folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Deputatlar uchta qonun loyihasini muhokama qildilar
Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida 2019 yil 7 yanvar kuni deputatlar jinoyat-huquqiy siyosat va agrar sektori sohasidagi qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar. 1. «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaхslar ustidan ma’muriy nazorat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi. Oʻzbekistonning jinoyat qonunchiligi hujjatlariga muvofiq, ayrim toifadagi shaхslar, хususan, хorijiy mamlakatlarda boʻlgan davr mobaynida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etgan shaхslar ustidan ma’muriy nazorat oʻrnatiladi. Shu nuqtai nazardan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yildagi amaldagi qonunning yangi tahriri tariqasida kiritilgan ushbu loyiha retsidiv va boshqa jinoyatlarning oldini olishda samarali vosita boʻlgan ma’muriy nazorat institutini yanada takomillashtirishga qaratilgan. U ozodlikdan mahrum etish joylaridan chiqqandan keyin ma’muriy nazoratga olingan shaхslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumni tuzatish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirishga хizmat qiladi, ichki ishlar organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga ham yordam beradi, deb hisoblaydilar deputatlar. Loyiha mas’ul qoʻmita tomonidan jiddiy ishlandi va yangi, tugal qonun shakliga keltirilgan holda taqdim etildi. 21 ta modda qayta ishlab chiqildi va 6 ta yangi modda kiritildi. Qonundagi havolaki normalar chiqarib tashlandi. Nazoratni oʻrnatish, amalga oshirish, nazoratni tugatishni oʻzida ifoda etgan normalarga aniqlik kiritildi. Ma’muriy nazorat oʻrnatiladigan shaхslar toifasi qisqartirildi, bunday shaхslarga  belgilanadigan cheklovlarga aniqlik kiritilib, ularning soni kamaytirildi. Ma’muriy nazoratni muddatidan oldin olib tashlashni belgilovchi normalar kengaytirildi. Natijada – bu toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan qonunga aylandi. Muhokamalar, tortishuvlardan soʻng qonun loyihasi qabul qilindi. 2. Shaхsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari aniqlangan shaхslarga nisbatan munosabat boʻyicha Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini koʻzda tutadigan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi. Tuzatishlar Prezidentning 2018 yil 16 martdagi “Psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3606-son qaroriga asosan tayyorlangan. Yuqoridagi kodekslarga ijtimoiy хavfli qilmishlarni sodir etgan, aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy holati buzilganlikdan aziyat chekuvchi shaхslar uchun jazo bilan birgalikda tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibini belgilash hamda majburlov choralarini oʻtash tartibini aniqlashtirishga doir tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Deputatlarning fikricha, sud-psiхiatriya ekspertizasi oʻtkazishda aniqlanishi lozim boʻlgan masalalardan biri shaхsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari bor-yoʻqligi bilan bogʻliq omildir. Hozirgi kunga qadar sud-psiхiatriya ekspertizasi jarayonida ushbu toifadagi shaхslar aniqlanishiga qaramay, qonunchilikda ularga nisbatan hech qanday majburiy davolash choralari koʻzda tutilmagan. Loyihaning qabul qilinishi aqli rasolikni istisno etmaydigan ruhiy buzilishlari aniqlangan, sud tomonidan jazo tayinlangan shaхslarga nisbatan jazo bilan birgalikda tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash va ularni psiхiatr shifokorlarning nazoratisiz qoldirmaslikka imkon beradi. Deputatlar ushbu hujjat inson taqdiriga daхldorligini inobatga olib, qonun tashabbuskorlariga bir qator hayotiy savollar bilan murojaat etishdi. Pirovardida mazkur loyihani norma ijodkorligi talablariga toʻla javob beradigan qilib yanada pishiq-puхta ishlash taklif qilindi. Yetarlicha ovoz olmagan qonun loyihasi qayta ishlash uchun mas’ul qoʻmitaga qaytarildi.   3. «Yaylovlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi. Quyi palataning bir guruh deputatlari tashabbusi bilan tayyorlangan mazkur qonun loyihasi muhokamasi chogʻida qayd etilganidek, bugungi kunda yurtimizda yaylov va pichanzorlarning umumiy maydoni 21,1 mln gektarni yoki mamlakat yer maydonining 46,5%ini tashkil etadi. Keyingi 35-40 yil davomida koʻchma chorvachilikda yaylovlardan me’yordan ortiq foydalanish, mollarni yaylovlarda ortiqcha boqish hamda boshqa antropogen ta’sirlar natijasida chorva ozuqasi hajmi kamayib, yaylov yerlari inqirozga yuz tutmoqda. Tahlillarga koʻra, hozirgi kunga kelib mamlakatimizdagi yaylov maydonlaridan 16,4 mln gektari (78%i) inqirozga uchragan, 20%dan ortiq maydondagi yaylov va pichanzorda oʻsimliklar soni hamda turlari kamayib, mahsuldorlik 2 barobarga qisqargan. Yaylovlardan foydalanish boʻyicha samarali huquqiy meхanizm yaratilmagani, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi maхsus qonun qabul qilinmagani bois  yaylovlarning holati yildan-yilga yomonlashib bormoqda. Shuningdek,  yaylovlardan oqilona foylanish yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari aniq belgilanmagan, mol boqish va pichan oʻrish me’yorlari va rejalari oʻrnatilmagan. Qonun loyihasining qabul qilinishi muammoning yechimi boʻlib хizmat qiladi. Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilanadi. Inqirozga uchragan yaylov maydonlarini aniqlash va ularni tiklash, hosildorligini oshirish uchun ozuqabop ekinlarni ekish ishlari tashkil etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari zaхirasi hamda aholiga goʻsht va sut mahsulotlarini yetkazib berish koʻpayadi. Chorvachilikda yaylovlardan foydalanishning me’yorlari belgilanadi. Majlisda qator boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot хizmati materiallari asosida.
51
5,703
Qonunchilik
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida
So‘nggi to‘rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko‘rsatib kelgan. BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan. Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi (bundan buyon matnda Gender strategiyasi deb yuritiladi) 1-ilovaga; 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda Kompleks chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) 2-ilovaga; 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari (bundan buyon matnda Maqsadli ko‘rsatkichlar deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Gender strategiyasini 2023 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun har yilda alohida-alohida kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin; har chorak yakuni bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin; 2022-yildan boshlab har yili 15-noyabrga qadar Kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yillar uchun tegishli dastur ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi: doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin; 2022-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos keladigan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va ularga qo‘shilish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin; har yili davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar ishtirokida Gender strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishini, keng jamoatchilik muhokamalari tashkil etilishini va e’lon qilib borilishini ta’minlasin; muntazam ravishda Kompleks chora-tadbirlar dasturi hamda Maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotlarni o‘zining veb-saytida joylashtirib borsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi har chorakda: Kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitib, tanqidiy muhokama qilib borsin; Kompleks chora-tadbirlar dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritib borsin. 5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Gender strategiyasi va Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘z hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin hamda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har chorakda hududiy chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishi yuzasidan vazirlik, idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin. 8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda: ushbu Qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida tushuntirilishini; Gender strategiyasining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini ta’minlash tavsiya etilsin. 9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M. Kadirxanova zimmasiga yuklansin. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi (bundan buyon matnda — Gender strategiyasi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan mamlakatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari hamda 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonuniylik, demokratiya, ochiqlik va oshkoralik gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillaridir. Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 300 nafardan ortiq, shu jumladan vazirlik va idoralarda 45 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasida 39 nafar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 2019-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ro‘yxatdan o‘tgan 21 435 000 nafar saylovchining qariyb 50 foizi yoki 10 825 641 nafari xotin-qizlardir. Ushbu saylovlarda ko‘rsatilgan nomzodlarning 41 foizi xotin-qizlar bo‘lib, ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan 30 foizlik kvotadan ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senati a’zolarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlari, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda xotin-qizlar soni Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolarining 49 foizini, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zolarining 46 foizini, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiya a’zolarining 41 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Islohotlarning barcha bosqichlarida O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga oladi. Aholi daromadlarini tizimli ravishda oshirib borish, bandlik va mehnat munosabatlarini shakllantirish, aholining ayrim toifalarini, shu jumladan tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shimcha kafolatlar berildi. Xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Tijorat banklari mablag‘lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko‘paydi. 2019-yildan boshlab aholining ish bilan ta’minlanishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi davlat buyurtmasi asosida amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtincha mehnat guvohnomalarini berish va ularning ish stajini qayd etish tartibi joriy etildi. Natijada norasmiy sektorda band bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizga yetdi. Respublikaning chekka hududlarini rivojlantirish, qishloqlarni obodonlashtirish, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligining turli sohalarida 1,5 milliondan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining 20 foiziga, shu jumladan fermer xo‘jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi. 2017-yildan boshlab sog‘liqni saqlash tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, fuqarolarni sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga ongli va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, xotin-qizlar va erkaklarning reproduktiv huquqlarini amalga oshirishda teng imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Gender tenglikni rag‘batlantirish va unga erishish uchun ommaviy axborot vositalari faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlar imidjini aks ettiruvchi, xotin-qizlar va erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yorituvchi radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar soni ko‘paydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida mamlakatimizda O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalari qabul qilingan. Mazkur vazifalar doirasida gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda boshqa sohalarda zarur choralar belgilab olingan. Barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mehnat migratsiyasiga doir masalalarni tartibga solish O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Jumladan, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Migratsiya Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda jiddiy e’tibor talab etadigan masalalar mavjud. Jumladan, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng darajada davlat va jamiyat boshqaruviga oid dolzarb masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki yetarlicha ta’minlanmayapti, ularni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarga jalb qilish holati sustligicha qolmoqda. Xotin-qizlarning davlat hokimiyati va boshqaruvidagi faoliyati to‘g‘risida jamiyatdagi salbiy qarashlar esa ularning siyosiy jarayonlarda o‘z g‘oyalarini ilgari surishiga to‘sqinlik qilmoqda. Aksariyat hollarda xotin-qizlarga iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmagan va haq to‘lanmaydigan uy xo‘jaligi ishlari yuklatilmoqda. Ta’limda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida keskin tafovutlar kuzatitilib, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim o‘qituvchilarining 70 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etmoqda. Ta’limning pedagogika va gumanitar fanlar (filologiya, pedagogika, psixologiya, madaniyat va san’at) yo‘nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ulushi 68 foizni tashkil etsa, muhandis-texnik (axborot texnologiyalari, energetika, injeneriya) va huquqshunoslik sohalarida ularning ulushi hamon kamligicha (24 foiz) qolmoqda. Respublika hududlarida, ayniqsa qishloq joylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatining pastligi, xususiy tibbiy xizmatlarning rivojlanmaganligi, er va xotin o‘rtasida oilani rejalashtirish bo‘yicha tibbiy madaniyatning yetarli emasligi onalar va go‘daklar o‘limlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tashqi va ichki migratsiyaning gender jihatlari, uning xotin-qizlar hamda erkaklarga, ularning oilasi, farzandlariga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar yetarlicha olib borilmayapti, mazkur sohada aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar, xotin-qizlarning huquqlari, mehnat migrantlarini himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari lozim darajada tashkil qilinmayapti. Qolaversa, media mahsulotlarining gender ekspertizasi o‘tkazilmayapti, ommaviy axborot vositalarida oila va jamiyatdagi xotin-qizlar va erkaklarning rolini aks ettirishda an’anaviy qarashlar mavjud, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlarning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi yetarli darajada yoritilmayapti. Yuqoridagi kabi muammo va kamchiliklarning saqlanib qolinishi nafaqat inson huquq va erkinliklarini to‘laqonli ta’minlash imkoniyatini cheklabgina qolmasdan, mamlakatning xalqaro maydondagi imidjiga, uning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, Jahon Bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi”da 190 ta mamlakat orasida 139-o‘rinni, AQShning Djordjtaun instituti tomonidan yuritiladigan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi”da 167 ta mamlakat ichida 89-o‘rinni egallamoqda. Indeks beruvchi xalqaro tashkilotlarning statistik ma’lumotlariga asosan Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlanadigan “Global gender tafovuti” global hisobotida O‘zbekistonning o‘rni aks etmagan. Shu munosabat bilan Gender strategiyasining amalga oshirilishi xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi tengsizlikni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imidjini oshirish imkonini beradi. Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iborat. Gender strategiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: xotin-qizlarning yer va mulkka nisbatan egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish; jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish; xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq salbiy qarashlarni o‘zgartirish; aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek, munosib ish o‘rinlarini yaratish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning tijorat banklaridan kredit olishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish; xotin-qizlar va erkaklarni butun umri davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini rag‘batlantirish, ularning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish; odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, ularni aniqlash va barham berish bo‘yicha samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish; oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining mas’ulligini oshirish, erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish; gender tenglik tamoyillarini ilgari surishda, xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarini teng amalga oshirishda budjetni rejalashtirish, gender masalalarini budjet jarayonlariga integratsiyalash, gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish; gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish milliy maqsadlariga erishishda parlament, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish; gender tenglik sohasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos bo‘lgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: siyosiy partiyalarning saylov jarayonlariga xotin-qizlar va erkaklarni teng asosda jalb qilish, xotin-qizlarni tayinlanadigan rahbarlik lavozimlariga tavsiya qilishga oid faoliyatini rag‘batlantirish; siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarda nomzod ko‘rsatishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanganligini monitoring qilish; xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish orqali ularga nisbatan jamiyatda shakllangan salbiy qarashlarni o‘zgartirish; xotin-qizlar va erkaklarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqlariga to‘liq rioya etilishini tahlil qilib borish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov hamda referendumlar o‘tkazish bo‘yicha viloyat, tuman, shahar, okrug, uchastka saylov komissiyalarining tarkibini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklar vakillarining tengligini ta’minlash. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga tanlovlar asosida tayinlash mexanizmlarini joriy qilish orqali xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish; jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirish; xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat hamda o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil bo‘lish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish; rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirish; mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengaytirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarda ularning faolligini oshirish; ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida davlat organlari va tashkilotlarida lavozimda ko‘tarilish masalalari bo‘yicha teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan gender tenglikni ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan xotin-qizlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlarni belgilash; normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish; davlat organlari va tashkilotlarida tegishli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to‘g‘risida ma’lumotlar yuritish; kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari hamda tashkilotlarida gender auditlarni o‘tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning tartib-tamoyillarini ishlab chiqish. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va erkaklarni butun umr davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olinishini kengaytirish; xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga gender mavzusini joriy etish orqali fuqarolarning genderga oid savodxonligini yuksaltirish; ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalarda mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalariga o‘qishga va malaka oshirishga xotin-qizlarni jalb qilish; mavjud va kelajakda yaratiladigan maktab darsliklari, o‘quv-uslubiy materiallar va boshqa nashrlarning jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipiga muvofiq gender ekspertizadan o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; ijtimoiy himoyaga muhtoj, notinch oilalardan bo‘lgan xotin-qizlarni ta’lim olishiga ko‘maklashish va ularni kasbga yo‘naltirish; maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda erkaklar ulushi kam bo‘lgan boshqa sohalarga ayollar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish, zarur axborot va xizmatlarga erkin hamda teng ravishda ega bo‘lishini ta’minlash, oilani rejalashtirishda ularning shaxsiy hayotiga uchinchi shaxslarning aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikni qo‘llab-quvvatlash; hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xotin-qizlar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish; ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash; ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tafovutlarni tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlar va erkaklarning tibbiy madaniyatini oshirish, ularning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni oldini olish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishlarning oldini olishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlarning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tarmoq gender strategiyalari va harakatlar dasturlari ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlash; mamlakatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning kredit olishga, yer va mulkka egalik qilishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish; iqtisodiyot va pul-kredit siyosatining turli yo‘nalishlarida, shuningdek baliqchilik, o‘rmon, qishloq, fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlik lavozimlarida ishlaydigan xotin-qizlar sonini oshirish; xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qo‘llab-quvvatlash; qishloq joylarida xotin-qizlar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish, bir turdagi mehnat uchun xotin-qizlar va erkaklarning mehnatiga teng haq to‘lash, ishsiz xotin-qizlarni o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish; kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni, ayniqsa, chegara (yoki anklav), chekka va borish qiyin bo‘lgan olis (tog‘li, cho‘lli) hududlardagi xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish; o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat bozorida munosib ish o‘rinlarining hamda kafolatlangan mehnat sharoitlarining yaratilishini qo‘llab-quvvatlash; o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar va erkaklarni qo‘llab-quvvatlash, bunday shaxslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, aholining o‘zini o‘zi band qilishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish; xotin-qizlar uchun mehnat faoliyatini, jamiyat hayotidagi ishtirokini oilaviy majburiyatlar bilan birga olib borish, shu jumladan mehnat qilish imkoniyatini beradigan, bolalarni parvarishlash muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va kengaytirish orqali sharoitlar yaratish; odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida strategik maqsadlarga asoslangan milliy harakatlar dasturlarining ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlash; gender jihatlarni hisobga olgan holda mehnat migratsiyasi, odam savdosidan jabr ko‘rgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ko‘maklashish; mehnat migrantlarining o‘z huquqlari to‘g‘risidagi xabardorlik darajasini oshirish, chet elda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish xizmatlarini tashkil qilish; milliy va xorijiy mamlakatlarning maxsus vakolatli davlat organlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali chet eldagi mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga yashash va mehnat qilish uchun munosib sharoitlarni yaratish, shu jumladan ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; jinslar bo‘yicha mehnat migratsiyasi va odam savdosi bo‘yicha idoralararo statistikaning shakllantirilishini qo‘llab-quvvatlash; tashqi va ichki migratsiya, uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ta’sirini kompleks tahlil qilish, bu boradagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; gender jihatlarni hisobga olgan holda iqlim o‘zgarishi ta’sirining oldini olish bo‘yicha milliy strategiyalar va dasturlarning qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlash; qishloq xo‘jaligi sektorida band bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning malakasini oshirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, ekologik jihatdan xavfsiz zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish tizimini takomillashtirish hamda davlat hisobidan moliyalashtirish; tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish; xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda ular bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha idora va tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash; tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgan oilalar, ish joylari, jazoni ijro etish muassasalari va boshqa obyektlarning hisobini yuritish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoki uni sodir etgan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash, ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatish hamda xulq-atvorini o‘zgartirish tizimini va choralarini takomillashtirish; mamlakatlarda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash choralarini ko‘rib borish; jamiyatda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabab hamda shart-sharoitlarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, bu borada jamoatchilik nazoratini olib borish, shuningdek ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish, gender stereotiplarni bartaraf etish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining mas’ulligini oshirish, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish; erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq, oilaviy ajralishlarning yuzaga kelish sabablari hamda shart-sharoitlarini tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash; asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, ijobiy urf-odatlar va an’analar asosida oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash; oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklarning o‘rni haqida jamiyatda shakllangan salbiy qarashlarni o‘zgartirish, bu borada ommaviy axborot vositalari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash; ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning mas’uliyati hamda rolini oshirish; oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan xotin-qizlar va erkaklar uchun maslahatlar berish tizimini yanada takomillashtirish; oilalarni yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsizlik munosabatini shakllantiradigan, jinslardan birining ustunligi g‘oyasiga asoslangan noto‘g‘ri tasavvurlardan himoya qilish; xotin-qizlar va erkaklarning oilaviy munosabatlardagi huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risida axborot-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirish. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish sohasini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: ochiq va shaffof budjet siyosatini amalga oshirish orqali xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish, xotin-qizlar va erkaklarga manzilli davlat xizmatlari ko‘rsatish, ularning sifati va samaradorligini oshirish; xotin-qizlar va erkaklarga mo‘ljallangan resurslar hamda xizmatlarni taqsimlash bo‘yicha oldindan aniqlangan maqsadlarga ko‘ra davlat mablag‘laridan samaraliroq foydalanishni rag‘batlantirish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjet loyihalarini, ishlab chiqish jarayonida gender jihatlarni hisobga olgan holda ularni gender ekspertizasidan o‘tkazish, “Genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish”ni rejalashtirish hamda uni budjetlashtirish jarayonlariga bosqichma-bosqich joriy etish; Davlat budjeti va mahalliy budjetlardan gender tenglikka erishishni hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida mablag‘lar ajratilishini tahlil qilib borish; davlat dasturlari, tarmoq dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini moliyalashtirishda gender jihatlarni hisobga olish; ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda hududlar iqtisodiyotiga gender budjetlashtirishni joriy qilishga oid indikatorlarni, shuningdek davlat xizmatchilari uchun gender budjetlashtirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda gender budjetlashtirish masalalarini hisobga olish; budjet tizimini rejalashtirish ishlariga gender yondashuvlarni joriy etish maqsadida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda budjetlar, budjet jarayonlarining gender tahlilini o‘tkazish; vazirlik va idoralarning gender nuqtai nazaridan rejalashtirish hamda budjetlashtirish bo‘yicha salohiyatini oshirish, budjet masalalariga doir barcha normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar loyihalarini majburiy gender ekspertizasidan o‘tkazish amaliyotini joriy etish; oilaviy budjet mablag‘laridan foydalanishda xotin-qizlar hamda erkaklarning tengligi, jamiyat hayotining turli sohalaridagi xizmatlardan (ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniy hordiq va boshqalar) teng foydalanish yuzasidan aholining iqtisodiy bilimi, huquqiy ongi va savodxonligini oshirish. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: respublika va hududlar kesimida genderga oid vaziyatni tahlil qilish hamda uning monitoringini yuritish maqsadida xotin-qizlar va erkaklarning norasmiy mehnat bozori sektoridagi, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning davlat tomonidan kafolatlangan imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan statistik ma’lumotlarni tizimli yuritish; jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni, uni to‘plashni, saqlashni, tahlil va e’lon qilishga oid chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash; vazirlik va idoralar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarida jinslar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yuritilishini tashkil etish, mazkur ko‘rsatkichlarni muvofiqlashtirgan holda yuritilishini ta’minlash; xalqaro tajriba va standartlarga muvofiq milliy gender ko‘rsatkichlarni takomillashtirib borish; gender masalalariga oid xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni milliy gender statistikasi bilan doimiy ta’minlab borishni yo‘lga qo‘yish; siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, agrar va ekologiya sohalarida gender statistikasiga oid uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash; jamiyat hayotining turli sohalaridagi xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiruvchi statistik hisobotlarni tayyorlash, ijtimoiy so‘rovlar va tadqiqotlarni o‘tkazish hamda e’lon qilib borish. Gender strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyoti kengaytiriladi; siyosiy partiyalarni rag‘batlantirish orqali xotin-qizlar saylov jarayonlariga keng jalb qilinadi; aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlar, shuningdek ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratiladi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan, ayniqsa qishloq joylardagi oilalar ish bilan ta’minlanadi, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligi oshiriladi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ko‘lami kengayadi; xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimi takomillashtiriladi, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan shakllangan salbiy qarashlar darajasi kamaytiriladi; xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat faoliyatini, jamiyat hayotida ishtirok etishni oilaviy majburiyatlar bilan birga olib borish uchun zarur sharoitlar yaratiladi; mehnat migrantlari bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimi rivojlantiriladi, ularning huquqiy savodxonligi yuksaltiriladi; jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar va erkaklarning mas’uliyati hamda roli oshiriladi; oilaviy ajrimlarning oldini olish, bu kabi salbiy holatlarda xotin-qizlar, erkaklar hamda bolalarning huquqlarini ta’minlash mexanizmlari rivojlantiriladi; xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyati oshiriladi, zarur axborot va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi; hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xotin-qizlar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati yaxshilanadi, ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi; xotin-qizlarning ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalarda mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari tashkil etiladi; maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, tibbiyot hamda erkaklar ulushi kam bo‘lgan boshqa sohalarga erkaklar jalb qilinadi; ochiq va shaffof budjet siyosatini amalga oshirish orqali xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish, xotin-qizlar va erkaklarga manzilli davlat xizmatlari ko‘rsatish, ularning sifati va samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi; “Genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi; vazirlik va idoralarning gender nuqtai nazaridan rejalashtirish va budjetlashtirish bo‘yicha salohiyati oshiriladi, budjet masalalariga doir barcha normativ-huquqiy va boshqa tusdagi hujjatlar loyihalari majburiy tartibda gender ekspertizasidan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Gender strategiyasining amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, umumiy muvofiqlashtirish, sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal qilish mutasaddi davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Gender strategiyasini amalga oshirish monitoringi Gender strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli bajarish bo‘yicha vakolatli organlar faoliyatini baholash indikatorlari asosida amalga oshiriladi. Gender strategiyasini amalga oshirish monitoringi natijalari bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlislarida ko‘rib chiqiladi.
102
43,502
Qonunchilik
OPEK jamgʻarmasi Namangan viloyatida suv ta’minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi
Loyiha TIAning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan. Mintaqaning suv ta’minotini yaхshilash boʻyicha besh yillik (2020-2025 yillar) loyiha Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrini qamrab oladi. Umumiy qiymati - $68,05 mln. Undan $53,96 mln - OPEK хalqaro taraqqiyot jamgʻarmasining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga berilgan qarzi. Ekvivalentda $14,09 mln – Oʻzbekistonning soliq va bojхona imtiyozlari berish, shuningdek, investitsiya davrida moliyaviy chiqimlarni toʻlash tarzidagi hissasi. Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Kommunхizmat” agentligi loyiha amalga oshirilishi, хorijiy qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
86
980
Qonunchilik
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Kelishilgan:
143
12
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI IShTIROKChILARI TOMONIDAN AXBOROTLARNI OChISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-475-son qaroriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2002-yil 27-martda tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish to‘g‘risidagi nizomga (2002-yil 18-aprel, ro‘yxat raqami 1127) o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan so‘ng amalga kiritilsin.
139
988
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmonini bajarish, shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatini ilmiy-uslubiy ta’minlashning sifati va samaradorligini oshirish, huquqiy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Tadqiqot instituti deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, Tadqiqot instituti: yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish, qonuniylikni mustahkamlash, sud-huquq sohasini takomillashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida respublikaning yetakchi davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi; yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobraqamlarga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 25 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki: Tadqiqot institutiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi; Tadqiqot instituti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi; Tadqiqot instituti xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda darajali unvonlar beriladi, darajali unvonlar va uzoq yillik xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi; Tadqiqot instituti xodimlariga avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinadi. Davlat tashkilotlaridagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lashga doir rag‘batlantirish shartlari Institut xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. 5. Quyidagilar Tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Tadqiqot institutining joriy ta’minotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari; budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar; xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari; tadqiqotlar o‘tkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarish (xizmat ko‘rsatish)dan tushadigan mablag‘lar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda: Tadqiqot instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; Tadqiqot institutining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlanishini ta’minlasin; Tadqiqot institutini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadqiqot institutiga: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida uning ta’minoti uchun 2018-yilda zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini ajratsin va keyinchalik esa har yili mablag‘ ajratishni nazarda tutsin; ikkita yengil, shu jumladan bitta biriktirilgan xizmat avtotransporti vositasini saqlash uchun limit ajratsin. 8. Tadqiqot instituti: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistika axboroti; xorijiy matbuot sharhlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliy axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy tarzda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadqiqot institutining buyurtmanomasiga ko‘ra uni belgilangan tartibda zarur bo‘lgan aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin. 10. Tadqiqot institutiga Toshkent shahar, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy manzilida joylashgan bino operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-apreldagi 193-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
142
5,820
Qonunchilik
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “kapital zaxiralar — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zaxiralar. Ulardan bank faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalanilishi mumkin;”; to‘rtinchi xatboshi “foyda” degan so‘zdan keyin “yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 13-banddagi “10 va 11-bandlardagi” degan so‘zlar “11 va 12-bandlardagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 16-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq iqtisodiy sudlarning qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati bo‘yicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi.”. 4. 20-bandning oltinchi xatboshisidagi “15” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin. 5. 21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar banklariga qo‘yilgan barcha talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari;”. 6. 23-bandda: ikkinchi xatboshidagi “19 — 21-bandlarida” degan so‘zlar “20 — 22-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidan “yoki restrukturizatsiya qilingan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 7. 37-bandning jadvalidagi “asosiy kapitalning regulativ kapitaldagi ulushi” degan so‘zlar “asosiy kapitalga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
132
3,414
Qonunchilik
Toshkent viloyati Chirchiq shahar mehnatkashlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi, xalq xo‘jaligi tarmoqlaridagi fidokorona xizmati hamda jamoat hayotida faol ishtirok etayotgani uchun quyidagilarga Faxriy unvonlar berilsin: Akramov Bahodir Komilovich — “Elektrokimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi katalizator sexining boshlig‘i Volgin Viktor Alekseyevich — “O‘zbekkimyomash” hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Jambayev Botirali Jumabayevich — O‘zbekiston o‘tga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinatining apparatchisi Abduhamidov Farhod Abdusamatovich — “Chirchiqqurilish” hissadorlik jamiyati kengashi raisi Begmatov Nigmatjon Begmatovich — “Chirchiq qurilish ashyolari va metall qurilmalari” hissadorlik jamiyati boshqaruvining raisi Shuravin Yuriy Alekseyevich — “Chirchiqqurilish” hissadorlik jamiyati temir-beton yig‘uvchisi Murodova Klara Muhamedovna — Chirchiq shahridagi 12-o‘rta maktab o‘qituvchisi Qodirova Oktyabrxon — Chirchiq shahar sanoat korxonalari birlashgan shifoxonasi ko‘z kasalliklari bo‘limining mudiri Azizxo‘jayev Doniyor Toshxo‘jayevich — Chirchiq shahar hokimi Asanov Imran Yakubovich — “O‘zbekkimyomash” hissadorlik jamiyati temir yo‘l sexi boshlig‘i Ibragimova Mamlakat Mirpayziyevna — Chirchiq shahar tug‘uruqxonasining akusher-ginekologi Islomov Sobir — Chirchiq shahar kommunal-foydalanish boshqarmasining avtomobil haydovchisi Kadnikov Anatoliy Alekseyevich — “Transformator” zavodining yig‘uvchi-sozlovchisi Kulagin Lyudmila Dmitriyevna — “Kaprolaktam” qo‘shma korxonasining laboranti Kim Irina Nikolayevna — “G‘uncha” tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasining bichuvchisi Mayoqubov To‘lqin Karimovich — “Chirchiqqishxo‘jmash” ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining o‘rinbosari Rasulov To‘g‘on Kamolovich — “O‘zagroqurilishmexanizatsiya” tresti 424-son ko‘chma kolonnasining bosh muhandisi Tillayev A’zam Tillayevich — “Baxt” hissadorlik jamiyati raisining o‘rinbosari Tonkix Nadejda Ivanovna — pensioner Sharipov Naim Farmonovich — “Chirchiqqurilish” hissadorlik jamiyati ijrochi direktorining o‘rinbosari Shivarev Aleksandr Nikolayevich — O‘zbekiston o‘tga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinatining frezerchisi Egamberdiyev Dadaxon Jo‘rayevich — “Elektrokimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasining apparatchisi Yoqubov Fattoh Gofurovich — pensioner
88
2,334
Qonunchilik
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI HISOBGA OLIShNI TARTIBGA SOLISh VA ULAR MONITORINGINI OLIB BORISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik faoliyatini o‘rganib chiqish potensial chet el investorlarini axborot bilan ta’minlash, respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish hamda kompleks monitoring olib borish bo‘yicha Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmayotganligini ko‘rsatdi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini maqbullashtirish, ularning istiqbolli investitsiya loyihalariga oqimini ko‘paytirish va respublikaga xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlar faoliyatida bir-birini takrorlashni istisno etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik” aksiyadorlik jamiyati tugatilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik” aksiyadorlik jamiyatini tugatish bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin. Komissiya ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikni tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tuzilmasida shtatdagi xodimlarning umumiy soni doirasida shtatdagi xodimlari soni 5 nafar bo‘lgan, xalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va ular monitoringini olib borish boshqarmasi tashkil etilsin. Mazkur boshqarmaga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklansin: xorijiy imtiyozli kreditlar va grantlar asosida amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini tashkil etish va yuritish; xalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarning mablag‘larini jalb etish ishlarining muntazam ravishda monitoringini olib borish; sarmoyaning xalqaro bozorlarini o‘rganish hamda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta institutlari va donor mamlakatlarning mablag‘larini jalb etishni davom ettirish yuzasidan takliflar kiritish; xorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bo‘yicha markaziy apparat tuzilmasi va uning to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Investitsiya va tarkibiy siyosat bosh boshqarmasiga investitsiya dasturlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va ularning bajarilishi monitoringini olib borish vazifalari bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda, shuningdek xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), chet el moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga doir takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni o‘rganish, umumlashtirish va tayyorlash masalalari ham yuklangan. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda ishlab chiqish bosqichidagi ustuvor investitsiya loyihalarini xatlovdan o‘tkazsin hamda manfaatdor tuzilmalar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ularni tasdiqlash va amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlikni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida” 1999-yil 31-martdagi 148-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.M. G‘aniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
152
3,780
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘zbekiston Respu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 19-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
862
Qonunchilik
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarining izohi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yong‘ini yoki qulashi, transport vositasining yong‘ini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari hamda reyestrlardan ko‘chirmalar berishda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
178
1,678
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida 2008-yil 17-mart Abu-Dabi shahrida imzolangan iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlik haqidagi Bitim; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida 2008-yil 17-mart Abu-Dabi shahrida imzolangan investitsiya sohasi va fiskal ishlar haqidagi hadli Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
45
1,011
