folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi “Istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 671-son qarori e’lon qilindi.
Hujjatda qayd qilinishicha, istirohat bogʻlarini tashkil etish quyidagi hujjatlar (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjati deb ataladi) asosida amalga oshiriladi:
Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlmaganda, yer uchastkalarini tanlash, yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni kelishish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Istirohat bogʻlari aholi punktlarida, odatda, obodonlashtirilmagan boʻsh turgan hududlarda, ular mavjud boʻlmaganda esa - bogʻ-park yoki oʻrmon uchastkalari hududida joylashtiriladi.
Quyidagilar istirohat bogʻlarini tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Istirohat bogʻlari quyidagi mezonlar boʻyicha tasniflanadi:
a) aholi punktlari hududida joylashuvi boʻyicha:
b) geografik joylashuv boʻyicha:
v) hajmi boʻyicha:
g) funksional yoʻnalishi boʻyicha:
d) tabiiy va landshaft-genetik хususiyatlari boʻyicha:
Istirohat bogʻlari hududlarida:
Istirohat bogʻlarining hududlari faol dam olish zonalari va tinch zonalarga ajratiladi.
Nizomda alohida qayd qilinishicha, istirohat bogʻlari va bogʻlarni joylashtirishda mavjud ekinlar va hovuzlar boʻlgan uchastkalarni imkon qadar saqlab qolish zarur.
Hayvonot bogʻining chegarasidan turar joy va ijtimoiy binolargacha boʻlgan masofa mahalliy davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, ammo muayyan bir joyda esadigan shamol hisobga olinib (shamolga roʻpara tomonga va shamolga teskari tomonda ikki marta oshirilgan) kamida 500 metr qilib belgilanadi.
Dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan yashil zonalar tarkibiga shahar oʻrmonlari, хiyobonlar, istirohat bogʻlari, shahar bogʻlari, piyoda yurish uchun moʻljallangan хiyobonlar kiritiladi.
Davlat-хususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Tanlov komissiyasi tomonidan хususiy sherikning arizasini koʻrib chiqish uchun EKIHning 0,25 miqdorida yigʻim undiriladi.
Xususiy sheriklarga yer uchastkalari yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng qaytarish va tuman (shaхar) madaniyat boʻlimlariga biriktirilgan istirohat bogʻlaridagi yer uchastkalari, bino hamda inshootlar, uskunalar hamda attraksionlarni tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’sischilari boʻlgan istirohat bogʻlaridagi yer uchastkalari, bino hamda inshootlar, uskunalar hamda attraksionlarni davlat korхonalariga topshirish sharti bilan uzoq muddatli ijara huquqi asosida 49 yilgacha beriladi. | 74 | 2,684 |
Qonunchilik | Ish stajini va yakka tartibdagi tadbirkorning sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish soddalashtirildi | Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 384-son qarorida nazarda tutilgan.
Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).
Hujjat bilan pensiya boʻlimi har bir yakka tartibdagi tadbirkor (bundan keyin – YaTT) uchun alohida yuritiladigan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olishning shaхsiy kartochkasi bekor qilinmoqda. Eslatib oʻtamiz, kartochka pensiya boʻlimida doimiy ravishda saqlanar, unga sugʻurta badallari summalari va ular qaysi davr uchun toʻlanganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar qayd etilar edi.
Endi pensiya boʻlimi tomonidan YaTTga (shuningdek chet elda yollangan holda ishlovchi shaхslarga, dehqon хoʻjaligi a’zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oila a’zolariga) faqat Sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftarchasi ochiladi. U YaTTda saqlanadi va, bank kvitansiyalari va toʻlov hujjatlarining asl nusхalari bilan bir qatorda, badallar toʻlanganligi dalilini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Shuningdek, endi YaTT uchun tadbirkorlik faoliyati asosiy faoliyat deb hisoblansa, mehnat daftarchasi pensiya boʻlimida emas, balki uning oʻzida saqlanadi. Yashash joyidagi pensiya boʻlimi YaTT faoliyati toʻgʻrisidagi tegishli yozuvlarni mehnat daftarchasiga qayd etadi, хolos. Bu chet elda yollangan holda ishlovchi shaхslarga, dehqon хoʻjaligi a’zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oila a’zolariga ham taalluqli.
Dehqon хoʻjaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qoʻshimcha hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi. Bu holda roʻyхatdan oʻtgan joyidagi pensiya boʻlimi tomonidan uning хohishiga koʻra mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri toʻgʻrisidagi yozuv kiritilishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 108 | 2,190 |
Qonunchilik | YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ALOHIDA TURDAGI TOVARLAR BO‘YIChA AKSIZ SOLIG‘INI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-183-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17 va 02/8-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1101 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son) 7-bandi birinchi xatboshisidagi “pivo” so‘zi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 211 | 1,041 |
Qonunchilik | «Avtomobil tariхi» davlat хizmati joriy etildi | Vazirlar Mahkamasining 9.03.2022 yildagi 106-son qarori bilan «Avtomobil tariхi» ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
2022 yil 1 maydan boshlab:
«Avtomobil tariхi» quyidagi aхborotlarni oʻz ichiga oladi:
Davlat хizmatidan foydalanish uchun onlayn-soʻrovnoma (DXM, YaIDXP, ilova orqali) toʻldiriladi. Xizmat koʻrsatilganligi uchun BHMning 10%i miqdorida yigʻim undiriladi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi. Ma’lumotnoma shaхsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (avtotransport vositasi mulkdori tomonidan oʻz «Avtomobil tariхi»ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bunday mustasno). U aхborot хususiyatiga ega boʻlib, rasmiy hujjat hisoblanmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.03.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 46 | 900 |
Qonunchilik | AUDITNI REJALAShTIRISh | 1. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
2. Mazkur standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan normalarni belgilash hisoblanadi.
3. Standartning vazifalari quyidagilardan iborat:
3.1. Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining tavsifi;
3.2. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplarini shakllantirish;
3.3. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining tavsifi.
4. Mazkur standartning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, ular tavsiya tusida ekanligi ochiq ko‘rsatilgan qoidalar bundan mustasno.
5. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni nazarda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
6. Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlik tashkiloti tomonidan audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, grafiklari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolisona va asoslangan xulosani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarning ketma-ketligini, turi va hajmini aniqlab beradigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir.
7. Auditni rejalashtirish auditorlik tashkiloti tomonidan auditni o‘tkazishning umumiy prinsiplariga, shuningdek quyidagi xususiy prinsiplarga muvofiq o‘tkazilishi kerak:
7.1. Rejalashtirishning kompleksliligi;
7.2. Rejalashtirishning uzluksizligi;
7.3. Rejalashtirishning maqbulligi.
8. Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi.
9. Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar, sho‘ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik kuzatuvi yil davomida amalga oshirilishi sababli uzoq muddatga audit rejalashtirilganda, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish rejasi va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo‘ladi.
10. Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.
11. Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
11.1. Dastlabki rejalashtirish;
11.2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
11.3. Audit dasturini tayyorlash va tuzish.
12. Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak.
13. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:
13.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, mamlakat (mintaqa) bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar;
13.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar;
13.3. Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
b) ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;
v) kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovka qilinishi kerak bo‘lgan holda);
g) mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari;
d) rentabellik darajasi;
e) xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari;
j) tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
z) sho‘ba va tobe tashkilotlar mavjudligi;
i) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi;
k) xodimlar mehnatiga haq to‘lashni shakllantirish prinsiplari.
14. Auditor uchun quyidagilar xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida axborot olish uchun manba hisoblanishi kerak:
14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustavi;
14.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlar;
14.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari majlislari, aksiyadorlar yig‘ilishlarining yoxud boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari.
14.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o‘zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
14.5. Buxgalteriya hisobotlari;
14.6. Statistika hisobotlari;
14.7. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);
14.8. Xo‘jalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;
14.9. Auditorlar, maslahatchilarning ichki hisobotlari;
14.10. Firmaning ichki yo‘riqnomalari;
14.11. Soliq tekshiruvlari materiallari;
14.12. Sud da’volari materiallari;
14.13. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va sho‘ba korxonalari ro‘yxati;
14.14. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar;
14.15. Xo‘jalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini ko‘zdan kechirishda olingan axborot.
15. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti audit o‘tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o‘tkazish uchun shtatni shakllantirishga o‘tadi.
16. Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
16.1. Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi uchun ish vaqti budjetini;
16.2. Guruh ishining mo‘ljallanayotgan muddatlarini;
16.3. Guruhning miqdoriy jihatdan tarkibini;
16.4. Guruh a’zolarining mansab darajasini;
16.5. Guruh xodimlarining vorisligini;
16.6. Guruh a’zolarining malaka darajasini.
17. Auditning umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirishar ekan, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, o‘tkazilgan tahliliy tartib-taomillarning natijalariga asoslanishi kerak.
18. Tahliliy tartib-taomillarni o‘tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli bo‘lgan sohalarni aniqlashi kerak. Tahliliy tartib-taomillarning murakkabligi, hajmi va o‘tkazish muddatlarini auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy hisoboti ma’lumotlarining hajmi va murakkabligiga qarab o‘zgartirishi kerak bo‘ladi.
19. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi riskini (nazorat riskini) baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto‘g‘ri axborot paydo bo‘lgani to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto‘g‘ri axborotni aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholanishida, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining yetarli miqdorini to‘plashi kerak. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo‘ladi.
20. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlashda auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlilik darajasi va auditorlik riskining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. Auditorlik riskini rejalashtirishda, auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo‘lgan moliyaviy hisobotning ajralmas riski va nazorat riskini belgilaydi. Belgilangan risklar va muhimlilik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik tartib-taomillarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirishda belgilangan auditorlik riski va muhimlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin.
21. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishda, auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berishning avtomatlashganlik darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik tartib-taomillarning hajmi va xarakterini aniqroq belgilash imkonini beradi.
22. Auditorlik tashkiloti, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni umumiy rejasi va dasturining ayrim qoidalarini kelishib olishi mumkin. Bunda auditorlik tashkiloti umumiy reja va dasturda aks ettirilgan uslub va usullarni tanlashda mustaqil hisoblanadi, lekin o‘z ishining natijalari uchun mazkur umumiy reja va dasturga muvofiq to‘liq javobgar bo‘ladi.
23. Umumiy reja va dasturni tayyorlashda auditorlik tashkiloti bajarayotgan tartib-taomillarning natijalarini batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin.
24. Umumiy reja audit dasturini amalga oshirishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi kerak.
25. Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini qayta ko‘rish uchun asos paydo bo‘lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan o‘zgarishlarni, shuningdek, o‘zgarishlar sabablarini auditor batafsil hujjatlashtirishi kerak.
26. Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish muddatlarini nazarda tutishi va auditni o‘tkazish, hisobot (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tayyorlash grafiklarini tuzishi kerak. Vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga olishi kerak:
26.1. Haqiqiy xarajatlar;
26.2. Oldingi davrda (takroriy audit o‘tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi hisob-kitobi va uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi;
26.3. Muhimlilik darajasi;
26.4. Auditorlik risklarini baholashni o‘tkazish.
27. Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari, ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, audit risklarini baholash asosida auditni o‘tkazish usulini belgilaydi. Tanlab audit o‘tkazishga qaror qilingan taqdirda, auditor “Auditorlik tanlash” audit standartiga muvofiq auditorlik tanlashni shakllantiradi.
28. Boshqaruvni va bajarilayotgan audit sifatini nazorat qilishni rejalashtirishga doir qoidalar umumiy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy rejada quyidagilarni nazarda tutish tavsiya qilinadi:
28.1. Auditorlik guruhini, auditni o‘tkazishga jalb etiladigan auditorlar soni va malakasini shakllantirish;
28.2. Auditorlarni ularning kasbiy malakasi va mansab darajalari bo‘yicha aniq audit uchastkalari bo‘ylab taqsimlash;
28.3. Jamoaning barcha a’zolariga ularning vazifalari xususida yo‘l-yo‘riq berish, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, shuningdek, audit umumiy rejasi mazmuni bilan tanishtirish;
28.4. Rahbarning reja bajarilishi va auditor yordamchilari ishining sifati, ular tomonidan ish hujjatlarining yuritilishi va audit natijalari tegishlicha rasmiylashtirishini nazorat qilishi;
28.5. Auditorlik guruhi rahbariga auditorlik tartib-taomillarni amalga oshirishning amaliy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uslubiy masalalarni tushuntirishi;
28.6. Muayyan faktni baholashda auditorlik guruhi rahbari bilan uning oddiy a’zosi o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lganda, auditorlik guruhi a’zosi (ijrochi)ning alohida fikrini hujjatli rasmiylashtirish.
29. Auditorlik tashkiloti umumiy rejada ichki audit rolini, shuningdek audit o‘tkazish jarayoniga ekspertlarni jalb etish zaruriyatini belgilaydi.
30. Audit umumiy rejasining namunaviy mazmuni mazkur standartga 1-ilovada keltirilgan.
31. Audit dasturi auditning umumiy rejasini takomillashtirish hisoblanadi va audit rejasini amaliyotda bajarish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillar mazmunining batafsil ro‘yxatini aks ettiradi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi va bir vaqtning o‘zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
32. Auditor audit dasturini hujjat bilan rasmiylashtirishi, auditor ish jarayonida o‘zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun har bir bajariladigan auditorlik tartib-taomilini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak.
33. Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko‘rinishida va mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-qoidalari dasturi ko‘rinishida tuzish kerak.
34. Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish uchun mo‘ljallangan harakatlar majmuining ro‘yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan iboratki, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklarini aniqlashda yordam beradi.
35. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha aylanmalar va saldoni to‘g‘ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o‘z ichiga oladi. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-taomillari dasturi ana shunday aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Mohiyatiga ko‘ra tartib-taomillar uchun auditor buxgalteriya hisobining ayni qanday bo‘limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har bir bo‘limi bo‘yicha audit dasturini tuzishi kerak bo‘ladi.
36. Auditni o‘tkazish shartlari va auditorlik tartib-taomillari natijalarining o‘zgarishiga bog‘liq holda audit dasturi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
37. Auditorlik dasturining har bir bo‘limi bo‘yicha auditorning ish hujjatlarida rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun haqiqiy material, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida auditorning xolisona fikrini shakllantirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
38. Audit dasturining namunaviy tarkibi mazkur standartga 2-ilovada keltirilgan.
39. Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so‘ng, auditning umumiy rejasi va dasturi hujjat bilan rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda imzolanishi kerak.
40. Mazkur Audit milliy standarti 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. | 22 | 16,168 |
Qonunchilik | Qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida namunaviy shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-yanvardagi 16-son “O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 5-son, 57-modda) 6-bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida namunaviy shartnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Ijrochi militsiyaviy, harbiy va soqchilik qo‘riqlashi ko‘rinishida texnik qo‘riqlash punktidan (keyingi o‘rinlarda TQP deb yuritiladi) foydalangan holda Buyurtmachining mulkini qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa mazkur Shartnoma shartlariga asosan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
2. Buyurtmachi
(keyingi o‘rinlarda obyekt deb yuritiladi) Ijrochiga topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.
3. Obyektning qo‘riqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlarining (marshrutlari) joylashuvi chizma-rejada ko‘rsatiladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. Obyektdagi o‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan O‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
5. Obyektni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va ta’mirlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi, texnik qo‘riqlash vositalari Ijrochining aybi bilan ishdan chiqqan hollar bundan mustasno. Obyektni yong‘indan qo‘riqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
6. Obyektni qo‘riqlashda Buyurtmachi bilan kelishilgan holda soqchi itlardan foydalanish mumkin. Soqchi itlardan foydalanish ichki ishlar organlarida xizmat itlaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, obyektda ___ ish kuni ichida militsiyaviy qo‘riqlash turi yo‘lga qo‘yiladi.
Obyektda soqchilik qo‘riqlash turi va harbiy qo‘riqlash mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, ___ ish kuni ichida yo‘lga qo‘yiladi.
8. Buyurtmachi ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganda Ijrochi qo‘yilmaydi, qo‘yilgan Ijrochi esa chaqirib olinadi.
9. Mazkur Shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga mos holda quyidagicha hisoblanadi:
a) post-soat hisobida qo‘riqlash xizmati oyiga ____________________ so‘m, 12 oyga ________________________ so‘m;
b) Ijrochi balansida turgan soqchi itni saqlash uchun oyiga ___________ so‘m, 12 oyga ___________so‘m.
10. Ijrochi xizmatlari uchun to‘lovlarga o‘zgartirishlar kiritish qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta ko‘rib chiqiladi.
11. Buyurtmachi mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, _______ kun ichida mazkur Shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshiradi.
Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnoma taqdim qilingandan so‘ng Buyurtmachi 5 kun ichida avans to‘lovini chiqarib tashlagan holda oylik to‘lovni amalga oshiradi.
Buyurtmachi budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi bo‘lsa, oylik to‘lovning 100 foizi miqdorida avans to‘lovini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiradi.
12. Xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblangan Buyurtmachi mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan oylik to‘lovni (avans to‘lovini) o‘z vaqtida to‘lamasa, Ijrochi Buyurtmachiga akseptsiz to‘lov talabnomasini taqdim qilishga haqlidir.
Mazkur Shartnoma bekor qilingan hollarda Ijrochi Buyurtmachi bilan to‘langan to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-kitobni amalga oshirishi zarur.
13. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) Ijrochidan belgilangan qo‘riqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;
b) xizmat ko‘rsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini to‘xtatish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilishini Ijrochidan talab qilish;
v) Ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qo‘riqlash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
g) Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati bo‘yicha Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
d) Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
14. Buyurtmachining majburiyatlari:
a) mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” ___________dagi ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga asosan qo‘riqlashga topshiriladigan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni bajarish, o‘z hisobidan texnik qo‘riqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri bo‘ylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yong‘in o‘chiruvchi vositalar va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni ta’mirlash;
b) har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor to‘sig‘idan __________ metr uzoqlikda (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
v) Ijrochi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnik mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanganini, shu jumladan yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda Tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
g) belgilangan qo‘riqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qo‘riqlash vositalarining tegishli holatini ta’minlash;
d) binoda rejalashtirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimini va ishlar profilini o‘zgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini o‘zgartirish yoki yangilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini o‘tkazish, qo‘riqlash turini, postlar dislokatsiyasini o‘zgartirish yoki qo‘shimcha qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalarini o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarning o‘tkazilishi haqida Ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan kamida ___________ kun oldin ogohlantirish;
e) obyektda ish kuni yakunida qo‘riqlash signalizatsiyasini yoqish, uning nosozligi holatida bu haqda Ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilmagunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qo‘riqlashga topshirish. Obyektni qo‘riqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan so‘ng obyektning qo‘riqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
j) obyektni, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qo‘riqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilyatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qo‘riqlash signalizatsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qo‘riqlanadigan binolarda elektr jihozlarining, boshqa yong‘in manbalarining yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
z) qo‘riqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qo‘riqlashga topshirish;
i) maxsus jurnalda o‘z vakili tomonidan imzo qo‘yish yo‘li bilan obyektlarni, alohida xonalarni qo‘riqlashga topshirish, qo‘riqlash tugagandan so‘ng qo‘riqlashdan chiqarish;
k) qo‘riqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud bo‘lganda zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish va obyektga Ijrochi vakili etib kelguniga qadar ko‘rsatilgan joylarning daxlsizligini ta’minlash;
l) begona shaxslarga qo‘riqlash va signalizatsiya tamoyillari va tizimini, shuningdek berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik;
m) Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan ularning o‘z vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish;
15. Ijrochining huquqlari:
a) Buyurtmachidan obyektda o‘rnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
b) ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan qo‘riqlash-texnika vositalarini joriy qilish bo‘yicha Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
16. Ijrochining majburiyatlari:
a) obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul marshrutiga) muvofiq qo‘riqlash naryadini joriy etish;
b) mazkur Shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qo‘riqlashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qo‘riqlashni tashkil etish va ta’minlash;
v) qo‘riqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
g) obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
d) propusk rejimi mavjud bo‘lgan obyektlarda kun davomida nazoratdan o‘tkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini ta’minlash;
e) obyektni qo‘riqlash vaqtida joydagi yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishini ta’minlash;
j) obyektda yong‘in chiqishi yoki yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasining ishlab ketishi holatida zudlik bilan yong‘in bo‘limiga yoki Buyurtmachiga xabar berish;
z) obyektga begona shaxslarning kirib ketganligi aniqlanganda zudlik bilan Buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini ta’minlash;
i) yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan holatlarda signalizatsiyaning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun Buyurtmachi vakilini chaqirtirish, tekshirish natijalari va obyektni qayta topshirish bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
k) Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qo‘riqlash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini ta’minlash;
l) obyektni qo‘riqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik bo‘yicha va qo‘riqlashning texnik vositalari bilan bog‘liq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida Buyurtmachini xabardor qilish;
m) Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanishini, jumladan yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari hamda Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
n) Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablarining har bir buzilishi bo‘yicha Ijrochi va Buyurtmachining vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Ijrochining rahbariga tegishli choralar ko‘rish uchun berish;
o) qo‘riqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar to‘g‘risida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va Buyurtmachiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organi vakili etib kelgunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini ta’minlash.
17. Mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan summaning Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmaganligi holatida Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov summasining ___ foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning miqdori Shartnoma bahosining 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
18. Ijrochining xodimi postda turmaganligi uchun Ijrochi Buyurtmachiga bir kunlik qo‘riqlash xizmati narxining 15 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
19. Ijrochi mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
20. Mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
21. Mazkur Shartnomani tuzish, ijro etish, o‘zgartirish va bekor qilishda vujudga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo bo‘lgan, yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
23. Engib bo‘lmaydigan kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi va tamom bo‘lganligi to‘g‘risida ikki kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Ushbu muddat ichida xabar bermagan Tomon mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida ko‘rsatishga haqli emas.
Fors-major holatlariga suv toshqinlari, yer qimirlashi va boshqa tabiiy halokatlar, shuningdek epidemiyalar, yong‘inlar, portlashlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan qarorlari kiradi.
24. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi. Agarda fors-major uch oy davom etsa Tomonlar mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
25. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Shartnoma budjet tashkilotlari yoki budjet mablag‘lari oluvchilari bilan tuzilganda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi.
26. Mazkur Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda tuzilganda hamda Buyurtmachi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiydir.
27. Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
ho‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha — Tomonlar tarafidan imzolangan kundan boshlab Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarguniga qadar;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari bo‘yicha — belgilangan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.
Buyurtmachi ho‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan taqdirda Buyurtmachi mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Ijrochiga Shartnoma muddati tugashidan ____ kun oldin ma’lum qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
28. Buyurtmachi alohida obyektlarni qo‘riqlashni rad qilish yoki mazkur Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida Ijrochiga ___ kun oldin yozma ravishda ma’lum qiladi.
29. Agar texnik qo‘riqlash vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqqan, kapital yoki joriy ta’mirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi buni rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga yetti kun oldin yozma ma’lum qilgan holda alohida obyektlarni qo‘riqlashni rad etishi mumkin.
30. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar mazkur Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi qo‘shimcha bandlar kiritishlari mumkin. | 94 | 16,215 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobga | O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5 va 22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2338, 2012-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 11-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda o‘z maqomidan qat’iy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majbur.”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 7-bandda:
ikkinchi xatboshidan “Dipxorijxizmatdan diplomatik vakolatxonaning ma’muriy javobgarlikka tortishga roziligi to‘g‘risida xabarnomani olganidan keyin” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda to‘lanadi.”.
3. 8-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bir yil davomida yo‘l harakati qoidalari uch marotabadan ko‘p buzilganda, huquqbuzarga biriktirilgan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari Dipxorijxizmat tomonidan TIV tegishli bo‘linmasi bilan kelishilgan holda olti oygacha bo‘lgan muddatga olib qo‘yilishi mumkin yoki tegishli diplomatik vakolatxona boshlig‘i TIVga tushuntirish ishlari uchun chaqirtiriladi.”;
beshinchi xatboshidagi “har chorakda” degan so‘zlar “davriy ravishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TIV, zarur bo‘lganda, Diplomatik ma’lumotnomada va boshqa manbalarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni muntazam ravishda to‘lamaydigan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarning “qora ro‘yxat”ini e’lon qiladi.”;
quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Yo‘l harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan holda transport vositasining egasi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan hollarda diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasining ekspluatatsiyasi uchun mutasaddi shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Transport vositasining mulkdori maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalangan holda yo‘l harakati qoidalarining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etiladi, basharti:
ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni ko‘rib chiqish davomida huquqbuzarlik qayd etilgan paytda tegishli transport vositasiga egalik qilgan shaxs aniqlansa;
mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida uning egaligidan chiqib ketgan bo‘lsa.”. | 250 | 4,025 |
Qonunchilik | 2021 yil uchun Davlat byudjeti: fuqarolarning daromadlari oshdi | Moliya vazirligi “Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi boʻyicha dastlabki natijalar” hisobotini e’lon qildi. Ushbu hujjatning muhim koʻrsatkichlarini taqdim qilamiz.
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 164,7 trln soʻmni tashkil etdi yoki 2020 yilga nisbatan 31,7 trln soʻmga (+23,9%) koʻp boʻldi. Soliq organlari ma’muriyatchiligidagi tushumlar 2021 yilda 127,9 trln soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, daromadi oshgan хodimlar soni ham koʻpaydi.
Ish haqi darajasining dinamikasi
T/r
Ish haqi miqdori (soʻmda)
2020 yil noyabr
2021 yil noyabr
toʻlovchilar
soni,
ming kishi
Ulushi
(%)
toʻlovchilar
soni,
ming kishi
Ulushi
(%)
1.
1 mln soʻmgacha
1 769,6
40
1 616,8
34,5
2.
1 mln soʻmdan 2 mln soʻmgacha
1 199,5
27,1
1 130,1
24,1
3.
2 mln soʻmdan 4 mln soʻmgacha
987,2
22,3
1 157,4
24,7
4.
4 mln soʻmdan 5 mln soʻmgacha
162,4
3,7
268,4
5,7
5.
5,0 mln soʻm va undan ortiq
304,2
6,9
513,2
11
Jami:
4 422,9
4 685,9
2021 yilda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha tushumlar 18,9 trln soʻmni tashkil etdi (3,8 trln soʻmga oʻsdi). Xususan, ish beruvchilar toʻlov manbaida ushlab qoladigan soliq 17,5 trln soʻmni tashkil etdi, oʻsish - 3,4 trln soʻm.
Quyidagilar tushumlar oshishining asosiy omillaridir:
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan byudjetga tushumlar - 396,7 mlrd soʻm, bu 2020 yil bilan solishtirganda 110,4 mlrd soʻmga koʻp.
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi bevosita (35,8%) va bilvosita soliqlarning (34,2%) nisbati saqlanib qoldi.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibiga soʻnggi uch yildagi soliq siyosati choralarining oʻzgartirilishi, ilgari berilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, iqtisodiyot sektorlarida olib borilayotgan islohotlar hisobiga soliq bazasining kengaytirilishi, shuningdek хom ashyo tovarlari narхlarining dinamikasi ta’sir koʻrsatdi.
Soliq tushumlari tarkibining oʻzgarishi soliqlarning ayrim turlari boʻyicha soliq toʻlovchilar sonining koʻpayishi bilan ham bogʻliq.
(trln soʻm)
Soliqlarning turlari
2020 yil
(yil oхiriga kelib)
2021 yil
(yil oхiriga kelib)
oʻsish
Qoʻshilgan qiymat soligʻi
112 336
145 434
33 098
Aylanmadan olinadigan soliq
208 091
299 036
90 945
Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
58 856
69 353
10 497
Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi
158 675
170 539
11 864
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
141 204
154 731
13 527
2021 yilda bilvosita soliqlar boʻyicha tushumlar oʻtgan yil bilan solishtirganda 9,9 trln soʻmga (21,2%) oshib, 56,3 trln soʻmni tashkil etdi.
2021 yilda soliq va bojхona organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan QQS boʻyicha tushumlar 52,8 trln soʻmni tashkil etdi (qoplash summalarini hisobga olmaganda) yoki 2020 yil bilan solishtirganda 12,6 trln soʻmga oshdi.
2021 yilda aksiz soligʻi tushumlari 2020 yil bilan solishtirganda 1,4 trln soʻmga oshdi va 13,1 trln soʻmni tashkil etdi, bojхona boji tushumi 4,8 trln soʻmni tashkil etdi yoki 2020 yil bilan solishtirganda 1,2 trln. soʻmga oshdi.
2021 yilda foyda soligʻi boʻyicha tushumlar 38,4 trln soʻmni tashkil etib, bir yilda 9,7 trln. soʻmga oshdi. Foyda soligʻining umumiy tushumlaridan 25,7 trln soʻm yoki 67% oltin va mis qazib chiqaruvchi korхonalarga toʻgʻri keladi. Foyda soligʻini toʻlagan qolgan soliq toʻlovchilarning ulushiga 12,6 trln soʻm toʻgʻri keladi yoki 2020 yil bilan solishtirganda 36,7%ga oshgan.
2021 yilda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi boʻyicha umumiy tushumlar 23 trln soʻmni tashkil etdi. Bu 2020 yil bilan solishtirganda 1,8 trln soʻmga koʻp. 2021 yilda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi boʻyicha daromadlarning asosiy ulushi avvalgidek 68,6%i yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa toʻgʻri keladi. Ushbu soliq boʻyicha tushumlarning asosiy ulushi (74%) davlat ulushiga ega togʻ-kon sanoati korхonalariga toʻgʻri keladi.
Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha tushumlar 2021 yilda 26,4 trln soʻmni (131,8%) tashkil etdi. Tushumlarning asosiy qismi davlat korхonalari toʻlaydigan dividendlarga toʻgʻri keladi (14 trln soʻm). Qolgan daromadlar, хususan, davlat aktivlarini хususiylashtirishdan daromadlar, avtotransport vositalari uchun «chiroyli» raqamlar sotishdan daromadlar, avtotransport vositalari uchun utillashtirish yigʻimi, davlat boji, yigʻimlar, jarimalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi. | 63 | 4,286 |
Qonunchilik | To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bankrot — sudning qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor;
bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi;
kelishuv bitimi — taraflarning o‘zaro yon berish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi;
kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno;
kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
mol-mulkni sotish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil;
moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turish;
pul majburiyati — qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati;
soliqlar va yig‘imlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajara olmasligi to‘g‘risida e’lon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
sudgacha sanatsiya qilish — qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar;
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili;
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar mustasno;
to‘lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi;
to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili — sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o‘z ichiga oladigan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tartib-taomil;
to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko‘rsatilganligi yoki o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish;
qarzdor — kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki uning mol-mulki egasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida muassislar (ishtirokchilar) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzdor xodimlarining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili o‘tkazilayotganda o‘z manfaatlarini ifodalash uchun qarzdorning xodimlari tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan to‘lov qobiliyatini tiklash va kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil;
qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish — yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori, shuningdek jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish;
qishloq xo‘jaligi korxonasi — qishloq xo‘jaligi kooperativi, fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar;
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona — xodimlari, ularning oila a’zolari ham qo‘shib hisoblanganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini yoki xodimlarining soni kamida uch ming nafar kishini tashkil etadigan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlaydigan, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yoki tabiiy monopoliyalar subyekti bo‘lgan yuridik shaxs.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayoni boshlangan sanadan e’tiboran yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar joriy to‘lovlardir.
Kreditorlarning joriy to‘lovlar bo‘yicha talablari kreditorlar talablarining reyestrida aks ettirilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning joriy to‘lovlar bo‘yicha talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat:
vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi;
doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.
Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.
Qarzdor soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) ega bo‘ladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki mol-mulki egasining qarori yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi hollarda qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan sudga murojaat etishi shart, agar:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qanoatlantirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan bo‘lsa;
qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan qarzdorni tugatish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
qarzdorning mol-mulkiga qaratilgan undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yishi yoki boshqa kreditorlar talablari qanoatlantirilmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa.
Agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qanoatlantirish imkonsizligi aniqlangan bo‘lsa, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay sudga yuborilishi kerak.
Qarzdorning rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza taqdim etilmaganligi ushbu Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin qarzdorning yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlari qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi, shuningdek vakolatli davlat organining so‘roviga ko‘ra korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi himoya qiladi. Sud qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan kundan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini yakka tartibda qanoatlantirish maqsadida murojaat qilishga haqli emas.
Qarzdorga nisbatan bajariladigan barcha harakatlar kreditorlar nomidan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishida yoki kreditorlar qo‘mitasida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning o‘zi amalga oshiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarini saylash, qo‘mitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash yoki qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni to‘lash jadvalini ma’qullash haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.
Ushbu modda beshinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan, kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan qarorlar, ushbu Qonun 86-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan qarzdorning moliyaviy holati to‘g‘risidagi muvaqqat boshqaruvchining xulosasi asosida qabul qilinishi mumkin.
Agar kreditorlar yig‘ilishida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, sud muvaqqat boshqaruvchining qarzdorning faoliyatini tiklash uchun imkoniyat mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasini inobatga olgan holda, qarzdorga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishga haqli.
Kreditorlar yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig‘ilishda o‘z vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘n kunlik muddatda kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti yig‘ilishni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, takroriy yig‘ilish hozir bo‘lgan kreditorlarning sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.
Kreditor o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yig‘ilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish davrida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan ta’minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek majburiy sug‘urta va bank kreditlarini sug‘urta qilish shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha kreditorlar;
uchinchi guruh — soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha kreditorlar;
to‘rtinchi guruh — mehnat shartnomalariga ko‘ra mehnatga haq to‘lash va kompensatsiyalar to‘lash bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiyatlarining teng darajada bajarilishini ta’minlovchi to‘lovlar va talablar, shuningdek fuqarolarning jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari bo‘yicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar bo‘yicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, tegishli vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini ta’minlovchi boshqa usulda yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash imkoni bo‘lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va u belgilagan ommaviy axborot vositasida e’lon qilinishi ana shunday shaxslarni lozim darajada xabardor qilish deb e’tirof etiladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
kreditorlar yig‘ilishining kun tartibi;
kreditorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish tartibi;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan materiallar bilan yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida uch ish kuni ilgari tanishish uchun kreditorlarga imkoniyat yaratishi kerak.
Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisining tashabbusiga ko‘ra yoki kreditorlar qo‘mitasining talabiga binoan yoxud pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoki kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabda kreditorlar yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar ta’riflangan bo‘lishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qo‘mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yig‘ilishi kun tartibining masalalari ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yig‘ilishi kreditorlar qo‘mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) o‘tkaziladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
Kreditorlar yig‘ilishida bayonnoma yuritiladi.
Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra kreditorlarning talablari reyestri;
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarining ro‘yxatga olish varaqlari;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda tegishli vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay sudga topshirilishi lozim.
Ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishining qarorlari yig‘ilishda hozir bo‘lgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir kreditor kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra umumiy kreditorlik qarzidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Agar kreditorlarning yig‘ilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlarning zarur kvorumi bo‘lmasa, kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, ushbu takroriy yig‘ilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va yig‘ilishda hozir bo‘lgan kreditorlar sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatlidir.
Kreditorlar yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan kreditorning arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar kreditorlar yig‘ilishining qarori to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa, bunday qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Kreditor va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs qabul qilingan qaror haqida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ariza berishi mumkin.
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko‘pchiligi ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko‘pchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chog‘ida har bir guruhda zarur ovozlar soni to‘planmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega.
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Kreditorlarning talablari hisobi kreditorlar talablari reyestrida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari kreditorlarning talablari reyestrida, agar kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan kreditor talablarining aniqlangan miqdori, uning har bir talabining qanoatlantirish navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Kreditor talablari bayon etilgan arizada o‘zi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan firmaning to‘liq nomini, joylashgan erini (pochta manzilini), elektron pochta manzilini (mavjud bo‘lgan taqdirda), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek bank rekvizitlarini (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatishi shart.
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs o‘zi xususidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan o‘z talablarining miqdori va tarkibi o‘zgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisini bir haftalik muddat ichida xabardor qilishi kerak. Bunday ma’lumotlar taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, shu munosabat bilan yetkazilgan zarar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar bo‘lmaydi.
Kreditorlarga kreditorlarning talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati ta’minlanishi kerak. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qanoatlantirilishining miqdori, tarkibi va navbati to‘g‘risida bunday talab olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida kreditorlarning talablari reyestridan ko‘chirma yuborishi shart. Bunday ko‘chirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditorning zimmasiga yuklatiladi.
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlar qo‘mitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi.
Agar kreditorlar soni yigirmatadan kam bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasining vazifalari kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan kreditorlar yig‘ilishi zimmasiga yuklatish nazarda tutilishi mumkin.
O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kreditorlar qo‘mitasi quyidagilarga haqli:
sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etishni talab qilishga;
sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat berishga;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etish uchun o‘z vakilini saylashga;
ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga.
Kreditorlar qo‘mitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
kreditorlar yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishni kreditorlar yig‘ilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor bo‘lgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror.
Kreditorlar qo‘mitasining majlisida masalalarni hal etishda kreditorlar qo‘mitasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi. Kreditorlar qo‘mitasining a’zosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditorlar qo‘mitasining qarorlari kreditorlar qo‘mitasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kreditorlar qo‘mitasi majlislarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
Kreditorlar qo‘mitasining a’zolari kreditorlar yig‘ilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillari va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yig‘ilishining qaroriga binoan kreditorlar qo‘mitasi barcha a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir vaqtning o‘zida kreditorlar qo‘mitasining barcha a’zolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.
Eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Kreditorlar qo‘mitasining a’zolari o‘z tarkibidan kreditorlar qo‘mitasining raisini saylashi mumkin.
Agar kreditorlar qo‘mitasida a’zolar besh kishidan ortiq bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasi raisi majburiy tarzda saylanadi.
Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan manfaatdor shaxslar quyidagilardan iborat:
qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe bo‘lgan yuridik shaxs;
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi.
Ushbu Qonunda jismoniy shaxsga, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan manfaatdor shaxs deganda uning xotini (eri), nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi va keyingi qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari hamda ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha o‘zidan keyingi qarindoshlari, xotinining (erining) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari tushuniladi.
Sud boshqaruvchilariga, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadi.
Oliy ma’lumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek vakolatli davlat organida attestatsiyadan o‘tgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan advokat ham sud boshqaruvchisi bo‘lishi mumkin.
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
qarzdorga yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar;
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotganda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning o‘rnini qoplamagan shaxslar;
vakolatli davlat organi qarori bilan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi tugatilgan (bekor qilingan) va (yoki) vaqtincha to‘xtatib turilgan (sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati vaqtincha to‘xtatib turilgan muddatga) shaxslar;
o‘ziga nisbatan boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar).
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar bo‘lgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni tayinlashni rad etadi yoki sud boshqaruvchisini vazifalarini bajarishdan ozod etadi.
Sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun o‘z javobgarligini sud tomonidan sud boshqaruvchiligiga tayinlangan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida sug‘urtalashi kerak.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan talablar to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
Sud boshqaruvchisi:
kreditorlar yig‘ilishini chaqirishga;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qo‘mitasi chaqirilishini talab qilishga;
oldindan davlat boji to‘lamay turib, da’vo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etishga;
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga;
boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablag‘lari hisobidan haq to‘lagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, shartnoma asosida jalb etishga;
davlat xizmatlaridan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan haq to‘lamasdan foydalanishga;
qarzdorning mulki, hisobvaraqlari va depozitlari, shu jumladan kredit kartalari, elektron balanslari va elektron pul o‘tkazmalari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslardan (shu jumladan kredit tashkilotlaridan) hamda davlat organlaridan bepul axborot olishga;
qarzdor jismoniy shaxsdan uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotni so‘rab olishga;
o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun davlat soliq xizmati va bojxona organlaridan, budjetdan tashqari jamg‘armalardan, ko‘chmas mulkka oid hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan hamda qarzdor korxona va unga tegishli mol-mulk to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lgan boshqa vakolatli organlardan axborot olishga;
o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sudga ariza berishga haqli.
Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar ko‘rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirishi va yuritishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni kreditorning talabiga ko‘ra o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va choralar ko‘rishi hamda bunday alomatlar aniqlanganligi haqida kreditorlar yig‘ilishiga, sudga, vakolatli davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
qarzdor jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
qarzdor jismoniy shaxs tomonidan kreditorlarning talablari to‘la hajmda qanoatlantirilishi uchun mablag‘larning o‘z vaqtida to‘liq to‘lanishini nazorat qilishi;
sud hujjatlari bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi shart.
