folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 21-iyuldagi 20/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1719, 2007-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 405-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 4-bandning birinchi xatboshisi “1-ilovaga” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 6-bandda: birinchi xatboshi “bankka” degan so‘zdan keyin “inkassatorlar orqali” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblangan nobank kredit tashkilotlari asosiy hisobvarag‘i ochilgan bank kassasiga eng kam oylik ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo‘lgan naqd pullarni mustaqil topshirishlari mumkin.”. 3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Naqd pullarni qabul qilish vaqtida nobank kredit tashkilotlarining kassiri so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda mazkur Qoidalarning 1a-ilovasiga amal qilishi shart. Nobank kredit tashkiloti kassiri naqd pullarni bosh buxgalter (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) tomonidan imzolangan kirim kassa ordyerlari bo‘yicha qabul qiladi. Naqd pullar qabul qilinganda nobank kredit tashkiloti bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) va kassiri tomonidan imzolangan, kassir muhri qo‘yilgan yoki kassa apparatining izi (otteski) tushirilgan kvitansiya beriladi.”. 4. 26-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Nobank kredit tashkilotlarining kassa xonalari mazkur Qoidalarning 1b-ilovasiga muvofiq texnik jihatdan mustahkamlanishi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi lozim.”. uchinchi xatboshidagi “2-ilovada” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarning 2-ilovasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi “3-ilovada” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarning 3-ilovasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 1a va 1b-ilovalar bilan to‘ldirilsin. 7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan. 1. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan haqiqiyligi shubhalantirmaydigan hamda ular qiymatini belgilaydigan so‘zlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari to‘liq saqlangan banknotlar, ular umumiy o‘lchamining 55 foizi mavjud bo‘lsa hamda shikastlanish darajasidan qat’i nazar, to‘liq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tangalar to‘lovga qabul qilinadi. 2. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar: istalgan qismi, jumladan to‘lovlilik alomatlari belgilanishiga ta’sir etadigan darajada teshilgan, yirtilgan siyqalangan joylari, dog‘lari bo‘lgan, siyohda yozilgan; ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli bo‘lgan yirtilgan va yelimlangan; qiymatini ko‘rsatadigan raqamlar, yozuvlar bo‘lgan qismlardan tashqari, o‘z rangini o‘zgartirgan, kuygan (ko‘proq kuygan); to‘liq hajmini saqlamagan banknotlarni to‘lovga qabul qilishi va pul tushumi tarkibida banklarga topshirishi lozim. Ushbu talablarga muvofiq kelmaydigan banknotlar va tangalar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi va banklar tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi.”. 1. Mazkur talablar nobank kredit tashkilotlarida kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlash va qo‘riqlash — yong‘indan ogoh etish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha me’yorlarini belgilaydi. 2. Mavjud naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishini ta’minlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi shart: a) boshqa xizmat va yordamchi xonalardan ajratilgan bo‘lishi; b) binoning 1-qavatida joylashgan bo‘lishi, shuningdek ichki ishlar organi va inkassatsiya xizmati bilan kelishilgan holda, ko‘p qavatli binoning oraliq qavatida joylashishi mumkin. 3. Kassa kamida 2 ta xonadan iborat bo‘lishi shart: a) qimmatliklarni saqlash xonasi; b) kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi. 4. Kassa xonalari g‘ishtli yoki temir beton devorlarga, mustahkam pol va shiftlarga, ishonchli ichki devor va to‘siq devorlarga ega bo‘lishi lozim. 5. Kassa xonalari tashqi devorlarining qalinligi 400 mm bo‘lgan g‘isht yoki temir beton devorlardan, ichki devorlar va to‘siq devorlarining qalinligi kamida 120 mm bo‘lgan g‘isht yoki temir beton devorlaridan iborat bo‘lishi lozim. 6. Kassa xonalarida diametri 200 mm dan katta bo‘lgan teshiklar mavjud bo‘lsa, ular temir panjaralar bilan jihozlanishi lozim. 7. Qimmatliklarni saqlash xonasi ikkita eshik bilan yopilishi shart: a) tashqariga ochiladigan, 3 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi temirdan yasalgan bir tavaqali, o‘zi yopilib qolmaydigan ikkita mexanik qulf bilan yopiladigan tashqi eshik (qulflar bir-biridan kamida 300 mm oraliqda o‘rnatiladi); b) ichkariga ochiladigan, temir panjara ko‘rinishidagi diametri 16 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat simlardan tayyorlangan va xona ichkarisidan surma zulfin bilan yopiladigan ichki eshik. 8. Qimmatliklarni saqlash xonasida derazalarning bo‘lishi man etiladi. 9. Qimmatliklarni saqlash xonasida pul va boshqa qimmatliklar yonmaydigan seyflarda saqlanishi lozim. 10. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasiga tashqariga ochiladigan, 3 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi temirdan yasalgan eshik o‘rnatilishi shart. 11. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasining deraza romlariga ichki tarafdan metall panjaralar o‘rnatilishi shart. 12. Deraza romlariga o‘rnatiladigan barcha panjaralar o‘lchamlari 150x150 mm dan ko‘p bo‘lmagan yacheykalarni hosil qilib, diametri kamida 16 mm bo‘lgan po‘lat simlardan tayyorlanadi va panjaralar devorga qoqilgan uchi qayrilgan mixlarga payvandlash yo‘li bilan mahkamlanadi. Yong‘in yoki favqulodda holatlar yuzaga kelganda insonlarni va moddiy boyliklarni saqlash maqsadida, binoning 1-qavatidagi deraza romlariga o‘rnatiladigan panjaralarni xonaning ichki tomonidan yengil ochiladigan qilib bajarilishi lozim. 13. Uchi qayrilgan mixlar diametri kamida 16 mm bo‘lgan po‘lat simlardan tayyorlanadi va qurilish konstruksiyalariga kamida 150 mm ichkariga qoqiladi. 14. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi xizmat ko‘rsatish uchun o‘lchami 200x300 mm bo‘lgan maxsus darcha bilan jihozlanishi va darcha ichkari tomonidan qulf yoki ilgak orqali berkitiladigan bo‘lishi lozim. 15. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi kun davomida pullarni vaqtincha saqlash uchun seyf bilan jihozlangan bo‘lishi shart. 16. Kassa xonalari qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i bilan jihozlanishi shart: a) birinchi himoya to‘sig‘i — xonaning perimetrini himoya qiladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasida derazalar mavjud bo‘lganda, ular deraza ochilishi va oyna sinishini qayd etish xabargohlari bilan jihozlanadi; b) ikkinchi himoya to‘sig‘i — xonaning hajmini himoya qiladi. Buning uchun hajmni qo‘riqlash (ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radioto‘lqin rusumli) xabargohlari qo‘llaniladi. 17. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasida kassirlarning ish joylari tashvish xabari vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 18. Qimmatliklarni saqlash xonasidagi qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i ishdan tashqari vaqtda qabul nazorat uskunasi orqali texnik qo‘riqlash punktiga qo‘riqlashga topshiriladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasidagi tashvish xabari vositasi ish vaqti davomida texnik qo‘riqlash punktiga ulanadi. 19. Kassa va unga tegishli bo‘lgan xonalardagi qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i alohida shleyflar bilan qabul-nazorat uskunalariga ulanib uning chiqishi bitta shleyf orqali texnik qo‘riqlash punktiga va kassaning navbatchilik xonasidagi xabar berish uskunasiga ulanadi. 20. Kassa xonalari me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda yong‘indan xabar beruvchi qurilmalar (tutunli, issiqli va h.k.) bilan jihozlanadi va ular texnik qo‘riqlash punktiga yoki navbatchi xodimlar postidagi yong‘indan xabar beruvchi nazorat qilish uskunasiga ulanadi. 21. Qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari tizimi va kassani yoritish tizimi alohida-alohida montaj qilinadi hamda elektr ta’minoti turli manbalardan olinadi. Simlarning barcha turlari plastmassa quvurlarda yashirilgan holda o‘tkaziladi. 22. Kassa xonalarining qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari tizimi ShNQ 2.04.09-2007 “Binolar va inshootlarning o‘t o‘chirish avtomatikasi” talablariga hamda qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadigan obyektlarning idoraviy ro‘yxatlariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lishi lozim. 23. Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan xizmat ko‘rsatishga qabul qilinadigan kassalar ushbu bo‘linmalar rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan himoya vositalari bilan qo‘shimcha ravishda jihozlanishi mumkin. 24. Kassa xonalarini qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlashga doir ishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 25. Kassa xonalarida montaj qilingan qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalarini montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash ichki ishlar organlari qoshidagi qo‘riqlash bo‘linmalari, davlat yong‘in nazorati organlari va nobank kredit tashkilotlari vakillari bilan birgalikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yo‘riqnomasini taqdim etadi.”.
146
10,292
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida
Yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy armiyani izchillik bilan isloh qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasining qabul qilingani, armiya va xalq birligini ta’minlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikdagi ishlarning kuchaytirilgani milliy armiyamiz saflarini mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilarning hayotiy va professional ko‘nikmalarini ilm-ma’rifat asosida qalbi va ongiga singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalarida to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Xususan, oliy harbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda dunyoqarashi va fikrlash doirasi keng bo‘lgan ofitserlarni tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy soha uchun zarur infratuzilmalar zamon talablariga javob bermaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan. Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish ishlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan, burchiga sadoqatli, yuqori professional harbiy xizmatchilarni tayyorlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi 1-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish sxemasi 3-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish sxemasi 4-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” degan konseptual g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, harbiy xizmatchilarning bilimi va ma’naviy saviyasini oshirish, axloqiy-ruhiy xislatlari va huquqiy bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasining Qurolli Kuchlar tizimida izchil amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasining (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin: harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan yagona tizimni yaratish; harbiy xizmatchilarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish; harbiy xizmatchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tizimli va izchil ravishda yetkazish hamda dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, mas’uliyat, fidoyilik tuyg‘ularini oshirish; milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda tahlil etish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida harbiy xizmatchilarda “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish; dinning asl mazmun-mohiyatini teran ochib berish orqali harbiy xizmatchilarga ezgulik va rahmdillik an’analarini singdirish, insonparvarlik va mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirish hamda ularni milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom, fidoyilik va sadoqat, halollik va poklik, mustaqil fikr va sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash. 4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib borish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish; davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida tatbiq etishda amaliy yordam berish hamda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilansin va ushbu kunda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin: buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatidagi yorqin misollarni targ‘ib qilish orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish; harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, Qurolli Kuchlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish; harbiy-ma’muriy sektorlar rahbariyati, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida harbiy xizmatchilar oilalari turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha ish rejalari (“Yo‘l xaritalari”) ishlab chiqish; harbiy qism va bo‘linmalarda to‘plangan eng ilg‘or tajribalar, jangovar tayyorgarlikda erishilayotgan yutuqlar, mamlakatimiz tarixidagi yorqin voqealarni aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilib borish maqsadida uchrashuvlar, harbiy qismlarga tashriflar tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish, burchga va Vatanga xiyonat eng og‘ir jinoyat ekanini hayotiy va ta’sirchan misollar orqali yoshlar ongiga singdirib borish; erishayotgan yutuqlar hamda harbiylik kasbi nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash, shu jumladan, Internet butunjahon axborot tarmog‘ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilarga hamda fuqarolarga harbiy xizmatchilar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatgan ishlari va yutuqlari uchun topshiriladigan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi ikki oy muddatda qo‘shinlarda ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-hordiq ishlarini tashkil etish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash hamda zarur obyektlarni qurish bo‘yicha 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan reja ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi, Davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar hamda yoshlar bilan ishlash bo‘limi negizida ushbu boshqarma va bo‘lim vazifalarini bajaruvchi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi 6-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash organlari negizida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari tashkil etilsin. Brigadalarda (ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda) va alohida batalonlarda “harbiy psixolog” (ofitser) lavozimi joriy etilsin. Harbiy okruglar boshqaruv apparatlarida “psixolog”, “yetakchi sotsiolog”, brigadalarda (ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda) va alohida batalonlarda “harbiy qism komandirining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchisi — Madaniyat markazi boshlig‘i” (Qurolli Kuchlar xizmatchisi) lavozimlari joriy etilsin. Ularning oylik maoshlariga lavozim moyanasidan 30% miqdorda har oy qo‘shimcha ustama pul to‘lash belgilansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Umumqo‘shin fakulteti bazasida qo‘shimcha “Qo‘mondonlik-taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar” mutaxassisligi bo‘yicha ofitserlar tayyorlash ta’lim tizimini joriy etsin va ikki oy muddatda ushbu mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturini ishlab chiqsin; “Qo‘mondonlik-taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar” mutaxassisligiga 2018/2019 o‘quv yilida, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Umumqo‘shin fakultetiga o‘qishga kirgan kursantlar orasidan ularning roziligiga asosan tanlab olinishini tashkil etsin; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi mavjud Ofitserlar uylarini Ma’naviyat va ma’rifat markaziga, klublarni Madaniyat markaziga aylantirsin hamda vazirlikning Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida “Turon” teatr studiyasini tashkil etsin; Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy shaharchalarda mahalla fuqarolar yig‘inlarini tuzilishi tashkillashtirilsin. Barcha tashkiliy-shtat o‘zgarishlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shtat birliklarining umumiy soni doirasida o‘tkazilsin. 11. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari hamda Konsepsiyaning amalga oshirilishini yoritib borish bo‘yicha maqolalar e’lon qilish va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni efirga uzatish tavsiya etilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim-tarbiya institutlarining o‘zaro hamkorlikdagi roli va ahamiyatini milliy va xalqaro huquqiy normalarini hisobga olgan holda belgilab beradi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” konseptual g‘oyasi asosida tashkillashtirilib, unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, xalqimiz tinchligini sadoqat bilan himoya qilish eng oliy vazifa sifatida e’tirof etiladi. Mazkur g‘oyaning asosiy mazmun-mohiyati mamlakatimizning tinchlik-osoyishtaligini, farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash uchun har qanday dushmanga qarshi kurashishda o‘z jonini ham ayamaydigan, vatanparvar, fidoyi, sadoqatli, halol harbiy xizmatchilar va yoshlarni shakllantirishga qaratilgan. 3. Qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini oshirish, har tomonlama tayyorgarlikka ega, kuchli va bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ularning faol hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodi, intellektual salohiyatini, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini mustahkamlash hamda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan vijdonan bajarishga yo‘naltirish, har tomonlama yetuk va komil harbiy xizmatchilarni shakllantirish konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi. 5. Konsepsiyaning asosiy maqsadi mustaqil, keng dunyoqarash va fikrlashga ega, iymon-e’tiqodi va irodasi mustahkam, ma’naviyatli va fidoyi, ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs — Vatan himoyachilarini tarbiyalash, ularning dunyoqarashlarini, mantiqiy, ijodiy va tahliliy fikrlash doirasini kengaytirish, ona Vatan taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. 6. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan yagona tizimini yaratish; harbiy xizmatchilarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish; harbiy xizmatchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tizimli va izchil ravishda yetkazish hamda dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, mas’uliyat, fidoyilikni oshirish; milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda tahlil etish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida harbiy xizmatchilarda “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish; dinning asl mazmun-mohiyatini teran ochib berish orqali harbiy xizmatchilarga ezgulik va rahmdillik an’analarini singdirish, insonparvarlik va mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirish hamda ularni milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom, fidoyilik va sadoqat, halollik va poklik, mustaqil fikr va sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash; harbiy xizmatchilarning estetik tarbiyasini kuchaytirish, ularning madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ushbu maqsadda adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’at imkoniyatlaridan keng foydalanishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish. 7. Harbiy xizmatchilarning ma’naviyati va dunyoqarashlari, Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ulari, vatanparvarligi, harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlari Temurbeklar maktablarida, kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi va oliy harbiy ta’lim muassasalarida hamda qo‘shinlardagi harbiy xizmat davomida takomillashib boradi. 8. Konsepsiyani amalga oshirish borasidagi ishlar uch bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich (shakllantirish) — Temurbeklar maktablari va akademik litseylarning maxsus guruhlarida ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan tashkil etiladi. Mazkur ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning turli yo‘nalishlari, usul va shakllaridan foydalanilgan holda sog‘lom va jismonan baquvvat, ruhan barqaror, bilimli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlar shakllanadi. Ushbu bosqichda quyidagi masalalarga: buyuk tariximiz, ulug‘ alloma va mutafakkirlarimiz, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning mohiyatini, ajdodlar boy merosining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tushuntirishga; qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga; Vatan himoyasi muqaddas va harbiylik sharafli kasb ekanligi, jonajon yurti istiqboli va ravnaqi uchun kerakli mutaxassislikni tanlash zarurligiga; yorqin misollar, adabiy asarlar, kino va teatr spektakllardagi qahramonlar orqali ular qalbida harbiy kasbga bo‘lgan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga; harbiy tartib-intizom, odob-axloq, qat’iy ijrochilik, javobgarlik va mas’uliyat tushunchalarini singdirishga; yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va qat’iy e’tiqodni, milliy o‘zlik va muqaddas dinimizdagi yuksak axloqiy mezonlar orqali ularda turli ko‘rinishdagi yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga; o‘quvchilarning turli fan yo‘nalishlari, chet tillari va axborot texnologiyalari, shu jumladan, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga; ta’lim muassasasida va sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tkaziladigan “Temurbekning izdoshlari”, “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur” kabi tanlov va sport musobaqalarida faol ishtirok etishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Ikkinchi bosqich (rivojlantirish) — oliy harbiy ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida ta’lim olayotgan kursantlar bilan tashkil etiladi. Mazkur ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning turli yo‘nalishlari, usul va shakllaridan foydalanilgan holda ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, yuksak intellektual salohiyatli, Vatan manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yadigan, fidoyi, sadoqatli, halol, faol hayotiy pozitsiyaga ega hamda birinchi bosqichda shakllangan, o‘z o‘rni va mutaxassislikni aniq belgilab olgan yoshlarning bilimlari rivojlantiriladi. Ushbu bosqichda birinchi bosqich vazifalariga qo‘shimcha ravishda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratiladi: buyuk sarkardalarimizning harbiy san’ati va sarkardalik mahoratlarini, alloma va mutafakkirlarimizning ilmiy meroslarini chuqur o‘rganishga; ulug‘ ajdodlarimizning Vatan ozodligi yo‘lida mardonavor olib borgan kurashlari, mustaqilligimizni himoya qilishda jon fido etgan yurtdoshlarimiz qahramonliklariga munosib bo‘lish tuyg‘ularini shakllantirishga; O‘zbekiston Respublikasi, uning xalqi va Prezidentiga sadoqat, yuksak vatanparvarlik va fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishga; xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlarini hamda halollik, poklik, sadoqat va fidoyilik fazilatlarini chuqur singdirishga hamda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga; o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga, tanlagan kasbini chuqur o‘rganishga, Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishga bo‘lgan intilishlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga. Uchinchi bosqich (takomillashtirish/qo‘llash) — qo‘shinlarda muddatli va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi bilan tashkil etiladi. Mazkur bosqichda ta’lim muassasalarida tahsil olgan, qo‘shinlarda muddatli va mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirayotgan, mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ofitser, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi bilan tashkil etiladi. Ushbu bosqichda birinchi va ikkinchi bosqich vazifalariga qo‘shimcha ravishda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratiladi: ona yurtga va o‘z kasbiga mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga, milliy va umuminsoniy fazilatlarini oshirishga, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashini yuksaltirishga; Vatan himoyasi uchun jonini fido qilishga tayyor, harbiy xizmatchi sha’nini yuksaltirib borishga, O‘zbekiston xalqiga, ayniqsa, yoshlarga namuna bo‘lish sifatlarini oshirishga; harbiy ixtisosliklarni puxta egallashga, har qanday sharoitda Vatan mudofaasiga shay turishga, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlashga, qurol-aslaha, harbiy texnika, davlat va harbiy mulkni asrab-avaylash ko‘nikmalarini takomillashtirishga; jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borishga, harbiy jamoada qaror topgan o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarni qadrlash fazilatlarini mustahkamlashga; har qanday qiyinchilikka tayyor, yuksak iroda va matonat bilan o‘zini qahramonlikka undovchi, ziyrak, rostgo‘y, chidamli va sabr-bardoshli, vatanparvarlik va fidoyi yurt himoyachisini tarbiyalashga; dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirishga, globallashuv jarayonlariga nisbatan ongli munosabatni, ogohlik va hushyorlikni, faol hayotiy pozitsiyani hamda mustahkam tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini yuksaltirishga; fuqarolik va diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, diniy masalalar bo‘yicha bilimlari va milliy mafkuramizga zid bo‘lgan yot g‘oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, o‘ziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlashga; o‘zining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon etishga, ma’naviyati va notiqlik san’atini yuksaltirishga, jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib etishga; mas’uliyatni to‘liq his etishga va xizmatda ibrat, faxr va iftixor namunasi bo‘lishga, yetuk va barkamol shaxs sifatida o‘z dunyoqarashlari bilan boshqalarni ergashtira olishiga. 9. Konsepsiyaning asosiy maqsadi, vazifalari va tizimi keng ma’noda davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ta’lim va madaniy muassasalar, dam olish maskanlari, klublar, kutubxonalar va boshqa muassasalar faoliyati bilan uzviy bog‘langan holda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: ma’naviy ishlar; ma’rifiy ishlar; madaniy ishlar. 10. Ma’naviy ishlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining asosiy yo‘nalishi bo‘lib, shaxs ruhiyatini, uning o‘zini-o‘zi anglashi, didi, farosati, adolat va adolatsizlikni, yaxshilik bilan yomonlikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilishi, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatini belgilab beradi. Ma’naviy ishlar yo‘nalishida harbiy xizmatchilar va yoshlarning ongi va tafakkuriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, qalbiga yetib boradigan, kayfiyatini ko‘taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan va zamonaviy axborot va targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’sirchan ruhda o‘tkaziladigan tadbirlar tashkil etiladi. Ma’naviy ishlar yo‘nalishidagi tadbirlar asosan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlar orqali bahs va seminar, davra suhbatlari, seminar-trening, muzokara va munozara (disput), intellektual o‘yinlar kabi shakllarda, davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, imom-xatiblar, ijodkor ziyolilar tomonidan tashkil etiladi. 11. Ma’rifiy ishlar yo‘nalishidagi tadbirlar harbiy xizmatchilar va yoshlarning milliy g‘oya va mafkura, qadimiy va boy madaniyatimiz, tariximiz va azaliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini oshirishga, ularning ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilimlari va intellektual salohiyatlari, dunyoqarashlarini mustahkamlashga qaratilgan faoliyatdir. Ma’rifiy ishlar deganda yoshlar va harbiy xizmatchilarning ta’lim-tarbiya va axloq-odob me’yorlari, zamon talablariga javob beradigan insoniy fazilatlarni shakllantirish, tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tadbirlar tizimi tushuniladi. Ma’rifiy ishlar yo‘nalishidagi tadbirlarda yoshlar va harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini oshirish orqali yurtimizga cheksiz sadoqat, mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan, kelajagi buyuk davlat barpo etishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik tuyg‘ulari yuksaltirilib boriladi. 12. Madaniy ishlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining ajralmas yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, harbiy xizmatchilar va yoshlar ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom hislarini oshirish, yuksak estetik did va axloqiy me’yorlarini shakllantirish, O‘zbekiston xalqining boy tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlariga hurmat, milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini ommaviy tadbirlar orqali (muzey, teatr, kino, istirohat bog‘lari, konsert va boshqa tadbirlarga tashriflar) singdiriladigan tadbirlardan iboratdir. Madaniy ishlar tadbirlarida asosiy e’tibor professional va badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturlari, buyuk ajdodlarimiz va allomalar faoliyatiga oid sahna ko‘rinishlari, davlat bayramlari va tarixiy sanalarga bag‘ishlangan ommaviy madaniy tadbirlari orqali harbiy jamoalarni jipslashtirishga, yoshlar va harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishidan g‘ururlanish tuyg‘usini yuksaltirishga, Vatanimiz xavfsizligini ta’minlash borasidagi zaruriy faoliyat sifatida ongli va ijobiy munosabatni rivojlantirishga qaratiladi. Madaniy ishlar tadbirlari, qoida tariqasida, dam olish va bayram kunlari, madaniyat va ma’rifat markazlari, harbiy qism madaniyat markazi, kutubxona imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda o‘tkaziladi. 13. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmida olimlar, yozuvchi, shoir va siyosatchilar, ijodkor ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlarining, shu jumladan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etadilar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish algoritmining asosini ta’sir o‘tkazuvchi obyektlar va subyektlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning shakllari, yo‘nalishlari va usullari tashkil etadi. Jumladan, unda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, boy tariximiz, allomalarimiz merosi va sarkardalarimizning fidoyiligi, qahramonliklari, islohotlar jarayoni va harakatlar strategiyasi hamda tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan — buyuk ajdodlarimiz va allomalar faoliyatiga oid teatr spektakli va sahna ko‘rinishlari, konsert dasturlari, ekskursiyalar hamda milliy g‘urur, faxr va iftixor tuyg‘ularni mustahkamlashga, notiqlik san’atini shakllantirishga qaratilgan ommaviy madaniy tadbirlar; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan — huquqiy bilimlarni oshirish, dunyoqarash va fikrlash doirasini kengaytirish, globallashuv jarayonlariga nisbatan ongli munosabatni, ogohlik va hushyorlikni, faol hayotiy pozitsiyani hamda mustahkam tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan — xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlarini, boy merosimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini hamda odob-axloq, halollik, poklik, sadoqat va fidoyilikni chuqur singdirishga qaratilgan davra suhbatlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan — islom dinining asl mazmun-mohiyatini yetkazish, diniy savodxonlikni oshirish, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda yot g‘oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, hushyorlik va ogohlik kabi tuyg‘ularni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar; O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan — madaniy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha yetuk soha mutaxassislarini taklif qilgan holda yoshlar va harbiy xizmatchilar qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishga, sport-salomatlik masalalariga qaratilgan ommaviy tadbirlar; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan — mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalari mazmun-mohiyatini tushuntirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik, mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ijodiy uchrashuvlar; Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan — harbiy xizmatchilar oilalarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish, oila sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati va burchlari, or-nomus, qadr-qimmat, sharm-hayo kabi axloqiy me’yorlarni yetkazib borish, oilalarning ijtimoiy ahvoli, ehtiyojlari va muammolarini tizimli o‘rganib borishga qaratilgan tadbirlar; O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan — avlodlar vorisligini saqlash, Vatanga muhabbat va keksalarga e’zoz, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini qadrlashga da’vat etish, harbiy xizmatchilar oilalarida insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga yo‘naltirilgan uchrashuvlar va suhbatlar; O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan — harbiy kasbni tanlash va soha yo‘nalishini mukammal o‘zlashtirish, harbiy texnik vositalardan samarali foydalanish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish, jismonan yetuk, kuchli va shijoatli, Vatan manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yadigan, fidoyi, sadoqatli, halol, faol hayotiy pozitsiya ega yetuk mutaxassislarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, musobaqalar va amaliy tadbirlar tashkil etib boriladi. 15. Quyidagilar Konsepsiyaning prinsiplari hisoblanadi: vatanparvarlik; sadoqat; halollik; adolat; intizom. 16. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining asosini quyidagilar tashkil etadi: ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari; ma’naviyat soatlari (Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlari, kitob mutolaasi va boshqalar); axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari; huquqbuzarliklar profilaktikasi suhbatlari; ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni tadbirlari (mardlik darslari, aksiyalar, davra suhbatlari, ekskursiya, tashriflar, musobaqalar va boshqalar); badiiy va hujjatli filmlar namoyishi; ommaviy madaniy tadbirlar (teatr spektakli, sahna ko‘rinishlari, konsert dasturlari, badiiy va ijodiy kechalar, uchrashuvlar, badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari). 17. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi tadbirlarida harbiy xizmatchilarning faol ishtirok etishiga, fikr va tuyg‘ularini erkin bayon qilishiga hamda shu orqali notiqlik san’atini oshirishga e’tibor qaratiladi. Unda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi: seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, ijodiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari; boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuvlar; teatr spektakli va sahna ko‘rinishlari, badiiy asarlar muhokamasi, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar; teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari, elektron o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish; urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar; to‘plangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish; harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini o‘tkazish va ekskursiyalar uyushtirish. 18. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi tadbirlarini tashkil etishda targ‘ibot ishlari muhim ahamiyatga ega. Targ‘ibot ishlari orqali yoshlar va harbiy xizmatchilar orasida yuksak marralarga va ilg‘orlikka erishgan namunali shaxslar va zamon qahramonlarining faoliyati va ishlarini targ‘ib etib borish, ularning sadoqat va burch, halollik va poklik, mas’uliyat va javobgarlik, jasurlik va mardlik, yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlab borish, ularga g‘oyaviy-siyosiy ta’sir qilish hamda harbiy xizmat bilan bog‘liq (davlat va jamiyat) manfaatlarni ifoda etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi. Targ‘ibot ishlari harbiy qism qo‘mondonligining ijodiy uyushmalar, madaniyat muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yoshlar va harbiy xizmatchilarning tizimli va maqsadli faoliyatini ifodalaydigan, ularga ma’naviy tushuncha va tamoyillarni chuqur singdiradigan, ongi va qalblarida vatanparvarlik, sadoqat, faxr va g‘urur tuyg‘ularini hamda mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini oshiradigan, yuklatilgan o‘quv-jangovar vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida to‘laqonli bajarishga yo‘naltiradigan amaliy tadbirlar majmui hisoblanadi. Targ‘ibot ishlari og‘zaki shaklda (tezkor axborot, suhbatlar, ma’ruzalar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan muzokara va seminarlar, mavzuli kechalar, munozara va bahslar), nashrli (gazeta, jurnal, devoriy gazeta, qo‘llanma, jangovar varaqa, kitob va boshqa adabiyotlar mutolaasi), ko‘rgazmali vositalar (plakat, fotomontaj, panno, rasmlar, kitob ko‘rgazmalari, shuningdek, radio eshittirish va radiomuloqotlar, tele-video dasturlarni jamoa bo‘lib tomosha va muhokama qilish hamda boshqalar) orqali olib boriladi. 19. Qurolli Kuchlarga munosib nomzodlarni tayyorlab beruvchi Temurbeklar maktabidan boshlab oliy harbiy ta’lim muassasalari, harbiy qismlargacha qamrab olgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi orqali yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi, komil harbiy xizmatchilar yetishib chiqadi. 20. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishlarida tashkil etiladigan barcha tadbirlar yoshlar va harbiy xizmatchilarni yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, halol, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi yurt posbonlari bo‘lib shakllanishiga hamda ular yordamida mamlakatimizning o‘sib kelayotgan haqiqiy vatanparvar yoshlarini tarbiyalashga imkon yaratib beradi. 21. Konsepsiyada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi harbiy xizmatchi kamol topadi. 22. Ma’nan yetuk, harbiy ixtisosliklarni puxta egallagan, har qanday sharoitda Vatan mudofaasiga shay, matonat va jasoratda, hayotda va harbiy xizmatda namuna bo‘lgan harbiy xizmatchilar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda Konsepsiyada belgilangan natijalarga erishiladi. 23. Mazkur Konsepsiya Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini tizimli va bosqichli ravishda yuksaltirib borish, ular qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini mustahkamlash uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 24. Konsepsiyaning amalga oshirilishi har jihatdan sodiq, halol, vatanparvar, mard va jasur harbiy xizmatchini tarbiyalash bilan birga xalqimiz o‘rtasida harbiy xizmatchilarga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlarda harbiy kasbga bo‘lgan havas va qiziqishlarini oshirish hamda bu orqali Qurolli Kuchlarni mustahkam irodali, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi.
150
38,641
Qonunchilik
GAZ SARFINI HISOBGA OLISh PRIBORLARI XARID QILISh UChUN XITOY XALQ RESPUBLIKASI HUKUMATINING IMTIYOZLI KREDITIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Energiya resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy fondini gaz sarfini hisobga olish priborlari bilan jihozlash hamda Xitoy Xalq Respublikasi bilan moliya-investitsiya hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga O‘zbekiston Respublikasiga gazni hisobga olish priborlari yetkazib berishni tashkil etish uchun XXR Eksimbankining 10 yil muddatga, shu jumladan 4 yil imtiyozli davrga 100 mln yuangacha miqdorda yillik foydasi 3 foiz bo‘lgan imtiyozli kredit berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit bo‘yicha qarz oluvchi; “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi sub qarz oluvchi hamda XXR Eksimbanki krediti doirasida yetkazib beriladigan gazni hisobga olish priborlarini oluvchi hisoblanadi; kreditni qoplash, vositachilik haqi va moliyaviy xarajatlar ilovaga* muvofiq “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri: XXR Hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kredit berish to‘g‘risidagi dastlabki bitimni; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan XXR Eksimbankiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Boshkommungaz” korxonasining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha kafolatlarni imzolashga vakil qilinsin. 4. Quyidagilar: Xitoyning “Mashimpeks” davlat korporatsiyasi ko‘rsatib o‘tilgan kredit doirasida gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi hisoblanishi; “Suvjihozgaz” qo‘shma korxonasi yetkazib beriladigan gazni hisobga olish priborlariga kafolatli va servis xizmati ko‘rsatishi; XXR Hukumatining imtiyozli krediti doirasida yetkazib berilayotgan gazni hisobga olish priborlari Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Gazlashtirilgan uy-joy fondini (kvartiralar va yakka tartibdagi uylarni) respublika mintaqalari bo‘yicha 2002—2004-yillarda gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalini bajarishga yo‘naltirilishi; Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga muvofiq mazkur kredit doirasida O‘zbekiston Respublikasiga keltirilayotgan gazni hisobga olish priborlari bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXR Eksport-import banki bilan belgilangan tartibda Qarz bitimi tuzsin hamda qarz mablag‘larini “Boshkommungaz” korxonasiga qayta moliyalashtirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining XXR Eksport-import bankiga kafolati yuzasidan xorijiy kreditor uchun maqbul shaklda belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 7. “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi “XXR Hukumatining imtiyozli krediti liniyasi bo‘yicha “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan gazni hisobga olish priborlarining xarid qilinishi” loyihasining bir oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilishini hamda belgilangan tartibda texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi XXR Hukumatining imtiyozli krediti doirasida gazni hisobga olish priborlari yetkazib berish loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi Investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga, Hukumat kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘limiga kiritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin.
163
3,945
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARI, TAShKILOTLARGA VA BOShQA TOPONIMIK OB’EKTLARGA NOM BERISh IShLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarimizni hayotga qaytarish, sobiq kommunistik tuzum davrida asossiz ravishda o‘zgartirib yuborilgan ko‘plab qadimiy joy nomlarini tiklash borasida katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, bu muhim masalada ayrim xato va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, ba’zi joylardagi toponimik obyektlarning eski tuzum va sho‘ro mafkurasini eslatadigan, xalqimiz tarixi va milliy an’analariga yot bo‘lgan nomlari hamoy saqlanib qolmoqda. Aholi punktlarining, ko‘cha va maydonlarning tarixiy nomlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlarda loqaydlik, mas’uliyatsizlik holatlari ham uchrab turibdi. Bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash, toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish borasidagi ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasidagi toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasiniig tarkibi 1-ilovaga*, ushbu komissiya to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy-jug‘rofiy va boshqa toponimik obyektlarga nom berish hamda ilgari berilgan nomlarni o‘zgartirish ishlarini tartibga solish; xalqimizning qadimiy o‘tmishi va qadriyatlari bilan bog‘liq joylarning tarixiy nomlarini muhofaza etish, ularning asossiz ravishda o‘zgartirilishining oldini olish; joy va obyektlarning tarixiy-milliy an’analarimizga, milliy tafakkur va ma’naviyatimizga yot bo‘lgan nomlarini o‘zgartirish; yangi qo‘yilayotgan joy nomlari o‘zbek tili toponimiya qoidalariga, milliy istiqlol g‘oyasi talablariga mos bo‘lishini ta’minlash; joylarga nom berishda mahalliychilik, tanish-bilishchilik, mansabini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik. 4. Respublika komissiyasiga bir oy muddatda belgilangan talablar asosida toponimik obyektlarning nomlarini o‘zgartirish va tartibga solishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yuborish vazifasi topshirilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi huzurida toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etilsin. Mazkur komissiyaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi toponimik obyektlarga nom berish masalalarini hal qilish huquqi berilsin. 6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari huzurida toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar tashkil etilsin. Mazkur komissiyalarning tarkibiga tarixchi va tilshunos olimlar, huquqshunoslar, tegishli mutaxassislar, jamoatchilik va mahalliy boshqaruv idoralari vakillari kiritilsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari) obyektlarga kishilarning nomini berish haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasidagi toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 8. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari huzurida tashkil etilgan hududiy komissiyalarga 2004-yilning oxiriga qadar shu hududlardagi toponimik obyektlar nomlarini qayta ko‘rib chiqish, eski tuzum davridan saqlanib qolgan, xalqimiz tarixi va an’analari bilan bog‘liq bo‘lmagan joy nomlarini o‘zgartirish yuzasidan Respublika komissiyasiga takliflar kiritish vazifasi topshirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1996-yil 31 maydagi 203-son qarorining 2-bandi va 5-bandning ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy-jug‘rofiy va boshqa toponimik obyektlarga nom berish hamda ilgari berilgan nomlarni o‘zgartirish ishlarini tartibga solish; xalqimizning qadimiy o‘tmishi va qadriyatlari bilan bog‘liq joylarning tarixiy nomlarini muhofaza etish, ularning asossiz ravishda o‘zgartirilishining oldini olish; joy va obyektlarning tarixiy-milliy an’analarimizga, milliy tafakkur va ma’naviyatimizga yot bo‘lgan nomlarini o‘zgartirish; yangi qo‘yilayotgan joy nomlari o‘zbek tili toponimiya qoidalariga, milliy istiqlol g‘oyasi talablariga mos bo‘lishini ta’minlash; joylarga nom berishda mahalliychilik, tanish-bilishchilik, mansabini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik — O‘zbekiston Respublikasidagi toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda matnda Komissiya deb yuritiladi) asosiy vazifalaridir. 2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiping qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Komissiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: nom qo‘yish taklifini kiritgan tashkilotlardan toponimik obyektlarni tavsiflovchi barcha zarur hujjatlarni talab qilib oladi; xizmat ko‘rsatgan odamlarning xotiralarini abadiylashtirish masalalari bo‘yicha tegishli hokimiyat organlariga tavsiyalar beradi, zarur bo‘lgan hollarda vaqtinchalik ekspertlar guruhini tuzadi; o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha barcha darajadagi ijroiya hokimiyat va tegishli boshqaruv idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitib boradi. 4. Komissiya toponimik obyektlarga nom berish va ilgari qo‘yilgan nomlarni o‘zgartirish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, vazirliklar va idoralarning takliflarini tarixchilar, tilshunoslar, me’morlar va boshqa soha mutaxassislarini bu ishga jalb qilgan holda ko‘rib chiqadi. Komissiya o‘z xulosalarini belgilangan tartibda taklif kiritgan tashkilotlarga, mamlakat ahamiyatiga molik obyektlar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qiladi. 5. Komissiya nom berish haqidagi takliflarni ko‘rib chiqishda: xalqning tarixiy-milliy an’analari, his-tuyg‘ulari, ahloqiy qadriyatlarini va aholining istaklarini hisobga oladi hamda bunda umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqadi; berilayotgan yangi nomning o‘zbek toponimiya tizimining talablari va til qonuniyatlariga zid kelmasligini inobatga oladi; davlat va jamoat tashkilotlari hamda mehnat jamoalarining mulohazalarini o‘rganadi. 6. Komissiya zaruratga qarab o‘z majlislarini o‘tkazadi va qarorlarini bayon shaklida rasmiylashtiradi. Komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashgan komissiya majlisi qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. Qaror qabul qilinishi uchun majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi uni ma’qullashi kerak, Ayrim hollarda komissiya qarorlari so‘rov yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
169
7,554
Qonunchilik
XMT konvensiyalarini amalga oshirish muvofiqlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 407-son qarori bilan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi. Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling. Komissiya XMTning mamlakatimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari normalarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi,  ushbu mavzu boʻyicha Hukumatning ma’ruzalarini shakllantiradi, XMTning hujjatlarini oʻrganadi va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish[1] yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Shuningdek, vazifalari jumlasida – aholini ularning mehnat sohasidagi huquqlaridan hamda XMT va BMTning turli tuzilmalarini mamlakatimiz mehnat sohasida ishlarning holati toʻgʻrisida хabardor qilish. Xalqaro tashkilotlar (XMT, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti va boshqalar) va XMTga a’zo mamlakatlar hukumatlari bilan mehnat va bandlik masalalari boʻyicha hamkorlik oʻrnatiladi. Idoralararo komissiya – doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi organ. Majlislar zaruratga qarab, biroq bir chorakda kamida 1 marta oʻtkaziladi. Qarorlar majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.  Komissiyaning ishchi organi - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. 2018-2020 yillarda jumladan ilgari aytib oʻtilgan XMTning alohida konvensiyalarini implementatsiya qilishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui qabul qilindi. Majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari boʻyicha ratifikatsiya qilingan konvensiyalarning bajarilishiga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek amaldorlarning Turindagi XMT oʻquv markazida malaka oshirishlari, “Mehnat huquqi” va “Xalqaro mehnat huquqi” darsliklarini, kichik biznes uchun mehnat muhofazasi va хavfsizligi sohasida qoʻllanmalar nashr etish, maqsadli seminarlar oʻtkazish va h.k. rejalashtirilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.   [1] Implementatsiya – хalqaro huquq normalarini ularni keyinchalik haqiqatda amalga oshirgan holda milliy qonunchilikka kiritish.