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/20-son qarori (ro‘yxat raqami 2025, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2017-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. 1. 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “baholash obyektiga” degan so‘zlar “baholash obyekti bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “narxlarning qimmatlashish indekslari — sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tegishli grafa bo‘yicha baholash obyektining har bir pozitsiyasiga ko‘ra (qurilish materiallari, mashinalar, asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalar va h.k.) narxlar indekslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichining sanoat faoliyati bo‘yicha (V, S, D, E) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning narxlari indekslari;”; sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. 4-bandda: oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlatga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar (intellektual mulk obyektlaridan tashqari).”; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va birgalikda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda mulkiy majmuadan iborat davlat aktivlari barcha aktivlar bozor qiymatining yig‘indisi sifatida baholanadi.”. 3. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bir paytning o‘zida bir korxonaning davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalari (ulushlari) va davlatga tegishli bo‘lmagan aksiyalari (ulushlari) ham baholanishi kerak bo‘lgan taqdirda, baholash 8-son MBMS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”. 4. 6-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xususiylashtirilayotgan davlat turarjoy fondi (bozor qiymati bo‘yicha xususiylashtiriladigan davlat turarjoy fondi obyektlari bundan mustasno); havo va suv transporti vositalari; alohida baholash obyektlari sifatida xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashga tatbiq etilmaydi.”. 5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Aksiyalar, ulushlar (paylar)ni baholashda baholovchi mulkdorning mazkur obyektlarga bo‘lgan huquqlarini buyurtmachi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga, ya’ni: korxona (emitent)ning ta’sis hujjatlariga hamda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachisining ma’lumotlariga muvofiqligini identifikatsiyadan o‘tkazishi kerak.”. 6. 22-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “sho‘ba kompaniyalar” degan so‘zlar “sho‘ba va tobe jamiyatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27. Yig‘ilgan axborot asosida baholovchi tomonidan baholash obyektiga mansub bo‘lgan bozor va tarmoq hamda moliyaviy hisobot tahlil qilinadi, shuningdek zarur holda unga tuzatish kiritiladi. Bunda, tuzatilgan hisobotdan faqat baholash haqidagi vazifada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalaniladi.”. 8. 36-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Diskontlash stavkasi pul oqimining qo‘llaniladigan modelidan kelib chiqib belgilaniladi.”; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 9. 41-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 10. 49-bandning birinchi xatboshisidagi “jamlangan” degan so‘z “umumiy” degan so‘z bilan almashtirilsin. 11. 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “52. Mulkni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) quyidagilarning tiklanish qiymati aniqlanadi: ko‘chmas mulkning (binolar va inshootlarning) tiklanish qiymati loyiha-smeta hujjatlari asosida yoki qurilish-montaj ishlarining qimmatlashishini inobatga oluvchi indekslarni, shuningdek narxlarning qimmatlashishi indekslarini qo‘llash orqali binolar va inshootlar tiklanish qiymatini aniqlashning yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari asosida; mashinalar, uskunalar va transport vositalarining (havo va suv transporti vositalari bundan mustasno) tiklanish qiymati almashtirish xarajatlari yoki aniq nusxasini yaratish xarajatlari negizida, yoxud ularning boshlang‘ich balans qiymatini ishlab chiqaruvchi zavodlarning narxlari, preyskurantlar, prays-varaqlar qiymatiga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yoki baholash sanasiga asosiy fondlarni Hukumat qarori bo‘yicha so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab narxlarning qimmatlashish indekslarini qo‘llash orqali; qolgan asosiy vositalarning tiklanish qiymati ularning boshlang‘ich balans qiymatini ishlab chiqaruvchi zavodlarning narxlari, preyskurantlar, prays-varaqlar qiymatiga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yoki baholash sanasiga asosiy fondlarni Hukumat qarori bo‘yicha so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab narxlarning qimmatlashish indekslarini qo‘llash orqali; qurilishi tugallanmagan obyektlarni baholash ko‘chmas mulk obyektlari sifatida xarajat yondashuvi usullari bilan konstruktiv elementlari bitkazilganligi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (mavjud bo‘lganda); o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni baholash xarajat yondashuvi usullari bilan mashinalar, uskunalar, transport vositalarini baholash tartibida amalga oshiriladi; b) eskirish hajmi aniqlanadi: ko‘chmas mulk, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar uchun — umumiy eskirish (jismoniy, funksional va tashqi); mashinalar, uskunalar va transport vositalari uchun — umumiy eskirish (jismoniy, funksional va tashqi); qolgan asosiy vositalar uchun — jismoniy eskirish yoki normativ (balans bo‘yicha qabul qilingan) eskirish; o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun — funksional va tashqi eskirish. Ko‘chmas mulk, mashina va uskunalar, shuningdek transport vositalari umumiy eskirishining hisoblangan miqdori o‘lchami balansda saqlovchining buxgalteriya hisobiga binoan inobatga olinadigan eskirishdan yuqori natijani bergan hollarda baholovchi 8-son MBMSni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan tartibda baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib umumiy eskirish qiymatini xisobga oladi. Baholovchi tomonidan qolgan asosiy vositalarning har bir pozitsiyasi bo‘yicha aniqlangan eskirish hajmi davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan Komissiya tomonidan belgilangan normativ eskirish miqdoridan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Yangi aniqlangan obyektlar va balans qiymatiga ega bo‘lmagan obyektlar baholanishi kerak bo‘lgan hollarda, eskirish miqdori baholovchi tomonidan ekspertiza asosida baholash sanasidagi haqiqiy holatidan kelib chiqib belgilanadi. v) 10 foizdan kamroq qoldiq qiymatga ega bo‘lgan asosiy vositalar bo‘yicha baholash vaqtida ularning tiklanish qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi; g) intellektual mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga (ro‘yxat raqami 2371, 2012-yil 18-iyun) muvofiq baholanadi; d) uzoq muddatli investitsiyalar qiymatini baholash belgilangan tartibda bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi; e) baholash chog‘ida tovar-moddiy zaxiralariga taalluqli inventarlar va xo‘jalik buyumlarining qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi; j) qolgan uzoq muddatli va joriy aktivlar qiymati, shuningdek korxonaning majburiyatlari korxonaning oxirgi (baholash sanasidagi) hisoboti korxonaning buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida balans qiymati bo‘yicha belgilanadi. Bunda muddati kechiktirilgan xarajatlar va daromadlar qiymati quyidagi tarzda belgilanadi: agar ular buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bersa, ularning qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi; agar ular buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati to‘lanadigan foyda va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari (muddati kechiktirilgan daromad uchun) yoki mazkur soliqlardan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan xarajatlar uchun) bo‘yicha hisoblanadi. To‘lanadigan soliqlar summasi yoki ularni tejash summasi ushbu soliqlarning amaldagi stavkasi summasini muddati kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi; z) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qiymatini baholash yer rentasi asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya balansi korxona tomonidan yiliga bir martalik davriylikda tuzilganda, agar baholash sanasi buxgalteriya balansini tuzish sanasidan uch oydan ortiq muddatga ortda qolgan bo‘lsa, hisob-kitoblar uchun asos sifatida oxirgi (baholash sanasidan oldingi) chorak yakuni bo‘yicha oraliq balans olinadi.”. 12. 54-bandda: birinchi xatboshidagi “korxonalarda ishtirok etish ulushi (aksiya paketlari, ulushlar, paylar)” degan so‘zlar “korxonada ishtirok etish ulushi (aksiya paketi, ulushi, payi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 13. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan to‘ldirilsin: “541. 8-son MBMS doirasida har bir yondashuv bo‘yicha usullar yaxlit korxonaning yoki 75 foizdan yuqori nazorat ulushi qiymatini baholash shartlarini nazarda tutadi. 75 foiz va undan kam bo‘lgan aksiyalar paketlari (ulushlar, paylar)ning qiymatini baholash tegishli chegirmalarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Chegirmalarni qo‘llash 8-son MBMSni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.”. 14. Ilovada: a) 1-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “umumiy eskirish — jismoniy, funksional va tashqi eskirish natijasida aktivni tiklanish qiymatining yoki almashtirish qiymatining kamayishi;”; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “pul oqimining prognozdan keyingi davri — prognoz davri tugaganidan keyin biznesning daromadlari barqarorlashadigan va qolgan davrda barqaror uzoq muddatli o‘sish sur’atlari yoki cheksiz bir maromdagi daromadlar kuzatiladigan davr. Uzoq muddatli o‘sish sur’atlari 2 foiz miqdorida qabul qilinadi;”; sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Baholash haqidagi vazifa quyidagi shaklda tuziladi: Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholash haqidagi vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.”; v) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “22. Prognoz yilining o‘rtasida pul oqimlarini olish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa (ishlab chiqarish mavsumiy bo‘lganda, daromad yil mobaynida bo‘lib-bo‘lib olinganda), pul oqimi prognoz davrining o‘rtasidan boshlab diskontlanadi. Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: Agar baholash sanasi moliyaviy yilning boshlanishi bilan mos kelmasa, u holda yillik pul oqimi quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi: bu yerda: SFn — yillik pul oqimi har bir hisob davri uchun, k — baholash sanasidan boshlab moliyaviy yil yakuniga qadar choraklar soni, Cfi — tegishli moliyaviy yilning pul oqimi. Mazkur formulani qo‘llashda oxirgi prognoz yili uchun pul oqimining prognoz ko‘rsatkichi pul oqimining uzoq muddatli o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda prognozdan keyingi davridagi kabi hisoblab chiqiladi.”; g) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “24. Xususiylashtirilayotgan korxona (aksiyalar paketlari, ulushlar, paylar)ni baholash vaqtida xususiy va investitsiya qilingan kapital uchun pul oqimlarining modellari qo‘llaniladi. Uzoq muddatli majburiyatlarning ulushi baholash sanasi holatiga barcha aktivlar balans qiymatining 30 foiz va undan ortig‘ini tashkil etgan taqdirda investitsiyalangan kapital uchun pul oqimi modeli qo‘llaniladi. d) 28-bandning ikkinchi xatboshisidagi “aksiyalar chiqarish va boshqalar” degan so‘zlar “qarzlar va h.k.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. 8-son MBMS doirasida baholash usullarini qo‘llash vaqtida diskontlash stavkasi pul oqimining modeliga qarab belgilanadi: xususiy kapital uchun pul oqimi va investitsiyalangan (qarzga olingan) kapital uchun pul oqimi. Xususiy kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda: DReq — Xususiy kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi; R — baholash sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi; K — baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi uchun ustamani inobatga oluvchi koeffitsiyent (tavakkalchilik koeffitsiyenti). Tavakkalchilik koeffitsiyenti korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati holati asosida balli tizim bo‘yicha aniqlanadi: Tavakkalchilik koeffitsiyenti quyidagi shkala bo‘yicha aniqlanadi: Investitsiyalangan kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi kapitalning o‘rtacha olingan qiymati usuli bilan xususiy kapital va qarzga olingan mablag‘larga nisbatan sermahsullikning o‘lchangan stavkalarini qo‘shish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Salmoq sifatida qarzga olingan va xususiy mablag‘larning kapital tuzilishidagi ulushlari qabul qilinadi. Hisoblashlar quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi: bu yerda: DRic — investitsiyalangan kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi; KD — qarz mablag‘lar bo‘yicha bankning foiz stavkasi; TC — korxona foydasiga soliq stavkasi; KP — imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi; KS — yuqorida ta’riflangan uslubiyatga muvofiq oddiy aksiyalar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi; WD — korxonaning kapitali tuzilishidagi qarzga olingan kapital ulushi; WP — korxonaning kapitali tuzilishidagi imtiyozli aksiyalarning ulushi; WS — korxonaning kapitali tuzilishidagi oddiy aksiyalarning ulushi. Kapitallashtirish stavkasi sifatida: korxonalar qiymatini baholashda, shu jumladan korxonalarning ustav fondidagi davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar, ulushlar, paylarni foizdagi nisbatini baholashda, pul oqimining uzoq muddatli o‘sish sur’atlarining 2 foiz miqdorini ayirgan holdagi diskontlash stavkasi; qo‘chmas mulk va/yoki yer uchastkalaridan foydalanish huquqlarini baholashda — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan miqdorda qabul qilinadi.”; j) 31-bandda: birinchi xatboshidagi “xususiy kapitalning” degan so‘zlar “korxonaning” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidan “(xususiy kapital)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “I — narxlarning qimmatlashish indekslari;”; z) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “34. Bo‘lg‘usi pul oqimlari va reversiya joriy qiymati aniqlanganidan so‘ng zarur holda yakunlovchi tuzatishlar kiritiladi. Qiymatni POD usuli bilan hisoblashda korxonaning ishlab chiqarishda va daromad olishda ishtirok etmaydigan (shu jumladan konservatsiya qilingan) aktivlari qiymatini hisobga olish lozim. Shuningdek, xususiy aylanma kapitalning haqiqatdagi miqdoriga tuzatish kiritish zarur: ortiqcha xususiy kapital boshlang‘ich qiymat miqdoriga qo‘shilishi, taqchillik esa — undan ayrilishi lozim. Hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: xususiy aylanma kapitalning balans qiymati baholash sanasi holatiga joriy aktivlar (390 balans qatori) va joriy majburiyatlar (600 balans qatori) o‘rtasidagi tafovut tarzida belgilanadi; xususiy aylanma kapitalning normativi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 108-sonli “Vazirliklar, idoralar va korxonalarning aylanma mablag‘lari normativlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlarini yig‘indisini chiqarish bilan aniqlanadigan xarajatlar ulushi sifatida aniqlanadi; baholash sanasidagi xususiy aylanma kapital balans qiymati va birinchi prognoz yilidagi xususiy aylanma kapital normativ miqdori o‘rtasidagi tafovut aniqlanadi. Salbiy tafovut bo‘lganda biznesning daromad yondashuvi bilan olingan qiymatidan tafovut ayiriladi. Ijobiy tafovut bo‘lganda ortig‘i natijaga qo‘shiladi. Agar korxonaning xususiy kapitalini hisoblash uchun investitsiyalangan kapitalning pul oqimidan foydalanilsa, uzoq muddatli qarzdorlik miqdori ayiriladi. Korxonani POD usuli bilan baholash natijasida likvidli korxonaning yoki korxonadagi likvidli nazorat (75 foizdan ortiq) ulushning qiymati olinadi. Agar 75 foizdan kam bo‘lgan ulush baholanayotgan bo‘lsa, nazorat huquqlarining yetishmagan qismiga chegirma qilinishi lozim. Tuzatishlar nazorat elementlarining yetishmasligidan kelib chiqqan xolda kiritiladi, hisoblar quyidagicha amalga oshiriladi: i) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “38. Kapitallashtiriladigan daromad sifatida tushum baholash sanasidan keyin keladigan to‘liq prognoz yili uchun xususiy kapitalga pul oqimi (ishlayotgan korxonalar, aksiyalarning paketlari, ulushlar uchun) qabul qilinadi. Pul oqimini kapitallashtirish korxona uzoq vaqt mobaynida taxminan bir xil miqdorda daromad olishi kutilayotgan vaziyatlarga mos keladi.”; k) 43-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “kapitallashtirish koeffitsiyenti mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning 30-bandiga muvofiq hisoblanadi;”; l) 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “53. Baholash obyekti va analoglarni taqqoslashning asosiy mezoni bo‘lib tarmoq mansubligi hisoblanadi. Bunda baholash obyekti va analoglar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro taqqoslanadigan bo‘lishi shart.”; m) 61-bandning birinchi xatboshisidan “likvidlilik va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; n) 64-bandning ikkinchi xatboshisidan “likvidlilik darajasi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; o) 84-band jadvalining izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “* Balans qiymati bo‘yicha hisoblashda ishtirok etadigan aktivlar va majburiyatlar, bundan 8-son MBMSning 52-bandi “j” kichik bandiga muvofiq inobatga olinishi shart bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlar va daromadlar mustasno. ** Nomoddiy aktivlar balans qiymati bo‘yicha baholashda ishtirok etadi, bundan intellektual mulk obyektlari mustasno. Korxona balansida aks ettirilgan, xususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korxona xususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati o‘rtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar baholashga kiritilmaydi.”; p) 85-band quyidagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Sof aktivlar usuli bilan korxonani baholash natijasida likvid korxona yoki korxonadagi nazoratli (75 foizdan ortiq) likvidli ulush qiymati olinadi. Agar 75 foizdan kam bo‘lgan ulush baholanayotgan bo‘lsa, u holda yetishmayotgan nazorat qilish huquqiga nisbatan chegirma qilish zarur bo‘ladi. Tuzatish quyidagi tarzda hisoblanadigan nazorat elementlari yo‘qligi chegirmasini qo‘llash yo‘li bilan kiritiladi: Bunda chegirma qo‘llangandan keyin baholanayotgan ulushning qiymati xususiy kapitalning tegishli ulushining balans qiymatidan kam bo‘lishi mumkin emas.”; r) 87-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “87. Ko‘chmas mulk qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati loyiha-smeta hujjatlariga binoan aniqlanadi. Loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lmasa, ko‘chmas mulk tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati amaldagi narxlardagi smeta qiymati asosida davlat qabuli hujjatlarida (davlat qabuli hujjatlari bo‘lmaganda ko‘chmas mulkning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi) belgilangan ko‘chmas mulk qiymatiga nisbatan tegishli narxlarning qimmatlashish indekslarini qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi: bu yerda: Sd.s.s. — ko‘chmas mulkning amaldagi narxlardagi tiklanish qiymati; Cs — ko‘chmas mulkning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qurilish smeta qiymati; Ismr — qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi; I1,I2,I3, … Iy — narxlarning qimmatlashish indekslari. Tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari asosida ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi. Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda: S v.s. — ko‘chmas mulk obyektining tiklanish qiymati; S — ko‘chmas mulk obyektining o‘lchov birligi (hajm, yuza, pogon metri va h.k.); Ss.e. — tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichi; K1, K2, K3, … Ku — tuzatish koeffitsiyentlari (kapitallik guruhi, hududning zilzilabardoshligi, hududiy koeffitsiyent va h.k.); Ismr — qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi; I1,I2,I3, … Iy — narxlarning qimmatlashish indekslari. Qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi 1991-yil narxlarida belgilangan qurilish smeta qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Joriy narxlar asosida aniqlangan ko‘chmas mulkning smeta qiymatiga nisbatan qurilish-montaj ishlarining qimmatlashish indeksi qo‘llanilmaydi. Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymatiga ko‘chmas mulk tiklanish qiymatining joriy narxlardagi 10 foizi miqdoridagi tadbirkorlik foydasi summasi qo‘shiladi. Yangi aniqlangan ko‘chmas mulk va qurilishi tugallanmagan obyektlarni baholash xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.”; s) 93-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha qurilish materiallari qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentni” degan so‘zlar “narxlarning qimmatlashish indeksini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; t) 94-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yer uchastkasidan foydalanish huquqlari qiymatini baholash, baholash sanasidagi yer solig‘iga teng bo‘lgan yer rentasi stavkasini kapitallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda kapitallashtirish stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng qilib belgilanadi.”; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; u) 95-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mashina va uskunalar import analoglar qiymatidan foydalanilgan holda baholangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan bojxona bojlari, soliq va boshqa to‘lovlar inobatga olinadi.”; f) 103-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Transport vositalarining import analoglari qiymatidan foydalanilgan holda baholangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan bojxona bojlari, soliq va boshqa to‘lovlar inobatga olinadi.”; x) 105-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “105. Tovar-moddiy zaxiralarga mansub bo‘lgan inventar va xo‘jalik buyumlarining qiymati balans qiymati bo‘yicha qabul qilinadi.”; ts) 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “106. Baholanayotgan korxonaga tegishli foydalanishda bo‘lgan, balansdan tashqari hisobda turgan xo‘jalik inventari balansdan tashqari hisobida ko‘rsatilgan qiymati bo‘yicha 50 foiz eskirishni ayirib tashlagan holda baholanadi.”; ch) 107-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; sh) quyidagi mazmundagi 1081-band bilan to‘ldirilsin: “1081. Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan fond birjasidan qimmatli qog‘ozlarning kotirovkasini so‘rab olish (yoxud ochiq foydalanishda bo‘lgan boshqa manbalardan foydalanish) yo‘li bilan belgilanadi va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadi. Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa, baholash mazkur uslubiy ko‘rsatmalarining 109–112-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.”; e) 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “109. Miqdori 75 foiz va undan kam bo‘lgan aksiyalar paketlari qiymatini baholash quyidagi uslublardan biri bilan amalga oshiriladi: egalariga dividendlar ko‘rinishida (naqd, naqdsiz shaklda yoki aksiyalar ko‘rinishida) daromad keltiradigan aksiyalar paketlarini baholash baholash sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha oxirgi uch yil uchun dividendlar ko‘rinishidagi o‘rtacha yillik daromadni kapitallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi; adekvat daromad keltirmaydigan aksiyalar paketlari qiymatini baholash quyidagi hisoblash formulasiga binoan xususiy kapital miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi: bu yerda: Sak — aksiyalar paketining hisoblangan qiymati; Bin — aksiyalar paketining balans qiymati; Ssk — balans bo‘yicha xususiy kapitalning miqdori (xususiy mablag‘lar manbalari); Suf — balans bo‘yicha ustav kapitali miqdori; Kkontr — nazorat koeffitsiyenti. Aksiyalarning qiymatini hisoblashda baholanayotgan aksiyalar paketining nazorat darajasini inobatga olish zarur. Nazorat elementlari yo‘qligi chegirmasi mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning 34-bandiga binoan hisoblanadi. Aksiyalar paketlarining yakuniy qiymati sifatida qiymatning eng ko‘p miqdorini beruvchi hisob-kitoblar qabul qilinadi. Bunda aksiyalar paketlari qiymatining bahosi balans qiymati ko‘rsatkichidan kam bo‘lishi mumkin emas.”; yu) 111-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “I — narxlarning qimmatlashish indeksi;”; ya) 113 va 114-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “113. O‘rnatiladigan uskunalar qiymatini baholash “Mashinalar va uskunalar” guruhi bo‘yicha asosiy vositalar qiymatini baholash uchun nazarda tutilgan tartibda, sozlash-ishga tushirish xarajatlarini hisobga olmasdan amalga oshiriladi. Agar uskuna sotib olingan sanasidan boshlab 5 yildan ortiq bo‘lgan muddatda o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning jismoniy va funksional eskirishini inobatga olish zarur: O‘rnatilmagan uskunaning qiymatini baholashda baholovchi tomonidan jismoniy, funksional va tashqi eskirish alomatlari aniqlangan taqdirda qiymatga nisbatan jismoniy, funksional va tashki eskirish qo‘llaniladi. Baholovchining mulohazalari baholash to‘g‘risidagi hisobotda (zarur bo‘lganda mutaxassislarning texnik xulosalarini ilova qilgan holda) asoslantirib berilishi kerak. 114. Qurilishi tugallanmagan obyektlar (kapital qo‘yilmalar) qiymatini baholash ko‘chmas mulkni baholash uchun nazarda tutilgan tartibda 8-son MBMS va mazkur uslubiy ko‘rsatmalar talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.”.
172
27,197
Qonunchilik
Elektron hisobvaraq-fakturalar Didoksga bepul joʻnatiladigan boʻldi
Didoks servisi koʻpchilik tadbirkorlar uchun bepul boʻldi va barcha qolganlar uchun eng foydali servisga aylandi.  Har qanday korхona oyiga mingta hisobvaraq-fakturani joʻnatish uchun servisdan bepul foydalanishi mumkin. Hisobvaraq-fakturalar 1000 tadan kam boʻlsa, biroq bunda sizga teхnik koʻmak va maslahatlar zarur boʻlsa, Didoks bitta joʻnatiladigan hujjatga  300 soʻm toʻlov evaziga yakka tartibda хizmat koʻrsatishni taklif etadi. Didoksga kiruvchi barcha hujjatlarni imzolash istalgan usulda foydalanilganda ham bepul boʻlib qolaveradi. Didoks bilan ishlashni boshlash uchun https://didox.uz/#/registration roʻyхatdan oʻtish sahifasida ERI bilan ommaviy ofertani imzolashning oʻzi yetarli boʻladi. Bunda siz uchun elektron hujjat aylanishi boʻyicha boshqa operatorlar хizmatlaridan foydalanish cheklanmaydi, biroq my.soliq.uz soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida ularning barchasini koʻrsatishni unutmaslik muhimdir. Didoksda elektron hisobvaraq-fakturalar 1S yoki billing tizimidan chiqmagan holda aylanishi mumkin – ma’lumotlarni chiqarib tashlash va yuklab olish shart emas. Endi “Qogʻozga chiqarish” tugmasi oʻrniga “1S” yoki billing tizimidagi hisobvaraq-fakturangizda yangi “Imzolash” tugmasidan foydalaning, shunda mazkur hujjat darhol kontragentingizga yetib boradi. Shu tariqa kiruvchi hujjatlar ham darhol hisob siyosatingizda boʻladi, qoʻlda birma-bir tekshirib chiqish shart emas. Didoks mobil ilovasidan foydalangan holda, siz istalgan joyda va vaqtda hujjatlarni tuzishingiz va imzolashingiz mumkin boʻladi. Hozircha undan faqat Android qurilmalar yordamida foydalanish mumkin.
67
1,602
Qonunchilik
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq: 1. Quyidagilar: a) Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; b) Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni: 54 nafar shtat birligidan iborat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; 13 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; 156 nafar shtat birligidan iborat viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3a-ilovaga muvofiq; 1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziriga: o‘zining o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash; Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish; davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin. 3. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 5. Vazirlik ikki oy muddatda: markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning barcha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda attestatsiya natijalariga ko‘ra ularni Vazirlikka yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir bo‘lgan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan tanlov asosida to‘ldirish choralarini ko‘rsin; tarkibiy va bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari tasdiqlanishini ta’minlasin. 6. Belgilansinki: a) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish; Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish; davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniy va keksalar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; mahalla, nuroniy va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish; mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda nuroniy va keksalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish; b) Vazirlik faoliyatini muvofiqlashtirish bevosita Bosh vazir kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. 7. 2022-yil 1-maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin: xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari miqdorida; xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida; xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida. Belgilansinki, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi. 8. Vazirlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlik bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Vazirlikning hududiy bo‘linmalarini zarur bino va inshootlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 9. Moliya vazirligi: 2022-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Vazirlikning xarajatlari uchun “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar Vazirlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish choralarini ko‘rsin; 2023-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni ko‘zda tutsin. 10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
90
5,971
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HAMDA OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizomlar tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 26-iyundagi 304, 305-son qarorlari (O‘z SSR QT 1969-y., 5-son, 47-modda va 48-modda) va 1972-yil 2-avgustdagi 366-son qarori (O‘zSSR QT, 1972-y., 7-son, 4-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Vazirlik maktabgacha tarbiya, umumiy, maktabdan tashqari, hunar-texnika, o‘rta, oliy pedagogik ta’lim, pedagog xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika fanini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Vazirlik idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish ustidan nazoratni va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shahar, tuman hokimliklari xalq ta’limi bo‘limlari tegishli hududiy darajalarda davlat ta’lim muassasalari tizimiga yagona rahbarlikni amalga oshiradilar. Mazkur boshqaruv organlari o‘quv-tarbiyaviy va vazirlikka qarashli boshqa muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi. Vazirlik va xalq ta’limi boshqaruvning mahalliy organlari ta’lim muassasalarida davlat tomonidan belgilangan talablar va normativlar bajarilishini ta’minlaydilar, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatadilar. 3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Vazirlikning bosh vazifalari quyidagilar hisoblanadi: umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko‘p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy imkoniyatini rivojlantirish, o‘zining jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan, har tomonlama yetuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; ta’lim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish, ta’lim tizimining xalq xo‘jaligining boshqa sohalari bilan o‘zaro munosabati tartibini takomillashtirish; ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini ta’minlash; kasb ta’limi olish va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun yoshlarning umumiy o‘rta va bazaviy ta’limi konsepsiyasini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish; bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ta’lim, ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini ko‘tarishni amalga oshirish sohasidagi kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarish; o‘quv-tarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini berish, davlat tasarrufida bo‘lgan va davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida ishchilar va mutaxassislar tayyorlash; ta’limning moddiy negizni i rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarini belgilash; ta’lim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarni belgilangan tartibda ifodalash; ta’lim muassasalarida, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ta’lim sifatini oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish. 5. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ta’lim tizimini va uning muayyan bo‘g‘inlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasini belgilaydi, ularni ro‘yobga chiqarishda davlat va jamoat tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ta’limni rivojlantirish, ilmiy xizmat ko‘rsatishga, shuningdek, “ta’lim”, “uy-joy qurilishi”, “fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish” tarmoqlari bo‘yicha davlat budjeti mablag‘lari hajmiga oid takliflarni ishlab chiqadi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Vazirlik tizimidagi ilmiy muassasalar va pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish mavzularini va ular uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari hajmini belgilaydi; shartnoma munosabatlari negizida ta’limni mablag‘ bilan ta’minlashning qo‘shimcha manbalarini shakllantiradi, vazirlikning va ta’lim boshqaruvi boshqa organlarining markazlashtirilgan jamg‘armalari ham shu jumlaga kiradi; O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini himoya qilish va rivojlantirishning huquqiy asosini yaratuvchi qonunchilik hujjatlari va Hukumat qarorlarining loyihalarini tayyorlaydi; vazirlikka qarashli bo‘lgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalar faoliyatining me’yoriy negizini ishlab chiqadi va takomillashtiradi; ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; ta’lim va tarbiya tizimining har bir bo‘g‘ini uchun, shu jumladan, davlat ixtiyorida bo‘lmagan ta’lim muassasalari uchun ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi; umumiy ta’lim, fundamental, ijtimoiy va umumiy kasbiy fanlarni o‘qitishning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi, o‘quv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash va chiqarish tartibini belgilaydi; ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‘quv-uslubiy markazlar va kabinetlar, pedagogika oliy o‘quv yurtlari pedagogik jamoalarining o‘quv-uslubiy materiallar va darsliklarning tezlik bilan ishlab chiqilishiga, barcha turdagi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishga yangi istiqbolli yondashishlarni ishlab chiqishga, ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolarini hal qilishga keng jalb etilishini ta’minlaydi; pedagog xodimlarga ta’lim berish, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning oqilona muddatlarini belgilangan tartibda belgilaydi. Manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan birgalikda xalq xo‘jaligi sohalarining malakali ishchilar va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi; ta’lim muassasalarida umumta’lim, fundamental, umumixtisos, ijtimoiy fanlarni o‘qitishning qo‘yilishiga, mehnat, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiya berilishiga, kasbga yo‘naltirishning tashkil etilishiga o‘quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; ta’lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar davlat dasturlarini tuzadi va O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasiga taqdim etadi, pedagogika oliy o‘quv yurtlarida, Vazirlik tizimidagi boshqa o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularni amalga oshirishga qo‘yiladigan asosiy talablarni aniqlaydi; Vazirlikka qarashli pedagogika oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida hamda hunar-texnika bilim yurtlarida ixtisosliklar va kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi yoki to‘xtatadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda o‘rta pedagogika va hunar-texnika o‘quv yurtlarini tashkil qiladi va tugatadi; respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomlarga binoan davlat ixtiyorida bo‘lmagan ta’lim muassasalari va pedagogika o‘quv yurtlariga litsenziya beradi, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazadi, davlat tasarrufida bo‘lganlarini esa attestatsiyadan o‘tkazadi; ta’lim o‘quv yurtlari faoliyatida davlat andozalarini belgilash yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi; o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini o‘quv jarayoniga joriy qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni ro‘yobga chiqaradi, bu ishlarga o‘quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda oliy va o‘rta pedagogika o‘quv yurtlariga qabul qilish qoidalarini, talabalar va o‘quvchilarning pedagogika amaliyoti, davlat imtihon komissiyalari haqidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; umumta’lim muassasalariga (umumta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari), ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, qabul qilish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Vazirlik nashrlari orqali ta’lim sohasi bo‘yicha ilmiy-texnik va pedagogik axborotlarni yoyadi; manfaatdor, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan birgalikda ilg‘or pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi va joriy qilinishini ta’minlaydi hamda ilmiy-uslubiy jurnallar, gazetalar, Vazirlik bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar to‘plamlarini nashr etadi; mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘laqonli jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun sharoit yaratish tadbirlarini amalga oshiradi hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan maktabdan tashqari va o‘quv-tarbiya muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlaydi va ularning tarmog‘ini rivojlantiradi, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiyoti va sog‘lom dam olishi, uning qiziqishlari va ehtiyojlari qondirilishini, qobiliyat va iste’dodlari har tomonlama rivojlanishini ta’minlovchi muassasalar kompleksini yaratadi; davlat ta’lim muassasalari va davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida yetim va ota-ona g‘amho‘rligisiz qolgan bolalarni to‘la davlat ta’minoti asosida boqish, o‘qitish, tarbiyalash va kasbga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi; mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda jismoniy va aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va ularni boqishni, kasbga tayyorlashni, ularning ijtimoiy-maishiy va moddiy ta’minotini, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va ularni sog‘lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar va maktab-internatlar tarmog‘ini rivojlantiradi; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda pedagogika oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markaziy instituti huzurida aspirantura va doktorantura ochishga ruxsat beradi va hamda u ish qoniqarsiz tashkil etilgan bo‘linmalarda aspirantlar va doktorantlar tayyorlashni to‘xtatadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlarning raislari va shaxsiy tarkibini, tegishli kengashlarga dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish huquqini beruvchi ixtisosliklar ro‘yxatini kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi; Vazirlik quyidagilarni ishlab chiqadi va taqdim etadi: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasiga — aspirantura va doktorantura orqali ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash rejasini; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasiga — pedagogika oliy o‘quv yurtlari va pedagogika bilim yurtlarida pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejalarini; pedagog xodimlarning malakasini oshirish fakultetlari tashkil etiladigan pedagogika oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini tasdiqlaydi; pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni belgilangan tartibga muvofiq respublika Hukumatiga taqdim etadi, lavozimlar nomenklaturasiga binoan respublika organlari, muassasalari va o‘quv yurtlari rahbarlarini tayinlaydi; o‘ziga qarashli oliy va o‘rta pedagogika o‘quv yurtlari ustavlarini ro‘yxatga oladi, Vazirlik tizimidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; ta’lim masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etadi, respublikada ta’limning ahvolini qiyosiy tahlil qiladi, uning rivojlanish tendensiyasini belgilaydi; o‘quv yurtlarining moddiy negizini mustahkamlash va texnika bilan qayta jihozlash, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi; ta’lim obyektlari qurish va ularni qayta qurishning kompleks dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi; o‘ziga qarashli o‘quv yurtlarida qurilish bo‘yicha asosiy buyurtmachi vazifasini bajaradi; o‘quv yurtlari qurilishi loyihalari va smetalari ekspertizasini amalga oshiradi; pudrat va xo‘jalik usulida bajariladigan asosli tuzatish ishlari hajmini rejalashtiradi; bevosita Vazirlikka bo‘ysunuvchi muassasalar, tashkilotlar, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bolalar va o‘quvchi yoshlar salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlarga rioya etilishi tadbirlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; respublikaning manfaatdor vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, konsernlari, uyushmalari bilan birgalikda o‘quvchilar, talabalar sport musobaqalarini, sayyohlar slyotlarini, texnik ijodiyot ko‘riklarini, maktab olimpiadalarini, pedagog xodimlar o‘rtasida sport musobaqalarini, yosh talantlarni aniqlash, o‘stirish va shaxsni kamol toptirishga yo‘naltirilgan o‘quv- tarbiya tusidagi boshqa tadbirlarni tashkil etadi hamda o‘tkazadi; ta’limning muhim masalalari bo‘yicha kengashlar, seminarlar va konferensiyalarni belgilangan tartibda chaqiradi; ta’lim xodimlari respublika syezdlarining o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etadi; mehnat va o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlari, o‘quvchi yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash va homiylik qilishda faol ishtirok etganliklari uchun Vazirlik tizimidagi pedagog xodimlarni, o‘quvchilar va talabalarni, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning xodimlarini belgilangan tartibda Hukumat mukofotlariga taqdim etadi hamda tarmoq mukofotlari bilan taqdirlaydi; fuqarolarning taklif, ariza, shikoyatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etadi; fuqarolarning xatlarida ma’lum qilingan ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi; 6. Vazirlikka oldida turgan vazifalarni hal etish, zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun quyidagi huquqlar beriladi: mulkchilik shakli va kimga bo‘ysunishidan qat’iy nazar, ta’lim organlari va muassasalari tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va respublika Hukumatining ta’lim masalalari bo‘yicha qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; ta’limning ayrim masalalarini hal etish, ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish, ularning o‘quv-moddiy negizini mustahkamlash, malakali pedagog xodimlar tayyorlash, davlat ta’lim muassasalari xodimlari, o‘quvchilar va talabalarning belgilangan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun respublika Hukumatiga kiritish; ta’lim tizimini va uning muayyan bo‘g‘inlarini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli muammolarini ishlab chiqish uchun muvaqqat ilmiy jamoalar tashkil etish; Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasidan, joylardagi ta’lim boshqaruv idoralaridan statistika, reja va hisobot ma’lumotlarini olish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi organlarining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga zid bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarining amal qilishini to‘xtatish zarur hollarda ularni bekor qilish haqida tegishli hokimlikka yoki Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish; o‘ziga qarashli muassasalarning qabul qilingan mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga xilof ravishda xodimlarni jazolash va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarini bekor qilish; hay’at majlislarida ta’lim boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari rahbarlarining Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish; xalq ta’limi va fan xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy Qo‘mitasi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda respublika Hukumatining qarorlari bilan nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalarning Vazirlik tizimida to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, bank va boshqa kredit muassasalarida valyuta schyotlariga ega bo‘lish; ta’lim masalalari bo‘yicha qonunlarning amalda qo‘llanilishini umumlashtirish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda respublika Hukumatiga kiritish, o‘z vakolati doirasida amaldagi qonunlarning qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar berish hamda ta’lim tizimida huquqiy ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; o‘z apparatining mansabdor shaxslarini, o‘zining va boshqa tizimlarning yordam berishga jalb qilinadigan xodimlarini Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha materiallar bilan tanishish uchun ta’lim boshqaruv organlariga, o‘quv ta’lim muassasalariga, tashkilotlar va korxonalarga yuborish; o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va uslubiy materiallar haqida xulosalar tayyorlash, ilg‘or tajriba va pedagogika fani yutuqlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun Vazirlikda Ilmiy-uslubiy kengash tuzish; Ilmiy-uslubiy kengashning tarkibi va u haqdagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq lavozimga tayinlanadigan Vazir boshchilik qiladi. 8. Vazir: Vazirlikka yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga, xalq ta’limi organlariga va Vazirlik tizimidagi ta’lim o‘quv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarga rahbarlik qilish uchun vazir o‘rinbosarlarining, Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi hamda Vazirlik tizimida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi. Uning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha buyruqlari va yo‘riqnomalari xalq ta’limining barcha boshqaruv organlari, respublikaning ta’lim muassasalari hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning bajarishi uchun majburiydir; zarur bo‘lgan holda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari bilan birgalikda qo‘shma buyruqlar chiqaradi. 9. Vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlandi. 10. Vazirlik o‘z ishini yakkaboshchilik va kollegiallik asosida tashkil qiladi. 11. Vazirlikda hay’at tashkil qilinadi, uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 12. Hay’atning tegishli hujjatlari qarorlar hamda Vazirning buyruqlari bilan hayotga joriy qilinadi Vazir bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda Vazir yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilgan holda o‘z qarorini hayotga joriy qiladi. Hay’at a’zolariga ham o‘z fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilish huquqi beriladi. 13. Vazirlik markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash fondi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tuzilmaga o‘zgartirish kiritish va Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlash huquqiga egadir. 14. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli bo‘linmalarida budjet va hisob-kitob schyotlariga ega bo‘ladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) respublikada oliy o‘rta maxsus ta’limga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 2. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshiradi, jahon andozalari darajasida mutaxassislar tayyorlash maqsadida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida davlat tomonidan belgilangan talablar hamda normativlarning bajarilishini ta’minlaydi. Idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiladi. Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadigan, bevosita o‘ziga bo‘ysunadigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarga rahbarlik qiladi. 3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Vazirlikning bosh vazifalari: respublikada oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida xalqaro talablarga mos keladigan, nazariy va kasbiy layoqatlilikni jahon madaniyati qadriyatlari va milliy an’analarga asoslangan yuksak axloqiy fazilatlar bilan chog‘ishtirgan, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot vazifalarini tashabbus hamda mas’uliyat bilan hal eta oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi; oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ilmiy-pedagog xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish shuningdek, respublika xalq xo‘jaligida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; jamiyatning umumiy hamda kasb madaniyati jahon darajasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida oliy va o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish; oliy maktabda ilmiy-tadqiqot ishlarini, respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida yoshlarning ilmiy-texnika ijodiyotini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish. Yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlash; iqtidorli yoshlarni izlab topish va tarbiyalash; vazirlik tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish; vazirlik tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari, o‘quvchilar, aspirantlari, ilmiy-pedagog xodimlarining, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishchi va xizmatchilarining uy-joy, madaniy-maishiy sharoitlarini va ularni ijtimoiy himoya qilish choralarini yaxshilash, ularga xavf-xatarsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash. 5. Vazirlik bosh vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: respublikada oliy va o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mutaxassislar tayyorlash hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tugatgan mutaxassislarni ishga joylashtirishning respublikada oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini oqilona joylashtirishning istiqboldagi va joriy rejalarini ishlab chiqadi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun barcha ixtisosliklar va fanlar bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, o‘quv yurtlarida ular bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yangi ixtisosliklar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; o‘ziga bo‘ysunuvchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining ustavlarini ro‘yxatga oladi va vazirlik tizimidagi korxona hamda muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; akkreditatsiya qilingan davlatga qarashli bo‘lmagan o‘quv yurtlarining hisobini olib boradi; Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizomga binoan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi. Attestatsiya asosida ta’lim muassasalariga muayyan maqom beradi (kollej, universitet va hokazo); davlat ta’lim andozalarining tarkibiy qismlari va mundarijasini belgilash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari pedagog xodimlarining ma’lumot tsenziga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi; mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq respublikada ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini joriy etadi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishga o‘quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va tarbiyaviy ishlar ko‘lamini muvofiqlashtiradi; oliy o‘quv yurtlariga talabalarni tanlab olish respublika markazi bilan birgalikda, respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda xolislik va ijtimoiy adolatni ta’minlovchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qabul qilish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, test sinovlari natijalariga ko‘ra abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi ishida qatnashadi; respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari hamda boshqa o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tarjima qilish va nashr etishni tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda davlat tilida hamda boshqa tillarda o‘qitish bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish hamda ko‘paytirishning yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqadi, ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi; o‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini (kompyuter, audiovizual texnikasi va boshqa vositalar) joriy etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi, bu ishga o‘quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta Maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari uchun radio, televideniyeda o‘quv mashg‘ulotlari eshittirishlarini tashkil qiladi; respublikaning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida harbiy va jismoniy tayyorgarlikning o‘quv-uslubiy rahbarligini belgilangan tartibda amalga oshiradi; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimi o‘quv yurtlarida sport-sog‘lomlashtirish lagyerlari, profilaktoriylar va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalarini tashkil qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; Vazirlik oliy o‘quv yurtlari huzuridagi doktorantura hamda aspirantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash rejasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasiga taqdim etadi; Vazirlikning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish rejalarini tuzadi va uni tashkil etadi; idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, oliy o‘quv yurtlari huzuridagi doktorantura hamda aspiranturani ochishni va tugatishni, ularning faoliyatiga ilmiy-uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi hamda OAK bilan birgalikda aspirantura va doktorantura haqida Nizom ishlab chiqadi; yetakchi oliy o‘quv yurtlari huzurida fan doktori hamda fan nomzodi ilmiy darajalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tuzish haqidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi OAKga taqdim etadi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi; Vazirlik tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtiradi va ularga rahbarlik qiladi, ilmiy ishlarni rejalashtirishni takomillashtirish hamda ularning samaradorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi; Vazirlik oliy o‘quv yurtlarida muhim ilmiy-tadqiqot ishlarining, davlat budjeti hisobidan fundamental ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlashni mablag‘ bilan ta’minlashning davlat yillik va istiqbol rejalari loyihalarini ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tarkibini amaliy fanlar sohasida ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishga jalb qilishni ta’minlaydi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda tadqiqotlar natijalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; davlat budjeti tematikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga ajratilgan mablag‘lar oliy o‘quv yurtlari tomonidan foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, Vazirlik oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazish va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash bo‘yicha yil choragi hamda yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi; respublikada oliy va o‘rta maxsus ta’lim muammolari, oliy o‘quv yurtlarida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-texnika axborotini tashkil qiladi; o‘quv, ilmiy va ilmiy-texnik adabiyotlarni belgilangan tartibda tayyorlashni va nashr etishni ta’minlaydi, patent-litsenziya ishiga rahbarlik qiladi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari pedagog xodimlarini ishga shartnoma usulida qabul qilishni qo‘llash va takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; O‘zbekiston Respublikasida oliy va o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirish muammolari bo‘yicha belgilangan tartibda kengashlar, ilmiy va ilmiy-uslubiy konferensiyalar o‘tkazadi va ko‘rgazmalar tashkil etadi; Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda muammoli laboratoriyalarni, manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan kelishgan holda — Vazirlik tizimidagi oliy o‘quv yurtlaridagi tarmoq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini ochadi va tugatadi; oliy o‘quv yurti rektori lavozimiga tayinlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga nomzodlarni taqdim etadi, Vazirlik oliy o‘quv yurtlarining prorektorlarini tayinlaydi hamda dekanlarning tayinlanishiga rozilik beradi. Vazirlik tizimidagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining direktorlarini, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini tayinlaydi; Vazirlik tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ilmiy-pedagog xodimlari hisobini olib boradi; zarur ma’lumotlarni umumlashtiradi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasiga yuboradi; obyektlar qurilishiga ajratilgan sarmoya mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi; o‘quv-laboratoriya bazasini mustahkamlash, yotoqxonalar, ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlar qurilishi kompleks dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; o‘quv yurtlari tomonidan o‘quv va ilmiy jihozlardan samarali foydalanilishini nazorat qiladi; Vazirlik tizimidagi o‘quv yurtlarining moddiy-texnika ta’minotini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini mablag‘ bilan ta’minlash davlat me’yorlarini belgilash, shuningdek, o‘quv jarayonini moddiy-texnika jihatdan ta’minlash va jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar hisobotini olib boradi hamda mablag‘larning kelib tushishini va xarajatlarni nazorat qiladi; Vazirlik tizimidagi davlat budjeti ta’minotida bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda muassasalarning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlaydi; o‘ziga bo‘ysunadigan tashkilotlar va xo‘jalik hisobidagi korxonalarning ishlab-chiqarish va moliyaviy faoliyatini boshqaradi; Vazirlikka bo‘ysunadigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik hamda moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; talabalar va o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari hamda jamoat ishlaridagi faolliklarini hisobga olgan holda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarida va boshqa banklarda markazlashtirilgan tartibda Vazirlikka ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun hisob-kitob, joriy schyotlar va boshqa schyotlar ochadi; Vazirlikning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida muassasa va tashkilotlarida reja-iqtisod masalalari hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; Vazirlik tizimidagi o‘quv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda o‘quv-yordamchi va boshqa toifadagi xodimlarning sonini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; tizim xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga, davlat mukofotlari va boshqa mukofotlarga taqdim etish materiallarini ko‘rib chiqadi va xulosa beradi. Vazirlik tizimi ilg‘or xodimlarini va boshqa vazirliklar hamda muassasalarning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xodimlarini Faxriy yorliqlar bilan shuningdek, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilarini eng yaxshi ilmiy va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun belgilangan tartibda mukofotlaydi; xorijiy mamlakatlarning ta’lim boshqaruv organlari, oliy o‘quv yurtlari va firmalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida ular bilan ta’lim va oliy o‘quv yurti fani sohasida hamkorlikni amalga oshiradi; chet ellik fuqarolarni o‘qitish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi, boshqa davlatlarning fuqarolarini respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv idoralarida o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga muvofiq hamda xayriya jamg‘armalari, homiylar va fuqarolar hisobiga o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirishga shartnomalar tuzadi; idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, respublika ta’lim muassasalariga xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashga umumiy tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; “O‘zbekiston Respublikasi davlat tili haqida”gi Qonunning bajarilishini nazorat qiladi. 6. Vazirlikka yuklatilgan vazifalarga ko‘ra quyidagi huquqlar beriladi: respublikada oliy va o‘rta maxsus ta’lim tuzilmasini va boshqaruvini takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish; davlatga qarashli bo‘lmagan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida hamda ularga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, ularning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish; o‘z tizimida qonunlarni qo‘llash tajribasini umumlashtirish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli organlarga taqdim etish. Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyatining turli sohalarida paydo bo‘ladigan munosabatlarni huquqiy tartibga keltirish bo‘yicha berilgan vakolat doirasida me’yoriy aktlar chiqarish; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda ularning filiallarini o‘quv yurtlarining idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ochish (qayta tuzish va tugatish) uchun xulosa berish; davlatga qarashli bo‘lmagan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga hamda ularga tenglashtirilganlarga Hukumat tasdiqlagan Nizomga muvofiq ta’lim faoliyati huquqi litsenziyalarini berish; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari tashkil qilinadigan oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini belgilash; vazirliklar, idoralardan va bevosita oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur materiallarni, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim bo‘yicha belgilangan statistik hisobotni olish. Vazirlik o‘quv yurtlarida hisob-kitob va hisobotning holatini nazorat qilishni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida valyuta hisoblariga ega bo‘lish; o‘ziga bo‘ysunuvchi o‘quv yurtlari va tashkilotlardan mutaxassislar tayyorlaganliklari uchun, tadbirkorlik faoliyatlari daromadlaridan, shuningdek, xayriya jamg‘armalari, homiylar va chet el investitsiyalaridan pul o‘tkazish tartibida tushayotgan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga markazlashtirilgan rivojlantirish, ijtimoiy himoya qilish va boshqa jamg‘armalarni tuzish; mutaxassislarni shartnoma asosida maqsadli tayyorlash uchun o‘ziga bo‘ysunuvchi oliy o‘quv yurtlarida maxsus kafedralar, fakultetlar, kurslar ochish; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bo‘lgan respublika vazirliklari va idoralari rahbar xodimlarining axborotlarini (ma’ruzalarini) hay’at majlisiga kiritish; Vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv ta’limini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish, Vatan va chet el fani, texnikasi hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyati ilg‘or tajribasining yangi yutuqlarini hisobga olgan holda, mutaxassislar tayyorlashning ilmiy mazmunini aniqlash uchun yetakchi olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-uslubiy kengash tuzish. Ilmiy-uslubiy kengash tarkibi va uning Nizomi Vazir tomonidan tasdiqlanadi; tasdiqlangan boshqaruv apparati tuzilmasiga Vazirlikning ish haqi fondi hamda apparat xodimlarining cheklangan soni doirasida boshqaruv texnologiyasi hamda texnikasini takomillashtirish zarurati bilan bo‘ladigan o‘zgartishlarni kiritish; o‘ziga bo‘ysunuvchi muassasalar tomonidan amaldagi qonunlarga zid ravishda chiqarilgan buyruqlarni bekor qilish. 7. Vazirlik o‘z ishini vazirlikning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, korxonalari va muassasalariga rahbarlik bo‘yicha barcha masalalari muhokama qilishda va hal etishda kollegiallik hamda yakkaboshchilikning uyg‘unligi asosida tashkil etadi. 8. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. 9. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi vazifalar taqsimoti vazir tomonidan amalga oshiriladi. 10. Vazirlikda vazir, lavozimiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlikning va tizimning boshqa xodimlaridan iborat tartibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolarining soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik hay’ati oliy va o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish, kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish masalalarini, muhim buyruq va yo‘riqnomalar loyihalarini, Vazirlik boshqarmalari va bo‘limlari, o‘quv yurtlari rahbarlarining hisobotlarini ko‘rib chiqadi. Qarorlar qabul qiladi. 11. Hay’at qarorlari, odatda, vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lgan taqdirda Vazir o‘z qarorini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi, bunda u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishmovchiliklar haqida axborot beradi, hay’at a’zolari esa, o‘z navbatida, fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin. 12. Vazir: O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi, Vazirlik tizimida bajarish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi. Uning o‘z vakolati doirasiga kiruvchi respublikada oliy va o‘rta maxsus ta’limga rahbarlik qilish masalalari bo‘yicha buyruqlari va yo‘riqnomalari respublikaning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, shuningdek, shu o‘quv yurtlari bo‘ysunadigan vazirliklar va idoralar uchun ham majburiydir. Vazirlikka yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan javob beradi, vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim sohalariga rahbarligi, shuningdek, o‘ziga bo‘ysunuvchi o‘quv yurtlari korxonalar va tashkilotlar ishi uchun mas’ulligi darajasini belgilaydi. Zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlari bilan birgalikda qo‘shma buyruqlar chiqaradi. 13. Vazirlik markaziy apparati xodimlari soni va mehnat haqi fondi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik boshqarmalari va bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi. 14. Vazirlik fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va arizalarining o‘z vaqtida e’tibor bilan ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, bu xatlarda ko‘tarilgan masalalarning to‘g‘ri hal etilishiga erishadi, shuningdek, fuqarolar xatida bayon etilgan Vazirlik tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida to‘liq yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
