan sharh berish zarurati yo‘q deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga Respublika yo‘l jamg‘armasiga advokatlar byurolari mablag‘ ajratishi lozimligi yoki lozim emasligi masalasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 334-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomga sharh berishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaat etish tavsiya qilinsin. | 133 | 8,411 |
Qonunchilik | “Yerkin Qoraqalpog‘iston” hamda “Vesti Karakalpakstana” gazetalarini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida | Qoraqalpog‘iston Respublikasining siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini yoritishdagi katta xizmatlari uchun “Yerkin Qaraqalpaqstan” hamda “Vesti Karakalpakstana” gazetalari O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin. | 143 | 258 |
Qonunchilik | XUMSh, uy-joy fondi, yuridik shaхslar yotoqхonalari uchun gaz arzonlashdi | Vazirlar Mahkamasining 24.03.2019 yildagi 243-son qarori bilan tabiiy gazdan foydalanish tartibini belgilovchi hujjatlarga tuzatishlar kiritildi.
Monopoliyaga qarshi qoʻmita XUMSh mahalliy qozonхonalarda foydalanadigan gaz narхini pasaytirib, ular uchun maishiy iste’molchilar tariflarini belgilash niyatida ekanligini yozgan edik. Eslatib oʻtamiz, ular ulgurji iste’molchilarga tenglashtirilib, 1 kub metr uchun 600 soʻmdan haq toʻlaganlar.
Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi tasdiqlandi, u bilan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari hamda 2018–2019 yillarda tabiiy gaz tariflari va suyultirilgan gaz narхlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigiga qoʻshimchalar kiritildi. Bunda oʻzgartirishlar nafaqat XUMShga, balki boshqa toifadagi iste’molchilarga ham daхl etdi.
Chunonchi, tabiiy gaz narхi belgilandi:
Ularga maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tabiiy gaz tarifi qoʻllaniladi, ya’ni:
Bundan tashqari, koʻrsatilgan toifalar uchun tabiiy gaz yetkazib berish ustuvor vazifa hisoblanadi (maishiy iste’molchilar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar qatori).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 73 | 1,234 |
Qonunchilik | Oldindan toʻlovsiz eksport soddalashtirilgan shartlarda boʻladi | Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasining qator qoidalari mamlakatimiz biznesining raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan.
Shu tariqa, tadbirkorlik sub’yektlarining tovarlari, ishlari va хizmatlarini oldindan toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat хavflaridan sugʻurta polisisiz eksport qilishga ruхsat beriladi (kelasi yil 1 yanvardan).
Buning uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
Shuningdek, joriy yilning 1 oktyabridan tadbirkorlik sub’yektlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan nazorat-sinov laboratoriyalari mavjud boʻlgan taqdirda sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish bekor qilinishi mumkin.
Bunda ushbu laboratoriyalar (markazlar) tomonidan berilgan sertifikatlar vakolatli organlar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlariga tenglashtiriladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 63 | 1,218 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA AHOLISINI DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Inson manfaatlarini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish va respublika tibbiyot muassasalarini asosiy dori-darmonlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserniga keyinchalik O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotish uchun 200 ming tonna hajmda dizel yonilg‘isiga eksport kvotasi ajratsin.
“Farmeksim” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi savdolarda “O‘zfarmsanoat” konsernidan qatnashchi etib belgilansin.
2. “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksiyadorlik birlashmasiga “O‘zfarmsanoat” uchun ajratilgan dizel yonilg‘isi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini hisobga olgan holda yuklab jo‘natish kunida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining sotish narxlari bo‘yicha, keyinchalik jahon bozorida shakllangan narxlar bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotgan holda, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotishga ruxsat berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hukumatlararo bitim bo‘yicha “Farmprom” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatidan (Ukraina) xarid qilinadigan dori-darmonlarni chakana dorixona tarmog‘i orqali aholiga sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Chetdan keltiriladigan dori-darmonlar tannarxi amaldagi xarajatlar bo‘yicha belgilansin, O‘zbekiston tomoni dizel yonilg‘isini ortish va transportda tashish bilan bog‘liq Ukraina chegarasigacha sarflangan xarajatlar ham shu jumlaga kiradi.
5. 1995-yilda hukumatlararo bitim bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib berilgan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblar hisobiga Qozog‘iston hududi bo‘ylab dizel yonilg‘isini temir yo‘lda tranzit tashish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga 4000 vagonga kvota ajratilsin.
6. Belgilansinki, Tojikiston temir yo‘lining Leninobod uchastkasi bo‘yicha temir yo‘lda tashish uchun haq to‘lash, istisno tariqasida, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 56-f-son farmoyishi bilan belgilangan foydalanilmagan limitlar va idoraviy kvotalar hisobiga milliy valyutada amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi “Farmeksim” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bilan “Farmprom” (Ukraina) yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi kontrakt belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. | 81 | 2,660 |
Qonunchilik | I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qat’iy belgilangan soliq – EKIHning 50%i, ularni ishga yollaganda – EKIHning 15%i | Prezidentning 1.12.2017 yildagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan ular uchun imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona stavka boʻyicha qat’iy belgilangan soliq toʻlaydi (faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar) – oyiga EKIHning 50%i.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun qat’iy belgilangan soliq esa bir oyda EKIHning 15%ini tashkil etadi. Ushbu holatda yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzida nogironlikning boʻlishi, shuningdek faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyi ahamiyatga ega emas.
Ma’lumot uchun:
1. Nogironlik va uning darajalarini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 1.07.2011 yildagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.
2. Hozirgi vaqtda yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan 81 faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin. Ularning toʻliq roʻyхati bilan bu yerda tanishish mumkin.
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyat turlari kesimida ruхsat beriladigan хodimlarni yollash soni Xususiy tadbirkorlar tomonidan хodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom bilan (Vazirlar Mahkamasining 31.07.2015 yildagi 219-son qaroriga 1-ilova) belgilangan.
4. 2017 yil uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son qaroriga 12-ilovada keltirilgan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 130 | 2,222 |
Qonunchilik | Ximiyaviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilish haqidagi 1993-yilgi Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ximiyaviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilish haqidagi 1993-yilgi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin. | 172 | 287 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 23-sentabrdagi 740-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) 38 va 39-moddalariga muvofiq siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari (bundan buyon matnda imzo varaqalari deb yuritiladi) to‘g‘ri to‘ldirilganligini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan tekshirish tartibini belgilaydi.
1. Saylovda ishtirok etishiga ijozat berilgan siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining imzosini to‘plashi kerak.
Bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya tegishincha imzolar umumiy sonining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.
2. Siyosiy partiya o‘zining vakolatli vakiliga MSK tomonidan ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risida guvohnoma berilganidan keyingina nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilarning imzosini to‘plashga haqli. Bu sanaga qadar to‘plangan imzolar hisobga olinmaydi.
3. Saylovchilar imzolarini to‘plash uchun MSK siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga mazkur Nizom ilovasiga muvofiq namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Imzo varaqalari blankalari MSK tomonidan bosmaxona usulida, ikki tomonlama ko‘rinishda tayyorlanadi. Imzo varaqalari blankalari har bir siyosiy partiyaga O‘zbekiston Respublikasining barcha saylovchilari umumiy sonining 1,4 foizi hisobida beriladi.
Siyosiy partiyalar so‘roviga ko‘ra, imzo to‘plash uchun qo‘shimcha imzo varaqalari blankalari berilishi mumkin.
4. Imzolar to‘planishini tashkil etish uchun siyosiy partiyalarning tuman, shahar kengashlari va ijroiya qo‘mitalari a’zolari yoxud partiyalarning tuman, shahar tashkilotlari devoni shtatidagi xodimlari orasidan mas’ul shaxslar tayinlanadi. Shuningdek, siyosiy partiyalar boshlang‘ich tashkilotlari rahbarlari ham imzolar to‘plashni uyushtirishi mumkin.
5. Saylovchilar bitta yoki bir nechta nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli.
Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek, imzo qo‘ygan sanani ko‘rsatadi.
Mazkur ma’lumotlar qo‘lda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga o‘z imzosini qo‘yadigan saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saylovchining iltimosiga ko‘ra imzo to‘plashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin. Biroq, imzoni aynan saylovchining o‘zi qo‘yadi.
6. Saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek, tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.
Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
7. Imzo varaqasi imzoni to‘plagan shaxs tomonidan o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda imzolanadi, shuningdek, tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.
8. Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini MSKga topshiradi.
9. MSKga tekshirish uchun jami saylovchilar umumiy sonining kamida bir foizi miqdorida imzolar taqdim etilishi lozim. Agar siyosiy partiyalar tomonidan jami saylovchilar umumiy sonining bir foizidan ko‘proq imzolar to‘plangan bo‘lsa, qolgan imzo varaqalari siyosiy partiyada zaxira sifatida qoldiriladi.
10. Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi MSK tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi.
11. MSK tekshiruv o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida siyosiy partiyalarni oldindan xabardor qiladi.
12. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligining MSK tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etadi.
13. MSK imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini (bundan buyon matnda Ekspert guruhi deb yuritiladi) tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek, xatshunos ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi.
14. Saylovchilar imzolari zarur sonining kamida o‘n besh foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi lozim.
15. Tekshirish uchun saylovchilarning har bir nomzodni qo‘llab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.
16. Imzo varaqalarini tekshirishda Ekspert guruhi a’zolari:
kasbiy odob qoidalariga rioya qilishi;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarda belgilangan o‘z lavozim vakolatlari doirasida xolisona, vijdonan, sifatli bajarishi;
xabarlar va xizmat axborotini taqdim etish bo‘yicha MSKda belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
17. Ekspert guruhi a’zolari imzo varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilganligiga, tuzatishlarga yo‘l qo‘yilganiga, o‘chirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan to‘ldirilganligiga, o‘xshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga e’tibor bergan holda har bir imzo varaqasini ko‘zdan kechiradi.
18. Vizual tekshiruvda nuqsonlar yoki shubhali holatlar aniqlangan imzo varaqalari puxtaroq, shu jumladan maxsus asboblar yordamida tekshirish uchun saralab olinadi.
19. Quyidagi imzolar haqiqiy emas deb topiladi:
siyosiy partiya vakolatli vakiliga MSK tomonidan ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risida guvohnoma berilgunga qadar to‘plangan imzolar;
imzo varaqasidagi saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saylovchining o‘zi yoki saylovchilar imzolarini to‘plagan mas’ul shaxs tomonidan kiritilmasdan qo‘yilgan imzolar;
saylash huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan qo‘yilgan imzolar;
imzo varaqasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardan birortasi ko‘rsatilmasdan qo‘yilgan, shu jumladan sanasi ko‘rsatilmasdan qo‘yilgan imzolar;
boshqa shaxsning nomidan qo‘yilgan imzolar;
MSK tomonidan berilgan imzo varaqalaridan boshqa imzo varaqalarida qo‘yilgan imzolar;
saylovchining imzosi va u haqda ma’lumotlar qalam yoki yozuv quroli hisoblanmaydigan boshqa vositalar bilan kiritilgan imzolar;
imzo varaqasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilgan holda qo‘yilgan imzolar, basharti ushbu tuzatishlar saylovchi yoki imzo varaqasini tasdiqlovchi shaxslar tomonidan qo‘shimcha imzo bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa.
20. Agar MSK tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan ko‘prog‘ini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa:
mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi;
siyosiy partiya tomonidan MSKga taqdim etilgan barcha imzo varaqalari tekshiriladi.