56
2,332
Qonunchilik
“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-924-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-924-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
439
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotla
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:
250
416
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining (komissiyasining) ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining quyidagi qo‘mitalari va komissiyasi ro‘yxati tasdiqlansin: Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi Reglament va odob komissiyasi. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
112
561
Qonunchilik
Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasida noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga asosan noruda foydali qazilmalarni konlardan olib chiqishni hisobga olishning “Monterra Mining IT” dasturiy tizimi ishlab chiqilganligi va 4 ta nazorat postlarda joriy etilganligi; yer qa’ridan foydalanuvchilarning noruda foydali qazilmalarni konlardan olib chiqish bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan hajmi haqiqatda tashilgan hajmiga nisbatan 712,8 ming kub metrga kam ko‘rsatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Moliya vazirligining Samarqand viloyati hududidagi barcha noruda foydali qazilmalar konlarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflari ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) yer qa’ridan qazib olingan noruda foydali qazilmalar avtotransport vositalarida tashilishi tahlilini, tashish hujjatlaridagi yukni jo‘natuvchilar va oluvchilar, yuklab jo‘natiladigan noruda foydali qazilmalarning har bir turining nomi va miqdori (hajmi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni nazarda tutuvchi “Noruda foydali qazilmalarni nazorat qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “Noruda-nazorat” AAT) davlat-xususiy sheriklik asosida ishlab chiqish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish uchun loyihaning konsepsiyasi, operatorga qo‘yiladigan talablar va baholash hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda: xususiy sherik “Noruda-nazorat” AATning operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) etib belgilanadi; xususiy sherik Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tender (tanlov) asosida aniqlanadi; talabgorlar “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritishga oid davlat-xususiy sheriklik loyihaning konsepsiyasini “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ishlab chiqadi va Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadi; “Noruda-nazorat” AATni joriy qilish va keyinchalik uni texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 5. Davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida operatorga quyidagi vazifalar yuklansin: “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish; noruda foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash obyektlarida, shuningdek, tashish yo‘llarida va hududlarning ma’muriy chegaralariga kirish va chiqish joylarida Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan videokuzatuv bilan jihozlangan nazorat nuqtalarini (noruda foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash maydonlarida qo‘shimcha ravishda avtomatlashtirilgan to‘siq) o‘z hisobidan o‘rnatish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash; nazorat nuqtalaridan olingan ma’lumotlar asosida yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tashiladigan yuk hajmi va noruda xomashyo turlari, shuningdek, avtotransport vositasining davlat raqamiga bog‘langan elektron yukxati bilan integratsiyalashgan hamda yer qa’ridan foydalanuvchining noruda xomashyosi hajmi aks ettirilgan elektron hisob-faktura ma’lumotlaridan budjetga qo‘shimcha manbalarni aniqlashda foydalanish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish; davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida noruda foydali qazilmalar hisobini yuritishni “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish va uni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi vositasida Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bilan integratsiya qilish orqali yo‘lga qo‘yish; “Noruda-nazorat” AAT ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida to‘planishini ta’minlash hamda mazkur ma’lumotlarga Davlat soliq qo‘mitasi ruxsatisiz o‘zgartirishlar kiritmaslik; “Noruda-nazorat” AAT uzluksiz ishlashini ta’minlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish. 6. Samarqand viloyati hokimligi boshlangan tajriba sinovlarni 2021-yil 1-oktabrga qadar viloyat hududidagi barcha noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarning qazib olish va qayta ishlash maydoni (uchastkalar)ga kirish va chiqishda, shuningdek, tashish yo‘llarida, hududlarning ma’muriy chegaralariga kirish va chiqish joylarida viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiyaga asosan Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan videokuzatuv va avtomatlashtirilgan to‘siq tizimlari bilan jihozlangan nazorat nuqtalari o‘rnatilishini ta’minlasin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 948-son qarori bilan tasdiqlangan Idoralararo kollegial organlar to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq tegishli hududlardagi noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishni tashkil etish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi hududiy idoralararo ishchi guruhlarni (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etsin. Ishchi guruhlar quyidagilarni amalga oshirsin: uch oy muddatda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) (keyingi o‘rinlarda — ruxsatnomalar) hamda ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini (ularning qonuniy faoliyatiga aralashmagan holda) to‘liq xatlovdan o‘tkazsin; bir yil mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan yer qa’ridan foydalanuvchi aniqlanganda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) taklif kiritsin; ruxsatnomalar asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanuvchilarning ruxsatnoma talablari va shartlariga amal qilayotganligini vakolatli organ va davlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda o‘rgansin; noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib oluvchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun vakolatli organga taklif kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni elektron aloqa vositalari orqali Davlat soliq qo‘mitasiga har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda “Noruda-nazorat” AATni joriy qilish, takomillashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni kompleks tahlil qilish asosida “Noruda-nazorat” AATni qo‘llashning bazaviy qiymatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2021-yil 1-noyabrdan boshlab qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi subyektlar foydalanilgan noruda qazilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron shaklda soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi. 11. Davlat soliq qo‘mitasi uch oy muddatda tovar-transport yukxatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimini yaratsin va yil yakuniga qadar birinchi navbatda noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarda joriy qilsin. 12. Davlat soliq qo‘mitasi 2022-yil 15-yanvarga qadar Samarqand viloyatida “Noruda nazorat” AAT tizimini joriy qilish natijadorligi bo‘yicha ushbu tizimni respublikaning qolgan hududlariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda soliq nazorati tadbirlari davomida qazilmalar hajmini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) holatlari aniqlangan taqdirda, yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarni kuchaytirish bo‘yicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri va viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi hamda viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari boshliqlari 7. Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari boshliqlari 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarining kotibiyati mudirlari, ishchi guruh kotibi
136
11,291
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. 1. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “68. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti masalalari bilan bog‘liq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, tashqi savdo bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilishi lozim.”. 2. 69-banddagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 70-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan so‘zlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. Quyidagi mazmundagi 711-band bilan to‘ldirilsin: “711. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi shart.”. 5. 125-bandda: birinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”,” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”da” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan” va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 126-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “126. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida joylashtirilishi shart.”.
127
3,494
Qonunchilik
“Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi bandlik va m
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 25-mart kuni yuborilgan parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining yozma javobini ko‘rib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, shu jumladan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashqi mehnat bozorini o‘rganish hamda xorijda salohiyatli ish beruvchilarni qidirib topish va vakolatli organlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazirlik tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyati takomillashtirildi, shu jumladan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) hududiy filiallarining huquqiy maqomi oshirildi. Vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolarni chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish borasidagi vazifa va vakolatlari doirasi kengaytirildi. Hozirda xorijda ishlamoqchi bo‘lgan shaxslar talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitilmoqda, chet elda bo‘lishi davrida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash, shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda. Agentlik bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni 162 taga yetkazilgan. Xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatish natijasida O‘zbekiston bozori uchun 65 mingta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan. Fuqarolarni tashkiliy tanlov asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha Rossiyaning 26 ta, Qozog‘istonning 14 ta, BAA va Chexiya Respublikasining 1 tadan ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Agentlik va uning xorijdagi 7 ta vakolatxonasiga 2020-yilda murojaat etgan 31 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga tegishli huquqiy maslahat, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan bo‘lgan uchrashuvlari yakunlari shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolarning chet elga ishlash uchun noqonuniy yo‘llar bilan chiqib ketishga majbur bo‘layotganligi, ba’zi holatlarda bajargan ishiga yarasha ularga ish haqlari to‘liq to‘lanmayotganligi, huquqiy va ijtimoiy yordam yetarli darajada ko‘rsatilmayotganligi ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda chet elga ishlash uchun ketgan migrantlarning soni 1 840 ming nafardan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, ularning atigi 11 ming nafari, ya’ni 0,6 foizi Agentlik yoki xususiy bandlik agentliklari orqali yuborilgan, xolos. Bu esa, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek aksariyat mehnat migrantlari Rossiya davlatida mehnat qilayotgan bo‘lsa-da, biroq u yerda Agentlik bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni faqat 69 tani tashkil etmoqda. Shuningdek O‘zbekiston bozori uchun Rossiyaning 121 ta korxonasida 59,5 mingta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan, xolos. Taqdim etilgan axborotda, Agentlik va xorijiy vakolatxonalarga murojaat qilgan jami 31 ming nafar fuqaroning atigi 2 750 nafariga ko‘rsatilgan yordam haqida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, qolgan 28 mingdan ortiq murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar mavjud emas. Joriy yilning birinchi choragida 16 ming nafar fuqaroni xorijda ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lsada, Agentlik tomonidan faqat 9 465 nafar fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan. Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, shu jumladan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish kabi vazifalar yuzasidan to‘liq ma’lumotlar keltirilmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish, kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish, mehnat migrantlarini huquqiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga (N. Xusanov): fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish, ularni xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga ishlashga ketishidan oldin kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyoti, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimi joriy qilinishi hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan vazirlik tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida joriy yil to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qo‘shimcha ma’lumot kiritish tavsiya etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga (M. Xodjayeva) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktorining joriy yilning olti oyi yakunlari bo‘yicha mazkur masaladagi hisobotini qo‘mita yig‘ilishida eshitish tavsiya etilsin. 5. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot uchun yuborilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
6,833
Qonunchilik
Homiylikka soliq solishga tuzatish kiritiladi
Moliya vazirligi Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Loyihani ishlab chiqish 30.12.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan 2020-2021 yillar davomida yangi tahrirdagi SK normalarining amaliy ta’siri va samaradorligi doimiy ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlash nazarda tutilganligi bilan shartlanadi. “Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, ushbu faoliyat yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga mol-mulkni, shu jumladan, pul mablagʻlarini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga хizmatlar koʻrsatish va ularni boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlashda ifodalanadigan iхtiyoriy begʻaraz yordami (faoliyati) sifatida belgilanadi. Shuni inobatga olib, mamlakatimizda ushbu faoliyat turini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida SKning 369-moddasi “Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar”ga qoʻshimchalar kiritilmoqda. 7-bandga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa nafaqalar, хususan vaqtincha mehnatga layoqatsizligi nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa bundan mustasno) kiritilmoqda. Soliq agentlarining SKning 386-moddasida koʻrsatilgan jismoniy shaхs foydasiga amalga oshiradigan, soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydigan хarajatlariga va SKning 369-moddasiga yangi band qoʻshiladi: 15) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, хayriya tashkilotlari va ekologiya jamgʻarmalari, hamda kasaba uyushmalari tomonidan olingan yordam: Homiylik faoliyatining oʻziga хos хususiyatlari va yordam oluvchilarning moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda 378-modda “Soliq solinmaydigan daromadlar” quyidagi bandlar bilan toʻldiriladi: 20) хayriya tashkilotlari tomonidan ustav boʻyicha faoliyatlari doirasida jismoniy shaхslarga pul shaklida koʻrsatilgan yordam, biroq soliq davrida 15 mln soʻmdan oshmagan holda; 21) хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda beriladigan ishdan boʻshatish; 22) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar; 23) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pullik toʻlovlar. 344-modda “Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari”da Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaхs tomonidan notijorat va byudjet tashkilotlariga toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi” хatboshisi “mablagʻlarini depozitga joylashtirishidan” soʻzlarini kiritgan holda aniqlashtirilmoqda. Loyiha 2020 yil 9 aprelga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova
45
3,069
Qonunchilik
2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va uning taqchilligi keskin oshib ketishining hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha muhim tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qarori bilan: budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1 — 3-razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turish; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqbullashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1 — 3-razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, shu jumladan, o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan oliy ta’lim muassasalarining moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turishni 2020-yil 1-oktabrdan 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish; O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida nazarda tutilgan xarajatlarni 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlarni 2-ilovaga muvofiq; 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida budjet tizimi budjetlari hisobiga qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining limitlarini 3-ilovaga muvofiq maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi xarajatlar: 2020-yilga qo‘shimcha ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq; yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun tuman mahalliy budjetlariga ajratilgan mablag‘larning 100 mlrd so‘mi 5-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan 100 mlrd so‘m mablag‘dan 50 mlrd so‘mi maqbullashtirilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi — respublika budjetiga; ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablag‘lar — kelgusida ularni koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
147
4,266
Qonunchilik
Ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etish boʻyicha uch tomonlama komissiyalar tashkil etildi
Ularning tarkibida – davlat, ish beruvchilar va хodimlar vakillari. Komissiyaning vazifalari, funksiyalari va huquqlari Vazirlar Mahkamasining 3.07.2019 yildagi 553-son qarorida belgilangan. Komissiyalar respublika va hududiy darajalarda tashkil etiladi. Komissiyalar tarkibiga uch tomonning har biridan kamida 7 nafar vakil kiradi. Respublika komissiyasida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va poytaхtda hududiy komissiyalar tashkil etiladi. Hokim oʻrinbosari, bandlik, moliya, adliya, sogʻliqni saqlash, mehnat inspeksiyasi boshqarmalari rahbariyati davlat organlaridan ularning doimiy a’zolari hisoblanadi. Komissiya quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi: Komissilar tarkibida quyidagi doimiy ishchi guruhlar tuzilishi mumkin: Komissiyalar majlislari bir yilda kamida 2 marta chaqiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.07.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
89
919
Qonunchilik
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2011-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda: chet elda ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun qo‘llanadigan mehnat stajini va amaldagi ish haqi miqdorini hisobga olish tartibini nazarda tutadigan qaror loyihasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar; Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llashga doir yo‘riqnomani ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini qayta hisoblab chiqish tartibini belgilaydi. 2. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti — tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining aynan shu oy uchun pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori nisbati sifatida aniqlanadigan miqdor. 3. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti (IKZ)dan pensionerning (yoki pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning) pensiyasini hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini qayta hisoblab chiqish uchun foydalaniladi. 4. Shaxsning IKZ, ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat’i nazar (pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning tanlashiga ko‘ra), mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket oltmish oyidan har bir oyi uchun aniqlanadi, bunda shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi tegishli oydagi pensiyani hisblashning bazaviy miqdoriga bo‘linadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: IKZi — i oy uchun ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti; FZi — i oy uchun ish haqi, so‘m; BVIPi — i oy uchun pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori, so‘m; 5. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, ya’ni pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs oltmish oydan kam ishlagan taqdirda yakka tartibdagi ish haqi koeffitsiyentlari uning tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini aynan shu oydagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan mavjud ish stajidan har bir oy uchun aniqlanadi. 6. IKZ verguldan keyingi to‘rt belgili miqdordan iborat bo‘ladi. 7. IKZni hisoblashda verguldan keyin to‘rt belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi beshinchi belgi “5” ga teng va undan yuqori bo‘lsa, u holda to‘rtinchi belgi bir birlikka ko‘paytiriladi. Misol. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti 5,62316 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach — 5,6232 hosil bo‘ladi. 8. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan ish haqi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: PFZi — ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan ish haqi; BVIP — oldingi 12 oydagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori, so‘m. 9. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Σ — summa belgisi shuni ko‘rsatadiki, pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqini belgilashda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash uchun qayta hisoblab chiqilgan ish haqi miqdori, shaxsning ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket besh yilning tegishli oylari uchun jamlanishi kerak. 10. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi bir tiyingacha yaxlit qilib hisoblanadi, yarim tiyindan kam summa esa tashlab yuboriladi. 11. Pensiya ushbu Nizom joriy etilgungacha tayinlangan fuqarolarga pensiyani hisoblash uchun ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda ish haqini qayta hisoblab chiqish mexanizmi qo‘llanmaydi. 12. Pensiya miqdori ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda quyidagi holatlarda murojaat qilingan sanada qayta hisoblab chiqiladi: pensioner tomonidan pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan (ish staji yoki ish haqi to‘g‘risidagi va boshqa) qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilganda; pensiyaning bir turi pensiyaning boshqa turiga o‘tkazilganda; boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildi hisobga qabul qilib olinganda, u pensiyani boshqa davlatda olganligi holatidan qat’i nazar; bitta boquvchining vafoti munosabati bilan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan shaxsga ikkinchi boquvchisining vafoti munosabati bilan chin yetim sifatida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi rasmiylashtirilganda. 13. 2011-yil 1-oktabrgacha va undan keyin tayinlangan pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi quyidagi hollarda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilmaydi: I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik guruhi o‘zgarganda yoki ularga pensiyalar to‘lash muddati uzaytirilganda; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan oila a’zolari soni o‘zgarganda; faxriy unvonlar uchun pensiyaga ustama haq va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanganda; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchiga ulush ajratilganda; ilgari to‘xtatib qo‘yilgan pensiyalarni to‘lash tiklanganda; pensioner O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ketganda. Bunda oxirgi marta 2011-yil 1-oktabrgacha qayta hisoblab chiqilgan pensiyalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga binoan oshirishlarni hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqiladi. 14. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq pensiya olishga huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda pensiyalar tayinlash uchun yashaydigan mamlakatida olingan ish haqi qabul qilinadi. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llash maqsadida xorijiy fuqaroning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashayotgan mamlakatida tegishli oy uchun hisoblab chiqilgan har oylik ish haqi ko‘rsatib o‘tilgan ish haqi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisoblab chiqilgan oyning 15-sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga o‘tkaziladi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari bilan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlari oshirilgan taqdirda, ilgari tayinlangan barcha pensiyalar miqdorlari ushbu farmonlar va qarorlarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq oshiriladi (qayta hisob-kitob qilinadi). 16. O‘zbekiston Respublikasida pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining belgilangan miqdorlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. 17. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqishga misol ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan. 1. Erkak kishi 2011-yil 12-aprelda 60 yoshga to‘lgach pensiya tayinlash uchun murojaat qildi va uning oxirgi o‘n yil mobaynida mehnat faoliyatining 5 yillik davri uchun 2006-yil may — 2011-yil aprel oylari tanlandi. 2. Pensiya tayinlanishidan oldingi 12 oy uchun o‘rtacha pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorini aniqlaymiz. O‘rtacha pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori = (37680 so‘m (2010-yil aprel — iyuldagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori) * 4 + 45215 so‘m (2010-yil avgust — noyabrdagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori) * 4 + 49735 so‘m (2010-yil dekabr — 2011-yil martdagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori) * 4) / 12 = 44210,0 so‘m. 3. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida (ma’lumotnoma bo‘yicha) ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini va har bir oy uchun hisoblab chiqilgan ish haqini aniqlaymiz: 4. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqamiz: Pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi = 21 135 328,86 so‘m/60 = 352 255,48 so‘m. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-avgustdagi 307-f-son farmoyishi. 2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori 1-bandining ikkinchi—oltinchi, o‘n ikkinchi, o‘n beshinchi—o‘n to‘qqizinchi xatboshilari hamda qarorga 1—3, 8, 10—14-ilovalar. 3. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) hamda mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 23-iyundagi 317-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 32-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) 1-ilovaning 4-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda) ilovaning 3, 4, 5, 8 va 14-bandlari. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 27-yanvardagi 35-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 3 va 4-bandlari. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilova 5-bandining “a” va “b” kichik bandlari va 7-bandi. 9. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova.
145
12,781
Qonunchilik
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A. Ishmatovning “O‘zbekistonda axborot-kutubxona tizimining hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida”gi axboroti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A. Ishmatovning “O‘zbekistonda axborot-kutubxona tizimining hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda o‘z sa’y-harakatlarini O‘zbekistonda axborot kutubxonalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni so‘zsiz bajarishga va axborot-kutubxona tizimi faoliyatini normativ jihatdan ta’minlashga qaratsinlar. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
217
820
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIATSIYA XODIMLARINI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalarini inobatga olib, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom”ga (2002-yil 2-noyabr, ro‘yxat raqami 1186) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin. 3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning ko‘paytirilib manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin. 4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin.
167
1,059
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta’minlash, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini (keyingi o‘rinlarda Qizil kitob deb ataladi) tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibini belgilaydi. 2. Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar va qo‘ziqorinlar (keyingi o‘rinlarda hayvonlar va o‘simliklar deb ataladi) turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari (keyingi o‘rinlarda kamyoblik maqomi deb ataladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi. 3. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi: uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi); uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. 4. Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 5. Komissiya hayvonot va o‘simliklar olamini muhofaza qilish va undan foydalanish borasida faoliyat olib boradigan mahalliy davlat organlari, ilmiy muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi: Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish; Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi borasidagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda); Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar bo‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash; Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta’minlash. 7. Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi: Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni tashkillashtirish; Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish; Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi bo‘yicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish; Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va ta’minlash; Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish; Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populatsiyalari va ularning holati bo‘yicha davlat monitoringini amalga oshirish; Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish. 8. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) borasidagi chora-tadbirlar mazkur Nizom ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 9. Qizil kitobga O‘zbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan yoki o‘sadigan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha muhofazaga olingan turlar (kenja turlar) kiritiladi. 10. Qizil kitobga maxsus muhofaza choralariga muhtoj bo‘lgan, xususan: yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklar; respublika flora va faunasini saqlab qolish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan muhofazaga muhtoj, tor arealli va kamyob turlar. 11. Davlat ekologiya qo‘mitasi Qizil kitobga kiritish (undan chiqarish) yoki turlarning (kenja turlarning) kamyoblik maqomini o‘zgartirish borasida jismoniy va yuridik shaxslardan (tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar) kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqadi. Davlat ekologiya qo‘mitasi takliflar kelib tushgandan so‘ng uch kun mobaynida ularni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga va/yoki Botanika institutiga, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi tendensiyalari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish uchun yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va/yoki Botanika instituti, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti o‘n uch kun mobaynida takliflarni ko‘rib chiqadi va ekspert xulosasi tarzida tavsiyalar tayyorlaydi. Ekspert xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti yoki vitse-prezidenti tomonidan tasdiqlangandan so‘ng besh kun mobaynida Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuboriladi. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutidan va/yoki Botanika institutidan ekspert xulosasi olingandan so‘ng o‘n kun mobaynida Komissiya yig‘ilishini tashkil etadi va unda turlarni (kenja turlarni) Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish masalasi muhokama etilishini ta’minlaydi. 12. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish yoki kamyoblik maqomini o‘zgartirish uchun miqdori va (yoki) areali xavfli ravishda qisqarib borayotganligi, arealining parchalanish darajasi ortayotganligi, yashash sharoitlarining noqulay tarzda o‘zgarishi va boshqa ma’lumotlarga tayanadi hamda ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishi zarurligidan dalolat beradi. 13. Qizil kitobdan turlarni (kenja turlarni) chiqarish yoki kamyoblik maqomini o‘zgartirish miqdori va (yoki) areali tiklanayotganligi, yashash sharoitlari ijobiy tarzda o‘zgarayotganligi borasidagi ma’lumotlarga tayanadi va ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishiga asos yo‘q ekanligidan dalolat beradi, shuningdek, turlar (kenja turlar) tiklab bo‘lmas darajasida yo‘q bo‘lib ketgan holatlarda ro‘y beradi. 14. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish), shuningdek, kamyoblik maqomini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli Kompleksining rahbari tomonidan tasdiqlangan Komissiya qarori asosida amalga oshiriladi. Davlat ekologiya qo‘mitasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan Komissiya qarorini o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. 15. Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli Kompleksining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 16. Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) tabiiy yashash sharoitlaridagi holatini aks ettiruvchi, shuningdek, ularni saqlab qolish uchun olib boriladigan muhofaza choralarining dolzarbligidan kelib chiqqan holda belgilanadigan kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfiga ko‘ra quyidagi kategoriyalarga mansub bo‘ladi: kategoriya 0 — (“Ehtimol yo‘qolib ketgan”); kategoriya 1 — (“Yo‘qolib ketish arafasida”); kategoriya 2 — (“Miqdori va /yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”); kategoriya 3 — (“Kamyob”); kategoriya 4 — (“Maqomi aniqlanmagan”); kategoriya 5 — (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”). 17. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi tendensiyalari borasidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining davlat hisobi, davlat kadastri va davlat monitoringini yuritish davomida amalga oshiriladi. 18. Hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining davlat hisobi, shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish ularning ro‘yxatlarini tuzish, respublika xududlari bo‘ylab tarqalish areallarini ko‘rsatish, shuningdek, yashash (o‘sish) sharoitlaridagi holatini aniqlash orqali amalga oshiriladi va belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi. 19. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringi atrof-muhit bo‘yicha davlat monitoringining tarkibiy qismi hisoblanadi va hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining tarqalishi, miqdori, holati, shuningdek, yashash (o‘sish) sharoitlarining tuzilishi, sifati va maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oladigan davriy kuzatuvlar tizimidan iborat. 20. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringini tashkil etish va yuritish qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. 21. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastri yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning geografik tarqalishi, miqdori, populatsiyalarining tuzilishi, shuningdek yashash (o‘sish) muhitining tavsifi, cheklovchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, muhofaza choralari va boshqa zarur ma’lumotlar majmuasidan iborat bo‘ladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining davlat kadastrini qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuritadi. 23. Davlat ekologiya qo‘mitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy xududlar, hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarini tabiatga reintroduksiya (introduksiya) qilish uchun maxsus pitomniklar, genetik banklar tashkil etish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqadi. 24. Davlat ekologiya qo‘mitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda qonunchilikka muvofiq Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. 25. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq hayvonot va o‘simliklar olami obyektlari va ularni yashash (o‘sish) muhitlarini muhofaza qilishga doir davlat dasturlari doirasida faoliyati Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) o‘rganish, muhofaza qilish, qayta tiklash va foydalanishga qaratilgan manfatdor davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda olib boriladi. 26. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qizil kitobni nashr etishga tayyorlashni amalga oshiradi. 27. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash quyidagilarni qamrab oladi: mazkur Nizom asosida Qizil kitobga kiritilgan (undan chiqarilgan) turlar (kenja turlar) ro‘yxatlarini shakllantirish; Komissiyaning takliflari asosida suratli va xarita ma’lumotlarini qamrab oladigan Qizil kitobning qo‘lyozmasini va elektron maketini tayyorlash. 28. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish), shuningdek Qizil kitobning tarkibiy qismi hisoblangan o‘zgartirishlar va unga qo‘shimchalar to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. 29. Qizil kitobni nashr etish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 30. Qizil kitob har besh yilda kamida bir marta elektron va qog‘oz shaklida nashr etiladi. 31. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va tarqatishni moliyalashtirish: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish fondi mablag‘lari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 32. Qizil kitob qonunchilikka muvofiq ravishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat ekologiya qo‘mitasining jahon internet tarmog‘i rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatiladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi to‘g‘risida” 1992-yil 9-martdagi 109-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 20-modda) ilovaning 4-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 8-ilovaning 1-bandi.
121
14,662
Qonunchilik
Respublika xalq ta’limi sohasida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirishga, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur va istiqlol mafkurasi g‘oyasini singdirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi hamda xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
107
289
Qonunchilik
Yuk avtomobillari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish va avtomobil sanoatiga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq xamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali avtomobil sanoatini yanada barqaror rivojlantirishni ta’minlash va dunyoning yetakchi yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchilarini strategik hamkor sifatida jalb qilish, respublikaning zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, avtomobilsozlik sohasiga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MChJ korxonasi tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 7-avgustdagi 224-son qaroriga muvofiq “O‘zavtosanoat” AJ va “MAN Nutzfahrzeuge AG” (Germaniya Federativ Respublikasi, hozirgi “MAN Truck & Bus SE”) o‘rtasida ustav fondida “O‘zavtosanoat” AJning ulushi 51 foizni, “MAN Truck & Bus SE” ulushi 49 foizni tashkil etgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “JV MAN Auto — Uzbekistan” qo‘shma korxonasi (keyingi o‘rinlarda “JV MAN Auto — Uzbekistan” MChJ QK deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zavtosanoat” AJ, “MAN Truck & Bus SE”, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining “JV MAN Auto — Uzbekistan” MChJ QKning ustav kapitalini “SINOTRUK (Hong Kong) International Investment Limited” (Xitoy Xalq Respublikasi)ning 10,78 mln yevro miqdoridagi pul mablag‘lari bilan nominal qiymatdagi qo‘shimcha investitsiyasi orqali oshirish va qo‘shma korxonani “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” yuridik nom bilan qayta tashkil etish va uning muassislar hissalari quyidagi taqsimoti yuzasidan taklifi ma’qullansin: “O‘zavtosanoat” AJ — 11,22 mln yevro (34,22 foiz); “MAN Truck & Bus SE” kompaniyasi — 10,78 mln yevro (32,89 foiz); “SINOTRUK (Hong Kong) International Investment Limited” kompaniyasi — 10,78 mln yevro (32,89 foiz). 3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini hamda yuk avtomobillari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJning avtotransport vositalarining asl ishlab chiqaruvchilari (OEM — original equipment manufacturer) va o‘zlari ishlab chiqargan butlovchi buyumlar, uzellar va agregatlarni yetkazib beruvchilar xisoblangan “MAN Truck & Bus SE” va “SINOTRUK International”ni yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xo‘jayev va “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
173
3,036
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi vazirligi хodimlari ragʻbatlantiriladi
Qishloq хoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar хodimlarining maoshiga ustamalar, mukofotlar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi. Namuna koʻrsatganlar «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar. Vazirlar Mahkamasining 28.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 487-son qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi. Ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar хodimlarini ragʻbatlantirish miqdorlari va shartlari jadvalda keltirilgan. Toʻlovlar Miqdori Xizmat muddati va umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga oylik ustama 3 yildan 5 yilgacha – 10%; 5 yildan 10 yilgacha – 20%; 10 yildan 20 yilgacha – 30%; 20 yildan ortiq – 40%.  Bayram sanalarida (Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni, Konstitutsiya kuni, 8 mart, Navroʻz, Yangi yil, «Roʻza hayit» (Iyd-al-Fitr), «Qurbon hayit» (Iyd-al-Adha), Qishloq хoʻjaligi хodimlari kuni)  lavozim maoshining bir barobari miqdorida  Xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan yuqori malakali, tashabbuskor хodimlarga ustama   Markaziy apparat хodimlariga – lavozim maoshining 200%i, viloyat va tuman hududiy boʻlinmalar хodimlariga – 100%i miqdorigacha. Ustamaning aniq miqdorini tashkilot rahbari belgilaydi  Oylik toʻlovlar transport хarajatlariga  1 EKIHgacha miqdorda   ovqatlanish хarajatlarini qoplash uchun  2 EKIHgacha miqdorda  Zaruratga koʻra, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda хodimlar va (yoki) ularning oila a’zolariga quyidagi holatlarda moddiy yordam toʻlanadi:  10 EKIHgacha miqdorda Istisno tariqasida, хodim arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi Qishloq хoʻjaligi vazirining roziligi asosida quyidagi holatlarda 10 EKIHgacha miqdorda moddiy yordam toʻlab beriladi: Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish uchun yililk moddiy yordam 10 EKIHgacha miqdorda «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi fidoyisi» koʻkrak nishoni Ushbu mukofotni quyidagilar oladilar: Belgilanishicha, yuqorida qayd qilingan хizmatlari uchun Oʻzbekiston fuqarolari hisoblanmagan shaхslar ham mukofotlanishi mumkin. Qishloq хoʻjaligi vazirligining koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi Vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilinadi. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini topshirish Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi хodimlari kuni arafasida tantanali vaziyatda amalga oshiriladi. Bir yoʻla pul mukofotlari Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Aynan bir shaхs «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan, qoidaga koʻra, bir marta mukofotlanishi mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
56
2,927
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON SSJ DEHQONChILIK-SANOAT KOMPLEKSI BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Dehqonchilik-sanoat kompleksida davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini farqlab qo‘yishga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman: 1. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi davlat-kooperativ qo‘mitasi kengashi va hay’atining O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi davlat-kooperativ qo‘mitasini O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi jumhuriyat vazirligiga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasi Raisining Birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekovga yangi bo‘linmalarni tashkil etish va ilgari O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi davlat-kooperativ qo‘mitasiga kirgan boshqa tarmoq bo‘linmalarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif kiritish vazifasi topshirilsin.
97
894
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risid
Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va tranzit yo‘llarining jozibadorligini oshirish hamda Tojikiston Respublikasining avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali o‘tishi uchun yig‘imlar stavkalarini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga Yig‘imlar va ajratmalar stavkalari I bo‘limining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
250
834
Qonunchilik
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xususiy tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlar cheklangan sonining belgilangan mezonlariga rioya etishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin, shuningdek yollanadigan xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi. 2. Xodimlarni yollamasdan faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar uchun qonunchilikda xususiy tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi amal qiladi. 3. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni bankda qonunchilikda belgilangan tartibda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi mumkin. 4. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog‘liq holda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bir nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qat’i nazar, uch nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimlarni yollash huquqiga ega. 5. Xususiy tadbirkor bilan mehnat munosabatlari o‘rnatgan jismoniy shaxslarga xususiy tadbirkorlar sifatida qaralmaydi va ular xususiy tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas. 6. Xususiy tadbirkor va xususiy tadbirkor tomonidan yollangan xodim (keyingi o‘rinlarda xodim deb ataladi) o‘rtasidagi mehnat munosabatlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. 7. Xususiy tadbirkor xodimlarning qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlariga rioya etilishini ta’minlashi shart. 8. Xodimni yollashda (ishga qabul qilishda) xususiy tadbirkor uning bilan ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yozma mehnat shartnomasini tuzadi. Xodimning ahvolini qonunchilik normalariga nisbatan yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi shartlari haqiqiy hisoblanmaydi. 9. Mehnat shartnomasining muddati xususiy tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. 10. Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan bittasi xususiy tadbirkor soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga beriladi, ikkinchisi xususiy tadbirkorda, uchinchisi esa — xodimda qoladi. 11. Mehnat shartnomasida xususiy tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash, shuningdek ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi. 12. Xodimga xususiy tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi. 13. Xususiy tadbirkorda yollash bo‘yicha ishlagan ish davrlari uning uchun: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) sug‘urta badallari; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda xodimning mehnat stajiga qo‘shiladi. 14. Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 15. Xususiy tadbirkor yollangan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza taqdim etadi. 16. Xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: xususiy tadbirkor va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi; xodimning 3 x 4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati; yollangan xodim pasportining nusxasi. 17. Davlat soliq xizmati organlari xususiy tadbirkorlarning yollangan xodimlari hisobini belgilangan tartibda yuritadilar. 18. Davlat soliq xizmati organlari yollangan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida xususiy tadbirkorga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Yollangan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini (keyingi o‘rinlarda Hisobga qo‘yish kartochkasi deb ataladi) beradilar. 19. Hisobga qo‘yish kartochkasi xodim va xususiy tadbirkor o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga beriladi. 20. Amal qilish muddati tugagach Hisobga qo‘yish kartochkasi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi va yo‘q qilinadi. 21. Xodim bilan mehnat shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda xususiy tadbirkor soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga xodim bilan mehnat shartnomasi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani va bir vaqtning o‘zida Hisobga qo‘yish kartochkasini topshiradi. 22. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan Hisobga qo‘yish kartochkasi o‘rniga xususiy tadbirkorning arizasiga binoan, ariza berilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida uning dublikati beriladi. 23. Xususiy tadbirkor o‘z majburiyatlari bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallarini; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lovni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda to‘laydi. 24. Xususiy tadbirkorga o‘z majburiyatlari bo‘yicha soliqlarni to‘lash bilan bir qatorda har bir xodim uchun quyidagilarni: budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliqni — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; soliq agenti sifatida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash majburiyati yuklanadi. 25. Xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini faqat bitta obyektda amalga oshirish huquqiga ega. 29. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek, I va II guruh nogironlari hisoblanadigan xodimlar uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan miqdorning 50 foizini tashkil etishi kerak. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga huquq paydo bo‘lganda yoki to‘xtaganda yagona ijtimoiy to‘lovni qayta hisoblash ushbu huquq paydo bo‘lgan yoki to‘xtagan oydan boshlab amalga oshiriladi. 30. Xususiy tadbirkor kasb-hunar kollejini tamomlagan xodimlar uchun qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan xodim kollejni tamomlagan sanadan boshlab o‘n ikki oy mobaynida ozod qilinadi. 31. Xususiy tadbirkor qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan qonunchilikka muvofiq vaqtinchalik ozod qilingan hollarda, mazkur imtiyoz qat’iy belgilangan soliqni har bir xodim uchun to‘lashga ham tatbiq etiladi. 32. Qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga har bir xodim uchun to‘lash xususiy tadbirkor tomonidan qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. 33. Yagona ijtimoiy to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lashda to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining (xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiyalash tartib raqami va to‘lovning qaysi davr uchun to‘lanayotgani majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda har bir xodim bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) alohida yoziladi. 34. Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydan boshqa joyda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor qat’iy belgilangan soliqni har bir xodim uchun uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyi bo‘yicha, ro‘yxatdan o‘tkazish joyi va faoliyatni haqiqiy amalga oshirayotgan joyi bo‘yicha belgilangan stavkalaridan eng yuqori stavkaning 30 foizi miqdorida to‘laydi. 35. Agar xususiy tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatib tursa, u tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan organga faoliyatning vaqtincha to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida ariza berilgan oy mobaynida har bir xodim uchun hisobga qo‘yish kartochkalari soliqni hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir xodim uchun hisobga qo‘yish kartochkasi xususiy tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davrga har bir xodim uchun qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanadi. O‘z faoliyatini to‘xtatib turgan xususiy tadbirkor har bir xodim uchun hisobga qo‘yish kartochkasini davlat soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda topshirmagan taqdirda, xususiy tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq va yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab yozish to‘xtatib turilmaydi. 36. Xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni (mehnat shartnomasi mavjud bo‘lganda) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmasdan ularni yollash holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan yillik miqdorlarda undiradi. Xususiy tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasidan boshlab ko‘rsatilgan holatlar aniqlangan sanagacha bir oydan kam vaqt o‘tgan taqdirda har bir xodim uchun xususiy tadbirkor tomonidan qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda hisoblash uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasidan boshlab xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘ymasdan ularni yollash holatlari aniqlangan sanagacha bo‘lgan davr uchun amalga oshiriladi. 37. Xususiy tadbirkor bilan mehnat shartnomalari tuzmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlar aniqlangan taqdirda, xususiy tadbirkor xodimlar sonini yashirganlik uchun nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bunda xususiy tadbirkor bilan mehnat shartnomalari tuzmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan xodimlarga davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar sifatida qaraladi va davlat soliq xizmati organlari ulardan qat’iy belgilangan soliqni qonunchilikda belgilangan tartibda yillik miqdorda undiradilar. 38. Xodimlarni yollaydigan xususiy tadbirkorlar, ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashning to‘g‘riligi hamda ularning qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan javobgardirlar. 39. Xususiy tadbirkorning xodimi savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini buzgan taqdirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari tatbiq etiladi, moliyaviy sanksiya esa xodimni yollagan xususiy tadbirkorga nisbatan qo‘llanadi. 40. Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar. 3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega”.
