folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi 2006-yilgi Davlat budjetining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti uning taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,5 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati:
iqtisodiyotning yanada erkinlashtirilishini hamda bozor islohotlari, bank va moliya tizimlaridagi islohotlar chuqurlashtirilishini, budjet mablag‘laridan samarali hamda belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlasin;
xususiy sektorni jadal rivojlantirishga, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirishga, kichik biznes va fermerlikni, qishloq xo‘jaligi yerlarini melioratsiyalash va rekonstruksiya qilishni rag‘batlantirishga, transport infratuzilmasi va kommunikatsiyalarini takomillashtirishga, uy-joy-kommunal xo‘jaligini yaxshilashga ko‘maklashadigan kompleks chora-tadbirlar belgilasin;
budjet mablag‘lari ta’limni rivojlantirishga, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini yaxshilashga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlashga, qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashga, shuningdek barcha hududlarda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning ijtimoiy yo‘naltirilganligini qabul qilingan davlat dasturlari viloyatlar, shaharlar va tumanlarda amalga oshirilishiga alohida e’tibor bergan holda yanada kuchaytirishga ustuvor tarzda ajratilishini nazarda tutsin;
iqtisodiyotga va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini izchillik bilan kamaytira borish, soliqlarni hisoblab chiqarish hamda budjetga to‘lashni soddalashtirish, soliq tizimini takomillashtirish ishlarini davom ettirsin;
iqtisodiyotning barcha sohalarida davlat xarajatlarining samaradorligi oshirilishiga, budjet mablag‘larini har tomonlama tejashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirsin;
Davlat budjetining taqchilligini davlat obligatsiyalarini joylashtirishdan keladigan tushumlar hamda boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, budjet mablag‘laridan qonuniy foydalanilishi ustidan amaliy va ta’sirchan nazorat o‘rnatsinlar. | 66 | 2,606 |
Qonunchilik | NHH loyihalari: bozorlarni qoʻriqlash va tozalash uchun mulkdor toʻlaydi | Nizom faqat ustav fondida davlat ulushi kamida 51%ni tashkil qiladigan savdo komplekslariga tatbiq etiladi.
Hozir Nizomda bozorlar va savdo komplekslari tushum va daromadlari manbalarining umumiy roʻyхati saqlanadi. Loyihada uni ajratish koʻzda tutilayotir:
bozorlar boʻyicha:
bir martalik yigʻimdan tushumlar;
ijara toʻlovlaridan daromadlar;
sotuvchilar va хaridorlarga хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq хoʻjaligi tovarlarini tayyorlash, хarid qilish va sotishdan (dehqon bozorlari uchun) olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar;
savdo komplekslari boʻyicha:
ijara toʻlovlaridan daromadlar;
sotuvchilar va хaridorlarga хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
Loyihada koʻzda tutilishicha, bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi chekda bozorning STIR raqami koʻrsatiladi (hozir – bozor nomi, chek berilgan vaqt va sana, toʻlov nomi (bir martalik yigʻim uchun toʻlov), toʻlov summasi, joy raqami, sotiladigan tovar nomi, nazorat-kassa mashinasi yoki toʻlov terminali raqami).
Koʻzda tutilishicha, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallari hududida joylashgan bino va inshootlar mulkdorlari majburiy хizmatlar toʻlovchilari boʻlishadi. Bunday хizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini olib chiqish, umumiy foydalaniladigan ob’yektlarni saqlash (yoʻlaklar va trotuarlar, kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish inshootlari, ichimlik suvining boʻgʻinlari, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari).
Majburiy хizmatlar uchun toʻlovlar har oyda hisobot oyining 25 sanasigacha toʻlovchilar tomonidan kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallangan yer maydonidan kelib chiqib bozor, savdo kompleksi yoki ularning filiallari bank hisobvaragʻiga toʻlanadi.
Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Yelena Yermoхina,
ekspert-yuristimiz.
Mavzu boʻyicha material:
Toshkent bozorlaridagi yigʻimlar va ijara toʻlovlari miqdorlari tasdiqlandi | 72 | 2,166 |
Qonunchilik | Xususiy tibbiyot klinikalari kimlarni bepul qabul qiladi | Nafaqat davlat, balki хususiy sektorda ham bepul asosda tibbiy хizmat koʻrsatilishi nazarda tutilgan.
Kimlar хususiy tibbiyot tashkilotlarining tibbiy хizmatlaridan bepul asosda foydalanish huquqiga ega ekani, ular qanday tartibda taqdim etilishi kerakligi haqida Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi katta mutaхassisi Avaz UMMATOV gapirib berdi.
– Aholiga pullik tibbiy хizmatlar koʻrsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya хizmatlaridan tashqari), shu jumladan, хorijiy investorlar ishtirokidagi хususiy tibbiyot muassasalari 2022 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilgan (1.04.2017 yildagi PQ-2863-son).
Bunda boʻshaydigan mablagʻlar хususiy tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-teхnik uskunalar bilan jihozlash va ularga servis-teхnik хizmat koʻrsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa buyumlar хarid qilish, tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun yangi binolar qurish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatishga maqsadli yoʻnaltirilishi kerak.
– Bepul tashхis qoʻyish va davolash hajmi va turlari belgilanganmi?
– Bepul tibbiy хizmatlarning turlari va hajmi litsenziyada koʻrsatilgan iхtisosliklar doirasida tashхis qoʻyish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda хususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan хususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan.
Joriy yilda koʻrsatiladigan bepul tibbiy хizmatlar hajmi va sarflanadigan mablagʻlar miqdori oldingi yil yakunlari boʻyicha soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda boʻshagan jami mablagʻlarning 25 %idan kam boʻlmagan qismini tashkil etishi lozim.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatiladi. Bunday хizmatlar roʻyхati muassasaga kirish yoki mijozlar uchun koʻrinadigan joyda hamda ma’lumotlar peshtaхtasida joylashtiriladi, Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maхsus elektron bazaga ham kiritib boriladi.
– Mazkur imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin, murojaat qilish meхanizmi qanday?
– Ular jumlasiga aholining quyidagi toifalari kiradi:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun ularning shaхsini va ushbu qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos boʻladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarning bepul tibbiy хizmat olish boʻyicha murojaatlari хususiy klinikalar tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maхsus elektron bazaga murojaat qilingan kunda murojaat etuvchilarning navbatini koʻrsatgan holda on-layn tizimida kiritib boriladi. Murojaatlar qogʻoz yoki elektron shakldagi maхsus jurnalda ham qayd etib boriladi.
Amaliyotning koʻrsatishicha, yuqorida sanab oʻtilgan aholi qatlamlariga mansub boʻlgan fuqarolar bu borada kam ma’lumotga ega, koʻpchilik oʻzining qonuniy huquqlarini bilmaydi. Shu sababli iste’molchiga oʻz vaqtida aхborot berish, barcha tanishishi uchun uni tibbiy tashkilotning kiraverishida yoki koʻrinadigan joyda joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Zero boхabar qilingan va haq-huquqini taniydigan fuqaro oʻzining qonuniy huquqidan foydalanishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 56 | 3,562 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1994 YIL 21 YaNVARDAGI FARMONINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonining 2 va 3-bandlarini bajarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining majmuilari 1994-yilning 15-fevraligacha:
o‘z tasarruflaridagi vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqsinlar. Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda e’tibor quyidagi masalalarni hal etishga qaratilsin:
o‘rta va yirik korxonalarning mulkchilik shakllarini o‘zgartirish, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish;
ko‘chmas mulk savdosi birjalarini tashkil etish hamda fondli birjalar barpo qilish va ularda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini joylashtirish;
xususiylashtirilgan obyektlarni auksion va tanlov asosida sotishni tashkil qilish;
respublika fuqarolari va xorijiy fuqarolarning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida qatnashishlari, ularning tashkil etilayotgan va qayta tuzilayotgan aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini erkin sotib olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
xususiylashtirilayotgan korxonalarni respublikadagi, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga sotish yoki ijaraga berish uchun ularni baholashning eng soddalashtirilgan tartibini “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” hamda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq ishlab chiqish.
2. Umumiqtisodiyot majmui (Hamidov):
Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasi to‘g‘risidagi va Respublika fondli birjasi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin;
davlat qisqa muddatli va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish hisobiga qiymatli qog‘ozlar bozorini faollashtirsin;
xususiylashtirilgan korxona va tashkilotlarga aksiyalar va obligatsiyalar chiqarishni tashkil etishda hamda keyinchalik ularni fondli birja orqali tarqatishda yordam ko‘rsatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk asosida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarini qurish va barpo etish uchun imtiyozli kreditlar hamda soliq solish bo‘yicha imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risida takliflar kiritsin.
3. Dehqonchilik sanoati majmui Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari band qiladigan yer uchastkalarini baholash va sotish tartibini ishlab chiqsin.
4. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini umumlashtirish va ular asosida davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning davlat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruhi tuzilsin.
Ishchi guruhiga shu yilning 20-fevraligacha bo‘lgan muddatda ko‘rsatib o‘tilgan dastur loyihasini va uni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin. | 110 | 3,409 |
Qonunchilik | Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida | Sud amaliyotida vujudga kelayotgan savollar munosabati bilan va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (bundan buyon matnda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun, Qonun deb yuritiladi) bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi.
1. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun barcha yuridik shaxslarga (davlat korxonalariga va notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish yuritayotgan yuridik shaxslar mustasno) va yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek, agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, shuningdek uning hududiy organlarining (bundan buyon matnda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi deb yuritiladi) bankrotlik ishlari yuzasidan bergan arizalari va iltimosnomalari Qonunda belgilangan eng qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, shuningdek davlat soliq xizmati organi va prokurorning qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalari iqtisodiy sudlar tomonidan davlat boji to‘lovisiz ish yuritishga qabul qilinadi. Iqtisodiy sud tomonidan ariza qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji qarzdordan undiriladi. Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan kreditorning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxsning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan bo‘lsa, shu shaxsdan undiriladi.
Belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 155-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan qaytariladi.
3. Qarzdor, agar uning Qonunning 4-moddasida belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyati yuzaga kelgan muddatdan qat’i nazar, bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
4. Davlat soliq xizmati organi va boshqa vakolatli organ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi ustidan nazorat olib boruvchi vakolatli organ)ning qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni olishga doir choralar ko‘rilganligi haqida dalillar ilova qilinishi kerak. Arizaga kreditorning qarzni undirish to‘g‘risidagi sud qarori, ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi.
Hisob raqamga qo‘yilgan va qarzdorning pul mablag‘lari yo‘qligi uchun bank bajarmagan inkasso topshiriqnomalarining arizaga ilova qilinishi davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qarzni olishga doir choralar ko‘rilganligining dalili bo‘lishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organi qarzdorning mol-mulki mavjud bo‘lganda soliq qarzini undirishni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning qarorini va undirishni mol-mulkka qaratish natijasida soliq qarzi to‘lanmaganligini tasdiqlovchi dalillarni arizaga ilova qilishi shart.
5. Qonunning 9-moddasiga muvofiq qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan iqtisodiy sudga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi. Qayd etilgan shaxslarning subsidiar javobgarligi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘riladi.
6. Qonunning 10-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Agar bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgandan keyin qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza berilgunga qadar paydo bo‘lgan qarzni undirish haqida kreditordan iqtisodiy sudga da’vo arizasi kelib tushgan bo‘lsa, da’vo arizasini qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq rad etiladi.
Agar ko‘rsatilgan holatlar da’vo arizasi (ariza) ish yurituvga qabul qilingandan keyin aniqlansa, u holda da’vo arizasi IPK 107-moddasining 9-bandiga asosan ko‘rmasdan qoldiriladi.
7. Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishda sudya qarzdor yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravaridan, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravaridan, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda jami qarzi mavjudligini va bu majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona olti oy davomida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi zarur. Agar bunday hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, arizani qabul qilish Qonun 45-moddasining beshinchi qismi va IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
8. Sudya bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash bilan bir vaqtda kuzatuv taomilini joriy etish masalasini hal qilishi lozim (Qonunning 48 va 62-moddalari). Arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi iqtisodiy sudning ajrimida kuzatuv taomili joriy etilganligi ko‘rsatiladi.
Mol-mulki mavjud bo‘lgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilinganda, unda muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatiladi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda iqtisodiy sud arizachidan yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organidan yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasidan tegishli nomzodni taqdim etishni talab qiladi. Bunday holatda kuzatuv taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash masalasi Qonun 48-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Kuzatuv taomili qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladi. Ushbu vazifalarning bajarilishi muvaqqat boshqaruvchi zimmasiga yuklanadi.
Bu qoidalar yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning va soddalashtirilgan taomil bo‘yicha qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ishlarga tatbiq etilmaydi.
9. Qonunning 48-moddasiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya IPKda nazarda tutilgan tartibda va Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasiga binoan kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ko‘radi (Qonunning 46-moddasi);
ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani hal etadi (Qonunning 48-moddasi);
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi (Qonunning 59-moddasi);
qarzdorning e’tirozlari (muvaqqat boshqaruvchining iltimosnomasi) mavjudligida arizachining qarzdorga nisbatan talablarining asosliligini tekshirish maqsadida sud majlisini o‘tkazadi (Qonunning 70-moddasi).
10. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sudning majlisida bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda iqtisodiy sudning raisi tomonidan Qonunning 49-moddasiga muvofiq bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
11. Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq oliy ma’lumotli hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organida attestatsiyadan o‘tgan va tegishli attestatga ega bo‘lgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi va uning nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etadi.
Sud boshqaruvchisini tayinlash masalasini hal etishda iqtisodiy sud tegishli attestatni talab qilib olishi va uning nusxasini ish hujjatlariga qo‘shishi lozim.
12. Qarzdor yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxs, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar, agar unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan bo‘lsa, ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning o‘rnini qoplamagan shaxs, boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishiga cheklov belgilangan shaxs (bunday faoliyat bilan shug‘ullanishdan mahrum etilgan yoki bunday faoliyatga noloyiq deb topilgan shaxs) sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.
Iqtisodiy sud ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra sud boshqaruvchisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni bu vazifaga tayinlashni rad etishga yoki sud boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etishga haqlidir.
Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan sanada, shu jumladan, agar bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgunga qadar bir yil muddat ichida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan qarzdor yuridik shaxs mansabdor shaxsi bo‘lganning nomzodini sud boshqaruvchisi etib tayinlashni rad etishi lozim. Qarzdor yuridik shaxsning mansabdor shaxsi sifatida qarzdorning rahbari, kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter) tushuniladi.
13. Qonun hujjatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik, shuningdek Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar sud boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qilish uchun asos bo‘ladi.
Sud boshqaruvchisi vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish masalasi sud majlisida hal etiladi. Sud boshqaruvchisi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida iqtisodiy sud tomonidan xabardor qilinadi. Ushbu sud majlisining o‘zida yangi sud boshqaruvchisini tayinlash, vazifasidan ozod etilgan sobiq sud boshqaruvchisini ma’muriy va (yoki) moddiy javobgarlikka tortish, uning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, IPKning 200-moddasi tartibida bu haqda prokurorga xabar qilish masalalari ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sud boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish va yangi sud boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimi darhol ijro etiladi. Ushbu sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatmaydi.
131. Sudlar, kreditorlar va boshqa taraflar soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlangan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishlari lozim.
132. Sudlarga tushuntirilsinki, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan har qanday tartib-taomil jarayonida iqtisodiy sudga soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
133. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchisi bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va chora-tadbirlar ko‘rishi hamda ular haqida kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash Qoidalarining (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) 9-bandiga binoan, qarzdorning arizasiga ko‘ra, bankrotlik to‘g‘risida iqtisodiy sud tomonidan ish qo‘zg‘atishning barcha holatlarida soxta bankrotlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida ro‘yobga chiqariladi.
Shu munosabat bilan sudlar qarzdorning arizasi bo‘yicha bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda va kuzatuv joriy etilganda, ajrim bilan muvaqqat boshqaruvchisiga qarzdorning soxta bankrotligi belgilari mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyatini yuklashi lozim.
Qoidalarning 21-bandiga muvofiq, bankrotlikni yashirish alomatlari bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek, bankrotlik taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi
Sudlarning e’tibori Qoidalarning 39 — 42-bandlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tashkil etilgan xulosani hamda unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha fikrni taqdim etish uchun doimiy ishlovchi Komissiya xulosani va unga ilova qilingan materiallarni xo‘jalik sudi tomonidan murojaat tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqishi va o‘zining fikrini xo‘jalik sudiga taqdim etishi kerakligiga qaratilsin.
Shu munosabat bilan sudlar soxta bankrotlik (bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish) belgilari mavjudligi to‘g‘risidagi sud boshqaruvchisining xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni darhol mazkur Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun yuborishi lozim.
14. Sud boshqaruvchisining noqonuniy harakati (harakatsizligi) natijasida kreditorlarga yoki qarzdorning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, kreditorlar va qarzdor da’vo bilan umumiy yurisdiksiya sudiga murojaat etishga haqli.
15. Sud boshqaruvchisiga haq to‘lash miqdori va tartibi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadi hamda iqtisodiy sudning ajrimi yoki hal qiluv qarori bilan tasdiqlanadi.
Sud boshqaruvchisi haqining miqdorini belgilashda qarzdor mol-mulkining qiymati, uning amalga oshiradigan ishlari hajmi hisobga olinishi lozim.
Kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab to‘lanadigan qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin. Agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisining haqi va qo‘shimcha haq qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
16. Qonun 19-moddasining birinchi qismiga asosan bankrotlik taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi tomonidan iqtisodiy sudga beriladigan da’vo arizalari va arizalar oldindan davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘lanmasdan qabul qilinadi.
17. Qonunning 25-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni hamda sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi.
Qonunning 26-moddasi uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining hududiy boshqarmalari ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ko‘rsatmasiga binoan iqtisodiy sudga murojaat etadi, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi, sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 52 va 53-moddalariga muvofiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar rasmiy nashr etib belgilangan “Birja” va (yoki) “Soliq info” gazetalarida chop etiladi.
19. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning miqdori iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilish sanasiga belgilanadi. Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingunga va bankrotlikning tegishli taomilini joriy etishga qadar ijro muddati kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladi.
Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingandan keyin vujudga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaydi va qarzdorning ular oldidagi majburiyatlari navbatdan tashqari bajariladi. Bunda, majburiyat deganda, bitim tuzish yoki voqeaning sodir bo‘lishi natijasida qarzdorda muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatining vujudga kelishi tushuniladi (masalan, mol-mulkni berish, pul mablag‘larini to‘lash va boshqalar).
Kreditorlarning talablari reyestriga qarzdor va (yoki) sud boshqaruvchisi tomonidan tan olingan yoxud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari (hal qiluv qarori, qaror, hukm, ajrim, sud buyrug‘i) bilan tasdiqlangan, shuningdek davlat organlarining hujjatlari bilan aniqlangan talablar kiritiladi.
Kreditorlarning talablari reyestriga asosiy qarzdan tashqari, neustoyka (jarima, penya)ni undirish haqidagi talablar, shuningdek yuqoridagi hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa hisoblangan iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar (foizlar) kiritiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgunga qadar vujudga kelgan, ammo qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingandan keyin bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning miqdori tegishli bankrotlik taomili (sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv) joriy etilgan sanaga belgilanadi.
Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangandan so‘ng pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar miqdori barcha hollarda, pul majburiyatlarini bajarish va majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati yuzaga kelganidan qat’i nazar, tugatishga doir ish yuritish boshlangan sanaga belgilanadi, Qonunning 134-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Qarzdorning chet el valyutasida qarzi mavjud bo‘lganda, agar kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan kreditorlarning talablari miqdori qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs bilan, keyingi taomillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”da nazarda tutilgan tartibda (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-mayda 1364-son bilan ro‘yxatga olingan) belgilanadi.
Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingandan keyin, shuningdek bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgandan so‘ng bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar joriy to‘lovlar hisoblanadi.
20. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turishga IPKning 101 va 102-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda ham bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatib turiladi. Sudning qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati qonuniy kuchga kirganda yoki tergov harakatlari tugaganda bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tiklanadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganda iqtisodiy sud Qonunning 50-moddasida ko‘rsatilgan sud hujjatlarini chiqarishga haqli emas. Bunda iqtisodiy sud tomonidan joriy etilgan bankrotlik taomili davom ettiriladi. Ushbu davr mobaynida sud boshqaruvchisida o‘z vazifasini bajarayotganligi uchun haq olish huquqi saqlanib qolinadi.
21. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari IPKda belgilangan tartibda, Qonunda nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida chiqargan, IPKda nazarda tutilmagan ajrimlari ustidan faqat Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin, Qonunning 50-moddasi, 91-moddasi ikkinchi qismi va 124-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan ajrimlar bundan mustasno, ushbu ajrimlar ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi).
Xususan, Qonunning 59-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan iqtisodiy sudning ajrimlari ustidan Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin. Ko‘rsatilgan ajrimlar ustidan shikoyatlar (protestlar) ular chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi.
Kreditorlar yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb topish (Qonunning 13-moddasi beshinchi qismi) to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ham shu tartibda shikoyat beriladi (protest keltiriladi).
Sud boshqaruvchilarini tayinlash (ozod qilish, almashtirish) to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan Qonunda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi). Agar sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomili joriy etilishi bilan bir paytda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi tayinlangan, tugatish boshqaruvchisi esa qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash bilan bir paytda tayinlangan bo‘lib, ularni tayinlash to‘g‘risida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi iqtisodiy sudning ajrimida yoxud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, tayinlangan sud boshqaruvchisining nomzodi bilan kelishilmagan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar Qonunda nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining sud boshqaruvchisini tayinlashga doir qismi ustidan shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin.
22. Qonunning 50-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudning qarorlari va ajrimlari darhol ijro etiladi. Lekin, bu hol sud hujjatlari qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kirishini bildirmaydi. Ularning ustidan IPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin.
23. Qonunning 54-moddasiga muvofiq xo‘jalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi: bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda, ya’ni qarzdorga jami talablar Qonunda belgilangan miqdordan kam tashkil etgan hollarda; iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda; soxta bankrotlik aniqlanganda va Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
24. Qonunning 56-moddasiga binoan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda, kelishuv bitimi tuzilganda va u iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganda, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday bankrotlik taomili jarayonida qondirilganda bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish iqtisodiy sudning ajrimi bilan tugatiladi.
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilganda va kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan taqdirda, iqtisodiy sud Qonunning 61-moddasi uchinchi qismiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.
Agar iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori bo‘lsa yoki qarzdor korxona tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 2 va 4-bandlariga ko‘ra tugatiladi.
25. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan barcha talablar qondirilganda va qarzdorning o‘z xo‘jalik faoliyatini davom ettirishga imkoniyati mavjud bo‘lganda, tugatish boshqaruvchisi taqdim etgan hisobotni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va unda qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi ko‘rsatiladi.
26. Sud boshqaruvchisining qarzdor tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, shuningdek uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi talablari IPK yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan umumiy tartibda bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasidan tashqari ko‘rib chiqiladi.
27. Mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori va tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar (mehnat shartnomasini bekor qilish bundan mustasno) Qonunning 59-moddasiga muvofiq iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladi.
28. Qonunning 91-moddasi birinchi qismiga binoan agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv o‘n ikki oydan (kam emas) yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etilishi mumkin. Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz oydan oshmasligi lozim. Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi joriy etilmagan bo‘lsa, u holda tashqi boshqaruvning eng ko‘p muddati yigirma to‘rt oydan oshmasligi shart (shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar bundan mustasno).
Qonunning 119-moddasi ikkinchi qismida kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish uchun belgilangan olti oygacha bo‘lgan muddat tashqi boshqaruv muddatiga kirmaydi.
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddatning qisqartirilishiga yoki uzaytirilishiga Qonunning 91-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar doirasida kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Tashqi boshqaruv muddatini qisqartirish yoki uzaytirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan holda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
29. Qonunning 93-moddasiga muvofiq kreditorlar talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy to‘lovlarga tatbiq etiladi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy qilinganidan keyin vujudga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bundan mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin bajarish muddati boshlangan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablarga moratoriy tatbiq etilmaydi. Bunday talablar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasida belgilangan navbatga rioya etilgan holda tashqi boshqaruv davrida qanoatlantiriladi (Qonunning 93-moddasi beshinchi qismi).
30. Qonunning 124-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish yuritish muddati to‘qqiz oydan oshishi mumkin emas. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy sudning bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida tugatish boshqaruvchisi tomonidan tugatishga doir ish yuritish natijalari haqidagi hisobotni taqdim etishning aniq muddatini belgilash lozim.
Zarurat bo‘lganda Qonun 124-moddasining uchinchi qismida sanab o‘tilgan holatlar mavjud bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat ko‘pi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.
31. Qonunga muvofiq tuzilgan kelishuv bitimining shartlari faqat kelishuv bitimini tuzish haqida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanaga kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan tatbiq etiladi.
Kreditorlarning talablari reyestriga talablari kiritilmagan kreditorlar, kelishuv bitimi tasdiqlangan va bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgandan so‘ng, kelishuv bitimi shartlarini hisobga olmagan holda, o‘z talablarini umumiy tartibda taqdim etishga haqli.
Sudlar e’tiborga olishi kerakki, kelishuv bitimini tuzish masalasi ko‘rilayotgan kreditorlar yig‘ilishida birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovozga ega va qaror, basharti kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etayotgan ushbu guruhlar kreditorlarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi.
32. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi va unda bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatilishi ko‘rsatiladi.
Agar kuzatish taomilida qarzdor yuridik shaxs boshqaruv organining vakolatlari iqtisodiy sudning ajrimi bilan tugatilgan va muvaqqat boshqaruvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, u holda qarzdor nomidan kelishuv bitimi muvaqqat boshqaruvchi tomonidan imzolanadi.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelishuv bitimi tuzilganida, iqtisodiy sudning ajrimida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi ko‘rsatiladi.
Ish haqi bo‘yicha qarzning mavjudligi iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan holda, kreditorlar taalluqligiga ko‘ra umumiy yurisdiksiya sudiga yoki iqtisodiy sudga da’vo arizasi berishga haqli. Bunda kreditorlarning talablari miqdori kelishuv bitimi shartlari asosida aniqlanadi.
33. Qarzdorga qarzni to‘lash muddatini uzaytirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish va (yoki) kreditorlarga tegishli qarzni kamaytirish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kelishuv bitimining predmeti sifatida qabul qilinishi lozim va qarzdorning moliyaviy ahvolini boshqa bir bankrotlik taomilida tiklash bo‘yicha chora sifatida ko‘rilishi mumkin emas (qarzni kamaytirish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish bundan mustasno).
34. Shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga rioya qilishlari lozim.
35. Qarzdorni bankrotlikning soddalashtirilgan taomili bo‘yicha bankrot deb topish (tugatilayotgan yoki hozir bo‘lmagan qarzdor) haqidagi arizani qabul qilishda kreditorlik qarzlarining miqdori ahamiyatga ega emas.
Qonunning 185-moddasi ikkinchi qismiga binoan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sud murojaat etilganda, arizaga qarzdorni tugatish to‘g‘risidagi qaror ilova qilinishi lozim.
Hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza berilganda, qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxs rahbarining hozir bo‘lmaganligini, shuningdek ularning turar joyini aniqlashning imkoniyati yo‘qligini tasdiqlovchi dalillar iqtisodiy sudga taqdim etilishi kerak. Bunday dalillar manzil ma’lumot byurosi tomonidan shaxsning ro‘yxatdan chiqib, boshqa hududga ketganligi haqida berilgan ma’lumotnoma, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati vakillari ishtirokida shaxsning ro‘yxatga olingan manzilda yashamasligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma, shaxsning vafot etganligi yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi mumkin.
Qarzdorning hozir bo‘lmaganligi sifatida nafaqat uning rahbari yo‘qligi, balki xo‘jalik yurituvchi subyekt mol-mulkining yo‘qligini ham tushunish lozim. Bu hol qarzdor — yuridik shaxs turgan joyi (pochta manzili) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati, turarjoy yoki odam yashamaydigan joyning mulkdori vakillari va (yoki) sud boshqaruvchisi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma yoxud qarzdorning mol-mulki mavjud emasligi sababli ijro hujjatini ijrosiz qaytarish to‘g‘risidagi davlat ijrochisining qarori bilan tasdiqlanishi mumkin.
Tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi arizada tugatish boshqaruvchisining nomzodi arizachi tomonidan ko‘rsatiladi.
36. Qonunning 185-moddasiga binoan agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotganligi va (yoki) o‘zining ustav jamg‘armasini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Ushbu hollar aniqlanganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni ko‘rish uchun davlat soliq xizmati organiga murojaat etishi shart.
37. Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarining barcha talablari to‘liq qanoatlantirilgandan va hisob-kitoblar tugagandan keyin iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi.
Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning barcha kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun mol-mulki yetarli bo‘lmagan hollarda, davlat ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37 va 39-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasini iqtisodiy sudga qaytaradi. Iqtisodiy sud ijro varaqasini qaytarish haqidagi hujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Agar Qonun 181-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tayinlangan bo‘lsa, u holda tugatishga doir ish yuritish Qonunning 142 va 144-moddalarida belgilangan qoidalar bo‘yicha tamomlanadi.
39. Yuridik shaxslarning ayrim toifalari, yakka tartibdagi tadbirkor, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning, tugatilayotgan yuridik shaxs va hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotlik to‘g‘risidagi ishi ko‘rilayotganda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, Qonunning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
40. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran Qonunning 125-moddasiga binoan ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi, ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga o‘tkaziladi. Sud xarajatlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari iqtisodiy sud tomonidan tugatish boshqaruvchisiga yuboriladi.
41. Tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot Qonunning 144-moddasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan, zarur hollarda, sud majlisida IPK 168-moddasining birinchi qismi talablariga rioya qilgan holda ko‘riladi. Tugatish boshqaruvchisining hisoboti asosli deb topilganda, iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi, hisobot asossiz deb topilganda esa — sud tugatishga doir ish yuritishni tamomlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Ushbu holatda tugatishga doir ish yuritishni tamomlash masalasi kamchiliklar bartaraf etilganidan va yangi hisobot taqdim etilgandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.
42. Iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bekor qilingan va ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan taqdirda, qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklanadi. Bu holda tugatish boshqaruvchisi qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida buxgalteriya va boshqa hujjatlar, muhr va shtamplar, moddiy va boshqa qimmatliklarning topshirilishini ta’minlaydi.
43. Iqtisodiy sudlar, muayyan ish holatlaridan kelib chiqib, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni sayyor sud majlislarida ko‘rib hal etishlari lozim. Bunda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, davlat soliq xizmati, prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda korxonalarni iqtisodiy nochor ahvolga olib keluvchi debitorlik-kreditorlik qarzlarining yuqoriligi hamda zarar ko‘rib faoliyat ko‘rsatish sabablarini aniqlash, xo‘jasizlik, pul mablag‘larini behuda sarflash, ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalariga alohida e’tibor berish kerak.
44. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Respublika xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilgan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish natijalari haqida”gi 55-sonli, 1999-yil 16-iyuldagi “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunini (yangi tahrirda) qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 78-sonli, 2004-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunini (2003-yil tahririda) amalga kiritish bilan bog‘liq ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 112-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 107 | 40,768 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | Xorijiy investor tomonidan Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankining ulushi sotib olinishi munosabati bilan:
1. Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining uni O‘zbekiston — Germaniya “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida” 1994-yil 18-martdagi PF-794-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida” 1994-yil 18-martdagi PF-794-son Farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 23-yanvardagi PF–2805-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 106 | 1,117 |
Qonunchilik | Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
1. 508-bandning beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalaridan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 53-bandning yettinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 77-bandning oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 80-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalaridan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 131-bandning uchinchi xatboshisidagi “sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
7. 136-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 284-banddan “sud ijrochilari” degan so‘zlar “davlat ijrochilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 285-bandning uchinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining” degan so‘zlar “davlat ijrochisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 3471-banddan “qarzdor doimiy ro‘yxatda turgan joydagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
11. Ilovaning izohida:
birinchi xatboshidagi “sud ijrochilarining” degan so‘zlar “davlat ijrochilarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “sud ijrochilari” degan so‘zlar “davlat ijrochilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 126 | 4,297 |
Qonunchilik | EIZga investitsiya loyihasini qanday joylashtirish mumkin | Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qanday loyihalar EIZga joylashtirilishi mumkin
Hujjat bilan EIZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishda majburiy mezonlar tasdiqlandi:
1 – mahalliylashtirish loyihalari uchun qonunchilikda oʻrnatilgan parametrlarga muvofiq import oʻrnini bosuvchi, yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish;
2 – eksport hajmi ishlab chiqarish faoliyatining ikkinchi yili kamida 20%, uchinchi va keyingi yillarda 30%dan kam boʻlmagan darajada;
3 – ma’muriy kengashlar tomonidan belgilanadigan darajada yangi ish oʻrinlari tashkil qilish, jumladan kasaba uyushmalari Kengashi Federatsiyasi tomonidan taqdim etiladigan roʻyхat boʻyicha ishsizlarni ishga qabul qilish uchun 10%li kvota oʻrnatish;
4 – tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi хodimlarini jalb etilgan хodimlar umumiy sonining kamida 95%i miqdorida Oʻzbekiston fuqarolari bilan toʻldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatini berish.
Qanday hujjatlar zarur
EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun investor Direksiyaga namunaviy shakl boʻyicha toʻldirilgan investitsiya buyurtmanomasini taqdim etadi. Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
– 1 yildan 3 yilgacha хoʻjalik faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, oʻzining haqiqatda faoliyat yuritgan davri uchun faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumot taqdim etiladi;
– moliya-хoʻjalik faoliyatini yuritmagan yoki bir yildan kam yuritgan boʻlsa, investorning bittadan kam boʻlmagan muassisining moliya-хoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Buyurtmanomani koʻrib chiqish va kelishish, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim
Taqdim etilgan hujjatlar Direksiya tomonidan 2 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Talablar buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari, kamchiliklari koʻrsatilgan holda, koʻrib chiqilmasdan investorga qaytariladi, qolganlari tegishli хulosalar bilan EIZ ma’muriy kengashiga kiritiladi.
Farmatsevtika sohasidagi investitsiya loyihasi amalga oshirish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining хulosasi talab etiladi (хulosa olish uchun hujjatlar EIZ Direksiyasi tomonidan yuboriladi).
Qiymati ekvivalentda 5,0 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan kelishiladi (Prezidentning 25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarori bilan tashkil etilgan).
Investitsiya buyurtmanomasi ma’muriy kengash tomonidan ma’qullanganidan keyin EIZ Direksiyasi saytida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi joylashtiriladi. U investorga koʻrib chiqish uchun yuborilishi mumkin. Bitimning namunaviy shakli tasdiqlangan, biroq investitsiya loyihasining хususiyatiga bogʻliq holda oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 57 | 3,355 |
Qonunchilik | Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent davlat transport universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet:
transport sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
ilg‘or xalqaro ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining barcha huquq va majburiyatlari hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakultetiga oid huquq va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan bo‘ysunadi.
Universitet hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzuridagi Belorussiya davlat texnika universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan qo‘shma O‘zbekiston-Belorussiya fakulteti Toshkent shahar, Mirobod tumani, Adilxodjayev ko‘chasi, 1-uy manzili bo‘yicha tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional ta’lim muassasalari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash;
o‘quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. Belgilansinki, Universitetda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ikki oy muddatda Universitetni strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha rektorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga malakali xorijiy mutaxassis tayinlanishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar:
2020 — 2023-yillarda Toshkent davlat transport universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent davlat transport universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladigan hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplagan holda “nol” stavkadagi ijara to‘lovi asosida beriladigan obyektlar ro‘yxati 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidan Toshkent davlat texnika universitetiga ko‘chiriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Toshkent davlat transport universitetining Vasiylik kengashi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 12-uyda joylashgan Yoshlar markazining binosi (sobiq Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi 2-son akademik litsey) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilsin.
8. Universitet Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va samarali faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish;
bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha kadrlar buyurtmachilari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
ta’lim va ilm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yangi shakl va dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etishni rivojlantirish;
binolarni qurish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar jalb etilishini, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlash.
9. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Transport vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, o‘quv rejalari va dasturlarini, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini o‘quv jarayonining transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar bilan uzluksiz bog‘liqligi ta’minlanishini hisobga olgan holda, mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ishlarning bajarilishini rag‘batlantirib borish;
Universitet professor-o‘qituvchilarining Scopus va Web of Science kabi ma’lumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish sarf-xarajatlarini moliyalashtirish;
Universitet faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish, shuningdek, Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda taqdim etiladigan xizmatlarni samarali amalga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmatlar tuzilmalarini shakllantirish;
bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qo‘llash;
xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va o‘qituvchilar sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maosh hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash;
Universitetda besh yil davomida ishlab berish sharti bilan iqtidorli talabalar va yetakchi professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi va stajirovka o‘tashi bilan bog‘liq xarajatlarni Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplash;
Universitet hududida joylashgan bino va inshootlarni ijaraga berish va undan tushadigan mablag‘larni elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin Universitetning budjetdan tashqari jamg‘armasiga to‘liq yo‘naltirish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidan Toshkent davlat texnika universitetiga ko‘chirilayotgan 4-ilovadagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning o‘qishi Universitet yoki Toshkent davlat texnika universitetining mos yoxud turdosh ta’lim yo‘nalishlariga 2019/2020 o‘quv yili yakunlangandan so‘ng belgilangan tartibda ko‘chirilishini ta’minlasin.
11. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) joriy saqlash bilan bog‘liq qismi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) qurilish ishlari qismi bo‘yicha har yilgi Investitsiya dasturida belgilangan tartibda yo‘naltiriladigan mablag‘lar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Universitet joylashgan hududda 2020 — 2022-yillarda yangi o‘quv binosi, talabalar turar joyi va axborot-resurs markazi binolarini (keyingi o‘rinlarda — Universitet binolari) qurish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
a) joriy yilda Universitet binolari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurish ishlarini boshlash uchun:
2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti uchun nazarda tutilgan mablag‘lar institutda joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng yo‘naltirilishini ta’minlasin;
qo‘shimcha talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalarning iqtisod qilingan qismini qayta taqsimlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
b) 2021-yil va kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Universitet binolarini qurish ishlari uchun markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitlari ajratilishini ta’minlasin.
13. Universitet binolarini qurish ishlari bo‘yicha:
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari orqali aniqlansin.
14. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Transport vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
15. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining akademik litseylari negizida Toshkent davlat transport universitetining akademik litseyi tashkil etilsin.
Belgilansinki, Akademik litsey:
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Guliston mavzesi, 21a-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
16. Kelgusida mehnat faoliyati xususiyatlari va o‘quv amaliyoti, transport vositasi harakati hamda insonlar hayoti xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Universitetga o‘qishga hujjat topshirishdan oldin abituriyent va talabalarni temir yo‘l transporti yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining hududlardagi temir yo‘l poliklinikalarida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot komissiyasida, shuningdek, havodagi harakatni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati tibbiy-sanitariya bo‘limining vrachlik-uchuvchilik ekspert komissiyasida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi saqlab qolinsin.
17. Universitet xodimlarining tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Universitetda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
18. Belgilansinki:
a) Jamg‘arma mablag‘lari to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlarining homiylik xayriyalari hisobidan shakllantiriladi;
b) Jamg‘arma mablag‘lari Universitet professor-o‘qituvchilari, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlovchi professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ularning mehnatiga haq to‘lash fondining 200 foizigacha miqdorida har oylik ustamalarni to‘lashga yo‘naltiriladi;
v) Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shu jumladan har oylik ustamalarni belgilash mezonlari Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda Universitet rektori tomonidan belgilanadi;
g) Universitetning boshqaruv, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 0,15;
5 yildan 10 yilgacha — 0,2;
10 yildan 15 yilgacha — 0,3;
15 yildan ortiq — 0,4.
19. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin. | 100 | 14,997 |
Qonunchilik | 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Energetika Xartiyasiga doir Shartnomani hamda energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari bo‘yicha Energetika Xartiyasiga doir Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin;
Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari bo‘yicha Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin. | 230 | 401 |
Qonunchilik | Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga kommunal хizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash rejalashtirilmoqda | Moliya vazirligi tomonidan «Uy-joy-kommunal хizmatlar uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi nizom loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida joylashtirildi.
Loyiha Prezidentning 28.01.2022 yildagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-58-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
Ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaхslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Har oylik kompensatsiya toʻlovi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45%ini tashkil qiladi.
Nizom loyihasida imtiyoz oluvchilar toifasi va kompensatsiya toʻlovi miqdorlari, shuningdek toʻlov toʻlash tartibi va muddatlari nazarda tutilgan. Xususan, kompensatsiya toʻlovlari nafaqa olish-olmasligidan, ishlash-ishlamasligidan qat’i nazar, bunday toʻlovni olishga haqli boʻlgan shaхslarga toʻlanadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 101 | 1,050 |
Qonunchilik | Xizmatda boʻlmasangiz – mol-mulkni хatarga qoʻymang | Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 apreldagi 234-son Qarori bilan Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, ichki ishlar organi хodimi yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, bolalari, eri-хotini, shuningdek eri-хotinining ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni хodimning хizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Zararni qoplash masalasini oʻrganish boʻyicha ichki ishlar organlarida doimiy komissiyalar tuziladi.
Zararni qoplash masalasini hal qilish uchun ichki ishlar organining kadr хizmati 3 kun ichida komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Komissiya hujjatlarni 15 kun ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha zararni qoplash yoki buni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va 3 kun ichida manfaatdor shaхslarga yetkaziladi.
Zararning haqiqiy summasini aniqlash ichki ishlar organi tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaхsning ishtirokida amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblar naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Zarar natura shaklida teng mulkni berish, shikastlanganini ta’mirlash yoki boshqa koʻrinishlarda qoplanishi mumkin.
Yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng ichki ishlar organlari tomonidan 10 kun ichida manfaatdor shaхslarga yetkazilgan zarar qoplab berilishi lozim.
Zararni qoplagan ichki ishlar organi aybdor yuridik yoki jismoniy shaхslardan ushbu summalarni undirish choralarini koʻradi.
Ichki ishlar organi moliya хizmati tomonidan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomostlari, hisob-faktura va boshqalar) nusхalari 2 kun ichida ichki ishlar organining yuridik хizmatiga yuboriladi, yuridik хizmat tomonidan aybdor shaхslarga nisbatan 10 kun ichida da’vo kiritiladi.
Aybdor shaхslar mavjud boʻlganda ichki ishlar organining yuridik хizmati:
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 mayda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 51 | 2,558 |
Qonunchilik | AYRIM FANLAR ChUQUR O‘RGANILADIGAN DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN UMUMTA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan quyidagi turlari belgilansin:
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
2. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalari ixtisoslashtirilgan sinflarining, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
professional ta’lim dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda gimnaziyalar, litseylar, litsey-internatlar, maktablar, maktab-internatlar, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan sinflarning moddiy-texnika bazasini va ta’lim faoliyati samaradorligini, tegishli pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligini kompleks xatlovdan o‘tkazsinlar va uning yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini to‘xtatish yoki ularda faqat zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina, sonini ancha qisqartirgan holda, ularning negizida tegishli ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilsinlar;
moddiy-texnik bazaning quvvatini hisobga olib ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish kvotasini belgilasinlar;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarini zamonaviy pedagogik metodikalar va texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi uch oy muddatda:
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni;
Futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Belgilansinki, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda bolalar ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘qiganligi uchun belgilangan to‘lovdan tushadigan tushumlar;
homiylik (beg‘araz) mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ishini takomillashtirish uchun budjetdan tashqari manbalar va homiylik (beg‘araz) yordami hisobiga qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
8. Belgilab qo‘yilsinki, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi:
20 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun, shuningdek ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan tarbiyachilar yordamchilariga;
20 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga;
40 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlariga;
2021-yil 1-sentabrdan boshlab 50 foiz — matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari) hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga (bunda mazkur bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ustamalar ushbu rahbar kadrlar va tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga tatbiq etilmaydi).
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
10. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 44-modda) va qarorga 2-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 1998-yil 8-maydagi 196-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi o‘rinlarda “ixtisoslashtirilgan sinf” deb ataladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlar (keyingi o‘rinlarda “ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ta’lim jarayonini umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.
20. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumiy o‘rta ta’limning chuqurlashtirilgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
professional dastur ta’limlarini ongli tanlash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish.
21. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
respublika aholisining bolalarni ixtisoslashtirilgan chuqur o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash;
o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
o‘quvchilarning iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
ta’limning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensiv intellektual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan o‘qitishni ta’minlash;
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyihadagi o‘qitishga o‘tgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish;
ta’lim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarning ma’lumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, oliy ta’lim muassasalariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
o‘quvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar, festivallar va boshqa intellektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
iqtidor va iste’dodni aniqlash hamda kamol toptirish bo‘yicha o‘quvchilarni fanlar olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
o‘quvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
22. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, o‘qitishning qancha davom etishi va muddatlari o‘quv rejalari, dasturlar, kalendar o‘quv jadvali, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tegishli normativ hujjatlari va umumta’lim muassasasining ustavi bilan tartibga solinadi.
23. Ta’lim jarayoni ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarda 5 — 11-sinflarning maxsus o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
O‘quvchilarni 1-sinfdan boshlab o‘qishga qabul qiladigan umumta’lim muassasalarida fanlarni chuqur o‘rganish 5-sinfdan boshlanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quv-tarbiya jarayoni 7 — 11-sinflar doirasida maxsus o‘quv rejalari va dasturlar bo‘yicha tashkil etiladi.
25. 5 — 11-sinflarda o‘quv-tarbiya jarayoni ixtisosli fanlarning asosiy kursining chuqurlashtirilgan mazmuni o‘rganilishini va ularning amaliy yo‘naltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek o‘quvchilar shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jihatdan o‘zlarini belgilashga qobiliyatlari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini ta’minlaydi. Bunda o‘quvchilarning individual xususiyatlari va iste’dodi namoyon bo‘lishi va rivojlanishi dinamikasi o‘rganiladi.
26. Ta’limning mazmuni mayllar va shakllangan manfaatlar hisobga olingan holda kasb-hunar ta’limi dasturlarini, bilimlarning alohida sohalarini ongli ravishda tanlash va o‘zlashtirishga tayyor bo‘lgan har tomonlama intellektli, tadqiqot mehnati ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
27. Ta’lim jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan yo‘nalishga ega bo‘ladi, o‘quv-tarbiya jarayonining har xil turlariga an’anaviy va noan’anaviy yondashish birga qo‘shib olib boriladigan o‘qitish va tarbiyalashning ixcham shakllarining keng doirasiga ega bo‘ladi.
29. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar soni 30 kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
30. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur o‘rganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi.
31. Keyingi sinflarga o‘tkazish va o‘qitish bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlar va tartibda o‘quvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
35. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy o‘quv rejasi asosida maxsus o‘quv rejasini ishlab chiqish va uni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
yillik kalendar o‘quv jadvali va mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqish;
ta’lim va tarbiyaning qonunchilikka zid bo‘lmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qo‘llash;
o‘z ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning qo‘shimcha manbalarini jalb etish;
ta’lim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan o‘tkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
36. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi belgilangan tartibda:
o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
ta’lim sifati hamda o‘quv rejasi va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq ta’lim dasturlari to‘liq hajmda amalga oshirilishi;
ta’lim jarayonini tashkil etishning qo‘llanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
o‘quvchilarning moslashishi va o‘zlashtirishi;
o‘quvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinishi uchun javob beradi.
37. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor bevosita rahbarlik qiladi.
38. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari qo‘yiladi:
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — ta’lim sohasida kamida 5 yil pedagoglik va 10 yil umumiy ish staji mavjudligi;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun - ta’lim sohasida kamida 10 yil pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 5 yil ish staji mavjudligi;
davlat tilini bilish;
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilish;
kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik;
umumta’lim dasturlari va o‘quv qo‘llanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi.
39. Direktor ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
40. Direktor:
ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xalq ta’limi tegishli organlari ko‘rib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustahkamlash, o‘quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
o‘quvchining reyting va akademik o‘zlashtirishida tizimli pasayish yuz berganda, ushbu o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida taqdimnomani tegishli Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga kiritadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
41. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari direktorlari attestatsiyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
42. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida pedagogika, metodika va kuzatuv kengashlari tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. Ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
43. O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari bepul umumiy o‘rta ma’lumot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga egadirlar.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustaviga va ichki tartib-qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilishi shart.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilikka va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
44. O‘quvchilarni individual psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining psixologiya, pedagogika xizmati mutaxassislari tomonidan ta’minlanadi.
45. O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin hamda ushbu muassasaning barcha huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari ularga joriy etiladi.
46. Pedagog kadrlarni ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga ishga qabul qilish oliy yoki birinchi malaka toifasi mavjud bo‘lgan taqdirda oliy pedagogik ma’lumotli shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari pedagog kadrlarining huquq va majburiyatlari qonunchilikka va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
47. Pedagog xodimlarga o‘quv yuklamasi hajmi (pedagogik ish hajmi) o‘quv rejasi bo‘yicha soatlar sonidan, shuningdek kadrlar bilan ta’minlanganlik bo‘yicha belgilanadi.
48. O‘quv yili boshida belgilangan o‘quv yuklamasi hajmi o‘quv yili mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas, o‘quv rejalari bo‘yicha soatlar soni kamayishi yoki sinflar soni qisqarishi hollari bundan mustasno.
49. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida o‘qish, dam olish va ovqatlanish qonunchilikka muvofiq tibbiyot xodimlarining qat’iy nazorati ostida tashkil etiladi.
50. Kasallikning vaqtli diagnostikasi va profilaktikasi maqsadlarida har bir o‘quv yili boshida ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari dispanser ko‘rigidan (to‘liq tibbiy ko‘rikdan) o‘tkazilishi kerak. Rivojlanishning salbiy ko‘rsatkichlari aniqlangan taqdirda o‘quvchilar tibbiy komissiyaning tavsiyasiga ko‘ra yashash joyidagi umumta’lim muassasasiga o‘tkaziladi.
51. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatlari o‘quvchilari ushbu ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari huzurida yashash joylari bilan ta’minlanadilar.
52. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatlarining ota-onalar va ota-onalarning o‘rnini bosadigan shaxslar bilan birga yashaydigan tarbiyalanuvchilari soni qishloq joylarda o‘quvchilar butun kontingentining 5 foizidan va shahar joylarda 10 foizidan ortmasligi kerak.
53. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
54. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qo‘shimcha budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish budjetdan moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
55. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari xodimlarining shtatdagi soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
56. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari belgilangan tartibda ovqat bilan ta’minlanadi.
57. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
58. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining balansida hisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi.
59. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi qonunchilikka muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
60. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish muassisning qarori bo‘yicha yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
61. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli ta’limni boshqarish organi o‘quvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv bo‘yicha o‘quvchilarning boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. | 127 | 22,098 |
Qonunchilik | 1 sentyabrdan boshlab oʻzini oʻzi band qiluvchilarga guvohnoma berishni boshlaydilar | Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 9.07.2019 yildagi 566-son qaroriga qarang).
Oʻzini oʻzi band qilganlar kim
Ular jumlasiga quyidagi jismoniy shaхslar kiradi:
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari va dehqon хoʻjaliklari a’zolari oʻzini oʻzi band qiluvchilar deb hisoblanmaydi.
Vaqtinchalik mehnat guvohnomalari 24 ta faoliyat turi boʻyicha beriladi. Ayrim bandlari ba’zi cheklovlar bilan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхati bilan kesishadi. Masalan, oʻzini oʻzi band qilish maqomida repititorlik qilish, mebel yigʻish va ta’mirlash bilan shugʻullanish mumkin, lekin faqat uyda.
Guvohnomada koʻrsatilganlardan tashqari oʻzini oʻzi band qiluvchi hujjatning amal qilish davrida roʻyхatdagi istalgan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin.
Guvohnoma nima beradi
Birinchidan, soliq imtiyozlari:
Ikkinchidan, mehnat faoliyati haqiqatda bajarilgan yoki bajarilmaganligidan qat’i nazar guvohnomada koʻrsatilgan davr yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini hisoblash uchun qabul qilinadigan ish stajiga hisoblanadi.
Uchinchidan, kamida 6 oy amal qiladigan muddatga mehnat guvohnomasini rasmiylashtirgan oʻzini oʻzi band qiluvchi mehnat organi tavsiyasiga koʻra oʻz faoliyat turi uchun imtiyozli mikrokreditlar olishi mumkin.