21. Siyosiy partiyalar tomonidan imzo varaqalaridagi kamchiliklar ikki kunlik muddatda bartaraf etilmasa yoxud qo‘shimcha imzo varaqalari taqdim etilmasa, barcha topshirilgan imzo varaqalaridan haqiqiy deb topilganlari inobatga olinadi.
22. MSKga kamchiliklari bartaraf etilib (qo‘shimcha to‘planib), taqdim etilgan imzo varaqalari to‘liq tekshiriladi va ularning haqiqiy deb topilganlari aniqlanadi.
23. Mazkur Nizomning 20 va 22-bandlarida nazarda tutilgan oldindan taqdim etilgan va qo‘shimcha taqdim etilgan imzo varaqalarining haqiqiy deb topilganlari qo‘shiladi.
Agar qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolari soni jami saylovchilar umumiy sonining bir foizidan yana oz bo‘lib chiqsa, mazkur imzo varaqalari to‘lig‘icha haqiqiy emas deb topiladi va MSK siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni ro‘yxatga olishni rad etadi.
24. Tekshiruv yakunlangach, nomzodni yoqlab berilgan imzo varaqalarini taqdim etgan har bir siyosiy partiya bo‘yicha Ekspert guruhi tomonidan Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish yakunlari to‘g‘risida xulosa (bundan buyon matnda Xulosa deb yuritiladi) tuziladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
saylovchilar imzolari qo‘yilgan va taqdim etilgan imzo varaqalari soni;
saylovchilarning tekshirilgan imzolari soni;
saylovchilar imzolarining haqiqiy emas deb topilgan soni.
25. Xulosaning qalamda to‘ldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Xulosaning nusxasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga beriladi.
27. Ekspert guruhi xulosalari MSK tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
28. Imzolarni takroran tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida MSKning qarori qabul qilinganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida amalga oshiriladi.
29. Ekspert guruhining xulosasi asosida MSK O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 64-moddasiga muvofiq quyidagilardan biri to‘g‘risida qaror qabul qiladi:
nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida — siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonun talablariga muvofiq kelsa;
nomzodni ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida — siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonun talablariga muvofiq kelmasa.
30. MSKning qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. | 207 | 10,760 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TUZILMASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasini maqbullashtirish va uning ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar majmuasi rahbari lavozimi tugatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri lavozimi kiritilsin. | 90 | 352 |
Qonunchilik | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida | Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun xam saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axlokiy jixatdan tarbiyalashga xissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash xamda fashizm ustidan kozonilgan galabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maksadida:
1. Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘lik sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-kizlar ko‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshia nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsinlar.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 67 | 1,726 |
Qonunchilik | XUMSh uchun qishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqildi | Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi koʻp kvartirali uy-joy fondini kuzgi-qishki davrga (bundan keyin – KQD) oʻz vaqtida tayyorlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Tegishli tadbirlar shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishida muhokama qilinishi va tasdiqlanishi ta’kidlangan. Bunda tasdiqlangan ishlar rejasi va ularni bajarish jadvalini mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla), XUMSh uyushmasi va tuman (shahar) hokimligiga taqdim etishni nazarda tutuvchi normani kiritish taklif etilmoqda.
KQDga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi uyboshilar, XUMSh boshqaruvi a’zolari va raisining zimmasiga yuklatiladi:
XUMSh boshqaruvi a’zolari va uyboshilar
XUMSh raisi
Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Oleg Gayevoy. | 74 | 860 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘ | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 143-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 17-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Jamg‘arma tomonidan Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy bo‘linmalariga “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar ajratishga;
davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;
2022-yildan boshlab aholi tomorqalarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga;
aholining, dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda “Tomorqa xizmati” MChJlar va ishlab chiqarish kooperativlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga;”;
sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n ikkinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 19-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Jamg‘arma tomonidan “Agrobank” ATBga resurs ajratish bo‘yicha bosh kelishuvda ushbu mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Uyushmaning sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy bo‘linmalariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida:
quyidagi mazmundagi o‘ttiz to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“klaster usulida faoliyat yuritadigan “Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan tashkil etiladigan tomorqachilik ilmiy-amaliy o‘quv markazlarini jihozlash va ularning faoliyatini moliyalashtirish”;
o‘ttiz to‘rtinchi va o‘ttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttiz beshinchi va o‘ttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan “Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin:
“31. Tomorqa xizmati” MChJlar reyestri yuritiladigan axborot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi”. | 250 | 4,294 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalari faoliyatini boshqarishni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligi va rentabelligini oshirish, sohada ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh texnika va uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yagona texnika siyosatini amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, respublika qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalari aksiyadorlarining aksiyadorlik jamiyati shaklidagi agrosanoat mashinasozligi xolding kompaniyasini (“O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
4. Belgilansinki, “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasining boshlang‘ich nizom jamg‘armasi kompaniyaga mustaqil baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymatda beriladigan davlat aksiya paketlari va ulushlari hisobidan 3-ilovaga muvofiq shakllantiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
traktorlar, tirkama va paxta terish mashinalari ishlab chiqarishni yangi tashkil etiladigan “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida jamlash va “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish;
“Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlariga bosqichma-bosqich ko‘chirish va ular negizida osma va tirkamali qishloq xo‘jaligi texnikasining zamonaviy turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish;
yangi ishlab chiqarish korxonalarini 4-ilovaga muvofiq joylashtirish uchun “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining bo‘shaydigan ishlab chiqarish bino va inshootlari hamda yer uchastkalarini “O‘zagrotexmash” aksiyadorlik jamiyatiga keyinchalik “O‘zagrotexmash” AJning nizom kapitalidagi davlat aksiya paketini “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning nizom kapitaliga davlat ulushi hisobidan nominal bahoda belgilangan tartibda o‘tkazish;
“Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun komponentlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishini saqlab qolish, bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav jamg‘armasida davlat ulushini “Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining budjet va davlat maqsadli fondlari oldidagi qarzdorligini, hisoblangan penya va jarimalari bilan birga kapitallashtirish evaziga ko‘paytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining nizom jamg‘armalarini shakllantirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Belgilansinki, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” va “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boshlang‘ich nizom jamg‘armalari tugatilayotgan “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining budjet va davlat maqsadli fondlari oldidagi qarzdorligini, jumladan, qarzdorlikni so‘ndirish paytigacha hisoblangan penya va jarimalarni qo‘shgan holda undirish hisobidan mulk komplekslarining bir qismi sifatidagi davlat ulushi evaziga shakllantiriladi.
7. “O‘zagrotexmash” AJ” 2019-yilning 1-yanvarigacha “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish jarayoni nihoyasiga yetgach, jamiyatga beriladigan yer uchastkalari va mulk bo‘yicha yer solig‘i va mulk solig‘idan ozod etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zagrotexmash” AJga berilgan yer uchastkalari va mulk negizida tashkil etiladigan yangi korxonalar yer va mulk solig‘ini o‘rnatilgan tartibda to‘laydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2014-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturida ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa obyektlarga xizmat ko‘rsatish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida (TTZ-1, TTZ-2, TTZ-4 va Yugnakiy dahalarida) energiya tejaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mahalliy qozonxonalarni qurish va ularni 2015-yilning birinchi choragidan kechiktirmay ishga tushirishni ko‘zda tutsin.
Mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida mahalliy qozonxonalar qurishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
9. Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalliy qozonxonalar foydalanishga topshirilgach, uch oy muddatda Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 434-uyda joylashgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda buzish, qozonxona uskunalarini qayta montaj qilishni ta’minlasin.
10. “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha Ishchi komissiyasi 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi komissiya (U.U. Rozuqulov) qonunchilikda belgilangan tartibda:
ikki oy muddatda “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi shakllantirilishini tashkil etish, kompaniya ta’sis hujjatlarini tayyorlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, uning nizomini tasdiqlash, ijro apparatini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
“Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish jarayonini tashkil etishni ta’minlasin;
“O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi ijro apparatini Toshkent shahar, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi 434-uyda (1-ma’muriy-maishiy korpusda) joylashtirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni ko‘zda tutadigan 2014 — 2016-yillarda respublikada qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlarini ko‘rsatish tizimining faoliyat ko‘rsatishini yanada takomillashtirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini joriy etish;
mamlakatimiz mashinasozlik korxonalarida respublikada foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlarini ko‘rsatishda kontrafakt va sifati bo‘yicha zamonaviy talablarga javob bermaydigan ehtiyot qismlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun, jumladan, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining respublika mashina-traktor parklari bilan o‘zaro yaqin hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, mexanizatorlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash.
12. Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul asosiy kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda 6-ilovada ko‘rsatilgan kasb-hunar kollejlarini zarur uskunalar, materiallar, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi namunalari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi va “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 147 | 8,845 |
Qonunchilik | Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2106, 2010-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 21-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 4, 5, 6 va 16-bandlar hamda 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi bo‘lgan tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
8. Komissiya tomonidan yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish haqida mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qilinadi. Komissiyaning mazkur qarorida yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yo‘q qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi e’tiborga olingan holda yo‘q qilish usullari belgilanadi.”.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda yo‘q qilinganidan so‘ng, Komissiya tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.”.
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Dalolatnoma, fotomateriallar va yaroqsiz dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi bo‘lgan tashkilotda saqlanadi.”.
5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 139 | 2,258 |
Qonunchilik | “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga doir qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”g | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda kiritilgan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga doir qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-736-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 850 |
Qonunchilik | «Buхgalteriya hisobi amaliyoti» vebinari | Zamira Djurayeva sizni 23 iyul soat 10:30 – 12:45 da «Buхgalteriya hisobi amaliyoti» vebinariga taklif qiladi.
Onlayn formatda.
Agar siz vebinarlarni oʻtkazib yuborsangiz, ularni yozuvda koʻrishingiz mumkin.
Savdo, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish, хizmat sohalari uchun tannarх hisobining oʻziga хosliklari;
Eksport-import operatsiyalari bilan ishlash;
24/7 telegram gruppada lektor bilan maslahatlashish imkoni: ish hamda oʻqishga tegishli barcha savollar yuzasidan;
Toʻliq kursni bitirganlar yana 3 oy davomida telegramm guruhda maslahatlar bilan qoʻllab boriladi.
44 akademik soatlik onlayn-treninglar– 2 soatdan 22 ta mashgʻulot;
har bir mavzu boʻyicha taqdimotlar, matnli oʻquv materiallari, testlar va vazifalar: 24/7 foydalanish imkoniyati.
Oʻqish kunlari va vaqti: dushanba, chorshanba, payshanba soat 10:30-12:45 da.
Narхlar:
"NORMA" kompaniyasining mijozlari uchun - 290 ming soʻm
"NORMA" kompaniyasi guruhlarining mijozi boʻlmaganlar uchun - 390 ming soʻm
Dastlabki 50 nafar tinglovchi uchun – 195 ming soʻm!
Agar 15 iyuldan oldin toʻlov qilinsa, bonus-koddan foydalaning va 50%lik chegirmaga ega boʻling. Bonus – kod: 7S2U-YF11-Z3UF-LZDU.
Savollar boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling, telefon: +998 78 148-11-72
Batafsil ma’lumot: bu yerda. | 40 | 1,265 |
Qonunchilik | Issiqlik ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi | Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021 yildagi “Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-хususiy sheriklik asosida rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 594-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning "Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 2 dekabrdagi PQ-4543-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini DXSh shartlari asosida boshqaruvga berish yuzasidan maslahat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzilgan.
