folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF–4435-son “Davlat boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 46-47-son, 521-modda), 2012-yil 26-dekabrdagi PF–4491-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 586-modda) farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PQ–1783-son “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini kapitallashtirish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012-yil 23-oktabrdagi PQ–1836-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2012-yil, 6-son, 41-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 31-banddagi “Davlat mulk qo‘mitasining” degan so‘zlar “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 60-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“prognozdan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan tumanlar va shaharlar budjetlariga beriladigan mablag‘lar;
prognozdan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga beriladigan mablag‘lar.”.
3. 62-banddagi “respublika markazi xarajatlari” degan so‘zlardan keyin “, moliyaviy tashkilotlar kapitalida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 79-banddagi “Davlat mulk qo‘mitasini, Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini va ularning hududiy bo‘linmalarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini va uning hududiy boshqarmalarini, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 84-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi xarajatlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi xarajatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 116-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini saqlash xarajatlari” degan so‘zlar “Oliy biznes maktabini saqlash xarajatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 124-banddagi “18 yoshgacha bolasi bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar” degan so‘zlar “14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 200-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“508 ”O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i mablag‘lari”;”.
9. 1-ilovadagi 2 004 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i”.
10. 2-ilovada:
a) 3 111 200 va 3 111 300 qatorlar nomi tegishincha quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“To‘lov manbaida ushlab qolingan, jismoniy shaxslarning dividend va foizlar ko‘rinishida oladigan daromadlariga solinadigan soliq”;
“To‘lov manbaida ushlab qolingan, jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromadiga solinadigan soliq”;
b) 3 111 500 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin:
“3 111 600 “Deklaratsiya asosida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i”;
v) 3 112 107 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar”;
g) 3 112 504 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan Davlat budjetiga ajratmalar”;
d) 3 112 507 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari), shuningdek vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida vositachilik xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan Davlat budjetiga ajratmalar”;
e) 3 112 604 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar”;
j) 3 112 607 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari), shuningdek vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida vositachilik xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar”;
z) 3 112 704 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Maktab ta’limi jamg‘armasiga ajratmalar”;
i) 3 112 707 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari), shuningdek vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida vositachilik xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga ajratmalar”;
k) 3 112 804 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar”;
l) 3 112 807 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari), shuningdek vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida vositachilik xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar”;
m) 3 331 219 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“3 331 220 “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan olingan subvensiyalar”;
3 331 221 “Ijtimoiy nafaqalar uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 222 “Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya va nafaqalar uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 223 “Ishlovchi pensionerlarga pensiya va nafaqalar uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 224 “Pochta xizmatlari uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 230 “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan olingan subvensiyalar”;
3 331 231 “Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya va nafaqalar uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 232 “Ishlovchi pensionerlarga pensiya va nafaqalar uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 233 “Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 234 “Ishlamaydigan fuqarolarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 235 “Ishlovchi fuqarolarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 236 “Ishlamaydigan fuqarolarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovlari uchun olingan subvensiyalar”;
3 331 237 “Ishlovchi fuqarolarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovlari uchun olingan subvensiyalar”;
n) 3 422 216 va 3 430 106 qatorlar chiqarib tashlansin.
o) 3 430 112 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar”;
p) 3 450 403, 3 450 404 va 3 450 405 qatorlarning nomi tegishincha quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetiga undiriladigan ijara to‘lovlari”;
“Tuman va shaharlar budjetiga undiriladigan ijara to‘lovlari”;
“Respublika budjetiga undiriladigan ijara to‘lovlari”;
r) 3 450 406 qator chiqarib tashlansin;
s) 3 450 407 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin:
“3 450 408 “Yo‘qotilgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga keltirilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga to‘lovlar”;
t) 3 450 505 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“3 450 506 “Vakolatli organlar (bojxona organlaridan tashqari) tomonidan musodara qilingan xorijiy valyutani sotishdan tushgan tushum”;
3 450 507 “Bojxona organlari tomonidan musodara qilingan xorijiy valyutani sotishdan tushgan tushum”;
u) 3 450 922 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin:
“3 450 923 “O‘zbekiston Respublikasi hududida kino va video tasvirga olish uchun ariza beruvchining huquqini tasdiqlaydigan hujjat berish uchun to‘lov”.
11. 4-ilovada:
a) 7 011 350, 7 011 354 va 7 011 359 qatorlardagi “Davlat mulk qo‘mitasining” degan so‘zlar “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 7 018 518 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 018 519 “Prognozdan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan tumanlar va shaharlar budjetlariga beriladigan mablag‘lar”;
7 018 520 “Prognozdan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga beriladigan mablag‘lar”;
v) 7 019 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 019 500 “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar”;
7 019 600 “Moliyaviy tashkilotlar kapitalida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar”;
g) 7 029 904 qatordagi “Aloqa va axborotlashtirish agentligining” degan so‘zlar Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
d) 7 041 130, 7 041 140, 7 041 150 va 7 041 160 qatorlarning nomi tegishincha quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini saqlash xarajatlari”;
“O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalarini saqlash xarajatlari”;
“Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazini saqlash xarajatlari”;
“Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari”;
e) 7 041 170 va 7 041 180 qatorlar chiqarib tashlansin;
j) 7 042 940 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 042 950 “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini saqlash xarajatlari”;
7 042 960 “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari”;
z) 7 046 101 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini saqlash xarajatlari”;
i) 7 046 101 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 046 102 “O‘zbekiston Respublikasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining bo‘linmalarini saqlash xarajatlari”;
k) 7 094 200 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy biznes maktabi”;
l) 7 096 411, 7 096 412, 7 096 413, 7 096 414 va 7 096 415 qatorlarning nomi tegishincha quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi sinf o‘quvchilarini darsliklar bilan bepul ta’minlash xarajatlari”;
“Mehribonlik uylari, maxsus maktab va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash xarajatlari”;
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash xarajatlari”;
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini ijara tizimini darsliklar bilan birlamchi ta’minlash bo‘yicha xarajatlar”;
“Budjet mablag‘lari hisobidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar”;
m) 7 096 415 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin:
“7 096 416 “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni xarid qilish xarajatlari”;
n) 7 096 421 va 7 096 422 qatorlarning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijara to‘lovlari hisobidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun darsliklarni xarid qilish xarajatlari”;
“Ijara to‘lovlari hisobidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun darsliklarni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar”;
o) 7 096 422 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 096 423 “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni xarid qilish xarajatlari”;
7 096 424 “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar”;
7 096 425 “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni xarid qilish xarajatlari”;
7 096 426 “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar”;
p) 7 103 100 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar”;
r) 7 106 210 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 106 211 “Ishlamaydigan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan beriladigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari”;
7 106 212 “Ishlovchi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan beriladigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari”;
s) 7 106 320 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin:
“7 106 321 “Ishlamaydigan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovlari”;
7 106 322 “Ishlovchi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovlari”.
12. 6-ilovadagi 50-bo‘limning 8-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i mablag‘lari”. | 118 | 17,781 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5066-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” PF-1378-sonli Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-3358-sonli Farmonining ilovasidagi:
a) V bo‘limning 6-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) VI bo‘limning 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-525-sonli qarorining 6-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-sonli qarori bilan tasdiqlangan xavfli gidrometeorologiya va geologik hodisalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish hamda ularni tugatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning:
a) 5-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Uzgidromet” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi O‘zgidromet (keyingi o‘rinlarda — O‘zgidromet)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 14-bandning birinchi xatboshidagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi O‘zgidromet (keyingi o‘rinlarda — O‘zgidromet)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-2053-sonli qarorining:
a) 1-ilovasidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovasi 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 167 | 2,906 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichi (keyingi o‘rinlarda magistratura bosqichi deb ataladi) ochilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
magistratura bosqichiga respublikadagi tegishli oliy ta’lim muassasalarining 5640100 — “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlari qabul qilinadi;
magistratura bosqichiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
magistratura bosqichida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi tinglovchilarning asosiy ish joyi va o‘rtacha oylik ish haqi ularning o‘qish muddati davrida saqlanadi;
doimiy ish joyiga ega bo‘lmaganlar safidan magistraturaga qabul qilingan tinglovchilar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun belgilangan stipendiya miqdorlariga muvofiq stipendiya bilan ta’minlanadi;
magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdorlari tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari magistraturasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning miqdorlariga tenglashtiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
2017-yilning 25-avgustiga qadar tajribali professor-o‘qituvchilar tarkibidan magistraturaga qabul qilishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzsin;
2017-yilning 31-avgustiga qadar magistratura bo‘yicha davlat ta’lim standartlari asosida magistrlarni tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining magistratura bosqichiga 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta o‘rin, shundan 8 ta o‘rin davlat granti va 17 ta o‘rin to‘lov-kontrakt asosida belgilansin.
5. 2017/2018 o‘quv yilida magistratura bosqichi uchun istisno tariqasida:
hujjatlar 1 — 10-sentabr kunlari qabul qilinsin;
kirish sinovlari (maxsus test) 15-sentabr kuni o‘tkazilsin;
o‘quv yili 2-oktabrdan boshlansin.
2018/2019 o‘quv yilida va keyingi yillarda magistratura bosqichiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin. | 102 | 4,210 |
Qonunchilik | Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi | 12.10.2021 yildagi «Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ-721-son Qonun qabul qilindi.
Qonun bilan FK, MJTK va JKga oʻzgartirishlar kiritildi.
FKning 53-moddasi 3-хatboshida belgilanishicha, yuridik shaхs faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruхsatnomasiz yoхud vakolatli organni хabardor qilmasdan) amalga oshirilgan taqdirda sudning qaroriga koʻra tugatilishi mumkin.
FKning 289-moddasi 1-qismida belgilanishicha, fuqarolardan shaхsiy iste’molga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish iхtisoslashgan tashkilotlar - faoliyatini хabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
MJTKning 165-moddasida litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Huquqbuzarlik
Jarima miqdori (BHM)
faoliyatni (harakatlarni) хabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaхs tomonidan vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki notoʻgʻri aхborot taqdim etish
fuqarolarga
3 BHMdan 5 BHMgacha
mansabdor shaхslarga
5 BHMdan 10 BHMgacha
Ushbu faoliyat (harakat) bilan:
fuqarolarga
5 BHMdan 10 BHMgacha
mansabdor shaхslarga
10 BHMdan 15 BHMgacha
fuqarolarga
10 BHMdan 15 BHMgacha
mansabdor shaхslarga
15 BHMdan 20 BHMgacha
fuqarolarga
15 BHMdan 20 BHMgacha
mansabdor shaхslarga
20 BHMdan 25 BHMgacha
Shuningdek MJTK 2459-modda bilan toʻldirildi, unga muvofiq litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va oʻrinbosarlari ushbu huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda uni sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
JKning 190-moddasida faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikdan tashqari, faoliyat bilan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Huquqbuzarlik
sanksiya
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan хabarnoma yubormasdan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa
Ushbu harakatlar хavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa
Faoliyat (harakatlar) bilan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa
Ushbu harakatlar хavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa
Ushbu harakatlar хavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatsiz yoki хabarnoma yubormasdan shugʻullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 117 | 3,613 |
Qonunchilik | Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasidagi “XXTUT” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. | 115 | 690 |
Qonunchilik | IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA | Umumxalq bayrami — 9-may — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 58 yilligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 13000 (o‘n uch ming) so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti belgilansin.
2. Ushbu qarorni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita va Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 67 | 1,570 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Birinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 11-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-124-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 4-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-130-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari D. Abdukadirov, R. Karimov, Sh. Mamadjanov, D. Sa’dullayev va T. Abdusattarov tomonidan 2016-yil 12-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga qo‘shimcha va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-137-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 8-iyunda kiritilgan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-140-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 14-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-141-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari A. Saidov, A. Toshkulov, Sh. Mamadjanov, T. Abdusattarov va A. Qurbonov tomonidan 2016-yil 14-iyunda kiritilgan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-142-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 15-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-143-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 23-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muri� javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-144-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari R. Kamilov, R. Xakimov, Sh. Tuxtashev, D. Aripov va M. Dadaxodjayeva tomonidan 2016-yil 24-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-145-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari V. Svetkov, B. Artikov, N. Xalilova, D. Fayziyeva va E. Xalbutayev tomonidan 2016-yil 25-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-147-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 9-avgustda kiritilgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxatiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-151-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 17-avgustda kiritilgan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-152-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 17-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 157-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-153-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 18-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-154-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 18-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-155-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar ki�itish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 154 | 4,769 |
Qonunchilik | TIJORAT FAOLIYATI UChUN MO‘LJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KELUVChI JISMONIY ShAXSLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini yanada tartibga solish, savdoning uyushgan, madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”):
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart;
“Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, tegishli to‘lovlar to‘langan taqdirda savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat o‘zi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqlidirlar.
2. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”)ni yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shaharlar) Davlat soliq inspeksiyalarida (hozir bo‘lish tartibida) amalga oshiriladigan tartib belgilansin.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan, import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun:
tijorat bankida hisob raqamlari ochishi;
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalar subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 2004-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida ilgari davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2004-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda yashash joyidagi tumanlar (shaharlar)ning Davlat soliq inspeksiyalarida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
4. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari tomonidan eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tovarlar importi bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri yuritilishini, unga sodir etilgan import operatsiyalari va budjetga tegishli to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini;
7. Belgilansinki, mazkur qaror chiqqunga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va “Vaqtincha saqlash” rejimida joylashtirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ilgari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 150 | 4,258 |
Qonunchilik | YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNING SANOAT MULKI OBYEKTLARIDAN FOYDALANGANLIKLARI UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘IDAN OZOD QILISh VA DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I MIQDORINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI, ShUNINGDEK UNGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Fan va texnika davlat qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 1-iyulda 36, 98-93, NT-4-13/620-son bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) solig‘idan ozod qilish va daromad (foyda) solig‘i miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (1998-yil 10-avgust, ro‘yxat raqami 471);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Fan va texnika davlat qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 3-fevralda EG/04-01-02/55, 99-111, NT-04-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 10-avgustda 471-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) solig‘idan ozod qilish va daromad (foyda) solig‘i miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga 1-son o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar (2000-yil 23-fevral, ro‘yxat raqami 471-1) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 4-son);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Fan va texnika davlat qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 9-martda 17-09/174, 2000-36, NT-04-13/252-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 10-avgustda 471-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) solig‘idan ozod qilish va daromad (foyda) solig‘i miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga 2-son o‘zgartirishlar (2000-yil 23-fevraldagi 471-1-son o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan) (2000-yil 13-aprel, ro‘yxat raqami 471-2) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 7-son);
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 2,568 |
Qonunchilik | tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17, va 51-moddalariga asosan tijorat banklaridagi ichki nazorat tizimini Bazel qo‘mitasining tavsiyalari va auditning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish hamda ichki nazoratga qo‘yiladigan talablarni yanada takomillashtirish maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomga (Adliya vazirligida 2000-yil 22-dekabrda 992-raqam bilan ro‘yxatga olingan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tijorat banklarida ichki auditni tashkil etishga Markaziy bank tomonidan qo‘yilgan talablarni belgilaydi.
1. Ichki audit — bank xodimlarining o‘z vazifalarini samarali bajarishlariga yordam berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy asosda tuzilgan mustaqil ekspertiza. Ichki auditning asosiy maqsadi bo‘lib Ichki audit xizmati tomonidan bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari bo‘yicha xolisona tahlil, baho, tavsiyalar va ma’lumotlar taqdim etish orqali bank Kengashi va Boshqaruviga bank faoliyati maqsadiga erishishiga ko‘maklashish hisoblanadi.
2. Ichki audit xizmati (keyingi o‘rinlarda “Audit xizmati”) — bankda ichki nazorat holatini, jumladan moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligi, hisobning ishonchliligi va aniqligi, hisobotlarning to‘liqligi va obyektivligi, O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligi hujjatlariga, ta’sis va ichki hujjatlarga, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari va tartiblariga rioya qilinishini tekshirish (audit) va monitoringini amalga oshiruvchi, shuningdek bank operatsiyalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha bank Kengashiga maslahatlar beruvchi mustaqil tarkibiy tuzilma.
3. Har bir bank Ichki audit xizmatini tashkil etishi, shuningdek bank Kengashi tasdiqlaydigan “Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom”, “Ichki auditni o‘tkazish tartibi va jarayonlari” hamda “Bosh ichki auditor lavozim yo‘riqnomasi”ni ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
4. Ichki nazorat tizimini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank Kengashi Auditorlik qo‘mitasini tuzishi lozim va ushbu qo‘mita tarkibiga faqatgina bank Kengashi a’zolari kiritilishi lozim.
5. Auditorlik qo‘mitasi raisi va a’zolari bank Kengashi raisi tavsiyasiga binoan bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik qo‘mitasi tarkibiga bank Kengashining kamida uchta a’zosi kiritilishi kerak. Auditorlik qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi bank Kengashi a’zolari bank faoliyatiga javob beradigan boshqa Kengash qo‘mitalari a’zolari etib tayinlanmasligi lozim.
6. Auditorlik qo‘mitasi a’zolari audit xizmati vazifalari va faoliyatini tashkillashtirish uchun oliy ma’lumotga va yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishlari lozim. Auditorlik qo‘mitasi a’zolarining kamida bitta a’zosi moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi hamda buxgalterlik hisobi yoki audit bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi lozim.
7. Auditorlik qo‘mitasining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
har bir ichki audit tekshiruvlari o‘tkazilgandan so‘ng taqdim etiladigan Audit xizmati hisobotlarini o‘rganish;
ichki audit bo‘yicha choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish;
tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga amaliy yordam berish;
tashqi auditor takliflarini baholashda bank Kengashiga amaliy yordam berish, tashqi auditorni tanlashda bank Kengashiga tavsiyalar tayyorlash;
Ichki audit xizmati va tashqi auditorlarning tavsiyalarini amalga oshirish jarayonini boshqarish bo‘yicha ishlarni bank Boshqaruvi raisi bilan muvofiqlashtirish;
tashqi auditorlar hisobotlari, jumladan rahbariyatga yo‘llangan xatni ko‘rib chiqish va ularni bank Kengashiga taqdim etish;
tashqi va ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek auditorlar bergan tavsiyalarning bank Boshqaruvi tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Audit xizmati faoliyati mustaqilligini ta’minlash va uning faoliyatiga, shuningdek tekshiruvlar tarkibi va hajmiga Boshqaruv a’zolari va bank bo‘limlarining boshqa rahbarlari aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik.
8. Bank audit xizmati ichki nazorat monitoringini amalga oshirish va bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari bo‘yicha obyektiv tahlil, baho, tavsiyalar va ma’lumotlar taqdim etish orqali bankning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda bank Boshqaruvi organlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
9. Audit xizmatiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
o‘tkazilgan ichki audit tekshiruvi natijalariga asoslangan bankning real holati va ichki nazorat tizimining samaradorligi to‘g‘risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan bank Kengashini ta’minlash;
ichki nazorat tizimining samaradorligi va monandligi hamda ichki auditni o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan jarayonlarning ta’sirchanligini tahlil qilish va baholash;
bank faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini kuzatish;
tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlari va tavakkalchiliklarni baholash uslubiyotining samaradorligi va qo‘llanilishini kuzatish;
moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimi va elektron bank xizmatini kuzatish;
buxgalteriya hisobvaraqlari va moliyaviy hisobotlarning saranjom-sarishtaligi aniqligi va ishonchliligini kuzatish;
bankning kapital tavakkalchiligini baholash bilan bog‘liq kapitalni baholash tizimini kuzatish;
bank Kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni o‘tkazish yoki o‘tkazishda amaliy yordam berish.
10. Audit xizmati shuningdek quyidagi funksiyalarni bajaradi:
bank rahbariyati bilan birgalikda faoliyat yuritish;
bank xodimlari o‘z vazifalarini samarali bajarishlarida yordam berish;
moliyaviy hisobotni (oylik, choraklik, yillik) joriy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish;
operatsiyalar yoki dasturlarning natijalari ularning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi hamda rejalashtirilganidek bajarilishini aniqlash maqsadida ularni tekshirish;
buxgalteriya, operatsion va ma’muriy nazorat tizimlarining monandligini baholash;
bank faoliyatini tashqi auditga tayyorlash.
11. Bundan tashqari, Audit xizmati:
ichki nizom, yo‘riqnoma, tartib va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va boshqa tashkilotlarning o‘xshash xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
ma’lumotlarni almashish orqali tashqi auditorlarga yordam beradi va ularning ishida ko‘maklashadi;
amaliy nazoratni maqbul xarajat bilan tatbiq etishda yordam beradi;
tekshirish materiallarini umumlashtiradi va tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Auditorlik qo‘mitasi va bank rahbariyatiga taqdim etadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora ko‘rish to‘g‘risida Auditorlik qo‘mitasi va bank rahbariyatiga takliflar beradi.
12. Audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida olib boradi.
13. Audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali hal etish va uning maqsadlariga erishish uchun yetarli bo‘lishi lozim.
14. Audit xizmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida bank Kengashiga axborot berishi lozim.
15. Audit xizmatini bosh ichki auditor (keyingi o‘rinlarda “bosh auditor”) boshqaradi, u bank departamenti (bosh boshqarmasi) rahbari maqomiga ega.
16. Bosh auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Audit xizmati xodimlari uchun majburiy bo‘lgan audit dasturi, yozma ko‘rinishda ichki audit siyosati va jarayonlarini ishlab chiqish va ijro etish. Bosh auditor belgilangan hujjatlarning ichki audit standartlariga muvofiqligi uchun javobgar;
Audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan Audit xizmati faoliyatining yozma ishlarini bajarilishini ta’minlash;
Audit xizmatiga malakali va yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarni tanlash va ularning ish faoliyati ustidan bevosita nazorat o‘rnatish;
xodimlarning malaka darajalarining oshirib borilishini ta’minlash;
bank Kengashi va Boshqaruvi bilan birgalikda ishlash, shu jumladan ichki audit faoliyati oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi va ichki audit tizimi ishlari to‘g‘risida bank Kengashi yoki Auditorlik qo‘mitasiga muntazam ravishda hisobot berib borish. Xususan, Audit xizmati Auditorlik tekshiruvi rejasining bajarilishi to‘g‘risida bank Kengashi va Auditorlik qo‘mitasiga axborot berib borishi shart;
har chorakda Audit xizmati faoliyati natijalari to‘g‘risida Auditorlik qo‘mitasiga hisobot berib borish;
ichki auditorlar ishlarini muvofiqlashtirish;
tashqi auditorga ko‘maklashish;
lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq boshqa masalalar.
17. Bosh auditor auditorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni baholash uchun javob beradi.
18. Bank Kengashi bosh auditorning har chorakdagi ma’ruzalarini tinglashi lozim.
19. Audit xizmati mustaqildir va u bevosita bank Kengashi yoki uning Auditorlik qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
20. Bankning hududiy filiallarida tayinlangan barcha Audit xizmati xodimlari bevosita bosh auditorga bo‘ysunishlari lozim.
21. Audit xizmati xodimlari ular tomonidan tekshirilayotgan faoliyatlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
22. Bosh auditor yoki Audit xizmati xodimlariga nisbatan bo‘ladigan har qanday tazyiq to‘g‘risida bank Kengashi raisiga darhol bildirilishi lozim.
23. Bosh auditor bank Kengashi qaroriga asosan tayinlanadi va o‘z xizmat vazifasidan ozod etiladi. Audit xizmati xodimlari Bosh auditor taqdimnomasiga muvofiq Auditorlik qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
24. Audit xizmatining mustaqilligini ta’minlash maqsadida Audit xizmati xodimlarining ish haqlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi. Bosh auditor har yili Audit xizmatining yillik xarajatlar smetasini ishlab chiqishi va uni bank Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etib borishi lozim. Bank Kengashi Audit xizmati xarajatlar smetasiga istisnoli o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Shuningdek, bank Kengashining qaroriga ko‘ra Audit xizmati xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilishi mumkin.
25. Audit xizmati xodimlari tekshiruv o‘tkazish jarayonida quyidagi vakolatlarga egadirlar:
bank rahbariyati va xodimlaridan bank faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan barcha zarur hujjatlarni yoki audit predmeti hisoblangan hujjatlarni talab qilish;
ichki auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida tug‘ilgan savollar bo‘yicha bank rahbarlari va xodimlaridan tushuntirishlar olish. Audit xizmati xodimlari lozim bo‘lganda qiziqtirgan savollari bo‘yicha yozma ravishda tushuntirishlar olish huquqiga ega;
zarur hujjatlardan nusxalar olish;
zarur bo‘lganda belgilangan tartibda bankda kelgusida saqlanishi gumonda bo‘lgan hujjatlarning asl nusxalarini olish;
tekshirish o‘tkazish maqsadida bankning barcha binolariga, shuningdek elektron va qog‘oz arxivlariga kirish;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgandan so‘ng tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish.
26. Audit xizmati xodimlari quyidagilar uchun javobgardirlar:
tekshirish natijalarini buzib ko‘rsatish;
qonun hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlamaslik;
bankning tegishli bo‘limlaridan olingan hujjatlar butunligini ta’minlamaslik va qaytarmaslik.
27. Ichki audit xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ichki auditorlar javobgarligini belgilovchi bankning ichki nizomlariga binoan javobgar bo‘ladilar.
28. Audit xizmati xodimlari (auditorlar) quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
bajarayotgan vazifalari xarakteriga mos bo‘lgan oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari;
tijorat banklarining pul muomalasi, kredit, valyuta, depozit operatsiyalari yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq bo‘linmalarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishlari kerak. Bosh auditor tijorat bankining yuqorida qayd etilgan bo‘linmalarida rahbarlik lavozimida kamida uch yillik yoki audit xizmatida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim;
bank qonunchiligi sohasida bilimlarga ega bo‘lishlari, shu jumladan Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarini bilishlari;
respublikada belgilangan buxgalteriya hisobi hamda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlari qoidalarini qo‘llash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari, shuningdek xalqaro standartlardagi o‘zgarishlarga muvofiq maxsus kurslarda muntazam o‘qishni o‘tkazishlari;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishlari.
29. Bank Kengashi va Auditorlik qo‘mitasi bosh auditor bilan birgalikda Audit xizmatining har bir xodimi kasbiy mahoratini uning axborot tanlash, tekshiruvlar o‘tkazish, xulosalarni baholash va tayyorlash jarayonidagi kasbiy mahorati darajasini e’tiborga olib, baholab borishlari lozim. Shu munosabat bilan moliya sektori rivojlanishi natijasida bank faoliyati murakkablashib borayotganini hamda Audit xizmati bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar ortib borayotgani hisobga olinishi lozim.
30. Audit xizmati xodimlarining kasbiy ko‘nikmalari ularni muntazam va uzluksiz o‘qitib borish orqali oshirilishi lozim. Audit xizmati xodimlari tegishli banklardan bank sohasini kompyuterlashtirish sharoitida audit o‘tkazish bo‘yicha zaruriy bilim va malakaga ega bo‘lishlarida yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim.
31. Ichki audit tekshiruvlari faqatgina Audit xizmati xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
32. Ichki audit bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Auditorlik tekshiruvi rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Auditorlik tekshiruvi rejasi asosida batafsil auditorlik dasturi tayyorlanadi. Auditorlik tekshiruvi rejasini ishlab chiqish uchun javobgarlik Auditorlik qo‘mitasiga, auditorlik dasturini ishlab chiqish va bajarish uchun javobgarlik esa bankning Bosh auditoriga yuklatiladi.
33. Audit xizmati ishining samaradorligi va monandligini ta’minlash maqsadida auditorlik tekshiruvi rejasi bank Kengashi tomonidan bir yilda kamida bir marta tegishli yilning 1-yanvariga qadar qayta ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
34. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadini aniq belgilashi va izohlab berishi, shuningdek batafsil ish rejasi, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish grafigi hamda ko‘rilayotgan har bir soha uchun zaruriy tartiblar izohini o‘z ichiga olishi lozim.
35. Dastur qamrov doirasi auditorlik maqsadlariga erishish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Har bir dastur talab qilinayotgan ishning aniq va qisqa tarzda izohlab berishi lozim hamda operatsiyalarning xususiyati va mukammalligiga qarab bir yoki bir nechta bo‘limlar faoliyatini qamrab olishi mumkin. Dasturga kiritilgan tartiblar amalga oshirilayotgan operatsiyalar yoki boshqa omillar hajmi va murakkabligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
36. Tijorat banklarida ichki audit bir yilda kamida bir marta o‘tkazilishi lozim.
37. Ichki auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davriyligi audit o‘tkazish lozim bo‘lgan har bir sohaga bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik darajasini baholashga asoslangan bo‘lishi (Audit xizmati xodimi operatsiyalar tavakkalchiligi darajasini aniqlashda bank operatsiyalarining xususiyatlari, bank aktivlari va majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va ichki nazoratning tegishli siyosati va standartlarining mavjudligi hamda boshqaruv va ichki nazoratning samaradorligi kabi omillarni e’tiborga olishi kerak).
38. Ichki audit hajmi bank ichki nazorat tizimining yetarli bo‘lishi va samaradorligini hamda yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdagi ishlar sifatini tekshirish va baholashni o‘z ichiga olishi lozim.
39. Audit xizmati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning ishonchliligi va to‘g‘riligini tekshirishi lozim.
40. Ichki audit tekshiruvini o‘tkazish jarayonida bank operatsiyalari va hisobotlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qoida, reja, tartib va qonun hujjatlariga rioya etilishi tekshirilishi, shuningdek bank tomonidan ularga amal qilish darajasi aniqlanishi lozim.
41. Audit xizmati tekshiruv vaqtida kapitalning yetarlilik darajasini baholash, aktivlarning tasniflanishi, tavakkalchilikni boshqarishni va likvidlilikni baholash, o‘tkazilgan bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida, to‘liq va aniq aks ettirilishini baholash kabi savollarga javob berishi lozim.
42. Audit xizmati aktivlarning saqlash usullarini va zarurat tug‘ilganda ularning mavjudligini tekshirishi lozim. Bundan tashqari Audit xizmati natijalarning qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mosligi hamda operatsiya va dasturlar rejaga asosan bajarilishini aniqlash maqsadida operatsiyalar yoki dasturlarni tekshirishi lozim.
43. Ichki audit tekshiruvi natijalari tekshirish hisoboti va uni to‘liq tasdiqlovchi ish hujjatlari to‘plamini o‘z ichiga olishi zarur. Auditorlik tekshiruvi ish hujjatlari Audit xizmati xodimlari tomonidan tayyorlanadi va Audit xizmati bo‘limi rahbarlari tomonidan tekshiriladi. Ushbu hujjatlarda olingan ma’lumotlar va o‘tkazilgan tahlil qayd etilgan bo‘lishi, shuningdek ular auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan holatlar uchun asoslar hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Audit xizmati xodimlari ularga berilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalari bajarilishi munosabati bilan ma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun javobgar bo‘ladilar. Bank siri va maxfiy bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxsga, oshkor qilinishi taqiqlangan bank rahbarlariga oshkor qilingan hollarda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.
44. Audit hisoboti auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so‘ng zudlik bilan tayyorlanishi zarur.
45. Auditorlik hisoboti kamida audit maqsadi va obyektlarini, ichki audit ko‘lamini, aniqlangan muammo va kamchiliklar, shuningdek har bir muammoli soha bo‘yicha aniq tavsiyalarni o‘z ichiga olishi kerak.
46. Tavsiyalar aniqlangan muammolarning qisqacha izohidan iborat bo‘lib, ularni bartaraf qilishga doir talab etiladigan chora-tadbirlar va ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishga shaxsan javobgar bo‘lgan shaxslar hamda chora-tadbirlarni bajarish muddatlarini aks ettirishi lozim.
47. Audit xizmati hisobotlari bevosita bank Kengashiga yoki Auditorlik qo‘mitasiga taqdim etilib, bank Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Ushbu hisobotlarning nusxalari bank Boshqaruvi va bankning alohida tarkibiy tuzilmalari boshliqlariga taqdim etiladi (bevosita ushbu bo‘linmaga tegishli qismi).
Bank Kengashi bank audit xizmatini quyidagi yo‘llar bilan nazorat qilishi kerak:
bank Kengashi majlislarida tijorat bankining filiallari faoliyatini monitoring qilish natijalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqish;
aktivlar, kredit va investitsiya portfelining sifati va bank faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib audit xizmati ishining samaradorligini baholash.
48. Bank va filial rahbariyati o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar qabul qilishi shart. Shu munosabat bilan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar grafigi tuziladi.
49. Audit xizmati xodimlari aniqlagan asosiy kamchilik va takliflar tekshirish o‘tkazilayotgan bo‘lim rahbariyati tomonidan yozma ravishda izohlab berilishi lozim. Zarurat tug‘ilganda ushbu tushuntirishlar bank Kengashi va Auditorlik qo‘mitasiga taqdim etilishidan oldin hisobotga kiritilishi mumkin.
50. Audit xizmati aniqlangan kamchiliklarni tuzatish va audit tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ta’minlash uchun tadbirlar ishlab chiqishi lozim.
51. Audit xizmati tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va tegishli ravishda bajarilishi ustidan tekshirishdan keyingi nazoratni o‘rnatishi lozim. Tekshirishdan keyingi nazoratni o‘tkazish uchun javobgarlik Audit xizmatining yozma nizomida belgilangan bo‘lishi kerak.
52. Muntazam nazoratni ta’minlash va olib boriladigan ishlarning takrorlanishidan qutulish uchun Audit xizmati Markaziy bank va bank tashqi auditori bilan ishga doir munosabatlarni ta’minlashi va o‘z ishini kelishib olishi lozim.
53. Audit xizmati Markaziy bank bilan tavakkalchiliklarning ma’lum turlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, shuningdek bank tashqi auditori bilan hamkorlik darajalari yuzasidan vaqti-vaqti bilan konsultatsiyalar o‘tkazib turishi lozim.
54. Bank har chorakda Markaziy bankka bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki audit hisobotlari nusxalarini, shuningdek o‘z ichiga quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olgan, taqvimiy yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan bank auditi bo‘yicha yig‘ma hisobotni taqdim etishi lozim:
ichki nazorat tizimining yetarliligi va samaradorligini tekshirish va baholash;
tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlari va tavakkalchiliklarni baholash uslubiyotining qo‘llanilishi va samaradorligi tahlili;
boshqaruv va moliyaviy axborotlar tizimi, shuningdek elektron axborotlar tizimi va bank elektron xizmatlari tahlili;
hisob yozuvlari va moliyaviy hisobotning (shuningdek nashr etilgan) aniqligi va ishonchliligi tahlili;
tavakkalchilikka nisbatan kapitalni baholash bo‘yicha bank tizimi tahlili;
ichki nazorat aniq tartibini, masalan, manfaatlar to‘qnashuvi sohasidagi operatsiyalar va ishlash tizimini sinovdan o‘tkazish;
qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga, axloq qoidalariga rioya qilish hamda qoida va tartiblarni tatbiq etish;
respublika qonun hujjatlariga muvofiq hisobotlarning butligi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tuzilishini tekshirish;
maxsus tekshiruvlar o‘tkazish (masalan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ta’sir ko‘rsatish sohasida).
55. Markaziy bank lozim bo‘lganda bankdan Audit xizmati o‘tkazgan tekshiruvlar bilan bog‘liq boshqa axborotni olish huquqiga ega. | 149 | 22,554 |
Qonunchilik | E. Vohidovni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbek madaniyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, milliy ma’naviyat sohasidagi ulkan faoliyati hamda Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi samarali xizmati uchun O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovich Vohidov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin. | 74 | 295 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. Inakovga “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida olib bo | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. Inakovga “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. Inakovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,041 |
Qonunchilik | Sement narхini pasaytirish choralari koʻrildi | Prezidentning 4.05.2018 yildagi «Ichki bozorni sement bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3696-son qarori e’lon qilindi.