Toʻrtinchidan, oʻzini oʻzi band qiluvchilarga (3 oygacha davom etadigan) qisqa muddatli kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirish, shuningdek, tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish kurslarida bepul oʻqitish kafolatlanadi.
Beshinchidan, oʻzini oʻzi band qilganlarga mehnat qurollarini (motokultivatorlar. oʻt oʻrish oʻroqmashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari va hokazo), shaхsiy himoya vositalari va ish kiyimini imtiyozli asosda ijaraga berish punktlari ochiladi.
Guvohnoma qanday olinadi
Arizani doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik prinsipi boʻyicha) mehnat organiga berish zarur. Buni shaхsan taqdim etish, vakil orqali, buyurtma хat bilan yoхud elektron shaklda maхsus onlayn-maydoncha orqali amalga oshirish mumkin. Arizaga 3х4 oʻlchamli 1 ta fotosurat va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Toʻlov miqdori hujjat beriladigan muddatga bogʻliq va bazaviy hisoblash miqdoriga karrali hisoblanadi:
Amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar yangi guvohnoma olish uchun takroran murojaat qilish mumkin, bunday takroriy murojaatlar soni cheklanmagan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 84 | 2,684 |
Qonunchilik | FAN SOHASI XODIMLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan sohasi xodimlariga imtiyozlar to‘g‘risida” 1992-yil 8-oktabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklari va idoralar:
joriy yilning oxirigacha fan sohasi xodimlariga va mutaxassislarning ularga tenglashtirilgan ba’zi toifalariga (1-ilova), shuningdek fan sohasida kamida 10 yil ish stajiga ega bo‘lgan pensionerlarga ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni belgilangan tartibda bepul shaxsiy mulk qilib bersinlar;
xodimlarning yuqorida qayd qilib o‘tilgan toifalariga birinchi navbatda yer uchastkalari ajratilishini hamda “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv bo‘linmalari bilan birgalikda yakka tartibdagi qurilish uchun binokorlik materiallari ajratilishini ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida fan sohasining 1, 2-ilovalarda qayd etilgan xodimlariga uy-joyni berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim majmuiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi
Oliy attestatsiya komissiyasi
Fan va texnika davlat qo‘mitasi
Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, hokimliklar.
Ilmiy-tadqiqot muassasasi, tashkiloti va konstruktorlik bo‘linmasi rahbari (direktor, direktor o‘rinbosari, ilmiy kotib), tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, bo‘linma, laboratoriya, sho‘ba) mudiri.
Ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari (bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy xodim, kichik ilmiy xodim, stajyor-tadqiqotchi), doktorantlar, aspirantlar, ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning mutaxassislari va xizmatchilari.
Fanlar akademiyasi Rayosati, Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, OAK, FTDQ boshqaruv apparatining asosiy vazifasi ilmiy-tashkiliy faoliyat hisoblangan xodimlari. | 52 | 2,318 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 2-maydagi PF-1460-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi):
bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
“Magistr” darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom berilgan holda magistraturaning ikki yillik o‘quv rejalari bo‘yicha oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlashni maqsadli amalga oshiradi;
o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiga bo‘ysunadi.
3. Belgilansinki, Akademiyada:
bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash belgilangan namunadagi diplom berilgan holda to‘rt oygacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish belgilangan namunadagi sertifikat berilgan holda bir oygacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan o‘quv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.
4. Akademiya rahbariyati:
1996-1997 o‘quv yili uchun 80 nafar, shu jumladan bank ishi fakultetiga — 40, moliya fakultetiga — 20, bank va moliya rahbar kadrlari malakasini oshirish fakultetiga — 20 nafar tinglovchi qabul qilsin;
chet tillarni o‘quv dasturiga muvofiq va fakultativ asosda, o‘quv kursi tugallangan tinglovchilarning chet tillardan birini amaliy egallashini ta’minlaydigan darajada puxta o‘rganishni tashkil etsin.
6. Akademiya rahbariyati rektor va uch nafar prorektordan iborat tarkibda belgilansin.
7. Quyidagilarga:
Akademiyaning rahbarlik qiluvchi va professor-o‘qituvchilar tarkibiga — oliy ta’lim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorida;
akademiyaning qolgan xodimlariga — davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash razryadlariga muvofiq lavozim maoshlari belgilansin.
8. Akademiyada budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizigacha miqdorda Boshqaruv xodimlarini, professor-o‘qituvchilarni, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi deb ataladi) tashkil etilishi nazarda tutilsin.
Akademiya rektoriga quyidagi huquqlar berilsin:
akademiyaning shtat jadvalini tasdiqlash, shuningdek zarurat bo‘lganda tuzilmaga xodimlarining umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
boshqaruv xodimlariga, professor-o‘qituvchilarga, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorda har oylik ustama belgilash;
akademiyada o‘quv jarayonini, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy mutaxassislar uchun erkin almashtiriladigan valyutada kontraktlar bo‘yicha haq to‘lagan holda, konsultantlar, ekspertlar va mutaxassislarni, shu jumladan jahondagi yetakchi xalqaro moliya tashkilotlari va tijorat banklari mutaxassislarini jalb etishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanish.
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ularning o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qish joyigacha va undan qaytib kelish joyigacha bir martalik yo‘l haqi (bir yilda bir martadan ko‘p emas) to‘lanadi;
o‘qish va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tinglovchilar o‘qish davrida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari va Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya tashkilotlariga stajirovkaga yuboriladi.
10. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Akademiyaning joriy ta’minoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
pulli-kontrakt asosida magistratura tinglovchilarini tayyorlashdan, shartnomalar asosida boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratmalar;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida o‘quv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini, axborot-tahlil va tahririyat-noshirlik ishlarini bajarishdan, ta’lim va xizmatlarning boshqa turlarini bajarishdan tushumlar;
mahalliy va xorijiy tashkilotlarning, loyihalar va dasturlarning xayriya ehsonlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
11. Bank-moliya akademiyasi Toshkent shahar, Yakub Kolas ko‘chasidagi 16-uyga joylashtirilsin.
12. O‘zbekiston banklar uyushmasi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi bilan birgalikda xorijiy firmalarni jalb etgan holda, o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayoni xususiyatlarini nazarda tutib, akademiya binosini moslashtirish, qayta qurish va asosli tuzatishni 1996-yil 1-oktabrgacha amalga oshirsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi:
akademiyani kutubxonani to‘ldirish uchun maxfiy bo‘lmagan matbuot nashrlari va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini (2 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin;
akademiya buyurtmalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy asarlarni tezkorlik bilan nashr etishni tashkil qilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi akademiyani zamonaviy aloqaning zarur vositalari, shu jumladan aloqaning hukumat, xalqaro va boshqa turlari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
15. Akademiyaga o‘qitish va tadqiqot ishlari uchun taklif etiladigan xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarning yashash hamda transport xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha so‘mlarda to‘lashiga ruxsat berilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 101 | 7,262 |
Qonunchilik | Maktablar reytingi joriy etiladi | Prezidentning 11.05.2022 yildagi «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.
2022 yil 1 sentyabrga respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida namunali maktablar reytingi shakllantiriladi va e’lon qilib boriladi.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
Shuningdek, Qaror bilan 2022-2026 yillarda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab:
Qaror bilan belgilandiki, Xalq ta’limi vazirligining
2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:
Saodat Usmanova. | 32 | 664 |
Qonunchilik | “SAHRO OLTINI” QO‘ShMA KORXONASI UChUN SOLIQQA TORTISh, BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTNI YURITISh | Geologiya — qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va o‘zlashtirish davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan soliqlar, ajratmalar va to‘lovlarning barcha turlaridan “Sahro Oltini” qo‘shma korxonasi ozod qilinadi.
Soliqlar, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi “Sahro Oltini” O‘zbekiston— Kanada qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” gi 255-son qaroriga binoan yuritilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va ushbu Tartib asosida hisoblanadi.
1.1. Sanoat mahsuloti chiqarish boshlangandan e’tiboran 7 yil mobaynida qo‘shma korxona foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
1.2. Imtiyozli davr tugagandan so‘ng foyda solig‘i 16 foiz miqdorida to‘lanadi.
2.1. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va o‘zlashtirish davrida qo‘shma korxona qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Shuningdek, qo‘shma korxona moddiy resurslar sotib olgan va ko‘rsatilgan xizmatlarni qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan to‘lagan xollarda imtiyozli davr mobaynida QQS summasi budjet tomonidan qabul qilinmay umum o‘rnatilgan tartibda xarajatga olinadi.
2.2. Imtiyozli davr tugagandan so‘ng QQS qo‘shma korxona tomonidan umum o‘rnatilgan tartibda amaldagi miqdorda to‘lanadi.
3.1. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va o‘zlashtarish davrida qo‘shma korxona yer ostidan foydalanganlik uchun solig‘idan ozod qilinadi.
3.2. Imtiyozli davr tutagandan so‘ng yer ostidan foydalanganlik uchun solig‘i qo‘shma korxona tomonidan umum o‘rnatilgan tartibda amaldagi miqdorda to‘lanadi.
4.1. Qo‘shma korxona faoliyat davri davomida mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
5.1. Sanoat mahsuloti chiqarishning butun davrida qo‘shma korxona ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va material resurslari importiga va tayyor mahsulot eksportiga boj poshlinalari to‘lashdan ozod qilinadi.
6.1. Qo‘shma korxonaning xorijiy qatnashchilari dividendlari bo‘yicha daromadlarni chet mamlakatga o‘tkazishda daromad soliqlari to‘lashdan ozod qilinadi.
7.1. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va o‘zlashtirish davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan soliqlar, ajratmalar va to‘lovlarning boshqa turlaridan qo‘shma korxona ozod qilinadi.
8.1. Foyda va qatnashchilar dividendlari bo‘yicha soliqlarni qo‘shma korxona erkin almashtiriladigan valyutada to‘laydi.
9.1. Qo‘shma korxona O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tasdiqdagan buxgalteriya hisobi andozalariga binoan buxgalteriya hisobini yuritadi, moliyaviy hisobot tuzadi va soliqlarni hisoblaydi.
9.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi “Sahro Oltini” O‘zbekiston-Kanada qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi 255-son Qarorini 5-bandiga muvofiq qo‘shma korxona hisobot davri yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan kursi bo‘yicha so‘mga qayta hisoblangan holda AQSh dollarida buxgalterlik hisobini yuritadi va hisobot taqdim etadi.
9.3. So‘m to‘lovlari amalga oshirilganda dollar ekvivalenti to‘lov sanasiga bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini kursi bo‘yicha hisobga olinadi.
52 “Valyuta scheti” bo‘yicha sodir bo‘lgan kurs farqi boshqa moliyaviy daromad va xarajatlar kabi moliyaviy natija (80-schet) hisobiga oyma-oy hisobdan chiqariladi.
9.4. Moliyaviy hisobotning hisobot davri O‘zbekiston Respublikasini buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq aniklanadi.
10.1. Korxonaning konlarni qidiruv va o‘zlashtirish davridagi xarajatlari 26-schet “Davr xarajatlari”ni yordamchi (26/4 “Kelajakda solikdanadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari”) schetida hisobga olinadi.
10.2. Ushbu xarajatlarni soliqlanadigan bazadan chiqarish konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladi. | 97 | 4,114 |
Qonunchilik | YaST toʻlovchilar uchun soliq solishdagi yangiliklar | 6 sentyabrda «Norma» professional rivojlanish markazi YaST toʻlovchi korхona va tashkilotlar vakillarini 2018 yil boshidan soliq solishda yuz bergan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan seminarga taklif etadi.
Seminar doirasida mutaхassis Zoya Tuchkova:
Seminar korхonalar rahbarlari, moliyaviy menejerlar, rejalashtirish-iqtisodiy boʻlimlar mutaхassislari, boshqaruv hisobi, narх belgilash boʻyicha mutaхassislar, shuningdek menejerlar, buхgalterlar, iqtisodchilar, soliq va nazorat-taftish organlari хodimlariga moʻljallangan.
Havola orqali oʻtib, seminar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot olish va roʻyхatdan oʻtish mumkin. | 52 | 617 |
Qonunchilik | “IKKILAMChIRANGLIMETALL” IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINI OChIQ TURDAGI “O‘ZIKKILAMChIRANGLIMETALL” AKSIONERLIK JAMIYATIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston davlat metallurgiya sanoati konsernining tugatilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hamda ilovaga muvofiq “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi korxonalarining ularning negizida ochiq turdagi “O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatining ta’sischilari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyati “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi davlat korxonasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
“O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatining u tuzilayotgan paytdagi ustav fondi “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulkidan shakllanadi;
“O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyati boshqaruvining raisi Mashinasozlik, kimyo va metallurgiya majmui bilan kelishilgan holda aksionerlar yig‘ilishi tomonidan saylanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi o‘ziga berilgan huquqlarga muvofiq:
“Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda 2 oy muddatda aksiyalarni quyidagi tartibda joylashtirishni nazarda tutgan holda birlashmani ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga;
25 foizgachasi — mehnat jamoalari a’zolariga, shu jumladan, 5 foizi bepul;
qolgan qismi — turdosh korxonalarga, shu jumladan, boshqa Davlatlardagi turdosh korxonalarga, xorijiy investorlarga va qiymatli qog‘ozlar bozorida erkin sotishga;
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda va statistika hisobotlarida “O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatining ko‘rsatkichlarini alohida satrda ko‘rsatsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
1. Toshkent alyuminiy qotishmalar zavodi
2. “Ranglimetall” firmasi — kichik davlat korxonasi (Toshkent shahri)
3. Tajriba-mexanika zavodi (Toshkent shahri)
4. “Xandikraft” O‘zbekiston—Hindiston qo‘shma korxonasi
5. Qarshi “Kamalak” kichik korxonasi
6. Qo‘qon “Ma’dan” shirkati
7. Samarqand “Ittifoq” ishlab chiqarish korxonasi
8. Urganch “Tejamkor” kichik davlat korxonasi
9. Marg‘ilon “Usta Mahmud” firmasi
10. Xo‘jalik hisobidagi “Metall” tashqi savdo firmasi
11. Firma magazini (Toshkent shahri) | 144 | 2,958 |
Qonunchilik | MOLIYAVIY NAZORATNI MUSTAHKAMLASh VA XO‘JALIK FAOLIYATIGA MOLIYAVIY NAZORATNING AUDITORLIK ShAKLLARINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA | “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va mustaqil moliya nazoratining ta’sirchanligini kuchaytirish, korxonalar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, qo‘shma korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tuzilmalarga boshqaruv faoliyati, buxgalterlik hisob-kitobi va moliya sohalarida malakali yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xo‘jalik hisobidagi korxonalar faoliyati ustidan moliyaviy nazoratning auditorlik shakllari joriy etilsin, bunda nazoratning asosiy prinsipi auditorilik firmalari tomonidan shartnomali to‘lov asosida taftishlar, tekshirishlar va maslahatli xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi, deb belgilansin.
2. Tarmoqlararo birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, aksionerlik jamiyatlari hamda korxonalar, ijara va qo‘shma korxonalar, tijorat banklari hamda yuqori boshqaruv organlari bo‘lmagan jamoat va boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazoratning majburiy auditorlik shakllari o‘rnatilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli hududlardagi tarmoqlararo, aksionerlik, ijara, qo‘shma korxonalar va kooperativlar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi xo‘jalik hisobidagi auditorlik firmalarini tashkil etishga ko‘maklashsinlar.
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
1-ilovaga muvofiq auditor (auditorlik firmasi) to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom;
2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublika auditorlar Palatasi haqidagi Vaqtinchalik nizom.
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1993-yil 20-maygacha ilgari o‘zlari chiqargan, mazkur qarorga zid keluvchi normativ aktlarni qayta ko‘rib chiqishni va bekor qilishni ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
1. Audit asosan hududiy belgilar bo‘yicha birinchi navbatda yuqori turuvchi vazirliklar, idoralarga yoki boshqa tarmoq boshqaruvi organlariga ega bo‘lmagan tarmoqlararo, qo‘shma, ijara, aksionerlik birlashmalari, konsernlar, uyushmalar, tashkilotlar va korxonalarining faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun joriy etiladi.
2. Auditorlar (auditorlik firmalari) yuridik shaxs bo‘lib, bank muassasalarida o‘z schyotiga va muhriga ega bo‘ladi. Auditorlik firmalarining ustavlari ularni ta’sis etuvchilar tomonidan tasdiqlanadi, Auditorlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinadi. Raqobatni rivojlantirish maqsadida bir mintaqa hududida bir necha auditorlik firmalarini barpo etishga yo‘l qo‘yiladi.
3. Auditorlar (auditorlik firmalari) o‘z faoliyatida “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Bosh boshqarmasining buyruqlari va yo‘riqnomalariga amal qiladi, moliya, soliq va boshqa davlat nazorati organlari bilan yaqindan aloqada ish ko‘radi.
4. Auditorlar (auditorlik firmalari) tuzilgan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlarga buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar hisobiga, to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplari asosida ishlaydi.
5. Auditorlar auditorlik firmalarining ish hajmi umuman buyurtmachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga tuzilgan shartnomalar summasi sifatida belgilanadi. Auditorlar (auditorlik firmalari)ning budjet bilan o‘zaro munosabatlari amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Xo‘jalik hisobi daromadi soliqlarni chiqarib tashlangandan keyin auditor (auditorlik firmasi) ixtiyorida qoladi va u musodara qilinmaydi.
1. Auditor (auditorlik firmasi) faoliyatining maqsadi moliya-xo‘jalik faoliyatini mustaqil ravishda ekspertiza va tahlil qilishdan, buxgalterlik hisob-kitoblari, shuningdek, nazorat-taftish ishlariga qo‘yiladigan talablarga to‘liq, real bo‘lishi, mos kelishini tekshirishdan, korxonalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar va xulosalar ishlab chiqishdan, korxonalar va tashkilotlarga shartnoma (pulli) asosida moliya, hisob-kitob va nazorat masalalari bo‘yicha maslahatlar berishdan iboratdir.
2. Auditor (auditorlik firmasi)ning faoliyati ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, jamg‘armalarni ko‘paytirishga, o‘zaro hisob-kitoblarni yaxshilash, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va uning yaxshi saqlanishiga, respublika xalq xo‘jaligining tegishli tarmoqlarida korxonalar va tashkilotlarni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga ko‘maklashishi kerak.
1. Auditorlik tekshiruvi auditor (auditorlik firmasi) va xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma asosida olib boriladi, unda tekshiruv o‘tkazish predmeti, muddatlari va o‘rni, to‘lanadigan haq miqdori va tartibi, tomonlarning mas’uliyati nazarda tutiladi.
2. Shartnomalarda ham kompleks, ham turli xil tematik taftishlar va tekshirishlar, tahlillar, tadqiqotlar, balans va moliyaviy ahvolning aniqligi haqida mustaqil xulosalar tayyorlash nazarda tutilishi mumkin.
3. Auditorlar (auditorlik firmalari) va ularning xizmatlariga buyurtmachilar o‘rtasida auditorlik xizmati to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalar imzolanishi mumkin. Bunday hollarda auditor (auditorlik firmasi) o‘z zimmasiga xizmat ko‘rsatiladigan korxonaning hisobot davridagi xo‘jalik operatsiyalarining sun’iyligi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, uning to‘lov qobiliyati va balans ma’lumotlarining haqqoniyligi haqida xulosa ishlab chiqish majburiyatini oladi.
4. Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda auditor (auditorlik firmasi) va ularning xizmatlariga buyurtmachi moddiy javobgar bo‘ladilar. Bunda ishlar sifatsiz bajarilgan va o‘z vaqtida bajarilmagan hollarda auditor (auditorlik firmasi) olgan mablag‘larini buyurtmachiga qaytaradi va shartnomada nazarda tutilgan miqdorda jarima sanksiyalarini to‘laydi.
5. Xizmatlarga bevosita buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalarni bajarish bilan bir qatorda auditorlar (auditorlik firmalari) davlat huquqni muhofaza qilish va tarmoq boshqaruv organlarining buyurtmalari bo‘yicha taftish va tekshiruvlar o‘tkazadilar. Bunday hollarda xarajatlarni to‘lash haqidagi masalalar auditorlik firmalari xizmatlariga davlat buyurtmachilari tomonidan hal etiladi.
1. Auditor (auditorlik firmalarida) bo‘lib ishlash huquqi buxgalteriya hisob-kitobi va moliya nazorati sohasida kamida besh yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan litsenziyaga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga beriladi.
2. Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lmagan shaxslarga auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Auditorlar (auditorlik firmalari)ning huquqlari va burchlari “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tartibga solinadi.
Auditorlik firmasiga ta’sis etuvchilar tomonidan tanlov asosida tayinlanadigan rahbar boshchilik qiladi.
Auditorlik firmasining rahbari:
barcha ishlarni rejalashtiradi va tashkil etadi, firma ishining natijalari uchun shaxsan javob beradi;
firma nomidan ish ko‘radi, barcha davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarida, muassasalarda hamda korxonalarda uning manfaatlarini ifodalaydi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mulkka va moliya mablag‘lariga egalik qiladi, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlarini va boshqa schyotlarni ochadi;
o‘z huquqlari doirasida firmaning barcha xodimlari uchun bajarish majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, mehnat qonunlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi, ishdan bo‘shatadi va ularga tegishli jazolar beradi;
buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini tashkil etadi, xodimlarning yuksak unum bilan ishlashlari uchun sharoit yaratadi, mehnat intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi;
rejaning va shartnoma majburiyatlarining qanday bajarilayotganligi va moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalari haqida ta’sis etuvchilar oldida hisobot beradi.
Auditor (auditorlik firmasi) auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazishda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik aktlari qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
1. Auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va boshqa organlarga belgilangan tartibda statistika va buxgalteriya hisobotini topshiradi.
2. Auditorlik firmasining moliya-xo‘jalik faoliyati uni ta’sis etuvchilar tomonidan taftish qilinadi.
3. Auditorlik firmasining qayta tuzish va tugatish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Auditorlar Palatasi (bundan keyin matinda Palata deb ataladi) moliya, iqtisodiyot va xo‘jalik yuritish sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ixtiyoriylik asosida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini rivojlantirish, takomillashtirish, unifikatsiyalashga ko‘maklashish uchun da’vat etilgan auditorlarning mustaqil jamoat tashkiloti hisoblanadi.
2. Palata yuridik shaxs bo‘lib, bank muassasalarida o‘z schyotiga va muhriga ega bo‘ladi, Palataning Ustavi ta’sis etuvchilar tomonidan tasdiqlanadi. Palata O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Davlat ro‘yxatiga olinadi.
3. Palata o‘z faoliyatida “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Palata auditorlik firmalari va auditorlarning bir-birlarini tushunib ish olib borishlarini, hamkorlik qilishlarini va o‘zaro aloqada ish ko‘rishlarni ta’minlaydi.
5. Palata o‘z a’zolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga, kasb tayyorgarligi darajasini oshirishga ko‘maklashadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona uslubiyat asosida auditni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.
2. Auditorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, auditorlarning kasb faoliyati masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitalar, vaqtinchalik komissiyalar va ishchi guruhlarini tuzish.
3. Auditorlik xizmatlari bozorini tadqiq qilishni amalga oshirish, bu xizmatlarga bo‘lgan talablarni qondirishga ko‘maklashish.
4. Auditorlik faoliyatining ilg‘or tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va keng yoyish, axborot va o‘quv-uslubiy materiallarni chiqarish, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.
5. Burchlarni bajarish masalalari yuzasidan auditorlik firmalari va auditorlarga maslahatlar berish.
6. Ham jismoniy auditorlar, ham auditorlik firmalarining kasb tavakkalchiligini sug‘urta qilish.
7. Auditni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash va bu yo‘nalishda qonunchilik tashabbusini ko‘rsatish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda auditor litsenziyasini olish huquqiga ega bo‘lish uchun malakali imtihonlar dasturini va tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
9. Boshqa davlat organlari, auditorlar va buxgalterlarning vatanimizdagi va chet ellardagi tashkilotlari bilan hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshirish.
10. Auditorlarning kasb etikasi Kodeksini tasdiqlash hamda ularning faoliyati yuzasidan da’volarni ko‘rib chiqish, buzilishlarga yo‘l qo‘ygan auditorlarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida Palata zarur hollarda auditorlik firmasiga takliflar kiritadi.
11. Xalqaro andazalar asosida auditorlik xulosasi shakllarini va audit o‘tkazish andazalarini ishlab chiqadi.
1. Belgilangan tartibi auditorlik faoliyati kasbi bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olgan auditorlar Palataning yakka tartibdagi a’zolari bo‘lishlari mumkin.
2. Palata a’zoligiga qabul qilish Palataga kiruvchining yozma arizasiga binoan amalga oshiriladi va Palata hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
3. Palata a’zolari kirish va a’zolik badallarini to‘laydilar. Kirish va a’zolik badallarining miqdori, to‘lash tartibi va muddatlari Palata hay’ati tomonidan belgilanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasining auditorlar Palatasi haqidagi Nizomga rioya qilish.
2. Palata oldida turgan vazifalarni bajarishga faol yordam berish.
3. Buxgalteriya va auditorlik faoliyati masalalari bo‘yicha Palataning uslubiy tavsiyalarini keng yoyish va qo‘llanishga ko‘maklashish.
1. Doimiy qo‘mitalar, komissiyalar va ishchi guruhlari ishida qatnashish.
2. Auditorlar Palatasi faoliyatini yaxshilash masalalari yuzasidan takliflar kiritish.
3. Palataning huquq doirasiga kiradigan masalalarni hal etishda zarur yordam olish.
4. Palata xizmatlaridan birinchi navbatda foydalanish.
5. Palataning rejalari va tadbirlari haqida axborot olish.
6. Berilgan arizaga asosan Palata tarkibidan chiqish.
1. Palata faoliyatini ta’sis etuvchilar yig‘ilishida har yili saylanadigan hay’at boshqaradi.
2. Hay’at raisi Palataning butun ishlarini rejalashtiradi va uyushtiradi, Palata nomidan harakat qiladi, barcha davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarida, muassasalarda hamda korxonalarda uning manfaatlarini ifodalaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulk va moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlar ochadi. O‘z huquqlari doirasida buyruqlar chiqaradi va mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi, ishdan bo‘shatadi, rag‘batlantiradi hamda ularni jazolaydi.
3. Rais o‘z faoliyati haqida, hay’atning ishi haqida va Palata faoliyatining yakunlari to‘g‘risida ta’sis etuvchilarniig umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi.
4. Palataning ishini ta’sis etuvchilarning umumiy yig‘ilishida saylanadigan taftish Komissiyasi taftish qiladi, uning natijalari esa hay’at raisining o‘z ishi haqidagi hisoboti bilan bir vaqtda umumiy majlisda e’lon qilinadi.
1. Auditorlar Palatasini saqlash kirish va a’zolik badallari tushumlari hisobiga amalga oshiriladi.
2. Palataning xarajatlar smetasi, shtat jadvali, xodimlar soni va mansab okladlari hay’at tomonidan tasdiqlanadi. | 126 | 14,094 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGINING “TURKISTON” DAVLAT UNITAR KORXONASINI TUGATISh VA QIShLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN YaNADA SAMARALI FOYDALANIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Toshkent viloyatining yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Turkiston” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Turkiston” DUK deb ataladi) tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Turkiston” DUKni tugatish komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tugatish komissiyasi (Musayev D.O.):
“Turkiston” DUKni tugatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin;
kreditorlarni aniqlasin va tugatish paytida hosil bo‘lgan kreditorlik qarzlar qaytarilishini ta’minlasin;
debitorlik qarzlar undirilishini ta’minlasin;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga sotiladigan va mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladigan mol-mulk ro‘yxatini aniqlasin;
mol-mulk ustun darajada tugatilayotgan unitar korxona hududida tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklariga sotilishini nazarda tutsin;
ixtisoslashtirilgan chorvachilik fermalarini mulkiy kompleks sifatida sotishni nazarda tutsin;
tugatish davrida “Turkiston” DUK mol-mulki saqlanishini ta’minlasin;
oraliq tugatish balansi va tugatish balansini tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
tugatilayotgan “Turkiston” DUKning yer maydonlarini;
tugatish komissiyasining qarori asosida — ijtimoiy infratuzilma va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (bolalar bog‘chasi, maktab, avtomobil yo‘li, elektr uzatish liniyalari va transformator qurilmalari va boshqalarni) belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimligiga bersin.
7. Toshkent viloyati hokimligi tugatilayotgan “Turkiston” DUK hududida fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlar orasida ochiq va oshkora tanlovlar o‘tkazsin, g‘oliblarni aniqlashda ijtimoiy adolat, xolislik va ochiq-oshkoralik tamoyillariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.
Qarorning ushbu bandi bajarilishi to‘g‘risida 2009-yil 1-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
8. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tugatish komissiyasi bilan birgalikda tugatilayotgan “Turkiston” DUK mol-mulkidan samarali foydalanishni hamda uning binolari va inshootlari bazasida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda “Turkiston” DUKning bo‘shab qolayotgan xodimlarini ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 195 | 3,221 |
Qonunchilik | 8 sentyabr kuni Toshkent shahri markazida koʻchalar toʻsiladi | Oʻzbegim milliy qadriyatlari festivali oʻtkazilishida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.
Soat 10.00 dan 20.00 gacha quyidagi koʻchalar toʻsiladi:
- A.Temur - Shahrisabz koʻchasidan Navoiy koʻchasiga qadar;
- Shevchenko - Shahrisabz koʻchasidan I.Karimov koʻchasiga qadar;
- I.Karimov - Sh.Rashidov koʻchasidan Shahrisabz koʻchasiga qadar;
- Matbuotchilar - Sh.Rashidov koʻchasidan Zarafshon koʻchasiga qadar;
- Buyuk Turon - Navoiy koʻchasidan I.Karimov koʻchasiga qadar;
- Zarafshon - Navoiy koʻchasidan I.Karimov koʻchasiga qadar;
- Oloy - Shahrisabz koʻchasidan Istiqlol koʻchasiga qadar;
- Mustaqillik - Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur хiyoboniga qadar;
- Mahtumquli - Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur koʻchasiga qadar;
- Istiqbol - Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur хiyoboniga qadar.
Tadbir oʻtkaziladigan vaqtda koʻchalarga yondosh boshqa koʻchalarda ham transport vositalari harakati cheklanishi mumkin, deb хabar beradi IIBB. | 61 | 1,032 |
Qonunchilik | “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 16-noyabrda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 114 | 551 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKSUVQURILISh” KONSERNINING JIZZAX POLITEXNIKUMI TO‘G‘RISIDA | Yangi tashkil qilingan Jizzax politexnika institutining o‘quv-moddiy negizini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbeksuvqurilish” konserni, Jizzax politexnika institutining o‘quv-moddiy negizini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Jizzax viloyati hokimining Jizzax politexnikumining binolari, asosiy va yordamchi fondlari, transport vositalari, o‘quv-laboratoriya va boshqa uskunalarini Jizzax politexnika instituti tasarrufiga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Jizzax politexnikumida hozirgi kunda ta’lim olayotgan o‘quvchilar Jizzax industrial texnikumiga o‘tkazilib, ularning egallayotgan mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni tamomlashlari ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (J. Abdullayeva) va “O‘zbeksuvqurilish” konserni (F.B. Xasanov) Jizzax viloyati hokimi (A. Toshkenboyev) bilan birgalikda:
shu yilning 15-avgustiga qadar texnikumga tegishli bino va uskunalarni institutga berish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar;
texnikumning tugatilishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan o‘qituvchi va xodimlarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish chorasini ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining budjetiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limiga yuklatilsin. | 65 | 1,575 |
Qonunchilik | “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-571-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 2-oktabrda kiritilgan “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-571-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 221 | 755 |
Qonunchilik | Ayrim hududlarni rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining quyidagilar belgilangan qarorlari qabul qilindi:
Hujjat bilan mazkur hududlarni tegishli kompleks rivojlantirish dasturlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхatlari, aholi turmush tarzini yaхshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash chora-tadbirlari, turizmni rivojlantirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.
Quyidagilar dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2021 yildan kuchga kirdi. | 56 | 681 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmonini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “ish bilan ta’minlash xizmati (mehnat birjalari) tizimining” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “mehnat birjalariga” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “mehnat birjalari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “mehnat birjalarida” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Mehnat birjalari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 12-maydagi 250-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlaridan keyin “hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” so‘zlaridan keyin “hamda Moliya vazirligiga” so‘zlari qo‘shilsin;
v) umumiy ravishda belgilangan yoshni 5 yilga kamaytirgan holda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 3-ro‘yxati IX qismidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi to‘g‘risidagi Nizomda:
6-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomning II bo‘limi 5-bandidagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining “Tuman va shahar hokimliklarining boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari” bo‘limidagi “bandlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda);
b) O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi Nizomning I bo‘limida:
4-bandning “v” kichik bandidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
46-banddagi “va ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari “bo‘limlari hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida” 2002-yil 29-martdagi 106-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 19-modda):
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali, ushbu markazlarda ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarni, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yo‘li bilan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy yordam ko‘rsatishga jalb etish topshirilsin”;
2-banddagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa yadro-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 5-bandning ikkinchi xatboshidagi, 6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi hamda 8, 14 va 23-bandlardagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1 va 2-ilovalardagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalarida:
a) 43-bandda:
birinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda matnda ijtimoiy ta’minot bo‘limlari deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ushbu jamg‘arma mablag‘laridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 44-banddagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 46-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 47-bandning birinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ushbu jamg‘arma mablag‘laridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 48-banddagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 49-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 62-bandning birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining daromadlar va xarajatlar bo‘limida” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Kasanachilik to‘g‘risidagi Nizomda:
32-bandning beshinchi xatboshidagi va 49-bandning ikkinchi xatboshidagi “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-banddagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 27-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band bo‘lgan fuqarolarga mehnat daftarchalari ochilishini ta’minlasin”;
b) 3-banddagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi to‘g‘risidagi Nizomda:
Nizomga 4-ilovada:
uchinchi xatboshi va 2.2-banddagi “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
“Tomonlarning imzolari” qismidagi “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
Nizomga 5-ilovadagi “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
Nizomga 6-ilovada:
“Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
“ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi Nizom 8-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandining birinchi xatboshidagi va 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari to‘g‘risidagi Nizom 10-bandidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Faxriy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim bilan, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasi 2 — 5-bandlarining “Axborot taqdim etish tartibi” ustunidagi “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 33-modda):
a) Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
6-bandda:
birinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tumanlar (shaharlar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida, korxonalar va uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi komissiyalar (keyingi o‘rinlarda ishchi komissiyalar deb ataladi) bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning tuman (shahar) parametrlarini ishlab chiqadilar. Tumanlar (shaharlar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan kasanachilikni rivojlantirish parametrlari tegishli ravishda joriy yilning 8-yanvariga qadar muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga taqdim etiladi”;
10-bandning beshinchi xatboshi va 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
Nizomga 1-ilovaning II bo‘limidagi “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
Nizomga 2-ilovaning “Axborot qayerga taqdim etiladi” ustuni 1 va 2-bandlaridagi, “Axborot beruvchi organ (subyekt)” ustuni 3-bandidagi, “Axborot olish manbai” ustuni 4-bandidagi “Bandlikka ko‘maklashish markazi” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshiga, Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiya to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandiga “Bandlikka ko‘maklashish” so‘zlaridan keyin “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida:
a) “Axborotning turi” ustunining 16-bandidagi “ish bilan bandlikka ko‘maklashish” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Mas’ullar” ustunining 19-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 6-bandning oltinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limining” so‘zlari “tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 18-bandning birinchi xatboshidagi “Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limining” so‘zlari “Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 19-banddagi “Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” so‘zlari “Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 98-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qaroriga 2-ilovaning II bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 7-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 26-maydagi 135-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 30-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 34-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori)” 2009-yil 9-fevraldagi 36-son qaroriga ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 10-modda). | 249 | 20,816 |
Qonunchilik | “NESTLE—O‘ZBEKISTON” QO‘ShMA KORXONASI FAOLIYATINI YaXShILAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Shveysariyaning “Nestle S.A.” kompaniyasi tomonidan “Nestle—O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini rivojlantirish uchun 2006-yilgacha mo‘ljallangan 30 mln AQSh dollaridan hozirgi vaqtda 25,4 mln AQSh dollari o‘zlashtirilgan, ular oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni barpo etishga yo‘naltirilgan. 450 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan va 2002-yilda jahon standartlarga muvofiq bo‘lgan 5 mlrd so‘mlik mahsulot sotilgan.
“Nestle—O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini jadal o‘zlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ichki iste’mol bozorini ular bilan yanada to‘laroq to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Nestle—O‘zbekiston” qo‘shma korxonasiga va uning rasmiy tayinlangan distribyutyerlariga, naqd mablag‘larni belgilangan tartibda har kuni inkassatsiya qilish sharti bilan, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni, shu jumladan “Nestle S.A.” kompaniyasining import qilinayotgan mahsulotlarini avtofurgonlardan aholiga va yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulli hisob-kitob bilan sotishga ruxsat etilsin.
3. “Nestle—O‘zbekiston” qo‘shma korxonasiga ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi energiya manbalarini ularni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, kvotalar belgilamasdan olish huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 107 | 1,667 |
Qonunchilik | “YaZEKS” (TURKIYA) KORPORATSIYASINING TEXNIKAVIY KO‘MAGIDA QURILAYOTGAN TO‘QIMAChILIK MAJMUILARINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | To‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda yagona texnika siyosatini olib borish, paxta tolasidan samarali foydalanish, eksport imkoniyatlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining, Turkiyaning “Yazeks” korporatsiyasi texnikaviy ko‘magida qurilayotgan to‘qimachilik majmuilari muassislari va aksionyerlarining (ilovaga muvofiq) to‘qimachilik majmuilarining yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi tarkibiga kirishlari haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Samarqand viloyatida ustav jamg‘armasida Turkiya tomonining ulushi 51 foiz bo‘lgan paxta tolasini qayta ishlovchi “Samjinteks” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi qurilishi tugallanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari (Obidov, Xidirov, Islomov, Jumaniyozov) “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (Ismoilov) va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (Qozoqxonov) bilan birgalikda ilovada sanab o‘tilgan to‘qimachilik majmuilarining 1995-1996-yillarda ishga tushirilishini ta’minlasinlar, buning uchun:
bajarilgan qurilish ishlari, yetkazib berilgan texnologik asbob-uskunalar va xo‘jaliklardan olingan paxta tolasi uchun tegishli xo‘jalik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni bir oy muddatda amalga oshirsinlar;
to‘qimachilik majmuilari aksionerlik jamiyatlari muassislari va a’zolarining hamda viloyatlarning boshqa xo‘jalik tuzilmalarining mablag‘larini (ularga aksiyalar sotish ham shu jumlaga kiradi) qidirib topsinlar va obyektlar qurilishi tugallanishiga yo‘naltirsinlar;
“Anteks”, “Quva” va “Qashteks” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining paxta tolasiga bo‘lgan ehtiyojini aniqlasinlar va xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan hajmlar hisobiga 1994-1995-yillar hosilidan ularga belgilangan tartibda paxta tolasi ajratsinlar. Ajratilgan paxta tolasini sotish, sotishdan olingan mablag‘larning 30 foizi majburiy ravishda Markaziy bankka sotilgan, qolgan qismidan tegishli to‘qimachilik majmuilarini butlash uchun yetishmayotgan texnologik asbob-uskunalarni sotib olishda foydalanilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali amalga oshirilsin.
3. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining to‘qimachilik majmuilari qurilishini tugallashga yetishmayotgan mablag‘larni qoplash uchun kredit resurslarini belgilangan tartibda qidirib topsin va zarur bo‘lsa “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga ajratsin.
4. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi ularga berilgan vakolatlarga muvofiq yagona texnika siyosati olib borish, marketing, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, mutaxassislar tayyorlash va ishlab chiqarishni ular bilan ta’minlash bo‘yicha to‘qimachilik majmuilarining faoliyatini muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
“Qashteks” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Qashqadaryo viloyati)
“Gurlan” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Xorazm viloyati)
“Quva” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Farg‘ona viloyati)
“Anteks” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Andijon viloyati) | 149 | 3,489 |
Qonunchilik | Onlayn nazorat-kassa teхnikalari reyestri yangilanmoqda | Kelasi yilning 1 yanvaridan barcha tadbirkorlik sub’yektlari onlayn nazorat-kassa teхnikalaridan foydalanishga oʻtadi, deb хabar beradi DSQ aхborot хizmati.
Hozirgi vaqtda oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (tushumi) 100 mln soʻmdan oshgan (yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan) tadbirkorlik sub’yektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmoqda.
Kelasi yilning 1 yanvaridan barcha tadbirkorlik sub’yektlari onlayn nazorat-kassa teхnikalaridan foydalanishga oʻtadi.
29 iyun holatiga 140 mingga yaqin savdo va хizmat koʻrsatish sub’yekti 165 mingdan ziyod onlayn nazorat-kassa teхnikalaridan foydalanmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlari oʻz ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda onlayn-NKM yoki virtual kassani tanlash huquqiga ega.
Qurilmalar roʻyхati yangilandi, хususan, onlayn-NKM reyestriga ikkita model («Uzkassa P100» va «Sunmi P2») qoʻshilib, ularning umumiy soni 15 taga yetdi. Virtual kassalar roʻyхati 5 ta yangi dasturiy mahsul («Vipos», «Xpos», «I-cash» versiyasi 0.2, «Mobil kassa» va «I-cash» versiyasi 4.08ye) bilan toʻldirildi, shu tariqa ular 16 ta boʻldi.
Onlayn NKM va virtual kassalarga teхnik хizmat koʻrsatish markazlari soni ham oshib bormoqda. Foydalanuvchilarga teхnik хizmatlar koʻrsatish boʻyicha 26 ta markaz roʻyхatdan oʻtgan.
Onlayn-NKMlarga qoʻyilayotgan talablar ham takomillashtirilmoqda. Masalan, qogʻozga bosib chiqarishdan oldin fiskal ma’lumotlarni tekshirish va aks ettirish uchun kamida TFT LCD 800*480 piksellar soniga ega ekran mavjudligi talabi bekor qilingan. Onlayn-NKMlar 24 soat offlayn rejimida ishlagandan soʻng ularni avtomatik bloklash tizimi paydo boʻldi.
Virtual kassaga oid oʻzgarishlar virtual kassaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyatini, shuningdek elektron tijorat orqali faoliyat yuritishni - fiskal ma’lumotlarni operatorga uzatishni DSQ tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsuloti orqali amalga oshirish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
Lola Abduazimova. | 55 | 1,985 |
Qonunchilik | Chet elliklar uchun Oʻzbekistonda ishlash osonlashadi | Prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan respublika hududida хorijiy malakali mutaхassislarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Birinchidan, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:
a) ish beruvchilar uchun yuqori malakali va malakali chet ellik mutaхassislarga (quyiga qarang) nisbatan хorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruхsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilinadi. Bunday хodimlar mamlakatimizda ishlashlari uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega boʻlishlarining oʻzi kifoya. Oʻrindoshlik asosida esa tasdiqnoma olmasdan ham ishlashlariga ruхsat etilgan.
Hozir chet ellik fuqaro faqat yuqorida tilga olingan hujjatlar: ish beruvchi tomonidan olinadigan хorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruхsatnoma va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma (хodim tomonidan olinadi) mavjud boʻlganda Oʻzbekistonda ishlashi mumkin. Tasdiqnomani berish tartibi – bu yerda.
b) yuqori malakali va malakali chet ellik mutaхassislar tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun amaldagi 10 EKIH oʻrniga pasaytirilgan tariflarda – tegishincha, 1 EKIH va 2 EKIH toʻlaydilar.
2019 yil 1 yanvardan boshlab esa yuqori malakali mutaхassislardan JShDS belgilangan stavkaning 50%i miqdorida undiriladi.
v) yuqorida koʻrsatilgan chet ellik mutaхassislarga berilgan tasdiqnomalarning amal qilish muddati ularning istagiga koʻra berilgan kundan boshlab 3 yilgacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi. Keyinchalik uni cheksiz miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatgacha uzaytirish imkoniyati beriladi.
Umumiy qoidaga koʻra ish beruvchiga 1 yil muddatga bir marta uzaytirish huquqi bilan beriladigan хorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruхsatnoma asosida chet ellik хodimlarga tasdiqnoma beriladi.
Qabul qilingan hujjat doirasida quyidagi toifadagi mutaхassislar yuqori malakali va malakali mutaхassislar deb tan olinadi:
Yuqori malakali mutaхassislar
Malakali mutaхassislar
Quyidagi chet el fuqarolari:
Quyidagi chet el fuqarolari:
g) 8 500 EKIHdan kam boʻlmagan miqdorda jamiyatlarning aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek хorijiy korхona tashkil etish shaklida respublikaga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruхsat beruvchi tartib-taomillarni oʻtmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida ishlash huquqiga ega.
Ikkinchidan, yuqori malakali mutaхassislarga va ularning oila a’zolariga хohishiga koʻra mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi (bundan keyin – shartnomalar) amal qiladigan muddatga yashash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Uchinchidan, yuqori malakali va malakali mutaхassislarga koʻp marotabali mehnat vizasi shartnomalar amal qiladigan, biroq 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Keyinchalik amal qilish muddati mamlakatdan tashqariga chiqish zaruriyatisiz, shartnomalar amal qiladigan, biroq har bir holatda 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.
Toʻrtinchidan, endi OOʻMTV tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan oliy ta’lim muassasalarining diplomlarini nostrifikatsiyalash toʻgʻridan-toʻgʻri (maхsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Beshinchidan, 3 oy muddatda bir necha хalqaro tillarda (ingliz, nemis, arab, хitoy, rus va b.) ishlaydigan maхsus aхborot portali amaliyotga joriy etiladi. U kirish va chiqish tartib-taomillari, viza, yashash guvohnomasi olish, roʻyхatga turish, propiska qilinish tartibi, soliq solish meхanizmlari va mehnat munosabatlari хususiyatlari, chet el fuqarolari uchun imtiyoz va preferensiyalar boʻyicha batafsil aхborotni nazarda tutuvchi hamda ish va uy-joy izlash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 53 | 3,905 |
Qonunchilik | Maхsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatish tartibi belgilandi | “Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi 17.02.2020 yildagi OʻRQ-604-son Qonun e’lon qilindi. U uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Amaldagi “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonundan farqli oʻlaroq, qabul qilingan hujjat:
birinchidan, ancha hajmli va oʻzining tuzilmasi bilan farq qiladi – 11 ta bob va 48 ta moddadan iborat (amaldagisi - 3 ta bob, 28 ta moddadan iborat), tushuncha apparati bilan ta’minlangan, ushbu sohada davlat boshqaruvi organlari vakolatini belgilaydi;
ikkinchidan, maхsus iqtisodiy zonalarning quyidagi tasnifini nazarda tutadi:
uchinchidan, maхsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish tartibi, shuningdek boshqarish masalalari (ma’muriy kengashning faoliyat koʻrsatishi) batafsil bayon etilgan;
toʻrtinchidan, ushbu zonalar hududida amalga oshirish taklif etiladigan investitsiya loyihalariga talablarni oʻz ichiga olgan. Ular umumiy va alohida talablarga boʻlinadi – har bir zona turi uchun alohida. Maхsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Masalan, qurol va oʻq-dorilar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va hokazo. Shuningdek, qonunda investitsiya buyurtmanomasini berish va koʻrib chiqish, investitsiya bitimini tuzish, muddatini uzaytirish va tugatish jarayoni belgilangan.
beshinchidan, qonunning alohida bobi maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga bagʻishlangan – ularning huquq va majburiyatlari, ular tomonidan maqomni olish, yoʻqotish va mahrum qilish aytib oʻtilgan.
oltinchidan, huquqiy rejim, хususan, zonalar ishtirokchilari uchun soliq va bojхona imtiyozlari хususiyatlari yozilgan. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi Soliq kodeksida nazarda tutilgan. Shuningdek, ular quyidagilar uchun bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladi:
Bundan tashqari, MIZ ishtirokchilari tovarlarni import qilganda QQSni 120 kungacha muddatga kechiktirib toʻlashga haqli. Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan QQS summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQSning oʻrni ularga 7 kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi. Toʻlangan QQS summasi MIZ ishtirokchilariga respublika byudjetidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.
Bunda qonun kuchga kirgunga qadar EIZlar direksiyalari tomonidan roʻyхatga olingan EIZlar ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar ular taqdim etilgan muddat oʻtguniga qadar saqlab qolinadi.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 19.05.2020 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 67 | 2,668 |
Qonunchilik | Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) 48-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 246-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “qurol yoki o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 247-moddaning nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan egallash”;
3) 248-moddaning nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish”;
4) 249-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 26-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 90-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
to‘rtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
4) 185-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tig‘li sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 220-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning fuqaroviy, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurolni va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish qoidalarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini to‘lab shu qurolni va o‘q-dorilarni olib qo‘yishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xizmat qurolini va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish qoidalarini xizmat qurolidan va uning o‘q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslari hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan buzish, xuddi shuningdek qurolni va uning o‘q-dorilarini, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini olish, berish, hisobga olish, realizatsiya qilish, tashish, saqlash, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish qoidalarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning qurol va uning o‘q-dorilari, o‘qotar qurolning asosiy qismlari but saqlanishini, ularning belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini ta’minlashga doir majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’ul xodimlari tomonidan buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qurolni va uning o‘q-dorilarini, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini qabul qilish, hisobga olish hamda sotish qoidalarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalari rasmiylashtirilgan fuqaroviy va xizmat quroliga tovushsiz o‘q uzish moslamalarini hamda tunda ko‘rish mo‘ljallagichlarini (bundan ov qilish uchun mo‘ljallagichlar mustasno) o‘rnatish —
tovushsiz o‘q uzish moslamalarini va tunda ko‘rish mo‘ljallagichlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) quyidagi mazmundagi 2201-modda bilan to‘ldirilsin:
Pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
7) 221-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Fuqaroviy, xizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurolni va uning o‘q-dorilarini ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) qoidalarini, shuningdek ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalashga yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini uzaytirish qoidalarini buzish”;
8) 222-modda chiqarib tashlansin;
9) 245-moddaning birinchi qismidagi “2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222-moddasida” degan so‘zlar “2191, 220, 2201-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 248-modda:
birinchi qismidagi “205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “205” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining 1-bandidagi “205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “205” raqami bilan almashtirilsin;
11) 290-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 185, 220, 2201 va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish ko‘rib chiqilguniga qadar qurolni va uning o‘q-dorilarini olib qo‘yishga haqli bo‘lib, bu haqda olib qo‘yilayotgan qurolning markasi yoki modeli, kalibri, turkumi va raqami, o‘q-dorilarning miqdori va turi ko‘rsatilgan holda bayonnomaga yozib qo‘yiladi”;
12) 311-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmat qurolidan va uning o‘q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlarida, 221-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxasi tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga ma’lumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaxsning quroldan foydalanishini taqiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”;
13) 336-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘qotar qurollarni va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Qurolni va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi 419-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 25-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yo‘lovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 32-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “ovchilik quroli” degan so‘zlar “ov quroli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 33-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslarga sport va havaskorlik maqsadida ov qilish uchun ruxsatnoma ovchilik guvohnomasi, o‘qotar ov qurolini yoki pnevmatik ov qurolini (agar undan foydalanish mo‘ljallansa) saqlash va olib yurish uchun ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi”;
oltinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “ovchilik quroli” degan so‘zlar “ov quroli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589, 591-moddalar, № 10, 674-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “o‘qotar qurolni” degan so‘zlar “fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 122-modda birinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasini nazorat qilish”;
2) 16-modda birinchi qismining:
yigirma ikkinchi xatboshisidagi “o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yigirma yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish maqsadida jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslarning, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, qidiruv e’lon qilinganlarning, bedarak yo‘qolganlarning, fuqaroviy va xizmat quroliga ega bo‘lganlarning hisobini yuritishi, ushbu ma’lumotlarning tahlilini amalga oshirishi hamda profilaktika tadbirlarini o‘tkazishi”;
qirq sakkizinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari, alyumin kukunlari va qurumlarining” degan so‘zlar “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 17-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari” degan so‘zlar “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ttiz beshinchi, o‘ttiz oltinchi va o‘ttiz yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaroviy va xizmat quroli, uning o‘q-dorilari, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada bo‘ladigan sohada faoliyatni amalga oshirayotgan obyektlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolariga mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomani ko‘rsatgan holda to‘sqinliksiz kirish;
litsenziya va ruxsat etish talablari hamda shartlari buzilganligi fuqaroviy va xizmat qurolining, uning o‘q-dorilari, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarning, pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning, alyuminiy kukunlari va qurumlarining yo‘qolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini yuzaga keltirgan hollarda, ularni olib qo‘yishni amalga oshirish, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, alyuminiy kukunlari hamda qurumlarini tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini esa ichki ishlar organlariga zudlik bilan olib borishni hamda saqlash uchun joylashtirishni talab qilish;
tashkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan fuqaroviy va xizmat qurolini, uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni, alyuminiy kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qo‘yishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rish”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RQ-550-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismi:
1-bandining beshinchi xatboshisidagi “og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2-bandining oltinchi xatboshisidagi “og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalari (bundan buyon matnda maxsus organlar va harbiy tuzilmalar deb yuritiladi) qurollantirilgan yoki qurollantirishga mo‘ljallangan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan qurol jangovar qurol jumlasiga kiradi”;
3) 9-moddaning:
2-bandi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pnevmatik kalta stvolli qurol, shuningdek tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) o‘xshash pnevmatik qurolning (bundan ushbu qurolni sport obyektlarida saqlash va undan foydalanish mustasno);
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“maxsus ta’mirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib o‘q uzish imkoniyatini istisno etadigan o‘quv qurolining va vazn-o‘lchamli qurolning;
nur-tovushli ta’sirga ega patron bilan o‘q uzishni imitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, maxsus ta’mirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib boshqa turdagi patronlar bilan o‘q uzish imkoniyatini istisno etadigan paxtavon qurolning va uning o‘q-dorilarining”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi band bilan to‘ldirilsin:
“12) fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish”;
4) 10-moddaning:
to‘rtinchi xatboshisidagi “qurol” degan so‘z “qurolni va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi “qurolni” degan so‘zdan keyin “va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 11-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining (bundan buyon matnda Milliy gvardiya organlari deb yuritiladi)” degan so‘zlar “ichki ishlar organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi:
birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori hamda kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “hamda og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik qurolning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 12-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxsning qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini ta’minlash majburiyati o‘z zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan xodimining doimiy yashash joyi mavjud emasligi, xodimda ushbu Qonun 13-moddasi o‘ninchi qismining ikkinchi, uchinchi, beshinchi — sakkizinchi, o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qurolga egalik qilish uchun monelik qiladigan asoslar yuzaga kelganligi, shuningdek ushbu Qonunning 1-ilovasida ko‘rsatilgan xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjudligi”;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxsning xodimiga qurol va uning o‘q-dorilari mazkur xodim tasdiqlangan dasturlarga muvofiq har yilgi xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-psixologik hamda jismoniy tayyorgarlik kurslaridan o‘tganidan so‘ng va ushbu Qonun 13-moddasining o‘ninchi qismida belgilangan asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yuridik shaxs rahbarining qaroriga hamda ichki ishlar organlarining qurolni olib yurishga doir ruxsatnomasiga binoan beriladi”;
7) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining yigirma besh yoshga to‘lgan fuqarolari fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari fuqaroviy sport qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini olish huquqiga ega.
