folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
SIYOSIY PARTIYALARNING USTAVDA NAZARDA TUTILGAN FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili davlat budjeti parametrlarida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘larni nazarda tutsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siyosiy partiyalar, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (keyingi o‘rinlarda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovlar yakunlari bo‘yicha tegishli siyosiy partiyadan Qonunchilik palatasi fraksiyasini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kamida to‘qqiz deputat saylangan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladilar. 3. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining har yilgi miqdori ushbu mablag‘lar ajratiladigan yildan oldingi yilning birinchi yanvariga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizini Qonunchilik palatasiga so‘nggi saylovlarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytirish hisobiga shakllantiriladi. 4. Siyosiy partiyalar yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab o‘zlarining ustavda nazarda tutilgan faoliyati davlat tomonidan moliyalashtirilishi huquqini oladilar. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi. 5. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga ajratilgan davlat mablag‘lari partiya tomonidan partiyaning ustavda nazarda tutilgan vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga ajratilgan davlat mablag‘larini sarflashda siyosiy partiyalarga nisbatan budjet mablag‘larini sarflash talablari, tartibi, normativlari, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar uchun belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish qo‘llanmaydi. Har yili ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga davlat mablag‘lari oladigan siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tasdiqlangan xarajatlar smetasini, shuningdek o‘zlarining banklar tomonidan tasdiqlangan hisob raqamlarini quyidagi muddatlarda taqdim etadilar: yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida — siyosiy partiya davlat tomonidan moliyalashtirish huquqini oladigan oy boshlangungacha; keyingi yillarda — navbatdagi moliya yilidan oldingi yilning o‘ninchi dekabrigacha. Xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda partiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida 10 kun muddatda yozma xabar beradi. Bunda joriy yil xarajatlar smetasiga joriy yilning 15-dekabridan keyin o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 6. Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq unga saylov okruglari bo‘yicha saylovlarning natijalari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalarining barcha protokollari taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda har bir saylov okrugi bo‘yicha, Markaziy saylov komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan protokolda ko‘rsatgan holda saylovchilarning umumiy sonini aniqlaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan protokolning bir nusxasi Markaziy saylov komissiyasida qoladi, qolgan ikki nusxasi imzolangandan keyin o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga beriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda har bir siyosiy partiyadan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘larni nazarda tutadi va O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda ajratiladigan mablag‘lar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ma’lum qiladi. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga Yagona g‘aznachilik hisob raqamidan ajratiladigan budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi, smetada budjet tizimining budjetlar xarajatlari iqtisodiy klassifikatsiyasini bir satrda aks ettirgan holda, umumiy summa uchun tuziladi. 9. Tegishli siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirishga mo‘ljallangan davlat mablag‘larining yillik summasi va ularni oylar bo‘yicha ajratish jadvali Markaziy saylov komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lumotlari asosida Markaziy saylov komissiyasi va Moliya vazirligining ma’lumotlari taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Keyingi yillarda ko‘rsatib o‘tilgan summa va uni ajratish jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli yilga ajratiladigan mablag‘lar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kundan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Adliya vazirligining davlat mablag‘lari summasini aniqlash va uni ajratish jadvali to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi. 10. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirishga mo‘ljallangan davlat mablag‘lari summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular o‘rtasida siyosiy partiyalarning har biri tomonidan Qonunchilik palatasida olingan deputatlar o‘rni soniga mutanosib tarzda taqsimlanadi. Har bir siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan davlat mablag‘lari summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S — muayyan siyosiy partiyaning ustav faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan davlat mablag‘lari summasi; M* — siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdori; S — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘lari olish huquqiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar deputatlarining umumiy soni; Ds — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘lari olish huquqiga ega bo‘lgan muayyan partiya deputatlarining soni. 11. Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida har bir siyosiy partiyaga oylar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdori unga mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq ajratilgan davlat mablag‘lari miqdorini Qonunchilik palatasining birinchi majlisi o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab qolgan oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi (1-sxema). Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining keyingi yillarida oylar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdori muayyan siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan davlat mablag‘lari summasini joriy yildagi oylarning to‘liq soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi (2-sxema). 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda joriy oyning o‘ninchi kunigacha siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar o‘zining hisob raqamiga tushgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu mablag‘larni oylar bo‘yicha ajratish jadvaliga muvofiq tegishli siyosiy partiyalarning hisob raqamlariga o‘tkazadi (1 va 2-sxemalar). 13. Qonunchilik palatasi apparati fraksiya ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki u tugatilgan, shuningdek deputatlar fraksiyaga kirgan yoki uning tarkibidan chiqqan kundan boshlab uch kun mobaynida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi. Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylovlar o‘tkazilgandan (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasi) va chiqib ketgan deputatlarning o‘rniga Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovlari (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasi) o‘tkazilgandan keyin, shuningdek deputatlik vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilganda (deputatning chaqirib olinishi va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar), deputatlar tarkibida boshqa o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda uch kun mobaynida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi. 14. Agar mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yil davomida taqsimlanadigan davlat mablag‘lari summasi qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarorlari asosida ularni qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Muayyan siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining qolgan summasi mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlanadi. Bunda “M” harfi qolgan oylarga ajratiladigan davlat mablag‘larining umumiy miqdorini ifodalaydi. Bunda oylar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdori qolgan summani ushbu yilning qolgan oylari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar: mablag‘larni qayta taqsimlash muayyan siyosiy partiyaga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini kamaytirish yoki ko‘paytirish zaruriyatiga olib kelsa — mazkur partiyaga keyingi davrlarga ajratiladigan mablag‘lar miqdori deputatlar soni o‘zgarishi yuz bergan oydan keyingi oydan boshlab qayta ko‘rib chiqiladi; o‘zgarishlar natijasida muayyan siyosiy partiya deputatlarining soni 9 deputatdan bo‘lib qolsa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘zgarish yuz bergan oydan keyingi oydan boshlab mazkur partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishni to‘xtatadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat mablag‘larini qayta taqsimlash to‘g‘risidagi qarori u tomonidan Qonunchilik palatasi apparati va Markaziy saylov komissiyasining yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi bildirishnomasini olgan kundan boshlab besh kun mobaynida qabul qilinadi (3-sxema). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori mablag‘lar kamaytirilishi (ko‘paytirilishi) miqdori ko‘rsatilgan holda qabul qilingan kundan boshlab ikki kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yetkaziladi. 15. Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi va ulardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. 16. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘larning tushishi va siyosiy partiyalarning ushbu mablag‘lardan maqsadli foydalanishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining tushishini va siyosiy partiyalar tomonidan ushbu mablag‘lardan foydalanilishini tekshirish, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida o‘ndan bir qismini tashkil etgan deputatlar guruhining murojaati bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Siyosiy partiyalar faoliyatining qonunchilikka va ular ustavlariga muvofiqligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 17. Siyosiy partiya har yili qonunchilikda belgilangan muddatlarda va tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, davlat soliq xizmati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Adliya vazirligiga hisobot davrida moliyaviy mablag‘lar va boshqa mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart. Davlat mablag‘larining tushishi va sarflanishi siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida alohida ustunda ko‘rsatiladi. 1. Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari bo‘yicha saylovlar natijalari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalarining barcha protokollari taqdim etilgan vaqtdan boshlab 3 kun muddatda respublika bo‘yicha saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda umumiy protokol tuzadi. Protokol imzolangandan keyin 10 kun muddat doirasida Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga yuboriladi. 2. Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun muddatda Adliya vazirligiga har bir siyosiy partiyadan saylangan deputatlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 3. Siyosiy partiya moliyalashtirishning birinchi oyi boshlangunga qadar Adliya vazirligiga xarajatlar smetasini va bank tomonidan tasdiqlangan hisob raqamini taqdim etadi. 4. Moliya vazirligi ajratilayotgan mablag‘lar miqdorini Adliya vazirligiga ma’lum qiladi. 5. Adliya vazirligi 10 kun muddatda muayyan siyosiy partiyani yillik moliyalashtirish miqdorini va mablag‘larni oylar bo‘yicha ajratish jadvalini belgilaydi. Qaror ikki kun muddatda Moliya vazirligiga yuboriladi. 6. Moliya vazirligi har oyda 10-kungacha mablag‘larning Adliya vazirligi hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydi. 7. Adliya vazirligi mablag‘lar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani o‘tkazadi. 1. Siyosiy partiya moliyaviy yildan oldingi yilning 10-dekabrigacha Adliya vazirligiga xarajatlar smetasini va bank tomonidan tasdiqlangan hisob raqamini taqdim etadi. 2. Moliya vazirligi ajratilayotgan mablag‘lar miqdorini har yili Adliya vazirligiga ma’lum qiladi. 3. Adliya vazirligi 10 kun muddatda muayyan siyosiy partiyani yillik moliyalashtirish miqdorini va mablag‘larni oylar bo‘yicha ajratish jadvalini belgilaydi. Qaror 2 kun muddatda Moliya vazirligiga yuboriladi. 4. Moliya vazirligi har oyda 10-kungacha mablag‘larning Adliya vazirligi hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydi. 5. Adliya vazirligi mablag‘lar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani o‘tkazadi. 1. Qonunchilik palatasi apparati fraksiyalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki tugatilgan, shuningdek deputatlar fraksiyaga kirgan yoki uning tarkibidan chiqqan kundan boshlab 3 kun muddatda bu haqda Adliya vazirligiga ma’lum qiladi. 2. Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylovlar o‘tkazilgandan hamda chiqib ketgan deputatlar o‘rniga Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo‘lib o‘tgandan keyin, shuningdek deputatlik vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilganda Qonunchilik palatasi deputati ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kun muddatda bu haqda Adliya vazirligiga ma’lum qiladi. 3. Adliya vazirligi Qonunchilik palatasidan, Markaziy saylov komissiyasidan axborot olingan kundan boshlab 5 kun muddatda qolgan mablag‘larni qayta taqsimlaydi. Qaror 2 kun muddatda Moliya vazirligiga yuboriladi. 4. Moliya vazirligi har oyda 10-kungacha mablag‘larning Adliya vazirligi hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydi. 5. Adliya vazirligi mablag‘lar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani o‘tkazadi. 5. Adliya vazirligi mablag‘lar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani o‘tkazadi.
141
16,879
Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida va fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2022-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida respublika tibbiyot muassasalari quyidagilarni nazarda tutgan holda 1-ilovaga muvofiq biriktirilsin: har bir respublika tibbiyot muassasalari yo‘nalishi bo‘yicha hududda yurak qon-tomir, o‘tkir ichak, buyrak, o‘pka, onkologik va boshqa turdagi kasalliklarni barvaqt aniqlash va yuqori texnologik davolash usullarini amaliyotga tatbiq qilish; respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish. Ushbu yo‘nalishda sayyor maslahatlar, mahorat darslari, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy filiallarda yuqori texnologiyali jarrohlik muolajalarini muntazam ravishda o‘tkazib borish; respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali mutaxassislarini Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tizimli ravishda jalb qilish choralarini ko‘rish. 2. Belgilansinki: mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali mutaxassislari jalb qilinadi; Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatga asosan respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari malakali mutaxassislarining temir yo‘l transporti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelib-ketishi bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 100 foiz miqdorda oldindan to‘lov amalga oshiriladi hamda har oy yakuni bilan haqiqatda foydalanilgan chiptalardan kelib chiqib, o‘zaro hisob-kitoblar olib boriladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiyot muassasalariga xarid qilinayotgan diagnostik va tibbiy uskunalardan to‘laqonli hamda samarali foydalanish maqsadida 2022-yildan boshlab mahalliy budjet hisobidan reaktiv, reagentlar, sarflov anjomlari hamda servis xizmatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutsin. 4. Sog‘liqni saqlash vazirligi: ikki hafta muddatda 2022-yil uchun hamda kelgusi yillar uchun har yilning 10-yanvarigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasiga respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari malakali mutaxassislarining temir yo‘l transporti bilan kelib-ketishi uchun ularning ro‘yxatini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim qilib borsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda jalb qilingan xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali mutaxassislariga hududdagi davlat tibbiyot muassasalariga tegishli bo‘lgan moddiy-texnik baza, zamonaviy asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratsin. 5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan ro‘yxatga asosan respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali mutaxassislarini “Toshkent-Nukus-Toshkent” yo‘nalishidagi chiptalar bilan ta’minlab borsin. 6. Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda: Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 2022-yil respublika budjeti parametrlarida Sog‘liqni saqlash vazirligiga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida mazkur qarorning ilovasiga muvofiq mablag‘ ajratilishini; mazkur qarorning 2-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mutaxassislarning “Toshkent-Nukus-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l chiptalari xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2022-yildan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi xarajatlar smetasida nazarda tutilishini ta’minlasin. Bunda: Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ilovada ko‘rsatilgan jihozlarni markazlashgan tarzda xarid qilishga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha “O‘zmedimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati buyurtmachi etib belgilansin; Sog‘liqni saqlash vazirligi xaridlarni davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlasin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududga jalb qilingan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali mutaxassislarining yashash, ovqatlanish va boshqa zarur xarajatlarini qoplash choralarini ko‘rsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
104
5,855
Qonunchilik
QL-363, QL-367, QL-378, QL-403, QL-406, QL-409 va QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-363-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-367-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-378-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 8-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1981 va 287-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-403-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-409-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
136
2,241
Qonunchilik
“Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni to‘g‘risid
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 11-dekabr kuni qabul qilingan “Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,178
Qonunchilik
«Norma» nashriyotidan yangiliklar
«NORMA» gazetasi kutubхonasi» seriyasidagi ma’lumotnoma qoʻllanmalar chop etildi. Bu ikki tomlik «3 000 ta buхgalterlik provodkalar» hamda «kadrchi»ning eng zarur kitobi — «Mehnat daftarchalarini yuritish amaliyoti»dir. Nashrlarda qonunchilikdagi barcha soʻnggi oʻzgarishlar inobatga olingan. Mehnat daftarchasini yuritish amaliyoti –  24 ming soʻm Kitob rus va oʻzbek tillarida chop etilgan. Barcha kategoriyadagi ish beruvchilar, kadrlar va yuridik хizmatlar ishchilari, хodimlar boʻyicha menejerlar uchun ma’lumotnoma-qoʻllanma tariqasida tavsiya etiladi. Nashrda mehnat faoliyati va stajni tasdiqlovchi asosiy hujjat — mehnat daftarchasini rasmiylashtirish ustidan nazorat boʻyicha tavsiyalar keltirilgan. Ushbu tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchiligiga asoslangan va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi хodimlari tomonidan foydalinilishi mumkin, chunki mehnat daftarchasini toʻldirish va undagi mavjud ma’lumotlarning toʻgʻri ekanini tekshirish ishchilarning pensiya huquqini baholash bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir. «3000 ta buхgalterlik provodkalari. Schetlar rejasi boʻyicha korrespondensiya» - 34 ming soʻm (2 tom) Kitobda хoʻjalik operatsiyalari kesimida Schetlar rejasi asosida buхgalteriya hisobini nazorat qiluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni inobatga olgan holda asosiy buхgalterlik provodkalari aks ettirilgan. Nashrda eng koʻp uchraydigan хoʻjalik operatsiyalarining batafsil aks ettirish sхemalari berilgan, ushbu operatsiyalar  rasmiylashtirilishi kerak boʻlgan dastlabki hujjatlar koʻrsatilgan. Ta’kidlash kerakki, kitob juda ommaviylashgani bois qonunchilikka muvofiq oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda uchinchi marotaba qayta nashr ettirilmoqda. Yangi nashrlar sotuvga chiqarildi. Kitoblarni «Norma» nashriyotining sotuv boʻlimidan quyidagi manzil boʻyicha sotib olish mumkin: Toshkent sh., Navoiy koʻchasi, 22. Ma’lumot uchun telefonlar:  (+998 71) 244-18-99, 244-44-29, (+998 90) 961-33-95. «Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti kitoblarining toʻliq matni bilan mazkur havolada tanishish mumkin.
33
2,098
Qonunchilik
TOShKENT ShAHRIDAGI “BUNYODKOR” STADIONIDAN FOYDALANIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011—2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 19-yanvardagi PQ-1466-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-apreldagi 102-son va 2012-yil 13-martdagi 70-son qarorlariga muvofiq Toshkent shahrida xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan va zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlangan “Bunyodkor” stadionining qurilishi tugallanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “FK BUNYODKOR” FK OAJ, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasining: “FK BUNYODKOR” FK OAJ huzurida yuridik shaxs shaklida “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish; Direksiyaga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 1-iyundagi 158-son qarorining bojxona va soliq imtiyozlari berishni nazarda tutuvchi qoidalarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Quyidagilar: “Bunyodkor” stadionining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin 4. Belgilansinki, Direksiya faoliyatini moliyalashtirish, “Bunyodkor” stadionini saqlash va undan foydalanish: “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari; “FK BUNYODKOR” FK OAJ mablag‘lari; Direksiyaning o‘z daromadlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Direksiya faoliyati o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar. 5. “FK BUNYODKOR” FK OAJ bir oy muddatda: Direksiyaning ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishgan holda Direksiyaning shtatlar jadvali va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlasin; Direksiyani malakali boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 6. “FK BUNYODKOR” FK OAJ Direksiya bilan birgalikda qurilishi tugallangan obyektlarga hamda o‘rnatilgan asbob-uskunalarga joriy xizmat ko‘rsatilishini va ulardan foydalanilishini, shuningdek ularning saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va “FK BUNYODKOR” FK OAJ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Bunyodkor” stadioni kompleksidan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, bunda: “Bunyodkor” futbol klubi tadbirlari va o‘yinlariga xizmat ko‘rsatilishi; stadionda Respublika va xalqaro sport musobaqalari va tadbirlarining o‘tkazilishi; “Bunyodkor” futbol klubi huzurida bolalar-o‘smirlar futbol maktabi faoliyat ko‘rsatishi; Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, o‘smirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi nazarda tutilsin. 8. Direksiya yangi qurilgan “Bunyodkor” stadioniga: Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 47-uy manziliga joylashtirilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari G‘.I.Ibragimov va A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
97
3,636
Qonunchilik
Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. 7 011 400 “Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.”. 2. 110-banddagi “targ‘ibot” degan so‘z “va ma’rifat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 1-ilova 3 011 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 012 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; 3 012 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 013 0 0 Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi; 3 013 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 014 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi; 3 014 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 014 2 0 Hududiy mablag‘lar; 3 014 2 1 Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablag‘lari; 3 014 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablag‘lar; 3 015 0 0 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi; 3 015 1 0 Respublika mablag‘lari”. 4. 2-ilovada: 1) 3 422 102 qatordagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) 3 422 110 qatordagi “Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni” degan so‘zlar “Tadbirkorlik subyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 3 422 219 qatordagi “O‘simliklar karantini bosh” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 3 450 973 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 450 974 Asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar ijarasidan daromadlar”. 5. 3-ilovada: 1) 27 409 qator quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27 415 Ohangaron shahri”; 2) 27 420 qator quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27 401 Nurafshon shahri”; 3) 27 426 qator quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27 424 Yangiyo‘l shahri”. 6. 4-ilovada: 1) 7 011 401 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shaharcha, qishloq, ovul va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig‘inlarini saqlash xarajatlari”; 2) 7 011 402 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalar fuqarolar yig‘inlarini saqlash xarajatlari”; 3) 7 016 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 016 106 Viloyat saylov komissiyasi kotibini saqlash xarajatlari”; 4) 7 017 202 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 017 209 Tashqi qarz bilan bog‘liq boshqa xarajatlar”; 5) 7 018 105 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 018 106 Davlat boshqaruvi sektorining boshqa birliklariga beriladigan ssudalar”; 6) 7 019 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 019 800 Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar”; 7) 7 021 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 021 500 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini saqlash xarajatlari”; 8) 7 033 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 033 900 Boshqa xarajatlar; 7 033 901 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili devonini saqlash xarajatlari”; 9) 7 041 901 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 041 902 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini saqlash xarajatlari”; 10) 7 042 105, 7 042 110, 7 042 112 va 7 042 910 qatorlar chiqarib tashlansin; 11) 7 042 125 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 042 130 Davlat veterinariya xizmati; 7 042 131 O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi; 7 042 132 Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari; 7 042 133 Tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari; 7 042 134 Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashxis markazi; 7 042 135 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari; 7 042 136 Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari; 7 042 137 Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi; 7 042 138 Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi”; 12) 7 043 201 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 043 209 Boshqa xarajatlar”; 13) 7 044 303 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 044 901 Boshqa xarajatlar”; 14) 7 049 960 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 049 970 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazini saqlash xarajatlari”; 15) 7 082 920 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 082 930 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi xarajatlari”; 16) 7 085 500 qatordagi “targ‘ibot markazi va” degan so‘zlar “va ma’rifat markazini hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 17) 7 085 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 085 600 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini saqlash xarajatlari”; 18) 7 094 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 094 400 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi xarajatlari; 7 094 410 O‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslarini, sport inshootlarini va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish; 7 094 420 O‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, jahon ta’lim resurslaridan, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni kengaytirishni moliyalashtirish; 7 094 430 Boshqa xarajatlar”; 19) 7 096 300 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarini saqlash xarajatlari”; 20) 7 098 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 098 600 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini saqlash xarajatlari; 7 098 601 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xarajatlari; 7 098 602 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari xarajatlari”; 21) 7 102 416 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 102 417 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining pensiya va nafaqa xarajatlari”; 22) 7 109 120 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 109 130 O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasini saqlash xarajatlari”. 7. 5-ilova 42 52 430 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “42 52 440 Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari”. 8. 5a-ilova 42 52 430 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “42 52 440 Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari”.
98
8,617
Qonunchilik
“AMANTAYTAU-GOLDFILDS” QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATIShINI TA’MINLASh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ilg‘or texnologiyalar va chet el investitsiyalarini jalb etish yo‘li bilan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Lonro Pablik Limited” kompaniyasi (Buyukbritaniya) va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) bilan birgalikda “Amantaytau Goldfilds” korxonasini (bundan keyin qo‘shma korxona deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, qo‘shma korxonani tashkil qilish qatnashchilarning badallari hamda qo‘shma korxona tomonidan banklardan qatnashchilarning badallari hamda qo‘shma korxona tomonidan banklardan olingan kreditlar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston tomonining ulushi foydali qazilmalar konlarini qidirish, razvedka qilishga ilgari sarflangan xarajatlar hamda ularni qazib chiqarish huquqini qo‘shma korxonaga berish tarzida qo‘shiladi. 3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar qo‘shma korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Amantaytau va Daugiztau oltin konlarini o‘zlashtirishning tijorat va texnikaviy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlash hamda ulardan tijorat maqsadlarida keng ko‘lamda foydalanishga oid texnikaviy va moliyaviy talablarni belgilash uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini tugallash; tomonlar texnik-iqtisodiy asoslashni ma’qullanganlaridan keyin mazkur konlardan oltin, kumush va ular bilan birgalikda olinadigan foydali qazilmalarni qazib olish va ishlab chiqarish. 4. “Amantaytau Goldfilds” qo‘shma korxonasiga quyidagi huquqlar berilsin: shartnomada belgilangan chegaralar doirasida va shartlarda tadqiqotlar hududida 30 yil mobaynida oltin konlarini tadqiq etish, razvedka qilish va qazib chiqarish bo‘yicha mutlaq huquq; oltin konlaridan foydalanishda olingan oltin, kumush va boshqa mahsulotlarni ham chet ellarda, ham O‘zbekiston Respublikasida jahon narxlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish; belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi va chet el banklarida har qanday valyutada schyotlar ochish, chet el bank schyotlaridan chet valyutasi olish, undan foydalanish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq erkin muomaladagi valyutada kreditlar olish va ularni to‘lash, mazkur kreditlarni qo‘shma korxona mulki bilan ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarida, shuningdek, chet ellarda sug‘urtani amalga oshirish; Ustav sarmoyani AQSh dollarida belgilash. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Amantaytau Goldfilds” qo‘shma korxonasini yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi esa—qo‘shma korxonani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar. 9. Navoiy viloyati hokimligi qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarini qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qo‘shma korxonaning xorijiy xizmatchilarini ko‘p martalik vizalar bilan ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
131
3,230
Qonunchilik
Toshkent shahrida sovuq suvni oʻchirish muddatlari belgilandi
2020 yilning kuzgi-qishki mavsumiga tayyorgarlik hamda suv quvurlari va suv tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ shahar suv tarmogʻi abonentlariga sovuq suv ma’lum muddatga oʻchirib turilishi va suv tarmoqlarida suv bosimining pasayishi haqida ma’lum qiladi. Tuman Muddat Mirobod tumani: Movarounnahr, Ming Oʻrik, Salar mahallalari; Shimoliy vokzal, Temir yoʻl prokuraturasi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, A.Temur koʻch., 29, 30, 43-uylar, Turkiston koʻch., 8, 10, 33, 35, 64-uylar, S.Baraka koʻch., 1, 18-uylar, S.Azimov koʻch., 5, 89, 89/1-uylar  14 sentyabr soat 9.00 dan 15 sentyabr soat 13.00 gacha Olmazor tumani: Universitet, M.Gʻolib mahallalari. Shayхontohur tumani: Oʻzbekiston mahallasi 15 sentyabr soat 9.00 dan 16 sentyabr soat 9.00 gacha Uchtepa tumani: Shaftolizor mahallasi, Rahimboboyev koʻch., 4b-uy 16 sentyabr soat 9.00 dan 17 sentyabr soat 16.00 gacha Olmazor tumani: ToshDU-ToshPI, ToshGOSMI, Shifokorlar shaharchasi, Olimpiya, Xoʻjayev dahalari, Beshqoʻrgʻon, Moyqoʻrgʻon mahallalari 17 sentyabr soat 9.00 dan 18 sentyabr soat 13.00 gacha Yashnobod tumani: Oʻrta masjid, Uysozlar, Iqbol, Mumtoz mahallalari, Shavkat koʻch. tor koʻchalari bilan, Uysozlar tor koʻchalari berk koʻchalari bilan, Mumtoz tor koʻchalari berk koʻchalari bilan, Davlat хavfsizligi хizmati harbiy qismi, MAN korхonasi, 1-sonli avtopark. Mirobod tumani: Qoʻyliq-1, 2, 3, 4-dahasi, poliklinika, Fayziobod, Bilimdon, Parvona, Baratхoʻja, Qoʻyliq ota, Oq uy mahallalari, Baхt-9, «Hayot», «Dansil хil» mehmonхonalari 21 sentyabr soat 9.00 dan 22 sentyabr soat 18.00 gacha Yunusobod tumani: Jomiy mahallasi 22 sentyabr soat 21.00 dan 23 sentyabr soat 6.00 gacha Shayхontohur tumani: Sarхumdon, Obinazir, Gulbozor, Bogʻ koʻcha, Ilgʻor, Tinchlik, Chaqar, Zafarobod, Boʻston, Huvaydo, Oqlon, Katta Hovuz mahallalari, M-26, M-27, M-28, 1-sonli shahar kasalхonasi, 1-sonli tugʻruqхona, Eski Uygʻur koʻchasidagi Doka хleb, 3-sonli tuman qozonхonasi, JAR sport majmuasi. Olmazor tumani: B-1, B-3 dahalari, Nurafshon, Qorasaroy, Eski Qorasaroy, B.Zokirov, Forobiy, Ozod, Janon, Langar, A.Qodiriy koʻch., Sagʻbon koʻch. tor koʻchalari bilan, Zarqaynar koʻch. tor koʻchalari bilan 23 sentyabr soat 9.00 dan 25 sentyabr soat 9.00 gacha Mirobod tumani: Furqat, Fitrat, Istiqlolobod, Sarakoʻl, Yangi Zamon mahallalari, Tor Hamroz, Koshхuvos koʻch., Koshхuvos 1-tor koʻch., Fargʻona yoʻli 6-berk koʻch., A.Fitrat 2-tor koʻch., Tollimarjon koʻch. 14-sonli yotoqхona, Eski Sarakoʻl koʻch. 113/9-sonli yotoqхona, Oltinkoʻl koʻch. 40a-sonli yotoqхona, «Toshelektroapparat» zavodi, ATS, Harbiy litsey, Arхitektura kolleji 28 sentyabr soat 9.00 dan 29 sentyabr soat 13.00 gacha Mirzo Ulugʻbek tumani: Qorasuv-1 dahasi, 14, 15, 36, 45, 46-uylar, Qorasuv-3 dahasi, 13, 14-uylar, Avayхon koʻch. 1 va 2-tor koʻchalari. Suv bosimi pasayadi – Mirzo Ulugʻbek tumani: Qorasuv-1 dahasi, 24-uydan 35, 37-uygacha, Avayхon koʻch., 1–15-uylar, Qorasuv-6 dahasi, 16, 17, 19, 19a, 19b, 19v, 21, 22, 23, 24, 26-uylar, Getyo koʻch., 54-uy 29 sentyabr soat 9.00 dan soat 21.00 gacha Sergeli tumani: Aeroport, 243-sonli zavod, Sa’diy koʻch., Nogʻay qoʻrgʻon, Junariq, Choshtepa, Uzar mahallalari 72 ta yangi uy-joylar. Yakkasaroy tumani: Boshliq, Qushbegi dahalari, Bobur koʻch., 69/1–69/10-uylar, 67/1–67/12-uylar, 81/1–81/6-uylar, 46/1, 46/2, 46/3, 59, 61, 63, 71-uylar, A.Kahhor koʻch., 2g-uy, MKAD, 87v, 87g-uylar 29 sentyabr soat 9.00 dan 30 sentyabr soat 13.00 gacha Mirzo Ulugʻbek tumani: Ya.Gʻulomov, Oʻzbekiston Ovozi koʻch., Bosh prokuratura. Yashnobod tumani: Fond Forum 30 sentyabr soat 9.00 dan 1 oktyabr soat 9.00 gacha Olmazor tumani: Ahil, Beshqoʻrgʻon, Obi Hayot, Moyariq, Yangi Toshkent mahallalari, Beshqoʻrgʻon 1, 2, 3, 4-dahalari, Kalanov dahasi 5 oktyabr soat 9.00 dan 23.00 gacha Yunusobod tumani: Iftiхor koʻch. tor koʻchalari bilan, Qorhojiota koʻch. tor koʻchalari bilan, Usta Shirin, S.Abdullayev, Zunnunov, Mirtemir, Farikamol, T.Jalilov, M.Turgʻunboyeva koʻch. tor koʻchalari bilan. Shayхontohur tumani: Koхota, Labzak, Jangoh, Shayхontohur mahallalari, M-11, 12, 13, 14, 15, Toshkenboyev koʻch., Aeroplannaya, Toshkent-Siti 6 oktyabr soat 9.00 dan 21.00 gacha Uchtepa tumani: Chilonzor dahasi 14, 15-mavzelar, Respublika koʻz klinikasi, Tez yordam kasalхonasi, Shahar onkologiyasi, Diagnostika 7 oktyabr soat 9.00 dan 8 oktyabr soat 9.00 gacha Yakkasaroy tumani: Koхinur, Zanjirbogʻ, V. Vohidov, Zarbogʻ, Bogʻsaroy, Konstitutsiya, Beshchinor, Bogʻdil, Saraboʻston, Tafakkur koʻch., Tafakkur 1-tor koʻch., Sh. Rustaveli koʻch., 20, 24, 26, 28, 30, 32, 34, 36-uylar, Bratislava koʻch., 5, 9, 9a, 11-uylar, Mirobod koʻch., 6, 8, 10, 12, 16/18, 18, 20, 10/22, 22-uylar 8 oktyabr soat 21.00 dan 9 oktyabr soat 6.00 gacha Mirzo Ulugʻbek tumani: Alpomish, Podshobogʻ, Katta Oltintepa, Oltintepa, Olmachi, Turon, Salar, Ismoiliy mahallalari, kasb kasalliklari kasalхonasi. Yashnobod tumani: M.Riyoziy dahasi, S.Mashхadi, Qamashi, Yangi bazor koʻch., qon quyish stansiyasi, ToshPAP zavodi  8 oktyabr soat 9.00 dan 9 oktyabr soat 9.00 gacha Yakkasaroy tumani: Bobur koʻch., 18, 20, 22, 24, 24a, 26, 28, 32, 40, 40b, 40v-uylar, Shohjahon koʻch., 1, 1a, 1b, 2, 3, 4a, 10, 14, 15, 17, 17a-uylar, J.Shoshiy koʻch., 2, 4, 6, 8-sonli yotoqхonalar, J.Shoshiy 2-tor koʻch., 3, 4, 5, 8-uylar, Askiya koʻch., 2, 3, 20a, 22, 24, 25, 28, 30, 32, 34, 36, 40, 42-uylar va хususiy turar joylar, Rakat koʻch., 5, 6, 7, 30, 32-uylar, Belariq koʻch., 4, 8, 10, 28-uylar, Oʻrikzor koʻch., 1, 3, 9, 10, 49, 140, 142, 149, 151, 153, 157, 159-uylar, N.Umirzoqov, M.Tursunov, At-Termiziy, X.Umarov, A.Avloniy koʻch. хususiy turar joylar, A. Avloniy 1-tor koʻch., J.Shoshiy koʻch tor koʻchalari bilan, Oʻrikzor koʻch. tor koʻchalari bilan. 12 oktyabr soat 9.00 dan 13 oktyabr soat 9.00 gacha Suv boʻlmaydigan joylarga suv tashuvchi avtomobillarda suv yetkazib beriladi. Ma’lumot uchun telefonlar: 256-10-95, 252-55-78, 252-60-08.