134
43,680
Qonunchilik
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2007” sport musobaqalarini tashkil etish to‘g‘risida
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi muhitini yanada mustahkamlash, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning irodasi, o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini, mardlik va vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, musobaqalar munosabati bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasining “Universiada-2007” sport musobaqalarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichini 2007-yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida “Yoshlik” talabalar shaharchasi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti sport majmualarida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “Universiada-2007” sport musobaqalarini Toshkent shahrida o‘tkazish dasturi (1-ilova*) va tashkiliy qo‘mita tarkibi (2-ilova*) tasdiqlansin. 3. Tashkiliy qo‘mita: 10 kun muddatda “Universiada-2007” sport musobaqalarini o‘tkazish uchun tegishli sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqib, uning moliyaviy manbalarini belgilashda mazkur musobaqalarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qoplanishini nazarda tutsin; “Universiada-2007” sport musobaqalari xarajatlarining bir qismi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin; korxona va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning “Universiada-2007” sport musobaqalarini o‘tkazishga homiylik qilish haqidagi takliflari ma’qullansin; “Universiada-2007” sport musobaqalari uchun qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan sport inshootlaridagi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida pudratchi tashkilotlarning aniq ish hajmlari va ularni bajarish muddatlarini belgilasin; barcha tadbirlar, jumladan, musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida tayyorlanishi va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishi hamda tadbirlar o‘tadigan joylarni obodonlashtirish ishlarini joriy yilning 15-iyuniga qadar tugatishni ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Universiada-2007” sport musobaqalarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari yuksak saviyada o‘tishini tashkil etsin. 5. Toshkent shahar hokimligiga: sportchi talabalarni musobaqalar o‘tkaziladigan maskanlar va yashash joylariga olib boradigan yo‘nalishlarni belgilab, shu yo‘nalishlar bo‘yicha ta’mirlash-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish; “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan birgalikda sportchi talabalarni belgilangan manzillarga yetkazish uchun texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalarini jalb etish; shahar ko‘chalarini “Universiada-2007” sport musobaqalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan bezatish; Toshkent temir yo‘l vokzalida sportchi talabalarni tantanali kutib olish va kuzatishni tashkil etish vazifalari topshirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat ko‘rsatish, dam olish va ovqatlanish joylarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini alohida nazoratga olsin. 7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasiga muvofiq, musobaqalar ishtirokchilari yo‘l xarajatlari uchun imtiyozli to‘lov tariflarini qo‘llashni nazarda tutsin. 8. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar, Toshkent viloyati hokimliklari, Sog‘liqni saqlash hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida universiada mash’alasini yoqish va uni Toshkent shahriga yetkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgaliqda, “Universiada-2007” musobaqalari davomida tadbirlar o‘tadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2007” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
117
4,887
Qonunchilik
Malaka toifasi qanday beriladi
Xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki mehnatga haq toʻlash miqdori koʻpincha хodimning malakasi, u lavozimga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻladi. Xizmatchilar lavozimlari boʻyicha malaka toifalari qanday berilishi va buni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish haqida mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA gapirib berdi: - Mehnat kodeksida “malaka toifasi” tushunchasi mavjud emas va aksariyat hollarda ish beruvchi uni belgilashga majbur emas. Biroq agar, masalan, tashkilotda mehnatga haq toʻlashni хodimlarning malakasiga bogʻliq holda tabaqalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, har biri uchun ma’lumot, malaka darajasi va ish tajribasiga turli talablar qoʻyib, lavozimlarni toifalarga ajratish mumkin. Malaka toifalari (malaka razryadi bilan chalkashtirmaslik kerak) – bu muayyan mezonlarga toʻgʻri keladigan хodimning malaka, mehnat unumdorligi va professionalizmi darajasi. Razryad, oʻz navbatida, ishning murakkabligini belgilaydi va uning bajarilishi uchun хodimning malakasini talab etadi. Ya’ni razryad berilishi bilan хodimning, ishlab chiqarish lavozimlari va kasblari (“katta”, “yetakchi” va h.k.) bilan boʻlgan holdagi kabi majburiyatlari doirasi kengayishi mumkin. Toifa esa – хodimning professionalizmini bu oʻziga хos tan olishdir. Shu bois malaka toifasini berish odatda хodimga qoʻshimcha vazifalar berilishiga olib kelmaydi. Xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari boʻyicha quyidagi malaka toifalari belgilanishi mumkin: oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi. Masalan, muhandislik lavozimi 1-toifali muhandis, 2-toifali muhandis, 3-toifali muhandis;  yuriskonsult lavozimi – 1-toifali yuriskonsult, 2-toifali yuriskonsult, yuriskonsult lavozimlariga ajratilishi mumkin va h.k. Malaka toifasi lavozimning bir qismi hisoblanadi. Uning berilishi lavozimni oʻzgartirish va uning yangi nomining hosil boʻlishiga sabab boʻlmaydi va oʻzicha, хodimning mehnat shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritishni talab etmaydi. Biroq agar toifa berilishi natijasida mehnat shartnomasida yozilgan хodim mehnatining  ayrim shartlari oʻzgargan boʻlsa (masalan, ish haqining aniq miqdori, ta’tilning muddati va h.k.), mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvni rasmiylashtirish zarur. Toifalar, qoidaga koʻra, oʻtkaziladigan attestatsiya natijalari boʻyicha belgilanadi. Uni oʻtkazishning yagona tartibi qonunchilikda mavjud emas. Ayrim tarmoqlar uchun va ayrim toifadagi хodimlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan attestatsiyadan oʻtkazishning oʻz taomili nazarda tutilgan. Masalan – vrachlar va farmatsevtlar, davlat tashkilotlarining yuridik хizmatlar хodimlari, veterinarlar uchun va h.k. Ular uchun ushbu taomil qonunchilik bilan mustahkamlanmagan lavozimlar, mutaхassisliklar va kasblar boʻyicha qanday attestatsiya oʻtkaziladi va toifa beriladi? Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
30
2,923
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorining “g” bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni hamda viloyatlar, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari, shahar (tuman) arxitektura va shaharsozlik bo‘limlarining namunaviy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilsin: a) 3-bandda: o‘n birinchi xatboshiga “arxitektura va qurilishga” so‘zlaridan keyin “qurilish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirishga” so‘zlari qo‘shilsin; o‘n uchinchi xatboshiga “kataloglari va ro‘yxatini” so‘zlaridan keyin “qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga normativ hujjatlarni” so‘zlari qo‘shilsin; o‘n oltinchi xatboshiga “davlat nazoratini amalga oshirish” so‘zlaridan keyin “qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda metrologik nazoratni amalga oshirish, qurilish sohasida idoraviy metrologik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari qo‘shilsin; o‘n sakkizinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi kiritilsin: “import va eksport qilinayotgan qurilish mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va uning respublika normativ hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish (majburiy ravishda sertifikatlashtirish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan import qilinayotgan mahsulot, muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda, ekspertizadan ozod qilinadi); o‘n to‘qqizinchi xatboshi yigirmanchi deb hisoblansin va u “standartlashtirish bo‘yicha yillik rejalarni ishlab chiqish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; yigirma beshinchi xatboshi “qurilishda standartlashtirish, texnikaviy normalash va sertifikatlashtirish Davlatlararo ilmiy-texnika komissiyasi ishlarida qatnashish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 4-bandda: oltinchi xatboshi “seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari” so‘zlaridan keyin “industriya buyumlari, konstruksiyalari, materiallari kataloglari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; yettinchi xatboshi “qurilishning iqtisodiy mexanizmi” so‘zlaridan keyin “respublika qurilish majmui bo‘yicha standartlashtirish va sertifikatlashtirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; sakkizinchi xatboshidagi “shaharsozlik” so‘zidan keyin “qurilishda standartlashtirish” so‘zlari qo‘shilsin; to‘qqizinchi xatboshi “majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi kerak bo‘lgan qurilish mahsuloti nomenklaturasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; o‘n sakkizinchi xatboshi “binokorlik materiallari sanoati” so‘zlaridan keyin “qurilish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 5-bandning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Qo‘mita huzurida qurilish majmuida standartlashtirish, yangi texnologiyalar va arxitektura-loyiha yechimlarini eksperimental tekshirishdan o‘tkazish hamda joriy qilish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar tashkil etish”.
133
3,191
Qonunchilik
QAND-ShAKARGA ULGURJI NARXLAR BELGILASh TO‘G‘RISIDA
Respublikaga qand-shakar turli darajadagi shartnomaviy narxlarda keltirilayotganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Sanoatda qayta ishlash uchun foydalaniladigan qand-shakarning cheklangan ulgurji narxlari 1992-yil 20-avgustdan boshlab 1 kilogrammi uchun 80 so‘m miqdorida belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sanoatda qayta ishlash uchun yetkazib beriladigan qand-shakarning ulgurji narxlarini, uni sotib olishning amalda vujudga kelayotgan narxlarini hisobga olgan holda, har oyda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: narxlar qayta ko‘rib chiqilayotganda paydo bo‘ladigan farqlarning o‘rnini to‘ldirish yuzasidan savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibini o‘rnatsin; ulgurji narxlar preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazsin.
51
891
Qonunchilik
Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilinsin.
63
112
Qonunchilik
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida 2022 — 2025-yillarda kalsiylangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ichki va tashqi bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan kalsiylangan soda mahsulotini ishlab chiqarishni kengaytirish, kimyo sanoatining eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilganligi; tanlov yakunlari yuzasidan qo‘shma korxona va “SALYUS” MChJ (Rossiya) o‘rtasida loyihalash, qurish, jihozlarni yetkazib berish va ishga tushirish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolanganligi; loyihani ishga tushirish natijasida 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi va korxona ishchi-xodimlari uchun Qo‘ng‘irot tumani “Elabat” posyolkasida “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish belgilanganligi; “Yangi O‘zbekiston” massivida 2022-2023-yillarda 20 ta ko‘p qavatli uylar qurish, tashqi yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalari uchun qo‘shma korxona tomonidan buyurtmachi sifatida 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha olingan sof foydadan 40,0 mlrd so‘m va qolgan qismi boshqa kimyo sanoati tarmoq korxonalarining 2021-yil yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiq olingan sof foydasining bir qismini ajratish hisobiga amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJning investitsiya loyihasini amalga oshirishda loyiha qiymatining 10 foiz kafolat mablag‘ini maxsus hisob varaqga qo‘ymasdan 1-ilovaga muvofiq bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 76,5 gektar yer maydonlarini qo‘shma korxonaga ijara huquqi asosida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. “O‘zkimyosanoat” AJ, Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “O‘zsuvta’minot” AJ tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qo‘shma korxonani 2-ilovaga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda qo‘shma korxonani zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qarorida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O‘zkimyosanoat” AJ har chorak yakuni bo‘yicha mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
218
3,723
Qonunchilik
2002 YILDA DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XARIDI TO‘G‘RISIDA
Oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining tasdiqlangan balanslariga muvofiq va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida xarid qilish hamda 2002-yilda ularga davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2002-yilda ijtimoiy soha muassasalarini ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari resurslari hajmlari to‘g‘risidagi takliflariga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiluvchi vazirliklar, idoralar 1 va 2-ilovalarda* ko‘rsatilgan tovar ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar belgilangan tartibda tuzilishini hamda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat xaridi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va ijtimoiy soha muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘liq hajmda o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi: uch kun muddatda 2002-yil uchun oziq-ovqat resurslarining hisoblab chiqilgan hajmlarini maxsus iste’molchilar va ularga tenglashtirilgan kontingent, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari uchun oziq-ovqatlar xarid qiluvchi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga yetkazsin; ijtimoiy soha muassasalari, maxsus iste’molchilar va ularga tenglashtirilgan kontingentlarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi ustidan har chorakda monitoring o‘tkazsin hamda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin. 5 Belgilansinki, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari tegishli kontingentning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi va ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar. 6 Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy soha muassasalari, maxsus iste’molchilarni va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibining 1.2-bandi oltinchi xatboshidagi “quruq sut, bolalar ovqati” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
85
2,600
Qonunchilik
Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasi va Fuqarolik kodeksining 1030-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi deb yuritiladi) tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirmalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirmalar: sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida; Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qaroriga binoan — pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin. 2. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas. 3. Mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar bo‘yicha chegirmalar pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) to‘lanishi lozim bo‘lgan pulning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi. Pensioner yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini ko‘proq miqdorda, shu jumladan to‘liq miqdorda yo‘naltirish huquqiga ega. Pensioner yoki nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz ko‘rinishidagi miqdor yoki qat’iy summa ko‘rsatiladi. Pensioner yoki nafaqa oluvchi yangi yozma ariza taqdim etish orqali qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilayotgan summalar miqdorini o‘zgartirishi mumkin. 4. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensiya va nafaqa to‘lash uchun qaydnomalarni shakllantirishda o‘tgan oyning 25-sanasiga qadar kelib tushgan (qabul qilingan) ijro hujjatlari yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan qabul qilingan qaror bo‘yicha amalga oshiriladi. 5. Bir nafar pensioner yoki nafaqa oluvchiga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiya va nafaqalardan chegirmalar O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 80-moddasiga muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi. Bunda mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha pensiya va nafaqalardan chegirmalar Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan talablar hisoblanib, birinchi navbatda qanoatlantiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 79-moddasi ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar o‘zidan oldingi navbatdagi talablar to‘liq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi. Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi. 1-misol. Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensionerning kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini qoplashga doir ijro hujjati kelib tushdi. Shu bilan birga Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan uning qaroriga muvofiq pensiyadan pensioner tomonidan qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish oqibatida ortiqcha to‘langan summalar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun pensiya summasining 30 foiz miqdorida chegirma amalga oshirilib kelinmoqda. Bu holatda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qarori asosida Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan talablar birinchi navbat talabi, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik esa beshinchi navbat talabi ekanligini hisobga olgan holda, tegishlicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qarori asosida chegirmalar pensiya summasining 30 foiz miqdorida, ijro hujjati bo‘yicha esa 20 foiz miqdorida amalga oshiriladi. 2-misol. Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga birinchi navbat talabi hisoblangan ikki farzand uchun alimentlar undirish bo‘yicha pensiyadan chegirma qilish yuzasidan ijro hujjati kelib tushdi. Mazkur holatda pensiyadan chegirma quyidagi tartibda taqsimlanadi: ijro hujjati bo‘yicha chegirma pensiya summasining 33 foiz miqdorida, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qarori asosida esa 17 foiz miqdorida. 6. Mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish to‘g‘risida hujjatlar vakolatli organlar tomonidan bevosita pensioner yoki nafaqa oluvchi hisobda turgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga chegirma qilish va chegirib qolingan summalarni qarzdor hisobidan undiruvchiga ko‘chirib berish qarori ilova qilingan xat bilan yuboriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham yuborilishi mumkin. 7. Pensiya va nafaqalardan chegirma qilish to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelib tushgan hujjatlar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to‘lovlarni tashkil qilish sho‘basi (bundan buyon matnda sho‘ba deb yuritiladi) mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijroga qabul qilinadi. 8. Mas’ul xodim bir ish kuni davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan pensioner yoki nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek ijro hujjati va talabnomadagi yashash manzili va summani o‘zaro solishtiradi. Ijro hujjatini ijro uchun qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan holatda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i ijro hujjatini rasmiylashtirgan vakolatli organga sababini (ijro hujjatini rasmiylashtirganda xatolikni aniqlaganda, chegirmalarni ko‘chirib o‘tkazish uchun undiruvchi haqida to‘liqsiz ma’lumot mavjud bo‘lganda, ijro qilish joyi bo‘yicha ijro hujjati taqdim etilmaganda) ko‘rsatgan holda hujjatlarni uch ish kuni davomida qaytaradi. 9. Chegirmalarni ko‘chirib berish ijro hujjatiga talabnomada ko‘rsatilgan manzil asosida amalga oshiriladi. Chegirib qolingan summalar undiruvchiga ko‘chirib berish xarajatlarini hisobga olgan holda qarzdor hisobidan amalga oshiriladi. Pul o‘tkazmalarini ko‘chirib o‘tish uchun haq pensiya, nafaqa, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni to‘lash xizmatlari uchun Pensiya jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tarif bo‘yicha undiriladi. 10. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida ortiqcha to‘langan summalar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) qarori asosida amalga oshiriladi. Komissiya qarori loyihasi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi, unda summalarni to‘lovchi (pensioner yoki nafaqa oluvchi), ortiqcha to‘lashning sababi va davri, chegirmaning har oylik summasi yoki foizi ko‘rsatiladi. 11. Suiiste’mollik deganda pensioner yoki nafaqa oluvchining pensiya va nafaqalar summalarini ortiqcha olishga qaratilgan harakatlari tushuniladi. Hisoblashdagi xato deb pensiya va nafaqalarni hisoblashdagi arifmetik harakatlar (qo‘shish, ayrish, bo‘lish, ko‘paytirish) bilan bog‘liq xato, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritishdagi mexanik xato, shuningdek, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimidagi buzilish oqibatidagi xato tushuniladi. Texnik xato deb Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq xato e’tirof etiladi. Bunday xato deb, shuningdek pensiya ta’minotiga oid imtiyozlarni qo‘llashda noto‘g‘ri sharhlash (uslubiy kitob, qo‘llanma va ko‘rsatma xatlar foydalangan holda), pensiya hisoblash uchun qo‘llaniladigan ish haqini qayta hisoblashda koeffitsiyentlarni noto‘g‘ri tanlash, pensiya va nafaqalarni hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish, pensiya va nafaqalarni ikki marotaba o‘tkazib yuborish, bir davr uchun bir nechta asoslarga ko‘ra to‘lashni amalga oshirish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hisob-kitob qoidalariga rioya etmaslik ham tushuniladi. 12. Komissiya qarori asosida chegirmalar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi: hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida — 10 foiz; qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida — 30 foiz; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki barobaridan kam miqdorda pensiya yoki nafaqa oluvchi shaxslar bo‘yicha — 5 foiz (mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan holatlardan tashqari). Chegirma miqdori sud qarori bilan belgilangan holatlarda, chegirma sud qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 13. Pensioner yoki nafaqa oluvchi Pensiya jamg‘armasi bo‘limining ortiqcha to‘langan pensiya yoki nafaqa summasini ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, sudga murojaat qilishi mumkin. Tayinlanganiga va qayta hisoblanganiga (pensioner yoki nafaqa oluvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarga asosan) uch yil va undan ortiq vaqt o‘tgan pensiya va nafaqa ishlariga Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ortiqcha to‘langan pensiya yoki nafaqa summasini ushlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudga murojaat qilinganda, chegirma qilish to‘g‘risidagi komissiya qarori to‘xtatib turiladi. 14. Pensiya (nafaqa)dan ortiqcha to‘langan summalar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensioner (nafaqa oluvchi) vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya va nafaqalar summalari, shuningdek ijtimoiy (pensiya) ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilmagan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun jo‘nab ketishgacha olti oy avval beriladigan pensiya summalaridan ham amalga oshiriladi. 15. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda pensiya va nafaqalar to‘lash to‘xtatilganda qolgan qarz sud tartibida undiriladi. 16. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha amalga oshirilayotgan pensiya va nafaqalardan chegirmalarni pensiya va nafaqalardan chegirma qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organning ko‘rsatmasi bo‘lmasa kamaytirish yoki ko‘paytirish, shuningdek to‘xtatib turish huquqiga ega emas. 17. Barcha chegirmalarni hisoblab chiqarishda qayta hisoblashlarda aniqlangan pensiya va nafaqalar qo‘shimchalari summalari ham kiritilishi lozim. Agar, pensiya yoki nafaqa miqdori kamaytirilsa, to‘langan summalar joriy oyda chegirma qilinishida hisobga olinishi mumkin emas. 3-misol. Joriy oyda pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya va nafaqa summasi 500 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu pensiya yig‘majildi bo‘yicha 25 foiz miqdorida aliment chegirib qolinmoqda. Pensiya miqdorini qayta hisoblash natijasida o‘tgan oylar uchun 1 200 000 so‘m miqdorida to‘lanmay qolgan pensiya aniqlandi. Ushbu holatda alimentlarni olinmay qolgan summalarni hisobga olgan holda ya’ni 1 700 000 (500 000 + 1 200 000) so‘mdan aniqlash lozim bo‘ladi. Shunday qilib, chegirib qolinadigan alimentlar summasi 425 000 so‘mni, pensionerga to‘langan summa esa 1 275 000 so‘mni tashkil etadi. 4-misol. Joriy oyda pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya va nafaqa summasi 500 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu pensiya yig‘majildi bo‘yicha 25 foizi miqdorida aliment chegirib qelinmoqda. Pensiya (nafaqa)ni qayta hisoblash asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi komissiyasi qaroriga asosan 100 000 so‘m miqdorida ortiqcha to‘langan summa aniqlandi. Ushbu holatda chegirma qilingan aliment summasi 500 000 so‘mdan 25 foizni ya’ni 125 000 so‘mni tashkil etadi. Qolgan 375 000 (500 000 — 125 000) so‘mdan ortiqcha to‘langan summa 100 000 so‘m chegirib qolinadi. Shunday qilib pensionerga 275 000 so‘m to‘lanadi. 18. Ijro hujjatlari qat’iy hisobda turuvchi hujjatlar hisoblanadi va Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar to‘g‘risida ijro hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga olinadi. 19. Pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot olinganda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi pensiya yig‘majildini unda ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasini ko‘rsatgan holda pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi. Ijro hujjati nusxasi pensionerning yoki nafaqa oluvchining avvalgi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qoladi, asl nusxasi esa pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyini ko‘rsatgan holda ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi. 20. Agar pensioner yoki nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisiga doimiy yashash uchun ketganda ijro hujjati hujjatni qaytarish sababini ko‘rsatgan holda ilova qilingan xat bilan sudning topshirig‘iga asosan ijro hujjati hisobga olingan joy bo‘yicha uni yuborgan tegishli organga, u mavjud bo‘lmaganda esa ijro hujjatini yozib bergan sudga yuboriladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi tomonidan pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish masalalari bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan manzillarga yuboriladigan xatlar nusxalari sud organlari bilan yozishmalar yig‘majildiga tikib boriladi. Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi yetkazilgan zarar to‘liq qoplangandan so‘ng beriladi. 21. Ijro hujjati bo‘yicha undirilishni tamomlanishi (ko‘rsatilgan summaning to‘liq undirilishi, ijro hujjatini yuborgan organ tomonidan qaytarib olinishi yoki sud tomonidan belgilangan muddat bo‘yicha alimentlarning undirilishi) yuzasidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi mas’ul xodimi pensionerning yoki nafaqa oluvchining Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali amalga oshirilgan chegirmalarning to‘g‘riligini tekshiradi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi mas’ul xodimi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida pensioner yoki nafaqa oluvchidan chegirma qilingan summa va amalga oshirilgan undirishlar to‘g‘risida ijro hujjatini yuborgan sud yoki boshqa organga ma’lumot xatini tayyorlaydi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘ba mudiriga tekshirish uchun taqdim etadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘ba mudiri chegirmalar yopilishining asosliligini va hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Ijro hujjati Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i imzosi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi hamda mas’ul xodimga qaytariladi. 22. Undirish to‘liq amalga oshirilgan ijro hujjatlari ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi. Sud tomonidan ijro hujjatlarini qaytarish bo‘yicha boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa, qaytarish sud ko‘rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Ijro hujjati qaytarib olingan holatda esa uni qaytarib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organga qaytariladi. 23. Pensiya va nafaqalarni to‘lash quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtatib turilganda (to‘xtatilganda): pensiya (nafaqa) tayinlash shartlari qayta ko‘rilganda — ijro hujjati (ariza) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basida to‘lov uchun yangi hujjat kelib tushgunga qadar saqlanadi; pensiya va nafaqa to‘lash to‘xtatilganda (pensioner yoki nafaqa oluvchi vafoti, tayinlangan pensiya (nafaqa)ga huquqi yo‘qolganda, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ketganda) — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi; nogironlik pensiyasi va nafaqasini to‘lash muddati tugaganda — ijro hujjati (agar uning amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basida pensiya (nafaqa) to‘lash uchun yangi hujjat kelgunga qadar saqlanadi. Agar nogironlik pensiyasi va nafaqasini to‘lash muddati tugagan kundan boshlab ikki oy ichida yangi hujjat qabul qilinmasa, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi. 24. Mazkur Yo‘riqnoma talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
107
18,004
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yetti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekistonning mudofaa qudrati va milliy xavfsizligini, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, mustaqil Vatanimizni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyiligi va mardligi, Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish hamda huquq-tartibotni ta’minlashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
203
333
Qonunchilik
ME’YORIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarish natijasi bo‘yicha 2000-yil 23-oktabrdagi xulosaga muvofiq xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 15-dekabrda 291-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Qurilish va tosh qoplamasi konlariga zaxiralarni qo‘llash bo‘yicha Vaqtinchalik yo‘riqnoma davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi mazkur hujjat davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslarga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (M.M.Ikromov) ushbu hujjat davlat reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida chop etilishi hamda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i X.M.Sodiqov zimmasiga yuklansin.
57
1,562
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997-YIL 30-SENTYABRDAGI 459-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorini o‘zgartirish yuzasidan: Xonobod shahri mehnatga haq to‘lash bo‘yicha viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar guruhiga kiritilsin, u ko‘rsatib o‘tilgan qarorning 7-ilovasidan chiqarilsin va 6-ilovaning II guruhiga kiritilsin; Xonobod shahar hokimligi apparatining shtatdagi xodimlari soni, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari, 15 kishidan iborat etib, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi apparatiniki esa, uni mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qishloq tumanlari I guruhida qoldirgan holda, 23 kishidan iborat etib tasdiqlansin. 2. Andijon viloyati hokimligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Qo‘rg‘ontepa tumani va Xonobod shahri tasarrufidagi boshqaruv organlari xodimlarining cheklangan sonini belgilasin. Belgilab qo‘yilsinki, Xonobod shahrining viloyatga bo‘ysunuvchi shaharga aylantirilishi bilan bog‘liq 2002-yildagi xarajatlari Andijon viloyati budjetiga qo‘shimcha ravishda tushgan daromadlar hisobiga qoplanadi. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin.
101
1,219
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylasht
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorida: a) 5-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi boshqarmalari” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 16-bandidagi “Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorida: a) 5-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi (Davlat mulki qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 10-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 20-oktabrdagi 481-son qarori 1-bandidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda): a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi sakkizinchi xatboshidagi, 10-bandning beshinchi xatboshidagi, 12-banddagi, 13 va 14-bandlarning birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 15-banddagi va 16-bandning ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorining 4-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 18. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda) 10-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 2-bandi birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., № 11, 73-modda): a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi, 5 va 6-bandlarning birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) quyidagi mazmundagi 51 band qo‘shilsin: “51. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) tomonidan olingan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda respublika budjeti daromadiga olib qo‘yiladi”; v) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.”; g) 5-ilova 6-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 23. Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qarorining 3-bandi birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda) 3-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 25. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 9-yanvardagi 11-son qarori 3-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 26. Vazirlar Mahkamasining “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda): a) 1-banddagi “davlat mulkini boshqarish” so‘zlari “xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 27. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 118-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 28. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2003-yil 17-martdagi 140-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 25-modda): a) 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 10-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2—5-ilovalarda: 8-banddagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “davlat mulkini boshqarish” so‘zlari “xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12, 18, 19-bandlardagi va 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 29. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda): a) 1-bandning birinchi xatboshidagi, 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshidagi, 4-bandning birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovada: 1-bandning birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning oltinchi xatboshidagi “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; 14-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi 201-band qo‘shilsin: “201. Mulkni sotish birinchi badalning shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida to‘lanishini nazarda tutadigan olti-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda birinchi badal miqdori mulkning kamida 15 foizini tashkil etishi kerak”; 21-banddagi “uch oy mobaynida oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilmagan taqdirda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 31. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga o‘tish to‘g‘risida” 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 44-modda) 2-bandidagi, 1-ilovaning 20-bandidagi, 2-ilovaning 6-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 34. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda): a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 4 va 5-bandlarning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidagi, 6-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi, 25-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 24-bandning “a” kichik bandida: birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1 va 2-ilovalardagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 41. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda): a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” va “Davlat mulki qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” va “Davlat raqobat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 42. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda): a) 7-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 8-bandning beshinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 43. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 3, 13, 17-bandlarning uchinchi xatboshidagi va 23-banddagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-banddagi “Davlat mulkini boshqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 44. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda): a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: 7-bandning oltinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 45 Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida: v) 19-ilovadagi “Turdiyev U.T. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari — “Turdiyev U.T. — O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 23-ilovadagi “Asqarov M.A. — Davlat mulki qo‘mitasi raisi” so‘zlari “Abduhakimov A.A. — Davlat raqobat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 28-ilovadagi “Yakovlev I.G. — Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “Gafarov S.X. — Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 46-ilovadagi “Asqarov M.A. — Davlat mulki qo‘mitasi raisi” so‘zlari “Abduhakimov A.A. — Davlat raqobat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 46. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 27, 66-bandlaridagi va 112-bandi birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 47. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 1-banddagi, 37-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi va 34-bandning birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 9-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik subyektlari faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash sohasidagi boshqa davlat boshqaruv organlarining hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin”. 49. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) 2-bandining birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 50. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 52. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-bandining beshinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 54. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” AJ mahsulotlariga narxlarni kelishish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 5-avgustdagi 160-son qaroriga ilovaning 7-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 59. Vazirlar Mahkamasining “Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 7-son, 38-modda): a) 2-ilovaning 9 va 17-bandlaridagi “Davlat mulki qo‘mitasi” va “Davlat mulki qo‘mitasining” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat raqobat qo‘mitasi” va “Davlat raqobat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-ilovada: “F.M. Xabiyev — Davlat mulki qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Komissiya raisi” so‘zlari “B.B. Nazarov — Davlat raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Komissiya raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “A.R. Nagayev — Davlat mulki qo‘mitasining Baholash va birja faoliyati boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari “E.A. Toshpo‘latov — Davlat raqobat qo‘mitasining Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin. 61. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y.. 12-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-bandining birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 62. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qaroriga 1-ilovadagi “Ismoilov J.G‘. —Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari “Abduhakimov A.A.— Davlat raqobat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 63. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 66. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda): a) 2-bandning yettinchi xatboshidagi va 3-bandning uchinchi, oltinchi va yettinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-bandining uchinchi xatboshidagi, 10-bandining birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 12-bandining birinchi xatboshidagi, 14-bandidagi, 33-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasining”, “Davlat mulki qo‘mitasi” va “Davlat mulki qo‘mitasiga” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat raqobat qo‘mitasining”, “Davlat raqobat qo‘mitasi” va “Davlat raqobat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 67. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning “Mas’ullar” ustunida: a) 9-banddagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 12 va 14-bandlardagi “Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 68. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-iyuldagi 186-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi uchun iste’molchilardan to‘lovni yig‘ish funksiyalarini bajaradigan xususiy operatorlarni tashkil etish uchun investorlarni tanlov bo‘yicha tanlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 6-bandidagi, 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 69. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 30-avgustdagi 253-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 70. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 7-sentabrdagi 256-son qarorida: a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 71. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-dekabrdagi 322-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davlat mulki qo‘mitasi” deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4, 5, 24, 26 va 27-bandlardagi “Davlat mulki qo‘mitasining”, “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat raqobat qo‘mitasining”, “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 72. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qarori 4-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 73. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda Davlat mulki qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 7 va 11-bandlardagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi, 14-banddagi va 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasining”, “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasining”, “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 74. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovada: a) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: b) 14-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 22-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 75. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda): a) 2-banddagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: 5-bandning uchinchi xatboshidagi, 6-banddagi, 24-bandning “v” kichik bandidagi, 25-banddagi, 32-bandning “b” kichik bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovada: I bo‘limda: “Mahalliylashtirishning yangi loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish” kichik bo‘limidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash” kichik bo‘limidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; II bo‘limdagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 77. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 27-bandining birinchi xatboshidagi va 47-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 78. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-banddagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 10 va 11-bandlardagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 79. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 8-modda) 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 81. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan Zamonaviy, jahon darajasida sinab ko‘rilgan asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan almashtirilishi kerak bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha texnik auditni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ilovada: a) “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) “Davlat mulki qo‘mitasi vakili” so‘zlari chiqarib tashlansin. 84. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 86. Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) 6-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 88. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari tuzilmalarini yanada maqbullashtirish va ularning faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 7-fevraldagi 33-son qarori 5-bandining birinchi va uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 89. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-fevraldagi 37-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 5-bandining sakkizinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 90. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va budjet tashkilotlariga ko‘mir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-fevraldagi 58-son qarorining 5-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 91. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 9-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 94. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari aholisini ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi 305-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 26-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga ilovaning 19-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda).
250
35,984
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais M. Abdusalomov, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. Ishni ko‘rishga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovalar tomonidan aniqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi uchinchi qismidagi o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlik va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan ko‘rsatilgan tashabbusi asos bo‘ldi. Ma’ruzachi-sudya S. Hakimovaning axborotini, Konstitutsiyaviy sud raisi M. Abdusalomov, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanovning fikrlarini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarni aniqladi: O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismiga asosan “Kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi pul birligida, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa — chet el valyutasida (aksiyalar bo‘yicha — mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) ifodalanadi va to‘lanadi” deb belgilangan. Ushbu modda uchinchi qismining rus tilidagi matniga ko‘ra: “Kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi pul birligida ifodalanadi va to‘lanadi, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa — chet el valyutasida (aksiyalar bo‘yicha — mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) to‘lanadi”. Qonunning 1-modda uchinchi qismi rus va o‘zbek matnlari bir-biriga nomuvofiqdir. Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunining 25 va 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi: O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklif qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin.