Ov quroli va uning o‘q-dorilari O‘zbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari tomonidan olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan, uning egaligida turgan soyli stvolli o‘qotar ov qurolining umumiy soni uchtadan, pnevmatik ov qurolining umumiy soni uchtadan, silliq stvolli o‘qotar qurolning umumiy soni beshtadan oshmasligi kerak, bundan mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish obyektlari bo‘lgan hollar mustasno.
Bittadan ortiq har bir soyli stvolli o‘qotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli o‘qotar ov quroliga egalik qilganlik uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi, bundan mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish obyektlari bo‘lgan hollar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari ovchilikka bog‘liq kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yoki kamida o‘n yil davomida mulkida avtomatik bo‘lmagan (bir zaryadlovchi) silliq stvolli o‘qotar ov quroliga ega bo‘lgan bo‘lsa hamda ularda ov qilish qoidalarini yoki qurol muomalasini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar mavjud bo‘lmasa, soyli stvolli o‘qotar ov qurolini, shu jumladan aralash o‘qotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli o‘qotar ov qurolini va uning o‘q-dorilarini, o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini olish huquqiga egadir.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
arizani;
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qish bo‘yicha maxsus qisqa muddatli kurslarda o‘qitilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani;
arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni;
ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasini (ov qurolini olish uchun);
ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasini (soyli stvolli o‘qotar ov qurolini, yarim avtomat silliq stvolli o‘qotar ov qurolini yoki o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);
otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sportchi guvohnomasini (sport qurolini olish uchun).
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ichki ishlar organlari tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida tegishli ichki ishlar organiga o‘ziga tegishli fuqaroviy qurolni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolariga fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berilmaydi:
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan yoshga to‘lmaganlarga;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlarga;
ushbu moddaning yettinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlarni taqdim etmaganlarga yoki taqdim etilgan hujjatlarida noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 103, 1031, 104, 105, 110, 112, 118, 119, 1301, 135, 137, 138, 142-moddalarida, 145-moddasining uchinchi qismida, 150, 151, 152, 153, 154, 1541, 155, 1551, 1552, 1553, 156, 157, 158, 159, 160, 161, 164, 165, 166-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a” va “g” bandlarida, to‘rtinchi qismining “b” va “v” bandlarida, 171-moddasi uchinchi qismining “b” va “v” bandlarida, 173-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” bandlarida va uchinchi qismida, 202-moddasi uchinchi qismining “a”, “g”, “d” va “j” bandlarida, 204-moddasining ikkinchi qismida, 216, 2161, 2162, 217, 218, 219, 220, 221, 222-moddalarida, 223-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida, 226, 2292, 235, 242, 244, 2441, 2442, 2443, 245, 246, 247, 248, 249, 251, 2511, 252, 254, 2551, 264-moddalarida, 267-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273, 274, 276-moddalarida, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 278-moddasining ikkinchi qismida, 279-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 280-moddasining ikkinchi qismida, 281-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 282-moddasida, 283-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 285, 286-moddalarida nazarda tutilgan qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlarga sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti qo‘llanilganligidan keyin o‘n yil davomida;
qasddan jinoyatlar sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmaganlarga yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlarga, bundan ushbu qismning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilganlar mustasno;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarda fuqarolarga nisbatan ekstremistik faoliyatning, shuningdek shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdid soluvchi faoliyatning belgilari mavjud bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
jinoiy jazoni o‘tayotganlarga;
doimiy yashash joyiga yoki qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini ta’minlaydigan saqlash sharoitlariga ega bo‘lmaganlarga;
o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganlarga;
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185, 220, 2201 va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganlarga;
jamoat tartibiga, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik yoki ov qoidalarini buzganlik, shuningdek badanga yengil shikast yetkazganlik va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlaganlik, olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun bir yil davomida takroran ma’muriy javobgarlikka tortilganlarga;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etganlarga — himoya orderida qurol olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqni taqiqlash nazarda tutilgan hollarda (himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida);
ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilgan fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud bo‘lganda;
ruhiy holatning buzilishlari va (yoki) narkologik kasalliklar sababli dispanser hisobida turgan yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslar ushbu fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha birgalikda yashayotganda.
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha maxsus qisqa muddatli kurslarda o‘qitish tartibi va maxsus kurslarda o‘qitilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlarida va boshqa shaxslarda ushbu modda o‘ninchi qismining uchinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham berilmaydi.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda arizachini rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini va arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda, qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Fuqaroviy qurolni va uning o‘q-dorilarini (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno) birinchi marta olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi yuzasidan tekshiruvdan o‘tishi shart, ushbu birlashma va yuridik shaxslar quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tegishli tekshiruvdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi”;
8) quyidagi mazmundagi 131 va 132-moddalar bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning xodimlari ichki ishlar organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha quyidagi tartibda davlat sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida (bundan buyon matnda tibbiyot muassasalari deb yuritiladi) qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining birinchi marta qurol va uning o‘q-dorilarini olayotgan fuqarolari, shuningdek qurolni saqlashga va olib yurishga, kolleksiyalashga yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirishda — doimiy yashash joyi bo‘yicha tibbiyot muassasalarida;
yuridik shaxsning qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini ta’minlash majburiyatlari o‘z zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqidan foydalanadigan xodimlari qurolni saqlashga va (yoki) olib yurishga doir ruxsatnomalarni olishda hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirishda — doimiy yashash joyi bo‘yicha tibbiyot muassasalarida yoxud maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxs va tibbiyot muassasasi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq belgilangan tibbiyot muassasalarida.
Ichki ishlar organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tishga doir yo‘llanmasining amal qilishi muddati u berilgan kundan e’tiboran o‘n kunni tashkil etadi.
Tibbiy tekshiruv ushbu Qonunning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining qurolni va uning o‘q-dorilarini birinchi marta olayotgan yoki qurolni saqlash va olib yurishga, kolleksiyalashga yoxud ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirayotgan fuqarosining doimiy yashash joyi bo‘yicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar doimiy yashash joyi bo‘yicha ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarida hisobda turishi bo‘yicha tekshiriladi.
Davlat sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshirishga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalari ro‘yxati, tibbiy tekshiruvni o‘tkazganlik uchun tariflarning miqdorlari va tibbiy tekshiruv natijalariga doir xulosaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tibbiy tekshiruv tibbiyot muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tekshiruvdan o‘tayotgan fuqarosining yoki yuridik shaxs xodimining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) ko‘rsatilgan holda, ichki ishlar organlarining yo‘llanmasi asosida o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv tibbiyot muassasasi tomonidan ichki ishlar organlarining yo‘llanmasi taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruvni o‘tkazish uchun tibbiyot muassasasi tomonidan maxsus tibbiy komissiya tuziladi. Tibbiy komissiya tarkibi tibbiyot muassasasining ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiya tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayd etish uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan shaxslarning ambulatoriya kartalarini yuritadi.
Ambulatoriya kartasida tibbiy tekshiruvni o‘tkazishda ishtirok etayotgan barcha shifokorlar va mutaxassislarning tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan shaxs to‘g‘risidagi tibbiy xulosalari ko‘rsatilishi kerak.
Tibbiy tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsni tekshirish uning doimiy yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari va narkologiya dispanserlarida tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot muassasasi tibbiy komissiyaning tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risidagi xulosasini elektron shaklda rasmiylashtiradi hamda tibbiy tekshiruv o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida xulosa yo‘llanma bergan ichki ishlar organiga axborotning maxfiyligi ta’minlangan holda, pochta aloqasi vositalari yoki axborot tizimi orqali yuboriladi.
Xulosa tibbiy komissiya rahbarining imzosi va tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiyaning xulosasi berilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida amal qiladi”;
9) 15-moddaning birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 17-modda birinchi qismining:
oltinchi xatboshisidagi “hamda og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik qurolning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
11) 18-moddaning:
nomidagi “va hadya etish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroviy qurolni va uning o‘q-dorilarini meros qilib olish merosxo‘rda mazkur turdagi qurolni olishga doir ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, qurol ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish rad etilgan taqdirda, fuqaroviy qurol fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinishi yoki ichki ishlar organlariga tekin asosda topshirilishi kerak”;
12) 19-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “hadya etishga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
13) 20-moddadagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 21-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 22-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 23-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 24-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya organlarining” degan so‘zlar “ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “Ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 27-modda:
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “hadya qilish hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki ishlar organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o‘tishi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 28-modda:
birinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ushbu Qonun 13-moddasi o‘ninchi qismining beshinchi, oltinchi, yettinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qurolga egalik qilishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganda”;
to‘qqizinchi xatboshisi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi “realizatsiya qilinishi” degan so‘zlardan keyin “bunda sotuvdan tushgan summa qurolning va uning o‘q-dorilarining sobiq egasiga olib qo‘yilgan buyumni realizatsiya qilishga doir xarajatlar chegirib tashlangan holda berilishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 29-moddaning ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 31-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 32-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 34-moddaning:
birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “Ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “Ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar tegishincha “Ichki ishlar” va “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 35-moddaning:
birinchi qismi:
sakkizinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar tegishincha “Ichki ishlar” va “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar tegishincha “Ichki ishlar” va “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 36-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 40-modda:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiya” degan so‘zlar “Ichki ishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Fuqaroviy qurolni saqlash tartibiga rioya etilishini tekshirish ichki ishlar organlarining profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan bir yilda kamida bir marta amalga oshirilishi kerak”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
28) 44-moddadagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasining 4-bandi va 3-moddasining 4 — 7-bandlari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi. | 167 | 51,550 |
Qonunchilik | Kadastr yigʻmajildini tayyorlash va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish – yangi qoidalar boʻyicha | Prezident tomonidan 7 sentyabr kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida Farmon imzolandi.
Bugungi kunda yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining bitta idorada toʻplangan. Yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr yigʻmajildi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning oʻzi tomonidan tayyorlanadi. Bularning barchasi manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirmoqda. Hujjat bilan ushbu muammoni hal qilish boʻyicha quyidagi qadamlar nazarda tutilgan.
Birinchidan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qishloq хoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq хoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq хoʻjaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq хoʻjaligi vazirligiga oʻtkaziladi.
Bunda qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarning tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida ularning monitoringini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi doirasida amalga oshiriladi.
Tegishincha, qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va qayta baholash, tuproq bonitirovkasi va tuproq хaritalarining korrektirovkasini oʻtkazish, sugʻoriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish, tuproq (yer) monitoringini oʻtkazish uchun byudjetdan nazarda tutiladigan mablagʻlar 2021 yil 1 yanvardan boshlab Qishloq хoʻjaligi vazirligiga ajratiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish, qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga tadbirkorlik sub’yektlari jalb qilinadi.
Ikkinchidan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etiladi. Idora хalqaro hamkorlikni kengaytirish, oʻz sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek yagona davlat siyosatining amalga oshirish va uchta asosiy yoʻnalishda boshqa vazifalarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish
geodeziya va kartografiya
davlat kadastrlarini yuritish
Bundan tashqari, hujjat bilan quyidagi tartib joriy etilmoqda:
a) kadastr yigʻmajildi quyidagilar murojaati boʻyicha tayyorlanadi:
Xarajatlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish vaqtida unga ega boʻlgan shaхs tomonidan qoplanadi;
b) yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar sharhlanayotgan Farmon kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan, biroq davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, ularga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish huquq egalarining buyurtmalariga asosan ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
v) davlat organlari va tashkilotlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, oʻrmon хoʻjaliklari, suv хoʻjaligi tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalarga berilgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish balansda saqlovchilarning buyurtmalariga asosan va ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
g) kadastr yigʻmajildi Kadastr agentligi tomonidan shahodatlangan kadastr muhandislari hamda agentlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida tayyorlanadi;
d) 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaхsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik aхborot tizimida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi;
ye) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali toʻplangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab esa:
Oleg Zamanov. | 118 | 4,449 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 1-ilova ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin. | 215 | 493 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-131-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 4-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-131-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 234 | 748 |
Qonunchilik | Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, aholini ijtimoiy himoya qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda.
Xususan, jahonda bo‘lib o‘tayotgan koronavirus pandemiyasi aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlashning shaffof va samarali instrumentlari bo‘lishini taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, ushbu sohada zarur idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘ozda ish yuritishdan voz kechish, davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini taqdim etish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bermayapti.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
2019-yilning 1-oktabridan Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi doirasida bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy nafaqalar) tayinlashni ko‘rib chiqish va belgilash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasining granti asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublika bo‘ylab joriy etish uchun kompyuter uskunalari va periferiya qurilmalarini sotib olish Jahon banki imtiyozli krediti hisobiga amalga oshiriladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi foydalanuvchisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisoblanadi.
2. Belgilansinki:
2020-yilning 1-sentabridan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismidir;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida jismoniy shaxsning identifikatori hisoblanadi;
davlat ijtimoiy xizmatlari yoki yordamini taqdim etish doirasida davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshiriladi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash vositasida o‘zaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish;
belgilangan mezonlarga muvofiq kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etish;
aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o‘zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirish;
davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoiy yordam oluvchilarning doimiy yangilanib turadigan yagona ma’lumot bazasini shakllantirish;
manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi uchun ma’lumot bilan ta’minlash.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan shaxslar yoki oilalar qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan 3-ilovaga muvofiq xizmatlar va imtiyozlarni ham olishga haqlidir;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va o‘n ikki oy davomida amal qiladi.
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dastur ijrosi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin va chora-tadbirlarni bajarish muddatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, uning hududiy bo‘linmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilishini va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun 5-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlanadigan shtat birliklarini ajratish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan shtat birliklarining:
200 tasi mehnat organlarining inspektorlar va mutaxassislari shtat birliklari;
125 tasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi shtat birliklari;
100 tasi davlat soliq xizmati organlari shtat birliklari maqbullashtirilishi hisobidan ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatida tasdiqlangan shtat birliklari doirasida fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlashga oid murojaatlari va shikoyatlarini qabul qilish bo‘yicha sho‘basi tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2021-yilning 1-yanvariga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY organlari) arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalari shakllantirilishini ta’minlasin.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2020-yil 1-sentabrga qadar FHDY organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha xodimlarni vaqtincha ishga jalb etish va ularni joylashtirish choralarini ko‘rsin, ularga zarur bo‘lgan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, ofis jihozlari, kanselyariya tovarlari, telefon va internet aloqasi bilan ta’minlasin, shuningdek, arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibiga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq FHDY bo‘limlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, shuningdek, shartnoma asosida xodimlarni vaqtinchalik jalb etish hamda zarur kompyuter va boshqa orgtexnika vositalarini xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 30 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Belgilansinki:
Adliya vazirligi tomonidan mazkur qaror doirasida kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali xarid qilinishi mumkin;
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida FHDY organlarining arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar to‘liq yakunlangandan keyin, ushbu qaror doirasida xarid qilingan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining taqsimotiga muvofiq tegishli tumanlar (shaharlar) umumta’lim muassasalariga belgilangan tartibda beg‘araz o‘tkazib beriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasi orqali “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan idoraviy axborot tizimlari va resurslari o‘rtasida sifatli va to‘laqonli axborot almashinuvini ta’minlasin, bunda Moliya vazirligiga har tomonlama, shu jumladan zarur texnik ko‘mak bersin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish” loyihasi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi to‘laqonli va sifatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan serverlar, kompyuter va boshqa texnika vositalar, asbob-uskunalarni sotib olishni;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi funksional imkoniyatlarini kengaytirishni;
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilganidan so‘ng “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun arizalar elektron tarzda onlayn rejimida qabul qilinishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar ma’lumotlar taqdim etish maxfiyligi va yopiqligini ta’minlash asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomiga olingan pul o‘tkazmalari va ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olinganda ariza beruvchilar va ularning muomalaga layoqatli oila a’zolari roziligi bilan taqdim etish imkoniyatini yaratish tavsiya etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi o‘zlarining hamda tarkibidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari, ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari) shuningdek, pensionerlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan boshqa davlat ijtimoiy xizmatlarini olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali arizalar taqdim etishini cheklash va ularning ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2021-yil 1-yanvarga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga fuqarolarga tegishli bo‘lgan shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish orqali ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ustuvorlik daromadi nisbatan pastroq bo‘lgan oilalarga berilishi nazarda tutilsin;
ikki oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etishning yagona tizimini joriy etish, ijtimoiy nafaqalarni, xizmatlarni va yordamni tayinlashda asos qilib olinadigan muhtojlikni aniqlash mezonlarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingunga qadar Sirdaryo viloyatining kam ta’minlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi boshqa hududlarga ham tatbiq etilsin.
15. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qaror maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlasin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
2. Oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bolalar soni va ularning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, turmush qurganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
3. Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
4. Oilaning (oila a’zolarning) rasmiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
5. Ko‘chmas mulkning mavjudligi, ko‘chmas mulk hajmi, foydalanuvda bo‘lgan erning boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
6. Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
7. Pensiya va nafaqa ko‘rinishidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
8. Mehnat faoliyati bilan vaqtincha shug‘ullanish imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarishga muhtoj oila a’zosining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
9. Bank plastik kartasining mavjudligi, to‘lovlar va vedomostlarni yuborish, to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlar, oila a’zolariga kelib tushgan pul o‘tkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
10. Oila a’zolarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
11. Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi), o‘qish turi (davlat granti, to‘lov kontrakt) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish.
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish.
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish.
5. Ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish.
6. San’at maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish.
7. Kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash.
8. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish. | 143 | 15,785 |
Qonunchilik | Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi bo‘yicha) bojxona rasmiylashtiruvini davriy bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ayni bir xil tovarlar — ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) bo‘yicha tovar kodining o‘nta belgili darajasi bir xil bo‘lgan tovarlar;
ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib o‘tish — bir xil tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko‘p marta bitta yuk jo‘natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir shartnoma (kelishuv, bitim) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o‘tilishi;
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo‘yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo‘natilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo‘l yukida va bagajida olib o‘tilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etayotgan shaxs (bundan buyon matnda deklaratsiyalovchi shaxs deb yuritiladi) — bojxona organlariga BYuDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYuDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis.
2. Davriy BYuD bir xil turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali bir shartnoma (kelishuv, bitim) doirasida ayni bir shaxs tomonidan muntazam olib o‘tishda rasmiylashtiriladi.
3. Aynan bir xil turdagi tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kelishuv, bitim) doirasida karantin ruxsatnomalar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar, bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etilishi mumkin.
4. Mazkur Nizomga muvofiq BYuD rasmiylashtirilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda davriy BYuD rasmiylashtiriladi;
ikkinchi bosqichda to‘liq BYuD rasmiylashtiriladi.
5. Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish paytida bojxona organlariga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan davriy BYuD bilan birga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
6. Davriy BYuDda ko‘rsatilgan tovarlarning to‘liq miqdori uchun bojxona rejimi shartlariga muvofiq amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari bo‘yicha bojxona to‘lovlari hisoblanadi.
7. Davriy BYuD doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning bojxona nazorati va hisobini yuritish uchun tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida, faqat davriy BYuD uchun shakllanadigan har bir tovar turkumiga alohida tartib raqamli darchaga bojxona organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda yuklanadi.
8. Tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida faqat davriy BYuD uchun shakllanadigan, har bir tovar turkumiga alohida tartib raqamli elektron jadvalda davriy BYuD bo‘yicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona ko‘rigi (agar shunday bojxona nazorati shakli qo‘llanilgan bo‘lsa) dalolatnomasi tartib raqami bo‘yicha ma’lumotlar bojxona organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda qayd etib boriladi.
9. Davriy BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovarlarni, tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning ixtiyoriga berilishi, ularni bojxona nazoratidan o‘tkazilgandan hamda mazkur Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq harakatlar yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
10. Davriy BYuD doirasida tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan har bir tovar turkumi uchun bojxona nazorati boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
11. Davriy BYuD doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan turkumi hamda ular bo‘yicha tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari aynan davriy BYuD rasmiylashtirilgan bojxona organiga taqdim etiladi.
12. Davriy BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) talablariga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida “PE” harfli belgisi ko‘rsatiladi.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamdan iborat kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning uchinchi bo‘lmasi to‘ldirilmaydi;
2) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng deklaratsiyalovchi shaxsga dastlabki BYuDga kiritish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etgan, yukni qabul qiluvchi tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotgan jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami) ko‘rsatiladi.
So‘ngra grafada qo‘shimcha ravishda quyidagilar qayd etiladi: “To‘liq BYuDni XX.XX.XXXXgacha bojxona organiga taqdim etish majburiyatini olaman” (bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy, yilni anglatadi).
Agar ishonch bildirgan shaxs BYuDni to‘ldirgan deklaratsiyalovchi shaxs bo‘lsa, ushbu deklaratsiyalovchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Shuningdek, mazkur grafada xo‘jalik yurituvchi subyekt ishonch bildirgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
13. Davriy BYuD uchun belgilangan muddat tugagunga qadar tovarlar bojxona chegarasidan to‘liq olib o‘tilgan taqdirda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan to‘liq BYuD taqdim etiladi.
Davriy BYuD uchun belgilangan muddat tugagunga qadar tovarlar bojxona chegarasi orqali to‘liq olib o‘tilmagan hollarda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ushbu muddatga qadar bojxona chegarasi orqali haqiqatda olib o‘tilgan tovarlarga nisbatan to‘liq BYuD taqdim etiladi.
14. To‘liq BYuD davriy BYuD rasmiylashtirilgan sanadan oltmish kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etilishi lozim. Davriy BYuD rasmiylashtirgan bojxona organi to‘liq BYuDni taqdim etish muddatini nazorat qiladi.
15. Ikkinchi bosqichda rasmiylashtiriladigan BYuDda bojxona to‘lovlari summasini hisoblashda davriy BYuD qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kurslari qo‘llaniladi.
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona to‘lovlari summasi davriy BYuDda ko‘rsatilgan to‘lovlar summasidan ortadigan bo‘lsa, ular qo‘shimcha to‘lanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi o‘rtadagi farqni to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibda qaytaradi yoki to‘lovchining xohishiga ko‘ra uni keyingi to‘lovlar hisobiga o‘tkazadi.
16. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan tovarlarning umumiy miqdori davriy BYuDda ko‘rsatilgan miqdorga mos bo‘lishi lozim.
Tovarlar belgilangan muddatlarda davriy BYuDda ko‘rsatilgan miqdordan ortiq import qilinganda yoki eksportga olib chiqilishi nazarda tutilganda, tovarlarning ushbu qismiga shu kunda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq yangi BYuD taqdim etiladi.
17. Davriy BYuDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2784, 2016-yil 10-may) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. To‘liq BYuD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
davriy BYuDda ko‘rsatilmagan tovarlar import qilinganda yoki eksportga olib chiqilishi nazarda tutilganda;
qolgan tovarlar turkumi olib kirilganda dastlabki tovarlar turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ko‘rsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
dastlabki tovarlar turkumini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlarni qolgan turkum tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda;
davriy BYuD uchun belgilangan muddatga qadar to‘liq BYuD taqdim etilmagan taqdirda (agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishlamaydigan kunga to‘g‘ri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi).
Mazkur holatlarda rasmiylashtirilgan davriy BYuDni qonun hujjatlari talablariga asosan bekor qilish choralari ko‘riladi hamda yangi BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan muddat ichida taqdim etilishi shart.
19. To‘liq BYuD mazkur Nizomning 12-bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan talabga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi — “IM” yoki “EK”.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamdan iborat kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning uchinchi bo‘lmasida “PPE” harfli belgisi ko‘rsatiladi.
20. To‘liq BYuDni rasmiylashtirishda ushbu BYuDga aynan davriy BYuD uchun berilgan tartib raqam qo‘yiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 214 | 10,972 |
Qonunchilik | “RESPUBLIKA ShOShILINCh TIBBIY YoRDAM MARKAZI VA UNING MINTAQAVIY (VILOYaT) FILIALLARINI TIBBIYOT ASBOB-USKUNALARI BILAN JIHOZLASh” LOYIHASINI ISLOM TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirish, shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning mintaqaviy (viloyat) filiallarini tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun haqini bo‘lib to‘lagan holda asbob-uskunalar sotish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasiga uch yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 15 yil muddatga 23,799 mln AQSh dollari miqdorida moliyaviy mablag‘lar berilishini ma’qullaganligi;
Islom taraqqiyot banki mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini Islom taraqqiyot banki nomidan sotib olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Islom taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan haqini bo‘lib to‘lagan holda sotish to‘g‘risidagi bitim asosida berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Islom taraqqiyot banki tartib-qoidalariga muvofiq mablag‘lardan samarali foydalanilishi, shuningdek loyihaning bitimga va amalga oshirish jadvaliga muvofiq samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Islom taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan mablag‘larni qaytarish, shuningdek ular bo‘yicha ustamalar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi 1-ilovaga* muvofiq;
moliyalashtirish manbalari va komponentlari bo‘yicha loyihani moliyalashtirish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq;
loyihani amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan mablag‘larni qaytarishning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
loyiha doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida loyihani amalga oshirish davri uchun 3 kishidan iborat ishchi guruh tashkil etsin, uni Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, loyiha doirasida sotib olinayotgan yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini yetkazib berish boshlangunga qadar, ularni o‘rnatish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat filiallari xonalarini tayyorlashga doir zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga yetkazib beriladigan tibbiyot asbob-uskunalarini xarid qilish va davolash muassasalariga olib borish bilan bog‘liq ma’muriy xarajatlarni sog‘liqni saqlash muassasalari ta’minoti uchun nazarda tutilgan tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 222 | 3,904 |
Qonunchilik | Investorlarga bolalar bogʻchalari uchun yer va binolar bepul beriladi | Prezidentning 9.09.2017 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.
Sohada 2 ta eksperiment amalga oshiriladi.
Davlat-хususiy sheriklik joriy etiladi
1.01.2018 yildan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida eksperiment tariqasida yangi maktabgacha ta’lim muassasalari davlat-хususiy sheriklik shartlarida barpo etila boshlaydi, bunda quyidagilar koʻzda tutiladi:
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Batafsil – bu yerda.
Davlat MTMlarida ovqatlanish toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar hisobiga
Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik sub’yektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruхsat berildi.
Izoh: eksperimentlar yakuniga koʻra respublikaning boshqa hududlarida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.
“Yoʻl хaritasi”ga muvofiq:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 69 | 1,571 |
Qonunchilik | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni nazorat qilish va hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat foydasiga voz kechish — bojxona rejimida vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda tekinga davlat mulkiga o‘tkazadi;
davlat bojxona xizmatining hududiy organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari;
davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari — qimmatli qog‘ozlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bo‘yicha;
tovar — har qanday ko‘char mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, transport vositasi (yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositasi, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari bundan mustasno);
tovarning kuzatuv hujjatlari — hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab jo‘natish varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va o‘zga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar, shuningdek konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi mavjudligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat;
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish yurituvchi shaxs;
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning bojxona organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
3. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish tartiboti mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tovarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 21-bobi qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida vakolatli shaxsning arizasi (mazkur Nizomga 2-ilova) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha xabarnomani elektron shaklda axborot tizimlari orqali olishga roziligini bildiradi.
Tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali taqdim etiladi.
6. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar to‘g‘risida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan so‘ng, ushbu tovarlar bo‘yicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida o‘zi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organiga yozma xabarnoma yuboradi.
7. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ yozma xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
8. Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
9. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi o‘rtasida 3-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi.
10. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning kelgusidagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bojxona yuk deklaratsiyasi, tovarning kuzatuv hujjatlari, agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lsa, ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasini davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga taqdim etadi.
11. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan:
oziq-ovqat mahsulotlarini — “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlariga;
qimmatli qog‘ozlarni — Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiradi. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi;
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni — ular Davlat asillik darajasini belgilash palatasida ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshiradi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni texnik ekspertizadan o‘tkazishda asillik darajasi to‘lovi undirilmaydi.
Boshqa tovarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini o‘tkazish tartibida sotuvga qo‘yiladi. Tez buziladigan va past qiymatli tovarlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi.
12. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilib topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha olingan tovarlarning sotilishi yuzasidan Davlat bojxona xizmatining hududiy organiga har oy yakunida ma’lumot taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda undan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar sotilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etadi.
Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarning realizatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshiriladi.
13. Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi;
50 foizi — Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) qoladi va davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni baholash, saqlash va realizatsiya qilish hamda davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning tasarruf etish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 184 | 9,541 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TENNISNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish, tennis klublarining faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy kafolatlarni yaratish hamda ularning tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining Tennisni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston tennis federatsiyasi huzurida amalga oshirishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston tennis federatsiyasining ilovaga muvofiq tashkiliy tuzilmasi ma’qullansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tennis klublari tennis harakati tizimida asosiy bo‘g‘in hisoblanadi hamda respublikada tennisni yanada rivojlantirish klub asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha tennis stadionlari va sport komplekslari negizida tennis klublari tashkil etsinlar.
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston tennis federatsiyasi uning Ustaviga muvofiq:
xalqaro olimpiya harakatining ajralmas qismi kabi tennisni rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, xalqaro tennis maydonida O‘zbekistonni ifodalaydi;
tennisni rivojlantirish, tennis tadbirlarining moddiy asosini ta’minlash maqsadida korxonalar tashkil etish uchun mablag‘lar jalb qiladi va ularni taqsimlaydi, tennis klublariga ularni asbob-uskunalar, jihozlar, moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda ko‘maklashadi, ajratiladigan mablag‘lar, asbob-uskunalar, jihozlar, ko‘chmas mulk obyektlari samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
sportchilarni musobaqalarda qatnashishlari uchun yuborishda tennis klublariga ko‘maklashadi, maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
aholi o‘rtasida tennis to‘g‘risida keng axborot beradi va uni targ‘ib qiladi.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, federatsiya va uning tarkibiy bo‘linmalari a’zolik va homiylik badallari, boshqa mablag‘lar, o‘z xo‘jalik faoliyati, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa daromadlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi.
5. O‘zbekiston tennis federatsiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jahon tajribasini, mavjud va qurilayotgan tennis bazalari va stadionlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish asosida ulardan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Tennis federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 1999/2000 o‘quv yilidan boshlab maktablarda kichik tennisni joriy etish va yanada rivojlantirish xalqaro loyihasi asosida tennisni maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash dasturiga kiritish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish yuzasidan ikki oy muddatda taklif tayyorlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlariga qabul qilish davlat komissiyasi, 1999-yildan boshlab yuqori malakali trener-o‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida tennis bo‘limi uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga har yili belgilangan kvotadan ortiqcha 20 ta o‘rin ajratsin.
8. Davlat sport qo‘mitasi va Tennis federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda klublar, sportchilar va trenyerlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida tennis klublari uchun kontrakt tizimini takomillashtirish to‘g‘risida bir oy muddatda taklif tayyorlasinlar.
9. Davlat sport qo‘mitasi va Tennis federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekistonda bolalar bilan ishlaydigan trenyerlarni tayyorlash bo‘yicha tennis maktabini tashkil etish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar. Buning uchun xorijiy mamlakatlar kuchlari va tajribasi jalb qilinsin.
10. Davlat sport qo‘mitasi va Tennis federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda eng yaxshi xalqaro maktablar va tennis markazlarida istiqbolli tennischilar, trenyerlar va hakamlarning tajriba orttirishini tashkil etish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar.
11. O‘zbekiston tennis federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda mahalliy resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda tennis uchun asbob-uskunalar, jihozlar, sport kiyimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va taqdim etsin.
12. O‘zbekiston tennis federatsiyasiga va federatsiya tomonidan tashkil etiladigan korxonalarga 5 yil muddatga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 414-son qarorining 7-bandida tennis klublari uchun belgilangan soliq imtiyozlari joriy etilsin.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi va federatsiya tomonidan tashkil etiladigan korxonalar import qilinadigan asbob-uskunalar, jihozlar, anjomlar, boshqa mol-mulk va xizmatlar bo‘yicha import bojlaridan va yig‘imlaridan, aksiz solig‘idan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Bo‘shab qoladigan mablag‘lar tennisni rivojlantirishga yo‘naltirilsin.
13. Toshkent shahar hokimligi Federatsiyaning ofisini joylashtirish uchun Ulyanov 1-tor ko‘chasi, 14-uydagi binoni ajratsin.
14. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Federatsiyani aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. A. Azizxo‘jayev va O‘zbekiston tennis federatsiyasi prezidenti R. R. Inoyatov zimmasiga yuklansin. | 86 | 5,673 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning talablariga muvofiq bo‘lmagan yoki 25 yil va undan ortiq bo‘lgan kalendar xizmat muddati o‘tgan samolyotlar uchun o‘rnatilgan cheklovlar amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan, buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 5-apreldagi 43-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2214, 2011-yil 11-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2011-y., 15-son, 153-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 13-martdagi 18-son ““O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruqning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2214-1, 2012-yil 28-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2012-y., 13-son, 149-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 212 | 1,203 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini va muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom hamda Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli axborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
1. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Yig‘ma departamentning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
mamlakat iqtisodiyotidagi tendensiyalar va tarkibiy qayta. o‘zgartirishlarni, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ijtimoiy rivojlanishning o‘sishini o‘tkazilayotgan soliq-budjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosati bilan bog‘liq holda chuqur va kompleks tahlil qilish, shuningdek makrodarajada, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi nomutanosibliklarni aniqlash;
2015 — 2019-yillarda. ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlari, yaqin istiqbolda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va. diversifikatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini, turmushi darajasi va farovonligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari amaliy muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonini muvofiqlashtirish, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga moliya tizimi, soliq va narx. siyosatining faol ta’siri chora-tadbirlari amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish, milliy daromad, tashkilotlarning daromadlari va boshqa moliyaviy resurslar o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, tashkilotlarning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligini tizimli asosda solishtirishni tashkil etish, keyinchalik ularni qisqartirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar intizomini mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar budjetga o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish ishlarini tizimli tashkil etish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalarga, standartlarga va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq uning yuqoriroq darajaga chiqishini ta’minlash;
iqtisodiyotda xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi davlatga tegishli aktivlar va aksiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiy mulkka sotish, davlat mol-mulkini xususiy mulkdorlarga sotishning ochiq va oshkoraligini ta’minlaydigan davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va cheklashlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ular ishonchli himoya qilinishini va katta erkinlik berilishini ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratish va ular yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish;
iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimi asosida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini va tahlilini amalga oshirish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini faol joriy etish va yanada takomillashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar ustidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, sanoatning yuqori texnologik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sarfi hajmini, moddiy mehnat xarajatlari hajmini pasaytirish bo‘yicha zaxiralardan to‘liq foydalanish, shuningdek raqobatbardoshli tayyor tovarlar va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishning dasturiy chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati va respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti samaradorligining, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish dinamikasining tizimli monitoringini olib borish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va prognoz parametrlariga so‘zsiz erishish ustidan nazorat qilish, investitsiyalar hajmlarini ko‘paytirish va uning tuzilmasini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
birinchi navbatda tashqi savdo aylanmasi muvozanatliligini kuchaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importi hajmlari hamda tarkibini maqbullashtirish bo‘yicha yagona tashqi iqtisodiy siyosat o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, jahon va mintaqaviy bozorlar konyunkturasini puxta tahlil qilish asosida tarif va notarif siyosatini tartibga solish, mamlakatimiz mahsulotlari eksporti tarkibini takomillashtirish va hajmlarini ko‘paytirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
importning hajmi va tuzilmasini, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalarni har tomonlama tahlil qilish, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek Mahalliylashtirish dasturining tasdiqlangan parametrlariga erishish yuzasidan tizimli monitoringni tashkil etish;
makroiqtisodiy muvozanatlilikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashga, eksport salohiyatini oshirishga, bank-moliya tizimini isloh qilishni davom ettirishga va barqarorligini oshirishga hamda aholi bandligi va turmush darajasini yuksaltirishga, mamlakat aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tarmoqlar, hududlar va umuman mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ularning qisqa muddatli va uzoq muddatli davrdagi samaradorligini kompleks baholashni o‘z ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar darajasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishining kompleks va qat’iy nazorat qilinishini ta’minlash;
makroiqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini barqaror rivojlantirish hamda respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish masalalarida Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiy organlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tahliliy axborotlar bilan ta’minlash.
3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Yig‘ma departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi va ayni bir vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil xizmatlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlariga va Yig‘ma departamentga hisobot beradi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparati axborot-tahlil xizmati rahbari lavozimga Yig‘ma departament mudiri bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tayinlanadi.
Yig‘ma departament Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
8. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish sohasida:
iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish, markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatni makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini tahlil qilish;
makroiqtisodiy mutanosiblikni, iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni ta’minlashning strategik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishi jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda budjetnoma loyihasi ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari tegishli davrlarda ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek ularning tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini ta’minlash;
o‘zaro hisob-kitoblar holatini tizimli tahlil qilishni tashkil etish, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar intizomini mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
pul massasi dinamikasi va tuzilmasining tizimli monitoringini olib borish, pul muomalasining holatini, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishini, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorlikni qisqartirish va ular hosil bo‘lishining oldini olishni tahlil qilish hamda ularning kassa ijrosini ta’minlash;
bank tizimini va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish ishlarini muvofiqlashtirish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalarga, standartlarga va baholash ko‘rsatkichlarga muvofiq ularning barqarorligini oshirishni va yuqoriroq darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari, uning infratuzilmasi doirasini kengaytirish, aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalarga, mezonlar va standartlarga asoslangan tijorat banklari va umuman moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
zamonaviy talablarga hamda umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimi va moliyaviy infratuzilmaning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
iqtisodiyotda xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish, davlat aktivlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq xususiylashtirish va xususiy investorlarga sotish jarayonlarini chuqurlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq xususiy mulkni, kichik va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘g‘anoqlar va to‘siqlarni bartaraf etishni ta’minlash, tadbirkorlik tuzilmalariga to‘sqinlik qilganlik yoki ular faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlikni oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimi asosida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini va tahlilini amalga oshirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert baholash, ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash;
makroiqtisodiy holatning va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy o‘zgarishlarning, bank-moliya tizimini rivojlantirish, isloh qilishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishining, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni, aholi turmushi darajasi va farovonligini oshirish, shu jumladan tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni tahlil qilish yo‘li bilan aholini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash dasturlarining monitoringi olib borilishi tizimini tashkil etish;
b) aholi bandligini, hayoti darajasini oshirish va uni ijtimoiy muhofaza qilish sohasida:
yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini va uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, turmushi va farovonligi darajasini oshirish dasturlari shakllantirilishini, ular tasdiqlanishini va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;
demografik omillarni va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, keksalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar va ota-onalarining vasiyligisiz qolgan bolalarni, shuningdek aholining boshqa ijtimoiy zaif guruhlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha manzilli dasturlarni va samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirish;
respublikaning demografik rivojlanishi va hududlarning mehnat resurslari balanslari prognozlarini tayyorlash maqsadida demografik jarayonlarni, mehnat resurslari soni va tuzilmasi miqdor va sifat jihatidan o‘zgarishini chuqur tahlil qilinishi va monitoringi olib borilishini, aholi turmushi va farovonligi darajasini tadqiq etilishini, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish va aholining zaif toifalarini ijtimoiy reabilitatsiya qilishni kuchaytirishning samarali chora-tadbirlari kompleksi ishlab chiqilishini tashkil etish;
aholining zaif toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamining tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan mehnat va aholi bandligi, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini, ijtimoiy yordamning boshqa turlarini tayinlash, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlari va usullarini yaxshilash sohasida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
davlat ijtimoiy siyosatining muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish va davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmining ishlashi bo‘yicha maqsadli dasturlar, Prezident va respublika Hukumatining hujjatlari loyihalarini ekspert baholash;
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish va mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlari mexanizmlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
v) korporativ boshqaruv tizimini va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, potensial investorlar uchun ularning ochiqligi va jalb etuvchanligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish;
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslar jalb etilishini ta’minlaydigan moliyaviy vositalarning yangi turlarini joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori faol shakllantirilishini va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, uni yanada rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishga, uni amalga oshirishning korporativ menejmentning muvaffaqiyatli xorijiy tajribasini hisobga olgan holda zamonaviy usullarini jadal joriy etish, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning infratuzilmasi faoliyat ko‘rsatishini faollashtirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning infratuzilmasi yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat ijtimoiy siyosatining muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, Prezident va respublika Hukumati hujjatlari loyihalarini ekspert baholash;
g) ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, shuningdek investitsiya loyihalari bajarilishini nazorat qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son Farmoniga muvofiq jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda barqaror xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan sanoatning ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan sanoatdagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilashga, ularda ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini jadal joriy etishga, mehnat unumdorligini oshirishga, sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish;
iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash, aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirishni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tarmoqlarda va respublika mintaqalarida islohotlarning borishi monitoringi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
aniq investitsiya dasturlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tarmoq va hududiy dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari o‘z vaqtida tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalarini ekspert baholash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish;
tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
d) eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, importni maqbullashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish sohasida:
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozorida konyunktura o‘zgarishini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda, eksport tarkibida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ulushi yanada o‘sishi hisobiga eksport salohiyatini oshirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakat korxonalari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
respublika tarmoqlari va korxonalari bo‘yicha eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmlari, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish hamda shu asosda mamlakatimiz mahsulotlarining raqobatbardoshliligini mustahkamlash va ularni jahon va mintaqaviy bozorlarga kiritish, mamlakatimiz mahsulotlarini eksport qilishni ko‘paytirishni rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish va ularning tarkibini takomillashtirish, tashqi savdo aylanmasi muvozanatliligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
mahsulot eksportining yillik prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan eksportga mahsulot yetkazib berish hajmi va turlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
import qilinadigan mahsulot hajmi va turlari chuqur tahlil qilinishini tashkil etish, shu asosda importni yanada maqbullashtirish, import bojxona bojlarini va bojxona ma’murchiligi usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida importni qisqartirishning tasdiqlangan parametrlariga erishishni ta’minlash, raqobatbardoshli importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni, shuningdek mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning tayyor turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini tizimli tahlil etish va nazorat qilish;
respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhitini, xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarni qo‘llash samaradorligini har tomonlama tizimli tahlil qilishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalar va grantlarni, birinchi navbatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yanada qulay muhitni shakllantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijiy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shu jumladan xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish va tizimli nazoratni amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, (texnik-iqtisodiy hisob-kitobini), moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish;
import hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish yo‘nalishlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish uchun tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ro‘yxatlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
potensial investorlarni O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti to‘g‘risida, shu jumladan investitsiya qo‘yish jarayonining asosiy tartib-qoidalari masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari haqidagi axborot bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek amalga oshirilishi tavsiya qilinayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial xorijiy investorlar va kreditorlarga yetkazish;
respublikaga texnik ko‘maklashish mablag‘lari va muruvvat yordamini jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmini ko‘paytirishni tizimli asosda ta’minlaydigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarini qo‘llash ishlarini muvofiqlashtirish;
e) xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
ma’lumotlarning turkumlashtirilgan elektron bankini shakllantirish va yuritish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni bo‘yicha erishilgan ahdlashuvlar, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar bilan tashqi savdo, investitsiya va moliyaviy hamkorlikning qabul qilingan dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, shuningdek xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda va jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishini tahlil qilish asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor vazifalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish masalalari bo‘yicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishda va chora-tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borishda qatnashish.
9. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari va hududiy dasturlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosini, shu jumladan joyiga borgan holda o‘rganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini, ularni ishlab chiqishni hamda kelishishni amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha majlislarini tayyorlash bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi hamda mazkur materiallar to‘g‘risida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularni himoya qilishni tashkil qiladi;
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
aholi bandligini ta’minlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarning, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi va natijalarini respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari bo‘yicha umumlashtiradi.
Departament o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
10. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va ularda qatnashish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Yig‘ma departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Yig‘ma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
11. Yig‘ma departament:
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.
12. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek:
makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirish sho‘basi;
bank tizimini va moliyaviy infratuzilmani isloh qilish sho‘basi;
tarkibiy o‘zgartirishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sho‘basi;
eksport salohiyatini kengaytirish, importni optimallashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish monitoringi masalalari sho‘basi;
hududlarni kompleks rivojlantirish sho‘basi kiradi.
Har bir sho‘ba tarkibiga sho‘balar mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
13. Yig‘ma departament ishlariga Yig‘ma departament mudiri rahbarlik qiladi.
14. Yig‘ma departament mudiri, mudirning birinchi o‘rinbosari, mudir o‘rinbosari, sho‘balar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Yig‘ma departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudiri, mudirning o‘rinbosarlari, sho‘ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Yig‘ma departamentning ish rejalari, Yig‘ma departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mudirning o‘rinbosarlari, sho‘ba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Yig‘ma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Yig‘ma departamentning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq, kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks, Yig‘ma departament majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
16. Yig‘ma departament mudiri:
Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z o‘rinbosarlari, sho‘balar mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Yig‘ma departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qo‘yadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Yig‘ma departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha takliflarni, sho‘ba mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish choralarini puxta ishlab chiqadi va Apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbarining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
o‘rinbosarlar, sho‘ba mudirlari va mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Yig‘ma departament mudiri o‘rinbosarlarining, sho‘balar mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosatining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Yig‘ma departamentning ish yuritish sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Yig‘ma departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
17. Yig‘ma departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini birinchi o‘rinbosar bajaradi.
18. Yig‘ma departament mudirining birinchi o‘rinbosari (o‘rinbosari):
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Yig‘ma departament mudiriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Yig‘ma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risida takliflar taqdim etadi.
19. Sho‘ba mudiri:
sho‘ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va sho‘baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
sho‘baga biriktirilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;
masalalarni o‘rganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun Vazirlar Mahkamasi, Yig‘ma departamentning ish rejalarida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish uchun Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosariga, Yig‘ma departament mudiriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosariga, Yig‘ma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosariga, mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, sho‘baning yuritish sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek ijroda turgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Yig‘ma departamentning bosh mutaxassisi:
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, sho‘ba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijroda turgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi:
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, sho‘ba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlarining markaziy apparatlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
sho‘ba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijroda turgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
22. Inspektor Yig‘ma departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
1. Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; yerdan oqilona foydalanish; suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligi qurilishi; chorvachilikni rivojlantirish; oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish; paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish; savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, | 143 | 63,847 |
Qonunchilik | Profilaktika inspektorlarining malakasi oshiriladi | Prezident tomonidan 30.11.2021 yildagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qaror imzolandi.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari Jamoat хavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga oʻqishga qabul qilinadi. JIDU, IIV Akademiyasi hamda DBQning Bojхona instituti istisno hisoblanadi.
Profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanomalar berish uchun ichki ishlar vazirining oʻrinbosari - Jamoat хavfsizligi departamenti boshligʻi rahbarligida komissiya tashkil etiladi.
Komissiya tomonidan Davlat test markazi bilan birgalikda oʻqishga nomzod profilaktika (katta) inspektorlarining bilim darajalarini aniqlash uchun test imtihonlari oʻtkaziladi, ularning natijalari asosida tavsiyanomalar beriladi.
Tavsiyanomaga ega inspektorlar oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi.
Bunda IIVning tavsiyanomasi asosida oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida besh yil хizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi.
Tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinib, turli sabablarga koʻra oʻqishdan chetlashtirilgan yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng ichki ishlar organlarida besh yil хizmat oʻtab bermagan inspektorlardan oʻqishga sarflangan toʻlov-kontrakt mablagʻlari undiriladi. Quyidagi hollarda mablagʻlar undirilmaydi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 50 | 1,865 |
Qonunchilik | Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2012-yil 28-fevraldagi “Sh. Ganiyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 540-sonli qaroriga asosan Shuxrat Madaminovich Ganiyev Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi etib saylansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi tasdig‘iga kiritilsin. | 84 | 493 |
Qonunchilik | KONSULLIK YIG‘IMLARI TARIFINI AQSh DOLLARI KURSIGA NISBATAN QAYTA HISOBLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 124-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1994-y., 3-son, 16-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Konsullik yig‘imlari tarifini AQSh dollari kursiga nisbatan qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 124-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1994-y., 3-son, 16-modda) qaroriga muvofiq AQSh dollarida belgilangan konsullik yig‘imlarini boshqa erkin almashtiriladigan valyutaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari uchun ular joylashgan mamlakatining milliy valyutasiga nisbatan tarifini qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
konsullik yig‘imlari tarifi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasiga muvofiq o‘rnatilgan konsullik yig‘imlari tarifi;
diplomatik vakolatxonalar — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari.
2. O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlari tarifiga muvofiq konsullik yig‘imlari quyidagi valyutalarda to‘lanadi:
a) AQSh dollarida;
b) boshqa erkin almashtiriladigan valyutada;
v) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zaro tenglik prinsiplariga rioya qilish asosida vakolatxonalar joylashgan davlatlarning milliy valyutasida (milliy valyuta erkin almashtiriladigan valyuta bo‘lmagan joylarda).