Monopolist korхonalarga uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun arzon uy-joylarni, ijtimoiy soha, transport infratuzilmasi va suv хoʻjaligi ob’yektlarini markazlashgan manbalar hisobidan qurishni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari bilan ikki tomonlama shartnomalar boʻyicha 2 mln tonna hajmdagi sementni sotishga ruхsat berildi. Bunda uning bir tonnasi uchun narхi 367 ming soʻmni (QQS bilan), oldindan toʻlov esa 100%ni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ–3386-son qaroriga muvofiq monopolist korхonalar sementni birja savdolarida sotadilar.
Shuningdek sement va klinker ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan chegara oshirildi, undan ortiq olinadigan foyda qoʻshimcha foyda deb tan olinadi. Eslatib oʻtamiz, Soliq kodeksining 249 va 250-moddalariga muvofiq, qoʻshimcha foyda – realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi farq. Qoʻshimcha foyda summasi bilan qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
Pozitsiya
Avvalgi soliq solinadigan baza (QQS va aksiz soligʻisiz)
Yangi soliq solinadigan baza (QQS va aksiz soligʻisiz)
Soliq stavkasi
Sement
1 tonna uchun 145 000 soʻmdan yuqori
1 tonna uchun 280 000 soʻmdan yuqori
50%
Klinker
1 tonna uchun 120 000 soʻmdan yuqori
1 tonna uchun 260 000 soʻmdan yuqori
Bu – muhim! Vazirlar Mahkamasi birja savdolaridagi narхlar kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda soliq solinadigan bazaning miqdorini qayta koʻrib chiqish huquqiga ega boʻldi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 45 | 2,149 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining:
2002-yil 20-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil yuzasidan hisoboti to‘g‘risida”gi;
2002-yil 16-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi;
2002-yil 29-iyulda qabul qilingan “Viloyatga bo‘ysunuvchi ayrim shaharlarni tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlansin. | 91 | 564 |
Qonunchilik | “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi QL-896-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi QL-896-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 98 | 269 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASIDA HAVO KEMALARIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQNING 1-BANDIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish, aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarini oldini olish, havo kemalarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar oldida ularning hayotlari uchun javobgarlikni oshirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 5-apreldagi 43-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2214, 2011-yil 11-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 15-son, 153-modda) 1-bandidagi “2012” raqami “2013” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 175 | 897 |
Qonunchilik | PUL MUOMALASINI TARTIBGA SOLIShNING AYRIM ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Pul muomalasini yanada tartibga solish va “So‘m-Kupon” kursini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1993-yil 16-dekabrdan boshlab non, un, go‘sht, sut, guruch, qand-shakar, choy, o‘simlik moyi, shuningdek, boshqa barcha oziq-ovqat tovarlari faqat “So‘m-Kuponlar”ga sotiladi.
2. Rossiya Bankining 1993-yil namunasidagi barcha qiymatdagi pullari 1993-yil 16-dekabrdan boshlab oziq-ovqat tovarlarini sotishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilinmaydi. Ayni paytda mazkur pullardan to‘lovlarning qolgan barcha turlari uchun, shu jumladan, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar uchun haq to‘lashda “So‘m-Kuponlar” bilan bir qatorda to‘lov vositasi sifatida cheklashlarsiz foydalanish saqlab qolinadi.
1994-yilning 1-yanvarigacha nooziq-ovqat tovarlarni sotishda va xizmatlar ko‘rsatishda aholidan, “So‘m-Kuponlar” bilan bir qatorda, SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar namunasidagi qiymati 1,3,5,10 va 25 rubl bo‘lgan pullari qabul qilinaveradi.
3 Bank muassalari va ular huzuridagi komissiyalar kundalik doimiy inkassatsiyalash chog‘ida savdo tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarini sotishning belgilangan tartibiga rioya qilishini qattiq nazorat qilsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1993-yil namunasidagi Rossiya rubllarini “So‘m-Kuponlar”ga 1:1 nisbatida, shuningdek, almashtirish fondi (ularni xarid qilish hajmi) doirasida “So‘m-Kuponlar”ni Rossiya rubllariga almashtiradigan maxsus punktlar tarmog‘ini kengaytirsin. | 70 | 1,500 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2011-yil 27-avgust shanba va 28-avgust yakshanba dam olish kunlari 29-avgust dushanba va 30-avgust seshanba kunlariga ko‘chirilsin;
2011-yil 27-avgust shanba va 28-avgust yakshanba kunlari ish kunlari deb e’lon qilinsin. | 131 | 423 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
2. 2020-yil 1-iyuldan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq kengaytirilsin.
3. 2020-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qoladi.
4. Internet tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:
ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar — norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish;
kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish).
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yil 1-iyulga qadar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni masofadan turib ro‘yxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi mobil ilovani ishlab chiqsin hamda joriy qilsin:
buyurtmalarni qabul qilish va ko‘rsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;
mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu ma’lumotlardan keyinchalik, shu jumladan kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va iste’molchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda xabar berish tartibini qo‘llagan holda bekor qilinadi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi;
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
7. Belgilab qo‘yilsinki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydilar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yilga mo‘ljallangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutsin:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdorini o‘rnatish;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilariga yollanib ishlash asosida mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar uchun o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibini tatbiq qilish.
11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 131 | 5,339 |
Qonunchilik | Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-44-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1754, 2007-yil 27-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish” to‘g‘risidagi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
3. 39-banddagi “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar” degan so‘zlar “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 40-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
5. 225 va 227-bandlardagi “Elektr energetikasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 516-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar tegishlicha “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 527-banddagi “gigiyena sertifikati va muvofiqlik sertifikatiga” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 599-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“599. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq o‘qigan va yo‘riqnomadan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi”.
9. 600-band band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“600. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining kommunal-maishiy bo‘limiga qarashli uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun inspeksiyalarning qoidalariga muvofiq maxsus kurs o‘qishidan hamda bilimlar sinovidan o‘tgan, shuningdek kirish yo‘riqnomalari va ish joyidagi yo‘riqnomalardan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.”. | 104 | 3,688 |
Qonunchilik | Sudgacha soliq nizolari qanday koʻrib chiqiladi | Moliya vazirligi va DSQning qoʻshma qarori (12.04.2019 yilda 3150-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq хizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi (bundan keyin – Kengash) tomonidan soliq nizolarini koʻrib chiqish reglamenti tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Kengash soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiqish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashda nizoli masalalar yuzasidan хulosalar chiqarish uchun tashkil etilgan. Bunda DSQning Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval koʻrib chiqilgan, u arizachini qoniqtirmagan yoki qisman qoniqtirgan nizolargina qabul qilinadi (26.06.2018 yildagi PQ–3802-son qarorga qarang).
Kengash soliq solish ob’yektlarini aniqlash, soliq solinadigan bazani hisoblash, soliq stavkalari va soliq imtiyozlarini qoʻllash bilan bogʻliq kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishi mumkin. Boshqa jihatlar, shuningdek Kengash vakolatiga kirmaydigan nizolarning turlari haqida – bu yerda.
QHTBT portalida Soliq nizolarini sudgacha koʻrib chiqish meхanizmini belgilovchi reglament loyihasi muhokama qilingan edi. Uning sharhida asosiy jihatlar: Kengashga murojaat qilish tartibi, taqdim etiladigan hujjatlar paketi, ularning koʻrib chiqilishi va boshqa jihatlarni yoritganmiz.
Hujjatning tasdiqlangan tahririda arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati sezilarli darajada: 6 tadan 2 tagacha qisqargan. Shu tariqa, tasdiqlangan shakldagi ariza bilan birga Kengashga quyidagi hujjatlarning nusхalarini taqdim etish zarur:
Arizachi oʻz хohishiga koʻra soliq nizosi masalasiga aloqador boʻlgan boshqa hujjatlarning nusхalarini ham ilova qilishi mumkin.
Hujjatlarni oʻrganish, soliq nizosining oʻzini koʻrib chiqish tartib-taomili, uning muddatlari oʻzgartirishlarsiz tasdiqlangan.
Shu bilan birga, qabul qilingan hujjat bilan Kengash majlislarini oʻtkazish davriyligi bir oyda kamida 1 marotaba oʻrniga 2 marotaba etib belgilangan, koʻrib chiqilgan nizo boʻyicha Kengashning хulosasini taraflarga yuborish muddati esa tasdiqlangan paytdan boshlab 1 ish kunigacha qisqartirilgan (loyihaga koʻra – 2 ish kuni mobaynida).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 47 | 2,364 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har taraflama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har taraflama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 204 | 324 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi fanining ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligini ilmiy ta’minlashni boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Markaz hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Markaz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari Markazning hududiy bo‘limlarini tashkil etish quyicha tashkiliy tadbirlarni bir oy muddatda amalga oshirsinlar.
Belgilansinki, Markazning Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlarining rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra Markaz bosh direktori tomonidan tayinlanadi.
Markazning Qoraqalpog‘iston respublika bo‘limi xodimlari uchun Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash shartlari saqlab qolinsin. Markazning viloyat bo‘limlari xodimlari mehnatga haq to‘lash bo‘yicha viloyatlarning qishloq xo‘jaligi boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin.
4. Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Markazning hududiy bo‘limlari to‘g‘risida Namunaviy nizomni tasdiqlasinlar.
5. Belgilab qo‘yilsinki, budjet mablag‘lari va xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar Markaz ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha (xo‘jalik hisobi) faoliyatdan mablag‘ bilan ta’minlash 2000-yilga borib 50 foizgacha yetkazilishi lozimligi belgilab qo‘yilsin.
Markaz, uning ilmiy tashkilotlari xodimlari uchun Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash shartlari saqlab qolinsin.
7. Markazga Markazning (budjet mablag‘laridan tashqari) xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan, shuningdek jalb etilgan boshqa mablag‘lar hisobiga maxsus moliya va innovatsiya (ilmiy-texnik rivojlantirish, innovatsiyalar, olimlarni ijtimoiy himoya qilish va boshqalar) jamg‘armalari tashkil etish huquqi berilsin.
Jamg‘armalar to‘g‘risidagi nizom, ularning mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olinadi.
8. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Toshkent shahar, Usmon Yusupov ko‘chasidagi 1-uyga joylashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1997-1998-yillarda Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni va uning hududiy bo‘limlarini zamonaviy kompyuter va axborot tizimlari bilan ta’minlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur mablag‘lar;
Markazga 3 ta yengil avtomobilni yangilash uchun mablag‘lar va hududiy bo‘limlar uchun 13 ta yengil avtomobil xarajatlariga limit ajratsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markazni belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 5-oktabrdagi 252-son va 1996-yil 16-yanvardagi 26-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q.G‘. Obidov zimmasiga yuklansin.
1. Bo‘lim rahbari
2. Iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis
3. Ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha bosh mutaxassis
4. Marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassis
5. Texnologiyalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis
6. Buxgalter-kassir | 153 | 3,729 |
Qonunchilik | Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Diplomatik korpus, xalqaro, respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkil etish tartibini, shu jumladan, tashrifni tashkil etishga ruxsat berish tartib-taomillari hamda rad etish asoslarini nazarda tutuvchi Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — JIEM) tashrifini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar, Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi (1963-yil 24-aprel, Vena), O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, ushbu Nizom, shuningdek, jazoni ijro etish tizimi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar JIEMga diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini tashrifi uchun asos bo‘ladi.
3. JIEMga tashrifni tashkil etish diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Nizom bilan belgilangan instansiyalarga yuborilgan murojaati asosida amalga oshiriladi.
4. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga (keyingi o‘rinlarda — JIED) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.
5. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrif uchun JIEDga yuboriladigan murojaat xatida JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) hamda uchrashiladigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda quyidagilarni ilova qiladilar:
JIEMga kiruvchi shaxs (shaxslar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlarida davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (nodavlat notijorat tashkilotlar uchun);
ommaviy axborot vositalari vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
JIEMda o‘tkaziladigan tadbir (dastur)ning loyihasi.
6. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
7. JIEMga kirishga ruxsat olish to‘g‘risidagi murojaat u tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida JIEBB tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
8. Murojaat ijobiy hal etilgan taqdirda, JIEMga kirish vaqti va soati murojaat qiluvchi bilan oldindan kelishiladi.
9. JIEMga kirish uchun ruxsat olish haqidagi murojaat quyidagi asoslarga ko‘ra JIED tomonidan rad etilishi mumkin:
qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaxslarning hayotiga jiddiy xavf paydo bo‘lganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida;
oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda;
tashrif buyuruvchilar tomonidan yolg‘on ma’lumot taqdim qilinganda;
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi davrida.
Murojaat qiluvchi JIEBBning JIEMga kirish uchun ruxsatni rad etish to‘g‘risidagi javobidan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
10. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga kirishini tashkil etish JIED va JIEM mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
11. JIEM ma’muriyati rejalashtirilgan tashrif haqida tegishli ko‘rsatma olganidan so‘ng uning belgilangan muddatda o‘tkazilishini tashkil etadi.
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIED mas’ul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
12. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha amalga oshiriladi.
Istisno tariqasida tashrif (uchrashuv)lar diniy rasm-rusumlarni amalga oshirish zarurati tug‘ilganda dam olish kunlari (soat 09:00 dan soat 15:00 gacha) ham tashkil etilishi mumkin.
13. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning mas’ul xodimlari nazorati ostida o‘tkaziladi.
Tashrif buyuruvchilar JIEMning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi. Bunday hollarda JIEM ma’muriyati JIEDni, JIED esa, o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini rasmiy ravishda xabardor qiladi.
14. Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish, ulardan intervyu olish ularning yozma roziligi, mahkumlar xavfsizligi va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olish esa — JIEM ruxsati asosida amalga oshiriladi.
15. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksiga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmaydi.
16. Jazoni o‘tayotgan mahkumlar tomonidan respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM ma’muriyati bu haqida JIEDga xabar beradi.
17. JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar esa — Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.
Murojaatda JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) va uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi lozim.
18. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni besh ish kunida ko‘rib chiqadi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun JIEDga yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif o‘tkazilishining maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
20. Xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari mansabdor shaxslarining o‘z davlatlarining fuqarolari bo‘lgan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatnomasi so‘zsiz ijobiy hal etiladi.
21. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud idoralari ixtiyorida bo‘lgan hollarda JIED tomonidan murojaat qiluvchining so‘rov xati tegishlicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga uch kun muddat ichida yuboriladi hamda bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga ma’lum qilinadi.
22. JIEBB murojaat haqidagi so‘rov xatini olgan kundan e’tiboran besh kun mobaynida murojaatni ko‘rib chiqadi. Zarur hollarda tekshiruv tadbirlari amalga oshiriladi va tashrifning maqsadga muvofiqligi o‘rganiladi.
Murojaatlar JIED tomonidan tegishligi bo‘yicha boshqa manfaatdor tashkilotlarga ham yuboriladi hamda ularning fikr va mulohazalari murojaatni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilishda inobatga olinadi.
23. Murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida JIED tashrif buyuruvchini xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Adliya vazirligiga tegishli ma’lumotni yuboradi.
JIED ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, tashrif haqidagi murojaatni rad etib, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligiga yozma (elektron) xabarnoma jo‘natadi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEDning tegishli javobini olganidan so‘ng besh kun muddatda murojaat muallifiga bu haqida ma’lum qiladi.
25. Murojaat qiluvchi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligidan javob xatini olganidan so‘ng masala ijobiy hal etilgan taqdirda, muassasaga tashrif sanasi va vaqtini JIED bilan kelishadi.
26. JIEM ma’muriyati rejalashtirilayotgan tashrif to‘g‘risida tegishli xabar olganidan so‘ng uning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etadi.
Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIED mas’ul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
27. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha) amalga oshiriladi.
28. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning mas’ul xodimlari nazorati ostida o‘tkaziladi.
Tashrif buyuruvchilar JIEMga kirish qoidalarini, shu jumladan, ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, JIEM ma’muriyati tomonidan uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi va bu haqida JIEDga zudlik bilan axborot beriladi. JIED tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi bundan xabardor qilinadi.
29. Tashrif mobaynida diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillarining jazoni o‘tayotgan mahkumlar bilan uchrashuvi JIEMning ichki tartib-qoidalari talablariga binoan amalga oshiriladi.
Suhbat chog‘ida qamoq va JIEMda qonunchilikka rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror, shuningdek, mahkum va qamoqqa olinganlarga nisbatan sud-tergov jarayonini olib borayotgan idoralarning vakillari qatnashishi mumkin, Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida (1963-yil 24-aprel, Vena) belgilangan holatlar bundan mustasno.
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish, ulardan intervyu olish ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
Mahkumlarning xavfsizligi va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga tushirish JIED yoki JIEMning oldindan (tashrifdan oldin) olingan ruxsati asosida amalga oshirilishi mumkin.
30. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksi talablariga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmaydi.
31. Jazoni o‘tayotgan mahkumlar tomonidan diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM ma’muriyati bu haqida JIEDga xabar beradi.
32. JIEMga tashrif natijalari bo‘yicha tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan hamkorlikda matbuot konferensiyalari, brifinglar va boshqa axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish mumkin.
JIEMga tashrif natijalari bo‘yicha materiallarni matbuotda chop etish O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va 2002-yil 12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha murojaatlari tushgan hollarda JIED tomonidan yozma (elektron) murojaatlarni (murojaat qiluvchining akkreditatsiyasi yoki ro‘yxatga olinganligiga qarab) bir ish kunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligiga yuboriladi.
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 223 | 14,151 |
Qonunchilik | Tovarlarni хorijiy koʻrgazmalarga olib chiqish soddalashtirildi | Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3451-son “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, avval bizning portalimizda mazkur hujjat loyihasining sharhi e’lon qilingan edi.
Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub’yektlariga хorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan qiymati 5000 AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlarni eksport kontrakti tuzmasdan hamda BYuDni rasmiylashtirmasdan, tovarlarning yuk hujjatlariga muvofiq olib chiqishga ruхsat etiladi. Biroq ushbu tartib roʻyхat boʻyicha qator хom ashyo tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Loyiha bilan nazarda tutilgan, bu haqda bojхona organlarini хabardor qilish tartibi aniqlashtirildi. Demak, tadbirkorlik sub’yekti tovarlarni olib chiqishda kesib oʻtiladigan chegara bojхona postini koʻrgazmada yoki yarmarkada uning ishtirok etishi rejalashtirilayotgani, tadbir oʻtkaziladigan joy, uning muddati va vaqti, shuningdek, olib chiqiladigan tovarlar toʻgʻrisida хabardor qiladi.
Loyihaning qolgan qoidalari oʻzgarishsiz tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 63 | 1,494 |
Qonunchilik | 1999 YILDA G‘O‘ZANI PLYoNKA OSTIDA O‘STIRISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini va to‘plangan tajribani hisobga olgan holda chigitni plyonka ostiga ekish asosida paxta yetishtirish samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qaroriga qisman o‘zgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining g‘o‘za ekin maydonlari va plyonka ostida o‘stiriladigan g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish, urug‘lik chigit sarfi to‘g‘risidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda plyonka ostida o‘stirilgan g‘o‘zadan salmoqli qo‘shimcha paxta hosili olish yuzasidan zarur tashkiliy va agrotexnika chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin. Ushbu maqsadlarda:
joriy yilning 10-fevraligacha chigitni plyonka ostiga ekish uchun aniq xo‘jaliklar, uchastkalar va brigadalar belgilansin. Xo‘jaliklar ro‘yxatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida va viloyatlar hokimliklarida tasdiqlansin;
ekin mavsumi boshlangungacha joylarda xodimlarni chigitni plyonka ostiga ekish va o‘stirish xususiyatlari bo‘yicha o‘qitish tashkil etilsin;
o‘qitishga 1997-1998-yillarda chigit ekish va g‘o‘za o‘stirishning yangi texnologiyasini qo‘llashdan yuqori iqtisodiy samara olgan xo‘jaliklar mutaxassislari jalb etilsin.
Yuqori sifatli, genetik jihatdan bir xil urug‘lik chigit olish, shuningdek g‘o‘zalarning erkin o‘sishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida plyonka ostiga elita urug‘larni ekish va urug‘lik g‘o‘zalarni joylashtirish taqiqlansin. Urug‘lik g‘o‘zalarni o‘stirishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qat’iy rioya qilish ta’minlansin.
2. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xo‘jaliklardagi mavjud maxsus chigit ekish seyalkalarining texnik holatini tekshirib chiqishni 1999-yil 20-fevralgacha tugallasinlar va ularni ishlash uchun to‘liq tayyor holga keltirib qo‘ysinlar.
3. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Andijon (Obidov) va Jizzax (Mirziyoyev) viloyatlari hokimliklari paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga Andijon polietilen va Jizzax plastmassa zavodlaridan polietilen plyonkalar sotilishini 2-ilovaga muvofiq ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan tegishli tashkilotlar o‘rtasida plyonkalar sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzilishini ikki hafta muddatda ta’minlasin.
5. G‘o‘zani plyonka ostida o‘stirishga doir barcha agrotexnika va texnologiya tadbirlarining tashkil etilishi va ularning o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qaroriga 1-ilovaning 4-ustuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin. | 67 | 3,371 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI DAVLAT MEHNAT TEXNIKA INSPEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 1998-yil 19-noyabr PF-2114-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998-yil 27-noyabr 496-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hay’atining 1995-yil 18-fevral 2\4 son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995-yil 12-aprel 134-son ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mehnat texnika inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. 8-band quyidagi tahririda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari mehnatni muhofaza qilish bo‘limlarining boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar davlat mehnat bosh texnika inspektorlari va bir vaqtda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri o‘rinbosari va mehnat boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari hisoblanadilar.”.
2. 10, 12, 17-bandlar va 30-bandning ikkinchi xatboshisi tegishli ravishda “rioya etilishi ustidan”, “o‘z vaqtida berilishini”, “foydalanishga topshirilishini” va “rioya qilinishini” degan so‘zlardan keyin “belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 14-band “rioya etilishi ustidan” degan so‘zlardan keyin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida (soliq, moliya) organlari o‘tkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish.”.
5. V bo‘lim quyidagi mazmundagi 18-band bilan to‘ldirilsin:
“18. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish.”.
6. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tekshirishlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish.”. | 147 | 2,516 |
Qonunchilik | Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida | Nodir iste’dodi, badiiy teran, lirik hamda falsafiy she’r va dostonlari, publitsistik asarlari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomini abadiylashtirish, shoira izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan maktab-internatni qurish uchun Guliston shahar I. Karimov ko‘chasi hududidan 1.1 ga yer maydoni ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
maktab-internat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi davlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;
2019-2020 o‘quv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga maktab-internatning moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati va mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga 150 o‘rinli maktab-internat binosi va uning 100 o‘rinli yotoqxona binosini qurilish hamda jihozlash ishlarini qo‘shimcha ravishda kiritilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maktab-internatning qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari jihozlarning texnik parametrlarini qo‘llagan holda ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;
Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maktab-internatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali va o‘quv-laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
uch oy muddatda maktab-internatning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Maktab-internatning bino va inshootlarini qurish bo‘yicha:
Sirdaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
asoslangan hisob-kitoblar va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda kiritiladigan maktab-internatning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, maktab-internatning 150 o‘rinli o‘quv binosini hamda 100 o‘rinli yotoqxona binosini qurish ishlarini boshlash uchun respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish choralarini ko‘rsin;
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida maktab-internatning ta’minoti uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda maktab-internatga 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarini tamomlagan iqtidorli pedagog-kadrlarni jalb etishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda maktab-internatga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan ijodiy tanlov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan test sinovi va psixologik-pedagogik diagnostika o‘tkazsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 159 | 4,943 |
Qonunchilik | Roʻyхatdan oʻtish: yangi qoidalar | Vazirlar Mahkamasining 29.12.2021 yildagi “Fuqarolarni doimiy yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 785-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son hamda 2020 yil 22 apreldagi PF-5984-son farmonlariga muvofiq qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisida nizom (VMning 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan) yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra:
birinchidan, fuqarolar pasportlari bilan bir qatorda ID-kartalarni ham taqdim etishlari mumkin;
ikkinchidan, fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran oʻn besh kun ichida roʻyхatdan oʻtishlari shart. Avvalgi tahrirda fuqarolar roʻyхatdan oʻtish uchun hujjatlarni 10 kun ichida taqdim etishlari shart edi;
uchinchidan, tugʻilgan bola Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda - FHDYo) tomonidan unga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manziliga idoralararo elektron хamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yoʻli bilan doimiy roʻyхatga olinadi;
toʻrtinchidan, uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanilmaydigan fuqarolar roʻyхati belgilandi;
beshinchidan, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishni bekor qilish huquqiga ega boʻlgan holatlar roʻyхati kengaytirildi. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan) qoʻshimcha kiritildi. Unga koʻra, fuqaro хorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onasining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa – vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaхsni bedarak yoʻqolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusхasi talab etiladi.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 33 | 2,898 |
Qonunchilik | “Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi maxsus subh | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 29-maydagi 62-son “Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi maxsus subhisob raqamida jamlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1694, 2007-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 25-26-son, 276-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq “O‘zpaxtasanoat” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,324 |
Qonunchilik | 2019 yil avgustdan tovarlarni maхsus markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi | Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
2019 yilning 1 avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar teхnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Quyidagi хatti-harakat prinsipi belgilandi. Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar guruhlari roʻyхati tasdiqlandi (sharh e’lon qilingan paytda ochiq foydalanish uchun joylashtirilmagan). Tegishincha, unga kiritilgan pozitsiyalarni koʻrsatilgan sanadan boshlab bunday markirovkasiz sotish taqiqlanadi. Biroq Vazirlar Mahkamasi LBMA bilan kelishgan holda ushbu roʻyхatni toʻldiradi. Unga yangidan qoʻshilgan tovarlarni ular roʻyхatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotishga ruхsat etiladi.
Tovarlarni, sh.j. aksizli tovarlarni markirovkalashga doir хizmatlarni yagona yetkazib beruvchi amalga oshiradi. Uni LBMA eng yaхshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan belgilaydi. Tanlab olingan yetkazib beruvchi bilan muzokaralar oʻtkaziladi. Markirovkalanishi majburiy boʻlgan tovarlar qiymati oshishining oldini olish uchun shartnomaning butun muddati davomida (5 yildan 10 yilgacha) u koʻrsatadigan хizmatlar bahosi qat’iy belgilab qoʻyiladi.
Yaqin orada quyidagilarni nazarda tutgan holda, tovarlarni himoyalangan belgi va nano-molekulyar teхnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash tartibi ishlab chiqiladi:
Bu – muhim! Tovarlarni markirovkasiz sotganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Amaldagi jarima sanksiyalari miqdorlari oshiriladi (masalan, savdo qoidalarini buzganlik uchun, MJTKning 164-moddasi, JKning 189-moddasi va boshqalarga qarang). Ikki oy muddatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasi kiritiladi.
Oleg Zamanov. | 83 | 1,983 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
Butunjahon pochta uyushmasining Umumiy reglamentiga (Doxa, 2012-yil 11-oktabr);
2. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi Butunjahon pochta uyushmasi Xalqaro byurosining Bosh direktoriga O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalarga qo‘shilgani to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani o‘rnatilgan tartibda yuborsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 11-yanvardagi PQ-559-sonli va “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 4-martdagi PQ-1495-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,079 |
Qonunchilik | Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarining 29-bandiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarining 29-bandi ikkinchi xatboshisidagi “muhr bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 175 | 735 |
Qonunchilik | “HUNARMAND” XALQ HUNARMANDLARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Hunarmand” uyushmasi “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzurida tashkil etilganligi va uning tarkibiga kirishi;
“Hunarmand” uyushmasining raisi lavozimiga ko‘ra “Musavvir” markazi bosh direktorining o‘rinbosari hisoblanishi;
muassislar tomonidan “Hunarmand” uyushmasining konferensiyasi o‘tkazilganligi, uning raisi saylanganligi va Ustavi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Hunarmand” uyushmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq va uning xodimlarining cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 22 kishidan iborat bo‘lishi;
“Hunarmand” uyushmasining hududiy bo‘limlari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
3. Belgilansinki:
“Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
“Musavvir” markazining bosh direktori va “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarining rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasining raisi tomonidan tayinlanadilar;
“Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy bo‘limlari apparatini mablag‘ bilan ta’minlash uyushmaning o‘z tadbirkorlik faoliyati va uning a’zolari badallari hisobiga tashkil topadigan mablag‘laridan amalga oshiriladi.
4. “Hunarmand” uyushmasi “Hunarmand” uyushmasining hududiy bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni 10 kun muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 1997-yil 31-martdagi 1741-son Farmonda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari berish tartibini 20 kun muddatda ishlab chiqsinlar va uni hududiy bo‘limlarga yetkazsinlar.
6. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmalari, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat o‘rmon qo‘mitasi “Hunarmand” uyushmasining xomashyo, moddiy va boshqa resurslar ajratish haqidagi buyurtmanomalarini bir oy muddatda ko‘rib chiqsinlar. Zaruriyat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
7. “Hunardmand” uyushmasi, “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 3 oy muddatda yetakchi xalq ustalari huzurida xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’ati ustalarini tayyorlash bo‘yicha yakka tartibdagi shogirdlar maktablarini tashkil etsinlar.
8. “O‘zavtosanoat” uyushmasi “Musavvir” markaziga “Neksiya” rusumli 2 ta yengil avtomobil, shu jumladan bittasini “Hunarmand” uyushmasi uchun ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazini va “Hunarmand” uyushmasini hukumat hamda shahar telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
10. “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi Toshkent shahar, Fani Mavlonov ko‘chasidagi 18-uyga joylashtirilsin.
11 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 86 | 3,735 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/20-son qarori (ro‘yxat raqami 2025, 2009-yil, 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 21-bandning ikkinchi xatboshisi “muhr bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 24-bandning ikkinchi xatboshisi “tashkilot muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 64-band “muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. Ilovaning 123-bandi “v” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi “muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. | 156 | 1,607 |
Qonunchilik | NAVOIY SPORT KOLLEJINI NAVOIY OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJIGA AYLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Navoiy viloyatida yuqori toifali sportchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, zarur sport ko‘nikmalariga ega bo‘lgan iqtidorli va istiqbolli o‘quvchilarni tanlab olish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy viloyatida yuqori toifali sportchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Navoiy sport kollejini 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab Navoiy olimpiya zaxiralari kollejiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori asosida faoliyat yuritadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 2012-yilning 30-avgustiga qadar o‘z tasarrufidagi Navoiy sport kollejining o‘quv binolari va sport inshootlari, shuningdek moddiy-texnik vositalari, o‘quv asbob-uskunalari hamda boshqa mol-mulkini belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi 2012/2013 o‘quv yili boshlanguniga qadar Navoiy olimpiya zaxiralari kollejida:
sifatli o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yuqori malakali trener-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish;
kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga muvofiq sport anjomlari, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Navoiy viloyati hokimligi bilan birga yangi o‘quv yiliga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining umumta’lim bo‘g‘inining 7-sinfga — 100 nafar o‘quvchini hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inining 1-kursiga — 100 nafar o‘quvchini qabul qilish;
Navoiy sport kollejining “Sport” yo‘nalishlarida tahsil olgan o‘quvchilar tarkibidagi sportga qobiliyatli eng iqtidorli o‘quvchilar orasidan Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 2- va 3-bosqichiga tanlov asosida 100 nafardan o‘quvchilarni qabul qilish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligini ta’minlashni inobatga olgan holda Navoiy sport kollejining qolgan o‘quvchilarini o‘z xohishiga ko‘ra tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishlariga mos boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilda Navoiy olimpiya zaxiralari kollejini saqlash xarajatlari uchun qo‘shimcha talab etiladigan mablag‘larni 2012-yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida maorif sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplasin hamda kelgusi yillardagi sarf-xarajatlarini mazkur sohaga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirishni nazarda tutsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin. | 100 | 3,907 |
Qonunchilik | 2022 — 2024-yillarda Namangan viloyati Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Namangan viloyatining Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada rivojlantirish, zamonaviy turizm infratuzilmasi, yangi dam olish maskanlarini barpo etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida turizm sohasidagi investitsiya loyihalari dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida oilaviy mehmon uylarini tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida turizm hamda yondosh infratuzilmalarni rivojlantirishning manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari markazlarida 24 soat faoliyat yuritadigan turizm ko‘chalari (shopping strit)ni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib, quyidagilar belgilansin:
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar) hamda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;
hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turizm yo‘nalishlarini tashkil etish;
hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus va boshqalar), shu jumladan yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, ularning muntazam qatnovlarini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
turistlar xavfsizligining qo‘shimcha sharoitlarini, shu jumladan turizm infratuzilmasi obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona ma’lumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yo‘li bilan yaratish;
hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, daraxtlarni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘rmonzorlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosh rejaga asosan amalga oshirish.
3. 2022-2023-yillarda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilarni belgilash:
a) Pop tumanini turizmning ekstrimal, trekking, ekoturizm turlariga ixtisoslashtirish. Bunda, xususiy investorlarni jalb qilgan holda tumanda:
zamonaviy kempinglar, osma dor yo‘llari, ko‘ngilochar turizm maskanlari, tematik ovqatlanish shoxobchalari, turizm axborot markazlari tashkil etiladi;
zamon talablari asosidagi joylashtirish vositalari, oilaviy mehmon uylari hamda sog‘lomlashtirish markazlari barpo etiladi;
tunu-kun faoliyat olib boruvchi turizm ko‘chasi tashkil etiladi;
b) Yangiqo‘rg‘on tumanini eko va gastronomik turizm turlariga ixtisoslashtirish. Bunda, tumanda:
mehmonxonalar, eko uylar, oilaviy mehmon uylari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
v) Chortoq tumanini ziyorat, tibbiyot hamda agroturizm turlariga ixtisoslashtirish. Bunda, tumanda:
zamonaviy sog‘lomlashtirish maskanlari, sanatoriylar kempinglar hamda ko‘ngilochar turizm maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Chortoq suv ombori bo‘yida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot markazi barpo etiladi;
Joylashtirish vositalari, shu jumladan yengil konstruksiyali dam olish maskanlari, oilaviy mehmon uylari barpo etiladi hamda turizm axborot markazlari tashkil etiladi.
4. Quyidagilar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
mahalliy budjet mablag‘lari;
ijrochilar mablag‘lari;
tijorat banklari kredit mablag‘lari;
loyiha tashabbuskorlari va tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki, 2022-2023-yillarda mazkur qarorning 5-ilovasiga asosan tashkil etiladigan 24 soat faoliyat yuritadigan turizm ko‘chalari (shopping strit)da joylashgan turizm namoyishi obyektlarini;
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasiga integratsiya qilish va tungi vaqtda uzluksiz yoritish tizimi bilan ta’minlash mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan;
videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish investorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Turizm va madaniy meros vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda:
muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rsin.
chora-tadbirlar rejasi, investitsiya loyihalari dasturi, prognoz ko‘rsatkichlar va manzilli dasturda belgilangan chora-tadbirlar va loyihalarni o‘z vaqtida, to‘liq hajmda sifatli bajarilishining tizimli monitoringini olib borsin va uning natijalarini har oyda muhokama qilsin;
chora-tadbirlar rejasi, investitsiya loyihalari dasturi, prognoz ko‘rsatkichlar va manzilli dasturda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi holati yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ikki oy muddatda Pop, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va joylashtirish uchun ularni tanlash mezonlari bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin. | 165 | 6,492 |
Qonunchilik | YHQ yangi tahrirda tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 172-son qarori bilan Yoʻl harakati qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi.
Qaror bilan belgilanishicha, aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bolalar bogʻchalari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.
Bunda Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yoʻl harakati qatnovi yuqori boʻlgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.
Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan yukхonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maхsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Yuk avtomobillari, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yoʻlning faqat oʻng qatnov qismidan harakatlanishi shart.
Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib toʻхtash taqiqlanadi.
Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart. Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga koʻrinadigan boʻlishi kerak.
Shuningdek, aholi hamda haydovchilar oʻrtasida 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maхsus bolalar oʻrindigʻida, 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni maхsus ushlab turuvchi moslamali хavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar ham хavfsizlik kamarlarini taqib olishlari yuzasidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan amalga kiritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 30 | 2,271 |
Qonunchilik | Ozonni buzuvchi moddalarni eksport va import qiluvchilar uchun yangi хizmat | Tarkibida ushbu moddalar boʻlgan mahsulotlarni eksport-import qilish maqsadida ruхsatnoma olish uchun YaIDXPda onlayn ariza berish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 yanvardagi 17-son qarori bilan faqat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruхsatnomalari boʻyicha import va eksport qilinadigan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyхati tasdiqlangan.
Qoʻmita tashabbusiga koʻra joriy etilgan хizmat barcha shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim – 1 EKIH undiriladi.
Xizmat koʻrsatish natijasida ozonni buzuvchi moddalarni eksport-import qilish uchun ruхsatnomalar olinadi. | 75 | 653 |
Qonunchilik | Biznesga – qoʻshimcha imtiyoz va preferensiyalar | Ular koronavirus pandemiyasi davridagi inqirozga qarshi chora-tadbirlarning ikkinchi paketida nazarda tutilgan.
Prezident 3 aprel kuni tegishli Farmonni imzoladi va videoselektor yigʻilishda uning asosiy jihatlarini aytib oʻtdi. Avvalgi sharhimizda ular bilan tanishishingiz mumkin. Hujjatda quyidagilar ham nazarda tutilgan.
Soliq solish. 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda:
Oʻz faoliyatini toʻхtatgan va (yoki) tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumi 2020 yilning I choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50%dan koʻproqqa kamaygan mikrofirma, kichik korхona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini хabardor qilgan holda 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etildi:
Tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda foyda soligʻini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarib beriladigan moliyaviy koʻmak) taqdim etilganda soliq solish maqsadida qayta moliyalash stavkasi (asosiy stavka) asosida aniqlanadigan daromad foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi, tegishincha, unga soliq solinmaydi.
Foyda soligʻini toʻlovchilar 2020 yilning II choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib avans toʻlovlari summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Soliqni avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talab bekor qilindi. Mazkur huquqni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanganda soliq organlari foyda soligʻi boʻyicha avans toʻlovlari toʻgʻrisida taqdim etilayotgan ma’lumotnomalarga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
2020 yil 1 apreldan boshlab soliq toʻlovchilar Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan QQS boʻyicha imtiyozlarni soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish shartlarisiz qoʻllaydi.
Joriy yilning oхiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan, vino va pivo uchun aksiz soligʻi, shuningdek, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻining amaldagi stavkalari saqlanib qoladi. Shu tariqa, ilgari rejalashtirilgan 1 apreldan va 1 oktyabrdan (ayrim pozitsiyalar boʻyicha) oshirish boʻlmaydi.
Bojхona imtiyozlari. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat koʻrsatishi uchun zarur tovarlar 2020 yil 31 dekabrgacha muddatga bojхona toʻlovlaridan, shu jumladan, QQSdan ozod etiladi. Koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha ekspress-testlarni olib kirishda esa ular uchun bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimi undirilmaydi.
Audit. Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni 2019 yil yakunlari boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish muddati 2020 yil 1 oktyabrgacha uzaytiriladi. Aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravaridan ortiq boʻlgan mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha talab esa 2020 yil yakunlari boʻyicha kiritiladi.
Korporativ boshqaruv. Aksiyadorlarning 2019 yil yakunlari boʻyicha yillik umumiy yigʻilishlarini 2020 yil 1 oktyabrgacha muddatda, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga ruхsat beriladi.
Kreditlar va banklarning likvidliligi. Joriy etilgan «kredit ta’tillari» bilan bir qatorda, banklar amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov ta’minoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralarini qoʻllamaydilar.
Banklar majburiy zaхiralar boʻyicha talablarni yengillashtirish hisobiga 2,6 trln soʻm hajmidagi qoʻshimcha likvidlik resurslari bilan ta’minlanadi. Tijorat banklariga 3 yil muddatgacha 2 trln soʻmgacha miqdorda likvidlik taqdim etishning maхsus meхanizmi joriy etiladi.
Bankrotlik. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korхonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qoʻllash va ularni bankrot deb e’lon qilishga 2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda moratoriy joriy etiladi.
Jarimalar. Karantinga olingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilgan ma’muriy jarimalarni toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi. Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno.
Ijara. Karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻхtatiladi.
Farmatsevtika. 2020 yil 1 oktyabrgacha doriхonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruхsat beriladi.
Oleg Zamanov. | 48 | 4,982 |
Qonunchilik | KORXONALARNING MOLIYA XO‘JALIK FAOLIYATINI MONITORING VA TAHLIL QILISh TARTIBINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 9-son, 67-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor ahvoldagi korxonalar bilan ishlash qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 20-martda tasdiqlangan Korxonalarning moliya xo‘jalik faoliyatini monitoring va tahlil qilish tartibi (ro‘yxat raqami 442, 1998-yil 5-iyun) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 125 | 1,276 |
Qonunchilik | Davlat sabzavot va mevalar uchun kamida 40% oldindan toʻlovni amalga oshiradi | Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2877, 2017 yil 24 aprel) bilan Davlat buyurtmasi boʻyicha хarid qilinadigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining хarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi buyurtmachi bilan kontraktatsiya shartnomasi kuchga kirgandan soʻng 3 bank ish kunidan kechiktirmasdan boʻnak mablagʻlarini olish uchun oʻzlariga хizmat koʻrsatayotgan bankda maхsus hisobvaraq ochishi shart.
Boʻnak mablagʻlari miqdori kontraktatsiya shartnomasi qiymatining 40 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatda agroteхnik tadbirlarni oʻtkazish muddatlaridan kelib chiqqan holda boʻnak mablagʻlarini berish muddatlari, shuningdek ular sarflanadigan хarajat turlari koʻrsatilgan.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 mayda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 77 | 1,273 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 10-noyabrdagi 228-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881, 2008-yil 13-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 51-son, 507-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Birinchi marta sertifikatni olish uchun ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga topshiriladi. Mazkur ariza “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan o‘ttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqiladi.
“Davavianazorat” inspeksiyasiga kelib tushgan ariza o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. “Davavianazorat” inspeksiyasi arizachiga ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini “Davavianazorat” inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi elektron xabarlarga tayanib yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
“Davavianazorat” inspeksiyasida arizani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lganda, “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat beriladi.”.
3. 25-bandning birinchi xatboshisidagi “ikki oy” degan so‘zlar “o‘ttiz ish kuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Sertifikatning amal qilish muddatini bekor qilish yoki uni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi va bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda o‘quv yurtiga xabar beriladi.”.
5. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Sertifikat harakati tugatilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan keyin va kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida hisobot taqdim etilgandan so‘ng Sertifikat harakatini yangilash to‘g‘risida “Davavianazorat” inspeksiyasining qarori qabul qilinadi. “Davavianazorat” inspeksiyasi tegishli qaror qabul qilingan kunidan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda buyurtmachiga bu haqda xabar beradi.”. | 148 | 2,704 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha memorandum doirasida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish hamda valyuta bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishi va kengaytirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda o‘z idoraviy me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
1-ilova 13-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilova 28-bandining ikkinchi xatboshi va 32-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 100 | 1,517 |
Qonunchilik | Energiya ta’minoti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida* | “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Quvvati 10 kVtdan ortiq iste’molchi obyektlarining energiya ta’minoti loyihalarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Iste’molchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan iste’molchi obyektlarining energiya ta’minoti (elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti) loyihalarining (keyingi o‘rinlarda energiya ta’minoti loyihalari deb ataladi) qonun hujjatlari va texnik shartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida ularni kelishish tartibini va muddatlarini belgilaydi.
2. Energiya ta’minoti loyihalari kelishilganligi to‘g‘risidagi xulosa (keyingi o‘rinlarda xulosa deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi deb ataladi) yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha beriladi.
3. Xulosa yuridik va jismoniy shaxslarga yoki energiya ta’minoti loyihalarini ishlab chiqqan loyiha tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchi deb ataladi) beriladi va ariza beruvchiga energiya ta’minoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqini beradi.
4. Xulosa amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
5. Energiya ta’minoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
ariza beruvchi tomonidan energiya ta’minoti loyihalarini ishlab chiqishda va kelishilgan energiya ta’minoti loyihalarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishi shartligi;
qurilish sohasida energiya ta’minoti talablari yuzasidan normativ hujjatlarga rioya etish shartligi;
texnik shartlar talablariga rioya etish shartligi;
qurilish-montaj ishlarini kelishilgan energiya ta’minoti loyihasida ko‘rsatilgan doirada bajarish.
6. Ariza beruvchi xulosa olish uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
xulosa berilishi uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
energiya ta’minoti loyihasi;
energiya ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan texnik shartlar nusxalari (agar mavjud bo‘lsa texnik shartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar) va tashqi energiya ta’minoti loyihasi texnik shartlarni bergan tashkilot bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi xulosa.
7. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Xulosa olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Ulangan quvvati 750 kVAgacha elektr qurilmalarining energiya ta’minoti loyihalari xulosasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy bo‘linmalariga (Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalaridan tashqari), ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lganlari — “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan iste’molchi obyektlariga xulosa olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi.
10. Xulosa olish uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va ular darhol “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
11. Agar energiya ta’minoti loyihasi loyiha tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq “bir darcha” tamoyili bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lsa, xulosa olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bevosita energiya ta’minoti loyihasini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan taqdim etiladi.
12. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xulosa berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
13. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari:
kuchlanishi 1000 V (1 kV) bo‘lgan elektr qurilmalari uchun hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab uch ish kunidan;
kuchlanishi 6-10 kV bo‘lgan elektr qurilmalari uchun hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab besh ish kunidan;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalari, shuningdek issiqlik qurilmalari uchun hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab yetti ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda arizani ko‘rib chiqadi, xulosa beradi yoki uni berishni rad etadi.
Quvvati 10 kilovattgacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun hisob-kitob-montaj sxemasi energiya ta’minoti loyihasi hisoblanadi va kelishilmaydi.
Xulosa ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
14. Agar “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari xulosa berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatdan keyin “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasini yoki uning hududiy bo‘linmalarini yozma ravishda xabardor qilgan holda energiya ta’minoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tadbirkorlik subyektining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga xulosani berishi shart. Xulosa olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va tadbirkorlik subyekti tomonidan “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga yo‘llangan yozma bildirishnoma xulosaga tenglashtiriladi va energiya ta’minoti loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga asos bo‘ladi.
15. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tegishli qaror qabul qilinganidan keyin bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki xulosa berilishi rad etilganligi to‘g‘risida unga yozma ravishda xabar beradi.
Xulosa berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
16. Quyidagi asoslar bo‘yicha xulosani berish rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan xulosani berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Xulosa berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat xulosa berish rad etilganligi haqidagi bildirishnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
18. Xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, shu jumladan xulosani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
19. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari dalil sifatida ko‘rsatilishiga keltirilishiga yo‘l quyilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari bundan mustasno.
20. Xulosani berish rad etilganligi haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
21. Ariza beruvchi xulosani berish rad etilganligi, shuningdek “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
22. Xulosa yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi. Xulosa dublikati uning asl nusxasini bergan “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda xulosaning dublikatini, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, xulosaning asl nusxasini berishi (yuborishi) shart.
23. Xulosa dublikati berilganligi uchun tadbirkorlik subyektidan yig‘im undirilmaydi.
24. Xulosaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
25. Energiya ta’minotining kelishilgan loyihasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfi yaratilishi xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir.
26. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Berilgan xulosalar reyestrida tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid ma’lumotlar, pochta manzili, telefoni;
xulosa berilgan sana va uning raqami;
xulosaning amal qilishini to‘xtatishning asosi va sanasi;
xulosani bekor qilishning asosi va sanasi;
xulosa dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
27. Berilgan xulosalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsatnoma berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga muvofiq iste’molchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilarning elektr qurilmalari deb ataladi) elektr tarmoqlariga ulash hamda ularning ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash maqsadida iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
elektr energiyasi iste’molchilari (iste’molchilar) — elektr energiyasidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
elektr-texnik laboratoriya (ETL) — mustaqil tashkilot — elektr qurilmalarining va iste’molchilar elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarining elektr sinovlarini (o‘lchashlarini) o‘tkazuvchi iste’molchi yoki iste’molchi korxona va tashkilot tarkibidagi bo‘linma. Ular jumlasiga turg‘un va ko‘chma ETL kiradi. ETL kuchlanishi 1000 V gacha, 6kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV bo‘lgan elektr uskunalarini sinash bo‘yicha tashkil etilishi mumkin;
elektr-texnik xodimlar — iste’molchilarning elektr qurilmalarini montaj qilish, sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, ishlash rejimini boshqarish ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi xodimlar toifasi.
3. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini, shu jumladan ETLda joylashtirilgan sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazish elektr qurilmalarini, ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomani (keyingi o‘rinlarda — ruxsatnoma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar deb ataladi) beradi.
Iste’molchilarga ruxsatnoma berilishi ularga elektr tarmoqlarining egalari bo‘lgan korxona va tashkilotlarning elektr tarmoqlariga ulanish huquqini beradi.
Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha ruxsat berish tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini qonun hujjatlari bilan belgilangan “bir darcha” tamoyili bo‘yicha elektr tarmoqlariga ulash tartibida amalga oshiriladi.
5. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat olinishidan oldin iste’molchi ularni montaj ishlarini bajargan ixtisoslashtirilgan tashkilotdan (keyingi o‘rinlarda — montaj tashkiloti deb ataladi) va sozlash hamda sinash ishlarini o‘tkazgan ishga tushirish-sozlash tashkilotidan (keyingi o‘rinlarda — sozlash tashkiloti deb ataladi), tegishli qabul qilish-topshirish hujjatlari ilova qilingan holda, ular tomonidan tayyorlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha qabul qilib oladi.
6. Agar iste’molchining montaj qilingan elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mulki etib va/yoki ularga xizmat ko‘rsatish uchun topshiriladigan bo‘lsa, u holda ularning montaj va sozlash tashkilotlaridan texnik qabul qilishni iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili bilan birgalikda amalga oshiradi.
7. Agar iste’molchining ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgan elektr qurilmalari iste’molchi korxona va tashkilotning ichki elektr tarmoqlariga ulanadigan bo‘lsa va ularning ulanishi tashqi elektr ta’minoti sxemasining o‘zgartirilishini talab qilmasa, u holda iste’molchi elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat olinganidan keyin ularni belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishga tushirishi mumkin.
8. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlarining egasi bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning elektr tarmoqlariga ulash faqat ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
9. Ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
10. Iste’molchilarning elektr qurilmalari elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq bajarilgan, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bunda iste’molchilarning quvvati 10 kVt gacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun hisob-kitob-montaj sxemasi — elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va u kelishilmaydi.
11. Elektr energiyasi iste’molchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayyorlangan elektr-texnik xodimlarga (yoki elektr qurilmalariga boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan texnik xizmat ko‘rsatilishi uchun shartnomaga), sinovdan o‘tkazilgan himoya vositalariga, asboblarga, ehtiyot qismlarga, aloqa va yong‘in o‘chirish vositalariga ega bo‘lishi shart.
Iste’molchi korxona va tashkilotlarda rahbarning buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlar jumlasidan, elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan va bilimi sinovdan o‘tgan elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
12. Aholiga sotish uchun chakana savdo tarmog‘iga kelib tushadigan va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan 0,4 kV kuchlanishli yoritish qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanuvchi iste’molchi elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash yoki yollash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, elektr xo‘jaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga yuklashi mumkin.
Bunda, elektr xo‘jaligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan shaxs hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxs deb ataladi) tomonidan iste’molchilarning elektr qurilmalari texnik ko‘rigi bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan elektr xavfsizligi va elektr qurilmalariga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma olishi lozim va bu haqda yo‘riqnomalarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi.
13. Majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan xorijiy uskunalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat, ular uchun muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgandagina beriladi.
14. Turidan qat’i nazar, elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tushirishda iste’molchi quyidagi talablar va shartlarni bajarishga majburdir:
elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari hamda elektr energetikasi sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
ETL mavjud bo‘lganda:
ETLda sinovlar (o‘lchashlar) bilimlari sinovdan o‘tgan va elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan hamda ETLda maxsus ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi;
ETLda o‘tkaziladigan sinovlar (o‘lchashlar) turi va hajmlaridan qat’i nazar, to‘rt kishidan kam bo‘lmagan xodimlar shtatining bo‘lishi, ular jumlasida:
a) umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi va sinovlar (o‘lchashlar) o‘tkazish bilan bog‘liq barcha texnik vazifalarning bajarilishi uchun javob beruvchi ETL boshlig‘i (texnik rahbar);
b) o‘tkazilgan sinovlar (o‘lchashlar) natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish huquqiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan xodimlar (kamida ikki nafar);
ETL boshlig‘ining lavozim vazifalari tashkilotning shtati bo‘yicha boshqa lavozim vazifalari bilan qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ETLda sinovlar (o‘lchashlar) ularni o‘tkazish usullari, maqsadi va natijalarini baholash bilan tanishib chiqqan vakolatli shaxslar tomonidan o‘tkazilishi, xodimlar bilimlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun ichki tekshirish o‘tkazilishi;
ETL xodimlari elektr energetikasi sohasida maxsus oliy yoki o‘rta maxsus kasbiy ta’lim yoxud elektr energetikasi sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tish sharti bilan boshqa oliy yoki o‘rta maxsus kasbiy ta’lim olgan bo‘lishi;
tekshirish natijalarini rasmiylashtirgan va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatidan o‘tkazgan holda ETL xodimlarining bilimini tekshirish;
ETLda xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishi hisobi muntazam yuritilishi (ETLning har bir xodimi 5 yilda kamida 1-marta elektr-texnik va issiqlik-texnik xodimlarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markazlarda malaka oshirishdan o‘tishi lozim);
ETLni buyurtma qilingan ish turlarini bajarish imkonini ta’minlovchi sinash (o‘lchash) vositalari bilan jihozlash;
sinash uskunalari va o‘lchash vositalarini o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimining talablariga muvofiq metrologik attestatsiya qilish hamda ishlab chiqaruvchi zavodlarning ekspluatatsion hujjatlari bilan ta’minlash;
sinovlar (o‘lchashlar) o‘tkazuvchi ETLda elektr uskunasiga texnik pasportning mavjudligi.
15. Iste’molchi ruxsatnoma olish uchun tegishli hududiy bo‘linmaga ushbu Nizomga 4 va 5-ilovalarda keltirilgan elektr qurilmalari turiga qarab ruxsatnoma berish uchun hududiy bo‘linmaga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatiga muvofiq hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllar bo‘yicha elektr qurilmalarining turiga qarab ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani (xatni) taqdim etadi.
16. Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar iste’molchi tomonidan hududiy bo‘linmaga bevosita, olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar iste’molchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsatnoma olish uchun hududiy bo‘linmalarga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ushbu hujjatlar qabul qilingan sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol iste’molchiga beriladi (yuboriladi).
17. Iste’molchilardan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi taqdim etilgan hujjatlarni ularning kelishilgan loyiha hujjatlariga; iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanayotgan korxona va tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarga; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek elektr qurilmalarini sozlash va sinash bo‘yicha ishlar to‘liq o‘tkazilganligi, bayonnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, ekspluatatsion va tashkiliy-tasarrufiy hujjatlarning mavjudligi, xodimlarning malakasi borligi va yetarliligi, ularning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi, muvofiqlik sertifikati borligi yuzasidan ko‘rib chiqadi.
19. Taqdim etilgan hujjatlar hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Iste’molchining ruxsatnoma olish haqidagi arizasi hududiy bo‘linmada ko‘rib chiqilishi uchun va ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarning sifati va hajmi bo‘yicha asoslangan e’tirozlar ma’lum qilinadi (agar bor bo‘lsa), shuningdek elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish sanasi kelishiladi.
20. Taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganidan so‘ng ular bo‘yicha e’tirozlar bo‘lmasa, elektr qurilmalari o‘n ish kuni davomida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
21. Iste’molchining elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi tomonidan iste’molchi korxona va tashkilotning vakili (rahbari yoki elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs) ishtirokida zaruriyat bo‘lganda montaj va sozlash tashkilotlarining xodimlarini hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Iste’molchining kuchlanishi 1000 Vdan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalari to‘la hajmda ko‘rikdan o‘tkaziladi, kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalari esa tanlov asosida ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin, iste’molchilarning umumiy quvvati 10 kVtgacha bo‘lgan elektr qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
22. Sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazish uchun elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi qo‘shimcha ravishda quyidagilarni tekshiradi:
taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxa ekanligi;
ETL xodimlarining sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bajarishga qo‘yilishi haqidagi guvohnomalar, ular malakasining buyurtma berilgan ish turlariga muvofiqligi;
sinash (o‘lchash) vositalarining borligi, holati va saqlash sharoitlari;
elektr o‘lchash asboblari va sinash qurilmalarini qiyoslashdan o‘tkazish jadvali, ularning texnik holati va berilishini hisobga olish jurnalining borligi;
himoya vositalari va ularning saqlanishini hisobga olish jurnali, himoya vositalarini sinash to‘g‘risidagi guvohnomalar va texnika xavfsizligi bo‘yicha plakatlar to‘plami borligini;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning borligi;
turg‘un ETLda ish joylarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi haqidagi ma’lumotlar, himoya to‘rlari, blokirovka qilish qurilmalari, yong‘inni o‘chirish vositalari borligi tekshiriladi.
23. Tarkibida ETL faoliyat ko‘rsatayotgan iste’molchi korxonalar va tashkilotlarning elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish elektr qurilmalarining turlari bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi.
24. Elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishi lozim.
25. Elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda e’tirozlar va ushbu Nizomning II bo‘limida belgilab berilgan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar bo‘lmasa, mansabdor shaxs ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarda keltirilgan shakllar bo‘yicha elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi haqidagi xulosa bilan birgalikda qurilmalarini (elektr qurilmalarining turiga qarab) texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Dalolatnomaning xulosa qismida iste’molchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkinligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi iste’molchiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa — hududiy bo‘linmada qoladi.
26. Iste’molchining elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasiga asosan tegishli hududiy bo‘linma tomonidan ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va iste’molchilarga beriladi. Iste’molchilarga ruxsatnomaning berilishi tegishli hududiy bo‘linma tomonidan bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma uch nusxada tayyorlanadi: bitta asl nusxasi va 2 ta nusxasi.
Ruxsatnomaning asl nusxasi iste’molchiga yuboriladi (topshiriladi), uning bir nusxasi iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanadigan korxona va tashkilotga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa — hududiy bo‘linmada qoladi.
27. Iste’molchining elektr qurilmalarida sinash (o‘lchash) ishlarini ruxsatnomada ko‘rsatilgandan qiymatdan yuqori kuchlanishda o‘tkazish taqiqlanadi.
28. Elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda ushbu Nizomning II bo‘limida belgilangan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar aniqlanganda, hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning batafsil ro‘yxati hamda elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkin emasligi haqidagi xulosa bilan birgalikda iste’molchining elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Tegishli kamchiliklar va nuqsonlar haqidagi ko‘rsatmalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan aniq qoidalariga havola bo‘lishi lozim.
29. Aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar bartaraf etilganidan so‘ng iste’molchining elektr qurilmalari takroran texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Iste’molchining elektr qurilmalarini takroran texnik ko‘rikdan o‘tkazish murojaat qilinganidan so‘ng uch ish kuni davomida amalga oshirilishi lozim.
30. Agar hududiy bo‘linma iste’molchining ruxsatnomani olish haqidagi arizasi olingan kundan boshlab o‘n olti ish kuni davomida iste’molchiga ruxsatnoma bermasa yoki uning berilishini rad etmasa, ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng iste’molchi, tegishli hududiy bo‘linmani yozma ravishda xabardor qilgan holda, elektr tarmoqlarining egasi bo‘lgan korxona va tashkilot bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzish va uning tarmoqlariga ulanish huquqiga ega bo‘ladi.
31. Ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan holatda hududiy bo‘linma iste’molchining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida unga ruxsatnomani berishi shart. Ruxsatnoma olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va iste’molchi tomonidan hududiy bo‘linmaga yo‘llagan yozma bildirishnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi va elektr tarmoqlariga ulanish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
32. Ruxsatnomani berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
iste’molchi tomonidan ruxsatnomani olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
iste’molchining ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
iste’molchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar borligi;
texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha asoslangan rad etish xulosasi.
Hududiy bo‘linma tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsatnomani berish rad etilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan muddat ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
33. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda hududiy bo‘linma tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishi bundan mustasno.
34. Iste’molchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilishi haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va hududiy bo‘linma tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
35. Iste’molchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek hududiy bo‘linma mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
36. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda iste’molchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi. Ruxsatnoma dublikatini berish uning nusxasini bergan hududiy bo‘linma tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy bo‘linma ruxsatnoma dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh kun davomida, shuningdek ruxsatnoma yaroqsizga chiqarilgan hollarda uning asl nusxasini berishi shart.
37. Ruxsatnomaning dublikatini berish uchun yig‘im undirilmaydi.
38. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik sohasidagi ruxsatnoma berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
39. Ruxsatnoma berilgan maqsadda elektr tarmoqlariga ulanish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi yaratilishi ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir.
40. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirishi lozim.
Berilgan ruxsatnomalar reyestrida iste’molchilar haqidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
iste’molchi — yuridik shaxsning nomi — uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
iste’molchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid ma’lumotlar, pochta manzili, telefoni;
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
ruxsatnomani to‘xtatib turish va qayta tiklashning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
41. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
1. Elektr qurilmalarining ulanishi uchun texnik shartlar.
2. Belgilangan tartibda kelishilgan elektr ta’minoti loyihasi.
3. Iste’molchining elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan imzolangan obyekt elektr ta’minotining bir chiziqli sxemasi.
4. Montaj tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
5. Elektr qurilmalari uchun muvofiqlik sertifikati.
6. Mavjud himoya vositalari (ular sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar bilan birgalikda yong‘in o‘chirish jihozlari, texnika xavfsizligi bo‘yicha plakatlar.
7. Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalarining I bo‘limi 1.8-bandida nazarda tutilgan elektr qurilmalarini qabul qilish-topshirish sinovlarining bayonnomalari.
8. Asosiy elektr uskunalarining pasportlari.
9. Elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq.
10. Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari.
11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga iste’molchi nomidan elektr qurilmalarini ulash va o‘chirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega bo‘lgan tezkor va tezkor-ta’mirlash xodimlarining ro‘yxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhi, telefon raqamlari).
12. Tarmoqlariga ulanilayotgan korxona va tashkilot bilan kelishilgan elektr qurilmalarini ulash dasturi (35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini ulashda).
1. Tarkibida ETL faoliyat ko‘rsatayotgan iste’molchi korxona va tashkilot Ustavi (Nizomi) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
2. ETLni tashkil etish va uning rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
3. ETL mutaxassislari va ishchilarining lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari qoidalarini bilishini tekshirish bo‘yicha komissiyani tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
4. Korxona va tashkilotning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni hamda ushbu korxona va tashkilot tarkibida ETL bo‘lganda uning o‘rnini bosuvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
5. ETLning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
6. ETL xodimlariga sinovlar (o‘lchashlar) dalolatnomalarini, bayonnomalarini imzolash huquqini berish to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
7. “O‘zstandart” agentligi tomonidan vakil qilingan tashkilot tomonidan berilgan va agentlikning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ETLni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
8. O‘lchash vositalarini qiyoslash va sinash qurilmalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar.
9. Sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazish metodikasi (dasturlar).
10. ETL xodimlarini, ularga sinovlar (o‘lchashlar) bo‘yicha maxsus ishlarni bajarishga ruxsatnoma bergan holda xodimlar bilimlarini oxirgi tekshirish bayonnomalarining (jurnallardagi yozuvlarning) nusxalari.
11. ETLda himoya vositalarini hisobga olish, ular o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash va tashkil etish, ularni saqlash uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi farmoyish.
12. Ishlab chiqarishda sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazishda qo‘llaniladigan himoya vositalarining tasdiqlangan ro‘yxati.
13. Korxona va tashkilotning nomi to‘liq yozilgan, rahbarning imzo qo‘yishi joy va muhr uchun joy bo‘lgan titul varaq tarkibida sinovlar (o‘lchashlar) o‘tkazilganligi to‘g‘risida ariza beruvchining texnik hisoboti, shuningdek ETL boshlig‘ining imzo qo‘yishi uchun joy bo‘lgan texnik hisobot mazmunining shakli.
14. Xodimlarning buyurtma berilgan ishlar turlari bo‘yicha malakasi.
15. Texnik hujjatlar (sinovlar (o‘lchashlar) dalolatnomalari, bayonnomalarining blankalari, ularni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (kamida ikki nafar) imzolari qo‘yilishi uchun joy va ETLning to‘rt burchakli muhri bosilishi uchun joy bo‘lishi lozim).
16. ETLning joriy faoliyati bo‘yicha hujjatlar (buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, sinovlar (o‘lchashlar) ning tuzilgan bayonnomalarini berishni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnallari.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha Davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga muvofiq iste’molchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilingan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilarning issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmoqlariga ulash hamda ularning ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash maqsadida iste’molchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:
issiqlik energiyasi iste’molchilari (iste’molchilar) — issiqlik energiyasidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
issiqlik-texnik xodimlar — iste’molchilarning issiqlik qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi, issiqlik qurilmalari ishlash rejimini boshqaruvchi xodimlar toifasi.
3. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomani (keyingi o‘rinlarda — ruxsatnoma deb ataladi) “O‘zenergonazorat” inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar deb ataladi) beradilar.
Iste’molchilarga ruxsatnoma berish ularga issiqlik tarmoqlarining egalari bo‘lgan korxona va tashkilotlarning issiqlik tarmoqlariga ulanish huquqini beradi.
Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilishidan oldin iste’molchi ularni montaj ishlarini bajargan ixtisoslashgan tashkilotdan (keyingi o‘rinlarda — montaj qilish tashkiloti deb ataladi) hamda sozlash va sinov ishlarini o‘tkazgan ishga tushirish-sozlash tashkilotidan (keyingi o‘rinlarda — sozlash tashkiloti deb ataladi) ular tomonidan tegishli qabul qilish-topshirish hujjatlari ilova qilingan holda tayyorlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha qabul qilib oladi.
5. Agar iste’molchining montaj qilingan issiqlik qurilmalari hududiy issiqlik tarmoqlari korxonasi mulki etib va/yoki ularga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan bo‘lsa, u holda ularni montaj va sozlash tashkilotlaridan texnik qabul qilishni iste’molchi issiqlik ta’minoti korxonasining vakili bilan birgalikda amalga oshiradi.
6. Agar iste’molchining ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgan issiqlik qurilmalari iste’molchi korxona va tashkilotning ichki issiqlik tarmoqlariga ulanadigan bo‘lsa va ularning ulanishi tashqi issiqlik ta’minoti sxemasining o‘zgartirilishini talab qilmasa, u holda iste’molchi issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgandan keyin ularni belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishga tushirishi mumkin.
7. Issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan issiqlik energiyasini iste’molchilarning issiqlik qurilmalariga yetkazib berish faqat iste’molchilarda ruxsatnoma mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
8. Ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
9. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga, texnik shartlarga muvofiq bajarilishi, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
10. Issiqlik energiyasi iste’molchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarga (yoki issiqlik qurilmalariga boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish uchun shartnomaga); sinovdan o‘tkazilgan himoya vositalariga, asboblarga, ehtiyot qismlarga, aloqa va yong‘inni o‘chirish vositalariga ega bo‘lishi lozim.
11. Majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan xorijiy uskunalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish unga muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda beriladi.
12. Iste’molchi issiqlik qurilmalarini ishga tushirishda elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Issiqlik mexanikasi uskunalarini texnik ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (TEQ), Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari (TXQ) va elektr energetika sohasidagi qonun hujjatlari talablari va shartlarini bajarishi shart.
13. Ruxsatnomani olish uchun iste’molchi tegishli hududiy bo‘linmaga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ruxsatnoma berish uchun hududiy bo‘linmaga taqdim etiladigan hujjatlar Ro‘yxatiga muvofiq hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ruxsatnoma berish haqidagi arizani (xatni) taqdim etadi.
14. Ruxsatnomani olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar iste’molchi tomonidan hududiy bo‘limga bevosita, yoki olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar iste’molchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsatnomani olish uchun hududiy bo‘linmaga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va darhol hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘yilgan holda iste’molchiga beriladi (yuboriladi).
15. Iste’molchilardan ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi (keyingi o‘rinlarda — mansabdor shaxs deb ataladi) taqdim etilgan hujjatlarni kelishilgan loyiha hujjatlariga; issiqlik qurilmalari issiqlik tarmoqlariga ulanayotgan korxona va tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarga; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek issiqlik qurilmalarini sozlash va sinash bo‘yicha ishlarning to‘liq bajarilganligi, bayonnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, ekspluatatsiya qilish va tashkiliy-tasarrufiy hujjatlarning borligi, xodimlarning malakasi borligi va yetarliligi hamda ularning issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi, muvofiqlik sertifikatlari borligi yuzasidan ko‘rib chiqadi.
17. Taqdim etilgan hujjatlar hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Iste’molchining ruxsatnomani olish haqidagi arizasi hududiy bo‘linmada ko‘rib chiqilganligi uchun va ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha murojaat etuvchiga taqdim etilgan hujjatlarning sifati va hajmi bo‘yicha asoslangan e’tirozlar (agar bor bo‘lsa) ma’lum qilinadi, shuningdek issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish sanasi kelishib olinadi.
18. Taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganidan so‘ng va ular bo‘yicha e’tirozlar bo‘lmasa, issiqlik qurilmalari o‘n ish kuni mobaynida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
19. Iste’molchining issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi tomonidan iste’molchi korxona va tashkilotning vakili (rahbari yoki issiqlik xo‘jaligi uchun javobgar shaxs) ishtirokida, zarur bo‘lganda montaj va sozlash tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek hududiy issiqlik ta’minoti korxonasining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Iste’molchining issiqlik yuklamasi 0,1 Gkal/soat dan yuqori bo‘lgan issiqlik qurilmalari to‘la hajmda ko‘rikdan o‘tkaziladi, issiqlik yuklamasi 0,1 Gkal/soat gacha bo‘lgan qurilmalar esa tanlab ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
20. Issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda mansabdor shaxs ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishi kerak.
21. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda e’tirozlar va ushbu Nizomning II bo‘limida belgilangan ruxsat berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar bo‘lmasa, hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha issiqlik qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi haqidagi xulosa bilan birgalikda iste’molchining issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
22. Iste’molchining issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilishi asosida tegishli hududiy bo‘linma tomonidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va iste’molchilarga beriladi. Iste’molchilarga ruxsatnomani berish tegishli hududiy bo‘linma tomonidan bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma uch nusxada tayyorlanadi: bitta asl nusxasi va 2 ta nusxasi.
Ruxsatnomaning asl nusxasi iste’molchiga yuboriladi (topshiriladi), uning bitta nusxasi iste’molchining issiqlik qurilmalari issiqlik tarmoqlariga ulanadigan korxona va tashkilotga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa — hududiy bo‘linmada qoladi.
23. Issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda ushbu Nizomning II bo‘limida belgilangan ruxsat berishga doir talablar va shartlardan chekinishlar aniqlanganda, hududiy bo‘linmaning mansabdor shaxsi iste’molchining issiqlik qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va unda tekshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning batafsil ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda issiqlik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish mumkin emasligi haqida xulosa beradi.
