folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom
Yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalarida nizoli vaziyatlarning oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. 33-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “Bayonnomada investitsiya loyihalari ushbu hududda amalga oshirilishiga rozilik bergan yoki qarshi bo‘lgan mulkdorlar ko‘rsatilishi shart”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Ochiq muhokama davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan yer uchastkasida investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga bitta mulkdor qarshi bo‘lgan taqdirda ham mazkur hududda ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. 2. 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “47. Olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining 75 foizidan yozma rozilik olinganda (Kelishuv tuzilganda), biroq qolgan mulkdorlarning roziligini olish imkoni bo‘lmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) tashabbuskor ularning ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddatini belgilash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli”.
250
1,987
Qonunchilik
Dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 508-modda) 7-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. Dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 10-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y, 39-son, 508-modda) muvofiq, dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: dasturiy ta’minot vositalari — algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy ta’minot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi. dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi — o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat ko‘rsatish), joriy qilish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri (bundan buyon matnda Milliy reyestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron banki; dasturiy ta’minot vositalari eksporti — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan dasturiy ta’minot vositalarini norezidentga elektron shaklda, shu jumladan olib yuriladigan tashuvchilarda va Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlar orqali sotish, shu jumladan dasturiy ta’minot vositalarini kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha tashqi savdo faoliyati; dasturiy ta’minot vositalari importi — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti norezidentdan dasturiy ta’minot vositalarini sotib olishi, shu jumladan dasturiy ta’minot vositalarini kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha tashqi savdo faoliyati; Internet tarmog‘idagi on-layn do‘kon — Internet tarmog‘i orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan savdo qiluvchi, foydalanuvchilarga real vaqt rejimida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun buyurtmalarni shakllantirish, ular uchun haq to‘lash va yetkazib berish usullarini belgilash imkonini beruvchi sayt. 2. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining eksport operatsiyalari: O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan shartnomalar tuzish orqali; dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrga kiritilgan bo‘lsa, eksport shartnomasisiz dasturiy ta’minot vositalarini chet el valyutasida Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlari orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Milliy reyestrni shakllantirish va yuritish Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan belgilanadi. 3. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining eksport shartnomalarini tuzish va ijro etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan Internet tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali 5 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan dasturiy ta’minot vositalarini eksport shartnomasisiz xorijiy valyutaga sotish, Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga ma’lumot kiritmasdan amalga oshiriladi. Dasturiy ta’minot vositalarining eksporti 5 ming AQSh dollaridan oshgan taqdirda, dasturiy ta’minot vositalarining eksport shartnomasi bo‘yicha ma’lumotlar elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi. 7. Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlari orqali dasturiy ta’minot vositalari eksportining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dasturiy ta’minot vositalari uchun chet el valyutasidagi tushum dasturiy mahsulotni sotish fakti bo‘yicha dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisining hisob raqamiga chet el valyutasida kelib tushishi kerak. Tushumlarning tushish muddatlari xorijiy onlayn-savdo maydonchasi qoidalariga muvofiq belgilanadi. 8. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrdan chiqarilsa, u 3 ish kuni davomida bu haqda Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlari orqali dasturiy ta’minot vositalari eksportidan olinadigan chet el valyutasidagi tushum kelib tushadigan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankka xabar berishi kerak. 9. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining import shartnomalarini tuzish va ijro etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Internet tarmog‘ida chet el on-layn do‘konlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan import shartnomasi mavjud bo‘lmaganda ham amalga oshirilishi mumkin. 11. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan eksport-import operatsiyalarining to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 12. Ushbu Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
88
6,249
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXSLARDAN DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 15, 2002-12-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1109 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 122-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
165
1,077
Qonunchilik
Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2020-yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ilovada keltirilgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining metrologiya tekshiruvidan o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan, akkreditlangan laboratoriyalar ro‘yxati va xizmatlar narxlari haqidagi ma’lumotlar “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytlarida e’lon qilinib borilsin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
160
1,195
Qonunchilik
NNT tomonidan noqonuniy faoliyat va qonunbuzarliklar haqida adliya organlariga хabar beriladi
Qonun hujjatlarini buzayotgan NNTni aniqlash uchun adliya organlarining boshqa davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi belgilandi (VMning 23.10.2018 yildagi 854-son qarori). Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar, IIV va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek bojхona va soliq organlaridan NNT toʻgʻrisidagi qanday aхborotni olish huquqiga ega ekanligi belgilandi. Xabardor qilish ham majburiy tartibda, ham taqdim etiladigan ma’lumotlar хususiyatiga bogʻliq хolda adliya organlari soʻrovi boʻyicha amalga oshiriladi. Mazkur holatda NNT deganda diniy tashkilotlar, хalqaro NNT, хalqaro va хorijiy NNTning mamlakatimiz hududidagi vakolatхonalari va filiallari ham tushuniladi. Adliya organlari:  Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bojхona va soliq organlariga: Yuqorida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha хabarnomalar va хabarlar ushbu holat aniqlanganidan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan mas’ul organlarga yuboriladi. Tashqi ishlar vazirligi, jumladan adliya organlari soʻrovi boʻyicha хalqaro va хorijiy nohukumat NTning Oʻzbekistondagi vakolatхonalari va filiallarining taklifiga koʻra chet el fuqarolariga berilgan vizalar toʻgʻrisida ma’lumotlar beradi. Ma’lumotlar adliya organlariga ham yozma, ham elektron aхborot almashinuvi yoʻli bilan yuboriladi. Adliya organlari tushgan ma’lumotlarni tahlil qiladi hamda NNT tomonidan qonunbuzarlikning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻradi. Roʻyхatdan oʻtkazilgan NNT toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Shuningdek eslatib oʻtamizki, Adliya organlari ta’sir choralarini koʻrish huquqi bilan NNT faoliyatini monitoring qilish va oʻrganishni amalga oshiradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
93
1,928
Qonunchilik
PRAVOSLAV ChERKOVINING TOShKENT VA O‘RTA OSIYO EPARXIYASIGA BERILADIGAN SOLIQ IMTIYOZLARI TO‘G‘RISIDA
Toshkent shahrida Pravoslav Cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi yubileyiga belgilangan diniy-ma’muriy markaz qurilishini tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Pravoslav Cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi Toshkent shahrida o‘zining diniy-ma’muriy markazi qurilishi davrida qurilish materiallari sotib olish va qurilish ishlariga haq to‘lash uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq solishning boshqa shakllaridan istisno tariqasida ozod qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan soliqqa oid imtiyozlarni berish tartibini ko‘rib chiqsin.
101
672
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2005 YIL
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ–183-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 3-bandi; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 13-apreldagi 174-son qaroriga ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
249
731
Qonunchilik
“Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 25-dekabrdagi 1323-son “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2550, 2014-yil 8-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 2-son, 26-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruqda: a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”. 2. Nizomda: a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.”; v) 1-banddagi “trener-o‘qituvchi” degan so‘zlar “trener” degan so‘z bilan almashtirilsin; g) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “trener-o‘qituvchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida muayyan sport turi bo‘yicha ta’lim dasturi asosida bevosita ta’lim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis; yo‘riqchi-uslubchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va metodik-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.”; d) II bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Trener-o‘qituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi: ikkinchi toifali trener; birinchi toifali trener; oliy toifali trener. 4. Yo‘riqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi: ikkinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi; birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi; oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi. 5. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi. 6. “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi. 7. Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan, “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifalari esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi. 8. Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq to‘lash uchun asos bo‘ladi.”; e) 10-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma nusxasi (faqat trener-o‘qituvchi tomonidan taqdim etiladi); yo‘riqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qo‘llanma(lar) nusxasi (mavjud bo‘lganda) (faqat yo‘riqchi-uslubchi tomonidan taqdim etiladi).”; j) 11 — 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Malaka toifalari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi. 12. Ikkinchi va birinchi toifali malaka toifalarini olish uchun da’vogar bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida tashkil etilgan, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga murojaat qiladi. Oliy toifali malaka toifasini olish uchun da’vogar mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalariga, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etadi. Ular o‘z navbatida ushbu hujjatlarni tasdiqlab, ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashiga taqdim etadi. 13. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun da’vogar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari javobgar hisoblanadi.”; z) 14-banddagi “instruktor-metodistlar” va “instruktor-metodistlarga” degan so‘zlar tegishlicha “yo‘riqchi-uslubchilar” va “yo‘riqchi-uslubchilarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; i) 17-banddagi “olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari” degan so‘zlar “Olimpiya, noolimpiya o‘yinlari yoki O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; k) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.”; l) 20 va 33-bandlardagi “instruktor-metodistlarga” degan so‘zlar “yo‘riqchi-uslubchilarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; m) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Malaka komissiyasi a’zolari bir yil muddatga tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.”; n) 22-bandda: birinchi xatboshidagi “sport federatsiyalarining (uyushmalari, markazlari)” degan so‘zlar “sport federatsiyalari (uyushmalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — respublika malaka komissiyasining, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.”; o) 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi. Komissiyaning qarori ijobiy bo‘lganda, u mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashiga guvohnoma berish uchun taqdim etiladi. 28. Malaka toifasini berish to‘g‘risidagi tegishli malaka komissiyasining qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashi tomonidan buyruq chiqariladi hamda mazkur buyruqqa asosan da’vogarga guvohnoma rasmiylashtiriladi.”; p) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. Malaka toifasini berish bo‘yicha barcha hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashida ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.”; r) 34-banddagi “Xalqaro toifadagi trener-o‘qituvchi” degan so‘zlar “Xalqaro toifali trener” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; s) 1, 2 va 3-ilovalar mazkur o‘zgartirishlarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan. Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi kiradi. Bunda: 1. Olimpiya o‘yinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 2. Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi. 3. Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi. 4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari bo‘yicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro sport musobaqalari bo‘yicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan bo‘lishi kerak. 5. O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.”.
202
11,412
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARI, TAShKILOTLAR VA BOShQA TOPONIMIK OBYEKTLARNING NOMLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimiz mustaqilligiga besh yil to‘layotganligiga qaramay hamon joylarda toponimik obyektlarning eski tuzum va kommunistik mafkuraga xizmat qiladigan, xalqimiz tarixi va milliy an’analariga bog‘liq bo‘lmagan nomlari saqlanib qolmoqda. Bular istiqlol mazmun-mohiyatini tushunmaslikdan, milliy mafkura va milliy g‘urur sustligidan, ba’zan esa mas’uliyatsizlik va loqaydlikdan kelib chiqmoqda. Natijada bu yangicha fikrlash va yashashni o‘rganish sharoitlarida xalqimizni mustaqillik g‘oyalaridan chalg‘itmoqda. Hokimliklar, ular huzuridagi toponimik komissiyalarning yetarli darajada faoliyat ko‘rsatmayotganligini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish borasidagi ishlari talab darajasida emas deb hisoblansin. Bu boradagi kamchiliklar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga ko‘rsatib o‘tilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar, korxonalar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar va boshqa obyektlarga nom berish, ularning nomlarini o‘zgartirish va tartibga solish mas’uliyati shaxsan yuklatilsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga: 10 kun muddat ichida hokimliklar huzurida tashkil etilgan toponimik komissiyalar faoliyati va tarkibini ko‘rib chiqish, ular olib borayotgan ishlarni faollashtirish maqsadida komissiyalar tarkibiga tarixchilar, tilshunoslar, huquqshunoslarni, jamoatchilik va mahalliy boshqaruv idoralari vakillarini jalb etish; 1996-yil 1-sentabrgacha o‘zgartiriladigan toponimik obyektlar nomlarini qayta ko‘rib chiqish, obyektlarning eski tuzum davridan saqlanib qolgan, xalqimiz tarixi va an’analari bilan bog‘liq bo‘lmagan nomlarini o‘zgartirish va ularga nom berishda tarixiy, milliy, tabiiy va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish, kishilar sharafiga qo‘yilgan barcha nomlarning belgilangan qoidalar va maqsadga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish topshirilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxslarning nomini hayot chog‘ida biror joyga qo‘yishga hamda abadiylashtirishga ruxsat berilmaydi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 123-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
158
2,636
Qonunchilik
Yetimlarni tarbiyalash bilan Milliy gvardiya shugʻullanadi
Prezident tomonidan 9 avgust kuni “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjatga asosan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (keyingi oʻrinlarda – oʻquv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktiriladi. Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi: Milliy gvardiya markaziy devoni tuzilmasida oʻquv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Jamoat хavfsizligi universitetida “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashkil etiladi. Oliy Majlis Senatiga mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tavsiya etildi: 2021 yil 1 noyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi. Jamgʻarmaning mablagʻlari homiylik mablagʻlari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar sof tushumining ajratmalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori 5%dan 3%ga pasaytiriladi. Ular byudjetga toʻlanadigan soliq va yigʻimlarga tenglashtiriladi, soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga quyidagilar uchun javobgarlik yuklatildi: Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 11.08.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
58
2,147
Qonunchilik
ALIShER NAVOIY TAVALLUDINING 560 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi Alisher Navoiyning jahon xalqlari ma’naviyati va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tiborga olib va uning boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish va asrab-avaylash hamda dunyo jamoatchiligi, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yosh avlod orasida keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001-yilda ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini keng nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin. Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda tadbirlar rejasi 1 va 2- ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni joylarda o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqsin hamda amalga oshirishga kirishsin. 2. Navoiy viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Navoiy shahrida 2001-yil may oyida tantanali yubiley tadbirlarini hamda “Alisher Navoiyning ijodiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin. 3. Navoiy viloyati hokimligi hamda viloyat ahli, korxona va tashkilotlari jamoalarining Navoiy shahri markazida dam olish bog‘i barpo etish va u yerda Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin. 4. “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ilmiy-ommabop filmlar yaratsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi munosabati bilan 2001-yilda 100 so‘m qiymatdagi esdalik tangalarni muomalaga chiqarish tavsiya etilsin. 6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, respublika va viloyatlar gazetalari muharriyatlari ommaviy axborot vositalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini keng yoritsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
65
2,555
Qonunchilik
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi?
Vazirlar Mahkamasining 15.06.2017 yildagi “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishtartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Belgilanishicha, Jamgʻarma yuridik shaхs hisoblanmaydi va: Jamgʻarma mablagʻlari manbalari: Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi  Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblananib, u moliyalashtirish yoʻnalishlarini belgilaydi. Jamgʻarma Kengashining shaхsiy tarkibi Davlat ekologiya qoʻmitasi, boshqa davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tashkil topadi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Mohina Mirzayeva.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Mohina Mirzayeva.
137
1,162
Qonunchilik
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-son qarori (ro‘yxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga qurilishi yakunlangan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlanganidan keyin 6 oy davomida, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Mazkur norma 2014-yilning ikkinchi choragidan e’tiboran amal qiladi.”. 2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23, 2013-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.”. 3. 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
202
1,999
Qonunchilik
“Oqsaroy to‘qimachi LTD” O‘zbekiston-Yaponiya-Turkiya qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Qayta ishlangan paxta tolasi hajmlarini ko‘paytirish va uning raqobatbardoshli mahsulotga chuqur qayta ishlanishini ta’minlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish asosida respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: "O‘zbekyengilsanoat" uyushmasining “Sado” aksiyadorlik jamiyati tomonidan (Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri) “Mitsubisi korporeyshn” (Yaponiya) va “Bursel” (Turkiya) firmalari bilan quvvatlari 2002-yilda ishga tushiriladigan 4800 tonna taroqlangan kalava va 2000 tonna trikotaj polotno ishlab chiqaruvchi “Oqsaroy to‘qimachi LTD” O‘zbekiston-Yaponiya-Turkiya korxonasi (qo‘shma korxona) tashkil etilganligi; “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasining ustav fondi 2,444 mlrd Yaponiya iyeni miqdorida shakllantirilishi, ulushlar quyidagicha taqsimlanishi: “Sado” AJ — 41,75 foiz, “Bursel” firmasi — 54,85 foiz, “Mitsubisi korporeyshn” firmasi — 3,4 foiz; “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi tomonidan “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari bilan kalava va trikotaj polotno ishlab chiqaruvchi fabrikani foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan loyihalashtirish, qurish va texnologiya jihatidan ta’minlash yuzasidan 7,078 mlrd Yaponiya iyenasi miqdorida kontrakt tuzilganligi; “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi foydalanishga tayyor holda topshiriladigan qo‘shma korxona obyektlari qurilishining buyurtmachisi, “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari esa bosh pudratchi tashkilotlar hisoblanishi; umumiy qiymati 8,460 mlrd Yaponiya iyenasini tashkil etadigan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash 1-ilovaga* muvofiq; kontrakt qiymatining 6,015 mlrd Yaponiya iyenasi miqdoridagi 85 foizi Yaponiya Eksimbankining mablag‘ini qayta moliyalash yo‘li bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga; kontrakt qiymatining 1,063 mlrd Yaponiya iyenasi miqdoridagi 15 foizi “Bursel” va “Mitsubisi korporeyshn” firmalarining ustav fondiga badallari hisobiga amalga oshirilishi; asosiy qarz, foizlar va loyihani amalga oshirish uchun beriladigan kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar tuzilgan kredit shartnomasi muddatlari va shartlarida 2-ilovaga* muvofiq “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga qoplanishi; qo‘shma korxona tomonidan kreditni qaytarish davrida “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning butun hajmi “Bursel” firmasi tomonidan tegishli davrda shakllangan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlarda erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. "O‘zbekyengilsanoat" uyushmasi va “Sado” AJ “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari bilan birgalikda “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi obyektlarini foydalanishga topshirishni ta’minlagan holda qurilish ishlarini olib borish, shuningdek, kontrakt Yaponiyaning Eksimbanki tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishi shartlarini hisobga olgan holda kontrakt qiymati doirasida asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berish yuzasidan subpudrat tashkilotlarni tanlash bo‘yicha uch oy muddatda tender o‘tkazsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiyaning Eksimbanki bilan belgilangan tartibda kredit bitimi tuzsin va kredit resurslarini “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalasin. 4. Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiyaning Eksimbanki oldidagi to‘lov majburiyatlari hamda “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi majburiyatlari bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin. 5. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Yaponiyaning Eksimbankiga kafolati bo‘yicha yuridik xulosani tuzilgan banklararo bitimga muvofiq shakl bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda 2001-yildan boshlab "O‘zbekyengilsanoat" uyushmasining buyurtmanomasiga muvofiq “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasining paxta tolasiga bo‘lgan talabini hisobga olsin, ushbu xomashyoga erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lansin. 7. “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi ko‘rsatib o‘tilgan qurilish uchun keltirilayotgan asbob-uskunalar va materiallar uchun qurilish tugallangungacha va korxona foydalanishga topshirilgunga qadar boj to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga "O‘zbekyengilsanoat" uyushmasi buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin, ular konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilinsin. 9. Qashqadaryo viloyati hokimligi: “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi obyektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarning yashashi uchun binolarni belgilasin va ularni belgilangan tartibda qo‘shma korxonaga bersin; qurilish davrida “Oqsaroy to‘qimachi LTD” qo‘shma korxonasi uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar konteynerlarini vaqtincha saqlash uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratsin, ushbu uchastkadan keyinchalik xomashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyatini nazarda tutsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
109
5,645
Qonunchilik
“SAVDOGA VA TIJORATGA KO‘MAKLASHUVCHI “SAVDOGAR” IXTISOSLASHTIRILGAN AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TAShKIL ETISH HAQIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1994 YIL 18 MARTDAGI 794-SON FARMONIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
“Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-martdagi 794-son Farmoniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: sarlavhadagi hamda 1, 2, 3 va 4-bandlardagi “ixtisoslashtirilgan” so‘zi chiqarib tashlansin.
232
326
Qonunchilik
GERMANIYA TARAQQIYOT BANKI HAMDA QUVAYT ARAB IQTISODIY TARAQQIYOT JAMG‘ARMASI IShTIROKIDA “TOShKENT (TO‘QIMAChI) — ANGREN” TEMIR YO‘L UChASTKASINI ELEKTRLAShTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish, yo‘lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, temir yo‘l transportida elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish hisobiga sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: a) “Toshkent (To‘qimachi) — Angren” temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” investitsiya loyihasini (bundan keyin matnda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun Germaniya hukumatining Germaniya taraqqiyot banki (bundan keyin matnda — KfV deb yuritiladi) orqali hamda Quvayt hukumatining Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (bundan keyin matnda — QAITJ deb yuritiladi) orqali uzoq muddatli imtiyozli kreditlari jalb etildi va qurilishning umumiy qiymati 79,395 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda belgilandi, shundan: 24,999 mln. yevro (ekvivalenti 31,25 mln. AQSh dollari) — loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun uskunalar va materiallar xarid qilishga o‘n yillik imtiyozli muddatni hisobga olgan holda 40 yil muddatga, yiliga 0,75 foizli stavka bo‘yicha berilgan KfV ssudasi (bundan keyin matnda — ssuda deb yuritiladi) hisobidan; 6,2 mln. quvayt dinori (ekvivalenti 20,122 mln. AQSh dollari) — loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun signalizatsiya va telekommunnikatsiya tizimlari, relslar, ko‘prik konstruksiyalarining temir detallarini xarid qilishga to‘rt yillik imtiyozli muddatni hisobga olgan holda 18 yil muddatga, yiliga 2,5 foizli stavka bo‘yicha berilgan QAITJ qarzi (bundan keyin matnda — qarz) hisobidan; 28,023 mln. AQSh dollari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan. b) uskunalarga profilaktik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan mahalliy xodimlar malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun KfV tomonidan beg‘araz asosda 0,3 mln. yevro miqdorida grant berildi; v) “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK “DE-Consult” (Germaniya) konsalting kompaniyasi bilan birgalikda loyiha doirasida materiallar va uskunalar xarid qilishga tanlov savdolari o‘tkazish uchun hujjatlar ishlab chiqildi, ularning natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda loyihaning uzil-kesil TIAlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 2. Quyidagilar: loyihani moliyalashtirish rejasi 1-ilovaga muvofiq; ssuda va qarzni to‘lash prognoz jadvallari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: KfV ssudasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan ssuda oluvchi hisoblanadi; QAITJ qarzi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan qarz oluvchi hisoblanadi; “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK qarz, ssuda va grant mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi; “O‘zbekenergo” DAK loyiha doirasida tashqi elektr ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi. Bunda tashqi elektr ta’minoti obyektlari qurilishini moliyalashtirish “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK tomonidan shaxsiy va ssuda mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; ssuda va qarzga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va xarajatlarni to‘lash “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri QAITJ qarz mablag‘larini qayta kreditlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK o‘rtasidagi bitimni imzolashga vakil etib tayinlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan QAITJ o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. Loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK va “O‘zbekenergo” DAK tomonidan qarz, ssuda hamda grant mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan montaj drezinasi (TN TIF kodi 8604000000) bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKning talabnomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari 2010-yilgacha konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKning talabnomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
220
5,059
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ta’minotsiz kredit — lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‘yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan past bo‘lgan yoki keyingi bank ish kunida past bo‘lishi kutilayotgan banklarga, ularning likvidligini qo‘llab-quvvatlash va to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan ajratiladigan ta’minotsiz kredit; foiz stavkasi — banklarga beriladigan ta’minotsiz kreditlar uchun Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan o‘rnatiladigan stavka; qarz oluvchi bank — Markaziy bankka ta’minotsiz kredit olish yuzasidan murojaat qilgan bank; qarzdor bank — Markaziy bank oldida ta’minotsiz kreditlar bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan bank; kredit shartnomasi — Markaziy bank tomonidan qarz oluvchi bankka kelishilgan miqdorda va shartlar asosida ta’minotsiz kredit berish, qarz oluvchi bank esa olingan ta’minotsiz kreditni qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini nazarda tutuvchi shartnoma. 2. Markaziy bank tomonidan banklarga ta’minotsiz kreditlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida muddatlilik, qaytarishlik, to‘lovlilik va maqsadlilik shartlari asosida beriladi. 3. Ta’minotsiz kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan kreditlarning muddatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. 4. Qarz oluvchi bankka ta’minotsiz kredit ajratish masalasi Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 5. Ta’minotsiz kreditlar Markaziy bank tomonidan 3 oy muddatgacha qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz ajratiladi. 6. Ta’minotsiz kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblash kredit shartnomasida ko‘rsatilgan miqdor va tartibda, kredit ajratilgan kundan boshlab, u to‘liq qaytarilgan kundan oldingi kungacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi. 7. Qarz oluvchi bankka ajratiladigan ta’minotsiz kreditlarning maksimal miqdori qarz oluvchi bankning ushbu Nizomning 1-ilovasida ro‘yxati keltirilgan milliy valyutadagi hisobvaraqlar bo‘yicha majburiyatlarining qoldiqlari jami summasining 30 foizidan oshmasligi lozim, bundan vasiylik o‘rnatilgan qarzdor banklar mustasno. 8. Qarz oluvchi bank ta’minotsiz kredit olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: majburiy rezerv talablarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi; bank ustav kapitali miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me’yor talablaridan kam bo‘lmasligi; bank majburiyatlarini bank aktivlari bilan to‘liq qoplanganligi; xavfli va nosog‘lom bank faoliyati amalga oshirilmayotganligi; omonatchilar tomonidan bankka ishonib topshirilgan mablag‘lar butligiga real xavf mavjud bo‘lmasligi; oxirgi uch oy mobaynida Markaziy bank tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlardan muddati o‘tgan qarzdorligi (qaytarish muddatini kechiktirish holatlari) mavjud bo‘lmasligi. 9. Ta’minotsiz kreditni olish uchun qarz oluvchi bank mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi arizaga quyidagilarni ilova qilgan holda Markaziy bankka murojaat qiladi: lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‘yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan past ekanligi yoki keyingi bank ish kunida past bo‘lishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumot; moliyaviy ahvoli, shu jumladan likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi. 10. Qarz oluvchi bank ta’minotsiz kredit olishi to‘g‘risida arizani bank Kengashini xabardor qilgandan so‘ng Markaziy bankka taqdim etishi lozim. 11. Qarz oluvchi bank moliyaviy ahvolini, likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: a) kredit portfelini sog‘lomlashtirish, xususan, avval berilgan kreditlarni (aktivlarni) o‘z vaqtida to‘liq undirilishini ta’minlash va muammoli kreditlar (aktivlar) qoldig‘ini keskin qisqartirish borasidagi tadbirlar; b) aktivlar va passivlarning muddatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni keskin qisqartirish borasida ko‘riladigan qat’iy choralar; v) bankning moliyaviy faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa zarur chora-tadbirlar. 12. Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi qarz oluvchi bankka ta’minotsiz kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida bir bank ish kuni davomida qaror qabul qiladi. 13. Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi tomonidan ta’minotsiz kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Kredit qo‘mitasi qarorida kredit shartnomasini tuzish hamda ta’minotsiz kredit ajratish sanasi, kredit summasi va foiz stavkasi belgilanadi. 14. Kredit shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan sanada ta’minotsiz kredit mablag‘lari qarz oluvchi bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 15. Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi ta’minotsiz kredit ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilganda bu haqda qarz oluvchi bankni bir bank ish kuni ichida xabardor qiladi. 16. Qarzdor bank ta’minotsiz kreditdan foydalanish davrida quyida keltirilgan shartlarni bir vaqtning o‘zida bajargan taqdirda unga kredit (faktoring, lizing) ajratish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi: a) kredit qo‘yilmalari qoldig‘ini kredit shartnomasi imzolangan kun holatidagiga nisbatan oshirmaslik; b) ta’minotsiz kreditdan foydalanish davrida lahzali likvidlilik koeffitsiyentini ketma-ket uch marta Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; v) qarzdor bankning moliyaviy ahvolini, shu jumladan likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ijro etishda ijobiy tomonga sezilarli o‘zgarishning yuzaga kelishi. 17. Qarzdor bankning ta’minotsiz kreditdan foydalanish davrida mazkur Nizomning 16-bandida ko‘zda tutilgan operatsiyalardan tashqari barcha aktiv operatsiyalari to‘xtatiladi. 18. Ta’minotsiz kredit mablag‘lari va unga hisoblangan foizlar qarzdor bank tomonidan kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilishi lozim. 19. Qarzdor bank ta’minotsiz kreditni muddatidan oldin to‘liq yoki qisman qaytarishi mumkin. Bunda ta’minotsiz kreditlar bo‘yicha foizlar faqat kreditdan foydalanilgan davr uchun hisoblanadi va to‘lanadi. 20. Markaziy bank mijozlarning to‘lov hujjatlarini uzluksiz ijrosini ta’minlamagan va ta’minotsiz kreditni qaytarishga doir o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan qarzdor bankka nisbatan vasiylik o‘rnatishga haqli. 21. Qarzdor bankka vasiylik qilish Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risidagi Nizomda (ro‘yxat raqami 570, 1998-yil 19-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 22. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
147
7,786
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2007-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2007-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
134
297
Qonunchilik
Import shartnomalarini hisobga qo‘yish va ular to‘lovini xo‘jalik subyektlarining o‘z valyuta mablag‘lari hisobidan import to‘lovni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-sentabrdagi 268-V, 64, 94, 01-02/19-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1514, 2005-yil 4-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 40-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Import shartnomalarini hisobga qo‘yish va ular to‘lovini xo‘jalik subyektlarining o‘z valyuta mablag‘lari hisobidan import to‘lovni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”ga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
207
1,301
Qonunchilik
Toshkent viloyatida yer olish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalarini ajratish tartibotlari soddalashtirildi. 2009 yilda Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaхslarga yer qonunchiligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish boʻyicha komissiya tuzilgan. Komissiya Toshkent  viloyati hokimligi tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va tadbirkorlik faoliyati, yakka tartibda uy-joy qurish va boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Bunday qarorsiz hokim yer ajratish huquqiga ega emas. Bu yetarlicha uzoq davom etadigan jarayon: hujjatlar qabul qilingan paytdan e’tiboran 10 kun mobaynida koʻrib chiqiladi, shundan keyin qabul qilingan qarorni oʻz ichiga olgan bayonnoma 3 kun ichida Toshkent viloyat hokimligiga yuboriladi. Va, faqat Komissiyaning ijobiy qarori boʻlganda tuman (shahar) hokimi yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisida qaror chiqaradi (bir hafta muddatda). Qabul qilingan tuzatishlar natijasida ushbu meхanizm Toshkent viloyatining faqat 5 ta tumanida saqlab qolinadi, bular: Boʻstonliq, Zangiota, Qibray, Parkent va Toshkent tumanlari. Shu tariqa, qolgan 10 ta tumanda endi yer uchastkasini Komissiyaning qarorisiz olish mumkin, yer ajratish tartibi esa u yerda yer taqdim etiladigan maqsadlarga bogʻliq boʻladi: Eslatib oʻtamiz, ilgari poytaхt viloyatning 7 ta tumanida yer uchastkalarini ajratish vaqtincha toʻхtatib turilgan edi. Ushbu cheklov joriy etilgan aholi punktlari va uning amal qilish muddatlari toʻgʻrisida batafsil – bu yerda.    Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.01.2018 yilda kuchga kirdi.    Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov.
46
1,989
Qonunchilik
“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: favqulodda holat joriy etilgan hududda alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga band bo‘lmagan aholini jalb qilish, ularning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq to‘lash shartlarini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga zarur yordamni ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi hamda ularga qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash shartlarini nazarda tutuvchi Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaxslarga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, qabul qilish, taqsimlash va tarqatish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qo‘ldoshev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom favqulodda holat joriy etilgan hududda alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga band bo‘lmagan aholini jalb qilish, ularning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq to‘lash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom qoidalari favqulodda holat joriy etilgan hududda volontyorlik yordamini ko‘rsatayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: avariya-qutqaruv ishlari — avariya va halokatlarning xavfli omillari ta’sirini tugatish va bartaraf etishga, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan shoshilinch harakatlar; buyurtmachi — ish beruvchi — mazkur Nizomga muvofiq avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tashabbuskor (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar); kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, odamlar hayoti, sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishga hamda jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan harakatlar; favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi; hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs; hudud komendaturasi — favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun favqulodda holat joriy etilgan hududda tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi. 3. Band bo‘lmagan aholi quyidagi alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va ta’minlashga jalb etilishi mumkin: uy-joy fondi, kommunal soha va boshqa infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini tiklash; ko‘chalarni, yo‘llarni va yo‘lkalarni ta’mirlash; irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari tashkilotlaridagi ishlar; obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari; jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlar. 4. Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi. 5. Hudud komendanti zaruratga ko‘ra favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni (keyingi o‘rinlarda — vaqtinchalik ishlar) amalga oshirish hamda ta’minlashga band bo‘lmagan aholini jalb etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhni (keyingi o‘rinlarda — maxsus ishchi guruh) tuzish bo‘yicha taklif kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish to‘g‘risidagi Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish nazarda tutilgan bo‘lsa, maxsus ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi rahbarligida hudud komendaturasi tarkibida tuziladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi (hudud komendaturasi) bir ish kuni mobaynida o‘z tarkibida maxsus ishchi guruhni tuzadi. 7. Maxsus ishchi guruh bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatda turgan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan ishsiz mahalliy aholining (keyingi o‘rinlarda — jismoniy shaxslar) ro‘yxatini shakllantiradi, shuningdek, ushbu ro‘yxatni tizimli ravishda yangilab va to‘ldirib boradi. 8. Vaqtincha ishlarga: a) 18 yoshga to‘lgan, bilimi, malakasi va sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilishga qodir bo‘lgan jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin; b) quyidagi jismoniy shaxslarni jalb etish taqiqlanadi: birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar; mehnatga layoqatsiz shaxslar; homilador ayollar; birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan shaxslar; 12 yoshgacha bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri yoki vasiysi; 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar, agar ishlar ionlashtiruvchi nurlanish xavfi zonasida amalga oshirilsa. 9. Vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishga mas’ul buyurtmachi — ish beruvchilar zaruratga ko‘ra maxsus ishchi guruhga vazifalarni bajarishga jismoniy shaxslarni jalb etish yuzasidan buyurtmalar bilan murojaat qiladi. 10. Maxsus ishchi guruh buyurtmachi — ish beruvchilar buyurtmalariga muvofiq bir ish kuni davomida Markaz va buyurtmachi — ish beruvchilar o‘rtasida vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan shaxslar ro‘yxatini ilova qilgan holda favqulodda holatning amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi. 11. Markaz shu kunning o‘zida tuzilgan shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazadi. 12. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilishdan oldin: ushbu Nizom talablariga muvofiq bir ish kuni davomida qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi; mehnatni tashkil etish va mehnatga haq to‘lash shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi. 13. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda jismoniy shaxslarning vaqtinchalik ishlarda qatnashgan davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron mehnat daftarchalarida aks ettiriladi. 14. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq mehnat muhofazasi talablariga mos sharoitlarni ta’minlaydi. 15. Jismoniy shaxslar uchun ish vaqtining davomiyligi mehnat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Buyurtmachi — ish beruvchi ish kuni va ish haftasini tashkil etishning moslashuvchan shakllaridan foydalanishga, shuningdek, ishlagan soatlarga mutanosib ravishda haq to‘lanadigan ishlarni bajarish uchun qisqartirilgan ish vaqtini joriy etishga haqli. 16. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslar uchun vaqtinchalik ishlarning hajmini belgilaydi hamda ularning ish vaqtini hisobga olib boradi. 17. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan oy yakunida (mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan kunda) jismoniy shaxslarga amalda bajargan ishi uchun tashkilotdagi amaldagi stavkalar va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda, ammo oyiga mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo‘lmagan va mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi. 18. Buyurtmachi — ish beruvchilar ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan to‘lovlardan tashqari budjetdan tashqari jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan mehnatga qo‘shimcha rag‘batlantirish belgilashi mumkin. 19. Buyurtmachi — ish beruvchilar oy yakunida Markazga jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblangan qaydnomalarni taqdim etadi. 20. Markaz bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga g‘aznachilik memorial orderlari yoki to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etadi. Buyurtmachi — ish beruvchilarning jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarni bajarishga jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 21. Jismoniy shaxslarning vaqtincha ishlarni amalga oshirish vaqti mehnat stajiga kiritiladi. Ushbu jismoniy shaxslar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini olish huquqini saqlab qoladilar. 22. Jismoniy shaxslarning mehnat majburiyati buyurtmachi — ish beruvchi tomonidan belgilangan vaqtda yoki favqulodda holat bekor qilingan paytdan kechiktirmay tugatiladi. 23. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Mazkur Nizom favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — jabrlanganlar) zarur yordamni ko‘rsatish va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avariya-qutqaruv ishlari — avariya va halokatlarning xavfli omillari ta’sirini tugatish va bartaraf etish, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan shoshilinch harakatlar; kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, odamlar hayoti, sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish hamda jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan harakatlar; favqulodda holat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda ularning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi; hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs; hudud komendaturasi — favqulodda holat rejimini ta’minlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun favqulodda holat joriy etilgan hududda tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi. 3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hudud komendanti bilan kelishilgan holda favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish ehtiyojini, shu jumladan, ularni shaxsiy ma’lumotlari — yoshi, jinsi va boshqa aniqlovchi mezonlari asosida tasniflash orqali turar joy, oziq-ovqat, ichimlik suv, tibbiy xizmat va boshqa zarur insonparvarlik yordamiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi. 4. Jabrlanganlar uchun zarur yordamga quyidagilar kiradi: vaqtincha yashab turish uchun turar joylar bilan ta’minlash; kuniga uch mahal issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak (sovuq mavsumda — issiq kiyim), yoqilg‘i bilan ta’minlash; tibbiy yordam, reabilitatsiya yordami; favqulodda holat joriy etilgan davrda faoliyati cheklanishi tufayli daromadi yo‘qolgan taqdirda, eng zarur tovarlar bilan ta’minlash va moddiy yordam ko‘rsatish; vaqtinchalik ishga joylashishga ko‘maklashish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi Farmoniga asosan favqulodda chora sifatida xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan aholini hamda favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar oqibatlaridan qochish uchun uylarini (turar joylarini) tark etishga majbur bo‘lgan shaxslarni vaqtincha yashab turish uchun statsionar yoki ko‘chma turar joylar bilan ta’minlash (tashkil etish) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoxud Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tashkil etilganda ushbu Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 6. Jabrlanganlarni vaqtincha yashab turish uchun statsionar joylar bilan ta’minlash yoki ularga ko‘chma turar joylarni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi Farmoni bilan belgilangan hududlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida evakuatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — evakuatsiya komissiyasi) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 7. Favqulodda holat joriy etilgan hududning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki hudud komendaturasi tomonidan tegishli evakuatsiya komissiyalariga vaqtincha yashab turish uchun turar joylarga muhtoj jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi hamda ularning evakuatsiyasi tashkil etiladi. 8. Evakuatsiya komissiyalari jabrlanganlarga vaqtincha yashab turish uchun birinchi navbatda statsionar turar joylarni jamoat va ma’muriy bino va inshootlarda (sog‘lomlashtirish muassasalari, ta’lim tashkilotlari, bolalar dam olish oromgohlari, dam olish uylari, turistik bazalar va boshqalarda) tayyorlaydi. Jabrlanganlarni statsionar turar joylar bilan ta’minlash imkoni cheklanganda ularga evakuatsiya komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda vaqtincha yashab turish uchun ko‘chma turar joylar — palatkali shaharchalar barpo etiladi. Jabrlanganlarning vaqtinchalik turar joylardagi hayot faoliyatini ta’minlash tegishli evakuatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 9. Jabrlanganlarni eng zarur tovarlar bilan ta’minlash hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish favqulodda holat joriy etilgan hududning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan yordamga muhtoj shaxslar ro‘yxatiga muvofiq mavjud favqulodda holatni ta’minlash uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy resurslar, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining zaxiralari hamda insonparvarlik yordami sifatida taqdim etilgan moddiy va moliyaviy resurslar hisobidan amalga oshiriladi. 10. Jabrlanganlarni issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shaklar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya ko‘magida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tashkil etiladi. 11. Favqulodda holat joriy etilishi uchun asos bo‘lgan holatlar natijasida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, reabilitatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam tartibida amalga oshiriladi. Tibbiy yordam tibbiy-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 12. Jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam miqdori va uni taqdim etish tartibi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbarining alohida qarori bilan belgilanadigan ijtimoiy to‘lovlar tartibida amalga oshiriladi. 13. Favqulodda holat joriy etilgan hududdagi band bo‘lmagan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan mehnatiga haq to‘lanadigan vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlashga jalb etilishiga ko‘maklashiladi. 14. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi sababli yetkazilgan quyidagi zararlar qoplanishi lozim: jabrlanganlarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar; butunlay yo‘q qilingan va tiklashning imkoni bo‘lmagan mol-mulkning bozor qiymati. 15. Jabrlanganlarning mol-mulki tegishli xavf bo‘yicha sug‘urta qilingan holatlarda ularga yetkazilgan zarar tegishli sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 16. O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar, ishlab chiqarishlar va boshqa bino va inshootlarning qiymati, shuningdek, jabrlanganlarning boy bergan foydasi qoplanmaydi. 17. Jabrlanganlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, ularga bepul zarur tibbiy yordam ta’minlanadi, fuqaro halok bo‘lgan taqdirda esa — qonunchilikka muvofiq uning oila a’zolariga pensiya yoki boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi. 18. Hudud komendanti yuridik yoki jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkini yoki uning bir qismini, transport vositasini, mashina va mexanizmlarni, asbob-uskunalar yoki boshqa mulklarni, agar ulardan foydalanish avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun o‘ta zarur bo‘lsa va ularni tezkor yetkazib kelish imkoniyati mavjud bo‘lmasa yoki ko‘p harakatlarni talab qilsa, ularni majburiy foydalanish uchun vaqtincha olib qo‘yish (rekvizitsiya) to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. 19. Majburiy foydalanish hudud komendanti tomonidan belgilangan muddatda, ammo favqulodda holat amal qilish muddatidan kechiktirmay to‘xtatiladi. 20. Majburiy foydalanish uchun olib qo‘yish hudud komendanti tayinlagan mansabdor shaxs (keyingi o‘rinlarda — mansabdor shaxs) tomonidan amalga oshiriladi. 21. Hudud komendanti va mansabdor shaxs majburiy foydalanish uchun olib qo‘yishni amalga oshirishda ashyoning mulkdori yoki egasidan olib qo‘yilishi yoki majburiy foydalanilishi kerak bo‘lgan ko‘chma ashyoni topshirish uchun yetkazib berishga majburlashga haqli. 22. Majburiy foydalanish uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi ashyoning mulkdoriga yoki egasiga beriladi. Favqulodda holat amal qilish muddati tugagandan so‘ng saqlanib qolingan majburiy foydalanish uchun olib qo‘yilgan ashyo sobiq mulkdori yoki egasiga qaytarib beriladi. 23. Majburiy olib qo‘yilgan ashyoning yo‘q qilinganligi va (yoki) shikastlanganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi. 24. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi. 25. Shikastlangan yoki yo‘q qilingan mulkning egasi yoki mulkdori (keyingi o‘rinlarda — mol-mulk egasi) favqulodda holat amal qilish muddati tugagan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun mobaynida tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga moddiy zararni qoplash to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan arizani taqdim etadi. 26. Zararni qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: mol-mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (bunday hujjat yo‘qolgan yoki yo‘q qilingan hollarda ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma); mulkni majburiy begonalashtirish yoki majburiy foydalanish uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnomaning nusxasi; yo‘qolgan va / yoki shikastlangan mulk ro‘yxati. 27. Arizalar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etiladi. 28. Moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kunida ko‘rib chiqiladi. 29. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi ariza ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunida mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan yetkazilgan zarar miqdori baholanishini tashkil etadi. 30. Etkazilgan zarar miqdorini baholash quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: mol-mulk egasi uch ish kunigacha baholovchi tashkilotni tanlaydi; baholovchi tashkilot bir ish kunida mol-mulk egasi bilan kelishgan holda baholash vaqti va joyini belgilaydi; baholovchi tashkilot besh ish kunigacha mol-mulk egasi ishtirokida zararlangan mulkni baholaydi; baholovchi tashkilot bir ish kunida baholash hisobotini tayyorlaydi, mol-mulk egasini tanishtiradi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi. 31. Zararni qoplash miqdori, ya’ni shikastlangan mulkni tiklash (ta’mirlash) uchun zarur bo‘lgan xarajatlar va (yoki) buzilganligi sababli mulkning eskirish miqdorini yoki yo‘qolgan yoxud shikastlangan mol-mulkning eskirishini qoplash o‘sha vaqtda hududda amalda bo‘lgan bozor narxlari qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zararlangan mulkni tiklash (ta’mirlash) xarajatlari uni tiklash xarajatlarining smetasi yoki hisob-kitobi bilan tasdiqlanadi. 32. Mulk, agar uni qayta tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan asossiz bo‘lsa, yo‘q qilingan hisoblanadi. Mulkni tiklash uchun kutilayotgan xarajatlar zarar yetkazilgan kundagi uning bozor qiymatining sakson foizidan oshsa, mulkni tiklash iqtisodiy jihatdan asossiz deb hisoblanadi. 33. Baholovchi tashkilot tomonidan mulkiy zararni baholash ishlari tugagandan so‘ng mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi uch ish kunida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashning miqdori bo‘yicha xulosa tayyorlaydi, tegishli qaror qabul qiladi hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga ijro uchun yuboradi. 34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli g‘aznachilik bo‘linmasi mol-mulk egasiga mulkiy zararni qoplash to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qarorda qayd qilingan mol-mulk egasining bankdagi hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazadi. Jabrlanganlarga yetkazilgan mulkiy zarar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 35. Turar joylarni tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan asossiz bo‘lganda ularning egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda tekinga doimiy uy-joy berilishi mumkin. 36. Etkazilgan zarar qoplangandan so‘ng yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish jurnaliga to‘langan zarar miqdori sanasi va to‘lovning raqami ko‘rsatilgan holda tegishli yozuv kiritiladi. 37. Mulkka yetkazilgan zararni qoplashni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: a) zarur shaklda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda; b) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va asoslanmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda. 38. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Mazkur Nizom favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi hamda ularga qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash shartlarini belgilaydi. 2. Favqulodda holat rejimini ta’minlash (saqlab turish) ishlari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi Farmonida belgilangan favqulodda choralarni amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar kiradi. 3. Favqulodda holat joriy etilgan hududda qo‘llanilgan favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlarni amalga oshirishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi (keyingi o‘rinlarda — huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar) xodimlari va harbiy xizmatchilari, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning xodimlari va ishchi-xizmatchilari, shuningdek, ushbu ishlarga jalb etilgan band bo‘lmagan fuqarolar — favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslar hisoblanadi. 4. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish (keyingi o‘rinlarda — hisobga olish): xizmat (mehnat) qilayotgan fuqarolarni — ular xizmat (mehnat) qilayotgan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan; band bo‘lmagan fuqarolarni — Hudud komendaturasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari rahbarligida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat tuziladigan favqulodda holat joriy etilgan hududda band bo‘lmagan aholini vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlashga jalb etish, shuningdek, ularning mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish maxsus ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. 5. Hisobga olish tegishli davlat organi va tashkilot rahbarining favqulodda holatni ta’minlash (saqlab turish) ishlariga jalb etish to‘g‘risidagi buyruqlari, shuningdek, favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash ishlariga jalb etish bo‘yicha mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 6. Qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar faqat favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslar sifatida hisobga olingan fuqarolarga qo‘llaniladi. 7. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga quyidagi qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llaniladi: a) favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalarning xodimlari va harbiy xizmatchilari pul ta’minoti (lavozim maoshi va harbiy (maxsus) unvon maoshi yig‘indisi), shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarning xodimlari va ishchi-xizmatchilarining lavozim maoshlari miqdori 1,5 oshirish koeffitsiyentini qo‘llagan holda aniqlanadi; b) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalarning xodimlari va harbiy xizmatchilariga pensiya tayinlash uchun xizmat (harbiy xizmat) stajini hisoblashda: favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davrdagi xizmat (harbiy xizmat) muddatining bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi; favqulodda holat rejimini ta’minlash (saqlab turish) ishlarini bevosita amalga oshirishda olingan yaradorlik, kontuziya, tan jarohati va kasalliklar natijasida shifoxona va boshqa tibbiyot muassasalarida uzluksiz davolanishda bo‘lgan bir kun imtiyozli ravishda xizmatning (harbiy xizmatning) uch kuniga teng hisoblanadi; v) favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlashga jalb etilgan band bo‘lmagan fuqarolarga: buyurtmachi — ish beruvchi tashkilotlarda amalda bo‘lgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, ammo mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi; buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan ish haqidan tashqari budjetdan tashqari jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan mehnatga qo‘shimcha rag‘batlantirish belgilanishi mumkin; mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llaniladi. 8. Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan to‘lovlarni to‘lash — ular favqulodda holat joriy etilgan hududda o‘z vazifalarini haqiqatda bajargan vaqt uchun (favqulodda holat joriy qilingan kundan oldin bo‘lmagan va favqulodda holatning amal qilish muddati tugagan kundan kechiktirmay) amalga oshiriladi. 9. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan davlat organlari va tashkilotlarda — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan; boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minlanadigan tashkilotlarda — ushbu tashkilotlarning moliyalashtirish (ta’minlash) manbalari hisobidan amalga oshiriladi. 10. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirishda xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, qabul qilish, taqsimlash va tarqatish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. 2. Favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat joriy etishga xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda jabrlangan aholiga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar yoki notijorat tashkilotlar, xorijiy davlatlar fuqarolari (keyingi o‘rinlarda — donorlar) tomonidan taqdim etilgan beg‘araz yordam, shuningdek, ushbu yordamni tashish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar xalqaro insonparvarlik yordami (keyingi o‘rinlarda — xalqaro insonparvarlik yordami) hisoblanadi. 3. Xalqaro insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasiga, davlat boshqaruv organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar) berilishi mumkin. 4. O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu tovarlarni to‘lashni nazarda tutuvchi tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari)ga muvofiq olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 5. Xalqaro insonparvarlik yordamini (to‘liq yoki qisman) sotish taqiqlanadi. 6. Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Donorlar xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish istagi bo‘yicha ular to‘g‘risidagi hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga murojaat yuboradilar. Ushbu hujjatlarda quyidagilar aks ettirilishi kerak: xalqaro insonparvarlik yordamining maqsadlari, nomenklaturasi va hajmi; xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar (oxirgi oluvchilar) toifalari — jismoniy shaxslar, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar yuridik shaxslarning to‘liq ro‘yxati; xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish usuli; xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish davriyligi yoki bir marta ko‘rsatilishi; xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish muddati va/yoki uni to‘xtatish muddati. 8. Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqish Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi. Hukumat komissiyasi xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlarni olgan kunning o‘zida ularni Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 9. Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Hukumat komissiyasining ishchi organiga (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) quyidagi javoblardan birini taqdim etishlari lozim: xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlar kelishilganligi; xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari fikr-mulohazalar va/yoki takliflar bilan kelishilganligi; xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari kelishilishi asosli ravishda rad etilganligi. 10. Ishchi organ tomonidan bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari bo‘yicha taqdim etilgan kelishuvlar, fikr-mulohazalar, takliflar va raddiyalar umumlashtirilib, axborot ma’lumotnomasi rasmiylashtiriladi va navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasi raisiga tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi. 11. Hukumat komissiyasi ikki ish kunida taqdim etilgan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlash (tasdiqlashni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 12. Hukumat komissiyasining qarori uning majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning o‘zida barcha tegishli davlat organlariga elektron shaklda ijro uchun yuboriladi. Ushbu bayonda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida belgilangan tartibda tegishli donorlar xabardor etilishi nazarda tutiladi. 13. Xalqaro insonparvarlik yordamini hisobga olish, qabul qilish, tarqatish va ulardan foydalanishni nazorat qilish maqsadida ular majburiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 14. Ishchi organ tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha kelishilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hukumat komissiyasining tegishli bayoni kelib tushgan kunning o‘zida “Xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha yagona reyestr” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) kiritiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 15. “Yagona reyestr” AT ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, shakllantiriladi va yuritiladi. “Yagona reyestr” AT quyidagilarni nazarda tutadi: xorijiy davlatlar bilan o‘zaro elektron hamkorlikni qo‘llagan holda xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish; xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish; xalqaro insonparvarlik yordamining barcha turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish; davlat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun “Yagona reyestr” ATdan zarur axborotni berish. 16. Ishchi organ tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlarini ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnoma bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar hamda tegishli davlat organlari — ijrochilarga yuboriladi. 17. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari sertifikatlashdan o‘tkazilganidan va Hukumat komissiyasi tomonidan kelishilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi mumkin. 18. Xalqaro insonparvarlik yordami xalqaro insonparvarlik yordami oluvchisiga amalda topshirilguniga qadar donorning mulki hisoblanadi. 19. Donorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini olib kirish jarayonini muvofiqlashtirish Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 20. Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini ko‘rsatish hujjatlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida Hukumat komissiyasiga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi insonparvarlik yordamini olish talabnomasi kiritiladi. Istisno hollarda, asoslar mavjud bo‘lganda, talabnomani kiritish muddati uch ish kuniga qisqartirilishi mumkin. 21. Ishchi organ bir ish kunida kelib tushgan talabnomalar asosida olib kirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro insonparvarlik yordamining dastlabki taqsimotini manfaatdor davlat organlari ishtirokida o‘tkazadi. Ishchi organ tomonidan shu kunning o‘zida xalqaro insonparvarlik yordamining oluvchilar o‘rtasidagi taqsimoti loyihasini Hukumat komissiyasi raisiga tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi. Hukumat komissiyasi ikki ish kunida navbatdagi yig‘ilishida xalqaro insonparvarlik yordami taqsimoti loyihasini ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Hukumat komissiyasining ushbu yig‘ilish bayoni shu kunning o‘zida xalqaro insonparvarlik yordami oluvchilarga va tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi. 22. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordamini olib kelish rejasi haqida tegishli ma’lumotlarni olgach shu kunning o‘zida: barcha jalb qilingan vazirliklar va idoralarga xalqaro insonparvarlik yordami yuklari kelib tushadigan sana, ularning nomenklaturasi va hajmi haqida xabar beradi; omborlarning yuklarni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va umumlashtiradi. 23. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari O‘zbekiston Respublikasi hududiga avtomobil, temir yo‘l va havo transportlarida chegara — bojxona postlari orqali olib kiriladi. 24. Tegishli davlat organlari va xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va yetkazishni tashkil etadi. 25. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini berish va qabul qilishda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchining vakillarida lavozimga tayinlanganligini tasdiqlovchi hujjatning (vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari uchun) tasdiqlangan nusxasi yoki oluvchi tashkilotdan olingan ishonchnomaning asl nusxasi va unga ilova qilingan qabul qilish uchun vakolatli shaxsning pasportining tasdiqlangan nusxasi, tashkilotning muhri (agar ishonchnoma bo‘lmagan va/yoki ishonchnomaga muhrdan foydalanmagan holda imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda) yoki insonparvarlik yordami yukini oluvchi tashkilot muhri bilan tasdiqlangan berish va qabul qilish dalolatnomalari blankalari bo‘lishi shart. 26. Tegishli xalqaro insonparvarlik yordami yuklari bojxona chegarasini kesib o‘tgandan so‘ng qabul qiluvchi tomonning vakili shu kunning o‘zida ishchi organni xabardor qilishi shart. 27. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sertifikatlashdan o‘tkazish (chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 28. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish bo‘yicha donorlarga ko‘maklashadi. Ishchi organning vakillari ushbu tartib yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradilar hamda to‘ldirilishi va vakolatli organlarga taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini taqdim etadilar. 29. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro insonparvarlik yordami yuklari ortilgan transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi va to‘xtash joylari, shu jumladan, tushirish joyiga yetkazish yo‘nalishlarini oldindan o‘rganadi hamda kolonnalarning kuzatuvini va xavfsizligini ta’minlaydi. 30. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini saqlash joylarida qo‘riqlash bo‘yicha navbatchilikni tashkil qiladi. 31. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan oluvchilarning omborlarida amalga oshiriladi. 32. Xalqaro insonparvarlik yuklarini qabul qilish, omborlarda yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish va hisobini yuritish ishlari xalqaro insonparvarlik yuklarini oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xalqaro insonparvarlik yordami ishchi organ vakili ishtirokida, manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb qilgan holda qabul qilinadi. 33. Ishchi organ va bojxona organi xodimlarisiz transport vositasidan plombalarni (nazorat lentalarini) olib tashlash va xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish taqiqlanadi. Ishchi organ vakilining talabiga ko‘ra xalqaro qabul qiluvchining vakili yukni ochishi va xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tekshirish uchun taqdim etishi shart. Plombalarning (nazorat lentalarning) mavjudligi va butunligi foto-fiksatsiya bilan tasdiqlanadi. Plombalar (nazorat lentalari) bo‘lmagan (zarar ko‘rgan) hollarda ishchi organ vakili dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga foto-fiksatsiya materiallari ilova qilingan holda yuboriladi. Transportning konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muhrlar bo‘lmagan hollar bundan mustasno. 34. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish jarayonida ishchi organ vakili olingan yuklarning nomenklaturasini sertifikatlash uchun e’lon qilinganga muvofiqligini nazorat qiladilar. 35. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirishda qabul qiluvchi tomonidan shu kunning o‘zida ishchi organ vakili ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralarining vakillarini jalb etgan holda sanoqdan o‘tkaziladi va yuklarning haqiqiy mavjudligi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma nusxasi imzolangan kundan boshlab uch ish kunida donorga yuboriladi, dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi ishchi organga yuboriladi. Sertifikatsiyalardan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining miqdorida tafovut va nomenklaturasida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, nomuvofiqlik to‘g‘risida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar (keyingi o‘rinlarda — tibbiy mol-mulk)dan iborat xalqaro insonparvarlik yuklarini sanoqdan o‘tkazishda hujjatlar bo‘yicha miqdor bilan haqiqiy miqdor o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, xalqaro insonparvarlik yordamini qabul qilishda miqdor bo‘yicha tafovutlar yuzasidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklda nomuvofiqlik to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va uning tasdiqlangan nusxasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga taqdim etiladi. Ushbu nomuvofiqlik to‘g‘risida dalolatnomalar xalqaro insonparvarlik yordami sifatida qabul qilingan yuklarning amalda mavjudligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Agar xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining amaldagi haqiqiy miqdori (og‘irligi) yuk tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdordan (og‘irlikdan) ortiqcha bo‘lsa yoki yuk tashish hujjatlarida ko‘rsatilmagan yuk aniqlansa, bunday yuk nomuvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnomada qayd etilgan paytdan boshlab insonparvarlik yordami yuki deb hisoblanmaydi va u qabul qiluvchining mas’ulligida saqlanadi hamda tegishli qaror qabul qilinmaguncha undan foydalanilmaydi. 36. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish ishlari tugatilganidan so‘ng xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi tomonidan ishchi organ vakiliga quyidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari taqdim etilishi shart: vagonlarga taxlash varag‘ining yoki tovar-transport yuk xatining tasdiqlangan nusxalari; o‘tkazish joyidan to tushirish joyigacha bo‘lgan yo‘l uchun yuk xatining tasdiqlangan nusxasi; topshirish va qabul qilish dalolatnomasining nusxasi. Nusxalar yuk olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida taqdim etiladi. 37. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari jismoniy shaxslarga — oxirgi oluvchilarga xalqaro insonparvarlik yordami shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda beriladi va tarqatish varag‘ida jismoniy shaxsning imzosi bilan qayd etiladi. Tarqatish varag‘ining nusxasi uch ish kunida umumlashtirish va hisobini yuritish uchun ishchi organga taqdim etiladi. 38. Tibbiy mol-mulk viloyatlar, shaharlar va tumanlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari/bo‘limlariga, tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi va ular tomonidan oxirgi oluvchilarga tarqatiladi. Tibbiy mol-mulkning oxirgi qabul qiluvchisi statsionar sharoitda davolanayotgan hamda dispanser ro‘yxatida turgan bemorlar hisoblanadi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari/bo‘limlari, tibbiyot muassasalari tibbiy mol-mulkni olganligi to‘g‘risida xalqaro insonparvarlik yordamini olish jurnallarida qayd etadi. Tibbiyot muassasalarida statsionar va dispanser ro‘yxatida turgan bemorlar tomonidan tibbiy mol-mulk olinganligi jismoniy shaxs (bemor)ni tibbiyot muassasasidan chiqayotganida davolanish davrida olgan xalqaro insonparvarlik yordamini hisobga olish jurnalida uning imzosi bilan qayd etiladi (o‘lim hollari, shuningdek, bolalar (yetimlar, tashlab ketilganlar), qarindoshlari bo‘lmagan behush holatdagi bemorlar va ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar bundan istisno hisoblanadi). 39. Xalqaro insonparvarlik yordamini yuridik shaxslarga — oxirgi oluvchilarga berish quyidagi hujjatlardan biriga muvofiq amalga oshiriladi: topshirish-qabul qilish dalolatnomasi; yuk xati; hadya guvohnomasi. 40. Yuridik shaxslar — oxirgi oluvchilar tomonidan xalqaro insonparvarlik yordami olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari uch ish kunida umumlashtirish va hisobini yuritish uchun ishchi organga taqdim etiladi. 41. Ijtimoiy obyektlarni tiklash, qurish, ta’mirlash, hayot faoliyatini ta’minlovchi obyektlar va boshqalar uchun qurilish materiallari, shuningdek, o‘rnatishni va montaj ishlarini talab qiladigan uskunalar va elektr ehtiyot qisimlari shaklidagi xalqaro insonparvarlik yordami ta’mirlash-tiklash, qurilish ishlari yakunlangach bajarilgan ishlar dalolatnomasining imzolangan nusxasi ishchi organga taqdim etiladi. 42. Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati hamda zarur xollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida tasdiqlangan rejalarga asosan tekshiruvlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 43. Xalqaro insonparvarlik yordami noto‘g‘ri ishlatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq va bojxona organlariga taqdim etiladi. 44. Xalqaro insonparvarlik yordami noto‘g‘ri ishlatilgan taqdirda, bojxona to‘lovlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ushbu summalarga hisoblangan penya va jarimalar belgilangan tartibda Davlat budjetiga undiriladi. 45. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordamining maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat va tekshirish tadbirlari natijalari to‘g‘risida Hukumat komissiyasiga axborot berib boradi. 46. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
128
50,697
Qonunchilik
Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati indeksatsiya qilindi
Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaхshilash qiymati miqdorlari oshirildi (roʻyхat raqami 3131, 23.01.2019 y.). Eslatib oʻtamiz,  Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomda (keyingi oʻrinlarda – Nizom): Yuqorida sanab oʻtilgan pozitsiyalar boʻyicha qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari aniqlanadi. Kim tomonidan va qanday holatlarda ularning oʻrni qoplanishi va qachon ularning oʻrni qoplanmasligi Yer kodeksining 87-moddasida va Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan. Qabul qilingan hujjat bilan bu miqdorlar 1,467 marta oshirildi. Oʻtgan yili indeksatsiya koeffitsiyenti 1,246 ni tashkil etgan. Buni inobatga olgan holda bazaviy va indeksatsiya qilingan qiymatlarning solishtirma jadvali quyidagi koʻrinishga ega: 1-jadval. Olib qoʻyiladigan 1 ga lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish Tabiiy zona Bazaviy qiymati (ming soʻm) Qiymati 1,467  marta indeksatsiya qilishni hisobga olgan holda (ming soʻm) Tekislik (yogʻinlar bilan ta’minlanmagan)  1462 2144,7 Tekislik-adir (yogʻinlar bilan yarim ta’minlangan) 2162 3171,6 Togʻoldi va togʻ (yogʻinlar bilan ta’minlangan) 2641 3874,3 2-jadval Bir bonitet balli olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlari  oʻrniga bir хil 1 gektar yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish Hudud Bazaviy qiymati (ming soʻm) Qiymati 1,467  marta indeksatsiya qilishni hisobga olgan holda (ming soʻm) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 444,2 651,6 Viloyatlar: Andijon 761,6 1117,3 Buхoro 634,8 931,2 Jizzaх 507,8 744,9 Qashqadaryo 507,8 744,9 Navoiy 507,8 744,9 Namangan 698,2 1024,2 Samarqand 761,6 1117,3 Surхondaryo 825,0 1210,3 Sirdaryo 507,8 744,9 Toshkent 761,6 1117,3 Fargʻona 698,2 1024,2 Xorazm 634,8 931,2 Toshkent sh. 761,6 1117,3 3-jadval 1 ga pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaхshilash Vertikal zonalarga boʻlinish Bazaviy qiymati (ming soʻm) Qiymati 1,467  marta indeksatsiya qilishni hisobga olgan holda (ming soʻm) «Choʻl» mintaqasi 242,9 356,3 «Adir» mintaqasi 283,9 416,5 «Togʻ» mintaqasi 398,6 584,7 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.01.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
70
2,490
Qonunchilik
“BOLALAR SAN’ATI-2000” XALQARO FESTIVALIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QATNAShIShIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil iyul oyida Vashington shahri (AQSh)da o‘tkaziladigan “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalida qatnashishi munosabati bilan, shuningdek bolalar san’atini qo‘llab-quvvatlash, jahonning turli mamlakatlari bolalari o‘rtasida o‘zaro fikrdoshlikni va madaniy aloqalarni qaror toptirishga ko‘maklashish, san’at sohasida bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, maktab o‘quvchilarining kasb-hunar malakalarini rivojlantirish va umumakademik darajasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Badiiy akademiya, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” va “Kamolot” jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rishi va qatnashishi uchun mas’ul etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro festivalga tayyorgarlik ko‘rish va qatnashishiga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalida qatnashishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tashkiliy qo‘mita tashkil etilsin hamda festivalda qatnashish uchun bolalar ijodiyoti asarlarini tanlash bo‘yicha hakamlik tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Tashkiliy qo‘mita: O‘zbekiston Respublikasining Bolalar san’ati xalqaro festivalida qatnashishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar rejasini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalining milliy bosqichini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin; O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda milliy stend ramzini va logotipini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda “Bolalar san’ati — 2000” festivalida bolalar asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilinishini ta’minlasin. 5. Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari 1999-yil 20-iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bolalar san’ati festivallarining bosqichma-bosqich o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalar san’ati festivallarining yuqori tashkiliy darajada, homiy tashkilotlar jalb etilgan va g‘oliblar taqdirlangan holda o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalida qatnashishiga tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etishi bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining homiylik tashkilotlari mablag‘lari hisobiga qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Homiylik tashkilotlari ro‘yxatiga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rgazma maydonchalari homiylik mablag‘lari hisobiga ijaraga olinadi. 8. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va qatnashish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun: homiylik tashkilotlari mablag‘larini jamlash uchun maxsus bank schyoti ochsin; O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalida qatnashishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladigan xarajatlar smetasini, festival tashkilotchilari tomonidan beriladigan imtiyozlarni hisobga olgan holda, Moliya vazirligi bilan kelishib olsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketiladigan eksponatlarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniy ishlari vazirligining badiiy ekspertiza boshqarmasi tomonidan beriladigan guvohnoma taqdim etilishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Vashington shahriga “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivaliga yuborilayotgan ko‘rgazmaga qo‘yiladigan yuklar tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona tartibotlari o‘tkazilganligi uchun bojxona yig‘imlari undirilmasdan tezlikda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 11. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Vashington shahriga bolalar asarlari ko‘rgazmasi hamda “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalida ishlash uchun AQShga boradigan mutaxassislar aeroport yig‘imlari undirilmasdan o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin. 12. Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bolalar san’ati festivallari hamda O‘zbekiston Respublikasining AQShda “Bolalar san’ati — 2000” xalqaro festivalida qatnashishi keng yoritilishini ta’minlasinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
118
4,883
Qonunchilik
TIF TNning yangi versiyasi kuchga kirdi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi PQ–3448-son qarori bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) 2017 yilgi versiyasi amalga kiritildi. TIF TNning yangi versiyasi 2018 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritildi. U Jahon bojхona tashkiloti tomonidan yangilangan Tovarlarni tasniflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi bazasida ishlab chiqilgan. Bungacha amalda boʻlgan TIF TNning 2012 yilgi versiyasi oʻz kuchini yoʻqotdi. TIF TNning 2017 yilgi versiya joriy etilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan tovarlar roʻyхati Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 yildagi 1042-son qarori bilan tasdiqlangan.    Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
39
929
Qonunchilik
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman: 1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 92-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157, 2010-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 47-son, 440-modda); O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 2013-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 416-modda). 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi. 2. Budjet tashkilotlari xarajatlarni qoplash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud bo‘lganda, mazkur ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha ham daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzadi. 3. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, shuningdek shtat jadvallarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar. Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, ro‘yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi. 4. Xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallari bir moliya yili muddatiga, mavsumiy yoki yil mobaynida tuzilgan tashkilotlar bo‘yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko‘rsatish davriga tuziladi va amal qiladi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 5. Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar: barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) bo‘yicha — mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1-yanvarida amalda bo‘lgan shartlarda; mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar bo‘yicha — mazkur tashkilot faoliyat ko‘rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga ko‘ra hisobga olinadi. 6. Budjet tizimi budjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo‘shimcha xarajatlarga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 7. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari so‘mda tuziladi. 71. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallarini ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun dasturiy majmua orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimiga (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) jo‘natadi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari rahbarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va har biriga xos “QR” kodlar qo‘yilib, axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. 72. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 112-moddasi oltinchi qismida ko‘rsatilgan quyidagi mablag‘larga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydi: a) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ijro etish jarayonida bo‘shaydigan; b) tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralari bo‘yicha hisobga olingan; v) advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan to‘lanishi nazarda tutiladigan; g) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan; d) davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun nazarda tutiladigan; e) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun nazarda tutiladigan, budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno; j) bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash uchun nazarda tutiladigan; z) Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar to‘lash uchun nazarda tutiladigan; i) transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan; k) davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan; l) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan; m) saylov va referendumlar o‘tkazish uchun nazarda tutiladigan; n) budjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan; o) tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining ustav kapitalini shakllantirish va ko‘paytirish uchun nazarda tutiladigan; p) rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari ajratish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan; r) soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va Davlat budjeti xarajatlarini ko‘paytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun mo‘ljallangan; s) davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan; t) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar. Bunda ushbu bandda ko‘rsatilgan mablag‘lar tegishli moliya organlarining shaxsiy g‘azna hisovaraqlarida aks ettiriladi (mazkur bandning “m”, “s” va “t” kichik bandlarida keltirilgan mablag‘lar bundan mustasno). 8. Xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi xorijiy va milliy valyutalarda har bir diplomatik muassasa bo‘yicha alohida mazkur Nizomning 1 a-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. 9. Xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida tuziladi. Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga tegishli moliya yili uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmini yetkazish tegishli moliya organlari yoki budjet mablag‘larini taqsimlovchilari tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga tegishli moliya yili uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmini yetkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 10. Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va moliya organining mazkur masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning rahbarlari hamda tegishli xodimlarining kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar, ularga tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish tartibi masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablarini tushuntiradilar, budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishi majburiyligi, xarajat qilishda smeta-shtat intizomiga va tejamkorlik rejimiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradilar, shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to‘ldirish texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar. Bir vaqtning o‘zida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga kelgusi yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlariga muvofiq asosiy ko‘rsatkichlarni (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) yozma ravishda xabar qiladilar. 11. Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlariga va tejamkorlikning qat’iy rejimini hisobga olgan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 12. Xarajatlarni hisoblab chiqarishda quyidagilarga amal qilinishi zarur: belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ularga taqdim etilgan budjet sohasidagi vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga; belgilangan tartibda tasdiqlangan budjet tashkilotlari xarajatlarining normativlariga; tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga. Jumladan: xarajatlar smetasiga ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalari, ularga qo‘shimcha haq to‘lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritiladi. Ishbay shaklida bajariladigan ishlar uchun ish haqi, moliya yiliga xarajatlar smetasida nazarda tutilgan shunday ishlarning hajmidan kelib chiqib xarajatlar smetasiga kiritiladi; pedagog xodimlar ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalaridan, daftarlarni tekshirganlik, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim; tibbiyot xodimlari ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalari va shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim; stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi; yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga belgilangan stavkalardan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi; xo‘jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga ko‘rsatiladigan xizmatga o‘tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi; telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda, limitdan ortiqcha foydalanilgan aloqa xizmatlari, shu jumladan shaharlararo (xalqaro) so‘zlashuvlar uchun, Internet xizmatlari va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning faoliyat xususiyatlaridan va mazkur xizmatlarga bo‘lgan talabidan (zaruriyatidan) kelib chiqib nazarda tutiladi; davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha budjet tashkilotlarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar budjet tashkilotlarining har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining natural me’yorlaridan va o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqib hisoblanadi; dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar kuniga bir bemorga hisoblangan dori-darmonlar me’yoriga qarab belgilanadi; ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyabzal, choyshab, ko‘rpa-to‘shak anjomlari va boshqa yumshoq anjomlar sotib olishga ketadigan xarajatlar mavjud moddiy ta’minotning me’yorlari asosida ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi; suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi; qo‘riqlash faoliyati xizmatlarining to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlar mazkur xizmatlarni yetkazib beruvchilarning tariflariga muvofiq aniqlanadi; tashkilotlarning binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan xarajatlar me’yori, limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi; xizmat safarlariga xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi; epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog‘liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda o‘zgacha ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va moliya organlari tomonidan tekshiriladi. 13. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va/yoki tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bosh bo‘linma sifatida belgilangan) huzuridagi buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha quyidagi alohida hollarda bo‘limlar va kichik bo‘limlar (tashkilotlar turi) kesimida xarajatlar smetasi tuzilishi va tasdiqlanishi mumkin: bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha — veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa kichik tashkilotlar bo‘yicha; bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, agar ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha; ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bo‘yicha. 14. Mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlovchilari bo‘lib xarajatlar smetasini tasdiqlagan bosh tashkilotlarning rahbarlari hisoblanadi. 15. Mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning xarajatlar smetasi, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi. Xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko‘rsatkichlar ro‘yxati bo‘yicha xarajatlarning guruhlari va ilovalari bo‘yicha, shuningdek xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi. 16. Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko‘rsatkichlar; sotib olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati; kapital va joriy ta’mirlash uchun asosiy ishlar ro‘yxati; o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar hajmi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan kadastr yuritish va boshqa ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha ishlar hajmi; bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun asoslangan hisob-kitoblar; budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ajratishni asoslash uchun boshqa zarur hisob-kitoblar. Tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib chiqiladi hamda xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi. 17. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha ular tomonidan o‘zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tashqari markazlashtirilgan tadbirlarga xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin. Agarda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo‘yicha qo‘riqlash xizmatini to‘lash, xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborot-kompyuter tizimiga xizmat ko‘rsatish, seminarlar o‘tkazish va boshqalar) bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har bir markazlashtirilgan holda to‘lanadigan tadbirlar bo‘yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi. 18. Kelgusi moliya yilida ochilishi rejalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo‘limlari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to‘lash shartlari va faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash tashkilotlarda mavjud bo‘lgan xarajatlarning o‘rtacha me’yorlaridan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunda, yangi budjet tashkilotlarini saqlash xarajatlari mazkur tashkilotlar faoliyatining boshlanishi mo‘ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 19. Davlat ilmiy dasturlarini bajarishga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi ijrochi-tashkilotlar bo‘yicha barcha ilmiy loyihalarning umumiy summasini smetada budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida aks ettirgan holda tuziladi. Bunda xarajatlar smetalariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ish beruvchilarning ajratmalari va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘zida aks ettirgan xarajatlar kalkulatsiyasi ilova qilinadi. 20. Budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetalari buyurtmachi rahbari tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda smeta bo‘yicha xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. 21. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun ijrochi-tashkilotlarga yo‘naltiriladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi ular bilan mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarni bajarishga budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida shartnoma tuzgan tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi va idorasi rahbari (u vakolat bergan shaxs) tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. 22. Xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetasini budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay tasdiqlaydi. 221. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasini, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini mazkur Nizom 46-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi. 23. Shtat jadvali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. 24. Budjet tashkilotining shtat jadvalida va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalida mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan, bir yilga hisob-kitob qilingan ustamalar to‘lashga, qo‘shimcha haq to‘lash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi alohida satrda ko‘rsatiladi, masalan: qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (tibbiyot muassasalari, barcha tipdagi umumta’lim maktablari va o‘rta-maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno); mukofotlash, moddiy yordam ko‘rsatish, ko‘p yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi; ko‘p yillik mehnati va maxsus unvonlarga (malaka darajasi, darajali unvon, diplomatik martaba va boshqalar) oylik ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lashni belgilash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi; mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi; Umumta’lim, o‘rta-maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi va boshqalar. 241. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma shtat jadvalini mazkur Nizom 46-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi. 25. Budjet tashkilotining shtat jadvalini va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari shtat jadvallarini budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan, biroq joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay tasdiqlaydi. 26. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda keyingi moliya yilining birinchi choragini oyma-oy bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Bunda, vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan ortiq bo‘lmasligi lozim hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin. Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25-dekabrigacha tuziladi va tasdiqlanadi. 27. Vaqtinchalik xarajatlar smetalari xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida birinchi chorak uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan kam bo‘lmasligi kerak. 28. Vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash talablariga muvofiq tartibda amalga oshiriladi. 29. Budjetdan tashqari jamg‘armalarga ega bo‘lgan budjet tashkilotlari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini har yili tuzadi va tasdiqlaydi. Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari va xarajatlarini rejalashtirish budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan daromadlar manbai va xarajatlar yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 30. Budjet tashkilotlari quyidagi budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha smetalar tuzadilar: Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari; budjet tashkilotlariga undiriladigan ota-onalar to‘lovlari hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotganligi uchun, o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarida ta’lim olganligi uchun, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi to‘lovlar; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun undiriladigan ota-onalar to‘lovlari hisobidan shakllantiriladigan, shuningdek tibbiyot muassasalarida statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan to‘lovlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi tuzilmaydi. Bu mablag‘lar mazkur muassasalarning xarajatlar smetasida hisobga olinadi. 31. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasida tushumlar manbaini ko‘rsatgan holda budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarining hajmi va mazkur mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablag‘lar qoldig‘i hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan xodimlar soni bo‘yicha shtat jadvali ilova qilinadi. Bunda, mazkur shtat jadvali budjet tashkilotining shtat jadvaliga o‘xshash holda tuziladi hamda tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan yoki moliya organida mazkur Nizomga muvofiq muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. 32. Budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan yoki moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno. 33. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ularga yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqishni ta’minlaydi. 34. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda mazkur tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar quyidagilarga majbur: qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek kelgusi yil xarajatlar smetalarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash; tejamkorlik rejimiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kiritishga yo‘l qo‘ymaslik; alohida tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini va ularni moliyalashtirishni ta’minlash imkonini hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash; hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik. 35. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar quyidagilarni tekshirishi lozim: budjet tashkiloti xodimlariga ish haqi to‘lovi uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tasdiqlangan summalarining shtat jadvaliga (bunda, xarajatlar smetasidagi ish haqi jamg‘armasi xodimlar to‘liq to‘ldirilmaganligi dinamikasidan kelib chiqib, shtat jadvalidagidan kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini nazarda tutish lozim) binoan tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligini; ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan shtat jadvallarini belgilangan namunaviy shtat jadvallari va shtat normativlariga muvofiqligini; shtat jadvalida ko‘rsatilgan lavozimlarni Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga va namunaviy shtatlarga muvofiqligini; lavozim maoshlari hamda ularga ustamalarning to‘g‘ri belgilanganligini; Budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasining to‘g‘ri tashkil qilinganligini; Umumta’lim, o‘rta-maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasining to‘g‘ri tashkil qilinganligini; xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasini talabalar tarkibi bo‘yicha hisobot ma’lumotlari va xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini; to‘rtinchi guruh bo‘yicha xarajatlar summasining to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasida ko‘rsatilgan summaga muvofiqligini; xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar bo‘yicha boshqa hisob-kitoblar va asoslantirishlarni. 36. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar xarajatlar smetasini asoslanganligini chuqurroq o‘rganish maqsadida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida ularga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqli. 37. Agar budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar summasi belgilangan tartibda ularga yetkazilganiga nisbatan ortiq bo‘lsa, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tegishli summaga bo‘ysunuvidagi mazkur budjet tashkiloti va/yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni qisqartirishga majbur. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida xarajatlar summasining oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 38. Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar smeta va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘zining bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning hisobini yuritishlari shart. 39. Budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi har bir budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni to‘liq yakunlashni va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yilining 1-apreliga qadar belgilangan muddatda jamlanma xarajatlar smetasini topshirishni hisobga olgan holda belgilaydi. 40. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishda budjet mablag‘larini taqsimlovchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan shtat jadvallariga nisbatan ortiqcha shtat birliklarni qisqartirishi lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish lozim. 41. Yangidan tashkil etilayotgan (jumladan, qayta tashkil etish natijasida tashkil qilingan) budjet tashkilotlari yoki budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to‘g‘risidagi tegishli qaror ko‘rsatilganidan so‘ng amalga oshiriladi. 42. Budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatga olish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga kiritiladi. 43. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari, smetalar va shtat jadvallari) budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari yoki ularning o‘rinbosarlari va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshliqlari tomonidan imzolanadi. 44. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi shtamp bilan: birinchi nusxasi — tegishli budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchiga qaytiriladi; ikkinchi nusxasi — har bir budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchilar uchun alohida papkalarda budjet mablag‘larini taqsimlovchining tegishli moliya-iqtisod bo‘linmalarida saqlanadi; uchinchi nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari bilan birgalikda taqdim qilinadi. 45. Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartibni saqlash bilan bog‘liq xarajatlari bilan bog‘liq xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 46. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar: jamlanma xarajatlar smetasini, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifiga muvofiq bo‘lim, kichik bo‘lim, bob va xarajatlar moddalari kesimida, bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini, markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlar smetasini, budjet mablag‘larini taqsimlovchilar xarajatlar smetasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini jamlash yo‘li bilan mazkur Nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq shakllarda; jamlanma shtat jadvalini budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifiga muvofiq bo‘lim va kichik bo‘limlari kesimida bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari xodimlarining va budjet mablag‘larini taqsimlovchi xodimlarining lavozimlari yoki toifalari bo‘yicha sonini guruhlashtirish yo‘li bilan mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda tuzadi. Jamlanma xarajatlar smetasiga set, shtat va kontingentlar (sinflar, koykalar miqdori, xodimlar soni va shu kabilar) bo‘yicha jamlanma hisobotlar ilova qilinadi. 47. Budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetalari hisobidan belgilangan miqdorda xodimlar birliklari saqlab turilgan hollarda smetaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda moliyalashtirish manbai ko‘rsatilgan holda shtat jadvali ilova qilinadi. 48. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari budjet mablag‘lari taqsimlovchilarning bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliya-iqtisod masalalar bo‘yicha mutaxassisi) tomonidan imzolanadi hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchi rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. 49. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallari bilan bir vaqtda bo‘ysunuvlaridagi budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘larini oluvchilar bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetasining, daromadlar va xarajatlar smetasining va shtat jadvallarining nusxalarini, shuningdek ularning ilovalarini taqdim etadi. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari tarkibida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari mavjud bo‘lgan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining xulosalarini taqdim etadi. 50. Belgilangan tartibda tasdiqlangan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallari, ular moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga kiritiladi. Moliya organlari budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlarni har bir tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni to‘liq yakunlashni hisobga olgan holda belgilaydilar. 51. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, vaqtinchalik xarajatlar smetasini, shuningdek jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish: budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (bunda bo‘ysunuvida budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilari bo‘lmagan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkaziladi); Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, (jamlanma) vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari professional ta’lim tashkilotlarining xarajatlar smetasi, shtat jadvallari va vaqtinchalik xarajatlar smetasini, ular uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochib, ro‘yxatdan o‘tkazadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha professional ta’lim tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. 52. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalarini saqlab turish uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 53. Moliya organlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar hisobini olib borishga majburlar. 54. Xarajatlar smetasi tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha quyidagi xarajatlar guruhiga ajratgan holda umumiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi: ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar; ish beruvchilarning ajratmalari; boshqa xarajatlar. 541. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng mazkur smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan bo‘ysunuvdagi tashkilotlarga 10 ish kuni ichida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: shtat jadvallari va mazkur tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari; ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (o‘quvchilar, sinflar, bolalar, koykalar, koyka-kun, bola-kunlari va boshqalar soni), bepul yoki imtiyozli oziq-ovqat oluvchi o‘quvchilar soni, birinchi sinf o‘quvchilarining soni, bepul qishki kiyim va poyafzal ajratiladigan, aholini kam ta’minlangan qatlamidan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilari soni va boshqa tarmoq ko‘rsatkichlari; budjet ajratilgan mablag‘lar doirasida sotib olishga mo‘ljallangan jihozlar va asbob-uskunalar ro‘yxati; joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati. Ma’lumotlar tegishli moliya organlari tomonidan tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladi. 55. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalari, shuningdek moliya yili boshidagi mavjud erkin qoldiqlar va tegishli budjet tizimi budjetlari ijrosi bo‘yicha qo‘shimcha olingan daromadlar hisobidan tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan va tegishli moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 56. Namunaviy shtatlar belgilangan tashkilotlarning shtat jadvali namunaviy shtatlarga muvofiq hamda xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi. Tashkilotlarga ish hajmiga ko‘ra namunaviy shtatlar qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan yoki tashkilotlar uchun tasdiqlangan shtatlar normativlari (namunaviy shtatlar) mavjud bo‘lmagan hollarda, shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan tegishli rahbarlar tomonidan ular uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida tasdiqlangan shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi. 57. Tashkilotlar xodimlarining lavozim bo‘yicha maoshlari va tarif stavkalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida qabul qilinadi. 58. Ish haqi miqdori tarifikatsiya bo‘yicha belgilanadigan, ya’ni, attestatsiya natijalari bo‘yicha beriladigan tegishli malaka toifasi mavjudligiga, ish vaqtining haqiqiy hajmiga va boshqalarga ko‘ra belgilanadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi shtat jadvallarida ko‘rsatiladi va u rahbar, bosh buxgalteri (buxgalter) tomonidan imzolanadigan tarifikatsiya ro‘yxatidagi mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga muvofiq bo‘lishi lozim. 59. Xarajatlar smetasi mazkur xarajatlar smetasida tasdiqlangan barcha guruhlar bo‘yicha xarajatlarni, xarajatlar yoyilmasiga va ularning hisob-kitoblariga to‘liq mos kelishini tekshirgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi. 60. Tegishli moliya organlari tashkilotlarning xarajatlar smetasini chuqur o‘rganish maqsadida budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida qo‘shimcha hisob-kitoblarini talab qilishga haqli. 61. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin moliya organlari quyidagilarni: budjet tashkiloti xodimlariga ish haqi to‘lovi uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tasdiqlangan summalarining shtat jadvaliga binoan tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligini (bunda, xarajatlar smetasidagi ish haqi jamg‘armasi xodimlar to‘liq to‘ldirilmaganligi dinamikasidan kelib chiqib, shtat jadvalidagidan kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini nazarda tutish lozim); ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan shtat jadvallarini belgilangan namunaviy shtatlar va shtat normativlariga muvofiqligi; shtat jadvallarida belgilangan lavozimlar bo‘yicha maoshlar hamda ularga qo‘shimchalarning to‘g‘ri belgilanganligi; Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasining to‘g‘ri shakllantirilganligini; Umumta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi to‘g‘ri shakllantirilganligini; xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasining xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini; budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tushumlarni hisobga olgan holda “Boshqa xarajatlar” guruhi xarajatlari summasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan summasiga muvofiqligini; konsullik yig‘imlarining kelib tushishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalarini saqlash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlari hisob-kitobi to‘g‘riligini tekshirishi lozim. 62. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishda moliya organlari ortiqcha shtatlarni chiqarib tashlashlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish lozim. 63. Yangidan tashkil etilayotgan jumladan, qayta tashkil etish natijasida tashkil qilingan tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to‘g‘risidagi tegishli qaror ko‘rsatilganidan so‘ng amalga oshiriladi. 64. Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari yoki budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatga olish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi yuridik shaxs maqomiga ega tashkilotlarga beriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, boshqa tashkilotning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lgan tuzilmalar o‘zlari qarashli bo‘lgan tashkilotlar bilan birga bitta ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda, zarur hollarda, ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasidagi shtatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tashkilotlar bo‘yicha va ularning tuzilmalari bo‘yicha alohida beriladi. 65. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga kiritiladi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi rasmiylashtirmasdan kiritiladi. 66. Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari, xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari quyidagi tarzda: smetalar va shtat jadvallari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tashkilotlar bo‘yicha — moliya vazirining o‘rinbosari, sohalarni moliyalashtiruvchi boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan; hududiy moliya organlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri yoki uning o‘rinbosari, moliya organlari boshliqlari (mudirlari) yoki ularning o‘rinbosarlari hamda moliya organlari budjet bo‘limlari va moliya organlarining tegishli (bo‘limlari) sektorlari boshliqlari tomonidan imzolanadi. 67. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. 68. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan (jamlanma) xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalarida (bo‘limlarida) va hududiy moliya organlarida alohida papkalarda saqlanadi. 69. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning axborot tizimiga belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi ko‘rsatkichlarini kiritish: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari (bo‘limlari); Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarining tegishli bo‘limlari; tuman va shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. 70. Tashkilotlar rahbarlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha arizalari mazkur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududiy moliya organining rahbari tomonidan o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazgan hududiy moliya organining qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi arizalar yuqori turuvchi moliya organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan ko‘rib chiqiladi. 71. Xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi. Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga yil mobaynida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida moliya organlari (budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari o‘z bo‘ysunuvidagi) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni yozma shaklda xabardor qilishi lozim. Mazkur o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan smetalarga tuzatishlar kiritmay, Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida hisobga olib boriladi. 72. Budjet mablag‘larini, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari taqsimlovchilarning, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning so‘rovi bo‘yicha o‘zgartirishlardan tashqari barcha o‘zgartirishlar: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq 17-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga yo‘llaydi. Bunda bo‘ysunuvida budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar mavjud budjet mablag‘larini taqsimlovchilar 17-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq 18-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani bo‘ysunuvidagi tashkilotlarga yo‘llaydi; tegishli hududiy moliya organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga 17-son shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yo‘llaydi. 73. Ma’lumotnoma-bildirishnomani olgandan so‘ng budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkiloti, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ro‘yxatini: budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar — budjet mablag‘larini taqsimlovchiga; budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shuningdek yuqori turuvchi bo‘ysunuvga bo‘lmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar — tegishli moliya organlariga taqdim etadi. Diplomatik muassasalarning xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 14 a-ilovasiga muvofiq shaklda xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ro‘yxatini taqdim etadi. 74. Manzilli va titul ro‘yxatiga kiritilgan aniqliklar asosida kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetasiga mazkur Nizomga asosan o‘zgartirishlar kiritiladi. 75. Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotining va budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga ko‘ra xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda: O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan; budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan. Bunda budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘ysunuvlaridagi budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar kesimida o‘zgartirishlar ro‘yxati ilova qilingan jamlanma so‘rovni taqdim qiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari kesimida va ularning rahbarlari bilan kelishgan holda o‘zgartirishlarning jamlanma so‘rovini ishlab chiqadi va taqdim etadi; 76. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. Dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ular tomonidan axborot tizimiga dasturiy majmua orqali jo‘natiladi. Xarajatlar smetasining IV guruh xarajatlari (dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlardan tashqari) bo‘yicha o‘zgartirishlar, xarajatlar iqtisodiy tasnifi kichik modda va elementlari doirasida kiritilishi mumkin. Ushbu o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari (ularning bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari bo‘yicha) tomonidan kiritiladi. 77. Daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi mazkur Nizomda daromadlar va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi va axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. 78. Budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar xodimlarining lavozim bo‘yicha maoshlari va tarif stavkalarida oldingi ro‘yxatdan o‘tkazilganlariga nisbatan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish haqidagi farmonlariga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xodimlarning navbatdagi attestatsiyasini o‘tkazish vaqtida budjet tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida kiritilishi mumkin. Mazkur hollarda shtat jadvallariga o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Boshqa barcha hollarda shtat jadvallariga kiritiladigan o‘zgartirishlar shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 79. Joriy moliya yilining o‘tgan oy (chorak)ida ishlatilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qoldig‘i joriy moliya yilining keyingi oyi (choragi)ga xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘tadi. 80. Tashkilotlar boshqa shahar yoki tumandan belgilangan tartibda o‘tkazilgan holda yuqori tashkilotlar rahbarlari o‘n kunlik muddatda yangi joylashgan joydagi moliya organiga avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan smeta, shtat jadvallari va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini taqdim etishlari lozim. Bir vaqtning o‘zida moliya organi tashkilotlarni saqlab turish xarajatlari smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni oldingi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi moliya organ
189
63,352
Qonunchilik
Davlat raqobat qoʻmitasi qayta tashkil etiladi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Farmoni hamda  Prezidentning 18.04.2017 yildagi «Xususiylashtirilgan korхonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori OʻzAda e’lon qilindi. Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilmoqda Bu huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik sharti bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini qayta tashkil etish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda. Yangi tashkil etilgan Davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida mamlakat Bosh vaziriga hisobot beradi. Uning asosiy vazifalari qatoriga хususiylashtirilgan korхonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror oʻsishini ta’minlaydigan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining SSP hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam хamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish kiritildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahrining хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari yangi davlat organining  hududiy organlari hisoblanadi. Hududiy organlarining rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda хususan Davlat qoʻmitasi Kollegiyasining qarori bilan tayinlanadi. Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida Bosh vazir A.N. Aripov boshchiligida maхsus komissiya tuzildi. Komissiyaga yangi tuzilmaning rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish hamda qoʻmita rahbarlari va hududiy boshqarmalari rahbarlarining oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish, хususiylashtirilgan korхonalarni qayta tiklash va faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha qabul qilinayotgan aniq chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari muntazam tinglab turilishini ta’minlash topshirildi. (2017-2018 yillarda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlash uchun 2 hafta muddatda kiritilishi kerak). Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi U Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi negizida shakllantirish manbalari saqlab qolingan holda tashkil etilmoqda. Jamgʻarmaning  ustuvor vazifasi — mablagʻlarni хususiylashtirilgan korхonalarni amaliy ravishda qoʻllab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda tadbirkorlarning oʻqishini tashkil qilishga yoʻnaltirish. Xususiylashtirilgan korхonalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha manbalari quyidagilardir: Xususiylashtirilgan ob’yektlar ma’lumotlar bazasi yaratiladi U kelasi yilning boshiga qadar tarmoqlar, hududlar va turli хususiylashtirish shakllari kesimida joriy etilishi kerak. Shu tariqa u soliq, statistika va kadastr organlarining ma’lumotlar bazasi bilan oʻzaro elektron aloqani ta’minlaydi. Xuddi shu muddatgacha boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan хususiylashtirilgan ob’yektlar, ishlab chiqarish maydonlari va qurilishi tugallanmagan ob’yektlardan хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy reyestrlari yaratiladi. 1 iyundan har bir tumanda oʻquv kurslari ochiladi Ularda хususiylashtirilgan ob’yektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar oʻqitiladi. Kurslar kasb-hunar kollejlari binosida oʻquv mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtda tashkil etiladi. Shuningdek, yaqin 3 oyda Hukumatga yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, zarur aхborotni olishda va tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bogʻliq amaliy masalalarni hal etishda ularga ekspert, huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish boʻyicha takliflar kiritiladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,   ekspertimiz.