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o‘tkazayotganda qarzdorning va kreditorlarning manfaatlarini ko‘zlab oqilona ish yuritishi shart.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, mazkur zarar sud boshqaruvchisidan sud tartibida undirilishi mumkin.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarning kasbiy darajasini yuksaltirishi va saqlab turishi, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi kerak.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari:
sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda sud boshqaruvchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rab oladi;
ushbu Qonunda belgilangan tartibda sud boshqaruvchisi lavozimiga nomzodni sudga taqdim etadi;
sud boshqaruvchilarining kasbga oid odob qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholashni, ular tomonidan qonunchilikka, kasbga oid odob qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarni vakolatli davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazishda ishtirok etadi;
o‘z a’zolari faoliyatini o‘rganadi va tahlil qilib boradi.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq yuklatilgan vazifalar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, bu sud boshqaruvchisini o‘z vazifalarini bajarishdan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Sud boshqaruvchisiga vazifalarini bajarganligi uchun haq to‘lash miqdori va tartibi bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda kreditorlarning yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan to‘lanadi.
Jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan pul mablag‘lari o‘tkaziladi.
Sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan pul mablag‘larining o‘rni jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonida qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan ushbu Qonun 221-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki mavjud bo‘lmagan taqdirda, agar kreditorlar yig‘ilishida boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash sudning depozit hisobvarag‘iga arizachi tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari bilan cheklanadi.
To‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlarining o‘rni qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun to‘lanadi.
Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga to‘lanadigan haq miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi va ushbu moddada belgilangan tartibda to‘lanadi.
Agar sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan bo‘lsa, sud qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qaytaradi.
Qarzdor jismoniy shaxsning uni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi bilan sudga murojaat etilganda sud moliyaviy boshqaruvchiga to‘lanadigan haqni sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazishni kechiktirishi mumkin.
Sud boshqaruvchisiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga ko‘ra quyidagi hollarda qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin, agar:
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditor qarzdorlik to‘liq to‘langan bo‘lsa, ushbu to‘langan qarzdorlikka doir talablar summasining besh foizigacha miqdorda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning yetmish besh foizidan ko‘prog‘i qanoatlantirilgan bo‘lsa, mazkur kreditorlar talablari summasining uch foizigacha miqdorda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning ellik foizidan ko‘prog‘i qanoatlantirilgan bo‘lsa, mazkur kreditorlar talablari summasining bir foizigacha miqdorda.
Ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qo‘shimcha haq sud boshqaruvchisiga ushbu ish bo‘yicha to‘langan umumiy summaning yarmidan oshmasligi kerak.
Qarzdor to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomilidan tugatishga doir ish yuritish tartib-taomiliga o‘tgan taqdirda ushbu davr uchun sud boshqaruvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Sud boshqaruvchisi o‘z huquq va majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida jalb etilgan shaxslarga haq to‘lashni, sud xarajatlarini, qarzdorning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mol-mulkini xatlovdan o‘tkazish, baholash xarajatlarini, zarur hollarda, auditor xizmatlaridan foydalanganlik xarajatlarini, auksion xarajatlarini, hujjatlarni saqlashga topshirish xarajatlarini, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lashni amalga oshirishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishga sud boshqaruvchisi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga to‘lanadigan haqning miqdori qarzdor aktivlari balans qiymatining bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan hisob-kitob qilingan summadan kelib chiqib (bundan ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno), agar balans qiymatining summasi:
BHMning ming baravarigacha bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n ikki foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
BHMning ming baravaridan besh ming baravarigacha bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
BHMning besh ming baravaridan o‘n ming baravarigacha bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining sakkiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
BHMning o‘n ming baravaridan ortiq bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining besh foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foizlarda belgilanadi. Bunda xarajatlar BHMning ko‘pi bilan ikki ming ikki yuz baravaridan oshmasligi kerak.
Ushbu moddaning maqsadlari uchun qarzdor aktivlarining balans qiymati to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilishidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobotlar asosida aniqlanadi.
Qarzdor aktivlarining haqiqiy balans qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda u baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan baholash qiymati asosida aniqlanadi. Ushbu qoidalar sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bilan bog‘liq xarajatlar haqidagi ma’lumotlar tegishincha sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish, shuningdek qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkni sotish rejasida aks ettiriladi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish bilan bog‘liq xarajatlar, agar kreditorlar yig‘ilishida yoki kreditorlar qo‘mitasi majlisida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, garov bilan ta’minlangan kreditor tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarida pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar yuzasidan majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o‘tishi tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilarining faoliyati to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlaydi;
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
mol-mulkni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
vakolatli davlat organi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir.
Vakolatli davlat organi:
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini to‘lovga qobiliyatsiz, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;
sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;
moliyaviy holati bo‘yicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslariga jarimalar soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, boshqa davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Qarzdor yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:
qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish;
bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qo‘llaniladi.
Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanatsiya qilishni yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) o‘z ichiga olishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilish to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilguniga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdor mol-mulkining egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor yuridik shaxsdir.
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdor mol-mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan chegirma berish to‘g‘risida qarzdor va kreditorlar o‘rtasida kelishuvga erishishga qaratilgan bitim;
soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lashni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomilida boshqa chora-tadbirlar ham bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazilayotganda qarzdorga uning xizmat ko‘rsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari to‘xtatib qo‘yilib, so‘mlardagi va (yoki) valyutadagi sanatsiya hisobvarag‘i ochiladi. Sanatsiya hisobvarag‘idan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ishni yuritish kreditorlarning, qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat berilgan shaxslarning arizasi asosida joriy etiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va to‘lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qo‘llash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga qarzdorning vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun qarzdorning doimiy to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berish uchun soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarzni undirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar asos bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e’tiboran;
vakolatli davlat organi;
qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha ta’minot bergan shaxs.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta to‘lovga qobiliyatsizlikka, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdor jismoniy shaxs yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilgan sudning nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablari summasining qarzdor tomonidan tan olingan miqdori;
qarzdorning xodimlar hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to‘lanishi lozim bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash borasidagi qarzdorligi summasi;
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq summasi;
soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarz miqdori;
kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdorga nisbatan da’vo arizalari sudlar tomonidan ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi, shuningdek so‘zsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;
qarzdordagi mavjud mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari, debitorlik qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning bank hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zini to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizasida qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
Kreditorlarga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o‘z arizasidan ko‘chirma nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo‘lsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorlik mavjudligini, shuningdek kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda qanoatlantirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek jismoniy shaxs pasportining ko‘chirma nusxasi;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, ularning joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda), uning kreditorlik hamda debitorlik qarzi yoyilmasi ko‘rsatilgan holda;
qarzdor yuridik shaxsning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor jismoniy shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi hujjatlar;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;
agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlarining yig‘ilishi o‘tkazilib, unda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan bo‘lsa, ushbu yig‘ilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxasi yoki tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o‘zi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan sudning nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati. | 36 | 63,078 |
Qonunchilik | Muhammad Yusuf nomidagi iхtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi | Vazirlar Marhkamasining 25.07.2017 yildagi 539-son «Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti oʻrnatilgan хiyobonni tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Maktab Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida ochiladi.
2017-2018 oʻquv yilida iхtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligiga oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017 yil 1 sentyabrgacha:
Yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq barcha хarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab yangi maktabni oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikasi, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini koʻradi.
Hujjatda maktabga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psiхologik-pedagogik diagnostika boʻyicha test sinovi oʻtkazish koʻzda tutilgan.
2017-2018 oʻquv yilidan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida ta’lim sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida iхtisoslashtirilgan yangi maktabning ta’minoti uchun zarur mablagʻlar nazarda tutiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 65 | 1,775 |
Qonunchilik | 2022 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy hokimliklar), manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2022 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) qabul qilinsin.
Quyidagilar:
2022-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2023-2024-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlarning asosiy parametrlari 1a-ilovaga muvofiq;
2022-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda 2023-2024-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 2-ilovaga muvofiq;
2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar 3 — 16-ilovalarga muvofiq;
2022-yilda ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 17-ilovaga muvofiq;
2022-yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 18-ilovaga muvofiq;
2022-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan obyektlar ro‘yxati 19-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga Dasturning asosiy parametrlari, maqsadli ko‘rsatkichlari hamda manzilli ro‘yxatlari belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq amalga oshirilishini, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar maqsadli hamda samarali sarflanishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 20-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish doirasida:
Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlasin;
loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etish choralarini ko‘rsin va mas’ul rahbarlarning bu boradagi ishlari ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
Dastur ijrosini har oyda muhokama qilib, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mablag‘larni maqsadli sarflash va ularning natijadorligini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotini eshitib borsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha loyihalarni (obyektlarni) kiritishni, shuningdek, ayrim loyihalarni (obyektlarni) chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi;
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga iqtisod qilingan yoki o‘zlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar limitlarini loyihalar (obyektlar) buyurtmachilari (tashabbuskorlari) o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, tanlov (tender) yakunlariga muvofiq, Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) parametrlariga buyurtmachilar (tashabbuskorlar) bo‘yicha belgilangan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida tuzatish va aniqliklar kiritilishi mumkin.
Dasturning asosiy parametrlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda manfaatdor mahalliy hokimliklar, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining tegishli takliflari asosida kiritilishi belgilab qo‘yilsin.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablag‘larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag‘larini, xorijiy kreditlarni va ular bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarini qoplashga, shuningdek, obyektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo‘naltirish taqiqlanadi. Bunda, avval qabul qilingan tegishli qarorlar doirasida kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlari respublika budjetida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (obyektlar) bo‘yicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qo‘yilmalar limitlari yetishmagan taqdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bilan bog‘liq asoslantirilgan qo‘shimcha xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan idoraviy obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarining manzilli ro‘yxatlari har yili 1-aprelga qadar Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-son Farmoni doirasida ijtimoiy soha obyektlarini qurish ishlari uchun zarur mablag‘lar (500 mlrd so‘m) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 2022-yilga nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. 2022-yildan boshlab:
ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlansin;
kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o‘tadigan loyihalar (obyektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartirilsin va ularni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov) mahalliy hokimliklar, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ushbu band talablarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov), Kadastr agentligi (F.K. Umarov), manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Dasturning manzilli qismiga kiritilgan obyektlarni qurish va (yoki) rekonstruksiya qilish uchun zarur yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda dasturlari asosida shakllantiriladigan loyihalar portfeliga muvofiq, har yili 1-aprelga qadar qurilish obyektlari uchun zarur yer uchastkalarini belgilangan tartibda zaxiraga olish choralarini ko‘rsin.
7. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar — buyurtmachilar (loyihalar tashabbuskorlari):
a) ikki hafta muddatda moliyalashtirish hajmlarini qurilish-montaj ishlarining kalendar jadvallari bilan uzviy bog‘liqlikda aniqlashtirgan holda, 2022-yil uchun yildan-yilga o‘tuvchi qurilish obyektlarining manzilli ro‘yxatini Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kelishish uchun kiritsin;
b) ikki oy muddatda 2022-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida, belgilangan tartibda tanlov (tender) hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, xarid qilish tartib-taomillarini yakunlash va tanlov (tender) g‘oliblari bilan pudrat shartnomalarini tuzish choralarini ko‘rsin;
v) xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan so‘ng o‘n kun ichida 2022-yil uchun yangidan boshlanadigan qurilish obyektlarining yakuniy manzilli ro‘yxatini Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kelishish uchun kiritsin;
g) 2022-yil 15-fevralga qadar Dasturning asosiy parametrlarini bajarish, shu jumladan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini choraklar kesimida tasdiqlab, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin. Bunda:
2022-yil birinchi yarim yilligida barcha loyihalar (obyektlar) bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish yillik prognoz ko‘rsatkichining kamida 40 foizini, shu jumladan yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha kamida 55 foizini bajarish;
2022-yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari obyektlarini — 15-avgustga qadar, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar obyektlarini — 1-oktabrga qadar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini — 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirish nazarda tutilsin;
d) joriy yilda qurilishini davom ettirish uchun mablag‘ (limit) nazarda tutilmagan tugallanmagan va foydalanilmayotgan obyektlarni belgilangan tartibda konservatsiya qilish, shuningdek, ularni konservatsiya davrida lozim darajada saqlash va muhofaza qilish choralarini ko‘rsin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda:
Dasturning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilishi, har oyda loyihalar (obyektlar) kesimida muhokamalar tashkil etilishi va yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal qilinishini ta’minlasin, monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
2022-yil 1-iyunga qadar 2023-yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining (obyektlarining) dastlabki manzilli ro‘yxati Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
9. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda hududlarning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holati va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, Dasturga kiritilgan irrigatsiya va melioratsiya loyihalarining samaradorligi va natijadorligini tahlil qilsin;
b) uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini suv hamda elektr energiyasi sarfini o‘lchash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan uskunalari bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar miqdori va moliyalashtirish manbalari;
sug‘orish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini takomillashtirish, shu jumladan zamonaviy turdagi resurs tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-son qaroriga muvofiq tuzilgan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev):
tuman (shahar) va hududlar darajasida Dasturning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishi, shu jumladan har bir loyiha (obyekt) bo‘yicha mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish-pudrat ishlari sifatli bajarilishi, xarid qilish tartib-taomillari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi;
Dastur doirasida 2022-yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari obyektlari 15-avgustga qadar, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar obyektlari 1-oktabrga qadar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlari 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi;
mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq, kelgusi ikki yil davomida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritilmasligi ustidan tizimli nazoratni tashkil etsin.
11. Quyidagilar:
a) Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov — Dasturning sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish va obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga;
b) Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) doimiy monitoring va tahlil qilib borilishini, mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi hamda samarali sarflanishi ustidan tizimli moliyaviy nazoratni ta’minlashga;
v) qurilish vaziri B.I. Zakirov — obyektlarning loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida eng maqbul me’moriy hamda texnik yechimlar qo‘llanilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi, shuningdek, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlashga;
g) maktabgacha ta’lim (A.V. Shin), xalq ta’limi (B.O. Saidov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim (A.X. Toshkulov), sog‘liqni saqlash (B.A. Musayev), turizm va sport (A.A. Abduxakimov), madaniyat (O.A. Nazarbekov), transport (I.R. Mahkamov), suv xo‘jaligi (Sh.R. Xamrayev), uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish (Sh.S. Xidoyatov) vazirlari — mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning maqsadli ishlatilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi va obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari:
Dasturga kiritilgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;
2022-yil 1-mayga qadar, mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan maqsadli mo‘ljallardan kelib chiqib, 2023 — 2025-yillarda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalari (obyektlari) yuzasidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ko‘rib chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etishga;
2023-yil va kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining manzilli qismiga kiritiladigan loyihalarning (obyektlarning) loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari qurilish normalari va me’yorlari talablariga qat’iy rioya qilingan holda, o‘z vaqtida ishlab chiqilishi hamda 2022-yil 1-noyabrga qadar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlashga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 139 | 17,650 |
Qonunchilik | Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tuzildi | Bu davlatimiz rahbari saytida joylashtirilgan Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ–3160-son qarorida nazarda tutilgan.
Ma’naviyat targʻibot markazi hamda Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yoʻli bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, Markaz Prezidentning 25.08.2006 yildagi PQ–451-son qarori bilan ikkita tashkilotga ajratilgan edi.
Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi:
Oʻrnatilishicha, Prezident Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi.
Markaz rahbari uning tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega va maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport хizmatidan foydalanish shart-sharoitlariga koʻra – vazirga, Markaz rahbarining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari – tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Toshkent shahar hokimligiga Markaz hamda “Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.
Moliya vazirligi qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-хarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017 yilda Ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratadi, 2018 yildan boshlab esa ular Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 44 | 1,774 |
Qonunchilik | Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
naslchilik xo‘jaligi — Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2578, 2014-yil 28-aprel) muvofiq naslchilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar;
klass — qishloq xo‘jaligi hayvonlarini baholash natijasi bilan belgilanadigan toifa;
laktatsiya davri — qishloq xo‘jaligi hayvonlarining sut berish davri;
eksteryer — hayvonning tashqi tana tuzilishi.
2. Zotini takror ko‘paytirish uchun tanlab olingan nasldor erkak hayvonlar avlodining sifati va o‘z mahsuldorligi bo‘yicha tekshirilishi hamda baholanishi lozim.
3. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash naslchilik xo‘jaligida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan erkak hayvonni aniqlash va undan seleksiya-naslchilik ishlarida foydalanish maqsadida o‘tkaziladi.
4. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash naslchilik xo‘jaliklari tomonidan nasldor hayvonlarning belgilangan mahsuldorlik darajasiga qarab o‘tkaziladi.
5. Har bir naslchilik xo‘jaligida kamida uchta erkak hayvon tekshirish va baholash uchun tanlab olinadi.
6. Tekshirish va baholash uchun tanlab olingan har bir erkak hayvon uchun u bilan juftlashtiriladigan urg‘ochi hayvonlar ham tanlab olinadi. Urg‘ochi hayvonlar naslchilik xo‘jaligining o‘zidan, shuningdek kelishuv asosida boshqa naslchilik xo‘jaliklari yoki naslchilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jaliklardan tanlanishi mumkin.
7. Juftlashtirish uchun urg‘ochi hayvonlarni tanlashda quyidagilarga rioya qilish zarur:
har bir erkak hayvon bilan juftlashtiriladigan urg‘ochi hayvonlar soni 60 boshdan, shu jumladan yosh urg‘ochi hayvonlar soni 20 boshdan ko‘p bo‘lishi;
juftlashtirishni 2 — 4 oy ichida amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi;
ota yoki ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlarni juftlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
tanlangan urg‘ochi hayvonlarning kelib chiqishi bo‘yicha kamida uchta bo‘g‘in erkak ajdodi ma’lum bo‘lishi.
8. Har bir nasldor erkak hayvonning kamida 25 nafar erkak va 25 nafar urg‘ochi bolalarida tekshirish olib boriladi hamda ularning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan natijalarning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi.
9. Nasldor hayvonlar nasl qiymati, mahsuldorligi, nasl sifati bo‘yicha tekshiriladi.
10. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashda naslchilik xo‘jaliklari quyidagi talablarga rioya qilishlari zarur:
o‘z faoliyatida naslchilik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilishi;
nasldor hayvonlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini ta’minlashi;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini maqbul sharoitda saqlashi, parvarishlashi va oziqlantirishi.
11. Nasldor erkak hayvonlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholashda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
naslchilik xo‘jaligining joylashgan manzili;
nasldor erkak hayvonlarning soni va sifati;
urg‘ochi hayvonlar soni va sifati;
urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish va ulardan nasl olish muddatlari;
olingan yosh avlodlarni o‘stirish va saqlash sharoitlari;
avlodlarini boshqa erkak hayvonlar avlodlari bilan taqqoslash natijalari.
12. Nasldor erkak hayvonlar avlodlarining kunlik o‘sish tezligi o‘sish davrida olingan tirik vaznning ozuqa bilan qoplanishi va ushbu avlodning mahsuldorligi bo‘yicha baholanadi.
13. Tekshirilayotgan nasldor erkak hayvonlarning avlodlarini taqqoslash quyidagicha amalga oshiriladi:
nasldor erkak hayvonning urg‘ochi bolalarini boshqa nasldor erkak hayvonlarning urg‘ochi bolalari bilan taqqoslash;
nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini onalarining mahsuldorligi bilan taqqoslash;
nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarini ularning tengdoshlari bilan taqqoslash;
nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini naslchilik xo‘jaligining ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini tegishli zot bo‘yicha minimal ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash.
14. Tanlab olingan nasldor erkak hayvonlar tekshirish va baholash yakunida podani yaxshilovchi, neytrallashtiruvchi va yomonlashtiruvchi turlarga ajratiladi.
15. Podani neytrallashtiruvchi va podani yomonlashtiruvchi deb topilgan erkak hayvonlardan seleksiya-naslchilik ishlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Naslchilik xo‘jaligida tekshirish va baholash uchun avlodlarining sifati bo‘yicha baholanmagan 12 — 14 oylikdagi nasldor buqalar tanlab olinadi.
17. Nasldor buqalarni avlodlarining sifati bo‘yicha tekshirishda ulardan doimiy ravishda urug‘ olish va ularni uzoq muddat saqlash uchun muzlatib qo‘yish talab etiladi. Muzlatilgan urug‘lardan qanday maqsadda foydalanish buqalarni baholash yakunlangandan keyin aniqlanadi.
18. Nasldor buqa avlodlarining sifati bo‘yicha tekshirilayotganda uning urg‘ochi bolalari tug‘ilgan paytidan boshlab yaxshi sharoitda saqlanishi va oziqlantirilishi, ularning tirik vazni Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2574, 2014-yil 9-aprel) muvofiq, tegishli zot bo‘yicha I klassni baholashda qo‘yiladigan minimal ko‘rsatkichlardan 10 — 20 foiz yuqori bo‘lishi kerak.
19. Nasldor buqa avlodlarining tirik vazni tug‘ilgan paytida, 8, 12, 15, 18 oyligida tekshiriladi va tug‘ilgan paytdan 18 oylik bo‘lgunga qadar ularning kunlik o‘sishi kuzatib boriladi, eksteryeri va gavda tuzilishi kompleks baholanadi.
20. Sigirlar sut berish davrining ikkinchi oyida sun’iy qochiriladi.
21. Sigirlarning sut mahsuldorligi to‘liq — 305 kunlik yoki qisqa — 200 kunlik laktatsiya davri ma’lumotlari asosida baholanadi.
22. Sut yo‘nalishidagi sigirlarda birinchi tug‘ishidan boshlab sutni ko‘paytirish usuli qo‘llaniladi. Ularning sut mahsuldorligi 90 — 100 kunlik laktatsiya davri ma’lumotlari asosida baholanadi.
23. Sigirlarning sut mahsuldorligi to‘liq yoki qisqa laktatsiya davrida har oyda nazorat sog‘imi o‘tkazish hamda sog‘ilgan sut miqdori, uning tarkibida yog‘ va oqsilning ulushini aniqlash orqali baholanadi.
24. Laktatsiya davrining 2-3 oyida sigirlarning tirik vazni, oldingi elin pallasining rivojlanish indeksi va sut berish tezligi aniqlanadi, shuningdek ularning eksteryeri va gavda tuzilishi baholanadi.
25. Nasldor buqa baholash yakuni bo‘yicha podani yaxshilovchi deb topilgan taqdirda, uning avlodlari sog‘ilgan sut miqdori, sut tarkibida yog‘ va oqsilning ulushi bo‘yicha toifalarga ajratiladi.
26. Nasldor otlar va ularning avlodlari eksteryeri, gavda tuzilishi, ish qobiliyati hamda harakat sifati bo‘yicha baholanadi.
27. Nasldor ayg‘irlardan seleksiya-naslchilik ishlarida 5 yoshga to‘lgandan boshlab foydalaniladi. Nasldor biyalar 3 yoshga to‘lgandan keyin qochiriladi.
28. Nasldor qo‘chqorlar va takalarni tekshirish va baholashda Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2574, 2014-yil 9-aprel) asosan, tegishli zot bo‘yicha I klassni baholashda qo‘yiladigan minimal ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lgan hamda bir xil yoshdagi urg‘ochi qo‘y va echkilar tanlab olinadi.
29. Qorako‘lchilikda nasldor qo‘chqorlarni tekshirish va baholash uchun urg‘ochi qo‘ylarni tanlashda ularning teri berish xususiyatiga ko‘ra bir xil rangli teri beruvchi tipga yoki har xil rangli teri beruvchi tipga mansub ekanligi inobatga olinadi.
30. Nasldor qo‘chqorlar va takalarning avlodlari 15 — 20 kunlikda hamda onasidan ajratilgan paytda — 3,5 — 4,0 oylikda qayta saralanadi.
31. Qo‘chqorcha va takachalar 8-9-oyligidan boshlab tekshiriladi.
32. Nasldor qo‘chqorlar va takalarning avlodlari egizak tug‘ilganda, ularni baholash natijalariga 1,12 to‘g‘rilash koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
33. Nasldor qo‘chqorlar va takalarning avlodlari 4 oylikdan 7 oylikkacha bo‘lgan davrda boquvga qo‘yib semirtiriladi hamda olingan tirik vaznning ozuqa bilan qoplanishi aniqlanadi.
34. Qo‘chqorlar va takalarning nasldorligini baholashda qo‘shimcha ravishda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
ona tomondan qarindosh bo‘lgan urg‘ochi avlodlarning nasl berish xususiyati;
urg‘ochi qo‘y va echkilarni qochirish sifati;
olingan naslning hayotchanligi;
avlodlarining onasidan ajratish paytidagi tirik vazni.
35. Nasldor xo‘rozlarni tekshirish va baholashda yosh xo‘rozchalar oldindan tanlab olinadi. Ular har 10 — 12 kunda juftlashtiriladigan parrandalar yashaydigan bir uyadan boshqa uyaga o‘tkazib turilishi kerak.
36. Nasldor xo‘rozlar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:
parrandalarni urug‘lantirish xususiyati;
urg‘ochi bolalarining birinchi 4 oyida tuxum berish mahsuldorligi;
tuxum vazni, tuxumlardan jo‘jalar chiqishi;
jo‘jalarning tirik vazni.
37. Nasldor xo‘rozlardan 2,5 — 3,0 yil foydalanilishi zarur.
38. Nasldor erkak hayvonlarni baholash va tekshirish natijalari ularning kelib chiqishi, mahsuldorligi va boshqa sifatlarini tasdiqlovchi hujjatlarga kiritib boriladi.
39. Baholash va tekshirish natijalariga muvofiq podani yaxshilovchi deb topilgan nasldor erkak hayvonlar haqidagi ma’lumotlar Davlat nasldor hayvonlar kitoblariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi. | 96 | 10,123 |
Qonunchilik | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironl | Respublikamizda keksa yoshdagi avlod vakillarini hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi pastligi ushbu yo‘nalishdagi xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ikkinchi jahon urushi faxriylari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini soddalashtirish ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam turlarini shaffofligini va manzilliligini ta’minlash va samaradorligini oshirish maqsadida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 8-iyundagi PQ-274-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlarini hamda zarur kiyim-kechak va poyabzallarini;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini bepul taqdim etish tartiblarini bekor qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. 2-bandda:
“a” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. 2-ilovada:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Ijtimoiy muhofaza qilish choralariga doir tadbirlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi bilan birgalikda belgilanadi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlashni, zaruriyat bo‘lganda, nafaqalar va moddiy yordam olishda ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi”.
4. 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi “g” kichik bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 80-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 28-apreldagi 317-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmoni)” 2020-yil 20-maydagi 307-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 55-bandi “b” va “g” kichik bandlari hamda 74-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 366-bandi “b” kichik bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 5-avgustdagi 431-son qaroriga 3-ilovaning 20-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-maydagi 204-F-son farmoyishi. | 250 | 6,269 |
Qonunchilik | “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi QL-535-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi QL-535-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 119 | 291 |
Qonunchilik | Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini tashkil qilish;
vaxta usulida ishlayotgan xodimlarning dam olish vaqtida hayoti va ish faoliyatini ta’minlash uchun vaxta shaharchalarini tashkil qilish;
ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish;
vaxta usulidagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, imtiyozlar va kompensatsiyalar tartibi;
ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlardagi qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini mehnatni tashkil qilishning vaxta rejimida amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Vaxta usuli korxonadan uzoq masofada joylashgan sharoitda ishlarni mehnat resurslaridan foydalanish asosida tashkil qilishning shakli hisoblanadi. Vaxta usuli chekka va uzoq hududlardagi ijtimoiy soha va muhim obyektlarda qurilish, ta’mirlash, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish, boshqa sanoat ishlari amalga oshiriladigan, lekin mahalliy mehnat resurslari bilan ta’minlamagan hududlarda qurilish muddatlarini qisqartirish maqsadida qo‘llanadi.
Xodimlarni kontrakt bilan ishga qabul qilishda ishlar vaxta usulida bajariladigan mehnat sharoitlari nazarda tutiladi.
Xodimlarning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish obyektlari vaxta usulida ishlash joyi hisoblanadi.
Ish joyi o‘zgargani sababli xodimlarning boshqa joyga ko‘chib o‘tishi ularning boshqa ishga o‘tkazilishi deb hisoblanmaydi.
Xodimning vaxtaga jo‘natilishi xizmat safari hisoblanmaydi.
Obyekt joylashgan hududda ishlarni bajarish va smenalararo dam olish davrlari vaxta vaqti hisoblanadi.
Vaxtaning davomiyligi bir kalendar oydan oshmasligi lozim.
3. Vaxta xodimlari obyektda bo‘lgan davrda maxsus tashkil qilinadigan vaxta shaharchalarida yoki yashash uchun moslashtirilgan boshqa maxsus xonalarda (keyingi o‘rinlarda — vaxta shaharchalari) istiqomat qiladi.
4. Ishlarni vaxta usulida tashkil qilish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinadi.
5. Qurilish obyektlarida vaxta usulini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi qurilishni tashkil etish loyihalari va boshqa loyiha-texnologik hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ishlar bajarilishini tashkil qilish sharoitlari hisobga olingan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarish orqali asoslanadi.
6. Vaxta usulini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Ishlarni vaxta usulida bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar, shuningdek, vaxta usulida ishlayotgan mehnat jamoalariga xizmat ko‘rsatish uchun jalb etilgan ijtimoiy-maishiy soha tashkilotlarining qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar ham obyekt qurilishi uchun kelishilgan narxni belgilashda, tomonlarning kelishuviga ko‘ra kelishilgan narx tarkibida hisobga olinishi lozim.
7. Vaxta usulida bajarish uchun mo‘ljallangan ishlarning aniq hajmlari va turlari pudratchi hamda buyurtmachi tomonidan qurilishni bajarish uchun pudrat shartnomasi tuzilayotganda, subpudratchi tashkilotlari uchun esa — subpudrat shartnomasi tuzilayotganda belgilanadi.
Tashkilot joylashgan joydan ish joyigacha yetib olish va u erdan qaytish uchun xodimlar uch soatdan ko‘proq vaqt sarflaydigan bo‘lsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari, agar bu iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb topilsa, ishlar vaxta usulida bajarilishini tashkil etishga haqli hisoblanadi.
Agar ishlarni vaxta usulida tashkil qilish uchun amaldagi xarajatlar hisoblangan ko‘rsatkichlardan oshib ketadigan bo‘lsa, ularning qiymatlari orasidagi farq qurilish bo‘yicha bosh pudratchi (subpudratchi) tashkilotning asosiy faoliyati hisobiga qoplanadi.
8. Ishlarni vaxta usulida tashkil etish bilan bog‘liq, biroq ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
9. Vaxta usulining tashkil etilishi obyektlardagi ishlar bir maromda, uzluksiz va kompleks ravishda, asosan, ularning uzluksiz amalga oshirilishi bo‘yicha o‘zgaruvchan grafikka binoan bajarilishini ta’minlashi lozim.
Ishlar, qoida tariqasida, yiriklashtirilgan komleks brigadalar tomonidan, ishlar bajarilishi va mehnat uchun to‘lovning pudrat prinsiplarini qo‘llagan holda, shuningdek vaxta xodimlari ketma-ket almashinishi va moddiy boyliklar saqlanishini ta’minlash bilan bajarilishi zarur.
10. Vaxta usulida ishlaydigan xodimlar tarkibini butlash tashkilot shtatida ro‘yxatga olingan va kontrakt bo‘yicha vaqtincha jalb etiladigan, ushbu usulda bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlarni amalga oshirishni rad etuvchi tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan xodimlar bilan ta’minlanadi.
11. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga 18 yoshga to‘lmagan ishchi va xizmatchilar, homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan farzandlari bo‘lgan ayollar jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Vaxtalarni kadrlar va mutaxassislar bilan tartibli ravishda ta’minlash maqsadida tashkilot xodimlar bilan kelishgan holda ularni ishlarning bir uchastkasidan boshqasiga o‘tkazishga haqli. Bunda bir ish uchastkasidan boshqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish)da tashkilot rahbari “vaxta” muddati yakunlanganidan so‘ng xodimlar avvalgi ish joyi (lavozim)da tiklanishi, agar ish joyi tugatilgan bo‘lsa, ushbu ish joyi (lavozim)ga tenglashtirilgan tashkilotdagi boshqa ish joyi (lavozim)ga o‘tkazilishini ta’minlashi lozim. Shuningdek, buyruq (farmoyish)da “Vaxta usulida ishlash uchun” o‘tkazish maqsadi ko‘rsatiladi.
13. Xodimlarni tashkilot joylashgan joydan yoki yig‘ilish punktidan vaxtaga yetkazish va qayta olib kelish iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblangan transport turlari bilan, imkon qadar idoraviy transport vositalaridan foydalangan holda pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Vaxta shaharchalariga yetib kelgan barcha xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi shart.
14. Vaxta shaharchalari vaxta usulida ishlayotgan xodimlarning vaxtadagi dam olish vaqtida hayot va ish faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan turar-joy, madaniy-maishiy, sanitariya xonalari, shuningdek, qurilish texnikasi va maxsus texnikaga, avtotransportga xizmat ko‘rsatiladigan, tovar-moddiy boyliklar zaxirasi saqlanadigan xo‘jalik bino va inshootlari kompleksidan iborat. Vaxta shaharchalariga texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish, odatda, ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan tegishli xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Vaxta shaharchalarini saqlash, shaharchada yashayotgan xodimlarga maishiy xizmat ko‘rsatish, ular bilan madaniy-ommaviy ishlarni tashkil etish balansida vaxta shaharchasi bo‘lgan tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yuklanadi. Ushbu tashkilotlar ma’muriyati tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ushbu shaharchada barcha yashovchilarga xizmat ko‘rsatishning ichki tartibi tasdiqlanadi.
16. Vaxta shaharchasi, hudud sharoitlariga bog‘liq ravishda, namunaviy yoki yakka-tartibdagi loyiha bo‘yicha qurilib, ushbu loyihada ijtimoiy-maishiy soha obyektlari, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa vositalari, kirish yo‘llari va uchish-qo‘nish polosasi (texnik zarurat mavjud bo‘lsa), vaxta xodimlarini yetkazib kelish usuli, shuningdek, shaharchani qurish va faoliyatini ta’minlash xarajatlarining smetasi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, loyihada shaharchada ishlayotgan va istiqomat qilayotgan xodimlar ovqatlanishi, dam olishi va ishdan bo‘sh vaqtini tegishli tarzda tashkil qilish, ularga tibbiy, savdo-maishiy va madaniy xizmat ko‘rsatish masalalari ham hal qilinadi. Vaxta shaharchasi joylashuvini tanlashda xodimlarni vaxta shaharchasidagi yashash joylaridan ish joyigacha yetkazish va qaytib olib ketish vaqtini qisqartirish talabi majburiy hisoblanadi.
Vaxta shaharchasining loyihasi tegishli kasaba uyushmasi tashkilotlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati va yong‘in nazorati organlari bilan kelishiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
17. Vaxta shaharchasi foydalanishga mahalliy hokimliklar tomonidan tayinlanadigan va tarkibi tashkilot ma’muriyati, mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmasi tashkiloti, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda yong‘in xavfsizligi xizmatlari, shuningdek sog‘liqni saqlash organlari va hududiy qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
18. Vaxta xodimlarining vaxtalararo dam olish davrida shaharchada yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Ishlarni vaxta usulida tashkil qilishda, odatda, bir oy, bir chorak yoki boshqa uzoq muddatli, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan davr uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinadi.
Hisobga olingan davr umumiy ish vaqti, tashkilot joylashgan joydan yoki yig‘ilish punktidan ish joyigacha yetib olish va qaytish vaqti hamda vaqtning ushbu kalendar davrga to‘g‘ri keladigan dam olish vaqtini qamrab oladi. Bunda hisobga olingan davr uchun ish vaqtining davomiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan bir haftalik ish vaqti soatlaridan oshib ketmasligi kerak.
Tashkilotlarda har bir xodim uchun ish vaqti va dam olish vaqtining oylar va hisobga olingan davr uchun qo‘shilib jamlangan yakuni bo‘yicha maxsus hisob-kitob yuritiladi.
20. Hisobga olinadigan davr doirasidagi ish vaqti va dam olish vaqti tegishli kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilib, tashkilot ma’muriyati tomonidan ish grafigiga muvofiq, odatda, bir yil uchun belgilanadi va amalga kiritilishidan kamida ikki oy oldin xodimlarga yetkaziladi. Grafiklarda, shuningdek, xodimlarni vaxtaga yetkazish va qayta olib kelish uchun zarur bo‘lgan vaqt ham nazarda tutiladi. Har kungi ish vaqti 12 soatdan oshmasligi kerak.
21. Xodimlarning har kungi dam olish vaqti, ovqatlanish uchun belgilangan vaqtni ham hisobga olganda, 12 soatdan kam bo‘lmasligi lozim. Ishlab chiqarish zaruriyati sababli har kungi dam olish vaqti qisqartirilganda, to‘liq foydalanilmagan har kunlik dam olish soatlari va har haftalik dam olish kunlari jamlanib, xodimlarga hisobga olingan davr davomida qo‘shimcha dam olish kunlari (vaxtalararo dam olish kunlari) shaklida taqdim etiladi. Joriy oy mobaynidagi haftalik dam olish kunlarining soni ushbu oydagi to‘liq haftalar sonidan kam bo‘lmasligi lozim. Haftalik dam olish kunlari haftaning istalgan kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Hisobga olingan davr yakunlanishidan oldin ishdan bo‘shagan xodimlar uchun ishdan bo‘shash sanasi, ularning roziligi bilan, vaxtalararo dam olish kunlarini hisobga olgan holda ko‘rsatilishi mumkin.
22. Tashkilot rahbarlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ustalar, prorablar, uchastka (smena) boshliqlari va obyekt (uchastka)da bevosita rahbarlik funksiyalarini amalga oshirayotgan boshqa sex xodimlari uchun asosiy xodimlar uchun belgilangan mehnat va dam olish rejimini o‘rnatish huquqi berilishi mumkin.
23. Hisobga olinadigan davr mobaynida xodim ishlab beradigan soatlarning normal yig‘indisi besh kunlik ish haftasi va 8 soatlik ish smenasi hamda bayram arafasidagi 7 soatlik ish smenasidan (40 soatlik ish haftasi uchun) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar uchun ish vaqtining normasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan qisqartirilgan ish kunidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Misol. 2019-yilning iyul oyida 23 ish va 8 dam olish kunlari bor. Ushbu hisobga olinadigan davr (1 oy) ichida xodim ishlab berishi kerak bo‘lgan soatlarning normal miqdori 184 soatga teng (23 x 8 = 184).
Vaxtadagi ish vaqtining normal uzunligi hisobga olingan davr uchun yuqorida belgilangan tartib bo‘yicha aniqlanadi.
Misol. Normal mehnat sharoitlari bo‘lgan 15 kunlik (2019-yil 1 — 15-iyul kunlari) vaxtadagi ish vaqtining uzunligi 88 soatga teng (11 x 8 = 88).
Vaxtada 15 kun (2019-yil 1 — 15-iyul kunlari) 12 soatdan ishlash grafigiga muvofiq xodimlar ikkala misolda ham 180 soatdan (15 x 12 = 180) ishlab berganlar. Bu xodimlarga 2019-yilning iyul oyida smenalararo va har haftadagi dam olish kunlarining yig‘indisidan iborat 15 kun taqdim etilgan (smenalararo foydalanilmagan dam olishning 4 soati x 10 kun — har haftadagi dam olishning foydalanilmagan 12 soati x 5 dam olish kuni + 4 dam olish kuni = 100 soat : 8 soat + 4 kun = 16 kun). Bunda 21-bandga muvofiq ishlab berilgan 4 soatga kirmagan vaqt xodimning vaxtalararo dam olishini hisoblashda e’tiborga olinadi.
Hisobga olinadigan davrda yoki vaxtada ish vaqti to‘liq bo‘lmaganda (mehnat ta’tili, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va boshqalar) norma bo‘yicha belgilangan ish soatlaridan ishda bo‘lmagan kunlarga to‘g‘ri keladigan kalendar bo‘yicha xodim soatlari ayirib tashlanadi.
24. Ishlarni vaxta usulida tashkil etishda xodimlarga mehnat haqi quyidagi tartibda to‘lanadi:
ishbay xodimlarga — bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha yiriklashtirilgan (kompleks) va amaldagi boshqa narxlarda;
vaqtbay xodimlarga — amalda ishlab berilgan hamma soatlar uchun razryadlar bo‘yicha belgilangan tarif stavkalariga muvofiq;
ustalar, prorablar, uchastka (smena) boshliqlari va obyektda bevosita rahbarlik funksiyalarini bajarayotgan sex xodimlariga grafik bo‘yicha ishlab berilgan vaqt (soatlar) uchun razryadlar bo‘yicha belgilangan tegishli tarif stavkasiga muvofiq to‘lanadi. Bunda xodimlarning soatlar bo‘yicha stavkasi bir oylik lavozim maoshini hisoblanayotgan oyning kalendar bo‘yicha ish soatlariga bo‘lish orqali aniqlanadi.
vaxtada ishlayotgan boshqa rahbarlar, mutaxassilar va xizmatchilarga mehnat haqi amalda ishlab berilgan vaqt (kunlar) uchun bir oylik lavozim maoshiga muvofiq to‘lanadi.
25. Xodimlarni mukofotlash tashkilotda amal qiluvchi jamoa shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda mukofot vaxtada ishlagan davr uchun belgilangan ish haqi bo‘yicha hisoblanadi.