145
13,093
Qonunchilik
“O‘ZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 28-iyundagi PF-2647-son Farmoniga muvofiq hamda respublika telekommunikatsiyalar tizimini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Belgilansinki, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshlang‘ich ustav sarmoyasi unga: “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari mol-mulkini; kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi. 4. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi tarkibi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. Telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tugatilayotgan “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirgan 4-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimida mustaqil amalga oshirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda: bir oy muddatda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ta’sis majlisi belgilangan tartibda o‘tkazilishini, rahbar organlari tuzilishini va uning ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin; 2001-yil 1-yanvargacha mustaqil baholash kompaniyalarini jalb qilgan holda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasiga berilayotgan mol-mulk qiymatini va aksiyalar paketlarini baholasin, shuningdek “O‘zbektelekom” kompaniyasi aksiyalarini xorijiy investorlarga sotishga tayyorlash uchun xalqaro moliyaviy maslahatchini jalb etsin; 2001-yil 1-aprelgacha “O‘zbektelekom” kompaniyasining xorijiy investorlarga sotishga mo‘ljallangan aksiyalari paketlarini tender savdolariga qo‘ysin. 7. Hukumat qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev va O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin. Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye korxonasi Shaharlararo va xalqaro aloqa tarmoqlarini boshqarish markazi “Aloqainvest” “Sanoataloqa” “RRENOS” ixtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi “Avtoaloqa” “Elektraloqata’minot” “O‘zimpeksaloqa” “Aloqa-DEU” “Kamalak-TV” “O‘zdunrobita” “O‘zyo‘ldoshaloqa” 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori 4-bandi 2-xat boshining birinchi jumlasi, 5-bandining 3-xat boshi, qarorga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b-ilovalar, 6-ilova 1-bo‘limining 1 va 2-bandlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Udinet” qo‘shma korxonasini tashkil etish va uning faoliyati shart-sharoitlari to‘g‘risida” 1997-yil 20-oktabrdagi 479-son qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 5 va 5a-ilovalardagi “Xabar” gazetasi (kompaniyaning uyushgan a’zosi)” va “Xabar” gazetasi” so‘zlari tegishlicha chiqarib tashlansin.
89
3,557
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini (keyingi o‘rinlarda — Harbiy musiqa akademik litseyi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Harbiy musiqa akademik litseyining asosiy vazifalari etib belgilansin: umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq sifatli o‘qitishni tashkil etish; umumiy musiqiy bilimlarning boshlang‘ich asoslarini o‘rgatish hamda damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida yetuk kadrlarni tayyorlash; xalqaro tanlovlarda munosib qatnashadigan iqtidorli yosh musiqachilarni tayyorlash uchun ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘quv dasturlari va uslublarini joriy etish; ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasidagi ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish; harbiy orkestrlar, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar orkestr va badiiy jamoalari uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish; Vatanga sadoqat, o‘z xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalangan yoshlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlash; o‘quvchilarning ma’naviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning iste’dodini va madaniy saviyasini har tomonlama yuksaltirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari va lavozimlar bo‘yicha tarif razryadlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Madaniyat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Harbiy musiqa akademik litseyiga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini biriktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: a) Harbiy musiqa akademik litseyida: musiqa ta’limi va o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida istisno tariqasida, mavjud umumiy o‘rta ta’lim sinflari saqlab qolinadi; o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq, bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi; 1-2-bosqich o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan tasdiqlangan bepul kiyim-bosh bilan ta’minlanadi; o‘qitish umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida “Damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi; bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, qonun hujjatlariga muvofiq, orkestr artisti malaka darajasi hamda ko‘krak nishoni beriladi; b) Harbiy musiqa akademik litseyini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; v) o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga metodik yordam ko‘rsatish, darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar, multimedia ilovalari, sinf jurnallari, o‘quvchilarni reyting daftarchalari va boshqa hujjatlar bilan ta’minlash, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi; g) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi umumiy sonining yangidan taqsimlanish hisobiga qo‘shimcha 3 ta ofitserlar tarkibidagi shtat birligi kiritiladi; Harbiy musiqa akademik litseyining mavjud ishchi va xizmatchi lavozimlari ofitserlik lavozimlariga o‘zgartiriladi; d) Harbiy musiqa akademik litseyining ishchi va xizmatchilariga mavjud akademik litseylarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llaniladi hamda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadi; e) Harbiy-musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar bo‘yicha) miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi; j) Harbiy musiqa akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi: a) bir oy muddatda: Harbiy musiqa akademik litseyining tashkiliy-shtat tuzilmasi, shtat jadvali va ustavini tasdiqlasin hamda ustavning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining kiyim-bosh formasi va ko‘krak nishoni namunalarini tasdiqlasin; b) vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
101
6,464
Qonunchilik
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 331-band bilan to‘ldirilsin: “331 Tranzit moliyaviy muassasa sifatida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari, texnik cheklovlar xalqaro elektron o‘tkazma bo‘yicha ichki elektron pul o‘tkazmaga bog‘langan jo‘natuvchi va oluvchi to‘g‘risidagi talab qilinayotgan ma’lumotning saqlanishiga to‘sqinlik qilgan hollarda, jo‘natuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha ma’lumotlar bo‘yicha yozuvlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlashlari kerak”. 2. 38-bandda: quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Qabul qiluvchi tijorat banklari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega bo‘lishlari lozim: oluvchisi yoki jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan elektron pul o‘tkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki to‘xtatishni; tegishli keyingi xatti-harakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish, maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqish va boshqalar).”; to‘qqizinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jo‘natuvchi tijorat banklariga, pul o‘tkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pul o‘tkazmalari bo‘yicha, shu jumladan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali xizmatlarni ko‘rsatish taqiqlanadi.”. 3. 89-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mazkur ma’lumotlar va hujjatlar vakolatli davlat organlari va Markaziy bankka o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydigan shaklda qog‘oz ko‘rinishida va (yoki) elektron tashuvchi vositalarda saqlanishi lozim.”. 4. 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.”.
249
3,053
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Yurtimizda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu sohada yagona huquqni qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish, barcha yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni yagona ma’lumot bazasiga birlashtirish orqali statistik ma’lumotlarning tizimlashtirilishiga erishish hamda tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarini, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlarni, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar birlashmalarini, advokatlik tuzilmalarini hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi. 2. Quyidagilar: Davlat organlari va muassasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat organlarini tugatish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq; Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq; Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq; Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq; Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq; Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Adliya vazirligi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish imkoniyatini yaratsin; uch oy muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha advokatlik tuzilmalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir hujjatlarining raqamlashtirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab advokatlik byurosini kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilsin. 2022-yil 1-noyabrga qadar advokatlik byurosini advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish va advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish jarayonida kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy hamda texnik tadbirlarni amalga oshirsin. 4. Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlar ikki oy muddatda mazkur qarorga 1-ilova bilan belgilangan tartibda Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilishi uchun o‘zlari haqidagi ma’lumotlarning (nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va ta’sis hujjatlari) tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga taqdim etilishini ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va muassasalarini (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) hamda davlat organini yuridik shaxs sifatida tugatish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Davlat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi. 3. Davlat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Davlat tashkiloti vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida (qaror, buyruq va b.) nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etadi va ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. 5. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi. 6. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi: Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjati (qaror, buyruq va b.); yuqori turuvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan Davlat tashkilotining ustavi. Agar davlat tashkiloti to‘g‘risidagi nizom yoki ustav normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanishi belgilangan bo‘lsa, nizom yoki ustavni ilova qilish talab etilmaydi. 7. Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. 8. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni davomida olingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 10-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi. 9. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi: Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshiradi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat tashkilotini Tizim orqali avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi va bu haqida davlat aktivlarini boshqarish organlariga xabarnoma yuboradi; mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi; Davlat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma hamda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qiladi. 10. Mazkur Reglamentning 6-bandiga muvofiq hujjatlarning taqdim etilmaganligi, davlat tashkilotining ustavi yoki nizomi yuqori turuvchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan taqdim etilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi. Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi. 12. Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan rad etish sabablarini bartaraf etgan holda umumiy asoslarda qayta murojaat qilish huquqiga ega. 13. Davlat tashkilotlari qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) ular o‘n kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni bu haqida xabardor qilishlari shart. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faqat o‘zgartirish uchun asos bo‘lgan hujjat taqdim etilib, yangi tahrirdagi ustav yoki nizom talab etilmaydi. 14. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ariza beruvchidan xabarnoma va ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng 2 ish kuni ichida Davlat tashkilotlarining yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi hamda Tizim orqali davlat soliq, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini xabardor qiladi. 15. Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish bu haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatiga (qaror, buyruq va b.) asosan amalga oshiriladi. 16. Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish uning vakili ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu reglamentning 15-bandida nazarda tutilgan hujjat bilan murojaat etadi. 17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjat qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga davlat organini yuridik shaxs sifatida tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risida yozuv kiritadi, Tizim orqali davlat soliq, statistika, davlat aktivlarini boshqarish organlarini va tegishli bankni xabardor qiladi hamda bir ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy veb-saytida ushbu yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida e’lon joylashtiradi. Tugatilayotgan davlat organini joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida davlat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga kirishadi, uning muddati o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak. Tekshirishda davlat organining oxirgi tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab (davlat organining tekshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) davlat organini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur. Tekshirish yakuniga ko‘ra soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi. Soliqlar va yig‘imlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari bo‘yicha hisoblangan summalar to‘langandan keyin, davlat soliq xizmati organi davlat organining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xulosani olgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida davlat organining vakiliga ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat organini tugatilganligi to‘g‘risida xabarnoma taqdim etadi hamda Tizim orqali davlat soliq xizmati, bank va statistika organlarini xabardor qiladi. 18. Kreditorlar davlat organining tugatilishi haqida xabar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy veb-saytidan joylashtirilgan vaqtdan boshlab 2 oy muddatda davlat tashkilotining muassisi yoki vazifa va funksiyalarini qabul qilib olgan boshqa idoraga o‘z talablarini taqdim etishlari mumkin. 19. Davlat tashkiloti pochta manzili va rahbari o‘zgargan taqdirda bu haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘n kundan kechiktirmay o‘zining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat tashkilotining pochta manzili va rahbari o‘zgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi. 20. Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqligi, buzib ko‘rsatilganligi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan davlat tashkiloti ustavi yoki nizomining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi. 21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan tarkibiga ikki va undan ortiq tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalarni (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar birlashmalari) davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 3. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Yuridik shaxslar birlashmalari vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizimda ro‘yxatdan o‘tadi. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda, esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Bunda, ariza beruvchi yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. 5. Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish huquqiga ega. 6. Ariza beruvchi tomonidan yuridik shaxslar birlashmalarining nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 7. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi. 8. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi: davlat tilidagi ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni; davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav; yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxslar birlashmalarining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi. Bunda ta’sis shartnomasi va ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni yuridik shaxslar birlashmalari a’zolari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin. 9. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Tizim orqali murojaat qilinganda davlat boji Davlat xizmatlari markazlari orqali to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi. Davlat boji to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad etilgan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi. 10. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazi orqali bevosita o‘zi murojaat qilganda: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi; 0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi; b) Tizim orqali murojaat etganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi; 11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun); qolgan mablag‘lar — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi. 11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi. 12. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi: Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshiradi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar birlashmalarini Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi; mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi; yuridik shaxslar birlashmalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. 13. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi; mazkur Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi; qonunchilik hujjatlari va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi; yuridik shaxslar birlashmalari a’zolari tarkibiga tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxslarning yoki yuridik shaxs bo‘lmagan boshqa subyektlar qabul qilinganligi; yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi talablari rioya etilmagan bo‘lsa; yuridik shaxslar birlashmalarining a’zolari soniga qo‘yilgan minimal talabning bajarilmaganligi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat etilganda a’zolar soniga qo‘yilgan minimal talab buzilgan taqdirda yuridik shaxslar birlashmalari boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qayta tashkil etilishi yoki ixtiyoriy tugatilishi kerak. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. 15. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda davlat boji to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega. Bunda, Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan so‘rovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi. 16. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat yo‘nalishlarida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda yoxud ta’sis hujjatlariga boshqacha tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek a’zolari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganda ular o‘ttiz kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart. Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 17. Yuridik shaxslar birlashmalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni qayta tashkil etish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 18. Yuridik shaxslar birlashmalari o‘zining pochta manzili va rahbari o‘zgargan taqdirda bu haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘n kundan kechiktirmay o‘zining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslar birlashmalarining pochta manzili va rahbari o‘zgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi. 19. Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqligi, buzib ko‘rsatilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar. 20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olish (keyingi o‘rinlarda — advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi. 3. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Advokatlik tuzilmasi muassisi yoki uning vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Bunda, ariza beruvchi advokatlik tuzilmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qiladi. 5. Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish huquqiga ega. 6. Ariza beruvchi tomonidan advokatlik tuzilmasining nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 7. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi. 8. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi: advokatlik firmasi yoki advokatlar hay’atini tashkil etish to‘g‘risidagi, ularning muassislari to‘g‘risidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish to‘g‘risidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hay’atlari uchun) ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ta’sis yig‘ilishining davlat tilidagi bayoni; yuridik maslahatxona uchun — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish to‘g‘risidagi davlat tilidagi buyrug‘i; davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va ustav, advokatlik byurosi uchun faqat ustav, yuridik maslahatxona uchun davlat tilidagi nizom; advokatlik tuzilmasi qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi. Bunda ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni Advokatlik tuzilmasi muassislari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin. 9. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Tizim orqali murojaat qilinganda davlat boji Davlat xizmatlari markazlari orqali to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi. Davlat boji to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) rad etilgan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi. 10. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga; b) 11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun); qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. 11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab: 1 ish kuni mobaynida muassislarning litsenziyalari va advokat maqomiga ega bo‘lmagan muassislarning malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini adliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalaridan o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali so‘rab oladi. Bunda, ushbu tashkilotlar ma’lumotning 1 ish kuni ichida taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘ladi; 4 ish kuni davomida hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi jihatidan ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi. 12. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi: Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni amalga oshiradi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (hisobga qo‘yilgan) Advokatlik tuzilmalarini Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi; mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) haqidagi guvohnomani shakllantiradi; Advokatlik tuzilmalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarini ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. 13. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish jarayonida advokatlik byurosi ham kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda, ariza beruvchi advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish uchun to‘ldiriladigan arizaga qo‘shimcha ravishda advokatlik byurosini tashkil etish haqidagi so‘rovnomani mazkur reglamentning 8-bandida advokatlik byurosi uchun talab qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda ixtiyoriy ravishda to‘ldiradi. Malaka imtihonini qabul qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchi tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilganda litsenziya berish hamda advokatlik byurosini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir hujjatlarni advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organiga yuboradi hamda shu vaqtning o‘zida ariza beruvchining telefon raqamiga tegishli litsenziya va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron invoys yuboriladi. Advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organi so‘rovnomaga ilova qilingan hujjatlarni mazkur reglament talablari asosida ko‘rib chiqib, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lganda, ariza beruvchi tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilganda, shuningdek litsenziya berish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda advokatlik byurosini o‘z axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning axborot tizimi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Adliya organi tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham rad etiladi. Bunda, ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan holda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lov to‘lamasdan qayta murojaat qilishi yoki amalga oshirilgan to‘lov asosida kelgusida Davlat xizmatlari markazida advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Ariza beruvchi tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov uning murojaatiga asosan to‘lov taqsimlangan manbalar hisobidan qaytariladi. 14. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi; ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi; qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi; ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega bo‘lmasalar; Advokatlik tuzilmalaridagi advokatlar soni “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan miqdorlarga mos kelmasligi; agar ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 15. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. 16. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda davlat boji to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega. Bunda, Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan so‘rovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi. 17. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan Advokatlik tuzilmalari qayta tashkil etilgan yoxud ta’sis hujjatlariga boshqacha tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik firmalarining a’zolari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganda ular o‘n kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart. Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 18. Advokatlik tuzilmalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni qayta tashkil etish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 19. Advokatlik tuzilmalari pochta manzili va rahbari o‘zgargan taqdirda bu haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘n kundan kechiktirmay o‘zining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ advokatlik tuzilmalarining pochta manzili va rahbari o‘zgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish soati davomida Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi. 20. Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqligi, buzib ko‘rsatilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar. 21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish tartibini belgilaydi. Uy-joy mulkdorlari shirkati (keyingi o‘rinlarda — shirkat) shirkatdagi uy-joylar mulkdorlarining tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi va o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi. Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror har bir ko‘p kvartirali uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pi hozir bo‘lgan joylar mulkdorlarining ta’sis yig‘ilishida qabul qilinadi. Shirkatning a’zolari ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan iboratdir. 2. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan Shirkatlarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi. 3. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Shirkat vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizimda ro‘yxatdan o‘tadi. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda, esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Bunda, ariza beruvchi shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. 5. Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish huquqiga ega. 6. Ariza beruvchi tomonidan shirkatning nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 7. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi. 8. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi: shirkat tashkil etish (har bir uy uchun ovoz berish natijalari bilan), ustavni tasdiqlash va boshqaruv organlarini tanlash to‘g‘risidagi qarorni o‘z ichiga olgan umumiy yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolangan uy (uylar)dagi xonadonlar mulkdorlari umumiy yig‘ilishi bayonidan ko‘chirma; shirkat ustavi; uydagi xonadonlarning (har bir uy uchun) shirkat tashkil etilishi uchun ijobiy ovoz bergan mulkdorlarining pasport ma’lumotlari, manzillari, xonadonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarining nomi va rekvizitlari hamda ularning imzolari ko‘rsatilgan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxati; uylarning xonadonlar va noturar joylar soni ko‘rsatilgan manzilli ro‘yxati; shirkat qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan shirkatning barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi. 9. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. 10. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi. 11. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi: Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshiradi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Shirkatni Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi; mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi; Shirkat davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavini ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. 12. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi; qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi; agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. 14. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda faqat kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan qayta murojaat qilish huquqiga ega. Bunda, shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan so‘rovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi. 15. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan shirkatlar qayta tashkil etilgan yoki ta’sis hujjatiga boshqacha tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda ular o‘ttiz kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart. Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 16. Shirkatni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek uni qayta tashkil etish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 17. Shirkatlar pochta manzili va rahbari o‘zgargan taqdirda bu haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘n kundan kechiktirmay o‘zining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ Shirkatning pochta manzili va rahbari o‘zgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish soati davomida Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi. 18. Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqligi, buzib ko‘rsatilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar. 19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) tomonidan davlat organlari va muassasalari, tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda advokatlik tuzilmalarining (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritish hamda undagi mavjud ma’lumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini belgilaydi. Reyestr quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi: davlat organlari va muassasalari; tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar; uy-joy mulkdorlari shirkatlari; advokatlik tuzilmalari. 2. Reyestr yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, barcha tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan davlat elektron axborot resursidir. 3. Reyestr ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi. 4. Reyestrdagi ma’lumotlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) joylashtiriladi. 5. Reyestrda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil; yuridik shaxslarning davlat tilidagi to‘liq, qisqartirilgan (mavjud bo‘lganda) nomi; tashkiliy-huquqiy shakli; soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; faoliyat muddati (yuridik shaxs belgilangan muddatga tuzilganda); yuridik shaxslarning qayta tashkil etish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar (u amalga oshirilganda); tugatish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar (u amalga oshirilganda); uni amalga oshirish usuli ko‘rsatilgan holda faoliyat tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ta’sis hujjatlari; ta’sis hujjatlari tasdiqlangan (tuzilgan) sana; ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana. Reyestrda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar bo‘lishi mumkin. 6. Reyestr Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) vositasida elektron ko‘rinishda, markazlashtirilgan tartibda yuritiladi. 7. Reyestrga yozuvlar davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar asosida, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Reyestrda nazarda tutilgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar taqdim etilganda kiritiladi. 8. Quyidagi holatlarda ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda: Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar yuridik shaxslarda mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari bilan farq qilsa, Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi (bundan davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan nizomlari mustasno); Reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi. Reyestrning, 2022-yil 1-iyulga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi yuridik shaxslarga nisbatan ma’lumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi. Ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning nisbatan yuqori kuchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi. 9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi: belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, yuridik shaxslarni Reyestrdan chiqarish; davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni yoki tugatishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar. 10. Ushbu Nizom 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida Reyestrga tegishli yozuv kiritadi. 11. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlar ochiq bo‘lib, istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar bundan mustasno. 12. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyati tegishli axborotni YIDXPga joylashtirib borish yo‘li bilan, shuningdek so‘ralayotgan hujjat ko‘chirmasini, so‘ralayotgan hujjat mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va (yoki) Reyestrdagi hujjatni berish yo‘li bilan, bunda Reyestrga kiritib borilayotgan tegishli ma’lumot va hujjatlar kiritilishi bilanoq har kun yangilab borish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 13. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi. 14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari yoxud boshqa tashkilotlarning (ushbu Nizomning 13-bandida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlaridan tashqari) yozma so‘rovnomasi bo‘yicha Reyestrdan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakl bo‘yicha aniq yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, yuridik shaxslarning ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda) taqdim etiladi. Ma’lumotnoma davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlariga bepul, jismoniy shaxslar va boshqa tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi yig‘im evaziga beriladi. Yig‘imlar summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. 15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan paytdan boshlab bir ish kuni muddatda taqdim etiladi. 16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Mazkur Nizom davlat muassasalari, tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda advokatlik tuzilmalarini (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) ixtiyoriy tugatish tartibini belgilaydi. Yuridik maslahatxonalar faoliyatini to‘xtatish ularni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalarining qarorini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etish va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi Reyestrga ularning faoliyati to‘xtatilganligi haqida yozuv kiritishi orqali soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Advokatlik byurosining rahbari bo‘lgan advokatning litsenziyasi “Advokatura to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilganda advokatlik byurosini tugatish sud tomonidan amalga oshiriladi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazi; tugatish — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda advokatlik tuzilmalarining yagona davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuridik shaxslarni tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etish; tugatuvchi — yuridik shaxslar a’zo(lari) yoki u(lar) tomonidan tayinlangan shaxs(lar) (tugatish komissiyasi). 3. Yuridik shaxslarni tugatish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Byuro) hamda tijorat banklari bilan o‘zaro ma’lumot almashinish Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) vositasida amalga oshiriladi. 4. Yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 5. Yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning ta’sis hujjatlarida shunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi: tugatilayotgan yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili); tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili); yuridik shaxsni tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati. 6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxslar ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi tayinlangandan so‘ng yuridik shaxslar boshqaruv organlari tomonidan ikki kun muddatda unga yuridik shaxslar faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlar, yuridik shaxslarning muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulki topshiriladi. 7. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng bir ish kunidan kechikmay quyidagilarni amalga oshiradi: a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga — ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini; b) yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda — asosiy hisobvarag‘i) xizmat ko‘rsatuvchi bankka — ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini; v) yuridik shaxslarning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga (agar mavjud bo‘lsa) xizmat ko‘rsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani; g) yuridik shaxslarning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma depozit va muddatli depozit hisobvaraqlari (agar mavjud bo‘lsa) ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi. Bunda, tugatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi ariza beruvchi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat etgan taqdirda, esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. So‘rovnomaga yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi ilova qilinadi. 8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi: a) yuridik shaxs ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi vakolatli organlarni xabardor qiladi: yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini; Byuroning tegishli tuman (shahar) bo‘limini; b) Tizimga yuridik shaxslar tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lonni joylashtiradi. E’londa kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati ko‘rsatiladi, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak. 9. Yuridik shaxslarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab yuridik shaxslarning faoliyati, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yiladi. 10. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin: a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi; b) yuridik shaxslarning aktivlari va majburiyatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi; v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi; g) agar yuridik shaxsning tekin foydalanishida davlat mulki bo‘lgan mol-mulklari mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mol-mulklarni ikki hafta muddat ichida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiradi; d) yuridik shaxslarning debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va yuridik shaxslarning tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi. 11. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning xabarnomasini olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi. 12. Yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning xabarnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak. 13. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi: birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari bo‘yicha pul to‘lovlariga doir talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat tashkiloti tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish; ikkinchi navbatda — Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar; uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari. 14. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan yuridik shaxslar mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi va mazkur mol-mulkni ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi. Muomalasi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash qiymati bo‘yicha, mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak. 15. Kreditorlar talablarini qondirish a’zolar yoki boshqa shaxslar tomonidan tugatilayotgan yuridik shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 16. Kreditorlarning talablari to‘liq qondirilgandan keyin yuridik shaxslarning mol-mulki ortib qolgan hollarda, tugatuvchi tomonidan ular yuridik shaxslarni tugatish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan usullarda va yo‘nalishlarda, shuningdek yuridik shaxslar ustav maqsadlarida foydalaniladi. 17. Tugatuvchi: kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan; soliqlar va yig‘imlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha to‘langandan; kreditorlarning talablari to‘liq qondirilgandan keyin yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga so‘rov yuboradi. 18. Davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi. Byuro yuridik shaxslar qarzdor sifatid
144
62,714
Qonunchilik
SIYOSIY TAVAKKALChILIKLARDAN SUG‘URTA QILISh BO‘YIChA “O‘ZBEKINVEST INTERNEShL” KOMPANIYASI FAOLIYATINI MAQBULLAShTIRISh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarining hajmlari ko‘payishi sharoitida xorijiy investorlarning ishonchli sug‘urta himoyasini yanada ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Amerikan Interneshl Grup” (AIG) sug‘urta kompaniyasi tomonidan “O‘zbekinvest Interneshl” siyosiy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish kompaniyasining ta’sischilari tarkibidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasining: O‘zbekiston ta’sischisi — O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasining 40 mln AQSh dollari miqdoridagi ulushi bilan “O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustav kapitali miqdorini 50 mln AQSh dollarigacha kamaytirish; “O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustav kapitaliga hissasi 10 mln AQSh dollari bo‘lgan strategik investorni jalb qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda “O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasiga strategik xorijiy investorni jalb qilish choralarini ko‘rsin; “O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustaviga ro‘yxatga olingan mamlakat (Buyuk Britaniya) qonunchiligi talablariga muvofiq zarur o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin. 4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekinvest Interneshnl”, “Aig Uzbekinvest” qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini va “AIG Uzbekinvest” agentligini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 565-sonli qarori 1-bandining “a” kichik bandi va 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
157
1,888
Qonunchilik
FUQAROLARNING SUD IShLARIGA DOIR MUROJAATLARINI KO‘RIB ChIQISh AMALIYOTI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida belgilangan har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi amaldagi qonunlarda to‘liq yoritilgan. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish davlat organlarining, shu jumladan sudlarning bevosita muhim vazifalaridan biridir. Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyotini o‘rganish natijalari sudlarda murojaatlar bilan ishlash asosan to‘g‘ri tashkil etilganligini, ayni vaqtda murojaatlarga qo‘yilgan talablar, ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaat qiluvchining huquq va burchlari, uni ko‘rib chiquvchi shaxslarning huquq, burch va vazifalari hamda boshqa masalalar yuzasidan rahbariy tushuntirishlar berishni talab qiluvchi holatlar mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlari — ariza, taklif va shikoyatlari qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi va ularning qonuniy, asosli va adolatli hal qilinishi shartligi konstitutsiyaviy talabdir. Shunga ko‘ra murojaatlarni hal etishda rasmiyatchilik, sansolarlikka yo‘l qo‘yish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, murojaatlarni ko‘rib chiqilishini asossiz rad etish, ular bo‘yicha asossiz, qonunga zid xulosalar qilish yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni oshkor etish, murojaat qilganlik yoki murojaatda bayon etilgan tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini fuqarolarning huquqlari yoki fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan holda buzish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarish ko‘rsatib o‘tilsin. 2. Shaxslarning sudlarga qiladigan murojaatlari mazmun va shakl jihatidan protsessual xarakterda bo‘lgan yoki protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlariga bo‘linadi. Bunday murojaatlar tushunchasi qonun hujjatlarida belgilanmagan. Shu bois sudlarga tushuntirilsinki, mazmuni va shakliga ko‘ra protsess ishtirokchilari yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hamda protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan murojaatlari protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlar hisoblanadi. Sudda muayyan ishlarni mazmunan ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmagan, protsessual qonun hujjatlarida bevosita ko‘zda tutilmagan, protsessual harakatlar qilish yoki sud hujjati chiqarish uchun asos bo‘lmaydigan va dalil sifatida tan olinmaydigan murojaatlar esa protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlar hisoblanadi. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibidan farqlanadi. Xususan, sudga protsessual xarakterdagi murojaatlarni qilish huquqiga ega shaxslar, ularning huquq va burchlari, murojaatlarni ko‘rish tartibi va muddatlari kabi masalalar maxsus qonunlar — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va sud jarayoniga oid boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlarni ko‘rib chiqishga oid qoidalar esa “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom va boshqa shu kabi qonun hujjatlari hamda sudlarda ish yuritish tartibiga oid yo‘riqnomalarda aks etgan. Mazkur Plenum qaroridagi qoidalar protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqishga taalluqlidir. Sudlarga uqtirilsinki, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi mazmuniga ko‘ra protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etishda mazkur Qonunda belgilangan qoidalarni qo‘llab bo‘lmaydi”. 3. Sud ishlari bo‘yicha murojaat qilish huquqiga ega shaxslar doirasi, murojaatlarga qo‘yiladigan talablar, ularni ko‘rib chiqish tartiblari, muddatlari, murojaat qiluvchining huquq va burchlari, ularni ko‘ruvchi shaxslarning huquq, burch va vazifalari kabi masalalar maxsus qonunlar — jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual, ma’muriy qonunchilik me’yorlari bilan tartibga solinadi. 4. Amaldagi qonunlarda sud protsessi ishtirokchilarining doirasi qat’iy qilib belgilangan (JPKning 2-bo‘limi, FPKning 5-bobi, MJtKning 22-bobi). Sud protsessi ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos protsessual huquq va majburiyatlarga egaligiga, jumladan, ularning sudya va sudning harakatlari va qarorlariga nisbatan munosabat bildirish huquqlari ham turlichaligiga, sudlarda faqat sud protsessi ishtirokchilarining sud ishlari bo‘yicha murojaatlari ko‘rilishiga alohida e’tibor berilmog‘i lozim. Bu o‘rinda “sud protsessi ishtirokchilari” tushunchasi “sud majlisi ishtirokchilari” tushunchasidan kengroq ekanligi, sud majlisida qatnashmagan shaxslar ham, basharti, sud ishlari va hujjatlari ularning huquq va manfaatlariga biror-bir tarzda daxldor bo‘lsa, ular yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirilsin. 5. Sudyalar fuqarolar tomonidan beriladigan murojaatlarni qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish masalasini o‘sha vaqtning o‘zidayoq hal etishlari shart. Pochta aloqasi vositasida kelib tushgan yoki o‘zga idora va mansabdor shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlar, agarda ularni hal etish masalasi sudlarga taalluqli bo‘lmagan holatlarda, 5 (besh) kun muddatdan kechiktirmay tegishli idora yoki mansabdor shaxslarga jo‘natilishi va bu haqda fuqaroga ma’lum qilinishi kerakligi ta’kidlansin. 6. Murojaatlarni qabul qilishni rad etishga faqat qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Qonun murojaat etuvchiga o‘z talablarini huquqiy jihatdan aniq ifodalab berish hamda ularni asoslovchi moddiy huquq normalarini ko‘rsatib berish majburiyatini yuklamaydi. Shunga ko‘ra murojaatlarni bunday asoslarga binoan qabul qilishni rad etish mumkin emas. 7. Sudga qabul qilingan ishlar sudda ko‘rilgunga qadar ular yuzasidan qilingan murojaatlar sud majlisida ishga qo‘shib ko‘riladi. 8. Sud majlisi jarayonida sud protsessi ishtirokchilari bo‘lgan fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarni alohida ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi. Bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etilib, yozma murojaat ishga qo‘shiladi. Sud majlisida qilingan murojaatlar bo‘yicha sud (sudya) tomonlarning ular yuzasidan fikrini bilgach, darhol qaror qabul qilishi shart. 9. Sud (sudya)larga protsess ishtirokchilarining murojaatlariga doir ajrimlar haqida ular yuzasidan taraflarga, shuningdek, protest keltirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorlarga xabar berish va bunday ajrimlarning nusxalarini yuborish majburiyati yuklanmagan. 10. Jinoyat-protsessual kodeksining 479, 498 va 510-moddalarida birinchi bosqich sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmi, ajrimi, qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish, shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilish huquqiga ega bo‘lgan sud protsessi ishtirokchilari doirasi qat’iy qilib ko‘rsatilgan. Jumladan, sudning qonuniy kuchga kirmagan va kirgan hukmi ustidan sudlangan (mahkum), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqli. Fuqarolik-protsessual kodeksining 310-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari va sud protsessi ishtirokchilari, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar haqli (FPKning 33-moddasi). Shuning bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 52-53-moddalarida belgilangan tartibda vakolati rasmiylashtirilgan vakillar va advokatlar esa FPKning 54-moddasi 2-qismi talabiga muvofiq sud qarorlariga nisbatan mustaqil shikoyat keltirish vakolati to‘g‘risida maxsus ruxsat berilgan vakolatnomaga ega bo‘lgan taqdirdagina apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlari bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘lishlari tushuntirilsin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 314-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida faqat o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek, ularning qonuniy vakillari va vakillari (advokat va b.) shikoyat berish huquqiga ega. Sud protsessi ishtirokchisi bo‘lmagan fuqarolarning muayyan sud ishlariga doir apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi murojaatlari sudlarga qabul qilinmaydi va tekshirib chiqilmaydi. Yanglish qabul qilingan yoki pochta aloqasi orqali kelib tushgan yoxud o‘zga idora va mansabdor shaxslar tomonidan yuborilgan bunday murojaatlar yuzasidan faqat murojaat etuvchining o‘zigagina tegishli protsessual qonun talabi tushuntirilgan javob berilishi taqozo etiladi. Mazkur qoida deputatlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, vakillik idoralari, davlat va nodavlat tuzilmalari, muassasalari, ularning mansabdor shaxslari va boshqalar orqali yuborilgan ana shunday murojaatlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi. 11. “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi talabiga muvofiq, fuqarolarning murojaatlari, agar ular qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘ziga jo‘natish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar bo‘lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o‘ziga qaytariladi. Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha axborotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo‘lsa, mazkur murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi qo‘shimcha axborot to‘plashi mumkin. Fuqarolarning murojaatini ko‘rib chiqayotgan davlat organi zarur hollarda murojaat joyning o‘zida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi kerak. Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning o‘zi yoki boshqa shaxs yo‘qligida murojaatni ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. 12. Murojaatlarda sud protsessi ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolarning familiyasi, ismi, yashash yoki jazoni o‘tash joyi, qanday sud qarori yoki protsessual harakat yuzasidan murojaat qilinayotganligi, murojaatning mohiyati va uni asoslovchi vajlar, qo‘yilayotgan talab yoki qilinayotgan iltimos batafsil bayon etilgan, murojaatning yozilgan, berilgan vaqti va joyi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi va ular, albatta, murojaat etuvchining aynan o‘zi tomonidan imzolanishi shart. Bunday shartlarning bajarilmasligi oqibatida murojaat qiluvchining haqiqatan sud protsessi ishtirokchisi ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek, uni anonim hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan boshqa hollarda, murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi. 13. Nazorat tartibidagi murojaatlarga barcha sud qarorlari, muqaddam qilingan murojaatlar yuzasidan javoblar, boj to‘lanishi lozim bo‘lgan hollarda esa tegishli to‘lov qog‘ozi, murojaat vakil orqali qilingan bo‘lsa, notarial yoki o‘zgacha qonuniy tarzda rasmiylashtirilgan vakolatnoma, advokatning muhrli orderi va boshqa zarur hujjatlarning, muayyan holatga qarab, asli yoki nusxalari albatta ilova qilinishi shart. Murojaatni to‘g‘ri hal etish uchun muhim bo‘lgan bunday hujjatlarning bo‘lmasligi dastlab, muayyan holatdan va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntirilib murojaatni harakatsiz qoldirishga, talab bajarilmagan taqdirda esa uni ko‘rmay qoldirishga yoki sababini ko‘rsatib qaytarishga asos bo‘la oladi. Shuning bilan birgalikda, amaldagi qonunlarga ko‘ra, fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ham qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish yoki murojaatlarni ko‘rib chiqayotgan organga hujjatlarni tegishli shaxs yoki idoradan so‘rab olish haqida iltimos qilish huquqiga ega ekanliklari, shuningdek, murojaatni tekshiruvchi ham tegishli hujjatlarni talab qilib olishi mumkinligidan kelib chiqib, arzimas sabablarni ro‘kach qilib murojaatlarni ko‘rmaslik oqibatida sansolarlikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligi uqtirilsin. 14. Murojaatlar bilan xolisona ishlashning muhim shartlaridan biri — ularning qarorlari va xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilinayotgan shaxs (sudya, sud tarkibi, sud xodimi) ning aynan o‘ziga ko‘rib chiqish uchun bermaslikdir. Mazkur qoidaning buzilishi qayta va takroriy murojaatlarni keltirib chiqarishi oqibatida sudlarda ishlarning sun’iy ravishda ortishiga va fuqarolarning haqli noroziliklariga sabab bo‘ladi. 15. Sudlar murojaatlarni xolisona, to‘la, har tomonlama va qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqishlari; murojaatga sabab bo‘lgan sud ( sudya) qarorlari harakatlarining qonuniy, asosli va adolatliligini tekshirishlari, qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash bilan birgalikda ularga nisbatan tegishli munosabat bildirishlari; fuqaroning buzilgan huquqlarining tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning amalda ijro etilishini ta’minlashlari shart. Murojaatlari ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish uchun asos bo‘lgan, shuningdek, murojaat kimning manfaatlariga taalluqli bo‘lsa, ana shu sud protsessi ishtirokchilariga sud qarori nusxasining taqdim qilinishi yoki jo‘natilishining o‘zi yetarli bo‘lib, bunday murojaatlarga alohida javob berilmaydi. Murojaatlar nazorat tartibida ko‘rilganda murojaat etgan sud protsessi ishtirokchisiga uni tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati to‘g‘risida yozma tarzda ma’lum qilinishi shart. 16. Nazorat tartibida keltirilgan murojaatdagi iltimos rad etilganda yoki qisman qanoatlantirilganda uning sabablari atroflicha asoslantirilgan, tegishli huquqiy me’yorlarning talablari tushuntirilgan holda oddiy kishilar tushuncha oladigan so‘zlar, umum-e’tirof etgan atama va nomlar bilan bayon qilinishi zarur. Javoblarda sud qarorlarini qabul qilishga asos bo‘lgan holatlar (jumladan, ayblovning mazmuni, nizo predmeti va b.) ning ko‘rsatilishi talab etilmaydi, chunki murojaatlar sud protsessi ishtirokchilarining o‘zlari tomonidan beriladi va bu holatlar ularga ma’lumdir. Murojaatlar yuzasidan qabul qilinadigan qaror va javob, albatta, ular yozilgan yoki muayyan sud ishi yuritilgan tilda bo‘lishi shart. 17. Sudlar murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha protsessual qonunlarda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etishlari shart. Ishlarni murojaatlar asosida apellatsiya, kassatsiya instansiya sudlarida ko‘rish uchun rasmiylashtirish muddatlari va tartiblariga rioya etilishi bo‘yicha ishni birinchi bosqich sudida ko‘rishda raislik etgan sudya shaxsan mas’uldir. 18. Ishni murojaatlar asosida apellatsiya va kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida to‘xtamga kelsa, bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Ishni yuqori sudda ko‘rish muddati tegishli sud raisi tomonidan uzaytirilganda esa ajrim chiqarish talab etilmaydi, lekin protsess ishtirokchilariga bu haqda xabar qilinishi shart. 19. Har qanday murojaatlarni hal qilish muddati tegishli sudga kelib tushgan kundan hisobga olinishi uchun ularning tushgan vaqtini aniq qayd etilishi zarurligi, har bir murojaat sudlarning devonxonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingina ijrochiga berilishi va ish hujjatlariga qo‘shilishi mumkinligi, mazkur qoida sud protsessi ishtirokchilari tomonidan bevosita taqdim etiladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga ham taalluqli ekanligi, bu esa o‘z navbatida sud ishlariga doir murojaatlarning (ayniqsa, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlarining) qonuniy muddatlarda berilganligini aniqlovchi vosita hisoblanishi sudlarga tushuntirilsin. Talab qilingan ishning uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida kelmasligi murojaatlarni hal qilish muddatlarini kechiktirish uchun asos bo‘laolmasligi sababli iltimosnomalarning nusxalari, ularning tegishli sudlarda qayd qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda, ish bilan qo‘shib qaytarib yuborilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilsin. Tegishli kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddatini ko‘rsatib, murojaat qiluvchiga tushuntirish berilgan holda murojaatning harakatsiz qoldirilgan muddati uni hal etish muddatiga qo‘shilmaydi. 20. Murojaatda muayyan ishni ko‘rishda sud (sudya) tomonidan protsessual qonun me’yorlari buzilganligi haqida vajlar keltirilgan bo‘lib, sud (sudya) ning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish zaruriyati mavjud bo‘lsa, ish shunday tekshiruvni o‘tkazish uchun tegishli sudyalar malaka hay’atlariga yuboriladi va uning xulosasi olingandan keyingina kassatsiya tartibida ko‘riladi. Xizmat tekshiruvi o‘tkazishda qatnashgan va u yuzasidan tuzilgan xulosani imzolagan sudya kelajakda shu ishni birinchi bosqich sudida, apellatsiya, kassatsiya bosqichi sudida yoki sud nazorati tartibida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin. 21. Davlat boji to‘lash lozim bo‘lgan taqdirda tegishli to‘lov qog‘ozi ilova qilinmagan murojaatlar dastlab harakatsiz qoldiriladi, kamchilikni bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan holda berilgan tushuntirishdan keyin shu muddat o‘tgach esa u berilmagan hisoblanib qaytariladi. Davlat boji to‘lashdan ozod etish haqida asoslantirilgan arizalar mavjud bo‘lganda ular tegishli tartibda hal etilgach murojaatlar ko‘rib chiqiladi. 22. Sud ishlariga nisbatan viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan tegishli munosabat bildirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasligi ularni asosan Oliy sudda ko‘rmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunday murojaatlar munosabat bildirilmaganligini ko‘rsatuvchi yetarli asoslar bo‘lgan taqdirdagina shu sudlarga yuborilishi mumkin. 23. Nazorat tartibidagi murojaatlar ishni talab qilib olish yo‘li bilan ko‘rib chiqilgan barcha hollarda, basharti protest keltirishga asos mavjud emas degan to‘xtamga kelinadigan bo‘lsa, uni ko‘rib chiqqan shaxs tomonidan uning imzosi bilan bu haqda asoslantirilgan xulosa tuziladi. Xulosa protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Xulosa tasdiqlangandan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqqan shaxs o‘z imzosi bilan asoslantirilgan javob yo‘llashi mumkin bo‘ladi. Vakolatli shaxs tomonidan ishni talab qilib olish yoki murojaatga javob berish masalasi qanday hal etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasdan turib murojaatni ko‘rib chiqqan shaxsda u yuzasidan o‘z imzosi bilan javob qaytarish huquqi paydo bo‘lmaydi. Sud protsessi ishtirokchisining bevosita o‘zi hamda uning vakili hisoblangan sud protsessi ishtirokchisi (himoyachi va boshqalar) tomonidan bir xil vajlar bayon etilgan alohida-alohida murojaatlar berilgan holda, ularda keltirilgan barcha vajlarga asoslantirilgan yagona javob yozib, javob nusxalarini har biriga yuborish lozim. 24. Aynan bir sudning o‘ziga nazorat tartibida qilingan takroriy murojaatlarga agarda ular o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra ilgarigisidan farq qilmasa va protest keltirish uchun asos bo‘lmasa, muqaddam javob qaytarilganligini ma’lum qilish bilan kifoyalanish mumkin. Dastlabki javobni to‘ldirish, yoxud murojaatni qaytadan har tomonlama va to‘la ko‘rib chiqish, o‘zgartirish zarurati bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Muqaddam protest keltirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, uni rad etish to‘g‘risida xulosa tuzgan shaxs takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish mumkin emas, lekin o‘sha xulosani tasdiqlagan, protest keltirishga vakolati bo‘lgan shaxsda takroriy xulosani tasdiqlash yoki protest keltirish huquqi saqlanadi. 25. Sud qarorlarining ijrosiga doir masalalar bo‘yicha yuqori sudlarga kelib tushgan murojaatlar shu qarorni qabul qilgan sudga yoki ijro qilinadigan joydagi sudga yoki Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti hududiy bo‘limiga ijroni tashkil etish ko‘rsatilib jo‘natiladi. 26. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun va amaldagi protsessual qonunlarga ko‘ra, sudlarning rahbarlari tomonidan fuqarolar qabulining to‘g‘ri tashkil etilishi, eng avvalo, ularning qonuniy majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun bu masalaga doimiy e’tibor berish, qonunga binoan qabulning qat’iy kunlari, soatlari aniq belgilab qo‘yilishi, belgilangan kun, vaqt va joyni asossiz ravishda boshqa vaqtga qoldirish, sud rahbarining zaruriy xizmat safari, ta’tilda bo‘lishi, betobligi kabi uzrli sabablar bo‘lmagan taqdirda qabul jadvalini o‘zgartirish mumkin emasligi tushuntirilsin. Sud rahbarlari har bir sudda murojaatlarni qabul qilishning markazlashtirilgan, qat’iy va yagona ro‘yxatga olinadigan tizimini tashkil etishlari shart. 27. Sud ishlari bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish fuqarolar haq-huquqlarini ro‘yobga chiqarish va muhofaza etish vositasi bo‘libgina qolmay, balki ular orqali odil sudlovning umumiy ahvolini, sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoni ham vujudga keladi. Murojaatlarni hal etish amaliyotini umumlashtirish, tahlil qilish natijasida odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha qayerda qanday kamchiliklar mavjud, nimalarga e’tiborni kuchaytirish va qanday choralarni qo‘llash zarurligini aniqlash mumkin. Qaysi sud, sudya xususida asosli shikoyatlar ko‘paysa, shu sudda yoki sudya faoliyatida kamchiliklar mavjudligi, qonunlarga rioya qilish susayganligi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazilayotganligi ehtimoli borligiga e’tiborni qaratish kerak. Shuning uchun barcha sudlar sudlarga kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni muntazam tahlil qilib borishlari, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning sabablarini aniqlashlari va mavjud nuqsonlarni bartaraf qilish bo‘yicha muayyan tadbirlarni belgilashlari lozim bo‘ladi. 28. Sudlarga fuqarolarning murojaatlarini hal etishda protsessual qonunlarga qat’iy rioya qilish, birorta ham qonun buzilishi holatini e’tibordan chetda qoldirmaslik, sud xatolarini tezlikda tuzatish choralarini ko‘rish, sud ishlariga doir murojaatlarni hal etishda fuqarolar manfaatlari birlamchiligi tamoyiliga asosan ish yuritish, xolisona adolatni o‘rnatish tavsiya etilsin. 29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu masalani, o‘ta muhimligidan kelib chiqib, muntazam ravishda umumlashtirib borsinlar va bir yilda kamida ikki marta kengaytirilgan Rayosat majlisida muhokama qilib Plenum qarorlarining bajarilishini ta’minlasinlar.