46
4,687
Qonunchilik
2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlarni vohaning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy meros obyektlari bilan keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari turlarini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qurilish vazirligining Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida — “Shovot” kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilma obyektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi: “Shovot” va “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonalarining (keyingi o‘rinlarda kichik turizm zonalari deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi; kichik turizm zonalarida investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarining ushbu loyihalarga mutanosib ravishda ajratilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda kichik turizm zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etilishini taminlaydi. 3. Xorazm viloyati hokimligi: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kichik turizm zonalarining aniq chegaralarini belgilasin; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kichik turizm zonalarining aniq chegarasi belgilangandan so‘ng ularning hududida yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda muhandislik infratuzilma obyektlarini tashkil etish, shuningdek, kichik turizm zonalarida issiqlik bilan ta’minlash obyektlarini qurish bo‘yicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 4. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kichik turizm zonalarining hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishtirok etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin. 5. “Shovot” va “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonalarini tashkil etish va rivojlantirish loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga ko‘maklashuvchi respublika ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlasin. Quyidagilar respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin: kichik turizm zonalarida amalga oshiriladigan loyihalar uchun investorlarni jalb etish; loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash; muammoli masalalarni har oyda joyiga chiqqan holda o‘rganib borish, ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. 6. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan qo‘shimcha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritsin. 7. 2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar va ijrochilar mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi. 8. Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Dasturdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar ularni bajarish holati yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.U. Aqqulov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
115
5,697
Qonunchilik
PAXTA YETIShTIRUVChI QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIGA TOPShIRGAN PAXTA HOSILIDAN ULARGA TEGIShLI BO‘LGAN PAXTA ShELUXA VA KUNJARASINI QAYTARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PQ-360-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. “Paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga topshirgan paxta hosilidan ularga tegishli bo‘lgan paxta sheluxa va kunjarasini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2005-yil 6-noyabrdagi “Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga tegishli bo‘lgan paxta iste’mol yog‘i, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 223-sonli buyrug‘i (2005-yil 7noyabr, ro‘yxat raqami 1519 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar to‘plami, 2005-yil, 45-son, 344-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari A. Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ-360-sonli qaroriga muvofiq shirkat, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari (kelgusida paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar) ixtiyorida qoldiriladigan paxta sheluxasi va kunjarasini qaytarish tartibini belgilaydi. 1. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan amalda sotilgan paxtani qayta ishlashdan hosil bo‘lgan paxta kunjarasi va sheluxasining 70 foizi ular ixtiyorida qoladi. 2. “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoat” va “O‘zpaxtasanoat” uyushmalari yog‘-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, paxta sheluxasi va kunjarasi mahsulotlarini qishloq joylarida tashkil etilgan shoxobchalarga yetkazib berishning qulayligidan kelib chiqqan holda paxta tozalash korxonalarini texnik chigit yetkazib berish bo‘yicha yog‘-moy korxonalariga biriktirish dislokatsiyasini har yilning 1-noyabrigacha Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tuzadi. 3. Paxtani qayta ishlash korxonalari paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha topshirilgan paxta xomashyosidan (urug‘lik paxtadan tashqari) ishlab chiqariladigan texnik chigitning kutiladigan miqdori to‘g‘risidagi ro‘yxatni (reyestrni) paxta tayyorlash mavsumi tugashi bilan, lekin 15-noyabrdan kechiktirmagan holda viloyat “Paxtasanoat” birlashmasiga taqdim etadi. Viloyat “Paxtasanoat” birlashmasi olingan ma’lumotlarni umumlashtirib 3 kun muddatda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasiga, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi viloyatlar bo‘yicha olingan ma’lumotlarni umumlashtirib 3 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoat” uyushmasiga taqdim etadi. 4. Paxtani qayta ishlash va yog‘-moy korxonalari o‘zaro dislokatsiya asosida paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklariga tegishli texnik chigitni aynan qaysi yog‘-moy korxonasiga jo‘natilishi to‘g‘risidagi birgalikda tasdiqlagan ma’lumotni joriy yilning 21-noyabrigacha tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limiga taqdim etadi, tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi esa bu ma’lumot yuzasidan 2 kun ichida paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarini xabardor qiladi. 5. Tasdiqlangan reyestrga asosan, yog‘-moy korxonalari paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan 1-dekabrgacha shartnoma tuzadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Shartnomada xo‘jalikka xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha nomi va manzili aniq ko‘rsatilishi shart. Bunda shoxobchalarga xo‘jaliklarni biriktirishda ularning o‘zaro yaqinligiga alohida e’tibor berish lozim. 6. Xo‘jaliklarga tegishli texnik chigitni paxta tozalash korxonalaridan yog‘-moy korxonalariga jo‘natish hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi, paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar hamda reyestr asosida amalga oshiriladi. Paxtani qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarilgan jami texnik chigitni yog‘-moy korxonalariga to‘liq hajmda shartnomaga mutanosib ravishda jo‘natishlari shart. 7. Yog‘-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitning hamda uni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan va qaytarib berilayotgan paxta sheluxasi va kunjarasining sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlari va texnik shartlari talablariga mos bo‘lishi zarur. Qayta ishlash uchun yuborilayotgan texnik chigitga, shuningdek qaytarib berilayotgan paxta sheluxasi va kunjarasiga ularning muvofiqlik sertifikati (shoxobchalardan sotilganda nusxasi yoki ko‘chirmasi) ilova qilinishi shart. 8. Texnik chigit miqdori, qaytarib berilishi lozim bo‘lgan paxta sheluxasi va kunjarasining shartnomada ko‘rsatiladigan hajmi tasdiqlangan me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi, bunda me’yoriy ko‘rsatkichlar keyingi uch yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lishi mumkin emas. Yog‘-moy korxonalari ushbu me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida aniqlangan ma’lumotlarni viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va iqtisodiyot Bosh boshqarmalariga taqdim etadi. Oluvchi talabiga asosan shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotlarning chiqish hajmlari, texnik chigitni qayta ishlangan davrdagi yog‘-moy korxonasining haqiqiy ko‘rsatkichlari asosida qayta aniqlanishi mumkin. 9. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan paxta sheluxasi va kunjarasi yog‘-moy korxonalari tomonidan qishloq joylarda tashkil etilgan maxsus shoxobchalar orqali ulgurji baholarda sotiladi. Bunda mahsulot ulgurji bahosiga mahsulotni shoxobchagacha tashib keltirish va shoxobchalarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar kiritilmaydi. Yog‘-moy korxonalari tuman hokimligi bilan kelishgan holda har bir tumanda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar soni, hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda paxta sheluxasi va kunjarasini sotish uchun bir yoki bir nechta shoxobchalar ochadi. 10. Yog‘-moy korxonalari paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotish shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda haqini oldindan to‘liq to‘lash yoki chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga paxta sheluxasi va kunjarasi, ular olishlari lozim bo‘lgan mahsulot miqdoriga nisbatan mutanosib ravishda oyma-oy grafik asosida taqsimlanib, to‘liq hajmda sotiladi. 11. Shirkat va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining pudratchi va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan paxta sheluxasi va kunjarasi, miqdori ko‘rsatilgan va xo‘jalik rahbari tomonidan tasdiqlagan ro‘yxat asosida ularning shirkatdagi ulushi hisobidan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi. 12. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarining topshirig‘iga binoan yoki ishonchnomalari bo‘yicha ularga qaytariladigan paxta sheluxa va kunjarasini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlanadi. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘zlariga tegishli bo‘lgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotib olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda, yog‘-moy korxonalari ularni chorva mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik korxonalariga sotish maqsadida Respublika tovar xomashyo birjasi savdolariga qo‘yishlari mumkin. 13. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklariga yetkazib beriladigan hamda berilgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotish hajmlari, muddatlari va sifati bo‘yicha monitoring yuritish tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi va har oyning 3 kunigacha viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga monitoring natijalarini taqdim etadi. Viloyat Qishloq va suv boshqarmasi olingan ma’lumotlarni umumlashtirib har oyning 5-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi. 14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Fermyerlar uyushmasi bilan kelishilgan
190
7,938
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasini bino bilan ta’minlash to‘g‘risida
Respublikada ommaviy bolalar sportining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan badiiy gimnastikani yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, Badiiy gimnastika federatsiyasi, “Madad” agentligi kuzatuv kengashining hamda “Biznes-fond”ni tugatish komissiyasining: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko‘chasi, 53 “b”-uyda joylashgan “Madad” agentligi hamda “Biznes-fond” balansida bo‘lgan binoni O‘zbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi; Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi, 80-uyda joylashgan, O‘zbekiston Badiiy gimnastika federatsiyasi balansida bo‘lgan binoni (“ShIFOKOR-MK” mehmonxonasi) Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar, Usmon Nosir ko‘chasi, 53 “b”-uyda joylashgan binoni (“Biznes-fond”ga qarashli mol-mulk bilan birgalikda) belgilangan tartibda baholab, uning “Madad” agentligiga tegishli qiymatini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan umumiy tushumlar hisobiga (davlat budjetiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan tashqari) hamda “Biznes-fond”ga tegishli qiymatini uning davlat oldidagi qarzini kamaytirish hisobiga qoplashni ta’minlasin. “Madad” agentligi markaziy apparati va uning Toshkent viloyat filiali mazkur binoda egallab turgan maydonlarga imtiyozli ijara asosida joylashtirilsin. 3. Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi, 80-uyda joylashgan binoni Badiiy gimnastika federatsiyasi balansidan qabul qilib olsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “ShIFOKOR-MK” mehmonxona kompleksini O‘zbekiston Respublikasi badiiy gimnastika federatsiyasi balansiga berish to‘g‘risida” 2004-yil 1-martdagi 97-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R. Azimov va R. Qosimov zimmalariga yuklansin.
92
2,099
Qonunchilik
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at muassasalari binolarini qurish va ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas. Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin: madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish; mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish; konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish; bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish; davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish; xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta’minlash; otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish. Belgilansinki, madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 2. Davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab xususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin: madaniy xizmat ko‘rsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar berish; madaniyat va san’at muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash borasidagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish. 3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuziladi. Bunda ushbu qarorning 1-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov o‘tkazilmaydi; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoki “O‘zbekkino” Milliy agentligi tegishli ravishda o‘z tizimlarida davlat tomonidan xususiy sherik bilan bitim tuzadi va bitim shartlarini xususiy sherik qanday bajarayotgani bo‘yicha monitoring olib boradi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining: madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasida ochiladigan alohida hisobvaraqda (keyingi o‘rinlarda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) jamlash to‘g‘risidagi; madaniyat va san’at nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat madaniyat va san’at muassasasining yillik daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 5. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan ekvivalenti 100,0 million AQSh dollari miqdoridagi kreditlar; davlat madaniyat va san’at muassasalari negizida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tijorat banklaridan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari; maxsus hisobvaraqning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Belgilab qo‘yilsinki: maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lar tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, konsert zallari, hayvonot bog‘lari va boshqa madaniy obyektlar negizida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga imtiyozli kredit berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi; maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, 2019-yil 31-dekabrga qadar yillik 7 foiz stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda ajratiladi. 7. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin: madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarning binolarini qurish uchun bepul asosda ijaraga yer uchastkalari ajratish bitimi — kamida 30 yil; mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish bitimi — kamida 30 yil; bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish bitimi — kamida 30 yil; davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish bitimi — 30 yilgacha; konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi — 15 yilgacha; xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta’minlash bitimi — kamida 10 yil; otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi — kamida 1 yil. Olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga topshirilgan obyektlarda madaniyat va san’at nodavlat muassasasi faoliyati tashkil etilgan kundan boshlab davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining muddatlari mobaynida uni qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi. 8. Davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan madaniyat va san’at nodavlat muassasalari: asosiy faoliyati bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan; o‘zlarining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan texnik vositalar va boshqa jihozlar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin. Belgilansinki, ushbu bandda ko‘rsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari madaniyat va san’at sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olinadigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra kamida 80 foizni tashkil etadigan madaniyat va san’at nodavlat muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi lozim bo‘lgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning ro‘yxatini tuzsin; har yili 1-fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligiga taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda madaniyat va san’at nodavlat muassasasini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini qurishda ularni mahalliy budjetlarning mablag‘lari hisobiga loyiha xarajatlari hamda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida nizomni tasdiqlasin; madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini tasdiqlasin va uning har yili yangilab borilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: maxsus hisobvaraq mablag‘laridan foydalanish tartibi; davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va san’at muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati tuzilmasida: 3 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi; 2 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi bo‘limi; 3 shtat birligidan iborat bo‘lgan YUNESKO bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin hamda bajarilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi davlat-xususiy sheriklik bitimini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi va shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi hamda xususiy sheriklar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar, madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari haqida tadbirkorlik subyektlari orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirsin. 17. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga yetkazilishini tashkil etsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 19. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. 1-bandning uchinchi xatboshidagi “49” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin. 2. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
131
14,711
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018-yil 25-iyuldagi 199-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3060, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3060/1806-son); O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3060-1, 2018-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son). 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Milliy gvardiya orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat; harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qo‘yilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan boshqa sifatlar); nomzod — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan fuqaro. 2. Nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi. 3. Nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi, suhbat); b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; v) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash); g) tibbiy ko‘rik; d) maxsus tekshiruv. 4. Milliy gvardiya uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, so‘ngi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina tibbiy ko‘rik va maxsus tekshiruv bosqichlaridan o‘tadilar. 5. Saralashda O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin: o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar; muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan qirq yoshgacha bo‘lgan shaxslar; rezervdagi va zaxiradagi qirq yoshgacha bo‘lgan ofitserlar. Bunda, erkak jinsidagi nomzod O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni tugatgan bo‘lishi, shuningdek harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i asosida harbiy xizmatga qabul qilishga ruxsat etiladi. 6. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi: erkak jinsidagi nomzodning bo‘yi — 178 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak; ayol jinsidagi nomzodning bo‘yi — 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak. Ushbu bandda belgilangan talablar mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga hamda 1-ilovasida nazarda tutilgan mutaxassisliklarga ega shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 7. Quyidagi hollarda, saralashning istalgan bosqichida nomzodni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin: nomzod mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan talablarga javob bermasa; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, nomzod kontrakt tuzish huquqiga ega bo‘lmasa; nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, unga nisbatan dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bunday holatlarda nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi masalasini qayta ko‘rib chiqish jinoiy ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi); jazo chorasidan va amnistiya qo‘llanilganidan qat’i nazar nomzod sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud bo‘lsa; nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsa; nomzod o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda; nomzod mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda. 8. Nomzodni dastlabki o‘rganish bosqichi o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya bo‘linmalarida tegishli bo‘linma boshlig‘i yoki komandirining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan Nomzodni dastlabki o‘rganish komissiyasi (bundan buyon matnda O‘rganish komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi hamda nomzodlar uchun muntazam qabul kunlari belgilanadi (masalan, haftaning muayyan kunlari yoki oyning muayyan sanalari). 9. O‘rganish komissiyasi tarkibi Milliy gvardiya bo‘linmasi boshlig‘i yoki komandiri, uning o‘rinbosarlari hamda bo‘linma harbiy xizmatchilari orasidan shakllantiriladi. Milliy gvardiya bo‘linmasi boshlig‘i yoki komandiri — O‘rganish komissiyasi raisi, kadr organi boshlig‘i esa — O‘rganish komissiyasi kotibi hisoblanadi. 10. Milliy gvardiya bo‘linmalari hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qo‘yiladigan talablar va muntazam qabul kunlari haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan axborot stendlari joylashtirilishi lozim. 11. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga murojaat qilishlari mumkin. 12. Nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa, arizada kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilish sababini ko‘rsatishi lozim. 13. Navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi tadbirlari hamda suhbat o‘tkaziladi. 14. O‘rganish komissiyasi kotibi saralash uchun hozir bo‘lgan nomzod haqidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni ro‘yxatga olish jurnaliga qayd etadi. 15. Nomzod mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida O‘rganish komissiyasining tegishli a’zosi tomonidan uning bo‘yi o‘lchanadi. Nomzodning bo‘yi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki o‘rganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 16. O‘rganish komissiyasi kotibi bo‘yga qo‘yilgan talablarga muvofiq kelgan nomzodning hujjatlarini komissiya ko‘rib chiqishi uchun qabul qiladi. 17. Nomzod O‘rganish komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi); tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi); anketa-ma’lumotnoma; erkak jinsidagi nomzodlar uchun harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi). 18. Nomzod taqdim etgan hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi zarur. 19. Hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lgan hollarda nomzod shu vaqtning o‘zida jismoniy tayyorgarlik sinovidan o‘tkaziladi. Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi va navbatdagi qabul kunida hozir bo‘lishi O‘rganish komissiyasi kotibi tomonidan tushuntiriladi. 20. Jismoniy tayyorgarlik sinovi O‘rganish komissiyasining mas’ul a’zosi (a’zolari) tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi hamda baholanadi. 21. Jismoniy tayyorgarlik sinovi nomzod saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 22. Jismoniy tayyorgarlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod suhbatga kiritiladi. 23. Nomzodni suhbatdan o‘tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 24. Suhbat boshlanishidan avval O‘rganish komissiyasining suhbat o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lgan a’zosi (a’zolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yo‘qligi aniqlanishi lozim. Nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor bo‘lgan taqdirda suhbat o‘tkazilishi kerak. 25. O‘rganish komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodni dastlabki o‘rganish bosqichida o‘tkazilgan sinov va suhbat natijalari umumlashtirilib, shu kunning o‘zida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi. 26. O‘rganish komissiyasi qarori asosida komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Suhbat o‘tkazish varaqasiga tegishli yozuv kiritiladi va varaqa nomzodga tanishtiriladi. 27. Nomzod Suhbat o‘tkazish varaqasi bilan tanishganligini shu vaqtning o‘zida o‘z imzosi bilan tasdiqlashi lozim. 28. Milliy gvardiya bo‘linmasining kadr organi saralashning dastlabki o‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning hujjatlari va Suhbat o‘tkazish varaqalarini yagona yig‘ma jildda jamlaydi. 29. Milliy gvardiya bo‘linmalarining kadr organlari dastlabki o‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni dastlabki o‘rganish o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch kun ichida Milliy gvardiyaning Kadrlar boshqarmasiga taqdim etishlari lozim. 30. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt bo‘yicha xizmatga nomzodlarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 31. Saralashning dastlabki o‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda psixologik o‘rganish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash bo‘yicha doimiy komissiya (bundan buyon matnda Doimiy komissiya deb yuriladi) tashkil etiladi. 32. Doimiy komissiya tarkibi Milliy gvardiya markaziy apparatining tegishli bo‘linmalari hamda hududiy bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari orasidan shakllantiriladi. Milliy gvardiya qo‘mondonining tegishli o‘rinbosari — Doimiy komissiya raisi, Milliy gvardiya Kadrlar boshqarmasining mas’ul xodimi yoki hududiy bo‘linmasining kadr organi mas’ul xodimi — Doimiy komissiya kotibi hisoblanadi. 33. Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish bosqichlari Milliy gvardiyaning mavjud bo‘sh lavozimlaridan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. 34. Doimiy komissiya kotibi tomonidan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Reja-jadvalda saralash tadbirlarini o‘tkazish joyi va vaqti ko‘rsatilishi kerak. 35. Nomzodlar saralashning navbatdagi bosqichlari o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida ular o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin Milliy gvardiya bo‘linmasining kadr organi boshlig‘i tomonidan xabardor qilinadi. 36. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 37. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Doimiy komissiya a’zolari tomonidan tushuntiriladi. 38. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi. 39. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning o‘zida Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi. 40. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga e’lon qilinadi. Qaydnoma Doimiy komissiyaning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sinovda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida komissiya kotibiga topshiriladi. 41. Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha qoniqarsiz baholangan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi. 42. Qoniqarsiz baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 43. Nomzodlarni psixologik o‘rganish test va topshiriqlar (bundan buyon matnda test deb yuritiladi) shaklida amalga oshiriladi. 44. Test savollari Doimiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. 45. Milliy gvardiya Kadrlar boshqarmasining mas’ul xodimi test savollari va ularning javoblari saqlanishi hamda oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi. 46. Test sinovlari mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq Psixologik test sinovlarini o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi va baholanadi. 47. Psixologik o‘rganish natijalari qoniqarsiz bo‘lgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 48. Test sinovining natijalari bo‘yicha, u o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida Doimiy komissiyaning psixologik o‘rganish tadbirlarida ishtirok etgan a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda shu kunning o‘zida komissiya kotibiga topshiriladi. 49. Doimiy komissiya tomonidan psixologik o‘rganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi: nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat talablariga muvofiqligi haqida; nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat talablariga nomuvofiqligi haqida. 50. Doimiy komissiya xulosasiga muvofiq komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi. 51. Bayonnoma Doimiy komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi. 52. Doimiy komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomaning ko‘chirmasi (nusxasi) shu kunning o‘zida Milliy gvardiya bo‘linmalari kadr organlariga yuborilishini ta’minlaydi. 53. Milliy gvardiya bo‘linmasi kadr organi boshlig‘i Doimiy komissiya bayonnomasining ko‘chirmasini (nusxasini) olgan kundan boshlab 5 kun ichida uning nomzodlarga tanishtirilishini ta’minlashi lozim. 54. Doimiy komissiya bayonnomasi u tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi. 55. Nomzodlar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 56. Nomzodlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanmalar Milliy gvardiya bo‘linmalari tibbiyot xizmatlari tomonidan beriladi. 57. Saralashning dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi. 58. Tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq o‘tkaziladi. 59. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi. 60. Dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik o‘rganishdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Milliy gvardiya tomonidan belgilanadigan maxsus tekshiruvdan o‘tkaziladi, shuningdek xizmat davomida davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlaydigan lavozimlarga qabul qilinadigan nomzodlarga davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi, bundan maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega bo‘lgan nomzodlar mustasno. Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi. 61. Maxsus tekshiruv natijalariga ko‘ra, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi. 62. Saralash natijalariga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan nomzodga Milliy gvardiya bo‘linmalari kadr organlari tomonidan shaxsiy yig‘majild rasmiylashtiriladi. 63. Saralashdan o‘tgan nomzodning shaxsiy yig‘majildi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilish uchun bo‘ysunuv bo‘yicha yuqori turuvchi kadr organiga taqdim qilinadi. Bunda tibbiy ko‘rik xulosasining amal qilish muddati inobatga olinishi lozim. 64. Saralash yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadi. 65. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. I. Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar: 1. Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat. 2. San’at yo‘nalishida: aktyorlik san’ati, vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya. 3. Kino-teleoperatorlik. 4. Psixologiya. 5. Jurnalistika. 6. Moliya. 7. Yurisprudensiya. 8. Portlatish ishi. 9. Kompyuter texnologiyalari va informatika. 10. Arxitektura va qurilish. 11. Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari. 12. Veterinariya. 13. Davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya. II. Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar: 1. San’at yo‘nalishida: vokal san’ati, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya. 2. Veterinariya. 1. Nomzod suhbatga kirish uchun Nomzodni dastlabki o‘rganish komissiyasiga og‘zaki shaklda murojaat qiladi. Bunda nomzod suhbat boshlanishidan oldin komissiyaning mas’ul a’zolariga o‘zini tanishtirishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga ko‘rsatishi lozim. 2. Suhbatni boshlashdan avval nomzodga mazkur Nizom, suhbat o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yo‘qligi aniqlanishi lozim. Nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor bo‘lgan taqdirda suhbat o‘tkazilishi kerak. 3. Har bir nomzod bilan suhbat yakka tartibda o‘tkaziladi. 4. Nomzodni dastlabki o‘rganish komissiyasi a’zolari suhbatga kirgan har bir nomzodga uning ma’lumotidan kelib chiqqan holda 10 ta savol beradi. 5. Nomzodga berilgan savollarga javob berishi uchun o‘n daqiqagacha umumiy vaqt taqdim etiladi. 6. Nomzodga savol bergan O‘rganish komissiyaning har bir a’zosi nomzodni uning javoblariga ko‘ra umumiy baholaydi. 7. Agar nomzod to‘g‘ri, ishonch bilan 50 foiz va undan yuqori ma’lumotlar hajmini keltirib javob bersa, ijobiy baholanadi. Agar u noto‘g‘ri, ishonchsiz, 50 foizdan kam hajmdagi ma’lumotlar hajmini keltirib javob bersa, salbiy baholanadi. 1. Nomzodlarning Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. 2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning mas’ul a’zolariga o‘zini tanishtiradi, bunda nomzod o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishi lozim. 3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya a’zolari tomonidan tushuntiriladi. 4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi. 5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi. 6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga bo‘linadi: 1-guruh: 25 yoshgacha bo‘lganlar; 2-guruh: 25 yoshdan — 30 yoshgacha bo‘lganlar; 3-guruh: 30 yoshdan — 35 yoshgacha bo‘lganlar; 4-guruh: 35 yoshdan — 40 yoshgacha bo‘lganlar; 5-guruh: 40 yoshdan — 45 yoshgacha bo‘lganlar; 6-guruh: 45 yoshdan — 50 yoshgacha bo‘lganlar; 7-guruh: 50 yoshdan — 55 yoshgacha bo‘lganlar. 7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi: to‘sinda (turnikda) tortilish yoki tiralib yotgan holda qo‘lni bukish va rostlash*; 100 metrga yugurish**; 3000 yoki 1000 metrga yugurish***. 8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi: kuch ishlatish mashqlari kompleksi; 100 metrga yugurish****; 1000 metrga yugurish. 9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi. 10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi “qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning o‘zida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. “Qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. Quyidagilar to‘sinda (turnikda) tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi; iyak to‘sin (turnik) poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi; harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin); oyoqlarni 45° ga ko‘tarishga ruxsat etiladi. Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi. 12. Quyidagilar tiralib yotgan holda qo‘lni bukish va rostlash mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: tiralib yotish (oyoqlar birga, tana to‘g‘ri holatda); ko‘krak yerga tiralguncha qo‘llarni bukish, qo‘llarni rostlash, tiralib yotish holatiga qaytish; mashqni to‘xtovsiz amalga oshirish. Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi. 13. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi: “Start” komandasi bo‘yicha start olish chizig‘iga yaqinlashish; “Diqqat” komandasi bo‘yicha tananing og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish, gavda va boshni oldinga egish, qo‘llarni tirsakka bukish; “Marsh” komandasi bo‘yicha yugurishni boshlash. 14. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga o‘tgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi. 15. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi. Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi. Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: chalqancha yotiladi; qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi; dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi. Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi; qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart); qo‘llar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi. 16. 1 — 5-yosh guruhlari bo‘yicha erkak jinsidagi hamda 1 — 4-yosh guruhlari bo‘yicha ayol jinsidagi nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi: “a’lo” — uchta mashqdan “a’lo” baholangan yoki ikkita mashqdan “a’lo”, qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan bo‘lsa; “yaxshi” — uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past bo‘lmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi” qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan bo‘lsa; “qoniqarli” — agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” bo‘lib, “qoniqarsiz” baho bo‘lmasa yoki baholarning faqat bittasi “qoniqarsiz” bo‘lib, qolgan baholardan kamida bittasi “yaxshi” baholangan bo‘lsa; “qoniqarsiz” — agar baholardan ikkitasi “qoniqarsiz” bo‘lsa yoki ikkita baho “qoniqarli” bo‘lib, qolgan bitta baho “qoniqarsiz” bo‘lsa yoxud nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarining bittasini bajarishdan bosh tortsa. 17. 6 va 7-yosh guruhlari bo‘yicha erkak jinsidagi hamda 5 — 7-yosh guruhlari bo‘yicha ayol jinsidagi nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi: “a’lo” — ikkita mashqdan “a’lo” baholangan yoki bitta mashqdan “a’lo”, qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan bo‘lsa; “yaxshi” — ikkita mashqdan “yaxshi” baholangan yoki bitta mashqdan “yaxshi” qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan bo‘lsa; “qoniqarli” — ikkita mashqdan “qoniqarli” baholangan yoki bitta mashqdan “yaxshi” qolgan mashqdan esa “qoniqarsiz” baholangan bo‘lsa; “qoniqarsiz” — ikkita mashqdan “qoniqarsiz” baholangan yoki bitta baho “qoniqarli” bo‘lib, qolgan bittasi “qoniqarsiz” bo‘lsa yoxud nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarining bittasini bajarishdan bosh tortsa. 18. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. 19. Mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq bo‘yicha “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi. 1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun: 2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun: 1. Nomzodlar maxsus xonaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 2. Test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 3. Test sinovlarini o‘tkazishni boshlashdan avval Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovlarini o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart. 4. Nomzodlar barcha harakatlarni Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari ko‘rsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur ko‘rsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi va psixologik o‘rganish ishtirokchilari ro‘yxatidan o‘chiriladi. 5. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan o‘tadi. 6. Nomzodga oldindan tayyorlangan psixologik test savollari bo‘yicha 2 ta vazifa beriladi. Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 1 soat 42 daqiqa, shuningdek har bir vazifa yo‘riqnomasini o‘qib chiqish uchun qo‘shimcha 2 daqiqadan vaqt beriladi. 7. Test savolida mashqning o‘ziga xosligidan kelib chiqib javob variantlari berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. 8. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Test sinovi tugagunga qadar xonani tark etgan nomzod xonaga takroran kiritilmaydi. 9. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida test sinovlari o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar hamda Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash bo‘yicha doimiy komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 10. Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi. 11. Nomzod, test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 12. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 10 kun ichida mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisoblab chiqiladi.
160
32,360
Qonunchilik
ELEKTR-ENERGETIKA IShLAB ChIQARISh KORXONALARI XODIMLARI UChUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOShQA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISh VOSITALARINI BEPUL BERIShNING NAMUNAVIY ME’YORLARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Elektr-energetika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi. Ushbu Elektr-energetika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me’yorlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
201
1,069
Qonunchilik
“Fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga o‘rnatilgan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 1-avgustdagi 2008-13-son “Fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga o‘rnatilgan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1855, 2008-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 386-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) 1-bandda: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi.”; v) 13-banddan “vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; g) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Tizim ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun Tizim ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan holda ma’lumotlar shakliga konvertatsiya qilinadigan, axborotlarni o‘zida qamrab olgan elektron hujjatlar bilan almashadilar.”. 3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
193
3,034
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-813-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-813-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
242
498
Qonunchilik
Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida
Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul — juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020-yil 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni yoritish tavsiya etilsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
38
1,267
Qonunchilik
MTTdagi inklyuziv guruhlarda qanday ta’lim beriladi
Vazirlar Mahkamasining 11.08.2021 yildagi “Reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat iхtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 510-son qarori qabul qilindi. Xususan, Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom (13.05.2019 yildagi 391-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagilar bilan toʻldirildi: Bundan tashqari, Nizom MTTda defektolog faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi yangi bob bilan toʻldirildi. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan, shu jumladan nutqida nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi. Shu bilan bir qatorda, 12-bob “Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi”ga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi toʻlov ota-onalar va MTT oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
51
1,268
Qonunchilik
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya (YTK) Bayoniga qo‘shilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya (YTK) Bayoniga qo‘shilinsin.
109
226
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ DEPUTATINI ChAQIRIB OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasida xalq deputatini chaqirib olish huquqi deputatning haqiqatan ham saylovchilar nazorati ostida ish olib borishi va ularning oldida mas’uliyatli bo‘lishining kafolatidir. Deputatlik vazifalarini bajarmaslik, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini buzish oqibatida yoki boshqacha ko‘rinishda saylovchilarning ishonchini oqlamagan O‘zbekiston Respublikasining xalq deputati, xalq deputatlari mahalliy Kengashining deputati istalgan paytda, lekin kechi bilan deputatlik vakolati muddati tugashiga olti oy qolguniga qadar ushbu Qonunda belgilangan tartibda saylovchilar ko‘pchiligining qarori bilan chaqirib olinishi mumkin. O‘zbekiston Respubikasi xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif tegishli saylov okrugi hududida joylashgan mehnat jamoalarining yig‘ilishlari (konferensiyalari), qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jamoat birlashmalar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va xizmatchilarining talabalar bilan birgalikdagi yig‘ilishlari, saylovchilarning turar joylardagi va harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlari tomonidan kiritilishi mumkin. Mahalliy Kengashning xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif xalq deputatlari tegishli mahalliy Kengashining hududida joylashgan mehnat jamoalarining, qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jamoat birlashmalari vakillarining yig‘ilishlari (konferensiyalari), oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va xizmatchilarining talabalar bilan birgalikdagi yig‘ilishlari, saylovchilarning turar joylardagi va harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlari tomonidan, shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashlari deputatlariga nisbatan esa — shuningdek hududiy o‘zini o‘zi boshqarish jamoat idoralari tomonidan kiritilishi mumkin. Yig‘ilishlar “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi haqida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning deputatlari saylovi haqida”gi qonunlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Yig‘ilishlarning bayonlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mahalliy ijroiya-boshqaruv idoralarining rahbarlari tomonidan tasdiqlab beriladi. Xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif yozma ravishda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosatiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi taklifni okrugda ko‘llab-quvvatlagan saylovchilarning soni saylov kuni saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining kamida 10 foizini tashkil etishi kerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi taklifni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishlar chaqirib olish to‘g‘risidagi dastlabki taklif tushgan vaqtdan boshlab 20 kun mobaynida o‘tkaziladi. Yig‘ilishlar o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati topshirig‘iga binoan tegishli nohiya yoki shahar hokimi zimmasiga yuklatiladi, u esa chaqirib olish to‘g‘risidagi takliflar berish tugagan kundan boshlab 5 kunlik muddat ichida turar joyini ko‘rsatgan holda chaqirib olish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosatiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif asosli bo‘lgani takdirda bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning ro‘yxatini olganidan boshlab 15 kunlik muddat ichida okrug komissiyasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, matbuotda xabar e’lon kiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati okrug komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul kilganidan keyin ko‘pi bilan 7 kun ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari yoki ularning hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish bo‘yicha okrug komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi yoki uning rayosati deputatni chaqirib olish to‘g‘risidagi taklifni olgach 7 kunlik muddat ichida uni qarab chiqadi va taklif asosli bo‘lgan taqdirda okrug komissiyasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Okrug komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin 5 kunlik muddat ichida tegishli Kengash yoki hokim tomonidan okrug komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi. Xalq deputatlari shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar, qishloq va posyolka Kengashining deputatini chaqirib olish bo‘yicha kamida 3 kishidan iborat okrug saylov komissiyasiniig tarkibi tegishli Kengashning raisi tomonidan mazkur Kengash doimiy komissiyalarining raislari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Agarda muhokama chog‘ida doimiy komissiyalar raislari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa va ovoz berganlarning yarmidan ko‘pi uning qabul qilinishini yoqlasa, mazkur masalaga doir qaror qabul qilingan hisoblanadi. Xalq deputatlari shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashining raisi ushbu Qonun talablaridan kelib chiqadigan boshqa qarorlarni ham xuddi shu tartibda qabul qiladi. Chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif asossiz deb e’tirof etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati, xalq deputatlari mahalliy Kengashi chaqirib olish to‘g‘risida taklif kiritgan jamoalar va idoralarni, tegishli okrugdagi saylovchilarni bundan xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati, mahalliy Kengash yoki hokim, okrug komissiyasi 5 kunlik muddat ichida deputatga uni chaqirib olish to‘g‘risida taklif tushganligi hamda bu taklifning qarab chiqilish tartibini yozma ravishda ma’lum kilib, deputatga uni chaqirib olish to‘g‘risida taklif kiritgan jamoa yoki idora yig‘ilishi bayonining nusxasini takdim etadi. Bayonda chaqirib olish vajlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosatining okrug komissiyasini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi qarori 3 kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga jo‘natiladi. Deputat o‘zini chaqirib olish to‘g‘risida taklif kiritilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan vaziyatlar xususida okrug komissiyasiga yozma ravishda ariza takdim etishga, shuningdek saylovchilarning yig‘ilishlarida (konferensiyalarida) so‘zga chiqishga, matbuotda maqola e’lon qilishga, televideniye va radio orqali so‘zlashga, o‘ziga taalluqli chaqirib olish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinayotgan yig‘ilishlar va majlislarda ishtirok etishga haqlidir. Basharti, deputatni chaqirib olish to‘g‘risida taklif kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan vaziyatlar sudda qarab chiqishga taalluqli ish bo‘lsa, sud ushbu ish yuzasidan uzil-kesil qaror chiqarguniga qadar tegishli Kengash yoki hokim, okrug komissiyasi chaqirib olishga doir taklifning qarab chiqilishini to‘xtatib turadi. Deputatni chaqirib olish to‘g‘risidagi masala qo‘yilishiga sabab bo‘lgan soxta axborotni qasddan bergan fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini, viloyat, nohiya, shahar (viloyatga bo‘ysunuvchi shahar) Kengashi deputatini chaqirib olishga doir masala qo‘zg‘atishni okrug saylovchilarining konferensiyasi hal qiladi. Okrug saylovchilarining konferensiyasi okrug komissiyasi tuzilganidan keyin 10 kunlik muddat ichida okrug komissiyasi chiqaradigan qarorga muvofiq o‘tkaziladi va okrug komissiyasi tomonidan belgilanadigan saylov okrugiga kiruvchi mehnat jamoalari a’zolarining, aholi punktlarida istiqomat qiluvchi saylovchilarning sonini hisobga olgan holda normalar bo‘yicha shakllantiriladi. Okrug saylovchilarining konferensiyasiga vakillar mehnat jamoalari yig‘ilishlari (konferensiyalari) tomonidan, qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jamoat birlashmalarining idoralari tomonidan, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va xizmatchilarining talabalar bilan birgalikdagi yig‘ilishlari, saylovchilarning turar joylardagi va harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning yig‘ilishlari tomonidan ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan ko‘rsatiladi. Konferensiyaga tegishli saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi saylovchilargina vakil qilinadi. Delegatlarning ro‘yxati istiqomat joylari ko‘rsatilgan holda yig‘ilishning ertasi kuni okrug komissiyasiga topshiriladi. Saylovchilar vakil qilgan kishilarning uchdan ikki qismi hozir bo‘lgani taqdirda okrug saylovchilarining konferensiyasi qonuniy kuchga ega bo‘ladi va u chaqirib olish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatlashga yoki qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishga haqlidir. Bu xususdagi qaror konferensiya qatnashchilari ko‘pchiligining ovozi bilan yashirin ovoz berish yo‘li orqali qabul qilinadi va okrug saylovchilarining e’tiboriga yetkaziladi. Xalq deputatlari shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq, posyolka Kengashining deputatini chaqirib olishda okrug saylovchilarining konferensiyasi o‘tkazilmaydi. Okrug saylovchilari konferensiyasining O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risida masala qo‘zg‘atishga doir qarori 5 kunlik muddat ichida okrug komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasi 15 kunlik muddat ichida chaqirib olish tartibiga qay darajada rioya qilinganligini tekshiradi va chaqirib olish to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazishni tayinlaydi. Okrug saylovchilari konferensiyasining viloyat, nohiya, shahar (viloyatga bo‘ysunuvchi shahar) Kengashi deputatini chaqirib olish to‘g‘risida masala qo‘zg‘atishga doir qarori 3 kunlik muddat ichida tegishli okrug komissiyasiga yuboriladi, bu komissiya 10 kunlik muddat ichida chaqirib olish tartibiga qay darajada rioya qilinganligini tekshiradi va chaqirib olish to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazishni tayinlaydi. Xalq deputatlari shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashining deputati chaqirib olish masalasini hal qilish chog‘ida tegishli okrug komissiyasi o‘zi tuzilganidan keyin 7 kunlik muddat ichida chaqirib olish tartibiga qay darajada rioya qilinganligini tekshiradi va chaqirib olish to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazilishini tayinlaydi. O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berishni o‘tkazish kuni — okrug saylovchilarining konferensiyasi qaror qabul qilgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki oy ichida; viloyat, nohiya, shahar (viloyatga bo‘ysunuvchi shahar) Kengashi deputatini chaqirib olish yuzasidan ovoz berishni o‘tkazish kuni — okrug saylovchilarining konferensiyasi qaror qabul qilgan kundan boshlab 40 kundan kechiktirmay; shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashi deputatini chaqirib olish yuzasidan ovoz berishni o‘tkazish kuni — okrug komissiya tuzilganidan keyin kechi bilan 35 kun ichida belgilanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi yoki okrug komissiyasi deputatni chaqirib olish to‘g‘risida ovoz berish kunini tayinlaganidan keyin saylovchilarga va mehnat jamoalariga: deputatni chaqirib olish bilan bog‘liq masalalarni erkin hamda har tomonlama muhokama etish imkoniyati kafolatlanadi, shuningdek yig‘ilishlarda, matbuotda, televideniye va radio orqali deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi moneliksiz tashviqot o‘tkazish huquqi beriladi. Chaqirib olish to‘g‘risida masala qo‘zg‘atish kimga taalluqli bo‘lsa, ana shu deputatga, shuningdek uning ishonchli vakillariga ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda erkin tashviqot yuritish huquqi beriladi. Deputatni chaqirib olishga bag‘ishlangan ovoz berish kunida tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xalq deputatini chaqirib olish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tegishli okrug komissiyalari zimmasiga yuklatiladi. O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chakirib olish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish uchun ovoz berish uchastkalari ovoz berishga kamida 35 kun qolganida tashkil etiladi va ovoz berishga kamida 30 kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi. Mahalliy Kengash deputatini chaqirib olish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish uchun ovoz berish uchastkalari ovoz berishga kamida 25 kun qolganida tashkil etiladi, uchastka komissiyalari esa ovoz berish kuniga kamida 20 kun qolganida tuziladi. Viloyat, nohiya, shahar (viloyatga bo‘ysunuvchi shahar) Kengashi deputati chaqirib olinayotganida, zarur xollarda okrug komissiyasining qaroriga muvofiq uchastka komissiyalari tuzilmasligi mumkin, bunda ularning vazifalarini okrug komissiyalari bajaradi. Shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashi deputati chaqirib olinayotganida tegishli okrugning hududi bitta uchastka deb hisoblanadi, uchastka komissiyasi tuzilmaydi, bunda uning vazifalarini okrug komissiyasi bajaradi. Saylovchilarning ro‘yxati hamma tanishib chiqishi uchun deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish o‘tkaziladigan kunga kamida 10 kun qolganida taqdim etiladi. Chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish uchun komissiyalar tuzish va ularning faoliyati, ovoz berish uchastkalarini tashkil etish, saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi haqida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi haqida”gi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi. Okrug va uchastka komissiyalarining vakolat muddatlari deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari chiqarilib, ro‘yxatdan o‘tkazilgach tugaydi. Chaqirib olish masalasi bo‘yicha ovoz berish byulletenida deputatning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi (mashg‘uloti), uning ishlash va yashash joyi ko‘rsatiladi. Chaqirib olish to‘g‘risidagi ovoz berish byulleteni davlat tilida va millatlararo muomala tilida bosib chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida xalq deputatini chaqirib olish masalasi yuzasidan ovoz berish yashirin o‘tkaziladi. Ovoz berishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi haqida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi haqida”gi qonunlariga muvofiq o‘tkaziladi. Ovoz berish chog‘ida agar saylovchi deputatning vakolati saqlab qolinishini yoqlab ovoz bersa — deputatning byulletendagi familiyasini qoldiradi, deputatni chaqirib olish uchun ovoz bersa — uning familiyasini o‘chirib tashlaydi. Agar ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan ko‘pi deputatni chaqirib olishni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, deputat chaqirib olingan hisoblanadi. Agar ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami chaqirib olishni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, shuningdek ovoz berishda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami qatnashgan bo‘lsa, chaqirib olish rad etilgan hisoblanadi. Chaqirib olishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng bo‘lgan taqdirda deputat o‘z vakolatlarini saqlab qoladi. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli okrug komissiyasi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Ovoz berish natijalari ovoz berishning ertasi kuni okrug komissiyasining majlisida aniklanadi, bayonga kiritiladi va tegishincha O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga yoki hokimga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashi yoki hokim, shahar (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashining raisi o‘ziga yuborilgan okrug komissiyasining bayoni asosida 5 kunlik muddat ichida ovoz berish natijalarini qayd etadi, ushbu Qonun buzilganligi aniqlangan va ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan taqdirda takror ovoz berishni belgilaydi. Takror ovoz berish uzog‘i bilan ikki hafta muddat ichida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashini yoki uning Rayosatini xabardor qiladi. Basharti, ovoz berish natijasiga ko‘ra xalq deputati chaqirib olingan bo‘lsa, deputatni chakirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari ro‘yxatga olingan paytdan boshlab uning vakolati muddatidan oldin tugatilgan hisoblanadi. Deputatni chaqirib olish masalasi bo‘yicha ovoz berishni tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar tegishincha respublika yoki mahalliy budjet hisobidan qoplanadi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, davlat va jamoat idoralari ovoz berishni tayyorlash va o‘tkazish uchun zarur binolar hamda jihozlarni tegishli komissiyalar ixtiyoriga beradilar. Chaqirib olish masalasi o‘ziga tegishli bo‘lgan deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazadigan davr ichida o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shab turadi, uning xarajatlari tegishincha respublika yoki mahalliy budjet hisobidan qoplanadi. Ushbu Qonun buzilganligiga doir arizalar va shikoyatlarni tegishli okrug komissiyasi ko‘rib chiqadi. Okrug komissiyasining qarori ustidan shikoyat tushgan taqdirda bu shikoyat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi yoki hokim uzil-kesil qaror chiqaradi.