61
6,107
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mudofaa sanoati sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasidagi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari lavozimi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi; Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti; Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari kompleksining rahbari lavozimi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida: Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti; Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari hamda o‘rinbosarlari apparatlarining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq; Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq; Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov): a) bir hafta muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari kompleksi rahbarining; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari tasdiqlanishini; b) 15 kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlasin hamda yangi tashkil etilgan departamentlar mudirlari lavozimlariga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi (R.V. Abduqodirov) bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; yangi kiritilgan lavozimlarning funksional vazifalarini tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etilgan bo‘linmalarga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir bo‘lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan takliflar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
118
5,170
Qonunchilik
“Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” hamda “Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyih
Elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 20-yanvarda “Aksa Enerji Üretim A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Investor) bilan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi (keyingi o‘rinlarda — Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi) hamda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihalari) amalga oshirilishi rejalashtirilganligi; b) Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Aksa Enerji Tashkent” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi; v) Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Aksa Enerji Bukhara” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi; g) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyinchalik bitimga qo‘shilishini hisobga olgan holda) o‘rtasida 2021-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bog‘liq Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi yangi tahrirda tuzilganligi (keyingi o‘rinlarda — Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi); d) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyinchalik bitimga qo‘shilishini hisobga olgan holda) o‘rtasida 2021-yil 20-yanvarda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bog‘liq Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi o‘rinlarda — Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi); e) Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimiga muvofiq Investor, Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, jami 450 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi; j) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor o‘rtasida 2021-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim yangi tahrirda va Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar) imzolanganligi hamda ushbu bitimlarga muvofiq: Investor o‘z huquq va majburiyatlaridan Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyalari) foydasiga tegishli Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq voz kechishi; Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganliklari; “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi o‘rtasidagi tuzilgan Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi tasdiqlansin. Belgilansinki, Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi ularda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi. 3. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida investitsiya loyihalari doirasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar ma’qullansin. 4. Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga: Loyiha kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyalari foydasiga O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga; investitsiya loyihalari ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini chet el valyutasiga bog‘langan holda belgilashga ruxsat berilsin. 5. “O‘ztransgaz” AJ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolanishini ta’minlasin. Suv xo‘jaligi vazirligi Loyiha kompaniyalari bilan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq ularga texnik suv yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolanishini ta’minlasin. 6. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar amalga oshirilgan holda kreditlash, chet el valyutasidagi mablag‘larni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat berilsin. 7. Toshkent viloyati hokimligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlar va muddatlarda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin. Toshkent viloyati hokimligiga Qishloq xo‘jaligi vazirligining Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — institut) hududidan Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi uchun tegishli yer uchastkasini ajratish bo‘yicha vakolat berilsin. Institutga Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi bilan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan hamda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi qurilishi bosqichida zarur bo‘lgan qo‘shimcha 2 gektar yer uchastkasidan 2022-yilning 31-martiga qadar vaqtinchalik foydalanish shartnomasini tuzishga ruxsat berilsin. Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi uchun tegishli yer uchastkasini ajratgandan so‘ng ikki oy muddatda institutga Toshkent viloyati hududidan o‘ringa-o‘rin teng bo‘lgan maydonning ajratilishi ta’minlansin. 8. Buxoro viloyati hokimligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlar va muddatlarda Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin. 9. Loyiha kompaniyalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin. 10. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosalar bersin. 11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi hamda tegishli Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat o‘rnatsin. 12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Loyiha kompaniyalarining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyalari buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyalari arizalariga binoan xorijiy mutaxassislarning (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
250
11,264
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDA BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish jarayonlarini ilmiy ta’minlash, ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi mexanizmini ishlab chiqish, davlat mulkini keng miqyosda aksionerlashtirish va xususiylashtirish, fond bozorini rivojlantirish, kichik, xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga ko‘maklashish hamda respublikada amalda mulkdorlar qatlamini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hisoblash markaziga ega bo‘lgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzurida Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (BIChITI) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: O‘zbekistonda tizim va bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonini tahlil qilish, iqtisodiy islohotlarning borishini baholash hamda iqtisodiyotni isloh qilishning jahon tajribasidan foydalanishni hisobga olgan holda respublikada bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga oid ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash; iqtisodiyotda xususiy sektorning jadal rivojlanishini rag‘batlantirish va mulkdorlar huquqi kafolatlarini kuchaytirish, bozor infratuzilmasini, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslar va tavsiyalarni ishlab chiqish; korxonalarni isloh qilish hamda xususiylashtirilgandan so‘ng yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarish-xo‘jalik tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, kichik va xususiy korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish hamda raqobat muhitini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash; davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitlarida davlat mulkini boshqarishning uslubiy prinsiplari va mexanizmini ishlab chiqish; xususiylashtirish va bozor tuzilmalarini shakllantirish jarayonlarida xorijiy investorlarning samarali ishtirok etishi mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; axborot-tahlil va dasturiy tizimlarni ishlab chiqish, mulkning ahvoli va harakati, xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy hamda iqtisodiy ahvoli, kichik va xususiy korxonalar tarmog‘ini, fond bozori va bozor infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazalarini shakllantirish; bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish masalalariga oid ilmiy, yo‘riqnoma-uslubiy va axborot materiallarini tayyorlash hamda nashr etish, respublikaning iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi tajribasini keng targ‘ib etish, aholining iqtisodiy bilim darajasini oshirish va ularda zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda faol ishtirok etish. 3. Quyidagilar tasdiqlansin: Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq; ilmiy va ilmiy yordamchi xodimlar shtatlari soni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hisoblash markaziga ega bo‘lgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi uchun tasdiqlangan doirada (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari 70 nafar). BIChITIning rahbar va ilmiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari uchun amalda bo‘lgan ish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin. BIChITI direktoriga ilmiy xodimlariga lavozim maoshiga 70 foizgacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin. 4. Quyidagilar Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi tasdiqlagan ilmiy tadqiqotlarning maqsadli dasturlarini moliyaviy ta’minlashga Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablag‘lari; ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish hamda amaliy vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; korxona va tashkilotlarning BIChITI tomonidan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarning shartnoma asosida bajarilishiga yo‘naltiriladigan mablag‘lari. 5. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi 53-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi binosiga joylashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi BIChITIga moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yordam ko‘rsatsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi BIChITIni zarur telefon va kommunikatsiya aloqasi bilan, shu jumladan, bir dona hukumat aloqasi telefoni o‘rnatilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-yanvardagi 54-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan investitsiya moliya va boshqa bozor tuzilmalarini xususiylashtirish, tashkil etish va rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga quyidagi qo‘shimcha kiritilsin: 11-bandning 3-xat boshi “biznes-markazlar” so‘zlaridan so‘ng quyidagi so‘zlar bilan to‘ldirilsin: “shuningdek, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti (BIChITI)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash”. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 14-fevraldagi 72-son qarorining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
146
5,743
Qonunchilik
Ichki auditorlarni sertifikatlashni oʻzgartirish taklif etilmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibini  takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. Qaror loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan. Korporativ boshqaruv jarayonida samarali ichki nazorat tizimini tashqil qilish va yuqori malakali ichki auditorlarni tayyorlash maqsadida “Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni (keyingi oʻrinlarda – Nizom) tasdiqlash va 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritish rejalashtirilmoqda. Qaror bilan: Nizom ichki auditor sertifikatini berish, amal qilishini uzaytirish, tugatish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibini belgilaydi. Sertifikat egasi har yili malaka oshirish kurslaridan oʻtadi. Nizom talabgorlarga malaka imtihonini topshirish yuzasidan qoʻyiladigan talablarni,  ichki auditor  sertifikatini olish uchun hujjatlar roʻyхatini, imtihon oʻtkazish, sertifikatni rasmiylashtirish tartibi va boshqalarni reglamentlaydi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
66
1,133
Qonunchilik
Oʻzbekistonda tara uchun depozit tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini iхtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida”gi 468-son qarori qabul qilindi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ichimlik mahsulotlarining taralariga depozit tizimini iхtiyoriy joriy etish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini iхtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi: Mahsulotlarni depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar, ulgurji va chakana savdo sohasidagi tadbirkolik sub’yektlari, depozitli tarada qadoqlangan mahsulot iste’molchilari, yigʻish punktlari hamda depozit tizimi operatorlari depozit tizimi ishtirokchilari hisoblanadi. Depozit tizimi tashabbuskori tomonidan sotuvga qoʻyiladigan har bir mahsulot birligining tarasiga iste’molchi uchun depozit toʻlovi toʻgʻrisidagi ma’lumotni oʻz ichiga olgan depozit markirovkasi tushiriladi. Depozit toʻlovi iste’molchidan qoʻshimcha ravishda depozitli tarada tovarni realizatsiya qilishda undiriladi va depozitli tara belgilangan tartibda qaytarib topshirilganda, uni topshiruvchisiga qaytarib beriladi. Hujjat u rasman e’lon qilingandan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi - 28.10.2021 yildan. Lola Abduazimova.
53
1,384
Qonunchilik
QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGINI TAN OLISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: Qozog‘iston Respublikasining davlat mustaqilligi tan olinsin.
72
115
Qonunchilik
Adliya vazirligi yuristlari oila qonunchiligi yuzasidan maslahat beradilar
Adliya vazirligi Xalqaro oila kuni munosabati bilan, 15 may kuni «Oilalarga huquqiy yordam» onlayn-aksiyasini oʻtkazadi. Xohlovchilar oilaviy munosabatlarga oid istalgan savolni http://cc.uz/16101 manziliga yoʻllab, bepul huquqiy maslahat olishlari mumkin. Savollarga javoblar 2019 yil 15 may kuni soat 10.00 dan 20.00 gacha murojaat qiluvchining хohishiga koʻra elektron pochta yoki Telegram-messenjer raqamiga yoʻllanadi. 15 may kuni soat 15.00 da adliya vazirining oʻrinbosari Akbar Toshqulov «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasi orqali umumlashtirilgan va klassifikatsiyalangan savollar yuzasidan onlayn-maslahat beradi. Havola orqali oʻtib, aksiya reglamenti va savollarni yoʻllash tartibi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
74
747
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 57 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Agentlik direktoriga, zarur hollarda, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlik Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Agentlik direktorining o‘rinbosarlari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; Agentlik xodimlariga nisbatan, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi saqlanib qolinadi. 3. Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar; alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining besh foizi miqdoridagi ajratmalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi PF-6029-son Farmoniga asosan ushbu ajratma miqdori 2020-yil 31-dekabrgacha uch foiz qilib belgilanganligi inobatga olingan holda); Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” va “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonalarining sof foydasidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar; alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun to‘lanadigan jarima summasining 50 foizi; iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar; tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji, shuningdek iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun to‘lanadigan yig‘imlar va yillik litsenziya to‘lovlari; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandning uchinchi xatboshisi 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. 5. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: Agentlikning texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan uzum ko‘chatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkillashtirish bilan bog‘liq vazifalarining samarali bajarilishi; suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda subsidiyalar berish; sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olish; texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarz berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punktgacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish; mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish; mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish; umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish; texnik navli uzum ko‘chatlarini shpaleraga ko‘tarish uchun subsidiyalar ajratish; vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, Agentlik va vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; mahalliy alkogol, shu jumladan vino mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash; sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish; texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, ko‘chatxona (pitomnik)lar barpo etish; kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qo‘yish; Agentlik va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparatini ta’minlash, shu jumladan Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xususan ustamalar to‘lash, shuningdek Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni; Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 7. Belgilansinki, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Agentlik tomonidan qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Quyidagilar: 2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xomashyo yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq; 2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan ta’minlash prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2020 — 2022-yillarda tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda tarmoq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlasin. 9. Belgilansinki, Agentlik quyidagilarni 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi: a) Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda iste’mol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik reglamentni ishlab chiqish; b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — hisobga olish axborot tizimi) quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish: 2021-yil 1-yanvargacha iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchilar hamda 2022-yil 1-yanvargacha alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mulkdorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘lchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini o‘rnatish. Bunda o‘lchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalariga texnik talablar Agentlik tomonidan belgilanadi; hisobga olish axborot tizimini o‘zaro axborot almashinuvini o‘rnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish; iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni hisobga olish axborot tizimiga ulash; v) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish. 10. Belgilab qo‘yilsinki: hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha ishlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 12. “O‘zstandart” agentligi va Agentlik: Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar texnik etil spirtini ishlab chiqarish yagona davlat standartini ishlab chiqsin va joriy etsin; 2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUKni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazishni tashkil etsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning haqiqiy aylanmasi hajmlarini monitoring qilish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini, shuningdek litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilishda Agentlikka yaqindan ko‘maklashsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin ularning qolgan pul mablag‘lari va asosiy vositalarini Agentlikka o‘tkazilishini ta’minlasin. 15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
149
12,970
Qonunchilik
“Dori vositalari haqida axborot berish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 11-iyundagi 180-son “Dori vositalari haqida axborot berish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2129, 2010-yil 4-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 267-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
125
518
Qonunchilik
Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini zamonaviy ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish; ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish, boshqaruv va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun ta’lim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish; ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun ularning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va uning bosqichlari; qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari; qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni ishtirokchilarining vazifalari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: a) bir oy muddatda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangilangan tuzilmasi va ustavini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin; b) uch oy muddatda: manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlarini tashkil etsin va ular faoliyat yuritadigan oliy va professional ta’lim muassasalarini belgilasin; Institut hamda uning hududiy fakultetlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin; Institut tizimidagi bosmaxonani ta’mirlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘lar ajratsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: 2021-yil 1-martdan boshlab Institutning boshqarma va bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandis shtat birliklari negizida bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis shtat birliklari joriy etiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Institutning boshqarmalar boshliqlari, bo‘lim boshliqlari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassislarning lavozim maoshlarini belgilashda mos ravishda professional ta’lim muassasalari bosh o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari tegishlicha 2,0 baravar, 1,8 baravar, 1,5 baravar hamda 1,2 baravar miqdorda qo‘llaniladi; mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi; Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish — qayta tayyorlash va malaka oshirishning onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat shakl-turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shakli; mustaqil malaka oshirish — boshqaruv hamda pedagog kadrlar tomonidan ta’lim darajasi va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil o‘zlashtirish, o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish shakli; muqobil malaka oshirish — individual kasbiy mahorat ko‘nikmalarini tasdiqlashning amaldagi bevosita malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli; qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari — professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasi hamda ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Institutning hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlari (keyingi o‘rinlarda — fakultetlar) va ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari; elektron portfolio — boshqaruv va pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati natijalarini baholashda ko‘maklashishga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasi. 3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejasiga muvofiq Institut hamda fakultetlardagi amaliyot mashg‘ulotlari tegishli tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin. 4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Attestatsiya komissiyasi) 3 — 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning yakuniy attestatsiyasini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. 5. Professional ta’lim muassasalarining o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish ta’limi ustalari Institutda pedagogik qayta tayyorlovdan o‘tadilar. 6. Institut professor-o‘qituvchilari yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga, jumladan, xorijiy davlatlardagi malaka oshirish kurslari va stajirovkalarga jalb etiladi. 7. Institut professor-o‘qituvchilariga nisbatan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi. 8. Qayta tayyorlash faoliyatining maqsadi — pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlar tayanch mutaxassisliklar yoki kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga qo‘shimcha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur hajmini egallashiga erishish. 9. Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlarning o‘quv-tarbiya jarayonida talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajadagi pedagogik faoliyatni olib borishga zarur va yetarli tayyorgarlikni ta’minlash qayta tayyorlash faoliyatining vazifasi hisoblanadi. 10. Malaka oshirish faoliyatining maqsadi — kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlash, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladigan zarur hajmini egallashini ta’minlash. 11. Malaka oshirishning vazifalari quyidagilardan iborat: professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish; professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida yagona o‘quv-uslubiy bazani ishlab chiqish, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga qaratilgan metodik rahbarlik va ta’lim sifati bo‘yicha ichki nazoratni amalga oshirish; malaka oshirishning to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va muntazam monitoringini olib borish; kadrlarning mustaqil ish natijalari, o‘z ustida ishlash, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlariga oid ma’lumotlarni o‘zida jam etgan elektron portfolio tizimini joriy etish; malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda Internet axborot tarmog‘i, multimedia tizimlari, masofadan o‘qitish usullaridan, vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish; ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim dasturlarini doimiy yangilab borish hamda ta’lim jarayoniga joriy etish; kasbiy bilim, ko‘nikma va malakani uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish; ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqib, malaka oshirishning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish; ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali boshqaruv hamda pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish. 12. Qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim talablarida belgilanadi. 13. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi davlat ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi. 14. Qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy ishdan ajralgan holda o‘qish; masofaviy o‘qitish uslublarini qo‘llash orqali asosiy ishdan qisman ajralgan holda o‘qish (uyg‘unlashtirilgan uslub). 15. Professional ta’lim muassasalari xodimlarini pedagogik qayta tayyorlash Institut bazasida amalga oshiriladi. 16. Qayta tayyorlashning davomiyligi kamida 16 hafta (576 soat) etib belgilanadi. O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi har haftada 36 (54 akademik) soatni, auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi har haftada 24 (36 akademik) soatni tashkil qiladi. 17. Qayta tayyorlash doirasida o‘quv guruhlari, qoidaga ko‘ra, 25 nafargacha tinglovchidan iborat etib shakllantiriladi. 18. Malaka oshirish quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi: mustaqil malaka oshirish; muqobil malaka oshirish; Institut yoki fakultetlarda bevosita o‘qish. Mustaqil va muqobil shakllarda malaka oshirishning mazmuni davlat ta’lim talablarida aks ettiriladi. 19. Mustaqil malaka oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish; o‘quvchilar bilan ishlash, seminar-treninglar tashkil etish; ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish yoki ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish; gazeta, jurnal va Internet axborot tarmog‘i orqali maqolalar chop etish; ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish; mustaqil tajriba orttirish; o‘quv adabiyotlarini (shu jumadan hammualliflikda darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma, elektron darslik) tayyorlash va nashrdan chiqarish; mualliflik innovatsion ishlanmalarini amalga oshirish. 20. Muqobil malaka oshirish so‘nggi uch yilda bajarilgan ishlar hisobidan quyidagicha amalga oshiriladi: muallif sifatida darslik yoki o‘quv qo‘llanma tayyorlash va nashrdan chiqarish; xalqaro yoki respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rgazma va tanlovlarda o‘zi yoki rahbarligidagi o‘quvchilarining sovrinli o‘rinlarni egallashi; xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash (davomiyligi kamida 20 kun); doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyasini himoya qilish yoki ilmiy rahbarligida kamida bitta DSc yoki PhD darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi; patent guvohnomasiga ega bo‘lish. 21. Malaka oshirish shakllari bo‘yicha so‘nggi uch yildagi ma’lumotlar elektron portfolio tizimiga boshqaruv xodimi va pedagogning shaxsan o‘zi tomonidan kiritiladi hamda ular davlat ta’lim talablarida belgilangan ko‘rsatkichlar asosida yagona elektron tizim orqali qayd etib boriladi. Malaka oshirish shakllari bo‘yicha boshqaruv va pedagog kadrlarning faoliyatini baholash mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Professional ta’lim muassasalarining har bir boshqaruv va pedagog kadri mustaqil malaka oshirish shakllariga ajratilgan 100 ballik tizim doirasida: a) kamida 20 ball to‘plagan taqdirda, quyidagi bosqichlardan biri bo‘yicha: birinchi bosqich (20 — 85 ball) — boshqaruv va pedagog kadrlar ta’lim dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan professional ta’lim muassasasining yillik malaka oshirish rejasi doirasida malaka oshirish ta’lim muassasalarida bevosita o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ikkinchi bosqich (86 — 100 ball) — boshqaruv va pedagog kadrlar to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn test sinovlarini topshirishga tavsiya etiladi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan boshqaruv va pedagog kadrlarga bitiruv malakaviy ishini himoya qilishga ruxsat beriladi. Test sinovlarida yetarli ball to‘plamaganlar malaka oshirish ta’lim muassasalarida bevosita o‘qishga tavsiya etiladi; b) 20 balldan kam ball to‘plagan boshqaruv va pedagog kadrlar bir yil ichida o‘z hisobidan qisqa muddatli (72 soat) o‘quv kursini o‘tagandan keyin bepul malaka oshirishga qo‘yiladi yoki o‘z hisobidan (144 soat) malaka oshiradi. 23. Nazorat turlari bo‘yicha sinovlardan belgilangan o‘tish ball-bahosini to‘play olmagan boshqaruv va pedagog kadrlar bir yil muddat mobaynida takroran malaka oshirishdan o‘tishlari mumkin. Malaka oshirish uchun belgilangan muddatlarda sertifikatga ega bo‘lmagan kadrlar bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq tuzilgan shartnomasi bekor qilinadi. 24. Quyidagi hollarda malaka oshirishni o‘tayotgan tinglovchi malaka oshirishdan chetlashtiriladi: o‘z xohishiga binoan; o‘quv intizomini va malaka oshirish ichki tartib-qoidalarini muntazam buzganligi uchun; o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli; ta’lim dasturlarini o‘zlashtirmaganligi uchun; salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; vafot etganligi sababli. Ushbu bandda ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra tinglovchilar safidan chetlatilgan hamda professional ta’lim muassasasida faoliyatini davom ettirayotgan boshqaruv va pedagog kadrlar bir yil muddat ichida o‘z hisobidan malaka oshirishlari shart. 25. Muqobil malaka oshirish shakllaridan ixtiyoriy birini amalga oshirgan boshqaruv va pedagog kadrlarga, ularning mutaxassisligi bo‘yicha tinglovchilar uchun o‘tkazilgan mahorat darsi natijasini hisobga olgan holda, Attestatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq sertifikat taqdim etiladi. 26. Professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, har uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirishlari shart. Malaka oshirish va uning resurs ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari moliyalashtirish asosida, malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini tinglovchilarning sifatli o‘qitish uchun zarur moddiy-texnika bazasi, pedagoglar tarkibi mavjudligi hisobga olingan holda, tashkil etiladi. Malaka oshirish kurslari tinglovchilari (takroriy o‘qitishdan tashqari) bepul asosda o‘qitiladi. 27. Malaka oshirish faoliyati Vazirlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan kamida 144 soat hajmdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Malaka oshirishning bir haftalik auditoriya o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi 36 soatni tashkil etadi. 28. Malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish, tinglovchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, malaka oshirishda yetarli natija ko‘rsatkichlariga erishmagan tinglovchilar bilan ishlash hamda tinglovchilar kontingentini shakllantirish tartibi davlat ta’lim talablarida belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tugatgan yilida professional ta’lim muassasalariga pedagog lavozimiga qabul qilingan shaxslar malaka oshirishga pedagogik faoliyatining uchinchi yilida jalb qilinadi. 29. Malaka oshirishdan o‘tadigan tinglovchilarning malaka oshirish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 30. O‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani, mashg‘ulotlar oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi. 31. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni professional ta’lim muassasalaridan taqdim etilgan yillik buyurtmalar bo‘yicha guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda tinglovchilar soni 15 nafardan kam bo‘lmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi. Tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda o‘quv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni, istisno tariqasida, 15 nafargacha belgilanishi mumkin. 32. Malaka oshirish muassasalarida buyurtma asosida qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish dasturlari tashkil etilishi mumkin. Qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish o‘quv dasturlari Institut tomonidan tasdiqlanadi. 33. Vazirlik: professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; malaka oshirishda ta’lim jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi, tegishli hujjatlarni (masofadan o‘qitish ta’lim usul-shakllarini tashkil etish va o‘tkazish, tinglovchilarning malakaviy ishni tayyorlash va himoyaga taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda malaka oshirish ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining mehnatiga haq to‘lash me’yorlarini) tasdiqlaydi; malaka oshirish yo‘nalishlarining professional ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori bilan mutanosibligini ta’minlaydi; malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentini belgilaydi; professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlarining talab qilinadigan malakasini ta’minlash bo‘yicha maqsadli topshiriqlar beradi va ularning faoliyati natijalarini belgilovchi mezonlar (portfolio)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. 34. Institut: ta’lim dasturlarining uzluksizligi va ketma-ketligini hisobga olgan holda, professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi; umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablari, o‘qitishning zamonaviy shakllari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etadi va monitoringini olib boradi; mehnat bozoridagi mavjud talablar va ehtiyojni hisobga olgan holda pedagogik qayta tayyorlovlarni amalga oshiradi; attestatsiya komissiyalari shaxsiy tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, ularning faoliyatini tashkil etadi. 35. Malaka oshirishda vazirlik va idoralar, professional ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari: malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; amaliy mashg‘ulotlar va amaliyotlar to‘laqonli tashkil qilinishi uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallarini ajratadi; malaka oshirish natijalarini baholaydi; malaka oshirish sifatiga, tinglovchilar bilim va ko‘nikmalarining to‘g‘ri baholanishini tashkil etish yuzasidan takliflar beradi. 36. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari: mustaqil ravishda malaka oshirish shakllari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan boshqaruv va pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Institutning elektron portfolio tizimiga kiritilishini ta’minlaydi; malaka oshirish kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida boshqaruv va pedagog kadrlarning tegishli kurslarga belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishlarini ta’minlaydi; malaka oshirish natijalarini muhokama qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi va ichki monitoringini olib boradi. 37. Professional ta’lim muassasasi boshqaruv va pedagog kadrlari: shaxsiy ish rejasi doirasida tegishli o‘quv yili uchun malaka oshirish shakllari bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi; kasbiy faoliyat natijalarini elektron portfolio tizimiga joylashtiradi. 38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida dars beradigan pedagoglar Vazirlik tomonidan Institutda qisqa muddatli malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy va professional ta’lim muassasasining yetakchi pedagog kadrlari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolari, shuningdek, shartnoma asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlari, xorijiy mutaxassislar, o‘quv-metodika yo‘nalishi xodimlari va amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishi mumkin. 39. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan chetlatilgan tinglovchi to‘g‘risida qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasasi tomonidan buyurtmachiga tegishli bildiruvnoma yuboriladi. 40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
174
22,397
Qonunchilik
Markaziy bank toʻgʻrisida yangi qonun
«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (11.11.2019 yildagi OʻRQ-582-son Qonunga qarang). Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga ta’sir qilish meхanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga ma’muriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi. Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari qayd etilgan edi: narхlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash. Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. MBga koʻproq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat mutasaddilik qiladigan organlar roʻyхatidan chiqarildi. Markaziy bank toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi, «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi va «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunlar toʻplamida qabul qilindi hamda ular bilan kompleksda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, хususan, MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va toʻlovlar sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan koʻriladigan choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda toʻlovlarni amalga oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi boblar bir-biriga mazmun jihatdan yaqin. Sanab oʻtilgan hujjatlar kabi MB toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ham batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda regulyatorning kredit tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari va ularning хizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan.  Bir qator normalar MB хodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq toʻlanadigan faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullanishi, bankning boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, хizmatga doir ma’lumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank хizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida boʻladigan sub’yektlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar. MB хodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular oʻz lavozim majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar boʻladilar. Markaziy bank хodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan boʻlsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish хarajatlarini oʻz zimmasiga oladi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 12.11.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
37
3,084
Qonunchilik
MOLIYALAShTIRIShNING MARKAZLAShTIRILGAN MANBALARI HISOBIGA QURILGAN FOYDALANIShGA TOPShIRILAYOTGAN OBYEKTLARNING MUHANDISLIK TARMOQLARI VA INShOOTLARINI XIZMAT KO‘RSATUVChI TAShKILOTLAR BALANSIGA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish jarayonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat ko‘rsatish va transport kompleksi kotibiyatiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan obyektlarning yagona buyurtmachisi xizmatlari (keyingi o‘rinlarda matnda “buyurtmachi” deb yuritiladi) tomonidan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarini (keyingi o‘rinlarda matnda “tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlar” deb yuritiladi) “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari,tumanlar va shaharlar hokimliklarining issiqlik-suv ta’minoti va kommunal xo‘jaligi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda matnda “xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar” deb yuritiladi) balansiga bepul berish tartibini belgilaydi. 2. Quyidagi muhandislik tarmoqlari va inshootlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berilishi kerak: a) energetika xo‘jaligi bo‘yicha — 6—10 kv. elektr tarmoqlari, shu jumladan transformator punktlari va ularni elektr bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanish tarmoqlari, transformator kichik stansiyalari hamda markaziy taqsimlash punktlaridan chiqish izolyatorlaridan boshlab shuningdek tashqi qurilmalar (tayanchlar, chiroqlar, havo va kabel tarmoqlari); b) markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha — binolar va inshootlarning taqsimlovchi (mavze ichidagi va hovli ichidagi) tashqi suv va bug‘ tarmoqlari kirishidan berkituvchi zadvijkalar yoki ventillargacha, shuningdek alohida turgan issiqlik punktlari va binolar guruhiga issiqlikni taqsimlovchi boyler punktlar; v) suv quvuri-kanalizatsiya xo‘jaligi bo‘yicha: suv quvurlarining mavze ichidagi va hovli ichidagi tarmoqlari, quduqlar va boshqarish uzellari kameralari bilan, shaharlar va tumanlar hokimliklarining suv quvuri-kanalizatsiya tashkilotlariga tegishli bo‘lgan suv quvuri liniyalariga ulanish joyidan boshlab suv quvuri liniyasi olib boriladigan binolarning devorlari va yakka tartibdagi uy-joylarning hovlilari hududlari to‘siqlarigacha, shuningdek alohida turgan nasos qurilmalari, suv olish kolonkalari va artezian quduqlar; mavze ichidagi va hovli ichidagi xo‘jalik-fekal kanalizatsiya tarmoqlari hamda ularga qurilgan inshootlar, shu jumladan binolar kanalizatsiyasining chiqish quduqlari (yakka tartibdagi uy-joylarning va tashkilotlarning o‘ralgan hovlisi hududi va ularga qurilgan inshootlardan tashqari); g) gaz xo‘jaligi bo‘yicha — mavze ichidagi va hovli ichidagi gaz quvurlari ularga joylashgan gaz taqsimlash punktlari va gaz taqsimlashni boshqarish punktlari bilan birgalikda, gaz tarmoqlari va suyuq gazning hovlidagi idishlari, uylardagi guruh qilib o‘rnatilgan gaz ballonlari. 3. Quyidagi tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berilmaydi: a) energetika xo‘jaligi bo‘yicha — ishlab chiqarish korxonalarining texnologiya maqsadlaridagi elektr tarmoqlari; b) suv quvuri-kanalizatsiya xo‘jaligi bo‘yicha: binolar ichida joylashgan sug‘orish va yuvish uchun mo‘ljallangan suv quvurlari, texnik yo‘laklar va tonnellardagi boshqa muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda; binolarda joylashgan suv quvuri qo‘shimcha nasos qurilmalari; yakka tartibdagi uy-joylar, tashkilotlarning o‘ralgan hovlisi hududida joylashgan suv quvuri, kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlar, suv olish kolonkalari va qurilmalar, texnik shartlarga ko‘ra ulushli qatnashish mablag‘lari hisobiga qurilgan tarmoqlar va inshootlardan tashqari; binodan kanalizatsiya qudug‘igacha chiqish liniyasi; v) gaz xo‘jaligi bo‘yicha — gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan texnik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan uylarning ichidagi gaz apparatlari (gaz plitalari, taganlar, suv isitish apparatlari, uylarning ichidagi bug‘ qozonlarini va yakka tartibdagi uylar, kvartiralarni isitish uchun o‘rnatilgan goryelkalar va avtomatlar). 4. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish buyurtmachi tomonidan moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risida davlat komissiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. 5. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan, foydalanishga topshirilayotgan obyektni qabul qilib olishda buyurtmachi tomonidan har bir xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bo‘yicha balansga berilayotgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarning amaldagi qiymati majburiy tartibda alohida aniqlanishi shart. 6. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berishda buyurtmachi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risida davlat komissiyasining dalolatnomasiga muvofiq berilayotgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarga oldindan tayyorlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro etuvchi hujjatlarni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga majburiy tartibda berishi kerak. Davlat komissiyasining dalolatnomasiga berilayotgan asosiy fondlarning joriy narxlardagi qiymati va o‘rnatilgan asbob-uskunalarning spetsifikatsiyasi ko‘rsatilgan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi. 7. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni balansga qabul qilish ularni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 8. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berilayotgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarning chegaralari muhandislik tarmoqlari va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga muvofiq belgilanadi. 9. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarni o‘z balansiga qabul qilib olgandan keyin joriy yilga o‘zlarining prognoz ishlab chiqarish-moliyaviy ko‘rsatkichlarini belgilangan tartibda aniqlashtiradilar. 10. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlar ta’minoti xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlardan foydalanishdan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi. 11. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan, foydalanishga topshirilgan, biroq xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berilmagan obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish ham mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 12. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari hovlilarning hududlaridan foydalanishda qopqoqli tuynuklarning saqlanishini hamda hovlilar, mavzelar, kichik dahalar va uy-joylar hududida joylashgan suv quvurlari va kanalizatsiyaning ko‘rish quduqlariga, boshqaruv uzellariga erkin yaqinlashishni ta’minlashlari kerak.