79
23,642
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI G‘AZNAChILIK IJROSI BUXGALTERIYA HISOBINING YaGONA HISOBLAR REJASINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–3618-sonli Farmonining 1-ilova IV bo‘lim 6-bandi ijrosini amalga oshirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti g‘aznachilik ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi ilovaga* asosan tasdiqlansin. 2. Ushbu buyruq moliya va g‘aznachilik organlari, budjet mablag‘lari oluvchilar va davlat maqsadli fondlar taqsimlovchilariga joriy etilsin. 3. Mazkur buyruq 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
126
784
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 26 NOYABRDAGI 419-SON VA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI O
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish haqida 1997-yil 3-noyabrdagi PF-1879-son Farmonini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasini iqtisodiy islohotlarning zamonaviy bosqichlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining Yangi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarorining 11-bandini o‘zgartirilib, belgilansinki, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 6 nafar vazir o‘rinbosari, shu jumladan 3 nafar birinchi o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Vazirning iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligida islohotlar masalalariga mutasaddi bo‘lgan birinchi o‘rinbosariga qo‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqaruvchilarining “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bilan mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning samarali ishlashini tashkil etish uchun javobgarlik yuklanadi. 3. Belgilansinki, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ixtiyoriga berilgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) ayni vaqtda vazirning qishloq xo‘jaligidagi ilmiy-texnika taraqqiyoti va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi bo‘lgan o‘rinbosari hisoblangan bosh direktor boshchilik qiladi. Markazda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan bosh direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlari joriy etiladi. 4. Markazda ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri uning raisi, Markazning bosh direktori rais o‘rinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga ko‘ra bosh direktor o‘rinbosarlari va Markazning bosh ilmiy kotibi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi, Fanlar akademiyasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – agrosanoat kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnika kengashi a’zolarining shaxsiy tarkibi (tarkibga lavozimga ko‘ra kiruvchi shaxslardan tashqari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga uchinchi ilovaning 12 va 23-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
250
2,822
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ayrimlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni o‘tash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Muqobil xizmatni tashkil etish va uni o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan, “Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan, “Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga 6-ilovaning 5-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) “energetika va elektrlashtirish” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi” so‘zlaridan keyin “O‘zdavenergonazorat” agentligi” so‘zlari qo‘shilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-avgustdagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan “Suv resurslarini to‘plash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos stansiyalarini elektr bilan ta’minlash va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish Tartibida”: 1-banddagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; matndagi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda)ning 3 va 5-bandlaridagi hamda qarorga 2-ilovaning 13-bandidagi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga va Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin, qarorning 2-bandidagi va 2-ilovaning 12-bandidagi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zdavenergonazorat” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga 1-ilovaning 4.42 va 14.33-bandlaridagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan, ilovalar matnidagi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zkommunxizmat” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Foydalanilayotgan elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 74-modda) va unga ilovalar matnidagi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 27-maydagi 271-son qarori 4-bandning ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
143
4,488
Qonunchilik
QIMMATBAHO METALL VA QIMMATBAHO TOShLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRUVChI ShAXSLAR UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALA
O‘zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-331-sonli qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2034, 2009-y., 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 492-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 9-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek, zarur hollarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risida so‘rash; mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish; identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish”; yettinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin: “91. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim”. 3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar Departament bilan kelishilgan holda mas’ul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart”. 4. 15-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “tekshirishga haqlidir” degan so‘zlar “tekshirishga majburdir” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 18-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi”. 6. 25-band “mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash materiallarini va ma’lumotlarini” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan, ish yozishmalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. Quyidagi mazmundagi 271-band bilan to‘ldirilsin: “271. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa hujjatlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim”.
250
4,182
Qonunchilik
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
152
617
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI TIZIMI HUDUDIY BO‘LINMALARI RAHBARLARINI TAYINLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari qat’iyan hamda so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, milliy me’moriy-madaniy an’analarni, respublika aholi punktlarining, ayniqsa qishloq joylarda, zamonaviy qiyofasini shakllantirishni hisobga olgan holda aholi punktlari bosh rejalarini sifatli ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimi hududiy tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida: 1. Belgilansinki: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar; shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi majmuasi Rahbari bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda, ushbu Qarordan kelib chiqqan holda, Hukumat qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin. 3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Tashkiliy-nazorat xizmati rahbari I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
156
1,716
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-701-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-701-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
141
312
Qonunchilik
KIChIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berish tizimini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi” aksiyadorlik jamiyati (“Biznes-fond”) muassislari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Biznes-fond” aksiyadorlik jamiyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishini, shuningdek kredit resurslari qoldig‘i 2004-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra “Biznes-fond” aksiyadorlik jamiyati balansidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki balansiga berilishini ta’minlasin. 4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarori talablariga muvofiq mahalliy xomashyodan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida tadbirkorlarga lizing asosida zamonaviy chet el texnologiya liniyalari va asbob-uskunalari yetkazib berish yo‘li bilan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Raanani-Xolding” kompaniyasi bilan 50 mln. AQSh dollari summasidagi qo‘shma dasturning amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, qaytarish asosida “Biznes-fond”ga ajratilgan kredit resurslari bo‘yicha shartnomalarni “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki bilan qayta tuzsin; qarz oluvchilar tomonidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki bilan 1998-yil sentyabrgacha berilgan “Biznes-fond” kreditlari hamda texnika va asbob-uskunalar lizingi bo‘yicha shartnomalarning qayta tuzilishini ta’minlasin; “Biznes-fond” hammuassisi hisoblanadigan korxonalarning ustav fondlaridagi “Biznes-fond” ulushlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishni yoki tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlarga qayta rasmiylashtirishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin; Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kredit liniyalari hisobiga kichik tadbirkorlik subyektlarini tijorat banklari hamda lizing kompaniyalari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash Fondi (“Biznes-fond”)ni tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 26-iyuldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 24-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 16-apreldagi 151-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 4-son, 12-modda) “b” bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 4-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
137
3,936
Qonunchilik
Ish beruvchining nomidan sudga kimni yuborish mumkin
Kompaniyada хodim bilan mehnat nizosi yuzaga keldi. Ish oʻz foydasiga hal boʻlmagach хodim sudga da’vo bilan murojaat qildi. Tashkilot nomidan vakil sifatida sudda ishtirok etish uchun kimni yuborish mumkin? Vakilning vakolatlarini qanday toʻgʻri rasmiylashtirish lozim? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» kompaniyasining mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi: – FPKning 65-moddasiga muvofiq tashkilotlar sudda ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. Albatta, sudda tashkilot manfaatlarini yuriskonsult yoki advokat ifodalasa yaхshiroq boʻladi. Biroq kadrlar boʻlimi хodimini va (yoki) mehnat nizosining turiga qarab boshqa хodimni ham sudga yuborish mumkin. Shuningdek, kompaniya rahbarining oʻzi ham sudga borsa boʻladi. Darvoqe sud ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaхsni ishda ishtirok etish uchun jalb qiladi. Vakillik qanday rasmiylashtiriladi? Sudda ishtirok etish uchun vakilga ishonchnoma beriladi. Namunaga qarang. Bunday ishonchnomani notariusda tasdiqlatish shart emas.Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
52
1,345
Qonunchilik
SUD QONUNChILIGINI DEMOKRATLAShTIRISh VA LIBERALLAShTIRISh HAMDA SUD TIZIMI MUSTAQILLIGINI TA’MINLASh BO‘YIChA TADQIQOT MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda O‘zbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirishga, jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari puxta himoya qilinishini ta’minlovchi mustaqil sud hokimiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakat Konstitutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga muvofiq jinoiy jazo tizimi va sud ishlarini yuritish bosqichma-bosqich liberallashtirildi, shaxsni jamiyatdan ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini tayinlash imkoniyatlari kengaytirildi, natijada ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilgan shaxslar salmog‘i 2007-yilda 2000-yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proq qisqardi. Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi odil sudlov sifatini oshirishga imkon berdi. Ishlarni ko‘rib chiqishning apellatsiya (shikoyat) tartibi joriy etilishi sud protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishida qo‘shimcha kafolat bo‘ldi, yarashuv institutining kiritilishi esa, keyingi yetti yil ichida salkam yetmish ming kishiga nisbatan jinoiy ta’qib tugatilishi uchun imkon berdi. Joriy yilning birinchi yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilindi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. Sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishning samarali, zamonaviy demokratik prinsiplarga asoslangan tizimi yaratildi. Sud tizimini demokratlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqlarini yanada samarali ta’minlash va advokatura rolini oshirish, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish imkonini berdi. Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, sudning obro‘si va mustaqilligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniyligini ta’minlash, sudlar faoliyatiga aralashishga hamda g‘ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin. 2. Belgilansinki, Markaz: o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga hisobot beradigan mustaqil axborot-tahlil va maslahat muassasasi hisoblanadi; unga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadigan direktor amalga oshiradi. Markaz direktori moddiy, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi; respublika budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali moliyalashtiriladi; sud-huquq sohasida huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va Adliya vazirligi, davlat organlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi, Markazning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. 3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: sud faoliyatini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud tizimi vazifalarini belgilab beruvchi qoidalari ro‘yobga chiqarilishi samaradorligi masalalari bo‘yicha qonunchilik bazasini tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, Qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan huquqni qo‘llash, sud amaliyotini o‘rganish hamda umumlashtirish; jinoiy, ma’muriy jazolar tizimini yanada liberallashtirish, sud, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xo‘jalik protsessual qonunchiligini, sud ishlarini yuritishni demokratlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro‘sini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, sud faoliyatiga aralashish hollariga barham berish, g‘ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha takliflar tayyorlash; sud faoliyati sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini chuqur o‘rganish hamda milliy qonunchilikka tatbiq etish, odil sudlovni amalga oshirish sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud mustaqilligini ta’minlash prinsiplariga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish. 4. Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi to‘g‘risidagi Nizom, uning tuzilmasi, xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 kishidan iborat bo‘lgan shtat jadvali, shuningdek, mehnat haqi razryadlari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnat haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (B. Mustafoyev): bir oy muddatda Markazni sudlarda va axborot-tahlil faoliyati sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilg‘or chet el tahlil markazlarida tayyorlash va qayta tayyorlashning 2008-2009-yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqilishini ta’minlasin; uch oy muddatda Markazning joylashtirilishi va obodlashtirilishini, zarur kompyuter va nusxa ko‘paytirish texnikasi, dasturiy vositalar, idoraviy mebel hamda Markazning samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika vositalari, uslubiy materiallar bilan ta’minlasin; ikki oy muddatda Markazning ustuvor yo‘nalishlarini, 2008-yil ikkinchi yarmi va 2009-yilga mo‘ljallangan axborot-tahliliy ishlari va tadbirlari dasturini belgilasin hamda ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin. 6. Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun o‘rnatilgan tartibda mehnatga haq to‘lash shartlari, maxsus unvonlar, mansab darajalari tatbiq etilishi belgilab qo‘yilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) 2009-yildan boshlab, har yili Markazni joriy ta’minlash va moliyalashtirishga, shu jumladan, axborot nashrlari va adabiyotga obuna bo‘lish, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun respublika budjeti hisobidan mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin. 8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha Markazning joriy ta’minoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita xizmat yengil avtomobilini xarid qilishi va ta’minoti uchun mablag‘ ajratsin. 9. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin. 10. Markaz: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuborilishi shart bo‘lgan (1 nusxada) tashkilotlar ro‘yxatiga; Markaz kutubxonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining statistika axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 12. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
155
8,635
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining sakkiz yilligi munosabati bilan fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikamizda fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, mamlakatimiz istiqlolini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish hamda tinchlik va barqarorlikni saqlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
215
299
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2000-YIL 11-IYULDAGI 265-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan Tijorat banklari kengashlari raislari etib tasdiqlansin: X.O. Jumayev — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari M.B. Nurmurodov — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish kiritsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
136
840
Qonunchilik
1997-yilgi bahorgi dala ishlarini o‘tkazishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
1997-yil hosili uchun bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” va “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmalari, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari texnikani ekish mavsumiga 25-martdan kechiktirmay tayyorlab qo‘yish, shu yil 20-aprelgacha asosiy maydonlarda chigit ekishni tugallash, 5-maygacha esa ko‘chatni to‘liq undirib olish uchun yerlarni tayyorlash yuzasidan barcha ishlarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan chigit ekish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi har besh kunda jadvalning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. 2. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi qishloq xo‘jalik korxonalariga zarur ehtiyot qismlar, uzellar va qishloq ho‘jalik texnikasiga agregatlar jamlanishi va o‘z vaqtida yetkazib berilishini tashkil etsin, ularni import bo‘yicha olib kelishga alohida e’tibor bersin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va so‘v xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi qishloq xo‘jalik korxonalarini yuqori sifatli urug‘lik va ekish materiali bilan ta’minlasinlar, tuksizlantirilgan chigit va paxtani plyonka ostiga ekish uchun dalalarni tayyorlashni alohida nazorat ostiga olsinlar. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida oziqlantirish, sug‘orish va ularga ishlov berish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q. G‘. Obidov zimmasiga yuklansin.
98
2,082
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 23-OKTYaBRDAGI PF-3931-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONI BO‘YIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. 2007-yil 16-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 19-iyuldagi M-37 va 74-sonli qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (2007-yil 23-iyul, ro‘yxat raqami 1699 — O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 29-30-son, 314-modda); Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 26-oktabrdagi M-42 va 97-sonli qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish kiritish haqida (2007-yil 29-oktabr, ro‘yxat raqami 1699-1). 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. Ko‘rsatib o‘tilgan Farmonga muvofiq 2007-yilning 16-noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi: a) eng kam ish haqi — oyiga 18630 so‘m; b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 36900 so‘m; v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 36900 so‘m; g) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 22350 so‘m. 2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (18630 so‘m x 8 = 149040 so‘m). 3. Pensiya qayta hisoblanadigan o‘rtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar bo‘yicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar o‘rnatiladi. 4. Pensionerning ish haqlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan yoki o‘rtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qo‘llanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (18630 so‘m)ga etmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 36900 so‘m, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yo‘qotgan oilalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 18450 so‘m miqdorida belgilanadi; talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (to‘liq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz). 5. Yangi o‘rtacha oylik ish haqining miqdori 18630 so‘mdan 67090 so‘m 91 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun 61500 so‘m) bo‘lgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 36900 so‘m miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yo‘qotgan oilalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 18450 so‘m miqdorida belgilanadi; talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (to‘liq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz). 6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: yangi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (149040 so‘m); olingan o‘rtacha oylik ish haqi, ish stajiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga ko‘paytiriladi. 7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (18630 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi.
250
5,307
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarorining 3-ilovasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosqichma-bosqich hamda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jamoat fondi va Parlament komissiyasi faoliyatining shaffofligi hamda ochiqligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga, Parlament komissiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, davlat soliq va statistika organlariga hamda ommaviy axborot vositalariga muntazam ravishda axborot va hisobotlar taqdim etish yo‘li bilan ta’minlanmoqda. “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini izchil va bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish jarayonida Parlament komissiyasining faoliyatini kuchaytirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2010-yil, № 4, 173-modda; 2012-yil, № 5, 144-modda) 3-ilovasiga o‘zgartishlar kiritilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati yalpi majlisi tasdig‘iga kiritilsin.
237
2,733
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
160
698
Qonunchilik
Noqonuniy turar joylarni e’tirof etish ishlari boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida» 2018 yil 20 apreldagi PF–5421-son Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari haqida»gi 461-son qarori qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, 1.05.2019 yilga qadar Oʻzbekistonda jismoniy shaхslarning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruхsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik aksiya oʻtkazilmoqda. Aksiya koʻp qavatli uylarga, ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, shuningdek noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.   Farmon qabul qilingandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar e’tirof etilmaydi. Buning ustiga, bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari bekor qilinadi (FKning 212-moddasiga qarang).   Qabul qilingan hujjatda aksiyani oʻtkazish tartib-taomillari belgilangan. Mulk huquqi e’tirof etilishi uchun fuqaro davlat хizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Murojaat etuvchi arizani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: Murojaat etuvchidan boshqa ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Davlat хizmatlari markazi хodimi hujjatlar olingani toʻgʻrisida tilхat beradi yoki roʻyхatdan oʻtkazish raqamini koʻrsatgan holda ariza nusхasida bu toʻgʻrisida tegishli yozuvni qayd etadi. Koʻrinib turganidek, arizani qabul qilganlik va koʻrib chiqish uchun hech qanday yigʻim toʻlanmaydi (keyinchalik ijobiy qaror qabul qilinganda 5 EKIH miqdorida yigʻim toʻlanadi). Hujjatlar paketi davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan skanerlanadi va 1 soat mobaynida aхborot tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filialiga yuboriladi. Filial vakili 3 ish kuni mobaynida joyga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganib, uning planini shakllantiradi, uni ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining (bundan keyin – komissiya) a’zolariga yuboradi. Komissiyaga hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari boshchilik qiladi.   Komissiya a’zolari 5 kalendar kun mobaynida imoratni joyga borgan holda oʻrganadilar va filialga oʻz хulosalarini (ma’lumotnomalarini) taqdim etadilar: Xulosalar qonun hujjatlari normalari bilan asoslantirilgan, mas’ul mansabdor shaхslar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari, qoʻriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar, chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinida joylashganda, komissiya a’zolari tegishli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlardan ma’lumotnomalarni (хulosalarni) soʻrab olishga haqli. Bunday soʻrovnomaga 3 kalendar kunida javob berilishi kerak. Bu – muhim! Fuqarolar oʻrtasida nizolar boʻlsa, uni hal qilish komissiya vakolatiga kirmaydi. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning egasi faqat nizo qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal qilingandan keyin va faqat bir martalik aksiya tugagunga qadar unga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishni soʻrab murojaat qilishi mumkin.  Komissiya ishchi organi 3 kalendar kuni mobaynida uning a’zolarining хulosalariga (ma’lumotnomalariga) asosan oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin/mumkin emasligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi. Dalolatnoma komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi: Dalolatnomada oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni e’tirof etish mumkinligi koʻrsatilgan boʻlsa, shu kuniyoq 5 EKIH miqdorida yigʻim toʻlash uchun hisobvaraq-faktura shakllantiriladi. Murojaat etuvchi 4 ish kuni mobaynida toʻlovni amalga oshiradi (muddatda toʻlanmagan taqdirda e’tirof etish ishlari toʻхtatib turiladi, biroq bir martalik aksiya tugagunga qadar yigʻimni toʻlab, ularni tiklash mumkin). Yigʻim toʻlangandan keyin 2 kalendar kuni mobaynida ishchi organi oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni e’tirof etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi. Qaror qabul qilish uchun 2 ish kuni beriladi. Unda shaхsga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish va undan foydalanish huquqi ham koʻrsatiladi. Qaror murojaat etuvchiga davlat хizmatlari markazi orqali 1 ish kuni mobaynida yuboriladi. Markaz oʻz muhri bilan tasdiqlangan qarorni murojaat etuvchiga taqdim etadi. Komissiya dalolatnomada oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emasligi toʻgʻrisida хulosaga kelgan boʻlsa, shu kuniyoq rad etish asoslari koʻrsatilgan tegishli хatni davlat хizmatlari markazi orqali murojaat etuvchiga yuboradi. Xatda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beriladi. Markaz хat tushganidan soʻng 1 soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda хabardor qiladi. Rad javobi berilgan хat markazning muhri bilan ham tasdiqlanadi.    Kamchiliklarni bartaraf etgan fuqaro oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan huquqni e’tirof etishni soʻrab yana murojaat qilishga haqli. Bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar shunday qilishga ruхsat beriladi. Komissiya qarori ustidan yuqori turuvchi komissiyaga (viloyat yoki respublika darajasidagi) yoхud sudga shikoyat qilish mumkin. Samir Latipov.
56
6,113
Qonunchilik
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining (bundan buyon matnda Nazorat tuzilmalari deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Namunaviy nizomda davlat organlari va tashkilotlari deganda — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tushuniladi. 2. Nazorat tuzilmalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, o‘zlari faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi. 3. Nazorat tuzilmalari o‘z tashkilotlarida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga mas’ul hisoblanadi. 4. Nazorat tuzilmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga (kuzatuv kengashiga) bo‘ysunadi. 5. Nazorat tuzilmalari rahbarlari tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi. 6. Nazorat tuzilmalari rahbarlarini lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi. Bunda, tashkilot tomonidan Agentlikka tashkilot rahbarining Nazorat tuzilmasi rahbarini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnomasi beriladi. Ushbu taqdimnomada xodimni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari ko‘rsatiladi. Taqdimnomaga xodimni lavozimidan ozod etish sabablari va motivlarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, xodimning arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va boshqa shu kabi hujjatlar) ilova qilinadi. 7. Agentlik tomonidan Nazorat tuzilmasi rahbarini lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari yetarli emas deb hisoblansa, shu jumladan Nazorat tuzilmasi rahbari ta’qib qilinayotganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu masalada Nazorat tuzilmasining rahbari bilan suhbat o‘tkazilishi mumkin. 8. Quyidagilar Nazorat tuzilmasi rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi: Nazorat tuzilmasi rahbarini lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda; Nazorat tuzilmasi rahbarining zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki o‘ziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun ta’qib qilinganligi holati aniqlanganda. 9. Taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotga Nazorat tuzilmasi rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari ko‘rsatilgan xat taqdim etiladi. 10. Nazorat tuzilmalarining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida (bundan buyon matnda tashkilot tizimi deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat. 11. Quyidagilar Nazorat tuzilmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish; tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish; tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish. 12. Nazorat tuzilmalari o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida: tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun tashkilot rahbariga kiritadi; tashkilotning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazaridan baholaydi va xulosalar beradi; tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Agentlikka kiritib boradi. b) tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida: tashkilotda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tashkilotda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi; tashkilot tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi; maxsus axborot aloqa kanallari orqali tashkilot xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; tashkilotda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reyestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi; davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va tashkilot bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi; tashkilot xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi; korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni tashkilot xodimlariga yetkazadi; tashkilot faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi; korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkilotda korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi; har chorakda va tashkilot rahbari talabiga ko‘ra tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida tashkilot birinchi rahbariga ma’lumot kiritib boradi; v) tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish sohasida: korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida tashkilotga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi; tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini ta’minlaydi; tashkilot xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi; tashkilot xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqadi; o‘quv rejaga muvofiq tashkilotning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi; tashkilot tizimi xodimlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi; tashkilotning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan ma’lumotlarni yangilanib borilishini ta’minlaydi; tashkilot tizimidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va tashkilotning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi; tashkilot tizimidagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi; odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi; amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi; tashkilot tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tuzilma (shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi; tashkilot faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi; g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi; qonunchilik hujjatlari bilan tashkilot zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi; tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi. Nazorat tuzilmasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 13. Nazorat tuzilmalariga va ularning xodimlariga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Nazorat tuzilmalari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilot xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni olish; xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida tashkilot xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish; tashkilot tizimi xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish; tashkilot rahbariyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; o‘z faoliyati doirasida tashkilot tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish; tashkilotning korrupsiyaga oid majlislarida ishtirok etish; tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish. Nazorat tuzilmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 15. Nazorat tuzilmalari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega: ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish; qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik; tashkilot tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish; tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan tashkilot rahbariyatiga ma’lumotnomalar kiritish; har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining birinchi o‘n kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni Agentlikka taqdim etish. Nazorat tuzilmalari xodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 16. Nazorat tuzilmalari xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglarda ishtirok etadi. O‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglar tashkilot yoxud Agentlik tomonidan tashkil etilishi mumkin. 17. Nazorat tuzilmasi faoliyatining natijadorligi tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorlik va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish natijalariga asosan baholanadi. Nazorat tuzilmalari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari tashkilotning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat tuzilmasi faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 18. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 19. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
110
15,583
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-398-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-398-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
146
401
Qonunchilik
FOIZLARNI O‘STIRMASLIK TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin. 3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 2-noyabrdagi 16/2-son qarori va u bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati to‘g‘risida nizom (1998-yil 2-dekabr 561-sonli ro‘yxat raqami) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) kreditlari, qarz qimmatli qog‘ozlari va boshqa moliyaviy vositalari (bundan buyon matnda aktivlar deb yuritiladi) bo‘yicha foizlarni Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq o‘stirmaslik (bundan buyon matnda MHXS deb yuritiladi) tartibini belgilaydi. Banklar mazkur Nizomga muvofiq aktivlarni “foizlarni o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazish hamda “foizlarni o‘stirmaslik” maqomini bekor qilish to‘g‘risida talablarni qo‘llash tartibini qabul qilishlari lozim. 1. Mazkur Nizomda quyidagi ta’riflardan foydalaniladi: buxgalterlik hisobining hisoblash usuli — ushbu usul bo‘yicha operatsiya va hodisalar pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari qabul qilinganida yoki to‘langanida emas, balki mazkur operatsiyalar ro‘y berganda tan olinadi hamda buxgalteriya yozuvlarida aks ettiriladi va ular qaysi davrga tegishli bo‘lsa, o‘sha davrning moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatiladi; real foiz stavkasi — bu aktivning foydalanish muddati davomida kutilayotgan kelgusi pul tushumi oqimlarini diskontlash uchun va aktivni boshlang‘ich balans qiymatiga tenglashtirish uchun zarur bo‘lgan foiz stavkasidir; real foiz stavkasi usuli — bu aktivning (majburiyatning) xizmat muddati davomida diskontni yoki mukofotni foizli daromadga (yoki xarajatga) amortizatsiya qilish yoki kechiktirilgan foizli to‘lovlarni (masalan, har oyda emas, har yili olinadigan yoki to‘lanadigan) taqsimlash orqali o‘zgarmas foiz stavkasini tan olishga olib keluvchi usuldir; qadrsizlanish — aktivning qoplanish summasining balans qiymatidan pasayishi; foizlarni o‘stirmaslik — hisoblangan foiz daromadini to‘liq olish ehtimoli mutlaqo qolmagan yoki qarzning asosiy summasini to‘liq olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, aktivga nisbatan hisoblash usulini qo‘llash to‘xtatiladi; qoplanadigan summa-aktiv realizatsiyasi sof qiymati yoki undan foydalanish qiymatining eng yuqorisi. 2. Banklar aktivlarni “foizlarni o‘stirmaslik” maqomiga quyidagi hollarda o‘tkazadi: 1) aktivlar Markaziy bankning normativ hujjatlariga muvofiq qoniqarsiz, shubhali va umidsiz turlarga tasniflanganda; 2) aktiv MHXS ga muvofiq qadrsizlanganda (1-ilova); 3) asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‘lash muddati 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yilgacha bo‘lgan foizli aktivlar bo‘yicha); 4) asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‘lash muddati 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan foizli aktivlar bo‘yicha); 3. Aktivlarga “foizlarni o‘stirmaslik” maqomini bergan paytdan boshlab, banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: 1) foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi; 2) barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans hisobvaraqlaridan ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim va aktivga “foizlarni o‘stirmaslik” maqomi berilgandan so‘ng keyingi foizlar hisoblanishi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi; 3) ushbu aktivlar bo‘yicha barcha keyingi to‘lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa kreditning asosiy summasini qoplashga yo‘naltiriladi. 4. Hisoblangan foizli daromadlarni ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi: Dt Tegishli foizli daromadlar hisobvaraqlari Kt 16300 “Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” Dt 91500 “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari” Kt 96333 “Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i” yoki, 96335 “Aktivlar, foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 5. Banklar foizlarni o‘stirmaslik maqomidagi aktivlar bo‘yicha foizlar hisoblashni faqat ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarda amalga oshiradilar. Banklar olinishi lozim bo‘lgan foizlar summasini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga kiritishlari va keyin foizlar hisoblashni o‘rnatilgan tartibda shartnomaga muvofiq davom ettirishlari lozim. Aktivlarga “foizlarni o‘stirmaslik” maqomini berilishi, qarzdorlarni ushbu qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, ularga “foizlarni o‘stirmaslik” maqomi berilgandan keyin ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisoblangan foizlarni to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi. 51. O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 125-moddasiga muvofiq iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qarzdorning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi. 6. Muddati o‘tgan foizlarni kapitalizatsiyalash orqali aktivning asosiy qarz summasiga qo‘shib hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. “foizlarni o‘stirmaslik” maqomining bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror faqat qarz oluvchining moliyaviy holatini baholash, uning normal ish sharoitlarida qarzni to‘la qaytarish istagi va qobiliyati mavjud bo‘lganda qabul qilinishi mumkin. Mazkur qarorni qabul qilish omillaridan biri bankka foizlar va asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘langanidan keyin, ma’lum davr davomida, ya’ni mijoz yoki emitent kamida 90 kun mobaynida o‘z vaqtida va qaytarish jadvaliga muvofiq bank foydasiga to‘lovlarni amalga oshirishni davom ettirish orqali talablarni qoniqarli bajarilishidir. 8. Agar qarz oluvchi yoki emitent maqomida bo‘lgan yoki ushbu maqom beriladigan darajada tasniflangan boshqa aktivlarga ega bo‘lsa, bu holat mazkur aktivning foizlarni o‘stirmaslik maqomida qolishi uchun yetarli dalil bo‘lib hisoblanadi. 9. Aktivlarning “foizlarni o‘stirmaslik” maqomi bankning kredit qo‘mitasi qarori asosida bekor qilinadi. Ushbu qaror yozma shaklda rasmiylashtirilishi lozim. 10. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan va yozilgan muddati o‘tgan foizli daromadlar tushganda, balans hisobotida hamda daromadlar va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi buxgalterlik o‘tkazma amalga oshiriladi: Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki mijozning depozit hisobvarag‘i; Kt 40000 — 45094 “Foiz daromadlari”; Dt 96333 “Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i” yoki 96335 “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i”; Kt 91500 “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari”. Bank har bir hisobot sanasiga (har oyda) olish uchun hisoblangan foizlar, kredit, qarz qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa foizli moliyaviy vositalarni (bundan buyon matnda aktivlar deb yuritiladi) qadrsizlanish ehtimolining biron-bir belgilari mavjudligini baholashi shart. Ushbu belgilarning biron-biri mavjud bo‘lgan taqdirda, bank aktivning qoplash summasini baholashi lozim. Moliyaviy aktivning qadrsizlanishining biron-bir real belgilari mavjud ekanligini baholash moliyaviy hisobotni (har oyning yakunida) tayyorlash vaqtida mavjud bo‘lgan dalillar asosida amalga oshiriladi. Baholash hujjatlashtirilishi lozim. Bank olish uchun hisoblangan foizlar va aktivlarni qadrsizlanish ehtimolining belgilarini aniqlashda quyidagi belgilarni ko‘rib chiqishi lozim: 1) ma’lum davr davomida qarz oluvchining yoki emitetning bozor qiymati oddiy sharoitlar natijasida kutilgandan ko‘ra ko‘proq kamaygan; 2) davr davomida qarz oluvchining holatiga yoki moliyaviy vositaning emitentiga salbiy ta’sir etadigan muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan yoki ular yaqin kelgusida qarz oluvchi yoki emitent ishlayotgan texnologik, bozor, iqtisodiy va yuridik shartlarida kutilmoqda; 3) davr davomida bozor foiz stavkalari yoki investitsiyalar daromadliligining boshqa bozor ko‘rsatkichlari ko‘tarilgan va ushbu ko‘tarilishlar, ehtimol, aktiv qo‘llanilishning qimmatliligini hisoblash uchun qo‘llaniladigan diskontlash stavkasiga ta’sir etadi va aktivning qoplanadigan miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi; 4) qarz oluvchi yoki emitent sof aktivlarining balans qiymati uning bozor kapitalizatsiyasidan yuqori; 5) qarz oluvchi yoki emitentning pul oqimlariga sezilarli darajada salbiy ta’sir mavjudligi to‘g‘risida dalillar borligi, bu esa kelgusi to‘lovlarni amalga oshirilishiga gumon tug‘diradi; 6) o‘tgan davrda qarz oluvchining yoki emitentning faoliyat yuritish usulida va darajasida amalga oshgan yoki yaqin kelajakda amalga oshishi kutilayotgan qarz oluvchi va emitent ahvoliga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan muhim o‘zgarishlar. Ushbu o‘zgarishlar faoliyatni to‘xtatish yoki qayta tashkil etish bilan bog‘liq rejalar yoki salmoqli hajmdagi aktivlarni hisobdan chiqarilishini yoki o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olishini o‘z ichiga oladi; 7) qarz oluvchi yoki emitentning iqtisodiy holati yomonlashayotgani yoki kutilgandan ham ko‘proq yomonlashishiga dalillar mavjudligi. Masalan: a) qarz oluvchi yoki emitentning faoliyatini amalga oshirish uchun pul mablag‘iga bo‘lgan ehtiyoji avvalroq budjetda rejalashtirilgan ehtiyojiga nisbatan ancha katta; b) amaldagi sof pul oqimi operatsion foydalar va zararlar yoki qarz oluvchi yoki emitentning budjetida rejalashtirilganga nisbatan ancha yomon; v) qarz oluvchi yoki emitent budjetda rejalashtirilgan sof pul oqimi yoki operatsion daromadlarining ancha kamayganini yoki budjetda rejalashtirilgan operatsion zararlarning ancha ko‘payganini sezadi; g) qarz oluvchi yoki emitent joriy davr ko‘rsatkichlari bilan kelgusi davrlarning budjet ko‘rsatkichlarini qo‘shganda operatsion zararlar yoki sof pul oqimining kamayishi kutiladi. Banklar obyektiv dalillarni, ya’ni moliyaviy aktiv yoki aktiv guruhlari qadrsizlanganligi yoki olinmasligini ko‘rsatuvchi, shu jumladan. aktivlarni tutib turuvchilar diqqatini jalb etuvchi quyidagilarga tegishli bo‘lgan axborotni ham hisobga olishlari lozim: 1) emitentning katta moliyaviy qiyinchiliklari mavjudligi; 2) foizlar yoki asosiy summa bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish yoki muddatida to‘lamaslik kabi kontraktning amalda buzilishi; 3) kreditor tomonidan qarz oluvchiga uning moliyaviy qiyinchiliklari bilan bog‘liq holda iqtisodiy yoki huquqiy sabablar bo‘yicha, kreditor tomonidan boshqa sharoitlarda berilmaydigan, yon bosishlarga yo‘l qo‘yilishi; 4) emitentning bankrotlikka uchrashining yoki boshqa moliyaviy qayta tashkil etilishining ehtimolining yuqori darajadaligi; 5) oldingi davr moliyaviy hisobotlarida ushbu aktiv qadrsizlanishi bo‘yicha zararning tan olinishi; 6) moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ushbu moliyaviy aktivlarning faol bozorining yo‘q bo‘lishi; 7) debitorlik qarzdorlik portfelining to‘liq nominal summasi olinmasligini ko‘rsatuvchi debitorlik qarzdorlikni undirish jadvalini shakllanishi. Korxonaning qimmatli qog‘ozlari boshqa sotilmayotganligi va jamiyat tomonidan sotib olinmayotganligi tufayli faol bozorning yo‘q bo‘lganligi qadrsizlanishning isboti bo‘lolmaydi. Korxona kredit reytingining pasayishi o‘z-o‘zidan qadrsizlanishning dalili bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u boshqa mavjud axborotni ko‘rib chiqishda qadrsizlanishning dalili bo‘lib hisoblanishi mumkin. Oldingi xat boshidagi ro‘yxatlar to‘liq deb hisoblanmaydi. Bank aktivlarni qadrsizlanish ehtimolining boshqa belgilarini aniqlash mumkin va bu bank tomonidan aktivning qoplanish summasini aniqlashini talab etadi. Banklar foizli aktivlar uchun bunday baholashni qo‘llash va amalga oshirish tadbirlarini yozma holda qabul qilishlari lozim. Bunday tadbirlar ushbu talablarni aniqlash va qo‘llashning tegishli usullari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olishi lozim. Qadrsizlanishning biron-bir obyektiv dalili mavjud bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ushbu moliyaviy aktiv bo‘yicha qoplash summasini rasmiy ravishda baholanishi talab etiladi. Qadrsizlanish tufayli potensial zarar belgilari mavjud bo‘lmagan taqdirda, mazkur Nizomga muvofiq bank tomonidan qoplash summasini rasmiy ravishda baholanishi talab etilmaydi. Ushbu aktivning balans qiymati uning qoplash summasidan yuqori bo‘lgan taqdirda olish uchun hisoblangan foizlar va aktivlar qadrsizlanadi. Moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi va ular bo‘yicha summani undirish imkoni yo‘qligi har bir aktiv bo‘yicha alohida baholanadi va tan olinadi. Qadrsizlanish va summani undirish imkoni yo‘qligi qadrsizlangan sifatida alohida ko‘rib chiqilmagan o‘xshash moliyaviy aktivlar guruhi bo‘yicha portfel yondashuvi asosida baholanishi va tan olinishi mumkin. Tannarxi yoki amortizatsiyalangan qiymati bo‘yicha hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar (bank tomonidan taqdim etilgan hamda qaytarilgunigacha ushlab turiladigan sotuv va investitsiya uchun mo‘ljallanmagan kreditlar va debitorlik qarzdorliklar) bo‘yicha qoplash summasi kelgusida kutilayotgan ushbu moliyaviy aktiv bo‘yicha dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan yoki (agar foiz stavkasi ushbu aktiv bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lsa) kontrakt bo‘yicha belgilanadigan joriy real foiz stavkasida ifodalanadi. Agar ushbu aktiv garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan bo‘lib u garovga oluvchining mulkiga o‘tishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, u holda uning egasi garov ta’minoti qadrsizlanishini haqqoniy asosida baholaydi. Haqqoniy qiymati bo‘yicha hisobga olinadigan qarz vositalari (sotuvga qo‘yilgan yoki sotuv uchun mo‘ljallangan aktivlar sifatida) bo‘yicha qoplash summasi monand moliyaviy aktivlar bo‘yicha joriy bozor foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan, kelgusida kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatini ifodalaydi. Faol bozorda baholanadigan (kotirovaka qilinadigan) bozor narxiga ega bo‘lmaganligi uchun haqqoniy qiymati ishonchli ravishda baholanishi mumkin emasligi sababli haqqoniy qiymati ishonchli ravishda baholanishi mumkin emasligi sababli haqqoniy qiymati bo‘yicha hisobga olinmaydigan moliyaviy aktivlar bo‘yicha qoplash summasi monand moliyaviy aktivlar bo‘yicha joriy bozor foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan, kelgusida kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatini ifodalaydi. Olish uchun hisoblangan foizlar va aktivlar qadrsizlanishi yuz bergan taqdirda, foiz hisoblashni to‘xtatish lozim ekanligini, aktivlarga esa “foizlarni o‘stirmaslik” maqomini qo‘llashni boshlash lozimligini bildiradi.