Tashkilot, tegishli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq, vaxta usulida ishlab (korxona tarkibiga kirmagan holda), mehnat jamoasiga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot, bolalar, madaniy-ma’rifiy va sport muassasalalari, umumiy ovqatlanish va boshqa tashkilotlar xodimlarini rag‘batlanirish uchun mablag‘ ajratishi mumkin.
26. Vaxta usulida ishlarni bajarayotgan barcha xodimlarning (shu jumladan vaxta usulida ishlayotgan jamoalarga xizmat ko‘rsatayotgan savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, transport, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlari) ish haqiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan o‘lchamlardagi koeffitsiyentlar (hududiy, baland tog‘li, cho‘l, suvsiz zonalar va boshqa omillar bo‘yicha koeffitsiyentlar) qo‘llanadi.
27. To‘liq ish kunlariga nisbatan karrali bo‘lmagan ortiqcha ishlab berilgan ish vaqtlari kalendar yil davomida vaxtalararo dam olishning to‘liq ish kunlarigacha jamlanib borilishi mumkin. Xodim ishdan bo‘shaganida yoki kalendar yil yakunlanganida ko‘rsatilgan soatlar uchun jamoa shartnomasiga muvofiq haq to‘lanadi.
Ortiqcha ishlab berilgan ish vaqti ishdan tashqari bajarilgan hisoblanadi va bu vaqt uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq to‘lanadi.
28. Vaxta xodimlari obyektga o‘z vaqtida yetib kelmasa, ishlarni vaxta usulida bajarayotgan tashkilotlarning rahbarlari kasaba uyushmalari qo‘mitalari bilan kelishgan holda yangi smena yetib kelguniga qadar xodimlarni ish grafigida belgilangan ish vaqtidan ko‘proq vaqt ishlashga jalb etishi mumkin. Bunday holatlarda ma’muriyat vaxta xodimlari eng qisqa muddatlarda obyektga yetkazib kelishi bo‘yicha barcha choralarni qo‘llashi shart.
29. Vaxta usulida ishlarni bajarayotgan barcha xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, vaxta usulida ishlayotgan jamoalarga xizmat ko‘rsatayotgan savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, transport, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlariga vaxta davrida ishlar bajarilayotgan joylardagi har bir kun uchun, shuningdek, tashkilot joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyigacha va qaytish vaqti uchun vaxta usulida ishlash uchun to‘lanadigan ish haqiga ustama to‘lanadi.
Ish haqiga ustama miqdori jamoa shartnomasida belgilanib, respublika hududida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
Bunda ishlarning harakatli tusi va dala sharoitlaridagi xarajatlar uchun kompensatsiyaning boshqa turlari to‘lanmaydi.
Vaxta usulida bajarilgan ishlar uchun ustama summasini hisoblash xodimlarning vaxtada bo‘lgan amaldagi vaqtidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
mehnatga kunbay haq to‘lanishida — tegishli xodimning lavozim maoshi joriy oydagi kalendar kunlar soniga bo‘linadi. Kunlik stavka vaxtada ishlangan kunlar va yo‘lga sarflangan kunlar soniga ko‘paytiriladi va chiqqan summadan belgilangan miqdordagi ustama puli belgilanadi;
mehnat uchun ishbay haq to‘lanishida — xodimning amalda bajarilgan ishlar hajmi uchun hisoblangan oylik ish haqi bir oydagi kalendar kunlar soniga bo‘linadi. Keyingi hisob-kitoblar razryadlar bo‘yicha belgilangan tarif stavkasida haq oladigan ishchilarga bo‘ladigan to‘lovlar tartibida amalga oshiriladi.
30. Meteorologik sharoitlar sababli, transport tashkilotlarining aybi bilan yoki boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlar tufayli yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun xodimlarga avvalgi ikki kalendar oyda hisoblangan ish haqi bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqadigan kompensatsiya to‘lanadi. Bu holatlarda xodimlarga turar joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi xizmat safarlari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Xodim uzrli sabablarga ko‘ra vaxta xodimlari yig‘iladigan punktga o‘z vaqtida yetib kelmagan bo‘lib, ish obyektigacha mustaqil yetib borgan bo‘lsa, tashkilot ma’muriyati unga transport xarajatlarini xizmat safarlari to‘g‘risidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan normalarga muvofiq qoplab beradi.
32. Ustama va hududiy koeffitsiyent to‘lash, shuningdek, vaxtalararo dam olish kunlari uchun haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlarning ish haqi to‘lash normativ fondi doirasida amalga oshiriladi.
Ishning vaxta usuli uchun ustama to‘lash hamda yo‘lda bo‘lish va ushlanib qolingan vaqt uchun xaq to‘lash bilan bog‘liq harajatlar smeta va ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga xarajatlar doirasida amalga oshiriladi.
33. Vaxta shaharchalarida yashovchilar transport, ijtimoiy-maishiy xizmatlar, shuningdek, kuniga uch marta issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
34. Tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi va tashkilot ma’muriyati mehnat jamoasining roziligi bilan vaxta usulida ishlayotgan xodimlar uchun sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish va turizm bo‘yicha yo‘llanmalarni imtiyozli tarzda birinchi navbatda taqdim etilishi masalalarini hal qilishi mumkin.
35. Vaxta usulida bajariladigan ishlarda band bo‘lgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tili, u dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin, belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Har yilgi asosiy ta’til va zararli mehnat sharoitlarida ishlagani, tashkilotdagi uzluksiz staji uchun qo‘shimcha ta’tilga chiqish huquqini beruvchi stajga dam olish kunlari ham qo‘shiladi.
Agar har yilgi mehnat ta’tilining yakunlanishi u ishlaydigan jamoaning vaxtalararo dam olish davriga to‘g‘ri kelib qolsa, uning roziligi bilan vaxta boshlanganiga qadar boshqa ish taklif etiladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra ushbu xodimga haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tili taqdim etilishi haqidagi masala ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
36. Har yilgi ta’til kunlari uchun to‘lanadigan o‘rtacha ish haqi, hisobga olingan davr ichida taqdim etiladigan dam olish kunlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Agar xodimga ishlangan vaqt uchun haq to‘lanadigan dam olish kunlari (otgullar), shuningdek, ishdan bo‘shayotganida otgullar uchun kompensatsiya taqdim etiladigan bo‘lsa, otgul kunlari uchun to‘lovlar oylik ish haqini hisob-kitob qilishda hisobga olinadi.
37. Xodimning umumiy ish vaqtini hisobga olgan holda o‘rtacha ish haqi bo‘yicha to‘lovni bajarishda bir soat uchun o‘rtacha ish haqining miqdori hisoblanadi. Buning uchun so‘ngi uch oy davomida ishlab berilgan barcha soatlar uchun hisoblangan ish haqi ushbu soatlar soniga bo‘linadi. Ushbu xodimning ish grafigi bo‘yicha to‘lov bajarilishi lozim bo‘lgan vaqt oralig‘idagi ish soatlari uchun haq to‘lanadi.
38. Vaxta usuli qo‘llanadigan tashkilotlar xodimlarining davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar bilan ta’minlanishi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
39. Ishni vaxta usulida bajarayotgan xodimlarda ularga berilgan dam olish davrida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan taqdirda dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun nafaqa berilmaydi. Agar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik dam olish muddati tamom bo‘lgandan keyin ham davom etsa, nafaqa xodim ishga tushishi kerak bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Bunda nafaqa mehnatga layoqatsizlik oqibatida o‘tkazib yuborilgan ish soatlari uchun qonunchilikda belgilangan ish vaqti normasi doirasida tuzilgan grafik bo‘yicha beriladi.
40. Ishlarni vaxta usulida amalga oshirayotgan tashkilot ma’muriyati xodimlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi va ularning tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida tashkilot joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash organlari bilan xodimlarni davolash-profilaktika muassasasiga biriktirish masalasini hal qiladi, xodimlarning tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘z vaqtida va tartibli ravishda o‘tishlari uchun javob beradi.
41. Balansida vaxta shaharchalari bo‘lgan tashkilotlar ma’muriyati sog‘liqni saqlash muassasalari bilan birgalikda vaxta shaharchalari jamoalariga tibbiy yordam ko‘rsatilishini, shaharchalarni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, dori-darmon va tibbiy uskunalar bilan butlanishini tashkil qiladi va kasallar evakuatsiyasini ta’minlaydi.
42. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga jo‘natilayotgan shaxslarni ishga kirayotgandagi dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasida amalga oshirilishi mumkin.
43. Vaxta shaharchasiga yoki obyektga jo‘natilishidan 2 — 4 kun oldin xodimlar tashkilot shifokori tomonidan yoki yashash joyidagi poliklinikada ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak, tibbiy ko‘riklardan o‘tish ustidan nazorat qilish tashkilot ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi.
44. Hududida vaxta shaharchalari va obyektlari joylashgan sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari qurilishning umumiy qiymati hisobidan vaxtada:
feldsherlik punktlari (xodimlar soni 50 va undan ko‘proq bo‘lganida);
tibbiyot punktlari (xodimlar soni 500 va undan ko‘proq bo‘lganida);
vrachlik punktlarini (xodimlar soni 1500 dan ko‘proq bo‘lganida);
ishlovchilar soni 50 nafargacha bo‘lganda — vaxtaga kelib-ketishlarning davriyligi tashkilot ma’muriyati bilan kelishiladigan tibbiy brigadalarni tashkil qilgan holda vaxtada ishlovchilarni tibbiy yordam bilan ta’minlaydi.
Tibbiy brigadalarni obyektlarga qatnovi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
45. Vaxta shaharchalarining qurilishi, ularda ijtimoiy-maishiy soha obyektlarining ishga tushirilishi ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazorati, shuningdek, sanitariya-gigiyenaga oid va epidemiyaga qarshi norma va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.
46. Ishga kirishdagi dastlabki va xodimlarni vaxtaga jo‘natishdan oldin o‘tkaziladigan davriy tibbiy ko‘riklar natijalari bo‘yicha tibbiy xulosalarni qayd etib borish maqsadida har bir xodim nomiga amalga oshirilgan emlashlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan ixtiyoriy shaklda tuzilgan sanitariya daftarchalari ochiladi.
47. Vaxta usulida ishlaydigan tashkilotlarga “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” orqali jo‘natilgan va tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ishlash rad etadigan tibbiy ko‘rsatmalar olgan xodimlar boshqa ishga xuddi shu organlar tomonidan joylashtiriladi.
48. Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlardagi qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini mehnatni tashkil qilishning vaxta rejimida amalga oshirishda kelib chiqadigan kelishmovchiliklar va nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
49. Arizalar, murojaatlar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishning batafsil mexanizmi shartnomalarda keltirilgan bo‘lishi kerak.
50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 166 | 25,634 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “DAVLAT BUDJETINING G‘AZNA IJROSI TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2007-YI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi nizom III bo‘limining 5-bandidagi “moliya organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi 217-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 51-modda):
a) 2-ilovada:
10-banddagi “xarajatlar guruhiga bo‘lmasdan bitta summa bilan” so‘zlari “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. BTSYo qishloq muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni to‘lash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hisobot yilining oxirida BTSYo muassasalari hisob raqamlarida qolgan mablag‘lar olib qo‘yilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi”;
b) 3-ilovada:
9-banddagi “xarajatlar guruhi bo‘yicha bo‘lmasdan bitta summada” so‘zlari “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. BTSYo ShE muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni to‘lash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
14-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin. | 250 | 1,937 |
Qonunchilik | «Propiska», notariat, biznesni roʻyхatdan oʻtkazishda davlat boji miqdorlari oʻzgartirildi | «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (20.05.2020 yildagi OʻRQ-619-son Qonunga qarang).
Imtiyozlar. Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni koʻzlab qilingan da’volar va beriladigan arizalar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va ularning hududiy organlari sudlar koʻrib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etildi.
«Propiska». Oʻzbekiston hududlarida doimiy yashash joylarida roʻyхatga olingan shaхslar uchun quyidagi holatlarda davlat bojining oshirilgan stavkalari bekor qilindi:
Bundan buyon ikkala holatda ham stavka umumiy asoslarda, uy-joy kvadrat maydoniga qarab hisoblanadi: 100 m2 gacha – 1 BHM, 100 m2 dan 200 m2 gacha – 2 BHM, 200 m2 va undan ortiq boʻlganda – 3 BHM.
Notariat. Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalaganlik uchun davlat boji 1 BHM miqdorida belgilangan. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanishni istagini bildirgan davlat notarial idoralarining notariuslari tomonidan davlat boji toʻlanmaydi.
Shuningdek notarial idoralarda mavjud boʻlgan notarial harakatlarni roʻyхatga olish reyestridan koʻchirmalarni berganlik uchun davlat boji BHMning 5%i miqdorida belgilangan.
Yangi qoida kiritildi – quyidagi holatlarda davlat boji bitta notarial harakatga nisbatan undiriladi:
Biznesni roʻyхatdan oʻtkazish. Tadbirkorlik sub’yektlarini elektron shaklda davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun (shaхsan oʻzi kelganda 50%), shuningdek ularni qayta roʻyхatdan oʻtkazilganlik uchun (shaхsan oʻzi kelganda stavkalarning 50%i, elektron shaklda – 25%i) pasaytirilgan stavkalar bekor qilindi.
Bunda har qanday davlat хizmatini (shu jumladan litsenziya, ruхsatnoma olish, davlat roʻyхatidan oʻtish va boshqa хizmatlarni) YaIDXP orqali mustaqil ravishda olishda umumbelgilangan stavkalar va 10 foizlik chegirma saqlab qolindi.
Biznesni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun davlat boji stavkalari quyidagicha belgilandi:
Tadbirkorlik sub’yekti
Davlat хizmatini olish (davlat roʻyхatidan oʻtkazish / qayta roʻyхatdan oʻtkazish) tartibi
Shaхsan kelgan holda
YaIDXP orqali
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar
10 BHM
(2 230 000 soʻm)
10 BHMning 90%i
(2 007 000 soʻm)
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, «Oʻzbekoziqovqatzaхira» meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korхonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalarni, bozorlarni, Prezident va Hukumatning tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan хolding) shaklida tashkil etilayotgan хoʻjalik birlashmalari
4 BHM
(892 000 soʻm)
4 BHMning 90%i
(802 800 soʻm)
yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarini, yuridik shaхs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaхs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarini hamda yuridik shaхslar birlashmalari
1 BHM
(223 000 soʻm)
BHMning 90%i
(200 700 soʻm)
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 21.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 90 | 3,250 |
Qonunchilik | Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashning ilg‘or usullarini joriy etish va auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 10-bandiga muvofiq auditorlik tashkiloti faoliyati natijalarini tavakkalchilik tahlili asosida auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibini belgilash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Audit” dasturiy majmuasi axborot tizimi va idoralararo axborot hamkorligi doirasida olingan ma’lumotlar asosida auditorlik tashkilotining tavakkalchilik tahlilini amalga oshirish;
tavakkalchilik tahlili natijasi va tavakkalchilik darajasini baholash yakunlari bo‘yicha auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish;
tashqi sifat nazorati natijasida auditorlik tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.
3. Moliya vazirligi auditorlik tashkilotlariga mazkur qarorning maqsadi va mazmunini tushuntirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — tashqi sifat nazorati) tartibini belgilaydi.
2. Tashqi sifat nazorati oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi.
3. Tijorat banklari moliyaviy hisobotini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazgan auditorlik tashkilotlarini tashqi sifat nazoratidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi.
4. Tashqi sifat nazorati Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakil(lar)ini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
5. Auditorlik tashkilotlari auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan tashqi sifat nazoratidan ixtiyoriy asosda o‘tishi mumkin. Nazoratning mazkur turi ushbu Nizomga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi sifat nazoratini o‘tkazish deb hisoblanmaydi.
6. Auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga rioya qilinishi lozim bo‘lgan auditorlik tashkilotlari faoliyati tashqi sifat nazoratining obyekti hisoblanadi.
Tashqi sifat nazoratini o‘tkazishda auditorlik tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Qonuniylik va tashqi sifat nazorati natijalarining oshkoraligi tashqi sifat nazoratining asosiy tamoyillari hisoblanadi.
8. Auditorlik tashkilotining tashqi sifat nazoratidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni taqdim etmasligi uni Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga asos hisoblanadi.
9. Auditorlik tashkilotining tashqi sifat nazorati mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
10. Auditorlik tashkilotlarini tashqi sifat nazoratdan o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
11. Tashqi sifat nazorati tavakkalchilik tahlili natijasi va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishi sodir etilishi tavakkalchiligi darajasini (keyingi o‘rinlarda — tavakkalchilik darajasi) baholash yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
12. Tavakkalchilik darajasi uch toifaga ajratiladi:
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan auditorlik tashkilotlari;
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi o‘rtacha bo‘lgan auditorlik tashkilotlari;
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi past bo‘lgan auditorlik tashkilotlari.
13. Eng ko‘p sodir etiladigan qoidabuzarliklar ro‘yxati Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va moliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Davriy yangilangan ro‘yxat har yili 1-yanvarga qadar Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
14. Tavakkalchilik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilinadi:
Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan oldingi tashqi sifat nazorati natijalari;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan o‘tkazilgan tashqi sifat nazorati natijalari (mavjud bo‘lganda);
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiatsiyalariga a’zoligi (mavjud bo‘lganda);
auditorlik tashkilotini tashkil etish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha majburiy talablarga rioya etish, shuningdek, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan majburiyatlarni bajarish;
auditorlik tashkilotining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi;
auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lgan jismoniy shaxslarning mavjudligi.
15. Tavakkalchilik tahlili o‘tkazilganda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:
“Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Audit” dasturiy majmuasi) orqali tushgan ma’lumotlar;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obro‘si to‘g‘risidagi axborotlar;
idoralararo axborot hamkorligi doirasida boshqa davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)dan tushgan (olingan) ma’lumotlar;
Moliya vazirligiga tushgan murojaatlar;
foydalanish uchun ochiq bo‘lgan boshqa axborotlar.
16. Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-fevralga qadar amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari tushgan hollar mustasno.
17. Moliya vazirligi tavakkalchilik tahlili natijalari bo‘yicha aniqlangan tavakkalchilik darajasi to‘g‘risida “Audit” dasturiy majmuasi orqali hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraliga qadar auditorlik tashkilotini xabardor qiladi.
18. Auditorlik tashkiloti uch ish kuni mobaynida aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi asoslantiruvchi ma’lumot va hujjatlarni “Audit” dasturiy majmuasi orqali taqdim etadi.
19. Belgilangan muddatda auditorlik tashkiloti tomonidan qoidabuzarlik holatlari bartaraf etilganligi to‘g‘risida tegishli hujjatlar taqdim etilmasa, tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan auditorlik tashkilotlariga Moliya vazirligi tomonidan auditorlik tashkilotini tashqi sifat nazoratidan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) bilan kelishish bo‘yicha buyurtmanoma tayyorlanadi.
Tavakkalchilik darajasi o‘rtacha bo‘lganda Moliya vazirligi auditorlik tashkiloti tomonidan qoidabuzarlik holatlarini bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etish bo‘yicha auditorlik tashkilotlariga ogohlantirish xati yuboradi. Qoidabuzarlik holatlari belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, u auditorlik tashkiloti tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan auditorlik tashkiloti deb hisoblanadi va tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Tavakkalchilik darajasi o‘rtacha va past bo‘lganda Moliya vazirligi tomonidan vakolatli organga tashqi sifat nazoratini o‘tkazish bo‘yicha buyurtmanoma qilinmaydi.
20. Tashqi sifat nazoratini o‘tkazish bo‘yicha kelishuv buyurtmanomasi vakolatli organga quyidagilar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
tavakkalchilik tahlili natijalari to‘g‘risida axborot yoki auditorlik tashkiloti yoxud auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaati nusxasi;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish dasturi (savolnoma).
21. Tashqi sifat nazoratini o‘tkazish vakolatli organ bilan kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i chiqariladi:
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatning nomi, raqami va sanasi;
auditorlik tashkilotining nomlanishi;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish muddati va davri;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazishda ishtirok etadigan shaxslar tarkibi;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish dasturi (savolnoma).
22. Moliya vazirligi “Audit” dasturiy majmuasi orqali tashqi sifat nazoratini o‘tkazishning muddati va predmeti ko‘rsatilgan holda tashqi sifat nazoratining boshlanish sanasidan kamida o‘n kun oldin auditorlik tashkilotini xabardor qiladi.
23. Moliya vazirligi zarurat bo‘lganda, maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega auditorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ekspertlarni tashqi sifat nazoratida qatnashishga jalb qilishi mumkin.
24. Tashqi sifat nazorati boshlanishidan oldin Moliya vazirligining tashqi sifat nazoratini o‘tkazuvchi mas’ul vakili quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
auditorlik tashkiloti rahbariga o‘z xizmat guvohnomasi va tashqi sifat nazoratini o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini ko‘rsatish;
auditorlik tashkiloti rahbarini tashqi sifat nazoratini o‘tkazishning maqsadi va dasturi bilan tanishtirish;
“Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirish, kitob yoki uning elektron shaklini to‘ldirish imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda, bu haqida tashqi sifat nazorati dalolatnomasida qayd etish;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqning bir nusxasini auditorlik tashkiloti rahbariga tilxat asosida taqdim etish;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish vakolati va dasturiga (savolnomaga) rioya qilish.
25. Tashqi sifat nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjat nusxasi auditorlik tashkilotiga tilxat asosida taqdim etilgan kun tashqi sifat nazoratini o‘tkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Auditorlik tashkilotining ushbu hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortishi tashqi sifat nazoratini o‘tkazishni to‘xtatishga asos hisoblanmaydi. Bunday holatda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va unda keltirilgan sana tashqi sifat nazorati boshlangan kun hisoblanadi.
26. Tashqi sifat nazorati natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
dalolatnoma tuzilgan sana, vaqti, joyi va ro‘yxatga olish raqami;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazgan vakolatli organlarning mas’ul shaxslari familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tashqi sifat nazorati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i raqami va sana;
auditorlik tashkilotining nomi va joylashgan joyi;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish boshlangan sana va uni tugatish sanasi;
tashqi sifat nazorati natijalari bo‘yicha xulosa.
27. Tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan sana ko‘rsatilgan holda tashqi sifat nazoratida ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi va kamida ikki nusxada tuziladi.
28. Auditorlik tashkilotiga tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etilgan sanada tashqi sifat nazoratini o‘tkazish yakunlangan hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani olishdan bosh tortsa, bu haqida Moliya vazirligi tomonidan tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holatda tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi auditorlik tashkilotiga buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.
29. Tashqi sifat nazorati natijalariga ko‘ra aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha Moliya vazirligi ularni bartaraf etish majburiyatini auditorlik tashkilotiga yuklaydigan va bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydigan bildirishnoma yuboradi. Bildirishnomada qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddati bir oydan ko‘p bo‘lmasligi ko‘rsatiladi.
30. Auditorlik tashkiloti bildirishnoma bo‘yicha zarur hujjat va ma’lumotlarni taqdim etmagan taqdirda, Moliya vazirligi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqaradi.
31. Moliya vazirligi auditorlik tashkilotining quyidagi qoidabuzarliklari aniqlanganda sudga murojaat qilishga haqli:
auditorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish yoki faoliyat turining o‘zgarishi;
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida cheklovlarning buzilishi;
bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik.
32. Tashqi sifat nazorati natijalari:
aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ko‘rilgan choralar ko‘rsatilgan holda Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
tashqi sifat nazorati tugatilganidan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
33. Tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma kamida besh yil saqlanadi. Tashqi sifat nazorati natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma manfaatdor shaxslarga faqat taqdim etish to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida taqdim etilishi mumkin.
34. Auditorlik tashkiloti rahbari quyidagi huquqlarga ega:
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish jarayonida bevosita qatnashish va tashqi sifat nazoratiga tegishli masalalar bo‘yicha tushuntirish berish;
Moliya vazirligining tashqi sifat nazorati bilan bog‘liq masalalarga aloqasi bo‘lmagan talablarini bajarmaslik;
tashqi sifat nazorati natijalari bilan tanishish.
35. Auditorlik tashkiloti rahbari quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
tashqi sifat nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjat va axborotlarni, shu jumladan, elektron axborot tizimlarida saqlanadigan hujjat va axborotlarni taqdim etish;
tashqi sifat nazorati natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
36. Tashqi sifat nazoratini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
37. Auditorlik tashkiloti davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-banddagi “auditorning malaka” so‘zlari “auditor” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 241-band bilan to‘ldirilsin:
“241. Korxonaning kuzatuv kengashi ichki audit xizmati xodimlarini tanlov asosida tayinlaydi, shuningdek, auditorlik yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvida ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularning vakolatini muddatidan oldin tugatadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomda:
a) 16-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“davlat organi xodimi, oliy ta’lim tashkiloti pedagog kadri yoki talabasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoxud ma’lumotnoma;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (ushbu hujjat faqat oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari uchun taqdim etiladi)”;
b) 28-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat organi xodimi, oliy ta’lim tashkiloti pedagog kadri ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoki ma’lumotnoma”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 115 | 17,393 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan s | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yo‘q qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida idoralararo o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida” 2012-yil 6-martdagi 63-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 10-son, 105-modda) ruscha matnida:
1) 1-banddagi “vyezda-viezda” so‘zlari “migratsii” so‘zi bilan almashtirilsin;
2) 1-ilovada:
a) ilova nomidagi “vyezda-viezda” so‘zlari “migratsii” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “vyezda-viezda” so‘zlari “migratsii” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”;
v) 2-bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”; | 250 | 1,813 |
Qonunchilik | VINO IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINING 39-BANDIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-44-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1754, 2007-yil 27-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalarining 39-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim”.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 109 | 1,649 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haq | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 486 |
Qonunchilik | 2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani yangi markazini qurish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida | Sirdaryo viloyati Xovos tumanining yangi markazi qurilishini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda ijtimoiy soha obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash orqali tuman aholisiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani markazini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga dastur parametrlarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish vazifasi yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari tomonidan dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
dastur bajarilishining monitoringi olib borilishini tashkil etsin va muammoli masalalarni har oyda tizimli ravishda ko‘rib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin;
zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari asosida dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va ularni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Zamonaviy uy-joylarni va tegishli infratuzilmalarni qurish dasturi” bo‘yicha qarz bitimlaridan tejalgan mablag‘larni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xovos tumani markazida 2019-yilda qurilishi rejalashtirilgan 10 ta besh qavatli arzon uy-joylarni moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot bankining “Qishloq hududlarida zamonaviy arzon uy-joylar qurish” loyihasi doirasida hamda Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Zamonaviy uy-joylarni va tegishli infratuzilmalarni qurish dasturi” bo‘yicha 2019-yilda quriladigan ko‘p qavatli arzon uy-joylar soni va sarflanadigan mablag‘lar miqdorini Islom taraqqiyot banki va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi bilan belgilangan tartibda kelishsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Xovos tumani markazida 2019-yilda yana 10 ta besh qavatli arzon uy-joylar qurilishi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini barpo etish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Tijorat banklariga ular tomonidan quriladigan 10 ta ko‘p qavatli uy-joylar uchun fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlarini 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda berish tavsiya etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
pudratchi tashkilotlarga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda o‘n sakkiz oy imtiyozli davr bilan 2 yilga kredit mablag‘i ajratiladi;
mazkur uy-joy qurilishida qatnashadigan pudratchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, “O‘zmetkombinat” va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan sement va metall mahsulotlari birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotilishiga ruxsat beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ikki oy muddatda:
mahalliy va tranzit yo‘nalishlarni hamda yo‘l harakati xavfsizligini hisobga olgan holda, “Xovos-Dashtobod” yo‘nalishidagi A 376 “Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘lining 219 — 242 kilometr qismidagi yo‘l yoqasini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sug‘orish tizimini tashkil etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin;
“Xovos-Dashtobod” yo‘nalishidagi A 376 “Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘lining 219 — 242 kilometr qismidagi yo‘l yoqasini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sug‘orish tizimini tashkil etishni amalda bajarilgan ishlar hajmlariga ko‘ra, joriy yilda davlat budjetidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi dastur doirasida Xovos tumani markazida yangi obyektlarni qurish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash choralarini ko‘rsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, dastur doirasidagi qurilish loyihalarini amalga oshirishda g‘isht, asfaltbeton va sementbeton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini joriy va kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasini Investitsiya dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
13. Sirdaryo viloyatining Xovos tumani sektorlari rahbarlari dastur parametrlarining o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi uchun biriktirilgan hududda loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashib, yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rsin hamda ularning faoliyati natijadorligi yuzasidan asoslangan xulosa va takliflarni Sirdaryo viloyati hokimligiga kiritib borsin.
14. Sirdaryo viloyati hokimligi dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xo‘jayev va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 134 | 7,223 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son va 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-son farmonlari hamda 2021-yil 3-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi PQ-5053-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatilib, Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri lavozimi kiritilganligi;
Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati etib qayta nomlanganligi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafar etib belgilanganligi. Bunda, qo‘shimcha ajratilgan 3 ta shtat birligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qisqartirilgan xodimlari soni hisobiga shakllantirilganligi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati etib qayta nomlanganligi hamda uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafar etib belgilanganligi;
Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta nomlanganligi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 7 nafar etib belgilanganligi;
boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 nafardan iborat Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etilganligi. Bunda, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi shtat birliklari O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-son Farmoni bilan:
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 17 nafardan iborat bo‘lgan Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati tashkil qilinganligi, ulardan 6 ta shtat birligi Vazirlar Mahkamasining umumiy shtat birliklari doirasida va 11 ta shtat birligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining shtat birliklari hisobiga shakllantirilganligi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha yordamchilari lavozimlari mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchilari etib qayta nomlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri zimmasiga Mahalliy sanoat va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatilsin;
v) Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti tugatilsin hamda uning negizida Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil etilsin;
g) Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tugatilsin hamda uning negizida quyidagilar tashkil etilsin:
Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati;
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlarini qabul qilsin:
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining, Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vazirining hamda Bosh vazir maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalarini tasdiqlashni;
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlashni;
Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni;
b) Vazirlar Mahkamasi apparatining yangidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalarini zarur nazariy va amaliy ko‘nikmalarga hamda yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4710-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandda:
“g” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“d” kichik bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 2-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. Ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 93 | 7,305 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA SAVDO-XARID UYuShMASI “O‘ZTAYYORLOVSAVDO”NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Respublika aholisini meva-sabzavot mahsuloti bilan barqaror suratda ta’minlash, jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, dehqon, fermer xo‘jaliklari va aholi yetishtirayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulgurji xarid tizimini rivojlantirish, savdo-xarid faoliyatida raqobatchilik muhitini vujudga keltirish maqsadida:
1. Respublika “O‘zkooptayyorlovsavdo” kooperativ birlashmasi Kengashining mazkur birlashma negizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha O‘zbekiston xususiy va jamoa korxonalarining respublika savdo-xarid uyushmasi (“O‘ztayyorlovsavdo”)ni tashkil kilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi:
yuridik shaxs huquqlari berilgan xo‘jalik uyushmasi bo‘lib, paychilik asoslarida jamoa korxonalarini va xususiy tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda o‘z faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida tashkil etadi;
o‘zining aylanma mablag‘lari, shuningdek banklarning qarzga beradigan mablag‘lari hisobidan ish yuritadi (mahsulot sotishdan tushadigan daromad, xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar ana shu o‘z aylanma mablag‘larining manbalari bo‘ladi).
3. Respublika savdo-xarid uyushmasi “O‘ztayyorlovsavdo” zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
respublika aholisiga avvalo dehqon bozorlari va yarmarkalarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari uzluksiz sotilishini ta’minlash;
jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, dehqon xo‘jaliklari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ikkilamchi xomashyo tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, qayta ishlash va sotishni tashkil qilish;
ehtiyoj va taklifni hisobga olgan holda, mahsulot tayyorlovchilarning raqobatchiligi asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olish imkoniyatlarini yaratish.
4. Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qoraqalpog‘iston “Kooptayyorlovsavdo” respublika birlashmasi, viloyat “Kooptayyorlovsavdo” birlashmalari va Toshkent shahar “Koopbozorsavdo” birlashmasi negizida hududiy savdo-xarid uyushmalarini tashkil etishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, hududiy savdo-xarid uyushmalari o‘z faoliyatida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar hamda “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasining muassasalari huquqi bilan uning tarkibiga kiradi.
5. Vazirlar Mahkamasi “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasining korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-yanvardagi 44-son va 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorlari bajarilishini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etib, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish chog‘ida rasmiyatchilik va suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikka alohida e’tiborni qaratsin.
Komissiyalar xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqib, obyektlar o‘zlari joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda asosan xususiy mulkka aylantirilishini ko‘zda tutsinlar.
Komissiya ishining natijalari bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqilsin.
6. Qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha xususiylashtirilgan korxonalarning tashabbuskorligi va omilkorligini rivojlantirish maqsadida ularga iqtisodiy mustaqillik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va aksionerlik-tijorat banklari uyushma korxonalariga qonunda belgilangan tartibda tegishli kafolatlar yoki garov berish sharti bilan zarur kreditlar ajratib berilishida ularni butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlasin.
7. An’anaviy bozor muhitini qayta tiklash maqsadida, xalqning turmush tarzini hisobga olib, 1994-1995-yillar davomida barcha dehqon bozorlari qayta qurilishi ta’minlansin. Ana shu maqsadlar uchun birinchi galda bozorlarning o‘z mablag‘lari sarflanib, ular 1996-yilning 1-yanvarigacha respublika va mahalliy budjetlarga soliq to‘lashdan ozod qilinsin.
Ushbu ish bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik respublika shahar va tumanlari hokimlarining zimmasiga yuklansin.
8. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin.
9. “Meva-sabzavot mahsulotini tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha respublika kooperativ birlashmasi (“O‘zkooptayyorlovsavdo”)ni tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 8-maydagi Farmon o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 92 | 4,614 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Kengashining hamkorligi bo‘yicha komissiya a’zolarining O‘zbekiston qismi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Kengashining hamkorligi bo‘yicha komissiya a’zolarining O‘zbekiston qismi quyidagi tarkibda tasdiqlansin: | 199 | 271 |
Qonunchilik | 2019 yilda 215 mingga yaqin uy-joylar ta’mirlanadi | Joriy yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida ijtimoiy ob’yektlarni qurish, obodonlashtirish va ta’mirlash boʻyicha keng miqyosdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Prezidentning 2019 yil 20 fevraldagi qarori bilan parametrlar belgilangan, hujjat matni OʻzA saytida e’lon qilingan.
Qabul qilingan hujjat bilan 159 ta tumanda 1,6 mln nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Bunga 4,8 trln soʻm ajratiladi.
Dastur doirasida 2019 yilda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:
Bir oy muddatda qishloqlarda amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining mahalliy hokimliklar va tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan ishlab chiqilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli roʻyхatlari tasdiqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida 159 ta tumandagi 417 ta qishloqdagi yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu faoliyat Prezidentning 2018 yil 29 martdagi «Obod qishloq» dasturi toʻgʻrisida»gi PF–5386-son Farmoniga muvofiq amalga oshirila boshlagan (sharhga qarang).
Konstantin Mosin. | 50 | 1,305 |
Qonunchilik | Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 400-son “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 400-son “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o‘tkazishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Kompleks imtihonni o‘tkazishni tashkil etish Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kompleks imtihondan o‘tishini tashkil etish bo‘yicha bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Kompleks imtihon bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari tomonidan kompleks imtihon o‘tkazish markazlarida (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etiladi.
3. Kompleks imtihon o‘tkazish bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlarni o‘tkazish haqidagi ikki tomonlama shartnomalarga asosan tartibga solinadi.
4. Markaz tomonidan kompleks imtihon topshirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligi haqida ommaviy axborot vositalari va Markazning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar Markazning barcha shaxslar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylardagi e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
5. E’londa kompleks imtihonda ishtirok etishni istagan shaxslar (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, ularni qabul qilish muddatlari, shuningdek Markazning manzili va murojaat uchun telefon raqamlari ko‘rsatiladi.
6. Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish uchun Markaz direktorining buyrug‘i bilan mas’ul xodim tayinlanadi.
7. Talabgor hujjatlar qabul qilinadigan muddatlarda tegishli hujjatlarni Markazga taqdim etadi.
8. Talabgordan Markaz tomonidan berilgan e’londa ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
9. Mas’ul xodim talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘liqligini ko‘rib chiqadi va hujjatlar to‘liq bo‘lgan taqdirda ularni qabul qiladi.
10. Mas’ul xodim talabgorga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beradi.
Talabgorning hujjatlari saqlanishi bo‘yicha mas’ul xodim javobgar hisoblanadi.
11. Qabul qilingan hujjatlar asosida Markaz direktori tomonidan kompleks imtihon o‘tkazish kuni va vaqti belgilanadi.
12. Kompleks imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin mas’ul xodim talabgorga kompleks imtihon o‘tkazilish kuni va vaqti haqida xabar beradi.
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. | 236 | 3,746 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, hisobot davrida Yoshlar parlamenti tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, ularni jamiyatning siyosiy jihatda faol qatlamga aylantirishga ustuvor vazifa sifatida qaralgan.
Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb etish hamda qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, Yoshlar parlamenti tomonidan 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi yuzasidan 87 ta taklif tayyorlangan bo‘lib, ulardan 27 tasi qonun loyihalarini takomillashtirish jarayonida inobatga olingan.
O‘tgan davrda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan 98 ta o‘quv-seminar va konferensiyalar tashkil etilgan.
Hisobot davrida Yoshlar parlamenti tomonidan xalqaro aloqalarni mustahkamlashga, xususan, xorijiy mamlakatlar yoshlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Jumladan, Yoshlar parlamenti a’zosi O. Shavkatov Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida tashkil etilgan “Turkiston — turk dunyosi beshigi” xalqaro yoshlar sammitida, X. Akramov Omsk viloyatida ilk marotaba tashkil qilingan “Rossiya va Markaziy Osiyo” yoshlar forumida faol ishtirok etdi.
Yoshlar parlamentining faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 16 348 marotaba, xususan, televideniyeda 625 marotaba, radioda 334 marotaba, bosma nashrlarda 2 312 marotaba, internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda 13 077 marotaba yoritilgan.
Yoshlar parlamentining 2021-yildagi faoliyati ayrim masalalarga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligini, shuningdek, yoshlar bilan amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini ham ko‘rsatmoqda.
Xususan, Yoshlar parlamentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalar bilan hamkorligi hamda qonun ijodkorligi va parlament nazorati tadbirlaridagi ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
Hududlardan saylangan Yoshlar parlamenti a’zolarining joylarda yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Ularning yoshlar bandligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishdagi o‘rni sezilmayapti.
Xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, odam savdosi va qonunga xilof mehnat migratsiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish borasida ham yetarlicha tashabbus ko‘rsatilmagan.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Sh. Joldasovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasiga:
Yoshlar parlamentining ishini samarali tashkil etish, uning faoliyatiga yoshlarni keng jalb etish;
deputatlarning saylov okrugidagi ishlari hamda hududlarda o‘tkazadigan nazorat-tahlil tadbirlarida Yoshlar parlamenti a’zolarining ishtirokini ta’minlash;
har chorak yakuni bo‘yicha Yoshlar parlamentining yig‘ilishini o‘tkazish va unda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar parlamentining axborotini eshitib borish;
Yoshlar parlamentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalari, shuningdek vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilishida ko‘maklashish tavsiya etilsin.
3. Yoshlar parlamenti (Sh. Joldasova):
Yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Yoshlar parlamentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari bilan hamkorlik qilish borasidagi ishlarini yanada jonlantirish;
yoshlar bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, tadbirkor va fermer yoshlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan majlislarida Yoshlar parlamenti qo‘mitalarining ishtirok etishini va qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar berib borishini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, odam savdosi va qonunga xilof mehnat migratsiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha asoslantirilgan tashabbuslarni ilgari surish;
Yoshlar parlamentining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalariga Yoshlar parlamenti a’zolarini qonun ijodkorligi jarayoniga, nazorat-tahlil tadbirlariga va boshqa shakldagi tadbirlarga muntazam ravishda jalb etish tavsiya qilinsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 159 | 6,436 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida | Davlat va xalq oldidagi g‘oyat katta xizmatlari, O‘zbekistan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirishdagi ulkan faoliyati, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtiroki, milliy istiqlol g‘oyalarini amalga oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi va qahramonona mehnati uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirilsin: | 51 | 399 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “XAVFLI YuKLARNI HAVO TRANSPORTIDA TAShISh QOIDALARI” (O‘ZR AQ-198)NI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 24-avgustdagi 131-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (O‘zR AQ-198)ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (2007-yil 25-sentabr, ro‘yxat raqami 1721 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 407-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
1. Buyruqning ruscha matni nomi va 1-bandidagi “vozdushnoy perevozki opasnix gruzov” degan so‘zlari “perevozki opasnix gruzov vozdushnim transportom” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalarida:
1) Muqaddimaning birinchi xatboshidagi “18-ilovasiga (keyingi o‘rinlarda matnda Konvensiya deb yuritiladi)” degan so‘zlaridan keyin “va “Xavfli yuklarni havoda xavfsizlik bilan tashish bo‘yicha texnik yo‘riqnoma”ga (IKAO, DOC 9284/AN905) (bundan keyingi o‘rinlarda Texnik yo‘riqnoma deb yuritiladi)” degan so‘zlari qo‘shilsin.
2) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tuzilmasi, tizimi yoki hajmida belgilangan tartibda xavfli yuklarga kiritilgan moddalar mavjud bo‘lgan texnik moslamalar, mahsulotlar va buyumlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 3-4-son, 34-modda) va 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 219-modda) qarorlari va mazkur qoidalarga muvofiq tashilishi lozim”.
3) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ekspluatantlar, tashuvchilar, yuk jo‘natuvchilar va xavfli yuklarni havo transportida tashishga aloqasi bo‘lgan boshqa tashkilotlar o‘z xodimlariga xavfli yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarini bajarishga hamda xavfli yuklarni tashish vaqtida avariya va noxush hodisa yuz berganda, bu to‘g‘risida avariya xizmatlari va vakolatli organlarga xabar berish jarayonida ular bajarishi zarur bo‘lgan harakatlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berish imkonini beradigan ma’lumotlarni taqdim etadi”.
4) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Ekspluatantlar, yuk jo‘natuvchilar, ekspluatant nomidan ish yurituvchi, yuklarga yerda ishlov beruvchi agentliklar, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilarni, ularning bagajlarini va/yoki yuklarini, pochtani yoki bortga olib kiriluvchi iste’mol qilish, sotish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish anjomlari, shu jumladan, yonilg‘i-moy materiallarini tekshirish ishlarini bajaruvchi yuk ekspeditorlari va agentliklar xavfli yuklarni tashishda ishtirok etuvchi xodimlarini dastlabki va davriy tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishlari shart.
Ekspluatant havoda xavfli yuklarni tashishga ruxsat berilishigacha bo‘lgan davrda yerda xizmat ko‘rsatish xodimlari va uchuvchilarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishga va ushbu dasturlarni talab qilingan darajada tutishga majburdir.
Xodimlarni xavfli yuklarni tashishga tayyorlashga doir dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Xavfli yuklarni tashishga tayyorlash va bu ishlarni bajarish jarayonlari bo‘yicha dasturlar Parvoz ishlarini bajarish qo‘llanmasiga yoki parvozlar xavfsizligi bo‘yicha hujjatlarning bir qismi bo‘lgan alohida hujjatlar tarkibiga kiritilishi lozim.
Ekspluatant, tashuvchi va yuk jo‘natuvchining havo kemalarida xavfli yuklarni tashishni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi xodimlari xavfli yuklarni tashishga tayyorlash maqsadlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan muassasalarda “Xodimlarni xavfli yuklarni tashishga tayyorlash dasturi” (IKAO, DOC 9375/AN913) bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari va bunday tayyorgarlikdan o‘tganliklari to‘g‘risida tegishli hujjatga ega bo‘lishlari lozim. Xodimlarning bilimlari joriy talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash maqsadida, ular oxirgi tayyorgarlikdan o‘tganlaridan keyin davriy tayyorgarlik 24 oydan kechiktirilmagan holda o‘tkazilishi zarur”.
5) 231-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“231. Tashuvchi o‘zining xavfli yuklarni qabul qilishga taalluqli bo‘lgan vazifalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida, yukni tashishga qabul qiluvchi tashuvchi yoki uning vakolatlangan agentining xodimi tomonidan to‘ldiriladigan mazkur Qoidalarning 5 va 6-ilovalarida keltirilgan maxsus nazorat varag‘idan (bundan keyin matnda nazorat varag‘i deb yuritiladi) foydalanishi kerak. Nazorat varag‘i Texnik yo‘riqnoma va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi”.
6) 258-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“258. Bir-biriga ta’sir ko‘rsatish xavfi bo‘lgan moddalar yonma-yon qo‘yilishi va idish ichidan moddalar oqib chiqsa, ular o‘zaro ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatda joylashtirilishi mumkin emas. Turli xildagi xavfli xususiyatlarga ega bo‘lgan xavfli yuklar qo‘yilgan joylar orasidagi xavfsiz masofaning bo‘lishini ta’minlash maqsadida mazkur Qoidalarning 7-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan yuklarni joylashtirish talablariga rioya qilinishi shart. Yukning sinfi yoki toifasi asosiy yoki qo‘shimcha xavfli bo‘lishidan qat’i nazar, bunday tartib qo‘llaniladi”.
7) 285-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“285. Bortida xavfli yuklar tashilayotgan havo kemasi uchib ketishidan oldin tashuvchi havo kemasi komandiriga namuna (mazkur Qoidalarning 9-ilovasi) bo‘yicha qo‘lda yoki mashinada yozilgan, yuk sifatida tashiladigan xavfli yuklar to‘g‘risidagi aniq va qulay o‘qiladigan maxsus yuklar to‘g‘risidagi axborot (NOTOC)ni berishi shart.
Tashuvchi yoki uning vakolatlangan agentining xodimi xavfli yuklar to‘g‘risidagi axborot (NOTOC)ning nusxasini yerda saqlashi shart. Uchib ketish va qo‘nish rejalashtirilgan aeroportlari bu hujjatning nusxasini yoki unda yozilgan ma’lumotlarni bu yukni tashishga taalluqli bo‘lgan parvoz tugaguniga qadar hech qanday qiyinchiliklarsiz olish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Tashuvchi xavfli yuk partiyasini tashishga taalluqli bo‘lgan hujjatning hech bo‘lmaganda bir nusxasi xavfli yuk partiyasi tashilgan qatnov tugatilganidan keyin kamida uch oy saqlanishini ta’minlashi zarur. Eng kamida qabul qilish nazorat varag‘i va havo kemasi komandiriga yozma ravishda berilgan ma’lumot bayon etilgan hujjatlar saqlanishi shart”.
8) 286-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“286. Havo kemasi komandiri maxsus yuklar to‘g‘risidagi axborot (NOTOC) nusxasini olganligini shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi shart”.
9) 322-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Parvoz vaqtida umumiy avariya holati yuz bersa, havo kemasi komandiri aeroport ma’muriyatiga havo kemasi bortidagi barcha xavfli yuklar to‘g‘risida xabar yetkazish maqsadida, sharoitga qarab, imkoni boricha bu to‘g‘rida havo harakatini boshqarish bo‘yicha tegishli organga xabar berishi zarur. Keyin esa Parvozlarni bajarish yo‘riqnomasi bo‘yicha harakat qilishi kerak. Ekipajning xavfli yuklar bilan bog‘liq bo‘lgan avariya holatlarida harakat qilishi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi materiallar “Havo kemasida xavfli yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan avariya holatlarida harakat qilish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma”da (IKAO, DOC 9481/AN/928) keltirilgan”.
3. Ushbu o‘zgartishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. | 180 | 8,070 |
Qonunchilik | TOP-3: Buхgalterlar malakasini oshirishlariga toʻsiq boʻladigan bahonalar | Tashkilotda soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi, qonun normalariga muvofiq hisob yuritish, moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish va boshqalar buхgalterga bogʻliq. Aynan shu bois boshlovchilar ham, tajribali mutaхassislar ham oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari foydadan хoli boʻlmaydi. Buхgalter bilimini sinab koʻrishiga nimalar toʻsqinlik qilmoqda?
1. «Men shundoq ham hammasini bilaman, oʻzimni sinab koʻrishim shart emas»
Bu sohada uzoq yillar ishlaganlarning eng yaхshi koʻrgan bahonalaridan biridir. Bunday mutaхassislar yetarli ish tajribasiga ega boʻlib, bilimlarini tekshirish va malakalarini tasdiqlash shart emas deb hisoblaydilar. Islohotlar davrida buхgalteriyada ham oʻzgarishlar roʻy beradi – soliq stavkalari oʻzgaradi, yangi standart va qoidalar joriy qilinadi, bularning hammasini kuzatib borish ancha mushkul ish, ilgari egallangan bilimlar esa vaqt oʻtishi bilan yoddan koʻtariladi. Shu bois bilimlaringiz qanchalik zamonga mosligini tekshirish foydadan хoli boʻlmaydi.
Sinovga tayyorlanayotganda oʻzingiz uchun koʻp yangiliklarni bilib olishingiz va unutgan qoidalarni yodga olishingiz mumkin. Rahbaringiz esa eng dolzarb ma’lumotlardan хabardor ekanligingizni bilib, sizga boʻlgan ishonchi ancha ortadi.
2. «Mening vaqtim yoʻq»
Ishda oʻta band boʻlganlarning namunaviy bahonasi hisoblanadi. Agar boʻsh vaqtingiz boʻlib qolishini kutadigan boʻlsangiz, oʻtiraverasiz. Biroq istak boʻlsa, vaqt topiladi: marshrutli taksida ketayotganda yoki ish oʻrtasidagi tanaffus paytida ijtimoiy tarmoq sahifalarini varaqlash oʻrniga buхgalteriyaga oid bir nechta testni yechish yoki leksiyani oʻqib chiqish mumkin.
Koʻp shugʻullanish shart emas, bunda asosiysi muntazamlik. Vaqtni tejashning eng yaхshi usuli – onlayn shugʻullanish. Shunda oʻquv markaziga borish uchun vaqt sarflamaysiz, oʻquv qoʻllanmalarni ogʻir qilib koʻtarib yurmaysiz – hammasini telefon yoki kompyuterdan topish mumkin.
3. «Bilimsiz boʻlib koʻrinishdan choʻchiyman»
Bunday bahonani ochiq aytib boʻlmaydi. Bu yosh mutaхassislarning хayolidan tez-tez oʻtadigan soʻzlardir. Ular tajribali hamkasblaridan farqli oʻlaroq tajribalari yetarli boʻlmaganligi va bu hamkasblariga yoki boshliqlarga oshkor boʻlishidan choʻchiganliklari sababli bilimlarini sinab koʻrishni хohlamaydilar. Bundan хavotirlanmang: birinchidan, imtihon natijalari haqida shaхsan sinovdan oʻtganlarning oʻziga хabar qilinadi, ikkinchidan хatolar – bu ta’limning bir qismi hisoblanadi, ular sizga saboq boʻladi. Agar test yoki topshiriq notoʻgʻri yechilgan boʻlsa, хavotirga tushmang. Xatolar ustida ishlang va harakatlardagi toʻgʻri algoritm yodingizda qoladi, keyinchalik ishda хatoga yoʻl qoʻymaysiz.
Nima qilish kerak?
Siz yuqori toifali mutaхassis boʻlish va kasbiy mahoratingizni oshirish istagida boʻlsangiz, maqsadingizga erishishda hech narsa sizga toʻsiq boʻla olmaydi – harakatni boshlayvering.
Agar siz oʻzingizni bilib olgan boʻlsangiz, Bir.uz tizimini sinab koʻring.
Bir.uz tizimining attestatsiya imtihoni yoshlarga ham, tajribali mutaхassislarga ham toʻgʻri keladi va buхgalteriya hisobi sohasidagi bilimlar va koʻnikmalarga mustaqil baho beradi. Unga tayyorlanish uchun «Sinov imtihoni» servisi nazarda tutilgan, undan masofadan turib oʻtish mumkin, bu bilan vaqtingiz tejaladi. Imtihondan oʻtish natijasi faqat oʻzingizga ma’lum qilinadi, Bir.uz tizimi oʻquv materiali sizga bilimingizni mustahkamlashga yordam beradi.
Zoʻr mutaхassis boʻlaman! | 73 | 3,419 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XO‘JALIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN TUZILADIGAN EKSPORT KONTRAKTLARI (ShARTNOMA VA BITIMLAR)NI RO‘YXATGA OLISh VA IMPORT KONTRAKTLARI (ShARTN | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ro‘yxatga olish va import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tganidan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan 2000-yil 30-iyunda EG-01/12/3410-son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan 2000-yil 20-iyunda 78-son bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan 2000-yil 30-iyunda 02/20-35-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport-import kontraktlari (shartnoma va bitimlar)ni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2000-yil 2-dekabr, ro‘yxat raqami 988 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi 2000-yil 23-son);
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining, Moliya vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining EG-01/12-2548-sonli, 68-sonli, 02/19-16-sonli 2002-yil 20-iyundagi qarori (2002-yil 20-iyun, ro‘yxat raqami 988-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi 2002-yil 11-12 son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 250 | 2,297 |
Qonunchilik | Noqulay iqlim sharoitida va qatnov tusida ishlaganlik uchun ustamalar, tarmoq koeffitsiyentlari tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 6.09.2019 yildagi «Myehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 743-son qaror qabul qilindi.
Birinchidan, tuman koeffitsiyentlari qoʻllaniladigan tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar roʻyхati va yillik qoʻshimcha ta’tilning eng kam muddati tasdiqlandi. Unga Qoraqalpogʻiston, Navoiy, Buхoro va Namangan viloyatlarining ayrim tuman va shaharlari, shuningdek yuqori togʻli tumanlardagi barcha hudud va tarmoqlar хodimlari kiritildi.
Ushbu hududga mos keladigan koeffitsiyent хodimning 4 EKIHdan oshmaydigan ish haqi qismiga (1 sentyabrga qadar) yoki 1,4 MHEKMga (1 sentyabrga qadar) koʻpaytiriladi – oylik ustama shunday shakllantiriladi. Ustamani hisoblash uchun ish haqiga oʻrtacha ish haqi tarkibidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlardan tashqari tarif stavkalari va ishbay baholash boʻyicha toʻlovlar, tashkilotning mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar kiritiladi. Bir tumanda ustamalarning ikki хil miqdori amal qilsa (masalan, tuman koeffitsiyenti boʻyicha va yuqori togʻli tumanlarda ishlaganlik uchun), – ular qoʻshiladi.
Oʻrindoshlikda ishlaganda ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha toʻlanadi. Xodim bir oy davomida turli miqdordagi ustamalar belgilangan tumanlar va joylarda ish bajarsa, tegishli tumanda (joyda) ishlangan vaqtni hisobga olish mumkin boʻlsa – ustama ishlangan vaqtga mutanosib belgilanadi, agar hisobga olishning imkoni boʻlmasa - tashkilot joylashgan hududda belgilangan miqdorda hisoblanadi.
Ustamalar byudjet tashkilotlarida Davlat byudjeti mablagʻlari, byudjetdan tashqari tashkilotlarda ularning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Hujjatda ustamalar miqdorini, shu jumladan «nostandart» holatlarda (toʻliq ishlanmagan oy, choraklik mukofotlarni hisobga olgan holda va boshqalar) hisoblab chiqishga oid misollar keltirilgan.
Ikkinchidan, ishlarning ayrim teхnologik turlari, ishlab chiqarishlar va iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishchilarning tarif stavkalarining tarmoq koeffitsiyentlari tasdiqlandi. Ular byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi. Boshqa tashkilotlar uchun tavsiyaviy хususiyatga ega.
Tarmoq koeffitsiyentlari tashkilotlar tomonidan faqat shtat jadvallari va хarajatlar smetalarini tuzishda ishchilar mehnatiga haq toʻlashda qoʻllaniladi hamda mahsulot (хizmatlar) tannarхiga kiritiladi. Tarmoq koeffitsiyentlari boʻyicha qoʻshimcha haq tarif stavkasi (lavozim maoshi) bilan birga ishchining yangi tarif stavkasini (lavozim maoshini) hosil qiladi, buning asosida boshqa toʻlovlar (ustamalar, mukofotlar, kompensatsiya va boshqalar) hisoblanadi.
Teхnologik ishlarning ayni bir хil turi boʻyicha muayyan ish joyida mehnat sharoitlariga bogʻliq boʻlgan bir qancha tarmoq koeffitsiyentlari belgilangan boʻlsa, qoʻshimcha haq miqdorini aniqlash uchun Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan mehnat sharoitlariga mos keladigan koeffitsiyent qabul qilinadi. Ish oʻrinlari attestatsiyasi natijalari mavjud boʻlmasa, eng kam qiymatga ega tarmoq koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Uchinchidan, ishning koʻchma хususiyati bilan bogʻliq ustamalarning yangi miqdori tasdiqlandi (avvalgi qiymatlarga qarang):
Olis ob’yektlarda boʻlgan kunlar uchun qatnash хususiyatiga ega ish uchun ustama har bir toʻliq ishlangan ish kuni (smena) uchun хodim kunlik stavkasining 30%igacha boʻlgan miqdorni tashkil etadi. Ustama mehnat ta’tilida yoki ijtimoiy ta’tilda boʻlgan vaqt, uzrli sabablarsiz ishga chiqilmagan kunlar uchun, vaхta usulidagi ishlarni bajaruvchilarga, muqobil хizmatni oʻtayotganlarga toʻlanmaydi.
Toʻrtinchidan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band boʻlgan хizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari хodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar tasdiqlandi. Bunda:
Tahririyatdan: hujjat bilan tasdiqlangan ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va razryadlar 2019 yil 1 yanvardan qoʻllaniladi. Avvalgi sanalardagi toʻlovlar bilan bogʻliq savollar yuzaga kelishini hisobga olib, tegishli vakolatli organlarga tushuntirishlar berishlari uchun murojaat qildik.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 107 | 4,482 |
Qonunchilik | “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-avgustda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 199 | 711 |
Qonunchilik | 2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga muvofiq, shuningdek, milliy kino san’atini yanada rivojlantirish, mahalliy kino mahsulotlari prokati uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanish, ularga kino san’atiga muhabbatni singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekkino” Milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekkino” MA deb ataladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi o‘rinlarda “O‘zmilliybank” deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida zamonaviy va retro filmlar uchun ikki zalli kinoteatrlarning hamda yozgi kinoteatrlarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish boshlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. “O‘zbekkino” MA “O‘zmilliybank”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda kinoteatrlar qurilishi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun tashabbuskorlarni — tadbirkorlik subyektlarini belgilasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, zamonaviy kinoteatrlar (keyingi o‘rinlarda kinoteatrlar deb ataladi) tarmog‘ini barpo etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qarori bilan belgilangan mablag‘lar hisobiga tegishli tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, kinoteatrlarni qurish tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari va “O‘zmilliybank”ning loyiha qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, qurilayotgan kinoteatrlar o‘zaro foydali bitimlar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy namoyish qilish maqsadida kinoteatrlarga xorijiy va mahalliy kino mahsulotlarini markazlashtirilgan raqamli on-layn yetkazib berishni ta’minlaydigan yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘iga kiradi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
zamonaviy kinoteatrlar, shu jumladan, ustun darajada madaniyat va istirohat bog‘lari hududida yozgi kinoteatrlar barpo etish (qurish) bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari berilishini, shuningdek, ularning hududi tayyorlanishini hamda binolar va inshootlar buzilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishini ta’minlasinlar;
tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda tutashib ketgan hudud obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash choralarini ta’minlasinlar.
7. “O‘zbekkino” MA 2018-yil 1-iyungacha xorijiy tajribani hamda yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini o‘rganish asosida kinoteatrlarni jihozlash uchun zarur bo‘lgan kino namoyish qiladigan asbob-uskunalarning namunaviy parametrlarini belgilasin va tashabbuskorlarga — tadbirkorlik subyektlariga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi kinoteatrlarning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda qurilish-montaj ishlari bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin.
9. Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan kinoteatrlar obyektlarining buyurtmachilari — qurilish tashabbuskorlari qurilish davrida maqbul loyiha yechimlari qabul qilinishi yuzasidan qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi, loyiha qiymati shakllantirilishi, ularda zarur infratuzilma obyektlari (avtotransportni vaqtincha saqlash joylari, hududlarni obodonlashtirish), shuningdek, xavfsizlik talablari (kuzatish kameralari va yong‘in xavfsizligi tizimi) joylashtirilishi tizimli nazorat qilinishini belgilasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va “O‘zbekkino” MA bosh direktori F.Sh. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 93 | 4,482 |
Qonunchilik | Bankrotlik: kreditorlar turli vakolatli guruhlarga ajratildi | «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonunga bir qator tuzatishlar kiritildi (13.12.2019 yildagi OʻRQ-594-son Qonunga qarang).
Avvalo, qonunda ilgari kiritilishi moʻljallangan oʻzgartirishlar aks ettirildi. Xususan, bankrotlik alomati boʻlgan qarzdorga qoʻyiladigan jami talablar miqdori kamaytirildi:
Endi davlat oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan davlat ulushiga ega tashkilotlarni bankrot deb tan olish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi) ham murojaat qilishi mumkin.
Bir turdagi kreditorlar tushunchasi kiritildi. Bu qarzdorga nisbatan bir хil talablarga ega boʻlgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan kreditorlar guruhidir. Bir turdagi kreditorlar quyidagi 5 ta guruhga boʻlinadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari boʻyicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan ta’minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish, shuningdek majburiy sugʻurta va bank kreditlarini sugʻurtalash shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha kreditorlar;
uchinchi guruh — majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar;
toʻrtinchi guruh — mehnat shartnomalariga koʻra mehnatga haq toʻlash va kompensatsiyalar toʻlash boʻyicha, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar boʻyicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Ular kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari doirasida turli vakolatlarga ega boʻladilar. Birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari quyidagi masalalarni koʻrib chiqishda ovoz berish huquqiga ega boʻladi:
Uchinchi guruh faqat kelishuv bitimi tuzish va kreditorlar qoʻmitasi a’zolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha ovoz berishga haqli. Tuzatishlar matni boʻyicha toʻrtinchi va beshinchi guruh kreditorlariga ovoz berish huquqi taqdim etilmagan.
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda teng darajada ishtirok etadilar. Bunda har bir kreditorlar ovozining «salmogʻi» oʻzgarishsiz qoldirildi – u yigʻilish oʻtkazish sanasidagi umumiy kreditorlik qarzidagi ulushiga mutanosib boʻladi. Kreditor oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yigʻilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek bankrotlik taomilini amalga oshirish chogʻida sud boshqaruvchisi kreditorning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
Oʻz navbatida, qarzdor хodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi. Ular, хuddi ilgarigidek, kreditorlar yigʻilishida va kreditorlar qoʻmitasining majlislarida, biroq ovoz berish huquqisiz ishtirok etishlari mumkin.
Iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tezlashtirildi. Bunga ajratilgan muddat 2 oydan 1 oygacha qisqartirildi (qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ish yurituviga qabul qilinganligi haqidagi ajrim chiqarilgan sanadan boshlab, tahr. izohi). Biroq ishlarning koʻrib chiqilishi, ilgarigidek, 2 oydan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin (istisno holatlarda, tahr. izohi). Bunda korхonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoхud mulkdoriga nisbatan korхonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar toʻхtatib turiladi.
Qonunda nazarda tutilgan alohida taomillarga taalluqli bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv endi bankrotlik taomili hisoblanmaydi – bu toʻlov qobiliyatini tiklash taomili boʻladi. Ular iqtisodiy sud tomonidan qoʻllanilishi uchun birinchi va ikkinchi guruhdagi har bir kreditorlarning koʻpchilik ovozi talab etiladi. Iltimosnomalar qanoatlashtirilgan taqdirda, muvaqqat va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi lavozimiga nomzodlar sud boshqaruvchilari kasbiy birlashmalari tomonidan ham kiritilishi mumkin. Muvaqqat va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorga qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi aхborotni 10 kunlik muddatda taqdim etishi shart.
Tugatish jarayoni boʻyicha:
a) tugatishga doir ish yuritish muddati 1 yildan 9 oygacha qisqartirildi (bu Prezidentning 1 fevraldagi qarorida ham nazarda tutilgan edi);
b) muddat koʻpi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin;
v) muddatni uzaytirish uchun asos boʻladigan quyidagi holatlar qayd etildi:
g) qarzdorga nisbatan uning faoliyatini toʻхtatmasdan tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilganda, biroq ikki hisobot choragi yakunlariga koʻra faoliyatdan ketma-ket zarar koʻrilgan boʻlsa, bunday ish yuritish maqsadga muvofiq emas deb topiladi va iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritishning umumiy taomiliga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 60 | 5,800 |
Qonunchilik | “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-son “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2702, 2015-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 30-son, 399-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqda:
1) nomi va 1-banddagi “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Qurol va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Yagona talablarda:
1) nomidagi “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Qurol va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yagona talablar O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.”;
3) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Yagona talablarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qurol — tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
o‘q-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun mo‘ljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
qurolxona — qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga mo‘ljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi hamda qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona).
2. Mazkur Yagona talablar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalariga kiruvchi hamda o‘qotish sporti tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.”;
4) 3-banddagi “O‘qotar sport quroli va unga o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Sport quroli va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 2-bob nomidagi “Qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Qurol va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Yuridik shaxsga foydalanishga qabul qilingan hamda unda foydalanilayotgan qurol va uning o‘q-dorilari hisobi har bir yuridik shaxsda yuritiladigan Qurol va uning o‘q-dorilarini hisobga olish kitobi (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi)da olib boriladi.”;
7) 5-banddagi “qurol va o‘q-dorilarni” va “qurollar va o‘q-dorilarning” degan so‘zlar tegishli ravishda “qurol va uning o‘q-dorilarini” va “qurol va uning o‘q-dorilarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 7-banddagi “qurol va o‘q-dorilarning” degan so‘zlar “qurol va uning o‘q-dorilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 8-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “tashkilotga” degan so‘z “yuridik shaxsga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “surishtiruv yoki dastlabki tergov organining” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 9-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “tashkilotga” degan so‘z “yuridik shaxsga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “surishtiruv yoki dastlabki tergov organining” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kitob yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan qurol va uning o‘q-dorilarining but saqlanishini, berilishi, qabul qilib olinishini hamda hisobi yuritilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul shaxs (bundan buyon matnda saqlash uchun mas’ul shaxs deb yuritiladi) tomonidan yuritiladi.”;
12) 12 — 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Kitob unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish hamda unda ko‘rsatilgan aksariyat yozuvlarni o‘qish va farqlash imkoniyatini bermaydigan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan yoxud yo‘qolgan (talon-toroj qilingan) bo‘lsa, kitobdagi ma’lumotlarni tiklash uchun shikastlanganlik yoki yo‘qolganlik (talon-toroj qilinganlik) fakti aniqlangan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida yuridik shaxs hisobida mavjud bo‘lgan barcha qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilishi kerak.
13. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjati bilan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibiga saqlash uchun mas’ul shaxs, yuridik shaxs buxgalteriyasi xodimi, yuridik shaxs navbatchilik (qorovullik) xizmati boshlig‘i (agar navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa) majburiy ravishda kiritiladi hamda hududiy ichki ishlar organining vakili taklif etiladi.
14. Inventarizatsiyani o‘tkazishda yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan qurol va uning o‘q-dorilari buxgalteriya hisobi hamda ichki ishlar organlarining tegishli ma’lumotlari bilan solishtirib chiqiladi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”;
13) 16-banddagi “Qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Qurol va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 3-bobning nomidagi “Qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “Qurol va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 17 va 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Yuridik shaxsga tegishli maqsadda berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilari harakati ushbu Yagona talablarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qurol va uning o‘q-dorilarini berish hamda qabul qilish jurnalida (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) aks ettiriladi.
18. Jurnalda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
qurol va uning o‘q-dorilari berilgan shaxsning F.I.O. va imzosi;
berilgan va qabul qilib olingan qurolning individual ma’lumotlari va uning o‘q-dorilari miqdori;
qurol va uning o‘q-dorilarini berish maqsadi;
qurol va uning o‘q-dorilari berilgan hamda qabul qilib olingan sana va vaqt;
qurol va uning o‘q-dorilarini qabul qilib olgan shaxsning imzosi.”;
16) 20-banddagi “Qurol va o‘q-dorilar” degan so‘zlar “Qurol va uning o‘q-dorilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 21-banddagi hamda 34-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tashkilotda” degan so‘zlar “yuridik shaxsda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 23 — 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Jurnal unga keyinchalik tegishli yozuvlarni kiritish hamda unda ko‘rsatilgan aksariyat yozuvlarni o‘qish va farqlash imkoniyatini bermaydigan darajada mexanik yoki boshqa turda shikastlangan yoxud yo‘qolgan (talon-toroj qilingan) bo‘lsa, jurnaldagi ma’lumotlarni tiklash uchun shikastlanganlik yoki yo‘qolganlik (talon-toroj qilinganlik) fakti aniqlangan kunning o‘zida berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilishi kerak.
24. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning o‘q-dorilarini inventarizatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibiga saqlash uchun mas’ul shaxs, yuridik shaxs navbatchilik (qorovullik) xizmati navbatchi xodimlari hamda boshlig‘i (agar navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa) majburiy ravishda kiritiladi.
25. Inventarizatsiyani o‘tkazishda qurolxonada saqlanayotgan hamda tegishli maqsadda berilgan qurol va uning o‘q-dorilari kitobdagi tegishli ma’lumotlar bilan solishtirib chiqiladi va natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”;
19) 27-banddagi “qurol va o‘q-dorilarni” degan so‘zlar “qurol va uning o‘q-dorilarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Qurolxonada saqlanayotgan qurol va uning o‘q-dorilari bir nechta yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, ular bo‘yicha kitob va jurnal har bir yuridik shaxs tomonidan alohida yuritiladi.”;
21) 30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tashkilot” degan so‘z “yuridik shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 31-banddagi “tashkilot hamda u idoraviy mansub bo‘lgan tashkilotning” degan so‘zlar “yuridik shaxs hamda u idoraviy mansub bo‘lgan yuridik shaxsning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) 32-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tashkilot rahbarining imzosi hamda muhri” degan so‘zlar “yuridik shaxs rahbarining imzosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Kitob va jurnalning mazkur Yagona talablarga muvofiq yuritilishi ustidan yuridik shaxs rahbari doimiy nazorat olib borishi shart. Bunda kitobning yuritilishi har chorakda, jurnalning yuritilishi esa har oy yuridik shaxs rahbari tomonidan tekshirib borilishi kerak. Agar yuridik shaxsda navbatchilik (qorovullik) xizmati mavjud bo‘lsa, jurnalning yuritilishi navbatchilik (qorovullik) xizmati boshlig‘i tomonidan tekshirib boriladi.”;
25) 1a — 4-ilovalar ushbu o‘zgartirishlarning 1 — 6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 239 | 10,916 |
Qonunchilik | Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini qanday qilib toʻgʻri hisoblash mumkin | JShDS boʻyicha hisobotlarni topshirish vaqti yaqinlashmoqda. Qanday qilib hammasini toʻgʻri amalga oshirish mumkin? Bu savolga SAR/CIPA хalqaro sertifikati va DipIFR diplomi sohibi, soliq va buхgalteriya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga doir masalalar boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin javob beradi.
JShDS hisob-kitobida turfa хil хatolar uchraydi. Biroq muammo yuzaga kelishiga koʻpincha ular sababchi boʻlmaydi. Aksariyat buхgalterlar oʻzlarini oqlash niyatida: «Mening dasturim shunday hisoblaydi» deydilar. Biroq buхgalter bu undan javobgarlikni soqit qilmasligini anglashi lozim. Barcha hisob-kitoblar toʻgʻri yuritilishi kerak.
Kompyuter dasturi buхgalter kiritgan ma’lumotlar asosida hisoblaydi. Shunday ekan, hammasi aхborotning qanchalik aniq qayd etilganligiga bogʻliq.
Mutaхassis soliq stavkalaridagi oʻzgartirishlarni nazardan qochirgani bois koʻp хatoga yoʻl qoʻyadi. Soliqni hisoblab chiqarish хususiyatlarini unutib qoʻyadilar. Masalan, soliq shkala boʻyicha hisoblanishi kerakligiga qaramay, eng yuqori stavkaga asoslanib hisoblaydilar.
JShDSni hisoblab chiqarish хususiyatlari – katta mavzu. Amaliyotda yuzaga kelgan barcha savollarga javob berishga tayyorman. 12 aprel kuni «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan «2018 yilda JShDSni hisoblab chiqarish va toʻlash. Savol-javoblar» seminariga tashrif buyuring.
Oldindan roʻyхatdan oʻtish yodingizdan chiqmasin. | 87 | 1,396 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT IShLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda madaniyat va san’atni har tomonlama saqlash va yanada rivojlantirish vazifalarini hal etishda Madaniyat ishlari vazirligining rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
madaniyat sohasida davlat siyosatini o‘tkazish, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyat, an’analar va urf-odatlar, xalqimizning boy madaniy merosini milliy mustaqillik g‘oyalari asosida tiklash va yanada rivojlantirish;
milliy mustaqillik g‘oyalari, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda respublika aholisi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini keng targ‘ib qilish;
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatimizni erkin demokratik rivojlantirishni aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama ko‘maklashish;
madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarini chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitishni ta’minlash, respublika ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanilishini, shuningdek madaniy boyliklarning chetdan keltirilishini va chetga olib chiqib ketilishini nazorat qilish;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kishilarni o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag‘batlantirish, ularni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalariga erishtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
kutubxonalar, teatrlar, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ma’naviy boy, intellektual rivojlangan va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishidagi imkoniyatlaridan eng ko‘p va samarali foydalanish;
ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talanti va iste’dodini to‘liq namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 1, 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat ishlari boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi hamda ular xodimlarining cheklangan soni 3, 3a, 4-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 38 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 30 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziriga xodimlarining cheklangan umumiy soni va uning ta’minoti xarajatlari smetasi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat ishlari bo‘limlari, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi, “O‘zbekdavlatsirki” respublika birlashmasi, “O‘zbekmuzey” respublika jamg‘armasi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi, Respublika metodika va axborot markazi, Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Respublika muzeylari, “Sahnadagi sirk” ko‘chma korxonalar direksiyasi, Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi, “Guliston”, “Teatr”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari, Badiiy ekspertiza boshqarmasi, Markazlashtirilgan buxgalteriya, Orkestrlar (simfonik orkestr, kamer orkestri, xalq cholg‘u asboblari orkestri), Ijodkor yoshlar uyi, Vazirlikka qarashli boshqa madaniyat va ta’lim muassasalari kiradi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari ikki tomonlama bo‘ysunadilar hamda Vazirlikka va mahalliy davlat hokimiyati tegishli organiga hisob berishadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
7. Quyidagilar Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
madaniyat sohasida davlat siyosatini o‘tkazish, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyat, an’analar va urf-odatlar, xalqimizning boy madaniy merosini milliy mustaqillik g‘oyalari asosida tiklash va yanada rivojlantirish;
milliy mustaqillik g‘oyalari, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda respublika aholisi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini keng targ‘ib qilish;
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatimizni erkin demokratik rivojlantirishni aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama ko‘maklashish;
madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarini chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitishni ta’minlash, respublika ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanilishini, shuningdek madaniy boyliklarning chetdan keltirilishini va chetga olib chiqib ketilishini nazorat qilish;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kishilarni o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag‘batlantirish, ularni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalariga erishtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
kutubxonalar, teatrlar, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ma’naviy boy, intellektual rivojlangan va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishidagi imkoniyatlaridan eng ko‘p va samarali foydalanish;
ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talanti va iste’dodini to‘liq namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
8. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
madaniy hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi va qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlaydi;
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini, kishilarni o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag‘batlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaxshi namunalariga erishtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;
muzeylarda milliy mustaqillik g‘oyalariga hamohang bo‘lgan, o‘zbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur o‘rganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish bo‘yicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
respublika aholisini O‘zbekiston xalqlari tarixi to‘g‘risida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida kishilarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyg‘usini tarbiyalashga ko‘maklashadi;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, qo‘riqlash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
madaniy meros obyektlarini joriy etish, konservatsiya va rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
madaniy meros obyektlarini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofaza qilish, targ‘ib etish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;
madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
madaniy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlaydi;
madaniy boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar beradi;
tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan o‘tkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va solistlarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;
respublikada va xorijiy mamlakatlarda festivallar, ko‘rik-tanlovlar, professional san’at va havaskorlik san’ati ko‘rgazmalari o‘tkazishni tashkil qiladi;
Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat saroylarida, konsert zallarida va stadionlarida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlarining mavzularini, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini va san’at arboblarini, yetakchi mutaxassis pedagoglarini taklif qiladi;
chet ellarda o‘qiyotgan va samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston ijodkor yoshlarining respublikada o‘tkaziladigan ko‘riklarda, tanlovlarda va festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;
iqtidorli yoshlarning ijodiy safarlarini tashkil qiladi hamda ularning xalqaro miqyosda va respublika miqyosida san’at sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
kulturologiyani, teatrshunoslikni, san’atshunoslikni, musiqashunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘zining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari hamda o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
10. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
madaniyatning barcha sohalariga taalluqli tegishli axborotlarni vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan olish;
Vazirlik tizimiga kiruvchi teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalarini jihozlash uchun zarur bo‘lgan yoritish va ovoz kuchaytirish asbob-uskunalarini, musiqa asboblarini, boshqa zarur jihozlarni sotib olish;
muzey fondlarini va asarlar ko‘rgazmalarini to‘ldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega bo‘lgan materiallarni, tasviriy va dekorativ-amaliy san’ati, kino asarlarini, noyob qadimiy raritetlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qo‘shiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;
respublikada o‘tkaziladigan xalqaro tanlovlar, ko‘riklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;
madaniyat muassasalari badiiy havaskorlik jamoalariga “Xalq havaskorlik jamoasi” faxriy unvonini berish;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifalarini o‘zgartirish;
madaniyat sohasidagi iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga o‘qishga yuborish;
Vazirlik tizimiga kiruvchi o‘quv yurtlarida, ta’lim muassasalarida dars berish, shuningdek master-klasslar o‘tkazish uchun yuqori malakali professorlar va o‘qituvchilarni, respublikamizning va chet ellardagi taniqli san’at arboblarini shartnoma asosida taklif etish;
eng iqtidorli san’at arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat sohasi xodimlari nomzodlarini mukofotlashga taqdim etish.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
12. Vazirlik madaniyat sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi va o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
13. Vazirlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
14. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boshqarmalari va bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar va bo‘limlar, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Vazirlikda 7 kishi — Vazir (rais), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi Vazir taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik hay’ati Vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Tuman (shahar) madaniyat ishlari bo‘limlari o‘z faoliyatini tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Vazir tomonidan tayinlanadi.
Tuman (shahar) madaniyat ishlari bo‘limlari mudirlari tegishli tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasiga binoan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan tayinlanadi.
17. Madaniyat ishlari vazirligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 27-apreldagi 207-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 30-iyundagi 305-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarorining 6-bandi va ushbu qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga 5-ilovaning II bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda). | 101 | 20,449 |
Qonunchilik | Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga — yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
1. 25-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi va “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bitta hujjatning bir nechta nusxasi to‘g‘riligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi ko‘rsatiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar bo‘yicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi.
Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.”.
3. 352-bandning birinchi xatboshisidagi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Tizimdan” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. 508-bandda:
o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n ikkinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 95-bandda:
o‘n to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha o‘n to‘qqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. 100-bandda:
o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha o‘n ikkinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. 107-bandda:
o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 112-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 117-bandda:
o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. 125-bandda:
o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishlicha o‘n ikkinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11. 1351-banddagi “ijaraga berish bilan bog‘liq ishonchnomalar” degan so‘zlar “ijaraga berish shartnomalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 136-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat ordyerlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;”.
13. 281-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘chmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini sotib olish yuzasidan zakalat to‘g‘risida kelishuvni tasdiqlashda, kelishuvda ko‘rsatilgan mulkka va belgilangan muddatga taqiq qo‘yiladi va Tizimga kiritiladi. Mazkur taqiq muddatidan oldin kelishuvda ko‘rsatilgan majburiyat bajarilganda yoki taraflar o‘rtasida ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qo‘shimcha kelishuv tasdiqlanganda bekor qilinadi.”.
14. Ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 140 | 5,166 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tas | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 24-noyabrdagi 72 va 113-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 2049, 2009-yil 26-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 48-son, 521-modda) qaror o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,026 |
Qonunchilik | Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning yangi modeli — Guliston tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sirdaryo viloyati aholisiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda davlat tibbiyot tashkilotlari boshqaruvi tizimini muvofiqlashtirish orqali ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qaroriga muvofiq:
a) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish;
b) tajriba-sinov loyihasi doirasida:
har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi (keyingi o‘rinlarda — kafolatlangan paket) ishlab chiqilishi;
kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pullik asosda ko‘rsatilishi;
aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar monitoringini olib borish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tarixini yuritish, dori vositalari uchun retsept yozish va kafolatlangan paketga muvofiq tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshirilishi;
kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishi;
v) Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hamda uning Kuzatuv kengashi tuzilganligi va ushbu Kuzatuv kengashi kafolatlangan paket uchun to‘lovlarni natijaga asoslangan moliyalashtirish (davolangan holat, bajarilgan ishlar natijalari va boshqalar) tartibini tasdiqlashi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida viloyat darajasidagi samarasiz faoliyat yuritayotgan bo‘g‘inlarni qisqartirish, qayta moslashtirish va boshqaruv xarajatlarini yanada maqbullashtirish orqali Guliston tibbiyot klasteri 2021-yil 1-iyuldan tashkil etilsin.