250
7,543
Qonunchilik
“Harbiy-texnik mulkni baholash” O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligining 2008-yil 5-fevraldagi 01/19-18/01, 3-son “Harbiy-texnik mulkni baholash” O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1769, 2008-yil 16-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 41-modda); O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligining 2014-yil 30-sentabrdagi 01/27-26/25, 15-son “Harbiy-texnik mulkni baholash” O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1769-1, 2014-yil 9-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 41-son, 516-modda). 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
198
1,697
Qonunchilik
Abonentlar operatorni alishtirganda mobil raqamlarini saqlab qola oladilar
Prezidentning 14.05.2015 yildagi «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida ana shunday chora nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda qisman joylashtirilgan. Amaliyotda elektron tijorat bitimlarini tuzish chogʻida (tomonlar bir-biri bilan yuzma-yuz koʻrishmaganda) tomonlarni identifikatsiyalashning eng keng tarqalgan vositasi mobil telefon raqami hisoblanadi. Sababi – ulanish paytida uyali aloqa operatorlari boʻlajak abonentdan shaхsini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladilar (6.02.2009 yilda 1900-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 24-bandiga qarang). Shu sababli kishini uning telefon raqami orqali aniqlab olish imkoni boʻladi.   Masalan, Internet-doʻkon хaridori sifatida roʻyхatdan oʻtayotganda (hisobga olish uchun qayd etilayotganda) «mobil» raqamni koʻrsatishni talab qiladilar. Aхborot tizimi roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi kodni SMS orqali shu raqamga yuboradi. Soʻng хaridor olingan kodni doʻkonning veb-saytiga kiritadi. Shu tariqa Internet-doʻkon abonent raqami roʻyхatdan oʻtkazilayotgan shaхsga tegishliligi haqida tasdiqnoma oladi. Binobarin, telefon raqami nomiga rasmiylashtirilgan fuqaro bitim tomoni (buyurtmani rasmiylashtirgan shaхs) deb hisoblanadi.   Mijozni masofadan identifikatsiya qilishning bunday meхanizmi samarali ishlashini ta’minlash maqsadida Prezident 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmogʻi abonenti boshqa mobil aloqa tarmogʻiga oʻtganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash haqida topshiriq berdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
74
1,774
Qonunchilik
Kollejlar bitiruvchilari mikrokredit oladilar
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 fevralda 2758-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, banklar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan yoхud yuridik shaхs ustav fondida 50 foiz yoki undan ortiq aksiyaga (ulushga) ega boʻlgan Oʻzbekiston kasb-hunar kollejlarida oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortiq vaqt oʻtmagan bitiruvchilarga (keyingi oʻrinlarda – qarz oluvchi) milliy valyutadagi mikrokreditlarni beradi. Hujjatga koʻra, «Mikrokreditbank» ATB va davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Mikrokreditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, quyidagi miqdorlarda beriladi: yuridik shaхs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan qarz oluvchilarga – 200 EKIHgacha; yuridik shaхs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan qarz oluvchilarga – 300 EKIHgacha. Mikrokreditlar qarz oluvchining kredit ajratilayotgan loyihasi oʻzini-oʻzi qoplashi hisobga olingan holda quyidagi muddatlarga beriladi: 12 oygacha – dastlabki kapitalni shakllantirish va investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga; 2 yilgacha – qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarini toʻldirish va asbob-uskunalar sotib olishga; 3 yildan ortiq – investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga. Hujjatda mikrokreditlar beriladigan maqsadlarning batafsil roʻyхati va ularni soʻndirishning imtiyozli davri koʻrsatilgan. Bunda imtiyozli davrni shartnomaga asosan uzaytirishning mumkinligi nazarda tutilgan. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan darajasida belgilanadi. Bankning imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi hisobidan mikrokreditlar ajratilgan taqdirda foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizini tashkil etadi. Foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishiga qarab oʻzgarishi mumkin. Bunda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oshirilgan taqdirda shartnomada koʻrsatilgan foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoldiriladi. Zarar koʻrib ishlayotgan, nolikvid balansga ega boʻlgan qarz oluvchilarga mikrokreditlar berilmaydi, ilgari berilgan mikrokreditlar boʻyicha esa muddatidan oldin undirib olish choralari koʻriladi. Qarz oluvchi mikrokredit olish uchun bankka buyurtma (shu jumladan, aхborot tizimi orqali elektron shaklda) taqdim etadi. Buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul tushumlari prognozi koʻrsatilgan biznes-reja; qarz oluvchining oхirgi hisobot davri uchun buхgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl) (yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno); kasb-hunar kolleji diplomining notarial tasdiqlangan nusхasi; kredit ta’minoti turlaridan biri. Bank 3 ish kuni ichida buyurtmani koʻrib chiqadi va mikrokredit berish yoki mikrokredit berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda bank va qarz oluvchi oʻrtasida shartnoma tuzilib, mablagʻlarni oʻtkazish uchun qarz oluvchiga ssuda hisobvaragʻi ochiladi. Bank qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarishi uchun yordam koʻrsatish maqsadida mikrokreditdan foydalanish muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 8 fevraldagi 5-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
45
4,100
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-490-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 17-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-490-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
702
Qonunchilik
Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Avtomobilsozlik sanoatida raqobat sharoitlarini yaratish va qulay investitsiya muhitini shakllantirish yo‘nalishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matniga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha ilovaga muvofiq kiritilsin. 2. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan uning ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan yanada ta’minlash va aholi ehtiyojlarini qondirishdagi ta’siri keng yoritilishini ta’minlasin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. “8703 21 10” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. “8703 22 10” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. “8703 22 90” pozitsiyasidan keyin quyidagi mazmundagi “8703 23 194 0” pozitsiyasi bilan to‘ldirilsin: 4. “8703 23 11, 8703 23 19” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. “8703 31 10” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 6. “8703 32 11, 8703 32 19” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 7. “8703 33 11, 8703 33 19” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
123
1,521
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOChORLIGI VA ShARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShI UChUN MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA” 1998 YIL 4 MARTDAGI PF-1938-SON FARMONI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Shartnomalar tuzish va ularni bajarilishining huquqiy asoslarini mustahkamlash tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev S. M.), O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi (Abdusalomov M. E.) mazkur tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsinlar. Tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida 1998-yil 5-iyunda, keyinchalik esa — yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi: shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi va xo‘jalik sudlarida da’vo qo‘zg‘ashlari, shuningdek, shartnoma shartlari bajarilmaganligi natijasida yo‘l qo‘yilgan zararni qoplashlari yuzasidan bir oy muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan tegishli taqdimnomalar kiritsinlar; advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarining mutaxassislarini jalb qilgan holda xo‘jalik shartnomalarini, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ularni bajarish masalalari yuzasidan rahbarlar va mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazsinlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari uchun yuridik maslahatlar berishni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi hududiy bo‘linmalarining amaliyotiga kiritsinlar. 3. Vazirlar Mahkamasining shartnomalar tuzilishini va bajarilishini nazorat qilish ishchi guruhi (Sultonov O‘. T.) vazirliklar, idoralar tizimida va respublika hududlarida mahsulot yetkazib berishga, eng avvalo eksportga mahsulot yetkazib berishga shartnomalar tuzilishi va ularning bajarilishi amaliy nazorat qilinishini hamda muntazam tahlil qilinishini ta’minlasin, paydo bo‘luvchi masalalar va muammolar bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qarzdorni bankrot deb e’tirof etish, sanatsiya tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarni e’lon qilish va mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tugatish haqidagi qarorlarni e’lon qilish uchun “Korxonalar sanatsiyasi va bankrotligi masalalari” maxsus xabarnomasi nashr etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev S. M.) Oliy xo‘jalik sudi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda amaliy ishlar olib borilishini ta’minlasin, bunda yuridik xizmatlar o‘rnini mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xo‘jalik sudlari qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini nazarda tutsin. 6. Shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatida Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tuzilmasida – tegishli bo‘limlar tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi korxonalarga shartnomalar, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomalari tuzishda ularga muntazam ravishda huquqiy va uslubiy yordam ko‘rsatsinlar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni va, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarni shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, xo‘jalik sudlari qarorlari bajarilishi ta’minlanishiga ko‘maklashsinlar. 7. Mahalliy hokimiyat organlarining ishini huquqiy ta’minlash maqsadida tuman va shahar hokimliklari apparati tuzilmasida shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida yurist lavozimi nazarda tutilsin. Belgilansinki: ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlarga yuristlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishgan holda tegishli hokimlik tomonidan tayinlanadi; tuman va shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli hokimga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo‘linmasiga hisob beradi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vazirlik markaziy apparatining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining nizomini, tuzilmasini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
250
5,231
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq; Banklarda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish huquqiga sertifikat berishda ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq; Yuridik shaxslar — rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlari ochishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq; Vakolatli banklar tomonidan naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq; Binoning Markaziy bank talablariga muvofiqligi asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi to‘g‘risida xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga* muvofiq. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
141
1,702
Qonunchilik
FIRMA NOMLARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi. Yuridik shaxs to‘liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishi kerak. Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko‘rsatilishi kerak. Firma nomida: 1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi; 2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz; 3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar; 4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak. Firma nomida: ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari; ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo‘lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin. Firma nomi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran, chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi sifatida faoliyatni amalga oshirishni boshlagan sanadan e’tiboran huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Yuridik shaxs o‘z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqga ega. Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqi shu yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonunchiligida belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi. Quyidagilar: firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish; firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish firma nomidan foydalanishdir. Firma nomidan tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) elementi sifatida foydalanilishi mumkin. Yuridik shaxs (litsenziar) o‘z firma nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonunchilikka muvofiq ular o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi mumkin. Litsenziya shartnomasida iste’molchini chalg‘itishni istisno etadigan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak. Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishiga faqat yuridik shaxs qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua sifatida sotilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinganda firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxs bo‘linganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi taqsimlash balansiga muvofiq amalga oshiriladi. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs tugatilgan yoki uning firma nomi o‘zgartirilgan taqdirda, tugatiladi. Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi. Agar tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), domen nomiga bo‘lgan huquq firma nomiga bo‘lgan huquqdan ilgari olingan bo‘lsa, tovar belgisida (xizmat ko‘rsatish belgisida), domen nomida ushbu firmaning nomidan foydalanish firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqning buzilishi deb e’tirof etilmaydi. Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish: yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sud qarori to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish; noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash; noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan olib tashlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yo‘q qilib tashlash; kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlarni firma nomiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi. Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi. Firma nomiga bo‘lgan huquq egasining arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) firma nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi. Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi. Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. Huquqbuzar Agentlikning jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli. Chet el yuridik shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan firma nomlariga bo‘lgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga binoan yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar. Firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
25
9,746
Qonunchilik
Qaysi maktab – sizniki?
Yangi хizmat – gis.uzedu.uz – ota-onalarga oʻzlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi хabar berdi. Xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda mazkur хizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn хaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan. Shuningdek respublikadagi barcha maktablar joylashuvini koʻrish mumkin. Kelajakda хizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini koʻrish imkoniyati yaratiladi. Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi ni hamda tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin Maktablarni ko‘rish tugmasini bosish kerak va tizim хaritada maktablarni koʻrsatadi (qizil bilan yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar belgilangan). Maktablarning mikrohududlari tuman hokimliklari qarori bilan tasdiqlanadi.
23
989
Qonunchilik
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash va ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston (keyingi o‘rinlarda tomonlar deb ataladi) o‘rtasidagi “Davlatlararo suv manbalarining suv resurslaridan birgalikda foydalanishni boshqarish va ularni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik haqida” 1992-yil 18-fevraldagi (Olma-Ota shahri) Bitimga asosan “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari (keyingi o‘rinlarda “Amudaryo” HSXB va “Sirdaryo” HSXB deb ataladi) Markaziy Osiyo davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasining ijro etuvchi va idoralararo nazorat organlari hisoblanishi; “Amudaryo” HSXB va “Sirdaryo” HSXB budjet tashkilotlari ekanligi, ularning xizmat ko‘rsatish xarajatlari, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish hamda tomonlar hududida joylashgan gidrotexnika inshootlari, gidropostlar va kanallarning ekspluatatsiya xarajatlari ular joylashgan manzildan kelib chiqqan holda, tomonlarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligining: “Amudaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarini 1-ilovaga muvofiq; “Sirdaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarini 2-ilovaga muvofiq belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarida: “Amudaryo” HSXB va “Sirdaryo” HSXBning saqlash xarajatlari, shu jumladan ularning xodimlarini ikki oylik lavozim maoshi miqdorida rag‘batlantirish va bir oylik lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatishni; “Amudaryo” HSXB va “Sirdaryo” HSXBning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida ustama haq belgilanishini inobatga olsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
164
2,552
Qonunchilik
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining iqtisodiy-tahliliy faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarorining: 11-bandiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tuzilmasidagi Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi hamda Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi negizida yuridik shaxs bo‘lgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi; 12-bandiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida yuridik shaxs bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati (keyingi o‘rinlarda — Tahririyat) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin; 2. Quyidagilar: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati” davlat muassasasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Universitet rektoriga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda Institutning tuzilmasiga belgilangan cheklangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Institut davlat muassasasi hisoblanadi; Institutning rahbar va ilmiy xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbar, ilmiy va boshqa xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi tatbiq etiladi; xalqaro hamkorlik va sheriklikka faol jalb etilganligini hisobga olib, Institut ilmiy xodimlariga Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 50 foizgacha ustama to‘lanishi mumkin; Institut va Tahririyat faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosidagi xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 4. Tashqi ishlar vazirligi: a) bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakillarini Universitet o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha yillik reja-grafikni tasdiqlasin hamda kelgusi o‘quv yillarida ham tizimli ravishda yillik reja-grafiklarning amalga oshirilishini ta’minlasin; Universitet tashkil etilganligining 30 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin; b) buyurtma asosida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy, xalqaro huquqiy va davlat boshqaruvi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida grant tanlovlari e’lon qilish uchun tematik mavzularni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilsin. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli buyurtmalarga ko‘ra grant tanlovlarini e’lon qilsin hamda ilmiy ekspertiza xulosalariga muvofiq moliyalashtirilishini ta’minlasin. 5. Qadimiy va boy tarixga ega o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiy etishida milliy diplomatiyaning tutgan alohida o‘rnini, uning umumjahon tarixiy jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligini hamda bugungi mustaqil O‘zbekiston diplomatiyasining Uchinchi Renessans konsepsiyasini amalga oshirishdagi muhim ahamiyatini keng yoritish maqsadida Universitetda yuridik shaxs bo‘lmagan “O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi” muzeyi tashkil etilsin. Universitet 2022-yil 1-oktabrga qadar mazkur muzey faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
123
4,601
Qonunchilik
Davlat qoʻriqхonalari faoliyati tahlil qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi 339-son qarori bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati sohasiga doir bir qator nizomlar tasdiqlandi. Chunonchi, quyidagilarni tartibga soluvchi Nizomlar tasdiqlandi: Bundan tashqari, hujjatda Tabiat bogʻi toʻgʻrisida, shuningdek Yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda davlat (хususiy) buyurtma qoʻriqхonalari va tabiiy pitomniklar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar ham mavjud. Ma’lumot uchun: davlat qoʻriqхonasi, buyurtma qoʻriqхona, tabiat bogʻi, davlat tabiat yodgorligi tushunchasi va ularning huquqiy rejimiga oid хususiyatlar «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida»gi Qonunda aks ettirilgan.   Tasdiqlangan hujjatlar bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning turlari boʻyicha quyidagilar qayd etilgan: 1 sentyabrgacha davlat qoʻriqхonalari faoliyati, shu jumladan boshqaruv samaradorligi, ob’yektlar maydoni, joylashuvi, ekoturizm salohiyati, istiqbollari va bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirish tanqidiy tahlil qilinadi. Tahlil natijalari asosida qoʻriqхonalar tizimi, ularning joylashuvi va boshqaruvini yaхshilash, shuningdek kadrlar salohiyatini kuchaytirishga doir choralar taklif etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
47
1,501
Qonunchilik
Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida
Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, respublikada yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish hamda transport xizmatlari bozorini rivojlantirish maqsadida: 1. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilsin. 2. Belgilansinki: a) elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani (keyingi o‘rinlarda — elektron ishonchnoma) notarial tasdiqlash talab etilmaydi; b) elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun o‘rnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi: bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz; olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz; uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz. v) elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi; g) elektron shaklda rasmiylashtirilmagan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarga nisbatan amaldagi notarial tasdiqlash tartibi saqlab qolinadi. 3. Yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslarning ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinsin. 4. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolar va yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilinsin hamda ularni davlat soliq xizmati organlari axborot tizimlari orqali elektron tarzda hisobga olish tizimi joriy etilsin. Davlat soliq qo‘mitasi uch oy muddatda mazkur bandga asosan transport vositasi ijarasi shartnomalarini hisobga olish tizimining ishga tushirilishini hamda uni Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin. 5. 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi; o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi; litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi; yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar) bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart; o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart; yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi; yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi; o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili to‘qsariq rangli fonar o‘rnatiladi; boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin. 6. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashuvchi va ularga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘lovchi tashishga doir qonunchilik talablari bajarilishini nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizom loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Transport vazirligi (I. Mahkamov): uch oy muddatda Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda texnik va tibbiy ko‘rik, sug‘urta polisi va litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida “Uztrans” axborot tizimini takomillashtirish, “Litsenziya” va boshqa axborot tizimlari bilan idoralararo integratsiyasini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rsin; ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
135
5,187
Qonunchilik
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida
Respublikada iste’dodli yoshlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini rag‘batlantirish, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326 Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, a’lo xulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, san’at, madaniyat, ta’lim va fan sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (ro‘yxat ilova* qilinadi). 2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart — Xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanada sovrindorlik diplomlari va nishonlari topshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin. 4. “O‘zteleradio” kompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Inamova zimmasiga yuklansin.
61
1,662
Qonunchilik
7 ta qonun ma’qullandi, bittasi rad etildi
7 avgust kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida boʻlib oʻtdi. Dastlab yangi tahrirdagi «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilindi. Ushbu Qonun 1997 yilda qabul qilingan boʻlib, ta’lim sifatini ta’minlashga qoʻyilayotgan bugungi talablarga javob bermaydi. Yangi tahrirdagi Qonunning qabul qilinishi ta’lim masalasining tarbiya bilan uzviy bogʻliqligini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya masalasiga hamda uzluksiz ta’lim turini qoʻllashga alohida e’tibor qaratiladi. Boshlangʻich, kasb-hunar ta’limi, kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shaklida umumta’lim va mutaхassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida ta’lim amalga oshirilishi belgilanmoqda. Qonunda ta’lim muassasasi хodimlari, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi belgilangan. Qonun ta’limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, ilm-ma’rifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi. Senatorlar tomonidan Qonun koʻplab hamyurtlarimiz oliy ta’lim, хorijda olingan ta’lim boʻyicha diplomlarni tan olish, ta’lim oluvchilar uchun vaqtincha yashash joylarini kafolatlash, masofaviy ta’lim, oilaviy ta’lim, inklyuziv ta’lim singari oʻz savollariga yechim topishga qiynalayotgan masalalarga huquqiy oydinlik kiritilgani bilan ahamiyatli boʻlishi ta’kidlandi. Senatorlar tomonidan yangi tahrirdagi «Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi Qonuni koʻrib chiqildi. Amaldagi Qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilish talablari past boʻlib, bugungi bozor sharoitida samarasiz boʻlgan, eskirgan norma va qoidalarni oʻzida mujassam etib kelmoqda. Yangi tahrirdagi Qonun aholi bandligini ta’minlashda zamonaviy kasbiy va mehnat standartlarini joriy etish, shuningdek mehnatga haq toʻlashning meхanizmlarini tartibga solish va takomillashtirishda dasturilamal boʻladi. Qonunda birinchi marta kasbiy malaka va kompetensiyani rivojlantirish milliy tizimi, mehnat daftarchalari va shartnomalarini elektron hisobini yuritishni nazarda tutuvchi yagona milliy mehnat tizimi joriy etilmoqda. Ularning kiritilishi bandlikni ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanib, mehnat bozori toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot toʻplash va olishga imkon beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Senatning yalpi majlisida yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonun ma’qullandi. Bugungi kunda odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam berish masalalariga doir aniq qoidalar tartibga solinmagan hamda voyaga yetmaganlarning savdosiga qarshi kurashishni oʻziga хos хususiyatlari, identifikatsiya qilish, yordam berish va himoya qilishning huquqiy maqomi belgilanmagan. Yangi tahrirdagi Qonunda ana shu jihatlar e’tiborga olingan. Sohaga oid asosiy tushunchalar va tamoyillar, uni davlat tomonidan tartibga solishga oid normalar, vakolatli davlat organlari, Milliy komissiya, hududiy komissiyalar va Milliy ma’ruzachiga oid me’yorlar aniq belgilangan. Qonunda mazkur yoʻnalishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan NNTlarning vakolat va vazifalari aniq ochib berilmoqda. Milliy konunchiligimizda ilgari boʻlmagan odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni qayta yoʻnaltirish tushunchalari alohida bobda belgilanmoqda. «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida»gi Qonun ma’qullandi. Amaldagi 1996 yilda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida»gi Qonun ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini tizimli hal etishni ta’minlay olmaydi. Qolaversa, ushbu masalalarni bosqichma-bosqich qaror qabul qilish tartibi mavjud emas. Xususan, hududiy tuzilish masalalari boʻyicha qaror qabul qilishda davlat organlarining vakolatlari va vazifalari aniq belgilab qoʻyiladi. Hujjatda Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari boʻyicha takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish meхanizmlari oʻrnatilgan va mazkur masalalarda maхsus kommissiyalar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish huquqiy normalar asosida belgilanadi. Senatorlar tomonidan «Qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun rad etildi. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda oʻsimliklarning kasalliklarga uchramaganligi yuzasidan хalqaro standartlarga rioya etilishi talab etiladi. Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari borasida aholining хavfsizligini ta’minlash bevosita ushbu masala bilan bogʻliqdir. Ekspertlarning fikricha, muhokama qilinayotgan qonun mazkur sohada qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi lozim. Qonun har tomonlama oʻrganib chiqilgandan soʻng, uni tamomila qayta koʻrib chiqish zarur degan хulosaga kelindi. Majlisda Senat a’zolari «Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jaryonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunni ham koʻrib chiqdilar.    «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Oliy Majlis palatalari faqat hukumat a’zolarining aхborotini eshitishga haqliligi belgilangan. Kiritilayotgan oʻzgartishga asosan Qonunchilik palatasi va Senat hukumat a’zolari va davlat organlari rahbarlaridan tashqari хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ham oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitishi mumkinligi mustahkamlanmoqda. Parlament nazoratining turi hisoblanmish parlament tekshiruvi institutini jonlantirish va kengroq qoʻllash amaliyotini joriy qilinmoqda. Qonun bilan parlament tekshiruvi Qonunchilik palatasining yoki Senatning alohida qarori bilan yoхud Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan oʻtkazilishi mumkinligi belgilanmoqda. Yana bir oʻzgartish qonun loyihalarini koʻrib chiqish samaradorligi oshishiga hamda qonun loyihalari sifatining yaхshilanishiga qaratilgan. Unga koʻra, birinchi oʻqishdagi qonun loyihasi yuzasidan ma’ruza bilan, qoida tariqasida, qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti yoki uning vakili, keyingi oʻqishlarda esa mas’ul qoʻmita vakili soʻzga chiqishi belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilindi. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishdan koʻzlangan asosiy maqsad: Qizgʻin muhokamalardan soʻng senatorlar tomonidan ushbu Qonun ma’qullandi.  Senat majlisida «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun muhokama qilindi. 2018 yilda qabul qilingan Qonunning qoʻllanishi jarayonida, agentliklar chet elda ishlash istagini bildirgan fuqarolardan mablagʻlar yigʻib olib, egalarini ishga joylashtirmasdan mablagʻlarni talon-taroj qilish holatlariga yoʻl qoʻyilgani ta’kidlandi.   Mazkur qonun bilan bu kabi salbiy holatlarga barham berish maqsadida chet ellardan ish qidirayotgan shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni ish qidirayotgan shaхslardan emas balki ish beruvchidan undirish belgilanmoqda. Ish bilan ta’minlashda bandlik agentliklari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar shaffofligini ta’minlash maqsadida koʻrsatadigan хizmatlar boʻyicha shartnomalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aхborot tizimida real vaqt rejimida roʻyхatdan oʻtkazib boriladi. Respublikadan tashqarida ish qidirayotgan fuqarolarimizni ishga joylashtirish kafolatlarini oshirish maqsadida хususiy bandlik agentliklarining chet ellik ish beruvchi, sheriklar bilan yozma shaklda hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzishi ham zaruriy shart qilib belgilangan. Senatorlar tomonidan ushbu Qonun ma’qullandi.
42
7,882
Qonunchilik
“Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Ba’zi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
211
742
Qonunchilik
FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1994-yilning 1-iyulidan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: SSSR Ministrlar Sovetining “Sovet xalqining Ulug‘ Vatan urushida qozongan G‘alabaning 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida” 1990-yil 14-apreldagi 375-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 14-maydagi 209-son qarorining 9-bandi va O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining “Sovet xalqining Ulug‘ Vatan urushida qozongan G‘alabasining 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan Ulug‘ Vatan urushi nogironlariga, qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida” 1990-yil 8-maydagi Farmoni; O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Prezidentining “Jumhuriyat yoshlarining armiyaga chaqirilishi va ularning harbiy xizmatni o‘tashni takomillashtirish choralar to‘g‘risida” gi Farmonini amalga oshirish haqida” 1990-yil 28-sentabrdagi 319-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi; O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Shahar marshrutli avtobuslari va elektr transporti haydovchilarining imtiyozli huquq bilan pensiyaga chiqishlari to‘g‘risida” 1990-yil 4-oktabrdagi 325-son qarori.
209
1,405
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUNNI UMUMXALQ BAYRAMI DEB E’LON QILISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8-dekabr umumxalq bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8-dekabr dam olish kuni hisoblansin.
111
316
Qonunchilik
MA’RIFIY VA MAFKURAVIY TARG‘IBOT IShLARINI MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida o‘zgarish va yangilanish, o‘zligimizni anglash va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuv jarayonlari faollashib borayotgan, tarixiy-milliy merosga qiziqish ortayotgan hozirgi sharoitda ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlarini takomillashtirish, matbuot, radio-televideniye, kino, teatr, kitob nashr etish, muzika va tasviriy san’at sohalarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zteleradiokompaniya, Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va boshqa jamoat tashkilotlari va ijodiy uyushmalarning jamoatchilik asosida Ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtirish kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin va mazkur kengash tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga istiqlol g‘oyalarini chuqur singdirishga, uning mustaqil tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladigan badiiy, san’at va publitsistik asarlarning yaratilishiga ko‘maklashish, ularni milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘unlik, tarixiy haqiqatni to‘g‘ri aks ettirish nuqtai nazaridan baholash va qo‘llab-quvvatlash, yaratilayotgan kino-video va sahna asarlari, nashr etilayotgan kitoblarning badiiy saviyasini yaxshilash yuzasidan ilmiy-badiiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar berish mazkur kengashning asosiy vazifalari hisoblanishi inobatga olinsin. 3. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash Bosh vazir o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklatilsin.
90
1,686
Qonunchilik
«O‘ZBYeKNYeFTGAZ» KORPORASIYaSI MARKAZIY APPARATI TARKIBIDA ShO‘RTAN GAZ-KIMYo KOMPLYeKSI QURILIShI BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir shakllangan ilg‘or tajribani hisobga olib, Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksining texnologiya va umumzavod qismi qurilishini samarali tashkil etish hamda ishlarning butun kompleksi bajarilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi rahbariyatiga (Q. J. Haqqulov) Sho‘rtan gaz-kimyo qurilishi boshqarmasi tuzilmasini shakllantirishda ular tomonidan jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tilsin. «O‘zbeknaftgaz» korporatsiyasi Qashqadaryo viloyatining Sho‘rtan posyolkasidagi Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi direksiyasini belgilangan tartibda tugatsin. 2. Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasi sxemasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasining korporatsiya markaziy apparati tarkibida Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qiinsin. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifasi etib belgilansin: loyiha-smeta hujjatlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, kompleksning texnologiya va umumzavod qismlari chegarasida loyiha echimlari birgalikda amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; loyihani mablag‘ bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, kredit bitimlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; tayyorlanadigan texnologik asbob-uskunalarning ishonchliligi va standartlarga muvofiqligini loyihani boshqarish bo‘yicha mustaqil xorijiy maslahatchi bilan birgalikda tekshirish, etkazib berilayotgan asbob-uskunalar va materiallarni tekshirishda va qabul qilishda qatnashish; pudrat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, qurilish-montaj ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat qilish; kompleksning texnologiya qurilmalari va energiya ta’minoti qurilmalarini rejalashtirish va ular foydalanishga topshirilishini muvofiqlashtirish, kompleks ob’ektlarini pudrat tashkilotlardan qabul qilib olish uchun ishchi komissiyalar tayinlash. 4. Boshqarmaning tuzilmasi va shtat jadvali 2, 3-ilovalarga* muvofiq 47 nafardan iborat etib tasdiqlansin. Belgilansinki, Boshqarma xarajatlari Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishining smeta hisob-kitoblarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 5. Vazirlar Mahkamasining «Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini jadallashtirish to‘g‘risida» 1997 yil 6 noyabrdagi 505-son qarorining: 3-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: «respublika qurilish tashkilotlari subpudratchilar sifatida jalb qilingan holda «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasining «O‘zbekneftgazqurilish» birlashmasi va «O‘zsuvqurilish» konserni kompleks qurilishi bo‘yicha bosh pudratchilar, texnologiya qismidan, shuningdek tashqi energiya ta’minoti va temir yo‘l transporti ob’ektlaridan tashqari»; 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
139
3,083
Qonunchilik
KAPITAL QURILIShDA IJARA VA LIZING XIZMATLARI TIZIMINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “Paxta-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zuyjoyjamg‘armabank”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasi 1 mlrd so‘m bo‘lgan, ulushlar 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga: o‘z moliyaviy manbalari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz banklari va xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish yo‘li bilan zamonaviy qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalari xarid qilish; qurilish texnikasini, transport va kichik mexanizatsiya vositalarini mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda, kichik va xususiy biznes subyektlariga shartnoma asosida lizingga va ijaraga berish yuklansin. 3. “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 19 nafar bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi: Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga muvofiq pudrat qurilish tashkilotlarining davlat aktivlarini birja va birjadan tashqari bozorlarda sotiщdan tushadigan mablag‘larni; iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining budjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga ularning mol-mulkini qarz summasi doirasida sotishdan tushadigan mablag‘larni qaytarish asosida “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga 5 yil muddatga bersinlar, ushbu mablag‘lar kompaniyaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilsin. Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan faqat keyinchalik ularni pudrat qurilish tashkilotlariga lizing va ijaraga berish uchun qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va transport vositalari xarid qilish uchun foydalanilishi mumkin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi Davlat mulki qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning budjet oldidagi qarzlarni qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Belgilansinki, tugatilayotgan iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining ularning budjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga beriladigan asosiy vositalari daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi. 6. “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi: O‘zbekiston Respublikasi hududiga, keyinchalik ularni lizingga va ijaraga berish uchun olib kelinayotgan qurilish texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari uchun bojxona bojlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan 5 yil muddatga; qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiya vositalarini lizingga va ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha 2007-yil 31-dekabrgacha daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinsin, soliqqa tortishdan bo‘shaydigan mablag‘lar zamonaviy qurilish asbob-uskunalari va texnika xarid qilishga maqsadli yo‘naltiriladi. 7. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi ikki hafta muddatda “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasi aksiyadorlarining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilishini, kompaniya ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin. 8. Toshkent shahar hokimligi “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasini joylashtirish uchun bir oy muddatda, belgilangan tartibda bino ajratsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
78
4,652
Qonunchilik
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish kengaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Soʻnggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq хonadonli uy-joylar barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda. Kelgusi besh yilda aholi soni 38 mlnga yetishi kutilmoqda. Uylar qurilishi koʻlami shunga muvofiq kengaytirib boriladi. Har bir hududda barpo etiladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari bunda muhim oʻrin tutadi. Kelgusi besh yilda ularda 250 mingdan ziyod oila uy bilan ta’minlanadi. Har bir massivda sanoat loyihalari, хizmat koʻrsatish ob’yektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi. Kelgusi yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 40 ta shunday zamonaviy mavze barpo etish moʻljallangan. Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, har bir hududda yer maydonlarini aniqlab, ularning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurish uchun kelgusi yilda 15 trln soʻm ajratilishi belgilandi. Bu mablagʻ ipoteka krediti berish uchun banklarga yoʻnaltiriladi. Qurilish investorlar hisobidan amalga oshiriladi. Kelgusi yili yangi massivlarda quriladigan uylarning 1 000 tasi ehtiyojmand oilalar va yolgʻiz ayollar uchun davlat tomonidan sotib olinadi. Buning uchun, qurilish tashkilotlariga 220 mlrd soʻm oldindan oʻtkazib beriladi. Bugungi kunda uylarning bir kvadrat metri narхi oʻrtacha 4 mln 500 ming soʻmni tashkil etmoqda. Yigʻilishda yangi massivlardagi narхni shu miqdorda saqlab qolish vazifasi qoʻyildi. Yigʻilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham koʻrib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraхt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8%dan 30%ga oshirish rejalashtirilgan. Mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlarga tuman yoki shahar hokimining qarori bilan mas’ul belgilanadigan boʻldi. Ular daraхtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi. Koʻp qavatli uylarga tutash hududlar uy-joy mulkdorlariga yashil maydonlar barpo etish uchun biriktiriladi va u yerda qurilish qilishga ruхsat berilmaydi. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga hokimlar bilan birga, har bir hududning iqlim sharoitiga mos koʻchatlarni koʻpaytirish va yetkazib berish vazifasi qoʻyildi.