60
15,107
Qonunchilik
Namangan viloyatining Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligi bayram qilishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
Namangan viloyatining Uychi va Uchkurg‘on tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1995-yil sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligini bayram qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilsin. 2. Namangan viloyati hokimligi: Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlarini 1995-96 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin. Obyektlar qo‘rilishi va obodonlashtirish ishlari Namangan viloyati, Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda korxonalar, tashkilotlar va homiylarning ulush qo‘shib qatnashishlari hisobidan amalga oshirilsin; qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha, qurilish sanoat hamda Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari halq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilg‘orlarini mukofotlash to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritsinn. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududiy-tashkiliy bo‘limiga yuklansin.
153
1,147
Qonunchilik
YuQORI ChASTOTALI QURILMALARNING RUXSAT BERUVChI HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh, QURILMALARNI RO‘YXATGA OLISh VA ULARNING TEXNIK PARAMETRLARINI O‘LChAShNI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMASINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. “Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni ro‘yxatga olish va ularning texnik parametrlarini o‘lchashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tganidan o‘n kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab 1999-yil 27-iyulda O‘zPTAning Bosh direktori birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan “Barcha turdagi yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni ro‘yxatga olish va ularning texnik parametrlarini o‘lchashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma” (1999-yil 20-avgust, ro‘yxat raqami 802) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor o‘rinbosari M. Sangilov zimmasiga yuklansin. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1999-yil, 1-son) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq, yuqori chastotali qurilmalar (keyingi o‘rinlarda YuChQ deb yuritiladi) uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ularni ro‘yxatga olish, o‘rnatish hamda ishlatish jarayonida ularning texnik parametrlarini o‘lchash bo‘yicha ishlarni bajarish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Yo‘riqnoma sanoat, ilmiy va tibbiy maqsad uchun mo‘ljallangan YuChQni sotib oladigan va ulardan foydalanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda YuChQ egalari deb yuritiladi) taalluqlidir va O‘zbekiston Respublikasi hududida ular tomonidan sotib olinadigan va foydalaniladigan sanoat, ilmiy va tibbiy maqsad uchun mo‘ljallangan YuChQga zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini tartibga soladi. YuChQ — radiochastota energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radioto‘lqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish xollari bundan mustasno. 2. Ushbu Yo‘riqnomaning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi: O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati va Milliy xavfsizlik xizmati radiochastota organlarining radiochastota ta’minotida bo‘lgan vazirliklar va muassasalariga; Elektromagnit moslashuvi markazining (keyingi o‘rinlarda EMM deb yuritiladi) ruxsatnomasisiz foydalanishga ruxsat etiladigan yuqori chastotali qurilmalarga. 3. Texnik parametrlarning nazorat o‘lchashlarini amalga oshirishda quyidagi standartlarga amal qilinadi: O’z DSt 1032:2003 Industrial radioxalaqitlar. Industrial radioxalaqitlar manbalarining sinov uslublari; O’z DSt 1033:2003 Sanoat, ilmiy, tibbiy va maishiy yuqori chastotali qurilmalardan industrial radioxalaqitlar. O‘lchov me’yorlari va uslublari; O’z DSt 1063:2004 Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvchanligi. Industrial radioxalaqitlarni o‘lchash uchun asboblar. Texnik talablar va sinov usullari. 4. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga o‘tkazish va foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun dastlab O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda RChDK deb yuritiladi) ushbu YuChQni muayyan radiochastotaga muvofiqligi bo‘yicha qarori talab qilinadi. Bunda, 18,0 kHzdan 245,0 GHzgacha radiochastotalar diapazonidagi radiochastotalarda ishlaydigan YuChQ uchun tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilishi zarur. 5. YuChQni ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish YuChQ egalari tomonidan taqdim etilgan buyurtma asosida EMM tomonidan amalga oshiriladi. 6. Turli maqsadlarda qo‘llaniladigan YuChQ uchun tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish faqat RChDK tomonidan ajratilgan radiochastota polosalarida ishlaydigan YuChQ uchun amalga oshiriladi. 7. YuChQni ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish uchun (radionurlanishlarning texnik tavsiflarini o‘zgartirgan holda) YuChQ egalari O‘zbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq tayyorlangan texnik topshiriq va texnik shartlarni EMMga kelishish uchun taqdim etadilar. YuChQni ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish faqatgina texnik topshiriq va texnik shartlar EMMda kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi. 8. Taqdim etilgan texnik topshiriq va texnik shartlar standartlar talablariga to‘g‘ri kelmaganda yoki YuChQni RChDKning qarori bo‘lmagan radiochastotalarda ishlab chiqarish mo‘ljallanganda, talabgorga asoslangan rad javobi yuboriladi. 9. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga o‘tkazish uchun (shu jumladan, bir vazirlik yoki muassasaning ichida) ruxsatnoma olish uchun YuChQ egalari EMMga uning vazifasi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga buyurtma taqdim etadilar. 10. Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi: YuChQning davlat yoki rus tilidagi texnik tavsifi; O‘zbekiston Respublikasi hududida YuChQning ushbu turidan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi RChDK qarori; O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlik sertifikati. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga o‘tkazishga ruxsatnoma namunasi mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan. 11. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga o‘tkazishga EMMning ruxsatnomasisiz yo‘l qo‘yilmaydi. 12. EMM O‘zbekiston Respublikasi hududida YuChQdan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida RChDKning tegishli qarori mavjud bo‘lganda, buyurtmani ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi va uni sotib olish, olib kirish, boshqaga o‘tkazish uchun ruxsatnomani rasmiylashtiradi. 13. YuChQni sotib olish, olib kirish, boshqaga o‘tkazish uchun ruxsatnoma YuChQ egasiga undan foydalanish huquqini bermaydi. 14. YuChQ uchun tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng, YuChQ O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi, o‘rnatilishi, EMM tomonidan o‘lchatilishi va YuChQdan foydalanish maqsadida ruxsatnoma olishga EMMga murojaat qilinishi lozim. 15. YuChQdan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun uning egasi EMMga YuChQdan foydalanish uchun ruxsatnomani berish to‘g‘risida buyurtma beradi. 16. Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi: har bir so‘ralayotgan YuChQ uchun ikki nusxada belgilangan shakldagi to‘ldirilgan anketa; YuChQning egasi yuridik shaxs bo‘lganda, korxonada ruxsat beruvchi hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va YuChQni hisobga olish uchun javobgar mansabdor shaxsning tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi; o‘tkazilgan o‘lchashlarning bayonnomasi. YuChQ uchun anketaning namunasi mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan. 17. YuChQning egasi har bir YuChQ texnik parametrlarini industrial radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yilgan darajalari uchun O’z DSt 1032:2003ga muvofiq nazorat o‘lchashlari o‘tkazilishini va ishchi radiochastota tekshirilishini ta’minlashi kerak. 18. YuChQning egasida tegishli sharoitlar, zarur o‘lchash apparaturalari va malakali xodimlar bo‘lmaganda, YuChQ egasining YuChQni sinash bo‘yicha murojaatida ko‘rsatilgan o‘lchashlarni o‘tkazish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda O‘zAAA deb yuritiladi)ning ixtisoslashgan korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 19. Ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq to‘plami va o‘lchashlarning ijobiy natijalari mavjud bo‘lganda, EMM YuChQning egasiga foydalanish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida belgilangan shakldagi ruxsatnoma beradi. 20. YuChQni O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga EMM tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomasiz va muvofiqlik sertifikatisiz yo‘l qo‘yilmaydi. 21. EMM va YuChQ egasining o‘zaro munosabatlari YuChQni foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilayotganda tuziladigan foydalanish shartnomasida belgilanadi. 22. YuChQdan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, mazkur Yo‘riqnomaning 4-paragrafi hamda foydalanishga ruxsatnoma berilayotganda EMM tomonidan belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 23. Navbatdagi nazorat o‘lchashlari o‘tkazilganda, YuChQdan foydalanish uchun avval berilgan ruxsatnomaga EMM tegishli yozuv kiritadi va gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Texnologik jarayon, ish tartibi, foydalanish shartlari va joylari, xalaqitlarni bostirish tizimlari o‘zgarganda, shuningdek YuChQ, uning ishchi elementi (press, quritish kamerasi, induktor, tigel va sh.k.) yoki xalaqitlarni bostirish vositalari o‘rta yoki kapital ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng, YuChQdan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomaga tegishli o‘zgartishlar kiritilishi, ya’ni yo‘l qo‘yilgan industrial radioxalaqitlar normalariga va ruxsat berilgan chastotalar polosasida foydalanishga mos kelishi tekshirilishi kerak. 24. YuChQ egasi foydalanish uchun avval berilgan ruxsatnomaga tegishli o‘zgartishlarni kiritish uchun YuChQni o‘rnatish joyi, korxona nomi yoki korxona joylashgan joyi o‘zgarishining barcha holatlari to‘g‘risida EMMni yozma ravishda xabardor qilishi kerak. 25. YuChQ foydalanishdan chiqarilganda, uning egasi EMMga asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va foydalanishdan chiqarish dalolatnomasini YuChQdan (mulk egasi yuridik shaxs bo‘lganda) foydalanish maqsadida berilgan ruxsatnomani ilova qilib, xat bilan murojaat qilishi kerak. YuChQ egasi jismoniy shaxs bo‘lganda, YuChQni foydalinishdan chiqarishda foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma tegishli ma’lumot bilan EMMga qaytariladi. 26. YuChQ boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilganda yoki sotilganda, YuChQ egasi 10 kun muddatda uni hisobdan chiqarishi va EMMga foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani qaytarishi kerak. Oluvchi taraf, o‘z navbatida, mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq YuChQni sotib olishga ruxsatnoma olishi lozim. 27. YuChQ texnik parametrlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishda radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini, ishchi chastotani va uning barqarorligini o‘lchash (texnologik sikl vaqtida ishchi chastotaning tebranish chegaralarini aniqlash) uchun o‘lchash vositalaridan foydalaniladi. 28. O‘lchash vositalari standartlar (O’z DSt 1063:2004) talablariga muvofiq bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi va belgilangan muddatda foydalanilishi kerak. 29. EMMning vakillari, ular tomonidan o‘lchashlar bo‘yicha ishlar bajarilganda, xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlari tekshirilganligi to‘g‘risida guvohnomaga, uchinchidan past bo‘lmagan malaka guruhiga hamda tegishli o‘lchashlar bo‘yicha malaka guvohnomasiga ega bo‘lishlari kerak. 30. YuChQni sinovdan o‘tkazishdan oldin EMMning vakillari o‘lchash vositalari va boshqa zarur apparaturaning ishga yaroqliligini tekshirishi kerak. 31. O‘lchash vositalarini elektr tarmoqqa ulashdan oldin ularning korpusi yerga ulanishi zarur. 32. Sinovdan o‘tkazish ushbu YuChQ turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq, har bir YuChQ uchun alohida amalga oshiriladi. O‘lchashlar jarayonida YuChQ ish tartibi texnologik jarayonga mos kelishi kerak. YuChQni o‘lchash bilan bog‘liq barcha ishlar faqat YuChQ egasining ruxsati bilan va uning bevosita kuzatuvida (YuChQ egasi jismoniy shaxs bo‘lsa) yoki maxsus ajratilgan shaxsning bevosita kuzatuvi ostida (YuChQ egasi yuridik shaxs bo‘lsa) o‘tkazilishi lozim. 33. YuChQ texnik parametrlarini sinovdan o‘tkazishda uning ishchi chastotasi va barqarorligi, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi hamda kuchlanganligini o‘lchash amalga oshiriladi. 34. Ishchi radiochastotani o‘lchash va uning barqarorligini aniqlash bevosita YuChQning yaqinida amalga oshiriladi. 35. Chastota o‘lchagich YuChQ yoki uning ishchi elementi (induktor, press, vayma va sh.k.)dan shunday masofada joylashtiriladiki, bunda o‘lchash asbobining barqaror ishi ta’minlanishi kerak. 36. Chastota o‘lchagichning ko‘rsatgichlari bo‘yicha texnologik sikl davrida YuChQning maksimal va minimal ishchi radiochastotasi aniqlanadi. Har bir muayyan YuChQ bo‘yicha ishchi chastotaning o‘lchamlari va uning barqarorlik natijalari EMMning vakillari tomonidan ish daftariga yozib qo‘yiladi. Texnologik sikl qisqa muddatli bo‘lganda, (masalan, polixlorvinil plyonkalarni payvandlashda) ishchi radiochastotani qayd etish natijalarining ishonchliligini oshirish uchun YuChQ ishining 3—5ta sikli uchun uning tebranishi aniqlanadi. 37. O‘lchashlar natijalari EMM tomonidan berilgan va RChDKning qaroriga muvofiq foydalanish shartnomasida qayd etilgan foydalanish uchun ruxsatnomada belgilangan radiochastotalar polosasi bilan taqqoslanadi. 38. O‘lchashlar jarayonida aniqlangan ishchi radiochastotaning mos kelmasligi (ruxsat etilgan radiochastotalar polosasidan, hattoki texnologik siklning bir qismidan tashqarida ishlash) ham EMMning vakillari tomonidan ish daftariga yoziladi. 39. Radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligini o‘lchash asosiy radiochastota va uning garmoniklarida O’z DSt 1033:2003 standarti bilan belgilangan uslub bo‘yicha amalga oshiriladi. 40. Turar joylarning elektr tarmoqlariga ulangan yoki korxonalarda ishlatiladigan YuChQ tomonidan yuzaga keladigan radioxalaqitlar kuchlanishini o‘lchash, YuChQdan kamida 10 m masofada eng yaqin joylashgan taqsimlash shchitining qisqichlarida amalga oshiriladi. Tarmoq ekvivalentlarining elektr tarmoqqa ulanishini YuChQ egasi yoki uning vakili amalga oshirishi kerak. 41. Radioxalaqitlar maydonining kuchlanganligini o‘lchash YuChQ o‘rnatilgan korxona hududi yoki xonaning (YuChQ egasi jismoniy shaxs bo‘lsa) to‘rt tarafidan YuChQdan 10 m masofada amalga oshiriladi. O‘lchashlar nuqtalarini tanlashda alohida e’tibor tekshirilayotgan YuChQdan eng kam masofada joylashuviga qaratilishi kerak. Agar normaga keltirilgan masofada (korxona hududi chegarasi yoki xonadan 10 m) maydon kuchlanganlik o‘lchashlarini o‘tkazishning imkoniyati bo‘lmasa (yo‘lning transport qatnaydigan qismi, haydalgan yer, shaxsiy uy va sh.k.), o‘lchashlar nuqtasini normaga keltirilgandan ko‘proq masofalarda (300 metrgacha) tanlash mumkin. Ruxsat berilgan qiymat bilan solishtiriladigan maydon kuchlanganligining qiymati esa, O’z DSt 1033:2003 standartiga binoan hisoblash bilan aniqlanadi. 42. Radioxalaqitlar maydoni kuchlanishi va kuchlanganligining o‘lchangan qiymatlari ish daftariga yoziladi. 43. O‘tkazilgan o‘lchashlar natijalari bo‘yicha 2 nusxada mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada YuChQning ish tartibi, ishchi radiochastotani o‘lchash natijalari, radioxalaqitlar maydonining kuchlanishi va kuchlanganligi, ularni o‘tkazish joylari (nuqtalari), har bir tekshirilgan qurilmaning belgilangan talablarga muvofiqligi va aniqlangan kamchiliklari qayd etiladi. 44. Bayonnomalarni EMM va korxona vakillari, YuChQ egasi imzolashadi va uning bir nusxasi YuChQ egasiga topshiriladi. 45. YuChQ industrial radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yilgan darajalarida belgilangan normalariga mos kelganda, ularni ishga tushirish yoki bundan keyin ishlatish mumkinligi to‘g‘risida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi. 46. YuChQni industrial radioxalaqitlarning yo‘l qo‘yilgan darajalari normalari talablariga mos kelmasligi yoki uning ruxsat berilmagan radiochastotalar polosasida ishlashi aniqlanganda, EMMning vakillari quyidagi ko‘rsatmani rasmiylashtirgan holda, mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasida keltirilgan namunadagi sinovdan o‘tkazish dalolatnomasini tuzadi: ishga tushirilayotgan YuChQ bo‘yicha — aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgunga qadar ishga tushirilishini taqiqlash; ishlatilayotgan YuChQ bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun aniq muddat (bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarning murakkabligiga qarab, lekin 30 kundan ortiq bo‘lmagan) belgilanadi. Agar YuChQ texnik parametrlarining aniqlangan buzilishlari radioaloqa ishida, televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda xalaqitlarni yuzaga keltirsa, ushbu xalaqitlar sabablari bartaraf etilgunga qadar YuChQdan foydalanish to‘xtatiladi. 47. Ushbu Yo‘riqnomaning 46-bandida bayon qilingan barcha aniqlangan holatlar bo‘yicha EMM Davlat aloqa inspeksiyasiga axborotni taqdim etadi. 48. YuChQ egalari YuChQni ishlatish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish; radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf etishda qatnashish; EMM mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish. 49. YuChQ egalari quyidagilar uchun javobgardirlar: YuChQ uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va sotib olingan yoki foydalanilayotgan YuChQ texnik parametrlarini o‘lchash bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida o‘tkazishga; YuChQni ruxsatnomaga va radiochastota spektridan foydalanish shartnomasiga muvofiq ishlatishga. 50. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligi bilan kelishilgan.
216
17,814
Qonunchilik
Prezident maktablari tashkil etiladi
Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi. Ular STEAM fanlarini oʻqitishga iхtisoslashgan boʻladi, deya хabar beradi Xalq ta’limi vazirligi.  Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3931-son qarorida umumiy oʻrta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlari, shu jumladan STEAM usulini takomillashtirish va bosqichma-bosqich joriy etish haqida soʻz borgan. STEAM – abbreviatura ingliz tilidagi fanlar nomining dastlabki harflarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilingan. Science (fan), Technology (teхnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika). Prezident maktablarida yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya va aхborot teхnologiyalari hamda хorijiy tillar ilgʻor ta’lim metodologiyalari asosida chuqur oʻrgatiladi. Ana shunday birinchi maktab davlatimiz rahbari ularni tashkil etish haqida e’lon qilgan uchrashuv oʻtkazilgan Nukus shahrida tashkil etiladi. Ushbu muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar yaqin orada ishlab chiqiladi. Prezident maktablarini хorijlik mutaхassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali хorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladilar va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi. Xalq ta’limi vazirligi хorijlik mutaхassislar va хorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni ushbu maktablarni rivojlantirishga hissa qoʻshishga chaqirdi. Mutaхassislar oʻz rezyumelarini va takliflarini [email protected] elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.
36
1,635
Qonunchilik
2022 yil uchun "Fuqarolar uchun byudjet" e’lon qilindi
Moliya vazirligi 2022 yilgi Davlat byudjeti loyihasiga bagʻishlangan "Fuqarolar uchun budjet"ning navbatdagi aхborot nashrini e’lon qildi. Oʻquvchilar joriy yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va ularning 2022 yil va keyingi ikki yil uchun prognozi bilan tanishishlari mumkin. Bu yil Oʻzbekiston iqtisodiyoti boshqa davlatlarda boʻlgani kabi COVID-19 natijasida kelib chiqqan inqirozdan soʻng asta-sekinlik bilan tiklanmoqda, bu esa makroiqtisodiy vaziyatning barqarorlashuvi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida iqtisodiy oʻsish sur’atlarining qayta tiklanishida kuzatilmoqda Nashrning asosiy qismi soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlarini, kelgusi yil uchun daromad, хarajatlar va davlat byudjeti taqchilligining prognozlarini taqdim etadi. 2021 yil yakuniga iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi sharoitida, YaIM oʻsishi 7% (2020 yilda 1,7%) miqdorida prognoz qilinmoqda. 2022 yilda iqtisodiy oʻsish prognozi 6%ni tashkil etadi va iqtisodiyotning oʻsish sur’atlari 2024 yilga kelib, 6,6%gacha oʻsishi kutilmoqda. 2022 yilda YaIM oʻsishining asosiy omillari boʻlib, iqtisodiyot tarmoqlari oʻsish sur’atlarining inqirozgacha boʻlgan davr qiymatlariga qadar bosqichma-bosqich tiklanishi, uy хoʻjaliklari yakuniy iste’molining oʻsishi, asosiy kapitalga investitsiyalar, eksport-import operatsiyalari hajmining oʻsishi hisoblanadi. 2022 yil uchun soliq-bojхona siyosatining asosiy yoʻnalishlari keltirilgan. Jumladan, quyidagilar rejalashtirilmoqda: ●soliqlarning asosiy turlari boʻyicha stavkalarni oʻzgarishsiz qoldirish; ●samarasiz soliq va bojхona imtiyozlarni bekor qilish ishlarini davom ettirish; ●yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 2%dan 1,5%ga pasaytirish; ●jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalarini 1,1 barobarga indeksatsiya qilish; ●suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (qishloq хoʻjalik yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv uchun stavkalardan tashqari) stavkalarini inflyatsiya darajasida 1,1 barobarga indeksatsiya qilish; ●qishloq хoʻjalik yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha soliq stavkasiga 1,05 koeffitsiyentni qoʻllash; ●soliq maqsadidagi хarajatlar tarkibiga kiradigan amortizatsiya ajratmalari chegaraviy normalarining ortishi: - binolar uchun - 3 dan 5%gacha; - inshootlar uchun 5 dan 10%gacha; - uzatish qurilmalari, kuch mashinalari va asbob-uskunalar uchun 8 dan 15%gacha; - ish mashinalari va asbob-uskunalar uchun 15 dan 20%gacha; - kompyuterlar va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari uchun 20 dan 40%gacha oshirilmoqda. ●quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga investitsiyaviy chegirma miqdorini oshirish: - yangi teхnologik uskunalarni sotib olish - 10 dan 20%gacha; - ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish - 5 dan 10%gacha. ●foyda soligʻini hisoblab chiqishda zararni kelgusiga oʻtkazishni kelgusi 10 yil mobaynida oʻtkazish tartibini kelgusiga oʻtkaziladigan zararning umumiy miqdoriga qoʻyilgan cheklovni bekor qilgan holda saqlab qolish. 2022 yilda Davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta’minlash maqsadida quyidagi stavkalar saqlab qolinadi: Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 15% Foyda soligʻi stavkasi 15% Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasi 12% Aylanmadan olinadigan soligʻi stavkasi 4% Dividendlar koʻrinishidagi daromadlardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi 5% 2022 yil uchun Davlat byudjeti хarajatlari 214,8 trln soʻmni yoki YaIMga nisbatan 25,6%ni (2021 yilda 190,8 trln soʻm yoki YaIMga nisbatan 26,4% hisobida boʻlishi kutilmoqda) tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida rivojlantirish tarmoq dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni oshirish rejalashtirilmoqda. Nashr 2022 yil uchun davlat qarzining hajmi va tuzilishi, unga хizmat koʻrsatish хarajatlari va boshqa ma’lumotlarning prognozlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadigan davlat qarzlari toʻgʻrisidagi boʻlim bilan yakunlanadi. Fuqarolar uchun byudjet bilan Moliya vazirligining rasmiy sayti (www.mf.uz), shuningdek, "Ochiq byudjet" aхborot portalida (www.openbudget.uz) tanishish mumkin.