3. Quyidagilar Guliston tibbiyot klasterining (keyingi o‘rinlarda — Klaster) asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
xalqaro tajribani qo‘llagan holda viloyatda tibbiyot sohasida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, bemorlarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam ko‘rsatishda xalqaro standartlarni joriy etish;
tibbiyot xodimlarini va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish, tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda faol qatnashish va sug‘urta mexanizmlarini amaliyotga joriy etish yuzasidan ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqish;
bemorlarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan klinik standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar yordam ko‘rsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
tibbiyot tashkilotlarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan o‘tkazish;
aholining umumiy kasallanishi va o‘limiga olib keluvchi holatlarni tahlilini amalga oshirish, shu jumladan, mehnat qobiliyatini yo‘qotishga hamda nogironlikka olib keluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan maqsadli choralar ko‘rish;
tibbiy yordamni rivojlantirish maqsadli dasturlarini shartnoma asosida ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Belgilansinki:
a) Klaster:
Sirdaryo viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi;
Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali;
Sirdaryo viloyat Endokrinologiya dispanseri;
Sirdaryo viloyat Ko‘z kasalliklar shifoxonasi;
Sirdaryo viloyat Tibbiy diagnostika markazi;
Sirdaryo viloyati Urush va mehnat faxriylari shifoxonalari negizida tashkil etiladi.
Bunda Klaster:
faoliyati yo‘lga qo‘yilishida erishilgan ijobiy natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) bosqichma-bosqich Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot tashkilotlarini Klaster tarkibiga kiritish huquqiga ega hisoblanadi;
ushbu kichik bandda nazarda tutilgan tibbiyot tashkilotlarining barcha huquq va majburiyatlari, shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, davlat tibbiyot tashkiloti hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
b) Klasterda aholiga tibbiy xizmatlar:
Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan kafolatlangan paket doirasida bepul;
kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pullik asosda ko‘rsatiladi;
v) Klaster faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4890-son qarori bilan tashkil etilgan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom asosida moliyalashtiriladi;
g) Klasterga Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Vazirlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
d) Klaster tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan va boshqa xizmatlardan tushgan daromadlar doirasida:
mustaqil ravishda bemor o‘rinlari fondini shakllantiradi;
Klaster daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Klaster xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi va lavozim maoshining bazaviy miqdoridan kelib chiqib lavozim maoshlarini, shuningdek, miqdori cheklanmaydigan ustama va qo‘shimcha haqlarni belgilaydi.
Bunda Klaster Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Klaster uchun tavsiyaviy shtat jadvaliga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi;
e) Klasterning faoliyati:
kafolatlangan paket doirasida Jamg‘arma tomonidan xarid qilinadigan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
pullik asosida amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya va xorijiy hukumat tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qarori bilan Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Guliston tibbiyot klasteri joylashtiriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish ishlari uchun mos ravishda 9,5 mlrd so‘m va 10,0 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Sirdaryo viloyati hokimligi va Vazirlik:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda Klasterning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini inobatga olgan holda Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Obod yurt mahallasi, Ibn Sino ko‘chasi, 15 va 16-uy manzillarida joylashgan bino va inshootlarni Klasterga moslashtirish yuzasidan rekonstruksiya qilishga doir loyiha-smeta hujjatlari o‘n kun muddatda ishlab chiqilishini;
2022-yil yakuniga qadar Klaster Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Obod yurt mahallasi, Ibn Sino ko‘chasi, 15 va 16-uy manzillaridagi bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlik, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda Klaster o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish uchun aloqa kanallari tashkil etilishini hamda mahalliy budjetdan xarajatlar qoplangan holda ular yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
7. Vazirlik:
Klasterga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida” 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruh bilan birgalikda malakali mutaxassislarni, shu jumladan, direktor lavozimiga rahbar xodimni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
bir oy muddatda Klaster ustavini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Klasterda mavjud tibbiy texnika va inventarlarni bir oy muddatda to‘liq xatlovdan o‘tkazgan holda Klaster faoliyatini to‘liq ta’minlash maqsadida qo‘shimcha zarur bo‘lgan jihozlar budjet mablag‘lari hamda xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kreditlari hisobidan yetkazib berilishini ta’minlasin;
Sirdaryo viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Klaster tashkil etilishi munosabati bilan tibbiyot tashkilotlaridan bo‘shaydigan bino va inshootlardan maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin. | 155 | 10,675 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | Oliy ta’lim sohasida ta’lim sifatini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va Respublika oliy ta’lim kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. 2-bandda:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim berishda qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarini tizimli tahlil qilib borish”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik o‘sish dinamikasini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy masalalarda ko‘maklashish;
oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida “Rektorlar maktabi” tizimini yo‘lga qo‘yish”.
2. 3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. 5-band quyidagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishish bilan birga Kengash bilan ham kelishish amaliyoti joriy etiladi”.
5. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Respublika oliy ta’lim kengashi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy manzilidagi Toshkent davlat transport universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin”.
6. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. 2-ilova (Respublika oliy ta’lim kengashi to‘g‘risida nizom)da:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Kengash bilan kelishiladi”;
b) 4-banddagi “oliy ta’lim muassasalariga” so‘zlari “oliy ta’lim muassasalariga (filiallariga)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Kengash kotibiyati joylashgan er: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy”;
g) 9-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim berishda qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarini tizimli tahlil qilib borish”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik o‘sish dinamikasini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy masalalarda ko‘maklashish;
oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish maqsadida “Rektorlar maktabi” tizimini yo‘lga qo‘yish”;
d) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
respublika, shuningdek xorijiy davlatlarning olimlari, vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni maslahatlar uchun jalb etadi;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini joyida o‘rganadi, tahlil qiladi, o‘rganish natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni oliy ta’lim muassasasi, davlat organlari va tashkilotlariga kiritadi;
oliy ta’lim tizimi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflarni tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga kiritadi;
oliy ta’lim sohasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga kiritadi;
davlat dasturlari loyihalari, tadbirlar rejalari va oliy ta’lim tizimiga taalluqli, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy, innovatsion va boshqa ustuvor loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiyotning real sektori bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;
hududlarning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini oqilona belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom ishchanlik muhitini shakllantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta’minlash, Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish, ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma’naviy-ma’rifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-ma’rifiy va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
respublikada va xorijda keng jamoatchilikni oliy ta’lim faoliyatini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, ko‘rgazmalar, simpozium, treninglar, master-klasslar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida infratuzilmalar va intellektual mulk natijalaridan jamoaviy foydalanish bo‘yicha bilim va tajribalar almashish maydonini yo‘lga qo‘yadi hamda moddiy-texnik bazani kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qilish, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Kengashga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
11. Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at majlislari va boshqa tadbirlari to‘g‘risidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
oliy ta’lim muassasalarining binolari (xonalari) va boshqa obyektlaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish;
oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish;
oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaxiralarini shakllantirish va “Rektorlar maktabi” loyihasi bitiruvchilarini boshqaruv lavozimlariga tavsiya etish;
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning ta’lim faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan axborot, statistika va boshqa tahliliy materiallarni belgilangan tartibda olish;
oliy ta’lim sohasidagi norma ijodkorligi faoliyatiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida jamoatchilik va ekspertlar ishtirokini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari, doktorantlari hamda professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritish;
tashkilotlar va fuqarolarga oliy ta’lim faoliyati bo‘yicha maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin”;
e) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda, majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Bunda, Kengash a’zolari tarkibiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim”;
j) 33-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Kengash tashkiliy tuzilmasini tasdiqlaydi va zarur hollarda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi”;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 188 | 9,492 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 246 | 479 |
Qonunchilik | Mehmon olisdan va uzoq muddatga keldimi? Roʻyхatdan oʻtkazishni unutmang | Xorijiy mehmonning kelishi – bu nafaqat bayram dasturхoni va shahar boʻylab sayohat. Qabul qiluvchi tomon tashvishini qilishi lozim boʻlgan ilk bosqichlardan biri bu kelgan mehmonni joylashtirish hamda uni roʻyхatdan oʻtkazish hisoblanadi.
Buni qayerda, qanday va qaysi muddatlarda bajarish zarurligi toʻgʻrisida qisqacha yoʻriqnomani taqdim qilamiz.
Bu soha qonunchilik tomonidan aniq tartibga solingan, ushbu oddiy qoidalarni bilish mezbonlarni sarosimaga tushishdan, ularning mehmonlarini esa kelishda pasport nazoratidan oʻtish mobaynida хorijiy fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston hududida boʻlish tartibini buzilishi bilan bogʻliq qiyinchiliklardan saqlaydi.
Siz uzoq muddatga tashrif buyurdingizmi?
Xorijiy mehmonlarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularning respublikada boʻlishlari bilan bogʻliq farqlar bir qancha omillar – ularning fuqaroligi, Oʻzbekistonda boʻlish muddati va kelish maqsadi bilan izohlanadi.
Birinchi navbatda muddatlar toʻgʻrisida soʻz yuritamiz.
Oʻzbekistonga uch sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga kelgan хorijiy davlatlar fuqarolarini roʻyхatdan oʻtkazish zarur emas. Hatto ular bir necha shaharlarimiz boʻylab safar qilishsa ham.
Ancha uzoq muddatga kelganlar esa albatta roʻyхatdan oʻtishlari shart. Buni хususiy shaхsda yoki sayyoh toʻхtagan mehmonхona orqali amalga oshirish mumkin.
Qayerdan keldingiz?
Oʻzbekistonliklar qayerdan kelishidan qat’i nazar mehmonlarni an’anaviy tarzda ochiq chehra bilan kutib olishadi. Biroq viza rejimi belgilangan mamlakatlardan (YeI va boshqa uzoq хorij mamlakatlari) va vizasiz rejim belgilangan mamlakatlardan (MDH mamlakatlari, bundan Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston mustasno) kelgan fuqarolarni roʻyхatdan oʻtkazish farq qiladi. Endi ushbu farq haqida.
Sizni taklif qilishdimi yoki oʻzingiz kelishga jazm qildingizmi?
Oʻzbekiston bilan vizali munosabat belgilangan mamlakatlardan kelgan fuqarolar uchun rasmiy taklifning bor yoki yoʻqligi prinsip jihatidan muhim hisoblanadi. Ular ushbu mamlakatlardan Oʻzbekistonga rasmiy tarzda joʻnatilgan taklifnoma boʻyicha kelishgan taqdirda хususiy shaхslarda toʻхtashlari mumkin. Bunda ular faqat taklif qilgan tomonda roʻyхatdan oʻtishlari va yashashlari mumkin. Agar ular boshqa joyda toʻхtashsa, bu qonunbuzarlik hisoblanadi.
E’tibor bering, MDH mamlakatlarining aksariyati bilan Oʻzbekistonda vizasiz munosabat oʻrnatilgan, biroq Qirgʻiziston va Tojikiston bunga kirmaydi. Misol uchun, Oʻzbekiston fuqarolari Qirgʻizistonda viza rasmiylashtirmagan holda 60 kungacha boʻlishlari mumkin, shu mamlakatdan kelgan mehmonlar ham bizda shu muddat mobaynida viza rasmiylashtirmasdan boʻlishlari mumkin. Lekin, ular kelgandan soʻng albatta viza rejimi oʻrnatilgan mamlakatlardan kelgan fuqarolar kabi roʻyхatdan oʻtkazish tartibotidan oʻtishlari lozim. Ya’ni Tashqi ishlar vazirligi orqali ular uchun taklifnoma rasmiylashtirgan shaхsda yoki mehmonхonada roʻyхatdan oʻtishlari kerak. Ularning taklifnomasiz kelishlari va хususiy shaхsda joylashishlari mumkin emas.
Nima maqsadda keldingiz?
Xorijiy mehmonlarni qabul qiluvchi хususiy shaхslar ularni yashash joyidagi XChKvaFRB (Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi)da roʻyхatdan oʻtkazish zarurligini bilishlari lozim. Buni turar joy maydoniga propiska qilingan хohlagan shaхs emas, balki faqat uy-joy mulkdori bajarishi mumkin. Hamda buni uch kun muddatda amalga oshirish zarur.
Bunda хususiy ishlar boʻyicha, oʻzlarining tashabbuslari yoki хususiy shaхslarning taklifnomalari boʻyicha Oʻzbekistonga kelgan хorijiy fuqarolar, agar tegishli mamlakat oʻrtasidagi bitimga koʻra respublikaga kelishning boshqacha tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish va oʻzlaridagi vizalarni belgilab qoʻyish uchun ichki ishlar organlariga shaхsan murojaat etishlari kerak. Uy-joy mulkdori va uning mehmoni qanday hujjatlarni taqdim qilishi lozimligi, davlat boji miqdori qanchaligi toʻgʻrisida “Javob beramiz” ma’lumot хizmatining “Pasport tizimi” ruknini olib boradigan ekspertimizning tavsiyalaridan batafsil bilib olish mumkin.
Ishbilarmonlik maqsadlarida kelayotgan хorijiy fuqarolarni qabul qiluvchi tashkilotlar Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari
Qoidalarining 15-bandiga (VMning 21.11.1996 yildagi 408-son qaroriga 2-ilova) asosan yozma murojaatnoma taqdim qilgan holda ularni ichki ishlar organlarida vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazishlari zarur. Murojaatnoma bayram va dam olish kunlarini istisno qilgan holda, хorijiy fuqarolar qabul qiluvchi tashkilotlarga milliy pasportlarini vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish uchun topshirgan vaqtlaridan boshlab uch sutkadan kechikmay berilishi kerak.
Togʻlar va vodiylar boʻylab ryukzak va yotoq bilan
“Avtostop” bilan sayohatning byudjet shakli dunyo boʻylab sayyohlar oʻrtasida juda ommaviylashgan. Shu jumladan Oʻzbekistonga qadimiy me’moriy obidalar yoki togʻ va sahro landshaftlari chiroyidan bahra olish maqsadida kelayotganlarda ham. Bunda sayyohlar bilishlari lozimki, avtostop bilan sayohat qilish, odatda, bitta va хuddi oʻsha shahar yoki aholi punktida uzoq toʻхtashni koʻzda tutmasligiga qaramay (aхir 5 kun mobaynida, umuman olganda, bitta ham mehmonхonada toʻхtamay 5 ta shaharga tashrif buyurish mumkin), shu tarzda sayohat qilayotgan sayyoh uchun roʻyхatdan oʻtish baribir zarur.
Xuddi shuning oʻzi turizmning ekstremal turlarini – togʻlarga piyoda chiqish, togʻ daryolarida oqish, otda boshqa tomonga oʻtish, velosiped va mototsikllarda sayr qilish va h.k.ni afzal koʻradigan mehmonlar uchun ham taalluqli. Har qanday holatda ham tartib oʻzgarishsiz qoladi – mamlakatda 3 sutkadan ortiq muddat boʻlish turar joy maydonidan yoхud otellar, mehmonхonalar, sanatoriylardan birida roʻyхatdan oʻtish zaruratini yuzaga keltiradi.
Xususiy shaхsda joylashish boʻyicha hammasi tushunarli boʻlgan boʻlsa (aхir yagona moliyaviy хarajat 5 dollar miqdoridagi davlat boji hisoblanadi), mehmonхonada roʻyхatdan oʻtkazilgan holatda sarf-хarajatlar koʻproq boʻladi – Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishning butun muddatida har bir kun uchun mehmonхona nomeriga toʻlovni amalga oshirishga toʻgʻri keladi. Buning ustiga inson turli shaharlar, togʻlar va vodiylar boʻylab sayohat qilgan holda haqiqatda u yerda yashamaydi. Bir nechta shaharlarga safar qiladigan sayohatchining Oʻzbekistonda qonuniy boʻlishining yana bir varianti bu oʻzi boʻladigan har bir punktdagi mehmonхonada roʻyхatdan oʻtishni rasmiylashtirish hisoblanadi.
Qayd qilish joizki, хorijiy “avtostopchilarni” yuqorida ta’riflangan ikki usuldan farq qiladigan usul bilan hisobga qoʻyish masalasi (basharti ular Oʻzbekiston boʻylab bir aholi punktida 3 sutkadan koʻp toʻхtamagan holda sayohat qilishsa) hozirgi vaqtda koʻrib chiqilayotir. Yangi norma qonunchilikda aks ettirilishi bilan biz albatta oʻz oʻquvchilarimizni bu haqda хabardor qilamiz. Hozircha esa, sizning mehmonlaringiz mavjud tartibni buzuvchilar safida boʻlib qolmasliklari hamda ma’muriy undiruvga tortilmasliklari uchun ta’riflangan tartibga rioya qilinishini taklif qilamiz.
Butun mamlakat boʻylab sayr qilayotgan sayyohlar mavzusini davom ettirgan holda boʻlishning alohida rejimi oʻrnatilgan ob’yektlar, joylar va hududlarning mavjudligiga diqqatni qaratmaslik mumkin emas. Sayyohlarning bu ob’yektlar orqali kelishi (oʻtishi), vaqtinchalik boʻlishi va harakatlanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom Vazirlar Mahkamasinig joriy yil mart oyidagi qarori bilan tasdiqlangan. Hujjat sayyohlar tomonidan tashrif buyurilishi taqiqlangan ob’yektlar va hududlarning Roʻyхatini saqlaydi. Boshqa mamlakatning togʻlari va vodiylari boʻylab sayohatga otlanar ekansiz, shu kabi cheklovlar bilan tanishib chiqish zarur boʻladi. Misol uchun, sayyohlar Toshkent viloyatidagi Chorbogʻ GESi va Chorbogʻ suv ombori plotinasini koʻrishga qoʻyilmaydi, Qashqadaryo viloyatida esa, masalan, Qalasoy darasidagi Temurlang gʻoriga qoʻyilmaydi. Mazkur hujjat bilan pulli хizmat koʻrsatishda sayyohlarning ayrim toifalariga imtiyozlar koʻzda tutilgan. Ushbu qonunchilik normasining toʻliq matnini “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTga ega boʻlgan holda oʻrganish mumkin.
***
Xulosa qilib, qayd qilishni хohlardikki, har qanday хorijiy davlatga tashrif buyurish oʻz-oʻzidan yuzaga keladigan va chuqur oʻylanmagan tarzda boʻlishi kerak emas. Sayohat qiluvchi mamlakatda boʻlish tartibining хususiyatlari, uning iqlimi, milliy oshхonasi, madaniyati va an’analari haqida oldindan bilishi kerak. Shunda хorijda boʻlganida “bilmaslik oqibatida” хato qilishdan хalos boʻladi va uning mamlakat haqidagi taassurotlari faqat ijobiy boʻladi. Kelgusi materiallarimizdan birini biz Oʻzbekistondan turli ashyolarni olib chiqishda bojхona cheklovlariga, shuningdek zarur boʻlganda tegishli ruхsatnomalar olish tartibotlariga bagʻishlashni rejalashtirayotirmiz.
Saida DJANIZAKOVA, muхbirimiz. | 72 | 8,787 |
Qonunchilik | BUDJETDAN MABLAG‘ TAQSIMLOVChI (OLUVChI)LARNING ShAXSIY HISOBVARAG‘INI OChISh HAQIDA VAQTINChALIK QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlari chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–3618-sonli Farmonining 1-ilova IV bo‘lim 6-bandi va 2005-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ–244-sonli qarorining 18-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 52-son, 386-modda), hamda Samarqand viloyati moliya organlarida budjetdan mablag‘ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvarag‘ini ochish haqida vaqtinchalik tartibi ijrosini amalga oshirish maqsadida buyuraman:
1. Budjetdan mablag‘ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvarag‘ini ochish haqida vaqtinchalik qoidalari ilovaga* asosan tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin. | 132 | 1,122 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar, Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi, ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi, FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summasining 16 foizi hamda gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yig‘imi summasining 85 foizi miqdoridagi mablag‘lar, mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalar summasi belgilangan tartibda Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
21. Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiradi:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar;
davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summasining 16 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yig‘imi mablag‘larining 85 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarima summalari;
23-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilariga binoan pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan qismi;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
22. Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
23. Belgilansinki:
Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summasining 16 foizi, gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yig‘imi mablag‘larining 85 foizi va ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisiga binoan pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan qismi, birinchi navbatda, gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, FHDY organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni joriy saqlash, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lash, FHDY organlarining qo‘shimcha shtat birliklari va Agentlikning hududiy boshqarmalarining arxivariuslar shtat birliklarini saqlab turish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish hamda FHDY organlarini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun sarflanadi;
davlat xizmatlari markazlariga pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar (texnik xizmatlar, shu jumladan, davlat xizmatlari ko‘rsatishda zarur bo‘lgan xizmatlar, konsalting xizmatlari, biznes reja tuzish, reklama xizmatlari, muhr va shtamp tayyorlash faoliyati, boshqa qo‘shimcha (tegishli) xizmatlar) Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari hamda davlat xizmatlar markazlarini moddiy-texnik ta’minlashga, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi hamda pullik xizmatlarning ro‘yxati va tariflari, ularni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi;
FHDY organlarida pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar FHDY organlarini moddiy-texnik ta’minlashga, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi hamda pulli xizmatlarning ro‘yxati va tariflari, ularni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri mazkur qarorning 21-bandi hamda ushbu bandning ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha tushadigan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘larini mazkur qarorning 21-bandi va ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xarajatlarga yo‘naltirish huquqiga ega;
davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari xodimlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi;
FHDY organlari xodimlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga, jumladan FHDY organi mudiri — bo‘lim boshlig‘iga, 1-toifali inspektor — bosh mutaxassisga, 2-toifali inspektor — yetakchi mutaxassisga tenglashtiriladi;
davlat xizmatlari markazlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari tushishini alohida hisobga olish uchun daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularning samarali ishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy vositalar, idora mebeli bilan jihozlash, shuningdek, xizmat avtotransport vositalari sotib olish va ularni saqlash uchun bir hafta muddatda “yagona darcha” markazlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nomiga maxsus ochilgan shaxsiy hisob raqamidan mablag‘ ajratsin;
Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar qoldiqlari, shu jumladan, tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablag‘lar o‘tkazilishini ta’minlasin;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarining bino va inshootlari, shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan transport vositalari, asbob-uskunalar, jihozlar, hujjatlar va boshqa mol-mulk Agentlikning hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin berilishini ta’minlasin.
4. Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari tegishli mablag‘larni o‘tkazish uchun bank va g‘aznachilik hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda ushbu hisobvaraqlarda mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 210 ta avtotransport vositalarini Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan saqlashga limit ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat boji va barcha boshqa turdagi yig‘imlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilishi mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. | 130 | 10,055 |
Qonunchilik | Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarning ishga joylashishi toʻgʻrisida hisobot beradilar | 2019/2020 oʻquv yili boshiga oliy ta’lim muassasasi statistika hisobotining yangi shakli tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3083-3, 4.09.2019 yil).
«Kunduzgi ta’lim shaklidagi bakalavriat talabalarining kurslar, ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimoti» yillik hisobot shaklining 1-boʻlimiga tuzatishlar kiritildi. Quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 85 | 466 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-343-sonli Qonuniga muvofiq:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilayotgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol-mulk olib kirishda import bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinishlari ko‘zda tutilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan asosiy kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar ro‘yxatining II bobi 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar bojxona to‘lovini undirishdan ozod qilinadi:
xorijiy investitsiyalarning ustav jamg‘armasidagi ulushi o‘ttiz uch foizdan kam bo‘lmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mol-mulk mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida;”.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 240 | 1,824 |
Qonunchilik | ChIMYoN—ChORVOQ ZONASI TABIIY BOYLIKLARINI SAQLASh HAMDA HUDUDNI O‘ZLAShTIRIShGA KOMPLEKS VA IZChILLIK BILAN YoNDAShIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Chimyon—Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini va ekologik tozaligini to‘liq saqlash, hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-avgustdagi 366-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh, Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Chimyon—Chorvoq mintaqasi hududini uning tabiiy-iqlim sharoitlariga ko‘ra muhofaza etiladigan tabiiy hudud — tabiiy kurort hududi va dam olish hududi tabiiy hudud sirasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Chimyon—Chorvoq hududini kompleks va izchillik bilan o‘zlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga*muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
2001—2003-yillar investitsiya dasturida 2-ilovaga* muvofiq Chirchiq shahridagi tozalash inshootlarni kengaytirishni, Chimyonsoy, Chorvoq—Baqacho‘l, Chorvoq—G‘azalkent kanalizatsiya kollektorlarini rekonstruksiya qilishni, Baqacho‘l muhandislik inshootlari qurilishini, 2003—2005-yillar investitsiya dasturida esa — chiqarib yuboruvchi kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini;
2001—2003-yillar investitsiya dasturida 3-ilovaga* muvofiq xo‘jalik-ichimlik suv bilan ta’minlash magistral suv oqizish tarmog‘i, suv tozalash uzellari, nasos stansiyalari, Yangiqo‘rg‘on daryosidan suv olish va suv oqizish inshootlari qurilishini hamda mahalliy buloq suvlari manbalaridan suv olish inshootini, 2003—2005-yillar investitsiya dasturida esa — suvni, iste’molchilarga yetkazib berish tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni nazarda tutsin.
6. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari kempinglar va boshqa obyektlarni quruvchilar va ularning egalari bir oy muddatda barcha obyektlarni xatlovdan o‘tkazsinlar, Chimyon—Chorvoq zonasidagi obyektlar qurilishi yuzasidan mavjud loyiha-smeta hujjatlarini taftishdan o‘tkazsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar hamda, 2000-yilning I choragida 5-ilovaga* muvofiq qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishini 2001—2005-yillarda tugallash yoki tiklash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni buzib tashlash to‘g‘risida taklif kiritsinlar.
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”, zaruriyat bo‘lganda, qurilishni amalga oshiruvchilarga obyektlar qurilishini tugallash uchun belgilangan tartibda kredit resurslari ajratsin.
7. Toshkent viloyati hokimligi, “Davlatarxitektqurilish” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Chimyon—Chorvoq hududida qurilish olib borish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorlarni qaytadan ko‘rib chiqsinlar. Zarur bo‘lgan taqdirda tegishli obyektlar egalari bilan birgalikda ularni qayta joylashtirish masalasini ishlab chiqsinlar;
Chimyon—Chorvoq hududida va, ayniqsa, Chorvoq suv ombori sohillarida ekologik vaziyatga zarar yetkazuvchi va suvni ifloslantiruvchi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni yo‘qotish masalasini qonunda belgilangan tartibda hal qilsinlar;
Chimyon—Chorvoq hududida ekologik vaziyatga zarar yetkazadigan har qanday sanoat, qishloq xo‘jaligi obyektlari va boshqa obyektlar qurilishini taqiqlasinlar.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish va tashkil etish bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tuzilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin. | 161 | 3,694 |
Qonunchilik | Mahsulot yetkazib berilgandan keyin pul oʻtkaziladi | Prezidentning 7.03.2019 yildagi PQ-4231-son qarori qabul qilindi. Hujjat imtiyozli kreditlar berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish qoidalari va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash dasturlari boʻyicha yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirdi.
Birinchidan, imtiyozli kreditlar yangidan tashkil etilgan organlar – viloyat va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari хulosasi boʻyicha ajratiladi. Bunda oilalarning хohish va istaklari, tadbirkorlik sub’yektlari va yoshlarning loyihalari, ularni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligi chuqur oʻrganiladi.
Ikkinchidan, kredit mablagʻlari tovarlar (хizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narхda yetkazib berilgandan (хizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi (qarz oluvchi – tahr.) undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi. Mablagʻlar mahsulot yetkazib beruvchi (хizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
Yangi qoidalar quyidagi imtiyozli kreditlash dasturlariga daхl qildi:
Bundan tashqari, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 3 yilgacha -yagona kredit muddati hamda 3-6 oygacha yagona imtiyozli davr belgilandi. Ilgari kichik biznes sub’yektlari EKIHning 1 ming baravaridan ortiq miqdorda 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit olishlari mumkin edi.
Eslatib oʻtamiz, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar boʻyicha stavka 2019 yil fevral oyida yillik 7 dan 8%gacha oshirilgan edi (sharhga qarang).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 51 | 1,622 |
Qonunchilik | Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi tasdiqlandi | Prezidentning 10.12.2021 yildagi «Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-44-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda respublikamizda gidroenergetikani yanada rivojlantirish hamda mavjud gidrosalohiyatdan unumli foydalanishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:
2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, unga quyidagilar kiritilgan:
Kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini хarid qiluvchi vakolati berilgan organ:
a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab QQSni hisobga olgan holda elektr energiyasini:
b) elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalaridan (sanoat koʻlamidagi 1 MVt yoki undan ortiq quvvatlar bundan mustasno), quvvati 5 MVt gacha boʻlgan gidroelektr stansiyalaridan oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgandan ortiqcha elektr energiyasini – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 80% miqdorda sotib oladi.
Xususiy investorlar (tashabbuskorlar) quvvati 1 MVt gacha boʻlgan quyosh, shamol, biogaz hamda quvvati 5 MVt gacha boʻlgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuridik va jismoniy shaхslarga yagona elektr energetika tizimiga ulanmagan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish huquqiga ega. Lokal tarmoq qurish shartnoma asosida oʻzaro kelishilgan narхlarda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 52 | 1,559 |
Qonunchilik | “Fan to‘g‘risida”gi QL-407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “Fan to‘g‘risida”gi QL-407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 80 | 969 |
Qonunchilik | Reabilitatsiya va mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari to‘g‘risidagi nizomning 14-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-son “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001-yil 9-iyuldagi 4, 4-son qarori (ro‘yxat raqami 1050, 2001-yil 18-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y, 14-son) bilan tasdiqlangan Reabilitatsiya va mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “ruhiy kasallik belgilari” degan so‘zlar “ruhiy holatning buzilishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 152 | 970 |
Qonunchilik | IMPORT QILINGAN TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR) BO‘YIChA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I SUMMALARNI HISOBGA OLISh TARTIBINI | O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi uning import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlarga oid qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olish tartibini tushuntiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 74 va 75-moddalari o‘zgartirilishi munosabati bilan 1999-yilning 17-yanvaridan boshlab budjetga badal sifatida kiritilishi lozim bo‘lgan QQS summasi soliqqa tortiladigan oborotlar asosida hisoblangan QQS summasi bilan hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, nol stavkasi bo‘yicha oborot bilan birgalikda soliq solinadigan oborot uchun foydalaniladigan, import qilingan tovarlar, (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Adliya vazirligida 1997-yil 27-dekabrda 383-son bilan ro‘yxatga olingan “Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasiga muvofiq import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobga olish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
bojxona yuk deklaratsiyasi (bajarilgan ishlar. ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomalari);
qo‘shilgan qiymat solig‘ining haqiqatda to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari.
Bunda 1999-yilda bojxona qonunchiligi va hukumat qarorlariga muvofiq tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiruvchi bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarining uzaytirilishi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi taqdim etilgan hollarda, ushbu import qilingan tovarlarga oid QQS summasi 19-hisobvaraqda (tegishli ilova hisobvaragida) hisobga olinadi va qo‘shilgan qiymat solig‘ining haqiqatda to‘lanishiga qarab hisobga olib boriladi. | 114 | 2,317 |
Qonunchilik | QAShQADARYo VILOYaTINING BAHORISTON VA USMON YuSUPOV TUMANLARINI BIRLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Qashqadaryo viloyatining Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlarining iqtisodiy salohiyati va ijtimoiy infratuzilmasidan, mehnat va moddiy resurslaridan yanada samarali va oqilona foydalanish maqsadida, mazkur tumanlarda yashovchi aholining fikr-mulohazalarini inobatga olib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati tarkibida Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlari negizida umumiy maydoni 3,13 ming kvadrat kilometr bo‘lgan Mirishkor tumani tuzilsin.
2. Mirishkor tumani tarkibiga Bahoriston tumanidagi Guliston, Zafar, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Shodlik va Yangi Jeynov hamda Usmon Yusupov tumanidagi Avazcho‘l, Ayzabod, Buluch, Vori, Guliston, Gulshanbog‘, Jeynov, Mirishkor, Obod, Elobod, Yangi Mirishkor va Yangiobod aholi punktlari o‘tkazilsin.
3. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining chegaralari grafik chizmasiga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mirishkor tumanining markazi deb Yangi Mirishkor qishlog‘i belgilansin.
5. Tugatilgan Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlari hududida joylashgan saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatlari yangitdan tashkil etilgan xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi deputatlari ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimiyat ijroiya organlarini tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishiga doir masalalarni ko‘rib chiqsin. | 90 | 1,508 |
Qonunchilik | Bosh buхgalter attestatini olish uchun imtihon topshirish osonlashdi | Bir.uz administratori – «Norma» professional rivojlanish markazi bosh buхgalter malakasini tasdiqlash imtihonini ilgarigidek ikki kunda emas, balki bir kun ichida oʻtkazadi.
Kiritilgan yangilikka koʻra bir.uz Bosh buхgalter attestatini olish uchun imtihon topshirish taomili soddalashtiriladi. Ilgari imtihonning birinchi kunida 3 soatda 80 ta test savoliga javob berish, ikkinchi kunida esa – 5 soat ichida vaziyatlarga doir masalalar toʻplamini yechish va hujjatlarning 4–5 ta shaklini toʻldirish kerak edi.
Imtihon natijalari tahlili malakani baholash sifatini pasaytirmasdan, imtihon topshirish taomilini soddalashtirish mumkinligini koʻrsatdi. Test savollari soni ikki martaga qisqartiriladi. Hujjatlarning 4 ta shakli oʻrniga faqat 1 ta shakli toʻldiriladi.
Yangi formatdagi imtihon qanday oʻtkaziladi?
Roʻyхatdan oʻtish 9:30 da boshlanadi. 10:00 da imtihon topshiruvchilar birinchi bosqichdan oʻtishga kirishadilar. 90 daqiqada 40 ta testni yechish kerak boʻladi.
Ishtirokchi testdan oʻtishda 75% toʻgʻri javoblarga erishsa, ikkinchi bosqichga kirishadi. Bu bosqichga oʻzgartirishlar kiritilmagan – 210 daqiqa (3,5 soat) ichida vaziyatlarga doir masalalar toʻplamini yechish kerak boʻladi. Toʻgʻri javoblar 75% dan kam boʻlmagan taqdirda, da’vogarga hisobot shakllari toʻldiriladigan oхirgi bosqichga oʻtishga ruхsat beriladi. Bu bosqichdagi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtish uchun toʻgʻri javoblar 90% boʻlishi kerak. Uchinchi bosqichga 30 daqiqa ajratiladi.
Imtihondan oʻtish uchun ketadigan eng koʻp vaqt jami – 5,5 soat. Amaliyotning koʻrsatishicha, bilimli bosh buхgalter imtihondan 4 soat ichida oʻta oladi. Ikkinchi bosqichdan keyin tanaffus qilishni хohlovchilar uchun 20 daqiqalik kofe-breyk nazarda tutilgan.
Faqat «Bosh buхgalter» mutaхassisligiga doir oʻzgartirishlar kiritildi
Qolgan boshqa mutaхassisliklar uchun imtihondan oʻtish tartibi avvalgidek qoldirildi. Tartib bilan ushbu sahifadagi har bir mutaхassislik boʻyicha «Baholash pasporti»da tanishib chiqish mumkin.
25 martda boʻladigan bahorgi birinchi malaka imtihoniga 22 martgacha, shu kun ham hisobga kiradi, yozilish mumkin.
Kiritilgan yangilikka koʻra bir.uz Bosh buхgalter attestatini olish uchun imtihon topshirish taomili soddalashtiriladi. Ilgari imtihonning birinchi kunida 3 soatda 80 ta test savoliga javob berish, ikkinchi kunida esa – 5 soat ichida vaziyatlarga doir masalalar toʻplamini yechish va hujjatlarning 4–5 ta shaklini toʻldirish kerak edi.
Imtihon natijalari tahlili malakani baholash sifatini pasaytirmasdan, imtihon topshirish taomilini soddalashtirish mumkinligini koʻrsatdi. Test savollari soni ikki martaga qisqartiriladi. Hujjatlarning 4 ta shakli oʻrniga faqat 1 ta shakli toʻldiriladi.
Yangi formatdagi imtihon qanday oʻtkaziladi?
Roʻyхatdan oʻtish 9:30 da boshlanadi. 10:00 da imtihon topshiruvchilar birinchi bosqichdan oʻtishga kirishadilar. 90 daqiqada 40 ta testni yechish kerak boʻladi.
Ishtirokchi testdan oʻtishda 75% toʻgʻri javoblarga erishsa, ikkinchi bosqichga kirishadi. Bu bosqichga oʻzgartirishlar kiritilmagan – 210 daqiqa (3,5 soat) ichida vaziyatlarga doir masalalar toʻplamini yechish kerak boʻladi. Toʻgʻri javoblar 75% dan kam boʻlmagan taqdirda, da’vogarga hisobot shakllari toʻldiriladigan oхirgi bosqichga oʻtishga ruхsat beriladi. Bu bosqichdagi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtish uchun toʻgʻri javoblar 90% boʻlishi kerak. Uchinchi bosqichga 30 daqiqa ajratiladi.
Imtihondan oʻtish uchun ketadigan eng koʻp vaqt jami – 5,5 soat. Amaliyotning koʻrsatishicha, bilimli bosh buхgalter imtihondan 4 soat ichida oʻta oladi. Ikkinchi bosqichdan keyin tanaffus qilishni хohlovchilar uchun 20 daqiqalik kofe-breyk nazarda tutilgan.
Faqat «Bosh buхgalter» mutaхassisligiga doir oʻzgartirishlar kiritildi
Qolgan boshqa mutaхassisliklar uchun imtihondan oʻtish tartibi avvalgidek qoldirildi. Tartib bilan ushbu sahifadagi har bir mutaхassislik boʻyicha «Baholash pasporti»da tanishib chiqish mumkin.
25 martda boʻladigan bahorgi birinchi malaka imtihoniga 22 martgacha, shu kun ham hisobga kiradi, yozilish mumkin. | 68 | 4,070 |
Qonunchilik | ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALARNING MIQDORLARINI INDEKSATSIYALASh TO‘G‘RISIDA | 7. 1998-yil 9-iyundagi PF-2009-son Farmon, 8-bandidan tashqari, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 103 | 102 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan Davlat chegarasiga belgi qo‘yish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasining chegara belgilari turlari, shakllari, o‘lchamlari va tuzilishi tavsifi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
asosiy chegara belgisi — Davlat ramziga ega bo‘lgan, chegaradosh davlat tomoniga qaratilgan chegara belgisi. Asosiy chegara belgisi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga muvofiq hamda hududning fizik-geografik xususiyatlaridan kelib chiqib bir yoki bir nechta Davlat ramziga ega bo‘lgan asosiy chegara ustunlaridan va bitta markaziy chegara ustunidan iborat bo‘ladi;
asosiy chegara ustuni — old qirrasida Davlat gerbi tasvirlangan, belgilangan rangga va tartib raqamiga ega bo‘lgan chegara belgisining elementi;
dyelimitatsiya qilish — tuzilgan shartnomaga muvofiq chegaradosh davlatlar o‘rtasidagi Davlat chegarasi chizig‘ini aniqlash, uning kelib chiqishini tavsiflash va uni xaritada grafik aks ettirish;
demarkatsiya qilish — Davlat chegarasi chizig‘ini dyelimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq joylarda chegara belgilarini o‘rnatish yo‘li bilan belgilash;
demarkatsiya komissiyasi — Davlat chegarasini demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya;
maxsus chegara belgisi — chegaraning o‘tish qiyin bo‘lgan hududlarida va suv havzalarida o‘rnatiladigan chegara belgisi;
markaziy chegara ustuni — to‘g‘ridan to‘g‘ri Davlat chegarasi chizig‘ida o‘rnatiladigan chegara belgisi elementi;
oraliq chegara belgisi — chegara chizig‘ini yanada aniqroq belgilash va asosiy chegara belgilari orasidagi ko‘rinishni ta’minlash uchun o‘rnatiladigan chegara belgisi. Oraliq chegara belgisi bir yoki bir nechta oraliq chegara ustunlaridan iborat;
oraliq chegara ustuni — belgilangan rang va tartib raqamiga ega bo‘lgan chegara belgisining elementi;
redemarkatsiya qilish — chegaradosh davlatlarning kelishuviga muvofiq maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan xalqaro shartnoma hujjatlari asosida joylarda Davlat chegara chizig‘ini tiklash va chegara belgilari bilan belgilash, shuningdek, yo‘qotilgan chegara belgilarini tiklash, mavjudlarini ta’mirlash, qo‘shimcha chegara belgilarini o‘rnatish hamda tegishli hujjatlarni tuzish (Davlat chegarasi chizig‘i o‘tishining tavsif-bayoni, Davlat chegarasining xaritasi, chegara belgilarining bayonlari, chegara belgilarining koordinatalari va balandliklari katalogi, chegara belgilari ustunlarining o‘zaro joylashuv chizmasi va boshqa hujjatlar);
chegaradosh davlatlar — hududlari (quruqlikdagi, suvdagi) bir-biriga bevosita tutash, umumiy Davlat chegarasiga ega bo‘lgan davlatlar;
chegara belgisi — bir yoki bir necha elementlardan tashkil topgan Davlat chegarasini joylarda belgilash uchun mo‘ljallangan qurilma;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
3. Asosiy chegara ustuni quyidagi turlarga bo‘linadi:
asosiy temir-beton chegara ustuni;
asosiy yig‘ma temir-beton chegara ustuni;
asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni.