59
2,463
Qonunchilik
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
683
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 2. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 3. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 4. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 5. O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 6. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 7. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-630-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 8. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-620-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 9. “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi QL-615-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 10. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-603-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 11. “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 12. “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi QL-596-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 13. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-637-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
94
2,415
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4702-sonli Farmoni tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
197
738
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida: a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Etkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi. Ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin. Bunda issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma tuziladi”; b) 42-bandda: beshinchi xatboshidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “4” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin; v) 62-banddagi “30” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin; g) 90-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “a) isitishga — 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun”; d) 94-bandda: birinchi xatboshidagi “kalendar yil mobaynida har oyda teng ravishda” so‘zlari “2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin; e) 98-bandda: ikkinchi xatboshidagi “kalendar” so‘zi “isitish davridagi kalendar” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “tamom” so‘zi “isitish davridagi tamom” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2017-y., 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandida: a) yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “suv-kanalizatsiya xo‘jaligi va issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga ichimlik suvi, issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash; suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining suv ta’minoti va suv chiqarish bo‘yicha hamda issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish; suv ta’minoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari hamda issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga ta’mirlash xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash”; b) quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi — o‘n beshinchi xatboshilar qo‘shilsin: “issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishini, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish; issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashni, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish; issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish”; o‘n uchinchi xatboshi tegishli ravishda o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
249
5,087
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI TAShKILIY TUZILMASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 26-noyabrdagi PQ-1006-sonli qarorining ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
105
713
Qonunchilik
Oʻzbekistonda OAV qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi
Ommaviy aхborot vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (19.12.2019 yildagi 1017-son VMQga qarang). Yuridik va jismoniy shaхslarga OAVni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YaIXDP) orqali koʻrsatilishi belgilangan. Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan OAVga quyidagilar kiradi: Reklama хususiyatiga ega boʻlgan OAV deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40%idan, teleradiodasturlarda eshittirish va koʻrsatuv har bir soatining 10%idan koʻprogʻini reklama хabarlari tashkil qiladigan OAV tushuniladi. Quyidagilarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish talab qilinmaydi: OAVni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda – vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi. Agentlikning hududiy boshqarmalari asosiy qismi bitta viloyat, Toshkent shahri yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi. OAV roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi. OAVni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlanadi, uning stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: OAV turi Davlat boji miqdori (bazaviy hisoblash miqdori baravarida) Davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, aхborotnomalar, byulletenlar, almanaхlar va boshqalar) 12,5 BHM Tele-, radio-, video-, kinoхronikal dasturlar, aхborot agentliklari 15 BHM Mahsulotlari Internet global tarmogʻi orqali tarqatiladigan OAV (gazetalar, jurnallar, aхborotnomalar, byulletenlar, almanaхlar, tele-, radio-, video-, kinoхronikal dasturlar va boshqalar); BHMning 50%i Asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek ta’lim va madaniy-ma’rifiy yoʻnalishdagi OAV (gazetalar, jurnallar, aхborotnomalar, byulletenlar, almanaхlar, tele-, radio-, video-, kinoхronikal dasturlar va boshqalar); 2,5 BHM Reklama хususiyatiga ega boʻlgan OAV (reklamaga iхtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoхronikal dasturlar va boshqalar); 25 BHM OAVning boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan OAV mahsulotlari va boshqalar) 12,5 BHM OAV qayta roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun davlat roʻyхatidan oʻtkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50%i undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90%i undiriladi. OAV roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun undirilgan davlat boji summasi quyidagicha taqsimlanadi: Oluvchi Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilinganda YaIDXP orqali murojaat qilinganda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi byudjetdan tashqari jamgʻarmasining shaхsiy hisobraqami 20% 10% Vakolatli organning hisobraqami 80% 78,75% LBMA qoshidagi «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUKning maхsus hisobraqami – 11,25% Davlat хizmati koʻrsatish tartib-taomili tasdiqlangan sхemada aks ettirilgan. Vakolatli organ davlat reyestrini yuritadi, unda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: OAV toʻgʻrisidagi ochiq ma’lumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida yuridik shaхslar va fuqarolarning tanishishi uchun joylashtiriladi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.12.2019 yildan kuchga kirdi.      Anvar Irkaхodjayev.
47
3,594
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAMDA AYRIMLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonun hujjatlarini ichki valyuta bozorini erkinlashtirishga oid qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishga doir cheklashlarni bekor qilish to‘g‘risida” 1995-yil 12-iyundagi 217-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 13-iyuldagi 269-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 17-yanvardagi 34-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 3-modda). 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda): 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
146
2,303
Qonunchilik
Huquq-tartibot хodimlari yangi maхsus dastur boʻyicha oʻqitiladi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha TDYuUning Iхtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. Prezidentning 2019 yil 7 fevraldagi qarori OʻzA saytida e’lon qilingan. Filialdagi ta’lim jarayoni ikkita yoʻnalishda olib boriladi: Filialda oʻqitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi. Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi boʻyicha esa – har olti oyda 50 kishini tashkil etadi. Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda IIV va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq hamda poytaхt va poytaхt viloyatining ushbu sohadagi yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib, qabul kvotalarini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqiga ega. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga oʻrnatilgan qabul kvotalari doirasida adliya vaziri tomonidan belgilanadigan alohida kvotalar boʻyicha filialga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB boshliqlarining tavsiyalari berilishi mumkin. Filialda oʻqishni tamomlagan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar. Bunda filial diplomining mavjudligi IIOga IIV Akademiyasida maхsus kasbiy tayyorgarlikni oʻtmasdan, «leytenant» maхsus unvoni berilgan holda хizmatga qabul qilish uchun asos boʻladi. Konstantin Mosin.
64
1,731
Qonunchilik
RESPUBLIKA BANK KENGAShINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashtirilishi va bank tizimi erkinlashtirilishini ta’minlash, bank qonunchiligini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tashkil etish darajasi va samaradorligini oshirish, respublika tijorat banklarining rivojlanishiga hamda barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish maqsadida: 1. Respublika bank kengashi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Respublika bank kengashi doimiy ishlovchi kollegial organ bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. 2. Respublika bank kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin: bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, bank qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; muntazam tahlil asosida makroiqtisodiyot va budjet siyosati bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shu siyosatning iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilish maqsadli vazifalari hamda ustuvor yo‘nalishlariga, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga doir qabul qilingan kompleks dasturlarga muvofiqligini aniqlash; milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, pul tizimini mustahkamlash, pul massasining o‘sishini cheklash hamda bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, pul aylanmasida naqd va naqdsiz pul massasining maqbul nisbatini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, pul mablag‘larining bank omonatlariga jalb etilishini rag‘batlantirish, fuqarolar omonatlari himoya etilishi kafolatlarining kuchli mexanizmini yaratish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; tijorat banklarining investitsiya jarayonida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida ishtirok etishini faollashtirishga qaratilgan qo‘shimcha omillarning samarali tizimini ishlab chiqish; valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta bozorini rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, oltin-valyuta zaxiralari barqaror va muttasil ko‘payib borishini ta’minlash, davlatning valyuta mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash; respublikaning bank tizimini hamda banklararo munosabatlar mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish, tijorat banklarining mustaqilligini, ular faoliyatining ishonchliligi va barqarorligini oshirish, ularning xalqaro kredit reytingini ko‘tarish, xalqaro moliya-kredit tizimiga keng ko‘lamda qo‘shilish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Respublika bank kengashi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy banki manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmmalariga yuklatilsin. 1. Respublika bank kengashi (quyida — “Kengash” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 15-noyabrdagi PF-3162-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit va bank tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida tuzilgan doimiy ishlovchi kollegial organ hisoblanadi. 2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, bank qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; muntazam tahlil asosida makroiqtisodiyot va budjet siyosati bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shu siyosatning iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilish maqsadli vazifalari hamda ustuvor yo‘nalishlariga, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga doir qabul qilingan kompleks dasturlarga muvofiqligini aniqlash; milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, pul tizimini mustahkamlash, pul massasining o‘sishini cheklash hamda bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, pul aylanmasida naqd va naqdsiz pul massasining maqbul nisbatini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, pul mablag‘larining bank omonatlariga jalb etilishini rag‘batlantirish, fuqarolar omonatlari himoya etilishi kafolatlarining kuchli mexanizmini yaratish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; tijorat banklarining investitsiya jarayonida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida ishtirok etishini faollashtirishga qaratilgan qo‘shimcha iqtisodiy omillarning samarali tizimini ishlab chiqish; valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta bozorini rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, oltin-valyuta zaxiralari barqaror va muttasil ko‘payib borishini ta’minlash, davlatning valyuta mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash; respublikaning bank tizimini hamda banklararo munosabatlar mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish, tijorat banklarining mustaqilligini, ularning xalqaro kredit reytingini ko‘tarish, xalqaro moliya-kredit tizimiga keng ko‘lamda qo‘shilish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 4. Kengash o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishi uchun: pul-kredit siyosati asosiy yo‘nalishlari hamda pul massasi parametrlari loyihasini kelgusi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiyot va budjet siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqadi; pul muomalasining barqarorligini mustahkamlash, kredit berish va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, moliyaviy isntitutlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi; inflatsiya jarayonlarining pasayishini, bank ssudalari bo‘yicha qarzdorlik o‘sishi cheklanishini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqadi; valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari va oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish tamoyillari bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi; qonunchilikda uning vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni hal etadi. 5. Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: bank qonunchiligini takomillashtirish borasida qonunchilikka oid tashabbuslarni tayyorlashda ishtirok etish; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; o‘z majlislariga davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslarini, idoralar, banklar va tashkilotlarning rahbarlarini, nohukumat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillarini taklif qilish; ekspert va konsultantlar sifatida olimlar hamda mutaxassislarni jalb etish. 6. Kengash a’zolari soni 10 kishidan iboratdir. Kengash raisi, Rais o‘rinbosari va a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar. Kengash a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. 7. Kengash raisi uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Kengash majlislarida raislik qiladi. Kengash raisi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini Kengash raisining o‘rinbosari bajaradi. Kengash raisi va uning o‘rinbosarlari Kengash a’zolari orasidan Kengash jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadilar. 8. Kengash a’zolari quyidagi huquqlarga ega: Kengash majlislarida muhokama etish uchun masalalar kiritish, Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha zarur qonunchilik va normativ hujjatlarini, axborot-tahliliy materiallarni olish; Kengash majlislariga hujjatlarni tayyorlashda ishchi guruhlarida qatnashish. 9. Kengash a’zolarining burchlari quyidagilardan iborat: Kengash majlislarida shaxsan ishtirok etish; Markaziy bank va tijorat banklarining faoliyati to‘g‘risida xizmatga oid ma’lumotni, shuningdek maxfiy tusdagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik. 10. Kengash o‘z majlislarini yilning har choragida kamida bir marta o‘tkazadi. 11. Kengashning majlislari Kengash raisi yoki u bo‘lmagan taqdirda Kengash raisining o‘rinbosari tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining yoxud Kengash a’zolaridan kamida uch kishining talabiga binoan tayinlanadi. 12. Kengash hujjatlarining tayyorlash, qarorlarning loyihalarini ishlab chiqish uchun Kengash olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda muvaqqat ishchi guruhlarini tuzishi mumkin. 13. Kengash qarorlari kvorum besh kishidan iborat bo‘lgan taqdirda ishtirok etuvchi Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan hollarda Kengash majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 14. Kengash qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ular Kengash raisi tomonidan imzolanadi. 15. Kengash qarorlari Kengashning barcha a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruviga hamda boshqa manfaatdor hukumat tuzilmalari, idoralar va tijorat banklariga yetkaziladi. 16. Kengash raisi Kengash amalga oshirayotgan ishlar va u qabul qilayotgan qarorlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini muntazam xabardor qilib turadi.
45
9,825
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 27 DEKABRDAGI 622-SON QARORINING 4 VA 5-BANDLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida” 1996-yil 31-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorining 4 va 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
130
472
Qonunchilik
NOShIRLIK VA MATBAA KORXONALARI TOMONIDAN O‘ZBEKISTON YoZUVChILAR UYuShMASI HUZURIDAGI “IJOD” FONDIGA AJRATMALAR TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibini takomillashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 4-band “Fondga” degan so‘zdan keyin “va tegishli davlat soliq xizmati organlariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Ajratma to‘lovchilar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga va Fondga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda hisoblangan majburiy ajratmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq o‘sib boruvchi yakun bilan korxona muhri, rahbari va bosh hisobchisi imzolari bilan tasdiqlangan holda, shaxsan yoki pochta (elektron pochta) yoxud faks orqali taqdim etib boradi”. 3. 8-banddagi “5” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin. 4. 9-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Hisoblangan penya miqdori umumiy qarz summasining 10 foizidan oshmasligi lozim”. 5. Quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan to‘ldirilsin: “12-1. Majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi va belgilangan muddatda to‘lanishi uchun ajratma to‘lovchilar rahbarlari va bosh hisobchilari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir”. 6. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direksiyasi bilan kelishilgan.
195
2,121
Qonunchilik
SAVDO VA TIJORATGA KO‘MAKLAShUVChI “SAVDOGAR” AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TAShKIL ETISh HAQIDA
Aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ular bilan ichki bozorni to‘ldirish, shuningdek respublika savdo tarmog‘i faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida: 1. Savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari respublikaning savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatishdan, savdo tashkilotlari bilan xalq xo‘jalik boshqa tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi savdo-xarid operatsiyalari va hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki “O‘zbeksavdo” uyushmasi, “O‘zkooptayyorlovsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankining muassislari bo‘lishi taklif etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam bersin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki, shuningdek uning filiallari faoliyati uchun zarur shart-sharoitni yaratishda ko‘maklashsinlar. 5. Vazirlar Mahkamasi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
94
1,422
Qonunchilik
Jinoyat kodeksining moddalari takomillashtirilmoqda
"Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 298-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi Aliya YuNUSOVAning izohlari. Oʻzbekiston Respublikasining Milliy хavfsizlik konsepsiyasi (29.08.1997 yildagi Qonun bilan tasdiqlangan) davlatning hayot uchun muhim manfaatlari sifatida mustaqillik, konstitutsion tuzum va hududiy yaхlitlikning himoyasi hamda davlatning mudofaa qobiliyatini ta’minlashni belgilaydi. Ayrim jinoyatlar boʻyicha sud-tergov amaliyotining tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, harbiy хizmatchi oʻz shaхsiy avtomashinasida yoki fuqaro yoʻl-transport hodisasi sodir qilgani oqibatida ikki yoki undan ortiq fuqarolarga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazsa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 1-qismi bilan malakalanadi. Ushbu modda boʻyicha sodir etilgan jinoyat uchun EKIHning 50 baravari miqdoridagi jarima yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari jazosi qoʻllanilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi jinoyat jamiyat uchun хavfliligi jihatidan bir хil ahamiyatga ega boʻlgan, Jinoyat kodeksining (bundan buyon - JK) 298-moddasi ikkinchi qismi bilan malakalanadigan qilmish uchun (qayd qilingan qilmish natijasida badanga oʻrtacha yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa) 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. 2015-2016 yillarda JKning 298-moddasi bilan 4 nafar harbiy sudlanib, shundan 3 nafariga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazo turi qoʻllanilgan. Xorij davlatlari (MDH mamlakatlari - Qozogʻiston,Ozarbayjon, Rossiya va boshq.) tajribasi jangovar, maхsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoхud ulardan foydalanish qoidalarini buzish natijasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilganligi uchun ogʻirroq jazo turi yoʻqligini koʻrsatdi. Shu bois, JK 298-moddasining ikkinchi qismidagi "ikki yoki undan ortiq shaхsning badaniga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishi" degan soʻzlarni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq. Shuningdek, ushbu moddani JK 266-moddasidagiga oʻхshash qilmish halokatga olib kelishi natijasida javobgarlikni nazarda tutuvchi band bilan toʻldirish lozim. JK 298-moddasiga taklif etilayotgan oʻzgartish jinoyat qonunchiligining fuqarolarning qonun oldida tengligi va adolat kabi prinsiplarning amalga oshirilishini ta’minlashga karatilgan.
51
2,362
Qonunchilik
UMUMIY FOYDALANIShDAGI HAVO, TEMIR YO‘L, IChKI SUV VA AVTOMOBIL TRANSPORTI YO‘LOVChILARINING MAJBURIY ShAXSIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun davlat sug‘urta organlari bilan havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari o‘rtasidagi sug‘urta voqeasi boshlanishi bilanoq havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy sug‘urtasiga (bundan buyon “yo‘lovchilarni sug‘urtalashga”) doir munosabatlarni tartibga soladi. 1. Ushbu Qonunning maqsadi yo‘lovchilarning sug‘urta himoyasini ta’minlash hamda majburiy sug‘urtasi shartlarini yaxshilashdan iboratdir. 2. Yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi. Safar (parvoz) vaqtida yoki tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargohda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari muqarrar tarzda sug‘urtalanadilar. Quyidagilar: shahar atrofiga qatnovchi temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari; shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari; bir viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy sug‘urta qo‘llanilmaydi. Sug‘urtalash obyekti yo‘lovchilarning salomatligi va hayotidir. Sug‘urtalanuvchilar – umumiy foydalanishdagi tayyoralar, poyezdlar, avtobuslar, kemalar va paromlarda yo‘lovchilarni tashuvchi transport tashkilotlaridan chiptalarni sotib olgan jismoniy shaxslar (yo‘lovchilar). Sug‘urtalovchi – davlat sug‘urta tashkiloti. Sug‘urta muddati davomida ro‘y bergan hamda baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi hujjat, davolash-oldini olish muassasasining dalolatnomasi bilan tasdiqlangan shikastlanish, zaharlanish yoki halok bo‘lish hollari sug‘urta voqeasi hisoblanadi. Sug‘urta to‘lovi chipta qiymatiga qo‘shiladi hamda uni transport tashkiloti yo‘lovchidan undirib oladi. Sug‘urta puli hamda sug‘urta tarifini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transportida bepul yurish huquqidan foydalanuvchi yo‘lovchilar amaldagi qonunlarga muvofiq sug‘urta puli to‘lamagan holda majburiy sug‘urtadan o‘tkazilishi shart. Yo‘lovchilar chipta sotib olib, dastlabki jo‘nash joyi (tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargoh) hududiga borgan paytlaridan boshlab transport vositasi jadval bo‘yicha jo‘nashiga ko‘pi bilan bir soat qolgunga qadar sug‘urtalangan hisoblanadilar. Sug‘urta muddati yo‘lovchi borar manzilidagi tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargoh hududidan chiqqanidan keyingina tugaydi. Sug‘urta qilingan yo‘lovchi transportda ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli shikastlangan yoki umumiy mehnat qobiliyatini yo‘qotgani taqdirda unga sug‘urta pulini turar-joydagi davlat sug‘urta muboshirligi to‘laydi. Transport tashkiloti sug‘urta qilingan yo‘lovchi bilan transportda ro‘y bergan har bir baxtsiz hodisa haqida hujjat tuzadi. Sug‘urta summalarini to‘lashga doir nizolar davlat sug‘urta idoralari tomonidan bir oy muddat ichida qarab chiqiladi. Agar sug‘urtalanuvchi shaxsning talabi qondirilmasa, u sudga murojaat etishi mumkin.
132
3,181
Qonunchilik
Yoʻllardagi videokameralar qanday qonuniylashtiriladi
YHQ buzilishini oldini olish hamda Yurtboshimizning 28.01.2014 yildagi Qarorini ijro etish uchun “Yoʻl harakati хavfsizligi va Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlashni kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimlarini barpo etish” loyihasi amalga oshirilyapti. Uning vazifalaridan biri – yoʻl harakati ustidan videokuzatuvni amalga oshirish, huquqbuzarliklarni videoqayd qilishdir. Shu bilan birga avtomatlashtirilgan tizimning ishi hali normativ hujjatlar bilan mustahkamlanmagan. Amaldagi qonunchilikda YHQni buzgan va ushbu tizim orqali qayd qilingan shaхslarni javobgarlikka tortish, shuningdek undan foydalangan holda olingan ma’lumotlarni ma’muriy (ogʻir holatlarda jinoiy) ish boʻyicha dalil sifatida e’tirof etish tartibi toʻgʻrisida me’yorlar yoʻq. Aynan shuning uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga (MJtK) oʻzgartirishlar kiritish zarur. Tezlikni oshirish yoʻl-transport hodisasi (YTH) natijasida odamlarning halok boʻlishi, ogʻir tan jarohati olishining asosiy omili boʻlib hisoblanadi. Oʻtgan yili 10 mingdan ortiq YTH sodir etilgan boʻlib, ularning 3 600 (35,3 foizi) belgilangan tezlik rejimini buzish oqibatida sodir etilgan. –Amalga kiritilayotgan avtomatlashtirilgan tizim har bir YHQ buzilishi faktini sodir etilgan joyi, vaqti va transport vositasi raqamini koʻrsatgan holda qayd qiladi, – muhokama qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi* qonun loyihasini sharhlaydi Polyante SVEShNIKOV, Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi OʻzLiDep fraksiyasi a’zosi. – Lekin tizimning teхnik imkoniyatlari huquqbuzarlikni sodir qilgan haydovchining shaхsini aniqlash imkonini bermaydi. Bitta transport vositasini boshqarish huquqi bir necha shaхsda boʻlganda ular tomondan huquqbuzarlikka aloqadorlikni tan olmaslik holatlari vujudga kelishi mumkin, bu esa aybi uchun jazo muqarrarligi tamoyilini ta’minlanishini jiddiy ravishda qiyinlashtiradi. 2015 yil 1 may holatiga IIV tomonidan jismoniy shaхslarning 2,1 mln.  transport vositalari hisobga olingan. Bir shaхsga berilgan ishonchnomalar soni 354 443 (16,8 foiz)ni, ikki va undan ortiq shaхslarga berilgan ishonchnomalar soni esa 432 903 (20,6 foiz)ni, ijara shartnomalari 195 855 (9,3 foiz)ni tashkil qiladi. Shuning uchun MJtKni YHQ buzilishini  har bir videoqaydida transport vositasi mulkdorining javobgarligini belgilovchi 171-modda bilan toʻldirish taklif qilinmoqda.  Agar oʻsha payt avtomobilni boshqargan shaхs aniqlansa yoki transport olib qochib ketilgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Huquqbuzarliklar videoqayd qilinganda quyidagilar taklif qilinadi: - jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni avtomat ravishda DYHXX хodimining ERI bilan tasdiqlanadigan elektron hujjat shaklida rasmiylashtirishni amalga oshirish. Qaror bayonnoma tuzilmagan holda transport mulkdoriga pochta orqali 3 kun mobaynida joʻnatiladi. Bunda avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanilgan holda olingan ma’lumotlar ma’muriy ish boʻyicha dalil deb tan olinadi; -YHQni buzganlik uchun jarima huquqbuzar tomonidan qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kundan kechiktirmay iхtiyoriy ravishda toʻlanadigan tartib oʻrnatish. Ushbu muddat tugagandan keyin jarimani toʻlashdan bosh tortgan taqdirda, jarima toʻliq toʻlangunicha DYHXX organlari   transport vositasini vaqtincha ushlab turishni amalga oshiradi; -har хil ashyolarni oʻrnatganlik yoki davlat raqamlariga idrok qilishga хalaqit  beruvchi qoplamalar tushirganlik uchun fuqarolarga EKIHning bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish koʻrinishida javobgarlikni kiritish. MJtKning 36, 271-moddalariga asosan ma’muriy jazo (jarima, huquqdan mahrum qilish, ma’muriy qamoqqa olish) huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida qoʻllanadi.  Ushbu muddat oʻtib ketgan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish toʻхtatiladi. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligida huquqni qoʻllash tahlili shuni koʻrsatadiki, javobgarlik va jazoning muqarrarligi tamoyiliga rioya qilinishini ta’minlash uchun ma’muriy jazo qoʻllash muddatlari bir yildan uch yilgachani tashkil qiladi. Shuning uchun MJtKning 36-moddasiga YHQni buzganlik uchun ma’muriy jazo sodir etilgan kundan boshlab bir yil mobaynida qoʻllanishi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi maqsadga muvofiq boʻladi. YHQ  buzilishini avtomat tarzda qayd qilish boʻyicha maхsus vositalarni joriy qilish, shuningdek ular ishining  хususiyatining oʻzi sudlar, DYHXX хodimlari va Harbiy avtomobil inspeksiyasining vakolatlarini aniqlashtirish zaruratini tugʻdiradi. Shu munosabat bilan MJtKning  28, 1283, 245, 248, 256 va 294-moddalariga oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Bu hujjatning qabul qilinishi foydalanishga kiritilayotgan avtomatlashtirilgan tizim ishining qonuniyligini, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyiliga rioya qilinishini ta’minlaydi, haydovchilar mas’uliyatini oshiradi. Eng asosiysi – bu avtomobil yoʻllarida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda YTH sonini qisqartirishda jiddiy koʻmak boʻladi. Ma’ruf Usmanov suhbatlashdi.
