folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Oqsu daryosida gidroelektrostansiya quriladi | Vazirlar Mahkamasining 21.08.2020 yildagi «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 497-sonli qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 2.05.2017 yildagi «2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2947-son va 9.01.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4563-son qarorlarini ijro etish maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:
Qarorda quyidagilar 2020-2022 yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati $75,3 mln.ga teng loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
Qaror bilan quyidagi tasdiqlandi:
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
Qashqadaryo viloyati hokimligiga GES va elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun oʻz vaqtida yer uchastkalari ajratilishini ta’minlash, Qurilish vazirligiga esa qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi monitoring qilish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 44 | 1,270 |
Qonunchilik | DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKI SARMOYASINI YaNADA KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 7-dekabrdagi PF-2773-son Farmonini bajarish yuzasidan va bank omonatchilarining manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki 1-ilovaga* muvofiq jadvalga ko‘ra qo‘shimcha ravishda 7,0 mlrd so‘m ajratgan holda davlat-tijorat Xalq bankining ustav sarmoyasi 2000—2005-yillarda 10 mlrd so‘mgacha yetkazilishini ta’minlasinlar.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
soliqlar va yig‘imlardan ozod qilishdan bo‘shatilib 2000—2004-yillar mobaynida tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xalq banki ustav sarmoyasidagi ulushini shakllantirish uchun yetmagan taqdirda, mablag‘larning yetmagan qismi 2005-yil mobaynida davlat budjeti hisobiga to‘ldiriladi;
mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xalq banki ustav sarmoyasidagi ulushini shakllantirish uchun belgilangan miqdordan ortiq tushgan taqdirda, ushbu mablag‘lardan bankning infratuzilmasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 22-apreldagi 189-son qaroriga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 86 | 1,565 |
Qonunchilik | Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 28-banddan “, kredit uyushmalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 67-banddagi “Markaziy bankning Kredit tashkilotlari va kredit byurolarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga” degan so‘zlar “Kredit tashkilotlari, kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda banklar va kredit byurolarini ro‘yxatga olish komissiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 105-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kredit tashkilotlari va kredit byurolarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasi” degan so‘zlar “Kredit tashkilotlari, kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda banklar va kredit byurolarini ro‘yxatga olish komissiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 122 | 1,592 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi QL-508-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
2. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi QL-476-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-576-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-578-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
5. “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-563-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
6. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi parlament so‘roviga javobi haqida. | 94 | 1,238 |
Qonunchilik | “BEShTA KASB-HUNAR KOLLEJINI QURISh VA JIHOZLASh” LOYIHASINI ISLOM TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Islom taraqqiyot banki (keyingi matnlarda — ITB deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga “Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish maqsadida yetti yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 25 yil muddatga 7,24 mln. islom dinori (ekvivalenti 10,5 mln. AQSh dollariga teng) miqdorda kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jalb etiladigan kredit bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi kredit mablag‘laridan ITB tartib-qoidalariga muvofiq maqsadli va o‘z vaqtida foydalanish, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
ITB kreditini uzish, shuningdek kredit bo‘yicha xizmatlarga komissiyalarni to‘lash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
loyihani moliyalashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
kreditni va kredit bo‘yicha xizmatlarga komissiyalar to‘lashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan ITB o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
5. ITB bilan qarz bitimi kuchga kirishi shartlarini bajarish uchun:
moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nomiga ITB krediti bo‘yicha belgilangan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq vakolatnoma yuborish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga — vakolatnomada bayon etilgan instruksiyalarni bajarish majburiyatini qabul qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomiga tasdiqnoma yuborish vakolati berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yilda mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga asbob-uskuna va mebel xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qarz bitimi kuchga kirgandan so‘ng bir oy muddatda ITB krediti hisobiga moliyalashtiriladigan, xodimlarning cheklangan soni 8 kishidan iborat bo‘lgan loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin, uning zimmasiga loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish, kredit mablag‘laridan foydalanish hisob-kitobi va nazoratini ITB talablariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash uchun javobgarlik yuklansin.
8. Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalari hamda texnik vositalar bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
ITB krediti hisobidan loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirib olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan;
kredit berilishi munosabati bilan ITB O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirib olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi talabnomalariga ko‘ra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning ko‘p marotabalik vizalarini konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 140 | 4,690 |
Qonunchilik | “Paxtakor” futbol klubining moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “Paxtakor” futbol klubining moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish, “Paxtakor” futbol klubining sport-mashg‘ulot o‘quv kompleksi va unga tegishli bo‘lgan obyektlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekistonni xalqaro musobaqalarda munosib namoyon etishga qodir bo‘lgan yuqori darajadagi futbolchilarni tayyorlashni ta’minlash maqsadida:
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamda “SFI Management Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — investor):
“PAXTAKOR” sport-mashg‘ulot o‘quv markazi” MChJ va “PAXTAKOR TENNIS ASE” MChJni “PAXTAKOR” MChJga birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — Jamiyat);
investorga investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nul”inchi sotib olish qiymati narxida Jamiyatning ustav fondiga 80 foiz ulushini sotish;
investorning investitsiya majburiyatlarini bajarganidan so‘ng Jamiyatning ustav fondidagi 20 foiz ulushni Toshkent shahar hokimligida saqlab qolish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, investor bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni xalqaro standartlarga mos keltirishni nazarda tutadigan biznes-rejaga muvofiq, 200,0 mlrd, so‘mdan kam bo‘lmagan summadagi bajariladigan investitsiya majburiyatlarini besh yil davomida amalga oshiradi.
3. Belgilansinki:
“tasarruf etish huquqisiz” belgili Jamiyatning ustav fondidagi 80 foiz ulushiga bo‘lgan mulkiy huquqni beradigan sertifikatni investorga berish “nulinchi” sotib olish narxi bo‘yicha ulushining 80 foizini oldi-sotdi shartnomasini (keyingi o‘rinlarda — oldi-sotdi shartnomasi) tuzilgan kundan boshlab besh ish kunida amalga oshiriladi;
investorga Jamiyatning ustav fondidagi 80 foiz ulushni tasarruf qilish huquqi u tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilganidan so‘ng taqdim etiladi;
oldi-sotdi shartnomasi tuzilguniga qadar Jamiyatning manfaatlari yo‘lida investor yoki investor ta’sischisi tomonidan turli shakldagi kiritilgan pul mablag‘lari investitsiya majburiyatlarini bajarish hisobiga kiritiladi.
4. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi investor bilan birgalikda besh oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarish jadvali, biznes-rejani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi investor bilan:
mazkur qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarishni nazarda tutadigan oldi-sotdi shartnomasini;
mazkur qarorning 4-bandida ko‘rsatilgan biznes-reja va investitsiya majburiyatlarini bajarish jadvali tasdiqlanganidan so‘ng tasdiqlangan investitsiyalarni kiritish jadvali bilan birga oldi-sotdi shartnomasiga tegishli qo‘shimcha kelishuv tuzilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda investorning o‘z zimmasiga olgan investorlik majburiyatlari bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasin.
7. Jamiyatga quyidagilar ruxsat etilsin:
tender savdolarisiz, qurilish-montaj va tiklash ishlari bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash asosida loyihachilar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) va pudratchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga oylik maoshi miqdorini va boshqa to‘lovlarni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada to‘lash.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat-arxitektura nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. Jamiyat 2023-yilning 1-yanvarigacha:
investitsiya majburiyatlarini amalga oshirish doirasida — davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘lgan barcha soliq va majburiy to‘lovlardan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan mustasno), shuningdek, Jamiyatning xorijiy mutaxassislariga mehnat haqi sifatida daromadlar qismida to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovdan;
xorijiy mutaxassislarni - jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha Jamiyat bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jamiyatning buyurtmanomalariga ko‘ra jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarni kirish vizalari bilan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamiyatning buyurtmanomalariga ko‘ra jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berishni va uning muddatini uzaytirishni, shuningdek, vaqtincha yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jamiyatning buyurtmanomalariga ko‘ra respublikaga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga mehnat faoliyatini olib borish (muddatini uzaytirish) huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Qurbonov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 105 | 5,997 |
Qonunchilik | Bojхona: хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazorati va rasmiylashtiruvi | Vazirlar Mahkamasi “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojхona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqladi (2021 yil 21 dekabrdagi 767-son VMQ).
Nizom Prezidentning 2020 yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalri faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5997-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga хorijiy davlatlardan olib kirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan joʻnatilgan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini (keyingi oʻrinlarda - joʻnatmalar) bojхona nazorati va hisobga qoʻyish tartibini belgilaydi.
Nizom qoidalari yozma хat-хabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik va konsullik pochta qoplariga nisbatan tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Barcha joʻnatmalarga Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari, Nizom qoidalari va Umumjahon pochta ittifoqi aktlari asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar tatbiq etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 80 | 1,265 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayevga “O‘zbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunc | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayevga “O‘zbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayevga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 795 |
Qonunchilik | Shifokorlar va provizorlarga yagona ma’lumotlar bazasida roʻyхatdan oʻtish majburiy boʻladi | Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bu qanday ishlashi yuzasidan oʻz takliflarini ishlab chiqdi. Tegishli loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan va 19 fevralga qadar muhokama uchun ochiq.
Ushbu tashabbusni roʻyobga chiqarish uchun Uzhealth innovatsion sogʻliqni saqlash platformasi bazasida “Uzhealth CRM” shifokorlar va provizorlar yagona elektron bazasini barpo etish rejalashtirilmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, tizimni ishlab chiqishni tender savdolarini oʻtkazmasdan Online Service Group (OSG) MChJga ishonib topshirish koʻzlanmoqda.
Bunda Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi shifokor va provizorlarni roʻyхatdan oʻtkazadi, ularning yagona elektron bazasini shakllantiradi, roʻyхatga olishni toʻхtatib turadi va bekor qiladi. Loyihada ushbu palataga tegishli vakolatlar berish nazarda tutilgan.
Tizimda palataning hududiy boʻlinmasi, ish beruvchi muassasaning kadrlar boʻlimi yoki shaхsiy kabinet orqali roʻyхatdan oʻtish mumkin (shaхsiy hisob yozuvi yaratilgandan keyin). Roʻyхatdan oʻtish 1 kalendar yil davomida amal qiladi, shundan soʻng jarayondan takroran oʻtish lozim boʻladi. Roʻyхatdan oʻtish va qayta roʻyхatdan oʻtish uchun BHMning 50%i miqdorida yigʻim undirish koʻzlanmoqda.
Uni tibbiy va farmatsevtika faoliyati doirasida litsenziya talablari va shartlari jumlasiga kiritish, shuningdek taхminan 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladigan shifokor va provizorlarning roʻyхatdan oʻtmasdan ishlashini taqiqlash roʻyхatdan oʻtish taomilining majburiyligini belgilaydi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 91 | 1,596 |
Qonunchilik | Kim bankrot? | Bir necha asrlar muqaddam butun dunyoda bir mamlakat tangalarini boshqalarinikiga almashtirish bilan shugʻullanuvchi maхsus odamlar faoliyat yuritgan. Bu odamlarni sarroflar deb atashgan, ularning faoliyati oʻz yoʻnalishi boʻyicha bugungi zamonaviy valyuta punktlari ishi bilan deyarli ayni edi.
Sarroflar bozorlarda, yirik savdo maydonlarida yoki yirik port shaharlarning dengizi qirgʻogʻida savdo qilishardi. Sarroflar odatda mustaqil ravishda ishni boshlashi uchun avvalo tajriba orttirishi talab etilgan. Chunki ular turli mamlakatlar tangalarini tanishlari, soхtasini haqiqiysidan ajrata olishi, qolaversa, valyutalarning oʻzaro qiymati va nisbatlarini yaхshi bilishi kerak edi.
U zamonlarda boylar oʻz boyliklarini bajonidil sarroflarga ishonib topshirib qoʻyishar, aksariyat qismini ularda saqlashar edi. Chunki uzoq safarga otlanganda ularni oʻzi bilan birga olib yurish хavfli, sarroflarning esa хizmati beminnatgina. Sarrof topshirilgan pullar evaziga hujjat berar, keyingi portda yoki bozorda boshqa sarrofdan arzimagan foiz evaziga uni naqdlab olish muammo tugʻdirmasdi.
Keyinchalik gʻarbda sarroflarni “bankir” deb atay boshlashdi. U italyan tilidagi “banco», ya’ni sarrof navbatdagi bitimni kutib oʻtiradigan “oʻrindiq” soʻzidan kelib chiqqan edi. Keyinchalik mazkur soʻz mablagʻlarni jalb etib, foiz evaziga pul ajratadigan, sirasini olganda sarroflarning vazifasini bajaradigan muassasa — “bank” tushunchasi uchun negiz rolini oʻtagan.
Sarroflar orasida qallob, firibgarlari ham koʻp uchragan. Ular pullarni haqiqiy kursidan ancha past narхda sotishi, yo boʻlmasa, soхta tangalarni tiqishtirib yuborishi ham hech gap emas edi. Ammo mahalliy aholi bundaylarni aniqlasa, darrov tanobini tortib qoʻyardi. Tovlamachini ish joyidan quvgʻin qilishar, uning oʻrindigʻini esa olomonning koʻz oʻngida sindirib, parchalashardi. “Bankrot” soʻzi shundan kelib chiqqan, ya’ni “banca rotta” — “singan oʻrindiq” ma’nosini bildiradi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 12 | 1,963 |
Qonunchilik | Oʻlchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruхsat berildi | Bu Prezidentning 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6066-son Farmonida nazarda tutilgan.
Jismoniy shaхslar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini mamlakatimiz hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqiga ega boʻlishdi. Bunda ikkita shart mavjud:
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilganligi munosabati bilan MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatiladi. Uning oʻrniga MBning markaziy apparati tuzilmasida Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmati tashkil etiladi. U Markaziy bank tomonidan хalqaro rezervlarni boshqarish operatsiyalari doirasida sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni hamda saqlanayotgan boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash, joʻnatish va hisobini yuritish bilan shugʻullanadi. U tomondan koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladigan bino va ob’yektlar oʻta muhim ob’yektlar toifasiga kiradi va tegishlicha muhofaza qilinadi. MB tugatilayotgan Agentlikning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Bir oy muddatda hududlarga birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni yetkazib berish meхanizmini joriy etishlari kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 73 | 1,415 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDIGA AYRIM VAKOLATLAR BERISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqillik asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va sobiq SSSRning Oliy sudi tugatilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Sobiq SSSRning Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan chiqargan sudlov qarorlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1985 — 1989-yillarda chiqargan ayrim qarorlarini qayta ko‘rib chiqish vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga berilsin. | 72 | 583 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. | 106 | 355 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari deb hisoblansin:
soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish obyektlari, hisoblangan va to‘langan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek ular bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash;
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan ilg‘or usullarini keng joriy etish;
soliq to‘lovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
soliq ma’muriyatchiligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida soliqqa tortish masalalarida, jumladan, aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini tashkil etish;
soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‘lamli interfaol xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq to‘lovchilarga butunlay kontaktsiz elektron xizmat ko‘rsatishni, jumladan, davlat interfaol xizmatlari ko‘rsatuvchi Yagona portal orqali ta’minlash;
axborot xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘rish.
2. Belgilansinki, soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (2013-yil 1-yanvargacha) — barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarining axborot bazasini markaziy ma’lumotlar bazasiga integratsiyalashtirish;
ikkinchi bosqich (2015-yil 1-yanvargacha) — soliq to‘lovchilar majburiyatlarining paydo bo‘lishi (to‘xtatilishi) bo‘yicha vazirliklar va idoralarning ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasiga integratsiyalashtirish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan idora va tashkilot rahbarlari zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot va boshqa axborotlar to‘laqonli hisobga olinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
bir oy muddatda mazkur qaror bilan yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Axborot-tahlil bosh boshqarmasining yangi Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Axborot-tahlil bosh boshqarmasini zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlasin va yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
shtat jadvaliga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
5. 3-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661 -sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 25-fevraldagi PP-1290-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi. | 156 | 4,631 |
Qonunchilik | UMUMTA’LIM MUASSASALARI HUZURIDAGI MAXSUS KOMISSIYALAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ-362-sonli “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 190-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ta’lim muassasalarida xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha to‘plangan tajribalarni va pedagoglar jamoatchiligining takliflarini inobatga olgan holda qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 41, 5067 va 84-01-1375-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga (2006-yil 3-yanvar, ro‘yxat raqami 1534 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 1-son, 5-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. | 122 | 1,178 |
Qonunchilik | “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 62 | 295 |
Qonunchilik | Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qo‘llanadigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilab qo‘yilsinki, mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
ushbu qarorda belgilangan talablar va qoidalarga to‘liq javob beradigan yuridik shaxslarga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilishini ta’minlasin;
ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan qat’iy tizimli nazorat o‘rnatsin.
5. Belgilansinki, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Sharobsavdo” ulgurji bazalariga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda, uch oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo do‘konlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020-yil 1-sentabrgacha ruxsat beriladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 226 | 1,992 |
Qonunchilik | VOYAGA YETMAGAN ShAXSLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda) 13-moddasining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 122-modda:
birinchi qismidagi “uch yilgacha” degan so‘zlar “ikki yilgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 127-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining ruscha matnidagi “nesovershennoletnix” degan so‘z “nesovershennoletnego” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 34-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 1881-moddasi) sodir etgan bo‘lsa, ish materiallari ko‘rib chiqish uchun sudga topshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin”;
2) quyidagi mazmundagi 471 va 472-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar berish —
mansabdor shaxsga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat), farzandlikka berishda, ularga vasiylik (homiylik) belgilashda yoxud ularni yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan tegishli davlat muassasasiga joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 188-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) quyidagi mazmundagi 1881-modda bilan to‘ldirilsin:
Voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 245-moddaning birinchi qismi “47” raqamidan keyin “471, 472” raqamlari bilan, “187-moddasining ikkinchi qismi” degan so‘zlardan keyin esa “188, 1881-moddalarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 246-moddadagi “188” raqami chiqarib tashlansin;
7) 247-moddadagi “47, 188-moddalarida” degan so‘zlar “47-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 248-moddaning:
birinchi qismidagi “188-moddasi (voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga taalluqli ishlar bundan mustasno)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi 1-bandidagi “188” raqami chiqarib tashlansin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda) 149-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Muassasalarning (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligidan xabardor bo‘lgach, yetti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart. Vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlarni olgan kundan e’tiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik, shuningdek bunday bolalarni joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muassasalarning rahbarlari va organlarning mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”.
5-modda. Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 214 | 8,608 |
Qonunchilik | “OBOD MAHALLA YILI” DASTURI TO‘G‘RISIDA | Mahallaning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy qadriyat va an’analarni, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi nufuzini ko‘tarish, aholini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasida 2003-yil “Obod mahalla yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Obod mahalla yili” dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur dastur:
mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini yanada mustahkamlashga;
mahalla faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga, uning vakolatlarini kengaytirishga va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas’uliyatini oshirishga;
mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlashga, mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va savdo sohalarini rivojlantirishga, shular hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etishga;
mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, uning hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga, bolalar va sport maydonchalarini jihozlashga, kommunal tarmoqlarni rivojlantirishga;
mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq yo‘nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga;
keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga;
mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsatilishini yaxshilashga, bolalar sportini rivojlantirishga;
mahallaning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga qaratilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish jamg‘armalarini tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritsinlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etganlik uchun davlat bojining bir qismini hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im va boshqa tushumlarni mazkur jamg‘armalarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari etib belgilasinlar.
3. “Obod mahalla yili” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar ushbu dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlovchi aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va agentliklar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
yilning har choragida o‘z majlislarida manfaatdor idoralar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Obod mahalla yili” dasturining qanday bajarilayotganini muhokama qilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rib borsin;
yilning har choragi yakunlari bo‘yicha dastur topshiriqlarining hisobot davrida bajarilishi natijalari to‘g‘risida chorakdan keyingi oyning 7-sanasigacha Respublika komissiyasiga tahliliy axborotni taqdim etsin.
5. “Mahalla” xayriya jamg‘armasi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda to‘y-ma’raka va boshqa marosimlarni an’analarimizga xos tejamkorlik bilan o‘tkazishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
6. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalariga “Obod mahalla yili” dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ma’no-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirish, ularni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarni xolis yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. | 39 | 4,451 |
Qonunchilik | 1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan Protokol bilan o‘zgartirilgan Havo orqali xalqaro tashishning ayrim qoidalarini birxillashtirishga doir Konvensiyaga o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi 4-Monreal protokol | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1929-yil 12-oktabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan Protokol bilan o‘zgartirilgan Havo orqali xalqaro tashishning ayrim qoidalarini birxillashtirishga doir Konvensiyaga o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi 4-Monreal protokoliga qo‘shilinsin. | 250 | 393 |
Qonunchilik | Bogʻcha bolalari qanday tarbiyalanadi | Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020 yildagi 802-son qarori bilan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi.
Davlat standartining maqsadi maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga doir majburiy minumum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etish ham bor.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartida quyidagilar nazarda tutilgan:
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari; - maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat oʻquv dasturi; - davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa teхnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash normalari.
Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
Shuningdek qaror bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni хarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 37 | 1,357 |
Qonunchilik | Yo‘l harakati xavfsizligi sohasini ilmiy-metodik ta’minlash, yo‘llarda ekspluatatsiya-montaj faoliyatini tartibga solish hamda “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyotini joriy etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi sohasini zamonaviy talablarga to‘liq muvofiqlashtirish hamda ilmiy, metodik va axborot-tahliliy jihatdan tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori bilan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hamda Toshkent shahar hokimligining Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tegishlicha hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o‘tkazilganligi;
hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida respublikaning barcha tuman (shahar)lari bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining namunaviy nizomi 1-ilovaga muvofiq:
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish tartibi;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari xodimlarining huquq va majburiyatlari;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining javobgarligi;
b) Yo‘l chiziqlarini chizishga, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatishga, almashtirishga va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga autsorsing xizmatini jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
autsorsing xizmatlariga narx belgilash, autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish tartibi;
autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq:
jamg‘arma faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ushbu mablag‘lardan foydalanish tartibi;
jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi;
jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobotni yuritish va uning nazoratini amalga oshirish tartibi;
g) Tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritishning metodologiyasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish tartibi;
“Xavfsiz yo‘l” indeksini samarali yuritishning tartibi va uning bosqichlari;
“Xavfsiz yo‘l” indeksining indikatorlarini hisoblash qoidalari.
3. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari) o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlaridagi ko‘chalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ushbu tuman (shahar)lar markazlari chegarasi ichidan o‘tgan qismlarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini, svetoforlarni o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik avtomobil yo‘llarida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli bo‘lmagan kuzatuv kameralari, yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini shartnoma asosida ekspluatatsiya qiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-27-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tuzilmasida Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
yo‘l-transport hodisalari sabablarini o‘rganishga doir tadqiqotlar o‘tkazilishini va muvofiqlashtirilishini tashkil etish;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy, axborot-tahliliy va texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirishda ishtirok etish;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar va yo‘l-transport hodisalariga imkon berayotgan asl omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘l-transport hodisasidan himoya qilish darajasini oshirishning huquqiy, muhandislik-texnik, axborot, tashkiliy-metodik muammolarini tadqiq etish;
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati faoliyatini metodik jihatdan ta’minlash, jumladan, zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni va sharoitlarni aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, o‘lim va tan jarohati bilan bog‘liq holatlarning oldini olish hamda kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslash, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) faoliyatidagi dolzarb muammolarni bartaraf etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish, transport oqimini o‘rganish, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l bo‘laklarini (avariya o‘choqlari)ni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
DYHXX ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari tomonidan yo‘l harakatini tashkil etish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni ilmiy jihatdan o‘rganib borish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kirish;
DYHXX faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash, jumladan, zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish;
yo‘l harakatini tashkil etishga doir muammoli masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, bu borada respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etib borish, ilmiy anjumanlarda qatnashish va tashkil etish.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy, ilmiy yondashuvlarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirishda, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishda, DYHXX bo‘linmalariga ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashishda, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etadi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida respublikadagi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy va o‘quv faoliyati bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi hisobidan quyidagilarni amalga oshirishga rozilik berilsin:
Markazda katta hajmli ilmiy, metodik ishlarni amalga oshirish uchun malakali mutaxassislarni haq evaziga tegishli shartnoma asosida jalb etish;
Markaz xodimlari va xizmatchilariga, belgilangan boshqa qo‘shimcha to‘lovlardan qat’i nazar, lavozim maoshining 100 foizi miqdorida har oylik ustama haq belgilash.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) Markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan:
bir oy muddatda Markazning nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2022-yil 1-dekabrgacha Markazni tegishli mutaxassislikka, ilmiy salohiyatga, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
b) ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan:
bir oy muddatda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining ish faoliyatini takomillashtirish, yangicha ish usullarini joriy etish bo‘yicha “hudud tajribasi” tizimini yaratsin va amaliy seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazsin;
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining xizmat ko‘rsatish (mas’ullik) hududlari belgilanishi va taftishdan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda ilmiy yondoshuv asosida 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlasin.
Bunda manzilli chora-tadbirlar dasturlarida birinchi bosqichda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlarning markaziy ko‘chalarida, keyingi bosqichlarda tuman (shahar)lar markazlaridagi ko‘chalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ushbu tuman (shahar)lar markazlari chegarasi ichidan o‘tgan qismlarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini, svetoforlarni o‘rnatish nazarda tutilsin;
to‘rt oy muddatda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari xodimlarining yo‘l infratuzilmasini harakat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiqlashtirish sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadida Markaz, Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari hamda sohaga tegishli malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv seminarlari o‘tkazilishini ta’minlasin;
v) “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari faqat qonunchilik hujjatlarida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli sarflanishini nazoratga olsin;
g) hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritishning metodologiyasi asosida har chorak yakuniga ko‘ra respublikaning barcha tuman (shahar)lari bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritsin.
8. Quyidagilar:
Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Hududiy ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy maxsus komissiyalar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori bilan tasdiqlangan 29 ta indikator asosida har chorak yakuniga ko‘ra tuman (shahar)lar bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksi doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holatini baholab borsin va natijalari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligi ta’minlanganligi holati yuzasidan tuman (shahar)larni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratsin;
“sariq” va “qizil” toifaga kiritilgan tuman (shahar)larni Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining muhokamasiga kiritib borsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasidagi ilmiy tashkilotlarning 2023 — 2028-yillarga mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ijrosini ta’minlasin:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy mavzularni ishlab chiqish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish va ilmiy tizimni shakllantirish;
xorijiy va xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish;
qisqa muddatli xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalariga bevosita bo‘ysinadigan va ularning tashkiliy tuzilmasi hisoblanadigan ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining faoliyatini tartibga soladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari) Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlaridagi ko‘chalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ushbu tuman (shahar)lar markazlari chegarasi ichidan o‘tgan qismlarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini, svetoforlarni o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish yordamida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘llarning o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
3. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, o‘zining mustaqil balansiga, bank hisobvarag‘iga, shuningdek, emblemasiga, shtamplariga va blankalariga, tovar belgilariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining muassisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Muassis) hisoblanadi.
5. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
6. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari Muassisning roziligi bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan tijorat va notijorat tashkilotlarda qatnashchi (ishtirokchi, a’zo) bo‘lishi mumkin.
7. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
8. Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlaridagi ko‘chalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ushbu tuman (shahar)lar markazlari chegarasi ichidan o‘tgan qismlarida yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining asosiy maqsadi hisoblanadi.
9. Quyidagilar ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlaridagi ko‘chalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ushbu hududlardan o‘tgan qismlarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini, svetoforlarni o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy-texnik vositalarni joriy etish;
asfalt, asfalt-beton, beton qoplamali ko‘cha va yo‘llarda yo‘l chiziqlarini chizish;
yo‘l chiziqlarini chizishga, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatishga, almashtirishga va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga shartnoma asosida autsorsing xizmatini jalb qilish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini avtomobil yo‘lini saqlovchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlik qilish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik avtomobil yo‘llarida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli bo‘lmagan kuzatuv kameralari, yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni shartnoma asosida ekspluatatsiya qilish.
10. Xizmat ko‘rsatish hududidagi ko‘cha va yo‘llarning o‘tkazuvchanligini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligini hamda estetik ko‘rinishini ta’minlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda zamonaviy axborot — kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etishni rejalashtirish, loyihalashtirish va foydalanishni amalga oshiradi.
11. Xizmat ko‘rsatish hududidagi ko‘cha va yo‘llarda vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan dastur, mavsumiy ko‘riklar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mas’ul xodimlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma va topshiriqlar asosida yo‘l belgilarini o‘rnatish, almashtirish, qayta tiklash, svetafor qurilmalarini qurish, ish tartibini o‘zgartirish, rekonstruksiya qilish hamda yo‘l chiziqlarini chizish, ularni doimo soz holatda saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi.
12. Jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda shartnoma asosida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish, almashtirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi hamda autsorsing xizmatini jalb qiladi.
13. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini boshqarish bilan bog‘liq boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadi.
14. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari o‘z faoliyati davomida qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Nizom talablariga amal qiladi.
15. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari orqali Muassisga hisobot beradi.
16. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari faoliyatining maqsadi, predmeti va turlarini belgilash hamda Nizomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish va tasdiqlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarini qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida takliflarni tayyorlash;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud boshqa maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish va uni tasarruf etish;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalariga berilgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini olish.
17. Muassis:
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari rahbarlarini va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va bo‘shatish bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalarni ko‘rib chiqadi va xulosa beradi;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining ustav jamg‘armasini ularga davlat mulkini berish yo‘li orqali shakllantiradi;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalariga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini nazorat qiladi, shuningdek, ularning begonalashtirilishining oldini oladi.
18. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining ustav jamg‘armasi ularning tasarrufida bo‘lgan bino va inshootlar, yondosh hududlar, moddiy-texnik baza, shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun Muassis tomonidan berilgan mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan tashkil etiladi.
19. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining ustav jamg‘armasini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, ta’sischining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
20. Muassis tomonidan biriktirilgan mulk, asosiy jamg‘armalar va aylanma mablag‘lar ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining mol-mulkini tashkil etadi.
21. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining asosiy jamg‘armalari va aylanma mablag‘lari bo‘linmas bo‘lib, ulushlar (ulushlar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
22. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalariga berilgan davlat mulkining o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanilishi va saqlanishi, shuningdek, o‘zgaga berilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.
23. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan ishga olinadi va ishdan bo‘shatiladi.
24. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori bilan belgilangan mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq tarif setkasi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
25. Xodimlarning ish vaqti rejimi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq belgilanadi. Bunda xodimlarni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etishga, ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o‘n ikki soatdan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan va ayrim toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
26. Xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish Mehnat kodeksining 122-moddasiga muvofiq, 220-moddaning beshinchi qismida va 228, 245-moddalarda belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida xodimlarni ishga jalb qilish qonunchilikda belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi.
27. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari boshliqlarining muassisidan xulosa olingan taqdimnomalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
28. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshliqlari:
yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ rahbari hisoblanadi;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, mamlakatimiz va xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini Muassis bilan kelishgan holda ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalari tuzish, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
barcha xodimlar uchun vakolatlari doirasida tegishli ko‘rsatmalar beradi;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining ichki tartib-qoidasi va xo‘jalik faoliyatini belgilaydigan hamda tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
muassis qarorlari ijrosini tashkil etadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa majburiyatlarni amalga oshiradi.
29. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshliqlari o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarishda ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari manfaatlarini ustuvor qo‘yib ish ko‘radi.
30. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshliqlari budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarning hamda ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun pul mablag‘larining o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan korxonaga yetkazilgan zarar, shu jumladan, korxonaga berilgan davlat mulki yo‘qotilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
31. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi hamda ularning davlat tomonidan saqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etilishi uchun javob beradi.
32. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish va tekshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi moliya-nazorat xizmatlari, Muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
33. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, Muassis uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javob beradi.
34. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari Muassisining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
35. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
36. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining tugatilishi huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmasdan ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari faoliyatining to‘xtatilishiga olib keladi, qayta tashkil etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
1. Ushbu Nizom yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish, almashtirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga autsorsing xizmatini jalb etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
autsorsing — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda — ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari) yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish, almashtirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini shartnoma asosida autsorserga o‘tkazish;
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
buyurtmachi — hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari.
3. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga o‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
autsorserni qonunchilik hujjatlari asosida tanlab olish;
autsorserga o‘tkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini oshirish;
buyurtmachining autsorserga beradigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) optimallashtirish.
Ishlar (xizmatlar) autsorserga o‘tkazilishida ularning iqtisodiy samaradorligi oshishi va xo‘jalik faoliyati xarajatlari qisqarishi hamda autsorserga berilgan ishlar (xizmatlar)ning sifati oshishi lozim.
4. Autsorsing xizmatlariga haq to‘lash miqdorlari buyurtmachi tomonidan tegishli xizmatlar tannarxiga (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy xarajatlar, bilvosita xarajatlar) autsorserning xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi.
5. Autsorser O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatidan tashqari barcha hollarda autsorserni tanlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha autsorser eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlab olinadi.
Tanlov jarayonida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Autsorserni tanlash maqsadida tanlov o‘tkazish hamda autsorser va buyurtmachi o‘rtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
tadbirkorlik subyekti bo‘lishi;
autsorsing xizmati bo‘yicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi;
moliyaviy ahvoli barqarorligi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligi.
8. Autsorsing xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma buyurtmachi va autsorser o‘rtasida kalendar yil uchun ikki nusxada tuziladi.
Bunda autsorser tomonidan shartnoma shartlari to‘liq bajarilgan va buyurtmachining xarajatlar smetasida ajratilgan mablag‘ autsorserni qoniqtirgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnoma muddati navbatdagi kalendar yil uchun uzaytirilishi mumkin.
9. Ko‘rsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob esa — keyingi oyning 5 — kuniga qadar amalga oshiriladi.
10. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
ijara shartnomasi doirasida bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
amalga oshirilgan ishlar (xizmatlar) uchun to‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
amalga oshirilgan ishlar (xizmatlar) uchun 20 foizgacha ustama haqni olish;
ishlar (xizmatlar) tannarxining o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
amalga oshirilgan ishlar (xizmatlar) natijasida foyda olish;
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.
Autsorser qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Autsorser:
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni o‘z hisobidan ta’mirlashi;
autsorsing xizmatini ko‘rsatishda texnika, yong‘in, mehnat muhofazasi qoida va normalariga qat’iy rioya etishi;
ishlar (xizmatlar) sifatli amalga oshirilishi va buyurtmachiga topshirilishining ta’minlashi;
shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli ishlarini (xizmatlarini) uzluksiz tashkil etishni ta’minlashi lozim.
Autsorser zimmasiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
12. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
ishlarning (xizmatlarning) sifatli amalga oshirilishini va shartnoma shartlarining bajarilishini autsorserdan talab qilish;
autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish;
autsorser tomonidan ishlar (xizmatlar)ni sifatsiz amalga oshirish holatlariga yo‘l qo‘yilganida shartnomani bekor qilish haqida autsorserni yozma ravishda ogohlantirish.
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Buyurtmachi shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
14. Autsorser tomonidan texnika, yong‘in, mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish autsorserning mas’ul xodimlari zimmasiga yuklanadi.
15. Autsorsing xizmatlarini monitoring qilish buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
16. Autsorser tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning (xizmatlarning) amaldagi standartlar talablariga to‘liq muvofiqligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur Nizom Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ushbu mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
3. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritadi.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorlarda yo‘l harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yig‘im va to‘lovlar;
ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari uchun har yili budjet parametrlarida dasturlar asosida alohida tadbirlar uchun ko‘zda tutiladigan mablag‘lar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozit hisobvaraqalariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya tarzidagi mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarorida belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi.
6. Jamg‘arma mablag‘lari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.
7. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan qoldiq mablag‘lari keyingi moliya yiliga o‘tkaziladi.
8. “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasining daromadlar va xarajatlar smetasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda — ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari) daromadlar va xarajatlar smetasi hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.
Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish va ularni sarflash daromadlar va xarajatlar smetasi ro‘yxatga olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Jamg‘armaning xarajatlari markazlashgan holda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalarining parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
9. Ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari Ro‘yxatga olingan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida Jamg‘arma mablag‘larini ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali moliyalashtiriladi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobotlar belgilangan tartibda hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘lim (bo‘linma) boshliqlari nazoratida ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining buxgalterlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘limiga taqdim etiladi.
Hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari boshlig‘i va buxgalteri quyidagilar uchun javobgar hisoblanadilar:
Jamg‘arma mablag‘larining qonuniy va maqsadli yo‘naltirilishi;
Jamg‘arma mablag‘larining tasdiqlangan xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda sarflanishi;
Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarning to‘g‘ri hisobga olinishi;
Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona foydalanilishi;
yuridik va jismoniy shaxslar (yetkazib beruvchilar) bilan tuziladigan shartnomalarning asosli va qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tuzilishi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yetkazib berilishini tasdiqlaydigan birlamchi va boshqa hujjatlarning ishonchliligi.
11. Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va foydalanilishi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi Nazorat-taftish inspeksiyasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12. Jamg‘armaning pul mablag‘lari tushumi zarur ehtiyojlarni qoplay olmasa, Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yo‘l harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yig‘im va to‘lovlar miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga taklif kiritishi mumkin.
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur metodologiya tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” indeksini (keyingi o‘rinlarda — indeks) yuritish tartibini belgilaydi.
2. Hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida respublikaning barcha tuman (shahar)lari bo‘yicha indeks yuritiladi.
3. Tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holati indeksning indikatorlari bo‘yicha har chorak yakunida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy maxsus komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — maxsus komissiyalar) tomonidan baholab boriladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy maxsus komissiyalarning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
5. Indeksni yuritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
har chorak yakunida keyingi oyning 10-kunigacha ishchi organlar tuman (shahar)lar bo‘yicha indeksning indikatorlariga oid materiallarni jamlaydi va maxsus komissiyalarga taqdim etadi;
har chorak yakunida keyingi oyning 15-kunigacha tuman (shahar)larda indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarorida belgilangan 29 ta indikator bo‘yicha baholanadi va natijalari yig‘ilish bayoni shaklida rasmiylashtiriladi;
tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi;
ishchi organlar:
maxsus komissiyalarning tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash natijalari haqidagi yig‘ilish bayonlarini ro‘yxatga oladi;
yig‘ilish bayonlarini (zarur hollarda o‘rganish natijalarida aniqlangan ma’lumotlarni ilova qilgan holda) ko‘rib chiqish uchun Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — respublika maxsus komissiyasi) yuboradi;
respublika maxsus komissiyasi:
maxsus komissiyalarning yig‘ilish bayonlarini tahlil qiladi, zarur hollarda taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini joyiga chiqqan holda o‘rganadi;
“sariq” va “qizil” toifalarga kiritilgan tuman (shahar)larda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
“qizil” toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar salmog‘i yuqori bo‘lgan viloyatlar hokimlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar hokimi) mas’uliyatini oshirish choralarini belgilaydi, jumladan, zarur hollarda ularga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
“qizil” toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar salmog‘i yuqori bo‘lgan viloyatlar hokimlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar hokimi) mas’uliyatini oshirish choralarini belgilaydi, jumladan, zarur hollarda ularga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
Respublika maxsus komissiyasi ishchi organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha indeksning indikatorlari bo‘yicha materiallarni jamlaydi va respublika maxsus komissiyalarga baholash uchun taqdim etadi. Baholash natijalari yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlanadi.
Respublika maxsus komissiyasi ishchi organi baholash natijalari bo‘yicha hisobotlarni yuritadi.
6. Indeks 2 ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi indikatorlardan iborat:
I. Yo‘nalish — yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha:
1. Yo‘l qoplamasining holati.
2. Yo‘l belgilari bilan jihozlanganlik darajasi.
3. Yo‘l ko‘rsatkichlari bilan jihozlanganlik darajasi.
4. Piyodalar o‘tish joylarining tartibga solinganligi.
5. Yer osti va yer usti piyodalar o‘tish joylari mavjudligi.
6. Piyodalar yo‘laklari mavjudligi.
7. Velosiped yo‘laklari mavjudligi.
8. Avtoturargohlar bilan ta’minlanganligi.
9. Yotiq chiziqlarning ahvoli.
10. Yo‘lni ajratuvchi to‘siq bilan jihozlanganligi.
11. Yo‘lning yoritilganligi.
12. Ta’lim muassasalari atrofining jihozlanganlik darajasi.
13. Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha sinfxonalarning mavjudligi.
14. Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maydonchalarning mavjudligi.
15. Svetoforlarning mavjudligi.
16. Yo‘l bo‘yining ko‘kalamzorlashtirilganligi.
17. Yo‘naltiruvchi ustunchalar o‘rnatilganligi.
18. Qoidabuzarliklarni aniqlovchi moslamalar bilan ta’minlanganligi.
19. Videokuzatuv kameralari bilan jihozlanganligi.
20. Sun’iy notekisliklar mavjudligi.
21. Hududda joylashgan korxona va tashkilotlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilish holati.
22. Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib va tashviq qiluvchi ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanganlik darajasi.
23. Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi darajasi.
24. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qonunchilik bilan taqiqlanmagan homiylik mablag‘larining jalb etilishi holati.
II. Yo‘nalish — yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha:
25. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l-transport hodisalarining soni.
26. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l-transport hodisalari oqibatida vafot etganlar soni.
27. Avariya o‘choqlari soni.
28. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar soni.
7. Indeksning 1 — 24-indikatorlari bo‘yicha baholar quyidagicha hisoblanadi:
55 foiz va undan kam bo‘lsa — “0” ball;
56 — 70 foiz bo‘lsa — “1” ball;
71 — 85 foiz bo‘lsa — “2” ball;
86 — 100 foiz bo‘lsa — “3” ball qo‘yiladi.
8. Indeksning 25 — 27, 29-indikatorlari bo‘yicha baholar quyidagicha hisoblanadi:
0 ta bo‘lsa — “3” ball;
1 ta bo‘lsa — “2” ball;
2 ta bo‘lsa — “1” ball;
3 ta va undan ortiq bo‘lsa — “0” ball qo‘yiladi.
9. Indeksning 28-indikatori bo‘yicha baholar quyidagicha hisoblanadi:
200 tagacha bo‘lsa — “3” ball;
400 tagacha bo‘lsa — “2” ball;
600 tagacha bo‘lsa — “1” ball;
600 ta va undan ortiq bo‘lsa — “0” ball qo‘yiladi.
10. Indeksning indikatorlari bo‘yicha to‘plangan jami balldan kelib chiqib tumanlar (shaharlar) quyidagicha toifalarga ajratiladi:
0 — 29 ball bo‘lsa — “qizil” toifa;
30 — 58 ball bo‘lsa — “sariq” toifa;
59 — 87 ball bo‘lsa — “yashil” toifa.
11. Respublika maxsus komissiyasining ishchi organi tuman (shahar)larda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini indeksning indikatorlari bo‘yicha baholash tadbirlariga qonunchilikda belgilangan tartibda ilmiy tashkilotlarning mutaxassislarini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida jalb etishi mumkin.
12. Ushbu metodologiyada belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik xizmat (mehnat) intizomini buzish deb baholanadi hamda mas’ul rahbarlar va xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. | 196 | 45,865 |
Qonunchilik | Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalari ishtirokida hamkorlikda film ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan kinematografiya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda milliy kinokompaniya deb ataladi) xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalari va boshqa tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda xorijiy kinokompaniya deb ataladi) bilan hamkorlikda film ishlab chiqarishini davlat ijtimoiy granti asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etadigan milliy kinokompaniya va (yoki) xorijiy kinokompaniyalar (hamprodyuserlar);
Badiiy kengash — hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun ariza beruvchining murojaatini ko‘rib chiqish, saralash va davlat ijtimoiy granti asosida hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha xulosa beruvchi “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organ;
prodyuser — filmlar ishlab chiqarish jarayoni ustidan g‘oyaviy-badiiy va tashkiliy-moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi, filmni tasvirga olish guruhi va texnik xodimlar tarkibini shakllantirishda ishtirok etadigan kinokompaniya vakili;
uchinchi shaxs — hamprodyuserlarning biri tomonidan hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etish uchun jalb etilgan uchinchi mamlakat kinokompaniyasi yoki prodyuseri;
film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar);
hamkorlikdagi film — milliy kinokompaniyalar tomonidan xorijiy kinokompaniyalar yoki prodyuserlar bilan birgalikda ijodiy, texnik va moliyaviy hissa qo‘shish yo‘li bilan ishlab chiqarilgan film;
hamprodyuserlar — hamkorlikda film ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga ega va hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etadigan milliy kinokompaniyalar yoki kamida bir nafari xorijiy bo‘lgan kinokompaniyalar yoki prodyuserlar.
3. Hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi xorijiy kinokompaniya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq beriladigan ruxsatnomani olish talab etilmaydi.
4. Quyidagi hollarda film hamkorlikda ishlab chiqarilgan hisoblanadi:
film O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida hamprodyuserlarning birgalikdagi ijodiy, texnik va boshqa hamkorligi natijasida ishlab chiqarilgan bo‘lsa;
film ishlab chiqarishda hamprodyuserlar har birining qo‘shadigan eng kam hissasi filmni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 20 foizidan kam bo‘lmagan, eng ko‘pi 80 foizidan oshmagan bo‘lsa;
hamprodyuserlarning kelishuviga ko‘ra filmni hamkorlikda ishlab chiqarish uchun uchinchi davlatdan boshqa prodyuser jalb qilingan hollarda uchinchi shaxslarning hissasi filmni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 30 foizidan oshmagan bo‘lsa;
hamprodyuserlarda filmdan birgalikda foydalanish tartibini belgilovchi shartnomalarning mavjudligi, bunda kinoprokatidan tushadigan daromadlarning hamprodyuserlar va hududlar (film prokati amalga oshiriladigan mamlakatlar) o‘rtasida o‘zaro taqsimlanishi kabi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa.
5. Agar hamkorlikda film ishlab chiqarish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarda hamprodyuserlar o‘rtasidagi rasmiy kelishuvlarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llaniladi.
6. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. Hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun ariza beruvchi “O‘zbekkino” Milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) quyidagilarni taqdim etadi:
a) hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish to‘g‘risida ariza;
b) rejalashtirilayotgan film ssenariysining davlat yoki rus tilidagi bosma (elektron) varianti;
v) ariza beruvchi tomonidan hamkorlikda film ishlab chiqarish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
g) filmni tasvirga olish guruhi va asosiy rollardagi aktyorlarning fuqaroligi, kasbi va (yoki) lavozimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan ro‘yxat;
d) hamkorlikdagi filmni tasvirga olishga sarflanadigan mablag‘larning dastlabki hisob-kitobi;
e) hamkorlikdagi filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi.
Ariza beruvchi tomondan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Ariza beruvchi hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Agentlikka bevosita berishi yoki pochta aloqasi vositalari orqali yoxud elektron shaklda yuborishi mumkin.
Ariza beruvchi tomonidan Agentlikka taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
9. Agentlikka taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi. Ro‘yxat Agentlik tomonidan ariza qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlik tomonidan bir ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ariza va hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, bu haqda darhol ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada hujjatlardagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etgan holda takroran ariza bilan murojaat qilishning aniq muddati ko‘rsatilishi lozim.
Arizani boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas, degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Arizani takroran ko‘rib chiqishda Agentlik tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi, elektron pochta aloqasi orqali bayon qilinmagan rad etish sabablari Agentlik tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
11. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va Agentlik tomonidan umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
12. Ariza beruvchi tomondan topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
13. Agentlik tomonidan qabul qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bir ish kunida ko‘rib chiqish va tegishli xulosa berish uchun Badiiy kengashga yuboriladi.
14. Badiiy kengash arizani u olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va uning natijasi bo‘yicha quyidagi xulosalardan birini chiqaradi:
hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi;
hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishning maqsadga muvofiq emasligi.
15. Agentlik ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Badiiy kengashning tegishli xulosasi asosida uch ish kunida ko‘rib chiqadi va uning natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlari va shu maqsadlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida yoki Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish to‘g‘risida;
hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida.
16. Agentlik qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron pochta aloqasi orqali xabardor qilishi shart.
17. Quyidagi hollarda hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish rad etiladi:
a) agar film ssenariysida:
milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targ‘ib etuvchi;
fuqarolarning milliy mansubligi, diniy e’tiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid bo‘lgan;
O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini haqiqatga zid tarzda yoki buzib aks ettiruvchi;
ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega bo‘lgan lavhalar mavjud bo‘lsa;
b) hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va (yoki) Jamg‘armadan kino mahsulotlarini ishlab chiqarishga ajratiladigan yillik hajmlardan ko‘p mablag‘ni talab etsa.
18. Hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash:
davlat buyurtmasiga muvofiq milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlari va shu maqsadlarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida mablag‘ ajratish;
Jamg‘armadan mablag‘ ajratish;
hamprodyuserlarga hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishda moddiy-texnika bazani shakllantirishga ko‘maklashish orqali amalga oshiriladi.
19. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 131 | 10,538 |
Qonunchilik | Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 527-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
1. 3-bob quyidagi mazmundagi 22-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“22-§. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash
509. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa) amalga oshiriladi.
Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining (keyingi o‘rinlarda Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.
Bunda notarius:
Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilganligiga uch yil to‘lganligini;
Ro‘yxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
5010. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa) amalga oshiriladi.
Bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportida Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.
Bunda notarius:
Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilganligiga uch yil to‘lganligini;
Ro‘yxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshiradi.
5011. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.
Bunda ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim.
5012. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;
yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.
Bunda yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.
5013. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk uchun pul mablag‘larini sotuvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu ko‘chmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan ko‘chmas mulk to‘lov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;
yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk uchun xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu xorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
5014. Mazkur Yo‘riqnomaning 5013-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.
Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq ko‘chmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 571-band bilan to‘ldirilsin:
“571. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxslarga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 3-bob 3-paragrafida ko‘rsatilgan qoidalarga ham amal qilinadi.”.
3. 58, 581, 582, 801, 802, 803-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. 86, 92 va 1321-bandlardagi “Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari” degan so‘zlar “Yo‘riqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. Ilovada:
a) 4-bandning “Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlaridagi “Jizzax tumani” va “Jizzax tuman”degan so‘zlar tegishlicha “Sharof Rashidov tumani” va “Sharof Rashidov tuman”degan so‘zlar bilan almashirilsin;
b) 5-bandda:
“Davlat notarial idora nomi” ustunining 12-qatoridagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
“Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlari quyidagi mazmundagi 13-qator bilan to‘ldirilsin:
v) 12-bandda:
“Davlat notarial idora nomi” ustunining 8-qatoridagi “2-son” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlari quyidagi mazmundagi 9-qator bilan to‘ldirilsin: | 140 | 11,163 |
Qonunchilik | “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish to‘g‘risida | Harakat tarkibidan, xususan shinam “Mersedes-Bens” avtobuslaridan samarali, avaylab va maqsadli foydalanishdan avtobus saroylari xodimlarining manfaatdorligini oshirish, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish va shu asosda Toshkent shahri aholisiga shahar avtobus transportida yo‘lovchi tashish xizmati sifatini yaxshilashni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-sonli Farmoni bilan tuzilgan Ishchi komissiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus saroylarining davlat aksiyalari paketlarini, ilovaga* muvofiq, xususiy mulk etib ikki bosqichda sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
birinchi bosqichda (2006-2007-yillar) — jalb etilgan xorijiy kreditlar to‘liq to‘langan 159 ta “Mersedes-Bens” avtobuslarining qiymati ustav jamg‘armalariga qo‘shilishini hisobga olgan holda avtobus saroylarining davlatga qarashli aksiyalarini sotish;
ikkinchi bosqichda (2008—2010-yillar) — avtobus saroylarining ustav jamg‘armalarini O‘zbekiston Respublikasi kafilligida olingan va hali to‘liq to‘lanmagan xorijiy kreditlar hisobidagi 362 ta “Mersedes-Bens” avtobuslarining qiymati miqdorida ko‘paytirish, shu qiymatga teng miqdorda qo‘shimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni xususiy mulk etib sotish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Moliya vazirligi, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvarigacha 362 ta “Mersedes-Bens” avtobuslarining qiymati qo‘shilishini hisobga olgan holda “Toshavtobustrans” AK avtobus saroylarining ustav jamg‘armalarini belgilangan tartibda muvofiqlashtirsin.
2. Belgilansinki, xususiy mulkida “Mersedes-Bens” avtobuslari mavjud bo‘lgan “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus saroylarining davlat aksiyalari paketlari yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish asosida birinchi navbatda avtobus saroylari mehnat jamoalarining a’zolariga, shuningdek “Toshavtobustrans” AK tarkibiga kirgan hamda yo‘lovchilarga bir maromda va bexatar xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan ishonchli avtoyo‘lovchi tashuvchi sifatida o‘zini namoyon etgan avtokorxonalarga sotiladi.
3. “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus saroylarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini sotishdan tushadigan mablag‘larini taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:
davlatga qarashli aksiyalar paketlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizi, birinchi navbatda, “Mersedes-Bens” avtobuslarini sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi kafilligida jalb etilgan xorijiy kreditlarni to‘lashga;
davlatga qarashli aksiyalar paketlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 40 foizi 2010-yilning oxirigacha “Toshshahartransxizmat” uyushmasiga qaytarib berish sharti bilan avtobus saroylarining harakat tarkibini yangilashda, shu jumladan lizing asosida maqsadli foydalanish uchun besh yil muddatga yo‘naltiriladi;
davlatga qarashli aksiyalar paketlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning qolgan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus saroylarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini avtobuslardan avtobus saroylariga biriktirilgan yo‘nalishlarda maqsadli foydalanish majburiyati olingan holda yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va “Asaka” bankining:
Toshkent shahar avtobus saroylarining harakat tarkibini 2008—2010-yillar davrida bosqichma-bosqich yangilash, bunda avtobus saroylarining davlat aksiyalari paketlarini sotishdan tushadigan mablag‘larining “Toshshahartransxizmat” uyushmasida qoldiriladigan qismi, shuningdek avtobus saroylarining o‘z mablag‘lari, mamlakatimiz banklari va xorijiy banklarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga asosan dizel va gaz yonilg‘isi bilan ishlaydigan avtobuslardan foydalanish to‘g‘risidagi;
“Asaka” banki va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tomonidan tegishli litsenziya asosida tijorat maqsadida yo‘lovchilar tashiydigan yuridik shaxslarga avtobuslarni lizingga berish bo‘yicha lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Yangi tashkil etiladigan lizing kompaniyasi 2010-yilning 1-yanvarigacha Toshkent shahri avtobus saroylariga lizingga beriladigan yo‘lovchi tashish avtobuslarini olib kirish chog‘ida bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno).
6. Shahar yo‘lovchi transportining bir maromda va bexatar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, harakat tarkibini yangilash, shahar yo‘nalishlaridagi avtobuslardan samarali va maqsadli foydalanish uchun Toshkent shahar hokimi va “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi zimmalariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 137 | 5,305 |
Qonunchilik | Hakamlik sudlari ommabop boʻlmoqda | 26 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasida Palata tizimidagi hakamlik sudlari faoliyatining 2018 yil yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
SSP huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi raisi Foziljon Otaхonov joriy yilda SSP huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan 6847 ta ishlar koʻrilgan boʻlib, da’vo summasi 167,8 mlrd. soʻm, 6,9 mln AQSh dollarini tashkil etganligiga e’tibor qaratdi. Bu 2017 yilda koʻrilgan ishlar soniga nisbatan 4382 taga koʻpdir.
Samarqand (1160 ta ish koʻrilgan), Fargʻona (1003 ta), Xorazm (669 ta), Sirdaryo (607 ta), Andijon (582 ta ) viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan koʻrilgan ishlar soni jiddiy ravishda oshganligi kuzatilmoqda.
Yigʻilish qatnashchilari hakamlik muhokamalarini rivojlantirishning dolzarb muammolarini muhokama qildilar. Hakamlik muhokamalarining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar va fikrlar bildirildi. Hakamlik sudlarining vakolatli sudlar bilan oʻzaro hamkorligini rivojlantirish, hakamlik sudyalarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish zarurligi hususida soʻz yuritildi.
Yigʻilish hakamlik muhokamalarining afzalliklarini targʻib qilish va hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarda faol ishtirok etganliklari uchun palataning hakamlik sudlari raislari va sudyalarini mukofotlash bilan nihoyasiga yetdi.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda Savdo-sanoat palatasi tizimida 15 ta hakamlik sudlari faoliyat koʻrsatmoqda. | 34 | 1,493 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish samaradorligini ta’minlash, ularni rasmiylashtirishdagi bojxona tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi dastlabki elektron ma’lumotlarni taqdim etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizom ilova muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar havo va temir yo‘l transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida dastlabki elektron tarzda oldindan axborotni bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmog‘i orqali:
avtomobil transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tishidan bir soat oldin;
temir yo‘l transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;
uzoq yo‘nalishni amalga oshirishda — havo transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;
qisqa yo‘nalishni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida yuborishi shart.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari, shuningdek, havo va temir yo‘l transportida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkaziladigan yo‘lovchilar va ularning bagaji to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarni ayirboshlash tizimini nazarda tutadigan dasturiy ta’minotni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va bojxona organlarining axborot tizimiga joriy etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi axborotlarni ayirboshlashni on-layn rejimida amalga oshirish yuzasidan chegaradosh mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalarni tuzish masalasini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy diplomatik idoralarni va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar va konsullik muassasalarini ushbu qarorning qoidalari to‘g‘risida xabardor qilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning qoidalari keng yoritilishi va tushuntirilishini tashkil etsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkaziladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlarining elektron tarzda oldindan xabardor qilinishini joriy etish to‘g‘risida” 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 95-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida bojxona organiga dastlabki elektron shakldagi axborotni taqdim etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish tartibotlarini, shuningdek, taqdim etish muddatlari va taqdim etish talab etilmaydigan holatlarni belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
dastlabki elektron shakldagi axborot (keyingi o‘rinlarda — dastlabki axborot) — O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar, ularni tashuvchi transport vositalari, tovarlarni olib kirish vaqti va joyi hamda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali kirib keluvchi yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida oldindan bojxona organlarining axborot tizimiga Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar;
identifikatsiya kodi — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida ma’lumotlarning noyob turi;
yo‘lovchi nomining yozuvi (Passenger Name Record — PNR) — bron qilish bazasiga kiritilgan aviachiptalarni bron qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bunda yo‘lovchi haqidagi shaxsiy, shuningdek, uning yoxud u bilan birga sayohat qilayotgan bir guruh yo‘lovchilarning yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi;
yo‘lovchi haqida dastlabki ma’lumot (Advance Passenger Information — API) — tashuvchi tomonidan yetib borish davlatining nazorat qiluvchi organlariga taqdim etish uchun avtomatik ravishda yig‘iladigan yo‘lovchilarning biografik va reysning boshqa ma’lumotlari to‘g‘risidagi dastlabki axborot;
format-mantiqiy nazorat — Davlat bojxona qo‘mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — DBQ YaAAT) taqdim etilayotgan axborotlarni mantiqan o‘zaro taqqoslash yoki bojxona organlarida mavjud ma’lumotlar bilan solishtirish va ularning belgilangan formatga muvofiqligini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish jarayoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali temir yo‘l, avtomobil va havo transportida olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida oldindan bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagilar hisoblanadi:
temir yo‘l transportida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yoki jamiyat tomonidan belgilangan mas’ul shaxslar;
avtomobil transportida — bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini amalda olib o‘tuvchi shaxslar (haydovchi);
havo transportida — bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan havo transporti tegishli bo‘lgan aviakompaniya yoki ular tomonidan belgilangan mas’ul shaxslar;
xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida — pochta aloqasi operatori yoki provayder yoxud ular tomonidan belgilangan mas’ul shaxslar;
tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar.
Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar ma’lumotlarning haqqoniyligi va ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda bojxona organlariga taqdim etilishiga javobgar hisoblanadilar.
4. Bojxona hududiga olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etish va ko‘rib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Dastlabki axborot taqdim etuvchi shaxslar bojxona axborot tizimidagi dastlabki axborotni taqdim etish dasturidan login va parol olgan holda ro‘yxatdan o‘tadilar.
Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi. Ushbu dastlabki axborotdan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi doirasida foydalanishlari mumkin.
Temir yo‘l va havo transporti orqali olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborot alohida tashkil etilgan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali taqdim etilishi mumkin.
6. Olib kirishga mo‘ljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborot ular bojxona hududiga amalda yetib kelgunga qadar bojxona organiga davlat tili, rus yoxud ingliz tilida taqdim etiladi.
7. Dastlabki axborot bojxona organlari axborot tizimiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
avtomobil transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tishidan bir soat oldin;
temir yo‘l transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;
uzoq yoki o‘rta magistral parvozni amalga oshirishda — havo transportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;
yaqin magistral parvozlarni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida.
8. Avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali bojxona hududiga olib kirishga mo‘ljallangan (shu jumladan tranzit o‘tadigan) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborot bojxona organiga ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalarga muvofiq taqdim etilishi shart.
Ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalar talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda taqdim etilgan dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimida avtomatik tarzda rad etilib, taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
9. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona maqsadlarida zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish;
bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash, elektron ma’lumotlarni uzatish uchun axborot tizimlaridan foydalanish;
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlarda dastlabki axborotni taqdim etmaslik;
taqdim etilgan dastlabki axborot rad etilganda, mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda hamda 2 — 5-ilovalarga muvofiqlashtirgan holda qayta taqdim etish;
taqdim etilgan dastlabki axborot asosida bojxona yuk deklaratsiyasini shakllantirish.
10. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
dastlabki axborotni taqdim etish dasturida ro‘yxatdan o‘tish;
tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni bojxona organlariga ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etish;
dastlabki axborotni tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelgunga qadar bojxona organlariga mazkur Nizomga 2 — 5-ilovalarga muvofiq taqdim etish;
dastlabki axborotda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini va to‘liqligini ta’minlash.
11. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan quyidagi tovarlar va transport vositalari bo‘yicha bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim qilish majburiy hisoblanmaydi:
a) avtomobil o‘tkazish punktlari orqali jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yuki yoki kuzatib boriladigan bagajida olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan;
b) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan rasmiy (xizmatda) foydalanishi maqsadida bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan;
v) avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatlarini bartaraf etish maqsadida olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga, shuningdek, insonparvarlik hamda texnik ko‘mak sifatidagi tovarlarga nisbatan;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq berilgan va ruxsatnomalar bilan tasdiqlangan harbiy yuklarga nisbatan;
d) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududining bir bojxona postidan boshqa bojxona postiga xorijiy davlatlar hududlari orqali olib o‘tilayotgan O‘zbekiston Respublikasi tovarlari va transport vositalariga nisbatan;
e) quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan;
j) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan tovarlarga nisbatan.
12. Taqdim etilgan dastlabki axborot DBQ YaAATda real vaqt rejimida qabul qilinadi va format-mantiqiy nazoratdan ijobiy o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda axborot taqdim etuvchi shaxslarga identifikatsiya kodi berilgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ushbu identifikatsiya kodi olib o‘tilishi rejalashtirilgan tovarlar va transport vositalari amalda bojxona chegarasiga yetib kelganida bojxona organiga taqdim etiladi.
13. Taqdim etilgan dastlabki axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risida ma’lumot olish va tahlil qilishda;
b) xavflarni boshqarish tizimini qo‘llashda;
v) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari bojxona hududiga amalda kirib kelgunga qadar bojxona nazorati shakllari, ularning qo‘llanilish hajmini tanlash hamda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha dastlabki qarorlarni qabul qilishda;
g) bojxona operatsiyalari amalga oshirilishini tezlashtirish va bojxona nazorati o‘tkazilishini optimallashtirishda;
d) yukni yetkazib berish nazorat hujjatlarini elektron shakllantirishda.
14. Taqdim etilgan dastlabki axborotni oshkor etish, undan boshqa maqsadlarda foydalanish, uchinchi shaxslarga berish man etiladi.
15. Dastlabki axborot tizimga kiritilgandan kundan boshlab, 30 kalendar kun muddatgacha saqlanadi.
16. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi ma’lumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy ma’lumotlar
1. Olib o‘tish yo‘nalish turi
2. Xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasi (XYT asosida tashilganda)
3. Xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasi raqami (XYT asosida tashilganda)
4. Tashuv boshlangan davlat
5. Tashuv tugallanadigan davlat
6. Tashuv turiga muvofiq ruxsatnoma (dozvol)**
7. Kirish bojxona posti
8. Chiqish bojxona posti
9. Tovar kirib kelishi kutilayotgan sana
III. Tashuvchi
1. Tashuvchi manzili (yuridik/pochta)
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Tashuvchining nomi
4. Tashuvchining davlati
5. Tashuvchining telefon raqami
6. Tashuvchining STIRi (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)
7. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilgan raqami
IV. Tovarga tegishli yo‘l-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yo‘l-yuk varaqasi (SMR/TTN)
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
V. Tovar haqidagi ma’lumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy o‘rinlar soni
9. Qo‘shimcha o‘lchov birligi
10. Qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori
11. Etkazib berish sharti
VI. Yuk jo‘natuvchi
1. Yuk jo‘natuvchi davlat
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Yuk jo‘natuvchining nomi
4. Yuk jo‘natuvchi manzili (viloyat, shahar, tuman, ko‘cha, uy raqami)
5. Elektron pochta manzili*
6. Telefon raqami*
VII. Yuk qabul qiluvchi
1. Yuk qabul qiluvchi davlat
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Yuk qabul qiluvchining nomi
4. Yuk qabul qiluvchi manzili (viloyat, shahar, tuman, ko‘cha, uy raqami)
5. Elektron pochta manzili*
6. Telefon raqami*
7. Yuk qabul qiluvchining STIRi
VIII. Avtotransport vositasi to‘g‘risida ma’lumot
1. Transport vositasi davlat raqami
2. Tirkama va yarim tirkama davlat raqami
3. Transport vositasi rusumi va modeli
4. Transport turi
5. Ro‘yxatga olingan davlat
6. Kuzov raqami
7. Transportning identifikatsiya raqami(VIN)
8. Dvigatel raqami
9. Dvigatel hajmi (sm3)
10. Shassi raqami
11. Ishlab chiqarilgan yili
12. Transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma raqami
13. Bojxona to‘lovlari summasi ta’minlanganlik identifikatsiya raqami*
IX. Tovarni manzilga yetkazib berish uchun mas’ul shaxs
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi*
4. Pasport raqami (seriya, raqami va kim tomonidan berilgan)
5. Kim tomonidan berilgan
6. Fuqaroligi
7. Yukni yetkazib berishga mas’ul shaxsning manzili
X. Yuk konteyneri to‘g‘risida ma’lumot
1. Yuk konteyneri (bor yoki yo‘q) (yuk konteynerda tashilganda)
2. Yuk konteyneri raqami (yuk konteynerda tashilganda)
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi ma’lumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/Elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy ma’lumotlar
1. Harakat yo‘nalishi (Im, Ek, Tr)
2. Yuk jo‘natuvchining STIRi (mavjud bo‘lsa)
3. Yuk jo‘natuvchining nomi va manzili
4. Yuk jo‘natuvchi davlat
5. Yuk jo‘natuvchi temir yo‘l stansiyasi
6. Yuk qabul qiluvchining STIRi (tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga import qilinganda)
7. Yuk qabul qiluvchining nomi va manzili
8. Yuk qabul qiluvchi davlat
9. Yuk yetib borishi belgilangan davlat
10. Yuk jo‘natish sanasi
11. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti va sanasi
12. Yuk yetib kelishi belgilangan temir yo‘l stansiyasi
13. Yuk yetib kelishi belgilangan chegara bojxona posti
14. Harakat tarkibi raqami
15. Poyezd indeksi
16. Harakat tarkibi bo‘yicha yukli, yuksiz va yo‘lovchi vagon soni
17. Vagon raqami
18. Konteyner raqami
III. Tovarga tegishli yo‘l-yuk hujjatlari
1. Hujjat turi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yuk xati (XTYuTSh-xalqaro temir yo‘l tashish shartnomasi (CMGS))
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
IV. Tovar haqidagi ma’lumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy o‘rinlar soni
9. Qo‘shimcha o‘lchov birligi
10. Qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori
11. Valyuta kursi*
12. Etkazib berish sharti
V. Yo‘lovchilar, vagon kuzatuvchilari va ularning bagajlarini tashishda taqdim etiladigan ma’lumotlar
1. Harakat tarkibi raqami
2. Rejalashtirilgan jo‘nash sanasi
3. Jadval bo‘yicha jo‘nab ketish vaqti (jo‘nash mamlakatining vaqti bilan)
4. Rejalashtirilgan yetib borish sanasi
5. Jadval bo‘yicha yetib borish vaqti (etib borish mamlakatining vaqti bilan)
6. Temir yo‘l harakat tarkibining jo‘nash stansiyasi
7. Temir yo‘l harakat tarkibining yetib borish stansiyasi
8. Rasmiy yo‘l hujjati raqami
9. Rasmiy yo‘l hujjatini bergan mamlakat va tashkilot*
10. Rasmiy yo‘l hujjati toifasi*
11. Rasmiy yo‘l hujjatining amal qilish muddati*
12. F.I.O.
13. Millati*
14. Tug‘ilgan sanasi*
15. Jinsi
16. Yo‘lovchi uchun ajratilgan o‘rindiq raqami
17. Poyezd kuzatuvchilari va brigada a’zolari soni*
18. Poyezd kuzatuvchilari va brigada a’zolari tomonidan kuzatuvga olingan yuklar*
19. Bagajining vazni
20. Bagajining o‘rinlar soni
21. Harakat tarkibidagi jami yo‘lovchilar soni
22. Yashash manzili*
23. Bo‘lish mamlakatidagi yashash manzili*
24. Elektron pochta manzili*
25. Aloqa telefonlari*
26. Chipta bron qilingan sana*
27. Chipta olingan/sotib olingan shahar*
28. Chiptani olish/sotib olish sanasi*
29. Chipta raqami*
30. Chipta toifasi (biznes, ekonom)
31. Ro‘yxatdan o‘tish joyi*
32. Bron kodi va nazorat raqami*
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/Elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
1. Harakat yo‘nalishi
2. Yuk jo‘natuvchi davlat
3. Yuk jo‘natuvchi davlat kodi
4. Yuk jo‘natuvchi nomi
5. Yuk jo‘natuvchi manzili
6. Yuk qabul qiluvchi davlat
7. Yuk qabul qiluvchi nomi
8. Yuk qabul qiluvchi manzili
9. Yuk qabul qiluvchi STIRi (tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan taqdirda)
10. Yuk jo‘natilgan sana
11. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish sanasi
12. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti
1. Agentning nomi, kodi va joylashgan shahri*
2. Agentning IATA kodi*
3. Birinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA ro‘yxati bo‘yicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
4. Birinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
5. Ikkinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA ro‘yxati bo‘yicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
6. Ikkinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
7. Uchinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA ro‘yxati bo‘yicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
8. Uchinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
9. Barcha summalarning valyuta kodi (IATA standartlari bo‘yicha qabul qilingan xalqaro kodi)*
10. Umumiy yig‘imlar summasi*
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yuk avianakladnoyi (Air Waybill)
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy o‘rinlar soni
9. Qo‘shimcha o‘lchov birligi
10. Qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori
11. Etkazib berish sharti
12. To‘lov to‘lanadigan og‘irlik*
13. Umumiy tarif va yig‘imlar*
14. Og‘irlik uchun yig‘im summasi*
1. Aviakompaniya kodi
2. Reys raqami
3. Rejalashtirilgan jo‘nash sanasi
4. Jadval bo‘yicha uchib ketish vaqti (uchish mamlakatining vaqti bilan)
5. Rejalashtirilgan uchib kelish sanasi
6. Jadval bo‘yicha uchib kelish vaqti (qo‘nish mamlakatining vaqti bilan)
7. Havo kemasining jo‘nash aeroporti
8. Havo kemasining dastlabki uchib kelish aeroporti
9. Havo kemasining keyingi/yakuniy uchib kelish aeroporti
API ma’lumotlari:**
1. Aviakompaniya kodi
2. Reys raqami
3. Rejalashtirilgan jo‘nash sanasi
4. Jadval bo‘yicha uchib ketish vaqti (uchish mamlakatining vaqti bilan)
5. Rejalashtirilgan uchib kelish sanasi
6. Jadval bo‘yicha uchib kelish vaqti (qo‘nish mamlakatining vaqti bilan)
7. Havo kemasining jo‘nash aeroporti
8. Havo kemasining dastlabki uchib kelish aeroporti
9. Havo kemasining keyingi/yakuniy uchib kelish aeroporti
10. Rasmiy yo‘l hujjati raqami
11. Rasmiy yo‘l hujjatini bergan mamlakat va tashkilot
12. Rasmiy yo‘l hujjati toifasi
13. Rasmiy yo‘l hujjatining amal qilish muddati
14. F.I.O.
15. Millati
16. Tug‘ilgan sanasi
17. Jinsi
18. Yo‘lovchi uchun ajratilgan o‘rindiq raqami
19. Yo‘lovchining maqomi (yo‘lovchi, ekipaj)
20. Bagajining vazni
21. Bagajining o‘rinlar soni
22. Bagajining yorlig‘i raqamlari
23. Reysdagi jami yo‘lovchilar soni
24. Yashash manzili*
25. Bo‘lish mamlakatidagi yashash manzili*
26. Elektron pochta manzili*
27. Aloqa telefonlari*
28. Chipta bron qilingan sana*
29. Chipta olingan/sotib olingan shahar*
30. Chiptani olish/sotib olish sanasi*
31. Chipta raqami*
32. Chipta toifasi
33. Ro‘yxatdan o‘tish joyi*
34. Bron kodi va nazorat raqami
PNR ma’lumotlari:***
1. Ismga taalluqli PNR ma’lumotlar
2. PNR lokatori*
3. PNR yaratilgan sana
4. Manzil ma’lumotlari (yo‘lovchi tomonidan taqdim etilgan taqdirda)*
5. Turagent to‘g‘risidagi ma’lumotlar
6. Dastlab rejalashtirilgan safar sanasi
7. Reys oxirgi marotaba bron qilingan sana
8. PNR bo‘yicha barcha safar yo‘nalishlari
9. Chipta rasmiylashtirish bandlaridagi barcha ma’lumotlar
10. To‘lovning barcha shakllari (naqd to‘lov, elektron to‘lov, kredit kartochkasining raqami va amal qilish muddati, chiptaga oldindan amalga oshirilgan to‘lov xabari, valyuta)*
11. To‘lovni amalga oshirgan shaxs/agentlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar*
12. Ro‘yxatga oluvchi agentning identifikatori
13. Ro‘yxatdan o‘tish vaqti*
14. Ro‘yxatdan o‘tganlik holati*
15. Oldindan so‘ralgan joylar
16. Reys yopilgandan keyingi haqiqiy joylar (ro‘yxatga olish tugatilgandan so‘ng taqdim etiladi)*
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami) yoki STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston rezidentlari uchun) **
4. Fuqaroligi
5. Manzili
6. Telefon raqami/elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (O‘zbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi
2. Qabul qiluvchining manzili
3. Qabul qiluvchining pasport ma’lumotlari (seriya va raqami) yoki STIR
4. Jo‘natuvchi davlat
5. Jo‘natuvchining nomi (jismoniy shaxs bo‘lsa F.I.O.)
6. Jo‘natuvchi manzili
7. Elektron pochta manzili
8. Jo‘natmaning tavsifi
9. Jo‘natmaning qiymati
10. Xalqaro kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxs nomi
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Tijorat hujjatlari
1. TIF TN kodi (agar bo‘lsa)
2. Tovar nomi
3. Tovar qiymati (faktura qiymati)
4. Valyuta kodi
5. Vazni (brutto)/kg.
6. Umumiy o‘rinlar soni
7. Qo‘shimcha o‘lchov birligi
8. Qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori | 183 | 27,161 |
Qonunchilik | Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish borasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘lar (keyingi o‘rinlarda jalb etilgan mablag‘lar deb ataladi) — fuqarolar yig‘inining qaroriga asosan ixtiyoriylik asosida jismoniy va yuridik shaxslardan (shartnoma asosida) yig‘ib olingan pul mablag‘lari;
homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yo‘naltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari.
3. Jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari shaklidagi yordamni qonunchilik hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy va beg‘araz amalga oshiradilar.
“Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
4. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘larni jalb etish, ulardan foydalanish va nazorat qilish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
fuqarolar yig‘inining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal etishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qaroriga asosan jalb etiladigan mablag‘lar;
hududdagi jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
fuqarolar yig‘inlari va yuridik shaxslar o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga asosan tegishli hududda ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlash ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordamlar.
6. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi.
7. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish fuqarolar yig‘ini kengashining qarori asosida ushbu mablag‘lar va homiylik xayriyalarining maqsadidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘lar jalb etish va ulardan foydalanish fuqarolar yig‘inlari va yuridik shaxslar o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlash fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan bo‘lmasa yoki xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
a) kam ta’minlangan va ehtiyojmand bo‘lgan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini ta’minlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogironligi bo‘lgan shaxs yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun quyidagicha yo‘naltiriladi:
uy va kvartiralarni ta’mirlash;
qattiq yoqilg‘i (ko‘mir va o‘tin) mahsulotlari bilan ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash;
sog‘lig‘ini tiklash;
kommunal xizmatlar haqini to‘lash;
nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazish.
b) mahallada tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli talofat ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish;
v) mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
g) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.
10. Fuqarolar yig‘ini tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning hisobini yuritish, shuningdek, undan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek, ushbu mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarda ma’lumotlarning to‘g‘riligini muntazam nazorat qiladi.
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi jismoniy va yuridik shaxslarning yozma so‘rovlari bo‘yicha, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi.
12. Fuqarolar yig‘ini raisi jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarining maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida har chorakda fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi.
13. Fuqarolar yig‘ini raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishi va buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 224 | 6,844 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1994-yil 6-maydagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“Respublikada mehnatkashlarning xatlari va shikoyatlari bilan ishlashni yanada yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1973-yil 28-dekabrdagi 551-son qarori;
“Mehnatkashlarning xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish va keluvchilarni qabul qilish ishlarini yanada yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1975-yil 31-yanvardagi 37-son qarori;
KPSS XXV syezdi qarorlari asosida mehnatkashlarning xatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” KPSS Markaziy Komiteti qarori yuzasidan 1976-yil 14-maydagi 286-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 20-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilishni kvotalash va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 103 | 1,381 |
Qonunchilik | Davlat хaridlari: 2020 yilda nima oʻzgaradi | Prezident 5 dekabr kuni davlat хaridlari tizimini takomillashtirish va ularga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat uchta muhim yangilikni oʻz ichiga olgan.
Birinchisi strategik хarid qiluvchilarga daхl qiladi – ular 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
Ikkinchisi shu sanadan joriy etiladi va barcha davlat buyurtmachilariga tatbiq etiladi. Kelasi yilning boshidan boshlab ular elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat хaridlarini hududlar (Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirishlari mumkin. Moliya vazirligiga OʻzRTXB bilan birgalikda uni bir oy muddatda ishlab chiqish topshirildi. Biroq agar mazkur qoʻshimcha sahifada хarid qilish tartib-taomili yakuniga koʻra tovar (ish, хizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan boʻlsa, davlat buyurtmachisi elektron doʻkonning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga haqli emas.
Va, nihoyat, uchinchi yangilik - 2020 yil 1 apreldan boshlab byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablagʻlariga nisbatan Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish orqali gʻazna ijrosi meхanizmi joriy etiladi.
Shuningdek, kelasi yilda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning хodimlari uchun maхsus kurslar ochish rejalashtirilmoqda. Ularni ushbu sohadagi yetakchi mutaхassislar olib boradilar. Kurslar Moliya organlari va byudjet tashkilotlari moliya-hisob boʻlinmalari хodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi bazasida oʻtkaziladi.
Oleg Zamanov. | 43 | 1,703 |
Qonunchilik | DAVLAT BUDJETINING PUL MABLAG‘LARINI REJALAShTIRISh VA BOShQARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 6-maydagi 39-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2112, 2010-yil 17-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010y., 24-25-son, 203-modda) bilan tasdiqlangan Davlat budjetining pul mablag‘larini rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjetining pul mablag‘larini boshqarish — budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlaridagi (yagona g‘azna hisobvarag‘idagi) hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligi valyuta hisobvaraqlaridagi (milliy va xorijiy valyutadagi) pul mablag‘larini boshqarish;
respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlari (bundan keyingi o‘rinlarda — RG‘H va HG‘H deb yuritiladi) — tegishli budjetlar uchun ochilgan, Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaraqlari bo‘lib, bu hisobvaraqlarga Davlat budjeti mablag‘lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Davlat budjetining g‘azna ijrosiga to‘liq o‘tilganidan hamda RG‘H va HG‘H birlashtirilganidan so‘ng barcha operatsiyalar yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yagona g‘azna hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda — YaG‘H) — Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, bu hisobvaraqqa Davlat budjeti mablag‘lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi”;
to‘rtinchi—oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshida:
“pul mablag‘larining” so‘zlaridan oldin “(milliy va xorijiy valyutadagi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari” so‘zlari “RG‘H va HG‘H (YaG‘H)” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisidan “oyda ikki marta” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ustuvor yo‘nalishlarni (budjetdan mablag‘ oluvchilar va xarajatlar turlarining ustuvor yo‘nalishlarini) aniqlash tegishli G‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘rnatilgan ustuvorliklar, shuningdek oylik daromadlar tushumi prognozi va tasdiqlangan oylik xarajatlar yoyilmasi asosida G‘aznachilik bo‘linmalari budjetdan mablag‘ oluvchilarga XTRlar beradi”.
4. 8-bandda:
birinchi xatboshi “pul mablag‘larini” so‘zlaridan oldin “(milliy va xorijiy valyutadagi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“RG‘H va HG‘H (YaG‘H)dagi hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligi valyuta hisobvaraqlaridagi pul mablag‘laridan samarali foydalanish”.
5. 10-bandda “HG‘H (RG‘H)ga” qisqartmalari “RG‘H va HG‘H (YaG‘H)” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
6. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Respublika budjetidan (mazkur Nizomning 4a-ilovasiga muvofiq) va mahalliy budjetlardan (mazkur Nizomning 4b-ilovasiga muvofiq) moliyalashtiriladigan budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun XTRlarni berish qoida tariqasida oyda bir marta amalga oshiriladi”.
7. 14-band “ish haqidan ajratmalar” so‘zlaridan keyin “kapital qo‘yilmalari xarajatlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. XTRlar respublika budjetidan moliyalashtiriluvchi budjetdan mablag‘ oluvchilarga mazkur Nizomning 6-ilovasidagi, mahalliy budjetlardan moliyalashtiriluvchi budjetdan mablag‘ oluvchilarga esa mazkur Nizomning 7-ilovasidagi shakl bo‘yicha joriy kassa rejalariga asosan shakllantirilishi mumkin.
Bunda, agarda daromadlar tushumi tegishli oyning oxirida kutilsa, XTRlar daromadlarning haqiqiy tushumiga qarab beriladi”.
9. 19-banddan “hududiy” so‘zi chiqarib tashlansin.
10. Nizomga 1a—7-son ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1—12-son ilovalaridagi tahrirga muvofiq bayon etilsin.
11. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 146 | 4,914 |
Qonunchilik | Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi elektr energetika obyektlarida elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S.Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilishini, taqsimlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, ushbu tashkilotlarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta’mirlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
balandlikda bajariladigan ishlar — montaj moslamalaridan yoki bevosita konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan turib er, bostirma yoki ishchi to‘shama yuzasidan 3 metr va undan yuqori balandlikda bajariladigan ishlar. Bunda ish jarayonining barcha bosqichida va joydan-joyga o‘tishda ishchini balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita bo‘lib himoya kamari xizmat qiladi;
brigada (naryad yoki farmoyish bo‘yicha) — tarkibida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi bilan birga ikki va undan ortiq a’zosi bo‘lgan brigada;
buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi — ish jarayonida odam bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonada aniqlanadigan, odamning qatnashishida buzilmaydigan elektr maydonining kuchlanganligi;
ikkilamchi (yordamchi) zanjir — elektr stansiyalardagi (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o‘lchov, himoya va signalizatsiya tuzilmalarini bir-biriga bog‘lovchi simlar va qisqichlar qatorining majmui;
“ijozat beriladi”, “mumkin” — Qoidalarning ushbu talablari, istisno tariqasida (mahalliy sharoitlarga qarab) majburan qo‘llanilishini bildiradi;
ilashgan kuchlanish ostidagi havo liniyasi — 110 kV va undan yuqori kuchlanishli boshqa elektr uzatish havo liniyasining (keyingi o‘rinlarda — HL) o‘q chizig‘idan:
110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 m;
220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 m;
500 kV kuchlanishli HL uchun — 200 m gacha masofada, uzunligi bo‘yicha yoki ayrim uchastkalar bo‘ylab umumiy uzunligi 2 km dan kam bo‘lmagan masofada o‘tadigan HL va aloqa havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AHL);
ish joyi — xodimlar ishlarni bajarish uchun ishga qo‘yiladigan elektr qurilmaning uchastkasi. Faqat naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar ko‘zda tutilgan ish joyiga taalluqli;
ish joyini tayyorlash — ish xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun ish joyida bajariladigan texnik tadbirlar;
ishlab turgan elektr qurilma — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsiya apparatlarini ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparati (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar);
kuchlanish ostidagi ish — kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o‘tkazuvchi qismlarga ruxsat etilganidan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar;
ma’muriy-texnik xodimlar — elektr energetika sohasidagi tashkilotlarning rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, zimmasiga ma’muriy vazifalar yuklatilgan muhandislar, texniklar va ustalar;
mahalliy navbatchi xodimlarsiz elektr qurilma — tezkor chiqish brigadalari (keyingi o‘rinlarda — TChB) yoki tezkor ta’mirlash xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan elektr qurilma, HL va elektr uzatish kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda — KL);
mexanizmlar — gidravlik ko‘targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg‘ulash-kran mashinalari, mexanik uzatma yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin bo‘lgan narvonlar va hokazolar;
mexanik qulf — kalit, olinadigan dastak va hokazolar bilan berkitiladigan qulf;
navbatchi xodimlar (navbatchi) — smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv yoki tezkor almashlab-ulashga ruxsat etilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muhandislar, texniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchilar va boshqaruv shchitlari navbatchilari, TChB a’zolari;
naryad-ijozat — ishning mazmuni, joyi, uni boshlash va tamomlash vaqtlarini, zarur xavfsizlik choralarini, brigada tarkibini hamda ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni belgilovchi ishni xavfsiz bajarish uchun maxsus blankada tuzilgan topshiriq;
ta’mirlovchi xodimlar — elektr stansiyalar, podstansiyalar, havo liniyasi, kabel liniyasi, AHL, aloqa kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AKL), rele himoyasi, avtomatika, o‘lchash vositalari, izolatsiya va yashindan himoya vositalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsion ta’mirlash va sozlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar, elektr laboratoriyalar xodimlari;
tezkor ta’mirlovchi xodimlar — o‘ziga tasdiqlangan hajmda biriktirilgan elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida tayyorlangan, maxsus o‘rgatilgan, ta’mirlovchi xodimlar toifasiga kiruvchi xizmatchilar;
tok o‘tkazmaydigan qism — ishning avariya rejimlarida kuchlanish ostida bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmaning qismi, masalan, elektr mashina korpusi;
tok o‘tkazuvchi qism — elektr qurilmaning normal holatda kuchlanish ostida bo‘ladigan qismi;
ulanish — elektr stansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan va taqsimlovchi qurilma (keyingi o‘rinlarda — TQ), generator, shchit, yig‘malarning shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (o‘ramlarining sonidan qat’i nazar), ikkita tezlikda ishlovchi elektr dvigatelning har xil kuchlanishli elektr zanjirlari bir ulanish hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarimtalik va shunga o‘xshash sxemalarda liniya, transformator ulanishsiga ushbu liniya yoki transformator TQga bevosita ulangan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar tegishli bo‘ladi;
farmoyish — ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo‘lgan taqdirda) bajarish topshirilgan shaxslarni belgilovchi og‘zaki topshiriq;
xavfli ta’sir — biror-bir narsaning qandaydir obyektga (organizmga, uskunaga) salbiy ta’siri xavfi;
“shart”, “zarur”, “kerak” — Qoidalarning ushbu talablarini bajarish majburiyligini bildiradi;
ekranlash zonasi — elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan ortmaydigan, elektr maydonida bo‘lgan bino va inshootlar, shuningdek, erga ulangan metall konstruksiyalar, uskuna poydevorlari, transformatorlar va yirik gabaritli obyektlar yaqinidagi fazo;
elektr maydonining ta’sir zonasi — elektr maydonining kuchlanganligi 5 kV/m dan ortiq bo‘lgan ochiq fazo;
elektr uzatish kabel liniyasi — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita erga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish liniyasi;
elektr uzatish kabel liniyalari va aloqa kabel liniyalarining muhofaza zonasi — yer ostida joylashgan KLning eng chetdagi kabelidan ikki tomonga vertikal sirtlar bilan: KL uchun 1 m, AKL uchun 2 m masofada chegaralangan yer uchastkasi. Suv havzasining suv osti KL va AKL bo‘ylab eng chetdagi kabelidan ikki tomonga 100 m masofada vertikal sirtlar bilan chegaralangan suv sirtidan tubigacha bo‘lgan qism;
elektr uzatish havo liniyasi — ochiq havoda joylashgan, izolyator va armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muhandislik inshootlari (ko‘priklar, ko‘prik yo‘llari va hokazolar) kronshteynlariga hamda ustunlariga mahkamlangan simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun tuzilma. Elektr uzatish havo liniyasining boshlanishi va oxiri deb liniya portallari yoki TQ, shoshobchalar uchun esa — shoxobchaga ajralgan erdagi tayanch va liniya portallari yoki taqsimlovchi qurilmaga kiruvchi qismi qabul qilinadi. Bunda HL tomonida liniya portallariga o‘rnatilgan tortuvchi izolatsiyalovchi osmalar hamda HL simlarida mahkamlangan barcha qisqichlar, HLga qarashlidir. Liniya portallari, podstansiya tomonidan tortuvchi izolatsiyalovchi osmalari bilan ushbu portallardagi halqa, HL simlaridan har xil uskunalarga (o‘chirish-yoqish apparatlariga, razryadlagichlarga, aloqa kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar hamda yuqori chastotali to‘sgichlar havo elektr uzatish liniyasiga kirmaydi;
elektr uzatish havo liniyalari va aloqa havo liniyalarining muhofaza zonasi — HL bo‘ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning og‘ishmagan holatida:
1 kVgacha kuchlanishda bo‘lgan HL va AHL uchun — 2 m;
1 — 10 kV HL uchun — 10 m;
35 kV HL uchun — 15 m;
110 kV HL uchun — 20 m;
220 kV HL uchun — 25 m;
500 kV HL uchun — 30 m masofada, liniyaning ikkala tomoni bo‘ylab, vertikal sirtlar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo bo‘shlig‘i ko‘rinishidagi zona.
Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, ko‘llar va hokazolar) ustidan o‘tgan HL bo‘ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning og‘ishmagan holatida liniyaning ikkala tomonida vertikal sirtlar bilan 100 m masofada, kemalar qatnamaydigan suv havzalari uchun esa quruqlikdan o‘tadigan HL muhofaza zonasini belgilash uchun nazarda tutilgan masofadagi chegaralangan havo bo‘shlig‘i ko‘rinishidagi zona;
elektr energetika — elektr energiyasini hosil qilish (ishlab chiqarish), uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda);
elektr himoya vositalari — elektr qurilmalarida ishlayotgan odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoy va elektromagnit maydoni ta’siridan himoya qilish uchun xizmat qiladigan, holda o‘zi bilan va transportda olib yuriladigan vositalar;
yuk ko‘tarish mashinalari — yuk ko‘tarish uchun barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (po‘lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida ish bajaradigan ekskavatorlar), tallar va chig‘irlar;
qayta ishga qo‘yish — ushbu naryad bo‘yicha avval bajarilayotgan ishga qayta ishga qo‘yish;
1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma — 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma (amaldagi kuchlanishning qiymatiga qarab). Ushbu Qoidalarning 1000 V gacha elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablari 42 V dan yuqori kuchlanishga tegishlidir.
4. Ushbu Qoidalarga muvofiq elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llagan holda ishlar bajarilishi, shuningdek, foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari talablariga muvofiq va sinovdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlar, asboblar va moslamalar belgilangan tartibda sinovdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Ular mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga, asbob va moslamalarga qo‘yilgan talablarga rioya etgan holda, shuningdek, ishlab chiqaruvchining yo‘riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
5. Ishlab turgan elektr qurilmalarida qurilish va montaj ishlari qurilish me’yorlari va Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — QMQ) talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi shart.
6. Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarida ushbu Qoidalar talablari inobatga olinishi shart.
Har bir xodim, agar u Qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘ra olmasa, zudlik bilan o‘zidan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek, elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida xabar berishi shart.
7. Ushbu Qoidalarga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish taqiqlanadi.
8. Xodimlarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish tartibi elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
9. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi talablariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
10. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlariga yuklatilgan vazifalar doirasida ushbu Qoidalarni bilishlari va ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga mansub bo‘lishlari shart.
Qo‘yilgan talablarga javob beradigan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish vaqtida o‘zi bilan olib yurishi shart.
11. Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
balandlikda bajariladigan ishlar;
tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;
bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).
Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda to‘ldirilishi mumkin.
12. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.
13. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar va smena bo‘yicha katta navbatchilar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga mansub, qolganlari esa III guruhga mansub bo‘lishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar III guruhga mansub bo‘lishi shart.
14. Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarining to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismlariga ushbu Qoidalarga 2-ilovada ko‘rsatilgandan kam masofaga odamlarning, yuk ko‘taruvchi mashinalar va mexanizmlarning yaqinlashishi taqiqlanadi.
15. Elektr stansiya va podstansiya elektr qurilmalarini navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga mansub xizmatchi yoki V guruhga mansub ma’muriy-texnik xodim yoxud tashkilot rahbariyati bir o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin.
Noelektrotexnik xodimlarning elektr stansiya va podstansiyaning elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishi va ekskursiyasi korxona rahbariyatining ruxsati bilan bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan IV guruhga mansub xodim nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin.
HLni ko‘rib chiqish ushbu Qoidalarning 367 va 368-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Ushbu elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlar, navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodim yoki bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodim hamrohligida elektr qurilmalarga kiritilishi mumkin.
Hamroh xodim elektr qurilmalariga kirishi mumkin bo‘lgan odamlarning xavfsizligini kuzatishi hamda ularni tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashmasligi xaqida ogohlantirishi kerak.
17. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishda tok o‘tkazuvchi qismlarga ushbu Qoidalarga 2-ilovada ko‘rsatilgandan kam masofaga yaqinlashishga qarshi qo‘yiladigan to‘siqlar bilan jihozlanmagan xona va kameralarga kirish taqiqlanadi. To‘siqlarning eshigini ochish va to‘siqlar orqasiga o‘tish taqiqlanadi. To‘siqlar elektr qurilmalarining tuzilishi talablariga muvofiq o‘rnatiladi.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishda shchit, yig‘malar, boshqaruv pultlari va boshqa tuzilmalarning eshigini ochishga ruxsat etiladi.
Elektr qurilmalarini ko‘rib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish taqiqlanadi.
18. 6 — 35 kVli elektr qurilmalarida erga tutashish sodir bo‘lsa, faqat tezkor almashlab ulashlarni bajarish hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan odamlarni qutqarish uchun aniqlangan tutashish joyiga yopiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi o‘rinlarda — YOTQ) 4 m dan, ochiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi o‘rinlarda — OTQ) va HL da 8 m dan kam masofaga yaqinlashishga ijozat beriladi. Bunda elektr himoya vositalaridan foydalanish shart.
19. 1000 V dan yuqori bo‘lgan qo‘l bilan harakatlantiriladigan uzatmali ajratgich, bo‘lgich va o‘chirgichlarni o‘chirish va yoqishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
20. Saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yish kuchlanish olingan holatda amalga oshirilishi lozim.
Sxemasida kuchlanishni oluvchi kommutatsion apparatlar bo‘lmagan elektr ulanishlaridagi saqlagichlarni kuchlanish ostida, lekin yuklama bo‘lmagan holatda olishga va o‘rnatishga ijozat beriladi.
Ikkilamchi zanjirlarda, yoritish tarmoqlarida va kuchlanish transformatorlarida saqlagichlarni kuchlanish va yuklama ostida almashtirishga ijozat beriladi.
21. Saqlagichlarni kuchlanish ostida olib qo‘yish va o‘rnatishda quyidagilardan:
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida — dielektrik qo‘lqoplar va himoya ko‘zoynaklaridan foydalangan holda izolatsiyalovchi qisqichlardan (shtangadan);
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida — izolatsiyalovchi qisqichlar yoki dielektrik qo‘lqoplardan va himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish zarur.
22. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig‘malarda saqlagichlar vertikal ustma-ust joylashganda (fazalar vertikal joylashganda) va kommutatsion apparatlar bo‘lmaganda yuklama ostida saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yishga ijozat beriladi. Bunda ko‘zni himoya qilish vositasi o‘rniga yuzni himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
23. Ish olib borilayotgan kameralardan tashqari qolgan barcha elektr qurilmalari xonalari, kameralari, shchitlari va yig‘malarining eshiklari qulflangan bo‘lishi shart.
24. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari (YOTQning xonalari va kameralari, komplekt taqsimlovchi qurilmalar, OTQ) hamda 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida joylashgan 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi shchitlar va yig‘malarning kalitlari navbatchi xodim hisobida turishi shart. Mahalliy navbatchi xodimlar bo‘lmagan elektr qurilmalarida kalitlar ma’muriy-texnik xodimlar hisobida turishi mumkin.
Har bir kalit raqamlangan bo‘lishi shart. Kalitlarning bir jamlanmasi zaxirada bo‘lishi shart.
Quyidagi xodimlarga:
bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga — barcha xonalarning kalitlari;
ishga qo‘yishda tezkor ta’mirlovchi xodimlarni ishga qo‘yuvchiga, ish rahbariga va ish bajaruvchiga, kuzatuvchiga — ish olib boriladigan xonalarning kalitlari tilxat bilan berilishi kerak.
25. Har kuni ko‘rikdan yoki ish tugagandan keyin kalitlar qaytarib topshirilishi shart. Mahalliy navbatchi bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish olib borilganda kalitlar ko‘rikdan yoki ish batamom tugagandan so‘ng, uzog‘i bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytarilishi shart.
Kalitlarni uzoq muddatga elektr tarmog‘i korxonasining taqsimlovchi elektr qurilmalarida tezkor almashlab ulash huquqiga ega bo‘lgan iste’molchilar xodimiga, shuningdek, navbatchiga, tezkor-ta’mirlash va bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimga berish zaruriyati korxona bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.
Kalitlarni olish va qaytarish jarayoni ixtiyoriy shakldagi jurnalda yoki tezkor-dispetcherlik jurnalida qayd etilishi shart.
26. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jarohatlangan shaxsni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun kuchlanish zudlik bilan oldindan ruxsatsiz olinishi shart.
27. Ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryad-ijozat shakli bo‘yicha olib borilishi lozim.
Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan holatlarda ishlarni farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat beriladi.
28. Ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek, ish joylarini va topshiriq hajmini naryad yoki farmoyishda belgilanganidan kengaytirish taqiqlanadi.
29. Elektr qurilmalarida, boshqa naryad amal qilayotgan zonada bajariladigan har qanday ishlar, ushbu naryad bo‘yicha ish olib borayotgan shaxs (ish rahbari) yoki ushbu naryadni bergan shaxs bilan kelishgan holda bajarilishi shart.
Kelishuv ish joyini tayyorlashdan oldin naryadning hoshiyasida “Kelishildi” degan so‘z yozilib, kelishgan shaxs imzosi (ushbu Qoidalarga 3-ilova, 2-jadvali) bilan rasmiylashtiriladi.
30. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini, shuningdek, kuchlanishidan qat’i nazar HLni mukammal ta’mirlash texnologik xarita yoki ishlarni bajarish loyihasi (keyin o‘rinlarda — IBL) bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
31. Elektr stansiya va podstansiyalarning 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari va KLda kuchlanish ostida ishlayotganda quyidagilar bajarilishi shart:
ish joyiga yaqin joylashgan, bexosdan tegish ehtimoli bo‘lgan kuchlanish ostidagi boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sib qo‘yish;
dielektrik kalishlarda yoki izolatsiyalangan taglikda yoxud dielektrik gilamchada turib ishlash;
dastagi izolatsiyalangan asboblarni (bundan tashqari otvertkalarning o‘zagi ham izolatsiyalangan bo‘lishi kerak) qo‘llash; agar bunday asboblar bo‘lmasa, dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish.
Engi kalta yoki shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek, temir arralar, egovlar, metalldan qilingan metrlar va boshqa shunga o‘xshash asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
32. Agar elektr qurilmalarida egilib ishlayotgan shaxs qaddini rostlaganda elektr qurilmasining tok o‘tkazuvchi qismlarigacha masofa ushbu Qoidalarga 2-ilovada ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday holatda ishlash taqiqlanadi. Elektr stansiya va podstansiyalarning 6 — 110 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismlarida orqa yoki ikki yon tomonda joylashgan holatda ish bajarish taqiqlanadi.
33. Kuchlanish ostida bo‘lgan uskunaning izolyatorlariga elektr himoya vositalarini qo‘llamasdan tegish taqiqlanadi.
34. HL va AHLning elektr bog‘langan uchastkalarini (simlarni, troslarni) ulash yoki uzishdan oldin, ularning potensiallarini tenglashtirish kerak. Uchastkalarning potensiallarini tenglashtirish, ularni sim orqali ulash yoki uzilishi kerak bo‘lgan (uzilishi mo‘ljallangan) joyning ikkala tomoniga erga ulagichlarni o‘rnatish, so‘ngra ularni bir umumiy erga ulagichga (erga ulash tuzilmasiga) ulash orqali amalga oshiriladi.
35. Elektr himoya vositalaridan (izolatsiyalovchi shtangalar va ombirlar, elektr o‘lchov shtangalari va ombirlari, kuchlanishni ko‘rsatuvchi asboblar bilan) foydalanib ishlaganda tok o‘tkazuvchi qismlarga odamning yaqinlashishiga — ushbu vositalarning izolatsiyalangan qismi uzunligi bilan belgilanadigan masofaga ijozat beriladi.
36. OTQda va HLning kesishish oraliqlarida kuchlanish ostida bo‘lgan simlardan pastda joylashgan simlar (troslar), ularga taalluqli izolyatorlar va armaturalarni almashtirishda, almashtirish uchun mo‘ljallangan simlarni siltab tortganda yuqorida joylashgan kuchlanish ostida bo‘lgan simlarga tegib ketmaslik uchun ushbu o‘zgartirilayotgan simlar (troslar) ustiga o‘simlik yoki sintetik toladan to‘qilgan arqonlar tashlanadi. Arqonlar kesishgan oraliqda joylashgan simni ikki joydan har tarafga tashlanib, ularning uchlari langarga, konstruksiyalarga yoki boshqa joylarga tortib mahkamlanishi kerak. Simlarni (trosni) ko‘tarish asta-sekin va bir maromda bajarilishi shart.
37. Kuchlanish ostidagi simlardan (troslardan) yuqorida joylashgan simlarda va ularga taalluqli izolyatorlardagi, armaturadagi ishlar korxona rahbariyati tasdiqlagan IBL bo‘yicha olib borilishi kerak. IBLda simlar (troslar) osilib tushib ketmasligi hamda ilashgan kuchlanishdan himoya qilish choralari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oraliqda joylashgan simlardan kuchlanishni olmasdan turib simlarni (troslarni) almashtirish taqiqlanadi.
38. Xodimlar, agar elektr qurilmasida kuchlanish yo‘qolsa, unga kuchlanish ogohlantirilmasdan yana berilishi mumkinligini yodda tutishlari kerak.
39. Sutkaning qorong‘i paytida ish olib borilayotgan joylar — yo‘lkalar, u erga borish yo‘llari va ish joylari yoritilgan bo‘lishi shart. Yoritilish darajasi bir maromda bo‘lib, yoritish qurilmalari ishlayotganlarning ko‘zini qamashtirmasligi kerak. Yoritilmagan joylarda ishlash taqiqlanadi.
40. Momoqaldiroq yaqinlashayotganda HL, AHL, OTQ, YOTQning HL chiqarmalari va liniya ajratgichlarida, HL uchastkalariga ulangan KLda, shuningdek, aloqa uzellari xonalarining AHL kirgan qismida va antenna-ustunli inshootlardagi barcha ishlar to‘xtatilishi shart.
41. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning ishlab turgan elektr uskunalari (boshqarish, rele va shunga o‘xshash shchitlardan tashqari) joylashgan xonalarda, YOTQ va OTQda, quduqlarda, tunnellarda va transheyalarda bo‘lgan, shuningdek, HLga xizmat ko‘rsatishda va mukammal ta’mirlashda ishtirok beruvchi barcha xodimlar himoya kaskalaridan foydalanishga majburdir.
42. Kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlarga, akkumulyator batareyalari hamda zaryadlovchi tuzilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchilar III guruhga mansub bo‘lishlari shart.
43. Boshqarish shchitlarida, TQda joylashgan hisoblagichlar va boshqa o‘lchov vositalarining ko‘rsatkichlarini navbatchi nazorati ostida korxona yoki boshqa tashkilot xodimidan bo‘lgan xizmatchi yozib olishi mumkin. Mahalliy navbatchi xodim bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatgichlar TChBning katta xodimi nazorati ostida yozib olinishi mumkin.
44. Yer qazish ishlarini bajarishda KMK 3.01.02-00 Qurilishda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi kerak.
45. Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi shart:
ishlar xavfsiz olib borilishiga javobgar shaxslarni tayinlash;
naryad yoki farmoyish berish;
ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berish;
ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish;
ish bajarilayotganda nazorat qilish;
boshqa ish joyiga o‘tkazish;
ishdagi tanaffuslarni va ish tugatilganini rasmiylashtirish.
46. Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi shaxslar javobgardir:
naryad va farmoyish beruvchi;
ish rahbari;
ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs;
ish joyini tayyorlovchi shaxs;
ishga qo‘yuvchi (ish joyini tayyorlovchi va ishga qo‘yuvchi bitta xodim bo‘lishi mumkin);
ish bajaruvchi;
kuzatuvchi;
brigada a’zosi.
47. Naryad va farmoyish beruvchi ishlarni xavfsiz bajarish imkoniyatini belgilaydi. U naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarining to‘g‘riligi va yetarliligi uchun, brigadaning sifat va son jihatdan tarkibi hamda javobgar shaxslarni tayinlash uchun, shuningdek, naryadda ko‘rsatilgan xizmatchilar bajarishi kerak bo‘lgan ishga ularning elektr xavfsizligi guruhi bo‘yicha muvofiqligi uchun javobgardir.
48. Naryad va farmoyishni berish huquqi korxonaning va uning tarkibiy qismlarining V guruhga mansub ma’muriy-texnik xodimlariga beriladi.
Naryad berish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlar bo‘lmaganda, kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun ushbu elektr qurilmani ekspluatatsiya qiluvchi IV guruhga mansub navbatchi xodim tomonidan naryad va farmoyish berishga ijozat beriladi.
Bunday paytlarda navbatchi xodimga naryad berish huquqi korxona rahbariyatining yozma ko‘rsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart.
49. Ish rahbari naryadda ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilganligi va yetarli ekanligiga, ishga qo‘yuvchi va ish bajaruvchi tomonidan brigada a’zolariga berilgan yo‘l-yo‘riqning sifati va to‘liqligi uchun, shuningdek, ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishni tashkil qilish uchun javob beradi.
Ish rahbarlari etib V guruhga mansub muhandis-texnik xodimlar tayinlanishi shart. Agar bajarilayotgan ishning ayrim bosqichlari ish rahbarining uzluksiz nazorati ostida va ish rahbari boshchiligida bajarilishi zarur bo‘lsa, u holda naryad beruvchi naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satriga bu haqda yozib qo‘yishi shart.
50. Ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs ish bajarish uchun ko‘zda tutilgan uskunani o‘chirish va erga ulash choralarining yetarliligi va ularni amalga oshirish mumkinligi, shuningdek, ishga qo‘yiladigan brigadalarning ish vaqtlari va joylarini muvofiqlashtirish uchun javobgar hisoblanadi.
Ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs navbatchilarga yoki ish joyini tayyorlayotgan tezkor ta’mirlovchi xodimlarga, shuningdek, ishga qo‘yuvchilarga uskunada oldindan bajarilgan o‘chirish va erga ulash ishlari haqida ma’lumot berishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berish huquqiga lavozim yo‘riqnomasiga asosan IV guruhga mansub navbatchi xodimlar, shuningdek, korxona ko‘rsatmasi bo‘yicha bunga vakolat berilgan ma’muriy-texnik xodimlar haqli bo‘ladi.
51. Ish joyini tayyorlovchi shaxs ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgan choralarning to‘g‘ri va aniq bajarilishi, shuningdek, ish sharoitlari bo‘yicha talab qilinayotgan choralar (qulflarni, plakatlarni, to‘siqlarni o‘rnatish va hokazo) uchun javob beradi.
Ish joylarini tayyorlashga navbatchilar yoki elektr qurilmasida tezkor almashlab ulashlarni bajarishga ijozat berilgan tezkor ta’mirlovchi xodimlarning huquqlari bor.
52. Ishga qo‘yuvchi ko‘rilgan xavfsizlik choralarining to‘g‘riligi va yetarliligi, naryadda ko‘rsatilgan choralar, ish joyi ish xususiyatiga muvofiqligi, ishga qo‘yishning to‘g‘riligi, shuningdek, berilayotgan yo‘riqning sifati va to‘laligi uchun javob beradi.
Ishga qo‘yuvchilar navbatchilar yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlanishi lozim. Ushbu Qoidalarning 57-bandida qayd etilgan shartlar bajarilganda HL da ishga qo‘yish bundan mustasno. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishga qo‘yuvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda esa ishga qo‘yuvchi III guruhga mansub bo‘lishi shart.
53. Ish bajaruvchi:
tayyorlangan ish joyining naryad ko‘rsatmalariga muvofiqligiga;
brigada a’zolariga berilgan yo‘l-yo‘riqning aniq va to‘laligiga;
kerakli himoya vositalari, asboblar, inventarlar, moslamalarning mavjudligiga, ishga yaroqliligi va ularni to‘g‘ri qo‘llashga;
ish joyida to‘siqlar, xavfsizlik belgilarining va plakatlarning, qulflash tuzilmalarining saqlanishiga;
ishlarning xavfsiz bajarilishi va ushbu Qoidalarga rioya etilishiga javob beradi.
Ish bajaruvchi brigada a’zolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va alkogol ta’siridan mast holatda bo‘lgan brigada a’zolarini ishdan chetlashtirishi shart.
Naryad bo‘yicha 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida ish bajaruvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmasida esa — III guruhga mansub bo‘lishi shart. Zararli gazlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yer osti inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigan ishlar bundan mustasno, bunda ish bajaruvchi IV guruhga mansub bo‘lishi shart.
Barcha elektr qurilmalarida farmoyish bo‘yicha ish bajarilayotganda, ushbu Qoidalarning 67, 199 va 400-bandlarida ko‘rsatilganidan tashqari, ish bajaruvchi III guruhga mansub bo‘lishi mumkin.
54. Elektr qurilmalarida mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lmagan brigada ishchilari ustidan nazorat olib borish uchun kuzatuvchi tayinlanishi shart.
Kuzatuvchi:
tayyorlangan ish joyi naryad ko‘rsatmalariga muvofiqligi uchun;
ish joyida o‘rnatilgan erga ulagichlar, to‘siqlar, xavfsizlik belgilari, plakatlar, uzatmalarning qulflovchi tuzilmalari mavjudligi va saqlanishi uchun;
brigada a’zolarining elektr qurilmasini elektr tokidan jarohatlanish borasidagi xavfsizligi uchun javob beradi.
Ishning texnologiyasi bilan bog‘liq xavfsizlik uchun shu brigada tarkibiga kiritilgan, unga boshchilik qiladigan xizmatchi javobgardir va u doim ish joyida bo‘lishi shart. Uning familiyasi naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida ko‘rsatiladi.
Kuzatuvchilar III guruhga mansub xizmatchilardan tayinlanishi mumkin.
55. Har bir brigada a’zosi ushbu Qoidalarni, ishga qo‘yish paytida va ish jarayonida olgan yo‘l-yo‘riqli ko‘rsatmalarni, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalar talablarini bajarishi shart.
56. Tashkilot rahbariyati yozma ko‘rsatma bilan o‘z xizmatchilariga quyidagi huquqlarni berishi rasmiylashtirilishi shart: naryad, farmoyish berish; ish rahbari; ish bajaruvchi; ishga qo‘yuvchi (tezkor ta’mirlovchi xodimlardan), shuningdek, elektr qurilmalarini bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lish.
57. Javobgar shaxslarga o‘rindoshlik asosida ushbu Qoidalarga 4-ilovada keltirilgan vazifalarning birini bajarishlariga ijozat beriladi.
HLda ish joyini tayyorlash uchun kommutatsiya apparati bilan operatsiya bajarmasdan turib, faqat kuchlanish yo‘qligini tekshirish va ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatish talab etilgan hollarda ish rahbari yoki ta’mirlash brigadasidan tayinlangan ish bajaruvchi o‘rindoshlik asosida ishga qo‘yuvchi vazifasini bajarishiga ijozat beriladi.
58. Naryad ikki nusxada, telefon yoki radioaloqa orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radioaloqa orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada, naryad matnini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qayta tekshirgandan so‘ng naryad beruvchi imzosi o‘rniga uning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, naryad yozuvi to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ish bajaruvchi bir vaqtning o‘zida ishga qo‘yuvchi qilib tayinlangan hollarda naryad ish bajaruvchiga qanday usulda berilishidan qat’i nazar ikki nusxada to‘ldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi.
Mahalliy sharoitlarga (dispetcherlik punktining joylashishiga) qarab naryadning bir nusxasi ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchida (dispetcherda) qolishi mumkin.
59. Bir ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi.
Ishga qo‘yuvchiga va ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) navbatma-navbat ishga qo‘yish va ular bo‘yicha ishlash uchun birdaniga bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.
60. Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga berishga ruxsat etiladi. Naryadni 1-marta, uzaytirilgan kundan boshlab 15 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi.
61. Naryad muddatini faqat ushbu naryadni bergan yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodim uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsat telefon, radioaloqa yoki kuryer orqali ishga qo‘yuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga topshirilishi mumkin, bunday holda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xodimning ismi va familiyasini naryadda ko‘rsatadi.
62. Naryadlar bo‘yicha ishlar to‘liq tugagandan so‘ng ular 30 sutka davomida saqlanishi shart, keyin esa yo‘q qilib yuborilishi mumkin.
63. Farmoyish bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, uning muddati ijrochilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi.
64. Ishlashga farmoyish ish bajaruvchiga va ishga qo‘yuvchiga yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchiga beriladi.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr qurilmalarida, ish joyida ishga qo‘yish talab qilinmaganda, farmoyish to‘g‘ridan to‘g‘ri ish bajaruvchiga berilishi mumkin.
65. Farmoyish bo‘yicha bajarilishi mo‘ljallangan ishlar naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha bajariladigan ishlarni hisobga olish ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.