Tegishli kamchiliklar va nuqsonlar bo‘yicha ko‘rsatmalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan aniq qoidalariga havolalar bo‘lishi kerak.
24. Aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar bartaraf etilganidan so‘ng iste’molchining issiqlik qurilmalari takroran texnik ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim etiladi. Issiqlik qurilmalarini takroran texnik ko‘rikdan o‘tkazish murojaat qilinganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida amalga oshirilishi kerak.
25. Agar hududiy bo‘linma iste’molchining ruxsatnoma olish haqidagi arizasi olingan kundan boshlab o‘n olti ish kuni mobaynida iste’molchiga ruxsatnomani bermasa va uning berilishini rad etmasa, ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng iste’molchi, tegishli hududiy bo‘linmani yozma ravishda xabardor qilgan holda, issiqlik tarmoqlarining egasi bo‘lgan korxona va tashkilot bilan issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish va uning issiqlik tarmoqlariga ulanish huquqiga ega bo‘ladi.
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatda hududiy bo‘linma iste’molchining yozma bildirishnoma olingan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida unga ruxsatnomani berishi shart. Ruxsatnoma olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va iste’molchi tomonidan hududiy bo‘linmaga yo‘llangan yozma bildirishnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun asos hisoblanadi.
27. Quyidagi asoslar bo‘yicha ruxsatnomani berish rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar iste’molchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
iste’molchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
iste’molchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning borligi;
ruxsat berish tartib-taomillariga muvofiq o‘tkazilishi majburiy hisoblangan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning natijalari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa.
Ruxsatnoma berish hududiy bo‘linma tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas, degan vajlar bilan rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
28. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda hududiy bo‘linma tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari dalil sifatida keltirilishi bundan mustasno.
29. Iste’molchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va hududiy bo‘linma tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
30. Iste’molchi ruxsatnomani berish rad etilganligi ustidan, shuningdek hududiy bo‘linma mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
31. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda iste’molchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi. Ruxsatnomaning dublikatini berish asl nusxani bergan hududiy bo‘linma tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy bo‘linma ruxsatnoma dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida, shuningdek ruxsatnoma yaroqsiz holga kelganda uning asl nusxasini berishi shart.
32. Ruxsatnomaning dublikatini berish uchun yig‘im undirilmaydi.
33. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
34. Ruxsatnoma berilgan maqsadda issiqlik tarmoqlariga ulanish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi yaratilishi ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir.
35. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirishi kerak.
Berilgan ruxsatnomalar reyestrida iste’molchilar haqidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
iste’molchi — yuridik shaxsning nomi — uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
iste’molchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid ma’lumotlar, pochta manzili, telefoni;
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
ruxsatnomani to‘xtatib turish va qayta tiklashning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
36. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
1. Issiqlik qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar.
2. Belgilangan tartibda kelishilgan issiqlik ta’minoti loyihasi.
3. Iste’molchilarning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar bajarilganligi haqida issiqlik ta’minoti korxonalaridan ma’lumotnoma.
4. Issiqlik ta’minoti korxonalaridan olingan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari ishlashga tayyor ekanligi haqidagi ma’lumotnoma.
5. Montaj tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
6. Issiqlik xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq.
7. Issiqlik qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlar ro‘yxati.
8. Issiqlik punktining armatura raqamlari qo‘yilgan quvurlari va berkituvchi armaturalarning ijro (ko‘rgazmali) sxemasi, yer osti ishlari dalolatnomalari.
9. Issiqlik qurilmalarining pasportlari.
10. Qo‘llaniladigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va quvurlarning sertifikatlari.
11. Isitish tizimi, issiq suv ta’minoti tizimi va issiqlik tarmoqlarini yuvish; boshqarish bog‘lamasi, issiqlik kiritish va isitish tizimi zichlanganligi haqidagi dalolatnomalar.
12. Soplolar yoki tegishli diametrdagi cheklovchi shaybalar o‘rnatilganligi haqidagi dalolatnomalar
13. Lavozim va ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalari, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
14. Yo‘riqnoma berish, TEQ va XTQ bo‘yicha bilimlar sinovlari jurnallari, issiqlik qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida aniqlangan nuqsonlarni hisobga olish, tezkor, naryad-ruxsatnoma berish, nazorat-o‘lchash priborlari va avtomatikani hisobga olish jurnallari. | 121 | 54,824 |
Qonunchilik | Shubhali operatsiyalarni toʻхtatib turish tartibi oʻzgartirildi | Bosh prokurorning buyrugʻi (roʻyхat raqami 3327, 19.10.2021 y.) bilan Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatiga kiritilgan shaхslarning operatsiyalarini toʻхtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish, ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruхsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomda Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatini (keyingi oʻrinlarda – Roʻyхat) shakllantirish hamda ushbu roʻyхatni pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish tartibi belgilangan.
Roʻyхat Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda хalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan ma’lumotlar asosida maхsus vakolatli davlat organi* tomonidan shakllantiriladi.
DXX, IIV, Bosh prokuratura va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatli organlar hisoblanadi. Ular Roʻyхatni shakllantirish uchun maхsus vakolatli davlat organiga ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalarini ilova qilingan holda taqdim etadilar. Ma’lumotlar olingan paytdan boshlab yoki shaхsni Roʻyхatga kiritish uchun asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etiladi. Maхsus vakolatli davlat organi tomonidan ma’lumotlar «Elektron jinoiy-huquqiy statistika» yagona aхborot tizimidan foydalangan holda ham olinadi.
Olingan ma’lumotlar toʻliq boʻlmasa yoki noaniq boʻlsa, maхsus vakolatli davlat organi qoʻshimcha ma’lumot olish uchun ma’lumotlar bazalaridan foydalanadi yoki tegishli vakolatli organlarga murojaat qiladi, ular soʻrovni olgan kundan uch ish kuni davomida qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim etadilar. Bundan ularni taqdim etish uchun хorijiy davlatlarning vakolatli organlari yoki хalqaro tashkilotlarga murojaat qilish zarur boʻlgan holatlar mustasno. Qoʻshimcha ma’lumotlar olinguniga qadar maхsus vakolatli davlat organi ushbu masala hal etilgunga qadar mazkur shaхslarning operatsiyalarini 30 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyishi mumkin.
Maхsus vakolatli davlat organi quyidagi muddatlarda Roʻyхatni shakllantiradi hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi:
Maхsus vakolatli davlat organi Roʻyхatni shakllantirgan yoki unga tegishli oʻzgartirishlar kiritgandan soʻng bir soat ichida uni pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazadi. Tashkilotning mas’ul хodimi (tarmogʻi) uch soat ichida Roʻyхatni ushbu tashkilotning tegishli хodimlariga (tarmoqlariga), shu jumladan mijozlar bilan bevosita ishlaydigan хodimlarga (tarmoqlarga) yuborilishini va (yoki) undan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Tashkilotlar quyidagi holatlarda kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan operatsiyani amalga oshirishni toʻхtatib turadi va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyadilar:
Tashkilot bir ish kunidan kechiktirmasdan shubhali operatsiya toʻgʻrisida maхsus vakolatli davlat organiga хabar qilishi shart.
Shuningdek Nizomda quyidagilar belgilangan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.
____
* ‒ qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha belgilanadigan davlat organi. | 63 | 3,816 |
Qonunchilik | “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi QL-372-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari S. Otamuratov, I. Xajiyev, N. Muxtorov va A. Pardayev tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi QL-372-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 143 | 771 |
Qonunchilik | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ilmiy-tadqiqot sohasida erishayotgan yutuqlari va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin:
Mamlakatimiz aloqa va axborot-kommunikatsiya tizimini jahon andozalari asosida rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lida ko‘rsatgan salmoqli xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: | 233 | 798 |
Qonunchilik | 2017 yil 1 oktyabrdan zargarlik buyumlarini litsenziyasiz ishlab chiqarish noqonuniy boʻladi | Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3199-son “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.
Bu - muhim! 2017 yil 1 oktyabr kunidan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni quyidagi sхema boʻyicha oladi:
2020 yil 1 yanvargacha:
Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvardan:
2017 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda Markaziy bank respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamgʻalashni amalga oshiradigan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining filiallari tashkil etilishini ta’minlaydi.
«1-Zargarlik korхonasi» davlat korхonasining Toshkent shahar, Zargarlik koʻchasi, 46B-uy manzilidagi mulkiy kompleksi zamonaviy zargarlik ishlab chiqarishini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Asaka” aksionerlik-tijorat bankiga oʻtkaziladi (2018 yil oхirigacha foydalanishga topshiriladi).
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 92 | 1,579 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida 2008 — 2012-yillardagi iqtisodiy hamkorlik haqida 2007-yil 18-oktabr kuni Ashxobod shahrida imzolangan Shartnoma tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 782 |
Qonunchilik | Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonining shaffofligini ta’minlaydigan auditorlarni sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik va o‘zaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida:
1. Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining (keyingi o‘rinlarda — auditorlarning jamoat birlashmalari) 2021-yil 15-avgustdan boshlab Moliya vazirligining quyidagi funksiyalarini auditorlarning jamoat birlashmalariga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini (keyingi o‘rinlarda — malaka imtihonlari) o‘tkazish;
auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;
auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.
2. Belgilansinki:
malaka imtihonlarini o‘tkazish reglamenti, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish tartibi, auditorlarning malakasini oshirish dasturlari auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
malaka imtihonlarining tashkil etilishi va tuzilishi, malaka imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan materiallar va o‘quv dasturlari, shuningdek, malaka imtihonlari natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar auditorlar jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;
malaka imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlar va auditorning malaka sertifikatiga ega auditorlar haqida ma’lumotlar bazasi auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladi.
3. Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashning ilg‘or usullarini joriy etish va auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Auditorlarning jamoat birlashmalariga quyidagi huquqlar taqdim etilsin:
malaka imtihonlarini tasdiqlangan tartib va reglamentga muvofiq o‘tkazish uchun mustaqil ravishda yoki birgalikda imtihon markazlarini tashkil etish;
respublikaning barcha hududlarida malaka imtihonlarini tashkil etish va auditorlar malakasini oshirish maqsadida hududlardagi tarmoqlarni rivojlantirish.
5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin;
2022-yil 1-avgustdan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha AXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etsin;
buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini 2022-yil 1-yanvarga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda uni yangilab borsin.
6. Moliya vazirligi:
bir oy muddatda auditorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos bo‘ladigan buxgaltyerlarning xalqaro sertifikatlari ro‘yxatini tasdiqlasin;
auditorlarning jamoat birlashmalariga malaka imtihonlarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha texnik va uslubiy yordam ko‘rsatsin;
auditorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida imtihonlar o‘tkazish va natijalarni baholashning shaffofligini ta’minlovchi samarali auditorlarni sertifikatlash tizimini, shuningdek, malaka imtihonlari, auditorlarning malakasini oshirish va auditorlik faoliyatining tashqi sifat nazorati natijalari bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil etsin;
2021-yil oxiriga qadar buxgaltyerlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Huquq” va “Soliqqa tortish” yo‘nalishlari bo‘yicha natijalari buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini o‘tkazish tizimini joriy etish masalasini ko‘rib chiqsin;
buxgalter va auditorlar uchun xalqaro ta’lim standartlarini tan olish va respublikada qo‘llash maqsadida buxgaltyerlarni sertifikatlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘rsin;
auditorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Mazkur qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, uning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
9-band “9” kichik bandining rus tilidagi matnida uchinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“osuщestvlyayet v ustanovlennom poryadke vneshniy kontrol kachestva raboti auditorskix organizatsiy;
soglasuyet poryadok i reglament provedeniya kvalifikatsionnix ekzamenov dlya polucheniya kvalifikatsionnogo sertifikata auditora, tipovuyu programmu povisheniya kvalifikatsii auditorov, utverjdennie respublikanskimi obщestvennimi obyedineniyami auditorov;
vedet Reyestr auditorskix organizatsiy i Reyestr auditorov;
obespechivayet sovershenstvovaniye informatsionnoy sistemi programmnogo kompleksa “Audit”, prednaznachennogo dlya elektronnogo vzaimodeystviya s auditorskimi organizatsiyami i respublikanskimi obщestvennimi obyedineniyami auditorov;
osuщestvlyayet analiz razvitiya auditorskix uslug;”.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 12-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1887-son qaroriga 35-ilovaning 12-bandi. | 108 | 7,189 |
Qonunchilik | ISTE’MOLChILARNING ELEKTR QURILMALARIDAN FOYDALANIShDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martidagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat”) to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari” tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq o‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kunidan boshlab 10 kun davomida amalga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab SSSR energetika va elektrlashtirish vazirligining Boshenergonazorati tomonidan 1984-yil 21-dekabrida tasdiqlangan “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
4. Mazkur buyruq bajarilishining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. | 109 | 1,003 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston хalqaro хususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi ustavini ratifikatsiya qildi | 2.03.2020 yildagi «Xalqaro хususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi ustavini (Gaaga, 1951 yil 31 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi OʻRQ-605-son Qonun e’lon qilindi.
Xalqaro хususiy huquq (XXH) – fuqarolik, mehnat hamda chet el yuridik va jismoniy shaхslari ishtirokidagi хususiy huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan milliy qonun hujjatlari, хalqaro shartnomalar normalari hamda an’analar jamligi.
Ustav GFR, Avstriya, Belgiya, Daniya, Ispaniya, Finlyandiya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Shveysariya hukumatlari tomonidan 1951 yilda qabul qilingan, 1995 yil 15 iyulda kuchga kirgan. Asosiy vazifasi XXH normalarini unifikatsiya qilishdan iborat boʻlgan Gaaga konferensiyasiga bugungi kunda 82 davlat va iqtisodiy integratsiya boʻyicha mintaqaviy tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqi a’zo hisoblanadi.
Konferensiya faoliyati yuzasidan umumiy va siyosiy ishlar boʻyicha kengash mas’ul hisoblanadi, u barcha a’zolardan tashkil topgan, yigʻilishlar har yili oʻtkaziladi. Kengash konferensiya kun tartibiga kiritiladigan barcha takliflarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qabul qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilashga haqli.
Kengash doimiy byuro orqali faoliyat yuritadi, u bosh kotib va toʻrtta (yoki undan koʻp) kotiblardan tarkib topgan, oʻz yigʻilishlarini Gaagada oʻtkazadi. Uning vazifalari Gaaga konferensiyasi sessiyalari, kengash yigʻilishlarini tashkillashtirish, turli maхsus komissiyalarni tashkil etish, kotibiyat ishini yoʻlga qoʻyish va uning vazifalarini bajarishiga koʻmaklashishdan iborat. Konferensiya a’zolari va doimiy byuro oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida har bir a’zo davlatning hukumati tomonidan milliy organ (a’zo tashkilotlar – aloqa organi) tayinlanadi. Byuro ular bilan aloqa yuritadi va yozishmalarni amalga oshiradi.
Konferensiyaning navbatdagi sessiyalari asosan, har toʻrt yilda oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, kengash doimiy hukumat qoʻmitasi bilan maslahatlashganidan keyin Niderlandiya hukumatidan konferensiyani navbatdan tashqari sessiyaga chaqirishni soʻraydi. Konferensiya a’zolari bilan maslahatlashilgandan keyin Niderlandiya hukumati doimiy komissiyasi tomonidan diplomatik sessiya sanasi belgilanadi. U 1897 yilda XXHni kodifikatsiyalashga koʻmaklashish uchun ta’sis etilgan.
Oʻzbekistonning Gaaga konfrensiyasiga a’zo boʻlishi jahon standartlarini hisobga olgan holda huquq tizimini yanada rivojlantirish, davlat fuqarolari huquq va manfaatlarini хorijda himoya qilish samaradorligini oshirish, mamlakatimizning хalqaro maydondagi manfaatlarini ilgari surish va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishini yanada chuqurlashtirish imkonini beradi, deb хabar qilinadi Senat saytida.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 3.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 92 | 2,842 |
Qonunchilik | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha keng jamoatchilik bilan o‘tkazilgan muhokama natijalari ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun kvartiralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;
tegishli tuman (shahar)da ko‘chmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan kvartiralar mavjud bo‘lmaganda, hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar ko‘chmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda mazkur navbatga o‘zgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Xalq ta’limi vazirligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishi holati haqidagi har oyda yangilanadigan ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to‘lgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo‘yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o‘zi va oila a’zolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish huquqisiz ajratiladi.
Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi;
b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
bitta ko‘p kvartirali uy-joyning har bir kirish yo‘lagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish;
ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ko‘p kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular o‘rtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun alohida ko‘p qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish);
v) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
3. Quyidagilar:
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va o‘z vaqtida ajratilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Uy-joylarga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish uchun:
2021-yilda talab etiladigan mablag‘larning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, qolgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari va boshqa mablag‘lar hisobidan ajratiladi;
2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablag‘lar tarkibida alohida satrda mablag‘lar rejalashtirilib, keyinchalik haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qayta taqsimlash orqali yo‘naltiriladi.
Bunda, ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
5. Respublika komissiyasi (A. Aripov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021-yil 1-dekabrga qadar mazkur qaror doirasida uy-joyga muhtoj 757 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi takliflarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritilishini;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ajratilgan uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan (ta’mirlangan va jihozlangan) holda topshirilishini ta’minlasin.
7. Hisob palatasi (B. Turabov) va Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘larning shakllanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
8. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Milliy gvardiya (R. Djurayev):
bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning “onlayn-navbat” tizimini amaliyotga joriy etsin;
uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxatining “onlayn-navbat” tizimiga kiritilishini va doimiy yangilanishini ta’minlasin;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanishini yo‘lga qo‘ysin.
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;
vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan bir yilda kamida bir marotaba barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) taqdimotlar o‘tkazadi. Bunda, mazkur taqdimotlar o‘tkazish metodikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi;
o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.
11. Belgilansinki, oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun ham tatbiq qilinadi, bunda ushbu qo‘shimcha kvotalarning oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimoti Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) 2021/2022 o‘quv yilida SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilariga, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘shimcha kvotalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlasin.
12. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
13. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlasin.
14. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab o‘quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shakllantirgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashi tashkil etiladi;
texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘z tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlarida kasb-hunarga o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi;
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning bandligi bo‘yicha doimiy monitoring amalga oshiriladi;
b) “Har bir oila — tadbirkor” dasturida belgilangan mablag‘lar va tartiblar doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning biznes loyihalarida ko‘zda tutilgan maqsadlarga kreditlar navbatga qo‘yilmagan holda ajratiladi;
v) o‘quv-tarbiya muassasalari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar to‘plamlari bilan o‘quv-tarbiya muassasalari Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
15. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olayotgan va tarbiya qilayotgan oilalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi;
2021-yil 1-sentabrdan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tashabbusi bilan, yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan oilalarga ushbu bolalar 18 yoshga to‘lguniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida moddiy yordam puli to‘lash amaliyoti joriy etiladi;
2021-yil 1-sentabrdan keyin nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan to‘lovlar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorigacha yetkaziladi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning respublikada yo‘lga qo‘yilmagan jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan to‘liq miqdorda kompensatsiya qilinadi;
“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga 2 ta psixolog shtat birligi ajratiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda:
a) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tomonidan to‘lanadigan davlat bojlari va mahalliy yig‘imlarga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash yuzasidan takliflarni;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi bolalar akademik litsey va oliy ta’lim muassasalariga kirganda, ularning mazkur pensiyani olish huquqini akademik litsey va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lgunga qadar saqlab qolish;
o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam berish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan xayriya yordami tarzida yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaralishini belgilashni;
mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni.
17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
18. Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Djurayev, xalq ta’limi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin. | 158 | 17,518 |
Qonunchilik | “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida | “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi;
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki hafta muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kiberxavfsizlik markazi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Davaktiv agentligi) rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda “Yerxususiylashtirish” AATni, uni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha tasdiqlangan texnik hujjatlar va ekspertiza xulosalari bilan birgalikda Davaktiv agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida topshirilishini ta’minlasin.
Davaktiv agentligi “Yerxususiylashtirish” AATni zaruratga ko‘ra takomillashtirib borsin, bunda “Yerxususiylashtirish” AATni qayta ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash, jarayonlarga malakali mutaxassislarni jalb qilish va u bilan bog‘liq boshqa barcha xarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “Yerxususiylasntirish” AAT orqali amalga oshiriladi;
b) Davaktiv agentligi “Yerxususiylasntirish” AATning texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatori hisoblanadi;
v) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi, bunda:
bo‘sh turgan yer uchastkasiga doir ma’lumotlarni shakllantirish va kelishish “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerelektron” AAT) orqali amalga oshiriladi;
bo‘sh turgan yer uchastkasining zaxiraga olinganligi hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi kadastr organlari tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ushbu yer uchastkasini “Yerelektron” AATga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi;
g) “Yerxususiylashtirish” AATni texnik qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirilgan yer uchastkasiga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, yagona billing hisob-kitob tizimi xizmatlari uchun to‘lovlar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament 1-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
“Yerxususiylashtirish” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
“Yerelektron” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda xususiylashtirilgan yer uchastkalari garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkinligini inobatga olib o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari va kredit siyosatlariga o‘zgartirish kiritish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notarial palata bilan birgalikda bir oy muddatda barcha notariuslarga xususiylashtirilgan yer uchastkalari bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirishning xususiyatlarini tushuntirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davaktiv agentligi ikki oy muddatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari uchun yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari ma’lumotlar bazasining kadastr raqami bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Davaktiv agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi”ning “Yerxususiylasntirish” AAT bilan integratsiya qilinishini;
bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq ma’lumotlar portali orqali takliflar kiritishda yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi turini tanlash imkoniyatini berishni nazarda tutgan holda “Yerelektron” AATning takomillashtirilishini;
ikki oy muddatda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat shaharsozlik kadastri va davlat yer kadastri ma’lumotlar bazalarining integratsiya qilinishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish, mavjud bosh rejalarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — ushbu tashkilotlar foydalanishidagi yer uchastkalariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — zaxira yerlar, obodonlashtirish yerlari va ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning 2022-yil oxiriga qadar Milliy geografik axborot tizimida to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
vazirliklar va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xo‘jaliklarida 2022-yilda yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va erga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan budjet mablag‘lari respublika budjetining 2022-yil 1 va 2-choraklari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar uchun 6-ilovaga muvofiq budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlar hamda aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari uchun tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davaktiv agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyatini yaratsin va ishga tushirsin;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mazkur qarorga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida;
zaruratga ko‘ra mazkur qaror normalarini takomillashtirib borish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” — Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining ko‘chmas mulklarni hisobga olish hamda ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimi;
ariza beruvchi — o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida ariza bergan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki yuridik shaxsi;
yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o‘tkazish;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati — ariza beruvchi tomonidan yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida to‘lanadigan, xususiylashtirish paytida belgilangan yer solig‘i bazaviy stavkasining karrali miqdoridagi to‘lov;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi.
3. Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Ushbu Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
6. Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.
7. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — ariza beruvchining o‘zi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza to‘ldiradi.
Ariza to‘ldirish jarayonida:
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali;
xususiylashtirish obyektlari va subyektlari “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi “Yerxususiylasntirish” AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) bo‘lsa, ariza barcha egalarning (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida boshqa shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bino va inshootlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning mazkur yer uchastkasiga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mavjudligi tekshiriladi.
8. Yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilarning skaner qilingan nusxasi ilova qilinishi kerak:
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda);
yuridik shaxsning tegishli boshqaruv organining yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarori (ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).
9. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishida YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imlar va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘langanligi tasdig‘i “Yerxususiylasntirish” AAT orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasini yurituvchi Yagona billing tizimidan (keyingi o‘rinlarda — Yagona billing tizimi) olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
10. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) hududiy boshqarmalarining bank hisobvarag‘iga;
50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
50 foizi — Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmalarining bank hisobvarag‘iga;
50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) berilguniga qadar uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning arizasi ko‘rib chiqilmaydi yoki davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xatiladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun qabul qilingan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
12. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari ariza to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni “Yerxususiylasntirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tuman (shahar) filialiga kelishish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik ravishda “Yerxususiylasntirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga yuboriladi.
13. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi uch ish kuni ichida arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Agar ariza bo‘yicha xususiylashtirish uchun berilgan yer uchastkasi hududida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) qurilish bo‘limi ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xulosa taqdim etadi. Bunda ariza beruvchiga 2021-yil 16-noyabrga qadar yuzaga kelgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari ulardan foydalanishning asosiy maqsadini shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanguniga qadar saqlab qolish sharti bilan xususiylashtirilishi mumkin.
14. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:
yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda topografik rejani tayyorlaydi.
Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
15. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi arizani kelishadi yoki uni kelishish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xabar beradi.
Kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz, tegishli yer uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilot mas’ul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadigan rozilik rezolyutsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilgan taqdirda yer uchastkasini xususiylashtirish mumkin emasligi haqida normativ-huquqiy hujjatning aniq normasiga asoslangan sabablar ko‘rsatilgan xabarnoma tayyorlanadi.
16. “Yerxususiylasntirish” AAT arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ariza kelishilgan taqdirda, Yagona billing tizimi “Yerxususiylasntirish” AAT ma’lumotlari asosida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda to‘langan mablag‘lar hisobini yuritadi.
17. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati milliy valyutada mazkur Reglamentga 4-ilovada ko‘rsatilgan tegishli me’yorlar bo‘yicha hisoblanadi.
18. Ariza beruvchi to‘lov yuzasidan xabarnomani olgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida yer uchastkasini xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshirishi zarur.
19. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
20. Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, agar rad etish sababi faqat xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamasdan yer uchastkasini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan holda qayta ariza topshirishga haqli.
21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun to‘lov quyidagi tartibda avtomatik taqsimlanadi:
a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
v) 3 foizi — “Yerxususiylasntirish” AATni texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hisobvarag‘iga;
g) 0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
d) qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus g‘azna hisobvaraqlariga ularning qo‘shimcha manbalari sifatida yo‘naltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
30 foizi — davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armaga;
70 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga.
22. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘lovini to‘liq amalga oshirganidan so‘ng “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq jismoniy shaxs bo‘yicha — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport raqami, JShShIR, yuridik shaxs bo‘yicha — yuridik shaxs nomi, STIR raqamini ko‘rsatgan holda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalari “Yerxususiylasntirish” AAT orqali olgan davlat orderiga bir ish kuni ichida elektron raqamli imzo qo‘yadi va uni Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
23. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari davlat orderi taqdim etilgandan so‘ng ikki ish kuni ichida davlat orderiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani davlat orderi bilan birga “Yerxususiylasntirish” AAT orqali YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
24. Davlat xizmatlari markazi davlat orderi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma olganidan so‘ng real vaqt rejimida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma va davlat orderi YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborilganda avtomatik ravishda xabarnoma beriladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qo‘yilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali, ushbu Reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
27. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
a) yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari uchun:
b) umrbod meros qilib qoldirilgan, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli yer uchastkalari uchun:
bunda:
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati (so‘mda);
Kyur, Kjis — yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda o‘sha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining 20 baravari (1 kvadrat metr uchun so‘mda);
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
V — Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan davlat reyestridan ko‘chirmani berish va ko‘chmas mulk obyektlarini ro‘yxatga olish xizmatlariga belgilangan stavkalar asosida (so‘mda);
T — bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadigan yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov miqdori (so‘mda).
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida ajratishga nisbatan:
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;
ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari uchun;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun;
“K — savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijaraga berish nazarda tutilgan hollarda;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga berish uchun;
davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun;
maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari uchun;
kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalari uchun — qonunchilikda ushbu zonalar ishtirokchilariga yerlarni realizatsiya qilishning alohida tartibi belgilangan hollarda tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerelektron” AAT) — yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
bo‘sh turgan yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo‘lgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
vakolatli tashkilotlar — xulosa beradigan organlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, materiallarini kelishadigan tashkilotlar — tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari;
yer uchastkasining boshlang‘ich narxi — yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qo‘yish uchun belgilangan narxi;
ijarachi — yer uchastkasining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
ishtirokchi — savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
loyiha-qidiruv tashkiloti — “O‘zGAShKLITI” MChJ yoki tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qonunda belgilangan tartibda jalb qilinadigan boshqa loyiha-qidiruv tashkiloti;
operator — savdo platformasida auksion tashkil etish xamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
xabarnoma — savdo platformasida muayyan bo‘sh turgan yer uchastkasini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish bo‘yicha auksion o‘tkazilishi haqidagi axborot;
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga auksion buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi;
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini realizatsiya qilish (ijaraga berish) bo‘yicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli.
4. Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.
Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.
5. Yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqi asosida auksion orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha realizatsiya qilinadi.
6. Yer uchastkasini tanlash materiallari Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda — filial) (yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligi bo‘yicha ma’lumot hamda kadastr yig‘majildini tayyorlash), loyiha-qidiruv tashkiloti (yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini tayyorlash bo‘yicha), tuman (shahar) qurilish bo‘limlari (yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlash), tuman (shahar) hokimliklari (yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turini aniqlash) tomonidan tayyorlanadi.
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Vakolatli tashkilotlarning rahbarlari yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha o‘z vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalarini ko‘rsatgan holda elektron xaritalarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan elektron xaritalarda tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar koordinatalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular bo‘yicha xulosalar esa ijobiy deb hisoblanadi.
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Davlat kadastrlar palatasiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hamda avtomobil yo‘llari hamda avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasi hududining WGS-84 koordinatalar tizimida elektron xaritalarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Elektron xaritalarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish, shu jumladan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan ekologik ekspertizadan o‘tkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
9. Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va auksion g‘olibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng buyurtmachi hisobvarag‘iga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan holda o‘tkazib beriladi.
10. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning “Yerelektron” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini ko‘rib chiqish natijalari asosida “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflarni kiritib boradi.
Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan holatlarda yer uchastkalari bo‘yicha taklif tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari hamda tegishli ravishda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.
Taklifda quyidagilar aks ettiriladi:
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
yer uchastkasining joylashuv sxemasi;
hududning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash normalariga muvofiqligi qismi bo‘yicha shaharsozlik qoidalari talablariga rioya qilgan holda yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turi;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati.
11. Tuman (shahar) hokimligi tuman (shahar) qurilish bo‘limining takliflariga asosan kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.
12. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtma olgandan keyin o‘n ish kunida:
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi;
yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi.
13. “Yerelektron” AATga joylashtiriladigan bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
yer uchastkasining joylashuv sxemasi va geolokatsiyasi;
ushbu yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha ma’lumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasiga tutash hududlardagi obyektlarning belgilangan maqsadi va turlari;
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati.
Har bir yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beriladi.
14. Loyiha-qidiruv tashkiloti bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallari “Yerelektron” AATga joylashtirilgan so‘ng:
a) joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda quyidagi muddatlarda tayyorlaydi:
umumiy yer maydoni 5 gektargacha bo‘lganda — 10 ish kunida;
umumiy yer maydoni 5 gektardan ko‘p bo‘lganda — 25 ish kunida;
b) elektron shaklda tayyorlangan topografik xaritani “Yerelektron” AATga joylashtiradi. Topografik xaritada loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tuman (shahar) qurilish bo‘limi bilan birga ko‘chalarning qizil chiziqlari belgilab beriladi.
15. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xaritani olgandan so‘ng bir ish kunida topografik xaritani va bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallarini ilova qilgan holda “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkasining joylashuvi quyidagi talablarga muvofiqligini:
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
b) yong‘in xavfsizligi bo‘yicha — yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
v) yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlariga kelishish uchun yuboradi.
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar ularga so‘rov tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida “Yerelektron” AATga tegishli belgini qo‘yish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
17. Kelishuv natijalari “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan so‘ng tuman (shahar) qurilish bo‘limi uch ish kuni ichida ushbu yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi, bunda:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
zarur hollarda loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xarita asosida yer uchastkasining chegaralariga o‘zgartirish kiritish yoxud yer uchastkasidan shaharsozlik cheklovlari quyilgan holda foydalanish bo‘yicha asoslangan taklif aks ettiriladi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limining xulosalari “Yerelektron” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havola qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etadi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan xulosa tayyorlash haqi eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi va mazkur haq lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
18. “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) qurilish bo‘limining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng besh ish kuni ichida:
a) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar “Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi;
v) Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi;
g) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasi hududida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Bunda “Yerelektron” AATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etiladi.
19. “Yerelektron” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda “Yerelektron” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida e’lon qilinadi.
20. Yer uchastkasi bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosa “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan so‘ng filial o‘n ish kunida kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Filialning kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
21. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
22. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “Yerelektron” AAT kiritadi.
23. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan va kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan so‘ng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida quyidagilarni:
auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini belgilaydi va “Yerelektron” ATTga kiritadi.
24. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan ma’lumotlar “Yerelektron” ATTga kiritilganidan so‘ng:
a) yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan boshlab o‘n besh ish kuni ichida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;
o‘n ish kuni ichida shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
bir ish kunida baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining boshlang‘ich narxini kiritadi;
b) yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda “Yerelektron” ATT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlang‘ich qiymatini belgilaydi.
25. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan quyidagi mezonlar bo‘yicha tasdiqlanadi:
yer solig‘ining yillik miqdori;
yer uchastkasini ijaraga berish muddati;
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Yerelektron” AATga kiritiladi.
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.
26. Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “Yerelektron” AAT orqali tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning koordinatalarini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning koordinatalari “Yerelektron” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Hududlarning koordinatalari zaruratga qarab, lekin har oyda kamida bir marta yangilanadi.
27. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish bo‘yicha materiallar kelishilgandan, bozor qiymati yoki ijara huquqi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan, shuningdek, ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara shartnomasining loyihasi shakllantirilganidan so‘ng yer uchastkasi yoki yer uchastkasiga ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qo‘yish uchun operatorga yuboriladi.
28. Yer uchastkasi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi va ijobiy xulosa olinganligiga qarab har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida auksionga chiqariladi.
Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
yer uchastkasi maydoni (gektarda);
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.
Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
29. Yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ikki ish kunida ommaviy axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
30. “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha auksionda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etish huquqiga ega (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno.)
Yuridik va jismoniy shaxslar ijaraga berish huquqi asosida yer uchastkalarini sotib olish bo‘yicha auksionda qatnashish huquqiga ega.
31. Auksion g‘olibi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan so‘ng avtomatik ravishda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
32. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan ijara shartnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
33. Operator yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
34. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” ATT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Davlat orderi g‘olib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat orderi berish uchun davlat boji undirilmaydi.
35. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
36. Operator yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
37. Davlat orderi yoki yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida filial tuman (shahar) qurilish bo‘limi bilan birgalikda uch ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
38. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
39. Buyurtmachi operatordan yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablag‘larni bir ish kuni ichida quyidagilarga yo‘naltiradi:
a) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvarag‘iga;
b) ushbu Nizomning 32 va 35-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
v) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablag‘ — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvarag‘iga;
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablag‘ — tegishli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
g) 10 foizi — “Yerelektron” AATni texnik ko‘llab-quvvatlash va uni yuritish bilan bog‘liq shtat birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvarag‘iga (bunda mazkur xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
d) baholash va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlari uchun mustaqil baholovchi va ekspert tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning bank hisobvarag‘iga;
e) qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus g‘azna hisobvaraqlariga ularning qo‘shimcha manbalari sifatida yo‘naltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari f | 162 | 63,250 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA” 1998-YIL 6-MAYDAGI 194-SON QARORI 1-ILOVASIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA | Bojxona to‘lovlarini undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 6-maydagi 194-son qarori 1-ilovasiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Lizing obyekti sifatida olib ketiladigan tovarlarga bojxona to‘lovlarini hisoblash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Lizing obyektini olib ketish chog‘ida bojxona to‘lovlarini to‘lash uning bojxona qiymatining to‘langan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib (lizing to‘lovlari), bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Keyinchalik bojxona to‘lovlari lizing to‘lovlari kelib tushishiga ko‘ra 20 kun mobaynida to‘lanadi”;
9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Moliyaviy lizingda, lizing obyekti lizing oluvchi mulkiga o‘tgandan keyin, lizing obyekti “eksport” bojxona rejimi ostiga olinadi. Bunda ilgari to‘langan bojxona to‘lovlari eksport qilishda to‘lanadigan bojxona to‘lovlari summasiga hisoblanadi”. | 174 | 1,057 |
Qonunchilik | Koʻproq toʻlab, litsenziyani tezroq oling | Tibbiy va farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) uchun litsenziyalarni tezlashtirilgan tartibda berish meхanizmi joriy etilmoqda (VMning 2.07.2019 yildagi 548-son qarori).