77
17,533
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi: Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorida: a) quyidagi mazmundagi 33 va 34-bandlar qo‘shilsin: “33. Yangi tartib doirasida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar olingan ijobiy subsidiya xabarnomalari bo‘yicha to‘lab beriladi. 34. 2021-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratishning maqsadli parametrlari doirasida: a) sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi. Bunda ipoteka kreditining summasi xabarnomada ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatining 85 foizidan oshib ketmasligi lozim; b) sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati subsidiya xabarnomasida ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, ipoteka krediti shartnomada ko‘rsatilgan uy-joyning qiymatining 85 foizi hamda boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya shartnomada ko‘rsatilgan uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida hisoblanadi”; b) quyidagi mazmundagi 61 va 62-bandlar qo‘shilsin: “61. Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan hamkorlikda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishni avtomatlashtirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrgacha Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bazasi “my.gov.uz” platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin. 62. Moliya vazirligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda: a) ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda to‘lab bersin. Bunda tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi hududiy bank filiallarida jamlangan ma’lumotlar asosida buyurtmanomalarni Moliya vazirligiga taqdim etadi va Moliya vazirligi har oyning 25-kuniga qadar subsidiya to‘lab berilishini ta’minlasin; b) 2022-yilning 1-oktabrgacha qadar foiz xarajatlari uchun subsidiya to‘lashning avtomatlashtirilgan tartibini joriy etsin”; v) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 1. Ushbu Nizom: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son hamda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonlari asosida ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismini qoplash hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoni asosida daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami; boshlang‘ich badal — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘. Shundan davlat budjetidan to‘lab beriladigan qat’iy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan mablag‘; boshlang‘ich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qat’iy belgilangan miqdorda Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkaziladigan mablag‘; daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (keyingi o‘rinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 8 baravarigacha; Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar; ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya (mukammal va joriy ta’mir bundan mustasno) qilish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdori; ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar; ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari; komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya; subsidiya — ipoteka kreditlari asosida: kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini; yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘; talabgor — ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi; uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya qilish orqali mulkchilik turi ko‘p qavatli uy-joylarga o‘zgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli) hamda fuqaroga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar; foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga birinchi 5 yil davomida o‘tkaziladigan mablag‘. Bunda davlat budjetidan to‘lab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi; xabarnoma — komissiyaning ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori; yakka tartibdagi uy-joy qurish — o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va/yoki alohida qo‘shimcha bino va inshootlar, shu jumladan, binoni buzib qayta qurish; yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish — bino va inshootlarning arxitektura-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirishga olib keladigan binoning balandligi, qavatlari soni, hajmi va maydonini o‘zgartirish, ma’nan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini almashtirish, dastlabki hajmini saqlab qolgan holda binoning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir etuvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini almashtirish yoki tiklash, qurilishi yakunlanmagan uy-joyni yakunlash. 3. Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida: hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish; yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy ta’mirlash bundan mustasno) uchun ajratiladi. 4. Bir nafar qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: subsidiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlarining; hududlarda talabgorlar uchun Davlat budjetidan ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdorlarini aniqlashda. 5. Subsidiya uni to‘lashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi. Bunda subsidiya fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida tuman (shahar) kesimida qayta taqsimlanmagan holda fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini ko‘rsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda e’lon beradi. 7. Ariza beruvchining taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi: o‘rganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — Davlat kadastrlari palatasi va Davlat soliq qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalari; o‘rganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi va tuman (shahar) hokimligi. 8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha to‘lanadi. 9. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi. 10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi. Zarur hollarda ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar (fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishganligini, turli musobaqalar, tanlovlar yoki olimpiadalarning sovrindori bo‘lgani yoxud mehnat jamoasida alohida namuna ko‘rsatganini tasdiqlovchi hujjatlar) Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etiladi. Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi. 11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin. 12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi. 13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi. 14. Davlat xizmatlari markazi so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga elektron tarzda yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma avtomatik tarzda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga yuboriladi. Ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunda ariza beruvchi boshqa hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali ariza topshirgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi bir ish kuni mobaynida arizani fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi komissiyaga yuboradi. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilishga subsidiya ajratish uchun kelib tushgan arizalar fuqaroning mulk huquqi asosida mavjud bo‘lgan qurish va rekonstruksiya qilinishi lozim bo‘lgan uy-joyi joylashgan hududdagi komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizani mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish faqat anketa-arizada ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga yuboriladi. 15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi. Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash uchun mas’ul xodimni ichki buyruq asosida biriktiradi. Biriktirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi. Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni: tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini; davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi. Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi; aholi bandligiga ko‘maklashish markazi — ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini); Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi — ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va turmush qurmagan farzandlarining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarni; tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini; Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi — ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini (mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan); tuman (shahar) hokimligi — ariza beruvchining “Mehr daftari”ga kiritilgan yoki undan chiqarilgan 30 yoshdan oshmagan yoshlar toifasiga mansubligini tasdiqlaydi. 16. Agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin. 17. YIDXPda mas’ul tashkilotlar o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra kiritilgan ma’lumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar ko‘rinishida baholanadi. 18. YIDXPda mas’ul tashkilotlarning baholash natijalari komissiya kotibiga yuboriladi. 19. Tuman (shahar) hokimlari va komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari komissiyaning samarali va qonuniy faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi. Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan muddatda komissiya tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish holati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlariga tizimli ravishda ma’lumot kiritib boradi. 20. Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar. 21.Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi. 22. Komissiya raisi: komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi; komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi; komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi; komissiya qarorlarini tasdiqlaydi. 23. Komissiya kotibi: komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a’zolarini komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi; komissiya ish rejalarini tayyorlaydi; komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi; komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi; komissiya ish yurituvini amalga oshiradi. 24. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi. 25. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. 26. Komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etadigan a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar yig‘ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi. 28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi. 29. Komissiya o‘zining ish reglamentini tasdiqlaydi. 30. Komissiya kotibi mas’ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni 3 kun ichida arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqib, yakuniy xulosa beradi. Komissiya kotibi mas’ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni ko‘rib chiqish mobaynida mas’ullar tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilganini aniqlagan taqdirda, tegishli mas’ulga qayta ko‘rib chiqish uchun yo‘naltiradi. Komissiya raisi kotib tomonidan kiritilgan ijtimoiy mezonlar yuzasidan baholash natijalariga asosan ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etishni elektron (ERI orqali) shaklda tasdiqlaydi. Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida komissiya elektron reyestrni yuritadi hamda ushbu reyestr tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limida uch yil mobaynida saqlanadi. 31. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida elektron tasdiqlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi. Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi. Bundan tashqari YIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuboriladi. YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etilganda, komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi. 32. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi. 33. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgorga davlat budjetidan ajratiladigan boshlang‘ich badal subsidiyasining qat’iy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida dastlabki 5 yilda foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish bo‘yicha subsidiya ajratilishi ko‘rsatiladi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qat’iy belgilab qo‘yiladi. 34. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi: a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda; b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda; v) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda; g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda; d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda; e) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori; Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda. 35. Ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan qarorni rasmiylashtiradi hamda tegishli xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. 36. Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi. 37. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi. Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra komissiya raisi nomiga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin. Komissiya raisi talabgorning rad etish to‘g‘risidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish bo‘yicha komissiya kotibiga topshiriq beradi. Komissiya kotibi dasturiy ta’minot tizimidagi xabarnomalarni bekor qilish bo‘limiga tegishli ma’lumotlarni va talabgor arizasini kiritgan holda bekor qilish buyurtmanomasini yaratadi va dasturiy ta’minot tizimi administratoriga yuboradi. Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya soni qayta inobatga olinadi. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi. 38. Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiya soni tugaganda, talabgorlarga rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. 39. Subsidiya taqdim etishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran (bir kalendar yilda ikki marta) murojaat qilishga haqli. 40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy ta’minot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Komissiya yoki mas’ul tashkilot xodimlari tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash jarayonida ma’lumotlar noto‘g‘ri va/yoki xato kiritilgan taqdirda, komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy ta’minot tizim administratori tomonidan ma’lumotlarga tuzatish kiritish uchun komissiya yoki mas’ul tashkilotga qaytariladi. Komissiya yoki mas’ul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan ma’lumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi bo‘yicha komissiya a’zolari va mas’ul tashkilot xodimlari shaxsan javobgardirlar. 41. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi. Sotib olinadigan uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi. Foiz to‘lovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi. Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilagan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshib ketmasligi shart. 42. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga: uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi yoki pudrat tashkilotiga to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni; ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli ma’lumotlarini taqdim qiladi. 43. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 44. Subsidiya: a) kvartiralarni sotib olish uchun: boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi; b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi. 45. Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi: ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bunda: SM — ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi; KS — ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq summasi; AF — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi; BF — 10 foizlik punkt. Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan so‘ng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. 46. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi. Asosiy stavkaga o‘zgarish kiritilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi resurslari hisobidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan fuqarolarga amalda belgilangan foiz stavkasidan yuqori foiz stavkada ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin emas. Bunda tijorat banki tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ipoteka krediti foiz stavkasining pasaytirilganligi e’lon qilinadi va qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomalariga qo‘shimcha kelishuvlar tuzilmasdan, qarzdorning shaxsiy kabinetiga o‘zaro tuzilgan kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv hamda yangidan tuzilgan to‘lovlar jadvali joylashtiriladi. 47. Sotib olinadigan kvartira bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi. 48. Yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi. Bunda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati hisobga olinishi mumkin. 49. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) moliya bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani yuboradi. 50. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari besh ish kuni mobaynida ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi. Bunda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib berilgan boshlang‘ich badal uchun subsidiya faqat boshlang‘ich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablag‘lari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga o‘tkazib beriladi. Mazkur mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish taqiqlanadi. 51. Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘tkazilgan kundan boshlab undan o‘ttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytaradi. Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi. 52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab qurib bitkazilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banklarining Bosh ofisi tomonidan har oyning 25-kuniga qadar Moliya vazirligiga foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga markazlashgan tartibda buyurtmanoma yuboriladi. Bunda qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari to‘lovlarini qaytarish grafiklarida foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanishi inobatga olinadi. 53. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklari ajratgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan buyurtmanomalar taqdim etilgan oydan boshlab har oyning 25-kuniga qadar tijorat bankining Bosh ofisiga markazlashgan tartibda o‘tkazib beriladi. Bunda subsidiya ajratilgan fuqaroning ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki keyingi to‘lovga buyurtmanomasini Moliya vazirligiga yuborishda o‘zgarishlarni inobatga oladi. Tijorat banki tomonidan haqiqatda ajratilgan ipoteka krediti sanasidan boshlab foiz to‘lovlari uchun subsidiya to‘lab beriladi. Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligiga buyurtmanoma berishda kredit to‘lovlarini qaytarish grafiklaridagi o‘zgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha to‘langan subsidiya tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi. 54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya to‘g‘ri hisoblanishiga javob beradi. 55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi. 56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi. 57. Ishtirok etuvchi tijorat banki foiz uchun subsidiya bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 10 kun ichida Moliya vazirligiga ushbu subsidiya to‘lab berilishi yakunlangan talabgorlar ro‘yxatini taqdim etadi. 58. Moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha to‘langanda, keyingi oyda talabgorga subsidiya avval to‘langan ortiqcha to‘lovni hisobga olgan holda to‘lanadi. 59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining hisobvarag‘iga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi. 60. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”. * JSh ShIRni aniqlash quyida qo‘rsatilgan (bu erda JSh ShIR raqami sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).” 2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “birlamchi uy-joy bozori (yangi qurilgan uy-joy) — qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasi asosida mulk huquqi yuzaga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan 4 va undan yuqori qavatli uy-joylar yoki undagi kvartiralar”; b) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Tijorat banklari tomonidan o‘zlashtirilmagan mablag‘lar yil yakunining oxirgi ish kunida Moliya vazirligiga qaytariladi”; v) 16-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “g) ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi. Bunda ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratilganda boshlang‘ich badal miqdori — boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning qat’iy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan miqdorda shakllantiriladi”; g) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda qarz oluvchi va uning turmush o‘rtog‘ining bir oylik o‘rtacha daromadi (barcha kreditlar bo‘yicha bir oylik to‘lovlar chegirib qolinganda) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha bir oylik o‘rtacha to‘lovlarning 20 foizidan kam bo‘lmasligi shart”; d) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Qarz oluvchi o‘z tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan, bank balansidagi uy-joyni sotib olishda esa bank bilan shartnoma imzolaydi”; e) 24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bunda pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida tayyor holda topshirish shartlari bilan qurib bitkazilgan, qurilgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim”; j) 27-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish)uchun ipoteka krediti olish bo‘yicha buyurtmanomaga qarz oluvchining yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat, yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha smeta hujjati, pudrat tashkiloti, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan uy-joyni sotib olishda esa bank bilan tuzilgan shartnoma hamda ipoteka kreditini qaytarish bo‘yicha majburiyat ta’minotini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi”; z) 28-bandning beshinchi xatboshidagi “uy-joy hisoblangan qiymatining 85 foizidan” so‘zlari “belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; k) 38-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Subsidiya xabarnomasi mavjud bo‘lganda, bank tomonidan qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr hujjatlari asosida hududiy moliya bo‘limlariga boshlang‘ich badalning qat’iy belgilangan miqdorini qoplash uchun buyurtmanomani yuboradi. Moliya bo‘limlari ikki ish kunida ushbu xabarnomani ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda unga asosan tegishli buyurtmanoma va to‘lov topshiriqnomasini shakllantirib, hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga yuboradi”; l) 40-bandda: birinchi xatboshidagi “(subsidiya xabarnomasiga ega qarz oluvchilar uchun subsidiya bankka o‘tkazib berilgandan so‘ng)” so‘zlari chiqarib tashlansin; “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “a) belgilangan tartibda pudrat tashkiloti, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan uy-joyni sotib olishda esa bank bilan kvartiraning oldi-sotdi yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) shartnomasi rasmiylashtiriladi. Bunda kvartira oldi-sotdi shartnomasi uch tomonlama tartibda pudrat tashkiloti, tijorat banki va talabgor ishtirokida tuziladi va uni notarial tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda garovga qo‘yish amaliyotini ham inobatga oladi.”; m) 1-ilovadagi Pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish to‘g‘risidagi sxemaning 7-bosqichi “Chora-tadbirlar” ustunining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Subsidiya xabarnomasi mavjud bo‘lganda, bank tomonidan qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr hujjatlari asosida hududiy moliya bo‘limlariga boshlang‘ich badalning qat’iy belgilangan miqdorini to‘lash uchun buyurtmanoma yuboradi”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarorida: a) 2-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahrida 12 foizlik punktidan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 17-banddagi “birlamchi uy-joy” so‘zlari “yashash uchun yaroqli birlamchi va ikkilamchi uy-joy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
45,593
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining ikkinchi, uchinchi, oltinchi va to‘qqizinchi xatboshi, shuningdek ushbu qarorga 1, 2, 5 va 8-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin. 1. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Yig‘ma departamentning faoliyati: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatini umuman mamlakat iqtisodiyotida hamda mintaqalarida bozor islohotlari va tarkibiy islohotlar, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga; makroiqtisodiy, tarmoq va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishda, makroiqtisodiy va tarkibiy siyosat samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlashda markaziy iqtisodiy idoralar, boshqaruvning tarmoq organlari va Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlarining prognoz-tahlil faoliyatini muvofiqlashtirishga; iqtisodiy islohotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning mamlakat mintaqalarida roli va ahamiyatini oshirishning ahvolini tahlil qilish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishga; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot tashkilotlari va moliya institutlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini, Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligini rivojlantirish, eksport salohiyotini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi normativ-huquqiy va shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan. 3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Yig‘ma departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari bo‘yicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadi. 5. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shuningdek Yig‘ma departamentga hisob beradi. Yig‘ma departament o‘ziga hisob beradigan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi. 7. Axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududiy bo‘linmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan Yig‘ma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi. 8. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) makroiqtisodiy rivojlantirish va islohotlarni amalga oshirish sohasida: markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks o‘rganishni tashkil etish; iqtisodiyotdagi, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning va tarkibiy sifat o‘zgarishlari monitoringi tizimini yaratish; Hukumatning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlari va qarorlari loyihalarini ekspert baholash; makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni ta’minlashning strategik vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; maqolalar, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashni va tarqatishni, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan material va qiymat balanslarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasining tarmoq departamentlari tomonidan taqdim etiladigan ularning tasarruflaridagi tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha kelishilgan monitoring ko‘rsatkichlarini umumlashtirish; b) hududlarni rivojlantirish sohasida: markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy bo‘linmalarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda mamlakat mintaqalarida iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks o‘rganishni tashkil etish; mintaqalarda, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning, ijtimoiy vaziyatning, ijtimoiy muhofazaning, aholini ish bilan ta’minlashning va tarkibiy iqtisodiy islohotlar monitoringini olib borish tizimini yaratish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan hududlarning muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha maqsadli hududiy dasturlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash; har bir mintaqada aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; v) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida: O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eksport hajmlarini yanada ko‘paytirish, uning tarkibini takomillashtirish va jug‘rofiyasini kengaytirish, tashqi savdo balansini maqbullashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishni va ularning bajarilishini ta’minlashni muvofiqlashtirish; Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti, shuningdek mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ-huquqiy hamda shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish. 9. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tizimlashtirilgan bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi; o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, o‘rganadi, o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi hamda ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha majlislarini tayyorlash bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar to‘g‘risida Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning tegishli o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi; materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi; o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning tegishli o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi; aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarning, mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini uyg‘unlashtirish va natijalarini umumlashtirishni ta’minlaydi; aholini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni umumlashtiradi; fuqarolarning pensiya ta’minoti, yordamga muhtoj oilalarni va aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash hamda ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari bo‘yicha umumlashtiradi; o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. 10. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini, Vazirlar Mahkamasi departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish; xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish muammolarining axborot-tahliliy tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro loyihalarda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy, moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, xorijiy hukumat muassasalari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha mustaqil yozishmalarni yuritish; mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir tegishli o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish; xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, nohukumat tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va ularda qatnashish; zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish; zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish. Yig‘ma departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Yig‘ma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak. 11. Yig‘ma departament: o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun; Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi. 12. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish, hududlarni, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, yetakchi mutaxassis (yurist), shuningdek inspektor kiradi. Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Yig‘ma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi. 14. Yig‘ma departament mudiri, mudir o‘rinbosarlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 15. Yig‘ma departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning tegishli o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Yig‘ma departamentning choraklik ish rejalari, mudirning va uning o‘rinbosarlari shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari bilan kelishiladi va Yig‘ma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 16. Yig‘ma departament mudiri: Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z o‘rinbosarlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar, funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi; Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Yig‘ma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi; Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Yig‘ma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; o‘z o‘rinbosarlari va Yig‘ma departament mutaxassislari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va tasdiqlash uchun Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga kiritadi; Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda bo‘lgan yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Yig‘ma departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish va kasb malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Yig‘ma departament mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari bilan kelishilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga taqdim etadi. 17. Yig‘ma departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan belgilanadigan Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. 18. Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari: tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va o‘ziga bo‘ysunuvchi mutaxassislar ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi; islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudiriga taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi; Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Yig‘ma departament mudiriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi; Yig‘ma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risida takliflar taqdim etadi. 19. Yig‘ma departamentning bosh mutaxassisi: o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning o‘rinbosarlarining o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi; tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi; materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganadi, o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi; islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Yig‘ma departament mudiri o‘rinbosariga taqdim etadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi. 20. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi: materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Yig‘ma departament mudiri, uning tegishli o‘rinbosari va bosh mutaxassisning o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va umumlashtirishni amalga oshiradi; o‘ziga birkitilgan soha bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, uning to‘ldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi; materiallarni Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganadi, o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur ma’lumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari va bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi. 21. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi (yurist): tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishini tashkil etadi, ularning amaldagi qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini yuridik ekspertizadan o‘tkazadi; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalari bo‘yicha yuridik xulosalarni Yig‘ma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va Yig‘ma departament mudiriga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni huquqiy ta’minlaydi; tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi; xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash masalalari bo‘yicha olib boriladigan muzokaralarda qatnashadi; tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy ta’minlash masalalari bo‘yicha mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslari hamda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan kengashlar va maslahatlashuvlarni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xalqaro shartnomalarni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda qatnashadi; eng muhim tashqi iqtisodiy shartnomalar (bitimlar, kontraktlar, protokollar va shu kabilar)ni huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi; materiallarning ishlanishi sifati, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash va o‘ziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi; o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi; tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlari bo‘yicha sharhlar va tushuntirishlar loyihalarini tayyorlaydi. 22. Inspektor Yig‘ma departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
121
32,897
Qonunchilik
“AYRIM XIZMATLARNI KO‘RSATAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLAR UChUN FOYDA SOLIG‘I VA YaGONA SOLIQ TO‘LOVI BO‘YIChA SOLIQ IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-maydagi PQ-1525-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 351-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2006-yil 20-iyundagi 54, 2006-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1594, 2006-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda) bilan tasdiqlangan “Ayrim xizmatlarni ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2012-yil 1-yanvarga qadar” degan so‘zlar “2014-yil 1-yanvarga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “rieltorlik xizmatlari”. 3. IV bob quyidagi mazmundagi 164-band bilan to‘ldirilsin: “164. Rieltorlik xizmatlariga O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 469-modda) muvofiq quyidagilar kiradi: ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilik; ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish; ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish; ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari”.
209
2,311
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Energetika vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi: magistral gaz o‘tkazish quvuri — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gaz olib o‘tiladigan quvur; tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar — magistral gaz o‘tkazish quvurlarining o‘lchov tarmoqlarida tabiiy gaz hajmlarini aniqlash uchun o‘rnatilgan tabiiy gaz hisoblagichlari; hisob-kitob davri — magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali tabiiy gaz yetkazib berish amalga oshiriladigan oy; o‘lchov tarmog‘i — magistral gaz o‘tkazish quvurlarida tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar o‘rnatilgan joy; shartnoma soati — tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlariga asosan hisob-kitob davrini yopish vaqti va sanasi; nazorat bojxona posti — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tiladigan tabiiy gaz ustidan bojxona nazoratini amalga oshiradigan bojxona posti; rasmiylashtiruv bojxona posti — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz quvurlari orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona posti; bojxona identifikatsiyasi — bojxona organi tomonidan plombalar, muhrlar qo‘yish, shtamplar bosish, raqamli, harfli tamg‘alar yozish, shuningdek boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladigan bojxona nazorati shakli. 2. Rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) yoki muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda MBYuD deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gazni olib o‘tish uchun asos bo‘ladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali tabiiy gaz olib o‘tilishi ustidan bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bojxona nazorati joylari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (bundan buyon matda DBQ deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq belgilanadi. 4. Bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari va o‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimlari tomonidan tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblardagi ko‘rsatgichlarni olish, hisob tizimini, qiyoslash vositalari mavjudligi va but saqlanganligini, hisoblagichlarni davlat standartlariga muvofiqligini, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hisobot va ma’lumotlarni tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 5. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblardagi ko‘rsatgichlarni olish o‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimi tomonidan hisob-kitob davrining oxirgi kunida shartnoma soatiga muvofiq nazorat bojxona posti xodimi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Nazorat bojxona posti xodimi dalolatnoma tuzilgach undagi ma’lumotlarni DBQ Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi. Dalolatnomaning bir nusxasi o‘lchov tarmog‘ida yoki mazkur o‘lchov tarmog‘i joylashgan joydagi “O‘ztransgaz” AJning hududiy tarkibiy tuzilmasida saqlanadi va qolgan ikki nusxasi hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar: bojxona nazorati uchun rasmiylashtiruv bojxona postiga; “O‘ztransgaz” AJga yuboriladi. 6. O‘lchov tarmog‘i va tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar ustidan bojxona nazorati bir oyda kamida ikki marta nazorat bojxona posti tomonidan amalga oshiriladi. 7. O‘lchov tarmog‘ida bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlanganda, nazorat bojxona posti xodimi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘radi. Hududiy bojxona organi bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlangan paytdan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan bojxona qonunchiligi buzilishi holati haqida rasmiylashtiruv bojxona postini xabardor qiladi. 8. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘yish va olish bojxona nazorati joylarida nazorat bojxona posti xodimi tomonidan o‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi, bundan tabiiy gazni hisobga olish tizimining ishdan chiqishi uchun xavf mavjud bo‘lgan holatlar mustasno. 9. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblarga bojxona plombalarini qo‘yish yoki ularni yechish va o‘zgartirilishida o‘lchov tarmog‘i xodimi tomonidan plombalash joylari tayyorlanadi. 10. Nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada rasmiylashtirgan holda plombalarni qo‘yadi yoki olib tashlaydi. Dalolatnomaning bir nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi o‘lchov tarmog‘ida, uchinchi nusxasi esa 5 kun ichida rasmiylashtiruv bojxona postiga yuboriladi. 11. Bojxona identifikatsiyasi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, bundan tabiiy gazni hisobga olish tizimining ishdan chiqishi uchun xavf mavjud bo‘lgan holatlar mustasno. Bojxona plombasining butligi buzilishi haqida o‘lchov tarmog‘i xodimi tomonidan buzilishlar aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida bojxona organiga xabar beriladi va bunday buzilish sabablari to‘g‘risida yozma tushuntirish taqdim etadi. 12. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish zaruriyati tug‘ilganda, bojxona plombalarining saqlanishi uchun mas’ul shaxslar nazorat bojxona postini ishlarining boshlanishi va yakunlanishi sanalarini ko‘rsatgan holda ushbu ishlar olib borilishi haqida oldindan xabardor qiladilar. 13. Mazkur Nizomning 12-bandida keltirilgan ishlar bajarilganidan so‘ng nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 8 — 10-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘llaydi. 14. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gaz deklaratsiyalanishi kerak. Tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi DBQ tomonidan belgilanadigan rasmiylashtiruv bojxona postlarida amalga oshiriladi. Tabiiy gazni deklaratsiyalash qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiruv bojxona postiga qog‘ozli yoki elektron shaklda BYuDni topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 15. Quyidagilar bo‘lmagan taqdirda, MBYuD taqdim etishga ruxsat etiladi: O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; quvur transportlari orqali haqiqiy o‘tkaziladigan tovarlarning hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati; kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda. 16. MBYuD bojxona postiga rasmiylashtirish uchun tabiiy gaz yetkazib berishdan oldin, hisob-kitob davridan oldingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi. MBYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: tabiiy gaz yetkazib berish uchun shartnoma; O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yig‘ma dalolatnoma. 17. MBYuDda qayd etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar tabiiy gazning mo‘ljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminiy ravishda ko‘rsatiladi. To‘liq BYuDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MBYuDda ko‘rsatilishi talab etilmaydi. 18. MBYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) muvofiq to‘ldiriladi. 19. MBYuDning 1, 31 va 45-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: a) 1-grafa “Deklaratsiya turi”. Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi “VD” — “vaqtinchalik deklaratsiya”. Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan “Bojxona rejimlari tasniflagichi”ga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi; b) 31-grafa “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynyerlar raqami — tovar tavsifi”. Grafada qo‘shimcha ravishda tabiiy gazning hisobot davri muddatida olib chiqilishi yoki olib kirilishi mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari ko‘rsatiladi; v) 45-grafa “Bojxona qiymati”. Grafada tabiiy gaz eksporti shartnomasining shartlari asosida bojxona chegarasi orqali o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan tabiiy gaz hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona qiymati qayd qilinadi. Agarda, bunday narx MBYuD topshirilgandan keyingi qayd etilgan sanadagi birja bahosiga bog‘liq bo‘lsa, taxminiy narxni aniqlash uchun MBYuD qabul qilingan kundagi birja bahosi olinadi. 20. MBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona rasmiylashtiruvi to‘liq BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadigan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga muvofiq bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. MBYuDga to‘liq BYuD rasmiylashtirilgandan so‘ng, uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. 21. MBYuDni taqdim etishda to‘liq BYuDning taqdim etish muddati MBYuDda ko‘rsatilgan hisob-kitob davri tugashidan to‘qson kalendar kunidan oshib ketmasligi lozim. 22. To‘liq BYuDning bojxona rasmiylashtiruvi muddati tovar yetkazib berish oyining oxirgi kuni amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yig‘ma dalolatnoma; hisob-kitob davrida tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzuvchining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. 23. To‘liq BYuD ma’lum qilingan bojxona rejimiga muvofiq Yo‘riqnoma talablari asosida quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi: a) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”. Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi. Grafaning uchinchi bo‘lmasida “PVD” — “vaqtinchalik deklaratsiyadan so‘ng” harfli belgisi ko‘rsatiladi; b) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”. Grafada MBYuDning ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi; v) 37-grafa. “Protsedura”. Grafaning oxirgi uchta raqamiga — “071” kodi ko‘rsatiladi; g) “D” — grafa. Elektron BYuDda mazkur grafada tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasi ko‘rsatiladi. Qog‘oz shakldagi BYuDda mazkur grafada bojxona nazorati natijalari haqida guvohlik beruvchi bojxona organining to‘rtburchak shtampi, tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasi va shaxsiy muhri hamda zarur hollarda boshqa belgilar qo‘yiladi. Bojxona nazorati natijalari haqidagi to‘rtburchak shtamp tovarni o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi. 24. BYuD va MBYuD ko‘rsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq bo‘lganda, tabiiy gazning amalda o‘tkazilganligi to‘g‘risida deklarant tomonidan hujjatlar taqdim qilishda MBYuDni qayta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi. 25. Tashqi savdo bojxona statistikasi hamda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini va valyuta nazoratini amalga oshirish uchun faqatgina to‘liq BYuDlar hisobga olinadi. Tashqi savdo bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor ravishda hisobga olish maqsadlari uchun MBYuDda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. 26. Bir kalendar oy mobaynida quvur transporti orqali bojxona chegarasidan olib o‘tilgan tovarlar bojxona to‘lovlari BYuD taqdim etilgan kundan kechiktirmagan holda tovarlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi. Bunda, bir kalendar oy mobaynida quvur transporti orqali bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlarning qiymati bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tovarlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida belgilangan valyutalarni rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha aniqlanadi. Quvur transportida olib o‘tiladigan tovarlar uchun MBYuD taqdim etilganda, bojxona to‘lovlari MBYuD taqdim etilgan kunida amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari bo‘yicha MBYuD qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi. 27. Ma’lumotlarga aniqlik kiritish natijasida to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining miqdori oshadigan bo‘lsa, ularning qo‘shimcha to‘lovi BYuDni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu holda penya hisoblanmaydi. 28. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida joylashgan boshqa punktlar o‘rtasida boshqa davlatlar hududi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 29. Bojxona tranziti bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tabiiy gaz hajmlari uchun BYuD hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay bojxona organiga yuboriladi. BYuD bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: gaz transportirovkasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi; bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni olib o‘tish to‘g‘risidagi yig‘ma hujjatlar; tashqi savdo bitimlari ishtirokchilari imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan, tabiiy gazni qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi; tabiiy gazni o‘lchash joylaridan olingan, olib kirilganligi va chiqilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar. 30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 31. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
223
14,607
Qonunchilik
Qashqadaryo viloyati hokimiga, Samarqand viloyati hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent shahar va viloyatlar hududidagi sudlarni binolar bilan ta’m
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Qashqadaryo viloyati hokimiga, Samarqand viloyati hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga hamda Toshkent shahar hokimiga “Toshkent shahar va viloyatlar hududidagi sudlarni binolar bilan ta’minlashning holati va istiqbollari to‘g‘risida” yuborilgan parlament so‘rovlariga yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-sonli Farmonining 15-bandida belgilangan vazifalarning bajarilishini doimiy nazoratga olsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
970
Qonunchilik
Norezidentlar hisobvaraqlariga koʻproq “naqd” oʻtkazilishi mumkin
Tijorat banklari tomonidan хorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 511-10, 4.06.2018 y.). Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).  Xususan, jismoniy shaхslar-norezidentlar hisobvaraqlariga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan naqd chet el valyutasi roʻyхati kengaytirildi. Endi bu: Eslatib oʻtamiz, yuqorida keltirilganlardan tashqari jismoniy shaхslar-norezidentlar ilgarigidek: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.06.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
65
708
Qonunchilik
Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2018 — 2023-yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. 2018 — 2023-yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) amalga oshirish doirasida quyidagilar vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari etib belgilansin: veterinariya tadbirlarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga izchil joriy etish; mamlakatimizda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, importni izchil kamaytirish maqsadida bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida ko‘paytirish va ularning turlarini kengaytirish; talab yuqori bo‘lgan turdagi veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan holda, sifat menejmentining zamonaviy uslublarini keng joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash; veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar ilmiy-texnik xodimlarining professional bilim darajasini, xususan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali takomillashtirish, shuningdek, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarning 2021 — 2023-yillarda respublikada hayvonlar zararli kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositalarini 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflariga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti bilan birgalikda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga mamlakatimiz va xorijiy ilm-fanning ilg‘or ishlanmalarini joriy etish asosida veterinariya preparatlari, sintetik dezinfeksiya va dezinseksiya vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarida zarur uslubiy va ilmiy-maslahat yordamini olishda har tomonlama tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatsinlar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik tovarlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashsin; bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda ekspert doiralar vakillari — iqtisodchilar va yuristlarni ishtirokida veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida keng ko‘lamli axborot hamda tushuntirish ishlarini tashkil etsin; veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda nol xarid qiymati bo‘yicha olishida ko‘maklashsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 2019-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar obyektlarini qurish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
98
4,613
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Atrof-muhit ifloslanishi va chiqindilar joylashtirilishini boshqarishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillashtirish, “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini amaliyotga yanada kengroq joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) hamda Moliya vazirligining: O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosfera havosiga chiqarib tashlovchi, ochiq suv havzalari va joylarning relyefiga oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi 55,1 mingta yuridik shaxs xatlovdan o‘tkazilganligi; 2020-yilda atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga 68,3 mlrd so‘m mablag‘ tushganligi; ushbu mablag‘larning 17,75 mlrd so‘mi Davlat budjetiga o‘tkazilganligi, qolgan mablag‘lar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga, Davlat ekologiya qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanganligi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: a) quyidagilar: turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi; ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi; O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi; yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya to‘lovlari) obyektlari hisoblanadi; b) quyidagilar: maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar; maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va so‘ngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari; texnika ekinlari va o‘simliklarini sug‘orish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar; ajratilgan erda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzasini ochishdagi va qorishma jinslar; konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yo‘ldosh qatlam suvlari; foydali qazilmalar xomashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzog‘i bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari; mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzog‘i bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari kompensatsiya to‘lovi obyektlari hisoblanmaydi; v) quyidagilar: ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar; yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanadi. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 15-iyuldan boshlab: ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan 1 baravardan 5 baravargacha yoki undan ortiq (kam) bo‘lganda kompensatsiya to‘lovchi subyektlar mos ravishda 1 baravardan 20 baravargacha ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) miqdorda kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar; ekologik normativlar tasdiqlanmagan yoki ularning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, atrof-muhitga yuqori (I toifa) va o‘rtacha (II toifa) darajada xavfli ta’sir ko‘rsatadigan kompensatsiya to‘lovchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasiga nisbatan 20 baravar, shuningdek, past (III toifa) va mahalliy (IV toifa) darajada ta’sir ko‘rsatuvchi kompensatsiya to‘lovchi subyektlar 10 baravar ko‘paytirilgan miqdorda kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar; ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik va oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari har bir modda bo‘yicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar ko‘paytirilgan miqdorda to‘lanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Davlat ekologiya qo‘mitasi: Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kompensatsiya to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatib, o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar kompensatsiya to‘lovlari hisoblanishi va to‘lanishi bilan bog‘liq elektron axborot tizimini amaliyotga to‘liq joriy etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va unga boshqa turdagi zararli ta’sirlar ko‘rsatilganligi (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirish) uchun to‘lovlar; kompensatsiya to‘lovlarining bazaviy miqdori — kompensatsiya to‘lovlari atmosfera havosiga turg‘un va ko‘chma manbalardan chiqarib tashlanadigan bir tonna yoki bir kilogramm hajmdagi ifloslantiruvchi moddalar, suv obyektlariga va joylarning relyefiga, kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizilgan bir tonna hajmidagi ifloslantiruvchi moddalar, joylashtirilgan bir tonna hajmidagi chiqindilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining amalda belgilangan koeffitsiyentlarida belgilanadi; avans kompensatsiya to‘lovlari — kompensatsiya to‘lovlari miqdorini bosqichma-bosqich to‘lashni nazarda tutuvchi mablag‘larni kiritish; ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash va oqizish — xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida yer usti qatlamlariga hamda konlarga qattiq, suyuq va gazsimon ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi natijasida atrof-muhitning to‘satdan ifloslanishiga va kutilmagan halokatlarga olib keladigan darajada atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, suv obyektlariga ularni oqizish; ifloslantiruvchi moddalarning birvarakayiga tashlamalari va oqovalari — atmosfera havosiga, suv obyektlariga va joylarning relyefiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi manbalardan qisqa muddatda texnologik reglamentda nazarda tutilgan miqdordan keskin ravishda oshiqcha chiqariladigan tashlamalar va oqovalar; chiqindilarni joylashtirish — chiqindilarni saqlash hamda ularni ko‘mib tashlash bilan bog‘liq kompleks amaliy faoliyat; oqova suvlar — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda suvdan foydalanishda uning tarkibi kimyoviy jihatdan o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan suvlar; ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tgan chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishi, tashlamalar va oqova suvlarlar me’yorlari. 3. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash (tashlamalar), oqova suvlarni oqizish (oqovalar)ning normativ va normativdan ortiqcha, avariya holatidagi tashlamalar va oqovalar hamda birvarakayiga tashlamalar, shuningdek, limit bo‘yicha va limitdan tashqari joylashtirilgan chiqindilar massasi atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya to‘lovlari) obyekti hisoblanadi va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi; ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi; O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi; yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi. 4. Quyidagilar kompensatsiya to‘lovi obyektlari hisoblanmaydi: maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar; maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va so‘ngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari; texnika ekinlari va o‘simliklarini sug‘orish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar; ajratilgan erda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzini ochishdagi va qorishma jinslar; konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yo‘ldosh qatlam suvlari; foydali qazilmalar xomashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzog‘i bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari; mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzog‘i bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari. 5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar; yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — budjet tashkilotlari) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanmaydi. Budjet tashkilotlari mazkur Nizomga muvofiq o‘zlarining asosiy faoliyatidan tashqari va atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganda, undan olingan daromad manbalari hisobidan kompensatsiya to‘lovlari to‘laydilar. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi toifalariga mansub subyektlar (keyingi o‘rinlarda — I — IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar), ushbu Nizomning 4 — 7-boblarida keltirilgan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibiga amal qilgan holda ish yuritadi. 6. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini va oqovalarni normativ va normativdan ortiqcha chiqarganlik va oqizganlik, shuningdek, chiqindilarni belgilangan limit va limitdan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdori atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I — IV toifalariga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan ushbu Nizomga 1, 2, 3, 4 va 5-ilovalarga asosan belgilangan bazaviy stavkalarga muvofiq, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari, oqovalari massasi chiqindilarni joylashtirish bilan bog‘liq aniq ma’lumotlar hamda tasdiqlangan ekologik normativlarga asoslangan holda mustaqil ravishda belgilanadi. Xavflilik darajasi I (yuqori darajada xavfli), II (o‘rtacha darajada xavfli) va III (past darajada xavfli) toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar uchun to‘lovlar miqdori laboratoriya tahlillari asosida, agar atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarda nazoratning avtomatik tizimi joriy etilgan bo‘lsa, bu holatda kompensatsiya to‘lovlari ushbu tizimning ma’lumotlari asosida hisoblanishi mumkin. 7. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini chiqarish, oqovalarini oqizish va chiqindilarni joylashtirishning aniq massasi I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan dastlabki hisob-kitoblar, shuningdek, vazirliklar va idoralarning laboratoriyalari, I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilotlarning akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan (muvofiqligi ma’qullangan yoki malakaliligi Akkreditatsiya markazi tomonidan rasman tasdiqlangan) laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratlari natijasida olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuqorida qayd etilgan laboratoriyalar tomonidan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash maqsadida aniqlangan atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari va chiqindilar massalariga oid ko‘rsatkichlar har xilligi aniqlangan taqdirda, davlat ekologik nazorati yoki atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini olib borgan laboratoriya natijalariga oid ma’lumotlar qabul qilinadi. 8. Atrof tabiiy muhitni belgilangan me’yor darajasida ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun I — IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovining miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: bunda: P — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi, so‘mda; Mn — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda; R — atrof tabiiy muhitga chiqarilgan, oqizilgan ifloslantiruvchi moddalar va joylashtirilgan chiqindilarning bir tonnasi uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlardagi bazaviy stavka; BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda; Bk — ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishiga, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Normativ va amaldagi massa o‘rtasida baravarlik holati kattasi kichigiga bo‘lingan holda baravarlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Bk quyidagi bog‘liqlikda aniqlanadi. Ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari ko‘paytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda bo‘yicha alohida tasdiqlangan ekologik normativlarga nisbati sifatida belgilanadi. Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishga oid tasdiqlangan ekologik normativlar kamaytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda bo‘yicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi bo‘yicha belgilangan me’yorlardan ortiq holatlar aniqlanganda, to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovining miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi: bunda: P — atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi, so‘mda; Mn — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda; Mno — ifloslantiruvchi moddalarni tasdiqlangan ekologik normativdan ortiqcha hajmda atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish, tonna yoki kilogrammlarda; R — bazaviy stavka; BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda; Bk — baravarlik koeffitsiyenti. Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi uchun ekologik normativlarni tasdiqlamagan holda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bunda: Mf — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasi; R — bazaviy stavka; BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda; Shk — shartli koeffitsiyent, ya’ni ushbu belgi ostida korxonaning toifasidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan ko‘rsatkichdagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan hisoblash ishlari amalga oshiriladi. 9. Kompensatsiya to‘lovi summasini hisoblash uchun quyidagilar qo‘llaniladi: atrof tabiiy muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari massasiga doir aniq ma’lumotlar; atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni turlariga ko‘ra joylashtirishning hisobini yuritish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar; kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish sohasida belgilangan shakllarga muvofiq har yili taqdim etiladigan davlat statistik hisobotlari asosidagi aniq ma’lumotlar; ifloslantiruvchi manbalarda uskuna-jihozlar vositasida bajarilgan ekologik nazorat, atrof-muhit monitoringi natijalari ma’lumotlari. Hisobot davrida atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasini aniqlash mumkin bo‘lmasa, shuningdek, ekologik normativlar tasdiqlanmagan taqdirda, ularning massasi ishlab chiqarishning texnologik reglamenti bo‘yicha kutilayotgan yillik massadan kelib chiqib hisoblanadi. 10. Atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishning I — IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar kompensatsiya to‘lovlarini mazkur Nizomning 6 — 8-bandlarida belgilangan tartibda hisob-kitob qilib, o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishlari shart. 11. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom bo‘lganda, Nizomning 8-bandida keltirilgan 3-formula asosida kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitob qilinadi. Bunda I va II toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar uchun 20 (yigirma), III va IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar uchun 10 (o‘n) shartli koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. 12. Motor yonilg‘isi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga normativda chiqarilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobi ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan, ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning to‘liq massasi uchun kompensatsiya to‘lovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq qabul qilinadi. Agar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan kompensatsiya to‘lovchi subyektda davlat ekologik nazorati amalga oshirilishi mobaynida instrumental usul bilan avtotransport vositalarining ifloslantiruvchi moddalarini o‘lchash natijasida ular belgilangan normativlardan ortiq ekanligi aniqlansa, u holda normativdan necha baravar ortiqcha chiqarilganlik ko‘rsatkichi aniqlanadi va hisobot yilida ushbu avtotransportning sarflangan yoqilg‘i massasiga hamda belgilangan bazaviy stavkaga ko‘paytirgan holda quyida keltirilgan formula asosida kompensatsiya to‘lovi hisoblanadi: bunda: Yh — korxona tomonidan avtotransport vositasi uchun sarflangan yoqilg‘i hajmi miqdori, tonna yoki kilogrammlarda; Mim — ifloslantiruvchi modda massasi, Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan bir tonna motor yoqilg‘isini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori turiga qarab olinadi; R — bazaviy stavka; BHM — bazaviy hisoblash miqdori, so‘mda. 13. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘planadigan joylarga joylashtiriladigan normativdagi va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya to‘lovi ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Ishlab chiqarish oqova suvlarini chuqur yer osti gorizontlariga haydash yo‘li bilan joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari ushbu Nizomga muvofiq xavflilik darajasi to‘rtinchi toifaga mansub suyuq chiqindilar bo‘yicha amalga oshiriladi. 15. Kon sanoatida foydali qazilma konlarining yuzasini ochish natijasida chiqarilgan xavfsiz tog‘ jinslari massasini normativda va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) miqdorda vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtirganlik uchun ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovi to‘lanadi. 16. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlangan, oqizilgan va chiqindilar joylashtirilgan holatlarda ularning miqdori instrumental usulda aniqlanadi. Agar atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish miqdorini instrumental usulda aniqlash mumkin bo‘lmasa, ularning miqdori ishlab chiqarishning texnologik tartib-qoidasidan kelib chiqib hisob-kitob usuli bilan aniqlanadi. 17. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishda kompensatsiya to‘lovlari ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va noqonuniy ravishda chiqindilarni joylashtirish jarayoni yuzaga kelgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgunga qadar o‘tgan davr uchun zaharli moddalarning hamda chiqindilarning har bir turi uchun belgilangan kompensatsiya to‘lovlarining o‘n baravari miqdorida to‘lanadi. 18. Kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korxonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi. 19. Ifloslantiruvchi moddalar saqlanadigan, to‘planadigan yoki ularni tashuvchi tizimlardan, shu jumladan, avariya holati uchun hovuzlarning ajratilgan chegaralari doirasida suv obyektlariga yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar oqib chiqqan holatlarda, suv o‘tkazmaydigan qoplamaga ega bo‘lmagan subyektlarda, ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya to‘lovlari suv obyektlariga, joy relyefiga avariya holatida oqizish sifatida to‘lanadi. 20. Ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik, oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, ifloslantiruvchi moddalarni baravariga tashlash, oqizish sodir etilgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgungacha bo‘lgan davrga, tasdiqlangan ekologik normativlarga muvofiq har bir modda bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan miqdorlariga o‘n baravar miqdorda to‘lanadi. 21. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida, birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni noqonuniy ravishda joylashtirganlik uchun hisoblangan summa, avariya, birvarakayiga chiqarish holatlari sodir etilganda aybdor bo‘lgan shaxslardan qat’i nazar, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, oqizish va joylashtirish obyektlari tasarrufida bo‘lgan kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan qoplanadi. 22. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovi summasi hisob-kitobi I — IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan, muvofiq tarzda, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq elektron yoki qog‘oz shaklida tuziladi. Agar hisobot elektron shaklda tuzilsa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlarining elektron bazasiga kiritilishi ta’minlanishi, qog‘oz shaklida bo‘lsa u ikki nusxada tuzilib, hisob-kitoblarni solishtirish va kelishish uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar joylashgan tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: I va II toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar — har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha; III va IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar — har yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha. Hisob-kitoblar kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ular tushganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etishlari mumkin. 23. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organi mas’ul shaxsi elektron shaklda taqdim qilingan kompensatsiya to‘lovlarining hisob-kitobi to‘g‘riligini tekshiradi. Bu holda ikki ish kuni ichida: mavjud hujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan tekshirishda hisob-kitob to‘g‘ri deb topilgan taqdirda, mas’ul shaxsning elektron raqamli imzosi bilan kompensatsiya to‘lovini amal oshirish uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektga qaytariladi; kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitoblarining noto‘g‘riligi aniqlangan holatlarda, mas’ul shaxs elektron raqamli imzosi bilan ularni kompensatsiya to‘lovchi subyektga asosli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda takroran ko‘rib chiqish uchun qaytaradi. Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi qog‘oz shaklida taqdim qilingan kompensatsiya to‘lovlarining hisob-kitobi to‘g‘riligini aniqlaydi. Bu holda ikki ish kuni ichida: tekshirilgan hisob-kitobning bir nusxasi mas’ul shaxsning imzosi bilan kompensatsiya to‘lovchi subyektga qaytariladi; kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitoblarining noto‘g‘riligi aniqlangan holatlarda mas’ul shaxs ularni kompensatsiya to‘lovchi subyektga asosli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda takroran ko‘rib chiqish uchun qaytaradi. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar aniqlangan kamchiliklarni ikki ish kuni ichida bartaraf qilib, kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblarini qayta ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etadi. 24. Hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovi summalari, muayyan davr uchun haqiqatda hisoblangan, shuningdek, to‘langan avans kompensatsiya to‘lovlari summalari bilan solishtiriladi. Hisoblangan va to‘langan kompensatsiya to‘lovlari o‘rtasida farq aniqlangan holatlarda, ushbu farq hisob-kitoblar tasdiqlangan sanadan e’tiboran o‘n kun muddatda kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lanadi. Ortiqcha to‘langan kompensatsiya to‘lovlari to‘langan kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni (penya va hokazo) qoplash yoki kelgusida to‘lanadigan to‘lovlar uchun avans kompensatsiya to‘lovi sifatida hisoblanadi. 25. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblari kompensatsiya to‘lovchi subyektlarni kelishilgan hisob-kitoblarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlari faoliyatida davlat ekologik nazorati amalga oshirilganda va kelishilgan kompensatsiya to‘lovini noto‘g‘ri hisoblash holati aniqlanganda, oxirgi tekshiruv sanasidan (uch kalendar yildan ortiq bo‘lmagan muddat) qayta hisob-kitob qilinadi, kelishiladi, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq penya hisoblangan holda to‘lov undiriladi. 26. I va II toifaga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar har chorakda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi uchun hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha avans kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradilar. Avans kompensatsiya to‘lovlari oldingi chorak ma’lumotlari bo‘yicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha amaldagi o‘rtacha oylik massasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Tegishli chorak uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya to‘lovi summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam bo‘lgan taqdirda, kompensatsiya to‘lovi har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha amalga oshiriladi. Bu holatda ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga normativ bo‘yicha va normativdan ortiq chiqarish, oqizish va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish hisob-kitobi moliyaviy hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda, yiliga bir marta ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi. Hisobot yili tugagach avans to‘lovlari birinchi — uchinchi va to‘rtinchi chorak yakunlarini inobatga olgan holda yillik hisobot yuritilib, ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilganligining yil davomidagi haqiqiy massasiga muvofiq, qayta hisob kitob qilinib, yakuniy to‘lov qiymati hisoblab chiqiladi hamda to‘lovga qaratiladi. 27. III va IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 5-fevraligacha amalga oshiriladi. 28. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar kompensatsiya to‘lovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish joyi (hududi) bo‘yicha to‘laydilar. 29. Kompensatsiya to‘lovlari kompensatsiya to‘lovchi subyektlar tomonidan g‘aznachilik hududiy organlarining tegishli tranzit hisobvarag‘iga yuboriladi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) Ekologiya, atrof-muhit muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. 30. Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda, muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 (ellik) foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya undiriladi. 31. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega: Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy organlaridan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash masalalari bo‘yicha bepul zarur maslahat va metodik yordam olish; ortiqcha to‘langan kompensatsiya to‘lovlari yoki undirilgan penyalarni ushbu Nizomga muvofiq kelgusi davr hisobiga o‘tkazish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari yuzasidan shikoyat qilish. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 32. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar quyidagilarga majbur: kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash; ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi summalarini Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga kelishish uchun qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etish; kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash, kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish; ushbu Nizom talablariga rioya qilish. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 33. Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar qayta tashkil etilganda kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga o‘tadi. 34. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash to‘lovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi. 35. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari quyidagi huquqlarga ega: ushbu Nizomda belgilangan shakllar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovchi subyektlardan kompensatsiya to‘lovi hisoblarini talab qilish; joylashgan joyidan qat’i nazar atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni, shu jumladan, ishlab chiqarish binolari, obyektlar, ko‘chma manbalar, hududlarni ko‘zdan kechirish, shuningdek, kompensatsiya to‘lovchi subyektlarga tegishli bo‘lgan, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashlamalarni joylashtirish joylarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazish; kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning axborotidan foydalangan holda tashlamalar, oqovalar va chiqindilar massasini hisoblash usuli bilan aniqlash; kompensatsiya to‘lovchi subyektlardan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kerakli ma’lumotlarni talab qilish, hisob-kitoblarni tasdiqlaydigan ma’lumotlar, kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish; to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni, shuningdek, penyalarni qonunda belgilangan tartibda undirish; kompensatsiya to‘lovlarining to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi tekshirish uchun malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish; kompensatsiya to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq bo‘lgan da’volarni sud organlariga taqdim etish. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 36. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari quyidagilarni amalga oshirishga majbur: kompensatsiya to‘lovchi subyektlarga kompensatsiya to‘lovini hisob-kitob qilish masalalari bo‘yicha maslahat va tegishli metodik yordamlar ko‘rsatish hamda o‘quv seminarlarini o‘tkazish; kompensatsiya to‘lovchi subyektlar bo‘yicha tasdiqlangan ekologik normativlarga asosan yillik ma’lumotlar bazasini yangilab borish; O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilish va undirish sohasidagi talablar, qoidalar va boshqa masalalar yuzasidan kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning so‘roviga asosan ularni bepul xabardor qilish. Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilish va undirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 37. Ushbu Nizomning to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 38. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari sohasida paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qarorining 1-ilovasi. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 243-bandi “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
136
38,115
Qonunchilik
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-913-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-913-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
432
Qonunchilik
“Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2003-yil 6-dekabrdagi 158-son “Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1305, 2004-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 4-son, 48-modda). 2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 19-maydagi 50-son “Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1305-1, 2006-yil 7-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 216-modda). 3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2011-yil 13-maydagi 81-son “Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1305-2, 2011-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 26-son, 274-modda). 4. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 17-dekabrdagi 19-son “Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1305-3, 2013-yil 23-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 699-modda). 5. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 29-avgustdagi 71-son “Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1305-4, 2018-yil 7-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1305-4/1856-son).