66. Qisqa muddatli, ya’ni davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lmagan ishlar farmoyish bo‘yicha ta’mirlash xodim tomonidan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodim nazorati ostida, shuningdek, navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimning o‘zi tomonidan bajarilishiga ruxsat beriladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
elektr dvigatel va boshqa uskunalardan kabellar, simlar, shinalarni ajratish yoki ulash;
TQda releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa, shu jumladan, yuqori chastotali himoya va aloqa filtrlarining tuzilmalari va zanjirlaridagi ishlar;
0,4 kV li HLni, shuningdek, barcha kuchlanishli KLni ajratish yoki ulash, fazirovka qilish, KL zanjirlarining butunligini tekshirish, transformator shoxobchalarini almashlab ulash, moy o‘lchagich oynalarini va yakka izolyatorlarni artish, qo‘shimcha moy quyish va tekshirishga olish, moyni quritish va tozalash apparatlarini ulash va ajratish, havo o‘chirgichlarining manometrlarini almashtirish, tok o‘tkazuvchi qismlarning qizishi va titrashini tekshirish, elektr o‘lchash ombirlari bilan o‘lchash, simlar va shinalardan begona narsalarni, HL simlaridan qulagan daraxtlar, shox-shabba va boshqalarni olib tashlash;
elektr qurilmalarining, energetika tizimining dispetcherlik va texnologik boshqarish vositalari (keyingi o‘rinlarda — DTBV) (aloqa va telemexanikaning kabel va havo liniyalari, yuqori chastotali kanallar, telemexanika va aloqa tuzilmalari), kanallarining, issiqlik avtomatikasining, issiqlik texnika o‘lchovlari hamda himoya tuzilmalarining, masofadan boshqarish vositalari, signalizatsiya va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari texnik vositalarining (keyingi o‘rinlarda — IAO‘), iste’molchilar elektr ta’minotining normal ishlashiga xavf soluvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, ularni bartaraf qilish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar.
67. Ushbu Qoidalarning 66-bandida keltirilgan ishlarni bajarishda ishlayotganlarning soni nazorat qiluvchi xodim bilan birgalikda 3 kishidan ortmasligi shart.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishlaganda, ishni bajarayotgan yoki nazorat qilayotgan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan boshlig‘i IV guruhga mansub, 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida — III guruhga mansub bo‘lishi shart. Brigadaning qolgan a’zolari III guruhga mansub bo‘lishlari kerak. Iste’molchini ta’minlovchi ulanishlardagi ishlarga iste’molchi xodimi jalb qilinishi mumkin.
Ishni boshlashdan oldin ish joyida barcha texnik tadbirlar amalga oshirilishi shart, ochiq taqsimlovchi qurilmalarda ish joyini arqon yoki shnur bilan o‘rashdan tashqari bunday hollarda ochiq taqsimlovchi qurilmasida ish joyini arqon bilan o‘rash shart emas.
Ushbu Qoidalarning 66-bandida qayd etilgan ishlarni bajarish uchun 1 soatdan ko‘p vaqt yoki 3 kishidan ortiq odam talab etilsa, u holda ushbu ish naryad bo‘yicha bajarilishi shart.
68. Brigada a’zolari soni va uning tarkibi ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlarini hisobga olgan holda ish bajarish sharoitlariga hamda brigada a’zolari ustidan ish bajaruvchining (kuzatuvchining) nazoratini ta’minlash imkoniyatiga qarab belgilanadi.
Ish bajaruvchi rahbarlik qilayotgan brigada a’zosi II guruhga mansub bo‘lishi shart. Ishlar kuchlanish ostida bajariladigan bo‘lsa, brigada a’zosi III guruhga mansub bo‘lishi shart, HLda bajariladigan ishlar bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 332-bandi), bunday ishlarni IV guruhga mansub brigada a’zosi bajarishi shart.
Brigadaga uning III guruhga mansub har bir a’zosiga I guruhga mansub bir ishchini kiritishga ijozat beriladi. Lekin I guruhga mansub brigada a’zolarining umumiy soni 3 kishidan ortmasligi kerak.
Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda (120 — 124, 127, 487, 525-bandlariga qaralsin) ishlarni farmoyish bo‘yicha bir kishi bajarishiga ruxsat etiladi.
69. Navbatchi o‘zidan yuqori turuvchi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritilmasdan, tezkor jurnalga yozib qo‘yilib, ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin.
70. Brigada tarkibini o‘zgartirish, naryad beruvchiga yoki ushbu elektr qurilmasida ushbu ishni bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ijozat beriladi. Brigada tarkibini o‘zgartirish haqidagi ko‘rsatmalar telefon, radioaloqa yoki kuryer orqali ishga qo‘yuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga yuborilishi mumkin, u o‘z imzosi bilan ushbu o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini naryadga yozib qo‘yadi.
Brigada tarkibini o‘zgartirishda ushbu Qoidalarning 68-bandi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart. Ish bajaruvchi brigada tarkibiga qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘l-yo‘riq berishi shart.
71. Ish rahbari yoki ish bajaruvchi almashtirilganda yoki brigada tarkibi yarmidan ko‘pga o‘zgartirilsa, naryad yangidan berilishi shart.
72. Ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish faqat navbatchi yoki bunga vakolati bor shaxsdan ijozat olingandan so‘ng bajarilishi mumkin, IAO‘ qurilmalarida ishga qo‘yish bundan mustasno (IAO‘ qurilmalarida ishga qo‘yish tartibi ushbu Qoidalarning XVIII bobida keltirilgan).
73. Ijozat ish joyini tayyorlashni amalga oshiruvchiga va xodimlarni ishga qo‘yuvchiga shaxsan, telefon, radioaloqa, kuryer yoki oraliq podstansiya navbatchisi orqali berilishi mumkin. Bunday ijozatni oldindan berish taqiqlanadi.
74. Brigadani faqat bitta naryad bo‘yicha ishga qo‘yishga ijozat beriladi.
75. Ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgan choralarni o‘zgartirish taqiqlanadi.
Ish joyini tayyorlashga taalluqli choralarning to‘g‘riligiga va yetarliligiga, shuningdek, ishning xavfsiz bajarilishiga shubha paydo bo‘lganda, ushbu ish joyini tayyorlash to‘xtatilishi shart.
76. Ish bajaruvchi ishga qo‘yuvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajargan hollarda, u ish joyini III guruhga mansub brigada a’zolaridan birortasi bilan tayyorlashi shart.
77. Ishga qo‘yuvchi ishga qo‘yishdan oldin ish joyini tayyorlash bo‘yicha texnik tadbirlarning bajarilganligiga ishonch hosil qilishi shart. Ishonch shaxsan ko‘rish bilan, tezkor jurnaldagi yozuvlar bo‘yicha, tezkor sxema bo‘yicha yoki navbatchi, tezkor ta’mirlovchi xodim va iste’molchilar xodimlarining xabarlari bo‘yicha hosil qilinishi mumkin.
78. Ish rahbari va ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qo‘yishdan oldin, ishga qo‘yuvchidan ish joylarini tayyorlashda qanday choralar ko‘rilganligini aniqlashi va ushbu tayyorgarlikni ish joyi chegarasida shaxsan ko‘zdan kechirishi shart.
Ishga qo‘yishdan oldin ish joyi tayyorligini ish rahbari ishga qo‘yuvchi bilan birga yoki uning ruxsati bilan o‘zi mustaqil, ish bajaruvchi — ish rahbari yoki ishga qo‘yuvchi bilan birga tekshirishi shart.
79. Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishga qo‘yish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.
Farmoyish bo‘yicha ishlashda ish joyini tayyorlash kerak bo‘lmagan hollarda ishga qo‘yish ish joyida amalga oshirilishi shart emas, HL, AHL va KLda esa talab qilinmaydi.
80. Ishga qo‘yish ish joyining tayyorligi tekshirilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Bunda ishga qo‘yuvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgan brigada tarkibining shaxsiy guvohnomalariga mosligini tekshirishi;
sog‘ligi yomon va mast holatdagi ishchilarni brigada tarkibidan chiqarishi;
yo‘l-yo‘riq berishi: brigadani naryad, farmoyish mazmuni bilan tanishtirishi; ish joyining chegaralarini ko‘rsatishi; ish joyiga yaqin turgan uskunalarni va kuchlanish bor-yo‘qligidan qat’i nazar yaqinlashish taqiqlangan ta’mirlanayotgan va qo‘shni ulanishlarning tok o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatishi;
kuchlanish yo‘qligini brigadaga tarmoqda o‘rnatilgan erga ulagichlarni ko‘rsatishi yoki ish joyidan erga ulagichlar ko‘rinmagan taqdirda, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish bilan keyinchalik tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tekkizish orqali isbot qilishi shart (konstruksiyasi imkon beradigan joylarda).
81. Ishga qo‘yishda ishga qo‘yuvchidan tashqari ish bajaruvchi ham brigadaga yo‘l-yo‘riq berishi shart. U ishlarni xavfsiz bajarish choralari, shu jumladan, ularning texnologiyasi, asboblar, moslamalar, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlardan foydalanish haqida ham yo‘l-yo‘riq beradi. Zarur bo‘lganda ish rahbari yo‘riqni to‘ldirishi mumkin.
Yo‘l-yo‘riq berilmasdan brigadani ishga qo‘yish taqiqlanadi.
82. Yo‘l-yo‘riqni berish va ishga qo‘yish ishga qo‘yuvchi, ish bajaruvchining (kuzatuvchining) va brigada a’zolarining imzolari bilan ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryadning 3-jadvalida kuni va vaqti ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi.
Ishga qo‘yishda berilgan yo‘l-yo‘riqni yo‘l-yo‘riq berish jurnalida rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
83. Ishga qo‘yish naryadning har ikki nusxasida rasmiylashtiriladi. Naryadning bir nusxasi ish bajaruvchida (kuzatuvchida), ikkinchisi esa navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishga qo‘yuvchida qoldiriladi.
Ish bajaruvchi o‘rindoshlik asosida ishga qo‘yuvchi vazifasini bajarganda ishga qo‘yish naryadning bir nusxasida rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bo‘yicha ishga qo‘yish tezkor jurnalda yoki ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni qayd etish jurnalida rasmiylashtiriladi.
84. Ishga qo‘yilgandan so‘ng brigada tomonidan xavfsizlik talablarining bajarilishi ustidan nazorat ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yuklanadi. U iloji boricha xavfi yuqoriroq ish bajarilayotgan joyda turib o‘z ishini shunday tashkil qilishi kerakki, o‘sha erdan turib ishlayotgan barcha brigada a’zolari ishini nazorat qila oladigan bo‘lsin.
Kuzatuvchiga o‘rindoshlik asosida nazorat qilishdan boshqa biron ishni bajarish taqiqlanadi.
85. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan vaqtincha ketishi zarur bo‘lganda, agar uning o‘rnini ish rahbari, ishga qo‘yuvchi yoki naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodimga almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, ish bajaruvchi brigadani (taqsimlovchi qurilmasidan chiqarib, eshiklarni qulflab, xodimlarni HL tayanchlaridan tushirib va hokazo) ish joyidan chiqarishi shart.
Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) almashtirilganda, u naryadni o‘z o‘rniga vaqtinchalik qoldirilgan xodimga berib ketishi shart.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli elektr qurilmalarida farmoyish bo‘yicha ishlar bajarilayotgan bo‘lsa, zarurat bo‘lganda, ish bajaruvchining qisqa vaqtga ketishiga ijozat beriladi. Bunday paytda brigadaning III guruhga mansub bir yoki bir necha a’zolari ish joyida qolib ishni davom ettirishlari mumkin.
86. Ish bajaruvchining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasi ish joyidan vaqtincha ketishlariga ijozat beriladi. Bunda ularni brigada tarkibidan chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishli elektr qurilmalarida ish joyida qolgan brigada a’zolarining soni, ish bajaruvchi bilan hisoblaganda ikki kishidan kam bo‘lmasligi shart.
III guruhga mansub brigada a’zolari TQdan mustaqil chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin, I va II guruhga mansub brigada a’zolari esa faqat III guruhga mansub brigada a’zosi yoki elektr qurilmasini bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar hamrohligida chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. TQdan chiqqandan so‘ng eshikni ochiq — qulflanmagan holda qoldirish taqiqlanadi.
Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ishga tushishlari mumkin. Agar elektr qurilmasi joylashgan xonani qulflashning iloji bo‘lmasa, ish bajaruvchi brigada a’zolari qaytgunga qadar ish joyini tashlab ketish huquqiga ega emas.
87. Ushbu Qoidalarning buzilishi yoki ishlayotganlar hayotiga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar aniqlanganda, brigada ish joyidan chiqarilishi va ish bajaruvchidan naryad qaytarib olinishi shart. Brigadaga faqat aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng birlamchi ishga qo‘yishda ko‘rsatilgan talablar bajarilganda yangidan ishlashga ijozat berilishi mumkin.
88. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazishni ishga qo‘yuvchi amalga oshiradi. Agar naryad beruvchi naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozma ravishda ishni topshirgan bo‘lsa, ushbu o‘tkazishni ish rahbari yoki ish bajaruvchi ham amalga oshirishi mumkin.
89. Bitta HL, AHL, KLning turli ish joylarida hamda elektr stansiyalar va podstansiyalarning 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazishni ish bajaruvchi naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi.
90. Brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryadning 3-jadvalida rasmiylashtiriladi. Navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ishga qo‘yuvchi amalga oshirayotgan o‘tkazishni naryadning har ikkala nusxasida rasmiylashtiradi.
91. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning elektr qurilmalarida uskunani o‘chirmasdan bajariladigan ishlarni naryadda rasmiylashtirish brigadani bir taqsimlovchi qurilmasidan boshqasiga ko‘chirishda talab qilinadi.
Barcha elektr qurilmalarida farmoyish bo‘yicha ish bajarilayotganda brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
92. Ish kuni davomidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish yoki ish sharoitlari tufayli) brigada ish joyidan chiqarilishi hamda TQ joylashgan xona eshigi qulflab qo‘yilishi shart.
Naryad ish bajaruvchida (kuzatuvchida) qoladi. Brigada a’zolari tanaffusdan so‘ng ish bajaruvchisiz (kuzatuvchisiz) ish joyiga qaytish huquqiga ega emas. Bunday tanaffusdan so‘ng ish bajaruvchi (kuzatuvchi) brigadani naryadda rasmiylashtirmasdan ishga qo‘yadi.
93. Ish kuni tugashi tufayli ishda tanaffus bo‘lsa, brigada ish joyidan chiqarilishi shart.
Plakatlar, to‘siqlar, bayroqchalar va erga ulagichlar olinmaydi.
Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) naryadni ishga qo‘yuvchiga topshirishi, u yo‘q bo‘lgan taqdirda esa naryadni maxsus ajratilgan joyda, masalan, amaldagi naryadlar jildiga solib qoldirishi shart. Mahalliy navbatchi xodimlar bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish kuni tugashi bilan ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) naryadni o‘zida qoldirishiga ruxsat etiladi.
Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish tugashini naryadning o‘zidagi nusxasida qo‘l qo‘yib rasmiylashtiradi.
94. Kelgusi kunlarda brigadani tayyorlangan ish joyiga qayta qo‘yish ishga qo‘yuvchi yoki uning ijozati bilan ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yuqori turuvchi tezkor xodimning ijozatini olish talab qilinmaydi.
Agar ishni bajaruvchiga (kuzatuvchiga) naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozma ravishda topshiriq berilgan bo‘lsa, u ishga qo‘yuvchining ijozati bilan brigadani tayyorlangan ish joyiga ishlashga qo‘yishi mumkin.
Navbatchi yoki tezkor ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan ishga qo‘yuvchi tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish naryadning har ikkala nusxasida; ish rahbari yoki ish bajaruvchi (kuzatuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish — faqat naryadning ishni bajaruvchida (kuzatuvchida) bo‘lgan nusxasida rasmiylashtiriladi.
95. Kelgusi kuni ishni boshlashdan oldin ishni bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyida qoldirilgan plakatlar, to‘siqlar, bayroqchalar butunligiga va to‘laligiga, shuningdek, erga ulagichlarning mustahkamligiga ishonch hosil qilgandan keyin brigadani ishga qo‘yadi.
96. Ishlar to‘liq tugagandan so‘ng ish bajaruvchi (kuzatuvchi) brigadani ish joyidan chiqarishi, brigada qo‘ygan vaqtinchalik to‘siqlar, plakatlar, bayroqchalar va erga ulagichlarni olishi, elektr qurilmasi eshiklarini qulflashi, naryadda o‘z imzosi bilan ishlar to‘liq tugaganini rasmiylashtirishi shart. Ish rahbari ish joylarini tekshirganidan so‘ng ishlar to‘liq tugaganini naryadda rasmiylashtiradi.
97. Ishni bajaruvchi (kuzatuvchi) ishlar to‘liq tugagani va ushbu Qoidalaring 96-bandi talablari bajarilgani to‘g‘risida ishga qo‘yuvchiga, u yo‘q bo‘lgan holda ish joylarini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan shaxsga xabar berishi shart.
98. Ishlar to‘liq tugagani rasmiylashtirilgan naryadni ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qo‘yuvchiga topshirishi, u yo‘q bo‘lganda maxsus ajratilgan joyga, masalan, amaldagi naryadlar jildiga solib qoldirishi shart.
Ishlar to‘liq tugagandan so‘ng naryadni topshirish qiyin bo‘lsa, ishga qo‘yuvchining yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan shaxsning ruxsati bilan ish bajaruvchi naryadni o‘zida qoldirishi mumkin. Bunday holda ish bajaruvchi o‘rindoshlik asosida ishga qo‘yuvchi vazifasini bajarsa, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ertasi kundan kechiktirmay naryadni navbatchiga yoki naryad bergan xodimga, uzoq uchastkalarda esa uchastka ma’muriy-texnik xodimiga topshirishi shart.
99. Ishga qo‘yuvchi ishlar to‘liq tugagani rasmiylashtirilgan naryadni olgandan keyin ish joylarini ko‘zdan kechirib chiqishi, ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan xodimga ishlar to‘liq bajarilganligi hamda elektr qurilmasini ulash mumkinligi haqida xabar berishi shart.
100. Faqat ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan yoki uni almashtirgan shaxsdan ruxsat (farmoyish) olingandan so‘ng elektr qurilmasini ulash mumkin.
Elektr qurilmasini ulab ishga tushirishga ruxsat (farmoyish) faqat ushbu elektr qurilmasida ish joylarini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan ishni bajaruvchilar va ishga qo‘yuvchilarning barchasidan ish to‘liq tugaganligi, ushbu Qoidalarning 96-bandi talablari bajarilganligi to‘g‘risidagi xabar olingandan va elektr qurilmasini ulash imkoniyati mavjud bo‘lgandan so‘ng berilishi mumkin.
101. Ishlar to‘liq tugagandan so‘ng elektr qurilmasini ulashga ruxsat (farmoyish) olgan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan shaxs ushbu elektr qurilmasini ulashdan oldin ish joylarini tayyorlashda navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodim tomonidan o‘rnatilgan vaqtinchalik to‘siqlarni, ko‘chma plakatlarni va erga ulagichlarni olishi, doimiy to‘siqlarni tiklashi shart.
102. Tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ishga qo‘yuvchiga elektr qurilmasida ishlar tugagandan so‘ng ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan yoki uni almashtirgan xodimning ruxsatini yoki farmoyishini olmasdan, elektr qurilmasini ulash huquqi berilishi mumkin.
Bunday ulashga huquq berilishi naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozilishi va ishga qo‘yuvchiga ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berishda tasdiqlanishi shart. Naryadda bunday tasdiqni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Bunday ulash huquqi faqat ushbu qurilmada yoki uning uchastkasida boshqa brigada ishlashiga ruxsat etilmagan holda beriladi.
103. Avariya holatlarida ta’mirlashga chiqarilgan elektr uskunasini yoki elektr qurilmasini navbatchi xodim yoki ishga qo‘yuvchi, ishni bajarayotgan brigada yo‘qligida ish tamom bo‘lgunga qadar, ish bajaruvchi o‘z ish joyiga yetib kelguncha yoki ular naryadni qaytarib berguncha ish joylarida ishni bajaruvchini elektr qurilmasi ulanganligi va ishni davom ettirish taqiqlanganligi haqida ogohlantirish uchun odamlar qo‘yilishi sharti bilan ulashi mumkin.
104. Ish rahbari quyidagi holatlarda tayinlanishi shart:
ishlar mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari yordamida bajarilganda;
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalaridagi uskunalarni o‘chirib bajariladigan ishlarda, elektr qurilmalarining barcha tok o‘tkazuvchi qismlaridan ushbu Qoidalarning 106-bandiga muvofiq kuchlanish olingan holatlar, oddiy va ko‘rinarli sxemali elektr qurilmalari, elektr dvigatellari va ular ulangan YOTQdagi ishlardan tashqari;
KL va AKLda kommunikatsiyalar joylashgan va transport harakati serqatnov zonalarda.
Naryad beruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish rahbarini tayinlashga ruxsat beriladi.
105. Bitta ulanishning bir yoki bir necha ish joylarida ishlashga naryad berishga ruxsat etiladi. Ushbu Qoidalarning 106, 107, 109, 110, 112-bandlarida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
106. Hamma tok o‘tkazuvchi qismlardan, jumladan, HL va KL chiqarmalaridan kuchlanish olingan elektr qurilmalarida va qo‘shni elektr qurilmalariga kirish yo‘llari berkitilgan (1000 V gacha kuchlanishli shchit va yig‘malar kuchlanish ostida qolishi mumkin) hollarda barcha ulanishlarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berishga ijozat beriladi. Bunda ish rahbarini tayinlash talab qilinmaydi.
107. Agregatlar (qozonlar, turbinalar, generatorlar) va alohida texnologik qurilmalar (kulni chiqarib tashlash, tizimli isitish, maydalash tizimlari) ta’mirlashga chiqarilganda, ushbu agregat elektr dvigatellarining hammasida (yoki bir qismida) ishlash uchun bitta naryad va ushbu agregatlarning (qurilmalarning) elektr dvigatellarini ta’minlovchi TQning hamma (yoki bir qism) ulanishlarida ishlash uchun bitta naryad berilishi mumkin.
Bitta naryad berilishiga faqat kuchlanishi bir xil bo‘lgan elektr dvigatellarida va bir TQning ulanishlarida ishlash uchun ijozat beriladi.
108. Komplekt taqsimlovchi qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — KTQ) bilan jihozlangan TQlardagi elektr dvigatellarida va ularning ulanishlarida bitta naryad bo‘yicha ishlashda brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi, brigadaning har xil joylarda tarqalib ishlashiga ruxsat etiladi. Konstruksiyasi jihatdan boshqacha ishlangan TQlarda elektr dvigatellar ulanishlarida ishga qo‘yish va ishlash bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
109. Seksiyalarining soni turlicha bo‘lgan bitta shinalar tizimli 6 — 110 kV kuchlanishli TQda barcha seksiya to‘liq ta’mirlashga chiqarilganda, ushbu seksiyaning shinalarida va barcha (yoki bir qism) ulanishlarida ishlashga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Brigadaning ushbu seksiya chegarasida bir necha ish joylariga tarqalib ishlashiga ruxsat etiladi.
110. Bir elektr qurilmasining bir yoki bir necha ulanishlarida har xil ish joylarida bir vaqtning o‘zida yoki navbatma-navbat ishlash uchun bitta naryad berishga:
kuch va nazorat kabellarini yotqizish va qayta yotqizishda, elektr uskunalarini sinashda, releli himoya, o‘lchov, blokirovka, avtomatika, telemexanika, aloqa va boshqa tuzilmalarni tekshirishda;
bir ulanishdagi, jumladan, ularning uzatmalari boshqa xonada joylashgan kommutatsion apparatlarni ta’mirlashda;
alohida kabelni tunnelda, kollektorda, quduqda, zovurda, kotlovanda ta’mirlashda;
ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga brigada ustidan nazorat olib borish imkonini bersa, ikkita kotlovanda yoki TQda va yonma-yon joylashgan kotlovanda bo‘lgan kabellarni (ikkitadan ortiq bo‘lmagan) ta’mirlashda ijozat beriladi.
Bunda brigada a’zolarining bir nechta ish joylariga tarqalib ishlashiga ruxsat beriladi. Naryadda bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
111. Ushbu Qoidalarning 106, 107, 109, 110-bandlariga muvofiq ishlarni bajarishda hamma ish joylari ishga qo‘yishdan oldin tayyorlangan bo‘lishi shart. Naryad bo‘yicha ishlar to‘liq tugatilmaguncha biror-bir ulanishni ulashga tayyorlash, jumladan, elektr dvigatelni sinab ko‘rish taqiqlanadi.
Brigada turli ish joylariga tarqatilganda III guruhga mansub bir yoki bir necha brigada a’zolariga ish bajaruvchidan alohida bo‘lishlariga ijozat beriladi.
Ish bajaruvchidan alohida bo‘lishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish bajaruvchi ish joylariga olib borib, ularga ish jarayonida amal qilinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralari haqida yo‘l-yo‘riq berishi shart.
112. Bir nechta podstansiyalarda yoki bir podstansiyaning bir nechta ulanishlarida bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat beriladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatorlarni tozalash; qisqichlarni tortish; tekshirish uchun moy olish va kam bo‘lsa quyish; transformatorlar chulg‘amlarini almashlab ulash; releli himoya vositalari, avtomatika, o‘lchov vositalarini tekshirish; boshqa manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash; izolyatorlarni o‘lchov shtangasi yordamida tekshirish; KLning shikastlangan joyini topish. Bunday naryadning amal qilish muddati 1 sutka.
Har bir podstansiyada va har bir ulanishda ishga qo‘yish naryadi ushbu Qoidalarga 3-ilovaning 3-jadvaliga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Podstansiyalardan har birini undagi ishlar berilgan naryad bo‘yicha to‘liq bajarilgandan keyin ulashga ruxsat beriladi.
113. Bir nechta elektr qurilmalarida (ulanishlarda) bajariladigan ishlar uchun navbatma-navbat farmoyish berishga ijozat beriladi.
114. TQ hududida joylashgan HL uchastkasidagi ish HLga xizmat qo‘rsatuvchi xodimlar tomonidan berilgan naryadlar asosida bajariladi. O‘z navbatchisi bo‘lgan elektr qurilmalarida oxirgi tayanchda ish olib borilganda navbatchi brigadaga yo‘l-yo‘riq berishi, uni shu tayanchgacha olib borishi shart. O‘z navbatchisi bo‘lmagan elektr qurilmalarida liniya brigadasining ish bajaruvchisiga TQning kalitini olib, o‘zi mustaqil ravishda tayanchga borishga ruxsat beriladi.
OTQning portallarida va YOTQning binolarida ish bajarganda liniya brigadasini ushbu TQda xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan tayinlangan ishga qo‘yuvchi naryadda rasmiylashtirib, ishga qo‘yishi shart.
TQdan ish bajaruvchi liniya brigadasi bilan birga mustaqil, brigadaning ayrim a’zolari esa ushbu Qoidalarning 86-bandida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha chiqishlari mumkin.
115. TQda joylashgan KLning tugallovchi muftalarida va qoplamalarida va TQ hududidan o‘tgan va kabel kanallariga yotqizilgan KLlarda bajariladigan ishlar, ushbu KLga xizmat ko‘rsatuvchi xodim beradigan naryadlar bo‘yicha bajarilishi shart. KLning tugallovchi muftalarida va tugallovchi qoplamalarida ishga qo‘yishni TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodim, TQ hududida va kabel kanallaridagi KLda esa ishga qo‘yishni ushbu TQga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimning ijozati bilan KLga xizmat ko‘rsatuvchi xodim amalga oshiradi.
TQning tugallovchi qoplamalarida, ushbu TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodim beradigan naryadlar bo‘yicha KLda xizmat ko‘rsatuvchi xodimga xizmat safaridagi xodim huquqida ishlashga ijozat beriladi.
116. TQ hududida joylashgan aloqa tuzilmalaridagi ishlar DTBV xizmati xodimlari tomonidan beriladigan naryadlar bo‘yicha olib borilishi shart. Ushbu tuzilmalarda ishga qo‘yishni TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodim amalga oshiradi.
TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bergan naryadlar bo‘yicha ko‘rsatilgan tuzilmalardagi ishlarni DTBV xizmati xodimlari bajarishlari mumkin.
117. Tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanishni olish va vaqtinchalik to‘siqlarni o‘rnatish talab qilinmaydigan ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
118. 1000 V dan yuq | 100 | 63,518 |
Qonunchilik | Toshkentda teatrlashtirilgan bolalar yangi yil tomoshalari | An’anaga koʻra, poytaхtimiz teatrlaridagi tomoshalar 23-24 dekabrdan boshlanadi va 9-10 yanvargacha oʻtkaziladi. 31 dekabr va 1 yanvar – aksariyat teatrlar uchun dam olish kuni. Ba’zi teatrlarda barcha chiptalarga narх aniq belgilangan, ba’zilarida tanlangan joyga qarab oʻzgaradi. Yana shunday teatrlar ham mavjudki, ularning chiptalari bahosi bayramga yaqinroq sanalarda balandroq, ertaroq sanalarda esa arzonroq. Poytaхtimizda Yangi yil arafasida oʻtkaziladigan bolalar tomoshalari narхlarining tahliliy jadvalini e’tiboringizga havola etamiz.
Tomosha nomlanishi
Oʻtkazilish joyi
Tili
Boshlanish sanasi
Narхi
Bepul
Telefon
Elzaning Yangi yil sarguzashtlari
Toshkent sirki
aralash
24.12
7 000
dan
3 yoshgacha
244-35-94
Qor malikasi
Respublika qoʻgʻirchoq teatri
oʻzbek va rus, kunora
24.12
8 000
2 yoshgacha
256-73-95
Zumrad shahar sehrgari
Oʻzbekiston Yoshlar teatri
rus
24.12
10 000 dan
3 yoshgacha
244-10-89
Muz davri
«Istiqlol» saroyi
rus
27.12
10 000 dan
3 yoshgacha
245-92-51
Qor malikasi (myuzikl)
«Istiqlol» saroyi
rus
24.12
10 000 dan
3 yoshgacha
233-87-87
Ranglar jilosi
Suv sporti saroyi
aralash
25.12
8 000
3 yoshgacha
234-32-85
Uyqudagi malika
«Zarafshon»
kinokonsert zali
rus
2.01
15 000 dan
3 yoshgacha
232-16-52
Yalmogʻizning ishlari
Davlat konservatoriyasi
aralash
26.12
15 000 dan
3 yoshgacha
244-28-29
Dengizchi-Sindbad sarguzashtlari
Akademik rus drama teatri
rus
s 25.12
10 000 dan
3 yoshgacha
233-81-65
Kattada Superqahramonlar
Alisher Navoiy nomidagi DAKT
rus
23.12
15 000 dan
3 yoshgacha
233-90-81
Archa qayerga qochib ketdi?
Musiqiy komediya teatri (operetta)
rus
24.12
10 000
3 yoshgacha
273-85-91
Soхta qorqiz
Oʻzbek milliy akademik drama teatri
oʻzbek
25.12
10 000
5 yoshgacha
244-13-55
Semurgʻ
Oʻzbek milliy akademik drama teatri
oʻzbek
27.12
10 000 dan
5 yoshgacha
244-17-51
Prezident archasi
«Turkiston» saroyi
aralash
2.01
25 000 dan
3 yoshgacha
234-99-45
Muzlagan yurak
«Zarafshon» konsert zali
rus
27.12
10 000 dan
3 yoshgacha
252-72-33
Goʻzal va mahluq
Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr
oʻzbek va rus
23.12
10 000 dan
3 yoshgacha
350-23-82
Malika Bulochkaning Yangi yil sarguzashtlari
IIV Madaniyat saroyi
oʻzbek, rus
24.12
12 000
3 yoshgacha
256-10-51
Yangi yil diskotekasi
Abdulla Qodiriy nomidagi bogʻ
rus
29.12
17 000 dan
3 yoshgacha
350-23-82
Ertak qahramonlarining Yangi yil sarguzashtlari
Jangoh sport arenasi
oʻzbek, rus
5.01
15 000
3 yoshgacha
350-23-82
Ta’kidlash kerakki, jajji tomoshabinlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalar, diskotekalar, oʻyinlar, archa atrofida aylanishlar va sovgʻalarni topshirish kabi tadbirlar savdo markazlari, kafe va restoranlarda ham oʻtkaziladi. Ammo ularning barchasini tahlil etib chiqishning ilojisi yoʻq.
Korporativ mijozlarga
Teatrlar kassalarida bizga tushuntirishlaricha, oʻz хodimlarining farzandlari uchun Yangi yil spektakllariga chiptalarni olmoqchi boʻlgan yuridik shaхslar barvaqtroq harakatga kirishishlari lozim. Chunki joylar soni cheklangan.
Shu bilan birga ba’zi teatrlarda (masalan, Respublika qoʻgʻirchoq teatrida) spektakl namoyishidan oldin va keyin artistlar bolalar bilan turli oʻyinlar oʻynashga va sovgʻalar topshirishga tayyor. Albatta, sovgʻalarni oldindan tayyorlab, teatrga olib kelish zarur. Bunday harakatlarni oldindan kelishgan holda amalga oshirish mumkin.
Saida Jonizoqova,
oʻz muхbirimiz. | 58 | 3,323 |
Qonunchilik | Oliy Majlis Senati sessiyasi 27 sentyabrda chaqiriladi | Parlament Yuqori palatasi Kengashi 22.09.2018 yilda tegishli qaror qabul qildi. Bu Senat joriy chaqiruvining 16-yalpi majlisi boʻladi, deya хabar beradi OʻzA.
Kun tartibida – quyidagi hujjatlar:
Bundan tashqari, quyidagilarning hisobotlari eshitiladi:
Senatorlar qishloq хoʻjaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosariga parlament soʻrovi yuborish bilan bogʻliq masalani ham muhokama qiladilar. | 54 | 486 |
Qonunchilik | Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida | Sud amaliyotida jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni bartaraf etish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning e’tibori har bir jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid jinoyat-protsessual qonuni normalariga qat’iy rioya etilishi zarurligiga qaratilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 203 va 211-moddalari mazmuniga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan hamda fizikaviy alomatlar yoki belgilarga ega har qanday narsa ashyoviy dalil deb e’tirof etiladi.
Ashyoviy dalil sifatida, jumladan, quyidagilar e’tirof etiladi:
a) jinoyat quroli — ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar (masalan, odam o‘ldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita bo‘lgan narsalar, o‘qotar qurol, brakonyerlik qurollari — qopqonlar, to‘rlar, soxta hujjat va h.k.), shuningdek jinoiy maqsadga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk (masalan, transport vositalari);
b) o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida shikastlangan kiyim, narsalar, shu jumladan, o‘q otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, barmoq, qo‘l, oyoq, poyafzal, transport, buzish qurollarining izlari va h.k.);
v) jinoiy harakatlar obyekti bo‘lgan narsalar (masalan, olib qochilgan avtomobil, talon-toroj qilingan pullar, qimmatli qog‘ozlar, qurol, giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy qimmatliklar, buyumlar va h. k.);
g) jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘lar evaziga topilgan mol-mulk, pullar va boshqa qimmatliklar (masalan, o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan qimmatbaho buyumlar, jinoiy faoliyat natijasida, jumladan, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat xomashyo va buyumlar, boshqa qimmatliklar).
3. Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qat’iy belgilangan. JPK 205-moddasiga ko‘ra, ashyoviy dalillar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan (hodisa sodir bo‘lgan yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish paytida) olinishi yoinki surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga JPK 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin.
4. Sudlarga tushuntirilsinki, surishtiruv, tergov harakatlarini yuritish paytida topilgan, olingan yoki boshqa shaxslardan qabul qilingan narsalar faqat quyidagi protsessual harakatlar amalga oshirilganidan keyin ashyoviy dalil ma’nosini kasb etadi:
ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsani topish, olish yoki qabul qilish fakti rasmiylashtirilganidan (bayonnoma tuzilganidan yoki sud bayonnomasida aks ettirilganidan);
narsaning ishga daxldorligi to‘g‘risida xulosaga kelish va uni individuallashtirish uchun zarur belgilarni aniqlash maqsadida uni JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan darhol ko‘zdan kechirilganidan;
narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilganidan va u ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilganidan.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organlari tomonidan belgilangan tartibda olib qo‘yilgan hamda ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan, biroq ashyoviy dalil deb topilmagan narsalar sud tomonidan JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalil deb e’tirof etilishi va jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
5. Ashyoviy dalillarning jinoyat ishini to‘g‘ri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror, sud ashyoviy dalillarning yo‘qotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qo‘shilib yoki aralashib ketishining oldini olish yuzasidan JPK 208, 209-moddalarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majburdirlar.
Bunda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-yil 15-iyulda 200-son bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 29-dekabrda 2174-son bilan ro‘yxatga olingan “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ham qat’iy rioya etilishi lozim.
6. Ashyoviy dalillar hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror ustidan shikoyat berish muddati o‘tgunga qadar saqlanadi. Shu bilan birga, JPK 210-moddasi birinchi qismi talabiga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zarur protsessual harakatlar amalga oshirilgandan so‘ng ayrim ashyoviy dalillarni, jumladan, tez buziluvchi narsalar, kundalik ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan narsalar, uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo‘lgan boshqa hayvonlarni tegishliligi bo‘yicha darhol qaytarib berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart (mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
7. Sudlarning e’tibori ashyoviy dalillarni sinchkovlik bilan tekshirish ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni aniqlash uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligiga qaratilsin.
Ashyoviy dalillar sud majlisida ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan bir qatorda ko‘zdan kechirish yo‘li bilan tekshirilishi lozim. Ashyoviy dalillar protsess ishtirokchilariga ko‘rsatilganda, ular ashyoviy dalillarni tekshirish bilan bog‘liq u yoki bu holatlarga sudning e’tiborini jalb etishlari mumkin. Ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish bo‘yicha sud amalga oshirgan barcha harakatlar sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.
8. Ashyoviy dalillar ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan birgalikda, eng avvalo, ularni olish holatlari va tekshirish natijalari qayd etilgan hujjatlar bilan birga baholanishi lozim. Masalan, o‘g‘irlangan buyum uni ayblanuvchidan yoki boshqa shaxsdan olib qo‘yish qayd etilgan bayonnoma, buyumning jabrlanuvchiga tegishliligini tasdiqlagan shaxslarni so‘roq qilish bayonnomasi yoxud mazkur buyum jabrlanuvchi tomonidan tanib olinganligi to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birgalikda dalil hisoblanadi. Shu kabi, barmoq yoki oyoq kiyimi izi faqat uni tekshirish natijalari qayd etilgan ekspert xulosasi bilan birgalikda dalil kuchiga ega va h. k.
Ashyoviy dalillarni baholashda sudlar JPK 95-moddasida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga rioya etishlari lozim.
9. Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasiga muvofiq jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganda (ishni tugatish yoki ish bo‘yicha hukm chiqarishda) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilgan narsalar va hujjatlarning taqdirini belgilashi shart.
Qonunga ko‘ra, ashyoviy dalillarga oid masala quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal etiladi:
jinoyat qurollari — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lganda musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;
muomaladan chiqarilgan ashyolar (masalan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, qurol, portlovchi yoki psixotrop moddalar) tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib yuboriladi;
hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa, ularga berilishi mumkin;
jinoyat yoki boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa qimmatliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek, merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;
jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoyat yo‘li bilan topilgan mablag‘lar hisobidan orttirilgan pullar va boshqa qimmatliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar mavjud bo‘lmagan yoki to‘liq qoplangan hollarda, davlat foydasiga o‘tkaziladi;
axborot saqlash vositalari (telefon apparatlari, xotira kartalari va h.k.), ulardagi qonun bilan taqiqlanmagan ma’lumotlardan nusxa ko‘chirilib, mazkur ma’lumotlar egasi yoki uning vakiliga berilgandan keyin yo‘q qilinishi lozim;
ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan hujjatlar, audio-video yozuvlar ishni saqlash butkul muddati davomida asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yuritilishi davrida olib qo‘yilgan yoki xatlangan, biroq ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan va ishga aloqador bo‘lmagan narsalar surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan tegishliligi bo‘yicha qaytarilishi kerak.
10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ba’zi hollarda ayrim qilmishlar, masalan, kontrabanda, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish, odam o‘g‘irlash va h.k. uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar jinoyat sodir etishda foydalangan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport vositalari (konteynerlar) jinoyat quroli deb e’tirof etilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ushbu transport vositalarini jinoyat quroli deb e’tirof etish uchun transport vositasidan, faqat ulov sifatida emas (masalan, aybdor tomonidan qonunga xilof ravishda baliqchilik jinoyati qarmoqlar va to‘rlardan foydalanilgan holda sodir etilgan bo‘lib, avtomobildan faqat ulov sifatida foydalanilgan bo‘lsa), balki, qasddan jinoyat sodir etishda aynan qurol sifatida foydalanilganligi so‘zsiz aniqlangan bo‘lishi zarur (masalan, talon-toroj jinoyatini sodir etishda o‘g‘irlangan katta hajmdagi tovarlar avtomobilda olib chiqib ketilgan, tovar yoki boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoxud bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tilgan bo‘lsa).
11. Jinoyat ishlarini ko‘rish vaqtida sudlar surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ashyoviy dalillarga oid qonunchilikka rioya etilganligini aniqlashlari lozim. Protsessual qonunchilik normalari buzilishi aniqlangan hollarda, sudlar unga jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari kerak.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim. | 104 | 12,073 |
Qonunchilik | Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida | Sportning Olimpiya va milliy turlarini yanada rivojlantirish hamda mamlakat milliy terma jamoalarining ishonchli zaxiralarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, maktab-internat:
o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarori asosida amalga oshiruvchi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hisoblanadi;
faoliyati va unga o‘quvchilarni qabul qilish 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladi;
bino va inshootlarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash 2021-yilda Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining daromadlar rejasining rejadan orttirib bajarilgan qismi hamda qo‘shimcha daromadlari hisobidan amalga oshiriladi;
2021-yilda saqlash xarajatlari Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2021-yil uchun tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi va dasturlari talablari asosida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
zarur hollarda, Olimpiya sport turlari bo‘yicha xorijiy trenyerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilg‘or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida o‘quv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional mahoratini rivojlantirish, shuningdek, sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq O‘zbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish;
o‘quvchi-sportchilar va trenyerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
bir oy muddatda maktab-internatning ustavi tasdiqlanishi, shuningdek, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
uch oy muddatda o‘quv-mashg‘ulot jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida maktab-internatni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenyerlar bilan ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin;
Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maktab-internatning bino va inshootlarida qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini 2022-yil Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirish bo‘yicha taklif kiritsin.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Yarg‘unchi MFY, Yarg‘unchi qishlog‘i manzilida joylashgan sobiq G‘uzor sanoat-transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini operativ boshqaruv huquqi asosida maktab-internatga bepul berilishini ta’minlasin.
6. Qashqadaryo viloyati hokimligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, 2022-yildan boshlab maktab-internatni saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘larni Qashqadaryo viloyati mahalliy budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Irmatov zimmasiga yuklansin. | 148 | 4,116 |
Qonunchilik | G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | Vazirlar Mahkamasining “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga muvofiq, shuningdek g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yig‘imlarini yig‘ish, hisoblash, to‘lash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yig‘imining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yig‘ish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
transport vositalarining utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ularni ichki ishlar organlarida to‘lovlar undirmay hisobdan chiqarish tartibi.
2. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq utilizatsiya yig‘imini to‘lash talab etiladigan g‘ildirakli transport vositalar, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan (keyingi o‘rinlarda — transport vositalari) utilizatsiya yig‘imini hisoblash, to‘lash, undirish, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish, shuningdek transport vositalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarni (keyingi o‘rinlarda — transport vositalari chiqindilari) yig‘ish, tashish va utilizatsiya qilish bilan bog‘liq infratuzilmani tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Utilizatsiya yig‘imini hisoblab chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan utilizatsiya yig‘imining miqdorlari va utilizatsiya yigimi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Utilizatsiya yigimi transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hisoblab chiqariladi.
3. Utilizatsiya yig‘imini to‘lash uchun hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish yo‘li bilan utilizatsiya yigimi to‘lovchilariga yetkaziladi.
4. Transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda utilizatsiya yigimi transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin yoki bir vaqtning o‘zida to‘lanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imini to‘lash mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Transport vositalarining mahalliy ishlab chiqaruvchisi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanadan kechiktirmay mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchisi joylashgan joydagi soliq organiga, faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan transport vositalari bo‘yicha utilizatsiya yigimi hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etadi.
7. Mahalliy ishlab chiqaruvchi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan transport vositalari bo‘yicha utilizatsiya yig‘imini to‘laydi.
Eksport bozorlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan avtomobillar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan ichki bozorga sotilgan taqdirda, transport vositalari ishlab chiqaruvchisi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay utilizatsiya yig‘imini to‘laydi. Bunda sotilgan avtomobil xaridor tomonidan qaytarib berilgan taqdirda hisob-kitobga tuzatish kiritiladi.
8. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchi utilizatsiya yig‘imini to‘lamagan yoki belgilangan muddatlarda to‘liq hajmda to‘lamagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda utilizatsiya yig‘imini undirish amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan utilizatsiya yig‘imini to‘lash mazkur nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Utilizatsiya yig‘imining to‘langan va qayta hisoblangan summalari o‘rtasida farq aniqlanganda:
kamchilik miqdori utilizatsiya yig‘imining takroriy (tuzatilgan) hisob-kitobi taqdim etilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida utilizatsiya yig‘imining to‘lovchisi tomonidan to‘lanadi;
ortiqcha to‘langan (undirilgan) utilizatsiya yig‘imi summasi, to‘lovchining utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha mavjud qarzlarini qoplashiga yoxud utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisiga qaytarish uchun hisobga olinadi.
11. Ortiqcha to‘langan utilizatsiya to‘lovlarini qaytarilishi, ortiqcha to‘langan summa qaysi budjetga yoki jamg‘armalarga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha budjet yoki o‘tkazilgan jamg‘arma mablag‘laridan utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisining yozma arizasi yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizasi asosida, tegishlicha bojxona va soliq organlariga ariza berilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni ichida amalga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va (yoki) Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mos ravishda bojxona va soliq nazorati amalga oshirilgan paytda utilizatsiya yig‘imining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisi tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda aniqlashtirilgan hisobotni yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.
Utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida soliq yoki bojxona organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalariga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq yoki bojxona organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud utilizatsiya yig‘imi hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisiga yuboradi.
Utilizatsiya yig‘imining taqdim etilgan hisob-kitoblaridagi tafovutlar va (yoki) xatolar utilizatsiya yig‘imining to‘lanmasligiga (yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda to‘lanmasligiga) olib kelgan holda, to‘lanmagan utilizatsiya yig‘imining undirilishi mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Utilizatsiya yig‘imini qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisi tomonidan olinganidan so‘ng belgilangan tartibda aniqlashtirilgan hisobot yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalar taqdim etilmagan yoxud taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan taqdirda, to‘lanmagan utilizatsiya yig‘imining undirilishi mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisi tomonidan aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etilmasligi, yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etilmasligi, uning utilizatsiya yig‘imining to‘lanmagan qismini qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashga roziligini bildiradi.
13. Utilizatsiya yig‘imi 100 foiz miqdorida daromadlar bo‘yicha g‘aznachilik shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushadi.
14. Utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisi tomonidan utilizatsiya yig‘imi to‘lanmagan (yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda to‘langan) taqdirda, ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda utilizatsiya yig‘imini undirish bo‘yicha soliq va bojxona organlari tegishligiga ko‘ra utilizatsiya yig‘imi to‘lovchisiga mavjud qarzdorlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi talabnomani yuboradi.
Utilizatsiya yigimi bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
talabnoma qo‘yilishi asoslari;
utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning talabnoma qo‘yilgan paytdagi summasi;
talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat;
to‘lovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni sud tartibida undirish to‘g‘risida ogohlantirish.
15. Utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay, to‘lovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda to‘lovchiga yuborilishi kerak.
Utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma to‘lovchiga topshirilgan yoki u to‘lovchi tomonidan olingan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kunini tashkil etadi.
16. Jismoniy shaxslardan utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno.
17. Utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lari hisobidan undirish bojxona yoki soliq organi tomonidan bankka pul mablag‘larining so‘zsiz tartibda undirilishi to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
To‘lovchining hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatayotgan bank utilizatsiya yig‘imini undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajaradi.
18. Utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan paytdan e’tiboran olti oydan ko‘proq muddatda pul mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
Utilizatsiya yig‘imini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish tegishli bojxona yoki soliq organining da’vo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi.
19. Uz iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan barcha turdagi transport vositalari ularning egalari (mulkdorlari) tomonidan utilizatsiya qiluvchilarga topshirilganda, transport vositalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositalarini ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish) vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi lozim.
20. Transport vositalarini utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ular ichki ishlar organlarida to‘lov undirilmasdan hisobdan chiqariladi. Bunda hisobdan chiqarish haqidagi ariza ichki ishlar organlarida bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
21. Transport vositalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni bajarish bo‘yicha infratuzilmani tashkil etish utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
22. Transport vositasini utilizatsiya qilish uchun topshirilganda utilizatsiya qiluvchi tashkilot va transport vositasining mulkdori o‘rtasida shartnoma tuziladi va bajarilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
23. Utilizatsiya yig‘imi to‘lanmagan transport vositalarining utilizatsiya qilinishi utilizatsiya qiluvchi tomonidan transport vositalarini turlari va toifalariga ko‘ra ularning utilizatsiyasi uchun sarflangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda utilizatsiya qiluvchi tashkilot va transport vositasining mulkdori o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
24. Transport vositalarini utilizatsiya qiluvchi tashkilot hosil bo‘ladigan rangli va qora metall parchalari, chiqindilarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq rangli va qora metall parchalarini tayyorlash (xarid qilish) bo‘yicha yagona vakolatli organ — “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ va “O‘zmetkombinat” AJga topshiradilar.
Qabul qilingan metall parchalari uchun to‘lov pul mablag‘lari shaklida bozor asosida aniqlanadigan erkin (shartnomaviy) narxlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq to‘lov usullarida amalga oshiriladi.
25. Transport vositalarini utilizatsiya qilishda ular birinchi navbatda qismlarga bo‘linishi va turi bo‘yicha alohida to‘planishi lozim, shu jumladan:
transport vositalarining barcha suyuq komponentlari — yoqilg‘i, moylar, texnik suyuqliklar (sovutish, tormoz suyuqligi, oyna va chiroqlarni yuvish vositalari va x.k.) ajratib olinishi;
shinalar, akkumulyatorlar, moy va havo filtrlari, xavfsizlik yostiqchalari, bampyerlar, shisha va metall bo‘lmagan boshqa qismlar yechib olinishi kerak.
26. Utilizatsiya qilish natijasida hosil bo‘luvchi ikkilamchi xomashyo yoki boshqa chiqindilarni to‘plash va saqlash, ularning kelib chiqishi, agregat holati, xavflilik darajasi va foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra, alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.
27. Transport vositalari chiqindilarini to‘plash va saqlash joylari quyidagi talablarga:
tuproq qatlami transport vositalari chiqindilari bilan ifloslanishining oldi olinishini ta’minlaydigan qoplamaga (suv o‘tkazmaydigan, asfalt, beton) ega bo‘lishi;
fuqarolar sog‘ligi hamda atrof-muhitga zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlovchi, alohida saqlanishi talab etiladigan ikkilamchi xomashyo va chiqindilarni vaqtincha saqlash uchun konteynyerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarni saqlashning boshqa idishlar (sig‘imlar) bilan ta’minlangan bo‘lishi;
tungi tashqi yoritish tizimiga ega bo‘lishi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi shart.
28. Transport vositalari chiqindilarini utilizatsiya qilish jarayonida hosil bo‘luvchi chiqindilarni vaqtincha saqlash ularning xavflilik darajasiga ko‘ra:
xavfli chiqindilar (komponentlar) majburiy tartibda konteynyerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlovchi boshqa idishlarda (sig‘imlarda) amalga oshiriladi;
xavfsiz chiqindilar vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida saqlanishi mumkin.
Xavfli chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarida mazkur chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jarayonlariga aloqador bo‘lmagan shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Utilizatsiya yig‘imi mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari transport vositalari chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini ta’minlaydilar.
31. Mazkur Nizomning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 196 | 16,679 |
Qonunchilik | “O‘Z-DONG YaNG KO” O‘ZBEKISTON-KOREYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston tomonidan “O‘zavtosanoat” uyushmasi va “Andijon mebel kombinati” aksionerlik jamiyati va Koreya tomonidan “Dong-Yang Ivxa indastriz” kompaniyasi muassis hisoblangan, muassislarning ustav fondidagi ulushlari tegishlicha 40 foiz va 60 foiz miqdorida taqsimlanadigan (1, 2-ilovalar), “Andijon mebel kombinati” AJ bazasida yiliga 560 ming dona avtomobilning ichki bezagi detallarini ishlab chiqaradigan “O‘z-Dong Yang Ko” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etilishi ma’qullansin.
2. Koreya tomoni qo‘shma korxonaga asbob-uskunalar sotib olish uchun 8 yil muddatga 2283 ming AQSh dollari miqdorida kredit berishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 6, 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va huquqlar “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi avtomobillari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida “O‘z-Dong Yang Ko” qo‘shma korxonasiga joriy etiladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 83 | 1,253 |
Qonunchilik | Harbiylarning ipoteka boʻyicha dastlabki badalini davlat kiritadi | Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 619-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
U Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MXX tizimida kontrakt boʻyicha:
Ipoteka krediti sotib olinadigan (quriladigan) turar joy qiymatining 25%i miqdoridagi dastlabki badal Davlat byudjeti mablagʻlari va tegishli idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga kiritilishi sharti bilan rasmiylashtiriladi. Turar joyning umumiy qiymati esa ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlanayotgan sanada belgilangan EKIHning 2 000 baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Dastlabki badalni olish uchun harbiy хizmatchi turar joy komissiyasiga (tegishli idoralarning harbiy qismlarida tashkil etiladi) hujjatlar paketini topshirishi kerak. Ularni tekshirish va oʻrganish 10 kun ichida amalga oshiriladi. Ipoteka krediti olgan va harbiy хizmatdan boʻshatilgan harbiy хizmatchilar, alohida toifadagi shaхslar bundan mustasno, ular uchun kiritilgan dastlabki badal summasini qaytarishlari kerak.
Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va namunaviy yakka tartibdagi uylar qurilishi tegishli dasturlar (masalan, qishloq joylarda yoki shaharda) bilan nazarda tutilganlarga taqdim etiladi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida nizomga asosan ajratiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 65 | 1,811 |
Qonunchilik | “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni faol jalb qilish turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy hamda tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qildi.
Shu bilan birga, turizm bosqichma-bosqich mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘iga aylanayotganligini hisobga olgan holda mintaqalarning salohiyatini turizm sohasiga to‘liq jalb etishni, xizmatlar sohasini rivojlantirishni, Buyuk ipak yo‘lida turizm yo‘nalishining jozibador markazi sifatida respublikaning ijobiy qiyofasini shakllantirishni ta’minlaydigan, yuqori malakali va jahon turizm industriyasi bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga obyektiv zarurat yuzaga kelmoqda.
Xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy ishlarni olib borish bo‘yicha respublikaning tashabbuslarini amaliy ro‘yobga chiqarish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlashni ta’minlash;
ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada o‘qishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish;
ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
turistik faoliyatni va turizm sohasida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;
yetakchi respublika va xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan ularning mutaxassis hamda ekspertlarini o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Universitet oliy ta’lim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi;
Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonini yuritish ilg‘or innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan ta’minlanadi;
Universitet O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Universitet rektori Universitetning Vasiylik kengashi talablariga asosan tashkil etiladigan xalqaro tanlov asosida tuziladigan muddatli shartnomaga muvofiq Turizm va sport vazirligi tomonidan tayinlanadi;
Universitetning Vasiylik kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tavsiyasiga asosan Universitet rektori bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish vakolati beriladi;
Universitetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi qo‘llaniladi;
Universitetda o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita chet tili: birinchisi — ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinchisi — Shanxay hamkorlik tashkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri o‘qitiladi;
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
4. Quyidagilar:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Universitetning Vasiylik kengashiga Universitet tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Universitetning Vasiylik kengashi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Universitetning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik boshqaruvining oliy organi etib belgilansin:
turizm sohasida oliy ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi shakllar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasidagi subyektlar faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish;
bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha davlat, jamoat va biznes tuzilmalar bilan yanada samarali hamkorlik qilish;
hamkorlik to‘g‘risidagi sheriklik bitimlarini tuzish amaliyotini rivojlantirish va ularni amalga oshirish;
ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik o‘rnatish va uni rivojlantirish;
Universitet pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy ta’minotini yaxshilash;
Universitetga moliyaviy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, uning faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari va boshqa manbalarni jalb qilishda ko‘maklashish.
6. Universitetning Vasiylik kengashi:
manfaatdor vazirlik va idoralarning Universitet faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ishi muvofiqlashtirilishini, o‘quv majmuasi tayyorlanishini va 2018-yil 1-oktabrdan o‘quv jarayoni boshlanishini;
Universitetga ajratilayotgan binolarni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar safarbar etilishini, ushbu binolarning zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, inventar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini;
Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, jumladan xorijdan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar jalb etilishini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2018/2019 o‘quv yilida Universitetga abituriyentlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
b) abituriyentlarni, chet el fuqarolari bundan mustasno, Universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;
v) chet el fuqarolari Universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat o‘tkazish orqali to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
g) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish” hamda “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistraturaga qabul tugatiladi.
9. Universitetning Vasiylik kengashi uch oy muddatda:
2019/2020 o‘quv yilidan Universitetning bakalavriati va magistraturasiga abituriyentlarni, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilanayotgan talablarni inobatga olgan holda chet el fuqarolarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Universitetda xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
10. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Universitetda kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmachilarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
turizm sohasida yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni respublika hududlari kesimida aniqlash;
talabalarning turistik infratuzilma va namoyish obyektlari hamda majmualarida, jumladan madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, muzeylar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish hamda uning “ustoz-shogird” uslubida o‘tkazilishini ta’minlash;
turistik infratuzilma va namoyish obyektlari hamda majmualarida, jumladan madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, muzeylar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida amaliyot o‘tash uchun malaka bazalarini taqdim etish.
Kadrlar buyurtmachilari, talabalar uchun Universitetni tamomlagandan keyin 5 yil davomida kadrlar buyurtmachisi tomonidan belgilangan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyatlarini o‘rnatgan holda, ular va talabalar o‘rtasida shartnoma tuzish orqali talabalar kontraktining bazaviy qiymati to‘lovini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilsin.
11. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
istisno tariqasida, ilg‘or tajribani va o‘quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyasini inobatga olib, ta’lim standartlari, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari, shuningdek, talabalar bilimlarini baholash tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqish va Universitet Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
professor-o‘qituvchilar tarkibining faoliyat turlari bo‘yicha vaqt me’yorlarini belgilash;
Universitet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlarni, shuningdek, turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
turizm sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda yangi istiqbolli o‘quv yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini ochish;
bakalavriat, magistratura va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun budjetdan tashqari (jumladan to‘lov-kontrakt asosidagi ta’limdan tushayotgan) mablag‘larni ulardan oqilona hamda samarali foydalanish sharti bilan belgilangan tartibda tasarruf etish;
Universitetning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida konsalting va ekspert-tahliliy xizmatlar ko‘rsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va innovatsion-investitsiyaviy tuzilmalarni tashkil etish.
12. Belgilab qo‘yilsinki:
Universitet uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bir o‘qituvchiga talabalar sonining nisbiy normativi 1:8,0 etib belgilanadi;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda, Universitetga sirtqi va kechki bo‘limlarda ta’lim olish uchun abituriyentlar qabul qilinishi mumkin;
budjet mablag‘lari hisobidan Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibiga har oy lavozim maoshining 100 foizi miqdorida, turizm sohasi bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomiga ega bo‘lgan va Universitet o‘quv jarayoniga to‘liq stavkada jalb qilingan o‘qituvchilarga — 150 foizi miqdorida ustama to‘lanadi;
turistik infratuzilma va namoyish obyektlari hamda majmualari, jumladan madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, muzeylar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalaridan Universitet talabalari va ilmiy xodimlarining amaliyot o‘tash joylari sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
a) bir oy muddatda Universitetning ta’sis hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 15-sentabrga qadar muddatda:
tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq Universitetning bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning ta’lim tizimi va turizm sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan xorijiy mamlakatlar mutaxassislari bilan to‘ldirilishini, o‘qituvchi va mutaxassislarning professional ko‘nikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini;
zarur o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar ishlab chiqilishi va kafedralarga taqdim etilishini ta’minlasin.
14. Universitet tuzilmasida:
Turizm sohasida innovatsiyalar markazi tashkil etilsin, unga turizmni rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganish va tadqiq qilish, shuningdek, ularni hal qilishning innovatsion yo‘llarini ishlab chiqish, turizm sohasida startaplarni qo‘llab-quvvatlashning to‘liq siklini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklansin;
Turizm sohasida axborot texnologiyalari markazi tashkil etilsin, ushbu markaz raqamli turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish va ushbu yo‘nalishda zamonaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mas’ul hisoblanadi.
15. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyati bo‘yicha va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
xorijiy mamlakatlar, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maqsadli mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2018-yilda Universitetni saqlab turish uchun budjet mablag‘lari ijtimoiy soha uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
151. Belgilansinki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti bo‘lim boshliqlari, markaz va direksiya rahbarlari, bosh yuriskonsulti, bosh auditori, matbuot kotibi, bosh hisobchi mos ravishda oliy ta’lim muassasasining fakultet dekani o‘rinbosari bazaviy lavozim maoshiga, bo‘lim boshliq o‘rinbosarlari mos ravishda oliy ta’lim muassasasining katta o‘qituvchi bazaviy lavozim maoshiga, bosh mutaxassis, bosh iqtisodchi, psixolog, marketolog mos ravishda oliy ta’lim muassasasining o‘qituvchi va yetakchi mutaxassisi, uslubchilar, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha muhandislar, kabinet mudiri, o‘quv ishlab chiqarish markazi supervayzerlari mos ravishda oliy ta’lim muassasasining o‘qituvchi-stajer bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Universitetga 4 ta avtotransport vositasi, jumladan 2 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta turizm toifasiga oid avtobusni saqlash uchun limit ajratsin.
17. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
Samarqand shahri, Universitet shohko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqarish huquqi bilan beg‘araz berish;
Samarqand shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 57-uy manzilida joylashgan Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga operativ boshqarish huquqi bilan beg‘araz berish;
Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejiga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab qabul to‘xtatilganligini inobatga olib, Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejini Siyob qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bilan birlashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
18. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-yil 15-sentabrga qadar muddatda birinchi bosqichda Universitetdagi zarur ishlarning quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin:
Universitet bino va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini — Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari;
Universitetni kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, jumladan masofadan va onlayn o‘qitishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan o‘quv texnika vositalari, turizm masalalari bo‘yicha o‘quv adabiyotlar va kutubxona fondi bilan jihozlashni — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Universitetni mebel (partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya jihozlari, shuningdek, o‘quv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan jihozlashni — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.
19. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Universitet faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlari, donorlar va boshqa xorijiy tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra 2019-yilda va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda Universitetning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, tutash hududlarni obodonlashtirish uchun zarur mablag‘larni ajratishni nazarda tutsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi Universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xorijiy turizm kompaniyalari, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida malakasini oshirishini, jumladan iqtidorli mutaxassislar ushbu muassasalarning magistratura va doktoranturasiga o‘qishga yuborilishini, shuningdek, yuqori malakali xorijiy o‘qituvchilar, olimlar, va mutaxassislarni Universitet ta’lim jarayoniga keng jalb qilinishini tashkil etsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlarining grantlari, budjet mablag‘lari va Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitetning buyurtmalari bo‘yicha belgilangan tartibda:
ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Universitetga jalb etiladigan xorijiy o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar hamda ularning oila a’zolariga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini;
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan bo‘lgan talabalarga ularning Universitetda butun ta’lim olish davriga uzoq muddatli ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan bo‘lgan talabalarga, Universitetda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarga davlat bojlari to‘lashdan ozod etilgan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Universitetga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xorijdan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini ta’minlasin.
24. Universitet 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda Universitetni jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyot, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
25. Universitet:
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa sohaviy vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari majburiy (bir nusxada) yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nusxalari (bir nusxada) oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborotlari majburiy yuboriladigan ro‘yxatga kiritilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. | 68 | 23,110 |
Qonunchilik | Infografika: 2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasi va 2019-2021 yillardagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 noyabrdagi navbatdagi majlisida deputatlar 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda mamlakat soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini tasdiqladilar. Parlament quyi palatasining matbuot хizmati shu haqda хabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur loyiha 3 noyabrda Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. Koʻrgazmali prognoz koʻrsatkichlari Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan infografikada taqdim etilgan: | 102 | 551 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA QIShLOQ XO‘JALIK KORXONALARINI QO‘ShIMChA QIYMATDAN BUDJETGA SOLIQ TO‘LAShDAN OZOD QILISh TO‘G‘RISIDA | Jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklariga, dehqon va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga davlat tomonidan qo‘shimcha madad berish maqsadida:
1. Qishloq xo‘jalik korxonalari 1992-yilning 1-iyunidan boshlab qo‘shimcha qiymatdan soliq to‘lashdan ozod qilinsin.
2. Jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga soliq to‘lashdan ozod bo‘lish hisobiga olingan qo‘shimcha mablag‘larni asosan ish haqini oshirishga sarflash, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarida mehnat haqi jamg‘armasining 70% ga yetkazilishini ta’minlash tavsiya qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Farmon bajarilishini tashkil etish yuzasidan 3 kun muddat ichida qaror qabul qilsin. | 112 | 731 |
Qonunchilik | Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi hamda “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq 2021-yil 1-iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Mazkur Qoidalar normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi farmoyishlarining hisobini yuritishga ham tatbiq etiladi, mazkur Qoidalarning 8-bandi uchinchi — yettinchi xatboshilari, 17, 21 — 23-bandlari bundan mustasno.
3. Mazkur Qoidalarda belgilangan tartib “Maxfiy” belgisi qo‘yilgan normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish — normativ-huquqiy hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yig‘ish, hisobga olish, ularning fondlarini yaratish va nazorat nusxalarini yuritish hamda ular haqidagi markazlashtirilgan axborotni shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish — normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shakldagi reyestrga kiritish orqali hisobga olish, matnlarini yig‘ish va saqlab turish;
normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi reyestri (bundan buyon matnda Davlat hisobi reyestri deb yuritiladi) — normativ-huquqiy hujjatning nomi, turi, qabul qilgan organ, qabul qilish sanasi va uning raqami, kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati, rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi, shuningdek, hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori bo‘yicha kodi haqidagi ma’lumotlar ifodalangan reyestr;
normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestri — davlat organlari tomonidan yuritiladigan va ularning rasmiy veb-saytlarida doimiy joylashtirib boriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning rekvizitlari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxat;
normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritish — normativ-huquqiy hujjatning matnlariga ularni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan (hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi) hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish.
5. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan “Normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi va tarqatilishi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritadi, ularning bankini (fondini), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining elektron fondi — Fond.uz bazasini shakllantiradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi nazorat nusxalari Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi (bundan buyon matnda “Adolat” markazi deb yuritiladi) tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” (Lex.uz)da (bundan buyon matnda Milliy baza deb yuritiladi) yuritiladi.
6. Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobi davlat organlari tomonidan yuritiladi.
7. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari;
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
d) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari;
e) mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari.
8. Mazkur Qoidalarning 7-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ularni qabul qilgan organlar tomonidan Adliya vazirligiga imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali) elektron shaklda yuboriladi.
Mazkur Qoidalarning 7-bandi “d” kichik bandida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda Adliya vazirligining Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan “Adolat” markaziga elektron shaklda taqdim etiladi.
Ushbu Qoidalarning 7-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar “Adolat” markaziga qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim etiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari normativ-huquqiy hujjatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy hujjatlari tegishincha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakli elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
9. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun ularning davlat tilidagi muhrlangan holdagi nusxalari rangli ko‘rinishda elektron pochta tizimi orqali yuboriladi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
10. Davlat hisobi reyestriga normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
normativ-huquqiy hujjatning reyestrdagi tartib raqami;
normativ-huquqiy hujjatni reyestrga kiritish sanasi;
normativ-huquqiy hujjatning turi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ(lar);
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish sanasi va uning raqami (vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan raqami va sanasi);
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
normativ-huquqiy hujjatning rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori bo‘yicha kodi;
boshqa ma’lumotlar (izoh).
11. Davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari xronologik tartibda tizimlashtiriladi va maxsus yig‘majildlar hamda ma’lumotlarning elektron bazalarida saqlanadi.
12. Normativ-huquqiy hujjatlarning qog‘oz shakldagi nazorat nusxalarini yuritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan hujjatlarning rekvizitlari 1-ilovaga muvofiq jadvalga kiritilib, mazkur hujjat rasmiy matnining oxirgi sahifasidan keyin joylashtirib boriladi;
normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda alohida yig‘majildlarda saqlanadi hamda yig‘majildlar muqovasiga “NAZORAT” belgisi, shuningdek, har bir normativ-huquqiy hujjat rasmiy matnining dastlabki sahifasiga nazorat muhri qo‘yiladi.
13. Davlat hisobi reyestri Milliy bazaning tarkibiy qismi bo‘lib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.
14. Adliya vazirligi davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarni fondlarga o‘z vaqtida kiritilishini va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan ularning nazorat holatida saqlab turilishini ta’minlaydi.
15. Davlat organlari o‘zlari tomonidan qabul qilingan hamda bevosita o‘z faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish ixtiyoriy bo‘lib, tegishli davlat organi rahbarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bevosita o‘z faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ularning o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari normativ-huquqiy hujjatlarining tizimlashtirilgan hisobi yuritiladi.
17. Tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi normativ-huquqiy hujjatlarining tizimlashtirilgan hisobi yuritiladi.
18. Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish vazifasi yuridik xizmat xodimiga (yuriskonsultga) yuklatiladi. Uning yo‘qligida ushbu vazifa tegishli davlat organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan boshqa shaxsga yuklatiladi.
19. Davlat organlarining bevosita o‘z faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ularga Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tartibda Milliy baza asosida “Normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi va tarqatilishi” axborot tizimi orqali yuboriladi.
20. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Qoidalarning 18-bandida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestriga kiritilib, doimiy ravishda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjatlarning matnlariga havola qilgan holda e’lon qilib boriladi. Rasmiy veb-saytga ega bo‘lmagan hududiy yoki tarkibiy bo‘linmalarga tegishli ma’lumotlar yuqori turuvchi tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
21. Davlat organlarida o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning qog‘oz shakldagi nusxalari saqlanadi, bundan mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari;
tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari.
22. Normativ-huquqiy hujjatlarning qog‘oz shakldagi matnlari maxsus yig‘majildlarda xronologik tartibda saqlanadi hamda normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy matnlarining oxirgi sahifasidan keyin mazkur hujjatni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan hujjatlar ketma-ketlikda joylashtiriladi.
23. Normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
normativ-huquqiy hujjatning reyestrdagi tartib raqami;
normativ-huquqiy hujjatni reyestrga kiritish sanasi;
normativ-huquqiy hujjatning turi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ(lar);
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish sanasi va uning raqami (vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan raqami va sanasi);
boshqa ma’lumotlar (izoh).
24. Davlat hisobi reyestri va fondlarning saqlanishi, ishonchliligi uchun javobgarlik Adliya vazirligi mansabdor shaxslari zimmasiga, davlat organlarida yuritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestrlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga mazkur tashkilotlardagi mas’ul shaxslar zimmasiga yuklanadi.
25. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yil 10-sentabrdagi 195-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 389-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1856-1, 2014-yil 31-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 5-son, 64-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 39-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326, 2012-yil 14-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 7-son, 72-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-1, 2015-yil 21-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 3-son, 38-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 2018-yil 15-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 20-son, 430-modda).
So‘nggi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobini yuritish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga 2017-yilning 25-sentabridan normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berildi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan rasmiy nashrlarga (“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami” va “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”) obuna bo‘lish amaliyoti tugatildi;
davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlarini qog‘oz shaklida maxsus jurnal va hisob varaqalarida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilindi;
qonunchilik hujjatlarining hisobini yuritish, shu jumladan ularni nazorat nushalarini yangilab turishni elektron shaklda amalga oshirish tartibi joriy etildi.
Yuqoridagi o‘zgarishlarni inobatga olib, Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarini davlat hisobiga olishning yangi tartibi tasdiqlandi. Ushbu sohani tartibga solgan ikkita idoraviy hujjat o‘rniga “one in two out” tamoyiliga asosan bitta hujjat qabul qilindi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritishning yangi qoidalarida quyidagilar belgilangan.
Birinchidan, barcha turdagi qonunchilik hujjatlari Adliya vazirligi tomonidan markazlashtirilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Bu tartib hujjatlarning umumiy soni bo‘yicha aniq statistikasini yuritish hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish imkonini beradi.
O‘z navbatida, davlat organlari faqat ularning faoliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqiy hujjatlarning hisobini yuritadilar. Bu davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatlari bilan bog‘liq huquqiy o‘zgarishlardan doimiy xabardor bo‘lishlarini ta’minlaydi. Tegishli ro‘yxat davlat idoralarining veb-saytida joylashtirilishi kerak, shunda har bir foydalanuvchi hujjatlar bilan tanishishi mumkin.
Ikkinchidan, yangi tartibga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari davlat hisobiga olinadi.
Ularning nazorat nusxalarini yuritilishi qonunchilik hujjatlari loyihalarini to‘liq va sifatli ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash va oliy harbiy va maxsus unvonlarni berish va individual tusdagi boshqa masalalar bo‘yicha farmon va qaror shaklida qabul qilingan hujjatlari ham davlat hisobiga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari normativ-huquqiy hujjatlarning bir turi hisoblanadi. Shu bois, ularda qanday masalalar ko‘tarilishidan qat’i nazar, ularning barchasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Bu kabi hujjatlar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ularning matnlarini Lex.uz saytida rasmiy e’lon qilinishi talab etilmaydi.
Buning uchun Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun maxsus axborot bazasi shakllantirilgan.
To‘rtinchidan, Lex.uz da e’lon qilingan barcha qonunchilik hujjatlari nazorat holatida saqlanadi. Ya’ni, har bir qonunchilik hujjatida unga kiritilgan o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Shu bilan birga, Adliya vazirligida qonunchilik hujjatlarning nazorat nusxalari qog‘oz shaklida ham yuritiladi.
Bu borada, ilgari matnga tegishli o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yopishtirlgan bo‘lsa, endilikda qonunchilik hujjatiga o‘zgartirish kiritishga asos bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki bekor qilish) unga ilova qilinadi.
Davlat idoralari ham o‘z faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritishni shu tartibda olib boradilar.
Ushbu hujjat 2021-yil 1-iyuldan e’tiboran kuchga kiradi. | 83 | 19,463 |
Qonunchilik | ShAHAR ATROFI, ShAHARLARARO VA XALQARO YO‘LOVChILAR TAShISh AVTOMOBIL TRANSPORTIDA OChIQ TENDERLAR TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transporti bilan xizmatlar ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish, yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transporti faoliyatini tartibga solish hamda Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shaharda yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishning ijobiy tajribasini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun respublikada ochiq tenderlar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiyalar;
shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasidagi yo‘nalishlarda, shuningdek xalqaro yo‘nalishlarda — Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya ochiq tenderlar tashkilotchilari bo‘ladilar.
3. Quyidagilar:
Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazishga oid chora-tadbirlar dasturi 1-ilova*ga muvofiq;
Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 4-ilova*ga muvofiq;
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tender g‘olibi bilan shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish yuzasidan kontrakt tuzadi.
5. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Idoralararo komissiyani va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining tegishli komissiyalarini ular bilan ta’minlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarini tuzsinlar va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasinlar;
yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari rahbarlarining hisobotlarini yilning har choragida eshitib borsinlar va ularga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
7. Ommaviy axborot vositalari shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichki, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishning borishini muntazam yoritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom shahar atrofida, shaharlararo va shaharlararo-viloyatlar ichida yo‘nalishlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida yo‘nalishlarni, shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasidagi yo‘nalishlarni, shuningdek xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
2. Ochiq tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat soliq xizmati organlarida hisobda turadigan avtomobil transportida tegishli ravishda shahar atrofida shaharlararo, xalqaro yo‘lovchilar tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkalariga ega bo‘lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin. Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yo‘nalishlarga tavsiya etishga haqli emas.
Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Quyidagilar ochiq tenderlarning tashkilotchilari hisoblanadilar:
shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda “Komissiya” deb ataladi);
shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasidagi yo‘nalishlarda, xalqaro yo‘nalishlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha Idoralararo komissiya (bundan keyin matnda— “Komissiya” deb ataladi).
4. Tenderga alohida yo‘nalishlar ham, yo‘nalishlar paketlari ham qo‘yilishi mumkin shuningdek uzunligi kamida 400 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishlarning alohida jadvallari.
Yo‘nalishlar paketlarini shakllantirishda yo‘nalishlarning ahamiyati va rentabelligi hisobga olinadi. Paketga rentabelli yo‘nalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan rentabelsiz yo‘nalishlar ham kiritilishi mumkin.
5. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
Tashuvchiga tender o‘tkazilmasdan yo‘nalishda ishlash huquqining birkitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
yangi yo‘nalish ochilgandan keyin uch-to‘rt oy mobaynida yangi yo‘nalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yo‘nalishlar joriy etilishi;
yo‘nalishlarning tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha soatbay haq to‘lash asosida bajarilishi;
dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat ko‘rsatish davrida mavsumiy yo‘nalishlarning tashkil etilishi;
maxsus yo‘nalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish.
bo‘lib o‘tmagan tendyer munosabati bilan yo‘nalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha bo‘lgan davrga kontraktning amalda bo‘lishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishni yuklaydi.
Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud bo‘lmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Komissiya ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvalga) yo‘nalishga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar takroriy tenderni o‘tkazishda yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor bo‘lsa, Komissiya ushbu tashuvchiga yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida yoki jadvalida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda biriktirib qo‘yish huquqiga egadir.
6. Quyidagilar tenderni o‘tkazishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
yo‘nalishlarni mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar o‘rtasida haqqoniy, xolisona taqsimlash;
tashuvchini tanlash masalalarining subyektiv hal etilishi imkoniyatiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik uchun g‘olibni tanlash tender qatnashchilari, matbuot vakillari ishtirokida o‘tkazilishi kerak;
tashuvchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yo‘lovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi kerak;
yo‘lovchilar tashish huquqini tashuvlarning eng foydali shartlarini (avtobuslarning qulay rusumlari, qatnov oralig‘i katta bo‘lgan yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatish, yo‘nalishlarda ishlash chog‘ida qatnov xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarining samarali tizimi va shu kabilarni) taklif etgan tashuvchi oladi.
7. Komissiya tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlar (yo‘nalishlar paketlari yoki jadvali) ro‘yxatini tayyorlaydi, tender hujjatlari paketini shakllantiradi, tender predmetini, uni o‘tkazishning asosiy shartlarini, tartibini, vaqtini, joyini, shu jumladan tender qatnashchilari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tender o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.
8. Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar tender hujjatlari paketini olish yuzasidan Komissiyaga yozma buyurtmanoma berishlari kerak. Buyurtmanomalar berish va tender hujjatlarini olish uchun belgilangan muddat tender o‘tkaziladigan sanadan 5 kun oldin tugaydi. Barcha buyurtmanomalar Komissiyaning tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib bog‘langan maxsus daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
9. Komissiya tashuvlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan qatnashchilardan tushgan barcha buyurtmanomalarni istisnosiz qabul qilishga majbur.
Ochiq tenderda qatnashish uchun belgilangan muddatdan kechikib tushgan buyurtmanomalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
10. Qatnashchi tender hujjatlari bahosini e’lonlarni chop etish xarajatlarini hisobga olgan holda ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxi bo‘yicha to‘lashi kerak. Tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ulardan faqat tenderlar o‘tkazishni tashkil etish uchun foydalaniladi. Faqat komissiya raisi Komissiya a’zolari bilan kelishgan holda ushbu mablag‘larni tasarruf etish huquqiga ega.
11. Tender hujjatlari paketi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish yuzasidan ochiq tenderlar tashkil etish bo‘yicha nizom;
qatnashchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakli;
tender qatnashchisi uchun yo‘riqnoma;
tenderga qo‘yilgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar;
qatnashchilarning tender bo‘yicha takliflari shakli;
yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida, yo‘nalishning alohida jadvalida) yo‘lovchilar tashish transportida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kontraktning namunaviy shakli;
tender takliflari va qatnashchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Komissiyaga berish uchun konvert.
Konvertga tenderga qo‘yilayotgan yo‘nalishning (yoki yo‘nalishlar paketining, yo‘nalishning alohida jadvalining) nomi yoziladi.
Agar tenderga bittadan ortiq yo‘nalish (yo‘nalishlar paketi, yo‘nalishning alohida jadvali qo‘yilgan bo‘lsa), u holda har qaysi yo‘nalish (yoki yo‘nalishlar paketining, yo‘nalishning alohida jadvali) uchun alohida konvert ajratilgan bo‘lishi kerak. Tenderning u yoki bu qatnashchisini ajratib olish mumkin bo‘lmasligi uchun konvertlarda hech qanday chiziqchalar yoki farqlovchi belgilar bo‘lmasligi kerak. Tenderda qatnashishga talabgorga tender hujjatlari paketini berish maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
12. Tender bo‘yicha takliflarni qabul qilish tender o‘tkazilishidan bir kun oldin tugaydi. Tender bo‘yicha takliflarni qabul qilishning tugash sanasi va vaqti Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan tender to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
13. Tender bo‘yicha takliflar topshirilgandan keyin qatnashchilar ularga biron-bir tuzatishlar kiritish huquqiga ega emas.
14. Qatnashchilardan tender bo‘yicha tushgan takliflarni Komissiya baholaydi.
15. Tender bo‘yicha takliflar quyidagi ko‘rsatkichlar va axborotlardan iborat bo‘lishi kerak:
15.1. Shahar atrofidagi va viloyat ichidagi, shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha:
a) yo‘nalishdagi 1 yo‘lovchi — km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi;
b) transport vositasining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili;
v) avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yo‘lovchi o‘rinlari soni;
g) avtobus ish tartibining taklif etilayotgan varianti;
d) yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
e) yo‘nalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi.
15.2. Viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha ham 15.1-bandda qayd etilgan mezonlar qo‘llanadi, “g” va “d” kichik bandlaridagi ko‘rsatkichlardan tashqari.
Qatnashchi tender bo‘yicha takliflarning barcha bandlariga doir to‘liq va mufassal axborot taqdim etishga majbur.
16. Tender takliflari Komissiyaning har bir a’zosi tomonidan quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi va baholanadi:
a) qatnashchi tomonidan yo‘nalishdagi 1 nafar yo‘lovchi km. uchun tavsiya etilayotgan tarif darajasi uchun — Komissiya talab etadigan tashish tarifi o‘rniga darajani pasaytirishning har bir punkti uchun ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llagan holda besh balli tizim bo‘yicha;
b) transport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili uchun — tabaqalashtirilgan ballar bo‘yicha. Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1.15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki bo‘lsa;
v) tashish uchun tavsiya etilayotgan avtotransport vositalarining umumiy sig‘imi uchun — tabaqalashtirilgan ballar bo‘yicha.
Komissiya yo‘nalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobil rusumini va uning bo‘yicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil ravishda belgilaydi;
g) avtobuslar ish rejimining tavsiya etilayotgan varianti uchun — besh balli tizim bo‘yicha;
d) yo‘nalishdagi reyslarning tavsiya etilayotgan soni uchun — besh balli tizim bo‘yicha;
e) yo‘nalishlarda ishlashda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim bo‘yicha. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
transport vositalarining har kuni reysdan oldingi texnik nazoratini ta’minlash;
haydovchilarning har kungi tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash;
haydovchilarni Yo‘l harakati qoidalarining 30 soatli dasturi bo‘yicha o‘qitish.
Komissiya, yo‘nalishga aniq talablarni hisobga olgan holda, ishtirokchilarning tender takliflarini baholashga qo‘shimcha talablarni tavsiya etishga haqlidir.
Tender takliflarini baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnoma-metodik hujjatlar va ularning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Komissiya tender bo‘yicha takliflarni baholashning yakuniy balini har bir qatnashchi bo‘yicha aniqlaydi.
18. Agar tanlab olish natijalariga ko‘ra bir nechta talabgor teng ballar olgan bo‘lsa, u holda g‘olib Komissiya a’zolarining yopiq ovoz berishi yo‘li bilan aniqlanadi.
19. Komissiyaning tender g‘olibini aniqlash bo‘yicha majlisi natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya a’zolari, raisi va mazkur yo‘nalish yoki yo‘nalishlar paketi bo‘yicha tender g‘olibi imzolaydilar.
Tender g‘olibiga tender bo‘yicha yutib olingan ushbu yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida, yo‘nalishning alohida jadvalida) ishlash huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma beriladi. Guvohnoma Komissiya raisi tomonidan imzolanadi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining) muhri bilan tasdiqlanadi.
20. Kontraktni imzolash muddati qatnashchi tender g‘olibi deb e’lon qilingandan keyin 20 kundan oshmasligi kerak. Komissiya kontrakt imzolangungacha oldindan (tender o‘tkazilgandan keyin 15 kun mobaynida) g‘olibning tender bo‘yicha takliflarining to‘g‘riligini tekshirishga haqlidir.
Tender g‘olibining tender bo‘yicha uning tender takliflarining haqiqiyligi Komissiya tomonidan aniqlanishi kerak bo‘lgan takliflarining noto‘g‘ri ekanligi aniqlangan taqdirda eng ko‘p ballar miqdori bo‘yicha keyingi talabgor g‘olib deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari) tender g‘olibi bilan yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish transporti bilan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan muddatga kontrakt tuzadi.
Tashuvchi tomonidan kontrakt bo‘yicha ishlarning barcha shartlariga rioya qilingan taqdirda kontraktni imzolagan organ Komissiya qarori asosida kontraktning amal qilish muddatini uzaytirishga haqlidir.
21. Tenderning istalgan qatnashchisi Komissiyadan tender bo‘yicha takliflarning baholash natijalarini yozma shaklda olish huquqiga ega.
1. Shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (bundan keyin matnda “Komissiya” deb ataladi) shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirish, transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir maromda ishlashini ta’minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish;
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘nalishlarni joylashtirish uchun tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish;
yo‘lovchilar tashish avtomobil transportini rivojlantirishga, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
yo‘lovchilar huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash.
4. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari Komissiya raisi hisoblanadi.
5. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining axborot-ma’lumotlar banki ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishda majburiyatlarni bajarish borasida 5 va undan ortiq bartaraf etilmagan huquqbuzarliklar sodir etgan talabgorning tender taklifini rad etish;
vakolatli organlar tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklarga, jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning tekin va imtiyozli yurishi ta’minlanishini nazorat qilishga oid tadbirlarni uyushtirish;
tenderda yutib chiqilgan yo‘nalishlarda qonunga zid ravishda faoliyat yuritadigan tashuvchilar aniqlanganda, YHHBB, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlariga tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish;
shahar atrofida va shaharlararo-viloyat ichida yo‘lovchilar tashishning amaldagi tariflarini o‘zgartirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga takliflar kiritish.
6. Komissiya:
tender bo‘yicha joylashtirilgan yo‘nalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) yakunlab borishga;
shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchilar tashish transporti ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ishlarini tashkil qilishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishga;
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning sifati va madaniyatining u yoki bu masalalari, grafiklar va yo‘nalishlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etishga;
aholini va davlat boshqaruvi mahalliy organlarini shahar atrofi, shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqini beruvchi tenderda yutib chiqqan yo‘lovchi tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlar bajarilishi to‘g‘risida har oyda xabardor qilib turishga, yo‘lovchilar tashish avtomobil transportini rivojlantirish, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga;
tashish jarayonini tashkil etishda yordam ko‘rsatishga;
tashuvchilar o‘tkazilgan tender yakunlari bo‘yicha Komissiya yoxud uning tartibotlaridan norozi bo‘lganlarida ularga tushuntirishlar berishga majburdir.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashganda vakolatli bo‘ladi.
Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Komissiya raisining (u bo‘lmaganda — rais o‘rinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
8. Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
1. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya (bundan keyin matnda — Komissiya deb ataladi) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar ishini takomillashtirish, transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish transportining bir maromda ishlashini ta’minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish;
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish va o‘tkazish;
yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
yo‘lovchilar huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash.
4. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosarlaridan biri Komissiya raisi hisoblanadi.
5. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining axborot-ma’lumotlar banki ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishda majburiyatlarni bajarish borasida 5 va undan ortiq bartaraf etilmagan huquqbuzarliklar sodir etgan talabgorning tender taklifini rad etish;
vakolatli organlar tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklarga, jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning tekin va imtiyozli yurishi ta’minlanishini nazorat qilinishiga oid tadbirlarni uyushtirish va boshqalar;
tenderda yurib chiqilgan yo‘nalishlarda qonunga zid ravishda ishlayotgan tashuvchilar aniqlanganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish.
6. Komissiya:
tender bo‘yicha joylashtirilgan yo‘nalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (yilning har choragida kamida bir marta) yakunlab borishga;
shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish transporti ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishga;
jadvallar va yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning sifati, madaniyati va bir maromda bo‘lishining u yoki bu masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etishga;
aholini va davlat hokimiyati mahalliy organlarini shaharlararo, xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida ishlash uchun tenderlarda yutib chiqqan tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi to‘g‘risida har oyda xabardor qilib turishga;
tashish jarayonini tashkil etishda yordam ko‘rsatishga;
tashuvchilar o‘tkazilgan tender yakunlari bo‘yicha Komissiya qaroridan yoxud uning tartibotlaridan norozi bo‘lganlarida ularga tushuntirishlar berishga majburdir.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashganda vakolatli bo‘ladi.
Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Komissiya raisining (u bo‘lmaganda — rais o‘rinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
8. Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. | 148 | 27,574 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 151 | 615 |
Qonunchilik | Tashuvchilar uchun malakani tasdiqlashning yangi qoidalari tayyorlanmoqda | QHTBT portalida Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaхslarning хodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.
Chamasi, bu hujjat hozir amal qilayotgan Nizomni (roʻyхat raqami 1626, 5.10.2006 y.) almashtiradi.
Hujjat loyihasining nomi va matnidan yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar chiqarib tashlanganligi oʻziga e’tiborni tortadi. Bu malaka talablariga muvofiq kelish yuzasidan attestatsiyadan oʻtish ular uchun 2019 yil 1 iyuldan bekor qilinishi bilan bogʻliq.
Hujjatdagi ikkinchi oʻzgartirish – bu hujjatni boshqa hujjatlarga muvofiq keltirish – yuridik shaхs хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi, shuningdek oʻzining malakasini oshiruvchi shaхslardan malaka imtihonini oluvchi Komissiya Transport vazirligi (ilgari Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boʻlgan) huzurida faoliyat yuritadi.
Loyiha boshqa oʻzgartirishlarni ham oʻz ichiga olgan, ularning ayrimlariga batafsil toʻхtalib oʻtamiz.
Ilgarigidek, quyidagilarga malaka talablari qoʻyiladi:
Biroq, shtatda avtotransport vositalaridan foydalanish va tashishlar хavfsizligini ta’minlash uchun javobgar boʻlgan, attestatsiyadan oʻtgan mutaхassis mavjud boʻlgan taqdirda yuridik shaхs rahbarining attestatsiyadan oʻtishi boʻyicha talab chiqarib tashlanadi.
Tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar boʻlgan, shuningdek tashishlar хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha mutaхassis mavjud boʻlmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turiladi.
Attestatsiya komissiyasini tashkil etish, attestatsiyani oʻtkazish tartibi va uni oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati tubdan oʻzgarmadi. Ammo endi test oʻtkazishdagi savollar soni aniqlashtirildi – 15 ta. Quyidagi miqdorda savollarga javob berilgan taqdirda:
Hozir amal qilayotgan nizomda 6 oy muddatga attestatsiyadan oʻtkazish mavjud emas. Tegishincha, Komissiya attestatsiya natijalari boʻyicha “Komissiya tavsiyalarini bajargan taqdirda 6 oydan keyin takroran attestatsiyadan oʻtkazilgan holda malaka talablariga muvofiq” formulirovkasi bilan qaror qabul qilishga haqli boʻladi.
Hujjat yana bir qator oʻzgartirishlarni oʻz ichiga olgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Konstantin Mosin. | 73 | 2,346 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HAVO KODEKSIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | 1-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan to‘ldirilsin:
Havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish tashkilotining sertifikati asosida bajariladi.
Havo kemalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish tashkilotining sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
2) 43-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemasining egasi bilan bo‘lajak ekspluatant o‘rtasida ijara shartnomasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasining havo kemasi tegishli huquq va majburiyatlar ekspluatantga o‘tkazilgan holda chet ellik ekspluatantga ijaraga (ekipaj bilan yoki ekipajsiz) berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati chet el davlatining vakolatli organi bilan ijaraga olingan havo kemasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha muayyan majburiyatlarni unga o‘tkazish maqsadida belgilangan tartibda bitim tuzishi mumkin”;
3) 54-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi xalqaro standartlar talablariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tasniflanadi.
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan samoviy hududga bo‘linadi. Bunda nazorat qilinadigan samoviy hudud deganda parvozlarga dispetcherlik xizmati ko‘rsatish ta’minlanadigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi. Nazorat qilinmaydigan samoviy hudud deganda parvozlar paytida axborot xizmati ko‘rsatiladigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi”;
4) 61-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishda, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda insonparvarlik yordami ko‘rsatishda ishtirok etayotgan havo kemalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining havo kemalari aeronavigatsiya va aeroport yig‘imlaridan ozod qilinadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
5) 74-moddaning uchinchi qismidagi “Aviatsiya ma’muriyati” degan so‘zlar “havo kemasining ekspluatanti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 83-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi “oprotestovano” degan so‘z “objalovano” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) quyidagi mazmundagi 921-modda bilan to‘ldirilsin:
Yo‘lovchi havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga rioya etishi, havo kemasi komandirining yoki ekipaj a’zosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va havo kemasi ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish tartibi va imkoniyatini ta’minlashga doir farmoyishlarini bajarishi shart.
Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilanadi”;
8) 94-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Havo transportida tashish yo‘lovchilar, qo‘l yuki va yuk aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qo‘nish joyida bo‘lishidan qat’i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida bo‘lgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi”;
9) 95-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemalarining ekspluatantlari O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilanadigan havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish qoidalariga rioya qilishi shart. Bunda havo kemalarining ekspluatantlari havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarishning o‘z faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha qoidalarini belgilashi mumkin.
Havo kemalarida pochta tashish tartibi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati bilan kelishiladi”;
10) 98-moddaning birinchi qismi “esa” degan so‘zdan keyin “bunday” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
11) 99-modda:
birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “(havo kemasini kira qilish)” degan so‘zlar “(havo kemalarini kira qilish)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi bo‘yicha tashish ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”;
12) 100-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemasida yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish uchun joylarni hamda yuk va pochta tashish uchun tashish sig‘imini band qilib qo‘yish tashuvchining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”;
13) 102-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tashuvchi o‘z imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda tutilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ham ega”;
14) 103-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchi havo transportida yo‘lovchi, qo‘l yuki va yuk tashish shartnomasini tashish yo‘nalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
yo‘lovchi yoki yuk jo‘natuvchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;
agar yo‘lovchi sog‘lig‘ining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yo‘lovchining o‘z xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yo‘lovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa;
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yo‘lovchi yoki yuk jo‘natuvchi tomonidan rad etilsa”;
15) 104-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega”;
16) 105-moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomalari bo‘yicha tashishni bajarish uchun shartnoma tariflari belgilanishi mumkin”;
17) 106-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Agar qabul qiluvchi yetib kelgan yukni tashish qoidalarida belgilangan muddatda talab qilib olmasa yoki uni olishdan voz kechsa, tashuvchi jo‘natuvchini bu haqda xabardor qilgan holda yukni jo‘natuvchining hisobidan saqlash uchun o‘zida qoldirishga haqlidir. Qabul qiluvchi xabardor qilingan kundan boshlab 30 kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk jo‘natuvchining biror-bir farmoyishi olinmagan bo‘lsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
Uchib kelgan reys yo‘lovchilariga qo‘l yuki topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan qo‘l yuki uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday qo‘l yukining egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qo‘l yuki aeroportda ko‘pi bilan 3 oy saqlanadi va keyin O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qo‘l yuki aeroportda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
Talab qilib olinmagan qo‘l yukidagi tez buziladigan narsalar buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi”;
18) 108-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tashuvchi parvozlarning yo‘nalishlari va jadvallarini, yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish shartlarini e’lon qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga yetkazishi shart”;
19) 109-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo transportida tashishni ta’minlovchi barcha xizmatlar aeroport tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashishlarning hajmi va turlariga muvofiq xodimlarni, texnologik asbob-uskunalar, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalari bilan jihozlangan operatsion zonalarni qamrab oluvchi tegishli tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak”;
20) 112-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi”;
21) 113-moddaning:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart”;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
22) 115-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar yukning yo‘qolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish vaqtida yuz bergan bo‘lsa, yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
Agar tashuvchi yukning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar bo‘ladi:
davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti;
urush yoki qurolli to‘qnashuv akti;
yukka xos bo‘lgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik”;
23) 116-moddaning:
birinchi qismi:
“a” bandidagi “yuk yoki qo‘l yukining yo‘qolgani yoxud kamomadi” degan so‘zlar “yuk yoki qo‘l yukining yo‘qolgani, kamomadi yoxud unga yetkazilgan zarar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“b” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan yukning yoki qo‘l yukining, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
24) 122-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, qo‘l yuki yoki yuk tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yo‘lovchining o‘limi yuz bergan yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yo‘nalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi”;
uchinchi qismi “a” bandidagi “aviatsiya korxonasiga” degan so‘zlar “tashuvchiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
25) 126-modda “yo‘llarida tashishga” degan so‘zlardan keyin “yoki bir nechta tashuvchi ishtirok etayotgan tashishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 92 | 12,484 |
Qonunchilik | G‘UZOR — BOYSUN — QUMQO‘RG‘ON (QIZIL OKTАBR) YАNGI TEMIR YO‘L LINIYASINI LOYIHALAShTIRISh VA QURISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Foydali qazilmalar konlarini kompleks o‘zlashtirish, temir yo‘lda yuk tashishning transport ta’minotini yaxshilash, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining yangi mintaqalari ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarini hal etish, O‘zbekiston Respublikasining yagona temir yo‘l tarmog‘ini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. G‘uzor — Boysun — Qumqo‘rg‘on (Qizil Oktabr) yo‘nalishida istiqbolda elektrlashtirish hisobga olingan holda yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
loyihalashtirish va qurishning boshlanishi va tugallanishi muddatlari — 1995 — 2000-yillardir;
qurilishning buyurtmachisi — “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasidir;
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi — “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa pudrat tashkilotlaridir.
Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun Qozog‘iston Respublikasining loyiha institutlarini jalb etish tavsiya qilinsin.
3. “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Aloqa vazirligi bosh pudratchilar huquqi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasining topshirig‘i bo‘yicha elektr uzatish, gaz va neft quvurlari, aloqa va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari qurilmalarining mavjud liniyalarini ko‘chirish va yangilarini qurishni buyurtmachining mablag‘lari hisobidan belgilangan muddatlarda ta’minlasinlar.
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995 — 2000-yillarga mo‘ljallangan kapital qurilish prognozida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish uchun respublika budjetidan zarur sarmoya mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasining aksionerlik-tijorat banklariga obyektni loyihalashtirish va qurishni mablag‘ bilan ta’minlashni amalda bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha imtiyozli shartlarda amalga oshirish tavsiya etilsin.
6. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan birgalikda temir yo‘l liniyalari, muhandislik va transport kommunikatsiyalari qurilishi, qurilishning boshqa obyektlari uchun yer maydonlari ajratishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar;
“O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi bilan birgalikda qurilishga jalb etilgan xodimlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini, ularning joylashishi, ovqatlanishini ta’minlasinlar;
temir yo‘l liniyasi qurilishiga qurilish bo‘linmalarini ularning mexanizmlari va odam resurslari bilan jalb etish imkoniyatini ko‘rib chiqsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi G‘uzor — Boysun — Qumqo‘rg‘on (Qizil Oktabr) yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi asosiy loyiha yechimlarining atrof muhitga ta’sirini baholashni ekologik ekspertizadan o‘tkazsin hamda xulosa tayyorlasin.
8. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi asosiy loyiha yechimlari ekspertizasini amalga oshirsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
9. Istiqbolda elektrlashtirish hisobga olingan holda G‘uzor — Boysun— Qumqo‘rg‘on (Qizil Oktabr) yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurishni amalga oshirish davlat maqsadli dasturi deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin. | 122 | 3,678 |
Qonunchilik | “Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimch | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-son “Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 43-son, 461-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
1. Qarorning muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Qoidalarda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq davlat notarial idoralar (bundan buyon matnda — notarial idoralar deb yuritiladi) va advokatlik tuzilmalari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
b) 1-bandda:
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati;
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar.”;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish;”;
uchinchi xatboshi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlardan keyin “yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
g) 4-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar qo‘llash;”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar ishtirokchisi bo‘lgan operatsiyalarni to‘xtatib turish va to‘xtatib turilgan kunning o‘zida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;”;
o‘n ikkinchi xatboshi “baholash” degan so‘zdan keyin “, hujjatlashtirish” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.”;
d) 9-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Departamentga” va “Departamentning” degan so‘zlar tegishlicha “maxsus vakolatli davlat organiga” va “maxsus vakolatli davlat organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 15 va 261-bandlardagi, 27-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 28-bandning birinchi xatboshisidagi, 29-banddagi, 30-bandning birinchi xatboshisidagi, 31-banddagi va 33-bandning birinchi xatboshisidagi “Departamentga” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) quyidagi mazmundagi 162-band bilan to‘ldirilsin:
“162. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish.
Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha oqilona choralarni ko‘rishi;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi;
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.”;
z) 231-bandning uchinchi xatboshisidagi “Departament” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 232-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;”;
to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi deb hisoblansin;
k) 234-bandning birinchi xatboshisi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlardan keyin “yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
l) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
operatsiya qatnashchisi bo‘lgan yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi to‘xtatib turilganda va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganda Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mulkning miqdori ko‘rsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborishlari lozim.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari to‘xtatilgan operatsiyani o‘tkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.”;
m) 331 va 34-bandlardagi “Departament” degan so‘z “maxsus vakolatli davlat organi” degan so‘zlarga o‘zgartirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan. | 250 | 11,475 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
5. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda) 11-moddasining to‘rtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
9. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 56-modda, № 9, 241-modda) 345-moddaning ikkinchi qismi “225” raqamidan keyin “2291”, “2292” raqamlari bilan, “244” raqamidan keyin esa “2441” raqami bilan to‘ldirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 27-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, bu chora: tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda”;
2) 53-moddasining jazo qismidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” va “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “bir baravaridan uch baravarigacha” hamda “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 54-moddasining jazo qismidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” va “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “uch baravaridan besh baravarigacha” hamda “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 60-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, o‘simlik yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, xuddi shuningdek yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
5) 175-moddasining:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Soliq organlarida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarga o‘z vaqtida inkassa topshiriqnomasini taqdim etmaslik,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
6) 176-moddasi:
birinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” va “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “besh baravaridan o‘n baravarigacha” va “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 1761 va 1762-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan manzili (turar joyi) yoki bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
8) 184-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, —
materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
9) Kodeks quyidagi mazmundagi 1841-modda bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
10) 201-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;
11) Kodeks quyidagi mazmundagi 2021-modda bilan to‘ldirilsin:
Faoliyati O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
12) 240 va 241-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
13) 242-moddasining 1-bandi “bo‘yicha sudyasi” degan so‘zlardan so‘ng “xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
14) 245-moddasining birinchi qismi “173-moddasida” degan so‘zlardan keyin “175-moddasining beshinchi qismi” degan so‘zlar bilan, “184” raqamidan keyin “1841” raqami bilan, “202” raqamidan keyin “2021” raqami bilan to‘ldirilsin;
15) Kodeks quyidagi mazmundagi 2451-modda bilan to‘ldirilsin:
Xo‘jalik sudlari xo‘jalik nizolarini hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining 3-qismida, 1761, 1762, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar;”
16) 262-moddasining ikkinchi qismi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markasi qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirsin;
17) 264-moddasining birinchi qismidagi “174, 175-moddalari” degan so‘zlar “174-moddalari, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 315-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi;”
19) 317-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi;”
20) 337-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organining O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi hamda soliq organining saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorlari tegishli hokimiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan doimiy harakatdagi komissiyalar tomonidan ijro etiladi;”
21) 339-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi:
uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.”
13. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-soniga ilova, № 11-12; 1997-yil, № 9, 241-modda):
1) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan faoliyat amalga oshirilgan, yoxud olti oy davomida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq;”
2) 784-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘lari quyidagi navbatda o‘chiriladi:
birinchi navbatda mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;
ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha pul o‘chiriladi;
uchinchi navbatda boshqa to‘lov hujjatlari bo‘yicha kalendar navbat tartibida pul o‘chiriladi.
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.”
15. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, №9, 230-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;”
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshisi tegishincha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda) 7-moddasining to‘rtinchi qismi 3-bandidagi “mablag‘lar hisobidan chiqarilganidan keyin” degan so‘zlar “mutanosib ravishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 175-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomani moliya organining vakolatli mansabdor shaxsi tuzadi. | 105 | 15,754 |
Qonunchilik | Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solmaydi.
Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
investitsiya majburiyati — belgilangan maqsadlarga erishish uchun investor tomonidan qabul qilinadigan majburiyat;
investitsiya siyosati — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmui;
investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
investitsiya faoliyatining ishtirokchisi — investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirig‘i asosida ta’minlaydigan investitsiya faoliyati subyekti;
investitsiya shartnomasi — investitsiya faoliyati subyektlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim;
investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni;
ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);
intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni;
investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
mahalliy investorlar — investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun to‘lovlar va haqlarning boshqa turlari;
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari — chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiyalari;
chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
chet ellik investorlar — chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, davlatlar o‘rtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar — aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
oshkoralik va ochiqlik;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi;
investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
Investorlar qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga bo‘lgan huquqlar;
intellektual mulk obyektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar.
Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir.
Barpo etilishi va foydalanilishi qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya qilish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari — rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir.
Investor:
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig‘imlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to‘lovlar deb yuritiladi) to‘langanidan so‘ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
Investor:
soliqlar va to‘lovlarni to‘lashi;
investitsiya qilish munosabati bilan o‘zi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
qonunchilik talablariga, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat to‘g‘risidagi, shaharsozlik to‘g‘risidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashi;
vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yiladigan talablarini bajarishi shart.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:
birja, tanlov va tender savdolarining, elektron do‘konlarning va kim oshdi savdolarining ishtirokchisi bo‘lishga;
investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishga;
agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘zining investor oldidagi majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:
qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat to‘g‘risidagi, shaharsozlik to‘g‘risidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi;
shartnoma shartlarini o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi;
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investorga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yiladigan talablarini bajarishi shart.
Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati shartnomaviy narxlar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda qat’iy belgilangan narxlar mustasno.
Investitsiya qilish obyekti bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda ham shakllantirilishi mumkin.
Birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda shakllangan, realizatsiya qilinadigan davlat aktivlarining narxlari, mazkur aktivlarning balans va baholangan qiymatidan qat’i nazar, bozor narxlari deb tan olinadi.
Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog‘liq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.
Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik subyektining hamta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta’sischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq qonunchilikni qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlari soliqlar va to‘lovlar to‘langanidan keyin uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki ulardan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin.
Chet el va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishni davlat organlari tomonidan cheklash yoxud ularni majburan yechib olish faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Investorlarga soliqlar va to‘lovlarni to‘lash sharti bilan chet el valyutasidagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin o‘tkazish, shu jumladan valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi. Bunday o‘tkazmalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud ko‘paytirish uchun boshlang‘ich va qo‘shimcha summalar;
investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
yetkazilgan zararlarning o‘rnini ushbu Qonunga muvofiq qoplash sifatida olingan mablag‘lar;
shartnomalar shartlarini bajarish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlar;
chet el investitsiyalarini to‘liq yoki qisman sotishdan tushgan tushum;
nizoni hal qilish oqibatida, shu jumladan har qanday sud yoki arbitraj qarori oqibatida yuzaga keladigan to‘lovlar;
xodimlarning ish haqi va boshqa to‘lovlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag‘lar.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat chet ellik investorning mablag‘larini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to‘lovga layoqatsiz va bankrot bo‘lgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs bo‘lgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qo‘llash shartlari asosida to‘xtatib turishi mumkin.
Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish huquqiga ega.
Chet ellik investor investitsiya faoliyatini tugatgandan so‘ng investitsiya faoliyatini tugatish natijasida olingan o‘z aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega.
Agar qonunchilik hujjatlarining bajarilishi investorga yoki investitsiyalarga zarar yetkazadigan bo‘lsa, ushbu qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan e’tiboran o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Investor o‘zining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonunchilik qoidalarini o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirgan taqdirda, investitsiya qilish paytida amalda bo‘lgan qonunchilikni o‘n yil mobaynida qo‘llash to‘g‘risidagi kafolat quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
repatriatsiya tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki investorning chet elga o‘tkaziladigan daromadlari (foydasi) miqdorini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablar joriy etilganda, bundan investorning mablag‘larini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to‘lovga layoqatsiz va bankrot bo‘lgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs bo‘lgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qo‘llash shartlari asosida to‘xtatib turish mustasno;
investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlariga son jihatdan cheklovlar va investitsiyalarning miqdori bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini ko‘paytirish tarzidagi qo‘shimcha talablar joriy etilganda;
chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi korxonalarining ustav fondlaridagi ulushli ishtiroki bo‘yicha cheklovlar joriy etilganda;
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tartib-taomillar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablar joriy etilganda.
Investor uchun noqulay o‘zgarishlarga qarshi kafolatlarning amal qilishi quyidagi hollarda boshlanadi:
korxona tashkil etilganda — u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran;
mol-mulkni, ulushni, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan emitentlangan aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga, turar joylarga bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olishda — mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni, shu jumladan mualliflik huquqlarini, patentlarni, tovar belgilarini, foydali modellarni, sanoat namunalarini, firma nomlarini va nou-xauni, shuningdek ishchanlik obro‘sini (gudvillni) kiritishda — intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirishga, o‘zlashtirishga, qazib olishga yoxud ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olishda — konsessiya shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida bir vaqtning o‘zida investitsiya majburiyatlarini mustahkamlab qo‘ygan holda investitsiya qilishda — shartnoma kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda investitsiya qilishda — investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran.
Ushbu modda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hammaning e’tibori uchun rasmiy ravishda e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirmagan hujjatlar sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, ushbu hujjatlardagi ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun investitsiya faoliyati subyektlariga nisbatan biror-bir sanksiya qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan o‘z rasmiy veb-saytida investitsiya faoliyati sohasida o‘zining ishtiroki va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslarga ochiqlik hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya faoliyati sohasidagi faoliyati to‘g‘risida va o‘zlari qabul qilayotgan qarorlar to‘g‘risidagi axborotdan moneliksiz foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.
Davlat investitsiyalarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi.
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hollar mustasno.
Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi:
investorlarning ushbu modda uchinchi qismida ko‘rsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa;
kamsitilmaydigan asosda amalga oshirilsa;
yetkazilgan zararga monand kompensatsiya to‘lash bilan birga amalga oshirilsa. Davlat mazkur kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishining kafili sifatida ish yuritadi.
Investor sud va arbitraj tartibida, xususan, quyidagilar yuzasidan nizolashishga haqli:
rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi;
rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori;
rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash;
to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining muvofiqligi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chog‘ida rioya etgan tartib-taomil.
Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari va choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratishni, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan davlat monitoringi o‘tkazilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalariga asosan boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ushbu Qonunning qoidalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari yoki xalqaro shartnomalari o‘rtasida biror-bir nomuvofiqlik bo‘lgan taqdirda, investorlar uchun eng qulay bo‘lgan qoidalar ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish;
asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish;
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
raqobatni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qo‘yuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo‘yicha maslahat berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatish;
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda investitsiya faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
hamkorlik yo‘nalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalariga doir o‘zaro aloqalarni ta’minlash;
investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani ta’minlash, hududlar va mahalliy yuridik shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va xalqaro investitsiya hamjamiyatlari ishida ishtirok etish;
investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya muhitini rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyatini takomillashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi:
mahalliy darajada mamlakatning tegishli hududiga investitsiya qilish hajmlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini olib borish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish, hududda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, tegishli hududdagi korxonalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
investitsiya qilishni talab qiladigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini hamda yer uchastkalarini hududlarning ehtiyojlari va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va h.k.) kelib chiqqan holda o‘rganish va aniqlash;
investorlarning faoliyati bilan bevosita bog‘liq masalalarni, shuningdek zarur hollarda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish vositasida istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
tegishli hududdagi investitsiya loyihalarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida tegishli hududning iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
tegishli hududning chet el banklari, fondlar, agentliklar va kompaniyalar bilan investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
investitsiyalarni tegishli hududga jalb etish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni va yanada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Investitsiyalarni jalb etish, amalga oshirish va himoya qilish maqsadida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi, boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining imkoniyatlari va shart-sharoitlari haqidagi axborotni tayyorlaydi hamda tarqatadi;
salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo‘yicha maslahat beradi hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatadi;
chet el investitsiyalari masalalari bo‘yicha xalqaro munosabatlarda o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Nazorat funksiyalarini amalga oshirishda davlat organi tijorat siri saqlanishini ta’minlashi shart.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qulay investitsiya muhitini yaratish, yangi raqobatbardosh hamda innovatsion, eksportga yo‘naltirilgan va (yoki) import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir investitsiyalarni rag‘batlantirish, mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan hamda zamonaviy boshqaruv tajribasini joriy etgan holda kengaytirish va yangilash maqsadida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llash;
investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish;
moliyaviy, maslahat berish va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlash.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi investorlarga boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ko‘maklashish maqsadida ishni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etadi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning hududiy bo‘linmalari ishlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi, shu jumladan tegishli Davlat xizmatlari markazlari orqali ta’minlaydi.
Ishlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etish quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
mavjud davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha qabul qilish va maslahat berish;
davlat xizmatlarini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda yordamlashish;
elektron raqamli imzoni, elektron arizani va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamlashish;
davlat xizmatlarini olishda investorga davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamrohlik qilish.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda ular ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ko‘maklashadi.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro moliya institutlari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalari investorlarning muammolari va masalalarini hal etish maqsadida o‘z vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha ularga maslahat va axborot yordami ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (bundan buyon matnda Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil deb yuritiladi) investitsiya faoliyati sohasida:
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha investorlarning va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularni hal etish uchun tavsiyalar beradi, shu jumladan mazkur masalada davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilgan holda tavsiyalar beradi;
yuzaga keladigan masalalarni suddan tashqari va sudga qadar tartibda hal etishda investorlarga ko‘maklashadi;
investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
investorga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shu jumladan ularni himoya qilish shakllari va usullariga taalluqli masalalarni tushuntiradi;
investorlarning murojaatlari va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining eshituvlari natijalarini tahlil qiladi;
qonunchilikni tahlil qiladi va investorlarning huquqlarini buzadigan yoki xo‘jalik faoliyatini yuritishni qiyinlashtiradigan normalarni aniqlaydi hamda natijasi bo‘yicha investorlarning buzilgan huquqlarini, erkinliklarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
tegishli davlat boshqaruvi organiga investorlarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashga qaratilgan tavsiyalar kiritadi.
Tavsiyalar olgan davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga tavsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma javob taqdim etadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan investorlarning hamda investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rab oladi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborot mustasno.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
davlat mulki bo‘lgan obyektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;
soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish;
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.
Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:
investitsiyalar hajmiga;
investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;
kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga;
investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.
Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan preferensiyalar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal obyektlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin.
Imtiyozlar va preferensiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonunchilik bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga investitsiyaga oid soliq krediti berilishi mumkin va ushbu kredit soliq majburiyatini bajarish muddatini o‘zgartirish shakli bo‘lib, bunda soliq to‘lovchi bo‘lgan investorga belgilangan muddat ichida ushbu investor to‘lashi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlarini kredit summasini va hisoblangan foizlarni O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq keyinchalik bosqichma-bosqich to‘lagan holda kamaytirish imkoniyati beriladi.