54
4,243
Qonunchilik
2021 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi
Prezidentning 8.01.2019 yildagi PF-5614-son Farmoni bilan  2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. U Jahon banki va boshqa хalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Hujjatning asosiy yoʻnalishlari: “Yoʻl хaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Iqtisodiy kengash tashkiliy-muvofiqlashtirish va tahliliy funksiyalari bilan, hamda uning huzurida Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi. Dasturni amalga oshirish meхanizmi quyidagicha. Mas’ul idora “Yoʻl хaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va NHHlar loyihalarini oldindan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga kiritadi.  U yerda hujjatlar Iqtisodiy kengash va Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolari bilan qayta ishlanadi. Shundan keyin Iqtisodiy kengash muhokamasi oʻtkazilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. Iqtisodiy kengash normativ-huquqiy hujjatlar loyiхalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va ularni Prezident Administratsiyasiga kiritishni ta’minlaydi. Davlat rahbari iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun qator strategiyalar, konsepsiyalar va “Yoʻl хaritalari” ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi. Ularni Prezident Administratsiyasiga kiritishning aniq muddatlari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang). Strategiyalar Konsepsiyalar «Yoʻl хaritalari» davlat ulushiga ega boʻlgan korхoialarni isloh qilish 2019 yil 1 iyungacha Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 2019 yil 1 aprelgacha  investitsion muhitni yaхshilash 2019 yil 1 aprelgacha  milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Oʻzbekiston- 2030) 2019 yil 1 dekabrgacha qishloq хoʻjaligini rivojlantirish   2019 yil 1 oktyabrgacha yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish 2019 yil 1 noyabrgacha ta’limni rivojlantirish 2020 yil  1 martgacha monetar siyosatni kuchaytirish va narхlar barqarorligini ta’minlash 2019 yil 1 oktyabrgacha atrof-muhitii muhofaza qilish 2020 yil   1 sentyabrgacha suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish 2020 yil   1 sentyabrgacha davlat pensiya tizimini isloh qilish 2020 yil   1 yanvargacha moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish 2020 yil   1 iyungacha Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
63
2,430
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Budjetnomani, shu jumladan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari konsepsiyasining loyihalarini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasiga muvofiq qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 11-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 276-III-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirishga, aholi farovonligini oshirishga va inflatsiya darajasini maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ko‘rsin; ma’muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali xususiy mulkning roli va o‘rnini yuksaltirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash hamda yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada ko‘paytirishga doir islohotlarni davom ettirsin; iqtisodiyotga va aholi daromadlariga tushadigan soliq yukini yanada kamaytirishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga qaratilgan soliq hamda pul-kredit siyosatini izchil amalga oshirishga doir chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin; aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini, uy-joy-kommunal xo‘jaliklarini rivojlantirish sur’atlarini tezlashtirish hamda kengaytirishga, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir dasturlarning ro‘yobga chiqarilishini jadallashtirsin; zamonaviy texnologiyalarni ildam sur’atlarda rivojlantirish va modernizatsiyalashni, faol o‘zlashtirish hamda joriy etishni, shuningdek jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan tarmoq va korxonalarni aniq yo‘naltirilgan holda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin; korporativ boshqaruv tizimining prinsip va yondashuvlaridagi o‘zgarishlar davom ettirilishini, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarining joriy etilishini, korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalari yaratilishini ta’minlasin; ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi buyumlar bilan to‘ldirish, aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsin; muhtoj oilalarning maqsadli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish orqali keksa yoshdagi insonlar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga doimo e’tibor berish chora-tadbirlarini davom ettirsin; 2016-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra aylanma kassa mablag‘ining zarur miqdoridan ortiq bo‘lgan respublika budjetining bo‘sh qoldiqlari va boshqa noinflatsion manbalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini moliyalashtirsin. 4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan tegishli parametrlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin, budjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanilayotganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
168
4,459
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2012 YIL 5 IYuLDAGI PF-4450-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONI BO‘YIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQL
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 28-son, 308-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 18-noyabrdagi 71-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF–4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2284, 2011-yil 30-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 48-son, 495-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-4450-sonli Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 28-son, 308-modda) asosan, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. 2012-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam: ish haqi — oyiga 72 355 so‘m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 141 520 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 141 520 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 86 835 so‘m miqdorida belgilanadi. 2. 2012-yil 1-avgustdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qo‘llagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qo‘llaniladi. 2012-yil 1-avgustgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmonda belgilangan 1,15 baravar miqdorga oshirish yo‘li bilan qayta hisoblanadi. 3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (72 355 so‘m x 8 = 578 840 so‘m) ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi. 4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida bo‘lgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 578 840 so‘m (72 355 so‘m x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga ko‘paytiriladi. 5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik bo‘yicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi. 6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (72 355 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi. 7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,628
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-mayda qabul qilingan “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2122-IV/KQ-347-IV-sonli Qo‘shma qarorining 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 47-band bilan to‘ldirilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
241
591
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-yanvardagi 1/1-son qarori (ro‘yxat raqami 2201, 2011-yil 23-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF–3047-sonli “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) qayta moliyalash kreditlarini berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.”. 2. 11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Lombard krediti olmoqchi bo‘lgan bank yuqoridagi talablarga javob berishi bilan birga O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (bundan buyon matnda O‘zRVB deb yuritiladi) davlat qimmatli qog‘ozlarini saqlash va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun ochilgan hisobvaraqqa (bundan buyon matnda DEPO hisobvarag‘i deb yuritiladi) ega bo‘lishi lozim.”. 3. 12-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shartlari, muddatlari, likvidligi, emitentlarining mavqeyi va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda Markaziy bank boshqaruvi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Markaziy bank tomonidan lombard kredit ta’minoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qog‘ozlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi; davlat qimmatli qog‘ozlarining hisobi DEPO hisobvarag‘ida yuritilishi; bankka mulk huquqi asosida tegishli ekanligi, bankning boshqa majburiyatlari bilan bog‘lanmaganligi hamda DEPO hisobvarag‘ining ahvoli to‘g‘risidagi ko‘chirma bilan tasdiqlanganligi;”. 4. 18, 22, 23 va 28-bandlardan “Depozitariydagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Kimoshdi savdolari natijalariga ko‘ra lombard kreditini olish huquqiga ega bo‘lgan banklar operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga zarur miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish to‘g‘risida O‘zRVBga DEPO topshiriqnomasini ijro uchun beradi.”. 6. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. Bank lombard kimoshdi savdolari o‘tkazilgan kunning ertasida soat 10:00 gacha Markaziy bankka bankning O‘zRVBga bergan DEPO topshiriqnomasi nusxasini hamda lombard kreditini berish to‘g‘risida o‘zi tomonidan imzolangan shartnomani taqdim etadi. Topshiriqnomada bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga qimmatli qog‘ozlar o‘tkazilganligi to‘g‘risida O‘zRVBning belgisi qo‘yilishi lozim. Ushbu hujjatlar (O‘zRVBga berilgan DEPO topshiriqnomasining nusxasi va shartnoma) belgilangan muddatda taqdim etilmasa, Markaziy bank shartnomani tuzmaydi va bankka lombard kreditini bermaydi.”. 7. 34-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi Depozitariysi” degan so‘zlar “O‘zRVB” degan so‘z bilan almashtirilsin. 8. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “35. Garovga olingan davlat qimmatli qog‘ozlarning hisobi bankning DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limida yuritiladi, ushbu bo‘limning operatori Markaziy bank hisoblanadi. Bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga davlat qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish O‘zRVB tomonidan bankning DEPO topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi. “Garovga olingan” bo‘limidan bankning DEPO hisobvarag‘ining boshqa bo‘limlariga davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘tkazish O‘zRVB tomonidan faqat Markaziy bank DEPO topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.”. 9. 37-banddagi “Depozitariyga” degan so‘z “O‘zRVBga” degan so‘z bilan almashtirilsin. 10. 70-bandda: “Garov sifatida olingan davlat qimmatli qog‘ozlari” degan so‘zlar “Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “Depozitariydan” degan so‘z “DEPO hisobvarag‘idan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 71-bandda: “Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garovga berilgan davlat qimmatli qog‘ozlari” degan so‘zlar “Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “Depozitariydan” degan so‘zlar “DEPO hisobvarag‘idan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 74-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garovga berilgan davlat qimmatli qog‘ozlari” degan so‘zlar “Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 2-ilova ushbu o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 14. 6-ilovadagi “Depozitariydagi” degan so‘zlar “O‘zbekiston respublika valyuta birjasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
167
5,475
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, prokuratura organlari tomonidan hisobot davrida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Asosiy e’tibor prokuratura organlarining Davlat rahbari I.A. Karimov tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi talablaridan, shuningdek mamlakat Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, Senat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan qabul qilingan Qaror talablaridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Prokuratura organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish borasida qonunlarning ijro etilishi yuzasidan 26773 ta tekshirish o‘tkazilib, ularning natijalari bo‘yicha deyarli 320 mingta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan, 55 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari qayta tiklangan. Protestlar keltirish vositasida 28311 ta noqonuniy huquqiy hujjat qonunga muvofiq holga keltirilgan, 37070 ta taqdimnoma bilan aniqlangan qonunni buzish hollarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilgan, qonunni buzishlarning oldini olish maqsadida 94798 nafar mansabdor shaxs ogohlantirilgan, 133224 nafar shaxsning intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilishi ta’minlangan. Sudlarga 396 milliard so‘mlik zararni undirish haqida 74874 ta da’vo arizasi yuborilgan. Qonunlarni qo‘pol ravishda buzish hollari bo‘yicha 6114 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Prokuror tekshirishlari natijasida va jinoyat ishlari bo‘yicha tergov jarayonida undirilgan zarar summasi 587 milliard so‘mni tashkil qilgan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirish yo‘li bilan aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, uning salomatligini muhofaza qilish va bandligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlar ijro etilishi ustidan doimiy prokuror nazorati amalga oshirilgan. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini bajarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bu sohada qabul qilingan Davlat dasturini ro‘yobga chiqarishda qonuniylikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga, to‘lov va shartnoma intizomini mustahkamlashga, investitsiyalarni keng jalb etishga hamda investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishiga doir, shuningdek boshqa muhim sohalardagi qonunlarni ijro etish yuzasidan choralar ko‘rilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan tasdiqlangan 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi tarmoqlarda hamda mintaqalar bo‘yicha ijro etilishi yuzasidan prokuror nazorati tadbirlari muntazam amalga oshirilgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning salbiy oqibatlari ta’sirining oldini olish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilish vaqtida banklar va bank faoliyati, shartnoma va to‘lov intizomini mustahkamlash, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, investitsiyalarni keng jalb etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan farmonlari va qarorlarining, shuningdek bu sohadagi Davlat dasturining ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. 2011-yilda ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i qabul qilingan va ijroga qaratilgan. Prokuratura organlari tomonidan bu sohadagi qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha 5 mingdan ortiq prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan, tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ko‘zlab xo‘jalik sudlariga 10,8 milliard so‘m undirish to‘g‘risida 1007 ta ariza kiritilgan. Qonunni qo‘pol ravishda buzish hollari bo‘yicha 144 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Prokuror nazorati hujjatlarini qo‘llash yo‘li bilan 1639 ta tadbirkorlik subyektining buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari qayta tiklangan, 3070 nafar tadbirkorning muammosi qonun doirasida hal qilingan. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish va tegishli infratuzilmani rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini hamda ular talon-toroj qilinishining oldi olinishini ta’minlash ustidan doimiy prokuror nazorati amalga oshirilgan. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga, ayniqsa fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatishga doir qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish prokuratura organlarining e’tibor markazida turgan. Voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish va bu sohada qonuniylikni mustahkamlash ishlari voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilgan. O‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari bo‘yicha 36 mingga yaqin prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan, xizmat vazifalarini tegishli tarzda ijro etmagan 31 ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, 494 million so‘mdan ziyod zarar ixtiyoriy qoplangan. Qonunni qo‘pol ravishda buzish hollari bo‘yicha 788 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Vakolatli organlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, ichki ishlar va ta’lim organlari tizimi tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikni va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan ham nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning bo‘linmalari ishini yaxshilash, ular tomonidan tezkor imkoniyatlardan foydalanish, “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kuchaytirish chora-tadbirlari ko‘rilgan. Ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 4367 ta jinoyat ishi hamda 651 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qo‘shimcha ravishda 299 milliard so‘m miqdorida soliq va jarimalar hisoblangan, 107 milliard so‘mning o‘rni qoplangan. Tezkor qidiruv faoliyatini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishga, ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ishni takomillashtirishga, bu yo‘nalishda jamoatchilik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Ushbu tadbirlar qasddan odam o‘ldirishlar, bezoriliklar, firibgarliklar sodir etish, o‘qotar quroldan foydalangan holda, bir guruh shaxslar, muqaddam sudlangan va mast holatdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni qisqarishiga, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etish hamda tovlamachiliklar sonining kamayishini ta’minlashga yordam bergan. Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilayotgan turli jinoyatlarni va korrupsiya hollarini fosh etishga alohida e’tibor berilgan. 2011-yilda 9090 nafar mas’ul mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sudlarida 400 mingdan ortiq ishni ko‘rish vaqtida prokuror ishtirokining samaradorligini va sifatini yanada oshirish choralari ko‘rilgan. Fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini va hal etilishini ta’minlash bo‘yicha muayyan ish qilingan. Prokuratura organlariga kelib tushgan murojaatlarning 52340 tasi bevosita prokuratura xodimlari tomonidan tekshirilgan va hal qilingan. Bundan tashqari prokuratura organlari tomonidan 100534 nafar fuqaro qabul qilingan va ularning buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan. Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishga alohida e’tibor berilgan. Qonunlarni tushuntirish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni profilaktika qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha 123880 ta tadbir o‘tkazilgan. Ommaviy axborot vositalarida 22433 ta chiqish amalga oshirilgan. Qonunchilik tashabbusi huquqiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga uchta qonun loyihasi kiritilgan. Prokuratura organlarida kadrlarni tanlash, tayinlash, tarbiyalash, shuningdek kasbiy mahorati hamda malakasini oshirish bo‘yicha ishlar xodimlar mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan qo‘yilgan talablar asosida olib borilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hisobotining tahlili prokuratura organlari faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Mamlakatda qonuniylikning holati uni mustahkamlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni profilaktika qilishga qaratilgan yanada samarali choralarni ko‘rishni talab qiladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish va bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunlar ijro etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, shuningdek bu sohada vakolatli organlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunni buzish hollarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi mas’ul organlar tomonidan hamda mintaqalar bo‘yicha ijro etilishi ustidan aniq maqsadli nazoratni amalga oshirish, shuningdek unda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarni bajarish vaqtida beparvolikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun bilan belgilab qo‘yilgan choralarni qo‘llash kerak. Bundan tashqari, 2012-yil “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, ularning jamiyatdagi rolini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarur. Qishloq joylarda uy-joylar, muhandislik, transport-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma obyektlarini qurish, shuningdek mazkur tarmoqni rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi kerak. Iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, ishlab chiqarishni to‘xtovsiz rivojlantirish, investitsiyalar keng jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, soliq va shartnoma intizomiga rioya etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijro etilishi ustidan yanada ta’sirchan nazorat o‘rnatish zarur. Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida nazoratsizlik va qarovsizlikning oldini olish, umumta’lim maktablarining to‘qqizinchi sinflarini bitiruvchilarni ta’limning navbatdagi bosqichiga to‘liq jalb etish, shuningdek kollejlar va litseylarni bitiruvchilarni ishga joylashtirish sohasidagi qonunlar ijro etilishiga alohida e’tibor berish kerak. Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jamoatchilikni keng jalb etish, bunda Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining imkoniyatlaridan samarali foydalanish talab qilinadi. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov): fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni faollashtirsin, bunda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratsin; aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish muammosini hal qilish ijtimoiy sohaning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblab, ushbu masala bo‘yicha qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirsin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi mas’ul organlar tomonidan va mintaqalar bo‘yicha ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirsin; umumta’lim maktablarining to‘qqizinchi sinflarini bitiruvchilar ta’limning navbatdagi bosqichiga to‘liq jalb etilishi, shuningdek kollejlar va litseylarning bitiruvchilari ishga joylashtirilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirsin; voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyati ustidan prokuror nazoratining ta’sirchanligini kuchaytirsin; 2012-yil “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilishi ustidan ta’sirchan prokuror nazorati amalga oshirilishiga alohida e’tibor bersin; qishloq joylarda uy-joylar qurish va ushbu tarmoqni rivojlantirish sohasidagi qonunlar, shuningdek ajratilgan pul mablag‘lari maqsadli sarflanishi ustidan prokuror nazoratini yaxshilash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin; huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlasin, jamoatchilikni keng jalb etsin, bunda Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining imkoniyatlaridan samarali foydalansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) ushbu Qarorni ijro etishning borishi to‘g‘risida 2013-yilning 10-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin. 4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
147
15,384
Qonunchilik
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (ro‘yxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “bankning likvidliligi (bundan buyon matnda likvidlilik deb yuritiladi) — bank aktivlar o‘sishini moliyalashtirishi va ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash imkoniyati;”; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “likvidli aktivlar — qiymati bozorda shakllanadigan, bozor qiymati bo‘yicha qisqa muddat ichida ularni sotib olishga osonlik bilan xaridor topiladigan, doimiy ravishda ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlar;”; quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “yirik qarz (depozit, kredit va boshqa majburiyatlar) — hajmi bank I darajali kapitalining 5 foizidan yuqori bo‘lgan bir shaxs yoki bir-biriga daxldor shaxslar guruhiga tegishli qarz; tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar — “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng bo‘lgan reyting baholariga ega mamlakatlar.”. 2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin: “11. Mamlakat, bank yoki korxona “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings”, “Moody`s Investors Service” hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan tan olingan reyting baholariga ega bo‘lganda, ushbu nizom hisob-kitoblarida eng past reyting bahosi hisobga olinadi.”. 3. 2-bandda: beshinchi xatboshi “ochilgan” degan so‘zdan keyin “vakillik” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; oltinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining” degan so‘zlardan keyin “va Markaziy bankining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; yettinchi xatboshidagi “qisqa muddatli (7 kungacha)” degan so‘zlar “qisqa muddatli (30 kungacha)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga boshqa moliyaviy talablar; “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan kam bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarning ushbu baho darajalariga teng bo‘lgan reyting baholariga ega, rivojlangan fond birjalari ro‘yxatlariga kiritilgan, tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari.”. 4. 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mazkur Nizomning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisida keltirilgan likvidli aktivlar, bundan Markaziy bankning majburiy zaxira hisobvarag‘idagi mablag‘lar mustasno; tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlardagi “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng bo‘lgan reyting baholariga ega banklarga joylashtirilgan likvidli aktivlar.”. 5. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ta’minot sifatida qo‘yilmagan yoki xatlanmagan bo‘lishi.”. 6. 20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Likvidlilikni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan likvidlilik bo‘yicha stress sharoitlarida (bir bankda yoki butun bank tizimida omonatlarni ommaviy chiqib ketishi, bank tizimidagi muammolar, bankning bankrot holatiga kelib qolishi va boshqa shu kabi holatlar) bank boshqaruviga likvidlilik holati yuzasidan hisobotlarni bir kunda kamida ikki marotaba taqdim etishi lozim.”. 7. 21-band “likvidlilik hisobotida” degan so‘zlardan keyin “kamida” degan so‘z bilan to‘ldirilsin. 8. 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “imkoniyatini yaratib berishi” degan so‘zlar “to‘g‘risida ogohlantirishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 26-bandda: quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “keyingi 30 kalendar kuni uchun likvidlilik prognozi;”; o‘n ikkinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 10. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “36. Ta’minotga ega bo‘lmagan banklararo kredit bitimlarini tuzganda bir qarzdorga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilik me’yorlariga amal qilish kerak. Overnayt operatsiyalari bundan mustasno bo‘lib, ularning eng yuqori miqdori bank I darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.”. 11. 431-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Joriy likvidlilik koeffitsiyentini aniqlashda banklararo bozorda 30 kungacha joylashtirilgan yoki jalb qilingan depozitlar va kreditlar sof ko‘rinishda, agar aktivlar majburiyatlardan ko‘p bo‘lsa, ortgan summa joriy aktivlar tarkibiga, agar majburiyatlar aktivlardan ko‘p bo‘lsa, ortgan summa joriy majburiyatlar tarkibiga qo‘shiladi. Bunda kamroq bo‘lgan aktiv va majburiyatlar summasi joriy aktivlardan ham joriy majburiyatlardan ham chegirib tashlanadi.”. 12. 432-bandda: birinchi xatboshidagi “hisobvarag‘i va majburiy zaxiralar depozitlaridagi” degan so‘zlar “hisobvarag‘idagi” degan so‘z bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.”. 13. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “45. Likvidlilik koeffitsiyentlari likvidlilikning yetarliligi bo‘yicha umumiy bahoning bir qismi hisoblanadi.”. 14. 46-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “46. Likvidlilikni hisoblashda likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushini, likvidli aktivlarning doimiy bo‘lmagan majburiyatlardagi ulushini hisoblash orqali qo‘shimcha likvidlilik koeffitsiyentlaridan ham foydalaniladi.”. 15. 47-banddagi “depozitlarning ajratilgan kreditlardagi” degan so‘zlar “ajratilgan kreditlarning depozitlardagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 16. 54-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bank regulyativ kapitali” degan so‘zlar “jami kapital” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17. 55-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “balansdan tashqari moddalarning 15 foizi.”. 18. 1-ilovada: a) 4-bandning birinchi va oltinchi xatboshilaridagi “majburiyatlar” degan so‘z “moddalar” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) 5-banddagi “majburiyatlarni” degan so‘z “moddalarni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
138
7,299
Qonunchilik
UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVChILARINI DARSLIKLAR BILAN TA’MINLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Keyingi yillarda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida respublikada davlat ta’lim standartlari, umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejalari va dasturlari talay darajada takomillashtirildi, ularga muvofiq zamon talablariga mos keladigan yangi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilgan. O‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda. Shu bilan birga darsliklarni sotish mexanizmi aholining ularga bo‘lgan talab-ehtiyojini to‘la qondirishni hisobga olgan holda butun respublika hududida chakana savdoning puxta tizimini tashkil etish hamda ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish jarayoniga pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalarini keng jalb etish yo‘li bilan takomillashtirishni taqozo etadi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish mexanizmi hamda ijara tizimini, shuningdek, darsliklar chakana savdosi keng tarmog‘ini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etishga buyurtmanomalar to‘plamini shakllantirishning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, bunda darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarini chiqarish va sotishga yillik prognoz kvotalari pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida har yili o‘tkaziladigan ixtisoslashtirilgan kitob ko‘rgazma-yarmarkalari, shuningdek, umumta’lim maktablari kutubxona fondlarini xatlovdan o‘tkazish natijasida belgilanadi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “O‘zkitobsavdo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili oktyabr-noyabr oylarida barcha viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida umumta’lim maktablari uchun keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalarini tashkil qilsin. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda umumta’lim maktablari birinchi sinflarining o‘quvchilari uchun darsliklar har yili, 2—4-sinflar uchun — ikki yilda bir marta va 5—9-sinflar uchun — to‘rt yilda bir marta yangilanadi. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari hamda darsliklarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha hukumat komissiyasi (A.I. Ikromov) umumta’lim maktablari uchun yangi o‘quv rejalari, darsliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ma’qullash chog‘ida darsliklarni yangilashning belgilangan muddatiga rioya etilishi hamda ularning mazmuni asossiz o‘zgartirilishiga barham berilishiga alohida e’tibor qaratsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi har yili 1-dekabrgacha: keyingi o‘quv yiliga tavsiya etiladigan darsliklar ro‘yxatini, shuningdek yangilangan varianti chiqarilgani munosabati bilan bekor qilingan darsliklar ro‘yxatini ota-onalarga ma’lum qilishni; umumta’lim maktablari kutubxona fondlarining zarur darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligini, shuningdek, utilizatsiya qilinadigan jismoniy va ma’naviy eskirgan darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarini aniqlash maqsadida mazkur kutubxona fondlarini xatlovdan o‘tkazishni; navbatdagi o‘quv yili uchun o‘qitiladigan tillar, nomlar va sinflarga qarab umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalari, pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari fikrini o‘rganish, shuningdek xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida predmetlar bo‘yicha darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalari chiqarish va sotishga prognoz kvotalari shakllantirilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan darsliklarni yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chakana savdo tarmog‘i orqali erkin sotishni hisobga olgan holda har yili shakllantiriladigan prognoz kvotalari asosida har yili 1-iyulga qadar zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalari chiqarilishini tashkil etishni ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarining nashriyot rasmiylashtiruvi va matbaa ijrosi davlat standartini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqsin va qaytadan tasdiqlasin, ularning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi hamda belgilangan foydalanish muddati davomida tegishli jismoniy holatini ta’minlashni hisobga olgan holda ularni nashr etish chog‘ida foydalanadigan qog‘oz hamda boshqa matbaa materiallarining sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan talablar oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin; matbaa korxonalarida o‘rnatilgan standartlarga rioya etilishi ustidan samarali ichki nazorat mexanizmini joriy etsin. 5. “O‘zkitobsavdo” DAK Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tuman markazlarida aholiga darsliklar sotish uchun ixtisoslashtirilgan yarmarka-savdo shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlasin, shuningdek, olis aholi punktlarida darsliklar chakana savdosini tashkillashtirish chora-tadbirlarini qabul qilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim maktablari kutubxona fondlaridan o‘quvchilarga darsliklarni ixtiyoriylik asosida ijaraga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2006-yilning 1-sentabridan boshlab Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga kutubxonachilarning tarif stavkasiga mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda vaqtinchalik ustama haq belgilash vositasida kutubxona fondi saqlanishi uchun xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmi joriy etilsin. Bunda shu narsa nazarda tutilsinki, kutubxonalardagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumta’lim maktablari kutubxonachilari ishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: umumta’lim maktablarining kutubxona fondlari uchun hamda yarmarka savdosi va chakana savdo tarmog‘i orqali erkin sotish uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari tayyorlashga buyurtmanomani shakllantirish va bajarish; umumta’lim maktablarining ayrim toifadagi o‘quvchilarini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga darsliklar bilan aniq ta’minlash; darsliklarni ijaraga berish tartibi; kutubxonalardagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumta’lim maktablari kutubxonachilari mehnati natijalariga baho berish mezonlari; foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni utilizatsiya qilish. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi umumta’lim maktablari uchun darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashr qilish va qayta nashr qilish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin. 81. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tartibga solish nazarda tutilgan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar haqi, shuningdek ayrim o‘quv adabiyotlarini deklaratsiya qilishda ularning narxi sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin; belgilangan tartibda o‘quv adabiyotlarini yangilashda ularning narxlari dinamikasi monitoringini yuritsin va monitoring natijalari bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari, uzluksiz ta’lim tizimi uchun darsliklarni qayta ko‘rib chiqish va yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga ma’lumot kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
141
9,284
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 11 MARTDAGI 131-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2009-yil 19-maydagi 141-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarorida: 1-ilova III bo‘lim 10-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 2-ilovaning 2-bandi chiqarib tashlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
192
631
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi madaniyat xodimlarining mehnatini rag‘batlantirishga doir qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi madaniyat xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, ta’lim va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalari ro‘yxatining “Toshkent shahri” bo‘limiga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda) 4-ilovaning rus tilidagi “Primechaniye” matnidagi “Gosudarstvennoy filarmonii Uzbekistana” so‘zlaridan keyin “i Sentralny ansambl pesni i tansa Voorujennx Sil Respubliki Uzbekistan,” so‘zlari qo‘shilsin.
191
1,674
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2006—2008 YILLARDA TO‘QIMAChILIK KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda to‘qimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 77-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda); Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish ekspert kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 25-oktabrdagi 235-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
250
903
Qonunchilik
Yoʻllarda velosipedchilar uchun maхsus yoʻlkalar barpo etiladi
2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yoʻlkalari tarmogʻini qurish rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2019–2020 yillardagi Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish koʻzlanmoqda: Bundan tashqari, mintaqalar hududiga kirishni ta’minlovchi mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan magistral avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish uchun topshiriqlarni tayyorlash chogʻida bundan buyon belgilangan tartibda ushbu yoʻllarning ajratilgan mintaqa doirasida velosiped yoʻlkalari qurilishini nazarda tutish taklif etilmoqda. Koʻzlangan rejalarni amalga oshirishni Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, mahalliy velosipedlar ishlab chiqarishni kengaytirish koʻzlangan. Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaruvchi «Ya Mei Gong Ye Yuan» MChJ XKni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin. Oleg Gayevoy.
62
1,199
Qonunchilik
QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI O‘RTASIDA YaGONA IQTISODIY MAKON BARPO ETISh TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMAGA QO‘ShILIShI TO‘G‘RISIDAGI QARORNI AMALGA OShIRISh BO‘YIChA BA’ZI ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Qipg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘ptasida Yagona iqtisodiy makon bappo etish to‘g‘pisidagi shaptnomaga qo‘shilishi to‘g‘pisidagi 1994-yil 16 yanvapda Bishkek shahpida imzolangan qapopga muvofiq, yuqopida qayd qilingan Shaptnoma 4-moddasining fuqapolapning yuklapini va qo‘lda olib yupadigan yuklapini boj tekshipuvidan o‘tkazishni, boj to‘lovlapini o‘zapo bekop qilishni hamda soliqlapni, yig‘imlapni va boshqa cheklashlapni izchil pasaytipishni, boj taptiblapini soddalashtipishni, boj qonunchiligini uyg‘unlashtipishni, boj statistikasini yupitish uchun zapup bo‘lgan hujjatlap shakllapini bipxillashtipishni amalga oshipish mexanizmini belgilash maqsadida Vaziplap Mahkamasi qapop qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazipligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan bipgalikda o‘n kun muddatda tovap-moddiy boyliklapni olib chiqib ketish va olib kelish taptibini belgilovchi nopmativ bazani qayta ko‘pib chiqish to‘g‘pisidagi Hukumat qapopi loyihasini belgilangan taptibda Vaziplap Mahkamasiga kipitsin. 1994-yilning 1 fevpalidan boshlab fuqapolapning yuklapini va qo‘lda olib yupadigan yuklapini boj tekshipuvidan o‘tkazish, Qipg‘iziston Respublikasi bilan chegapa opqali yuklapni poshlinasiz epkin olib o‘tish, soliqlapni, yig‘imlapni va boshqa cheklashlapni izchil pasaytipish, boj taptiblapini soddalashtipish, boj qonunchiligini uyg‘unlashtipish, boj statistikasini yupitish uchun zapup bo‘lgan hujjatlap shakllapini bipxillashtipishni nazapda tutuvchi mexanizm ishlab chiqilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Qipg‘iziston Respublikasi Moliya vazipligi huzupidagi Davlat bojxona inspeksiyasi bilan bipgalikda tegishli Bitimlap tuzsin hamda ulap asosida shu yilning 1 fevpaliga qadap boj pasmiylashtipishlapni soddalashtipishni va Qipg‘iziston Respublikasi bilan boj chegapasi opqali tovaplap poshlinasiz epkin olib o‘tilishini hamda 1994-yilning 1 fevpalidan boshlab fuqapolapning yuklapini va qo‘lda olib yupadigan yuklapini boj tekshipuvidan o‘tkazilishini bekop qilishni nazapda tutgan holda idopaviy nopmativ hujjatlapni qayta ko‘pib chiqsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazipligi bilan bipgalikda o‘n kun muddatda Vaziplap Mahkamasiga Qipg‘iziston Respublikasi boj chegapasi opqali tovaplapni olib o‘tish bo‘yicha soliqlap, yig‘imlap va cheklovlapning boshqa tuplapini asta-sekin Qipg‘iziston Respublikasi bilan teng dapajada kamaytipishni nazapda tutuvchi qonun loyihasini kipitsin. 4. Ushbu qapopning bajapilishini nazopat qilish Vaziplap Mahkamasining majmuilapiga, umumiqtisodiyot va hududiy-tashkiliy bo‘limlapi zimmasiga yuklatilsin.
244
2,708
Qonunchilik
“OROL” ILMIY-TADQIQIY MUVOFIQLAShTIRISh MARKAZINING NUKUS BO‘LIMINI QAYTA TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
Orol bo‘yi mintaqasida sodir bo‘layotgan jarayonlarni jadal va chuqur o‘rganish hamda ularning qonuniyatlarini aniqlash asosida Orolbo‘yi ekologiyasi muammolarini hal qilish uchun mavjud ilmiy potensialdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Orol” ilmiy-tadqiqiy muvofiqlashtirish markazining Nukus bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiing Qoraqalpog‘iston bo‘limi tarkibida Orolbo‘yi ekologiya muammolari bo‘limi etib qayta tashkil qilinsin. 2. Moliya vazirligi Orolbo‘yi ekologiya muammolari bo‘limining 1992-yil oxiriga qadar ishlashini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi taqdim etgan hisob-kitoblarga muvofiq ta’minlash uchun mablag‘ ajratsin. 3. Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi 1993-yilga va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlar doirasida Orolbo‘yi ekologiya muammolari bo‘limining ilmiy tadqiqot ishlari mavzularini ko‘zda tutsin. 4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
100
1,084
Qonunchilik
Tadbirkorlarga yordam beriladigan 10 kun
Toshkentda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni aniqlash va yordam berish maqsadida Toshkent shahri boʻyicha Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini boshladi. Agar tadbirkorlarda faoliyatni yuritishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar yoki savollar boʻlsa, guruhga 7 dan 17 avgustga qadar: Shuningdek, Toshkentning har bir tumanida oʻtkaziladigan uchrashuvlarda ishtirok etib, savol berish mumkin (uchrashuv oʻtkazish joyi va vaqti haqida qoʻshimcha хabar qilinadi). Toshkent shahridagi “Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Bosh vazir qabulхonalari”ning manzillari: T/R Tuman Qabulхonalar joylashgan manzil Qabulхona telefoni 1 Bektemir Bektemir tumani, Yuqori Chirchiq koʻchasi, 43-uy. Bektemir tumani Davlat хizmatlari markazi binosi (71) 207-77-83 2 Mirobod Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 31-uy. Mirobod tumani Davlat хizmatlari markazi binosi (71) 207-77-84 3 Mirzo Ulugʻbek Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 122-uy. Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi binosi 1-qavati (71) 207-77-85 4 Olmazor Olmazor tumani, Umid koʻchasi, 16-uy. Toshkent kurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji binosi (vaqtincha) (71) 207-77-86 5 Sergeli Sergeli tumani, Sergeli-3, Obi hayot koʻchasi, 3a-uy. Sergeli tumani Davlat хizmatlari markazi binosi (71) 207-77-89  6 Uchtepa Uchtepa tumani, Farhod koʻchasi, 21-uy. Uchtepa tumani hokimligi binosi, 1-qavati (71) 207-77-90 7 Chilonzor Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 50-uy. Chilonzor tumani hokimligi binosi (71) 207-77-91 8 Shayхontohur Shayхontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7a-uy. Shayхontohur tumani hokimligi binosi 1-qavati (71) 207-77-92 9 Yunusobod Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 4a-uy. Yunusobod tumani Davlat хizmatlari markazi binosi (71) 207-77-93 10 Yakkasaroy Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi 85-uy. Yakkasaroy tumani Davlat хizmatlari markazi binosi (71) 207-77-94 11 Yashnobod Yashnobod tumani, Aviasozlar 1-tor koʻchasi, 7a-uy. Yashnobod tumani хalq qabulхonasi binosi. (71) 207-77-95 Murojaatni qoldirishda “Toshkent shahri boʻyicha Respublika ishchi guruhiga” deb qayd etish lozim.
40
2,236
Qonunchilik
«BUXGALTYERIY HISOBI TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining «Buxgalterlik hisobi va hisobdorlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi haqida»gi 1993-yil 20-apreldagi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 4, 191-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
92
782
Qonunchilik
SOLIQ HISOBOTINING ShAKLLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDAGI QARORGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-sonli “Soliq hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandida: o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha 13-ilovaga muvofiq”; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “bozorlar bo‘yicha 18-ilovaga muvofiq; tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar bo‘yicha 19-ilovaga muvofiq”. 2. 1-ilovada: Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobining 1, 4, 5, 7, 8-ilovalari tegishincha ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2—6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin; Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 7-ilovasiga muvofiq 12-ilova bilan to‘ldirilsin; O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar tomonidan to‘lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobining 2-ilovasi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 8-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 3. 2-ilovada: Hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotlar va ularga ilovalarni ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 9-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; To‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnoma va uning ilovasi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 10-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 11-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; O‘zbekiston Respublikasi rezidenti — chet ellik jismoniy shaxsning jami daromadi to‘g‘risida deklaratsiya o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. 3-ilovada: a) Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida: 1, 2, 4, 6, 7-ilovalar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 12—16-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin; ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 17-ilovasiga muvofiq tahrirda 8-ilova bilan to‘ldirilsin; b) Hisobvaraq-fakturani to‘ldirish tartibi ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 18-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; v) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 19-ilovasiga muvofiq tahrirda Olingan (realizatsiya qilingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadigan hujjatlar) reyestrini yuritish tartibi bilan to‘ldirilsin. 5. 4-ilovada: Alkogolli mahsulotlar bo‘yicha aksiz solig‘ining hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan alkogolli mahsulotlar bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 20-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; 4 va 5 varaqlar tegishincha 6 va 7 varaqlar deb hisoblansin; Pivo bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan pivo bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 21-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; O‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 22-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; Sigaretalar bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan sigaretalar bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 23-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; 12 — 21 varaqlar tegishincha 16 — 25 varaqlar deb hisoblansin. 22 va 23 varaqlar chiqarib tashlansin. 6. 6-ilovada: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 24-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 25-ilovasiga muvofiq tahrirda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotlar (faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan to‘ldiriladi) bilan to‘ldirilsin; Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi va uning ilovasi 03-04-varaqlar deb hisoblansin. 7. 7-ilovada: a) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining 4-ilovasi: 0207-satri chiqarib tashlansin; rus tilidagi matnning 0209-satrida “energoperedach” degan so‘z “elektroperedach” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma izohida “25-yanvarigacha” degan so‘zlar “25-yanvaridan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 9-ilovada: Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo‘lgan to‘lovchilarning obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 26-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo‘lmagan to‘lovchilarning obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 27-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 9. 11-ilova ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 28-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 10. 12-ilovada Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 29-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 11. 13-ilova ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 30-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 12. 15-ilovada: Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 31-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 32-ilovasiga muvofiq tahrirda Yakka tartibdagi tadbirkor — yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotlar va Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi bilan to‘ldirilsin; 13. 16-ilovada Joriy soliq davrining 1-yanvardagi holati bo‘yicha yagona yer solig‘i hisob-kitobi 050-satridagi formula quyidagi tahrirda bayon etilsin: “(5-ustun 030-satr x 040-satr) x 1000”. 14. Ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 33-ilovasiga muvofiq tahrirda 18-ilova bilan to‘ldirilsin. 15. Ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 34-ilovasiga muvofiq tahrirda 19-ilova bilan to‘ldirilsin.
112
7,712
Qonunchilik
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-657-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 14-mayda kiritilgan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-657-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
191
768
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-721-son va “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-son qarorlarini bajarishni davom ettirish chora-tadbirlarini ko‘rish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish hamda budjet daromadlarini to‘liq qamrab olinishini, budjetning rejalashtirish va nazorat qilish bo‘yicha funksiyalarni qamrab olinishini kengaytirishni o‘z ichiga oluvchi g‘azna operatsiyalarining uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) doirasida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona integratsiyalashgan axborot tizimi tashkil etilganligi va faoliyat ko‘rsatayotganligi; loyiha doirasida o‘tkazilgan tender savdolari natijalari bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘laridan 5,8 mln. AQSh dollari o‘zlashtirilganligi; loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish hamda budjet daromadlarini to‘liq qamrab olinishini, budjetning rejalashtirish va nazorat qilish bo‘yicha funksiyalarni qamrab olinishini kengaytirishni o‘z ichiga oluvchi g‘azna operatsiyalarining uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash talab etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona integratsiyalashgan axborot tizimi uchun dasturiy ta’minot va server asbob-uskunalarini sotib olish uchun 2013-2014-yillarda respublika budjetidan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona integratsiyalashgan axborot tizimi uchun dasturiy ta’minot va server asbob-uskunalarini sotib olish uchun 2013-yil 1-oktabrgacha o‘rnatilgan tartibda tender savdolari o‘tkazsin. 3. “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi” DUKga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona integratsiyalashgan axborot tizimi uchun dasturiy ta’minot sotib olingunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan va uning hisobidan tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan “G‘aznachilik” dasturiy majmuini mualliflik kuzatuvi va funksional kengaytirish yuzasidan uning yaratuvchisi bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek “G‘aznachilik” dasturiy majmuini kuzatib borish bo‘yicha oldingi ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq to‘lashga ruxsat berilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-martdagi 171-f-son farmoyishining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Belgilansinki, “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi” DUK tomonidan ko‘rsatiladigan ishlar va xizmatlar uchun xarajatlar to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida ushbu maqsadlar uchun har yili nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi va bunda ishlar va xizmatlar hajmi har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilishi kerak”. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
153
3,445
Qonunchilik
EKSPORTGA JO‘NATILADIGAN O‘ZI IShLAB ChIQARGAN MAHSULOTNI SERTIFIKATLAShNI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 225-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000-yil 30-iyunda EG-01/12-3407-son bilan tasdiqlangan Eksportga jo‘natiladigan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 946, 2000-yil 13-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
154
1,085
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat ko‘mitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: sudlarning qarorlariga asosan alohida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyekti va avtotransport vositalari davlat daromadiga o‘tkazilishi; Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandiga muvofiq davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk sotilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat organlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun ularga bepul berilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga: Toshkent viloyati Qibray tumani “Do‘rmon” QFY hududida 1,567 gektar maydonda joylashgan bino va inshootlar; 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha sudlarning qarorlari asosida davlat daromadiga o‘tkazilgan avtotransport vositalari operativ boshqaruv huquqi bilan berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk qabul qilinishini, ular budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanishini, shuningdek ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlasin. 4. Belgilansinki, sud qarori bekor qilingan yoki o‘zgarganda, shuningdek, ularni naturada qaytarib berish yoki qiymatini qoplash to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq berilgan ko‘chmas mulk va avtotransport vositasini belgilangan tartibda sud qarorida ko‘rsatilgan shaxslarga qaytarishi yoki ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lashi kerak. 5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi apparati va uning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlari xizmat yengil avtomobillari cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
129
2,622
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqida
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilg‘i- energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hamda narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish ishlarini puxta tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib turilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
201
763
Qonunchilik
Baholash faoliyati bilan shugʻullanish osonlashdi
Prezidentning 1.06.2018 yildagi PQ–3764-son qarori bilan baholash хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi.   Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling. Litsenziyalash va oshirilgan ustav fondi oʻrniga – akkreditatsiya qilish va yuqori sugʻurta qoplamalari Ustav kapitalining ancha yuqori: baholash faoliyati yoʻnalishiga qarab 1500, 2000 yoki 2500 EKIH miqdorida boʻlishi litsenziya talablaridan biri hisoblangan, shundan kamida 30%i pul bilan kiritilishi zarur edi. Mazkur talab, umuman olganda baholash faoliyatini litsenziyalash singari, bekor qilindi. Endi baholovchi tashkilotlar tanlangan tashkiliy-huquqiy shaklga qarab oʻz ustav kapitallarini shakllantirishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz, baholovchi tashkilot aksiyadorlik jamiyati boʻla olmaydi («Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 41-moddasi). Bunda baholovchi tashkilot ustav kapitalining kamida 51%i mazkur tashkilotning bitta yoki bir nechta shtatdagi baholovchisiga tegishli boʻlishi lozim.      Baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal qilish muddati 1.01.2019 yildan tugatiladi. Biroq baholovchi tashkilotlar хizmatlari buyurtmachilarining manfaatlari buzilmasligi kerak. Ularni himoya qilish maqsadida LBMA qoshidagi Akkreditatsiya markazida baholovchi tashkilotlarni akkreditatsiya qilish joriy qilinmoqda. Shuningdek baholovchi tashkilotning javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta qoplamasining eng kam miqdorlari tasdiqlandi: Qonunga muvofiq baholovchi tashkilot fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisiga ega boʻlishi kerak.  Bu – muhim! Baholovchiga uning ishi uchun toʻlanadigan haq miqdori baholash ob’yekti qiymatining yakuniy miqdoriga bogʻliq boʻla olmaydi. Baholovchi tashkilotlarga koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining 15%idan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki toʻlovsiz хizmatlar koʻrsatishga ruхsat berildi. Baholovchilarga toifa berildi va malaka sertifikatlarini berishning yangi tartibi joriy etildi Baholovchilarga toifa berish tizimi joriy etilmoqda. U sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni oʻz ichiga oladi (quyidagi jadvalga qarang). Baholovchilarning toifasi Talablar – mezonlar toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi ish tajribasi turli baholash ob’yektlarini baholash boʻyicha mustaqil ravishda bajarilgan ishlar soni Oliy toifali kamida 5 yil kamida 35 ta, shu jumladan biznesni baholash boʻyicha Birinchi toifali kamida 3 yil kamida 25 ta, shu jumladan biznesni baholash boʻyicha   Ikkinchi toifali kamida 1 yil kamida 15 ta Bu ahamiyatga ega, sababi kelasi yil 1 yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi boʻlishi mumkin. Buning ustiga, baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat mazkur toifadagi baholovchilar jalb etilishi mumkin.    Endi baholovchining malaka sertifikatlarini Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi beradi (ilgari – Davlat raqobat qoʻmitasi). Joriy yil 1 iyuldan boshlab unda baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maхsus kurslar ish boshlaydi. Ushbu kurslardan oʻtish yakunlari boʻyicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda belgilangan namunadagi malaka sertifikatlari beriladi. Markazda har yili malaka oshirish kurslarini oʻtagan taqdirda baholovchilarning malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Bu – muhim! Shtatdagi baholovchi boshqa baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilina olmaydi. Baholovchi ob’yektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni oʻtkazishda ishtirok eta olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan baholash tashkilotiga ma’lumot berishi shart. Kimlar baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilishga haqli emas Affillangan shaхs boʻlgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish taqiqlandi. Bunday shaхslar deb quyidagilar tan olinadi:  Bu – muhim! Mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek amaldagilariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish funksiyasi Davlat raqobat qoʻmitasidan LBMAga oʻtkazildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.06.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
49
5,017
Qonunchilik
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi
U Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi negizida tashkil etildi. Prezidentning 28.01.2019 yildagi tegishli farmoni va qarori OʻzAda e’lon qilindi. Yangi vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakolatli vakillari va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmalari negizida tashkil etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarga ega boʻladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) huzurida quyidagilar tashkil etiladi: Tarif va notarif tartibga solish kengashi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Teхnologik rivojlanish agentligi Kengash tugatilayotgan Idoralararo bojхona-tarif kengashining oʻrnini bosadi Vazifalari Vazifalari – chet el investorlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash va huquqiy koʻmak berish; – yuzaga kelgan muammolarni hal etish, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha ularga хizmat koʻrsatish – mahalliy хomashyo negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun ilgʻor хorijiy teхnologiyalarni izlab topish, jalb qilish va joriy etishga koʻmak berish; – ilmiy ishlanmalarni ekspertiza qilish, ularning miqyosini kengaytirish va tijoratlashtirishning samarali tizimini yaratish; – ilgʻor teхnologiyalarni ishlab chiquvchi va joriy etuvchi korхonalarga davlat tomonidan koʻmak berish meхanizmlarini shakllantirish Vazirlik foydalanilmayotgan ishlab chiqarish ob’yektlaridan samarali foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlari ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari («yoʻl хaritalari»)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyaning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiradi. Vakolatli davlat organlari va tashkilotlarda, ularning hududiy boʻlinmalarida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy AKTni joriy etish ITSVning birinchi navbatdagi vazifalari sirasiga kiradi: 2019 yil 1 martga qadar «Investitsiya portali»da investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarining markazlashgan ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi negizida tashqi savdo statistikasini hisobga olish, monitoring va tahlil qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan aхborot tizimini ishlab chiqish moʻljallangan. Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi qoshida tashqi savdo va eksport asoslari boʻyicha bepul kurslar tashkil etiladi, kelgusida bunday kurslar tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarida tashkil etiladi. Oleg Gayevoy.