185
2,120
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlari haqida”gi 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga qisman o‘zgartish kiritish to‘g
SSJI Prezidentining “Chakana narxlar oshganligi munosabati bilan aholi ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashga oid qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 13-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: I. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlari haqida” 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bolalar assortimentidagi mollar va maktab kiyim-kechaklari narxlarining oshganligi munosabati bilan bolali va o‘quvchi yoshlari bo‘lgan oilalarga bir yil hisobiga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya to‘lovlari joriy etilsin: a) 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 400 so‘m; b) 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 440 so‘m; v) 13 yoshdan katta bo‘lgan kunduzgi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun — 530 so‘m; g) Hukumat qaroriga binoan kiyim-kechak va ovqat bilan ta’minlanmagan hunar-texnika bilim yurtlarining o‘quvchilari uchun — 530 so‘m; d) 13 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun: texnikum va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun stipendiya bilan birga — 280 so‘m; ishlayotgan, mehnat daftarchalari bo‘lgan yoshlar uchun ish haqi bilan birga — 280 so‘m; nogironlik bo‘yicha pensiya yoki nafaqa olayotgan yoshlar uchun, turar joylaridagi tegishli organlar orqali — 280 so‘m. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar yilning har choragida teng miqdorda berib borilsin”. 2) 14-banddagi “v” kichik bandning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “bolalar va maktab assortimenti buyumlarining ancha qimmatlashganligi munosabati bilan bolali va o‘quvchi yoshlari bo‘lgan oilalarga to‘lovlar”. II. Mazkur qarorda ko‘zda tutilgan kompensatsiya to‘lovlarining yangi miqdorlari va boshqa o‘zgartishlar 1991-yilning ikkinchi yarmidan boshlab kuchga kiritiladi.
250
1,949
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
117
910
Qonunchilik
Mulkdor buzilgan va berilgan uy-joyning bozor qiymati oʻrtasidagi farqni toʻlamaydi
Prezident tomonidan 14.03.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-759-son Qonun imzolandi. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunlariga, JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandiga, JPKning 429-moddasi 2-qismiga hamda boshqa ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda, pasportlar bilan birga ID-kartalar ham qabul qilinadi. Shuningdek, Oila kodeksiga doimiy yashab turgan joyi boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzgartirishlarga koʻra, “yashab turgan joydagi” degan soʻzlar oʻrniga «doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan joydagi» degan soʻzlar qoʻllaniladi. Bundan tashqari, quyidagilar oʻzgartirildi: Uy-joy kodeksining 27-moddasiga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati va buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati oʻrtasidagi farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi. Ilgari, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquq berilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim edi. Soliq kodeksining 126-moddasiga qoʻshimchalar kiritildi. Ularga koʻra, jismoniy shaхslarni soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish ularga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхsini davlat roʻyхatidan oʻtkazish chogʻida u bir vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan holda berilgan davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaхslariga (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi va ularga koʻra, endilikda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini toʻlashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi: - voyaga yetmagan shaхsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaхsga хorijiy davlatda iхtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda; - voyaga yetmagan shaхs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi хalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda; - ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaхsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaхsga хorijiy davlatda iхtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda berganlik uchun; Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
83
3,229
Qonunchilik
Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga muvofiq va bojxona ishini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida: a) 1-bandning birinchi xatboshida: “xorijiy avtotransport vositalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan parametrlari” so‘zlari chiqarib tashlansin; “(1-4-ilovalar)” so‘zlari “(1, 2 va 4-ilovalar)” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-banddagi “va 2002-yil 21-fevraldagi 62-son” so‘zlari “2002-yil 21-fevraldagi 62-son va 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-maydagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Lizing operatsiyalarini o‘tkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibining 9-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o‘tganda lizing obyekti “eksport” bojxona rejimi ostida joylashtiriladi”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibining 2-bandi “j” kichik bandidan “yoxud bojxona nazorati ostida” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qarorining 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
143
2,320
Qonunchilik
Bojхona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi va jadallashtiriladi, kontrabandaga qarshi kurash –kuchaytiriladi
Prezident tomonidan 2020-2023 yillarda bojхona ma’muriyatchiligini isloh qilish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. Konsepsiyaning asosiy ustuvorliklari: Hujjatda uch bosqichda joriy etiladigan yangiliklar nazarda tutilgan: a) 2020 yil 1 avgustdan t/y transporti tashkilotlari oʻzlarining aхborot tizimlarini bojхona organlarining aхborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojхona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi ma’lumotlarni bojхona organlariga real vaqt rejimida begʻaraz tarzda taqdim etadilar;  b) 2020 yil 1 sentyabrdan “Yagona darcha” bojхona aхborot tizimi chegara bojхona postlarida joriy etiladi;  v) 2020 yil 1 noyabrdan: DBQga qoʻshimcha vazifalar yuklandi va yangi vakolatlar berildi: Qoʻmita tuzilmasida oʻzgarishlar roʻy berdi. Kontrabanda va bojхona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojхona auditi bosh boshqarmasi etib, Bojхona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish boshqarmasi esa Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojхona ekspertizasi boshqarmasi etib qayta tashkil etildi. Ushbu boʻlinmalar oldiga qoʻshimcha vazifalar qoʻyildi.  Oleg Zamanov.
108
1,379
Qonunchilik
“OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRISh (KR2)” LOYIHASI DOIRASIDA YaPONIYA HUKUMATINING BEG‘ARAZ YORDAMIDAN FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish (KR2)” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berishni tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining 420 mln. Yaponiya yeni miqdoridagi beg‘araz yordamidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri ko‘rsatib o‘tilgan grant bo‘yicha Ayirboshlash notalarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 2. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga beg‘araz yordamni olish uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga grant mablag‘lariga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish vazifasi yuklansin. 3. Grant mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalar va xizmatlar loyihani amalga oshirish davrida bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
165
1,950
Qonunchilik
Poytaхtda kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium tashkil etildi
Prezidentning 24.05.2017 yildagi PQ-2996-son “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Uning matni OʻzA saytida joylashtirilgan. Kasanachilarga kreditlar beriladi Toshkent shahrida tijorat banklari tomonidan “Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium”  MChJ  50,0 milliard soʻmlik boshlangʻich ustav kapitali bilan tashkil etiladi. Ushbu tashkilot quyida keltirilgan kasanachilik faoliyatini amalga oshirish uchun  zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, хomashyo va materiallarni хarid qilishga kasanachi va (yoki) kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi korхonalarga zayomlar ajratadi: Zayomlar taqdim etishning aniq tartibi bir oy mobaynida ishlab chiqilib, tasdiqlanishi lozim boʻlgan alohida Nizom bilan belgilanadi. Kasanachilar bilan buyurtma beruvchi korхonalar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatishni Konsorsiumning tarkibiy tuzilmalari, shuningdek poytaхtning har bir tumanidagi filiallari ta’minlaydi. Ular kasanachilik mahsulotlari (tovarlari va хizmatlari) ishlab chiqarishni tashkil etish uchun marketingni amalga oshirish va buyurtmachilarni topish vazifalarini bajaradi. Imtiyozlar joriy etildi va uzaytirildi 2017 yilning 1 iyulidan boshlab kasanachilar uchun JShDS qat’iy 7,5 foiz miqdorida belgilandi. 2006 yilning fevral oyidan amalda boʻlgan tovarlar (ishlar va хizmatlar) ishlab chiqarish boʻyicha kasanachilarga buyurtma beradigan korхonalar uchun mehnat shartnomasi asosida ularga toʻlanadigan mablagʻlarga teng miqdorda, mehnatga haq toʻlash fondidan YaITni toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyoz 1.01.2021 yilgacha uzaytirildi. Bundan tashqari, Konsorsium barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etilib, boʻshayotgan mablagʻlar ustav jamgʻarmasini toʻldirishga yoʻnaltiriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
78
2,095
Qonunchilik
Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyхatdan oʻtkazish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida Prezidentning «Mobil qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va hisobga olish tizimini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi. Oʻzbekistonda mobil qurilmalarning IMEI kodlarini majburiy roʻyхatdan oʻtkazish tizimini joriy etish taklif etilayotir. Tegishincha, IMEI kodlari roʻyхatdan oʻtkazilmagan mobil qurilmalardan foydalanayotgan abonentlarga uyali aloqa хizmatlari koʻrsatish taqiqlanadi. Ma’lumot uchun: IMEI (ing. International Mobile Equipment Identity – mobil uskuna хalqaro identifikatori) – qoidaga koʻra, 15 ta raqamdan iborat yagona son, u apparatning oʻzida (klaviaturada *#06# ni terish bilan ekranga chiqariladi), akkumulyator batareyasi ostida, oʻramda va kafolat talonida koʻrsatiladi. IMEI kodlari GSM, WCDMA va IDEN tarmoqlari uyali telefonlarida, planshetlarda va ayrim yoʻldosh aloqa telefonlarida qoʻllaniladi. Mobil qurilmadan keyinchalik foydalanish, sotish yoki uchinchi shaхslarga berish maqsadida IMEI kodlarini oʻzgartirish (klonlash, takrorlash, zavod kodidan farq qiladigan yangi kod oʻrnatish va boshqalar) savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish deb topiladi. Aybdorlar jinoiy javobgarlikkacha tortiladi, davlatga yetkazilgan zarar esa toʻliq miqdorda undiriladi. Ishlab chiquvchi (Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi)ning fikricha, bunday choralar quyidagilarga imkon beradi: «Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK roʻyхatdan oʻtkazish tizimi operatori boʻladi. «UNICON.UZ» Fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi mobil qurilmalarni sertifikatlashtiruvchi yagona organ boʻladi. IMEI kodlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov undiriladi. Uning miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
74
1,909
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4883-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4883-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 49 shtat birligidan iborat bo‘lgan Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilganligi hamda Agentlik faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholash (shu jumladan, muqobil ssenariylar ishlab chiqish); davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha tashabbuskorlariga texnik topshiriq va texnik-iqtisodiy asoslarni mukammal ishlab chiqishda ko‘maklashish; loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida loyiha xarajatlarini boshqarish tizimini joriy qilish; loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasini shakllantirish, ularni monitoring qilish va baholash tizimini joriy etish; investitsiya loyihasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; loyihalar doirasida shaffof va xolis tender hamda boshqa xarid jarayonlarini tashkil etish, shu jumladan, xaridlar bo‘yicha mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilish; loyihalarni amalga oshirish doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish maqsadida ular uchun tegishli trening va seminarlar o‘tkazilishini doimiy asosda ta’minlab borish; loyihalarni boshqarish doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash; investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini va texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholash tizimini joriy etish, shu jumladan, loyiha natijalarini baholash hisobotlarini umumlashtirish va tahlil qilish; loyihalarni boshqarish guruhlari va loyiha tashabbuskorlarining tegishli bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning samaradorligini baholash. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tuzilmasiga tasdiqlangan shtat birliklari soni doirasida o‘zgartirish kiritish vakolatiga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta’minlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4883-son qarori doirasida tugatilayotgan “Kommunxizmat” agentligi, Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy voris etib tegishli ravishda quyidagilar belgilansin: a) “Kommunxizmat” agentligi loyihalari doirasida: issiqlik ta’minoti yo‘nalishida — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi; ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi yo‘nalishida — “O‘zsuvta’minot” AJ; b) Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihalari doirasida — Suv xo‘jaligi vazirligi; v) Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihalari doirasida: barcha loyihalar bo‘yicha chorvachilik yo‘nalishidan tashqari — Qishloq xo‘jaligi vazirligi; chorvachilik yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda Agentlikni zarur mebel, texnika vositalari va tegishli aloqa turlari bilan jihozlash choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Agentlikning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb etish hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida imzolangan xalqaro shartnomalarga ushbu qarordan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 7. Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi har chorak yakuni bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb etish hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi holatini va ishga tushgan loyihalarni tahlil qilsin hamda umumlashtirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi malakali konsultant va ekspertlarni jalb etish hamda davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq-vakolatlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)ning qarorlari hamda buyruqlariga asosan va muvofiq ravishda amalga oshiradi. 3. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 4. Agentlik davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blank varaqalariga, mustaqil balansga, o‘zining g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir. 5. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi; qisqartirilgan nomi — Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Agency for international cooperation and development under the Ministry of investments and foreign trade of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — The Agency for international cooperation and development; v) pyc tilida: to‘liq nomi — Agentstvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu i razvitiyu pri Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Agentstvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu i razvitiyu. 6. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 34-uy. 7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholash (shu jumladan, muqobil ssenariylar ishlab chiqish) ishlarini amalga oshirish; davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha tashabbuskorlariga texnik topshiriq va texnik-iqtisodiy asoslarni mukammal ishlab chiqishda ko‘maklashish; loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida loyiha xarajatlarini boshqarish tizimini joriy qilish; loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasini shakllantirish, ular bo‘yicha monitoring olib borish va baholash tizimini joriy etish; investitsiya loyihasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; loyihalar doirasida shaffof va xolis tender hamda boshqa xarid jarayonlarini tashkil etish, shu jumladan, xaridlar bo‘yicha mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilish; loyihalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish maqsadida ular uchun tegishli trening va seminarlar o‘tkazilishini doimiy ravishda ta’minlash; loyihalarni boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash; investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini va texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholash tizimini joriy etish, shu jumladan, loyiha natijalarini baholash hisobotlarini umumlashtirish va tahlil qilish; loyihalarni boshqarish guruhlari va loyiha tashabbuskorlarining tegishli bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini baholash. 8. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — XMI/XHMT) bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni malakali konsul’tant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholash (shu jumladan, muqobil ssenariylar ishlab chiqish) sohasida: loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan istiqbolli investitsiya loyihalariga doir takliflarni ular bo‘yicha ishlab chiqilgan belgilangan shakldagi konsepsiyalar asosida ko‘rib chiqadi; istiqbolli investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan kelib chiqib, ustuvorligini baholaydi va ularni amalga oshirish ketma-ketligi ro‘yxatini shakllantiradi; hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini tegishli hudud xalq deputatlari Kengashlari bilan ko‘rib chiqish jarayonlarida loyiha tashabbuskorlari bilan birga qatnashadi va muvofiqlashtiradi; shakllantirilgan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatini Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlash va XMI/XHMT bilan hamkorlik dasturlarini tayyorlash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritadi; XMI/XHMTlarning loyihalarni tayyorlash va baholash missiyalarida qatnashadi, ularga loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning loyiha tashabbuskori va boshqa davlat organlari orqali taqdim etilishini ta’minlaydi; b) davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha tashabbuskorlariga texnik topshiriq va texnik-iqtisodiy asoslarni mukammal ishlab chiqishda ko‘maklashish sohasida: loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlariga oid texnik topshiriqlarni kelishadi; loyiha institutlari tomonidan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini tarmoq jadvallarida belgilangan muddatlarda va mukammal ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda variantlarni ko‘rib chiqish orqali loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimlarini tanlashi va belgilab olishi uchun loyiha tashabbuskoriga Agentlikning tegishli xulosasi va takliflarini taqdim etadi; loyihaoldi hujjatlarini raqobatbardosh mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)dan foydalanishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish uchun o‘zining xulosa va takliflarini taqdim etadi; v) loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida loyiha xarajatlarini boshqarish tizimini joriy qilish sohasida: loyihaoldi hujjatlaridagi xarajatlar hisobini XMI/XHMTlar bilan kelishilgan metodologiya asosida tahlil qiladi; loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda loyiha qiymatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; loyihani amalga oshirish davomida xarajatlar miqdorini nazorat va tahlil qilib boradi, ular asossiz oshib ketishining oldini oladi; davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida imzolangan asosiy shartnomalarga qo‘shimcha kelishuvlarni loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asosi, tender hujjatlarini inobatga olgan holda ko‘rib chiqadi, kelishadi, ijobiy xulosali kelishish mazkur qo‘shimcha shartnomalarning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga asos bo‘ladi; g) loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasini shakllantirish, ular bo‘yicha monitoring olib borish va baholash tizimini joriy etish sohasida: XMI/XHMT ning loyihani baholash missiyalari tomonidan maqsadli ko‘rsatkichlar matritsasini shakllantirish jarayonida ishtirok etadi va o‘zining xulosasini taqdim etadi; investitsiya loyihasi amalga oshirilganidan keyingi 5 yil davomida loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlarini baholab boradi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilmaganligining sabablarini tahlil qiladi; XMI/XHMT tomonidan amalga oshiriladigan loyiha natijalarini mustaqil baholashda bevosita ishtirok etadi; d) investitsiya loyihasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini qurish sohasida: davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishda loyiha tashabbuskorlariga o‘zining xulosa va takliflarini taqdim etadi, zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi; loyihani amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar to‘g‘risida axborot va ularni hal etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi; davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida imzolangan shartnomalarda nazarda tutilgan chora-tadbirlar o‘z muddatida va sifatli bajarilishini o‘rganib boradi; belgilangan tartibda loyihalar doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli o‘zlashtirilishini tahlil qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; e) loyihalar doirasida shaffof va xolis tender hamda boshqa xarid jarayonlarini tashkil etish, shu jumladan, xaridlar bo‘yicha mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilish sohasida: loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda xaridlar rejasini va strategiyasini ishlab chiqadi va XMI/XHMT bilan kelishish jarayonini tashkillashtiradi; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha ishchi organ sifatida xarid jarayonlarini tashkil etadi va ularni o‘tkazishda loyiha tashabbuskoriga ko‘maklashadi; davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qiymati 5000 bazaviy hisoblash miqdoridan yuqori bo‘lgan tender savdolarining hujjatlarini, zarurat bo‘lganda malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda, shakllantirishda va ishlab chiqishda loyiha tashabbuskoriga ko‘maklashadi hamda keyinchalik Xarid komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi; loyiha tashabbuskori tomonidan tender savdolari e’lon qilinishini muvofiqlashtiradi; tender savdolari doirasida tushgan xarid takliflarini va boshqa hujjatlarni baholash komissiyalari tomonidan XMI/XHMTning talablarini inobatga olgan holda, zarurat bo‘lganda mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilib baholashni va hisobotlar tuzishni tashkil etadi hamda loyiha tashabbuskorlari va xarid komissiyasining ishini muvofiqlashtiradi; tender hujjatlarini, baholash hisobotlarini va xarid jarayonlariga tegishli boshqa hujjatlarni xarid komissiyalari va XMI/XHMT bilan kelishish jarayonlarini muvofiqlashtiradi; tender savdolari doirasida raqobatni kuchaytirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni, xalqaro kompaniyalarni, jamoatchilikni keng jalb etish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi va xaridlar to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq, o‘z vaqtida, erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda uni axborot portaliga joylashtiradi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; j) loyihalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish maqsadida ular uchun tegishli trening va seminarlar o‘tkazilishini doimiy asosda ta’minlash sohasida: loyihalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish, tender hujjatlarini XMI/XHMT talablariga mos holda tayyorlash maqsadida ular uchun malakalarini oshirish bo‘yicha trening va seminarlar tashkil etadi; tender savdolarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa ishlarni amalga oshiradi; z) loyihalarni boshqarishda raqamli texnologiyalarni hamda ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash sohasida: davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyihaoldi hujjatlarini elektron tarzda tayyorlash, idoralararo ekspertizadan o‘tkazish, monitoring va natijadorligini baholash jarayonlarining to‘liq raqamlashtirish tizimida amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; XMI/XHMT bilan birgalikda ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llagan holda davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qiymati 5000 bazaviy hisoblash miqdoridan yuqori bo‘lgan tender savdolari jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan raqamlashtirish tizimi faoliyatini muvofiqlashtiradi; XMI/XHMT bilan loyihalarni boshqarish doirasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib boradi; i) investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini va texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholash tizimini joriy etish, shu jumladan loyiha natijalarini baholash hisobotlarini umumlashtirish va tahlil qilish sohasida: loyiha foydalanishga topshirilganidan keyin 5 yil davomida kamida yilda bir marotaba loyiha hududiga chiqib, tasdiqlangan texnik-iqtisodiy parametrlarning bajarilishi yuzasidan monitoring va baholash ishlarini amalga oshiradi; loyiha natijalarini baholash bo‘yicha hisobotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, tahlil natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi; loyiha tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni muntazam ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishini muvofiqlashtirib boradi; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda belgilangan tadbirlarni asossiz ravishda o‘z vaqtida bajarmagan hamda loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasi monitoringi va baholash natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga qarz oluvchi tashkilotlarning birinchi rahbarlariga nisbatan ular oylik ish haqining 30 foizigacha miqdorda ushlab qolish ko‘rinishida yoki boshqa intizomiy choralar ko‘llash hamda loyihalarning bajarilishida alohida o‘rnak ko‘rsatgan loyiha tashabbuskorlarini rag‘batlantirish yuzasidan takliflar kiritadi; k) loyihalarni boshqarish guruhlari va loyiha tashabbuskorlarining tegishli bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini baholash sohasida: ijro agentliklarning mas’ul rahbarlari, ularning investitsiya bo‘linmalari xodimlari hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlari mutaxassislari uchun loyihalarni tayyorlash, boshqarish va xaridlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv kurslarini doimiy asosda tashkil etadi, o‘quv kurslari natijalariga ko‘ra maxsus sertifikatlar berilishini ta’minlaydi; loyihalarni amalga oshirish guruhlarining ish samaradorligini loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy parametrlari bajarilishi va kredit mablag‘lari maqsadli ishlatilishi bo‘yicha erishilgan natijalarga asoslanib baholaydi va mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taklif kiritadi; loyihalarni amalga oshirish guruhlari rahbari, xarid qilish, monitoring qilish va moliya masalalari bo‘yicha mutaxassislarini lavozimga tayinlash masalalari kelishilishini ta’minlaydi. 9. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega: respublikaga davlat tashqi qarzlarini jalb etish va o‘zlashtirishga oid statistik ma’lumotlar, takliflar, xulosalar va boshqa zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda xorijiy agentliklar va tashkilotlar bilan texnik va iqtisodiy axborot almashish, shuningdek, yozishmalar olib borish; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, muzokaralar olib borish va belgilangan tartibda shartnomalar imzolash; Zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga mahalliy ekspertlarni va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda xorijiy ekspertlarni jalb etish bo‘yicha, shuningdek, amaliyotda yuzaga keladigan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritish; Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish; XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish doirasida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish uchun davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek, boshqa mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat ishchi va ekspert guruhlarini tashkil etish; Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda olish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etmaslik holatlari aniqlanganda ularni taftish etish, bunday holatlar yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish; Agentlikning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish; XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasini tartibga solish masalalarini muhokama qilish maqsadida ekspertlarni jalb qilish; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga jamg‘armalar, shu jumladan, moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalarini tashkil etish. Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 10. Agentlik: XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida yagona siyosat samarali amalga oshirilishi; Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi; Agentlik tarkibiy bo‘linmalarining Agentlik faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash borasidagi ishlarining samarali tashkil etilishi; Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi; XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi; XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari tashabbuskorlarining huquqlari himoya qilinishi uchun javobgar hisoblanadi. 11. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, chuqur va tanqidiy tahlil qilish; Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlarini hamda ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va uning mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; Qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etish; Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; Agentlikda xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish; Agentlik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini va uning faoliyatini tashkil etish; ishni tashkil etishning zamonaviy shakllari Agentlik faoliyatiga joriy etilishini ta’minlash; Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash; Agentlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan bunday salbiy holatlarni aniqlash, tahlil qilish, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini ijro etish, elektron hujjatlar aylanishi tizimini keng joriy etish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularni ko‘rib chiqish natijalari hisobga olinishini ta’minlash; Agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish; Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini belgilash chora-tadbirlarini amalga oshirish; Agentlikning tuzilmasini va shtatdagi xodimlari sonini o‘zgartirish to‘g‘risida, Agentlik faoliyatining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan takliflarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; mehnat intizomini buzganlik holatlari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida xizmat surishtiruvlari o‘tkazilishini tayinlash; Agentlikning mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida sohalariga rahbarlik qilish masalalarida o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash; Agentlikning mol-mulkini qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqarish va tasarruf etish. 12. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: Agentlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, mazkur Nizomga shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash; Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash; ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish; Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida, sifatli ijro etilishini ta’minlash; Agentlik tarkibiy bo‘linmalarining har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlash, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; Agentlik tarkibiy bo‘linmalariga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish Agentlik tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etishda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik direktoriga hamda keyinchalik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritish; Agentlik direktoriga Agentlik tarkibiy bo‘linmalari kesimida kadrlarni tanlash bo‘yicha takliflarni taqdim etish, xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash; Agentlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlari va rahbarlari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; Agentlik xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarini aniqlash, tahlil qilish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; davlat sirlariga va maxfiy axborotga taalluqli ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish. 13. Agentlik direktori: Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun; ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. 14. Agentlik direktori o‘rinbosarlari: mutasaddilik qilinadigan Agentlik tarkibiy bo‘linmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun; Agentlik mutasaddiligidagi masalalar yuzasidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. 15. Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 16. Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktorining tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 17. Direktor Agentlik ishini tashkil etilishini ta’minlaydi va Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Agentlik faoliyatining sifati va samaradorligi, shuningdek pirovard natijalari uchun javob beradi va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlik nomidan xalqaro munosabatlar doirasida vakillik qiladi. 18. Agentlik direktori o‘rnida bo‘lmagan hollarda uning vakolatlari direktorning buyrug‘i bilan uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklanadi. 19. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari hamda tizimidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 20. Agentlikning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tizimidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bevosita Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari tomonidan ta’minlanadi. 21. Agentlik direktorining buyrug‘i bilan Agentlikda uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi direktor o‘rinbosari (kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat tarmoqlar bo‘yicha tegishli kengashlar tashkil etiladi. 22. Tarmoq kengashlarining nizomi va ularning shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 23. Agentlikda direktor buyrug‘i bilan tarmoq kengashlarining ishchi organlari tuzilishi mumkin. Agentlikda tuziladigan kengashlarning ishchi organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 24. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi. 25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar asosida amalga oshiriladi. 26. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari; Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanadi. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan belgilanadi. 27. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, XMI/XHMT va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari); Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari; tijorat banklarining depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirilgan vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘lardan olingan daromadlar, xizmat ko‘rsatishdan, shartnomaviy munosabatlardan olingan daromadlar; shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 28. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat. Agentlik xodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari tatbiq etiladi. 29. Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 30. Agentlik xodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzoq yillik xizmati uchun ustama haq to‘lanadi. 31. Agentlikning qarzlar va tijorat banklari depozitlarida Agentlikning bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan hosil bo‘ladigan jami daromadlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarini loyihaoldi baholash, muqobil ssenariylar ishlab chiqish; loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari va matritsasini shakllantirish, uni amalga oshirish samaradorligi va natijalari monitoringini olib borish va baholash tizimini joriy qilish; loyihalarni boshqarishda raqamli texnologiyalarni va ilg‘or xalqaro tajribani ko‘llash; xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashi, Agentlik faoliyatini rivojlantirish va salohiyatini oshirish bilan bog‘liq konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan, xorijda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish; shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar xarajatlarini moliyalashtirish (mehnatga haq to‘lash, yashash xarajatlari, transport va boshqa xarajatlar); Agentlik xodimlari uchun ijtimoiy himoya va moddiy rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish xarajatlarini moliyalashtirish. 32. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
162
40,949
Qonunchilik
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish to‘g‘risida” 2013-yil 18-martdagi PF-4516-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining Ustavi 3-ilovaga muvofiq; 2. Boshqaruv xodimlari soni 5 nafar va 5-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega bo‘lgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Jizzax” EIZ direksiyasi deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin. Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashiga (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy kengash) “Jizzax” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni ko‘payishiga qarab “Jizzax” EIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki, “Jizzax” EIZ direksiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’sis etiladi; “Jizzax” EIZ budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi; Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Jizzax” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; investorlar bilan “Jizzax” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, Ma’muriy kengashning qarorlariga muvofiq davlat mulkini nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida “Jizzax” EIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi; o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etadi; “Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-2014-yillar davrida “Jizzax” MIZ direksiyasi ta’minoti uchun, keyingi yillarda uning o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratsin. 5. “Jizzax” EIZ direksiyasi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uy. Jizzax viloyati hokimligi “Jizzax” EIZ direksiyasini ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha xizmat xonalari bilan bepul ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga birkitilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. 2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi. 3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi. 4. Direksiyaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — “Jizzax” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi; qisqartirilgan nomi — “Jizzax” EIZ direktsiyasi” DUK; b) rus tilida: to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Djizak”; qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Djizak”; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — “Directorate of the free economic zone “Jizzakh” State Unitary Company; qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Jizzakh” SUC. 5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uy. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi. 7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin. 8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin. 9. Direksiya davlat boshqa korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas. 10. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda “Jizzax” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan “Jizzax” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Jizzax” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Jizzax” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi o‘rinlarda “Jizzax” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni bajarishdan foyda olish Direksiya faoliyatining maqsadi hisoblanadi. 11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Jizzax” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish; “Jizzax” EIZ hududida “Jizzax” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish; belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Jizzax” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, “Jizzax” EIZ qatnashchilari bilan faoliyat ko‘rsatmay turgan tashkilotlarni va davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish; belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish; Jizzax” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish; Ma’muriy kengash qarorlari va “Jizzax” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi bo‘yicha ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish. “Jizzax” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish; “Jizzax” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiya, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish; “Jizzax” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish; Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash; “Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir. 12. Direksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin. 13. Direksiya Muassisga va Jizzax viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashiga (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy kengash) hisobot beradi. 14. Muassis quyidagi huquqlarga ega: Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash; Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish; Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish; Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitishuvlarni haqqoniy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish; Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etish; Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash; mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lish. 15. Ma’muriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi. “Jizzax” EIZ mustaqil budjeti va “Jizzax” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi. 17. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Ma’muriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi. 18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni ma’muriy kengashning vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga ko‘ra Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi. 19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi. 20. Direktor: O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi; “Jizzax” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi; Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi uslublarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va to‘xtatadi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi; kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi; Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi; Direksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi; Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 21. Direktor muassis oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi. 22. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 23. Direktor “Jizzax” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Jizzax” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi. 24. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 25. Direksiyaning ustav fondi “Jizzax” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mulklar va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd so‘mni tashkil qiladi. 27. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi. 28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mulkini tashkil qiladi. 29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas. 30. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi. 31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin: asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish; mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish; boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish; mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish. 32. Direksiya daromadi: xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar; davlat mulki bo‘lgan va “Jizzax” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi. 33. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi. 34. Direksiyada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek davlat korxonasining sof foydasidan davlat budjetiga Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar to‘langandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi. 35. Muassis o‘z qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik yordami ko‘rsatishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi. 36. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. 37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi. 38. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 40. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi. 41. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 42. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin. 43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
86
17,064
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining: “Sirdaryo viloyatining mamuriy-hududiy tuzilishiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2004-yil 11-fevraldagi qarori; “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tuman mamuriy-hududiy tuzilmasini tugatish to‘g‘risidagi taklifi haqida”gi 2004-yil 11-fevraldagi qarori tasdiqlansin.
85
449
Qonunchilik
MA’MURIY QAMOQQA OLINGAN ShAXSLARNI SAQLASh XARAJATLARINI UNDIRISh TO‘G‘RISIDA
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qaroriga binoan qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar sutkasiga eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida undirib olinadi. 2. Qamalgan shaxs ma’muriy qamoqda bo‘lgan vaqtida ishlagan va bu bilan o‘zini saqlash xarajatlarini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Qamalganlar mehnatga qobiliyatsiz bo‘lsalar, ular ham bu xarajatlarni undirishdan ozod qilinadilar. Ayrim hollarda sudya aniq holatlarni va qamalganning shaxsini hisobga olib, uni mazkur xarajatlarni to‘lashdan ozod qilishi mumkin.