53
5,101
Qonunchilik
ShAHARSOZLIK FAOLIYATINING ALOHIDA TARTIBGA SOLINADIGAN OBYEKTLARINI UMUMDAVLAT VA MAHALLIY AHAMIYATGA MOLIK OBYEKTLAR JUMLASIGA KIRITISh HAMDA ShAHARSOZLIK FAOLIYATINING ALOHIDA TARTIBGA SOLINADIGAN OBYEKTLARI ChEGARALARINI BELGILASh TARTIBI TO‘G‘RI
Respublikada shaharsozlik faoliyatining normativ asoslarini mustahkamlash va takomillashtirish, hududlardan oqilona foydalanish, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, jamiyat va davlat manfaatlarini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2007-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda alohida tartibga solinadigan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha, ularning chegaralarini ko‘rsatgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 3. Quyidagilar: alohida tartibga solinadigan shaharsozlik obyektlaridan foydalanish va ularni qurish maxsus qoidalarini manfaatdor vazirliklar (idoralar) ishtirokida ishlab chiqish; vazirliklar va idoralarning shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi zimmasiga yuklansin. 4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Nizomga qat’iy amal qilinishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda: shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish; shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash tartibini belgilaydi. 2. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari jumlasiga kiritish ushbu obyektlar hududlariga shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda ularsiz ushbu hududlardan foydalanish mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan maxsus qoidalarni joriy etish maqsadida amalga oshiriladi. 3. Shaharsozlik faoliyati: tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ta’siriga uchragan hududlarda; kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiyalardan ortiqcha, radioaktiv moddalar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan darajalardan ortiqcha miqdorda ifloslangan hududlarda; qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda alohida tartibga solinadi. Shaharsozlik faoliyati: Toshkent shahri hududlarida; Nukus shahri hududlarida; viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlar hududlarida; madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan shaharlar hududlarida; kurort shaharlar hududlarida; qo‘riqxona shaharlar hududlarida; hayot faoliyatining alohida rejimidagi aholi punktlari (harbiy shaharchalar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi va qo‘riqlanadigan boshqa tabiiy hududlardagi aholi punktlari) hududlarida ham alohida tartibga solinishi mumkin. 4. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini alohida tartibga solinadigan toifalar jumlasiga kiritish va ularning chegaralarini belgilash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda: respublika vazirliklari (idoralari)ga kelishish uchun yuborilayotgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish bo‘yicha materiallar ikki oy muddatda ko‘rib chiqiladi; respublika vazirliklari (idoralari)ga, boshqa manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun yuborilayotgan umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash bo‘yicha materiallar bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. 5. Shaharsozlik faoliyati hududlari va obyektlarida, shuningdek, aholi punktlarida alohida tartibga solishni joriy etish muddatlari manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. 6. Alohida tartibga solish davrida obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati maxsus shaharsozlik normalari va qoidalariga, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashning alohida tartibiga muvofiq hamda obyektlar qurilishiga maxsus ruxsatnomalar berish orqali amalga oshiriladi. 7. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ta’siriga uchragan hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish Favqulodda vaziyatlar vazirligining manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ma’lumotlariga asoslangan taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 8. Kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiyalardan ortiqcha, radioaktiv moddalar bilan yo‘l qo‘yiladigan darajalardan ortiqcha ifloslangan hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 9. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish manfaatdor vazirliklar va idoralar taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 10. Toshkent shahar hududini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish Qurilish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 11. Madaniy meros obyektlari davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritilgan madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan shaharlar hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish Madaniyat vazirligi hamda Qurilish vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 12. Kurort shaharlar hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Qurilish vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 13. Qo‘riqxona shaharlar hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish Madaniyat vazirligi hamda Qurilish vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 14. Hayot faoliyatining alohida rejimidagi aholi punktlari (harbiy shaharchalar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi va boshqa alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari) hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish manfaatdor vazirliklar (idoralar) hamda Qurilish vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 15. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ta’siriga uchragan hududlarda joylashgan, shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra, Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 16. Kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiyalardan ortiqcha, radioaktiv moddalar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan darajalardan ortiqcha ifloslangan hududlarda joylashgan (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra hamda Qurilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 17. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish Qurilish vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshiriladi. 18. Nukus shahri hamda viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlar hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan, mahalliy ahamiyatga molik obyektlari jumlasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 19. Madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) shaharlar hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan, mahalliy ahamiyatga molik obyektlari jumlasiga kiritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra, Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 20. Hayot faoliyatining alohida rejimidagi aholi punktlari (harbiy shaharchalar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi va qo‘riqlanadigan boshqa tabiiy hududlardagi hamda umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan aholi punktlari) hududlarini shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan, mahalliy ahamiyatga molik obyektlari jumlasiga kiritish Qurilish vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. 21. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ta’siriga uchragan hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida: umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining manfaatdor vazirliklar (idoralar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ma’lumotlariga asoslangan taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; mahalliy ahamiyatga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. 22. Kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiyadan ortiqcha, radioaktiv moddalar bilan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan darajalardan ortiqcha ifloslangan hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning ma’lumotlari asosida: umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; mahalliy ahamiyatga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. 23. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda joylashgan shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari tasdiqlangan shaharsozlik, yer tuzish hujjatlari va boshqa hujjatlar, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar ma’lumotlari asosida: umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar (idoralar) taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; mahalliy ahamiyatga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. 24. Toshkent shahri, viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlar, madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lgan shaharlar, kurort shaharlar, shuningdek, qo‘riqxona shaharlar chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklifiga ko‘ra, Toshkent shahri va tegishli viloyatlar hokimlarining iltimosnomalari asosida Oliy Majlis tomonidan belgilanadi. 25. Nukus shahri chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumati taklifiga ko‘ra, shahar hokimining iltimosnomasi asosida Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan belgilanadi. 26. Hayot faoliyatining alohida rejimidagi aholi punktlari (harbiy shaharchalar, boshqa rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi va qo‘riqlanadigan boshqa tabiiy hududlardagi aholi punktlari) hududlari chegaralari tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari yoki boshqa hujjatlar asosida: umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirliklar (idoralar) taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; mahalliy ahamiyatga molik obyektlar uchun — Qurilish vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
250
15,207
Qonunchilik
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy g‘oyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Mana shunday muhim vazifani ado etish borasida O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faoliyatida zamon talablaridan orqada qolish, ijodiy sustkashlik, tashabbuskorlikning yetishmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda. Uyushmaning moliyaviy ahvoli va moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq muammolar ham uning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Boy musiqa merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy tashkilot va jamoalar, kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar, yosh ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning iste’dod va mahoratini ro‘yobga chiqarish, zarur moddiy va ma’naviy yordam berish, soha vakillari o‘rtasida samarali ijodiy muhit tashkil etish bo‘yicha ko‘pgina muhim vazifalar o‘z yechimini kutmoqda. Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni hal qilish hamda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faollar kengashining O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasini O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi sifatida qayta tashkil qilish haqidagi qarori ma’qullansin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin: xalqimizning estetik talab va ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda, zamonaviy ruhdagi badiiy yuksak asarlar yaratish, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlar rivojiga alohida e’tibor qaratish; yosh kompozitorlar, bastakorlar va musiqashunoslar, barcha ijrochilarning ijod bilan samarali shug‘ullanishlari uchun imkoniyat va sharoitlarni kengaytirish; mamlakatimizning madaniy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda musiqa san’ati sohasida ijod qilayotgan barcha ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, musiqiy ta’lim-tarbiya sohasini takomillashtirish, mumtoz va zamonaviy musiqa san’atini targ‘ib qilish jarayonlarida faol ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, turli ijodiy tanlovlar o‘tkazish, bastakorlar ijodini rag‘batlantirishga qaratilgan konsertlar, festivallar, ijodiy kechalar va boshqa madaniy-ma’rifiy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish; xalqaro madaniy va musiqiy hamkorlik doirasini kengaytirish, yosh kompozitor, bastakor va musiqashunoslarni zamon talablari darajasida tayyorlash, chet davlatlardagi taniqli kompozitorlar va musiqashunoslar bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish; O‘zbekiston davlat konservatoriyasida soha vakillari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish; Nizom talablari asosida Uyushma a’zolari safini yosh iste’dodli kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslar bilan to‘ldirib borish. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. Uyushma va uning hududiy bo‘limlarining faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — Fond deb yuritiladi) mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. Bu borada Uyushma va uning hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Fondga ajratiladigan budjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma hududiy bo‘limlarining aniq manzillar bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlasin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uyushma a’zosi bo‘lgan faol kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin. 7. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Do‘stlar klubi”ga rahbarlik qilish yuzasidan bildirgan tashabbusi ma’qullansin. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 69-uyda joylashgan Uyushma binosini ta’mirlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha atoqli namoyandalarining elektron arxivini va maxsus fonoteka, ovoz yozish studiyasi hamda “Musiqa ijodkorlari” muzeyini tashkil etishda homiylik yordami ko‘rsatish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. 8. Uyushma o‘z faoliyatini takomillashtirish maqsadida dunyodagi rivojlangan davlatlarning musiqa san’ati sohasidagi ijodiy uyushmalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb etish choralari belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. Uyushma tavsiyasi bilan uning faol a’zolarini xorij davlatlariga malaka va tajriba almashish uchun Fond hisobidan xizmat safarlariga yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilsin. 9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
90
5,836
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlar tomonidan xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) xodimlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ularning mas’uliyatini oshirish, moddiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, xodimlarning xizmat o‘tashini tashkil etish maqsadida: 1. Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: bo‘sh lavozimlarni o‘z kasbiy fazilatlari, ishchanligi, xulq-atvori va psixologik barqarorligi bilan namuna bo‘lgan istiqbolli kadrlar bilan to‘ldirish mexanizmini joriy etish; ish tajribasining uzviyligini, yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishini, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish hamda ularda xizmat vazifasi bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlovchi samarali murabbiylik tizimini yo‘lga qo‘yish; xodimlar o‘rtasida barqaror professional muhitni shakllantirish, xodimlarning uzoq muddatli xizmatini rag‘batlantirish, shuningdek, kadrlarning professional va shaxsiy fazilatlari hamda qobiliyatlarini inobatga olgan holda lavozimlarga optimal taqsimlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; ijro intizomini, shu jumladan boshqaruv qarorlari har bir ijrochiga bevosita o‘z vaqtida yetkazilishi va bajarilishini tizimli nazorat qilishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’minlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining intizom ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari: a) har chorakda joylarga chiqib, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining bo‘linmalari, o‘quv markazlari rahbarlarining erishgan aniq natijalarini ko‘rsatgan holda, boshqaruv qarorlarining amalga oshirilishi haqidagi shaxsiy hisobotlarini eshitadi; b) har yarim yil yakunlari bo‘yicha Milliy gvardiya hay’atida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek, xizmat o‘tashni tashkillashtirish, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini inobatga olgan holda bajarilgan ishlar yuzasidan shaxsan hisobot beradi. Bunda quyidagilar bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi nazarda tutiladi: tashabbus ko‘rsatmaydigan va mas’uliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash; Milliy gvardiya bo‘linmalarining ijobiy ish tajribasini tatbiq etish va qo‘llash. 4. Milliy gvardiya va Adliya vazirligining: Milliy gvardiya xodimlarini Milliy gvardiya tizimidagi ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tayyorlash; Milliy gvardiya xodimlarini Milliy gvardiya o‘quv markazlarida belgilangan tartibda maxsus kasbiy (boshlang‘ich) tayyorgarlikdan o‘tkazish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; Milliy gvardiya qo‘mondoni tavsiyasi asosida oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarini belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul ta’minotini saqlab qolgan holda Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida qayta tayyorlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 5. Milliy gvardiyada murabbiylar faoliyatini samarali yo‘lga quyish maqsadida: Milliy gvardiyada murabbiylar mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil xizmat qilgan, yuksak kasbiy fazilatlar, xizmatda samarali ko‘rsatkichlar va tarbiyaviy yo‘nalishda ko‘nikmalarga ega bo‘lgan eng tajribali xodimlar orasidan tanlab olinadi; murabbiylarga, qoida tariqasida, ko‘pi bilan bir nafar ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan xodim, besh nafargacha safdor va serjantlar tarkibidan bo‘lgan xodimlar biriktiriladi. 6. Belgilab qo‘yilsinki: pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, imtiyozli hisoblanadigan davr xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi; Milliy gvardiyaning jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida faoliyat yurituvchi bo‘linmalarining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Milliy gvardiya xodimlariga belgilangan pul ta’minotining normalari tatbiq etiladi; Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yashash yoki xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha qabul qilinadi. 7. Milliy gvardiyaning xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” idoraviy ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 8. Quyidagilarga: Milliy gvardiya qo‘mondoniga — amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq Milliy gvardiyaga yuklatilgan vazifalar hamda faoliyat yo‘nalishlarining sifatli va to‘la hajmda amalga oshirilishi, xizmatlar faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi, hamkorligi ta’minlanishi va Milliy gvardiya rahbariyatining topshiriqlarini so‘zsiz va o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishi bo‘yicha; barcha darajadagi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga — xodimlarni tanlash va joy-joyiga maqsadli qo‘yish, xodimlarni o‘z vaqtida va xolislik bilan rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralarini ko‘rish, ularning ijtimoiy himoya kafolatlarini ta’minlash, shuningdek, rahbarlik qilayotgan bo‘linmada ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha; tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining kadrlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga — o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan xodimlarning xizmatda ko‘tarilishini ta’minlovchi kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni o‘qitish va ulardan to‘laqonli foydalanish, shaxsiy tarkib bilan samarali tarbiyaviy ish olib borish va xizmatni o‘tashni nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha; mutaxassislarga biriktirilgan murabbiylarga — xodimlarga amalga oshirayotgan faoliyatida natijadorlikka hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga intilishni singdirish, ularda ishga amaliy yondashuvni va xizmat burchiga tashabbuskorlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. Milliy gvardiya: ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining pul ta’minoti tarkibiga kiruvchi to‘lovlarning tuzilmasi va ro‘yxati tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini; uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) safdor-serjant va ofitsyerlar tarkibidagi xodimlarining (keyingi o‘rinlarda — xodimlar) xizmatni o‘tash tartibini belgilaydi. 2. Xodimlarning xizmati (keyingi o‘rinlarda — xizmat) davlat xizmati turi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishdan iborat. 3. Xizmatni o‘tash quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi: xizmatga qabul qilish; maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish; lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va lavozimdan lavozimga o‘tkazish; xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat o‘tashi; attestatsiya o‘tkazish; ta’tillar berish; huquqiy va ijtimoiy himoya qilish; xizmat o‘tash rejimini ta’minlash; xizmat muddatlarini uzaytirish, xizmatdan bo‘shatish va xizmatga tiklash. 4. Xizmatga ixtiyoriy ravishda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshda bo‘lgan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tanlov bosqichlaridan o‘tgan ishchi va xizmatchilari orasidan (bundan tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar mustasno) tanlab olish orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Zarur hollarda, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha Milliy gvardiyaning ayrim bo‘linmalariga Milliy gvardiya xodimlari lavozimiga o‘ttiz yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar agar ular xizmatda bo‘lishning eng yuqori yoshiga to‘lgan paytida ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa qabul qilinishi mumkin. 5. Erkaklar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. 6. Xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro (keyingi o‘rinlarda — nomzod) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmalariga Milliy gvardiya Qo‘mondonining buyrug‘i bilan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni taqdim etadi. 7. Nomzodlarning bo‘y ko‘rsatkichlari quyidagi antropometrik parametrlarga mos bo‘lishi lozim: erkaklar uchun 178 santimetrdan past bo‘lmasligi; ayollar uchun 170 santimetrdan past bo‘lmasligi lozim. Nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar o‘rnatiladigan bo‘linmalar va lavozimlar ro‘yxati hamda tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar qatoridan bo‘lgan nomzodlarning bo‘y ko‘rsatkichlari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 8. Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek, roziligiga yoxud Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga asosan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar, Milliy gvardiyaning katta amaliy ish tajribasiga ega pensionyerlari, ushbu Nizomning 4-bandi da belgilangan talablar inobatga olinmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin. 9. Quyidagi hollarda tanlov va o‘rganishning istalgan bosqichida nomzodga Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin: a) yashash joyi yoki ish (xizmat) joyidan salbiy tavsifnoma berilganda; b) hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida nomzod o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganda; v) nomzodga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotganda, sud tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotganda (bunday hollarda nomzodni ko‘rib chiqish ishlari reabilitatsiya qilish asoslariga ko‘ra yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi); g) sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlanganda (qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo‘llanilgandan qat’i nazar); d) nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tab, xizmatga noloyiqligi tufayli xizmatdan bo‘shatilgan hamda boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa; e) alkogol ichimliklar, psixotrop yoki giyohvand moddalarga moyilligi bo‘lsa, narkologik yoki ruhiy-asab kasalliklari dispansyerlari hisobida ro‘yxatda turgan bo‘lsa; j) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda; z) tanlov jarayonlarida maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda; i) xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan, kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan nomzod Milliy gvardiyada xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilganda; k) umumiy va maxsus talablarga mos kelmaganda. 10. Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nomzodni dastlabki o‘rganish; yakka tartibda suhbat; jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; psixologik test. 11. Tanlovlarni tashkil etish uchun Milliy gvardiya bo‘linmalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi. Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov nomzodning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi apparati, Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi, Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash bo‘yicha alohida bataloni va Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga xizmatga istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi. 12. Tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislardan iborat bo‘lgan nomzodlar Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan ro‘yxat va tartibda tanlovsiz xizmatga qabul qilinishi mumkin. Milliy gvardiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, psixologik va yuridik ta’minlash bo‘linmalariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, tanlov imtihonlaridan ozod etiladi. Milliy gvardiya uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan arboblari, shuningdek, madaniyat vakillari, so‘nggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida tanlovsiz xizmatga qabul qilinishi mumkin. 13. Nomzodning tegishli hujjatlarini yig‘ish jarayonida unga bir paytning o‘zida xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyasiga yo‘llanma beriladi. Xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xizmatga kiruvchi nomzodlarga xizmat siri hisoblanuvchi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan hamda oshkor etilishi man etiladigan maxsus talablar ham o‘rnatiladi. Nomzodning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini rasmiylashtirish davomida xizmatga qabul qilinishida to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar (xizmatga qabul qilish uchun umumiy va maxsus talablarga mos kelmaslik) aniqlangan taqdirda uni shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini rasmiylashtirish to‘xtatilib, xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida vakolatli rahbar tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda nomzodga xabar beriladi. Rad etilishi sabablari nomzodga ma’lum qilinmaydi. Xizmatga mavjud bo‘sh lavozimlarni hisobga olgan holda tanlov yakuniga ko‘ra yuqori natijalarga erishgan nomzodlar qabul qilinadi. 14. O‘zbekiston Respublikasi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining bitiruvchilari xizmatga qabul qilinishi uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlikka ega bo‘ladi. 15. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqning buyrug‘i bilan xizmatga qabul qilinib, lavozimga tayinlanadi. 16. Xodimlar lavozimlarga quyidagicha jamlanadi: ofitsyerlar tarkibi — oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan; safdor-serjantlar tarkibi — o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasidagi ofitsyerlarni Milliy gvardiyaning safdor-serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: “Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga xizmatga kirar ekanman, O‘zbekiston xalqi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, Vatanga, qasamyodga, Jangovar Bayroqqa sodiq qolishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, o‘z xizmat burchimni so‘zsiz hamda vijdonan bajarishga, har qanday sharoitda xiyonat va sotqinlik qilmaslikka, o‘zimning jangovar shayligim uchun shaxsan javobgar bo‘lishga, mardlik va fidokorlik bilan, o‘z hayotimni ayamasdan xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga qasamyod qilaman”. 18. Xizmatga qabul qilishda xodimga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi. Xodimning xizmat guvohnomasi va jetonining namunalari, shuningdek, ularni berish va hisobini yuritish tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadi. Xodimning xizmat guvohnomasi o‘qotar qurolni olib yurish va saqlash huquqini, shuningdek, qonunga muvofiq unga berilgan boshqa huquq va vakolatlarni tasdiqlaydi. 19. Tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlarini rasmiylashtirish tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 20. Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini o‘tash va murabbiylarni biriktirish tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 21. Xizmatga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatga majbur fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va Milliy gvardiyaning maxsus hisobida turadi. 22. Xizmatga qabul qilingan xodimga dastlabki sinov muddati tayinlanadi va unga murabbiy biriktiriladi. Dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 23. Xizmatga qabul qilish va bo‘shatish, shuningdek, maxsus unvonlar berish Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan vakolat berilgan rahbarlarning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. 24. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, o‘tagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi. 25. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi: safdor-serjantlar tarkibi — safdor, kichik serjant, serjant, katta serjant; ofitsyerlar tarkibi: kichik ofitsyerlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan; katta ofitsyerlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik; generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik. 26. Birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar maxsus unvonlar berish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqning buyrug‘i bilan beriladi. 27. “Safdor” maxsus unvoni Milliy gvardiya safdor-serjantlar tarkibi lavozimiga tayinlangan shaxslarga ularni tayinlash (qabul qilish) bilan bir vaqtda beriladi. “Safdor” maxsus unvoni xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqlar tomonidan beriladi. 28. “Kichik serjant”, “serjant”, “katta serjant” maxsus unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mintaqaviy o‘quv markazlarida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan safdor-serjant tarkibiga beriladi. 29. Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “katta serjant” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat olib boradilar. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitsyerlar hisoblanuvchi va Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi. 30. Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibining birinchi maxsus unvoni “leytenant” hisoblanadi. Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoxud faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarga Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida “mayor” maxsus unvonigacha bo‘lgan, shu jumladan “mayor” unvoni ham maxsus unvonlaridan biri berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo‘lmagan shaxslarga belgilangan tartibda “polkovnik” maxsus unvonigacha bo‘lgan, shu jumladan “polkovnik” maxsus unvoni ham berilishi mumkin. Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibining birinchi maxsus unvoni Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan beriladi. “Leytenant” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi: Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga qabul qilinib, sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tagan shaxslarga; Milliy gvardiya safdor-serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlanganlarga. 31. Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari quyidagilar tomonidan beriladi: “mayor” maxsus unvonigacha — ofitsyerlar tarkibi unvonlarini berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan, boshliqlari bunday vakolatga ega bo‘lmagan tarkibiy tuzilmalar xodimlariga esa Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan; “podpolkovnik” maxsus unvoni — Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan; “polkovnik” maxsus unvoni — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan; generallar tarkibining maxsus unvonlari — Milliy gvardiya qo‘mondonining tavsiyanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan. 32. Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari quyidagicha belgilanadi: “safdor” — ikki yil; “kichik serjant” — ikki yil; “serjant” — ikki yil; “katta serjant” — muddatsiz; “leytenant” — ikki yil; “katta leytenant” — ikki yil; “kapitan” — uch yil; “mayor” — to‘rt yil; “podpolkovnik” — besh yil; “polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi. 33. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini o‘tagan xodimlarga ular egallab turgan lavozimining unvon pog‘onasiga muvofiq beriladi. 34. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab o‘tib, maxsus unvonlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 35. Xodim mavjud unvonidan yuqori darajadagi unvon belgilangan lavozimga o‘tkazilganda, mavjud unvonida bo‘lish muddati o‘tgan bo‘lsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qat’i nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi. 36. Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi (ushbu Nizomning 46 va 47-bandlari talablari asosida berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno). Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda uning avvalgi unvonini qayta tiklanguniga qadar o‘tagan xizmat davri navbatdagi unvon muddatiga qo‘shilmaydi. 37. Mardlik va qahramonlik, yuqori professionallik va vatanparvarlik sifatlarini ko‘rsatgan xodimlarga navbatdagi maxsus unvon muddatidan oldin berilishi, shuningdek, shtat bo‘yicha egallab turgan lavozimidagi maxsus unvonidan bir pog‘ona yuqori unvon berilishi mumkin. Muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlar quyidagilarga beriladi: generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan (“polkovnik” maxsus unvonidan past unvonga ega bo‘lgan) xodimlarga — mavjud maxsus unvonda qancha muddat xizmat o‘taganidan qat’i nazar; ofitsyerlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismi o‘tganidan so‘ng. Milliy gvardiya qo‘mondoni mavjud maxsus unvonda xizmat o‘tash uchun qancha muddat belgilanganidan qat’i nazar, navbatdagi maxsus unvonlarni berish huquqiga ega. Egallab turgan lavozimiga ko‘ra nazarda tutilgandan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno): ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi xodimlariga — mavjud unvonda xizmat o‘tash muddati tugaganidan so‘ng; Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmat o‘tash muddatining kamida bir yarim baravari o‘tganidan so‘ng. Bir vaqtning o‘zida muddatidan oldin hamda egallagan lavozimiga ko‘ra nazarda tutilgan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 38. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini o‘tagan, egallab turgan lavozimiga ko‘ra belgilangan unvon pog‘onasi “kapitan” bo‘lgan, ijobiy tavsiflanadigan ofitsyerlar tarkibidagi xodimlarga xizmatdan bo‘shatish bilan bir vaqtda “mayor” maxsus unvoni berilishi mumkin. 39. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi: xodim Milliy gvardiya ixtiyorida bo‘lganda; xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lganda; xodim attestatsiyadan shartli ravishda o‘tganida; xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda; intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga o‘tkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab, bir yil davomida. 40. Navbatdagi maxsus unvon berilishini asossiz ravishda kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi. 41. Milliy gvardiya ofitsyerlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini intizomiy jazo tariqasida bir pog‘ona pasaytirish mumkin. Bunda unvon “leytenant” maxsus unvonigacha pasaytiriladi. “Podpolkovnik” va undan past maxsus unvonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan pasaytiriladi. “Polkovnik” maxsus unvoni Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda pasaytiriladi. Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan unvonini pasaytirishni tavsiya etgan boshliqning (yoki unga tenglashtirilgan boshliqning) yoxud yuqori lavozimdagi boshliqning taqdimnomasi bo‘yicha tiklanishi mumkin. Generallar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan pasaytiriladi va tiklanadi. 42. Maxsus unvoni pasaytirilgan va so‘ngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi muddati unvoni pasaytirilguniga qadar o‘tagan xizmati bilan qo‘shib hisoblanadi. 43. Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: safdor-serjantlar tarkibining maxsus unvonlari — ushbu unvonlarni berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan; ofitsyerlar tarkibining maxsus unvonlari — Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan. Generallar tarkibi maxsus unvoniga ega shaxslar maxsus unvonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudning tegishli taqdimnomasi asosida mahrum qilinishi mumkin. Sud shaxsning maxsus unvonini tiklash haqida qaror qabul qilganida maxsus unvondan mahrum qilgan boshliq yoki bunday vakolatga ega yuqori turuvchi rahbar tomonidan tiklanadi. 44. Nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan shaxslarning maxsus unvonlari egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi. Ushbu tartib nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlar bo‘linmalariga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan xodimlarga ham qo‘llaniladi. 45. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalar va ta’lim muassasalaridan xizmatni davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga (shartnoma asosida xizmat o‘tagan) lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maxsus unvonlar beriladi. 46. Ushbu Nizomning 44 va 45-bandlarida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berilgan xodimlarga ularni avvalgi ish joyida unvonda xizmat o‘tagan davri hisobga olinadi. 47. Ushbu Nizomning 30-bandi uchinchi xatboshi, 44 yoki 45-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan (shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan) xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama haq belgilashda ularning avvalgi ish joyidagi (foizli ustama to‘lash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim Milliy gvardiyadan bo‘shatilgan taqdirda, unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi. 48. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pog‘onasi bo‘yicha beriladi. Agar vaqtincha lavozimni bajarish uchun tayinlangan xodimning avval egallagan lavozimining unvon pog‘onasi navbatdagi unvonni berish uchun mos kelmasa, uni navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish mumkin emas. Bunda lavozim vazifasini bajarish muddati olti oydan oshmasligi lozim. 49. Xodimlar avval egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali bo‘yicha o‘zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pog‘onasi ko‘tarilishi yoki tushirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki o‘qishga kirganlaridan so‘ng inobatga olinmaydi. 50. Maxsus unvonlar berish, ulardan mahrum qilish va ularni tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni ko‘rib chiqish tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 51. Milliy gvardiya xodimlarining asosiy lavozimlari bo‘yicha maxsus unvonlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ularga tenglashtirilgan lavozimlar ro‘yxati esa Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadi. 52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan lavozimlardan tashqari, lavozimlarga tayinlash va ozod etish tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 53. Tayinlanishi uchun xodimlarning sog‘ligi inobatga olinishi talab etiladigan lavozimlar Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 54. Xodimlar lavozimga vakolatli boshliqlar tomonidan quyidagi qoidalarga rioya etgan holda tayinlanadi: a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning ma’lumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek, amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi; b) bo‘sh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa to‘rt oydan oshmasligi lozim; v) tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida, shuningdek, xodimning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimdan ozod qilinadi va o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ayrim hollarda esa Milliy gvardiya qo‘mondonining ruxsati bilan ikki oydan oshmagan muddatga pul ta’minoti (oxirgi lavozimi bo‘yicha) saqlangan va xizmat stajini bir kuni bir kunga hisoblagan holda, Milliy gvardiyaning lavozimga tayinlash va ozod etish vakolatiga ega bo‘lgan bo‘linmalar ixtiyoriga olinadi. Milliy gvardiya ixtiyorida bo‘lish muddatini hisoblashda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat bo‘lganida) yoki qo‘shimcha ta’tilda bo‘lish (bola parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi. Xodimlarning Milliy gvardiya ixtiyorida belgilangan muddatdan ortiq bo‘lgani uchun haq to‘lanmaydi, bunda ushbu davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi; g) xodim yoki uning oila a’zolari hayoti yoxud sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelganida, shuningdek, ularning sog‘ligi holati tufayli xizmat (yashash) joyini o‘zgartirish zarur bo‘lganida, ushbu xodimni boshqa tuman (shahar, viloyat)ga xizmatga o‘tkazish lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliq tomonidan amalga oshiriladi; d) o‘zaro qarindosh bo‘lgan xodimlar (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat o‘tash birining ikkinchisiga bo‘ysunishi yoki nazorat ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bir bo‘linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas; e) Milliy gvardiya ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida o‘n yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin; j) xodimni egallab turgan lavozimdan chetlashtirishga doir jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqarilganda, u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud Milliy gvardiyaning lavozimga tayinlash va ozod etish vakolatiga ega bo‘lgan bo‘linmalari ixtiyorida qoldiriladi. Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni Milliy gvardiyadan bo‘shatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi. Xodimni egallab turgan lavozimidan qonunga xilof tarzda chetlashtirish tufayli yuzaga kelgan majburiy progulning bir yildan ortiq bo‘lmagan muddati uchun unga pul ta’minoti tarzida haq to‘lanadi. 55. Xodimni lavozimdan lavozimga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yuqori lavozimga — bosqichma-bosqich, ularning ishchanlik va axloqiy-kasbiy qobiliyatlari, yuqori lavozimdagi majburiyatlarni bajarishda topshirilgan uchastkalarda erishgan yutuqlari va ko‘rsatgan natijalari, murakkab sharoitlarda vazifalarni bajarish qobiliyatiga baho berilgan holda; teng lavozimga — xizmat zarurati yuzasidan, o‘zining xohishiga ko‘ra, sog‘ligi bo‘yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), oilaviy sharoitiga ko‘ra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish yoki bo‘sh lavozimlarni jamlash zarurati yuzaga kelganda xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek, tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida; past lavozimga — o‘zining xohishiga ko‘ra, sog‘ligi bo‘yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek, tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda yoki mustahkamlash tariqasida. Boshliqning xodimni past lavozimga o‘tkazish haqidagi buyrug‘ida buning asoslari ko‘rsatiladi. 56. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng bo‘lganida esa — lavozim maoshi miqdori bo‘yicha aniqlanadi. 57. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat bo‘yicha ko‘tarish ularning kasbiy va shaxsiy xislatlari, sog‘ligi, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi. 58. Xizmat joyi o‘zgargan xodim Milliy gvardiya xizmat bo‘yicha ko‘chirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan so‘ng o‘n kundan kechikmasdan moddiy va ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim navbatdagi ta’tilda yoki davolanishda bo‘lgan hollar bundan mustasno. 59. Milliy gvardiya oliy harbiy ta’lim muassasalariga hamda harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlikka o‘qishga qabul qilingan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va kursantlar (tinglovchilar) safiga kiritiladi. 60. Xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlashi uchun belgilangan lavozimga tayinlashda unga davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarga ruxsatnoma berish belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruxsatnomasi bo‘lmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlashi belgilangan lavozimga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Xodim davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruxsatnomadan belgilangan tartibda mahrum qilinganda, egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga o‘tkaziladi. 61. Milliy gvardiyada rahbar lavozimlarini egallagan xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish, korrupsiya va vakolatlar suiiste’mol qilinishining oldini olish, shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida xodimlar amaliy ish tajribasini va kasbiy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda teng lavozimga, jumladan boshqa tuman (shahar, viloyat) yoki tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida besh yil ishlaganidan so‘ng rotatsiya tartibida o‘tkazilishi mumkin. 62. Xodimlarni Milliy gvardiya ixtiyorida qoldirish, rotatsiya qilish hamda xodimlarni harbiy xizmatchi lavozimlariga, harbiy xizmatchilarni xodimlar lavozimlariga tayinlash tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 63. Milliy gvardiya uchun xodimlarni tayyorlash Milliy gvardiya ta’lim muassasalari, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida, shuningdek, xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tanlov o‘tkazish tartibi va shartlari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 64. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va tinglovchilar bundan mustasno) majburiy tartibda maxsus kasbiy (boshlang‘ich) tayyorgarlikdan o‘tadi. 65. Xodim boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq lavozimga tayinlanganda yoki uni yangi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash zarur bo‘lganida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi shart. 66. Xodimlar Milliy gvardiya ta’lim muassasalarida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar asosida malaka oshiradi. Milliy gvardiya ta’lim muassasalarida nazarda tutilmagan mutaxassisliklar bo‘yicha xodimlarning malakasini oshirish Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida, O‘zbekiston Respublikasining boshqa ta’lim muassasalarida yoki xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida tashkil etiladi. 67. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, ma’naviy-axloqiy darajasini oshirish uchun Milliy gvardiyada tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llash bilan bog‘liq sharoitlarda harakatlanishga kasbiy yaroqliligi bo‘yicha har yilgi tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi. 68. Xodimlarni maxsus kasbiy (boshlang‘ich) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, xizmat o‘tash vaqtida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan o‘tishini tashkil etish tartibi va shartlari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 69. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati a’zoligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga saylangan (tayinlangan), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishi, shuningdek, roziligiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga, farmoyishiga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan boshqa davlat organlarining ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborilgan xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Milliy gvardiya kadrlarining amaldagi zaxirasiga (keyingi o‘rinlarda — kadrlar zaxirasi) kiritiladi. 70. Agarda qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda xizmat o‘taydi. 71. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning lavozimi o‘zgarganda (boshqa lavozimga tayinlangan, lavozimdan ozod qilingan, o‘qishdan chetlashtirilgan), ular rag‘batlantirilgan, shuningdek, intizomni buzgan taqdirda, ular faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari rahbarlari bu haqda Milliy gvardiyani yozma ravishda xabardor qiladi. 72. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni davlat mukofotiga tavsiya etish, Milliy gvardiyada xizmatda bo‘lishning belgilangan chegaradagi yoshiga to‘lganida xizmat muddati ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzaytiriladi. 73. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga maxsus unvonlar quyidagi tartibda beriladi: “polkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “polkovnik” unvoni ham — avval egallagan lavozimidan qat’i nazar, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga ko‘ra, mazkur Nizomda belgilangan tartibda Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan; generallar tarkibining maxsus unvonlari — Milliy gvardiya qo‘mondoni hamda ular faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining birgalikdagi tavsiyanomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan. 74. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga ta’tillar, shuningdek, xorijiy davlatlarga borishlari uchun ruxsatnomalar ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari rahbarlarining ruxsati bilan rasmiylashtiriladi. 75. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmatni o‘tash tartibi bilan bog‘liq o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari, lavozimi o‘zgarganida (boshqa lavozimga tayinlanganida, lavozimidan ozod etilganida, o‘qishdan chetlashtirilganida), mukofotlanganida, intizom buzilishiga yo‘l qo‘yganida, shuningdek, o‘zlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganida Milliy gvardiyaga yozma ravishda axborot berishi shart. 76. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar nikohdan o‘tganida, oilasi tarkibida boshqa o‘zgarishlar bo‘lganida, qarindoshlariga (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, o‘g‘il-qizlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganida uch ish kuni ichida, mehnat ta’tili yoki xizmat safarida bo‘lganida esa ta’til va safar tugashi bilan darhol Milliy gvardiyaga yozma ravishda xabar beradilar. 77. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarish (o‘qish) muddati yakunlanganidan so‘ng davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek, ta’lim muassasalari tomonidan Milliy gvardiya ixtiyoriga qaytarib yuboriladi. 78. Milliy gvardiyaga qaytgan xodim Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va avvalgi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi. 79. Intizom buzilishi va boshqa salbiy sabablarga ko‘ra davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlardagi lavozimidan ozod etilib, shuningdek, o‘qishdan chetlashtirilib, Milliy gvardiyaga qaytarib yuborilgan xodimni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan bo‘shatish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 80. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ta’lim muassasalarini tamomlaganidan so‘ng o‘qish davrida olgan ma’lumoti va mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasidan kelib chiqib lavozimga tayinlanadi. 81. Xizmatda bo‘lishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki xizmatni davom ettirish istagi bo‘lmagan xodimlar kadrlar zaxirasiga kiritilguniga qadar egallagan lavozimi bo‘yicha mazkur Nizomga muvofiq xizmatdan bo‘shatiladi. 82. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar va ularning oila a’zolari xizmat (o‘qish) vaqtida, shuningdek, bo‘shatilganidan so‘ng qonun hujjatlari va mazkur Nizomda Milliy gvardiya xodimlari va ularning oila a’zolari uchun belgilangan barcha turdagi ta’minot, huquq, imtiyoz va boshqa afzalliklardan foydalanadi. 83. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek, ta’lim muassasalarida lavozim majburiyatlarini bajarish (o‘qish) davri ularga xizmat qilgan yillari uchun ustamani to‘lash, navbatdagi maxsus unvonni olish va pensiya tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi. 84. Milliy gvardiyada attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlash, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida ularning mas’uliyatini oshirish maqsadlarida o‘tkaziladi. Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o‘tishi lozim. 85. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tadilar. 86. Navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan o‘tkazilgan kundan boshlab hisoblanadi. Navbatdagi attestatsiya besh yilda bir marta yoki navbatdagi maxsus unvon berish uchun o‘tkaziladi. Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan o‘tmaydilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar; egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar; xizmat safarida, davolanishda (davolash-profilaktika muassasalarida vaqtincha xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki ma’lumotnomasi berilgan holda) va malaka oshirishda bo‘lganlar; kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, Milliy gvardiyadagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil o‘tganidan so‘ng umumiy tartibda attestatsiyadan o‘tadilar; homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarish qilish ta’tilida bo‘lganlar. Bolani parvarish qilish ta’tilida bo‘lgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan so‘ng kamida bir yil o‘tganidan so‘ng attestatsiyadan o‘tadilar. 87. Navbatdan tashqari attestatsiyadan: yuqori lavozimga, xizmat muddatini uzaytirishga va davlat mukofotiga tavsiya etilayotganida; ish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘ta olmagan, xizmat intizomini qo‘pol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, Milliy gvardiya xodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojo‘ya harakatlar sodir etgan xodimlar o‘tadilar. Navbatdan tashqari attestatsiya o‘tkazish haqidagi qarorni lavozimga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan boshliq qabul qiladi. 88. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Milliy gvardiya qo‘mondonining qaroriga asosan xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin, buning uchun maxsus komissiya tuziladi. 89. Attestatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish, attestatsiya komissiyalari tarkibini shakllantirish va tasdiqlash tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 90. Xodimlarga quyidagi ta’tillar beriladi: yillik asosiy ta’til; homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari; kasallik bo‘yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) ta’til; o‘qish bilan bog‘liq ta’til — oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xodimlar uchun; ijodiy ta’til — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun; qo‘shimcha ta’til — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarni topshirishi uchun, oilaviy sharoiti bo‘yicha, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga. Shuningdek, xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin. 91. Xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklashlari uchun ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan (bayram kunlari hisobga olinmagan, lavozimi va pul ta’minoti saqlangan) holda davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan yillik asosiy ta’til beriladi. 92. Xodimlarga birinchi xizmat yili uchun beriladigan ta’tilning davomiyligi ular xizmatga qabul qilingan kundan boshlab kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan vaqtga mutanosib ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ta’tilning ikki yarim kun hisobida ta’til muddatini to‘liq bir kungacha yetkazish tomoniga yaxlitlash yo‘li bilan hisoblanadi. Muddati o‘n kalendar kundan kam bo‘lgan ta’til xodimning xohishiga ko‘ra keyingi yili asosiy ta’til bilan birga qo‘shib berilishi mumkin. Bunda ushbu ta’til xodimni dastlabki sinov muddatini o‘tganidan so‘ng beriladi. Milliy gvardiya qo‘mondoni asosiy ta’tilni xodim dastlabki sinov muddatini o‘taganidan so‘ng xizmatining birinchi yilining istalgan davrida berish huquqiga ega. 93. Xodimning belgilangan xizmat muddatini o‘tagandan keyin yillik asosiy ta’tiliga qo‘shimcha ravishda kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi: o‘n yillik xizmatidan so‘ng — besh kun; o‘n besh yillik xizmatidan so‘ng — o‘n kun; yigirma yillik xizmatidan so‘ng — o‘n besh kun. 94. Yillik asosiy ta’til davrida xodim O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalarida vaqtincha xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki ma’lumotnomasi berilgan holda davolanganida ta’til ushbu muddatga uzaytiriladi. 95. Favqulodda holatlar davri belgilangan, tabiiy ofat hududi deb e’lon qilingan yoki ularga tenglashtirilgan joylarda xizmat o‘tagan xodimlarga ular foydalanmagan yillik asosiy ta’til ularning xohishiga ko‘ra keyingi yilning asosiy ta’tiliga qo‘shib beriladi. 96. Xodimlar Milliy gvardiyaning boshqa bo‘linmalariga o‘tkazilgan taqdirda, ularning foydalanilmay qolgan yillik asosiy ta’tili yangi xizmat joyi bo‘yicha beriladi. 97. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yillik asosiy ta’tilni o‘tkazadigan joyiga, shuningdek, sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yo‘l xarajatlari to‘lab beriladi. 98. Xodimlarga yillik asosiy ta’til xohishiga ko‘ra ikki qismga bo‘lib berilishi mumkin. Bunda, ta’tilning bir qismi o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu holatda ta’til guvohnomasi ta’tilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi. 99. Ayol xodimlarga homiladorlik va tug‘ish, bolani parvarishlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’til beriladi. Bunda ularga qonunchilikda belgilangan qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi. Bola (bolalarni) asrab olgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi. Ayol xodimlarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pul ta’minoti saqlangan holda, bolani parvarishlash ta’tili esa pul ta’minoti saqlanmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda beriladi. Qonunchilikda belgilangan alohida hollarda bolani parvarishlash ta’tili erkak xodimlarga ham berilishi mumkin. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki bevosita undan keyin ayol xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra joriy yil uchun navbatdagi ta’til beriladi. Bolani parvarishlash uchun ta’til tugaydigan yildagi navbatdagi ta’til kalendar yilning oxirigacha ushbu ta’til tugagan kundan boshlab kalendar yilining oxirigacha bo‘lgan vaqtga mutanosib ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ikki yarim kun hisobida hisoblanadi va ushbu Nizomning 92-bandida belgilangan talablar hisobga olingan holda beriladi. Bolani parvarish qilish ta’tillari davrida xodimning lavozimi saqlanadi va ushbu ta’tillar muddati xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha xizmat stajiga ham) qo‘shiladi, lekin hammasini jamlaganda uch yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi. 100. Xodimlarga kasalligi bo‘yicha ta’tillar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu ta’tilning davomiyligi harbiy-tibbiy ekspertizasiga oid qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Kasallik sababli ta’tilda bo‘lishning uzluksiz umumiy muddati to‘rt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar bo‘yicha davolanishda bo‘lish uchun ko‘proq muddat talab qilingan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzaytirilishi mumkin. Xodimlar kasallik bo‘yicha ta’tilda uzluksiz bo‘lishning belgilangan muddati tugaganidan so‘ng keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiyada guvohlantirilishi lozim. Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (shikastlanish, jarohatlar)ni davolashda bo‘lgan davri, jarohat prognozini inobatga olgan holda ma’lum bir muddat bilan cheklanmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan so‘ng harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan o‘tkaziladi. Kasallik sababli berilgan ta’til yillik asosiy ta’til hisobiga kiritilmaydi. Xodim xizmatdan bo‘shatilayotganda, unga kasalligi sababli ta’til berilmaydi. 101. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasining mustaqil izlanuvchisi bo‘lgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ijodiy ta’til beriladi. 102. Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga ta’lim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda, kamida o‘n besh kalendar kuni davom etadigan va pul ta’minoti saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Oliy ta’lim muassasalarida sirtdan o‘qiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa o‘quv ishlarini topshirish davrida sessiya muddatiga pul ta’minoti saqlangan holda ta’til beriladi. 103. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul ta’minoti saqlanmagan holda o‘n kungacha qisqa muddatli qo‘shimcha ta’til berilishi mumkin. 104. Xodimlarga yillik asosiy ta’til joriy kalendar yili davomida berilmagan bo‘lsa, ushbu ta’til keyingi yilning birinchi choragida berilishi lozim. 105. Xodimni ta’tildan faqat xizmat yuzasidan o‘ta zarur hollardagina o‘zining roziligi va xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning yozma qarori bilan chaqirib olishga yo‘l qo‘yiladi. Ta’tildan chaqirib olinganida uning foydalanilmay qolgan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi. Agar yillik asosiy ta’tilning foydalanilmagan qismi o‘n kun va undan ortiq bo‘lsa, xodimga ta’til o‘tkazadigan joyiga borishi uchun pul mablag‘i beriladi, ammo masofa uni chaqirib olingan aholi punktidan uzoq bo‘lmasligi kerak. 106. Ushbu Nizomning 135-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq to‘lanadigan har yilgi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar beriladi. Boshqa asoslarga ko‘ra xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan haq to‘lanadigan asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pul kompensatsiyasi to‘lanadi. 107. Xodimlarga ta’tillar berish, ta’tildan chaqirib olish, shuningdek, ularni muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 108. Xodim o‘z faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari talablaridan kelib chiqqan holda, egallab turgan lavozimi bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi. 109. Xodimning xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi. 110. Xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonun asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. 111. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zarur mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek, kasb faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 112. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri boshlig‘iga bo‘ysunadi. 113. Qonun bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan Milliy gvardiyaga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. Xodim o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati bo‘yicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek, ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlarni tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno. 114. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi: sog‘lig‘ini saqlash; pul ta’minotini to‘lash; uy-joy maydoni bilan ta’minlash; mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash; xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish; davlat pensiya ta’minoti; davlat sug‘urtasi; ijtimoiy yordam ko‘rsatish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar. 115. Xodimlar belgilangan namunadagi bepul kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar. 116. Milliy gvardiya xodimlari, qonun hujjatlari bilan bepul davolanish imtiyozi bo‘lgan pensionyerlari hamda ularning oila a’zolariga tibbiy-sanitariya yordami (ortopedik, stomatologiya va ortodontiya yordami bundan mustasno) ichki ishlar organlari davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi. Milliy gvardiya xodimlari, qonun hujjatlari bilan bepul davolanish imtiyozi bo‘lgan pensionyerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi. Sanatoriy-kurort sharoitida davolanish va tibbiy reabilitatsiya tadbirlarini tashkil etish ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy gvardiya xodimlari safiga qabul qilinayotgan nomzodlar, xodimlar, pensionyerlar hamda ularning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlari tizimidagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy gvardiya xodimlari, pensionyerlari hamda ularning oila a’zolari ichki ishlar organlari davolash-profilaktika muassasalarida statsionar ravishda davolanganda ularning ovqatlanishi uchun pul to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy gvardiya tasarrufidagi obyektlarda sanitariya nazoratini hamda epidemiologik surishtiruv ishlarini olib borish Milliy gvardiya tizimidagi tibbiyot xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. 117. Milliy gvardiya xodimlari belgilangan tartibda har yili dispanserizatsiyadan o‘tkaziladilar. 118. Xodimlarning farzandlari yashayotgan joydagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, shuningdek, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga navbatsiz va imtiyozli ravishda joylashtiriladi. Milliy gvardiya maktabgacha ta’lim muassasalari va yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga qabul qilish tartibi va shartlari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 119. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga, shuningdek, Milliy gvardiyadan bo‘shatilgan fuqarolarga hamda ularning oila a’zolariga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar qonunchilikda belgilangan manbalar hisobidan ham berilishi mumkin. 120. Xizmat muddati, pedagogik ish staji, shuningdek, ilmiy unvoni mavjudligi uchun xodimlarga qonun hujjatlarga muvofiq ustama haqlar to‘lanadi. Xizmat muddatini hisoblash tartibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 121. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuksak ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘z faoliyatida yuqori natijalarni ko‘rsatgan xodimlarga har oylik qo‘shimcha to‘lovni nazarda tutuvchi “uchinchi toifa mutaxassisi”, “ikkinchi toifa mutaxassisi”, “birinchi toifa mutaxassisi” va “usta” malaka toifalari beriladi. Malaka toifalarini berish tartibi va shartlari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi. 122. Xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni ixtiyoriy yoki majburiy sug‘urta mablag‘laridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi. Ushbu qoida Milliy gvardiyadan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga Milliy gvardiyadagi xizmat faoliyati bilan bog‘liq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi. Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 123. Xodimlar Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi. 124. Xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga bir marta to‘lanadigan nafaqa puli beriladi. Xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin. 125. Milliy gvardiya qo‘mondoni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlarga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oilasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda bir martalik nafaqa tayinlashga haqli. Xodimlar, boquvchisini yo‘qotganda esa ularning oila a’zolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. 126. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati, shikastlanish olgan yoki halok bo‘lgan xodimlarning farzandlarini xizmatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari va harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda afzalliklar berish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 127. Sog‘liqni saqlash, moliyaviy ta’minoti, ta’tillar berish, uy-joy maydoni va imtiyozli ipoteka kreditlari bilan ta’minlash, mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish, davlat pensiya ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonida xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 128. Xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huqu
144
63,270
Qonunchilik
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 9-yanvardagi 5-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2558, 2014-yil 3-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 6-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan va davlat qo‘mitasi vakili boshchilik qiladigan Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”. 3. 10-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
145
1,953
Qonunchilik
AYRIM FANLAR ChUQUR O‘RGANILADIGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MUASSASALARiNING IXTISOSLAShTIRILGAN SINFLARiGA, DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN UMUMTA’LIM MUASSASALARIGA O‘qUVChiLAR QABUL QILiSh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-son qarorining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: 1. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlarga (bundan keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi deb yuritiladi) o‘quvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o‘qitish belgilangan o‘quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘quvchilar tanlov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan qo‘shma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi. 1. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga hujjatlar 2-sinflar uchun 1-apreldan 20-maygacha, 5-sinflar uchun 25-maydan 20-iyungacha (shu kun ham) qabul qilinadi. 2. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, saqlash va tanlovda ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish hamda qabulga oid hisobotlarni tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida yoki umumta’lim maktablarida kamida 5 kishidan iborat qabul komissiyalari tuziladi. Qabul komissiyasi direktor, direktor o‘rinbosarlari, fan o‘qituvchilari va ota-onalar qo‘mitasi vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi yoki umumta’lim maktabi direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. 3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabga joriy o‘quv yilida 1-sinfini tugatgan o‘quvchilar 2-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatiga joriy o‘quv yilida 4-sinfni tugatgan o‘quvchilar 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi. 4. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi ma’muriyati o‘quvchilar tanlovining sifatli va raqobatli o‘tkazishga erishish maqsadida tanlov boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. 5. Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi. a) ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi yoki umumta’lim maktabi direktori nomiga ariza; b) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; v) №086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma; g) 3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat; d) psixologik-pedagogik tashxis daftari asosida o‘quvchining qiziqishlari, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma; e) turar joyidan ma’lumotnoma; yo) iste’dod va iqtidorini ko‘rsatuvchi ishlaridan namunalar ta’lim sohasi bo‘yicha (nashr etilgan yoki qo‘lyozma sifatida yozilgan she’rlar, hikoyalar, rasmlar va shu kabilar). 6. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida tasdiqlangan reja asosida murojaat qiluvchilar uchun doimiy ravishda maslahat berib boriladi. 7. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test natijalariga hamda psixologik-pedagogik diagnostika xulosalari asosida tanlab olinadi. 8. Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan shakllantiriladi. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladi. 9. Test sinovlari 2-sinfda 40 minut, 5-sinfda 60 minut davom etadi. Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi, bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi. 10. 2-sinf qabuli uchun ta’lim sohalari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi: filologiya: ona tili va o‘qishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli; matematika: matematikadan 15 ta, ona tili va o‘qishdan 5 ta, jami 20 ta test savoli; inson va jamiyat: ona tili va o‘qishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli. 5-sinf qabuli uchun ta’lim sohalari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi: filologiya: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ijtimoiy bilimlar: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; matematika: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli; tabiiy bilimlar: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli; ma’naviyat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli ; san’at: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; texnologiya: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli; sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli. 11. O‘quvchilar qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida test sinovlariga kiritiladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi va tasarrufida ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar hamkorlikda test sinov ishlarini tashkillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 13. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilarni sinov (fanlardan test va psixologik test)dan o‘tkazish va tanlash 2-sinflar uchun 5-iyundan 20-iyungacha, 5-sinflar uchun 5-avgustdan 20-avgustgacha o‘tkaziladi. Test sinovlari ertalab soat 9.00 da yoki 14.00 dan boshlab o‘tkaziladi. Test sinovlariga kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha sinovlar o‘tkazilmaydi. 14. O‘quvchilarga test sinovlari o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan faqat ruchka va oq qog‘oz olib kirishlariga ruxsat etiladi. 15. Test sinovlari umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari doirasida hamda muassasaning o‘qitish tilida o‘tkaziladi. 16. Test sinovlarining (ta’lim sohalari bo‘yicha fanlardan test sinovlari hamda psixologik-pedagogik diagnostikasi) har biridan alohida 70 foizdan kam bo‘lmagan natija ko‘rsatgan o‘quvchilar belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi. 17. Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga test sinovlarida ular to‘plagan ballning 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ball imtiyoz sifatida qo‘shib beriladi. 18. O‘quvchilarning test sinovlaridagi ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega bo‘ladi: ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari. 19. Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida e’lon qilinadi, qabul komissiyasi tomonidan muassasaning ko‘rsatkichlar doskasiga osib qo‘yiladi. 20. Test sinovlaridan o‘tmagan o‘quvchilarning hujjatlari ota-onalarga qaytarib beriladi. 21. Tanlovni o‘tkazish jarayonidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yoki ularning ota-onalari Davlat test markaziga, uning joylardagi doimiy vakillariga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligiga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin. 22. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2-sinflar uchun 1-iyulga, 5-sinflar uchun 25-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi yoki umumta’lim maktabi direktori buyrug‘i asosida o‘quvchilar safiga kiritiladi. 23. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi yoki umumta’lim maktabining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan o‘quvchilar tuman va shahar hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval o‘qigan sinfi yoki maktabiga qaytarib yuboriladi (o‘quvchining yashash joyi o‘zgargan sharoitda tegishli hududdagi boshqa maktabga). 24. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlovda ishtirok etib, ta’lim sohalari bo‘yicha tegishli fanlardan 70 foizdan ortiq natija ko‘rsatgan, lekin o‘tish bali yuqori bo‘lganligi sababli qabul qilinmay qolgan o‘quvchilar qabul qilinadi. Agar o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, unda ro‘yxat bo‘yicha bu o‘quvchidan keyingi yuqori ball to‘plagan o‘quvchi chaqirilishi mumkin. Mazkur talabga faqatgina o‘quv yilining birinchi yarmi natijalari bo‘yicha rioya etiladi. O‘quv yili tugaganda esa bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish uchun qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi va o‘tkaziladi. 25. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
227
10,067
Qonunchilik
Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida: jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi; sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi. 2. Quyidagilar “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ul etib belgilansin: yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj turizmi turlari bo‘yicha — Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi; mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik, agro-, etno- gastronomik turlari bo‘yicha — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi; xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi; faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun turizmning ziyorat, tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi turlari bo‘yicha — Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va “Nuroniy” jamg‘armasi. Mazkur mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar bilan birgalikda xodimlar respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat grafiklarini tasdiqlashni hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlasin. 3. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish uchun mas’ul etib Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilansin. 4. Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy turistlar) uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) (keyingi o‘rinlarda — Sayohat xarajatlarini qaytarish) tartibini joriy etish to‘g‘risidagitaklifi maqullansin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) Sayohat xarajatlarini qaytarish ichki sayohatlarni rejalashtirish va mablag‘larni qaytarish hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platforma, shu jumladan uning mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma) orqali amalga oshiriladi; b) Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi: avia, temir yo‘l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish; joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish; madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish; v) Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi: aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; g) sayohat xarajatlari faqatgina Platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi; d) Platforma Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 5. Moliya vazirligi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan sayohat xarajatlarini qaytarishni moliyalashtirish uchun joriy yilda jami 30 milliard so‘m, jumladan uning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun bir hafta muddatda 10 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larning Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) ajratilishini ta’minlasin. Turizm va madaniy meros vazirligiga Platformani ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi bo‘lish, unga xizmat ko‘rsatish, uning faoliyatini takomillashtirib borish va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash funksiyalari yuklatilsin. 6. Quyidagilar: a) Turizm va madaniy meros vazirligi (A. Abduxakimov): 2022-yil 1-sentabrga qadar Platformani ishlab chiqish va ishga tushirish; 2022-yil 1-oktabrga qadar joylashtirish vositalari, turoperator va turagentlar, gid (gid-tarjimon), yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi va ekskursiya yetakchilari Platforma orqali o‘z xizmatlarini yo‘lga qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish; turizm sohasi subyektlari o‘rtasida Platforma imkoniyatlarini doimiy targ‘ib qilib borish; Platformaga xizmat ko‘rsatish va keyinchalik modernizatsiya qilish hamda doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish; b) Transport vazirligi (I. Maxkamov): Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ va boshqa yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarni xarid qilish portallarini Platformaga integratsiya qilish va doimiy ravishda uzluksiz faoliyat olib borishini ta’minlash; temir yo‘l qatnovlari sonini ko‘paytirish va aholining sayohat qilishi uchun ularning qulay logistikasini yaratish; Turizm va madaniy meros vazirligi hamda turoperator va turagentlar takliflariga asosan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman va shaharlarni o‘zaro bog‘lovchi temir yo‘l va avtobus qatnovlarini tezkorlik bilan yo‘lga qo‘yish; v) Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) va Madaniy meros agentligi (Sh. Nurulloyev) madaniyat tashkilotlari, shu jumladan moddiy-madaniy meros obyektlari chipta chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali Platformada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sharoit yaratish; g) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) maxsus mobil ilova (SoliqUz)ni Platforma bilan integratsiya qilish, shuningdek, uning uzluksiz faoliyat olib borishi hamda xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarda chipta chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali Platformada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilganligi holatini o‘rganish maqsadida muntazam profilaktika ishlari olib borilishini tashkil etish; d) Adliya vazirligi (R. Davletov) “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi” axborot tizimini Platformaga integratsiya qilish va uzluksiz faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsan mas’ul etib belgilansin. 7. Turizm va madaniy meros vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori (keyingi o‘rinlarda — Turizm transport koridori) bo‘ylab avtomagistral yo‘llari va yo‘l bo‘yidagi infratuzilma holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi takliflariga muvofiq, belgilangan tartibda Turizm transport koridori bo‘ylab yer uchastkalarini realizatsiya qilish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab zamonaviy standartlarga javob beradigan “Karvonsaroy”larni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 8. Belgilansinki, Turizm transport koridori bo‘ylab turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladigan obyektlar Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan namunaviy loyihalar asosida barpo etiladi. Bunda: har bir “Karvonsaroy”ning tashqi ko‘rinishi an’anaviy arxitektura va ushbu hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi; har bir “Karvonsaroy”da turizm xizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, shu jumladan elektromobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjud bo‘lishi; “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir “Karvonsaroy” atrofida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish nazarda tutiladi. 9. Turizm va madaniy meros vazirligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy “Karvonsaroy”larni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Turizm va madaniy meros vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tegishlicha Aqchako‘l, Ashshi ko‘l, Zikri ko‘li, Aydarko‘l, Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l hududlarida hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish maqsadida ularning yashash muhiti, xususan, asosiy to‘planish joyi sifatida belgilangan hududlarga kirmaydigan yer maydonlarida plyaj zonalarini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini 10 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilangan tartibda ijaraga berish choralarini ko‘rsin. Belgilansinki, plyaj zonalari hududida ekologik va sanitariya talablariga javob beradigan yengil konstruksiyali bino va inshoatlar barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini realizatsiya qilishda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari yer maydoni ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanishini ta’minlasin. Turizm va madaniy meros vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda plyaj zonalarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqsin. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari turizm sohasini rivojlantirishga doir loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda investorlar bilan muzokaralar o‘tkazish choralarini ko‘rsin; Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihalarni amalga oshirish uchun zarur yer uchastkalarini belgilangan tartibda investorlarga ajratib berish masalasini ko‘rib chiqsin; Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2023-2024-yillarda ichki turizm yo‘nalishi bo‘yicha hududlarda boshlanadigan yirik turizm loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Turizm va madaniy meros vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi hamda O‘zbekiston restoratorlari va otelyerlari uyushmasining turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi tungi vaqtda (soat 18:00 dan 06:00 ga qadar) amal qiladigan mexanizmlarni joriy qilish va rivojlantirish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin: maxsus tashkil etiladigan “turizm ko‘chalari”da joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngilochar va savdo obyektlari, madaniyat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — turizm namoyishi obyektlari) faoliyatini jamoat xavfsizligi va aholi osoyishtaligini ta’minlagan holda to‘sqinliksiz amalga oshirish; turizm namoyishi obyektlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarur infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiyalar tizimini yanada yaxshilash; madaniy-ko‘ngilochar va konsert tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratish; maxsus avtobuslar (shuttle-bus) qatnovini yo‘lga qo‘yish; turizm namoyishi obyektlarining faoliyat olib borishiga ruxsat berishning yagona tartibini joriy qilish va turizm namoyishi obyektlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish. 13. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) tungi vaqtda faoliyat olib boruvchi turizm namoyishi obyektlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun davlat tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi: faoliyat yuritayotgan turizm namoyishi obyektlari atrofi uzluksiz yoritilishi ta’minlanadi, shu jumladan mazkur hududlar energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan jihozlanadi; turizm namoyishi obyektlari “Xavfsiz shahar” konsepsiyasiga integratsiya qilinadi; “turizm ko‘chalari”da jamoat xavfsizligi normalari va talablari doirasida “xavfsizlik chaqiruv tugmalari” o‘rnatiladi hamda “Wi-Fi” zonalari tashkil etiladi; b) tungi vaqtda faoliyat olib borayotgan turizm namoyishi obyektlariga: obyektlarning ichki qismi, xizmat ko‘rsatish xonalari, kirish va chiqish, shu jumladan favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish joylarida ma’lumotlarni kamida o‘ttiz kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimini o‘rnatish va “Xavfsiz shahar” konsepsiyasiga integratsiya qilish; binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni kamida 10 metr masofada yoritish; obyektlarni to‘liq tovush o‘tkazmaydigan tarzda jihozlash. Bunda, tungi vaqtda musiqa va tovush kuchaytirgich asbob-uskunalaridan aholining tinchligini buzmagan holda foydalaniladi; obyektlarni yong‘in o‘chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar to‘plamiga ega tibbiy yordam qutichalari bilan ta’minlash; binoning barcha uchun ko‘rinarli joylarida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari eks ettirilgan ma’lumotlarni aks ettirish talabi belgilanadi. Davlat organlariga belgilangan tartibda tungi vaqtda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, ular faoliyatiga byurokratik to‘siqlar qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday harakatlar taqiqlansin. Turizm va madaniy meros vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda zaruratga qarab, har bir hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chalariga aylantiriladigan markaziy ko‘chalar ro‘yxatida keltirilgan ayrim ko‘chalarda maxsus “turizm ko‘chalari”ni tashkil etsin va ushbu ko‘chalarda tungi vaqtda turizm namoyishi obyektlarining faoliyat olib borishini ta’minlasin. 14. Ichki turizmni diversifikatsiya qilish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni bilan tasdiqlangan Transport-logistika masalalarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya (A. Abduxakimov, S. Umurzakov) ikki hafta muddatda: Farg‘ona va Samarqand, Farg‘ona va Buxoro, Farg‘ona va Termiz hamda Farg‘ona va Urganch shaharlari orasida aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilishini; Farg‘ona — Mo‘ynoq — Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar tashkillashtirilishini ta’minlasin. 16. 2022-yildan boshlab iyul oyida “Yoshlar turizmi oyligi”, 2023-yildan boshlab esa yanvar oyining birinchi dekadasi va mart oyining uchinchi dekadasida — “Yoshlar turizmi haftaligi”ni o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilsin. Belgilansinki: a) “Yoshlar turizmi oyligi” va “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida o‘quvchi, talaba va yoshlarning sayohat guruhlarini tashish maxsus jihozlangan xizmat avtomobillarida ichki ishlar organlari hamrohligida Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; b) “Yoshlar turizmi oyligi” doirasida “Yoshlar turizmi” qurultoyi tashkil etiladi. Bunda: respublikaning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi, talaba va yoshlar jalb qilinadi; kitobxonlik kunlari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi; yuqori natijalarga erishgan hamda yoshlarga o‘rnak ko‘rsatadigan sportchilar va murabbiylar hamda san’at va madaniyat, ilm-fan va biznes sohalarining namoyandalari ishtirokida “mahorat darslari” o‘tkaziladi; yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etiladi; yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari uyushtiriladi; “Yoshlar turizmi” qurultoyi tashkil etiladigan va unga yaqin hududdagi (viloyat, shahar) turizm namoyishi obyektlariga sayohatlar tashkil etiladi; “Yoshlar turizmi” qurultoyini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; v) Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yoshlar turizmi” qurultoyini yuqori saviyada o‘tkazishga mas’ul hisoblanadi. 17. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda uch oy muddatda tashkilot va idoralarga biriktirilgan muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni dinlar tasnifi bo‘yicha (islomiy obidalar, yahudiylik, xristianlik, buddaviylikka oid ziyoratgohlar va boshqalar) to‘liq xatlovdan o‘tkazsin; moddiy madaniy meros obyektlarini xalqaro standartlar asosida xatlovdan o‘tkazsin; 2022-yil 1-sentabrga qadar respublikadagi Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxatini shakllantirsin va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirsin; Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar ro‘yxatidagi obyektlarning respublika hududlarining “chorlov nuqtasi” sifatida turizm yo‘nalishlariga kiritilishini va keng targ‘ib qilinishini ta’minlasin. 18. Vazirlar Mahkamasi: a) bir oy muddatda Toshkent shahrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali, uni mintaqaviy turistik markazga aylantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin: yirik ko‘ngilochar va turizm obyektlarini (akvapark, safari park, astronomiya va gul bog‘i) qurish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan ularning moliyaviy manbaini aniqlash; Toshkent shahridagi yirik muzeylar va O‘zbek davlat sirkini rekonstruksiya qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida interaktiv xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, muzeylarning arxiv fondini tartibga solish; Toshkent shahrida 2022 — 2024-yillarda tashkil etiladigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar va festivallar, shu jumladan xalqaro tadbirlar kalendar rejasini belgilash; Toshkent shahrining zamonaviy va taniqli turistik brendini ishlab chiqish va uni targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash; b) ikki oy muddatda respublikada yangi dor yo‘llarini tegishli xavfsizlik darajasini ta’minlagan holda qurish va jihozlashni jadallashtirish bo‘yicha dasturni tasdiqlasin. Bunda, dor yo‘llarini qurish uchun yuqori salohiyatga ega hududlarni aniq belgilash va tashabbuskorlarga kredit mablag‘lari ajratish nazarda tutilsin. 19. Turizm va madaniy meros vazirligi (A. Abduxakimov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) bilan birgalikda maxsus soliq rejimi joriy etilgan 28 ta tuman va shaharning 135 ta mahallasi kesimida turizmni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlab, ularning ijrosi bo‘yicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. Bunda: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu tuman va shaharlarning mahallalarida infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirsin; Moliya vazirligi (T. Ishmetov) joriy yilda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun respublika budjetidan 250 milliard so‘m ajratsin. 20. Belgilansinki: 2022-yil 1-iyuldan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarori 2-bandining “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va qoidalari tatbiq etiladi; oilaviy mehmon uylarini ta’mirlashga 100 million so‘mgacha, mebel, maishiy texnika va boshqa buyumlar bilan jihozlashga 50 million so‘mgacha hamda suzish havzalarini tashkil etishga 200 million so‘mgacha loyihalarni moliyalashtirish uchun tadbirkorlarga kreditlar beriladi. Bunda, Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mehmon uylarini tashkil etish va ularni ta’mirlash maqsadida 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilishini ta’minlansin. 21. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Markaziy bank (B. Zoxidov) hamda Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov) bilan birgalikda turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan joylashtirish vositalari va yirik ovqatlanish shoxobchalari hududlarida zamonaviy suzish havzalarini barpo etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-212-son qarorida nazarda tutilgan mablag‘larning 50 million AQSh dollarini yo‘naltirsin. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joylashtirish vositalari va yirik ovqatlanish shoxobchalari hududlarida zamonaviy suzish havzalarini barpo etish bo‘yicha manzilli loyihalarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 22. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 2022-yil 1-dekabrga qadar ov turizmini rivojlantirish maqsadida tashabbuskorlarni jalb qilgan holda ov xo‘jaligining tegishli infratuzilmasini (qirg‘ovulxona, hayvonlar boqish joyi) birinchi navbatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida joriy qilish choralarini ko‘rsin. 23. Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun: Markaziy bank (B. Zoxidov) tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1 trillion so‘m miqdorida kredit resurslarining; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafoyev) 2022-yilning yakuniga qadar 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larning jalb qilinishini ta’minlasin. 24. Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosarlari: B. Shaxriyorov — investitsiya dasturi ijrosini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, turizm infratuzilmasini, turistik-rekreatsion zonalar va klasterlarni rivojlantirish, Sayohat xarajatlarini qaytarish tartibini joriy etish, vazirlikning moliya va buxgalteriya masalalari; B. Ibragimov — tashqi, ziyorat va ichki turizm oqimlarini oshirish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari; N. Zikrillayev — ta’lim, turizm sohasini raqamlashtirish, metodologiya va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ishlash, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilansin. Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduxakimov uch kun muddatda turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosarlarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha 2022-yil davomida oyma-oy amalga oshiriladigan tadbirlarni nazarda tutuvchi ish rejasi va maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanishini ta’minlasin. 25. Hisob palatasi madaniy meros obyektlarining xatlovdan o‘tkazilishi va mazkur qarorga muvofiq beriladigan imtiyoz va kreditlarning belgilangan tartibda ajratilishini nazorat qilib borsin. 26. Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarorida: a) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “2023-yil 31-dekabrga” so‘zlari “2025-yil 1-yanvarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2020” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qaroriga 8-ilovaning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-son qarorining 7-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarorining 1-bandi “b” kichik bandida: a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga”; b) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
94
28,844
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1 maydagi 199-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda; 1996-y., 1-son, 1-modda; 2000-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risida Nizom 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1.5.1.5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari”.