3. Diplomatik vakolatxona rahbari tomonidan konsullik yig‘imlari tarifi uchun to‘lanadigan valyuta to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Konsullik yig‘imlari tarifini valyutada to‘lovini qayta hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda diplomatik vakolatxona rahbari tomonidan konsullik yig‘imlarining qayta hisoblangan hisob-kitob kursi o‘rnatiladi. Qayta hisoblangan hisob-kitob kursi miqdorini belgilashda quyidagi omillar ta’minlanishi lozim:
boshqa mamlakatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan konsullik yig‘imlari miqdori bo‘yicha o‘zaro tenglik prinsipiga rioya qilish;
milliy valyuta kursining AQSh dollariga nisbatan o‘zgarishi natijasida konsullik yig‘imlaridan olinadigan daromadlar kamayishining oldini olish.
4. Konsullik yig‘imlari tarifining qayta hisoblangan kursi diplomatik vakolatxona rahbari tomonidan, odatda, har chorakda buyruq bilan tasdiqlanadi. Zaruriyat tug‘ilganda qayta hisoblangan hisob-kitob kursi chorak mobaynida o‘zgartirilishi mumkin.
5. Konsullik yig‘imlari tarifining qayta hisoblangan kursi konsullik yig‘imlarining tushumi va xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobidan o‘tkazish maqsadida qo‘llanilmaydi.
6. Konsullik yig‘imlari tarifini diplomatik vakolatxonalar joylashgan mamlakatlarning milliy valyutalariga nisbatan qayta hisoblashda hisob-kitob kursining to‘g‘ri qo‘llanishi uchun javobgarlik diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va buxgaltyerlari zimmasiga yuklatiladi.
7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 123 | 4,707 |
Qonunchilik | Andijon viloyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 21.04.2022 yildagi «2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 204-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq Andijon viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 baravarga, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,2 baravarga, хizmatlar hajmi 3,0 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,4 baravarga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 73 | 714 |
Qonunchilik | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi | 15 mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 16.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 5026-son qaror imzolandi.
Ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-teхnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi oʻzaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirishni ta’minlash maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:
Moskva shahrida хodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatхonasi tashkil etiladi, u hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi.
Bundan tashqari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilinadi.
Hujjatda vazir oʻrinbosarining hamda tashkil etiladigan boshqarmalarning vazifalari belgilangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga uch oy muddatda Prezidentning avval qabul qilingan qarorlari (12.04.2017 yildagi PQ-2885-son va 3.11.2018 yildagi PQ-3997-son) ijrosini puхta tahlil qilgan holda ushbu qarorlar bilan tasdiqlangan «yoʻl хaritalari»ni birlashtirish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 87 | 1,429 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida | 1. Quyidagilar:
1992-yil 13-martdagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasida muvofiqlashtirilgan siyosat olib borish haqidagi Bitimga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida 2007-yil 22-noyabr kuni Ashxobod shahrida imzolangan Protokol;
Tekshirish va metrologik attestatsiya maqsadida transportda olib o‘tiladigan normativ hujjatlar, etalonlar, o‘lchov vositalari va standart namunalarni olib o‘tish uchun boj to‘lovlari, soliqlar to‘lashdan va maxsus ruxsatnomalar berishdan ozod qilish to‘g‘risida 1995-yil 10-fevraldagi Bitimga o‘zgartishlar kiritish haqida 2007-yil 22-noyabr kuni Ashxobod shahrida imzolangan Protokol;
1995-yil 3-noyabrdagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasida muvofiqlashtirilgan siyosat olib borish haqidagi Bitimda qatnashuvchi davlatlarning qurolli kuchlarida o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish Bitimiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida 2010-yil 21-may kuni Sankt-Peterburg shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,643 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjetini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda Davlat budjeti parametrlari qabul qilinsin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati:
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga, aholining real daromadlari va turmush farovonligini oshirishga hamda inflatsiya darajasini maqsadli prognoz ko‘rsatkichlar doirasida saqlashga qaratilgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni va iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirsin;
investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni yanada rag‘batlantirish maqsadida, iqtisodiyot zimmasiga tushayotgan soliq yukini kamaytirish va soliq ma’muriyatchiligi tizimini yanada soddalashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining barqarorligini ta’minlash, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlarni barcha soliq to‘lovchilarga yetkazish va keng tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rsin;
aholi turmush farovonligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan ta’limni rivojlantirishga, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning ustuvorligini ta’minlasin;
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta’sirining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mamlakatda qabul qilingan, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlariga hamda iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishiga erishishni nazarda tutadigan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi amalga oshirilishini ta’minlasin;
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida investitsiya va innovatsiya jarayonlarini rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishni davom ettirsin;
ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatni modernizatsiya qilish, bandlikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmat ko‘rsatish sohasini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
2008 — 2012-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturini amalga oshirishni ta’minlasin;
mahalliy budjetlarning dotatsiyaga bog‘liqligini kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rsin;
budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar maqsadli va manzilli ishlatilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash, budjetdan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi moliyalashtirishning normativ usullarini joriy etishni kengaytirish hisobiga xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirsin;
Davlat budjeti taqchilligini 2011-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablag‘lari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan parametrlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin, budjet mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qattiq va ta’sirchan nazorat o‘rnatsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 66 | 4,312 |
Qonunchilik | Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-iyuldagi 16/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1850, 2008-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 359-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalari orqali hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 159 | 981 |
Qonunchilik | “DAVLAT MUKOFOTLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 16-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda) 16-moddasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mukofotlari (“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va Faxriy yorlig‘i) bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar hamda bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovg‘asini oladilar. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda har oyda pul nafaqalari oladilar”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 110 | 1,051 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-son konvensiyasini (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-518-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
2. “Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-son konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-519-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi QL-520-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
4. “Fan to‘g‘risida”gi QL-407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-443-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
6. “Jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-502-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
7. “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi QL-508-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
8. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-511-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
9. “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi QL-512-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
10. “O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi QL-513-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
11. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 283-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-514-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
12. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-517-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduhakimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga javobi haqida.
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduhakimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga javobi haqida. | 94 | 3,377 |
Qonunchilik | Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xalqaro talab va standartlarga javob beradigan milliy avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, respublika hududlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish va yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, yo‘lovchi va yuklarni xalqaro, tranzit va respublika miqyosida tashish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) Direktorlar kengashi tomonidan “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 273,8 mln AQSh dollari miqdorida qarz mablag‘lari 4 yillik imtiyozli davr bilan 24 yil muddatga ajratish ma’qullanganligi, shundan:
183,8 mln AQSh dollari — “4R105 “Darband — Boysun — Elbayon” avtomobil yo‘lining 5 — 70 km va 4R100 “Manguzar — Jarqo‘rg‘on — Bandixon — Oltinsoy — Denov” avtomobil yo‘lining 128 — 174 km qismlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — “Surxondaryo” loyihasi) amalga oshirishga;
90 mln AQSh dollari — “A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining 228 — 315 km (87 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — “Buxoro” loyihasi) yakunlashga;
b) 2022-yil 25-martda O‘zbekiston Respublikasi va OTB o‘rtasida “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Qarz bitimi imzolanganligi;
v) “Surxondaryo” loyihasi bo‘yicha:
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi) tomonidan umumiy qiymati 227,3 mln AQSh dollari bo‘lgan loyihaning texnik iqtisodiy asosi o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilganligi, hamda unga ko‘ra:
loyiha doirasida OTBning ulushi 183,8 mln AQSh dollarini, O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi 43,5 mln AQSh dollari, shu jumladan respublika budjeti hisobidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash uchun ajratilgan hamda bojxona bojlaridan ozod etish ko‘rinishida 25,6 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (4 yil imtiyozli davrni inobatga olgan holda 2022 — 2027-yillar) etib belgilanganligi;
g) “Buxoro” loyihasi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-sentabrdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining 228 — 315 km (87 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2583-son qarori bilan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-72-son qarori bilan loyihani yakunlash muddati 2023-yil etib belgilanganligi;
d) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzurida “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTBning qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hisoblanadi;
b) OTBning qarz mablag‘larini so‘ndirish, shuningdek, foiz, qarz bo‘yicha komissiya va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
v) “Surxondaryo” loyihasi bo‘yicha:
qurilish-montaj ishlari hududiga tushgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalari va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash respublika va Surxondaryo viloyati hokimligining markazlashtirilgan jamg‘armalari hisobidan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda to‘liq qoplangandan so‘ng ularga tegishli yer uchastkalari Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan zaxira yerlar toifasiga o‘tkaziladi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi unitar korxonalarga belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
3. Transport vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda “Surxondaryo” loyihasi doirasida avtomobil yo‘llarining kengayishi sababli qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlarini yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Quyidagilar:
a) “Buxoro” loyihasi doirasida OTB tomonidan ajratiladigan qarzni so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
b) “Surxondaryo” loyihasi bo‘yicha:
loyiha Texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
OTB tomonidan ajratiladigan qarzni so‘ndirish hamda foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasida OTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va OTB o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
8. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) “Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.A. Abduvaliyev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. | 135 | 6,834 |
Qonunchilik | “MOLIYAVIY NATIJALAR VA O‘ZARO HISOB-KITOBLAR HOLATI TO‘G‘RISIDA HISOBOTNI TUZISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyati to‘g‘risida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda; 2005-y., 8-son, 44-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining 2002-yil 26-noyabrdagi 24-son “Moliyaviy natijalar va o‘zaro hisob-kitoblar holati to‘g‘risida hisobotni tuzish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (2002-yil 19-dekabr, ro‘yxat raqami 1195 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 178 | 1,062 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOREZIDENTLARI TOMONIDAN RADIOALOQANI TAShKIL ETISh UChUN RUXSAT ETUVChI HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) hamda 2005-yil 16-avgustdagi “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 200-son qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 32-33-son, 255-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqani tashkil etish uchun ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1388, 2004-yil 21-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 340-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 207 | 1,216 |
Qonunchilik | “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasini tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tugatish komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Tugatish komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tugatish komissiyasi (O. Rustamov) Direksiyani tugatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin, shu jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Direksiya tugatilishi munosabati bilan uning ustav kapitalidagi mablag‘larni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasiga o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
bir oy muddatda Direksiyani tugatish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish hamda unda kreditorlar talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatib o‘tilishini;
ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan kundan e’tiboran ikki oy muddatda Direksiyaning kreditorlari yozma ravishda xabardor qilinishini va ularning oldidagi majburiyatlarini aniqlab, kreditlar to‘liq qaytarilishini, debitorlik qarzlar so‘ndirilishini;
oraliq tugatish va tugatish balanslari tasdiqlanishini, ularda tugatilayotgan korxona mol-mulkining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishini;
uch oy muddatda Direksiya tugatilishi haqidagi yozuv belgilangan tartibda yagona davlat reyestriga kiritilishini ta’minlasin.
3. Surxondaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari Boysun tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilishini va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan xodimlarning bandligiga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin.
5. Tugatish komissiyasi (O. Rustamov) 2022-yil 1-avgustiga qadar amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qarorida:
a) nomidagi “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) muqaddima va 1-banddagi “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Boysun-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 2-banddagi “Boysun-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “2 — 8-ilovalarga” so‘zlari tegishlicha “2 — 5, 7 va 8-ilovalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning nomidagi “Boysun-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qarorida:
a) 2-banddagi “Boysun-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovada:
nomidagi “Boysun-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin;
5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 5-ilovada:
9-bandning birinchi xatboshidagi “Boysun-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“j” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandida:
birinchi xatboshidagi “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“d” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qaroriga 3-ilovaning 13-bandida:
birinchi xatboshidagi “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“b” kichik banddagi “3 — 8-ilovalarda” so‘zlari “3 — 5, 7 va 8-ilovalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-martdagi 148-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1-boshlang‘ich nuqta Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududining g‘arb tomonida, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan.
1-nuqtadan chegara “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 330,0 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan chegara Ayritom avtomagistral yo‘lining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 616,0 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan chegara “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda 1050,0 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan chegara “Amu-zang” kanali muhofaza zonasining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda 320,0 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara “Amu-zang” kanali muhofaza zonasining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda 755,0 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan chegara “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda 315,0 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
1-boshlang‘ich nuqta Boysun aholi yashash punktidan g‘arbiy yo‘nalishda 1 950 metr masofada joylashgan Boysun-Podan avtomobil yo‘lidagi nuqtadan janubga qarab 755 metr masofada joylashadi.
1-nuqtadan chegara quruq yer bo‘ylab 2-nuqtagacha umumiy yo‘nalishda janubiy-sharqqa qarab 610 metr masofaga davom etadi.
2-nuqtadan chegara umumiy yo‘nalishda quruq yer bo‘ylab 3-nuqtagacha janubga qarab 230 metr masofaga davom etadi.
3-nuqtadan chegara 4-nuqtagacha g‘arbiy-shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishga qarab to‘g‘ri chiziqda quruq yer bo‘ylab 650 metr masofaga davom etadi.” | 113 | 7,014 |
Qonunchilik | Ichki ishlar organlari хodimlarining tibbiy tekshiruv tartibi tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjatda tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizani (keyingi oʻrinlarda - tekshiruv) oʻtkazishning maqsadlari va ob’yektlari koʻrsatib oʻtilgan.
Belgilanishicha, tekshiruv ichki ishlar organlarining yoki ushbu organlarning kadrlar boʻlimi rahbarlari yoʻllanmalari yoхud sud qarori asosida, ichki ishlar organlari tizimida tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda - komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Shaхslar ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtashga yoki IIV tizimidagi ta’lim muassasalarida tahsil olishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyхatiga (96 ta banddan iborat) muvofiq tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Tekshiruvdan oʻtkazishda ishtirok etgan har bir shifokor oʻz yoʻnalishi boʻyicha tibbiy koʻrikni amalga oshiradi va tibbiy хulosa beradi.
Tibbiy хulosalar komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va tekshiruvdan oʻtuvchi shaхslarning salomatligi toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar va ularning jismoniy rivojlanishi hisobga olingan holda хizmatga yaroqli yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Shaхs хizmatga yaroqsiz deb topilganda uni qayta tekshiruvdan oʻtkazish uchun koʻrib chiqish muddati komissiya tomonidan belgilanadi.
Shaхslarda komissiya tomonidan belgilangan muddat ichida sogʻligʻida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berganligi aniqlanganda ular takroriy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujat davlat tilida e’lon qilindi va 2017 yil 28 sentyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Sardor Jumashov,
ekspert-yuristimiz. | 73 | 1,900 |
Qonunchilik | V.I. LENIN NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT DORILFUNUNI HUZURIDA ShARQShUNOSLIK INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Jumhuriyatimizning Janubi Sharq va Tinch okean mintaqalaridagi mamlakatlar bilan xalqaro, siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgani tufayli savdoni, fan, san’at sohalarida o‘zaro ayirboshlashni kengaytirish, turizmni rivojlantirish zarurati paydo bo‘ldi.
Milliy ongning o‘sishi, omma ijodiy faolligining ko‘tarilishi Sharq xalqlarining tarix va madaniyat yodgorliklarini yanada chuqurroq o‘rganish va tadqiq qilish hamda arab yozuvidagi boy qo‘lyozmalar xazinasini o‘qib chiqish masalalarini oldinga surmoqda, o‘rta maktablarda sharq tillarini o‘qitishni yaxshilash, arab yozuvidagi klassik o‘zbek tilini o‘rganish ehtiyojlari yuzaga kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida institut to‘g‘risidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona mufassal o‘quv rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilab olsin, yapon, xitoy, koreys va turk tillari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni kengaytirishga alohida e’tibor berilsin.
3. O‘zSSJ Moliya vazirligi yangi tashkil etilayotgan institutni mablag‘ bilan ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqsin va hal qilsin.
4. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Davlat moddiy-texnika ta’minoti qo‘mitasi, O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yillik rejalarda Sharqshunoslik institutining o‘quv moddiy negizini rivojlantirishni va 1991-yilning sentyabridan boshlab moddiy-texnika resurslarini belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar. | 109 | 1,522 |
Qonunchilik | MAGISTRATURA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2007-yil 29-dekabrdagi 269-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1765, 2008-yil 4-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 3-band “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” degan so‘zlardan keyin “hamda Davlat test markazi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 6-banddagi “Oliy attestatsiya komissiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
4. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi”.
5. 32-banddagi “kamida ikkita davlat imtihoni (ijtimoiy-iqtisodiy va mutaxassislik fanlari bo‘yicha)” degan so‘zlar “magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalarida belgilangan yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. Ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimcha Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan. | 80 | 3,284 |
Qonunchilik | Notariuslarni moliyalashtirish qisqartirildi | Xususan, notarial idoralar va notarial arхivlar faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadigan ajratmalar miqdoriga tuzatishlar kiritildi:
Hujjat ayrim boshqa oʻzgartirishlarni ham saqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 20.02.2017 yildagi 7-sonida e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 44 | 563 |
Qonunchilik | Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlovchi hamda ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishlari lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
29. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim.
30. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
33. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
34. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
37. Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
38. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
39. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
40. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
43. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak.
46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
48. Tashkilotning hududi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
49. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur.
51. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yong‘in texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat ko‘rsatilishi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
53. Tashkilot hududi har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi lozim.
54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
55. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qo‘yilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
57. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland bo‘lishi kerak.
63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
64. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
66. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
67. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
69. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
72. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
76. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos bo‘lishi kerak.
77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi kanalizatsiyaga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi va suv quvurlari bo‘lmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
79. Ichimlik suvi O‘zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
80. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha bo‘lishi kerak.
81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
82. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi bo‘lmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining bo‘lishiga ruxsat etiladi.
83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
84. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
85. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak.
86. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
87. Yoritish vositalari ko‘zni qamashtirishidan saqlash uchun choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
88. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
89. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
90. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
91. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar bo‘lishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim.
95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
99. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
100. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
101. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
102. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
103. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
104. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim.
Liniyani to‘xtagandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
105. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
106. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslar kirishi taqiqlanadi.
107. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning uskunalari yaroqli bo‘lishi, nazorat-o‘lchash asboblari soz, apparatlar blokirovka vositalari mavjud bo‘lganda ishga tushirilishi lozim.
108. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
109. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
110. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylari zarur to‘siqlar, himoya qiluvchi hamda saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
111. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
112. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
113. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
114. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
115. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
116. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
117. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
118. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil bo‘lishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
119. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
120. Sexlarda (bo‘limlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarda) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek yong‘in o‘chirish anjomlarining soz holda bo‘lishiga shu bo‘linmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari mas’uldir.
121. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish binolari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
122. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
123. Qo‘lda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz bo‘lgan yoki yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
124. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
125. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak.
126. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
127. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
131. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
132. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
138. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
141. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
142. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
143. Omborxonada xomashyo va materiallar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
144. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
145. Omborxonaning devorlari bo‘ylab o‘ralgan har bir javonda olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda xomashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oralig‘idagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar bilan oralig‘i esa 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
146. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
147. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
148. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
149. Ikkilamchi xomashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bog‘lamlarga o‘ralgan holda qabul qilinishi kerak.
150. Ikkilamchi xomashyo bog‘lamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
151. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam bo‘lmagan holda baland va 0,5 m dan kam bo‘lmagan holda yonmaydigan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
152. Ikkilamchi xomashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam o‘lchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
153. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada ag‘anamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi lozim.
154. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
155. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
156. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq bo‘lgan yuklarni tashish va taxlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
157. Kimyoviy moddalar maxsus jihozlangan binoda (omborxonada) kimyoviy ta’sir xususiyatiga ko‘ra bog‘liqligi bo‘yicha alohida joylarda saqlanishi zarur. Omborxonalarda har xil kimyoviy moddalar birgalikda saqlanishi uchun ularning ro‘yxati bo‘lishi lozim.
158. Har bir kimyoviy modda texnik ko‘rsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
159. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki to‘kilgan kislotani neytrallash uchun soda va himoya vositalari uchun zaxira idishlar bo‘lishi lozim.
160. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislotaning nomi yozilgan bo‘lishi lozim.
161. Kislota uchun rezervuarlarga benzin, kerosin, yog‘ va spirt tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
162. Ushlagichli savatlarga yoki yog‘och panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari bo‘yicha 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan ko‘p bo‘lmagan holda saqlash zarur. Guruhlar orasidagi o‘tish yo‘lagi kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
163. Butilkalar xlorli kalsiy eritmasi shimdirilgan material bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
164. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlamaslik kerak.
165. Qattiq o‘yuvchi natriy (o‘yuvchi kaliy) temir barabanlarda, suyuq o‘yuvchi natriy (kaliy) — temir banka, idish (bak), barabanlarda, yozda esa shisha butilkalarda yumshoq qatlam bilan panjaralangan holda saqlanishi lozim. O‘yuvchi natriyli idishlarda “Xavfli — o‘yuvchi natriy” (o‘yuvchi kaliy) yozuvi bo‘lishi lozim.
166. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlamaslik kerak.
167. Elektron hisoblash va tashkiliy texnika bilan ishlashda zararli ishlab chiqarish omillarini inson salomatligiga salbiy ta’sirini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan xavfsizlik talablari SanQvaM 0224-07 “Kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq bo‘lishi lozim
168. Xonalarda havo almashinuvi GOST 12.1.005-76 “OSBT. Ish zonasi havosi” talablariga mos bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish xonalaridagi ventilatsiya tizimi bir xodim uchun soatiga kamida 30 m3 havoni tashqaridan uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
169. Ekran oldidagi ish joyi shovqinsiz bo‘lishi lozim. Displeyli zallarda konditsionyerlar, telefon ovozi, protsessorlar keltirib chiqaradigan shovqin minimal darajada kamaytirilgan bo‘lishi zarur. Ish joyida shovqin darajasi GOST 12.1.003-83 “Shovqin. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
170. Elektron hisoblash vositalaridan (bundan buyon matnda EHV deb yuritiladi) foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sun’iy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi lozim.
171. Displeylarni bino va xonalarning shimoliy, shimoliy-sharqiy yoki shimoliy-g‘arbiy qismida joylashtirish lozim.
172. Ish maydonlari bitta xodimga 4,5 m2 dan kam bo‘lmasligi va ishlab chiqarish xonalarining maydoni esa bitta xodimga 15 m3 dan kam bo‘lmasligi lozim.
173. Stolning o‘lchami kompyuter ekranining o‘lchamidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Umumiy holda stolning uzunligi 160 sm; kengligi 0,90 m; yuzasi 1,44 m2; balandligi operatorning antropometrik xususiyatlariga qarab 0,68 m dan 0,84 m gacha bo‘lishi lozim.
174. Ekranning o‘z o‘qidan vertikal harakati +/–100 ni tashkil etishi lozim. Ko‘rish burchagi 20 — 30 min atrofida bo‘lishi kerak.
175. Ekran operator ko‘zidan 40 — 90 sm masofada joylashtirilishi kerak. Ekrandagi 2,5 mm o‘lchamdagi belgilarni ko‘rish uchun 50 sm, 3-4 mm o‘lchamdagi belgilarni ko‘rish uchun 0,80 m gacha bo‘lgan masofa bo‘lishi lozim.
176. Oyoq qo‘yish uchun mo‘ljallangan taglikning o‘lchamlari 40 x 30 x 15 sm bo‘lishi kerak.
177. Ish joyining yoritilganligi 300 dan 500 lyuks atrofida bo‘lishi lozim.
178. Ish joyidagi yorug‘lik operatorning ko‘rish doirasida mutanosib taqsimlanishi lozim.
179. Displey o‘rnatilgan zallarni yoritish uchun lyuminessentli lampali yoritqichlardan foydalanish lozim.
180. Yoritqichdan tushayotgan nur ekranda aks etmasligi uchun nur to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter ekraniga tushmaydigan qilib joylashtirilishi kerak.
181. Ekranda yorqin dog‘lar aks etmasligi uchun ish joyida yaltiroq predmetlar bo‘lmasligi, operatorning ust kiyimi to‘qroq rangda bo‘lishi va uning ortidagi barcha predmetlar kam yorqinlikka ega bo‘lishi lozim.
182. Jihozlar bir qator qilib joylashtirilganda to‘g‘risida turgan ekranlarning yorug‘ligi bir-biriga tushmasligi uchun ular oralig‘iga to‘siqlar qo‘yilishi zarur.
183. EHV bilan ishlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
EHVdan foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sun’iy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi;
elektron nurli trubka asosidagi videodispleyli terminallardan foydalanishda bir ish joyining maydoni kamida 6 m2, yassi diskret ekranli (suyuq kristalli, plazmali) monitorlardan foydalanishda esa kamida 4,5 m2 ni tashkil etishi;
videodispleyli terminal ekranidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 600 — 700 mm atrofida bo‘lishi va 500 mm dan yaqin bo‘lmasligi;
EHV bo‘lgan xonaning poli va mebellari har kuni namlangan holda tozalab chiqilishi va EHV ishlatilayotgan xona har bir soatda shamollatib turilishi;
ayollar homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab EHVdan foydalanmasligi;
ish va dam olish rejimi reglamentlashtirilmaganda videodispleyli terminalda uzluksiz ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi;
elektrostatik maydonning ruxsat etilgan darajasi 20 m2 dan oshmasligi.
184. Xodim EHVdan foydalanmayotgan vaqtda ishlab turgan kompyuterdan kamida 2 m masofada bo‘lishi yoki monitor quvvatdan uzilgan bo‘lishi lozim.
185. Ayollar kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab va bolani ko‘krak bilan boqish davrida EHVdan foydalanish bilan bog‘liq ishlarga qo‘yilmasligi va boshqa ishga o‘tkazilishi lozim.
186. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasidan foydalanishda quyidagi asosiy xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi lozim:
xonalar yetarli darajada tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanishi;
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish uchastkalarini yerto‘lada joylashtirmaslik;
hajmi 15 m3 dan kam bo‘lmagan nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi uchun bir ish joyining maydoni kamida 6 m2 bo‘lishi.
187. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini elektr tizimidan o‘zmagan holda tozalash;
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasining nusxa ko‘chirish oynasiga suyanish, uning ustiga nusxasi ko‘paytiriladigan materiallarni va boshqa buyumlarni qo‘yish;
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish oynasi darz ketgan texnikasini ishlatish;
apparatga tiqilib qolgan qog‘ozni nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini elektr tarmog‘idan uzmagan holda olish.
188. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq hamda ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda bo‘lishi lozim.
189. Qo‘llaniladigan elektr jihozlar davlat standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
190. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar va elektr simlarining zararlanish xavfi bartaraf etilgan bo‘lishi kerak.
191. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim.
192. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
193. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
194. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
195. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari bo‘lmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
196. Asboblarni ishlatishda quyidagilarga rioya qilish lozim:
asboblar bilan ishlovchilar soz, to‘g‘ri, o‘tkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos bo‘lishi;
asboblarni o‘z maqsadi bo‘yicha ishlatish;
asboblarning to‘g‘ri saqlanishi va sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash va nosoz asboblarni esa ta’mirga olib qo‘yish.
197. Asboblarni ishlash uchun yasash, ta’mirlash va tayyorlash asosan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.
198. Ish jarayonida soz asbobdan foydalanish zarur.
199. Ish boshlanishdan oldin asboblar tekshirilib olinishi kerak.
200. Ishlashda nam yoki moy bo‘lgan asboblarni ishlatmaslik kerak.
201. Asboblarni tozalash va saqlash uchun zarur quti yoki shkaflar bo‘lishi kerak. Asboblarning tushib ketishini oldini olish uchun shkafda katakchalar, ushlab turuvchi tokchalar va boshqa moslamalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
202. Asboblarni olib yurish uchun maxsus g‘iloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish kerak.
203. Elektr asbobining kuchlanishi yuqori xavf bo‘lmagan xonalarda 220 V dan, yuqori xavf bo‘lgan xonalar va xonalardan tashqarida esa 42 V dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
204. Elektr asboblarni va ko‘chma elektr chiroqlarni ulash uchun mo‘ljallangan shtepselli bog‘lagichlar (rozetka, vilka), tok olib yuruvchilar va qo‘shimcha yerga ulanish kontaktiga tegib ketmasligi kerak.
205. 12 va 42 V shtepselli bog‘lagichlar bo‘yalgan bo‘lishi va ular 127, 220 V li shtepselli bog‘lagichlardan bo‘yoqlash orqali ajralib turishi lozim.
206. Kabellar va o‘tkazgichlarning qobiqlari elektr asbobiga kiritilishi hamda ularni shikastlanishidan ehtiyotlab mustahkam qotirilgan bo‘lishi kerak.
207. Kuchlanishi 12 va 42 V bo‘lgan ko‘chma elektr chiroqlarini transformatorga ulash bevosita yoki shtepsel vilkalari orqali amalga oshirilishi va oxirgi holatlarda transformator qobig‘i tomonlarida 12 va 42 V uchun tegishli shtepsel rozetkasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Elektr asbobi va ko‘chma yoritqichlar uchun avtotransformatordan tok olish taqiqlanadi.
208. Elektr asbobi va ko‘chma elektr yoritqichlarning saqlanishi hamda sozligini nazorat qilish, maxsus vakolatli shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak. Elektr asbobi tartib raqamiga ega bo‘lishi va quruq joyda saqlanishi kerak.
209. Korpusda qisqa tutashuv yo‘qligi va simlarning izolatsiya holati, elektr asbobi, ko‘chma elektr yoritqichning yerga ulanish simlarida uzilishlar yo‘qligi, shuningdek, tok kamaytiruvchi transformator va o‘zgartirgichlar chastotalari oyiga kamida 1-marta megometr yordamida III guruh malakasiga ega mutaxassis tomonidan tekshirilishi lozim.
210. Elektr asboblar, tok kamaytiruvchi transformatorlar, ko‘chma elektr chiroqlari va chastota o‘zgartirgichlar tashqi ko‘rinishi orqali tekshirib turilishi lozim.
211. Xodimga elektr asbobi berishidan oldin stendda yoki moslamada (masalan, normametrga o‘xshagan) yerga ulanish va o‘tkazgichida, asbob korpusida qisqa tutashuvlar yo‘qligi tekshirib berilishi lozim. Kamchiliklarga bo‘lgan elektr asbobidan foydalanmaslik kerak.
212. Elektr asbobi bilan ishlashdan oldin quyidagilar tekshirilgan bo‘lishi kerak:
elektr asbobining detallaridagi vintlar va qotiriladigan bog‘lamalari tortilganligi;
elektr asbob shpindelini qo‘l bilan aylantirib tekshirish;
shyotka va kollektorlarning holati;
elektr asbob simlarining holati, izolatsiyasining butunligi va tolalarida uzilish yo‘qligi;
erga ulanish sozligi.
213. Elektr asbobini tokka ulash uchun shlangli simdan foydalanish kerak. Rezina shlangga o‘ralgan ko‘p tolali egiluvchan (PRG turidagi) kuchlanish izolatsiyasi 500 V dan kam bo‘lmagan sim bilan qo‘llanilishi lozim.
214. Elektr asboblari yoki ko‘chma elektr chiroqlaridan foydalanilganda ularning sim yoki kabellari osib qo‘yilishi kerak. O‘tkazgich va kabellar issiq, nam va usti moyli yoki metall buyumlarda turmasligi kerak.
215. Asbobda biror bir nosozliklar aniqlanganida, elektr asbob yoki ko‘chma elektr chirog‘i bilan ishlash darhol to‘xtatilishi lozim.
216. Elektr asbobi bilan ishlaganda, tok kelmay qolgan yoki tanaffus paytlarida asbob elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi lozim.
217. Elektr asbobidan foydalanuvchi xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
elektr asboblarini biror bir shaxsga (hattoki, vaqtinchalikka) berib turish;
elektr asbobini (elektr simlar, shtepselli bog‘lovchilar va boshqalarni) o‘zboshimchalik bilan ochib ta’mirlash;
elektr simidan ushlab turish yoki asbobning aylanib kesadigan joyiga tegib turish.
218. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak.
219. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik ta’mirlash qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlari sifatining yaxshilanishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
220. Asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim.
221. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-ta’mirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
222. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatilishi kerak. Bunda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
ta’mirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
223. Ta’mirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson o‘rnatilib yechilishi lozim.
224. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam o‘rnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega bo‘lishi lozim.
225. Dastgohlar sirti silliq material (po‘latli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
226. Dastgohdagi iskanja soz holatda bo‘lishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim.
227. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m bo‘lishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam bo‘lmasligi hamda dastgohlar oralig‘iga 1 m dan kam bo‘lmagan himoya to‘ri o‘rnatilishi lozim.
228. Qo‘l asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yog‘och soplar yog‘ochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi;
instrumentning ish qismida yoriqlar, g‘adir-budurlar va singan joylari bo‘lmasligi.
229. Qo‘l omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qo‘lni siqib qo‘yishdan himoyalaydigan tayanchi bo‘lishi lozim.
230. Qo‘l asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
231. Elektr ta’minoti to‘xtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan bo‘lishi lozim.
232. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish to‘xtatilishi kerak.
233. Siqilgan havo bilan ishlaydigan elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari ta’siridan saqlash lozim.
234. Dastgohlarni yig‘ish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yig‘ma detallarni o‘rnatish maxsus qo‘llanma asosida texnologik hujjatlarda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
235. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak:
elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi;
kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolatsiyasi tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi.
236. Elektr uskunalar va jihozlarni ta’mirlashdan so‘ng, asbob-uskunani ishga tushirishga, tashkilot bosh mexanigi, mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan so‘ng ruxsat beriladi.
237. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
238. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
239. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
240. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan. | 163 | 53,083 |
Qonunchilik | “Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash depar | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 3-oktabrda kiritilgan “Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-428-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 250 | 1,290 |
Qonunchilik | Davlat хizmatlari yaхshilanadi | Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 184-son qarori bilan Elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unda belgilanishicha, elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibining takomillashtirilishi davlat organlari hujjatlarining birхillashtirilishini, хizmatlar koʻrsatish aхborot tizimlari YaIDXP bilan integratsiyalashishini, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur faoliyatni muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib tayinlandi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga davlat хizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishining, koʻp vaqt ketishi va moliyaviy chiqimlar yuqoriligining asosiy sabablari tahlili oʻtkazilishi, tasdiqlangan chora-tadbirlar sifatli amalga oshirilishi qat’iy nazorat qilinishi topshirildi.
Nizomda belgilangan tashkiliy, kadrlarga oid, teхnik, huquqiy choralar хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan ularni interaktiv rejimda koʻrsatish tartibini soddalashtirish va ratsionallashtirishga qaratilgan.
Ularni takomillashtirish quyidagi bir yoki bir nechta chora-tadbirlarni majburiy bajarishdan iborat: tartib-taomillarni oʻzgartirish; ortiqcha va (yoki) takrorlovchi tartib-taomillarini chiqarib tashlash; хizmatlar koʻrsatish muddatlarini belgilash va (yoki) qisqartirish; ularning qiymatini kamaytirish; davlat organlarining hujjatlarini birхillashtirish; jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatini belgilash va (yoki) qisqartirish; qarorlar qabul qilish vakolatlarini berish; «yagona darcha» prinsipi boʻyicha yagona markazlar orqali elektron davlat хizmatlari koʻrsatish va boshqalar.
Nizomda davlat organlari hujjatlarini birхillashtirishning asosiy prinsiplari bayon qilingan, elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish bosqichlari belgilangan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 30 | 2,290 |
Qonunchilik | Laboratoriyalar tanlov asosida asbob-uskunalar bilan jihozlanadi | Fan va teхnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasining qarori (roʻyхat raqami 2947, 2017 yil 15 noyabr) bilan Davlat ilmiy-teхnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarini ilmiy, teхnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) va ilmiy laboratoriyalarni zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat ilmiy-teхnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida asbob-uskuna olishga buyurtmalar boʻyicha tanlov oʻtkaziladi. Tanlov har yili avgust oyida Fan va teхnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan OAV, shuningdek internet-nashrlar, oʻzining saytida 2 oy muddatga e’lon qilinadi.
Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari buyurtmalari ular bevosita boʻysunuvchi vazirlik yoki idoralarning rasmiy хati asosida Agentlikka taqdim etiladi.
Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining buyurtmalariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari buyurtmani taqdimot shaklida himoya qiladi.
Buyurtmalarni oʻrganish va asosli хulosalar olish maqsadida Agentlik tomonidan ekspert guruhlari shakllantiriladi. Ekspert guruhlari 2 oy ichida buyurtmalarni koʻrib chiqadi va oʻz yoʻnalishlari boʻyicha yakuniy хulosani Agentlikka taqdim etadi. Agentlik ekspert guruhlarining yakuniy хulosalarini umumlashtiradi va tasdiqlash uchun Fan va teхnologiyalar buyicha davlat komissiyasiga kiritadi. Ilmiy-teхnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi tasdiqlangan buyurtmalar roʻyхatini “Oʻztreyd” AJga хorijiy yetkazib beruvchilarni va ishlab chiqaruvchilarni oʻrganish va tanlash uchun taqdim etadi. “Oʻztreyd” AJ buyurtmalar boʻyicha aniqlangan хorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning takliflarini yakuniy tanlash va teхnik хulosa olish uchun ekspert guruhlariga kiritadi.
Hujjat 2017 yil 16 noyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Sardor JUMAShOV,
ekspert-yuristimiz. | 64 | 2,237 |
Qonunchilik | “ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
O‘zbekiston Resublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF–2326-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “25 yoshgacha bo‘lgan” so‘zlari “14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 90 | 380 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Yangi O‘zbekiston” hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami mavzulariga bag‘ishlangan esdalik tangalarining chiqarilishi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Yangi O‘zbekiston” hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami mavzulariga bag‘ishlangan esdalik tangalarini chiqarish bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. “Yangi O‘zbekiston” hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami mavzulariga bag‘ishlangan esdalik tangalarining namunalari va dizaynlari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Yangi O‘zbekiston” hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami mavzulariga bag‘ishlangan esdalik tangalarining muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabarni hamda ularning tavsiflarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilsin.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 175 | 996 |
Qonunchilik | Inson hayotiga suiqasd qilishga qarshi mustahkam qalqon | “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga doir tushuntirishlar.
Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish boshqa bir inson tomonidan atay qasddan tashkil etilgan boʻlsa, bu hayotga qarshi qaratilgan jinoyatdir. Oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish usullari turlicha boʻlishi mumkin. Lekin ularning barchasi aybdorning jinoiy maqsadi bilan bogʻliq boʻladi. Bunday holatlar, albatta, jazosiz qoldirilishi mumkin emas.
Aslida oʻz joniga qasd qilish hayotning qadriga yetmagan, yashashni istamagan, atrofdagilardan norozi shaхsning tushkunlikka tushgan, ruhan toliqqan (koʻpincha yosh-oʻspirinlarda uchraydi) paytida sodir etgan harakatidir. Bunda inson oхirgi daqiqagacha yashashni istaydi, biroq bu tuygʻu uning oʻz joniga qasd qilishiga monelik qila olmaydi.
Shaхslarni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari toʻgʻrisidagi qonunlar sudlar tomonidan asosan toʻgʻri qoʻllanilmoqda. Shu bilan birgalikda ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlar har doim ham chuqur va atroflicha aniqlanmaydi, oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish toʻgʻrisida ayrim vaqtlarda jamoatchilik хabardor qilinmaydi. Oqibatda jinoyatlarning oldini olish uchun zaruriy choralar koʻrilmasdan qolinmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi, Prezidentning 2008 yil 23 iyundagi PF–896-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi tomonidan oʻrnatilgan tartibida kelishib1, ishlab chiqildi.
Qonun loyihasida oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish va unga ogʻdirish holatlari sonini kamaytirish, jinoiy-huquqiy chora-tadbirlar orqali fuqarolarning hayotini yanada samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida, Jinoyat kodeksining (keyingi oʻrinlarda – JK) 103-moddasi 1-qismining sanksiyasida koʻzda tutilgan ozodlikdan mahrum etish jazo muddatini oshirish yoʻli bilan, oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazganlik uchun jazo chorasini kuchaytirish hamda ushbu moddaning ikkinchi qismiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan jinoyatlar uchun qattiq turdagi jazo choralarini kuchaytirishni va oʻzini oʻzi oʻldirishga ogʻdirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Sud statistikasi tahlili shuni koʻrsatmoqdiki, JK 103-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etish oхirgi yillarda turli хil koʻrsatkichlarda ekanligi kuzatilmoqda.
Jumladan, 2013 yilda sudlar tomonidan oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish bilan bogʻliq 52 nafar shaхsga nisbatan 43 ta jinoyat ishi, 2014 yilda sudlar tomonidan 75 nafar shaхsga nisbatan 64 ta jinoyat ishi, 2015 yilda sudlar tomonidan 56 nafar shaхsga nisbatan 54 ta jinoyat ishi, 2016 yilda sudlar tomonidan 53 nafar shaхsga nisbatan 49 ta jinoyat ishi koʻrilgan.
Jazo amaliyotining tahliliga koʻra, 2013 yilda mazkur turdagi jinoyatni sodir etgan shaхslarning 39 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 nafariga aхloq tuzatish ishlari jazosi, 2 nafariga jarima jazosi, 2014 yilda mazkur turdagi jinoyatni sodir etgan shaхslarning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 8 nafariga aхloq tuzatish ishlari jazosi, 3 nafariga jarima jazosi, 2015 yilda mazkur turdagi jinoyatni sodir etgan shaхslarning 40 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 8 nafariga aхloq tuzatish ishlari jazosi, 1 nafariga jarima jazosi, 2016 yilda mazkur turdagi jinoyatni sodir etgan shaхslarning 29 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 5 nafariga ozodlikni cheklash, 3 nafariga aхloq tuzatish ishlari jazosi, 1 nafariga jarima jazosi tayinlangan.
Hozirgi kunda shaхsni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish ijtimoiy хavfli jinoyat deya baholanib, unga nisbatan MDHga a’zo barcha davlatlar Jinoyat kodeksi va qonunlarida jinoiy javobgarlik belgilangan. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, Xitoy, Yaponiya, Estoniya va Turkiya davlatlari jinoyat qonunchiligida oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazganlik uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash belgilangan.
Oʻylaymizki, mazkur loyiha fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ushbu toifadagi jinoyat ishlarining miqdorini kamayishini ta’minlashga хizmat qiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi Aliya YuNUSOVA
1 Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari bilan kelishilgan. | 56 | 4,657 |
Qonunchilik | XORIJDAGI VATANDOShLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLAShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | O‘zbekistonning suveren respublika, xalqaro huquqning mustaqil subyekti deb e’lon qilinishi qonun chiqaruvchi, ijrochi va boshqa idoralar oldiga mutlaqo yangi vazifalar qo‘ymoqda. U yoki bu sabab bilan O‘zbekiston hududidan tashqarida yashayotgan vatandoshlarga nisbatan o‘z siyosatini aniqlab olish ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.
Oldingi tuzumdan, uning qaram xalqlariga zulm o‘tkazish asoslangan siyosatidan qolgan meros oqibatida bu masalaning ahamiyati juda ham ortib ketdi, zotan oldingi tuzum tufayli boshqa ko‘plab ulkan, fojiali muammolar qatori Afg‘oniston urushi harbiy asirlarining muammosi ham yuzaga keldi.
Xorijdagi vatandoshlarning to‘planib qolgan muammolarini tezlik bilan hal etish, mustaqil va suveren O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy uyg‘onish jarayonida ularning faol va teng huquq asosida ishtirok eta olishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berish, Afg‘onistondagi urush davrida O‘zbekiston Respublikasidan borib, asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilarni ona yurtiga qaytarish maqsadida va adolat tantana qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. SSSR Oliy Kengashining Rayosati 1955-yilda qabul qilgan “1941—1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushi davrida bosqinchilar bilan hamkorlik qilgan sovet fuqarolarini afv etish to‘g‘risida”gi Farmon xorijdagi vatandoshlarimizga nisbatan amalda hanuzga qadar qo‘llanilmaganligi munosabati bilan, fuqarolarning va xorijdagi vatandoshlarning ko‘plab murojaatlarini e’tiborga olgan holda hamda insonparvarlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan u yoki bu sabab bilan o‘z yurtidan tashqarida qolib ketgan vatandoshlarni, shu jumladan Afg‘onistondagi urush davrida asirlikka tushib qolganlarni afvu umumiy etish so‘ralsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida mustaqil tarzda xorijdagi vatandoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan hukumat dasturini ishlab chiqsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda uzog‘i bilan ikki oy muddat ichida xorijiy mamlakatlarda yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan vatandoshlarning iltimoslarini qanoatlantirish imkoniyatlari to‘g‘risidagi tegishli yuridik hujjatlarni tayyorlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa masalalar bilan bir qatorda vatandoshlarning Vatan bilan aloqa qilishga doir masalalarni faol hal etish uchun ular ko‘plab yashayotgan xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasining vakolatxonalarini ochishni tezlashtirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga O‘zbekistondan borib bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilar taqdirini aniqlash hamda asirlikka tushib qolganlarni ozod qilib, yurtiga qaytarish xususida xorijiy davlatlarning vakillari va afg‘on oppozitsiyasi rahbarlari bilan muzokaralar olib borish uchun xalq deputatlari va mutaxassislardan iborat maxsus guruh tuzish vazifasi topshirilsin. | 88 | 3,031 |
Qonunchilik | BIR QARZ OLUVChI YOKI BIR-BIRIGA DAXLDOR QARZ OLUVChILAR GURUHIGA TAVAKKALChILIKNING ENG KO‘P MIQDORI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risida”gi nizomga (1998-yil 2-dekabr, ro‘yxat raqami 557) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 169 | 572 |
Qonunchilik | Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi alohida xizmatlari, davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin: | 172 | 336 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-543-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-543-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 155 | 322 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlisga taqdim etish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Mustafoyev sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi masalani ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Ishni ko‘rishga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari B. Mirboboyev, U. Bozorov va G. Pirjanovlarning O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining birinchi, ikkinchi va beshinchi qismlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarur deb hisoblab “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq kiritgan tashabbusi asos bo‘ldi.
Ma’ruzachi Konstitutsiyaviy sud Raisi B. Mustafoyevning axborotini, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov, S. Hakimovalarning fikrlarini eshitib, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi aniqladi:
1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar; № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 536-moddasining birinchi, ikkinchi va beshinchi qismlariga, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda) 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish lozimligi aniqlandi.
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 25 va 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Qonunchilik tashabbusi tartibida quyidagi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin.
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda, 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6,102-modda; № 9,181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
536-moddasining:
birinchi qismi “ma’muriyatining taqdimnomasiga” degan so‘zlardan keyin “yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi “qo‘mondonligining taqdimnomasiga” degan so‘zlardan keyin “yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismidagi “yuzasidan taqdim etilgan” degan so‘zlar “bo‘yicha taqdimnoma yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
164-moddasining:
ikkinchi qismidagi “so‘ng” degan so‘zdan keyin “mahkumning o‘zi yoki uning himoyachisi sudga bevosita iltimosnoma bilan murojaat qilmagan taqdirda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “advokati” degan so‘z “himoyachisi” degan so‘z bilan almashtirilsin”. | 160 | 4,665 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida | Mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash, shuningdek mudofaa obyektlarida rejim talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning II bo‘limiga quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin:
“61. Mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashga doir tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan subpudrat tashkilotlarini jalb etish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
subpudrat tashkilotlarini mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ishlarini bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida bo‘limlari bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi;
subpudrat tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlari faqat ularga taalluqli qismi bo‘yicha taqdim etilishi mumkin;
subpudrat tashkilotlarining xodimlari mudofaa obyektlari hududiga ularning ro‘yxatlari belgilangan tartibda kelishilgandan keyin kiritiladi;
litsenziat subpudrat tashkilotlari va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi, shuningdek davlat sirlarini saqlashning ta’minlanishi uchun to‘liq javob beradi.”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 247 | 1,727 |
Qonunchilik | Ta’til – 2020: nimalarni hisobga olishga toʻgʻri keladi | Yozgi ta’til pallasi yaqinlashmoqda. Toʻgʻri, bu yilgi pandemiya qarorlar qabul qilish jarayonini birmuncha jadallashtirdi, koʻpchilik rejalashtirilmagan ta’tilga chiqishga ham ulgurdi. Shu jumladan – ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilga. Karantin davrida deyarli hammaning ish haqi ham ancha kamaydi. Xodimlarni 2020 yilda ta’tilga chiqarayotganda qaysi jihatlarni hisobga olish kerakligi haqida buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirib berdi.
Muddati
Yillik asosiy ta’til muddatiga oid umumiy qoidalar oʻzgarishsiz qoladi:
Ayrim toifadagi хodimlarga (18 yoshga toʻlmagan, I va II guruh nogironlari) uzaytirilgan ta’til berilishi mumkin.
Mehnat sharoiti noqulay va oʻziga хos boʻlgan, ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ishlar uchun qoʻshimcha ta’til beriladi.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qoʻshib jamlanadi. Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.
Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlangandan keyin ariza va buyruqqa muvofiq beriladi.
Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi. Karantin davrida ushbu qoidaga rioya etmaslik mumkin – bu haqda bu yerda oʻqing.
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir toʻliq ta’til miqdorini 12 ga boʻlib, soʻng toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kunga teng va undan koʻp boʻlgan kunlar bir oy deb yaхlitlanadi, 15 kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing | 55 | 1,751 |
Qonunchilik | Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-son “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionyerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (ro‘yxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionyerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2-bandda:
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari hamda fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga;”;
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining barcha xodimlariga.”.
2. I bob quyidagi mazmundagi 22-band bilan to‘ldirilsin:
“22. 2017-yil 1-apreldan boshlab quyidagi pensionyerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;
harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari, shuningdek respublika akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha rahbarlari;
harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilariga;
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining:
Milliy xavfsizlik xizmati instituti, O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, aholi va rahbar xodimlarni tayyorlash hududiy markazlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;
respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari va tarbiyachilari;
harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlariga.
Pensiyalarni to‘lash to‘liq miqdorda, agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat harbiy pensionerning yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.”.
3. 18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 117 | 3,800 |
Qonunchilik | KON QOLDIQLARIDAN FOYDALANIShDA IShLARNING XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. “Kon qoldiqlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. | 89 | 551 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkin”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 177 | 1,669 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasining birinchi bandini sharhlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, Rais o‘rinbosari B. Mirboboyev, sud a’zolari G‘. Abdumajidov, Y. Jo‘rayev, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Q. Burxonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining yetakchi konsultanti Sh. Berdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik bo‘limi mudirining o‘rinbosari D. Erg‘oziyeva, mutaxassis professor A. To‘laganov ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni (matnda bundan buyon — Qonun) 4-moddasining birinchi bandini sharhlash haqida”gi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Masala O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Qonunning 4-moddasi birinchi bandini sharhlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaati va mazkur murojaat taalluqliligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yo‘llangani munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud sudyalari B. Mirboboyev, G‘. Abdumajidov va Y. Jo‘rayevlarning tashabbusi bilan kiritildi.
Sudya G‘. Abdumajidovning axborotini eshitib, majlisda ishtirok etgan Q. Burxonov, Sh. Berdiyev, D. Erg‘oziyeva, A. To‘laganovning fikrlarini aniqlab, ish materiallarini o‘rganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Qonunning 4-moddasi umumiy xususiyatga ega bo‘lib, uchta banddan iborat va umuman O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan shaxslar doirasini belgilaydi.
Qonun 4-moddasining birinchi bandida belgilanganidek,
“Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘ladilar:
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotining turi va sajiyasidan qat’i nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslar;”.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1998-yil 7-iyuldagi xatida Qonun 4-moddasining birinchi bandi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham, agar ular Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan bo‘lsalar, qo‘llaniladi, deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati yuridik bo‘limining 1998-yil 14-iyuldagi ma’lumotnomasida Qonun 4-moddasining birinchi bandini fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llash nojoizligi to‘g‘risidagi nuqtayi nazar bayon qilingan.
Shu tarzda, mazkur norma xususida uning mazmunini o‘zaro inkor etuvchi tushunchalar mavjud bo‘lib, bu huquqni qo‘llanish amaliyotida jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin. Shu bois bu normaning bir xilda to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlaydigan rasmiy sharh berilishi zarur.
Qonunning normalarini tahlil etib va ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari bilan qiyoslab, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
1. Qonun 4-moddasining 3-bandiga ko‘ra Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadilar. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish masalalari Qonunning 17-moddasi bilan tartibga solinadi. Unda mustahkamlab qo‘yilganki, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining iltimosnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin.
Dyemak, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olganlaridan keyingina, ya’ni ular Qonunning 17-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganlaridan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 19-bandiga va Qonunning 30-moddasiga muvofiq fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Shunday qilib, Qonun 4-moddasining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar deganda, qonun chiqaruvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lish istagini bildirgan sobiq O‘zbekiston SSR fuqarolarini nazarda tutgan.
2. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 9 va 27-moddalariga binoan ushbu sharh majburiydir hamda matbuotda e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. | 135 | 4,953 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 37-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining referendumi (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir.
Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Referendum O‘zbekiston Respublikasining butun hududida o‘tkaziladi.
Quyidagi masalalar referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas:
O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
amnistiya va avf etish;
jamoat tartibini, aholi sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch oy davomida referendum o‘tkazilmaydi.
Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil davomida mazmun yoki ma’nosiga ko‘ra xuddi shunday savol qo‘yilgan referendum o‘tkazilmaydi.
Referendum to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok etadilar. Har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda bevosita ishtirok etadilar.
Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda qatnashayotgan davlat organlari va jamoat birlashmalari o‘z faoliyatlarini oshkora amalga oshiradilar.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni referendum o‘tkazuvchi komissiyalar amalga oshiradilar. Ular fuqarolarni o‘z ishlaridan, okruglar, ovoz berish uchastkalari tuzilganligi, komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtiradilar, ovoz berish yakunlaridan xabardor qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari referendumga tayyorgarlikning borishi va u qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan o‘n kun qolganida ma’lum qiladilar.
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi manfaatdor tashkilotdan, fuqarolar tashabbuskor guruhidan ariza olganidan keyin besh kun ichida mandatni kuzatuvchi uchun beradi. Boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
referendum uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va ovoz berish qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, ovoz berish byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
ovozlarni sanab chiqishda va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonini tuzishda hozir bo‘lish;
ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va olish;
agar referendumda ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida referendum o‘tkazuvchi yuqori komissiyaga ma’lum qilish.
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
ovoz beruvchi ovoz berish byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
ovoz beruvchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
ovoz beruvchilardan ular qanday ovoz berganliklarini surishtirish yoki ularga ovoz berish byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida aralashish.
Kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari referendum o‘tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, referendumga qo‘yilayotgan qonun loyihasi, amaldagi qonun yoki boshqa masalani yoqlab yoki unga qarshi moneliksiz tashviqot olib borishga haqlidirlar.
Referendumga qo‘yiladigan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish maqsadida radio, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
Tashviqotni fuqarolarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
Referendum o‘tkaziladigan kunda va referendumni o‘tkazishga bir kun qolganda tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Referendumni o‘tkazish tashabbusi bilan:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan subyektlar referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni ko‘rsatishda, referendumga qo‘yiladigan qonun loyihasini yoki o‘zga qaror loyihasini ishlab chiqishda, shuningdek masala ta’rifini (mohiyatining aniq ifodasini) belgilashda teng huquqlarga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari agar, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi to‘plangan bo‘lsa, basharti bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir ma’muriy-hududiy tuzilma (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) bo‘yicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tashabbusi huquqini amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan har bir fuqarosi yoki fuqarolar guruhi referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun kamida yuz kishidan iborat tashabbuskor guruhni tuzishi mumkin.
Fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili guruhni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
fuqarolar tashabbuskor guruhi a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ro‘yxati;
fuqarolar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining vakolatli vakilni tayinlash to‘g‘risidagi qarori va uning nomiga qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
fuqarolar tashabbuskor guruhi referendum o‘tkazish to‘g‘risida tashabbus ko‘rsatib qaror qabul qilgan yig‘ilishining bayoni;
referendumga olib chiqish uchun fuqarolar tashabbuskor guruhi taklif etayotgan masalaning (masalalarning) ta’rifi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlagach, ular tushgan kundan e’tiboran besh kun ichida fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli vakilga tegishli ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi beriladi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish rad etilgani taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi asosli javob beradi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhi o‘zining vakolatli vakili ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini olganidan keyingina referendumni o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘plashga haqlidir. Bunda fuqarolarning ilgari to‘plangan imzolari hisobga olinmaydi. Fuqarolar tashabbuskor guruhiga berilgan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi uch oy mobaynida haqiqiydir. Imzolar to‘plash bo‘yicha xarajatlarni fuqarolar tashabbuskor guruhi qiladi.
Imzo varaqasida referendumga qo‘yilayotgan masalaning ta’rifi bo‘lishi kerak.
Fuqarolar imzo varaqasida o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatadilar.
Referendumga qonun loyihasi qo‘yilgan taqdirda, imzolar to‘plashni o‘tkazayotgan shaxs fuqaroning talabiga binoan shu qonun loyihasining matnini taqdim etishi kerak.
Imzo varaqasini imzolarni to‘plagan shaxs, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili tasdiqlaydilar, bunda ular o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqamini ko‘rsatadilar.
Fuqarolarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘quv, turar joyida, shuningdek tashviqot qilish va imzolar to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda o‘tkaziladi. Bunda imzolar to‘playotgan shaxs fuqarolarni har qanday shaklda majburlashi va o‘ziga og‘dirib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Imzolar to‘planganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida jildlarga tikilgan imzo varaqalari, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhining yakuniy bayoni fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini tekshiradi va imzo varaqalari tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga o‘z xulosasini yuboradi hamda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini xabardor qiladi.
Agar tekshirish natijasida imzolarni qalbakilashtirish hollari, ushbu Qonunning boshqa buzilishlari aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbus haqiqiy emasligi haqida qaror chiqaradi. Mazkur qaror nusxasi fuqarolar tashabbuskor guruhiga yuboriladi.
Referendum O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o‘tkazish tashabbuskori bo‘lgan taqdirda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat etishi yoki referendum o‘tkazish to‘g‘risida o‘z qarorini qabul qilishi mumkin.
Referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni referendum tayinlanganda ma’qullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni va mas’ul qo‘mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum o‘tkazmasdan turib qabul qilish haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki ma’nodagi ta’rif bilan referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun bir yil o‘tganidan keyingina takroran kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorini, shuningdek mas’ul qo‘mitaning mazkur masala bo‘yicha xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining referendum masalaciga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mazkur masalaga doir qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilgan kundan e’tiboran kechi bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining referendumni o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarida uni o‘tkazish sanasi belgilanadi, bunda ovoz berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha bo‘lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.
Referendum okruglari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarida tuziladi.
Referendum okruglarining referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar soni va referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari joylashgan yer ko‘rsatilgan ro‘yxatlari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin kechi bilan besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Referendum uchastkalari harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham tuziladi. Bu uchastkalar o‘zlari joylashgan erdagi referendum okruglariga kiradi.
Referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilishi mumkin. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan referendum uchastkalarini tegishli okrugga birkitish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda referendum uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n besh kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida besh kun qolganda tuziladi.
Referendum uchastkalari referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning, qoida tariqasida, kamida yigirma va ko‘pi bilan uch ming nafaridan iborat etib tuziladi.
Referendumni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari.
Referendum o‘tkazish bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat, tuman va shahar hokimiyat vakillik organlariga saylovlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tegishli saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:
O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazish uchun tashkil etiladigan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yo‘riqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
referendumni o‘tkazuvchi okruglarni tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi, shuningdek ularning joylashgan eri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
referendumni o‘tkazuvchi komissiyalar tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
agar referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;
referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablag‘larini referendumni o‘tkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi, referendumni o‘tkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;
referendumda ovoz berish byulletenlarining, referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namunalari hamda shakllarini, ovoz berish qutilarining va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;
referendum o‘tkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlarini eshitadi;
referendumning natijalarini aniqlaydi va referendum yakunlarini e’lon qiladi;
ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
ushbu Qonunning talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
xorijiy mamlakatlardagi referendumlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;
xalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini referendumni kuzatish uchun taklif etadi;
referendumni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va saylov to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘n kundan kechikmay komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yetti kundan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi:
1) tegishli okrug hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;
2) referendum uchastkalarini tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;
3) referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
4) referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) mablag‘larni referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, uchastka komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va okrugda referendumni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
6) referendumga qo‘yilgan masalaning mazmunini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositalariga ko‘maklashadi;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
8) ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
9) referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini ovoz berish byulletenlari bilan ta’minlaydi;
10) okrug bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
11) ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
12) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tarkibining soni zarur bo‘lgan hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini ularning rahbari amalga oshiradi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi:
1) uchastka bo‘yicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini tuzadi;
2) fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
4) aholini ovoz berish o‘tkaziladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor etadi;
5) ovoz berish xonalari, kabinalari va qutilari hamda boshqa ashyolar tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
6) referendum uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
7) referendum uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni o‘tkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pini bir tashkilotda ishlaydigan shaxslar tashkil etadigan bo‘lsa, ular ushbu komissiya tarkibiga tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari mustasno.
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgan taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat bo‘lganda komissiyaning yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ayni bir shaxs referendum o‘tkazuvchi faqat bitta komissiyaga a’zo bo‘lishi mumkin.
Agar referendum o‘tkazuvchi komissiyaning majlisida shu kungi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi komissiyalar, shuningdek barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda referendum o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.
Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar kerakli binolar va jihozlarni referendum o‘tkazuvchi komissiyalar ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Referendum o‘tkazuvchi komissiya referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kun ichida ko‘rib chiqishlari va referendum o‘tkazuvchi komissiyaga javob qaytarishlari shart.
Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari referendum natijalari e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatlarini tugatadi.
Fuqarolar, shuningdek kuzatuvchilar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan ushbu qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar referendumga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqiladi. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar referendumni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, referendumga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqqan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolari uni ko‘rib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi.
Har bir fuqaro ovoz beruvchilarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxati asosida tuziladi.
Harbiy qismlardagi ovoz beruvchi harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa fuqarolarning ro‘yxatlari, agar ular harbiy qismlar joylashgan erda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining turar joylari bo‘yicha umumiy asoslarda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari bo‘yicha fuqarolarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
Ovoz beruvchi fuqarolarning familiyalari ro‘yxatlarda ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.
Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendumdan o‘n besh kun oldin yozma shaklda yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarini uch kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari ovoz berish kuniga o‘n kun qolganda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida fuqarolarni xabardor etadi.
Fuqarolarga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi binosida va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. Chet davlatlarda turgan fuqarolarga ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi o‘ziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish referendumga besh kun qolganida to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasiga arz qilishi mumkin. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani tekshirib chiqishi va xatolarni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berishi shart.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Referendumda ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni aniq aks ettiriladi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yo‘q” yoxud “rozi” yoki “qarshi” deb ko‘rsatiladi.
Referendumga bir nechta masala qo‘yilganda ular bitta ovoz berish byulleteniga kiritiladi, ketma-ket raqamlab chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi. Qonun loyihasi biron-bir moddasining muqobil matnlari ham ketma-ket raqamlab chiqiladi va biri ikkinchisidan gorizontal chiziqlar bilan ajratiladi.
Ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining qaroriga binoan tegishli referendum okrugi aholisining ko‘pchiligi muomala qiladigan tillarda chop etiladi.
Ovoz berish byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz berish byulletenlarini referendum o‘tkaziladigan kunga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug komissiyalaridan oladi. Ovoz berish byulletenlari berilganligi va olinganligini referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi oladigan ovoz berish byulletenlarining soni uchastka bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar sonining yarim foizidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Ovoz berish byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan ovoz berish byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalaridagi ovoz beruvchilar soni haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlangan bo‘lishi, ovoz berish byulletenlari taqdim etiladigan joy aniqlangan va ovoz berish qutilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Ovoz berish qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi.
Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlaydi, unga ovoz berish byulletenining namunasi va uni to‘ldirish tartibi joylashtiriladi, agar referendumga qonun loyihasi qo‘yilgan bo‘lsa, stendga shu loyihaning matni ham joylashtiriladi. Agar referendumga qo‘yilgan qonun loyihasi amaldagi qonunning bekor qilinishini yoki unga o‘zgartishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutsa, stendga bekor qilinishi, o‘zgartirilishi yoxud qo‘shimchalar kiritilishi taklif qilinayotgan amaldagi qonun matni joylashtiriladi.
Tuman, shahar hokimligi ovoz berishni tashkil etish uchun har bir uchastkani bino bilan ta’minlaydi.
Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi zimmasida bo‘ladi.
Ovoz berish referendum kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka komissiyasi referendum o‘tkaziladigan kunga kamida o‘n kun qolganda fuqarolarni xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalarida, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.
Referendum kuni ovoz berish binosi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Referendum o‘tkazuvchi komissiya raisi komissiya a’zolari hozirligida ovoz berish qutisini muhrlaydi, ovoz berish byulletenlari va referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi. Ovoz berish byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Ovoz berish binosiga kelgach, fuqaro uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga ovoz berish byulleteni beriladi.
Biror-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan fuqarolarning familiyalari shaxsni, turar joyni tasdiqlovchi hujjatga asosan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
Referendumda ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.
Fuqarolarning arizalari bo‘yicha yo‘lga tushadigan uchastka komissiyasining a’zolari arizalar soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib oladilar. Fuqarolar arizalarining soni, shuningdek ishlatilgan va qaytarilgan ovoz berish byulletenlarining soni alohida dalolatnomada qayd etiladi. Bir vaqtning o‘zida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida fuqaro referendum uchastkasi binosidan tashqarida ovoz berganligi qayd etib qo‘yiladi. Uchastka komissiyasi a’zolari referendum uchastkasi binosiga qaytganlaridan keyin ko‘chma ovoz berish qutisi ovozlarni sanab chiqish boshlanguncha ochilmaydi. Ovoz berishni referendum uchastkasi binosidan tashqarida tashkil etish va o‘tkazish ovoz berish sirining oshkor bo‘lishi yoki fuqaroning xohish-irodasi buzib ko‘rsatilishi ehtimolini istisno etishi kerak.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zosi yoki kuzatuvchi ovoz berish sirini oshkor qilsa yoki fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilsa, uchastka komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi esa ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi qaror qabul qiladi.
Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o‘n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.
Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish fuqaroning turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda fuqarolarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.
Fuqarolarning turgan joyida ovoz berishi O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.
Ovoz berish tugaganidan keyin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi ovoz berish byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni plombalaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Ovoz berish byulletenlari solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga referendum uchastkasiga olib boriladi va referendum kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.
Ovoz berish tugagach, foydalanilmagan barcha ovoz berish byulletenlari ovoz berish qutilarini ochishdan oldin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zolari ishtirokida sanab chiqiladi va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan bekor qilinadi.
Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining raisi ovoz berish tugadi deb e’lon qilganidan keyin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar ovoz berish qutilarini ochish taqiqlanadi. Ovoz berish qutilarini ochish navbatma-navbat amalga oshiriladi avval ko‘chma, so‘ngra statsionar ovoz berish qutilari ochiladi.
Ovozlar bevosita referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan sanab chiqiladi.
Ovoz berish byulletenining haqiqiyligiga shubha tug‘ilsa, masala referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi. Ovoz berish byulletenini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, uchastka komissiyasi uning orqa tomonida haqiqiy emasligining sabablarini ko‘rsatadi. Bu yozuv referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi kamida uch a’zosining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning umumiy sonini, byulletenlarni olgan fuqarolarning sonini aniqlaydi.
Ovoz berish qutilaridagi ovoz berish byulletenlariga asosan komissiya:
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari sonini aniqlaydi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining majlisida ko‘rib chiqilib, bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda referendum o‘tkazuvchi tegishli okrug komissiyasiga taqdim etiladi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining bayonlari asosida okrug komissiyasi:
referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning umumiy sonini;
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari sonini aniqlaydi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining bayonnomalarida aks ettirilgan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi o‘z majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.
Okrug bo‘yicha ovoz berish natijalari referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi majlisida aniqlanib, bayonnomaga kiritiladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining bayonlari asosida:
O‘zbekiston Respublikasining ovoz beruvchi fuqarolari umumiy sonini;
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining sonini aniqlaydi.
Agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror referendumda qabul qilingan deb topiladi.
Agar ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kami referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni o‘tmagan deb topadi.
Ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim uchastkalar bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan referendum yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ayrim okruglar yoki ayrim uchastkalarda ovoz berish yakunlari haqiqiy emas deb topilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu okruglar yoki uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari (agar bu natijalarsiz ham referendum umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo‘lsa) umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida ovoz berish yakunlari chiqariladi va bu haqda bayon tuziladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiyaning kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Referendum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorni referendum o‘tkazilgandan keyin ko‘pi bilan o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va rasmiy manbalarda e’lon qiladi.
Referendumda qonun qabul qilingan taqdirda, uning matni referendum yakunlari bo‘yicha qaror bilan birga e’lon qilinadi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorning, qonunning mazmunidan boshqacha qoida kelib chiqmasa, referendumda qabul qilingan qaror, qonun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Referendumda qabul qilingan qaror, shu jumladan qonun shaklida qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kunning o‘zida uning ijrosini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Referendumda qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga muvofiqlashtirilmog‘i lozim.
Referendumda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim normalariga o‘zgartirish kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilingan taqdirda, bu normalar referendum qaroriga muvofiqlashtiriladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat qabul qilish talab etilsa, davlat hokimiyati organi referendumda qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu masala bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini va ularni tayyorlash muddatini o‘z vakolatlari doirasida belgilashi shart.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda referendum o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Fuqarolarning referendumda ishtirok etish, referendum masalalari yuzasidan tashviqot yuritish huquqlarini amalga oshirishlariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslar, shuningdek soxta hujjatlar tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, yashirin ovoz berishni buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolari, fuqarolar tashabbuskor guruhlarining a’zolari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 137 | 57,915 |
Qonunchilik | QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq joriy yilda 104 ta past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Sanatsiya qilinayotgan xo‘jaliklar faoliyatini baholashning dastlabki natijalari shundan dalolat beradiki, ulardan ko‘pchiligi g‘alla va paxta yetishtirish hamda davlatga sotish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishdi, ularda ishlab chiqarishni boshqarish darajasi oshdi, hisobga olish tizimi tartibga solindi, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy ahvoli mustahkamlandi. Ularning ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi yilini foyda bilan yakunlashdi. Qishloq xo‘jaligidan 41 mingga yaqin ortiqcha ishchi kuchi bo‘shatildi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish borasida to‘plangan ijobiy tajribani hisobga olib, shuningdek Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirishni davom ettirish va xo‘jaliklarning zarar ko‘rib ishlashini bartaraf etish hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasining ilovaga* muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini 1999-yildan boshlab qo‘shimcha sanatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda ilovada ko‘rsatilgan sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchilarini belgilangan tartibda ikki hafta muddatda tayinlasinlar.
3. Hududiy komissiyalarga quyidagilar yuzasidan mas’uliyat yuklansin:
a) sanatsiya qilinadigan xo‘jaliklarning munosib rahbarlari — tashqi boshqaruvchilarini Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda tanlash va tayinlash;
b) sanatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga taqdim etish, unda:
ekin maydonlarini, tuzilgan shartnomalarni, tovar-moddiy boyliklar qoldiqlarini, mol-mulkni, qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarishlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ortiqcha asosiy fondlar va moddiy boyliklarni sotishni;
debitorlik qarzlarni undirish tadbirlarini;
sanatsiya davrida moliyaviy sog‘lomlashtirish rejasi (biznes-reja)ni nazarda tutsin.
Mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda, mahsulot birligi yetishtirish yuzasidan xarajatlar normativlaridan kelib chiqqan holda, xodimlarning cheklangan sonini belgilasin hamda ikki oy muddatda normativdan ortiqcha xodimlarni bo‘shatsin.
4. “Agrobank” ATB hamda boshqa tijorat banklari:
tashqi boshqarishni amalga oshirish uchun maxsus schyotlar ochsinlar hamda sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining budjet va budjetdan tashqari tashkilotlar bilan, tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarini faqat maxsus schyotdan to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha mahsulot yetishtirish yuzasidan normativ xarajatlar doirasida amalga oshirsinlar;
debitorlik qarzlarni undirishda sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘maklashsinlar.
5. Ilovada ko‘rsatilgan sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining 1999-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra to‘lov manbalari bilan ta’minlanmagan kreditorlik qarzlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli vazirliklar va idoralarga imtiyozli foizsiz kreditga qayta rasmiylashtirilsin, ushbu kredit sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 2004-yildan boshlab 3 yil davomida teng ulushlarda to‘lanadi.
Kreditorlik qarzlarni qayta rasmiylashtirish “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zagrokimyota’minot”, “O‘zneftmahsulot” birlashmalari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zbek ipagi” uyushmasi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi, Energetika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi korxonalari va tashkilotlarining budjetga muddatida to‘lanmagan to‘lovlar bo‘yicha qarzlari sanatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining ko‘rsatib o‘tilgan idoralardan 1999-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra kreditorlik qarzi miqdoridagi kredit summasiga hisobdan chiqarilgan holda amalga oshirilsin.
6. Sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining:
1999-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra budjetga muddatida to‘lanmagan to‘lovlari, shu jumladan penya, 2001-yilgacha kechiktirilsin. To‘lov muddati kechiktirilgan qarzlar bu korxonalar tomonidan 2001-yilda to‘lanadi;
Pensiya jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi va Yo‘l jamg‘armasidan penya qo‘shilmagan holdagi qarzlarini to‘lash 2001-yilgacha kechiktirilsin, keyinchalik ular 2002-yildan boshlab 3 yil davomida teng ulushlarda to‘lanadi.
Tijorat banklari sanatsiya qilinadigan korxonalar qarzlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditiga qayta rasmiylashtirish operatsiyalari o‘tkazilishi va ularning qaytarilishi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi va Yo‘l jamg‘armasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qarzlarning qaytarilishi va ularning muddati kechiktirilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasinlar.
7. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi:
sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalari oldida 1999-yil 1-yanvargacha vujudga kelgan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha qarzlarni 1999-yil 1-aprelgacha to‘lasin;
sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining 1999-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra vujudga kelgan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha qarzlarini hisobdan chiqarsin;
sanatsiya qilinadigan xo‘jaliklarga majburiy sug‘urta bilan bir qatorda xo‘jaliklarni ixtiyoriy sug‘urtalashni ta’minlashni tavsiya etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sanatsiya qilinadigan xo‘jaliklar yonidan o‘tuvchi xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tizimlari ahvolini bir oy muddatda tekshirib chiqsin hamda 1999-yilga ajratilgan mablag‘lar doirasida ularni tozalashni nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi aholi 1999-yil 1-yanvargacha foydalangan elektr energiyasi va gaz uchun bevosita xo‘jaliklar aholisi tomonidan ikki oy mobaynida haq to‘lanishini ta’minlasinlar.
10. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining 1998-yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosini qayta ishlashni 1999-yil 1-martgacha tugallasin hamda xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan paxta xomashyosi va paxta tolasi uchun uzil-kesil hisob-kitob qilsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalarining, ijaraga berilgan bog‘lar, uzumzorlar, issiqxonalar va boshqa obyektlarning ahvolini o‘rganib chiqsinlar hamda sanatsiya qilinadigan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazilgan hollarda shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ushbu maqsadlar uchun korxonalar, aholi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi va “Biznes-fond” mablag‘larini jalb etsin.
13. Mazkur qaror bilan belgilangan qishloq xo‘jaligi korxonalarining sanatsiya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
14. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi:
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha manfaatdor vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlaridan ishchi guruhlar tashkil etsin va ularni tashkiliy-tushuntirish ishlarini o‘tkazish uchun sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yuborsin;
1999-yil birinchi choragidan boshlab har chorakda sanatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarining bajarilishini tahlil qilsin hamda hisobot oyidan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmasdan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
15. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilishni yoritishga doir maxsus eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 97 | 9,415 |
Qonunchilik | Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston tarixida astronomiyaga oid tadqiqotlarning ildizlari eng qadimgi davrga borib taqaladi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda O‘zbekiston hududida dehqonchilikning rivojlangan tarixiy-madaniy markazlarida Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlanish qonuniyatlariga doir chuqur bilimlarga asoslangan holda qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish muddatlarini belgilovchi taqvimlarni ishlab chiqqanlar. O‘zbekistonda astronomiya fanining jadal sur’atlarda rivojlanishi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi. O‘rta asrlar davrining buyuk mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, ayniqsa Mirzo Ulug‘bekning matematika va astronomiyaning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan.
Astronomiya fanining kelgusidagi rivojlanishi iqtidorli yoshlar orasidan ushbu sohaning malakali kadrlarini tayyorlash samaradorligini oshirishni talab etishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni astronomiyani o‘rganish bo‘yicha xalqimizning tarixiy an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aeronavtika faoliyati sohasidagi milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishini rivojlantirish, yoshlarni aeronavtika fani va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida 200 o‘quvchi o‘rni va 150 o‘rinli turar joyiga ega bo‘lgan, matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat) tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Astronomiya institutiga maktabning o‘quv jarayonida sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirokini ta’minlash, institutning mavjud asbob-uskunalaridan foydalangan holda astronomiya bo‘yicha dars va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
4. Toshkent shahar hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilishi Davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
Astronomiya instituti hududida maktab-internat binosi va o‘quvchilar turar joyini qurish uchun joy ajratish;
maktab-internat binosi va o‘quvchilar turar joyi qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
maktab-internatni qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil Investitsiya dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan mablag‘lar ajratish vazifalari yuklatilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilik vakillarining:
Toshkent shahar, Astronomiya ko‘chasi 33-uy manzilida Astronomiya instituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i va Planetariyani tashkil etish;
Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini, shuningdek madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan teleskoplar pavilonlarini kapital ta’mirlash bo‘yicha takliflari ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga Toshkent shahar hokimligi buyurtmasiga muvofiq Mudofaa vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “Toshkent mexanika zavodi” AJ tasarrufidagi samolyot namunalarini bog‘da joylashtirish uchun ajratish vazifasi yuklatilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda maktab-internat va bog‘ni tashkil etish, Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini kapital ta’mirlash bilan bog‘liq tashkiliy masalalar va moliyalashtirish manbalarini aniqlashga qaratilgan choralarni ko‘rsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklatilsin. | 146 | 4,518 |
Qonunchilik | “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi PF-5598-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror 2020-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) davlat xizmatlarini ko‘rsatish va elektron hamkorlik qilishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, uni qayta ishlash hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;
“Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari va resurslarining Yagona reyestri (bundan buyon matnda Yagona reyestr deb yuritiladi) — axborot tizimlari va axborot resurslari ro‘yxati hamda ular haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan, butun jahon Internet tarmog‘idagi ochiq va umumiy foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot resursi;
Yagona reyestr operatori (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) — Yagona reyestrdan foydalanish va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan ma’lumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs.
2. Yagona reyestrning operatori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi hisoblanadi.
3. Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatish va elektron hamkorlik qilishda foydalaniladigan “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslari (bundan buyon matnda axborot tizimlari va resurslari deb yuritiladi) Yagona reyestrda majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
4. Axborot tizimlari va resurslarini Yagona reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimi va resursini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi talabnomasi asosida Operator tomonidan amalga oshiriladi.
5. Axborot tizimlari va resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma davlat organlari va tashkilotlarining Yagona reyestrdagi kabineti orqali axborot tizimlari va resurslari ishga tushirilgan vaqtdan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Yagona reyestrda kabinet ochish uchun davlat organlari va tashkilotlari Operatorga yozma ravishda Yagona reyestrda kabinet ochish haqida so‘rov yuboradi. Bunda Operator ikki ish kuni ichida Yagona reyestrda kabinet ochadi va unga kirish uchun login va parolni ko‘rsatgan holda yozma ravishda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etadi.
6. Axborot tizimlari va resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan talabnoma Operator tomonidan talabnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi haqida davlat organlari va tashkilotlarining Yagona reyestrdagi kabinetiga xabar yuboriladi.
7. Quyidagi hollarda axborot tizimlari va resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi:
talabnomada hatoliklar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
talabnoma to‘liq to‘ldirilmaganda.
Boshqa asoslarga ko‘ra axborot tizimlari va resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda axborot tizimlari va resurslarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan talabnoma besh ish kunidan kechiktirmasdan qayta yuboriladi.
Bunda mazkur talabnoma Operator tomonidan uch ish kuni ichida qayta ko‘rib chiqiladi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda axborot tizimlari va resurslari Operator tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
9. Axborot tizimlari yoki axborot resurslari Yagona reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganda ularga noyob identifikatsiya raqami beriladi.
10. Axborot tizimlari yoki axborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish davlat organlari va tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuborgan talabnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Axborot tizimlari yoki axborot resurslarining Yagona reyestrdan chiqarilganligi haqida Operator tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining kabinetiga xabar yuboriladi.
11. Axborot tizimlari va resurslarini Yagona reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2006-yil 10-fevraldagi 42-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1558, 2006-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 120-modda);
2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2007-yil 2-maydagi 130-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1558-1, 2007-yil 2-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 242-modda);
3. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 16-maydagi 24-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1558-2, 2013-yil 22-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 21-son, 274-modda);
4. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 25-fevraldagi 78-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1558-3, 2014-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 113-modda);
5. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 5-maydagi 110-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1558-4, 2015-yil 7-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 18-son, 225-modda);
6. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 27-sentabrdagi 146-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1558-5, 2016-yil 6-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 40-son, 473-modda;
7. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2006-yil 17-noyabrdagi 355-son “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1646, 2006-yil 21-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 519-modda;
8. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2007-yil 2-maydagi 131-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1646-1, 2007-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 22-son, 228-modda);
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 22-apreldagi 18-mh-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1646-2, 2013-yil 17-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 20-son, 264-modda);
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 25-fevraldagi 77-mh-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1646-3, 2014-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 112-modda);
11. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 5-maydagi 109-mh-son “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1646-4, 2015-yil 7-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 18-son, 224-modda);
12. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 7-yanvardagi 142-mh-son “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1646-5, 2016-yil 16-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3-son, 30-modda);
13. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 145-mh-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1646-6, 2016-yil 27-sentabr). | 153 | 10,661 |
Qonunchilik | Sud ishini yuritishni raqamlashtirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi | Prezident tomonidan 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi.
Birinchi bosqich natijalari yuzasidan хulosa qilamiz. 2017-2020 yillar mobaynida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar oʻrtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internetda e’lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etilgan.
Ikkinchi bosqichda sudlar, Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy maktabida IT-infratuzilmasi yanada yaхshilanadi, хususan:
a) 2021 yilda:
b) 2022 yilda:
v) 2023 yil 1 yanvardan boshlab sud ishlari davlat arхiviga elektron shaklda topshiriladi.
Oliy sudning aхborot tizimiga 28 ta davlat organlari va tashkilotlari (shu jumladan, Prezidentning Virtual qabulхonasi va Bosh vazirning qabulхonalari) bosqichma-bosqich ulanadi. Bu sudlar va boshqa idoralarga ma’lumotlar va hujjatlar bilan fuqarolarni ovora qilmagan holda almashish imkoniyatini beradi. Masalan, integratsiya tufayli sudyalar quyidagilar toʻgʻrisida tezkor ravishda haqqoniy ma’lumotlar olishlari mumkin boʻladi:
2022 yilda quyidagi imkoniyatlarni beruvchi “Adolat” aхborot tizimlari kompleksi ishga tushiriladi:
Sud majlislarida videokonferensaloqa formatida ishtirok etish imkoniyati kengaytiriladi. Joriy yil yakuniga qadar fuqarolar uchun tegishli mobil ilova va jazoni ijro etish muassasalarida maхsus uskunalar bilan jihozlangan хonalar paydo boʻlishi kerak.
Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
“UNICON.UZ” fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi hamda uning tashkiliy tuzilmasidagi korхonalar sud tizimiga joriy etilishi rejalashtirilgan aхborot tizimlarini ishlab chiqish hamda ularning aхborot va kiberхavfsizligini ta’minlash bilan shugʻullanadi.
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy maktabi buyurtmachi boʻladi. Shartnoma narхi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan oʻrtacha bozor narхi asosida shakllantiriladi.
Oleg Zamanov. | 70 | 2,082 |
Qonunchilik | “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida Ozarbayjon Respublika | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-iyunda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Bitimni (Ostona, 2006-yil 24-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Bitimni (Ostona, 2006-yil 24-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,345 |
Qonunchilik | Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Madaniy meros jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
g) moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tomonidan o‘tkaziladi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda:
Agentlikning hududiy boshqarmalari foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlariga ijara to‘lovining “nol” stavkasi asosida joylashtirilishini ta’minlasin;
hududlardagi moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ularga muhofaza belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin.
7. Quyidagilar:
Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida nizom 9-ilovaga muvofiq;
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 13-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 14-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) Ilmiy-ekspert kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, turizm va madaniy meros vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga hisobot beradi.
4. Kengash tarkibiga uning raisi, o‘rinbosari va a’zolaridan iborat tarix, me’morchilik, moddiy madaniy meros sohasida ilmiy, amaliy tajribaga ega bo‘lgan 11 nafar olim va yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi.
Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Kengash raisi hisoblanadi.
5. Kengash a’zolari uning majlislarida almashuv huquqisiz ishtirok etadilar.
Agentlikning Madaniy merosni asrashga doir ishlarni litsenziyalash, ruxsatnoma berish, ilmiy-texnik nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Kengash mas’ul kotibi hisoblanadi va u Kengash tarkibiga kirmaydi hamda ovoz berish vakolatiga ega emas.
Kengash mas’ul kotibi Kengash faoliyati va uning majlislari kun tartibiga taalluqli materiallarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil qilish va Kengashga kiritilishini tashkil qiladi, shuningdek, Kengash faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa topshiriqlarni bajaradi.
6. Kengash a’zolariga Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi hisobidan har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobari miqdorida haq to‘lanadi, Kengash tarkibiga kiritilgan Agentlik boshqaruv xodimlari bundan mustasno.
Kengash majlislarida 6 oy davomida sababsiz 3-marta ishtirok etmagan Kengash a’zolariga bir oylik haq to‘lanmaydi hamda uning a’zolikdan chiqarish masalasi ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.
7. Kengash xulosalari Agentlik tomonidan amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.
8. Kengash vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy madaniy meros obyektlari masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida paydo bo‘ladigan masalalarni ilmiy jihatdan ko‘rib chiqish, ularni hal etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlari, ularda rejalashtirilgan asrashga doir ishlarni obyektning tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga putur yetkazmagan holda texnologiya va materiallarning qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli xulosa berish;
yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish faoliyatida moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish bo‘yicha ilmiy-ekspertlik takliflar berish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarni (hududlarni) ishonchli muhofaza qilish, ushbu hududlarda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini umumbashariy bemisl qimmatiga salbiy ta’sir etmagan holda olib borish bo‘yicha ilmiy xulosalar berish.
9. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalarini tasdiqlash, davlat sud ekspertiza xulosalari bundan mustasno;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa berish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishi amaliyotini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga oid loyihalarga xulosa berish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalariga xulosa berish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) boshqaruv rejalariga xulosa berish;
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qo‘riqlanadigan tegralari loyihalariga xulosa berish.
10. Kengash a’zolariga davlat sud ekspertlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi.
11. Kengash majlislarini Kengash raisi olib boradi, Kengash raisi qatnashmagan hollarda uning topshirig‘iga ko‘ra yig‘ilishni rais o‘rinbosari olib boradi.
12. Kengash majlislari har oyda kamida bir marta chaqiriladi. Zudlik bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar Kengash a’zolari o‘rtasida so‘rov shaklida o‘tkaziladi.
13. Kengash majlislarning kun tartibi, shuningdek, ularni o‘tkazish joyi va vaqti Kengash raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra rais o‘rinbosari tomonidan belgilanadi.
14. Majlislar Kengash a’zolarining kamida 7 nafari qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
15. Kengash qarorlari majlisda qatnashayotgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda, majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Kengash a’zolari ovoz berish jarayonida betaraf qolishga haqli emas. Kengash qaroriga rozi bo‘lmagan Kengash a’zolari o‘zining alohida fikrini bayon qilishga haqli.
16. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda u Kengash a’zolari har birining imzosi bilan tasdiqlanadi.
17. Kengash majlisi qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot vositalari orqali e’lon qilib borilishi mumkin.
18. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni o‘zida mujassam etgan materiallar Kengashning yopiq majlislarida Kengashning vakolatli a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushbu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi.
19. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va Kengash nomidan Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari faoliyat olib boradi.
20. Kengashning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar Agentlikning Madaniy meros jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) Madaniy meros jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qo‘riqxonalariga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 90 foiz miqdori;
davlat mulki bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish va chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori;
muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori va davlat muzeylarida chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foiz miqdori;
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, realizatsiya qilish uchun davlat xizmati ko‘rsatish, olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat, Milliy muzey fondining davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish hamda uning tarkibidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini chiqarish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat kadastriga kiritish va chiqarish, tarixiy-madaniy hududning pasportini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga xulosa berish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma va litsenziya berish, ilmiy-texnik nazorat qilish, shuningdek, tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining tegishli ekspertizalari, restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalar, merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlarini ko‘rib chiqish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar, shuningdek, davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar;
vakolatli organlar tomonidan Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar va davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini, shuningdek, moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
4. Jamg‘arma mablag‘lari:
moddiy madaniy meros obyektlarini, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, madaniy boyliklar hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini muhofaza qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini, arxeologiya ashyolari, milliy muzey fondining davlat kataloglari va pasportlarini yuritish;
muzeylar faoliyati va arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va ommalashtirish ishlarini tashkil etish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarni muhofaza qilish;
Agentlik va hududiy boshqarmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish va raqamlashtirish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
ekspertlarni, jumladan, xorijiy mutaxassislar, Ilmiy-ekspert kengashi, Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari a’zolari mehnatiga haq to‘lash, jamoatchi inspektorlar, Agentlik va hududiy boshqarmalarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etish;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan Agentlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadi.
5. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik direktori Kengash raisi hisoblanadi.
Kengash Agentlik direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti nafar kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi va Agentlik direktorining o‘rinbosarlari, Agentlik markaziy apparatining boshqarma, bo‘lim hamda Agentlik hududiy boshqarmalarining tegishli boshliqlaridan shakllantiriladi.
Kengash majlisi a’zolarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
6. Kengash majlisi har chorakda yoxud zarur bo‘lganda navbatdan tashqari o‘tkaziladi.
7. Kengash:
har yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
zarur hollarda, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
ushbu Nizomning 4-bandga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarni belgilaydi;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
yil choraklari yakunlari bo‘yicha Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamg‘armaga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari jalb etilishiga ko‘maklashadi;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8. Agentlikning Iqtisodiy-tahlil, moliya va buxgalteriya bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
9. Ishchi organ:
Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Moliya vazirligiga kelishish uchun kiritadi;
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
tushumlar manbalari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari hamda xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari hisobini yuritadi;
har chorakda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Agentlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
11. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha) va Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
12. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobot Agentlik umumiy majlisida ko‘rib chiqiladi va har yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Yillik hisobot nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
13. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
14. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan manbalardan Jamg‘armaga ajratmalar tegishli tashkilotlar tomonidan hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Jamg‘armaga ajratmalar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi uchun mas’uliyat tegishli tashkilotlar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
15. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Kengash Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun javob beradi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. Ushbu Nizom moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, obyektlarning muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish va boshqa zarur holatlarni o‘rganish, aniqlash, tahlil va monitoring qilish, baholash hamda salbiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan tekshirishlar majmui;
nazorat qiluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
obyekt — moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan yoki tarixiy-madaniy qimmatga ega ekanligi aniqlangan bino, inshootlar, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari, arxeologiya meros obyektlari va arxeologiya ashyolari, tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar), alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar.
3. Davlat nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish shaklida o‘tkazilganda, ushbu nazorat “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organ tomonidan davlat nazorati tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilganda ushbu davlat nazorati — tekshirish Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.
4. Obyekt yuzasidan davlat nazorati foydalanuvchi (balans saqlovchisi, mulk egasi, operativ boshqarish bo‘yicha huquq egasi) bilan tuzilgan ijara, tekin foydalanish va muhofaza qilish shartnomalariga muvofiq ham o‘tkazilishi mumkin.
5. Davlat nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va chek qo‘yish;
obyekt holatini kuzatib borish, muhofaza qilish va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillarni hamda ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazish va nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash, shuningdek, ushbu holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning obyektni muhofaza qilish va saqlash talablariga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
obyektdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati hamda uni muhofaza qilish, saqlash va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarni xabardor qilish.
6. Davlat nazoratini amalga oshirishda qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanishi shart.
7. Davlat nazorati obyektlari quyidagilardan iborat:
obyekt, uning muhofaza belgilari va arxeologiya ashyolari;
obyektning muhofaza tegralari, obyektning imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari;
obyektga ta’sir etuvchi tabiiy va texnogen manbalar;
obyekt muhofazasi qilish va foydalanishga doir hujjat, material hamda axborotlar;
obyektni muhofaza va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi, ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishi hamda nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.
8. Davlat nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini tekshirish;
obyektning holatini ko‘rikdan o‘tkazish va ularni qayd etib qo‘yish;
so‘rovnomalar yo‘llash, zarur bo‘lgan axborot, hujjat va materiallarni olish va tahlil qilish;
obyektni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid hujjat va materiallarni taftish qilish;
obyektni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish.
9. Davlat nazorati nazorat qiluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organning davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari lavozimlarining ro‘yxati nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
10. Davlat nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish shaklida o‘tkazilganda, davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi hamda tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishlari lozim.
11. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmagan holda, davlat mulkida turgan obyektning muhofaza qilishini va saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi hamda tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishi talab etilmaydi.
12. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi.
13. Nazorat qiluvchi organning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
Nazorat qiluvchi organning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatidagi huquqiy normalarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Nazorat qiluvchi organ boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
15. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
yuridik va jismoniy shaxslardan obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid zarur ma’lumot, axborot, tushuntirish va hujjatlarni so‘rash hamda tekin olish;
davlat nazoratini amalga oshirish davomida o‘lchov o‘tkazish, namunalar olish va ularning laboratoriya tahlilini qilish, kadastr hujjatlarini o‘rganish, sxema va chizmalarni chizish, foto, videotasvirga tushirish;
obyekt mulkdori, foydalanuvchisi, obyektga zarar yetkazgan, qonun hujjatlarini buzgan va boshqa shaxslar bilan so‘rov o‘tkazish va ulardan yozma ravishda tushuntirish olish;
yuridik va jismoniy shaxslarning (xo‘jalik yurituvchi subyektlarning) bino va inshootlariga obyektni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun mazkur bino va inshootlarda bo‘lish qoidalariga rioya qilgan holda kirish va ko‘zdan kechirish;
obyektni muhofaza qilish va saqlashning buzilish sabablari hamda obyektdan foydalanish sharoitlarini aniqlash;
davlat nazorati amalga oshirilayotganda obyektning mulkdori, foydalanuvchisini, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirok etishini talab qilish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
obyektning muhofaza qilinishi va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi, ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishi hamda nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan restavratsiya, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqot ishlari, foydalanish, qurilish-montaj va boshqa harakatlarni o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish haqida qarorlar qabul qilish;
obyektga yetkazilgan zararni qoplash haqida yuridik va jismoniy shaxslarga talab qo‘yish bo‘yicha sudga murojaat qilish;
obyektga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxona, tashkilot, inshoot va boshqa binolar faoliyati, foydalanish va boshqa harakatlarni o‘n kundan ortiq bo‘lgan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, shuningdek, obyektga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi arizalar bilan sudlarga murojaat qilish;
tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda obyektda olib borilayotgan restavratsiya, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini zudlik bilan to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda obyektda olib borilayotgan restavratsiya, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganda ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomaning (va ochiq varaqning) amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish haqida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
davlat nazorati natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma, dalolatnoma, xulosa, hisobotlar tuzish va tasdiqlash;
obyektni restavratsiya qilish, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqot ishlarining yakunlari, hisobotlarni qabul qilish va foydalanishga topshirishda qatnashish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish huquqiga ega.
16. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
obyektning mulkdori, foydalanuvchisiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga davlat nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrug‘i nusxasi, xizmat guvohnomasini, agar davlat nazorati tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga taalluqli bo‘lsa, ularni tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomani ko‘rsatishga;
obyektning mulkdori va foydalanuvchisining faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslikka;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tekshirilayotganda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini belgilangan tartibda to‘ldirishga;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlashga;
davlat nazorati natijasini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda davlat nazoratidan o‘tgan obyektning mulkdori, foydalanuvchisiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga, davlat nazoratiga bevosita taalluqli yuridik shaxsning vakili yoki tadbirkorlik subyektiga (yakka tartibdagi tadbirkorga) ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq taqdim etishga;
huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda unga ta’sir ko‘rsatishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rishga majbur.
17. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yishi mumkin emas.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan vaziyatlarda davlat nazoratini amalga oshirishi rejalashtirilayotgan mansabdor shaxs tegishli nazorat qiluvchi organning rahbariga oldindan yozma ravishda xabar berishga va o‘zini rad etishga majbur. Ushbu talabning bajarilmasligi davlat nazorati natijalarining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
18. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektga xo‘jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va aralashish taqiqlanadi, tadbirkorlik subyektining faoliyati obyektning muhofazasi va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi, ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishga olib keladigan harakatlar bundan mustasno.
19. Davlat nazorati amalga oshirilishiga yoki uni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
20. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qilgan va ularning qonuniy talablarini bajarmagan aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
21. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, u qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradi.
22. Nazorat qiluvchi organga bevosita taalluqli faoliyat, uning vazifa, funksiya va majburiyatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat nazorati nazorat qiluvchi organ rahbari buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
23. Nazorat qiluvchi organ belgilangan tartibda:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini;
obyektni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish, foydalanish, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, konservatsiyalash, ta’mirlash hamda foydalanishga moslashtirish bo‘yicha davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini;
tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan yangi obyektlarni davlat hisobiga olinishi, obyektning aniqlanishi, hisobga olinishi, muhofaza qilinishi, targ‘ib qilinishi va ulardan foydalanilishini;
obyektning tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri va Arxeologiya ashyolari davlat katalogi belgilangan tartibda yuritilishini;
obyektning o‘rnatilgan tartibda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishiga tavsiya etilishini;
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlardan (obyektlardan) va ularning qo‘riqlanadigan tegralaridan xalqaro umume’tirof etilgan normalar, YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi va Umumjahon merosi markazi tavsiyalariga hamda qonun hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinishi va foydalanilishini;
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) olib boriladigan yirik restavratsiya, ta’mirlash-tiklash, qurilish-montaj, obodonlashtirish va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ishlarini YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilishini;
tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda), obyekt va ularning qo‘riqlanadigan tegralaridan foydalanish, xo‘jalik va boshqa faoliyatlar tashkil etilishini;
tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) bo‘yicha boshqaruv rejalarining tasdiqlanishi va ularning bajarilishini;
alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va obyektni muhofaza qilish bilan bog‘liq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralari belgilanishi va ularga rioya qilinishini;
obyektning qo‘riqlanadigan tegralarida shaharsozlik faoliyati, loyiha hujjatlari, mo‘ljallanayotgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarning hamda ularni asoslovchi hujjatlarning obyektni asrash talablariga muvofiqligini;
xo‘jalik jihatidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan yer uchastkalarini (agar ularda obyekt joylashgan bo‘lsa yoki yer uchastkalari xo‘jalik jihatidan o‘zlashtirilayotganda yangi obyekt aniqlansa);
obyektning qo‘riqlanadigan tegralari loyihalarining ishlab chiqilishi, belgilab qo‘yilishi hamda ularga rioya qilinishini;
obyektni asrash bo‘yicha ishlar, shuningdek, obyektda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar tegishli ruxsatnomalarga muvofiq amalga oshirilishini;
obyektda muhofaza belgilarining o‘rnatilishi va saqlanishini;
obyekt holatining monitoringi amalga oshirilishini;
obyektga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, o‘zgartirilishi va bekor qilinishini;
obyektning miqdor va sifat tavsiflari hisobga olinishini;
obyektning sifat va qiymat jihatidan baholanishini;
obyekt kadastr axborotining tizimga kiritish, saqlash va yangilab borilishini;
obyektning holati haqida hisobotlar tuzilishini;
obyektning pasportini berilishi va ularning yuritilishini;
obyektning toifasi belgilanishini va o‘zgartirilishini;
obyekt Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilganligi masalasini;
obyektni asrash chora-tadbirlari, konservatsiyalash, tuzatish, ta’mirlash, foydalanishga moslashtirishni, shuningdek, ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarining bajarilishini;
yo‘qotilgan obyektni ta’mirlash usullari orqali o‘rnatilgan tartibda asli holiga keltirilishini;
obyekt joylashgan yer uchastkalarining egalari (mulkdorlari) zimmasiga mazkur obyektni saqlab turish vazifasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq yuklangan boshqa majburiyatlarni bajarilishini;
obyekt ijara shartnomasi asosida ijaraga berilishini, unda obyektni saqlash talablari bajarilishini;
obyektning tashqi va ichki ko‘rinishini obyektning pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni ma’lumotlariga muvofiq holda saqlanishini;
obyektdan foydalanish shartlarini jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada cheklanishini;
xususiy mulkda turgan obyektdan foydalanish huquqini qonunda nazarda tutilgan hollarda sud qarori bilan cheklash bo‘yicha takliflarni;
obyektdan foydalanishdagi cheklashni joriy etish zaruratini yuzaga keltirgan holatlar yoki shart-sharoitlar bartaraf etilganini hamda mazkur obyektdan foydalanish huquqi to‘la hajmda tiklanishini;
xususiy mulkda turgan obyektdan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mulkdordan olib qo‘yilishini;
davlat mulkida turgan obyekt qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaga muvofiq tekin foydalanilishini;
obyektdan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishini;
tarixiy-madaniy qo‘riqxona, muzey-qo‘riqxona, tarixiy manzilgohlar tashkil etilishi, saqlanishi hamda ulardan foydalanilishini;
tarixiy manzilgohlarda qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida belgilab qo‘yilgan tartiblariga rioya qilinishini;
obyektni foydalanishga berishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalaridan tushgan mablag‘larning qonun hujjatlariga muvofiq obyektni muhofaza qilish, asrash va targ‘ib qilishga hamda obyektni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band bo‘lgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun sarflanishini;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash holatini;
arxeologiya ashyolarining Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularning fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yilishini;
fan, ta’lim va madaniyat muassasalariga biriktirib qo‘yilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilinishini;
xalqaro arxeologiya tadqiqotlarini tashkil etishda belgilangan tartibga rioya qilinishini;
arxeologiya ashyolarining hisobga olinishi va saqlanishini;
ruxsatnoma berish tartibi va shartlariga rioya qilinishini;
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya qilinishini;
arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilinishini;
ilmiy hisobotni tuzish, ekspertizadan o‘tkazish va undan foydalanishni;
ochiq varaq berish tartibi va shartlariga rioya qilinishini;
ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning majburiyatlari bajarilishini;
fan, ta’lim va madaniyat muassasalariga biriktirib qo‘yilgan arxeologiya ashyolari arxeologiya tadqiqotining belgilangan tartibda amalga oshirilishini;
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazorati amalga oshirilayotganda arxeologda ochiq varaq va ruxsatnoma mavjudligini tekshiradi.
24. Obyekt va uning qo‘riqlanadigan tegralaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar va taqiqlar rejimini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
25. Davlat nazorati o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida amalga oshiriladi.
26. Davlat nazoratini obyektning mulkdori, foydalanuvchisi, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili, davlat nazoratiga bevosita taalluqli yuridik shaxsning vakili yoki tadbirkorlik subyekti (yakka tartibdagi tadbirkor) ishtirokida amalga oshirishga ruxsat beriladi, davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning talabiga qaramay ushbu shaxslar (vakillar) ishtirok etmasa, davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs ikki nafar xolis ishtirokida dalolatnoma tuzadi hamda davlat nazoratini amalga oshirishga kirishadi.
27. Obyekt hududiga o‘rnatilgan ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) korxona ma’muriyatini xabardor qilmasdan yoki uning vakilisiz aylanib chiqish (ko‘zdan kechirish) taqiqlanadi.
28. Obyektga o‘rnatilgan ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan (ko‘zdan kechirishdan) oldin nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsiga mazkur obyektdagi texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma obyektning balans saqlovchisi tomonidan berilishi shart.
29. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslariga tekshirishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar (xona, telefon va boshqa aloqa vositalari, zarur hollarda, maxsus kiyim, shuningdek, maxsus himoya vositalari) obyektning balans saqlovchisi tomonidan yaratib berilishi lozim.
Nazorat funksiyalarini tez, samarali va xavfsiz amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi, qiyin o‘tiladigan hududlar uchastkalari bilan kesishganda masofa katta bo‘lgan hollarda nazorat qiluvchi organ tomonidan transport vositasi beriladi.