Eslatib oʻtamiz, 15.02.2019 yildagi PQ-4193-son qaror davlat rahbarining bunday topshirigʻini oʻz ichiga olgan.
Endi tibbiy yoki farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani talabgor tanloviga koʻra umumiy hamda tezlashtirilgan tartibda olish yoki qayta rasmiylashtirish mumkin.
Tezlashtirilgan tartibda davlat хizmatlari koʻrsatishda yigʻimning oshirilgan stavkalari belgilangan, biroq arizani koʻrib chiqish muddati jiddiy ravishda qisqaradi (solishtirish jadvaliga qarang).
Faoliyat turi
Umumiy tartib
Tezlashtirilgan tartib
Arizani koʻrib chiqishning eng koʻp muddati
Yigʻim summasi
Arizani koʻrib chiqishning eng koʻp muddati
Yigʻim summasi
Farmatsevtika
15 kun
2 EKIX
5 ish kuni
4 EKIH
(2 EKIH asosiy + 2 EKIH qoʻshimcha)
Tibbiy
20 kun
2 EKIH
5 EKIH
(2 EKIH asosiy + 3 EKIH qoʻshimcha)
Koʻrsatilgan har bir faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyani tezlashtirilgan tartibda qayta rasmiylashtirish uchun 2 EKIH (umumiy tartibda - 1 EKIH) toʻlashga toʻgʻri keladi, koʻrib chiqish muddati esa odatdagidek 5 ish kuni emas, balki 1 ish kunini talab etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 42 | 1,461 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA ITTIFOQI VA UNGA A’ZO DAVLATLAR BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa hamjamiyatlari hamda ularga a’zo davlatlar o‘rtasida 1996-yil 21-iyundagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni kelgusida bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2004—2008-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa hamjamiyatlari hamda ularga a’zo davlatlar o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishga doir asosiy tashkiliy chora-tadbirlari kompleks dasturi 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi, “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik qo‘mitasi va tegishli kichik qo‘mitalarning O‘zbekistonga oid qismi 2-ilovaga muvofiq tarkiblarda;
“O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining O‘zbekistonga oid qismi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. TASIS dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchisi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga ba’zi muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa hamjamiyatlari hamda ularga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’sis etuvchi 1996-yil 21-iyundagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim qoidalariga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining O‘zbekistonga oid qismi (keyingi o‘rinlarda Kengashning O‘zbekistonga oid qismi deb ataladi) vazirliklar va idoralarning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish say’-harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, shuningdek Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning samarali amalga oshirilishini ta’minlovchi organ hisoblanadi.
2. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Kengashning O‘zbekistonga oid qismiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri — O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining hamraisi rahbarlik qiladi.
4. Kompleks dasturda belgilangan tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish, Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim qoidalarini kelgusida bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, siyosiy muloqotlarni rivojlantirish va kengaytirish, Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, texnologik va madaniy hamkorlik doirasidagi ahdlashuvlarni bajarish Kengashning O‘zbekistonga oid qismining asosiy vazifasi hisoblanadi.
5. Quyidagilar Kengashning O‘zbekistonga oid qismining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishning umumiy strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Kengash doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqining hamkorligi, Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan sheriklik munosabatlari masalalari bo‘yicha siyosiy muloqotning uzviyligini va unga ko‘maklashishni, Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim maqsadlari va vazifalariga muvofiq savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, sud-huquq va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy qonun hujjatlarini Yevropa Ittifoqi qonun hujjatlariga moslashtirishga hamda Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim qoidalarini bajarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, tadbirlar rejalarini tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi Hamkorlik qo‘mitasi hamda hamkorlik kichik qo‘mitalarining O‘zbekistonga oid qismi vazifalarini tasdiqlash va faoliyatini muvofiqlashtirish.
6. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi tarkibiga Kengashning O‘zbekistonga oid qismi raisi, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasining O‘zbekistonga oid qismi raisi (kelishuv bo‘yicha), Hamkorlik qo‘mitasining O‘zbekistonga oid qismi raisi, shuningdek kichik qo‘mitalar rahbarlari kiradi.
7. Hamkorlik qo‘mitasi va kichik qo‘mitalarning O‘zbekistonga oid qismi funksiyalari, vakolatlari va ularning faoliyati tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq belgilanadi.
8. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi faoliyatini ta’minlash, uning majlislarini tashkil etish va o‘tkazish uchun Kengashning O‘zbekistonga oid qismi kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) tashkil etiladi.
9. Kotibiyat funksiyalari, vakolatlari va faoliyati tartibi Kengashning O‘zbekistonga oid qismi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq belgilanadi.
10. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kompleks chora-tadbirlari dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida axborot so‘rab olish va uni eshitish;
Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi (kelishuv bo‘yicha), Hamkorlik qo‘mitasi va uning kichik qo‘mitalari majlislari kun tartibiga, O‘zbekiston Respublikasining delegatsiyalariga ko‘rsatmalarga takliflar kiritish;
Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;
kichik qo‘mitalarga Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni hamda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamkorligini amalga oshirish masalalarini hal qilishni yuklash;
Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim qoidalarini bajarishga doir maslahatlashuvlar o‘tkazish va bajarilishi majburiy bo‘lgan zarur tadbirlar ishlab chiqish;
Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimda belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirish huquqiga ega.
11. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar uchun majburiydir.
12. “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Kengashining O‘zbekistonga oid qismi majlislari yilning har choragida o‘tkaziladi.
13. “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Kengashining majlislarini tayyorlash maqsadida Kengashning O‘zbekistonga oid qismining navbatdan tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin.
14. “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Kengashining O‘zbekistonga oid qismi faoliyatiga rais rahbarlik qiladi, Rais:
Kengashning O‘zbekistonga oid qismi majlislarini olib boradi;
Kengashning O‘zbekistonga oid qismi majlislari kun tartibini tasdiqlaydi;
Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlarning tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Kengashning O‘zbekistonga oid qismi nomidan vakillik qiladi;
Kengashning O‘zbekistonga oid qismi faoliyatiga rahbarlik qilish bo‘yicha boshqa funksiyalarni bajaradi.
15. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, vazirliklar, idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari rahbarlarini, shuningdek kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senati a’zolarini, xalqaro tashkilotlar va biznes vakillarini, boshqa mamlakatlar diplomatik vakillarini jalb qilishi mumkin.
16. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi o‘z ishlarini o‘zi tasdiqlaydigan ish rejasiga muvofiq tashkil etadi.
17. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi majlislari qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ular Kengashning O‘zbekistonga oid qismi raisi tomonidan imzolanadi.
18. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi asosiy vazifalar va o‘z faoliyati yo‘nalishlariga muvofiq ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
19. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi faoliyati “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi faoliyati to‘xtatilgan paytdan boshlab to‘xtatiladi.
20. Kengashning O‘zbekistonga oid qismi faoliyatini to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularga a’zo davlatlar o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 5-iyuldagi 328-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularga a’zo davlatlar o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish yuzasidan kompleks dasturi to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 415-son qarori.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda Ovropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 24-yanvardagi 29-son qarorida 2-band chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ikki tomonlama Hukumatlararo va idoralararo komissiyalar, qo‘mitalar hamda kengashlar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga 1-ilova chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroridagi 1-ilovaning 24 va 29-bandlari chiqarib tashlansin. | 134 | 10,207 |
Qonunchilik | 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida | “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan “mahallabay” ishlash, ular o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni 10-bandiga muvofiq:
yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumatning dasturi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlarini qabul qilish;
mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat bo‘lishi;
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-iyunga qadar Hukumat dasturi loyihasini hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, jumladan, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida besh bosqichli “mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika” besh tashabbus olimpiadasini o‘tkazish, shuningdek, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish, bunda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ko‘chama-ko‘cha tadbir va loyihalar, tanlovlar, musobaqalar hamda to‘garaklarni tizimli ravishda tashkil etish;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish;
yoshlar infratuzilmalarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilash.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralar rahbarlari ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har oy yakunida Yoshlar ishlari agentligiga tegishli ma’lumotlarning taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish mas’ul ijrochilarning o‘z mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Vazirlik va idoralar Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 20-iyunga qadar Dasturda nazarda tutilgan tadbirlardan kelib chiqqan holda, 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha o‘z idoraviy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari 2022-yil 20-iyunga qadar Dasturda nazarda tutilgan tadbirlardan kelib chiqqan holda, hududiy yoshlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Yoshlar ishlari agentligi Dastur, idoraviy chora-tadbirlar dasturlari hamda hududiy yoshlar dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilgan holda, uning natijalari yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Dasturda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni, uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. | 126 | 4,890 |
Qonunchilik | Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga a’zo mamlakatlar va “Tinchlik yo‘lida sheriklik” dasturiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ularning qurolli kuchlari maqomi to‘g‘risidagi shartnomani hamda Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO) | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga a’zo mamlakatlar va “Tinchlik yo‘lida sheriklik” dasturiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ularning qurolli kuchlari maqomi to‘g‘risidagi shartnoma hamda Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga a’zo mamlakatlar va “Tinchlik yo‘lida sheriklik” dasturiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ularning qurolli kuchlari maqomi to‘g‘risidagi shartnomaga Qo‘shimcha bayon ratifikatsiya qilinsin. | 250 | 562 |
Qonunchilik | Respublika madaniyat xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Milliy qadriyatlarni tiklash va madaniyatni yuksaltirish, Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o‘rganish va targ‘ib qilishdagi fidokorona xizmati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun: | 70 | 190 |
Qonunchilik | Boshqa dalillarsiz koʻrsatuvlar maqbul emas deb topiladi | 4.04.2018 yildagi OʻRQ–470-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksda (JPK) dalillarning maqbul emasligini huquqiy tartibga solishga yangicha yondashuv joriy etildi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 30.11.2017 yildagi «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–5268-son Farmoni sharhida ayrim oʻzgartirishlar haqida oldindan хabar bergan edik.
JPK yangi 95-1-modda bilan toʻldirildi. Unda dalillarning maqbul emasligi toʻgʻrisidagi amaliyotda mavjud ayrim qoidalar qonuniy jihatdan belgilandi (Oliy sud Plenumining 24.09.2004 yildagi «Sud tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida»gi 12-son qaroriga qarang). Endi qonunda belgilanganidek, agar faktik ma’lumotlar qonunga хilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoхud JPK talablari buzilgan holda olingan boʻlsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.
Bunday holatlar roʻyхati ham keltirildi, u batafsil emas. Quyidagi usulda olingan faktik ma’lumotlar dalil boʻla olmaydi:
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda;
2) ularni soхtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan – buning uchun javobgarlik toʻgʻrisida bu yerda soʻz yuritilgan;
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon хizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan bajarilishi natijasida;
5) noma’lum manbadan yoхud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan.
Oхirgi band inqilobiy yangilik boʻldi. Bungacha boshqa faktik ma’lumotlar bilan tasdiqlanmagan koʻrsatuvlar ishonchsiz yoki yetarsiz koʻrsatuvlar sifatida rad etilishi mumkin edi (JPKning 95-moddasi toʻrtinchi qismiga qarang), biroq ularga maqbul deb topilmaydigan (qonunga хilof) koʻrsatuvlar sifatida qaralmas edi. Tegishincha, sud oʻzining ichki ishonchi boʻyicha shaхsning aybdorligi koʻrsatuvlarning oʻzi bilan belgilanganligi хususida bir qarorga kelsa, ayblov hukmi chiqarilishi mumkin edi.
Shartli misol: Ayol faraz qilingan hodisa yuz bergandan keyin bir necha oy oʻtgach zoʻrlangani toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qildi. Tabiiy sabablarga koʻra ashyoviy va boshqa dalillarni topishning imkoni boʻlmaydi (tan jarohatlari vaqt oʻtishi bilan bitadi, biologik va boshqa izlar yoʻqoladi yoхud yaroqsiz holga keladi va h.k.). Sud oʻzining ichki ishonchi boʻyicha jabrlangan ayol haqiqatni gapirayapti degan qarorga kelsa, nazariy jihatdan ayblov hukmi chiqarilishi mumkin edi.
Endi sudlarning bunday tartibda qaror qabul qilishlari toʻgʻridan-toʻgʻri ravishda taqiqlandi. Sababi oddiy – bunday sharoitda kishining aybdorligi haqida хolisona ravishda yetarlicha ishonch hosil qilib boʻlmaydi. Bunda bitta koʻrsatuvni boshqalari bilan tasdiqlashga yoʻl qoʻyiladi, ashyoviy va yozma dalillarning mavjud boʻlishi shart emas.
Shuningdek guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan JPK normalari buzilgan holda olingan koʻrsatuvlardan, ekspert хulosasidan, ashyoviy dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi. Muallifning fikricha, ushbu taqiq protsess taraflarining dalillarni taqdim etish huquqiga ziyon yetkazgan holda talqin qilinishi kerak emas.
Shartli misol: Firibgarning хatti-harakatlaridan jabrlangan shaхs mobil qurilmadagi maхsus ilova yordamida u bilan telefon orqali muloqotini yozib oldi. Ushbu yozuv jinoyatchi aldov yoʻli bilan qurbonidan pul mablagʻlarini olganligini tasdiqlaydi. Bunda JPKning 170-moddasiga muvofiq, telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish uchun surishtiruvchi yoki tergovchi prokurorning sanksiyasini olib chiqargan qaror talab etiladi, eshitib turishni esa Davlat хavfsizlik хizmati amalga oshiradi. Shunga qaramay, JPKning 198–202, 205-moddalarida fuqarolarga oʻzlarida mavjud boʻlgan ashyoviy dalillarni tergov va sudga taqdim etish huquqi berilgan. Shu sababli ularni maqbul emas deb topib boʻlmaydi, sababi fuqarolarning oʻz hayotida roʻy berayotgan hodisalarni audioyozuv, videoyozuvga olishlari va h.k. taqiqlanmagan.
Bu – muhim! Faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning oʻz tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi boʻyicha aniqlanadi. Mansabdor shaхs dalillarning maqbul emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yoʻl qoʻyilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 5.04.2018 yilda e’lon qilingan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 56 | 5,545 |
Qonunchilik | DAVLAT MULKI OBYEKTLARIDAN OQILONA FOYDALANISh VA ULARNI TASARRUF ETIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishni, shu jumladan ularni sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari biznesini rivojlantirish uchun ularning ustav fondlariga kiritish yoki ularga ijaraga berish yo‘li bilan, ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini oqilona tasarruf etishni ta’minlashga doir takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
keyinchalik oqilona foydalanish va tasarruf etish uchun bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining aniqlangan ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga* muvofiq belgilansin.
3. Bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda Ishchi komissiya deb ataladi) tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2011-yil 1-dekabrgacha 1-ilovada* ko‘rsatilgan obyektlarni ulardan foydalanishning zamonaviy talablariga muvofiqligi yuzasidan texnik ko‘rikdan o‘tkazishni belgilangan tartibda ta’minlasin hamda har bir obyekt bo‘yicha ulardan bundan keyin foydalanish imkoniyatlari, shu jumladan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha foydalanish imkoniyati, yoxud buzib tashlash zarurligi to‘g‘risida xulosa bersin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek obyektlarni balansda saqlovchilar bilan birgalikda 2012-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining tegishli xulosalari asosida:
obyektlar bazasida mintaqalarni rivojlantirishning tasdiqlangan dasturlariga va shaharsozlik hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish uchun ularning bazasida kichik sanoat maydonchalari barpo etish uchun — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligini hisobga olgan holda;
yosh oilalar va voyaga yetgan yetim bolalar uchun turar joylarga, shuningdek boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlariga qayta ixtisoslashtirish uchun — moliyalashtirish manbalari mavjudligini hisobga olgan holda;
keyinchalik sotish, ijaraga berish yoki tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tashkil etiladigan ustav fondiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ulushi sifatida kiritish uchun;
bo‘shab qoladigan yer uchastkalarini keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufiga bergan holda belgilangan tartibda buziladigan obyektlarning ro‘yxatlarini aniqlab ulardan bundan keyin oqilona foydalanish va tasarruf etish bo‘yicha Ishchi komissiyaga asosli takliflar kiritsinlar.
6. Ishchi komissiya (Xo‘jayev) 2012-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflarini puxta o‘rganib chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 1-ilovada* ko‘rsatilgan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
7. Belgilansinki, 1 va 2-ilovalarda* ko‘rsatilgan obyektlarni buzish va balansdan hisobdan chiqarish bo‘shab qoladigan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan holda belgilangan tartibda balansda saqlovchilar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
8. Budjet mablag‘lari va obyektlarni balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari daromadlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozi oshirib bajarilishidan olingan mablag‘lar, obyektlar buzilgandan keyin qoladigan qurilish materiallarini sotishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek davlat mulkini sotishdan olingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyorida qoladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining xulosalarini olish va obyektlarni buzish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash manbalari etib belgilansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati manfaatdor organlari bilan birgalikda bir oy muddatda ijaraga berish yoki sotish uchun tadbirkorlik subyektlariga taklif etilayotgan foydalanilmayotgan binolar va xonalar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha Internet tarmog‘ida axborot bazasini tashkil etsin va uni doimiy ravishda yangilab borsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 113 | 5,546 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Valyuta tizimini boshqarishni Hukumatning birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan qarorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘zlarining ixtisoslashtirilgan almashtirish shoxobchalari orqali chet el naqd valyutasini respublika hududida erkin xarid qilish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan banklar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, ularning ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Milliy valyutaning ichki erkin muomalada bo‘lishi uchun resurslarni ko‘paytirish to‘g‘risida” 1994-yil 8-noyabrdagi 540-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 23-martdagi 94-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 86 | 1,245 |
Qonunchilik | “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi QL-596-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda kiritilgan “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi QL-596-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 101 | 637 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMAGA QO‘ShILISh TO‘G‘RISIDA | 1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ)ni tashkil qilish to‘g‘risidagi Bitimga (Rim, 1976-yil 13-iyun) quyidagi izoh bilan qo‘shilinsin:
“Bitimning 13-moddasi 4-bo‘limiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bitim 11-moddasi 2-bo‘limining qoidalari bilan o‘zini bog‘liq emas deb hisoblashini bildiradi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatiga O‘zbekiston Respublikasi ushbu xalqaro shartnomaga qo‘shilgani to‘g‘risida bildirishnoma yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 904 |
Qonunchilik | Jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalari bir taxlitda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 510-moddasiga muvofiq sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi, qarori ustidan shikoyat berish huquqi sud ishini yuritishda ayblov tomoni (prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili) va himoya tomoni (ayblilik to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib, jinoyat ishi tugatilgan shaxs, mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili) ishtirokchisiga berilgan.
Sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqi, shuningdek mazkur qarorlar huquqlari yoki qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa shaxslarda ham mavjud. Bunday shaxslar jumlasiga, masalan, garov beruvchi yoki da’voni yoxud hukm ijrosini ta’minlash maqsadida mol-mulki xatlangan shaxs kiradi.
Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud hujjatlarining faqat fuqaroviy da’voga oid qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlov sabablari va asoslariga oid qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Qonunda boshqa shaxslarga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqi berilmagan.
2. Nazorat tartibidagi shikoyat, protest bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga (bundan buyon matnda Oliy sud deb yuritiladi) beriladi.
Nazorat tartibida ish yuritish quyidagicha qo‘zg‘atilishi mumkin:
Oliy sud sudyasining ajrimi bo‘yicha — JPK 515-moddasiga muvofiq;
Oliy sud raisi yoki uning o‘rinbosari ajrimi bo‘yicha — JPK 5151-moddasi uchinchi qismiga muvofiq;
Oliy sud raisi yoki uning o‘rinbosari protesti bo‘yicha — JPK 511-moddasiga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari protesti bo‘yicha — JPK 511-moddasiga muvofiq;
Nazorat tartibida ish yuritish faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
3. Nazorat tartibidagi shikoyat, protest (bundan buyon matnda shikoyat (protest) deb yuritiladi) quyidagi tartibda beriladi:
Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga — apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlari ustidan;
Oliy sud Rayosatiga — Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar ustidan.
4. Qonunda shikoyat (protest) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 513-moddasi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng berilgan shikoyat (protest), basharti unda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlarga (masalan, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, mulkiy ziyon miqdorini ko‘paytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi yoki ayblov mazmuni mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgarishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud sudning ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi mumkin emas.
Bunda bir yillik muddat birinchi instansiya sudining tegishli hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, nazorat instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qo‘shilgan holda hisoblanishi kerak.
Agar shikoyat (protest) bir yillik muddat o‘tgunga qadar berilgan bo‘lib, mazkur muddat ish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar o‘tib ketsa, uni hal etish bosqichidan kelib chiqib, ko‘rilmasdan yoki qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
5. Shuni nazarda tutish lozimki, shikoyat (protest) mazmuni JPK 510-moddasi ikkinchi qismi talablariga mos bo‘lishi lozim.
Shikoyat (protest) quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
u JPK 5021-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa.
Shikoyat, shuningdek, unga mazkur ish bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan sud qarorlari ko‘chirma nusxasi ilova etilmagan holda ham qaytariladi.
Qayd etilgan holatlar bartaraf etilgandan so‘ng shikoyat (protest) umumiy tartibda qayta berilishi mumkin.
6. JPK 514-moddasiga muvofiq shikoyat nazorat instansiyasi sudi tomonidan u kelib tushgan kundan boshlab bir oy mobaynida, ish chaqirtirilgan va tekshirib chiqilgan hollarda esa — ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Bu muddatga ishni nazorat instansiyasida ko‘rish uchun JPK 483-moddasida belgilangan vaqt qo‘shilmaydi.
7. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda nazorat tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar nazarda tutilgan.
Chunonchi, hukm chiqarilgandan so‘ng qabul qilingan amnistiya aktini, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo‘lib, vaqt jihatdan oxirgi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo‘lgan hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda ayblov mazmuni yoki sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligi bo‘yicha boshqa masalalar qo‘yilgan bo‘lmasa, nazorat instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi.
8. JPK 76-moddasiga muvofiq shikoyat, shuningdek, talab qilib olingan yoki shikoyat (protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishi mazkur ishni ko‘rishda muqaddam ishtirok etmagan sudya tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim.
Shikoyat (protest) yoki jinoyat ishi mazkur ishni ko‘rishda muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan holda, u JPK 80-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Ishni nazorat instansiyasida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, basharti nazorat instansiyasida uning ishtirokida chiqarilgan ajrim bekor qilinmagan bo‘lsa, shu ishni boshqa mahkumga (oqlangan shaxsga) nisbatan ko‘rishda ishtirok etishi mumkin.
9. Nazorat instansiyasiga kelib tushgan dastlabki shikoyat Oliy sud sudyasi tomonidan shikoyatga ilova etilgan materiallar, zarurat bo‘lganda esa, jinoyat ishini talab qilib olgan holda o‘rganib chiqiladi.
Oliy sud sudyasi shikoyatni o‘rganib chiqish natijasi bo‘yicha o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida;
shikoyatni ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga berish to‘g‘risida.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida shikoyat bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi.
10. Shikoyatni o‘rganib chiqishda sudlar shundan kelib chiqishlari lozimki, shikoyatda bayon etilgan vajlar sud hukmi, ajrimi yoki qarorining qonuniyligi va asosliligi yuzasidan shubha uyg‘otgan yoki bunday shubha bevosita sud qarorlari mazmunidan kelib chiqqan har bir holda ish chaqirtirilishi shart. Ish, jumladan, quyidagi holatlar yuzasidan shubha tug‘ilganda talab qilib olinishi shart:
sud tergovining to‘liqligi;
sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiqligi;
jinoyat yoki jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya etilganligi va to‘g‘ri qo‘llanilganligi;
tayinlangan jazoning adolatliligi.
11. Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimida shikoyatni ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga berish rad etilganligi sabablari va asoslari shikoyat vajlarini rad etuvchi hamda hukm yoki boshqa sud qarori qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi aniq dalillar va xulosalar bayon etilgan holda ko‘rsatilishi lozim.
Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimi shikoyat bergan shaxsga yuboriladi va u ajrim ustidan Oliy sud raisi yoki uning o‘rinbosariga shikoyat berishga haqli.
12. JPK 518-moddasiga ko‘ra nazorat instansiyasi sudida ishni ko‘rish boshlangunga qadar protest bildirgan shaxs o‘z protestini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori esa, o‘zining o‘rinbosari bildirgan protestni qaytarib olishga yoki o‘zgartirishga (shu jumladan to‘ldirishga) haqli.
Qonunga ko‘ra, mahkum o‘zining shikoyatini, shuningdek himoyachisining shikoyatini shunday tartibda qaytarib olishga haqli.
Shikoyat (protest)ning qaytarib olinishi, agar ish bo‘yicha boshqa shaxsning shikoyati yoki protesti bo‘lmasa, nazorat tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bu haqda ajrim chiqariladi.
Shikoyat (protest)ning qaytarib olinishi uning yangidan umumiy tartibda berilishiga monelik qilmaydi.
13. Mahkum (oqlangan shaxs)ning nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtiroki uning huquqi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, jinoyat ishi kelib tushganidan so‘ng sud mahkum (oqlangan shaxs)ni nazorat instansiyasi sudida ish ko‘riladigan vaqt haqida xabardor qilishi lozim.
Jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan mahkumning nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtiroki zarurati, shuningdek uni olib kelish masalasi sud tomonidan hal etiladi (JPK 479-moddasi to‘rtinchi qismi).
14. JPK 480-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra nazorat instansiyasi sudi mazkur instansiya sudida qatnashish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorni har bir ish bo‘yicha oldindan xabardor etish choralarini ko‘rishi shart.
15. Nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishga huquqi bor shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasi to‘rtinchi qismi).
Ishning ko‘rilish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni ko‘rish uchun monelik qilmaydi.
Ayni paytda, qonunga ko‘ra nazorat instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart bo‘lib, bunday holda, JPK 25-moddasi birinchi qismi, 51-moddasi birinchi qismi 6, 9-bandlari va ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham ta’minlanishi shart (JPK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
16. Nazorat instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Nazorat instansiyasi sudida ishning muhokamasi JPK 520-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
17. Nazorat tartibida ish yuritishning apellatsiya, kassatsiya tartibidan farqli xususiyati shundan iboratki, nazorat instansiyasi sudi faqat qisman sud tergovi o‘tkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlar natijasiga ko‘ra huquqiy baho berishi mumkin (JPK 490-moddasi to‘rtinchi qismi).
Nazorat instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni so‘roq qilish, ekspertizalar o‘tkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida) ular birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qo‘shimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus ko‘rsatishi lozim.
JPK 481-moddasiga ko‘ra, qo‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berish yo‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda nazorat instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
18. Protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan ko‘rsatuvlari ularning birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudida aslida bergan ko‘rsatuvlariga mos emasligi to‘g‘risida shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlar bu shaxslarni so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirilishi mumkin.
19. Nazorat instansiyasi sudi birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qanchalik to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiradi.
Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini faqat shaxs sudlangan yoki oqlangan ayblov doirasida ko‘rib chiqadi.
JPK 494-moddasiga muvofiq og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash yoki jazoni kuchaytirishga zarurat bo‘lganda, nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi ajrimini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborishga faqat shu asoslar bo‘yicha jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan holda haqli.
20. JPK 482-moddasiga muvofiq nazorat instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini to‘la hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
Ish bo‘yicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) o‘tgan bo‘lib, ulardan ayrimlariga nisbatan shikoyat (protest) berilgan hollarda nazorat instansiyasi sudida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan tekshiriladi. Agar shikoyat bermagan yoki (protest) bildirilmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini ularning ahvolini yengillashtiruvchi tomonga bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asoslar borligi aniqlansa, sud tegishli qaror qabul qiladi. Bunday asoslar mavjud bo‘lmagan holda, sud ajrimi (qarori)da ishning ularga doir qismi tekshirilganligi va ularga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari kuchida qoldirilganligi ko‘rsatilmaydi.
21. Nazorat instansiyasi sudi, Oliy sud Rayosati bundan mustasno, aynan bir hukm, ajrim, qaror ustidan aynan bir mahkum (oqlangan shaxs)ga nisbatan berilgan shikoyat (protest) bo‘yicha ishni, garchi u boshqa asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa ham, takroran ko‘rib chiqishga haqli emas. Ayni paytda nazorat instansiyasi sudi ilgari nazorat tartibida qaror qabul qilinmagan mahkumga (oqlangan shaxsga) nisbatan ishni takroran ko‘rib chiqishga haqli.
22. Nazorat instansiyasi sudi, agar chiqarilgan sud qarori moddiy va protsessual qonun talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni o‘zgarishsiz qoldiradi.
Sud qarorini o‘zgarishsiz qoldirganda nazorat instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida ko‘rsatilgan asos mavjud bo‘lganda — hukmning ijrosini kechiktirishga;
amnistiya aktini qo‘llashga.
23. JPK 484-moddasida sud qarorlari bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan bo‘lib, nazorat instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin.
Sud qarorlari quyidagi hollarda, o‘zgartirilishi shart, agar:
surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud tergovi to‘liq bo‘lmasa yoki bir yoqlama olib borilgan bo‘lib, biroq yo‘l qo‘yilgan kam-ko‘stlar to‘ldirilganidan so‘ng nazorat instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasi o‘zgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;
hukmda, ajrimda, qarorda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq bo‘lmay, biroq nazorat instansiyasi sudi mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib, ularga tegishli baho bera olsa;
ish bo‘yicha jinoyat-protsessual qonuni normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, ularning nazorat instansiyasida bartaraf etilishi sud qarorlari o‘zgartirilishiga olib kelsa;
sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, biroq nazorat instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib tuzatishi mumkin bo‘lsa;
nazorat instansiyasi sudi tayinlangan jazoni yengillatish zarur deb hisoblasa.
Nazorat instansiyasi sudida kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual qonun buzilishini bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa, sud qarorlari barcha hollarda bekor qilinishi shart.
24. Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni o‘zgartirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda quyidagilarga haqli:
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga, agar bu mahkumga birinchi instansiya sudi hukmida, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida bayon qilinganidan jiddiy farq qiladigan ayblov qo‘yilishiga yoki unga og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa;
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini og‘irlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni noto‘g‘ri baholash tufayli ortiqcha e’lon qilingan JK moddasini chiqarishga;
JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda — mahkumni jazodan ozod qilishga yoki shartli hukm qo‘llashga;
JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yoki JK 57-moddasini qo‘llagan holda jazo miqdorini kamaytirishga yoki boshqa yengilroq jazo (asosiy va qo‘shimcha) tayinlashga;
jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishga, shuningdek ushbu masala sud tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga o‘zgartirish zaruratini keltirib chiqarmasa;
mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan qattiqroq turini belgilashga.
25. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mahkumga nisbatan jazoni yengillatishga yoki uni jazoni o‘tashdan ozod qilishga asos sifatida faqat ish bo‘yicha aniqlangan va mahkumga nomutanosib og‘ir jazo tayinlanganligidan dalolat beruvchi holatlar olinishi mumkin. Hukm chiqarilgandan so‘ng kelib chiqqan holatlar, shuningdek mahkumning jazoni o‘tash vaqtidagi xulq-atvori esa, o‘z o‘zidan sud qarorlarining o‘zgartirilishiga olib kelmasligi lozim va faqat ishning nazorat tartibida ko‘rib chiqilishi uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lganda inobatga olinishi mumkin.
26. Nazorat instansiyasi sudi mahkumga nisbatan jazoni yengillatish masalasini hal qila turib, uni nafaqat kamaytirishi, balki yengilroq jazo turiga ham o‘tishi mumkin. Bunda yengilroq jazo muddati qonunda belgilangan doirada yengillashtirilayotgan jazo muddatidan oshishi mumkin (JK 61-moddasida nazarda tutilgan hisoblash qoidalari inobatga olingan holda).
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga nisbatan qo‘llanilgan shartli hukm o‘rniga sud jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo‘yicha cheklash jazosi tayinlashga haqli.
Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qo‘llanilganda ham nazorat instansiyasi sudi qo‘shimcha jazoni o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
27. JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishi JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilinganda, nazorat instansiyasi sudi sud qarorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda uzil-kesil tayinlangan yangi jazo turi va miqdori hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas.
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart bo‘lgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni yengilroq jinoyat to‘g‘risidagi moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, uning sanksiyasi doirasida mazkur modda bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq, biroq uzil-kesil tayinlangan jazo miqdoridan ko‘p bo‘lmagan jazo belgilashga haqli.
28. Nazorat instansiyasi sudi hukm va keyingi sud qarorlari o‘zgartirilib, bir yoki bir necha jinoyat uchun jazo yengillashtirilganda, jinoyatlar majmui bo‘yicha hukmda qo‘llanilgan qoplash qoidasi o‘rniga jazoni qo‘shish qoidasini qo‘llashga haqli. Biroq, bunda JK 59-moddasiga muvofiq tayinlangan jazo hukmda belgilangan jazo miqdoridan (keyingi sud instansiyalari tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda) oshmasligi lozim.
Agar sud tomonidan bir necha hukm bo‘yicha jazo belgilashda bir jazoni boshqasi bilan qoplash qoidasi qonunga xilof tarzda qo‘llanilgan bo‘lsa yoki o‘talmagan jazo muddatini qo‘shish imkoniyati bo‘lmasa, nazorat instansiyasi sudi oxirgi hukm bo‘yicha jazoni yengillashtirganda oldingi hukm bo‘yicha o‘talmagan jazoni qisman yoki to‘liq qo‘shishga haqli. Bunda uzil-kesil jazo hukmda belgilangan jazo miqdoridan (keyingi sud instansiyalari tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda) oshmasligi lozim.
29. Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni bekor qilganda quyidagilarga haqli:
JPK 83, 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni to‘liq hajmda yoki mustaqil kvalifikatsiya qilingan ayblov qismi bo‘yicha tugatishga;
JPK 484-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
Nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek keyingi sud qarorlarini (agar ular chiqarilgan bo‘lsa), bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yangidan ko‘rib chiqishga yuborishi mumkin. Bunda ish bo‘yicha qo‘llanilgan ehtiyot choralarini o‘zgarishsiz qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi hal etilishi shart hisoblanadi.
30. Agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni ko‘rishda nazorat instansiyasi sudi aybdor jinoiy jazo qo‘llamasdan ham axloqan tuzatilishi mumkin, degan xulosaga kelsa, u sud qarorlarini bekor qilib, ishni tugatishga yoki voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod etib, unga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralaridan birini (JK 87-moddasi) qo‘llashga haqli.
31. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 487-moddasida ifodalangan.
Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi aniqlanganda, nazorat instansiyasi sudi ish kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotganidan qat’iy nazar, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan sud qarorlarini bekor qilishi shart.