78
603
Qonunchilik
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Milliy strategiya qabul qilindi
Prezidentning 01.07.2021 yildagi PF-6255-son Farmoni bilan 2021-2026 yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. Strategiyaning maqsadi - respublika konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy хavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha samarali va muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari: Strategiya uch bosqichda amalga oshiriladi: a) I bosqichda (2021 yil) quyidagilar nazarda tutilmoqda: b) II bosqichda (2022–2025 yillar) quyidagilar nazarda tutilmoqda: v) III bosqichda (2026 yil) Strategiyani amalga oshirish natijalarini umumlashtirish hamda mazkur sohada strategik rejalashtirish boʻyicha yangi hujjatlarni ishlab chiqishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, idoralararo darajada tashkiliy хarakterdagi choralar qabul qilinishini ta’minlash nazarda tutiladi. Strategiyaning amalga oshirilishi quyidagilarga imkon beradi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.07.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
83
1,288
Qonunchilik
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”g
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
523
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-616-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 2. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-622-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-598-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 4. “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-612-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
94
1,017
Qonunchilik
“GlobUzCard” banklararo universal chakana to‘lov tizimi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ–1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2014-yil 12-fevraldagi 27-sonli “Bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va muvofiqlashtirish, xalqaro to‘lov tizimlari standartlari, qoidalari va tartibotlari asosida progressiv yutuqlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “GlobUzCard” banklararo universal chakana to‘lov tizimi faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2014-yil 12-fevraldagi 27-sonli “Bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish, xalqaro to‘lov tizimlarining standartlari, qoidalari va tartib-taomillari asosida progressiv yutuqlarni tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq “GlobUzCard” banklararo universal chakana to‘lov tizimi faoliyatini tartibga soladi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: “GlobUzCard” banklararo universal chakana to‘lov tizimi (bundan buyon matnda “GlobUz” to‘lov tizimi deb yuritiladi) — asosiy elementi bank plastik kartalari bo‘lgan, dasturiy-texnik yechimlar va tegishli tashkiliy-texnik infratuzilmaga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatadigan universal chakana to‘lov tizimi bo‘lib, elektron shakldagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan hamda bank plastik kartalarini emissiya qiluvchi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarni, Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankni, shuningdek Protsessing markazini yagona tizimga birlashtiradi; bank plastik kartalari (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) — “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari va/yoki bank tomonidan ruxsat berilgan mablag‘lar doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi lokal va xalqaro bank plastik kartasi; terminal — BPKdan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha sliplarni shakllantiruvchi moslama; bankomat — BPK saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd pul mablag‘larini va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha cheklarni olish, shuningdek BPK orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan, mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, BPKning balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama; emitent — BPKning emissiyasini amalga oshiruvchi, o‘zi emissiya qilgan BPKga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan ularning saqlovchilari va ekvayyerlar oldida naqd pulsiz hisob-kitoblarga oid qonun hujjatlari talablari asosida majburiyatlarni zimmasiga olgan, shuningdek BPK saqlovchilarning to‘lov operatsiyalari bo‘yicha avtorizatsiyalash, tranzaksiyalarni yig‘ish va ularga ishlov berish funksiyalarini amalga oshiruvchi bank; emissiya — BPKni chiqarish va foydalanishga taqdim etish bo‘yicha faoliyat; ekvayring — BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek BPK saqlovchisiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish; ekvayer — ekvayringni amalga oshiruvchi bank; BPK saqlovchisi — emitent bilan shartnoma asosida BPKdan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs; tranzaksiya — BPK saqlovchisi tomonidan amalga oshiriladigan va uning bankdagi hisobvarag‘ida mablag‘lar harakatiga olib keladigan to‘lov orderi; kliring — BPK orqali amalga oshirilgan har bir moliyaviy operatsiyaning to‘liq ma’lumotini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plamini tayyorlash, moliyaviy operatsiyalarni yig‘ish, ularga ishlov berishni amalga oshirish; normativ axborot ma’lumotnomasi — elektron fayllar shaklida shakllantiriladigan va yig‘iladigan hamda “GlobUz” to‘lov tizimining to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot; stop-list — Protsessing markazi tomonidan shakllantiriladigan va doimiy yangilanib turiladigan yo‘qolgan yoki bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilgan BPK ro‘yxati; bosh kalit — “GlobUz” to‘lov tizimining yetakchi tarmog‘ini hosil qiluvchi kalit bo‘lib, BPKning ushbu tizimga tegishliligini belgilaydi va yagona texnologik maydon yaratilishini ta’minlaydi; Protsessing markazi — “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari o‘rtasida axborotni yig‘ish, unga ishlov berish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan emissiya va ekvayring bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; xalqaro to‘lov tizimi — bank plastik kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar ishtirokchilari hamda ular o‘rtasidagi yagona to‘lov va axborot-huquqiy maydonda barcha ishtirokchilar uchun majburiy bo‘lgan tartib va tamoyillarga rioya qilingan holda faoliyat ko‘rsatadigan to‘lov tizimi (Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqalar); Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank — “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklarning infratuzilmalarida tizim a’zolari o‘rtasida banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha BPKdan foydalangan holda o‘tkazilgan operatsiyalarga doir o‘zaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklarga xizmat ko‘rsatuvchi bank. 2. Quyidagilar “GlobUz” to‘lov tizimining a’zolari hisoblanadi: BPKning emitentlari va ekvayyerlari bo‘lgan hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda “GlobUz” to‘lov tizimining a’zoligiga qabul qilingan banklar; Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank; Protsessing markazi. 3. Quyidagilar “GlobUz” to‘lov tizimining foydalanuvchilari hisoblanadi: BPK saqlovchilari; BPKga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar. 4. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari: “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan bank BPKni naqd pulsiz hisob-kitob vositasi sifatida tan oladi, shuningdek qonun hujjatlarga muvofiq hisob-kitob operatsiyalari va tranzaksiyalarning BPKdan foydalangan holda amalga oshirilishini kafolatlaydi; Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bilan tuzilgan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, Protsessing markazidan olingan axborot asosida banklar o‘rtasida BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarning amalga oshirilishini kafolatlaydi; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan bank BPK saqlovchisiga BPKni berib, ekvayerga mazkur BPK bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha taqdim etilgan barcha to‘lov talablarining to‘lanishini kafolatlaydi. Mazkur to‘lov akseptsiz tartibda amalga oshiriladi; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan bank mazkur tizimning a’zosi bo‘lgan boshqa bank tomonidan emissiya qilingan BPKning barcha saqlovchilariga o‘z infratuzilmasida to‘lovlar qabul qilinishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul mablag‘lari berilishini (korporativ BPK bundan mustasno) kafolatlaydi; Protsessing markazi “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha barcha axborotlarni Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankka va “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklarga to‘liq va o‘z vaqtida taqdim etilishini o‘z zimmasiga oladi. 5. “GlobUz” to‘lov tizimining shartli belgisi “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklar tomonidan qabul qilingan umumiy ramziy belgi hisoblanadi va mazkur belgi terminal o‘rnatilgan barcha obyektlarda aks ettirilgan bo‘lishi lozim. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan banklar tomonidan chiqarilgan BPKlari terminal o‘rnatilgan barcha obyektlarda qabul qilinishi shart. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo chakana to‘lov tizimi infratuzilmasida “GlobUz” va boshqa to‘lov tizimlari BPKlarining o‘zaro xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydi. “GlobUz” to‘lov tizimi infratuzilmasida (terminallarda, bankomatlarda, infokioskalarda va boshqa maxsus uskunalarda) boshqa to‘lov tizimlarining BPKlariga xizmat ko‘rsatilishining rad etilishi taqiqlanadi. 7. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari qalbakilashtirish imkoniyatini istisno etuvchi hamda bazaviy texnologiyaning xavfsizlik talablariga javob beruvchi ichki himoya vositalariga ega bo‘lgan BPKdan foydalanilishini, shuningdek tizimning ma’lum texnologik platformasini shifrlash algoritmidan foydalanilishga javobgar bo‘ladi. 8. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari maxfiy axborotni ochiq holatida kompyuterning tezkor xotirasiga tushmasligini ta’minlashi lozim. Axborotning maxfiyligini ta’minlash uchun qo‘shimcha muhofaza qilish vositalari qo‘llanilishi mumkin. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolarining maxfiy kalit tizimini boshqarish axborot tizimlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 9. “GlobUz” to‘lov tizimining Muvofiqlashtiruvchi kengashining asosiy maqsadi pul muomalasi tizimini takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar milliy tizimini rivojlantirish va bankdan tashqari naqd pul aylanmasini qisqartirish, aholining BPKdan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ilg‘or bank texnologiyalarini joriy etish asosida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. 10. Muvofiqlashtiruvchi kengash “GlobUz” to‘lov tizimining oliy boshqaruv organi hisoblanadi. 11. Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan banklarning, shuningdek O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Protsessing markazi rahbarlari (ularning o‘rinbosarlari) kiradi. 12. Muvofiqlashtiruvchi kengashga rais boshchilik qiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi o‘z o‘rnida bo‘lmagan hollarda uning vazifasini rais o‘rinbosari bajaradi. 13. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi. 14. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi. 15. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi va rais o‘rinbosari Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari orasidan ikki yil muddatga saylanadi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi o‘z vakolatlaridan muddatidan ilgari muvofiqlashtiruvchi kengashni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda voz kechishi mumkin. 16. Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyati teng huquqlilik va qaror qabul qilish vaqtida kollegiallik prinsiplariga asoslanadi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning yig‘ilishlari zarur bo‘lganda, lekin bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlisi Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 17. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganida raislik etuvchining ovozi hal etuvchi ovoz deb hisoblanadi. 18. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlisi qarorlari bayonnoma ko‘rinishda rasmiylashtiriladi, mas’ul kotib tomonidan imzolanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. 19. Muvofiqlashtiruvchi kengashning mas’ul kotibi vazifasiga lavozimiga ko‘ra Protsessing markazining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tayinlanadi. 20. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qabul qilingan qaroridan norozi bo‘lgan a’zo o‘z fikrini yozma shaklda ifodalash huquqiga ega va ushbu hujjat majlis bayonnomasiga tikib qo‘yiladi. 21. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishchi organ zimmasiga yuklatiladi. 22. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari besh ish kuni ichida Muvofiqlashtiruvchi kengashning barcha a’zolariga ma’lumot va ijro uchun yuboriladi. 23. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari o‘z ish faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 24. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: BPK orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro to‘lov tizimlarini o‘rganish, tatbiq etish va rivojlantirish; to‘lov tizimining samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash; to‘lov tizimining ta’sir doirasini kengaytirish hamda uni xalqaro moliya institutlari hamda xalqaro va milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash; to‘lov tizimining tranzaksiya va kliring sessiyalarini amalga oshirish, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha banklararo yagona talablar, qoidalar va o‘zaro munosabatlar reglamentini shakllantirish, BPK, terminallar, bankomatlar, infokioskalar va banklar tomonidan qo‘llaniladigan maxsus uskunalarning dasturiy ta’minoti va “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklarning texnik va dasturiy jihozlanishi uchun yagona dasturiy-texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; BPKdan hisob-kitob vositasi sifatida foydalanishning joriy etilishi, rivojlanishi va ularning taqdim etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; BPK orqali amalga oshiriladigan yangi zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolarining mazkur to‘lov tizimi bilan ishlovchi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish. 25. Muvofiqlashtiruvchi kengash quyidagi huquqlarga ega: to‘lov tizimi a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabat qoidalarini belgilash, shuningdek banklarni “GlobUz” to‘lov tizimiga a’zolikka qabul qilish yoki ularni “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; “GlobUz” to‘lov tizimining ishlash jarayonida vujudga kelgan nizolarni hal etish bo‘yicha, shuningdek fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tegishli qaror qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha tariflarni belgilash, shuningdek “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklarning BPK saqlovchilariga xizmat ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqlarining eng yuqori miqdorini belgilash; Protsessing markazi tomonidan BPKning birlamchi emissiyasini hamda boshqa xizmatlarni amalga oshirishda banklardan undiriladigan xizmat haqlarining eng yuqori miqdorini belgilash; To‘lov tizimi a’zolaridan BPK orqali amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni olish; Protsessing markazi hisobotlarini tinglash. 26. Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash Muvofiqlashtiruvchi kengashning majburiyatlari hisoblanadi. 27. Protsessing markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi. 28. Ishchi organining asosiy vazifasi naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish, shuningdek “GlobUz” to‘lov tizimi sohasida vujudga keladigan muammoli masalalarni tahlil qilish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hisoblanadi. 29. Ishchi organ Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega: “GlobUz” to‘lov tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha muayyan dasturiy-apparat platformalarini va texnik yechimlarni tanlash bo‘yicha; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar, shuningdek banklarning “GlobUz” to‘lov tizimi tarkibiga kiritish yoki ularni “GlobUz” to‘lov tizimdan chiqarish bo‘yicha; “GlobUz” to‘lov tizimining faoliyat yuritishi davrida hamda fors-major holatlarida vujudga keladigan kelishmovchilik va nizolarni hal etish bo‘yicha; “GlobUz” to‘lov tizimi axborot resurslarining maxfiyligini ta’minlash va ularni himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha; naqd pulsiz hisob-kitoblar, jumladan BPKdan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish, joriy etish va tarqatishda banklarni qo‘llab-quvvatlashga oid qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar bo‘yicha; Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalarining bajarilishi hamda “GlobUz” to‘lov tizimining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida zarur axborotlarni “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolaridan olish bo‘yicha. 30. Ishchi organning majburiyatlari: Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish; Muvofiqlashtiruvchi kengash hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish va saqlashni tashkil etish. 31. Banklarning “GlobUz” to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi ixtiyoriydir. 32. Bank “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligiga kirish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi; BPKni joriy etish va rivojlantirishning yillik biznes-rejasi. 33. Ishchi organ bank tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, xulosa tuzadi va ularni tegishli qaror qabul qilish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritadi. 34. Muvofiqlashtiruvchi kengash 15 kunlik muddat ichida bank tomonidan “GlobUz” to‘lov tizimiga a’zo bo‘lish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, “GlobUz” to‘lov tizimiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bankni “GlobUz” to‘lov tizimiga qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Muvofiqlashtiruvchi kengash rad etish sabablarini asoslantirgan holda bankni yozma ravishda xabardor etadi. 35. Bankni tizimga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Muvofiqlashtiruvchi kengash uch ish kuni muddatida Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankni va Protsessing markazini yozma xabardor qiladi. 36. Muvofiqlashtiruvchi kengashdan olingan yozma xabarnoma asosida Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank “GlobUz” to‘lov tizimiga qabul qilingan bank bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi. 37. Muvofiqlashtiruvchi kengashdan olingan yozma xabarnoma asosida Protsessing markazi “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligiga qabul qilingan bank bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomani imzolaydi va Protsessing markazi tomonidan bankka Protsessing serveriga kiritish uchun autentifikatsion ma’lumotlarini taqdim etadi va Protsessing markazi tomonidan mazkur bank “GlobUz” to‘lov tizimiga kiritiladi. 38. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi hisoblangan bank o‘z filiallarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. 39. Muvofiqlashtiruvchi kengash Protsessing markazining bankning “GlobUz” to‘lov tizimida ishlashga tayyorligi to‘g‘risida xabarnomasini olganidan so‘ng tizim a’zolari bo‘lgan banklarga yangi bankning tizim a’zosi sifatida qabul qilinganligi va uni tizimga ulanganligi to‘g‘risida rasmiy xabar yuboradi. 40. Protsessing markazi tizimning yangi ma’lumotnomasini shakllantiradi va uni tizim a’zolari bo‘lgan banklarga tarqatadi hamda a’zolikka qabul qilingan bank uchun banklararo tranzaksiyalarni to‘g‘ri uzatish bo‘yicha sozlash ishlarini amalga oshiradi. 41. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan banklar quyidagi huquqlarga ega: “GlobUz” to‘lov tizimining faoliyatini hamda BPK asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini boshqarishda ishtirok etish; BPKdan foydalanib o‘tkaziladigan operatsiyalar uchun vositachilik hamda xizmat haqlari miqdorini yagona tariflar doirasida belgilash; “GlobUz” to‘lov tizimining foydalanuvchilari bilan shartnomaviy asosda o‘zaro munosabatlar o‘rnatish. 42. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan banklarning majburiyatlari: mazkur Nizom talablaridan kelib chiqqan hamda Muvofiqlashtirish kengashining qarorlariga muvofiq tizimning barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun lozim bo‘lgan o‘z zimmasidagi barcha vazifalar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish; o‘z funksiyalarini hamda “GlobUz” to‘lov tizimining foydalanuvchilari va a’zolari oldida majburiyatlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; “GlobUz” to‘lov tizimining har bir a’zosining vakolatiga kiruvchi axborot va ma’lumotlarni shifrlash algoritmiga rioya qilinishini, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq axborot va ma’lumotlarni o‘z vaqtida almashuvini ta’minlash; “GlobUz” to‘lov tizimida qo‘llaniladigan BPK, terminallar, infokiosklar, bankomatlar va boshqa tegishli uskunalar hamda ulardagi dasturiy ta’minotlarni xalqaro standartlar, xavfsizlik va boshqa talablariga muvofiqligini ta’minlash; o‘z infratuzilmasi tizimdagi uzilish va fors-major holatlari yuz bergan hollarda bu haqdagi axborotni o‘z vaqtida aniqlash va bu haqda “GlobUz” to‘lov tizimining boshqa a’zolariga bildirish. 43. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan bank quyidagi hollarda “GlobUz” to‘lov tizimidan chiqariladi: o‘z arizasiga muvofiq; mazkur Nizom, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblarga oid qonun hujjatlari talablarini muntazam ravishda buzganda; bank “GlobUz” to‘lov tizimning boshqa a’zolari, Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va Protsessing markazi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganda; bank belgilangan tartibda tugatilganda. 44. Bank ixtiyoriy ravishda “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligidan to‘qson kun oldin Muvofiqlashtiruvchi kengashga yozma ravishda ma’lum qiladi. 45. Bankni “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Muvofiqlashtiruvchi kengashning yig‘ilishida qabul qilinadi. Mazkur qarorning tasdiqlangan nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligidan chiqarilgan bankka hamda tizim a’zolariga yuboriladi. 46. Muvofiqlashtiruvchi kengashning “GlobUz” to‘lov tizimi a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qarori olingandan so‘ng: Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank tomonidan “GlobUz” to‘lov tizimidan chiqarilgan bankka u bilan tuzilgan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqida yozma ravishda xabar qilinadi va barcha moliyaviy majburiyatlar hisob-kitob qilinganidan so‘ng, bank ma’lumotlar bazasidan chiqariladi; Protsessing markazi tomonidan “GlobUz” to‘lov tizimidan chiqarilgan bankka Protsessing markazida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqida yozma xabar yuboriladi va bir vaqtning o‘zida bank yagona ma’lumotlar bazasidan chiqariladi. 47. Protsessing markazi vazifalarini “Yagona xalqaro protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi bajaradi. 48. BPK orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar va ularga tegishli boshqa ma’lumotlar maxsus dasturiy ta’minot vositasida shifrlangan holda amalga oshiriladi. 49. Protsessing markazining “GlobUz” to‘lov tizimining boshqa a’zolari bilan o‘zaro munosabatlari axborot almashish orqali amalga oshiriladi. “GlobUz” to‘lov tizimining a’zosiga axborot almashish huquqi Protsessing markazida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilganidan keyin beriladi. 50. Zarur hollarda, axborotlarni elektron tashuvchilar orqali belgilangan muddatlarda yetkazishda kuryerdan foydalanilishi mumkin. Bunda axborotlar personalizatsiyalangan va shifrlangan holda bo‘lishi lozim. 51. Protsessing markazining asosiy vazifalari: to‘lov vositalarining barcha turlari bo‘yicha banklararo tranzaksiyalar protsessingini kun davomida uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash; BPKning birlamchi emissiyasini amalga oshirish; “GlobUz” to‘lov tizimining a’zolari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi va kliringini tashkil etish; “GlobUz” to‘lov tizimining BPKning reyestrini shakllantirish; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolarini ro‘yxatga olish va ularning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish; tizimni tashkil qiluvchi bosh kalitni boshqarish; soxtalashtirish va firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida BPK, terminallar, infokiosklar, bankomatlar va boshqa tegishli uskunalar, shuningdek to‘lov tizimi a’zolari ma’lumotlarining yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bilan xalqaro to‘lov tizimlari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari uchun umumiy bo‘lgan stop-list va normativ axborot ma’lumotnomasiga xizmat ko‘rsatish; shifrlangan ma’lumotlarning maxfiylik rejimini va “GlobUz” to‘lov tizimining ishlash xavfsizligini ta’minlash; “GlobUz” to‘lov tizimining texnik vositalaridan foydalanish, ularning ishlashini kuzatish va rivojlantirishni ta’minlash; BPKlarning loyihalarini rivojlantirish va ularni joriy qilish uchun sharoit yaratish; “GlobUz” to‘lov tizimining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, kuzatib borish, takomillashtirish va boshqarish; BPK asosida joriy etilayotgan mahsulotlar hamda BPKga xizmat ko‘rsatuvchi uskunalarni “GlobUz” to‘lov tizimida joriy etish, amaliyotga kiritish va foydalanish yuzasidan xulosa berish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish; BPK orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish. 52. Protsessing markazi quyidagi huquqlarga ega: Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga yoki Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankning yozma murojaatiga asosan emitentning BPK bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turish; Protsessing markazi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan miqdorda haq olish. 53. Quyidagilar Protsessing markazining majburiyatlari hisoblanadi: “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari tomonidan BPK orqali operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun kerakli sharoitlar va imkoniyatlar yaratish; Bosh kalitning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari, shuningdek xalqaro to‘lov tizimlari o‘rtasida axborotlarni o‘z vaqtida almashinishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash; Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankdan olingan xabarnoma asosida “GlobUz” to‘lov tizimining a’zosi bo‘lgan bank bilan Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank o‘rtasida tuzilgan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan emitentning “GlobUz” to‘lov tizimidagi operatsiyalarini vaqtinchalik to‘xtatib turish; “GlobUz” to‘lov tizimining a’zosi bo‘lgan bankning tugatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda tugatish komissiyasining maxsus qarori olingan kundan keyingi bank kunidan boshlab bir bank ish kunidan kechiktirmay mazkur bankning BPK bo‘yicha barcha operatsiyalarni to‘xtatish; “GlobUz” to‘lov tizimi xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash; axborotni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini ta’minlash; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolarining operatsiyalari bo‘yicha axborotlarning muhofazasini ta’minlash va saqlash, xavfsizlik choralarini ko‘rish; BPK emitentlarining reyestrini yuritish; BPKga xizmat ko‘rsatish tizimining dasturiy ta’minotini hamda tegishli uskunalarni o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazishni ta’minlash. 54. O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasidagi BPKlar asosida amaliyotlarni o‘tkazilishini, shuningdek “GlobUz” to‘lov tizimi doirasida muomalaga chiqarilgan BPK orqali O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amaliyotlarni o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida “GlobUz” to‘lov tizimi xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatadi. 55. O‘zaro aloqalar o‘rnatilgan xalqaro to‘lov tizimlarining chet el valyutasidagi BPK orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha axborot kliringini, shuningdek “GlobUz” to‘lov tizimi doirasida muomalaga chiqarilgan BPK orqali o‘tkazilgan barcha amaliyotlar bo‘yicha protsessing vazifalarini “Yagona xalqaro protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi bajaradi. 56. “GlobUz” to‘lov tizimi doirasida muomalaga chiqarilgan BPK orqali O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar kliringi xalqaro to‘lov tizimlarining prinsipial ishtirokchisi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzgan o‘zaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladi. 57. O‘zaro aloqalar o‘rnatilgan xalqaro to‘lov tizimlarining chet el valyutasidagi BPK asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha hisob-kitob kliringini amalga oshiruvchi bank Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi. 58. “GlobUz” to‘lov tizimida milliy valyutada Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar Kliring markazi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish bosh markazi Hisob-kitoblar Kliring markaziga texnik, dasturiy va ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 59. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar va tranzaksiyalar bo‘yicha o‘zaro moliyaviy hisob-kitoblar yuzasidan xizmatlar ko‘rsatadi. 60. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank bilan Protsessing markazi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki tomonlama shartnoma asosida tashkil etiladi. 61. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankning asosiy vazifasi Protsessing markazi bilan axborotni tezkor almashish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar tizimini tashkil etish va “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari bo‘lgan banklar o‘rtasida o‘zaro moliyaviy hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash hisoblanadi. 62. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank quyidagi huquqlarga ega: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan vositachilik haqini olish; “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolaridan mazkur Nizom talablariga va o‘zaro hisob-kitoblar intizomiga amal qilishni talab qilish. 63. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan bankning hisob-kitob operatsiyalarini bir taraflama to‘xtatib turishi mumkin va bu haqda Protsessing markazini xabardor qiladi. 64. Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bankning majburiyatlari: Protsessing markazidan olingan tizimdagi o‘zaro hisob-kitoblar, amalga oshirilgan tranzaksiyalar va to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni uzatish, normativ axborot ma’lumotnomasini o‘z vaqtida yangilash va almashinishini ta’minlash; banklar tomonidan banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilishi uchun bankning vakillik hisobvarag‘ida yetarli mablag‘lar mavjudligini monitoring qilish; banklar tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Protsessing markaziga mazkur banklarning BPK orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni to‘xtatish haqida xabarnomani o‘z vaqtida taqdim etish. 65. “GlobUz” to‘lov tizimining a’zosi Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank bilan tuzilgan vakillik hisobvarag‘i to‘g‘risidagi shartnoma asosida BPK orqali bajarilgan banklararo operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 66. BPK orqali amalga oshirilayotgan banklararo operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar har bir bank ish kunida Hisob-kitobni amalga oshiruvchi bank tomonidan amalga oshiriladi. Har bir bank uchun sof hisob-kitob pozitsiyasini hisoblab chiqarishni Protsessing markazi ko‘p tomonlama hisob-kitoblar asosida amalga oshiradi. 67. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zosi bo‘lgan bank BPK orqali amalga oshirilayotgan ichki bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibini o‘zi mustaqil belgilaydi. 68. “GlobUz” to‘lov tizimida qayta ishlanadigan konfidensial turdagi ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish obyektlarida konfidensial ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 69. “GlobUz” to‘lov tizimi BPK orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar muhofaza qilinishi mumkin. Ma’lumotlarning boshqarilishi Protsessing markazi tomonidan amalga oshiriladi. 70. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari ularga o‘z vazifalarini bajarishi orqali ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni va bank sirini tashkil etuvchi boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish yoki ulardan uchinchi shaxslarning manfaatida foydalanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 71. “GlobUz” to‘lov tizimiga a’zo banklar, Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va Protsessing markazi xodimlariga, Muvofiqlashtiruvchi kengash va uning ishchi organi a’zolariga ularga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi yuzasidan ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilish, shuningdek ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslar manfaatida foydalanish, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, jumladan ularni saqlash tartibini buzish asosida berish taqiqlanadi. 72. Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda uning ishchi organi a’zolari ularning ushbu organlardagi faoliyati to‘xtatilganidan keyin, shuningdek Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va Protsessing markazi xodimlari ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingandan keyin ularga ish faoliyati davrida ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. 73. “GlobUz” to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar maxsus dasturiy ta’minot asosida shifrlangan holda sir saqlanadi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, vakolatli organlarning yozma so‘roviga asosan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish ushbu ma’lumotlarning egasi bo‘lgan banklar tomonidan amalga oshiriladi. 74. BPK orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar va ularga tegishli boshqa ma’lumotlar maxsus dasturiy ta’minot vositasida shifrlangan holda amalga oshiriladi. “GlobUz” to‘lov tizimi a’zolari hamda to‘lov tizimining BPK orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak. 75. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 76. Mazkur Nizom O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
105
35,613
Qonunchilik
Unknown title
O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hamda ularda faoliyat yuritadigan hakamlik sudyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jadval) ilovaga muvofiq e’lon qilinadi.
13
192
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON IFTIXORI” FAXRIY UNVONINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA
Jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida yuksak sport natijalariga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini rag‘batlantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
60
528
Qonunchilik
Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish me’yorlari va texnologiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish me’yorlari va texnologiyasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tabiiy suv havzalarini baliqlantirish me’yorlari va texnologiyasini belgilaydi. 1. Mazkur hujjat talablari tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Mazkur Nizomda chavoq deganda baliqlarni lichinka davridan keyingi rivojlanish bosqichi tushuniladi. 3. Har bir tabiiy suv havzasining biologik xususiyatidan kelib chiqqan holda tabiiy suv havzasi tegishli o‘simlikxo‘r baliqlar bilan baliqlantiriladi. 4. Tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish boshlangan vaqtdan keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona o‘simlikxo‘r baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirilishi lozim. Bunda o‘simlikxo‘r baliqlar chavoqlarining og‘irligi 20 grammdan kam bo‘lmasligi kerak. 5. Tabiiy suv havzalarining qirg‘oqlarida baliq chavoqlarini yetishtirish uchun chavoq hovuzlari tashkil etilishi mumkin. Bunda har bir chavoq hovuzlarining maydoni 0,5 gektardan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 6. Tabiiy suv havzalarini baliqlantirish maqsadida suvga tashlanadigan baliq chavoqlarining soni va og‘irligi quyidagicha aniqlanadi: baliq chavoqlarini yetishtiruvchi tashkilotning tegishli mutaxassisi hamda tegishli tuman (shahar) veterinariya bo‘limining ixtiopatologi ishtirokida o‘lchash sig‘imiga ixtiyoriy miqdordagi baliq chavoqlari olinadi; sig‘imga olingan baliq chavoqlarining tabiiy suv havzasini baliqlantirishga yaroqliligi hamda kasallik alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi aniqlanadi; tabiiy suv havzasini baliqlantirishga yaroqli hamda kasallik alomatlari mavjud emas deb topilgan baliq chavoqlarining og‘irligi o‘lchanadi, ularning soni sanaladi, shuningdek har bir baliq chavog‘ining vazni aniqlanadi. 7. Tabiiy suv havzasini baliqlantirishga yaroqli hamda kasallik alomatlari mavjud emas deb topilgan baliq chavoqlarini tashish tirik baliq tashishga mo‘ljallangan maxsus transport vositasida amalga oshiriladi. Bunda, maxsus yelim xaltaning hajmidan kelib chiqib uchdan ikki qismi baliq chavoqlari yashab turgan suv bilan to‘ldiriladi va baliq chavoqlari tashlanadi, shuningdek xalta germetik holda qadoqlanadi. Germetik holda qadoqlangan xaltalar maxsus transport vositasining baliqlarni tashishga mo‘ljallangan qismiga joylashtiriladi va tashish amalga oshiriladi. 8. Tabiiy suv havzasiga baliq chavoqlarini tashlashdan oldin tabiiy suv havzasining tegishli hududida meliorativ ishlar amalga oshiriladi. Bunda, tabiiy suv havzasining tegishli hududidagi suv o‘tlari o‘rib tashlanadi. 9. Tabiiy suv havzasining tegishli hududida meliorativ ishlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining tegishli mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi. 10. Maxsus transport vositasida tabiiy suv havzasiga olib kelingan baliq chavoqlarini tabiiy suv havzasiga tashlashdan oldin maxsus transport vositasidagi suvning harorati va tabiiy suv havzasi suvining harorati o‘lchanishi zarur. 11. Tabiiy suv havzasi suvining harorati maxsus transport vositasidagi suvning haroratidan 5 oS farq qilganda maxsus transport vositasidagi suvning harorati tabiiy suv havzasi suvining haroratiga tenglashtirilishi lozim. 12. Maxsus transport vositasidagi baliq chavoqlarini tabiiy suv havzasiga tashlash tabiiy suv havzasining sayoz bo‘lgan qirg‘og‘ida amalga oshiriladi. 13. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
115
4,209
Qonunchilik
Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Magistratura to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar iste’molchilari bo‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, o‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va o‘qitish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi. 2. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida o‘qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Magistratura dasturi yakunlanishi “magistr” darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi. 3. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni: magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni; o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini; oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni; magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi. 5. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 6. Aniq mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi. 7. Magistr: tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga; kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga; oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi. 8. Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari: ilmiy-pedagogik; ilmiy-ijodiy; ilmiy-tadqiqot va tajriba; loyiha-konstruktorlik; loyiha-texnologik; ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin. 9. Magistratura talabalari: ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish; oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish; oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish; ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish; o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish; oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot o‘tash, stajirovkada bo‘lish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bo‘lganda ularga yo‘llanma olish; oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish; talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega. Magistratura talabasi qonunchilikda yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 10. Magistratura talabalarining majburiyatlari: magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o‘zlashtirish; o‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash; oliy ta’lim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish. Magistratura talabasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. 11. Magistraturada ta’lim jarayoni oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi. 12. O‘quv jarayonining xususiyatlari va o‘qitish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va dasturlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 13. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi: oliy ta’lim muassasasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yo‘nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlanganligi; nazariy, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi; o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet, kafedralar) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi; magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etilganligi. 14. Magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi. 15. Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi. Har o‘quv semestri yakunida tegishli fakultet o‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida (magistratura bo‘limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi. 16. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchi ta’lim jarayoni doirasida: hamma turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada o‘tadi; o‘quv, ilmiy va o‘quv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi; ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi; kafedra ixtisosligi bo‘yicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi; talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi; kafedra pedagoglari tomonidan barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari sifatli o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi; magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi; kafedra ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlari doirasida tashkil etiladigan yig‘ilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi; magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi; magistratura talabalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etadi; magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi. 17. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan yo‘llarni ko‘ra bilish uquviga ega bo‘lish; ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar o‘tkaza olish va ularning natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bo‘lish; magistratura talabalarining individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo‘nalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bo‘lish; magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga tayyor bo‘lish; pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish uquvi; magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish; ma’lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali o‘z bilimini takomillashtirish uchun doimiy o‘rganish, ma’lumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bo‘lish. 18. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi. 19. Magistrlik dissertatsiyasi o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 20. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-o‘qituvchilari tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanadi. 21. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qo‘shimcha ravishda tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi. Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi. 22. Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi xodimlari tarkibidan bo‘lgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy ta’lim muassasasida o‘quv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan o‘quv yuklamasiga kiritiladi. Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan bo‘lgan ilmiy rahbar mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bo‘yicha bir o‘quv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. 23. Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. 24. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet o‘quv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o‘qiyotgan birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 25. Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish; tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qo‘llashda magistratura talabasiga ko‘maklashish; magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish; dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish. 26. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak: titul varaq; ikki tilda (o‘qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro‘yxati; ilovalar (mavjud bo‘lsa). 27. Kirish quyidagilarni qisqacha o‘z ichiga olishi lozim: magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot obyekti va predmeti; tadqiqot maqsadi va vazifalari; ilmiy yangiligi; tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi; tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; ish tuzilmasining tavsifi. 28. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo‘lib, boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko‘rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni. 29. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo‘yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak. 30. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim. 31. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘on tsitatalar keltirishga yo‘l qo‘ymaslik) lozim. 32. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim: qatorlar oralig‘i — 1,5 sm; yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 2 sm; xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili. Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi. 33. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo‘lishi tavsiya etiladi. 34. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o‘tkaziladi. 35. Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet O‘quv-metodik kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi va ko‘paytirilishi mumkin. 36. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi. Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi. 37. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lishi kerak. Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 38. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. 39. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi: magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish; dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish; kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on tsitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatish. 40. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on tsitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi. 41. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. 42. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi. 43. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim. 44. Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi: magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi; magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi; foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi; tadqiqot usullari amaliyotda qo‘llanilganligining asoslanganligi; olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati; magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyati; magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi. 45. “Qoniqarsiz” baho qo‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qo‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega. 46. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi. 47. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi. 48. Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i bilan yetakchi o‘qituvchilar tarkibidan iborat, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlar-kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda, Ishchi guruh tuziladi. 49. Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi ko‘rsatkichlar asosida olib boriladi: a) birinchi kursda: magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi; bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi; ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi; mutaxassislik bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi. b) ikkinchi kursda: magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi; ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi; magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan o‘tganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan bo‘lsa; ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi; mutaxassislik bo‘yicha barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi. 50. Ta’lim jarayonining xususiyatlari va o‘qish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ayrim magistratura mutaxassisliklari monitoring ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin. 51. Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar o‘tkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi. 52. O‘quv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida hisobot taqdim etadi. 53. Nizoli masalalar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
52
24,982
Qonunchilik
Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatishning barcha sohalariga joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda o‘z vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi. Bu borada erishilgan natijalarga qaramasdan, axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmog‘ini shakllantirish uchun mamlakatning fan va ta’lim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez o‘sishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti. AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiladi. AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida: 2. Belgilab qo‘yilsinki, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi. 5. Texnopark rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga: barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek ijtimoiy soliqni to‘lashdan; belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda: har yili berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanishiga ta’siri, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatdoshligi darajasini tahlil qilsin va tahlil natijalarini keyinchalik Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin; 2017-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq yaratilgan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari milliy reyestrining kelgusida faoliyat yuritishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin. 8. Texnopark rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan 2028-yil 1-yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar: 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilishi; soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash uchun xalqaro to‘lov kartalarini qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisob raqamlariga Internet butunjahon axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan valyuta tushumini hisobga olish tizimining mukammal ishlashiga doir zarur choralar ko‘rsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi doimiy asosda Texnopark rezidentlari axborot texnologiyalari mahsulotlarining xorijga kirib borishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Innovatsiya markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda quyidagi tartib nazarda tutilsin: Innovatsiya markazi va Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etish; yuridik shaxslarni rezident maqomini olishning aniq mezonlarini belgilashni hisobga olgan holda Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida ro‘yxatga olish; Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus valyuta rejimini qo‘llash. 12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Texnopark faoliyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin. 13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
132
5,652
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hay’ati a’zolari soni 9 (to‘qqiz) nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlansin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay’ati a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 4-fevraldagi 25-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
98
1,021
Qonunchilik
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini yo‘lga qo‘yish va soddalashtirish maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga hokimiyatlarning, moliya, soliq, bank, statistika, ichki ishlar organlari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Davlat xizmatlari markazlari vakillari kiritilsin. Tegishli ravishda shahar, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari maxsus hududiy komissiyaning raisi etib belgilansin. 2. Tuzilayotgan hududiy maxsus komissiyalar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin: moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish; moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarning muassislari (qatnashchilari) yoki ta’sis hujjatlarida vakil qilingan organlar ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek mazkur shaxslar va organlarning turgan joyini aniqlash hamda ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan hollarda iqtisodiy sudlarining qarorlari bo‘yicha ana shunday korxonalarni tugatish jarayonini amalga oshirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki, savdo hamda savdo-vositachi korxonalar uch oy mobaynida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar olti oy mobaynida bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda, tijorat banklari: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini yopadilar; xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobvaraqlari yopilgan sanadan boshlab uch kun muddatda u hisobga qo‘yilgan joydagi soliq xizmati organiga mazkur subyekt faoliyatini bundan buyon davom ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborot beradilar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yopiladigan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i tijorat banklari tomonidan shu mablag‘lardan foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga qo‘shiladi, xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lash uchun bankka taqdim qilingan kreditorlik qarzi esa kutilmagan holatlarning alohida hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar nomiga kelib tushadigan mablag‘lar ularning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga qo‘shiladi. Foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga jamlangan mablag‘lar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat budjeti hamda maqsadli davlat jamg‘armalari oldidagi qarzini to‘lashga, qolgan summalarni esa to‘lovlarning kalendar navbatiga qarab ularning kreditorlik qarzlarini to‘lashga sarflanadi. 4. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshiruvchi organlar soliq organlarining taqdimnomasi hamda hududiy maxsus komissiyaning tegishli xulosasi bo‘yicha korxonalarni tugatish jarayonlarini, shu jumladan, zarur hollarda sud tartibida amalga oshira boshlasinlar. Belgilab qo‘yilsinki, muassislar (qatnashchilar) yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar turgan joyni aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotganlar toifasiga kiritilgan va bu haqda ommaviy axborot vositalarida tegishli e’lonlar bosib chiqarilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin tugatish jarayoni sud tartibida amalga oshirilishi mumkin. 5. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha arizachi va javobgar sud chiqimlari hamda davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi 1652-son Farmonining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav jamg‘armalarini ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda shakllantirishning oxirgi muddati hukumatning ayrim qarorlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak”; “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 29-martdagi 2276-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
217
5,622
Qonunchilik
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaxshilash, yuridik xizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; Xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari ushbu qaror talablariga rioya qilinishi hamda yuridik xizmat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun shaxsan javob beradilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek ularning yuridik xizmatlari tomonidan ushbu qaror talablariga rioya qilinishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatsin; ikki oy muddatda, tanqidiy tahlil qilish asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek ularning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin; uch oy muddatda yuridik xizmatlar faoliyatida qo‘llash uchun shartnomalarni, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish, qonunchilikni tizimlashtirish, talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalar tuzish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalarida yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 2-martdagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 8-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (keyingi o‘rinlarda “davlat organlari” deb ataladi) yuridik xizmati faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. 2. Davlat organining yuridik xizmati — davlat organining faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy bo‘linma yoki lavozim. Yuridik xizmat bevosita davlat organining rahbariga bo‘ysunadi. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult bo‘lishi mumkin. Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga yoxud ularni davlat organining boshqa tarkibiy bo‘linmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Davlat organining yuridik xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Davlat organining yuridik xizmati xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin. Davlat organining yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va kamida ikki yillik yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida satijirovkadan o‘tadilar. Adliya organlarida stajirovkadan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar hamda tegishli hokimga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisob beradilar. Tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar hamda tegishli hokimga va hududiy adliya organiga hisob beradilar. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmat xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi, shuningdek adliya organlariga taqdim etiladigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmat xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot shakli, uni taqdim etish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 6. Davlat organida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin. Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotli shaxs, shuningdek “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistratura tinglovchisi ishlashi mumkin. 7. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi, yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin emas. 8. Yuridik xizmat xodimlari umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat birlashmalari tuzishlari mumkin. 9. Quyidagilar davlat organi yuridik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) davlat organining huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish; 2) normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish; 3) davlat organi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish; 4) davlat organi va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish; 5) davlat organining shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish; 6) sudlarda va boshqa idoralarda davlat organining mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish. 10. Davlat organining yuridik xizmati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida: a) davlat organining huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi; b) davlat organi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashadi; v) davlat organining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi; g) ekspertizadan o‘tkazish va davlat organi bilan kelishish uchun taqdim etilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi; d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi; e) davlat organi faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi; j) davlat organiga kelib tushgan va davlat organining o‘zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlaydi; z) davlat organining normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, davlat organi rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi; i) davlat organi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi; k) davlat organi rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi; l) davlat organi va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi; m) davlat organi faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi; n) davlat organi xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga davlat organi faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi; 2) davlat organi faoliyatida qonuniylikni ta’minlash sohasida: a) davlat organida va uning tizimiga kiruvchi bo‘linmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi; b) davlat organi rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi; v) mustaqil ravishda yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda davlat organining buyruqlari, farmoyishlari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi; g) davlat organida va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi; d) davlat organida va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarda mulk saqlanishi ta’minlanishining huquqiy mexanizmlarini tashkil qiladi; e) davlat organining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda davlat organi, uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni ko‘rib chiqadi; j) davlat organida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi; z) davlat organida mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi; 3) shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida: a) boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda davlat organi tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi; b) qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi; v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; g) davlat organi tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi; d) davlat organining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi, davlat organida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; e) tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda davlat organining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi; j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi; z) davlat organining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi; 4) boshqa sohalarda: a) davlat organi tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik xizmat faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi; b) qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini davlat organi tizimiga kiradigan bo‘linmalarga yetkazadi; v) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi. 11. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati mazkur organning normativ tusdagi qarorlari loyihalarining hududiy adliya organlariga kiritilishini ta’minlaydi. 12. Yuridik xizmatga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Davlat organining yuridik xizmati quyidagi huquqlarga ega: a) davlat organiga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish; b) davlat organi va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish; v) rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda qatnashish; g) rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli bo‘linma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish; d) qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlashda qatnashish; e) davlat organi tizimiga kiradigan bo‘linmalarda davlat organi vakolatga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish; j) davlat organi va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarning qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish; z) davlat organida va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarda yoki davlat organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda qatnashish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish. Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 14. Yuridik xizmat xodimi: unga ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarishi; davlat organida va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan rahbariyatga xabar berishi; belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart. Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 15. Yuridik xizmat xodimi o‘zi viza qo‘ygan hujjatlar loyihalarining va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 16. Yuridik xizmat xodimi o‘z vazifalari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 17. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmat xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘radi. Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni davlat organlaridan so‘rab olish huquqiga ega. 18. Adliya organlari: davlat organlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi; har chorakda davlat organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, umumlashtirish ma’lumotlarini o‘rganadi va davlat organlarining yuridik xizmatlariga ko‘rsatmalar beradi, shuningdek ularni tayyorlash davomida yo‘l qo‘yilgan aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda “korxona” deb ataladi) yuridik xizmati faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ushbu Nizom tavsiyaviy xususiyatga ega. 2. Korxonaning yuridik xizmati — korxona faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy bo‘linma yoxud lavozim. Yuridik xizmat bevosita korxonaning rahbariga bo‘ysunadi. 3. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsultdan iborat bo‘lishi mumkin. Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga yoxud ularni korxonaning boshqa tarkibiy bo‘linmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi; Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Korxonaning yuridik xizmati xodimi lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin. Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o‘tadilar. Adliya organlarida stajirovkadan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 5. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi lavozimida ishlashi mumkin emas. 6. Quyidagilar korxona yuridik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish; b) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish; v) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish; g) korxonada shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish; d) sudlarda va boshqa idoralarda korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish. 7. Korxonaning yuridik xizmati o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) qonuniylikni ta’minlash va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida: a) korxona rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshiradi hamda e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihaga yuridik xizmat tomonidan korxonaning boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi. b) korxonada va uning tarkibiy bo‘linmalarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi; v) korxonada mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitimlar va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshiradi va huquqiy xulosa beradi; g) korxonaning kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi; d) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, bunday tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi; e) korxona xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga korxona faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishda ko‘maklashadi, zarur hollarda ushbu hujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar beradi; 2) mulkning saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash sohasida; a) mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi; b) boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda korxonada mulkning talon-taroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi; v) moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi; 3) shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida: a) boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda korxonaning shartnomalarini tayyorlash va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi, shartnomalar loyihalariga, agar e’tirozlari va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan korxonaning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi. b) qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi; v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, korxona tomonidan tuzilgan shartnomalarning zarur darajada bajarilishi bo‘yicha takliflar kiritadi; g) korxonaning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va korxonaga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi, korxonada talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; d) tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi; e) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha da’vo ishlarini olib boradi; j) korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda va belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi; 4) boshqa sohalarda: a) tarkibiy bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik xizmat faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi; b) normativ-huquqiy hujjatlarning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlaydi, huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga takliflar kiritadi. v) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi. 8. Korxonaning yuridik xizmati quyidagi huquqlarga ega: a) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlar olish; b) rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashga va huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish; v) qonunchilikka zid bo‘lgan hujjatlar loyihalarini puxta ishlash uchun ijrochilariga qaytarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda loyihalarni puxta ishlashda qatnashish; g) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarining qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud qonun buzilishga yo‘l qo‘yayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish; d) korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida o‘tkazilayotgan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda qatnashish, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish. Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Yuridik xizmat xodimi: yuridik xizmatga yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarishi; korxonada va uning tarkibiy bo‘linmalarida aniqlangan qonun buzilishlari to‘g‘risida zudlik bilan rahbariyatga xabar berishi; belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart. Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Yuridik xizmat xodimi o‘zi viza qo‘ygan hujjatlar loyihalari va o‘zi tomonidan berilgan xulosalarning qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi. 11. Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 12. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmatlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishlarining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘radi. Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni korxonalardan so‘rab olish huquqiga ega. 13. Adliya organlari: korxonalarda huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi; har chorakda korxonalardan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, umumlashtirish ma’lumotlarini o‘rganadi va korxonalarning yuridik xizmatlariga ko‘rsatmalar beradi, shuningdek ularni tayyorlash davomida yo‘l qo‘yilgan aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi.
215
28,777
Qonunchilik
AMERIKA QO‘ShMA ShTATLARIDA “O‘ZBEKISTON MADANIYATI HAFTALIGI”NI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi madaniy, do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, milliy madaniyat yutuqlarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi tadbirkor va jamoat guruhlarining 1999-yil 2—12-noyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida “O‘zbekiston madaniyati haftaligini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. AQShda “O‘zbekiston madaniyati haftaligi” doirasidagi “Buyuk Ipak yo‘li” nomli badiiy ko‘rgazma Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida 2000-yil 15-yanvarga qadar davom etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Amerika Qo‘shma Shtatlarida “O‘zbekiston madaniyati haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita 10 kun muddatda tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va uni bajarishga kirishsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi haftalik davomida o‘zbek milliy folklor san’ati namunalaridan iborat konsert dasturlarini namoyish etishni tashkil etsin; O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning qadimiy tarixini va mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlarini aks ettiruvchi badiiy ko‘rgazmani yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini belgilasin. 4. “O‘zbeksavdo” kompaniyasi, “Usto” birlashmasi va “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi haftalik davomida o‘zbek milliy taomlari va xalq amaliy san’ati namunalarining savdo-ko‘rgazmasini tashkil qilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi haftalik qatnashchilarining vizalarini belgilangan muddatda to‘lovlarsiz rasmiylashtirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi haftalik tadbirlariga olib boriladigan va qaytarib olib kelinadigan ashyolarni bojxona to‘lovlarisiz rasmiylashtirishni ta’minlasin. 7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi haftalik ishtirokchilarini Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar bilan ta’minlasin va badiiy ko‘rgazmaning yuklarini aeroport yig‘imlarisiz rasmiylashtirsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi haftalikni o‘tkazishga oid plakat, buklet, taklifnoma, dasturlar tayyorlash chora-tadbirlarini belgilasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haftalikni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun 2-ilovaga* muvofiq mablag‘ ajratsin. Amerikadagi sarf-xarajatlar AQSh tadbirkor va jamoat guruhlarining homiylik mablag‘lari hisobidan qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 10. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga haftalikka tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari X.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
86
3,169
Qonunchilik
Tashqi savdo vazirligi tuzilmasi tasdiqlandi
Prezidentning 13.04.2017 yildagi PQ-2887-son Qarori bilan Tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlarining cheklangan soni – 71 birlik) tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, Tashqi savdo vazirligi Prezidentning 13.04.2017 yildagi PQ-5012-son qarori bilan TIAISVni  qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan. Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz. Hujjatga koʻra, Tashqi savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektroteхnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi. Vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillari  QR Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar bilan kelishgan holda tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi. Idora Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 51a-uy manzilida joylashadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,   ekspertimiz.
44
1,157
Qonunchilik
2022 — 2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Andijon viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rnatilgan yangi tartib asosida Andijon viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Andijon viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravarga, xizmatlar hajmini 3,0 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,4 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda: 2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin. 3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Andijon viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov)ning Andijon viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni har oyda muhokama qilib borsin. 5. 2022-yilda Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin. Andijon viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin. 6. Andijon viloyat hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda 7-ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin. 7. Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tijorat banklari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalar (keyingi o‘rinlarda — Dastur)ni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari Kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi; har oy yakuni bilan Andijon viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi; har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi; amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi. 9. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin. 10. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Andijon viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarni so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi ustidan samarali nazorat tizimini o‘rnatsin. 11. Quyidagilarga: Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, budjetga tushumlarni oshirish yuzasidan; Andijon viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish va ta’mirlash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi hamda kommunal sohani rivojlantirish yuzasidan; Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi yuzasidan; Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi yuzasidan; Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan; Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi yuzasidan; Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
184
9,471
Qonunchilik
XORIJIY INVESTOR TOMONIDAN O‘Z EHTIYoJLARI UChUN IMPORT QILINADIGAN MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLAShNI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-sonli “Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 200-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000-yil 30-iyunda EG-01/12-3408-son bilan tasdiqlangan Xorijiy investor tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarni sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 960, 2000-yil 19-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
176
1,244
Qonunchilik
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, shuningdek, mamlakatimizda moliya bozori infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2021-yil 7-oktabrda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) Direktorlari kengashi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida O‘zbekiston Respublikasiga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 100 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullanganligi; 2021-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining valyuta xatarlarini qisman xedjirlash maqsadida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan hamkorlikda OTB mablag‘larining 20 million AQSh dollari miqdoridagi qismi bo‘yicha 3 yil muddatga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuvini imzolashga vakolat berilsin. 5. OTB mablag‘larini qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlar hamda ilk sinov svop operatsiyasi doirasida amalga oshiriladigan foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. Bunda, xedjirlash amaliyoti davomida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan tuziladigan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuviga asosan tushadigan daromadlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadlari sifatida aks ettiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga loyihani hamda Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi bilan tranzaksiyalarni amalga oshirishda moliyaviy agent funksiyasini bajarish tavsiya etilsin. 7. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasida imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli moliyaviy xatarlarni xedjirlash maqsadida hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda — taqdirlash puli) kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foiz hisoblash davri mobaynida kredit bo‘yicha qarzdorlikning kunlik qoldig‘idan kamida yillik 0,5 % miqdorida hisoblanib, yig‘ib boriladi hamda foizlar va asosiy qarz to‘lanadigan tegishli sanalarda (to‘lov kunidan oldin amalga oshirilgan to‘lovlar ham) “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo sessiyalarida belgilangan joriy kurs bo‘yicha teng miqdorda so‘mda to‘lanadi. To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan kreditlar bo‘yicha taqdirlash puli undirilmaydi. Taqdirlash pulini to‘lash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan summaga qo‘shimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya to‘lanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi kafolat uchun hisoblangan to‘lov miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.”; b) 10-band quyidagi mazmundagi “d” va “e” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin: “d) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz to‘lovi o‘rtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash; e) qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng davlat qarzi to‘lovlarining yetishmagan qismini to‘lash. Shuningdek, davlat qarzi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa turli to‘lovlar ham jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa investitsiya banki ishtirokida “O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan tadbirkorlik subyektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 31-avgustdagi 554-son qarorida: a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Agentlik o‘rtasidagi YIBning kreditini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin”.