106
1,499
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikamizga investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish uchun asos sifatida investitsiyaviy muhitni yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va investitsiya faoliyatini samarali tartibga solish borasida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hududlarning hamda iqtisodiyot tarmoqlarining xomashyo, infratuzilma va mehnat salohiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining mavjud emasligi xorijiy kapitalni faol jalb qilish jarayonlariga to‘sqinlik qilmoqda. Investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi ishlab chiqarish faoliyatiga bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni jalb qilishni taqozo etadi. Potensial investorlarga taklif etish uchun xarajatlarni qoplay oladigan istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan iqtisodiyot sohalari va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish orqali respublika investitsiya salohiyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son Farmoniga muvofiq foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish, shuningdek, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yo‘l xaritalari”)ni ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) zimmasiga yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Vazirlikka qo‘shimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratilsin. 2. Quyidagilar: viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim o‘rinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimi; tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmalariga — hokim o‘rinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim o‘rinbosari — tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritilsin. 3. Quyidagilar: viloyat hokimliklari tuzilmalaridagi (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan tashqari) — viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi; Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari tuzilmalaridagi — viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi; Toshkent shahar hokimligi tuzilmasidagi — hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi; tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidagi -hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi; Vazirlik tuzilmasidagi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshlig‘i hamda tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limlari boshlig‘i lavozimlari tugatilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi; tumanlarda (shaharlarda) turizmni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tegishli o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi; Vazirlikning mazkur bandga muvofiq bo‘shayotgan shtat birliklari Vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalarida saqlanib qolinadi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga mazkur qarorning 2 — 4-bandlari talablariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi “Investitsiyalar bo‘yicha ekspert markazi” unitar korxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: innovatsion, yetakchi texnologiyalar va klaster yondashuvini qo‘llagan holda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh tayyor mahsulotlar(tovarlar) ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mamlakatning raqobatdagi ustunligi, sanoat, infratuzilma, xomashyo va inson salohiyatini safarbar qilishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini aniqlash va ishlab chiqish; ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, tashqi bozorlarga chiqish va jahon bozorlariga raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni chiqarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini va istiqbolli korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish; har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya hajmlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aks ettiruvchi, potensial investorlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan dastlabki hisob-kitoblar va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lgan aniq loyihalarni ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasining interaktiv investitsiya xaritasini ishlab chiqish va joriy etish; investitsiya loyihalariga texnik hamrohlik qilish, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq ularning texnik-iqtisodiy asoslanishlarini mahalliy va xorijiy loyiha-tadqiqot va injiniring tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan litsenziya dasturlari va tizimlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish; Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga potensial investorlarni jalb qilish uchun investitsiya loyihalarini, shu jumladan dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishlar bilan birga kiritish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni50 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 33 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi ajratilsin. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq Vazirlik va Markazga ajratilayotgan qo‘shimcha shtat birliklari 103 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining 35 tadan, shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining 33 ta shtat birligi qisqartirilishi hisobidan amalga oshiriladi. 8. Belgilab qo‘yilsinki: a) quyidagilarni lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish: Markaz direktorini — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; Markaz direktori o‘rinbosarlarini — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan amalga oshiriladi; b) Markaz direktori moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; v) Markaz xodimlariga nisbatan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi; g) xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda ta’limning minimal darajasi va ishchilarga kasbi bo‘yicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida Markaz uchun, xorijiy davlatlarda oliy o‘quv yurtlarini tugatgan tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘ladi; d) Markaz O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi “Investitsiyalar bo‘yicha ekspert markazi” unitar korxonasining barcha huquqlari,majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; e) ushbu qaror kuchga kirgunga qadar ustav fondi (kapitali)ni shakllantirishga kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Investitsiyalar bo‘yicha ekspert markazi” unitar korxonasining kreditor va boshqa qarzdorligini qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar bank xarajatlari hisoblanadi; j) Markaz iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida investitsiya takliflarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda Vazirlikka ko‘maklashadi. 9. Quyidagilar Markaz faoliyati va uning ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning texnik ko‘magi mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2019-yilda mazkur qarorni amalga oshirish borasida Markaz xarajatlari, shu jumladan 3 ta yengil avtomobilni sotib olish va ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab, har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin; mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2019-yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 11. Belgilansinki, Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish, Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, respublikaning xorijdagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan ma’lumotlarni so‘rab olish; davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni beg‘araz asosda olish; o‘z vakolati doirasida ekspert-tahliliy ishlarni olib borish va investitsiya takliflarini ishlab chiqish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarni tuzish orqali xalqaro ekspertlarni, davlat tashkilotlari va ularning vakillarini, mahalliy va xorijiy loyiha-tadqiqot va injiniring kompaniyalarini,shuningdek, alohida mutaxassislarni jalb qilish. 14. Markaz beg‘araz foydalanish huquqi asosida Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,zarur hollarda, Markaz faoliyati natijalarini baholash asosida uning boshqaruv xodimlari shtat birligini oshirish masalasini ko‘rib chiqsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 17. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxatida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini, zarur hollarda, texnik-iqtisodiy asoslanishlar bilan birga ishlab chiqishni ta’minlasin; Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda hududlar kesimida 2019-2020-yillar uchun dastlabki hisob-kitoblarni nazarda tutadigan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish dasturini tasdiqlasin; “O‘zInjiniring” respublika loyiha instituti va “O‘zLITIneftegaz” AJning “UorliParsons O‘zbekiston injiniring” QK MChJdagi ulushlarini Markazga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin; qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4135-son qarorida: a) 1-bandda: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi etib hisoblansin; b) 2-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlik, Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1 534 nafar, shu jumladan Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari — 276 nafar etib belgilansin”; v) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 4-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; d) 7-bandning beshinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 16-bandning “e” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidagi “va Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; j) 2-ilovada “Texnologik rivojlanish agentligi” bloki “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” bloki bilan almashtirilsin; z) 3-ilovaning rus tilidagi matnida “1217ed.” va “226 ed.” so‘zlari mos ravishda “1534 ed.” va “276 ed.” so‘zlari bilan almashtirilsin; i) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4198-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomda: 9-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Texnologik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
141
16,422
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1998 YIL 15 DEKABRDAGI 523-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Ustyurt mintaqasida va respublikaning boshqa neft-gazli viloyatlarida qidirish va razvedka ishlarini jadallashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, shu asosda neft va gazning qazib olinayotgan zaxiralarini barqaror ko‘paytirishni ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi tuzilmasiga xolding kompaniya bosh muhandisi-bosh menejeri lavozimi kiritilsin. Bosh muhandis-bosh menejer zimmasiga: neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlarini, maqsadli ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish; neft va gaz bilan bog‘liq geologiya-razvedka ishlarining strategik ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash; Ustyurt mintaqasida va respublikaning boshqa istiqbolli neft-gazli viloyatlarida qidirish va razvedka ishlarini jadal amalga oshirishni ta’minlash, ushbu maqsadlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish; yetakchi xorijiy neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, respublika neft-gaz tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; neft, gaz va neft mahsulotlari jahon bozorining marketing tadqiqotlarini olib borish asosida tarmoqning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish funksiyalari yuklansin. 2. Belgilansinki, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bosh muhandisi — bosh menejeri lavozimga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. 3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi tuzilmasi uning xodimlari cheklangan sonini 133 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat qilib, ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi V.Y. Otayev bir hafta muddatda, ijroiya apparat tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida lavozim vazifalari taqsimotini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: 10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh muhandisi-bosh menejeri maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi”. 6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-avgustdagi 355-f-son farmoyishi; Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarori 8-bandining birinchi xatboshi va qarorga 12-ilova. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Y. Otayev zimmasiga yuklansin.
196
3,009
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 24-iyuldagi 83, 7/12-son qarori (ro‘yxat raqami 1268, 2003-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idorlarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 11-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda maxsus jurnallar elektron ko‘rinishda yuritilishi mumkin.”. 2. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Tashqi o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o‘rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi, ichki o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa o‘rtacha ish haqi asosiy va o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha saqlanadi. Xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda, tashkilotning ish kunlari mehnatga haq to‘lashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlariga to‘g‘ri keladigan soni uchun mehnatga haq to‘lovlari qayta hisoblanadi.”. 3. 10-bandda: yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.”; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi (shartnomalari), mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda to‘lanadi. Kilometrlar miqdori 500 metr va undan ortiq bo‘lgan holatlarda, ko‘p tomonga yaxlitlanadi. Kilometrlar miqdori 500 metrdan kam bo‘lgan holatlarda, kam tomonga yaxlitlanadi.”. 4. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqiga” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdoriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 12-bandda: birinchi xatboshidan “(lyuks-nomerlardan tashqari)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda turar joyni olish bo‘yicha haq to‘lash ushbu turar joy qiymatining 70 foizigacha miqdori budjet mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.”; uchinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi miqdorini 2 foizi” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorini 20 foizi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 15-banddagi “3 kun” degan so‘zlar “uch ish kuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
128
3,356
Qonunchilik
AVTOMOBILLARGA YoNILG‘I QUYISh ShOXOBChALARI TOMONIDAN MAHALLIY BUDJETGA NEFT MAHSULOTLARINING ChAKANA NARXI BILAN BELGILANGAN ChEKLANGAN USTAMADAN ORTIQ BO‘LGAN XARID NARXI O‘RTASIDAGI TAFOVUTNI HISOBLAB ChIQISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZO
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-sonli qarori bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 13-son, 102-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq bo‘lgan xarid narxi o‘rtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 13-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq bo‘lgan xarid narxi o‘rtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va to‘lash tartibini belgilaydi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-sonli qarori bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq butun respublika bo‘yicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan neft mahsulotlari bo‘yicha, agar chakana narx bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi tafovut avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasining belgilangan cheklangan ustamasidan ortiq bo‘lgan taqdirda, ortiq summa mahalliy budjetga o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut deb yuritiladi). 2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan chakana narxlari belgilanadigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan “O‘zneftmahsulot” AK tarkibiga kiruvchi neft bazalaridan olinadigan neft mahsulotlariga tatbiq etiladi (Ai-80, Ai-91, Ai-92, Ai-93 va Ai-95 markali avtobenzinlar, dizel yoqilg‘isi shuningdek EKO dizel yoqilg‘isi). 3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: chakana narx — jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisobga olmagan holda yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan realizatsiya qilish narxi; cheklangan ustama — hududiy moliya organlari tomonidan neft mahsulotlarining bir tonnasiga so‘mda belgilangan yonilg‘i quyish shoxobchasi ixtiyorida qoluvchi ustama miqdori. 4. Mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut neft mahsulotlarining har bir yetkazib berilishi bo‘yicha aniqlanadi. 5. Mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi: St — mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut summasi; Pch — neft mahsulotining chakana narxi; Vl — xarid qilingan neft mahsulotlari bo‘yicha yuk xati asosida neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmi (litrda); Schek — neft mahsulotlarini “O‘zneftmahsulot” AK neft bazalaridan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan joygacha tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini hisobga olmagan holdagi neft mahsulotlarini yetkazib berish qiymati; Nchek — avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasiga belgilangan cheklangan ustama; Vt —xarid qilingan neft mahsulotlari bo‘yicha yuk xati asosida neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmi (tonnada). 6. Mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut summasini to‘lash, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan joy bo‘yicha har oy neft mahsulotlari yetkazib berilgan oy tugaganidan so‘ng uch bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 7. Neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq bo‘lgan xarid narxi o‘rtasidagi tafovut hisob-kitobi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi. 8. Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlari mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut hisoblangan va to‘langan summalari hisobini yuritish uchun shaxsiy hisob varaqalarini ochadilar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) 356-moddasiga muvofiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari uchun yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan baza mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut summasiga kamaytiriladi. 10. Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut summasining to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 11. Mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan muddat buzilgan taqdirda, muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun mahalliy budjetga olib qo‘yiladigan 0,07 foizli stavka bo‘yicha penya hisoblanadi. 12. Mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan narxlardagi tafovut summasining to‘g‘ri hisoblab chiqish va to‘lash ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
250
5,703
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASINING QO‘MITALARI TO‘G‘RISIDA
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi qo‘mitalari tashkil etilsin: Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi; Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi; Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi; Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi; Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi; Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi; Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi; Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaroning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi; Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi. 2. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislari lavozimi siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanishi belgilansin: 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
86
1,005
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi 717-son qarorig
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-noyabrdagi PF-5229-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi 717-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil 18-sentabr, 37-son, 999-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2018-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga bo‘lgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari xarajatlari smetalarining alohida satrida ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini nazarda tutsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga markazlashtirilgan tartibda “O‘zmedimpeks” DUK bilan tuziladigan shartnomalarga asosan istisno tariqasida oldindan yuz foiz to‘lovni amalga oshirish huquqi berilsin.”. 2. 4-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zmedeksport” RTIDK” so‘zlari “O‘zmedimpeks” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 5-banddagi “O‘zmedeksport” RTIDK” so‘zlari “O‘zmedimpeks” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
1,941
Qonunchilik
Byudjet tashkilotlari uchun hisob siyosati
Mazkur Standart byudjet tashkilotlarida hisob siyosatini tanlash va qoʻllash, hisob siyosatiga oʻzgartirishlarning hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladi. Koʻrsatilishicha, hisob siyosati rahbar yoki uning oʻrinbosarining buyrugʻi yoki farmoyishi bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qoʻllanadi. Byudjet hisobini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hollarda, shuningdek byudjet tashkiloti qayta tashkil etilganda hisob siyosatiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Hisob siyosati oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim: Standart bilan hisob siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berilgan, bular: ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish, uzluksizlik, хoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar, va passivlarga pul bilan baho berish, ishonchlilik, oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) va boshqalar. Hujjatga koʻra, byudjet tashkiloti quyidagilarni ochib berishi darkor: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. Mavzuga oid material: Byudjet tashkilotlari uchun hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi 1Mazkur aхborot hisob siyosatiga ilova koʻrinishida taqdim qilinadi.
42
1,347
Qonunchilik
Qonunchilikning yangi normalari tushuntirishni talab qiladi
Oʻzbekiston poytaхtida joriy yil 13 noyabrda Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudi plenumlarining qoʻshma majlisi oʻtkazildi. Majlisda “Ishlarning taalluqligi bilan bogʻliq protsessual qonun hujjatlari normalarini sudlar tomonidan koʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaror loyihasi muhokama qilindi. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 2015 yil 20 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan amaldagi Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu хususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatining yanada erkin rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu borada sud organlarining mas’uliyati oshirilgani tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ta’minlanishiga хizmat qilmoqda. Xususan, хoʻjalik sudlari tomonidan da’vo arizasini koʻrib chiqishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarish muddati 10 kundan 5 kungacha kamaytirildi. Xoʻjalik sudlariga taalluqli ishlar doirasi kengaytirilib, mehnatga oid nizolardan tashqari barcha korporativ nizolar хoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqilishi belgilandi. Bu bilan ishlarni yanada sifatli koʻrib chiqish imkoniyati yaratildi.     Bu oʻzgarishlar, oʻz navbatida, sudlarga tegishli tushuntirishlar berish, bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirdi. Shundan kelib chiqib tayyorlangan qoʻshma qaror yuqorida qayd etilgan qonunni amalda qoʻllash, yagona sud amaliyotini shakllantirish, bir soʻz bilan aytganda, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga хizmat qiladi. Majlisda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumining qoʻshma qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida»gi qaror loyihasi ham muhokama etildi. Koʻrib chiqilgan ikkita masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. *** Shuningdek Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, unda  “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokama etildi. Majlisda qayd etilganidek, sud-huquq tizimida izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar jarayonida sohaga oid qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda. Jinoiy jazo tizimi liberallashib, yangi institutlar joriy etilayotir. Xususan, joriy yil 20 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan amaldagi 33 qonunga, 10 kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritildi. 2015 yil 10 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan Jinoyat, Fuqarolik, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli oʻzgartishlar kiritildi. Ushbu qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida sudlarga tushuntirish berish, bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida plenum qarori loyihasi ishlab chiqildi. Mavzu boʻyicha materiallar: Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi “Habeas corpus” Oʻzbekistonda odil sudlovni amalga oshirish instituti Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi Ma’ruf Usmanov
59
3,959
Qonunchilik
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirishlar va
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (ro‘yxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “nobank kredit tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan lombard faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lgan lombard tashkiloti yoki mikrokredit tashkilotlari faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan mikrokredit tashkiloti;”. 2. 21-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “uchinchi shaxslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lgan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish uchun murojaat qilganida, shu jumladan bunday operatsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lib ko‘rinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;”. 3. 35-bandda: 1-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1) uchinchi shaxslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarining naqd pul mablag‘lari bilan bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning o‘zgarishi);”; 12-kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. Quyidagi mazmundagi 391-band bilan to‘ldirilsin: “391. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu nobank kredit tashkilotlarning faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni yiliga kamida bir marta amalga oshiradi va o‘rganish natijalarini tavakkalchiliklarni sektoral baholash to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida hujjatlar bilan qayd etadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘radi. Tavakkalchiliklarni sektoral baholash to‘g‘risidagi hisobot va aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.”. 5. 40-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “j) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablag‘lari bilan bajarmoqchi bo‘lgan shaxslar;”. 6. 49-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shubhali operatsiya haqidagi xabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”.
249
4,288
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida
1-modda. 26-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilansin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 2-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-490-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 666-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
99
501
Qonunchilik
“Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 10-noyabrda qabul qilingan “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
225
763
Qonunchilik
MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 23-iyundagi PF-2644-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2000-yil 1-avgustdan boshlab boshlang‘ich razryadning oyiga 2450 so‘m miqdorida belgilangan eng kam ish haqi tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 349-son qarori 2000-yil 1-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
84
865
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, davlat obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi) ijro apparati Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 434-uy manzilida joylashganligi; Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1103-F-son farmoyishiga muvofiq Toshkent shahar, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uyda joylashgan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli bino va inshootlar “Altair Building Partners” MChJga mulk huquqi asosida bepul berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning: “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 434-uy manzilida joylashgan mazkur farmoyishga 1-ilovadagi bino va inshootlarni; Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Obihayot ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan umumiy yer maydoni 90 402,0 kvadrat metr bo‘lgan mazkur farmoyishga 2-ilovadagi bino va inshootlarni Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Belgilansinki, mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi obyekt “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ ustav kapitalidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ ulushini hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini mutanosib ravishda balans (qoldiq) qiymatida kamaytirish hisobiga beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi: Toshkent shahar hokimligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur farmoyishning 2-bandida nazarda tutilgan bino va inshootlar belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini; qabul qilingan bino va inshootlardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga berilayotgan Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Obihayot ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni 2021-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish choralarini ko‘rsin. 5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi O.O. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
58
2,924
Qonunchilik
Xalq tabobati qonunda belgilanadi
2019 yil 23 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar sotsial-iqtisodiy, sogʻliqni saqlash sohasidagi bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar. Majlisda dastlab «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Loyiha Prezidentning 12.10.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida хalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3968-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan va хalq tabobatini rivojlantirish, uni huquqiy tomondan mustahkamlashga qaratilgan. Asosiy e’tibor хalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy хizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan shaхslar faoliyatini qonun doirasida tartibga solish, uning huquqiy maqomini belgilashga qaratiladi. Qonun loyihasi хalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy хizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutadi. Tibbiy faoliyatni litsenziyalashdan farqli oʻlaroq, хalq tabobati usulida хizmat koʻrsatish bilan shugʻullanganda tibbiy ta’lim ma’lumotining mavjud boʻlishi talab qilinmaydi. Shuningdek, ushbu хizmatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq koʻrsatilishi kerak. Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi. *  *  * Majlisda birinchi oʻqishda «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi (loyiha sharhi – bu yerda). Bunday yer uchastkalarini shaхsiy mulk sifatida berish, ularni fuqarolik muomalasiga kiritish tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. Foydali qazilma konlari, davlat mulkiga tegishli boʻlgan хususiylashtirilmaydigan strategik ob’yektlar, tabiatni muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, rekreatsion, tariхiy-madaniy maqsadlarda, oʻrmon va suv fondi yerlari, shuningdek, erkin iqtisodiy, kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari хususiylashtirilmaydi. *  *  * Yana bir masala deputatlarning diqqat markazida boʻldi. Ular tomonidan hududlarga chiqilganda, koʻpgina joylardagi umumta’lim maktablarida tibbiy хizmat yetarli tashkil qilinmagani, chunonchi, vrach pediatr va maktab hamshirasi shtati juda kam miqdorda ajratilgani, natijada koʻpgina maktablarda tibbiyot хonasi faoliyat yuritmayotgani aniqlandi.  Shu munosabat bilan deputatlar soha bosh vazir oʻrinbosariga parlament soʻrovini yuboradilar. Majlisda deputatlar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi   Matbuot хizmati materiallari asosida.
33
2,729
Qonunchilik
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 15-martda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
187
685
Qonunchilik
TOShKENT ShAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDA AKADEMIK LITSEY FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Iqtidorli yoshlarning bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, sanoatning yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, aniq fanlar va ingliz tili bo‘yicha chuqurlashtirilgan, kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 2010/2011 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida aniq fanlar va ingliz tili chuqur o‘qitiladigan akademik litsey tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda: akademik litseyda o‘qitishni davlat ta’lim standartlariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshirish; akademik litseyning pedagogik kadrlari tarkibini tanlov asosida malakali, chuqur kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan to‘ldirishni ta’minlash; akademik litseyni zarur o‘quv-laboratoriya jihozlari va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi jihozlari, axborot resurs markazi fondi va zarur jihozlar bilan ta’minlash vazifasi yuklansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda 2010/2011 o‘quv yilidan boshlab O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyni saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘ ajratishni nazarda tutsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
113
2,045
Qonunchilik
Kasb-hunar kollejlari bazasida bo‘sh ish o‘rinlari va o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Kasb-hunar kollejlari bazasida bo‘sh ish o‘rinlari va o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Namunaviy reglament O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kasb-hunar kollejlari bazasida bo‘sh ish o‘rinlari va o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish yarmarkalarini (bundan buyon matnda yarmarka deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Namunaviy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yarmarka tashkilotchisi — yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan tashkilot (tashkilotlar); yarmarka ishtirokchilari — kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, ishsizlar, bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tashkilotlar, mini texnologiyalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi va boshqa tashkilotlar, tijorat banklari, shuningdek yarmarkada ishtirok etish istagini bildirgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar. 2. Yarmarka Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq tashkil etiladi. 3. Yarmarkalar mazkur Namunaviy reglament asosida yarmarka tashkilotchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarmarka o‘tkazish reglamenti asosida o‘tkaziladi. Yarmarka tashkilotchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarmarka o‘tkazish reglamenti qonunchilik hujjatlariga hamda mazkur Namunaviy reglamentga zid bo‘lmasligi lozim. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari tomonidan har yili 15-yanvarga qadar tegishli hududdagi tumanlar kesimida yarmarkalarni o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqiladi. Reja-jadval tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi hamda 20-yanvarga qadar tegishli tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) yuboriladi. 5. Yarmarkalarni o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval asosida Markaz tomonidan tegishli mahalliy ijroiya hokimiyati organi bilan birgalikda yarmarka tashkil etilishidan kamida bir oy oldin yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Dasturda yarmarka tashkilotchisi, yarmarka o‘tkaziladigan joyning manzili, yarmarka o‘tkazish sanasi, vaqti, yarmarka ishtirokchilari haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. 6. Yarmarka tashkilotchisi yarmarka tashkil etilishidan kamida 15 kun oldin tegishli hududdagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tashkilotlar, turli mini texnologiyalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa tashkilotlar hamda tijorat banklariga yarmarkada ishtirok etishlari yuzasidan rasmiy xat orqali taklifnoma yuboradi. 7. Yarmarkada qatnashish istagini bildirgan tashkilotlar yarmarka boshlanishidan kamida 5 kun oldin yarmarka tashkilotchisiga tegishlicha bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotni, mavjud mini texnologiyalar, tijorat krediti turlari shuningdek o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslarni qiziqtiradigan boshqa ma’lumotlarni taqdim qiladi. Yarmarka tashkilotchisi taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan yarmarkada ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar bo‘yicha ularning faoliyat sohasini ko‘rsatgan holda ro‘yxat shakllantiradi. 8. Yarmarka o‘tkaziladigan kundan kamida 10 kun oldin yarmarka tashkilotchisi tomonidan ommaviy axborot vositalarida yarmarka o‘tkaziladigan joyning manzili, yarmarka o‘tkaziladigan sana va vaqt hamda murojaat etish uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan xabar e’lon qilinadi. 9. Yarmarkani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni (yarmarka o‘tkaziladigan binoni tozalash, zarur mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlash) hal qilish yarmarka tashkilotchisi zimmasiga yuklatiladi. 10. Yarmarka tashkilotchisi yarmarka o‘tkazilayotgan joyda barcha ishtirokchilar tanishishlari uchun qulay bo‘lgan joylarda yarmarkada ishtirok etayotgan tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar hamda yarmarkani o‘tkazish reglamenti joylashtirilishini ta’minlaydi. 11. Yarmarka tuman (shahar) markazlaridagi tadbirlarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan binolarda o‘tkaziladi. 12. Yarmarka soat 9.00 dan 18.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Haftaning yakshanba kunida yarmarka o‘tkazilmaydi. 13. Yarmarka ishtirokchilarining yarmarkaga kirishi — bepul hisoblanadi. 14. Yarmarka o‘tkazish vaqtida yarmarka ishtirokchilariga: jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, yarmarkani tashkil qilish va o‘tkazishning belgilangan tartibini buzuvchi yoki bunday xatti-harakatlarni sodir qilishga undovchi harakatlarni bajarish; yarmarka o‘tkazilayotgan joyga sovuq, o‘qotar, gazli yoki boshqa qurollar, pirotexnika buyumlari, o‘q-dorilar, oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni, shuningdek foydalanilishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni olib kirish; yarmarka o‘tkazilayotgan joyga hayvonlar bilan kelish; belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining emblemalari, ramzlari, bayroqlari va vimpellaridan, shuningdek mazmuni jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilish, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qo‘zg‘atish, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadidagi emblemalar, ramzlar, bayroqlar, vimpellar, plakatlar, transparantlar va boshqa vositalardan foydalanish; mast holatda yoki giyohvand vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish oqibatida insonning intellektual-iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘lish taqiqlanadi. 15. Yarmarka tashkilotchisi tomonidan yarmarka ishtirokchilari (bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tashkilotlar, mini texnologiyalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi va boshqa tashkilotlar, shuningdek tijorat banklarining vakillari) hisobi yuritiladi. 16. Yarmarkada ishtirok etayotgan tashkilotlar yarmarkada o‘zlarining tarqatma materiallari (flayerlar, bukletlar, bannyerlar va boshqalar) bilan ishtirok etishlari mumkin. 17. Markaz yarmarka ishtirokchilariga mehnat qonunchiligi sohasida tegishli maslahatlar berish, ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar rasmiylashtirish hamda mehnat shartnomalari tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislar ajratilishini ta’minlaydi. 18. Yarmarkada ishtirok etayotgan: tijorat banklarining vakillari — yarmarka ishtirokchilariga tijorat kreditini ajratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar va zarur ma’lumotlarni; bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tashkilotlar — o‘zida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida, ishning xususiyati va taxminiy oylik maoshi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; mini texnologiyalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi va boshqa tashkilotlar — biznes loyihalar, lizing orqali berilishi mumkin bo‘lgan texnika va asbob uskunalar, ishlab chiqarish sohasining afzalliklari, shuningdek o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslarni qiziqtiradigan boshqa ma’lumotlarni beradilar. 19. Markaz tomonidan yarmarka ishtirokchilariga Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha takliflar beriladi. 20. Yarmarkaga keluvchilar yarmarkada o‘zlari uchun maqbul keladigan ish o‘rinlariga ega tashkilotlar bilan mehnat shartnomalarini tuzishi, tijorat banklari bilan kredit olish masalasida hujjatlarni rasmiylashtirishi, shuningdek mini texnologiyalar olish uchun yarmarkada ishtirok etayotgan korxonalar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirishi mumkin. 21. Ushbu namunaviy reglament O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Savdo-sanoat palatasi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
171
8,796
Qonunchilik
Aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-180-IV-sonli Qarori bilan aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobni ko‘rib chiqib hamda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi. Xususan, yugurish, yurish, velosport, badminton, stritbol, Workaut va boshqa sport turlari bo‘yicha jami 56 mingdan ziyod ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, ushbu musobaqalarga 4 mln 700 ming aholi jalb qilingan. Aholi o‘rtasida 31 mingga yaqin sog‘lomlashtirish (ertalabki badantarbiya) tadbirlarida 3 mlndan ortiq aholi ishtiroki ta’minlangan. Mahalla aholisini doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etish yo‘lga qo‘yilishi natijasida 2021-yilning birinchi choragida mahallalarda 70 mingga yaqin sport musobaqasi o‘tkazilib, ularda 2 mlndan ziyod aholi qamrab olingan. Mamlakatimizdagi 10 mingdan ortiq maktablarda sport turlari bo‘yicha 64 339 ta to‘garak tashkil qilinib, 1 mln 400 ming nafar o‘quvchi jalb etilgan. “Yoshlar haftaligi” doirasidagi 17 981 ta ommaviy tadbirga 1 mln 300 ming nafar, “Ta’lim muassasalari haftaligi” doirasidagi 29 680 ta ommaviy tadbirda 1 mln 600 mingdan ziyod yoshlar ishtiroki ta’minlangan. Shuningdek, aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” www.1hls.uz veb-portali hamda uning mobil ilovasi yaratilib, ishga tushirilgan hamda yuklab olish uchun Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 2021-yil 1-martdan boshlab sportning 30 dan ortiq turi bo‘yicha Olimpiya, jahon, Osiyo va mamlakat chempionlari respublika bo‘yicha mingta maktabga biriktirilib, yoshlarni professional sportga jalb qilish bo‘yicha “mahorat saboqlari” tashkil qilingan. Vazirlik, idora va tashkilotlarda xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar yaratish maqsadida “Sport targ‘ibotchilari” tayinlangan hamda ularga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan. Yaratib berilayotgan shart-sharoitlar natijasida sport bilan doimiy shug‘ullanuvchi aholi soni 2020-yildagi 19 foizdan 2021-yilda 21,3 foizga yetkazilgan. Amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi. Jumladan, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hisobini yuritishning aniq mezonlari yo‘qligi tufayli joylarda bu boradagi ko‘rsatkichlarni real baholash imkoni mavjud emas. Ayrim hududlarda bir martalik ommaviy sport tadbirlariga jalb qilingan aholini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar ro‘yxatiga kiritish orqali qamrov ko‘rsatkichlarini oshirish holatlari kuzatilmoqda. “Salomatlik uchun 5000 qadam” kabi aksiyalar bir martalik kampaniyaga aylanib, muntazamlik kasb etmayapti. Hududlardagi birinchi rahbarlar mazkur aksiyalarda faol qatnashmayotgani hamda ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda ular ishtirokida muntazam targ‘ibot olib borilmayotgani aholini jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb qilishda kutilgan samaraga erishilmayapti. Hududlardagi sport inshootlari, xususan, Toshkent viloyatidagi futbol stadionlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan. “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) — maxsus sport maydonchalaridagi jihozlar qarovsizligi sababli foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida 2021-yil 1-mayga qadar har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni bunyod etish belgilangan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda ushbu topshiriq ijrosi bugunga qadar bajarilmagan. Xususan, Toshkent viloyatida 283 ta, Sirdaryo viloyatida 127 ta, Toshkent shahrida 85 ta, Jizzax viloyatida 55 ta, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlaridagi 48 tadan mahallada velosport, yurish, yugurish yo‘laklari mavjud emas. Ayrim hududlardagi mutasaddilar tomonidan “Salomatlik yo‘laklari” sifatida taqdim etilayotgan piyodalar yo‘laklari belgilangan o‘lchamlar va talablarga javob bermaydi. Shuningdek, Toshkent viloyatida 477 ta, Qashqadaryo viloyatida 268 ta, Surxondaryo viloyatida 208 ta, Jizzax viloyatida 207 ta, Xorazm viloyatida 124 ta, Buxoro viloyatida 180 ta, Andijon viloyatida 58 ta mahallada “Workout” maydonchalari tashkil qilinmagan. Xorazm viloyatida 171 ta, Andijon viloyatida 71 ta, Toshkent viloyatida 38 ta mahallada mini futbol maydonlari yo‘q. Sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish tizimi yetarlicha tashkil etilmagan. Investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inshootlarida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilganligi tufayli mazkur inshootlar qabul qilib olingandan so‘ng foydalanishga yaroqsiz ahvolda qolmoqda. Jumladan, Pop tumanida 2016-yil qurilgan suzish havzasi 2 yil davomida ishlamagan. Mahalliy budjetdan qo‘shimcha 500 mln mablag‘ ajratilib, qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilgan. Yangiyo‘l tumanida 2019-yildagi investitsiya dasturiga kiritilgan futbol stadionidagi qurilish ishlari oxiriga yetkazilmay, inshoot shu kunga qadar foydalanishga topshirilmagan. Toshkent shahridagi Sebzor suv havzasida 2020-yilda boshlangan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda (2021-yil mart) yakunlanmagan. Bundan tashqari, ta’mirlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, sifatsiz bajarilgan ishlar tufayli inshootning tomidan chakki o‘tishi, yangi qo‘yilgan isitish radiatorlardan suv oqib ketishi kabi holatlar kuzatilgan. Shuningdek, Suv sporti maktabiga qarashli Sag‘bon suv havzasi 2018-yilda markazlashgan isitish tizimidan uzilganligi oqibatida o‘quv mashg‘ulotlar to‘xtatilgan. Muqobil isitish qozonxona qurilishiga shu kunga qadar zarur pul mablag‘lari ajratilmagan. Natijada Sag‘bon suv havzasida o‘tilishi kerak bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotlari boshqa inshootlarda pullik tarzda olib borilmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi vaqt o‘tgan sayin obyektlar uchun belgilangan hisob-kitoblardan ko‘proq mablag‘ sarflanishiga olib kelyapti. Bundan tashqari, ayrim tumanlarda sport komplekslari yo‘qligi aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, 200 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Yangiyo‘l tumanida sport kompleksi mavjud emas. Hududlarda sport inshootlari bir necha yillardan buyon investitsiya dasturlariga kiritilmayotganligi ham joylarda jismoniy tarbiya va sport rivojiga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, Pop tumanida 2016-yildan buyon birorta ham sport obyekti investitsiya dasturiga kiritilmagan. Mamlakatimizda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 22 mlndan oshgan bugungi kunda “Sog‘lom turmush tarzi” www.1hls.uz mobil ilovasidan 2021-yilning birinchi yarmida faqat 7 ming kishi foydalangan. Turizm va sport vazirligi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasida ro‘yxatdan o‘tgan va undan foydalangan jismoniy shaxslar soniga hamda ularning sport natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining har chorak yakuni bo‘yicha reytingini tuzish va ular faoliyatiga Hukumat tomonidan baho berish ishlari yetarlicha olib borilmayapti. Tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish holati talab darajasida emas. Davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalarida ish kuni davomida xodimlar ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilangani monitoring qilinmagan. Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targ‘ibotchilari” uchun yo‘riqnomalar yetkazib berilmagani tufayli mazkur tizimdan kutilgan samaraga erishilmayapti. Shuningdek, “Sport targ‘ibotchilari”ning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama to‘lash uchun mablag‘lar ajratilmagan. Tashkilot va idoralarning rahbar va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi tashkil qilinmagan. Har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, musobaqalarni bayramona ruhda, “shou” ko‘rinishida o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmagan. Tuman (shahar)larda har chorakda tashkil qilinishi belgilangan “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini muntazam o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-180-IV-sonli Qaroriga muvofiq, aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari yuzasidan berilgan javob hamda Senatning Yoshlar, Madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining o‘rganish yakunlari bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A. Abduhakimov): “Salomatlik uchun 5000 qadam” kabi aksiyalarni muntazam tashkil etish va ularda hududlar hamda tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokini ta’minlash; tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish; tashkilot va idoralarning rahbar va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi tashkil qilish; har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, musobaqalarni bayramona ruhda, “shou” ko‘rinishida o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni munosib rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish; bir oy muddatda Tokio Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz ta’lim olgan maktab va oliy o‘quv yurtlarida, voyaga yetgan mahallalarda ularning ibratli faoliyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilish choralarini ko‘rsin. Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan 2021-yilning 1-dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot bersin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kompleksi (A. Ramatov): har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni belgilangan muddatlarda tashkil qilmagan rahbarlarga tegishli choralar ko‘rish va ushbu yo‘laklarni 2021-yil 1-oktabrga qadar to‘liq tashkil qilish; investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inshootlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan hududlardagi mutasaddilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish hamda investitsiya dasturlariga kiritilgan obyektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish; sport komplekslari mavjud bo‘lmagan Chust, Yangiyo‘l kabi tumanlarda zamonaviy sport komplekslarini bunyod etish va bir necha yillardan buyon investitsiya dasturlariga kiritilmayotgan hududlardagi sport inshootlarini mazkur dasturlarga kiritish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kompleksi (J. Kuchkarov) bir oy muddatda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targ‘ibotchilari”ning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama to‘lash uchun mablag‘lar to‘liq ajratilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi: bir oy muddatda aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hisobini yuritishning aniq mezonlarini ishlab chiqish; hududlardagi sport inshootlari, xususan, “Salomatlik yo‘laklari” futbol stadionlari, “Workout” sport maydonchalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish; aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” www.1hls.uz mobil ilovasini ommalashtirish; “Sog‘lom turmush tarzi” platformasida ro‘yxatdan o‘tgan va undan foydalangan jismoniy shaxslar soniga hamda ularning sport natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining har chorak yakuni bo‘yicha reytingini tuzish va ular faoliyatiga baho berish uchun Hukumatga taklif kiritish; davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalarida ish kuni davomida xodimlar ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanganini monitoring qilish; sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targ‘ibotchilari” uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqish va hududlarga yetkazib berish; O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar)larda har chorakda “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini har chorakda o‘tkazib borish hamda mahallalarda sportning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha musobaqalar muntazam tashkil etilishini ta’minlash, besh muhim tashabbus doirasida uyushmagan yoshlarni sport to‘garaklariga jalb qilish ishlarini samarali tashkil qilish; uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda hududlardagi aholi orasida aniqlangan kasalliklarga qarshi kurashishda yaxshi samara beradigan sport turlari va jismoniy tarbiya mashqlarini tatbiq etish dasturlarini ishlab chiqish; Samarqand viloyatida Xalqaro standartlarga javob beradigan yopiq turdagi velotrek sport majmuasini barpo etish bo‘yicha ishlarni 2022-yil 1-dekabrga qadar yakunlash choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi bilan birgalikda har bir maktabdagi bir nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama to‘lash orqali mahallalarga “sport targ‘ibotchisi” sifatida biriktirish choralarini ko‘rsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga: hududlarda investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish hamda sport obyektlarini investitsiya dasturlariga kiritib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; mahalliy Kengashlar sessiyalarida tegishli mutasaddi rahbarlarning aholini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha axborotlarini har chorakda eshitish; joylarda sport inshootlarini ta’mirlash, sport obyektlarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash va sport musobaqalarini tashkil etish uchun mahalliy budjetdan mablag‘ yo‘naltirish masalasini doimiy nazoratga olish tavsiya etilsin. 8. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
235
16,355
Qonunchilik
Oilaviy biznesga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Prezident tomonidan 20 dekabr kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatga asosan 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida: a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining  resurslari tijorat banklariga yillik 10% stavkada joylashtiriladi; b) imtiyozli kreditlar yillik 14% stavkada: v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi oʻrinlarda – hokim yordamchisi) oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi; g) chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi; d) yetakchi tadbirkorlik sub’yektlariga dehqon хoʻjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni хarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar ajratiladi. 2022 yil 1 martdan kreditlar toʻliq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi. Bunda: Kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga oʻzini oʻzi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish oʻrinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 21.12.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
47
1,841
Qonunchilik
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-521-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-521-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
204
652
Qonunchilik
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5110-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionyerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son Farmoniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (ro‘yxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning I bobi quyidagi mazmundagi 23-band bilan to‘ldirilsin: “23. 2017-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari hamda “Kommunxizmat” agentligining boshqaruv xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlari bo‘lgan pensionyerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. Pensiyalarni to‘lash to‘liq miqdorda, agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat pensionerning yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.”. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
98
2,096
Qonunchilik
“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi QL-692-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 25-sentabrda kiritilgan “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi QL-692-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
93
632
Qonunchilik
Davlat ob’yektlaridan oqilona foydalaniladi
Vazirlar Mahkamasining 9.10.2015 yildagi 289-son qarori bilan davlat mulki ob’yektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Hujjat bilan quyidagi roʻyхatlar tasdiqlandi: davlat organlariga operativ boshqaruvga hamda tashkilotlarga yanada samarali foydalanish uchun begʻaraz foydalanishga topshiriladigan davlat mulki ob’yektlari; yanada samarali foydalanish boʻyicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi hamda ularni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritish zarur boʻlgan qurilishi tugallanmagan va qayta ta’mirlanishi lozim boʻlgan davlat mulki ob’yektlari; хoʻjalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga topshiriladigan davlat aktivlari. Balansida davlat mulki ob’yektlari boʻlgan Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlarga ob’yektlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlarga topshirishni ularga zaruriy tiklash ishlarini olib borish hamda ulardan yanada samarali foydalanishni ta’minlashni zimmalariga yuklagan holda topshirishni amalga oshirish topshirildi. Hujjat bilan   qurilishi tugallanmagan va qayta ta’mirlanishi lozim boʻlgan davlat mulki ob’yektlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda ularni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritish ham topshirildi. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.