56
2,792
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika bojxona organlari tomonidan bojxona ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ular zimmasiga yuklangan vazifalarning tezkorlik bilan va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilansinki, Davlat bojxona qo‘mitasini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda Davlat bojxona qo‘mitasini joriy ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan ajratiladigan zarur mablag‘larni har yili nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tugatilgan bojxona Bosh boshqarmasi boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarida ular ega bo‘lishgan maxsus va shaxsiy unvonlar saqlab qolinsin, ularning 1994-yil 18-yanvardan 1997-yil 8-iyulgacha bojxona organlarida ishlagan vaqti ichki ishlar xodimlariga tatbiqan uzoq vaqt ishlaganlik uchun ustamalar, pensiya tayinlashda xizmat stajiga qo‘shilsin. Belgilab qo‘yilsinki, bojxona organlari mansabdor shaxslarining va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti harbiy xizmatni o‘tagan yoki ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar xamda ularning oila a’zolari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan shartlarda va normalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 7. Bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy dasturlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasining moddiy yordam va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamg‘armasi negizida moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tuzilsin. Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan maxsus jamg‘arma bojxona yig‘imlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tarzidagi tushumlar hisobiga shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasini tashkil etish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-2000yillarda bojxona nazoratini yanada takomillashtirish va bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va 1997-yil 1-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bojxona organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Republikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek Markaziy banki so‘rovlariga ko‘ra bojxona statistikasi bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini taqdim etsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi yillik investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat bojxona qo‘mitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishni kiritishni nazarda tutsinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi shaxsiy tarkibiga va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartibini saqlab qolsin. 12. Bojxona organlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning kasb saviyasini oshirish bo‘yicha ishlarni yaxshilash, shuningdek bojxona rasmiylashtirishlari bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasining Viloyatlararo o‘quv markazi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining umumiy soni doirasida shtatdagi xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) 20 nafar bo‘lgan Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv markaziga aylantirilsin. Toshkent shahar hokimligi davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv markazini joylashtirish masalasini ikki oy muddatda hal qilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati 1997-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Milliy xavfsizlik xizmati Instituti bazasida bojxona organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilsinlar. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarorining bojxona organlari faoliyatini tashkil etishga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — DBQ deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o‘tkazilishini, bojxona ishlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. 2. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi. 3. Davlat bojxona qo‘mitasining qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shartlaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ijro bajarilishi majburiydir. 4. Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining tizimini quyidagilar tashkil etadi: DBQ markaziy apparati; DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari (DBQB), ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari (IBK); bojxona postlari. 5. DBQ markaziy apparati, DBQB, IBK yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlarga, shu jumladan valyuta schyotlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar. 6. Davlat bojxona qo‘mitasida belgilangan tartibda moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. 7. Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish; boj qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish; boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish; respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish; xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash; boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to‘lovlarini undirish; respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qo‘llash; O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini ta’minlash; respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti o‘tishini jadallashtirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish; kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intelektual mulk obyektlari g‘ayriqonuniy olib o‘tilishining oldini olish; bojxona statistikasi va maxsus bojxona tizimini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot bilan ta’minlash; bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish; tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; kadrlar to‘g‘ri tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini, DBQ organlari shaxsiy tarkibi xizmat tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash; bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari ishi, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni ta’minlash; bojxona ishi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va maslahatlar berishni tashkil etish; bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bojxona atrofi infrastrukturasini rivojlanishiga ko‘maklashish; o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan belgilanadigan boshqa vazifalar. 8. DTQ organlari yuklangan vazifalarga muvofiq: yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmalarini ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashish, belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida bojxona masalalari bo‘yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tuzadi; respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi; bojxona qonunchiligiga va o‘z vakolatlari doirasida-soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi; bojxona tartibga solish vositalari qo‘llanilishini ta’minlaydi, bojxona - tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida belgilangan tartibda qatnashadi; boj poshlinalari, soliqlar va boshqa to‘lovlar davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlaydi; o‘z vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshiradi; bojxona statistikasi metodologiyasini takomillashtiradi, bojxona ishi sohasida statistika ma’lumotlari to‘planishi, ularga ishlov berilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va to‘lov balansini mustahkamlash bo‘yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni ishlab chiqadi; bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risida axborot to‘planishi va ishlab chiqilishi hamda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishini yuritadi, shuningdek bojxona statistika ma’lumotlarini tegishli idoralar va manfaatdor organlarga taqdim etadi; kontrabandaning, bojxona qonunchiligining, o‘z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va ularga barham berish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda yoki huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqadi va qo‘llaydi, shuningdek xalqaro terrorizmga va O‘zbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashishga qarshi kurashishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qo‘llaydi; bojxona organlari vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va qonunchilikka muvofiq bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi; yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona qoidalari buzilganligi uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini belgilangan tartibda qo‘llaydi; giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘ respublikaning bojxona chegarasi orqali g‘ayriqonuniy olib o‘tilishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi; respublikaning va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nazorat ostida yetkazib berilishini amalga oshiradi; Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi; aybdorlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalan bojxona organlari vakolatlari doirasidan tashqariga chiqqanda qonun buzilishlari faktlari bo‘yicha materiallarni tergov, sud organlari va boshqa organlarga topshiradi; bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bojxona organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan tushgan viloyatlar va e’tirozlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi; bojxona organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlovchi ilmiy-texnik xizmatlar, laboratoriyalar, uquv markazlari, boshqa korxonalar va tashkilotlarni tashkil etadi; bojxona organlari xodimlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi; bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida ishlov berish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona tashuvchilari faoliyatini amalga oshirish huquqiga ruxsatnoma beradi; xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashadi, xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborotni o‘zaro ayirboshlaydi; bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, tashqi savdo yuklarini bojxona rasmiylashtirishi uchun punktlar tarmog‘ini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirish ham shu jumlaga kiradi; DBQning moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar hisobiga respublikada bojxona ishini rivojlantirish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi; xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi. DBQ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida: bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ushlab turadi hamda olib qo‘yadi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi; Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi; Davlat bojxona qo‘mitasiga qonunchilik bilan boshqa funksiyalar ham yuklanishi mumkin. 9. DBQ organlari yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi: bojxona huquq buzilishlarini aniqlashning texnik va maxsus vositalarini qo‘llash; bojxona organlari vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borish; bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, bunday ishlarni ko‘rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan bojxona qonunchiligi buzilganligi uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash; tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari ko‘zdan kechirilishi (qayta ko‘zdan kechirilishi)ni hamda ularga hujjatlar taqdim etilishini talab etish; tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish (qayta ko‘zdan kechirish), yetarlicha asoslar mavjud bo‘lganda esa-jismoniy shaxslarni shaxsan ko‘zdan kechirish; bevosita bojxona huquq buzilishlari buyumlari hisoblangan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni ushlash va olib qo‘yish; eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish (xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida) to‘g‘risida qaror qabul qilish; transport vositalarini majburan to‘xtatish, O‘zbekiston Respublikasi boj hududini bojxona organlarining ruxsatisiz tark etgan dengiz, daryo va havo kemalarini qaytarish; plombalarni ochish, bagajniklar, yuk bo‘lmalari, transport vositalari kuzovlari, konteynyerlar va boshqa transport tarasining tamba qurilmalarini ochish; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yurdik va jismoniy shaxslarning bojxona nazoratidan o‘tishi kerak bo‘lgan tovarlari va transport vositalari turgan hududiga va binolariga tusiqsiz kirish, shuningdek nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan faoliyatni amalga oshirish; tovarlar va boshqa buyumlar probalari va namunalarini olib qo‘yish ularni tadqiq (ekspertiza) qilish; shaxsdan uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish; vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslardan (mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar) bojxona ishi (nazorati)ni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni so‘rash va olish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob schyotlaridan bojxona to‘lovlari so‘zsiz tartibda o‘tkazilishi to‘g‘risida, bojxona to‘lovlari budjetdan xo‘jalik yurituvchi subyektlar schyotiga qaytarilishi to‘g‘risida banklarga va boshqa moliya-kredit muassasalariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish; ko‘rsatib o‘tilgan topshiriq kechiktirilgan yoki bajarilmagan har bir kun uchun o‘tkazilishi yoki qaytarilishi kerak bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan banklardan yoki boshqa moliya-kredit muassasalaridan, shuningdek xo‘jalik subyektlaridan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorida bojxona to‘lovlari to‘lash muddati kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan tartibda 0,5 foiz miqdorida penya undirish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bojxona yig‘imlari stavkalarini belgilash; bojxona va erkin omborlarni, bojsiz savdo do‘konlarini ochish, bojxona tashuvchilari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar berish; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida belgilangan sabablari ko‘rsatilgan taqdimnoma kiritish; bojxona nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish; o‘z vakolatlari doirasida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ushbu tovarlarga taalluqli hujjatlarni tekshirish. 10. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tabel o‘qotor qurolini va yakka tartibda himoyalanish vositalarini olib yurish, saqlash, qo‘llash va foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar. 11. Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi. Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi. Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi 111. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi kuyidagilar uchun shaxsan javob beradi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish; bojxona organlariga yuksak kasb ko‘nikmasi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan har tomonlama kamol topgan va vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish; xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonuniylik buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish; xizmatni fidokorona o‘tayotgan kadrlarni har tomonlama rag‘batlantirish, xizmat intizomini, qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortish; Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish; bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot o‘rnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish. 112. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi: bojxona ishini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, bojxona haqidagi qonunlarni va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish; davlat xizmatlari ko‘rsatish, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish; xavf-xatarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga nisbatan munosabatda bo‘lishning soddalashtirilgan bojxona tartibotlarini qo‘llash tartibini joriy etish, va ularning samarali ishlashi; bojxona nazoratining zamonaviy shakllari, usullari va texnik vositalarini joriy etish hisobiga tovarlarning noqonuniy importini, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash; 113. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari kuyidagilar uchun shaxsan javob beradilar: tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta haqidagi qonunlarga rioya qilish; bojxona statistikasini shakllantirish va uning ishonchliligi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosini hamda mamlakatning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish haqida tahliliy materiallar tayyorlash; statistika ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish, tashqi savdo sohasida huquqbuzarliklar belgilarini aniqlash; tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlar tasnifi to‘g‘riligini baholashni nazarda tutuvchi bojxona postlari faoliyati ustidan amaliy nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan masalalarda metodologik yordam berish; kontrabandaga va bojxona haqidagi qonunlar buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligining amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash; xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining samarali faoliyatini tashkil etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta, har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish; bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va mukammal ta’mirlash, xodimlarni kompyuter va texnika, aloqa va bojxona nazorati vositalari bilan ta’minlash, yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 12. Davlat bojxona qo‘mitasida Rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi: Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish va belgilangan vakolatlar doirasida respublikaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, respublikaning bojxona siyosati amalga oshirilishini takomillashtirish, bojxona qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishni kuchaytirish, bojxona ishini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarni tayyorlash va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish. Hay’at Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega. Hay’at majlisiga Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hay’at qarorlari Davlat bojxona qo‘mitasi qarorlari va Raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi. 13. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnikaviy rivojlanishi, kadrlar bilan ta’minlash masalalarini, boshqaruv qarorlari va tavsiyalari kelishilgan holda ishlab chiqilishini kompleks hal etish uchun DBQda kengashlar va komissiyalar tashkil etiladi, ular to‘g‘risidagi nizom DBQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi. 14. DBQ Raisi. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishi va u o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi; DBQ organlari tizimiga umumiy rahbarlikni ta’minlaydi; DBQ markaziy apparati, DBQB va IBQ shtat jadvalini tasdiqlaydi; DBQ, DBQB va IBQ tajribiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi; zarurat bo‘lganda davlat bojxona xizmati organlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish; bojxona organlarining kontrabanda, bojxona qonunchiligini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruv olib boruvchi, bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni olib boruvchi va ularni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari ro‘yxatini aniqlaydi; DBQ mansabdor shaxslari, ishchi va xizmatchilarini rag‘batlantirish va jazolash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; o‘z vakolatlari doirasida bojxona organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar beradi; o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar, yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, shu jumladan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishini tekshirishini tashkil etadi; bojxona organlarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini va bojxona ishiga ko‘maklashgan fuqarolarni mukofotlarga va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar va rag‘batlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlash to‘g‘risida takliflar kiritadi; qonunchilik tomonidan o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 15. Mansabdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar Davlat bojxona qo‘mitasining kadrlarini tashkil etadi. 16. Mansabdor shaxslarga bojxona organlarida shtatdagi lavozimni egallab turgan yoki bojxona organlarida boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari berilgan kadrlar kiradi. 17. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular tomonidan egallab turilgan lavozimlarga va xizmat muddatlariga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi: kichik tarkib: bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti; o‘rta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani; katta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi; yuqori boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi. Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 18. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlarda xizmat muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 19. Bojxona organlarining maxsus unvonlari, bojxona xizmati polkovnigi ham shu jumlaga kiradi, DBQ Raisi tomonidan beriladi, bojxona xizmati general-mayoridan bojxona xizmati general-polkavnigigacha boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari DBQ Raisi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. 20. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga shaxsiy tartib raqamlari beriladi va xizmat guvohnomalari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan namunadagi jetonlar beriladi. 21. Bojxona organlari boshliqlar tarkibi lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan belgilangan tartibda chiqadilar va davlat bojxona qo‘mitasida maxsus hisobga turadilar. 22. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari budjet mablag‘lari va qonunchilikda belgilangan boshqa manbalar hisobiga majburiy shaxsiy sug‘urta qilinishi kerak. 23. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan barcha huquq va imtiyozlar, shu jumladan mansab okladlari, maxsus unvonlar va muddatli xizmati uchun ustamalar, boshqa to‘lovlar va ijtimoiy himoyaning o‘zga shartlari, shaxsiy va mulkiy huquqlarni qo‘riqlash tatbiq etiladi. 24. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari belgilangan normalarga muvofiq formali kiyim bilan tekin ta’minlanadi. 25. Bojxona organlari mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va ularga tanbehlar berish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari intizomiy ustaviga muvofiq belgilanadi. 26. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tegishli vazirliklar va idoralarning roziligi bo‘yicha davlat bojxona qo‘mitasining qarorlari bilan Qurolli Kuchlarga, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlari va organlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, ichki qo‘shinlarga, shuningdek ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki xizmatni bundan keyin davom ettirishga yuborishlari munosabati bilan qayta o‘tkazilishi mumkin. Prokuratura organlari tergovchilarini tergov va surishtirish bilan bog‘liq bojxona organlariga ishga o‘tkazishda ham ana shunday tartib qo‘llanilishi mumkin. 27. Bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan noto‘g‘ri undirib olingan boj to‘lovlari qaytarilishi yoki bo‘lajak to‘lovlar hisobiga o‘tkazilishi kerak, bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquqqa xilof harakatlari bilan yetkazilgan zarar esa ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda undirilishi kerak. 28. DBQ ishchi va xizmatchilari mehnat sharoitlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlari bilan tartibga solinadi.
98
35,924
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994-YIL 20-IYUNDAGI 309-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Respublikada tamaki bargi xarid qilish va uni fermintatsiyalashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘ZBAT A.J.” O‘zbekiston — Britaniya qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 20-iyundagi 309-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: 12-bandning ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; qarorga quyidagi mazmundagi 13-band qo‘shilsin: “1996-yildan boshlab, investitsiya dasturini amalga oshirish davrida “Oziqovqatsanoat” uyushmasining “Narziya” aksionerlik jamiyatiga tovar yetishtiruvchilardan har yili 9,6 ming tonna tamaki bargi xarid qilish yuzasidan kvota berilsin”; qarorning 13 va 14-bandlari tegishli ravishda 14 va 15-bandlar deb hisoblansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
97
924
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RADIONAVIGATSIYA SOHASIDAGI MUVOFIQLAShTIRUVChI FAOLIYATNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari va idoralarining radionavigatsiya tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi davlatlararo hamkorligini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublikada integratsiyalashgan radionavigatsiya maydonlarini yaratish, xo‘jalik va harbiy iste’molchilarni navigatsiya axboroti bilan ta’minlash ishini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Radionavigatsiya tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi davlatlararo hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish, respublikada integratsiyalangan radionavigatsiya maydonlarini yaratish hamda barcha iste’molchilarning navigatsiya axborotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga oid vazifalar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida” 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tarkibiga (3-band) Energetika va elektrlashtirish vazirining o‘rinbosari, Davlat soliq qo‘mitasi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi raislarining o‘rinbosarlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi, “O‘zbekkosmos” davlat agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimlariga ko‘ra va ko‘rsatib o‘tilgan organlar rahbarlarining tavsiyasiga binoan kiritilsinlar. 3. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya bosh direktori (Rafiqov) komissiya a’zolaridan radionavigatsiya bo‘yicha doimiy ishlovchi qo‘mita tashkil qilsin. 4. Radionavigatsiya bo‘yicha doimiy ishlovchi qo‘mitaning xalqaro, idoralararo va milliy tashkilotlardagi faoliyatiga, xalqaro konferensiyalar ham komissiyalarda respublika vakillarini tashkil etishga aloqador xarajatlari manfaatdor vazirliklar va idoralarning ulushlari hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari R.R.Yunusov zimmasiga yuklansin.
115
2,269
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 4-iyundagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. Sud qarorlari bo‘yicha davlat foydasiga musodara qilingan xorijiy valyutani jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani (ro‘yxat raqami 980, 2000-yil 20-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 15-maydagi AX/13-3-36-21/222-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 6-oktabrda 110, 171-13, 2000-102-son bilan tasdiqlangan Sud qarorlari bo‘yicha davlat foydasiga musodara qilingan xorijiy valyutani jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 980, 2000-yil 20-oktabr) davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
75
2,136
Qonunchilik
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2012/2013 YILLAR KUZ-QISh DAVRIDA BARQAROR IShLAShGA TAYYORLAShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari hamda tashkilotlarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar 1 -ilovaga* muvofiq; asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar bo‘yicha 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy ta’mirlash topshiriqlari 2 va 4-ilovalarga* muvofiq; ko‘mir, mazut va texnik tuz, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar bo‘yicha 2012/2013-yillar kuz-qish davri uchun yetkazib berish va tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq; Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar hamda ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev): kommunal soha korxonalari, qozonxonalar, ko‘p kvartirali turar-joy binolari, maktabgacha ta’lim, umum ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2011/2012-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy o‘rganib chiqsin va shu yilning 20-iyulidan kechikmay ushbu masala bo‘yicha komissiyaning majlisini o‘tkazsin; o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida tayyorlash va ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Uzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining kompaniyaga tegishli korxonalarida aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berishni tashkil etish uchun 65 400 dona maishiy gaz balonlarini ishlab chiqarish, shuningdek 15 000 dona gaz balonlari va 80 400 dona reduktorlarni import bo‘yicha xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. “O‘ztransgaz” AK va uning unitar korxonalari tomonidan aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berishni tashkil etish uchun olib kelinadigan maishiy gaz balonlari hamda reduktorlar, shuningdek “O‘zneftgazmash” AK zavodlarida maishiy gaz balonlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan metal va butlovchi buyumlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha istisno tariqasida bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida tanqidiy ko‘rib chiqilsin
142
3,569
Qonunchilik
Korхonalarning yana bir turini хususiylashtirish mumkin
“Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi (24.12.2019 yildagi OʻRQ-597-son Qonunga qarang). Hozirgi vaqtga qadar portlovchi moddalar,  shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korхonalar va tashkilotlar davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va хususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’yektlari jumlasiga kirgan. Tuzatishlar tufayli qoidalar oʻzgardi. Endi koʻrsatilgan korхonalar va tashkilotlar Prezident qarori bilan davlat tasarrufidan chiqarilishi va хususiylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalariga qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasining vakolatlari oʻtdi. Xususan, ushbu idora davlat korхonalarini aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari muassisi, shuningdek aksiyalar, ulushlar va paylar saqlovchisi boʻlishi mumkin. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 25.12.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
55
1,141
Qonunchilik
“Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-742-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-742-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
225
396
Qonunchilik
Xalqaro shartnomalar boʻyicha badallar qanday toʻlanadi
Prezidentning 22.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalardan va хalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4756-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 1. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari va хalqaro tashkilotlarga a’zolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхati (keyingi oʻrinlarda – Roʻyхat). Unda quyidagilar koʻrsatilgan: 2. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari va хalqaro tashkilotlarga a’zolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom). Mazkur holatda butun jarayon 8 bosqichdan iborat boʻladi. 1 – Roʻyхatda koʻrsatilgan toʻlovchilar toʻlov hujjatlarini (invoys) yoki хalqaro tashkilotning keyingi yilga rejalashtirilgan badal summasi toʻgʻrisidagi rasmiy хabarnomasini olishi lozim. Ushbu ma’lumot 1 iyunga qadar Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Toʻlov hujjati (invoys) yoki rasmiy хabarnoma mavjud boʻlmasa, – oldingi yillarda haqiqatda toʻlangan badallar summasi olinadi; 2 – Moliya vazirligi Davlat byudjetini shakllantirish doirasida:  3 – toʻlovchilar har yili 10 martgacha boʻlgan muddatda badallarni hisobga olgan holda хarajatlar smetasini tasdiqlab, roʻyхatdan oʻtkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi;  4 – Moliya vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan хarajatlar smetasini roʻyхatdan oʻtkazadi;  5 – byudjetdan mablagʻlar ajratilganidan keyin toʻlovchilar хalqaro tashkilotlarning moliya qoidalarida belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda, badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun nazarda tutilgan pul mablagʻlarining konvertatsiyasi uchun shakllantirilgan buyurtmani Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga taqdim etadi; 6 – Gʻaznachilik buyurtma taqdim etilgandan keyin 5 ish kuni mobaynida konvertatsiyani amalga oshiradi; 7 –  toʻlovchilar хalqaro tashkilotlarning moliya qoidalarida belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda, хalqaro tashkilotning hisobraqamiga хorijiy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini Gʻaznachilikka taqdim etadi;  8 – Gʻaznachilik 3 ish kuni mobaynida хalqaro tashkilotning hisobraqamiga valyutani oʻtkazadi. Badallarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagani Oʻzbekistonning хalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlari cheklanishiga, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelgan, mamlakat nufuziga putur yetkazgan boʻlsa, qarzdorlik yuzaga kelishiga olib kelgan taqdirda shaхsiy javobgarlik quyidalarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi: Badallarni oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydigan toʻlovchilar har chorakda Moliya vazirligi va TIVga хalqaro tashkilot nomi, toʻlov miqdori va sanasini koʻrsatgan holda ma’lumot taqdim etadi. Moliya vazirligi har chorakda Vazirlar Mahkamasiga va TIVga хalqaro tashkilotlarga badallar toʻlashning bajarilishi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot taqdim etadi. Moliya vazirligi joriy yilning 1 dekabr holati boʻyicha badallarni toʻlmagan toʻlovchilarni aniqlash yuzasidan ma’lumotni shakllantiradi hamda ularga badal toʻlovini zudlik bilan toʻlash zarurligi toʻgʻrisida хabarnoma yuboradi. Xabarnomani olgandan keyin toʻlovchilar 10 kun muddatda quyidagilarni amalga oshirishi shart: Oʻzbekistonning badallarni toʻlash boʻyicha qarzdorligi quyidagilar hisobiga soʻndiriladi: Oʻtgan yilgi badal boʻyicha qarzdorlik yoki dastlab hisoblangan badal miqdori bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan badal miqdori oʻrtasidagi farq natijasida qarzdorlik yuzaga kelganda, toʻlovchiga byudjetdan qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
55
3,857
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON HAVO TRANSPORTI EKSPLUATANTLARINI SERTIFIKATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga, sifat bo‘yicha xalqaro standartlarga, Xalqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO)ning tavsiyalariga muvofiq va boshqaruv faoliyatini markazlashtirishdan chiqarish jarayonida parvozlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining davlat boshqaruvi va parvozlarning xavfsizligini nazorat qilishga oid qismida bayon qilingan Aviatsiya ma’muriyati funksiyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasiga yuklatilsin. 2. O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida Havo transporti ekspluatantlarini sertifikatsiya qilish joriy etilsin. Sertifikatsiya qilish havo transportidan foydalanishni tartibga soluvchi amaldagi qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar bo‘yicha amalga oshirilsin. 3. “O‘zdavstandart” bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida tuzilgan bitim ma’qullansin. 4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi foydalanuvchi sertifikatsiya tartib-qoidalari va ekspluatantlarga yo‘l-yo‘riq berish bo‘yicha dasturulamalni tasdiqlasin va uni, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha aviatsiya tashuvchilariga yetkazsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: yangidan tashkil etiladigan ekspluatantlar ishlab chiqarish faoliyati boshlangunga qadar sertifikatsiya qilinadi. Ekspluatant guvohnomasi (sertifikat) ularga ishlab chiqarish-texnika negizi, havo kemalari va boshqa asbob-uskunalar tashkil etishning texnologik jarayonlarining huquqiy holati, parvozlarning bajarilishi va ularni ta’minlash, aviatsiya xodimlarining tayyorgarlik darajasi amaldagi talablarga muvofiqligi tekshirilgandan keyin beriladi; faoliyat ko‘rsatayotgan ekspluatantlar 1993-yil 1-dekabrga qadar guvohnoma olish uchun buyurtmanoma berishlari kerak. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq. K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
79
2,127
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 27-maydagi 2013-26-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2475, 2013-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 26-son, 349-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-avgustdagi 2015-27-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2475-1, 2015-yil 17-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-yil, 33-son, 444-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 20-oktabrdagi 2015-32-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2475-2, 2015-yil 27-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-yil, 43-son, 554-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 14-avgustdagi 2017-43-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2475-3, 2017-yil 21-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 38-son, 1060-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 31-dekabrdagi 2017-73-son “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2475-4, 2018-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-yil, 10/18/2475-4/0604-son). 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 6-martdagi 2019-14-son “Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3148, 2019-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-yil, 10/19/3148/2880-son).
152
2,900
Qonunchilik
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
137
239
Qonunchilik
AKSIYADORLIK TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tijorat banklari faoliyatini boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, bank xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o‘tkazish, kreditlar berish hamda ularning qaytarilishini ta’minlash uchun bankning rahbar va ijroiya organlari javobgarligini oshirish, shuningdek xususiy banklar tashkil etish jarayonini rag‘batlantirish maqsadida: 1. Quyidagilar tasdiqlansin: Aksiyadorlik tijorat banki to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq; Aksiyadorlik tijorat banki Kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga* muvofiq. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yilning oxiriga qadar tijorat banklari, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq aksiyadorlik tijorat banklarining Kengashlari tuzilishini ta’minlasin. Bunda banklarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirishga hamda aksiyadorlar sarmoyasini qo‘shimcha ravishda jalb etishga, banklarning faoliyatini boshqarishda aksiyadorlarning roli va mas’uliyatini oshirishga, banklarning xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o‘tkazishga e’tibor qaratilsin. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga maxsus komissiya tuzish tavsiya etilsin. 4. Aksiyadorlik tijorat banki Kengashi: bank filiallarining Boshqaruvi va rahbarlari bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, mazkur Namunaviy nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq kreditlar berilishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar bo‘lishi; bank Boshqaruvi raisi va a’zolarini tayinlashi; bank Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi tuzishi belgilab qo‘yilsin. 5. Aksiyadorlik tijorat banklariga quyidagilar tavsiya etilsin: ikki oy muddatda qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z nizomlari va ichki me’yoriy hujjatlarini ushbu Farmon bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq holga keltirish; 1998-yilning oxirigacha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil qilib, ularda banklar Kengashlarining tarkiblarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. Bank Boshqaruvi raisi va a’zolarining belgilangan tartibda bank Kengashi tomonidan tayinlanishini ta’minlash; Boshqaruv raisining va bank ichki audit xizmati rahbarining har chorakdagi ma’ruzalarini Kengash huzurida muntazam tinglab borishni amaliyotga joriy qilish. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilar tavsiya qilinsin: tijorat banklarining faoliyati ustidan nazoratni oshirish, ular tomonidan operatorlik vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha talablarni kuchaytirish zarur hollarda banklar tomonidan aksiyadorlik tijorat banklari faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi va aksiyadorlarning huquqlari kamsitilganligi uchun ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, hatto bank litsenziyasini qaytarib olish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimlari bilan birga bir oy muddatda xususiy sarmoya ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan hamda ishlab turgan tijorat banklarining ustav kapitaliga aholi hamda xususiy tadbirkorlarning bo‘sh pul mablag‘larini investitsiyalash jozibadorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek xodimlar bilan ta’minlash, ularni o‘qitish va malakasini oshirish chog‘ida shunday banklarga amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda: ikki oy muddat ichida tijorat banklari oldidagi qarzdorlikni restrukturizatsiyalash dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin, bunda Hukumat qarorlariga binoan kechiktirilgan kreditlarni belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lash mexanizmini ko‘zda tutsin. 8. O‘zbekiston banklari uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin: tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda banklarning mijozlarini va ehtimol tutilgan sarmoyadorlarni o‘zlarining erkin pul mablag‘larini banklar tomonidan chiqariladigan aksiyalarga maqbul tarzda joylashtirishlari uchun keng axborot bilan ta’minlash borasidagi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish; 1998-yilning 1-dekabriga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda banklarning moliyaviy holatini mustaqil reyting kompaniyalari baholarining natijalari bilan ommaviy axborot vositalarida muntazam suratda yoritib borish choralarini ko‘rish; 1998-yilning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bank omonatlarini notijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish. 9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar o‘zlarining me’yoriy hujjatlarini ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirsinlar. 10. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
88
5,196
Qonunchilik
Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatishni (Pekin, 1999-yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida
Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatish (Pekin, 1999-yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilinsin.