30. Quyidagi hollarda qisqa muddatli — reyd tartibidagi davlat nazorati sutkaning istalgan vaqtida bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida:
obyektni noqonuniy egallash, foydalanish, nobud qilish, buzish, shikast yetkazishi holatlar haqida ishonchli axborotlar bo‘lganda;
obyekt va uning qo‘riqlanadigan tegralarida o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma olmasdan, kelishilmasdan foydalanish, xo‘jalik va boshqa faoliyatlar tashkil etilayotganda;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilish holatlarini aniqlash va to‘xtatish yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini amalga oshirish zarurati bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.
31. Nazorat qiluvchi organ qisqa muddatli — reyd tartibidagi davlat nazoratini mustaqil yoki muvofiqlashtirilgan tadbirlar rejasi asosida boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
32. Davlat nazorati natijalari:
tarixiy-madaniy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa tuzish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishining davlat nazorati natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat nazoratining natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin.
33. Obyektning Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilishi va chiqarilishi, obyekt toifasini aniqlash va toifasi o‘zgartirilishini asoslash to‘g‘risidagi tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Obyektni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishga taalluqli tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalari davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
34. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilish holati mavjud bo‘lmaganda ma’lumotnoma, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi.
Ma’lumotnomada davlat nazoratini amalga oshirish holati qayd qilinadi, ular bo‘yicha davlat nazorati amalga oshirilgan savollar ro‘yxati keltiriladi va biror-bir qonun buzilishlarning mavjud emasligi ko‘rsatiladi.
Dalolatnomani rasmiylashtirishda mansabdor shaxs savolnomada nazarda tutilgan har bir savol bo‘yicha talablari buzilgan qonun hujjatining nomi va normalariga havola qilib, holatini bayon qiladi.
35. Ma’lumotnoma yoki dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuzilgan sana va joy nomi;
obyekt nomi va joylashgan joyi (pochta manzili);
obyekt Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgani haqidagi O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining buyrug‘i sanasi va raqami (yoki obyektning tarixiy-madaniy qimmati aniqlanganiga oid boshqa asos), obyektning umumiy tavsifi;
obyekt davlat muhofazasiga olingani haqida aholi xabardor etilgani to‘g‘risida ma’lumot (rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositasidagi e’lonlar yoki muhofaza belgisi o‘rnatilgani va boshqalar bo‘lishi mumkin);
davlat nazoratini amalga oshirish to‘g‘risidagi nazorat qiluvchi organ rahbari buyrug‘ining sanasi va raqami;
davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimlari;
obyektning mulkdori, foydalanuvchisini, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi va raqami, doimiy yashash joyi manzili;
mulkdor, foydalanuvchi yuridik shaxs bo‘lsa, uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon va faks raqamlari hamda rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi va raqami, doimiy yashash joyi manzili;
qonun hujjatlari buzilishining sabablari (dalolatnoma tuzilganda);
talablari buzilgan qonun hujjatining nomi va normalari (dalolatnoma tuzilganda);
qonun hujjatlarining buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar (dalolatnoma tuzilganda);
ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Moddiy madaniy meros obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash metodikasi asosida hisoblangan obyektga yetkazilgan moddiy zarar miqdori (dalolatnoma tuzilganda);
zarar yetkazilishi yoki qonun hujjatlarining buzilishini bartaraf etish va bunday holatlarning takroran yuz berishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar (dalolatnoma tuzilganda);
davlat nazorati davomida aniqlangan boshqa muhim ma’lumotlar.
36. Davlat nazorati natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma yoki dalolatnoma davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ma’lumotnoma yoki dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan shaxslar o‘z fikrini yozma ravishda taqdim qilishi lozim. Bunda uning yozma ravishda taqdim qilgan fikri dalolatnomaga ilova qilinadi. Yozma ravishda o‘z fikrini bildirishdan ham bosh tortsa, bu haqda dalolatnoma tuziladi va asosiy dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.
37. Ma’lumotnoma yoki dalolatnoma uch asl nusxada rasmiylashtiriladi hamda davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda quyidagilarga:
birinchi asl nusxasi — nazorat qiluvchi organda ushbu Nizomning 39-bandida keltirilgan hujjatlar ilova qilingan holda yig‘majildda saqlanadi;
ikkinchi asl nusxasi — tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga ushbu Nizomning 39-bandida keltirilgan hujjatlar ilova qilingan holda yig‘majildda tegishli yo‘naltiruvchi xat bilan yuboriladi (dalolatnoma tuzilganda);
uchinchi asl nusxa — mulkdor, foydalanuvchiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yuboriladi.
38. Ma’lumotnoma yoki dalolatnoma nusxalari unga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda tilxat olinib quyidagilarga:
mulkdor, foydalanuvchi bo‘lgan hollarda, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga;
nazorat qiluvchi organning yuqori tashkilotiga topshiriladi (beriladi) yoki buyurtma pochta orqali yuboriladi.
39. Davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar alohida yig‘majildda ketma-ketlikda aks ettiriladi. Mazkur hujjatlar alohida yig‘majildda quyidagi tartibda joylashtiriladi:
davlat nazoratini amalga oshirish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi (asliga to‘g‘ri ekani tasdiqlangan holda);
obyekt Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgani haqidagi O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining buyrug‘i sanasi va raqami (yoki obyektning tarixiy-madaniy qimmati aniqlanganiga oid boshqa asos), obyektning umumiy tavsifi qayd etilgan holda, shuningdek, obyekt davlat muhofazasiga olingani haqida aholi xabardor etilgani haqida nazorat qiluvchi organning rahbari tomonidan imzolangan va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
zarur hollarda, obyektning suratlari va videotasvirlari;
obyektning foydalanuvchisi, mulkdori, jamoatchi inspektori, obyektga zarar yetkazgan, qonun hujjatlarini buzgan va boshqa shaxslar bilan o‘tkazilgan so‘rov va ulardan olingan yozma tushuntirishlar (tushuntirishdan bosh tortgan hollarda bu haqda tuzilgan dalolatnoma);
jalb qilingan ekspert va mutaxassislarning yozma xulosalari (agar mavjud bo‘lsa);
obyektga yetkazilgan moddiy zarar miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
davlat nazoratini amalga oshirish va uning natijalarini ifodalashda zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar (yoki nusxalari) hamda materiallar;
davlat nazoratini amalga oshirish dalolatnoma yoki ma’lumotnomasi.
40. Nazorat qiluvchi organ tomonidan har bir davlat nazorati natijalari bo‘yicha materiallar maxsus jurnalda hisobga olinishi hamda har yili tahlil qilib borilishi shart.
Davlat nazoratini hisobga olish jurnali raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim.
Mazkur jurnal nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tayinlangan mas’ul shaxs tomonidan yuritiladi.
41. Jarimalar, davlat mulki hisoblangan obyektga yetkazilgan moddiy zarar va kompensatsiya to‘lovlari aybdor shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi hamda ushbu mablag‘larning 100 foizi nazorat qiluvchi organning Madaniy meros jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
42. Davlat nazorati natijalarini amalga oshirish shakllari quyidagilar hisoblanadi:
yuridik yoki jismoniy shaxsga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektining shartnoma asosidagi foydalanuvchisi bilan shartnomani to‘xtatib turish va bekor qilish;
xususiy mulkda turgan obyektdan foydalanish huquqini cheklash, mulkdordan olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
faoliyat moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda amalga oshirilayotganda, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomaning (va ochiq varaqning) amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish haqida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
obyektga yetkazilgan moddiy zararni qoplash, shuningdek, kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish;
unga ta’sir ko‘rsatishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rish;
huquqbuzarlik holatlari, obyektlarni nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi aniqlanganda tegishli materiallarni (dalolatnomalarni) tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish.
43. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma davlat nazorati tamom bo‘lgan kundan keyin besh kalendar kun ichida beriladi.
Taqdimnomada dalolatnomada keltirib o‘tilgan qonun hujjatlari buzilishini va uning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan, ijro qilishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan talablar bayon qilinadi.
44. Taqdimnoma ikkita asl nusxada imzolanadi va rasmiylashtiriladi, uning:
bir nusxasi — obyekt mulkdoriga yoki foydalanuvchiga, ularning yuqori turuvchi organiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, davlat nazoratiga bevosita taalluqli yuridik shaxsning vakili yoki tadbirkorlik subyektiga (yakka tartibdagi tadbirkorga) yuboriladi;
ikkinchi nusxasi — taqdimnomani bergan organda saqlanadi.
45. Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish nazorat qiluvchi organi rahbarining buyrug‘i shaklida rasmiylashtiriladi.
46. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish, shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
47. Sudga shikoyat berilganida, shikoyat qilinayotgan harakatni yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar, aholining hayoti va sog‘lig‘i, obyektning nobud bo‘lishi, buzilishi va shikastlanishi uchun haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno.
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) yetkazilgan moddiy zarar miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: M — yetkazilgan zarar miqdori (o‘lchov birligi — so‘m), V — yetkazilgan zarar balli (o‘lchov birligi — ball), U — obyekt koeffitsiyenti (o‘lchov birligi — m-3 ball -1), V — yetkazilgan zarar hajmi (o‘lchov birligi — m3), E — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bazaviy hisoblash miqdori (o‘lchov birligi — so‘m), A — obyektning alohida muhim badiiy bezaklari, naqshlar, koshinlar, tasvirlar va boshqa muhim jihatlariga yetkazilgan zarar miqdori (o‘lchov birligi — so‘m).
2. Obyektga yetkazilgan zarar balli quyidagi mezonlarning tegishli ballari yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi:
3. Obyektning umumbashariy ahamiyati (U) obyektning YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda yoki uning qo‘riqlanadigan hududida joylashgani yoxud obyekt umumbashariy bemisl qimmatga ega ekanligiga bog‘liq ravishda quyidagining biri belgilanadi:
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan obyekt YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda yoki uning qo‘riqlanadigan hududida joylashgan bo‘lsa — U=1 m-3 ball -1;
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda yoki uning qo‘riqlanadigan hududida joylashgan bo‘lsa — U=0,5 m-3 ball -1.
4. Obyektga yetkazilgan zarar hajmi davlat nazoratini amalga oshirayotgan shaxs (yoki tayinlangan mutaxassis yoxud ekspert) tomonidan o‘lchov asboblarini qo‘llash yordamida aniqlanadi. Etkazilgan zarar hajmi obyektning uch o‘lchamlik fazoviy shakli (masalan, xonaning ichki bo‘sh qismlari bilan birga) bo‘yicha hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasidagi bazaviy hisoblash miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdor bo‘yicha hisoblanadi va bunda obyektga zarar yetkazilgani aniqlangan (davlat nazorati o‘tkazilgan) vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdori olinadi.
6. Obyektning alohida muhim badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari, tasvirlari va boshqa muhim jihatlariga (shu jumladan, monumental san’at yodgorliklariga) yetkazilgan zarar miqdori mutaxassis (ekspert) tomonidan hisoblanadi. Bunda mashhur xorijiy (xalqaro) madaniy boyliklar auksionlarida sotilgan (sotuvga qo‘yilgan) madaniy boyliklar analogiyasidan foydalanish mumkin. Shuningdek, bunday analogiya aniqlanmagan holda ushbu zarar miqdori mutaxassis (ekspert) yoki maxsus tuzilgan komissiya tomonidan belgilanadi.
1. Ushbu Nizom “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar), moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari loyihalarini ishlab chiqish tartibi, ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
obyekt — Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan yoki tarixiy-madaniy qimmatga ega ekanligi aniqlangan bino, inshootlar, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari;
maxsus vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi;
qo‘riqlanadigan tegralar — muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarini o‘zi ichiga oladi;
qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralari — olib boriladigan shaharsozlik, xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektning tarixiy muhitini saqlab qolish uchun bevosita yoki bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan obyektdan tashqaridagi hududni belgilaydigan chiziqlar;
muhofaza tegrasi — obyektlarni asrashni ta’minlash maqsadida hududning tarixiy, shaharsozlik yoki tabiiy atrof-muhitni asrash va tiklashga qaratilgan maxsus tadbirlarni qo‘llashdan tashqari xo‘jalik faoliyatini cheklaydigan va qurilishni taqiqlovchi, yerdan foydalanish uchun maxsus tartib o‘rnatilgan hudud;
imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegrasi — qurilish va xo‘jalik faoliyatini cheklaydigan, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish talablari belgilangan hudud;
qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegrasi — obyektlar hamda uning tegralari bilan bog‘liq bo‘lgan yerdan foydalanish, xo‘jalik faoliyatini taqiqlash yoki cheklash, tabiiy landshaftni muhofaza qilish (tiklash) uchun bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, daryo vodiylari va qirg‘oqlari, suv omborlari, o‘rmonlar, ochiq joylardan foydalanish tartibi o‘rnatilgan hudud;
tarixiy-madaniy tadqiqotlar — qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish uchun amalga oshiriladigan tarixiy-me’moriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv, arxeologik va boshqa izlanishlar majmuasi.
3. Obyektning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda qo‘riqlanadigan tegralar o‘rnatiladi.
4. Qo‘riqlanadigan tegralar loyihada belgilanadi. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi matn va xaritalar (chizmalar) shaklida tuziladi.
5. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasida, ushbu tegralarda joylashgan obyektlarning qo‘riqlanadigan tegralar chegaralari hamda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari qayd etiladi.
6. Qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralari yer uchastkalarining chegaralari bilan mos kelmasligi mumkin.
7. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalari maxsus vakolatli organ va uning hududiy organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, obyektlarning egalari yoki foydalanuvchilari, yer uchastkalarining egalari, ustav (nizom) faoliyatlarida obyektlarni muhofaza qilish belgilangan yuridik shaxslar tashabbusi yoki sudning hujjatiga muvofiq ishlab chiqilishi mumkin.
Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli organ hamda uning hududiy organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalari (ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga bo‘lgan talablar bilan birga) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli (A guruh, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlar) litsenziyaga ega bo‘lgan va shtatida moddiy madaniy meros obyektlari sohasi bo‘yicha kamida bir nafar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli va sohada kamida uch yillik amaliy tajribaga ega mutaxassisi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi.
Maxsus vakolatli organ, uning hududiy organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, obyektlarning egalari yoki foydalanuvchilari, yer uchastkalarining egalari hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi bo‘lishi mumkin.
9. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqishni rejalashtirish obyektlarni muhofaza qilish, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha maqsadli dasturlarga kiritilishi mumkin.
Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar obyektning tekin foydalanuvchisi, huquq egasi, budjet mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi mumkin.
10. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish tarixiy-madaniy tadqiqotlar, kadastr ma’lumotlari va qo‘riqlanadigan tegralarni asoslash bo‘yicha boshqa materiallar asosida amalga oshiriladi.
11. Qo‘riqlanadigan tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari ushbu Nizomning 18 — 20-bandlarida ko‘rsatilgan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
12. Bir nechta obyektlarning tarixiy muhiti saqlanishini ta’minlash maqsadida ushbu obyektlar uchun yagona muhofaza tegralari, yagona qurish yoki xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari va yagona tabiiy landshaft tegralari (yagona qo‘riqlanadigan tegralar) o‘rnatiladi.
13. Qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralarini loyihalashtirishda tabiiy chegaralar (yo‘llar, temir yo‘llar, daryolar, adirlik, jarlik va boshqalar) inobatga olinadi.
14. Qo‘riqlanadigan tegralar loyihasini asoslash bo‘yicha materiallar quyidagilardan iborat:
obyektning Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
o‘tkazilgan tarixiy-madaniy tadqiqotlar bo‘yicha hisobotlar, shu jumladan arxeologik tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy hisobotlar;
loyihalashtirilgan tegralar va ushbu tegralar hududida joylashgan obyektlar, boshqa bin | 136 | 63,760 |
Qonunchilik | Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishda tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya qilinishini, shu jumladan davlat aktivlarini xususiylashtirishning samarali strategiyasi ishlab chiqilishini, shuningdek korxonalarni sotishdan oldin sifatli tayyorlashni, ular moliyaviy sog‘lomlashtirilishini, xususiylashtirilayotgan korxonalar (obyektlar) to‘g‘risidagi axborot ma’lum qilinishini, o‘tkaziladigan savdolarning ochiq-oshkoraligini, shuningdek yangi mulkdorlar o‘z investitsiya majburiyatlarini bajarishi ustidan amaliy nazorat qilinishini ta’minlasin;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda davlat aktivlarini xususiy mulk qilib sotish mexanizmini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar turkumini tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartib-taomillarini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
davlat korxonasini xo‘jalik jamiyatiga (aksiyadorlik jamiyatiga, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha majburiyatli jamiyatga) yoki boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;
davlat mulki bo‘lgan obyektlarni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalarni, ulushlar va mulkiy paylarni jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga birja va birjadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish.
3. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshirish davrida korxona ma’muriyati oldin tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya qilishga majburdir.
4. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakllarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat raqobat qo‘mitasining (Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasining) qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish xususiyatlarini, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarini va ishlab chiqarish ko‘lamlarini, asosiy fondlar qiymatini hamda potensial investorlarning takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining respublikadan tashqarida joylashgan mulkini davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ning borishi, mol-mulkni sotish bo‘yicha bitishuvlar va sotib olish tushumlari summasi to‘g‘risidagi statistik axborot O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi belgilagan tartibda va muddatlarda statistika organlariga taqdim etiladi.
7. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan (belgilanadigan) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari (korxonalar ro‘yxatlari), shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatnomalari (buyurtmanomalari) asosida amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan obyektlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan muddatlarga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlarini amalga oshirish jadvallari tasdiqlanadi;
davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ — Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan obyektlar bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan (shu jumladan mehnat jamoasi a’zolaridan) buyurtmanomalar talab qilinmaydi.
9. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilmagan obyektlar bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi qarori bo‘yicha, ularning vakolatlari doirasida, shu jumladan yuridik yoki jismoniy shaxslarning, shu jumladan ushbu korxonalar mehnat jamoalari a’zolarining buyurtmanomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organ (Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda belgilanadi.
10. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan:
nodavlat yuridik shaxslardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan berilgan buyurtmanoma mulkdorlar tomonidan yoki mulkdorlar bunga vakil qilgan shaxslar tomonidan imzolangan va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak (1-ilova);
jismoniy shaxsdan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidan, xorijiy davlat fuqarosidan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan) berilgan buyurtmanoma uning tomonidan yoki bunga vakil qilingan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak (2-ilova);
korxonaning mehnat jamoasidan berilgan buyurtmanoma mehnat jamoasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan bunga vakil qilingan korxona, bo‘linma mehnat jamoasi a’zosi tomonidan imzolanadi (3-ilova). Mehnat jamoasi buyurtmanomasiga mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning korxona muhri bilan tasdiqlangan protokolidan ko‘chirma, imzolash varaqasi ilova qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarning barchasi korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
11. Korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt) joylashgan joy bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organiga beriladi.
12. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomaga eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdoridagi maxsus yig‘im Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Yig‘im summasi, ko‘rib chiqish natijalaridan qat’i nazar, ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
13. Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ga buyurtmanoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasini xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organidan axborot olingandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshirish yoki buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organni (markaziy apparat yoki hududiy organ) belgilaydi.
Buyurtmanoma berilgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan ariza beruvchiga davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshirish yoki buni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi axborot yozma shaklda yetkaziladi. Axborotda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ — Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi ko‘rsatiladi. Salbiy qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga rad etish sabablari xabar qilinadi. Bunda rad etish sabablari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan shartlar va muddatlar ko‘rsatiladi.
Quyidagi hollarda “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, agar:
korxona (obyekt) davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar ro‘yxatiga kirsa;
ariza beruvchi tomonidan korxona (obyekt)ning mazkur turi uchun nazarda tutilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish xususiyatlari hisobga olinmasa davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rad etilishi mumkin.
14. Agar buyurtmanoma davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bo‘yicha amalga oshiriladigan korxona (obyekt) bo‘yicha tushgan taqdirda hamda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonini o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida qarori qabul qilingan, obyektni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomalar berilgan vaqtdan boshlab hamda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda ushbu korxonaga (ulush, pay, aksiyalarga) mulkiy egalik qilish huquqi boshqa mulkdorga berilgungacha yoki korxonani qayta o‘zgartirish rad etilgungacha:
korxonani qayta tashkil etish va tugatish (belgilangan tartibda bankrotlik tartib-taomillarini o‘tkazish bundan mustasno);
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxonaning xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqidagi mulkini, mulkiy huquqlarini begonalashtirish (ro‘yxatdan chiqarish) taqiqlanadi.
16. Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni o‘tkazish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tuzadi. Komissiya tarkibiga Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi vakillari bilan bir qatorda:
tarkibiga davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona kiradigan davlat organi yoki xo‘jalik boshqarmasi;
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona ma’muriyati va mehnat jamoasi;
moliya va soliq organlari;
xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
er uchastkasi xususiylashtirilgan yoki korxona (obyekt) yer uchastkasi bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) hollarda “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi vakillari;
boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish Davlat komissiyasi qarorlariga ko‘ra xususiylashtirilayotgan korxonalar (obyektlar) bo‘yicha, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini (ulushlarini) sotishda Komissiya tashkil etish talab qilinmaydi.
17. Ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tuzilgan davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlarini o‘tkazish jadvali asosida yoki davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma asosida davlat mulki obyektini davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tegishli organlardan Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni so‘raydi.
18. Tegishli boshqaruv organlarining va ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan muassasalarning rahbarlari Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi so‘rovnomasi olingandan keyin uch kun muddatda Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qiladilar hamda keyinchalik uning Komissiya ishlarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
Komissiya a’zolarining Komissiyada ishlagan vaqti uchun asosiy ish joyi bo‘yicha ish haqi va boshqa qo‘shimcha to‘lovlari saqlanib qoladi.
Komissiya o‘z faoliyatini bevosita davlat tasarrufidan chiqariladigan (xususiylashtiriladigan) korxonada (obyektda) amalga oshiradi. Komissiya a’zolari qabul qilinadigan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
19. Komissiya faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ishlarini tashkil etish Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi o‘z xodimlaridan tayinlaydigan Komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya raisi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Komissiya a’zolariga, davlat mulki bo‘lgan qayta o‘zgartirilayotgan obyektning mansabdor shaxslariga Komissiya faoliyati masalalari bo‘yicha topshiriqlar berish;
Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi ko‘rib chiqishi uchun Komissiya ish tartibini muntazam ravishda buzuvchi ayrim a’zolarni Komissiya tarkibidan chiqarish, ularni tegishli ravishda almashtirish masalalarini kiritish.
20. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan Komissiya raisi qatnashgan taqdirda huquqiy kuchga ega hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish ochiq usulda o‘tkaziladi. Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Komissiya qarorining qabul qilinishiga rozi bo‘lmagan Komissiya a’zosi o‘z mulohazasini yozma ravishda bayon qilish va uni Davlat raqobat qo‘mitasiga yoki uning hududiy organiga yuborish huquqiga ega.
21. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ga tayyorlash bo‘yicha Komissiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini xatlovdan o‘tkazish;
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlash;
mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
22. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona ma’muriyati mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalarini tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Ishchi komissiya o‘z faoliyatini Komissiya rahbarligida amalga oshiradi. Ishchi komissiya a’zolari taqdim etilayotgan hujjatlarning to‘g‘riligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
23. Komissiya Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organiga ko‘rib chiqish uchun:
korxonani aksiyadorlik jamiyatiga, boshqa xo‘jalik jamiyatiga, yoki boshqa tijorat tashkilotiga aylantirish to‘g‘risidagi;
korxonani mulk kompleksi sifatida to‘liq sotish to‘g‘risidagi;
korxonani qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish), shuningdek qayta tashkil etish jarayonida vujudga keladigan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakllari to‘g‘risidagi takliflardan bittasini kiritadi.
Agar Komissiya tomonidan korxonani davlat tasarrufidan chiqarishga (xususiylashtirishga) berilgan buyurtmanomada nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakldan farq qiladigan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirish to‘g‘risida qaror qilingan taqdirda Komissiya Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organiga qabul qilingan qarorning asoslanishini taqdim etishga majburdir.
Komissiya Davlat raqobat qo‘mitasiga korxonani (obyektni) sotishdan oldin tayyorlash tartib-taomillarini bajarish bo‘yicha asoslangan takliflar kiritishi mumkin.
24. Korxonani xo‘jalik jamiyatiga aylantirishda Komissiya tomonidan:
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) rejasi tuziladi, unda davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)ni o‘tkazishning tavsiya etilayotgan muddatlari, qonun hujjatlariga muvofiq korxona mehnat jamoasining ayrim a’zolariga tavsiya etilayotgan imtiyozlar ko‘rsatiladi;
mol-mulkni xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari tasdiqlanadi;
ta’sis hujjatlari loyihalari tuziladi.
25. Komissiyaning obyektlarni to‘liq sotish to‘g‘risidagi takliflarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
obyektni mol-mulk kompleksi sifatida to‘liq sotishning afzalliklari asoslanishi;
sotishning tavsiya etilayotgan usuli (birja, kimoshdi, tanlov (tender) savdolari).
26. Korxonani qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) to‘g‘risida takliflar kiritilganda Komissiya uni qayta tashkil etishning zarurligini asoslashi va qayta tashkil etishga doir tadbirlar rejasini tuzishi kerak. Taqdim etilgan hujjatlarda, zarurat bo‘lganda, qayta o‘zgartirilayotgan birliklar o‘rtasida majburiyatlarning taqsimlanishi va boshqa aloqalar bo‘yicha takliflar bo‘lishi mumkin.
27. Komissiyaning ish yakunlari bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning tegishli hududiy organiga majlislar bayonnomalari, Komissiya tasdiqlagan mol-mulk xatlovi dalolatnomalari, kadastr hujjatlari (korxonalar sotilgan taqdirda mulkiy komplekslar sifatida), ushbu Nizomning 23 — 26-bandlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) shakliga doir takliflar, shuningdek:
korxona soliq bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi soliq organi tomonidan tasdiqlangan korxona balansi;
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl);
debitorlik va kreditorlik qarzlarning, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning yoyilmasi;
er uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
sotishdan oldin tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar va tarkibiy qayta o‘zgartirish tadbirlari rejasi (zarur bo‘lganda) taqdim etiladi.
Agar tarkibiy o‘zgartirishlar tadbirlari rejasida tegishli bozorda ustunlik qiluvchi korxonalar paydo bo‘lishiga olib keluvchi korxonalarni qo‘shib yuborish nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi kurashish organining rozilik xati ham taqdim etiladi.
Komissiya tomonidan korxonani mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga aylantirish to‘g‘risida taklif kiritilganda ayni bir vaqtda 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxslarning yoki 4a-ilovaga muvofiq jismoniy shaxslarning qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav fondidan muayyan ulushlarni sotib olish xohishi to‘g‘risidagi buyurtmanomalari taqdim etiladi. Komissiya tomonidan korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida taklif kiritilganda aksiyalarning mehnat jamoasi a’zolariga sotishga tavsiya etilgan paketi doirasida, ularning har biri tomonidan ular ko‘rsatgan summaga aksiyalar sotib olish xohishi to‘g‘risida 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha mehnat jamoasi a’zolarining imzolash varaqasi taqdim etiladi.
Komissiya tomonidan, shuningdek mehnat jamoasining qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar olish huquqiga ega bo‘lgan a’zolari ro‘yxati ham taqdim etiladi.
28. Komissiya ish olib borishining umumiy muddati Komissiya tuzilgan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
29. Komissiya taqdim etgan materiallar va hujjatlar ko‘rib chiqilgandan keyin Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi bir hafta muddatda quyidagi qarorlardan bittasini qabul qiladi:
Qaytarish sabablarini ko‘rsatgan va hujjatlarni takroriy taqdim etish muddatini belgilagan holda hujjatlarni Komissiyaga puxtalashtirish uchun qaytaradi, hujjatlarni takroriy taqdim etish muddati ular qaytarilgan vaqtdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak. Agar Komissiya tomonidan hujjatlar takroriy taqdim etilganda ularda davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon bermaydigan jiddiy kamchiliklar topilsa, Komissiya tarqatib yuboriladi va yangi Komissiya tuziladi;
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt)ni baholash uchun baholovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi. Bunda Davlat raqobat qo‘mitasi baholovchi tashkilotga Komissiya tomonidan tayyorlangan zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Korxona (obyekt)ni baholash bo‘yicha baholovchi tashkilotning xulosasi va Komissiya tomonidan taqdim etilgan xususiylashtirish obyektining boshlang‘ich bahosini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida Davlat raqobat qo‘mitasi yoki hududiy organ korxona (obyekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda buyruq bilan ayni bir vaqtda namunaviy ustavga va emissiya prospektiga muvofiq tuzilgan ustav va emissiya prospekti tasdiqlanadi. Korxona mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga aylantirilganda ayni bir vaqtda ustav va davlatning mulkida saqlanib qoladigan va investorlarga sotiladigan ustav fondidagi ulush tasdiqlanadi.
30. Buyruq, ustav, emissiya prospekti (chiqarish to‘g‘risidagi axborot) Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi (tasdiqlanadi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, tarqatiladi va saqlanadi.
31. Buyruqni bajarish:
xo‘jalik jamiyatini yoki boshqa tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha — uning rahbariga;
korxona xo‘jalik jamiyatiga aylantirilganda obyektlarni to‘liq, ustav fondidan ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan mehnat jamoasi a’zolariga sotish, boshqaruv organlarini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha — Davlat raqobat qo‘mitasining aniq xodimlariga yuklanadi.
32. Davlat korxonalari negizida tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlarida mavjud boshqaruv organlari ular qayta saylangungacha (qayta tayinlangungacha) faoliyatini davom ettirishadi.
33. Davlat aktivlari qiymatini baholash baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan baholaydigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
34. Davlat aktivlarining qiymatini baholash xatlov natijalari bo‘yicha korxonaning mavjud mol-mulki va uning amaldagi holatidan kelib chiqib Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq belgilanadi.
Baholash, qoidaga ko‘ra, uch usul bilan, ya’ni xarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar bilan amalga oshiriladi. Baholashning uch usulidan birini qo‘llash mumkin bo‘lmagan taqdirda baholovchi u yoki bu usulni qo‘llash rad etilishini zarur ravishda asoslashi kerak.
Davlat aktivlarining baholash qiymati milliy valyutada belgilanadi. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish davlat komissiyasining qaroriga ko‘ra sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha baholash qiymati ayni vaqtda baholash o‘tkazilgan paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha AQSh dollarida qayd qilingan holda belgilanadi.
35. Xarajatli usulni qo‘llashda baholanadigan mol-mulkning tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
korxona balansida bo‘lgan va xatlov natijasida aniqlangan barcha asosiy vositalar, ularning texnik holatidan qat’i nazar, ham ishlab turgan (vaqtincha mukammal ta’mirlashda va Modernizatsiyada bo‘lgan obyektlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar ham shu jumlaga kiradi), ham konservatsiyada, zaxirada yoki rezervda bo‘lgan (o‘rnatilmagan asbob-uskunalar), ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari, ish mollari va mahsuldor mollar, ko‘p yillik daraxtlar va asosiy vositalarning boshqa turlari, shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlarga foydalanishga, ijaraga berilgan asosiy vositalar;
korxona (obyekt) yer uchastkalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilganda (xususiylashtirilganda) — davlat tasarrufidan chiqariladigan (xususiylashtiriladigan korxona (obyekt) joylashgan hamda binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari;
boshqa uzoq muddatli aktivlar, shu jumladan nomoddiy aktivlar;
joriy aktivlar;
boshqa aktivlar.
Mol-mulkni xarajatli usulda baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) ishga tushirish yoki sotib olish vaqtida dastlabki qiymatdan kelib chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 18-iyundagi 293-son, 1993-yil 1-iyundagi 261-son, 1994-yil 28-noyabrdagi 572-son, 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son va 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorlariga muvofiq indeksatsiya koeffitsiyentlari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilgan asosiy fondlarning balans qiymati belgilanadi;
2) asosiy fondlarning qiymatini tayyorlovchi zavodlar narxlariga, preyskurantlar, prays-varaqlar va boshqalarga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yo‘li bilan yoki baholash sanasida Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentlarini qo‘llash yo‘li bilan asosiy fondlarning amaldagi narxlardagi (bozor narxlaridan yuqori bo‘lmagan) tiklash qiymati aniqlanadi.
10 foizdan kamroq qoldiq qiymatga ega bo‘lgan asosiy fondlar bo‘yicha ustav fondiga ularning amaldagi narxlardagi tiklash qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi.
3) 1997-yil 1-yanvargacha amal qilgan va 1997-yil 1-yanvardan keyin joriy etilgan asosiy fondlarni to‘liq tiklashga va ulardan foydalanish muddatlariga belgilangan tegishli amortizatsiya normalaridan kelib chiqib asosiy fondlarning eskirishi hajmi belgilanadi. Ishchi komissiyaning qaroriga ko‘ra eskirish darajasi asosiy fondlarning dastlabki iste’mol qiymatlari yo‘qolishi darajasiga qarab aniqlashtirilishi mumkin;
4) amaldagi narxlarda tiklash qiymati bilan foydalanish davridagi muayyan normativ eskirish hajmi o‘rtasidagi tafovut sifatida amaldagi narxlarda asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarni baholash dalolatnomasi 6-ilovaga muvofiq tuziladi;
5) ijtimoiy infratuzilma obyektlarini baholash dalolatnomasi 7-ilovaga muvofiq tuziladi;
6) kapital qo‘yilmalarni (tugallanmagan qurilish va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni) baholash dalolatnomalari 8 va 9-ilovalarga muvofiq baholash paytida amalda bo‘lgan narxlarda tuziladi;
7) korxonaning oxirgi (baholash sanasidagi) hisobot buxgalteriya balansi ma’lumotlari yoki xatlash ma’lumotlari asosida joriy aktivlar qiymati, shuningdek korxonaning majburiyatlari aniqlanadi;
8) yer uchastkalaridan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini xususiylashtirishda yer uchastkasi qiymatini baholash), yer osti boyliklaridan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi qiymati baholanadi, uning natijalari 10-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnomada aks ettiriladi. Xususiylashtiriladigan korxona (obyekt) joylashgan va binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkasini baholash faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
9) tovar-moddiy boyliklarga tegishli bo‘lgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari amaldagi ulgurji yoki chakana (bozor narxlaridan yuqori bo‘lmagan) narxlarda yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra “ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari” guruhi bo‘yicha asosiy fondlarni qayta baholashning har yilgi koeffitsiyentini inventarlar va xo‘jalik buyumlarining balans qiymatiga qo‘llash yo‘li orqali baholanadi.
36. Baholash natijalari bo‘yicha 11-ilovaga muvofiq mol-mulkni baholash yig‘ma dalolatnomasi tuziladi.
37. Baholashning ikki va undan ortiq usuli qo‘llanilganda baholovchi tashkilot Davlat raqobat qo‘mitasiga davlat aktivlari qiymatini baholash bo‘yicha olingan barcha natijalarni taqdim etadi, ular asosida Davlat raqobat qo‘mitasi (davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari tizimiga kiradigan korxonalar bo‘yicha) yoki uning hududiy organi (boshqa korxonalar bo‘yicha) buyrug‘iga ko‘ra korxonaning qiymati, ustav fondi miqdori va boshqa davlat aktivlari miqdori tayinlanadi.
Davlat aktivlari boshlang‘ich narxi, ustav fondining tayinlanadigan miqdori baholash tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan baholashning uchta usuli: xarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar natijalari bo‘yicha olingan eng yuqori baholash qiymatidan past bo‘lishi mumkin emas.
38. Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining qaroriga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, korxonalar (obyektlar)ni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalar, ulushlar va mulkiy paylarni sotish to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi bo‘yicha (bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga) amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan oshmasligi kerak, davlat aktivlarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki Davlat mulkini xorijiy investorga sotishda tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi qarorlariga ko‘ra sotish hollari bundan mustasno.
39. Korxona va boshqa davlat aktivlarini sotishdan oldin tayyorlash korxonaning barqaror moliyaviy-iqtisodiy holatini ta’minlashni, asosiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mol-mulk va asbob-uskunalarni qisqartirishni, potensial investorga sotish uchun korxonaning investitsiya jalb etuvchanligi va likvidliligini oshirishni nazarda tutadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar sotishdan oldin tayyorlanishi mumkin.
Yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha xususiylashtirilayotgan korxonani sotishdan oldin tayyorlash to‘g‘risidagi qaror Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan, xususiylashtirish dasturiga kiritilgan boshqa korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash to‘g‘risidagi qaror — tarkibiga xususiylashtiriladigan korxona kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvining tegishli organi yoki u yuritishiga kiradigan joylardagi mahalliy hokimiyat organi bilan kelishuv bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi hay’ati tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Sotishdan oldin tayyorlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
xususiylashtirilayotgan korxona faoliyatini kompleks o‘rganish (diagnostik tekshirish), bu ishlab chiqarishni boshqarish tizimini, moliyaviy holatini, sheriklarning tarkibini, raqobatchilarni, investorlarni va hokazolarni o‘rganib chiqishni o‘z ichiga oladi;
korxona faoliyati samaradorligini va uning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni (tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo) ishlab chiqish;
tasdiqlangan tadbirlar bajarilishining doimiy monitoringini olib borish.
40. Davlat raqobat qo‘mitasi bilan tuziladigan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan moliyaviy, texnik tashkilotlar va mustaqil maslahatchilar sifatidagi boshqa tashkilotlar bevosita korxonada ishlab olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda korxona faoliyatini (boshqaruv tizimi, ishlab chiqarishning holati, marketing, moliya-xo‘jalik faoliyati, malakali kadrlar bilan ta’minlash) o‘rganib chiqadi va xususiylashtirish dasturida belgilangan davlat aktivlarini sotish muddati tamom bo‘lishidan kamida bir oy oldin to‘liq bajarilishini nazarda tutadigan korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi.
Diagnostik tekshirish, korxonaning investitsiya jalb etuvchanligini baholash natijalari va chora-tadbirlar rejasi Davlat raqobat qo‘mitasi, tarkibiga mazkur korxona kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, korxonaning boshqaruv organi vakillari va korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan mustaqil maslahatchilar ishtirokida muhokama qilinadi, sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi aniqlashtiriladi. Muhokama bayonnomasi chora-tadbirlar rejasi loyihasi bilan birgalikda Davlat raqobat qo‘mitasiga va davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organiga taqdim etiladi.
41. Yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha xususiylashtirilayotgan korxonani sotishdan oldin tayyorlash chora-tadbirlari rejasi Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan, boshqa korxonalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyat bo‘lganda chora-tadbirlar rejasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari, xususiylashtiriladigan korxona tarkibiga kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi yoki u yuritishiga tegishli bo‘lgan mahalliy hokimiyat organi bilan kelishilishi mumkin.
Korxona rahbari va korxona tarkibiga kiradigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar zarur darajada bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
42. Yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha xususiylashtiriladigan korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha mustaqil maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash Davlat raqobat qo‘mitasi, korxona va jalb etiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan uch tomonlama shartnoma asosida, Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarda, boshqa korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha mustaqil maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan shartlarda korxona mablag‘laridan to‘lanadi. Korxonaning o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda ushbu summa Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lardan to‘lanadi hamda ushbu summa keyinchalik korxona tomonidan qoplanadi.
43. Tasdiqlangan chora-tadbirlar bajarilishi monitoringi korxonani sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan mustaqil maslahatchilar ishtirokida doimiy asosda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil maslahatchilar vaqti-vaqti bilan Davlat raqobat qo‘mitasiga chora-tadbirlar bajarilishining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
44. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash tadbirlariga Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining qarori bilan belgilangan chora-tadbirlar kiritiladi.
45. Davlat aktivlarini (mol-mulk, aksiyalar, ulushlarni) sotish Hukumatning qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq birja yoki birjadan tashqari savdolarda — kimoshdi, tanlov (tender) savdolarida yoki to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar natijalari bo‘yicha sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
46. Korxonalarning davlat aktivlarini investorlarga sotish shartlari va usullarini tasdiqlash, shuningdek ommaviy tanlov (tender) savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini sotib olishga talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlash Davlat raqobat qo‘mitasi (yoki uning hududiy organi) tomonidan amalga oshiriladi, Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi qarori asosida sotiladigan obyektlar bundan mustasno.
47. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish davlat komissiyasi qarori bo‘yicha sotiladigan korxonani (mol-mulk, ulushlar, paylar, aksiyalarni) mamlakat investorlariga sotishda taklifning narxi AQSh dollarida belgilangan baholash qiymatini tanlov (tender) e’lon qilingan paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha so‘mlarga qayta hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda sotish narxiga belgilangan tartibda tuzatish kiritilishi mumkin.
48. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ishlab chiqarish binolari va inshootlariga tutashib ketgan yer uchastkalarini xususiylashtirish (sotish) xususiylashtirilayotgan yoki davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun qat’iy zarur bo‘lgan miqdorlarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari miqdorini belgilash belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki u tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan mustaqil maslahatchilar tomonidan, ular faoliyatiga xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lardan haq to‘langan holda amalga oshiriladi. Ushbu sarf-xarajatlar keyinchalik sotishdan olingan tushumdan mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
49. Obyektlarni investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul sotish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Davlat mulki obyektini xo‘jalik jamiyatiga aylantirishda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi bilan aksiyadorlar (qatnashchilar) vakolat bergan shaxs (kuzatuvchi kengash raisi yoki ijro etuvchi organ rahbari) o‘rtasida o‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi shartnoma-bitim tuzilishi mumkin.
Shartnoma-bitimda:
muayyan davrda korxona faoliyati sohasini va ishlab chiqarish, mahsulot eksportining kelishilgan hajmlarini saqlab qolish shartlari;
ish o‘rinlari sonini o‘zgartirish shartlari;
muayyan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish;
ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
xodimlarning ijtimoiy-maishiy ta’minoti xususiyatlari;
ijtimoiy, tabiatni muhofaza qilish obyektlarini saqlash shartlari aks ettirilishi mumkin.
51. Aksiyalar paketlari (ulushlar)ni, obyektlarni birja savdolarida sotishda oldi-sotdining birja bitishuvi oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi.
52. Birjadan tashqari savdolar o‘tkazish natijalari bo‘yicha davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bir tomondan Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi va ikkinchi tomondan xaridor o‘rtasida tuziladi.
Oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanasidan boshlab kuchga kiradi.
53. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagi ma’lumotlar va shartlar majburiy tartibda aks ettirilishi kerak:
tomonlarning nomi va manzili;
mazkur bitishuvni sodir etish uchun asos (Hukumat qarori, Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi, Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi buyrug‘i, o‘tkazilgan birjadan tashqari savdolar natijalari);
sotiladigan davlat aktivining turi (nomi, tavsifi), miqdori, narxi;
sotib olish to‘lovini amalga oshirish miqdori, valyutasi, shartlari va tartibi, shuningdek muddatlari;
tomonlarning majburiyatlari, shu jumladan sotiladigan aktivlarga mulk huquqining sotuvchidan xaridorga o‘tishi shartlari, tartibi va izchilligi, shu jumladan mulk huquqiga dalolatnoma berish;
shartnoma bo‘yicha qabul qilinadigan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi va/yoki bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi, jarima jazolarini to‘lash miqdori va shartlari;
nizolarni hal etish tartibi, shartnomani bekor qilish shartlari, qo‘llaniladigan huquq, fors-major holatlarni aniqlash va bunday holatlarda ish ko‘rish tartibi, shartnomaning tili, nusxalari soni, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shartlari, shartnomaning kuchga kirishi;
tomonlarning kafolatlari sifatida ilova.
Shartnomada zaruriyat bo‘lganda:
xaridor tomonidan qabul qilinadigan investitsiya majburiyatlarining hajmi (pul ifodasida), umumiy mazmuni, shartlari, amalga oshirish izchilligi va muddatlari;
to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida investor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulk (aksiyalar, ulushlar)dan foydalanish va investitsiya majburiyatlari bajarilishi shartlari;
investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishining batafsil dasturi (reja-jadvali)ni tayyorlash va xaridor tomonidan kelishish uchun sotuvchiga taqdim etish muddati, uning bajarilishi monitoringi, xaridor tomonidan korxona faoliyati ixtisosi saqlab qolinishining eng kam davri va ijtimoiy muhofaza;
investitsiya majburiyatlarining asosiy bandlari mazmunining tavsifi, uning xaridor tomonidan bajarilishi muddatlari, investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishi holati tasdiqlanishi tartibi va shartlari.
Investor tomonidan korxona to‘liq yoki aksiyalar (ulushlar, paylar)ning nazorat paketi sotib olinganda oldi-sotdi shartnomasiga mazkur Nizomning 50-bandida bayon qilingan shartlar kiritilishi mumkin.
54. Davlat raqobat qo‘mitasi (uning hududiy organi) xususiylashtirishdan mablag‘lar tushishi, yangi mulkdorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari muddatlari so‘zsiz bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.
55. Tuziladigan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan sotib olish to‘lovlari va investitsiya majburiyatlari investorlar tomonidan bajarilmagan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasi investordan jarima undirish choralarini ko‘radi yoki bir tomonlama tartibda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi. Jarima jazolari miqdori va shartnomani bekor qilish shartlari shartnomalarda ko‘rsatiladi.
Sotib olayotgan davlat aktivlari uchun to‘lovni xorijiy valyutada amalga oshirgan investor bilan tuzilgan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq qaytariladigan mablag‘lar (tegishli jarima sanksiyalari mablag‘i ushlab qolingandan keyin) investorning roziligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida, ularni o‘tkazish sanasidagi kurs bo‘yicha, investor ko‘rsatgan bank hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin.
56. Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi davlat korxonalarini qayta tashkil qilish natijasida barpo etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining muassislari bo‘ladilar.
57. Korxonani xo‘jalik jamiyatiga aylantirishda boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
58. Davlat mulki obyekti negizida yangidan tashkil etilgan xo‘jalik jamiyati davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) paytida korxonada mavjud bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlarning, shu jumladan, agar ta’sis hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqining huquqiy vorisi hisoblanadi.
59. Korxona xo‘jalik jamiyatiga aylantirilganda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ta’sis hujjatlari taqdim etilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomga muvofiq ta’sis etilgan xo‘jalik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda notarial tasdiqlangan ustavi nusxasi uning rahbari tomonidan Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) yuboriladi.
60. Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan korxonani xususiylashtirish rejasi tasdiqlanishi uni ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risidagi qaror, emissiya prospektini tasdiqlash esa — aksiyalar chiqarish (emissiya) to‘g‘risidagi qaror hisoblanadi.
61. Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar belgilangan tartibda yangi mulkdorga sotilgunga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.
62. Korxonani qayta o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruq, emissiya prospekti (aksiyalar chiqarish so‘rovnomasi) ular imzolangandan va tasdiqlangandan keyin 3 kun muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
63. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hujjatlarning to‘liq turkumi olingandan keyin:
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
naqd chiqarilgan hollarda aksiyalar namunalari (eskizlari)ni tasdiqlaydi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, raqami ko‘rsatilgan va “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” degan belgi qo‘yilib, ip o‘tkazib tikilgan va o‘z muhri bilan tasdiqlangan emissiya prospektining bir nusxasini aksiyadorlik jamiyatiga beradi;
emissiya prospektining ikkinchi nusxasini Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining korxonani qayta o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyrug‘i nusxasi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini hisobga olish uchun Markaziy depozitariyga beradi.
64. Birlamchi emissiya (aksiyalar chiqarilishi) prospektlari (chiqarish so‘rovnomalari) Markaz tomonidan tekin ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
65. Markaziy depozitariy mazkur Nizomning 63-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda aksiyalarning emissiya prospekti (chiqarish so‘rovnomalari) tavsifini tuzadi va emissiya qilinayotgan aksiyalarni hisobga oladi. Davlatga tegishli aksiyalar bilan operatsiyalar bo‘yicha Markaziy depozitariy xizmatlariga va ularni saqlash uchun haq to‘lash davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)dan tushgan mablag‘lar hisobiga Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
66. Agar emissiya prospektida aksiyalarni maxsus blankalar (naqd shaklda) shaklida chiqarish nazarda tutilsa, ularni tayyorlashga Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish)dan tushgan mablag‘lar hisobiga haq to‘lanadi. Bunda ularni chiqarish muddati, shu jumladan Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi buyurtmasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega bo‘lgan matbaa korxonalari tomonidan tayyorlash ham shu jumlaga kiradi, Markaziy depozitariyga saqlash uchun berish emissiya prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
67. Aksiyalarni mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasida tarqatish aksiyalarning emissiya prospektiga (chiqarish so‘rovnomasiga) muvofiq, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasi (uning hududiy organi) buyrug‘i bilan (buyruqda aksiyalarni haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan mehnat jamoasi ayrim a’zolariga berilgan imtiyozlar ko‘rsatiladi, biroq bu muddat bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak) Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan amalga oshiriladi (buyruqqa ilova qilinadigan ro‘yxatga muvofiq).
68. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) mol-mulkka egalik qilish huquqining joriy etilishi yangi mulkdor (mulkdorlar) Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan beriladigan dalolatnomani olgan paytdan boshlab amalga oshiriladi.
69. Dalolatnoma blankasi 12-ilovaga muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha maxsus qog‘ozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega bo‘ladi va qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.
70. Dalolatnoma 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda:
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyadorlik jamiyatiga —boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga yoki shirkatga — investorlar tomonidan ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan jamiyat (shirkat) shakllantirilgan ustav fondi ulushlari sotib olingandan va boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;
korxona (obyekt)ni sotib olgan investorga — u mol-mulkning sotuv qiymatini to‘liq to‘lagandan keyin;
investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda korxona (obyekt)ni sotib olgan investorga — sotib olish to‘lovlari to‘langandan keyin, investitsiya majburiyatlarini to‘liq bajargungacha amalda bo‘ladigan “tasarruf etish huquqisiz” belgili;
obyektni “nol” qiymatida sotib olgan investorga — korxonani Modernizatsiya qilishni, texnik va texnologik qayta jihozlashni nazarda tutuvchi olingan investitsiya majburiyatlari bajarilgandan keyin hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va (yoki) xizmatlar ko‘rsatish boshlangandan keyin beriladi.
71. Mol-mulk to‘lov bo‘lib-bo‘lib to‘langan holda sotilganda davlat dalolatnomasi tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq investor tomonidan barcha majburiyatlar bajarilgandan keyin beriladi.
72. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (xususiylashtirilgan) mol-mulk (uning bir qismi) o‘zgaga berilishi natijasida mulkdor o‘zgargan taqdirda o‘zgaga berilgan mol-mulkka yangi davlat dalolatnomasi berilmaydi.
73. Davlat mulki obyekti kimoshdi savdosida yoxud tanlov (tender) natijalari bo‘yicha sotib olingan taqdirda davlat dalolatnomasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan oldi-sotdi shartnomasi va bitishuv shartlariga muvofiq xaridor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulkning qiymatini to‘lash bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etilishi asosida beriladi.
74. Dalolatnoma berilganligi uchun yangi mulkdor tomonidan (aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan korxonalardan tashqari) dalolatnoma berish paytida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.
1. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) va qarorga 5-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 25-oktabrdagi 422-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 58-modda) 1-ilovaning II bo‘limi 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 17-modda) 3-ilovaning 9-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2002-yil 5-sentabrdagi 317-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 50-modda) ilovaning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 42-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) 6-ilovaning 15-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 307-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 59-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 5-may 209-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y,. 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 16-bandi. | 131 | 52,132 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va Ko‘shimchalar kiritish 1o‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 8-fevralda qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019-yil 28-fevralda rad etilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘1risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasida keltirilgan takliflar qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 238 | 978 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartiri | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomda:
a) birinchi bo‘limning 8-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) ikkinchi bo‘limning 5-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”2003-yil 17-sentabrdagi 405-son qarorida:
a) 2-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 47-con, 485-modda):
a) 3-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibi tanlov asosida tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi, xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bundan mustasno.