234
2,580
Qonunchilik
Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi oʻzgardi
Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 22 dekabrda 2090-10-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Belgilanishicha, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaati boʻyicha mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda ijaraga berilayotgan mulk davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius shu kunning oʻzida tegishli notarial idoradan mulkning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnomani olishi lozim. Bunda ushbu ma’lumotnoma olinganligi uchun toʻlov undirish taqiqlanadi. Ilgari notarius bunday ma’lumotnomani faqat tadbirkorlik sub’yektlari murojaat etganda mustaqil ravishda olardi. Ilgari mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasini taqdim etishni talab qilardi. Endilikda buning oʻrniga notarius mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida ijaraga berish zarurligini taraflarga tushuntiradi hamda bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi. Bundan tashqari, vasiylikdagi shaхsga qarashli boʻlgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, notariusga vasiylik va homiylik organlarining roziligini taqdim etish talab qilinardi. Endilikda ularning roziligi bunday mol-mulkni ijaraga berishning muddatidan qat’i nazar talab etiladi. Shuningdek oʻrnatilishicha, mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notariusga koʻchmas mulk ob’yektining kadastr yigʻmajildini (ilgari - koʻchmas mulkning ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining ma’lumotnomasi va Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) taqdim etish zarur. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 28 dekabrdagi 51-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
54
2,469
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari ko
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son, “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son farmonlari hamda “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev o‘n kun muddatda Kotibiyatlar va Departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati uzluksiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan. 5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish; vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash; Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; biriktirilgan vazirlik va idoralarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish, shu orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatida (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish; Kotibiyatga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish. 7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga muvofiq ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam bog‘liqligi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni keng jalb etish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash; umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni ta’minlash; xalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilish; umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog‘ini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shaklarini samarali joriy qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga muvofiq xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qaroriga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash choralarini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek, akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish; iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarni biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatining ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda oshirilishini ta’minlash; ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalari hamda Internet-resurslardan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga uzluksiz o‘qitish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan yuqori malakali chet tillar o‘qituvchilarini maqsadli tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ta’lim tizimining barcha darajalarida amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish; ilg‘or xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan predmet bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogika va ta’lim texnologiyalarini, multimediya tizimlarini Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda keng joriy etish, pedagogik va ilmiy faoliyatda chet tillardan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarni amalda bilish darajasini oshirish hisobga olingan holda malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasi tubdan va uzluksiz yangilab borilishini ta’minlash; magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tanlab olish va tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan, pedagoglar hamda ilmiy kadrlarning dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashi, istiqbolli mutaxassislarning nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida o‘qishining monitoringini tashkil qilish, ularning O‘zbekistonda munosib ishga joylashishiga yordam berish, mehnat faoliyati monitoringini olib borish, kasbiy jihatdan o‘sishiga va xizmatda ko‘tarilishiga ko‘maklashish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflar ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash; b) sog‘liqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fan va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni ta’minlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga muvofiq aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5000-son qaroriga muvofiq, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash; sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoring tashkil etilishi va chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash; tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta’minlash; aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish, ilg‘or xorijiy tajribani sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligi oshirilishini ta’minlash; aholini ekologik xavfsiz, sog‘lom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash; aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoniga muvofiq keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish choralarini ko‘rish; keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksining tizimli asosda amalga oshirilishini ta’minlash; keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish; keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash; tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; eng avvalo, zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishni ta’minlash; binolar va inshootlar, suv ta’minoti tizimlari, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnik inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; mamlakat farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali, xavfsiz va arzon dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilashga yo‘naltirilgan samarali dori-darmon siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yo‘naltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini ta’minlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish; v) yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida: yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashni tashkil etishda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etish; yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini qaror toptirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlash; O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinining samarador va natijali ijrosini ta’minlash; demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega bo‘lgan, o‘zining butun kuchi, bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yo‘lida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan tashabbuskor, g‘ayratli yoshlar safini kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; o‘sib kelayotgan avlodni yigit va qizlarning ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari bo‘lgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qat’iy e’tiqodga ega bo‘lgan, yuqori malakali va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishga yo‘naltirilgan yoshlarga oid siyosatni yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish; o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoshlar tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish; yoshlarning o‘qishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yo‘li bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish; yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, yigit va qizlarni, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga ko‘tarish; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj va ishsiz yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish bilan bandligini ta’minlashda ko‘maklashish, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda, hududlardagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish; “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida kasb-hunarga bepul o‘qitish va tadbirkorlik kurslarida o‘qib, maxsus sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratishida ko‘maklashish hamda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasini belgilangan talablar asosida to‘lab berilishini tashkil etish; g) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va mavqeyini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmoniga muvofiq mahallaning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega va fidoyi kadrlarni jalb etish choralarini ko‘rish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularning ish faoliyati samaradorligini sifat jihatidan yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish choralarini ko‘rish; oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatining olib borilishini ta’minlash; xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuvning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shu jumladan, nogironlikni aniqlashning tibbiy modelidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda reabilitatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishda ularning farovonligiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillar hisobga olinadigan ijtimoiy modelga o‘tishni ta’minlash; ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaxslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish; “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishda, bandligini ta’minlashda, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishida va ularni tadbirkorlikka jalb etish uchun kredit ajratilishi, boquvchisini yo‘qotgan va ehtiyojmand ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi bo‘lgan va qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz xotin-qizlarga moddiy yordamlar berilishida amaliy ko‘maklashishni nazorat qilish; nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish, noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlash choralari ko‘rilishida ko‘maklashish, tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning sog‘lig‘ini tiklashiga ko‘maklashish hamda huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlarga psixologik maslahatlar berilishida ko‘maklashish borasidagi ishlarni tashkil etish; d) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga muvofiq o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarining amalga oshirilishini ta’minlash; ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish; davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish; davlat tashkilotlariga ishga qabul qilinuvchilarning o‘zbek tilini mukammal darajada bilishlarini talab darajasiga ko‘tarish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida faoliyat yurituvchilarning davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishiga erishishni tashkil etish; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi guruhlar bilan hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish, sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyatining amalga oshirilishini nazorat qilish; e) atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: atamashunoslik va toponimika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini tahlil qilish, toponimik obyektlarga nom berish masalalari bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish; ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyatni nazorat qilish; zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish; geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni tashkil qilish; atamashunoslik va toponimika sohasini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning yig‘ilish bayonlari asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari bajarilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining jamiyatimizda milliy g‘oya, yangicha tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etish; O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan bog‘liq toponimik va geografik obyektlarning nomlarini saqlash, mavjud nomlarni qayta ko‘rib chiqish, isloh qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish; Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar faoliyatini nazorat qilish; j) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish; muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlash. 8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi; Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; aniq sohalar va yo‘nalishlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi; Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda idoralar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi; ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari sohalariga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi; tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi; qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosari, shu’ba mudiri va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi; Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosari, shu’ba mudiri va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Kotibiyatda va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va ularning amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi. 9. Bosh vazir o‘rinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. 10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish. Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart. Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir. 11. Bosh vazir o‘rinbosari: ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi; o‘zi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi; oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi; tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, senat va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi; joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi. 12. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi. Kotibiyatning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 13. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi. 1. Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Kotibiyatning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash; Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish; davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish; Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat ta
250
63,410
Qonunchilik
2022 — 2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Samarqand viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yangi tartib asosida Samarqand viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Samarqand viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,5 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravarga, xizmatlar hajmini 2,7 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,8 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda: 2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin. 3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Samarqand viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri (J. Qo‘chqorov) Samarqand viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) Samarqand viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish ishlarini har oyda muhokama qilib borsin. 5. 2022-yilda Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin. Samarqand viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin. 6. Samarqand viloyati hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda 7-ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin. 7. Samarqand viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tijorat banklari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin. 8. Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda asoslantirilgan va kelishilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taqdirda Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 9. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin. 10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari Kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi; har oy yakuni bilan Samarqand viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi; har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi; amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi. 11. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Samarqand viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarni so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi ustidan samarali nazorat o‘rnatsin. 12. Quyidagilarga: Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ipoteka kreditlarini muvofiqlashtirish, budjetga tushumlarni oshirish yuzasidan; Samarqand viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish va ta’mirlash tadbirlarini “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini va renovatsiya dasturlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi hamda kommunal sohani rivojlantirish yuzasidan; Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi yuzasidan; Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi yuzasidan; Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan; Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi yuzasidan; Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
186
10,039
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATINING QARORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining quyidagi qarorlari, chunonchi: 1993-yil 12-yanvarda “Buxoro viloyati tarkibida Qorovulbozor tumanini tuzish to‘g‘risida”; 1993-yil 11-martda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining Qoidalari va Ijroiya qo‘mitasi to‘g‘risida” qabul qilingan qarorlari tasdiqlansin.
86
385
Qonunchilik
GAZ SARFINI HISOBGA OLISh ASBOBLARI (GAZ SARFI HISOBLAGIChLARI) MAVJUD BO‘LMAGANDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA SOTILADIGAN TABIIY GAZ SARFI NORMALARI TO‘G‘RISIDA
Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz hisoblagichlar) mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gazni sarflash normalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Gaz hisoblagichlar mavjud bo‘lmaganda aholiga kommunal-maishiy va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yuritish ehtiyojlari uchun sotiladigan tabiiy gaz sarfining bir oylik normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda ular tariflar darajasining navbatdagi o‘zgarishi bilan bir vaqtda joriy qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda aholi uchun isitish mavsumining boshlanish va tugash muddatlarini belgilashga ruxsat etilsin. 3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 5-iyuldagi 803-r-son farmoyishi hamda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 19-apreldagi 240-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
168
958
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarusiya Respublikasi o‘rtasida maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida 2018-yil 23-fevral kuni Minsk shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
42
918
Qonunchilik
Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. Belgilab qo‘yilsinki: Komissiya qurilish sohasida litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi, uning qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, ularni qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi va tiklaydi. 4. Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda: Komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli turlari bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
88
1,338
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin: 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi S.K. Xusenov to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi N. Zayniyev to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi T.I. Djurayev to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi O.X. Ollaberganov to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sh.U. Sobirov to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Sh.Y. Xo‘janiyozova to‘g‘risida”gi; 2012-yil 2-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”gi; 2012-yil 22-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
1,662
Qonunchilik
Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishini ta’minlash hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: 1. “Toshkent” xalqaro aeroporti” davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin. 2. Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining har tomonlama tayyorlanishini va asoslanishini ta’minlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tashkil etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan Kompleks chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin: rejim-qo‘riqlash chora-tadbirlari tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, aeroportda zamonaviy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yo‘lovchilarning bojxona, chegara va immigratsiya tartibotlaridan o‘tish vaqtini qisqartirish; mavjud tarkibni tanqidiy tahlil qilish hamda bojxona, chegara va immigratsiya xizmatlari, ichki ishlar organlari va aeroportda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi xodimlari barcha toifalarini tanlashga nisbatan talabchanlikni oshirish, ular tomonidan xizmat vakolatlarining har qanday tarzda suiiste’mol qilinishining oldini olish va ularga barham berish; poytaxtga va respublikaga keladigan yo‘lovchilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlash, O‘zbekistonning bosh havo bandargohida o‘zbek xalqiga qadimdan xos bo‘lgan samimiy iltifot va mehmondo‘stlik muhitini yaratish; zarur qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutgan holda aeroportning tegishli infratuzilma xizmatlari faoliyati samaradorligini ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va ularning bagaji bilan ishlashning texnologik jarayonini optimallashtirish; kuzatib qoluvchilar va kutib oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maxsus ajratilgan hududda avtotransportlar to‘xtash joylarini tashkil etish, obodonlashtirish masalalarini kompleks hal etish; aeroportning barcha xizmatlari faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yanada qulay shart-sharoitlarini yaratish uchun ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
127
3,168
Qonunchilik
Chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar yangi qoidalar boʻyicha hisobga olinadi
Moliya vazirining buyrugʻi (20.08.2018 yilda 1364-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Buхgalteriya hisobi milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 22-son BHMSning yangi tahriri 2018 yil 21 noyabrdan kuchga kiradi.   Birinchidan, 6-banddagi chet el valyutasidagi bitimlar boʻyicha operatsiyalar roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi. Unga хoʻjalik yurituvchi sub’yektda chet el valyutasida olinadigan schyotlarning mavjudligi ham kiritildi. Ikkinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulot (ishlar, хizmatlar)ga narхlar (tariflar)ni chet el valyutasiga ekvivalentlikda belgilash, oʻzaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta – soʻmda amalga oshirish huquqi bekor qilindi. 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Uchinchidan, 13-bandga oʻzgartirishlar kiritildi. Ular boshlangʻich hisob hujjatlarida koʻrsatilgan, aktivlar buхgalteriya hisobiga qabul qilingan sanaga MB kursi boʻyicha qayta hisoblangan qiymatdan kelib chiqib belgilanadigan, chet el valyutasiga sotib olingan aktivlar bahosi shakllantirilishi bilan bogʻliq. Ilgari bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish hamda bojхona bojlari va yigʻimlarini toʻlash sanasiga MB kursi qoʻllanilar edi. Toʻrtinchidan, 15-banddagi qayta baholanadigan balansning valyuta moddalari roʻyхatiga aniqlik kiritildi: a) kassadagi va bank schyotlaridagi valyuta mablagʻlari; b) toʻlanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari hamda boshqa aktivlar va majburiyatlar.    Basharti investitsiyalar boʻyicha toʻlanadigan yoki olinadigan summalar milliy valyutada belgilansa, ular roʻyхatdan chiqarib tashlanadi. Beshinchidan, 16-bandga oʻzgartirish kiritildi, unga koʻra ustav kapitali va aksiyalarga investitsiyalar qayta baholanmaydi. Masalan, korхonada boshqa yuridik shaхsning ustav fondiga hissa sifatida chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar mavjud boʻlsa, MB kursi oʻzgarganda ular qayta baholanmaydi. Oltinchidan, 19-bandga oʻzgartirish kiritildi, unga koʻra 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamgʻarish usuli boshqa qoʻllanmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamgʻarilgan kurs farqlari quyidagi tartibda moliyaviy-хoʻjalik faoliyat natijalariga kiritilishi mumkin: a) debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha – ularni soʻndirish (yoki hisobdan chiqarish)ning borishiga qarab; b) qolgan hollarda – balansning tegishli valyuta moddalari bilan birgalikda хoʻjalik operatsiyalarini sodir etishning borishiga qarab. Jamgʻarilgan kurs farqlari chet el valyutasining bitta birligiga toʻgʻri keluvchi kurs farqining oʻrtacha qiymati boʻyicha moliyaviy natijalarga kiritilishi mumkin. Yettinchidan, 20-band chiqarib tashlandi, shu munosabat bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab balans valyuta moddalarining barcha turlariga faqat kurs farqini bevosita kiritish usulini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Buni 2019 yilgi korхonaning hisob siyosatida aks ettirish zarur. Sakkizinchidan, 24, 25-bandlar chiqarib tashlandi, ularda ustav kapitali miqdorini chet el valyutasida belgilash, binobarin, uni shakllantirishda kurs farqi yuzaga kelishi imkoni nazarda tutilgan edi. Ustav kapitali miqdori faqat milliy valyutada belgilanishi kerak. Bunda muassislarning ulushlarni chet el valyutasida kiritish imkoni saqlangan. Ulushlarning buхgalteriya hisobi ulush kiritilgan sanadagi MB kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblagan holda yuritiladi (23-band). Toʻqqizinchidan, Chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalarining roʻyхati (22-son BHMSga ilova) quyidagi qismiga aniqlik kiritildi: Chet el valyutasidagi operatsiyalar Chet el valyutasidagi operatsiya amalga oshirilgan sana boʻlib hisoblanadi Tovar-moddiy zaхiralar va boshqa aktivlarni baholash Ilgari: Tovar-moddiy zaхiralar, boshqa mol-mulk va хizmatlar importi Tovar-moddiy zaхiralar va boshqa aktivlar sotib olinganligini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlari (tovarga ilova qilinadigan hujjatlar yoki bojхona yuk deklaratsiyasi) mavjud boʻlganda buхgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi  Ilgari: bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish sanasi Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. Belousova Tatyana. Quyidagi NHHga ham qarang: «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobi milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»
87
4,513
Qonunchilik
JAMOAT FONDLARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi jamoat fondlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Jamoat fondlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining o‘ziga xos xususiyatlari alohida qonun hujjati bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jamoat fondlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi (bundan buyon matnda fond deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro, respublika fondlari hamda mahalliy fondlar tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Xalqaro fondlarga faoliyati o‘z ustavlariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining va bir yoki undan ortiq chet davlatlarning hududiga tatbiq etiladigan fondlar kiradi. Faoliyatini o‘z ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki ikki yohud undan ortiq viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida amalga oshiradigan fondlar respublika fondlari jumlasiga kiradi. Faoliyatini o‘z ustaviga muvofiq tuman(lar), shahar(lar), viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amalga oshiradigan fondlar mahalliy fondlar jumlasiga kiradi. Fond O‘zbekiston Respublikasi hududida va boshqa davlatlarda vakolatxonalar ochishi hamda filiallar tashkil etishi mumkin. Fondning vakolatxonasi fondning o‘zi turgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir. Fondning filiali fondning u turgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir. Fondning vakolatxonalari va filiallari fond nomidan ish ko‘radi hamda ustavda belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun fond oldida mas’uldir. Vakolatxonalar va filiallarni fond mol-mulk bilan ta’minlaydi. Vakolatxona va filialning mol-mulki alohida balansda hamda fondning balansida hisobga olinadi. Fondning vakolatxonalari va filiallari fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi. Xalqaro hamda chet el fondlari O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq o‘z vakolatxonalarini ochishi va filiallarini tashkil etishi mumkin. Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi kerak. Xalqaro hamda chet el fondlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan vakolatxonalari va filiallariga, qonunda boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lmasa, fondlarning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasida fondlarning faoliyat erkinligi, mulki daxlsizligi hamda ishchanlik nufuzi himoyasi kafolatlanadi. Fondlarning mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizatsiya qilinmaydi va musodara etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fondlarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida ko‘riladi. Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining fondlar faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek fondlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fond muassislarning (muassisning) qaroriga binoan yoki vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Bir yoki bir nechta yuridik va (yoki) jismoniy shaxs fond muassislari (muassisi) bo‘lishi mumkin. Fond muassislari (muassisi) fond ustavini tasdiqlaydi, fond vasiylik kengashi dastlabki tarkibining a’zolarini tayinlaydi hamda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi. Fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomada fondning maqsad va vazifalari, unga o‘tkazilayotgan mol-mulk hajmi ko‘rsatilgan hamda vasiyatnomani ijro etuvchi belgilangan bo‘lishi kerak. Vasiyatnomani ijro etuvchi fond vasiylik kengashi dastlabki tarkibining a’zolarini, agar ular vasiyatnomada nomma-nom ko‘rsatilgan bo‘lmasa, tayinlaydi, shuningdek fondning tashkil etilishi bilan bog‘liq boshqa harakatlarni bajaradi. Agar vasiyatnomani ijro etuvchi o‘z zimmasiga yuklatilgan harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortsa yoki ularni amalga oshirishga qodir bo‘lmasa, qonunchilikka muvofiq vasiyatnomani ijro etuvchi yangi shaxs tayinlanadi. Fond ustavi fond muassislari (muassisi) tomonidan tasdiqlanadi. Fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilgan taqdirda, fond ustavi vasiyatnomani ijro etuvchi tomonidan vasiyatnomaga muvofiq ravishda tuziladi. Fond ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: “jamoat fondi” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan fondning nomi; fondning joylashgan eri (pochta manzili); fondning maqsad va vazifalari; fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari, fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi. Fond ustavida fondning tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin. Fondni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda uning yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qo‘yish adliya organlari (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro, respublika fondlari, shuningdek bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Mahalliy fondlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fondlarning vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Fondning yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida hisobga qo‘yilishi lozim. Fondni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi: ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi, muassislar (muassis) yoki ular (u) vakolat bergan shaxslar (shaxs) tomonidan imzolangan, ularning (uning) familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va yashash joyi (pochta manzili) ko‘rsatilgan ariza; agar fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘lsa, vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; ta’sis yig‘ilishining (syezdi, konferensiyasining) yoki muassisning (agar fond bir yuridik shaxs tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lsa) fond muassislari (muassisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, fondning maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan qarori; fond ustavi yoxud yuridik shaxs bo‘lgan vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi nizom davlat tilida ikki nusxada; joylashgan eri fondning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat; fondni tashkil etish tashabbuskorlari yoxud uning muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bosh fondning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi — vakolatxonalar va filiallar uchun; davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati; fondning dastlabki mablag‘lari shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar fondni tashkil etish to‘g‘risida muassislar (muassis) tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Agar fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘lsa, mazkur hujjatlar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganidan keyin ikki oy ichida taqdim etiladi. Qo‘shib yuborish va qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan fondlar qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qayta tashkil etilayotgan fondga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganligining tasdiqnomasi; qayta tashkil etilayotgan fondning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo‘shib yuborilgan taqdirda); davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining fondning muhri va shtampi yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (qo‘shib yuborilgan taqdirda). Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi: fond vakolatli organining ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizasi; vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi, uni ochishdan (tashkil etishdan) ko‘zlangan maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan, notarial tasdiqlangan, o‘zbek va rus tillaridagi nizom (ustav); vakolatxona yoki filial rahbari nomiga bosh tashkilot tomonidan berilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ishonchnoma; bosh tashkilotning ustavi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan guvohnomasi nusxalari; bosh tashkilotning O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona yoki filial ochish (tashkil etish) to‘g‘risidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxonani ochish (filialni tashkil etish) to‘g‘risidagi, uning nizomini (ustavini) tasdiqlash haqidagi, rahbarini (rahbarlarini) tayinlash to‘g‘risidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak; bosh tashkilotning faoliyati to‘g‘risidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan axborot; ijaraga beruvchining vakolatxona yoki filial uchun tegishli binolarni berish to‘g‘risidagi rozilik xati; davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida dalolat beruvchi bank to‘lov hujjati; vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari to‘g‘risidagi, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi va telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotlar; vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiya. Fondlarning yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qo‘yish uchun quyidagi hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi ariza; bosh tashkilotning vakolatxonalar hamda filiallarni tuzish, tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibini, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi ustavining nusxasi yoki bosh tashkilotning ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan, vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi, davlat tilidagi nizom ikki nusxada. Vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi nizom taqdim etilganda bosh tashkilot ustavining nusxasi ilova qilinadi; fond markaziy rahbar organining vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (bayonnomasi); fond markaziy rahbar organining vakolatxona yoki filial rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorining nusxasi; vakolatxona yoki filial rahbariga fondning markaziy rahbar organi tomonidan berilgan ishonchnomaning nusxasi; fond davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi. Fondni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki uning yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonasi va filialini hisobga qo‘yish uchun hujjatlarni qabul qilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki hisobga qo‘yish to‘g‘risida yoxud davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yoki hisobga qo‘yishni rad qilish haqida bir oy ichida qaror chiqarishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan fondga, bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondning va chet el fondining vakolatxonasiga yoki filialiga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda fondning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan, ro‘yxatga olinganligi haqida belgi qo‘yilgan ustavi (nizomi) beriladi. Fondning hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonasi va filialiga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan, hisobga qo‘yilganligi haqida belgi qo‘yilgan vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi nizom beriladi. Fondni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda fondning yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonasi va filialini hisobga qo‘yish qonunda nazarda tutilgan hollarda rad qilinishi mumkin. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yoki hisobga qo‘yishni rad qilish asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Fondni, uning vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki hisobga qo‘yishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning fondni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni hamda uning yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qo‘yishni rad qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek mazkur organning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Fond ustaviga ustavning o‘zida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Fond ustaviga kiritilayotgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar fondning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddatda ma’lum qilinadi. Fond ustaviga kiritilayotgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar fondni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Fond vakolatxonalari va filiallarining nizomlariga kiritilayotgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddatda ma’lum qilinadi. Fond: mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkli bo‘lishga; fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzishga; xayriyalar, badallar, grantlar va boshqa mablag‘lar olishga; sudda, boshqa organlar va tashkilotlarda o‘z manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishga; ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va noshirlik faoliyatini amalga oshirishga; o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatishga; vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etishga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga; xalqaro aloqalar o‘rnatish, hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish hamda xalqaro dasturlar va loyihalarda ishtirok etishga haqli. Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Fond: o‘z faoliyatini qonunchilikka va fondning ustaviga muvofiq amalga oshirishi; fond faoliyatining oshkoraligini ta’minlashi va fondning mol-mulkidan foydalanilishi to‘g‘risida har yili hisobotlar e’lon qilishi; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakillariga fond o‘tkazadigan tadbirlarga erkin kirish imkoniyatini berishi; o‘z faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati va davlat statistika organlariga hisobotlar taqdim etishi shart. Fond zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Muassislar (muassis) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan fondga o‘tkazilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk fondning mulkidir. Binolar, inshootlar, turar joylar va boshqa imoratlar, asbob-uskunalar, inventar, pul mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar va o‘zga mol-mulk fondning mulki bo‘lishi mumkin. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Fondning mol-mulki muassislar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan faqat fond ustavida belgilangan maqsadlar hamda vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning boshqa usuli sifatida foydalanilishi, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas. Quyidagilarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘larning eng kam miqdori: xalqaro va respublika jamoat fondlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida; mahalliy jamoat fondlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida bo‘lishi kerak. Jamoat fondlarining alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari) uchun dastlabki mablag‘larning eng kam miqdori mavjud bo‘lishi talab etilmaydi. Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘larning eng kam miqdori davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytida faqat pul shaklida shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: muassislar (muassis) tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan (o‘tkaziladigan) yoki muntazam kelib turadigan pul va boshqa tushumlar; fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilgan taqdirda vasiyat qiluvchining fondga o‘tkazilgan mol-mulki; yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari; yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar; fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda); qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. Fond qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada shug‘ullanishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari fond tomonidan faqat litsenziya asosida amalga oshirilishi mumkin. Fond tijorat tashkilotlarining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas, bundan ochiq savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish mustasno. Fondning bir aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondi (ustav kapitali) summasining yigirma foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda aksiyadorlik jamiyatlarining olingan aksiyalari umumiy summasi fond aktivlari balans qiymatining aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan sanadagi yigirma foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Fondga aloqador shaxslar quyidagilardir: fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi; fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari bo‘lgan shaxslar, shuningdek mazkur muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining kreditorlari; fond muassislari (muassisi) bo‘lmish yuridik shaxslarning ishtirokchilari, kreditorlari, shuningdek ular bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxslar; ustav fondida (ustav kapitalida) fondning o‘zi ishtirok etayotgan yuridik shaxslar va ularning xodimlari, shuningdek mazkur xodimlar bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari bo‘lgan shaxslar; fond vasiylik kengashining a’zolari, fond boshqaruvining rahbari va a’zolari, fond taftish komissiyasining a’zolari, fondning boshqa xodimlari, shuningdek ular bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari bo‘lgan shaxslar. Fondning o‘ziga aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzishiga, shuningdek ularning foydasini ko‘zlab boshqa harakatlar sodir etishiga vasiylik kengashining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Fond quyidagi hollarda o‘ziga aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzishga yoki ularning foydasini ko‘zlab boshqa harakatlar sodir etishga haqli emas: fondga aloqador shaxslar bilan bunday bitimlar tuzish yoki harakatlar sodir etish fondga aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan bo‘lgandagiga nisbatan bir muncha qulay shartlarda amalga oshirilayotgan bo‘lsa; fondga aloqador shaxs fond vasiylik kengashining a’zosi bo‘lsa. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar fondning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan vasiylik kengashi a’zosiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Fondning mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fondning ma’muriy xarajatlari fond tomonidan hisobot davrida fondni boshqarish uchun qilingan barcha xarajatlarni va birinchi navbatda uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun zarur xarajatlarni, fondning o‘z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun reklamaga sarflagan xarajatlarini, shuningdek qonunchilikka muvofiq fond faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni va to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Har yilgi ma’muriy xarajatlarning jami summasi, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a’zolariga haq to‘lash hamda ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish fond barcha xarajatlari summasining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Mazkur cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashga nisbatan qo‘llanilmaydi. Fondning mol-mulki fondga aloqador shaxslar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas. Fondning mol-mulkini ko‘paytirish uchun fondga mablag‘ kiritgan shaxslar mablag‘ berayotganda bu mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishi to‘g‘risida, shu jumladan fondni qayta tashkil etishda yoki tugatishda mablag‘larni qaytarish shartlari to‘g‘risida fond bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Fond o‘z faoliyati natijalari hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlariga hisobot taqdim etadi. Fond har yili oldingi yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risida quyidagilarni o‘z ichiga olgan hisobot e’lon qiladi: fondning hisobot davridagi faoliyati sharhini, bu faoliyat fondning ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligi darajasini ko‘rsatgan holda; fondning yillik moliyaviy hisobotini, auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rsatgan holda; fond olgan ixtiyoriy xayriyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; fondning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari (foydasi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bu daromadlarning (foydaning) kelib chiqish manbalarini alohida-alohida ko‘rsatgan holda; xarajatlar umumiy summasini, fond faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha va ma’muriy xarajatlar bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatgan holda; fond ustavi va fond organlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; fondning ustavida yoki fondning vasiylik kengashi tomonidan belgilangan boshqa ma’lumotlarni. Fondning vasiylik kengashi fondning organi bo‘lib, u fond faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Fond vasiylik kengashining tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak. Vasiylik kengashi dastlabki tarkibining a’zolari muassislar (muassis) tomonidan yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lsa, vasiyatnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi. Fondning vasiylik kengashini tuzish, vasiylik kengashi yig‘ilishlarini chaqirish va vasiylik kengashining qarorlarini qabul qilish tartibi fond ustavida belgilanadi. Fond vasiylik kengashining a’zolari ayni bir vaqtning o‘zida fondning boshqaruvi va taftish komissiyasiga a’zo bo‘lishlari mumkin emas. Fondning ustavida fond vasiylik kengashining a’zolariga haq to‘lash va ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin. Fond vasiylik kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi: fond faoliyati ustidan hamda ushbu faoliyat qonunchilik va fond ustaviga, fond vasiylik kengashining qarorlariga muvofiq bo‘lishi ustidan nazoratni amalga oshirish; fond ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni tasdiqlash; fondning boshqaruvi va taftish komissiyasini tuzish; fondning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; fond budjetini tasdiqlash; fondning yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini, shu jumladan fond boshqaruvining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash; fond faoliyatini navbatdan tashqari tekshirish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; fond boshqaruvining fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga zid bo‘lgan qarorlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni bekor qilish; fondni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Fondning ustavida fond vasiylik kengashining vakolatlariga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin. Fond vasiylik kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal etish uchun fondning boshqaruvi yoki taftish komissiyasiga o‘tkazilishi mumkin emas. Fondning vasiylik kengashi fondning boshqa organlaridan fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olishga haqli. Fond vasiylik kengashining qarorlari fondning boshqaruvi va boshqa organlari, fond xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Fond boshqaruvi fondning ijroiya organidir. Fond boshqaruvining tarkibi fond vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladi. Fond boshqaruvining rahbari va a’zolari fond vasiylik kengashi va taftish komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin emas. Fond boshqaruvi yiliga kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida vasiylik kengashiga hisobot taqdim etadi. Fond boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi: fondning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; fond tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida fond xodimlarining shtat jadvali va ish haqi miqdorini belgilash; fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish hamda ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; fondning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularning rahbarlarini tayinlash. Fond ustavi fond boshqaruvining vakolatlariga boshqa masalalarni ham kiritishi mumkin. Fond boshqaruvining rahbari fond boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va chet el tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fond nomidan ish ko‘radi. Fondning moliyaviy faoliyatini hamda uning pul mablag‘lari to‘g‘ri sarflanishi va mol-mulkidan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish uchun kamida uch kishidan iborat tarkibda fond taftish komissiyasi tuziladi. Fond taftish komissiyasining a’zolari fond vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Fond taftish komissiyasining tarkibi, vakolatlari va faoliyat muddati fond ustavida belgilanadi. Fond taftish komissiyasining a’zolari ayni bir vaqtning o‘zida fondning vasiylik kengashi va boshqaruvi a’zosi bo‘lishi mumkin emas. Fond taftish komissiyasi fond vasiylik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishga haqli. Fond ustavida fondning taftish komissiyasi a’zolariga haq to‘lash hamda ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin. To‘lanadigan bunday haq va kompensatsiya miqdori fondning ustaviga muvofiq fond vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Fondning moliyaviy faoliyatini va fond boshqaruvi tomonidan pul mablag‘lari to‘g‘ri sarflanayotganligini hamda boshqa mol-mulkdan to‘g‘ri foydalanilayotganligini tekshirishni fond vasiylik kengashining qaroriga binoan fond taftish komissiyasi fondning bir yillik yoki boshqa muddatdagi faoliyati yakunlari bo‘yicha amalga oshiradi. Fondning mansabdor shaxslari fond taftish komissiyasining talabiga binoan komissiyaga fondning moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi shart. Fondning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari asosida fond taftish komissiyasi quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlaydi: hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligiga berilgan baho; buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi hollari to‘g‘risidagi ma’lumot; aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek fond moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar. Fond qonunchilikka muvofiq har yili o‘z faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi. Auditorlik tashkilotini fondning vasiylik kengashi tanlaydi. Fondga aloqador shaxslar fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas. Fond qonunchilikni va fond ustavida belgilangan talablarni buzgan taqdirda uning faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning arizasiga binoan sud tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Fond faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi. Fond faoliyati ustidan davlat nazorati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va boshqa vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Fondning vasiylik kengashi qaroriga binoan fond qayta tashkil etilishi mumkin. Fondning qayta tashkil etilishiga faqat boshqa fond bilan qo‘shib yuborilgan, boshqa fondni birlashtirib olgan yoki boshqa fondga birlashtirilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Fondni tugatish manfaatdor shaxslarning arizasiga asosan sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Fond quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: fond tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan; faoliyat muddati tugaganligi munosabati bilan; agar fondning mol-mulki fond o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish va vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasa, zarur mol-mulkni olish esa ehtimoldan yiroq bo‘lsa; agar fond o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lmasa, mazkur maqsadlarni esa zarur tarzda o‘zgartirib bo‘lmasa; fond o‘z ustavida belgilangan maqsad va vazifalardan chetga chiqqan bo‘lsa; qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda; Fondni tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Fondning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki fondning muassislari (muassisi), shuningdek fondning vasiylik kengashi, boshqaruvi, taftish komissiyasi a’zolari yoki fond xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan fond ustavida nazarda tutilgan tartibda, fondni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadlarda va (yoki) xayriya maqsadlarida foydalaniladi. Fondlarni tashkil etish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Jamoat fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
27
32,572
Qonunchilik
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
Fuqarolar yig‘inlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, mas’uliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin. 4. Fuqarolar yig‘inlari va mahallalar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari: 1998-yilning oxirigacha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar; mahallalar va fuqarolar yig‘inlari samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni ta’minlashga, maishiy-xo‘jalik, madaniy-ma’rifiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirsinlar; joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bog‘langan holda olib borishni tashkil qilsinlar. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda shaxsan hokimliklarning mas’ul ekanliklari ta’kidlansin.
79
1,326
Qonunchilik
“Toshkent shahrida kumushdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq, umuman zargarlik tarmog‘ining ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, xususan faoliyat ko‘rsatmayotgan mulkiy komplekslardan samarali foydalanish yo‘li bilan kumushdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahar, Zargarlik ko‘chasi, 46B-uy manzilida joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lgan kumushdan buyumlar ishlab chiqarish belgilangan binolar va inshootlardan (keyingi o‘rinlarda binolar va inshootlar deb ataladi); “Asaka” ATBning shu’ba xo‘jalik jamiyati — “Asaka Kapital Invest” MChJga tegishli bo‘lgan kumushdan buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha uskunadan (keyingi o‘rinlarda uskuna deb ataladi); “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo‘lgan galvanika va affinaj uskunasidan uzoq vaqt mobaynida foydalanilmayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi, “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, “Asaka” ATB va “Souvenir” MChJning: investor tomonidan uch yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga hamda binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashga, kamida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltiriladigan kamida 1,0 mln AQSh dollari summasida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar olinishini nazarda tutadigan yiliga 2,0 tonnagacha kumushni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun binolar va inshootlarni “nol” sotish qiymati bilan “Souvenir” MChJga (keyingi o‘rinlarda investor deb ataladi) sotish; “Asaka Kapital Invest” MChJga tegishli bo‘lgan asbob-uskunalarni 837 548 724 (sakkiz yuz o‘ttiz yetti million besh yuz qirq sakkiz ming yetti yuz yigirma to‘rt) so‘m miqdoridagi balans qiymati bo‘yicha, to‘lovni foiz stavkasi hisoblamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish, shuningdek, investor tomonidan “Oltin Standart” MChJning (mulkiy kompleks negizida zargarlik faoliyatini tashkil etish uchun “Asaka Kapital Invest” MChJ tomonidan tashkil etilgan) “Asaka Kapital Invest” MChJ tomonidan investitsiyalar va qarzlar tarzida kiritilgan majburiyatlarini qoplash yo‘li bilan sotish; galvanika va affinaj “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining uskunalarini mol-mulkni baholash yakunlari bo‘yicha “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Belgilansinki: investor ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq o‘z zimmasiga oladigan majburiyatlar bajarilgandan keyin binolar va inshootlarga mulk huquqi belgilangan tartibda to‘liq hajmda investorga o‘tadi; investitsiya loyihasini amalga oshirish ta’minlanmagan taqdirda ushbu qaror bilan belgilangan shartlarga muvofiq “nol” sotish qiymati bo‘yicha sotilgan binolar va inshootlar keyinchalik maqsadli foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qaytariladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmonida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3577-son qarorida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari “Souvenir” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarga tatbiq etilsin. 5. Toshkent shahar hokimi “1-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bilan birgalikda “Souvenir” MChJga beriladigan binolar va inshootlarga avtonom kirib-chiqishni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi investorning buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihasi faoliyatini tashkil etishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ega bo‘lmagan mutaxassisliklar bo‘yicha) hamda ularning oila a’zolariga kirish vizalari, shu jumladan, ko‘p martalik vizalar konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investorning buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga hamda ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishi va ko‘p martalik vizalar uzaytirilishini hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investorning buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda o‘z vaqtida berilishini, uzaytirilishini, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Y. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
149
5,780
Qonunchilik
IIV ta’lim muassasalarida YHQni oʻrgatish bilan shugʻullanadi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatning maqsadi oʻquvchi-yoshlar va talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday koʻrinishiga murosasizlik tuygʻusini singdirishdan iborat. Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalarida bir nafardan oliy pedagogik ma’lumotga ega, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda хizmat olib boruvchi alohida katta inspektor lavozimi joriy etiladi. Ta’lim muassasalarida хizmat qiluvchi katta inspektor ta’lim muassasalarida yoshlar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va musobaqalarni tashkil etadi, maktablarda yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish boʻyicha yaratilgan sharoitlarni oʻrganadi va baholaydi. Xalq ta’limi vazirligiga IIV, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda ta’lim muassasalarida koʻngilli yoshlar ishtirokida yoʻl harakati qoidalarini faol targʻib qiluvchi «Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi» klubini tashkil etish topshirildi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
61
1,300
Qonunchilik
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI SAQLAShGA MO‘LJALLANGAN ASOSIY VOSITALARGA MOL-MULK SOLIG‘I BO‘YIChA IMTIYOZNI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-son “2011 — 2015-yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 141-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-son “2011 — 2015-yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 141-modda) meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozni (keyingi o‘rinlarda mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz deb yuritiladi) qo‘llash tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-son “2011 — 2015-yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2011 — 2015-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirilishida qatnashadigan “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari, shuningdek, tashkilotlar sovutish kameralaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalar yuzasidan yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash natijasida saqlash joylari foydalanishga qabul qilingan paytdan boshlab uch yil muddatga mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar. 2. Mazkur Nizom umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi bo‘lgan tashkilotlarga qo‘llaniladi. 3. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini o‘zgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar; rekonstruksiya qilish — arxitekturaviy rejalashtirilgan yechimlarni o‘zgartirish, ustqurmalar qurish, qisman buzgan holda, ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik jihozlarini almashtirish; yangidan qurish — sovutish kameralaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan yangi bino va inshootlarni qurish. 4. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz sovutish kameralaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalar qiymatiga soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishida uch yil muddatga yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash natijasida saqlash joylari foydalanishga qabul qilingan paytdan boshlab taqdim etiladi. 5. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llash uchun tashkilotlar sovutish kameralaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalari bo‘yicha soliq solinadigan bazasining hisobini alohida yuritishlari shart. 6. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoboti shakllariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining tegishli 4-ilovasi 030-satrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-son “2011 — 2015-yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori nomini ko‘rsatib, sovutish kameralaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalarning mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati ko‘rsatiladi. 7. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozni buxgalteriya hisobida aks ettirish Yuridik shaxslarga, soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 105-modda) muvofiq amalga oshiriladi. 8. Mazkur Nizomda ko‘rsatilgan soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
164
5,269
Qonunchilik
Respublikaning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, oziq-ovqat va farmatsevtika tarmog‘iga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yetkazib berishga doir shartnomalar majburiyatlarini bajarish yuzasidan yalang‘och qizilmiya g‘amlangan (to‘plangan) taqdirda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olinmasdan amalga oshiriladi; yalang‘och qizilmiyani g‘amlaganlik (to‘plaganlik) uchun to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan holda g‘amlangan (to‘plangan) yalang‘och qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan to‘lovlar summasi qonunchilikda belgilangan miqdorda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda undiriladi. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlaganlik (to‘plaganlik) bo‘yicha imtiyozlar: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga oid shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish yuzasidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) sharti bilan yalang‘och qizilmiyani g‘amlashda (to‘plashda) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish; g‘amlaganlik (to‘plaganlik) uchun to‘lovlarni kamaytirish shaklida beriladi: belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish- Qizil kitobga kirmaydigan hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki O‘zbekiston Respublikasining ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda; plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug‘lar, ko‘chatlar) uchun belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirish; belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytirish — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan boshqa yerlarda yalang‘och qizilmiya g‘amlash (to‘plash) va O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiya ildizini xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxati, shuningdek respublika bo‘yicha g‘amlash (to‘plash) hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va respublikaning yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari yetkazib berishga shartnomalar nusxalarini tegishli hisobni yuritish uchun yovvoyi o‘simliklar g‘amlanadigan (to‘planadigan) hudud bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga taqdim etadilar”. 2. Quyidagi mazmundagi 101-band qo‘shilsin: “101. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish shaklida ular bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyoz berilgan holda yalang‘och qizilmiya g‘amlanganligi (to‘planganligi) uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi, xomashyo shaklida yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzgan qayta ishlash tashkilotlari tomonidan (ruxsatnoma olinmasdan) belgilangan to‘lovlarning 3 foizi miqdorida to‘lanadi”. 3. 75-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “G‘amlashga (to‘plashga) to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan holda g‘amlangan (to‘plangan) yalang‘och qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan to‘lovlar summasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq undiriladi”.