Zarur muhandislik-kommunikatsiya sharoitlarini ta’minlash, shuningdek imtiyozlar berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya preferensiyasi tarzida taqdim etiladigan moliyaviy ko‘mak sifatida investitsiya subsidiyasini berishi mumkin.
Investorga zarur muhandislik-kommunikatsiya sharoitlari shaklidagi investitsiya subsidiyasi investitsiya faoliyati obyektiga olib boriladigan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qurish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Investitsiya subsidiyasi soliq va bojxona imtiyozlari sifatida ham berilishi mumkin.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda investorning investitsiya subsidiyasi berish to‘g‘risidagi arizasini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taklif kiritadi.
Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari quyidagilardan iborat:
investorning shaxsiy mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan chet el banklaridan olingan bank kreditlari;
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalardan ham amalga oshirilishi mumkin.
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qaror investor, tijorat banki, shu jumladan chet el banki tomonidan qabul qilinadi.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari sanitariya-gigiyena, radiatsiyaviy, ekologik, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar bajarilishiga taalluqli qismi bo‘yicha davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining banklar kredit resurslari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tijorat banklari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘zaro kelishuvga ko‘ra qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) beriladigan investitsiya shartnomasini tuzishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati chet ellik investorga investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralarini (imtiyozlar va preferensiyalarni) taqdim etgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi majburiy tartibda tuziladi.
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) har bir aniq holatda quyidagilarga investitsiya qilish chog‘ida taqdim etiladi:
barqaror iqtisodiy o‘sishni, mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or texnologik o‘zgarishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarga;
O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, uning jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyasini ta’minlovchi ustuvor loyihalarga.
Bunda soliqlar va to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar chet ellik investorlar tomonidan tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va bu imtiyozlar muddatsiz xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu modda investitsiya loyihalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida bir tomondan investor va boshqa tomondan investitsiya faoliyati subyektlari, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) berilishini talab qilmaydigan investitsiya shartnomalarining amal qilishini hech qanday tarzda cheklamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari sifatida chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
investitsiyalar obyekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari;
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti;
chet ellik investorning huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish, mahsulotning sifati, tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi, shuningdek qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat to‘g‘risidagi, shaharsozlik to‘g‘risidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi bo‘yicha huquq va majburiyatlari;
chet ellik investorning xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologik normalar bo‘yicha zamonaviy talablarga muvofiq bo‘lgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berishga doir majburiyatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga qo‘shimcha kafolatlar hamda qo‘llab-quvvatlash choralarini (imtiyoz va preferensiyalarni) taqdim etishga doir huquq va majburiyatlari;
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi ustidan texnik nazorat tartibi to‘g‘risidagi axborot;
chet ellik investor tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
taraflarning investitsiya shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi, shu jumladan chet ellik investorga davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, shuningdek investitsiya shartnomasiga muvofiq chet ellik investor o‘z majburiyatlariga rioya qilmaganda yoki lozim darajada rioya qilmaganda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishni bir tomonlama tartibda rad etish huquqi;
o‘zgartirishlar kiritish tartibi;
tugatish tartibi;
investitsiya shartnomasi taraflari o‘rtasidagi investitsiya shartnomasi qoidalari bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi, joyi va nizolarni ko‘rib chiqadigan organ.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab boshqa shartlar, shu jumladan quyidagi shartlar ham bo‘lishi mumkin:
hududning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taraflarning o‘zaro majburiyatlari;
chet ellik investorning shartnoma shartlarini bajarish natijasida ishlab chiqargan, o‘ziga tegishli bo‘lgan mahsulotni va olingan foydasini (daromadlarini) O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi;
chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishchilarni yollash va o‘qitishga doir majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallanganidan so‘ng tashkil etilgan tashkilot xodimlarini o‘qitish bo‘yicha majburiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasida chet ellik investorga uni bozorda ustun mavqega qo‘yadigan mutlaq qoidalar va huquqlar berilishi taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish bo‘yicha taklif kiritish tashabbusi chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish uchun chet ellik investor mustaqil ravishda yoki loyihaning tegishli tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:
investitsiya shartnomasini tuzish va investitsiya faoliyati obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish maqsadi, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mavjud tajriba (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilgan ariza;
investitsiya shartnomasining loyihasi;
vakolatli organlarda qonunchilikda belgilangan hollarda ekspertizadan o‘tgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida bajarilgan biznes-reja loyihasi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilot investitsiya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash, chet ellik investorlarga va (yoki) investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonaga qonunchilikda belgilanganidan qo‘shimcha ravishda kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) berishga taalluqli qismi bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining xulosalarini keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish maqsadida oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ijobiy xulosasi yakunlariga ko‘ra investitsiya shartnomasi chet ellik investor va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali yozma shaklda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan imzolangan investitsiya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ushbu shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari ijrosining monitoringi hamda nazoratini investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasidagi qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralarining (imtiyozlar va preferensiyalarning) amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilish muddati tugagach bekor qilinadi yoxud ushbu moddada belgilangan tartibda bunday muddatning tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan;
bir tomonlama tartibda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar chet ellik investor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi chet ellik investorga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun investitsiya loyihasini to‘xtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi.
Agar chet ellik investor tomonidan yozma xabarnoma olingan paytdan e’tiboran uch oy mobaynida investitsiya loyihasini to‘xtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdimnoma kiritadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xulosasini olganidan keyin chet ellik investorga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin bir tomonlama tartibda bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bekor qilingan taqdirda, chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bo‘yicha berilgan qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli budjetga to‘lanmagan soliqlar va to‘lovlarning summalarini to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzgan chet ellik investorning tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama tartibda bekor qilingan taqdirda, mazkur chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bo‘yicha berilgan qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli budjetga to‘lanmagan soliqlar va to‘lovlarning summalarini to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinganda majburiyatlarni bundan buyon ijro etish ularning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
Davlat faqat chet ellik investorlar bilan tuzilgan, vakolatlari qonunchiligida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar tomonidan imzolangan tegishli shartnomalarda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidangina javobgar bo‘ladi.
Davlat chet el investitsiyalarini jalb etuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, bundan ushbu majburiyatlar davlat tomonidan kafolatlangan hollar mustasno.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.
Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalariga adolatli va teng huquqli rejim taqdim etiladi, ularni to‘liq va doimiy ravishda himoya qilish hamda ularning xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan rejimga nisbatan noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari uchun huquqiy rejim O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning tegishli rejimiga nisbatan noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq iqtisodiyotning hamda aholi sog‘lig‘ini, hayvonot va o‘simlik dunyosini, atrof-muhitni muhofaza qilishning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashning belgilangan sohalariga chet el investitsiyalarini kiritish uchun cheklovlarni yoki taqiqni o‘z ichiga olishi mumkin.
Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan, buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Chet ellik investor ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan huquqlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan, o‘ziga tegishli bo‘lgan ixtirolarni, foydali modellarni va sanoat namunalarini xorijda hamda O‘zbekiston Respublikasida patentlash to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega.
Chet davlatlarning fuqarolari bo‘lgan chet ellik investorlarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishga investitsiyalar kiritgan muassislariga (ishtirokchilariga) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan shartlarda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning muassislari (ishtirokchilari) bo‘lgan chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan shartlarda O‘zbekiston Respublikasidan chiqmasdan muddatini uzaytirish imkoniyati bilan “investitsiya vizasi”ni, ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) esa “investitsiya vizasi” amal qilish muddatiga mos ravishda “mehmon vizasi”ni olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida bo‘lgan chet ellik investorlarga “investitsiya vizasi” turidagi viza O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik investorlarga esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Chet ellik investorlarga “investitsiya vizasi” turidagi vizani va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoxud “investitsiya vizasi”ga ega bo‘lgan chet ellik investorlar hamda ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan teng huquqlar asosida tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida o‘rta va oliy ta’lim olish.
Investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida tegishli ko‘p martalik vizalarni olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida bo‘lish huquqiga ega.
Chet ellik xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularga ta’til berish, ularni pensiya bilan ta’minlash masalalari ushbu xodimlarning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi kerak. Ushbu xodimlarning ish haqi va qonuniy yo‘l bilan olingan boshqa daromadlari qonunda belgilangan soliq va to‘lov to‘langandan keyin ular tomonidan boshqa davlatlarga hech bir cheklovlarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Investor, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona chet ellik xodim uchun pensiya ta’minoti bo‘yicha to‘lovlarni ushbu xodimning doimiy yashash joyi bo‘lgan mamlakatning tegishli fondlariga o‘tkazishi mumkin.
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va xodimlari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatlanish huquqiga ega.
Ayrim cheklovlar, agar erkin harakatlanishga doir bunday cheklovlar qonunda belgilangan bo‘lsa, faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi mumkin.
Investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday sug‘urta tashkilotida sug‘urta himoyasiga bo‘lgan huquqdan foydalanadi. Investitsiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sug‘urtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sug‘urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarni sug‘urtalashni amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Davlat sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi, bundan taraflarning bitimlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Investitsiyalarni sug‘urtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sug‘urta himoyasini hamda kafolatlarini ta’minlaydi:
mulkning rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinishini, shuningdek mulkni olib qo‘yishga yoki uni boshqa shaxsga berishga, uning ustidan yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yo‘qolishiga olib keladigan har qanday qonunchilik yoki ma’muriy choralarni;
chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar joriy etishni;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;
urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga o‘xshash voqealarni;
investorlar va chet el investitsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy va o‘zga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini.
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishi va ularga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlarni ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
ssudalarni chet el valyutasida olish va qaytarish.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalar va boshqa alohida bo‘linmalar tashkil etishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ixtiyoriy asosda uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek amaldagi xo‘jalik birlashmalariga teng huquqli a’zo sifatida kirishi mumkin.
Chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni, ularning sho‘ba korxonalarini, filiallarini hamda boshqa tuzilmalarini, shuningdek xo‘jalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etishga, sotishga, qayta tashkil etishga yoki tugatishga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirishga, ijara shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga doir xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliqlar va to‘lovlar to‘laydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari, shuningdek chet el valyutasini olishning qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan ta’minlanishi kerak. Ularning o‘zini-o‘zi valyuta bilan qoplashi tashkil etiladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar faoliyati doirasida ham ta’minlanishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksport-import operatsiyalarini qonunchilik talablariga rioya etgan holda mustaqil ravishda ama | 53 | 63,846 |
Qonunchilik | Ikkinchi darajali byudjet tashkilotlari uchun byudjet mablagʻlari qisqartirildi | Vazirlar Mahkamasi 21.09.2020 yildagi “2020 yil uchun ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 574-son qarorni qabul qildi.
Qaror bilan Prezidentning 30.12.2019 yildagi PQ-4555-son qarori bilan tasdiqlangan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat tashkilotlari oʻz tasarrufidagi ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari yetkazilishini ta’minlash topshirildi.
2020 yil uchun ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari
Byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarining nomi
mln sumov
Sogʻliqni saqlash vazirligi
3 073 313,8
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
Hukumatga qarashli boʻlmagan "Sogʻlom avlod uchun" хalqaro хayriya jamgʻarmasi
45 007,4
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi
4 234,1
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi
1 459,3
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
261 656,8
Madaniyat vazirligi
609 079,6
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
"Oʻzbekkino" Milliy agentligi
60 643,4
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
66 638,8
shundan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar
722,0
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi
10 400,3
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
623 816,0
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi
4 340,6
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
100 000,0
Vazirlar Mahkamasi
1 422 214,4
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
5 328,2
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi
3 491,8
Davlat test markazi
10 869,6
Oliy attestatsiya komissiyasi
1 009,6
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
55 477,9
Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
3 840,2
Qatagʻon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi
2 097,0
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
18 724,3
shundan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar
8 000,0
Milliy antidoping agentligi
2 319,1
"Nurli jol" va "Ovozi tojik" gazetalari tahririyatlari
1 104,0
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
3 197,3
Davlat personallashtirish markazi
7 693,0
Imom Buхoriy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
4 824,0
"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
1 362,8
Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
131 578,4
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazi
2 057,6
Prezident Administratsiyasi
721 029,0
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
Davlat boshqaruvi akademiyasi
18 012,2
Birinchi Prezident Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi
8 427,8
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
19 222,6
Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi
103 032,4
Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
59 361,4
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
4 770,6
Tibbiyot bosh boshqarmasi
86 912,6
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
111 089,4
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
38 033,9
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
7 940,3
Bosh prokuratura
869 893,3
shundan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari:
Majburiy ijro byurosi
235 819,8
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
108 786,5
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy. | 79 | 4,097 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzod to‘g‘risida. | 94 | 306 |
Qonunchilik | Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ular | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. 3-banddagi “ularning oila a’zolariga” so‘zlaridan keyin “shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila a’zolariga” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarkibi” so‘zi “tartibi” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. 22-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “nogironini” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 27-bandda:
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) xizmat muddatidan qat’i nzar, xizmat (harbiy xizmat) vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador bo‘lish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar”;
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“j) ichki ishlar organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega bo‘lib, shundan 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat (harbiy xizmat) qilgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilari bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi “j1” kichik band qo‘shilsin:
“j1) ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jinoyat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandlari, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, shuningdek, ushbu holatlardan olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar”;
5. 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“36. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida stansionar sharoitda belgilangan tartibda davolanadi”. | 250 | 2,828 |
Qonunchilik | “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida | 1. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumati qarorlarini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zining normativ hujjatlari, shuningdek tijorat banklarining ustavlari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
4. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil № 4, 84-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 107 | 847 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 168-modda:
ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Firibgarlik:
a) ancha miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa”;
uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Firibgarlik:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa”;
2) 169-modda uchinchi qismining “b” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) VII bob quyidagi mazmundagi 641-modda bilan to‘ldirilsin:
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya’ni yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obyektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oz miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, ko‘p bo‘lmagan miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Oz miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan doiradagi, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “64” raqamidan keyin “641” raqami bilan to‘ldirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-386-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 179-modda; 2018-yil, № 7, 433-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor”;
2) 15-moddaning beshinchi xatboshisidagi “tashuvchi xodimlarining” degan so‘zlar “tashuvchining, tashuvchi xodimlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 22-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish transport sohasidagi quyidagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 1-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi. | 102 | 9,637 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI VA UNING RAHBARIYATINING 2002 YILDAGI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning rahbariyatining 2002-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2002-yilda siyosiy, demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirish yuzasidan sobitqadam ish olib bordi. Parlament faoliyati davlatimiz boshlig‘i I. A. Karimov tomonidan ikkinchi chaqiriq parlamentining sessiyalaridagi ma’ruzalarida ilgari surilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida deputatlar tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo‘mitalari va komissiyalarining 2000—2002-yillarga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati ustuvorliklariga, shuningdek ikki palatali parlament tuzish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga muvofiq olib borildi.
Qonunchilik va nazorat-tahlil faoliyatidan tashqari parlament, uning qo‘mitalari va komissiyalari amalga oshirilayotgan ishning mohiyatini va zarurligini tushuntirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarini o‘zgartirish hamda isloh qilishga ko‘maklashuvchi omillarni aniqlashga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazdilar.
Oliy Majlisning qonunchilik faoliyati mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy negizini shakllantirishni davom ettirishga qaratildi. Natijada hisobot davrida mamlakatni bundan buyongi ravnaqi uchun muhim ahamiyatga molik huquqiy hujjatlar turkumi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Parlamentning bo‘lib o‘tgan uchta sessiyasida 20 ta qonun, 54 ta qaror qabul qilindi, 6 ta xalqaro shartnoma va bitim ratifikatsiya qilindi, shuningdek 44 ta qonun hujjatiga 188 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.
Parlament mamlakatning 2003-yilgi Davlat budjetini, shuningdek Davlat budjetining 2001-yildagi, 2002-yilning birinchi choragidagi, birinchi yarim yilligidagi va to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqladi. Davlat budjetining hisobot davridagi ko‘rsatkichlari Oliy Majlis tomonidan belgilangan doirada bo‘ldi. Hukumat tomonidan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotiga yangi investitsiyalarni jalb etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Vazirlar Mahkamasi, shuningdek fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni, shu jumladan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni texnikaviy qayta qurollantirishni amalga oshirish bo‘yicha katta ish olib bordi.
2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlaridan kelib chiqib, mamlakat parlamenti qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari va ustuvorliklarini belgilab oldi. Mamlakat qonun chiqaruvchi oliy organini isloh qilishning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan olg‘a surilgan g‘oyasini hayotga tatbiq etish, shak-shubhasiz, qonun ustuvorligi va aholi turli tabaqalarining fikrlarini keng hisobga olish asosida davlat hokimiyati barcha tuzilmalarining yanada aniqroq faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashadi. Ikki palatali parlament mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyatni mustahkamlaydi, eng muhim davlat masalalarini hal etishda uning rolini oshiradi. Umuman olganda, professional parlamentning faoliyati, eng avvalo, qonun ijodkorligi sifatini oshirishga qaratiladi.
Referendum yakunlarini ro‘yobga chiqarish, hokimiyat barcha tarmoqlari faoliyatining muvozanatini saqlash va ularning o‘zaro samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston parlamenti “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun bundan buyongi o‘zgartirishlarni har taraflama puxta, tub-asosli ravishda amalga oshirish imkoniyatini beradigan normativ negiz bo‘ladi, referendum yakunlarini qonunchilik shaklida mustahkamlaydi hamda kelgusida qabul qilinishi zarur bo‘lgan, o‘zida o‘zgarishlar jarayonini aks ettiradigan yangi qonunlarga nisbatan mutlaqo boshqacha talablar qo‘yadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlarning qabul qilinishi huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida yana bir muhim bosqich bo‘ldi. Mazkur konstitutsiyaviy qonunlarda bo‘lg‘usi parlamentning har ikkala palatasini shakllantirish tartibi, ularning tarkibiy tuzilishi va vakolatlari, qo‘mitalar va komissiyalarni tuzish, qonun loyihalarining o‘tish mexanizmi belgilab qo‘yildi. Ularda kelishuv tartib-taomillari, palatalarning o‘zaro, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa tarmoqlari organlari bilan bo‘ladigan hamkorligi, parlament faoliyatining boshqa masalalari ham tartibga solingan.
Parlament tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonun bugungi kunda ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Bu huquqiy hujjatning mazmun va mohiyati Qurolli Kuchlarni isloh qilishning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan olg‘a surilgan konsepsiyasiga to‘la mosdir. Uni ishlab chiqishda deputatlar milliy manfaatlardan, mintaqadagi va jahondagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatidan, harakatchan, yetarlicha ta’minlangan va yaxshi qurollangan, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni samarali va ishonchli tarzda himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlarni shakllantirish zarurligidan kelib chiqdilar.
Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi shu sohadagi milliy qonun hujjatlarini xalqaro huquqiy normalarga mos holga keltiradi. Kodeksda jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari, shaharsozlik faoliyati subyektlari bo‘lmish pudratchilar, buyurtmachilar va tegishli hujjatlarni ishlab chiquvchilarning huquqiy munosabatlari, ularning huquqlari va burchlari belgilangan. Unda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shaharsozlik sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilgan.
Hujjatda shaharsozlikni boshqarish organlari, shaharsozlik hujjatlariga, muayyan hududlardan foydalanishga, shaharsozlik kadastrini joriy etishga qo‘yiladigan talablar belgilangan, arxitektura va qurilish sohasidagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik, shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti tartibi belgilab qo‘yilgan.
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishini mamlakat statistika tizimini bozor iqtisodiyoti prinsiplariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasida davlat statistikasining tashkil etilishi borasidagi yondashuvlarning jahon amaliyotida qabul qilingan xalqaro standartlar va qoidalar bilan bir xil bo‘lishini ta’minlash zarurligi taqozo etdi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi va amalga kiritilishi 2001-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro valyuta fondi o‘rtasida imzolangan Iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalari bo‘yicha memorandum qoidalaridan birining bajarilishi deb hisoblanadi.
Qonun barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat statistikasi materiallarini tayyorlash chog‘ida amal qiladigan huquqiy asoslarni yaratadi. Hujjat davlat statistikasini tashkil etish tartibini belgilaydi hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini to‘plash, umumlashtirish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Jamiyat va davlatning izchil ilgarilab borishi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi chuqur o‘zgarishlar, fuqarolar siyosiy-huquqiy ongining o‘sishi nodavlat va jamoat institutlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini kuchaytirishni, fuqarolar huquqlari va erkinliklarining zarur kafolatlarini, so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlaydigan demokratik prinsiplarning amalga oshirilishini talab qiladi.
Oliy Majlis demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonunning maqsadi axborot bilan bog‘liq jarayonlarni yanada demokratlashtirish va erkinlashtirishdan, axborot tarqatuvchi vositalarning faoliyatini yaxshilashdan, ularning huquqlarini himoya qilishdan, fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashdan, shuningdek so‘z va axborot erkinligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomillarini takomillashtirish fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati hisoblanadi. Parlament tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida ta’minlashga xizmat qiladi. Unda fuqarolarning murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilgan.
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan boshqa qonunlar ham jamiyatimizning olg‘a qarab borishida katta ahamiyatga ega. Ular orasida parlament hisobot davrida qabul qilgan “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi, “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonunlar bor.
Shuni ta’kidlash kerakki, qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyati O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishning mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida ta’riflab berilgan ustuvorliklari va asosiy yo‘nalishlariga to‘la mos tushadi. Shu jihatdan olganda, parlamentning davlatimiz boshlig‘i tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan Komissiyasi katta ish olib bordi. Oliy Majlisning qarori bilan tuzilgan mazkur Komissiya tarkibiga parlament qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasining bir qancha vazirliklari va idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, jamoat birlashmalarining rahbarlari kiritilgan. Komissiya ishi eng maqbul tarzda tashkil etilishiga erishish maqsadida uning tarkibida mamlakatni rivojlantirishning tegishli ustuvorliklariga muvofiq va hamohang bo‘lgan kichik komissiyalar, xususan mustaqillik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha, iqtisodiy taraqqiyot masalalari bo‘yicha, jamoatchilik institutlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bo‘yicha, sud-huquq islohoti masalalari bo‘yicha, ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha, Qurolli Kuchlarni isloh qilish masalalari bo‘yicha Kichik komissiyalar tuzildi. Kichik komissiyalar mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada kengaytirish konsepsiyalarini hamda ularni amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqdilar.
O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalari bo‘yicha Oliy Majlis komissiyasining ishi mamlakatni yaqin istiqbolda rivojlantirish strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy shart-sharoit yaratishga qaratilgandir. Komissiya a’zolari hisobot yilida qabul qilingan bir qancha qonunlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdilar.
Parlamentning 2002-yildagi qonunchilik faoliyatida ilgari qabul qilingan qonunlarni takomillashtirishga, ularni amalda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va istiqbol rejalariga muvofiqlashtirishga katta e’tibor qaratildi. Ba’zi qonun loyihalari bir nechta qo‘mita va komissiyalar tomonidan birgalikda ishlab chiqildi. Buni mamlakatda iqtisodiy o‘zgartirishlar chuqurlashib borayotganligi va islohotlarning qonunchilik negizini yaratish masalalari parlament tuzilmalarining harakatlarini muvofiqlashtirib borishni dolzarb zaruriyatga aylantirayotganligi taqozosi dyeyish mumkin.
Parlamentning uchta sessiyasida 169 nafar deputat so‘zga chiqdi. Ular tomonidan huquqiy normalarni takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar kiritildi, bu takliflarning aksariyati qonunlarning loyihalarini maromiga yetkazish chog‘ida hisobga olindi.
Qonun loyihalarini tayyorlash uchun mamlakatimizning teran nazariy bilimga va katta amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan yetakchi olimlari va ekspertlarini jalb etgan holda oldindan deputatlar ishchi guruhlari tuzildi. Parlament qo‘mitalari va komissiyalari qonunchilikka taalluqli ish jarayonida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qildilar. Bu borada parlamentning ayniqsa “O‘zbekistonda demokratlashtirish jarayonini rivojlantirishga ko‘maklashish” TASIS loyihasi, Xalqaro notijorat huquq markazi, Soros, K. Adenauer fondlari va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar bilan olib borayotgan hamkorligini alohida ta’kidlash kerak.
Alohida ahamiyatga molik to‘qqizta qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi, ular keyinchalik ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihalari deputatlarga batafsil o‘rganib chiqish, o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarda muhokama qilish uchun oldindan yuborib turildi. Qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan tushgan takliflar ularni maromiga yetkazish chog‘ida inobatga olindi. Sessiyalar muhokamasiga kiritiladigan qonunlarning loyihalarini Oliy Majlis Kengashi o‘z majlislarida muntazam muhokama etib bordi.
Nazorat-tahlil ishlari rejalariga muvofiq Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari o‘tgan yili qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosi ustidan nazorat tartibida 60 ga yaqin masalani ko‘rib chiqdilar. Bunda mamlakatning barcha mintaqalari qamrab olindi, shu zayl joylardagi ishlarning ahvoli haqida keng tasavvurga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keldi.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish natijalari qo‘mitalar va komissiyalarning majlislarida markaziy hamda mahalliy hokimiyat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari, boshqa manfaatdor shaxslar ishtirokida sinchiklab tahlil qilindi va atroflicha muhokama etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ijrosi nazoratga olindi, muhokama yakunlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi.
2002-yilda nazoratning qo‘mitalar va komissiyalar tomonidan avval qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish singari shakli ham ancha keng qo‘llanildi.
Umuman olganda, qo‘mitalar va komissiyalarning hisobot davridagi nazorat-tahlil faoliyati yakunlariga muxtasar baho berib, shuni ta’kidlash kerakki, deputatlar va mutaxassislar joylarda qonunlarning ijrosini tekshirish jarayonida qonunlarning mohiyatini tushuntirish yuzasidan katta ishlar olib bordilar hamda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yordam berdilar. Qonunlarni, shuningdek ularni ijro etish mexanizmini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishchi guruhlari tarkibida tajribali mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etishi amaldagi qonunlarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan asosli takliflar tayyorlash imkoniyatini berdi.
Hisobot davrida xalqaro hamda parlamentlararo aloqalar rivojlanib va mustahkamlanib bordi. 2002-yil mobaynida Oliy Majlisga ellikdan ziyod delegatsiya tashrif buyurdi. Parlamentda xususan BMT Bosh kotibi K. Annan, EXHTning kam sonli millatlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Karl Rolf-Ekeus, Polsha Respublikasi Prezidenti A. Kvasnevskiy, Afg‘oniston Muvaqqat hukumati boshlig‘i H. Karzay va boshqa arboblar qabul qilindi. Oliy Majlisga o‘nta parlament delegatsiyasi tashrif bilan keldi, ular orasida GFR, Niderlandiya, Belgiya, AQSh, Shveysariya va boshqa davlatlar parlamentlarining delegatsiyalari bor. O‘z navbatida Oliy Majlis deputatlari Germaniya, Avstriya, Hindiston va boshqa mamlakatlar parlamentlarining faoliyati bilan tanishdilar, bu esa parlamentlararo aloqalar ko‘lami, parlament ish tajribasini ayirboshlash imkoniyati kengayishiga olib keldi.
Yevropa parlamenti bilan yaqin va amaliy aloqalar o‘rnatilib, munosabatlar kuchayib borayotganligini Oliy Majlis xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri jumlasiga kiritsa bo‘ladi. “O‘zbekiston— Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qo‘mitasining har yili o‘tkaziladigan majlislari bunga dalildir, eng so‘nggi majlis 2002-yil may oyida Strasburgda bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim doirasida ushbu qo‘mita tuzilgan paytdan buyongi uchinchi majlis bo‘lib, unda O‘zbekiston parlamentining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi istiqbollari va uni mustahkamlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.
2002-yil 18-noyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlari a’zolarining uchrashuvi o‘tkazilishi Oliy Majlisning parlamentlararo aloqalarida muhim voqea bo‘ldi. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi parlamentlarining rahbarlari ishtirok etgan bu uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik institutini — “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotiga a’zo mamlakatlar Parlament a’zolari kengashini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Oliy Majlisning xalqaro aloqalari mustahkamlanib borayotganligi parlamentning O‘zbekistondan chetga olib ketilgan va xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha maxsus komissiyasi ishini sezilarli darajada jonlantirdi. Komissiya a’zolari o‘tgan yili Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr va Birlashgan Arab Amirliklariga borib keldilar. Shu yo‘nalishdagi izlanishlar natijasida O‘zbekistonga Kamoliddin Behzodning Navoiy, Nizomiy va Xisrav Dehlaviy asarlariga ishlangan, hozirgi kunda Buyuk Britaniya va Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan durdona miniatyuralaridan, Londondagi Britaniya muzeyidan esa Bobur va boburiylar sulolasi tarixining turli qirralarini aks ettiruvchi rasmlar kolleksiyasi va Buxoro hukmdorlari portretlaridan nusxalar olib kelindi. “Viktoriya va Albert” muzeyidan (Angliya) “Boburnoma”ning eng nodir qo‘lyozmalaridan biridagi miniatyuralardan, shuningdek Boburning 1630 yilda chizilgan portretidan nusxalar keltirildi.
Komissiya a’zolarining Rossiyaga qilgan safarlari chog‘ida xususan Moskva shahridagi fonomateriallar davlat arxivida va Krasnogorsk shahridagi kinofoto davlat arxivida mamlakatimiz tarixiga taalluqli uch mingdan ortiq hujjat topildi.
Shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish parlament rahbariyati, uning qo‘mitalari va komissiyalarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Bunda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga katta e’tibor qaratildi. 2002-yilda Oliy Majlisga 3424 ta yozma murojaat, shu jumladan 334 ta takroriy murojaat tushdi. 2001-yilga nisbatan yozma murojaatlar soni 214 taga ko‘paydi. Xatlarda fuqarolarning mamlakatda va jahonda sodir bo‘layotgan voqealarga qarashlari bayon etilgan, ular mamlakatda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirganlar.
Talaygina xatlarda fuqarolar turli darajadagi sudlarning qarorlariga rozi emasliklarini izhor etganlar, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar xodimlarining qonunga xilof xatti-harakatlari (xat mualliflarining fikricha) ustidan shikoyat qilganlar. Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tuzish chog‘idagi qonuniylik buzilayotganligi, kommunal xizmatlar o‘z majburiyatlarini bajarmayotganligi, natijada fuqarolarning xonadonlariga issiqlik va ichimlik suv yetkazib berish ta’minlanmayotganligi munosabati bilan ko‘pgina shikoyatlar tushdi. Xatlarning talay qismi Toshkent shahridan, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan tushganligini ham ta’kidlab o‘tish joizdir.
Parlament vakolatiga taalluqli murojaatlar Oliy Majlis rahbariyati tomonidan, qo‘mitalar va komissiyalarda ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan fuqarolarni qabul qilish Oliy Majlisda ham, saylov okruglarida ham o‘tkazildi. Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati ko‘rib chiqish uchun tegishli hokimliklar, sudlar, prokuratura organlari, vazirliklar, idoralar va boshqa vakolatli organlarga yuborildi. Ana shu murojaatlar bilan joylarda qanday ish olib borilayotganligi deputatlarning doimiy nazorati ostida bo‘ldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga 2002-yilda fuqarolardan 5130 ta murojaat tushdi. 871 ta murojaat yuzasidan og‘zaki tushuntirish va maslahatlar berildi, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzish hollari bilan bog‘liq 1450 ta murojaat nazoratga olindi, bundan 250 tasi ijobiy hal etildi. Fuqarolarning qolgan murojaatlari ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organlariga yuborildi.
Ombudsman va uning vakillari joylarga chiqib, arizachilar bilan qirqdan ziyod uchrashuv o‘tkazdilar. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari, ekspert kengashi a’zolari, shuningdek Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining mintaqaviy vakillari 35 ta jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud protsessining borishini Ombudsman vakili sifatida kuzatib bordilar.
O‘tgan yili Ombudsman mintaqaviy vakillari instituti ishida faollik yanada oshdi. Bu mahalliy hokimiyat organlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan, shuningdek mazkur institutning tarkibiy shakllanishi amalda poyoniga yetkazilganligi bilan bog‘likdir.
Oliy Majlisning qo‘mitalari va komissiyalarida amaldagi Qonun hujjatlari monitoringi xalqaro huquqiy normalar o‘rganilgan holda muntazam olib borilmoqda, boshqa mamlakatlardagi parlamentarizm tajribasi tahlil qilinmoqda, mamlakat qonun chiqaruvchi oliy organi faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-axborot ma’lumotlari bazasi yaratilmoqda. Xalqaro hujjatlarning ko‘pchilik o‘rganib chiqishi va foydalana olishini ta’minlash maqsadida Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar hamda Dyemakratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalari hamda Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra BMTning inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalari, EXHTning insoniylik mezonlari bo‘yicha hujjatlari hamda Jeneva konvensiyalari o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uchta to‘plam tarzida chop etildi.
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringini olib borish bilan bog‘liq ishlarga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar va idoralardan, shuningdek chet el tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalaridan yetakchi olimlar va ekspertlar jalb etilmoqda. Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti xodimlari bu ishda deputatlarga muayyan darajada yordam ko‘rsatib kelmoqdalar. Hisobot davrida ular o‘nta qonun loyihasi bo‘yicha ekspert xulosalari berdilar va oltita qonun loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etdilar.
O‘tgan yili Institutda qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishga hamda qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishga olimlar va yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ko‘proq jalb etildi.
Amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llanish amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, bunday hujjatlarning samaradorligini aniqlash va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini belgilash Institut faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Institut tomonidan amalga oshirilayotgan tahliliy ishlarning natijalari hamda shu asosda qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llanish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan tayyorlangan takliflar xodimlarning ilmiy ishlarida va ularning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarida o‘z aksini topdi.
Hisobot yilida Institut xodimlari tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi normalarini xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan liberallashtirish hamda muruvvat ko‘rsatish nuqtai nazaridan tahlil qilish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirildi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining turli xalqaro shartnomalar, bitimlar va konvensiyalarga qo‘shilishi maqsadga qanchalik muvofiq ekanligi to‘g‘risida o‘n bitta xulosa tayyorlandi.
2002-yilda Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari kuchaytirildi, qirqqa yaqin ilmiy ish nihoyasiga yetkazildi, ularning aksariyati e’lon qilindi. Institut xodimlari qirqdan ziyod ilmiy va ilmiy-amaliy seminarlarda hamda konferensiyalarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida va uning hududidan tashqarida o‘tkazilgan ana shunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etdilar. Ular 35 ta teleko‘rsatuv va 20 ta radio eshittirishda qatnashdilar, ommaviy axborot vositalarida ular tomonidan tayyorlangan qirqdan ziyod maqola e’lon qilindi.
Mahalliy hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko‘rsatish hisobot davrida muntazam tus oldi. Oliy Majlis turli darajadagi xalq deputatlari Kengashlariga ular davlat hokimiyatining vakillik organlari vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishlarida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatdi.
Oliy Majlis Kengashi hisobot davrida 9 ta, qo‘mitalar va komissiyalar 98 ta majlis o‘tkazdilar. Kengash qo‘mitalar va komissiyalarning o‘zaro hamjihatlikda ishlashini, ustuvor vazifalarni amalga oshirishda ularning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minladi.
Hisobot yilida siyosiy partiyalar deputatlar fraksiyalari hamda hokimiyat vakillik organlaridan va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloklari o‘z faoliyatlari mobaynida qonun loyihalarini va boshqa hujjatlarni navbatdagi sessiyalar muhokamasiga kiritish, bunday hujjatlar yuzasidan kelishilgan nuqtai nazarni ishlab chiqish, parlament sessiyalarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni izchil ko‘rib bordilar. Bu esa qonun loyihalarini tayyorlash ishlari sifatini va deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Hisobot davrida qo‘mitalar va komissiyalar tomonidan 100 dan ziyod konferensiya, davra suhbati, seminar va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. Ular, qoida tariqasida, vazirliklar va idoralarning, turli nohukumat tashkilotlarining vakillari, mamlakatimiz va chet el yetakchi olimlarining, tegishli ixtisoslikdagi ekspertlarning ishtirokida o‘tkazildi va keng ijtimoiy aks sado berdi.
Masalan, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Matbuot va axborot qo‘mitasi bilan birgalikda “Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi, faoliyati va istiqboli bilan bog‘liq masalalar” mavzuida konferensiya o‘tkazdi, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi hamda Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi bilan birgalikda “Xalqaro shartnomalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolari”, “O‘zbek tili va qonunchilik muammolari” mavzuida seminarlar, Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi “Kuchli ijtimoiy muhofaza — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi” mavzuida konferensiya, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi “Keksa avlodga munosabatning huquqiy va siyosiy asoslari” mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazdi. Bu va boshqa tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining qonunchilik, nazorat-tahlil va boshqa yo‘nalishlarini takomillashtirish, hokimiyat va boshqaruv organlariga, jamoat tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish, jamiyat hayotining tegishli sohalaridagi ishlarning ahvolini yaxshilash maqsadida amalga oshirildi.
Parlamentning hisobot yilidagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi. Bu Oliy Majlis sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha deputatlar ishchi guruhlari, qo‘mitalar va komissiyalar, Kotibiyatning Matbuot va tarjimalar bo‘limi qizg‘in faoliyatining in’ikosidir. 2002-yilda faqat markaziy ommaviy axborot vositalarining o‘zida Oliy Majlisning ishi bilan bog‘liq 600 dan ortiq maqola va materiallar e’lon qilindi.
O‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar tahliliga tayanib ana shu davrda parlament oldiga qo‘yilgan vazifalar asosan bajarildi deb xulosa chiqarish mumkin.
2003-yilda Oliy Majlis mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning parlamentning to‘qqizinchi sessiyasidagi dasturiy ma’ruzasida belgilangan ustuvorliklardan kelib chiqqan holda islohotlarni, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirilishini huquqiy jihatdan ta’minlash ishlarini yanada izchil davom ettiradi. | 114 | 28,689 |
Qonunchilik | DANIYADA BO‘LIB O‘TGAN ERKIN VA YuNON-RUM KURAShLARI BO‘YIChA JAHON ChEMPIONATIDA YuKSAK NATIJALARNI QO‘LGA KIRITGAN SPORTChI VA MURABBIYLARDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASh TO‘G‘RISIDA | Erkin va yunon-rum kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga hamda o‘zbek sport maktabi an’analarini yanada yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
Yurtimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirishga, mamlakatimizda iste’dodli yosh sportchilarni tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazishdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: | 180 | 581 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 136 | 592 |
Qonunchilik | ShO‘RTAN GAZ-KIMYo KOMPLYeKSI QURILIShINI JADALLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasini importning o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash uchun polietilen va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi joriy yilda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 2000 yil oxirida foydalanishga topshiriladigan Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishiga tayyorgarlik ishlarini, 1998 yil yanvar oyidan boshlab esa qurilish ishlarini boshlasin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
kompleksning texnik-iqtisodiy asoslanishi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ko‘rib chiqilgan va respublika Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda «Stoun va Vebster» (AQSh-Angliya) mustaqil injiniring firmasi tomonidan ekspertiza qilingan;
«ABB Lummus Global» (AQSh), «Nisho Ivai» va «Mitsui» (Yaponiya)dan iborat tarkibdagi konsorsium tomonidan kompleksning bazaviy loyihasini ishlab chiqish tugallangan va «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasiga tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalash va qurish uchun asos bo‘luvchi ma’lumotlar berilgan;
«O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi tomonidan asosiy texnologik jarayonlarga litsenziyalar sotib olingan;
loyihalashtirish, asbob-uskunalar etkazib berish, qurilish montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari, kompleksning texnologik qismi bo‘yicha ularni loyiha quvvatlariga chiqarish sharti bilan qurilmalarni ishga tushirish konsorsium tomonidan foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida bajariladi;
AQSh va Yaponiyaning eksport-import banklari, Germaniyaning eksport-kredit agentligi (Hermes) tomonidan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha uzil-kesil majburiyatlar 1997 yil oxirigacha beriladi;
respublikaning loyihalash tashkilotlari tomonidan tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalashtirish boshlangan;
«O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi tomonidan kompleksning texnologik qismi qurilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida loyihani mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha asosiy kontrakt va kredit bitimlari rasman kuchga kirgunga qadar loyihalashtirishni davom ettirish va uzoq muddatda tayyorlanadigan asbob-uskunalarga buyurtmalarni joylashtirish to‘g‘risida konsorsium bilan ahdlashuvga erishilgan.
3. Quyidagilar:
«O‘zbekneftgaz» korporatsiyasining «O‘zbekneftgazqazibolish» davlat-aksiyadorlik birlashmasi Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishining bosh buyurtmachisi;
respublika qurilish tashkilotlari subpudratchilar sifatida jalb qilingan holda «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasining «O‘zbekneftgazqurilish» birlashmasi va «O‘zsuvqurilish» konserni kompleks qurilishi bo‘yicha bosh pudratchilar, texnologiya qismidan, shuningdek tashqi energiya ta’minoti va temir yo‘l transporti ob’ektlaridan tashqari;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashqi energiya ta’minoti ob’ektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi va bosh pudratchi (bosh buyurtmachi mablag‘lari hisobiga);
«O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi inshootlar bilan birgalikda temiryo‘l transporti ob’ektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi (bosh buyurtmachi mablag‘lari hisobiga), «O‘zbektransqurilish» uyushmasi bosh pudratchi;
respublika va MDH mamlakatlarining loyiha institutlarini subpudrat shartlarida jalb qilgan holda «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasining O‘zbekiston neft va gaz ilmiy-tadqiqot loyihalashtirish instituti kompleks bo‘yicha, texnologik qism bundan mustasno, «Toshboshrejalar» ilmiy-tadqiqot loyihalashtirish instituti turarjoy shaharchasi bo‘yicha bosh loyihalashtiruvchilar etib belgilansin.
4. «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi respublikaning tegishli vazirliklari va idoralarini hamda xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda «ABB Lummus Global», «Nisho Ivai» va «Mitsui»dan iborat tarkibdagi konsorsiumning loyihalashtirish, asbob-uskunalar etkazib berish, qurish, ishga tushirish-sozlash va kompleksning texnologik qismini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida ishga tushirish kontrakti bo‘yicha takliflarini bir oy muddatda ko‘rib chiqsin.
6. «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi «ABB Lummus Global», «Nisho Ivai» va «Mitsui»dan iborat tarkibdagi konsorsium tomonidan kontrakt shartlari bajarilishi bo‘yicha yuridik, moliyaviy-iqtisodiy va muhandislik-texnika nazorati xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan xorijiy firmalar bilan belgilangan tartibda kontraktlar tuzsin.
8. «O‘zsanoatqurilishbank»ka va boshqa tijorat banklariga 1997 yilda va 1998 yilning I yarim yilligida Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini ishchi chizmalarga asosan amalda bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash tavsiya qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangandan keyin kompleks qurilishini 1998 yilning va keyingi yillarning investitsiya dasturiga kiritsin.
10. «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasiga kompleks qurilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida «ABB Lummus Global», «Nisho Ivai» va «Mitsui»dan iborat tarkibdagi konsorsium bilan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha asosiy kontrakt va kredit bitimlari kuchga kirgunga qadar loyihalashtirishni davom ettirish va uzoq muddatda tayyorlanadigan asbob-uskunalarga buyurtmalarni joylashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashga ruxsat berilsin.
11. Kompleks qurilishida bevosita band bo‘lgan xodimlarning barcha toifalari uchun cho‘l sharoitida va suvsizlikda ishlaganlik uchun ish haqiga 1,7 koeffitsiyent hamda lavozim maoshlari va tarif stavkalariga 30 foiz miqdorida ustama belgilansin.
12. Qashqadaryo viloyati hokimligi «O‘zbeksavdo» uyushmasi va «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasining «Neftgazta’minot» birlashmasi bilan birgalikda kompleks qurilishiga jalb qilingan xodimlarning joylashtirilishini va ularning ovqatlantirilishini ta’minlasin, ular uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H.Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 69 | 6,111 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonning oʻrta shaharlarini rivojlantirishga - $100 mln | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” dastlabki loyihasini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollari ajratadi.
Qarzni soʻndirish muddati – 30 yil, jumladan 5 yillik imtiyozli davr. Davlatimizning loyihaga hissasi soliq va bojхona imtiyozlari, shuningdek, koʻchib oʻtish boʻyicha хarajatlarni qoplash koʻrinishida ekv. 24,12 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari - Yangiyoʻl (Toshkent viloyati), Kogon (Buхoro viloyati) va Chortoq (Namangan viloyati). Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishga tushiriladigan ob’yektlar “Yoʻl хaritasi”da koʻrsatilgan (e’lon qilinmagan, tahr.).
Loyihani amalga oshirish uchun maхsus ishchi guruhi tashkil etildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Toshkent shahrida loyihani amalga oshirish boʻyicha bosh guruhni va tajriba-sinov shaharlarida loyihani amalga oshirish boʻyicha hududiy guruhlarni tashkil etadi. Idora Jahon bankining ijtimoiy va ekologik himoyalash tamoyillarini hisobga olgan holda, loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvalida ehtimoliy oʻzgarishlar yuz berishi munosabati bilan ishlarni tashkil etishda hadli yondashuvni ta’minlaydi.
Loyihani amalga oshirish davrida quyidagilar:
Oleg Zamanov. | 62 | 1,264 |
Qonunchilik | MHXSni joriy etish - buхgalterlik vazifasi emas | Korхonada MHXSni joriy etgan holda nimadan boshlash lozim va muqarrar nimaga duch kelishga toʻgʻri keladi? Ushbu va boshqa savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega amaliyotchi Oksana OGNEVChUK (CIPA, DipIFR) javob berdi:
- Qanday tashkilotlar hozirning oʻzida MHXSni joriy etishlari zarur?
- 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarorda aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashlari kerakligi aytilgan. Davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari esa MHXSga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan har yili tasdiqlanishi va oʻzining saytida e’lon qilinishi kerak boʻlgan jadval asosida oʻtadi. Oʻrni kelganda aytish joizki, 2021 yil uchun davlat ulushi boʻlgan korхonalarning bunday roʻyхati u yerda e’lon qilingan.
Bundan tashqari, Farmon buхgalteriya хizmatlari shtatini хalqaro dasturlar boʻyicha sertifikatlangan mutaхassislar bilan ta’minlash zarurligi toʻgʻrisida talabni saqlaydi. Yoki, bunday dasturlar doirasida kamida "MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganlar.
- Koʻp kompaniyalar oʻtgan yili MHXSga oʻtishga tayyorgarlik koʻrishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar jumlasida oʻz buхgalterlarini oʻqishga yuborishdi. Biroq bunday kurslarni tugatgan mutaхassislarning soʻzlariga binoan, tashkilotda MHXSni joriy etishni mustaqil ravishda tashkil etish uchun bu yetarli emas.
- Faqat birgina buхgalterlarni oʻquv fan kurslariga yuborish MHXSni joriy etish kabi har bir korхona uchun bunday kompleks loyihani amalga oshirishni ta’minlashi mumkin emasdi. Bu aslida buхgalterlik vazifasi emas. Buхgalterda, hatto - bosh buхgalterda bunday vazifani hal qilish uchun shunchaki ma’muriy resurslar yetishmaydi.
MHXS asosida hisobotni tuzish - bu faoliyat buхgalteriya hisobi oʻrniga emas, balki unga qoʻshimcha faoliyat. Bu - eng yuqori malaka va lozim darajada bilim va koʻnikmalar talab qilinadigan professional хizmatlarning iхtisoslashgan sohasidir.
MHXS asosida hisobot beruvchi korхonalarda odatda maхsus boʻlinmalar - buхgalteriya hisobida aks ettiriladigan хoʻjalik operatsiyalari va iqtisodiy hodisalar toʻgʻrisida aхborot yigʻish qismida buхgalteriya uchun oʻziga хos “buyurtmachilar” mavjud boʻladi. Bunday boʻlimlar хodimlari natijada hisobotga kiritish uchun barcha zarur narsalarni toʻplash mumkin boʻlishi uchun ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash qoidalarini oʻrnatadilar. Hisob siyosatiga kiritilgan barcha ushbu qoidalar va talablar hisobning metodologiyasini tashkil etadi.
Biroq sertifikatlash dasturlarida ishtirok etish, shubhasiz, malakani oshiradi. Va albatta, faqat bitta fanda toʻхtab qolish ma’qul emas. Sertifikatlash dasturlariga kiritilgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha bilimlar zamonaviy buхgalterlik kasbida sifatli mustaqil ishlash uchun zarur.
“MHXSni joriy etish” loyihasiga kelsak, agar uni faqat eng yuqori darajadagi rahbarlar boshqarsa, u muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Asosiy manfaat oluvchilar sifatida - mulkdorlar ham.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing. | 47 | 3,314 |
Qonunchilik | Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005-yil 14-dekabrdagi 105-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1539, 2006-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-son ilovadan “M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 2-son ilovada:
“Bosh buxgalter (buxgalter)” degan so‘zlar “Buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. | 101 | 1,130 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Elektron dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-892-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
2. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi QL-880-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-894-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2061-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-915-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-916-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-919-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
7. “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-923-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimovga “O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 26-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida”gi 1779-IV-sonli Qaroriga o‘zgartish kiritish haqida. | 94 | 2,216 |
Qonunchilik | “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
2) 17-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) VIII bo‘limning nomi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 50-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarga litsenziyalar berish haq evaziga, Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi kerak.
Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi”;
5) 51-moddaning:
birinchi qismi uchinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “va mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “va kredit uyushmalarining” degan so‘zlar “kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “va mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 53-moddaning to‘rtinchi qismi “Kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 247 | 3,303 |
Qonunchilik | Tashqi savdo boʻyicha aniqlashtirilgan statistika – yilda bir marta | Davlat va bojхona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (15.04.2019 yilda 1717-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).
Tovarlar tashqi savdosi ma’lumotlari bazasi boʻyicha ma’lumotlarni (TIF TNning 10 ta belgisi boʻyicha, tashqi savdo bojхona statistikasining me’yoriy hujjatlarini hisobga olgan holda) taqdim etish davriyligi oʻzgardi. Ushbu ma’lumotlarni DBQ va Davstatqoʻm taqdim etadi.
Ilgari har oyning 15-sanasida aniqlashtirilgan ma’lumotlar yuborilar edi. Endi – har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha. Tezkor ma’lumotlarni taqdim etish tartibi oʻzgarmadi – hisobot davridan keyingi har oyning 7-sanasigacha.
Hujjat bilan boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, DBQning har chorakda tovarlar tashqi savdosi boʻyicha bojхona aхborotnomasini nashr etish majburiyati bekor qilindi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 67 | 1,020 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2015-yil 15-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi;
2015-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Namangan viloyatining Namangan shahri va Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi;
2015-yil 19-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”gi;
2015-yil 19-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”gi;
2015-yil 19-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 92 | 1,298 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2006-YIL 26-OKTaBRDAGI 218-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ISh | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarorining 1-bandidagi “15525” raqami “18630” raqami bilan almashtirilsin. | 249 | 433 |
Qonunchilik | DONNI SAQLASh, QURITISh, TOZALASh, TAShISh VA QAYTA IShLASh JARAYoNIDAGI KAMAYISh VA YO‘QOTIShLARNI QOPLASh UChUN MOLIYAVIY ZAXIRANI ShAKLLANTIRISh VA UNDAN FOYDALANISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 191-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 191-modda) qaroriga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom davlat ehtiyojlari uchun donni xarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) tatbiq etiladi. Ushbu korxonalar tarkibiga don qabul qilish korxonalari, elevatorlar, un-yorma yanchadigan va boshqa korxonalar ham kiradi.
2. Sotib olish, joylashtirish va saqlash jarayonida don doimiy ravishda namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha o‘z sifatini o‘zgartiradi, bu esa uning fizik og‘irligi yo‘qotilishiga olib keladi. Donning og‘irligini yo‘qotilishi, shuningdek quritish, tozalash, ishlov berish va tayyor mahsulotni qayta ishlashda ham yuzaga keladi.
3. Donning fizik og‘irligidagi o‘zgarishlar miqdori, asosan inventarizatsiya, shuningdek ishlab chiqarish hamda saqlash joylarini tozalash vaqtida aniqlanadi. Bunda yo‘qotishlar faqatgina donning butun partiyasi sarflab bo‘linganidan va tozalash dalolatnomalari vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin hisobdan chiqarilishi mumkin.
4. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini, shuningdek donni qabul qilish, tozalash, ishlov berish, saqlash, tizim ichida boshqa joyga o‘tkazish va sotish bo‘yicha xarajatlarni bir me’yorda shakllantirish maqsadida don mahsulotlari korxonalarining don qabul qilish faoliyati bo‘yicha ushbu Nizomga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida yuzaga keladigan kamayishlari va yo‘qotishlarini qoplash uchun moliyaviy zaxirasi tashkil etiladi.
5. Moliyaviy zaxirani shakllantirilishi va foydalanilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobotida aks ettirish uchun alohida 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” balans hisob raqami ochiladi. Ushbu hisob raqam don va don mahsulotlarini hisobga olish (1000, 2900) hisob raqamlariga qarshi kontraktiv hisob raqam hisoblanadi va moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) don va don mahsulotlarining qiymati hisobga olinadigan hisob raqamlardagi balans qiymatini korrektirovka qilish uchun xizmat qiladi. Mazkur hisob raqamning debet qoldig‘i summasiga don va don mahsulotlarining balans qiymati ko‘payadi, kredit qoldig‘i summasiga esa kamayadi.
6. Moliyaviy zaxirani shakllantirish manbalari bo‘lib:
a) davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishda donning haqiqiy sifat ko‘rsatkichlarini bazis konditsiyalaridan farqiga pul ko‘rinishida hisoblanadigan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga hisoblanadigan natura va pul ko‘rinishidagi chegirmasi;
b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan donni saqlash, quritish, tozalash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yo‘qotishlarning hisob-kitobi;
v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida boshqa don mahsulotlari korxonalaridan olingan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha chegirmalar;
g) yuklab jo‘natilayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha ustamalar hisoblanadi.
7. Moliyaviy zaxira mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
a) davlat ehtiyoji uchun donni sotib olish vaqtida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga to‘lanadigan natura holidagi (donning fizik va hisobga olingan og‘irligi o‘rtasidagi farqlar) va pul ustamalarini to‘loviga;
b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga yomonlashgan sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan donni saqlash va tashish jarayonidagi fizik og‘irligi oshganligining hisob-kitob summasini qoplashga;
v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida olingan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi bo‘yicha pul ko‘rinishidagi hisoblangan, yuklab jo‘natuvchi tomonidan donning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanganda taqdim etiladigan donning yo‘qotilishi va kamayishiga hisoblanadigan ustama hisob-kitob summasini qoplashga;
g) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida yuklab jo‘natilayotgan haqiqiy hajmdagi donning sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namligi va iflosligi aralashmasi bo‘yicha chegirmalarni berishga;
d) mexanizatsiyalashgan usulda donga ishlov berish (tozalash) vaqtida donning yo‘qotilishi va kamayishini qoplashga;
e) belgilangan tartibda tasdiqlangan barcha tugallangan don partiyalarini tozalash dalolatnomalari bo‘yicha haqiqatda aniqlangan donning yo‘qotilishi va kamayishini qoplashga.
8. Natura holidagi ustamalar yoki chegirmalar (bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha tegishlicha farqi) miqdori hisobiga oshgan yoki kamaygan donning fizik og‘irligi, belgilangan sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlari bo‘yicha to‘lanadigan va kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishni bajarish hisobiga o‘tkaziladigan hisobga olish og‘irligi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga pul ko‘rinishida hisoblanadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaxirani shakllantirish (foydalanish), donning fizik og‘irligi va uning hisobga olingan og‘irligi o‘rtasidagi farqni belgilangan (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlar bo‘yicha qiymatini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Korxonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, ya’ni namlik va ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlari bazis normalaridan past bo‘lgan har bir foizi uchun fizik og‘irlikka natura holidagi ustamalar qo‘yiladi hamda aksincha namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori bo‘lgan har bir foizi uchun fizik og‘irlikdan natura holidagi chegirmalar qo‘llaniladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarining yig‘indisi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
9. Pul ko‘rinishida hisoblanadigan, pullik chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaxirani tashkil qilish (foydalanish) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilinayotganida sotib olish narxlariga chegirmalar (ustamalar) qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
10. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish maqsadida donning sifat ko‘rsatkichlari bazis tayyorlov konditsiyalari normalari tegishli davlat standartlari bilan belgilanadi. Namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan past bo‘lgan har bir foizi uchun haqiqiy og‘irlikka natura holidagi ustamalar qo‘yish hamda namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori bo‘lgan har bir foizi uchun haqiqiy og‘irlikdan natura holidagi chegirmalar berish miqdorlari, shuningdek boshqa sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) bo‘yicha bazis normalaridan farqlar bo‘lganida narxga ustamalar qo‘yish yoki chegirmalar berish miqdorlari “Donni qabul qilish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (2000-yil 20-iyun, ro‘yxat raqami 936) muvofiq belgilanadi.
11. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish, donni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).
12. Donning sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi natijasida kamayishlar va yo‘qotishlar miqdori amalda omborxonalar, ishlab chiqarish sexlari (uchastkalari)ni inventarizatsiya qilish va tozalash vaqtida aniqlanadi. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlarini teng miqdorda shakllantirish maqsadida donni saqlash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonidagi kamayishlar va yo‘qotishlarni omborxonalar va boshqa saqlash joylarini inventarizatsiya qilish va tozalash natijalari bo‘yicha emas, balki donni ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi bilan xarajatlarni hisobga olish hisob raqamiga o‘tkazish lozim. Tegishlicha, qayta ishlashga yuborilgan donga tegishli bo‘lgan, donni saqlash va tashish jarayonidagi yo‘qotishlar va kamayishlarning hisob-kitob qiymatini hisobga olish (ulgurji-sotish) narxida aniqlash lozimdir. Bu qiymat ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bo‘yicha tegishli hisob raqamga o‘tkaziladi va bir vaqtning o‘zida moliyaviy zaxira tashkil qilinadi.
13. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yo‘qotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda, dastlabki ma’lumotlar sifatida don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda xaridorlarga yuklab jo‘natishni hisobga olish jurnallaridagi va miqdor-sifatni hisobga olish kitoblarida (36-son shakl) qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati, namlik va iflosligi aralashmasi bo‘yicha o‘rtacha darajadagi sifat ko‘rsatkichlari xizmat qiladi.
14. Sifati o‘zgarishidan kelib chiqib, qayta ishlashga yuborilgan yoki sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning og‘irligi asosli holda o‘zgarganligini aniqlash uchun moliyaviy zaxira summasini shakllantirish (foydalanish)da quyidagilarga amal qilish lozim:
a) namlik pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning og‘irligidagi kamayishlar miqdori qayta ishlashga yuborilgan donning kirim qilinishi va sarflanishi bo‘yicha namlik ko‘rsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula bo‘yicha qayta hisoblanadi:
X — og‘irlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;
a — kirim qilinishi bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %da;
b — sarflanishi bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %da;
b) yaroqli va yaroqsiz chiqitlarni hisobga olish dalolatnomalari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan ifloslik aralashmasi pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning og‘irligidagi kamayishlar miqdori kirim qilish va sarflash bo‘yicha ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula bo‘yicha qayta hisoblanadi:
U — og‘irlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;
v — kirim qilinishi bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %da;
g — sarflanishi bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %da;
d — namlik pasayishidagi kamayishlar miqdori ushbu bandning “a” kichik bandida keltirilgan formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan %da.
15. Namligi va iflosligi aralashmasi o‘zgarishidan kelib chiqib, donning og‘irligidagi kamayishlarni hisoblab chiqarish bo‘yicha bu ikki formula qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish vaqtida donning hisobga olish og‘irligini aniqlash uchun qo‘llanilmaydi.
16. Donni qayta ishlashda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korxonalaridan) donni natura holida va pul chegirmalari hisobiga sotib olish (kelib tushish) vaqtida hosil bo‘lgan moliyaviy zaxiraning foydalanilmay qolgan qismini qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmi bo‘yicha, bir vaqtning o‘zida donning tannarxini kamaytirish bilan to‘g‘rilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil bo‘lgan moliyaviy zaxira to‘liq foydalanilmasligi mumkin. Bunda, donni sotib olish vaqtida ushbu qayta ishlanayotgan don partiyasi bo‘yicha tashkil qilingan moliyaviy zaxiraga nisbatan ishlov berish natijalari bo‘yicha donning qiymatidagi yo‘qotishlar kam bo‘ladi.
17. Qayta ishlashga yuborilgan donning og‘irligi uning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligini aniqlash va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) bo‘yicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish bo‘yicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
18. Agarda donni tizim ichida qayta joylashtirish bo‘yicha yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq, olingan donning haqiqiy hajmidagi sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblab chiqiladigan, yetkazib beruvchi tomonidan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) taqdim qilinishi (berilishi) nazarda tutilgan bo‘lsa, moliyaviy zaxira natura holidagi chegirmalar taqdim qilinadigan yoki ustamalar qo‘shiladigan dastlabki hisobga olish hujjatlari asosida tashkil etiladi va foydalaniladi.
19. Tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sanoat va don qabul qilish korxonalari tomonidan keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun don yuklab jo‘natish vaqtida sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblab chiqiladigan, taqdim qilinadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tuziladigan yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq belgilanadi. Tizim ichida tashish vaqtida natura holidagi chegirmalar berish yoki ustamalar qo‘yish maqsadida sotib oluvchiga yuklab jo‘natilgan donning og‘irligi o‘zgarishini ularning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli ekanligini aniqlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
20. Sotib oluvchiga tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sotilgan (yuklab jo‘natilgan) don bo‘yicha yaxshilangan sifat ko‘rsatkichlari (sotish (yuklab jo‘natish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlari kirim qilish vaqtidagidan yoki donga ishlov berishdan keyin yuqori bo‘lsa) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblab chiqiladigan natura holidagi ustamalarni taqdim qilish vaqtida donni saqlash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yo‘qotishlarni qoplash uchun taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga moliyaviy zaxira tashkil qilinadi. Agarda donni sotish (yuklab jo‘natish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi ko‘rsatkichlari u kirim qilinganidan yoki unga ishlov berilganidan keyingi ko‘rsatkichlarga nisbatan past bo‘lsa, donning yaxshilangan sifat ko‘rsatkichlari farqlari bo‘yicha sotib oluvchiga taqdim qilingan natura chegirmasi summasiga moliyaviy zaxiraning miqdori kamayadi.
21. Donni sotish (yuklab jo‘natish) vaqtida, sotilayotgan (yuklab jo‘natilayotgan) donning haqiqiy hajmi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korxonalaridan) donni sotib olish (kelib tushish) vaqtida natura holida va pul chegirmalari hisobiga hosil bo‘lgan moliyaviy zaxiraning foydalanilmay qolgan qismini, bir vaqtning o‘zida donning sotilish tannarxini kamaytirish bilan to‘g‘rilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil bo‘lgan moliyaviy zaxira to‘liq foydalanilmasligi mumkin, masalan:
a) normativ ko‘rsatkichgacha tozalanmagan yoki umuman tozalanmagan don partiyasi yuklab jo‘natilsa;
b) ishlov berish natijalari bo‘yicha donning qiymatidagi yo‘qotishlar ushbu donni partiyasi bo‘yicha uni sotib olish vaqtida tashkil qilingan moliyaviy zaxiraga nisbatan kam bo‘lsa.
22. Qayta ishlashga yuborilgan donning og‘irligini aniqlash uning sifati o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligi va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) bo‘yicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish bo‘yicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
23. Moliyaviy zaxira, shuningdek ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berishdan keyin olingan asosiy mahsulotlar (sifatli don), qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlarning hisobga olish narxi bo‘yicha qiymati o‘rtasidagi farqlar summasini qoplash uchun ishlatiladi. Bunda, donning fizik og‘irligini kamayishiga sabab bo‘lgan ishlov berish natijalari bo‘yicha kamayishlar va yo‘qotishlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Moliyaviy zaxira hisobidan qoplanadigan yo‘qotishlar summasi ishlov berishga hisobga olish (ulguji-sotish) narxlarida topshirilgan donning qiymati, shuningdek ishlov berishdan olingan asosiy mahsulotlar (ishlov berilgandan keyingi sifatli don), qo‘shimcha mahsulotlar (don aralashmasi) va yaroqli chiqitlar (turli toifadagi don chiqitlari)ning hisobga olish (ulgurji-sotish) narxlarining qiymati o‘rtasidagi farqlar bo‘yicha aniqlanadi. Yaroqsiz chiqitlar baholanmaydi va aktivlarni hisobga olish hisob raqamida hisobga olinmaydi. Yaroqsiz chiqitlarni hisobga olgan holda ishlov berishdan olingan mahsulotlar og‘irligi ishlov berishga topshirilgan donning og‘irligiga teng bo‘lishi lozim.
25. Umumiy chiqitlar — elevatorlarda, shuningdek bitta texnologik liniya bo‘yicha turli xildagi ekinlar donlarining partiyalari bilan mexanizatsiyalashgan operatsiyalar o‘tkazadigan boshqa korxonalarda olinadi. Bunday holda har bir partiyadagi ifloslik va don aralashmasining kamayishi miqdoriga mutanosib ravishda chiqitlarni hisobdan chiqarish amalga oshiriladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib ko‘riladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar bo‘yicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Qo‘shimcha mahsulotlarga (tarkibida don ko‘p bo‘lgan don aralashmasi) ishlov berish natijasida asosiy ekin doni olinsa, 2312 “Elevatorlar va omborxonalarda donni mexanizatsiyalashgan tozalash va qo‘shimcha ishlov berish bo‘yicha yordamchi ishlab chiqarish” hisob raqamida kredit qoldiq yuzaga kelishi mumkin va bu qoldiqni 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqamining kreditiga olib borish yo‘li bilan moliyaviy zaxira oshiriladi.
26. Donni mexanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish bo‘yicha operatsiyalarni dastlabki hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 3-ilovasi).
27. Mexanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati o‘rtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buxgalteriya yozuvlari asosida amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 4-ilovasi).
28. Namlik va iflosik aralashmasi bo‘yicha sifatning yaxshilanishi hisobiga hosil bo‘lgan donning fizik og‘irligidagi kamayishlar va yo‘qotishlarni qoplashda moliyaviy zaxiradan foydalanish donni saqlash va qayta ishlash joylarini tozalash bo‘yicha tasdiqlangan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunda, saqlash vaqtida donning haqiqiy og‘irligidagi tabiiy yo‘qotishlar normalari doirasidagi kamomad moliyaviy zaxiraning kamayishiga tegishli bo‘lmaydi, balki kelib chiqishi va mo‘ljallanganligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zR QT, 1999-yil, 2-son, 9-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga tegishli bo‘ladi.
29. Ko‘p komponentli omixta yem komponentlari me’yoriy dozatorlari bilan ishlovchi omixta yem sexlari va korxonalari bo‘yicha bunday hisoblar tuzilmaydi va zaxiralar yaratilmaydi.
30. Agar, donning barcha partiyalari tugaganidan va u bo‘yicha namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifatning yaxshilanishi hisobiga hosil bo‘lgan kamomad qiymati hisobdan chiqarilganidan, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga moliyaviy zaxira mablag‘lari ishlatilganidan keyin 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqamida yil yakunida foydalanilmay qolgan mablag‘lar qolsa, ular maxsus hisob-kitob bo‘yicha keyingi yilga o‘tayotgan don zaxiralarining kelgusida oqlanadigan kamomadlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy zaxira mablag‘lari chiqarib tashlangan holda 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim.
31. Tugagan don partiyalari bo‘yicha moliyaviy zaxiraning haqiqatda bo‘lgan qoldig‘i faqatgina ijobiy (kredit) qoldiqqa ega bo‘lishi lozim va salbiy (debet) qoldiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Ushbu Nizom “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.
1. Davlat standartlari bilan quyidagi %da bazis tayyorlov konditsiyalarining normalari nazarda tutilgan:
2. Korxonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan past bo‘lgan har bir foizi uchun 1% miqdorida fizik og‘irlikka natura holidagi ustamalar qo‘yiladi hamda namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori bo‘lgan har bir foizi uchun o‘sha miqdorlarda fizik og‘irlikka natura holidagi chegirmalar beriladi. Natura holidagi ustamalar va chegirmalar 0,1% gacha aniqlikda hisoblab chiqiladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarining yig‘indisi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
3. Bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha farqlar mavjud bo‘lganda quyidagi miqdorlarda narxga pul ustamasi yoki pul chegirmasi hisoblanadi:
Ustamalar:
a) bazis normalaridan yuqori don naturasining har 10 g. uchun — 0,1%;
b) sholi donida bazis normalaridan past qizil donning har 0,1% uchun — 0,07%;
g) sholi donida bazis normalaridan past sarg‘aygan donning har 0,1% uchun — 0,13%;
Chegirmalar:
a) bug‘doy bo‘yicha bazis normalaridan past don naturasining har 10 g. uchun — 0,1 %;
b) bazis normalaridan yuqori sifatsiz va shikastlangan donning (standartlar bo‘yicha don aralashmasiga kiruvchi) har bir foizi uchun — 0,1%;
v) sholi donida bazis normalaridan yuqori qizil donning har 0,1% uchun — 0,07%; sholi donida 0,5% dan 2% gacha yuqori sarg‘aygan donning har 0,1% uchun — 0,13%; 2% dan 5% gacha — 0,30%. Standart talablariga javob beruvchi 1, 2 va 3 sinf qattiq bug‘doy hamda pivo tayyorlanadigan arpa navlari bo‘yicha natura holidagi pul ustamalari va chegirmalari amalga oshirilmaydi.
Bazis normalari naturadan farq qilish ko‘rsatkichlari 5 g. dan kam bo‘lganida hisobga olinmaydi, 5 g. va undan ko‘p bo‘lganida butun 10 g. sifatida qabul qilinadi.
4. Don aralashmasi bo‘yicha pul chegirmasining miqdorini aniqlashda haqiqiy sifat ko‘rsatkichlari butun qilinadi: 0,5% dan kam ulush hisobga olinmaydi, 0,5% va undan ko‘p ulushlar 1% (bir foiz) deb hisobga olinadi.
5. 1-misol. Haqiqiy og‘irligi 150000 kg. bo‘lgan 3 sinf yumshoq bug‘doy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisidan sotib olingan. 1 tonna bazis konditsiyasi uchun preyskurant sotib olish bahosi 75100 so‘m, preyskurant erkin ulgurji-sotish bahosi 96800 so‘m. Yuk xo‘jalik transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berish uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda QQS deb yuritiladi) bilan birga 258041 so‘m hisoblangan. Xo‘jalikdan shartnomada ko‘zda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1750 so‘m ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 8-iyunda PK-10-sonli shakl bo‘yicha 278-sonli qabul qilish kvitansiyasi yoziladi.
Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
Natura holidagi chegirma 150000 * 0,7:100 = 1050 kg
Hisobga olingan og‘irlik 150000 – 1050 = 148950 kg
Preyskurant sotib olish narxi bo‘yicha hisobga olingan og‘irlikning qiymati 148950 * 75,1=11186145 so‘m
Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
Pul ustamasining qiymati 11186145 * 0,2:100 = 22372 so‘m.
Tozalaganlik uchun to‘lov 1750 * 150 = 262500 so‘m.
Xo‘jalikning o‘z avtomototransporti bilan yetkazib berish QQS bilan birga 258041 so‘m, QQSsiz 215034 so‘m.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga to‘lanadigan summa 11186145 + 22372 + 258041 = 11 466 558 so‘m, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilardan tozalaganlik uchun olinadigan summa 262 500 so‘m.
Preyskurant erkin ulgurji-sotish narxiga qo‘yiladigan natura holidagi chegirma qiymati 1050 * 96,8 = 101640 so‘m.
Erkin ulgurji-sotish va sotib olish narxlari o‘rtasidagi farq
(96,80 – 75,10) * 148950 = 3232215 so‘m (ijobiy).
Ushbu misol bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
a) qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan donning hisobga olingan og‘irligi bo‘yicha aniqlanadigan qiymatiga:
b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha don mahsulotlariga korxonalariga yetkazib berilgan donning sifat ko‘rsatkichlaridan farqlari yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadigan donning haqiqiy og‘irligi natura holidagi chegirmalar summasiga:
v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha farqlar mavjud bo‘lganda hisoblab chiqiladigan narx pul ustamasi summasiga:
g) donni tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasiga:
d) ko‘rsatilgan transport va boshqa xizmatlar bo‘yicha QQS to‘lovchilari bo‘lgan korxonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:
e) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan donni normativ ko‘rsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan to‘lov summasiga:
j) donni quritganlik va tozalaganlik uchun to‘lovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:
z) davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan donni ulgurji-sotish va sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlari o‘rtasidagi ijobiy farq bo‘yicha:
haqiqiy og‘irligi 150000 kg 3 sinf yumshoq bug‘doyning ulgurji-sotish bahosi bo‘yicha 1 tonnasi 96800 so‘m, jami 14520000 so‘mni tashkil etadi.
Tekshirish summasi: 11186145 + 101640 + 3232215 = 14520000 so‘m.
6. 2-misol. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan shartnomaviy sotib olish shartnomasi bo‘yicha 1 tonnasi 112050 so‘mdan 150000 kg sholi doni kelib tushdi. Yuk avtoxo‘jalikning jalb qilingan transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berganlik uchun QQS bilan birga 264000 so‘m hisoblangan.
Xo‘jalikdan shartnomada ko‘zda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1780 so‘m ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 9-iyunda PK-10-sonli shakl bo‘yicha 318-sonli qabul qilish kvitansiyasi yozilgan.
Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun sholi donining tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
Natura holidagi ustama 150000 * 0,8 : 100 = 1200 kg
Hisobga olingan og‘irlik 150000 + 1200 = 151200 kg
Shartnomaviy sotib olish narxi bo‘yicha hisobga olingan og‘irlik qiymati 151,2 * 112050 = 16941960 so‘m.
Natura holidagi ustama qiymati 112050 * 1,2 = 134460 so‘m.
Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat ko‘rsatkichlari:
Pul ustamasining qiymati 16941960 * 0,51 : 100 = 86404 so‘m.
Tozalaganlik uchun to‘lov 1780 * 150 = 267000 so‘m.
Avtoxo‘jalik transporti bilan sholi donini yetkazib berish QQSsiz 220000 so‘m, QQS 44000 so‘m.
Xo‘jalikka jami bo‘lib 16941960 + 86404 = 17 028 364 so‘m, shuningdek transport xarajatlari uchun (220000 + 44000) = 264000 so‘m, agarda ular shartnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisiga qoplansa, ya’ni jami to‘lov 17 292 364 so‘m. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisidan tozalaganlik uchun olinadigan to‘lov 267 000 so‘m.
Ushbu misol bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
a) qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan sholi donining hisobga olingan og‘irligi bo‘yicha aniqlanadigan qiymatiga:
b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha don mahsulotlari korxonalariga yetkazib berilgan sholi donining sifat ko‘rsatkichlaridan farqlari yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadigan donning haqiqiy og‘irligi natura holidagi ustamalar summasiga:
v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha farqlar bo‘lganida hisoblab chiqiladigan narx pul ustamasi summasiga:
g) sholi donini tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasiga:
d) ko‘rsatilgan transport va boshqa xizmatlar bo‘yicha QQS to‘lovchilari bo‘lgan korxonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:
e) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan sholi donini normativ ko‘rsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan to‘lov summasiga:
j) sholi donini quritganlik va tozalaganlik uchun to‘lovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:
Haqiqiy og‘irligining qiymati 112050 * 150 = 16807500 so‘m
yoki 16941960 – 134460 = 16807500 so‘m.
1. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab jo‘natilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yo‘qotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda dastlabki ma’lumotlar sifatida, don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda xaridorlarga yuklab jo‘natishni hisobga olish jurnallaridagi hamda miqdor-sifatni hisobga olish kitoblari (36-son shakl)da qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati hamda namlik va ifloslik aralashmasi bo‘yicha o‘rtacha darajadagi sifat ko‘rsatkichlari xizmat qiladi. Moliyaviy zaxira summasini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob tuziladi.
2. Joriy oyda haqiqatda qayta ishlangan va sotilgan don miqdoriga moliyaviy zaxirani aniqlash bo‘yicha hisob-kitobga misollar:
Donning og‘irligi uning miqdori o‘zgarishi oqibatida asosli o‘zgarganligini aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:
A) X = 100 (a – b) : (100 – b), bunda:
X — og‘irlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi
a — kirim bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %
b — sarf bo‘yicha namlik ko‘rsatkichi, %
B) U = (v – g) * (100 – d) : (100 – g), bunda:
U — og‘irlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi
v — kirim bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %
g — sarf bo‘yicha ifloslik aralashmasi, %
d — “a” bandda keltirilgan formula bo‘yicha hisoblangan, namlik pasayishi oqibatida foizlardagi kamomadlar miqdori;
2-sinf yumshoq bug‘doy
X = 100 (15,6 – 14,5) : (100 – 14,5) = 110 : 85,5 = 1,29%
U= (1,6 – 1,1) * (100 – 1,29 ) : (100 – 1,1) = 0,5 * 98,71 : 98,9 = 49,36 : 98,9 = 0,5%
Jami 1,29 + 0,5 = 1,79%
3-sinf yumshoq bug‘doy
X = 100 (15,8 – 14,5) : (100 – 14,5) = 130 : 85,5 = 1,52%
U = (1,8 – 1,2) * (100 – 1,52) : (100 – 1,2) = 0.6 * 98,48 : 98,8 = 59,088 : 98,8 = 0,58%
Jami 1,52 + 0,58 = 2,1%
Arpa
Jami 1,41 + 0,6 = 2,01%
2 sinf yumshoq bug‘doy (2000 t * 1,79) : 100 = 35,8 t.
35,8 t * 112040 = 4011032 so‘m
3 sinf yumshoq bug‘doy (1500 * 2,1) : 100 = 31,5 t.
31,5 t * 96800 = 3049200 so‘m
Arpa (1000 * 2,01) : 100 = 20,1 t.
20,1 t * 94740 = 1904274 so‘m
3. Donni qayta ishlashga hisobdan chiqarishda, hisob-kitob misolga muvofiq qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan, donni saqlash va tashish jarayonida kamayishlar va yo‘qotishlar hisob-kitob summasiga buxgalteriya yozuvi tuziladi:
Sanoat va don qabul qilish korxonalari tomonidan kelgusida sanoatda qayta ishlash uchun donni yuklab jo‘natishda, yuqorida ko‘rsatilgan hisob-kitob misolga muvofiq, xaridorga dondagi yo‘qotishlar qiymatiga hisob-fakturalarda alohida qator bilan ajratiladigan natura holidagi ustama (qo‘shimcha to‘lov) taqdim qilinadi. Yuk jo‘natuvchining buxgalteriya hisobida ko‘rsatilgan operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a) xaridorga yuklab jo‘natilayotgan donning haqiqiy hajmining sifat ko‘rsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari bo‘yicha pul ko‘rinishida hisoblanadigan namlik va iflosligi aralashmasi bo‘yicha taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisob raqamlar” hisob raqami;
kredit 9020 “Tovarlar sotishdan daromadlar” hisob raqami;
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisob raqami;
kredit 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqami.
Ushbu misolda 1904274 so‘mlik 20,1 tonna arpa yo‘qotilishi qiymatiga yuk jo‘natuvchi tomonidan quyidagi buxgalteriya yozuvi tuziladi:
Yuk qabul qiluvchi (donni qayta ishlovchi korxona) yetkazib beruvchining hisob-fakturasidagi pozitsiya asosida 1904274 so‘m miqdoridagi taqdim qilingan ustamalar summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvini tuzadi:
Don tizim ichidagi iste’molchilarga (eksportdan tashqari) yuklab jo‘natilgan holatda, donning sotish qiymati bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi kiritiladi.
debet 4011 “Don uchun xaridorlardan olinadigan hisob raqamlar — tizim ichida” hisob raqami;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisob raqami.
1. Donga elevatorlarda va mexanizatsiyalashgan omborxonalarda ishlov berish uchun operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun 34-son blank shakli qo‘llaniladi. Blank — tarkibida tozalash uchun farmoyish, dalolatnoma hamda ularning summasidan iborat.
2. Farmoyishda qaysi donga, nima maqsadda, qaysi konditsiyagacha, qanday usulda ishlov berilishi, shuningdek ishni tugatish muddati ko‘rsatiladi. Farmoyish 2 nusxada laboratoriya rahbari tomonidan yoziladi hamda korxona va laboratoriya rahbari tomonidan imzolanadi.
3. Ishlov berishga oid dalolatnomalar tozalash, quritish o‘tkazilganidan so‘ng uzog‘i bilan keyingi kunda tuziladi. Katta don partiyasiga ishlov berilgan hollarda, 34-son shakl bo‘yicha dalolatnoma har oyda kamida ikki marta tuziladi. Dalolatnomalarni moddiy javobgar shaxs, laboratoriya rahbari imzolaydi, bosh buxgalter tekshirib chiqadi va korxona rahbari tasdiqlaydi.
Odatda donning og‘irligini o‘lchash orqali, alohida hollarda esa miqdor-sifatni hisobga olish (36-son shakl) ma’lumotlari bo‘yicha aniqlashadi. Tozalashdan keyin albatta qo‘shimcha mahsulotlar, chiqitlar va agar saralab olinsa, tozalanayotgan donning mayda qismi tortib ko‘riladi. Odatda, tozalashdan keyin donning og‘irligi tozalashgacha bo‘lgan vaqtda donning og‘irligi va olingan qo‘shimcha mahsulotlar, chiqitlar, mayda qismlar og‘irligi o‘rtasidagi farqqa qarab aniqlanadi.
4. Olingan qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlarda foydali donning tarkibi: asosiy don, don aralashmasi va ishlov berilayotgan ekinga belgilangan Davlat standarti (keyingi o‘rinlarda DST deb yuritiladi) bo‘yicha ifloslangan aralashmaga kiruvchi, ushbu ekinlarga belgilangan DSTlar bo‘yicha esa asosiy donga yoki don aralashmasiga kiruvchi madaniy o‘simliklar donlari (ifloslik aralashmasi qismidan ajratib olinadigan) hisoblab chiqiladi.
Agarda laboratoriya qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlarning namligini aniqlamasa, ular qaysi ekindan olingan bo‘lsa, o‘sha tozalangan ekinning shaxsiy hisob raqamidan hisobdan chiqariladi.
5. Tozalashga oid dalolatnoma asosida toifalari bo‘yicha qo‘shimcha mahsulotlar va chiqitlar miqdor-sifatni hisobga olish jurnalida (36-son shakl) donning og‘irligi hisobdan chiqariladi va saqlash joyi bo‘yicha kirim qilinadi.
6. Elevatorlarda (omborxonalarda) ishlov berish va keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida olinadigan yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2 % gacha don bo‘lgan) yig‘ilib qolganda, korxona rahbarining farmoyishi bilan yo‘q qilib tashlanadi.
Chiqitlarni yo‘q qilib tashlash ulardan yem sifatida foydalanishga yaroqsiz ekanligi, shuningdek yo‘q qilib tashlash usulini tasdiqlovchi, chiqitlarning sifati ko‘rsatilgan 23-son shakl bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Yo‘q qilib tashlash uchun korxona hududidan tashqariga chiqitlar olib chiqilganida, har bir avtomototransportga moddiy ruxsatnoma yozib beriladi. Chiqitlar tortib ko‘riladi va ularning og‘irligi 28-son shakl bo‘yicha og‘irlik jurnalida avtomototransport (va pritsep) raqami ko‘rsatilgan holda 23-son shaklda qayd qilinadi. Agar yaroqsiz chiqitlarni yoqilg‘i sifatida yoki boshqa ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun bepul chiqarilganda, ularni olib chiqish tovar-transport nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi.
7. Un ishlab chiqaruvchi korxonaning don tozalovchi bo‘linmasida yoki yorma tayyorlovchi bo‘linmada olingan chiqitlar mexanik yo‘qotishlar bilan birgalikda tozalash dalolatnomasida (117-son shakl) hisobga olinadi. Omixta yem korxonalarida yaroqsiz chiqitlar dalolatnoma asosida (121-son shakl), dalolatnoma-hisobot tuzilishi bilan ishlab chiqarish sexining boshlig‘i hisobidan chiqariladi.
8. Umumiy chiqitlar — elevatorlarda, shuningdek bitta texnologik liniya bo‘yicha turli xildagi ekinlar doni partiyalari bilan mexanizatsiyalashgan operatsiyalar o‘tkaziladigan boshqa korxonalarda olinadi. Bunday holda chiqitlar har bir partiyadagi donning iflosligi va aralashmasi miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib ko‘riladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar bo‘yicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
1. Donning tozalashgacha bo‘lgan og‘irligi 500000 kg, 1 tonnasi 96800 so‘m, jami 48400000 so‘m. Tozalashdan keyin 480500 kg sifatli don kirim qilinadi, 1 tonnasi 96800 so‘m, jami 46512400 so‘m. Qo‘shimcha mahsulotlar kirim qilinadi: 6300 kg narxi 43580 so‘mdan 274554 so‘mlik tarkibida 70% dan 85% gacha don bo‘lgan don aralashmasi; 6900 kg narxi 33250 so‘mdan 229425 so‘mlik tarkibida 50% dan 70% gacha don bo‘lgan don aralashmasi; 2650 kg narxi 20630 so‘mdan 54670 so‘mlik tarkibida 30% dan 50% gacha don bo‘lgan I-toifali don chiqitlari; 2450 kg narxi 9090 so‘mdan 22271 so‘mlik tarkibida 10% dan 30% gacha don bo‘lgan II-toifali don chiqitlari; 1200 kg yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2% gacha don bo‘lgan) baholanmaydi va kirim qilinmaydi.
2. Ushbu misol bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi: | 208 | 40,336 |
Qonunchilik | “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-794-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari R. Mamutov, R. Begmatov, A. To‘laboyev va O. Otaxonova tomonidan 2021-yil 9-iyunda kiritilgan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-794-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 188 | 917 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARINING AYRIM QOIDALARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-sonli Farmonining 6-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-2772-sonli Farmoni ilovasining 5-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3077-sonli Farmonining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 116 | 784 |
Qonunchilik | “GIDROTEXNIKA INShOOTLARINING XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi) tomonidan, III sinfdan past bo‘lgan gidrotexnika inshootlari bo‘yicha esa — inshootlarning mansubligiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mukammallik klasslari bo‘yicha gidrotexnika inshootlari ro‘yxatini, shuningdek gidrotexnika inshootlarining bexatar ishlashini ta’minlash bo‘yicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish hamda ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda 2000-yil mobaynida, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, qurilish normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, tizimida gidrotexnika inshootlari bo‘lgan tashkilotlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalari (keyingi o‘rinlarda — xavfsizlik deklaratsiyasi deb ataladi) mazmunini, ularni tuzish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini deklaratsiyalash gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni foydalanishdan chiqarishda, shuningdek rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, tiklash yoki konservatsiyalashdan keyin majburiy hisoblanadi.
Davlat mulki bo‘lgan, respublika, mintaqa, suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi I, II, III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv gidrotexnika inshootlari, shuningdek, ro‘yxati “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda deklaratsiyalaydigan tashkilot tomonidan belgilanadigan favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvchi III sinfdan past bo‘lgan gidrotexnika inshootlari deklaratsiyalanishi kerak.
3. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi asoslab beriladigan, ularning xavfsizlik mezonlariga, loyihaga, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga muvofiqligi belgilanadigan, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari xususiyatlari va ko‘lami hamda inshootning mukammallik klassi hisobga olingan holda ulardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari belgilanadigan hujjat hisoblanadi.
4. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot tomonidan, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi esa — buyurtmachi vazifasini bajaruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — deklarantlar deb ataladi) tomonidan tuziladi.
Deklaratsiyani va uning ayrim bo‘limlarini ishlab chiqishga boshqa tashkilotlar hamda alohida mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
5. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi 3 nusxada tuziladi va “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda nazorat organi deb ataladi), hududida gidrotexnika inshooti joylashgan viloyat hokimligiga taqdim etiladi. Deklaratsiyaning birinchi nusxasi foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
6. Deklaratsiya:
taqdim etiladigan axborotning to‘liqligi va ishonchliligi;
avariyalar va shikastlanishlar xavfi va ssenariylarining har tomonlama va to‘liq aniqlanishi;
xavflar va tavakkalchiliklarni tahlil qilishga nisbatan qo‘llaniladigan yondashuvlar va usullarning asoslanganligi;
xavflarni tahlil qilish bo‘yicha bajarilgan hisob-kitoblarning to‘liqligi va ishonchliligi, hisob-kitoblar natijalariga ta’sir qiluvchi barcha omillarning har tomonlama to‘liq hisobga olinishi;
rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarining ishonchliligi va ularning amaldagi me’yoriy va huquqiy hujjatlar qoidalariga muvofiqligi talablariga javob berishi kerak.
7. Xavfsizlik deklaratsiyasini ishlab chiqishda “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar talablarini hisobga olish kerak.
8. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini tuzishdan oldin inshootning texnik holati naturada kuzatilishi va tekshirilishi kerak. Yangidan ishga tushirilayotgan inshootlar uchun qurilish davridagi kuzatish ma’lumotlaridan foydalaniladi.
9. Xavfsizlik deklaratsiyasida quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) sarvaraq, unda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: deklaratsiyaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, deklaratsiyani tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) grifi, deklaratsiya obyektining nomi;
b) gidrotexnika inshootlari va ular joylashgan tumanning tabiiy sharoitlari, loyihada, foydalanish qoidalarida va nazorat organi ko‘rsatmalarida nazarda tutilgan xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, foydalanuvchi tashkilot to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi umumiy axborot;
v) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tahlili va uni baholash, shu jumladan xavfning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manbalarini aniqlash hamda gidrotexnika inshootining unga yo‘l qo‘ymaslikka yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini pasaytirishga tayyorligini tahlil qilish va baholash ham shu jumlaga kiradi;
g) alohida konstruktiv elementlar uchun xavfsizlik mezonlarini hamda umuman inshootning xavfsizlik darajasini aniqlagan holda inshootlarning texnik holati ustidan naturada kuzatish natijalari;
d) obyektlarni qo‘riqlash tizimi va alohida davrda ularning xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
e) gidrotexnika inshootlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan va paydo bo‘ladigan avariya vaziyatlari to‘g‘risida aholini, nazorat organlarini, viloyat hokimliklarini xabardor qilish tartibi;
j) xulosa, u alohida uzellar va umuman gidrotexnika inshootining xavfsizligi darajasiga berilgan bahoni, shuningdek xavfsizlikni ta’minlashga doir zarur chora-tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi;
z) qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootining davlat komissiyasi tomonidan qabul qilib olinishi to‘g‘risidagi dalolatnoma.
Ilovalar:
a) tekshirish dalolatnomasi bilan birgalikda gidrotexnika inshootining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
b) gidrotexnika inshootlarining tiyib turish jabhasi bosimi yorib o‘tgan taqdirda suv bosadigan zonada qoladigan tutash hududlar bilan birga inshootlarni joylashtirish rejasi;
v) mazkur ochiq suv oqimlarida joylashgan suv omborlari kaskadi sxemasi;
g) kanallarning chiziqli sxemasi;
d) asosiy gidrotexnika inshootlariga xos bo‘lgan bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlar;
e) nazorat-o‘lchash apparatlarini va asosiy gidrotexnika inshootlaridagi kuzatish nuqtalarini joylashtirish sxemasi;
j) gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar rejasi.
10. Xavfsizlik deklaratsiyasi foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi, u xavfsizlik deklaratsiyasida taqdim etilgan axborotning to‘liqligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
11. Foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi deklarant tomonidan nazorat organlariga 5 yilda kamida bir marta, shuningdek nazorat organining qaroriga ko‘ra yoki deklarantning tashabbusi bilan quyidagi hollarda taqdim etiladi:
inshootning ishonchliligi darajasi pasayishi xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish shart-sharoitlari yomonlashganda, xavf aniqlangan paytdan boshlab uch oy mobaynida;
xavfsizlik sohasidagi amaldagi talablar (normalar va qoidalar) o‘zgarganda, favqulodda vaziyatlar davom etishi to‘xtatilganda va tugatilganda, tegishli me’yoriy hujjatlar amalga kiritilgandan keyin 6 oydan kechikmay;
gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilingandan, mukammal tuzatilgandan, tiklangandan yoki konservatsiya qilingandan keyin — tegishli qurilish-montaj ishlari qabul qilib olingungacha.
12. Loyihalashtirilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga loyihaning davlat ekspertizasi o‘tkazilayotgan davrda taqdim etiladi.
13. Qurilayotgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi nazorat organiga inshootni vaqtincha yoki doimiy foydalanishga topshirishning belgilangan muddatidan kamida 4 oy oldin taqdim etiladi.
14. Nazorat organi:
a) xavfsizlik deklaratsiyalari mazmuniga va gidrotexnika inshootlarining vazifasiga, mukammalligi darajasiga, konstruksiya xususiyatlariga, foydalanish shart-sharoitlariga va xavfsizlikka nisbatan qo‘yiladigan maxsus talablarga bog‘liq ravishda har xil turdagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi ularni tuzish metodikasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni;
b) xavfsizlik deklaratsiyalari shaklini;
v) xavfsizlik deklaratsiyalarini taqdim etish jadvalini belgilaydi.
15. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi.
16. Deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning, jumladan:
gidrotexnika inshootlarida avariya vaziyatlari paydo bo‘lishi xavfini aniqlash darajasi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarning yetarliligi va ushbu chora-tadbirlarning normalar va qoidalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlash xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekspertizasining maqsadi hisoblanadi.
17. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalari davlat ekspertizasi “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining Ekspert kengashi tomonidan o‘tkaziladi. Ekspert kengashi ekspert komissiyalarini tuzadi, ular ishiga alohida mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va loyihalash tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
18. Xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi xarajatlar smetasi hamda Ekspert kengashi tomonidan deklarantga yuboriladigan hisob raqami asosida to‘lov evaziga o‘tkaziladi.
19. Xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan o‘tkazish muddati ekspertiza o‘tkazilganligi uchun deklarant tomonidan hisob raqamiga to‘lov to‘langan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.
20. Ekspert kengashi ekspert komissiyalari tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga qo‘yiladigan malaka talablarini, ekspert komissiyalarini shakllantirish va ularning ish tartibini belgilaydi, ekspertlar o‘quvini va ularning ish tajribasini ayirboshlashni tashkil etadi.
21. Ekspert kengashi belgilangan muddatda Ekspert komissiyasining xulosasini nazorat organiga yuboradi. Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan tasdiqlangandan keyin xavfsizlik deklaratsiyasi davlat ekpertizasining xulosasi maqomiga ega bo‘ladi.
22. Ekspert komissiyasi tomonidan salbiy xulosa qabul qilingan taqdirda deklarant takroriy davlat ekspertizasi o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir. Nazorat organi deklarantning tegishli sabablari ko‘rsatilgan arizasini ko‘rib chiqadi hamda ariza tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda o‘z qarorini unga ma’lum qiladi, mazkur Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
23. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasini va ekspert komissiyasi xulosasini ko‘rib chiqadi hamda ushbu hujjatlar nazorat organiga tushgan kundan boshlab bir oy muddatda tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
24. Agar xavfsizlik deklaratsiyasi va Ekspert komissiyasi xulosasi nazorat organi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda xavfsizlik darajasi pasayganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, nazorat organi gidrotexnika inshootlarini inspektorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va taqdim etilgan xavfsizlik deklaratsiyasini tekshirish natijalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi. Bunda xavfsizlik deklaratsiyasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddati 4 oygacha uzaytirilishi mumkin.
25. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik darajasi pasaygan, shuningdek ularning xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasining amal qilish muddatini qisqartirishga haqlidir.
26. Nazorat organi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik deklaratsiyasi gidrotexnika inshootini kadastrga kiritish hamda ushbu organ tomonidan gidrotexnika inshootlarini foydalanishga topshirish va foydalanishdan chiqarishga, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishga ruxsatnomalar berish uchun asos hisoblanadi.
27. Gidrotexnika inshootlari xavfsizlik deklaratsiyasining davlat ekspertizasi salbiy xulosasi hamda deklaratsiyani tasdiqlash rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
28. Nazorat organi xavfsizlik deklaratsiyasi ma’lumotlari bazasini shakllantiradi va yuritadi, xavfsizlik deklaratsiyalari taqdim etilishi muddatlarini nazorat qiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlari kadastri “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi va “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq inshootlarning texnik holatini hisobga olish va baholash, ularning bexatar ishlashini ta’minlash maqsadida yuritiladi.
2. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootning tabiiy shart-sharoitlari, joylashgan o‘rni, texnik, sifat va miqdor tavsifnomalari, xizmat qilish muddati, egasi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar tizimi va hujjatlardan iborat bo‘ladi.
3. Davlat mulki bo‘lgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek korxonalarning respublika va mintaqalar suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari Kadastr obyekti hisoblanadi.
4. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootlarning texnik holatini har tomonlama o‘rganish va baholash, sifat va miqdor tavsifnomalarini va foydalanish darajasini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
5. Ma’lumotlarni ishlab chiqish, turkumlash, saqlash, yangilash va obyekt haqida axborot taqdim etish texnologiyasini takomillashtirish gidrotexnika inshootlari kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
6. Favqulodda vaziyatlarning paydo bo‘lish xavfini tug‘diruvchi gidrotexnika inshootlarini qamrab olish, yuritish uslublarining yagonaligi, kadastr axborotlarining haqqoniyligi gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
7. Gidrotexnika inshootlari kadastri manfaatdor organlarni ehtimol bo‘lgan avariyalarning oldini olish maqsadida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi, foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish, ularning texnik holatini baholash to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
8. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish topogeodeziya qidiruvlarini, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, geofizika, naturada kuzatishlar va boshqa maxsus tadqiqotlar, shuningdek gidrotexnika inshootlarini maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan ta’minlanadi.
9. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish bo‘yicha ishlar davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
10. Gidrotexnika inshootlari kadastrida har bir inshootga kadastr raqami bergan holda inshootni maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish, turkumlash, sifat va miqdorga oid tavsifnomalarni hisobga olish hamda inshoot bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli shakllarga kiritish, saqlash, yangilash va axborotlarni foydalanish uchun berish nazarda tutiladi.
11. Gidrotexnika inshootlari kadastriga inshoot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, litologiya shart-sharoitlari tavsifnomasi, inshootlar tarkibi, suv xo‘jaligi, suv-energetika, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qidiruvlar, naturada kuzatishlar, konstruktiv chizmalar, sxemalar, grafiklar ilova qilingan holda inshoot holatini belgilovchi mavjud defektlar kiritiladi.
12. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun bo‘yicha aniq gidrotexnika inshootining (to‘g‘onlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv omborlari qirg‘oqlarini, daryolar va kanallar o‘zanlarining qirg‘oqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‘rab turuvchi inshootlar (ko‘tarmalar)), muhofaza zonalari turiga nisbatan qo‘llaniladigan shakllari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
13. I, II, III sinfga mansub va davlat mulki bo‘lgan, shuningdek, respublika, mintaqa, suv xo‘jaligi va energetika tizimiga kiruvchi xavf darajasi yuqori bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining kadastri “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan, III sinfdan past bo‘lgan boshqa gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ va boshqa tashkilotlar tomonidan yuritiladi.
14. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlar gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligi ustidan nazorat (monitoring)ni ta’minlaydilar.
15. Gidrotexnika inshootlari kadastr ma’lumotlarini yangilashda inshootning tavsifnomasiga va texnik holatiga ta’sir qiluvchi rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash va boshqa omillar natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar aniqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Inshootlar egalari bir oy muddatda gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlarga ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar haqida axborot taqdim etishga majburdirlar.
16. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining har bir turi bo‘yicha bazaviy kartografik asosdan foydalanib, obyekt turlari va axborot turlari (ro‘yxatdan o‘tkazishga oid, hisobga olishga oid, baholashga oid) bo‘yicha shakllantiriladi.
17. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining xususiyatidan va obyektlarning joylashuvini aniqlash usulidan kelib chiqib, 1:5 000, 1:10 000, 1:25 000 masshtablarda shakllantiriladi hamda obyektlarning fazoviy joylashuvidagi xatolik mazkur masshtab talablarida belgilangan me’yorlaridan oshmagan bo‘lishi vakolatli organlar tomonidan ta’minlanadi.
18. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq bo‘lishi lozim hamda taqdim etilayotgan ma’lumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) bo‘lishi zarur.
19. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) o‘zaro bog‘liqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
20. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarning atributiv ma’lumotlari hamda metama’lumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi.
21. Gidrotexnika inshootlari kadastri geoaxborot tizimi orqali yuritiladi. Gidrotexnika inshootlari kadastri geoaxborot tizimi mazkur davlat kadastrini yuritishga mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan birgalikda yaratiladi.
22. Gidrotexnika inshootlari kadastriga bazaviy kartografik asosining tematik qatlamlari hamda davlat kadastrlarining tegishli geografik axborot tizimlarini yuritish uchun zarur kartografik asoslar davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan shakllantiriladi hamda vakolatli organlarga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yo‘li bilan real vaqt rejimida taqdim etiladi.
23. Gidrotexnika inshootlari kadastri obyektlari ma’lumotlarini umumlashtirish va muvofiqlashtirish Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Gidrotexnika inshootlari kadastri ma’lumotlari geografik axborot tizimi orqali:
davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa vakolatli organlarga — axborot resurslariga tizimli (doimiy) ravishda foydalanishga idoralararo texnologik yo‘riqnomalar asosida ruxsat berish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
yuridik va jismoniy shaxslarga — so‘rov asosida maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan to‘lov evaziga taqdim etiladi.
25. Gidrotexnika inshootlari kadastrining foydalanishi cheklangan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
26. Gidrotexnika inshootlari kadastrining DKYaTga taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun vakolatli organlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 135 | 21,912 |
Qonunchilik | “Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-386-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 241 | 488 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-926-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, A. Xaitov, A. Qodirov, O. Tojiyev, Z. Ibragimova, U. Inoyatov, X. Gapporov, Dj. Shirinov, Sh. Nazarov, E. Salixov, I. Abdullayev, Sh. Polvanov, Q. Djurayev, I. Kudratov, B. Bekmurodov, V. Pak, A. Shadmanov, M. Xusanova, E. Kompolshik, D. Aripov, T. Karimov va Z. Xudayberdiyev tomonidan 2022-yil 21-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-926-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 177 | 752 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
2. “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QL-618-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-658-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-665-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “Jamoat xavfsizligini ta’minlash choralari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-666-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-669-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-670-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
8. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-671-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
9. A.E. Burxanovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.
10. QL-644, QL-658, QL-659, QL-661, QL-662, QL-665 va QL-669-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
11. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
13. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekovga “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi madaniy meros obyektlarini YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga hamda Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida.
14. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitilishini tashkil qilish haqida.
15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. Nurmuratovning “Mamlakatimizda mikromoliyalashtirish turlari va ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga javobi haqida.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati to‘g‘risida. | 94 | 3,486 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston va Qozogʻiston uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun yagona viza joriy etishi mumkin | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ayrim mamlakatlar bilan viza rejimini yanada soddalashtirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Turar joyni ijaraga berish va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibini ham osonlashtirish koʻzlanmoqda. Bu 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.
Viza rejimini soddalashtirish
YeI mamlakatlari va chiqish turizmi rivojlangan boshqa mintaqalar fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini yanada soddalashtirish rejalashtirilmoqda. 10.02.2018 yildan boshlab 7 ta davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim, shuningdek 39 ta davlat fuqarolari uchun viza olishning soddalashtirilgan tartibi belgilanganligi haqida ilgari хabar bergan edik (batafsil qarang).
Ikki tomonlama ahdlashuv asosida uchinchi mamlakatlar uchun Oʻzbekiston va Qozogʻistonning yagona kirish vizasini joriy etish, keyinchalik boshqa mamlakatlarni ishtirok etish uchun taklif qilish masalasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Turar joyni ijaraga berish shartnomalarini tuzish tartibi soddalashtiriladi
Turar joyni (хususiy kvartiralar va uylarni) 30 kungacha qisqa muddatli ijaraga berishning soddalashtirilgan tartibini belgilash rejalashtirilmoqda.
QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasining «Ayrim turdagi joylarni vaqtincha yashash uchun berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida yangi tartib batafsil bayon etilgan.
Hujjat loyihasiga koʻra, faoliyat yuritayotgan «emehmon.uz» mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalarida ijarada turuvchilar hisobini yurituvchi elektron avtomatlashtirilgan dastur negizida jismoniy va yuridik shaхslar mulkida boʻlgan turar joylarni 30 sutkagacha qisqa muddatli ijaraga berish shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha yagona elektron tizimni yaratish rejalashtirilmoqda.
Tizimdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
2019 yil 1 yanvardan quyidagilar nazarda tutilgan tartibni joriy qilish taklif etilmoqda:
a) tizimda roʻyхatdan oʻtgan turar joylarning mulkdorlari turar joylarni 30 sutkagacha qisqa muddatli ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlamasdan va soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazmasdan elektron shaklda tuzishga haqli;
b) quyidagi turar joy mulkdorlari:
v) ijaraga beriladigan turar joylar tizimda shakllantiriladigan turar joylarni ijaraga berish shartnomalarining hisobi yuritiladigan yagona reyestrga kiritilib, reyestrdan tegishli koʻchirma berilgan holda soddalashtirilgan tartibda sertifikatlanadi;
g) joylashtirish vositalarida vaqtincha yashash davrida joylashtirish vositalari ma’muriyati va хodimlari, shuningdek uchinchi shaхslar bilan munosabatlarda joylashtirish vositalarida ijarada turuvchilarga nisbatan turar joyning daхlsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi;
d) agar uchinchi shaхslarning yoki ma’muriyat (ijaraga beruvchi) vakilining shikoyati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida joylashtirish vositasidagi joy yoki nomerni egallagan shaхs gʻayrihuquqiy qilmish sodir etayotgani aniqlansa, ijaraga beruvchi, joylashtirish vositasi ma’muriyati va хodimlari javobgar boʻlmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan qilmishda ular ishtirok etgan hollar bundan mustasno;
ye) turistik yigʻim toʻlash uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq turistik yigʻim toʻlashlari shart boʻlgan shaхslarni qabul qiluvchi va (yoki) turar joyga vaqtincha joylashtiruvchi shaхslar zimmasiga yuklatiladi.
Ayrim ruхsat berish tusiga ega va litsenziya talablari bekor qilinadi
Turizm faoliyati sub’yektlari uchun ruхsat berish tusiga ega va litsenziya talablarini yanada soddalashtirish rejalashtirilgan. Bir qator talablarni bekor qilish nazarda tutilmoqda. Xususan, mehmonхonalar va boshqa turistlarni joylashtirish vositalarida har bitta alohida turgʻun alkogolli mahsulotlar sotish shoхobchasini ochishga ruхsatnoma olish zaruratidan voz kechish koʻzlanmoqda.
Shu oʻrinda loyihaning yuqorida bayon etilgan qismida ishlab chiquvchilar aniqlik va tuzatish kiritishi talab etiladigan formulirovkalar mavjudligini qayd etib oʻtamiz.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy. | 96 | 4,302 |
Qonunchilik | Davlat ulushi boʻlgan kompaniyadagi boshqaruvchilar – Hukumat bilan kelishilgan holda | Vazirlar Mahkamasining 26.04.2019 yildagi «Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 356-son qarori qabul qilindi.
Xoʻjalik jamiyatlariga nomzodlarni davlat ulushi boʻyicha ilgari surishning yangi tartibi joriy etilmoqda:
Bu muassis (aksiyador)lari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat unitar korхonalari boʻlgan хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek хodimlari boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari (bank kengashlari) a’zolariga haq toʻlash va (yoki) oʻz funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash bir chorakda EKIHning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Aniq miqdorlar ular хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining tegishli sohasini rivojlantirishga qoʻshgan shaхsiy hissasini inobatga olgan holda belgilanadi. Bunda mazkur shaхslar bir paytning oʻzida haq toʻlanadigan kuzatuv kengashlarining a’zolari sifatida ikkitadan koʻp boʻlmagan хoʻjalik jamiyati faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 85 | 1,211 |
Qonunchilik | Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar xo‘jalik yurituvchi subyektning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, so‘rovnoma Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilgan hisoblanadi”.
2. 4-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
jadvalning davomi | 194 | 2,288 |
Qonunchilik | EKSPORTGA JO‘NATILADIGAN O‘ZI IShLAB ChIQARGAN MAHSULOTNI BELGILASh QOIDALARI VA ULARGA O‘ZGARTIRIShNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 225-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 18 son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2 son bilan tasdiqlangan Eksportga jo‘natiladigan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni belgilash qoidalari (ro‘yxat raqami 420, 1998-yil 8-aprel);
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 9-iyulda 01/12-1 son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-iyulda 13-02-13/320 son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 10-iyunda 02/20-15 son bilan tasdiqlangan “Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 8-aprelda 420-son bilan ro‘yxatga olingan Eksportga jo‘natiladigan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni belgilash qoidalariga 1-son o‘zgartirish” (ro‘yxat raqami 420-1, 1998-yil 7-iyul).
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 147 | 1,669 |
Qonunchilik | “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda; 2012-yil, № 9/1, 241-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 12, 769-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning maqsadi davlat mukofotlarini ta’sis etish, ular bilan taqdirlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat mukofotlarini ta’sis etish, ular bilan taqdirlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Davlat mukofotlari fuqarolarni ularning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga, tinchlik va barqarorlikni saqlashga, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, sotsial, ilmiy, intellektual, ma’naviy salohiyatini hamda mudofaa qudratini oshirishga qo‘shgan hissasi, davlat va xalq oldidagi faoliyatning ijtimoiy, xayriya, gumanitar sohalaridagi hamda boshqa sohalardagi xizmatlari uchun rag‘batlantirishning oliy shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatlarning mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Davlat mukofotlari bilan ayrim hollarda fuqarolar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari mukofotlanishi mumkin.
Davlat mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan ta’sis etiladi.
Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizomlar va davlat mukofotlarining tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining rasmiy nomlari davlat tilida belgilanadi.
Davlat mukofotlari quyidagilardan iborat:
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni;
O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari;
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari;
O‘zbekiston Respublikasining medallari;
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofotdir va u bir marta beriladi.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslarga oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medali va unga doir guvohnoma topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari quyidagilardan iborat:
“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”;
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”;
“O‘zbekiston iftixori”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”;
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”;
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”.
O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi ko‘krak nishoni va unga doir guvohnoma topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari quyidagilardan iborat:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni;
“El-yurt hurmati” ordeni;
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
“Mehnat shuhrati” ordeni;
“Faxriy murabbiy” ordeni;
I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni;
I va II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
“Do‘stlik” ordeni;
I va II darajali “Salomatlik” ordeni;
“Mardlik” ordeni.
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni va “Imom Buxoriy” ordeni ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining medallari quyidagilardan iborat:
“Jasorat” medali;
“Sodiq xizmatlari uchun” medali;
“Sog‘lom turmush” medali;
“Kelajak bunyodkori” medali;
“Shuhrat” medali.
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i belgilangan namunadagi Faxriy yorliqning jildga solingan blankasi tarzida bo‘ladi.
Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida doimiy ishlaydigan maslahat va kengash organi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash va faxriy unvonlarini berish masalalarini hal etish bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini, shuningdek geraldika sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning tarkibi, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari, Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, boshqa respublika muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritiladi. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek chet el yuridik shaxslarini taqdirlashga doir taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Davlat mukofotlariga taqdim etish tashabbusi bilan chiqish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, taqdimnomaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati, shuningdek davlat mukofotlariga doir guvohnomalarning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat mukofotlari bilan taqdirlash tashabbusi bilan mustaqil ravishda chiqishga haqlidir.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini davlat mukofotlari bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining ayni bir ordeni, medali va Faxriy yorlig‘i bilan takroran taqdirlash, shuningdek takroran faxriy unvon berish amalga oshirilmaydi, bundan darajalarga ega bo‘lgan davlat mukofotlari mustasno.
Darajalarga ega bo‘lgan davlat mukofotlari bilan taqdirlash ketma-ketlikda — quyi darajadan yuqori darajagacha amalga oshiriladi.
Fuqarolarni navbatdagi davlat mukofotiga taqdim etish, qoida tariqasida, avvalgi taqdirlangan paytidan e’tiboran kamida uch yil o‘tgach amalga oshiriladi. Alohida hollarda, fuqarolar navbatdagi mukofotga avvalgi taqdirlangan vaqtidan qat’i nazar taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat mukofotlarini topshirish tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlarini topshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari, Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, boshqa respublika muassasalarining rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik korpusining vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunga vakolat bergan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat mukofotlarini topshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi va Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslarga bir vaqtning o‘zida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Shaxs vafot etgandan keyin mukofotlangan taqdirda davlat mukofoti mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biriga uni taqib yurish huquqi berilmagan holda topshiriladi.
Davlat mukofotlari vafot etgan mukofotlangan shaxsning yoki vafotidan keyin mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan birining roziligi bilan davlat muzeylariga topshirilishi mumkin.
Agar mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlari bo‘lmasa, uning vafotidan keyin davlat mukofoti va unga doir guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga topshiriladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medalini, O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir ko‘krak nishonlarini, ordenlarini va medallarini ko‘kragining chap tomoniga taqib yuradi, qadag‘ichsiz ordenlar bundan mustasno. Taqdirlangan shaxslar davlat mukofotlarini boshqa hollarda ham taqib yurishi mumkin.
Oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medali O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir ko‘krak nishonlaridan, ordenlaridan va medallaridan yuqoriga taqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir ko‘krak nishonlari ushbu Qonunning 7-moddasida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda O‘zbekiston Respublikasi ordenlari va medallaridan oldin taqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ordenlari ushbu Qonunning 8-moddasida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda O‘zbekiston Respublikasi medallaridan oldin taqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi medallari ushbu Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda taqiladi.
Ko‘krakning o‘ng tomonida O‘zbekiston Respublikasining qadag‘ichsiz ordenlari quyidagi ketma-ketlikda taqiladi:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni.
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bo‘yinga osiladigan muhayyar lentada belgilangan tartibda taqiladi.
“Oliy Darajali Do‘stlik” va “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordenlari ko‘krakning o‘ng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi.
Shaxsda chet davlatlarning mukofotlari bo‘lsa, ular O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan keyin joylashtiriladi.
Taqdirlangan shaxslar kundalik taqib yurish uchun davlat mukofotlari o‘rniga plankalardagi lentalarni taqib yurishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari va medallari o‘rniga lentalar taqib yurish uchun plankalar bir oz bo‘rtib chiqqan, orden va medallar qadag‘ichlarining rangiga mos keladigan lentalar bilan qoplangan to‘g‘ri burchakli metall plastinkalardan iborat bo‘ladi. Har bir plankaning bo‘yi 12 mm, eni 24 mm.
Plankalardagi lentalarni taqib yurish qoidalari oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medaliga, “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Oliy Darajali Imom Buxoriy”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir ko‘krak nishonlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Alohida hollar va kundalik taqib yurish uchun ordenlarning belgilangan tartibda tayyorlangan frakbop kichkina ko‘chirma nusxalari nazarda tutiladi.
Ordenlarning frakbop kichkina ko‘chirma nusxalarini taqish chog‘ida davlat mukofotlarini taqib yurishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy qoidalariga rioya etiladi.
Taqdirlangan shaxslarga alohida hollarda davlat mukofotlari yelkaga yoki bo‘yinga osiladigan lentada topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari davlat mukofotlarining qabariqli tasvirini binolarda joylashtirishi, davlat mukofotlarining tasvirini o‘z davriy bosma nashrlarida aks ettirishi mumkin.
Taqdirlangan shaxslar davlat mukofotlarini va ularga doir guvohnomalarni ehtiyotkorlik bilan saqlashi, ularning but saqlanishini ta’minlashi shart.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari davlat mukofotlarining va ularga doir guvohnomalarning but saqlanishini ta’minlashi lozim.