Asosiy temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
uzunligi 265 sm, ko‘ndalang kesimi 18x22 sm, yuqori qismida balandligi 9 sm piramidal shaklga ega, piramidal qismining pastki chetidan 4 sm masofada o‘lchami 22x22 sm, chuqurligi 2 sm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini o‘rnatish uchun maxsus chuqurchaga ega bo‘lgan temir-beton ustun;
markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm bo‘lgan, chetiga qarab og‘ishgan, o‘rtasida 23x18 sm teshigi bor, 80x82 sm o‘lchamdagi yig‘ma (ikki bo‘lakdan iborat) temir-beton yotqizma;
43x43x30 sm o‘lchamli, markazida 24x24x20 sm o‘lchamli chuqurchaga ega bo‘lgan poydevor blok.
Ustun o‘rnatilgandan so‘ng ustki qismining yer sathidan balandligi 200 sm ni tashkil qiladi.
Asosiy yig‘ma temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
uzunligi 50 sm bo‘lgan, har biri 15x15 sm kesimli to‘rtta temir-beton bloklar, birinchi blokning yuqori qismi 9 sm balandlikdagi piramidal shaklga ega (to‘rt qirrali), piramidal qismining pastki chetidan 4 sm masofada o‘lchami 15x15 sm, chuqurligi 1 sm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini o‘rnatish uchun maxsus chuqurcha, o‘rtasida diametri 80 mm, chuqurligi 20 sm bo‘lgan teshik mavjud. Ustunning qolgan bloklari o‘rta qismida diametri 80 mm bo‘lgan teshikka ega;
60x60 sm o‘lchamdagi, o‘rtasida 16x16 sm teshigi bor, markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm bo‘lgan, chetiga qarab og‘ishgan yig‘ma (ikki bo‘lakdan iborat) temir-beton yotqizma;
uzunligi 235 sm dan 420 sm gacha, diametri 76 mm, devorining qalinligi kamida 3 mm, qanotlarining qalinligi kamida 5 mm bo‘lgan quvur shaklidagi uglerodli po‘latdan yasalgan qoziq.
Ustun o‘rnatilgandan so‘ng ustki qismining yer sathidan balandligi 200 sm ni tashkil qiladi.
Asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
uzunligi 200 sm, ko‘ndalang kesimi 18x22 sm, yuqori qismida balandligi 9 sm piramidal shaklga ega, piramidal qismining pastki chetidan 4 sm masofada O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini o‘rnatish uchun o‘lchamlari 22x22 sm va chuqurligi 2 sm kamgakka ega, devorining qalinligi kamida 5 mm bo‘lgan polimer (kompozit) materialli ustun. Ustunning burchaklarida, pastki qirrasidan 4 sm balandlikda metall taxtachaga mahkamlash uchun teshikli 4x4x4 sm o‘lchamdagi chuqurchalar mavjud;
markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm bo‘lgan chetiga qarab og‘ishgan, o‘rtasida 23x19 sm teshigi bor, 40x40 sm o‘lchamdagi, devorining qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan polimer (kompozit) materialli yaxlit yotqizma;
18x22 sm o‘lchamli to‘g‘ri burchak shaklidagi, kamida 3 mm qalinlikdagi metall plastina, 4 ta burchagiga uzunligi 6,5 sm ruxlangan M10 tamba o‘rnatilgan qoziq boshi;
uzunligi 65 sm dan 250 sm gacha, diametri 76 mm, devorining qalinligi kamida 3 mm, qanotlarinig qalinligi kamida 5 mm bo‘lgan, quvur ko‘rinishidagi uglerodli po‘latdan yasalgan qoziq.
Ustun o‘rnatilgandan so‘ng ustki qismining yer sathidan balandligi 200 sm ni tashkil qiladi.
Asosiy chegara belgisining ustuni butun balandligi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga mos ranglarga bo‘yaladi: yuqori qismi 60 sm moviy rangga, uning ostidagi chiziq 5 sm qizil rangga, o‘rtasi 60 sm oq rangga, uning ostidagi chiziq 5 sm qizil rangga, pastki qismi 60 sm yashil rangga, yotqizma esa oq rangga bo‘yaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 18 (11) sm diametrga, 21x21 (14x14) sm taxta ko‘rinishidagi asosga ega bo‘lib, metall, polimer yoki kompozit materiallardan tayyorlanadi (qavs ichida yig‘ma temir-beton chegara ustuni uchun o‘lchamlar ko‘rsatilgan).
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi bir tekis tillo rangga bo‘yaladi va asosiy chegara ustunining maxsus kamgakiga mahkamlanadi.
Asosiy chegara belgisining tartib raqami oq rangli bo‘yoq bilan moviy fonda, ustunning ikkala keng tomonlarida (asosiy yig‘ma temir-beton chegara ustunining oldi va orqa tomonida), Davlat gerbidan 5 sm pastda, markaziy qismida balandligi 10 (6,5) sm, kengligi 4,5 (3,5) sm, qalinligi 1 sm, raqam oralari 1 (0,6) sm masofada, arab raqamlari bilan yoziladi (qavs ichida yig‘ma temir-beton chegara ustuni uchun o‘lchamlar ko‘rsatilgan).
Asosiy chegara belgisining ustunida Davlat gerbi tasviri va tartib raqamidan boshqa belgilar ko‘zda tutilmaydi.
4. Markaziy ustun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
100 sm uzunlikdagi ko‘ndalang kesimi 15x15 sm bo‘lgan temir-beton ustun;
markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm bo‘lgan, chetiga qarab og‘ishgan, o‘rtasida 16x16 sm teshigi bor, diametri 40 sm yaxlit doirasimon temir-beton yotqizma;
Ustun o‘rnatilgandan so‘ng ustki qismining yer sathidan balandligi 30 sm ni tashkil qiladi.
Markaziy chegara ustuni yotqizmasi bilan oq rangga bo‘yaladi.
5. Oraliq temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
uzunligi 185 sm, ko‘ndalang kesimi 18x22 sm, yuqori qismida balandligi 9 sm piramidal shaklga ega bo‘lgan temir-beton ustun;
markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm bo‘lgan, chetiga qarab og‘ishgan, o‘rtasida 23x18 sm teshigi bor 80x82 sm o‘lchamdagi yig‘ma temir-beton yotqizma;
43x43x30 sm o‘lchamdagi, markazida 24x24x20 sm o‘lchamdagi chuqurchaga ega bo‘lgan poydevor blok.
Ustun o‘rnatilgandan so‘ng ustki qismining yer sathidan balandligi 120 sm ni tashkil qiladi.
Ustun va yotqizma oq rangga bo‘yaladi.
Oraliq chegara ustunining tartib raqami uning ikkala keng tomonlarining markaziga piramidal qismining ostki qirrasidan 5 sm pastda, arab raqamlari bilan, qora rangli bo‘yoqda kasr sonlar bilan yoziladi.
Oraliq chegara ustunining tartib raqami o‘lchamlari asosiy chegara belgisi ustuni tartib raqami o‘lchamlari bilan bir xildir. Kasr chizig‘ining qalinligi tartib raqami qalinligiga teng.
6. Maxsus chegara belgilari ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:
to‘plam, tur, buy (qalqovich) va ishorat qozig‘i.
To‘plam ko‘rinishidagi maxsus chegara belgisi — sement qorishma bilan biriktirilgan konus shaklidagi, balandligi yer sathidan 100 sm va asosining kengligi 80 sm bo‘lgan tosh to‘plam bo‘lib, joylardagi toshlardan yig‘iladi.
Tur ko‘rinishidagi maxsus chegara belgisi — sement qorishma bilan toshdan terilgan to‘rt yoqlama kesik piramida yoki kesik konus shaklidagi, balandligi yer sathidan 100 sm va asosining kengligi 80 sm bo‘lgan qurilma bo‘lib, joylardagi toshlardan yig‘iladi.
To‘plamlar va turlar oq ranga bo‘yaladi, tartib raqamlari oraliq chegara ustuni bilan bir xil tarzda yoziladi.
Buy (qalqovich) ko‘rinishidagi maxsus chegara belgisi — suv ostiga langar yordamida zanjir (sim) orqali mahkamlanadigan polimer materialdan (metalldan) ishlangan konus shaklidagi qalqi (po‘kak) bo‘lib, suvdagi aniq joyni belgilaydi. Buyning balandligi kamida 250 sm, diametri kamida 150 sm, suv ustidagi qismining balandligi kamida 200 sm, o‘rnatish chuqurligi 10 — 15 metrni tashkil qilishi hamda kunduzi kamida 3,5-4 km masofadan ko‘rinishini ta’minlaydigan yorqin rangga ega bo‘lishi kerak.
Buy qurilmasining suvdan yuqori qismi chekkasi yorug‘lik texnik uskunasi yoki yorug‘lik qaytargich bilan jihozlanadi.
Ishorat qozig‘i ko‘rinishidagi maxsus chegara belgisi — suv ostiga langar yordamida zanjir (sim) orqali mahkamlanadigan polimer materialdan (metalldan) ishlangan, xoda shaklidagi qalqi (po‘kak) bo‘lib, suvdagi aniq joyni belgilaydi. Ishorat qozig‘ining uzunligi kamida 400 sm, diametri kamida 150 mm, suv ustidagi qismining balandligi kamida 200 sm va o‘rnatish chuqurligi 10-15 metr bo‘lishi hamda kunduzi kamida 1 km masofadan ko‘rinishni ta’minlaydigan yorqin rangga ega bo‘lishi kerak.
Ishorat qozig‘i suv yuzasiga nisbatan vertikal holda joylashadi va qurilmaning suvdan yuqori qismida yorug‘lik qaytargich bilan jihozlanadi.
Buyning (yoki ishorat qozig‘ining) tartib raqami kasr sonlar bilan, qora bo‘yoqda, ikki marta gorizontal (vertikal) ravishda yorug‘lik texnik uskunasi yoki yorug‘lik qaytargichning ostki chizig‘idan 50 sm masofada, suv ustidagi qismining teng ikkiga bo‘lingan (180°) sektorlarining o‘rtasida, oraliq chegara ustuni bilan bir xil tarzda yoziladi.
Buyning (ishorat qozig‘ining) tartib raqamlari o‘lchami asosiy chegara ustuni tartib raqami o‘lchami bilan bir xildir. Kasr chizig‘ining qalinligi tartib raqami qalinligiga teng.
Suv hududining xususiyatlarini inobatga olib, buy va ishorat qozig‘ining qurilmasi va o‘lchamlari o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birga ular aniq ko‘rinadigan, mustahkam va puxta bo‘lishi kerak.
7. Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Davlat chegarasini belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasining chegara belgilari geografik koordinatalari aniq belgilanib, hududning fizik-geografik xususiyatlaridan kelib chiqib, Davlat chegarasi chizig‘ida, chegaradosh davlat chegara belgilariga parallel yoki navbatma-navbat tartibda quyidagi joylarda o‘rnatiladi:
Davlat chegara chizig‘i o‘z yo‘nalishni o‘zgartiradigan joylarda;
Davlat chegara chizig‘i mavjud yo‘llar, kanallar, kollektorlar va boshqa obyektlar bilan kesishgan joylarda;
Davlat chegara chizig‘i suv hududidan quruqlikka yoki quruqlik hududidan suvga o‘tgan joylarda;
bitta chiziqli obyektdan boshqa chiziqli obyektga o‘tish joylarida;
chegara yaqinidagi aholi intensiv xo‘jalik va boshqa faoliyat yuritadigan joylarda;
chegaraning o‘tishini ko‘z bilan ko‘rib aniqlash qiyin bo‘lgan joylarda.
9. Davlat chegarasi joylarda asosiy, oraliq va maxsus chegara belgilari bilan belgilanadi.
Asosiy va oraliq chegara belgilari quyidagilardan tashkil topadi:
Davlat chegarasining quruqlikdagi qismida, to‘g‘ridan to‘g‘ri chegara chizig‘ida o‘rnatiladigan bitta asosiy yoki oraliq ustundan;
Davlat chegarasi suv va boshqa chiziqli obyektlar orqali, shuningdek, yo‘llarni kesib o‘tayotganida o‘rnatiladigan ikkita asosiy yoki oraliq chegara ustunlaridan;
Davlat chegara chizig‘ining suv hududidan quruqlikka o‘tishida yoki aksincha hollarda o‘rnatiladigan ikkita yoki uchta asosiy yoki oraliq chegara ustunlaridan;
ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq quruqlik hududlarda chegarani asosiy chegara belgilari bilan belgilashda, chegaradosh davlat chegara belgilariga parallel ravishda bevosita Davlat chegara chizig‘iga markaziy ustunlar o‘rnatilishi mumkin.
10. Bitta asosiy chegara ustunidan iborat asosiy chegara belgilari chegaradosh davlatning chegara belgisi bilan navbatma-navbat, oldi tomoni chegaradosh davlatga qaratilib o‘rnatiladi.
11. Bitta oraliq chegara ustunidan iborat oraliq chegara belgisini, chegara belgisining keng tomonlarini chegaradosh davlatlarga qaratilgan holda oldingi asosiy chegara belgisini o‘rnatgan davlat o‘rnatadi. Bir nechta oraliq chegara belgilari o‘rnatiladigan hollarda, keyingi belgilarni yuqorida aytib o‘tilgan davlat o‘rnatishi yoki ikki davlat navbat bilan o‘rnatishi mumkin.
Oraliq chegara belgilari miqdori chegaradosh davlat bilan kelishilgan holda belgilanadi.
12. Oraliq chegara belgilari quyidagi hollarda o‘rnatiladi:
o‘rnatilgan asosiy chegara belgilari joylarda chegara chizig‘ining o‘tishini yetarlicha aniq belgilab bera olmasa hamda relyef sharoitiga ko‘ra ular orasida ko‘rinishi ta’minlanmasa;
chegara yaqin hududlarida aholi punktlari mavjud bo‘lganda hamda xo‘jalik va boshqa faoliyat yuritilganda.
13. Chegara belgilari orasidagi masofa me’yori hududning fizik-geografik sharoitlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
14. Chegara chizig‘ining quruqlik hududidagi burilish joyiga o‘rnatilgan ustunning old tomoni chegara burchagining bissektrisasiga perpendikulyar bo‘lishi kerak.
15. Oraliq belgilari va maxsus chegara belgilariga tartib raqamlar kasr sonlar bilan beriladi, kasrga oldingi asosiy chegara belgisining tartib raqami, maxrajga esa oraliq yoki maxsus chegara belgisining raqami keyingi asosiy chegara belgisigacha o‘sib borish tartibda yoziladi.
16. Ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq quruqlik hududlaridan o‘tayotgan chegara chizig‘i avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishgan hollarda ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik) chegara belgisi o‘rnatiladi. Bunda chegaradosh davlatning chegara ustuni chegara chizig‘i ustida, avtomobil/temir yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatiladi.
Chegara ustuniga tartib raqami o‘sib borish tartibida beriladi.
17. Ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq chegara suv obyektlari (daryo, kanal, kollektor-drenaj tarmog‘i va boshqalar) orqali o‘tgan chegara chizig‘ini avtomobil va temir yo‘llar kesib o‘tgan hollarda, ikkita chegara ustunidan iborat chegara belgisi o‘rnatiladi. Bunda chegaradosh davlatning chegara ustuni avtomobil/temir yo‘lning o‘ng tomoniga, suv obyektining qirg‘og‘iga o‘rnatiladi.
18. Suv (daryo, kanal, kollektor-drenaj tarmog‘i va boshqalar) va boshqa chiziqli (yo‘llar, to‘g‘onlar va boshqalar) chegara inshootlari orqali o‘tadigan chegara chizig‘i obyektning har ikki tomoniga bir-biriga qarama-qarshi demarkatsiya chizig‘iga parallel o‘rnatilgan ikkita chegara ustunlaridan iborat chegara belgisi bilan belgilanadi.
19. Ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq davlat chegarasi quruqlik hududidan suv hududiga yoki aksincha o‘tganda, uning burilish joyiga ikkita ustundan iborat bo‘lgan o‘tish chegara belgisi, asosiy va stvordagi chegara ustunlari o‘rnatiladi. Bunday holda asosiy chegara ustuni chegara chizig‘iga o‘rnatiladi, stvordagi chegara ustuni esa suv hududining qarama-qarshi qirg‘og‘ida Davlat chegarasining stvorida o‘rnatiladi. Asosiy chegara ustunining yuz tomoni chegaradosh davlat tomonga yo‘naltiriladi. Stvordagi ustuning yuzi chegara chizig‘iga perpendikulyar yo‘naltiriladi.
20. Uchta chegara ustunidan iborat (uchlik) bo‘lgan chegara belgilarini o‘rnatish quyidagicha amalga oshiriladi:
ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq chegara suv obyektidan (kanal, kollektor, zovur va boshqalar) quruqlik hududiga yoki aksincha o‘tganda, quruqlik hududida yuz tomoni demarkatsiya chizig‘iga parallel ravishda bir-biriga qarama-qarshi ikkita chegara ustuni o‘rnatiladi, uchinchi chegara ustuni (stvordagi) esa suv obyektining qarama-qarshi qirg‘og‘ida Davlat chegarasining stvorida o‘rnatiladi. Stvordagi chegara ustunning yuz tomoni chegara chizig‘iga perpendikulyar tarzda yo‘naltiriladi.
ushbu Nizomga 12, 13-ilovalarga muvofiq chegara bir suv obyektidan boshqasiga o‘tganda (kanal, kollektor, zovur va boshqalar), shuningdek, ular o‘rtasida uncha katta bo‘lmagan quruqlik hududi mavjud bo‘lganda, bir suv obyektining har ikkala qirg‘og‘ida bir-biriga qarama-qarshi ikkita chegara ustuni yuz tomoni demarkatsiya chizig‘iga parallel ravishda o‘rnatiladi, uchinchi chegara ustuni (stvordagi) esa boshqa suv obyektining qarama-qarshi qirg‘og‘ida Davlat chegarasining stvorida o‘rnatiladi. Stvordagi chegara ustunning yuz tomoni chegara chizig‘iga perpendikulyar tarzda yo‘naltiriladi.
Uchta chegara ustunidan iborat chegara belgilarini o‘rnatishda burilish nuqtasi hosil bo‘lgan uchburchak ichida bo‘lishi va uning tomonlari mutanosibligi maksimal darajada saqlanishi lozim.
21. Ikkita va uchta chegara ustunlaridan iborat chegara belgisining tartib raqamlariga qo‘shimcha (1), (2) yoki (3) raqamlari beriladi. Raqamlar boshqa chegara ustunlaridan soat mili bo‘yicha shimolroqda joylashgan ustundan boshlab beriladi.
22. Uchta ustundan ikkitasini chegaraning burilish nuqtasida kattaroq aylanish segmenti bo‘lgan tomon o‘rnatadi.
23. O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan tuzgan xalqaro shartnomalari va bitimlariga hamda Davlat chegarasini demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya qarorlariga binoan joylarda Davlat chegarasiga belgi qo‘yishning O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid kelmaydigan boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan Davlat chegarasi chizig‘ini belgilash tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 24-noyabrdagi 530-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda) ilovaning 14-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 28-bandi. | 109 | 20,856 |
Qonunchilik | Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarining davlat hisobini yuritishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar belgilangan tartibda, quyidagilarni:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga yagona identifikatsiya raqamini onlayn rejimida taqdim etishni;
mazkur qaror bilan belgilangan tartib va talablarga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bo‘yicha hisobotlarni elektron shaklda onlayn rejimda taqdim etishni;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va (yoki) yetkazib beriladigan energiyani hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yagona ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqib joriy etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yagona ma’lumotlar bazasini joriy etishda quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi — buyurtmachi etib;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — moliyalashtirish manbalari etib;
Yagona ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining axborot tizimi bilan integratsiyalashtirishni ta’minlash belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom qayta tiklanuvchi energiya manbalari (keyingi o‘rinlarda — QTEM) qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari — atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh energiyasi, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biogaz va biomassa energiyasi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar (keyingi o‘rinlarda — energiya ishlab chiqaruvchilar) — QTEMdan energiya ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchi — QTEMning qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari — QTEMdan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, o‘zgartirish, to‘plash va (yoki) uzatish, shuningdek hisobga olish bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan energiyani hisoblash — o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va vakolatli organlarga hisobot berish uchun QTEMdan ishlab chiqarilgan energiyaning haqiqiy miqdorini tegishli zamonaviy hisoblash priborlari va hisoblagichlar ko‘rsatkichlari asosida qayd qilish va hisoblash tizimi.
maxsus vakolatli davlat organ — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organ — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi.
yagona ma’lumotlar bazasi — QTEM qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini avtomatlashtirilgan tarzda yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining yagona ma’lumotlar bazasi.
3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. QTEM qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish energiya ishlab chiqaruvchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — identifikatsiya raqami) va muayyan vaqt davomida QTEMdan ishlab chiqariladigan energiya to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
5. Maxsus vakolatli davlat organ tomonidan QTEM qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish uchun 2021-yil 1-martdan boshlab energiya ishlab chiqaruvchilar ushbu Nizomda belgilangan tartibda yagona ma’lumotlar bazasi orqali identifikatsiya raqamini olishlari lozim.
6. Energiya ishlab chiqaruvchilar identifikatsiya raqamini olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arizani online tarzda avtomatlashtirilgan tartibda yagona ma’lumotlar bazasi orqali taqdim etadi:
energiya ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxslar uchun — rekvizitlari (joylashgan manzili), jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash (pochta) manzili);
energiya ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan QTEMning turi (quyosh, shamol, biogaz, geotermal va boshqalar);
energiya ishlab chiqarish quvvatlarining joylashuvi va ular egallagan maydoni;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqargan davlat va ishlab chiqarilgan sanasi, energiya ishlab chiqaruvchi asosiy qurilmalarning turi va quvvati, muvofiqlik sertifikati mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ishga tushirish sanasi.
7. Energiya ishlab chiqaruvchilar identifikatsiya raqamini olgandan keyin o‘z faoliyati davomi ushbu Nizomning 6-bandida keltirilgan unga tegishli ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda o‘ttiz kalendar kuni mobaynida maxsus vakolatli davlat organiga tegishli o‘zgargan ma’lumotlarni ilova qilgan holda identifikatsiya raqami bo‘yicha tuzatishlar kiritilishi yuzasidan yagona ma’lumotlar bazasida qo‘shimcha ariza to‘ldiradi va ushbu ariza maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib indentifikatsiya raqami bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
8. Energiya ishlab chiqaruvchilarga identifikatsiya raqamini taqdim yetish, ular tomonidan yagona ma’lumotlar bazasi orqali online ariza to‘laqonli to‘ldirilgandan so‘ng maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ikki ish kuni davomida bepul amalga oshiriladi.
9. Identifikatsiya raqamini olish uchun energiya ishlab chiqaruvchilar ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan ma’lumotlarni elektron tarzda yagona ma’lumotlar bazasiga to‘liq kiritadi.
10. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq to‘ldirilmaganligi identifikatsiya raqamini taqdim etmaslik uchun asos bo‘lib hisoblanadi va bunday holatlarda identifikatsiya raqamini olish uchun kiritilgan ariza yagona ma’lumotlar bazasida avtomatlashtirilgan tartibda qabul qilinmaydi.
11. QTEMdan ishlab chiqarilgan energiyani hisobga oluvchi tegishli zamonaviy hisoblash priborlarining va hisoblagichlarning texnik ko‘rsatkichlari, metrologik tavsiflari ushbu priborlar va hisoblagichlar bo‘yicha qabul qilingan texnik reglamentlar hamda standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga javob berishi lozim.
12. Har bir energiya ishlab chiqaruvchi unga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan identifikatsiya raqami bo‘yicha har chorakda elektron tarzda QTEMdan ishlab chiqarilgan va (yoki) yetkazib berilgan energiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (hisobotni) yagona ma’lumotlar bazasiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda kiritib boradi.
13. Maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmasiga muvofiq, QTEMdan ishlab chiqarilgan energiyani hisobga olishning tegishli hisoblash priborlari va hisoblagichlarining ko‘rsatkichlari har chorakda bir marta “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
14. Energiya ishlab chiqaruvchilar QTEMning qurilmalaridan foydalanishni va (yoki) ularda energiya ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatsa yoki ulardan voz kechsa, bu haqida yagona ma’lumotlar bazasida orqali maxsus vakolatli davlat organini ariza bilan xabardor qiladi hamda ularning indentifikatsiya raqami bekor qilinadi.
15. Energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan ushbu Nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nazorat qilish davomiyligi bir kundan ko‘p bo‘lmasligi va davriyligi, agar nomuvofiqliklar aniqlanmasa, uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
16. Tegishli davlat organlari QTEMdan foydalanish sohasidagi imtiyozlar va preferensiyalarni tatbiq etishda energiya ishlab chiqaruvchilarning tegishli ma’lumotlarini Yagona ma’lumotlar bazasidan ularning identifikatsiya raqami orqali olishlari lozim.
17. Ushbu Nizomga muvofiq QTEM qurilmalari va ularda ishlab chiqarilgan va (yoki) yetkazib berilgan energiya miqdori to‘g‘risidagi taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligiga, asosliligiga va haqqoniyligiga energiya ishlab chiqaruvchilar javobgardirlar.
18. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
19. Mazkur Nizom rasman tasdiqlangan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. | 152 | 10,373 |
Qonunchilik | “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo‘limi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/2-son “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo‘limi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2415, 2013-yil 25-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 4-son, 52-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 21-dekabrdagi 26/2-son “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo‘limi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2415-1, 2013-yil 31-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 1-son, 11-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,356 |
Qonunchilik | Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘ | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69 va 78-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 23 va 25-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirilsin;
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar (shundan, 424,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar (shundan, 154,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar (shundan, 578,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar (shundan, 1 090,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar (shundan, 1 002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
Toshkent shahrining Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan:
Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining o‘zgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tegishlicha 1 — 12-ilovalarga muvofiq;
Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod tumanlari hamda Toshkent shahrining chegaralari tavsifi va chizma shakllari tegishlicha 13 — 22-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan (sug‘oriladigan) yerlarni boshqa maqsadlar uchun ajratish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumani 20, 21, 22, 23, 24, 25-saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining deputatlari hisoblanadi;
Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani 1, 2-saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashining deputatlari hisoblanadi;
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan Toshkent viloyatining Qibray tumani 13, 14, 15-saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashining deputatlari hisoblanadi;
Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan Toshkent viloyatining Qibray tumani 16-saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qaror yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 4,019 |
Qonunchilik | Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida | Keyingi yillarda respublikamizda hududlarni kompleks rivojlantirishga, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal qilishga qodir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida ishlarning haqiqiy ahvolini o‘rganish iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining eng muhim muammolarini tezkor hal qilishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
birinchidan, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda kompleks yondashuv hamda hokimlar va ular o‘rinbosarlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari bilan yaqin o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmagan;
ikkinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘ziga xos bo‘lmagan bir qator vazifa va funksiyalar yuklatilgan bo‘lib, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy mexanizmlari mavjud emas, oqibatda hokimliklar huzurida ma’muriy va boshqaruv funksiyalariga ega bo‘lgan alohida kvazidavlat korxona va tashkilotlar tuzilmoqda;
uchinchidan, davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan ko‘p sonli idoralararo hududiy kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar)ning mavjudligi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifa va funksiyalari almashishiga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun mas’uliyatning yo‘qolib borishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, Toshkent shahrining tasdiqlangan bosh rejasi mavjud emasligi tartibsiz qurilishlarga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermayapti, shuningdek, ijtimoiy obyektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishni hisobga olgan holda poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda;
beshinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibi ularga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va mas’uliyat hajmiga mos kelmaydi, bu esa ularning ish samaradorligiga ta’sir qilmoqda;
oltinchidan, deputatlik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari lozim darajada ishga solinmagan, xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil etishning amaldagi tartibi mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan nazoratni to‘liq ta’minlamaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularning tegishli hududdagi eng muhim muammolarni hal qilishdagi rolini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining vazifalariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 1-sentabrdan Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi qabul qilinsin:
Toshkent shahar va uning tarkibiga kiruvchi tumanlar (keyingi o‘rinlarda tumanlar deb yuritiladi) hokimliklari boshqaruv apparatlari negizida xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida tegishli hokim tomonidan tuzilmasi va shtatlari belgilanadigan va o‘zgartiriladigan Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tomonidan tegishli vazir bilan kelishilgan holda, ularning tuman bo‘linmalari rahbarlarini esa tegishli hududiy davlat boshqaruvi organi rahbari bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Toshkent shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari ishtirokidagi davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan hududiy idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar va boshqalar)ni ularning vazifa va funksiyalarini tegishli hududiy davlat boshqaruvi organlariga bergan holda keskin qisqartirish.
2. Quyidagilar tegishlicha Toshkent shahar va tumanlar hokimlari bo‘ysunuviga hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga o‘tkazilsin:
Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari;
Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi va tuman hokimliklarining moliya bo‘limlari;
Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va tumanlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari;
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha hududiy boshqarmasi va investitsiyalar bo‘yicha tuman bo‘limlari;
Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmasi hamda tumanlar turizm va sport bo‘limlari.
3. Toshkent shahrida mazkur Farmonning 2-bandida ko‘rsatilgan davlat boshqaruvi organlari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
a) respublika davlat boshqaruvi organlari:
tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini;
davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash va muvofiqlashtirishni;
tegishli tuzilmalarni malakali kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini amalga oshiradi.
b) Toshkent shahar va tumanlar hokimlari Toshkent shahri va tumanlardagi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini tashkil etadi;
v) Toshkent shahridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari Toshkent shahar hokimiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishli respublika davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi;
g) Toshkent shahri tumanlaridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari tuman hokimiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida Toshkent shahridagi tegishli hududiy davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi.
4. Toshkent shahar hokimligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
a) Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi Kanallarni saqlash, foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashgan boshqarma negizida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasini tashkil etish:
Toshkent shahri hududida joylashgan kanallar va ulardagi inshootlarni saqlash bo‘yicha yagona texnika siyosatini olib borish;
Toshkent shahri hududida joylashgan kanallar va suv xo‘jaligi inshootlarining tegishli sanitar holati va texnik ishonchliligini ta’minlash;
kanallardan ishonchli foydalanish va ularni ishchi holatda saqlash uchun tayyorlash;
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitar, ekologik me’yor va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish vazifalarini amalga oshirish;
kanallarning shahardan o‘tadigan qismlarini, ular o‘zanlarini betonlash yo‘li bilan rekonstruksiya qilish, qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreatsion hududlarni shakllantirish;
ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini, jumladan suv va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etgan holda oshirish.
b) Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentini tashkil etish:
shahar transportini tartibga solish va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini tashkil etish, boshqarish, ishlab chiqish va qo‘llash tizimini takomillashtirish;
transport va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek, avtomobil to‘xtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlarini ishlab chiqish;
shahar yo‘lovchi transporti faoliyat yuritishining ishonchliligi, xavfsizligi va qulayligini oshirish;
yo‘llar, yo‘l obyektlari va yo‘l-transport inshootlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash uchun yo‘l harakatini tashkil etishning xavfsiz va samarali dasturlari va chizmalarini, shu jumladan yo‘l harakatini tartibga solish tizimlarini, zamonaviy intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlarini rejalashtirish, loyihalash va joriy etish;
Toshkent shahar tashkilotlari, shu jumladan kommunal va ekspluatatsiya tashkilotlarining yo‘l-transport infratuzilmasi va yo‘l obyektlarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, muvofiqlashtirish.
5. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi;
Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi tugatilib, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
Toshkent shahar hokimi devoni rahbari lavozimi joriy etilsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq namunaviy tuzilmalarga asosan tegishli hududda ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qiladi;
Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa ta’minoti ularning mazkur Farmonga muvofiq tashkil etiladigan kotibiyatlari tomonidan, hokimlar va ular o‘rinbosarlarining ta’minoti esa — tegishli hokim devoni tomonidan amalga oshiriladi;
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti Toshkent shahar hokimiga bo‘ysunadi;
Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi, shuningdek, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentining shtat birliklari Toshkent shahar hokimi tomonidan belgilanadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar budjeti o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlarning tasdiqlangan parametrlaridan oshirib bajarilgan summaning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tegishli qismi Toshkent shahri mahalliy budjetiga o‘tkaziladi.
7. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari ishtirokidagi hududiy idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar) ularning vazifa va funksiyalarini 3-ilovaga muvofiq vakolatli organlarga o‘tkazgan holda;
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi davlat unitar korxonalari 4-ilovaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda tugatilsin.
8. Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga:
mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va deputatlar orasidan bo‘lgan xalq deputatlari Kengashi kotibi boshchilik qiladigan doimiy asosda faoliyat yurituvchi xalq deputatlari Kengashi kotibiyatini tashkil etish, shuningdek, uning tuzilmasini tasdiqlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan deputatlik, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan, shu jumladan hokimlar va davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha xalq deputatlari Kengashining har oylik ish rejalarini tasdiqlash va ijro etish orqali ishlarni kuchaytirish tavsiya etilsin.
9. Quyidagilarga:
a) xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga:
mahalliy budjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobiga xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra ularning lavozim maoshlariga lavozim maoshining 200 foiziga qadar miqdorda ustama belgilash;
Toshkent shahar budjeti mablag‘lari hisobidan uning zaxira fondi miqdori doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini keyinchalik xabardor etgan holda Toshkent shahri nomidan yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga kafolat va kafillik berish;
b) Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlariga mahalliy budjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobiga Toshkent shahar hokimi va tumanlar hokimlari devoni, shuningdek, davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlarining faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra ularning lavozim maoshlariga lavozim maoshining 200 foiziga qadar miqdorda ustama belgilash huquqi berilsin.
10. Toshkent shahri hududida 2018-yil 1-oktabrdan quyidagilar amalga kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar budjeti o‘rtasida qayta taqsimlanadigan alohida turdagi tushumlar bo‘yicha ajratmalar 5-ilovaga muvofiq;
tumanlar budjetlari daromadiga to‘liq hajmda kiritiladigan qo‘shimcha tushumlar 6-ilovaga* muvofiq.
11. Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish vazifasi;
Toshkent shahar hokimi, vazirlik va idoralar rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. Toshkent shahar hokimi 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov o‘tkazilishini ta’minlasin.
Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimi devoniga yuklansin.
13. Quyidagilar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlarida jalb etiladigan mablag‘lari.
14. Toshkent shahar hokimi:
2019-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
2019-yil 1-dekabrga qadar tasdiqlangan Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi asosida Toshkent shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Vazirlik va idoralar Toshkent shahar hokimi devoniga Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqishda ko‘maklashsin, o‘z vakolatlari doirasida ushbu hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi uchun zarur bo‘lgan materiallar bilan ta’minlasin.
16. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlangunga va poytaxtni arxitektura jihatidan rivojlantirishning istiqbollari aniq belgilangunga qadar:
Toshkent shahrining eski shahar qismida buzish, rekonstruksiya qilish va kapital qurilish bo‘yicha ishlarni olib borish taqiqlanadi;
Toshkent shahrining boshqa tumanlarida yangi turar joy massivlarini qurishda ijtimoiy obyektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish majburiy tartibda nazarda tutiladi.
17. Toshkent shahar hokimiga rentabelli investitsiya loyihalariga aholining bo‘sh mablag‘larini Toshkent shahrining obligatsiyalari yoki yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik jamiyatlari aksiyalari shaklida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali jalb etishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimiga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hamda joylashtirishda ko‘maklashsin.
18. Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
“Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Kapital qurilish boshqarmasi”, “Toshkent uy-joy qurilish boshqarmasi” va “Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi” davlat unitar korxonalari negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent qurilish invest” injiniring kompaniyasini tashkil etish hamda uni Toshkent shahri hududida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni tashkillashtirish bo‘yicha yagona buyurtmachi sifatida belgilash;
“Ma’muriy binolardan foydalanish departamenti” davlat unitar korxonasi negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazini tashkil etish hamda uning zimmasiga munitsipal mulkni, shu jumladan munitsipal mulk hisoblangan davlat korxonalari va xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi ulushlarni samarali boshqarish vazifalarini yuklash haqidagi takliflari ma’qullansin.
Toshkent shahar hokimiga munitsipal aktivlarni boshqarish va ularni ijaraga berishdan tushadigan daromadlarning bir qismini, jumladan Toshkent shahar hokimi devonining faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltirishga ruxsat berilsin.
19. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tashqi reklama obyektlarining inshootlarini joylashtirish uchun taqdim etiladigan hududlar ro‘yxatlarini shakllantirish Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Belgilansinki, ruxsatnoma berishdan kelib tushadigan barcha mablag‘lar elektron auksion savdolarini o‘tkazish xarajatlarini chegirib tashlagan holda Toshkent shahri tumanlari budjetlariga yo‘naltiriladi.
20. Toshkent shahar hokimi real vaqt rejimida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi Toshkent shahri va tumanlar hokimlari devonining interfaol portallarini yaratishni ta’minlasin:
a) fuqarolardan mahalliy budjetning muayyan qismini, shu jumladan Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasining mablag‘larini, Toshkent shahri obligatsiyalarini chiqarish hisobidan jalb etilayotgan mablag‘larni eng ko‘p ovoz olgan maqsadlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar olish;
b) mahalliy budjetga tushumlarni kuzatish, shuningdek, amalga oshirilayotgan tadbirlarni va ularga sarflangan mablag‘larni shaffofligi va ochiqligini ta’minlagan holda qayd etish orqali ularning sarflanishini monitoring qilish;
v) Toshkent shahri va tumanlar hokimlari devonlarining tegishli hudud aholisi bilan quyidagilar orqali hamkorligini amalga oshirish:
poytaxt aholisidan uy-joy kommunal, transport va boshqa infratuzilmani takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha takliflarni qabul qilish;
hokimlar va hokim devoni xodimlarining poytaxt aholisi taklif va mulohazalariga tezkor javob berish;
poytaxt aholisi takliflari va mulohazalarining ijrosini nazorat qilish;
Toshkent shahrida arzon uy-joyga talabgor shaxslarning navbati va ro‘yxatini ochiq shakllantirish;
hududlarni rivojlantirish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini joylashtirish, tadbirkorlik subyektlarining takliflarini qabul qilish;
poytaxt aholisi ovoz berishi yakunlari bo‘yicha tumanlar hokimlari va hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining reytingini aniqlash.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga:
xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlariga Toshkent shahri va tumanlari ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirishda ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan masalalarni xalq deputatlari Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilish amaliyotini joriy etish;
xalq deputatlari Kengashlari murojaatlari bo‘yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini o‘z majlislarida ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahrida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va huquq-tartibotni ta’minlash uchun mas’ul bo‘linmalarni belgilash bo‘yicha takliflar kiritsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlariga xos bo‘lmagan va bir-birini takrorlovchi funksiyalarni aniqlash nuqtai nazaridan qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazsin, natijasi bo‘yicha ularni optimallashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ommaviy mulkni respublika va munitsipal mulkka aniq ajratish yuzasidan takliflar kiritsin;
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, tartibga solish bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda xalqaro tajribani inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini kiritsin;
Toshkent shahrida o‘tkazilgan huquqiy eksperiment yakunlariga ko‘ra, 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini kiritsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti parametrlariga o‘zgartishlar kiritsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi mazkur Farmon talablari ijro etilishida mahalliy budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli ravishda nazoratni amalga oshirsin.
28. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. | 102 | 22,680 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Turizm to‘g‘risida”gi QL-422-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (uchinchi o‘qish).
2. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi QL-384-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi QL-449-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-450-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
5. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi QL-476-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-478-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
7. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-482-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
8. “O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi QL-483-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
9. “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi QL-484-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
10. Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida. | 94 | 2,065 |
Qonunchilik | B.S. Pakni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida | Ko‘p yillik samarali ijodiy mehnati, adabiyotni rivojlantirishdagi xizmatlari va jamoat hayotidagi faol ishtiroki uchun shoir Boris Sensuyevich Pak O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin. | 85 | 213 |
Qonunchilik | AKSIZ SOLIG‘IGA TORTILADIGAN AYRIM TURDAGI TOVARLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI TRANZIT YO‘LI BILAN OLIB O‘TILIShINI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakati ustidan tegishli bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2007-yilning 10-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali alkogolli va tamaki mahsulotlarining avtomobil va temir yo‘l transporti vositasidagi tranzit harakati quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga binoan amalga oshiriladi:
yuk olib o‘tuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining depozit hisobvarag‘iga tegishli bojxona to‘lovlarining barcha summasi to‘lanishi shart, keyinchalik tovarlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilganligi tasdiqlangandan so‘ng to‘langan summalar qaytariladi;
tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikati, uni yetkazib berish shartnomasi (bitimi), tovarlar bir nechta qismga ajratilib, tranzit yo‘li bilan tashilgan taqdirda, uni olib o‘tish jadvalining mavjudligi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan alkogolli va tamaki mahsulotlarini bojxona organlarining kuzatib borishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yo‘li bilan alkogolli va tamaki mahsulotlarining olib o‘tilishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorining amal qilish muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab uzog‘i bilan olti oyni tashkil etadi;
tranzit maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alkogolli va tamaki mahsulotlari, agar ularga Vazirlar Mahkamasining tranzit harakat qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lmasa yoki bojxona to‘lovlari to‘liq hajmda to‘lanmagan bo‘lsa, ushbu mahsulotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq qaytarib olib chiqib ketiladi.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali alkogolli va tamaki mahsulotlarining tranzit harakatiga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yo‘li bilan olib o‘tiladigan alkogolli va tamaki mahsulotlariga nisbatan bojxona to‘lovlari pulini O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari depozit hisobvarag‘iga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2007-yilning 10-oktabrigacha bo‘lgan muddatda bojxona organlari depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi vakil banklarni belgilasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tovarlarning tranzit harakati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgani to‘g‘risida xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali tegishli davlatlar tashqi ishlar vazirliklarini belgilangan tartibda xabardor qilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 12-noyabrdagi 509-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 183 | 3,726 |
Qonunchilik | “ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI BILAN KASALLANIShNING (OIV KASALLIGINING) OLDINI OLISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid keladigan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “OITS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, 8-son, 196-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 164 | 917 |
Qonunchilik | “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2397, 2012-yil 23-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 501-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Ushbu buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat xizmatlari agentligi direktori X. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
1. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
2. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
3. 2a-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasi bilan tanishtirildik. Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar yo’q. Nikoh tuzish tartibi va shartlari bilan tanishmiz. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirganligimiz uchun javobgarlik haqida ogohlantirildik. Bir-birimizning sog’lig’imiz va oilaviy ahvolimiz to’g’risida ma’lumotga egamiz. Bizga kelajakda er-xotin va ota-ona sifatida huquq va burchlarimiz tushuntirildi. Nikoh tuzishga o’zaro roziligimizni bildiramiz.
Mi oznakomleni so statyey 16 Semeynogo kodeksa Respubliki Uzbekistan. Otsutstvuyut obstoyatelstva, prepyatstvuyuщiye zaklyucheniyu braka. Oznakomilis s poryadkom i usloviyami zaklyucheniya braka. Mi preduprejdeni ob otvestvennosti za sokritiye obstoyatelstv, prepyatstvuyuщix zaklyucheniyu braka. Mi vladeyem informatsiyey o zdorovye i semeynom polojenii drug druga. Nam raz’yasneni nashi prava i obyazannosti v kachestve buduщix suprugov i roditeley. Zayavlyayem o vzaimnom soglasii na zaklyucheniye braka.”.
4. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
5. 3a-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
6. 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7. 5-ilovada:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi. Bunda, 1-raqam dalolatnoma yozuvi turi, 2 — 5-raqamlar FHDY organi kodi, 6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil, 8 — 12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.”;
b) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. 8-ustunda dalolatnoma yozuvining qog‘oz shaklida “tirik” yoki “o’lik” so‘zlaridan birining tagi chiziladi, dalolatnoma yozuvining elektron shaklida tegishli so‘z tanlash orqali kiritiladi. Bittadan ortiq tug‘ilgan bolalardan biri o‘lik, qolgani tirik bo‘lsa, har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.”;
v) 30-banddagi “705” raqami “1-1003-20-00030” raqamlari bilan almashtirilsin. | 170 | 3,509 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “SAVDO SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 24 DEKABRDAGI 561-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Yunusobod” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi O‘zbekiston — Amerika qo‘shma korxonasi ta’sis yig‘ilishi tomonidan tugatilganligi (1997-yil 1-dekabrdagi bayonnoma), uning negizida “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi tashkil etish haqida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasining muassislari — “Go‘sht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Savdo nashriyoti” respublika eksperimental savdo-ishlab chiqarish birlashmasi, “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasi va “Navro‘z” savdo-ishlab chiqarish kompleksining kompaniya tarkibiga “Yunusobod-tennis” tennis klubining kirishi hamda “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasining yopiq tennis kortini uning balansiga berish haqidagi taklifi ma’qullansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 178 | 920 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKNEFTGAZ” MXK KORXONALARINI BURG‘ULASh QURILMALARI VA 3D SEYSMIK QIDIRUV KOMPLEKSLARI BILAN JIHOZLASh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-sentabrdagi PQ-478m-sonli qaroriga muvofiq hamda geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish va chuqur hamda qiya-gorizontal quduqlarni burg‘ulab uglevodorodlar qazib olishning zarur darajasiga erishishni ta’minlash maqsadida:
1. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining eksport kreditlaridan foydalangan holda “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalarini burg‘ulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“O‘zgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan konkurs tanlovi yakunlari bo‘yicha Xitoy kompaniyalari bilan umumiy miqdori 209,1 mln. dollarlik, shu jumladan “China Petroleum Technology & Development Corporation, CPTDC” bilan qiymati 203,0 mln. dollarlik burg‘ulash qurilmalari va maxsus texnika yetkazib berish, “China National Machinery Industry Corporation, SINOMACH” bilan qiymati 6,1 mln. dollarlik sementlashtiruvchi agregatlarni yetkazib berish to‘g‘risida 1-ilovaga muvofiq shartnomalar tuzildi;
seysmik qidiruv uchun uskunalarni xarid qilish, 2-ilovaga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki, 1-ilovaga muvofiq, umumiy qiymati 209,1 mln. dollar bo‘lgan burg‘ulash uskunalari, shuningdek, maxsus texnikani yetkazib berish shartnomalarini moliyalashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
umumiy qiymatning 85 foizi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan — XXR Eksimbankining 15 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan beriladigan 177,6 mln. dollar miqdordagi kredit mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan;
31,5 mln. dollar miqdoridagi 15 foizi — “O‘zbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan.
4. Quyidagilar:
“O‘zbekneftgaz” MXK korxonalarini burg‘ulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekneftgaz” MXK korxonalarini burg‘ulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi bo‘yicha XXR Eksimbanki kreditini to‘lash prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
“O‘zbekneftgaz” MXK kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek qabul qilingan texnik-iqtisodiy hisob-kitob ko‘rsatkichlari bo‘yicha loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
XXR Eksimbanki kreditiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash “O‘zbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalashtirish uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini tuzsin;
XXR Eksimbankining qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirish bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” MXK bilan kredit shartnomalari tuzsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri XXR Eksimbankiga yakka tartibdagi qarz bitimi bo‘yicha tasdiqnoma-xatni belgilangan tartibda berishga vakil etib tayinlansin.
8. XXR Eksimbanki, mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tilgan Xitoy sug‘urta agentliklari va kompaniyalari mazkur Loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXKning talabnomalariga ko‘ra Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXKning talabnomalariga ko‘ra Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 177 | 4,295 |
Qonunchilik | DEVORBOP MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh VA SIFATINI YaXShILASh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda yangi korxonalar barpo etish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari kamayishini hamda tayyor mahsulot narxining arzonlashuvini ta’minlaydigan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish hisobiga sifatli devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va shu asosda ichki bozorni shunday materiallar bilan to‘ldirish, uy-joylar, ayniqsa qishloq joylarda imorat qurayotgan aholining ortib borayotgan talab-ehtiyojini yanada to‘liqroq qondirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan manfaatdor idoralar va korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2011-yillarda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi yangi zamonaviy quvvatlarni yaratish Dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish bo‘yicha kompleks tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni tasdiqlasin, bu tadbirlar:
zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan, shu jumladan mini-texnologiyalar qo‘llaniladigan devorbop materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
2010-yilning 1-yanvariga qadar muddatda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar modernizatsiya qilinib, nostandart, tejamsiz pechlarning maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirilishini;
devorbop materiallarning muqobil turlarini qo‘llanish, shu jumladan yig‘ma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalardan foydalanish asosida obyektlar qurilishining yangi zamonaviy industrial texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlaydi.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2009-yilning 1-iyulidan boshlab 2012-yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan davrda maxsus pechlar (aylanma, tunnelsimon va boshqalar)dan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga va Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno);
2012-yilning 1-yanvaridan boshlab foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer bag‘ridan foydalanganlik uchun soliqqa tortiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga pishgan g‘isht ishlab chiqarganida yer bag‘ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni saqlab qolgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish huquqi beriladi;
2010-yilning 1-yanvaridan boshlab nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek belgilangan solishtirma sarf normalaridan ortiqcha hajmda tabiiy gazdan foydalanayotgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gaz amaldagi ulgurji narxda beriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar muddatda energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga soddalashtirilgan tartib asosida xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish, g‘ishtbop xomashyoni tajriba-sanoat va sanoat ko‘lamida qazib olish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish uchun yer bag‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga litsenziya beriladi, bunda tegishli yer bag‘ri uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlari belgilab qo‘yiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2009-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qo‘llanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.
4. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi:
bir oy muddatda mashinasozlik korxonalarida devorbop materiallar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalar va uskunalar tayyorlashni mahalliylashtirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“O‘zdavneftgazinspeksiya” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2009-yilning 1-avgustiga qadar muddatda pishgan g‘isht ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi normalarini hisob-kitob qilish metodikasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda loyiha institutlari bilan birgalikda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qo‘llaniladigan turli quvvatdagi g‘isht zavodlarining bir xildagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) “O‘zqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish texnologiyalariga almashtirgan holda g‘isht korxonalarini modernizatsiya qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini tashkil qilsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga materiallarni taqdim etib tursin.
6. Tijorat banklariga pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarga nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya tejaydigan texnologiyalarga almashtirgan holda modernizatsiyani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 144 | 6,162 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 18-martdagi 2009-20-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1942, 2009-yil 17-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 16-son, 207-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Markaziy banki bilan kelishilgan. | 186 | 2,303 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (O‘zR AQ-160) o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2004-y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining (O‘zR AQ-160) (ro‘yxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 448-modda) 7¹-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“doimiy monitoring o‘tkazish va lozim darajada parvozlar xavfsizligiga muntazam baho berishni ko‘rib chiqish masalalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur bo‘lgan choralarni ko‘rish maqsadida aviatsiya hodisalari va insidentlari hamda tegishli tendensiyalar tahlili;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 150 | 1,152 |
Qonunchilik | Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) nomi va 1-bandning o‘zbek tilidagi matnida “posyolkalar” so‘zidan keyin “, qishloqlar” so‘zi qo‘shilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “tog‘li tumanlarda” so‘zlaridan keyin “hamda harbiy shaharchalarda” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. | 249 | 1,405 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘ishmchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-466-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Hukumat a’zolarining parlament oldidagi mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”)”gi 2370-III-sonli;
2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 2371-III-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 125 | 1,088 |
Qonunchilik | “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiri | O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 11-oktabrdagi 40-2019-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3192, 2019-yil 4-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2019-yil, 10/19/3192/3991-son) bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq nomi va 1-bandidagi “himoyaga muhtoj qatlami” degan so‘zlar “ehtiyojmand” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2. Ilovada:
nomi va matnidagi “himoyaga muhtoj qatlami” degan so‘zlar “ehtiyojmand” degan so‘z bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyadagi “Nogironlar” degan so‘z “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota yoki ona, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari”;
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Odam savdosidan jabrlanganlar”;
6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar”. | 250 | 1,575 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KUBOGI UChUN HAR YILI O‘TKAZILADIGAN TENNIS TURNIRI ITP LIMITED MENEJMENTINI SOLIQ TO‘LAShDAN OZOD ETISh TO‘G‘RISIDA | Prezident Kubogi uchun har yili o‘tkaziladigan tennis turnirining yuksak tashkiliy darajasi xalqaro sport maydonida e’tirof etilganligini nazarda tutib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun tennis turnirini o‘tkazish doirasida olgan daromadlari, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasida manba oldidagi daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S. Karomatov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 152 | 602 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2014-yil 11-iyuldagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektron nazorat-kassa mashinalari (NKM)ga texnik talablarni (ro‘yxat raqami 146, 1995-yil 29-may) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2008-yil 6-fevraldagi 20-03-14/14-sonli taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Nazorat-kassa mashinalarini joriy qilish bo‘yicha davlat idoralararo komissiyasining 1995-yil 18-maydagi 15-1-60-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektron nazorat-kassa mashinalari (NKM)ga texnik talablarni (ro‘yxat raqami 146, 1995-yil 29-may) davlat reyestridan chiqarish haqidagi mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) mazkur buyruqning “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 75 | 2,060 |
Qonunchilik | Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida 2021-yilda xizmatlar ko‘rsatish hajmi qariyb 20 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini 2022-yilda 1,5 baravarga oshirish hamda qo‘shimcha 1,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari mavjud.
Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish maqsadida:
1. Respublika hududlarining aholisi soni va zichligi, geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib, xizmatlar sohasini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin:
a) har bir tuman va shaharlarda:
budjet mablag‘lari hisobiga 2021-2022-yillarda shaharsozlik loyihalari asosida mukammal ta’mirlangan, tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimlari modernizatsiya qilingan, piyoda va velosiped yo‘laklari qurilgan hamda aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarni savdo, xizmat ko‘rsatish, sayilgoh va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantirish;
raqamli xizmatlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash va sifatli aloqa va internet xizmatlari qamrovini, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish ko‘lamini keskin kengaytirish;
b) Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari hamda boshqa shaharlarda ko‘pi bilan har 3 — 5 ta mahalla uchun aholi gavjum bo‘lgan ko‘chani obodonlashtirib, piyodalar yo‘lakchalarini kengaytirish va ularni yoritish orqali mahallalararo savdo-xizmat ko‘chasini tashkil etish;
v) aholisi 300 mingdan kam bo‘lgan tumanlarda:
sanoat va xizmatlar sohasi yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan tumanlarda — savdo, mehmonxona, ovqatlanish va logistika xizmatlarini, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar maskanlarni tashkil etishga ustuvorlik berish;
tog‘li, tog‘oldi, rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda — avtomobil yo‘llari, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa infratuzilmani yaxshilash va tayyor loyihalar asosida turizm xizmatlarini rivojlantirish;
chegara hududlarda joylashgan hamda hududidan xalqaro avtomagistral va temir yo‘llar o‘tgan tumanlarni — savdo, turizm, logistika hamda yo‘l bo‘yi xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirish;
qishloq xo‘jaligi ulushi yuqori bo‘lgan tumanlarda — zamonaviy agroxizmatlarni rivojlantirish;
g) o‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda — zamonaviy bozor xizmatlari, ta’lim, tibbiyot, san’at, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini rivojlantirish;
d) Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida — yuqori daromadli xizmatlarni, ayniqsa, yirik savdo va ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot muassasalari joylashgan hududlarda ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish.
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash. Bunda:
mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi;
mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi;
b) tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha:
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytirish. Bunda, 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llash;
foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqini berish;
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovada keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
aylanmadan olinadigan soliq stavkasini — 1 foiz;
ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorlarini — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilash.
Bunda, tuman va shaharlarning turizm hududlari chegaralari Turizm va sport vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari xulosalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi;
g) jismoniy shaxslar tomonidan mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turarjoy obyektlarini ushbu bandning “a” kichik bandida keltirilgan xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha noturarjoy obyekti toifasiga o‘tkazilganda 2024-yil 1-yanvarga qadar ularga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkasini saqlab qolish;
d) 2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasini 10 foiz etib o‘rnatish;
e) 2022-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalarini, ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uchastkalarini yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etish.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, tegishli idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilansinki:
a) quyidagilar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi:
2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar;
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini joriy etish loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan texnologik uskunalar, materiallar, dasturiy ta’minot va ehtiyot qismlar;
b) mol-mulk solig‘ini hisoblashda yer uchastkalarida o‘rnatilgan antenna-machta metall konstruksiyalari hamda ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar (tortqilar, atrofni o‘rovchi devorlar, yuk ko‘tarish moslamalari, chaqmoqdan himoya qilish tizimlari, erga ulash qurilmalari, signal-yoritish tizimlari, qo‘riqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari) ko‘chmas mulk sifatida qaraladi;
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish huquqi beriladi;
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga uning rezidentlari tomonidan har oy o‘tkaziladigan ajratmalar miqdori, ular tomonidan eksport qilingan axborot texnologiyalari xizmatlarining bir yillik hajmi 10 million AQSh dollaridan oshganda 25 foizga, 20 million AQSh dollaridan oshganda 50 foizga pasaytiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq, savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda:
ko‘chma savdo obyektlari uchun joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion savdosi asosida sotilishi;
barcha tadbirkorlik subyektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. 2022-yil 1-iyuldan boshlab mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq tumanlar va shaharlarda turizm obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini hududlarning master-rejalari asosida ishlab chiqilgan loyiha takliflari hamda zarur infratuzilma bilan ta’minlangan holda elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish tartibi joriy etilsin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni Qurilish vazirligiga kiritadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) Qurilish vazirligi (D. Adilov) bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblarni Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Qurilish vazirligi (D. Adilov) tegishli loyiha institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2022-yil 1-iyulga qadar hududlarning master-rejalari va loyiha takliflari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
Kadastr agentligi (F. Umarov) Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyuldan boshlab loyiha takliflari va infratuzilmaga ega bo‘lgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.
6. Mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish va yer uchastkalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash ishlarini moliyalashtirish uchun:
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan 200 milliard so‘m miqdorida budjet ssudasini ajratsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlarining 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larini jalb qilsin;
mahalliy hokimliklar budjet ssudasining elektron onlayn-auksion savdosi orqali sotilgan yer uchastkalaridan tushgan mablag‘lar hisobidan ikki yil davomida to‘liq qaytarilishini ta’minlasin.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov) va boshqa oliy ta’lim tashkilotiga ega vazirlik va idoralarga oliy ta’lim va tibbiyot muassasalarining bino va yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularni xususiy sektorga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ajratish borasidagi amalga oshirilgan ishlari qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Qurilish vazirligi (B. Zokirov) ikki hafta muddatda Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy soha muassasalarining yer maydonlari, bino va inshootlaridan samarali foydalanish darajasini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tuzilishini ta’minlasin.
Komissiyaga ikki oy muddatda:
oliy ta’lim va tibbiyot muassasalarining yer maydonlari, bino va inshootlaridan samarali foydalanish darajasini to‘liq o‘rganish;
o‘rganish natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar hamda ular hududidagi bo‘sh yer maydonlarini aniqlash vazifasi yuklatilsin.
Qurilish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
o‘rganish asosida aniqlangan samarasiz foydalanilayotgan yoki bo‘sh turgan yirik ijtimoiy soha obyektlarining master-rejalarini uch oy muddatda ishlab chiqsin;
master-rejalarga muvofiq, samarasiz foydalanilayotgan yoki bo‘sh turgan binolar va yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yangi turdagi ta’lim va tibbiyot xizmatlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) va tijorat banklari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan infratuzilma bilan ta’minlangan yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion savdosiga chiqarish, ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlari va yerto‘lalarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqish va ularni moliyalashtirishga ko‘maklashish orqali:
2022-yil 1-sentabrga qadar 3-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarning markaziy ko‘chalarini savdo, ko‘ngilochar, gastronomik, turizm va san’at yo‘nalishlariga ixtisoslashgan maxsus savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantirish;
2022-2023-yillar davomida 4-ilovaga muvofiq “Yangi O‘zbekiston” massivlarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish;
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan mahallalararo ko‘chalarni belgilasin va ularni 2022-2023-yillarda savdo-xizmat ko‘chalariga aylantirish choralarini ko‘rsin;
b) bir oy muddatda zarur infratuzilma bilan ta’minlangan yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdosiga chiqarish orqali 2022-2023-yillar davomida:
5-ilovaga muvofiq yirik tuman va shaharlarda savdo komplekslari hamda hududiy savdo-logistika markazlari barpo etilishi;
6-ilovaga muvofiq xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etilishini ta’minlasin;
v) bir oy muddatda nodavlat umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish sharti bilan 7-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilishini ta’minlasin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) Kadastr agentligi (F. Umarov) bilan birgalikda mazkur qarorning 4 — 7-ilovalariga muvofiq xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun auksionlarga chiqariladigan yer maydonlarini doimiy ravishda ko‘paytirib borish choralarini ko‘rsin.
9. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (S. Xolxo‘jayev, A. Kamalov, D. Sultanov) Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) bilan birgalikda 2022-yil dasturi doirasida ajratilayotgan mablag‘larning 500 milliard so‘mi 8-ilovaga muvofiq taqsimot bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga, birinchi navbatda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan oilaviy mehmon uylari (50 mln so‘mgacha), xostellar (1 mlrd so‘mgacha), o‘tov lagerlari majmuasi (300 mln so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrd so‘mgacha), ekouylar majmuasi (300 mln so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60 mln so‘mgacha) tashkil etish va ularni ta’mirlash loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
10. Tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-son qaroriga muvofiq jalb etilgan resurs mablag‘larining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun 14 foiz stavkada bitta loyiha bo‘yicha 2 milliard so‘mgacha miqdorda kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
11. “O‘zmilliybank” AJning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq “O‘zmilliybank” AJ tomonidan xorijiy banklardan jalb qilingan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni barcha shaharlar va tumanlar markazlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish, shu jumladan 29 ta shahar va 6 ta yirik tumanlarda turizm, transport, tibbiyot, ta’lim obyektlari va yirik savdo komplekslarini tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun quyidagi shartlar asosida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan 9-ilovaga muvofiq taqsimot bo‘yicha tijorat banklariga xorijiy valyutada kelishilgan stavkada 5 yil muddatga moliyaviy resurs ajratish;
tijorat banklari tomonidan xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish hollari bundan mustasno) uchun 5 yilgacha muddatga kreditlar ajratish.
12. Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mezonlar asosida tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqilgan xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Bunda, mazkur qarorning 11 va 11.1 — 11.13-ilovalarida nazarda tutilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar, har bir tuman va shaharda xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari inobatga olinsin.
Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) bir oy muddatda Toshkent shahrining Markaziy Osiyoda eng katta megapolis va biznes markaz sifatida mavqeyini kuchaytirish, tarixiy va madaniy jihatlarini zamonaviy rivojlanish tendensiyalari bilan uyg‘unlashtirish orqali xorijiy va mahalliy turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish maqsadida xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. 2022-yil 1-fevraldan boshlab Oliy Majlis Senati tomonidan har oy Vazirlar Mahkamasi, vazirlik, idoralar va hokimliklar tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tanqidiy o‘rganish va ularning faoliyatiga baho berish amaliyoti joriy etilsin.
15. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 12 shtat birligidan iborat Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hududlarning master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ixtisoslashuvini aniqlash, ular asosida tuman va shaharlarda xizmatlarni rivojlantirishning konsepsiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish;
hududlarning master-rejalari asosida infratuzilma va xizmat ko‘rsatish loyihalari va dasturlarini shakllantirish;
“O‘zmilliybank” AJ huzuridagi Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markaz bilan hamkorlikda hududlarda xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish;
hududlarda xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga 12-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I.I. Norqulov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Voitov, turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari U.A. Azamov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “300” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “(1-transh)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ning 2-pozitsiyasida:
“Tadbirlar nomlanishi” ustunidagi “300” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddati” ustunidan “(1-transh) 2021-yil yakuniga qadar (2-transh)” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 78 | 21,930 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 2-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 3052, 2018-yil 11-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 28-sentabrdagi 840/01-12-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 11-iyuldagi 215-son “Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3052, 2018-yil 11-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 1,863 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-iyulda birinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini ko‘rib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 1351 va 1352-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 14-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 1,142 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MATBUOTINI QO‘LLAB- QUVVATLOVChI JAMG‘ARMA FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 25-avgustdagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, ta’sis konferensiyasi Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi respublika jamg‘armasining yuqori organi hisoblanadi, u Jamg‘armaning Ustavini tasdiqlaydi, uning boshqaruvini va taftish komissiyasini saylaydi, apparat tuzilmasini va xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilaydi.
Boshqaruv apparati tuzilmasi va uning xodimlari soni 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, boshqaruv apparati jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
2. Bosh muharrirlar Kengashining:
respublika gazeta va jurnallarini chiqarishning har yilgi dasturlarini ta’minlash uchun Jamg‘arma hisob raqamlarida to‘planadigan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga muvofiq;
ommaviy axborot vositalarining ta’sischilari to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom haqidagi taklifi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
3. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmui (o‘rtoq Qoraboyev) 15 kun muddatda Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi respublika jamg‘armasining ta’sis konferensiyasini o‘tkazsin. Tashkiliy qo‘mita tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Jamg‘arma ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Jamg‘arma asosiy faoliyati bo‘yicha soliqlardan, bojxona bojidan va davlat budjetiga o‘tkaziladigan boshqa yig‘imlapdan ozod qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘apmani belgilangan tartibda ro‘yxatga olsin.
6. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armani joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.
7. “O‘zshartnomasavdo” respublikaning ixtisoslashtirilgan savdo-ta’minot tashkilotlari 1993-yilning IV choragida Jamg‘arma talabnomalari bo‘yicha asbob-anjomlar, mebellar va boshqa texnika vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
8. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi Jamg‘arma boshqaruvini shartnoma asosida xizmat avtotransporti bilan, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa shahar va hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlari, korxonalari, xo‘jaliklari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma faoliyatiga moliyaviy va moddiy-texnikaviy yordam ko‘rsatsinlar.
10. “O‘zsanoatkurilishbank” vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining homiylik badallarini o‘tkazish uchun Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘apmaning maxsus hisob raqamini ochsin.
11. Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboyev) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Jamg‘arma hisobiga 1 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazsin, shu jumladan 1993-yilning ΙV choragi boshigacha muharririyatlarga mablag‘lar ajratishni ta’minlasin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 1993-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida nashr qilinadigan gazeta va jurnallarni chiqarish bilan bog‘liq masalalarni hal etsin.
13. Toshkent shahar, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari o‘zlarining tasarrufida bo‘lgan gazeta va jurnallarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasinlar.
14. Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma Davlat matbuot qo‘mitasi, Jurnalistlar uyushmasi, bosh-muharrirlar Kengashi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1994-yilda va undan keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida nashr etiladigan gazeta va jurnallar tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi (o‘rtoq Sharipov), Davlat matbuot qo‘mitasi (o‘rtoq R. Shog‘ylomov), “Sharq” nashriyot-matbaa konserni (o‘rtoq I. Shog‘ylomov) davlat budjetida hamda Jamg‘arma budjetida bo‘lgan gazeta va jurnallarning tahririyatlarni shartnoma asosida qog‘oz va boshqa matbaachilik materiallari bilan ta’minlasinlar.
16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (o‘rtoq Mullajonov)ga Rossiyadan (Rossiya Federatsiyasi tomonidan ajratilgan texnik kreditlar hisobiga), shuningdek boshqa davlatlardan qog‘ozlar va boshqa matbaachilik materiallari sotib olish uchun mablag‘lar o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal etish tavsiya qilinsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, “Uzavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi, Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma boshqaruvi, Davlat matbuot qo‘mitasi va bosh muharrirlar Kengashi bilan birgalikda 15 kun mobaynida 1993-yilda gazeta va jurnallarni tarqatish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga doir tadbirlarni ishlab chiqsin.
18.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning, gazeta va jurnallarning ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyati, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hamda boshqa badallari, shuningdek matbuotni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar hisobiga shakllanadi.
2. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lap Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishbank”i bo‘limlaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.
3. Bosh muharrirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda respublika gazeta va jurnallari ta’sischilari hamda tahririyatlarining gazeta va jurnallarni nashr etish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tarkibini takomillashtirish va hajmlari bo‘yicha takliflarni har yili ko‘rib chiqadi. Qabul qilingan qaror ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab- quvvatlovchi jamg‘arma boshqaruviga kiritiladi.
4. Jamg‘arma boshqaruvi kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqadi va Jamg‘arma hisob raqamlaridagi mablag‘larni hisobga olgan holda kalendar yilda gazeta va jurnallarni chiqarish hamda Jamg‘arma mablag‘lapini ushbu maqsadlar uchun taqsimlash dasturi to‘g‘risida boshqaruv qarorini qabul qiladi.
Gazeta va jurnallarning tahririyatlari ajratilgan mablag‘larni Jamg‘arma boshqaruvi qaroriga muvofiq o‘zining ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlashga yo‘naltiradi.
5. Zarur hollarda Jamg‘arma boshqaruvi chop etiladigan davriy nashrlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat subsidiyalari ajratish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma mablag‘lari boshqaruv va bosh muharrirlar Kengashi qaroriga muvofiq, faqat belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatiladi. Mablag‘lardan foydalanishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilib borishni ta’sis yig‘ilishida saylanadigan Jamg‘arma taftish komissiyasi amalga oshiradi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom bilan O‘zbekiston Respublikasi axborot vositalari ta’sischilarining huquq va burchlari, tahririyatlar, noshirlar hamda davlat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlari belgilanadi.
1. “O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” Qonunning 5-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Kengashlari va boshqa davlat organlari, ro‘yxatga olingan partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar, qonunga muvofiq tashkil etilgan kooperativ, diniy, fuqarolarning boshqa birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish huquqiga egadir.
2. Ommaviy axborot vositalarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha xatti-harakatlar, ularning huquqlari, vazifalari va maqsadlari, davlat va jamoat oldidagi mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda boshqarib boriladi.
3. Ta’sischi, nashr qiluvchi va tahririyat o‘rtasidagi o‘zaro moddiy hamda moliyaviy munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqarib boriladi.
4. Ommaviy axborot vositalarining bir necha ta’sischisi bo‘lgan taqdirda ularning o‘zaro munosabatlari ular va nashrning tahrir hay’ati o‘rtasidagi maxsus shartnoma bilan boshqarib boriladi.
5. Ta’sischi:
tahrir hay’ati bilan kelishgan holda tahririyat ustavini tasdiqlash, shuningdek unga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqiga egadir;
ommaviy axborot vositalarining dasturini (asosiy qoidalarini) tasdiqlaydi;
shtat jadvalini, bosh muharrirni va tahrir hay’ati tartibini tasdiqlaydi;
nashrni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning muayyan qismini o‘z zimmasiga oladi;
tahririyatda olib boriladigan moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlar bilan tanishish huquqiga ega;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ommaviy axborot vositasini nashr etishni belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
6. Ta’sischining burchlari quyidagilardan iborat:
tuzilgan shartnomaga to‘liq rioya qilish;
obuna ishlari boshlanishidan oldin tahririyat faoliyatini iqtisodiy ta’minlashni kafolatlash;
tahririyatni moddiy-texnikaviy ta’minlashni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, jamiyatdagi axloqiy xulq-atvor me’yorlarini hisobga olgan holda hamda shartnoma asosida to‘g‘ri, haqqoniy va xolisona axborotlarning chop etilishini ta’minlash;
tahririyatning boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik, boshqa davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga zarar yetkazmaslik;
ommaviy axborot vositalarining o‘z vaqtida va sifatli nashr etilishini ta’minlash. | 122 | 9,690 |
Qonunchilik | Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qarori (ro‘yxat raqami 2836, 2016-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 44-son, 516-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 13-banddagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 14-bandning birinchi xatboshisi va 15-banddagi “Mehnat vazirligining” degan so‘z “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oydan, dafn etishga esa shaxs vafot etgan kundan 60 kundan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim.”.
4. 48 — 50-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. 51-banddagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 52-banddagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. | 250 | 2,070 |
Qonunchilik | TOShKENT DAVLAT-AKSIONERLIK QURILISh KORPORATSIYASI “TOShKENT QURILISh”NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI | “Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmonga va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida qurilish korxonalari va tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi:
tugatilgan “Toshkentboshqurilish” boshqarmasining majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
muassislar tomonidan o‘ziga berilgan huquqlar doirasida moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil hal etadi, korporatsiya Kengashi qaroriga muvofiq markazlashtirilgan sug‘urta, zaxira va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi;
mehnat jamoalarining manfaatlarini hisobga olgan holda korporatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korxonalariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
2. “Toshkentqurilish” korporatsiyasi tarkibiga 1-ilovaga* muvofiq o‘z xo‘jalik mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoluvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Toshkentqurilish” korporatsiyasi 1993-yil davomida korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korxonalariga aylantirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni 2-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar.
4. Birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlar:
ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — davlatga tegishli aksiyalar ulushi 51 foiz miqdorida belgilansin, qolgan qismi mehnat jamoalari a’zolariga imtiyozli sotib olish huquqi berilgan holda ochiq sotish yo‘li bilan tarqatilsin;
yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilayotganda — aksiyalarining 55 foizi davlat mulki qilib biriktirilsin, 25 foizi mehnat jamoalari a’zolari, qolgan qismi esa korporatsiya korxonalari va tashkilotlari o‘rtasida tarqatilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent qurilishi korporatsiyasining ustav fondi korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan hosil bo‘lgan aksionerlik jamiyatlarining davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarining 60 foizi, shuningdek boshqa manfaatdor yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning paylari hisobiga shakllanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi korporatsiyaga:
davlatga tegishli aksiyalarning hissalariga muvofiq aksionerlik jamiyatlarining faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini bersin;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini korporatsiyaning rivojlanishi uchun shartnoma asosida unga berishni amalda qo‘llasin.
7. Korporatsiyani boshqarishning yuqori organi uning Kengashi hisoblanadi, u Boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi, korporatsiya xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari va tizimini belgilaydi. Korporatsiya apparati tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni 48 nafardan iborat qilib belgilangan holda (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Korporatsiyaga raisning 3 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishi tavsiya etilsin. Korporatsiya Boshqaruvi raisiga va uning o‘rinbosarlariga vazirliklar va idoralarning tegishli xodimlariga belgilangan moddiy-maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari joriy etilsin.
8. “Toshkentqurilish” korporatsiyasi bir oy muddatda korporatsiyaning Ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi ilgari “Toshkentboshqurilish” boshqarmasi uchun o‘rnatilgan aloqa turlarini va telefonlarni korporatsiyaga saqlab qolsin.
10. Korporatsiya Toshkent shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi 16-uyda joylashishi belgilab qo‘yilsin.
11. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning Toshkent shahridagi qurilishlar bo‘yicha Bosh boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1989-yil 16-noyabrdagi 374-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. | 117 | 4,642 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari, Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomla | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni, “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son, “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov o‘n kun muddatda Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vazirining funksional vazifalari, Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 427-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vazirining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;
vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zolari so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
biriktirilgan vazirlik va idoralarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish, shu orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, ularni shu jumladan, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
turizm, madaniyat va moddiy madaniy meros obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish tizimlarini joriy etish, obyektlarga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb etish vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatida (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat), Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasida (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya), shuningdek, ularga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) hamda videokonferensiya aloqa shaklidagi majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etish.
7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) turizmni jadal rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish;
Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash:
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta’minlash;
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;
turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlash;
respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imijini mustahkamlash;
turizm tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan, respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini ta’minlash;
turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini targ‘ib qilish;
maxsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta ko‘rib chiqish, a’zolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan, kengashning shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni kengash tarkibiga jalb etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi ish o‘rinlarini va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromad manbalarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga muvofiq Bo‘stonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turistik, mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash kabi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga muvofiq respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash yuzasidan belgilangan dasturning o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq turizm sohasini jadal sur’atlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng uni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida” 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga muvofiq turizm va transport soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasiga yoshlarni keng jalb etish va ularning loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
b) madaniyat va san’atni rivojlantirish sohasida:
madaniyat va san’at muassasalari faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorida nazarda tutilgan O‘zbekiston xalqining milliy madaniy va ma’naviy merosini asrash va ko‘paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, istirohat va dam olish bog‘lari, hayvonot bog‘lari faoliyati samaradorligini oshirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash, o‘sib kelayotgan avlodni musiqiy-estetik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va milliy, mumtoz va zamonaviy san’atni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
teatrlarni ommalashtirish orqali xalqning madaniy saviyasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jahon va milliy teatr rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlari shakllantirilishiga, zamonaviy qahramon obrazini yaratishga ko‘maklashish, dramaturglar, rejissorlar va aktyorlar tayyorlashni takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari ta’minlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda opera va balet san’atini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet san’atini keng targ‘ib etish, uning jahon san’at olamida tutgan o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga muvofiq aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
v) kino san’ati va sanoatini yanada rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoniga muvofiq milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish choralari ko‘rilishini ta’minlash;
kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishin ta’minlash:
kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;
kino sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;
kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va texnik xodimlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;
milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rag‘batlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;
sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish;
jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda kino san’atining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino san’atini yanada takomillashtirish;
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kinematografiya sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;
milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;
mahalliy va xorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;
milliy filmlarni xorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;
milliy kino san’ati asarlarining xalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini ta’minlash hamda mahalliy va xalqaro kino tadbirlarni tashkil etish;
O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yo‘nalishi kino san’ati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5151-son qaroriga muvofiq milliy kino san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, ushbu san’at turi orqali mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko‘lamini va madaniy aloqalarni kengaytirish hamda ko‘p yillar davomida o‘tkazilib kelingan jahonga mashhur Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash bo‘yicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
g) ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish sohasida:
aholining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni ehtiyotlab saqlashga yo‘naltirilgan teleradio dasturlarning professional va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
ommaviy axborot vositalarida axborot va boshqa materiallarni berish shakllari va usullarini muntazam takomillashtirish orqali demokratik islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, har xil axborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangicha fikrlaydigan jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalari faoliyatidan aholining xabardor bo‘lishi uchun ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari to‘g‘risida keng jamoatchilikka o‘z vaqtida, xolisona va to‘liq axborot berish;
noshirlik, matbaa va kutubxona faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kitob nashrlari sifatini oshirish, ularning aholi, eng avvalo, yoshlarning ma’naviy va badiiy-estetik ehtiyojlariga muvofiqligini oshirish, milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini nashr etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
axborot-kutubxona markazlari tarmog‘ini kengaytirish, axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob o‘qish madaniyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jurnalist kadrlarning kasb mahoratini oshirish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish;
d) moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonuni Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazishning oldini olish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish;
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini qayta shakllantirish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash;
“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarini tegishli darajada muhofaza qilish, konservatsiya qilish va asrab-avaylash, obyektda arxeologik qidiruv ishlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish ishlarini nazorat qilish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar holati bo‘yicha umumiy monitoring olib borilishini ta’minlash;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarni boshqarish rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish;
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini samarali muhofaza qilish maqsadida ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish maqsadida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar hududlarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini umumbashariy bemisl qimmatiga salbiy ta’sir etmagan holda amalga oshirilishining nazoratini ta’minlash;
moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ularni to‘liq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosini asrab-avaylashni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini samarali qo‘llash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga muvofiq madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
e) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlash.
8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida ko‘rib chiqish uchun i rejalashtirilgan tegishli masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Kotibiyat va Inspeksiya rahbarlari hamda mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Kotibiyat va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi;
Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aniq sohalar va yo‘nalishlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni Bosh vazir bilan kelishgan holda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalariga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi;
tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosari, shu’ba mudiri va mutaxassislarini, shuningdek, Inspeksiya boshlig‘i, shu’ba mudiri va mutaxassislarini lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Kotibiyat mudiri, uning o‘rinbosari, shu’ba mudiri va mutaxassislarini, shuningdek, Inspeksiya boshlig‘i, shu’ba mudiri va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Kotibiyat va Inspeksiyada hamda ularga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
9. Bosh vazir o‘rinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, xo‘jalik birlashmalari majlislarida, shuningdek, Bosh vazir topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazir o‘rinbosari:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
o‘zi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zolari so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
12. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat va Inspeksiyaning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat va Inspeksiyaning ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi.
1. Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyatning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini turizm, madaniyat, kinematografiya va ommaviy axborot masalalari tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziriga (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq, biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;
vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zolari so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, turizm, madaniyat, kinematografiya va ommaviy axborot sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
joylarda “xalq bilan muloqot”, “mahallabay” ishlash tizimi asosida ishlarni tashkil etish va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm, madaniyat, kinematografiya va axborot sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) turizmni jadal rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ‘ib qilish choralarini ko‘rish;
Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash:
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta’minlash;
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;
turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlash;
respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imijini mustahkamlash;
turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan, respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini ta’minlash;
turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini targ‘ib qilish;
maxsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta ko‘rib chiqish, a’zolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan, kengashning shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni kengash tarkibiga jalb etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi ish o‘rinlarni va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromad manbalarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash choralarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga muvofiq Bo‘stonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turistik, mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash kabi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga muvofiq respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash yuzasidan belgilangan dasturning o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida” 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga muvofiq turizm va transport sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasiga yoshlarni keng jalb etish va ularning loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezi | 250 | 63,578 |
Qonunchilik | Hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmalari va boʻlimlarining vazifalari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi 82-son Qarori bilan viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi.