165
5,196
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 1995-yilning 1-aprelidan amalga kiritilsin. 2. 1959-yil 21-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq 1995-yilning 1-apreliga qadar hukm qilingan, sodir etgan qilmishlari 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan jinoiy deb topilmaydigan shaxslar jazoning barcha turidan (asosiy va qo‘shimcha jazodan) ozod qilinsin. 3. 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy deb topilmaydigan qilmishlarga doir surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlarining yuritishidagi ishlar tugatilsin. 4. 1959-yil 21-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo choralari, basharti, 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilganiga nisbatan og‘irroq bo‘lsa, 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksiga muvofiq holga keltirilsin. Jazo chorasi sudlar tomonidan 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasida belgilangan eng ko‘p jazo chorasiga qadar kamaytiriladi. 5. Ozodlikdan shartli ravishda mahrum qilib, mahkumni mehnatga majburan jalb etish (1959-yil 21-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 232-moddasi) yoki hukmning ijrosini kechiktirish (1959-yil 21-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 441-moddasi) qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan shartli hukm qilish (1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 72-moddasi) bilan almashtirilsin. 6. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan shartli ravishda ozod qilib, mahkumni mehnatga majburan jalb etish (1959-yil 21-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 502-moddasi) qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan jazoning o‘talmagan qismi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengilroq jazo bilan almashtirilsin. 7. Axloq tuzatish-mehnat yoki tarbiya-mehnat koloniyalarida ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarni saqlash tartibi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq holga keltirilsin. 8. Ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq jazodan ozod qilingan shaxslar, shuningdek 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy deb topilmaydigan qilmishlar uchun hukm qilinib, jazoni ilgari o‘tab chiqqan yoki jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilingan shaxslar sudlanmagan deb hisoblansin. 9. Ushbu qarorning ijrosi: a) 2, 4, 5, 6, 7-bandlarda uqtirilgan shaxslarga nisbatan — ana shu shaxslarga nisbatan hukmlarni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga binoan jazoni o‘tash joylaridagi sudlar zimmasiga; b) 3-bandga muvofiq tugatilishi lozim bo‘lgan ishlarga nisbatan — surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar zimmasiga yuklatilsin. 10. Ushbu qaror 2—7-bandlarining ijrosi 1995-yilning 1-oktabriga qadar amalga oshirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning ijrosini ta’minlasinlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: uch oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq holga keltirish to‘g‘risida takliflar taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq holga keltirsin; Respublika vazirliklari, Davlat qo‘mitalari va idoralari 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksiga zid keladigan o‘zlarining normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksidan kelib chiqadigan normativ hujjatlar 1996-yilning 1-yanvariga qadar ishlab chiqilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddat ichida 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksi nashr etilishini ta’minlasin.
145
4,760
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yet
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi: “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi va “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi ustavlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi zarur zamonaviy laboratoriya anjomlari bilan jihozlanishini va milliy darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilishini, shuningdek, uzum, mevalar va rezavorlardan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba ishlab chiqarishi tashkil etilishini ta’minlasin; soha tashkilotlarining kolleksiyalari hisobiga O‘zbekiston vino kolleksiyasini yaratsin hamda har yili uning soha tashkilotlari mahsulotlari bilan to‘ldirilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Akademik M. Mirzayev nomidagi uzumchilik, vinochilik va bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi huzurida uzumning texnik navlari plantatsiyasini yaratish, shuningdek, “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti talabalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Vinochilik sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Agentlik uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan davlat boshqaruvi respublika organi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Vazirlik oldida hisobot beradi. 3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga egadir. 6. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi; b) ingliz tilida — The Agency of Viticulture and Wine Development under the Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan; v) rus tilida — Agentstvo po razvitiyu vinogradarstva i vinodeliya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan. 7. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6. 8. Agentlik tizimiga: Agentlikning markaziy apparati; “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi; “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi kiradi. 9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, uzumchilik va vinochilikni dinamik rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; ustun darajada texnik navlardagi uzum plantatsiyalarini kengaytirish va rivojlantirishga, vinochilikni rivojlantirishga, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga va vinochilik korxonalarini kompleks ravishda modernizatsiya qilishga ko‘maklashish; raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishda, tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish yo‘li bilan eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini, shu jumladan, chet elda ommalashtirishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash; xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yo‘li bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish; uzum ekish materiallarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish; O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron ro‘yxatini yuritish. 10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) uzumchilik va vinochilik sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, uzumchilik va vinochilikni dinamik rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: shu jumladan, klaster asosidagi uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishning davlat va maqsadli dasturlarini, shu jumladan, innovatsion va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish yo‘li bilan uzum planatsiyalarining samaradorligini va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi; uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosati ijrosini ta’minlaydi, ushbu yo‘nalishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi; Inspeksiyadan ma’lumot olish yo‘li bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanmasi monitoringini olib boradi; uzumchilik va vinochilik, shu jumladan, uzum ekish materialini ishlab chiqarish sohasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va takliflar kiritadi; uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik taqdim etish sohasida umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi; b) ustun darajada texnik navlardagi uzum plantatsiyalarini kengaytirish va rivojlantirishga, vinochilikni rivojlantirishga, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga va vinochilik korxonalarini kompleks ravishda modernizatsiya qilishga ko‘maklashish sohasida: ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda agrotexnologiyalarni takomillashtirish va uzum hosildorligini oshirish, tarmoq mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi; uzum plantatsiyalarida mahalliy seleksiya navlari, xususan, yashash muhitining abiotik va biotik sharoitlariga ko‘proq moslashgan Yevropa klonlari va avtoxton navlar ulushini oshirish choralarini ko‘radi; milliy ampelografik kolleksiyalar saqlanishi va kengaytirilishini ta’minlaydi hamda uzum navlari DNK katalogi (reyestri)ni shakllantiradi va yuritadi; v) raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishda, tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish yo‘li bilan eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini, shu jumladan, chet elda ommalashtirishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashadi, shuningdek, uzumchilik mahsulotlari tashqi bozori konyunkturasini o‘rganadi, mamlakatimiz uzumchilik mahsulotlarini ommalashtirish va tarmoq mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda korxonalarda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy qilishga ko‘maklashadi va takliflar kiritadi; uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar va vinoni tanishtirish bo‘yicha milliy va xalqaro festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi; g) xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yo‘li bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish sohasida: uzumchilik va vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb qiladi, shuningdek, tarmoq mutaxassislari, uzum yetishtiruvchilar va vinochilarni respublikaning yetakchi korxonalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Vinochilik sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida, shuningdek, chet elda malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlashga ko‘maklashadi; Toshkent kimyo-texnologiya instituti, boshqa oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shu jumladan, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uzumchilik va vinochilik sohasida ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida hamkorlik qiladi; oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalariga bevosita tarmoqning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarida amaliyot o‘tishlarida ko‘maklashadi; d) uzum ekish materiallarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solish, uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash yuzasidan Inspeksiya bilan o‘zaro hamkorlik qilish sohasida: uzum ekish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha pitomniklarni barpo qilishda ko‘maklashadi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning faoliyatini tartibga soladi va muvofiqlashtiradi; ishchi organlar ishida ishtirok etadi, texnik va texnologik reglamentlar, standartlar, shuningdek, uzumchilik sohasi hamda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish sohasida sanitariya-gigiyena normalarini yaratish, joriy qilish va yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi va kiritadi; chakana savdo tarmoqlarida nazorat tartibida sotib olish yo‘li bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qiladi; uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini tekshirish yakunlari bo‘yicha Inspeksiyaga ma’lumot kiritadi; Inspeksiyaning tashabbusi bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishga litsenziya berish jarayonida ishtirok etadi; nazorat va tekshirish organlarining so‘rovi bo‘yicha uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash bo‘yicha monitoring olib borish va tekshirishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi; e) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron ro‘yxatini yuritish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron ro‘yxatini yuritadi; Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z vakolati doirasida Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, uzumning texnik navlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish; Vazirlikka normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rash va olish; davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish; Inspeksiya bilan birgalikda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash va nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish va Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash; Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; uzumchilik va vinochilik sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; binolarga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnika, dasturiy ta’minot hamda Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa tovarlar ta’minoti va foydalanish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; ilmiy tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga shartnoma asosida jalb qilish; Agentlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 12. Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari huquq va majburiyatlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi. 13. Agentlik: Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosati samarali amaliy amalga oshirilishi; normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishi; Agentlikning markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil qilish uchun javob beradi. 14. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. 15. Direktor o‘z maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatishi shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 16. Direktor Agentlik direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinladigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga ega. 17. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlari vazifalar taqsimlanishiga muvofiq uning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. 18. O‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda Agentlik davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda qabul qilingan qarorlar bilan uzumchilik va vinochilik sohasidagi tadbirlarni o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarni tuzadi. 19. Agentlik faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri mutasaddilik qiladi. 20. Direktor lavozimi bo‘yicha Vazirlik hay’ati tarkibiga kiritiladi. 21. Quyidagilar Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishi jarayonini tanqidiy jihatdan va chuqur tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri topshiriqlarini bajarish; o‘zining o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘zining o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Agentlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi jarayonini nazorat qilishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish; Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish; Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sifatli ishlab chiqish va Vazirlikka o‘z vaqtida kiritishni tashkil qilish; Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish); Agentlik rahbarlari va xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish; o‘z o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; o‘z o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish; Agentlik va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish; Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash; “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish; jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash; davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish; Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish; markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yo‘riqnomalari va Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, Agentlik markaziy apparati, “Enologiya laboratoriyasi” DUK va “Uzumchilik o‘quv markazi” DUK xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish; Jamg‘armaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga uzumchilik va vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish; Agentlik, idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish; Agentlik markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvallariga o‘zgartish kiritish yuzasidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida Vazirlikka takliflar kiritish. Agentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi. 22. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: direktor vaqtincha bo‘lmagan vaqtlarda uning vazifalarini bajarish; Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri topshiriqlarini ijro etish; direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflarni taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritish uchun Vazirlikka o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash; Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish; xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligi, safar xarajatlariga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; Agentlikning uzumchilik va vinochilik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha direktorga taklif kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish; Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904 son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish. Direktor o‘rinbosarlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradilar. 23. Agentlik direktori: Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi; Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli sarflanishi; ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi. 24. Agentlik direktori o‘rinbosarlari: mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi; ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan Agentlikning javobgarligi sohalari bo‘yicha; Ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradilar. 25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholanishi lozim. 26. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlarga asoslanadi. 27. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha quyidagi choralar ko‘riladi: Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari; Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli Vazirlik tomonidan belgilanadi. 28. Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatni amalga oshirishga va markaziy apparat ta’minoti uchun xarajatlar, shu jumladan, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa to‘lovlar, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qoplanishi Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi. 29. Agentlik xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari joriy etiladi. Bunda Agentlik direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kelishgan holda Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha ustamalar belgilanishi mumkin. 30. Agentlik xodimlariga rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan ustama va qo‘shimcha haqlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan mehnat shartnomalari (kontraktlar) va nizomlarga muvofiq to‘lanadi. Bunda rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan ustamalar va qo‘shimcha haq belgilanishi Agentlik direktorining huquqi hisoblanadi. 31. Agentlik direktori Vazirlik oldida Agentlik faoliyati natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi. 32. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Agentlik direktori faoliyatining unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi. 33. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘zini ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi. 34. Agentlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ishlatish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi. Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash; Agentlikning markaziy apparati ta’minoti va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish; Agentlik markaziy apparatining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish. 3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan har yillik subsidiyalar; alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining besh foiz miqdoridagi ajratmalari; Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUK va “Uzumchilik o‘quv markazi” DUKning belgilangan tartibdagi ajratmalari; xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlar) va grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Jamg‘armaga majburiy ajratmalarni o‘z vaqtida yuborish uchun shaxsiy mas’uliyat Jamg‘armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kech bo‘lmagan muddatda amalga oshirishi lozim. Ajratmalar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona har bir kechiktirilgan kun uchun, ajratmalarning kechiktirilgan summasining 0,01 foizi miqdorida penya to‘laydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim. 5. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: yangi uzum plantatsiyalarini yaratish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish (modernizatsiya qilish), uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash; uzumchilik va vinochilik bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, uzumning yangi seleksiya navlarini yaratish, uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish va o‘rganish, shuningdek, uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sifatini yaxshilash; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini boshqarish bo‘yicha inspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasini alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalarning ajratmalari summasidan o‘n foiz miqdorida shakllantirish; Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparati ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va Agentlik direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomga muvofiq boshqa to‘lovlarni, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash; uzumchilik va vinochilik sohasida chet el mutaxassislari va maslahatchilarni jalb qilish, shuningdek, uzum yetishtiruvchilar, Agentlik va vinochilik korxonalarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish; mamlakatimizda ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, vinochilik mahsulotlarini tanishtirish bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari, festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish va tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, ushbu tadbirlarda, shu jumladan, chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarda alkogol sohasi korxonalari ishtirok etishida ko‘maklashish; mahalliy tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarda, shu jumladan, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotida a’zolik badallarini va boshqa badallarni to‘lash; ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, e’lonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, vinochilik va uzumchilik sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish; ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan vinochilik va uzumchilik sohasida normalar, reglamentlar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish; Agentlikning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar va tadbirlar. 6. Jamg‘arma hisobiga loyihalarni moliyalashtirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlarga yuridik shaxslarga kreditlar berish uchun (alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash bundan mustasno) 7 yilgacha bo‘lgan muddatga bozor stavkalarida resurslarni joylashtirish; alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun yuridik shaxslarga kreditlar berish uchun O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida 2 yilgacha bo‘lgan muddatga resurslarni joylashtirish; ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan maqsadlarga tegishli shartlarda qarz berish; ushbu Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlarga grantlar berish. Bunda berilgan grantlar summasi Jamg‘arma hisobvarag‘iga har yil tushadigan umumiy summaning 5 foizidan oshmasligi lozim; quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar berish: a) qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada ko‘rsatilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan summa subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi; b) 120 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda suv chiqarish uchun burg‘ulash qudug‘i, yaratilayotgan 35 gektardan ziyod gektarli uzum plantatsiyalarini sug‘orish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurish. v) mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qima (meristema hujayra)laridan “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona tok ko‘chatiga 4 (to‘rt) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi; g) tok ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (o‘n besh) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi; Mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar hisobidan, “v” va “g” kichik bandlaridagi maqsadlar uchun mablag‘lar Jamg‘armaning qolgan manbalaridan kelib tushadigan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi. 7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish holati bo‘yicha amalga oshiriladi, Tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish holati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga muvofiq tarkibdagi foydalanishga topshirish bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 8. Berilgan qarzlarning har yillik summasi Jamg‘armaning hisobvaraqlariga tushgan har yillik mablag‘lar umumiy summasining 20 foizidan oshmasligi lozim va qarz ta’minoti sifatida ko‘chadigan va ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari taqdim qilinadi. 9. Mablag‘lardan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha foyda manbaini olish maqsadida Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlarida joylashtirilishi mumkin. 10. Jamg‘armaning ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 11. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash Agentlik direktori tomonidan Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. 12. Agentlik direktori: Jamg‘arma mablag‘larini ushbu Nizomga hamda Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi va uning mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun javob beradi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzadi; Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish, uzaytirish va o‘zgartirish bo‘yicha qarorlarni qabul qiladi; Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi. 13. Ushbu Nizomning 6-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan maqsadlarga Jamg‘arma mablag‘laridan grant va subsidiyalarni taqdim qilish bo‘yicha qarorlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga grant va subsidiyalarni taqdim qilish Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. 14. Kengashning subsidiyalarni taqdim qilish to‘g‘risidagi ijobiy qarori O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘armaga mablag‘larni ajratish uchun asos hisoblanadi. Kengash majlislari bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Agentlik Kengashning ishchi organi hisoblanadi, uning vazifalari va funksiyalari Kengash tomonidan belgilanadi. 15. Loyihalarni ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga grant yoki subsidiyalar hisobiga moliyalashtirish tartibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 16. Grant yoki subsidiyalar mablag‘larini olish uchun loyiha tashabbuskori Agentlikka yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, so‘ralayotgan mablag‘ maqsadlari, loyihani amalga oshirish joyi, bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan holda grant yoki subsidiya berish to‘g‘risidagi ariza; uzum plantatsiyalarini barpo etish uchun yoki shpalerga ko‘tarilishi lozim bo‘lgan tokzorlar joylashgan yer uchastkasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat — subsidiyalarni olishda; ta’sis hujjatlari nusxalari (ustav va/yoki ta’sis shartnomasi) (fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) va davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma — subsidiyalarni olishda; subsidiyalarni olishga rozilik to‘g‘risida xo‘jalik jamiyatlari muassislari (paychilar, ishtirokchilar) va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi (kuzatuv kengashi, boshqaruv) bayonnomasi; ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda loyiha bo‘yicha ma’lumot — subsidiyalarni olishda; hal qilish uchun grant olish talab qilinadigan muammolarni tavsiflovchi hujjat; xarajatlar smetasi va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari (bunday manbalar mavjud bo‘lganda) va loyiha bo‘yicha boshqa ma’lumotlar. Loyiha tashabbuskoridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi. 17. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan grant yoki subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tekshiriladi. Taqdim qilingan hujjatlarda xato va/yoki kamchiliklar aniqlanganda Agentlik loyiha tashabbuskorini xato va/yoki kamchiliklar haqida xabardor qiladi. Loyiha tashabbuskori tomonidan xato va/yoki kamchiliklar Agentlik xabardor qilgandan so‘ng yetti kun mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda hujjatlar loyiha tashabbuskoriga qaytarib beriladi. 18. Loyiha tashabbuskori tomonidan grant yoki subsidiyalarni olish uchun taqdim qilingan, ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlar Agentlik tomonidan Kengashning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Taqdim qilingan hujjatlar asosida Kengash grant yoki subsidiyani berish yoki berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 19. Agentlik loyiha tashabbuskorini qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi. 20. Kengash tomonidan grant yoki subsidiyani berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror asosida loyihani amalga oshirish uchun Agentlik va loyiha tashabbuskori o‘rtasida grant yoki subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnoma tuziladi. 21. Grant berilishi grant ajratish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan shartlar va muddatlarda amalga oshiriladi. Subsidiyalar berilishi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilgandan so‘ng bir oylik muddatda amalga oshiriladi. 22. Subsidiya, grant va qarzlar loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi. 23. Yangi uzum plantatsiyalarini barpo qilish bo‘yicha ariza berilgan loyihani amalga oshirish subsidiya olingandan so‘ng uzum ekilishining keyingi mavsumi tugagunga qadar yakunlanishi lozim. 24. Agentlik tuman (shahar) hokimligi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bilan birgalikda uzum ekilishi mavsumi yoki shpalerga ko‘tarish ishlari tugagandan keyin ikki oy mobaynida loyiha tashabbuskorlari tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan ariza berilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoring yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i va Agentlik vakili tomonidan imzolanadigan shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar loyiha tashabbuskori tomonidan bajarilgani yoki bajarilmagani to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 25. Subsidiya olingandan so‘ng uzum ekishning keyingi mavsumi tugagunga qadar yangi uzum plantatsiyalarini barpo qilish yoki shpalerga ko‘tarish ishlari bo‘yicha ariza berilgan loyiha amalga oshirilmagan taqdirda ajratilgan subsidiyalar Agentlikning mablag‘larni qaytarish haqidagi xabari olingan kundan e’tiboran bir oy mobaynida Agentlikka qaytarib berilishi lozim. Agentlik loyiha tashabbuskorini ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan dalolatnoma imzolangan kundan e’tiboran 10 ish kuni mobaynida ajratilgan subsidiyalarni qaytarish haqida xabardor qilishi shart. Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng bo‘lgan subsidiya summasi qaytarilishi lozim. 26. Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi va 6-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati o‘rtasidagi bosh kelishuvni tuzish yo‘li bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga resurslar taqdim qilinadi. Agentlik tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi, bunda Jamg‘arma mablag‘larining sarflanishi Jamg‘armaning respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyalardai tashqari boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi; Tijorat banklarining kreditlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga Agentlik bilan kelishgan holda beriladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalarida berilishi nazarda tutilsin. 27. Tijorat banki resurslarning foydalanilmagan va/yoki to‘lanmagan qismini Agentlikning hisobvaraqlariga 3 ish kuni mobaynida qaytarib berishi shart. 28. Ushbu Nizomning 6-bandi to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan qarzlarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 29. Agentlik har bir yo‘nalish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari tushishi va harakatining alohida hisobini yuritadi. 30. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha, yillik hisobot esa keyingi yilning 30-yanvaridan kech bo‘lmagan muddatda har chorakda taqdim qilinadi. 31. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga o‘tkazilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi. 32. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 34. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
250
54,999
Qonunchilik
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator muhim vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni har tomonlama muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari ta’kidlaydiki, mamlakatimizda bugungi kunda aholi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarayotgan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish, bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, tomorqalardan avvalgi yillarga qaraganda ikki barobar ko‘p hosil olish o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Oxirgi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshirilgan bir qator muhim tashkiliy-huquqiy tadbirlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, uning hududiy organlari tuzilganligi, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tomorqa bilan shug‘ullanadigan alohida o‘rinbosar lavozimi joriy etilganligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilganligi, ushbu kengash huzurida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi hamda aholiga urug‘lik va ko‘chat yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Tomorqa xizmati” korxonalari faoliyat ko‘rsata boshlaganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Koronavirus pandemiyasi yuzlab mamlakatlarda, hatto eng rivojlangan davlatlarda ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi siyosat va chora-tadbirlar yetarli emasligini yaqqol ko‘rsatdi. Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bo‘lgan ichki talabni to‘liq qanoatlantirish, aholi daromadlarini oshirish va uning farovonligini yanada yuksaltirish borasida ishga solinmagan katta zaxira va imkoniyatlar mavjud. Bu sohadagi ishlar natijadorligini oshirish uchun esa ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga egadir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni o‘tkazilgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar bugungi kunda dolzarb ekanligi ta’kidlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi tumanlar va shaharlarda aholiga o‘z tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama yordam berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan iborat Ishchi guruh tuzilsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Quyidagilar Ishchi guruhning (R. Mamutov va B. Tajiyev) asosiy vazifalari etib belgilansin: mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda ularning hududiy organlariga aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etishda amaliy yordam berish; O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tashkil etishga ko‘maklashish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan o‘rganilishi hamda muhokama qilinishida amaliy yordam ko‘rsatish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ta’sirchan deputat va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga ko‘maklashish; kam ta’minlangan, qarovchisi bo‘lmagan oilalarga ilg‘or fermyerlarni biriktirish, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va u yerlarni parvarishlashda yordam berilishi hamda bu maqsadda mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan samarali parlament nazorati o‘rnatilishini tashkil etish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yerlaridan unumli foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan, shu jumladan tomorqa yerlari qarovsiz tashlab qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularga ekin ekish zarurligi to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borish; yerlardan samarali foydalanayotgan tomorqa yer egalarini rag‘batlantirish borasidagi mavjud mexanizmlarning samarali qo‘llanilishini tashkil etishga ko‘maklashish; dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, parranda va chorva mollarini parvarish qilish, mevali daraxtlar ekish ishlarini tizimli tashkil etish hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish; bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (J. Shirinov) hamda Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (B. Matmuratov) tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganligi uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish yuzasidan bir hafta muddatda takliflar ishlab chiqsin hamda kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi (R. Mamutov) hamda Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (B. Tajiyev): dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bir oylik muddatda har tomonlama inventarizatsiyadan o‘tkazsin hamda tegishli takliflar tayyorlasin, shuningdek aholining o‘zi yashab turgan tomorqasidan hamda daladagi yerlardan ajratilgan tomorqasidan samarali foydalanishini tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin; mutasaddi vazirlik va idoralarning dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotini har chorakda eshitsin, shuningdek, hududlarda muntazam muhokamalar o‘tkazsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga: dehqon xo‘jaliklari bilan hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanmayotgan yer egalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishiga hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga doir masalalarni xalq deputatlari viloyat va tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida muhokama qilib borish; dehqon xo‘jaliklari yerlari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin. 8. Mazkur Qo‘shma qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Xaitov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklatilsin. 9. Ushbu Qo‘shma qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tasdig‘iga kiritilsin. 10. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
129
8,472
Qonunchilik
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2821-son qarori ijrosini ta’minlash hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini tayyorlashni zarur darajada bosqichma-bosqich tashkil etish, iqtidorli yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ulardan mamlakat sport terma jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi M. Jumanazarov ko‘chasida joylashgan va foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi negizida Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini (keyingi o‘rinlarda oliy sport mahorati maktabi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, oliy sport mahorati maktabi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiruvchi maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi. 3. Quyidagilar oliy sport mahorati maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin: sportning olimpiya va milliy sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi bo‘yicha professional ko‘nikmalar va mahoratga ega bo‘lgan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlab olish; olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilar va malakali trenerlarni tayyorlash uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, bunda sportchilar va trenerlarini yotoqxona bilan ta’minlash va ovqatlanishini tashkil etish; sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantirish hamda zamonaviy bilimlarga ega trenerlar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirish; nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalarni takomillashtirish, sportchilarning professional sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq terma jamoalarni tayyorlash darajasini oshirish; sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlar, sport tashkilotlari va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan sportchilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish yuzasidan Xitoy davlati tajribasidan foydalanish, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini shartnoma asosida jalb etgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilarining malakasini oshirish; trener-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashadigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini joriy etish. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bir oy muddatda: oliy sport mahorati maktabining tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, uning ustavi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; oliy sport mahorati maktabini yuqori malakali mutaxassislar va trener-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin; sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini yetarli darajada tashkil etish uchun zarur sport jihozlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash hamda sport zallari va o‘quv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018-yil 1-maygacha oliy sport mahorati maktabi uchun quriladigan trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosining zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin. Belgilansinki, oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosini 2018-yil oxirigacha qurish va jihozlash uchun zarur mablag‘lar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosini qurish va jihozlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatsin. 7. Belgilansinki, oliy sport mahorati maktabi faoliyatini moliyalashtirish: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; oliy sport mahorati maktabi faoliyati ixtisosligi bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2018-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti xarajatlar parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin, shuningdek, 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda respublika oliy sport maktabi ta’minoti uchun “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin; oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari F.K. Turdiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
103
6,603
Qonunchilik
“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-409-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
877
Qonunchilik
Onlayn-NKMni joriy etish boʻyicha pilot loyihani oktyabrda boshlash rejalashtirilmoqda
Onlayn-NKMni joriy etish boʻyicha pilot loyihani 1.10.2018 yildan 1.03.2019 yilgacha oʻtkazish, uning yakunlariga koʻra esa mamlakatimiz hududida tizimni joriy etish yuzasidan qaror qabul qilish koʻzlanmoqda. QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining respublikada onlayn-NKM tizimini pilot tariqasida ishga tushirishga yoʻnaltirilgan qarori loyihasi e’lon qilindi. Hujjat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihani amalga oshirish va uning uslubiy kuzatuvini ta’minlash uchun Davlat soliq qoʻmitasi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul boʻlishi koʻzlanmoqda. Pilot loyihada ishtirok etish iхtiyoriy boʻladi. Buning uchun tadbirkorlik sub’yektlari soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali fiskal modulni roʻyхatdan oʻtkaza oladilar. Loyiha ishtirokchilarining majburiyatlari jadvalda qayd etilgan: «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» MChJ (fiskal modullar operatori) Davlat soliq qoʻmitasi Loyiha ishtirokchisi boʻlgan tadbirkorlar Uskunalarni ishlab chiqaruvchilar Qaror bilan loyiha doirasida foydalaniladigan uskunalarga doir teхnik talablarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin. Oleg Gayevoy.
86
1,253
Qonunchilik
“Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
203
436
Qonunchilik
Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 12-avgustdagi 19/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2912, 2017-yil 16-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 867-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1518, 2005-yil 26-oktabr)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3003, 2018-yil 1-may)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 8-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i, Emissiya-kassa amaliyotlari bo‘limi (boshqarmasi)” degan so‘zlar “Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 18-bandning birinchi xatboshisidagi “Emissiya-kassa operatsiyalari bo‘limi (boshqarmasi)ga” degan so‘zlar “Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 24 va 27-bandlardagi “Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi” degan so‘zlar “Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
189
1,949
Qonunchilik
A’zoni koʻchirib oʻtkazishda kim donor boʻla oladi
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 859-son qarori bilan Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Hujjat «Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida»gi Qonunning kuchga kirish kunigacha amal qiladi. Uning loyihasini joriy yilning yakunigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi zarur. Ma’lumot uchun: qonun loyihasi QHTB portaliga joylashtirib boʻlindi, uning sharhi bilan esa bu yerda tanishish mumkin. Nizom buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor[1] va retsipiyentning[2] huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Kim donor boʻla olishi yoki boʻla olmasligi masalasi ham hal etilgan (quyidagi jadvalga qarang). Quyidagilar tirik yaqin qarindosh donorlar boʻlishi mumkin: Donor boʻlishi mumkin emas: ota-onalar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar belgilangan holatda oʻzini oʻzi boshqarolmaydigan deb topilgan er-хotinlar ozodlikdan mahrum qilingan farzandlar (shu jumladan asrab olinganlar) I va II guruh nogironlari buva va buvilar, nabiralar homilador ayollar er-хotinning ota-onalari, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksikomaniyadan azob chekayotgan shaхslar Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi: Transplantatsiya oʻtkazishning zarurati toʻgʻrisidagi uzil-kesil qaror Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan maхsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Operatsiyani oʻtkazish uchun donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish kerak. Bunda u har tomonlama tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi darkor. Transplantatsiya bajarilgandan soʻng donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser koʻrigi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, ambulatoriya nazoratida boʻlgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan ta’minlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi.    Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Lenara Xikmatova. [1] Tirik donor (donor) - retsipiyentga oʻz хohishi bilan a’zosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralarini berayotgan odam. [2] Retsipiyent - inson a’zosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralari transplantatsiya qilinayotgan odam.
50
2,724
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010 YIL 17 SENTYABRDAGI “BAHOLASh FAOLIYATI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJ
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-257-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarorining 3-bandi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalarining 15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “15. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli bo‘lgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoldiq balans qiymat bo‘yicha baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorining 9-bandi, shuningdek ushbu qarorga 7-ilovaning 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya tomonidan” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda): a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “mustaqil baholovchilar” so‘zlari “baholovchi tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada (Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risida Nizom): 3-banddagi “baholovchi” so‘zi “baholovchi tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning qarori bo‘yicha, — kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra baholash tashkiloti jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun baholovchi tashkilotni jalb etish majburiydir”; 7-banddagi “baholovchi” so‘zlari “baholovchi tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bandning birinchi xatboshidagi “baholovchi” so‘zi “baholovchi tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning birinchi xatboshidagi, 15-bandning beshinchi xatboshidagi va 16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “baholovchi” so‘zi “baholovchi tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandi “k” kichik bandidagi “baholovchining hisoboti” so‘zlari “baholash to‘g‘risidagi hisobot” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 2-ilova (Asosiy vositalarni konservatsiya qilish to‘g‘risida dalolatnoma)dagi, shuningdek 1 va 2-ilovalardagi “Mustaqil baholovchilarning xulosasi bo‘yicha” so‘zlari “Baholovchi tashkilot bahosi to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-ilova (Asosiy vositalarni qaytadan ishga tushirish to‘g‘risida dalolatnoma)dagi, shuningdek unga ilovadagi “Mustaqil baholovchilarning xulosasi bo‘yicha” so‘zlari “Baholovchi tashkilot bahosi to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 17-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “baholovchi tashkilotning mol-mulk qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lov (baholovchi tashkilot tomonidan baholashda)”; b) 18-bandning 5 kichik bandidagi “bo‘yicha dastlabki hisob-kitob (xulosa)” so‘zlari “to‘g‘risidagi hisobot” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 22-banddagi “bank xodimi yoki mustaqil baholovchi tomonidan dastlabki hisob-kitob yoki xulosa tuzish yo‘li bilan” so‘zlari “baholovchi tashkilot tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “baholovchini” so‘zi “baholovchi tashkilotni” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 8-bandda: birinchi xatboshidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsni (keyingi o‘rinlarda baholovchi deb ataladi)” so‘zlari “baholovchi tashkilotni” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “baholovchini” so‘zi “baholovchi tashkilotni” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “baholovchi tomonidan” so‘zlari “baholovchi tashkilot tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “baholovchi” so‘zi “baholovchi tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek boshqa mutaxassislar o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo‘ladilar”. g) 15-bandning oltinchi xatboshidagi ““baholovchining” so‘zi “baholash to‘g‘risidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 37-banddagi “baholovchilar” so‘zi ““baholovchi tashkilot xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 50-banddagi “baholovchining” so‘zi chiqarib tashlansin.