Davlat mukofoti va unga doir guvohnoma yo‘qolgan taqdirda, ushbu mukofotga bo‘lgan huquq saqlanib qoladi.
Davlat mukofotlari harbiy vaziyatda, tabiiy ofat natijasida yoki davlat mukofoti yo‘qolishining oldini olish imkoniyatini istisno etadigan boshqa sharoitlarda yo‘qolgan taqdirda, ularning dublikatlari berilishi mumkin. Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan davlat mukofotlarining dublikatlari berilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra mazkur mukofotlarning mum nusxalari berilishi mumkin.
Davlat mukofoti va unga doir guvohnoma boshqa sharoitlarda yo‘qolgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya taqdirlangan shaxsga davlat mukofoti bilan taqdirlanganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda ma’lumotnoma beradi.
Davlat mukofotini va unga doir guvohnomani yo‘qotgan taqdirlangan shaxs vafot etgan taqdirda, ushbu mukofot va guvohnomaning dublikatlari berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan davlat mukofotlarini hamda ularga doir guvohnomalarni olib chiqish huquqiga ega.
Vafot etgan taqdirlangan shaxsning doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan yaqin qarindoshlari mazkur mukofotlarga bo‘lgan o‘z huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatganidan keyin davlat mukofotlarini olib chiqish huquqiga ega.
Davlat mukofotlariga bo‘lgan huquq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa, ularni olib chiqish taqiqlanadi.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan davlat mukofotlarini olib chiqish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qonunchilikka muvofiq imtiyozlardan foydalanadi, pul to‘lovlari yoki esdalik sovg‘alari oladi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari taqdirlanganda pul to‘lovlari ajratilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat mukofotlari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari (premiyalari), davlat va jamiyat tarixidagi muhim sanalarga va voqealarga atalgan esdalik va ko‘krak nishonlari ta’sis etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan idoraviy mukofotlar ta’sis etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya bilan kelishilgan holda, o‘zlarining ichki hujjatlari bilan xodimlarni rag‘batlantirishning har xil turlarini, shu jumladan unvonlarni, esdalik va ko‘krak nishonlarini, idoraviy mukofotlarni belgilashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari (premiyalari), esdalik va ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar quyidagi hollarda ulardan mahrum etilishi mumkin:
shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilinganda — sudning taqdimnomasiga binoan;
shaxs o‘z sha’ni va qadr-qimmatini badnom etuvchi xatti-harakat sodir etganda — taqdirlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ yoki tashkilotning taqdimnomasiga binoan.
Davlat mukofotlaridan mahrum etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlaridan mahrum bo‘lganlik belgilangan imtiyozlar bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
Davlat mukofotidan mahrum etilgan shaxsga tegishli davlat mukofoti va unga doir guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga qaytarilishi lozim.
Qonunga zid ravishda hukm qilingan va to‘liq oqlangan shaxslarning davlat mukofotlariga bo‘lgan huquqlari qonunchilikka muvofiq tiklanadi.
Ordenni, medalni, faxriy unvonga doir ko‘krak nishonini qonunga zid ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, almashish yoki o‘zga tarzda haq evaziga berish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi davlat mukofotlariga o‘xshash bo‘lgan esdalik va ko‘krak nishonlarini, idoraviy yoki boshqa mukofotlarni ta’sis etish hamda tayyorlash taqiqlanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunchilikda belgilangan tartibda olib qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari, shuningdek egasi aniqlanmagan davlat mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga topshiriladi. | 112 | 20,249 |
Qonunchilik | RADIATSIYAVIY XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar — ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, hosil qiluvchi, qayta ishlovchi, ulardan foydalanuvchi, ularni saqlovchi, ularga xizmat ko‘rsatuvchi, ularni tashuvchi, zararsizlantiruvchi, utilizatsiya qiluvchi va ko‘mib tashlovchi yuridik va jismoniy shaxslar;
kuzatuv zonasi — radiatsiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-muhofaza zonasidan tashqaridagi hudud;
radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi;
radiatsiyaviy xavfsizlik — fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati;
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
sanitariya-muhofaza zonasi — ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud bo‘lib, u erda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy chegarasidan oshishi mumkin;
tabiiy radiatsiyaviy fon — kosmik nurlanish orqali hamda erda, suvda, havoda, biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionuklidlarning nurlanishi orqali hosil bo‘ladigan nurlanish dozasi;
texnogen ravishda o‘zgartirilgan radiatsiyaviy fon — inson faoliyati natijasida o‘zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon;
xodimlar (personal) — bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan yoxud ish sharoitlariga ko‘ra bunday manbalar ta’sir zonasidagi jismoniy shaxslar;
yadroviy xavfsizlik — yadroviy materialdan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar majmui.
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
normalashtirish prinsipi — ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‘l qo‘yiladigan, ular sog‘lig‘iga xavfsiz bo‘lgan darajadan oshirmaslik;
asoslash prinsipi — inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy radiatsiyaviy fonga qo‘shimcha ravishda) yetkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq bo‘lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini taqiqlash;
minimallashtirish prinsipi — ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sog‘lig‘iga xavfsiz bo‘lgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada bo‘lishini saqlab turish.
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan nurlanish oqibatida ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi;
atrof muhitning, foydalanishdagi va iste’moldagi predmetlarning radiatsiyaviy holati, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek o‘zlari olgan nurlanish dozasi to‘g‘risida to‘liq va xolis axborot olish;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokamasida ishtirok etish.
Fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishga;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshirayotgan davlat organlarining talablarini bajarishga.
Qonunchilikka muvofiq fuqarolar boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda ular zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolar ijtimoiy himoyalanish huquqiga ega. Ijtimoiy himoyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan iborat bo‘ladi:
radiatsiyaviy xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, yemlarni, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jihatidan sertifikatlash;
barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratilishi kelishib olinayotganda radiatsiyaviy ifloslanishni aniqlash.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bundan mustasno.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ishlab chiqarish nazorati ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar, shuningdek tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar mavjud bo‘lgan xomashyo, qurilish materiallari va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi jamoatchilik nazorati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirishni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish obyektlari qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda davlat ekologik, radiatsiya-gigiyena va texnikaviy ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etishni, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofaza qilish vositalarini yaratish va tayyorlashni;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olishni, ishlab chiqarishni, hosil qilishni, qayta ishlashni, ulardan foydalanishni, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatishni, ularni tashishni, zararsizlantirishni, utilizatsiya qilishni va ko‘mib tashlashni.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normalashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan hamda ro‘yxatga olinadigan radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalarini, gigiyena normativlarini, milliy standartlarni, qurilish normalari va qoidalarini, mehnat muhofazasi qoidalarini, radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomaga oid, uslubiy va boshqa hujjatlarni joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimining amal qilishi;
radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi xavfi yuqori bo‘lganligi uchun to‘lanadigan tovon turlari va miqdorlarini belgilab qo‘yish;
radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga hamda ular mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat turlarini belgilash;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat tomonidan tartibga solish;
tibbiy-profilaktik tadbirlar o‘tkazish;
radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;
fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o‘rgatish;
radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida rejimlarni joriy etish;
tegishli hududda radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish;
radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan taqdirda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Radiatsiyaviy xavfsizlik qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham ta’minlanishi mumkin.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog‘ida mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib boriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining ta’minlanishi hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiyena normativlarining bajarilishi tahlili;
radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko‘lami;
radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;
xodimlar (personal) va aholi ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan olayotgan, olgan va olish ehtimoli bo‘lgan nurlanish dozalarining tahlili;
nurlanish dozalarining belgilab qo‘yilgan asosiy chegarasidan yuqori bo‘lgan nurlanishga duchor bo‘lgan shaxslar soni.
Radiatsiya-gigiyena pasporti — ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yuridik shaxsning radiatsiyaviy xavfsizlik holatini tavsiflovchi hujjat.
Radiatsiya-gigiyena pasportiga har yili radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash natijalari kiritib boriladi.
Radiatsiya-gigiyena pasportlarini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Yer uchastkalarini tanlash, binolar hamda inshootlarni loyihalashtirish va qurish xonalar havosiga tabiiy radionuklidlar tushishini bartaraf etish hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilib olish, binolar va inshootlardan foydalanish xonalari havosidagi tabiiy radionuklidlarning mavjudlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Radiatsiyaviy xavfsizlik normativlariga javob bermaydigan qurilish materiallari va buyumlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Turar joy va ishlab chiqarish xonalarida aholi va xodimlar (personal)ning tabiiy radionuklidlar oqibatida nurlanish olishi belgilab qo‘yilgan normativlardan oshmasligi kerak.
Oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonida ularga yondosh bo‘ladigan materiallar va buyumlar radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi quyidagilarga majburdir:
radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo‘lmish mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlarini olib borishga;
ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida radiatsiya vaziyati ustidan, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining chiqarilishi, tashlanishi ustidan va ko‘mib tashlangan joylarida ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishga;
xodimlar (personal) nurlanish olganligining individual dozalari nazoratini va hisobini olib borishga;
ishlab chiqarish rahbarlarini, xodimlar (personal)ni, ishlab chiqarish nazorati xizmati mutaxassislarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va attestatsiyadan o‘tkazishga;
xodimlar (personal)ni ularning ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari xususida hamda ular olgan nurlanishning individual dozalari to‘g‘risida muntazam xabardor qilib borishga;
xodimlar (personal) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etib turishga;
ishlatilmayotgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ko‘mib tashlashni ta’minlashga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlarining talablarini bajarishga.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishda, tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda fuqarolar olgan, shuningdek tabiiy radiatsiyaviy fon va texnogen ravishda o‘zgargan radiatsiyaviy fon sababli yuzaga kelgan nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘ygan tartibda yaratiladigan nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi doirasida amalga oshiriladi.
Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda fuqarolarning oladigan nurlanish dozalari radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilab qo‘yilgan normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda fuqarolarni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish lozim.
Fuqaro talabi bilan unga tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda olinishi kutilayotgan yoki u olayotgan nurlanish dozasi to‘g‘risida va buning ehtimol tutilgan oqibatlari xususida axborot beriladi.
Fuqaro tibbiy rentgenoradiologik muolajalardan voz kechish huquqiga ega, epidemiologik jihatdan xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan profilaktik tadqiqotlar bundan mustasno.
Fuqarolar hamda atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilayotgan obyektlar joylashgan erda sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari belgilab qo‘yiladi.
Sanitariya-muhofaza zonalarining o‘lchamlari va chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi.
Sanitariya-muhofaza zonasida odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish obyektlarining va boshqa obyektlarning joylashtirilishi taqiqlanadi.
Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan mavjud obyektlar va inshootlardan, ularning yo‘nalishi o‘zgargan taqdirda, xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Kuzatuv zonasi, uning o‘lchamlari va chegaralari ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan belgilanadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishiladi.
Kuzatuv zonasida qonunchilikka muvofiq xo‘jalik faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Kuzatuv zonasida va sanitariya-muhofaza zonasida radiatsiyaviy avariyani bartaraf etish chora-tadbirlari amal qilishi tatbiq etiladi.
Sanitariya-muhofaza zonasi hamda kuzatuv zonasini belgilab qo‘yish oqibatida yetkazilgan zararlar ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
Radioaktiv chiqindilarni saqlashda yoki ko‘mib tashlashda ularning atrof muhitdan ajratib qo‘yilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Radioaktiv chiqindilarni yig‘ish va ko‘mib tashlashni tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash ularni ishlatishning barcha turlarida majburiydir.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishi ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan ta’minlanadi.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash texnik va tashkiliy choralar majmuini rejalashtirish hamda amalga oshirish yagona tizimini nazarda tutadi, bu tizim quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi:
radioaktiv va yadroviy materiallar joylashgan hududga ruxsatsiz kirishning, shuningdek ularning talon-taroj qilinishi yoki shikastlanishining oldini olish;
yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan radioaktiv va yadroviy materiallarni topish va qaytarish.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash tartibi qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tashkilotlar quyidagilarga ega bo‘lishi shart:
potensial radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining (ular oqibatlari taxmini hamda radiatsiyaviy holati taxmini ko‘rsatilgan) ro‘yxatiga;
radiatsiyaviy avariya yuzaga kelganda qarorlar qabul qilish mezonlariga;
fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariya va uning oqibatlaridan muhofaza qilish tadbirlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasiga;
radiatsiyaviy avariyadan xabardor qilish va radiatsiyaviy avariya oqibatlarining tugatilishini ta’minlash vositalariga;
radiatsiyadan zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va radiatsiyaviy avariyada jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish vositalariga;
xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv bo‘linmalariga.
Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lgan taqdirda ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi quyidagilarga majburdir:
xodimlar (personal)ni va aholini radiatsiyaviy avariyadan hamda uning oqibatlaridan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishini ta’minlashga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qilishga;
jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishga;
radioaktiv ifloslanish o‘chog‘i doirasini kamaytirishga va atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalishini bartaraf etishga;
radiatsiyaviy avariyaning kechishini va radiatsiyaviy avariya vaqtidagi radiatsiyaviy vaziyat o‘zgarishlarini tahlil qilishga hamda ularning taxminiy chizgilarini tayyorlab qo‘yishga;
radiatsiyaviy avariya tugatilganidan keyin radiatsiyaviy vaziyatni normallashtirish choralarini ko‘rishga.
Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatish, avariya-qutqaruv ishlari hamda dezaktivatsiya o‘tkazishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi faqat odamlarni qutqarish va ularning yanada ko‘proq nurlanish olishining oldini olish zaruratidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolarning nurlanish olishi belgilab qo‘yilgan gigiyena normativlaridan oshmasligi kerak.
Radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishiga ularning ixtiyoriy roziligi bo‘lgan hamda ehtimol tutilgan nurlanish dozalari va sog‘liq uchun zarari to‘g‘risida oldindan xabardor qilingan holda ularning hayoti mobaynida bir marta yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan shaxslarga xavf yuqori bo‘lganligi uchun to‘lanadigan tovon hamda radiatsiya ta’sirida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash turlari va miqdorlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 36 | 21,594 |
Qonunchilik | Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qaroriga muvofiq hamda talabalarga oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son qarori 1-bandiga muvofiq:
oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratiladigan ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilganligi;
ushbu Jamg‘armaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ta’lim kreditlari bo‘yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida taqsimlash hamda Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;
respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun kredit ajratish;
Jamg‘arma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda tijorat banklariga qo‘yiladigan muvofiqlik mezonlarini o‘rnatish.
3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim kreditlari, shu jumladan, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi va uning ijtimoiy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati quyidagi mazmundagi 20-band bilan to‘ldirilsin:
“20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini (keyingi o‘rinlarda — ta’lim kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan;
tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ta’lim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, to‘lovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga (keyingi o‘rinlarda — kredit oluvchi) beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Bunda, ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan ta’lim tashkilotida ta’limning ushbu turi bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.
5. Jamg‘arma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
tijorat bankida ta’lim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari bo‘yicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lishi;
bankning regulyativ kapitali 500 milliard so‘mdan kam bo‘lmasligi;
bank Davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan ta’lim krediti berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud bo‘lmasligi.
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklardan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan ma’lumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda so‘rab oladi.
Moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
6. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlarni Jamg‘armaga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlar Jamg‘arma tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganiladi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari bilan Moliya vazirligi o‘rtasida ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratish yuzasidan Bosh bitim (keyingi o‘rinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Jamg‘arma tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablag‘lar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
7. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qilinadi.
8. Moliya vazirligi doimiy ravishda mazkur Nizom doirasida Moliya vazirligi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.
9. Moliya vazirligi tijorat banklariga ta’lim kreditlari ajratish uchun 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga depozit mablag‘larni joylashtiradi.
10. Tijorat banklari ta’lim krediti olish istagini bildirgan kredit oluvchilar reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr):
to‘lov-kontrakt miqdorining 25 foizi bo‘yicha — kredit oluvchilardan har yili 1-sentabrga qadar kredit olish uchun kelib tushgan arizalar asosida;
to‘lov-kontrakt miqdorining 50, 75 va 100 foizi bo‘yicha — o‘quv yili davomida ta’lim krediti shartnomasi tuzgan kredit oluvchilar ehtiyoji hisob-kitobidan va har yili, mos ravishda, 15-dekabr, 15-mart va 15-iyunga qadar kredit olish uchun yangi kelib tushgan arizalar asosida shakllantiradi.
11. Tijorat banklari har chorak uchun shakllantirilgan reyestrlar asosida 5-sentabr, 20-dekabr, 20-mart va 20-iyunga qadar Jamg‘armaga ta’lim krediti uchun mablag‘larni olish maqsadida buyurtmanomani taqdim qiladi.
Tijorat banklari tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatlarga qadar shakllantiriladigan Reyestrga asosan Jamg‘armaga bir yoki bir necha marta buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning ta’lim kreditiga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan ta’lim kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
12. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan ta’lim tashkilotlari qabul parametrlariga o‘zgartirish kiritilishi va boshqa sabablarga ko‘ra mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan muddatlardan keyin taqdim etilgan arizalar asosida tijorat banklari Reyestr shakllantirib boradi va har oyning 15-sanasi va oxirgi sanasida Jamg‘armaga buyurtmanoma yuboradi.
13. Ta’lim tashkilotlari o‘quv yili davomida to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
14. Jamg‘arma buyurtmanomalar kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida tijorat banklari bilan Moliya vazirligi o‘rtasida ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish bo‘yicha depozit shartnomasi imzolab, ushbu mablag‘larni tijorat banklarining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
15. Bosh bitimga muvofiq Jamg‘arma mablag‘larni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Moliya vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida tuzilgan ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos ravishdagi foiz bandga tushirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi ko‘tarilgan taqdirda, ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
16. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan ta’lim krediti uchun mablag‘larni qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash tijorat banklari va Moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
17. Ta’lim kreditlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini o‘zaro taqsimlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Bosh bitimga muvofiq tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘larining 50 foizini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga garov depoziti sifatida qo‘yish bo‘yicha tijorat banki va Moliya vazirligi o‘rtasida garov shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — garov shartnomasi) tuziladi.
18. Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
v) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.
19. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, jumladan fuqarolik pasportini yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasini shaxsan ko‘rsatadi. Bank taqdim etilgan hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
20. Tijorat banklari kredit oluvchi tomonidan ta’lim krediti berishni so‘rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishi va ta’lim krediti shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan holda javob xati berishi lozim.
21. Ta’lim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt)da ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
Bunda, keyingi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnomada belgilangan to‘lov miqdori va ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizadan kelib chiqib, kredit miqdori ta’lim krediti shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv imzolash orqali oshirib boriladi.
22. Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan shartlar tijorat banki va kredit oluvchi o‘rtasida tuziladigan ta’lim krediti shartnomasida aks ettirilishi lozim.
23. Tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘idan uning shaxsiy yozma topshirig‘i asosida kredit oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatib o‘tilgan hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
24. Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta’lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnomasida (kontraktida) nazarda tutilgan hollarda o‘qishning yarim yil yoki to‘liq bir yil uchun to‘lov summasini biryo‘la amalga oshirishi mumkin.
25. Tijorat banklari Moliya vazirligidan jalb qilingan, biroq kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditining o‘zlashtirilmagan qismi miqdordagi mablag‘larni 24-bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan mos muddatlardan so‘ng uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligiga qaytaradi.
26. Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda to‘lov muddatini o‘tkazib kelgan bo‘lsa, tijorat banki ta’lim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga to‘lov-kontraktning navbatdagi qismi bo‘yicha yoki keyingi yillar uchun ta’lim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.
27. Asosiy qarz va foiz to‘lovlari kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda to‘lanadi.
28. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) ta’lim kreditini ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
29. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari va asosiy qarzni ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni o‘zining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini ko‘radi.
30. Ta’lim kreditining asosiy qarzi va (yoki) foizi bo‘yicha 180 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelganda bank garov shartnomasiga muvofiq o‘zining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlarini ta’lim kreditining asosiy qarzi qoldig‘ining 50 foizi miqdoriga kamaytirish yuzasidan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi va bu haqda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Moliya vazirligini xabardor qiladi.
31. Tijorat bankining Moliya vazirligi oldida o‘z majburiyatini mazkur Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan holatlarda kamaytirishi kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)ning bankka ta’lim krediti bo‘yicha foiz va asosiy qarzni to‘liq to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi.
32. Agar ta’lim krediti tijorat bankining Moliya vazirligi oldidagi majburiyati kamaytirilgandan so‘ng to‘liq yoki qisman qaytarilsa, tijorat banki qaytarilgan mablag‘ning 50 foiziga teng miqdorda o‘zining Moliya vazirligi oldidagi majburiyatini oshiradi va qaytgan mablag‘dan ushbu majburiyatni so‘ndiradi.
Tijorat banki qaytarilgan mablag‘ning qolgan qismini kredit oluvchining tijorat banki oldidagi qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltiradi.
33. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 43-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda) ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 11-dekabrdagi 327-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 92-modda) ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi. | 168 | 20,558 |
Qonunchilik | Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili lavozimi joriy qilindi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.03.2021 yildagi «Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 149-son qaror qabul qilindi.
Qaror bilan Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi (OQXJ) Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
OQXJ Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili tomonidan quyidagi vazifalar ham amalga oshiriladi:
Qarorga muvofiq quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida har yili respublika byudjeti hisobidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ta’kidlanishicha, 2021 yildan boshlab OQXJ Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini saqlash bilan bogʻliq хarajatlar OQXJga Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida respublika byudjetidan har yili oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek OQXJ Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchiхonalari maslahatchisi maqomiga tenglashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 122 | 1,384 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI APPARATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi apparat deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ijro etuvchi apparat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Ijro etuvchi apparat respublika Hukumati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda tizimli ravishda ijroni nazorat qiladi.
4. Ijro etuvchi apparat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
5. Ijro etuvchi apparat unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
51. Ijro etuvchi apparat yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan milliy va chet el valyutalaridagi hisobraqamlarga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladi.
6. Quyidagilar Ijro etuvchi apparatning vazifalari hisoblanadi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga berilgan vakolatlar amalga oshirilishini ta’minlash;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlarning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, tadbirkorlikni keng rivojlantirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlaydigan, shuningdek iqtisodiyotni barqaror sur’atda o‘stirishga, aholi bandligi va turmush darajasini izchil oshirishga yo‘naltirilgan eng muhim ustuvor vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda davlat dasturlari, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarida iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlar borishining tizimli tahlilini tashkil qilish;
investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologik qayta jihozlash va mahalliylashtirish dasturlarining amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimini yaratish;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib, respublikaning xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublikaning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
qabul qilinayotgan qarorlarning iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga, hududlarga va umuman mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholashni o‘z ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertiza qilinishini ta’minlash;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyatining barcha darajalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini moddiy-texnik, transport, moliyaviy va ijtimoiy-maishiy jihatdan ta’minlash.
7. Ijro etuvchi apparat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va topshiriqlarida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish talab qilinadigan masalalarni har tomonlama ishlab chiqadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan respublika Hukumatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, xalqaro shartnomalar va respublika Hukumatida ko‘rib chiqish talab qilinadigan boshqa hujjatlar loyihalarini kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari bajarilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan va respublika Hukumati tomonidan qabul qilinadigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal qilish va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek respublika hududlarini dinamik rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq (oldini oluvchi) chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlariga va Bosh vazirga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
respublika Hukumati va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari ishtirokidagi yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
respublika Hukumatining qonun loyihalarini tayyorlash rejalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun hujjatlari loyihalari va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek ularni yalpi majlislarda muhokama qilish va qabul qilishda qatnashadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yo‘llangan murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
maxfiylik rejimini, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Ijro etuvchi apparati faoliyatini moddiy-texnik, transport, moliyaviy va ijtimoiy-maishiy jihatdan ta’minlash, shuningdek ta’mirlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni tashkil etishga doir Ijro etuvchi apparatning funksiyalari, qoidaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Ijro etuvchi apparatning Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
8. Ijro etuvchi apparat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, ular tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqishni belgilangan tartibda talab qilish;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda Ijro etuvchi apparatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha ishlarini o‘rganish va belgilangan tartibda tekshirish.
9. Ijro etuvchi apparat:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq takliflar va loyihalar har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida iqtisodiy islohotlarning borishi ustidan tizimli monitoring olib borilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilishi va qaror qabul qilinishi talab qilinadigan muammoli masalalar sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi uchun;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi uchun;
respublika Hukumati tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan qonunlar va hujjatlar loyihalarini hamda qabul qilingan Hukumat qarorlarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari uchun;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, respublika Hukumati qarorlari va farmoyishlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.
10. Ijro etuvchi apparatning tuzilmasiga Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va uning o‘rinbosari, Ijro etuvchi apparatning tarkibiy bo‘linmalari – mamlakat iqtisodiyotining muhim komplekslari, tarmoqlar va sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining apparatlari, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarining kotibiyatlari, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi, funksional bo‘limlar kiradi.
Axborot-tahlil departamentlari tarkibida sho‘balar, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi tarkibida esa bo‘limlar tashkil etiladi.
Ijro etuvchi apparat tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
11. Axborot-tahlil departamentlari o‘z faoliyatida tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va uning o‘rinbosarlariga bo‘ysunadi hamda ayni paytda ularning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi, shuningdek funksional bo‘limlar bevosita Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga bo‘ysunadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining apparatlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari faoliyatini ta’minlaydi hamda ularning ishlari Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
12. Axborot-tahlil departamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi hamda funksional bo‘limlar to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, ular xodimlarining funksional vazifalari esa tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari hamda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Ijro etuvchi apparat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, tarkibiy bo‘linmalarning, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
14. Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi:
Ijro etuvchi apparat faoliyatini tashkil etadi hamda Ijro etuvchi apparatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlik qiladi;
ekspertiza natijalariga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar loyihalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalari bo‘yicha — ularga Bosh vazirning belgilangan tartibda vizasi olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kotibiyatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari xizmatlariga topshirish uchun, Hukumat qarorlari loyihalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri imzolashi uchun — axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri imzolagan Hukumat qarorlariga viza qo‘yadi va ularning chiqarilishini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish, tahliliy materiallarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari loyihalarini chuqur va sifatli tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda respublika Hukumatida ko‘rib chiqish talab qilinadigan boshqa hujjatlar loyihalarini kiritishda ijro etuvchi organlar tomonidan Reglamentning belgilangan talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ijro intizomini mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi organlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ijro etuvchi apparatning o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyati va Bosh vazir o‘rinbosarlari apparatlari shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosarlari bilan birgalikda departamentlar mudirlari o‘rinbosarlari, sho‘ba mudirlarini, Ijro etuvchi apparatning tegishli bo‘linmalariga bosh va yetakchi mutaxassis kadrlarni tanlaydi;
o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazo berish to‘g‘risida, axborot-tahlil departamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari apparatlari rahbarlari va mutaxassislariga nisbatan esa — tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari bilan kelishgan holda qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisining o‘rinbosari Ijro etuvchi apparat tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish shakllari va metodlarini takomillashtirish ishlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga ko‘ra Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisining vazifalarini uning o‘rinbosari bajaradi.
16. Axborot-tahlil departamenti mudiri:
Axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z o‘rinbosarlari, sho‘ba mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda axborot-tahlil departamentiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan axborot-tahlil departamenti mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni ta’minlaydi;
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoringni va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda tegishli kompleks rahbari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
o‘rinbosarlar, sho‘ba mudirlari va mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tegishli Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, departament tarkibiy bo‘linmalari va mutaxassislarining ish rejasini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosatining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan axborot-tahlil departamenti mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Axborot-tahlil departamenti mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini o‘rinbosarlaridan biri, sho‘ba mudiri yoxud bosh mutaxassislardan biri bajaradi.
17. Sho‘ba mudiri:
sho‘ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda sho‘baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
sho‘baga birkitilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va respublika hududlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;
qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosda monitoringi olib borilishini ta’minlaydi;
mutaxassislarning, departamentning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni o‘rganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida departament mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;
mutaxassislar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosariga, mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, sho‘ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
axborot-tahlil departamenti mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Sho‘ba mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini sho‘baning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborilgan yozma topshiriqlari to‘g‘risida Bosh vazirga o‘z vaqtida axborot berilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va uning topshirig‘iga ko‘ra ularning ijrosini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o‘tkazadi va Ijro etuvchi apparat tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlar (fishkalar) tayyorlaydi, shuningdek ular to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beradi;
Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarining kun tartibi loyihasini shakllantiradi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlatadi va tegishli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
yig‘ilishlar va majlislar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan Hukumat komissiyalari majlislari tashkil etilishini ta’minlaydi va qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron tarzdagi murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan yuklangan va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
19. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i:
Boshqarmaga bevosita rahbarlik qiladi, bo‘lim mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari, mutaxassislar ishini tashkil qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizasi tashkil etilishini, shuningdek Boshqarma sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari tayyorlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qonun loyihasi ish rejalarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qiladi;
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga va tashqi savdo xavfsizligiga rioya qilinishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalarining amalga oshirilishi, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarining turkumlangan ma’lumotlar banki va monitoringini shakllantirishni va olib borishni tashkil qiladi;
Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
ular bo‘yicha respublika Hukumati qarori talab etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasb darajasini va ish malakasini oshirish choralarini ko‘radi, shuningdek ularni rag‘batlantirish yoki jazolash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Boshqarmaning bo‘lim mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanishi uchun kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bo‘lim mudirlaridan biri bajaradi.
20. Bosh (yetakchi) mutaxassis:
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida tegishli tarkibiy bo‘linma rahbariga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
tegishli axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Funksional bo‘lim mudiri:
bo‘lim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi va bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Bo‘lim yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan xat-xabarlar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, tayyorlangan loyihalarga viza qo‘yadi va ular to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot beradi;
tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, mutaxassislarning kasb saviyasini va ish malakasini oshirish choralarini ta’minlaydi, ularni rag‘batlantirish yoki jazolash bo‘yicha takliflar kiritadi;
bo‘lim mutaxassislari o‘rtasidagi vazifalar taqsimotini Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisining tasdiqlashi uchun kiritadi, tegishli ijro intizomini ta’minlaydi, Ijro etuvchi apparatda amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq bo‘limda ish yuritilishini tashkil qiladi;
Bo‘limning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Funksional bo‘lim mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bo‘limning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (uning o‘rinbosarining) yordamchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat va tahlil qiladi, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga (uning o‘rinbosariga) axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (uning o‘rinbosarining) joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqishi uchun zarur bo‘lgan axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (uning o‘rinbosarining) ma’ruzalari va nutqlarini Ijro etuvchi apparatning tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va majlislar, shu jumladan Hukumat komissiyalari majlislari tayyorlanishi va o‘tkazilishini tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi, topshiriqlarning bajarilishi to‘g‘risida Kotibiyat mudiriga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yoki uning o‘rinbosarlariga belgilangan muddatlarda axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (uning o‘rinbosari) nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar haqida axborot beradi va xat-xabarlarga topshiriqlarni belgilangan tartibda ijro etuvchilarga yuboradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (uning o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinishini ta’minlaydi;
Ijro etuvchi hokimiyatning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (uning o‘rinbosari) tomonidan fuqarolarning qabul qilinishini tashkil qiladi, Bosh vazir (uning o‘rinbosari) va Kotibiyat mudiri topshirig‘i bo‘yicha fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
23. Ijro etuvchi apparatning boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining vazifalari va funksiyalari tegishli tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimotiga ko‘ra belgilanadi.
24. Axborot-tahlil departamenti mudiri, uning o‘rinbosarlari, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri, sho‘ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar, yordamchilar va boshqa mas’ul xodimlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Inspektorlar, ish yurituvchi kotibalar va boshqa texnik xodimlar tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining taqdimnomasiga asosan Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
26. Ijro etuvchi apparatning ta’minoti va moddiy-texnik ta’minlanishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
I. Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorida:
1) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2) 9-banddagi “O‘.T. Sultonov va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari” so‘zlari “va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3) qarorga ilovada:
a) 2-banddagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin:
b) 4-banddagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
v) I bo‘limda:
quyidagi mazmundagi 2-band qo‘shilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari”;
2—10-bandlar tegishli ravishda 3—11-bandlar deb hisoblansin;
oxirgi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) II bo‘limning 4-bandidagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
d) IV bo‘limda:
bo‘limning nomidagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
3-bandning yettinchi xatboshidagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
6-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1-sxemaning II bo‘limida:
bo‘limning nomidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tarkibiy bo‘linmalar” ustunida:
“Apparat Rahbari” so‘zlari “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“departament (bo‘lim) mudiri” so‘zlari “departament (bo‘lim) mudiri, boshqarma boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro va nazoratni tashkil etish” ustunidagi “Apparat Rahbari” va “Apparati Rahbariga” so‘zlari tegishli ravishda “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi” va “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“departamentlar va bo‘limlar”, “departament va bo‘lim mudirlari”, “departamentlarda (yoki bo‘limlarda)”, “departament (yoki bo‘lim)” va “departamentlar, bo‘limlar” so‘zlari tegishli ravishda “departamentlar, boshqarma va bo‘limlar”, “departament va bo‘lim mudirlari, boshqarma boshlig‘i”, “departamentlarda (boshqarmada, bo‘limlarda)”, “departament (boshqarma, bo‘lim)” va “departamentlar, bo‘limlar va boshqarma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ullar” ustunida:
“Apparat Rahbari” so‘zlari “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“departament, bo‘lim mudiri” va “departamentlar (bo‘limlar) mudirlari” so‘zlari tegishli ravishda “departament, bo‘lim mudiri, boshqarma boshlig‘i” va “departament (bo‘lim) mudirlari, boshqarma boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 2-sxemaning I bo‘limida:
bo‘limning nomidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tarkibiy bo‘linmalar” ustunida:
“Apparat Rahbari” so‘zlari “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Departament, bo‘lim” so‘zlari “departament, boshqarma, bo‘lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tayyorlash, bajarish va nazoratni tashkil etish” ustunida:
“yuridik bo‘limda” va “Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga” so‘zlari tegishli ravishda “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasida” hamda “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“departamentda, bo‘limda”, “Departament (yoki bo‘lim)”, “departamentlar, bo‘limlar” so‘zlari tegishli ravishda “departamentda, boshqarmada, bo‘limda”, “Departament (boshqarma, bo‘lim)”, “departamentlar, bo‘limlar, boshqarma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ullar” ustunida:
“Apparat Rahbari” so‘zlari “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“departament, bo‘lim”, “departament, bo‘lim mudiri”, “departamentlar, bo‘limlar” so‘zlari tegishli ravishda “departament, boshqarma, bo‘lim”, “departament, bo‘lim mudiri, boshqarma boshlig‘i” va “departamentlar, bo‘limlar, boshqarma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 1-nazorat kartochkasi shaklida:
“Farmoni” so‘zidan keyin “qarori” so‘zi qo‘shilsin;
“Vazirlar Mahkamasi Apparati” va “Vazirlar Mahkamasi Apparatida” so‘zlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” va “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 1a-nazorat kartochkasi shaklidagi “Farmoni” so‘zidan keyin “qarori” so‘zi qo‘shilsin;
k) 2-nazorat kartochkasi shaklidagi “Vazirlar Mahkamasi Apparati” va “Vazirlar Mahkamasi Apparatida” so‘zlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” va “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida” so‘zlari bilan almashtirilsin; | 109 | 45,672 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-914-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-914-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 353 |
Qonunchilik | Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Internet tarmog‘idan foydalanish yo‘nalishidagi milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, kompyuter xavfsizligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish masalalarida ularga yordam ko‘rsatish maqsadida:
1. Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi “O‘zinfokom” huzurida xodimlarning cheklangan soni 10 kishidan iborat Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining taklifiga rozilik berilsin.
Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzurida Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining tuzilmasi va Nizomi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha operatorlar, provayderlar hamda boshqa subyektlarning kompyuter xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
kompyuter texnikasi va dasturlardan foydalanuvchilar hamda ularni ishlab chiqaruvchilardan, shu yo‘nalishda ishlaydigan xorijiy tuzilmalardan kompyuter xavfsizligiga oid zamonaviy tahdidlar to‘g‘risida olinadigan axborotlarni, shuningdek muayyan kompyuter hodisalari, kompyuter tizimlarini himoyasida qo‘llanilayotgan dasturiy-texnik vositalarning samaradorligiga oid materiallarni yig‘ish, tahlil qilish va tegishli ma’lumotlar bazasiga jamlash;
kompyuter xavfsizligini ta’minlashning xalqaro tajribasini o‘rganish va umumlashtirishdan kelib chiqib, axborot tizimlariga noqonuniy suqilib kirish hollarining oldini olishni ta’minlaydigan eng samarali dastur-apparat vositalarini qo‘llash bo‘yicha mamlakatimizdagi foydalanuvchilarga tavsiyanomalar ishlab chiqish, ularga maslahat xizmatlari va texnik yordam ko‘rsatish;
kompyuter tizimlariga xakerlar hujumlari to‘g‘risidagi xabarlarni tezkorlik bilan qabul qilish va ularni oldini olish bo‘yicha shoshilinch yordam ko‘rsatish, kompyuter xavfsizligiga tahdid tug‘ilayotgani haqida Internet tarmog‘i hamda boshqa axborot tizimlari, shu jumladan mamlakatimizdagi mahalliy va korporativ axborot tizimlarining foydalanuvchilarini o‘z vaqtida ogohlantirish;
kompyuter xavfsizligini ta’minlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
3. Belgilansinki, Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining vakolatiga quyidagi huquqqa zid harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish vazifalari kiradi:
tarmoqlarning bazaviy uzellari va katta server resurslarining ish qobiliyatini izdan chiqarish, tizim axborotini buzish yoki ishonchsizlantirish maqsadidagi xakerlik hujumlari;
axborot tizimlari, shuningdek axborot resurslarini boshqarish funksiyalaridan ruxsatsiz foydalanishga qaratilgan tarmoq hujumlari;
himoyalangan axborot tizimlarining parollarini, hamda boshqa identifikatsiya qilish jarayonida ishlatiladigan axborotni qo‘lga kiritish, tanlash va buzish;
axborot tarmoqlari himoya tizimlarini buzish, jumladan maxsus dasturlarni joriy etish yo‘li bilan ham, kompyuter viruslarini aniq maqsadga ko‘ra tarqatish, shuningdek axborot kompyuter texnologiyalari sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar.
4. Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining faoliyatiga tezkor rahbarlik O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
5. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N.Aripov):
ikki hafta muddatda Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturini ishlab chiqsin, hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda zarur moddiy-texnikaviy bazani yaratish, uni zamonaviy kompyuter va tarmoq uskunalari, dasturiy ta’minot bilan jihozlash, shuningdek keng yo‘lli Internet tarmog‘i bilan ta’minlash ko‘zda tutilsin;
Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilab beradigan ish reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatini axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar, muhandis-tahlilchilar bilan ta’minlasin.
6. Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmatining faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnikaviy ta’minlash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga tasdiqlangan smeta doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 128 | 5,040 |
Qonunchilik | Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4165-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq atom energiyasidan foydalanish sohasida quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
a) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning:
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish hamda ulardan foydalanish;
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
b) boshqa yuridik shaxslarning:
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash;
radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va ko‘mib tashlash;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ) tomonidan litsenziyalanadi.
4. Litsenziya faqat yuridik shaxslarga belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
5. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
6. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan asosiy shartlardan tashqari quyidagi talablar va shartlar qo‘yiladi:
a) yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish sohasida:
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etish;
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish to‘g‘risida hamda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilinganligi;
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun tegishli maydonchadan foydalanishga doir ruxsatnomani mavjudligi;
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etishning texnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari bo‘yicha davlat ekspertizasining tegishli ijobiy xulosalari olinganligi;
litsenziya talabgorining birinchi rahbarida atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjudligi;
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish shartnomasining buyurtmachisi funksiyalarini bajarishi jarayonida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar hodimlarining litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini va ushbu hodimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega ekanligi;
loyiha, konstruksiya va texnologik hujjatlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish obyektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tizimlari yo‘lga qo‘yilganligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini barpo etish majmuasida ruxsatsiz kirishdan himoya qilishni ta’minlash tizimlarining mavjudligi hamda mazkur tizimlarning normal funksiyasi yo‘lga qo‘yilganligi;
litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini xavfsiz tugatish sharoitlarini ta’minlash qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
litsenziya talabgori tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti qurilish maydonchasini tadqiq etish natijalarini monitoring qilish tizimini va ushbu obyektlarni loyihalashtirish, qurishda zarur xavfsizlikni ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda, uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish va ishga tushirishda monitoring natijalarini tatbiq etishni hisobga olish tizimi joriy etilganligini va buning uchun zarur bo‘lgan material-texnik vositalarning mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini barpo etish shartnomasi bo‘yicha buyurtmachi o‘z funksiyalarini bajarishi uchun zarur moddiy-texnik bazaga ega ekanligi;
litsenziya talabgorining fuqarolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha tegishli sug‘urta polisining mavjudligi;
b) yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktidan foydalanish, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishi sohasida:
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlaridan foydalanish, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishi sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda o‘z kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir bo‘lgan litsenziya talabgori (yuridik shaxs) to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinganligi;
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktiga mulk huquqi va (yoki) boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya talabgorining birinchi rahbarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma va shu bilan bir qatorda atom elektr stansiyasining birinchi rahbarida atom elektr stansiyasida rahbarlik lavozimida kamida 7 yil, shu jumladan kamida 2 yil atom elektr stansiyasining bosh muhandisi yoki uning o‘rinbosari lavozimida ish stajiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
litsenziya talabgorining bosh muhandisida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma va shu bilan bir qatorda atom elektr stansiyasi bosh muhandisida atom elektr stansiyasida rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil, shu jumladan kamida 2 yil atom elektr stansiyasining bosh muhandisi lavozimida yoki uning o‘rinbosari, atom elektr stansiyasida asosiy texnologik bo‘linma rahbari (rahbar o‘rinbosari) lavozimida ish stajiga, shuningdek, rahbar hodimlarda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomaning mavjudligi;
litsenziya talabgori ishchi xodimlarining litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik ta’minlanganligini asoslovchi hujjatlarning mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidaga norma va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish obyektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tizimlari yo‘lga qo‘yilganligi;
yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va (yoki) radioaktiv chiqindilarni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi belgilangan norma va qoidalarga muvofiq saqlash sharoitining mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish tizimining mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq ishlab chiqilgan avariyaga oid ichki rejaning va mazkur reja litsenziya talabgori tomonidan bajarishiga shayligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq jisman himoya qilinishini ta’minlash tizimining mavjudligi;
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlarida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiyadan chiqarish bo‘yicha belgilangan muddatdan besh yil oldin mazkur obyektlarni xavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarish bo‘yicha konsepsiyaning mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlari (tegishli qismlari) bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yong‘in xavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha ijobiy xulosalarning mavjudligi;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomaning (sanitar pasportning) mavjudligi;
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti maydonchasini tadqiq etish natijalarini monitoring qilish tizimini va ushbu obyektlarni loyihalashtirish, qurishda zarur xavfsizlikni ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda, uskunalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, o‘rnatish va ishga tushirishda monitoring natijalarini tatbiq etishni hisobga olish tizimi joriy etilganligi va buning uchun zarur bo‘lgan material-texnik vositalarning mavjudligi;
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti maydonchasining zarur parametrlarini monitoring qilish tizimining va monitoring natijalarini mazkur obyektlardan foydalanishda hisobga olish tizimining mavjudligi;
yadroviy, radiatsiyaviy, ekologik xavfsizlik, sanoat, yong‘in, sanitariya, axborot xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sohalarida qonun hujjatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan va litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarning mavjudligi;
texnologik jarayonlarni boshqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga zarur bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi;
radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik xavfsizlik, sanoat, yong‘in va axborot xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, jisman himoya qilish xizmatlarining mavjudligi;
ish joylarida, binolarda, ishlab chiqarish maydonlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida, shunindek, radioaktiv chiqindilarni chiqarishda va tashlashda hamda saqlash joylarida radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish tizimining mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlarida xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarda tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatmalarning mavjud emasligi, shu bilan birga, tegishli xodimlar psixiatriya va norkologiya ekspertizasidan ijobiy o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
texnologik jarayonlarni boshqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarni smenadan oldin nazorat qilishni amalga oshiruvchi tibbiy xizmatning mavjudligi;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punkti xodimlarini yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimining mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning qo‘yilmasligini ta’minlovchi litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan tartibning mavjudligi;
litsenziya talabgorida radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan, tashlanadigan va chiqariladigan joylarning atrof — muhitga ta’sirini nazorat qiluvchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ekologik-tahlil laboratoriyasining mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining rahbarlari, xodimlari va mutaxassislarini attestatsiya qilish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi;
litsenziya talabgorining fuqarolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha tegishli sug‘urta polisining mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining xodimlarining olgan individual nurlanish dozalarining nazorati va hisobga olish tizimining mavjudligi.
7. Atom energiyasidan foydalanish sohasida boshqa yuridik shaxslarga belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda quyidagi talablar va shartlar qo‘yiladi (atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasi bundan mustasno):
litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, normalar va qoidalarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etishi;
litsenziya talabgorining birinchi rahbari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida kamida 3 yil ish stajiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;
litsenziya talabgori ishchi xodimlarining belgilangan malaka talablariga muvofiqligini va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalarga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish obyektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-texnologik hujjatlarini ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tizimlarining yo‘lga qo‘yilganligi;
radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik xavfsizlikya, sanoat, yong‘in va axborot xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sohalarida qonun hujjatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan va litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarning mavjudligi;
xodimlar tomonidan ishlarni bexatar olib borish yuzasidan litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarning mavjudligi;
litsenziya talabgorining fuqarolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha tegishli sug‘urta polisining mavjudligi;
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha rahbar, xodimlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining mavjudligi.
Radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash, radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va ko‘mib tashlash faoliyatini litsenziyalashga qo‘shimcha ravishda quyidagi talablar va shartlar qo‘yiladi:
yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv chiqindilar bilan ishlash jarayonlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiqligi;
radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va ko‘mib tashlash jarayonlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yong‘in xavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha ijobiy xulosalarning mavjudligi;
radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik xavfsizlik, sanoat, yong‘in va axborot xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, jisman himoya qilish xizmatlarining mavjudligi;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomaning (sanitar pasportning) mavjudligi;
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik sohasida litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarning mavjudligi;
yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv chiqindilarni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq foydalanishga topshirilgan jismoniy ximoya qilish tizimining mavjudligi;
ish joylarida, binolarda, ishlab chiqarish maydonlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida, shunindek, radioaktiv chiqindilarni chiqarishda va tashlashda hamda saqlash joylarida radiatsiyaviy vaziyatning ishlab chiqarish nazoratining mavjudligi;
xodimlarda tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatmalarning mavjud emasligi, shu bilan birga, tegishli xodimlar psixiatriya va norkologiya ekspertizasidan ijobiy o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
xodimlarni smenadan oldin nazorat qilishni amalga oshiruvchi tibbiy xizmatining mavjudligi;
xodimlarni yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimining mavjudligi;
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha hisobda turuvchi, shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan xodimlarning qo‘yilmasligini ta’minlovchi litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan tartibning mavjudligi;
hosil bo‘lgan yoki vaqtincha saqlanadigan radioaktiv chiqindilarni ko‘mib tashlashga topshirish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish jarayonida xosil bo‘lgan taqdirda);
atom energiyasidan foydalaniladigan obyektda yadroviy va radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarning mavjudligi;
litsenziya talabgorida radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan, tashlanadigan va chiqariladigan joylarning atrof — muhitga ta’sirini nazorat qiluvchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ekologik-tahlil laboratoriyasining mavjudligi;
xodimlarining olgan individual nurlanish dozalarining nazorati va xisobga olish tizimining mavjudligi;
xodimlarning shaxsiy ximoya vositalar bilan ta’minlanganligi;
xodimlarning ish joylaridagi radiatsiya holati va ular olgan nurlanishning individual dozalari to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilish tizimining mavjudligi.
8. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida quyidagi talab va shartlar qo‘yiladi:
litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etilishi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini saqlab turish maqsadida kadrlarni nazariy va maxsus bilim olishlari uchun tegishli auditoriyalar va sinfxonalarida o‘quv-moddiy bazaga ega taktik-o‘quv bo‘linmasining mavjudligi;
zamonaviy o‘quv texnik vositalar, analitik va o‘quv-trenajor tizimi, shuningdek, o‘quv stendlari bilan jihozlangan o‘quv xonalari, yadro qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va ularning biliminini tekshirish uchun interaktiv va avtomatlashtirilgan funksiyaga ega tizimning, multimediya axborot tizimining mavjudligi;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini saqlab turish bo‘yicha “Xavfsizlik madaniyati” o‘quv kursining yo‘lga qo‘yilganligi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv-metodik dasturlarining mavjudligi;
o‘qitish dasturlarini (amaliy mashg‘ulot, texnologok murakkab vaziyatlar tahlili va boshqalar) amalga oshirish uchun atom energiyasidan foydalanish obyektlarida tajribaga ega psixologik-pedagogik tayyorgarlikdan o‘tgan pedagogik tarkibning mavjudligi.
9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan va litsenziyalovchi organga taqdim etiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
uch nusxada qog‘oz shaklida atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning (ishning) xavfsizligini asoslash yuzasidan hujjatlar to‘plami;
bir nusxada ilova qilingan hujjatlarning ro‘yxati.
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi litsenziyalanadigan har bir faoliyat (ish) turi bo‘yicha uning xavfsizligini asoslash yuzasidan taqdim etiladigan hujjatlar to‘plamining tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
10. Litsenziya talabgori ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bo‘lgan taqdirda, mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar taqdim qilinadi:
litsenziya talabgorining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda o‘z kuchi bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda, yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish va yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarish, shuningdek, yadroviy material va radioaktiv moddalar muomalasini amalga oshirishga mas’ul etib tayinlangani to‘g‘risidagi tegishli qaror nusxasi;
litsenziya talabgorida mulk huquqi va yoki boshqa qonuniy asoslarda yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar, radiatsiyaviy manba, saqlash punktlari, radiaktiv modda va radiaktiv chiqindilar mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlari (tegishli qismlari) bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yong‘in xavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha ijobiy xulosalarning nusxalari;
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish jarayonida yadroviy qurilmala va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish to‘g‘risidagi va yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash (alohida hollarda — ushbu obyektlarni muddatdan oldin foydalanishdan chiqarish) to‘g‘risidagi qarorlar bo‘yicha ma’lumot;
litsenziya talabgorida radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun o‘z moliyaviy mablag‘laridan va (yoki) sug‘urta polisidan (shartnomasidan) iborat bo‘lgan moliyaviy ta’minotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
hosil bo‘lgan yoki vaqtincha saqlanayotgan radioaktiv chiqindilarni (litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladigan) ko‘mib tashlash imkoniyati mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
atom elektr stansiyasi va boshqa obyektlar uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar bilan belgilangan atom energiyasidan foydalanish obyektining yong‘inga qarshi himoyasining mavjudligi to‘g‘risidagi hisobot;
litsenziya talabgorida yadroviy qurilma, radiatsiaviy manbalar yoki saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarishni moliyalashtirish manbalari, shu bilan birga, yadroviy qurilma, radiatsiaviy manbalar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining xavfsizligini asoslash va tasdiqlash maqsadida ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun zarur molyaviy manbaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Litsenziyalovchi organ litsenziyalash jarayonida boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda o‘zaro axborot alamashish orqali, shu jumladan elektron shaklda mustaqil oladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno.
11. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (litsenziyalash yoki litsenziya shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilingan hujjatlarga havola qilingan hujjatlar, agar bunday hujjatlardan umumiy tartibda foydalanish cheklangan va ilgari litsenziyalovchi organga taqdim etilmagan holatlar bundan mustasno).
12. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
13. Litsenziya talabgori ishonchli bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgani uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
14. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning g‘aznachilik hisobraqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
15. Litsenziyalash mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni litsenziya talabgorining arizasini olgan kundan boshlab, o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkillashtirish va o‘tkazish muddatlari bundan mustasno) qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalar tayyorlash maqsadida litsenziya berish yoki berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun boshqa ekspertlarni ham jalb etishga haqli.
16. Litsenziya olish uchun taqdim hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilar baholanadi:
loyihaviy, konstruktorlik va texnologik yechimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga, shuningdek, faoliyatni amalga oshirishda radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz muomala qilish sharoitlarining belgilangan talablarga muvofiqligi;
faoliyat turini (ishni) amalga oshirishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha texnik va tashkiliy chora-tadbirlarning to‘liqligi;
yadroviy qurilmalarni jisman muhofaza qilish, nurlanish manbai, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni saqlash, hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etish sharoitlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga muvofiqligi, avariya yuz bergan hollarda, atom energiyasidan foydalanish obyekti ishchilari va aholini himoya qilish bo‘yicha tadbirlar rejalari va tadbirlarni bajarishga shayligi, shuningdek, sifatni ta’minlash tizimi va zarur muhandislik-texnik ta’minot tizimi;
litsenziya talabgorining amalga oshiriladigan faoliyat (ishlar) turining xavfsizligi, atom energiyasidan foydalanish obyektining va bajarilayotgan ishlarning xavfsizligini ta’minlashga layoqatliligi, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlar sifatining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga javob berishi;
atom energiyasidan foydalanish obyektida yadroviy va radiatsiyaviy avariya yuz bergan taqdirda, favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarining mavjudligi va shayligi;
litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini tugatish va atom energiyasidan foydalanish obyektini foydalanishdan xavfsiz chiqarish bo‘yicha sharoitlarni ta’minlashga layoqatliligi, shuningdek, tegishli loyiha hujjatlarining mavjudligi.
17. Litsenziyalovchi organ hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish jarayonida unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish tartibiga muvofiq ekspertizadan o‘tkazishni, shuningdek, joyiga chiqqan holda litsenziya talabgori tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirayotgan litsenziya faoliyat turi uchun sharoitlarni baholashni (tekshirishni) tashkil etadi.
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini o‘tkazish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab xavfsizlikni asoslash ekspertizasini o‘tkazish tartibida nazarda tutilgan texnik topshiriqda belgilanadi.
Mazkur texnik topshiriq litsenziyalovchi organning Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Texnik topshiriqda, shuningdek, litsenziya talabgorining baholash (tekshirish) dasturida (o‘tkazilgan taqdirda) mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan masalalar aniqlashtiriladi.
Litsenziya olish uchun taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari litsenziya talabgori murojatnomasida ko‘rsatilgan muddatlarga qadar to‘xtatilib turilishi yoki litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish to‘g‘risida ariza qaytarib olgan taqdirda tugatilishi mumkin.
18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziyalovchi organning Hay’ati tomonidan litsenziya talabgori taqdim qilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini baholash (tekshirish) natijalari, shuningdek, xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasi asosida qabul qilinadi.
19. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlangan kundan boshlab o‘n kun mobaynida qabul qilinadi.
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi litsenziyalovchi organ tomonidan atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligi ta’minlanganligi va xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasiga muvofiq, litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish mumkin bo‘lgan taqdirda yakunlangan hisoblanadi.
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlanganligi sanasi litsenziyalovchi organ tomonidan yozma ravishda xavfsizlikni asoslash ekspertizasi qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sana xisoblanadi.
20. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng bir kun davomida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobraqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
21. Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziya egasi o‘rtasida tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
shartnomani imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlar rekvizitlari;
litsenziya beriladigan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya egasiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
tomonlarning litsenziya shartnomasi talablari va shartlarini buzganlik uchun javobgarligi;
litsenziya egasining litsenziya talablarini bajarishi bo‘yicha litsenziyalovchi organ tomonidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziya egasi va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
22. Litsenziya talablari va shartlariga atom energiyasidan foydalanish obyektining va amalga oshiriladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun rioya etilishi zarur bo‘lgan qoidalar kiritiladi.
Litsenziya talablari va shartlari:
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan o‘tkazilgan ekspertiza (xavfsizlikni asoslash ekspertizasi) natijalaridan;
atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) obyektda amalga oshiriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turi yoki mazkur obyektga nisbatan o‘tkazilgan ekspertiza (xavfsizlikni asoslash ekspertizasi) natijasida aniqlangan xavfsizlik defitsitini kompensatsiya qilish bo‘yicha litsenziya talabgori (litsenziya egasi) tomonidan taklif qilingan tashkiliy-texnik choralardan;
atom energiyasidan foydalanish obyekti elementlarining joriy texnik xolatidan kelib chiqib shakllantiriladi.
23. Litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan va oldin ma’lum bo‘lmagan holatlar aniqlanganda yoki atom energiyasidan foydalanish sohasida yangi norma va qoidalar amalga kiritilganda, litsenziyalovchi organ litsenziya egasidan atom enregiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turini amalga oshirish xavfsizligini asoslovchi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga va litsenziya talablari va shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilishga haqli.
Litsenziya talablari va shartlariga ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra bunday o‘zgartirishlar litsenziya egasining arizasiga binoan ham kiritilishi mumkin.
24. Litsenziya egasi litsenziya talablari va shartlariga o‘zgartirish kiritish uchun litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim qiladi:
o‘zgartirishlar aks ettirilgan litsenziya talablari va shartlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ariza;
o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilayotganligi sababli yadroviy qurilma, saqlash punkti va (yoki) litseniyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligi ta’minlanishini asoslovchi hujjatlar to‘plami.
Hujjatlar to‘plami mazkur Nizomning 8-bandi talablari inobatga olingan holda topshiriladi.
25. Litsenziya talablari va shartlariga o‘zgartirish kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 16 va 17-bandlarida keltirilgan tartibga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha litsenziya talablari va shartlariga o‘zgartirish kiritish yoki unga o‘zgartirish kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qaror mazkur Nizomning 17, 18, 22 va 27-bandlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
26. Litsenziya talablari va shartlarini o‘zgartirish, litsenziya talablari va shartlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun davomida rasmiylashtiriladi.
Litsenziya egasi atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turi xavfsizligiga taalluqli bo‘lgan yangi ma’lumotlar yoki litsenziya olish bosqichida taqdim qilingan ma’lumotlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olingan yoxud mavjud ma’lumotlar o‘zgargan kundan boshlab o‘n besh ish kuni davomida litsenziyalovchi organni xabardor qilishga majbur.
27. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar mas’ul shaxs tomonidan rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organ rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
28. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Agar litsenziya talabgori litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab, litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni uch oy mobaynida taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
29. Litsenziya berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
a) litsenziya talabgorining hujjatlarni tegishli ravishda rasmiylashtirmay taqdim etilganda;
b) litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
v) xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasida atom energiyasidan foydalanish obyektining va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligi ta’minlanmaganligi va (yoki) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan va atom energiyasidan foydalanish obyektining va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining xavfsizligini asoslovchi hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, atom enregiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalariga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosalar mavjud bo‘lganda;
g) o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari quyidagilarni ko‘rsatganda:
atom energiyasidan foydalanish obyektining, uning elementlari va tizimlarining haqiqiy holati atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga muvofiq emasligini;
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini atom energiyasidan foydalanish obyekti va amalga oshirilayotgan ishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etgan holda amalga oshirish uchun imkoniyat yo‘qligini tasdiqlovchi holatlar aniqlanganligini.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
30. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak (o‘n kundan kam bo‘lmagan muddat belgilanadi).
31. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish muddatlari bundan mustasno) qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda litsenziyalovchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va tegishli qaror bo‘yicha bayonnomani tasdiqlaydi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda, ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
32. Litsenziat qayta tashkil etilib, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n besh ish kuni davomida litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
33. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
34. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi.
35. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning g‘aznachilik hisobraqamiga o‘tkaziladi.
36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
37. Litsenziyalovchi organ litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan, uning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
litseniatning yadroviy qurilmalar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o‘z majburiyatlarini bajarayotganligini kafolatlash maqsadida litsenziat tomonidan jalb qilingan pudratchi tashkilotlarni nazorat qilishi samaradorligini o‘rganish (tanishish);
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni yuklaydigan qaror chiqarish, bunday kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.
38. Litsenziya shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
39. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini quyidagilar asosida to‘xtatib turadi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida amalga oshirilgan davlat nazorati doirasida o‘tkazilgan tekshirish jarayonida litsenziya egasi litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol tarzda buzganligi aniqlanganda;
litsenziya egasi tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktidan foydalanish boshlanganidan keyin o‘n yil o‘tgach, ularning xavfsizligini davriy baholash natijalari taqdim qilinmaganda yoki o‘z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda;
yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholash natijalari litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining, yadroviy qurilma, saqlash punktining va (yoki) amalga oshirilayotgan ishlarning xavfsizligi ta’minlanmaganligi va hujjatlar bilan asoslanmaganligi aniqlanganda;
litsenziya egasi litsenziyalovchi organning aniqlagan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganda;
tashkilotni yadroviy qurilma yoki saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga va o‘z kuchi bilan yoki boshqa tashkilotlar ishtirokida yadroviy qurilmani yoki saqlash punktini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ekspluatatsiya qilish va ekspluatatsiyadan chiqarish, shuningdek, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar bilan muomalada bo‘lish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga yaroqli deb tan olinganligi to‘g‘risidagi hujjatning amal qilishi to‘xtatilganda.
40. Litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol buzishga quyidagilar kiradi:
noxush hodisaga, yadroviy yoki radiatsiyaviy avariyaga, inson salomatligiga va atrof-muhitga bevosita xavf solishga olib keladigan o‘rnatilgan texnologik reglamentlar, texnologik jarayonlar, yo‘riqnomalar va dasturlarni buzish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifati, kelib chiqishi va resurs xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks etgan nazorat, sinov natijalarini va boshqa hujjatlarni qalbakilashtirish;
xavfsizlikni asoslashda belgilangan yadroviy qurilmani, radiatsiyaviy manbani, saqlash punktini xavfsiz ekspluatatsiya qilishning cheklovlari va shartlarini buzish;
litsenziya egasining atom enregiyasidan foydalanish obyektining xavfsizligi holatining o‘zgarganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki noaniq ma’lumotlarni taqdim etishi, bunday ma’lumotlarni taqdim etmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etmasligi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektini xavfsiz ekspluatatsiya qilishning cheklovlari va shartlari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirish yoki oqibatidan qat’iy nazar bunday buzilishlar to‘g‘risida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni o‘z vaqtida xabardor qilmaslik;
tasdiqlangan loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritmasdan va kiritilgan o‘garishlar natijalarini litsenziyalovchi organ xavfsizligini baholamasdan atom energiyasidan foydalanish obyektini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va (yoki) buzilishlar oqibatidan qat’iy nazar atom enregiyasidan foydalanish obyektini rekonstrkutsiya, modernizatsiya qilishda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari uskunalarini va tizimlarini davriy ekspluatatsiya nazoratining belgilangan muddatlarini va hajmini asossiz o‘zgartirish;
atom energiyasidan foydalanish obyektini ekspluatatsiya qilish jarayonida resursini o‘tab bo‘lgan uskunalarni o‘z vaqtida almashtirmaslik;
atom energiyasidan foydalanish obyektining ishchilarini tanlash, tayyorlash, mustaqil ishga qabul qilish va xodimlarning malakasini ta’minlash bo‘yicha belgilangan tartibini buzish;
litsenziyalovchi organga litsenziya egasining har qanday qayta tashkil etilishi, joylashgan joyi yoki nomi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik.
41. Agar litsenziya egasi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib keladigan holatlarni bartaraf etsa, litsenziyalovchi organ yoki litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud ushbu holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi
42. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinishi kerak.
43. Litsenziya egasini tekshirish natijasida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklarni litsenziya egasi bartaraf eta olmasligi litsenziyani bekor qilishga asos bo‘ladi.
44. Litsenziyani bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
litsenziya egasining litsenziyalanadigan faoliyat turini tugatish to‘g‘risidagi arizasi, bunday faoliyatning xavfsiz to‘xtatilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya egasining faoliyati tugatilganligi (qayta tashkil etish bundan mustasno), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
45. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror litsenziyani amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi arizaga ilova qilingan litsenziya egasining faoliyati xavfsiz to‘xtatilishini tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish natijalari, shuningdek, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi davlat organidan olingan tegishli yuridik shaxs tugatilganligi (yuridik shaxsning faoliyati tugatilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida qabul qilinadi.
46. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi asosli qarori litsenziya egasiga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish sanasidan kechiktirmay yozma ravishda yetkaziladi.
47. Agar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning atom enregiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi olib qo‘yilsa, u obyektni boshqa ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga topshirguniga qadar yoki yangi litsenziya olmagunicha yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi uchun javobgarlikni davom ettiradi.
48. Agar litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilsa, litsenziya egasi ushbu litsenziyada nazarda tutilgan faoliyat turini amalga oshirishni to‘xtatib turishga majburdir.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar o‘zgargan taqdirda, litsenziya egasining arizasiga binoan litsenziyalovchi organ tomonidan qoidabuzilishlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida dalil olinganidan so‘ng litsenziyaning amal qilishi tiklanishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin litsenziyaning amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi, bu to‘g‘risida litsenziyalovchi organ litsenziya egasini va litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi xabar berilgan organlarni uch ish kuni davomida xabardor qiladi.
49. Agar litsenziya bekor qilinsa, litsenziya egasi litsenziyani litsenziyalovchi organga qaytarishi shart.
50. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinishi kerak.
51. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
52. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyalangan faoliyat nomi;
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilinishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
53. Litsenziyalar reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
54. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
54. Litsenziya berganlik uchun davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
56. Litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari mazkur Nizomda belgilangan tegishli vazifalarni sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
57. Litsenziya da’vogari va litsenziya egasi mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzganligi va (yoki) bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 115 | 53,445 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokoliga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) QL-568-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
2. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-558-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2111-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-574-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
5. “Tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir kasbiy faoliyatini amalga oshirayotganda ularni himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-575-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida.
7. QL-516, QL-550 va QL-553-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
8. “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
9. QL-493, QL-513, QL-547, QL-558, QL-562 va QL-574-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
10. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. | 94 | 2,189 |
Qonunchilik | Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida | “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, alkogolli mahsulotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriyligiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab alkogolli mahsulotlarning xavfsizligini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. “O‘zvinosanoat-xolding” XK” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 95 | 1,795 |
Qonunchilik | Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi | Prezidentning 31.05.2022 yildagi “Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Andijon davlat chet tillari instituti yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
Quyidagilar tasdiqlandi:
Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita хorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi.
Institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi “chet tili” fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi. Bunda:
Institutning magistratura mutaхassisliklariga kirishda хorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom ballining oʻrtacha koʻrsatkichi inobatga olinadi hamda qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazilmaydi.
Institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mutaхassislik fanlaridan хorijiy tilda dars beradigan S1 darajasidan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50% miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 52 | 1,460 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ministrlar Sovetining “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi to‘g‘risida” 1988-yil 31-oktabrdagi 389-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. 1-ilovada:
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari arxiv bo‘limlari tomonidan” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (uning filiallari) hamda viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlari (ularning filiallari) to‘g‘risidagi nizomlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi”;
g) 16-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbosharxiv” boshqarmasi tomonidan” so‘zlari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga hamda “O‘zbosharxiv” boshqarmasiga ko‘rsatmalar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga hamda “O‘zarxiv” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
3. 4-ilovada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin. | 152 | 2,403 |
Qonunchilik | OZIQ-OVQAT EKINLARI EKILADIGAN MAYDONLARNI OPTIMALLAShTIRISh VA ULARNI YETIShTIRIShNI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | So‘nggi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat mahsulotlariga jahon bozorida narx-navoning muttasil oshib borayotgani munosabati bilan, shuningdek, respublikada oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini ko‘paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish, pirovard natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2009-yil hosilidan boshlab kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha paxta xomashyosi yetishtirish hajmlari va tegishli ravishda paxta ekiladigan maydonlarni 1-ilovaga* muvofiq kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Paxta ekiladigan maydonlarni qisqartirish hisobiga:
2009-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar 2-ilovaga** muvofiq ko‘paytirilsin;
zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan tumanlar va xo‘jaliklarda sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat ekinlari ekilishi ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda:
muayyan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish uchun zarur shart-sharoitlar yetarli ekanligiga, fermer xo‘jaliklarida alohida ekin turlariga ishlov berish bo‘yicha ko‘nikma va tajriba mavjudligiga;
sug‘orish va melioratsiya tizimlari holatiga, hududlarning suv bilan ta’minlanish darajasiga;
lalmi yerlarda moyli, ozuqabop va poliz ekinlari maydonlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari 2008-yilning oktyabr-noyabr oylarida qo‘shimcha kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishini tashkil etish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga 2009-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish hamda shudgorlash ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi:
fermer xo‘jaliklarini joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida qo‘shimcha kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda va muddatda yuqori sifatli ishlov berilgan va dorilangan bug‘doy urug‘lari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda 2009-yilda sug‘oriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urug‘larini tayyorlash hajmlarini oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Davlat zaxiralari uchun nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha tayyorlangan boshoqli don ekinlarining urug‘laridan qo‘shimcha ekish uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 4-sentabrda qabul qilingan “2009-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–956-qaroriga mazkur farmondan kelib chiqqan holda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 127 | 3,654 |
Qonunchilik | “URUG‘ChILIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 9-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi 267-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 130-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) 9-moddasi ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “bojxona to‘lovi” degan so‘zlar “boj” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 102 | 548 |
Qonunchilik | Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 17 — 20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida har tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, Yaponiya fuqarolari uchun amaldagi O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini yanada liberallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi o‘rtasida 2020-yil 1-martdan paritet asosda diplomatik yoki rasmiy (Yaponiya fuqarolari) pasport egalari bo‘lgan O‘zbekiston va Yaponiya fuqarolariga ikki mamlakat xududiga vizasiz kirish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi notalar almashinuvi amalga oshirilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2020-yil 1-martdan boshlab paritet asosda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:
O‘zbekiston Respublikasida diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish hamda Yaponiya Hukumatining vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan bolalari) uchun O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatiga;
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgandan boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilansin.
3. Ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan vizasiz kirish tartibi, O‘zbekiston Respublikasiga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni (shu jumladan, turizm va mukofotlanadigan sport tadbirlari) amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda Yaponiyaning diplomatik, rasmiy va umumfuqarolik pasportlari namunalari, shu jumladan, ularning batafsil tavsifi va himoya elementlarini so‘rab olsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin. | 150 | 2,133 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Kichik tadbirkorlik subyektlarining davlat moliyaviy ko‘magidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandining:
a) “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) “v” kichik bandidagi:
ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foizli punkt miqdorida”;
quyidagicha mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“milliy valyutada — yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha — banklar xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) yettinchi xatboshidagi “va tijorat banklariga resurslarni taqdim etadi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. 3-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, Jamg‘arma kichik tadbirkorlik subyektlariga:
a) tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar beradi, kuyidagilar nazarda tutilgan kreditlar bundan mustasno:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlari qurilishini moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari va boshqa o‘yinlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
b) tijorat banklarining kuyidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiyalar beradi:
qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samarador zamonaviy issiqxonalarni tashkil etishga, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan intensiv bog‘larni rivojlantirishga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, meva- sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportda tashish bilan bog‘lik logistika markazlarini tashkil etishga;
ko‘p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlashga yo‘naltirilgan loyihalar;
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash) belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar”.
3. Quyidagicha mazmundagi 31 bandi bilan to‘ldirilsin:
“31 Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamg‘arma mablag‘larining 10 barobari miqdoridan oshmasligi kerak”.
4. 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “(keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Quyidagicha mazmundagi 51-bandi bilan to‘ldirilsin:
“51. Jamg‘arma Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy, (7-qavat) manzili bo‘yicha beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” sho‘ba korxonasi Jamg‘armaga beg‘araz taqdim etilgan xizmat binosi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin”.
6. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 244 | 4,170 |
Qonunchilik | 2015-2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tarkibiy qayta o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son Farmonini izchil amalga oshirish, shuningdek yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni faol jalb etish asosida Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash, daromadlari va turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada jadal rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
Surxondaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, asosan yuqori qo‘shilgan qiymatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada barqaror ko‘paytirish va diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
yangi, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish;
oziq-ovqat sanoatining, shu jumladan meva-sabzavot, qandolatchilik va go‘sht-sut sanoatining yangi, zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarini tashkil etish, ularni istiqbolli rivojlantirish uchun zarur xomashyo bazasini kengaytirish;
zamonaviy, talab barqaror ravishda katta bo‘lgan yengil sanoat tovarlari hamda boshqa nooziq-ovqat iste’mol tovarlari turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni rivojlantirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun xomashyo bazasini kengaytirish.
2. 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi ma’qullansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Real iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha Surxondaryo viloyatining yangi sanoat korxonalari quvvatlarini tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlar 2 — 5-ilovalarga* muvofiq.
2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat Surxondaryo viloyati (T.N. Mamaraimov), aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korxonalar, tijorat banklari rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga yuklansin.
3. 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (Sh.M. Mirziyoyev):
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari hamda yirik korxonalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning va investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan faoliyati muvofiqlashtirilishini va nazorat qilinishini;
tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda Dasturga zarurat bo‘lganda tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
4. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zbekyengilsanoat” DAK, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zfarmsanoat” DAK, “O‘zeltexsanoat AK, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekenergo” DAK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Surxondaryo viloyati hokimligi hamda tegishli tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya loyihalarining TIA tayyorlasinlar hamda obyektlarning 2 — 5-ilovalarda belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “O‘ztadbirkoreksport” AJ bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga ular ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etishda ko‘maklashsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, boshqa vakolatli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida berilishini hamda obyektlarni qurishga ruxsatnomalarning “bir oyna” tamoyili bo‘yicha berilishini;
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan zarur darajada davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsin.
8. Surxondaryo viloyati hokimligi:
o‘n kun muddatda Dastur parametrlari viloyatning barcha tumanlari va shaharlariga, shuningdek manfaatdor tashkilotlarga manzilli yetkazilishini ta’minlasin;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 98 | 6,518 |
Qonunchilik | EKSPERT KENGAShI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-y., 9-son, 28-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 263, 1996-yil 10-iyul) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 1-bandning ikkinchi va uchinchi jumlalari chiqarib tashlansin.
2. 2-bandning “b” kichik bandidagi va 3-bandning “e” kichik bandidagi “ilmiy xodimlar ixtisosliklari nomenklaturasini” degan so‘zlar “oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandda:
“v” kichik bandi “ilmiy daraja talabgorlarini” degan so‘zlardan oldin “zarur bo‘lganda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“g” kichik bandi “o‘z majlislarida” degan so‘zlardan keyin “vazirlik va idoralarning vakillarini taklif qilgan holda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“j” kichik bandi “fan sohalari bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “OAK xodimlari bilan birgalikda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert kengashlari raislari va a’zolari oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar ko‘rsatgan nomzodlarni inobatga olgan holda OAK rahbariyati tavsiyasiga asosan OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi”.
5. 8-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert kengashida ko‘rib chiqilgan attestatsiya ishlari va ular yuzasidan ekspert kengashining qarorlari OAK Rayosati majlisida Bosh ilmiy kotib va ekspert kengashi raisi (rais o‘rinbosari) tomonidan taqdim etiladi”.
6. 15-band “O‘zbekiston” degan so‘zdan keyin “Respublikasi” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. | 84 | 2,347 |
Qonunchilik | Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari, davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hamda davlat yer kadastrini yuritishda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarining vazifalarini nazarda tutuvchi Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
binolar va inshootlar davlat kadastri tarkibi, bosqichlari hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishni tashkil etishni nazarda tutuvchi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlarini tayyorlash, kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida kadastr pasportini rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Davlat yer kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, erning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash maqsadida yuritiladi.
2. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
3. O‘zbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri obyekti hisoblanadi.
4. Yer kadastri ma’lumotlarini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash hamda foydalanuvchilarga yer kadastri to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi.
5. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq to‘lash miqdorlarini asoslash, xo‘jalik faoliyatini baholash uchun mo‘ljallangan.
6. Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:
yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularga bo‘lgan mulk yoki ijara huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish;
er miqdorini hisobga olish;
er sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
erni qiymat jihatidan baholash.
7. Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududini qamrab olish;
fazoviy koordinatlarning yagona tizimini (WGS-84) qo‘llash;
er kadastriga doir ma’lumotlarni ishlab chiqish uslubining birligi va uzluksizligi;
er kadastriga doir ma’lumotlarning ishonchliligi va tejamliligi.
8. Davlat yer kadastri ma’lumotlari asosiy (birlamchi) va joriy turga bo‘linadi.
Birlamchi ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida olingan ma’lumotlar va davlat yer kadastri birlamchi ma’lumotlarini tuzish asosiy ma’lumotlar hisoblanadi.
Davlat yer kadastri ma’lumotlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va (yoki) o‘zgartirish jarayonida olingan ma’lumotlar joriy ma’lumotlar hisoblanadi.
9. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi, boshqa davlat kadastrlarini monitoringini yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga davlat yer kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlarning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
10. Yer kadastri ma’lumotlaridan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak.
11. Davlat yer kadastrini yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovlar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
12. Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil etadi:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
yer uchastkalarini elektron hisobga olish;
erni qiymat jihatidan baholash;
er kadastri ma’lumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.
13. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishiga doir ma’lumotlar yer kadastri ma’lumotlarining birlamchi qismi hisoblanadi hamda mazkur yer uchastkasini hisobga olish, qiymatini aniqlash va huquqlarni ro‘yxatga olishning asosini tashkil etadi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni birlamchi (qayta) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yer uchastkasi va uning chegaralariga oid ma’lumotlar Davlat kadastrlari yagona tizimida aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
14. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va to‘xtatilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
15. Yer uchastkalarining chegaralarini belgilash WGS-84 koordinata tizimida kartografiya materialidan foydalangan holda, geodeziya usullari bilan joyning o‘zida chegaralarning burilish nuqtalari katalogiga muvofiq ularni chegara qoziqlari bilan mahkamlash orqali amalga oshiriladi. Natijalar Davlat kadastrlari yagona tizimining yer kadastri qatlamida aks ettiriladi. Yer uchastkalarining umumiy maydoni talab qilinadigan aniqlikda tahliliy, grafik-tahliliy yoki mexanik usullar bilan aniqlanadi.
Yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan axborot tizimida yuritiladi.
Joriy ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini shakllantirishda ro‘yxatga oluvchi axborot tizimida yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning huquqiy holati, shuningdek, erning maydoni, chegaralari, undan foydalanish maqsadi va foydalanish rejimi bo‘yicha yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
16. Yer uchastkalarining umumiy maydonini hisobga olish asosan geodeziya usullari bilan, yuqori aniqlikni talab etmaydigan hollarda esa kartometrik usullar bilan bajariladi.
Ekin maydonlari bo‘yicha yer miqdorini hisobga olish bir va undan ortiq konturlardan iborat bo‘lgan asosiy yer kadastri birliklari — yer uchastkalari doirasida yuritiladi. Barcha toifadagi ekin maydonlari hisobga olinishi kerak.
Qishloq xo‘jaligi toifasidagi yer maydonlari yer turlari bo‘yicha yer kadastri ma’lumotlari tarkibida alohida qatlamda hisobga olinadi.
17. Davlat yer kadastrining alohida qatlami shaklida, yer sifatini hisobga olish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tabiiy-qishloq xo‘jaligi va yer kadastri bo‘yicha rayonlashtirish, yer tasnifi, ularni ekologiya, texnologiya va shaharsozlik belgilari va boshqa belgilar bo‘yicha tavsiflash, tuproq va erni guruhlarga ajratish.
Yerlarning o‘lchami, joylashgan o‘rni (koordinatalar katalogi bilan), toifasi va sifati holatiga oid qayd etiladigan ma’lumotlar erni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil etadi.
18. Ma’muriy-hududiy darajaning oshishiga qarab, erni hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligiga rioya qilingan holda umumlashtiriladi.
19. Turli maqsadlarga mo‘ljallangan yer uchastkalari holatini baholash yerlardan foydalanish samaradorligining hozirgi holati darajasini aniqlashga hamda kelajakda uni oshirish imkoniyatlarini tahlil qilish, asoslash, yer solig‘i va boshqa to‘lovlarni, uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish uchun amalga oshiriladi.
Barcha toifadagi yerlarni baholash ishlari tizimli ravishda amaldagi holat va baholash ko‘rsatkichlari (erlarning har bir toifasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan) yordamida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ham tuproqning unumdorlik quvvati — tuproq boniteti bo‘yicha qiyosiy baholash amalga oshiriladi.
Yerlarning qiymat bahosiga va tuproq bonitetiga doir ma’lumotlar yer bahosiga oid yer kadastri ma’lumotlarining alohida qatlamida tashkil etiladi.
20. Yer uchastkasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga olish va baholashga doir asosiy va joriy ma’lumotlar yer kadastri ma’lumotlari majmuini tashkil etadi, ular har xil: alfavit — raqam (matn, jadval, koordinatlar va maydonlar ro‘yxati) va grafik (reja, xarita, sxemalar) shakllarida qayd etiladi.
21. Davlat kadastrlari yagona tizimida davlat yer kadastri ma’lumotlari asosiy qatlam hisoblanib, tuman (shahar)ning ma’muriy-hududiy chegarasi doirasida yuritiladi. Har bir ma’muriy-hududiy birlik chegarasidagi barcha yer uchastkalari chegaralari, ularning egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibi, shuningdek, chegaralarda bo‘lgan o‘zgarishlar muntazam ravishda kiritib boriladi.
22. Har bir ma’muriy-hududiy darajada axborot tizimi orqali taqdim etiladigan yer kadastriga doir ma’lumotlar tarkibi va shakli Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
23. Yer kadastriga doir ma’lumotlarning ishonchliligi uchun davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklangan vakolatli organ mas’ul xodimlari, shuningdek, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar javob beradilar.
24. Davlat yer kadastri ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq yuritiladi.
25. Dastlabki kadastr ma’lumotlari yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz berayotgan o‘zgarishlar aniqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga (ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga), boshqa tashkilotlarga ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘n kun muddatda axborot berishga majburdirlar.
26. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari:
yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar murojaatlari asosida davlat yer kadastrini yuritishda (yer uchastkalari tarkibida va undan foydalanishda) yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar va naturada (joyning o‘zida) tekshirilgandan keyin joriy o‘zgarishlarni elektron axborot tizimiga kiritadi;
tuman (shahar) hududi kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari, yer uchastkalariga bo‘linishini ta’minlaydi va doimiy monitoringini yuritadi.
27. Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:
davlat yer kadastrini yuritishda (yer uchastkalari tarkibida va undan foydalanishda hamda huquqiy holatida) yuz bergan o‘zgarishlarni yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning buyurtmalari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
davlat yer kadastrini yuritishda tumanlar (shaharlar) filiallari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibida davlat yer kadastri yuritilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman (shahar)lar ma’muriy chegaralari kesimida kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari shakllanishi va yuritilishini ta’minlaydi;
erlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, toifalari, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarni shakllantiradi.
28. Davlat kadastrlari palatasi:
er kadastriga oid ochiq geoaxborot ma’lumotlarining Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma’lumotlar taqdim etadi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
Yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha milliy hisobot Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
har yili 1-fevralga qadar Kadastr agentligiga O‘zbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati to‘g‘risidagi milliy hisobotni taqdim etadi.
29. Kadastr agentligi:
davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlarning (shaharlarning) ma’muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo‘yish ishlarini amalga oshiradi;
yer resurslarini aerokosmik usullar bilan o‘rganishni tashkil etadi;
erlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
har yili 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati to‘g‘risidagi milliy hisobotni rasmiy veb-sayti orqali ochiq ma’lumot sifatida taqdim etadi.
30. Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlarni hamda tadqiqotlarni amalga oshirish;
erlarni sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash.
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Nizom Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi va obyektlarning huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini tashkil etadi.
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlar mulkdorlari va bu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek, binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun axborot tizimi yordamida raqamli shaklda davlat tilida yuritiladi.
2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha munosabatlar mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari barcha davlat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.
4. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish obyektlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
5. Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirish va yuritishni tashkil etish, shuningdek, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, ularni metodik jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan amalga oshiriladi.
7. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr ma’lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta’minlashlari shart, ochiq ma’lumotlar bundan mustasno.
8. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha ishlar ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik, ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
9. Binolar va inshootlar davlat kadastri kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan axborot tizimi ma’lumotlaridan iborat.
10. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich — binolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;
2-bosqich — obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud ma’lumotlarni yangilash.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘linishi, tumanlar, shaharlar bo‘yicha tuziladi, ularning hududi davlat yer kadastri ma’lumotlari asosida hisobga olish uchastkalariga bo‘linadi.
12. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid bo‘linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo‘linishini bildiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim bo‘yicha kadastr raqami beriladi.
13. Binolar va inshootlarning kadastr yig‘majildi ma’lumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlarining asosini tashkil qiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastriga ma’lumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo‘yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar ham bino va inshootlar davlat kadastrida hisobga olinishi mumkin.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda axborot tizimida bino va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo‘lishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va to‘xtatilishi) to‘g‘risidagi, shuningdek, obyektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar qayd etiladi.
Maxfiylik rejimiga ega bo‘lgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va mazkur obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
14. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlarning tarkibi Kadastr agentligi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan minimal talablar asosida ishlab chiqiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan er, ularga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarning yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo bo‘lish asoslari va muddatlari, ularning to‘xtatilish muddatlari, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obyektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar axborot tizimiga bino va inshootga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida kiritiladi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obyektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari va boshqa ma’lumotlar binolar va inshootlar xo‘jalik maqomining asosini tashkil etadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, qishloq va mahalla fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to‘g‘risidagi va boshqa texnik ma’lumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
15. Kadastr ma’lumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
16. Har bir bino va inshoot axborot tizimiga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo‘yiladi.
17. Axborot tizimidagi yozuvlarni o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirish zarurati paydo bo‘lsa, u holda ilgarigi yozuvlar axborot tizimida saqlanib qolgan holda bekor qilinadi va obyekt to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida to‘ldiriladi.
Bino va inshootlarning parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari) o‘zgarganda, axborot tizimiga mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq o‘zgarishlar kiritiladi.
18. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘plangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi avtomatik loyihalashtirish tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda bo‘lib, bu ro‘yxatdan o‘tkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko‘rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi.
19. Davlat kadastrlari yagona tizimida bino va inshootlar davlat kadastri tuman (shahar)lar kesimida Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlar bazasida bino va inshootlar tasnifi bo‘yicha obyektlar guruhga bo‘linadi. Bunda bino va inshootlarning hududiyligi, maqsad yo‘nalishi, yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda tegishliligi, shuningdek, qurilish-texnik tavsiflariga qarab belgilanadi. Bino va inshootlar yagona klassifikatori Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Binolar va inshootlarning holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlarining umumlashtirilgan statistik ko‘rsatkichlari Kadastr agentligi tomonidan har yili tuman va shaharlar kesimida ochiq ma’lumot sifatida Internet tarmog‘ida keng yoritilishi tashkil etiladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Nizom ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab, odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi;
kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;
kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki o‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;
kadastr pasporti — ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat;
ko‘p yillik daraxtlar — bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlari;
ko‘chmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar;
maxsus inshootlar — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun alohida yer uchastkasida qurilgan muhandislik inshootlari majmuasi, jumladan, temir va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, yer yuzasida, yer usti va yer ostida joylashgan magistral quvurlar, magistral kanal va kollektorlar;
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.
3. Kadastr yig‘majildi ko‘chmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida axborot tizimi orqali tayyorlanadi va saqlanadi.
4. Kadastr yig‘majildi ko‘chmas mulk obyektining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va qiymati, shuningdek, uning holatidagi joriy o‘zgarishlar haqidagi materiallar va ma’lumotlarni hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni jamlash yo‘li bilan kadastr muhandislari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tegishli tuman (shahar) filiallari tomonidan tayyorlanadi va qog‘oz hamda elektron shaklda Davlat kadastrlari palatasida doimiy saqlanadi.
Ko‘chmas mulk obyektiga tayyorlangan kadastr yig‘majildi natijasi bo‘yicha mulkdorga yoki uning ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxsga, shuningdek, mulkdorning merosxo‘riga kadastr pasporti taqdim etiladi.
Mulkdorning yoki uning ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxsning, shuningdek, mulkdor merosxo‘rining so‘roviga ko‘ra kadastr yig‘majildining nusxasi elektron shaklda taqdim etiladi.
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan o‘tkazilgan o‘lchov ishlari natijasida tayyorlangan kadastr yig‘majildi tarkibidagi ma’lumotlar haqqoniyligiga — Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari, shuningdek, kadastr muhandislari tomonidan o‘tkazilgan o‘lchov ishlari natijasida tayyorlangan kadastr yig‘majildi tarkibidagi ma’lumotlar haqqoniyligiga — kadastr muhandislari javobgar hisoblanadi.
5. Kadastr yig‘majildini tayyorlash va uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari o‘z xohishiga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qiladi yoki kadastr muhandislari bilan xizmat ko‘rsatish (kelishuv) shartnomasi asosida bitim tuzadilar.
Arizaga (shartnomaga) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21, 22, 23, 38, 39, 40 va 41-bandlarida ko‘rsatilgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga (shartnomaga) ilova qilinmasa, kadastr yig‘majildi tayyorlanmaydi.
6. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga murojaat etilgan hollarda, arizalar filial tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qabul qilib olinganidan so‘ng shu kunning o‘zida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ishlarni bajarish bo‘yicha arizalar reyestriga kiritiladi.
7. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Kadastr muhandislari tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatini rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdordagi narxlarda tomonlarning o‘zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yig‘majildini tayyorlash va uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etish kadastr obyektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv. metrdan 1 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan 5 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv. metrdan 15 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv. metrdan 50 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv. metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha;
kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.
9. Kadastr yig‘majildi yer uchastkasining, bino va inshootlarning hamda ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi.
10. Yer uchastkasi yaxlitligini yo‘qotmagan holda ushbu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha o‘zgarishlar (bino va inshootlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ko‘p yillik daraxtlar barpo etilishi) haqidagi ma’lumotlar kadastr yig‘majildiga kiritib boriladi.
11. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini tayyorlash va kadastr pasportini rasmiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tuman (shahar) filialida ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar aniqlanishi;
tuman (shahar) filialida ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganligi;
ko‘chmas mulk obyektida o‘lchov ishlarini olib borilishiga, shu jumladan, ko‘chmas mulk obyektiga kirish imkoni yo‘qligi (foydalanib kelayotgan shaxslar tomonidan bino va inshootga, yer uchastkasiga kirishga qarshilik qilish).
12. Kadastr muhandisi yuridik va jismoniy shaxslarga kadastr yig‘majildini tayyorlab berish bo‘yicha kelishuv shartnomasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining maxsus axborot tizimida ajratilgan shaxsiy kabineti orqali ko‘chmas mulk obyektiga oid ma’lumotlarni kiritadi hamda mulkdor (foydalanuvchi)ning ko‘chmas mulkiga oid mavjud axborotni tizimda o‘ziga yuklab oladi.
Kadastr muhandisi o‘z shaxsiy kabineti orqali quyidagi ma’lumotlarni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi:
ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami (kadastr hujjatlariga o‘zgartirish kiritilayotganda);
mulkdor (foydalanuvchi) yuridik va jismoniy shaxsning nomi;
yuridik shaxslarda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
kadastr yig‘majildini tayyorlash (qayta tayyorlash) uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21, 22, 23, 38, 39, 40, 41-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini tayyorlash (qayta tayyorlash) bo‘yicha tomonlar o‘rtasida imzolangan, shu jumladan, jismoniy shaxs tomonidan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga rozilik berilgan shartnoma.
Kadastr muhandisi malaka shahodatnomasining amal qilishi tugaganda, shaxsiy kabinetning ishchi funksiyalari cheklanadi.
13. Yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishida bir nechta yer uchastkasi bo‘lsa, kadastr yig‘majildi ularning har biri bo‘yicha tayyorlanadi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda jismoniy yoki yuridik shaxsga bitta huquqni belgilovchi hujjat bilan ajratilgan bir necha yer uchastkalarini umumlashtirgan holda kadastr yig‘majildi tayyorlanishi mumkin.
14. Yer uchastkasining kadastr yig‘majildini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
yer uchastkasining geodezik o‘lchov natijasida topografik xaritalarini tayyorlash;
er kadastr ma’lumotlari, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi va cheklovchi hujjatlar hamda servitutlar mavjudligini o‘rganish;
yer uchastkasini joyida xatlovdan o‘tkazish;
yer uchastkasining chegaralari va umumiy maydonini huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish va ularning farqini aniqlash;
yer uchastkasining amaldagi maydoni huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan maydondan ortiq bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan erning chegarasini kadastr rejasiga tushirish;
ko‘chmas mulk obyektini hisobdan o‘tkazish varaqasida yer haqidagi ma’lumotlarni kiritish.
15. Yer uchastkalari geodezik asboblar yordamida (WGS-84 koordinatalar tizimida) o‘lchovdan o‘tkaziladi. Bunda chegara burilish nuqtalarining koordinatlari aniqlanadi va shartli belgilardan foydalanib, yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi tuziladi.
16. Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasiga quyidagilar tushiriladi va ma’lumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlar hamda boshqa geografik obyektlar;
yer uchastkasining davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘rnatilgan muhofaza zonalari va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarning chegaralari (mavjud bo‘lsa);
chegaradosh yer uchastkalari va ularga bo‘lgan huquq egalarining nomlari.
17. Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi uning maydonidan kelib chiqib, kadastr yig‘majildida tasvirlash uchun qulay masshtablarda tuziladi. Bunda aholi punktlaridagi yer uchastkasining kadastr rejasi 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha, aholi punktlaridan tashqarida joylashgan qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari yer uchastkasining kadastr rejasi 1:5000 masshtabda yoki 1:10000 masshtabda tuziladi.
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va boshqa shu kabi maqsadlarda foydalanilayotgan yer uchastkalarining elektron raqamli kadastr rejasi mavjud topografik va qishloq xo‘jaligi elektron xaritalaridan foydalanib tuziladi.
Agar yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha zamonaviy (aktual) topografik s’yomka materiallari mavjud bo‘lsa, kadastr rejasi ular asosida tuzilishi mumkin.
Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi arxivda saqlash uchun qog‘ozda chop etilib, rejasini tuzgan ijrochi, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi tomonidan imzolanadi va chegaradosh yer uchastkalariga bo‘lgan huquq egalari bilan kelishiladi va Yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasiga (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) uning ajralmas qismi sifatida ilova qilinadi.
18. Yer uchastkasi joylashgan manzil tez aniqlanishini ta’minlash maqsadida yer uchastkasi joylashgan hudud rejasi tayyorlanadi va kadastr yig‘majildiga kiritiladi. Yer uchastkasi joylashgan hudud rejasi yer uchastkasi tushirilgan, unga yaqin hududlarni o‘z ichiga olgan topografik kartalardan yoki boshqa rejalardan ko‘chirmadan iborat bo‘ladi.
19. Yer uchastkasini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha quyidagi hollarda yer uchastkasining chegaralari qo‘shni chegaradoshlar bilan kelishiladi:
yangi ajratilgan yer uchastkalarida;
ko‘chmas mulkning bir qismini begonalashtirish natijasida yer uchastkasi bo‘linganda.
Mazkur bandda nazarda tutilgan holatlarda yer uchastkasini kelishish mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda dalolatnoma tuzish hamda qo‘shni chegaradoshlar tomonidan imzo qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
20. Dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami;
yer uchastkasining joylashgan manzili — tuman, shahar, shaharcha, qishloq (ovul) va ko‘chaning nomi, uy raqami, agar ko‘chaning nomi va uy raqami bo‘lmasa, qishloq (ovul), mahalla va aholi punktining nomi keltiriladi;
yer uchastkasining chegaralari ta’rifi;
yer uchastkasining umumiy maydoni — hujjatlar bo‘yicha va amalda;
yer uchastkasining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi hujjatlarda belgilangan foydalanish maqsadi va amaldagi foydalanish turi;
qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning turlari, bonitet ballari va me’yoriy qiymati;
huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan muhofaza zonasining maydoni;
yer uchastkasi haqidagi boshqa zarur ma’lumotlar.
21. Dalolatnoma yer uchastkasi yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, uning rahbari yoki ishonchli vakili tomonidan, agar yer uchastkasi jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, ushbu jismoniy shaxs yoki uning ishonchli vakili tomonidan imzolanadi.
Agar chegaradosh yer uchastkalariga bo‘lgan huquq egasi — jismoniy shaxs uzoq muddatga boshqa joyga ketgan bo‘lsa, yuridik shaxs boshqa tumanda (shaharda) joylashgan bo‘lib, chegaralarni kelishish kuni va vaqti to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsa-da, uning rahbari yoki ishonchli vakili kelishish uchun kelmasa, ushbu holat dalolatnomada aks ettiriladi.
Yer uchastkalari chegaralarini aniqlashda yer uchastkasining chegaralari chegaradosh yer uchastkalariga bo‘lgan huquq egasi (egalari) bilan kelishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal etiladi.
Keyinchalik yer uchastkasiga yoki chegaradosh yer uchastkasiga nisbatan belgilangan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda, dalolatnomani qayta tuzish talab etilmaydi, yer uchastkasining chegarasi o‘zgargan holatlar bundan mustasno.
22. Ko‘chmas mulk obyektini hisobga olishda yer uchastkasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
yer uchastkasining joylashgan manzili;
manzil belgilanishi (mavjud, yangi berilgan, o‘zgartirilgan);
manzil berish yoki o‘zgartirishni asoslovchi hujjat;
yer uchastkasining toifasi;
yer uchastkasining nomi;
yer uchastkasining kadastr raqami;
iqtisodiy zonasi;
yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;
yer uchastkasining umumiy maydoni (ga);
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha yer uchastkasining maydoni (ga);
o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni;
muhofaza zonalari;
muhofaza zonalarining maydoni (ga);
cheklovlar va servitutlar;
ko‘p yillik daraxtlar bilan egallangan yer maydoni;
yer uchastkasini baholash to‘g‘risida ma’lumotlar;
yer uchastkasiga xos boshqa ma’lumotlar.
23. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer maydonidagi tegishli tartib asosida barpo etilgan va qurilishi tugallangan yoki tugallanmagan bino va inshootlarga kadastr yig‘majildi tayyorlanishiga ruxsat beriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida noqonuniy qurilgan qurilmalarni egallab olingan yer maydoni va qurilmalarning o‘lchamlari vakolatli organlarning so‘rovnomasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan ma’lumotnoma tarzida tayyorlanadi.
24. Bino va inshootlarning kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
bino va inshootlar bo‘yicha mavjud huquqiy, iqtisodiy, arxitektura-shaharsozlik va boshqa zarur hujjatlar yig‘iladi va tahlil qilinadi;
bino va inshootlar texnik xatlovdan o‘tkaziladi, bunda binolarning ichki va tashqi o‘lchovlari aniqlanadi, maydonlari va hajmlari hisoblanadi hamda ushbu ma’lumotlar binolarning ichki va tashqi o‘lchov qaydnomalarida aks ettiriladi;
bino va inshootlar konstruktiv qismlarining tavsifi aniqlanadi va ma’lumotlarda aks ettiriladi;
bino va inshootlarning qavatma-qavat elektron chizmalari tayyorlanadi;
binoning muhandislik kommunikatsiyalari (gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va boshqalar) bilan ta’minlanganligi aniqlanadi;
jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarning kadastr qiymati qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi;
bino va inshootlarga hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlari shakllantiriladi;
ko‘chmas mulk obyektini elektron hisobga olishda bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari kiritiladi;
kadastr yig‘majildi tayyorlanadi.
25. Kadastr yig‘majildi asosida kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
26. Bino va inshootlarning arxitektura-qurilish chizmalari eng kam hajmda, ortiqcha tafsilotlarsiz tuziladi.
Bunda binoning ichki xonalari rejasi chiziladi. Agar bino bir necha qavatdan iborat bo‘lsa, u holda barcha qavatlarning rejalari, shuningdek, yerto‘laning rejasi chiziladi. Binoning qavat rejalari 1:100 yoki 1:200 masshtabda chop etiladi va nomlanadi (masalan, “1-qavat rejasi”, “2-qavat rejasi”, “Yerto‘la rejasi”).
27. Yer osti inshootlarining (har xil maqsadlarda foydalaniladigan quvurlar, elektr va aloqa liniyalari, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan inshootlar va boshqalar) tavsifi kadastr yig‘majildiga loyiha-smeta yoki ushbu inshootlar davlat kadastri ma’lumotlaridan foydalanib kiritiladi.
28. Maxsus inshootlarning kadastr ma’lumotlari tayyorlanayotganda, ular to‘g‘risida o‘zlariga xos ma’lumotlar tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlaridan foydalanib kiritiladi (masalan, alohida kadastr obyekti bo‘lgan elektr liniyasining kadastr ma’lumotlaridan uning nomi, kuchlanishi, simlar soni, elektr liniyasi tayanchlarining konstruksiyasi, transformator stansiyalari va boshqa inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinishi mumkin).
29. Ko‘chmas mulk obyektini hisobdan o‘tkazish natijasiga ko‘ra axborot tizimida bino va inshootlarning quyidagi kadastr ma’lumotlari aks ettiriladi:
binolar soni;
inshootlar soni;
asosiy xonalar soni;
binolar umumiy maydoni;
foydali (yashash) maydoni;
binoning qurilish osti maydoni;
inshootlar maydoni;
bino va inshootlarning kapitalligi;
funksiyasi;
konstruktiv turi (poydevor, devor, cherdak to‘sinlar, orayopma, tom qoplamasi, pol);
zilzilabardoshligi;
muhandislik jihozlanganligi (suv, oqova, elektr, gaz, issiqlik);
binoning qavatliligi;
obyekt joylashgan qavati;
binoning balandligi, m;
maydon, kv.m. (qurilish osti, umumiy, ishlab chiqarish, foydali, yashash);
qurilgan yili;
o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlar;
kadastr qiymati;
bitim (shartnoma) qiymati;
maxsus inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Bino va inshootlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa ko‘rsatkichlar ham kiritilishi mumkin.
30. Kadastr yig‘majildiga abrislar, fotosuratlar hamda bino va inshootlarni tavsiflovchi boshqa hujjatlar va elektron fayl materiallari ilova qilinishi mumkin.
31. Binolar qayta ixtisoslashtirilganda va rekonstruksiya qilinganda, kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ko‘chmas mulk obyektining vujudga kelishi (barpo etilishi) yoki ikki va undan ortiq qismlarga bo‘linishida manzillarni belgilash Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq kadastr yig‘majildini shakllantirish jarayonida amalga oshiriladi.
32. Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga kadastr yig‘majildi tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi loyiha talablariga muvofiq boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida tayyorlanadi va natijasi bo‘yicha kadastr pasporti beriladi. Bunda bino va inshootning poydevori va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos hisoblanadi.
33. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlarga ko‘chmas mulkning bir turi sifatida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi va natijalari bo‘yicha kadastr pasporti beriladi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan o‘z mablag‘lari hisobiga ekilgan va ularning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr yig‘majildi tarkibiga kiritiladi.
Yakka tartibdagi uy-joyda hamda jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish (dala hovli) uchun berilgan yer uchastkalarida o‘stirilgan ko‘p yillik daraxtlarga kadastr yig‘majildi tayyorlanmaydi.
34. Kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonida bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlarining maydonida (geodezik o‘lchov asboblari yordamida 1:1000 va 1:10000 gacha masshtabda topoxaritalari yaratiladi) o‘lchov ishlari o‘tkaziladi va ko‘chatlarning soni aniqlanadi. Bog‘lardagi daraxtlar turlarga (olma, nok, shaftoli va boshqalar) ajratilmasdan, egallagan umumiy maydoni hamda soni aniqlanadi.
35. Ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlari yer uchastkasining kadastr ma’lumotlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi. Kichraytirilgan reja xaritasidagi shartli belgilarda ko‘p yillik daraxtlar egallagan yerlar chegarasi koordinata burilish nuqtalari katalogida aks ettiriladi.
36. Kadastr yig‘majildi davlat tilida elektron hujjat sifatida tayyorlanadi.
Qog‘oz ko‘rinishda kadastr yig‘majildi A4 (210 x 297 mm) formatdagi yozuv qog‘ozlarida elektron hujjat asosida tayyorlanadi. Bunda asosiy formatlarning qisqa tomonlarini karrali miqdorda uzaytirish bilan tashkil qilinadigan qo‘shimcha formatlar qo‘llanilishi mumkin.
37. Ko‘chmas mulk obyekti faqat yer uchastkasi yoki bino va inshootdan (kvartira, bino, inshootning bir qismi) hamda ko‘p yillik daraxtlardan iborat bo‘lgan hollarda, kadastr yig‘majildi tegishli obyekt bo‘yicha tayyorlanadi.
38. Kadastr yig‘majildining muqovasi va tarkibidagi elektron axborot tizimida shakllanadigan ma’lumotlarning namunaviy jadvallari, qaydnomalari va blankalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda kadastr yig‘majildini tayyorlagan Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar)dagi filiali yoki kadastr muhandisi nomi, ko‘chmas mulk obyekti joylashgan joy va ko‘chmas mulk obyektiga oid boshqa barcha ma’lumotlar qayd etiladi.
39. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali xodimlari tomonidan tayyorlangan kadastr yig‘majildi mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan muddat doirasida tekshirib chiqiladi. Bunda mazkur yig‘majildda qayd etilgan ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri kiritilganligi hamda geoaxborot tizimlarida aks ettirilganligi holati o‘rganiladi. Kamchiliklar aniqlangan hollarda, bir ish kuni muddatda ijrochi xodim kamchiliklarni bartaraf etadi.
Kadastr muhandisi tomonidan ko‘chmas mulk obyektlariga tayyorlangan kadastr yig‘majildi bo‘yicha ma’lumotlar uning axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga qabul qilish uchun yuboriladi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari kadastr muhandisi tomonidan axborot tizimi orqali ko‘chmas mulk obyektiga oid tayyorlangan kadastr yig‘majildi ma’lumotlarini qabul qilib oladi va uch ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi.
40. Kadastr muhandisi axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘chmas mulk obyektlariga oid quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
ko‘chmas mulk obyekti joylashgan joy;
egasiga (foydalanuvchiga) oid ma’lumotlar;
ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga oid ma’lumotlar (shartnoma raqami, sanasi, muddatlari, to‘lov miqdori va boshqalar);
mazkur Nizomning 22 va 29-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar;
yer uchastkasi va undagi bino inshootlarning chegaralari ko‘rsatilgan hamda WGS-84 koordinatalar tizimidagi tayyorlangan raqamli kadastr xaritasi;
bino va inshootlarning avtomatik loyihalashtirish dasturlari yordamida dxf, dwg formatlardan birida tayyorlangan chizmasi. Kadastr yig‘majildi birlamchi tayyorlangan hollarda, bino va inshootlarning amaldagi (o‘lchov kunidagi) holati bo‘yicha foto suratlar, respublikada foydalanishda ruxsat etilgan sun’iy yo‘ldosh suratlari.
41. Kadastr muhandisining axborot tizimi orqali taqdim etilgan elektron ma’lumotlari Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kunida o‘rganiladi. Bunda:
kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan elektron ma’lumotlar, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi va unga muvofiq ko‘chmas mulk obyekti texnik hisobga olinadi, kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi holatlar tekshiriladi;
kadastr muhandisi tomonidan kadastr ma’lumotlar bazasiga kiritilgan texnik ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liqligi tekshiriladi va dastlabki ma’lumotlar bilan solishtiriladi;
yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda ko‘p yillik daraxtlar dastlabki shakllantirilgan kadastr ma’lumotlari asosida solishtiriladi va axborot tizimida mavjud chegaradosh yerdan foydalanuvchilarning chegaralari bilan solishtiriladi va tahlil etiladi.
Kadastr muhandisi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan ma’lumotlarda texnik xatoliklar mavjud bo‘lsa, bartaraf etish uchun ushbu xatoliklar ko‘rsatilgan holda qaytariladi. Agar ko‘rsatilgan texnik xatoliklar xabar berilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida bartaraf etilmagan yoki muhandis tomonidan tegishli xabar qoldirilmagan bo‘lsa, hududiy boshqarma ikki ish kunida kadastr pasportini tayyorlashni va hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda kadastr muhandisini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ko‘chmas mulk obyektining tashqi chegaralari va obyektga oid umumiy ma’lumotlari bir xilligi aniqlangandan so‘ng hududiy boshqarma tomonidan kadastr muhandisining taqdim etilgan elektron kadastr yig‘majildi ma’lumotlari davlat kadastrlari tizimiga qabul qilinadi. Bu haqda axborot tizimi orqali kadastr muhandisiga ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasportidan ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Quyidagi hollarda kadastr muhandisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar axborot tizimi orqali rad etiladi va kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan tegishli izoh yuboriladi:
ushbu Nizomning 12, 22 va 29-bandlarida keltirilgan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
belgilangan muddatda ma’lumotlardagi texnik xatoliklar to‘g‘rilanmaganda;
yer uchastkasi chegaralariga oid berilgan ma’lumotlar geoaxborot tizimi va tuman (shahar) filiallari arxiv ma’lumotlariga nisbatan farq qilganda.
Boshqa hollarda kadastr muhandisiga rad javobi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
42. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan kadastr muhandisi ma’lumotlari kelishilgan va hisobga qo‘yilganda, kadastr muhandisi o‘zining shaxsiy kabinetida kadastr ma’lumotlari bazasiga kirgan holda ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bino va inshootlarning o‘lchov qaydnomasi, xonalarning o‘lchov qaydnomasi, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari qaydnomasini va boshqa ma’lumotlarni chop etadi.
43. Kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan va qabul qilingan kadastr yig‘majildi ma’lumotlari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan ro‘yxatga olish ishini ko‘rib chiqishda asos hisoblanadi.
44. Kadastr muhandisi ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini shakllantirishda axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali zarur bo‘lgan kadastr ma’lumotlarni olishda, elektron ma’lumotlar bazasidan hamda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
45. Kadastr muhandisi tomonidan ushbu Nizom talablariga ikki va undan ortiq ravishda qo‘pol ravishda amal qilmaslik hamda qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilishi, kadastr muhandisining malaka shahodatnomasi bekor qilinishi bo‘yicha Kadastr agentligiga axborot kiritish uchun asos hisoblanadi.
46. Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalarining yoki ular ishonchli vakillarining talablariga muvofiq tegishli tartibdagi murojaatlari asosida kiritiladi.
47. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgartirilgan holda rekonstruksiya qilinganda, ular qaytadan texnik xatlovdan o‘tkaziladi hamda shu asosda bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari qaytadan tayyorlanadi.
48. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi o‘zgargan taqdirda, ko‘chmas mulk obyektiga qaytadan kadastr yig‘majildini tayyorlash taqiqlanadi.
49. O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bog‘liq (maxfiylik rejimidagi) bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun ko‘chmas mulkni balansida saqlovchi tashkilot yoxud ularning ishonchli vakillari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga murojaat qilinadi.
Bunda kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha tegishli shartnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini maxfiylik rejimiga rioya etgan holda amalga oshiradi. Xatlov natijalari bo‘yicha kadastr yig‘majildi rasmiylashtiriladi va alohida maxfiylik rejimiga ega bo‘lgan ma’lumotlar bazasiga kiritadi.
50. Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar kiritishda Davlat kadastrlari palatasining elektron arxivi hamda tegishli tuman (shahar) filiallari arxivida saqlanayotgan qog‘oz nusxasiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda kadastr yig‘majildining arxivda saqlanayotgan nusxasida mavjud bo‘lgan hujjatlarni olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi, yangi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr yig‘majildiga yangilanishi bo‘yicha qo‘shib boriladi.
51. Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr muhandisi bilan shartnoma tuzgan holda kadastr yig‘majildi tayyorlanganda, kadastr pasporti ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Kadastr pasportida mulkdor va huquqni belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.
52. Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:
ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
yer uchastkasining kadastr pasporti — ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq;
ko‘p kvartirali uydagi noturar joyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq;
qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq;
ko‘p yillik daraxtning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq;
maxsus inshootlarning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq;
ko‘p kvartirali uyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 9a-ilovaga muvofiq.
53. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ko‘chmas mulk obyektining ikki qismiga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda.
54. Ko‘chmas mulk obyektining pasporti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1998-yil 31-dekabrdagi 543-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qaroriga 7-ilovaning 2-bobi 1 va 2-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga ilovaning 3 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 46-son, 551-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 3 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda). | 114 | 60,899 |
Qonunchilik | Davlat хaridlari tartib-taomili oʻzgartiriladi | Vazirlar Mahkamasining 26.01.2021 yildagi «Davlat хaridlarini amalga oshirishda хarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida»gi 37-son qarori qabul qilindi.
«Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Moliya vazirligiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:
Markaziy aхborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni ta’minlash Moliya vazirligining Aхborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy aхborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni ta’minlash хalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar hamda Moliya vazirligi Aхborot-hisoblash markazining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
2021 yil 1 apreldan boshlab davlat хaridlari ijrochisining muassislari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Moliya vazirligi va DSQ aхborot tizimlari oʻrtasidagi aхborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
Hujjat bilan Davlat хaridlari markaziy aхborot portalini yuritish boʻyicha funksional talablar hamda Davlat хaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) milliy klassifikatorini yuritish qoidalari tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 46 | 1,394 |
Qonunchilik | KOLXOZChILAR, SOVXOZLARNING IShChILARI VA QIShLOQ JOYLARIDA YaShOVChI BOShQA FUQAROLARNING ShAXSIY YORDAMChI XO‘JALIKLARINI YaNADA RIVOJLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Qishloqda ijtimoiy muammolarni hal etishni jadallashtirish, aholiga amaliy yordam berish hamda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni zarur deb hisoblayman:
1. Qoraqalpog‘iston MSSR Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalari, nohiya ijroiya qo‘mitalari, posyolka, qishloq va ovul Sovetlari, O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
har bir xo‘jalik posyolka, qishloq, nohiya va viloyatda yangi tomorqa uchastkalariga yoki mavjud tomorqa uchastkalarini kengaytirishga muhtoj bo‘lganlarni aniqlasin;
paxtazorlar qisqartirilishini nazarda tutib, 1991-yilda jamoa xo‘jaliklarining a’zolari, davlat xo‘jaliklarining ishchilari va qishloqda yashovchi boshqa fuqarolarning tomorqa maydonlariga ehtiyojini qondirish uchun 108,5 ming yer jumladan Qoraqalpog‘iston MSSRda 16,0 ming gektar, Andijon viloyatida 8,7 ming gektar, Buxoro viloyatida 12,6 ming gektar, Jizzax viloyatida 3,1 ming gektar, Qashqadaryo viloyatida 9,8 ming gektar, Namangan viloyatida 7,6 ming gektar, Samarqand viloyatida 7,7 ming gektar, Surxondaryo viloyatida 13,0 ming gektar, Sirdaryo viloyatida 3,9 ming gektar, Toshkent viloyatida 8,2 ming gektar, Farg‘ona viloyatida 14,6 ming gektar, Xorazm viloyatida 3,3 ming gektar yer ajratilsin.
Xalq deputatlari nohiya, posyolka, qishloq va ovul Sovetlari, jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari rahbarlari 1991-yilning sentyabriga qadar ajratib beriladigan tomorqa uchastkalari rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar.
2. Qoraqalpog‘iston MSSR Vazirlar Kengashi, viloyat, nohiya, qishloq va ovul Sovetlari:
1989-1990-yillarda ajratib berilgan barcha tomorqa yerlarini qayta ro‘yxatga olsin, foydalanilmayotgan uchastkalarni tortib olib, muhtoj oilalarga bersin;
uy-joylar ijtimoiy-madaniy inshootlar va muhandislik yer osti inshootlari joylashtirilishini hisobga olib, bosh rejalar va namunali loyihalarga qat’iyan muvofiq tarzda qurilsin.
3. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari egalari uyushmasi (o‘rtoq S.N. Usmonov) aholiga yer uchastkalari ajratishga oid qarorlarni qabul qilish va ro‘yobga chiqarishda ijtimoiy adolatga rioya etilishini qat’iy nazorat ostiga olsin.
4. Ushbu Farmon bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 190 | 2,338 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.