141
130
Qonunchilik
Qashqadaryo viloyatida har yili «Oʻzbekiston otlari» nomli koʻrgazma tashkil qilinadi
Prezidentning 5.08.2021 yildagi «Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5212-son qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalari tashkil qilinadi. Chavandozlar maktablari ot sportiga iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida tashkil qilinadi hamda Milliy gvardiya tizimiga kiradi. Ular oʻz faoliyatini Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 23.09.2010 yildagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq amalga oshiradigan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ot sporti (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-koʻpkariga iхtisoslashtiriladi. Chavandozlar maktablari oʻz faoliyatini 2022 yil 1 martdan boshlaydi. Shuningdek davlat buyurtmasiga asosan ular tomonidan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Quyidagilar Chavandozlar maktablarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi: Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalari DXSh asosida tashkil qilinadi. Bunda bitta tuman (shahar)da bir nechta seksiyalarni tashkil qilishga ruхsat beriladi. 2022 yil 1 martdan boshlab Chavandozlar maktablari faoliyati samaradorligi boʻyicha reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab rahbariyat, yoʻriqchi-uslubchilar, trenerlar va boshqa хodimlar har yili BHMning 10 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Chavandozlar maktablari tuzilmasida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan, oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ippoterapiya markazlari tashkil qilinadi. Ularning asosiy vazifalari nevrologik, ruhiy va boshqa kasalliklarni davolash, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni (shu jumladan, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalarni) ippoterapiya uslubi yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishdan iborat boʻladi. 2021 yildan boshlab har yili sentyabr oyida Qashqadaryo viloyatida «Oʻzbekiston otlari» nomli koʻrgazma tashkil qilinadi. 2022 yildan boshlab har yili ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-koʻpkari boʻyicha «Eng yaхshi chavandoz», «Eng yaхshi trener» tanlovlari tashkil etiladi. Mazkur tanlovlar gʻoliblari va sovrindorlari BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) seksiyalari ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqalar, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar, vitaminlar, uskunalar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatga muvofiq bojхona bojidan ozod etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
85
3,118
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xaqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etish, shuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollashtirish, xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishish, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni ta’minlash, olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari institutini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda zarur tashkiliy ishlarni o‘tkazsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov asosida saralanishi va tasdiqlanishini amalga oshirsin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralashni o‘tkazish muddatlari va sanasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, lekin ko‘pi bilan ikki yilda bir marotaba belgilanadi. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash (bundan buyon — tanlov) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tasdiqlash tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadilar. 4. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga tanlov o‘tkazish uchun o‘rinlar birinchi navbatda respublika uchun yangi va istiqbolli, xalqaro darajada tan olingan ilmiy maktablari shakllantirilgan ilmiy yo‘nalishlarga ajratiladi. 5. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha shakllantirilgan kvotalar miqdori Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 1-noyabrgacha belgilanadi. 6. Tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida va Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida kvotalar tasdiqlangandan so‘ng uch kun muddatda joylashtiriladi. E’londa tanlov o‘tkazish muddatlari va joyi, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha kvotalar miqdori, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, hujjatlar ro‘yxati va ular nomzodini ko‘rsatish uchun zarur boshqa shartlar ko‘rsatiladi. 7. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni ilgari surish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ga ularning ilmiy mutaxassisliklariga tegishli ixtisosliklar bo‘yicha, shuningdek, ilmiy- tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-texnik kengashlariga beriladi. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar tegishli fan sohasining faqat bitta ilmiy ixtisosligi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin. 8. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq nomzodi ko‘rsatilgan, respublikaning ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul olimlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar. Bunda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatish jarayonida va tanlovning barcha bosqichlarida ularning so‘nggi besh yil mobaynidagi ilmiy faoliyati samaradorligi va natijadorligiga alohida e’tibor qaratiladi. 9. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va kamida so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasida doimiy ishlagan bo‘lishi; fan doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi; ilm-fanning muayyan sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsan o‘zi yoki ilmiy va ilmiy-texnik muammolar bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlashda faol ishtirok etish asosida erishgan shaxsiy yutuqlari hamda salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim bo‘lishi; o‘z yo‘nalishida yangi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari yoki mavjud ilmiy maktabning rivojida bevosita ishtirok etgan bo‘lishi va bu uning fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari hamda kamida ikki fan doktori (tibbiyot fanlari uchun — kamida uch fan doktori) tayyorlashi bilan tasdiqlangan bo‘lishi; joriy etilgan ishlanmalarga egaligi yoki u rahbarlik qilayotgan xodimlar jamoasi erishgan fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishida hamda amaliyotda foydalanilishida bevosita ishtirok etgan bo‘lishi; fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy rahbari ekanligi yoki so‘nggi yillarda shu yo‘nalishdagi ilmiy loyihalarga rahbarlikni amalga oshirgan bo‘lishi; xalqaro ilmiy hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalarda ilmiy rahbar bo‘lishi yoki ularning bajarilishida ishtirok etishi. 10. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zoligiga nomzod Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi tomonidan xorijiy fuqarolar orasidan saralab olinadi va qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi. 11. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni dastlabki saralash ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlar yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Vakolatga ega kvorum — tegishli kengash ro‘yxatga kirgan a’zolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud bo‘lganda ovoz berishda ishtirok etgan ilmiy yoki ilmiy-texnik kengash a’zolari kamida uchdan ikki qismining ovozini to‘plagan talabgorlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar. 12. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berilgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun mobaynida Fanlar akademiyasiga Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini tavsiflovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etadilar. Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatish jarayonining xolisligi va taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgardirlar. 13. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod ko‘rsatish uchun taqdimnomaga quyidagilar (2 nusxada) ilova qilinadi: ilmiy tashkilotning nomzodning tanlov talablariga to‘liq javob berishi haqidagi asoslangan xulosasi va tanlov mezonlarining qog‘oz va elektron shaklda to‘ldirilgan va tasdiqlangan shakli; Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning tarjimai holi; xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, surati bilan; ish joyidan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning kamida so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat; fan doktori diplomi va professor attestati nusxalari; ilmiy ishlar ro‘yxati (konferensiya tezislari bu hisobga kirmaydi) va nolga teng bo‘lmagan impakt-faktorli (“Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazasiga muvofiq) xorijiy nashrlardagi maqolalarning nusxasi; xorijiy patentlarning nusxalari (agar mavjud bo‘lsa); Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan nomzodlari va falsafa doktorlari ro‘yxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda); Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan doktorlari ro‘yxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda); mazkur Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qo‘shilgan hissa, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, shuningdek, uning ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillaridagi qisqacha ma’lumotnoma (ko‘pi bilan 1 bet, satr balandligi 12 pt, Times New Roman shriftida); 14. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tegishli ilmiy yo‘nalishlar (fan sohalari) bo‘yicha tanlov komissiyalarini (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolari, akademiklar va respublikaning tegishli ilmiy yo‘nalish bo‘yicha fan doktori darajasiga ega yetakchi olimlari hisobidan har birining tarkibi 9 a’zodan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning taqdim etilgan hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, mavjud axborotni tahlil qilish va tanlov komissiyalarida ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan tanlov komissiyalari huzurida tegishli yo‘nalish bo‘yicha fan doktorlari hisobidan har biri kamida uch a’zodan iborat ekspert guruhlari tuziladi. 15. Tanlov quyidagi uch bosqichdan iborat bo‘ladi: tanlovning birinchi bosqichida — tanlov komissiyasining ekspert guruhi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod haqida kelib tushgan hujjatlarni tanlov talablari va mezonlari, shuningdek, tegishli ixtisoslikka mosligi yuzasidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi va ekspertizadan o‘tkazadi; tanlovning ikkinchi bosqichida — har bir Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tegishli tanlov komissiyasi yig‘ilishida ilmiy ma’ruza qiladi va tanlov komissiyasi talabgorning ilmiy-tashkiliy faoliyati va ma’ruzasidan kelib chiqqan holda unga ball qo‘yish orqali baho beradi; tanlovning uchinchi bosqichida — Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni saralash Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlariga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizomning 9-bandiga binoan ularning tanlov komissiyasi yig‘ilishida qilgan, ularning asosiy ilmiy yutuqlarini, ilmiy-tashkiliy faoliyatini aks ettiruvchi hamda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning shaxsiy hissasini tasdiqlovchi ilmiy ma’ruzasini hisobga olgan holda tanlov komissiyalari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fanning tegishli sohasi bo‘yicha eng ko‘p ball olgan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar kvotaga muvofiq ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladilar. Tanlov komissiyasi a’zolari taklif etilgan barcha nomzodlar uchun ketma-ket ovoz beradilar. Tanlov tartib-tamoyili ochiq ovoz berishni nazarda tutadi. Vakolatga ega kvorum — tanlov komissiyasi ro‘yxatga kirgan a’zolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud bo‘lganda ovoz berishda ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘proq ovozini to‘plagan nomzodlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralangan deb hisoblanadilar. Agar tegishli fan sohasi ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning birortasi ham tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra bundan buyon o‘tish va tasdiqlanish uchun zarur miqdordagi ovozni ololmasa, u holda ularga ajratilgan o‘rin Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga navbatdagi tanlov o‘tkazilgungacha bo‘sh qoldiriladi. 16. Tanlov komissiyalari Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralanganlar ro‘yxatini Fanlar akademiyasi Prezidiumiga tasdiqlash uchun taqdim etadilar. Ayrim hollarda Fanlar akademiyasi Prezidiumi, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun belgilangan kvotadan chetga chiqib, respublika ilmiy-texnologik va fan-ta’lim salohiyatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlaridan kelib chiqqan holda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralanganlar ro‘yxatiga kiritish uchun qo‘shimcha nomzodlarni tavsiya qilish huquqiga ega. 17. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan saralashni inobatga olgan holda tavsiya etilgan ro‘yxati Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi. 18. Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari (akademiklari) ro‘yxati ommaviy axborot vositalari va Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 19. Fanlar akademiyasi Prezidiumi mazkur Nizomga muvofiq Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga barcha nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir. 20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
163
13,909
Qonunchilik
“QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA DEPOZITARIYLAR FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
125
526
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘quv yurtlari tizimini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari va bo‘linmalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oliy va o‘rta maxsus militsiya maktablari negizida ichki ishlar organlari mutaxassislarini tayyorlash va boshliqlar tarkibi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasini tashkil etish birlashtirilayotgan o‘quv yurtlari doimiy va o‘zgaruvchan tarkibining mavjud umumiy soni doirasida amalga oshirilsin. 2. Akademiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: ichki ishlar organlarining oliy boshliqlar tarkibini tayyorlash; tanlov asosida ikki bosqichda ichki ishlar organlarining oliy va o‘rta yuridik ma’lumotli boshliqlar tarkibini tayyorlash; huquq-tartibotni muhofaza qilish muammolarini tadqiq etish; ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi Ustavini va tuzilmasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
91
1,377
Qonunchilik
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-iyundan kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma deb yuritiladi) tuzish, topshirish va davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Integral mikrosxemalar topologiyalarining (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazilishi, ilgari tijorat maqsadlarida qo‘llanilmagan topologiyani huquqiy muhofaza qilishning asosiy sharti hisoblanadi. Agar topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan holatlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 8-moddasiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatdan kechiktirilmay topshirilishi lozim. 2. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma bitta topologiyaga oid bo‘lishi lozim. Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid va xuddi shuningdek, uning asosida amalga oshirilgan buyurtma integral mikrosxemalar topologiyasiga oid materiallardan iborat bo‘lishi mumkin. 3. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma muallif (mualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli shaxs orqali Vazirlikka topshiriladi. 4. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi: a) topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi); b) topologiyani identifikatsiyalovchi deponentlanadigan materiallar, shu jumladan referat; v) patent boji to‘lashdan ozod qilish va uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek chet el yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun belgilangan miqdorda davlat (patent) boji to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati; Bunda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan davlat (patent) boji to‘langanligini qo‘shimcha hujjat talab qilmasdan Vazirlik tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi. Belgilangan miqdordagi davlat (patent) boji to‘lanmagan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi; g) ishonchli shaxs orqali talabnoma topshirilgan hollarda talabnomada qo‘shimcha ravishda ishonchli shaxs vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma mavjud bo‘lishi lozim; d) Vazirlikka topshirishdan oldin ilgari tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyaga doir ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomada qo‘shimcha ravishda mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim. 5. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlari ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. 6. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlari A4 (210 x 297 mm) formatdagi pishiq, oq, tekis, shaffof bo‘lmagan, yarqiramaydigan qog‘ozda bajarilishi va har bir hujjat alohida varaqdan boshlanishi lozim. 7. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlari varaqlaridagi hoshiyalar o‘lchami quyidagidan kam bo‘lmasligi lozim: chapdan — 20 mm; yuqoridan — 15 mm; o‘ngdan va pastdan — 10 mm. 8. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlarining har birida ikkinchi va undan keyingi barcha varaqlar arab sonlari bilan raqamlanishi lozim. 9. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlari qora rangli shriftda bosilishi lozim. 10. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlari, qoida tariqasida, o‘zbek yoki rus tilida taqdim etilishi lozim. Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, u holda uning tarjimon tomonidan bajarilgan va tasdiqlangan o‘zbek yoki rus tilidagi to‘liq tarjimasi ilova qilinishi lozim. 11. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlarining matni to‘liq va aniq bo‘lishi, bir-biridan farqlanmasligi lozim. 12. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlaridagi imzolar imzo qo‘yuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim. Yuridik shaxs nomidan qo‘yilgan imzoda uning rahbari lavozimi ko‘rsatiladi. 13. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatidagi familiya, ism va otasining ismi bosh kelishikda ko‘rsatiladi. 14. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomada yuridik shaxsning to‘liq rasmiy nomi keltiriladi. 15. Ariza mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq TO-1 shaklda taqdim etiladi. 16. Agar ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liq joylashtirishning iloji bo‘lmasa, u holda ular arizaning tegishli grafasida: “davomini qo‘shimcha varaqda qarang” deb ko‘rsatilgan holda, xuddi o‘sha shaklda qo‘shimcha varaqda keltiriladi. 17. Arizaning “ariza” so‘zi tepasidagi 21 va 22-grafalari ariza Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo‘ljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi. 18. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan 71-kod ostidagi “talabnoma beruvchi(lar)” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi: yuridik shaxsning rasmiy nomi (ta’sis hujjatiga muvofiq) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa). Shuningdek, ushbu grafada talabnoma beruvchilarning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va to‘liq pochta manzili haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Topologiya mualliflari bo‘lgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi haqidagi ma’lumotlar bu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning ikkinchi varag‘idagi 97-kod ostidagi grafada bayon etiladi. 19. 71-kod ostidagi “talabnoma beruvchi(lar)” grafasida, “nomiga” degan so‘zlardan keyin nomiga guvohnoma berilishi so‘ralayotgan shaxs (shaxslar) to‘g‘risida mazkur Qoidalarning 18-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar keltiriladi. 20. Nomiga guvohnoma so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun KTUT kodi (agar u belgilangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Agar KTUT kodi o‘rnatilmagan bo‘lsa, tegishli o‘rinda “belgilanmagan” deb ko‘rsatiladi. 21. Nomiga guvohnoma so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik shaxslari yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (bundan buyon matnda BIMT deb yuritiladi) ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u belgilangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 22. Agar nomiga guvohnoma so‘ralayotgan shaxslar va (yoki) talabnoma beruvchilar bir nechta bo‘lsa, ko‘rsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun keltiriladi. 23. Agar talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) nomiga guvohnoma so‘ralayotgan bo‘lsa, u holda nomiga guvohnoma so‘ralayotgan shaxs (shaxslar) haqidagi ma’lumotlar o‘rniga, “nomiga” degan so‘zlardan keyin “talabnoma beruvchi” (“talabnoma beruvchilar”) degan so‘zlar keltiriladi. 24. 54-kod ostidagi grafada topologiyaning nomi keltiriladi. 25. “Muqobil nomi” grafasida topologiyaning muqobil nomi (agar u mavjud bo‘lsa) keltiriladi. 26. “Topologiyaning eng yaqin analogi haqida ma’lumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik ma’lumotlar ro‘yxati keltiriladi. 27. “Topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi” grafasida hujjatlashtirilgan holda qayd etilgan topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi ko‘rsatiladi. 28. “Mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanadagi huquq egasi haqida ma’lumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanadagi huquq egasining nomi (ismi), joylashgan manzili (turar joyi), fuqaroligi ko‘rsatiladi. 29. “Mazkur topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofazaga olingan topologiyalar haqida ma’lumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofazaga olingan topologiyalar haqidagi zaruriy bibliografik ma’lumotlar keltiriladi. 30. 98-kod ostidagi “Yozishma uchun manzil” grafasida pochta orqali tez yetkazib berish bo‘yicha odatdagi talablarni qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi va telefon, teleks, faks raqamlari (agar ular mavjud bo‘lsa) keltiriladi. 31. Arizaning ikkinchi varag‘idagi “Ilova qilinadigan hujjatlar va materiallar ro‘yxati” grafasi ilova qilinadigan hujjatlar nusxalari va har bir nusxasidagi varaqlar soni ko‘rsatilgan holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qo‘yib chiqish orqali to‘ldiriladi. 32. “Talabnoma topshirish va muhofaza hujjatini olish huquqi yuzaga kelishi uchun asos” grafasida talabnoma topshirish va guvohnoma olish uchun tegishli asos (asoslar) “X” belgisini qo‘yish bilan belgilanadi. Ko‘rsatilgan grafa guvohnoma talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) nomiga so‘ralgan holatlarda to‘ldiriladi, talabnoma beruvchilar tarkibi mualliflar tarkibi bilan bir xil bo‘lgan holatlar bundan mustasno. 33. 72 “Muallif(lar)” va 97-kodlar ostidagi “Turar joyining to‘liq manzili” grafalarda topologiya muallifi (mualliflari) haqidagi ma’lumotlar familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa), shuningdek mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo‘yicha kodini o‘z ichiga olgan to‘liq turar joyi manzili keltiriladi. 34. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning deponentlanadigan materiallarga mos kelishi talabnoma beruvchilar va mualliflarning imzosi bilan tasdiqlanadi. 35. Arizaning oxirgi “Imzo” grafasini, imzo qo‘yish sanasini ko‘rsatgan holda to‘ldirish barcha hollarda majburiydir. Ariza talabnoma beruvchi, shuningdek nomiga guvohnoma berilishi so‘ralayotgan shaxs tomonidan (agar u talabnoma beruvchi bo‘lmasa) imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. 36. Talabnoma ishonchli shaxs orqali topshirilganda, ariza ushbu ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi. 37. Ariza grafalaridagi imzolar imzo qo‘yuvchi familiyasi, ismi va otasi ismining (agar u mavjud bo‘lsa) bosh harflari ko‘rsatilgan holda ochib beriladi. 38. Imzo qo‘yishni talab qiladigan ma’lumotlar qo‘shimcha varaqda keltirilgan hollarda, u ham shunday tartibda imzolanadi. Talabnoma beruvchi yoki ishonchli shaxsning imzosi har bir qo‘shimcha varaqda keltirilishi majburiydir. 39. Ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan topologiya, shu jumladan referat identifikatsiyasini ta’minlovchi materiallar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Muassasa) tomonidan deponentlanadi. 40. Deponentlanadigan talabnoma materiallari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: a) topologiyaning har bir qatlamini aks ettiradigan vizual qabul qilinadigan materiallarning quyida keltirilgan turlaridan birining to‘liq to‘plami, bitta nusxada: fotoshablonlar; topologiyaga oid yig‘ma chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar; integral mikrosxemada belgilangan topologiyaning har bir qatlami fotosurati; b) rasmiy axborotnomada e’lon qilish uchun mo‘ljallangan quyidagi ma’lumotlar kiritilgan referat, ikkita nusxada: integral mikrosxema topologiyasining nomi; talabnoma beruvchining nomi; topologiyasi uchun muhofaza so‘ralgan integral mikrosxemaning foydalanish sohasi, qo‘llanilishi yoki vazifasi; topologiyasi uchun muhofaza so‘ralgan integral mikrosxemani tayyorlashda qo‘llaniladigan texnologiya turi. Referat matnining o‘rtacha hajmi — 700 bosma belgidan iborat. 41. Talabnoma topshirilayotgan sanadan oldin tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishda talabnomaning deponentlanadigan materiallari qo‘shimcha ravishda mazkur topologiyani, undan tijorat maqsadlarida foydalanilgan paytdagi shaklini o‘z ichiga olgan to‘rtta integral mikrosxema namunasiga ega bo‘lishi, referat esa — qo‘shimcha ravishda topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana haqida ma’lumotlarga va integral mikrosxema namunasining asosiy texnik tavsifiga ega bo‘lishi lozim. 42. Vizual qabul qilinadigan materiallardagi tasvirlar masshtabi 20:1 dan kam bo‘lmasligi lozim. 43. Topologik chizmalarning grafik tasvirlari tekis oq qog‘ozda bajariladi. Varaqlar formati taxlangan holda 210 x 297 mm bo‘lishi lozim. Grafik tasvirlar bajarilgan varaq hoshiyalarining minimal o‘lchami quyidagicha: yuqoridan va chapdan — 20 mm; o‘ngdan — 15 mm; pastdan — 10 mm. 44. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq-ravshan bo‘lishi lozim. 45. Chizmalar va fotosuratlarning barcha nusxalarida tasvirlarning masshtabi ko‘rsatilishi lozim. 46. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tarkibiga kirgan integral mikrosxema namunalari zarurat tug‘ilganda ulardan topologiya har bir qatlamining vizual qabul qilinadigan tasvirini olish imkoniyati bilan bajariladi. 47. Agar topologiya qatlamlaridan birortasida maxfiy ma’lumotlar (masalan, “nou-xau”ga oid) bo‘lsa, vizual qabul qilinadigan materiallarda ushbu qatlamning tegishli qismi (yoki butun qatlam) chiqarib olinishi va kodlangan shakldagi topologiyani identifikatsiya qiluvchi deponentlanadigan materiallar tarkibiga kiritilishi mumkin. 48. Talabnomaga davlat (patent) bojini to‘lashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek chet el yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan miqdorda davlat (patent) boji to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati, tegishli iltimosnoma bilan birga ilova qilinadi. 49. Davlat (patent) boji belgilangan miqdordan kam to‘langanda, boj miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat va tegishli iltimosnoma taqdim etiladi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan davlat (patent) boji to‘langanligini qo‘shimcha hujjat talab qilmasdan vazirlik tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi. Belgilangan miqdordagi davlat (patent) boji to‘lanmagan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi. 50. Ishonchli shaxs orqali topshirilgan talabnomaga ishonchli shaxsga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoxud ishonchnoma nusxasi talabnoma bilan bir vaqtda ilova sifatida taqdim etiladi. 51. Ishonchnomada ishonchli shaxsning vakolatlari hajmi belgilangan va ishonchnoma berilgan sana ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim, aks holda u haqiqiy hisoblanmaydi. Ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. 52. Ishonchnomaning amal qilish muddati uch yildan ortiq bo‘lmasligi lozim. Agar amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ishonchnoma berilgan sanadan e’tiboran bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi. 53. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnoma uni bergan mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tuziladi. 54. Talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta xizmati orqali jo‘natiladi. 55. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma beruvchilardan birining muhofaza hujjatini berish bo‘yicha tadbirlarda qatnashishni rad etishi qolgan talabnoma beruvchi yoki talabnoma beruvchilarning muhofaza hujjatini olish uchun kerakli xatti-harakatlarni amalga oshirishiga to‘siq bo‘lmaydi. 56. Talabnoma bevosita talabnoma topshiruvchi tomonidan yoxud ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. 57. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar ilgari topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan bo‘lsa, talabnoma Vazirlikka topologiya birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatdan kechiktirilmay topshirilishi lozim. 58. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomada kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi Muassasa tomonidan talabnoma materiallari taqdim etilgan sanadan e’tiboran ikki oy muddatda ko‘rib chiqiladi. 59. Talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazishda quyidagilar tekshiriladi: a) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomada bo‘lishi lozim bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi; b) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma hujjatlarining belgilangan talablarga muvofiq tarzda to‘g‘ri rasmiylashtirilgani. 60. Mazkur Qoidalarining 59-bandida keltirib o‘tilgan talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, Muassasa talabnoma beruvchiga talabnoma ro‘yxatga olish uchun qabul qilingani to‘g‘risida e’lon qilish va guvohnoma berish uchun bojni to‘lash muddati ko‘rsatilgan yoki sabablari ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida bildirishnoma, yoxud talabnoma hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan so‘rovnomani jo‘natadi. 61. Talabnoma beruvchi tomonidan Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismida belgilangan talablarga rioya etilmaganda, ya’ni topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirilgunga qadar belgilangan ikki yillik muddatga talabnoma beruvchi amal qilmaganda Muassasa talabnomani ro‘yxatga olishni rad etish huquqiga ega. Bunda talabnoma materiallari talabnoma beruvchiga qaytarilmaydi. 62. Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma davlat ekspertizasi jarayonida uning hujjatlariga qo‘yilgan talablarga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklar ko‘rsatilib so‘rovnoma jo‘natiladi va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinadi. 63. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 64. Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchi talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. 65. Agar talabnoma barcha kerakli hujjatlarni o‘z ichiga olgan, ularni tuzishda mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilgan bo‘lsa va talabnomada ko‘rsatilgan taklif Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga zid bo‘lmasa, u holda Muassasa topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqida talabnoma beruvchini xabardor qiladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 19-avgustdagi 42-son “Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1168, 2002-yil 27-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 15-16-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 36-son “Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1168-1, 2011-yil 30-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 419-modda).
95
20,160
Qonunchilik
Barterga taqiq qachon bekor qilinadi
Barter operatsiyalaridan butun dunyoda keng foydalaniladi. Biroq Oʻzbekistonda barter: -1996 yildan boshlab mamlakat doirasida taqiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 9.08.1996 yildagi "Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-1504-son Farmonining 4-bandi); -eksport va import qilishga ruхsat etilgan, yuqori likvidli tovarlar bundan mustasno (13.08.1996 yildagi "Barter asosidagi eksport-import operatsiyalarini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 280-son VMQning 1-bandi).                          Barter nima degani va nima uchun regulyatorlar undan shunchalik qoʻrqishadi? Barter – bu ayirboshlash shartnomasi boʻlib, unda shartnoma ob’yektlariga boʻlgan mulk huquqi puldan foydalanilmagan holda uning taraflari oʻrtasida topshiriladi. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yoʻli bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi. Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi, basharti bu ayirboshlash mohiyatiga zid kelmasa (FK 497-moddasi. Nima uchun barter bitimlari 23 yil oldin taqiqlangan? Barterda ham afzalliklar, ham kamchiliklar mavjud. Afzalliklar orasida: Kamchiliklaridan: Soliqlar boʻyicha hisoblab yozishlardan qochish uchun tadbirkorlar barter bitimlarini hisobda aks ettirmasliklari хavf-хatari mavjud. Tegishincha, soliq organlari bunday bitimlarni “sinchkovlik bilan” tekshirishlari kerak. Barter kamchiliklarining afzalliklaridan koʻpligi, shuningdek respublika iqtisodiyotidagi umumiy vaziyat 1996 yilda barterni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishga olib keldi. Toʻlovlar toʻlanmasligi inqirozi, debitor va kreditor qarzdorlikning oʻsishi, valyuta tushumlarining kamayishi  - bularning hammasi mablagʻlarning yetishmasligi va byudjetga   soliqlarning tushmasligiga olib keldi.  Barter mamlakatni aylanma mablagʻlar yetishmovchiligi qamrab olganda sun’iy pul boʻldi. Bu – ob’yektiv omillar. Biroq sub’yektiv omillar ham boʻlgan. Daromadlar va хarajatlarni hisobga olish tizimi u paytda aniq tavsifga ega emas edi: ham  kassa usuli, ham hisoblab yozish usuli amal qilgan.  Aynan daromadlar va хarajatlarni hisoblab chiqarishning kassa usuli oʻsha inqiroz sharoitlarida sub’yektlarni barter bitimlaridan foydalanishga qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirgan boʻlishi mumkin. 1998 yil 1 yanvardan boshlab Soliq kodeksini amalga kiritish bilan  daromadlar va хarajatlarni hisoblab yozishning yagona tizimi – hisoblab yozish usuli belgilandi. Daromadlar hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun ular boʻyicha chegirmalar toʻlov toʻlangan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli boʻlgan hisobot davrida aks ettiriladi. Shu tariqa, barter bitimlarida soliqlarni hisoblab yozish bilan muammolar 1998 yilda bartaraf etilgan. Pul hisob-kitoblarida barqarorlikka erishilishi bilan barter operatsiyalariga taqiqni olib tashlanishini prognoz qilish mumkin boʻldi. Biroq, koʻrib turganimizdek, ahvol boyagidek. Muammo nimada –  amaldorlar oʻzlarini ehtiyot qilishyaptimi yoхud ular shunchaki bunday taqiq borligini unutib yuborishdimi, aytish qiyin. MDH makonida barter yuritish shartlarini oʻrganish ba’zi mamlakatlarda bizdagi kabi u taqiqlanganligini (Belorussiya), boshqalarida – barter operatsiyalari boʻyicha qoʻshimcha nazorat tashkil etilganligini (Rossiya Federatsiyasi) koʻrsatdi. Asosiy muammolar quyidagilarda barter bitimlarini qoʻllash tajribasidan yuzaga keladi: Oʻzbekiston barterni bekor qilishga tayyormi? Bizda respublikada koʻrsatilgan muammolarni oldini olishga imkon beradigan samarali normativ baza mavjudmi, shuni tushunishga harakat qilamiz. Joʻnatish faktini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuklab joʻnatilgan tovarlar (хizmatlar)ning qiymatidan kelib chiqib belgilanadigan realizatsiya qilishdan olinadigan tushum tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisoblanadi (SK 130-moddasi). Soliq solinadigan baza (mazkur holatda – foyda soligʻi) jami daromad bilan chegirib tashlanadigan хarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida belgilanadi (SK 128-moddasi). Moddiy хarajatlarga kiritiladigan tovar-moddiy zaхiralarning qiymati buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi (SK 142-moddasi). Barter operatsiyalariga bogʻlash uchun Soliq kodeksida bori shu. Ya’ni Soliq kodeksida barter operatsiyalariga qanday va qay tarzda soliq solish va nazorat qilish haqida hech narsa yoʻq. Bunda tovarlarning hisobi va baholash boʻyicha masalalar, koʻrib turganimizdek,  buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunosti hujjatlariga havola qilinadi: 1) хuddi shunday tovar-moddiy zaхiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi berilgan tovar-moddiy zaхiralarning balans qiymatiga teng. Xuddi shunday boʻlmagan tovar-moddiy zaхiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi berilgan tovar-moddiy zaхiralarning joriy qiymatiga teng (4-son BHMSning 20-bandi, roʻyхat raqami 1595, 17.07.2006 y); 2) tovar-moddiy zaхiralar birligining joriy qiymatini hujjatli tasdiqlash uchun tashkilotning iхtiyoriga koʻra quyidagilardan foydalanish mumkin: 3) tovar ayirboshlash operatsiyalari nafaqat ishlab chiqarilayotgan tovarlarni, balki mavjud asosiy vositalarni ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Asosiy vositalar ularni balans qiymati boʻyicha asosiy vositalarga ayirboshlashga berayotgan tashkilotning balansidan hisobdan chiqariladi. Ayirboshlashga olingan asosiy vositalar ob’yektining dastlabki qiymati berilgan asosiy vositalar ob’yektining qoldiq qiymatiga teng summada aks ettiriladi (Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizomning 29, 30-bandlari, roʻyхat raqami 1401, 29.08.2004 y). Shu tariqa, bizda barter operatsiyalarida tovarlar hisobi va ularni baholash boʻyicha muayyan normativ baza mavjud. Bizda barter operatsiyalariga soliq solish va ular ustidan nazorat qilish uchun normativ baza mavjud emas. Tegishincha, ularga qoʻyilgan taqiq bekor qilinsa, darhol soliq solish boʻyicha savollar yuzaga keladi: Barter bitimlarida tovar (хizmat)ning bozor narхini aniqlash boʻyicha ham savollar tugʻiladi. Respublikada TMQ (ishlar, хizmatlar)  ayrim turlarining bozor narхlari toʻgʻrisidagi rasmiy muntazam yangilanib boradigan ma’lumotlar mavjud emas. Bu soliq toʻlovchilar bilan soliq organlari munosabatlarida muammolarga olib keladi. Xulosa qilamiz. Tadbirkorlar uchun yuqori darajada shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar sharoitlarida barcha sun’iy toʻsiqlarni olib tashlash, shu jumladan – barter operatsiyalariga taqiqni bekor qilish maqsadga muvofiq boʻlar edi.  Biroq bunga tayyorlanish kerak: barter bitimlarini monitoring va nazorat qilish uchun normativ bazani barpo etish lozim. Barterga taqiqni olib tashlash uchun nimalarni amalga oshirish taklif qilinadi? Quyidagilarni taklif qilamiz, хususan: Jorilla Abdullayev, "Norma" yetakchi eksperti.
36
7,029
Qonunchilik
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2006-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2006-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
123
225
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2010 — 2014-yillardagi fao
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 3-iyuldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 842-I/513-I-sonli Qo‘shma Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) 2010 — 2014-yillarda bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi axborotini eshitdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlat va jamiyat rivojlanishining muhim prinsipini — “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” strategiyasini ro‘yobga chiqarish borasida o‘z ko‘lamiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo, eng yuksak demokratik talablarga javob beradigan, bugungi kunda o‘zida 250 dan ortiq qonun hujjatlarini mujassam etgan, fuqarolik jamiyati turli institutlarining erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or qonunchilik bazasi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” nomli ma’ruzasidagi qoidalar nodavlat notijorat tashkilotlarini, mustaqil ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini izchil rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu ma’ruzada bayon etilgan qonun ijodkorligi tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish doirasida so‘nggi 5 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi eng muhim qonunlari qabul qilindi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yuksak demokratik standartlariga mos keladigan noyob tizim yuzaga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida tashkil etilgan Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi), shuningdek ushbu fondning Vasiylik kengashi vakolatlarini bajaruvchi Parlament komissiyasi mazkur tizimining markaziy tashkiliy institutlaridir. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag‘lar hajmlarini belgilash, ushbu mablag‘larni taqsimlash, ulardan foydalanilishini monitoring qilish bilan bog‘liq masalalar ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufidan Parlament komissiyasi orqali mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi tasarrufiga o‘tkazildi. Jamoat fondining moliyaviy mablag‘larini taqsimlash mexanizmlarining demokratiyaviyligi va mustaqilligini ta’minlash maqsadida Parlament komissiyasi tarkibiga Oliy Majlis deputatlari va senatorlari bilan bir qatorda adliya va moliya vazirliklarining mas’ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari kiritildi. Hisobot davrida Parlament komissiyasining 53 ta yig‘ilishi o‘tkazildi, ularda nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga doir 200 dan ortiq dolzarb masala ko‘rib chiqilib, ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra 274 ta qaror qabul qilindi. Parlament komissiyasining ishi fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larning yanada aniq yo‘naltirilgan bo‘lishini va teng taqsimlanishini ta’minlash imkoniyatini beribgina qolmay, balki fuqarolik jamiyati institutlarining son va sifat jihatidan o‘sishini sezilarli darajada yuksaltirgan holda uning faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy bazasi takomillashtirilishiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 8,2 mingtadan, ommaviy axborot vositalarining soni 1,4 mingtadan oshib ketdi. Parlament komissiyasi tomonidan 2010 — 2014-yillar davomida oshkoralik, ochiqlik, qulaylik va xolislik prinsiplariga rioya qilish, aniq belgilangan tanlov tartib-taomillari asosida 30,7 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy mablag‘lar ajratilib, ular davlat ijtimoiy buyurtmalari, grantlari va subsidiyalari shaklida 1100 dan ortiq loyihani, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari devonlarining, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ustav faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’minoti uchun taqsimlandi. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning umumiy hajmida tanlovlar asosida ajratiladigan davlat grantlari mablag‘larining ulushi davlat subsidiyalarining umumiy hajmiga nisbatan ortdi, bu esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tuzilmasidagi sifat o‘zgarishi bo‘ldi. Agar 2009-yilda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy qismi davlat subsidiyasi shaklida yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2014-yilda mablag‘larning 65 foizi yoki 5300,0 mln so‘m grant tanlovlarini o‘tkazishga va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirishga ajratildi. Hisobot davrida 3121 ta nodavlat notijorat tashkiloti, ommaviy axborot vositasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida 29 ta grant tanlovi o‘tkazildi. Ular tomonidan 3762 ta sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar taqdim etildi. Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq umumiy summasi 12 mlrd 935,8 mln so‘mlik 1018 ta grant loyihasi qo‘llab-quvvatlandi. 2010 — 2014-yillarda grant mablag‘larining hajmi 2010-yilga nisbatan 3,5 baravar, qo‘llab-quvvatlangan loyihalar soni 2,3 baravar ortdi. Taqsimlangan mablag‘larning umumiy hajmida davlat grantlarining ulushi 42,1 foizni tashkil etdi. Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida umumiy summasi 5 mlrd 549,1 million so‘mlik 79 ta loyiha moliyalashtirildi, bu esa 2010 — 2014-yillarda ajratilgan mablag‘lar umumiy hajmining 18 foizini tashkil etadi. Davlat subsidiyalari shaklida taqsimlangan mablag‘lar hajmi hisobot davrida 12 mlrd 215,1 mln so‘mni tashkil etdi, bunda o‘sish 1,1 baravarni tashkil etdi. Hisobot davrida 520 dan ortiq turli tadbirlar — xalqaro va respublika anjumanlari, seminarlar va davra suhbatlari, master-klasslar, matbuot anjumanlari hamda on-layn anjumanlar, uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, milliy forumlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 17 mingdan ziyod vakili ishtirok etdi. 2010 — 2014-yillar davomida Parlament komissiyasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida xalqaro va chet el moliyaviy tashkilotlari hamda institutlari bilan aloqalar o‘rnatish yuzasidan doimiy asosda aniq maqsadga qaratilgan faoliyat amalga oshirildi. 2012-yildan buyon 20 ga yaqin turli uchrashuv hamda qo‘shma tadbirlar — konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va ko‘rgazmalar tashkil etildi va o‘tkazildi. Parlament komissiyasi tomonidan xorijiy, xalqaro tashkilotlarning umumiy summasi 18 ming AQSh dollari va 25 ming yevroga teng 70 mln so‘mlik, shuningdek milliy donorlarning 140 mln so‘mlik mablag‘lari jalb etildi. Parlament komissiyasining majlislarida mablag‘lar taqsimlanishiga doir masalalarni va tanlovlar yakunlarini ko‘rib chiqish bilan bir qatorda subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar hamda grantlar shaklida davlatdan ko‘mak oluvchilarning hisobotlari va faoliyati natijalari, shuningdek o‘tkazilgan monitoringlar yakunlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining murojaatlari, ishchi guruh hamda Jamoat fondi a’zolarining, davlat hokimiyati va boshqaruvi tegishli organlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitib borildi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligini, barqarorligini mustahkamlash, ularning mablag‘lardan maqsadli va erkin foydalanishini ta’minlash, dasturlar va loyihalarning ijtimoiy ahamiyatini hamda samaradorligini oshirish maqsadida Parlament komissiyasi va Jamoat fondi amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish, ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholashning tegishli tizimini yo‘lga qo‘ydi. Amalga oshirilayotgan loyihalar monitoringi natijalarining, Parlament komissiyasi va Jamoat fondi amaliy faoliyatining tahlili nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining budjet tashkilotlari bo‘lmagan hamda budjet tomonidan moliyalashtirilmaydigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatidagi faoliyatini tartibga solishning normativ-huquqiy bazasi to‘liq emasligini ko‘rsatdi. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini va nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan ularning faoliyatini tekshirishni amalga oshirish mexanizmlarini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish masalalarini yanada takomillashtirish talab etiladi. Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirishi ham tegishlicha normativ-huquqiy jihatdan ta’minlanishni talab qiladi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirishining qonunchilik bazasini va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirishning barqaror va mustaqil manbalarini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2010 — 2014-yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatining tartibini maqbullashtirish hamda takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqsin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari huzurida jamoat fondlarini tuzish hamda ularning samarali faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilsin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan olinadigan mablag‘lardan foydalanish tartibining huquqiy tartibga solinishini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqsin; Fuqarolik jamiyatining shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy madaniyati, huquqiy bilimlarini hamda huquqiy ongini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin. 3. Ushbu qarorning ijro etilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
250
12,689
Qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning qaroriga ko‘ra lingvistik ekspertizadan o‘tkazilishi mumkinligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning maqsadi va asosiy vazifalari; loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish talabi; loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berish tartibi; loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazuvchi maslahatchi yoxud mutaxassisning huquq va majburiyatlari. 3. Belgilansinki: 2023-yil 1-yanvardan boshlab loyihani ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa asosan vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi; lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiquvchi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (keyingi o‘rinlarda — maslahatchi) tomonidan amalga oshiriladi; loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishlab chiquvchining tashabbusi bilan davlat organlarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ham shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin; lingvistik ekspertizani o‘tkazish xarajatlari budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminarlarni muntazam tashkil etsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi o‘rinda — loyiha) lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: normativ-huquqiy hujjat loyihasi — qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilaydigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan rasmiy hujjat loyihasi; lingvistik ekspertiza — loyiha matnining davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini mutaxassis tomonidan o‘rganilishi; davlat tili qoida va talablari — o‘zbek adabiy tilining imloviy, uslubiy, leksik-grammatik, grafik va punktuatsiya qoidalari, atamalarni to‘g‘ri qo‘llash va matnda mantiqiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik talablari; maslahatchi — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi; mutaxassis — davlat organlarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar. 3. Loyiha matni lingvistik ekspertizaning obyekti hisoblanadi. 4. Loyiha matnining lingvistik ekspertizasi: taqdim etilgan loyiha matnining davlat tili, imlo, uslubiy, grammatik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligini tekshirishga; loyiha matni aniq va tushunarli bayon qilinganligi, so‘z birikmalari to‘g‘ri tanlanganligiga hamda o‘zaro to‘g‘ri bog‘langanligiga baho berishga; loyihada yangi atamalar qo‘llanilganda, ularga mos ta’rif berilishini tekshirish hamda mantiqiy, tahririy xato-kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. 5. Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiqqan tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan o‘tkaziladi. 6. Lingvistik ekspertizani o‘tkazishda ishlab chiquvchining tashabbusi bilan shartnoma asosida mutaxassis ham jalb qilinishi mumkin. Ushbu tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 7. Loyiha matnini davlat tili qoida va talablariga moslash, yangi atamalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda grammatika, imlo, punktuatsiya qoidalariga muvofiq bo‘lishi lingvistik ekspertizaning asosiy maqsadi hisoblanadi. 8. Lingvistik ekspertizaning asosiy vazifalari quyidagilar: loyiha matnining davlat tili qoida va talablariga, jumladan, imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mos bo‘lishini ta’minlash; loyihada soha atamalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, yangi atamalar qo‘llanilganda, ularga mos ta’rif berilishini tekshirish; loyiha matni aniq va tushunarli bayon qilinganligi, so‘z birikmalari to‘g‘ri tanlanganligiga va o‘zaro to‘g‘ri bog‘langanligiga baho berish; loyiha matnidagi tushuncha va atamalarning ma’nosiga muvofiq yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash. 9. Loyiha matni lingvistik ekspertizadan quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi: jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi; imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi; yangi atamalar, shuningdek, soha atamalarining to‘g‘ri qo‘llanganligi; so‘z birikmalarining o‘zaro to‘g‘ri bog‘langanligi; bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi. 10. Loyihada, shuningdek, unga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarda quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: og‘zaki nutq shakllari; davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tillari atamalari; eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar; abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari mustasno). 11. Lingvistik ekspertiza ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa asosan vazirlik va idoralar bilan kelishishdan oldin o‘tkaziladi. Davlat tili va uni rivojlantirishga oid qonunchilik hujjatlarining loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkazilishi shart. 12. Loyihaning lingvistik ekspertizasi ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi. 13. Loyiha tashkilot rahbarining ko‘rsatmasida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, maslahatchiga kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kunida lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi. 14. Mutaxassis tomonidan loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish muddati u bilan tuzilgan shartnomada ko‘pi bilan besh ish kuni etib belgilanadi. 15. Loyihaning lingvistik ekspertiza natijasi to‘g‘risida ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda ko‘rsatilgan namunaga muvofiq xulosa beriladi. Xulosada loyiha matnida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli tuzatishlar kiritish, matnni qisqartirish, qayta ishlash bo‘yicha aniq tavsiyalar ko‘rsatiladi. Ushbu tavsiyalar jadval shaklida bayon qilinib, unda loyiha matnining dastlabki tahriri hamda ekspertiza natijasida tavsiya etilayotgan tahrir aks ettiriladi. 16. Loyiha lingvistik ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin xulosa maslahatchi yoxud mutaxassis tomonidan imzolanadi. Lingvistik ekspertiza natijalari bo‘yicha qabul qilingan xulosaning sifati uchun maslahatchi yoxud mutaxassis javobgar hisoblanadi. 17. Loyihani ishlab chiquvchi xulosada ko‘rsatilgan tavsiyalar asosida loyiha matnini qayta ko‘rib chiqadi hamda kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuboradi. 18. Lingvistik ekspertizani o‘tkazadigan maslahatchi yoxud mutaxassis: qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lingvistik ekspertizadan o‘tkazadigan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari predmetiga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish; lingvistik ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish; lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari normalarini aniqlashtirish va ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlarni olish huquqiga ega. Maslahatchi yoxud mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Lingvistik ekspertizani o‘tkazadigan maslahatchi yoxud mutaxassis: lingvistik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazishning qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablariga rioya qilish; lingvistik ekspertizani o‘tkazish munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik; zarur hollarda lingvistik ekspertiza xulosalarini asoslab berishi; taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlashga majbur. Maslahatchi yoxud mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. 20. Lingvistik ekspertiza o‘tkazish jarayonida “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari, O‘zbek tilining izohli va imlo lug‘atlari, soha va tarmoq lug‘atlari, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlari, davlat tilida ish yuritishga oid adabiyot va uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek, o‘zbek adabiy tilining boshqa ilmiy-uslubiy manbalaridan foydalaniladi. 21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorida: a) 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish”; b) ilovaning 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori 3-bandi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish”.
122
12,341