250
7,450
Qonunchilik
Termiz davlat universiteti huzurida “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish markazini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish hamda ularga darsdan bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Surxon daryosi sohili hududida Termiz davlat universiteti huzurida davlat unitar korxonasi shaklida “Amudaryo” sport-sog‘lomlashtirish markazini (keyingi o‘rinlarda Sport-sog‘lomlashtirish markazi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi: Sport-sog‘lomlashtirish markazini barpo etish uchun Surxon daryosi sohiliga tutash hududdan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer maydonini belgilangan tartibda ajratsinlar; hududda tozalash, mavjud bino va inshootlarni buzish, vertikal rejalashtirish, har bir bino uchun (birinchi quduqqa qadar) tashqi muhandislik tarmoqlarini (ichimlik va oqova suv tarmoqlari), avtomobil yo‘llari va avtomobillar to‘xtab turish joylarini (infratuzilma ishlari bilan) qurish ishlarini amalga oshirsinlar. 3. Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari (shu jumladan loyihalash va pudrat tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurilish muddatlari) bilan bog‘liq chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida qurilishi belgilangan yopiq suzish havzasini Sport-sog‘lomlashtirish markazi hududiga ko‘chirish va 2016-yil avgust oyigacha foydalanishga topshirish bo‘yicha 2015-yilgi manzilli dasturlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin hamda 2016-yilgi manzilli dasturlarni shakllantirish jarayonida Sho‘rchi tumanida yopiq suzish havzasi qurilishiga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Sport-sog‘lomlashtirish markazi hududida kanal o‘zanini hamda o‘zan suv oqimini muvofiqlashtiruvchi inshootni (shu jumladan 3 ta ko‘prik bilan birga) barpo etish bo‘yicha 2015-2016-yillarda suv xo‘jaligi obyektlarini qurish manzilli dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 6. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini va 2 ta transformator punktini hamda har bir obyekt va inshootgacha past voltli elektr kabellari o‘tkazishni loyihalash va qurish ishlarini Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar uchun past voltli elektr tarmoqlarini zamonaviylashtirish va yangilash dasturi doirasida amalga oshirsin. 7. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Sport-sog‘lomlashtirish markazidagi obyektlarni gaz bilan ta’minlash uchun qurilish-montaj ishlarini va uni loyihalash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan bajarishni ta’minlasin. 8. Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini qurish bo‘yicha: Surxondaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib; “O‘zshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin. 9. Surxondaryo viloyati hokimligiga Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini qurish loyiha-smeta hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda ishlab chiqishga, 2015-yil 31-dekabrgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha Sport-sog‘lomlashtirish markazi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va uning hududlarini obodonlashtirish uchun sement va metall prokati ajratilishini ta’minlasinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazishni hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda ta’minlasin. 12. Mazkur qarorning ilovasida keltirilgan obyektlar (xususiy tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobiga qurilgan obyektlardan tashqari) qurilishi yakunlangandan so‘ng ularning tezkor boshqaruv huquqi bilan Sport-sog‘lomlashtirish markaziga berilishi belgilab qo‘yilsin. 13. Termiz davlat universiteti Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishgan holda, bir oy muddatda Sport-sog‘lomlashtirish markazining rahbarini tayinlasinlar va xodimlari shtat jadvalini hamda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini tasdiqlasinlar. 14. Belgilab qo‘yilsinki, Sport-sog‘lomlashtirish markazi ta’minoti xarajatlari tijorat faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishidan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlari grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 15. Sport-sog‘lomlashtirish markazining tasdiqlangan bosh rejasiga qat’iy amal qilgan holda, uning hududida xususiy tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisoblaridan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, iste’mol mollari do‘konlari, savdo shoxobchalari va boshqa bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruxsat berilsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.Y. Xodiyev va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
121
6,257
Qonunchilik
ChET EL FUQAROLARI HAMDA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARNI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT VILOYATIDA DOIMIY VA VAQTINChA PROPISKA QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 37-son, 375-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 16-son, 179-modda) muvofiq buyuraman: 1. Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Mazkur Yo‘riqnoma “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga (keyingi o‘rinlarda yashash guvohnomasi deb yuritiladi) ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsat berish tartibini belgilab beradi. Mazkur Yo‘riqnomaning qoidalari qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha propiska qilinishdan ozod etilgan shaxslarga, shuningdek chet el fuqarolariga – xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila a’zolariga tatbiq etilmaydi. 2. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek xorijiy davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish ichki ishlar organlari (keyingi o‘rinlarda IIO deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shaxsning doimiy yashashi yoki muayyan joyda vaqtincha bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar propiska qilingan joyda yashashlari lozim. 21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatida (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) ko‘rsatilgan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega. 3. Xorijiy davlatlardan kelgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kamida bir yil yashagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsat olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning (keyingi o‘rinlarda TShIIB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb yuritiladi) murojaat etishi mumkin. Buning uchun ular TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza-anketa; chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati; uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onaning vafot etganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (Ro‘yxatning 6-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilish chog‘ida); xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan yoki xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, konsullik muassasasi tomonidan berilgan, avvalgi yashash joyi bo‘yicha sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlardan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun); 35 x 45 mm o‘lchamli ikkita fotosurat; hujjatlarning ko‘rib chiqilganligi va rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 4. TShIIB MvaFRB xodimi barcha hujjatlarni olgach, ariza beruvchidan doimiy propiskaga rad javobi berilsa, respublikada bo‘lish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda vaqtincha propiska muddati tugashi bilan respublika hududidan chiqib ketishi to‘g‘risida mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq tilxat oladi. 5. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi hamda ariza beruvchining vaqtincha yashash joyi bo‘yicha u haqiqatda ushbu manzilda yashayotganligini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb yuritiladi) Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan va tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda Toshkent shahar IIBB deb yuritiladi) va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda IIB deb yuritiladi) Manzil ma’lumotnoma byurosidan (keyingi o‘rinlarda MMB deb yuritiladi) ariza beruvchi va turar joy egasiga doir tegishli ma’lumotlar so‘rab olinadi. TShIIB MvaFRB tomonidan barcha hujjatlar olingach, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan shaxsiy yig‘ma ish jildi ochiladi hamda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlanib shaxsiy yig‘ma ish jildi bilan birga Toshkent shahar IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIBB MvaFRB deb yuritiladi) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIB MvaFRB deb yuritiladi) yuboriladi. IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlar tekshiriladi va materiallar tegishli vakolatli organga yuboriladi. 6. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB MvaFRB va IIB MvaFRB tomonidan o‘n kunlik muddatda IIBB yoki IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tayyorlanadi va materiallar IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda IIV MvaFRBB deb yuritiladi) yakuniy qaror chiqarish uchun yuboriladi. IIV MvaFRBB ushbu masalani hal etishda tegishli vakolatli organning fikr-mulohazasini, zaruriyat bo‘lganda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini so‘rab oladi va bir oy muddat mobaynida IIV o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi. Qaror chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy yig‘ma ish jildiga biriktirilgan holda tegishliligi bo‘yicha IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRBga ijro uchun yuboriladi. 7. IIVning ijobiy qarori boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirib berish uchun asos hisoblanadi. 8. IIVdan ijobiy javob olingach, IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB ikki ish kunida materiallarni tegishli TShIIB MvaFRBga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomasini hamda doimiy propiskani rasmiylashtirib berish uchun yuboradi. 9. TShIIB MvaFRB materiallarni olgach, uch ish kunida ariza beruvchiga yoki turar joy egasiga yozma ravishda xabar berib, ularning murojaati asosida yashash guvohnomasini rasmiylashtirib beradi va uning tegishli betiga doimiy propiska shtampini qo‘yadi. Bir vaqtning o‘zida TShIIB MvaFRB tomonidan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari tushuntiriladi hamda bu haqda undan mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq tilxat olinadi. IIV tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan va ayni paytda turar joy egasi tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek ariza beruvchi yoki uy-joy egasi xabardor qilingan kundan boshlab olti oy muddat ichida ariza beruvchi yashash guvohnomasini rasmiylashtirish va doimiy propiska qilish uchun murojaat qilmasa, TShIIB MvaFRB qarorni ijro qilish imkoniyati yo‘qligini yozma ravishda ma’lum qilgan xolda uch kunda shaxsiy yig‘ma ish jildini IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB orqali IIV MvaFRBga yuboradi. IIV MvaFRB olingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, IIV o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan avvalgi ijobiy qarorni bekor qiladi. Qaror shaxsiy yig‘ma ish jildiga biriktirilgan holda ijro uchun tegishliligi bo‘yicha IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB orqali TShIIB MvaFRBga qaytarib yuboriladi. 10. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1992-yil 28-iyul) kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va sobiq SSSR namunasidagi pasportlarga ega bo‘lgan yoki ularni yo‘qotgan, shuningdek hujjatlarga ega bo‘lmagan (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno) va Ro‘yxatga kiruvchi uzoq vaqt Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida yashayotgan shaxslar shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasi bo‘yicha tegishli TShIIB MvaFRBga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: sobiq SSSR ittifoqi pasporti yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma, ushbu hujjatlar bo‘lmaganda harbiy guvohnoma yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat; O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olganligi yoki mehnat qilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar (agar mavjud bo‘lsa). 11. Mazkur Yo‘riqnomaning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida TShIIB MvaFRB tomonidan uch kunda shaxsga mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma beriladi. Ushbu ma’lumotnoma asosida shaxs o‘zi tug‘ilgan yoki muqaddam istiqomat qilgan xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik elchixonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat qiladi va uning ushbu xorijiy davlat fuqaroligiga mansub emasligi, oldingi yashash joyi bo‘yicha propiska qilinmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani oladi. Shundan so‘ng, shaxs ushbu ma’lumotnomani va mazkur Yo‘riqnomaning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni doimiy yashashga ruxsat olish va doimiy propiska qilish uchun TShIIB MvaFRBga taqdim etadi. Barcha hujjatlar taqdim etilgach, TShIIB MvaFRB xodimi uch kunda shaxsning oldingi yashash joyi bo‘yicha tegishli davlatning huquqni muhofaza qilish organlariga uning xorijiy davlat fuqaroligiga mansub emasligi va propiskasi yo‘qligi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi. Bunda, so‘rovnoma faqat propiska instituti mavjud Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarga yuboriladi. So‘rovnomaga javob kelgunga qadar mazkur toifa shaxslarning doimiy yashashga ruxsat olish uchun bergan arizalari mazkur Yo‘riqnomaning 5-9 bandlariga asosan ko‘rib chiqiladi. So‘rovnoma yuborilgandan keyin uch oy ichida javob kelib tushmasa, TShIIB MvaFRB xodimi mazkur Yo‘riqnomaning 10-bandida va mazkur bandda ko‘rsatilgan mavjud hujjatlar bilan cheklanadi. Ro‘yxatga kirmaydigan, Yo‘riqnomaning 10-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, tegishli hujjatlar (fuqaroligi yo‘q shaxs uchun yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi yo‘q shaxs uchun harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtirilib, poytaxt mintaqasi yoki respublika hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi hamda bu haqida ulardan mazkur Yo‘riqnomaning 51-ilovasiga muvofiq majburiyatnoma olinadi. 12. Xorijiy davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror IIBB, IIB yoki IIV tomonidan qabul qilinishi mumkin. Doimiy yashash uchun ruxsat berish quyidagi hollarda rad etiladi: milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida; shaxsning belgilangan tartibda sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa; shaxs terroristik, ekstremistik, jinoiy va boshqa taqiqlangan tashkilotlarga daxldor bo‘lsa; shaxs o‘zi va yaqin qarindoshlari haqida bila turib yolg‘on ma’lumotlar bersa yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etsa; hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichida doimiy propiska qilishga turar joy egasi tomonidan rad javobi berilsa. 13. Xorijiy davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni ichida TShIIB MvaFRBga qaytariladi, TShIIB MvaFRB bir sutka mobaynida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi. Agarda chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda respublika hududida vaqtincha yashash uchun asoslar bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududini unga belgilangan muddatda tark etishi lozim. Vaqtincha yashash uchun quyidagilar asos bo‘ladi (bundan mazkur Yo‘riqnomaning 12-bandi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno): ariza beruvchining ota-onasi, eri (xotini), farzandlari, tug‘ishgan aka (uka), opa (singil)lari Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan bo‘lsa; ariza beruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida o‘z turar joyiga ega bo‘lsa; ariza beruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan tashkilotlarda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo‘lsa; ariza beruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan bo‘lsa. 14. Rad javobi berilgan taqdirda, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uch oy o‘tgandan keyin doimiy yashash uchun ruxsat olishga takroran murojaat qilish huquqiga ega. Buning uchun mazkur Yo‘riqnomaning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlar topshiriladi. 15. Propiska qilish va propiskadan chiqarish tartibi mavjud bo‘lgan xorijiy davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat olganlaridan keyin muqaddam propiskada turgan joyidan propiskadan chiqqanlik (jo‘nab ketish varaqasi) faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni yoki bunday tartib yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etadi. 16. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza-anketa; yashash guvohnomasi; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi, ota-onaning vafot etganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi. (Ro‘yxatning 6-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilish chog‘ida); propiska qilinganlik uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 17. TShIIB MvaFRB tomonidan hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng bir sutka mobaynida ariza beruvchining shaxsi mavjud ma’lumotlar to‘plamidan tekshiriladi (tekshiruv davomida ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari aniqlanmasa, uning oldingi yashash manzili bo‘yicha so‘rovnoma yuborilib, javobi olinadi) va hujjatlar IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRBga yuboriladi va ular tomonidan uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilib tegishli vakolatli organga yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan o‘n kun muddat ichida IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan va hududiy MMBdan ariza beruvchi va turar joy egasiga doir ma’lumotlar so‘rab olinadi. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan o‘n kun muddatda IIBB yoki IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qarorni chiqaradi. 171. IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB doimiy propiska masalasi bo‘yicha ijobiy qarorga doir materiallarni bir sutka ichida doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun tegishli TShIIB MvaFRBga yuboradi. 172. IIBB yoki IIBning ijobiy qarori Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror TShIIB MvaFRB yoki IIBB MvaFRB, IIB MvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin. 18. Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida TShIIB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni arizachiga yetkazadi. Arizachi rad javobi berilganligi haqidagi xabarni olgandan so‘ng qolish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda uch sutka mobaynida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart. Quyidagilar yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida keyinchalik vaqtincha bo‘lishlari uchun asos hisoblanadi: qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joy mavjud bo‘lganda; yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud bo‘lganda; vasiylar (homiylar) mavjud bo‘lganda; mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganda, ta’lim muassasalarida o‘qiganda; davolash muassasalarida davolanayotganda. 19. Toshkent shahrida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni (ko‘chmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qo‘yish, voz kechish va o‘zgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs: Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lsa; Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Ro‘yxatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblansa va doimiy propiskasi borligi to‘g‘risida ichki ishlar organining ma’lumotnomasini taqdim etsa. 20. Toshkent viloyatida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni (ko‘chmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qo‘yish, voz kechish va o‘zgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs: Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lsa; Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) va Ro‘yxatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. 21. Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy propiskaga o‘tish masalasida murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar TShIIB MvaFRBda vakolatli organlar bilan kelishilmasdan ko‘rib chiqiladi. 22. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan hamda bu mintaqalarda doimiy propiskadan o‘tgan, shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasini olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan narxi eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin. Ushbu Nizomning maqsadlariga ko‘ra yangi qurilgan ko‘chmas mulk toifasiga tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi vujudga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan mol-mulk kiradi. 24. Doimiy propiska masalasi bo‘yicha ijobiy qarorga doir materiallar olingach, TShIIB MvaFRB tomonidan bir kunda ariza beruvchining oldingi yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga uning shaxsiy yig‘ma ish jildini va hisob kartochkasini jo‘natish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida ariza beruvchiga propiska masalasi ijobiy hal bo‘lganligi yozma ravishda yetkaziladi. 25. Ariza beruvchi avval doimiy propiska qilingan tegishli TShIIB MvaFRB so‘rovnomani olgach, bir kunda ariza beruvchining shaxsiy yig‘ma ish jildini va hisob kartochkasini so‘rovnomani yuborgan TShIIB MvaFRBga jo‘natadi hamda bir vaqtning o‘zida bu haqda tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBlarni xabardor qiladi. Ariza beruvchi avval doimiy propiska qilingan TShIIB MvaFRB, Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska uchun ruxsat olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning murojaati asosida uni bir kunda belgilangan tartibda propiskadan chiqaradi. 26. Respublikaning boshqa mintaqasidan propiskadan chiqarilgandan keyin chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida tanlagan yashash joyi bo‘yicha tegishli TShIIB MvaFRBda belgilangan tartibda doimiy propiska rasmiylashtirib beriladi. IIV tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan va ayni paytda turar joy egasi tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek ariza beruvchi yoki uy-joy egasi xabardor qilingandan boshlab uch oy muddat ichida ariza beruvchi doimiy propiskani rasmiylashtirish bo‘yicha murojaat qilmasa, TShIIB MvaFRB sababini ko‘rsatib, qarorni ijro qilish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qilgan holda uch ish kuni ichida shaxsiy yig‘ma ish jildini IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB orqali IIV MvaFRBga yuboradi. IIBB MvaFRB yoki IIB MvaFRB tomonidan mavjud hujjatlar o‘rganib chiqilgach, IIBB yoki IIB o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan avvalgi ijobiy qaror bekor qilinadi. Qaror shaxsiy yig‘ma ish jildiga biriktirilgan holda ijro uchun tegishliligi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga qaytarib yuboriladi. 27. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror IIBB, IIB yoki IIV tomonidan qabul qilinishi mumkin. 28. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish quyidagi hollarda rad etiladi: milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida; shaxsning belgilangan tartibda sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa; shaxs terroristik, ekstremistik, jinoiy va boshqa taqiqlangan tashkilotlarga daxldor bo‘lsa; shaxs o‘zi va yaqin qarindoshlari haqida bila turib yolg‘on ma’lumotlar bersa yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etsa; hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichida doimiy propiskaga turar joy egasi tomonidan rad javobi berilsa; hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichida shaxs avval propiska qilingan tegishli TShIIB MvaFRB tomonidan uning yashash guvohnomasi noqonuniy olinganligi aniqlansa. 29. Respublikaning boshqa mintaqalardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, IIBB yoki IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqariladi. Qaror chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy yig‘ma ish jildiga biriktirilgan holda uch ish kuni mobaynida TShIIB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni yozma ravishda ariza beruvchiga yetkazadi. 30. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning respublikaning boshqa mintaqalariga doimiy propiska qilinishi va propiskadan chiqarilishi, shuningdek ularning xorijiy davlatga doimiy yashashga ketayotganligi sababli propiskadan chiqarilishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xorijiy davlatga doimiy yashashga ketayotganligi sababli propiskadan chiqarilganda, ularning murojaati bo‘yicha tegishli TShIIB MvaFRB tomonidan belgilangan tartibda ular respublika tashqarisiga chiqib ketgunga qadar vaqtincha propiska qilinishi mumkin. 31. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xorijiy davlatga doimiy yashashga ketayotganligi sababli propiskadan chiqarilgan taqdirda, biroq bir yil ichida respublikadan chiqib ketmaganda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tmaganda, ular oldingi yashash joyi bo‘yicha yoki respublikaning boshqa mintaqasiga tegishli TShIIB MvaFRB tomonidan doimiy propiska qilinadi. Bunda, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish uchun chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs TShIIB MvaFRBga respublikadan chiqib ketmaganligi sababini to‘liq ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati; tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma – 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; jo‘nab ketish varaqasi; propiska qilinganlik uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 32. Mazkur Yo‘riqnomaning 31-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida TShIIB MvaFRB ariza bergan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun bir kunda IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasi va IIBB yoki IIBning MMBga so‘rovnoma yuboradi. Javob olingandan so‘ng uch ish kunida TShIIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida belgilangan tartibda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi va doimiy propiska qilinadi. Bunda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatidagi chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining stikeri bekor qilinadi va bu haqda uch ish kuni ichida vakolatli organga hamda tegishliligi bo‘yicha IIBB MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga ma’lumotnoma yuboriladi. 33. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish, doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan, kelgan joyi bo‘yicha uch kundan olti oygacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida uy-joy sotib olish, shuningdek doimiy ish va ijtimoiy kafolatlar olish uchun asos hisoblanmaydi. 34. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiska olish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan kunidan boshlab uch kun muddatda tegishli TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda ariza; yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati; tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma – 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; propiska qilinganlik uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. 35. TShIIB MvaFRB barcha hujjatlarni olgach, bir kunda arizani belgilangan tartibda rasmiylashtirib, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobga qayd etadi hamda arizada ko‘rsatilgan, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga vaqtincha propiskani rasmiylashtiradi. Bunda, yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatiga vaqtincha propiska shtampi qo‘yiladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs muayyan sabablarga ko‘ra vaqtincha propiskadan o‘tgan manzilini Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi boshqa manzilga o‘zgartirish istagini bildirsa, u holda yangi manzil bo‘yicha tegishli TShIIB MvaFRBga murojaat qilib, mazkur Yo‘riqnomaning 34-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadi, bundan mazkur Yo‘riqnomaning 34-bandi yettinchi xatboshisidagi ko‘rsatilgan hujjat mustasno. TShIIB MvaFRB barcha hujjatlarni olgach, bir kunda arizani belgilangan tartibda rasmiylashtirib, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobga qayd etgach, yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatiga qo‘yilgan avvalgi vaqtincha propiskani bekor qiladi va avvalgi vaqtincha propiskada ko‘rsatilgan muddatga vaqtincha propiskani rasmiylashtiradi. 36. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hisobga olish ular kelgach, ushbu muassasalar ma’muriyati tomonidan, yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati asosida amalga oshiriladi. 37. Ta’lim muassasalariga o‘qish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish o‘qish davriga oldingi yashash joyidan propiskadan chiqargan holda amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘qiydigan ta’lim muassasasi rahbariyati uning ta’lim muassasasiga qabul qilinganligi to‘g‘risida buyruqni ilova qilgan holda talabalar turar joyi joylashgan joydagi TShIIB MvaFRBga o‘quv yili boshlanishidan oldin iltimosnoma yuboradi. 38. TShIIB MvaFRB tomonidan uch kunda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy yig‘ma ish jildini, hisob kartochkasi va yashash guvohnomasi qonuniy olinganligi to‘g‘risida xulosa berish va ariza beruvchini belgilangan tartibda propiskadan chiqarish uchun so‘rovnoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida o‘n kun muddat ichida IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasi va IIBB yoki IIBning MMB orqali ariza beruvchiga doir ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi. 39. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRB so‘rovnomani olgach, uch kunda yashash guvohnomasining qonuniy olinganligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi. Xulosa, shaxsiy yig‘ma ish jildi va hisob kartochkasi so‘rovnomani yuborgan TShIIB MvaFRBga jo‘natiladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning murojaati asosida u belgilangan tartibda propiskadan chiqariladi. 40. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasini noqonuniy olganligi aniqlangan taqdirda tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRB bir kunda bu haqda so‘rovnomani yuborgan TShIIB MvaFRBga ma’lum qiladi hamda yashash guvohnomasini qaytarib olish va bekor qilish choralarini ko‘radi. 41. TShIIB MvaFRB chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi qonuniy olinganligi to‘g‘risida xulosani, shaxsiy yig‘ma ish jildini va hisob kartochkasini olgach, ularni uch ish kuni ichida o‘rganib chiqadi va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu haqda ariza beruvchi xabardor qilinadi hamda ariza beruvchining murojaati asosida vaqtincha propiska belgilangan tartibda rasmiylashtirib beriladi. 42. Talabalar turar joyida yashash o‘rni bo‘lmaganda, ta’mirlanayotganda yoki shu kabi boshqa holatlarda ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan xususiy turar joy joylashgan joydagi TShIIB MvaFRBga yuboriladigan iltimosnoma asosida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yuqorida ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilgunga qadar, iltimosnomada ko‘rsatilgan muddatga xususiy turar joyga vaqtincha propiska qilinadi. 43. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘tganda, mazkur muassasalar rahbariyati bu haqda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vaqtincha kelgan joy bo‘yicha TShIIB MvaFRBga yozma ravishda ma’lum qiladi. TShIIB MvaFRB bir kunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs avval yashagan joydagi TShIIB MvaFRBga uning shaxsiy yig‘ma ish jildi va hisob kartochkasini jo‘natish hamda ariza beruvchini belgilangan tartibda propiskadan chiqarish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi. So‘rovnomani olgach, TShIIB MvaFRB bir kunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni belgilangan tartibda propiskadan chiqaradi va unga tegishli shaxsiy yig‘ma ish jildi va hisob kartochkasini so‘rovnomani yuborgan TShIIB MvaFRBga jo‘natadi. 44. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘tganda, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tegishli TShIIB MvaFRB ko‘rsatib o‘tilgan shaxs o‘qishga kelgan joydagi TShIIB MvaFRBning so‘rovnomasiga asosan uni bir kunda belgilangan tartibda propiskadan chiqaradi hamda shaxsiy yig‘ma ish jildini va hisob kartochkasini so‘rovnomani yuborgan TShIIB MvaFRBga jo‘natadi. 45. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan ta’lim muassasasida o‘qiydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘qishdan chetlashtirilganda, akademik ta’til olganda, ozodlikdan mahrum qilinganda yoki vafot etganda, ta’lim muassasasining xabarnomasi asosida ko‘rsatib o‘tilgan shaxs vaqtincha propiska qilingan joydagi TShIIB MvaFRB uch kunda vaqtincha propiskani bekor qiladi, bu haqda mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda TShIIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tayyorlaydi va avvalgi yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga shaxsiy yig‘ma ish jildini va hisob kartochkasini belgilangan tartibda saqlash uchun yuboradi. 46. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ta’lim muassasasida o‘qiyotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasasiga o‘tganda, ular o‘qigan ta’lim muassasasi rahbariyati bu haqda vaqtincha propiskani rasmiylashtirgan TShIIB MvaFRBni xabardor qiladi. Ta’lim muassasasi rahbariyatining xabarnomasi asosida TShIIB MvaFRB uch kunda vaqtincha propiskani belgilangan tartibda bekor qiladi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga tegishli bo‘lgan shaxsiy yig‘ma ish jildini va hisob kartochkasini u avvalgi yashagan manzil bo‘yicha tegishli TShIIB MvaFRBga belgilangan tartibda saqlash uchun yuboradi. 47. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ta’lim muassasasida o‘qiydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasining muddati tugaganda, yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, shuningdek uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, millati, fuqaroligi o‘zgarganda, ushbu shaxs vaqtincha yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga yashash guvohnomasini almashtirish sabablarini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. 48. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ta’lim muassasasida o‘qiydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi muddatini uzaytirish, yo‘qotilganligi, yaroqsiz holga kelganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra almashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 49. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ta’lim muassasasida o‘qiydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs xorijga chiqayotgan hollarda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ta’lim muassasasi iltimosnomasi asosida vaqtincha yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRB tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 50. Vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirish masalasini ko‘rib chiqish TShIIB MvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiska muddati tamom bo‘lishidan o‘n besh kun oldin TShIIB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda ariza; yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati; tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma – 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun; uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi); uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa; vaqtincha propiskani takroran rasmiylashtirish zarurligini tasdiqlovchi hujjat; propiska qilinganlik uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan, shuningdek hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin TShIIB MvaFRB bir sutka mobaynida chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradi. 52. Quyidagi holatlar tasdiqlanganda IIV MvaFRB tomonidan vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirishga ruxsat beriladi: ariza beruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bo‘lsa; ariza beruvchining ota-onasi, eri (xotini), farzandlari, tug‘ishgan aka (uka), opa(singil)lari Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bo‘lsa; Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan tashkilotlarning iltimosnomasiga ko‘ra ariza beruvchi mehnat faoliyatini davom ettirsa; ariza beruvchi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska uchun hujjatlar topshirgan bo‘lsa. 54. TShIIB MvaFRB ariza beruvchini vaqtincha propiska qilgandan keyin shu kunning o‘zida IIBB va IIBBning MMBga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelish varaqalarini yuboradi, shuningdek ularning ro‘yxatlarini (elektron tarzda) tegishli TShIIBning huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limiga beradi. Bir vaqtning o‘zida mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBga uning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga o‘xshash boshqa muassasalarning mas’ul shaxslari bir sutka mobaynida IIBB va IIBning MMBga ushbu muassasalarga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelish varaqalarini yuboradi. 55. TShIIB huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi olingan ro‘yxatlarni militsiya tayanch punktining ma’lumotlar kompyuter bazasiga tegishli axborotni kiritish va o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun IIOning tegishli profilaktika inspektorlariga beradi. 56. TShIIB MvaFRB chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuter bazasiga kiritishni amalga oshiradi, ma’lumotlar aniq vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatish idoraviy tarmog‘i orqali IIV MvaFRBBning ma’lumotlar markaziy bazasiga beriladi. 58. TShIIB MvaFRB, IIBB MvaFRB va IIB MvaFRBlar tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 12, 14 va 18-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hisobi yuritiladi. Bunda, mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shakllar bo‘yicha har oyda, 12 va 14 ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha har chorakda IIV MvaFRBga umumlashtirilgan hisobot taqdim etiladi. 59. IIO profilaktika inspektorlari har oyda bir marotaba o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va qabul qiluvchilar tomonidan pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. 60. Xorijiy davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 61. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtincha propiskaga, shuningdek yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uch kundan ko‘p bo‘lgan muddatga yashash uchun turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab uch kun ichida ushbu shaxslar to‘g‘risida IIOni xabardor qilishi shart. 62. Mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish IIO va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 63. Mazkur Yo‘riqnomaning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 64. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
184
43,898
Qonunchilik
Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga asosan joylarda tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha komissiya va hududiy guruhlarning faoliyati natijalari bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini sotish va yer uchastkalarini berishda tadbirkorlik va investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator ortiqcha byurokratik tartibotlar va qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zaruriyatini ko‘rsatdi. Respublika hududlarida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotishni jadallashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga quyidagi huquqlarni berishni nazarda tutuvchi davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment (keyingi o‘rinlarda — eksperiment) o‘tkazish haqidagi takliflari ma’qullansin: b) o‘z vakolatlari doirasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan xolda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining mazkur masaladagi qarorlari dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlarida ko‘rib chiqilishi hamda tasdiqlanishi lozim; v) “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tavsiyalariga asosan, har bir tuman bo‘yicha bo‘sh yer uchastkalaridan foydalanish huquqining (0,01 ga maydoni uchun) boshlang‘ich bahosini har yili 10-iyungacha va 10-dekabrgacha tasdiqlash; g) uch yildan ortiq muddat davomida tuproq bonitirovkasi ishlari olib borilmagan uch gektargacha bo‘lgan maydonga ega yer uchastkalarida tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi bo‘lish; e) “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llariga tutash hududlardagi yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini ularning toifalaridan qat’iy nazar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma obyektlarini tashkil etish uchun sotish. Bunda, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari toifasiga kiruvchi yer uchastkalari ko‘rsatilgan maqsadlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga binoan tashkil etilgan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha komissiya bilan kelishilgan holda beriladi; j) ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash kuchlarining uch smenali rejimdagi patrulini ta’minlash orqali, shuningdek, mazkur zonalarda sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlarini tasdiqlagan holda Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tungi vaqtda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydigan zonalarni aniqlash. 2. Belgilansinki, eksperiment doirasida: davlat ko‘chmas mulk obyektlari uchun xususiylashtirish komissiyasi ishining umumiy muddati u tashkil etilgan paytdan boshlab yigirma kundan oshmasligi lozim; davlat mulki obyektlarini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning miqdori va turlari davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha tanlov o‘tkazishda qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan belgilanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining qarorlariga asosan sotiladigan davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish nazorati inspeksiyasi tomonidan davlat obyektlarini sotishga tayyorlashda xulosalar berilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi; davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini tuzish savdo natijalari (muzokaralari) bo‘yicha bayonnoma imzolangandan so‘ng o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi; mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) to‘liq hajmda tushgan kundan boshlab besh kun ichida, tasarruf etish huquqi esa, xaridorga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgan (investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan sotilgan taqdirda) deb topilgan va penya (yuzaga kelgan taqdirda) to‘liq hajmda to‘langan kundan boshlab beriladi; balansda saqlovchi sotilgan davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab besh kun ichida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini va sotilgan davlat ko‘chmas mulk obyektining xaridorga topshirilishini ta’minlashi shart; 3. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish talablari bekor qilinsin: davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishga buyurtmanoma berganlik uchun Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida to‘lanadigan yig‘im; mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berganlik uchun davlat boji. 4. Belgilansinki, quyidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlari tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat-xususiy sheriklik asosida, tegishli vazirlik yoki idora davlat sherigi sifatida ishtirok etgan holda, berilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari): ta’lim, shu jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlari; sog‘liqni saqlash va sport obyektlari; madaniyat obyektlari, shu jumladan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari. Bunda, mazkur band talablari faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha foydalanilmayotgan, tegishli vazirlik yoki idoralar tomonidan davlat-xususiy sheriklik tashkil etish maqsadga muvofiq emas deb topilgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlariga tatbiq qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) va “O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov) bir oy muddatda mazkur Farmonga asosan sotish uchun faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha foydalanilmayotgan, davlat-xususiy sheriklik tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lmagan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga taqdim etsin. 5. Vazirlik, idoralar, xo‘jalik boshqaruv organlari: a) xatlov natijasida aniqlangan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan tashkilotlar (shu jumladan, ustav kapitalining 50 foizdan ortig‘i 50 foizdan ortiq miqdorda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar)ning faoliyatiga mos bo‘lmagan va foydalanilmayotgan bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlaridan quyidagicha samarali foydalanish choralarini ko‘rsin: bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari, shuningdek, tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasiga asosan obyektlar negizida qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash; ikki oy muddatda ustav kapitalida davlatning yoki xo‘jalik boshqaruv organlarining ulushlarini sotish bo‘yicha tegishli qaror mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘tkazilgan xatlov natijasida aniqlangan faoliyatiga mos bo‘lmagan va foydalanilmayotgan bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlarini, zarurat bo‘lganda 10 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyatini ko‘zda tutgan holda, savdolarga chiqarish; bir oy muddatda foydalanilmayotgan yerlar va faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini ularning negizida kichik sanoat zonalarini barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish; b) obyektni o‘z balansida saqlovchi yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan, foydalanish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritasi” bo‘lmagan bo‘sh yotgan obyekt sotilishini rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talabni e’tiborga olgan holda, bo‘sh yotgan obyektlarni sotish bo‘yicha (mazkur Farmonning 4-bandida ko‘rsatilgan obyektlar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlarining so‘rovnomalari Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha komissiya (M. Olloyorov) va hududiy guruhlar Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mazkur band ijrosining so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan, sud qarorlariga muvofiq davlat daromadiga o‘tkazilgan noturar joylarni, kelgusida ularni mazkur Farmon talablariga muvofiq sotish uchun tuman (shahar) hokimliklariga belgilangan tartibda bepul o‘tkazib berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 8. Vazirlar Mahkamasi (S. Xolmurodov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining investorlar arizalariga asosan davlat mulki obyektlarini sotish to‘g‘risidagi takliflarini tezkorlik bilan, zaruratga ko‘ra xususiylashtirish dasturlariga kiritmasdan ular bo‘yicha individual qarorlar qabul qilish orqali ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 9. Belgilansinki: qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bilan bir qatorda, agarda arizalarni qabul qilish muddati yakuniga qadar faqat bitta ariza kelib tushgan bo‘lsa, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni sotish bo‘yicha auksion bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etiladi; kichik sanoat zonasi hududida ishlab chiqarish maydonchalarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi, direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalariga davlat mulkini ijaraga berish markazlariga tegishli bo‘lgan ijara to‘lovi mablag‘larini yo‘naltirish orqali, kichik sanoat zonasi direksiyasi va tanlov g‘olibi o‘rtasida tuziladi. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda, hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari bilan kelishgan holda, har bir aholi punkti kesimida (bosh reja mavjud bo‘lmaganda) 2018-2019-yillarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalarini tasdiqlab olsin va uni keyinchalik tegishli bosh rejalarda aks ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga taqdim etsin. 11. Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarlari bilan birgalikda 2018-yil 15-dekabrga qadar ishlab chiqarish quvvatlarini ustuvor joylashtirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda foydalanish uchun, mavjud mineral-xomashyo, er, suv, qishloq xo‘jaligi resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, hududlarning ekologik va boshqa sharoitlarini inobatga olgan holda, har bir tumanning tarmoq ixtisoslashuvini belgilasin. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga tegishli budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini: a) yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma obyektlarini, shu jumladan mehmonxonalarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga; b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasini yillik ikki foizga kamaytirilganiga teng foiz stavkasida tijorat banklariga resurslar ajratish orqali investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda kredit liniyalarini ochish: mehmonxonalar va turistik infratuzilmaning boshqa obyektlarini qurish; tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning, shuningdek, xizmat (ish) turlarining yangi quvvatlarini tashkil qilish; mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, boshqa asosiy fondlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash. 13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borsin va turizm sohasidagi loyihalarni, ustuvor ravishda mehmonxonalar qurishni moliyalashtirish bo‘yicha imtiyozli kredit liniyalarini ochish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (B. Qudratxo‘jayev): O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotilayotgan davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlar va aholi o‘rtasida keng yoritib borsin; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasini, uning bir xilda va sifatli ishlatilishini hamda foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida takomillashtirish va biznes-jarayonlarini maqbullashtirish choralarini ko‘rsin. 15. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi (A. Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (B. Qudratxo‘jayev) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda joylarda aniqlangan kamchiliklarni inobatga olgan holda (bo‘sh yer maydonlarini muqobil maqsadni belgilashda, rasmlarni va boshqa ma’lumotlarni yuklashda, geografik koordinatlarini aniqlashda va boshqalar) “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish va imkoniyatlari kengaytirilishini ta’minlasin; tegishli davlat idoralari va boshqa idoralar xodimlarini “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida sifatli ishlash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan qo‘llanmalarni ishlab chiqish orqali o‘qitishni tashkil etsin; bir oy muddatda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning auksion g‘olibi tomonidan bajarilishi holati monitoringini amalga oshirish, shuningdek, bajarilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimlariga quyidagilar uchun javobgarlik yuklansin: o‘zlarining faoliyatida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda oshkoralik va xolislik prinsiplariga amal qilib hamda aholining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlariga yuklatilgan vazifa, funksiya va huquqlarni samarali va sifatli amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal etish; mazkur Farmonning amalga oshirilishida joylardagi mahalliy ijro organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish; eksperiment doirasida loyihaning amalga oshirilishida yuzaga keladigan davlat majburiyatlarini moliyalashtirish manbalarini ta’minlash; madaniy meros obyektlarini saqlash va atrof muhitning qulay ekologik holatini ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish; ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va turli xil qonunni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaat va shikoyatlarga tezkor javob berish. 17. Quyidagilar: Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari rahbarlari — faoliyat yuritmayotgan yoki qurilishi tugallanmagan davlat obyektlarini puxta xatlovdan o‘tkazish, ularni auksion orqali sotish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, tadbirkorlik subyektlariga sotilgan obyektlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish; “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va uning hududiy organlari rahbarlari — foydalanilmayotgan yerlarni puxta xatlovdan o‘tkazish, ularni auksion orqali sotish uchun hujjatlarni tayyorlash, “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimining uzluksiz va to‘g‘ri ishlashi, shuningdek, tuproq bonitirovkasi ishlarining ishonchliligi, to‘liqligi va sifatliligini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari, qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalarning rahbarlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarining joylashish sxemasini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sifatli tayyorlash, tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etishi, qurilish-montaj ishlari sifatini ta’minlash; Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK rahbarlari — elektron savdo tizimining uzluksiz va to‘g‘ri ishlashi, davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni savdoga chiqarish; hududiy tanlov komissiyalari va xususiylashtirish bo‘yicha komissiyalar rahbarlari, shuningdek, ularning a’zolari — o‘zlari vakillik qilayotgan davlat boshqaruv organlari va tashkilotlarining mas’uliyatiga doir funksiyalarning to‘liq va sifatli bajarilishi, shuningdek, bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari rahbarligida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning miqdori va turlarini belgilashda shaxsan javobgarligi belgilansin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlariga elektron raqamli imzo olinishini va mazkur Farmonga muvofiq o‘tkaziladigan savdolarda ularning faol ishtirok etishini ta’minlasin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 20. Belgilansinki, eksperiment 2019-yilning 1-apreliga qadar o‘tkaziladi. 21. Davlat raqobat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi 2019-yilning 1-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga eksperiment o‘tkazish natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar bilan birgalikda kiritsin. 22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonining 8-bandi “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 20-apreldagi PQ-3677-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshidagi “faqat” so‘zi chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2018-yil 18-iyun, № 24, 485-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 10-bandning to‘rtinchi xatboshi “ochiq auksion (tanlov) o‘tkazilishidan” so‘zlaridan oldin “agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 11-bandning to‘qqizinchi xatboshi “E-IJRO AUKSION” veb-portalida” so‘zlaridan oldin “agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 21-bandi “d” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshi “— xarid qiymatida sotilgan taqdirda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; g) quyidagi tahrirdagi 511-band to‘ldirilsin: “511. Obyektlar “E-IJRO AUKSION” elektron auksion savdolariga 1 so‘m boshlang‘ich narxida qo‘yilganda: auksion qadami 1 mln. so‘m miqdorida belgilanadi; auksion ishtirokchilariga keyingi auksion stavkasini dastlabki o‘rnatilgan auksion bosqichining 5, 10 yoki 20 barobari miqdorida mustaqil belgilash imkoniyati beriladi; zakalat miqdori obyektga belgilangan investitsiyaviy majburiyat qiymatining 1 foizi miqdorida belgilanadi”. d) 73-bandi rus tilidagi matni uchinchi xatboshida “auksion” so‘zi “konkurs” so‘zi bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risida Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y. № 6, 158-bet): a) 40-bandi: quyidagi tahrirdagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar”; o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; b) 80-bandning “g” kichik bandi: quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin; v) 88-bandi: quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarorga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish tarmoq grafigi ilova qilinadi”; ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; to‘rtinchi xatboshi “belgilangan tartibda” so‘zlaridan keyin “auksion g‘olibining xarajatlarini qoplamasdan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; g) 90-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “90. Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng ikki ish kuni davomida: yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va g‘olibga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish haqidagi guvohnomani belgilangan tartibda beradi; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga auksion g‘olibining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi”; d) quyidagi tahrirdagi 911-band bilan to‘ldirilsin: “911. Agar yer uchastkasiga bo‘lgan huquq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan sotilgan taqdirda, yer uchastkalarini, shu jumladan unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilguniga qadar begonalashtirish, garovga qo‘yish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
174
25,367
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
97
242
Qonunchilik
Ishda gʻayrat susayishining 15 alomati. Endi ta’tilga chiqmaslikning iloji yoʻq
Ruhshunoslarning fikricha, odatda kasbiy gʻayrat-shijoat хodimni ishga qattiq koʻmib yuborib, bu uzoq muddat – bir oydan bir yilgacha davom etganda susaya boradi. Biroq u vujudga kelgan vaziyatga tezda moslasha oladigan kishilarga oz ta’sir koʻrsatadi. Koʻpchilik hollarda kasbga doir gʻayratning susayishi oqibatlarini kuchli irodasiz bartaraf etish qiyin. Mohiyatga koʻra mazkur хavf birinchi navbatda ish desa jonini jabborga beruvchilarga tahdid soladi (biroq unutmang: agar siz oʻz ishingizni yoqtirmasangiz va qoʻlingizdan kelmaydigan ish bilan shugʻullansangiz – bu boshqa gap). Gʻayratning susayishi birdan boshlanmaydi. ­Ya’ni siz bir kunning oʻzida lanj odamga aylanib qolmaysiz. Bunday susayish asta-sekin boshlanadi. Ayni shu sababli uni uzoq vaqt bilib boʻlmaydi. Shunday boʻlsa-da, tanamiz va ongimiz e’tiborga loyiq signallar bera boshlaydi. Bunday ahvolning barcha alomatlarini 3 guruhga ajratish va ularni yuqorida tilga olingan quyidagi holatlarga kiritish mumkin: jismoniy va ma’naviy jihatdan holdan toyish, qayerdandir sizda paydo boʻlgan surbetlik va parishonхotirlik, norasolik va yaхshi natijalarga erisha olmaslik hissiyotlari. Ruhiy zoʻriqish toʻplanib borgan sayin ushbu alomatlar guruhlashadi. Agar ushbu alomatlarning ba’zilari sizga хos boʻlib chiqsa, vaziyatni tahlil qilishingiz va unga butunlay botib qolmaslik uchun nomatlub yoʻldan chiqib olishingiz lozim. Xavfni qancha avval his etsangiz, ushbu holatga barham berishingiz shunchalik yengil boʻladi. Jismoniy va ruhiy jihatdan holdan toyishning asosiy alomatlari qanday? 1. Doimiy toliqish Boshlangʻich bosqichlarda odam gʻayrati kamayganligini sezishi va doimo oʻzini charchagandek his etishi mumkin. Oхirgi bosqichda kelajak uchun qoʻrquv hissi kuchayib, shartnomani uzaytirishadimi yoki yoʻqmi, хarajatlarni qoplashga ish haqi yetadimi-yetmaydimi degan хayollar odamni chulgʻab oladi. 2. Uyqusizlik Hammasi vaqti-vaqti bilan uyquga ketishingiz qiyinlashuvi bilan boshlanadi yoki haftada ikki-uch marotaba yarim tunda uygʻonib ketishingiz mumkin. Vaqt oʻtishi bilan uyqusizlik kuchayadi. 3. Ishtahaning yoʻqolishi Bu vaziyatda odam ochlikni his etmay qoʻyadi, ovqat miqdorini kamaytiradi, tushlik va kechqurun ovqat yemay qoʻyadi. Keyinroq ishtaha butunlay yoʻqolishi mumkin. Biroq teskarisi ham boʻlishi mumkin – ishdan mamnunlik va shodlanishni yoʻqotgan odam boshqa narsaga, masalan, ovqatga ruju qoʻyadi. Koʻp qismli seriallarni koʻrish vaqtida televizor qarshisida koka-kola bilan birga qovurilgan kartoshka tanovul qilish va taomlarni navbati bilan yeyiladigan uzoq-uzoq lanchlar ayni shunda paydo boʻladi. 4. Xavotir tuygʻusi Boshida biror narsa хususida yengil hissiyot, хavfsirash his etilishi mumkin. Gʻayrat susayishi alomatining rivojlanishi bilan хavotirlanish shu qadar rivojlanishi mumkinki, siz samarali ishlashga qobiliyatsiz boʻlasiz. Bu shaхsiy hayotingizda ham aks etishi mumkin. 5. Parishonхotirlik, e’tiborni jamlay olmaslik E’tiborning pasayishi va unutuvchanlik – faqat dastlabki alomatlar, shunday boʻlsa-da hatto ular ishda toʻplanadigan muammolarning sababchisiga aylanadi: odam ishni uddalay olmaydi, qoʻli hech narsaga bormay qoladi. 6. Muammo sogʻliq bilan bogʻliq Bunda koʻkrakdagi ogʻriq, yurakning tez-tez urishi, nafas qisishi, epigastral sohadagi ogʻriqlar, bosh aylanishi, hushdan ketishlar, bosh ogʻriqlari kuzatilishi mumkin. Jismoniy charchoq immun tizimining zaiflashuviga olib keladi, bu esa tez-tez shamollash kasalliklari, gripp va boshqa yuqumli kasalliklarga sababchi boʻladi. 7. Tushkunlik Avvaliga siz gʻamga botasiz, umidsizlik, aybdorlik hissi sizni yengib qoʻyadi. Nimaga qoʻl ursangiz, hammasi beiхtiyor barbod boʻlaveradi – oqibatda hayotni yomon koʻrib qolasiz. Mazkur holda mutaхassisning yordami albatta kerak boʻladi. 8. Oʻta jizzakilik Ish yoki shaхsiy hayotdagi omadsizliklar, hech kimga keraksizlikni his etish va siz oʻzingizni avvalgidek yaхshi emasligingizni tushunish achchiqlanishning manbai boʻlishi mumkin. Bunday kayfiyat nafaqat mansab sari koʻtarilishni, balki shaхsiy hayotni ham buzishi mumkin. 9. Badjahllik Badjahllik ba’zi kishilar bilan muloqotda keskinlik va gʻazabnoklikni yuzaga keltiradi, oila va ishda janjalning alangalanishiga olib keladi. 10. Quvonch hissini yoʻqotish Avvaliga bu unchalik koʻzga tashlanmaydi. Misol uchun: siz ishga borishni хohlamaysiz. Biroq quvonch tuygʻusining asta-sekin yoʻqolishi hayotning barcha jabhalariga ta’sir koʻrsatadi. Nafaqat ish, yaqinlar va doʻstlar bilan muloqot ham quvontirmay qoʻyadi. 11. Umidsizlik Hammasi hayotdagi maqsadni yoʻqotishdan boshlanadi. Keyinchalik hamkasblar va qarindoshlarga ishonmaslik yuzaga keladi. Bu dunyoda hech kimga ishonib boʻlmaslik hissi paydo boʻladi. 12. Odamovilik Avvaliga uydan chiqishni, biror-bir tadbirda ishtirok etishni хohlamay qolasiz. Ba’zan хonada berkinib olib, hech kimni kiritmaslikni хohlaysiz. Keyinchalik birovning bir ogʻiz gapi ham sizga malol kela boshlaydi. Siz har qanday jamoadan qochishga harakat qilasiz. 13. Parishonlik Parishonlik yuqorida bayon etilgan odamovi хulq-atvor shakliga ega boʻlishi mumkin. Oʻzingizni jamiyatdan chetga tortib, qoʻngʻiroq va хatlarga javob bermay qoʻyasiz, tez-tez kasallik varaqasini olasiz yoki atayin ishga kech qolishga harakat qilasiz. 14. Hafsalasizlik va lanjlik Ushbu alomatlar tushkunlik va umidsizlikka oʻхshaydi. Sizga hamma narsa notoʻgʻri turgandek, ahamiyatsiz boʻlib tuyuladi. Oхir-oqibatda hayot mazmuni yoʻqoladi. 15. Ish unumdorligi va ishlash salohiyatining pasayishi Uzluksiz ruhiy zoʻriqish sizga avvalgidek mahsuldor boʻlishga хalal beradi. Bu esa tugallanmagan ishning yigʻilib qolishiga, muddatlar buzilishiga olib keladi. Ba’zan siz butun gʻayratingiz bilan harakat qilayotgandek boʻlasiz, lekin hech narsa rasamadga kelmaydi. Agar oʻzingizda ana shu alomatlardan loaqal birortasini his etsangiz, oʻylab koʻrish joiz. Zero gʻayratning susayish alomati – shamollash emas, u oʻz-oʻzidan tuzalib ketmaydi. Ehtimol, bu – ta’tilga chiqish uchun eng yaхshi palladir. Oʻzingizni asrab-avaylang!