131
6,599
Qonunchilik
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini bajarish va respublika hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar ko‘rsatib o‘tilgan nizomni korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar, uning o‘rganib chiqilishini va so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar. 3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomning III bo‘limi 1-bandida nazarda tutilgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanishlarning og‘irlik darajasini belgilash sxemasini ishlab chiqsin. 5. VSSPS va SSSR Davsanoatatomnazoratning 1989-yil 17-avgustdagi 8—12-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari (keyingi o‘rinlarda — boshqaruv organlari) hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarda (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom: ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga; ish beruvchilarga; pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga; belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar; tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga; agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga; qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi. 2. Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifalarini bajarayotganda (shuningdek xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, issiqlik ta’siri, portlash, falokatlar, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi, kuyish, muzlash, qizish, elektr toki va yashin urishi, hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar tomonidan, terroristik harakatlar natijasida shikastlanishlar, shuningdek tabiiy ofatlar (zilzilalar, o‘pirilishlar, suv toshqinlari, to‘fonlar va boshqalar) tufayli salomatlikning boshqa xil shikastlanishlari; o‘z funksional vazifalarini bajarish yuzasidan, shuningdek avariyalarning, odamlar halok bo‘lishining oldini olish va korxonaning mulkini saqlash maqsadida, ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir xatti-harakatlarni amalga oshirayotgandagi; xodim xizmat safarida bo‘lgan yoki o‘z funksional vazifalarini bajarish vaqtida — yo‘l-transport hodisasidagi, temir yo‘l, havo yo‘llaridagi, dengiz va daryo transportidagi, elektr transportidagi hodisa natijasidagi; ish beruvchi tomonidan buyruq bilan maxsus ajratilgan uydan ishga va/yoki ishdan uyga xodimlarni tashish uchun mo‘ljallangan transportda, shuningdek ushbu maqsadlar uchun shartnoma (buyurtma)ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi; ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlar uchun ishlatishga ruxsat berilganlik haqida ish beruvchining yozma buyrug‘i mavjud bo‘lgandagi; ish beruvchining topshirig‘ini bajarish uchun transportda yoki piyoda harakatlanayotganda, shuningdek mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish obyektlari orasida yurish bilan bog‘liq xodimlar bilan ish vaqtida transportda yoki piyoda ketayotgandagi; tadbirlarning o‘tkazilishi yoki ishlar bajarilishi joyidan qat’i nazar, shanbalik (yakshanbalik), fuqaro mudofaasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari, ko‘ngilli yong‘in muhofazasi musobaqalari o‘tkazilayotgandagi, qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgandagi, ish beruvchining yozma farmoyishi bo‘yicha korxona tomonidan otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi; ichki ishlar organlarining ma’lumotlari asosida — ish vaqtida mehnat vazifalarini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati yetkazilgandagi; smenali dam olishda bo‘lgan xodim bilan transport vositasidagi vaxta shaharchasi hududidagi yoki ijaraga olingan xonadagi (kuzatib boruvchi, refrijerator brigadasi xodimi, smenali haydovchi, dengiz va daryo kemalari xodimlari, shuningdek, vaxta-ekspeditsiya usulida ishlayotganlar va boshqalar) baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi. 3. Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. 4. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (1-ilova). Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so‘ng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak. 5. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir. 6. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zenergoinspeksiya”) energetika obyektlari va iste’molchilarning elektr qurilmalarida (keyingi o‘rinlarda — nazorat ostidagi obyektlar) nazorat qiladi. 7. Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunidan norozi bo‘lsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakillik organi, shuningdek jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy mehnat organlari) Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qiladi. 8. N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori xulosasini bajarishga majburdir. 9. Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnika nazoratchisi o‘rtasidagi anglashilmovchilikni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori hal qiladi. 1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak, u esa: jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi; tekshirish komissiyasi ish boshlanishiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday bo‘lsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi; darhol hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga xabar qilishi zarur. 2. Korxona tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona, poliklinika) bir sutka ichida yordam so‘rab murojaat qilgan xodimlar, shu jumladan, xizmat safaridagi va korxona ishlab chiqarish obyektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz bergan har bir baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga xabar beradi. 3. Ish beruvchining buyrug‘iga ko‘ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi. Ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etmaydi. Komissiya: uch ish kuni ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat muhofazasi qoidalari, mehnat xavfsizligi andozalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni aniqlab so‘roq qilishi, imkoni bo‘lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi; baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan N-1 shaklidagi dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, ularni tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak. 4. Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch ish kuni davomida tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomalarni: jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga hamda tekshirish materiallari bilan birga korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga va hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboradi. N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi va daftarda qayd qilinadi (2-ilova). Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnoma nusxalarini, kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki O‘zenergoinspeksiya organi vakiliga, agar baxtsiz hodisa nazoratdagi tegishli korxonalar (obyektlar)da yuz bergan bo‘lsa, yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, tegishli vazirlik (xo‘jalik boshqaruvi organlari)ga ham ularning talablariga muvofiq yuborishi shart. Mazkur bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda N-1 shaklidagi dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi va tasdiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga tekshirish materiallari bilan yuborilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma 45 yil davomida saqlanishi lozim. Boshqa joylarga yuborilgan tekshirish materiallari, N-1 shaklidagi dalolatnomalar va uning nusxalari ehtiyoj yo‘qolguncha saqlanadi. 5. Agar korxona qayta tashkil etilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma huquqiy vorisga korxonaning boshqa qimmatli qog‘ozlarini topshirish tartibida beriladi. Agar korxona tugatilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga beriladi. Agar korxonada yuqori turuvchi xo‘jalik organi bo‘lmasa, unda N-1 shaklidagi dalolatnoma, tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. 6. Jabrlanuvchi yoki guvohlar ish vaqti davomida ish beruvchiga xabar bermaganligi yoki ish qobiliyati darhol yo‘qolmaganligi to‘g‘risidagi baxtsiz hodisalar jabrlanuvchining yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsning arizasiga, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat mehnat texnik inspektorining talabiga binoan ariza berilgan yoki ko‘rsatma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida tekshiriladi. N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish masalasi baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi ariza har tomonlama, barcha shart-sharoitlar, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar hisobga olingan holda tekshirilganidan so‘ng hal etiladi. 7. Boshqa tashkilot tomonidan o‘sha tashkilot topshirig‘ini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini ado etish uchun mazkur korxonaga jo‘natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi. N-1 shaklidagi dalolatnomaning 3-bandida xodimni yo‘llagan tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bo‘lsa o‘sha tashkilot tomonidan hisobga olinadi. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‘zida olib qoladi, qolgan 3 ta tasdiqlangan nusxasini jabrlanuvchi xodimi bo‘lgan tashkilotga, hisobga olish, saqlash va 4-bandda ko‘rsatib o‘tilgan manzillarga jo‘natish uchun yuboradi. 8. Ish beruvchining yozma farmoyishi bilan vaqtincha boshqa tashkilotga ishga o‘tkazilgan yoxud o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. 9. Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida ish olib borayotgan korxona xodimi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ish olib borayotgan korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. 10. Harbiy qism bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma, bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. Harbiylashtirilgan kon va gaz qutqaruvchilari qismlari shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki O‘zenergoinspeksiyasi vakili ishtirokida tekshiriladi. 11. Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish-mehnat muassasasida (keyingi o‘rinlarda — ATMM), davolash-mehnat va tarbiya-mehnat profilaktoriyalarida (keyingi o‘rinlarda — DMP va TMP) saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM, DMP va TMP vakillari ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. ATMM, DMP va TMPlarda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi. 12. Avtokorxona yoki boshqa korxona tomonidan tuzilgan yig‘ma avtokolonna tarkibida qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan avtomobil haydovchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirishda xodimni yuborgan korxona vakili qatnashadi. 13. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan o‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisa korxona tomonidan ta’lim muassasasi vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi. Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‘qituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan o‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar ta’lim muassasalari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va ta’lim muassasasi tomonidan hisobga olinadi. 14. Mazkur bo‘limning 10, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda, tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasi jabrlanuvchining doimiy ish, xizmat yoki o‘qish joyiga yuboriladi. 1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish — mazkur Nizomga muvofiq maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irligi darajasidan qat’i nazar, yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar; oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir baxtsiz hodisalar; o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar. 2. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan (3-ilova) quyidagilarga xabar berishi kerak: hududiy mehnat organining davlat mehnat inspeksiyasiga; yuqori turuvchi xo‘jalik organiga; baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga; O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mahalliy organiga va “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga. 3. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish maxsus vakolatli organ bilan oldindan kelishilmagan va xabardor etmagan holda maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va uch kishigacha o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisani hududiy mehnat organi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi; rais — hududiy mehnat organining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili yoxud “O‘zenergoinspeksiya” vakili nazorati ostidagi korxona (obyekt) bo‘yicha; a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili, ish beruvchi, II bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-kichik bandlarida ko‘zda tutilgan hollarda jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining vakili. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organi nazorati ostidagi korxona (obyekt)larda yuz bergan guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisani tegishli hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” respublika yoki mahalliy organlari buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektor kiradi. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar yuz berganda, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari tarkibida ish beruvchining buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan N-1 shaklidagi dalolatnoma maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir kun ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. uch nafardan o‘n bir nafargacha inson sabab bo‘lgan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaroriga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan o‘tkaziladi: rais — O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori; a’zolar — yuqori turuvchi organ rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organi raisi. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” nazorati ostida bo‘lgan tashkilot (obyekt)dagi baxtsiz hodisa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organining buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi organ rahbari ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi etib Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiyasi” organi rahbarlaridan biri tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori komissiya tarkibiga kiritiladi. O‘n bir nafar va undan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lgan baxtsiz hodisalar Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. 4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxona (bo‘linma, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi (4-ilova) hamda III bo‘limning 7-bandida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi. Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadilar, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning huquqlarini tushuntiradilar. 5. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan xulosalardan norozi bo‘lsa, shuningdek, u zarur deb hisoblagan boshqa hollarda o‘z xulosasini chiqaradi (5-ilova). Komissiya a’zosi maxsus tekshirish o‘tkazayotgan komissiya xulosasidan norozi bo‘lganda o‘zining alohida fikrini bildirishi mumkin. 6. Maxsus tekshirish komissiyasi talabiga ko‘ra ish beruvchi: baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zlarining oralaridan ekspert guruhi tuzish mumkin bo‘lgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi; texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va boshqa ishlarni amalga oshirishi; baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi; tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi; komissiya a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi; baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallarini mashinkada yozishni va yetarli miqdorda ko‘paytirishni ta’minlashi shartdir. Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan mutaxassislar amalga oshirayotgan boshqa ishlar, shuningdek, transport va aloqa vositalari xarajatlarini baxtsiz hodisa yuz bergan korxona to‘laydi. Komissiya a’zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va og‘zaki tushuntirishlar olishga haqlidirlar. 7. Maxsus tekshirish materiallariga quyidagilar kiradi: maxsus tekshirish dalolatnomasi; har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma; rejalar, sxemalar, tekshirish protokoli va baxtsiz hodisa yuz bergan joyning fotosuratlari; yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joy sxemasi; so‘roqlar protokoli, jabrlanuvchining va baxtsiz hodisani ko‘rgan guvohlar va boshqa aloqador shaxslarning, shuningdek, GOST, SSBT standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning tushuntirishlari, ekspert guruhi tuzish to‘g‘risidagi farmoyish va boshqalar; jabrlanuvchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitilganligi va yo‘riqnomalar olganligi haqidagi qayd daftarlaridan ko‘chirmalar; jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari to‘g‘risidagi tibbiy xulosa; ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari; avariya tufayli ko‘rilgan moddiy zarar haqidagi ma’lumotnoma; maxsus tekshirish komissiyasi tuzish haqidagi buyruq yoki qaror; yo‘riqnomalar, nizomlar, buyruqlardan va mehnat xavfsizligi me’yorlarini va unga mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilovchi boshqa dalolatnomalardan ko‘chirmalar; korxona (bo‘linma, sex)da mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish to‘g‘risidagi maxsus tekshirish komissiyasining dalolatnomasi; zarur bo‘lgan hollarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining xulosasi. o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma — yetkazilgan zararni qoplash summasini hisoblab chiqish uchun; boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi — o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz berganda. 8. Maxsus tekshirish tugagandan so‘ng o‘n besh kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat mehnat texnik inspektori, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi organi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organi nazoratchisi tekshirish materiallarini: guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga yuboradi; maxsus tekshirish bo‘yicha barcha materiallarning nusxalarini hududiy mehnat organiga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, tegishli boshqaruv organi, tashkilotga va jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi; Agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi tashkilot (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, maxsus tekshirish materiallari nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organiga yuboriladi. 9. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari) maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‘rib chiqishga, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida komissiya taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarish haqida, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha lavozimi va kasbiga oid vazifalarning bajarilmasligi (buzilishi)ga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majburdir. Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilganligi haqida maxsus tekshirish o‘tkazishni boshqargan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektoriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki O‘zenergoinspeksiyasining obyektlar nazorati ostida bo‘lgan mahalliy organlariga yozma ravishda axborot beradi. 10. Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotgan davrda shu baxtsiz hodisa sababli o‘lib qolsa, ish beruvchi bu haqda darhol mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektoriga va ushbu Nizomning III bo‘limi 2-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarga xabar berishga majburdir. Ushbu baxtsiz hodisa o‘lim sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sifatida hisobga olinishi kerak. 1. N-1 shaklidagi dalolatnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga hamda uch ish kuni ichida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi. 2. N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar chog‘ida jabrlanuvchilar to‘g‘risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi va uni tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi. Shuningdek, jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilishi lozim. 3. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularning mehnat jamoasida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir. 4. Boshqaruv organlari barcha baxtsiz hodisalarning hisobini va tahlilini olib boradi, uni o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga ma’lumot uchun yuboradi. Tegishli kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. 5. O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda yuqori turuvchi xo‘jalik organlarida va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va “O‘zenergoinspeksiya” hay’atida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi obyektda yuz bergan bo‘lsa) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori ishtirokida muhokama qilinadi. 6. Ikki va undan ziyod kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashida, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiyasi” hay’atida, baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir. 7. Baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish olib borayotgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining talabiga binoan hududiy ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash organlari (sud-tibbiy ekspertiza), yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati, yong‘in xavfsizligi davlat xizmati 3 sutkadan kechiktirmay, baxtsiz hodisaga taalluqli hujjatlar va materiallar nusxalarini taqdim etishlari shartdir. 8. Hududiy ichki ishlar organlari Davlat mehnat inspeksiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga hamda “O‘zenergoinspeksiya”ga ishning borishi to‘g‘risida axborot berib turadi. 9. Ushbu Nizomni buzishda ayblanuvchilar mavjud qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 7-band. Agar jabrlanuvchi bir necha kasb egasi bo‘lsa, unda baxtsiz hodisa yuz berganda bajarayotgan kasbi ko‘rsatiladi. 8-band. Ish stajining to‘liq yillar soni ko‘rsatiladi, agar ish staji bir yildan kam bo‘lsa, unda oy va kunlar son ko‘rsatiladi. 11.1-band. Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablari — asosiysi birinchi bo‘lib, qolganlari ahamiyatiga yarasha tartibda ko‘rsatiladi. 11.2-band. Jarohatga sabab bo‘lgan asbob-uskunaning nomi, turi, rusumi, chiqarilgan yili, tayyorlangan korxona nomi. 11.3-band. Sud-tibbiy muassasa ma’lumotnomasi (xulosasi)ga asosan jabrlanuvchining hushyorligi (alkogol yoki narkotiklar ta’siridaligi) ko‘rsatiladi. 1. Korxona, yuqori turuvchi xo‘jalik organi, vazirlik, xo‘jalik boshqaruvi organi nomi. 2. Hodisa yuz bergan sana, vaqt, joy, bajarilayotgan ish va baxtsiz hodisa yuz bergandagi holatning qisqacha tavsifi. 3. Jabrlanuvchilar, shu jumladan, halok bo‘lganlar soni. 4. Jabrlanuvchi (halok bo‘lgan)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, kasbi, lavozimi. 5. Xabar yuborilgan sana, vaqt, xabarni imzolagan shaxsning familiyasi, lavozimi. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kasbi, lavozimi, umumiy va kasb bo‘yicha (shu jumladan, ushbu korxonadagi) ish staji, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish, yo‘riqnomalar berish, bilimlarni tekshirish vaqti, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramog‘idagi oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi) tug‘ilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari). Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Agar baxtsiz hodisa obyektdagi halokat natijasida yuz bergan bo‘lsa, dalolatnomaga quyidagilar qo‘shimcha qilib kiritiladi: obyekt tavsifi (qozonlar va ko‘tarma inshootlar obyektlari uchun obyekt nomi va xili, uning asosiy o‘lchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi zavod, tayyorlangan va o‘rnatilgan yili, so‘nggi tekshiruvdan o‘tgani, shuningdek, tayinlangan tekshiruvdan o‘tish muddati); halokat toifasi va tavsifi haqida ma’lumotlar; nobud bo‘lgan mahsulotlar (natura ifodasida va so‘m hisobida), halokat natijasida yetkazilgan zarar (so‘m hisobida). Baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar bo‘lgani, mehnat jarayoni qanday kechgani, bu jarayonga kim boshchilik qilganini ko‘rsatish, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish, jarohatlanishga sabab bo‘lgan xavfli (zararli) ishlab chiqarish omili, mashina, asbob yoki uskunani ko‘rsatish zarur. Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablarini ko‘rsatish, mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, lavozim yo‘riqnomalari, ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha me’yor va yo‘riqnomalarning aniq qaysi talablari buzilganligini (tegishli moddalar, bandlarga havola qilingan holda), shuningdek, davlat andozalari buzilganini bayon qilish, qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omili belgilangan me’yor va darajalardan oshib ketganligini ko‘rsatish kerak. Komissiya taklif etgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: baxtsiz hodisali halokat oqibatlarini yo‘qotish choralari; baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish va yana shunday hodisa yuz berishining oldini olish choralari; ular ilova qilinayotgan shakldagi jadval yoki matnda chora-tadbirlar mazmuni, bajarish muddati va mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi mumkin. Bu bo‘limda xatti-harakatlari yoki harakatsizliklari baxtsiz hodisa (baxtsiz hodisali halokat)ga olib kelgan javobgar shaxslar nomini ko‘rsatish, ular rioya qilmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunchilik, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar va me’yoriy hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlar moddalari, bandlari ko‘rsatilishi kerak. Tekshirish komissiyasi tomonidan javobgar shaxslarga nisbatan jazo choralari yuzasidan takliflar qilinadi. Taklif etilgan jazo choralari jinoiy javobgarlikdan (vujudga kelgan taqdirda) ozod qilmaydi. Maxsus tekshirish dalolatnomasida komissiya a’zolari jabrlanuvchi(lar) yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashganlari, moddiy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy tusdagi masalalarni joyida ko‘rib chiqqanlari, mavjud qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy huquqlarini tushuntirib berganlari yozilishi kerak. Maxsus tekshirish dalolatnomasining yakuniy qismida Nizomning III bo‘limi 7-bandiga muvofiq ilova qilinayotgan materiallar ro‘yxati beriladi. Bundan keyin mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish olib borgan komissiyaning qanday xulosalari bilan kelisha olmasligini quyidagilarga muvofiq asoslab beradi: komissiya so‘roq qilmagan yoxud o‘zining dastlabki ko‘rsatmasiga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lgan baxtsiz hodisa guvohlaridan olingan qo‘shimcha tushuntirishlar; jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatlar tavsifi, o‘limi sabablari to‘g‘risida tibbiy xulosa; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar va me’yoriy hujjatlarning qaysi talablariga amal qilinmagani uchun baxtsiz hodisa yuz berishiga sharoit yaratilganligi; boshqa ekspert guruhlarining xulosasi; mazkur baxtsiz hodisaga aloqasi bo‘lgan boshqa hujjatlar. Asoslab berganidan so‘ng mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish dalolatnomasining qaysi bo‘limi (bo‘limlari) ushbu baxtsiz hodisaga aloqasi bo‘lgan qo‘shimcha axborot (hujjatlar) hisobga olinmagan holda bayon etilgan deb hisoblasa, shu bo‘lim (bo‘limlar)ni ifodalab berishi kerak. mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining xulosasi, zarur hollarda N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunini baxtsiz hodisani qo‘shimcha tekshirish natijasida belgilangan ma’lumotlarga muvofiqlashtirib, qayta tuzish to‘g‘risida ish beruvchiga qo‘yilgan talab bilan tugatiladi. Xulosa mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori blankasida tuziladi va ushbu Nizomning III bo‘limi 8-bandida ko‘rsatilgan instansiyalarga yuboriladi.
205
37,734
Qonunchilik
Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va o‘rnini ta’minlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatdoshligini oshirish maqsadida: 1. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining qorako‘lchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib, shuningdek, chorvadorlik qishloq xo‘jaligi kooperativlari(shirkatlari)ni — fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi 1, 2-va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 2. Qorako‘lchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, qorako‘lchilik va chorvadorlik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish, shuningdek, fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilinadigan shirkatlar hududida joylashgan barcha ijtimoiy infratuzilma hamda boshqa obyektlarni tasarruf qilish Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari: ikki oy muddatda qorako‘lchilik va chorvadorlik shirkatlarini fermer xo‘jaliklari hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqsin, unda shirkatlarning mol-mulki va yer maydonlari kompleks inventarlashtirilishi nazarda tutilsin; 2017-yilning 1-iyuniga qadar inventarlashtirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan loyihalar asosida shirkatlarni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish ishlari nihoyasiga yetkazilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qayta tashkil etilayotgan qorako‘lchilik va chorvadorlik shirkatlari hududida zooveterinariya xizmati punktlari, yoqilg‘i-moylash materiallari sotiladigan tegishli neft bazalarining filiallari, yem-xashak bilan ta’minlash omborlari tarmog‘i hamda bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining boshqa obyektlari barpo etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qorako‘lchilik va chorvadorlik shirkatlarini fermer xo‘jaliklari hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish natijasida bo‘shaydigan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda qorako‘lchilik sohasidagi xo‘jalik subyektlarining: “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasini respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi etib; “Qorako‘l” hududiy birlashmalarini “Qorako‘l” hududiy uyushmalar etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 7. Quyidagilar Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining asosiy vazifalari deb hisoblansin: mayda shoxli mollar, shu jumladan qorako‘l qo‘ylarining naslini qayta tiklash, yuqori mahsuldor zot tiplarini yaratish va joriy etish bo‘yicha qorako‘lchilik subyektlari hamda tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, respublikada qorako‘l qo‘ylarning elita genofondining saqlab qolinishi ustidan monitoringni olib borish; tabiiy yaylovlarning holatini yaxshilash, qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli yaylov ozuqabop o‘simliklar navlarini yaratish, yaylovlarni degradatsiyadan chiqarishda ilg‘or texnologiyalarini joriy etish hamda investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish; qorako‘lchilik klasterlariga ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda mayda shoxli mollar, shu jumladan qorako‘l qo‘ylarini ko‘paytirish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishining oldini olish bo‘yicha yuklatilgan majburiyatlar ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; ichki va tarmoqlararo, jumladan, mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollarni yetishtirishga hamda ulardan olinadigan xomashyolarni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar, shuningdek, qorako‘lchilik xo‘jaliklari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish; sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali samarali va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish; jahon bozoridagi talab va taklifni inobatga olgan holda mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollardan olinadigan xomashyolarni chuqur qayta ishlash va eksport uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish; malakali kadrlar tayyorlash va sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish, ta’lim va fanning o‘zaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish; jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash; Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga ko‘maklashish, shuningdek, tabiiy holda o‘suvchi kavrak o‘simliklaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop o‘simliklar yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha takliflar tayyorlash; respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish. Uyushma a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni ko‘rishda himoya qilish. 8. Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi boshqaruvi raisiga, zarurat tug‘ilganda, ijro etuvchi apparat tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritishga ruxsat berilsin. 9. Belgilansinki: Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi raisi Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. “Qorako‘l” hududiy uyushmalarining rahbarlari Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi boshqaruv raisining qaroriga binoan tasdiqlanadi; Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi va “Qorako‘l” hududiy uyushmalari faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi xo‘jalik subyektlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi va “Qorako‘l” hududiy uyushmalari qayta tashkil etilayotgan “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi hamda “Qorako‘l” hududiy birlashmalarining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadilar. 10. Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda uyushma hamda hududiy uyushmalarning nizomlarini ishlab chiqsin, ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazsin va belgilangan tartibda nizomlarni tasdiqlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi naslchilik xo‘jaliklari maqomiga ega bo‘lgan qayta tashkil etiladigan shirkatlar negizida tashkil qilingan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, qonun hujjatlariga muvofiq, naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklari maqomi berilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom qorako‘lchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: auksion — qorako‘lchilik shirkatlari mulklarini sotish maqsadida tashkil etiladigan auksion savdolari; talabgor — auksionda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va yuridik shaxslarning vakillari; mulk — sotuvga qo‘yiladigan hayvonlar, o‘tarlar, qo‘tonlar, molxonalar, cho‘ponlar uyi, hayvonlarni so‘yishda foydalaniladigan nasos uskunasi, shaxta quduqlari va skvajinalar, shuningdek, xatlovda aniqlangan boshqa mulklar; avans zakalati — auksionda ishtirok etish uchun sotuvga qo‘yiladigan mulk dastlabki bahosining 10 (o‘n) foizi miqdorida oldindan amalga oshiriladigan to‘lov. 3. Qorako‘lchilik shirkatlarini fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema, ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hokim qarori bilan tashkil etiladigan namunaviy tarkib bo‘yicha Qorako‘lchilik shirkatlarini fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish Komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi. 4. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiradi. 5. Auksionga qo‘yiladigan fermer xo‘jaliklarini tashkil etish loyihalari (keyingi o‘rinlarda — loyihalar)ni shakllantirishda quyidagi asosiy mezonlarga alohida e’tibor qaratiladi: qorako‘lchilik shirkatlaridagi chorva mollarning soni, suvi bor shaxta quduqlari va skvajinalar miqdori, hayvonlarni ulardan suv bilan ta’minlash mumkinligi, ushbu hududda hayvonlarni boqish uchun ajratilgan yaylovlarning hosildorligi; hayvonlar o‘tarlari, qo‘tonlar, molxonalar, cho‘ponlar uyi va boshqa vositalar mavjudligi hamda ularning joylashuvi; “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan yer maydonlari konturini hamda mulkning boshlang‘ich balans qiymati asosida realizatsiya qilinadigan loyihalarni ishlab chiqish va ularning xaritalarini tayyorlash. 6. Hayvonlar ikki va undan ortiq loyihalarda bir shaxta qudug‘i yoki skvajinadan suv bilan ta’minlangan taqdirda, auksionga qo‘yilayotgan ushbu shaxta qudug‘i yoki skvajinalarning narxi har bir loyiha bo‘yicha teng qismda taqsimlanadi. 7. Hayvonlar umumiy foydalanishdagi sug‘orish tarmoqlari (ariqlar, daryolar, kanallar, buloqlar va boshqalar) yoki suv keltirish orqali suv bilan ta’minlangan taqdirda har bir o‘tardagi mulk va unga biriktirilgan yer maydonlari bitta loyiha hisoblanadi. 8. Yil fasllari va yaylovlarning hosildorligidan kelib chiqib, bir o‘tardagi hayvonlarni (loyihadagi) bir hududdan boshqa hududga o‘tkazgan taqdirda ikkala hududning mulki va ajratilgan yer maydonlari bitta loyihaga kiritiladi va bitta loyiha sifatida savdoga qo‘yiladi. 9. Auksionga qo‘yilgan har bir loyihadagi qo‘y va echkilar soni 300 (uch yuz) boshdan kam bo‘lmasligi shart. 10. Mulkning loyihadagi balans qiymatini baholash summasi auksionda ushbu loyihaning boshlang‘ich bahosi hisoblanadi. 11. Komissiya auksion o‘tkazilishidan bir oy oldin auksionga qo‘yiladigan loyihalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida belgilangan tartibda e’lon joylashtiradi. E’lon, qoidaga binoan, qorako‘lchilik shirkatining ma’muriy binosida bemalol tanishib chiqish uchun ochiq joyda ham joylashtiriladi. Auksion o‘tkazilishidan to tugatilguniga qadar e’lonni olib tashlash taqiqlanadi. Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon qo‘shimcha ravishda mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmoqlarining veb-saytlariga ham joylashtirilishi lozim. 12. E’londa majburiy tartibda quyidagilar ko‘rsatiladi: auksionga qo‘yilgan mulkning turi, soni va dastlabki narxi; auksionga qo‘yilgan loyihaning joylashishi va unga biriktirilgan yer maydoni sxemasi; auksionni o‘tkazish joyi, vaqti (boshlanish va tugash soatlari ko‘rsatiladi) uni o‘tkazish tartibi; auksionda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati; talabgor tomonidan to‘lanadigan avans zakalatining miqdori, muddati va shakli, avans zakalatini o‘tkazib berish uchun bank hisob raqamining rekvizitlari. 13. Auksiondagi ishtiroki uchun talabgor tomonidan loyiha qiymatining 10 (o‘n) foizi miqdorida avans zakalati to‘lanadi. Talabgor auksionda g‘olib bo‘lgan taqdirda, u loyiha qiymatining qolgan 90 (to‘qson) foizini auksion o‘tkazilgan kundan boshlab 1 (bir) oy ichida to‘lashi shart. 14. Auksionni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-harajatlar qayta tashkil etilayotgan qorako‘lchilik shirkatlari mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 15. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari auksionda ishtirok etish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: auksionda ishtirok etish uchun ikki nusxada ariza (arizada loyiha raqami aniq ko‘rsatilishi kerak); avans zakalati to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya nusxasi; yuridik shaxslar uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma, uning nomidan ishonchli shaxs qatnashgan taqdirda esa — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma; jismoniy shaxslar uchun — uning nomidan ishonchli shaxs qatnashgan taqdirda esa — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma. 16. Ariza Komissiya kotibi tomonidan qabul qilinadi. Arizaning ikkinchi nusxasi esa ro‘yxatga olish raqami, sanasi va unga hujjatlar ro‘yxati ilova qilinib arizachiga qaytarib beriladi. Komissiya raisi va a’zolari auksionda ishtirok etish uchun ariza topshirishga haqli emas, qayta tashkil etilayotgan shirkat rahbari va boshqa xodimlari bundan mustasno. Qayta tashkil etilayotgan shirkatlarning Komissiya tarkibiga kiritilgan rahbarlari va boshqa xodimlari auksionda ishtirok etish huquqiga ega. 17. Ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq, to‘liq bo‘lmagan hajmdagi hujjatlar taqdim etilganda, ariza qabul qilinmaydi. 18. Ushbu Nizomning 3-ilovasiga binoan shakl bo‘yicha Komissiya tomonidan auksion savdolarida ishtirok etish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobi yuritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish kitobi shnurlangan (tikib bog‘lab qo‘yilgan), raqamlangan va qorako‘lchilik shirkatining muhri bilan mahkamlangan bo‘lishi kerak. Barcha arizalar Komissiya kotibi tomonidan kechiktirilmay ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga qayd qilinishi lozim. 19. Komissiya arizachilarni auksion o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar namunasi bilan ta’minlashga hamda ularni to‘ldirish va rasmiylashtirishda maslahat ko‘magini ko‘rsatishga majburdir. 20. Komissiya taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning bus-butun saqlanishi hamda arizachilar va taqdim etilgan hujjatlarning sir tutilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim. 21. Auksion boshlangunga qadar arizachi Komissiyaga yozma murojaat qilgan holda arizani qaytarib olish huquqiga ega. Bu holatda avans zakalati Komissiyaga tegishli ariza kelib tushgan paytdan boshlab bankning uch ish kunidan kechiktirmay qaytarib berilishi lozim. 22. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish auksion o‘tkaziladigan kun e’lon qilingan sanadan ikki kun oldin Komissiya tomonidan to‘xtatiladi. 23. Komissiya arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq o‘rganib chiqib, auksionda ishtirok etuvchi aniq talabgorlar ro‘yxatini belgilaydi. 24. Auksionda ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxati Komissiya bayonnomasi bilan tasdiqlangandan so‘ng talabgorlar auksionning rasmiy ishtirokchilari hisoblanadilar. 25. Talabgorga barcha loyihalar bo‘yicha auksionga qo‘yilgan, sotiladigan mulk ko‘rsatilgan holda bilet va savdo vaqtida foydalanish uchun maxsus raqamli belgi beriladi va u savdolar tugaganidan so‘ng qaytarilishi lozim bo‘ladi. 26. Auksion e’londa ko‘rsatilgan sana va vaqtda Komissiya tomonidan o‘tkaziladi. 27. Auksionda talabgorlardan tashqari boshqa shaxslar, shu jumladan qishloq va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari hamda mahalla faollari kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin. 28. Komissiya bayonnomasida belgilangan talabgorlar ishtirok etadigan savdolar auksionga qo‘yilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Bunda start beriladigan auksion boshlang‘ich narxi maksimal bo‘lgan auksion loyihasi bo‘yicha, keyingi auksion loyihalari bo‘yicha esa — navbati bilan, boshlang‘ich narxi imkoni boricha kamaytirib borilgan holda o‘tkaziladi. 29. Auksion har bir loyiha uchun kamida ikkita talabgorning hujjatlari taqdim etilgan taqdirda o‘tkaziladi. 30. Auksionni o‘tkazish jarayoni boshlang‘ich bahosining e’lon qilinishi bilan boshlanadi. Navbatdagi bahosi e’lon qilinganidan so‘ng savdoni o‘tkazayotgan shaxs maxsus raqamli belgini birinchi ko‘targan talabgorni ko‘rsatadi. Agar boshqa talabgorlar sotib olish xohishini bildirsa, savdolar tashkilotchisi auksion bahosining keyingi qadamini e’lon qiladi. Auksion bahosining qadami Komissiya tomonidan belgilanib, auksionga qo‘yilgan loyiha boshlang‘ich bahosining 5 (besh) foizidan kam va 10 (o‘n) foizidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Auksion loyiha bo‘yicha maksimal narxni taklif etadigan talabgor aniqlangunga qadar davom etadi. Narx uch marta e’lon qilinganidan keyin boshqa talabgorlar maxsus raqamli belgilarni ko‘tarmasalar, auksionda bu narx bo‘yicha savdolar to‘xtatiladi. Oxirgi bo‘lib maxsus raqamli belgini ko‘targan talabgor e’lon qilinadi va auksion g‘olibi hisoblanadi. Auksionda sotib olingan hayvonlarni to‘g‘ri parvarishlash, boqish va suv bilan ta’minlash maqsadida auksion g‘olibi loyihaning qolgan 90 (to‘qson) foiz pul miqdorini to‘liq to‘laganidan so‘ng egalik huquqini qo‘lga kiritguniga qadar qorako‘lchilik shirkati ishchilariga mazkur o‘tarda hayvonlarni nazorat qiluvchi o‘zining ishonchli vakilini biriktirib qo‘yishi mumkin. 31. Auksionda g‘olib bo‘lgan talabgor Komissiya bayonnomasini imzolashdan va to‘lov bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, uning g‘olib bo‘lgani to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan avans zakalati qaytarilmasdan bekor qilinadi hamda mazkur loyiha bo‘yicha qaytadan auksion e’lon qilinadi. 32. Auksionda talabgorlar mavjud bo‘lmagan yoki bitta talabgor ishtirok etgan taqdirda, auksion bo‘lib o‘tmagan hisoblanadi va Komissiya qarori bilan uning takroran o‘tkazilishi bir hafta muddatga suriladi. 33. Agar muayyan loyihaga faqat bitta talabgor hujjat topshirgan bo‘lsa, bunda auksion yana ikki marta qoldirilgan bo‘lsa hamda uchinchi marta ham bitta talabgor bo‘lsa, Komissiya qarori bilan mazkur loyiha uning boshlang‘ich bahosiga 5 (besh) foiz qo‘shilgan holda ushbu talabgorga sotiladi. 34. Auksion tugaganidan so‘ng Komissiya loyihaning sotilganini, uning narxi va g‘olibning raqamini e’lon qiladi. 35. Auksion o‘tkazilgan kunda Komissiya tomonidan auksion natijalari va g‘olib to‘g‘risida uch nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi auksionda g‘olib bo‘lgan talabgorga beriladi, ikkinchi bayonnoma belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuman hokimligiga yuboriladi, uchinchi nusxa auksion bo‘yicha hujjatlar yig‘majildiga tikiladi. 36. Auksion yakunlariga ko‘ra tuzilgan bayonnomada quyidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi: sotilgan loyiha bo‘yicha mulklar ro‘yxati; ushbu loyihaga biriktirilgan yaylovlar maydoni; loyihaning sotilish narxi, to‘lov tartibi va shakli; sotib oluvchi to‘g‘risida ma’lumot va uning manzili; loyiha bo‘yicha sotilgan mulkka bo‘lgan egalik huquqini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish. 37. Komissiya uch kun muddatda aniq talabgorning g‘olibligi to‘g‘risidagi bayonnomani, loyiha bo‘yicha mulk haqi batamom to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat hamda boshqa tegishli hujjatlarni tuman hokimiyatligiga yuboradi. 38. Taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risida tuman hokimi belgilangan tartibda qaror qabul qiladi. 39. Loyihaga biriktirilgan yer maydoni (yaylovlar)da joylashgan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 40. Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasida, fermer xo‘jaligi majburiyatlaridan tashqari quyidagilar ham nazarda tutiladi: mavjud ixtisoslikni saqlab qolish; ajratilgan yaylovlarni boshqa shaxslarga ijaraga bermaslik; yaylovlar hosildorligini oshirish tadbirlarini bajarish; yaylovlar tanazzulga uchrashining oldini olish; auksionda sotib olingan mulkdan oqilona foydalanish. Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasida fermer xo‘jaligining boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin. 41. Auksionda ishtirok etish uchun to‘langan avans zakalati Komissiya tomonidan quyidagilarga qaytarib beriladi: auksionda ishtirok etishga rad javobini olgan shaxslarga — rad etilgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmasdan; auksionda g‘olib bo‘lmagan talabgorlarga — auksion o‘tkazilgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmasdan. Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda naqd pul bilan to‘langan avans zakalati naqd pul shaklida, pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langan avans zakalati esa — pul o‘tkazish orqali qaytariladi. 42. Auksionda qorako‘lchilik shirkatlari mulki sotilishi bilan bog‘liq barcha hujjatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash lozim bo‘lgan alohida yig‘majildlar yuritiladi. 43. Yig‘majildga auksion to‘g‘risidagi e’lon, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, auksion natijasi bo‘yicha bayonnomaning bir nusxasi hamda auksion o‘tkazish bilan bog‘liq barcha hujjatlar solinishi kerak. 44. Auksion orqali qorako‘lchilik shirkati mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar birinchi navbatda qorako‘lchilik shirkatining kreditorlik qarzini qoplashga yo‘naltiriladi, mablag‘ning qolgan qismi ushbu xo‘jalikning paychilari orasida ularning paylari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 45. Komissiya naslchilik qorako‘lchilik shirkatlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilishni O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 46. Komissiya naslchilik qorako‘lchilik shirkatlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish masalasini mulkiy paylar ko‘rinishidagi ulushi bo‘lgan qorako‘lchilik shirkatlari a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqadi. 47. Naslchilik qorako‘lchilik shirkatlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etishda xo‘jalik a’zolarining mulkiy paylar ulushidan kelib chiqib, ularning umumiy yig‘ilishidagi roziligi bilan ikki yoki undan ko‘p mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil qilinishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etishda mulkiy ulushi bo‘lgan ishtirokchilarning soni 50 nafardan oshmasligi kerak. 48. Naslchilik qorako‘lchilik shirkatlarini ikki yoki undan ko‘p mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etishda qorako‘lchilik shirkatlarining mulki asosiy va boshqa vositalari biriktirilgan yer uchastkalari joylashuvining hududiy butunligi saqlangan holda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ulush bilan qatnashuvchilari o‘rtasida mutanosib tartibda taqsimlanadi. 49. Tashkil etilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar orasida qorako‘lchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi asosiy vositalari (ma’muriy binolar, mashina-traktor parklari, turli texnik vositalar, omborxona va boshqalar)ni teng qismda taqsimlashning iloji bo‘lmagan taqdirda, mazkur vositalar auksion orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotilishi mumkin. Bunda tushgan mablag‘lar ularning pay ulushlariga mutanosib miqdorda taqsimlanishi mumkin. 50. Qorako‘lchilik shirkatining kreditorlik qarzi yangi tashkil etilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mulkiy ulush qatnashuvchilarining pay ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 51. Barcha tayyorlangan hujjatlar Komissiya tomonidan naslchilik qorako‘lchilik shirkati a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi. Naslchilik qorako‘lchilik shirkatining umumiy yig‘ilishi a’zolari umumiy yig‘ilishda mas’uliyati cheklangan jamiyat ustavi loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xususida o‘zlarining fikrlari va takliflarini bildirishlari va kelishilgan ustavni tasdiqlashlari, shuningdek, jamiyat boshqaruvini, rais (direktor)ni va taftish komissiyasi (taftishchi)ni saylashlari mumkin. Bunday holda umumiy yig‘ilish ta’sis yig‘ilishi hisoblanadi. Umumiy ta’sis yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ular kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng qaytadan taqdim etish uchun muddati ko‘rsatilgan holda Komissiyaga qaytarib beriladi. 52. Naslchilik qorako‘lchilik shirkatini mas’uliyati cheklangan jamiyat etib qayta tashkil qilishda pay ulushlari bo‘lgan shaxslar tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav jamg‘armasiga o‘z ulushlarini kiritishni rad qilgan taqdirda Komissiya pay ulushlarining mansubligi bo‘yicha belgilangan tartibda qaytarilishini ta’minlaydi. 53. Mas’uliyati cheklangan jamiyat a’zolari ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilganidan so‘ng mas’uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlarni qabul qilish-topshirish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi qorako‘lchilik shirkati mulkini topshirayotgan moddiy mas’ul xodimlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatning qabul qilib olayotgan mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi hamda Komissiya raisi va mas’uliyati cheklangan jamiyatning saylangan raisi (direktori) tomonidan tasdiqlanadi. 54. Mas’uliyati cheklangan jamiyat raisi (direktori) uch kun mobaynida qabul qilingan hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tuman hokimligiga ta’sis hujjatlarini taqdim etadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 55. Mas’uliyati cheklangan jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan boshlab naslchilik qorako‘lchilik shirkati mas’uliyati cheklangan jamiyat etib qayta tashkil qilingan hisoblanadi. 56. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son “Qorako‘lchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-son “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 6-ilovasi II-bo‘limining 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi ““Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1083-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi ““Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1084-son qarorlari) (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda).
100
28,779
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KOLLEKTIV XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMAGA (TOShKENT, 1992 YIL 15 MAY) QO‘ShILIShI HAQIDA
Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaga (Toshkent, 1992-yil 15-may) qo‘shilinsin.