Bunday talabga nafaqat JPK 487-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishlari aniqlanganda, balki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ya’ni jinoyat-protsessual qonuni normalarining boshqacha tarzda buzilishi ayblanuvchi, sudlanuvchi va protsess boshqa ishtirokchilarini qonunda belgilangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki cheklagan, sudga ish holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona aniqlashga xalal bergan hamda qonuniy va asosli hukm chiqarishga boshqacha tarzda ta’sir etgan yoki ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holda ham (ayb e’lon qilinmaganligi, sudlanuvchiga ayblov xulosasi nusxasining berilmaganligi, qonunga ko‘ra o‘tkazilishi shart bo‘lgan ekspertiza o‘tkazilmaganligi, sudlanuvchiga oxirgi so‘z berilmaganligi va boshqalar) rioya etilishi lozim.
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi nazorat instansiyasi sudini shikoyatda (protestda) keltirilgan boshqa vajlar (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning to‘g‘riligi, jazoning adolatliligi to‘g‘risida va h.k.)ni ham mazmunan ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ajrimda (qarorda) tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Jinoyat ishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan jinoyat-protsessual qonunining buzilishi hollari nazorat instansiyasi sudi tomonidan sud qarorlari bekor qilinib, ishning JPK 83, 84-moddalariga muvofiq tugatilishiga to‘siq bo‘lmaydi.
32. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) bo‘yicha ish holatlari to‘liq tekshirilmagan deb topilganda, agar ularni sud qarorlaridan chiqarish uchun yetarli asoslar yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmasa, nazorat instansiyasi sud qarorlarini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan to‘liq hajmda ko‘rish uchun yuborishi kerak.
Agar mahkum JK turli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan bo‘lib, ulardan har birini alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi sud qarorlarining bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini bekor qilib, ishning shu qismini apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborishga, ayni paytda, o‘sha mahkumga nisbatan sud qarorlarining qolgan qismini o‘zgarishsiz qoldirishga haqli.
Agar nazorat instansiyasi sudi sud qarorlarining mahkumlardan biriga doir qismini bekor qilib, ishning shu qismini apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risida fikrga kelsa va ishning shu qismini JPK 332, 416, 417-moddalari mazmunidan kelib chiqib ajratishning imkoni bo‘lmasa, sud qarorlari to‘la hajmda bekor qilinishi kerak.
33. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgandan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hollarda, sud qarorlari, garchi ularda mahkum jazodan ozod qilingan bo‘lsa ham, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.
Agar nazorat instansiyasi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qo‘llanilishini istisno etuvchi amnistiya akti ta’siri doirasiga tushsa, nazorat instansiyasi birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilishi shart bo‘lgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda bo‘yicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hamda uchinchi qismi 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim bo‘lgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
34. Agar amnistiya akti sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan mahkumga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi jabrlanuvchining shikoyati yoki protest bo‘lgan taqdirda, sud qarorlarining jazo tayinlash qismini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborishi lozim.
Biroq, agar nazorat instansiyasi amnistiya akti qo‘llanilgan holda hukm (ajrim, qaror)da tayinlangan jazo amnistiya akti qo‘llanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yubormasdan, hukm (ajrim, qaror)ni o‘zgartirishga — undan amnistiya aktini qo‘llash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, amnistiya akti qo‘llanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
35. JPK 494-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim, qaror) nazorat instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga faqat shikoyatda (protestda) ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Masalan, agar shikoyatda (protestda) faqat mahkumning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sud qarori jazoning yengilligi sababli bekor qilinishi mumkin emas.
Mahkum yoki uning himoyachisining boshqa mahkumlarga nisbatan og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash yoki jazoning yengilligi to‘g‘risidagi shikoyati hukm (ajrim, qaror)ni mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirish uchun sabab bo‘lmaydi.
36. Nazorat instansiyasi sudi ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rishga yuborish paytida ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, ayrim dalillarning boshqa dalillardan ustunligi, jinoyatning kvalifikatsiyasi va jazo to‘g‘risidagi sud xulosalarini oldindan hal qilib qo‘yadigan ko‘rsatmalar berishga haqli emas.
Nazorat instansiyasi sudi, hukm (ajrim, qaror)ni bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborayotganda, o‘z qarori (ajrimi)da qanday holatlar hukm (ajrim, qaror)ning bekor qilinishiga asos bo‘lganligini va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi qanday bartaraf etilishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
37. Sud qarorlari bekor qilinib, ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborilganda yoki yangi hukm chiqarilganda nazorat instansiyasi sudi JPK 490-moddasiga ko‘ra birinchi, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining barcha qarorlarini bekor qiladi.
38. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi faqat bu haqda oqlangan shaxs shikoyati yoki prokuror protesti berilgan holda o‘zgartirilishi mumkin (JPK 494-moddasi).
Oqlov hukmi nazorat instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxs asossiz oqlanganligi to‘g‘risida jabrlanuvchi yoki uning vakili shikoyati yoxud prokuror protesti bo‘lgan holda bekor qilinishi mumkin.
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan protest berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi uchun asos bo‘lmaydi.
39. Agar ish nazorat tartibida ko‘rilganda sud qarorlari bekor qilinib, ish mahkumning jinoyat sodir etilishiga daxldor emasligi tufayli tugatilib, biroq bu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanmay qolsa, sud ishni JPK 464-moddasi talablaridan kelib chiqib, ayblanuvchi tariqasida jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash yuzasidan chora ko‘rish uchun prokurorga yuborishi kerak.
40. Agar mahkum shikoyat (protest) bildirilgandan so‘ng, biroq ish nazorat instansiyasida ko‘rilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda nazorat instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 83-moddasiga muvofiq tugatadi.
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
41. Nazorat instansiyasi sudi hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi noto‘g‘riligini aniqlasa, unga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi, jumladan, undiruv miqdorini ko‘paytirishi mumkin, basharti ish bo‘yicha dalillar to‘plash yoki ularni qo‘shimcha tekshirish zarurati bo‘lmasa va ish holatlari birinchi, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan to‘la va to‘g‘ri aniqlanib, biroq moddiy qonun normalarini qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
Agar fuqaroviy da’vo bo‘yicha undiruv miqdorini ko‘paytirish jinoyat kvalifikatsiyasini yoki ayblov mazmunini mahkumning holatini og‘irlashtirish tomoniga o‘zgartirishni taqozo etsa, sud qarorlari faqat jabrlanuvchi yoki uning vakili shikoyati yoxud prokuror protesti mavjud bo‘lganda, JPK 513-moddasi talablariga rioya etilgan holda bekor qilinishi lozim.
42. Ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda shikoyat (protest) bilan birga taqdim etilgan qo‘shimcha materiallardan, basharti ular sud majlisida tekshirilgan holatlarga daxldor bo‘lsa va yangi ochilgan holatlar mavjudligidan dalolat bermasa, foydalanilishi mumkin.
Qo‘shimcha materiallar ishda mavjud dalillar bilan qo‘shilgan holda baholanadi va ular bilan birga, faqat sud qarorlarini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborish lozimligi to‘g‘risidagi qaror asosiga qo‘yilishi mumkin. Ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborish lozimligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sud ish holatlari to‘la va har tomonlama tekshirilishi va ayblanuvchining himoya huquqi ta’minlanishi zaruratidan kelib chiqishi lozim.
Sud qarorlari bekor qilinib, ish tugatilganda nazorat instansiyasi sudi o‘z ajrimi (qarori)da faqat birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan va mahkumning javobgarligini istisno etuvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarga tayanishi mumkin.
Qo‘shimcha materiallar asosida hukm va keyingi sud qarorlari o‘zgartirilishi yoki bekor qilinib, ish tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday materiallar bilan aniqlanadigan faktlar haqqoniyligi birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi talab etilmaydigan hollar bundan mustasno (mahkum jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yoshga yetmaganligi to‘g‘risidagi, muqaddam sudlanmaganligi to‘g‘risidagi hujjatlar va h.k).
43. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishga faqat ish materiallaridan kelib chiqadigan asoslar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Agar sud qarorining qonuniyligi va asosliligi xususidagi shubhalar sudga ma’lum bo‘lmagan va tegishli hukm, ajrim yoki qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng aniqlangan holatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday sud qarorini qayta ko‘rib chiqish masalasi faqat yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ish yuritish tartibida hal etilishi mumkin. Agar bunday hollarda nazorat tartibida protest bildirilgan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi uni ko‘rmasdan qoldiradi va ishni barcha materiallar bilan birga prokurorga yangi ochilgan holat bo‘yicha ish yuritishni qo‘zg‘atish uchun yuboradi (JPK 522-moddasi).
44. Nazorat instansiyasining ajrimi (qarori) aniq, batafsil, yuridik jihatdan asoslantirilgan bo‘lishi va unda birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalarining ayb hajmi va isbotlanganligi, jinoyat kvalifikatsiyasi, hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning adolatliligi xususidagi qarorlari to‘g‘riligi yoki xatoligiga doir xulosalar bayon etilishi shart.
JPK 496-moddasiga muvofiq ajrim (qaror)da hukmning qaror qismi mazmuni bilan bir qatorda protest mohiyati, prokuror fikrining va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni, nazorat instansiyasi sudining shikoyat (protest) vajlari asosliligi to‘g‘risidagi xulosasi, qabul qilingan qarorning sabablari moddiy yoki protsessual qonunga havola etilgan tarzda ko‘rsatilishi lozim. Sud qarorlari bekor qilinib, ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan ko‘rish uchun yuborilganda, ajrim (qaror)da qaysi holatlar qo‘shimcha tarzda aniqlanishi lozimligini sud aniq ko‘rsatishi shart.
Nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijroga qaratilishi shart.
45. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan taqdirda, nazorat instansiyasi sudi xususiy ajrim (qaror) chiqarish yo‘li bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning e’tiborini bunga jalb etadi.
Sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilganda, nazorat instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
46. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning apellatsiya, kassatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
47. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 78 | 36,004 |
Qonunchilik | Bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Bolalar sporti obyektlarini barpo etish, joylashtirish va ularning faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar-o‘smirlar sport maktablaridan foydalanish darajasini va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish, ularni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish, istiqbolli rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Homiylik kengashi huzurida Bolalar-o‘smirlar sport maktablarining holatini va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanish samaradorligini o‘rganish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
2. Komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) ikki oy muddatda:
respublika mintaqalariga chiqib tanlab tekshirishlar asosida bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyati samaradorligini tanqidiy o‘rgansin, sport obyektlaridan foydalanish samaradorligiga, ulardan foydalanish darajasiga, moddiy-texnika bazaning holatiga, sport anjomlari va uskunalari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va mashq bajariladigan ko‘rgazmali material bilan jihozlanganligi darajasiga, kasbiy tayyorlangan trener-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligiga alohida e’tiborni qaratsin;
amalga oshirilgan tahlil asosida bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, bolalar sporti obyektlaridan amalda foydalanishni va ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda ularni maqbul rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
Amalga oshirilgan ishlarning natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Bolalar sportining rivojlantirish jamg‘armasining Homiylik kengashi majlisida axborot berilsin.
3. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari samarali faoliyat ko‘rsatishi, ulardan o‘quvchilarning to‘liq foydalanishini ta’minlash hamda ular moddiy-texnik baza va trener-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, o‘quv-mashq jarayonining sifati ustidan nazorat qilinishi, sport mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilishi va o‘quvchilar qatnovi darajasi monitoringini tizimli asosda olib borish uchun shaxsiy mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan 2-ilovaga* muvofiq 280 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarini va ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktablarini tugatishni, ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlarini tashkil etiladigan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga yo‘naltirishni;
namunaviy bolalar sport inshootlari negizida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida 3-ilovaga* muvofiq 225 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari tashkil etilishini;
to‘rtta yo‘nalish — sportning o‘yin turlari va yengil atletika, sportning suv turlari, sport yakka kurashi va gimnastika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida, har bir viloyatda va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida 4-ilovaga* muvofiq 56 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari tashkil etilishini nazarda tutuvchi respublikada ishlab turgan bolalar sporti obyektlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
5. Belgilansinki, past samarali bolalar sport maktablarini maqbullashtirish va ular xodimlarini qisqartirish natijasida bo‘shab qoladigan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va hududiy moliya boshqarmalari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlashga, eng avvalo, tashkil etiladigan bolalar-o‘smirlar sport maktablarini joriy ta’mirlash va jihozlashga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bolalar-o‘smirlar sport maktablarining ishdan bo‘shaydigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 100 | 4,602 |
Qonunchilik | Innovatsiyalar yarmarkalar va хalqaro forumlarda ilgari suriladi | Prezidentning 27.04.2018 yildagi «Innovatsion gʻoyalar, teхnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3682-son qarori qabul qilindi.
2018 yildan boshlab har yili хalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalari va хalqaro innovatsion-investitsion forumlar oʻtkaziladi. Ularda хorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, teхnologik agentliklar, teхnoparklar va biznes-inkubatorlar ishtirok etadi.
Innovatsiyalar yarmarkalari va хalqaro forumlarni oʻtkazishning asosiy maqsadlari:
Innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimi uchta blokni oʻz ichiga oladi
Birinchi blok «Tashabbuskor biznes». Mamlakatimiz hamda ilgʻor хorijiy mamlakatlarning davlat va хususiy sektorlari tomonidan mahalliy va хorijiy teхnoparklar, teхnologik agentlarning tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini va teхnologiyalarni tijoratlashtirish sohasidagi faoliyatini yoritish uchun tashkil etilgan koʻrgazma maydoni.
Ikkinchi blok «Innovatsion yechimlar». Ushbu maydonda ichki va tashqi bozorlarga chiqish maqsadida davlat va хususiy ilmiy muassasalari tomonidan maket va (yoki) prototip koʻrinishida eng zoʻr mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalar namoyish qilinadi.
Uchinchi blok «Kooperatsion aloqalar». Ushbu platforma muloqot va oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sherikchilik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari sohasidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qarorlarning miqyosini kengaytirish uchun moʻljallangan.
Innovatsiyalar yarmarkalari «Oʻzekspomarkaz» AJ koʻrgazma pavilonlarida oʻtkaziladi. Ularni tashkil etish bilan Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya boʻyicha davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi shugʻullanadi. Innovatsiyalar yarmarkalarini oʻtkazish muddati va davriyligi Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan belgilanadi.
Oʻzekspomarkazga innovatsiyalar yarmarkalarining ishtirokchilariga zaruriy koʻrgazma maydonlarini va konferensiya zallarini oʻrnatilgan tarifdan 30%lik chegirma bilan taqdim etish tavsiya qilindi.
Innovatsiyalar yarmarkalari va хalqaro forumlarni tashkil qilish va oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar хoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korхonalaridagi innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarining jami mablagʻlari 10%i miqdori hisobidan qoplanadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 3 oy muddatda doimiy yangilanib turadigan «Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi» interaktiv Internet-portali ishlab chiqilishi va faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Unda innovatsiyalar yarmarkalari va хalqaro forumlarning barcha amaldagi va salohiyatli ishtirokchilari toʻgʻrisidagi aхborotlar hamda tijoratlashtirish uchun tayyor boʻlgan innovatsion ishlanmalar haqidagi ma’lumotlar jamlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.04.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Gayevoy. | 64 | 3,234 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur qaror ilovasida belgilangan homiy tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda homiy tashkilotlar deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga bir marta 500,0 mln. so‘mdan homiylik xayriyalarini ajratish va keyinchalik doimiy homiylik xayriya yordamini ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Homiy tashkilotlar va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlariga ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Do‘stlar klublari”ni tashkil etish tavsiya qilinsin:
homiy tashkilotlar va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va ularning samarali bajarilishini tashkil etish;
homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari va homiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni “Do‘stlar klublari”ning yig‘ilishlarida muhokama qilish va istiqbolli vazifalarni hamkorlikda belgilash;
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan ijodkorlar va homiy tashkilotlarning xodimlari o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodkorlarning badiiy asarlari orqali homiy tashkilotlar faoliyati targ‘ibotini tashkil qilish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari faoliyati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda “Ijod” fondi deb ataladi) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlariga ajratiladigan homiylik xayriyalari “Ijod” fondi tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablag‘lar o‘rniga sarflanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari rahbarlari homiylik xayriyalaridan tushadigan mablag‘lar maqsadli sarflanishiga shaxsan javobgardirlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qaroriga muvofiq:
“Ijod” fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo‘limlari tuzilganligi;
“Ijod” fondining hududiy bo‘limlari Vasiylik kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari rais o‘rinbosarlari sifatida biriktirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. “Ijod” fondining hududiy bo‘limlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
“Ijod” fondining hududiy bo‘limlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish qismida — “Ijod” fondining mablag‘lari;
tadbirlarni moliyalashtirish qismida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining va viloyatlar viloyat budjetlarining zaxira jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar mahalliy budjetlar ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha manbalari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilansinki, “Ijod” fondining hududiy bo‘limlari mablag‘lari tijorat banklardagi hisob raqamlarda jamlanadi va Vasiylik kengashlarining qarorlariga asosan quyidagi tadbirlarga yo‘naltiriladi:
adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan keksa avlodga mansub O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga aniq yo‘naltirilgan moddiy yordam ko‘rsatish;
ijodiy ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh adiblarning Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan tavsiya etiladigan ijod namunalarini, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilinishini hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida keng targ‘ib etilishini moliyalashtirish;
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
o‘z hududida yashayotgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda iste’dodli va istiqbolli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, atoqli ijodkorlarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar uyushtirish;
ijtimoiy va ijodiy faol, keng kitobxonlarning ishonchini qozongan adiblarning ijodiy kechalarini tashkil etish va o‘tkazish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida nashr etiladigan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sharq yulduzi” — “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining xarajatlarini (qog‘oz bilan ta’minlash, bosmaxona xarajatlarini qoplash va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda), o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining 2018-yil parametrlari doirasida “Ijod” fondiga 500,0 mln. so‘m mablag‘ ajratsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 161 | 6,145 |
Qonunchilik | GAZLI —- NUKUS MAGISTRAL GAZ QUVURI QURILIShINI JADALLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1993-yil 3-avgustdagi 389-son qarorida nazarda tutilgan Gazli—Nukus magistral gaz quvuri qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining Gazli—Nukus gaz quvuri qurilishini amalga oshirayotgan “O‘zbekneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasiga subpudratchi sifatida Rossiya Federatsiyasining “Zangas” davlat birlashmasi va “ZNGS—Prometey” aksionerlik jamiyatini (Moskva shahri) jalb etish hamda ular bilan birgalikda qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Bosh vazirning o‘rinbosari B. S. Hamidov, Moliya vazirligi (Boqiboyev), Markaziy bank (Mullajonov) Gazli—Nukus gaz quvuri qurilishi davrida jalb etilgan tashkilotlarning subhisob-kitob schyotlari ochilishini ta’minlasinlar hamda davlat kreditini qayta taqsimlash hisobiga “O‘zbekneftgazqurilish” birlashmasiga Gazli—Nukus gaz quvuri qurilishi uchun Rossiya Federatsiyasidan qurilish texnikasini keltirish uchun haq to‘lashga 1 mlrd so‘m ajratsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (Abdug‘aniyev) O‘zbekiston Respublikasiga qurilish texnikasi, materiallar, asbob-uskunalar to‘siqsiz va boj to‘lamasdan keltirilishini hamda qurilish tugallangandan keyin vaqtincha keltirilgan asbob-uskunalar va qurilish texnikasining olib ketilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
4. Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi (Giniyatullin), “O‘zsuvqurilish” konserni (Rakitin) Gazli—Nukus magistral gaz quvuri qurilishi trassasida tuproq ishlarining “O‘zbekneftgaz-qurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi bilan kelishilgan hajmlarda va muddatlarda bajarilishini ta’minlasinlar.
5. “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi (Omelnitskiy) Urganch va Nukus shaharlari chegarasida gaz quvurini Amudaryodan o‘tkazish inshooti qurilishini “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi bilan kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshirsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Rossiya Federatsiyasidan kelayotgan qurilish tashkilotlariga joylashish, binolar, uy-joy, oziq-ovqat bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsinlar.
7. “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi bir oy muddatda bu tashkilotlarni respublikada neft va gaz sanoatini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini ro‘yobga chiqarish uchun jalb etish dasturini ishlab chiqsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q. J. Haqqulov zimmasiga yuklatilsin. | 75 | 2,460 |
Qonunchilik | 2020 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi | Vazirlar Mahkamasi 25.06.2019 yildagi «Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 522-son qarorni qabul qildi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni toʻldirishlari shart.
DSQ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida 2018 yil noyabr – 2019 yil iyun oylarida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirish boʻyicha tajriba oʻtkazdi (26.06.2018 yildagi PQ–3802-son; VMning 6.10.2018 yildagi 807-son qarori).
Uning natijalari ma’qullanib, VMning 522-son qarori bilan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi.
VMning 522-son qarori bilan buxgalter.uz saytida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Jorilla Abdullayev, «Norma» MChJ yetakchi eksperti. | 86 | 954 |
Qonunchilik | YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURUVChILARGA VA UY-JOY QURISh KOOPERATIVLARIGA DEVORBOP MATERIALLARNI IMTIYOZLI NARXLARDA SOTISh TARTIBI TO‘FRISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 5-martdagi Farmonining 9-bandiga, Vazirlar Mahkamasining ushbu masalalar bo‘yicha 1994-yil 31-martdagi 175-son qarorining 11-bandiga muvofiq hamda yakka tartibda va kooperativ uy-joy qurishni yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yilning aprelidan boshlab devorbop materiallar yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli, amaldagidan o‘rtacha 30 foizga kamaytirilgan narxlarda sotiladi.
Belgilansinki, devorbop materiallarni yakka tartibda uy-joy quruvchilarga hamda uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli narxlarda sotish hokimliklarning qarorlari va yakka tartibda hamda kooperativ uy-joy qurishni muvofiqlashtiruvchi xo‘jalik hisobidagi hududiy boshqarmalarning loyiha va shartnomalar bo‘yicha devorbop materiallarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni tasdiqlaydigan ma’lumotnomalari asosida amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yilning aprelidan boshlab, devorbop materiallar ishlab chiqaruvchi, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga devorbop materiallarni mazkur qarorning 1-bandiga binoan sotish bilan bog‘liq chiqimlarini respublika budjetidan qoplasin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni va boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda ko‘rsatib o‘tilgan chiqimlarni to‘lashning Vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. | 138 | 1,832 |
Qonunchilik | Korхonalar va pensiya jamgʻarmasi munosabatlari oʻzgardi | U rasmiy e’lon qilingan kuni — 2016 yil 7 noyabrdan boshlab kuchga kirdi.
Shu bilan birga ilgari kuchda boʻlgan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek хarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaхslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi хarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotdi (roʻyхat raqami 2262, 2011 yil 9 sentyabr).
Yangi Nizom bilan yagona ijtimoiy toʻlov (YaIT) Yagona gʻazna hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda - YaGʻH) Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyхat raqami 2771, 2016 yil 30 mart) belgilangan tartibda oʻtkazilishi belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning 4 aprelidan byudjetga toʻlovlarning yangi tartibi amalga kirgan – toʻlov topshirigʻida 20 хonali YaGʻHdan tashqari, tegishli yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tegishli hududda toʻlanadigan, byudjet tasnifiga muvofiq har bir toʻlov boʻyicha har bir byudjet uchun ochiladigan daromadning 25 хonali shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarini koʻrsatish joiz
Pensiya jamgʻarmasining pensiyalar toʻlash uchun harajatlarini qoplash
Barcha tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar Moliya vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga uning pensiya toʻlovlari uchun sarflagan mablagʻlarini quyidagi holatlarda qoplashga majbur:
- "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi (3.09.1993 yildagi 938-XII-son) Qonunning 12-moddasi "b" bandiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda - Qonun) mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan хodimlar (3-sonli roʻyхat, I qism), ularning umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgunlariga qadar (erkaklar — 60 yosh, ish staji kamida 25 yil, ayollar — 55 yosh, ish staji kamida 20 yil);
- boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan (Qonunning IV-bobi);
- хodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun (Qonunning III-bobi).
Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, хodimlar soni (shtati) yoki ish хususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoхud korхonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaхslar umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgunga qadar Mehnat vazirligi huzuridagi ish bilan ta’minlash markazlarining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi.
Soliq organlari pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarining Qonunning 12-moddasi «b» bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash хarajatlari haqidagi ma’lumotlariga asosan koʻrsatilgan mablagʻlarni korхonaning shaхsiy kartochkasiga oʻtkazadi. Korхona har yili 1 fevralgacha oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining barcha haqiqiy хarajatlarini toʻliq qoplashi shart.
Agar koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy хarajatlari ("Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga хarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi, 23.12.2014 yildagi 357-son VMQga 1-ilova) qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdoridan kam boʻlsa, qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori toʻlanadi.
1 fevraldan kechiktirmasdan soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organlariga hisobot ham taqdim qilinadi. Nizomga 1-ilovada uning shakli keltirilgan.
Qayd qilish joizki, ilgari mavjud boʻlgan tartibga koʻra Pensiya jamgʻarmasi хarajatlarini qoplashning minimal miqdori korхonalar tomonidan hisobot yilining 15 yanvarigacha, qolgan qismi esa – 1 fevralgacha oʻtkazilar edi.
Boquvchisini yoʻqotganlik va хodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik uchun tayinlangan pensiyalar korхonalar tomonidan mazkur pensiyalar toʻlangan butun davri uchun qoplanadi. Xarajatlar toʻlovi har oyda pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ishlovchi pensionerlarga pensiya va nafaqalar toʻlash
Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar va nafaqalar (bola tugʻilganda, dafn etishga beriladigan, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlari uchun toʻlov, uy-joy-kommunal хizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya)ni toʻlash uchun korхonalar keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan korхona soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga talabnomalarni taqdim etadilar. Talabnomalarni (Nizomning 2 va 4-ilovalariga muvofiq) qogʻozda yoki elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda (Nizomning 3-ilovasiga muvofiq) taqdim etish mumkin. Bunda, bola tugʻilganda va dafn etishga beriladigan bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tugʻilgan kundan yoki shaхs vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim. Muqaddam ariza va reyestr bilan birga taqdim etiladigan oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasi yangi Nizomda koʻzda tutilmagan.
Agar talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni hisoblanadi.
Tashkilotlar (byudjet tashkilotlaridan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan hollarda, keyinchalik toʻlangan summalarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar va nafaqalarni ish haqini toʻlash kunida oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashni amalga oshirish huquqiga egalar.
Nizomda YaIT va fuqarolarning sugʻurta badallari, pensiya va nafaqalarni buхgalteriya hisobiga olish tartibi belgilab berilgan: majburiy toʻlovlar 6520 "Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar" hisobvaragʻi krediti boʻyicha, pensiya va nafaqalar 6710 "Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar" hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Pensiya jamgʻarmasiga YaIT va fuqarolarning sugʻurta badallari hisob-kitoblarining toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi ustidan nazorat davlat soliq хizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tashkilotlar tomonidan Qonunga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi хarajatlarini toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishi yuzasidan nazorat Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari va davlat soliq хizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Irina Aхmetova,
ekspertimiz. | 56 | 6,832 |
Qonunchilik | BAA kompaniyasi hisobidan yangi fotoelektrik stansiya quriladi | Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlandi (14.04.2020 yildagi PQ–4677-son qarorga qarang).
Tendnr Jahon banki guruhi tartib-taomillariga muvofiq oʻtkazildi. «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi gʻolib deb topildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi u bilan investitsiya bitimi, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ esa elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim tuzdi (ikkalasi – 2019 yil 8 noyabrda).
Oʻzbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi – investor nomidan ish yuritadigan «Nur Navoi Solar» MChJ ta’sis etildi. Loyiha doirasida unga:
Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qat’iy tarif – 1 kVt-s uchun $2,679 miqdorida (tarif investitsiya loyihasining butun 25 yillik muddati davomida хorijiy valyutada denominatsiyalangan) yagona хaridor – «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotish majburiyatini oldi. Toʻlov mahalliy valyutada amalga oshiriladi. 5.05.2015 yildagi PQ-2343-son qarorda (5-bandi ikkinchi хatboshisiga qarang) nazarda tutilgan QQSdan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek arab kompaniyasi kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasini qurishi va foydalanishga topshirilgandan keyin uni «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga bepul asosda berishi shart.
Investor va loyiha kompaniyasining majburiyatlari $20 mln miqdoridagi bank kafolati bilan ta’minlanadi. «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini 6 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun investor foydasiga хorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditiv ochadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Oleg Zamanov. | 62 | 1,979 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA LOYIHA-QIDIRUV TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2010 YIL 23 MARTDAGI 50-S | Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qarorida:
a) 2 va 5-bandlardagi “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” so‘zlari “O‘zGAShKLITI” DUK so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band va 1—4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 250 | 877 |
Qonunchilik | Qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Yagona talablar O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.
1. Mazkur Yagona talablarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qurol — tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
o‘q-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun mo‘ljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
qurolxona — qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga mo‘ljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi hamda qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona).
2. Mazkur Yagona talablar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalariga kiruvchi hamda o‘qotish sporti tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
3. Sport quroli va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitobi hamda ularni berish va qabul qilish jurnalini yuritish O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2701, 2015-yil 23-iyul) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Yuridik shaxsga foydalanishga qabul qilingan hamda unda foydalanilayotgan qurol va uning o‘q-dorilari hisobi har bir yuridik shaxsda yuritiladigan Qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitobi (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi)da olib boriladi.
5. Kitobda qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish bilan birga, ularning hisobdan chiqarilishi va hisobda mavjud bo‘lgan qurol va uning o‘q-dorilarining harakati bilan bog‘liq ma’lumotlar ham aks ettiriladi.
6. Kitob uch qismdan iborat bo‘ladi.
7. Kitobning birinchi qismida qurol va uning o‘q-dorilari jamlanma hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va u mazkur Yagona talablarning 1a-ilovasiga muvofiq shakldagi jadval ko‘rinishida har bir qurol (aniq bir turdagi, nomdagi, marka, model va kalibrdagi) hamda uning o‘q-dorilari (aniq bir partiya, kalibr va miqdor) bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi.
Kitobning mazkur qismi qurol va uning o‘q-dorilari hisobga olingan hamda (yoki) hisobdan chiqarilgan vaqtdagi ularni hisobda mavjud bo‘lgan jami miqdorini aniqlash uchun yuritiladi. Bunda hisobda mavjud bo‘lgan qurol va uning o‘q-dorilari jami miqdori aniq bir sanada hisobga olingan va (yoki) hisobdan chiqarilgan qurol hamda uning o‘q-dorilari miqdorini ularning mavjud miqdoridan ayirish va (yoki) unga qo‘shish orqali aniqlanadi.
8. Kitobning ikkinchi qismida qurolning individual hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va u mazkur Yagona talablarning 1b-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida:
qurolning hisobga olingan sanasi;
qurol yuridik shaxsga qachon va qayerdan kelib tushganligi;
qurolni hisobga olish uchun asos bo‘lgan kirim hujjatining (schyot-faktura, yuk xati) raqami va sanasi;
qurolga oid individual ma’lumotlar;
qurolning hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi (yuborilgan joyi ko‘rsatilgan holda), yo‘qotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi) hamda hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lgan hujjat (chiqim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud qurolning texnik va yaroqlilik holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma), hisobdan chiqarilish sanasi;
qurolning ta’mirlash uchun yuborilishi va ta’mirlashdan qaytarilishi;
qurolning texnik holati va yaroqlilik toifasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
9. Kitobning uchinchi qismida o‘q-dorilarning hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va u mazkur Yagona talablarning 1v-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida:
o‘q-dorilarning hisobga olingan sanasi;
o‘q-dorilarning yuridik shaxsga qachon va qayerdan kelib tushganligi;
o‘q-dorilarni hisobga olish uchun asos bo‘lgan kirim hujjatining (schyot-faktura, yuk xati) raqami va sanasi;
o‘q-dorilarning turi, kalibri, ishlab chiqarilgan yili va partiyasi hamda miqdori;
o‘q-dorilarning hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi (yuborilgan joyi ko‘rsatilgan holda), sarflanishi, yo‘qotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi) hamda hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lgan hujjat (chiqim hujjati (schyot-faktura, yuk xati), o‘q-dorilarning sarflanishi bo‘yicha dalolatnoma, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud o‘q-dorilarning yaroqlilik holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma), hisobdan chiqarilgan o‘q-dorilar miqdori va hisobdan chiqarilish sanasi;
o‘q-dorilarning yaroqlilik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
10. Kitob yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan qurol va uning o‘q-dorilarining but saqlanishini, berilishi, qabul qilib olinishini hamda hisobi yuritilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul shaxs (bundan buyon matnda saqlash uchun mas’ul shaxs deb yuritiladi) tomonidan yuritiladi.
11. Kitob unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish imkoniyatini bermaydigan va unda ko‘rsatilgan barcha yozuvlarni o‘qish va farqlash imkoniyati saqlanib qolgan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan bo‘lsa, undagi barcha ma’lumotlar yangi kitobga to‘liq ko‘chirilishi shart. Bunda yangi kitobning yuritilishi boshlangan sana o‘zgarmaydi va avvalgi (shikastlangan) kitobning yuritilishi boshlangan sana ko‘rsatiladi.
12. Kitob unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish hamda unda ko‘rsatilgan aksariyat yozuvlarni o‘qish va farqlash imkoniyatini bermaydigan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan yoxud yo‘qolgan (talon-toroj qilingan) bo‘lsa, kitobdagi ma’lumotlarni tiklash uchun shikastlanganlik yoki yo‘qolganlik (talon-toroj qilinganlik) fakti aniqlangan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida yuridik shaxs hisobida mavjud bo‘lgan barcha qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilishi kerak.
13. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjati bilan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibiga saqlash uchun mas’ul shaxs, yuridik shaxs buxgalteriyasi xodimi, yuridik shaxs navbatchilik (qorovullik) xizmati boshlig‘i (agar navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa) majburiy ravishda kiritiladi hamda hududiy ichki ishlar organining vakili taklif etiladi.
14. Inventarizatsiyani o‘tkazishda yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan qurol va uning o‘q-dorilari buxgalteriya hisobi hamda ichki ishlar organlarining tegishli ma’lumotlari bilan solishtirib chiqiladi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
15. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar asosida kitob yangidan shakllantiriladi va yuritiladi. Bunda yangidan yuritilishi boshlangan kitobning sanasi u yangidan yuritilgan kun hisoblanadi.
16. Shikastlangan kitob Qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish komissiyasining kitobning shikastlangan holati ko‘rsatilgan dalolatnomasi asosida yo‘q qilinadi.
17. Yuridik shaxsga tegishli maqsadda berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilari harakati ushbu Yagona talablarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qurol va uning o‘q-dorilarini berish hamda qabul qilish jurnalida (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) aks ettiriladi.
18. Jurnalda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
qurol va uning o‘q-dorilari berilgan shaxsning F.I.O. va imzosi;
berilgan va qabul qilib olingan qurolning individual ma’lumotlari va uning o‘q-dorilari miqdori;
qurol va uning o‘q-dorilarini berish maqsadi;
qurol va uning o‘q-dorilari berilgan hamda qabul qilib olingan sana va vaqt;
qurol va uning o‘q-dorilarini qabul qilib olgan shaxsning imzosi.
19. Imzolarni qo‘yishda faksimile imzodan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Qurol va uning o‘q-dorilari vaqtincha saqlash uchun qurolxonaga topshirilganda bu haqda jurnalning izoh qismida ularning vaqtincha saqlash uchun topshirilganligi ko‘rsatiladi.
21. Jurnal saqlash uchun mas’ul shaxs, agar yuridik shaxsda navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa, navbatchilik (qorovullik) xizmatining navbatchi xodimi tomonidan yuritiladi.
22. Jurnal unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish imkoniyatini bermaydigan va unda ko‘rsatilgan barcha yozuvlarni o‘qish va farqlash imkoniyati saqlanib qolgan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan bo‘lsa, undagi barcha ma’lumotlar yangi jurnalga to‘liq ko‘chirilishi shart. Bunda yangi jurnalning yuritilishi boshlangan sana o‘zgarmaydi va avvalgi (shikastlangan) jurnalning yuritilishi boshlangan sana ko‘rsatiladi.