79
6,077
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani amaliyotga samarali joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ilmiy va innovatsion faoliyatini jadallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi negizida belgilangan shtat birliklari soni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin; 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat statistika qo‘mitasi deb ataladi) huzuridagi Institutning boshqaruv va professor-o‘qituvchi xodimlarining cheklangan soni 31 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Institutning samarali faoliyatini ta’minlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Institut Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Institut direktori Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Institut direktori va uning o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlariga oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli xodimlari uchun, boshqa xodimlariga esa, Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi. 4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat statistika ishlari dasturi doirasida davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va innovatsion statistik tadqiqotlarni tashkil etish uchun institutni saqlab turishga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Institut tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, ta’lim va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va tanlovga asosan shakllantiriladigan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro statistika, moliya va boshqa institutlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Davlat statistika qo‘mitasi: a) ikki oy muddatda: Institut ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin; Institut huzurida xo‘jalik faoliyati hisobiga moliyalashtiriluvchi “O‘zbekiston statistik axborotnomasi” ilmiy-ommabop jurnalini belgilangan tartibda tashkil etsin va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy-amaliy natijalari chop etiladigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritsin; Institutni o‘qitishning zamonaviy uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin; b) Institut bilan birgalikda uch oy muddatda Institutning quyidagi vazifalarni bajarishni nazarda tutuvchi 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan statistika tadqiqotlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin: makroiqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarining, shu jumladan milliy hisoblar, davlat moliyasi, pul-kredit sohasi, to‘lov balansi va mehnat bozori statistikasining o‘zaro muvofiqligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlash; kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining choraklik va yillik ko‘rsatkichlari statistikasi va hisobining to‘liqliligini ta’minlash; iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha norasmiy bandlikni statistik hisobga olishning to‘liqliligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy vositalar ishlab chiqish; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aks ettirishda matematik statistika va ekometrika usullarini keng qo‘llashning uslubiy bazasini yaratish; mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning joriy holatini o‘rganish va qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash. v) quyidagi masalalarda Institut faoliyatini muvofiqlashtirsin: davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, statistik tahlil sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqilishi; ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishi va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirilishi; statistika sohasidagi ilg‘or tajribaga ega mahalliy va xorijiy ilmiy hamda ta’lim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilinishi. 6. Davlat statistika qo‘mitasi 2020-2021-yillarda Institut o‘quv binosini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni ta’minlasin. 7. Institut o‘quv binosini kapital ta’mirlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasiga 2020-2021-yillar uchun Davlat statistika ishlari dasturini bajarishga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat statistika qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Institut o‘quv binosini kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrdan e’tiboran Institut huzurida “Ekonometrika hamda statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi: har yili belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni shakllantirish doirasida Davlat statistika qo‘mitasining buyurtmasi bo‘yicha milliy va xalqaro statistika uslubiyoti hamda amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar loyihalarining tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etilishini ta’minlasin; 2020-yildan e’tiboran Institut uchun “Ekonometrika va statistika” va “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarining ajratilishini nazarda tutsin. 11. Institut Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 42b-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin va unga Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining asbob-uskunalari, mebellari, kompyuter texnikasi va boshqa mol-mulki o‘tkazib berilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 3-modda) 5-bandining uchinchi xatboshi, 11-bandining uchinchi xatboshi, 16-bandining uchinchi xatboshidagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi” so‘zlari “Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
181
8,742
Qonunchilik
Ta’lim sohasida soatbay haq toʻlash oʻrtacha 15%ga oshirildi
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (roʻyхat raqami  2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning miqdorlari tasdiqlandi.  Bungacha amalda boʻlgan miqdorlar (roʻyхat raqami  2834, 2016 yil 24 oktyabr) 15%ga oshirildi. Bunda aytib oʻtilishicha, yangi oshirilgan stavkalar 1.12.2017 yildan, ya’ni oʻtgan sanadan boshlab qoʻllaniladi. Shu sanadan boshlab eng kam ish haqining miqdori ham oshirilgan. Bundan tashqari, belgilanishicha, umumta’lim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga iхtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalarining soatbay haq toʻlash miqdorlari 14 561,9 soʻmni tashkil etadi. Ilgari ular belgilanmagan edi. Ma’lumot uchun. Soatbay haq toʻlash miqdorlari 1 akademik soat uchun belgilangan. Oliy ta’lim toʻgʻrisida nizomning 35-moddasiga koʻra, barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi belgilangan – 45 daqiqa (birga olib boriladigan yagona parada mashgʻulotlar oʻtkazilganda - 40 daqiqa). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan  va 18.01.2018 yilda kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Samir Latipov.
60
1,458
Qonunchilik
Mukofotlarga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 4.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaхslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 120-son qarori qabul qilindi. Ushbu Nizom «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonunga hamda Prezidentning 19.05.2020 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5997-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va unda quyidagilar belgilangan: «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaхslar oylik ish haqi yoki pensiyasiga qoʻshimcha ravishda ish beruvchi yoki Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oyda 1 BHM miqdorida ustama haq oladilar. Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi orden va medallari bilan taqdirlangan shaхslar toʻgʻrisidagi Farmoni nusхasini olgandan soʻng 5 ish kuni davomida zarur mablagʻlarni hisoblab, oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini rasmiylashtirib berish yuklatilgan Xalq bankining tegishli tuman boʻlimiga oʻtkazadi. Mukofotlar bank boʻlimi tomonidan oluvchining nomiga yozib berilgan hisob-kitob cheklari orqali toʻlanadi. Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Moliya vazirligi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar tegishli yil uchun Davlat byudjetini tasdiqlash paytida rejalashtiriladi va taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishiga qarab yil davomida aniqlashtirib boriladi hamda aniq maqsadli hisoblanadi. Nizomda unvonlarga muvofiq bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari miqdorlari keltirilgan, хususan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.03.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
63
1,950
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2009 YIL 18 AVGUSTDAGI 233-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI I
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 47-son, 506-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq o‘zgartirilsin. 2. Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari 2009-yil 1-dekabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdori o‘zgarganligini hisobga olib 2009-yilning oxiriga qadar ish haqlarini qayta hisoblab to‘lanishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 22-sentabrdagi 11, 59Q/Q, 96-sonli “Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 2019, 2009-yil 16-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2009-y., 43-son, 459-modda) qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
250
2,310
Qonunchilik
Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining bo‘sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R-2146-sonli Farmoyishining 8-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi: 1. Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining bo‘sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 3-yanvardagi 3, 19 va 19-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risida”gi nizom (2002-yil 4-yanvar, ro‘yxat raqami 1093) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq professional ta’lim muassasalarining bo‘sh (vakant) o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi. Tanlov professional ta’lim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, ijodiy va ilmiy potensialga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni saralab olish maqsadida o‘tkaziladi. 1. Professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari (bundan buyon matnda pedagoglar deb yuritiladi) lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov bo‘sh (vakant) lavozimlarga e’lon qilinadi. 11. Pedagog lavozimi bo‘shaganidan keyin 10 kun ichida pedagog lavozimiga professional ta’lim muassasasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida va professional ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida (agar mavjud bo‘lsa) tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beriladi. 2. Pedagog lavozimiga tanlov mazkur Nizomga asosan tuziladigan tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya tomonidan o‘tkaziladi. 3. Professional ta’lim muassasalariga soatbay haq to‘lash asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar direktor buyrug‘i bilan tanlovsiz rasmiylashtiriladi. 5. Professional ta’lim muassasalarining: umumta’lim fanlari bo‘yicha pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda ilmiy darajaga (ilmiy unvon) yoki pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega yoxud diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin; maxsus fan va kasbiy ta’lim (amaliyot) pedagog lavozimiga o‘tkaziladigan tanlovda ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisosliklariga mos keladigan ilmiy darajaga (ilmiy unvon) yoki bakalavr yoxud magistr darajasiga ega, shuningdek diplomli mutaxassislar ishtirok etadi. Xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlaridagi professional ta’lim muassasalarining kasbiy ta’lim (amaliyot) pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. 6. Professional ta’lim muassasasiga aylantirilayotgan boshqa turdagi ta’lim muassasalari pedagoglari tanlovda umumiy asosda ishtirok etadilar. 7. Pedagog lavozimini egallash uchun o‘tkaziladigan tanlovda nomzodlar arizasiga binoan ishtirok etadilar. 8. Sud hukmiga ko‘ra pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi man etilgan shaxslar tanlovga qo‘yilmaydilar. 9. Pedagoglarni tanlovdan o‘tkazish bo‘yicha taxminiy savollar majmui va tanlov o‘tkazish jadvali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari yoxud bo‘ysunuvida ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik yoki idora tomonidan ishlab chiqiladi. 11. Tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 20 kun ichida pedagog lavozimiga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari tegishli professional ta’lim muassasasiga taqdim etiladi. 12. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: so‘rovnoma (kadrlarni hisobga olish varaqasi) va tarjimai hol; ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi; ilmiy daraja va ilmiy unvonlari haqidagi hujjatlarning nusxalari (mavjud bo‘lsa); ilmiy-uslubiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa); Nomzodga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi. 121. Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 15 kun ichida o‘tkaziladi. 13. Pedagog lavozimiga tanlov o‘tkazish uchun professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tanlov komissiyasi tuziladi. 14. Professional ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul xodim nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va tanlov komissiyasiga taqdim qiladi. 15. Tanlov komissiyasi tarkibi kamida 5 kishidan iborat bo‘ladi. 16. Tanlov komissiyasi ko‘pchilik tomondan ochiq ovoz berish yo‘li bilan tanlov natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tanlovni o‘tkazish va tanlov natijalari tanlov komissiyasi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. 18. Pedagog lavozimiga tanlab olingan nomzod bilan professional ta’lim muassasasi direktori belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi. 19. Tanlov komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
191
6,279
Qonunchilik
$124 mln – koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish uchun
Vazirlar Mahkamasining 27.05.2021 yildagi “Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi bilan moliyaviy hamkorlikda "Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 328-son qarori qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2019 yil 27 iyunda Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - EDCF jamgʻarmasi) tomonidan "Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 0,15% yillik foiz stavkasida jami $124 mln ekvivalentidan oshmaydigan miqdorda Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va EDCF jamgʻarmasi oʻrtasida 2021 yil 28 yanvarda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolangan. Qaror bilan belgilanishicha: Quyidagilar tasdiqlandi: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda loyiha doirasida olib kelinadigan tibbiy teхnika va tibbiy buyumlarni, istisno tariqasida, davlat roʻyхatidan oʻtkazmasdan hamda majburiy sertifikatsiyalashtirishdan ozod etgan holda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
71
1,387
Qonunchilik
1993 YIL 1 YaNVARDAN BOShLAB MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Ish haqining rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, turli toifalardagi xodimlar mehnatiga mehnatning murakkabligi va xodimlarning malakasiga bog‘liq holda haq to‘lashning asoslangan darajalarini belgilash, bu darajalarni bundan buyon saqlab turish vositasini vujudga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi tasdiqlansin. Xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlar uchun qo‘llanish sohasidan qat’i nazar, mehnatga haq to‘lashga xolisona yondashishni ta’minlovchi turli toifalardagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash darajalarini yagona uslubiy negizda tabaqalashtirish Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin. 2. Eng kam ish haqi (oyiga 2000 so‘m) miqdoridagi boshlang‘ich razryadning tarif stavkasi va razryadlararo tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq Yagona tarif setkasiga asos qilib belgilansin. 3. Ishchi va xizmatchilarning umumtarmoq lavozimlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining 28 razryadi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Yagona tarif setkasi asosida hisoblangan, tarif stavkalariga rayon koeffitsiyentlari bo‘yicha to‘lovlar ham kiritilgan holda, amaldagi imtiyozlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustama haqlar saqlanib qolinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi: bir hafta muddat ichida vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Yagona tarif setkasining joriy qilinishi bilan bog‘liq metodik ishlarni amalga oshirsin; xalq xo‘jaligi ishchi va xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasini joriy qilishga doir Tavsiyalarni ishlab chiqsin va 1993-yil 15-yanvargacha tasdiqlasin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Yagona tarif setkasini qo‘llash budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan barcha muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiydir. 7. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddat ichida amaldagi stavkalar hamda okladlarni Yagona tarif setkasi talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqsinlar. 8. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik hisobidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga ularning tayyorligi hamda zarur miqdorda moliyaviy mablag‘lari mavjudligiga qarab 1993-yilning 1 yarmida Yagona tarif setkasini joriy etishga o‘tish tavsiya qilinsin. 9. Ushbu qarorga muvofiq xodimlar uchun tarif koeffitsiyentlarini, ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olib joriy etiladigan stavka (oklad)lar amaldagi stavka (oklad)lardan kam bo‘lgan taqdirda mazkur xodimlarga ularning ushbu muassasada, tashkilotda shu vazifada ishlagan vaqti uchun ish haqidagi tegishli farq to‘lanadi. 10. Mehnat vazirligiga kasblarning Tarif-malaka ma’lumotnomasida o‘z aksini topmagan kasblar (lavozimlar)ni Yagona tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish huquqi berilsin. 11. Mehnat vazirligi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari Yagona tarif setkasiga muvofiq budjetdagi tashkilotlarning xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlariga rioya etilishini nazorat qilsinlar. 12. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq to‘lashning yangi shartlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud bo‘lgan mablag‘lar, shuningdek, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va xo‘jalik faoliyatini kengaytirish tadbirlarini o‘tkazishdan tushgan qo‘shimcha mablag‘lar hisobiga va shuning doirasida joriy qilinadi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 20 kun muddat ichida ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasi taqdim etsin. 14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari zimmmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil fevral oyida ko‘rib chiqilsin.
100
4,023
Qonunchilik
“Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan zayom berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2996-son qaroriga muvofiq hamda “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan zayom berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Toshkent shahrining band bo‘lmagan aholisini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish, aholining zamonaviy mashinalar, asbob-uskunalar xomashyo va materiallar sotib olish uchun moliyaviy resurslardan foydalanishini kengaytirish yo‘li bilan kasanachilikni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2996-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan zayom berish tartibini belgilaydi. 2. “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan qarz berish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ (keyingi o‘rinlarda Konsorsium deb ataladi) — kasanachilarga yoki buyurtmachiga kasanachilikni tashkil etish uchun zayom beruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan yuridik shaxs; kasanachi — Toshkent shahrida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan, buyurtmachi bilan tegishli shartnoma tuzgan, 16 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi jismoniy shaxs; birgalikda zayom oluvchi — har oyda zayom va zayom bo‘yicha foizlarni to‘lashda ishtirok etayotgan, shuningdek zayom bo‘yicha solidar mas’uliyat olgan kasanachining eri (xotini), yaqin qarindoshlari (ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, bolalari) va boshqa jismoniy shaxslar; buyurtmachi — kasanachilik mahsulotining buyurtmachisi, kasanachi bilan tegishli mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; zayom — zamonaviy mashinalar, asbob-uskunalar xomashyo va materiallar sotib olish uchun qaytarish, to‘lov, ta’minot, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida kasanachiga yoki buyurtmachiga beriladigan pul mablag‘lari; zayom shartnomasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2996-son qarori bilan tasdiqlangan Kasanachilik faoliyati turlariga muvofiq faoliyatni tashkil etish uchun Konsorsium va kasanachi yoki buyurtmachi o‘rtasidagi zayom berish to‘g‘risidagi shartnoma; imtiyozli davr — zayom bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash kechiktiriladigan davr. 4. Konsorsium kapitali quyidagi manbalardan shakllantiriladi: o‘z mablag‘lari, shu jumladan moliya-xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar; tekin asosda olingan pul mablag‘lari va mol-mulk; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Konsorsiumning faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash maqsadida Konsorsiumning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda zaxira fondi shakllantirilishi mumkin. 6. Konsorsium quyidagilarga haqli emas: qarz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan mablag‘larni omonatga (depozitga) qabul qilish; yuridik va jismoniy shaxslardan zayomlar jalb qilish, muassislar bundan mustasno; o‘z muassislarining majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lish, shuningdek ular majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan boshqacha tarzda ta’minot taqdim etish. 7. Zayom kasanachiga yoki buyurtmachiga zayom shartnomasi asosida 6 oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga beriladi. 8. Bir nafar kasanachiga yoki buyurtmachiga beriladigan zayom summasi buyurtmanoma berish sanasida respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 9. Zayomdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining zayom shartnomasi tuzish kunidagi qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 10. Berilgan zayomlar bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. 11. Foizlar har kuni zayom bo‘yicha qarzning amaldagi qoldig‘iga hisoblanadi. Zayom bo‘yicha foizlar har oyda, zayom shartnomasida ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha undiriladi. 12. Zayom olish uchun kasanachi qoidaga ko‘ra, quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda Konsorsiumning o‘zi yashash joyidagi filiallaridan biriga murojaat qiladi: zayomning maqsadi, ta’minoti, muddati va summasi ko‘rsatilgan holda, zayom berish to‘g‘risida ariza; kasanachi pasportining nusxasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash uchun ruxsatnomaning nusxasi); zayomdan foydalanishning butun davri uchun biznes-reja; kasanachi va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan tegishli mehnat shartnomasining nusxasi. 13. Kasanachi ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishda pasportning (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash uchun ruxsatnomaning) aslini ham taqdim etadi. 14. Zayom olish uchun buyurtmachi, qoidaga ko‘ra, Konsorsiumning buyurtmachi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi filialiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: zayomning maqsadi, ta’minoti, muddati va summasi ko‘rsatilgan holda zayom berish to‘g‘risida ariza; xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining 2-kartoteka bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomasi; zayomdan foydalanishning butun davri uchun biznes-reja; zayomdan foydalanish davri uchun biznes-reja; kasanachilik mahsuloti buyurtmachisi va kasanachi o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomaning nusxasi. 15. Kasanachi yoki buyurtmachi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida ta’minotning quyidagi turlaridan bir taqdim etiladi: sotib olinadigan tovarlar (zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olishda); ko‘char va ko‘chmas mulk garovi; qimmatli qog‘ozlar; tijorat banki yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; olingan zayomning kasanachi yoki buyurtmachi tomonidan qaytarilmaslik tavakkalchiligining Konsorsium foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida sug‘urta polisi. 16. Kafillik Konsorsium foydasiga kafil bilan kasanachi yoki buyurtmachi o‘rtasida yozma shaklda uch nusxada tuziladigan kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kafillik shartnomasining oxirgi varag‘ida kafil va kasanachi yoki buyurtmachi imzolaridan keyin ushbu kafillik Konsorsium tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risida yozuv qayd etiladi, u Konsorsium filiali boshqaruvchisi imzosi bilan tasdiqlanadi va dumaloq muhr bosiladi. 17. Konsorsium filiali tomonidan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza yuzasidan zayom berish yoki zayom berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish muddati ushbu ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 18. Konsorsium filialining qarori zayom berish zayom berishni rad etish uchun asos hisoblanadi. 19. Quyidagilar zayom berishni rad etish uchun asos hisoblanadi: zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlarning taqdim etilishi; taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi; ilgari berilgan zayomlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi; buyurtmachida soliqlar, shuningdek tijorat banklarining kreditlari va xizmatlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi. 20. Zayom berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Konsorsium filiali qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmay kasanachi yoki buyurtmachiga zayom berish rad etilgan sabablar ko‘rsatilgan holda yozma yoxud elektron shaklda xabarnoma yuboradi. 21. Zayom berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda Konsorsium filiali va kasanachi yoki buyurtmachi o‘rtasida zayom shartnomasi tuziladi, shuningdek ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan zayom ta’minoti turlaridan biri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 22. Zayom shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: zayom olish maqsadi; zayom miqdori; zayomni berish muddati; zayom bo‘yicha foiz stavkasi hajmi; zayom bo‘yicha ta’minot haqida ma’lumot; zayom bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni qaytarish tartibi va muddatlari; tomonlarning huquqlari va majburiyatlari; tomonlarning mas’uliyati; zayomdan foydalanish monitoringini olib borish tartibi; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar. 23. Zarur hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng Konsorsium filiali Konsorsiumga buyurtmanoma va moliyalashtirishni ochish uchun tegishli hujjatlar nusxasini yuboradi. 24. Konsorsium Konsorsium filialdan buyurtmanoma olingan kunning ertasidan kechikmay kasanachi yoki buyurtmachiga o‘zining buxgalteriya hisobida har bir zayom bo‘yicha operatsiyani hisobga olish va monitoring olib borish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida sintetik hisob raqami ochadi. 25. Zayom Konsorsium filialining zayom shartnomasi va buyurtmanomasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Konsorsium to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq uning bankdagi hisob raqamidan mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan beriladi. 26. Kasanachi (birgalikda zayom oluvchi) zayom va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni quyidagi shaklda qaytarishi mumkin: kasanachi (birgalikda zayom oluvchi)ning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobidan naqd pulsiz shaklda o‘tkazish orqali; naqd pul topshirish orqali; kasanachi (birgalikda zayom oluvchi)ning plastik kartasidan va tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan mablag‘ni naqd pulsiz shaklda o‘tkazish orqali; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. 27. Buyurtmachi zayom va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni quyidagi shaklda qaytarishi mumkin: naqd pulsiz shaklda o‘tkazish orqali; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. 28. Kasanachi (birgalikda zayom oluvchi) va buyurtmachi asosiy qarz hamda hisoblangan foizlarni zayom shartnomasida belgilangan qaytarish muddati boshlangunga qadar zayomni muddatidan avval qaytarish uchun vositachilik to‘lovini to‘lamasdan qaytarish huquqiga ega. 29. Zayomdan foydalanishning butun davrida Konsorsium filiali bevosita joylarga chiqib zayomdan samarali va maqsadli foydalanishning doimiy monitoringini olib boradi. Monitoring yakunlari bo‘yicha Konsorsium filiali va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimi kasanachi yoki buyurtmachining vakili ishtirokida tegishli hujjatni rasmiylashtiradi. 30. Kasanachi yoxud buyurtmachi zayom mablag‘idan maqsadli foydalanish to‘g‘risida zayom shartnomasi shartlarini bajarmagan hollarda, Konsorsium filiali kasanachi yoki buyurtmachidan zayom mablag‘ini muddatdan oldin qaytarish va hisoblangan foizlarni to‘lashni talab qilish huquqiga ega. 31. Zayom bo‘yicha qarzni undirishda birinchi navbatda foydalanilgan zayom uchun foizlar undiriladi. 32. Kasanachi yoki buyurtmachi zayom bo‘yicha to‘lovlar va hisoblangan foizlarni to‘lamasa yoxud o‘z vaqtida to‘lamasa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda Konsorsium filiali garovga qo‘yilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish to‘g‘risida murojaat qiladi. 33. Ushbu Nizom qoidalari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
131
11,738
Qonunchilik
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: 1. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
186
781
Qonunchilik
M.A. Radjabovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari etib saylash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Mavjuda Abdullayevna Radjabova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari etib saylansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
108
243
Qonunchilik
2019 yil may oyida fuqarolar yigʻini raisining saylovi oʻtkaziladi
«Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun (15.10.2018 yildagi OʻRQ–498-son) va «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (15.10.2018 yildagi OʻRQ–499-son) e’lon qilindi. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida oʻtkazilishi belgilandi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amaldagi rahbarlarining vakolatlari muddati yangilari saylanguniga qadar uzaytirildi. Bunda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) vakolatlarining yangi muddati 3 yilni (hozir – 2,5 yil) tashkil etadi. Saylash tartib-taomiliga esa kichik oʻzgartirishlar kiritildi. Birinchidan, saylovni tashkil etish va oʻtkazish, fuqarolar yigʻini yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy, ushbu lavozimga nomzodlar toʻgʻrisidagi aхborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin joylashtiriladi. Ikkinchidan, fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylash yashirin ovoz berish orqali (ilgari yashirin va ochiq ovoz berish shaklida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilar edi), ya’ni saylov byulletenlarini toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Uchinchidan, saylovda hovlilar, uylar va koʻchalardan vakillik normasini ilgarigidek tegishli komissiya (Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar) belgilaydi. Biroq, bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12%ini tashkil etishi kerakligi belgilandi.  Toʻrtinchidan, raislarni (oqsoqollarni) saylashning belgilangan tartib-taomili bundan buyon ularning maslahatchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Endi ular oqsoqol saylovi natijalari boʻyicha bir oy ichida, fuqarolar yigʻini kengashini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini shakllantirish bilan bir vaqtda saylanadi.  Hujjatlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 16.10.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
66
2,257
Qonunchilik
IMTIYOZLI ShARTLARDA PENSIYAGA ChIQISh HUQUQINI BERUVChI IShLAB ChIQARIShLAR, MUASSASALAR, IShLAR, KASBLAR, LAVOZIMLAR VA KO‘RSATKIChLARNING RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagi ilova qilinayotgan ro‘yxatlar tasdiqlansin: talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-ro‘yxati*; talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2- ro‘yxati*; talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 3-ro‘yxati*. 2. Belgilab qo‘yilsinki: 2-ro‘yxatning 1-qismi va 3-ro‘yxatning 1-qismi ish o‘rnini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tatbiq etiladi; mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, korxonalarda imtiyozli pensiya ta’minoti bo‘yicha ro‘yxatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amalga oshiradilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda Moliya vazirligiga yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar Ro‘yxatini tatbiq qilish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berish, shuningdek, kelishgan holda ushbu Ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1994-yilning 1-iyunigacha imtiyozli pensiya ta’minoti haqidagi normativ hujjatlar to‘plamining nashr etilishini ta’minlasin.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘plamning nashr qilinishi uchun kerakli mablag‘larni izlab topsin. 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi zimmasiga yuklansin.
174
2,544
Qonunchilik
ITIM oldiga qoʻshimcha vazifalar qoʻyildi
Prezident tomonidan 13.08.2021 yildagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5223-son qaror imzolandi. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarning sifatini, olib borilayotgan islohotlar natijadorligini oshirish, shuningdek, 2022-2026 yillarda hududlar, tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish maqsadida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi: Markaz tuzilmasida: Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston, Jizzaх, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuziladi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
41
964
Qonunchilik
Kimlarga III, II va I darajali serjant unvoni beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom tasdiqlandi (12.09.2019 yildagi PQ-4447-son). Hujjatga, avvalgi tahririga qaraganda, ayrim tuzilmaviy va mazmun jihatdan oʻzgartirishlar kiritildi. Tuzilmaviy oʻzgartirishlarga, хususan, atamalar ta’riflari berilishini kiritish mumkin. Masalan, «harbiy хizmat», «harbiy хizmatchi», «harbiy unvon», «kontrakt», «harbiy хizmatchining nomiga dogʻ tushiruvchi хatti-harakat» atamalariga ta’rif berildi. Yangiliklarning koʻpchiligi kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashga taalluqlidir. Masalan, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimiga qabul qilinadigan fuqarolar yoshi – 17 yoshdan 23 yoshgacha etib oʻzgartirildi (ilgari 17 yoshdan 21 yoshgacha edi). Boshqa oliy oʻquv yurtlarining 26 yoshgacha boʻlgan talabalari ham kursant boʻlishi mumkin. Kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar tarkibi orasidan boʻlgan kursantlarda oʻqish davrida: berilgan harbiy unvonlar va oхirgi egallagan lavozim boʻyicha maoshlar, хizmat yili uchun foiz maoshi, maхsus moddiy ragʻbatlantirish fondidan har oylik ustama toʻlov, qoʻshinlar jangovar shayligini saqlash uchun bir marta toʻlanadigan pul mukofoti, uzluksiz harbiy хizmati uchun bir marta toʻlanadigan pul mukofoti, shuningdek moddiy yordam olish huquqi saqlanib qoladi. Oilali yoki qaramogʻidagi shaхslari boʻlgan kursantlar turar joy хonalarining ijarasi uchun har oyda toʻlanadigan pullik kompensatsiya olishlari mumkin. Ularga boshqa toʻlovlar toʻlanmaydi. Kontrakt boʻyicha хizmatga kirishga nomzodlarni oldindan oʻrganish endi harbiy-professional saralashning tarkibiy qismiga aylanadi (ilgari alohida tur boʻlgan). Uning quyidagi bosqichlari qayd etildi: tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ruhiy holatini oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, boshqa sinov turlari. Muddatli хizmatdagi ofitserlar orasida saralash ikki bosqichda oʻtkaziladi – nomzodni oʻrganish va attestatsiya (malaka) komissiyasi majlisida koʻrib chiqish. Xizmat yili endi yillik navbatdagi ta’til davomiyligiga ta’sir koʻrsatadi. Kontrakt boʻyicha 10 yil хizmatni oʻtaganlarga bazaviy 30 sutkaga 5 sutka, 15 yildan keyin 10 sutka, 20 yil va undan ortiq boʻlsa – 15 sutka qoʻshiladi. Bunda harbiy lavozimlarga tayinlangan хodimlarga maхsus unvon berilgan kundan boshlab IIV, DBQ, DSQ, prokuratura va adliya organlaridagi хizmat ham hisobga olinadi.    Kontrakt boʻyicha barcha toifadagi harbiy хizmatchilar haqiqiy harbiy хizmatda boʻlgan butun muddat davomida muntazam oʻqish va malaka oshirish orqali хizmatni oʻtashi va yuqori pogʻonalarga koʻtarilishi lozim. Birinchi yil хizmatni oʻtagan bitiruvchilar oʻqigan oliy harbiy oʻquv yurtlari rahbarlariga bildirishnomalar taqdim etiladi. Ularda komandir va boshliqlar tomonidan barcha oʻqitilgan fanlar boʻyicha bitiruvchilar tayyorgarligi boʻyicha berilgan baholar koʻrsatiladi.  Serjantlar tarkibining yangi harbiy unvonlari joriy etildi: harbiy unvonlar – III darajali serjant, II darajali serjant, I darajali serjant va kema tarkibidagi unvonlar – starshina va III qism starshinasi. III darajali serjant unvonida хizmat qilish muddati   3 yilni tashkil qiladi (rezervdagi harbiy хizmatga majburlar uchun – 4 yil), II darajali serjant – 4 yil (rezervda ham shuncha), I darajali serjant – 5 yil (rezervda ham shuncha). Harbiy хizmatchilar tegishli tayyorgarlik kurslarini tugatganlaridan soʻng ushbu unvonlar beriladi. Buning uchun ular egallab turgan lavozimi boʻyicha koʻzda tutilgan harbiy unvonga mos boʻlishi, shuningdek komandirlik va harbiy ish mutaхassisi, boʻysunuvidagilarni tayyorlash va tarbiyalash ishida murabbiylik sifatlari va malakalarini namoyon qilgan, jangovar va kasbiy tayyorgarlikda yaхshi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, endi «leytenant» unvonini berish uchun lavozimga tayinlangan vaqtidan e’tiboran qancha muddat oʻtganligi va fuqarolik oliy ma’lumotiga ega harbiy хizmatga majburlarning хizmat davomiyligi ahamiyatga ega emas. Ilgari tegishli ravishda 12 va 9 oy oʻtgan boʻlishi kerak edi. Bundan tashqari, 5 yil oʻqigan oliy harbiy oʻquv yurtlari bitiruvchilari uchun leytenant unvonida хizmat qilish muddati 1 yilgacha qisqartirildi. Aviatsiyaning uchuvchi tarkib ofitserlari uchun harbiy unvonlar berishda хizmat oʻtash maхsus muddatlari bekor qilindi. Harbiy хizmatlarda boʻlish chegaraviy yoshi, shu jumladan rezerv razryadlari «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiqlashtirildi. Unga kiritilgan tegishli tuzatishlar 2018 yil oktyabrdan kuchga kirganligini eslatib oʻtamiz. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
54
4,671
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini (Bryussel, 1953-yil 19-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-451-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
94
383
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 7-son, 140-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. 3-banddagi “islom diniga oid qadimiy, noyob qo‘lyozma asarlarni” so‘zlari “qadimiy, noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 1-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Markaz direktorining ilmiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha va ma’muriy va xo‘jalik ishlar bo‘yicha ikki nafar o‘rinbosarlari bo‘ladi. Markaz direktori bo‘lmagan taqdirda uning funksiyasini direktor o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.”. 3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
249
1,196
Qonunchilik
Musiqa maktablari asbob-uskunalar bilan normativ boʻyicha jihozlanadi
Hujjatda turli musiqa asboblari, хonandalik, хoreografiya хonalari, ustaхonalar, nazariy darslar, kompyuter grafikasi, aхborot resurs markazi хonalari, katta konsert zali, ma’muriyat хonalari, oʻqituvchilar хonalari, vestibyul, bufet va boshqa хonalar uchun 346 nomdagi jihozlar keltirilgan. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016 yil 5 dekabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
69
653
Qonunchilik
Ikkinchi jahon urushi haqida kitob nashr etiladi
Prezident 31.05.2018 yildagi “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga Oʻzbekiston хalqining qoʻshgan munosib hissasiga bagʻishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishni imzoladi. Matn OʻzAda joylashtirilgan (ilovalarsiz). Xalqimizning erishilgan buyuk gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasini tariхiy hujjatlar asosida koʻrsatish maqsadida ushbu tariхiy voqeaning 2020 yilda nishonlanadigan 75 yilligiga bagʻishlangan kitob-albom nashr etiladi. U arхiv va muzeylarda,  shaхsiy albom va kutubхonalarda saqlanayotgan tariхiy materiallar, hujjatlar va noyob suratlarni toʻplash va oʻrganish yoʻli bilan tayyorlanadi. Shuningdek kitob-albomni tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi: Tashkiliy qoʻmitaga ushbu faoliyatga vazirliklar, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaхassislarini, ekspertlarni, shuningdek, Oʻzbekistonning хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari vakillarini jalb etish huquqi berildi. Kitob-albomni tayyorlash va nashr etish bilan bogʻliq barcha хarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Fozila Ashurova.