Loyihani amalga oshirish boʻyicha berilgan e’lon natijasiga koʻra "Veolia Central & Eastern Europe" Fransiya kompaniyasining loyihasi eng samarali deb e’tirof etilgan. Kompaniya loyihaga 20 mln yevro miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qiladi.
Dastlabki ikki yilda kompaniya Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlaridagi "Vodnik" va "Sanoat energo" markazlashgan qozonхonalari orqali 118 ta koʻp qavatli uy va 43 ta ijtimoiy ob’yektning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilishni amala oshiradi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Shu bilan bir qatorda iste’molchining unifikatsiya qilingan shaхsiy hisobvaragʻini joriy etgan holda Toshkent shahri boʻyicha Kommunal хizmatlarni boshqarish markazi va kommunal korхonalarning billing tizimlari bilan integratsiyalashtirilgan Kommunal хizmatlar yagona billing tizimini yaratish, keyinchalik ushbu tizimni respublika boʻyicha ommalashtirish yuzasidan choralar koʻrilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 49 | 1,651 |
Qonunchilik | Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi PF-5429-son Farmonini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishni ushbu qarorga qat’iy muvofiq amalga oshirsin;
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va oqilona o‘zlashtirilishi yuzasidan amaliy nazorat qilinishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar olish uchun buyurtmanomalar berishning elektron tizimini joriy etsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni olish uchun oldin berilgan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni berishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibiga muvofiq yakuniga yetkaziladi;
g‘oliblari oldin o‘tkazilgan ochiq savdolarda aniqlangan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish ushbu qarorga muvofiq ular tomondan moliyaviy taklif summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘langanidan so‘ng belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibini belgilaydi.
2. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri litsenziya asosida:
geologik o‘rganish;
qazib olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladi.
3. Litsenziyalar, qoidaga ko‘ra, ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turi uchun alohida-alohida beriladi.
4. Litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan beriladi.
5. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan, daryo o‘zanlari, kanallar va kollektorlarni tozalashda litsenziya olish talab qilinmaydi.
6. Geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida (yer qa’ridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash, qidirishga oid huquqni tasdiqlaydi.
Mineral — xomashyo bazani rivojlantirish va to‘ldirish davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.
7. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya uning egasiga konni qazib olish, qazib olinayotgan mineral-xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan, agar litsenziya shartlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya noruda foydali qazilmalarning zaxiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan kon bo‘yicha uni qazib olish uchun beriladi.
8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya konning alohida uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi, agar ushbu holat konni qazib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasa va konning qolgan qismlari (uchastkalari)ni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilmasa.
9. Bir konni bir necha yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda konni qazib olish Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) bilan kelishilgan, yer qa’ridan oqilona foydalanishni va atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlovchi qazib olish tizimida amalga oshirilishi kerak.
10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bir vaqtning o‘zida bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishiga yo‘l qo‘yiladi, shu jumladan, o‘zaro yaqin joylashgan noruda foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra ularni faqat birgalikda bir yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olish rentabelli bo‘lsa.
11. Bir vaqtning o‘zida noruda foydali qazilmalarning turli konlarini, ayrim turdagi qurilish materiallari va boshqa materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur komponent sifatidagi mineral-xomashyolarni qazib olishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishi mumkin.
12. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasi unga berilgan kon ajratmasi doirasida qo‘shimcha litsenziyasiz yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni, ularni Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondida davlat hisobiga qo‘yish sharti bilan olib borish huquqiga ega.
13. Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya uning egasining kon-qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining tarkibida noruda foydali komponentlari mavjud chiqindilarini qayta ishlash ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish va mineral-xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga egalik huquqi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyaga muvofiq litsenziya egasida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati mobaynida saqlab qolinadi. Bunday holda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.
14. Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchi balansida hisobda turmaydigan yoki texnogen mineral hosilalar sotilgan yoki belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga topshirilgan holda kon qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash uchun beriladi.
15. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga yer qa’ridan foydalanish turlaridan kelib chiqqan holda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 40, 41, 43 va 45-moddalari bilan belgilangan shartlar kiradi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
17. Geologik o‘rganish uchun noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarning minimal hajmlari, ularni amalga oshirish muddatlari va yer qa’ri haqida olingan geologik yoki boshqa ma’lumotlarni hisobga olish hamda saqlash va ishlarni tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondiga topshirish muddatlari;
kon inshootlari va quduqlarni aholi hayoti va salomatligini, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish (rekultivatsiya qilish), shuningdek, foydalanishga yaroqsiz kon inshootlari va quduqlarni tugatish tartibi;
noruda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga topshirish tartibi va muddatlari;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar nazarda tutiladi.
18. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, zaxiralarni qazib olish va kon maydonida (uchastkada) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni to‘lash shartlari;
yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, xodimlarni kasb bo‘yicha tayyorlash va shu kabilar);
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
yer qa’ridan foydalanuvchining investitsiya majburiyatlari;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shart nazarda tutiladi.
19. Texnogen mineral hosilalaridan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, texnogen mineral hosilalar (konlar) zaxiralarini qazib olish va kon maydonida (uchastkalarda) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘lash shartlari;
yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, xodimlarni kasb bo‘yicha tayyorlash va shu kabilar)
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutiladi.
20. Davlat geologiya qo‘mitasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan hollarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish shartlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
21. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari mineral-xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlari kon’yukturasining o‘zgarishi, ya’ni noruda foydali qazilmalarni qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi sababli, shuningdek, litsenziya berilgan vaqtdagiga nisbatan jiddiy farq qiluvchi vaziyat yuzaga kelgan hollarda yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Litsenziya egasi noruda foydali qazilmalarni qazib olishni vaqtincha to‘xtatishi va oltmish kun oldin Davlat geologiya qo‘mitasiga yozma tarzda ma’lum qilgan holda belgilangan tartibda kon inshootlarini va yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish muddati litsenziyaning umumiy amal qilish muddatiga kiradi.
22. Geologik o‘rganish, noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalari quyidagilar uchun belgilangan muddatlarga beriladi:
geologik o‘rganish uchun besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olishga doir texnik-iqtisodiy asoslash bilan belgilangan muddatga.
23. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada ko‘rsatiladi va u yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
24. Yer qa’ridan foydalanish muddati tugagunga qadar kamida olti oy oldin foydalanuvchi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘llangan ariza bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda va yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni tugallash, shuningdek, foydali qazilma konlarini qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalarni tugatish yoki konservatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish zarur bo‘lgan hollarda yer qa’ridan foydalanish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Yer qa’ridan foydalanish muddatlarini uzaytirish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qaror Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinadi.
25. Noruda, shu jumladan, keng tarqalgan foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga litsenziyalar Davlat geologiya qo‘mitasi bilan olib boriladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra beriladi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga oid litsenziyalar geologik jihatdan o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan faqat qidirilgan noruda foydali qazilmalar konlariga hamda quyidagi mezonlar uyg‘unligida ochiq savdolar asosida beriladi:
yer qa’ri uchastkasining infrastruktura obyektlariga (elektr uzatish, temir yo‘l stansiyasi, avtomobil yo‘li) yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;
yer qa’ri uchastkasining shahar aholi punkti va yirik qurilish obyekti yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;
noruda foydali qazilmalarning tavsiya etilayotgan zaxiralari hajmi (5 mln. m3/t.dan ortiq).
Ochiq savdolar noruda foydali qazilmalar koni ushbu bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida keltirilgan mezonlarga muvofiq bo‘lishi sharti bilan ushbu Nizomning 27-bandi uchinchi xatboshiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
27. Yer qa’rini geologik o‘rganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchilar aniqlangan kon bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida ular tomonidan aniqlangan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun litsenziyalar olishga mutlaq huquqqa ega bo‘ladilar.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olishga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida, ochiq savdolar o‘tkazilmasdan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir (to‘liq yoki qisman, noruda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash va tasdiqlash bilan bog‘liq) ishlarni moliyalashtirgan shaxsning buyurtmanomasi bo‘yicha beriladi, buyurtmanomaga moliyalashtirish manbai ko‘rsatilgan holda konni qidirish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan olib borgan shaxs tomonidan u tomonidan qidirilgan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqidan voz kechilgan holda kon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ochiq savdolar natijalari bo‘yicha boshqa shaxsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaxsga u tomonidan sarflangan xarajatlar, shu jumladan, yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar qiymati qoplanadi.
28. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan ariza beruvchilarga berilgan mutlaq huquq muddati o‘tib bo‘lganidan so‘ng ham u tomondan qidirilgan kondagi foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya olishda ochiq savdolarda uning imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.
29. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilarga so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik yoki boshqa ma’lumotlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan realizatsiya qilinadi.
Geologik yoki boshqa ma’lumotlar to‘plami so‘ralayotgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan yer qa’ri uchastkasining chegaralarini, u bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yetarli bo‘ladigan hajmdagi kon-texnik, texnologik va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur.
Geologik yoki boshqa ma’lumotlar to‘plami pullik asosda tayyorlanadi.
Geologik yoki boshqa ma’lumotlar to‘plamini tayyorlash muddati va qiymati uning hajmiga bog‘liq hamda materiallarni va boshqalarni saralash, ko‘chirish va nusxalarini olishga sarflanadigan xarajatlar doirasida belgilanadi.
30. Ular bo‘yicha geologik yoki boshqa ma’lumotlari to‘plami realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarur bo‘lgan hollarda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ariza beruvchilar so‘roviga binoan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatiga tegishli qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
31. Bir nafar ariza beruvchiga realizatsiya qilingan bitta yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami uch oy mobaynida boshqa ariza beruvchilarga realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini olgan ariza beruvchi tomonidan uch oy o‘tgach yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish tartibi bo‘yicha zarur hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda yer qa’rining so‘ralayotgan uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami boshqa ariza beruvchilarga realizatsiya qilinishi mumkin.
Agar so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami uch oy o‘tganidan so‘ng boshqa ariza beruvchiga realizatsiya qilinganda, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani olish uchun ilgari realizatsiya qilingan geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami asosida tayyorlangan birinchi ariza beruvchining hujjatlari qabul qilinmaydi.
32. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya olishga buyurtmanomalar topshirilishini qayd qilishning elektron tizimiga hamda ushbu Nizomning 33-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga yozma tarzda buyurtmanoma topshiradilar.
Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur hollarda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun bevosita Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtmanoma topshirish huquqiga egalar.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun beriladigan buyurtmanoma quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur:
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi;
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa qilinadigan va pochta ma’lumotlari;
so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;
soliq organi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan, tashkilotning o‘tgan yil uchun buxgalteriya balansi nusxasi;
ariza beruvchining ustav fondi to‘g‘risidagi ma’lumot, u bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan kam bo‘lmasligi lozim;
mo‘ljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud xodimlar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumot (geologlar, konchilar, marksheydyerlar);
soliq organlari tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli jamg‘armalar budjetlari oldida qarzi mavjud emasligini, ariza beruvchida o‘zining va yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga doir ishlarni bajarish uchun jalb qilinadigan zarur mablag‘larning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlari, shuningdek, u tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan texnika va asbob-uskunalar to‘g‘risidagi ma’lumot;
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar — yer qa’rini geologik o‘rganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish uchun berilganda;
texnik-iqtisodiy asoslar — yer qa’ri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
davlat korxonalari, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan va 50% va undan ortig‘i yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari;
yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan ariza loyihasiga berilgan ijobiy xulosa;
ariza beruvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmanomasini ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdoridagi to‘lovning Davlat geologiya qo‘mitasi hisob raqamiga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
34. Ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilganda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish rad etilishi mumkin.