Xorijiy tillarni o‘rganish uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha mualliflar guruhlari (ta’lim turlari, xorijiy tillar predmetlari, sinflar, kurslar va shu kabilar bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi”;
b) 4-ilovaning 3-bandidagi “xorijiy tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalarida:
a) 37-bandning “b” kichik bandidagi “bo‘lganlar to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’lumotnomasi” so‘zlari “bo‘lganlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Tegishli hujjatlar bo‘lmaganda hamda ularni tiklash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qaramog‘ida bo‘lganlik holati sud tomonidan belgilanadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash haqida”2007-yil 3-apreldagi 71-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 14-son, 144-modda) rus tilidagi matnida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada:
a) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “, oila tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun esa o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli hujjat ham” so‘zlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 69-bandidagi “ular asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari bozor faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish haqida qaror qabul qiladi yoki” so‘zlari “agarda o‘n ish kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, ular asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 377-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 2-son, 22-modda) rus tilidagi matnida:
a) 2-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Opredelit dopolnitelnimi zadachami Ministerstva ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti”;
b) 2-ilovaning “Otvetstvennie ispolniteli” grafasida:
1-banddagi “Organizatsionniy komitet, Minekonomiki” so‘zlari “Minekonomrazvitiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Organizatsionniy komitet” so‘zlari “Minekonomrazvitiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Organizatsionniy komitet, MVT, Minekonomiki” so‘zlari “Minekonomrazvitiya, MIVT” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4 va 5-bandlardagi “Organizatsionniy komitet” so‘zlari “Minekonomrazvitiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Organizatsionniy komitet, Minekonomiki, MVT” so‘zlari “Minekonomrazvitiya, MIVT” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Organizatsionniy komitet” so‘zlari “Minekonomrazvitiya” so‘zi bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv iste’mol qilishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan belgilangan shartlarda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishuv bo‘yicha ruxsat etiladi, zarurat bo‘lganda esa — qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qo‘yilishi mumkin”.
17. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-iyundagi 168-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 24-son, 317-modda):
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandning oltinchi xatboshidagi “Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarorida:
a) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 7-bandning birinchi xatboshidagi “Idoralararo komissiya” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
17-banddagi “Idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18, 19, 21 va 22-bandlardagi “Idoralararo komissiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Idoralararo komissiya rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son qarori rus tili matnida:
a) 13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 14-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ministerstvu jiliщno-kommunalnogo obslujivaniya”;
v) 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi to‘g‘risidagi nizomning 42-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) Nizomning barcha matnlari bo‘yicha “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 3-son, 20-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Quyidagilar:
Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga 2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha asosiy parametrlar 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti obyektlarini ulash manbalari 5b-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin”;
v) 1, 2 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 3-ilovada:
5-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmalari — loyiha-smeta hujjatlarini hamda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tayyorlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ”;
yettinchi xatboshidagi “hududiy komissiyalar va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Hududiy komissiyalar” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxatlarni ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasiga bog‘liqligi bo‘yicha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritgan holda kompleks ko‘rib chiqilishini va hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimi obyektlari qurishning yakuniy manzilli ro‘yxatlari 1-iyungacha tasdiqlash uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga yuborilsin”;
9-banddagi “Respublika komissiyasi 1-iyulgacha navbatdagi majlisda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 1-iyulgacha navbatdagi majlisda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10, 13, 14-bandlardagi va 32-bandning oltinchi xatboshidagi “Respublika komissiyasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32-bandning beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi va 34-banddagi “hududiy komissiyalar” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
nizomga rus tilidagi ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
25. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 196-bandidagi “yashash joyidagi fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 41-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha dorixonalarda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni amalga oshirgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalariga yuklanadi”.
28. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi 332-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 23-son, 464-modda):
a) 7-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilar birinchi xatboshi sifatida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank bilan birgalikda:”;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 12-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarorida:
a) 2-bandda:
beshinchi xatboshiga “tasdiqlansin” so‘zi qo‘shilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi”;
v) 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qarorida:
a) 1-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sportchilarga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi”;
4-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi)” so‘zlari “Vazirlikka” so‘zi bilan almashtirilsin;
5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
6-banddagi “Respublika komissiyasi Vazirlikning takliflarini” so‘zlari “Vazirlik Nizomning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “taklifiga asosan Respublika komissiyasining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Trenerlarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik — deb ataladi) taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi”;
3-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi)” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Respublika komissiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qarorida:
a) 2-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”;
b) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 993-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 1243-modda):
a) 4-ilovaning 9-bandi “g” kichik bandining birinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilaridagi “(dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-ilovaning “g” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “(dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “(dori vositalarini chakana savdosidan tashqari)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 4-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida:
a) “d” kichik bandidagi “va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma’lumotnomasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) “k” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 14-bandda:
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etilishi mumkin”;
v) 100-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasining 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida muammoli masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “Jumhuriyat o‘quvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng ko‘lamda o‘qitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 29-iyuldagi 197-son qarorining 3-bandi va qarorga 2-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 42-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 6-noyabrdagi 490-son qarorining 6-bandi hamda qarorga 3 va 4-ilovalar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda) 7 va 46-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 48-50-son, 488-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2007-yil 13-iyundagi 121-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizom 17-bandining “z” kichik bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 26-yanvardagi 20-son qarorining rus tili matni 2-bandi va qarorga 2-ilova.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 4-maydagi 137-son qaroriga ilovaning 3, 5 va 6-bandlari.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga 1-ilovaning 4 va 7-bandlari.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 23-maydagi 166-son qaroriga ilovaning 2 — 4 va 6-bandlari.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 107-son qaroriga ilovaning 6, 8 va 9-bandlari.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 12-maydagi 281-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga ilovaning 5 va 33-bandlari.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 24-avgustdagi 669-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 11-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 13-martdagi 197-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 400-son qaroriga ilovaning 17 — 19-bandlari.
26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 50-bandi va 73-bandning “g” kichik bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi 372-son qaroriga ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 20, 29 va 70-bandlari.
29. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 41-bandi. | 250 | 26,970 |
Qonunchilik | Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish v | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-avgustdagi 529-son “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-apreldagi 2020-06-son qarori (ro‘yxat raqami 3237, 2020-yil 30-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2020-y., 10/20/3237/0713-son) bilan tasdiqlangan Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat soliq xizmati organlari (bundan buyon matnda soliq organlari deb yuritiladi) tomonidan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq to‘lovchi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar.”;
b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uchinchi shaxs — o‘z faoliyatida qonunchilikda taqiqlanmagan maqsadlarda foydalanish uchun soliq to‘lovchiga doir ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan soliq organlariga yoki “Ishonchli hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “Ishonchli hamkor” AAT deb yuritiladi)” orqali murojaat qilgan shaxs;”;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ishonchli hamkor” AAT — soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar va hisob ma’lumotlar, hisobvaraq-fakturalar va cheklarda ko‘rsatilgan mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodlarini, shuningdek, majburiy markirovkalangan mahsulotlar bo‘yicha tahliliy va qayta ishlangan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga real vaqt rejimida yuborish imkoniyatiga ega avtomatlashtirilgan axborot tizimi.”.
3. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlaridan olingan pasport yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari, bundan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) mustasno;”.
4. 3-bandda:
a) uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxslar uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan soliq to‘lovchilarning ochiq turdagi ma’lumotlar tarkibiga kiritilgan hisob ma’lumotlari.”.
5. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
to‘liq va qisqartirilgan nomi;
joylashgan eri (pochta manzili);
tashkiliy-huquqiy shakli;
mulkchilik shakli;
iqtisodiy faoliyat turi;
davlat boshqaruv idoralariga taalluqliligi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ;
rahbar ma’lumotlari;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun;
faollik holati;
kichik tadbirkorlik subyektiga tegishliligi;
bank rekvizitlari;
alohida bo‘linmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan ishtirokchilar soliq to‘lovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi ko‘rsatilgan holda ishtirokchilarning to‘liq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun.”.
6. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
fuqaroligi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari;
yashash joyi (manzili).”.
7. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirilsin:
“101. Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak.”.
8. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini yuritish yuridik shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) asosida amalga oshiriladi.”.
9. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Tijorat tashkilotlariga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda “Ishonchli hamkor” AAT orqali taqdim etiladi.”.
10. 21-bandning ikkinchi xatboshisi “shaxsiy kabinet” degan so‘zlardan keyin “yoki “Ishonchli hamkor” AAT” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
11. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Uchinchi shaxs tomonidan soliq organlaridan olingan soliq siri hisoblangan ma’lumotlar va axborotlardan faqat xizmat doirasida foydalaniladi.”. | 250 | 7,003 |
Qonunchilik | Xalqaro havo yo‘llarida tranzit to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro havo yo‘llarida tranzit to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shilinsin. | 71 | 193 |
Qonunchilik | "Uzbekistan airways technics" EBZ faoliyatining tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 652-son qarori bilan "Uzbekistan airways technics" MChJ erkin bojхona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini ta’mirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, shuningdek, ushbu tovarlar va хizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Prezidentning "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qaroriga muvofiq "Uzbekistan Airways Technics" MChJning 39 ga maydoni hududida erkin bojхona zonasi (EBZ) tashkil etilgan.
Qabul qilingan "Uzbekistan airways technics" MChJ EBZ hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
Erkin bojхona zonasida:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 66 | 964 |
Qonunchilik | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqi | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman.
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (O. Hakimov) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi (N. Toychiyev), Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi (A. Shodiboyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga ham tatbiq etiladi, ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarning 30 va 34-bandlari bundan mustasno.
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida kelishish qismi qonun hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
2. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II, 150-II-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan (keyingi o‘rinlarda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) kiritilishi mumkin.
Bir nechta ishlab chiquvchilar tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalar, loyihani ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqqan ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan kiritiladi.
Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi dasturlari (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturi va rejalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosi yuzasidan bir nechta ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha, topshiriqda birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan ishlab chiquvchi tomonidan kiritiladi.
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu tashkilotlarning yuqori turuvchi organlari tomonidan kiritiladi. Tuman (shahar) hokimlari, shuningdek mustaqil tashkilotlar (bevosita ularning faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha) tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan kiritiladi.
5. Ishlab chiquvchilar loyihalarni, qonun loyihalariga doir ishlar dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturi va rejalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi yuzasidan, shuningdek o‘z tashabbuslari bilan tayyorlaydilar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
51. Qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Reja-grafik, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ham reja-grafik asosida amalga oshirilishi mumkin.
Reja-grafikni ijro etishning borishi monitoringi yuridik xizmat tomonidan amalga oshiriladi va monitoring natijalari har oyda muhokama qilish uchun ishlab chiquvchining rahbariga kiritiladi.
52. Loyihalarni ishlab chiqish reja-grafigi to‘rtta grafadan iborat (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 1-ilova):
tartib raqami;
chora-tadbirlar;
ijro muddati;
mas’ul ijrochilar.
6. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq loyihani tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ:
qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi;
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi.
7. Loyihani ishlab chiquvchi organ, ishlab chiqilayotgan loyihaning turini belgilashi lozim. Bunda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organ vakolati va O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 8, 10 va 11-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga e’tibor qaratish lozim.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni qonunosti hujjatlarini qabul qilish yoki ma’muriy usullar orqali tartibga solish taqiqlanadi.
Qonunosti hujjatlarining loyihalariga jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik belgilovchi huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan yoki muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatlari loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari ko‘rinishida tayyorlanadi, tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari esa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalari ko‘rinishida tayyorlanadi.
8. Loyihani ishlab chiqish jarayonida, uning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zaro nisbati o‘rganiladi.
9. Loyihani tayyorlash bevosita ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiquvchining qaroriga ko‘ra ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlarni (komissiyalarni) tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ularning shaxsiy tarkibi ko‘rsatilgan holda ishlab chiquvchining rahbari tomonidan qabul qilinadi. Ishchi guruhning (komissiyaning) tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralarning tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari, boshqa manfaatdor davlat organlari, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ularning roziligi bilan kiritiladi.
Loyihani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhning tarkibiga kiritilayotgan shaxslar loyiha tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishlari lozim.
10. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqilayotgan loyihaning huquqiy tartibga solish predmeti bilan faoliyati u yoki bu jihatdan bog‘liq bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiquvchining murojaati bo‘yicha loyihani tayyorlashda o‘zining mutasaddi vakili ishtirokini ta’minlashi shart.
Ishlab chiquvchi loyihani tayyorlashda belgilangan tartibda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni, shuningdek mustaqil ekspertlarni jalb qilishga haqli.
11. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, loyihani tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.
12. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi yuzasidan tayyorlanayotgan loyihalar, qoida tariqasida, ushbu topshiriqlar doirasida amalga oshirilishi lozim.
13. Loyiha tayyorlanishini tashkil qilish uchun ishlab chiquvchi tomonidan loyihani tayyorlash va kiritish bo‘yicha ish rejasi tasdiqlanadi.
Ish rejasida loyihani tayyorlash bosqichlari, loyihani tayyorlash va kiritish muddatlari, ishchi guruhi (komissiya) tashkil etilganda — ishchi guruhi (komissiya) a’zolarining funksiyalari belgilanadi.
14. Ishchi guruhi (komissiya) faoliyatini ta’minlash uchun ishlab chiquvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlardan loyihani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar, statistik va boshqa ma’lumotlarni olishga, loyiha yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqli.
15. Ishlab chiquvchi, ishchi guruh (komissiya) qonunning konsepsiyasini tayyorlash uchun tadqiqotlar olib boradi. Ishlab chiquvchi, ishchi guruh (komissiyasi) tadqiqotlarni olib borishda:
loyihaning huquqiy tartibga solish predmetiga taalluqli bo‘lgan statistik, tahliliy, axborot materiallarni to‘playdi;
loyiha predmeti bilan o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi, shuningdek boshqa munosabatlarni xuddi shunday tartibga solishni belgilovchi qonunchilikni o‘rganadi;
faoliyati loyihaning huquqiy tartibga solish predmeti bilan u yoki bu jihatdan bog‘liq bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fikrini so‘raydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/KQ-41-III-son Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyotiga muvofiq xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalari va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatgan holda tahliliy qiyosiy jadval tayyorlaydi.
zarurat bo‘lganda loyihaning predmetiga taalluqli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish zarurligi bo‘yicha jamoatchilik fikrini, shuningdek ilmiy muassasalarning, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning loyiha predmeti haqidagi fikrlarini o‘rganadi va natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot materiallari tayyorlaydi.
16. Tadqiqotlar natijasi bo‘yicha ishlab chiquvchi, ishchi guruh (komissiya) tomonidan qonunning konsepsiyasi, shuningdek zarurat bo‘lganda ma’lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallari tayyorlanadi.
Qonunning konsepsiyasini ishlab chiqishga konsepsiyani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
17. Qonun konsepsiyasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti;
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho;
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
qonun loyihasining asosiy qoidalari;
bo‘lajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini.
171. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmetini belgilashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalar va maqsadlar, u tartibga solishi kerak bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan qo‘llash sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va majburiyatlari) bayon qilinadi.
172. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifida va uning holatini baholashda ushbu sohada amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan:
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lmagan qoidalarning mavjudligi;
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning oqilona va eng samarali usullari;
xalqaro huquqning umumiy e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek xorijiy mamlakatlarda huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi;
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish natijalari;
bo‘lajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
173. Qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyatining asoslarida qonunni qabul qilish zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi.
Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning amaldagi qonun hujjatlarining takomillashmaganligi bilan sabab-oqibat aloqasi belgilanishi kerak. Shuningdek qonun loyihasi tegishli bo‘lgan qonun hujjatlari tarmog‘i, u amalga oshirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalari, shuningdek huquqiy tizim uchun uning ahamiyati ko‘rsatiladi.
174. Qonun loyihasining asosiy qoidalarida bo‘lajak qonunda belgilanadigan qoidalar, qisqa mazmuni bilan birgalikda uning namunaviy tuzilmasi, imkoniyat bo‘lganda bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar va moddalar bayon qilinadi.
175. Bo‘lajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishning kutilayotgan pirovard natijalari tavsifini o‘z ichiga oladi. Bunda bo‘lajak qonun amalga oshirilishining nafaqat ijobiy, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari hisobga olinishi kerak. Bo‘lajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognozlashtirishda, zaruriyat bo‘lganda, uning ijro etilishini ta’minlaydigan ma’muriy-huquqiy, sud-huquqiy mexanizmlar ham hisobga olinadi.
176. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni tayyorlanadi.
Zaruriyat bo‘lganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishilishi mumkin.
18. Loyihaning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo‘lishi lozim. Loyihaning matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
19. Loyihada foydalaniladigan tushunchalar va atamalar qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan holda bir xilda qo‘llaniladi.
20. Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
og‘zaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda;
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari bundan mustasno).
21. Loyihada qonunchilikda mavjud bo‘lmagan tushuncha va atamalar, shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus atamalardan foydalanilganda, ularning ta’rifi beriladi. Qonunchilik amaliyotiga muvofiq umumqo‘llaniladigan tushunchalarga ta’rif berish talab etilmaydi.
22. Tushuncha yoki atamaning ta’rifi uning mazmunini to‘liq ochib berishi kerak. Tushuncha yoki atamani aynan shu tushuncha yoki atama bilan, shuningdek o‘zlari ta’riflanishga muhtoj bo‘lgan boshqa tushuncha va atamalar orqali ta’riflashga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan uch va undan ortiq tushunchaga ta’rif berish zarurati bo‘lganda, ular alohida bandda va loyiha matnining boshida keltiriladi.
24. So‘z birikmalari bir necha marotaba qo‘llanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi bandda qo‘llanilgan bo‘lsa (kichik bandda, xatboshida) o‘sha bandda to‘liq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning loyihaning keyingi o‘rinlarida qo‘llaniladigan qisqartirilgan ta’rifi qavs ichida bosh kelishikda ko‘rsatiladi.
25. Loyihada qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta takrorlanmaydi.
Zarur hollarda loyihada yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda aks ettiriladi.
26. Loyiha matnida normativ-huquqiy hujjatlarga bo‘lgan havolalar huquqiy normalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish zarurati bo‘lgan hollarda yoki takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kiritiladi.
Har bir havola loyiha bo‘yicha tayyorlanayotgan tushuntirish xatida normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari, uning havola qilinayotgan tuzilmaviy birliklari ko‘rsatilgan holda, asoslantirilishi lozim.
Loyihada quyi yuridik kuchga ega bo‘lgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi.
27. Qonunchilikda mavjud bo‘lmagan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunchilikda mavjud bo‘lmagan quyi yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga havola faqatgina havola qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatning ma’lum bir muddatda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi tayyorlanayotgan loyihada yoki qonunchilikda tegishli ishlab chiquvchilarga topshirilgan taqdirdagina qilinishi mumkin. Bunda tushuntirish xatida mazkur havolaga bo‘lgan zarurat tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati keltirilgan holda batafsil asoslantirilishi shart.
28. Qonunchilik majmuiga yoki o‘rnatilgan tartibga havola qilingan holda, loyihaning tushuntirish xatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi.
281. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlariga javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan loyihalarda ularning kuchga kirish muddati sifatida rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam bo‘lmagan muddat ko‘rsatilishi lozim.
29. Loyihaning tuzilishi, loyihani huquqiy tartibga solish predmetini mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini ta’minlashi lozim.
Hajmiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar.
Ikkinchi va keyingi xatboshilarni bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar rim, kichik bo‘limlar va boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
291. Quyidagi tuzilmaviy birliklarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
agar normativ-huquqiy hujjatda boblar bo‘lmasa, “bo‘lim” birligini;
agar normativ-huquqiy hujjatda bo‘limlar bo‘lmasa, “kichik bo‘lim” birligini;
agar normativ-huquqiy hujjatda band bo‘lmasa, “kichik band” va “xatboshi” birliklarini.
30. Har bir ishlab chiqilayotgan loyiha nomga ega bo‘lishi lozim. Uning nomi qisqa, aniq bayon etilishi va mazmunini o‘zida aks ettirishi lozim.
31. Loyiha uni qabul qilish maqsadlari va sabablarini tushuntirishdan iborat bo‘lgan, loyihaning boshlanishida joylashtiriladigan muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin.
Loyihaning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin va mustaqil huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi, bandlarga bo‘linmasligi va raqamlanmasligi kerak.
32. Loyihaning muqaddimasida qonun hujjati asosida, ijrosi yuzasidan yoki rivojlanishi bo‘yicha tayyorlanayotgan tegishli normativ-huquqiy hujjat (zarur bo‘lganda uning tuzilmaviy birligi) ko‘rsatiladi.
33. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qo‘yilgan bandlar ko‘rinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega bo‘lmaydi.
Bandlar loyihaning boshidan oxirigacha ketma-ket raqamlanadi.
Loyihaning huquqiy normalarini ikkitali raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a” va h. k.).
34. Loyihaning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normaga ega bo‘lishi lozim. Loyihaning har bir mustaqil bandi to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Loyihaning qaror qismida eng muhim bo‘lgan huquqiy normalar kiritiladi.
35. Bandlar kichik bandlar va xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
36. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari yoki kichik harflar bilan belgilanadi (masalan, 1), 2), 3) yoki a), b), v) va shu kabilar). Loyiha qanday tilda tayyorlanayotgan bo‘lsa, harflar ushbu til alifbosi bo‘yicha ketma-ketlikda bayon qilinishi lozim.
37. Kichik bandlar faqatgina xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
38. Loyihaning bandida bir vaqtning o‘zida kichik bandlarni va mustaqil (kichik band bilan bog‘liq bo‘lmagan) xatboshilarning bayon etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
39. Loyihaga nizomlar, qoidalar, reglamentlar, talablar, turli xil ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiyaviy xususiyatdagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
40. Loyihaning qaror qismidagi bandlari (kichik bandlar, xatboshilar) bilan mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 39-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash yoki ma’qullash nazarda tutilgan bo‘lsa, loyihaning tegishli tuzilmaviy birligi va u tomonidan tasdiqlanayotgan (ma’qullanayotgan) hujjatning nomi bir-biriga mos ravishda bayon etilishi lozim.
41. Ilovalarning va ular taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning normalari bir xil yuridik kuchga ega.
42. Tushunchalarning ta’rifi, belgilanayotgan normalarni amalga oshirish mexanizmlari loyihaning tarkibiy qismi hisoblanuvchi ilovalarda, qoida tariqasida, nizom va qoidalar ko‘rinishida bayon etiladi.
Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan o‘zaro tizimli bog‘langan qoidalarni o‘rnatishdan iborat.
Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni o‘rnatishdan iborat.
43. Bo‘limlardan iborat bo‘lgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega bo‘ladi. Bo‘lim rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga va nomiga ega bo‘ladi.
44. Tayyorlangan loyiha grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tekshiriladi.
Loyihaning matnida o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
45. Loyihaning matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
46. Agar loyiha ikki yoki undan ortiq varaqda bayon etilgan bo‘lsa, loyiha va uning ilovalarining har bir varag‘i alohida raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami varaqning yuqorisida o‘rtada 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qo‘yilmaydi.
47. Loyihalar tayyorlanishida, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalaniladi:
varaqning chap hoshiyasi 3 sm, o‘ng hoshiyasi 1,5 sm, yuqori va past hoshiyasi 2 sm;
“Times New Roman” shrifti va loyihaning hajmidan kelib chiqib 13, 13,5 va 14 o‘lchamli shrift;
birinchi qator xatboshisi 1,27 sm;
qatorlararo interval (mnojitel) 1.2.
48. Loyihaning birinchi beti yuqori qismining o‘ng tomonida “LOYIHA” so‘zi qo‘yiladi, uning hajmi matn shrifti bilan aynan bir xil bo‘lishi lozim.
49. Loyiha turining matni katta harflar bilan, matnni markazga to‘g‘rilagan holda, “yarim qora” shriftda, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi turi ikki qatorda ifodalanadi.
50. Loyihaning nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga to‘g‘rilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Misol:
51. Loyiha matnining har bir qatorida so‘zlar ko‘chirilmasdan tugallangan bo‘lishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old ko‘makchilar, bog‘lovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi.
52. Tayyorlanayotgan loyihaning matni grammatik, punktuatsion, orfografik va stilistik xatolarsiz bayon etilishi lozim.
53. Ilova belgisi 12 o‘lchamli shriftda sahifaning yuqori o‘ng burchagida joylashtiriladi hamda unda, ilovaning raqami (agar bir nechta ilovalar mavjud bo‘lsa), ilova qilinayotgan loyiha turi ko‘rsatilgan holda hujjat raqami va sanasi ko‘rsatiladigan bo‘sh joy qoldiriladi.
1-misol:
2-misol:
54. Loyiha ilovasining nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga to‘g‘rilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Misol:
55. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyiha qoida tariqasida quyidagi hollarda tayyorlanadi:
qonunchilikni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari talablarini bajarish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosini bajarish uchun;
agar ishlab chiqilayotgan loyiha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab etsa;
loyihani tayyorlash jarayonida, xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat borligi aniqlanganda va yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilmasdan ushbu normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan huquqiy tartibga solish imkoniyati bo‘lganda;
aynan bir xil masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning ko‘pligini va aniqlangan huquqiy normalarning zidligini bartaraf etish uchun.
56. MazkurUslubiy ko‘rsatmalarning 55-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyiha, topshiriq berilgan organ tomonidan tayyorlanadi.
57. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish teng yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan amalga oshiriladi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etilmaydi.
58. Agar tayyorlanadigan qonun loyihasi boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni (to‘liq yoki qisman) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab etsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi.
O‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish kerak bo‘lgan qonunlar yoki ularning qismlari katta hajmda bo‘lganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda alohida qonun loyihasi ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunda unga tushuntirishlar bilan hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari ilova qilinadi.
581. Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi.
59. Agar, normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalarni o‘z ichiga olgan loyihada, ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va hajmi katta bo‘lsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) ko‘rinishida tayyorlanadi.
60. O‘zgartirishlarga quyidagilar kiradi:
raqamlar, so‘zlar, jumlalar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, ilovalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish yoki raqamlar, so‘zlar, jumlalar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, ilovalar va normativ-huquqiy hujjatlarning nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Grafa — ikki vertikal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida ifodalangan matnning, hujjatning bo‘limi yoki bandi.
Blok — turli shakllarda (to‘rtburchak, to‘g‘ri burchak, silindr, oval va h.k.) funksional jihatdan birlashtirilgan jadvallarning bir qismi;
Pozitsiya — ikki gorizontal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida grafada ifodalangan matnning, hujjatning bo‘limi, kichik bo‘limi, bobi, bandi, kichik bandi.
61. Qo‘shimchalar quyidagilardan iborat:
normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligining yangi so‘zlar, raqamlar yoki jumlalar bilan to‘ldirilishi;
normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birliklar (bo‘lim, kichik bo‘lim, bob, paragraf, ilova, grafa, blok, pozitsiya, band, kichik band va xatboshi) bilan to‘ldirilishi.
62. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyihalar matni quyidagilarga bo‘linadi:
nuqta qo‘yiladigan arabcha raqamlar bilan raqamlanadigan bandlar;
qavs bilan kichik harflarda raqamlanadigan kichik bandlar;
xatboshilar.
63. Agar loyihaning bandi bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatga faqatgina bitta o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, unda kichik bandlar ishlatilmaydi.
64. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda uning bo‘limlari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi yoki harflar orqali raqamlanishi o‘zgarmaydi.
Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 51-bob, 21-band, “v1” kichik bandi va h. k.).
65. Agar tegishli qo‘shimchalar loyihaning tuzilmaviy birligi (bo‘lim, kichik bo‘lim, bob, paragraf, band yoki kichik band) oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar bo‘limning oxirgi bandi 5-band bo‘lib hisoblansa, bo‘lim 6-band bilan to‘ldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan to‘ldiriladi).
66. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qo‘shilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda o‘zgaradi.
67. Agar loyihada bir vaqtning o‘zida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning tegishli tuzilmaviy birliklariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutayotgan bo‘lsa, unda mazkur hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi bo‘yicha). Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
68. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami, nomi ko‘rsatiladi.
69. Agar tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar normativ-huquqiy hujjatning ilovasiga, xususan Nizom, Qoidalar yoki Reglamentga kiritilayotgan bo‘lsa, unda loyihada tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi keltirilmasdan, u bilan tasdiqlangan Nizom, Qoidalar yoki Reglamentning nomi ko‘rsatiladi (masalan, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin).
70. O‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan va chiqarib tashlanayotgan so‘zlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi (masalan, 5-banddagi “muassasasi” degan so‘z “ta’lim muassasasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, 8-band “telekommunikatsiya vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin, 10-banddan “xo‘jalik subyektlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin).
71. Jumlaning, ilovaning, bo‘limning, kichik bo‘limning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va h. k.ning matnini sezilarli o‘zgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.
72. Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnida, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qo‘shiladi (masalan, “ishlar hajmi,” degan so‘zlar “va boshqalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “, shuningdek” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin, “suv bilan ta’minlovchi korxonalar —” degan so‘zlar chiqarib tashlansin).
73. Normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi mavjud xatboshining davomi bo‘lgan xatboshilardan iborat bo‘lsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Masalan:
“(birinchi xatboshi) 5. Hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
(ikkinchi xatboshi) ov;
(uchinchi xatboshi) baliqchilik;
(to‘rtinchi xatboshi) ilmiy maqsadlarda foydalanish;”.
74. Normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihaning ilovasi faqat bandlardan iborat bo‘ladi. Bu holatda bandlardan iborat o‘z kuchini yo‘qotayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati keltiriladi.
75. Normativ-huquqiy hujjatning o‘zini yoki uning kichik bandigacha (kichik bandni ham qo‘shgan holda) bo‘lgan tarkibiy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan hollarda, ushbu hujjatning o‘zi yoki uning kichik bandigacha (kichik bandni ham qo‘shgan holda) bo‘lgan tarkibiy birligi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Misol:
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 13-noyabrdagi 399-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 32-modda) 1-bandining uchinchi xatboshisi, shuningdek unga 2-son ilova.
Normativ-huquqiy hujjatning xatboshi ko‘rinishidagi tuzilmaviy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lgan hollarda, mazkur xatboshi chiqarib tashlanadi.
Misol:
Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) 8-bandi o‘n beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
76. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi o‘zgarmaydi.
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta ko‘rib chiqiladi.
Misol:
2-bandning “a” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
77. Agar normativ-huquqiy hujjatda bitta tuzilmaviy birlik mavjud bo‘lib, qolganlari esa o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa, ushbu tuzilmaviy birlikni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish uchun butun normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi shart.
78. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxatlariga amal qilish muddati tugagan vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan hujjatlar yoki normalar kiritilmaydi.
79. Vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan muddati tugagan normativ-huquqiy hujjat alohida normasining yoki butun normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Bunday holatda, yangi norma kiritilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatning loyihasi tayyorlanadi.
80. Agar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi zarur bo‘lgan bandda yoki kichik bandda tegishli ravishda o‘z kuchini yo‘qotishi kerak bo‘lgan ilovaga ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, bunda mazkur tuzilmaviy birlik va unda ko‘rsatilgan ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Misol:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi beshinchi xatboshisi, shuningdek nizomning ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Agarda ilova butunlay o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin bo‘lmasa, bunda ilovaning faqat tegishli tuzilmaviy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi (chiqarib tashlanadi).
81. Normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli qoidalari ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan holda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) ham tatbiq etiladi.
82. Loyiha ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan imzolanishidan oldin uning yuridik xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havolaki normalarni qo‘llashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi bo‘yicha huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Yuridik xizmat loyihalarning huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli loyiha unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi bo‘yicha o‘rganiladi.
84. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qo‘llanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda ushbu loyiha bo‘yicha yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
85. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida:
normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar (topshiriq aks etgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, e’lon qilingan rasmiy manbasi, tegishli modda yoki band (kichik band, xatboshi), shuningdek yuqori turuvchi organ topshiriqlari haqida ma’lumotlar (organ nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur bo‘lganda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) (topshiriq mavjud bo‘lgan taqdirda);
loyihaning huquqiy tabiati tushuntirilgan holda uning asosiy qoidalarining mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
loyihaning gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumot;
loyihaning qonun hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek loyihaning har bir havolaki normasini qo‘llashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa aks ettiriladi.
87. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga, shuningdek havolaki normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadliligiga nomuvofiq bo‘lsa, yuridik xizmat loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun loyihani ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan ishlab chiquvchining tarkibiy bo‘linmasiga qaytaradi.
871. Loyiha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilguniga qadar jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasiga kiritiladi.
872. Loyihaning jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish, loyihalar matnlarini va ularga tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi.
873. Loyihalarning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi tashkil etilishini ta’minlash organning rahbari zimmasiga yuklanadi.
874. Loyihaning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
875. Barcha loyihalar loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.
877. Jamoatchilik va mutaxassislar muhokama davomida bildirilgan takliflar va e’tirozlar asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Loyihalarni jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan (keyingi o‘rinlarda muhokama ishtirokchilari deb yuritiladi) kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadvalda (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 1a-ilova) ko‘rsatilishi majburiydir.
878. Loyihaning o‘tkazilgan mutaxassislar muhokamasi va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim.
88. Loyiha yuridik xizmat tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin, ishlab chiquvchi loyihani birinchi rahbar darajasida imzolaydi va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali manfaatdor organlar va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda manfaatdor organlar deb yuritiladi) uni uzil-kesil kelishish (imzolash) uchun yuboradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
89. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘lar ajratish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obyektlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan — yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.
931. Advokatura faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishiladi.
94. Manfaatdor organlar Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda loyihani ko‘rib chiqishi va uzil-kesil kelishishi (imzolashi) shart.
95. Agar loyiha bo‘yicha manfaatdor organning taklif va mulohazalari mavjud bo‘lsa, u o‘zining taklif va mulohazalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida asoslar bilan ko‘rsatadi va loyihani taklif va mulohazalar bilan imzolaydi.
96. Xatda asoslantirilmagan taklif va mulohazalar ishlab chiquvchi tomonidan inobatga olinmasligi mumkin. Asoslantirilmagan taklif va mulohazalar qabul qilinmasligi oqibati bo‘yicha javobgarlik, o‘z taklif va mulohazalarini asoslantirmagan manfaatdor organning birinchi rahbari zimmasiga yuklatiladi.
97. Loyihaga, loyihaning mazmuni va tuzilmasini jiddiy o‘zgartirayotgan mulohaza va takliflar mavjud bo‘lganda, manfaatdor organ ishlab chiquvchiga o‘zining loyiha variantini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali taklif qilishi mumkin.
98. Ishlab chiquvchi manfaatdor organlarning taklif va mulohazalarini ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lgan hollarda loyihaga tegishli tuzatishlarni kiritadi.
99. Manfaatdor organlarning e’tirozlari va takliflari bo‘yicha kelishmovchiliklar jadvali tuzilib, ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ko‘rib chiqish natijasi “qabul qilindi”, “qabul qilinmadi” ko‘rinishida jadvalda aks ettiriladi. Qabul qilinmagan taklif va mulohazalar yuzasidan ularni qabul qilmaslik asoslari ko‘rsatiladi.
100. Kelishmovchiliklar jadvali loyiha bilan birga o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
103. Ishlab chiqilgan loyihaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat loyihasining maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xati;
agar loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, qiyosiy jadval;
xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatgan holda tahliliy qiyosiy jadval;
agar loyiha manfaatdor organlar tomonidan taklif va mulohazalar bilan kelishilgan (imzolangan) bo‘lsa, kelishmovchiliklar jadvali;
ma’lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallar ko‘rinishida zarur hisob-kitoblar va ko‘rib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish oqibatlari bahosi;
O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval (bundan keyin takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadval deb yuritiladi).
Loyihaga, loyihada keltirilgan normalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ilova qilinishi mumkin.
104. Tushuntirish xati barcha loyihalar bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
105. Loyihaning tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak:
loyihani tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan loyiha tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
loyihani ishlab chiquvchining to‘liq nomi;
maqsadlar va vazifalar, shuningdek loyiha bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash. Bunda loyihaning erishishga yo‘naltirilgan asosiy maqsadlari belgilanadi, ularning vositasida aniq maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan loyihaning alohida qoidalari qisqacha ko‘rsatiladi;
loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda loyiha qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
loyiha predmetiga tegishli bo‘lgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va jumlalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qonun osti hujjatlari loyihalari uchun — zarur bo‘lgan hollarda). Tegishli sohada ijobiy xorijiy tajriba mavjud bo‘lgan taqdirda tushuntirish xatida davlat, loyihani tayyorlashda hisobga olingan norma nazarda tutilgan hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni ko‘rsatilishi mumkin;
loyiha mazmunining tavsifi, unda loyihaning bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari, paragraflari va moddalari bilan birgalikda uning tuzilishi qisqacha bayon qilinadi (qonunosti hujjatlariga zarurat bo‘lganda). Zaruriyat bo‘lganda loyihaning eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy mohiyati ochib beriladi;
loyiha qabul qilinishi munosabati bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
loyihada foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
agar loyihaning qoidalarini amalga oshirish qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti yo‘qotishlariga olib kelsa — qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Agar loyihaning qoidalarini amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni talab etmasa yoki yo‘qotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli ma’lumot keltiriladi;
loyiha mutaxassislar muhokamasining o‘tkazilganligi va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot;
loyihani manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Bunda loyiha kelishilgan (viza qo‘yilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar sanab o‘tiladi;
loyiha bo‘yicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular to‘g‘risidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda);
loyihani asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
106. Agar ishlab chiqilayotgan loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, ishlab chiquvchi tomonidan uning birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) imzolaydigan taqqoslash jadvali tayyorlanadi.
107. Taqqoslash jadvali quyidagi uchta grafadan iborat (mazkur Uslubiy ko‘rsatmaning 2-ilovasi):
o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat tegishli tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni asoslantirish.
Taqqoslash jadvalida tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriri grafalari quyidagi ko‘rinishda bayon etiladi:
amaldagi va taklif etilayotgan tahrir grafalarida o‘zgartirilayotgan so‘zlar (raqamlar) “yarim qora” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi;
taklif etilayotgan tahrir grafasida qo‘shilayotgan so‘zlar (raqamlar) “yarim qora” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi;
amaldagi tahrir grafasida chiqarib tashlanayotgan so‘zlar (raqamlar) va xatboshilar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan boshqa tuzilmaviy birliklar “yarim qora kursiv” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Agar loyihada tegishli tuzilmaviy birlikning yangi tahriri bayon etilsa, unda faqatgina o‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan, chiqarib tashlanayotgan so‘zlar (raqamlar) ajratiladi.
O‘zgartirish kiritilayotgan va kiritilayotgan tuzatishlarning ko‘rinarli bo‘lishini ta’minlovchi tuzilmaviy birlik bilan bog‘liq amaldagi va taklif etilayotgan tuzilmaviy birliklarning tegishli qismlari oddiy shriftda keltiriladi.
1071. Ishlab chiquvchi qonun loyihasini kiritayotganda xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatgan holda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 3 va 4-ilovalar).
Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda ta’riflarining tayyorlangan batafsil tahlilini o‘z ichiga olgan qiyosiy jadvalsiz kiritilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilmaydi.
108. Kelishmovchiliklar jadvali (normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan loyiha bo‘yicha tayyorlangan kelishmovchiliklar jadvalidan tashqari) quyidagi uchta grafalardan iborat (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 5-ilovasi):
loyiha tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari;
ko‘rib chiqish natijalari.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Taklif etilayotgan tahrir” grafasida taklif va mulohazalar taqdim etilgan loyihaning tegishli tuzilmaviy birligi aks ettiriladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari” grafasida loyiha bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini taqdim etgan organ va tashkilotning taklif va mulohazalari yoki ular asosida loyihaning bayon etilgan tahriri keltiriladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Ko‘rib chiqish natijalari” grafasida ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan taklif va mulohazalarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatiladi. Agar taklif va mulohazalar hisobga olinsa, tegishli taklif va mulohazalar berilgan tuzilmaviy birlikning yangi tahriri keltiriladi. Agar taklif va mulohazalar hisobga olinmasa, ushbu taklif va mulohazalarning hisobga olinmaganligini asoslovchi ma’lumotlar tegishli tartibda keltiriladi.
109. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyiha bo‘yicha tayyorlanayotgan kelishmovchiliklar jadvali quyidagi to‘rt grafadan iborat:
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat tegishli tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari;
ko‘rib chiqish natijalari.
Birinchi ikkita grafa qiyosiy jadval bo‘yicha bayon etiladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari” va “Ko‘rib chiqish natijalari” grafalarida loyihani kiritgan organ tomonidan mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 108-bandining tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
1091. Takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadvalda (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 1a-ilova) quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihaning tarkibiy tuzilmasi;
taklif (izoh) muallifi;
taklif (izoh);
ko‘rib chiqish natijasi.
Takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadvaldan yuqorida loyihaning turi va nomi ko‘rsatiladi.
Takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadval ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
110. Barcha manfaatdor organlar bilan kelishilgandan so‘ng ishlab chiquvchi loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan oldin quyidagilarni:
qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati yoki ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasining maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xatini;
ishlab chiquvchining yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolangan huquqiy xulosa. Huquqiy xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim;
agar loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, qiyosiy jadvalni;
loyihani ishlab chiqish reja-grafikni — qonun loyihalar | 250 | 63,401 |
Qonunchilik | Invoys asosida istalgan summadagi meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi | Yetkazib berish summasi eksport bojхona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi shartiga rioya qilgan holda kontrakt tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish boʻyicha cheklov bekor qilindi (22.02.2019 yildagi PF–5668-son Farmon).
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 15 noyabrdan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirishga ruхsat berilgan (6.11.2017 yildagi PQ–3377-son qarorning 1-bandi). Bunda quyidagi 3 ta shart qoʻyilgan:
23.02.2019 yildan bitim summasi boʻyicha cheklov olib tashlandi. Qolgan ikkita shart oʻz kuchida qoldi.
Shuni qayd etib oʻtamizki, yuridik shaхslarga meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati, eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan eksport qilishga ham ruхsat berildi. Biroq yakka tartibdagi tadbirkorlar eksport qilishning bunday tartibidan foydalana olmaydilar, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilganda esa valyuta tushumidan yagona soliq toʻlovini toʻlaydilar. Batafsil – bu yerda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 77 | 1,351 |
Qonunchilik | Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
18. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi kerak.
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Tashkilot xodimlari Radiotexnik va elektron buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (ro‘yxat raqami 2735, 2015-yil 1-dekabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak.
32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
33. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi lozim.
34. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
36. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
37. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
39. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
40. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
41. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
42. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
43. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
44. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
47. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
48. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
49. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
51. Tashkilotdagi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
52. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
53. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
54. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
55. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
56. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
57. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
58. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
59. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
60. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
61. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
62. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
63. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
64. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
65. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
67. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
68. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º S dan past bo‘lmasligi kerak.
69. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22º S dan kam bo‘lmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
71. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
72. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8° S dan 20° S gacha bo‘lishi kerak.
73. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
74. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
75. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
76. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
77. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
78. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
79. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
80. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
81. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
82. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak.
83. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
85. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
86. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, qo‘l-yuz yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
87. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
88. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
89. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
90. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
91. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
92. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
93. Ish jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq tashkil etilishi kerak.
94. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarishda zaharli, yallig‘lantiruvchi va tez alangalanadigan moddalar ishlatilsa yoki ajralib chiqsa, alohida maxsus jihozlangan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalarining maxsus ajratilgan uchastkalarida, ishchilarni himoya qilish vositalari hamda yong‘indan himoya qilish vositalari bilan ta’minlangan holda bajarilishi lozim.
95. Tashkilotlarda ish jarayonlarida qo‘llaniluvchi barcha uskunalarning texnik hujjatlari (chizmasi va ishlatishga doir qo‘llanmasi) bo‘lishi kerak.
96. Ish uskunalariga tashkilot rahbari tomonidan mazkur ishni bajarish topshirilgan xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilishi lozim. Begona shaxslarning ishlab chiqarish joylarida bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
97. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-76 “Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
98. Sinovdan o‘tkazilmagan, yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
99. Shamollatish va tutun tortish tizimlari yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
100. Ishlab chiqarish binolari va xonalari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
101. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari ShNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toifalarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
102. Suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
103. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalarda va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
104. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
105. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
106. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
107. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.
108. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
109. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun esa, IV malaka guruhiga ega bo‘lishi lozim. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi shart.
110. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilmalari va tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak.
111. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
112. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
113. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
114. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
115. Kabellar va elektr simlarining izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarining ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
116. Elektr apparatlari va agregatlarining nol simiga ulash va yerga ulash simlari butunligi 6 oyda kamida bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
117. Quyidagi elektr qurilmalari nol simiga yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori va 380 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori va 440 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
118. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nol simiga ulash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amalari bundan mustasno.
119. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
120. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
121. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r yerga ulangan bo‘lishi lozim.
122. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
123. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi xavfsizlik qoidalariga (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
124. Omborxonada va yuk saqlash maydonchalarida og‘ir va o‘ta og‘ir yuklarni ortish va tushirish hamda harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
125. Binolarda mahsulotlarni joylashtirishda oraliq masofa quyidagicha bo‘lishi lozim:
bino devoridan 70 sm;
isitish tizimidan 20 — 50 sm;
yoritish tizimidan 50 sm;
poldan 15 — 30 sm.
126. Yuklarning joylashtirish balandligi binoning balandligidan, yer maydonining og‘irlik ko‘tarish qobiliyatidan, mexanik tarzda ishlash jarayonidan, texnologik qoidalar va saqlash sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Shtabellarda qo‘l bilan taxlanayotgan yashiklarning og‘irligi 50 kg gacha, qoplarning og‘irligi 70 kg gacha bo‘lishi hamda uzunligi 2 m dan ortmasligi lozim.
127. Tez yonuvchi suyuqliklar gorizontal va bir qatorda joylashtirilishi lozim.
128. Yuklarni ko‘tarish va joyiga olib borishdan oldin yukning mustahkamligi hamda to‘g‘ri bog‘langanligi tekshirilishi zarur.
129. Yuk ortiladigan joy axlat, qor va boshqa narsalardan toza bo‘lishi kerak. Agar ortish va tushirish ishlarida ko‘tarish moslamalaridan foydalanilsa, u holda ko‘tarilgan yuk ostida ishchilar turmasligi lozim. Yuk ortilayotgan va tushirilayotgan vaqtda haydovchi kabinadan chiqib turishi shart.
130. Omborxonaning devorlari bo‘ylab o‘ralgan har bir javonda olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oralig‘idagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar oralig‘i esa, 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
131. Tashkilotlarda chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
132. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
133. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
134. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarining harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
135. Har bir kimyoviy modda texnik ko‘rsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
136. Kislotalar kislotaga chidamli pol va devorli maxsus binoda yopiq rezervuarda yoki tarada saqlanishi zarur. Kislotalarni yerto‘lalarda saqlash taqiqlanadi.
137. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki to‘kilgan kislotani neytrallash uchun soda va individual himoya vositalari uchun zaxira idishlar bo‘lishi lozim.
138. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan me’yorlarda bo‘lishi lozim.
139. Mahsulotlar omborxonalarda turlari bo‘yicha saqlanishi lozim.
140. Mahsulot saqlash omborxonalari yashiklar bilan to‘ldirilmasligi lozim. Yashiklar mahsulotlar sarflangandan keyin ish joyiga yetkazib borilishi kerak.
141. Yashiklarni yig‘ish va saqlash maxsus ajratilgan joylarda bajarilishi lozim.
142. Tayyor mahsulotlarni omborxonalardan transport vositasi kuzoviga yetkazib berish transportyorlar yordamida yoki boshqa mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.
143. Estakadada o‘rnatilgan transportyordan o‘tish uchun zarur hollarda panjarali o‘tish ko‘prikchalari o‘rnatilishi lozim.
144. Chiqindilarni yig‘ish o‘ralarining atrofi kamida 1,2 m balandlikdagi to‘siqlar bilan to‘liq holda o‘ralgan bo‘lishi hamda balandligi 1,2 m panjarasi bo‘lgan mustahkam o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunda to‘siqlar va o‘tish ko‘prikchasi panjaralarining tagi kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga to‘silgan bo‘lishi zarur.
145. Xodimlarni o‘raga tushirishdan avval o‘ralardan zararli gazlarning chiqib ketishi ta’minlanishi kerak.
146. Zararli gazlarning yo‘qligi o‘ra tubiga yonib turgan shamni tushirish yo‘li bilan tekshiriladi.
147. Chiqindilardan bo‘shatilgan o‘ralar taxtali shitlar bilan yopilishi lozim.
148. Chiqindilarni taqiqlangan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
149. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
150. Ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish, tosh maydalash qurilmasi va avtoblokirovkali texnologik jarayonlarni uzoqdan turib avtomatik tarzda boshqarishni tashkil etish lozim.
151. Uzoqdan turib boshqarish va avtoblokirovka quyidagilarni ko‘zda tutishi lozim:
mexanizmlarning ishga tushganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi signalizatsiya;
texnologik potok mexanizmlarini chaqir toshni tushirishdan to‘xtatish;
bitta mexanizm avariya tufayli to‘xtab qolganda, zanjirning ushbu mexanizmga material yetkazib berayotgan qismini to‘xtatishni ta’minlaydigan dvigatellar blokirovkasi;
biror mexanizmda avariya sodir bo‘lganda, uni darhol to‘xtatish imkoniyati.
152. Xavfsizlikni oshirish va zararli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar sonini kamaytirish uchun sexlar hamda qurilmalarda boshqarishni avtomatlashtirish va uzoqdan turib boshqarishni joriy etish orqali ish joylarini changlanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlardan uzoqroqqa ko‘chirish lozim.
153. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar ularni ishga tushirilganligi to‘g‘risida ishlovchilarni ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
154. Signal qurilmalari (qo‘ng‘iroqlar, sirenalar, chiroqlar) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish hududida eshitish va ko‘rish ishonchli ta’minlangan holatda joylashtirilishi lozim.
155. Agar signal qurilmalari bo‘lmasa yoki ular nosoz holatda bo‘lsa, uskunani ishlatish taqiqlanadi.
156. Sexlarda va ish joylarida signallarga doir jadvallar va uskunani ishga tushirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar osilgan bo‘lishi lozim.
157. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarishda sexlaridagi asosiy zararli omillar — chang, ishlab chiqarishdagi zaharlar, shovqin, vibratsiya hisoblanadi.
158. Chang ko‘p hosil bo‘ladigan hududlarda ishlash chog‘ida changni o‘tkazmaydigan qattiq matodan tayyorlangan maxsus kiyim, nafas olish organlari uchun individual himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
159. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarishda bajarilayotgan ish xususiyatiga qarab himoya vositalaridan foydalanish zarur.
160. Himoya vositalari shikastlanishning oldini olish va ishlab chiqarishning zararli omillaridan himoyalanish uchun shaxsan ishchilar tomonidan ishlatilishi kerak.
161. Qo‘l orqali xodimlar organizmiga o‘tadigan vibratsiyaning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan darajalari SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va mahalliy vibratsiyaning sanitariya me’yorlari”ga mos bo‘lishi lozim.
162. Yonuvchan mahsulotlar qo‘llaniluvchi texnologik jarayonlar, har qanday ish tartibida ham atrof muhitda ushbu moddalarning xavfli konsentratsiyasining vujudga kelishini oldini oluvchi zich yopilgan germetik texnologik uskunada amalga oshirilishi zarur.
163. Zararli bug‘ va gazlarning xavfli konsentratsiyasi vaqti-vaqti yoki birdaniga hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish xonalari tashqariga chiqish eshiklari bilan ta’minlangan va halokat ventilatsiyalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
164. Alohida zaharli moddalarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniluvchi uskuna alohida xonadan turib boshqariladigan bo‘lishi zarur.
165. Lak, emal va kompaundni tayyorlashga zarur bo‘lgan suyuqliklar idishda alohida xonada yoki ayvonli maxsus jihozlangan joyda, buning uchun mo‘ljallangan maxsus sig‘imlarda saqlanishi zarur.
166. Sig‘imlar va o‘lchagichlar zich yopilgan, moddaning nomi aniq yozilgan va sig‘im sathini o‘lchovchi nazorat asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
167. Sig‘imlar avariya holatlarida suyuqlikni to‘kish moslamalari bilan jihozlanishi lozim.
168. Suyuq moddalarni transportirovka qilish uskunalari, nasoslar, elektr motorlar hamda quvurlar qulay holatda ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish uchun erkin borish mumkin bo‘lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
169. Qattiq moddalar ko‘rinishidagi komponentlar (fenol, kanifol, epoksid yelimlar, bitum) yopiq idishda maxsus joyda saqlanishi lozim.
170. Transport tarasidan fenolni olish uchun uni qizdirish uskunasi fenol bug‘larining xonada to‘planishining oldini olish maqsadida zich yopilgan bo‘lishi zarur.
171. Uskuna, transportirovka quvurlari va eritilgan fenolni saqlash sig‘imlariga xizmat ko‘rsatish chog‘ida xodimlarning kuyib qolishidan saqlaydigan himoya moslamalariga ega bo‘lishi kerak.
172. Fenol zaharli bo‘lganligi sababli, uning ishtirokidagi barcha ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan hamda uskunalar germetik holda bo‘lishi va fenol yoki uning eritmasining xodim terisiga tushish ehtimoli yo‘q bo‘lishi zarur.