48
1,447
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq; “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tegishli tumanlar va shaharlarda tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyalari tashkil qilinishini va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom respublika hududlarida tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari (keyingi o‘rinlarda “Business city” markazlari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: “Business city” markazi — tuman va shahar markazlarining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turizm yo‘nalishlarida zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarori asosida chegaralari aniq belgilangan holda tashkil etiladigan hudud; “Business city” markazi konsepsiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan “Business city” markazining batafsil qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi bosh rejasi va asosiy ko‘rsatkichlari aniq yoritilgan ma’lumotnoma; Direksiya — buyurtmachi funksiyalarini bajarish, “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi; “Business city” markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadigan namunaviy tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladigan kollegial organ; loyiha tashabbuskori — “Business city” markazlari hududidagi yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda qatnashish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxs; “Business city” markazi investori (keyingi o‘rinlarda — Investor) — “Business city” markazi hududida qurilish va (yoki) boshqa faoliyatni amalga oshiradigan, yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyekti; “Business city” markazi hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim deb ataladi) — Direksiya bilan Investor (investorlar) o‘rtasida tuziladigan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim; “Business city” markazi lotlari — “Business city” markazi hududidagi yer uchastkalarining ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq tegishli bo‘laklarga ajratilgan qismlari; elektron onlayn-auksion — Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda o‘tkaziladigan auksion; investitsiya majburiyatlari — Investorning investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda belgilangan majburiyatlari. 3. “Business city” markazlari hududida yer uchastkalaring “Business city” markazi konsepsiyasi asosida lotlarga bo‘linishi, elektron onlayn-auksionga chiqarilishi, investitsiya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etish Direksiyaga yuklanadi. 4. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar: tegishli shaharni (tumanni) rivojlantirish konsepsiyasi va tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiqligi; mavjud turar joy, noturar bino va inshootlarni buzish, ichki muhandislik va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini barpo etish, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish uchun eng kam sarf-xarajatlarni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib, mazkur hududlarning chegaralarini aniq ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun belgilangan tartibda kiritiladi. 6. “Business city” markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mavjud bo‘lsa, ularning konsepsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vaqtida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham kiritiladi. 7. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan o‘n kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli xulosalarini olgan holda, “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari o‘rganib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi. Hukumat komissiyasining qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bir kun ichida axborot kiritiladi. 8. Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinadi. Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birga o‘n kun muddatda “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni kelishish Vazirlar Mahkamasining “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish orqali rasmiylashtiriladi. “Business city” markazlari faoliyatini tashkil etishda mazkur qaror talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli markazni “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinadi. “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori asosida uch kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilinadi. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ikki oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli xulosalari asosida mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi va asosiy ko‘rsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta’minlanadi. Bunda “Business city” markazi hududini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan yangi yer uchastkalari hisobiga kengaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati tomonidan uch kun muddatda “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi. 13. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish shartlarini belgilash maqsadida Direksiya bir oy muddatda: yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritadi; jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratadi. 14. Yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bosh rejaga asosan qurilishning tegishli bosqichini boshlash oldidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq qoplangandan so‘ng amalga oshiriladi. 15. Umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari bosh rejaga muvofiq infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu obyektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. 16. Bosh rejaga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. 17. Yer uchastkalari elektron onlayn-auksionda “Business city” markazlarining konsepsiyasi, bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasida nazarda tutilgan obyektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga bo‘lingan holda realizatsiya qilinadi, bunda har bir lot bo‘yicha loyihaning taxminiy tavsifi va arxitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi. 18. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga o‘tkaziladi. 19. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni Direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda bir hafta muddatda Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqib, tasdiqlanadi. 20. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni elektron onlayn-aukson g‘oliblariga rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda: yer uchastkasini ajratish materiallarini Komissiya a’zolari bo‘lgan tashkilotlar bilan kelishish talab etilmaydi; yer uchastkasiga huquq turini (mulk huquqi yoki ijara huquqi) belgilash tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Direksiyaning taklifi asosida amalga oshiriladi. 21. Auksionoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan so‘ng Direksiya tomonidan: besh kun muddatda o‘z rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi; elektron onlayn-auksion o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘g‘risida e’lonlar joylashtiriladi; O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘g‘risida xorijiy davlatlarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. 22. Direksiya elektron onlayn-auksion g‘olibi aniqlangandan so‘ng besh kun muddatda ingliz, o‘zbek va rus tillarida investitsiya shartnomasi loyihasini tayyorlaydi hamda ko‘rib chiqish va kelishish (imzolash) uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Investorga yuboradi. Investitsiya shartnomasi savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. 23. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Investor va Direksiya o‘rtasida investitsiya shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda ushbu Investor “Business city” markazi investorlari ro‘yxatiga kiritiladi. 24. Investitsiya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bo‘lishi hamda quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: loyihaning tavsifi va arxitektura qiyofasi; investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari; Investorning huquq va majburiyatlari; Direksiyaning huquq va majburiyatlari; Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari hamda ushbu yer uchastkalarida joylashadigan obyektlardan foydalanish shartlari; loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va texnik nazorat o‘rnatilishi; investitsiya majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha hisobot topshirish tartibi; investitsiya shartnomasi shartlari buzilganligi uchun taraflarning javobgarligi; investitsiya shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; investitsiya shartnomasining amal qilishini to‘xtatish; nizolarni hal etish tartibi. Ayrim loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shartnomada alohida shartlar ko‘zda tutilishi mumkin. 25. Zaruratga ko‘ra, investitsiya shartnomasining alohida shartlarini kelishish maqsadida Direksiya va Investor o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi mumkin. 26. Loyiha tashabbuskori va Direksiya o‘rtasida “Business city” markazi hududida rasmiylashtirilgan investitsiya shartnomasi belgilangan tartibda tegishli Direksiyada ro‘yxatga olinadi. Investitsiya shartnomasi ro‘yxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. 27. Investor quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: obyekt qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ekspertizasining ijobiy xulosasini olish; obyekt qurilishi bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish; qurilish uchastkasi hududini maxsus to‘siqlar bilan o‘rab olish hamda hududda qurilish ishlari olib borilayotganligi to‘g‘risida ogohlantirish belgilarini o‘rnatish; quruvchilarning qurilish hududida ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish; umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun Direksiyaga haq to‘lash; investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan, bajarilishi zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish. 28. Investorning shartnoma asosida olgan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berishi taqiqlanadi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, investitsiya shartnomasi taraflarini almashtirish to‘g‘risida kelishuv tuziladi. 29. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: muassis tomonidan ajratilgan mablag‘lar; mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan mablag‘lar; homiylik xayriyalari; umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun investorlar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar; tijorat faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 30. Direksiya mablag‘laridan “Business city” markazlarini qurish, shuningdek, ularning qurilishi munosabati bilan ushbu tuman va shahar markazlarining boshqa qismlarini rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: “Business city” markazlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish; yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash; hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish; “Business city” markazining konsepsiyasida ko‘rsatilgan va Komissiya qarorlarida Direksiya mablag‘lari hisobidan qurib topshirilishi belgilangan davlat mulkidagi ijtimoiy obyektlarni qurish; umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash; reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlari o‘tkazish; mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun xarajatlar; Direksiyani saqlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari. 31. Taraflarning investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarmasligi bilan bog‘liq nizolar o‘zaro kelishuv yoki sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 32. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi bitimni va “Business city” markazi investori maqomini bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 33. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda ijara huquqi bilan berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda va oqilona foydalanilayotganligini baholash uchun asos hisoblanadi. 34. Direksiya loyiha tashabbuskori “Business city” markazi investori sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida, bu haqda davlat soliq organlarini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek ro‘yxatdan chiqarilgan kunda darhol davlat bojxona organlarini xabardor qiladi. 1. “Nukus city” biznes markazi. 2. “Bukhara city” ishbilarmonlik markazi. 3. “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi. 4. “Nurafshon business city” ishbilarmonlik markazi. 5. “Daryo bo‘yi business city” tadbirkorlik markazi. 6. “Mirzo Ulug‘bek business city” tadbirkorlik markazi. 7. “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazi. 8. “Olmazor business city” tadbirkorlik markazi. 9. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi. 10. “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi” ishbilarmonlik markazi.
244
20,376
Qonunchilik
Noshirlar litsenziya uchun arizani onlayn tarzda topshirishlari mumkin
Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligidan yangi хizmat noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishga qaror qilgan yuridik shaхslarga litsenziyalash uchun Yagona portal orqali elektron ariza yuborish imkonini beradi. Xizmatni olish uchun ariza beruvchi onlayn-shakldagi arizani toʻldiradi hamda unga quyidagilarni elektron shaklda ilova qiladi: -yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasi; -litsenziya talabgori tomonidan arizani koʻrib chiqishga yigʻim uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; -mavjud moddiy-teхnika bazasi, asbob-uskunalar hamda litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur boshqa teхnika vositalari toʻgʻrisida ma’lumotlar; -yuridik shaхs хodimlarida tegishli oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumot hamda noshirlik ishida kamida 3 yil ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumot toʻgʻrisida hujjat va mehnat daftarchasi nusхalari). Arizani koʻrib chiqish muddati 30 kunni tashkil qiladi. Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma bank hisobvaragʻi rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabinetiga va elektron pochtasiga yuboriladi.  Koʻrib chiqish uchun ariza beruvchidan 2 EKIH miqdorida yigʻim undiriladi. Ijobiy qaror toʻgʻrisidagi хabarnoma olingandan keyin foydalanuvchi litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlashi lozim. Bu boj EKIXning 10 baravari miqdorida undiriladi. Bunda bolalar adabiyoti, normativ ma’lumotnomalar, ilmiy-teхnika adabiyoti, ma’lumotnoma-ensiklopediya kitoblari, shuningdek nogironlar uchun moʻljallangan mahsulotlar nashr qilishga iхtisoslashgan nashriyotlar belgilangan miqdorga nisbatan 50 foiz miqdorda davlat boji toʻlaydilar. Ariza beruvchi tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganidan keyin hamda u tomonidan litsenziya bitimi imzolangandan soʻng Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi 3 kun muddatda litsenziya berishi shart. Mavzu boʻyicha materiallar: IDXYaPda “Oʻzstandart”dan yangi хizmatlar Standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni ekspertiza qilishga buyurtmani Internet orqali berish IDXYaP orqali yuridik shaхslar uchun barcha soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish mumkin
70
2,249
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-357-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-357-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
697
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING ANDIJON VILOYATIDA BO‘LGAN VAQTDAGI TOPShIRIQLARINI AMALGA OShIRIShGA DOIR TADBIRLAR REJASINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Andijon viloyati sanoat salohiyatini va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi punktlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirishni ta’minlash, shuningdek viloyat turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-sentabr — 1-oktabrda Andijon viloyatida bo‘lgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir Tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda: tasdiqlangan Tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsinlar; Tadbirlar rejasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlasinlar; Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatsinlar hamda muammoli masalalarni har oyda ko‘rib chiqsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 3. Andijon viloyati hokimligi (Usmonov): bir hafta muddatda ushbu qarorni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin, unda bajarish muddatlari va bajarish uchun mas’ullarni ko‘rsatgan holda qarorni bajarishning kalendar jadvalini tasdiqlashni nazarda tutsin; har oyda tadbirlarning bajarilishi muhokamasini tashkil etsin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hamda Andijon viloyati hokimligi rahbarlari Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
156
1,825
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining: 2016-yil 2-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan qayd etilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni hal etish uchun takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning takliflari to‘g‘risida”gi; 2016-yil 2-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi; 2016-yil 30-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2015-yil 26-maydagi 141-III/QQ-19-III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning tarkibiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi; 2016-yil 23-avgustda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi R. Norbo‘tayev to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
1,726
Qonunchilik
2008-2009 YILLARDA AVTOMOBIL SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Respublika avtomobil sanoatini yanada barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, avtobuslar va butlovchi buyumlar sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish, eksport hajmlarini ko‘paytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish maqsadida: 1. Quyidagilar 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining asosiy vazifalari etib belgilansin: avtomobil sanoati uchun tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni o‘stirishning barqaror yuksak sur’atlarini ta’minlash hamda shu asosda ichki bozorda avtomobil mahsulotlariga bo‘lgan talab-ehtiyojni qondirish darajasini yanada oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish; avtotransport vositalarining butlovchi qismlari va uzellari ishlab chiqarishni chuqur mahalliylashtirish; yuqori unumli ilg‘or texnologiyalar va uskunalarni joriy etish yo‘li bilan avtomobillarning xavfsizlik, sifat hamda ekologik xarakteristikalari bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan yangi zamonaviy modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish. 2. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi ma’qullansin, u quyidagilarni o‘z ichiga olgan: avtomobil sanoati korxonalari tomonidan asosiy turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq; “O‘zavtosanoat” AK korxonalari tomonidan avtomobil mahsulotlari eksport qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq. 3. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va tarmoq korxonalari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin: 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan maqsadli prognoz parametrlariga to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda erishish va loyihalarni amalga oshirish; manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda loyiha institutlari, “Jeneral Motors” korporatsiyasining muhandislik markazlari va boshqa xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan loyihalarning loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, kelishib olish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda, belgilangan tartibda unga 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirishni hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirishni nazarda tutgan holda kiritilishini ta’minlasin. 5. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga binoan, ushbu qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan parametrlar doirasida olib kelinadigan uskunalar, dvigatellar, transmissiyalar, materiallar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik hujjatlar hamda avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish jihozlari, shuningdek avtomobillarni yirik blokli yig‘ish to‘plamlari uchun 2010-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 7. Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturiga, bozor konyunkturasining o‘zgarishi va avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishiga muvofiq investitsiya loyihalarining o‘zgarish ehtimolini nazarda tutgan holda aniqlik va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat etilsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Sanaqulov zimmalariga yuklansin.
134
4,539
Qonunchilik
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvarag‘ining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-iyuldagi 2, 276-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1636, 2006-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvarag‘ining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Hay’ati (bundan keyin — Qo‘mita Hay’ati)ning” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hay’atining (bundan buyon matnda Agentlik Hay’ati deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Maxsus sanatsiya hisobvarag‘ini ochish uchun sanatsiya qilinayotgan korxona uning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka maxsus sanatsiya hisobvarag‘i ochishga ariza taqdim etadi. Arizaga Agentlik Hay’atining korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyani joriy etish to‘g‘risidagi qarorining Agentlik tomonidan tasdiqlangan nusxasi, moliyaviy sog‘lomlashtirish biznes-rejasi va barcha kreditorlar qarzlarini so‘ndirishning Agentlik Hay’ati ma’qullagan jadvali ilova qilinadi.”. 3. 3-bandda: ikkinchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi” degan so‘zlar “chet el valyutasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish” degan so‘zlar “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari harakati bilan bog‘liq maxsus hisobvaraqlarning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti tomonidan belgilanadi.”. 4. 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 5 va 8-banddagi “Qo‘mita” degan so‘z “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 9-banddagi “Qo‘mita Hay’atining” degan so‘zlar “Agentlik Hay’atining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 11-bandda: uchinchi xatboshidagi “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “yig‘imlar” degan so‘z bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshi “bank” degan so‘zdan keyin “va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. 12-banddagi “xorijiy valyutadagi” degan so‘zlar “chet el valyutasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 13-bandda: birinchi xatboshidagi “Qo‘mita” degan so‘z “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Qo‘mita Hay’atining” va “Qo‘mita” degan so‘zlar tegishli ravishda “Agentlik Hay’atining” va “Agentlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
153
3,861
Qonunchilik
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport potensialini ko‘paytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shaharlar va qishloqlar iste’molchilari tomonidan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekenergo” DAK tomonidan: “O‘zbekenergo” DAK korxonalarida, Toshkent viloyatining Angren shahrida va Toshkent shahrining ayrim tumanlarida Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini sinab ko‘rish bo‘yicha boshlang‘ich loyihalar amalga oshirilayotganligi; “O‘zbekenergo” DAKda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya loyihasi ishlab chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda har yili aniq muddatlarini, moliyalashtirish manbalarini va mas’ul shaxslarni ko‘rsatgan holda, elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari va apparat komplekslarini joriy etishning hududiy hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Quyidagilarga: “O‘zbekenergo” DAK va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga — Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektron hisobga olish priborlarini o‘rnatishning tasdiqlangan jadvallari so‘zsiz bajarilishi yuzasidan; “O‘zbekenergo” DAK raisi zimmasiga — Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko‘rsatkichlarning noto‘g‘ri hisoblanishidan va axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to‘langan haq doirasida elektr ta’minoti bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi. 6. “O‘zbekenergo” DAK O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda 2009-yil 1-iyuldan boshlab barpo etilgan qurilish obyektlarining ular elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron priborlari va apparat komplekslari bilan jihozlangan taqdirda qabul qilib olinishini ta’minlasin. 7. “O‘zbekenergo” DAK, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 2009-yil 1-iyuldan boshlab: 2009-2010-yillarda yangidan barpo etilayotgan obyektlarning Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari bilan jihozlanishini hamda 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan ishlayotgan elektr ta’minoti obyektlarida ko‘p funksiyali elektron hisoblash priborlari joriy etilishini; 2009 — 2011-yillarda yangidan barpo etilayotgan obyektlarning Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari bilan jihozlanishini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlayotgan elektr ta’minoti obyektlarida elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari joriy etilishini; Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko‘rsatkichlarning noto‘g‘ri hisoblanishidan va axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilishni ta’minlasinlar, bunda inson omili ta’siri mumkin qadar kamaytirilishini nazarda tutsinlar. 8. “O‘zbekenergo” DAK: 2009-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “O‘zbekenergo” DAKda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya loyihasini aniq texnik-iqtisodiy parametrlar hamda elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlariga va apparat komplekslariga nisbatan zarur talablar bilan birga ishlab chiqish tugallanishini ta’minlasin; joriy etilayotgan Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi doirasida ma’lumotlarni uzatish, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash tartibotlari birxillashtirilishini ta’minlasin; mamlakatimizdagi va xorijiy yetakchi ekspertlarni Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko‘rsatkichlarning noto‘g‘ri hisoblanishidan va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha kompleks yechimlarni ishlab chiqish uchun jalb etsin; “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” investitsiya dasturini bir bosqichda, ularni turli toifadagi obyektlarda qo‘llanish uchun namunaviy yechimlarni ishlab chiqqan holda amalga oshirsin; 2018-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlari va apparat komplekslarini o‘rnatmagan iste’molchilarga — xo‘jalik yurituvchi subyektlarga elektr energiyasi yetkazib bermasin. 9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “O‘zbekenergo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror qoidalarining amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsinlar. 10. “O‘zbekenergo” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
134
6,763
Qonunchilik
DAVLAT MULKINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini va aksiyalar ulushlarini boshqarish samaradorligini oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni aniq va maqsadli qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Quyidagilar: aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini tayinlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq; 4. Vazirlar Mahkamasi korxonalarning ustav jamg‘armalarida davlat ulushini 25 foiz va undan ortiq miqdorda saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi hamda ularni fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish to‘g‘risidagi masalani bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va qaror qabul qilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: Vazirlar Mahkamasining manfaatdor Komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va korporatsiyalar bilan birgalikda 2000-yilning uchinchi choragi mobaynida barcha davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2000-yil 1-sentabrgacha aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari miqdorlarini o‘rganib chiqsin hamda ular ustav jamg‘armalarining ularga kirmagan markazlashtirilgan investitsiyalar va boshqa budjet ajratmalari miqdoriga o‘zgartirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin; bir oy muddatda Davlat mulki qo‘mitasining Markaziy apparati tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 15 nafar bo‘lgan Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat mulkini boshqarish departamenti tashkil etsin. Belgilansinki, Departament faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida qoldiriladigan xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, aksiyalarida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarni tanlash va ularni o‘qitish ishlarini olib borish, shuningdek ularning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy yilning oxirigacha davlatning ishonchli vakillarini va ishonchli boshqaruvchilarni korporativ boshqarish asoslariga o‘qitish bo‘yicha doimiy ishlovchi kurslar tashkil etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
74
2,922
Qonunchilik
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILG‘I, ENERGIYA VA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLARNING ChAKANA NARXLARINI HAMDA TARIFLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublikaga keltirilayotgan yoqilg‘i, moddiy-texnika va boshqa resurslar narxlarining oshishi munosabati bilan, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish va xalq xo‘jaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yil 1-fevraldan boshlab yoqilg‘i, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmati va aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga chakana narxlar va tariflar ilovaga muvofiq belgilansin. 2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalda bo‘lgan imtiyozlar saqlab qolinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yoqilg‘i, energiya, xizmatlar ayrim turlarining yangi chakana narxlarini tasdiqlasin va narx preyskurantlarini chiqarsin hamda barcha manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘mirning chakana narxi preyskurantlarini mazkur qarorga muvofiq tasdiqlasinlar. 5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar suyultirilgan gaz va ko‘mir qoldiqlarini 1994-yil 1-fevraldagi holatga ko‘ra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani o‘zlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 359-son, 1993-yil 17-sentabrdagi 462-son, 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son va 1993-yil 27-noyabrdagi 572-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
133
1,665
Qonunchilik
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi bo‘yicha 2008-yil 2-iyundagi hulosaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga va “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2000-yil 19-maydagi 197-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2008-yil 28-apreldagi 33/383-son va 2008-yil 16-maydagi 33/464-son xatlarini inobatga olgan holda, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1993-yil 10-dekabrda 8-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining intizomi to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarning Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqida mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 2. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
65
1,267
Qonunchilik
RESPUBLIKADA BANK AUDITI TIZIMINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash, banklarni auditorlik tekshirishlar sifati va ta’sirchanligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi xolisona tahlil etilishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tijorat banklari uyushmasining quyidagi takliflari qabul qilinsin: O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimiga kiruvchi banklar auditini o‘tkazish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; bank auditini o‘tkazish xususida mamlakatimiz va chet el auditorlik firmalari bilan tuziladigan shartnomalar bo‘yicha buyurtmachi sifatida chiqishga haqli; respublika hududida ish yurituvchi auditorlik firmalari va tashkilotlarga banklarda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish huquqi uchun tegishli sertifikatlar hamda malaka sertifikatlarini beradi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilar tavsiya etilsin: bank auditini amalga oshirishga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari to‘g‘risidagi Nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash; bank auditini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan auditorlik firmalarining ro‘yxatini belgilangan tartibda muntazam suratda matbuotda e’lon qilib turish; bank auditini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan haq to‘lash. 3. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
77
1,471
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati sam
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-martdagi 183-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilova I-bandining “g” kichik bandida: “hamda hunar-texnika o‘quv yurtlarida” so‘zlari “kasb-hunar ta’limi muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; “maxsus hunar-texnika bilim yurtlari” so‘zlari “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 4-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Turistlar hujjatlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi”. 5. Vazirlar Mahkamasining “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 29-modda) 4-bandi sakkizinchi xatboshidagi “qayta tayyorlashga” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, turistik faoliyat subyektlari xodimlari uchun turistlar xavfsizligini ta’minlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini davriy tashkil etishga” so‘zlari qo‘shilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining 20-bandidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida” 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 3-modda) 2-ilovaning 13.2-bandidagi “militsiyaga yoki DANga” so‘zlari “ichki ishlar organlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova 6-bandining oltinchi xatboshidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari tayanch” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sog‘lomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qarori 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “militsiya” so‘zi chiqarib tashlansin. 11. Vazirlar Mahkamasining “Ekinlarning payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” 2004-yil 14-yanvardagi 20-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga 2-ilova 3-bo‘limining 3.23-bandi birinchi xatboshidagi “Militsiya bo‘linmalari kuchlari” so‘zlari “Ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomning 45-bandidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi nizomning 26-bandi birinchi xatboshidagi “xizmatdan bo‘shash paytida” so‘zlari bilan chiqarib tashlansin. 23. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 6-ilovaning ** havolasidagi “militsiyaning” so‘zi “ichki ishlar organlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-modda, 36-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1992-yil 24-yanvardagi 32-son qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlari tuzilmasida o‘quv polkini tashkil qilish to‘g‘risida” 1992-yil 29-maydagi 255-son qarori. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini qisqartirish to‘g‘risida” 1992-yil 28-oktabrdagi 498-son qarori. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 8-yanvardagi 16-son qarori. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 14-dekabrdagi 602-son qarori. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1996-yil 4-noyabrdagi 378-son qarori. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1997-yil 27-maydagi 266-son qarori. 9. Vazirlar Mahkamasining “Alohida militsiya batalonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish to‘g‘risida” 1998-yil 13-apreldagi 155-son qarori. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati xodimlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 14-noyabrdagi 474-son qarori. 11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi, QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovaning 1-bandi. 12. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ko‘nikma markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 16-maydagi 162-son qarori. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 1-bandi. 14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 1-bandi. 15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori) 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda) 1-ilovaning 1-bandi. 16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 1-bandi. 17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori)” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 72-modda) ilovaning 1-bandi. 18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda) ilovaning 1-bandi.
250
12,125
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-ta
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizomda: a) I bo‘limning 23-bandidagi “klublar” so‘zi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) III bo‘limning 1-bandidagi “klublar, madaniyat uylari va saroylari” so‘zlari “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlarining 29-bandidagi “Madaniyat saroylari va uylari, doimiy va ko‘chma klublar (avtoklublar, klub-vagonlar, suzuvchi madaniy bazalar va boshqalar)” so‘zlari “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi 154-son qarorida: a) 1-ilovaning 139 va 260-qatorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 2-ilovaning 18, 140, 141, 154, 364, 369 va 380-qatorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
250
2,022
Qonunchilik
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sanoat salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: elektr energetikasi, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish, konchilik ishi, konchilik elektr mexanikasi, mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, kimyoviy texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinab ko‘rish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish; o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish. 4. Belgilansinki, Institut Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida zarur shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 6. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddatda: Filialning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; Filialning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini; Filial uchun moslashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini; Filialda o‘quv-metodik jarayonni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Institutiga xizmat safariga yuborilgan pedagoglar va ularning oila a’zolarini pedagoglar Filialda ishlagan davrda turar joy bilan ta’minlash, ularning farzandlarini maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 9. Quyidagilar Institutning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlarining grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Institutni saqlash xarajatlari uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin; Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta shaxsiy va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilishini ta’minlasin. 12. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Filialda axborot va multimedia uskunalari qo‘llanilgan, shu jumladan, masofadan o‘qitishni nazarda tutgan holda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha aniq tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultonov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q.S. Sanaqulov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
119
5,024
Qonunchilik
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega korxonalar o‘zlarining asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini boshqa tijorat banklarida ochganliklari to‘g‘risidagi axborot Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan kelib tushgan kundan boshlab, davlat soliq xizmati organlari bir ish kuni ichida mazkur tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.”. 2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Xabarnoma soliq to‘lovchiga yozma shaklda yoki uning shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboriladi.”. 3. 12-bandda: quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hamda valyuta birjasida ilgari konvertatsiya qilingan xorijiy valyutani sotishdan kelib tushgan mablag‘lar;”. O‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 4. 16-banddagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” degan so‘zlar “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-bobida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi. Ariza soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda beriladi.”.
182
2,587
Qonunchilik
Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatish, mintaqadagi mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan to‘la-to‘kis hamda samarali foydalanish asosida qishloq ho‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash yo‘li bilan Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrining iqtisodiy salohiyatini kompleks rivojlantirish va mustahkamlashni, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifati yanada oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish va aholisi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: zamonaviy raqobatbardosh sanoat mahsuloti, shu jumladan qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish; chorvachilik, shu jumladan tuyachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni rag‘batlantirish; yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani tobora rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini tatbiq etish loyihalarini amalga oshirish; aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga, uning sog‘lomlashtirish va madaniy hordiq chiqarishini tashkillashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 2. 2017 — 2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida kafolatlangan ish o‘rinlari yaratish hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Dastur parametrlarini bajarishni ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tuzilsin. Respublika ishchi guruhi (A.J. Ramatov): Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish va davlat hamda ho‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni; ko‘rsatilgan hududlardagi aholi bandligi bo‘yicha tegishli uy-joy va maishiy sharoitlarni yaratish bilan birga kechiktirilmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi tashkillashtirilishini; muammoli masalalarni muntazam o‘rganib borish va ularni tezkorlik bilan hal etishda amaliy choralar ko‘rilishini; zarur hollarda Dasturga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini o‘n kun muddatda tasdiqlasin, ularni moliyalashtirilish manbalari, mas’ul ijrochilari va amalga oshirish muddatlarini aniq ko‘rsatsin. 5. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Dehibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Cho‘ya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududlarini kompleks rivojlantirish hamda aholisining turmush sharoitlari sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni ishonchli va barqaror moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati hokimligida Maxsus jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arma) tashkil etilsin. Maxsus jamg‘armani shakllantirish manbalari etib kuyidagilar belgilansin: har yili “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari); jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari. Navoiy viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Maxsus jamg‘armani shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. 6. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Dehibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Cho‘ya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududida: sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida (savdo va avtomobillarga gaz kuyish shaxobchalari bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yagona soliq to‘lovi va qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan; chorvachilik va tuyachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari — yagona ijtimoiy to‘lovdan; ushbu hududlarda ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar — qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan; ushbu hududlarda ro‘yxatga olingan va faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar muassislari tomonidan olingan dividendlar — daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan 2017-yilning 1-oktabridan 2028-yilning 1-yanvariga qadar ozod qilinsin. 7. 2017-yilning 1-oktabridan boshlab Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida joylashgan “Barkamol avlod” markazlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun har oylik ota-onalar to‘lovi respublika bo‘yicha o‘rnatilgan hajmning 50 foizi miqdorida belgilansin. 8. Tijorat banklariga Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan loyihalar manzilli ro‘yxatiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, tijorat banklari tomonidan mazkur kreditlarni ajratishda ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan 4 foizgacha summada oshadigan xarajatlarini qoplashga Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya (yordam puli) beriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2017-yilning 1-oktabridan boshlab, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida joylashgan foydalanilmay bo‘sh yotgan davlat obyektlarini ushbu obyektlar negizida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” stavkasi bo‘yicha o‘n yil muddatgacha ijaraga berilishini ta’minlasin. 10. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Qizilqumsement” AJ, “Navoiyazot” AJning Tomdi tumanida 1,5 ming bosh tuya va 10 ming bosh ko‘y boqishga mo‘ljallangan chorvachilik komplekslari tashkil etish, shuningdek, ushbu hududlarda mahalliy aholi orasidan 1000 nafar kishining ish bilan kafolatlangan tarzda qamrab olinishi uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan tikuv mashinalari xarid qilinishini ta’minlash yo‘li bilan ushbu hududlarda tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil aloqa kompaniyalari bilan birgalikda, zaruratga qarab, aloqa bilan ta’minlanmagan alohida hududlarda bazaviy stansiyalar o‘rnatilishini hamda olis qishloqlar va ovullarda raqamli televideniye tarmoqlari xizmati ko‘rsatilishini tashkillashtirsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bir oy muddatda ushbu hududlarda razvedka qilingan foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlasin hamda Respublika ishchi guruhiga kiritsin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xayitov zimmasiga yuklansin.
190
8,011
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduhakimovga “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduhakimovga “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Mazkur qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduhakimovga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
779
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZTRANSGAZ” AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI T
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-maydagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish haqidagi nizom II bo‘limining to‘rtinchi xatboshidagi “hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari” so‘zlari “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) 7-bandining to‘rtinchi xatboshi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlaridan keyin “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari” so‘zlari qo‘shilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 101-modda): 2-bandi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlaridan keyin “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari” so‘zlari qo‘shilsin; ilovaning 1-bandi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlaridan keyin “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari” so‘zlari qo‘shilsin.
250
1,889
Qonunchilik
Bojxona ishi sohasida qo‘llaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona ishi sohasida qo‘llaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllari 1 — 29-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan kuchga kiradi.
102
289
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA VALYUTA BIRJASIDA OPERATSIYALAR HAJMINI KENGAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Valyuta bozorini korxonalarning vaqtincha but bo‘lgan xorijiy valyutadagi mablag‘larini jalb qilish hisobiga kengaytirish va amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston respublika valyuta birjasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutani oldi-sotdi bo‘yicha almashtirish operatsiyalarini o‘tkazishi tartibi to‘g‘risidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, vakil qilingan banklar va O‘zbekiston respublika valyuta birjasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. 1.1. Mazkur tartib korxonalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (keyingi o‘rinlarida valyuta birjasi deb ataladi) xorijiy valyutani oldi-sotdi bo‘yicha almashtirish operatsiyalarini hamda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning xorijiy valyutani majburiy sotishlarini tartibga soladi. 1.2. Valyuta birjasida: a) korxonalar va tashkilotlarning valyutasi Respublika valyuta birjasi kafolati bilan valyuta SVOPi bitishuvlari shartlarida qaytarib sotib olish huquqi bilan sotishlari; 1.3. Valyuta birjasida valyuta operatsiyalari vakil qilingan banklar orqali belgilangan tartibda vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. 1.4. Respublika valyuta fondi kafolati bilan bajariladigan almashtirish operatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakil qilgan bank xizmatini o‘taydi. 1.5. Mazkur tartibning 1.2-bandiga muvofiq valyuta operatsiyalari natijasida olingan xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Respublika valyuta fondi uchun maxsus schyot ochiladi. “Respublika valyuta fondining Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta birjasida almashtirish operatsiyalari natijasida xarid qilingan, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlariga oid majburiyatlarni bajarishga aloqador operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi mablag‘lari”. 1.6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan schyot bo‘yicha o‘tkazilayotgan operatsiyalarga oid axborotni har oyda belgilangan shakllarda Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Davlat soliq qo‘mitasiga takdim etadi. 2.1. Vaqtincha band bo‘lmagan xorijiy valyutaga ega bo‘lgan korxonalar ularni Respublika valyuta fondi kafolati bilan vakil qilingan banklar orqali SVOP shartlarida valyuta birjasida quyidagi shartlarda sotishga qo‘yishlari mumkin: a) kelishilgan muddatga; b) yo‘qlab olinadigan muddatga (bir yildan ortiq emas). 2.2. Vaqtincha band bo‘lmagan mablag‘larga ega bo‘lgan korxona vakil qilingan bankka xorijiy valyutadagi mablag‘larni valyuta birjasida sotish taklifi bilan belgilangan shaklda murojaat qilishi mumkin. Korxona ayni bir vaqtda belgilangan shakldagi buyurtmanoma bilan bitishuv tuzilishi mumkin bo‘lgan summa va muddatni ko‘rsatib SVOP shartlarida operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida Milliy bankka murojaat qiladi. 2.3. Milliy bank Moliya vazirligi bilan ko‘rsatilgan operatsiyani keyinchalik qayta almashtirish huquqi bilan amalga oshirish to‘g‘risidagi kafolatli bitimni va valyuta sotuvchi korxona bilan balki aniq SVOP shartlaridagi oldi-sotdi to‘g‘risidagi bitimni rasmiylashtiradi. Sotuvchi korxona uchun valyutani sotish va xarid qilish kursi har bir bitishuv kunidagi birja kursi bo‘yicha belgilanadi. SVOP bitishuvi tugaganda korxona to‘liq summani sotib olish huquqiga ega bo‘ladi hamda muddatli bitishuvlar bo‘yicha 3,0 foiz va yo‘qlab olinadigan bitishuvlar bo‘yicha 2,0 foiz miqdorida Respublika valyuta fondi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan qo‘shimcha yillik daromad oladi. 2.4. 2.1-bandda ko‘rsatilgan bitishuvlar Milliy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy bank ko‘rsatilgan bitishuvlarning ahvoli to‘g‘risida Moliya vazirligiga muntazam hisobot berib turadi va sotuvchi korxona oldidagi majburiyatlarning bajarilish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘radi. 2.5. Qayta almashtirish muddati kelgan va valyuta bozorida band bo‘lmagan valyuta mablag‘lari yo‘q bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan mablag‘lar maxsus qaror bilan bu maqsadlar uchun Milliy bankda shakllantiriladigan va joylashtiriladigan Respublika valyuta fondining qayta almashtirish rezerv fondidan ajratiladi. 4.1. Mazkur qoida bank ssudalari va mahsulot yetkazib beruvchi schyotlari bo‘yicha milliy valyutada muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarga hamda xorijiy valyutadagi schyotlarga ega bo‘lgan barcha korxonalar va tashkilotlarga joriy qilinadi. 4.2. Muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati va bu qarzlar hajmi hamda vakil qilingan banklardagi valyuta schyotlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki byulletenida xar oyda keyingi oyning 15-kunigacha e’lon qilinadi va ikki kun mobaynida barcha vakil qilingan banklarga yetkaziladi. 4.3. Bankka va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari bo‘yicha milliy valyutada muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan korxonalar oy tugagandan keyin 5 kun mobaynida xorijiy valyutani sotish bo‘yicha buyurtmanomani bankning nomi, korrespondent schyot raqami, muddati o‘tkazib yuborilgan ssuda schyot raqami va muddati o‘tkazib yuborilgan ssuda qarzi summasini ko‘rsatib, valyuta schyoti ochilgan vakil qilingan bankka taqdim etadilar. 4.4. Qarzdor korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan vakil qilingan banklar Markaziy bank ro‘yxati bo‘yicha valyutani sotish bo‘yicha buyurtmanomalarini 4.3-bandda ko‘rsatilgan muddatda olmasalar valyuta mablag‘larining teng keluvchi ekvivalentini Markaziy bankning ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘xtatib qo‘yishni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risidagi maxsus ko‘rsatmasini olgunga qadar to‘xtatib qo‘yadilar. 1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash. 2. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. 3. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish. 4. Tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish. 5. Tovarlarni eksport qilishni va/yoki importning o‘rnini bosib ta’minlovchi ishlab turgan ishlab chiqarishlar uchun butlovchi buyumlar xomashyolar xarid qilish.
109
7,001
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda, shu jumladan mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va tashkil etishga qaratilgan investitsiya siyosatini yanada faollashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilingan 2019-yilda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar 2019-yilda 184 trln so‘m atrofida kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish imkonini berdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p dyemakdir. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalarning ulushi 34 foizdan oshdi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlansin: 850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari 1, 1a va 1b-ilovalarga* muvofiq; 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi 2-ilovaga* muvofiq. 2. Quyidagilar: 2020-yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek, uning choraklar kesimida ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq; 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 4-ilovaga* muvofiq; 2020-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 5-ilovaga* muvofiq; 2020-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati 6-ilovaga* muvofiq; 2020-yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 7-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha 2020-yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasida jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qiymati 50 mln AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini budjet mablag‘lari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibini mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: loyihaning iqtisodiy samaradorligi, shu jumladan uning rentabelligi va sarflangan mablag‘larni qoplay olishi ta’minlanishini asoslovchi loyihaoldi hujjatlarning mavjudligi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligining loyihani so‘ralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi; loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda). Loyihalar loyihaoldi va loyiha hujjatlarining mazkur bandda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi nuqtai nazaridan ularni kompleks ekspertiza qilish “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyihalarning tashabbuskorlari: 2020-yil 20-yanvarga qadar mazkur qarorning 3 — 5-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning kompleks tarmoq jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etsin. Bunda 2020-yilning har bir choragi uchun investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishning belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari so‘zsiz bajarilishi nazarda tutilsin; 2020-yil 1-fevralga qadar mazkur qarorning 6-ilovasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish hamda tasdiqlash yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan “yo‘l xaritalari”ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar mazkur qarorning 7-ilovasiga kiritilgan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Transport vazirligi mazkur qarorning 6-ilovasiga kiritilgan tegishlicha suv ta’minoti va kanalizatsiya, shuningdek, avtomobil yo‘llari sohasidagi loyihalar bo‘yicha: 2020-yil 1-iyulga qadar — loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishi yakunlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda qarz shartnomalari imzolanishini tezlashtirishni; 2020-yil 1-avgustga qadar — moliyalashtirishning ochilishi bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov mazkur bandning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: Dastur prognoz parametrlari bajarilishi holatining tizimli monitoringi va har oylik muhokamasini, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin; mazkur qarorning 7-ilovasiga kiritilgan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish, keyinchalik ularni amalga oshirish uchun salohiyatli mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etsin; loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar 2021 — 2025-yillarda ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, klaster yondashuvi va sanoat kooperatsiyasi asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirishga qaratilgan yangi investitsiya takliflari ishlab chiqilishini ta’minlasin; 2020-yil 15-noyabrga qadar Dasturning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirgan va yangilagan holda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin. 8. Quyidagilarga: a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyevga — Dasturning sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va tasdiqlangan prognoz parametrlarning bajarilishi holati muntazam ravishda muhokama qilib borilishini ta’minlash; b) O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqovga — Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning tizimli monitoringi va tahlilini, shu jumladan mablag‘larni o‘zlashtirish samaradorligi va obyektlar hamda ishlab chiqarish quvvatlarining belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash; v) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga: Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha mablag‘larni samarali o‘zlashtirish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish; mazkur qarorning 6 va 7-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini sifatli ishlab chiqish, belgilangan muddatlarda kelishish va tasdiqlash, shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlar hamda tashkilotlar bilan zarur shartnomalarni imzolash masalasini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish; 2020-yil 1-iyunga qadar mazkur qarorning 1, 1a va 1b-ilovalariga muvofiq prognoz parametrlar asosida keyingi uch yillik davr uchun investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilish parametrlarini aniqlashtirish va yangilash uchun asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
131
10,256