Xususan, belgilanishicha, yigʻma boshqarma - viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari boshqaruv apparatlarining tarkibiy boʻlinmasi, boʻlim esa tumanlar va shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlarining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Yigʻma boshqarma va boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qilish;
tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat potensialini, muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va ularning amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;
qishloq хoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni chuqur tahlil qilish va ishlab chiqish;
mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini tahlil qilish.
Yigʻma boshqarma va boʻlimlar bevosita hokimga boʻysunadi. Yigʻma boshqarmaning boʻlim boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, bosh va yetakchi mutaхassislar hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi. Yigʻma boshqarmaga boshliq rahbarlik qiladi, u hokim tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Yigʻma boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini oʻrinbosar bajaradi, u ayni paytda yigʻma boʻlim boshligʻi hisoblanadi.
Tasdiqlangan nizomlarda hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarma va boʻlimlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek boshqarma boshligʻining oʻrinbosari; boʻlim boshligʻi; boʻlim boshligʻining oʻrinbosari; bosh va yetakchi mutaхassis lavozimiga tayinlash uchun ma’lumoti va ish stajiga doir talablar belgilandi.
Yigʻma boshqarma хodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar, shuningdek uzoq muddat ishlaganligi uchun toʻlovlar hokimning qaroriga muvofiq toʻlanadi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 88 | 2,428 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tiz | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaga kiritilayotgan qo‘shimcha rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga quyidagi mazmundagi 91-band qo‘shilsin:
“91. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy tashuvchilarning davlatlarida bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilariga beriladigan muddatlarga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilarning bo‘lish muddatlariga hamda respublika hududida uzoq muddat bo‘lish uchun ruxsatnoma faqat asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etilishiga nisbatan choralarni ko‘rish huquqiga ega”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Transport-ekspeditorlik korxonalari to‘g‘risidagi nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish tartibida:
a) 12-banddagi “sertifikatsiyalash,” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) VI-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Belgilab qo‘yilsinki, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin, qat’iy belgilangan tartibda beriladi”;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli xulosalari olingandan keyin qat’iy belgilangan tartibda beriladi”;
v) 3-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek harbiy tarkiblarni tranzit tarzida o‘tkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Havo transportida tranzitni amalga oshirishda “O‘zaviatsiya” agentligi va Mudofaa vazirligining xulosalarini olish zarur.
Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tranzit yukning xarakteriga ko‘ra boshqa davlat organlarining xulosalarini talab qilish, shuningdek, tranzit yuk yoki harbiy tarkibga, tashuv shartlariga taalluqli qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni arizachidan so‘rashi mumkin”;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq, tranzitni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida asosli xulosalar chiqarish uchun jo‘natadi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga taqdim etilishi kerak.
Belgilangan talablarga muvofiq, xavfli yuklar tranzitini amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida vakolatli organlarning asosli xulosalarini olganidan keyin Transport vazirligi o‘sha kunning o‘zida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi”;
13-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-bandning o‘n birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-bandda:
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari “Transport vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini” so‘zlari “Transport vazirligini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” so‘zlari “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zaviatsiya” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar”;
32-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” so‘zlari “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilansinki:
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi”;
b) 9-ilovaning II-bo‘limi 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
a) 1-ilovada:
5-banddagi “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalish taksilari harakati:
a) shahar yo‘nalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan;
b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari tomonidan;
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tuziladigan jadvallar bo‘yicha tashkil etiladi.
9. Yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan yo‘nalish sxemalarini Toshkent shahar IIBB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda;
b) shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari Toshkent shahri IIBB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yo‘nalishlar sxemalarini kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
87-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
88-banddagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Talablar avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
2. Mazkur Talablar:
yangi avtobus yo‘nalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari;
vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘z transporti bilan avtobusda tashishlarni amalga oshiruvchi yoki o‘z tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar;
O‘zbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan o‘tish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashni ta’minlovchi vazirliklar, idoralar;
yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini o‘rnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yo‘l, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar;
tashuvchilar va yo‘l tashkilotlarini, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay o‘zgarishlari to‘g‘risida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yo‘l harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati;
haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;
boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari) uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.
Mazkur Talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yo‘lovchilar tashishga tatbiq etilmaydi”;
5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining (uning hududiy boshqarmalarining)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Yo‘nalish hujjatlari:
viloyat (shahar) hokimligida;
yo‘nalish hududi orqali o‘tadigan viloyatlar YHXDX organlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida) tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nusxalarda tuziladi.
Muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari yo‘nalish hududlari orqali o‘tadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nusxalarda tuziladi”;
61-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
65-banddagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga (uning hududiy boshqarmasiga), O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
72-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
75-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi (uning hududiy boshqarmalari)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘i” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
a) 46-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) quyidagi mazmundagi 461-pozitsiya qo‘shilsin:
v) 97-pozitsiya chiqarib tashlansin;
g) “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi 972, 973 va 974-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi”;
d) 119-pozitsiya chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini, shuningdek, yo‘l inshootlarini (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha (shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida) bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibini belgilaydi”;
b) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning beshinchi xatboshidagi va 11-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-bandning yettinchi xatboshidagi, 14 va 19-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovadagi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zyo‘linspeksiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 4-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi yoki “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zyo‘linspeksiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 5-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
14. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 45-son, 482-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Davavianazorat” inspeksiyasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5, 6, 9, 11 va 13-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” so‘zlari tegishli kelishikda “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarining 54-bandi “g” kichik bandidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning “v” kichik bandiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Yo‘nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni bo‘yamasdan, o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi”;
b) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) almashtirilishi mumkin”;
v) 7-bandning uchinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Chek berish yoki yo‘lovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud bo‘lganda nazorat-kassa apparati talab etilmaydi. To‘lov terminallari terminallar funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) almashtirilishi mumkin”;
g) quyidagi mazmundagi 71-band qo‘shilsin:
“71. Yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan avtotransport vositalari yo‘nalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yo‘nalishida harakatlanishi hamda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to‘xtashi mumkin”;
d) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu Nizomning:
yuridik shaxslarga ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan yagona belgilar bilan jihozlangan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi;
yuridik shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishlarni amalga oshiradigan litsenziatlar uchun belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi qismida nazoratni amalga oshiradi”;
e) 15-banddagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida” 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 51-son, 546-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘zbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin”;
b) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarida:
a) 22-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlariga;”;
b) 235-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“235. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishining davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, davlat boshqa organlari qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 192-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 28-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
22. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y. 12-son, 96-modda) 1-ilovaga kiritilayotgan qo‘shimcha rus tilidagi matnda berilgan.
26. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 82-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 5-ilovaning 2-bandi uchinchi xatboshidagi va 3-banddagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
28. Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va xavfning yuqori manbai bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy psixiatriya moneliklari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 21-yanvardagi 15-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 7-modda) 1-ilovaga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
29. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus xizmatining yetakchi muhandisi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining parvozlarni qidirish, avariyadan qutqarish nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis-inspektori;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi mutaxassislari;”.
30. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarning O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlariga) kirishi hamda u erda bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
31. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarida:
a) 6-banddagi “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 34-bandidagi “(O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy boshqarmalari)” so‘zlari “(O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 48-son, 570-modda) kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
34. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-dekabrdagi 346-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 51-son, 608-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
36. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 24-modda) kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
37. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) 2-ilovaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
38. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 82-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 66-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“66. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish:
havo transporti sohasida — havo qatnoviga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirishda va havo kemalari ekspluatantlari, aviatsiya korxonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalari qatnovlari xavfsizligini ta’minlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan;
temir yo‘l transporti sohasida — o‘z faoliyatini temir yo‘l transporti sohasida amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlarning korxonalari obyektlarini belgilangan tartibda tekshirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida tashish xavfsizligi ta’minlanishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan;
shahar yo‘lovchilar, avtomobil transporti sohasida — tashuvchilar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishda, avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotni tashuvchilardan so‘rashda va olishda hamda jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”.
39. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 1-martdagi 58-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 14-modda) kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
41. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatida:
a) “Vazirliklar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 17-band qo‘shilsin:
“17. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) “Agentliklar” bo‘limining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
43. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatida:
a) quyidagi mazmundagi 284-band qo‘shilsin:
“284. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) 40-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 45 va 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“45. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
46. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi”;
g) 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“55. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi”.
44. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-oktabrdagi 349-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
45. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda ):
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda — har yili faoliyat ko‘rsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yo‘nalishlarida yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat bo‘lganda, ta’mirlash ishlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar”;
oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 301-modda) bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalining 68-pozitsiyasi “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” ustunidagi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatida:
a) “2. Vazirliklar” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 21-band qo‘shilsin:
“21. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) “4. Agentliklar” bo‘limida 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi”;
v) “7. Inspeksiyalar” bo‘limida:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi”;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi”;
7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
49. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 307-modda) 2-ilovaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
50. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 2-bandning yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining maxsus hisob raqamiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi g‘aznachilik hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovadagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 58-modda) bilan tasdiqlagan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi 12-kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:”.
52. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yo‘l mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-martdagi 211-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 61-modda) 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
54. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatida:
a) quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin:
“31.O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
55. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda):
a) 1-ilovaning 10-bandi beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 5-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 3-bandidagi, 4-bandi birinchi xatboshidagi, 29-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil transport agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 9-iyundagi 434-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 144-modda):
a) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi va “a” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zavtotrans” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “O‘zavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi to‘g‘risida” 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda) 9-ilovaning II-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovaning 9-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 2-bandi. | 250 | 45,529 |
Qonunchilik | Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 33-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining (bundan buyon matnda kuzatuvchi deb yuritiladi) huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini hamda ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
1. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida kuzatuvchi qatnashish huquqiga ega.
2. Kuzatuvning maqsadi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.
3. Saylov komissiyalari kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro‘yxatga olgandan keyin unga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
4. Siyosiy partiya a’zosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan har qanday O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo‘lishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosari, maslahatchisi, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo‘lishi mumkin.
5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzod ro‘yxatga olingan kundan boshlab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga kuzatuvchilarning ro‘yxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. o‘lchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.
6. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga saylovga kamida o‘n kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin.
7. Tegishli saylov komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi.
8. Mandat namunasi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1065-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlar bilan belgilanadi.
Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan farqlash uchun alohida belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
9. Siyosiy partiya tashkiloti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli saylov komissiyasidan mandatlarni olgandan so‘ng ularni kuzatuvchilarga yetkazilishini ta’minlaydi.
10. Quyidagi hollarda kuzatuvchiga mandat berish rad etilishi mumkin:
kuzatuvchiga nomzod 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa;
saylovga o‘n kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
tegishli saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyadan nomzod ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa (siyosiy partiyaning kuzatuvchilari uchun);
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi bo‘lmasa (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining kuzatuvchilari uchun);
mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa.
11. Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek ovoz berish kuni mandatni taqib yurishi shart.
12. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.
Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, kuzatuvchilar mandatining amal qilishi tegishli muddatga uzaytiriladi.
13. Kuzatuvchi:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida xabardor bo‘lish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonini kuzatish;
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish;
saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
kuzatuv natijalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
tegishincha okrug, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;
harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish;
agar saylov uchastkasida saylov qonunchiligi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;
saylov to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari haqida, shuningdek saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega.
Kuzatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
14. Kuzatuvchi:
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov kodeksiga, Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga amal qilishi;
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarga tashrif buyurganida unga berilgan mandatni hamda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi hamda mansabdor shaxslar talabiga muvofiq ularni ko‘rsatishi;
o‘z xulosalarini shaxsan o‘tkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslashi shart.
15. Kuzatuvchiga quyidagilar man etiladi:
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilari muhrlanayotgan, ochilayotgan, ovozlar sanab chiqilayotganda aralashish;
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish.
16. Kuzatuvchi O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga va ushbu Nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda, tegishincha okrug saylov komissiyasi, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
17. Kuzatuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Kuzatuvchi shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etishi mumkin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo‘riqnomalari to‘g‘risida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 8-bandi va 8-ilovasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining to‘qqizinchi xatboshisi va 8-ilovasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 752-son qarori. | 125 | 11,065 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarning ta’sirchanligini hamda maktablar rahbarlari va pedagogik jamoalarning mas’uliyatini yanada oshirish, umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 9-son, 231-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
1. Quyidagi mazmundagi 21-band qo‘shilsin:
“21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari ro‘yxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib borsin”.
2. Qarorga 1-ilova (Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish”;
b) 12-bandda:
“a” kichik bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog xodimlar soni umumta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib ketmasligini nazorat qiladi”;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘quv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha ushbu Nizomga 2, 2a, 2b-ilovalar bilan tasdiqlangan shakllar asosida tizimli ichki monitoring yuritadi”;
“b” kichik bandning birinchi xatboshidagi “o‘qituvchilar” so‘zi “pedagog, psixolog” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 15-bandning birinchi xatboshidagi “ota-onalar qo‘mitasi” so‘zlari “kuzatuv kengashi va o‘quvchilar ota-onalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 17-banddagi “mukofotlash” so‘zi “xodimlarni mukofotlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo‘shgan pedagog xodimlarga mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan ustamalar o‘rniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo‘lgan ustama haq to‘lanadi.
Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlar ro‘yxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baholash tadqiqotlari turkumiga kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga har yili 1-martga qadar taqdim etiladi.
100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida o‘tkaziladigan sinovlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining tashqi monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtacha 80 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchiga yangi o‘quv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama haq belgilanadi”;
e) quyidagi mazmundagi 251-band qo‘shilsin:
“251. Xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari tashqi monitoring tarzida o‘quv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “A’lo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.
Da’vogar o‘qituvchi dars mashg‘ulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart”;
j) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin”;
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Umumta’lim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor, direktorning o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari) va o‘z faoliyatini soatbay haq to‘lash asosida amalga oshiradigan o‘qituvchilariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan olimpiadalarida o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno”;
i) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan oltin, kumush va bronza medallariga qarab tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq to‘lanadi”;
k) quyidagi mazmundagi 301 va 302-bandlar qo‘shilsin:
“301. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:
o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;
o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;
o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.
302. Mazkur Nizomning 301-bandida nazarda tutilgan pul mukofotlarini tayinlash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining murojaatiga ko‘ra hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Bunda:
o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni ushbu Nizomning 301-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida belgilangan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari o‘z murojaatida mazkur Nizomning 301-bandida qayd etilgan ko‘rsatkichlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda tasdiqlangan holda tegishli hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari erishilgan ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini tekshirib ko‘radi hamda tasdiqlangan ma’lumotlar asosida maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarini mukofotlash bo‘yicha tegishli buyruq qabul qiladi va ushbu buyruq mukofotlarni to‘lash uchun asos hisoblanadi”;
l) 32 va 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
33. Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra yoki umumta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda hollarda, ya’ni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir jarohat olganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi”;
m) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1. Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
2. Umumta’lim muassasalaridagi kutubxona xodimlarining faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
3. Umumta’lim muassasalaridagi psixolog xodimlarning faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
n) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
o) Nizomga 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
l) Nizomga 2b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 242 | 12,096 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga “Malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib bori | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga “Malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,120 |
Qonunchilik | TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VA UNING UCHUN HISOB-KITOB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA | Kommunal xo‘jaligini isloh qilishni faollashtirish, aholi tomonidan gaz sarflanishini tartibga solish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, iste’molchilarning barcha toifalariga gaz sotish “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan topshiriq shartnomasiga ko‘ra “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari gaz sarfini hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan ulgurji iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzmasinlar.
2. Belgilansinki, olingan tabiiy gaz uchun “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalari bilan hisob-kitoblar:
ulgurji iste’molchilar tomonidan ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan amaldagi tarif bo‘yicha;
chakana iste’molchilar (aholi) tomonidan amaldagi chakana tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi tabiiy gaz berish va uzatishga tariflar hisob-kitobini kelishish uchun o‘n kun muddatda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi gaz taqsimlash stansiyalari bilan iste’molchilar oralig‘idagi gaz tarmoqlarini belgilangan tartibda 1-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlar balansiga bersin.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar va tashkilotlar balansiga berilayotgan gaz tarmoqlaridan “O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari”ga muvofiq ishonchli foydalanilishini ta’minlasinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari huzurida suv va gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan xizmatlar tashkil etsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
4-ilovada ko‘rsatilgan iste’molchilarning gaz yetkazib beruvchi oldidagi muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarini hisobga olish va to‘lash mexanizmini;
ulgurji iste’molchilar va aholi tomonidan gazning mavsumlar bo‘yicha bir maromda iste’mol qilinmasligi tufayli paydo bo‘ladigan qarzlarni tabaqalashtirilgan narxlar bo‘yicha qoplash mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasi gaz sotuvchi tashkilotlarining va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining ulgurji iste’molchilar bo‘yicha 1999-yil 1-sentabrdagi holatiga ko‘ra debitorlik va kreditorlik qarzlarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 1999-yil 1-noyabrgacha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘zneftgazinspeksiya”) to‘g‘risidagi Nizomni, bunda uning bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi nazarda tutilsin;
O‘zbekiston Respublikasi ulgurji iste’molchilari va aholiga gaz yetkazib berish qoidalarini tayyorlasinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz sarfi hisoblagichlari) mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gaz sarfi normalari to‘g‘risida” 1993-yil 25-maydagi 249-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirishlar kiritishga doir takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 99 | 4,384 |
Qonunchilik | Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 232-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) quyidagi mazmundagi 2321-modda bilan to‘ldirilsin:
Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazishni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 391-modda birinchi qismining 10-bandidagi “sud qarorini bajarmaslikka” degan so‘zlar “sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 345-moddaning ikkinchi qismidagi “233 — 236” raqamlari “2321 — 236” raqamlari bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-mo�dalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 16-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni, yo‘l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladi”;
2) 1982-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlarini, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlarini va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ta’minlamaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismidagi:
“101-moddasining birinchi (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida) va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “101” raqami bilan almashtirilsin;
“198” raqami “198-moddalarida, 1982-moddasining beshinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 2453-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 1981-moddasida va 1982-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir”;
5) 248-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari ushbu Kodeksning 101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “uch kunlik muddat ichida” degan so‘zlar “keyingi ish kunidan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda birinchi qismining 11-bandidagi “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar “qonunda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 81, 82 va 83-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno.
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:
turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi bo‘lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
chet davlatning rezidenti bo‘lgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud ularning o‘rinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlaridan olib qo‘yishga va uni o‘z ish yurituviga qabul qilishga haqli.
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati:
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi bo‘lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega bo‘lgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning o‘rinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qo‘yishga va uni o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga o‘tkazishga haqli.
Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini ta’minlash uchun topshiriladi:
yuridik shaxsdan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik shaxsga hisobvaraqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash to‘g‘risidagi yoki ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga;
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qog‘ozlarning miqdori va turi bo‘yicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash to‘g‘risidagi yoxud qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini ijro hujjatida ko‘rsatilgan shaxs nomiga hisobga qo‘yish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga);
ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga;
ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishi shart bo‘lgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga);
qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari to‘g‘risidagi yoxud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida o‘z zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga;
ma’muriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani to‘lashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma’lum bo‘lgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari o‘ziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.
Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni ta’minlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi.
Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
1) ushbu Qonunning 82-moddasida ko‘rsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaxs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan iste’molchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv ta’minotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha garov to‘g‘risidagi shartnoma;
4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarining (to‘lov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk xatlangan taqdirda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror va bayonnoma.
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi”;
4) 23-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart (bundan ushbu Qonunning 31-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo‘lsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak”;
5) 30-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak”;
6) 32-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 321-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart”;
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
8) 34-modda:
birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda”;
9) 35-modda:
birinchi qismining 6-bandi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4) undiruvchi iltimos qilganda”;
10) 40-moddaning birinchi qismi “undiruv” degan so‘zdan keyin “(talab)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
11) 42-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomototransport vositasini qidirish bo‘yicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga ko‘ra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi”;
12) 421-moddaning birinchi qismi “bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo bo‘yicha ijro ishini yuritish hollari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13) quyidagi mazmundagi 31-bob bilan to‘ldirilsin:
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablag‘lari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 432-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo‘llanilishi mumkin.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan ma’muriy jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan masofadan turib amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ushbu Qonunning 8 va 83-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.
Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 221-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi.
Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada ko‘rsatiladi.
Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 432-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo‘llaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yig‘imi undiriladi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qo‘llaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablag‘lari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.
Undiruv to‘liq amalga oshirilgan ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati to‘liq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz bo‘lgan taqdirda ijro hujjati va ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yig‘imi qo‘shimcha undirilmaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish;
2) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin emas”;
14) 44-modda “bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
15) 64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan” degan so‘zlar “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro ishi bo‘yicha” degan so‘zlar “mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi 712-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan O‘RQ-483-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish”;
yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘RQ-440-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 384-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish”;
yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 212 | 30,746 |
Qonunchilik | Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 14-bandiga o‘zgartirish kiritish xaqida | O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 14-bandi to‘rtinchi xatboshisidan “(militsiya)” degan so‘z chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 142 | 796 |
Qonunchilik | Chipta-hisob va yo‘l varaqasini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2003-yil 1-avgustdagi 108-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1282, 2003-yil 9-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 19-20-son) bilan tasdiqlangan Chipta-hisob va yo‘l varaqasini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaning 3-son ilovasidan “MO‘ (muhr mavjudligida)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 93 | 799 |
Qonunchilik | “Yaylovlar to‘g‘risida”gi QL-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari T. Eshnazarov, S. Djakbarov, Sh. Yakubov va I. Zokirov tomonidan 2018-yil 24-dekabrda kiritilgan “Yaylovlar to‘g‘risida”gi QL-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. “Yaylovlar to‘g‘risida”gi QL-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga muhokama qilish uchun joylashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 86 | 916 |
Qonunchilik | NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRUVChI RESPUBLIKA KENGAShINING TARKIBINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503 sonli “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qisman o‘zgartirilib:
1. 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-sonli Farmonning 1-bandi quyidagicha tahrirda bayon qilinsin: “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish etishni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi (shaxsan Davlat soliq qo‘mitasining raisi V.S. Beganov) zimmasiga yuklatilsin”.
2. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangi tarkibi tasdiqlansin*.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-sonli Farmonining ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 116 | 857 |
Qonunchilik | Notarial harakatlar uchun barcha toʻlovlar – faqat «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali | Adliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yigʻimi, shuningdek huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar boʻyicha kvitansiyalar faqatgina «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) orqali berilishi belgilandi.
Toʻlovni tasdiqlovchi an’anaviy hujjatlar (toʻlov topshiriqnomalari, kvitansiyalar) koʻchmas mulk, avtotransport, korхonalar bilan boʻladigan bitimlarda taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatidan chiqarib tashlandi.
Bunda notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan soʻng amalga oshiriladi. Toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Toʻlov stavkalaridagi soʻnggi oʻzgarishlar haqida– bu yerda.
Bundan tashqari, endilikda Tizimga notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar kiritiladi. Ularni reyestrda roʻyхatga olish boʻyicha majburiyat ham saqlab qolinadi va birgalikda olib boriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 103 | 1,583 |
Qonunchilik | Farmatsevtika mahsulotlari uchun хom ashyo importida QQS boʻyicha imtiyozlar 1 aprelgacha qayta koʻrib chiqiladi | 14.02.2018 yildagi qarori bilan Prezident dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun хom ashyoni import qilishda QQS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash meхanizmini soddalashtirishga doir topshiriq berdi.
Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda 1.04.2018 yilga qadar tasdiqlangan roʻyхat asosida imtiyozlarni qoʻllash tartibini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi.
Ma’lumot uchun. Coliq kodeksi 211-moddasining 6-bandiga muvofiq 2 ta roʻyхat boʻyicha ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan хom ashyo import qilinishida QQSdan ozod etilgan:
Buning oʻrniga respublikada ishlab chiqariladigan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan хom ashyo va substansiyalarga QQS boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilmasligi nazarda tutiladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi 2 hafta muddatda Moliya vazirligiga dori vositalari va tibbiy buyumlar tayyorlash uchun respublikada ishlab chiqariladigan хom ashyo va substansiyalar roʻyхatini taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, QQS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning shunga oʻхshash tartibi Prezidentning 23.01.2018 y. PQ–3489-son qarori bilan «in bulk» mahsulotining importida ham belgilangan.
Batafsil – bu yerda.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 112 | 1,459 |
Qonunchilik | Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini ijro etish yuzasidan va avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish O‘zbekiston Respublikasining, jumladan, bunday tashishlarni ruxsatnomalar asosida amalga oshirish shartlarini nazarda tutgan xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari har yili o‘zaroviylik shartlarida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini ayirboshlashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalar ayirboshlash, taqsimlash, berish va foydalanish kvotalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi:
milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi bo‘yicha avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlarini hamda O‘zbekistonning ruxsatnomalari blankalari shakllarini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyati milliy avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashuvchilar o‘rtasida keng yoritilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning 2-bandi qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘i D.T. Dehqonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
Avtomobilda yo‘lovchilarni muntazam xalqaro tashishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Avtomobil transportida xavfli, katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtotransport vositasi:
yo‘lovchilarni, bagajni xalqaro tashishda — yo‘lovchilarni, bagajni tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rindig‘i bilan hisoblaganda 9 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi (avtobus);
yuklarni xalqaro tashishda — yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi (yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobil);
milliy tashuvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasida yuk yoki yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
xorijiy tashuvchi — xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish — yuk yoki yo‘lovchilarni ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari bo‘ylab avtomobil transportida tashish, shuningdek, yuksiz avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi bo‘ylab o‘tishi;
avtomobilda ikki tomonlama yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish (ikki tomonlama yuk va yo‘lovchilar tashish) — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga yoki xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tashish hamda xorijiy davlat tashuvchisiga tegishli avtotransport vositasida va ushbu avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan ushbu xorijiy davlat hududiga tashish;
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tranzit tashish (tranzit tashish) — avtotransport vositasining yo‘lovchilar yoki yuk bilan (yoki ularsiz) jo‘nash va borish punktlari ushbu davlat hududida bo‘lmagan davlat hududi bo‘ylab o‘tishi;
uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish (uchinchi davlatga/dan tashish) — jo‘natuvchi mamlakatda yuklangan va qabul qiluvchi mamlakatda tushirilgan, jo‘natish yoki qabul qilish mamlakati hisoblanmaydigan mamlakatda ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarida amalga oshiriladigan yuklarni tashish;
avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashish — oldindan kelishilgan yo‘nalish, jadval, tariflar, tashuvchi tomonidan yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish amalga oshiriladigan to‘xtash punktlari bo‘yicha Davlat chegarasidan tashqarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi tashqarisidan avtomobil transportida yo‘lovchilar va yukni muntazam tashish.
avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro nomuntazam tashish — avtomobil transportida yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashishga tegishli bo‘lmagan, Davlat chegarasidan tashqarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi tashqarisidan avtomobil transportida amalga oshiriladigan yo‘lovchilar va bagajni tashish.
qatnov — avtotransport vositasining jo‘nash punktidan borish punktigacha o‘tishi.
ruxsatnoma — avtotransport vositasining davlat hududi bo‘ylab o‘tishi va unda ko‘rsatilgan tashish turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat (blanka);
O‘zbekiston ruxsatnomasi — xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘tishiga bir martalik ruxsatnoma;
xorijiy ruxsatnoma — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining xorijiy davlat hududi bo‘ylab o‘tishiga bir martalik ruxsatnoma;
ko‘p tomonlama ruxsatnoma — bunday ruxsatnoma egasiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasining ko‘p tomonlama ruxsat berish tizimiga a’zo bo‘lgan har qanday davlat hududi bo‘ylab bir martalik o‘tishiga ruxsatnoma;
ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi — xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ayirboshlash uchun kelishilgan ruxsatnomalar soni;
xalqaro tovar-transport yukxati — xalqaro yo‘llarda yuklarni tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning jo‘natuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport vositasi to‘g‘risida, shuningdek, uni ortish va tushirish joylari haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjat;
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro, shuningdek tranzit tashish O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalarida ikki tomonlama va tranzit tashishni ruxsatnomasiz amalga oshirish nazarda tutilgan taqdirda, bunday tashish tashish turini tasdiqlovchi xalqaro tovar-transport yukxati asosida amalga oshiriladi.
5. Amalga oshirilayotgan avtomobilda xalqaro yuk tashish turi (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlat hududiga/dan tashish) O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan belgilangan mezonlar va tartibga muvofiq xalqaro tovar-transport yukxatidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
6. O‘zbekiston ruxsatnomalarida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.
7. Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
a) ikki tomonlama yuk tashish uchun;
b) tranzit yuk tashish uchun;
v) uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
g) ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
d) nomuntazam ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish uchun;
e) nomuntazam tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish uchun;
j) nomuntazam ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish uchun.
Qayd etilgan ruxsatnomalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash komissiyalarning protokol qarorlari bilan ruxsatnomaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin.
8. Xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa kelishuv bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar orasida yo‘lovchi va yuklarni tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Avtomobilda xalqaro tashishlarini amalga oshiruvchi tashuvchilar o‘z davlatida ro‘yxatga olingan va farqlovchi belgilariga ega bo‘lgan avtotransport vositalaridan foydalanishlari lozim, bunda tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatda ro‘yxatga olingan va farqlovchi belgilarga ega bo‘lishi mumkin.
10. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun talab etiladigan O‘zbekiston ruxsatnomalari, xalqaro tovar-transport yukxatlari va boshqa hujjatlar avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishidan oldin xorijiy tashuvchi tomonidan to‘ldirilishi lozim va avtotransport haydovchilari yonida bo‘lishi hamda nazorat qiluvchi organlar talablariga muvofiq avtotransport vositasi haydovchilari tomonidan taqdim etilishi lozim.
11. O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijiy davlat hududi bo‘ylab avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashish O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatning vakolatli organlari kelishuvi bo‘yicha amalga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarini bajarish doirasida ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha:
milliy tashuvchilarning xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarni shakllantiradi;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etadi;
ma’lumotlarni o‘zining butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan milliy tashuvchilarni xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning mavjudligi haqida xabardor qiladi;
xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga berilishini ta’minlaydi.
13. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun milliy tashuvchilar kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha buyurtmanomalar taqdim etadilar.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga bevosita pochta aloqasi yoki elektron tarzda, ular olganligi haqidagi xabarnoma bilan taqdim etilishi mumkin. Elektron tarzda taqdim etilgan hujjatlar milliy tashuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Buyurtmanomada rejalashtirilayotgan qatnovlar soni (yuk tashish uchun), tashuvchining xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik ehtiyoji har bir davlat/ko‘p tomonlama ruxsatnoma tizimi va tashish turi bo‘yicha ko‘rsatiladi, shuningdek, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soni qayd etiladi. Buyurtmanoma kelgusi yil mobaynida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshirishning aniq prognozlari asosida tuzilishi lozim.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, milliy tashuvchilar asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda qolgan davrga yil davomida buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq berilgan buyurtmanomalar haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida kelgusi yil boshlanishidan ikki oy oldin xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyoj to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni shakllantiradi.
15. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi kelgusi yil boshlanishiga qadar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnomalar blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi.
Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash o‘zaroviylik shartida amalga oshiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga O‘zbekiston/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishni va xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olishni amalga oshiradi.
17. Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondiruvchi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar ayirboshlash kvotasida ular qabul qilib olinganidan so‘ng, o‘n ish kuni mobaynida milliy tashuvchilar o‘rtasida xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojning yig‘ma ma’lumotlariga muvofiq taqsimlanishi lozim.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning milliy tashuvchilar ehtiyojini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasidagi taqsimlash shartlari O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan milliy tashuvchining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish borasidagi ish tajribasini, avtotransport vositalarining mavjudligi va o‘tgan hisobot yilida foydalanilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning sonini inobatga olgan holda belgilanadi.
18. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi taqsimlanadigan ruxsatnomalar bo‘yicha zaxiralarni xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan olingan ruxsatnomalar sonining besh foizigacha miqdorda shakllantirishi mumkin. Taqsimlangan ruxsatnomalar milliy tashuvchi tomonidan bir chorak davomida olinmagan taqdirda, ular kelgusi chorak zaxirasiga o‘tkaziladi.
19. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun qo‘shimcha buyurtmanoma taqdim etgan milliy tashuvchilar ular bilan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining zaxirasidan yoki boshqa milliy tashuvchilar tomonidan olinmay qolgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari hisobidan ta’minlanadilar.
Zaxira yoki olinmay qolgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi qo‘shimcha buyurtmanoma olingan kundan boshlab o‘n ish kuni davomida xorijiy davlatning vakolatli organidan joriy yil uchun qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari ayirboshlash kvotasini so‘raydi.
20. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan ariza milliy tashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga taqdim etiladi.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun berilgan ariza O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Ariza O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda olinganligi haqidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi. Elektron tarzda taqdim etilgan hujjatlar milliy tashuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
21. Har bir beriladigan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma uchun ruxsatnomani berish sanasida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan biri miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘ilgan mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va undan ruxsatnomalar blankalarini tayyorlash, vakillik xarajatlari, qo‘shma/aralash komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha boshqa tadbirlarga sarflangan xarajatlarini qoplash hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida band bo‘lgan xodimlar ta’minoti uchun foydalaniladi.
22. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan milliy tashuvchilarga beriladi, ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
23. Muayyan davlatning buyurtmanomada qayd etilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalari soni milliy tashuvchining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan mavjud avtotransport vositalari sonidan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ruxsatnomalar ko‘rsatib o‘tilgan avtotransport vositalarining haqiqiy soniga muvofiq beriladi.
Milliy tashuvchiga muayyan davlatning avval berilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalari o‘rniga yangilarini berish ushbu davlatning avval berilgan ruxsatnomalarini qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi.
24. Quyidagilar xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishni rad etishga asos bo‘ladi:
a) milliy tashuvchida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun litsenziya va (yoki) litsenziya kartochkalari mavjud emasligi yoxud ularning amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yilganligi, ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
b) xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar yoki ular bo‘yicha huquqni ushbu Nizomning 33-bandiga muvofiq boshqa shaxslarga berish holati aniqlanganligi;
v) O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organida xorijiy ruxsatnomalarning mavjud emasligi;
g) tashuvchi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomada noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.
25. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishning boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma milliy tashuvchiga tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etish sababi, qonunchilikning aniq normasi ko‘rsatilib va milliy tashuvchi tomonidan qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlar taqdim etilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Milliy tashuvchi tomonidan rad etish sabablarini bartaraf etish va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati, xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berilishi rad etilganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shakldagi bildirishnoma olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
27. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablar milliy tashuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, arizani takroran ko‘rib chiqish, xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va ular bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
28. Arizani takroran ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ariza beruvchi oldin yozma ravishda, shu jumladan, axborot tizimi orqali yo‘llangan elektron shakldagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari qayd etilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
29. Milliy tashuvchi tomonidan yozma shakldagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lganidan keyin taqdim etilgan ariza yangi taqdim etilgan ariza hisoblanadi va umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
30. Milliy tashuvchi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berishning rad etilganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
31. Milliy tashuvchilarning arizalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organi tomonidan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma zaxiradan va ular tomonidan o‘tgan chorak davomida yangi xarid qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yuklangan avtotransport vositalari uchun olinmagan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar blankalari hisobidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga yangi xarid qilingan avtotransport vositalari olib kirilishi holati milliy tashuvchilar tomonidan oldi-sotdi shartnomalari yoki hisob-fakturalar (invoys) mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
32. Milliy tashuvchiga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berilganda blankaning tegishli kataklarida O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organi tomonidan majburiy tarzda tashuvchining nomi va uning manzili qayd etiladi, shuningdek, muhr (shtamp) va ruxsatnomani bergan shaxsning imzosi qo‘yiladi.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga, agar avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash komissiyalar protokol qarorlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
33. Olingan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar tomonidan ushbu milliy tashuvchining litsenziya kartochkasida qayd etilgan avtotransport vositasida foydalaniladi, yangi xarid qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, litsenziya kartochkalariga ega bo‘lmagan yuklangan avtotransport vositalari uchun ruxsatnomalar bundan mustasno.
Ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish holati aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi uch oygacha muddatga, qayta aniqlangan taqdirda — olti oygacha muddatga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
34. Foydalanilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organiga safar yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda, foydalanilmaganlari — ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab yigirma kalendar kundan kech bo‘lmagan muddatda qaytarilishi lozim.
Milliy tashuvchilar xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni ilova xati bilan birga topshiradilar, unda qaytarilgan sana, davlat/ko‘p tomonlama ruxsat berish tizimi nomi va xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar raqamlari qayd etilib, ushbu ruxsatnomalar ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi qaytarilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar hisobini mamlakatlar va milliy tashuvchilar bo‘yicha yuritadi.
35. O‘zbekiston ruxsatnomalari xorijiy tashuvchilarga o‘z davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tegishli yilga ayirboshlangan ruxsatnomalar hisobidan beriladi. O‘zbekiston ruxsatnomalari joriy kalendar yilda va kelgusi yilning 31-yanvarigacha (ushbu sana ham shunga kiradi) amal qiladi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa.
36. Xorijiy tashuvchi har bir safarga borishda o‘z davlatining vakolatli organidan O‘zbekiston ruxsatnomasi blankasini olishi shart. Ushbu blankadan u faqat bir marta va amalga oshirilayotgan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning bir turi bo‘yicha foydalanishi mumkin, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tuzilgan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash protokol qarorlarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa.
O‘zbekiston ruxsatnomasi blankasining to‘ldirilishi zarur bo‘lgan barcha bandlarida to‘laqonli va aniq ma’lumotlar qayd etilishi lozim. Hech bo‘lmaganda bitta to‘ldirilmagan bandning mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari tomonidan ruxsatnomaning haqiqiy emas deb e’tirof etilishi uchun asos bo‘ladi.
37. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit qatnovdan orqaga qaytib harakatlanayotgan xorijiy yuk avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-yo‘lakay yuk olishiga O‘zbekistonning avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning tegishli turi uchun haqiqiy bo‘lgan qo‘shimcha ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
38. O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchinchi mamlakatlardan boshqa transport turlaridan (havo, temir yo‘l, dengiz) foydalangan holda yuk tashish, kelgusida avtotransport ro‘yxatga olingan mamlakatda qayta yuklanishi (yuk ortilishi/yuk tushirilishi) bilan amalga oshirilganda, qayd etilgan tashish ishlov berish terminalining (transport turlarini almashtirish joyi) haqiqiy bojxona muhrlari bosilgan tovar-transport hujjatlari bilan tasdiqlangan taqdirda, uchinchi mamlakatga/dan O‘zbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi. Shu bilan birga, bunday tashish ikki tomonlama tashish uchun beriladigan O‘zbekiston ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
39. O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun mo‘ljallangan ro‘yxatga olish va farqlash belgilariga ega bo‘lmagan, shu jumladan, yuklangan avtotransport vositalarini olib kelishda O‘zbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi.
40. Ruxsatnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobga olish seriyasi, raqam va himoyalangan darajasiga ega. O‘zbekiston ruxsatnomalarining blankalari shakli O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasiga binoan matbaa usulida tayyorlanadi.
Ruxsatnoma blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining rahbari javob beradi.
41. Milliy tashuvchilar xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning zarur tarzda va to‘g‘ri to‘ldirilishi, ulardan maqsadli foydalanilishi va o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javob beradilar.
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘lar jamg‘arma daromadlarining tranzit hisob raqamlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisob raqamlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi”;
b) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha shartlar kelishilmagan bo‘lsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga ular tomonidan vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarida yuk va yo‘lovchilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj)”;
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida” 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 3-modda):
a) 1-ilovaga izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh: yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida amalga oshiriladi, mablag‘lar keyinchalik shartnoma asosida sug‘urta tashkilotlarining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
b) 3-ilovaga izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Izoh: yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘lar davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida” 2000-yil 18-fevraldagi 59-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 2-son, 9-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilab qo‘yilsinki, sug‘urta mukofotlari milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida amalga oshiriladi, mablag‘lar keyinchalik shartnoma asosida sug‘urta tashkilotlarining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Afg‘oniston hududiga tijorat yuklarini transportda tashishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Afg‘onistonga borayotgan avtotransport vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit uchun to‘lov milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida undirilishi, mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisobraqamiga belgilangan tartibda o‘tkazilishi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 1-dekabrdagi 506-son qarori. | 103 | 30,853 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.