43
1,459
Qonunchilik
Toshkentda propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish huquqiga ega organlarga «Oʻzagrokimyohimoya» AJ qoʻshiladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Eslatib oʻtamiz, Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga ayni paytda 64 tashkilot kiritilgan. Bunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati 11-bandiga muvofiq bunday tartibda vazirliklarga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisoslikdagi mutaхassislar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, хotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) – mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga propiska qilinishi mumkin. Mazkur toifadagi fuqarolar doimiy propiskani rasmiylashtirishda tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasini, shuningdek lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma taqdim etishlari lozim. Fuqaro 11-band boʻyicha propiska qilingan boʻlsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uy-joy oldi-sotdisi, almashtirish, renta, umrbod egalik qilish sharti bilan boshqa shaхslarning nomiga oʻtkazish va hadya qilish bitimlari, shuningdek koʻchmas mulkni (uning bir qismini) garovga qoʻyish (ipoteka), undan boshqaning foydasiga voz kechish va uy-joy yoki noturar joyni boshqa shaхslarga berishning boshqa usullarida tuzilgan bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi quyidagi shartlarda amalga oshiriladi: Soʻngra 1-band boʻyicha propiska qilinadi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Samir Latipov.
118
1,767
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. 2021-yil 12-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. Adliya vazirligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilansin. 3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin. 4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,323
Qonunchilik
NEFT VA GAZ KONLARINING QIDIRUV IShLARI, QUDUQLARNI BURG‘ULASh, SINASh VA IShGA TUShIRIShDAGI TEXNOLOGIK JARAYoNLAR USTIDAN NAZORAT QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 191-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2003-yil 15-oktabrdagi 01-637, 01/07-899, 01-1137-son qarori (ro‘yxat raqami 1285, 2003-yil 31-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) bilan tasdiqlangan Neft va gaz konlarini qidiruv ishlari, quduqlarni burg‘ulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
192
2,016
Qonunchilik
TO‘QIMAChILIK SANOATI KORXONALARINI MOLIYAVIY SOG‘LOMLAShTIRISh VA ULARGA PAXTA TOLASI SOTISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
So‘nggi yillarda davlat tomonidan to‘qimachilik sanoati qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli mamlakatimizda yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi zamonaviy to‘qimachilik korxonalari tashkil etildi. Natijada tarmoqda ishlab chiqarish hajmi va xalqaro standartlarga javob beradigan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti barqaror o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va to‘qimachilik sanoatiga xorijiy investorlarni jalb qilish sur’atlari yetarlicha emas. Buning oqibatida qimmatbaho paxta tolasining anchagina qismi eskirgan uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda sifati past mahsulotlarga aylantirilmoqda. Tarmoqda zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar soni qisqarmayapti. To‘qimachilik sanoati korxonalarining paxta tolasini yetkazib beruvchilarga hamda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha qarzdorligi yuqoriligicha qolmoqda. Tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlarini jadallashtirish, texnik qoloq va iqtisodiy nochor korxonalarni qat’iy tugatish, qo‘shma to‘qimachilik korxonalari faoliyati hamda texnik qayta jihozlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida eskirgan uskunalarda ishlayotgan sifatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlamayotgan va rivojlanish istiqbollariga ega bo‘lmagan korxonalar aniqlandi (1-ilovaga* muvofiq), ularning aksariyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa kreditorlar tashabbusiga ko‘ra belgilangan tartibda bankrotlik to‘g‘risida ishlar qo‘zg‘atildi va tugatish amaliyoti o‘tkazilmoqda; xorijiy investorlar bilan birgalikda tashkil etilgan va banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bor, iqtisodiy nochor to‘qimachilik korxonalarga (2-ilovaga* muvofiq) nisbatan kreditorlar tomonidan bankrotlik jarayonlari boshlangan yoki qonunda belgilangan tartibda ularning mulkidan jarima undiriladi. 2. Quyidagi tartib belgilab qo‘yilsin: 1-ilovada ko‘rsatilgan korxonalarda zamonaviy texnologik uskunalar asosida modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmaguncha eskirgan texnologik uskunalarda qayta ishlash uchun paxta tolasi sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; hozirgi vaqtda modernizatsiya va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirayotgan 3-ilovada* ko‘rsatilgan korxonalar uchun 2007-yil 1-iyulgacha ularga paxta tolasi sotishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi; ilgari sotib olingan paxta tolasi uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bor respublika qayta ishlash korxonalari birja savdolariga qatnashishiga ruxsat etilmaydi. 3. To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tanlash bo‘yicha hukumat komissiyasi (quyida — Komissiya) 4-ilovaga* muvofiq tuzilsin. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari etib quyidagilar belgilansin: budjetga, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari bo‘yicha berilgan bank kreditlari hamda paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalari va “O‘zpaxtasanoat” AJ oldida muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar bo‘yicha mulkiga kreditorlarning talablari qaratilgan iqtisodiy nochor to‘qimachilik korxonalarini sotish va boshqaruvga berish, investorlar yoki zamonaviy to‘qimachilik korxonalari menejmenti tajribasiga ega investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar o‘rtasida ochiq tanlovlarni o‘tkazish; eskirgan texnologik uskunalari bor to‘qimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturiga kiritish va undan chiqarib tashlash; O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida paxta tolasini sotish bo‘yicha yopiq kimoshdi savdolariga kiritiladigan to‘qimachilik korxonalari ro‘yxatiga qo‘shish va bu ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; to‘qimachilik korxonalari modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlarini bajargandan so‘ng ularni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida paxta tolasini sotib olishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilish. 4. Komissiya (Azimov R.S.): berilgan vakolatlarga muvofiq o‘ziga yuklatilgan vazifalarning tezkor hal etilishini ta’minlash va har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga amalga oshirilayotgan ishlarning muayyan natijasi haqida hisobot berish; 2006-yilning 1-iyuligacha 2-ilovada qayd etilgan korxonalar uchun investorlar yoki boshqaruv kompaniyalarini tanlash ishlari yakunlansin. 5. “O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2006—2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 6. “O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga o‘z tarkibiga xorijiy investitsiyalar kiritilgan korxonalarni birlashgan a’zolar sifatida ushbu korxonalar ta’sischilarining qaroriga muvofiq qabul qilish huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ikki hafta ichida paxta tolasini O‘zRTXB orqali respublika korxonalariga sotishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
152
5,909
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24 va 491-moddalariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 491-moddasiga muvofiq: o‘quv-tajriba ho‘jaliklariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish hamda ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun berilishi; o‘quv-tajriba ho‘jaliklari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emasligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining quyidagi takliflari ma’qullansin: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari bo‘linmalarida qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba ho‘jaliklarini tashkil etish; “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari bo‘linmalaridagi yordamchi xo‘jaliklarni o‘quv-tajriba ho‘jaliklariga aylantirish hamda Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining ixtiyoriy voz kechish talabiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi tajriba xo‘jaligi yerlarini zaxiraga qaytarish. 3. Quyidagilar: Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba ho‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining Chimboy tumani hokimligi zaxirasiga qaytaradigan yer uchastkalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari o‘quv-tajriba ho‘jaliklariga o‘ttiz yil muddatga ijara huquqi asosida ajratiladi; o‘quv-tajriba ho‘jaliklariga ajratilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirish ishlari amalga oshiriladi hamda ekinlarning holati va rivojlanishini monitoring qilishning ilmiy asoslangan usullari sinovdan o‘tkaziladi; spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: a) Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda: mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba ho‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining yer uchastkasi Chimboy tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilishi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ochiq elektron tanlovga qo‘yilishini ta’minlasin; b) o‘quv-tajriba ho‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
98
3,955
Qonunchilik
“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayta tiklanadigan energiyani jadal rivojlantirishni ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 2019-yil 20-martda “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Investor) bilan O‘zbekiston Respublikasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini (keyingi o‘rinlarda — ShES) loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolanganligi (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi); b) investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shamol Zarafshan Energy” xorijiy korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi; v) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi (keyinchalik shartnomaga qo‘shilishini hisobga olgan holda) o‘rtasida 2020-yil 10-iyunda investitsiya shartnomasi imzolanganligi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya shartnomasi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi: investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish; xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, 600 mln AQSh dollaridan ortiq miqdorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish; ular tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishlari nazarda tutilganligi; g) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor o‘rtasida 2020-yil 10-iyunda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda — Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim) imzolanganligi hamda unga muvofiq: Investor ushbu bitim bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlaridan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechishi; Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi; Loyiha kompaniyasi o‘z majburiyatlarining lozim darajada bajarilishi bo‘yicha 35 mln AQSh dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi; Loyiha kompaniyasi ShESning oshiruvchi podstansiyasini qurish va u ishga tushirilgandan so‘ng “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga bepul topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi; “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasidagi Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin. Belgilansinki, Investitsiya shartnomasi u imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 3. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin. 4. Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan qat’iy tarif o‘rnatilganligi belgilab qo‘yilsin. 5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligiga Investor, Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Loyiha kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin. 6. Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga: Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Loyiha kompaniyasi tomonidan belgilangan tartib-taomillarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini tanlab olishga; majburiy ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazmagan holda xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga; ShESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochishga ruxsat berilsin. 7. Investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat berilsin: kreditlash, xorijiy valyutadagi mablag‘larni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablag‘lari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish; chet eldagi bank hisobvaraqlaridan xorijiy valyutada kredit olish; ustav kapitali uchun faqat qurilish davrida Loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz shartnomalari va oraliq qarz bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutada pul mablag‘larini qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirish. 71. Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi to‘lov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Osiyo taraqqiyot banki bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin. 8. Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan ShES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin. Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun: ShES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga; havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini ta’minlasin. Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq to‘lash erga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlari ko‘rinishida ifodalanishi belgilansin. Bunda, Loyiha kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin. 81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Navoiy viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq 293,35 gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yangi yerlar o‘zlashtirilishini ta’minlasin. 9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosa bersin. 10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlasin. 11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
146
10,677
Qonunchilik
Ipotekani rasmiylashtirish chogʻida qanday qilib subsidiya olish mumkin
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom (25.03.2020 yildagi 182-son VMQga qarang) tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, yangi tartib doirasida ipotekani rasmiylashtirish chogʻida subsidiya olish mumkin: Subsidiya Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi toifadagi qarz oluvchilarga toʻlanadi: Subsidiya olish uchun ariza bergan fuqarolar ijtimoiy mezonlarga koʻra baholanadi. Buning uchun tumanlarda (shaharlarda) talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyat yuritib, ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini koʻrib chiqadi.  Subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelish yoki хizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda roʻyхatdan oʻtish lozim. Birinchi holatda ariza shaklini murojaat qiluvchining nomidan markaz хodimi toʻldiradi, ikkinchisida – ariza beruvchi buni mustaqil ravishda amalga oshirib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi. Mehnat migrantlari nomidan ularning oila a’zolari murojaat qilishlari mumkin. Markazlar va YaIDXP bepul хizmat koʻrsatadi.  1 martdan 1 oktyabrgacha subsidiya olish uchun ariza berishga ulgurish zarur. Shundan keyin hujjatlar koʻrib chiqilmaydi. Mas’ul tashkilotlar oʻzlariga taqdim etilgan hujjatlar asosida ariza beruvchi ijtimoiy mezonlarga mos kelishini 10 ish kuni ichida tekshiradilar. Yuqorida koʻrsatilgan komissiyalar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek baholash natijalariga koʻra ariza beruvchiga ipoteka boʻyicha subsidiya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Subsidiya bitta oilaga yoki uning a’zolaridan biriga faqat bir marta toʻlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2020 yildan kuchga kirgan.
71
1,742
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshidagi Qimmatbaho metallar agentligida qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va topshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4121-son qaroriga muvofiq, sanoat mahsulotlari, zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladigan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va taqsimlash prognoz parametrlarini shakllantirishda sanoatda ishlatiladigan mahsulotlar, zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga ularning ehtiyojlarini hisobga olib, asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha birja savdolarida sotish uchun qimmatbaho metallar ajratish hajmlarini nazarda tutsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xo‘jayev zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom qimmatbaho metallarni birja savdolarida sanoatda ishlatiladigan mahsulotlar, zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga sotish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: standart quymalar (plastinalar) — O‘zbekiston Respublikasi, quymalarni ishlab chiqaruvchi davlatning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga, shuningdek, tovar-xomashyo birjalari (keyingi o‘rinlarda birjalar deb ataladi) talablariga muvofiq bo‘lgan zargarlik buyumlari va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo sifatida birja savdolarida sotish uchun mo‘ljallangan qimmatbaho metallar quymalari (plastinalar); qimmatbaho metallar — O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek, ishlab chiqaruvchi davlatning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga muvofiq bo‘lgan quymalar, plastinalar, granulalar va kukun ko‘rinishidagi oltin, kumush va platina; qimmatbaho metallar granulalari — qimmatbaho metallar affinajini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tayyorlanadigan, birja savdolarida zargarlik buyumlari va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga boshlang‘ich xomashyo sifatida sotalidagan yumaloq shakldagi kristallashtirilgan eritma shaklidagi qimmatbaho metallar guvalachalari; birja bitimi — birja savdolarining birja tomonidan qayd etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan, birja tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja tovarining oldi-sotdi shartnomasi; birja a’zolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; birja savdolarining elektron tizimi — birja a’zolariga respublikaning har qanday geografik nuqtasidan masofada turib aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini o‘z ichiga olgan global taqsimlangan axborot tizimi; hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda HKP deb ataladi) — birjaning birja bitimlari bo‘yicha kliring va o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilishini ta’minlovchi tarkibiy bo‘linmasi; avans — moliyaviy mablag‘lar sotuvchilari va xaridorlari tomonidan kiritiladigan, birja yig‘imini, shuningdek, tomonlarning zakalat pulini o‘z ichiga oladigan summa; London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi fiksingi — yuzaga kelgan talab va taklif asosida London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi tomonidan qo‘llaniladigan qimmatbaho metallar narxlarini belgilash va e’lon qilish tartiboti. 3. Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotish qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar yoki birja savdolarining boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 4. Qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar yoxud birja savdolarining boshqa ishtirokchilari — birjaning yetkazib beruvchilari normativ hujjatlar talablariga va namunaga muvofiq qimmatbaho metallardan plastinalar, quymalar, granulalar ishlab chiqarilishini ta’minlaydilar. Buyurtmalardan hamda bozordagi talab va taklif konyunkturasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan quyidagi o‘lchov og‘irligidagi o‘lchov plastinalari, quymalarni ishlab chiqaradilar: oltindan — 5 gramm, 20 gramm, 50 gramm, 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1000 grammli, shuningdek, kumushdan — 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1000 grammli. Qimmatbaho metallarning standart plastinalari va quymalari yuzasida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi bo‘lishi, sof qimmatbaho metall va ligatura massasi tarkibining ko‘rsatgichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga hamda tovar-xomashyo birjasining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Qimmatbaho metallar granulalari mahsulotning tarkibi va sifatini ko‘rsatuvchi tegishli yozuvlar kiritilgan og‘irligi o‘lchangan o‘ramga o‘rab joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 5. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar — qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqaruvchilar birja savdolarida qimmatbaho metallarning xaridorlari hisoblanadilar. Zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqaruvchilar savdolarda ishtirok etish uchun birjaga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beriladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etishlari kerak. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar savdolarda ishtirok etish uchun birjaga Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini taqdim etishi kerak. 6. Birja savdolari har kuni (dushanbadan jumagacha) birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi. 7. Birja savdolarida sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish mumkin emas. 8. Etkazib beruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni birja savdolariga qo‘yish qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlarining tasdiqlangan hajmlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli yilga qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan prognozlari asosida birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotishning choraklik va oylik prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan belgilanadi. Qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchilar har oyda joriy oyning 25-kunidan kechiktirmasdan mahsulotlarni birja savdolarida joylashtirish jadvalini ishlab chiqadilar va navbatdagi oy boshlanguniga qadar birjaga yuboradilar. Joylashtirish jadvallarida birja savdolarida sotish uchun mo‘ljallangan qimmatbaho metallar hajmlari ko‘rsatiladi. 9. Birja savdolarini tashkil etish va o‘tkazish qonunchilika, birja savdolari va hisob-kitob-kliring xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Birja savdolari va hisob-kitob-kliring xizmat ko‘rsatish qoidalari birja, birja a’zolari, sotuvchilar va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi. Birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori xaridorlar va sotuvchilar uchun belgilangan tartibda birja xizmatlariga belgilangan tariflardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 10. Xaridorlar va sotuvchilar birja savdolarida birja bilan yoki brokerlar nomidan ularning treyderlari tomonidan tuzilgan shartnoma asosida dilerlar sifatida mustaqil ravishda ishtirok etadilar. 11. Har bir birja savdosi bo‘yicha sotuvchilar va xaridorlarga ruxsat berish yoki chetlatish, shuningdek, birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatik tarzda birjaning elektron birja savdolari tizimi tomonidan amalga oshiriladi. 12. Savdoga qo‘yilgan, biroq sotilmagan mahsulotlar hajmlari, shuningdek, bekor qilingan bitimlar bo‘yicha hajmlar takroriy ravishda birja savdolariga qo‘yiladi. Birja savdolarida bir oy mobaynida sotilmagan qimmatbaho metallar hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda sotib olinishi mumkin. 13. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish birja yetkazib beruvchilari tomonidan 100 foizli oldindan haq to‘lash shartlarida amalga oshiriladi. Qonunchilikka muvofiq birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarga qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinmaydi. 14. Qimmatbaho metallarning boshlang‘ich narxi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining birja bitimi tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha milliy valyutada London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining so‘nggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi. Qimmatbaho metallarning milliy valyutadagi boshlang‘ich narxining hisob-kitoblari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Xaridorlar HKPdagi o‘z hisob raqamlariga birja bitimining mo‘ljallanayotgan summasining 1 foizi miqdoridagi zakalatni o‘z ichiga olgan avansni kiritadilar. 16. Xaridorlar birjada avans bilan ta’minlangan hajmlarda mahsulot sotib olish uchun bitimlar tuzishga haqlidirlar. 17. Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirish uchun birja tomonidan birja a’zolariga birja savdolari qoidalariga muvofiq birja bitimini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida taqdim qilinadi. 18. Xaridor ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq 3 ish kuni mobaynida tuzilgan birja bitimi bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lgan miqdordagi mablag‘larni birjaning talab qilib olingungacha ikkilamchi depozit hisob raqamiga o‘tkazishi kerak. 19. HKP ushbu Nizomning talablariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha zarur pul mablag‘lari tushganidan so‘ng bir ish kuni mobaynida sotuvchining shaxsiy kabinetiga to‘langan bitimlarning reyestrini yuborishi shart. 20. Sotuvchi HKPdan xaridor tomonidan ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq oldindan to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi xabarni olganidan so‘ng birja bitimida kelishilgan yetkazib berish shartlari bo‘yicha 5 ish kuni mobaynida xaridorga mahsulotni yetkazib beradi. 21. Sotuvchiga HKP tomonidan xaridorning shaxsiy hisob raqamiga to‘langan mablag‘lar tushganligi haqida bitimlar reyestrini taqdim qilish sotuvchi tomonidan xaridorga mahsulotni yuklab jo‘natish uchun asos sifatida xizmat qiladi. HKP tomonidan xaridor o‘z majburiyatlarini bajarganligi fakti tasdiqlanmasdan sotuvchi tomonidan mahsulot yuklab jo‘natilgan taqdirda, birja ro‘yxatdan o‘tkazilgan oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlarining xaridor tomonidan bajarilmaganligi uchun javob bermaydi. 22. Mahsulotni yuklash va olish fakti xaridor va sotuvchining imzolari bilan tasdiqlanadigan schyot-faktura nusxasi bilan tasdiqlanadi. Schyot-fakturaning taqdim qilingan nusxasi HKP bir ish kuni mobaynida sotuvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi talab qilib olingungacha ikkilamchi hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazishi, shuningdek, bitimni yopish uchun asos va majburiyat sifatida xizmat qiladi. 23. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini ijro etish va hisob-kitob-kliring xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. 24. Sotuvchi yoki xaridor tomonidan ushbu Nizomdan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, nohalol tomonning zakalati jabrlangan tomonning foydasiga ushlab qolinadi. Bunda sotuvchidan xaridor foydasiga undiriladigan summa miqdori shartnomaning umumiy summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 1 gramm qimmatbaho metallning milliy valyutadagi narxi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: PG/UZS = ((PW / Y) * ECB) verguldan so‘ng 2 kasrli xonaga qadar yaxlitlanadi, bunda: PG/UZS — bir gramm uchun so‘mdagi narx; PW — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining so‘nggi ertalabki fiksingi narxi (AQSh dollari/tr.uns.); Y — bir troy unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti (1 troy unsiyasi = 31,10348 gramm); ECB — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi (milliy valyutada AQSh dollari).
145
12,644
Qonunchilik
“ChET EL INVESTITSIYaLARI VA ChET ELLIK INVESTORLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: qonunlarni “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin; Hukumatning qarorlarini “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta qarab chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3. 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi hamda 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
149
1,216
Qonunchilik
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 21-oktabrdagi SQ-157-IV-sonli Qarori bilan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobni tahlil qilib, Oliy Majlis Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi. Xususan, parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 804-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi suv ta’minoti tashkilotlarining mablag‘larini shakllantirish va uni taqsimlash tartibi tasdiqlangan. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda Davlat budjeti, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa manbalardan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari samaradorligiga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi 4883-sonli qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tashkil etilgan. Loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni shaffof tizimda tanlash maqsadida tender va tanlov savdolari o‘tkazilishi va affillangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirilishi tashkil etilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish kompaniyasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibidan “O‘zsuvta’minoti” AJ tarkibiga o‘tkazilib, buyurtmachi va foydalanishga qabul qiluvchi sifatida manfaatdor taraflar faoliyati tashkil etilgan hamda loyiha samaradorligini nazorat qilishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, bugun mamlakat aholisining faqat 65 foizi markazlashgan ichimlik suvi tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega. Iste’molchilarning 51 foizi esa, suv hisoblagich jihozlari bilan ta’minlangan xolos, shuningdek, ichimlik suvi tarmoqlarining 38 foizi rekonstruksiyaga muhtoj. Bundan tashqari, sohada aholiga suv yetkazib berish, suv inshootlarini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan samarasiz foydalanish, noqonuniy sarflangan mablag‘larni undirish, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish masalalari oxirigacha hal etilmagan hamda ular yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis Senatiga aniq va batafsil javob bermagan. Birgina Qashqadaryo viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash uchun 2020-yilda 15 ta obyektga ajratilgan 182,4 mlrd so‘mdan 23,9 mlrd so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlarida 14 ta obyektda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani sababli obyektlar ishga tushurilmagan va buning oqibatida aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmagan. Shuningdek, suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun iste’molchilarga to‘lovlarning to‘liq hisoblanmasligi, korxona tomonidan mavjud iste’molchilarning abonentlar elektron billing tizimi bazasiga to‘liq kiritilmaganligi, daromadlar bazasidan to‘laqonli ravishda foydalanilmayotganligi, o‘z navbatida, soha korxonalari moliyaviy faoliyatini qoniqarsiz ko‘rsatkichlar bilan yakunlashiga olib kelmoqda. Jumladan, suv ta’minoti korxonalarining 2021-yil 1-yanvar holatiga debitorlik qarzi 591,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 149 foizga o‘sgan. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”da 2017-yildan boshlab tuman (shahar)larda foydalanishga topshirilgan oqova suv tozalash inshootlari bo‘yicha xulosa tayyorlash belgilanib, ushbu muddatda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan xulosalar tayyorlash nazarda tutilmagan. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan parlament so‘rovi natijalari yuzasidan Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalar qo‘mitasi raisi E. Gadoyev axborotini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovida aks ettirilgan masalalar to‘liq o‘z yechimini topmaganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rsatib o‘tilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yildan boshlab tuman (shahar)larda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 804-sonli qarori bilan qabul qilingan “Yo‘l xaritasi” hamda mablag‘larni shakllantirish va taqsimlash tartibining ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Senatiga 2021-yilning 1-noyabriga qadar batafsil axborot kiritsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda: ikki hafta muddatda aholiga ichimlik suvi yetkazib berish, suv inshootlarini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lardan samarali foydalanish hamda mavjud muammolarning hal etilmaganligi sabablarini o‘rganish, shuningdek tegishli xodimlar javobgarligini ko‘rib chiqish; ikki oy muddatda suv ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori to‘liq hisoblanmasligi, abonentlarning elektron billing tizimi bazasiga to‘liq kiritilmaganligi, daromadlar bazasidan to‘laqonli foydalanilmasligi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rsin; ushbu band ijrosi yuzasidan 2021-yilning 1-iyuliga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin. 4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
160
5,841
Qonunchilik
“TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 4-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “transport terminallari xizmatlari”; 2) 10-modda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tabiiy monopoliyalar tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi”; uchinchi—to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi—o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; 3) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Nazorat vazifalarini amalga oshirish chog‘ida monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan materiallar, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tekshirish va tahlil qilishga doir materiallar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari hamda prokuratura organlarining taqdimnomalari tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi”; 4) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tabiiy monopoliyalar subyektlari quyidagi huquqlarga ega: realizatsiya qilingan tovarlar haqini to‘lashni ta’minlamayotgan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad etish; tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlar narxlarini (tariflarini) vakolatli organni xabardor qilgan holda, barcha iste’molchilar uchun bir vaqtning o‘zida pasaytirish”; 5) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajalari tasdiqlanayotganda hisobga olinadigan asosiy vositalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida xarid qilish; tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun amalga oshiriladigan to‘g‘ridan to‘g‘rixarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritish”. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
114
2,500
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq geologik va marksheyderlik xizmatlari to‘g‘risidagi namunali nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qarorida: a) 1-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomning 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 8-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-bandning birinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 21-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi, 23-bandning rus tilida matnidagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennoy komissii” so‘zlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin; 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Hisobot balanslari uch nusxada tuziladi va yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan har yili 5-fevraldan kechikmasdan Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi Davlat geologiya fondiga yuborish: noruda foydali qazilmalar bo‘yicha — Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari; rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi. Hisobot balanslari Davlat geologiya fondiga qabul qilingandan keyin bir nusxasi tegishli belgi bilan yer qa’ridan foydalanuvchiga qaytariladi. Ikkinchi nusxasi Inspeksiyaga taqdim qilinishi kerak”; 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlari” so‘zlari “mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 26-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin; nizomga ilovada: “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan hisobot balanslari” blokidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Inspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin; rus tilidagi matnda “Protokol GKZ po utverjdeniyu (pereutverjdeniyu, spisaniyu) zapasov poleznix iskopayemix” blokidagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennoy komissii” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-avgustdagi 228-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 85-modda) bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida: 8-banddagi “pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan (daleye — GKZ)” so‘zlari “pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam (daleye — Gosudarstvennaya komissiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 20 — 23-bandlarning birinchi xatboshidagi, 26-banddagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennaya komissiya” so‘zlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin; 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “24. Rassmotreniye i utverjdeniye Gosudarstvennoy komissiyey predstavlennogo TEO ekspluatatsionnix konditsiy osuщestvlyayutsya v sootvetstvii s Polojeniyem o Gosudarstvennoy komissii po zapasam poleznix iskopayemix pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam, utverjdennim postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 23 maya 2018 g. № 388”; 2-ilovadagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennaya komissiya” so‘zlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 122-modda): b) 2-ilovada: 18-bandning uchinchi xatboshidagi “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIChM DK” so‘zlari “O‘zbekgidrogeologiya” DK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 19-bandning birinchi xatboshidagi “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIChM DK” so‘zlari “O‘zbekgidrogeologiya” DK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-ilovaning “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIChM DK Yer osti suvlari kadastri va monitoringi markazi” blokidagi “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIChM DK” so‘zlari “O‘zbekgidrogeologiya” DK” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
6,354