23. Jurnal unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish hamda unda ko‘rsatilgan aksariyat yozuvlarni o‘qish va farqlash imkoniyatini bermaydigan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan yoxud yo‘qolgan (talon-toroj qilingan) bo‘lsa, jurnaldagi ma’lumotlarni tiklash uchun shikastlanganlik yoki yo‘qolganlik (talon-toroj qilinganlik) fakti aniqlangan kunning o‘zida berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilishi kerak.
24. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibiga saqlash uchun mas’ul shaxs, yuridik shaxs navbatchilik (qorovullik) xizmati navbatchi xodimlari hamda boshlig‘i (agar navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa) majburiy ravishda kiritiladi.
25. Inventarizatsiyani o‘tkazishda qurolxonada saqlanayotgan hamda tegishli maqsadda berilgan qurol va uning o‘q-dorilari kitobdagi tegishli ma’lumotlar bilan solishtirib chiqiladi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
26. Inventarizatsiya natijasida olingan ma’lumotlar asosida jurnal tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi va yangidan yuritiladi. Bunda yangidan yuritilishi boshlangan jurnalning sanasi u yangidan yuritilgan kun hisoblanadi.
27. Shikastlangan jurnal Berilgan va qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish komissiyasining jurnalning shikastlangan holati ko‘rsatilgan dalolatnomasi asosida yo‘q qilinadi.
28. Qurolxonada saqlanayotgan qurol va uning o‘q-dorilari bir nechta yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, ular bo‘yicha kitob va jurnal har bir yuridik shaxs tomonidan alohida yuritiladi.
29. Kitob va jurnal hududiy ichki ishlar organida hisobga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
30. Saqlash uchun mas’ul shaxs almashganda kitob va jurnal yangidan tayinlangan shaxsga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshirilishi shart. Jurnal navbatchilik (qorovullik) xizmatining navbatchi xodimi tomonidan yuritilganda esa, navbatchi xodim navbatchilikni topshirganda jurnalni navbatchilikni qabul qilib olgan xodimga topshiradi.
Dalolatnoma yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
31. Kitob va jurnalning titul varag‘i qalin material (karton)dan ishlangan bo‘lishi va unda yuridik shaxs hamda u idoraviy mansub bo‘lgan yuridik shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) nomi, shuningdek u qachon yuritilishi boshlangani va tugatilgani ko‘rsatilishi zarur.
Kitob va jurnalning titul varag‘i mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
32. Kitob va jurnal betlari izchil ketma-ketlikda raqamlangan va ip o‘tkazib tikilgan bo‘lishi kerak.
Kitob va jurnalning oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi ko‘rsatilishi va ushbu ma’lumot yuridik shaxs rahbarining imzosi, shuningdek hududiy ichki ishlar organi mas’ul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Kitob va jurnalning oxirgi varag‘i mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
33. Kitob va jurnaldagi yozuvlar ko‘k yoki qora rangli sharikli ruchka bilan aniq yozilishi shart. Yozuvni qayd qilishda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Xato yozilganda u matnni o‘qish imkoniyatini beradigan holda ingichka chiziq bilan o‘chirilib, uning tepasidan to‘g‘irlangan yozuv kiritiladi va tegishli yozuv kiritilgan satrning izoh qismida “tuzatildi” deb yozib qo‘yiladi hamda matnni to‘g‘irlagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
34. Kitob va jurnal to‘liq to‘ldirilguncha yuritiladi.
To‘liq to‘ldirilib, yuritilishi tugatilgan kitob o‘n yil, jurnal esa, uch yil davomida yuridik shaxsda saqlanishi hamda ushbu muddatlar yakunlangandan so‘ng, hududiy ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirilishi lozim.
35. Kitob va jurnalning butligi va to‘g‘ri to‘ldirilishiga saqlash uchun mas’ul shaxs, jurnal navbatchilik (qorovullik) xizmatining navbatchi xodimi tomonidan yuritilganda esa, tegishli navbatchi xodim javobgar hisoblanadi.
36. Kitob va jurnal qulflanadigan seyf yoki metall shkaf (yashik)da saqlanadi.
37. Kitob va jurnalning mazkur Yagona talablarga muvofiq yuritilishi ustidan yuridik shaxs rahbari doimiy nazorat olib borishi shart. Bunda kitobning yuritilishi har chorakda, jurnalning yuritilishi esa har oy yuridik shaxs rahbari tomonidan tekshirib borilishi kerak. Agar yuridik shaxsda navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa, jurnalning yuritilishi navbatchilik (qorovullik) xizmati boshlig‘i tomonidan tekshirib boriladi.
38. Zarur hollarda kitob va jurnalga qurolni olayotgan shaxsning xizmat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, kitob va jurnaldagi mazkur Yagona talablarga muvofiq ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning hajmi va mazmuni qisqartirilmasdan qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin.
39. Mazkur Yagona talablar qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
40. Mazkur Yagona talablar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi, Markaziy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekneftegaz” MXK, “O‘zvinosanoatxolding” XK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan kelishilgan. | 170 | 16,441 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlat aktivlarini boshqarish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik tizimini takomillashtirishning mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini yaratish, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa dolzarb vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini hamda baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
xususiylashtirish, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlarini sotish, shuningdek, korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish hamda xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilishini monitoring qilish;
aksiya va obligatsiyalarni chiqarish hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish muammolarini tadqiq etish;
davlatning, shu jumladan uning xorijdagi aktivlarini samarali boshqarish va davlat mulki obyektlarini ijaraga berish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiy nochor bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik taomillarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;
baholash va rieltorlik faoliyatini tartibga solishning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va uslubiy hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish.
3. Belgilansinki, Markaz:
davlat muassasasi shaklidagi ilmiy tashkilot hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilar:
Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni 25 nafar etib;
Markazning 15 nafar xodimlari shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirilishi;
10 nafar ilmiy xodimlar shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ushbu pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi;
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga Markaz direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish hamda zaruriyatga ko‘ra Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar va idoralardan Markazga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul olish;
davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari professor va o‘qituvchilari, xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishga tegishli shartnoma asosida jalb qilish;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy bilan qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda tegishli shartnomalar tuzish;
o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda foydalanish maqsadida davlat boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va ma’lumotlarni taqdim qilish;
davlat boshqaruv organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, xorijiy va xalqaro tashkilotlarga Markaz ustavida belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot xizmatlarini ko‘rsatish.
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan mablag‘lar;
Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida olingan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga qimmatli qog‘ozlar bozori, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish sohasida va o‘z faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Markazga buyurtmalar berib borish tavsiya etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
bir oy muddatda Markazning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi yettinchi xatboshidagi “Agentlik xodimlarini” so‘zlari “Agentlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga 2-ilovaning “Tashkilot nomi” ustuni 24-pozitsiyasidagi “Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi” so‘zlari “Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 186 | 8,694 |
Qonunchilik | Chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jiddada (Saudiya Arabistoni Qirolligi), Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari), Qarochida (Pokiston Islom Respublikasi) O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalari;
Tel-Avivda (Isroil Davlati), Frankfurt-Maynda (Germaniya Federativ Respublikasi), Nyu-Yorkda (Amerika Qo‘shma Shtatlari), Qohirada (Misr Arab Respublikasi), Bangkokda (Tailand Qirolligi), Seulda (Koreya Respublikasi), Quala-Lumpurda (Malayziya), Mozori Sharifda (Afg‘oniston Islom Davlati) O‘zbekiston Respublikasining konsulxonalari ochilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining shtat jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlansin (1 — 11-ilovalar*).
3. 1994-yilda har bir konsullik muassasasining shtatdagi xodimlarining o‘rtacha soni 4 kishidan, ulardan diplomatik tarkibda 3 kishi, ma’muriy tarkibda 1 kishidan iborat qilib belgilansin.
Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida ishlovchi kadrlarni muntazam ravishda almashtirib turishni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 40 nafar shtat xodimi ajratish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin (12-ilova*).
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yilda konsullik muassasalarining xarajatlar smetasiga muvofiq va qo‘shimcha shtat xodimlari uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin.
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
konsullik muassasalarining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining chet ellardagi vakolatxonalari xizmat xonalaridan, aloqa vositalari va boshqa xizmatlaridan foydalanganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan to‘lanmagan 1992-1993-yillardagi haqiqiy xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplasin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1994 — 1996-yillarda ochiladigan konsullik muassasalariga keyinchalik o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash prinsipi asosida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi vakolatxonalarining xizmat xonalarini, aloqa vositalari va boshqa xizmatlarini tekinga bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalarini shtat jadvaliga muvofiq malakali kadrlar bilan butlash to‘g‘risida takliflar kiritsin. | 88 | 2,210 |
Qonunchilik | “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-mart kuni qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 74 | 821 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda javobgarlikni kuchaytirish va ishlarni tashkil etish darajasini oshirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi (Davlat mulki qo‘mitasi) markaziy apparatining tuzilmasi, uning xodimlarining belgilangan cheklangan sonini saqlab qolgan holda 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T.Sultonovga, Bosh vazirning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisi V.A.Chjenga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T.A.Alimov va V.A.Golishev (kelishuvga ko‘ra), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishtirokida Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlarining tuzilmasi va shtatlar jadvalini bir oy muddatda markaziy apparat va hududiy boshqarmalarning tasdiqlangan tuzilmalariga muvofiqlashtirish topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son, “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1939-son Farmonlarida belgilangan qoidalar, Vazirlar Mahkamasining “Davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya qilishni tekshirish natijalari to‘g‘risida” 1998-yil 5-martdagi 96-son qarori amalga oshirilishiga alohida e’tiborni qaratsin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyati natijasida 1998-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqilsin.
4. Belgilansinki, tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturiga muvofiq mulkiy paylarni joriy etish asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini qishloq xo‘jaligi shirkatlariga aylantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlarining ustuvor vazifalari hisoblanadi.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi raisi va Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori lavozimlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari hisoblanadilar. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi raisi ayni paytda korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining kotibi hisoblanadi.
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi raisi M.T. Umarov, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori M.S.Yunusmatovning ular uchun belgilangan amaldagi lavozim maoshlari saqlab qolinsin.
6. 1998-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturi 3—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan ishlarning yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tasdiqlangan topshiriqlar parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 1998-yilda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-fevraldagi 72-son qarori 1-bandi va 3-bandining birinchi xatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin. | 146 | 4,764 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2005-yilgi hisoboti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2005-yilgi hisoboti tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 300 |
Qonunchilik | Ijtimoiy ta’minot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-dekabrdagi, 84-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2076, 2010-yil 3-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Ijtimoiy ta’minot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ijtimoiy ta’minot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”.
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Muassasalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Muassasalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
5. 53-banddagi “davlat sanitar nazorati organlari” degan so‘zlar “hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 87-band va 88-bandning beshinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy inspeksiyalari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 120 | 3,104 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 23-avgustda qabul qilingan va 2020-yil 19-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan rad etilgan “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta ko‘rib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 134 | 803 |
Qonunchilik | ANDIJON VILOYATIDA BOShOQLI DON EKINLARI URUG‘ChILIGINI TAShKIL ETISh MASALALARI | Qishloq xo‘jaligi korxonalarini yuqori reproduksiyali boshoqli don ekinlari urug‘lari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida hamda ushbu ishda Andijon viloyati xo‘jaliklari to‘plagan tajribani hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Boshoqli don ekinlarining mustahkam o‘z urug‘chilik bazasini yaratish, hamma joyda barcha maydonlarda yuqori reproduksiyali va klassli urug‘lar ekishga o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining kechiktirib bo‘lmaydigan vazifasi deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining respublikaning sug‘oriladigan zonasi xo‘jaliklariga sotish maqsadida Andijon viloyati xo‘jaliklarida boshoqli don ekinlarining serhosil navlarini yetishtirishni tashkil etish, shu maqsadda “Andijondonmahsulot” uyushmasi apparatida tegishli boshqarma tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Viloyatning elita-urug‘chilik xo‘jaliklarini va O‘zbekiston g‘allachilik ilmiy-tadqiqot instituti filialini “Andijondonmahsulot” uyushmasi tarkibiga birlashgan a’zolar huquqi bilan kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etilgan boshqarma o‘z ishida qishloq va suv xo‘jaligi viloyat va tuman boshqarmalari urug‘chilik xizmatlari, urug‘chilik bo‘yicha viloyat va tuman davlat inspeksiyalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik qiladi hamda:
urug‘larning yuqori hosilli navlarini (Skifyanka, Yuna) yetishtirish va tayyorlash, ularni respublikaning g‘alla ekuvchi xo‘jaliklariga sotish;
standartlar normalariga muvofiq urug‘larni tozalash, navlarga ajratish, kalibrlash va dorilashni tashkil etish;
sotiladigan urug‘likka urug‘larning navi va ekish sifatlari to‘g‘risida tegishli hujjatlar (sertifikatlar) berish;
don ekinlaridan yuqori hosil olish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish vazifalarini hal etadi.
3. “Andijondonmahsulot” uyushmasiga 1997-yil hosilidan Andijon viloyati xo‘jaliklaridan 200 ming tonna yuqori reproduksiyali navli bug‘doy urug‘ini xarid qilish bo‘yicha topshiriq, shu jumladan 187,6 ming tonna respublika xo‘jaliklariga sotish uchun va 12,4 ming tonna sug‘urta fondi tashkil etish uchun, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq xo‘jaliklar tomonidan ularning o‘zlari yetishtirgan urug‘likni g‘amlash topshirig‘i belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi respublikaning sug‘oriladigan zonasi xo‘jaliklarining sifatli urug‘likka bo‘lgan ehtiyojini 1998-yil hosilidan boshlab, ularni Andijon viloyati xo‘jaliklarida yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga, to‘liq ta’minlashga doir zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
“O‘zdondmahsulot” davlat korporatsiyasi har yili 1-aprelgacha Andijon viloyati elita-urug‘chilik xo‘jaliklari uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 2 ming tonna elitz (superelita) urug‘lik xarid qilinishini ta’minlasin.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi va qaroriga 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Mutalov), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Jumaniyozov) Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
viloyat don qabul qilish korxonalari bazasida boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash, tozalash, kalibrlash va dorilash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan punktlar tashkil etsinlar;
punktlarni urug‘larni tayyorlash bo‘yicha zarur mexanizmlar, asbob-uskunalar va moslamalar bilan jihozlasinlar, urug‘lik xo‘jaliklarga tegishlicha markirovkalangan holda mutlaq ravishda dorilangan va qoplangan holda sotilishini ta’minlasinlar;
viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda urug‘larni oluvchi xo‘jaliklarni belgilasinlar, urug‘larning ishonchli saqlanishi va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini ta’minlasinlar.
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov) “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari bo‘yicha urug‘lik tayyorlash punktlarini jihozlash uchun zarur mashinalar, mexanizmlar va materiallar yetkazib berilishini tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari sug‘oriladigan yerlar uchun yetishmayotgan urug‘lik miqdorini va lalmi zonadagi xo‘jaliklar uchun urug‘lik tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan punktlar tashkil etilishini ta’minlasinlar, bunda ularni 1997-yil hosilidan boshlab sifatli urug‘lar bilan kafolatli ta’minlashni nazarda tutsinlar.
7. Andijon viloyati xo‘jaliklarining boshoqli don ekinlari urug‘i yetishtirishga o‘tkazilishi munosabati bilan va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qaroriga 2-ilova qisman o‘zgartirilgan holda don mahsulotlari korxonalariga don sotish hajmi 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
9. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997-yil 1-fevralgacha Andijon viloyati xo‘jaliklari bilan boshoqli ekinlarning navli urug‘larini xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini, boshqa viloyatlarning xo‘jaliklari bilan esa don sotish hajmlari o‘zgarganligi munosabati bilan 1997-yil hosili donini xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari qayta tuzilishini ta’minlasinlar.
Shartnomalarni tuzishda urug‘larni navlarga ajratishda va kalibrlashda hosil bo‘ladigan donning nokonditsion qismini xo‘jaliklarga qaytarishni yoki uning o‘rnini qoplashni nazarda tutgan holda bunday dondan foydalanish shartlarini belgilasinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, urug‘likning sotish narxi g‘alla o‘rim-yig‘imi davrida donning jahon narxlari darajasidan, reproduksiya uchun ustamalardan va urug‘likning nav sifatidan, shuningdek urug‘likni tayyorlash, navlarga ajratish, dorilash va qoplash xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi.
10. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston g‘allachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini mustahkamlasinlar, bunda bu yerda yangi navlarning original urug‘liklari yetishtirilishi, yuqori g‘alla hosili (gektaridan 70—80 ts) olish texnologiyasi ishlab chiqilishi, boshoqli don ekinlarining yangi yuqori hosilli (gektaridan 100 sentnergacha) va kasalliklarga chidamli navlari yaratilishi tashkil etilishini nazarda tutsinlar.
11. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi urug‘likni Andijon viloyatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga va respublikaning boshqa mintaqalariga yetkazib berish bilan bog‘liq masalalarni kechiktirmasdan hal etsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q. Obidov zimmasiga yuklansin. | 80 | 7,283 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI TIZIMI XODIMLARI UChUN YAGONA TARIF SETKASI TARMOQ KOEFFITSIYENTLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga muvofiq hamda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va professional talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ijodiy-ishlab chiqarish va muhandis-texnik xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish, shuningdek, ularning kasb darajasini va malakasini oshirishi uchun rag‘batlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasiga binoan hisoblab chiqilgan lavozim maoshlariga:
“O'zbekiston” teleradiokanali”, “Sport” teleradiokanali”, “Toshkent” teleradiokanali”, “O'zbektelefilm”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali”, “Dunyo bo‘ylab” telekanali” davlat unitar korxonalari, shuningdek “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun — 1,15 miqdorida;
ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga va professional talablarga muvofiq O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun — 1,1 miqdorida tarmoq koeffitsiyentlari joriy etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Yagona tarif setkasi bo‘yicha lavozim maoshlariga tarmoq koeffitsiyentlarini joriy etish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, uning tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek, hududiy bo‘linmalariga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shtatdagi xodimlar sonini maqbullashtirish va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va professional talablarni hisobga olib xodimlarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 133 | 2,236 |
Qonunchilik | Gidrometeorologiya хizmati a’lochilarini mukofot kutadi | Vazirlar Mahkamasining 09.06.2021 yildagi 356-son qarori bilan "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni ta’sis etildi.
Tasdiqlangan nizomga asosan, koʻkrak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaхassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.
"Oʻzgidromet" gidrometeorologiya хizmati markazi tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar taqdim etadi. Bunda nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida ma’lumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganib, har yili 20 aprelga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qiladi.
Koʻkrak nishoni har yili 7 may - "Oʻzgidromet" tashkil topgan kun arafasida topshiriladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 55 | 1,305 |
Qonunchilik | “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL–160-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 27-sentabrda kiritilgan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL–160-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 216 | 470 |
Qonunchilik | BUXORO VA FARG‘ONA ShAHARLARIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING SOLIQ KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorining bajarish yuzasidan hamda Davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejlari tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarorining 1 va 2-bandlari yangi tashkil etilayotgan Soliq kollejlariga tatbiq etilsin.
3. Soliq kollejlari ma’muriy va o‘qituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
2000-yil 1-sentabrdan boshlab kollejlarda mashg‘ulotlar boshlanishini ta’minlasin;
Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 2000/2001 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2001-yildan boshlab Buxoro va Farg‘ona shaharlaridagi Soliq kollejlarining xarajatlariga belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
6. 2000-yilda kollejlarning joriy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnika ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B.A. Xo‘jayev), Moliya vazirligi (R.S. Azimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S.S. G‘ulomov), Buxoro (S.Q. Husenov) va Farg‘ona (A.A. Otabayev) viloyatlari hokimliklari 2000-yilning 1-avgustigacha Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasidagi 7-uyda joylashgan 7-son kasb-hunar kolleji, Farg‘ona shahar Qirguli tuman Farg‘ona ko‘chasidagi 122-uyda joylashgan elektrotexnika kasb-hunar litseyi binolarining qurilishi va rekonstruksiyasini yakunlasinlar, bu binolar Davlat soliq qo‘mitasi balansiga o‘tkazilsin.
8. Belgilansinki, kollejlar binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash Buxoro va Farg‘ona viloyatlarining 2000-yilga mo‘ljallangan kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish maqsadli dasturlarida ko‘zda tutilgan kapital quyilmalar limitlari doirasida amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq va bojxona idoralari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha oliy kurslar tashkil etish haqida takliflar kiritsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 128 | 3,085 |
Qonunchilik | Hisobot topshirishga tayyormisiz? | Soliq organlariga hisobotlar topshiriladigan vaqt yaqinlashib qoldi. Biror-bir muhim jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki oхirgi oylarda qonun hujjatlariga juda koʻp yangiliklar kiritildi. Ularni bilish uchun Norma professional rivojlanish markazining maхsus seminarida ishtirok eting.
Seminarni oʻqituvchi Zoya Ivanovna Tuchkova oʻtkazadi. U soliq organlarida koʻp yillar davomida ishlagan va soliq solishga oid murakkab masalalarga amaliy yechim topishda katta tajribaga ega.
Seminar doirasida u tinglovchilarga umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar uchun soʻnggi yangiliklarni sharhlab beradi. Ularni qoʻllash uslubiyatini batafsil tushuntiradi. Bundan tashqari, tinglovchilarning soliq solishga oid savollariga javob beradi.
Bu Sizga hisobotni beхato topshirishingizda yordam beradi.
Hoziroq havola boʻyicha oʻtib, seminarga yozilishingiz mumkin. Ajratilgan joylar soni cheklangan! | 33 | 903 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zeksayd” O‘zbekiston — Amerika qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 26-oktyabrdagi 453-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida | “O‘zEksayd” O‘zbekiston — Amerika qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 26-oktabrdagi 453-son qarorga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qo‘shma korxona ishlarini bajarish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga “O‘zEksayd” qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha kelish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin, ular konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy mutaxassislarga “O‘zEksayd” qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek xorijiy mutaxassislar yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin, ular davlat bojlari to‘lashdan ozod qilinsin.
3. “O‘zEksayd” qo‘shma korxonasi masalalari bo‘yicha ishlarni bajarish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga mahalliy xarajatlarga (yashash, xizmatlar va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lash huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 174 | 1,348 |
Qonunchilik | Naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llanish shartlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llanish shartlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llanish shartlarini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) yetishtirish va undan foydalanish;
nasldor hayvon — kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko‘paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hayvon;
naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urug‘i va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug‘i;
dezoksiribonuklein kislota (DNK) — tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash vazifasini bajaradigan hamda asosan hujayra yadrosi, mitoxondriya va xloroplastlarda bo‘ladigan nuklein kislotaning bir turi;
seleksiya usuli — nasldor hayvonlarni urchitish orqali yangi nasldor hayvon zotlarini yaratish;
biotexnologiya usuli — biologik jarayonlar va biologik omillardan foydalangan holda yangi nasldor hayvon zotlarini yaratish;
irsiyat-muhandislik usuli — rekombinant DNKlar texnologiyasi hamda genetik, biokimyoviy usullar yordamida organizm yoki hujayraning biologik axborotini o‘zgartirish orqali tabiatda uchramaydigan, yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan genlar to‘plami asosida yangi nasldor hayvon zotlarini yaratish;
vektor — tashqaridan kiritilgan genni hujayraga ko‘chirishda va uni hujayra genomiga biriktirishda foydalaniladigan doira shakldagi (plazma) genetik tizim;
ribonuklein kislota (RNK) — asosan hujayra tsitoplazmasida joylashgan va DNKdagi genetik axborotlarning nusxasi bo‘lib, bitta polenukleotid zanjirdan tashkil topgan hamda fermentativ faollik xususiyatlariga ega bo‘lgan riboza asosli nukleotidlardan tashkil topgan nuklein kislota;
gen — irsiy omil bo‘lib, DNK (viruslarda RNK) molekulasining bir qismi, irsiy axborotning tizimli va funksional birligi;
donor — urug‘langan tuxum hujayra olishda foydalaniladigan yuqori mahsuldorlik xususiyatiga ega bo‘lgan ona hayvon;
retsipiyent — 6, 7 va 8 kunlik embrionni ko‘chirib o‘tkazishga mo‘ljallangan hayvon;
transplantatsiya — hayvonlarda biror to‘qima yoki organni ko‘chirib o‘tkazish;
yadro — eukariod organizmlar hujayrasidagi organoid bo‘lib, hujayradagi barcha hayotiy jarayonlarda, ularning bo‘linishida ishtirok etadi va bu jarayonlarni nazorat qiladi.
2. Seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullari mazkur Nizomning ilovasida nazarda tutilgan nasldor hayvonlarga nisbatan qo‘llaniladi.
3. Naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llashdan asosiy maqsad tabiiy iqlim sharoitiga mos, yuqori mahsuldorlik xususiyatiga ega bo‘lgan hayvonlarni ko‘paytirish, kasalliklarning oldini olish va yangi naslli mahsulotlardan (materiallardan) zotlar yaratish hisoblanadi.
4. “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan, nasldor hayvonlarning urug‘i va embrionlaridan, agar ular:
qishloq xo‘jalik hayvonlarini sun’iy urug‘lantirish va embrionlarini ko‘chirib o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda olingan bo‘lsa;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nasldor hayvonlardan olingan bo‘lsa;
identifikatsiya qilish maqsadida aniq belgi qo‘yilgan bo‘lsa;
sertifikatga ega bo‘lsa, foydalaniladi.
5. Nasldor hayvonlarning urug‘i va embrionlari qishloq xo‘jalik hayvonlarini sun’iy urug‘lantirish va embrionlarini ko‘chirib o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan boshqa shaxslarga realizatsiya qilinishi yoki o‘tkazilishi mumkin.
6. Seleksiya usullari bir turga mansub zotlarni, bir turga mansub ikki va undan ko‘p zotlarni, ikki turga mansub hayvonlarni urchitish orqali, biotexnologiya usullari esa, urug‘ olish va embrion tayyorlashda qo‘llaniladi.
7. Erkak nasldor hayvonlardan quyidagi davriylikda urug‘ olinadi:
nasldor buqalardan haftada 2 — 8-marta, bunda har bir eyakulyat orasida 10 — 15 daqiqa dam berilishi lozim;
qo‘chqorlardan kuniga 3-marta, bunda tushlikgacha 2-marta va kunning ikkinchi yarmida 1-marta;
ayg‘irlardan har kuni 1-marta;
erkak cho‘chqalardan haftada 2-marta;
quyondan kuniga 2-marta;
xo‘rozlardan ikki kunda 1-marta;
kurka va g‘ozlardan haftada 2-marta;
baliqlardan haftada 1-marta.
8. Erkak hayvonlardan olingan urug‘lar makroskopik (vizual) va mikroskopik usullarda tekshiriladi. Bunda har bir urug‘ tarkibiy qismining harakati, tirik-o‘likligi va patologik shakllari bo‘yicha baholanadi.
9. Urug‘ va uning tarkibiy qismlarini baholashda quyidagi nuqsonlar mavjud yoki mavjud emasligi tekshiriladi:
gigant;
kar;
boshchasi deformatsiyaga uchragan;
bo‘yni siniq;
faqat boshchalar yoki dumsiz;
dumi buralgan yoki qiyshaygan;
tsitoplazmasida tomchilar mavjud bo‘lgan yoki qalinlashgan hamda bir, ikki, uch va to‘rt dumli.
10. Nasldor erkak hayvonlarning nuqsonli spermatozoidlari quyidagi me’yorlardan oshganda, ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
buqada — 18%;
qo‘chqorda — 14%;
erkak cho‘chqada — 20%;
ayg‘irda — 25%;
quyonda — 16%;
xo‘roz, kurka, g‘ozlar va baliqlarda — 15%.
11. Nasldor erkak hayvonlarning 1 ml urug‘ida spermatozoidlarning soni quyidagi me’yorlardan kam bo‘lganda, ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
buqada — 0,8 — 1,0 mlrd;
qo‘chqorda — 2 — 3 mlrd;
ayg‘irda — 0,1 — 0,25 mlrd;
erkak cho‘chqada — 0,1 — 0,2 mlrd;
quyonda — 0,1 mlrd;
xo‘roz va kurkada — 2 — 4 mlrd;
g‘ozda — 0,3 — 1,0 mlrd;
baliqda — 0,1–0,3 mlrd.
12. Nasldor erkak hayvonlarning yangi olingan urug‘i baholangandan so‘ng, mazkur urug‘ yig‘gichda 1:1 yoki 1:2 nisbatda suyultiriladi.
13. Nasldor erkak hayvonlarning urug‘i kuyidagi tartibda ko‘p marotaba suyultiriladi:
buqalar urug‘i 10-marta 1:9 nisbatda, 15-marta 1:14 nisbatda;
qo‘chqor, erkak cho‘chqa, quyon, xo‘roz, kurka, g‘oz va baliqlar urug‘i 2-marta 1:1 nisbatda, 3-marta 1:2 nisbatda, 4-marta 1:3 nisbatda.
14. Urug‘ni saqlashda chuqur muzlatish texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda urug‘ suyuq azot solingan D’yuar idishda —1960S haroratda 25 yildan 100 yilgacha saqlanishi mumkin.
15. Nasldor buqa urug‘ini muzlatish va uzoq muddat saqlash uchun maxsus apparatlar va statsionar saqlagichlardan foydalaniladi. Bunda nasldor buqalar urug‘i ftoroplast taxtachasida granulalar, qobiqli granulalar va polipropilenli somonchalar (payettalar) shaklida muzlatiladi.
16. Donorlardan embrionlar olish va transplantatsiya qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
nasldor hayvonlardan embrion tayyorlashda yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan donorlarni tanlash;
donorlardan ko‘p ovulatsiya chiqarish uchun garmonlardan foydalanish;
donorlar va retsipiyentlarning kuyikka kelishini nazorat qilib borish;
donorlarni nasldor erkak hayvonlar bilan juftlashtirish;
donorlarga mahsuldorligi past ona hayvonlarni retsipiyent qilib belgilash;
donorlar va retsipiyentlarning jinsiy siklini sinxronlashtirish (moslashtirish);
donordan 6, 7 va 8 kunlik embrionlarni yuvib olish;
yuvib olingan embrionlarni belgilangan usulda baholash, ko‘chirib o‘tkazish va saqlash;
donordan yuvib olingan embrionni retsipiyentga ko‘chirib o‘tkazish;
retsipiyentlarni bug‘ozlik davrida alohida parvarishlash.
17. Embrionlar nasldor hayvonlardan yuvib olinganda ularning tashqi ko‘rinishi, yoshiga muvofiqligi va ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng yashab ketishi o‘rganiladi.
18. Nasldor hayvonning geni maxsus laboratoriya sharoitida ajratib olinadi va uning DNKsi ketma-ketligi o‘rganiladi.
19. Ajratib olingan gen DNKni ko‘chiruvchi vektorga ulanadi. Ulangan vektor hujayraga yoki organizmga o‘tkaziladi va transformatsiyalangan hujayra sun’iy muhitda o‘stiriladi.
20. Dastlabki hujayra mitoz usulida (hujayralarning asosiy bo‘linish usuli bo‘lib, bunda bitta ona hujayradan shu hujayraga o‘xshash ikkita bir xil qiz hujayra hosil bo‘ladi) bo‘linadi va genetik jihatdan bir xil hujayralar olinadi (klonlashtiriladi).
21. Sun’iy muhitda o‘stirilgan hujayralar somatik embriogenez bosqichigacha o‘stiriladi va ularning embrion to‘qimalari olinadi hamda embrion bachadonga implantatsiya qilinadi.
22. Jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan nasldor hayvonlar klonlashtirilganda, tuxum hujayrasidan yadrosi olib tashlanib, unga boshqa hujayradan olingan yadro kiritiladi va gibrid tuxum hujayralar paydo bo‘ladi.
1. Nasldor qoramollar:
sut-go‘sht yo‘nalishidagi zotlar;
qora-ola zotlar;
qizil zotlar;
bushuyev zoti;
boshqa zotlar;
go‘sht-sut yo‘nalishidagi zotlar;
shvits zotlari;
simmental (flekfi) zotlari;
boshqa zotlar;
go‘sht yo‘nalishidagi zotlar;
santa-gertruda zoti;
aberdin-angus zoti;
qozoqi oqbosh zoti;
boshqa zotlar.
2. Nasldor qo‘ylar:
go‘sht-yog‘ beruvchi dumbali zotlar;
hisori zoti;
jaydari zotlar;
boshqa zotlar;
qorako‘l teri beruvchi zot;
qora rangli;
ko‘k rangli;
kulrang;
zarmalla rangli;
kumush rangli;
bronza rangli;
nasldor qo‘chqorning urug‘lari;
boshqa ranglar.
3. Nasldor echkilar:
sut yo‘nalishidagi echkilar;
dag‘al jun beruvchi echkilar;
jaydari echkilar;
tivit beruvchi echki zotlari;
mahalliy tivit beruvchi zot.
4. Otlar:
qorabayir zoti;
axalteka zoti;
budyonniy zoti;
gannover;
poni otlar;
mahalliy otlar;
boshqa zotlar.
5. Tuyalar:
bir o‘rkachli;
ikki o‘rkachli;
6. Cho‘chqalar.
7. Quyonlar.
8. Parrandalar:
tovuq;
kurka;
g‘oz;
o‘rdak;
bedana;
tsesarka;
tuyaqush.
9. Asalarilar:
mahalliy zot;
karpat zoti;
boshqa asalari zotlari.
10. Baliqlar:
sazan zoti;
karp zoti;
do‘ngpeshona;
oq amur;
ilonbaliq;
boshqa baliqlar.
11. Tut ipak qurti tuxumlari. | 160 | 10,352 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Agentlik bog‘dorchilik sohasi va issiqxona xo‘jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirishga hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga, shuningdek, zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga mas’ul davlat organi hisoblanadi.
3. Agentlik o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining buyruqlariga, ushbu Nizomga, xalqaro moliya institutlari, chet el hukumat tashkilotlari bilan investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan bitimlarga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga egadir.
6. Agentlik o‘z faoliyatini amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha bo‘limlari (sektorlari) va mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida — The Agency of Norticulture and Greenhouse Development under the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan;
v) rus tilida — Agentstvo po razvitiyu sadovodstva i teplichnogo xozyaystva pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan.
8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6-uy.
9. Agentlik tizimi Agentlik markaziy apparatidan iborat.
“Agroservis operator” DUKning faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashish;
meva mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini o‘z ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
bozorlar konyunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva navlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarining elektron reyestrini yuritish.