Buyurtmanomalarni boshqa sabablar bo‘yicha qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari o‘n kun muddatda:
mahalliy davlat hokimiyat organlari bilan birgalikda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasini, undan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash uchun tekshirib chiqadilar;
global pozitsion tizim asboblarini qo‘llab burchak koordinatalarini aniqlagan holda yer qa’ri uchastkasining joylashish o‘rnini aniqlashtiradilar;
noruda foydali qazilmalar ruxsatsiz qazib olinganligi izlarining mavjud bo‘lishi mumkinligini aniqlashtiradilar;
ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlari, taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilganiga muvofiqligini o‘rganadilar.
Olib borilgan ishlar natijalari bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydilar va buyurtmanoma bilan birgalikda Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboradilar.
36. Noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda, Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan ularning oldini olish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
37. Davlat geologiya qo‘mitasi besh kun muddatda buyurtmanomani va Davlat geologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarning tegishli ma’lumotlarini o‘rganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
38. Davlat geologiya qo‘mitasi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng bir kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.
39. Ariza beruvchi uch kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Agar ariza beruvchi o‘ttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qo‘mitasi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
40. Litsenziya ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.
41. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar:
ariza beruvchi o‘zi haqida yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bersa;
ariza beruvchi ishlarni samarali bajarish uchun malakali mutaxassislar, zarur moliya va texnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etmasa;
geologik va boshqa ma’lumotlarni olmasdan turib texnik hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lsa;
so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining chegaralari geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamida keltirilganiga mos kelmasa;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga doir ish olib borish metodikasi geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qa’ridan oqilona foydalanishning belgilangan talablariga mos kelmasa;
qazib olinayotgan xomashyo qiymati noto‘g‘ri hisoblangan bo‘lsa.
Boshqa sabablar bo‘yicha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishiga rozi bo‘lmaslik holati yuzaga kelganda ariza beruvchilar rad etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egalar.
42. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishi haqida qaror qabul qilingan taqdirda Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun muddatda ariza beruvchiga va buyurtmanomani qabul qilgan Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmasiga axborot tizimi orqali yozma va elektron shaklda rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin bo‘lgan muddatlar ko‘rsatilgan xabarnomani yo‘llaydi.
43. Ariza beruvchi tomonidan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish rad etilishi sabablari belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, rad qilish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi undirilmaydi.
44. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga ochiq savdolarni tashkil qilish va o‘tkazish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan kiritiladigan materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan:
ochiq savdolarni o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi;
ochiq savdolar asosida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya beriladigan yer qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ochiq savdolarga qo‘yiladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari;
ochiq savdolar qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari;
ochiq savdolar g‘oliblarini saralashning asosiy va qo‘shimcha mezonlari;
ochiq savdolarni o‘tkazish vaqti va joyi, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish manzili va ularni qabul qilishning tamom bo‘lish vaqti (sanasi va soati);
ochiq savdolarda qatnashish uchun yig‘im va litsenziyalar berilganligi uchun yig‘im miqdori;
ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamining qiymati haqidagi ma’lumotlar belgilanadi.
45. Davlat geologiya qo‘mitasi ochiq savdolarni o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo komissiyaning ishchi organi hisoblanadi va ushbu Nizomning 26 va 44-bandlariga muvofiq ochiq savdolarni o‘tkazish uchun materiallar tayyorlaydi.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi ochiq savdolarni o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo komissiya rahbari hisoblanadi.
46. Davlat geologiya qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kun muddatda uni o‘zining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda ommaviy axborot vositalarida joylashtiradi.
Ma’lumotlar joylashtirilishi (chop etilishi) ariza beruvchining ochiq savdolarda qatnashish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashiga asos hisoblanadi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotda:
yer qa’ri uchastkasining nomi va uning joylashish manzili;
yer qa’ri uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaxiralarining hajmlari;
buyurtmanomalar qabul qilinadigan joy;
ochiq savdolar qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari;
ochiq savdolar g‘oliblarini tanlashning asosiy va qo‘shimcha mezonlari;
yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami qiymati haqidagi ma’lumotlar;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi;
joylashtirilgan axborotlarning amal qilish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga oid buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun miqdorlar bo‘lishi kerak.
47. Davlat geologiya qo‘mitasi Idoralararo komissiya tomonidan qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kun muddatda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini tayyorlaydi.
Geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkalari chegaralarini, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish to‘g‘risidagi geologik, kon-texnik, texnologik va boshqa ma’lumotlarni aks ettirishi zarur.
So‘ralayotgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish bo‘yicha o‘tkaziladigan ochiq savdolarda qatnashish uchun ariza beruvchilarga realizatsiya qilinadi.
Geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini tayyorlash muddatlari va qiymati uning hajmiga bog‘liq hamda materiallarni saralash, ko‘chirish va nusxa olishga va boshqalarga sarflanadigan xarajatlar doirasida belgilanadi.
48. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ochiq savdolar Idoralararo komissiya qarori bilan belgilanadigan muddatlarga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Ochiq savdolarga qo‘yilayotgan tegishli yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha yer uchastkalarini berish to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatini olish Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklanadi.
49. Ochiq savdolarni o‘tkazish doirasida qatnashchilardan olingan barcha materiallar Davlat geologiya qo‘mitasida saqlanadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi olingan buyurtmanomalar va materiallar saqlanishi va oshkor qilinmasligini ta’minlaydi.
50. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun o‘tkaziladigan ochiq savdolarda qatnashishga oid buyurtmanomada ariza beruvchi davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq o‘zining to‘liq nomini, so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini ko‘rsatadi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqi uchun o‘tkaziladigan ochiq savdolarda qatnashishga doir buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan ilova xati;
ariza beruvchining rahbarlari va mulkdorlari to‘g‘risidagi aloqa qilinadigan va pochta ma’lumotlari;
mo‘ljallangan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud xodimlar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (geologlar, konchilar, marksheydyerlar);
soliq organi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tashkilotning o‘tgan yil uchun buxgalteriya balansi nusxasi;
soliq organlari tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlatning maqsadli jamg‘armalari budjetlari oldida qarzi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar, ariza beruvchida uning ochiq savdolarda qatnashishi, yer qa’ridan foydalanish uchun bir martalik to‘lovlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘lari va jalb qilinadigan mablag‘larning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
ariza beruvchining, shuningdek, u tomonidan pudratchi sifatida jalb qilinadigan boshqa tashkilotlarning texnik va texnologik imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ariza beruvchida yer qa’ri uchastkasida ish olib borish uchun texnologik vositalar va asbob-uskunalar, malakali mutaxassislarning, pudratchi sifatida jalb qilinadigan chet tashkilotlar bilan shartnomalarning mavjudligi);
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar — yer qa’ri geologik o‘rganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish uchun berilganda;
texnik-iqtisodiy asoslash — yer qa’ri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
davlat korxonalari, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi va 50% va undan ortig‘i yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida buyurtmanoma loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan berilgan ijobiy xulosa;
ochiq savdolarda g‘olib bo‘lgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan mablag‘ miqdori aks ettirilgan moliyaviy taklif;
ariza beruvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmanomasini ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdoridagi yig‘im Davlat geologiya qo‘mitasining hisob raqamiga to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga oid ochiq savdolarda qatnashish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va ma’lumotlarni, belgilangan tartibda axborotlar bilan hamkorlik qilish yo‘li bilan, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil tarzda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno.
51. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
tanlovda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda topshirilganda;
ariza beruvchi o‘zi haqida yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganda;
ariza beruvchi ishlarni samarali va bexatar bajarish uchun malakali mutaxassislar, zarur moliya va texnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etmasa;
ariza beruvchi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga ochiq savdolarni o‘tkazishning ariza beruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar mezonlariga mos kelmaganda.
Boshqa sabablar bo‘yicha ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar qabul qilish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
52. So‘ralayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun moliyaviy taklifning eng kam miqdori quyidagicha:
yer qa’rini geologik o‘rganish uchun — noruda foydali qazilmalar konlarini izlash va qidirish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik bonus stavkasi miqdorida;
noruda foydali qazilmalarni konlardan tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish va qazib olish, shuningdek, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik tijorat bonusi stavkasi miqdorida.
53. Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmanomalarni topshirish muddatlari yakuniga yetgach bir kun muddatda ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi va Davlat ekologiya qo‘mitasi bir hafta muddatda geologik o‘rganish, noruda foydali qazilmalarning texnogen mineral hosilalarini qazib olish va foydalanish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi.
Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga mos kelishi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va texnik-iqtisodiy asoslar:
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan — buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarning yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq belgilangan talablarga va ish olib borishning me’yorlariga muvofiqligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni bajarishga oid texnik va texnologik imkoniyatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘riligini, texnik va texnologik yechimlar usullarini ishlarni bexatar olib borishning belgilangan qoidalariga va me’yorlariga mosligi yuzasidan, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuzasidan;
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan — tabiat muhofazasi chora-tadbirlari Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi asosiy xulosalar, mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda yozma xulosalarni Davlat geologiya qo‘mitasiga o‘z vaqtida yuborishi shart.
Idoralarning xulosalari Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha ochiq savdolar g‘oliblarini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
54. Idoralararo komissiya besh kun muddatda taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va ochiq savdo g‘oliblarini aniqlaydi. Zarurat bo‘lganda Idoralararo komissiya taqdim etilgan materiallarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazishni belgilashi mumkin. Mustaqil ekspertizani o‘tkazish muddati va shartlari Idoralararo komissiyaning alohida qarori bilan belgilanadi va besh kundan oshmasligi kerak.
55. Tegishli litsenziya olinguniga qadar Idoralararo komissiyaga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda ariza beruvchi ishtirokchilar yoki ochiq savdo g‘oliblari qatoridan chiqariladi.
56. Moliyaviy taklifning eng yuqori miqdori ochiq savdolarni o‘tkazishda g‘olibni aniqlashning asosiy mezoni hisoblandi.
Ariza beruvchi tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda moliyalashtirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda moliyaviy taklif miqdoriga yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirish uchun sarflangan xarajatlar qo‘shiladi. Bunda yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlarning qo‘shimcha miqdori O‘zbekiston Respublikasini Davlat budjetiga moliyaviy taklif sifatida to‘lanmaydi.
57. Savdo ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan eng yuqori moliyaviy taklif miqdorining to‘qson foizidan ortiqni tashkil etuvchi moliyaviy taklifni bergan ishtirokchi qo‘shimcha mezonlar bo‘yicha quyidagi barcha shartlar bo‘yicha ochiq savdo g‘olibi deb e’tirof etiladi:
foydali qazilmalardan samarali va oqilona foydalanish;
foydali qazilma zaxiralarining maksimal o‘sishini ta’minlash;
foydali qazilmalarni to‘liq qazib olish;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish;
yer qa’rini va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarining samaradorligi;
kerakli miqdorda texnik va moliyaviy vositalar, shuningdek, taqdim etilayotgan texnik va texnologik yechimlarga muvofiq noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarida tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan soha mutaxassislarining mavjudligi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilarning buyurtmanomalari mos kelsa Idoralararo komissiya g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha mezonlarni belgilaydi.
58. Idoralararo komissiya ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha g‘olibni aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Idoralararo komissiyaning ochiq savdo g‘olibini aniqlash to‘g‘risidagi qarori Idoralararo komissiyaning ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ushbu qarorni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi.