122
88
Qonunchilik
Davlatlararo Yevrosiyo ko‘mir va metall birlashmasini tuzish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1993-yil 24-sentabrda Moskva shahrida imzolangan Davlatlararo Yevrosiyo ko‘mir va metall birlashmasini tuzish to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
110
207
Qonunchilik
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish (bundan buyon matnda atom energiyasidan foydalanish deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: atom energiyasi — atom yadrolarida mavjud bo‘lgan va yadroviy reaksiyalar hamda radioaktiv parchalanish chog‘ida ajralib chiqadigan energiya; atom energetikasi — atom energiyasini o‘zgartirish yo‘li bilan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi energetika tarmog‘i; atom energiyasidan foydalanish obyektining to‘liq “hayotiy” davri — atom energiyasidan foydalanishning tegishli obyektlarini tadqiq etish, joylashtirish, loyihalashtirish, konstruksiyalash, ishlab chiqarish, qurish (shu jumladan montaj qilish, sozlash, ishga tushirish), ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda ularning texnik qurilmalarini, binolarini va inshootlarini tekshiruvdan o‘tkazish, ushbu obyektlarni foydalanishdan chiqarish (yopish), transportda tashish (tashish), saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash; ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i — yadroviy reaktorning faol zonasidan butunlay chiqarib tashlangan va texnik xususiyatlariga ko‘ra yadroviy qurilmada foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yadroviy material; radiatsiyaviy manbalar — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar; radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar; radioaktiv chiqindilar — foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdordan oshadigan faollik darajasiga ega radionuklidlarni o‘z ichiga olgan har qanday agregat holatidagi materiallar va moddalar; saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki ko‘mib tashlash uchun mo‘ljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar; yadroviy yoqilg‘i — nazorat qilinadigan yadroviy bo‘linish reaksiyasini amalga oshirish hisobiga yadroviy qurilmada issiqlik energiyasi va (yoki) nurlanish oqimlarini olish uchun mo‘ljallangan yadroviy material; yadroviy materiallar — tarkibida bo‘linadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar bo‘lgan yoki ularni hosil qilishga qodir bo‘lgan materiallar; yadroviy reaktorning issiqlik ajratuvchi to‘plami — yadroviy materiallarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan yadroviy reaksiyani amalga oshirish hisobiga yadroviy reaktorda issiqlik energiyasini olish uchun mo‘ljallangan buyum; yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari bo‘lgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilg‘idan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar. Atom energiyasidan foydalanishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi; xavfsizlikning ta’minlanishi; axborotning ochiqligi; yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: yadroviy qurilmalar; saqlash punktlari; yadroviy materiallar; radiatsiyaviy manbalar; radioaktiv moddalar; yadroviy yoqilg‘i; yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi to‘plamlari; ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i; radioaktiv chiqindilar. Atom energiyasidan foydalanish obyektlari davlat mulkida yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin. Davlat mulkida yoki yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining mulkdorlari ushbu obyektlarning but saqlanishini va ulardan belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yadroviy materiallarga, shuningdek ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga bo‘lgan mulk huquqini chet davlatga yoki chet davlatning yuridik shaxsiga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tuziladi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ro‘yxatga kiritilmagan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish haqidagi bitimlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yadroviy materiallarga, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga bo‘lgan mulk huquqini chet davlatga yoki chet davlatning yuridik shaxsiga o‘tkazish haqida ushbu moddaning uchinchi qismi talablarini buzgan holda tuzgan bitimlari o‘z o‘zidan haqiqiy emas. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etish, joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarish; radiatsiyaviy manbalarni barpo etish, ulardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish; radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘in va ekologik xavfsizligini ta’minlash; mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; atom energiyasidan foydalanish obyektlari jisman himoya qilinishini ta’minlash; mazkur sohada davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallarni, uskunalarni hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish; mazkur sohada xizmatlar ko‘rsatish; radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish; mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turlariga faoliyatning boshqa turlari ham kiritilishi mumkin. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: mazkur sohadagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish; atom energiyasidan foydalanish chog‘ida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish; atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirish; mazkur sohada innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar joriy etilishini rag‘batlantirish; mazkur sohada kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Atom energiyasidan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi. Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solishni atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari (bundan buyon matnda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar deb yuritiladi) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi; atom energiyasidan foydalanish sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashtiriladigan joyni (hududni) tanlashga doir ishlarni muvofiqlashtiradi; atom energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy va investitsiyaviy faoliyat amalga oshirilishini tashkil etadi; atom energiyasidan foydalanish obyektlari joylashgan hududlarda yashovchi va (yoki) mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi; atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat boshqaruvi organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat boshqaruvi organi: atom energetikasini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; atom energetikasini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; atom energetikasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek mazkur sohadagi normalar va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yong‘in xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilishni ta’minlash choralarini ko‘radi; tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etadi; fundamental tadqiqotlarning, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tizimini yaratadi hamda takomillashtiradi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek radiatsiyaviy hamda yadroviy xavfsizlikni ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi, shu jumladan chet elda tashkil etadi; avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etadi; yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlarning shakllantirilishini va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi; yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; atom energetikasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Vakolatli davlat boshqaruvi organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlaridir. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida: radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ularning mol-mulki, shuningdek atrof-muhit himoya qilinishini ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatda ishtirok etadi; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari joylashgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda ularning ekologik xavfsizligiga doir kompleks dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlari hududida radiatsiyaviy vaziyatning monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tizimlarini yaratadi hamda takomillashtiradi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi; tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlari jisman himoya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘radi; atom energiyasidan foydalanish chog‘ida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda tasarrufidagi tashkilotlar hamda bo‘linmalarning kuchlari va vositalari harakat qilishga shayligi ta’minlanishini tashkil etadi, shuningdek bunday vaziyatlarning oldini olishga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi; atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya oqibatlarini bartaraf etishga, cheklashga va kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi masalalarning jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida muhokama etilishini tashkil qiladi hamda unda ishtirok etadi; radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i saqlanishini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, mol-mulki himoya qilinishini, shuningdek atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashga doir tadbirlarda ishtirok etadi; avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi; yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha yer kadastri materiallarini tasdiqlaydi; tegishli hududda atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya yuz bergan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakatlar qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq avariya oqibatlarini bartaraf etishga, cheklashga va kamaytirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi; aholini tegishli hudud doirasidagi radiatsiyaviy vaziyat va amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish radiatsiyaviy ta’sirdan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, mol-mulkini himoya qilishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgandir. Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, amalga kiritish hamda amalga oshirish; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ruxsat berish faoliyati; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning ushbu sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligini baholash; atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini, jisman himoya qilinishini ta’minlash ustidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining hamda atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi; atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etish. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar qarorlar qabul qilishda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlaridan mustaqildir. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organdir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi). Maxsus vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida: atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini shakllantiradi va amalga oshiradi; atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarida atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, amalga kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida pudratchilar tomonidan bajariladigan ishlarni qabul qilib olishda ishtirok etadi; yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etadi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning xodimlariga hamda atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning xodimlariga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqiga doir ruxsatnomalarni xodimlarning lavozimlari ro‘yxatiga, shuningdek ishlarning turlari ro‘yxatiga muvofiq beradi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika choralarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda davlat boshqaruvi organlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi; atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi noxush hodisalar va avariyalarning sabablarini texnik jihatdan tekshirish tartibini tasdiqlaydi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga atom energiyasidan foydalanish chog‘idagi xavfsizlik masalalari yuzasidan axborot beradi; atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Maxsus vakolatli organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlaridir. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqadi hamda ularni maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi; yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish uchun maydonchalarni tanlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda ishtirok etadi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil qilishda ishtirok etadi; yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘inga oid, sanitariya-epidemiologik va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiradi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlardan, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslardan tekshirish (inspeksiya) o‘tkazish jarayonida zarur bo‘lgan axborot va hujjatlarni so‘rash hamda olish; xizmat guvohnomasini va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) tekshirish (inspeksiya) tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini taqdim etgach, yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi yuridik shaxslarni moneliksiz borib ko‘rish hamda binolarni, xonalarni, inshootlarni, texnik vositalarni, uskunalarni, dasturiy ta’minotni, materiallarni ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tadqiqotlar, sinovlar, ekspertizalar, tekshirishlar hamda davlat nazorati va tekshiruviga doir boshqa tadbirlar o‘tkazish; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarga majburiy talablarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida ishlarni bajaruvchi boshqa yuridik shaxslarga ushbu obyektlarda yadroviy va (yoki) radiatsiyaviy xavfsizlikka, xodimlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar aniqlangan taqdirda ishlarni to‘xtatib turish haqida ko‘rsatmalar berish. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida: majburiy talablarning buzilishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzishi, ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqishi va bunday buzilishlarning oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishi; majburiy talablarning buzilishi bilan bog‘liq materiallarni jinoyatlar alomatlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishi shart. Maxsus vakolatli organ ilmiy-texnikaviy ko‘mak olish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiruvchi tegishli tashkilotlarni jalb etishga haqli: atom energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish hamda muvofiqlashtirish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza o‘tkazish; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarga atom energiyasidan foydalanish obyektlari va olib borilayotgan ishlar xavfsizligini ta’minlash sharti bilan maxsus vakolatli organ tomonidan beriladi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi quyidagi faoliyati litsenziyalanishi lozim: yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish hamda ulardan foydalanish; radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot litsenziyani olishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlar quyidagilardan iborat: atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizaning ijobiy xulosasi mavjudligi; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning moliyaviy ta’minoti mavjudligi; atom energiyasidan foydalanish obyekti to‘liq “hayotiy” davrining barcha bosqichlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy barqarorligi asoslanganligi. Boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi quyidagi faoliyati litsenziyalanishi lozim: yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiyaviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish; radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish (tashish) va saqlash; radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish (tashish), saqlash va ko‘mib tashlash; atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish; atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Yangi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qabul qilinishi, shuningdek ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi bevosita litsenziyaning amal qilishini tugatishga yoki uning amal qilish muddati o‘zgarishiga olib kelmaydi. Litsenziyalash jarayonida maxsus vakolatli organning ilmiy-texnikaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatning va tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazadi. Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi chet davlatning yuridik shaxslariga (ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlardan tashqari) maxsus vakolatli organning qaroriga ko‘ra litsenziya mazkur yuridik shaxslar ro‘yxatga olingan mamlakatda vakolatli organ tomonidan ularga berilgan xuddi shunday litsenziyaning amal qilish muddatiga berilishi mumkin. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi muayyan ishlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning xodimlari va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan faqat ularda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina bajarilishi mumkin. Bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni olishi kerak bo‘lgan xodimlar lavozimlarining ro‘yxati, shuningdek amalga oshirilishi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni olish zarur bo‘lgan ishlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida qo‘llash uchun sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan buyumlar, uskunalar va texnik qurilmalar sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlarda sertifikatlashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yetkazib beriladigan buyumlarga, uskunalarga hamda texnik qurilmalarga nisbatan yetkazib beruvchi mamlakatda berilgan sertifikatlar qo‘llanilishi mumkin. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, ularning rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslari hamda xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligida belgilangan talablar (bundan buyon matnda majburiy talablar deb yuritiladi) buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgandir. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi tekshirishlarni (inspeksiyalarni) tashkil etish hamda o‘tkazish, aniqlangan qoidabuzarliklarga barham berish yuzasidan choralar ko‘rish, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida majburiy talablar ijrosi ustidan tizimli kuzatish, majburiy talablar ijrosining holatini tahlil va prognoz qilish orqali amalga oshiriladi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, shuningdek boshqa yuridik shaxs tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablarga, litsenziyaning amal qilish shartlariga rioya etilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining mazkur sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligi tekshirish (inspeksiya) predmetidir. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘inga oid, sanitariya-epidemiologik, ekologik xavfsizlikni ta’minlash ustidan tegishincha davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiradigan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning bevosita yadroviy qurilmalardagi va (yoki) saqlash punktlaridagi doimiy vakilligini nazarda tutuvchi davlat nazorati va tekshiruvi rejimi belgilanadi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilishni ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi organlarining va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Atom energiyasidan foydalanish obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan avariya sodir bo‘lgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarning harakat qilishga shayligi ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hudud doirasida amalga oshiradi. Yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda ularni foydalanishdan chiqarish ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish masalalarining muhokamasida ishtirok etishi hamda takliflar kiritishi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etish uchun o‘zining vakolatli vakillarini tavsiya etishi; barpo etilishi mo‘ljallanayotgan, loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, foydalanilayotgan va foydalanishdan chiqarilayotgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligi to‘g‘risida tegishli davlat organlari hamda tashkilotlardan axborot so‘rashi va olishi, bundan davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno; tanishish maqsadida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashrif buyurishi; atom energiyasidan foydalanishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashishi; aholi o‘rtasida fuqarolarning xabardorligini, huquqiy savodxonligi va ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin. Radiatsiyaviy ta’sirga duchor bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda va shaklda beriladigan nurlanish dozasi to‘g‘risida hujjatni olish huquqiga ega. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Maxsus vakolatli organ tanlangan maydonchaning xavfsizligini asoslash yuzasidan davlat ekspertizasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi hamda maydonchadan yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun foydalanishga doir ruxsatnoma beradi. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining atrof-muhitga radiatsiyaviy ta’sirini baholash bo‘yicha hujjatlar vakolatli davlat boshqaruvi organi yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan mazkur atom energiyasidan foydalanish obyektlarining loyiha hujjatlari tarkibida atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza uchun taqdim etiladi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizlik darajasi pasayishiga, atrof-muhit holatining yomonlashuviga yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi qo‘shimcha omillar aniqlangan taqdirda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qaror ushbu obyektlarning va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza xulosalari asosida bekor qilinishi, ularning barpo etilishi esa, tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi kerak. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar, vakolatli davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish haqida atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza asosida qo‘shimcha omillarni asoslantirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish tugatilganligi yoki to‘xtatib turilganligi bilan bog‘liq zararlarning o‘rni ushbu omillar qaysi yuridik shaxslarning aybi tufayli o‘z vaqtida aniqlanmagan hamda hisobga olinmagan bo‘lsa, o‘sha shaxslar hisobidan sud tartibida qoplanishi lozim. Barcha boshqa hollarda mazkur obyektlarni barpo etish tugatilganligi yoki to‘xtatib turilganligi bilan bog‘liq zararlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashtirilgan hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida quyidagi alohida hududlar belgilab qo‘yiladi: sanitariya-muhofaza zonasi — alohida foydalanish rejimiga ega maxsus hudud; kuzatuv zonasi — yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti ushbu zonada yashovchi aholiga radiatsiyaviy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hudud; xavfsizlik zonasi — alohida huquqiy rejimga ega hudud. Sanitariya-muhofaza zonasi va kuzatuv zonasining o‘lchamlari hamda chegaralari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining loyihasida belgilanadi. Sanitariya-muhofaza zonasida yashash uchun mo‘ljallangan turar joylarni va jamoat binolarini, bolalar muassasalarini, shuningdek yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining ishlashiga aloqador bo‘lmagan hamda sanitariya-muhofaza zonasining tasdiqlangan loyihasida nazarda tutilmagan davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, sanoat obyektlarini, yordamchi va boshqa inshootlarni hamda obyektlarni joylashtirish taqiqlanadi. Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan mavjud obyektlar va inshootlarning foydalanish sohasi o‘zgargan taqdirda, ulardan xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning taqdimnomasiga ko‘ra xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Kuzatuv zonasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan xo‘jalik faoliyati uchun cheklovlar joriy etilishi mumkin. Sanitariya-muhofaza zonasida va kuzatuv zonasida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga muvofiq radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi ustidan nazorat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi amalga oshiriladi. Xavfsizlik zonasining o‘lchamlari va chegaralari atom energiyasidan foydalanish obyektining (hududning) himoyalanganligi ta’minlanganligi haqidagi axborotni hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti hududida terrorchilik harakati sodir etilishining oldini olish, unga chek qo‘yish va (yoki) ushbu obyektlarda terrorchilik harakatining oqibatlarini tugatishga doir tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizlik pasporti hisobga olingan holda belgilanadi. Xavfsizlik zonasining alohida huquqiy rejimi quyidagi cheklovlarni o‘z ichiga oladi: jismoniy shaxslarning xavfsizlik zonasi hududiga kirishiga va (yoki) unda bo‘lishiga doir cheklovlarni, jismoniy shaxslarning xavfsizlik zonasi hududiga kirishini va (yoki) unda bo‘lishini rad etish uchun asoslar ro‘yxati belgilab qo‘yilgan holda; uchuvchi apparatlarning (shu jumladan havo kemalarining) xavfsizlik zonasi hududi ustidan parvozlariga doir cheklovlarni; jismoniy shaxslarning xavfsizlik zonasi hududiga kirishiga va (yoki) unda bo‘lishiga doir cheklovlar bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish, tabiiy resurslarga, ko‘chmas mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga doir cheklovlarni. Sanitariya-muhofaza zonasi, kuzatuv zonasi va xavfsizlik zonasi belgilanganligi tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan yer to‘g‘risidagi hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda qoplanadi. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladi. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasida yer uchastkasi berilishi uchun zarur bo‘lgan o‘lchamlar, loyihalashtirilayotgan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun ajratilgan yer uchastkasidan foydalanishga doir huquqlarga cheklovlar (yuklamalar) belgilash zarurligi funksional kapital imoratlarni (binolarni, inshootlarni), ishlab chiqarish, transport, muhandislik infratuzilmasining boshqa obyektlarini joylashtirish va sanitariya-muhofaza zonasini hamda kuzatuv zonasini, shuningdek xavfsizlik zonasini belgilash hisobga olingan holda asoslangan bo‘lishi kerak. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasida ularni foydalanishdan xavfsiz tarzda chiqarishga doir tadbirlar, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni xavfsiz amalga oshirishga doir tadbirlar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining loyihasi atom energiyasidan foydalanishning tegishli obyekti xavfsizligini tasdiqlaydigan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini asoslashga doir ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir qo‘shimcha ekspertizalarni o‘z vakolatlari doirasida tashkil etishi, shu jumladan mustaqil xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tashkil etishi mumkin. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishga qabul qilib olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti loyihasida nazarda tutilgan barcha ishlab chiqarish va maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan obyektlar bilan kompleks ravishda amalga oshirilishi kerak. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirish yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirishning ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ko‘rsatilgan obyektlar loyihalari asosida tasdiqlangan hamda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi tegishli organlar bilan kelishilgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishlatish uchun maxsus vakolatli organ tomonidan berilgan litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda o‘z kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir bo‘lgan yuridik shaxs ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdir. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi, shuningdek radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishi uchun javobgardir. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot litsenziyadan mahrum etilgan taqdirda, u atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligi uchun bu obyektlar boshqa ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga topshirilguniga yoki yangi litsenziya olinguniga qadar javobgar bo‘lib qolaveradi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy, moddiy-texnik resurslarga va kadrlar salohiyatiga ega bo‘lishi kerak. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga doir faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etish; yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarish, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish; yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish hamda foydalanishdan chiqarish, yadroviy qurilmalar uchun yadroviy yoqilg‘ini yetkazib berish, foydalanishning servis jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun shartnomalar bo‘yicha yagona buyurtmachi vazifalarini bajarish; atom energiyasidan foydalanish obyektining to‘liq “hayotiy” davri uchun yadroviy qurilmadan va (yoki) saqlash punktidan foydalanishni konstruktorlik jihatidan ta’minlash uchun shartnomalar tuzish; chet el davlatlarining vakolatli organlari tomonidan malakasi tasdiqlangan va maxsus vakolatli organ tomonidan o‘ziga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma berilgan chet ellik mutaxassislarni ishga qabul qilish, shu jumladan atom energiyasidan foydalanish obyektlarini boshqarish uchun ishga qabul qilish. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot: yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga maxsus vakolatli organdan ruxsatnoma olish maqsadida xavfsizlikni asoslash uchun muhandislik izlanishlarini hamda tadqiqotlarini tashkil etishi; atom energiyasidan foydalanish obyekti to‘liq “hayotiy” davrining barcha bosqichlarida xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida radiatsiyaviy vaziyat monitoringini hamda atom energiyasidan foydalanish xavfsizligi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi xizmatlarni tashkil etishi; xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi holati to‘g‘risida axborot taqdim etishi; xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining ko‘rsatmalarini bajarishi; tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlashi; yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish, ulardan foydalanish hamda ularni foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi; yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining axborot xavfsizligini ta’minlashi; yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobini yuritishi; yadroviy qurilmadagi va (yoki) saqlash punktidagi avariyalarning oldini olish hamda o‘z xodimlari va jalb etiladigan xodimlar, ularga tutash hududlarning aholisi va atrof-muhit uchun avariyalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; yadroviy qurilmadan va (yoki) saqlash punktidan foydalanish chog‘ida sodir bo‘lgan noxush hodisalar hamda avariyalar sabablarining texnik tekshiruvini o‘tkazishi; yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining avariyaga oid ichki rejasini ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi va uni bajarish uchun o‘z xodimlarining hamda jalb etiladigan xodimlarning va zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalarining shayligini ta’minlashi; o‘z xodimlarining ijtimoiy kafolatlarga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi; o‘z xodimlarining va jalb etiladigan xodimlarning individual nurlanish dozalarining dozimetrik hisobini amalga oshirishi; o‘z xodimlarini va jalb etiladigan xodimlarni tegishli shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi; o‘z xodimlarining tibbiy ko‘rigini tashkil etishi; yadroviy qurilmada va (yoki) saqlash punktida yong‘indan himoya qilish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarning dasturlarini ishlab chiqishi, tasdiqlashi hamda amalga oshirishi; xodimlarni tanlashi, tayyorlashi, qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi hamda ishlab chiqarishda ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishi; sanitariya-muhofaza zonasidagi va kuzatuv zonasidagi radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida aholini xabardor qilishi shart. Yadroviy qurilmadan va (yoki) saqlash punktidan foydalanishda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholashni o‘tkazadi. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini birinchi marta baholash foydalanish boshlanganidan keyin o‘n yil o‘tgach amalga oshirilib, keyinchalik foydalanish yakunlanguniga qadar xavfsizlik har o‘n yilda davriy baholanadi. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligini davriy baholashni o‘tkazish tartibi hamda tegishli tadqiqotlarning hajmi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarishni ta’minlashga doir tartib va chora-tadbirlar atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga muvofiq yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti loyihasida nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ularning yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti loyihasida belgilangan texnik resursi sarflanib bo‘lguniga qadar foydalanishdan chiqarish to‘g‘risidagi yoki ular ishining loyihadagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini cheklash haqidagi takliflar tegishli asoslar hamda davlat ekspertizalarining xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda vakolatli davlat boshqaruvi organi, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilishi mumkin. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini muddatidan ilgari foydalanishdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror texnologik jarayonlar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning imkoniyatlari hisobga olingan holda qabul qilinadi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish, muddatidan ilgari foydalanishdan chiqarish yoxud foydalanish xususiyatlarini cheklash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasi tuziladi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ishga tushirishdan oldin belgilangan bo‘lishi kerak. Atom elektr stansiyasi yoki uning bloki uchun Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasi elektr hamda issiqlik energiyasini sotishdan va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish jamg‘armasining mablag‘laridan faqat yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini foydalanishdan chiqarish, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga doir ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ushbu obyektlarning xavfsizligini asoslash va oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan manbalarning muomalasi ustidan davlat hisobi hamda nazorati tizimida davlat hisobiga olinishi lozim. Ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan manbalarning muomalasi ustidan davlat hisobi va nazorati tizimini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga, xavfli yuklarni tashish qoidalariga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi kerak. Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) qoidalarida jo‘natuvchining, tashuvchining hamda oluvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, transportda tashish (tashish) chog‘idagi xavfsizlik, jisman himoya qilish choralari, o‘rovga, tamg‘alashga hamda transport vositalariga qo‘yiladigan talablar, transport hodisalariga va avariyalarga yo‘l qo‘ymaslikka doir kelishilgan chora-tadbirlar tizimi, ehtimol tutilgan avariyalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oqibatlarini tugatish tadbirlari nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni transportda tashish (tashish) chog‘idagi avariyalarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatish transportda tashish (tashish) subyektlarining, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional quyi tizimlarining kuchlari hamda vositalari orqali amalga oshiriladi. Yadroviy materiallarni, yadroviy yoqilg‘ini va radioaktiv chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda uning hududidan olib chiqish, shuningdek ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Radioaktiv moddalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga faqat ilgari O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilgan radioaktiv chiqindilar va ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘idan olingan qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga yo‘l qo‘yiladi. Radioaktiv moddalarni va yadroviy materiallarni saqlash ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Radioaktiv moddalarni va yadroviy materiallarni saqlash chog‘ida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar xodimlarini, yadroviy qurilmalarga va (yoki) saqlash punktlariga tutash hududlardagi aholini hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy ta’sirdan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar hamda qoidalarga rioya etilgan holda himoya qilish ta’minlanishi kerak. Radioaktiv chiqindilarni saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash loyiha hujjatlarida va (yoki) texnologik hujjatlarda nazarda tutilishi kerak hamda faqat buning uchun maxsus mo‘ljallangan saqlash punktlarida yo‘l qo‘yiladi. Radioaktiv chiqindilarni saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida aholini radiatsiyaviy ta’sirdan himoya qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun bu chiqindilarning xavfsizligi hamda ularni atrof-muhitdan ajratib qo‘yish ta’minlanishi kerak. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish quyidagilarga qaratilgan texnik va tashkiliy choralar kompleksini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, davlat tomonidan nazorat qilish hamda tekshirishning, amalga oshirishning yagona tizimini nazarda tutadi: yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari hududiga ruxsatsiz kirishning, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishga, shuningdek ular talon-toroj qilinishining va shikastlantirilishining oldini olishga; radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarning bir butunligiga nisbatan har qanday tajovuzlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yishga, yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligiga tahdid qiluvchi qo‘poruvchilik hamda terrorchilik harakatlarini o‘z vaqtida aniqlashga va ularga chek qo‘yishga; yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan radioaktiv moddalarni, yadroviy materiallarni va radioaktiv chiqindilarni topish hamda qaytarishga. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlashga doir talablar atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar bilan belgilanadi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlash loyihalashtirishning, barpo etishning, ishga tushirishning, foydalanishning va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida, shuningdek radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni bajarish, shu jumladan ularni transportda tashish (tashish) chog‘ida amalga oshiriladi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi tegishli organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida ta’minlanadi. Zarur hollarda, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishini ta’minlashga doir vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalari jalb etilishi mumkin. Yadroviy qurilmalardan va (yoki) saqlash punktlaridan foydalanish, shuningdek ishlab chiqarishning, foydalanishning, qayta ishlashning, transportda tashishning va saqlashning istalgan bosqichida turgan radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan ishlarni amalga oshirish, agar ularning jisman himoya qilinishi ta’minlanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining jisman himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashgan hududdagi, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalaridagi hamda xavfsizlik zonalaridagi shaxslarning yurishi va harakat qilishi cheklanishi mumkin, ularning ashyolari va transport vositalari esa ko‘zdan kechirilishi, shu jumladan maxsus vositalar qo‘llanilgan holda ko‘zdan kechirilishi mumkin. Yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining sanitariya-muhofaza zonasida hamda xavfsizlik zonasida ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni (bundan buyon matnda ommaviy tadbirlar deb yuritiladi) o‘tkazish taqiqlanadi. Yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining sanitariya-muhofaza zonasi hamda xavfsizlik zonasi tashqarisida ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, agar buning natijasida yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining ish qobiliyati buzilishi yuz berishi mumkin bo‘lsa, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi qiyinlashsa yoxud aholi yoki atrof-muhit xavfsizligiga boshqa tahdidlar yuzaga kelsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan, yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsiz ishlashiga tahdid soluvchi harakatlar natijasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan sud tartibida qoplanadi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va bu ish uchun tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan, tegishli malaka talablariga javob beradigan, maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega bo‘lgan, shuningdek mazkur ishga, agar ish davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa, ruxsat olgan shaxslarning ishlashiga yo‘l qo‘yiladi. Tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatmalarning ro‘yxati va ular tatbiq etiladigan lavozimlarning ro‘yxati, shuningdek tibbiy ko‘riklar va psixofizik tekshiruvlar o‘tkazishga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Avariyaga oid shaylikni va avariya holatida harakat qilishni tashkil etish avariyaga oid tashqi hamda ichki rejalar bilan belgilanadigan, avariyaga oid shaylikni ta’minlash va avariya holatida harakat qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Avariyaga oid rejalarni ishlab chiqish tartibi, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini tugatish, cheklash yoki kamaytirish choralari, aholini xabardor qilish usullari, shuningdek avariyaga oid shaylikni tekshirish choralari maxsus vakolatli organning yoki O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Avariyaga oid tashqi rejada avariya holatida harakat qilish zonalari hamda davlat boshqaruvi organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi kuchlari va vositalarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat holatida jismoniy shaxslarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilishga qaratilgan harakatlari belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi avariyaga oid tashqi reja ishlab chiqilishini hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi kuchlari hamda vositalari tomonidan uni amalga oshirishga doir tadbirlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi. Avariyaga oid tashqi reja O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Avariyaga oid ichki reja ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish yoki undan foydalanish chog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini tugatishga, cheklashga yoki kamaytirishga doir harakatlarini belgilaydi. Avariyaga oid ichki reja ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan av
64
64,322
Qonunchilik
IT-mutaхassislar koʻpayadi
Prezidentning 6.10.2020 yildagi «Aхborot teхnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4851-son qarori qabul qilindi. Hujjatda respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va aхborot teхnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktablar (keyingi oʻrinlarda – iхtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etilishi nazarda tutilgan. Ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilar etib belgilangan: 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan: 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan: Oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida informatika, dasturlash va aхborot teхnologiyalari sohalarida oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, shuningdek Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan nufuzli хalqaro olimpiadalar sovrindorlari boʻlgan talabalarni oliy ta’lim muassasalarining tegishli magistratura yoʻnalishlariga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarining informatika va aхborot teхnologiyalari bilan bogʻliq ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha imtiyozli diplomga ega boʻlgan bitiruvchilari mazkur oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.  Shuningdek hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan: Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.10.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
26
1,769
Qonunchilik
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarini tashkil etishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda respublikamizning eksport hajmlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda hudud aholisi farovonligini yuksaltirish maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasini “Nukus” erkin iqtisodiy zonasiga (keyingi o‘rinlarda — “Nukus” EIZ) aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “Nukus” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: tashqi bozorlarda talab kuchli bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan, shu jumladan keyinchalik qayta ishlash maqsadida dorivor o‘simliklar xomashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish imkoniyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash; meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, shuningdek, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, oziq-ovqat, elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari tarmoqlarida, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklar xomashyosi va dorivor preparatlar (substansiyalar) negizida yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonalar tashkil etish; mahalliy xomashyo va materiallar negizida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari o‘rtasida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; “Nukus” EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; “Nukus” EIZning ixtisoslashgan kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan ularning “Nukus” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi orqali tayyorlashda qatnashish; dorivor o‘simliklar xomashyosi introduksiyasi va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha tajriba-sinov laboratoriyalariga ega ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish. 3. Belgilansinki: “Nukus” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin; “Nukus” EIZ hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi. 4. “Nukus” EIZ ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Nukus” EIZning bosh rejasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Nukus” EIZ hududlarining chegaralarini belgilashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. “Nukus-farm” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi “Nukus” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi deb qayta nomlansin va unga “Nukus” EIZ faoliyatini operativ boshqarish funksiyasi yuklatilsin. 8. Belgilansinki: “Nukus-farm” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda “Nukus” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasiga o‘tadi; “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilari qo‘shimcha tartib-taomillardan o‘tmagan holda “Nukus” EIZ ishtirokchisi maqomiga ega bo‘ladi va ular uchun qonunchilikda avval nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar saqlab qolinadi. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda “Nukus” EIZni muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni ularning aniq moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud mineral-xomashyo resurslarini inobatga olgan holda, import tarkibini har tomonlama tahlil qilish asosida “Nukus” EIZ hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ularga “Nukus” EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.T. Yerniyazov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5032-son Farmonida: a) nomidan “Nukus-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) preambuladan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 1-banddan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi”, “Nukus-farm” va “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 2-bandda: birinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” so‘zlari chiqarib tashlansin; d) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan, 4, 9, 10, 14, 15, 18, 19 va 20-bandlardan “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; e) 8-bandda: birinchi xatboshidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; j) 11 va 13-bandlardan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; z) 16-bandda: ikkinchi xatboshidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; i) 17-bandda: ikkinchi xatboshidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5412-son Farmonining 8-bandidan “Nukus-farm” so‘zlari chiqarib tashlansin.
75
8,768
Qonunchilik
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5519-son Farmoni)”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864, 2017-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Devoni” degan so‘z “Administratsiyasi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari X. Meliyev zimmasiga yuklansin.
175
1,868
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 5-noyabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. “O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 2656, 2015-yil 17-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 22-oktabrdagi 02-02/2-2320-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 2-oktabrdagi 11-3-07/4500-son xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015-yil 26-yanvardagi 3-mh-son, 22-son “O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2656, 2015-yil 17-fevral); O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 21-apreldagi 4-mh-son, 82-son “O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2656-1, 2017-yil 27-aprel). 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
2,571
Qonunchilik
Joriy toʻlov summasini 10%dan koʻp pasaytirdingizmi –penya toʻlang
Ma’lumki, agar soliq solinadigan baza EKIHning 200 barobariga teng yoki undan ortiq boʻlsa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchi soliq toʻlovchilar joriy toʻlovlar toʻlashlari kerak (SKning 300-moddasi). Ular taхmin qilinayotgan sof foyda summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi hamda soliqning yil choragidagi summasining 1/3 qismi miqdorida har oy toʻlanadi. Sof foydani bir necha oy oldindan aniq belgilab boʻlmaydi. Bundan foydalangan vijdonsiz soliq toʻlovchilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni jiddiy pasaytirib koʻrsatishgan. SKning 300-moddasiga kiritilgan oʻzgarishlar bu amallarni befoydaga chiqaradi. Amalda hisoblangan soliq summasiga nisbatan joriy toʻlovlarning miqdori 10%dan ortiq pasaytirilganligi aniqlangan taqdirda penya hisoblab yoziladi. Kameral nazorat doirasida soliqchilar tomonidan pasaytirib koʻrsatilgan miqdorni aniqlash qiyinchilik tugʻdirmaydi. SK хuddi shunday tartibni foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq hamda yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha ham qoʻllaydi. SKning 300-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar barcha soliqlar boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashga bir хil talablarni oʻrnatadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Muzaffar Mirzaganiyev, ekspertimiz. Mavzuga oid material: Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi
66
1,612
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-127-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 10-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-127-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
187
722
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasini tuzish to‘g‘risida. 2. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida (uchinchi o‘qish). 3. “Reklama to‘g‘risida”gi QL-750-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-787-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 5. “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-832-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 6. “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-835-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 7. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi QL-815-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 8. “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-840-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 9. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-841-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 10. “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-844-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 11. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “Yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida. 12. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga “Malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, kasbiy standartlarning milliy registrini, malakani baholash markazlarining registrini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida. 13. D.N. Imomovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib saylash to‘g‘risida.
94
3,468
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-430-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-430-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
187
741
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Yuqori sifatli texnik moylar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 15-noyabrdagi 304-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Yuqori sifatli, raqobatbardoshli sintetik, yarim sintetik va mineral moylar, antifrizlarning ko‘plab turlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek respublika ichki bozorini ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar bilan to‘ldirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori sifatli texnik moylar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 15-noyabrdagi 304-son qarori 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi “2012-2013-yillarda” so‘zlari “2012 — 2015-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
209
780
Qonunchilik
AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA BOShQARUVNING TAShKILIY TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 4-iyundagi PF-2871-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika va hududiy darajalarda avtomobil transportini boshqarishning samarali tashkiliy tuzilmasini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tugatish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin. Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda ikki oy muddatda “O‘zavtotrans” korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, korporatsiya, shuningdek uning tarkibiga kiruvchi bo‘linmalar balansidagi davlat mulkini xatlovdan o‘tkazsin va undan bundan buyon samarali foydalanish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga takliflar kiritsin. 2. Tugatilayotgan “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga kirgan birlashmalar va kompaniyalar muassislarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining: “O‘ztransxizmati” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “O‘ztranstaraqqiyot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zavtoxodim” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish, ular tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarni avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmalariga berish; “Toshviloyatyo‘lovchitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshviloyatyuktrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “Toshviltrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasiga aylantirish; “O‘zviloyatlararoavtotrans” respublika davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “O‘ztranssanoat” respublika uyushmasi, “Yo‘lovchi” sug‘urta kompaniyasi, “BK INTRANS” ochiq aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatida faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 3. “Xorazmdaryoflot” boshqarmasi tugatilsin, unga qarashli tashkilotlar Xorazm viloyati avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasi tarkibiga berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Xorazmdaryoflot” boshqarmasini tugatish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda ikki oy muddatda amalga oshirsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi daryo yo‘llarining Xo‘jayli va Chalish texnik uchastkalarini mablag‘ bilan ta’minlashni respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati mahalliy budjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazsin. 4. Quyidagilar: avtomobil va daryo transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; respublika birlashmalari va uyushmalari, avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmalari tarkibiga berilayotgan korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq; avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda: “Avtotransport Uzbekistana” jurnali, “O‘zbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyatlarini va avtomobil transportida xizmatlarni sertifikatlash respublika markazini O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ixtiyoriga; tugatilayotgan “O‘zavtotrans” korporatsiyasining 5-ilovaga muvofiq o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ixtiyoriga bersin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 2001-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda ilgari “O‘zavtotrans” korporatsiyasi tizimiga kirgan avtomobil transporti aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar paketlarining davlat ulushini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarni tanlov asosida tayinlasin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 2001-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda hududiy davlat-aksiyadorlik konsernlari va birlashmalarini avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmalariga aylantirish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar. 10. “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tugatish bo‘yicha maxsus komissiya bozor normalari va maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati va litsenziyalash tartibini, avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan litsenziya shartlari va talablarini, ularni yanada erkinlashtirishni nazarda tutgan holda, qayta ko‘rib chiqishga doir takliflarni bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda: mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashuvchilar tomonidan belgilangan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini nazarda tutuvchi Avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashishni nazorat qilish tartibini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bojxona postlarida nazorat qilishning samarali tizimini tashkil etish va respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik va gabarit parametrlari, xalqaro yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (ESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini inspeksiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Ilgari “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga kirgan hamda “O‘zavtotrans” korporatsiyasi kafilligi ostida “Asaka” bankidan olingan kreditlar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan avtotransport korxonalari va tashkilotlari kafillik shartnomalarini kreditlarni ta’minlashning boshqa turlariga — garov, kafolat va uchinchi shaxslarning kafilligiga bir oy muddatda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsinlar. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda Xalqaro tiklash va taraqqiyot bankining № UZ 4547 qarz bitimi bo‘yicha “O‘ztranssanoat” respublika uyushmasini tugatilayotgan “O‘zavtotrans” korporatsiyasi o‘rniga subqarz oluvchi etib belgilash masalasini Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki bilan ishlab chiqsin. 14. Tugatish komissiyasi Toshkent shahar, akademik Y.G‘ulomov ko‘chasidagi 39a uydagi binoni va boshqa mol-mulkni belgilangan tartibda “O‘zavtotrans” balansidan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi balansiga bersin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” to‘g‘risidagi 1993-yil 12-yanvardagi 21-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. I. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga hamda Davlat bojxona qo‘mitasiga nazorat-o‘tkazish punktlarida xorijiy avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashuvchilarni; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga — xorijiy avtotransportning respublika hududi bo‘ylab harakat qilishini; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik va gabarit parametrlarini, xalqaro yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (ESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini hisobga olish va nazorat qilish yuklansin”. III. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 2-oktabrdagi 422-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin
112
8,431
Qonunchilik
Xalqlar doʻstligi kuni 30 iyulda nishonlanadi
Oliy Majlis Senatining oʻn ikkinchi yalpi majlisida 5.02.2021 yildagi «Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi OʻRQ-972-son Qonun ma’qullandi. 10 fevral kuni ushbu Qonun Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro doʻstlik kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olib, ushbu sanani Xalqlar doʻstligi kuni deb belgilash taklif etilgan edi. Bundan tashqari, Prezidentning 2.03.2020 yildagi Farmoniga muvofiq tasdiqlangan «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturida «Xalqlar doʻstligi va umumхalq birdamlik kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqish topshirigʻi belgilangan. «Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonunda хalqimizga хos bagʻrikenglik va azaliy doʻstlik gʻoyalari ifoda topgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elatlar hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilib, 141 ta milliy-madaniy markaz va 36 ta doʻstlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
45
1,259
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO HAVO KEMALARINING RADIOJIHOZLARIGA SERTIFIKAT BERISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2004-y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 9-noyabrdagi 146-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalarining radiojihozlariga sertifikat berish bo‘yicha yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1428, 2004-yil 26-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 47-son, 491-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
143
895
Qonunchilik
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 2-noyabrdagi 16/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kredit va depozitlar bo‘yicha foizlar hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (1998-yil 2-dekabr 558-sonli ro‘yxat raqami).
76
730
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 3-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-411-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
167
1,135
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona xizmati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-389-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 12-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona xizmati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-389-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
155
1,118
Qonunchilik
FAVQULODDA HOLATLARDA O‘ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI VA RESURSLARINI MARKAZLAShGAN HOLDA BOShQARIShNING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz: 1. Ilova qilingan Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalari tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 3. Ushbu qaror bajarilishining nazoratini o‘z zimmamizda qoldiramiz. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tizimi ishlashining tamoyillari hamda asosiy qoidalarini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: maxsus iste’molchilar — telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchilari hisoblangan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati; telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini ta’minlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi; telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rejalashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va ma’muriy boshqarish bo‘yicha axborot texnologiyalari majmuasi asosida tarmoqni boshqarish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha funksiyalarni bajaradigan tizim. 2. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb yuritiladi) maxsus iste’molchilar, shuningdek telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiya tarmoqlari (aloqasi)ni boshqarish markazlari, tasarrufida idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 3. Radiochastota spektridan foydalanish va uni boshqarish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. 4. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish rejimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Vazirlik tomonidan korxonalarning fuqaro muhofazasini tayyor holatga keltirish to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati organlaridan, belgilangan tartibda, olingan farmoyishi asosida qabul qilinadi. 5. Markazlashgan holda boshqarishning asosiy vazifasi favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilarni aloqa bilan ta’minlash hisoblanadi. 6. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari resurslarini markazlashgan holda boshqarish Vazirlikning bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini Respublika boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — RBM deb yuritiladi) tomonidan maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. 7. Markazlashgan holda boshqarish O‘zbekiston Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi o‘rinlarda — O‘zTTBT deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Markazlashgan holda boshqarishda O‘zTTBT quyidagilarni ta’minlaydi: telekommunikatsiyalar tarmoqlari operatorlari tomonidan favqulodda holatlarning oldini olish yoki bartaraf etish bilan bog‘liq davlat boshqaruvi, mudofaa, davlat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazishda ko‘rsatiladigan telekommunikatsiyalar xizmatlari bo‘yicha ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qarorlar bajarilishini tashkil qilish; zarur avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil qilish; favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalari shikastlangan holatlarda ularning ishlash qobiliyatini tiklash mobaynida monitoring; maxsus iste’molchilar uchun telekommunikatsiyalar operatorlari tomonidan aloqaning rejalashtirilgan qo‘shimcha kanallari va vositalari ajratilishini nazorat qilish va ular bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish. 8. RBM va Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (keyingi o‘rinlarda — AMH deb yuritiladi) a’zolari bilan ularning tarmoqlaridan foydalanish zarurati yuzaga kelganda, o‘zaro hamkorlik qiladi. O‘zaro hamkorlik AMH Aloqa ma’muriyatlari o‘rtasida amalda bo‘lgan bitimlar asosida amalga oshiriladi. Boshqa Aloqa ma’muriyatlari va operatorlar bilan o‘zaro hamkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda Vazirlik bilan ikki tomonlama tuzilgan bitimlar asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. 9. Vazirlikning O‘zTTBTni markazlashgan boshqarish rejimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi RBM, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar mintaqasida joylashganlarga tezkorlik bilan yetkaziladi hamda bajarilishi uchun majburiy hisoblanadi. 10. Markazlashgan holda boshqarish rejimi favqulodda holatlar harakatlarining hududiga bog‘liq ravishda O‘zTTBTning ayrim qismlarida joriy etilishi mumkin. 11. RBMga favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, tarmoq qayta qurilishi va aloqalar tiklanishini tezkor boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha alohida vakolatlar beriladi. 12. RBM quyidagilarni amalga oshiradi: favqulodda holatlarda operatorlar tomonidan maxsus iste’molchilarni aloqa bilan ta’minlash uchun zarur resurslarni taqdim etish imkoniyatlarini baholash maqsadida, operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarining joriy holati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish va tahlil qilish; maxsus iste’molchilarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlaridan, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalarini, jumladan oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish uchun tegishli so‘rovlarni olish; maxsus iste’molchilar uchun qo‘shimcha aloqalarni tashkil qilish uchun farmoyishlarni berish, ushbu farmoyishlar bajarilishining nazorati va muvofiqlashtirilishini ta’minlash; operatorlar tomonidan favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi farmoyishlarning bajarilishini nazorat qilish; favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining holati, avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishining borishi va ularni o‘tkazish uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilish zarurligi to‘g‘risidagi axborotni Vazirlikka yetkazish. 13. Telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlari operatorlarining boshqarish markazlari quyidagilarni amalga oshiradilar: favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi Vazirlik farmoyishlarini bajarish; barcha bo‘linmalarni safarbarlik rejalari va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga asosan ish rejimiga o‘tkazish; nazorat qilinadigan mezonlar bo‘yicha tarmoqning joriy holati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish; RBMning farmoyishi bo‘yicha telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalari va oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish; favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarida avariya vaziyatlarini o‘z kuchi bilan yoki Vazirlikning Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini jalb qilgan holda tugatish. 14. Operatorlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarida aloqalarni tashkil etish va avariya-tiklash ishlarini boshqarish masalalari bo‘yicha axborotning tezkor almashinuvi uchun RBM boshqarish markazlari, maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlari o‘rtasidagi xizmat-texnologik aloqa tarmog‘idan foydalanish kerak. 15. Xizmat-texnologik aloqa tarmog‘i axborot xavfsizligi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni ta’minlashi kerak. 16. Favqulodda holatlarda Vazirlik, maxsus iste’molchilar, RBM va operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarishning oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan algoritmlari bilan amalga oshiriladi.
159
9,452
Qonunchilik
Davlat qarzini samarali boshqarish va jalb qilinayotgan qarzlardan maqsadli foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzining xavfsiz darajada bo‘lishi mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Xalqaro mezonlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi (keyingi o‘rinlarda — davlat qarzi) “mo‘tadil” darajada bo‘lsada, O‘zbekistonning suveren kredit reytinglari barqarorligini hamda davlat qarzining xavfsiz darajada bo‘lishini kafolatli ta’minlash mexanizmlarini yaratish bugungi kun talabi bo‘lmoqda. Bunda, davlat qarzining yillik limitlarini belgilash, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, ularning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va loyihalar natijalarini baholashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifa hisoblanadi. Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarzlardan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘magida Davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasi ishlab chiqilganligi; davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasini mamlakatdagi makroiqtisodiy o‘zgarishlar va tashqi omillarni hisobga olgan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozimligi; Xalqaro valyuta jamg‘armasining me’yori asosidagi Moliya vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun davlat qarzining maksimal darajasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshmasligi lozimligi; O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunida 2020-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 milliard AQSh dollari hamda Davlat budjetidan qaytariladigan tashqi qarzni o‘zlashtirishning chegaralangan hajmi 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Davlat qarzini samarali boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yilsin: davlat qarziga o‘z vaqtida va to‘liq xizmat ko‘rsatilishini kafolatli ta’minlash; davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish, diversifikatsiyalash va davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshib ketish xatarlarini pasaytirish; davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqishni talab etmaydigan dasturlarni (keyingi o‘rinlarda — dastur) ularning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan kelib chiqib belgilash; davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarning natijadorligini, o‘z-o‘zini oqlashini,ular amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash orqali qarzlardan maqsadli va samarali foydalanish; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdordagi davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar va banklarni bosqichma-bosqich bozor shartlarida moliyalashtirishga o‘tkazish. 3. Belgilansinki: a) O‘zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi (keyingi o‘rinlarda — davlat tashqi qarzi) hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan bitimlarni imzolash va O‘zbekiston Respublikasi kafolatini berish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan ma’qullangan holda amalga oshiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dastur va loyihalarga doir masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlaydi; Davlat qarzini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati tuzilmasida davlat qarzini samarali boshqarish va undan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis shtat birligi qo‘shimcha ravishda kiritilsin; b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdordagi davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarz majburiyatlarini jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini tegishli tartibda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. 4. Barcha darajadagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari soha, tarmoq va hududni rivojlantirish dasturlari uchun ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik, shu jumladan, xalqaro va hududiy forumlar, investitsion anjuman va boshqa hamkorlik doirasida ijtimoiy-iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligi chuqur tahlil qilinmagan O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritish amaliyotiga chek qo‘yilishi to‘g‘risida ogohlantirilsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni tanlab olish va natijadorligini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi qarorni; 2020-yil 1-dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dastur hamda loyihalarni tanlab olish mezonlari, ularni ko‘rib chiqish, tanlab olish va natijadorligini nazorat qilish tartibini belgilovchi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq: a) Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlarning natijadorligini baholash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi: yakunlangan loyiha va dasturlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi auditdan o‘tkazishi, audit natijalari bo‘yicha axborotni har chorak yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga yuborishi; tegishli vazirlik va idoralar yakunlangan loyiha va dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga uch oy ichida taqdimotlar o‘tkazishi; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi loyiha va dasturlarning ishlab chiqilishi, tanlab olinishi, monitoringi va audit natijalariga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlarda joylashtirilishini ta’minlashi; b) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan uch oy muddatda davlat qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni baholash va auditdan o‘tkazish hamda ularni xatarlar bo‘yicha guruhlashtirish masalalarini o‘z ichiga oluvchi tartibning tasdiqlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tashqi qarzi holati bo‘yicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi esa davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha har yili bir marta O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobot berib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan davlat tashqi qarzlari maqsadli yo‘naltirilgunga qadar Moliya vazirligi G‘aznachiligining g‘azna hisob varaqlarida saqlanishi yoki vaqtinchalik tijorat banklari depozitlariga o‘tkazilishi natijasida yuzaga keladigan foiz xarajatlaridagi tafovutlar Davlat budjeti hisobidan qoplanishi belgilansin. 9. Davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida, to‘liq va kafolatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Kafolat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin; Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari uchun to‘lovlar, jalb qilingan qarzlarni qayta kreditlash bitimida belgilangan Moliya vazirligining marjasi va boshqa manbalar hisobidan shakllantirilsin; O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari uchun to‘lovlar qarzlarning qoldiq summasiga yillik 0,5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilansin. Davlat qarzi, jumladan O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar (banklar) o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda davlat qarzi Jamg‘arma mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan so‘ndirilsin hamda qarzdor tashkilotlardan (banklardan) mavjud qarzdorlikva hisoblangan jarima to‘lovlari mos ravishda Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi belgilab qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyihaoldi hujjatlari, shuningdek, texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasidan belgilangan tartibda o‘tkazadi. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyiha qiymatining 80 foizi va undan ortiq qismi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalar kompleks ekspertizadan o‘tkazilmaydi. Bunda, kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov investitsiya loyihalari va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
129
10,976
Qonunchilik
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan. 3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 19-iyuldagi 16/2-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1850, 2008-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 359-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/5-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1850-1, 2015-yil 9-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 69-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 18-mart 6/5-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1850-2, 2017-yil 19-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 279-modda).
226
1,634