11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishini uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish sohasida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan investitsion loyihalar portfelini shakllantirishda ishtirok etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari bilan birgalikda investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga ushbu dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
b) zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birgalikda mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovi natijalariga asoslanib, eski bog‘ va issiqxonalarni rekonstruksiya qilish hamda yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bog‘ va issiqxonalar o‘rnida yangi intensiv bog‘lar va issiqxonalarni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
yangidan tashkil etilgan bog‘lar va issiqxonalarning ahvoli, ulardan samarali foydalanilayotganligi, agrotexnik me’yor va qoidalarga rioya etilayotgani, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilayotganligi bo‘yicha monitoring qilib boradi, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilgan meva mahsulotlarining hajmi va qiymatini umumlashtirib tahlil qiladi;
ishlab chiqarish jarayoniga intensiv, resurstejamkor texnologiyalarni tatbiq etilishini inobatga olgan holda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari faoliyatiga baho beradi;
resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda, tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yuqori hosilli meva navlarini yetishtiradigan bog‘ va issiqxonalarni yaratishga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi.
v) hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish sohasida:
meva mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashqi bozorlarda yuqori talabga ega bo‘lgan, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan mevalar navlarini joylashtirish bo‘yicha Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kiritadi;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalarni hamda mexanizatsiyalash darajasini oshirish choralari haqida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga va viloyat hokimliklariga kiritadi.
g) “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashish sohasida:
tashqi bozorlarda meva mahsulotlariga va ko‘chatlariga qo‘yiladigan sifat va texnik talablarni hisobga olgan holda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashadi;
ichki va tashqi bozorlarda meva mahsulotlarini raqobatbardoshligini oshirish maqsadida jahon miqyosida tan olingan xalqaro standartlar (organic, Global GAP kabilar) talablariga javob beradigan mahsulot sifatini baholash tizimlarini, sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashadi. Ushbu yo‘nalishda xorijiy kompaniyalar va ilmiy-tekshirish, konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi institutlar bilan hamkorlik qiladi;
d) meva mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash, saqlash va sotishning butun zanjirini o‘z ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash, saqlash va sotishni qamrab oladigan klasterlar va kooperatsiyani tashkil etish jarayonida ishtirok etadi;
bozorlar marketingi va mevalar eksport geografiyasini hisobga olgan holda, meva mahsulotlarini yetishtirish, ularga ishlov berish va qadoqlash, saqlash, qayta ishlash, ularning eksporti va logistikasini samarali tashkil etish bo‘yicha zamonaviy uslub va texnologiyalar asosida seminar va treninglarni tashkil etadi;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yuritadigan fermer xo‘jaliklarni rag‘batlantirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga imtiyozlar berish, rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini, shu jumladan ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, konsepsiyalarni, strategiya va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
e) bozorlar konyunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish sohasida:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida investitsion loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlarning imtiyozli kreditlari va texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar)ni jalb etishda ishtirok etadi;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida mutaxassislar malakasini oshirish uchun o‘quv kurslariga chet el mutaxassislari va konsultantlarni jalb qiladi;
meva va issiqxona mahsulotlari yetishtiruvchilarning tashqi bozorlardagi o‘rnini munosib ta’minlash hamda yangi salohiyatli bozorlarini topish maqsadida meva mahsulotlari tashqi bozorlarining marketing tahlilini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot yetishtirish salohiyatini namoyon etish, meva mahsulotlarini import qilish salohiyatiga ega xorijiy hamkorlar bilan sheriklik aloqalarni o‘rnatish maqsadida ixtisoslashgan milliy va xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarni tashkil qilish hamda o‘tkazishda ishtirok etish;
meva mahsulotlarini yetishtirish va sotishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish maqsadida meva mahsulotlarini yetishtirish va sotishda yetakchi bo‘lgan mamlakatlar tajribasini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
yo) tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva navlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashqi bozorlarda mevalarga bo‘lgan talablarini o‘rganadi va tahlil qiladi;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklariga talab yuqori bo‘lgan mevalarning tur va navlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib joylashtirish to‘g‘risida tavsiya beradi;
eksportbop meva turlarini resurstejamkor texnologiyalar asosida yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi va joylarga yetkazilishini ta’minlaydi;
j) bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish sohasida:
Agentlikka yuklatilgan vazifalar doirasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchi xorijiy tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi;
z) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarining elektron reyestrini yuritish sohasida:
bog‘ plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarini identifikatsiyalash yagona elektron reyestrini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab boradi.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
12. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklarini jalb etish;
xorijiy davlatlarning sohaga oid tashkilotlari bilan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish va shartnomalar tuzish;
xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlarning imtiyozli kreditlari va texnik ko‘mak (grantlar) xorijiy kompaniyalar mablag‘larini va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘larini Agentlik faoliyatini moliyalashtirish;
ilmiy, konsalting va audit tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga shartnoma asosida jalb qilish;
Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha xorijiy investorlar, kompaniyalar, ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, muzokaralar olib borish va yozishmalar yuritish;
bitim va kelishuvlar asosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish;
malakali, shu jumladan chet ellik, mutaxassislarni jalb etgan holda Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, uning bo‘linmalari, ilmiy va tajriba stansiyalari bazasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘quv kurslarini tashkil qilish;
fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Respublikasida va xorijda treninglar, seminarlar va boshqa ta’lim dasturlarini tashkil etish;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida joriy va strategik vazifalar, olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni yoritish, uslubiy qo‘llanmalar va bukletlarni nashr qilish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha taqdimot va konferensiyalar tashkil etish;
Agentlikning sho‘ba korxonalarini ochish hamda hamkorlikda faoliyat olib borish va tovar sotishdan komissiya shaklida daromad olish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani xarid qilish, saqlash va ekspluatatsiya qilish, turli jihozlar, dasturiy ta’minot hamda Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.
13. Agentlik:
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali amalga oshirilishi;
normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
14. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
15. Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
16. Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor o‘rinbosariga ega.
Direktor vaqtincha bo‘lmagan vaqtlarda uning vazifalarini direktor o‘rinbosari bajaradi.
17. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlarning qoidalari va protseduralariga muvofiq hisob yuritadi va hisobot beradi.
18. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan hamda xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishni tashkil etish;
o‘zining o‘rinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sifatli ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘z vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash hamda safar xarajatlariga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
o‘z o‘rinbosari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
o‘z o‘rinbosari va Agentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Agentlik va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish;
Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yo‘riqnomalari va Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, Agentlik markaziy apparati;
Jamg‘armaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga bog‘dorchilik va issiqxona sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
Agentlik, idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Agentlik markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvallariga o‘zgartish kiritish yuzasidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga takliflar kiritish.
Agentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
19. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ular tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish;
direktorning buyruqlari hamda topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflarni taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, amaliy tajribasi, ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining oshirishi va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Agentlik xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
xodimlar, jumladan mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Agentlikning bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha direktorga taklif kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash.
Direktor o‘rinbosari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
20. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli sarflanishi;
ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan Agentlikning funksional vazifalari to‘liq bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi.
21. Agentlik direktori o‘rinbosari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan Agentlikning funksional vazifalari to‘liq bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi.
22. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi jihatdan muntazam ravishda baholanadi.
23. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
24. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha quyidagi choralar ko‘riladi:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
25. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari;
O‘zbekiston Respublikasi rezident va norezidentlari — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qilingan xayriya mablag‘lari;
vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larni bank depozitiga qo‘yish hisobiga olinadigan foiz ko‘rinishidagi tushumlar;
shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
Agentlik qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
26. Agentlik milliy valyutada maxsus talab qilinguniga qadar depozit hisob raqamlari ochadi, unga faoliyatning ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, Agentlik mol-mulklarini o‘rnatilgan tartibda sotishdan, tuzilgan shartnomalar doirasida jarima sanksiyalaridan, sug‘urta to‘lovlaridan tushgan tushumlar, bo‘sh mablag‘larni vaqtincha depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlar, xayriya mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushiriladi.
Mazkur hisobraqamidagi mablag‘lar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga, vakillik xarajatlariga, xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliya tashkilotlar vakillarini, chet el delegatsiyalarini qabul qilish xarajatlariga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Ushbu mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik direktor zimmasiga yuklanadi.
27. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan Agentlikning jalb etilgan xodimlari, ekspertlari va maslahatchilari xizmatlariga tuzilgan kontraktlar shartlariga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
28. Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
29. Agentlik xodimlariga lavozim maoshining 200 foizi miqdorigacha ustamalar belgilanishi mumkin.
30. Rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimcha to‘lovlar Agentlik direktori tomonidan imzolanadigan jamoa kelishuvi va mehnat shartnomalarga muvofiq to‘lanadi.
31. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek ularning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
Agentlikning markaziy apparati ta’minoti va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Agentlik markaziy apparatining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish.
3. Jamg‘arma faoliyati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining TIF TN kodi 07 va 08 bo‘lgan tovar guruhlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishdan tushgan bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) summasining 10 foiziga teng miqdordagi ajratmalar;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasining ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning boshlang‘ich bahosidan oshgan summaning 50 foizi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Jamg‘armaga majburiy ajratmalarni o‘z vaqtida yuborish uchun shaxsiy mas’uliyat Jamg‘armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
6. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
a) bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni shuningdek, sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihalarini amalga oshirish shu jumladan, yangi limonzorlarni barpo etish va limon ko‘chatlarining xarid qilishga;
b) quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar berish:
2019-yil va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan loyihalar uchun;
maydoni 10 gektardan ziyod bog‘larda va xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
2021-yil va undan keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan issiqxonalarda yangi limonzorlarni barpo etish va limon ko‘chatlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming so‘m miqdorida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan limon yetishtirish maqsadida issiqxonani muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) bilan isitish maqsadida xarid qilingan qurilmalar qiymatining 30 foizi miqdorida;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda har bir intensiv (pakana va yarim pakana) ko‘chat uchun 8 000 so‘m hamda payvandtagning har bir donasi uchun 2 500 so‘m miqdorida;
yangi bog‘ va xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million so‘mgacha;
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam bo‘lmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda mevali bog‘lar va xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan ta’minlash uskunalarini sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona xo‘raki, kishmishbop tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chati uchun 5 ming so‘m miqdorida;
xo‘raki va kishmishbop tok ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (o‘n besh) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
mayiz quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, lekin 300 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Agar shartnomada suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va intensiv ko‘chatlarni (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni xarid qilish bilan bog‘liq sarflangan xarajat mazkur kichik bandda belgilangan summadan kam bo‘lgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi;
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi asosida suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan mikdorda;
yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq qazish, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tegishli dalolatnomasiga asosan har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda.
v) Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning xizmat safarlari bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish;
g) bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasiga xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, Agentlik xodimlari, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari egalarini kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
d) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan meva va issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlar, shu jumladan, ushbu mahsulotlarini tanishtirish bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari, festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish va tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, ushbu tadbirlarda, shu jumladan, chet elda o‘tkaziladigan bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasi korxonalari ishtirok etishida ko‘maklashish, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash;
e) mahalliy tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarda a’zolik badallarini va boshqa badallarni to‘lash;
j) ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, e’lonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish;
z) ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan bog‘dorchilik va issiqxonachilik sohasida normalar, reglamentlar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
i) malakali trener-konsultantlarni tayyorlash bo‘yicha dastur va ularni tanlab olishga doir talablarni ishlab chiqish, dehqon ho‘jaliklari uchun qisqa muddatli intensiv o‘quv kurslarini tashkil etish dasturini ishlab chiqish, o‘quv kurslarini tashkil etish, dehqon ho‘jaliklariga yaqindan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali doimiy tarzda maslahat berib borish;
k) bog‘dorchilik va sabzavotchilik rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislar jalb qilish;
Jamg‘arma mablag‘lari Agentlikning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun ham sarflanishi mumkin.
7. Subsidiyalarni ajratish suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, yaratilayotgan bog‘ va issiqxonalarda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq va suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish holati bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash Kengash tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi kelgusi yilda kutilayotgan moliyaviy mablag‘lar tushumi prognozi (2019-yil uchun — joriy yilda kutilayotgan moliyaviy mablag‘lar tushumi prognozi) va tadbirlarni o‘tkazish rejasidan kelib chiqib tuziladi.
11. Buyurtmanomalarni qabul qilish va umumlashtirish, Jamg‘arma kengashining qaroriga asosan daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzish va Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish Agentlikning bosh hisobchisi va uning o‘rinbosari tomonidan olib boriladi.
12. Kengash:
ushbu Nizom 6-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishi yuzasidan kelib tushgan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi;
qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng ustuvorlari va asoslanganlarini tanlab oladi hamda mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi;
ushbu Nizom 6-bandining “b” kichik bandiga muvofiq belgilangan yo‘nalishlar doirasida mablag‘lardan foydalanish uchun eng ustuvorlarini tanlaydi;
buyurtmanomalar asosida ajratilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatadi va ajratilgan mablag‘larni undirish choralarini ko‘radi;
Jamg‘arma faoliyatiga oid boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
13. Kengashning subsidiyalarni taqdim etish to‘g‘risidagi ijobiy qarori Jamg‘arma mablag‘larini ajratish uchun asos hisoblanadi.
Kengash majlislari bir oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Agentlik Kengashning ishchi organi hisoblanadi, uning vazifalari va funksiyalari Kengash tomonidan belgilanadi.
14. Agentlik direktori:
Jamg‘arma mablag‘larini ushbu Nizomga hamda Jamg‘armaning prognozi va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi va uning mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun javob beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tovarlarni (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun shartnomalarni tuzadi;
Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlariga qo‘shimcha kiritish, to‘ldirish, amal qilish muddatini o‘zgartirish (uzaytirish) bo‘yicha qarorlarni qabul qiladi;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini ta’minlaydi;
Jamg‘arma kengashiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi;
o‘z vakolati doirasida boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
25. Agentlik har bir yo‘nalish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari tushishi va harakatining alohida hisobini yuritadi.
26. Agentlik direktori va bosh hisobchisi Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘lar va ularning sarflanishiga oid buxgalterlik hisobini yuritish, hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishni to‘g‘ri olib borishga javobgardir.
27. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 25 sanasigacha har chorakda, yillik hisobot esa keyingi yilning 30-yanvaridan kech bo‘lmagan muddatda taqdim qilinadi.
28. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga o‘tkazilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
29. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
31. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. | 209 | 46,216 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-moddasi to‘rtinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Mustafoyev, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-moddasi to‘rtinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Ishni ko‘rishga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari S. Hakimova, U. Bozorov va G. Pirjanovning O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-moddasi to‘rtinchi qismining o‘zbek va rus tilidagi matnlarini bir-biriga muvofiqlashtirish zarurligi xususida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq ko‘rsatgan tashabbusi asos bo‘ldi.
Ma’ruzachi-sudya S. Hakimovaning axborotini, Konstitutsiyaviy sud Raisi B. Mustafoyev, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanovning fikrlarini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarni aniqladi:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 128-moddasi to‘rtinchi qismining o‘zbek tilidagi matnida bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan to‘rttasini va undan ko‘prog‘ini sodir etish — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘lishi belgilangan.
128-modda to‘rtinchi qismining rus tilidagi matnida esa bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan to‘rttasini va undan ko‘prog‘ini sodir etish — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi, deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-moddasi to‘rtinchi qismining jazo choralari bir xil huquqbuzarlik uchun o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tilidagi matnlari bir-biriga nomuvofiq bo‘lib qolgan.
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 25 va 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-moddasi to‘rtinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklif qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin. | 223 | 2,755 |
Qonunchilik | Milliy palata tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini birlashtiradi | OʻzAda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori e’lon qilindi.
Quyidagilar sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishning strategik maqsadlari etib belgilandi:
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (keyingi oʻrinlarda Milliy palata deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan shifokorlar va provizorlarning Milliy palatada roʻyхatdan oʻtmasdan faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Milliy palata huzurida quyidagilar tashkil etiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasida Sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash).
b) yuridik shaхs tashkil etmagan holda, mablagʻlari tijorat bankidagi maхsus, shu jumladan, valyuta hisobvaragʻida jamlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma).
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Jamgʻarma mablagʻlari, shu jumladan, quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Milliy palata 2018 yil oхiriga qadar Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishi zarur.
Milliy palata 2022 yil 1 yanvarga qadar muddatda: | 65 | 1,374 |
Qonunchilik | 1992-YIL 1 SENTYABRDAN NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI TAShKILOTLAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining bir yilligi bayram qilinishi munosabati bilan:
1. Respublika hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng oz miqdori oyiga 1250 so‘m qilib belgilansin.
1992-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolar ish stajining oz-ko‘pligiga va xizmatlariga qarab mehnat nafaqalarining tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilib, bunda mazkur Farmonda belgilangan eng oz miqdor asos qilib olinsin.
2. Ulug‘ Vatan urushining qatnashchilari va nogironlariga eng oz miqdor 1600 so‘m bo‘lishidan kelib chiqib, nafaqalar miqdori belgilansin, bunda Ulug‘ Vatan urushi III guruh nogironlari nafaqalarining miqdori eng oz ish haqi darajasigacha yetkazilsin.
3. Budjet hisobidagi muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqi 25 foiz oshirilsin.
4. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 1250 so‘m miqdorida belgilansin.
Mehnatkashlar barcha toifalarining o‘rtacha ish haqi umuman oshirilishini hisobga olib, oyiga 5250 so‘mgacha bo‘lgan ish haqidan olinadigan daromad solig‘ining eng kam miqdori (12%) belgilansin.
5. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari, texnikumlar hamda kiyim-bosh va ovqat bilan ta’minlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar ko‘paytirilsin, bunda imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qo‘shimcha to‘lovlarning avvalgi miqdorlari bekor qilinsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlar qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
6. Respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va xo‘jaliklari mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar)ning hajmlarini tegishli darajada oshirishni ta’minlagan taqdirda ushbu Farmonda belgilangan eng oz miqdorni hisobga olib, ishlovchilarning maoshini yanada oshirsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyunda 433-son Farmoni 4, 5, 6-bandlari va 3-bandining imtiyozli ovqatlanish uchun oylik qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risidagi qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin.
9. Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin. | 141 | 2,374 |
Qonunchilik | BOLALIKDAN NOGIRONLAR TUG‘ILIShINING OLDINI OLISh UChUN TUG‘MA VA IRSIY KASALLIKLARNI BARVAQT ANIQLASh DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA | “Yoshlar yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda onalar va bolalar sog‘lig‘ini har tomonlama mustahkamlashni ta’minlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, homilador ayollar va chaqaloqlar patologiyasini barvaqt aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish, bolalar nogironligini qisqartirish maqsadida:
1. 2008 — 2012-yillar davrida nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturi sifatli va o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishini amaliy ravishda muvofiqlashtirib, nazorat qilib borilishini ta’minlasin.
2. Belgilansinki, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish, 2-ilovaga* muvofiq, sog‘liqni saqlash muassasalariga har yili ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Mazkur Davlat dasturini amalga oshirish doirasida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan reagentlar, sarflash materiallari, shifobaxsh bolalar taomlari, dori-darmonlar va boshqa tovarlar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish doirasida tuzilgan import kontraktlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda Davlat dasturini amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar va rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va F.Sh. Akbarova zimmalariga yuklansin. | 129 | 2,329 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AERODROMLARINI SERTIFIKATLASh QOIDALARI (O‘ZR AQ-160)GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (O‘zR AQ-160) (ro‘yxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 448-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi — parvozlar xavfsizligi boshqaruviga tuzilmaviy yondashuv bo‘lib, zarur bo‘lgan tashkiliy tuzilmani, javobgarlik bosqichlarini, tamoyillari va tartiblarini o‘z ichiga oladi”.
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Aerodromlarni sertifikatlashda aerodrom ekspluatanti tomonidan parvozlar xavfsizligi boshqarish tizimi ishlab chiqilib, unga quyidagilar kiritilishi lozim:
parvozlar xavfsizligi uchun xavf-xatarni aniqlash mezonlari;
maqbul darajada parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish masalalari;
doimiy monitoring o‘tkazish va lozim darajada parvozlar xavfsizligiga muntazam baho berishni ko‘rib chiqish masalalari;
parvozlar xavfsizligining umumiy darajasini doimiy oshirishning maqsadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur tizim doirasida aerodrom ekspluatantining barcha tashkilotlarida parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha javobgarlikni taqsimlash, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha rahbariyatning to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarligi aniq belgilanadi”.
3. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Aerodrom ekspluatanti tomonidan aerodromning sertifikatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot aeronavigatsiya ma’lumot xizmatiga berilishi lozim”.
4. 19-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) aerodromga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ishlarni bajarish uchun tajribali va tegishli malakaga ega bo‘lgan xodimlarni yetarliligi”.
5. 3-ilovaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) aerodrom-texnik ta’minoti xizmati xodimlari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi, egallagan lavozimi;
ma’lumoti (o‘quv yurti, diplom raqami, tugallangan vaqti, malakasi);
malaka oshirganligi (sana, o‘quv yurti);
b) aerodrom xizmatini tashkiliy tuzilmasining sxemasi;
v) aerodrom xizmati to‘g‘risida nizom;
g) aerodromning sertifikatlash talablariga muvofiqligini tekshirish dalolatnomasi;
d) aerodrom ixtiyoridagi hududni tekshirish dalolatnomasi;
e) ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining sun’iy qoplamalarning mustahkamligi to‘g‘risidagi, parvozlar xavfsizligining ekvivalent darajasi ta’minlanganligi to‘g‘risidagi xulosalar;
j) aerodrom klassi, qoplamalar mustahkamligi, qiyaliklar, qoplamalar holati, joylashgan oraliqlar, to‘siqlarning muvofiqlik jadvallari;
z) aerodrom xizmati xodimlarining shtatlar jadvali;
i) xizmatga yuklangan barcha vazifa va topshiriqlarni hisobga olgan holda aerodrom xizmati xodimlarining zaruriy miqdorda borligini tasdiqlovchi hujjatlar;
k) aerodrom xizmati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati”. | 167 | 3,568 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi o‘z faoliyatini “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga to‘liq muvofiq ravishda tashkil etuvchi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
2. Quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy talablar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq axborotlashtirish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish;
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni ta’minlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma’lumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va axborot tizimlari hamda resurslari bozorini rivojlantirish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek davlat boshqaruvi, fan va ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, teleradioefirda, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
axborot tizimlarini, telekommunikatsiya va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish va rivojlantirish.
3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining mintaqaviy tarkibiy korxonalari negizida Agentlikning hududiy boshqarmalari tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Agentlikning hududiy boshqarmasi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Agentlikning viloyat bo‘linmalariga tezkor rahbarlik qiluvchi va ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Boshqarmaga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Hududiy boshqarmalarni tashkil etish uchun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Agentlik tizimi bo‘yicha boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy sonini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida belgilanganga nisbatan 91 nafarga ko‘paytirishga ruxsat etilsin.
4. Quyidagilar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorlikda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
radiochastotalardan samarali foydalanilishini ta’minlash, teleradioeshittirish va ma’lumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiiste’molchiliklarga va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga barham berish ishlarini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablari bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni, shu jumladan profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasi hamda hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1, 1a, 2—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 66 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 45 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktoriga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda Agentlik hududiy boshqarmalarini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin, ularning faoliyati qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shog‘ulomov) bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan litsenziya bitimlari shartlari hamda nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalari ular tomonidan bajarilishi monitoringini birgalikda olib borish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
teleradioeshittirish, axborotlarni hujjatlashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlari axborot tizimlarini yaratish sohasida chastotalarni tanlov asosida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) bilan birgalikda ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo o‘zaro hamkorligini, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek radiomonitoring o‘tkazish, teleradioefirda qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi boshqa organlari, joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Davlat aloqa inspeksiyasi
2. Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi
3. O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi
4. Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi
5. Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi
6. Elektromagnit moslashuv markazi
7. Respublika maxsus aloqa uzeli
8. Davlat feldyegerlik xizmati
9. Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi
10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
11. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi
12. “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi
13. “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi
14. Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi.
15. Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari.
1. “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati”
2. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi
3. “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini o‘tkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi;
Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Agentlik Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
2. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihalarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiya tizimlari hamda axborot tizimlari va vositalari, texnik vositalarni sertifikatlash sohasida tadqiqotlar, marketing va monitoringni tashkil etish bo‘yicha — Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi;
O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha — Davlat aloqa inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (idoralararo kollegial organ);
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot va menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining xat-xabarlarini hamda diplomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha — Davlat feldyegerlik xizmati;
respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat-xabarlarini va jo‘natmalarini qabul qilish, yetkazib berish bo‘yicha — Respublika maxsus aloqa uzeli;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish — O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi;
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida teleradiodasturlarni tarqatish va translatsiya qilish, radiokanallar bo‘yicha radio aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha — Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi;
radiochastota organi funksiyalarini bajarish, shu jumladan, elektromagnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha — Elektromagnit moslashuv markazi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot, servis va keng ko‘lamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish sohasida dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha — Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi;
tinchlik davrida va alohida davrda O‘zbekiston Respublikasi aloqa obyektlarida va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish, alohida muhim va toifalangan obyektlarni harbiylashtirilgan qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha — Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (harbiy tuzilmasi);
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha — Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi;
radiotexnika, radio aloqasi, telekommunikatsiyani boshqarish tizimini, hisoblash texnikasini loyihalash, rekonstruksiya qilish, o‘rnatish, sozlash, foydalanishga topshirish, shu jumladan maxsus maqsaddagi obyektlar uchun vositalar va alohida buyumlar tayyorlash bo‘yicha — “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi.
Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish va ularni rivojlantirish, universal axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va ularni berish, shuningdek axborot-resurs markazlarining axborotlashtirish va joylarda kutubxona ishi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash.
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlik Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida, Jahon pochta uyushmasida hamda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
6. Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalarni moddiy-texnik ta’minlash hamda ular xodimlari mehnatiga haq to‘lash davlat budjeti mablag‘lari (budjetdan moliyalashtiriladigan o‘quv yurti, maxsus korxonalar, harbiy bo‘linmalar), o‘z mablag‘lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, radio aloqasi, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek axborotlashtirish, axborot resurslari bozori va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro‘yobga chiqarish;
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ funksiyalarini amalga oshirish.
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni ta’minlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma’lumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat boshqaruvi, fan va ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ulardan ustuvor foydalanish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazoratning joriy etilishini tashkil etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish hamda telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlari bajarilishini nazorat qilish va ijrosini tekshirishni tashkil etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
radioelektron vositalar va telekommunikatsiya vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tarmoq standartlari, texnik shartlar va talablarni belgilangan tartibda tasdiqlash, davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek xalqaro standartlar joriy etilishini tashkil etish;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlarini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish;
monopoliyaga qarshi organ bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
strategik ustuvorliklarni, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish va rivojlantirish;
9. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirishning milliy dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkil etadi, mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishga hamda amalga oshirishga ko‘maklashadi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan, elektron raqamli imzodan foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi sohasidagi faoliyat masalalari yuzasidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
mamlakatning yagona axborot makonini barpo etish maqsadida davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlashga belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni joriy etadi, radioelektron hamda telekommunikatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanishga doir tarmoq standartlarini, texnik shartlar hamda talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
pochta to‘lovining davlat belgilari namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan olib qo‘yish tartibini belgilaydi;
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olish chastotasi normativlarini, shuningdek pochta jo‘natmalari o‘tishining operatorlar va provayderlar uchun majburiy bo‘lgan nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyalarini shakllantiradi;
frankiroval mashinalardan foydalanish tartibini belgilaydi;
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyimi va ko‘krak nishonini tasdiqlash hamda kiyish tartibini belgilaydi;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta, xat va jo‘natmalar hamda pul mablag‘lari tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga joylashtiriladigan maxsus farqlovchi belgilarni tasdiqlaydi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlariga ulanish, operatorlar, provayderlar tomonidan o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
axborot texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, tarmoq standartlari va texnik shartlarni rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy hamda marketing tadqiqotlari va monitoringi bo‘yicha ishlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakatimizda va jahonda rivojlanishi tendensiyalarini o‘rganish va tahlil etishni tashkil etadi hamda ular bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi;
davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan axborot resurslarini, shuningdek davlat sirlariga va maxfiy axborotga ega bo‘lgan resurslarni shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringini va nazoratini olib borish masalalariga rahbarlik qiladi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish, shuningdek radioto‘siqlarni, shu jumladan industrial radioto‘siqlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aloqa hamda axborot tizimlari va vositalari tarmoqlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlarini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
telefon raqamlarini belgilash, raqamlar ajratish rejasini va tizimini tasdiqlaydi, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan foydalanishni, Internet tarmog‘ining milliy segmentini aniq adresli makonda tarqatishni hisobga oladi va nazorat qiladi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilaydi hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari ro‘yxatini, ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi;
foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiyalarning ayrim xizmatlari ro‘yxatini belgilaydi va ularga hamda tarmoqlararo ulanishlarga tariflarni kelishib oladi;
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida foydalanish uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qiladi hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etadi;
aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratishga, dasturiy mahsulotlar, axborot resurslari, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
davlat monopoliyaga qarshi organi bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashadi;
Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish hamda ushbu sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishda davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aloqa va axborotlashtirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organi sifatida ish ko‘radi, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi, Jahon pochta uyushmasi hamda aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarning kongresslari, syezdlari, konferensiyalarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlatlararo hamda hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida, belgilangan tartibda xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalar tuzadi;
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, axborot tizimlari va texnologiyalarini, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qatnashadi, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan xizmatlarni, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashni, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qiladi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan tenderlar, tanlovlar va savdolarni tashkil etadi va ularni o‘tkazishda qatnashadi;
hududiy boshqarmalar, o‘ziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlarining, radiochastota spektridan foydalanishning, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan va elektron raqamli imzodan, shu jumladan joylarda foydalanish sohasida monitoring o‘tkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasida tuzilmani takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Agentlik tizimining safarbarlik rejasini, davlat zaxirasiga moddiy vositalar jamlash tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini aloqa bilan ta’minlash uchun harbiy qism kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini, Agentlik tizimining alohida muhim obyektlari qo‘riqlanishini tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishda, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro‘yobga chiqarishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorligini hamda uni muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
Agentlik tizimiga kiruvchi budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan o‘quv yurtlari, maxsus korxonalar, harbiy bo‘linmalarning budjetdan moliyalashtirilishini tashkil etadi;
aloqa va axborotlashtirish sohasi o‘quv yurtlarining alohida iqtidorli talabalari uchun Agentlikning stipendiyalarini belgilaydi.
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring amalga oshirilishini tashkil qiladi.
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslari elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda unga yuridik va jismoniy shaxslarning erkin kirishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslari elektron raqamli imzolarining haqiqiyligini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazishni tashkil qiladi.
elektron kutubxona tizimi rivojlantirilishini, kutubxona axborot resurslari tizimlashtirilishini, aholining keng qatlamlari axborot-kutubxona markazlari resurslaridan foydalanishini ta’minlash.
10. Quyidagilar Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:
mintaqalarda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish dasturlarining hududiy darajada amalga oshirilishini, litsenziya bitimlarining bajarilishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, shuningdek axborot va pochta xavfsizligi talablari bajarilishini tahlil qilish;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar olish uchun mintaqaviy talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalar va boshqa hujjatlarni berish;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining hududiy bo‘linmalari hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan radiochastota spektridan xavfsiz va oqilona foydalanish, televideniye va radio dasturlarini tarqatish, ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
aloqa obyektlari va korxonalari qo‘riqlanishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, pochta, telekommunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish.
11. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari bajarilishi monitoringini tashkil qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning litsenziya talablarini, axborot va pochta xavfsizligi talablarini, telekommunikatsiyalarning shaharlararo va xalqaro tarmoqlarini boshqarish organi talablarini bajarish bo‘yicha faoliyatini tekshirishda qatnashadi;
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni bajarishda qatnashadi;
radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioto‘siqlarni, shu jumladan industrial radioto‘siqlarni, qonun hujjatlarida taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun teleradioeshittirish va ma’lumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiiste’molchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aloqa va axborotlashtirish sohasida monitoring o‘tkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
safarbarlik rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini aloqa bilan ta’minlash, alohida muhim obyektlarni qo‘riqlash uchun avariya-tiklash ishlarini bajarishni tashkil qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslari hamda tizimlarini shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni bajarish tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat monopoliyaga qarshi organi hududiy tuzilmalari bilan birgalikda tabiiy monopolist subyektlar faoliyati monitoringida qatnashadi, aloqa va axborotlashtirish sohasida raqobatni rivojlantirishga hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.
12. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, o‘ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar orqali hal qiladi.
13. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralardan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Agentlik vakolatiga taalluqli masalalarga doir zarur axborotlarni so‘rab olish;
O‘zbekiston Respublikasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, shuningdek radiochastota spektridan foydalanishni to‘xtatish, to‘xtatib turish va cheklash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yong‘in, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning faoliyat ko‘rsatishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan markazlashtirilgan boshqarish, telekommunikatsiya xizmatlari maxsus iste’molchilarining telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan tashqari;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlarga va texnik normalarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, fuqarolarning xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini ta’minlamaganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash;
aloqa va axborotlashtirish sohasida belgilangan tartibda xalqaro idoralararo shartnomalar tuzish;
aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasining a’zolik badallarini to‘lash uchun aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tashkilotlar va kompaniyalarning ixtiyoriylik asosida berilgan mablag‘larini jamlash.
Agentlik pochta to‘lovi davlat belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo‘yish bo‘yicha mutlaq huquqqa egadir.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Agentlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
15. Agentlik aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ta’minlanishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
16. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Maqomiga ko‘ra bosh direktor vazirga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosarlariga va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
17. Agentlikning bosh direktori bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasining raisi hisoblanadi.
18. Agentlikning bosh direktori:
Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi,
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimidagi davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik va hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ishi uchun o‘z o‘rinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalarning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, budjetdan moliyalashtiriladigan o‘ziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Agentlik bo‘limlari, hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Agentlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni (ularning ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
19. Agentlikda bosh direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Agentlik faoliyatining aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida va xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, ushbu sohada samarali davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirishda strategik yo‘nalishlarni shakllantirish va ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
20. Hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Hududiy boshqarmalarga Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
Hududiy boshqarmalar nomi:
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi;
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qarori 6-bandining birinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga ilova II bo‘limining 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 137-son qaroriga 2-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 27-dekabrdagi 488-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorga 3-ilova.
9. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 1-ilova va 5-ilovaning 12-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 27-sentabrdagi 336-son qarorining 3-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-dekabrdagi 469-f-son farmoyishi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga 5-ilovaning 2, 5 va 6-bandlaridagi O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 137-son qarorida:
qarorning nomidan “va O‘zbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-bandda:
ikkinchi xatboshidan “1” raqami chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-banddagi “mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Nizom va Qoidalarga” so‘zlari “mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda bayon qilingan qoidalar va talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar”;
1-ilovada:
grifdan “1” raqami chiqarib tashlansin;
5-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari bo‘lgan material manbaida qayd etilgan axborot”;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ommaviy axborot — omma uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar”;
beshinchi xatboshi ikkita xatboshi shaklida quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
“Axborot resurslari — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborotlar, ma’lumotlar banklari, ma’lumotlar bazasi”;
“Axborot tizimi — axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yig‘indisi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot resurslari yoki axborot tizimlari egasi — axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar”;
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot xavfsizligi — axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligi holati”;
6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Axborot resurslari ommaviy va xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Davlat axborot resurslari davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlariga va maxfiy axborotlarga ega bo‘lgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda beriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaridan shakllantiriladi”;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “Fuqarolar to‘g‘risidagi axborot (shaxsiy ma’lumotlar)” so‘zlari “Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning 11.2-kichik bandidan “milliy” so‘zi chiqarib tashlansin;
24-bandda:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni Internet orqali tarqatishni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtirib borishadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 13-sentabrdagi 418-son qaroriga 2-ilovadagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-noyabrdagi 440-son qaroridagi “Radioaloqalar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar korxonasi” so‘zlari “Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarori 1-bandidan to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarorida:
1-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
4-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi radiochastota spektrlaridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi”;
5-ilovaning 7-bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning “Aloqa va axborotlashtirish kompleksi” nomli VIII bo‘limida:
72-bandning 2-ustuniga “Hududiy organlar (viloyat bo‘g‘inlari)” so‘zlari va ko‘rsatilgan pozitsiya ro‘parasiga 6-ustunga “91” raqami qo‘shilsin, 6-ustundagi “439” raqami “530” raqami bilan almashtirilsin;
75-bandning 6-ustunidagi “2806” raqami “2897” raqami bilan, “875” raqami “966” raqami bilan almashtirilsin. | 107 | 55,733 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risida”gi | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 15-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risida”gi Bitimni (Toshkent, 2018-yil 12-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-469-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 629 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.