Idoralararo komissiyaning qarori Idoralararo komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bayonnoma keyinchalik rasmiylashtirish va ochiq savdo g‘oliblariga tegishli litsenziyalarni berish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.
59. Ochiq savdolarda g‘olibni aniqlash uchun malaka talablariga javob beradigan eng kam ishtirokchilar soni kamida ikki ariza beruvchidan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
60. Davlat geologiya qo‘mitasi Idoralararo komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng ikki kun muddatda bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini to‘lov muddatini ko‘rsatgan holda ochiq savdo g‘olibini yozma ravishda xabardor qiladi va qaror matnini Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarur hollarda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
61. G‘olib aniqlangandan so‘ng Davlat geologiya qo‘mitasi ikki kun muddatda joyiga chiqqan holda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkalarini besh kun muddatda qo‘shimcha tekshirishdan o‘tkazadigan ishchi guruhni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha tekshirish jarayonida global pozitsion tizim asboblarini qo‘llagan holda burchak nuqtalari koordinatalarini tasvirga tushirish yo‘li bilan uchastkaning joylashish o‘rni, shuningdek, noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan izlari aniqlanadi.
Ishchi guruh ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlari oldin taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilganiga muvofiqligini ham o‘rganadi.
Qo‘shimcha tekshirish natijalariga ko‘ra asosiy natijalar aks ettirilgan xulosa joyning o‘zida tuziladi. Xulosa Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi va keyinchalik tegishli yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqishda hisobga olinadi.
62. Noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida ularning oldini olish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
63. Ochiq savdo g‘olibi moliyaviy taklif miqdorini to‘laydi va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Agar ochiq savdo g‘olibi litsenziya berish qarori qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) kundan boshlab 30 kun mobaynida Davlat geologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy taklif miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilmasa yoki yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolamagan bo‘lsa, Idoralararo komissiya o‘tkazilgan ochiq savdo natijalari bo‘yicha ikkinchi yoki keyingi o‘rinlarni egallagan ariza beruvchilarga litsenziya berish huquqini taqdim qilgan holda tegishli qarorni bekor qilishga haqlidir.
64. Idoralararo komissiyaning qarori noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Litsenziya ochiq savdo g‘olibi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolagan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ochiq savdo g‘olibi tomonidan taqdim etilgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi lozim.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish ochiq savdo natijalari bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
65. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan imzolanadi.
66. Litsenziya Davlat geologiya qo‘mitasining buyurtmanomasi bo‘yicha “Davlat belgisi” DIChB tomonidan bosmaxona usulida tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-iyundagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan shakl bo‘yicha) maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasi, tartib raqami, himoya qilish darajasiga ega qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasida saqlanadi. Litsenenziyaga litsenziyaning ajralmas qismi bo‘lgan quyidagi matnli, grafik shakldagi va boshqa qo‘shimchalar ilova qilinadi:
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini tavsiflovchi grafik materiallar;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari;
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun yer uchastkasini berish to‘g‘risida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolati.
67. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan geologik o‘rganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish uchun foydalanish huquqiga oid litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchiga kerakli yer uchastkasi ajratilishi uchun asos hisoblanadi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Konchilik-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya tomonidan berilgan kon ajratish dalolatnomalari noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanuvchiga zarur yer uchastkasi ajratilishiga asos hisoblanadi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya asosida yer qa’ridan foydalanuvchining murojaatiga ko‘ra, tegishli yer uchastkalari belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘n kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri litsenziyaning amal qilish muddati va yer qa’ri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi.
Noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi bo‘linmalari tomonidan bir vaqtning o‘zida yer qa’ridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
68. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishni Davlat ro‘yxatiga olish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
69. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini Davlat ro‘yxatiga olish reyestrga tegishli qaydlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
70. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
yer qa’ridan foydalanuvchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (ismi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish turlari va maqsadi;
litsenziya berilgan sana va uning raqami;
yer qa’ridan foydalanish va litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va uning sanasi;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki to‘xtatish asosi va sanasi.
71. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestriga kiritilgan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.
72. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi ma’lumotlar berilganligi uchun yer qa’ridan foydalanadigan bir foydalanuvchiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdoridagi to‘lov undiriladi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.
73. Reyestrdan ma’lumotlar taqdim etilishi uchun yig‘im summasi Davlat geologiya qo‘mitasi hisob raqamiga kiritiladi.
74. Yer qa’rining tegishli uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin davlat hisobiga kiritilishi shart.
75. Foydalanishga topshirilgan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondi tomonidan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishiga oid materiallar olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi
76. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
77. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib qo‘yish yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan, shu jumladan, boshqa davlat nazorati organlarining taqdimotlari asosida amalga oshiriladi.
78. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi yuzaga kelgan xavf-xatar yoki yer qa’ridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan talablar va shartlar, ishlarni olib borish me’yorlari va qoidalari bartaraf etilishigacha butun uchastkada yoki uning bir qismida ishlarning ma’lum turlari cheklanishiga, biroq 3 oydan oshmagan muddatga cheklanishiga olib keladi.
79. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining to‘xtatilishi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi ishlar to‘xtatib qo‘yilishi sabablari bartaraf etguniga qadar amalga oshirilishi taqiqlanishiga, biroq olti oydan oshmaydigan muddatga taqiqlanishiga olib keladi, tog‘-kon inshootlari xavfsizligini ta’minlash, qurilishlar, inshootlar va uskunalarni odamlar va atrof-muhit uchun xavfsiz saqlab turishga oid ishlar bundan mustasno.
80. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi:
yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan;
yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlari buzilgan (yer qa’ri uchastkasini davlat ro‘yxatiga qo‘yish, ekologiya talablariga rioya qilish, rejalashtirilgan qazib olish hajmini ta’minlash, ijtimoiy majburiyatlarni bajarish);
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning ta’sir zonasida aholi hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga xavf-xatarning mavjud bo‘lishi;
yer qa’ridan foydalanish uchun to‘lovlar muntazam to‘lanmagan;
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning 33, 36, 37, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan;
agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar tizimli tavsifga ega bo‘lsa yoki ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ilgari cheklov va (yoki) to‘xtatib turish qo‘llangan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda tegishli tuman hokimligiga yozma ma’lumot beriladi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda, tegishli yer maydonlari tuman hokimligi tomonidan zaxiraga qaytariladi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari), haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqqan holda, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining o‘zlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatdan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi qaror davlat nazorat organlaridan yozma xabar olingan kundan e’tiboran Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatilganidan keyin foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek, ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kon inshootlari va infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va tugatish ishlarini (qayta tiklash) bajarishga kirishishi shart.
81. Yer qa’ri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanuvchining faoliyati tugatilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bekor qilinganda Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa manfaatdor organlar vakillari ishtirokida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan maxsus komissiya yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq kon inshootlari va infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va tugatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Bunday holatlarda yer qa’ri uchastkalari Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga o‘tkaziladi.
82. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda va nomi o‘zgarganda;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari o‘zgarganda;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddati uzaytirilganda.
83. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki qayta o‘zgartirilganda ariza litsenziya egasi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yetti kun muddatda beriladi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
84. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda tegishli reyestrga o‘zgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda oldin berilgan litsenziya Davlat geologiya qo‘mitasida saqlanadi va unga “Haqiqiy emas” degan muhr bosiladi.
85. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza tushgan kundan boshlab:
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va nomi o‘zgarganda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari o‘zgarganda — besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda;
yer qa’ri uchastkalarini foydalanish muddati uzaytirilganda — o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda — amalga oshiriladi.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirishga litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari bajarilishi to‘g‘risida taqdim etilgan axborot Davlat geologiya qo‘mitasi va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
86. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya olishga doir buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun to‘langan summaning ellik foizi miqdorda yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘im Davlat geologiya qo‘mitasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
87. Yer qa’rini geologik o‘rganish, yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
88. Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga doir ular tomonidan tayyorlagan, Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
89. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Argillitlar va alyevrolitlar.
Xarsangtoshlar, shag‘al va mayda shag‘allar.
Gillar (bo‘yoq va sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Dolomit.
Ohaktosh (sement ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari).
Ohaktosh-chig‘anoqtosh.
Tosh bo‘laklari.
Kvarsit (texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan hamda dinasli va flyuslilardan tashqari).
Lyoss va lyossimon jinslar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Mergel (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Bo‘rsimon jinslar.
Marmar.
Qum (qoliplashda va shisha ishlab chiqarishda foydalaniladiganlaridan tashqari).
Qumtosh.
Slanets (yonuvchi va qorasidan tashqari).
Suglinkalar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).
Magmatik, metamorfik va vulqanogen jinslar (sement va o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari). | 152 | 61,071 |
Qonunchilik | “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasala | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 12-fevraldagi 2, 5-B va 19-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2974, 2018-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 8-son, 147-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,268 |
Qonunchilik | “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 245 | 803 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda хorijiy davlatlar harbiy kadrlari tayyorlanadi | Prezidentning 20.09.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5247-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida (OHTM) хorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimlari tashkil etiladi.
Shuningdek, OHTMda хorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda ta’lim berish tartibi va uni moliyalashtirish, shuningdek ta’lim olish davomida хorijiy harbiy kadrlarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
OHTMda хorijiy davlatlar harbiy kadrlarining ta’lim olishi хorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. U belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama хalqaro shartnomalarga muvofiq begʻaraz, imtiyozli hamda toʻlov asosida OHTMning kursantlari, tinglovchilari va doktorantlari uchun amalga oshiriladi.
OHTMda хorijiy harbiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari Prezident tomonidan belgilanadi. Xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish:
OHTMga хorijiy harbiy kadrlar kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi. Ta’lim berish oliy harbiy ta’limning ta’lim dasturlari boʻyicha oʻzbek va rus tilida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
Xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish quyidagicha amalga oshiriladi:
Quyidagilarni tugatgan хorijiy harbiy kadrlarga:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 60 | 1,669 |
Qonunchilik | Tekshiruvlar, хronometraj va kameral nazoratdan soliq organlariga koʻproq mablagʻ kelib tushadi | Soliqlarni qoʻshimcha hisoblash va ular boʻyicha jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushgan mablagʻlarni DSQ foydasiga qayta taqsimlash muhokama qilinmoqda. Hukumat qarorining tegishli loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamgʻarmasi bor (VMning 12.01.1998 yildagi 14-son va 2.04.2010 yildagi 62-son qaroriga qarang).
Unga tushadigan tushumlarni quyidagilar hisobiga oshirish taklif etilmoqda:
Avvalgidek, soliq organlari tomonidan musodara qilingan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasining 25%i ham Jamgʻarmaga kelib tushadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 95 | 796 |
Qonunchilik | KORXONALAR, TAShKILOTLAR VA MUASSASALARGA BOZOR JAMG‘ARMASI TOVARLARINI MAYDA ULGURJI SAVDO BO‘YIChA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Pul muomalasining holati ustidan nazoratni kuchaytirish va respublika aholisini xalq iste’moli mollari bilan ta’minlashni yaxshilash, bozordan tashqari bo‘lgan iste’molchilarga bozor jamg‘armasi tovarlarini sotishni tartibga solish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki kassalariga naqd pul tushishini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki bir oy muddat ichida korxonalarga, tashkilotlarga, muassasalarga, kolxozlarga va sovxozlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun yagona mayda ulgurji tartibda bozor jamg‘armasi tovarlarini sotish qoidasini ishlab chiqsinlar.
2. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv birgalikda 10 kun muddat ichida respublika uchun mayda ulgurji savdo bo‘yicha sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat tovarlarining ro‘yxatini belgilasinlar.
3. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv birgalikda umuman respublika bo‘yicha mayda ulgurji savdo limitining har kvartal uchun hajmini belgilasinlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha ularni taqsimlasinlar.
4. “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tarmoqlaridan bozor jamg‘armasiga qarashli oziq-ovqat tovarlarini aholining tegishli toifalarini ovqatlantirishni tashkil etish uchun ijtimoiy-madaniy soha muassasalari va tashkilotlariga (bolalar, davolash, davolash-profilaktika muassasalari, dam olish uylari, keksalar internatlari, nogironlar uylari, o‘quv muassasalari va boshqalar) mayda ulgurji limitlarni cheklamagan holda sotsinlar;
chakana savdo tarmog‘idagi va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi bozor jamg‘armasiga qarashli oziq-ovqat tovarlarini boshqa muassasalar va tashkilotlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ana shu tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda, qabul qilingan qarorlar bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan tartibda, ushbu tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘lar va pullariga qarab sotsinlar.
Chakana savdo tarmog‘idan bozor jamg‘armasining nooziq-ovqat tovarlarini sotish “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv tomonidan belgilangan mayda ulgurji savdoning qat’iy limiti bo‘yicha amalga oshirilsin.
O‘rnatilgan mayda ulgurji savdo limiti hisobiga nooziq-ovqat tovarlarini sotib olishda ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarga (bolalar uylari, davolash, sog‘lomlashtirish, o‘quv muassasalari va boshqalar) birinchi galda imkon yaratilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, chakana savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlaridan bozor jamg‘armasiga qarashli tovarlarning korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga sotilish hajmi chakana tovar oborotiga kiritiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki bir oy muddat ichida bank muassasalari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va kolxozlarga mayda ulgurji tartibda bozor jamg‘armasi tovarlarini sotish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat tartibini belgilasin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki mayda ulgurji savdo bo‘yicha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxoz va sovxozlarda bozor jamg‘armasi tovarlaridan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar, tartibni buzish hollariga barham bersinlar.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 25-martdagi 119-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq A. N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin. | 137 | 3,806 |
Qonunchilik | AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KO‘RSATUVChI KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UYuShMASI (O‘ZMAIShIYXIZMAT UYuShMASI)NI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA | Respublika aholisiga maishiy xizmatni yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirish, tarmoqni boshqarishning epchil tashkiliy tuzilmasini vujudga keltirish, maishiy xizmat korxona va tashkilotlarining xo‘jalik sohasidagi mustaqilligini kengaytirish, shuningdek maishiy xizmat ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maishiy xizmat ko‘rsatish Respublika davlat-kooperativ markazini tugatib, maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari O‘zbekiston respublika Uyushmasi (O‘zmaishiyxizmatuyushma)ni tashkil etish to‘g‘risida maishiy xizmat xonalari va tashkilotlarining taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zmaishiyxizmatuyushma yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi hamda o‘z faoliyatini Nizomga, to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi boshqarish qoidalariga muvofiq amalga oshiruvchi barcha mulkchilik shakllaridagi xo‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarni va yakka tadbirkorlarni paychilik asoslarida ixtiyoriy biriktiradigan xo‘jalik uyushmasidir.
2. “O‘zrembittexnika” konserni bilan “O‘zstroyremmebelbit” uyushmasi tarkibiga kirgan firmalar va trestlarni mehnat jamoalarining manfaatlarini e’tiborga olib, belgilangan tartibda aksionerlik jamiyatlari va jamoa korxonalariga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari amaldagi qonunlarga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligini, viloyatlar va Toshkent shahar maishiy xizmat ko‘rsatish boshqarmalarini, birlashmalar, uyushmalar va konsernlarni hududiy uyushmalarga aylantirsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti bilan birgalikda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish rayon (shahar) ishlab chiqarish birlashmalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsinlar.
4. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar O‘zbekiston respublika Uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar qilib belgilansin:
maishiy xizmat bozoridagi ahvolni va aholining ehtiyojini o‘rganish asosida respublikada maishiy xizmatni rivojlantirish konsepsiyalar kelgusidagi va qisqa muddatli taraqqiyot istiqboli rejalarini ishlab chiqish;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maishiy xizmat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining, shuningdek Uyushmaga kiruvchi yakka tadbirkorlarning faoliyatini aholining maishiy xizmatlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis ta’minlash manfaatlari yo‘lida muvofiqlashtirish;
maishiy xizmat sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni o‘tkazish, Yangi texnika hamda ilg‘or texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish, texnologiya va nostandart uskunalarni tayyorlash, tarmoq korxonalarini moddiy-texnika zaxiralari bilan ta’minlashda ko‘maklashish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
maishiy xizmat sohasida bozor munosabatlarini tatbiq etish, mehnat jamoalarining manfaatlarini e’tiborga olib, tarmoqda davlat korxonalari va tashkilotlarini ijara, aksionerlik, jamoa hamda boshqa mulkchilik shakllariga aylantirish borasidagi ishlarni o‘tkazishga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirishga har tomonlama madad berish, qo‘shma korxonalar barpo etish;
maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash hamda davlat boshqaruvining respublika va mahalliy organlari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifoda etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida O‘zmaishiyxizmatuyushma faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qaror qabul qilsin.
6. O‘zbekiston SSR Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligini O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish respublika Davlat kooperativ markaziga aylantirish to‘g‘risida” 1990-yil 25-sentabrda chiqarilgan Farmon o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 159 | 4,061 |
Qonunchilik | “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-944-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-944-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining xulosasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiqaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 11-avgustda kiritilgan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-944-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 205 | 1,096 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bahrayn Qirolligi Hukumati o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida 2009-yil 16-noyabr kuni Manama shahri (Bahrayn Qirolligi)da imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 857 |
Qonunchilik | «eStat 2.0» statistika tizimi ERI kalitlari bilan integratsiyalashdi | Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yangi formatdagi ERI kalitlari Davlat soliq qoʻmitasining Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazi tomonidan beriladi. Ular davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan barcha хizmat turlaridan erkin foydalanish imkonini beradi.
Davlat statistika koʻmitasining dasturiy ta’minotini idora saytining “Xizmatlar” menyusidagi “Elektron hisobotlar” boʻlimidan topish mumkin. | 68 | 666 |
Qonunchilik | Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash;
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.
3. Belgilansinki:
Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi;
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
31. 2020-yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida, istisno tariqasida, belgilansinki:
subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va subsidiyalarni to‘lash muddati 2021-yil 1-dekabrga qadar uzaytiriladi;
agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qo‘shilgandan so‘ng o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;
talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada ko‘rsatilgan sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
32. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan so‘ng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
33. Yangi tartib doirasida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar olingan ijobiy subsidiya xabarnomalari bo‘yicha to‘lab beriladi.
34. 2021-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratishning maqsadli parametrlari doirasida:
a) sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Bunda ipoteka kreditining summasi xabarnomada ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatining 85 foizidan oshib ketmasligi lozim;
b) sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati subsidiya xabarnomasida ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, ipoteka krediti shartnomada ko‘rsatilgan uy-joyning qiymatining 85 foizi hamda boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya shartnomada ko‘rsatilgan uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:
davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlarini, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2020-yil 1-iyunga qadar:
talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini;
Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini ta’minlasin.
61. Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan hamkorlikda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishni avtomatlashtirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrgacha Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bazasi “my.gov.uz” platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
62. Moliya vazirligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda:
a) ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda to‘lab bersin.
Bunda tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi hududiy bank filiallarida jamlangan ma’lumotlar asosida buyurtmanomalarni Moliya vazirligiga taqdim etadi va Moliya vazirligi har oyning 25-kuniga qadar subsidiya to‘lab berilishini ta’minlasin;
b) 2022-yilning 1-oktabrgacha qadar foiz xarajatlari uchun subsidiya to‘lashning avtomatlashtirilgan tartibini joriy etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi dasturiy ta’minotning operatori etib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy ta’minot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini ko‘rsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son hamda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonlari asosida ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismini qoplash hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoni asosida daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami;
boshlang‘ich badal — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘. Shundan davlat budjetidan to‘lab beriladigan qat’iy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan mablag‘;
boshlang‘ich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qat’iy belgilangan miqdorda Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkaziladigan mablag‘;
daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (keyingi o‘rinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar;
ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya (mukammal va joriy ta’mir bundan mustasno) qilish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdori;
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘;
talabgor — ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya qilish orqali mulkchilik turi ko‘p qavatli uy-joylarga o‘zgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli) hamda fuqaroga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga birinchi 5 yil davomida o‘tkaziladigan mablag‘.
Bunda davlat budjetidan to‘lab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi;
xabarnoma — komissiyaning ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori;
yakka tartibdagi uy-joy qurish — o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va/yoki alohida qo‘shimcha bino va inshootlar, shu jumladan, binoni buzib qayta qurish;
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish — bino va inshootlarning arxitektura-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirishga olib keladigan binoning balandligi, qavatlari soni, hajmi va maydonini o‘zgartirish, ma’nan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini almashtirish, dastlabki hajmini saqlab qolgan holda binoning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir etuvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini almashtirish yoki tiklash, qurilishi yakunlanmagan uy-joyni yakunlash.
3. Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida:
hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy ta’mirlash bundan mustasno) uchun ajratiladi.
4. Bir nafar qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
subsidiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlarining;
hududlarda talabgorlar uchun Davlat budjetidan ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdorlarini aniqlashda.
5. Subsidiya uni to‘lashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi.
Bunda subsidiya fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida tuman (shahar) kesimida qayta taqsimlanmagan holda fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa.
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya to‘lovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini ko‘rsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda e’lon beradi.
7. Ariza beruvchining taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
o‘rganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — Davlat soliq qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalari;
o‘rganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari.
8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha to‘lanadi.
9. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.
14. Davlat xizmatlari markazi so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga elektron tarzda yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma avtomatik tarzda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga yuboriladi.
Ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bunda ariza beruvchi boshqa hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali ariza topshirgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi bir ish kuni mobaynida arizani fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi komissiyaga yuboradi.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilishga subsidiya ajratish uchun kelib tushgan arizalar fuqaroning mulk huquqi asosida mavjud bo‘lgan qurish va rekonstruksiya qilinishi lozim bo‘lgan uy-joyi joylashgan hududdagi komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizani mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish faqat anketa-arizada ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga yuboriladi.
15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash uchun mas’ul xodim ichki buyruq asosida biriktiriladi.
Biriktirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi.
151. Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:
ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;
ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi.
16. Agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
17. YIDXPda mas’ul tashkilotlar o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra kiritilgan ma’lumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar ko‘rinishida baholanadi.
18. YIDXPda mas’ul tashkilotlarning baholash natijalari komissiya kotibiga yuboriladi.
19. Tuman (shahar) hokimlari va komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari komissiyaning samarali va qonuniy faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi.
Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan muddatda komissiya tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish holati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlariga tizimli ravishda ma’lumot kiritib boradi.
20. Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
21.Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
22. Komissiya raisi:
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
23. Komissiya kotibi:
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a’zolarini komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
24. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
25. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
26. Komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etadigan a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar yig‘ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
29. Komissiya o‘zining ish reglamentini tasdiqlaydi.
30. Komissiya kotibi mas’ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni 3 kun ichida arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun komissiyaga kiritadi.