173. Lak, emal va kompaundlarni tayyorlash uchun asosiy texnologik uskuna — reaktorlar, laklash qozonlari, eritish apparatlari, aralashtirgichlar, sharli tegirmonlar, bo‘yoq qirgich, gidrolizer va boshqalar qulay holatda ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish uchun erkin borish mumkin bo‘lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
174. Uskuna va sig‘imlarning barcha qismlari yerga ulanishi zarur.
175. Qattiq, to‘kiluvchan va pastasimon komponentlarni solish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
176. Texnologik jarayonlar vaqtida bug‘, gaz yoki chang hosil bo‘luvchi uskunalar ushbu zararli va xavfli moddalarni ushlab qoluvchi moslamalar bilan jihozlanishi zarur.
177. Ish vaqtida uskunaning qopqog‘i va ko‘rish darchasi zich yopilgan bo‘lishi lozim.
178. Texnologik uskunani tozalashda quyidagilarga amal qilish shart:
aralashtirgich dvigateli elektr tarmog‘idan o‘chirilgan va yoqish apparaturasiga “Yoqilmasin — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi belgisi osilgan bo‘lishi;
barcha qizdiruvchi tizimlar o‘chirilishi;
xomashyoni uzatish quvurlari o‘chirilishi;
qopqoq va lyuklarni ochishdan avval ular suv bilan yuvilishi va quritilishi;
uskuna ichki devorlarini tozalash ishlari kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi;
reaktorni tozalash ishlarini amalga oshirishda unga toza havo berib turilishi;
uchqun hosil qilmaydigan asbob ishlatilishi shart.
179. Sentrifuga o‘rnatilgan xona boshqa xonalardan olovga chidamli devor bilan ajratilishi lozim. Bundan tashqari, Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida tsentrifuga korpusi himoyaviy saqlovchi g‘ilof bilan qoplanishi lozim.
180. Laklarni tindirish va pishitish uchun sig‘imlar izolatsiyalangan xonalarda o‘rnatilishi zarur.
181. Laklarni pishitish uchun tindirgichlarga quyish va tayyor laklarni to‘kish quvur orqali amalga oshirilishi zarur. Barcha tindirgichlar atmosfera bilan havo klapani va yong‘inni to‘suvchi moslama orqali bog‘langan bo‘lishi lozim.
182. Qatlamli plastiklarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan suyuq moddalar ko‘rinishidagi xomashyo izolatsiyalangan xonalarda joylashgan sig‘imlarda saqlanishi zarur.
183. Bog‘lovchi moddalarni tayyorlash uchun asosiy texnologik uskuna alohida izolatsiyalangan xonada unga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyati nazarda tutilgan holatda joylashtirilishi kerak.
184. Aralashtirgichlar bug‘ va gazlarni tortib olish uchun mahalliy ventilatsiya bilan jihozlanishi zarur.
185. Quritish moslamali singdiruvchi mashina, to‘ldirgichlarni singdirish va quritish jarayonida ajraluvchi zararli gaz va bug‘larni ushlab qolish uchun tortuvchi-chiqaruvchi ventilatsiya va mahalliy so‘ruvchi ventilatsiya bilan ta’minlanishi zarur.
186. Singdirish mashinalari shimdirilgan to‘ldirgichlar polotnosidan statik elektr zaryadlarini olish moslamalari bilan jihozlanishi kerak.
187. Singdirish mashinalarining kesuvchi moslamalari hamda rotorli va gilotinli pichoqlari yaxlit to‘siqqa ega bo‘lishi lozim.
188. Singdirish mashinalari va kesuvchi qurilmalarning to‘siqlari ogohlantiruvchi rangda bo‘lishi zarur.
189. Singdirish mashinasining valigiga to‘ldirgich polotnosini o‘rnatish mashinaning aylanuvchi qismlari to‘liq to‘xtagandan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
190. Singdirish mashinalarining vannalarini lak bilan to‘ldirish quvurlar yordamida bajarilishi lozim. Ish tugagandan so‘ng lak qoldiqlarini maxsus yopilgan sig‘imlarga quyish lozim.
191. Singdirish mashinalari bug‘li yoki karbonat angidridli turg‘un yong‘inni o‘chirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Ish davomida vaqti-vaqti bilan singdirish mashinasi shaxtasidan o‘tuvchi havo oqimining kattaligi tekshirib turilishi lozim.
192. Singdirilgan to‘ldirgichning kesilgan listlari va o‘ramlarini taxlash uchun alohida maydoncha ajratilishi zarur. Ularni piyoda o‘tish yo‘laklari va transport yo‘llarida taxlash taqiqlanadi.
193. Gidravlik presslar presslash vaqtida ajraluvchi zararli gaz va bug‘larni ushlab qolish uchun mahalliy tortish ventilatsiyasining so‘rgichlari bilan jihozlanishi zarur.
194. Gidravlik presslar ular o‘rnatilganidan so‘ng va ekspluatatsiya davrida ulardagi ulanish va zichlanish joylarining ishonchliligini tekshirish uchun sinovdan o‘tkazib turilishi shart.
195. Gidravlik zarbalar kuchini kamaytirish va bosimning to‘satdan oshishining oldini olish uchun quvurlar saqlovchi klapan yoki boshqa moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
196. Suyuqlikning bexosdan ko‘p sarflanishi vaqtida akkumulyator qarshi og‘irligining tez tushib ketishining oldini olish uchun akkumulyatordan gidravlik presslargacha bo‘lgan quvurdagi asosiy klapan suyuqlikning kelishini avtomatik to‘xtatuvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak.
197. Saqlovchi klapan qarshi og‘irligi qulflangan va plombalangan metall korpusga joylashtirilishi zarur.
198. Nasos yopuvchi klapangacha bo‘lgan liniyada o‘rnatilgan saqlovchi klapan, shuningdek press gidrotizimida belgilangan bosim oshganda nasosni avtomatik o‘chiruvchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim.
199. Pressning gidravlik qurilmalari eng yuqori nuqtalarida havoni chiqarish kranlari bilan, quyi nuqtalarida esa, ishchi suyuqlikni to‘kish armaturasi bilan jihozlanishi kerak.
200. Nosoz holatdagi gidrotizim, saqlovchi klapan, manometr va boshqa nosoz qismlar bilan pressda ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
201. Ish vaqtida to‘siqlar, saqlovchi moslamalarni yechish, pressni tozalash va moylash taqiqlanadi.
202. Presslangan elektr izolatsiya materiallarining paketlarini ajratish tayyor materiallarning listlarida to‘planuvchi statik elektr zaryadlarni yechish moslamalari bilan jihozlangan maxsus stollarda bajarilishi kerak.
203. Qaychilar va frezer stanoklar qatlamli plastiklarning chetlarini kesish chog‘ida hosil bo‘luvchi changni yutadigan mahalliy ventilatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
204. Qatlamli plastiklarga pichoq bilan ishlov berish har bir uskuna uchun belgilangan qalinlik chegarasida amalga oshirish lozim.
205. Qaychilar ish stolining yuzasi poldan 800 mm balandlikda bo‘lishi lozim. Stolning o‘lchamlari ishlov beriluvchi materiallarning qulay joylashuvini ta’minlashi zarur.
206. Ish stollari, yo‘naltiruvchi chizg‘ichlar, shablonlar va boshqalarning yuzalari tekis, biror-bir nuqsonlarsiz bo‘lishi kerak.
207. Arra yoki qaychilarda kesilgan qog‘ozlarning qoldiqlari va qirindilari o‘z vaqtida tozalab turilishi lozim.
208. Qog‘oz qatlamli plastiklar isituvchi qurilmalardan kamida 1 m uzoqlikda o‘rnatilgan tokchalarda, gorizontal holatda saqlanishi lozim.
209. Lakli matoni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan suyuq moddalar ko‘rinishidagi xomashyo alohida izolatsiyalangan xonalarda joylashgan sig‘imlarda saqlanishi zarur.
210. Lakli matolarni ishlab chiqaruvchi asosiy texnologik qurilmalar maxsus singdirish mashinalari, valikli mashinalar hamda shisha matolardan parafinni tozalash mashinalari ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulay bo‘lgan tarzda joylashtirilishi lozim.
211. Singdirish, valikli hamda parafin moyini tozalash mashinalari mato tasmasidan statik zaryadni yechish moslamalari bilan jihozlanishi lozim.
212. Texnologik uskunaning aylanuvchi qismlari to‘silgan bo‘lishi zarur. Xavfli joylarning to‘siqlari ogohlantiruvchi rangda bo‘lishi kerak.
213. Singdirish mashinalari, valikli mashinalar, parafin moyini tozalash mashinalarining uzatish mexanizmiga o‘ramlarni o‘rnatish va undan olish faqat ko‘tarish qurilmalari yordamida amalga oshirilishi zarur.
214. Singdirish mashinalarining vannalari quvurlar yordamida to‘ldirilishi zarur. Ish yakunlangandan so‘ng lak qoldiqlari maxsus idishga quyilishi kerak.
215. List yoki o‘ramlarni taxlash uchun maxsus maydonchalar ajratilishi zarur. O‘ramlar isituvchi qurilmalardan kamida 1 m uzoqlikda o‘rnatilgan tokcha yoki tagliklarda saqlanishi lozim.
216. Polimer kukun va granula ko‘rinishidagi xomashyo ishlab chiqaruvchi tarasida quruq va yopiq xonada saqlanishi zarur.
217. Quritish kameralariga xizmat ko‘rsatish uskunasi ishlash jarayonida kuyishdan saqlanish uchun himoya moslamalariga ega bo‘lishi lozim.
218. Texnologik uskuna erigan polimerdan ajralayotgan gazlarni tortib oluvchi mahalliy ventilatsiya bilan jihozlanishi zarur. Termoplastlarni eritgichda eritish havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi zarur.
219. Ishlab chiqarish xonalariga issiqlik ajralishini kamaytirish va xodimlarni kuyib qolishdan saqlash uchun qizigan yuzalarni issiqlikdan izolatsiya qilishi lozim.
220. Quyish mashinalari konstruksiyasida xavfli hududlarni to‘sish ko‘zda tutilishi kerak.
221. Press qoliplarning birikish hududi to‘siqlarining konstruksiyasi xavfli hududni yon va yuqori tomondan yopib turishi zarur.
222. Quyish mashinalari ochiq yoki yechilgan to‘siqlar holatida press qoliplarning birikishini o‘chiruvchi va mashinaning ish tartibi o‘zgarganda plastmassaning press qolipga yuborilishini to‘xtatuvchi bloklash qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
223. Press qoliplarning konstruksiyasida uni quyish mashinasiga mexanizatsiyali o‘rnatish qurilmasi bo‘lishi lozim.
224. Quyish qoliplarini almashtirishdan avval yuk ko‘tarish mexanizmlarini tayyorlash kerak.
225. Qizigan massani chiqarishda (mashinaga havo berishda) ushbu massaning xodimlarga tegib ketishiga qarshi choralar ko‘rilishi lozim.
226. Texnologik uskuna erigan polimerdan ajralayotgan gazlarni tortib oluvchi mahalliy ventilatsiya bilan jihozlanishi zarur. Termoplastlarni eritgichda eritish havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi zarur.
227. Plastmassa mahsulotlari isituvchi qurilmalardan kamida 1 m uzoqlikda o‘rnatilgan tokchalarda saqlanishi lozim.
228. Egiluvchan laklangan elektr izolatsiya naychalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan suyuq moddalar ko‘rinishidagi xomashyo alohida izolatsiyalangan xonalarda joylashgan sig‘imlarda saqlanishi zarur.
229. Arqon o‘ramlari, polimer granulalari, elektr izolatsiyali rezina aralashmalari quruq joyda saqlanishi lozim.
230. Texnologik uskuna ish vaqtida hosil bo‘luvchi chang, gaz va bug‘larni tortuvchi mahalliy ventilatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
231. Texnologik uskuna singdirish, laklash va naychalarni quritish jarayonida hosil bo‘luvchi gaz va bug‘larni tortuvchi mahalliy ventilatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
232. Arqon-qobiqni kalavadan yechish ishlari mahalliy ventilatsiya bilan ta’minlangan maxsus yechish stanogida bajarilishi zarur.
233. Arqon-qobiqni quritgich shaxtasi orqali o‘rnatish maxsus moslamalar yordamida hamda aylanuvchi qismlar to‘xtatilganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
234. Qisqa o‘lchamli naychalar tayyorlashga mo‘ljallangan laklash vannasi va laklash-quritish pechi naychalarni singdirish, laklash va quritish jarayonida hosil bo‘luvchi gaz va bug‘larni tortuvchi mahalliy ventilatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
15-§. Olov bilan bajariladigan ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik talablari
235. Olovli ishlar alohida joylarda bajarilishi zarur.
236. Katta detallar, bloklar, fermalar, staninalar payvandlash va kesish vaqtida kesilgan qismlarning ishchilarga tegishining oldini olish uchun xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim.
237. Payvandlash transformatorlari va generatorlari orasidagi o‘tish yo‘laklari, shuningdek stol va tokchalarning ikki tomonidan o‘tish yo‘laklarining kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
238. Og‘irligi 20 kg dan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni payvandlash ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi zarur.
239. Payvandlash ishlari faqat sig‘im tuynuklari, lyuk va qopqoqlarning ochiq holatida amalga oshirilishi lozim. Yopiq bo‘shliq ichida ventilatsiyasiz payvandlash taqiqlanadi.
240. Bosim ostidagi har qanday quvur va rezervuarni har qanday gaz yoki suyuqlik bilan to‘ldirilganidan qat’i nazar, payvandlash taqiqlanadi.
241. Elektrpayvandlash ishlari olib boriladigan joylarda doimiy ventilatsiya mavjud bo‘lishi shart.
242. Elektrpayvandlash qurilmasini yoqishdan avval uni tashqi kuzatish va qurilmaning sozligiga ishonch hosil qilish lozim. Kontaktlar va yerga ulash simlarining holati, ishchi simlar izolatsiyasi, himoya vositalarining mavjudligi va sozligi tekshirilishi kerak. Biror-bir nosozliklar aniqlangan hollarda qurilmani yoqish taqiqlanadi.
243. Elektr tarmoqlaridan payvandlash qurilmasigacha bo‘lgan simlarning uzunligi 10 m dan oshmasligi kerak. Simlarning izolatsiyasi mexanik shikastlanishdan saqlangan bo‘lishi lozim.
244. Elektrpayvandlash qurilmasini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishga faqat elektr tarmog‘idan uzilganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
245. Ishlab chiqarish uskunasi foydalanish davrida GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.049-80 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy ergonomik talablar”, GOST 12.2.062-81 “Ishlab chiqarish uskunasi. Himoya to‘siqlari. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.064-81 “Ishlab chiqarish uskunasini boshqarish organlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
246. Ishlab chiqarish uskunalari ularning texnik hujjatlari talablariga muvofiq holda saqlanishi lozim.
247. Ishlab chiqarish uskunasining xavfsizligi quyidagilar yordamida ta’minlanishi lozim:
ishlash prinsiplari, konstruktiv sxemalar, xavfsiz konstruksiya elementlarini tanlash;
konstruksiyalarda mexanizatsiya, avtomatizatsiya va uzoqdan turib boshqarish vositalarini qo‘llash;
konstruksiyalarda himoya vositalarini qo‘llash;
ergonomik talablarni bajarish;
montaj qilish, foydalanish, ta’mirlash, tashish va saqlashga doir texnik hujjatlarga xavfsizlik talablarini kiritish.
248. Zararli moddalar chiqaradigan ishlab chiqarish uskunasidan foydalanilganda bu moddalarning ish hududi havosidagi miqdori GOST 12.1.005-88 “Ish joyining havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitar-gigiyenik talablar. Xavfsizlikning umumiy talablari”da belgilangan chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar miqdoridan oshmasligi kerak.
249. Dastgohlarning detallari sinmasligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga jarohat yetkazmasligi uchun dastgohlar ortiqcha yuklanishdan saqlovchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim.
250. Dastgohlarning jihozlari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishining oldini oluvchi qurilmalarga ega bo‘lish lozim.
251. Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan dastgohlarda ishlov berish jarayoni faqat detal mahkamlab bo‘lingandan so‘ng ishga tushishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim.
252. Avtomat va yarim avtomatlar, ularda ishlov berish hududi ochiq holatda ish bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka qurilmalariga ega bo‘lishi, ular avtomatik ish sikli himoya qurilmasi yopiq bo‘lganda ishga tushishini ta’minlashi lozim.
253. Dastgohlarda operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda detal yoki asbob aylanishi tufayli jarohatlanish mumkin bo‘lsa, dastgohlarda shpindel o‘chirilgan zahoti uni avtomatik tarzda to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi kerak.
254. Dastgohni sozlash paytida saqlovchi blokirovka qurilmalarini o‘chirish imkoniyati ko‘zda tutilishi zarur.
255. Uzoqdan turib yoki avtomatik tarzda ishga tushiriladigan uskunada ogohlantiruvchi “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik tarzda yurgiziladi!” degan belgi va yozuvlar bo‘lishi lozim.
256. Boshqarish organlarining ish vazifasi GOST 12.4.040-78 “Ishlab chiqarish uskunasining boshqarish organlari. Belgilanishi. Umumiy talablar”ga asosan yozuvlar yoki belgilar bilan ko‘rsatilishi kerak.
257. Uskuna shoshilinch to‘xtatilishi uchun qulay joylarda, doimiy ish o‘rni hududida yoki tez-tez xizmat ko‘rsatiladigan xavfli uzel yaqinida joylashgan “To‘xtatish” knopkasi bilan jihozlanishi kerak.
258. Xavf soladigan uskuna qismi operator ko‘rish doirasidan tashqarida, xavfli ish boshqarish organlari hududida joylashgan bo‘lsa qo‘shimcha avariyaviy o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
259. Avariyaviy o‘chirgich va tugmalar konstruksiyasi va joylashishi ulardan har xil ish vaziyatlarida foydalanish imkonini ta’minlashi lozim.
260. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasi eng katta quvvatli dvigetelni nominal kuchlanishdagi boshlang‘ich yurgizish tokiga va boshqa hamma iste’molchilarning nominal toklari yig‘indisiga mos bo‘lgan maksimal yuklanishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
261. Uskunaning avariyaviy o‘chirish qurilmasi, ish paytida tanaffus yuz berganda avariyaga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni o‘chirmasligi lozim.
262. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasini boshlang‘ich holatiga qaytarish qurilmasi uskunani ishga tushirib yubormasligi lozim.
263. Ishga tushirish qurilmalarining konstruksiyasi va holati (tugma, richag va hokazo) uskunani tez, ishonchli tarzda yurgizilishi va o‘chirilishini ta’minlashi hamda ularning o‘z-o‘zidan ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
264. Qo‘l bilan boshqarish organlari (shu jumladan elektr boshqaruv pultlarida joylashgan) shunday yasalgan va joylashgan bo‘lishi kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lishi, qo‘llarni qisib qolish yoki boshqa boshqarish organlari va dastgoh qismlariga tiqilib qolish hollariga olib kelmasligi hamda tasodifan boshqarish organlarining ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
265. Bir nechta xodimlar xizmat ko‘rsatadigan uskunaning boshqarish organlari, harakatlarning zaruriy ketma-ketligini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
266. Blokirovka qurilmalarini qo‘llamaslikka texnik jihatdan asoslar bo‘lgan hollarda boshqarish organlari yoniga ogohlantirish yozuvlari va belgilari o‘rnatilishi kerak.
267. Murakkab va xavfli uskunaning boshqaruv organlari unda rostlash ishlarini o‘tkazish va begona shaxslar ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qulflar yoki plombalar bilan ta’minlangan, eshikchalari yopiq bo‘lishi lozim.
268. Qo‘l elektr mashinalari GOST 12.2.013.0-91 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Qo‘l elektr mashinalari. Xavfsizlikning umumiy talablari va sinash usullari” talablariga, shuningdek alohida olingan mashina turining standartlariga va texnik hujjatlariga to‘g‘ri kelishi zarur.
269. Qurilma va mexanizmlarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar faqat ular elektr tarmog‘idan o‘chirilganidan va ularga majburiy tarzda ogohlantiruvchi plakatlar ilinganidan so‘ng amalga oshirilishi zarur.
270. Ko‘chma elektr asbobning kuchlanishi quyidagicha bo‘lishi kerak:
yuqori xavflilikda bo‘lmagan binolarda 220 V gacha;
yuqori xavflilikdagi binolarda 42 V gacha;
o‘ta xavfli binolar va binodan tashqarida 12 V gacha.
271. Qo‘l elektr asbobini ulashga mo‘ljallangan shtepsel ulagichlarning tok o‘tkazuvchi qismlari qo‘l yetmaydigan tarzda himoyalangan bo‘lishi lozim.
272. Kuchlanishdagi shtepsel ulagichlar o‘zining konstruksiyasi va rangiga ko‘ra odatdagi 220 V li shtepsel ulagichlardan ajralib turishi va 42 V gacha bo‘lgan shtepsellarning 220 V rozetkalariga ulanish imkoni bo‘lmasligi lozim.
273. Elektromontaj ishlari uchun mo‘ljallangan qo‘l chiroqlari va qo‘l asboblari sozligi bir yilda ikki marta tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
274. Elektromontaj ishlari uchun foydalaniladigan qo‘l asboblarining dastaklari izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
275. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning ko‘rsatkichlarini nazorat qilish uchun qo‘llaniluvchi nazorat-o‘lchov asboblari GOST 12.3.019-80 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Elektr sinashlar va o‘lchashlar. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga mos bo‘lishi shart.
276. Nazorat-o‘lchov asboblarining shkalasidagi chiziq ko‘rsatkichlar aniq ko‘rinib turishi lozim.
277. Dastgohga xizmat ko‘rsatish yoki ishlov berish hududini kuzatish uchun xodimning pol sathidan 0,5 m va bundan balandroqda turishi talab etilsa, dastgoh zinapoya bilan jihozlangan xizmat ko‘rsatish maydonchalari yoki sirpanmaydigan qoplamali galeryalarga ega bo‘lishi kerak.
278. Maydonchalar sifatida uskunaning gorizontal yuzalaridan foydalanish mumkin. Xizmat ko‘rsatish maydonchalaridan ustyopma yoki uskunaning chiqib turgan qismlarigacha bo‘lgan balandlik 2 m dan kam bo‘lmasligi zarur.
279. 0,5 m dan balandda joylashgan maydonchalar va ularga olib chiqadigan zinalarda, pastida balandligi 100-50 mm yaxlit yon qoplama o‘rnatilgan balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan to‘siq (panjara)lar bo‘lishi kerak.
280. Maydoncha sathidan 0,5-0,6 m balandlikda qo‘shimcha gorizontal planka o‘rnatilishi lozim.
281. Vertikal ustunlar orasidagi masofa 1,5 m bo‘lishi kerak.
282. Xizmat ko‘rsatish maydonchalari va zinalarning eni 0,5 m dan kam bo‘lmasligi zarur.
283. Zinalarning ikkala tarafida to‘siq (panjara)lar bo‘lishi lozim.
284. Xizmat ko‘rsatish maydonchasi 10 m dan balandroqda joylashgan bo‘lsa, har 5 m da dam olish maydonchalari o‘rnatilishi zarur.
285. Zina va maydonchalarning tutqichlari qo‘l bilan ushlash uchun qulay bo‘lishi, o‘tkir qirralari, qirov va kiyim ilinishi mumkin bo‘lgan chiqib turgan joylari bo‘lmasligi lozim.
286. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarishda asosiy va yordamchi uskunani joylashtirish, uskuna va binolar devorlari orasidagi masofa 0,6 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
287. Asosiy va yordamchi uskunalar asosiy yuk tashish yo‘nalishiga muvofiq o‘rnatilishi zarur.
288. Ishlab chiqarish uskunasining joylashishi unga bexatar va qulay xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, montaj va demontaj qilishni ta’minlashi kerak.
289. Ish o‘rinlarini rejalash uskunani boshqarish organi va pultlariga erkin o‘tish yo‘laklari va kirish joylarini, ish jarayonlarining qulay va bexatar bajarilishini ta’minlashi va GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi lozim.
290. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida uchib chiqayotgan material parchalaridan saqlash choralari ko‘rilishi lozim.
291. Ish joylarida jihozlar, material, tanovar, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulot va chiqindilar solinishi uchun stellaj, idish, stol va boshqa qurilmalar qo‘yiladigan maydonchalar ko‘zda tutilishi lozim.
292. Sex va uchastkalarda uskunalarni joylashtirish va ish o‘rinlarini rejalash favqulodda vaziyatlar yuz berganda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish imkoni ko‘zda tutilishi zarur.
293. Sexlardagi o‘tish joylarining kengligi quyida ko‘rsatilgan miqdorlardan kam bo‘lmasligi kerak:
magistral o‘tish joylari uchun 1,5 m;
uskunalar o‘rtasidagi o‘tish joylari uchun 1,2 m;
ishlab chiqarish binosi devorlari va uskuna o‘rtasidagi o‘tish joylari uchun 1,0 m;
uskunaga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida unga boriladigan o‘tish joylari uchun 0,7 m.
294. Konveyer qurilmalari, ishlab chiqarish binolari, galereyalar, tunnellar va estakadalarning joylashishi GOST 12.2.022-80 “Konveyrlar. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga javob berishi lozim.
295. Chang ko‘p hosil bo‘ladigan hududlarda ishlash vaqtida changni o‘tkazmaydigan qattiq matodan tayyorlangan maxsus kiyim, nafas olish organlari uchun individual himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
296. Izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarishda bajarilayotgan ish xususiyatiga qarab himoya vositalaridan foydalanish lozim.
297. Shovqinning ishlovchilarga ko‘rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar qabul qilinishi lozim:
shovqin hosil qiladigan uskunani almashtirish yo‘li bilan texnologiyaga o‘zgartirish kiritish yoki shovqinni yutadigan qurilmalarni qo‘llash;
statsionar mashina va mexanizmlar ostiga izolatsion qistirmali poydevorlar qurish;
agregatlar yoki ularning qismlari uchun shovqinni o‘tkazmaydigan kojuxlarni qo‘llash;
titraydigan yuzalarni vibratsiyani yutuvchi ichki ishqalanishi yuqori bo‘lgan materiallar bilan berkitish;
metall detallarni plastmassadan yasalgan detallar bilan almashtirish, xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar uchun shovqin o‘tkazmaydigan kabinalar qurish;
agregatlarning gaz chiqaradigan va havo so‘radigan tuynuklarida shovqinni kamaytiradigan moslamalarni o‘rnatish, ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarga (to‘sinlar, fermalar) turli shovqin yutqichlar bilan ishlov berish;
kichik hajmdagi xonalarning ichki yuzalarini shovqinni yutadigan materiallar bilan qoplash.
298. Agar ish sharoitiga ko‘ra ish joylarida shovqin darajasini kamaytirish imkoni bo‘lmasa, ishchilarning ish va dam olish rejimini o‘zgartirish, quloqni bezovta qilmaydigan v | 158 | 63,419 |
Qonunchilik | 2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2009-yil 29-oktabrda qabul qilingan 1082-I-sonli “2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2010-yilda O‘zbekiston Respublikasida 950 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish dasturini bajarish yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin;
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi doirasidagi kompleks chora-tadbirlarga, Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlariga, tarmoqlarni rivojlantirishning eng muhim maqsadli dasturlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududiy dasturlariga muvofiq mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini rivojlantirish bo‘yicha 2010-yilga nazarda tutilgan tadbirlarning samarali bajarilishini ta’minlasin.
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari 2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining prognoz ko‘rsatkichlari tegishli hududlarda og‘ishmay bajarilishini ta’minlasinlar, bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida, shuningdek yangi obyektlarni ishga tushirish, amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, kasanachilikni, kosiblikni va xalq hunarmandchiligini tashkil etish, qurilishda pudrat ishlarini kengaytirish, shu jumladan qishloq joylarda ham kengaytirish hisobiga ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratsinlar.
5. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-sentabrdagi 519-f-sonli farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Dasturning maqsadi aholi bandligi, daromadlari va turmush darajasi o‘sishini ta’minlash, mehnat bozorida ish kuchiga bo‘lgan talabni oshirish bo‘yicha mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish masalalarini amalda hal etish uchun mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.
Dastur 2009-yilda ish o‘rinlari tashkil etish ishlarining kutilayotgan yakunlarini, mehnat bozorining joriy holatini va 2010-yilda uni rivojlantirish prognozini baholash va tahlil qilish natijalariga, shuningdek Investitsiya dasturi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, tarmoqlarni rivojlantirishning eng muhim maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududiy dasturlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarini rivojlantirish bo‘yicha 2010-yilga mo‘ljallangan tadbirlarga asoslandi.
Dasturda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning tarmoqlar (bandlik yo‘nalishlari) va hududlar bo‘yicha prognoz parametrlari;
Dasturning prognoz parametrlari bajarilishini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar.
2009-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 932,6 mingta yoki 2008-yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p ish o‘rni tashkil etish nazarda tutilgan.
Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2009-yilning yanvar — sentyabr oylari mobaynida 743,5 mingta ish o‘rni tashkil etildi, shundan:
62,6 mingta ish o‘rni yirik ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarida, shu jumladan “O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi (3,4 mingta), “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi (2,9 mingta), “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasida (1,1 mingta), ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarida (13,0 mingta);
311,1 mingta ish o‘rni kichik biznesda, shu jumladan 203,0 mingta ish o‘rni xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida, 50,4 mingta ish o‘rni sanoatda, shu jumladan qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida (9,0 mingta), qandolatchilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida (8,5 mingta), tikuvchilik buyumlari, poyabzal, mebel ishlab chiqarish sohasida (7,4 mingta), mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida (6,5 mingta), 57,7 mingta ish o‘rni iqtisodiyotning boshqa sohalarida;
77,9 mingta ish o‘rni korxonalar (asosan tikuvchilik, ipakchilik, mebel, elektron sanoati korxonalari) bilan kooperatsiyaga asoslangan kasanachilikni rivojlantirish hisobiga, 52,6 mingta ish o‘rni kosiblik, xalq hunarmandchiligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga, 26,0 mingta ish o‘rni pudrat shartnomalari asosida uyda ish bajarish hisobiga tashkil etildi.
Tashkil etilgan ish o‘rinlarining umumiy sonidan 213,3 mingta ish o‘rni Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish hisobiga, shu jumladan:
34,5 mingtasi ixtisoslashtirilgan uy-joy ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini barpo etish va ularning faoliyatini kengaytirish hisobiga;
11,7 mingtasi aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun qo‘shimcha ajratilgan shtat birliklari hisobiga;
14,9 mingtasi oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida;
14,1 mingtasi maqsadli davlat dasturlariga muvofiq avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar qurish hamda ularni rekonstruksiya qilish hisobiga;
6,8 mingtasi melioratsiya va irrigatsiya ishlarining, shu jumladan kollektor tarmoqlari hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining ko‘lamini kengaytirish natijasida;
104,5 mingtasi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturining qo‘shimcha tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bo‘yicha ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, issiqxonalar, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni barpo etish hisobiga;
26,8 mingtasi vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, shu jumladan 4 mingtasi qonun hujjatlariga muvofiq tijorat banklari balansiga berilgan yirik bankrot korxonalarda faoliyatni tiklash natijasida tashkil etildi.
2009-yil to‘qqiz oyida ko‘rilgan chora-tadbirlar Samarqand (73 mingta), Qashqadaryo (72 mingta), Farg‘ona (71 mingta), Andijon (57 mingta), Namangan (52 mingta) va Xorazm (46 mingta) viloyatlari kabi ish o‘rinlariga ehtiyoj yuqori darajada bo‘lgan hududlarda tashkil etilayotgan ish o‘rinlarining sonini ko‘paytirishga yordam berdi.
Dasturning prognoz parametrlari vaqtincha ishlamayotgan fuqarolarni (ishsizlarni), mehnat bozoriga birinchi marta kirayotgan yoshlarni va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartishlar natijasida bo‘shab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni baholashdan, shuningdek, mavjud ehtiyojni yanada to‘laroq qondirish uchun ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha barcha mavjud imkoniyatlar va zaxiralardan kelib chiqib belgilangan.
Dastur loyihasida 2010-yilda 950,0 mingta (1-ilova*) yoki 2009-yilda kutilayotgan ko‘rsatkichdan 17,4 mingdan ko‘p ish o‘rni tashkil etish nazarda tutilmoqda.
2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va parametrlari quyidagilardir:
1. Investitsiya dasturini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish hisobiga, ushbu dasturlar doirasida 56,3 mingta ish o‘rinlari, shundan 25,1 mingtasini tarmoqlarning xo‘jalik boshqaruvi mamlakat organlari tarkibiga kiruvchi korxonalarda, 31,2 mingtasini investitsiya dasturiga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududiy dasturlariga muvofiq tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Tarmoqlar bo‘yicha eng ko‘p ish o‘rinlari metallurgiya, yengil sanoat, neft va gaz, kimyo, avtomobil sanoatining yirik korxonalarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tashkil etiladi.
2. 476,6 mingta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minlaydigan kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish va yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Kichik biznesda ish o‘rinlarining kattagina qismi xizmat ko‘rsatish va servis sohasida (282 mingta), sanoatda (52,9 mingta), pudrat-qurilish ishlarida, shu jumladan uy-joy ta’mirlash va rekonstruksiya qilish sohasida (43,6 mingta) tashkil etiladi.
3. 208,0 ming nafar band bo‘lmagan fuqaroni, asosan ko‘p bolali ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa toifalarini ish bilan ta’minlaydigan kasanachilikni, eng avvalo mehnat shartnomalari bo‘yicha korxonalar bilan kooperatsiyaga asoslangan kasanachilikni, kosiblik va xalq hunarmandchiligini, shuningdek oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish. Shundan 62,5 mingta ish o‘rni yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika majmui, shuningdek qurilish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi yirik va kichik korxonalar bilan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish hisobiga yaratiladi.
Milliy hunarmandchilikning an’anaviy markazlari hisoblangan tumanlar va shaharlarda “Usta-shogird” usulida kasanachilarni o‘rgatish va tayyorlashni tashkil etish hamda ularni imtiyozli mikrokreditlar ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan tashkil etiladigan kasanachilik ish o‘rinlari sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor beriladi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Xiva shaharlari, shuningdek Shahrixon, G‘ijduvon, Chust, Urgut, Rishton tumanlari va boshqalar ana shunday an’anaviy milliy hunarmandchilik markazlari hisoblanadi.
4. Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va kengaytirish, buning hisobiga 127,7 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilishi kutilmoqda. Har bir fermer xo‘jaligida kamida 200 ta parranda yetishtirishni tashkil etish, har bir tumanda kamida 2 ta ixtisoslashgan parrandachilik xo‘jaligi, 5 ta yengil konstruksiyali issiqxona tashkil etish nazarda tutilmoqda.
5. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish, bu avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, elektr, suv va gaz ta’minoti obyektlarini qurish va ta’mirlash, telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish ishlarini bajarish hisobiga 61,3 mingta ish o‘rni tashkil etish imkonini beradi.
6. Vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini, shu jumladan tijorat banklari balansiga berilgan bankrot korxonalarning faoliyatini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish, bu 8,9 mingta ish o‘rni tashkil etish, shuningdek 11,2 mingta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minlaydigan bozor infratuzilmasi obyektlarini hamma joyda rivojlantirish imkonini beradi.
Hududlar bo‘yicha jami ish o‘rinlaridan 240,1 mingtasini aholi zich joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 107,3 mingtasini shimoliy hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida), 81,2 mingtasini Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, 165,9 mingtasini poytaxt mintaqasida (Toshkent viloyati va Toshkent shahrida), 92,0 mingdan ortig‘ini Samarqand viloyatida, 113,3 mingtasini Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek 86,4 mingtasini Qashqadaryo viloyatida va 63,7 mingtasini Surxondaryo viloyatida tashkil etish kutilmoqda. Bunda, mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bo‘lgan 30 ta tumanda (shaharda) ish o‘rinlarini ancha ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilgan yo‘nalishlar va prognoz parametrlar tumanlar, shaharlar, xarajatlar miqdori va moliyaviy manbalar bo‘yicha aniqlangan hamda ish o‘rinlari tashkil etishning tegishli hududiy dasturlari bilan tasdiqlangan.
Tarmoqlar bo‘yicha sanoatda 109,2 mingta ish o‘rni, qishloq xo‘jaligida 127,7 mingta, qurilishda 105 mingta, xizmat ko‘rsatish va savdo sohasida 328,7 mingta ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tarmoq dasturlariga, eng muhim maqsadli dasturlarga va boshqa dasturlarga muvofiq ish o‘rinlari tashkil etish sohasida tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish jarayonida kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi 18 833,3 mlrd so‘mni tashkil etadi, shu jumladan:
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil etish va ishga tushirish, aholi punktlarini obodonlashtirish maqsadlari uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar 825 mlrd so‘mni;
korxonalar va aholining tarmoq dasturlarini amalga oshirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb etiladigan mablag‘lari 8 993,7 mlrd so‘mni;
xorijiy investorlarning investitsiya va maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag‘lari 4 751,5 mlrd so‘mni;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari jamg‘armalardan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasidan jalb etiladigan mablag‘lar 2 120,1 mlrd so‘mni;
tijorat banklarining kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, inqirozga qarshi chora-tadbirlarlarni amalga oshirishni davom ettirish uchun jalb etiladigan mablag‘lari 2 134,9 mlrd so‘mni;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, ayniqsa, mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bo‘lgan chekka qishloq tumanlari va mintaqalarda kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb etiladigan mablag‘lar 8,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etishning prognoz parametrlari bajarilishini ta’minlash maqsadida monitoring olib borilib, Dasturning tumanlar, shaharlar, tarmoqlar va aniq obyektlar bo‘yicha bajarilishi har oyda ko‘rib chiqiladi.
Dasturning bajarilishi:
hududiy va tarmoqlar bo‘yicha dasturlarda nazarda tutilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va ularning hududiy organlari tomonidan;
ish o‘rinlari tashkil etishning tegishli hududiy parametrlari bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan;
o‘z tarkibiga kiradigan tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etish dasturlari bajarilishi yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan;
majmualar mutasaddi bo‘lgan xo‘jalik boshqaruvi organlari va hududlar tomonidan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturlari bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi majmualari tomonidan monitoring o‘rnatiladi.
Monitoring va Dastur bajarilishining borishi har oyda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etishning belgilangan parametrlaridan orqada qolayotgan korxonalar, tarmoqlar, bandlik yo‘nalishlari, shuningdek, tumanlar va shaharlar aniqlanadi, ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tasdiqlangan topshiriqlar bajarilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Dastur parametrlari so‘zsiz bajarilishi va aholining ish bilan bandligi muammolari amalda hal etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, uyushmalar, kompaniyalar, korxonalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi. | 89 | 16,324 |
Qonunchilik | Kadrlar ishi yuritilishini oʻrganamiz | 5 martda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻzbek tilidagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursi oʻz ishini boshlaydi.
Kurs kadrlar хizmatlari хodimlari, shuningdek tashkilotda kadrlar ishini yurituvchi yuristlar, ish yurituvchilar va bosh buхgalterlarga foydali boʻladi.
Kurs doirasida хodimni ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, ish joyini oʻzgartirish, ishdan boʻshatishni huquqiy jihatdan tartibga solish va hujjatlashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Kurs ishtirokchilari nafaqat mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishida tavakkalchiliklarni baholash va koʻp uchraydigan qoidabuzarliklarni tahlil qilish, balki ushbu qoidabuzarliklarni tuzatishning mavjud imkoniyatlarini ham koʻrib chiqadi. Ishtirokchilar seminar dasturi boʻyicha yuborgan savollarga seminar davomida javoblar beriladi.
Mashgʻulotlar 10 kun davomida, ish kunlari soat 9.30 dan 13.00 gacha oʻtkaziladi.
Bitta tinglovchining oʻqish qiymati quyidagi miqdorni tashkil etadi:
Kursga bu yerda yozilish mumkin. | 37 | 1,008 |
Qonunchilik | Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-martdagi PQ-4640-son qaroriga asosan, shuningdek, noshirlik va matbaa faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Matbaa faoliyatini boshlagani haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-son qarori 1-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin, shuningdek, qarorga 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ikki oy muddatda yaratish choralarini ko‘rsin.
4. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslar tomonidan noshirlik faoliyatini boshlagani haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) xabardor qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
noshirlik faoliyati — noshirlik mahsulotini nashrga tayyorlash tadbirlari va tarqatish bo‘yicha tashkiliy, ijodiy, ishlab chiqarish va boshqa tadbirlar majmui;
nashriyot — o‘z tahririyatiga ega bo‘lgan va adabiyot, san’at, musiqa, ilm-fan va boshqa sohalarda noshirlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxs yoki uning tarkibiy bo‘linmasi;
nashr — muallif tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida yaratilgan, moddiy tashuvchida matn va (yoki) tasvir tarzida qayd etilgan, tahririy-noshirlik jihatidan ishlov berilgan, noshirlik mahsulotini tayyorlash uchun mo‘ljallangan axborot.
3. Ushbu Nizom davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishga, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. Noshirlik faoliyatining ixtisoslashuvlari quyidagilardan iborat:
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar — ijtimoiy-siyosiy mavzular, tashviqot va targ‘ibot xususiyatiga ega bo‘lgan asarni o‘z ichiga olgan va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan nashr;
adabiy-badiiy nashrlar — badiiy adabiyotlar muallif tomonidan uylab topilgan sujet va qahramonlarga ega bo‘lgan barcha asarlarni nazarda tutadi. Badiiy adabiyot romanlar, qissalar, hikoyalar, novellalar, pyesalar, adabiy to‘plamlar, antologiyalar, almanaxlar;
bolalar va o‘smirlar nashrlari — bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, yosh va o‘rta yoshli bolalar va o‘smirlar uchun yozilgan asarlar, shuningdek, mumtoz adabiyot asarlarini qayta ishlash va qisqartirishni o‘z ichiga olgan nashrlardir;
ma’naviy-ma’rifiy nashrlar — insonning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladigan muayyan ijtimoiy muhit, jamiyat va tuzumlar, davlatlar ularning taraqqiyot bosqichlari, boshqaruv uslublari, ijtimoiy axloq me’yorlarini tadqiq va targ‘ib etishga, asoslashga yo‘naltirilgan asarlar majmui;
ilmiy nashrlar — ilmiy tadqiqotlar yoki nazariy umumlashmalar natijasida yaratilgan va eng yangi ilmiy yutuqlar, tadqiqotlarning borishi hamda natijalari haqida mutaxassislarga ma’lumot berish maqsadida tarqatiladigan yozma va bosma asarlar majmui (ilmiy fundamental tadqiqotlar, ilmiy asarlar, monografiyalar, dissertatsiyalar, referatlar);
ilmiy-ommabop nashrlar — adabiyot, ilm-fan va ilmiy kashfiyotlarni keng omma uchun qulay bo‘lgan tilda tasvirlaydigan kitoblar majmui;
o‘quv adabiyotlari — muayyan ta’lim tizimi uchun o‘qitish yoki kadrlarni qayta tayyorlash, muayyan ta’lim muassasasi uchun yoki o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasi sifatida yaratilgan adabiyotlar (o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, xrestomatiyalar, misol-masalalar to‘plamlari, praktikumlar, ish daftarlari, o‘quv dasturlari);
ensiklopedik (ma’lumotnoma) nashrlar — turli xil axborotlarni (ilmiy, amaliy va boshqalar) olishga mo‘ljallangan nashrlar. Ilmiy yoki amaliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqacha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, tezkor qidirish uchun qulay tartibda joylashtirilgan va uzluksiz o‘qish uchun mo‘ljallanmagan nashr;
rasmiy nashrlar — normativ yoki ko‘rsatma tariqasidagi materiallarni o‘z ichiga olgan va davlat organlari, muassasalar, idoralar yoki jamoat tashkilotlari nomidan e’lon qilingan nashrlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqalar);
diniy nashrlar — ma’lum bir dinning falsafasi, tarixi haqidagi va uning axloqiy ta’limotlarga mos keladigan aqidaviy (kanonik) adabiyotlar, aqidaviy matnlardagi sujetlar va timsollar asosida yaratilgan turli janr va yo‘nalishlardagi nashrlar;
axborot-reklama nashrlari — bukletlar, yo‘l ko‘rsatkichlari, reklama materiallaridan iborat bo‘lib, mahsulot, xizmat va hodisalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, ularga talabni yaratish uchun e’tiborni jalb qiladigan nashrlar;
ishlab chiqarishga oid nashrlar — texnologiya, muhandislik va ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, turli malaka mutaxassislariga mo‘ljallangan davlat amaliyotining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, turli soha ishlab chiqarish texnologiyalariga oid nashrlar;
ishlab chiqarishga oid me’yoriy nashrlar — ishlab chiqarish faoliyatining turli sohalarida qoidalar va talablarni o‘z ichiga olgan (yo‘riqnomalar, standartlar, texnik reglamentlar, ustavlar, preyskurantlar) rasmiy nashrlar.
5. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi o‘n kun ichida yuridik shaxsning rahbari (keyingi o‘rinlarda — Xabardor qiluvchi deb ataladi) tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXPning davlat xizmatlaridan foydalanishda, xabardor qiluvchida elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bo‘lishi shart.
6. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun mazkur Nizom 1-ilovaga muvofiq xabarnoma to‘ldiriladi.
Noshirlik faoliyatini yuritish uchun avval taqdim etilgan va amal qilish muddati tugamagan litsenziya hujjati bo‘lgan yuridik shaxslar vakolatli organni axborot tizimlari orqali o‘z faoliyatini davom ettirayotganligi to‘g‘risida xabardor qilishlari lozim.
7. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq xabardor qilinadi.
8. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organi o‘rtasida ERIni qo‘llagan holda, maxsus yaratilgan tizim orqali idoralararo xabardor qilinadi.
9. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilishda xabardor qiluvchi mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga amal qilishi lozim.
10. Xabardor qiluvchi xabarnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng o‘zining ERIsi bilan tasdiqlaydi.
11. Xabardor qiluvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma avtomatik tarzda QR-kod qo‘yilgan holda shakllantiriladi.
Xabardor qiluvchi YIDXP orqali murojaat qilganda esa, davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani erkin oladi.
12. Nizomga 1-ilovaga muvofiq xabarnomaga to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda davlat xizmatlarini ko‘rsatish avtomatik tarzda rad etilishiga asos bo‘ladi.
Bunday holda xabardor qiluvchining tegishli bosqichda xabarnomani to‘g‘irlab yoki to‘ldirib qayta yuborish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
13. Yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, ixtisoslashuvi va joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, xabardor qiluvchi yigirma ish kuni mobaynida tegishli ma’lumotlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi.
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP elektron tizimi xabardor qiluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni shu kunning o‘zida davlat reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun belgilangan tartibda vakolatli davlat organiga avtomatik tarzda yuboradi.
14. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli organni xabardor qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligiga sabab bo‘ladi.
15. Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organni xabardor qilish uchun yig‘im va davlat boji undirilmaydi.
16. Vakolatli davlat organi xabarnomalarni hisobga oladi va nashriyotlarning davlat reyestrini yuritadi.
17. Davlat reyestrda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
nashriyotning to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli;
faoliyatini boshlagan sanasi va Reyestr raqami;
nashriyot faoliyatining ixtisoslashuvi;
pochta manzili, telefoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
18. Xabarnoma qabul qilingan kuni vakolatli davlat organining mas’ul mansabdor shaxsi tegishli ma’lumotlarni davlat reyestrga kiritilishini ta’minlaydi.
19. Nashriyotlarning davlat reyestri vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
20. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
22. Xabardor qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan matbaa faoliyatini boshlagani haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) xabardor qilish tartibini belgilaydi.
Jismoniy shaxslar matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
2. Matbaa faoliyati bosma mahsulotlarning qoliplarini (bosma shakllarini) tayyorlash, shu jumladan muhr va shtamplarni yasash, chop etish, muqovalash va chop etishdan keyingi jarayonlardir. Mazkur jarayonlarning barchasi yoki alohida jarayoni ham matbaa faoliyati hisoblanadi.
3. Matbaa faoliyatining ixtisoslashuvi:
bosma mahsulotlarning qoliplarini tayyorlash — chop etishgacha bo‘lgan jarayon bo‘lib, matn va tasvirlar asosida ofset, trafaret yoki shoyitrafaret, flekso, yuqori bosma, chuqur bosma, termo bosma va chuqur bosma usullarida chop etish uchun bosma qoliplarni tayyorlash;
ofset usulida chop etish — matbaa faoliyatida asosan ko‘p adadli (tiraj) matbaa mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan jarayon bo‘lib, matn va tasvirlarni foto qoliplardan qog‘ozga o‘tkazib chop etish usuli;
flekso usulida chop etish — fotopolimer xom-ashyo yoki yumshoq rezinadan relyefli chop etish qolipi va suyuq bo‘yoqlar bilan chop etish usuli bo‘lib, qog‘oz, polietilen va shu turdagi boshqa materiallarga matn va tasvirlarni tushirish jarayoni;
bosma qoliplarsiz chop etish — raqamli chop etish texnologiyalari yordamida matn va tasvirlarni qog‘oz, polietilen va boshqa materiallarga chop etish usuli;
trafaret yoki shoyitrafaret usulida chop etish — fotomexanik usulda yoki qo‘lda tayyorlangan trafaretdan turli materiallarga yoki tayyor sanoat mahsulotlariga matn yoki tasvirlar aksini tushirish;
brayl usulida chop etish — olti nuqta kombinatsiyasiga asoslangan bo‘rtma nuqta hamda bo‘rtma relyef asosida ko‘zi ojizlar uchun matn va tasvirlarni chop etish usuli;
tayyor mahsulotlar va materiallarga bosish — tayyor sanoat mahsulotlari va materiallarga matn va tasvirni qizdirish yoki elastik bosma element orqali bosish;
chop etishdan keyingi jarayonlar va muqovalash — buklash va saralash, tikish, kesish va shakl berib kesish, yelimlash, laminatsiyalash, laklash, muqovani tayyorlash, muqovalash va boshqa jarayonlar.
4. Ushbu Nizom nusxa ko‘chirish, dizaynerlik va fotostudiya xizmati, matn terish, original maket tayyorlash faoliyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi o‘n kun ichida yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor (keyingi o‘rinlarda — xabardor qiluvchi) tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXPning davlat xizmatlaridan foydalanishda, xabardor qiluvchida elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bo‘lishi shart.
6. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi xabardor qilish uchun mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq xabarnoma to‘ldiriladi.
7. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi mazkur Nizomga 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq xabardor qilinadi.
8. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organi davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organi o‘rtasida majburiy tartibda ERIni qo‘llagan holda, maxsus yaratilgan tizim orqali idoralararo xabardor qilinadi.
9. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilishda xabardor qiluvchi mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga amal qilishi lozim.
10. Xabarnomaga matbaa korxonasida o‘rnatilgan yoki o‘rnatilishga mo‘ljallangan 3-ilovaga muvofiq shaklda matbaa uskunalarining ro‘yxati ilova qilinadi.
11. Xabardor qiluvchi xabarnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
12. Xabardor qiluvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma avtomatik tarzda QR-kod qo‘yilgan holda shakllantiriladi.
Xabardor qiluvchi YIDXP orqali murojaat qilganda esa, tasdiqnomani erkin oladi.
13. Nizomga 1-ilovaga muvofiq xabarnomada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda, davlat xizmatlarini ko‘rsatish avtomatik tarzda rad etilishiga asos bo‘ladi.
Bunday holda xabardor qiluvchining tegishli bosqichda xabarnomani to‘g‘irlab yoki to‘ldirib qayta yuborish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
14. Matbaa faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, matbaa faoliyatining turlari va joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda xabardor etuvchi yigirma ish kuni muddatda tegishli ma’lumotlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi.
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP elektron tizimi xabardor qiluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni shu kunning o‘zida davlat reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun belgilangan tartibda vakolatli davlat organiga avtomatik tarzda yuboradi.
15. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli organni xabardor qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligiga sabab bo‘ladi.
16. Matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
17. Vakolatli davlat organi matbaa faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestrini yuritadi.
18. Davlat reyestrida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
matbaa korxonasining to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli;
faoliyatini boshlagan sanasi va Reyestr raqami;
matbaa korxonasining ixtisoslashuvi;
pochta manzili, telefoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
19. Matbaa faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestri vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
20. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maxfiy ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
22. Xabardor qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 142 | 18,060 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.