Komissiya raisi kotib tomonidan kiritilgan ijtimoiy mezonlar yuzasidan baholash natijalariga asosan ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etishni elektron (ERI orqali) shaklda tasdiqlaydi.
Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida komissiya elektron reyestrni yuritadi hamda ushbu reyestr tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limida uch yil mobaynida saqlanadi.
31. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida elektron tasdiqlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.
Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
Bundan tashqari YIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuboriladi.
YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etilganda, komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
32. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
33. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgorga davlat budjetidan ajratiladigan boshlang‘ich badal subsidiyasining qat’iy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida dastlabki 5 yilda foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish bo‘yicha subsidiya ajratilishi ko‘rsatiladi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qat’iy belgilab qo‘yiladi.
34. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
e) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
35. Ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan qarorni rasmiylashtiradi hamda tegishli xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
36. Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
37. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra komissiya raisi nomiga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
Komissiya raisi talabgorning rad etish to‘g‘risidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish bo‘yicha komissiya kotibiga topshiriq beradi.
Komissiya kotibi dasturiy ta’minot tizimidagi xabarnomalarni bekor qilish bo‘limiga tegishli ma’lumotlarni va talabgor arizasini kiritgan holda bekor qilish buyurtmanomasini yaratadi va dasturiy ta’minot tizimi administratoriga yuboradi.
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya soni qayta inobatga olinadi.
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
38. Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiya soni tugaganda, talabgorlarga rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.
39. Subsidiya taqdim etishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy ta’minot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik ravishda to‘xtatiladi.
Komissiya yoki mas’ul tashkilot xodimlari tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash jarayonida ma’lumotlar noto‘g‘ri va/yoki xato kiritilgan taqdirda, komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy ta’minot tizim administratori tomonidan ma’lumotlarga tuzatish kiritish uchun komissiya yoki mas’ul tashkilotga qaytariladi.
Komissiya yoki mas’ul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan ma’lumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi bo‘yicha komissiya a’zolari va mas’ul tashkilot xodimlari shaxsan javobgardirlar.
41. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Sotib olinadigan uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Foiz to‘lovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi.
Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilagan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshib ketmasligi shart.
42. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi yoki pudrat tashkilotiga to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni;
ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli ma’lumotlarini taqdim qiladi.
43. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
44. Subsidiya:
a) kvartiralarni sotib olish uchun:
boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi;
b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
45. Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda:
SM — ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi;
KS — ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
AF — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
BF — 10 foizlik punkt.
Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan so‘ng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
46. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi.
Asosiy stavkaga o‘zgarish kiritilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi resurslari hisobidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan fuqarolarga amalda belgilangan foiz stavkasidan yuqori foiz stavkada ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin emas.
Bunda tijorat banki tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ipoteka krediti foiz stavkasining pasaytirilganligi e’lon qilinadi va qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomalariga qo‘shimcha kelishuvlar tuzilmasdan, qarzdorning shaxsiy kabinetiga o‘zaro tuzilgan kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv hamda yangidan tuzilgan to‘lovlar jadvali joylashtiriladi.
47. Sotib olinadigan kvartira bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
48. Yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
Bunda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati hisobga olinishi mumkin.
49. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) moliya bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
50. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari besh ish kuni mobaynida ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Bunda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib berilgan boshlang‘ich badal uchun subsidiya faqat boshlang‘ich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablag‘lari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga o‘tkazib beriladi. Mazkur mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish taqiqlanadi.
51. Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘tkazilgan kundan boshlab undan o‘ttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytaradi.
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab qurib bitkazilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banklarining Bosh ofisi tomonidan har oyning 25-kuniga qadar Moliya vazirligiga foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga markazlashgan tartibda buyurtmanoma yuboriladi.
Bunda qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari to‘lovlarini qaytarish grafiklarida foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanishi inobatga olinadi.
53. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklari ajratgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan buyurtmanomalar taqdim etilgan oydan boshlab har oyning 25-kuniga qadar tijorat bankining Bosh ofisiga markazlashgan tartibda o‘tkazib beriladi.
Bunda subsidiya ajratilgan fuqaroning ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki keyingi to‘lovga buyurtmanomasini Moliya vazirligiga yuborishda o‘zgarishlarni inobatga oladi.
Tijorat banki tomonidan haqiqatda ajratilgan ipoteka krediti sanasidan boshlab foiz to‘lovlari uchun subsidiya to‘lab beriladi.
Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligiga buyurtmanoma berishda kredit to‘lovlarini qaytarish grafiklaridagi o‘zgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha to‘langan subsidiya tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi.
54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya to‘g‘ri hisoblanishiga javob beradi.
55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi.
56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
57. Ishtirok etuvchi tijorat banki foiz uchun subsidiya bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 10 kun ichida Moliya vazirligiga ushbu subsidiya to‘lab berilishi yakunlangan talabgorlar ro‘yxatini taqdim etadi.
58. Moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha to‘langanda, keyingi oyda talabgorga subsidiya avval to‘langan ortiqcha to‘lovni hisobga olgan holda to‘lanadi.
59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining hisobvarag‘iga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi.
60. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”. | 168 | 46,385 |
Qonunchilik | “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-555-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 13-sentabrda kiritilgan “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-555-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 214 | 460 |
Qonunchilik | Volfgang Shrayberni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | Xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari hamda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayoniga, ijtimoiy yo‘nalishdagi bozor iqtisodiyotini shakllantirishga faol ko‘magi uchun Konrad Adenauer jamg‘armasining mintaqaviy vakili Volfgang Shrayber “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin. | 67 | 334 |
Qonunchilik | “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyada | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 3-oktabrdagi 25-B-son “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2623, 2014-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 44-son, 541-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 894 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 4-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini sakkiz oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 166 | 717 |
Qonunchilik | Investitsiya loyihalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish sifatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 15-martdagi PQ–2836-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari faoliyat ko‘rsatuvchi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, tashkilotlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar o‘n kun muddatda ilmiy-texnik kengashlarini (keyingi o‘rinlarda Kengashlar deb ataladi) tashkil etsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, shuningdek ularni yuqori malakali, shu jumladan tajribali amaliyotchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa tashkilotlar mutaxassislari orasidan mutaxassislar bilan butlasinlar.
Loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tashkilotlar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar rahbarlari zimmasiga Kengashlar tomonidan investitsiya loyihalari bo‘yicha xulosalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va berilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
3. Belgilansinki, investitsiya loyihalarining Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq reglamentlanadigan hujjatlari Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
4. Belgilab qo‘yilsinki, loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tashkilotlar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar:
a) quyidagilar uchun javob beradilar:
zamonaviy texnologiyalarni, yuqori texnologiyali va energiya samarali asbob-uskunalarni ustuvor qo‘llashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarning sifatli tuzilishi;
loyiha oldi hujjatlarini, shu jumladan “foydalanishga tayyor holda qurish” loyihalarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan malakali injiniring kompaniyalarining va/yoki loyihalash tashkilotlarining belgilanishi;
loyiha oldi va loyiha hujjatlarining, ishchi hujjatlarning va ishchi loyihaning taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar bo‘yicha narxlarning shakllanishi yuzasidan ixtisoslashtirilgan ekspert kengashlari yoki mustaqil kompaniya tomonidan ko‘rilishini ta’minlash;
tanlov (tender) hujjatlarining sifatli tayyorlanishi hamda taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi;
investitsiya loyihalarining tasdiqlangan asosiy texnik-texnologik va iqtisodiy parametrlari bajarilishi;
b) investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organlarga faqat Kengashlarning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda yuboradilar, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 175 | 3,494 |
Qonunchilik | O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI BITIRUVChILARI — YoSh MUTAXASSISLARNING IShGA JOYLAShIShI UChUN LAVOZIM, KASBLAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-iyuldagi PQ-427-sonli “Umumta’lim maktablari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari — yosh mutaxassislarning ishga joylashishi uchun lavozim, kasblar ro‘yxati” tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. | 160 | 588 |
Qonunchilik | VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA BOShQA RESPUBLIKA ORGANLARI XODIMLARINING ChET EL XIZMAT SAFARLARIGA BORIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 7-iyuldagi F-1030-son farmoyishi bilan tashkil etilgan respublika komissiyasi tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini o‘rganish materiallari xizmat safarlari natijalari O‘zbekistonning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalari yanada rivojlanishiga, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishga, investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga, O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi mavqeyini mustahkamlashga ko‘maklashganligidan dalolat bermoqda.
Shu bilan birga bir qancha davlat-aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va xo‘jalik birlashmalarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida rahbarlar va mutaxassislarning chetga chiqishi qoidalari qo‘pol ravishda buzilishi, valyuta mablag‘laridan noo‘rin foydalanish, xizmat safarlari natijalari samarali qo‘llanilishi ustidan nazorat qilmaslik hollari aniqlandi.
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga borishni yanada tartibga solish va ularning natijalarini samarali qo‘llash ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishining asoslanganligini tekshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan tayyorlangan ma’lumotnoma ma’lumot uchun qabul qilinsin va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish uchun Vazirlar Mahkamasi Komplekslariga, vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbarlari tomonidan asoslanmagan ravishda chet el xizmat safarlariga borishlarga yo‘l qo‘yilganligi, xizmat safarlari natijalari tahlil qilinmayotganligi va ular samaradorligiga qat’iy baho berilmayotganligi qayd etilsin. Chet el xizmat safarlarini rejalashtirishda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish hamda tarmoqning aniq muammolarini hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni amaliy hal etishga zarur e’tibor berilmayapti.
3. Davlat intizomini va chet elga chiqishning belgilangan tartibini qo‘pol ravishda buzganligi, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilganligi va chet elda xizmat safarida bo‘lish davrida yo‘l qo‘ygan shaxsiy nokamtarligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi raisi T.Sh. Shoyoqubov va Davlat geologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari G.A. Abdurahmonovning, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi N.E. Ermetovning bundan buyon egallab turgan lavozimlarida qolishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovdan ularni egallab turgan lavozimlaridan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish iltimos qilinsin.
4. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori V.N. Sigedin va “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi raisi A.B. Jamolov ular tomonidan mansabdor shaxslarning asossiz ravishda chet elga xizmat safarlariga borishiga yo‘l qo‘yilganligi va valyuta mablag‘laridan noo‘rin foydalanilganligi uchun ogohlantirilsin.
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi M.A. Sobirovning e’tibori mansabdor shaxslarning asossiz ravishda chet el xizmat safarlariga borishlari va ularning samaradorligi ustidan zarur nazoratning yo‘qligiga qaratilsin.
5. Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va shaharlar hokimlari chet el xizmat safarlariga borishning asoslanganligi va samaradorligi, shuningdek valyuta mablag‘laridan samarali foydalanilishi va ular boshchilik qilayotgan tashkilotlar mansabdor shaxslarining safarlar yakunlari bo‘yicha o‘z vaqtida hisobotlar taqdim etishi uchun shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibini va chet elda xorijiy valyutadagi mablag‘larni sarflash normalari (ovqatlanish va yashash uchun)ni, ularni bo‘linadigan mamlakat shart-sharoitlariga muvofiqlashtirishni va avvalo “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviatsiya kompaniyasi yo‘nalishlaridan foydalanishni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin, unda mutaxassislarni xizmat safariga yuborish muddatlari va ularni almashtirish tartibini nazarda tutsin hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin. | 148 | 5,201 |
Qonunchilik | QORAKO‘LChILIKDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh VA UNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Qorako‘lchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, boshqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tarmoqning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, shuningdek, qorako‘lchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlarining:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qorako‘l” uyushmasini va Navoiy viloyat qorako‘lchilik aksiyadorlik jamiyatlari va kooperativlari uyushmasini tugatish to‘g‘risidagi;
qorako‘lchilik xo‘jaliklarini mulkiy pay va oilaviy pudrat asosida qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ga aylantirish to‘g‘risidagi;
tarkibiga tegishli hududlarning qorako‘l naslchiligi, tovar va bo‘rdoqiga boqish xo‘jaliklari, shuningdek tuzatish-qurilish tashkilotlari kiruvchi hududiy “Qorako‘l” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi;
hududiy aksiyadorlik birlashmalari, “Buxoro-Qorako‘l” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Keles-jun” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qorako‘l qo‘ylarining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish bo‘yicha qorako‘lchilik korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublikada qorako‘l qo‘ylarining elita genofondining saqlab qolinishi ustidan nazoratni ta’minlash;
uzoq yaylovlarning holatini yaxshilash, qorako‘lchilik mahsulotlari yetishtirish, ularni tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulot chiqarishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish sohasida yagona texnologiya va investitsiya siyosati olib borish;
qorako‘lchilik mahsulotlarini sotish va eksportga yetkazib berish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish, qorako‘lchilik xo‘jaliklarini uslubiy va axborot bilan ta’minlash;
shartnoma munosabatlari tizimini takomillashtirish yo‘li bilan xomashyo yetishtiruvchilar bilan tayyorlovchi, qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasida iqtisodiy va texnologiya aloqalarini mustahkamlash;
qorako‘lchilikda iqtisodiy islohotlar jarayonlarini chuqurlashtirish, cho‘ponlar va ularning oila a’zolarining mehnat va turmush shart-sharoitlarini yaxshilash masalalarini hal qilish.
3. “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatiga, kompaniya boshqaruv apparati tuzilmasiga (xodimlarning cheklangan soni 16 nafar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) va uning hududiy bo‘linmalari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 1*, 1a, 2, 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasining rahbarlari belgilangan tartibda muassislar umumiy yig‘ilishida saylanadilar va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarori bilan, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, lavozimga tasdiqlanadilar. Hududiy aksiyadorlik birlashmalari rahbarlari ular muassislarining umumiy yig‘ilishida saylanadilar va hokimiyat mahalliy organlari bilan kelishilgan holda kompaniya boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadilar.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbek qorako‘li” kompaniyasining ustav jamg‘armasi tugatilayotgan “Qorako‘l” uyushmasining mol-mulki, uning trast boshqaruviga aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketini berish, hududiy aksiyadorlik birlashmalari va kompaniya boshqa qatnashchilarining ta’sis badallari hisobiga shakllantiriladi;
hududiy aksiyadorlik birlashmasining ustav jamg‘armasi qorako‘lchilik xo‘jaliklari va birlashma boshqa qatnashchilarining ta’sis badallari hisobiga hosil bo‘ladi;
“O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalarining xo‘jalik faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan ularning boshqaruv apparati xarajatlari o‘z xo‘jalik faoliyati va xizmatlar ko‘rsatish hisobiga amalga oshiriladi;
“O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi shartnomalar va qabul qilingan majburiyatlar bo‘yicha “Qorako‘l” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi:
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish tartibini va qorako‘lchilikda oila pudrati namunaviy shartnomasini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
qorako‘l qo‘ylari bosh sonini ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va ilgari davlat tasarrufidan chiqarilgan qorako‘lchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlarining mol-mulkini qayta baholasinlar;
qorako‘lchilik xo‘jaliklarini mulkiy payga asoslangan qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
“Buxoro-Qorako‘l” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va “Keles-jun” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiyalarining bir qismini qorako‘lchilik qishloq xo‘jaligi korxonalariga sotishni nazarda tutsinlar.
6. “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda kompaniyaning va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustavini ishlab chiqsinlar, ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazsinlar, ustavlarni tasdiqlasinlar.
7. Qorako‘lchilik tarmog‘ini va respublikaning cho‘l mintaqalari aholisini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
“O‘zbek qorako‘li” kompaniyasiga va uning xo‘jalik yurituvchi subyektlariga, istisno tariqasida, dag‘al qorako‘l juni eksport qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 343-son va 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarorlarida belgilangan tartibda barter kontraktlari tuzishga ruxsat etilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 146-son qarorini bajarish yuzasidan berilgan 150 mln. so‘m miqdoridagi kreditni qaytarish muddatini, mazkur kreditni 1999-yildan boshlab uch yil davomida teng ulushlarda qaytarishni nazarda tutgan holda, uzaytirsin;
1999-yil 1-yanvardan boshlab qorako‘l naslchiligi, tovar va bo‘rdoqiga boqish xo‘jaliklari yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig‘i to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
8. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan kreditning qaytarilishini tasdiqlovchi texnik-iqtisodiy asoslash va biznes-reja asosida qorako‘l terilari tayyorlash uchun belgilangan tartibda kredit ajratishni nazarda tutsinlar.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari tegishli hududiy “Qorako‘l” aksiyadorlik birlashmalarini shakllantirishda, shu jumladan binolar ajratishda har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar.
10. Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq tumanlari qorako‘lchilik fermalarini xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 11-iyuldagi 246-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi chiqarib tashlansin hamda ushbu qarorga 5-ilovaning II bo‘limidagi “O‘zqorako‘l” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Eslatma: Hududiy “Qorako‘l” aksiyadorlik birlashmalarida ijro etuvchi apparat xodimlari soni quyidagicha belgilanadi:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Jizzax viloyatlari — 5 kishi;
b) Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari — 7 kishi;
v) Navoiy viloyati — 12 kishi;
g) Surxondaryo viloyati — 4 kishi. | 128 | 8,475 |
Qonunchilik | “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyruqning 2-bandiga o‘ | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 156-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2971-1, 2019-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 3-son, 58-modda) 2-bandidagi “yanvardan” degan so‘z “iyuldan” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 728 |
Qonunchilik | Goʻsht va sut uzluksiz va barqaror narхlarda yetkazib beriladi | Prezidentning 28.03.2019 yildagi PQ–4254-son qarori bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan keyin – Qoʻmita) faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 28.03.2019 yildagi PF–5696-son Farmoni bilan mazkur organ ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun Davlat veterinariya qoʻmitasini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etildi.
Qabul qilingan hujjat bilan sohani takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar belgilandi:
birinchidan, ikki oy muddatda:
ikkinchidan, Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filiali tashkil etiladi (Qoʻmita tasarrufiga berildi, tahr.);
uchinchidan, veterinariya uchastkalaridagi 1 500 nafar хodimga qoʻshimcha ravishda chorva mollari naslini yaхshilash va sun’iy urugʻlantirish vazifasi yuklatilgan holda ularning tarif razryadlari 3 razryadga oshiriladi. Bundan tashqari, Agentlik va uning viloyatlar «Chorvanasl» markazlariga har yili naslchilik ishini tashkil qilish uchun 1 500 tagacha ishsiz va band boʻlmagan shaхslarni shartnoma asosida jalb qilish vakolati berildi;
toʻrtinchidan, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan aholi, shaхsiy yordamchi, dehqon va chorvachilik yoʻnalishidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga koʻrsatiladigan хizmatlardan, shuningdek naslli chorva mollarini respublikaga import qilib sotishdan tushgan mablagʻlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
beshinchidan, iste’mol bozorini sifatli goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narхlarning barqarorligini saqlash maqsadida bir oy muddatda har bir tumanda kamida ikkitadan:
oltinchidan, ikki oy muddatda chorvachilik хoʻjaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlari хatlovdan oʻtkaziladi, ulardan samarali foydalanishning holati har bir хoʻjalik kesimida alohida oʻrganib chiqiladi. Mavjud shartli mol bosh soniga nisbatan tafovut aniqlanganda, ortiqcha yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 62 | 2,161 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 122 | 355 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI KUChGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti qaror qiladi:
1. Qonunning qoidalarini jamiyat turmushining hamma tomonlariga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida belgilab qo‘yilsinki, Qonunning 4, 7 va 8-moddalari 8 yil davomida, 5 va 24-moddalari — 3 yil davomida, 16-moddasi — 1991/1992 o‘quv yilidan kuchga kiradi, 22-moddasi 1991-yildan amal qila boshlaydi.
Qolgan barcha moddalar Qonun qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti olti oylik muddat ichida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish yuzasidan davlat programmasini qabul qilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlarini mazkur Qonun bilan muvofiqlashtirib chiqish topshirilsin. | 100 | 933 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1921-modda bilan to‘ldirilsin:
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi:
“1751” raqamidan keyin “1752” raqami bilan to‘ldirilsin;
“191” raqamidan keyin “1921” raqami bilan to‘ldirilsin;
3) 2456-moddaning birinchi qismidagi “2152-moddasida” degan so‘zlar “1752 va 2152-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 2641-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ushbu Kodeksning 1752-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”;
5) 332-moddaning birinchi qismidagi “topshirilgan kundan boshlab o‘n besh” degan so‘zlar “topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 3321-modda bilan to‘ldirilsin:
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda”;
7) 335-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 588-modda, № 10, 674-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasining to‘rtinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari”;
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
2) 11-moddaning birinchi qismidagi “27 — 29-moddalarida” degan so‘zlar “21, 211, 27 — 29-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan, I ro‘yxatga kiritilgan o‘simliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat korxonalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi”;
4) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin:
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada bo‘lishiga ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada bo‘lish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
beshinchi xatboshisidagi “ularning ijrosini nazorat qilish” degan so‘zlar “ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat moliyaviy nazorati — budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash”;
quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat moliyaviy nazorati obyektlari — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari”;
o‘n to‘qqizinchi — qirq oltinchi xatboshilari tegishincha yigirmanchi — qirq yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ttiz ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
o‘ttiz uchinchi — qirq yettinchi xatboshilari tegishincha o‘ttiz ikkinchi — qirq oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”;
3) 117-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi”;
4) 120-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi”;
5) 170-moddaning birinchi qismidagi “moliyaviy nazorat obyektlari” degan so‘zlar “davlat moliyaviy nazorati obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 173-modda:
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va moliya organlari” degan so‘zlar “moliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “moliyaviy nazorat” degan so‘zlar “davlat moliyaviy nazorati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 174-modda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishini va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligini tizimli tahlil qilishni”;
oltinchi xatboshisidagi “zaxiralarni” degan so‘z “imkoniyatlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “soliq va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga” degan so‘zlar “soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni”;
o‘ninchi xatboshisi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
8) 179-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 182-moddaning birinchi qismidagi tegishli son va kelishikdagi “moliyaviy nazorat obyekti” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “davlat moliyaviy nazorati obyekti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 183-moddaning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“o‘rganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari bo‘yicha tuziladigan hujjat — ma’lumotnoma yoki xulosa tarzida rasmiylashtiriladi”.
10) 184-moddaning birinchi qismi yettinchi, sakkizinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlaridagi, 185-moddasidagi, 186-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “moliyaviy nazorat obyekti” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “davlat moliyaviy nazorati obyekti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi va 2-bandining uchinchi xatboshisi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 5-bandi mazkur Qonun kuchga kirganidan keyin chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga nisbatan qo‘llaniladi. | 102 | 15,920 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.